Musulmonlar
Ўзини худо қилиб олганлар

Ўзини худо қилиб олганлар

 

Xudosiz deb bilingan ateistlar ham, musulmonman deb insonlarni aldab kelayotkanlar ham huddi shaytondek aybini Allohga to’ngamoqchi bo’lishadi. Allohning buyrug’i ularning sharoitiga va ko’ngliga mos kelmasa, Alohni amrini ikkinchi o’ringa qo’yib, o’z orzu-istaklarini birinchi o’ringa qo’yishadi. Ular, har bir ishda o’zlarini shart-sharoitlariga mos ish tutishadi. Allohning amrlaridan o’zlariga mos kelganini qabul qiladi, nomunosib deb biganlarini rad qiladi.  Boshiga tashvishli bir ish tushib qolsa, darrov Allohga yolvoradi va Undan yordam so’rashni boshlaydi. Bularning tangrisi avval o’zlari, keyin Allohdir. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

أَرَأَيْتَ مَنِ اتَّخَذَ إِلَهَهُ هَوَاهُ أَفَأَنتَ تَكُونُ عَلَيْهِ وَكِيلًا  أَمْ تَحْسَبُ أَنَّ أَكْثَرَهُمْ يَسْمَعُونَ أَوْ يَعْقِلُونَ إِنْ هُمْ إِلَّا كَالْأَنْعَامِ بَلْ هُمْ أَضَلُّ سَبِيلًا

“O’z orzularini o’ziga iloh qilib olganni ko’rdingmi? Allohga qarshi sen unga vakil bo’lasanmi? Ularning ko’pchiligi gapka quloq soladi yoki aqlini ishlatadi deb o’ylaysanmi? Ular to’laligicha an’om (qo’y, sigir, echki, tuya) kabidirlar. Tutkan yo’llari esa aslida undan ham pastkashroqdir.” (Furqon 25/43-44)

أَفَرَأَيْتَ مَنِ اتَّخَذَ إِلَهَهُ هَوَاهُ وَأَضَلَّهُ اللَّهُ عَلَى عِلْمٍ وَخَتَمَ عَلَى سَمْعِهِ وَقَلْبِهِ وَجَعَلَ عَلَى بَصَرِهِ غِشَاوَةً فَمَن يَهْدِيهِ مِن بَعْدِ اللَّهِ أَفَلَا تَذَكَّرُونَ

“Oz orzusini o’ziga tangri (iloh) qilib olganni ko’rdingmi? Bilimli bo’lgani holda Alloh uni adashgan deb hisobladi, go’yoki uning quloqlarini va qalblarini muhrlamish, ko’ziga ham parda tortmish. Alloh uni adashgan deb bilgandan so’ng kim ham uni to’g’ri yo’lda qabul qila olardi? Aqllaringizni ishlatmaysizlarmi?” (Josiya 45/23)

Hammada ham abadiy yashash orzusi bo’ladi. Har bir inson huddi o’lmaydigandek muomala va munosabatta bo’ladi. Oxiratga bo’lgan ishonch bu tuyg’uni yanada tatmin etadi. O’zlarini tangri qilib olganlardan kimlaridur hissiyotlarini renkarnatsiyalash orqali qanoatlantirishga urinadilar. Ya’ni, o’lishini va yana qaytadan bu dunyoga qaytib boshqa badanda tirilishini aytadilar. Bu haqdagi oyat shunday:

وَقَالُوا مَا هِيَ إِلَّا حَيَاتُنَا الدُّنْيَا نَمُوتُ وَنَحْيَا وَمَا يُهْلِكُنَا إِلَّا الدَّهْرُ وَمَا لَهُم بِذَلِكَ مِنْ عِلْمٍ إِنْ هُمْ إِلَّا يَظُنُّونَ

“Ular aytadilarki: “Bu dunyodagi hayotimizdan boshqasi yo’q. O’lamiz va tirilamiz, bizni halok qilgan faqatgina qarilikdir (dahr/zamon, vaqt o’tishi). ” Ularni bu xususda bironta ham ma’lumoti yo’q, shunchaki tahmin qilishadi xolos.” (Josiya 45/24)

Kimlardir o’lim bilan hamma narsa tamom bo’lib yo’q bo’lishini va hisob-kitob kuni yolg’on ekanini aytib, hissiyotlarini bostirishga urinadi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَيْلٌ يَوْمَئِذٍ لِّلْمُكَذِّبِينَ   الَّذِينَ يُكَذِّبُونَ بِيَوْمِ الدِّينِ   وَمَا يُكَذِّبُ بِهِ إِلَّا كُلُّ مُعْتَدٍ أَثِيمٍ   إِذَا تُتْلَى عَلَيْهِ آيَاتُنَا قَالَ أَسَاطِيرُ الْأَوَّلِينَ  كَلَّا بَلْ رَانَ عَلَى قُلُوبِهِم مَّا كَانُوا يَكْسِبُونَ  كَلَّا إِنَّهُمْ عَن رَّبِّهِمْ يَوْمَئِذٍ لَّمَحْجُوبُونَ   ثُمَّ إِنَّهُمْ لَصَالُو الْجَحِيمِ  ثُمَّ يُقَالُ هَذَا الَّذِي كُنتُم بِهِ تُكَذِّبُونَ

“U kunda yolg’onchilarni bir tortishi bor! Ular hisob kunini yolg’on deb bilganlardir. Tajovuzkor va gunohga mukkasidan ketkanlardan boshqasi u kunni yolg’on deb bilmaydi. Unga oyatlarimiz o’qilgan vaqtda, “Bular eskilarning masallaridir (Bu eskichadan qolgan)”  deydilar. Yo’q, unday emas, aslida qilgan gunoh ishlari yuraklari uzra kir paydo qilgan. Aslo bunday qilmanglar, bular endi u kunda Robbisidan uzoq qilinadi. So’ngra u alangali otashga kiradilar. So’ng ularga shunday deyiladi: “Sizlar yolg’onga chiqargan narsa mana shudir.” (Mutoffifiyn 83/10-17)