- FOTIHA Surasi[1]
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
1:1. Yaxshiligi cheksiz[2] va mehribon Alloh nomidan.[3]
اَلْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ
1:2. Borliqlarning Egasi[4] Allohga olqishu maqtovlar[5] boʻlsin!
الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
1:3. (U) yaxshiligi cheksiz va mehribondir.
مَالِكِ يَوْمِ الدِّينِ
1:4. Mukofot/jazo kunining hukmronidir.[6]
إِيَّاكَ نَعْبُدُ وَإِيَّاكَ نَسْتَعِينُ
1:5. (Allohim!) Oʻzinggagina qullik qilamiz[7], Oʻzingdangina yordam soʻraymiz[8].
اهْدِنَا الصِّرَاطَ الْمُسْتَقِيمَ
1:6. Bizni toʻgʻri yoʻlga sol[9].
صِرَاطَ الَّذِينَ أَنْعَمْتَ عَلَيْهِمْ غَيْرِ الْمَغْضُوبِ عَلَيْهِمْ وَلَا الضَّالِّينَ
1:7. Gʻazab(in)ga duchor boʻlmagan[10] va adashmagan,[11] Sen ularga baxt-neʼmat bergan[12] (bandalaring) yoʻliga.[13]
- BAQARA surasi
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon Alloh nomidan.[14]
الم
2:1 Alif! Lam! Mim![15]
ذَٰلِكَ الْكِتَابُ لَا رَيْبَ ۛ فِيهِ ۛ هُدًى لِّلْمُتَّقِينَ
2:2 Bu Kitobda hech qanday shubha yoʻq[16], taqvodorlar (yomonlikdan tiyiluvchilar/masʼuliyatlilar) uchun[17] koʻrsatma-qoʻllanmadir.[18]
الَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِالْغَيْبِ وَيُقِيمُونَ الصَّلَاةَ وَمِمَّا رَزَقْنَاهُمْ يُنفِقُونَ
2:3. Ular (Qurʼonda bildirilgan) gʻaybga[19] ishonadi[20], namozni/diniy vazifalarini bajaradi[21] va ularga rizq qilib bergan narsamizdan xayr-ehson qiladi.
وَالَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِمَا أُنزِلَ إِلَيْكَ وَمَا أُنزِلَ مِن قَبْلِكَ وَبِالْآخِرَةِ هُمْ يُوقِنُونَ
2:4. Va senga tushirilgan (Qurʼonga) ham, sendan oldin tushirilganlarga (ilohiy kitoblarga) ham[22] ishonadi va oxiratni aniq deb bilishadi.
أُولَـٰئِكَ عَلَىٰ هُدًى مِّن رَّبِّهِمْ ۖ وَأُولَـٰئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ
2:5. Ana shular – yaratgan Egasi tarafidan yuborilgan koʻrsatma (Qurʼon) asosida (yashaydi) va ular[23] baxtga erishadi.
إِنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا سَوَاءٌ عَلَيْهِمْ أَأَنذَرْتَهُمْ أَمْ لَمْ تُنذِرْهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ
2:6. (Qurʼonni) inkor qilganlarni[24] ogohlantirsang[25] ham, ogohlantirmasang ham, ular bari-bir ishonmaydi[26].
خَتَمَ اللَّـهُ عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ وَعَلَىٰ سَمْعِهِمْ ۖ وَعَلَىٰ أَبْصَارِهِمْ غِشَاوَةٌ ۖ وَلَهُمْ عَذَابٌ عَظِيمٌ
2:7. (Inkor qilgani uchun) Alloh ularning aqlu vijdonini va quloqlarini tamgʻalab qoʻy(a)di, koʻzlarida «parda» (boʻladi)[27] va ularga ulkan azob (beradi)[28] .
وَمِنَ النَّاسِ مَنْ يَقُولُ آمَنَّا بِاللَّهِ وَبِالْيَوْمِ الْآخِرِ وَمَا هُمْ بِمُؤْمِنِينَ
2:8 . Insonlar orasida shundaylari bor-ki, iymon keltirmagani holda: “Allohga va oxirat kuniga imon keltirganman”, deydi.
يُخَادِعُونَ اللَّهَ وَالَّذِينَ آمَنُوا وَمَا يَخْدَعُونَ إِلَّا أَنْفُسَهُمْ وَمَا يَشْعُرُونَ
2:9. Ular Allohni va moʻminlarni aldamoqchi boʻladi.[29] Ular oʻzlari sezmagan holda faqat oʻzini-oʻzi aldaydi.
فِي قُلُوبِهِمْ مَرَضٌ فَزَادَهُمُ اللَّهُ مَرَضًا ۖ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ بِمَا كَانُوا يَكْذِبُونَ
2:10. Ularning qalblarida (kofirlik) illati[30] bor edi, Alloh ularga (yolgʻonchilik va munofiqlik) kasalligini ham qoʻshib qoʻydi. Yolgʻon gapirayotganlari uchun ularga alamli azob bor.[31]
وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ لَا تُفْسِدُوا فِي الْأَرْضِ قَالُوا إِنَّمَا نَحْنُ مُصْلِحُونَ
2:11. Ularga: “Yer yuzida buzgʻunchilik qilmang!”,[32] deyilganida, ular: “Biz islohotchi-tuzatuvchimiz”, deydi.
أَلَا إِنَّهُمْ هُمُ الْمُفْسِدُونَ وَلَٰكِنْ لَا يَشْعُرُونَ
2:12 Ogoh boʻling! Ular aniq buzgʻunchidir. Lekin oʻzlari farqiga bormayapti.
وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ آمِنُوا كَمَا آمَنَ النَّاسُ قَالُوا أَنُؤْمِنُ كَمَا آمَنَ السُّفَهَاءُ ۗ أَلَا إِنَّهُمْ هُمُ السُّفَهَاءُ وَلَٰكِنْ لَا يَعْلَمُونَ
2:13 Ularga: “Shu insonlar qanday imon keltirgan boʻlsa, sizlar ham shunday imon keltiring!”, deyilganida, ular: «Biz shu nodonlar kabi imon keltiramizmi?», deydi. Ogoh boʻling! Aslida ularning oʻzlari nodondirlar, lekin oʻzlari bilmayapti.
وَإِذَا لَقُوا الَّذِينَ آمَنُوا قَالُوا آمَنَّا وَإِذَا خَلَوْا إِلَىٰ شَيَاطِينِهِمْ قَالُوا إِنَّا مَعَكُمْ إِنَّمَا نَحْنُ مُسْتَهْزِئُونَ
2:14 Ular moʻminlar[33] bilan yuzma-yuz kelganida: “Biz ham imon keltirdik”, deydi. Shaytonlari/adashtiruvchi rahnamolari[34] bilan holi qolganida esa: “Biz sizlar bilan birgamiz, biz ularni (moʻminlarni) masxara qilyapmiz, xolos!”, deydi.
اللَّهُ يَسْتَهْزِئُ بِهِمْ وَيَمُدُّهُمْ فِي طُغْيَانِهِمْ يَعْمَهُونَ
2:15 Alloh ularni “masxara” qilyapti va ularga haddan oshib, tentirab yurishiga qoʻyib beradi.
أُولَٰئِكَ الَّذِينَ اشْتَرَوُا الضَّلَالَةَ بِالْهُدَىٰ فَمَا رَبِحَتْ تِجَارَتُهُمْ وَمَا كَانُوا مُهْتَدِينَ
2:16 Ana shular toʻgʻri yoʻlni zalolatga almashtirgan kishilardir. Biroq, savdolari foyda qilma(y)di va ular toʻgʻri yoʻlga kelolma(y)di.
مَثَلُهُمْ كَمَثَلِ الَّذِي اسْتَوْقَدَ نَارًا فَلَمَّا أَضَاءَتْ مَا حَوْلَهُ ذَهَبَ اللَّهُ بِنُورِهِمْ وَتَرَكَهُمْ فِي ظُلُمَاتٍ لَا يُبْصِرُونَ
2:17 Ular atrofni yoritish uchun mashʼala yoqqan yoʻlovchiga ahvoliga oʻxshaydi. Biroq mashʼala ularning atrofini yoritishni boshlaganida, Alloh ularning yorugʻligini ketkazib, koʻrolmaydigan qilib, zulmatlarga (muammolarga) tashlaydi[35].
صُمٌّ بُكْمٌ عُمْيٌ فَهُمْ لَا يَرْجِعُونَ
2:18 Ular (maʼnan) kar, soqov va koʻrdir. (Bu ketishda) ular (kofirlikdan) qaytmaydi. [36]
أَوْ كَصَيِّبٍ مِنَ السَّمَاءِ فِيهِ ظُلُمَاتٌ وَرَعْدٌ وَبَرْقٌ يَجْعَلُونَ أَصَابِعَهُمْ فِي آذَانِهِمْ مِنَ الصَّوَاعِقِ حَذَرَ الْمَوْتِ ۚ وَاللَّهُ مُحِيطٌ بِالْكَافِرِينَ
2:19 Yoki ular zulmatlar, osmonning gumburlashi va chaqmoq bor joyda osmondan yogʻayotgan yomgʻir ostida qolib, momaqaldiroqning qattiq gumburlashidan oʻlib qolamiz,deya qoʻrqib,barmoqlarini quloqlariga tiqib olgan kishilarga oʻxshaydi. Alloh kofirlik qiluvchilarni toʻliq bilib turadi.[37]
يَكَادُ الْبَرْقُ يَخْطَفُ أَبْصَارَهُمْ ۖ كُلَّمَا أَضَاءَ لَهُمْ مَشَوْا فِيهِ وَإِذَا أَظْلَمَ عَلَيْهِمْ قَامُوا ۚ وَلَوْ شَاءَ اللَّهُ لَذَهَبَ بِسَمْعِهِمْ وَأَبْصَارِهِمْ ۚ إِنَّ اللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ
2:20 Oʻsha chaqmoq ularning koʻzlarini koʻr qilgudek boʻladi. U har safar ularga (atrofni) yoritib berganida yurib oladilar, qorongʻulashganida esa turib qolishadi.[38] Agar Alloh xohlaganida,[39]ularni eshitish va koʻrish qobiliyatini olib qoʻyar edi. Albatta, Alloh hamma narsaga oʻlchov qoʻyadi.
يَا أَيُّهَا النَّاسُ اعْبُدُوا رَبَّكُمُ الَّذِي خَلَقَكُمْ وَالَّذِينَ مِنْ قَبْلِكُمْ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ
2:21 Ey insonlar! Yaratgan Egangizga qullik qiling! Sizni ham, sizdan oldingilarni ham U yaratgan. Shundagina taqvodor boʻlasiz![40]
الَّذِي جَعَلَ لَكُمُ الْأَرْضَ فِرَاشًا وَالسَّمَاءَ بِنَاءً وَأَنْزَلَ مِنَ السَّمَاءِ مَاءً فَأَخْرَجَ بِهِ مِنَ الثَّمَرَاتِ رِزْقًا لَكُمْ ۖ فَلَا تَجْعَلُوا لِلَّهِ أَنْدَادًا وَأَنْتُمْ تَعْلَمُونَ
2:22 U sizlar uchun yerni “toʻshak” qilib berdi, osmonni bino qildi, osmondan suv tushirib, sizlarga rizq boʻlsin deb, u orqali yerdan mevalar undirdi. Bas! (Shularni) bilib turib, Allohga boshqalarni tenglashtirmang![41]
وَإِنْ كُنْتُمْ فِي رَيْبٍ مِمَّا نَزَّلْنَا عَلَىٰ عَبْدِنَا فَأْتُوا بِسُورَةٍ مِنْ مِثْلِهِ وَادْعُوا شُهَدَاءَكُمْ مِنْ دُونِ اللَّهِ إِنْ كُنْتُمْ صَادِقِينَ
2:23 Qagar qulimiz (Muhammad)ga tushirganimiz (Qurʼon)da[42] shubhangiz boʻlsa va (shubhangizda) haqli boʻlsangiz, Allohdan boshqa bilimdonlaringizni chaqirib, xuddi shunday sura keltiringlarchi![43]
فَإِنْ لَمْ تَفْعَلُوا وَلَنْ تَفْعَلُوا فَاتَّقُوا النَّارَ الَّتِي وَقُودُهَا النَّاسُ وَالْحِجَارَةُ ۖ أُعِدَّتْ لِلْكَافِرِينَ
2:24 Agar bunday qilmasangiz, hech qachon qilolmaysiz ham! Bas! Jahannamdan saqlaning! Uning yoqilgʻisi insonlar va toshlardan iboratdir. U kofirlar/(Allohga) qarshi chiquvchilar uchun tayyorlangan.[44]
وَبَشِّرِ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ أَنَّ لَهُمْ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِنْ تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ ۖ كُلَّمَا رُزِقُوا مِنْهَا مِنْ ثَمَرَةٍ رِزْقًا ۙ قَالُوا هَٰذَا الَّذِي رُزِقْنَا مِنْ قَبْلُ ۖ وَأُتُوا بِهِ مُتَشَابِهًا ۖ وَلَهُمْ فِيهَا أَزْوَاجٌ مُطَهَّرَةٌ ۖ وَهُمْ فِيهَا خَالِدُونَ
2:25 Imon keltirgan va xayrli ishlar qilgan kishilarga xushxabar ber; ularga ostidan anhorlar oqib turadigan bogʻu boʻstonlar bor. Ularga har safar jannat mevalaridan tortiq qilinganida: “Bu bizga avval berilgan”, deyishadi. Aslida, ularga (mevaning) oʻxshashi beriladi. Ular uchun u yerda pokiza juftlar boʻladi va unda mangu qolishadi.[45]
إِنَّ اللَّهَ لَا يَسْتَحْيِي أَنْ يَضْرِبَ مَثَلًا مَا بَعُوضَةً فَمَا فَوْقَهَا ۚ فَأَمَّا الَّذِينَ آمَنُوا فَيَعْلَمُونَ أَنَّهُ الْحَقُّ مِنْ رَبِّهِمْ ۖ وَأَمَّا الَّذِينَ كَفَرُوا فَيَقُولُونَ مَاذَا أَرَادَ اللَّهُ بِهَٰذَا مَثَلًا ۘ يُضِلُّ بِهِ كَثِيرًا وَيَهْدِي بِهِ كَثِيرًا ۚ وَمَا يُضِلُّ بِهِ إِلَّا الْفَاسِقِينَ
2:26 Alloh hech narsani – pashshani ham, uning ustidagini ham – oʻrnak qilishdan tortinmaydi.[46] U (oʻrnak) Robbidan (kelgan) haqiqat ekanini moʻminlar biladi. Inkor qiluvchilar esa: “Bu oʻrnak bilan Alloh nimani xohlagan?”, deydi. Shu (oʻrnak) orqali U koʻpchilikni adashtiradi, koʻpchilikni esa hidoyat qiladi. Alloh u (oʻrnak) bilan faqatgina itoatsiz-fosiqlarni adashtiradi.[47]
الَّذِينَ يَنْقُضُونَ عَهْدَ اللَّهِ مِنْ بَعْدِ مِيثَاقِهِ وَيَقْطَعُونَ مَا أَمَرَ اللَّهُ بِهِ أَنْ يُوصَلَ وَيُفْسِدُونَ فِي الْأَرْضِ ۚ أُولَٰئِكَ هُمُ الْخَاسِرُونَ
2:27 Allohga bergan vaʼdasini buzadiganlar,[48] Alloh buyurgan rishtalarni uzadiganlar[49] va yer yuzida buzgʻunchilik[50] qiladiganlar xonavayron boʻladi.
كَيْفَ تَكْفُرُونَ بِاللَّهِ وَكُنْتُمْ أَمْوَاتًا فَأَحْيَاكُمْ ۖ ثُمَّ يُمِيتُكُمْ ثُمَّ يُحْيِيكُمْ ثُمَّ إِلَيْهِ تُرْجَعُونَ
2:28 Allohni qanday inkor qilasizlar-a?! Oʻlik edingiz,[51] U sizlarga jon berdi. Keyin, sizni yana oʻldiradi va qaytadan tiriltiradi. Soʻng Unga (Uning hukmiga) qaytarilasiz.
هُوَ الَّذِي خَلَقَ لَكُمْ مَا فِي الْأَرْضِ جَمِيعًا ثُمَّ اسْتَوَىٰ إِلَى السَّمَاءِ فَسَوَّاهُنَّ سَبْعَ سَمَاوَاتٍ ۚ وَهُوَ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ
2:29 U (Alloh) yerdagi hamma narsani sizlar uchun yaratdi. Keyin osmonni tuzishga oʻtib, ularni yetti qavat qilib toʻgʻriladi.[52] U hamma narsani biladi.
وَإِذْ قَالَ رَبُّكَ لِلْمَلَائِكَةِ إِنِّي جَاعِلٌ فِي الْأَرْضِ خَلِيفَةً ۖ قَالُوا أَتَجْعَلُ فِيهَا مَنْ يُفْسِدُ فِيهَا وَيَسْفِكُ الدِّمَاءَ وَنَحْنُ نُسَبِّحُ بِحَمْدِكَ وَنُقَدِّسُ لَكَ ۖ قَالَ إِنِّي أَعْلَمُ مَا لَا تَعْلَمُونَ
2:30 Yaratgan Egang malaklarga: «Men yerga xalifa (masʼul) tayinlayapman[53]», deganida, malaklar: “Buzgʻunchilik qiladigan, (oʻzaro) qonlar toʻkadigan mavjudotni yerga (xalifa qilib) tayinlayapsanmi? Seni olqishlab ulugʻlaymiz va Seni pok deya yod etamiz”, degan. [54] Alloh: “Men sizlar bilmaydigan jihat(i)ni bilaman!”, dedi.[55]
وَعَلَّمَ آدَمَ الْأَسْمَاءَ كُلَّهَا ثُمَّ عَرَضَهُمْ عَلَى الْمَلَائِكَةِ فَقَالَ أَنْبِئُونِي بِأَسْمَاءِ هَٰؤُلَاءِ إِنْ كُنْتُمْ صَادِقِينَ
2:31 (Alloh) Odamga hamma narsalarning ismlarini (xususiyatlarini) oʻrgatdi. Keyin malaklarga: «(Odamzot haqidagi iddaoda) toʻgʻri boʻlsangiz, menga shu bu ismlardan (xususiyatlardan) xabar beringchi!», dedi.
قَالُوا سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَا إِلَّا مَا عَلَّمْتَنَا ۖ إِنَّكَ أَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ
2:32 Malaklar: “Ey, pok va ulugʻ Zot! Bizda Sen oʻrgatgandan boshqa ilm yoʻq. Har narsani biluvchi, toʻgʻri qaror beruvchi Oʻzingsan”, dedilar.
قَالَ يَا آدَمُ أَنْبِئْهُمْ بِأَسْمَائِهِمْ ۖ فَلَمَّا أَنْبَأَهُمْ بِأَسْمَائِهِمْ قَالَ أَلَمْ أَقُلْ لَكُمْ إِنِّي أَعْلَمُ غَيْبَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَأَعْلَمُ مَا تُبْدُونَ وَمَا كُنْتُمْ تَكْتُمُونَ
2:33 “Ey Odam! Ularning ismlarini/xususiyatlarini malaklarga aytib ber!”, dedi (Alloh). (Odam) Ularga ismlarni aytib berganida, «Men sizlarga: «Osmonlaru yerni gʻaybini[56] bilaman, nimani oshkora qilayotganingizni ham, yashirayotgan narsangizni ham bilaman, deb aytmaganmidim», dedi (Alloh).
وَإِذْ قُلْنَا لِلْمَلَائِكَةِ اسْجُدُوا لِآدَمَ فَسَجَدُوا إِلَّا إِبْلِيسَ أَبَىٰ وَاسْتَكْبَرَ وَكَانَ مِنَ الْكَافِرِينَ
2:34 Malaklarga: «Odamga sajda[57] qiling!», deganimizda, malaklar sajda qildi. Ammo Iblis manmanlik qilib, bosh tortdi[58] va kofirlardan/Allohning amriga qarshi chiquvchilardan[59] boʻldi.
وَقُلْنَا يَا آدَمُ اسْكُنْ أَنْتَ وَزَوْجُكَ الْجَنَّةَ وَكُلَا مِنْهَا رَغَدًا حَيْثُ شِئْتُمَا وَلَا تَقْرَبَا هَٰذِهِ الشَّجَرَةَ فَتَكُونَا مِنَ الظَّالِمِينَ
2:35 «Ey, Odam! Sen va yoʻldoshing mana shu boʻstonga[60] joylashing, xohlagan joyingizdan bemalol isteʼmol qiling! Biroq, mana bu daraxtga yaqinlashmang! Aks holda, haqsizlik qiluvchilardan/zolimlardan boʻlib qolasiz», deganmiz.
فَأَزَلَّهُمَا الشَّيْطَانُ عَنْهَا فَأَخْرَجَهُمَا مِمَّا كَانَا فِيهِ ۖ وَقُلْنَا اهْبِطُوا بَعْضُكُمْ لِبَعْضٍ عَدُوٌّ ۖ وَلَكُمْ فِي الْأَرْضِ مُسْتَقَرٌّ وَمَتَاعٌ إِلَىٰ حِينٍ
2:36 Keyin shayton[61] u daraxt sababli ikkalasini ham adashtirdi va ularni oʻzlari turgan joyidan/holatidan chiqishiga sabab boʻldi[62]. Biz ularga: «Bir-biringizga adovatli holatingizda tushinglar.[63] Sizlarga bu yurtda bir muddatgacha qoladigan joy va (yashashga) sharoit bor», dedik.
فَتَلَقَّىٰ آدَمُ مِنْ رَبِّهِ كَلِمَاتٍ فَتَابَ عَلَيْهِ ۚ إِنَّهُ هُوَ التَّوَّابُ الرَّحِيمُ
2:37 Odam Robbidan (ogohlantiruvchi) soʻzlar[64] oldi. Oqibatda U Zot unga (Odamga) tavba imkoni berdi. Zero, U tavbani qabul qiluvchi[65] va mehribondir.
قُلْنَا اهْبِطُوا مِنْهَا جَمِيعًا ۖ فَإِمَّا يَأْتِيَنَّكُمْ مِنِّي هُدًى فَمَنْ تَبِعَ هُدَايَ فَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ
2:38 Biz shunday dedik: «Undan hammangiz tushinglar![66] Mendan sizlarga koʻrsatma/Kitob kelganida, kim mening koʻrsatmamga/Kitobimga amal qilsa, ularga qoʻrquv yoʻq, ular gʻamgin ham boʻlmaydi».[67]
وَالَّذِينَ كَفَرُوا وَكَذَّبُوا بِآيَاتِنَا أُولَٰئِكَ أَصْحَابُ النَّارِ ۖ هُمْ فِيهَا خَالِدُونَ
2:39 Oyatlarimizga qarshi chiqadigan va ularni yolgʻonga chiqaradiganlar jahannam ahli (boʻladi). Ular u yerda mangu qoladi.[68]
يَا بَنِي إِسْرَائِيلَ اذْكُرُوا نِعْمَتِيَ الَّتِي أَنْعَمْتُ عَلَيْكُمْ وَأَوْفُوا بِعَهْدِي أُوفِ بِعَهْدِكُمْ وَإِيَّايَ فَارْهَبُونِ
2:40 Ey Isroil avlodlari![69] Sizga qilgan yaxshiliklarimni[70] yodda tuting va ahdimni/buyrugʻimbi[71] bajaring-ki, Men ham sizlarga bergan ahdimni bajaraman.[72] Mendangina qoʻrqing!
وَآمِنُوا بِمَا أَنْزَلْتُ مُصَدِّقًا لِمَا مَعَكُمْ وَلَا تَكُونُوا أَوَّلَ كَافِرٍ بِهِ ۖ وَلَا تَشْتَرُوا بِآيَاتِي ثَمَنًا قَلِيلًا وَإِيَّايَ فَاتَّقُونِ
2:41 Yoningizdagini (Tavrotu Injilni) tasdiqlaydigan qilib tushirganimga (Qurʼonga) ishoning! Unga ishonmaydiganlarning avvalgisi boʻlib qolmang! Oyatlarimni oʻtkinchi[73] foydaga almashmang![74] Mengagina javob berishni oʻylang!
وَلَا تَلْبِسُوا الْحَقَّ بِالْبَاطِلِ وَتَكْتُمُوا الْحَقَّ وَأَنْتُمْ تَعْلَمُونَ
2:42 Haqiqatga botilni/yolgʻonni[75] aralashtirmang va bilaturib haqiqatni yashirmang!
وَأَقِيمُوا الصَّلَاةَ وَآتُوا الزَّكَاةَ وَارْكَعُوا مَعَ الرَّاكِعِينَ
2:43 Namozni/diniy vazifalarni bajaring, pok va toʻgʻri boʻling, [76] (Allohga) bosh eguvchilar/boʻysinuvchilar bilan birga bosh eging/boʻysuning! [77]
أَتَأْمُرُونَ النَّاسَ بِالْبِرِّ وَتَنْسَوْنَ أَنْفُسَكُمْ وَأَنْتُمْ تَتْلُونَ الْكِتَابَ ۚ أَفَلَا تَعْقِلُونَ
2:44 Insonlarni yaxshilikka buyurib, oʻzingizni unutasizmi? (Ilohiy) Kitobni[78] oʻqib-tushunib turib[79] ham a? Aql ishlatmaysizlarmi?
وَاسْتَعِينُوا بِالصَّبْرِ وَالصَّلَاةِ ۚ وَإِنَّهَا لَكَبِيرَةٌ إِلَّا عَلَى الْخَاشِعِينَ
2:45 Sabr-bardosh[80] va duo-iltijo orqali (Allohdan) yordam soʻrang! [81] (Allohga) boʻysinuvchilardan boshqasiga bu ogʻir keladi.
الَّذِينَ يَظُنُّونَ أَنَّهُمْ مُلَاقُو رَبِّهِمْ وَأَنَّهُمْ إِلَيْهِ رَاجِعُونَ
2:46 Ular yaratgan Egasiga yoʻliqishlarini aniq deb biladi va ular Unga/Uning hukmiga qaytadi. [82]
يَا بَنِي إِسْرَائِيلَ اذْكُرُوا نِعْمَتِيَ الَّتِي أَنْعَمْتُ عَلَيْكُمْ وَأَنِّي فَضَّلْتُكُمْ عَلَى الْعَالَمِينَ
2:47 Ey, Isroil avlodlari! Sizlarga[83] berganim neʼmatlarni va sizlarni zamondoshlaringizdan afzal qilganimni yodda tuting! [84]
وَاتَّقُوا يَوْمًا لَا تَجْزِي نَفْسٌ عَنْ نَفْسٍ شَيْئًا وَلَا يُقْبَلُ مِنْهَا شَفَاعَةٌ وَلَا يُؤْخَذُ مِنْهَا عَدْلٌ وَلَا هُمْ يُنْصَرُونَ
2:48 Birov boshqasi uchun hech narsa qilolmaydigan,[85] hech kimdan shafoat (oqlov/qutqaruv) [86] qabul qilinmaydigan, kimsadan tovon olinmaydigan va birovga yordam berilmaydigan kundan saqlaning![87]
وَإِذْ نَجَّيْنَاكُمْ مِنْ آلِ فِرْعَوْنَ يَسُومُونَكُمْ سُوءَ الْعَذَابِ يُذَبِّحُونَ أَبْنَاءَكُمْ وَيَسْتَحْيُونَ نِسَاءَكُمْ ۚ وَفِي ذَٰلِكُمْ بَلَاءٌ مِنْ رَبِّكُمْ عَظِيمٌ
2:49 (Firʼavn) Sizlarga azobning qattigʻini berishga urinib, oʻgʻillaringizni oʻldirgizib, ayol-qizlaringizni tirik qoldirayotganida, sizlarni Firʼavn xonadonidan qutqarib qolganmiz. Bu (Firʼavnning qulligidan chiqarishi)da [88] Yaratgan Egangiz tarafidan (sizlarga) berilgan ulugʻ neʼmat[89] (edi).
وَإِذْ فَرَقْنَا بِكُمُ الْبَحْرَ فَأَنْجَيْنَاكُمْ وَأَغْرَقْنَا آلَ فِرْعَوْنَ وَأَنْتُمْ تَنْظُرُونَ
2:50 Oʻshanda dengiz bilan orangizni ayirdik, sizlarni qutqarib, Firʼavn xonadonini koʻz oʻngingizda choʻktirib yubordik.[90]
وَإِذْ وَاعَدْنَا مُوسَىٰ أَرْبَعِينَ لَيْلَةً ثُمَّ اتَّخَذْتُمُ الْعِجْلَ مِنْ بَعْدِهِ وَأَنْتُمْ ظَالِمُونَ
2:51 Bir vaqtlar Muso bilan qirq kecha vaʼdalashdik, keyin Musoning ortidan haqsizlik qilib buzoqni (iloh qilib) olgansiz.[91]
ثُمَّ عَفَوْنَا عَنْكُمْ مِنْ بَعْدِ ذَٰلِكَ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ
2:52 Soʻngra “qadriga yetgaysizlar” deb sizlarni afv etdik/jazolamadik.[92]
وَإِذْ آتَيْنَا مُوسَى الْكِتَابَ وَالْفُرْقَانَ لَعَلَّكُمْ تَهْتَدُونَ
2:53 Oʻshanda “toʻgʻri yoʻlga kelgaysizlar”, deb Musoga Kitob–furqon[93] berganmiz.
وَإِذْ قَالَ مُوسَىٰ لِقَوْمِهِ يَا قَوْمِ إِنَّكُمْ ظَلَمْتُمْ أَنْفُسَكُمْ بِاتِّخَاذِكُمُ الْعِجْلَ فَتُوبُوا إِلَىٰ بَارِئِكُمْ فَاقْتُلُوا أَنْفُسَكُمْ ذَٰلِكُمْ خَيْرٌ لَكُمْ عِنْدَ بَارِئِكُمْ فَتَابَ عَلَيْكُمْ ۚ إِنَّهُ هُوَ التَّوَّابُ الرَّحِيمُ
2:54 Oʻshanda Muso oʻz xalqiga: «Ey Xalqim! Buzoqni(iloh qilib)olib oʻzingizga yomonlik qildingiz. Endi ruhingizni yaratuvchisi boʻlgan[94] Zotga tavba qilib, nafsingizni[95] oʻldiring![96] Ruhingizni yaratuvchi Zotga koʻra, siz uchun mana shu yaxshidir», dedi. Shu tariqa Alloh sizlarga tavba imkoni bergan. U tavbalarni qabul qiluvchi va mehribondir.
وَإِذْ قُلْتُمْ يَا مُوسَىٰ لَنْ نُؤْمِنَ لَكَ حَتَّىٰ نَرَى اللَّهَ جَهْرَةً فَأَخَذَتْكُمُ الصَّاعِقَةُ وَأَنْتُمْ تَنْظُرُونَ
2:55 Bir kun sizlar: “Ey Muso!.Allohni ochiqcha koʻrmagunimizcha, senga ishonmaymiz”, degansiz. Shunda sizlarni yashin urgan, tikilib qolavergansiz.
ثُمَّ بَعَثْنَاكُمْ مِنْ بَعْدِ مَوْتِكُمْ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ
2:56 Soʻngra, qadriga yetgaysiz», deb sizlarni xushsizligingizdan turgʻizganmiz.[97]
وَظَلَّلْنَا عَلَيْكُمُ الْغَمَامَ وَأَنْزَلْنَا عَلَيْكُمُ الْمَنَّ وَالسَّلْوَىٰ ۖ كُلُوا مِنْ طَيِّبَاتِ مَا رَزَقْنَاكُمْ ۖ وَمَا ظَلَمُونَا وَلَٰكِنْ كَانُوا أَنْفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ
2:57 Bulutlarni tepangizga soya qilib qoʻyganmiz, holva va bedana berib: «Sizlarga berganimiz pokiza narsalarni[98] isteʼmol qilinglar!», deganmiz. Ular Bizga yomonlik qilmagan, oʻzlariga-oʻzlari yomonlik qilishgan.
وَإِذْ قُلْنَا ادْخُلُوا هَٰذِهِ الْقَرْيَةَ فَكُلُوا مِنْهَا حَيْثُ شِئْتُمْ رَغَدًا وَادْخُلُوا الْبَابَ سُجَّدًا وَقُولُوا حِطَّةٌ نَغْفِرْ لَكُمْ خَطَايَاكُمْ ۚ وَسَنَزِيدُ الْمُحْسِنِينَ
2:58 Bir kuni sizlarga: «Mana shu shaharga kirib, xohlagan joyingizdan bemalol yeb-ichinglar! Amrimizga boʻysungan[99] holda darvozadan kirib: “Gunohlarimizni kechir!”,[100] denglar-ki, gunohlaringizni kechiraylik!», deganmiz. Biz muhsinlarga[101] (buyruqni chiroyli bajaruvchilarga) (imkoniyat va savobni) koʻpaytirib[102] beramiz.
فَبَدَّلَ الَّذِينَ ظَلَمُوا قَوْلًا غَيْرَ الَّذِي قِيلَ لَهُمْ فَأَنْزَلْنَا عَلَى الَّذِينَ ظَلَمُوا رِجْزًا مِنَ السَّمَاءِ بِمَا كَانُوا يَفْسُقُونَ
2:59 (oʻziga yomonlik qilgan Banu Isroildan boʻlgan oʻsha) zolimlar oʻzlariga aytilgan soʻzning oʻrniga (Musoga) boshqa narsa dedi.[103] Itoatsizligi uchun (oʻsha) zolimlarga osmondan balo-ofat[104] yuborganmiz.[105]
وَإِذِ اسْتَسْقَىٰ مُوسَىٰ لِقَوْمِهِ فَقُلْنَا اضْرِبْ بِعَصَاكَ الْحَجَرَ ۖ فَانْفَجَرَتْ مِنْهُ اثْنَتَا عَشْرَةَ عَيْنًا ۖ قَدْ عَلِمَ كُلُّ أُنَاسٍ مَشْرَبَهُمْ ۖ كُلُوا وَاشْرَبُوا مِنْ رِزْقِ اللَّهِ وَلَا تَعْثَوْا فِي الْأَرْضِ مُفْسِدِينَ
2:60 Muso qavmini suv bilan taʼminlamoqchi boʻlganida, unga: «Hassangni shu toshga[106] ur!», deganmiz. Keyin undan oʻn ikkita buloq chiqqan va har bir qabila oʻzi suv ichadigan joyini oʻrganib olgan. Ularga: “Allohning rizqidan yeb-ichinglar, ammo buzgʻunchilik qilib, atrof-muhitni bulgʻamanglar!”, (deganmiz).
وَإِذْ قُلْتُمْ يَا مُوسَىٰ لَنْ نَصْبِرَ عَلَىٰ طَعَامٍ وَاحِدٍ فَادْعُ لَنَا رَبَّكَ يُخْرِجْ لَنَا مِمَّا تُنْبِتُ الْأَرْضُ مِنْ بَقْلِهَا وَقِثَّائِهَا وَفُومِهَا وَعَدَسِهَا وَبَصَلِهَا ۖ قَالَ أَتَسْتَبْدِلُونَ الَّذِي هُوَ أَدْنَىٰ بِالَّذِي هُوَ خَيْرٌ ۚ اهْبِطُوا مِصْرًا فَإِنَّ لَكُمْ مَا سَأَلْتُمْ ۗ وَضُرِبَتْ عَلَيْهِمُ الذِّلَّةُ وَالْمَسْكَنَةُ وَبَاءُوا بِغَضَبٍ مِنَ اللَّهِ ۗ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ كَانُوا يَكْفُرُونَ بِآيَاتِ اللَّهِ وَيَقْتُلُونَ النَّبِيِّينَ بِغَيْرِ الْحَقِّ ۗ ذَٰلِكَ بِمَا عَصَوْا وَكَانُوا يَعْتَدُونَ
2:61 Bir kuni sizlar: “Ey, Muso! Bir xil yegulikka chiday olmayapmiz, Robbingga duo qil, bizga yerda yetishadigan sabzavotlardan bodring, sarimsoq, mosh-loviya, piyoz undirib bersin!”, degansiz. U esa: “Yaxshi narsalarni undan pastrogʻiga almashtirasizlarmi? Shaharga tushinglar, u yerda sizlar xohlagan narsalar bor!”, degan. (Shaharga kirmagani uchun[107]) ularni boshlariga xoru zorlik va chorasizlik tamgʻasi bosilgan, ular Allohning gʻazabi tufayli xor boʻlgan. Allohning oyatlariga ishonmagani/qarshi chiqqani va nohaqlik qilib paygʻambarlarni/paygʻambar keltirgan taʼlimotni[108] yoʻq qilgani uchun[109] shunday boʻlishgan. Buyruqqa qarshi chiqib, haddilaridan oshgani uchun shunday boʻlishgan.[110]
إِنَّ الَّذِينَ آمَنُوا وَالَّذِينَ هَادُوا وَالنَّصَارَىٰ وَالصَّابِئِينَ مَنْ آمَنَ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ وَعَمِلَ صَالِحًا فَلَهُمْ أَجْرُهُمْ عِنْدَ رَبِّهِمْ وَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ
2:62 Moʻmin boʻlganlar bilan yahudiy boʻlganlar, nasroniy va sobeʼinlarning (ibrohimiy dinlarning qoldiqlariga eʼtiqod qiluvchilarning) qay biri Allohga va oxiratga imon keltirsa[111] va xayrli ishlar qilsa[112], Yaratgan Egasi huzurida ularning ajr-mukofoti bor. Ularga qoʻrquv yoʻq, gʻamgin ham boʻlmaydilar.
وَإِذْ أَخَذْنَا مِيثَاقَكُمْ وَرَفَعْنَا فَوْقَكُمُ الطُّورَ خُذُوا مَا آتَيْنَاكُمْ بِقُوَّةٍ وَاذْكُرُوا مَا فِيهِ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ
2:63 Tepangizga Turni[113] (togʻni) yuksaltirganimizda: “Biz sizlarga berganimizni (Tavrotni) mahkam tuting! Gunohlardan saqlanish uchun undagilarni (Ilohiy taʼlimotni) yodda tutinglar!”, deya sizlardan vaʼda olganmiz.
ثُمَّ تَوَلَّيْتُمْ مِنْ بَعْدِ ذَٰلِكَ ۖ فَلَوْلَا فَضْلُ اللَّهِ عَلَيْكُمْ وَرَحْمَتُهُ لَكُنْتُمْ مِنَ الْخَاسِرِينَ
2:64 Soʻngra (Tavrotga amal qilishdan) bosh tordingiz. Allohning sizlarga nisbatan oliyjanobligi[114] va yaxshiligi boʻlmaganida, aniq xonavayron boʻlar edingiz.
وَلَقَدْ عَلِمْتُمُ الَّذِينَ اعْتَدَوْا مِنْكُمْ فِي السَّبْتِ فَقُلْنَا لَهُمْ كُونُوا قِرَدَةً خَاسِئِينَ
2:65 Shubhasiz-ki, orangizdagi shanbalikni (shanba kuni baliq ovlamaslikni) buzganlarni bilgansiz. Ularga: «Maymunlardek xor[115] boʻling!», deganmiz.
فَجَعَلْنَاهَا نَكَالًا لِمَا بَيْنَ يَدَيْهَا وَمَا خَلْفَهَا وَمَوْعِظَةً لِلْمُتَّقِينَ
2:66 Buni oʻsha davrdagilar va keyingilar uchun jazoga namuna hamda taqvodorlar (masʼuliyatlilar) uchun nasihat qildik.
وَإِذْ قَالَ مُوسَىٰ لِقَوْمِهِ إِنَّ اللَّهَ يَأْمُرُكُمْ أَنْ تَذْبَحُوا بَقَرَةً ۖ قَالُوا أَتَتَّخِذُنَا هُزُوًا ۖ قَالَ أَعُوذُ بِاللَّهِ أَنْ أَكُونَ مِنَ الْجَاهِلِينَ
2:67 Muso oʻz qavmiga: «Alloh sizlarga bitta buzoq[116] soʻyishni buyurdi», deganida, qavmi: “Bizni masxara qilyapsanmi?”, dedi. Muso: «Johillardan[117] boʻlib qolishdan Allohga sigʻinaman», dedi.
قَالُوا ادْعُ لَنَا رَبَّكَ يُبَيِّنْ لَنَا مَا هِيَ ۚ قَالَ إِنَّهُ يَقُولُ إِنَّهَا بَقَرَةٌ لَا فَارِضٌ وَلَا بِكْرٌ عَوَانٌ بَيْنَ ذَٰلِكَ ۖ فَافْعَلُوا مَا تُؤْمَرُونَ
2:68 Ular: «Biz uchun Robbinga duo qil-ki, buzoqning qandayligini bizga ochiqlab bersin!», dedilar. «U (Alloh) aytdi-ki: «Qari ham, yosh ham emas, shuni oʻrta yoshligi boʻlsin!» Endi sizlarga buyurilgan ishni bajaring!», dedi (Muso).
قَالُوا ادْعُ لَنَا رَبَّكَ يُبَيِّنْ لَنَا مَا لَوْنُهَا ۚ قَالَ إِنَّهُ يَقُولُ إِنَّهَا بَقَرَةٌ صَفْرَاءُ فَاقِعٌ لَوْنُهَا تَسُرُّ النَّاظِرِينَ
2:69 Ular (yana): «Biz uchun Robbinga duo qil-ki, bizga uning rangini aytsin!», dedilar. Muso: «U (Alloh) aytdi-ki: «Sap-sariq va qaraganlarning koʻzlarini zavqlantiradigan bir buzoq boʻlsin!» dedi.
قَالُوا ادْعُ لَنَا رَبَّكَ يُبَيِّنْ لَنَا مَا هِيَ إِنَّ الْبَقَرَ تَشَابَهَ عَلَيْنَا وَإِنَّا إِنْ شَاءَ اللَّهُ لَمُهْتَدُونَ
2:70 Ular (yana): «Biz uchun Robbinga duo qil-ki, buzoqning qandayligini (qolgan belgilarini ham) bizga ochiqlasin! Chunki, oʻsha (aytilgan buzoq) bizga tanish tuyulayapti. Alloh nasib qilsa, topamiz», dedilar.
قَالَ إِنَّهُ يَقُولُ إِنَّهَا بَقَرَةٌ لَا ذَلُولٌ تُثِيرُ الْأَرْضَ وَلَا تَسْقِي الْحَرْثَ مُسَلَّمَةٌ لَا شِيَةَ فِيهَا ۚ قَالُوا الْآنَ جِئْتَ بِالْحَقِّ ۚ فَذَبَحُوهَا وَمَا كَادُوا يَفْعَلُونَ
2:71 Muso: «U (Alloh) aytdi-ki: «Oʻsha buzoq[118] omoch ilinib, yer haydamagan va ekin sugʻormagan, erkin qoʻyib yuborilgan, ola-chipori ham boʻlmagan buzoq boʻlsin!», deganida, ular: “Mana endi toʻgʻri (maʼlumot)ni keltirding!» dedilar. Natijada buzoqni soʻydilaru, biroq soʻyishda qiynaldilar.
وَإِذْ قَتَلْتُمْ نَفْسًا فَادَّارَأْتُمْ فِيهَا ۖ وَاللَّهُ مُخْرِجٌ مَا كُنْتُمْ تَكْتُمُونَ
2:72 (Ey, Isroil avlodlari!) Bir odamni oʻldirib qoʻyganingizda, gunohini bir-biringizga toʻnkagansiz. Alloh yashirgan narsangizni (oʻtmishingizni) oʻrtaga chiqaruvchidir.
فَقُلْنَا اضْرِبُوهُ بِبَعْضِهَا ۚ كَذَٰلِكَ يُحْيِي اللَّهُ الْمَوْتَىٰ وَيُرِيكُمْ آيَاتِهِ لَعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ
2:73 Oʻshanda: «Buni (tuhmatga qolganni unga qasam ichtirib, fidya toʻlatib, qutqarish yoʻlini) shunday holatlarning (ochilmagan jinoyatlarning) ayrimlarida qoʻllang! Oʻlimga (asossiz) hukm qilinganlarni Alloh shu tarzda hayotini saqlab qoladi», deganmiz.[119] Anglab yetishingiz uchun U sizlarga Oʻz oyatlarini koʻrsatib berayapti. [120]
ثُمَّ قَسَتْ قُلُوبُكُمْ مِنْ بَعْدِ ذَٰلِكَ فَهِيَ كَالْحِجَارَةِ أَوْ أَشَدُّ قَسْوَةً ۚ وَإِنَّ مِنَ الْحِجَارَةِ لَمَا يَتَفَجَّرُ مِنْهُ الْأَنْهَارُ ۚ وَإِنَّ مِنْهَا لَمَا يَشَّقَّقُ فَيَخْرُجُ مِنْهُ الْمَاءُ ۚ وَإِنَّ مِنْهَا لَمَا يَهْبِطُ مِنْ خَشْيَةِ اللَّهِ ۗ وَمَا اللَّهُ بِغَافِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ
2:74 Soʻngra yurak-bagʻringiz toshdek qotib ketdi,[121] hatto undan ham qattiq. Shunday toshlar bor-ki, undan anhorlar otilib chiqadi. Yorilib, ichidan suv chiqadigani va Allohdan qoʻrqib qulaydigani bor. Alloh qilayotgan ishlaringizga eʼtiborsiz emas.
أَفَتَطْمَعُونَ أَنْ يُؤْمِنُوا لَكُمْ وَقَدْ كَانَ فَرِيقٌ مِنْهُمْ يَسْمَعُونَ كَلَامَ اللَّهِ ثُمَّ يُحَرِّفُونَهُ مِنْ بَعْدِ مَا عَقَلُوهُ وَهُمْ يَعْلَمُونَ
2:75 Endi oʻshalar (yahudiylar) sizga (musulmonlarga) ishonishiga umid qilayapsizmi? Ular orasida maxsus guruh Allohning soʻzini (Qurʼonini) eshitib, (haq ekaniga) aqli yetganidan keyin, bilib-turib, maʼnolarini burmoqda.[122]
وَإِذَا لَقُوا الَّذِينَ آمَنُوا قَالُوا آمَنَّا وَإِذَا خَلَا بَعْضُهُمْ إِلَىٰ بَعْضٍ قَالُوا أَتُحَدِّثُونَهُمْ بِمَا فَتَحَ اللَّهُ عَلَيْكُمْ لِيُحَاجُّوكُمْ بِهِ عِنْدَ رَبِّكُمْ ۚ أَفَلَا تَعْقِلُونَ
2:76 Ular moʻminlar bilan uchrashganida: “Biz ham (Alloh va Rasuliga) ishondik!”, deydi. Bir-biri bilan yolgʻiz qolganida esa: «Alloh sizga (Tavrotda) koʻrsatgan narsani (soʻnggi Paygʻambar Muhammad alayhissalom haqidagi bilgilarni) Yaratgan Egangiz huzurida oʻzingizga qarshi dalil qilib koʻrsatsin, deb ularga aytib berayapsizlarmi? Nahot-ki (shuni) tushunmayotgan boʻlsangiz?!»,[123] deyishadi.
