Musulmonlar
Аллоҳ ва элчиларини ўртасини ажратиш

Аллоҳ ва элчиларини ўртасини ажратиш

Avval ham aytib o’tkanimizdek, har inson Allohni borligini biladi va buni bir yo’l bilan  ifodalay oladi. Xudosiz deb tanilgan ateist ham huddi shundaydir. O’ziga xoh ateist, xoh Yo’gachi, xoh Xudosiz deb nom qo’ysa qo’ysin lekin, Allohni inkor qilish aslo mumkin bolmagani tufayli, Allohni tanimaganni huddi o’z otasini tanimagandek taqqoslash mumkin. Yosh go’dak, biror bir muammoga duch kelganda darrov otasidan yordam kutishni boshlaydi va undan umid qiladi. Voyaga yetib ulg’aygandan so’ng esa, Allohdan yordam so’ray boshlaydi. Alloh unga hamma narsani muhayyo qilib berishini istaydiyu lekin, unga amr va buyruq berishini xohlamaydi. Bunday bir insonni elchiga ishonishiga umid qilish qiyin. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

إِنَّ الَّذِينَ يَكْفُرُونَ بِاللّهِ وَرُسُلِهِ وَيُرِيدُونَ أَن يُفَرِّقُواْ بَيْنَ اللّهِ وَرُسُلِهِ وَيقُولُونَ نُؤْمِنُ بِبَعْضٍ وَنَكْفُرُ بِبَعْضٍ وَيُرِيدُونَ   أَن يَتَّخِذُواْ بَيْنَ ذَلِكَ سَبِيلاً  أُوْلَئِكَ هُمُ الْكَافِرُونَ حَقًّا وَأَعْتَدْنَا لِلْكَافِرِينَ عَذَابًا مُّهِينًا

“ Alloh bilan elchilarini o’rtasini ajratish maqsadida, o’zlarini Alloh va Rosulidan to’sgan, biriga ishonib, boshqa birini tanimaymiz[1]degan va ikkisi o’rtasida bir yo’l barpo qilmoqchi bo’lganlar bor-u, ular haqiqiy kofirlardir. U kofirlar uchun pastga uruvchi ( xo’rlaguvchi) bir qiynoq tayyorlab qo’yganmiz.
Allohga va elchilariga ishongan va ulardan birini boshqasidan ayirmaganlarga kelsak, Alloh ularning mukofotini albatta beradi. U kechirguvchidir va Uning ikromi mo’ldir.” ( Niso 4/150-152)
Allohning elchisini tan olmaganlar bilan qurgan ba’zi suhbatlarimiz shulardan iborat:
Elchi tanimas – Meni Allohimga ishonchim so’ngsizdir.
Bayindir – Allohga hamma ishonadi, bu ilojsiz narsa.
Elchi tanimas – Men vaqti-vaqti bilan Allohimga sig’inaman, Uning yordam va dastagini istayman. Bunday qilgan vaqtlarimda ichim oydinlashadi va xursand bo’laman.
Bayindir-Hamma shunday qiladi. Asosiy va qiyin bo’lgan ish, Allohning buyruqlarini bajarishdir ya’ni, elchiga itoat qilishdir. Siz Elchiga emas balki o’z orzularingizga itoat etmoqchimisiz?
Elchi tanimas – Albatta shunday. Bu hayot mening hayotim; bunga kim aralasha oladi?
Bayindir – O’sha hayotni bergan Alloh aralasha olmaydimi? Demakki Allohning elchilari, Uning bu xususdagi buyruqlarini olib keladilar.
Elchi tanimas – Ammo bu xususda bir-biri bilan qarama-qarshi, nomuvofiq, keldi-ketti gaplarni ko’p eshittim. Bularning birqanchasi xurofotdan iborat, keyinchalik to’qib chiqarilgan narsalardir.
Bayindir – To’g’ri qaror berishning yo’li, dinni asl manba’sidan o’rganishdir. Dinning manba’si Qur’ondir. Qur’onni tushunib o’qing. Agar uni – faqatgina Allohning kitobi bo’lishi mumkin ekaniga ishonch xosil qilsangiz, u holda Muhammad alayhissaslom Allohning elchisi ekaniga ishonishizga ham to’g’ri keladi va bunga majbur bo’lasiz.

Eski bir elchi tanimas: Men ateistman, agar insonlarni din deb menga o’rgatkanlariga ishonganimda, men hozir dinsiz qolardim. Men tibbiyot doktoriman. Bir kun, Qu’ronni qo’limga olib o’qib tekshirib chiqdim. Maqsadim, haqiqattan ham Qur’on Allohning kitobimi yo’qmi shuni bilish edi. Qur’on oyatlari orasida tibbiyotga aloqador, xossatan chaqaloqni onaning bachadonida rivojlanishjarayonlari haqida shunday ma’lumotlar ko’rdimki, bular Qur’onda yozilgan vaqtlarda, insonlar tarafidan bilib o’rganilishi aslo mumkin bo’lmagan narsalar edi. Bundan boshqa ma’lumotlarni ham ko’rdim va shunga ishonch hosil qildimki, bu – shubhasiz Allohning kitobidir. Ana o’sha vaqt men musulmon bo’ldim.
Bayindir – Aslida ham shunday qilish kerak. Boshqalarga qarab emas, o’z aqlu idroki bilan anglab tushunib va tadqiq bilib so’ng qaror berish kerak. Buni bittay-u bitta sharti Quro’nni tushunib o’qib-o’rganishdir.
[1]     Allohga ishonamiz-u lekin elchilarini tanimaymiz deyishadi. Ular Allohning elchilari bo’lganligi uchun, elchiga ishonmaslik, u elchini jo’natgan Allohga ishonmaslik bo’ladi, shu sababli oyatni; “Elchilariga ishonamiz, Allohga ishonmaymiz” shaklda tushunish mumkin emas.