أَوَلَا يَعْلَمُونَ أَنَّ اللَّهَ يَعْلَمُ مَا يُسِرُّونَ وَمَا يُعْلِنُونَ
2:77 Nahot-ki, bilmasalar?! Axir, Alloh ular yashirayotgan narsalarni ham, oshkora qilayotgan narsalarni ham bilib turadi.[124]
وَمِنْهُمْ أُمِّيُّونَ لَا يَعْلَمُونَ الْكِتَابَ إِلَّا أَمَانِيَّ وَإِنْ هُمْ إِلَّا يَظُنُّونَ
2:78 Ular orasida Kitobdan (Tavrotdan) xabarsiz, faqat toʻqilgan uydirma soʻzlarnigina[125] biladigan va gumon-taxminlarga ergashadigan savodsizlari bor.[126]
فَوَيْلٌ لِلَّذِينَ يَكْتُبُونَ الْكِتَابَ بِأَيْدِيهِمْ ثُمَّ يَقُولُونَ هَٰذَا مِنْ عِنْدِ اللَّهِ لِيَشْتَرُوا بِهِ ثَمَنًا قَلِيلًا ۖ فَوَيْلٌ لَهُمْ مِمَّا كَتَبَتْ أَيْدِيهِمْ وَوَيْلٌ لَهُمْ مِمَّا يَكْسِبُونَ
2:79 Oʻz qoʻllari bilan Kitob yozib, keyin uni oʻtkinchi[127] foydaga almashish uchun: “Bu (Kitob) Alloh huzuridandir!”, deydiganlarning holiga voy! Qoʻllari bilan (toʻqib) yozgani uchun holiga voy! Qilgan ishlari uchun holiga voy! [128]
وَقَالُوا لَنْ تَمَسَّنَا النَّارُ إِلَّا أَيَّامًا مَعْدُودَةً ۚ قُلْ أَتَّخَذْتُمْ عِنْدَ اللَّهِ عَهْدًا فَلَنْ يُخْلِفَ اللَّهُ عَهْدَهُ ۖ أَمْ تَقُولُونَ عَلَى اللَّهِ مَا لَا تَعْلَمُونَ
2:80 Ular: «Biz jahannamga sanoqli kunlardan ortiqcha duchor boʻlmaymiz», deydi. [129] (Ularga) «Sizlar bu haqda Allohdan soʻz oldingizmi? Bas! Alloh aslo soʻzidan qaytmaydi. Yoki Oʻzingiz Alloh haqida bilmagan narsangizni gapirayapsizmi?», deb ayt.[130]
بَلَىٰ مَنْ كَسَبَ سَيِّئَةً وَأَحَاطَتْ بِهِ خَطِيئَتُهُ فَأُولَٰئِكَ أَصْحَابُ النَّارِ ۖ هُمْ فِيهَا خَالِدُونَ
2:81 Unday boʻlmaydi! Yomonlikni[131] kasb qilib olib, gunohga botganlar[132] jahannam ahlidir. Ular u yerda mangu qoladi.
وَالَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ أُولَٰئِكَ أَصْحَابُ الْجَنَّةِ ۖ هُمْ فِيهَا خَالِدُونَ
2:82 Imon keltirgan va xayrli/toʻgʻri ishlar qilganlar jannat ahlidir. Ular u yerda mangu qoladi.
وَإِذْ أَخَذْنَا مِيثَاقَ بَنِي إِسْرَائِيلَ لَا تَعْبُدُونَ إِلَّا اللَّهَ وَبِالْوَالِدَيْنِ إِحْسَانًا وَذِي الْقُرْبَىٰ وَالْيَتَامَىٰ وَالْمَسَاكِينِ وَقُولُوا لِلنَّاسِ حُسْنًا وَأَقِيمُوا الصَّلَاةَ وَآتُوا الزَّكَاةَ ثُمَّ تَوَلَّيْتُمْ إِلَّا قَلِيلًا مِنْكُمْ وَأَنْتُمْ مُعْرِضُونَ
2:83 Isroil avlodlaridan vaʼda olganimizda: “Allohdan boshqaga qullik qilmaysizlar! Ota-ona, qarindoshlar, yetimlar va chorasizlarga yaxshilik qilasizlar! Insonlarga yaxshi gapiring! Namozni/diniy vazifalaringizni bajaring! Pok va toʻgʻri boʻling!”, deganmiz. (Ey, Isroil avlodlari!) Keyinchalik oz qismingizdan boshqa barchangiz bosh tortib (vaʼdangizdan) qaytgansiz.
وَإِذْ أَخَذْنَا مِيثَاقَكُمْ لَا تَسْفِكُونَ دِمَاءَكُمْ وَلَا تُخْرِجُونَ أَنْفُسَكُمْ مِنْ دِيَارِكُمْ ثُمَّ أَقْرَرْتُمْ وَأَنْتُمْ تَشْهَدُونَ
2:84 Bir kuni sizlardan ahd olib: “Bir-biringizni qoningizni toʻkmaysiz, oʻzingizdan boʻlganlarni yurtingizdan chiqarmaysiz!”, deganmiz. Keyin qabul qilgansiz. (Bu ahdni Tavrotda) koʻrib turibsizlar.
ثُمَّ أَنْتُمْ هَٰؤُلَاءِ تَقْتُلُونَ أَنْفُسَكُمْ وَتُخْرِجُونَ فَرِيقًا مِنْكُمْ مِنْ دِيَارِهِمْ تَظَاهَرُونَ عَلَيْهِمْ بِالْإِثْمِ وَالْعُدْوَانِ وَإِنْ يَأْتُوكُمْ أُسَارَىٰ تُفَادُوهُمْ وَهُوَ مُحَرَّمٌ عَلَيْكُمْ إِخْرَاجُهُمْ ۚ أَفَتُؤْمِنُونَ بِبَعْضِ الْكِتَابِ وَتَكْفُرُونَ بِبَعْضٍ ۚ فَمَا جَزَاءُ مَنْ يَفْعَلُ ذَٰلِكَ مِنْكُمْ إِلَّا خِزْيٌ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا ۖ وَيَوْمَ الْقِيَامَةِ يُرَدُّونَ إِلَىٰ أَشَدِّ الْعَذَابِ ۗ وَمَا اللَّهُ بِغَافِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ
2:85 Shunga qaramay, sizlar yana bir-biringizni oʻldirayapsiz, orangizdan bir qism insonlarni yurtlaridan chiqarayapsiz, ularga qarshi gunoh va tajovuzda yordam beryapsiz. Asir boʻlib kelishsa, fidyalarini berib, qutqarayapsiz. Aslida ularni oʻz yurtlaridan chiqarib yuborish sizlarga qilingan ediku! Yoki kitobning (Tavrotning) bir qismiga ishonib, bir qismiga ishonmaysizlarmi?! Sizlardan bu ishni qilganlarning jazosi dunyo hayotida rasvogarchilikdan boshqa narsa emas. Ular Qiyomatda gunohlariga munosib azobga tashlanadi. Qilayotgan ishingizga Alloh eʼtiborsiz emas.
أُولَٰئِكَ الَّذِينَ اشْتَرَوُا الْحَيَاةَ الدُّنْيَا بِالْآخِرَةِ ۖ فَلَا يُخَفَّفُ عَنْهُمُ الْعَذَابُ وَلَا هُمْ يُنْصَرُونَ
2:86 Unday kishilar oxiratini dunyo hayotiga sotganlardir. Bas! ulardan azob yengillatilmaydi, ularga yordam berilmaydi.
وَلَقَدْ آتَيْنَا مُوسَى الْكِتَابَ وَقَفَّيْنَا مِنْ بَعْدِهِ بِالرُّسُلِ ۖ وَآتَيْنَا عِيسَى ابْنَ مَرْيَمَ الْبَيِّنَاتِ وَأَيَّدْنَاهُ بِرُوحِ الْقُدُسِ ۗ أَفَكُلَّمَا جَاءَكُمْ رَسُولٌ بِمَا لَا تَهْوَىٰ أَنْفُسُكُمُ اسْتَكْبَرْتُمْ فَفَرِيقًا كَذَّبْتُمْ وَفَرِيقًا تَقْتُلُونَ
2:87 Qasam-ki, Musoga Kitob berganmiz va ortidan ketma-ket elchilar yuborganmiz. Maryamning oʻgʻli Isoga ham dalil-alomatlar berib, uni Ruhul-Qudus bilan qoʻllab-quvvatladik. Siz (ey, Isroil avlodlari) koʻnglingizga yoqmagan hukmni keltirgan har bir elchiga manmalik qilishingiz kerakmidi? Elchilarning bir qismini yolgʻonchiga chiqarib, boshqa bir qismini esa “oʻldirdingiz”.[133]
وَقَالُوا قُلُوبُنَا غُلْفٌ ۚ بَلْ لَعَنَهُمُ اللَّهُ بِكُفْرِهِمْ فَقَلِيلًا مَا يُؤْمِنُونَ
2:88 Ular: “Qalblarimizda parda bor!”, dedi. Aksincha, kofirliklari uchun Alloh ularni laʼnatladi. Shu bois juda ham ozchiligi ishonyapti.
وَلَمَّا جَاءَهُمْ كِتَابٌ مِنْ عِنْدِ اللَّهِ مُصَدِّقٌ لِمَا مَعَهُمْ وَكَانُوا مِنْ قَبْلُ يَسْتَفْتِحُونَ عَلَى الَّذِينَ كَفَرُوا فَلَمَّا جَاءَهُمْ مَا عَرَفُوا كَفَرُوا بِهِ ۚ فَلَعْنَةُ اللَّهِ عَلَى الْكَافِرِينَ
2:89 Ularga Alloh tarafidan oʻzlaridagini (Tavrotu Injilni) tasdiqlaydigan kitob (Qurʼon) [134] kelganida, oʻzlari tanigan-bilgan narsasiga ishonmadilar. Holbuki, oʻzlari kofirlarga qarshi fath[135] talab qilayotgandilar. [136] (Qurʼonga) ishonmaydiganlarga Allohning laʼnati boʻlsin!
بِئْسَمَا اشْتَرَوْا بِهِ أَنْفُسَهُمْ أَنْ يَكْفُرُوا بِمَا أَنْزَلَ اللَّهُ بَغْيًا أَنْ يُنَزِّلَ اللَّهُ مِنْ فَضْلِهِ عَلَىٰ مَنْ يَشَاءُ مِنْ عِبَادِهِ ۖ فَبَاءُوا بِغَضَبٍ عَلَىٰ غَضَبٍ ۚ وَلِلْكَافِرِينَ عَذَابٌ مُهِينٌ
2:90 Alloh bandalari orasidan Oʻzi munosib bilganiga (Muhammadga) oliyjanoblik qilib bergan narsasiga (paygʻambarlikka) hasad qilishib, Alloh tushirgan Kitobga (Qurʼonga) ishonmasdan, (oʻtkinchi foydaga) sotildilar! Natijada ularga gʻazab ustiga gʻazab keldi. Kofirlik qiluvchilar uchun xorlovchi azob bor.
وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ آمِنُوا بِمَا أَنْزَلَ اللَّهُ قَالُوا نُؤْمِنُ بِمَا أُنْزِلَ عَلَيْنَا وَيَكْفُرُونَ بِمَا وَرَاءَهُ وَهُوَ الْحَقُّ مُصَدِّقًا لِمَا مَعَهُمْ ۗ قُلْ فَلِمَ تَقْتُلُونَ أَنْبِيَاءَ اللَّهِ مِنْ قَبْلُ إِنْ كُنْتُمْ مُؤْمِنِينَ
2:91 Ularga: “Alloh yuborgan Qurʼonga ishoning!” deyilganida, “Biz oʻzimizga yuborilgan kitobga ishonamiz, undan boshqasiga ishonmaymiz”, dedilar. Holbuki, u (Qurʼon) oʻzlaridagi (Tavrotu Injil)ni tasdiqlovchi haq kitobdir. (Ularga) ayt: «Agar (kitobingizga) ishongan boʻlsangiz, avvallari nega Allohning paygʻambarlarini oʻldirgansiz/dushman boʻlgansiz?! [137]
وَلَقَدْ جَاءَكُمْ مُوسَىٰ بِالْبَيِّنَاتِ ثُمَّ اتَّخَذْتُمُ الْعِجْلَ مِنْ بَعْدِهِ وَأَنْتُمْ ظَالِمُونَ
2:92 Muso sizlarga ochiq-oydin dalil-alomatlar bilan kelgan. Sizlar esa, undan keyin[138] zolimlik (mushriklik)[139] qilib buzoqni (iloh qilib) olgansiz.
وَإِذْ أَخَذْنَا مِيثَاقَكُمْ وَرَفَعْنَا فَوْقَكُمُ الطُّورَ خُذُوا مَا آتَيْنَاكُمْ بِقُوَّةٍ وَاسْمَعُوا ۖ قَالُوا سَمِعْنَا وَعَصَيْنَا وَأُشْرِبُوا فِي قُلُوبِهِمُ الْعِجْلَ بِكُفْرِهِمْ ۚ قُلْ بِئْسَمَا يَأْمُرُكُمْ بِهِ إِيمَانُكُمْ إِنْ كُنْتُمْ مُؤْمِنِينَ
2:93 Bir vaqtlar Turni tepa tarafingizga koʻtarib: “Sizlarga berganimizni (Tavrotni) mahkam ushlab, undagi hukmlarga quloq solinglar!”, deb qatʼiy soʻz olganmiz[140]. Ular: “Eshitdik va mahkam ushladik”, degan[141]. Biroq, kofirligi sababli koʻngillari buzoqqa bogʻlanib qolgan. (Ey Muhammad!) Ayt: «Agar (Tavrotga) shunday ishonsangiz, imon-ishonchingiz[142] naqadar yomon narsaga buyurar ekan-a!»[143]
قُلْ إِنْ كَانَتْ لَكُمُ الدَّارُ الْآخِرَةُ عِنْدَ اللَّهِ خَالِصَةً مِنْ دُونِ النَّاسِ فَتَمَنَّوُا الْمَوْتَ إِنْ كُنْتُمْ صَادِقِينَ
2:94 Ayt: “Agar Alloh huzuridagi oxirat diyori insonlarga emas, faqat sizga tegishli boʻlsa va toʻgʻrisoʻz boʻlsangiz, qani oʻlimni orzu qilib koʻringlarchi!”
وَلَنْ يَتَمَنَّوْهُ أَبَدًا بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيهِمْ ۗ وَاللَّهُ عَلِيمٌ بِالظَّالِمِينَ
2:95 Oʻz qilmishlari sababli, endi ular oʻlimni aslo orzu qilolmaydi. Alloh zolimlarni bilib turadi.[144]
وَلَتَجِدَنَّهُمْ أَحْرَصَ النَّاسِ عَلَىٰ حَيَاةٍ وَمِنَ الَّذِينَ أَشْرَكُوا ۚ يَوَدُّ أَحَدُهُمْ لَوْ يُعَمَّرُ أَلْفَ سَنَةٍ وَمَا هُوَ بِمُزَحْزِحِهِ مِنَ الْعَذَابِ أَنْ يُعَمَّرَ ۗ وَاللَّهُ بَصِيرٌ بِمَا يَعْمَلُونَ
2:96 Insonlarning dunyo hayotiga eng mukkasidan ketganlari ular ekanini koʻrasan, hatto mushriklardan[145] ham battar. Ularning har biriga ming yil umr berilishini xohlaydi. Holbuki, (bunchalik uzun) umr berilishi ham uni azobdan qutqarmaydi. Alloh qilayotgan ishlarini koʻrib turadi.
قُلْ مَنْ كَانَ عَدُوًّا لِجِبْرِيلَ فَإِنَّهُ نَزَّلَهُ عَلَىٰ قَلْبِكَ بِإِذْنِ اللَّهِ مُصَدِّقًا لِمَا بَيْنَ يَدَيْهِ وَهُدًى وَبُشْرَىٰ لِلْمُؤْمِنِينَ
2:97 Ayt: «Kimki Jabroilga dushman boʻlsa, (bilib qoʻysin) oʻzidan avvalgi (kitoblar)ni tasdiqlashi hamda moʻminlarga qoʻllanma va xushxabar boʻlishi uchun u (Qurʼon)ni Allohning izni bilan sening qalbingga u nozil qildi.
مَنْ كَانَ عَدُوًّا لِلَّهِ وَمَلَائِكَتِهِ وَرُسُلِهِ وَجِبْرِيلَ وَمِيكَالَ فَإِنَّ اللَّهَ عَدُوٌّ لِلْكَافِرِينَ
2:98 Kimki Allohga, malaklariga, Elchilariga, Jabroil va Mikoilga dushman boʻlsa, (bilib qoʻysin) kofirlarning dushmani Allohdir!
وَلَقَدْ أَنْزَلْنَا إِلَيْكَ آيَاتٍ بَيِّنَاتٍ ۖ وَمَا يَكْفُرُ بِهَا إِلَّا الْفَاسِقُونَ
2:99 (Ey Muhammad!) Syenga bayonotli[146] oyatlar yubordik. Ularni faqat itoatsiz-fosiqlar inkor qiladi.
أَوَكُلَّمَا عَاهَدُوا عَهْدًا نَبَذَهُ فَرِيقٌ مِنْهُمْ ۚ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ
2:100 Ular har safar (Allohga) soʻz berganida, oralaridan bir guruhi uni buzishi kerakmidi?! Aslida ularning koʻpchiligi (Qurʼonga) ishonmayapti[147].
وَلَمَّا جَآءَهُمْ رَسُولٌ مِّنْ عِندِ ٱللَّهِ مُصَدِّقٌ لِّمَا مَعَهُمْ نَبَذَ فَرِيقٌ مِّنَ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْكِتَٰبَ كِتَٰبَ ٱللَّهِ وَرَآءَ ظُهُورِهِمْ كَأَنَّهُمْ لَا يَعْلَمُونَ
2:101 Alloh tarafidan yonlaridagi (Tavrotu Injil)ni tasdiqlaydigan Rasul (Kitob/risolat)[148] kelganida, Kitob berilganlarning bir qismi xuddi bilmaydigandek, Allohning kitobini orqaga otdilar.
وَاتَّبَعُوا مَا تَتْلُو الشَّيَاطِينُ عَلَىٰ مُلْكِ سُلَيْمَانَ ۖ وَمَا كَفَرَ سُلَيْمَانُ وَلَٰكِنَّ الشَّيَاطِينَ كَفَرُوا يُعَلِّمُونَ النَّاسَ السِّحْرَ وَمَا أُنْزِلَ عَلَى الْمَلَكَيْنِ بِبَابِلَ هَارُوتَ وَمَارُوتَ ۚ وَمَا يُعَلِّمَانِ مِنْ أَحَدٍ حَتَّىٰ يَقُولَا إِنَّمَا نَحْنُ فِتْنَةٌ فَلَا تَكْفُرْ ۖ فَيَتَعَلَّمُونَ مِنْهُمَا مَا يُفَرِّقُونَ بِهِ بَيْنَ الْمَرْءِ وَزَوْجِهِ ۚ وَمَا هُمْ بِضَارِّينَ بِهِ مِنْ أَحَدٍ إِلَّا بِإِذْنِ اللَّهِ ۚ وَيَتَعَلَّمُونَ مَا يَضُرُّهُمْ وَلَا يَنْفَعُهُمْ ۚ وَلَقَدْ عَلِمُوا لَمَنِ اشْتَرَاهُ مَا لَهُ فِي الْآخِرَةِ مِنْ خَلَاقٍ ۚ وَلَبِئْسَ مَا شَرَوْا بِهِ أَنْفُسَهُمْ ۚ لَوْ كَانُوا يَعْلَمُونَ
2:102 Ular[149] shaytonlarning (buzgʻunchi odamlarning) Sulaymon hukmronligiga qarshi[150] aytib berayotgan narsalariga ergashdi. Sulaymon kofir boʻlmagan, lekin insonlarga sehrgarlikni[151] oʻrgatayotgan shaytonlar (buzgʻunchi odamlar) kofir boʻldi[152]. U (fosiq yahudiy)lar yana Bobildagi ikki malik[153] – Horut va Morutni boshiga tushgan[154] fitnaga ergashdi. U ikkalasi: «Biz fitnaga[155] uchradik, aslo buni koʻrmaganga olma!», demay turib, (boshiga tushgan fitnani) birovga aytib-oʻrgatmasa-da, ular u bilan er-xotinni oʻrtasini buzadigan narsa oʻrganib olishgan. (Oʻrgansada) Allohning iznisiz hech kimga hech qanday zarar keltira olmasdilar. Ular foyda emas, ziyon keltiradigan narsa oʻrganishdi. (Allohning Kitobini) sehrgarlikka almashtirganlarga oxiratda aslo nasiba boʻlmasligini u (yahudiy)lar bilishgan. Ular oʻzlarini juda yomon sotdilar! Qaniydi[156] bilsalar!
وَلَوْ أَنَّهُمْ آمَنُوا وَاتَّقَوْا لَمَثُوبَةٌ مِنْ عِنْدِ اللَّهِ خَيْرٌ ۖ لَوْ كَانُوا يَعْلَمُونَ
2:103 Agar ular imon keltirsalar va (yovuzliklaridan) saqlansalar edi, Alloh tarafidan oladigan mukofoti albatta yaxshi boʻlardi. Qaniydi bilsalar!
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَقُولُوا رَاعِنَا وَقُولُوا انْظُرْنَا وَاسْمَعُوا ۗ وَلِلْكَافِرِينَ عَذَابٌ أَلِيمٌ
2:104 Ey Moʻminlar!.“Bizni kut!”, demang “Bizni nazorat qil!”, deng va (Qurʼonga) quloq soling[157]. Kofirlik qiluvchilarga[158] alamli azob bor.
مَا يَوَدُّ الَّذِينَ كَفَرُوا مِنْ أَهْلِ الْكِتَابِ وَلَا الْمُشْرِكِينَ أَنْ يُنَزَّلَ عَلَيْكُمْ مِنْ خَيْرٍ مِنْ رَبِّكُمْ ۗ وَاللَّهُ يَخْتَصُّ بِرَحْمَتِهِ مَنْ يَشَاءُ ۚ وَاللَّهُ ذُو الْفَضْلِ الْعَظِيمِ
2:105 Ahli Kitob[159] orasidagi kofirlari ham mushriklar ham Robbingiz tarafidan sizga biron bir yaxshilik berilishini xohlamaydi. Alloh Oʻz rahmatini munosib boʻladigan bandasiga beradi. Alloh buyuk oliyjanoblik egasidir.
مَا نَنْسَخْ مِنْ آيَةٍ أَوْ نُنْسِهَا نَأْتِ بِخَيْرٍ مِنْهَا أَوْ مِثْلِهَا ۗ أَلَمْ تَعْلَمْ أَنَّ اللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ
2:106 Bir oyatni nasx[160] qilsak yoki unuttirsak, oʻrniga yanada yaxshisini yoki aynan bir xilini keltiramiz. Nahot bilmasang, axir, Alloh har narsaga oʻlchov qoʻyuvchidir.
أَلَمْ تَعْلَمْ أَنَّ اللَّهَ لَهُ مُلْكُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۗ وَمَا لَكُمْ مِنْ دُونِ اللَّهِ مِنْ وَلِيٍّ وَلَا نَصِيرٍ
2:107 Nahot bilmasang, axir, osmonlaru yerning hukmronligi Allohga tegishli. Allohdan boshqa sizlarni (idora etadigan) doʻstingiz ham yordamchingiz ham yoʻq.
أَمْ تُرِيدُونَ أَنْ تَسْأَلُوا رَسُولَكُمْ كَمَا سُئِلَ مُوسَىٰ مِنْ قَبْلُ ۗ وَمَنْ يَتَبَدَّلِ الْكُفْرَ بِالْإِيمَانِ فَقَدْ ضَلَّ سَوَاءَ السَّبِيلِ
2:108 Yoki ilgari Musodan soʻralganidek, sizlar ham oʻz Paygʻambaringizdan soʻramoqchimisiz? Kimki imonni kofirlikka almashtirsa, u toʻgʻri yoʻldan aniq adashadi.
وَدَّ كَثِيرٌ مِنْ أَهْلِ الْكِتَابِ لَوْ يَرُدُّونَكُمْ مِنْ بَعْدِ إِيمَانِكُمْ كُفَّارًا حَسَدًا مِنْ عِنْدِ أَنْفُسِهِمْ مِنْ بَعْدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُمُ الْحَقُّ ۖ فَاعْفُوا وَاصْفَحُوا حَتَّىٰ يَأْتِيَ اللَّهُ بِأَمْرِهِ ۗ إِنَّ اللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ
2:109 Ahli Kitoblarga koʻpchiligi haqiqat ayon boʻlganidan keyin ham, oʻzlari orasida paydo boʻlgan hasad tufayli sizlarni moʻmin boʻlganingizdan keyin kofir ahvolga keltirib qoʻyishni juda xohlaydi.[161] Bu haqida Allohning buyrugʻi kelgunigacha, (ularni) afv eting/jazolamang va gunohidan oʻting.[162] Shubhasizki, Alloh har narsaga oʻlchov qoʻyadi.
وَأَقِيمُوا الصَّلَاةَ وَآتُوا الزَّكَاةَ ۚ وَمَا تُقَدِّمُوا لِأَنْفُسِكُمْ مِنْ خَيْرٍ تَجِدُوهُ عِنْدَ اللَّهِ ۗ إِنَّ اللَّهَ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ
2:110 Namozni/diniy vazifalarni bajaring[163] va pok va toʻgʻri boʻling! Oʻzingiz uchun nimaiki yaxshilik qilsangiz ham, Alloh huzurida uni topasizlar. Qilmishlaringizni Alloh koʻrib turadi.
وَقَالُوا لَنْ يَدْخُلَ الْجَنَّةَ إِلَّا مَنْ كَانَ هُودًا أَوْ نَصَارَىٰ ۗ تِلْكَ أَمَانِيُّهُمْ ۗ قُلْ هَاتُوا بُرْهَانَكُمْ إِنْ كُنْتُمْ صَادِقِينَ
2:111 “Yahudiy boʻlganlardan boshqa hech kim” yoki “Xristian boʻlganlardan boshqa hech kim jannatga kirmaydi”,- dedilar. Bu ularning xomxayollaridir. Ayt: “Agar (iddaongizda) sodiq boʻlsangiz, dalilingizni keltiringlar!”
بَلَىٰ مَنْ أَسْلَمَ وَجْهَهُ لِلَّهِ وَهُوَ مُحْسِنٌ فَلَهُ أَجْرُهُ عِنْدَ رَبِّهِ وَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ
2:112 Yoʻq, unday emas! Kimki chiroyli holda oʻzini Allohga taslim qilsa, Robbi huzurida ularning ajr-mukofoti bor. Ularga qoʻrquv yoʻq, ular gʻamgin ham boʻlmaydi.
وَقَالَتِ الْيَهُودُ لَيْسَتِ النَّصَارَىٰ عَلَىٰ شَيْءٍ وَقَالَتِ النَّصَارَىٰ لَيْسَتِ الْيَهُودُ عَلَىٰ شَيْءٍ وَهُمْ يَتْلُونَ الْكِتَابَ ۗ كَذَٰلِكَ قَالَ الَّذِينَ لَا يَعْلَمُونَ مِثْلَ قَوْلِهِمْ ۚ فَاللَّهُ يَحْكُمُ بَيْنَهُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ فِيمَا كَانُوا فِيهِ يَخْتَلِفُونَ
2:113 Yahudiylar: “Nasorolarning hech qanday asosi yoʻq”,- deydi. Nasorolar ham: “Yahudiylarning hech qanday asosi yoʻq”,-deydi. Holbuki, oʻzlari (Tavrot) Kitobni oʻqiydi. Bilimsizlar ham xuddi ular aytgan gapni aytmoqda. Ularning ixtilof qilgan masalalari yuzasidan ular oʻrtasida Qiyomat kuni Alloh hukm qiladi.
وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنْ مَنَعَ مَسَاجِدَ اللَّهِ أَنْ يُذْكَرَ فِيهَا اسْمُهُ وَسَعَىٰ فِي خَرَابِهَا ۚ أُولَٰئِكَ مَا كَانَ لَهُمْ أَنْ يَدْخُلُوهَا إِلَّا خَائِفِينَ ۚ لَهُمْ فِي الدُّنْيَا خِزْيٌ وَلَهُمْ فِي الْآخِرَةِ عَذَابٌ عَظِيمٌ
2:114 Allohning masjidlarida Allohning ismi zikr qilinishiga toʻsqinlik qiladigan, masjidlarni xarob qilishga urinadigan odamdan ham zolimroq biri bormi? Oʻzlari qoʻrquvga tushmasdan masjidlarga kirolmaydilar. Ularga dunyoda xor-zorlik, oxiratda esa buyuk azob bor.
وَلِلَّهِ الْمَشْرِقُ وَالْمَغْرِبُ ۚ فَأَيْنَمَا تُوَلُّوا فَثَمَّ وَجْهُ اللَّهِ ۚ إِنَّ اللَّهَ وَاسِعٌ عَلِيمٌ
2:115 Mashriq ham Magʻrib ham Allohniki. Qayoqqa burilsangiz ham, oʻsha taraf Allohning huzuridir. Alloh cheksiz imkoniyatli va biluvchidir.
وَقَالُوا اتَّخَذَ اللَّهُ وَلَدًا ۗ سُبْحَانَهُ ۖ بَلْ لَهُ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۖ كُلٌّ لَهُ قَانِتُونَ
2:116 “Alloh farzand tutdi”,- dedilar. U bundan pok. Aksincha, osmonlaru yerdagi narsalar Uniki, hammasi Unga boʻysunadi.
بَدِيعُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۖ وَإِذَا قَضَىٰ أَمْرًا فَإِنَّمَا يَقُولُ لَهُ كُنْ فَيَكُونُ
2:117 U – osmonlaru yerni yoʻqdan bor qilib yaratuvchisidir. Bir ishni boʻlishiga qaror qilsa, boʻlishi uchun faqat “Boʻl!” deydi va u paydo boʻladi.
وَقَالَ الَّذِينَ لَا يَعْلَمُونَ لَوْلَا يُكَلِّمُنَا اللَّهُ أَوْ تَأْتِينَا آيَةٌ ۗ كَذَٰلِكَ قَالَ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ مِثْلَ قَوْلِهِمْ ۘ تَشَابَهَتْ قُلُوبُهُمْ ۗ قَدْ بَيَّنَّا الْآيَاتِ لِقَوْمٍ يُوقِنُونَ
2:118 (Kitobni) bilmaydiganlar: «Alloh biz bilan ham gaplashsa yoki bizga ham oyat[164] kelsaydi?», deydi. Avvalgilar ham shunday der edi, qalblari bir-biriga oʻxshashib ketdi. Qatʼiy ishonadigan kishilarga oyatlar(imiz)ni ochiqlab qoʻydik.
إِنَّا أَرْسَلْنَاكَ بِالْحَقِّ بَشِيرًا وَنَذِيرًا ۖ وَلَا تُسْأَلُ عَنْ أَصْحَابِ الْجَحِيمِ
2:119 Seni haq ila xushxabar beradigan va ogohlantiradigan qilib yubordik. Jahannam ahlidan soʻralmaysan.[165]
وَلَنْ تَرْضَىٰ عَنْكَ الْيَهُودُ وَلَا النَّصَارَىٰ حَتَّىٰ تَتَّبِعَ مِلَّتَهُمْ ۗ قُلْ إِنَّ هُدَى اللَّهِ هُوَ الْهُدَىٰ ۗ وَلَئِنِ اتَّبَعْتَ أَهْوَاءَهُمْ بَعْدَ الَّذِي جَاءَكَ مِنَ الْعِلْمِ ۙ مَا لَكَ مِنَ اللَّهِ مِنْ وَلِيٍّ وَلَا نَصِيرٍ
2:120 Ularning milatlariga (dinlariga) ergashmaguningcha yahudiylar ham nasroniylar ham sendan rozi boʻlmaydi. (Ularga): “Haqiqiy rahnamo-qoʻllanma Allohning rahnamo-qoʻllanmasidir”, deb ayt. Senga kelgan bu ilmdan keyin ularning orzu-istaklariga ergashsang, Sen uchun Allohdan (Allohning azobidan himoya qiladigan) doʻst ham yordamchi ham boʻlmaydi!
الَّذِينَ آتَيْنَاهُمُ الْكِتَابَ يَتْلُونَهُ حَقَّ تِلَاوَتِهِ أُولَٰئِكَ يُؤْمِنُونَ بِهِ ۗ وَمَنْ يَكْفُرْ بِهِ فَأُولَٰئِكَ هُمُ الْخَاسِرُونَ
2:121 Biz Kitob ato etgan kishilar unga toʻgʻri bir shaklda ergashadi/haqqi ila oʻqiydi, ular uni tasdiqlaydi.[166] Kim uni tasdiqlamasa, ular xonavayron boʻladi.
يَا بَنِي إِسْرَائِيلَ اذْكُرُوا نِعْمَتِيَ الَّتِي أَنْعَمْتُ عَلَيْكُمْ وَأَنِّي فَضَّلْتُكُمْ عَلَى الْعَالَمِينَ
2:122 Ey Isroil Avlodlari! Sizga qilgan yaxshiliklarimni va sizlarni zamondoshlaringizdan ustun qilganimni yodda tuting[167].
وَاتَّقُوا يَوْمًا لَا تَجْزِي نَفْسٌ عَنْ نَفْسٍ شَيْئًا وَلَا يُقْبَلُ مِنْهَا عَدْلٌ وَلَا تَنْفَعُهَا شَفَاعَةٌ وَلَا هُمْ يُنْصَرُونَ
2:123 Biror kishi boshqasi uchun hech narsa qilolmaydigan, hech kimdan tovon olinmaydigan, hech kimga shafoat (Allohdan boshqasi tarafidan oqlov/qutqaruv) foyda bermaydigan va yordam berilmaydigan kundan saqlaninglar!
وَإِذِ ابْتَلَىٰ إِبْرَاهِيمَ رَبُّهُ بِكَلِمَاتٍ فَأَتَمَّهُنَّ ۖ قَالَ إِنِّي جَاعِلُكَ لِلنَّاسِ إِمَامًا ۖ قَالَ وَمِنْ ذُرِّيَّتِي ۖ قَالَ لَا يَنَالُ عَهْدِي الظَّالِمِينَ
2:124 Robbi Ibrohimni (taqiq va buyruq) soʻzlar bilan imtihon qilganida[168] u toʻliq muvaffaqiyat koʻrsatgan[169]. Robbi unga: “Men seni insonlarga yetakchi qilaman!”- dedi. U: “Naslimdan ham (boʻlsin)”- deganida, “Bergan soʻzim nohaqlik qiluvchi-zolimlarni oʻz ichiga olmaydi”, dedi (Robbi).
وَإِذْ جَعَلْنَا الْبَيْتَ مَثَابَةً لِلنَّاسِ وَأَمْنًا وَاتَّخِذُوا مِنْ مَقَامِ إِبْرَاهِيمَ مُصَلًّى ۖ وَعَهِدْنَا إِلَىٰ إِبْرَاهِيمَ وَإِسْمَاعِيلَ أَنْ طَهِّرَا بَيْتِيَ لِلطَّائِفِينَ وَالْعَاكِفِينَ وَالرُّكَّعِ السُّجُودِ
2:125 Oʻshanda baytni/Kaʼbani insonlar toʻplanadigan markaz va eson-omonlikda boʻladigan makon qilganmiz. Ibrohim turgan joylardan bir qismini duo-yu ibodat yeri qilinglar.[170] Ibrohim va Ismoilga vazifa berib: «Tavof qiluvchilar, eʼtikofda[171] oʻtiruvchilar, ruku-sajda qiluvchilar uchun Baytimni pokiza saqlanglar!», deganmiz.
وَإِذْ قَالَ إِبْرَاهِيمُ رَبِّ اجْعَلْ هَٰذَا بَلَدًا آمِنًا وَارْزُقْ أَهْلَهُ مِنَ الثَّمَرَاتِ مَنْ آمَنَ مِنْهُمْ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ ۖ قَالَ وَمَنْ كَفَرَ فَأُمَتِّعُهُ قَلِيلًا ثُمَّ أَضْطَرُّهُ إِلَىٰ عَذَابِ النَّارِ ۖ وَبِئْسَ الْمَصِيرُ
2:126 Bir kuni Ibrohim: “Ey Yaratgan Egam! Bu yerni tinch shahar qil. Senga va oxirat kuniga imon keltirgan aholisiga meva-chevalardan rizqlantir”, deganida, Alloh shunday dedi: «Kim kofirlik qilsa, shunda ham uni biroz manfaatlantiraman. Keyin ularni jahannam azobiga haydayman. Naqadar yomon ahvolga kelish bu!»
وَإِذْ يَرْفَعُ إِبْرَاهِيمُ الْقَوَاعِدَ مِنَ الْبَيْتِ وَإِسْمَاعِيلُ رَبَّنَا تَقَبَّلْ مِنَّا ۖ إِنَّكَ أَنْتَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ
2:127 Ibrohim va Ismoil Kaʼbaning asoslarini koʻtarayotib shunday duo qilishgan: «Ey Yaratgan Egamiz! Bizdan qabul qil. Sen eshitib turasan, bilib turasan!
رَبَّنَا وَاجْعَلْنَا مُسْلِمَيْنِ لَكَ وَمِنْ ذُرِّيَّتِنَا أُمَّةً مُسْلِمَةً لَكَ وَأَرِنَا مَنَاسِكَنَا وَتُبْ عَلَيْنَا ۖ إِنَّكَ أَنْتَ التَّوَّابُ الرَّحِيمُ
2:128 Ey yaratgan Egamiz! Ikkalamizni ham Senga taslim[172] boʻluvchi qil, nasllarimizdan ham Senga taslim boʻluvchi ummat qil. Bizga (haj-umra) vazifalarni bajaradigan yerlarni koʻrsat.[173] Bizga tavba imkoni ber. Albatta, Sen tavbalarni qabul qiluvchi va mehribonsan!
رَبَّنَا وَابْعَثْ فِيهِمْ رَسُولًا مِنْهُمْ يَتْلُو عَلَيْهِمْ آيَاتِكَ وَيُعَلِّمُهُمُ الْكِتَابَ وَالْحِكْمَةَ وَيُزَكِّيهِمْ ۚ إِنَّكَ أَنْتَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ
2:129 Ey Yaratgan Egamiz! Ular orasidan oʻzlariga oyatlaringni tushintirib[174] oʻqib beradigan, ularga Kitob va Hikmatni oʻrgatadigan va ularni poklaydigan elchi yubor. Sen Aziz va toʻgʻri qaror beruvchisan!»
وَمَنْ يَرْغَبُ عَنْ مِلَّةِ إِبْرَاهِيمَ إِلَّا مَنْ سَفِهَ نَفْسَهُ ۚ وَلَقَدِ اصْطَفَيْنَاهُ فِي الدُّنْيَا ۖ وَإِنَّهُ فِي الْآخِرَةِ لَمِنَ الصَّالِحِينَ
2:130 Oʻzini ahmoq qilgan (qadrlamagan) kishidan boshqa hech kim Ibrohimning diniy yashash tarzidan oʻzini olib qochmaydi?. Uni dunyoda (paygʻambarlikka) tanlab olganmiz, u oxiratda albatta yaxshilardan boʻladi.
إِذْ قَالَ لَهُ رَبُّهُ أَسْلِمْ ۖ قَالَ أَسْلَمْتُ لِرَبِّ الْعَالَمِينَ
2:131 Yaratgan Egasi unga “Taslim boʻl!”, deganida, u: “Borliqlarning Egasiga taslim boʻldim”, degan.
وَوَصَّىٰ بِهَا إِبْرَاهِيمُ بَنِيهِ وَيَعْقُوبُ يَا بَنِيَّ إِنَّ اللَّهَ اصْطَفَىٰ لَكُمُ الدِّينَ فَلَا تَمُوتُنَّ إِلَّا وَأَنْتُمْ مُسْلِمُونَ
2:132 Ibrohim ham (nabirasi) Yaʼqub ham u (soʻz)ni oʻz oʻgʻillariga vasiyat qilib: “Ey bolalarim! Alloh sizlar uchun shu dinni tanladi, aslo, Allohga taslim boʻlmay oʻlmanglar!”, degan.
أَمْ كُنْتُمْ شُهَدَاءَ إِذْ حَضَرَ يَعْقُوبَ الْمَوْتُ إِذْ قَالَ لِبَنِيهِ مَا تَعْبُدُونَ مِنْ بَعْدِي قَالُوا نَعْبُدُ إِلَٰهَكَ وَإِلَٰهَ آبَائِكَ إِبْرَاهِيمَ وَإِسْمَاعِيلَ وَإِسْحَاقَ إِلَٰهًا وَاحِدًا وَنَحْنُ لَهُ مُسْلِمُونَ
2:133 Yoki, sizlar Yoqub oʻlim oldidan nima qilganini koʻrganmisizlar? U bolalariga: “Men oʻlganimdan keyin kimga qullik qilasizlar?” deganida, ular: “Sizning Ilohingizga; otalaringiz Ibrohim, Ismoil va Isʼhoqning Ilohi – Yagona Ilohga qullik qilamiz, biz Unga taslim boʻlamiz”, deyishgan.
تِلْكَ أُمَّةٌ قَدْ خَلَتْ ۖ لَهَا مَا كَسَبَتْ وَلَكُمْ مَا كَسَبْتُمْ ۖ وَلَا تُسْأَلُونَ عَمَّا كَانُوا يَعْمَلُونَ
2:134 Ular bir ummat edi, oʻtib ketdilar. Ularning kasb-kori ularga, sizlarning kasb-koringiz sizlarga. Ularning qilgan ishidan sizlar soʻralmaysizlar.
وَقَالُوا كُونُوا هُودًا أَوْ نَصَارَىٰ تَهْتَدُوا ۗ قُلْ بَلْ مِلَّةَ إِبْرَاهِيمَ حَنِيفًا ۖ وَمَا كَانَ مِنَ الْمُشْرِكِينَ
2:135 Ular: “Toʻgʻri yoʻlda yurish uchun Yahudiy yoki Nasroniy boʻlinglar”, dedi. Sen esa: “Yoʻq! Biz toʻgʻri yoʻldan chiqmagan Ibrohim yoʻliga ergashamiz. U mushriklardan boʻlmagan”, deb ayt.
قُولُوا آمَنَّا بِاللَّهِ وَمَا أُنْزِلَ إِلَيْنَا وَمَا أُنْزِلَ إِلَىٰ إِبْرَاهِيمَ وَإِسْمَاعِيلَ وَإِسْحَاقَ وَيَعْقُوبَ وَالْأَسْبَاطِ وَمَا أُوتِيَ مُوسَىٰ وَعِيسَىٰ وَمَا أُوتِيَ النَّبِيُّونَ مِنْ رَبِّهِمْ لَا نُفَرِّقُ بَيْنَ أَحَدٍ مِنْهُمْ وَنَحْنُ لَهُ مُسْلِمُونَ
2:136 (Ey moʻminlar!) «Allohga ishondik, bizga yuborilgan Kitobga ham, Ibrohimga, Ismoilga, Isʼhoqqa, Yaʼqubga va uning nabiralariga yuborilgan kitoblarga ham, Musoga va Isoga berilgan kitoblarga[175] ham, (bulardan boshqa) paygʻambarlarga Robbi tarafidan berilgan kitoblarga ham ishondik. Ular orasidan hech birini ajratmaymiz[176]. Biz u (Allohga) taslim boʻluvchimiz», denglar.
فَإِنْ آمَنُوا بِمِثْلِ مَا آمَنْتُمْ بِهِ فَقَدِ اهْتَدَوْا ۖ وَإِنْ تَوَلَّوْا فَإِنَّمَا هُمْ فِي شِقَاقٍ ۖ فَسَيَكْفِيكَهُمُ اللَّهُ ۚ وَهُوَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ
2:137 Agar u (gʻayri muslim dindorlar) ham xuddi sizlardek imon keltirsa, shunda toʻgʻri yoʻlda boʻladi. Yuz oʻgirsalar, ular faqat qarshi tarafdadir. Ularga qarshi senga Alloh kifoya. U eshitadi, biladi.
صِبْغَةَ اللَّهِ ۖ وَمَنْ أَحْسَنُ مِنَ اللَّهِ صِبْغَةً ۖ وَنَحْنُ لَهُ عَابِدُونَ
2:138 «Bizni Alloh boʻyadi.[177] Allohning boʻyogʻidan (yaratgan fitratidan) koʻra yaxshiroq boʻyogʻ beruvchi bormi? Biz Unga qullik qilamiz» (denglar).
قُلْ أَتُحَاجُّونَنَا فِي اللَّهِ وَهُوَ رَبُّنَا وَرَبُّكُمْ وَلَنَا أَعْمَالُنَا وَلَكُمْ أَعْمَالُكُمْ وَنَحْنُ لَهُ مُخْلِصُونَ
2:139 Ayt: «Biz bilan Alloh haqida tortishyapsizlarmi? U bizning ham Robbimiz, sizning ham Robbingizdir, axir! Bizni qilgan ishimiz bizga, sizlarni qilgan ishingiz sizga tegishli. Biz Unga qalbdan bogʻlanuvchimiz.
أَمْ تَقُولُونَ إِنَّ إِبْرَاهِيمَ وَإِسْمَاعِيلَ وَإِسْحَاقَ وَيَعْقُوبَ وَالْأَسْبَاطَ كَانُوا هُودًا أَوْ نَصَارَىٰ ۗ قُلْ أَأَنْتُمْ أَعْلَمُ أَمِ اللَّهُ ۗ وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنْ كَتَمَ شَهَادَةً عِنْدَهُ مِنَ اللَّهِ ۗ وَمَا اللَّهُ بِغَافِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ
2:140 Yoki, Ibrohim, Ismoil, Isʼhoq, Yaʼqub va uning nabiralari yahudiy boʻlgan yoki nasroniy boʻlgan, deya olasizlarmi?!» Ayt: «Sizlar yaxshi bilasizmi yoki Allohmi?! Alloh tarafidan kelgan yonidagi guvohlikni yashirgan kimsadan ham zolimroq kim bor?! Alloh qilmishingizga eʼtiborsiz emas.»
تِلْكَ أُمَّةٌ قَدْ خَلَتْ ۖ لَهَا مَا كَسَبَتْ وَلَكُمْ مَا كَسَبْتُمْ ۖ وَلَا تُسْأَلُونَ عَمَّا كَانُوا يَعْمَلُونَ
2:141 Ular bir ummat boʻlgan, oʻtib ketdilar. Ularning kasb-kori oʻziga, sizlarning kasb-koringiz oʻzingizga. Ularning qilgan ishidan soʻralmaysizlar.
سَيَقُولُ السُّفَهَاءُ مِنَ النَّاسِ مَا وَلَّاهُمْ عَنْ قِبْلَتِهِمُ الَّتِي كَانُوا عَلَيْهَا ۚ قُلْ لِلَّهِ الْمَشْرِقُ وَالْمَغْرِبُ ۚ يَهْدِي مَنْ يَشَاءُ إِلَىٰ صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ
2:142 Insonlar orasidagi razil–tentaklari:[178] “(Musulmonlarni) yuzlanib turgan qiblasi (Quddus)dan ularni nima burdi ekan?”, deydi. «Sharq ham, Gʻarb ham Allohniki. U munosib boʻlgan qulini toʻgʻri yoʻlga muvaffaq qiladi[179].»
وَكَذَٰلِكَ جَعَلْنَاكُمْ أُمَّةً وَسَطًا لِتَكُونُوا شُهَدَاءَ عَلَى النَّاسِ وَيَكُونَ الرَّسُولُ عَلَيْكُمْ شَهِيدًا ۗ وَمَا جَعَلْنَا الْقِبْلَةَ الَّتِي كُنْتَ عَلَيْهَا إِلَّا لِنَعْلَمَ مَنْ يَتَّبِعُ الرَّسُولَ مِمَّنْ يَنْقَلِبُ عَلَىٰ عَقِبَيْهِ ۚ وَإِنْ كَانَتْ لَكَبِيرَةً إِلَّا عَلَى الَّذِينَ هَدَى اللَّهُ ۗ وَمَا كَانَ اللَّهُ لِيُضِيعَ إِيمَانَكُمْ ۚ إِنَّ اللَّهَ بِالنَّاسِ لَرَءُوفٌ رَحِيمٌ
2:143 Shuningdek, sizlar insonlarga guvoh boʻlishingiz, Rasul[180] esa sizlarga guvoh boʻlishi uchun[181] sizlarni oʻrta (adolatli) ummat qildik. Rasulga ergashayotganlar bilan undan yuz oʻgirayotganlarni bilish/belgilab-ajratish[182] uchun, sen yuzlanib turgan tarafni qibla[183] qildik. Alloh hidoyatga muvaffaq qilganlardan boshqalarga bu ish ogʻir keldi. Alloh imoningizni[184] zoye qilmaydi. Chunki, Alloh (unday) insonlarga shafqatli mehribondir.
قَدْ نَرَىٰ تَقَلُّبَ وَجْهِكَ فِي السَّمَاءِ ۖ فَلَنُوَلِّيَنَّكَ قِبْلَةً تَرْضَاهَا ۚ فَوَلِّ وَجْهَكَ شَطْرَ الْمَسْجِدِ الْحَرَامِ ۚ وَحَيْثُ مَا كُنْتُمْ فَوَلُّوا وُجُوهَكُمْ شَطْرَهُ ۗ وَإِنَّ الَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ لَيَعْلَمُونَ أَنَّهُ الْحَقُّ مِنْ رَبِّهِمْ ۗ وَمَا اللَّهُ بِغَافِلٍ عَمَّا يَعْمَلُونَ
2:144 (Ey Muhammad!) Yuzingni qayta-qayta samoga burishingni koʻrib turibmiz, seni oʻzing rozi boʻladigan qiblaga yuzlantiryapmiz. Endi, yuzingni Masjidul-tarafiga bur! Qayerda boʻlishingizdan qatʼiy nazar, yuzingizni (namozda) u tarafga buringlar. Kitob berilgan/Gʻayridinlar uni Robbi tarafidan kelgan toʻgʻri hukm ekanini bilib turibdi. Qilayotgan ishlariga Alloh eʼtiborsiz emas.
وَلَئِنْ أَتَيْتَ الَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ بِكُلِّ آيَةٍ مَا تَبِعُوا قِبْلَتَكَ ۚ وَمَا أَنْتَ بِتَابِعٍ قِبْلَتَهُمْ ۚ وَمَا بَعْضُهُمْ بِتَابِعٍ قِبْلَةَ بَعْضٍ ۚ وَلَئِنِ اتَّبَعْتَ أَهْوَاءَهُمْ مِنْ بَعْدِ مَا جَاءَكَ مِنَ الْعِلْمِ ۙ إِنَّكَ إِذًا لَمِنَ الظَّالِمِينَ
2:145 Gʻayridinlarga (Kitoblaridagi) barcha oyatlarni keltirsang ham, ular sening qiblangga yuzlanmadi. Sen ham ularning qiblasiga yuzlanmaysan. Ular bir-birining qiblasiga ham yuzlanmaydi. Agar senga kelgan ilmdan keyin, (mabodo) ularning istaklariga ergashsang zolimlardan boʻlasan.
الَّذِينَ آتَيْنَاهُمُ الْكِتَابَ يَعْرِفُونَهُ كَمَا يَعْرِفُونَ أَبْنَاءَهُمْ ۖ وَإِنَّ فَرِيقًا مِنْهُمْ لَيَكْتُمُونَ الْحَقَّ وَهُمْ يَعْلَمُونَ
2:146 Biz ularga Kitob berganlar gʻayridinlar uni[185] oʻz oʻgʻillarini tanigandek taniydi. Biroq, ulardan bir qismi bilib turib bu haqiqatni yashiradi.
الْحَقُّ مِنْ رَبِّكَ ۖ فَلَا تَكُونَنَّ مِنَ الْمُمْتَرِينَ
2:147 Bu haqiqat Yaratgan Egangdan keldi. Bas! Shubhalanuvchilardan boʻlma!
وَلِكُلٍّ وِجْهَةٌ هُوَ مُوَلِّيهَا ۖ فَاسْتَبِقُوا الْخَيْرَاتِ ۚ أَيْنَ مَا تَكُونُوا يَأْتِ بِكُمُ اللَّهُ جَمِيعًا ۚ إِنَّ اللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ
2:148 Har kimning oʻz yoʻnalishi bor, u unga yoʻnaladi. Sizlar yaxshiliklarda ildam boʻlinglar. Qayerda boʻlishingizdan qatʼiy nazar, Alloh hammangizni bir joyga keltiradi. Alloh har narsaga oʻlchov qoʻyadi.
وَمِنْ حَيْثُ خَرَجْتَ فَوَلِّ وَجْهَكَ شَطْرَ الْمَسْجِدِ الْحَرَامِ ۖ وَإِنَّهُ لَلْحَقُّ مِنْ رَبِّكَ ۗ وَمَا اللَّهُ بِغَافِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ
2:149 (Safarga) qayerdan chiqsang ham (namozda) yuzingni Masjidul-tarafiga bur. Bu – Yaratgan Egangdan (kelgan) haqiqatdir. Alloh qilayotgan ishlaringizga eʼtiborsiz emas.
وَمِنْ حَيْثُ خَرَجْتَ فَوَلِّ وَجْهَكَ شَطْرَ الْمَسْجِدِ الْحَرَامِ ۚ وَحَيْثُ مَا كُنْتُمْ فَوَلُّوا وُجُوهَكُمْ شَطْرَهُ لِئَلَّا يَكُونَ لِلنَّاسِ عَلَيْكُمْ حُجَّةٌ إِلَّا الَّذِينَ ظَلَمُوا مِنْهُمْ فَلَا تَخْشَوْهُمْ وَاخْشَوْنِي وَلِأُتِمَّ نِعْمَتِي عَلَيْكُمْ وَلَعَلَّكُمْ تَهْتَدُونَ
2:150 (Safarga) qayerdan chiqsang ham (namozda) yuzingni Masjidul-tarafiga bur. Insonlarni sizga qarshi hujjati boʻlmasligi uchun, qayerda boʻlsangiz ham yuzlaringizni u tarafga buring. Biroq, ular orasida zolimlari bor – ulardan xavotir qillanmanglar, Mendan xavotir qilinglar. Sizlarga neʼmatimni tamomlab berishim[186] va sizlarni toʻgʻri yoʻlda boʻlishingiz uchun (shunday qildim).
كَمَا أَرْسَلْنَا فِيكُمْ رَسُولًا مِنْكُمْ يَتْلُو عَلَيْكُمْ آيَاتِنَا وَيُزَكِّيكُمْ وَيُعَلِّمُكُمُ الْكِتَابَ وَالْحِكْمَةَ وَيُعَلِّمُكُمْ مَا لَمْ تَكُونُوا تَعْلَمُونَ
2:151 Shuningdek, orangizdan birini sizlarga elchi qilib yubordim. U sizlarga oyatlarimizni tushuntirib oʻqib[187] beradi, sizlarni kelishtiradi, sizlarga Kitob va Hikmat oʻrgatadi, sizlarga bilmagan narsangizni oʻrgatadi.[188]
فَاذْكُرُونِي أَذْكُرْكُمْ وَاشْكُرُوا لِي وَلَا تَكْفُرُونِ
2:152 Shunday ekan, Meni (buyruqlarimni) yodda tutinglar[189], Men ham sizlarni (mukofotlashni) eslayman. Menga shukr qilinglar, nonkoʻrlik qilmanglar.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اسْتَعِينُوا بِالصَّبْرِ وَالصَّلَاةِ ۚ إِنَّ اللَّهَ مَعَ الصَّابِرِينَ
2:153 Ey Moʻminlar! Sabr-bardosh[190] va duo-iltijo ila[191] birgalikda (Allohdan) yordam soʻrang. Haqiqatda, Alloh bardoshli kishilar bilan birgadir.
وَلَا تَقُولُوا لِمَنْ يُقْتَلُ فِي سَبِيلِ اللَّهِ أَمْوَاتٌ ۚ بَلْ أَحْيَاءٌ وَلَٰكِنْ لَا تَشْعُرُونَ
2:154 Alloh yoʻlida oʻldirilganlarga “oʻliklar”, demanglar. Ular tirikdir, lekin (qanday tirikligini) anglamaysiz.
وَلَنَبْلُوَنَّكُمْ بِشَيْءٍ مِنَ الْخَوْفِ وَالْجُوعِ وَنَقْصٍ مِنَ الْأَمْوَالِ وَالْأَنْفُسِ وَالثَّمَرَاتِ ۗ وَبَشِّرِ الصَّابِرِينَ
2:155 Sizlarni qoʻrquv va ochlik turidan boʻlgan biron narsa bilan – mol-davlat, jon va mahsulotlarni olib qoʻyish bilan sinaymiz[192]. (Imtihonga) bardosh qiluvchilarga xushxabar ber.
الَّذِينَ إِذَا أَصَابَتْهُمْ مُصِيبَةٌ قَالُوا إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ
2:156 Ularga musibat kelganida: “Biz aniq Allohnikimiz va Unga qaytamiz”- deydi[193].
أُولَٰئِكَ عَلَيْهِمْ صَلَوَاتٌ مِنْ رَبِّهِمْ وَرَحْمَةٌ ۖ وَأُولَٰئِكَ هُمُ الْمُهْتَدُونَ
2:157 Ularga Robbining koʻmagi va yaxshiligi[194] bor. Ular toʻgʻri yoʻldadir.
إِنَّ الصَّفَا وَالْمَرْوَةَ مِنْ شَعَائِرِ اللَّهِ ۖ فَمَنْ حَجَّ الْبَيْتَ أَوِ اعْتَمَرَ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْهِ أَنْ يَطَّوَّفَ بِهِمَا ۚ وَمَنْ تَطَوَّعَ خَيْرًا فَإِنَّ اللَّهَ شَاكِرٌ عَلِيمٌ
2:158 Safo ham Marvo ham Allohga qullik qilish ramzlaridandir. Kimki Baytullohni haj yoki umra qilsa, Safo va Marvoni (orasida) saʼy qilishida unga gunoh yoʻq.[195] Kim bir yaxshilikni ortigʻi bilan bajarsa, Alloh qilingan yaxshilikni evazini beruvchi, (har narsani) biluvchi zotdir.
إِنَّ الَّذِينَ يَكْتُمُونَ مَا أَنْزَلْنَا مِنَ الْبَيِّنَاتِ وَالْهُدَىٰ مِنْ بَعْدِ مَا بَيَّنَّاهُ لِلنَّاسِ فِي الْكِتَابِ ۙ أُولَٰئِكَ يَلْعَنُهُمُ اللَّهُ وَيَلْعَنُهُمُ اللَّاعِنُونَ
2:159 Nozil qilgan ochiq-oydin[196] va yoʻl koʻrsatuvchi oyatlarimizni bu Kitobda insonlarga tushuntirib berganimizdan keyin, uni yashirib-berkitadiganlarni–aynan oʻshalarni Alloh laʼnatlaydi. Ularni laʼnatlaydiganlar ham laʼnatlaydi.
إِلَّا الَّذِينَ تَابُوا وَأَصْلَحُوا وَبَيَّنُوا فَأُولَٰئِكَ أَتُوبُ عَلَيْهِمْ ۚ وَأَنَا التَّوَّابُ الرَّحِيمُ
2:160 (Gunohidan) tavba qilib, (xatosini) tuzatgan va (yashirib-berkitgan oyatlarni) ayon qilganlar bundan mustasno, ularga tavba imkoni beraman. Men tavbalarni qabul qiluvchi va mehribonman.
إِنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا وَمَاتُوا وَهُمْ كُفَّارٌ أُولَٰئِكَ عَلَيْهِمْ لَعْنَةُ اللَّهِ وَالْمَلَائِكَةِ وَالنَّاسِ أَجْمَعِينَ
2:161 Kofirlik qil(ib yasha)gan va kofir holatida oʻlganlarga Allohning, malaklarning va barcha insonlarning laʼnati boʻladi.
خَالِدِينَ فِيهَا ۖ لَا يُخَفَّفُ عَنْهُمُ الْعَذَابُ وَلَا هُمْ يُنْظَرُونَ
2:162 Ular davomli laʼnatda qoladi. Ulardan azob yengillatilmaydi, ularga muhlat ham berilmaydi.
وَإِلَٰهُكُمْ إِلَٰهٌ وَاحِدٌ ۖ لَا إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ الرَّحْمَٰنُ الرَّحِيمُ
2:163 Qullik qilishingiz kerak boʻlgan Tangringiz bitta – qullik qilinishga haqli faqat Udir, yaxshiligi cheksiz va mehribondir.
إِنَّ فِي خَلْقِ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَاخْتِلَافِ اللَّيْلِ وَالنَّهَارِ وَالْفُلْكِ الَّتِي تَجْرِي فِي الْبَحْرِ بِمَا يَنْفَعُ النَّاسَ وَمَا أَنْزَلَ اللَّهُ مِنَ السَّمَاءِ مِنْ مَاءٍ فَأَحْيَا بِهِ الْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا وَبَثَّ فِيهَا مِنْ كُلِّ دَابَّةٍ وَتَصْرِيفِ الرِّيَاحِ وَالسَّحَابِ الْمُسَخَّرِ بَيْنَ السَّمَاءِ وَالْأَرْضِ لَآيَاتٍ لِقَوْمٍ يَعْقِلُونَ
2:164 Osmonlar va yerni yaratilishida, kecha va kunduzni navbatma-navbat almashib turishida, insonlarning manfaati uchun dengizda suzadigan kemalarda, Alloh osmondan yogʻdirib, keyin u bilan harakatdan toʻxtagan yerga hayot bergan yomgʻirda va har qanday harakatlanuvchi jonivorni yerga tarqatib qoʻyishida, shamollarni farqli esishida va osmonu yer oʻrtasidagi vazifa yuklatilgan bulutlarda – aqlini ishlatadigan kishilar uchun (Yaratgan Allohning borligi va birligi haqida ilohiy) dalillar bor.
وَمِنَ النَّاسِ مَنْ يَتَّخِذُ مِنْ دُونِ اللَّهِ أَنْدَادًا يُحِبُّونَهُمْ كَحُبِّ اللَّهِ ۖ وَالَّذِينَ آمَنُوا أَشَدُّ حُبًّا لِلَّهِ ۗ وَلَوْ يَرَى الَّذِينَ ظَلَمُوا إِذْ يَرَوْنَ الْعَذَابَ أَنَّ الْقُوَّةَ لِلَّهِ جَمِيعًا وَأَنَّ اللَّهَ شَدِيدُ الْعَذَابِ
2:165 Insonlardan kimlardir Allohdan boshqasini[197] Unga sherik qilib olib, ularni Allohni yaxshi koʻrgandek yaxshi koʻradi. Moʻminlarning Allohga boʻlgan sevgisi undan-da kuchli[198]. Bu zolimlar butun kuch-quvvat Allohga tegishli ekanini va Alloh qattiq azob berishini koʻrib tushungandan koʻra, qaniydi hozir tushunib yetsalar!
إِذْ تَبَرَّأَ الَّذِينَ اتُّبِعُوا مِنَ الَّذِينَ اتَّبَعُوا وَرَأَوُا الْعَذَابَ وَتَقَطَّعَتْ بِهِمُ الْأَسْبَابُ
2:166 Oʻshanda yetakchilik qilgan peshvolari oʻziga ergashgan izdoshlarini tashlab ketadi. (Endi) ular azobni koʻrgan va oʻrtalaridagi munosabat butkul uzilgan (boʻladi).
وَقَالَ الَّذِينَ اتَّبَعُوا لَوْ أَنَّ لَنَا كَرَّةً فَنَتَبَرَّأَ مِنْهُمْ كَمَا تَبَرَّءُوا مِنَّا ۗ كَذَٰلِكَ يُرِيهِمُ اللَّهُ أَعْمَالَهُمْ حَسَرَاتٍ عَلَيْهِمْ ۖ وَمَا هُمْ بِخَارِجِينَ مِنَ النَّارِ
2:167 Ularga ergashgan izdoshlari: “Qaniydi bizda imkon boʻlsayu, ular hozir bizdan uzoqlashganidek, biz ham dunyoda ulardan uzoq boʻlsaydik”, deb qoladi. Alloh ularning qilmishlarini oʻzlariga mana shunday qaygʻu-hasratli qilib koʻrsatib qoʻyadi. Endi ular jahannamdan chiqmaydi.
يَا أَيُّهَا النَّاسُ كُلُوا مِمَّا فِي الْأَرْضِ حَلَالًا طَيِّبًا وَلَا تَتَّبِعُوا خُطُوَاتِ الشَّيْطَانِ ۚ إِنَّهُ لَكُمْ عَدُوٌّ مُبِينٌ
2:168 Ey insonlar! Yer yuzidagi narsalarning halol-pokini yenglar. Shaytonning yoʻliga ergashmang![199] U sizlarning aniq dushmaningizdir.
إِنَّمَا يَأْمُرُكُمْ بِالسُّوءِ وَالْفَحْشَاءِ وَأَنْ تَقُولُوا عَلَى اللَّهِ مَا لَا تَعْلَمُونَ
2:169 Chunki, u (shayton) sizlarni yomonlikka va jirkanch ishlar qilishga hamda Alloh haqida oʻzingiz bilmaydigan narsa gapirishga buyuradi.[200]
وَإِذَا قِيلَ لَهُمُ اتَّبِعُوا مَا أَنْزَلَ اللَّهُ قَالُوا بَلْ نَتَّبِعُ مَا أَلْفَيْنَا عَلَيْهِ آبَاءَنَا ۗ أَوَلَوْ كَانَ آبَاؤُهُمْ لَا يَعْقِلُونَ شَيْئًا وَلَا يَهْتَدُونَ
2:170 U (mushrik)larga[201] “Alloh yuborgan (Qurʼon)ga amal qilinglar”, deyilganida, “Yoʻq! Biz ota-bobolarimizda koʻrgan narsamizga ergashamiz”,- dedilar[202]. Ota-bobolari (dinda) biror narsani anglab yetmagan va toʻgʻri yoʻlni topmagan boʻlsalar hama?!
وَمَثَلُ الَّذِينَ كَفَرُوا كَمَثَلِ الَّذِي يَنْعِقُ بِمَا لَا يَسْمَعُ إِلَّا دُعَاءً وَنِدَاءً ۚ صُمٌّ بُكْمٌ عُمْيٌ فَهُمْ لَا يَعْقِلُونَ
2:171 (Qurʼonga amal qilmagan) oʻsha kofirlarning ahvoli – faqat baqir-chaqirni eshitib-la[203] yetaklanib ketaveradigan (hayvon podasi)ga oʻxshaydi. Ular (haqiqatga qarshi) kar, soqov va koʻrdir. Ular aql ishlatmayapti.[204]
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا كُلُوا مِنْ طَيِّبَاتِ مَا رَزَقْنَاكُمْ وَاشْكُرُوا لِلَّهِ إِنْ كُنْتُمْ إِيَّاهُ تَعْبُدُونَ
2:172 Ey Moʻminlar! Sizlarga erishtirgan narsalarimizdan (tabiatingiz tortgan)[205] pokizalaridan yenglar. Agar faqat Allohga qullik qilayotgan boʻlsangiz, Unga shukr qiling.
إِنَّمَا حَرَّمَ عَلَيْكُمُ الْمَيْتَةَ وَالدَّمَ وَلَحْمَ الْخِنْزِيرِ وَمَا أُهِلَّ بِهِ لِغَيْرِ اللَّهِ ۖ فَمَنِ اضْطُرَّ غَيْرَ بَاغٍ وَلَا عَادٍ فَلَا إِثْمَ عَلَيْهِ ۚ إِنَّ اللَّهَ غَفُورٌ رَحِيمٌ
2:173 Alloh sizlarga kesilmay oʻlgan hayvonni, (oqqan) qonni[206], toʻngʻiz goʻshtini va Allohdan boshqasiga atab soʻyilgan[207] hayvonni qildi. Kimki (jonini saqlab qolishga) majbur boʻlib, tajovuz qilmagan va keragidan ortigʻiga oʻtmagan holda (ulardan) yesa, unga gunoh yoʻq. Chunki, Alloh kechirimli va mehribondir.
إِنَّ الَّذِينَ يَكْتُمُونَ مَا أَنْزَلَ اللَّهُ مِنَ الْكِتَابِ وَيَشْتَرُونَ بِهِ ثَمَنًا قَلِيلًا ۙ أُولَٰئِكَ مَا يَأْكُلُونَ فِي بُطُونِهِمْ إِلَّا النَّارَ وَلَا يُكَلِّمُهُمُ اللَّهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَلَا يُزَكِّيهِمْ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ
2:174 Kitobdagi Alloh nozil qilgan narsani yashirib,[208] uni oʻtkinchi qadr-qiymat evaziga sotadiganlar – ular qorinlarini faqat otashga toʻldiradi. Qiyomat kuni Alloh ular bilan gaplashmaydi va ularni oqlamaydi. Ularga alamli azob bor.
أُولَٰئِكَ الَّذِينَ اشْتَرَوُا الضَّلَالَةَ بِالْهُدَىٰ وَالْعَذَابَ بِالْمَغْفِرَةِ ۚ فَمَا أَصْبَرَهُمْ عَلَى النَّارِ
2:175 Ana shular – hidoyatga zalolatni, magʻfiratga azobni almashgan (boʻladi). Ular jahannamga qanday chidarkin?
ذَٰلِكَ بِأَنَّ اللَّهَ نَزَّلَ الْكِتَابَ بِالْحَقِّ ۗ وَإِنَّ الَّذِينَ اخْتَلَفُوا فِي الْكِتَابِ لَفِي شِقَاقٍ بَعِيدٍ
2:176 Chunki, haqiqat toʻla Kitobni Alloh yuborgan. Bu kitobga xilof ish qilganlar davomli ziddiyatda (kelishmovchilik va adovatda) qolib ketadi.[209]
لَيْسَ الْبِرَّ أَنْ تُوَلُّوا وُجُوهَكُمْ قِبَلَ الْمَشْرِقِ وَالْمَغْرِبِ وَلَٰكِنَّ الْبِرَّ مَنْ آمَنَ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ وَالْمَلَائِكَةِ وَالْكِتَابِ وَالنَّبِيِّينَ وَآتَى الْمَالَ عَلَىٰ حُبِّهِ ذَوِي الْقُرْبَىٰ وَالْيَتَامَىٰ وَالْمَسَاكِينَ وَابْنَ السَّبِيلِ وَالسَّائِلِينَ وَفِي الرِّقَابِ وَأَقَامَ الصَّلَاةَ وَآتَى الزَّكَاةَ وَالْمُوفُونَ بِعَهْدِهِمْ إِذَا عَاهَدُوا ۖ وَالصَّابِرِينَ فِي الْبَأْسَاءِ وَالضَّرَّاءِ وَحِينَ الْبَأْسِ ۗ أُولَٰئِكَ الَّذِينَ صَدَقُوا ۖ وَأُولَٰئِكَ هُمُ الْمُتَّقُونَ
2:177 Yaxshilik yuzingizni Mashriq va Magʻribga burishingiz emas. Lekin, yaxshilik – Allohga, oxirat kuniga, malaklarga, kitobga va paygʻambarlarga ishonadigan[210], mol-davlatini – yaxshi koʻrsa ham qarindosh-urugʻlariga, yetimlarga, chorasizlarga, yoʻlda qolganlarga, yordam soʻraganlarga va asirlarni ozod qilishga sarflaydigan, namozni/diniy vazifalarni bajaradigan, pok va toʻgʻri boʻladigan, vaʼdalashganida vaʼdasiga toʻliq rioya qiladigan, moddiy qiyinchiliklarga, jismoniy mashaqqatlarga va qattiq (tasodifiy) hujumga qarshi chidam va bardosh koʻrsatadigan kishilarning ishidir. Mana shular rostgoʻylardir. Mana shular masʼuliyatli (moʻmin)lardir.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا كُتِبَ عَلَيْكُمُ الْقِصَاصُ فِي الْقَتْلَى ۖ الْحُرُّ بِالْحُرِّ وَالْعَبْدُ بِالْعَبْدِ وَالْأُنْثَىٰ بِالْأُنْثَىٰ ۚ فَمَنْ عُفِيَ لَهُ مِنْ أَخِيهِ شَيْءٌ فَاتِّبَاعٌ بِالْمَعْرُوفِ وَأَدَاءٌ إِلَيْهِ بِإِحْسَانٍ ۗ ذَٰلِكَ تَخْفِيفٌ مِنْ رَبِّكُمْ وَرَحْمَةٌ ۗ فَمَنِ اعْتَدَىٰ بَعْدَ ذَٰلِكَ فَلَهُ عَذَابٌ أَلِيمٌ
2:178 Ey Moʻminlar! Oʻldirilganlar haqida sizlarga qasos[211] yozildi – hur hur bilan, asir asir bilan, ayol ayol bilan (qasos olinadi). Kimki oʻldirilgan shaxsni (meʼroschi) birodari tarafidan biron narsa evaziga kechirib yuborilsa, maʼrufga rioya qilish[212] hamda (xunni) chiroyli shaklda toʻlash kerak. Bu – Robbingiz tarafidan qilingan yengillik va yaxshilikdir. Kimki bundan keyin ham dushmanchilikni davom ettirsa, unga alamli azob bor.
وَلَكُمْ فِي الْقِصَاصِ حَيَاةٌ يَا أُولِي الْأَلْبَابِ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ
2:179 Sizlar uchun qasosda hayot bor.[213] Ey, aqlu vijdoni sof kishilar![214] (Qotillikdan) saqlangaysizlar!
كُتِبَ عَلَيْكُمْ إِذَا حَضَرَ أَحَدَكُمُ الْمَوْتُ إِنْ تَرَكَ خَيْرًا الْوَصِيَّةُ لِلْوَالِدَيْنِ وَالْأَقْرَبِينَ بِالْمَعْرُوفِ ۖ حَقًّا عَلَى الْمُتَّقِينَ
2:180 Birortangiz oʻzidan koʻp mol-mulk qoldirib oʻlgan boʻlsa, vasiyatni uning ota-onasi va eng yaqinlariga – (merosni) taqsimlab berish sizlarga farz qilindi. Bu – masʼuliyatlilar zimmasidagi burchdir[215].
فَمَنْ بَدَّلَهُ بَعْدَمَا سَمِعَهُ فَإِنَّمَا إِثْمُهُ عَلَى الَّذِينَ يُبَدِّلُونَهُ ۚ إِنَّ اللَّهَ سَمِيعٌ عَلِيمٌ
2:181 Uni eshitganidan keyin, kim uni (belgilangan hissalarni) almashtirib qoʻysa, uning gunohi almashtirganlarga boʻladi. Alloh eshitadi, biladi.
فَمَنْ خَافَ مِن مُّوصٍ جَنَفًا أَوْ إِثْمًا فَأَصْلَحَ بَيْنَهُمْ فَلَآ إِثْمَ عَلَيْهِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ
2:182 Kimki vasiyat qiluvchining biron bir xatoga yoki gunohga yoʻl qoʻyishidan qoʻrqib, ularning orasini tuzatib qoʻysa, unga gunoh yoʻq.[216] Alloh kechirimli va mehribondir.[217]
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا كُتِبَ عَلَيْكُمُ الصِّيَامُ كَمَا كُتِبَ عَلَى الَّذِينَ مِنْ قَبْلِكُمْ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ
2:183 Ey Moʻminlar! Taqvodor boʻlishingiz uchun, roʻza sizdan avvalgilarga qanday farz qilingan boʻlsa, sizlarga ham shunday farz qilindi.
أَيَّامًا مَعْدُودَاتٍ ۚ فَمَنْ كَانَ مِنْكُمْ مَرِيضًا أَوْ عَلَىٰ سَفَرٍ فَعِدَّةٌ مِنْ أَيَّامٍ أُخَرَ ۚ وَعَلَى الَّذِينَ يُطِيقُونَهُ فِدْيَةٌ طَعَامُ مِسْكِينٍ ۖ فَمَنْ تَطَوَّعَ خَيْرًا فَهُوَ خَيْرٌ لَهُ ۚ وَأَنْ تَصُومُوا خَيْرٌ لَكُمْ ۖ إِنْ كُنْتُمْ تَعْلَمُونَ
2:184 (Roʻza Ramazon oyidagi) sanoqli kunlardadir. Sizlardan kimki bemor yoki safarda boʻlsa, tutmagan kunlari sanogʻicha boshqa kunlarda (tutsin). Roʻzaga qiynaladigan/mashaqqat chegadiganlar bechora-miskinni toʻydiradigan miqdorda fidya (berishi kerak). Kimki bir yaxshilikni ortigʻi bilan bajarsa, oʻziga yaxshi boʻladi. Agar bilsangiz, roʻza tutishingiz oʻzingiz uchun yaxshidir.
شَهْرُ رَمَضَانَ الَّذِي أُنْزِلَ فِيهِ الْقُرْآنُ هُدًى لِلنَّاسِ وَبَيِّنَاتٍ مِنَ الْهُدَىٰ وَالْفُرْقَانِ ۚ فَمَنْ شَهِدَ مِنْكُمُ الشَّهْرَ فَلْيَصُمْهُ ۖ وَمَنْ كَانَ مَرِيضًا أَوْ عَلَىٰ سَفَرٍ فَعِدَّةٌ مِنْ أَيَّامٍ أُخَرَ ۗ يُرِيدُ اللَّهُ بِكُمُ الْيُسْرَ وَلَا يُرِيدُ بِكُمُ الْعُسْرَ وَلِتُكْمِلُوا الْعِدَّةَ وَلِتُكَبِّرُوا اللَّهَ عَلَىٰ مَا هَدَاكُمْ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ
2:185 Insonlarga qoʻllanma boʻlgan, oʻsha qoʻllanmaning haq bilan botilni ajratib beradigan hukmlarining dalillari boʻlgan Qurʼon Ramazon oyida nozil boʻldi.[218] Sizlardan kim bu oyda hozir boʻlsa uni roʻza tutib oʻtkazsin. Kim bemor yoki yoʻlovchi boʻlsa, boshqa kunlarda bir-kuniga bir kun (roʻza tutsin).[219] Alloh sizlarga osonlashtirishni xohlaydi, qiyinlashtirishni xohlamaydi. Roʻzaning sanogʻini tamomlashingiz va sizlarni bunga yoʻnaltirib qoʻygani uchun Allohga takbir keltirishingiz hamda qadriga yetishingiz uchun shunday qildi.[220]
وَإِذَا سَأَلَكَ عِبَادِي عَنِّي فَإِنِّي قَرِيبٌ ۖ أُجِيبُ دَعْوَةَ الدَّاعِ إِذَا دَعَانِ ۖ فَلْيَسْتَجِيبُوا لِي وَلْيُؤْمِنُوا بِي لَعَلَّهُمْ يَرْشُدُونَ
2:186 Qullarim sendan Men haqimda soʻrasalar, Men ularga yaqinman.[221] Menga duo qilganida duosini ijobat qilaman. Ular ham Mening daʼvatimga ijobat qilsin va Menga ishonib-suyansinki, kamolotga erishgaylar.
أُحِلَّ لَكُمْ لَيْلَةَ الصِّيَامِ الرَّفَثُ إِلَىٰ نِسَائِكُمْ ۚ هُنَّ لِبَاسٌ لَكُمْ وَأَنْتُمْ لِبَاسٌ لَهُنَّ ۗ عَلِمَ اللَّهُ أَنَّكُمْ كُنْتُمْ تَخْتَانُونَ أَنْفُسَكُمْ فَتَابَ عَلَيْكُمْ وَعَفَا عَنْكُمْ ۖ فَالْآنَ بَاشِرُوهُنَّ وَابْتَغُوا مَا كَتَبَ اللَّهُ لَكُمْ ۚ وَكُلُوا وَاشْرَبُوا حَتَّىٰ يَتَبَيَّنَ لَكُمُ الْخَيْطُ الْأَبْيَضُ مِنَ الْخَيْطِ الْأَسْوَدِ مِنَ الْفَجْرِ ۖ ثُمَّ أَتِمُّوا الصِّيَامَ إِلَى اللَّيْلِ ۚ وَلَا تُبَاشِرُوهُنَّ وَأَنْتُمْ عَاكِفُونَ فِي الْمَسَاجِدِ ۗ تِلْكَ حُدُودُ اللَّهِ فَلَا تَقْرَبُوهَا ۗ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ اللَّهُ آيَاتِهِ لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَتَّقُونَ
2:187 Ramazon kechalarida ayollaringizga qovushish sizlarga halol qilindi[222]. Ular sizlar uchun libos, sizlar ham ular uchun libosdirsiz. Alloh oʻzingizga xiyonat qilganingizni bilib, sizlarga tavba imkoni berdi va sizlarni afv qildi (jazolamadi)[223]. Endi ularga qoʻshilib, Alloh sizlarga yozgan narsasini (farzandlik boʻlishni) talab qilavering. Tongning[224] oq chizigʻi bilan qora chizigʻi sizlarga aniq ayon boʻlgunga qadar yeb-ichib, keyin kechgacha roʻzani tamomlang. Masjidlarda eʼtikoflik[225] holatingizda ayollaringizga qovushmang. Bular – Allohning (Ramazonga oid) qonun-qoidalaridir, ularni buzmang! Javobgarlikni his qilishlari uchun, Alloh insonlarga oyatlarini mana shunday bayon qilmoqda.
وَلَا تَأْكُلُوا أَمْوَالَكُمْ بَيْنَكُمْ بِالْبَاطِلِ وَتُدْلُوا بِهَا إِلَى الْحُكَّامِ لِتَأْكُلُوا فَرِيقًا مِنْ أَمْوَالِ النَّاسِ بِالْإِثْمِ وَأَنْتُمْ تَعْلَمُونَ
2:188 Bir-biringizning mol-mulkingizni oʻrtangizda nohaq/botil[226] yoʻllar bilan yemang. Insonlarning bir qism mol-mulkini nohaqlik qilib yeb ketish uchun, rasmiy amaldorlarga uni (pora qilib) bermang.[227] Sizlar bilib turibsizlar.
يَسْأَلُونَكَ عَنِ الْأَهِلَّةِ ۖ قُلْ هِيَ مَوَاقِيتُ لِلنَّاسِ وَالْحَجِّ ۗ وَلَيْسَ الْبِرُّ بِأَنْ تَأْتُوا الْبُيُوتَ مِنْ ظُهُورِهَا وَلَٰكِنَّ الْبِرَّ مَنِ اتَّقَىٰ ۗ وَأْتُوا الْبُيُوتَ مِنْ أَبْوَابِهَا ۚ وَاتَّقُوا اللَّهَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ
2:189 Sendan yangi chiqqan oylar haqida soʻrashmoqda.[228] Ayt: “Ular insonlar va haj uchun vaqt oʻlchovidir”. Uylarni orqa tarafidan kirishingiz yaxshilik emas. Lekin, yaxshilik – masʼuliyatli/taqvodor boʻlishdir. Uylarga eshiklaridan kiring. Allohdan taqvo qilinglar-ki, najot topgaysiz![229]
وَقَاتِلُوا فِي سَبِيلِ اللَّهِ الَّذِينَ يُقَاتِلُونَكُمْ وَلَا تَعْتَدُوا ۚ إِنَّ اللَّهَ لَا يُحِبُّ الْمُعْتَدِينَ
2:190 Sizlarga urush ochganlarga qarshi sizlar ham Alloh yoʻlida urushing va tajovuz qilmang! Alloh tajovuzkorlarni yoqtirmaydi.[230]
وَاقْتُلُوهُمْ حَيْثُ ثَقِفْتُمُوهُمْ وَأَخْرِجُوهُمْ مِنْ حَيْثُ أَخْرَجُوكُمْ ۚ وَالْفِتْنَةُ أَشَدُّ مِنَ الْقَتْلِ ۚ وَلَا تُقَاتِلُوهُمْ عِنْدَ الْمَسْجِدِ الْحَرَامِ حَتَّىٰ يُقَاتِلُوكُمْ فِيهِ ۖ فَإِنْ قَاتَلُوكُمْ فَاقْتُلُوهُمْ ۗ كَذَٰلِكَ جَزَاءُ الْكَافِرِينَ
2:191 Ularni ushlagan joyingizda oʻldiring! Sizlarni chiqargan yerdan sizlar ham ularni chiqarib yuboring! (Urushga sabab boʻlgan) fitna odam oʻldirishdan ham yomon.[231] Sizlarga qarshi urush boshlamaguncha Masjidul-yonida ular bilan urishmang. Agar sizga urush ochsa, shunda sizlar ham ular bilan jang qiling! Oʻsha kofirlarning jazosi mana shunday boʻladi.
فَإِنِ انْتَهَوْا فَإِنَّ اللَّهَ غَفُورٌ رَحِيمٌ
2:192 Agar (kofirlik va adovatni) bas qilsalar, Alloh kechirimli va mehribondir.[232]
وَقَاتِلُوهُمْ حَتَّىٰ لَا تَكُونَ فِتْنَةٌ وَيَكُونَ الدِّينُ لِلَّهِ ۖ فَإِنِ انْتَهَوْا فَلَا عُدْوَانَ إِلَّا عَلَى الظَّالِمِينَ
2:193 Toki (urushga sabab boʻlgan) fitna yoʻqolib, Allohning dini oʻrnatilgunga[233] qadar ular bilan (sizlarga urush ochganlar bilan) urishinglar. Agar (kufru adovatni) bas qilsalar, zulm qiladiganlardan boshqalarga dushmanlik yoʻq[234].
الشَّهْرُ الْحَرَامُ بِالشَّهْرِ الْحَرَامِ وَالْحُرُمَاتُ قِصَاصٌ ۚ فَمَنِ اعْتَدَىٰ عَلَيْكُمْ فَاعْتَدُوا عَلَيْهِ بِمِثْلِ مَا اعْتَدَىٰ عَلَيْكُمْ ۚ وَاتَّقُوا اللَّهَ وَاعْلَمُوا أَنَّ اللَّهَ مَعَ الْمُتَّقِينَ
2:194 oyning rioyasi oyga rioya qilganlar uchun.[235] Taʼqiqlarga rioya qilish ikki taraflamadir.[236] Kim sizlarga hujum qilsa, sizlar ham ularga qarshi – xuddi ulardek hujum qilinglar. Allohdan taqvo qiling![237] Bilinglarki, Alloh taqvodorlar bilan birgadir.
وَأَنْفِقُوا فِي سَبِيلِ اللَّهِ وَلَا تُلْقُوا بِأَيْدِيكُمْ إِلَى التَّهْلُكَةِ ۛ وَأَحْسِنُوا ۛ إِنَّ اللَّهَ يُحِبُّ الْمُحْسِنِينَ
2:195 Alloh yoʻlida moddiy yordam bering, (baxillik qilib) oʻz qoʻllaringiz bilan oʻzingizni halokatga tashlamang.[238] Yaxshilik qilinglar. Alloh yaxshilik qiluvchilarni yaxshi koʻradi.[239]
وَأَتِمُّوا الْحَجَّ وَالْعُمْرَةَ لِلَّهِ ۚ فَإِنْ أُحْصِرْتُمْ فَمَا اسْتَيْسَرَ مِنَ الْهَدْيِ ۖ وَلَا تَحْلِقُوا رُءُوسَكُمْ حَتَّىٰ يَبْلُغَ الْهَدْيُ مَحِلَّهُ ۚ فَمَنْ كَانَ مِنْكُمْ مَرِيضًا أَوْ بِهِ أَذًى مِنْ رَأْسِهِ فَفِدْيَةٌ مِنْ صِيَامٍ أَوْ صَدَقَةٍ أَوْ نُسُكٍ ۚ فَإِذَا أَمِنْتُمْ فَمَنْ تَمَتَّعَ بِالْعُمْرَةِ إِلَى الْحَجِّ فَمَا اسْتَيْسَرَ مِنَ الْهَدْيِ ۚ فَمَنْ لَمْ يَجِدْ فَصِيَامُ ثَلَاثَةِ أَيَّامٍ فِي الْحَجِّ وَسَبْعَةٍ إِذَا رَجَعْتُمْ ۗ تِلْكَ عَشَرَةٌ كَامِلَةٌ ۗ ذَٰلِكَ لِمَنْ لَمْ يَكُنْ أَهْلُهُ حَاضِرِي الْمَسْجِدِ الْحَرَامِ ۚ وَاتَّقُوا اللَّهَ وَاعْلَمُوا أَنَّ اللَّهَ شَدِيدُ الْعِقَابِ
2:196 Haj va umrani Alloh uchun mukammal ado eting.[240] Agar toʻsqinlikka uchrasanglar, oʻzingizga oson boʻlgan bir hayvon yuboring. Oʻsha hayvon[241] joyiga yetib bormaguncha sochingizni olmang. Orangizdan biron kishi bemor boʻlib, yoki boshida biron-bir aziyat boʻlib sochini (vaqtidan ilgari) oldirsa fidya tariqasida yo roʻza tutishi, yoki sadaqa berishi, yoxud qurbonlik kesishi kerak. Xotirjam boʻlganingizda, kimki Haj vaqtigacha umradan foydalansa u oʻziga oson boʻlgan qurbonlik kesadi. Topa olmaganlar haj mavsumida uch kun va qaytgan vaqtlaringizda yetti kun – jami oʻn kun toʻliq roʻza tutadi. Bu hukm oilasi Masjidul-yon-atrofida yashamaydiganlar uchun. Allohdan taqvo qiling! Bilib qoʻying, Allohning jazosi qattiqdir.
الْحَجُّ أَشْهُرٌ مَعْلُومَاتٌ ۚ فَمَنْ فَرَضَ فِيهِنَّ الْحَجَّ فَلَا رَفَثَ وَلَا فُسُوقَ وَلَا جِدَالَ فِي الْحَجِّ ۗ وَمَا تَفْعَلُوا مِنْ خَيْرٍ يَعْلَمْهُ اللَّهُ ۗ وَتَزَوَّدُوا فَإِنَّ خَيْرَ الزَّادِ التَّقْوَىٰ ۚ وَاتَّقُونِ يَا أُولِي الْأَلْبَابِ
2:197 Haj maʼlum oylardadir.[242] Kimki u oylarda hajni boshlasa (ehromga kirsa), haj ibodati asnosida (er-xotin oʻrtasida) qovushish boʻlmaydi, haj ibodatlaridan tashqariga chiqilmaydi[243] va janjal qilinmaydi. Qanday yaxshilik qilsangiz ham Alloh uni aniq biladi. Oʻzingiz bilan ozuqalaringizni olvoling.[244] Shubhasizki, eng yaxshi ozuqa sizlarni (ochlikdan) saqlab qoladigan miqdoridir. Ey aqlu vijdoni sof kishilar, Menga nisbatan javobgarlikni his qilinglar.
لَيْسَ عَلَيْكُمْ جُنَاحٌ أَنْ تَبْتَغُوا فَضْلًا مِنْ رَبِّكُمْ ۚ فَإِذَا أَفَضْتُمْ مِنْ عَرَفَاتٍ فَاذْكُرُوا اللَّهَ عِنْدَ الْمَشْعَرِ الْحَرَامِ ۖ وَاذْكُرُوهُ كَمَا هَدَاكُمْ وَإِنْ كُنْتُمْ مِنْ قَبْلِهِ لَمِنَ الضَّالِّينَ
2:198 (Haj oylarida) Yaratgan Egangizdan fazl (tijorat va rizq)[245] talab qilishingizda sizlarga gunoh yoʻq. Arafotdan seldek oqqan vaqtingizda Mashʼarul-yonida/Muzdalifada Allohni zikr qilinglar. U sizlarga qanday oʻrgatgan boʻlsa, Uni ana shunday zikr qilinglar.[246] Garchi, bundan avval adashganlardan edingiz.
ثُمَّ أَفِيضُوا مِنْ حَيْثُ أَفَاضَ النَّاسُ وَاسْتَغْفِرُوا اللَّهَ ۚ إِنَّ اللَّهَ غَفُورٌ رَحِيمٌ
2:199 Keyin, insonlar seldek oqqan yerdan oqib tushing. Allohdan magʻfirat/kechirim soʻrang. Alloh kechirimli va mehribondir.[247]
فَإِذَا قَضَيْتُمْ مَنَاسِكَكُمْ فَاذْكُرُوا اللَّهَ كَذِكْرِكُمْ آبَاءَكُمْ أَوْ أَشَدَّ ذِكْرًا ۗ فَمِنَ النَّاسِ مَنْ يَقُولُ رَبَّنَا آتِنَا فِي الدُّنْيَا وَمَا لَهُ فِي الْآخِرَةِ مِنْ خَلَاقٍ
2:200 Haj ibodatlaringizni ado qilayotganingizda, ota-bobolaringizdan eslab qolganingizdek, balki undanda kuchliroq (duolar) bilan Allohni zikr qilinglar. Insonlardan kimdir (duoda): “Ey Yaratgan Egamiz! Bizga shu dunyoda ber!”, deydi, unga oxiratda nasiba boʻlmaydi.[248]
وَمِنْهُمْ مَنْ يَقُولُ رَبَّنَا آتِنَا فِي الدُّنْيَا حَسَنَةً وَفِي الْآخِرَةِ حَسَنَةً وَقِنَا عَذَابَ النَّارِ
2:201 Yana kimdir: “Ey Yaratgan Egamiz! Bizga bu dunyoda ham yaxshilik ber, oxiratda ham yaxshilik ber. Bizni jahannam azobidan saqla!”, deydi.
أُولَٰئِكَ لَهُمْ نَصِيبٌ مِمَّا كَسَبُوا ۚ وَاللَّهُ سَرِيعُ الْحِسَابِ
2:202 Ana shularning har biriga oʻzlari qilgan ishidan nasiba beriladi.[249] Allohning hisob-kitobi tezdir (yaqindir).[250]
وَاذْكُرُوا اللَّهَ فِي أَيَّامٍ مَعْدُودَاتٍ ۚ فَمَنْ تَعَجَّلَ فِي يَوْمَيْنِ فَلَا إِثْمَ عَلَيْهِ وَمَنْ تَأَخَّرَ فَلَا إِثْمَ عَلَيْهِ ۚ لِمَنِ اتَّقَىٰ ۗ وَاتَّقُوا اللَّهَ وَاعْلَمُوا أَنَّكُمْ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ
2:203 Sanoqli kunlarda (qurbon bayrami kunlarida ham) Allohni zikr qilinglar.[251] Kimki shoshilib ikki kunda qaytsa unga gunoh yoʻq. Kechikib (Arafotda yana bir kun) qolib ketgan kishiga ham gunoh yoʻq. Bu (ruxsat) taqvodor/masʼuliyatni insonlarga tegishli. Allohdan taqvo qiling![252] Bilib qoʻying, Uning huzuriga aniq toʻplanasizlar.
وَمِنَ النَّاسِ مَنْ يُعْجِبُكَ قَوْلُهُ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَيُشْهِدُ اللَّهَ عَلَىٰ مَا فِي قَلْبِهِ وَهُوَ أَلَدُّ الْخِصَامِ
2:204 Shunday insonlar borki, uning dunyo hayoti haqidagi gapi seni hayratlantirib qoʻyadi. Dilidagi narsaga Allohni guvoh qiladi. Holbuki, u eng yomon xusumatchi.
وَإِذَا تَوَلَّىٰ سَعَىٰ فِي الْأَرْضِ لِيُفْسِدَ فِيهَا وَيُهْلِكَ الْحَرْثَ وَالنَّسْلَ ۗ وَاللَّهُ لَا يُحِبُّ الْفَسَادَ
2:205 Agar u amaldor boʻlib qolsa,[253] yer yuzida buzgʻunchilik qilishga, dehqonchilik mahsulotini nobud[254] qilish va nasl-nasabni quritishga urinadi. Alloh buzgʻunchilarni yoqtirmaydi.
وَإِذَا قِيلَ لَهُ اتَّقِ اللَّهَ أَخَذَتْهُ الْعِزَّةُ بِالْإِثْمِ ۚ فَحَسْبُهُ جَهَنَّمُ ۚ وَلَبِئْسَ الْمِهَادُ
2:206 Unga: “Allohga nisbatan javobgarlikni his qil!”,deyilganida, (gunohi bilan) gʻururlanishi uni yana gunohga tortadi. Unga jahannam bas keladi! U naqadar yomon joy!
وَمِنَ النَّاسِ مَنْ يَشْرِي نَفْسَهُ ابْتِغَاءَ مَرْضَاتِ اللَّهِ ۗ وَاللَّهُ رَءُوفٌ بِالْعِبَادِ
2:207 Insonlar orasida Allohning roziligiga erishish uchun jonini beradiganlari bor. Bunday qullariga Alloh juda mehribondir.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا ادْخُلُوا فِي السِّلْمِ كَافَّةً وَلَا تَتَّبِعُوا خُطُوَاتِ الشَّيْطَانِ ۚ إِنَّهُ لَكُمْ عَدُوٌّ مُبِينٌ
2:208 Ey Moʻminlar! Tinchlikka/Islomga toʻlaligicha kiring.[255] Shaytonning yoʻllariga yurmang.[256] Chunki, u sizlarga aniq dushmandir.
فَإِنْ زَلَلْتُمْ مِنْ بَعْدِ مَا جَاءَتْكُمُ الْبَيِّنَاتُ فَاعْلَمُوا أَنَّ اللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌ
2:208 Sizlarga ochiq-oydin (hukm) oyatlar kelganidan keyin (unga amal qilmay) yanglish ishga qoʻl ursangiz, bilib qoʻying Alloh gʻolibdir, toʻgʻri qaror beruvchidir.
هَلْ يَنْظُرُونَ إِلَّا أَنْ يَأْتِيَهُمُ اللَّهُ فِي ظُلَلٍ مِنَ الْغَمَامِ وَالْمَلَائِكَةُ وَقُضِيَ الْأَمْرُ ۚ وَإِلَى اللَّهِ تُرْجَعُ الْأُمُورُ
2:210 Ular Alloh (buyrugʻi)[257] va malaklar bulut soyalari ostida kelib, ishlarini hal etilib yakunlanishini kutyaptimi?[258] Barcha ishlar Allohga qaytariladi.
سَلْ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ كَمْ ءَاتَيْنَٰهُم مِّنْ ءَايَةٍۭ بَيِّنَةٍ ۗ وَمَن يُبَدِّلْ نِعْمَةَ ٱللَّهِ مِنۢ بَعْدِ مَا جَآءَتْهُ فَإِنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلْعِقَابِ
2:211 Isroil avlodiga naqadar ochiq-oydin alomatlar berganimizni ularning oʻzidan bir soʻragin! Allohning neʼmati kelganidan keyin, kim uni (boshqa narsaga) almashtirsa, bas, Allohning jazosi qattiq.[259]
زُيِّنَ لِلَّذِينَ كَفَرُوا الْحَيَاةُ الدُّنْيَا وَيَسْخَرُونَ مِنَ الَّذِينَ آمَنُوا ۘ وَالَّذِينَ اتَّقَوْا فَوْقَهُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ ۗ وَاللَّـهُ يَرْزُقُ مَن يَشَاءُ بِغَيْرِ حِسَابٍ
2:212 Kofirlarga dunyo hayoti chiroyli koʻrinadi.[260] Ular moʻminlarni masxara qiladi. Masʼuliyat bilan yashagan (moʻmin)lar qiyomat kuni ulardan yuqori boʻladi. Alloh munosib boʻlganga behisob rizq beradi.
كَانَ النَّاسُ أُمَّةً وَاحِدَةً فَبَعَثَ اللَّـهُ النَّبِيِّينَ مُبَشِّرِينَ وَمُنذِرِينَ وَأَنزَلَ مَعَهُمُ الْكِتَابَ بِالْحَقِّ لِيَحْكُمَ بَيْنَ النَّاسِ فِيمَا اخْتَلَفُوا فِيهِ ۚ وَمَا اخْتَلَفَ فِيهِ إِلَّا الَّذِينَ أُوتُوهُ مِن بَعْدِ مَا جَاءَتْهُمُ الْبَيِّنَاتُ بَغْيًا بَيْنَهُمْ ۖ فَهَدَى اللَّـهُ الَّذِينَ آمَنُوا لِمَا اخْتَلَفُوا فِيهِ مِنَ الْحَقِّ بِإِذْنِهِ ۗ وَاللَّـهُ يَهْدِي مَن يَشَاءُ إِلَىٰ صِرَاطٍ مُّسْتَقِيمٍ
2:213 Insonlar bir jamoa (bir sinf) edi. Alloh xushxabar beradigan va ogohlantiradigan Paygʻambarlar yubordi va ular bilan birga – oʻzaro ixtilofga tushgan narsalarida insonlar orasida hukm qilsin deb, haqiqat mujassam boʻlgan kitob ham yubordi.[261] Kitob berilganlar oʻzlariga ochiq-oydin oyatlar kelganidan keyingi ixtilofi faqatgina oʻzaro hasad tufayli boʻlgan. Keyin, Alloh Oʻzining bildirishi orqali, ular ixtilof qilgan haqni moʻminlarga (Qurʼonda) koʻrsatib qoʻydi. Alloh munosib boʻlgan kishini toʻgʻri yoʻlga soladi.[262]
أَمْ حَسِبْتُمْ أَن تَدْخُلُوا الْجَنَّةَ وَلَمَّا يَأْتِكُم مَّثَلُ الَّذِينَ خَلَوْا مِن قَبْلِكُم ۖ مَّسَّتْهُمُ الْبَأْسَاءُ وَالضَّرَّاءُ وَزُلْزِلُوا حَتَّىٰ يَقُولَ الرَّسُولُ وَالَّذِينَ آمَنُوا مَعَهُ مَتَىٰ نَصْرُ اللَّـهِ ۗ أَلَا إِنَّ نَصْرَ اللَّـهِ قَرِيبٌ
2:214 Sizlar jannatga kiramiz deb oʻyladingizmi?! Sizlardan ilgari oʻtganlarga kelgan narsaning oʻxshashi hali hanuz sizlarga kelmadiku! Ular qattiq bosim va qiyinchiliklarga uchragan va shunchalik larzaga tushganki, hatto Allohning Elchisi va yonidagi moʻminlar: “Allohning yordami qachon oʻzi?”, deb yuborgan. Bilingki, Allohning yordami yaqin.[263]
يَسْأَلُونَكَ مَاذَا يُنفِقُونَ ۖ قُلْ مَا أَنفَقْتُم مِّنْ خَيْرٍ فَلِلْوَالِدَيْنِ وَالْأَقْرَبِينَ وَالْيَتَامَىٰ وَالْمَسَاكِينِ وَابْنِ السَّبِيلِ ۗ وَمَا تَفْعَلُوا مِنْ خَيْرٍ فَإِنَّ اللَّـهَ بِهِ عَلِيمٌ
2:215 Sendan nimani xayr-ehson qilishni soʻrashmoqda. Ayt: «qiladigan har qanday xayr-ehsoningiz – ota-onaga, yaqin qarindoshlarga, yetimlarga, chorasizlar va yoʻlovchilarga/gʻariblarga (boʻlsin).[264] Har ne yaxshilik qilsangiz ham, Alloh uni bilib turadi.»
كُتِبَ عَلَيْكُمُ الْقِتَالُ وَهُوَ كُرْهٌ لَّكُمْ ۖ وَعَسَىٰ أَن تَكْرَهُوا شَيْئًا وَهُوَ خَيْرٌ لَّكُمْ ۖ وَعَسَىٰ أَن تُحِبُّوا شَيْئًا وَهُوَ شَرٌّ لَّكُمْ ۗ وَاللَّـهُ يَعْلَمُ وَأَنتُمْ لَا تَعْلَمُونَ
2:216 Sizlarga (tabiatan) yoqmasada, urush sizlarga farz qilindi. Yoqtirmagan narsangiz foydangizga boʻlishi mumkin. Yoqtirgan narsangiz esa, ziyoningizga boʻlishi ham mumkin. (Oqibatni) Alloh biladi, sizlar bilmaysiz.
يَسْأَلُونَكَ عَنِ الشَّهْرِ الْحَرَامِ قِتَالٍ فِيهِ ۖ قُلْ قِتَالٌ فِيهِ كَبِيرٌ ۖ وَصَدٌّ عَن سَبِيلِ اللَّـهِ وَكُفْرٌ بِهِ وَالْمَسْجِدِ الْحَرَامِ وَإِخْرَاجُ أَهْلِهِ مِنْهُ أَكْبَرُ عِندَ اللَّـهِ ۚ وَالْفِتْنَةُ أَكْبَرُ مِنَ الْقَتْلِ ۗ وَلَا يَزَالُونَ يُقَاتِلُونَكُمْ حَتَّىٰ يَرُدُّوكُمْ عَن دِينِكُمْ إِنِ اسْتَطَاعُوا ۚ وَمَن يَرْتَدِدْ مِنكُمْ عَن دِينِهِ فَيَمُتْ وَهُوَ كَافِرٌ فَأُولَـٰئِكَ حَبِطَتْ أَعْمَالُهُمْ فِي الدُّنْيَا وَالْآخِرَةِ ۖ وَأُولَـٰئِكَ أَصْحَابُ النَّارِ ۖ هُمْ فِيهَا خَالِدُونَ
2:217 Sendan oylarda[265] jang qilish haqida soʻrashmoqda. «U oyda urush qilish katta gunoh. Lekin, insonlarni Allohning yoʻlidan toʻsish, u yoʻlni va Masjidul-Haromni muqaddasligiga qarshi chiqishlik va aholisini u yerdan chiqarib yuborish esa, Alloh nazdida yanada katta gunoh. Oʻsha fitna[266] (urush fitnasi) odam oʻldirishdan ham battar», deb ayt. Agar ularni kuchi yetsa diningizdan qaytarguncha siz bilan urishaveradi. Sizlardan kimki dinidan qaytib, kofir boʻlib oʻlsa, ularning qilgan amallari dunyoda ham oxiratda ham bekor boʻlib ketadi. Ana shular jahannam ahlidir, unda mangu qoladilar.
إِنَّ الَّذِينَ آمَنُوا وَالَّذِينَ هَاجَرُوا وَجَاهَدُوا فِي سَبِيلِ اللَّـهِ أُولَـٰئِكَ يَرْجُونَ رَحْمَتَ اللَّـهِ ۚ وَاللَّـهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ
2:218 (Alloh va Rasuliga) ishongan, yurtidan koʻchib ketgan va Alloh yoʻlida kurashgan[267] kishilar – ana shular Allohning rahmatini (jannatini) umid qiladi. Alloh kechirimli va mehribondir.
يَسْأَلُونَكَ عَنِ الْخَمْرِ وَالْمَيْسِرِ ۖ قُلْ فِيهِمَا إِثْمٌ كَبِيرٌ وَمَنَافِعُ لِلنَّاسِ وَإِثْمُهُمَا أَكْبَرُ مِن نَّفْعِهِمَا ۗ وَيَسْأَلُونَكَ مَاذَا يُنفِقُونَ قُلِ الْعَفْوَ ۗ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ اللَّـهُ لَكُمُ الْآيَاتِ لَعَلَّكُمْ تَتَفَكَّرُونَ
2:219 Sendan mast qiluvchi/aqlni toʻsuvchi[268] narsa hamda qimor haqida soʻrashmoqda. “U ikkalasida katta gunoh va insonlar uchun bir qancha foydalar bor. Lekin, ikkalasining ham gunohi foydasidan kattaroq”, deb ayt. Sendan nimani xayr-ehson qilishni soʻrashmoqda. “Ehtiyojdan ortganini”, de.[269] Fikr yuritishingiz uchun, Alloh sizlarga oyatlarni mana shunday bayon qilmoqda.
فِي الدُّنْيَا وَالْآخِرَةِ ۗ وَيَسْأَلُونَكَ عَنِ الْيَتَامَىٰ ۖ قُلْ إِصْلَاحٌ لَّهُمْ خَيْرٌ ۖ وَإِن تُخَالِطُوهُمْ فَإِخْوَانُكُمْ ۚ وَاللَّـهُ يَعْلَمُ الْمُفْسِدَ مِنَ الْمُصْلِحِ ۚ وَلَوْ شَاءَ اللَّـهُ لَأَعْنَتَكُمْ ۚ إِنَّ اللَّـهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌ
2:220 (Bular) Dunyoga ham oxiratga ham tegishli. Sendan yetimlar haqida soʻrashyapti. Ayt: “Eng yaxshisi— ularni ahvolini tuzatib qoʻyishdir. Agar (himoyangizga olib) birga yashasangiz, bilingki ular (farzand emas) birodarlaringizdir”.[270] Kim buzgʻunchiyu kim tuzatuvchi ekanini Alloh (yaxshi) biladi. Alloh xohlaganida, sizlarni qiyin ahvolga solib qoʻyar edi.[271] Alloh gʻolibdir, toʻgʻri qaror beruvchidir.
وَلَا تَنكِحُوا الْمُشْرِكَاتِ حَتَّىٰ يُؤْمِنَّ ۚ وَلَأَمَةٌ مُّؤْمِنَةٌ خَيْرٌ مِّن مُّشْرِكَةٍ وَلَوْ أَعْجَبَتْكُمْ ۗ وَلَا تُنكِحُوا الْمُشْرِكِينَ حَتَّىٰ يُؤْمِنُوا ۚ وَلَعَبْدٌ مُّؤْمِنٌ خَيْرٌ مِّن مُّشْرِكٍ وَلَوْ أَعْجَبَكُمْ ۗ أُولَـٰئِكَ يَدْعُونَ إِلَى النَّارِ ۖ وَاللَّـهُ يَدْعُو إِلَى الْجَنَّةِ وَالْمَغْفِرَةِ بِإِذْنِهِ ۖ وَيُبَيِّنُ آيَاتِهِ لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ
2:221 Toki (Allohga tavhid asosida) ishongunga qadar, mushrika ayollarga uylanmang. Imonli asira ayol mushrika ayoldan yaxshiroqdir, agarchi sizlarni hayratlantirib qoʻysa ham.[272] Toki (Allohga tavhid asosida) ishongunga qadar, mushrik erkaklarga qiz bermang. Imonli asir erkak kishi mushrikdan yaxshiroqdir, garchi u sizlarni hayratlantirib qoʻysa ham. Mushriklar jahannamga chaqiradi. Alloh esa, Oʻzining bildirishi bilan Jannatga va (gunohu jazolarni) kechirilishiga chaqiradi. Nasihat olishi uchun, (Alloh) oyatlarini insonlarga tushuntirib beryapti.
وَيَسْأَلُونَكَ عَنِ الْمَحِيضِ ۖ قُلْ هُوَ أَذًى فَاعْتَزِلُوا النِّسَاءَ فِي الْمَحِيضِ ۖ وَلَا تَقْرَبُوهُنَّ حَتَّىٰ يَطْهُرْنَ ۖ فَإِذَا تَطَهَّرْنَ فَأْتُوهُنَّ مِنْ حَيْثُ أَمَرَكُمُ اللَّـهُ ۚ إِنَّ اللَّـهَ يُحِبُّ التَّوَّابِينَ وَيُحِبُّ الْمُتَطَهِّرِينَ
2:222 Sendan ayollarning odat koʻrishi haqida soʻrashyapti. Ayt: «U noqulaylikdir/aziyatdir – odat vaqtida ayollaringizdan chetlaning,[273] (odatidan) pok boʻlmagunga qadar ularga yaqinlashmang. (Gigienik) poklanganlarida, ularga Alloh buyurgan yerdan keling.[274] Shubhasizki, Alloh tavbakorlarni yaxshi koʻradi, pokiza yuruvchilarni yaxshi koʻradi».
نِسَاؤُكُمْ حَرْثٌ لَّكُمْ فَأْتُوا حَرْثَكُمْ أَنَّىٰ شِئْتُمْ ۖ وَقَدِّمُوا لِأَنفُسِكُمْ ۚ وَاتَّقُوا اللَّـهَ وَاعْلَمُوا أَنَّكُم مُّلَاقُوهُ ۗ وَبَشِّرِ الْمُؤْمِنِينَ
2:223 Xotinlaringiz sizlar uchun «ekinzordir», «ekinzoringizga» oʻzingizga munosib boʻlgan ravishda keling,[275] oʻzingiz uchun oldindan yaxshi ishlarni qilib qoʻying. Allohdan taqvo qiling![276] Bilib qoʻying, Unga aniq yoʻliqasizlar. Moʻminlarga xushxabar ber.
وَلَا تَجْعَلُوا اللَّـهَ عُرْضَةً لِّأَيْمَانِكُمْ أَن تَبَرُّوا وَتَتَّقُوا وَتُصْلِحُوا بَيْنَ النَّاسِ ۗ وَاللَّـهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ
2:224 Ichgan qasamingizni deb, yaxshilik qilishingizga, gunohlardan saqlanishingizga va insonlar orasini yarashtirib qoʻyishingizga Allohni qarshi qilib olmang,[277] Alloh eshitadi, biladi.
لَّا يُؤَاخِذُكُمُ اللَّـهُ بِاللَّغْوِ فِي أَيْمَانِكُمْ وَلَـٰكِن يُؤَاخِذُكُم بِمَا كَسَبَتْ قُلُوبُكُمْ ۗ وَاللَّـهُ غَفُورٌ حَلِيمٌ
2:225 Behuda/bekorchi ichgan qasamingiz uchun Alloh sizlarni javobgarlikka tortmaydi, balki chin dildan ichgan qasamingiz uchun javobgar qiladi.[278] Alloh kechirimlidir, yumshoq muomala qiluvchidir.
لِّلَّذِينَ يُؤْلُونَ مِن نِّسَائِهِمْ تَرَبُّصُ أَرْبَعَةِ أَشْهُرٍ ۖ فَإِن فَاءُوا فَإِنَّ اللَّـهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ
2:226 Ayollari bilan qovushmaslikka qaror bergan erlarga[279] toʻrt oy muhlat bor. Agar (toʻrt oy ichida ayoliga) qaytsa, Alloh kechirimli va mehribondir.
وَإِنْ عَزَمُوا الطَّلَاقَ فَإِنَّ اللَّـهَ سَمِيعٌ عَلِيمٌ
2:227 Agar ajrashishga qaror bersalar,[280] Alloh (erning qasamini) eshitadi, (ayoliga qaytmaganini) biladi!
وَالْمُطَلَّقَاتُ يَتَرَبَّصْنَ بِأَنفُسِهِنَّ ثَلَاثَةَ قُرُوءٍ ۚ وَلَا يَحِلُّ لَهُنَّ أَن يَكْتُمْنَ مَا خَلَقَ اللَّـهُ فِي أَرْحَامِهِنَّ إِن كُنَّ يُؤْمِنَّ بِاللَّـهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ ۚ وَبُعُولَتُهُنَّ أَحَقُّ بِرَدِّهِنَّ فِي ذَٰلِكَ إِنْ أَرَادُوا إِصْلَاحًا ۚ وَلَهُنَّ مِثْلُ الَّذِي عَلَيْهِنَّ بِالْمَعْرُوفِ ۚ وَلِلرِّجَالِ عَلَيْهِنَّ دَرَجَةٌ ۗ وَاللَّـهُ عَزِيزٌ حَكِيمٌ
2:228 Eridan ajrashgan ayollar (turmushga chiqmay) oʻzlari uch odat vaqticha kutadi.[281] Allohga va oxirat kuniga ishongan boʻlsalar, bachadonlaridagi Alloh yaratgan narsani yashirishi ularga halol boʻlmaydi. Agar orani tuzatishni xohlasalar, shu muddat ichida erlari ularga qaytishga haqlidir.[282] Maʼrufga (Qurʼon mezoniga) koʻra ayollarni erlaridagi haqqi erkaklarning ayollaridagi haqqi bilan bir xildir. Erlar uchun (ajrashish masalasida) ayollarga nisbatan bir pogʻona farqi bor. Alloh gʻolibdir, toʻgʻri qaror beruvchidir.
الطَّلَاقُ مَرَّتَانِ ۖ فَإِمْسَاكٌ بِمَعْرُوفٍ أَوْ تَسْرِيحٌ بِإِحْسَانٍ ۗ وَلَا يَحِلُّ لَكُمْ أَن تَأْخُذُوا مِمَّا آتَيْتُمُوهُنَّ شَيْئًا إِلَّا أَن يَخَافَا أَلَّا يُقِيمَا حُدُودَ اللَّـهِ ۖ فَإِنْ خِفْتُمْ أَلَّا يُقِيمَا حُدُودَ اللَّـهِ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْهِمَا فِيمَا افْتَدَتْ بِهِ ۗ تِلْكَ حُدُودُ اللَّـهِ فَلَا تَعْتَدُوهَا ۚ وَمَن يَتَعَدَّ حُدُودَ اللَّـهِ فَأُولَـٰئِكَ هُمُ الظَّالِمُونَ
2:229 (Qaytadigan) taloq ikki martadir.[283] Har biridan keyin er ayolini yo yaxshilikcha ushlab qolishi kerak yoki belgilangan/chiroyli holatda ajrashishi kerak. (Ey erlar!) Ajrashib ketish asnosida, toʻy munosabati bilan bergan narsalaringizdan baʼzisini ayollaringizdan qaytarib olishingiz sizlarga halol boʻlmaydi. Agar ikkalasi ham Allohning qarorlariga rioya qilolmasligidan qoʻrqsa, bu boshqa. (Ey moʻminlar!) Er-xotinni ikkisi ham Allohning (oila masalalaridagi) qonun-qoidalariga rioya qilolmasligidan qoʻrqsangiz, xotin (nikohni buzish uchun) eriga toʻlov berishida har ikkalasiga ham gunoh boʻlmaydi.[284] Bular Allohning qonun-qoidalaridir, ularni buzmang! Kimki Allohning qonunlarini buzsa, ana shular zolimlardir.
فَإِن طَلَّقَهَا فَلَا تَحِلُّ لَهُ مِن بَعْدُ حَتَّىٰ تَنكِحَ زَوْجًا غَيْرَهُ ۗ فَإِن طَلَّقَهَا فَلَا جُنَاحَ عَلَيْهِمَا أَن يَتَرَاجَعَا إِن ظَنَّا أَن يُقِيمَا حُدُودَ اللَّـهِ ۗ وَتِلْكَ حُدُودُ اللَّـهِ يُبَيِّنُهَا لِقَوْمٍ يَعْلَمُونَ
2:230 Agar ayolini (uchinchi marta) taloq qilsa[285], boshqa erga tegib chiqmaguncha u ayol eriga halol boʻlmaydi. Agar u (keyingi) eri ham uni taloq qilsa, er ham xotin ham Allohning qonun-qoidalariga rioya qila olishlariga ishonchi komil boʻlsa-gina, ana oʻshanda bir-birlariga qaytishlari gunoh emas. Bular Allohning (oila haqidagi) qonun-qoidalaridir, ularni bilib-oʻrganadigan kishilarga tushuntirib bermoqda.[286]
وَإِذَا طَلَّقْتُمُ النِّسَاءَ فَبَلَغْنَ أَجَلَهُنَّ فَأَمْسِكُوهُنَّ بِمَعْرُوفٍ أَوْ سَرِّحُوهُنَّ بِمَعْرُوفٍ ۚ وَلَا تُمْسِكُوهُنَّ ضِرَارًا لِّتَعْتَدُوا ۚ وَمَن يَفْعَلْ ذَٰلِكَ فَقَدْ ظَلَمَ نَفْسَهُ ۚ وَلَا تَتَّخِذُوا آيَاتِ اللَّـهِ هُزُوًا ۚ وَاذْكُرُوا نِعْمَتَ اللَّـهِ عَلَيْكُمْ وَمَا أَنزَلَ عَلَيْكُم مِّنَ الْكِتَابِ وَالْحِكْمَةِ يَعِظُكُم بِهِ ۚ وَاتَّقُوا اللَّـهَ وَاعْلَمُوا أَنَّ اللَّـهَ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ
2:231 Ayollaringizni taloq qilganingizda, idda kutish muddatlari nihoyasiga yetganida, ularni yo belgilangan/chiroyli holatda ushlab qoling, yoki belgilangan/chiroyli holatda ajrashing. Ularga zarar yetkazib, huquqini poymol qilish maqsadida ushlab qolmang.[287] Kim bunday qilsa, oʻziga zulm qiladi. Allohning oyat-hukmlariga bepisandlik qilmang/masxara qilmang. Allohning sizga bergan neʼmatini – sizga bergan Kitob va hikmatni yodda tuting. Alloh sizlarga u (Qurʼon) bilan oʻgit beryapti. Allohdan taqvo qiling! Bilinglarki, Alloh hamma narsani biladi.
وَإِذَا طَلَّقْتُمُ النِّسَاءَ فَبَلَغْنَ أَجَلَهُنَّ فَلَا تَعْضُلُوهُنَّ أَن يَنكِحْنَ أَزْوَاجَهُنَّ إِذَا تَرَاضَوْا بَيْنَهُم بِالْمَعْرُوفِ ۗ ذَٰلِكَ يُوعَظُ بِهِ مَن كَانَ مِنكُمْ يُؤْمِنُ بِاللَّـهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ ۗ ذَٰلِكُمْ أَزْكَىٰ لَكُمْ وَأَطْهَرُ ۗ وَاللَّـهُ يَعْلَمُ وَأَنتُمْ لَا تَعْلَمُونَ
2:232 Ayollaringizni taloq qilganingizda, ularni iddasi toʻlganidan keyin, oʻzaro belgilangan/chiroyli holatda kelishib olsa[288], (eski yoki boʻlajak) eriga tegishiga qarshilik qilmanglar! Bu – orangizdan Allohga va oxirat kuniga ishonadigan insonlarga qilinayotgan oʻgitdir. Sizlarni (turmush masalalarida) kelishtiradigan va poklaydigan (hukm) shu.[289] Alloh biladi, sizlar bilmaysiz.
وَالْوَالِدَاتُ يُرْضِعْنَ أَوْلَادَهُنَّ حَوْلَيْنِ كَامِلَيْنِ ۖ لِمَنْ أَرَادَ أَن يُتِمَّ الرَّضَاعَةَ ۚ وَعَلَى الْمَوْلُودِ لَهُ رِزْقُهُنَّ وَكِسْوَتُهُنَّ بِالْمَعْرُوفِ ۚ لَا تُكَلَّفُ نَفْسٌ إِلَّا وُسْعَهَا ۚ لَا تُضَارَّ وَالِدَةٌ بِوَلَدِهَا وَلَا مَوْلُودٌ لَّهُ بِوَلَدِهِ ۚ وَعَلَى الْوَارِثِ مِثْلُ ذَٰلِكَ ۗ فَإِنْ أَرَادَا فِصَالًا عَن تَرَاضٍ مِّنْهُمَا وَتَشَاوُرٍ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْهِمَا ۗ وَإِنْ أَرَدتُّمْ أَن تَسْتَرْضِعُوا أَوْلَادَكُمْ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ إِذَا سَلَّمْتُم مَّا آتَيْتُم بِالْمَعْرُوفِ ۗ وَاتَّقُوا اللَّـهَ وَاعْلَمُوا أَنَّ اللَّـهَ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ
2:233 Onalar bolalarini toʻliq ikki yil emizadi.[290] (Bu) toʻliq emizmoqchi boʻlganlar uchun. Onalarning yemoq-ichmogʻi va kiyim-kechagi belgilangan/chiroyli holatda farzandning otasiga yuklatiladi. Hech kimga kuchi yetmaydigan narsa yuklatilmaydi. Onaga oʻz bolasi orqali zarar yetkazilmaydi, otaga ham oʻz bolasi orqali zarar yetkazilmaydi. Meʼroschining masʼuliyati ham xuddi shunday.[291] Er-xotin oʻzaro roziligi va kelishuvidan kelib chiqib, farzandini (ikki yil toʻliq emizmasdan) sutdan chiqarmoqchi boʻlsa, ikkalasiga ham gunoh boʻlmaydi. Agar beradigan narsalaringizni belgilangan/chiroyli holatda topshirib, bolalaringizni bola emizuvchilarga emizdirmoqchi boʻlsangiz, sizlarga gunoh boʻlmaydi. Allohdan taqvo qiling! Bilingki, Alloh qilayotgan ishlaringizni koʻrib turadi.
وَالَّذِينَ يُتَوَفَّوْنَ مِنكُمْ وَيَذَرُونَ أَزْوَاجًا يَتَرَبَّصْنَ بِأَنفُسِهِنَّ أَرْبَعَةَ أَشْهُرٍ وَعَشْرًا ۖ فَإِذَا بَلَغْنَ أَجَلَهُنَّ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ فِيمَا فَعَلْنَ فِي أَنفُسِهِنَّ بِالْمَعْرُوفِ ۗ وَاللَّـهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ
2:234 Orangizdan vafot etgan erkaklarning ortida qolgan ayollari (turmushga chiqmay) oʻzlarini kuzatib toʻrt oy va oʻn kun kutadi. Iddalari nihoyasiga yetganida, oʻz istagi bilan belgilangan/chiroyli holatda biron ishga qoʻl urishlarida sizlarga gunoh boʻlmaydi.[292] Alloh qilayotgan ishlaringizdan xabardordir.
وَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ فِيمَا عَرَّضْتُم بِهِ مِنْ خِطْبَةِ النِّسَاءِ أَوْ أَكْنَنتُمْ فِي أَنفُسِكُمْ ۚ عَلِمَ اللَّـهُ أَنَّكُمْ سَتَذْكُرُونَهُنَّ وَلَـٰكِن لَّا تُوَاعِدُوهُنَّ سِرًّا إِلَّا أَن تَقُولُوا قَوْلًا مَّعْرُوفًا ۚ وَلَا تَعْزِمُوا عُقْدَةَ النِّكَاحِ حَتَّىٰ يَبْلُغَ الْكِتَابُ أَجَلَهُ ۚ وَاعْلَمُوا أَنَّ اللَّـهَ يَعْلَمُ مَا فِي أَنفُسِكُمْ فَاحْذَرُوهُ ۚ وَاعْلَمُوا أَنَّ اللَّـهَ غَفُورٌ حَلِيمٌ
2:235 (Oʻsha beva) ayollarga uylanish taklifingizni kinoya qilib aytishingizda yoki uni ichingizda saqlashingizda sizlarga gunoh yoʻq. Kelgusida ularni tilga olishingizni Alloh bildi. Ular bilan yashirincha vaʼdalashmang, faqat chiroyli gap gapiring. (Bu Kitobda) bitilgan kutish muddati tugamay turib, nikoh tuzishga qaror bermang. Bilingki, Alloh ichingizdagini ham biladi. Shuning uchun, Allohga nisbatan diqqat-eʼtiborli boʻling. Bilingki, Alloh juda kechirimlidir, yumshoq muomala qiluvchidir.
لَّا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ إِن طَلَّقْتُمُ النِّسَاءَ مَا لَمْ تَمَسُّوهُنَّ أَوْ تَفْرِضُوا لَهُنَّ فَرِيضَةً ۚ وَمَتِّعُوهُنَّ عَلَى الْمُوسِعِ قَدَرُهُ وَعَلَى الْمُقْتِرِ قَدَرُهُ مَتَاعًا بِالْمَعْرُوفِ ۖ حَقًّا عَلَى الْمُحْسِنِينَ
2:236 Nikohlanib unga tegmagan va mahrlarini ham belgilamagan ayollaringizni taloq qilsangiz, (mahrini bermaslikda) sizlarga gunoh yoʻq. Imkoni bor boricha, qiyin ahvoldagi ham boricha belgilangan/chiroyli holatda ularni (mol-mulk berib) manfaatlantirsin. Bu – muhsinlar zimmasidagi burchdir.
وَإِن طَلَّقْتُمُوهُنَّ مِن قَبْلِ أَن تَمَسُّوهُنَّ وَقَدْ فَرَضْتُمْ لَهُنَّ فَرِيضَةً فَنِصْفُ مَا فَرَضْتُمْ إِلَّا أَن يَعْفُونَ أَوْ يَعْفُوَ الَّذِي بِيَدِهِ عُقْدَةُ النِّكَاحِ ۚ وَأَن تَعْفُوا أَقْرَبُ لِلتَّقْوَىٰ ۚ وَلَا تَنسَوُا الْفَضْلَ بَيْنَكُمْ ۚ إِنَّ اللَّـهَ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ
2:237 Nikohingizga olib hanuz qovushmagan, lekin mahrlarini belgilab qoʻygan ayollaringizni taloq qilsangiz, belgilagan mahringizni yarmini berishingiz kerak. Ammo, ayollar yoki nikoh tuguni qoʻlida boʻlgan er[293] oʻz haqqidan voz kechsa ham boʻladi. Sizlarni kechib yuborishingiz[294] – oʻzingizni himoyangiz uchun yanada mosroqdir. Oʻzaro oliyjanoblik qilishni unutmang.[295] Alloh qilayotgan ishlaringizni koʻrib turadi.
حَافِظُوا عَلَى الصَّلَوَاتِ وَالصَّلَاةِ الْوُسْطَىٰ وَقُومُوا لِلَّـهِ قَانِتِينَ
2:238 Namozlarni muhofaza qiling, ayniqsa eng oʻrta namozni[296] va Alloh huzurida boʻysungan holda turing.
فَإِنْ خِفْتُمْ فَرِجَالًا أَوْ رُكْبَانًا ۖ فَإِذَا أَمِنتُمْ فَاذْكُرُوا اللَّـهَ كَمَا عَلَّمَكُم مَّا لَمْ تَكُونُوا تَعْلَمُونَ
2:239 Agar xavotir qilsangiz,[297] (namozni) yurib ketayotgan holda yoki ulov ustida ketayotib (oʻqing). Xotirjam boʻlganingizda, (namoz haqida) bilmaganingizni sizga qanday oʻrgatgan boʻlsa, Allohni oʻshanday zikr qiling.[298]
وَالَّذِينَ يُتَوَفَّوْنَ مِنكُمْ وَيَذَرُونَ أَزْوَاجًا وَصِيَّةً لِّأَزْوَاجِهِم مَّتَاعًا إِلَى الْحَوْلِ غَيْرَ إِخْرَاجٍ ۚ فَإِنْ خَرَجْنَ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ فِي مَا فَعَلْنَ فِي أَنفُسِهِنَّ مِن مَّعْرُوفٍ ۗ وَاللَّـهُ عَزِيزٌ حَكِيمٌ
2:240 Orangizdan vafot etib, orqasidan qolgan beva ayollari uchun sizlarga topshirilgan vazifa – ularni uylaridan chiqarmasdan, bir yilgacha moddiy ehtiyojini taʼminlab turishdir.[299] Agar uylaridan chiqib, oʻzlaricha belgilangan/chiroyli ishlarni qilishida sizlarga gunoh yoʻq.[300]
وَلِلْمُطَلَّقَاتِ مَتَاعٌ بِالْمَعْرُوفِ ۖ حَقًّا عَلَى الْمُتَّقِينَ
2:241 Taloq qilingan ayollarning ham belgilangan/chiroyli holatda nafaqa olish haqqi bor. Bu – masʼuliyatli (moʻmin)lar zimmasidagi burchdir.
كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ اللَّـهُ لَكُمْ آيَاتِهِ لَعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ
2:242 Tushunib-anglashingiz uchun Alloh sizlarga oyatlarini mana shunday bayon qilmoqda.
أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ خَرَجُوا مِن دِيَارِهِمْ وَهُمْ أُلُوفٌ حَذَرَ الْمَوْتِ فَقَالَ لَهُمُ اللَّـهُ مُوتُوا ثُمَّ أَحْيَاهُمْ ۚ إِنَّ اللَّـهَ لَذُو فَضْلٍ عَلَى النَّاسِ وَلَـٰكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَشْكُرُونَ
2:243 Oʻlimdan (yoʻqchilik va qurgʻoqchilikdan) qoʻrqib yurtlaridan chiqib ketgan shu minglarcha insonni koʻrmadingmi? Ularga Alloh: “Oʻlinglar!”, degan edi, keyin ularni tiriltirgan/farovon qilgan.[301] Alloh insonlarga nisbatan juda oliyjanobdir. Lekin, insonlarning koʻpchiligi qadriga yetmaydi.
وَقَاتِلُوا فِي سَبِيلِ اللَّـهِ وَاعْلَمُوا أَنَّ اللَّـهَ سَمِيعٌ عَلِيمٌ
2:244 Alloh yoʻlida jang qiling. Bilingki, Alloh eshitadi, biladi.[302]
مَّن ذَا الَّذِي يُقْرِضُ اللَّـهَ قَرْضًا حَسَنًا فَيُضَاعِفَهُ لَهُ أَضْعَافًا كَثِيرَةً ۚ وَاللَّـهُ يَقْبِضُ وَيَبْسُطُ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ
2:245 Kim u Allohga goʻzal qarz beradigan? (Agar bersa) Alloh unga koʻpaytirib beradi. (Rizqni) tor qiladigan ham, keng qiladigan ham Allohdir. Zotan, Unga qaytarilasizlar.
أَلَمْ تَرَ إِلَى الْمَلَإِ مِن بَنِي إِسْرَائِيلَ مِن بَعْدِ مُوسَىٰ إِذْ قَالُوا لِنَبِيٍّ لَّهُمُ ابْعَثْ لَنَا مَلِكًا نُّقَاتِلْ فِي سَبِيلِ اللَّـهِ ۖ قَالَ هَلْ عَسَيْتُمْ إِن كُتِبَ عَلَيْكُمُ الْقِتَالُ أَلَّا تُقَاتِلُوا ۖ قَالُوا وَمَا لَنَا أَلَّا نُقَاتِلَ فِي سَبِيلِ اللَّـهِ وَقَدْ أُخْرِجْنَا مِن دِيَارِنَا وَأَبْنَائِنَا ۖ فَلَمَّا كُتِبَ عَلَيْهِمُ الْقِتَالُ تَوَلَّوْا إِلَّا قَلِيلًا مِّنْهُمْ ۗ وَاللَّـهُ عَلِيمٌ بِالظَّالِمِينَ
2:246 Musodan keyin (yashagan) Isroil avlodining yetakchilarini koʻrmadingmi? Ular oʻz Paygʻambariga: «Bizga bir bosh qoʻmondon[303] tayinlab ber, Alloh yoʻlida jang qilamiz!», degan. U: «agar urush buyurilsayu, urishmasalaringchi?», degan. Ular: «Biz vatanimizdan haydab chiqarilgan va bola-chaqalarimizdan ajratib yuborilgan boʻlsak, nima uchun Alloh yoʻlida urishmas ekanmiz?»— dedilar. Ularga jang buyurilganida esa, ozginasidan boshqa hammasi (jangdan) bosh tortgan. Alloh zolimlarni bilib turadi.
وَقَالَ لَهُمْ نَبِيُّهُمْ إِنَّ اللَّـهَ قَدْ بَعَثَ لَكُمْ طَالُوتَ مَلِكًا ۚ قَالُوا أَنَّىٰ يَكُونُ لَهُ الْمُلْكُ عَلَيْنَا وَنَحْنُ أَحَقُّ بِالْمُلْكِ مِنْهُ وَلَمْ يُؤْتَ سَعَةً مِّنَ الْمَالِ ۚ قَالَ إِنَّ اللَّـهَ اصْطَفَاهُ عَلَيْكُمْ وَزَادَهُ بَسْطَةً فِي الْعِلْمِ وَالْجِسْمِ ۖ وَاللَّـهُ يُؤْتِي مُلْكَهُ مَن يَشَاءُ ۚ وَاللَّـهُ وَاسِعٌ عَلِيمٌ
2:247 Ularga Paygʻambari: “Alloh sizlarga Tolutni bosh qoʻmondon qilib tayinladi”, dedi. Ular: «Qanday u bizga bosh qoʻmondon boʻladi? Bosh qoʻmondonlikka undan koʻra biz loyiqmiz, unga ortiqcha mol-davlat ham berilmagan!», dedilar. (Shunda): «Ustingizdan (bosh qoʻmondonlikka) uni Alloh tanladi, uning ilmini va boʻyi bastini ziyoda qildi. Alloh Oʻz mulkini[304] munosib boʻlgan bandaga beradi. Alloh cheksiz imkoniyatlidir, biluvchidir», dedi (Paygʻambari).
وَقَالَ لَهُمْ نَبِيُّهُمْ إِنَّ آيَةَ مُلْكِهِ أَن يَأْتِيَكُمُ التَّابُوتُ فِيهِ سَكِينَةٌ مِّن رَّبِّكُمْ وَبَقِيَّةٌ مِّمَّا تَرَكَ آلُ مُوسَىٰ وَآلُ هَارُونَ تَحْمِلُهُ الْمَلَائِكَةُ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَآيَةً لَّكُمْ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ
2:248 Paygʻambari ularga shunday dedi: «Sizlarga sandiqni[305] kelishi Tolutning bosh qoʻmondonligining nishonasidir. Uning ichida Yaratgan Egangiz tarafidan sizlarni xotirjam qiladigan narsa hamda, Muso va Horunning oilasidan xotiralar boʻladi va uni malaklar tashiydi. Agar ishonsangiz, bunda sizlar uchun alomat bor».
فَلَمَّا فَصَلَ طَالُوتُ بِالْجُنُودِ قَالَ إِنَّ اللَّـهَ مُبْتَلِيكُم بِنَهَرٍ فَمَن شَرِبَ مِنْهُ فَلَيْسَ مِنِّي وَمَن لَّمْ يَطْعَمْهُ فَإِنَّهُ مِنِّي إِلَّا مَنِ اغْتَرَفَ غُرْفَةً بِيَدِهِ ۚ فَشَرِبُوا مِنْهُ إِلَّا قَلِيلًا مِّنْهُمْ ۚ فَلَمَّا جَاوَزَهُ هُوَ وَالَّذِينَ آمَنُوا مَعَهُ قَالُوا لَا طَاقَةَ لَنَا الْيَوْمَ بِجَالُوتَ وَجُنُودِهِ ۚ قَالَ الَّذِينَ يَظُنُّونَ أَنَّهُم مُّلَاقُو اللَّـهِ كَم مِّن فِئَةٍ قَلِيلَةٍ غَلَبَتْ فِئَةً كَثِيرَةً بِإِذْنِ اللَّـهِ ۗ وَاللَّـهُ مَعَ الصَّابِرِينَ
2:249 Tolut qoʻshinlari bilan harakatlanib (qarorgohidan) ayrilganida, ularga shunday dedi: “Alloh sizlarni bir anhor bilan sinaydi, undan ichgan kishi mendan emas, undan isteʼmol qilmagan kishi mendan. Faqat qoʻli bilan bir hovuch ichganlar bundan mustasno”. Ammo, ularning ozchiligidan tashqari hammasi u anhordan suv ichdi. Tolut va yonidagi moʻminlar undan kechib oʻtishganida, ular shunday dedilar: “Bugun Jolut va uning qoʻshiniga qarshi chiqishga kuchimiz yetmaydi!” Allohga aniq yoʻliqishiga ishonganlar esa: “Qanchadan-qancha kichik qoʻshinlar katta qoʻshinlar ustidan Allohning izni bilan gʻalaba qozongan. Alloh sabr-bardoshli kishilar bilan birgadir”,- dedilar.
وَلَمَّا بَرَزُوا لِجَالُوتَ وَجُنُودِهِ قَالُوا رَبَّنَا أَفْرِغْ عَلَيْنَا صَبْرًا وَثَبِّتْ أَقْدَامَنَا وَانصُرْنَا عَلَى الْقَوْمِ الْكَافِرِينَ
2:250 Ular Jolut va uning qoʻshiniga roʻbaroʻ boʻlishganida: «Ey Yaratgan Egamiz! Ustimizga sabr-bardosh yogʻdir, sobit qadam qil va shu kofir qavmga qarshi bizga yordam ber!», deb duo qildilar.
فَهَزَمُوهُمْ بِإِذْنِ اللَّهِ وَقَتَلَ دَاوُودُ جَالُوتَ وَآتَاهُ اللَّهُ الْمُلْكَ وَالْحِكْمَةَ وَعَلَّمَهُ مِمَّا يَشَاءُ ۗ وَلَوْلَا دَفْعُ اللَّهِ النَّاسَ بَعْضَهُمْ بِبَعْضٍ لَفَسَدَتِ الْأَرْضُ وَلَٰكِنَّ اللَّهَ ذُو فَضْلٍ عَلَى الْعَالَمِينَ
2:251 Natijada, Allohning amri ila kofirlarni tor-mor qildilar. Jolutni Dovud oʻldirdi. Alloh Dovudga hukmdorlik va hikmat berdi, unga Oʻzi munosib bilgan narsasini oʻrgatdi. Agar Alloh ayrim insonlar bilan boshqalarni bartaraf qilib turmaganida, dunyo fasodga toʻlib ketar edi. Lekin, Alloh borliqlarga oliyjanobdir.
تِلْكَ آيَاتُ اللَّهِ نَتْلُوهَا عَلَيْكَ بِالْحَقِّ ۚ وَإِنَّكَ لَمِنَ الْمُرْسَلِينَ
2:252 Bular Allohning oyatlaridir. Ularni senga haq ila aytib beryapmiz. Shubhasizki, sen (ham) Elchilaridan birisan.
تِلْكَ الرُّسُلُ فَضَّلْنَا بَعْضَهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ ۘ مِنْهُمْ مَنْ كَلَّمَ اللَّهُ ۖ وَرَفَعَ بَعْضَهُمْ دَرَجَاتٍ ۚ وَآتَيْنَا عِيسَى ابْنَ مَرْيَمَ الْبَيِّنَاتِ وَأَيَّدْنَاهُ بِرُوحِ الْقُدُسِ ۗ وَلَوْ شَاءَ اللَّهُ مَا اقْتَتَلَ الَّذِينَ مِنْ بَعْدِهِمْ مِنْ بَعْدِ مَا جَاءَتْهُمُ الْبَيِّنَاتُ وَلَٰكِنِ اخْتَلَفُوا فَمِنْهُمْ مَنْ آمَنَ وَمِنْهُمْ مَنْ كَفَرَ ۚ وَلَوْ شَاءَ اللَّهُ مَا اقْتَتَلُوا وَلَٰكِنَّ اللَّهَ يَفْعَلُ مَا يُرِيدُ
2:253 Biz bu Elchilarni bir-biridan fazilatli qildik – ular orasida Alloh gaplashgani bor, yana baʼzilarini esa darajalarini baland qildi[306]. Maryam oʻgʻli Isoga ravshan dalillar berib, unga Ruhul-Qudus bilan koʻmak berdik. Agar Alloh xohlaganida, keyingilar oʻsha ravshan dalillar kelganidan keyin bir-birini oʻldirmas edi. Lekin, (tanlash ixtiyorini insonlarning oʻziga topshirdi va) ular ixtilof qilishdi. Natijada, ulardan kimlardir ishondi, kimlardir ishonmadi/qarshi chiqdi. Agar Alloh xohlaganida, bir-birini oʻldirmas edi. Lekin, Alloh Oʻzi ixtiyor qilgan ishni qiladi.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا أَنْفِقُوا مِمَّا رَزَقْنَاكُمْ مِنْ قَبْلِ أَنْ يَأْتِيَ يَوْمٌ لَا بَيْعٌ فِيهِ وَلَا خُلَّةٌ وَلَا شَفَاعَةٌ ۗ وَالْكَافِرُونَ هُمُ الظَّالِمُونَ
2:254 Ey Moʻminlar! Oldi-berdi, doʻst-birodarlik va shafoat boʻlmaydigan kun kelishidan oldin sizlarga erishtirgan narsalarimizdan xayr-ehson qilib oling.[307] Kofirlik qiluvchilar zolimdir.
اللَّهُ لَا إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ الْحَيُّ الْقَيُّومُ ۚ لَا تَأْخُذُهُ سِنَةٌ وَلَا نَوْمٌ ۚ لَهُ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ ۗ مَنْ ذَا الَّذِي يَشْفَعُ عِنْدَهُ إِلَّا بِإِذْنِهِ ۚ يَعْلَمُ مَا بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَمَا خَلْفَهُمْ ۖ وَلَا يُحِيطُونَ بِشَيْءٍ مِنْ عِلْمِهِ إِلَّا بِمَا شَاءَ ۚ وَسِعَ كُرْسِيُّهُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ ۖ وَلَا يَئُودُهُ حِفْظُهُمَا ۚ وَهُوَ الْعَلِيُّ الْعَظِيمُ
2:255 Alloh – qullik qilinishga haqli yagona zotdir, doim tirikdir, uzluksiz Oʻz ishidadir. Uni mudroq ham uyqu ham bosmaydi. Osmonlar va yerdagi hamma narsa[308] Uniki. Uning iznisiz Uning hukmida boʻlgan shafoatga kim ham ega boʻla olardi?![309] U ularni oldidagini ham, ortidagini ham biladi. Ular Allohning ilmidan – Uning Oʻzi ravo koʻrganidan boshqa hech narsa bilmaydi. Uning hokimiyati (cheksiz qudrati va ilmi)[310] osmonlarni ham yerni ham oʻz ichiga olgan. U ikkalasini (oʻz holicha) saqlab turish Unga ogʻir kelmaydi. U ulugʻdir, buyukdir.
لَا إِكْرَاهَ فِي الدِّينِ ۖ قَدْ تَبَيَّنَ الرُّشْدُ مِنَ الْغَيِّ ۚ فَمَنْ يَكْفُرْ بِالطَّاغُوتِ وَيُؤْمِنْ بِاللَّهِ فَقَدِ اسْتَمْسَكَ بِالْعُرْوَةِ الْوُثْقَىٰ لَا انْفِصَامَ لَهَا ۗ وَاللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ
2:256 Dinda hech qanday majburlash yoʻq. Toʻgʻri yoʻl notoʻgʻri-soxta yoʻldan yaxshigina ajralib boʻldi. Kim togʻutni[311] (yovuzlik, zoʻravonlik)ni inkor qilsa va Allohga ishonsa, uzilishi imkonsiz boʻlgan eng kuchli halqaga yopishgan boʻladi. Alloh eshitadi, biladi.
اللَّهُ وَلِيُّ الَّذِينَ آمَنُوا يُخْرِجُهُمْ مِنَ الظُّلُمَاتِ إِلَى النُّورِ ۖ وَالَّذِينَ كَفَرُوا أَوْلِيَاؤُهُمُ الطَّاغُوتُ يُخْرِجُونَهُمْ مِنَ النُّورِ إِلَى الظُّلُمَاتِ ۗ أُولَٰئِكَ أَصْحَابُ النَّارِ ۖ هُمْ فِيهَا خَالِدُونَ
2:257 Alloh moʻminlarning doʻstidir – ularni (Qurʼon orqali) zulmatlardan nurga[312] olib chiqadi. Kofirlarning doʻsti esa togʻutdir – ularni nurdan chiqarib zulmatlarga suqadilar. Ana shular jahannam ahlidir. Unda oʻlimsiz-mangu qoladilar.
أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِي حَاجَّ إِبْرَاهِيمَ فِي رَبِّهِ أَنْ آتَاهُ اللَّهُ الْمُلْكَ إِذْ قَالَ إِبْرَاهِيمُ رَبِّيَ الَّذِي يُحْيِي وَيُمِيتُ قَالَ أَنَا أُحْيِي وَأُمِيتُ ۖ قَالَ إِبْرَاهِيمُ فَإِنَّ اللَّهَ يَأْتِي بِالشَّمْسِ مِنَ الْمَشْرِقِ فَأْتِ بِهَا مِنَ الْمَغْرِبِ فَبُهِتَ الَّذِي كَفَرَ ۗ وَاللَّهُ لَا يَهْدِي الْقَوْمَ الظَّالِمِينَ
2:258 Alloh Ibrohimga hukmdorlik bergani uchun, Ibrohim bilan Yaratgan Egasi haqida tortishgan kishini koʻrmadingmi? Ibrohim (unga): «Meni yashatadigan ham, oʻldiradigan ham Robbimdir,» dedi. U esa: “Men ham yashataman va oʻldiraman”, dedi. (Shunda) Ibrohim: “Alloh quyoshni Mashriqdan chiqaradi, qani sen uni Magʻribdan chiqarib koʻrchi!”, deganida qarshilik qilgan kishi tentirab qotib qoldi. Alloh zolimlarni hidoyat qilmaydi.
أَوْ كَالَّذِي مَرَّ عَلَىٰ قَرْيَةٍ وَهِيَ خَاوِيَةٌ عَلَىٰ عُرُوشِهَا قَالَ أَنَّىٰ يُحْيِي هَٰذِهِ اللَّهُ بَعْدَ مَوْتِهَا ۖ فَأَمَاتَهُ اللَّهُ مِائَةَ عَامٍ ثُمَّ بَعَثَهُ ۖ قَالَ كَمْ لَبِثْتَ ۖ قَالَ لَبِثْتُ يَوْمًا أَوْ بَعْضَ يَوْمٍ ۖ قَالَ بَلْ لَبِثْتَ مِائَةَ عَامٍ فَانْظُرْ إِلَىٰ طَعَامِكَ وَشَرَابِكَ لَمْ يَتَسَنَّهْ ۖ وَانْظُرْ إِلَىٰ حِمَارِكَ وَلِنَجْعَلَكَ آيَةً لِلنَّاسِ ۖ وَانْظُرْ إِلَى الْعِظَامِ كَيْفَ نُنْشِزُهَا ثُمَّ نَكْسُوهَا لَحْمًا ۚ فَلَمَّا تَبَيَّنَ لَهُ قَالَ أَعْلَمُ أَنَّ اللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ
2:259 Yoki shu kishini ham koʻz oʻngingga keltirmadingmi? U binolari yiqilib choʻkib qolgan shahardan[313] oʻtib: “Alloh bu shaharni xarob boʻlib oʻlganidan keyin qanday tiriltirar ekan?”, dedi. Shunda Alloh uni yuz yilga oʻldirdi, soʻng qayta tiriltirib: “Oʻlik holatingda qancha qolding?”,— deb soʻradi. U: “Bir kun yoki bir kundan ham oz”, dedi. Alloh aytdiki: “Yoʻq, bunday emas. Sen yuz yil qolding, yemoq-ichmogʻingga qara, oʻzgarib buzilmadi. Eshagingga ham nazar sol. Insonlarga dalil qilish uchun seni shu ahvolga soldim. Eshakni suyaklariga qarab, Biz suyakni yerdan qanday qayta chiqarishimizni va unga etni qanday qoplashimizni koʻrib tur!” Bu ish unga oshkor boʻlganida, “Alloh har narsaga aniq bir oʻlchov qoʻyishini mana hozir bilib turibman”, dedi.
وَإِذْ قَالَ إِبْرَاهِيمُ رَبِّ أَرِنِي كَيْفَ تُحْيِي الْمَوْتَىٰ ۖ قَالَ أَوَلَمْ تُؤْمِنْ ۖ قَالَ بَلَىٰ وَلَٰكِنْ لِيَطْمَئِنَّ قَلْبِي ۖ قَالَ فَخُذْ أَرْبَعَةً مِنَ الطَّيْرِ فَصُرْهُنَّ إِلَيْكَ ثُمَّ اجْعَلْ عَلَىٰ كُلِّ جَبَلٍ مِنْهُنَّ جُزْءًا ثُمَّ ادْعُهُنَّ يَأْتِينَكَ سَعْيًا ۚ وَاعْلَمْ أَنَّ اللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌ
2:260 Bir kuni Ibrohim: Ey Yaratgan Egam! “Oʻliklarni” qanday tiriltirishingni menga koʻrsat, deganida, “Ishonmadingmi?”, dedi Alloh. “Albatta ishondim, lekin koʻnglim taskin topsin deb soʻragandim”, dedi Ibrohim. Alloh aytdiki: Toʻrtta “qush” tayinla, ularni oʻzingga oʻrgatib, ularni alohidadan “togʻlarga” tayinla. Keyin ularga/togʻlarga daʼvat qil, saʼy qilib yoningga kelishadi. Bilib qoʻy, Alloh Azizdir, toʻgʻri qaror beruvchidir».[314]
مَثَلُ الَّذِينَ يُنْفِقُونَ أَمْوَالَهُمْ فِي سَبِيلِ اللَّهِ كَمَثَلِ حَبَّةٍ أَنْبَتَتْ سَبْعَ سَنَابِلَ فِي كُلِّ سُنْبُلَةٍ مِائَةُ حَبَّةٍ ۗ وَاللَّهُ يُضَاعِفُ لِمَنْ يَشَاءُ ۗ وَاللَّهُ وَاسِعٌ عَلِيمٌ
2:261 Mol-mulklarini Alloh yoʻlida sarflaydiganlar[315] bugʻdoy donini ekkanday boʻladi. U don yettita boshoq undiradi, boshoqlarning har birida yuztadan don boʻladi. Munosib boʻlgan kishiga Alloh bundan ham koʻpaytirib beradi. Alloh cheksiz imkoniyatlidir, biluvchidir.
الَّذِينَ يُنْفِقُونَ أَمْوَالَهُمْ فِي سَبِيلِ اللَّهِ ثُمَّ لَا يُتْبِعُونَ مَا أَنْفَقُوا مَنًّا وَلَا أَذًى ۙ لَهُمْ أَجْرُهُمْ عِنْدَ رَبِّهِمْ وَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ
2:262 Mol-mulklarini Alloh yoʻlida sarflab, orqasidan minnat qilmaydigan va ranjitmaydigan kishilar uchun yaratgan Egasi nazdida ajr-mukofotlar bor. Ular uchun qoʻrquv ham yoʻq, ular gʻamgin ham boʻlmaydi.
قَوْلٌ مَعْرُوفٌ وَمَغْفِرَةٌ خَيْرٌ مِنْ صَدَقَةٍ يَتْبَعُهَا أَذًى ۗ وَاللَّهُ غَنِيٌّ حَلِيمٌ
2:263 Sadaqa qilib, ortidan ranjitgandan koʻra, chiroyli gapirish va kechirimli boʻlish yaxshidir. Alloh behojatdir, yumshoq muomala qiluvchidir.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تُبْطِلُوا صَدَقَاتِكُمْ بِالْمَنِّ وَالْأَذَىٰ كَالَّذِي يُنْفِقُ مَالَهُ رِئَاءَ النَّاسِ وَلَا يُؤْمِنُ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ ۖ فَمَثَلُهُ كَمَثَلِ صَفْوَانٍ عَلَيْهِ تُرَابٌ فَأَصَابَهُ وَابِلٌ فَتَرَكَهُ صَلْدًا ۖ لَا يَقْدِرُونَ عَلَىٰ شَيْءٍ مِمَّا كَسَبُوا ۗ وَاللَّهُ لَا يَهْدِي الْقَوْمَ الْكَافِرِينَ
2:264 Ey Moʻminlar! Minnat qilish hamda aziyat yetkazish orqalik qilgan sadaqalaringizni habata qilib yubormang, mol-davlatini insonlar koʻrsin, deb sarflaydigan, oʻzi Allohga va oxirat kuniga ishonmaydigan kishilarga oʻxshamang. Uning ahvoli, ustini tuproq qoplagan katta toshga oʻxshaydi. Unga koʻp yomgʻir yogʻib, uni silliq qilib qoʻyadi. Unaqalar qilgan ishlaridan hech qanday natijaga erishmaydi. Alloh ishonmaydigan-kofir kishilarni hidoyat qilmaydi.
وَمَثَلُ الَّذِينَ يُنْفِقُونَ أَمْوَالَهُمُ ابْتِغَاءَ مَرْضَاتِ اللَّهِ وَتَثْبِيتًا مِنْ أَنْفُسِهِمْ كَمَثَلِ جَنَّةٍ بِرَبْوَةٍ أَصَابَهَا وَابِلٌ فَآتَتْ أُكُلَهَا ضِعْفَيْنِ فَإِنْ لَمْ يُصِبْهَا وَابِلٌ فَطَلٌّ ۗ وَاللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ
2:265 Mol-davlatini Allohning roziligiga erishish uchun hamda oʻzlarini mustahkamlash uchun xayr-ehson qiladiganlarning oʻrnagi – yuqori joyga joylashgan, koʻp yomgʻir yoqsa ikki barobar hosil beradigan bogʻ egasiga oʻxshaydi, yogʻmasa ham oʻzidagi namlik bilan hosil beraveradi. Alloh qilayotgan ishlaringizni koʻrib turadi.
أَيَوَدُّ أَحَدُكُمْ أَنْ تَكُونَ لَهُ جَنَّةٌ مِنْ نَخِيلٍ وَأَعْنَابٍ تَجْرِي مِنْ تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ لَهُ فِيهَا مِنْ كُلِّ الثَّمَرَاتِ وَأَصَابَهُ الْكِبَرُ وَلَهُ ذُرِّيَّةٌ ضُعَفَاءُ فَأَصَابَهَا إِعْصَارٌ فِيهِ نَارٌ فَاحْتَرَقَتْ ۗ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ اللَّهُ لَكُمُ الْآيَاتِ لَعَلَّكُمْ تَتَفَكَّرُونَ
2:266 Sizlardan birortangiz oʻzining xurmo va uzumli, ichidan anhorlar oqib turadigan, unda turli mevali bogʻi boʻlsayu, oʻzi qarib qolib, bolalari zaif (qaramoqqa muhtoj) boʻlganida bogʻiga kuydiruvchi boʻron kelib, bogʻi kuyib ketishini istarmidi?! Tafakkur qilishingiz uchun, (nafaqa haqidagi) oyatlarni Alloh sizlarga mana shunday tushuntirib beryapti![316]
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا أَنْفِقُوا مِنْ طَيِّبَاتِ مَا كَسَبْتُمْ وَمِمَّا أَخْرَجْنَا لَكُمْ مِنَ الْأَرْضِ ۖ وَلَا تَيَمَّمُوا الْخَبِيثَ مِنْهُ تُنْفِقُونَ وَلَسْتُمْ بِآخِذِيهِ إِلَّا أَنْ تُغْمِضُوا فِيهِ ۚ وَاعْلَمُوا أَنَّ اللَّهَ غَنِيٌّ حَمِيدٌ
2:267 Ey Moʻminlar! Ishlab topgan narsangizdan ham sizlarga yerdan chiqarib bergan narsalarimizdan ham chiroyli/pokizalarini ehson qilinglar[317]. (Agar sizga berilsa) siz uni koʻz yummasdan olmaydigan (yoqimsiz) narsalardan ehson qilmang. Bilib qoʻying, Alloh behojatdir, maqtovga loyiqdir.
الشَّيْطَانُ يَعِدُكُمُ الْفَقْرَ وَيَأْمُرُكُمْ بِالْفَحْشَاءِ ۖ وَاللَّهُ يَعِدُكُمْ مَغْفِرَةً مِنْهُ وَفَضْلًا ۗ وَاللَّهُ وَاسِعٌ عَلِيمٌ
2:268 Shayton sizlarni kambagʻallikdan qoʻrqitadi va sizlarni qabih ishlarga buyuradi. Alloh esa, sizlarga Oʻzining magʻfiratini va oliyjanobligini (jannatini) vaʼda qiladi. Alloh cheksiz imkoniyatlidir, biluvchidir.[318]
يُؤْتِي الْحِكْمَةَ مَنْ يَشَاءُ ۚ وَمَنْ يُؤْتَ الْحِكْمَةَ فَقَدْ أُوتِيَ خَيْرًا كَثِيرًا ۗ وَمَا يَذَّكَّرُ إِلَّا أُولُو الْأَلْبَابِ
2:269 (Alloh) munosib boʻlganga hikmat beradi. Kimga hikmat berilsa, unga koʻp yaxshilik berilibdi. Faqat aqlu vijdoni sof kishilarnasihat oladi.[319]
وَمَا أَنْفَقْتُمْ مِنْ نَفَقَةٍ أَوْ نَذَرْتُمْ مِنْ نَذْرٍ فَإِنَّ اللَّهَ يَعْلَمُهُ ۗ وَمَا لِلظَّالِمِينَ مِنْ أَنْصَارٍ
2:270 Qilgan har bir xayr-ehsoningiz va har bir nazringizni[320] Alloh biladi. Zolimlarning yordamchisi boʻlmaydi.
إِنْ تُبْدُوا الصَّدَقَاتِ فَنِعِمَّا هِيَ ۖ وَإِنْ تُخْفُوهَا وَتُؤْتُوهَا الْفُقَرَاءَ فَهُوَ خَيْرٌ لَكُمْ ۚ وَيُكَفِّرُ عَنْكُمْ مِنْ سَيِّئَاتِكُمْ ۗ وَاللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ
2:271 Sadaqalaringizni ochiqcha bersangiz juda yaxshi. Ammo, kambagʻallarga berayotib yashirincha berishingiz undan ham yaxshi, u yomonliklaringizni yoʻqqa chiqaradi. Alloh qilayotgan ishlaringizdan xabardordir.[321]
لَيْسَ عَلَيْكَ هُدَاهُمْ وَلَٰكِنَّ اللَّهَ يَهْدِي مَنْ يَشَاءُ ۗ وَمَا تُنْفِقُوا مِنْ خَيْرٍ فَلِأَنْفُسِكُمْ ۚ وَمَا تُنْفِقُونَ إِلَّا ابْتِغَاءَ وَجْهِ اللَّهِ ۚ وَمَا تُنْفِقُوا مِنْ خَيْرٍ يُوَفَّ إِلَيْكُمْ وَأَنْتُمْ لَا تُظْلَمُونَ
2:272 Insonlarni hidoyat qilish seni vazifang emas. Lekin, Alloh munosib boʻlgan bandani hidoyat qiladi. Qilgan har qanday moddiy yordamingiz oʻzingizga foyda. Moddiy yordamni faqat Allohning Oʻzi[322] uchun qilasizlar. Qilgan yordamingizning mukofoti sizlarga haqsizlik qilinmasdan, oʻzingizga toʻliq qilib beriladi.[323]
لِلْفُقَرَاءِ الَّذِينَ أُحْصِرُوا فِي سَبِيلِ اللَّهِ لَا يَسْتَطِيعُونَ ضَرْبًا فِي الْأَرْضِ يَحْسَبُهُمُ الْجَاهِلُ أَغْنِيَاءَ مِنَ التَّعَفُّفِ تَعْرِفُهُمْ بِسِيمَاهُمْ لَا يَسْأَلُونَ النَّاسَ إِلْحَافًا ۗ وَمَا تُنْفِقُوا مِنْ خَيْرٍ فَإِنَّ اللَّهَ بِهِ عَلِيمٌ
2:273 (Moddiy yordam) Alloh yoʻlida xizmat qilishga bogʻlanib qolgan muhtojlar uchun (ham beriladi). Ular (vaqt ajratib pul topish uchun) yer yuzida keza olmaydi. Tortinchoq boʻlgani uchun, xabarsiz boʻlganlar ularni behojat (boy), deb oʻylaydi. Ularni siymosidan taniysan, hadeb insonlardan soʻrayvermaydi. Qilgan har bir moddiy yordamingizni Alloh bilib turadi.
الَّذِينَ يُنْفِقُونَ أَمْوَالَهُمْ بِاللَّيْلِ وَالنَّهَارِ سِرًّا وَعَلَانِيَةً فَلَهُمْ أَجْرُهُمْ عِنْدَ رَبِّهِمْ وَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ
2:274 Mol-mulklaridan kechasi va kunduzi, oshkor va maxfiy xayr-ehson qiladigan kishilarning ajr-mukofotlari Yaratgan Egasi huzuridadir, ularga hech qanday qoʻrquv yoʻq, ular gʻamgin ham boʻlmaydi.
الَّذِينَ يَأْكُلُونَ الرِّبَا لَا يَقُومُونَ إِلَّا كَمَا يَقُومُ الَّذِي يَتَخَبَّطُهُ الشَّيْطَانُ مِنَ الْمَسِّ ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ قَالُوا إِنَّمَا الْبَيْعُ مِثْلُ الرِّبَا ۗ وَأَحَلَّ اللَّهُ الْبَيْعَ وَحَرَّمَ الرِّبَا ۚ فَمَنْ جَاءَهُ مَوْعِظَةٌ مِنْ رَبِّهِ فَانْتَهَىٰ فَلَهُ مَا سَلَفَ وَأَمْرُهُ إِلَى اللَّهِ ۖ وَمَنْ عَادَ فَأُولَٰئِكَ أَصْحَابُ النَّارِ ۖ هُمْ فِيهَا خَالِدُونَ
2:275 Sudxoʻrlikni (qarz berib foyda) pulini yeydiganlar – shayton miyasini aynitib qoʻygan odam kabi turadilar.[324] “Savdo-sotiq ham sudxoʻrlik bilan bir xil”, degani uchun shunday boʻladi. Alloh savdo-sotiqni halol, sudxoʻrlikni esa qildi. Kimga oʻz Yaratgan Egasidan eslatma-nasihat kelib, sudxoʻrlikni toʻxtatsa, oldindan olganlari oʻziga qoladi va uni ishi Allohga oid. Kim davom etsa, (bilib qoʻysin) oʻshalar jahannam ahlidir, ular unda mangu qoladi.
يَمْحَقُ اللَّهُ الرِّبَا وَيُرْبِي الصَّدَقَاتِ ۗ وَاللَّهُ لَا يُحِبُّ كُلَّ كَفَّارٍ أَثِيمٍ
2:276 Alloh sudxoʻrlikni barakasini olib qoʻyadi,[325] sadaqalarni esa barokatlik qilib qoʻyadi.[326] Alloh (sudxoʻrlikni halol degan), kofirlarni (sudxoʻrlikni yegan) gunohkorni yoqtirmaydi.
إِنَّ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ وَأَقَامُوا الصَّلَاةَ وَآتَوُا الزَّكَاةَ لَهُمْ أَجْرُهُمْ عِنْدَ رَبِّهِمْ وَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ
2:277 Imon keltirgan va xayrli ishlarni amalga oshirgan, namozni/diniy vazifalari bajargan va pok va toʻgʻri yashagan kishilarga yaratgan Egasi huzurida ajr-mukofotlari bor. Ularga hech qanday qoʻrquv yoʻq, ular gʻamgin ham boʻlmaydi.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اتَّقُوا اللَّهَ وَذَرُوا مَا بَقِيَ مِنَ الرِّبَا إِنْ كُنْتُمْ مُؤْمِنِينَ
2:278 Ey Moʻminlar! Allohdan taqvo qiling![327] Agar moʻmin boʻlsangiz, sudxoʻrlikdan qolgan foydangizdan voz keching.
فَإِنْ لَمْ تَفْعَلُوا فَأْذَنُوا بِحَرْبٍ مِنَ اللَّهِ وَرَسُولِهِ ۖ وَإِنْ تُبْتُمْ فَلَكُمْ رُءُوسُ أَمْوَالِكُمْ لَا تَظْلِمُونَ وَلَا تُظْلَمُونَ
2:279 Unday qilmasangiz, Alloh va Rasuli tarafidan ochilgan jangda ekaningizni bilib qoʻying! Agar tavba qilsangiz, siz ham zulm qilmagan, sizlarga ham zulm qilinmagan holda asl sarmoyangiz oʻzingizga qoladi.[328]
وَإِنْ كَانَ ذُو عُسْرَةٍ فَنَظِرَةٌ إِلَىٰ مَيْسَرَةٍ ۚ وَأَنْ تَصَدَّقُوا خَيْرٌ لَكُمْ ۖ إِنْ كُنْتُمْ تَعْلَمُونَ
2:280 Agar (riboga qarz olgan odam) qiyin ahvolda boʻlsa, sharoiti yaxshilanguncha kutish kerak. Agar bilsangiz, (bergan qarzingizni) sadaqa/zakot qilib yuborishingiz oʻzingizga yaxshi.
وَاتَّقُوا يَوْمًا تُرْجَعُونَ فِيهِ إِلَى اللَّهِ ۖ ثُمَّ تُوَفَّىٰ كُلُّ نَفْسٍ مَا كَسَبَتْ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ
2:281 Allohga qaytariladigan kungi javobgarlikni his qiling. Shunda, oʻzlariga haqsizlik qilinmagan holda, har kimga oʻz qilmishining mukofoti toʻliq beriladi.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِذَا تَدَايَنْتُمْ بِدَيْنٍ إِلَىٰ أَجَلٍ مُسَمًّى فَاكْتُبُوهُ ۚ وَلْيَكْتُبْ بَيْنَكُمْ كَاتِبٌ بِالْعَدْلِ ۚ وَلَا يَأْبَ كَاتِبٌ أَنْ يَكْتُبَ كَمَا عَلَّمَهُ اللَّهُ ۚ فَلْيَكْتُبْ وَلْيُمْلِلِ الَّذِي عَلَيْهِ الْحَقُّ وَلْيَتَّقِ اللَّهَ رَبَّهُ وَلَا يَبْخَسْ مِنْهُ شَيْئًا ۚ فَإِنْ كَانَ الَّذِي عَلَيْهِ الْحَقُّ سَفِيهًا أَوْ ضَعِيفًا أَوْ لَا يَسْتَطِيعُ أَنْ يُمِلَّ هُوَ فَلْيُمْلِلْ وَلِيُّهُ بِالْعَدْلِ ۚ وَاسْتَشْهِدُوا شَهِيدَيْنِ مِنْ رِجَالِكُمْ ۖ فَإِنْ لَمْ يَكُونَا رَجُلَيْنِ فَرَجُلٌ وَامْرَأَتَانِ مِمَّنْ تَرْضَوْنَ مِنَ الشُّهَدَاءِ أَنْ تَضِلَّ إِحْدَاهُمَا فَتُذَكِّرَ إِحْدَاهُمَا الْأُخْرَىٰ ۚ وَلَا يَأْبَ الشُّهَدَاءُ إِذَا مَا دُعُوا ۚ وَلَا تَسْأَمُوا أَنْ تَكْتُبُوهُ صَغِيرًا أَوْ كَبِيرًا إِلَىٰ أَجَلِهِ ۚ ذَٰلِكُمْ أَقْسَطُ عِنْدَ اللَّهِ وَأَقْوَمُ لِلشَّهَادَةِ وَأَدْنَىٰ أَلَّا تَرْتَابُوا ۖ إِلَّا أَنْ تَكُونَ تِجَارَةً حَاضِرَةً تُدِيرُونَهَا بَيْنَكُمْ فَلَيْسَ عَلَيْكُمْ جُنَاحٌ أَلَّا تَكْتُبُوهَا ۗ وَأَشْهِدُوا إِذَا تَبَايَعْتُمْ ۚ وَلَا يُضَارَّ كَاتِبٌ وَلَا شَهِيدٌ ۚ وَإِنْ تَفْعَلُوا فَإِنَّهُ فُسُوقٌ بِكُمْ ۗ وَاتَّقُوا اللَّهَ ۖ وَيُعَلِّمُكُمُ اللَّهُ ۗ وَاللَّهُ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ
2:282 Ey Moʻminlar! Maʼlum muddatga qarz oldi-berdi qilganingizda uni yozib qoʻying. Orangizda bitta (biladigan) yozuvchi uni toʻgʻri yozsin. Yozuvchi unga Alloh oʻrgatganidek yozishdan bosh tortmasin. Yozuvni qarzdor yozdirsin. U Yaratgan Egasi – Allohga nisbatan javobgarlikni his qilsin, qarzdan hech narsani kamaytirmasin. Qarzdor aqlsiz[329] yoki kuchsiz boʻlsa yoki aytib turolmasa, uni valiy kishisi toʻgʻri aytib tursin. Orangizdan ikkita erkakni guvoh qiling. Ikkita erkak boʻlmasa, bir erkak va ikkita ayol ham boʻlaveradi. Bular guvohligi qabul qilinadiganinsonlar boʻlsin.[330] Ayollarni biri adashib ketsa ikkinchi ayol unga eslatib qoʻyadi. Chaqirilgan vaqtda guvohlar kelmay qolmasin. Oz boʻlsa ham koʻp boʻlsa ham uni belgilangan muddati bilan yozishdan erinmang. Bunday boʻlishi – Alloh nazdida toʻgʻriroq,[331] guvohlik uchun sogʻlomroq va shubhalanmasligingiz uchun eng munosib yoʻldir. Agar u oralaringizda aylantiradigan naqd tijorat boʻlsa, uni yozmasligingizda sizga zarari yoʻq. Oldi-sotdi qilganingizda guvoh keltiring. Yozib turuvchi ham guvoh ham sizdan zarar koʻrmasin. Agar zarar yetkazsangiz, bilinki u toʻgʻri yoʻldan chiqishingiz boʻladi. Allohdan taqvo qiling! Sizlarga Alloh oʻrgatmoqda. Alloh hamma narsani biladi.
وَإِنْ كُنْتُمْ عَلَىٰ سَفَرٍ وَلَمْ تَجِدُوا كَاتِبًا فَرِهَانٌ مَقْبُوضَةٌ ۖ فَإِنْ أَمِنَ بَعْضُكُمْ بَعْضًا فَلْيُؤَدِّ الَّذِي اؤْتُمِنَ أَمَانَتَهُ وَلْيَتَّقِ اللَّهَ رَبَّهُ ۗ وَلَا تَكْتُمُوا الشَّهَادَةَ ۚ وَمَنْ يَكْتُمْهَا فَإِنَّهُ آثِمٌ قَلْبُهُ ۗ وَاللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ عَلِيمٌ
2:283 Agar safarda boʻlib, yozadigan odam topolmasangiz, (buni yoʻli – qarzdordan) garov olishdir. Agar (yozmasdan va garov olmasdan) bir-biringizga ishonsangiz[332], oʻziga ishonch bildirilgan kishi omonat-qarzini bersin va Yaratgan Egasi – Allohga nisbatan javobgarlikni his qilsin. Guvohlikni yashirmang. Kim guvohlikni yashirsa, uning qalbi gunohkor/ vijdonsizdir. Alloh qilayotgan ishlaringizni bilib turadi.
لِلَّهِ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ ۗ وَإِنْ تُبْدُوا مَا فِي أَنْفُسِكُمْ أَوْ تُخْفُوهُ يُحَاسِبْكُمْ بِهِ اللَّهُ ۖ فَيَغْفِرُ لِمَنْ يَشَاءُ وَيُعَذِّبُ مَنْ يَشَاءُ ۗ وَاللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ
2:284 Yeru osmonlardagi narsalar Allohniki. Ichingizdagini oshkor qilsangiz ham yashirsangiz ham, Alloh sizdan uning hisobini soʻraydi. (Kechirilishga) munosib boʻlganni kechiradi, (azobga) munosib boʻlganni azoblaydi. Alloh hamma narsaga oʻlchov qoʻyuvchidir.
آمَنَ الرَّسُولُ بِمَا أُنْزِلَ إِلَيْهِ مِنْ رَبِّهِ وَالْمُؤْمِنُونَ ۚ كُلٌّ آمَنَ بِاللَّهِ وَمَلَائِكَتِهِ وَكُتُبِهِ وَرُسُلِهِ لَا نُفَرِّقُ بَيْنَ أَحَدٍ مِنْ رُسُلِهِ ۚ وَقَالُوا سَمِعْنَا وَأَطَعْنَا ۖ غُفْرَانَكَ رَبَّنَا وَإِلَيْكَ الْمَصِيرُ
2:285 Elchi (Muhammad) oʻzining Yaratgan Egasidan yuborilgan narsaga (Qurʼonga) imon keltirdi, moʻminlar ham. Hammasi (Qurʼonda yozilganidek) Allohga, malaklariga, Kitoblariga va Elchilariga imon keltirdi. “Uning Elchilaridan hech birini boshqasidan ajratmaymiz, (Qurʼonni) eshitdik va boʻysundik. Ey Yaratgan Egamiz, kechirim soʻraymiz. Qaytib borish Sengadir”, (deydi).
لَا يُكَلِّفُ اللَّهُ نَفْسًا إِلَّا وُسْعَهَا ۚ لَهَا مَا كَسَبَتْ وَعَلَيْهَا مَا اكْتَسَبَتْ ۗ رَبَّنَا لَا تُؤَاخِذْنَا إِنْ نَسِينَا أَوْ أَخْطَأْنَا ۚ رَبَّنَا وَلَا تَحْمِلْ عَلَيْنَا إِصْرًا كَمَا حَمَلْتَهُ عَلَى الَّذِينَ مِنْ قَبْلِنَا ۚ رَبَّنَا وَلَا تُحَمِّلْنَا مَا لَا طَاقَةَ لَنَا بِهِ ۖ وَاعْفُ عَنَّا وَاغْفِرْ لَنَا وَارْحَمْنَا ۚ أَنْتَ مَوْلَانَا فَانْصُرْنَا عَلَى الْقَوْمِ الْكَافِرِينَ
2:286 Alloh birovga kuchi yetmaydigan vazifa yuklamaydi. Har kimning qilgan yaxshiligi oʻziga, orttirgan yomonligi ham oʻziga. (Elchi Muhammad va moʻminlar shunday duo qildi): «Ey Yaratgan Egamiz! Unutsak yoki xato qilsak bizni jazolama. Ey Yaratgan Egamiz! Bizdan avvalgilarga yuklaganingdek bizga ham ogʻir yuk yuklama.[333] Ey Yaratgan Egamiz! Bizga toqatimiz yetmaydigan vazifa topshirma. Bizni afv qil – jazolama! Bizni kechir! Bizga rahm qil! Sen bizni xojamiz/doʻstimizsan, kofirlarga qarshi bizga yordam ber!»
- Oli Imron surasi
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
الٓمٓ
3:1. Alif! Lam! Mim![334]
ٱللَّهُ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ٱلۡحَيُّ ٱلۡقَيُّومُ
3:2. Alloh – Yagona mavjud ilohdir, doim tirikdir, uzluksiz Oʻz ishidadir.
نَزَّلَ عَلَيۡكَ ٱلۡكِتَٰبَ بِٱلۡحَقِّ مُصَدِّقٗا لِّمَا بَيۡنَ يَدَيۡهِ وَأَنزَلَ ٱلتَّوۡرَىٰةَ وَٱلۡإِنجِيلَ
3:4. Oʻzidan oldingi (Kitoblar)ni tasdiqlaydigan, haqiqat toʻla ushbu Kitobni senga U yubordi[335]. Tavrot va Injilni ham U yuborgan.
مِن قَبۡلُ هُدٗى لِّلنَّاسِ وَأَنزَلَ ٱلۡفُرۡقَانَۗ إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ بَِٔايَٰتِ ٱللَّهِ لَهُمۡ عَذَابٞ شَدِيدٞۗ وَٱللَّهُ عَزِيزٞ ذُو ٱنتِقَامٍ
3:5. (U Kitoblar) ilgari insonlarga rahnamo-qoʻllanma boʻlgan.[336] Furqonni[337] (Ilohiy Kitoblarni) U yuborgan. Albatta, Allohning oyatlariga qarshi chiqqanlarga qattiq azob bor. Alloh gʻolibdir, munosib jazo beruvchidir[338].
إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَخۡفَىٰ عَلَيۡهِ شَيۡءٞ فِي ٱلۡأَرۡضِ وَلَا فِي ٱلسَّمَآءِ
3:5 Yeru osmonlardagi hech narsa Allohga maxfiy qolmaydi.
هُوَ ٱلَّذِي يُصَوِّرُكُمۡ فِي ٱلۡأَرۡحَامِ كَيۡفَ يَشَآءُۚ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلۡحَكِيمُ
3:6 U sizlarni onalaringiz bachadonlarida Oʻzi munosib bilgan shaklga soladi.[339] Undan boshqa Iloh yoʻq. U gʻolibdir, toʻgʻri qaror beruvchidir.
هُوَ ٱلَّذِيٓ أَنزَلَ عَلَيۡكَ ٱلۡكِتَٰبَ مِنۡهُ ءَايَٰتٞ مُّحۡكَمَٰتٌ هُنَّ أُمُّ ٱلۡكِتَٰبِ وَأُخَرُ مُتَشَٰبِهَٰتٞۖ فَأَمَّا ٱلَّذِينَ فِي قُلُوبِهِمۡ زَيۡغٞ فَيَتَّبِعُونَ مَا تَشَٰبَهَ مِنۡهُ ٱبۡتِغَآءَ ٱلۡفِتۡنَةِ وَٱبۡتِغَآءَ تَأۡوِيلِهِۦۖ وَمَا يَعۡلَمُ تَأۡوِيلَهُۥٓ إِلَّا ٱللَّهُۗ وَٱلرَّٰسِخُونَ فِي ٱلۡعِلۡمِ يَقُولُونَ ءَامَنَّا بِهِۦ كُلّٞ مِّنۡ عِندِ رَبِّنَاۗ وَمَا يَذَّكَّرُ إِلَّآ أُوْلُواْ ٱلۡأَلۡبَٰبِ
3:8 Senga ushbu Kitobni U yubordi. Undagi oyatlarning bir qismi muhkam boʻlib, ular Kitobning ona/asl oyatlaridir.[340] Boshqalari esa, mutashobih (oʻxshash maʼnoli)[341] oyatlardir. Qalbida egrilik borlar fitna chiqarish va (oʻz orzusiga koʻra) taʼvil qilish uchun[342], Kitobdagi mutashobihlarga ergashadi. Holbuki, ularning (asl) taʼvilini Allohdan boshqasi bilmaydi, (bu) ilmni[343] chuqur egallaganlar: “Biz bunga ishondik, (muhkam va mutashobih oyatlarning) barchasi Yaratgan Egamiz tarafidandir”, deydi. Aqlu vijdoni sof kishilardan boshqasi nasihat olmaydi.[344]
رَبَّنَا لَا تُزِغۡ قُلُوبَنَا بَعۡدَ إِذۡ هَدَيۡتَنَا وَهَبۡ لَنَا مِن لَّدُنكَ رَحۡمَةًۚ إِنَّكَ أَنتَ ٱلۡوَهَّابُ
3:9 (Ular shunday deydi): «Ey Yaratgan Egamiz! Bizni yoʻlga solganingdan keyin, qalblarimizni egirilib-buzilishiga yoʻl qoʻyma. Bizga Oʻz huzuringdan yaxshiliklar ber! Evaziga narsa soʻramay beruvchi Sensan.
رَبَّنَآ إِنَّكَ جَامِعُ ٱلنَّاسِ لِيَوۡمٖ لَّا رَيۡبَ فِيهِۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُخۡلِفُ ٱلۡمِيعَادَ
3:10 Ey Yaratgan Egamiz! Paydo boʻlishida shubha boʻlmagan kunda insonlarni bir joyga toʻplovchi Sensan. Albatta, Alloh soʻzidan qaytmaydi.
إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لَن تُغۡنِيَ عَنۡهُمۡ أَمۡوَٰلُهُمۡ وَلَآ أَوۡلَٰدُهُم مِّنَ ٱللَّهِ شَيۡٔٗاۖ وَأُوْلَٰٓئِكَ هُمۡ وَقُودُ ٱلنَّارِ
3:10 Kofirlik qilganlarning na mol-mulklari va na avlodlari Allohdan kelgan (azobdan) hech narsani qaytara olmaydi.[345] Ana shular jahannam yoqilgʻisidir.
كَدَأۡبِ ءَالِ فِرۡعَوۡنَ وَٱلَّذِينَ مِن قَبۡلِهِمۡۚ كَذَّبُواْ بَِٔايَٰتِنَا فَأَخَذَهُمُ ٱللَّهُ بِذُنُوبِهِمۡۗ وَٱللَّهُ شَدِيدُ ٱلۡعِقَابِ
3:11 Ularning ahvoli Firʼavn hamda ulardan avvalgilarning tarafdorlariga oʻxshaydi.[346] Ular (ham) oyatlarimizni yolgʻonga chiqargan.[347] Shunda, Alloh ularni jinoyatlari uchun jazolagan. Allohning jazosi qattiqdir.
قُل لِّلَّذِينَ كَفَرُواْ سَتُغۡلَبُونَ وَتُحۡشَرُونَ إِلَىٰ جَهَنَّمَۖ وَبِئۡسَ ٱلۡمِهَادُ
3:12 Kofirlik qilganlarga: «Oxir-oqibat yengilasiz va jahannamga toʻplanasiz! U naqadar yomon joy», deb ayt.
قَدْ كَانَ لَكُمْ آيَةٌ فِي فِئَتَيْنِ الْتَقَتَا ۖ فِئَةٌ تُقَاتِلُ فِي سَبِيلِ اللَّـهِ وَأُخْرَىٰ كَافِرَةٌ يَرَوْنَهُم مِّثْلَيْهِمْ رَأْيَ الْعَيْنِ ۚ وَاللَّـهُ يُؤَيِّدُ بِنَصْرِهِ مَن يَشَاءُ ۗ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَعِبْرَةً لِّأُولِي الْأَبْصَارِ
3:13 (Badrda) Bir-biriga toʻqnashgan ikki guruhda sizlarga alomat bor. Biri Alloh yoʻlida jang qilardi, boshqasi esa kofir. (Moʻminlar) oʻz koʻzlari bilan ularni ikki barobar, deb koʻrayotgan edi.[348] Munosib boʻlganlarni[349] Alloh Oʻz yordami bilan qoʻllab-quvvatlaydi. Aql-idrokli kishilar uchun bunda ibrat bor.
زُيِّنَ لِلنَّاسِ حُبُّ الشَّهَوَاتِ مِنَ النِّسَاءِ وَالْبَنِينَ وَالْقَنَاطِيرِ الْمُقَنطَرَةِ مِنَ الذَّهَبِ وَالْفِضَّةِ وَالْخَيْلِ الْمُسَوَّمَةِ وَالْأَنْعَامِ وَالْحَرْثِ ۗ ذَٰلِكَ مَتَاعُ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا ۖ وَاللَّـهُ عِندَهُ حُسْنُ الْمَآبِ
3:14 Ayol-qizlar, farzandlar, yigʻim-yigʻim oltin-kumushlar, zotdor otlar, chorva hayvonlar[350] va dehqonchilik mahsulotlardan iborat jozibador narsalarga mehr qoʻyish insonlarga xush (yoqimli) qilib qoʻyildi.[351] Bular dunyo hayotining manfaatlaridir. Alloh nazdida mangu hayotning goʻzalliklari (ham) bor.
قُلْ أَؤُنَبِّئُكُم بِخَيْرٍ مِّن ذَٰلِكُمْ ۚ لِلَّذِينَ اتَّقَوْا عِندَ رَبِّهِمْ جَنَّاتٌ تَجْرِي مِن تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا وَأَزْوَاجٌ مُّطَهَّرَةٌ وَرِضْوَانٌ مِّنَ اللَّـهِ ۗ وَاللَّـهُ بَصِيرٌ بِالْعِبَادِ
3:15. Ayt:«Sizlarga oʻsha narsalardan ham yaxshirogʻini aytib beraymi? Taqvo qilgan/yomonlik;ardan saqlanib yashagan (moʻmin)larga Robbi huzurida ostidan anhorlar oqadigan bogʻu boʻstonlar bor, ular unda mangu qoladi. Yana, pok holatga keltirilgan juftlar va Allohning roziligi bor. Alloh bandalarini koʻrib turadi.
الَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَا إِنَّنَا آمَنَّا فَاغْفِرْ لَنَا ذُنُوبَنَا وَقِنَا عَذَابَ النَّارِ
3:16 Ular: «Ey Yaratgan Egamiz! Biz (Senga) ishondik, gunohlarimizni kechir, bizni jahannam azobidan saqla!», deb duo qiladi.
الصَّابِرِينَ وَالصَّادِقِينَ وَالْقَانِتِينَ وَالْمُنفِقِينَ وَالْمُسْتَغْفِرِينَ بِالْأَسْحَارِ
3:17 Ular sabr-bardoshli, rostgoʻy, Allohga ich-ichidan boʻysunuvchi, xayr-ehson qiluvchi va saharlarda (turib) kechirim soʻrovchi kishilardir.[352]
شَهِدَ اللَّـهُ أَنَّهُ لَا إِلَـٰهَ إِلَّا هُوَ وَالْمَلَائِكَةُ وَأُولُو الْعِلْمِ قَائِمًا بِالْقِسْطِ ۚ لَا إِلَـٰهَ إِلَّا هُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ
3:18 Alloh Oʻzidan boshqa Iloh yoʻqligini tasdiqladi. Malaklar va haqda turuvchi ilm egalari ham (Allohdan boshqa Iloh yoʻqligini) tasdiqladi.[353] Undan boshqa Iloh yoʻq. U gʻolibdir, toʻgʻri qaror beruvchidir.
إِنَّ الدِّينَ عِندَ اللَّـهِ الْإِسْلَامُ ۗ وَمَا اخْتَلَفَ الَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ إِلَّا مِن بَعْدِ مَا جَاءَهُمُ الْعِلْمُ بَغْيًا بَيْنَهُمْ ۗ وَمَن يَكْفُرْ بِآيَاتِ اللَّـهِ فَإِنَّ اللَّـهَ سَرِيعُ الْحِسَابِ
3:19 Shubhasizki, Alloh nazdidagi din Islomdir. Gʻayridinlar faqat bu maʼlumot[354] kelganidan keyin bir-birlariga boʻlgan qizgʻanchiqlik sababli[355] (Islomga) ixtilof qilishdi. Kim Allohning oyatlarini inkor qilsa, bas, Alloh hisob-kitobini tezda koʻradi.
فَإِنْ حَاجُّوكَ فَقُلْ أَسْلَمْتُ وَجْهِيَ لِلَّـهِ وَمَنِ اتَّبَعَنِ ۗ وَقُل لِّلَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ وَالْأُمِّيِّينَ أَأَسْلَمْتُمْ ۚ فَإِنْ أَسْلَمُوا فَقَدِ اهْتَدَوا ۖ وَّإِن تَوَلَّوْا فَإِنَّمَا عَلَيْكَ الْبَلَاغُ ۗ وَاللَّـهُ بَصِيرٌ بِالْعِبَادِ
3:20 Agar ular sen bilan tortishsa, “Men oʻzimni Allohga taslim qildim, menga ergashganlar ham (taslim qildi)”, deb ayt. Gʻayridinlarga ham, (Ilohiy Kitobdan bexabar) omilarga[356] ham: “Sizlar ham taslim boʻldingiz-mi?”, de. Agar taslim boʻlishsa, toʻgʻri yoʻlga kelgan boʻladi. Yuz oʻgirsalar, seni vazifang oyatlarni yetkazib qoʻyish, xolos. Alloh qullarini koʻrib turibdi.
إِنَّ الَّذِينَ يَكْفُرُونَ بِآيَاتِ اللَّـهِ وَيَقْتُلُونَ النَّبِيِّينَ بِغَيْرِ حَقٍّ وَيَقْتُلُونَ الَّذِينَ يَأْمُرُونَ بِالْقِسْطِ مِنَ النَّاسِ فَبَشِّرْهُم بِعَذَابٍ أَلِيمٍ
3:21 Allohning oyatlarini inkor qiladigan, Paygʻambarlarga (Paygʻambarligiga) nohaq dushmanlik qiladigan hamda haq va adolatga buyuradigan kishilarga dushmanchilik qiladigan kishilarga alamli azobdan darak ber.[357]
أُولَـٰئِكَ الَّذِينَ حَبِطَتْ أَعْمَالُهُمْ فِي الدُّنْيَا وَالْآخِرَةِ وَمَا لَهُم مِّن نَّاصِرِينَ
3:22 Qilgan amallari dunyoda ham oxiratda ham bekor boʻlib ketadiganlar oʻshalardir. Ularga yordam beradigan hech kim boʻlmaydi.
أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ أُوتُوا نَصِيبًا مِّنَ الْكِتَابِ يُدْعَوْنَ إِلَىٰ كِتَابِ اللَّـهِ لِيَحْكُمَ بَيْنَهُمْ ثُمَّ يَتَوَلَّىٰ فَرِيقٌ مِّنْهُمْ وَهُم مُّعْرِضُونَ
3:23 Allohning Kitobidan nasiba berilgan kimsalarni koʻrmadingmi? Oralarida (Kitob) hukm qilishi uchun Allohning Kitobiga chaqirilganidan keyin, ulardan bir qismi yuz oʻgirib, bosh tortdilar.
ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ قَالُوا لَن تَمَسَّنَا النَّارُ إِلَّا أَيَّامًا مَّعْدُودَاتٍ ۖ وَغَرَّهُمْ فِي دِينِهِم مَّا كَانُوا يَفْتَرُونَ
3:24 Buning sababi, «(Jahannamdagi) otash bizga bir necha kundan ortiqcha tegmaydi», deganlaridir.[358] Toʻqigan yolgʻonlari ularni oʻz dinlarida aldab qoʻydi.
فَكَيْفَ إِذَا جَمَعْنَاهُمْ لِيَوْمٍ لَّا رَيْبَ فِيهِ وَوُفِّيَتْ كُلُّ نَفْسٍ مَّا كَسَبَتْ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ
3:25 Kelishida shubha boʻlmagan bir kun Biz ularni toʻplaganimizda va haqsizlik qilinmagani holda har kimga oʻz qilmishining jazo-mukofoti toʻliq berilganida ularning ahvoli qanday boʻladi?
قُلِ اللَّـهُمَّ مَالِكَ الْمُلْكِ تُؤْتِي الْمُلْكَ مَن تَشَاءُ وَتَنزِعُ الْمُلْكَ مِمَّن تَشَاءُ وَتُعِزُّ مَن تَشَاءُ وَتُذِلُّ مَن تَشَاءُ ۖ بِيَدِكَ الْخَيْرُ ۖ إِنَّكَ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ
3:26 Ayt:«Ey barcha mulkning Egasi boʻlmish Allohim! Munosib bilganingga mulk berasan, munosib bilganingdan mulkni tortib olasan. Munosib bilganingni aziz qilasan, munosib bilganingni xor qilasan. Barcha yaxshiliklar Sening «qoʻlingda». Shubhasizki, Sen barcha narsaga oʻlchov qoʻyuvchisan.
تُولِجُ اللَّيْلَ فِي النَّهَارِ وَتُولِجُ النَّهَارَ فِي اللَّيْلِ ۖ وَتُخْرِجُ الْحَيَّ مِنَ الْمَيِّتِ وَتُخْرِجُ الْمَيِّتَ مِنَ الْحَيِّ ۖ وَتَرْزُقُ مَن تَشَاءُ بِغَيْرِ حِسَابٍ
3:27 Kechani kunduzga kirgizasan[359], kunduzni kechaga kirgizasan. Oʻlikdan tirikni chiqarasan, tirikdan oʻlikni chiqarasan. Munosib bilganingni behisob rizqlantirasan.
لَّا يَتَّخِذِ الْمُؤْمِنُونَ الْكَافِرِينَ أَوْلِيَاءَ مِن دُونِ الْمُؤْمِنِينَ ۖ وَمَن يَفْعَلْ ذَٰلِكَ فَلَيْسَ مِنَ اللَّـهِ فِي شَيْءٍ إِلَّا أَن تَتَّقُوا مِنْهُمْ تُقَاةً ۗ وَيُحَذِّرُكُمُ اللَّـهُ نَفْسَهُ ۗ وَإِلَى اللَّـهِ الْمَصِيرُ
3:28 Moʻminlar moʻminlarni qoʻyib, kofirlik qiluvchilar bilan ittifoqdosh boʻlmasin![360] Kim shunday qilsa, Allohdan hech qanday aloqa qolmaydi. Lekin, ulardan shu yoʻl bilan saqlanib qolsangiz bu boshqa.[361] Alloh sizlarni oʻzidan ogohlantiradi. Qaytib borar joy Uning huzuridir.
قُلْ إِن تُخْفُوا مَا فِي صُدُورِكُمْ أَوْ تُبْدُوهُ يَعْلَمْهُ اللَّـهُ ۗ وَيَعْلَمُ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ ۗ وَاللَّـهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ
3:29 Ayt: «Ichingizdagini yashirsangiz ham oshkor qilsangiz ham Alloh uni bilib turadi.[362] U yeru osmonlardagi narsalarni biladi. Alloh barcha narsaga oʻlchov qoʻyuvchidir.
يَوْمَ تَجِدُ كُلُّ نَفْسٍ مَّا عَمِلَتْ مِنْ خَيْرٍ مُّحْضَرًا وَمَا عَمِلَتْ مِن سُوءٍ تَوَدُّ لَوْ أَنَّ بَيْنَهَا وَبَيْنَهُ أَمَدًا بَعِيدًا ۗ وَيُحَذِّرُكُمُ اللَّـهُ نَفْسَهُ ۗ وَاللَّـهُ رَءُوفٌ بِالْعِبَادِ
3:30 Kun keladi, har kim qilgan yaxshi-yomon ishlarini oldida koʻrib, yomonliklari bilan oʻzi orasida uzoq masofa boʻlishini orzu qilib qoladi.[363] Alloh sizlarni Oʻzidan ogohlantirib qoʻymoqda. Alloh bandalariga mehribondir.
قُلْ إِن كُنتُمْ تُحِبُّونَ اللَّـهَ فَاتَّبِعُونِي يُحْبِبْكُمُ اللَّـهُ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ذُنُوبَكُمْ ۗ وَاللَّـهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ
3:31 Ayt: Agar Allohni yaxshi koʻrsangiz, menga (men yurgan yoʻlga) ergashinglar. Shunda Alloh sizlarni yaxshi koʻradi va gunohlaringizni kechiradi. Alloh kechirimli va mehribondir.
قُلْ أَطِيعُوا اللَّـهَ وَالرَّسُولَ ۖ فَإِن تَوَلَّوْا فَإِنَّ اللَّـهَ لَا يُحِبُّ الْكَافِرِينَ
3:32 “Alloh va Rasuliga/risolatiga boʻysuninglar”- deb ayt. Agar bosh tortsalar, bas, Alloh kofirlarni yoqtirmaydi.
إِنَّ اللَّـهَ اصْطَفَىٰ آدَمَ وَنُوحًا وَآلَ إِبْرَاهِيمَ وَآلَ عِمْرَانَ عَلَى الْعَالَمِينَ
3:33 Alloh Odamni, Nuhni, Ibrohimning oilasini va Imronning oilasini (oʻz davridagi)[364] olamlar (insoniyat) ustidan tanlab oldi.
ذُرِّيَّةً بَعْضُهَا مِن بَعْضٍ ۗ وَاللَّـهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ
3:34 Ular bir-birining naslidandir. Alloh eshitadi, biladi.
إِذْ قَالَتِ امْرَأَتُ عِمْرَانَ رَبِّ إِنِّي نَذَرْتُ لَكَ مَا فِي بَطْنِي مُحَرَّرًا فَتَقَبَّلْ مِنِّي ۖ إِنَّكَ أَنتَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ
3:35 Oʻz vaqtida Imronning ayoli: «Ey Robbim! Qornimdagi (bola)ni faqat Senga xizmat qiladi, deb nazr qildim[365], qabul qil. Sen eshitib, bilib turuvchisan», degan edi.
فَلَمَّا وَضَعَتْهَا قَالَتْ رَبِّ إِنِّي وَضَعْتُهَا أُنثَىٰ وَاللَّـهُ أَعْلَمُ بِمَا وَضَعَتْ وَلَيْسَ الذَّكَرُ كَالْأُنثَىٰ ۖ وَإِنِّي سَمَّيْتُهَا مَرْيَمَ وَإِنِّي أُعِيذُهَا بِكَ وَذُرِّيَّتَهَا مِنَ الشَّيْطَانِ الرَّجِيمِ
3:36 U ayol qiz tugʻganida, «Ey Robbim! Buni qiz tugʻdim», dedi. Holbuki, Alloh u nima tugʻganini juda yaxshi bilardi. «Va oʻgʻil bola qiz boladek emas. Unga «Maryam», deb nom qoʻydim. Uni va uning zurriyodini quvgʻindi shaytondan saqlanishini Senga topshirdim», dedi.
فَتَقَبَّلَهَا رَبُّهَا بِقَبُولٍ حَسَنٍ وَأَنبَتَهَا نَبَاتًا حَسَنًا وَكَفَّلَهَا زَكَرِيَّا ۖ كُلَّمَا دَخَلَ عَلَيْهَا زَكَرِيَّا الْمِحْرَابَ وَجَدَ عِندَهَا رِزْقًا ۖ قَالَ يَا مَرْيَمُ أَنَّىٰ لَكِ هَـٰذَا ۖ قَالَتْ هُوَ مِنْ عِندِ اللَّـهِ ۖ إِنَّ اللَّـهَ يَرْزُقُ مَن يَشَاءُ بِغَيْرِ حِسَابٍ
3:37 Robbi Maryamni chiroyli qabul qildi, uni chiroyli[366] yetishtirdi va uni tarbiyalab boqishga Zakariyoni masʼul qildi. Zakariyo Maryam turgan xonaga[367] har kirganida uning yoniga rizqini (yemoq-ichmoq va kiyim-kechaklarini) taʼminlab[368] qoʻyib: “Ey Maryam! Bu senga qayerdan keldi?”, der edi. Maryam: “Allohdan”, deb javob berardi. Shubhasizki, Alloh munosib bilgan bandasiga behisob rizq beradi.
هُنَالِكَ دَعَا زَكَرِيَّا رَبَّهُ ۖ قَالَ رَبِّ هَبْ لِي مِن لَّدُنكَ ذُرِّيَّةً طَيِّبَةً ۖ إِنَّكَ سَمِيعُ الدُّعَاءِ
3:38 Oʻsha yerda Zakariyo Robbiga (duo qilib): «Ey Robbim! Menga Oʻz huzuringdan pok nasl ber. Sen duoyimni eshituvchisan», dedi.
فَنَادَتْهُ الْمَلَائِكَةُ وَهُوَ قَائِمٌ يُصَلِّي فِي الْمِحْرَابِ أَنَّ اللَّـهَ يُبَشِّرُكَ بِيَحْيَىٰ مُصَدِّقًا بِكَلِمَةٍ مِّنَ اللَّـهِ وَسَيِّدًا وَحَصُورًا وَنَبِيًّا مِّنَ الصَّالِحِينَ
3:39 (Zakariyo Maryam qoladigan) Xonada tik turib iltijo oʻqiyotganida, malaklar unga (Zakariyoga) nido qilib: «(Ey Zakariyo!) Alloh senga Allohning soʻzini tasdiqlovchi, yetakchi, nomusli va yaxshilardan boʻlgan bir paygʻambarni – Yahyoni (farzand sifatida) hush xabarini bermoqda»,- dedilar.
قَالَ رَبِّ أَنَّىٰ يَكُونُ لِي غُلَامٌ وَقَدْ بَلَغَنِيَ الْكِبَرُ وَامْرَأَتِي عَاقِرٌ ۖ قَالَ كَذَٰلِكَ اللَّـهُ يَفْعَلُ مَا يَشَاءُ
3:40 Zakariyo esa: «Ey Robbim! Qayerdan meni oʻgʻlim boʻladi? Men qarib qoldim, ayolim esa tugʻmas!», deganida, «Ha shunday, Alloh Oʻzi munosib bilgan ishini qiladi»- dedi Alloh.
قَالَ رَبِّ اجْعَل لِّي آيَةً ۖ قَالَ آيَتُكَ أَلَّا تُكَلِّمَ النَّاسَ ثَلَاثَةَ أَيَّامٍ إِلَّا رَمْزًا ۗ وَاذْكُر رَّبَّكَ كَثِيرًا وَسَبِّحْ بِالْعَشِيِّ وَالْإِبْكَارِ
3:41 (Zakariyo): «Ey Robbim! Menga bir oyat/koʻrsatma tayinlab ber!»- dedi. «Koʻrsatmang – Uch kun boʻyicha insonlar bilan faqatgina ishorat yoʻli bilan gaplashasan[369]. Robbingni koʻp-koʻp yod et va kechayu kunduz Uni ulugʻla (ibodat qil)»- dedi (Alloh).
وَإِذْ قَالَتِ الْمَلَائِكَةُ يَا مَرْيَمُ إِنَّ اللَّـهَ اصْطَفَاكِ وَطَهَّرَكِ وَاصْطَفَاكِ عَلَىٰ نِسَاءِ الْعَالَمِينَ
3:42 Oʻz vaqtida malaklar (Maryamga) shunday deyishdi: «Ey Maryam! Alloh seni tanlab oldi, pokiza qildi va zamondoshing boʻlgan ayollarga nisbatan seni tanlab oldi.
يَا مَرْيَمُ اقْنُتِي لِرَبِّكِ وَاسْجُدِي وَارْكَعِي مَعَ الرَّاكِعِينَ
3:43 «Ey Maryam! Robbingga ich-ichingdan boʻysun, sajda qil, rukuʼ qiluvchilar bilan birga rukuʼ qil».
ذَٰلِكَ مِنْ أَنبَاءِ الْغَيْبِ نُوحِيهِ إِلَيْكَ ۚ وَمَا كُنتَ لَدَيْهِمْ إِذْ يُلْقُونَ أَقْلَامَهُمْ أَيُّهُمْ يَكْفُلُ مَرْيَمَ وَمَا كُنتَ لَدَيْهِمْ إِذْ يَخْتَصِمُونَ
3:44 Bu–Biz senga bildirgan gʻayb xabarlaridandir. (Holbuki), Maryamning taʼminotini kim boʻyniga oladi, deb (qura tashlash uchun) tayoqlarini otayotganida sen ularni yonlarida emasding. Oʻzaro tortishayotganlarida ham ularni yonlarida emasding.
إِذْ قَالَتِ الْمَلَائِكَةُ يَا مَرْيَمُ إِنَّ اللَّـهَ يُبَشِّرُكِ بِكَلِمَةٍ مِّنْهُ اسْمُهُ الْمَسِيحُ عِيسَى ابْنُ مَرْيَمَ وَجِيهًا فِي الدُّنْيَا وَالْآخِرَةِ وَمِنَ الْمُقَرَّبِينَ
3:45 (Yana) Malaklar Maryamga shunday dedi: “Ey Maryam! Alloh senga Oʻzining («boʻl” degan) soʻzini hush xabarini bermoqda. U (buyruq orqali vujudga keladigan bola)ning ismi Maryamning oʻgʻli Iso Masihdir. U dunyoda ham, oxiratda ham eʼtiborli va Allohga yaqinlardan boʻladi.
وَيُكَلِّمُ النَّاسَ فِي الْمَهْدِ وَكَهْلًا وَمِنَ الصَّالِحِينَ
3:46 Ham beshikda, hamda voyaga yetganda insonlarga gapiradi va solihlardan boʻladi.[370]»
قَالَتْ رَبِّ أَنَّىٰ يَكُونُ لِي وَلَدٌ وَلَمْ يَمْسَسْنِي بَشَرٌ ۖ قَالَ كَذَٰلِكِ اللَّـهُ يَخْلُقُ مَا يَشَاءُ ۚ إِذَا قَضَىٰ أَمْرًا فَإِنَّمَا يَقُولُ لَهُ كُن فَيَكُونُ
3:47 (Shunda)«Ey Robbim! Qanday qilib menda farzand boʻlsin? Menga hech kim tegmadi-ku!», dedi Maryam. Alloh aytdi: «Ha, shunday! Alloh Oʻzi tanlagan narsasini yaratadi. U bir ishga qaror berganida, faqatgina “boʻl!”, deydi, oʻsha narsa paydo boʻladi.
وَيُعَلِّمُهُ الْكِتَابَ وَالْحِكْمَةَ وَالتَّوْرَاةَ وَالْإِنجِيلَ
3:48 Alloh unga (Isoga) Kitob va Hikmatni, Tavrot va Injilni[371] oʻrgatadi.
وَرَسُولًا إِلَىٰ بَنِي إِسْرَائِيلَ أَنِّي قَدْ جِئْتُكُم بِآيَةٍ مِّن رَّبِّكُمْ ۖ أَنِّي أَخْلُقُ لَكُم مِّنَ الطِّينِ كَهَيْئَةِ الطَّيْرِ فَأَنفُخُ فِيهِ فَيَكُونُ طَيْرًا بِإِذْنِ اللَّـهِ ۖ وَأُبْرِئُ الْأَكْمَهَ وَالْأَبْرَصَ وَأُحْيِي الْمَوْتَىٰ بِإِذْنِ اللَّـهِ ۖ وَأُنَبِّئُكُم بِمَا تَأْكُلُونَ وَمَا تَدَّخِرُونَ فِي بُيُوتِكُمْ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَآيَةً لَّكُمْ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ
3:49 Isroil avlodiga elchi boʻlib kelganida(ularga shunday degan): «Men sizlarga Robbingizdan oyat/alomat olib keldim.Sizlar uchun loydan qush haykalini yasayman[372], unga puflaganimda Allohning amri bilan qushga aylanadi. Men yana tugʻma koʻrni va oq kasalligiga mubtalo boʻlgan kishini ham davolayman. Allohning amri bilan oʻlik mavjudotlarni tiriltiraman. Uylaringizda nima yeb,nima saqlayotganingizdan xabar beraman. Agar Allohga ishongan boʻlsangiz,shubhasizki sizlar uchun bu narsada oyat/alomat bor.
وَمُصَدِّقًا لِّمَا بَيْنَ يَدَيَّ مِنَ التَّوْرَاةِ وَلِأُحِلَّ لَكُم بَعْضَ الَّذِي حُرِّمَ عَلَيْكُمْ ۚ وَجِئْتُكُم بِآيَةٍ مِّن رَّبِّكُمْ فَاتَّقُوا اللَّـهَ وَأَطِيعُونِ
3:50 Yonimdagi Tavrotni tasdiqlash uchun va sizlarga qilingan[373] narsalarni baʼzisini halol qilish uchun keldim. Men sizlarga Robbingizdan oyat olib keldim. Bas! Allohdan taqvo qiling![374] va menga itoat qiling.[375]
إِنَّ اللَّـهَ رَبِّي وَرَبُّكُمْ فَاعْبُدُوهُ ۗ هَـٰذَا صِرَاطٌ مُّسْتَقِيمٌ
3:51 Alloh mening ham sizlarning ham Robbingizdir; Unga qullik qilinglar. Toʻgʻri yoʻl mana shu!», (dedi Iso).
فَلَمَّا أَحَسَّ عِيسَىٰ مِنْهُمُ الْكُفْرَ قَالَ مَنْ أَنصَارِي إِلَى اللَّـهِ ۖ قَالَ الْحَوَارِيُّونَ نَحْنُ أَنصَارُ اللَّـهِ آمَنَّا بِاللَّـهِ وَاشْهَدْ بِأَنَّا مُسْلِمُونَ
3:52 Iso ulardan kufrni sezib qolib: “Alloh yoʻlida kimlar mening yordamchilarim boʻladi?”, deganida, havoriylar shunday dedi: «Biz Allohning yordamchilarimiz. Biz Allohga ishondik. Guvoh boʻl, biz haqiqatda Unga taslim boʻluvchilarmiz,
رَبَّنَا آمَنَّا بِمَا أَنزَلْتَ وَاتَّبَعْنَا الرَّسُولَ فَاكْتُبْنَا مَعَ الشَّاهِدِينَ
Siz oʻzgartirgan har bir oyatni boshqatdan oʻzim tuzatyapman. Notebokingiz bu versiyani koʻtara olmayapti.
3:53 Ey yaratgan Egamiz! Biz Sen yuborgan (kitob)ga ishondik va elchiga/risolatga ergashdik, endi, bizni (haqni) tasdiqlovchilar qatoriga yoz!»[376]
وَمَكَرُوا وَمَكَرَ اللَّـهُ ۖ وَاللَّـهُ خَيْرُ الْمَاكِرِينَ
3:54 (Ishonmaganlar) Isoga yomon reja tuzdilar, [377]. Alloh ham reja tuzdi. Alloh yaxshi reja tuzuvchidir
إِذْ قَالَ اللَّـهُ يَا عِيسَىٰ إِنِّي مُتَوَفِّيكَ وَرَافِعُكَ إِلَيَّ وَمُطَهِّرُكَ مِنَ الَّذِينَ كَفَرُوا وَجَاعِلُ الَّذِينَ اتَّبَعُوكَ فَوْقَ الَّذِينَ كَفَرُوا إِلَىٰ يَوْمِ الْقِيَامَةِ ۖ ثُمَّ إِلَيَّ مَرْجِعُكُمْ فَأَحْكُمُ بَيْنَكُمْ فِيمَا كُنتُمْ فِيهِ تَخْتَلِفُونَ
3:55 Oʻz vaqtida Alloh Isoga shunday dedi: «Ey Iso! Shubhasizki, Syeni Men Oʻzim[378] vafot[379] ettirib, seni Oʻzimga yuksaltiraman[380]. Kofirlardan seni qutqaraman, senga ergashganlarni esa, qiyomat kunigacha kofirlardan ustun qilaman. Keyin, huzurimga qaytasizlar. Oʻshanda sizlar ixtilof qilgan narsaga Oʻzim hukm qilaman.»
فَأَمَّا الَّذِينَ كَفَرُوا فَأُعَذِّبُهُمْ عَذَابًا شَدِيدًا فِي الدُّنْيَا وَالْآخِرَةِ وَمَا لَهُم مِّن نَّاصِرِينَ
3:56 Kofirlarni dunyoda ham oxiratda ham jinoyatlariga bogʻliq ravishda azoblayman. (Allohning azobi kelganda) ularning hech qanday yordamchilari boʻlmaydi.
وَأَمَّا الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ فَيُوَفِّيهِمْ أُجُورَهُمْ ۗ وَاللَّـهُ لَا يُحِبُّ الظَّالِمِينَ
3:57 Imon keltirgan va xayli ishlarni amalga oshirganlarga kelsak, Alloh ularning mukofotini toʻliq qilib beradi. Alloh zolimlarni yoqtirmaydi.
ذَٰلِكَ نَتْلُوهُ عَلَيْكَ مِنَ الْآيَاتِ وَالذِّكْرِ الْحَكِيمِ
3:58 Biz senga oʻqib berayotgan bu (tarixiy voqealar seni paygʻambar ekaningni) alomatlaridir, hikmatli nasihatdir.
إِنَّ مَثَلَ عِيسَىٰ عِندَ اللَّـهِ كَمَثَلِ آدَمَ ۖ خَلَقَهُ مِن تُرَابٍ ثُمَّ قَالَ لَهُ كُن فَيَكُونُ
3:59 Alloh nazdida Isoning holati xuddi Odamning holati kabidir[381]. Odamni tuproqdan yaratib, keyin unga “Boʻl!” dedi va u paydo boʻldi.
الْحَقُّ مِن رَّبِّكَ فَلَا تَكُن مِّنَ الْمُمْتَرِينَ
3:60 Haqiqat – Robbingdan kelganidir. Aslo shubhalanuvchilardan (tortishuvchilardan) boʻlma.
فَمَنْ حَاجَّكَ فِيهِ مِن بَعْدِ مَا جَاءَكَ مِنَ الْعِلْمِ فَقُلْ تَعَالَوْا نَدْعُ أَبْنَاءَنَا وَأَبْنَاءَكُمْ وَنِسَاءَنَا وَنِسَاءَكُمْ وَأَنفُسَنَا وَأَنفُسَكُمْ ثُمَّ نَبْتَهِلْ فَنَجْعَل لَّعْنَتَ اللَّـهِ عَلَى الْكَاذِبِينَ
3:61 Senga kelgan bu ilmdan keyin kim sen bilan bu haqda tortishsa, ularga ayt: “Kelinglar, sizning ham bizning ham bolalarimizni, sizning ham bizning ham xotinlarimizni, siz va biz oʻzimiz ham (qatnashib), keyin hammamiz birgalikda samimiy duo qilib, yolgʻonchilarga Allohning laʼnatini tilaylik”.
إِنَّ هَـٰذَا لَهُوَ الْقَصَصُ الْحَقُّ ۚ وَمَا مِنْ إِلَـٰهٍ إِلَّا اللَّـهُ ۚ وَإِنَّ اللَّـهَ لَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ
3:62 Shubhasizki, Bu (Iso haqidagi) eng toʻgʻri qissadir. Allohdan boshqa hech qanday iloh yoʻq. Alloh gʻolibdir, toʻgʻri qaror beruvchidir.
فَإِن تَوَلَّوْا فَإِنَّ اللَّـهَ عَلِيمٌ بِالْمُفْسِدِينَ
3:63 Agar ular (Qurʼondan) yuz oʻgirsa, Alloh buzgʻunchilarni bilib turadi.
قُلْ يَا أَهْلَ الْكِتَابِ تَعَالَوْا إِلَىٰ كَلِمَةٍ سَوَاءٍ بَيْنَنَا وَبَيْنَكُمْ أَلَّا نَعْبُدَ إِلَّا اللَّـهَ وَلَا نُشْرِكَ بِهِ شَيْئًا وَلَا يَتَّخِذَ بَعْضُنَا بَعْضًا أَرْبَابًا مِّن دُونِ اللَّـهِ ۚ فَإِن تَوَلَّوْا فَقُولُوا اشْهَدُوا بِأَنَّا مُسْلِمُونَ
3:64 Ayt: «Ey Ahli Kitob! Siz bilan bizning oʻrtamizdagi barobar soʻzga kelinglar – faqat Allohga sigʻinaylik, Unga hech narsani sherik qilmaylik va Allohni qoʻyib, birimiz boshqamizni oʻziga robb qilib olmasin.» Agar yuz oʻgirsalar, «Guvoh boʻlinglar, biz musulmonlarmiz[382]», deb aytinglar.
يَا أَهْلَ الْكِتَابِ لِمَ تُحَاجُّونَ فِي إِبْرَاهِيمَ وَمَا أُنزِلَتِ التَّوْرَاةُ وَالْإِنجِيلُ إِلَّا مِن بَعْدِهِ ۚ أَفَلَا تَعْقِلُونَ
3:65 Ey Ahli Kitob! Ibrohim haqida nega tortishyapsizlar? Axir, Tavrot ham Injil ham undan keyin yuborilgan-ku! Aql yuritmaysizlarmi?
هَا أَنتُمْ هَـٰؤُلَاءِ حَاجَجْتُمْ فِيمَا لَكُم بِهِ عِلْمٌ فَلِمَ تُحَاجُّونَ فِيمَا لَيْسَ لَكُم بِهِ عِلْمٌ ۚ وَاللَّـهُ يَعْلَمُ وَأَنتُمْ لَا تَعْلَمُونَ
3:66 Sizlar oʻzi – u haqda maʼlumotingiz boʻlgan narsada tortishadigan kishilarsiz. Nega endi umuman u haqda maʼlumotingiz boʻlmagan narsada ham tortishyapsizlar? Uni Alloh biladi, sizlar bilmaysizlar.
مَا كَانَ إِبْرَاهِيمُ يَهُودِيًّا وَلَا نَصْرَانِيًّا وَلَـٰكِن كَانَ حَنِيفًا مُّسْلِمًا وَمَا كَانَ مِنَ الْمُشْرِكِينَ
3:67 Ibrohim Nasroniy ham Yahudiy ham boʻlmagan. U haqqa yoʻnalgan musulmon edi va u mushriklardan emasdi.
إِنَّ أَوْلَى النَّاسِ بِإِبْرَاهِيمَ لَلَّذِينَ اتَّبَعُوهُ وَهَـٰذَا النَّبِيُّ وَالَّذِينَ آمَنُوا ۗ وَاللَّـهُ وَلِيُّ الْمُؤْمِنِينَ
3:68 Insonlarning Ibrohimga eng yaqini — uni izidan yurganlardir. Bu Nabiy (Muhammad) va moʻminlar ham shunday. Moʻminlarning yaqini esa Allohdir.
وَدَّت طَّائِفَةٌ مِّنْ أَهْلِ الْكِتَابِ لَوْ يُضِلُّونَكُمْ وَمَا يُضِلُّونَ إِلَّا أَنفُسَهُمْ وَمَا يَشْعُرُونَ
3:69 Ahli Kitoblardan bir guruhi sizlarni adashtirish umidida. Ular faqat oʻzlarini adashtiradi, buni oʻzlari sezmaydi.
يَا أَهْلَ الْكِتَابِ لِمَ تَكْفُرُونَ بِآيَاتِ اللَّـهِ وَأَنتُمْ تَشْهَدُونَ
3:70 Ey Ahli Kitob! Toʻgʻri ekaniga guvoh boʻla turib ham, nega Allohning oyatlariga qarshi chiqyapsiz?
يَا أَهْلَ الْكِتَابِ لِمَ تَلْبِسُونَ الْحَقَّ بِالْبَاطِلِ وَتَكْتُمُونَ الْحَقَّ وَأَنتُمْ تَعْلَمُونَ
3:71 Ey Ahli Kitob! Bilib turib ham nega haqni botilga aralashtiryapsizlar[383] va nega haqiqatni yashiryapsizlar?
وَقَالَت طَّآئِفَةٌ مِّنْ أَهْلِ الْكِتَابِ آمِنُواْ بِالَّذِيَ أُنزِلَ عَلَى الَّذِينَ آمَنُواْ وَجْهَ النَّهَارِ وَاكْفُرُواْ آخِرَهُ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ
3:72 Ahli Kitobning bir guruhi shunday deydi: «Shu moʻminlarga yuborilgan (Qurʼon)ga kunni boshida ishoninglar, kun oxirida (ishonmaganingizni bildirib) kofir boʻlinglar, balki shunda, ular ham imonidan qaytsa.
وَلاَ تُؤْمِنُواْ إِلاَّ لِمَن تَبِعَ دِينَكُمْ قُلْ إِنَّ الْهُدَى هُدَى اللّهِ أَن يُؤْتَى أَحَدٌ مِّثْلَ مَا أُوتِيتُمْ أَوْ يُحَآجُّوكُمْ عِندَ رَبِّكُمْ قُلْ إِنَّ الْفَضْلَ بِيَدِ اللّهِ يُؤْتِيهِ مَن يَشَاء وَاللّهُ وَاسِعٌ عَلِيمٌ
3:73 Va diningizga ergashganlardan boshqa hech kimga ishonmanglar» (deyishadi). Ayt: “Toʻgʻri yoʻl Alloh koʻrsatgan yoʻldir. «Aynan sizlarga berilgan narsa boshqalarga ham berilganiga yoki Alloh huzurida sizlarga qarshi dalil keltirishlariga ham ishonmanglar ( deydi bir toifa ahli kitob). ” Ayt: «Fazl Allohning qoʻlidadir[384] – uni Oʻzi munosib bilgan bandasiga beradi. Alloh cheksiz imkoniyat egasidir, biluvchidir.
يَخْتَصُّ بِرَحْمَتِهِ مَن يَشَاء وَاللّهُ ذُو الْفَضْلِ الْعَظِيمِ
3:74 Alloh Oʻzi munosib bilganiga yaxshilikni xoslab qoʻyadi. Alloh buyuk oliyjanoblikka egadir.
وَمِنْ أَهْلِ الْكِتَابِ مَنْ إِن تَأْمَنْهُ بِقِنطَارٍ يُؤَدِّهِ إِلَيْكَ وَمِنْهُم مَّنْ إِن تَأْمَنْهُ بِدِينَارٍ لاَّ يُؤَدِّهِ إِلَيْكَ إِلاَّ مَا دُمْتَ عَلَيْهِ قَآئِمًا ذَلِكَ بِأَنَّهُمْ قَالُواْ لَيْسَ عَلَيْنَا فِي الأُمِّيِّينَ سَبِيلٌ وَيَقُولُونَ عَلَى اللّهِ الْكَذِبَ وَهُمْ يَعْلَمُونَ
3:75 Agar oltin xazinani ishonib topshirsang, uning oʻzi senga qaytarib beradigan ahli kitob ham bor, agar unga bir dinor[385] tangani ishonib bersang, toki boshida tirab-qadab turmaguningcha qaytarib bermaydigan ahli kitob ham bor. Ular: «Bizni ummiylarga/kitobimizni bilmaganlarga[386] nisbatan javobgarligimiz yoʻq», deb shunday qilishadi. Ular bilib turib Allohga qarshi yolgʻon gapiradi.
بَلَى مَنْ أَوْفَى بِعَهْدِهِ وَاتَّقَى فَإِنَّ اللّهَ يُحِبُّ الْمُتَّقِينَ
3:76 Yoʻq! Kimki ahdiga[387] vafo qilsa va javobgarlikni his qilsa, (bilsinki) Alloh masʼuliyatli (moʻmin)larni yaxshi koʻradi.
إِنَّ الَّذِينَ يَشْتَرُونَ بِعَهْدِ اللّهِ وَأَيْمَانِهِمْ ثَمَنًا قَلِيلاً أُوْلَئِكَ لاَ خَلاَقَ لَهُمْ فِي الآخِرَةِ وَلاَ يُكَلِّمُهُمُ اللّهُ وَلاَ يَنظُرُ إِلَيْهِمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَلاَ يُزَكِّيهِمْ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ
3:77 Allohga bergan soʻzini va ichgan qasamini oʻtkinchi bir manfaat evaziga sotganlarni oxiratda oladigan nasibasi yoʻq. Qiyomat kuni Alloh ular bilan gaplashmaydi, ularga yuz-xotir qilmaydi va ularni oqlamaydi. Ularga alamli azob bor.
وَإِنَّ مِنْهُمْ لَفَرِيقًا يَلْوُونَ أَلْسِنَتَهُم بِالْكِتَابِ لِتَحْسَبُوهُ مِنَ الْكِتَابِ وَمَا هُوَ مِنَ الْكِتَابِ وَيَقُولُونَ هُوَ مِنْ عِندِ اللّهِ وَمَا هُوَ مِنْ عِندِ اللّهِ وَيَقُولُونَ عَلَى اللّهِ الْكَذِبَ وَهُمْ يَعْلَمُونَ
3:78 U (ahli kitob)lar orasida bir toifa (tashkilot) ham borki, kitobdan deb oʻylashingiz uchun, nutqini[388] kitobga (kitobdagi hukmlarga) oʻxshatmoqchi boʻlishadi. Holbuki, u kitobdan emas. (Kamiga) “Uni Allohdan kelgan hukm”,- deyishadi, (unday degani bilan) Allohdan kelgan boʻlmaydi. Ular bilib turib Allohga qarshi yolgʻon gapiradi[389].
مَا كَانَ لِبَشَرٍ أَن يُؤْتِيَهُ اللّهُ الْكِتَابَ وَالْحُكْمَ وَالنُّبُوَّةَ ثُمَّ يَقُولَ لِلنَّاسِ كُونُواْ عِبَادًا لِّي مِن دُونِ اللّهِ وَلَكِن كُونُواْ رَبَّانِيِّينَ بِمَا كُنتُمْ تُعَلِّمُونَ الْكِتَابَ وَبِمَا كُنتُمْ تَدْرُسُونَ
3:79 Alloh bir insonga kitobu hikmat va nabiylik bersa-yu, keyin u (odam) insonlarga: «Allohni qoʻyib menga qullik qilinglar»,- deyishga haqi yoʻq. Lekin: «Kitobni oʻqib oʻrganishingiz va uning ustida ilmiy ish olib borishingiz natijasida yaratgan Egangizga (uning hukmiga) yonbosuvchi kimsalar boʻlinglar»- deyishi kerak.
وَلاَ يَأْمُرَكُمْ أَن تَتَّخِذُواْ الْمَلاَئِكَةَ وَالنِّبِيِّيْنَ أَرْبَابًا أَيَأْمُرُكُم بِالْكُفْرِ بَعْدَ إِذْ أَنتُم مُّسْلِمُونَ
3:80 Va u (paygʻambar) sizlarga malaklar va nabiylarni robblar qilib olinglar, deb buyurishga ham haqi yoʻq. Sizlar Allohga taslim boʻlganingizdan keyin, u sizlarni kofirlikka/qarshi chiqishga buyurarmidi?
وَإِذْ أَخَذَ اللّهُ مِيثَاقَ النَّبِيِّيْنَ لَمَا آتَيْتُكُم مِّن كِتَابٍ وَحِكْمَةٍ ثُمَّ جَاءكُمْ رَسُولٌ مُّصَدِّقٌ لِّمَا مَعَكُمْ لَتُؤْمِنُنَّ بِهِ وَلَتَنصُرُنَّهُ قَالَ أَأَقْرَرْتُمْ وَأَخَذْتُمْ عَلَى ذَلِكُمْ إِصْرِي قَالُواْ أَقْرَرْنَا قَالَ فَاشْهَدُواْ وَأَنَاْ مَعَكُم مِّنَ الشَّاهِدِينَ
3:81 Alloh paygʻambarlardan (birma-bir) soʻz olib: «Sizlarga kitob va hikmat beraman[390], shundan keyin sizlardagi (kitob)ni tasdiqlaydigan rasul/risolat kelsa, unga qatʼiy ishonishingiz va unga yordam berishingiz/qoʻllab-quvvatlashingiz kerak. Buni qabul qildingizmi? Bu ogʻir yukimni[391] oʻzingizga yuklab oldingizmi?», deganida, ular: “Qabul qildik!”, degan. “Unday boʻlsa (bunga) guvoh boʻlinglar, Men ham sizlar bilan birga guvohman”, dedi (Alloh).
فَمَن تَوَلَّى بَعْدَ ذَلِكَ فَأُوْلَئِكَ هُمُ الْفَاسِقُونَ
3:82 Bundan keyin kim (soʻzidan) qaytsa, ular yoʻldan chiqqan boʻladi.
أَفَغَيْرَ دِينِ اللّهِ يَبْغُونَ وَلَهُ أَسْلَمَ مَن فِي السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضِ طَوْعًا وَكَرْهًا وَإِلَيْهِ يُرْجَعُونَ
3:83 Allohning dinidan boshqa (din)ni xohlayapsizlarmi[392]? Axir, osmonlaru yerdagilarning barchasi ixtiyoriy yoki majburiy ravishda Uning diniga/yaratishdagi fitratiga taslim boʻlgan-ku! Sizlar Uning hukmiga qaytarilasizlar.
قُلْ آمَنَّا بِاللّهِ وَمَا أُنزِلَ عَلَيْنَا وَمَا أُنزِلَ عَلَى إِبْرَاهِيمَ وَإِسْمَاعِيلَ وَإِسْحَقَ وَيَعْقُوبَ وَالأَسْبَاطِ وَمَا أُوتِيَ مُوسَى وَعِيسَى وَالنَّبِيُّونَ مِن رَّبِّهِمْ لاَ نُفَرِّقُ بَيْنَ أَحَدٍ مِّنْهُمْ وَنَحْنُ لَهُ مُسْلِمُونَ
3:84 Ayt: «Biz Allohga, bizga yuborilgan kitobga; Ibrohim, Ismoil, Isʼhoq, Yaʼqub hamda uning (paygʻambar) nabiralariga yuborilgan kitoblarga; Muso, Iso va yana boshqa nabiylarga Robbi tarafidan berilgan kitoblarga ham ishondik. (Imon jihatidan) Ularni hech birini boshqasidan ajratmaymiz. Biz Unga taslim boʻluvchilarmiz.»
وَمَن يَبْتَغِ غَيْرَ الإِسْلاَمِ دِينًا فَلَن يُقْبَلَ مِنْهُ وَهُوَ فِي الآخِرَةِ مِنَ الْخَاسِرِينَ
3:85 Kimki Islomdan boshqa din izlasa, u undan aslo qabul qilinmaydi va oxiratda ziyonkorlardan boʻladi[393].
كَيْفَ يَهْدِي اللّهُ قَوْمًا كَفَرُواْ بَعْدَ إِيمَانِهِمْ وَشَهِدُواْ أَنَّ الرَّسُولَ حَقٌّ وَجَاءهُمُ الْبَيِّنَاتُ وَاللّهُ لاَ يَهْدِي الْقَوْمَ الظَّالِمِينَ
3:86 Bu elchini haqligini bilib, ularga aniq-ravshan dalillar kelib, ularga ishonganidan keyin kofirlik qilgan qavmni Alloh qanday qilib hidoyat qilsin?! Alloh zolim qavmni hidoyat qilmaydi.
أُوْلَئِكَ جَزَآؤُهُمْ أَنَّ عَلَيْهِمْ لَعْنَةَ اللّهِ وَالْمَلآئِكَةِ وَالنَّاسِ أَجْمَعِينَ
3:87 Ana shu zolim qavmning jazosi – ularga Alloh, malaklar va barcha insonlarning laʼnati yogʻilishidir.
خَالِدِينَ فِيهَا لاَ يُخَفَّفُ عَنْهُمُ الْعَذَابُ وَلاَ هُمْ يُنظَرُونَ
3:88 Ular abadiy laʼnatda qoladi. Ulardan azob yengillatilmaydi, ularga yuz-xotir qilinmaydi[394].
إِلاَّ الَّذِينَ تَابُواْ مِن بَعْدِ ذَلِكَ وَأَصْلَحُواْ فَإِنَّ الله غَفُورٌ رَّحِيمٌ
3:89 Undan keyin tavba qilib oʻzini tuzatganlar bundan mustasno. Chunki, Alloh kechirimli va mehribondir.
إِنَّ الَّذِينَ كَفَرُواْ بَعْدَ إِيمَانِهِمْ ثُمَّ ازْدَادُواْ كُفْرًا لَّن تُقْبَلَ تَوْبَتُهُمْ وَأُوْلَئِكَ هُمُ الضَّآلُّونَ
3:90 Moʻmin boʻlganidan keyin kofirlik qilgan va kofirlikni yanada orttirganlarga kelsak, ularning tavbasi aslo qabul qilinmaydi[395]. Ular adashganlardir.
إِنَّ الَّذِينَ كَفَرُواْ وَمَاتُواْ وَهُمْ كُفَّارٌ فَلَن يُقْبَلَ مِنْ أَحَدِهِم مِّلْءُ الأرْضِ ذَهَبًا وَلَوِ افْتَدَى بِهِ أُوْلَئِكَ لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ وَمَا لَهُم مِّن نَّاصِرِينَ
3:91 Kofirlik qilgan va kofir holatida oʻlganlarga kelsak, ular oʻzini qutqarib qolish uchun yer yuzi toʻla oltin bersalar ham, ularning birortasidan qabul qilinmaydi. Ular uchun alamli azob bor. Ularga yordam beradigan hech kim boʻlmaydi.
لَن تَنَالُواْ الْبِرَّ حَتَّى تُنفِقُواْ مِمَّا تُحِبُّونَ وَمَا تُنفِقُواْ مِن شَيْءٍ فَإِنَّ اللّهَ بِهِ عَلِيمٌ
3:92 Sevgan narsangizdan (Alloh yoʻlida) xayr-ehson qilmaguningizcha yaxshilikka erisha olmaysiz. Har ne xayr-ehson qilishingizdan qatʼiy nazar, Alloh uni bilib turadi.
كُلُّ الطَّعَامِ كَانَ حِلاًّ لِّبَنِي إِسْرَائِيلَ إِلاَّ مَا حَرَّمَ إِسْرَائِيلُ عَلَى نَفْسِهِ مِن قَبْلِ أَن تُنَزَّلَ التَّوْرَاةُ قُلْ فَأْتُواْ بِالتَّوْرَاةِ فَاتْلُوهَا إِن كُنتُمْ صَادِقِينَ
3:93 «Tavrotni nozil boʻlishidan avval Isroil (Yaʼqub) oʻziga oʻzi qilib olgan yemishlardan boshqa har bir yemish Isroil avlodiga[396] halol boʻlgan,» (dedi yahudiylar[397]). “Agar toʻgʻri boʻlsangiz, Tavrotni olib kelib oʻqinglar-chi”,- deb ayt (ularga[398]).
فَمَنِ افْتَرَىَ عَلَى اللّهِ الْكَذِبَ مِن بَعْدِ ذَلِكَ فَأُوْلَئِكَ هُمُ الظَّالِمُونَ
3:94 Kimki bundan (Tavrotni oʻqigandan) keyin ham bu yolgʻonni Allohga toʻnkasa, ular zolimlardir.
قُلْ صَدَقَ اللّهُ فَاتَّبِعُواْ مِلَّةَ إِبْرَاهِيمَ حَنِيفًا وَمَا كَانَ مِنَ الْمُشْرِكِينَ
3:95 Ayt: «Alloh toʻgʻrisini aytadi. Shunday ekan, sizlar Ibrohimning millatiga/shariatiga ergashing[399]. U mushriklardan (Allohni ikkinchi oʻringa qoʻyuvchilardan) boʻlmagan.»
إِنَّ أَوَّلَ بَيْتٍ وُضِعَ لِلنَّاسِ لَلَّذِي بِبَكَّةَ مُبَارَكًا وَهُدًى لِّلْعَالَمِينَ
3:96 Insoniyat uchun barakat manbai boʻlishi va olamlarga/insoniyatga toʻgʻri yoʻnalishni[400] koʻrsatib berishi uchun ilk marotaba (ibodatxona qilib) qurilgan uy – albatta Bakkadagidir[401].
فِيهِ آيَاتٌ بَيِّنَاتٌ مَّقَامُ إِبْرَاهِيمَ وَمَن دَخَلَهُ كَانَ آمِنًا وَلِلّهِ عَلَى النَّاسِ حِجُّ الْبَيْتِ مَنِ اسْتَطَاعَ إِلَيْهِ سَبِيلاً وَمَن كَفَرَ فَإِنَّ الله غَنِيٌّ عَنِ الْعَالَمِينَ
3:97 U yerda ravshan dalillar bor, Ibrohim (ibodatga) turgan[402] yerlar bor. U yerga kirgan kishi omonlikda boʻladi[403]. Bir yoʻlini topib u yerga bora oladiganlar u Baytni/Kaʼbani haj qilishi – Allohni insonlar ustidagi haqqidir. Kim (buni) tan olmasa, bilib qoʻysin, Allohni hech kimga ehtiyoji yoʻq.
قُلْ يَا أَهْلَ الْكِتَابِ لِمَ تَكْفُرُونَ بِآيَاتِ اللّهِ وَاللّهُ شَهِيدٌ عَلَى مَا تَعْمَلُونَ
3:98 Ayt: «Ey Ahli kitob! Allohning oyatlarini nega tan olmayapsiz?! Alloh qilayotgan ishlaringizga shohiddir.
قُلْ يَا أَهْلَ الْكِتَابِ لِمَ تَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ اللّهِ مَنْ آمَنَ تَبْغُونَهَا عِوَجًا وَأَنتُمْ شُهَدَاء وَمَا اللّهُ بِغَافِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ
3:99 Ayt: «Ey Gʻayri-muslim dindorlar! (Haq va haqiqatlarga) guvoh boʻla turib, nima uchun Allohning yoʻlida egrilik paydo qilishga urinib, moʻminlarni Allohning yoʻlidan uzoqlashtirmoqchi boʻlyapsiz?[404] Qilmishingiz Allohning eʼtiboridan chetda qolmaydi.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوَاْ إِن تُطِيعُواْ فَرِيقًا مِّنَ الَّذِينَ أُوتُواْ الْكِتَابَ يَرُدُّوكُم بَعْدَ إِيمَانِكُمْ كَافِرِينَ
3:100 Ey Moʻminlar! Gʻayridinlar orasidan (oʻshanday) toifaga itoat etsangiz, ular sizlarni imoningizdan keyin kofir holatga keltirib qoʻyadi[405].
وَكَيْفَ تَكْفُرُونَ وَأَنتُمْ تُتْلَى عَلَيْكُمْ آيَاتُ اللّهِ وَفِيكُمْ رَسُولُهُ وَمَن يَعْتَصِم بِاللّهِ فَقَدْ هُدِيَ إِلَى صِرَاطٍ مُّسْتَقِيمٍ
3:101 Sizlarga Allohning oyatlari tilovat[406] qilinayotgan va orangizda Allohning rasuli/risolati boʻla turib, qanday qilib sizlar kofir boʻlib ketyapsizlar-a?! Allohni (Uning kitobini) kim mahkam ushlasa, u hidoyatga muvaffaq qilinibdi.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اتَّقُواْ اللّهَ حَقَّ تُقَاتِهِ وَلاَ تَمُوتُنَّ إِلاَّ وَأَنتُم مُّسْلِمُونَ
3:102 Ey Moʻminlar! Allohga nisbatan munosib ravishda taqvo qiling![407] Aslo, musulmon boʻlmagan holda oʻlmang!
وَاعْتَصِمُواْ بِحَبْلِ اللّهِ جَمِيعًا وَلاَ تَفَرَّقُواْ وَاذْكُرُواْ نِعْمَةَ اللّهِ عَلَيْكُمْ إِذْ كُنتُمْ أَعْدَاء فَأَلَّفَ بَيْنَ قُلُوبِكُمْ فَأَصْبَحْتُم بِنِعْمَتِهِ إِخْوَانًا وَكُنتُمْ عَلَىَ شَفَا حُفْرَةٍ مِّنَ النَّارِ فَأَنقَذَكُم مِّنْهَا كَذَلِكَ يُبَيِّنُ اللّهُ لَكُمْ آيَاتِهِ لَعَلَّكُمْ تَهْتَدُونَ
3:103 Hammangiz birgalikda Allohning “arqonini”/risolatini/Kitobini[408] mahkam ushlang va (undan) ayrilmang[409]. Allohni sizga bergan neʼmatini yodda tuting. Bir vaqtlar bir-biringizga dushman edingiz, Alloh qalbingizni birlashtirib qoʻydi va Uning neʼmati tufayli birodar boʻldingiz. Sizlar otash chuqurining yoqasida edingiz, sizlarni undan U qutqardi. Toʻgʻri yoʻlni toparsizlar deb, Alloh sizlarga oyatlarini mana shunday ochiqlab beradi.
وَلْتَكُن مِّنكُمْ أُمَّةٌ يَدْعُونَ إِلَى الْخَيْرِ وَيَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنكَرِ وَأُوْلَئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ
3:104 Sizlar (bir-birini) yaxshilikka chaqiradigan, maʼrufga (Qurʼon mezoniga muvofiq ishlarga) buyuradigan, munkar (Qurʼonga zid ishlarga) toʻsqinlik qiladigan ummat boʻlinglar (shunday jamiyat tuzinglar). Ana shunday kishilar murodiga yetadi[410].
وَلاَ تَكُونُواْ كَالَّذِينَ تَفَرَّقُواْ وَاخْتَلَفُواْ مِن بَعْدِ مَا جَاءهُمُ الْبَيِّنَاتُ وَأُوْلَئِكَ لَهُمْ عَذَابٌ عَظِيمٌ
3:105 Oʻzlariga aniq-ravshan dalillar kelganidan keyin ixtilof qilib boʻlinib ketganlar kabi boʻlmang. Oʻshanday kishilarga ulkan azob bor.
يَوْمَ تَبْيَضُّ وُجُوهٌ وَتَسْوَدُّ وُجُوهٌ فَأَمَّا الَّذِينَ اسْوَدَّتْ وُجُوهُهُمْ أَكْفَرْتُم بَعْدَ إِيمَانِكُمْ فَذُوقُواْ الْعَذَابَ بِمَا كُنْتُمْ تَكْفُرُونَ
3:106 Kun kelib baʼzi yuzlar oqaradi va baʼzi yuzlar qorayadi, oʻshanda, yuzlari qorayganlarga shunday deyiladi: «Moʻmin boʻlganingizdan keyin kofir boʻldinglar,[411] shundaymi?! Kofir boʻlganingiz evaziga endi shu azobni totinglar!»
وَأَمَّا الَّذِينَ ابْيَضَّتْ وُجُوهُهُمْ فَفِي رَحْمَةِ اللّهِ هُمْ فِيهَا خَالِدُونَ
3:107 Yuzi yorugʻ boʻlganlar esa, Allohning rahmatida boʻladi va ular u yerda oʻlimsiz holda qoladi.
تِلْكَ آيَاتُ اللّهِ نَتْلُوهَا عَلَيْكَ بِالْحَقِّ وَمَا اللّهُ يُرِيدُ ظُلْمًا لِّلْعَالَمِينَ
3:108 Bular Allohning oyatlaridir, ularni senga toʻgʻri bir shaklda tilovat qilib beryapmiz. Alloh hech kimga haqsizlik qilinishini xohlamaydi.
وَلِلّهِ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الأَرْضِ وَإِلَى اللّهِ تُرْجَعُ الأُمُورُ
3:109 Osmonlaru yerdagi narsalar Allohniki. Barcha ishlar Allohga taqdim etiladi.
كُنتُمْ خَيْرَ أُمَّةٍ أُخْرِجَتْ لِلنَّاسِ تَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَتَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنكَرِ وَتُؤْمِنُونَ بِاللّهِ وَلَوْ آمَنَ أَهْلُ الْكِتَابِ لَكَانَ خَيْرًا لَّهُم مِّنْهُمُ الْمُؤْمِنُونَ وَأَكْثَرُهُمُ الْفَاسِقُونَ
3:110 Sizlar insonlar uchun oʻrtaga chiqarilgan eng xayrli jamiyatsiz – Allohga ishonib suyanib, maʼrufga (Qurʼonga muvofiq ishlarga) buyurasizlar, munkardan (Qurʼonga zid ishlardan) man qilasizlar[412]. Agar ahli kitoblar ham (barchasi) ishonib suyansa, oʻzlariga yaxshi boʻladi. Ular orasida moʻminlari ham bor, lekin ularning koʻpchiligi yoʻldan chiqqan.
لَن يَضُرُّوكُمْ إِلاَّ أَذًى وَإِن يُقَاتِلُوكُمْ يُوَلُّوكُمُ الأَدُبَارَ ثُمَّ لاَ يُنصَرُونَ
3:111 (Ularning yoʻldan chiqqan fosiqlari) sizlarga aziyat yetkazib ozor[413] berishdan boshqa hech qanday zarar yetkaza olmaydi. Agar sizlar bilan jang qilsalar, ortga qarab qochishadi. Keyin ularga yordam berilmaydi.
ضُرِبَتْ عَلَيْهِمُ الذِّلَّةُ أَيْنَ مَا ثُقِفُواْ إِلاَّ بِحَبْلٍ مِّنْ اللّهِ وَحَبْلٍ مِّنَ النَّاسِ وَبَآؤُوا بِغَضَبٍ مِّنَ اللّهِ وَضُرِبَتْ عَلَيْهِمُ الْمَسْكَنَةُ ذَلِكَ بِأَنَّهُمْ كَانُواْ يَكْفُرُونَ بِآيَاتِ اللّهِ وَيَقْتُلُونَ الأَنبِيَاء بِغَيْرِ حَقٍّ ذَلِكَ بِمَا عَصَوا وَّكَانُواْ يَعْتَدُونَ
3:112 Allohdan kelgan ahdga va insonlardan olingan ahdga[414] bogʻliq qolganlaridan boshqa barchasiga har yerda xorlik keladi. Allohning gʻazabiga (noroziligiga) uchraydi va ularga muhtojlik tamgʻasi uriladi. Chunki ular Allohning oyatlarini tan olmayapti va paygʻambarlarga nohaq dushmanlik qilyapti. Bu jazo – ularning osiylik qilgani va haddan oshganliklari uchundir.
لَيْسُواْ سَوَاء مِّنْ أَهْلِ الْكِتَابِ أُمَّةٌ قَآئِمَةٌ يَتْلُونَ آيَاتِ اللّهِ آنَاء اللَّيْلِ وَهُمْ يَسْجُدُونَ
3:113 Ular bir xil emas. Ahli kitob orasida toʻgʻri toifalari ham bor. Ular kechaning baʼzi boʻlimlarida[415] namoz oʻqib,[416] Allohning oyatlarini tilovat qiladilar,
يُؤْمِنُونَ بِاللّهِ وَالْيَوْمِ الآخِرِ وَيَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنكَرِ وَيُسَارِعُونَ فِي الْخَيْرَاتِ وَأُوْلَئِكَ مِنَ الصَّالِحِينَ
3:114 Ular Allohga va oxirat kuniga ishonadi, yaxshilikka buyuradi, yomonlikdan qaytaradi va xayrli ishlarda ildam boʻladi. Ana shular yaxshilaridandir.
وَمَا يَفْعَلُواْ مِنْ خَيْرٍ فَلَن يُكْفَرُوْهُ وَاللّهُ عَلِيمٌ بِالْمُتَّقِينَ
3:115 Ularning qilgan hech bir yaxshiligi yoʻqqa chiqarilmaydi. Alloh masʼuliyatli (moʻmin)larni bilib turadi.
إِنَّ الَّذِينَ كَفَرُواْ لَن تُغْنِيَ عَنْهُمْ أَمْوَالُهُمْ وَلاَ أَوْلاَدُهُم مِّنَ اللّهِ شَيْئًا وَأُوْلَئِكَ أَصْحَابُ النَّارِ هُمْ فِيهَا خَالِدُونَ
3:116 Kofirlik qilgan kimsalarning na mol-mulklari va na bolalari Allohdan kelgan (azobni) ulardan daf etishga yaramaydi. Ular jahannam ahlidir, ular unda oʻlimsiz — mangu qoladi.
مَثَلُ مَا يُنفِقُونَ فِي هِذِهِ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا كَمَثَلِ رِيحٍ فِيهَا صِرٌّ أَصَابَتْ حَرْثَ قَوْمٍ ظَلَمُواْ أَنفُسَهُمْ فَأَهْلَكَتْهُ وَمَا ظَلَمَهُمُ اللّهُ وَلَكِنْ أَنفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ
3:117 Ularni bu dunyo hayotida qilgan xayr-ehsonlari sovuq shamol kabidir; oʻzlariga haqsizlik qilgan bir qavmning hosiliga tegib, uni nobud qiladi[417]. Ularga Alloh haqsizlik qilmadi, lekin ular oʻzlariga oʻzlari haqsizlik qilyapti.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ لاَ تَتَّخِذُواْ بِطَانَةً مِّن دُونِكُمْ لاَ يَأْلُونَكُمْ خَبَالاً وَدُّواْ مَا عَنِتُّمْ قَدْ بَدَتِ الْبَغْضَاء مِنْ أَفْوَاهِهِمْ وَمَا تُخْفِي صُدُورُهُمْ أَكْبَرُ قَدْ بَيَّنَّا لَكُمُ الآيَاتِ إِن كُنتُمْ تَعْقِلُونَ
3:118 Ey Moʻminlar! Sizdan boʻlmaganlarni amaldorlikka (mansabdorlikka) olmang – ular sizlarga qoʻlidan kelgancha yomonlik qiladi, sizlarni mashaqqat chekishingizni orzu qiladi. Ularni dushmanligi ogʻzilaridan oshkor boʻlib turibdi, ichida yashirgan dushmanligi esa undan ham battar. Sizlarga (bu haqidagi) oyatlarni (ham) ochiqlab berdik. Agar aqlingizni ishlatsangiz (sizdan boʻlmaganlarni amaldorlikka olmaysiz!).
هَاأَنتُمْ أُوْلاء تُحِبُّونَهُمْ وَلاَ يُحِبُّونَكُمْ وَتُؤْمِنُونَ بِالْكِتَابِ كُلِّهِ وَإِذَا لَقُوكُمْ قَالُواْ آمَنَّا وَإِذَا خَلَوْاْ عَضُّواْ عَلَيْكُمُ الأَنَامِلَ مِنَ الْغَيْظِ قُلْ مُوتُواْ بِغَيْظِكُمْ إِنَّ اللّهَ عَلِيمٌ بِذَاتِ الصُّدُورِ
3:119 Ey, sizlar! Sizlar ularni yaxshi koʻrasiz, ammo ular sizlarni yaxshi koʻrmaydi. Sizlar kitobga butunligicha ishonasizlar. Ular sizlar bilan uchrashganda: “Ishondik”- deydi, oʻzlari yolgʻiz qolganda esa, achchigʻidan barmoqlarini tishlaydi[418]. (Ularga): “Achchiqlaring boshlaringni yesin”,- de. Alloh dillardagini (ham) biladi.
إِن تَمْسَسْكُمْ حَسَنَةٌ تَسُؤْهُمْ وَإِن تُصِبْكُمْ سَيِّئَةٌ يَفْرَحُواْ بِهَا وَإِن تَصْبِرُواْ وَتَتَّقُواْ لاَ يَضُرُّكُمْ كَيْدُهُمْ شَيْئًا إِنَّ اللّهَ بِمَا يَعْمَلُونَ مُحِيطٌ
3:120 Agar sizlarga biron yaxshilik yetsa, bu ularni xafa qiladi. Agar sizlarga biron yomonlik yetsa, bu bilan xursand boʻlishadi. Agar sabr qilsangiz va gunohlardan saqlansangiz, sizlarga ularning xiyla-nayrangining hech qanday zarari tegmaydi. Alloh ularning qilmishlarini atroflicha qamrab turuvchidir.
وَإِذْ غَدَوْتَ مِنْ أَهْلِكَ تُبَوِّىءُ الْمُؤْمِنِينَ مَقَاعِدَ لِلْقِتَالِ وَاللّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ
3:121 Tong vaqtida oilangdan ajralib chiqib, (Uhudda) moʻminlarni urush saflariga joylashtirayotgan eding. Alloh (soʻzlaringizni) eshitib turadi, (ichingizdagini) bilib turadi.
إِذْ هَمَّت طَّآئِفَتَانِ مِنكُمْ أَن تَفْشَلاَ وَاللّهُ وَلِيُّهُمَا وَعَلَى اللّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ الْمُؤْمِنُونَ
3:122 Oʻsha kuni sizlardan ikki guruh urushdan chekinmoqchi boʻldi. Holbuki Alloh moʻminlarning eng yaqinidir. (Shuning uchun) moʻminlar Allohga suyansin.
وَلَقَدْ نَصَرَكُمُ اللّهُ بِبَدْرٍ وَأَنتُمْ أَذِلَّةٌ فَاتَّقُواْ اللّهَ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ
3:123 Badrda nihoyatda qiyin ahvolda ekaningizda, Alloh sizlarga yordam berdi[419]. Bas! Allohdan taqvo qiling! (Allohning yordamini) qadriga yetgaysiz![420]
إِذْ تَقُولُ لِلْمُؤْمِنِينَ أَلَن يَكْفِيكُمْ أَن يُمِدَّكُمْ رَبُّكُم بِثَلاَثَةِ آلاَفٍ مِّنَ الْمَلآئِكَةِ مُنزَلِينَ
3:124 (Ey Muhammad! Badrda) moʻminlarga shunday deyotgan eding: “Robbingiz uch mingta malakni tushishga tayyor qilib qoʻyib sizlarga yordam berishi kifoya qilmaydimi?”
بَلَى إِن تَصْبِرُواْ وَتَتَّقُواْ وَيَأْتُوكُم مِّن فَوْرِهِمْ هَذَا يُمْدِدْكُمْ رَبُّكُم بِخَمْسَةِ آلافٍ مِّنَ الْمَلآئِكَةِ مُسَوِّمِينَ
3:125 Albatta yetadi. Ammo, himoyaviy ehtiyotkorlikni olib, sabr-bardosh bilan harakat qilsangiz-u, dushmaningiz ham sizlarga oʻshanday hujum qilsa, Robbingiz sizlarga yoningizdan ayrilmaydigan besh mingta farishta bilan yordamga keladi.
وَمَا جَعَلَهُ اللّهُ إِلاَّ بُشْرَى لَكُمْ وَلِتَطْمَئِنَّ قُلُوبُكُم بِهِ وَمَا النَّصْرُ إِلاَّ مِنْ عِندِ اللّهِ الْعَزِيزِ الْحَكِيمِ
3:126 Alloh bu yordamni – sizlarga bir hush xabar boʻlishi va qalbingiz xotirjam boʻlishi uchun qiladi, xolos. Gʻalaba (nusrat) – faqatgina gʻolib va toʻgʻri qaror beruvchi Allohdan keladi.
لِيَقْطَعَ طَرَفًا مِّنَ الَّذِينَ كَفَرُواْ أَوْ يَكْبِتَهُمْ فَيَنقَلِبُواْ خَآئِبِينَ
3:127 (Allohning bu yordami) – kofirlarning bir tarafini kesib/yoʻq qilib yoki, magʻlub etib, ularni umidsiz holda qaytarib yuborish uchundir.
لَيْسَ لَكَ مِنَ الأَمْرِ شَيْءٌ أَوْ يَتُوبَ عَلَيْهِمْ أَوْ يُعَذَّبَهُمْ فَإِنَّهُمْ ظَالِمُونَ
3:128 (Oʻsha ikki boʻlinma haqida) Sen qiladigan ish yoʻq. Alloh ularni yo tavbasini qabul qiladi, yoki, xatoga qoʻl urgani uchun azoblaydi[421].
وَلِلّهِ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الأَرْضِ يَغْفِرُ لِمَن يَشَاء وَيُعَذِّبُ مَن يَشَاء وَاللّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ
3:129 Osmonlaru yerdagi narsalar Allohniki. U kechirilishga munosib boʻlganlarni kechiradi, azobga munosib boʻlganlarni azoblaydi. Alloh kechirimli va mehribondir.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ لاَ تَأْكُلُواْ الرِّبَا أَضْعَافًا مُّضَاعَفَةً وَاتَّقُواْ اللّهَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ
3:130 Ey Moʻminlar! Qat-qat ortaveradigan oʻsha ustamali foizni yemang[422]. Allohdan taqvo qilinglar-ki, baxtga erishgaysiz!
وَاتَّقُواْ النَّارَ الَّتِي أُعِدَّتْ لِلْكَافِرِينَ
3:131 Jahannamdan oʻzingizni saqlab qoling. U kofirlar uchun tayyorlab qoʻyil(a)di[423].
وَأَطِيعُواْ اللّهَ وَالرَّسُولَ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ
3:132 Alloh va Rasuliga/risolatiga boʻysuning-ki, sizga rahm qilingay.
وَسَارِعُواْ إِلَى مَغْفِرَةٍ مِّن رَّبِّكُمْ وَجَنَّةٍ عَرْضُهَا السَّمَاوَاتُ وَالأَرْضُ أُعِدَّتْ لِلْمُتَّقِينَ
3:133 Robbingizning magʻfiratiga va kengligi osmonlaru yercha boʻlgan jannatga erishish uchun ildamlik koʻrsatinglar[424]. U masʼuliyatli (moʻmin)lar uchun tayyorlangan.
الَّذِينَ يُنفِقُونَ فِي السَّرَّاء وَالضَّرَّاء وَالْكَاظِمِينَ الْغَيْظَ وَالْعَافِينَ عَنِ النَّاسِ وَاللّهُ يُحِبُّ الْمُحْسِنِينَ
3:134 Ular xursandchilik (moʻl-koʻlchilik) kunlarida ham, yomon (qiyinchilik) kunlarda ham xayr-ehson qiladilar, achchigʻini ichiga yutadilar va insonlarni xato-kamchiliklarini afv qiladilar. Alloh muhsinlarni yaxshi koʻradi.
وَالَّذِينَ إِذَا فَعَلُواْ فَاحِشَةً أَوْ ظَلَمُواْ أَنْفُسَهُمْ ذَكَرُواْ اللّهَ فَاسْتَغْفَرُواْ لِذُنُوبِهِمْ وَمَن يَغْفِرُ الذُّنُوبَ إِلاَّ اللّهُ وَلَمْ يُصِرُّواْ عَلَى مَا فَعَلُواْ وَهُمْ يَعْلَمُونَ
3:135 Va bir qabih ish qilib qoʻysa, yoki biron bir haqsizlik qilib qoʻysalar, Allohni yod etib, gunohlarini kechirilishi soʻraydiganlar – holbuki gunohlarni Allohdan boshqa kim ham kechira olardi? – va (qilgan ishlari gunoh ekanini) bilib turib uni davom ettirmaydigan kishilarga kelsak,
أُوْلَئِكَ جَزَآؤُهُم مَّغْفِرَةٌ مِّن رَّبِّهِمْ وَجَنَّاتٌ تَجْرِي مِن تَحْتِهَا الأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا وَنِعْمَ أَجْرُ الْعَامِلِينَ
3:136 Ana oʻshalarning mukofoti – Robbining magʻfirati va ichidan anhorlar oqib turadigan bogʻu rogʻlardir. Ular u yerda mangu qoladi. Bunday amallar qiluvchilarning mukofotlari qanday ham yaxshi!
قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِكُمْ سُنَنٌ فَسِيرُواْ فِي الأَرْضِ فَانْظُرُواْ كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الْمُكَذَّبِينَ
3:137 Sizlardan ilgari (oʻtgan ummatlarda) Allohning oʻzgarmas qonuni joriy boʻldi. (Agar xohlasangiz,) yer yuzini kezib, rostni yolgʻon deguvchilarning oqibati qanday boʻlganiga nazar solinglar[425].
هَذَا بَيَانٌ لِّلنَّاسِ وَهُدًى وَمَوْعِظَةٌ لِّلْمُتَّقِينَ
3:138 Bu (Qurʼon) – insonlar uchun bayonot, masʼuliyatli (moʻmin)lar uchun qoʻllanma va nasihatdir.
وَلاَ تَهِنُوا وَلاَ تَحْزَنُوا وَأَنتُمُ الأَعْلَوْنَ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ
3:139 (Ey moʻminlar!) Boʻshashmang va tushkunlikka tushmang. Agar (chin) moʻmin boʻlsangiz, eng ustun siz (boʻla)siz.
إِن يَمْسَسْكُمْ قَرْحٌ فَقَدْ مَسَّ الْقَوْمَ قَرْحٌ مِّثْلُهُ وَتِلْكَ الأيَّامُ نُدَاوِلُهَا بَيْنَ النَّاسِ وَلِيَعْلَمَ اللّهُ الَّذِينَ آمَنُواْ وَيَتَّخِذَ مِنكُمْ شُهَدَاء وَاللّهُ لاَ يُحِبُّ الظَّالِمِينَ
3:140 Agar sizlarga (Uhud jangida) jarohat yetgan boʻlsa, bilinglarki, (dushman) qavmga ham (Badrda) aynan oʻshanday jarohat yetgan. Bunday kunlarni insonlar orasida almashtirib turamiz. Moʻminlarni ajratib olishi va baʼzingizni guvoh qilish uchun[426] Alloh shunday qiladi. Alloh zolimlarni yoqtirmaydi.
وَلِيُمَحِّصَ اللّهُ الَّذِينَ آمَنُواْ وَيَمْحَقَ الْكَافِرِينَ
3:141 Allohga ishonib-suyanuvchilarni poklab, kofirlarni yoʻq qilishi uchun ham Alloh shunday qiladi.
أَمْ حَسِبْتُمْ أَن تَدْخُلُواْ الْجَنَّةَ وَلَمَّا يَعْلَمِ اللّهُ الَّذِينَ جَاهَدُواْ مِنكُمْ وَيَعْلَمَ الصَّابِرِينَ
3:142 Yoki Alloh orangizdan (Alloh yoʻlida) kurashganlarni va (bu yoʻlda) sabr-bardosh qiluvchilarni ajratmay turib[427] jannatga kiramiz, deb oʻylaganmidingiz?
وَلَقَدْ كُنتُمْ تَمَنَّوْنَ الْمَوْتَ مِن قَبْلِ أَن تَلْقَوْهُ فَقَدْ رَأَيْتُمُوهُ وَأَنتُمْ تَنظُرُونَ
3:143 Oʻlim bilan yuzlashmay turib uni orzu qilardingiz. Endi uni koʻrib, tikilib qoldingiz-ku!
وَمَا مُحَمَّدٌ إِلاَّ رَسُولٌ قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِهِ الرُّسُلُ أَفَإِن مَّاتَ أَوْ قُتِلَ انقَلَبْتُمْ عَلَى أَعْقَابِكُمْ وَمَن يَنقَلِبْ عَلَىَ عَقِبَيْهِ فَلَن يَضُرَّ اللّهَ شَيْئًا وَسَيَجْزِي اللّهُ الشَّاكِرِينَ
3:144 Muhammad elchi, xolos. Undan avval ham ne-ne elchilar kelib-ketdi. Agar u (Muhammad) oʻlsa yoki oʻldirilsa, orqa oʻgirib ketasizlarmi?! Kim orqa oʻgirib ketsa Allohga hech narsada zarar yetkazolmaydi. Alloh yaqinda (neʼmatni) qadriga yetuvchilarni mukofotlaydi.
وَمَا كَانَ لِنَفْسٍ أَنْ تَمُوتَ إِلاَّ بِإِذْنِ الله كِتَابًا مُّؤَجَّلاً وَمَن يُرِدْ ثَوَابَ الدُّنْيَا نُؤْتِهِ مِنْهَا وَمَن يُرِدْ ثَوَابَ الآخِرَةِ نُؤْتِهِ مِنْهَا وَسَنَجْزِي الشَّاكِرِينَ
3:145 Har bir jon egasi Allohning izni bilan – belgilab yozib qoʻyilgan ajali kelgandagina oʻladi[428]. Kim dunyoviy ajru mukofot xohlasa, unga dunyoviy ajru mukofot beramiz. Kim uxraviy ajru mukofot xohlasa, unga uxraviy ajru mukofot beramiz. Yaqinda (neʼmatni) qadriga yetuvchilarni mukofotlaymiz.
وَكَأَيِّن مِّن نَّبِيٍّ قَاتَلَ مَعَهُ رِبِّيُّونَ كَثِيرٌ فَمَا وَهَنُواْ لِمَا أَصَابَهُمْ فِي سَبِيلِ اللّهِ وَمَا ضَعُفُواْ وَمَا اسْتَكَانُواْ وَاللّهُ يُحِبُّ الصَّابِرِينَ3:146
3:146 Qanchadan-qancha paygʻambar bor edi; oʻzini Robbiga topshirgan koʻp kishilar ularning yonida turib jang qilishgan. Boshiga tushgan musibatlar sababli Alloh yoʻlida tushkunlikka tushishmagan, boʻshashmagan va (qarshi tarafga) boʻyin egmagan. Alloh ana shunday (Alloh yoʻlida) sabr-bardosh qiluvchilarni yaxshi koʻradi.
وَمَا كَانَ قَوْلَهُمْ إِلاَّ أَن قَالُواْ ربَّنَا اغْفِرْ لَنَا ذُنُوبَنَا وَإِسْرَافَنَا فِي أَمْرِنَا وَثَبِّتْ أَقْدَامَنَا وانصُرْنَا عَلَى الْقَوْمِ الْكَافِرِينَ
3:147 Ularning (jang vaqtida) aytgan gaplari shulardan iborat edi: «Ey yaratgan Egamiz! Gunohlarimizni va ishlarimizda haddan oshganligimizni kechir, sobitqadam qil va kofirlik qiluvchilarga qarshi bizga yordam ber.»
فَآتَاهُمُ اللّهُ ثَوَابَ الدُّنْيَا وَحُسْنَ ثَوَابِ الآخِرَةِ وَاللّهُ يُحِبُّ الْمُحْسِنِينَ
3:148 Shunday qilib, Alloh ularga dunyoviy ajru mukofotni ham berdi, uxraviy ajru mukofotning ham eng chiroyligini beradi. Alloh muhsinlarni yaxshi koʻradi.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوَاْ إِن تُطِيعُواْ الَّذِينَ كَفَرُواْ يَرُدُّوكُمْ عَلَى أَعْقَابِكُمْ فَتَنقَلِبُواْ خَاسِرِينَ
3:149 Ey Moʻminlar! Agar kofirlarga itoat qilsangiz, sizni ortingizga qaytarib (dindan chiqarib) yuboradi. Natijada xonavayron boʻlasiz.
بَلِ اللّهُ مَوْلاَكُمْ وَهُوَ خَيْرُ النَّاصِرِينَ
3:150 (Unday qilmang!) Aslida (itoat etishingiz kerak boʻlgan) xojangiz Allohdir. U eng yaxshi yordamchidir.
سَنُلْقِي فِي قُلُوبِ الَّذِينَ كَفَرُواْ الرُّعْبَ بِمَا أَشْرَكُواْ بِاللّهِ مَا لَمْ يُنَزِّلْ بِهِ سُلْطَانًا وَمَأْوَاهُمُ النَّارُ وَبِئْسَ مَثْوَى الظَّالِمِينَ
3:151 Hujjat sifatida Alloh nozil qilmagan narsani Unga sherik qilishgani uchun, kofirlik qilganlarning qalblariga dahshat solib qoʻyamiz[429]. Ularning borar joylari jahannamdir. Zolimlarning qolar joylari juda ham yomon!
وَلَقَدْ صَدَقَكُمُ اللّهُ وَعْدَهُ إِذْ تَحُسُّونَهُم بِإِذْنِهِ حَتَّى إِذَا فَشِلْتُمْ وَتَنَازَعْتُمْ فِي الأَمْرِ وَعَصَيْتُم مِّن بَعْدِ مَا أَرَاكُم مَّا تُحِبُّونَ مِنكُم مَّن يُرِيدُ الدُّنْيَا وَمِنكُم مَّن يُرِيدُ الآخِرَةَ ثُمَّ صَرَفَكُمْ عَنْهُمْ لِيَبْتَلِيَكُمْ وَلَقَدْ عَفَا عَنكُمْ وَاللّهُ ذُو فَضْلٍ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ
3:152 Alloh sizlarga bergan vaʼdasida turdi; Uning izni ila (Uhud jangida) dushmanlaringizni qirib borayotgan edingiz. (Sizlar yaxshi koʻrgan narsa (zafar)ni koʻrsatib qoʻyganida, boʻshashib qoldingiz, berilgan buyruq haqida talashib-tortishib qoldingiz va itoatsizlik qildingiz[430]. Orangizdan kimlardir yaqindagi (gʻanimat)ni[431] xohlardi, kimlardir keyingilikni (dushmanni butunlay yoʻq qilishni) xohlardi. Shunda, Alloh sizlarni qattiq sinash uchun ulardan (gʻolib boʻlay deb turgan holatingizda magʻlub holatga) burib qoʻydi[432]. Shubhasizki, U sizlarni afv qildi (jazolamadi). Alloh moʻminlarga nisbatan oliyjanobdir.
إِذْ تُصْعِدُونَ وَلاَ تَلْوُونَ عَلَى أحَدٍ وَالرَّسُولُ يَدْعُوكُمْ فِي أُخْرَاكُمْ فَأَثَابَكُمْ غُمَّاً بِغَمٍّ لِّكَيْلاَ تَحْزَنُواْ عَلَى مَا فَاتَكُمْ وَلاَ مَا أَصَابَكُمْ وَاللّهُ خَبِيرٌ بِمَا تَعْمَلُونَ
3:153 Elchi (Muhammad) ortingizdan sizlarni chaqirib tursa ham, sizlar hech kimga parvo qilmay yuqoriga koʻtarilayotgan edingiz[433]. Shunda, Alloh sizlarga gʻam ustiga yana bir gʻam berdiki, qoʻlingizdan ketgan (zafar)ga ham, boshingizga tushgan musibatga ham qaygʻurmagaysiz[434]. Alloh qilmishlaringizdan xabardordir.
ثُمَّ أَنزَلَ عَلَيْكُم مِّن بَعْدِ الْغَمِّ أَمَنَةً نُّعَاسًا يَغْشَى طَآئِفَةً مِّنكُمْ وَطَآئِفَةٌ قَدْ أَهَمَّتْهُمْ أَنفُسُهُمْ يَظُنُّونَ بِاللّهِ غَيْرَ الْحَقِّ ظَنَّ الْجَاهِلِيَّةِ يَقُولُونَ هَل لَّنَا مِنَ الأَمْرِ مِن شَيْءٍ قُلْ إِنَّ الأَمْرَ كُلَّهُ لِلَّهِ يُخْفُونَ فِي أَنفُسِهِم مَّا لاَ يُبْدُونَ لَكَ يَقُولُونَ لَوْ كَانَ لَنَا مِنَ الأَمْرِ شَيْءٌ مَّا قُتِلْنَا هَاهُنَا قُل لَّوْ كُنتُمْ فِي بُيُوتِكُمْ لَبَرَزَ الَّذِينَ كُتِبَ عَلَيْهِمُ الْقَتْلُ إِلَى مَضَاجِعِهِمْ وَلِيَبْتَلِيَ اللّهُ مَا فِي صُدُورِكُمْ وَلِيُمَحَّصَ مَا فِي قُلُوبِكُمْ وَاللّهُ عَلِيمٌ بِذَاتِ الصُّدُورِ
3:154 U gʻamdan keyin, Alloh sizlarga xotirjamlik; orangizdan bir qism insonlarni xotirjam qiladigan shirin uyqu berdi. Bir qism insonlar esa, jon qaygʻusida oʻzi bilan oʻzi ovora boʻlib qolib, Alloh toʻgʻrisida xuddi johiliyat[435] davridagi gumonlarga oʻxshash gumonlar qila boshlab: “Bu ishdan bizga nima foyda boʻldi?”- deyishgacha bordi. Ayt: “Bu ishning barchasi Alloh uchundir.” Senga ochiq aytmagan narsalarini ichida saqlayotgan; “Agar bu ish bizni foydamizga boʻlsaydi, bu yerda oʻldirilmagan boʻlardik”-, deyishdi. Ayt: “Agar uylaringizda qolgan boʻlganingizda ham, oʻldirilishi yozilganlarga (oʻsha oʻlim) yotgan joylarigacha baribir yetib borardi.” Dilingizdagi (ixlos va samimiyat)ni sinash va qalbingizdagi (shayton vasvasasi)ni poklash uchun (Alloh shunday qildi). Alloh dillardagini biluvchidir.»
إِنَّ الَّذِينَ تَوَلَّوْاْ مِنكُمْ يَوْمَ الْتَقَى الْجَمْعَانِ إِنَّمَا اسْتَزَلَّهُمُ الشَّيْطَانُ بِبَعْضِ مَا كَسَبُواْ وَلَقَدْ عَفَا اللّهُ عَنْهُمْ إِنَّ اللّهَ غَفُورٌ حَلِيمٌ
3:155 Ikki qoʻshin toʻqnashgan kun orangizdan urushdan qochganlarga kelsak, baʼzi qilmishlari sababli shayton ularni oyoqlarini toydirmoqchi boʻlgan. Alloh ularni afv etdi (jazolamadi). Chunki, Alloh juda kechirimlidir, yumshoq muomala qiluvchidir.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ لاَ تَكُونُواْ كَالَّذِينَ كَفَرُواْ وَقَالُواْ لإِخْوَانِهِمْ إِذَا ضَرَبُواْ فِي الأَرْضِ أَوْ كَانُواْ غُزًّى لَّوْ كَانُواْ عِندَنَا مَا مَاتُواْ وَمَا قُتِلُواْ لِيَجْعَلَ اللّهُ ذَلِكَ حَسْرَةً فِي قُلُوبِهِمْ وَاللّهُ يُحْيِي وَيُمِيتُ وَاللّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ
3:156 Ey Moʻminlar! Kofirlik qilgan kimsalar kabi boʻlmang. Ular, safarga chiqqan yoki jangga ketgan qarindoshlari haqida: “Agar yonimizda boʻlishganida, na oʻlgan va na oʻldirilgan boʻlardi”,- deyishadi. Buni Alloh ularning qalblarida hasrat qilib qoʻyish uchun qildi. Yashatadigan ham, oʻldiradigan ham Allohdir. Alloh qilgan ishingizni koʻrib turadi.
وَلَئِن قُتِلْتُمْ فِي سَبِيلِ اللّهِ أَوْ مُتُّمْ لَمَغْفِرَةٌ مِّنَ اللّهِ وَرَحْمَةٌ خَيْرٌ مِّمَّا يَجْمَعُونَ
3:157 Alloh yoʻlida oʻldirilsangiz yoki oʻlsangiz, (sizlarga beriladigan) Allohning magʻfirati va yaxshiligi (jangga bormaganlar) toʻplay oladigan hamma narsadan yaxshiroqdir[436].
وَلَئِن مُّتُّمْ أَوْ قُتِلْتُمْ لإِلَى الله تُحْشَرُونَ
3:158 Oʻlsangiz ham, oʻldirilsangiz ham, Alloh (hukmi)ga toʻplanasizlar.
فَبِمَا رَحْمَةٍ مِّنَ اللّهِ لِنتَ لَهُمْ وَلَوْ كُنتَ فَظًّا غَلِيظَ الْقَلْبِ لاَنفَضُّواْ مِنْ حَوْلِكَ فَاعْفُ عَنْهُمْ وَاسْتَغْفِرْ لَهُمْ وَشَاوِرْهُمْ فِي الأَمْرِ فَإِذَا عَزَمْتَ فَتَوَكَّلْ عَلَى اللّهِ إِنَّ اللّهَ يُحِبُّ الْمُتَوَكِّلِينَ
3:159 (Ey Muhammad!) Allohning rahmati ila ularga royishlik qilding[437]. Qoʻpol va bagʻri tosh boʻlsang ular yoningdan tarqalib ketar edi. Ularni afv qil (xato va kamchiliklariga eʼtibor berma), ular uchun Allohdan magʻfirat soʻra. Har bir ishda ular bilan kengash (bildirgan fikriga eʼtibor ber). Bir qarorga kelganingda, Allohga suyanib-tayan. Alloh Oʻziga suyanib-tayanganlarni yaxshi koʻradi.
إِن يَنصُرْكُمُ اللّهُ فَلاَ غَالِبَ لَكُمْ وَإِن يَخْذُلْكُمْ فَمَن ذَا الَّذِي يَنصُرُكُم مِّن بَعْدِهِ وَعَلَى اللّهِ فَلْيَتَوَكِّلِ الْمُؤْمِنُونَ
3:160 Agar sizlarga Alloh yordam bersa, sizlarni hech kim yenga olmaydi. Agar U sizlarni yordamsiz tashlab qoʻysa, undan keyin sizlarga kim yordam bera oladi? Shunday ekan, moʻminlar faqat Allohga suyanib-tayansin.
وَمَا كَانَ لِنَبِيٍّ أَن يَغُلَّ وَمَن يَغْلُلْ يَأْتِ بِمَا غَلَّ يَوْمَ الْقِيَامَةِ ثُمَّ تُوَفَّى كُلُّ نَفْسٍ مَّا كَسَبَتْ وَهُمْ لاَ يُظْلَمُونَ
3:161 Hech bir paygʻambarga gʻanimatdan urib qolish toʻgʻri kelmaydi. Kimki gʻanimatdan urib qolsa, qiyomat kuni (hisob-kitobga) urib qolgan narsasi bilan birga keladi. Shunda, haqsizlik qilinmasdan, har kimga oʻz qilmishining jazo-mukofoti toʻliq beriladi.
أَفَمَنِ اتَّبَعَ رِضْوَانَ اللّهِ كَمَن بَاء بِسَخْطٍ مِّنَ اللّهِ وَمَأْوَاهُ جَهَنَّمُ وَبِئْسَ الْمَصِيرُ
3:162 Allohning roziligini taʼqib qilib yurgan[438] kishi, Allohning qahriga uchragan kishidek boʻlarmidi? Uning borar joyi jahannam. U naqadar yomon borar joy!
هُمْ دَرَجَاتٌ عِندَ اللّهِ واللّهُ بَصِيرٌ بِمَا يَعْمَلُونَ
3:163 Allohga koʻra ular farqli-farqli darajaga egadir. Alloh ular qilayotgan ishlarni koʻrib turadi.
لَقَدْ مَنَّ اللّهُ عَلَى الْمُؤمِنِينَ إِذْ بَعَثَ فِيهِمْ رَسُولاً مِّنْ أَنفُسِهِمْ يَتْلُو عَلَيْهِمْ آيَاتِهِ وَيُزَكِّيهِمْ وَيُعَلِّمُهُمُ الْكِتَابَ وَالْحِكْمَةَ وَإِن كَانُواْ مِن قَبْلُ لَفِي ضَلالٍ مُّبِينٍ
3:164 Alloh ularga oʻzlaridan boʻlgan elchi yuborib, bu moʻminlarga koʻp yaxshilik qilgan. (U elchi) Ularga Allohning oyatlarini tilovat qilib beradi, ularni kelishtiradi, ularga kitob va hikmat oʻrgatadi. Ular bundan avval ochiq-oydin gumrohlikda edi.
أَوَلَمَّا أَصَابَتْكُم مُّصِيبَةٌ قَدْ أَصَبْتُم مِّثْلَيْهَا قُلْتُمْ أَنَّى هَذَا قُلْ هُوَ مِنْ عِندِ أَنْفُسِكُمْ إِنَّ اللّهَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ
3:165 Dushmaningizni boshiga solgan musibatni yarmi[439] (Uhudda) sizlarni boshingizga kelganida: “Bu qayerdan keldi dedingiz-a?!” Ayt: «Bunga oʻzingiz sababchisiz[440]. Alloh har narsaga oʻlchov[441] qoʻyadi.
وَمَا أَصَابَكُمْ يَوْمَ الْتَقَى الْجَمْعَانِ فَبِإِذْنِ اللّهِ وَلِيَعْلَمَ الْمُؤْمِنِينَ
3:166 Ikki qoʻshin toʻqnashgan kuni sizlarga kelgan musibat Allohning amri bilan boʻlgan. Moʻminlarni bilib-ajratib qoʻyish uchun (shunday boʻlgan).
وَلْيَعْلَمَ الَّذِينَ نَافَقُواْ وَقِيلَ لَهُمْ تَعَالَوْاْ قَاتِلُواْ فِي سَبِيلِ اللّهِ أَوِ ادْفَعُواْ قَالُواْ لَوْ نَعْلَمُ قِتَالاً لاَّتَّبَعْنَاكُمْ هُمْ لِلْكُفْرِ يَوْمَئِذٍ أَقْرَبُ مِنْهُمْ لِلإِيمَانِ يَقُولُونَ بِأَفْوَاهِهِم مَّا لَيْسَ فِي قُلُوبِهِمْ وَاللّهُ أَعْلَمُ بِمَا يَكْتُمُونَ
3:167 Va munofiqlik qilganlarni ham bilish uchun qilgan. Ularga: “(Sizlar ham) Kelib, Alloh yoʻlida urishinglar, hech boʻlmasa mudofaa qilinglar”, deyilganida, Ular: “Agar (jang qilishni) bilganimizda, albatta, sizlarga ergashgan boʻlardik”, deyishdi. Ular oʻsha kuni imondan koʻra kufrga yaqinroq edi, qalblarida boʻlmagan narsani ogʻzilarida aytishar edi. Ular yashirayotgan narsani Alloh juda yaxshi biladi.
الَّذِينَ قَالُواْ لإِخْوَانِهِمْ وَقَعَدُواْ لَوْ أَطَاعُونَا مَا قُتِلُوا قُلْ فَادْرَؤُوا عَنْ أَنفُسِكُمُ الْمَوْتَ إِن كُنتُمْ صَادِقِينَ
3:168 (Janga bormay) oʻtirib olganlar, oʻz birodarlari[442] haqida shunday dedi: “Gapimizga kirishganida oʻldirilmagan boʻlardi.” (Ularga) ayt: «Agar rostgoʻy boʻlsangiz, oʻzingizdan oʻlimni qaytarib koʻringlar![443].
وَلاَ تَحْسَبَنَّ الَّذِينَ قُتِلُواْ فِي سَبِيلِ اللّهِ أَمْوَاتًا بَلْ أَحْيَاء عِندَ رَبِّهِمْ يُرْزَقُونَ
3:169 Alloh yoʻlida oʻldirilganlarni (behuda) oʻlib ketishdi, deb oʻylama(nglar)! Balki, ular Robbi huzurida ( jannatda abadiy) tirik boʻladilar, rizqlanib turadilar.
فَرِحِينَ بِمَا آتَاهُمُ اللّهُ مِن فَضْلِهِ وَيَسْتَبْشِرُونَ بِالَّذِينَ لَمْ يَلْحَقُواْ بِهِم مِّنْ خَلْفِهِمْ أَلاَّ خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلاَ هُمْ يَحْزَنُونَ
3:170 Alloh ularga Oʻz oliyjanobligi bilan bergan rizqidan mamnun boʻladilar. Ular ortlarida qolib, ularga hanuz yetishmagan (gʻoziy)larga hech qanday qoʻrquv yoʻqligini va xafa ham boʻlmasligini xush xabarini yetkazmoqchi boʻlmoqda[444].
يَسْتَبْشِرُونَ بِنِعْمَةٍ مِّنَ اللّهِ وَفَضْلٍ وَأَنَّ اللّهَ لاَ يُضِيعُ أَجْرَ الْمُؤْمِنِينَ
3:171 (Ular) Allohning neʼmatini, oliyjanobligini hamda moʻminlarga beriladigan mukofotni Alloh zoye qilmasligini xush xabarini yetkazmoqchi boʻlmoqda.»
الَّذِينَ اسْتَجَابُواْ لِلّهِ وَالرَّسُولِ مِن بَعْدِ مَآ أَصَابَهُمُ الْقَرْحُ لِلَّذِينَ أَحْسَنُواْ مِنْهُمْ وَاتَّقَواْ أَجْرٌ عَظِيمٌ
3:172 Jangda jarohat olganidan keyin ham, Alloh va Rasulga/risolatga[445] munosib javob qaytarganlarga kelsak, ular orasidan qilgan ishini chiroyli bajargan va javobgarlikni his qilganlarga ulkan ajr-mukofot bor.
الَّذِينَ قَالَ لَهُمُ النَّاسُ إِنَّ النَّاسَ قَدْ جَمَعُواْ لَكُمْ فَاخْشَوْهُمْ فَزَادَهُمْ إِيمَاناً وَقَالُواْ حَسْبُنَا اللّهُ وَنِعْمَ الْوَكِيلُ
3:173
Ularga (yoʻlda) baʼzi insonlar shunday degan: «(Dushman tarafidagi[446]) odamlar sizlarga qarshi birlashdi, ulardan qoʻrqinglar!»- deganida, (bu gap) ularni Allohga boʻlgan ishonchini yanada ziyoda qildi va ular shunday dedi: “Bizga Alloh yetadi! Eng yaxshi suyanib-tayaniladigan zot Udir!”
فَانقَلَبُواْ بِنِعْمَةٍ مِّنَ اللّهِ وَفَضْلٍ لَّمْ يَمْسَسْهُمْ سُوءٌ وَاتَّبَعُواْ رِضْوَانَ اللّهِ وَاللّهُ ذُو فَضْلٍ عَظِيمٍ
3:174
Shunday qilib, ular Allohning neʼmati va oliyjanobligi soyasida, ularga hech qanday ziyon-zahmat yetmay qaytib kelishdi va Allohning roziligini taʼqib qilishdi. Alloh buyuk oliyjanoblikka egadir.
إِنَّمَا ذَلِكُمُ الشَّيْطَانُ يُخَوِّفُ أَوْلِيَاءهُ فَلاَ تَخَافُوهُمْ وَخَافُونِ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ
3:175
Oʻsha shayton (odam) faqat oʻz izdoshlarini/doʻstlarini qoʻrqita oladi. Agar moʻmin boʻlsangiz, ulardan qoʻrqmang, Mendan qoʻrqing!
وَلاَ يَحْزُنكَ الَّذِينَ يُسَارِعُونَ فِي الْكُفْرِ إِنَّهُمْ لَن يَضُرُّواْ اللّهَ شَيْئاً يُرِيدُ اللّهُ أَلاَّ يَجْعَلَ لَهُمْ حَظًّا فِي الآخِرَةِ وَلَهُمْ عَذَابٌ عَظِيمٌ
3:176
Kofirlikda ildamlik qilayotganlar seni gʻamga solib qoʻymasin. Ular Allohga hech narsada zarar yetkaza olmaydi. Alloh ularga oxiratda hech qanday nasiba bermaslikni xohlaydi. Ularga ulkan azob bor[447].
إِنَّ الَّذِينَ اشْتَرَوُاْ الْكُفْرَ بِالإِيمَانِ لَن يَضُرُّواْ اللّهَ شَيْئًا وَلهُمْ عَذَابٌ أَلِيم3:177
3:177 Imon-ishonchni kofirlikka sotganlar Allohga hech narsada zarar yetkaza olmaydi. Ularga alamli azob bor.
وَلاَ يَحْسَبَنَّ الَّذِينَ كَفَرُواْ أَنَّمَا نُمْلِي لَهُمْ خَيْرٌ لِّأَنفُسِهِمْ إِنَّمَا نُمْلِي لَهُمْ لِيَزْدَادُواْ إِثْمًا وَلَهْمُ عَذَابٌ مُّهِينٌ
3:178 Kofirlik qilganlar Biz ularga berayotgan fursatni oʻzlarining foydasiga deb hisoblamasin. Gunohlari ortish uchun ularga fursat beryapmiz. Ularga xorlovchi azob bor.
مَّا كَانَ اللّهُ لِيَذَرَ الْمُؤْمِنِينَ عَلَى مَآ أَنتُمْ عَلَيْهِ حَتَّىَ يَمِيزَ الْخَبِيثَ مِنَ الطَّيِّبِ وَمَا كَانَ اللّهُ لِيُطْلِعَكُمْ عَلَى الْغَيْبِ وَلَكِنَّ اللّهَ يَجْتَبِي مِن رُّسُلِهِ مَن يَشَاء فَآمِنُواْ بِاللّهِ وَرُسُلِهِ وَإِن تُؤْمِنُواْ وَتَتَّقُواْ فَلَكُمْ أَجْرٌ عَظِيمٌ
3:179 Alloh siz moʻminlarni oʻz ahvolingizga tashlab qoʻymaydi; U hali (qalbi) kirlarni (vijdoni) poklardan ajratib oladi. Alloh sizlarga gʻaybini ham ochmaydi; biroq, (uni bildirish uchun) elchilaridan munosiblarini tanlab oladi[448]. Shunday ekan, Allohga va rasullariga ishonib-suyaninglar. Agar (kitoblariga) ishonsalaring va (kitobdagi taqiqlangan) gunohlardan saqlansalaring, sizlarga ulkan haq va evaz beriladi.
وَلاَ يَحْسَبَنَّ الَّذِينَ يَبْخَلُونَ بِمَا آتَاهُمُ اللّهُ مِن فَضْلِهِ هُوَ خَيْرًا لَّهُمْ بَلْ هُوَ شَرٌّ لَّهُمْ سَيُطَوَّقُونَ مَا بَخِلُواْ بِهِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَلِلّهِ مِيرَاثُ السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضِ وَاللّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ
3:180 Alloh ularga oliyjanoblik qilib bergan narsalarda baxillik qiladiganlar oʻsha baxilliklarini oʻz foydasiga deb hisoblamasinlar. Aksincha, u ular uchun yomon. Baxillik qilgan narsalari qiyomat kuni ularga boʻyinbogʻ qilib siylanadi. Osmonlar va yerning merosi Allohga qoladi. Alloh qilayotgan ishlaringizdan xabardordir.
لَّقَدْ سَمِعَ اللّهُ قَوْلَ الَّذِينَ قَالُواْ إِنَّ اللّهَ فَقِيرٌ وَنَحْنُ أَغْنِيَاء سَنَكْتُبُ مَا قَالُواْ وَقَتْلَهُمُ الأَنبِيَاء بِغَيْرِ حَقٍّ وَنَقُولُ ذُوقُواْ عَذَابَ الْحَرِيقِ
3:181 “Alloh faqir, biz boymiz!” deganlarning soʻzini Alloh aniq eshitdi. Bu aytgan soʻzlarini-yu paygʻambarlarga nohaq dushmanlik qilganliklarini yozib qoʻyamiz[449] va shunday deymiz: «Mana shu yongʻin azobini totinglar endi!
ذَلِكَ بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيكُمْ وَأَنَّ اللّهَ لَيْسَ بِظَلاَّمٍ لِّلْعَبِيدِ
3:182 Bu – oʻz qoʻllaringiz bilan qilgan ishlaringiz (haqsizligingiz) evazidir. Shubhasizki, Alloh qullariga haqsizlik qiluvchi emas.»
الَّذِينَ قَالُواْ إِنَّ اللّهَ عَهِدَ إِلَيْنَا أَلاَّ نُؤْمِنَ لِرَسُولٍ حَتَّىَ يَأْتِيَنَا بِقُرْبَانٍ تَأْكُلُهُ النَّارُ قُلْ قَدْ جَاءكُمْ رُسُلٌ مِّن قَبْلِي بِالْبَيِّنَاتِ وَبِالَّذِي قُلْتُمْ فَلِمَ قَتَلْتُمُوهُمْ إِن كُنتُمْ صَادِقِينَ
3:183 Oʻsha gapni gapirgan (yahudiy)lar shunday dedi: «Olovda kuydiriladigan qurbon (shariati) olib kelmagunicha[450], hech qaysi elchiga ishonmasligimiz kerakligi haqida Allohning Oʻzi ahd olgan.» Ayt: «Mendan avval sizlarga elchilar dalil-hujjatlar ham, sizlar aytgan narsani ham olib kelgan edi. Agar toʻgʻri boʻlsalaring aytingchi, ularga nega dushmanchilik qildinglar»?
فَإِن كَذَّبُوكَ فَقَدْ كُذِّبَ رُسُلٌ مِّن قَبْلِكَ جَآؤُوا بِالْبَيِّنَاتِ وَالزُّبُرِ وَالْكِتَابِ الْمُنِيرِ
3:184 Seni yolgʻonchi desa, sendan avval elchilar ham yolgʻonchiga chiqarilgan. Ular ham aniq-ravshan dalillar, zaburlar[451] va (har biri) oydinlatib beruvchi kitob bilan kelgan.
كُلُّ نَفْسٍ ذَآئِقَةُ الْمَوْتِ وَإِنَّمَا تُوَفَّوْنَ أُجُورَكُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ فَمَن زُحْزِحَ عَنِ النَّارِ وَأُدْخِلَ الْجَنَّةَ فَقَدْ فَازَ وَما الْحَيَاةُ الدُّنْيَا إِلاَّ مَتَاعُ الْغُرُورِ
3:185 Har bir jon oʻlimni tatiydi. Qilmishlaringizni jazo-yu mukofoti sizlarga faqatgina qiyomat kuni toʻliq qilib beriladi. (U kuni) Kim jahannamdan yiroq qilinib, jannatga kirgizilsa, shunda u qutilgan boʻladi. Bu dunyo hayoti aldovchi manfaatdan boshqa narsa emas.
لَتُبْلَوُنَّ فِي أَمْوَالِكُمْ وَأَنفُسِكُمْ وَلَتَسْمَعُنَّ مِنَ الَّذِينَ أُوتُواْ الْكِتَابَ مِن قَبْلِكُمْ وَمِنَ الَّذِينَ أَشْرَكُواْ أَذًى كَثِيرًا وَإِن تَصْبِرُواْ وَتَتَّقُواْ فَإِنَّ ذَلِكَ مِنْ عَزْمِ الأُمُورِ
3:186 (Ey moʻminlar!) Mol-mulklaringiz va jonlaringiz xususida qattiq sinalishingiz aniq. Sizlardan ilgari kitob berilgan (gʻayridinlar) va mushriklardan koʻplab aziyat beruvchi haqoratli soʻzlar eshitishingiz ham aniq. Agar sabr-bardosh qilsangiz va masʼuliyatli yondashsangiz (sinovdan oʻta olasizlar[452]). Bilib qoʻying, bu ish – azmi-qaror talab qiladigan ishlardandir.
وَإِذَ أَخَذَ اللّهُ مِيثَاقَ الَّذِينَ أُوتُواْ الْكِتَابَ لَتُبَيِّنُنَّهُ لِلنَّاسِ وَلاَ تَكْتُمُونَهُ فَنَبَذُوهُ وَرَاء ظُهُورِهِمْ وَاشْتَرَوْاْ بِهِ ثَمَناً قَلِيلاً فَبِئْسَ مَا يَشْتَرُونَ
3:187 Oʻz vaqtida Alloh kitob berilganlardan (hozirgi gʻayridinlardan): «U kitobni insonlarga ochiq-oydin tushuntirib berasizlar va (undagi hukmlarni) aslo yashirmaysizlar!»- deb soʻz olgan[453]. Lekin, ular u (ahd)ni ortga tashladi (vafo qilmadi) va uni evaziga oʻtkinchi bir qadr-qiymat sotib oldi. Ularni bu olgan narsasi qanday ham yomon![454]
لاَ تَحْسَبَنَّ الَّذِينَ يَفْرَحُونَ بِمَا أَتَواْ وَّيُحِبُّونَ أَن يُحْمَدُواْ بِمَا لَمْ يَفْعَلُواْ فَلاَ تَحْسَبَنَّهُمْ بِمَفَازَةٍ مِّنَ الْعَذَابِ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ
3:188 Qilganidan xursand boʻladigan va qilmagan yaxshi ishi bilan maqtalishni yaxshi koʻradiganlarni[455] azobdan qutulib qoladi deb oʻylama. Ularga alamli azob bor.
وَلِلّهِ مُلْكُ السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضِ وَاللّهُ عَلَىَ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ
3:189 Osmonlar va yerdagi hokimiyat:egalik Allohniki. Alloh har narsaga oʻlchov qoʻyadi.
إِنَّ فِي خَلْقِ السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضِ وَاخْتِلاَفِ اللَّيْلِ وَالنَّهَارِ لآيَاتٍ لِّأُوْلِي الألْبَاب
3:190 Albatta, Osmonlar va yerni yaratilishida, kecha va kunduzni orqama-orqa almashib turishida aqlu vijdoni sof kishilar uchun (yaratuvchi Allohni borligi haqida) alomatlar bor.
الَّذِينَ يَذْكُرُونَ اللّهَ قِيَامًا وَقُعُودًا وَعَلَىَ جُنُوبِهِمْ وَيَتَفَكَّرُونَ فِي خَلْقِ السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضِ رَبَّنَا مَا خَلَقْتَ هَذا بَاطِلاً سُبْحَانَكَ فَقِنَا عَذَابَ النَّارِ
3:191 Ular tik turib, oʻtirib va yon taraflari[456] (qoʻl va oyoqlari) uzra Allohni yod[457] etadilar (tushunib namoz oʻqishadi). Hamda, osmonlar va yerni yaratilishi haqida tafakkur qilib: «Ey yaratgan Egamiz! Sen buni bejiz yaratmading, Sen pok zotsan! Bizni jahannam azobidan qutqar!
رَبَّنَا إِنَّكَ مَن تُدْخِلِ النَّارَ فَقَدْ أَخْزَيْتَهُ وَمَا لِلظَّالِمِينَ مِنْ أَنصَارٍ
3:192 Ey yaratgan Egamiz! Sen kimni jahannamga kirgizsang, uni xor-zor qilgan boʻlasan. Haqsizlik qiluvchi zolimlarni yordamchilari boʻlmaydi.
رَّبَّنَا إِنَّنَا سَمِعْنَا مُنَادِيًا يُنَادِي لِلإِيمَانِ أَنْ آمِنُواْ بِرَبِّكُمْ فَآمَنَّا رَبَّنَا فَاغْفِرْ لَنَا ذُنُوبَنَا وَكَفِّرْ عَنَّا سَيِّئَاتِنَا وَتَوَفَّنَا مَعَ الأبْرَارِ
3:193 Ey yaratgan Egamiz! Bizga daʼvat qilayotgan birini eshitdik: U «Rabbingizga ishoninglar», deb imonga chaqirayotgan edi, biz darhol imon keltirdik. Ey Rabbimiz! Endi, gunohlarimizni magʻfirat qil, yomonliklarimizni oʻchirib yubor, bizni yaxshilar safida jonimizni ol[458].
رَبَّنَا وَآتِنَا مَا وَعَدتَّنَا عَلَى رُسُلِكَ وَلاَ تُخْزِنَا يَوْمَ الْقِيَامَةِ إِنَّكَ لاَ تُخْلِفُ الْمِيعَادَ
3:194 Ey yaratgan Egamiz! Elchilaring orqali vaʼda qilgan narsangni bizga ato qil, qiyomat kuni bizni xor-zor qilma. Sen vaʼdaga xilof qilmaysan.»
فَاسْتَجَابَ لَهُمْ رَبُّهُمْ أَنِّي لاَ أُضِيعُ عَمَلَ عَامِلٍ مِّنكُم مِّن ذَكَرٍ أَوْ أُنثَى بَعْضُكُم مِّن بَعْضٍ فَالَّذِينَ هَاجَرُواْ وَأُخْرِجُواْ مِن دِيَارِهِمْ وَأُوذُواْ فِي سَبِيلِي وَقَاتَلُواْ وَقُتِلُواْ لأُكَفِّرَنَّ عَنْهُمْ سَيِّئَاتِهِمْ وَلأُدْخِلَنَّهُمْ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِن تَحْتِهَا الأَنْهَارُ ثَوَابًا مِّن عِندِ اللّهِ وَاللّهُ عِندَهُ حُسْنُ الثَّوَابِ
3:195 Shunda, yaratgan Egasi ularni duolariga shunday javob beradi: «Xoh erkak boʻlsin, xoh ayol boʻlsin, sizlardan amal qiluvchilarning hech bir amalini zoye qilmayman. Sizlar bir-biringizdan tashkil topgansiz[459]. Ayniqsa, hijrat qilgan, yurtlaridan (haydab) chiqarilgan, Mening yoʻlimda aziyat chekkan, urishgan va u yoʻlda oʻldirilganlarning oʻtmishda qilgan yomonliklarini oʻchirib yuboraman va ularni (oxirat hayotida) ichlaridan anhorlar oqib turadigan bogʻu boʻstonlarga joylayman. Bu – ularga Alloh tarafidan mukofot sifatida beriladi. Mukofotlarning yaxshisi Alloh tarafidan beriladiganidir.
لاَ يَغُرَّنَّكَ تَقَلُّبُ الَّذِينَ كَفَرُواْ فِي الْبِلاَدِ
3:196 Kofirlarni yurma-yurt kezib yurishi seni aldab qoʻymasin.
مَتَاعٌ قَلِيلٌ ثُمَّ مَأْوَاهُمْ جَهَنَّمُ وَبِئْسَ الْمِهَادُ
3:197 (Ularning bu yurishi) oʻtkinchi bir manfaat. Ularning borar joylari jahannam. U juda yomon joy!
لَكِنِ الَّذِينَ اتَّقَوْاْ رَبَّهُمْ لَهُمْ جَنَّاتٌ تَجْرِي مِن تَحْتِهَا الأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا نُزُلاً مِّنْ عِندِ اللّهِ وَمَا عِندَ اللّهِ خَيْرٌ لِّلأَبْرَارِ
3:198 Robbiga nisbatan javobgarlikni his qilgan (moʻmin)larga kelsak, (kelgusi hayotda) ular uchun ichlaridan anhorlar oqib turadigan bogʻu boʻstonlar bor. Alloh tarafidan ziyofat oʻlaroq ular u bogʻu boʻstonlarda oʻlimsiz-mangu qoladilar. Alloh huzurida yaxshi (xudojoʻy) kishilarga tayyorlab qoʻyilgan har narsa (eng) yaxshidir.
وَإِنَّ مِنْ أَهْلِ الْكِتَابِ لَمَن يُؤْمِنُ بِاللّهِ وَمَا أُنزِلَ إِلَيْكُمْ وَمَآ أُنزِلَ إِلَيْهِمْ خَاشِعِينَ لِلّهِ لاَ يَشْتَرُونَ بِآيَاتِ اللّهِ ثَمَنًا قَلِيلاً أُوْلَئِكَ لَهُمْ أَجْرُهُمْ عِندَ رَبِّهِمْ إِنَّ اللّهَ سَرِيعُ الْحِسَابِ
3:199 Ahli Kitob orasida Allohga ham, sizlarga yuborilgan kitobga va oʻzlariga yuborilgan kitobga ham – Allohga toʻliq hurmat koʻrsatgan holda – ishonadiganlari bor. Ular Allohning oyatlarini oʻtkinchi qadr-qiymatga almashtirmaydi. Ularni Rabbi huzurida oladigan ajr-mukofoti bor. Alloh hisob-kitobni tez qiluvchidir.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اصْبِرُواْ وَصَابِرُواْ وَرَابِطُواْ وَاتَّقُواْ اللّهَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ
3:200 Ey Moʻminlar! Najot topishingiz uchun sabr-bardoshli boʻling, qarshi tarafdan ham bardoshliroq boʻling, doim hushyor boʻling va Allohdan taqvo qiling!
- Niso surasi
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
يَا أَيُّهَا النَّاسُ اتَّقُواْ رَبَّكُمُ الَّذِي خَلَقَكُم مِّن نَّفْسٍ وَاحِدَةٍ وَخَلَقَ مِنْهَا زَوْجَهَا وَبَثَّ مِنْهُمَا رِجَالاً كَثِيرًا وَنِسَاء وَاتَّقُواْ اللّهَ الَّذِي تَسَاءلُونَ بِهِ وَالأَرْحَامَ إِنَّ اللّهَ كَانَ عَلَيْكُمْ رَقِيبًا {1}
4:1 Ey insonlar! Yaratgan Egangizga taqvo qiling! U sizlarni bir nafsdan/moddadan[460] yaratdi va juftini ham u (modda)dan yaratdi, u ikkalasidan koʻplab erkak va ayollar taratdi. Allohdan taqvo qiling – oʻzaro (haq-ququq) soʻrayotganingizda Uning nomini tilga olyapsiz. Qarindoshchilik rishtalari (buzilishi)dan saqlaning! Alloh sizlarni kuzatib turibdi.
وَآتُواْ الْيَتَامَى أَمْوَالَهُمْ وَلاَ تَتَبَدَّلُواْ الْخَبِيثَ بِالطَّيِّبِ وَلاَ تَأْكُلُواْ أَمْوَالَهُمْ إِلَى أَمْوَالِكُمْ إِنَّهُ كَانَ حُوبًا كَبِيرًا {2}
4:2 (Yetuklik chogʻiga kirganda) etimlarning mulklarini oʻzlariga topshiring[461]. Pokni nopokka almashtirmang[462]; mulkini oʻz mulkingizga qoʻshib yemang, chunki u katta gunoh.
وَإِنۡ خِفۡتُمۡ أَلَّا تُقۡسِطُوا۟ فِی ٱلۡیَتَـٰمَىٰ فَٱنكِحُوا۟ مَا طَابَ لَكُم مِّنَ ٱلنِّسَاۤءِ مَثۡنَىٰ وَثُلَـٰثَ وَرُبَـٰعَۖ فَإِنۡ خِفۡتُمۡ أَلَّا تَعۡدِلُوا۟ فَوَ ٰحِدَةً أَوۡ مَا مَلَكَتۡ أَیۡمَـٰنُكُمۡۚ ذَ ٰلِكَ أَدۡنَىٰۤ أَلَّا تَعُولُوا۟
4:3 Agar yetim qizlarga nisbatan toʻgʻri munosabatda boʻla olmaslikdan qoʻrqsangiz, (ularni emas,) oʻzingiz yoqtirgan boshqa ayollardan ikkitasiga, uchtasiga yoki toʻrttasiga uylanavering. Agar oʻrtalarida adolatni oʻrniga qoʻya olmaslikdan qoʻrqsangiz[463], bitta ayolga, yoki javobgarligingiz ostidagi bitta asira ayolga uylaning[464]. Muammoga[465] tushib qolmasligingiz uchun eng munosib boʻlgani mana shu!
وَآتُواْ النَّسَاء صَدُقَاتِهِنَّ نِحْلَةً فَإِن طِبْنَ لَكُمْ عَن شَيْءٍ مِّنْهُ نَفْسًا فَكُلُوهُ هَنِيئًا مَّرِيئًا {4}
4:4 Ayollarga qalin pulini/mahrini[466] chin dildan bering. Agar oʻzlari koʻngildan mahrlarini bir qismini sizlarga (qaytarib yoki kechib) bersa, uni yeyavering; tortinmay olavering.
وَلاَ تُؤْتُواْ السُّفَهَاء أَمْوَالَكُمُ الَّتِي جَعَلَ اللّهُ لَكُمْ قِيَاماً وَارْزُقُوهُمْ فِيهَا وَاكْسُوهُمْ وَقُولُواْ لَهُمْ قَوْلاً مَّعْرُوفًا {5}
4:5 Alloh sizlarga (tirikchilik uchun) asos qilib qoʻygan mol-mulkingizni ahmoqona harakat qiladigan kimsalarga[467] (aqli raso boʻlmaganlarga) berib qoʻymasdan, (u mol-mulkni ishga solib, topgan foydalaringiz bilan) ularni yedirib-ichiringlar, kiyintiringlar va ularga chiroyli[468] gapiringlar.
وَابْتَلُواْ الْيَتَامَى حَتَّىَ إِذَا بَلَغُواْ النِّكَاحَ فَإِنْ آنَسْتُم مِّنْهُمْ رُشْدًا فَادْفَعُواْ إِلَيْهِمْ أَمْوَالَهُمْ وَلاَ تَأْكُلُوهَا إِسْرَافًا وَبِدَارًا أَن يَكْبَرُواْ وَمَن كَانَ غَنِيًّا فَلْيَسْتَعْفِفْ وَمَن كَانَ فَقِيرًا فَلْيَأْكُلْ بِالْمَعْرُوفِ فَإِذَا دَفَعْتُمْ إِلَيْهِمْ أَمْوَالَهُمْ فَأَشْهِدُواْ عَلَيْهِمْ وَكَفَى بِاللّهِ حَسِيبًا {6}
4:6 Nikohlanadigan yoshga toʻlguncha yetimlarni (mol-mulkini qanday boshqarishini) sinab turing. Agar ularni aqli raso boʻlganini koʻrsangiz, mol-mulkini oʻzlariga topshiring[469]. Yoshi ulgʻayib tortib oladi deb, keraksiz joylarga sarflab mol-mulkini shoshilib yeb bitirmang. Kim behojat boʻlsa, oʻzini pok saqlashga urinsin. Kim muhtoj boʻlsa, chiroyli holatda yesin[470]. Ularga mol-mulkini topshirayotganingizda ularga guvoh keltiring. Hisob-kitobga Allohning Oʻzi kifoyadir.
لِّلرِّجَالِ نَصيِبٌ مِّمَّا تَرَكَ الْوَالِدَانِ وَالأَقْرَبُونَ وَلِلنِّسَاء نَصِيبٌ مِّمَّا تَرَكَ الْوَالِدَانِ وَالأَقْرَبُونَ مِمَّا قَلَّ مِنْهُ أَوْ كَثُرَ نَصِيبًا مَّفْرُوضًا {7}
4:7 Erkaklar uchun ota-onasi va yaqin qarindoshlari qoldirgan merosdan ulush bor. Ota-onasi va yaqin qarindoshlari qoldirgan merosdan ayollar uchun ham ulush bor. Meros oz boʻlsa ham koʻp boʻlsa ham hissadorlarga ulushi berilishi farz.
وَإِذَا حَضَرَ الْقِسْمَةَ أُوْلُواْ الْقُرْبَى وَالْيَتَامَى وَالْمَسَاكِينُ فَارْزُقُوهُم مِّنْهُ وَقُولُواْ لَهُمْ قَوْلاً مَّعْرُوفًا {8}
4:8 Taqsimotga meros tegmaydigan qarindoshlari, yetimlari va chorasiz kimsalari[471] ham meros taqsimotiga qatnashib qolsa, merosdan ularga ham biror narsa bering, ularga chiroyli[472] gap gapiringlar.
وَلْيَخْشَ الَّذِينَ لَوْ تَرَكُواْ مِنْ خَلْفِهِمْ ذُرِّيَّةً ضِعَافًا خَافُواْ عَلَيْهِمْ فَلْيَتَّقُوا اللّهَ وَلْيَقُولُواْ قَوْلاً سَدِيدًا {9}
4:9 Agar oʻzlari ortidan kuchsiz (zaif) farzand qoldirsa, ular haqida xavotir qiladiganlar, (boshqalarning zaif bolalari haqida ham) andisha qilsinlar, Allohga javob berishni oʻylasinlar va toʻgʻri gap gapirsinlar.[473]
إِنَّ الَّذِينَ يَأْكُلُونَ أَمْوَالَ الْيَتَامَى ظُلْمًا إِنَّمَا يَأْكُلُونَ فِي بُطُونِهِمْ نَارًا وَسَيَصْلَوْنَ سَعِيرًا {10}
4:10 Shubhasizki, yetimlarning mol-mulkini nohaq yeb ketayotganlar qornilarini olovga toʻldirayotgan boʻladi. Ular yaqinda alanggali oʻtga tashlanadi[474].
يُوصِيكُمُ اللّهُ فِي أَوْلاَدِكُمْ لِلذَّكَرِ مِثْلُ حَظِّ الأُنثَيَيْنِ فَإِن كُنَّ نِسَاء فَوْقَ اثْنَتَيْنِ فَلَهُنَّ ثُلُثَا مَا تَرَكَ وَإِن كَانَتْ وَاحِدَةً فَلَهَا النِّصْفُ وَلأَبَوَيْهِ لِكُلِّ وَاحِدٍ مِّنْهُمَا السُّدُسُ مِمَّا تَرَكَ إِن كَانَ لَهُ وَلَدٌ فَإِن لَّمْ يَكُن لَّهُ وَلَدٌ وَوَرِثَهُ أَبَوَاهُ فَلأُمِّهِ الثُّلُثُ فَإِن كَانَ لَهُ إِخْوَةٌ فَلأُمِّهِ السُّدُسُ مِن بَعْدِ وَصِيَّةٍ يُوصِي بِهَا أَوْ دَيْنٍ آبَآؤُكُمْ وَأَبناؤُكُمْ لاَ تَدْرُونَ أَيُّهُمْ أَقْرَبُ لَكُمْ نَفْعاً فَرِيضَةً مِّنَ اللّهِ إِنَّ اللّهَ كَانَ عَلِيما حَكِيمًا {11}
4:11 Alloh sizlarga (marhumlarning) bolalari (merosi) haqida shunday vasiyat qiladi/amr qiladi:[475] erkakka ikkita ayol ulushi (beriladi). Agar (marhumning bolalari) faqat ikki yoki ikki yoki undan ortiq qizlar boʻlsa, ularga merosni uchdan ikki qismi, agar bitta boʻlsa, unga yarmi (beriladi). Marhumning ota-onasining har biriga oltidan biri tegadi, agar (marhumning) bolasi ham boʻlsa. Bolasi boʻlmasa, ota-onasi[476] (toʻliq) voris boʻlib, onasiga uchdan bir qismi (beriladi).[477] Marhumning (ota bir[478]) aka-ukalari boʻlsa, onasining ulushi oltidan biridir. Ulushlar vasiyat qilib qoldirgan qarzlari toʻlanganidan[479] yoki (yozib qoʻyilgan) qarzini toʻlanganidan keyin taqsimlanadi. Ota-onalaringiz va bolalaringizdan[480] qaysi biri sizlarga yaqindan foydasi tegishini bilmaysiz. Shu bois, ulushlar Alloh tarafidan farz qilib belgilab qoʻyildi. Alloh biladi, toʻgʻri qaror beradi.
وَلَكُمْ نِصْفُ مَا تَرَكَ أَزْوَاجُكُمْ إِن لَّمْ يَكُن لَّهُنَّ وَلَدٌ فَإِن كَانَ لَهُنَّ وَلَدٌ فَلَكُمُ الرُّبُعُ مِمَّا تَرَكْنَ مِن بَعْدِ وَصِيَّةٍ يُوصِينَ بِهَا أَوْ دَيْنٍ وَلَهُنَّ الرُّبُعُ مِمَّا تَرَكْتُمْ إِن لَّمْ يَكُن لَّكُمْ وَلَدٌ فَإِن كَانَ لَكُمْ وَلَدٌ فَلَهُنَّ الثُّمُنُ مِمَّا تَرَكْتُم مِّن بَعْدِ وَصِيَّةٍ تُوصُونَ بِهَا أَوْ دَيْنٍ وَإِن كَانَ رَجُلٌ يُورَثُ كَلاَلَةً أَو امْرَأَةٌ وَلَهُ أَخٌ أَوْ أُخْتٌ فَلِكُلِّ وَاحِدٍ مِّنْهُمَا السُّدُسُ فَإِن كَانُوَاْ أَكْثَرَ مِن ذَلِكَ فَهُمْ شُرَكَاء فِي الثُّلُثِ مِن بَعْدِ وَصِيَّةٍ يُوصَى بِهَآ أَوْ دَيْنٍ غَيْرَ مُضَآرٍّ وَصِيَّةً مِّنَ اللّهِ وَاللّهُ عَلِيمٌ حَلِيمٌ {12}
4:12 Ayollaringizni farzandi boʻlmasa, ular qoldirgan merosni yarmi sizlarniki boʻladi. Agar farzandi boʻlsa, sizlarga ular qoldirgan merosni toʻrtdan biri tegadi. Bu taqsimot vasiyat qilib qoldirgan qarzlarini toʻlanib, yoki yozib qoldirgan qarz havolalari toʻlanganidan keyin olib beriladi. Agar farzandingiz boʻlmasa, sizlar qoldirgan merosni toʻrtdan biri ayollaringizga tegadi. Agar Farzandingiz boʻlsa, ayollaringizga sizlar qoldirgan merosdan sakkizdan biri tegadi[481]. Bu taqsimot vasiyat qilib qoldirgan qarzingizni toʻlanganidan keyin[482] yoki yozib qoldirgan qarz havolalaringizni toʻlanganidan keyin beriladi[483]. Meros qoldirgan erkak yoki ayol (ona tarafidan) kalola boʻlib, (yaʼni, onasi ham oʻz bolasi ham boʻlmasdan, uning ona bir) erkak yoki qiz ukasi boʻlsa, ulardan har birini ulushi oltidan biridir. Agar bular bittadan koʻp boʻlsa, merosni uchdan biriga sherik boʻladi[484]. (Barcha bu holatlarda) taqsimotlar vasiyatli qarzlardan, yoki yozib qoldirilgan qarz havola toʻlanganidan keyin (merosxoʻrlarga) zarar keltirmaydigan holda amalga oshiriladi. Bularning barchasi sizlarga Alloh tarafidan yuklatilgan vazifalardir[485]. Alloh biladi, yumshoq muomala qiladi.
تِلْكَ حُدُودُ اللّهِ وَمَن يُطِعِ اللّهَ وَرَسُولَهُ يُدْخِلْهُ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِن تَحْتِهَا الأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا وَذَلِكَ الْفَوْزُ الْعَظِيمُ {13}
4:13 Bu (taqsimot)lar Allohning (meros masalasida) belgilab qoʻygan chegaralaridir. Kimki Alloh va Rasuliga/risolatiga boʻysunsa, Alloh ularni ichlaridan anhorlar oqib turadigan bogʻu boʻstonlarga kirgizadi, ular u unda oʻlimsiz-mangu qoladi. Eng buyuk yutuq mana shu.
وَمَن يَعْصِ اللّهَ وَرَسُولَهُ وَيَتَعَدَّ حُدُودَهُ يُدْخِلْهُ نَارًا خَالِدًا فِيهَا وَلَهُ عَذَابٌ مُّهِينٌ {14}
4:14 Kimki Alloh va Rasuliga/risolatiga qarshi chiqsa va uning chegaralarini buzsa, uni oʻtga[486] kirgizadi. U unda oʻlimsiz-mangu qoladi va unga xorlovchi azob boʻladi.
وَاللاَّتِي يَأْتِينَ الْفَاحِشَةَ مِن نِّسَآئِكُمْ فَاسْتَشْهِدُواْ عَلَيْهِنَّ أَرْبَعةً مِّنكُمْ فَإِن شَهِدُواْ فَأَمْسِكُوهُنَّ فِي الْبُيُوتِ حَتَّىَ يَتَوَفَّاهُنَّ الْمَوْتُ أَوْ يَجْعَلَ اللّهُ لَهُنَّ سَبِيلاً {15}
4:15 Ayollaringiz orasida fahsh ishg qiluvchi[487] ikkala ayolga ham (aybini isbotlash uchun) ularga qarshi orangizdan toʻrt kishini guvoh qilib keltiring. Agar guvoh boʻlsalar, ularni to oʻlguncha yoki Alloh ularning foydasiga bir yoʻl paydo qilguncha uylarda saqlang.
وَاللَّذَانَ يَأْتِيَانِهَا مِنكُمْ فَآذُوهُمَا فَإِن تَابَا وَأَصْلَحَا فَأَعْرِضُواْ عَنْهُمَا إِنَّ اللّهَ كَانَ تَوَّابًا رَّحِيمًا
4:16 Erkaklaringiz orasidan fahsh ishga qoʻl urayotgan ikkala erkakka ham ozor beringlar (ranjitinglar). Agar tavba qilsa va oʻzlarini tuzatsa, ularni tinch qoʻying. Chunki, Alloh tavbaga imkon beruvchi va mehribondir.
إِنَّمَا التَّوْبَةُ عَلَى اللّهِ لِلَّذِينَ يَعْمَلُونَ السُّوَءَ بِجَهَالَةٍ ثُمَّ يَتُوبُونَ مِن قَرِيبٍ فَأُوْلَـئِكَ يَتُوبُ اللّهُ عَلَيْهِمْ وَكَانَ اللّهُ عَلِيماً حَكِيماً
4:17 Alloh qabul qiladigan tavba – johillik[488] tufayli yomonlik qilib qoʻyib, koʻp vaqt oʻtmay tavba qilganlarga tegishli. Alloh ana shunday kishilarga tavba imkonini beradi. Alloh (kimni kechirishni) biladi, toʻgʻri qaror beradi.
وَلَيْسَتِ التَّوْبَةُ لِلَّذِينَ يَعْمَلُونَ السَّيِّئَاتِ حَتَّى إِذَا حَضَرَ أَحَدَهُمُ الْمَوْتُ قَالَ إِنِّي تُبْتُ الآنَ وَلاَ الَّذِينَ يَمُوتُونَ وَهُمْ كُفَّارٌ أُوْلَـئِكَ أَعْتَدْنَا لَهُمْ عَذَابًا أَلِيمًا
4:18 Unday tavba – yomonliklarni qilishda davom etib, toki oʻlim kelganida: “Men endi tavba qildim” deganlarga va oyatlarni tan olmay oʻlgan (kofir)larga tegishli emas. Biz ularga alamli azob tayyorlab qoʻyamiz[489].
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ لاَ يَحِلُّ لَكُمْ أَن تَرِثُواْ النِّسَاء كَرْهًا وَلاَ تَعْضُلُوهُنَّ لِتَذْهَبُواْ بِبَعْضِ مَا آتَيْتُمُوهُنَّ إِلاَّ أَن يَأْتِينَ بِفَاحِشَةٍ مُّبَيِّنَةٍ وَعَاشِرُوهُنَّ بِالْمَعْرُوفِ فَإِن كَرِهْتُمُوهُنَّ فَعَسَى أَن تَكْرَهُواْ شَيْئًا وَيَجْعَلَ اللّهُ فِيهِ خَيْرًا كَثِيرًا
4:19 Ey Moʻminlar! Ayollaringizga majburan egalik qilib olishingiz sizlarga halol boʻlmaydi[490], bergan narsalaringizni bir qismini tortib olish uchun ularga bosim ham oʻtkazmang. Ochiqcha fahsh ish qilgan boʻlsa[491] bu boshqa. Ular bilan chiroyli hayot kechiring[492]. Agar ularni yoqtirmayotgan boʻlsangiz, (bilinki) sizlar yoqtirmagan biror narsada Alloh koʻp yaxshilik tayinlab qoʻygan boʻlishi mumkin.
وَإِنْ أَرَدتُّمُ اسْتِبْدَالَ زَوْجٍ مَّكَانَ زَوْجٍ وَآتَيْتُمْ إِحْدَاهُنَّ قِنطَارًا فَلاَ تَأْخُذُواْ مِنْهُ شَيْئًا أَتَأْخُذُونَهُ بُهْتَاناً وَإِثْماً مُّبِيناً
4:20 Agar bir ayoldan ajrashib, boshqa ayolga uylanmoqchi boʻlsangiz va ajrashmoqchi boʻlgan ayolingizga koʻp mol-mulk berib qoʻygan boʻlsangiz (ham), undan hech narsa qaytarib olmang. Tuhmat[493] va ochiqcha gunohga kirgan holda qaytarib olasizlarmi?
وَكَيْفَ تَأْخُذُونَهُ وَقَدْ أَفْضَى بَعْضُكُمْ إِلَى بَعْضٍ وَأَخَذْنَ مِنكُم مِّيثَاقًا غَلِيظًا
4:21 Uni qanday qilib qaytarib olasizlar?! Axir, bir-biringiz bilan yolgʻiz qoldingiz va ular sizlardan mustahkam ahdu paymon olganku![494]
وَلاَ تَنكِحُواْ مَا نَكَحَ آبَاؤُكُم مِّنَ النِّسَاء إِلاَّ مَا قَدْ سَلَفَ إِنَّهُ كَانَ فَاحِشَةً وَمَقْتًا وَسَاء سَبِيلاً
4:22 Otalaringiz[495] nikohlagan ayollarni nikohlamang[496]. Oʻtmishdagi oʻtmishda qoldi. Chunki, u behayolikdir, nafratlanarli ish va juda yomon yoʻldir!
حُرِّمَتْ عَلَيْكُمْ أُمَّهَاتُكُمْ وَبَنَاتُكُمْ وَأَخَوَاتُكُمْ وَعَمَّاتُكُمْ وَخَالاَتُكُمْ وَبَنَاتُ الأَخِ وَبَنَاتُ الأُخْتِ وَأُمَّهَاتُكُمُ اللاَّتِي أَرْضَعْنَكُمْ وَأَخَوَاتُكُم مِّنَ الرَّضَاعَةِ وَأُمَّهَاتُ نِسَآئِكُمْ وَرَبَائِبُكُمُ اللاَّتِي فِي حُجُورِكُم مِّن نِّسَآئِكُمُ اللاَّتِي دَخَلْتُم بِهِنَّ فَإِن لَّمْ تَكُونُواْ دَخَلْتُم بِهِنَّ فَلاَ جُنَاحَ عَلَيْكُمْ وَحَلاَئِلُ أَبْنَائِكُمُ الَّذِينَ مِنْ أَصْلاَبِكُمْ وَأَن تَجْمَعُواْ بَيْنَ الأُخْتَيْنِ إَلاَّ مَا قَدْ سَلَفَ إِنَّ اللّهَ كَانَ غَفُورًا رَّحِيمًا
4:23
:
1
Sizlarga quyidagi ayollarga uylanish[497] (ham) qilindi: Onalaringiz, qizlaringiz, opa-singillaringiz, ammalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringizning qizlari, emizgan onalaringiz, emikdosh opa-singillaringiz, ayollaringizning onalari va oʻgay qizlaringiz. Chunki ular sizlar birga boʻlgan ayollaringizdan boʻlgan oʻzingizni tarbiyangiz ostidagi qizlaringizdir. Agar u qizlarni onalariga qovushmagan boʻlsangiz, ularni nikohlashingizda sizlarga gunoh yoʻq. Oʻz naslingizdan boʻlgan oʻgʻillaringizni xotinlari bilan nikohlanishingiz va ikki opa-singilni bir nikoh ostida ushlab turishingiz ham qilindi. Oʻtmishdagi ish oʻtmishda qoldi. Alloh kechirimli va mehribondir.
وَالْمُحْصَنَاتُ مِنَ النِّسَاء إِلاَّ مَا مَلَكَتْ أَيْمَانُكُمْ كِتَابَ اللّهِ عَلَيْكُمْ وَأُحِلَّ لَكُم مَّا وَرَاء ذَلِكُمْ أَن تَبْتَغُواْ بِأَمْوَالِكُم مُّحْصِنِينَ غَيْرَ مُسَافِحِينَ فَمَا اسْتَمْتَعْتُم بِهِ مِنْهُنَّ فَآتُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ فَرِيضَةً وَلاَ جُنَاحَ عَلَيْكُمْ فِيمَا تَرَاضَيْتُم بِهِ مِن بَعْدِ الْفَرِيضَةِ إِنَّ اللّهَ كَانَ عَلِيمًا حَكِيمًا
4:24 Oilali ayollarni nikohlab olishingiz ham harom[498]. Lekin, oilali boʻlgan qoʻl ostingizdagi (jangda olingan asira) ayollarga uylanishingiz mumkin. (Bular) Allohning sizlarga yozgan hukmlaridir. Bulardan boshqa ayollarni – nomusli boʻlishingiz, zinodan uzoq turishingiz sharti ila, mol-mulkingiz bilan (uylanishni) talab qilishingiz sizlarga halol qilindi. Bularni biridan nikoh orqali foydalanganingizda, belgilangan mahrlarini beringlar[499]. Mahrni belgilab boʻlganingizdan keyin, oʻzaro koʻngildan rozilashib mahrni qaytadan belgilashingizda sizlarga gunoh yoʻq. Allohning biluvchi, toʻgʻri qaror beruvchi ekani aniq.
وَمَن لَّمْ يَسْتَطِعْ مِنكُمْ طَوْلاً أَن يَنكِحَ الْمُحْصَنَاتِ الْمُؤْمِنَاتِ فَمِن مِّا مَلَكَتْ أَيْمَانُكُم مِّن فَتَيَاتِكُمُ الْمُؤْمِنَاتِ وَاللّهُ أَعْلَمُ بِإِيمَانِكُمْ بَعْضُكُم مِّن بَعْضٍ فَانكِحُوهُنَّ بِإِذْنِ أَهْلِهِنَّ وَآتُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ بِالْمَعْرُوفِ مُحْصَنَاتٍ غَيْرَ مُسَافِحَاتٍ وَلاَ مُتَّخِذَاتِ أَخْدَانٍ فَإِذَا أُحْصِنَّ فَإِنْ أَتَيْنَ بِفَاحِشَةٍ فَعَلَيْهِنَّ نِصْفُ مَا عَلَى الْمُحْصَنَاتِ مِنَ الْعَذَابِ ذَلِكَ لِمَنْ خَشِيَ الْعَنَتَ مِنْكُمْ وَأَن تَصْبِرُواْ خَيْرٌ لَّكُمْ وَاللّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ
4:25 Orangizda moʻmina va iffatli boʻlgan hur ayollarga uylanishga iqtisodiy tomondan kuchi yetmaganlar, qoʻl ostingizdagi imonli asira qizlarga uylanishi mumkin[500]. Imoningizni eng yaxshi biladigan Allohdir. Hammangiz bir-biringizdansiz.[501] Ularga – iffatli, zinodan uzoq boʻlgan va yashirin oʻynash boʻlmagan holda, oilalarini ruxsati ila uylaninglar[502] va mahrlarini oʻzlariga chiroyli shaklda bering. Agar ular (siz uylangan asira ayollar) oila qurganidan keyin[503] zinoga qoʻl urib qoʻysa, ularga beriladigan jazo – oilali hur ayolga beriladigan jazoning[504] yarmicha boʻladi. Bu ruxsat- orangizda uylanishga imkon topolmaslikni oʻylab tushkunlikka tushib qolishdan qoʻrqqanlar uchundir[505]. Sabr qilishingiz oʻzingiz uchun yanada yaxshi boʻladi. Alloh kechirimli va mehribondir.
يُرِيدُ اللّهُ لِيُبَيِّنَ لَكُمْ وَيَهْدِيَكُمْ سُنَنَ الَّذِينَ مِن قَبْلِكُمْ وَيَتُوبَ عَلَيْكُمْ وَاللّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ
4:26 Alloh sizlarga (buyruqlarini) tushuntirib berishni, sizlarni oʻzingizdan oldingilarning (Alloh tarafidan koʻrsatilgan) yoʻllariga[506] yoʻnaltirishni va sizlarga tavba imkoni berishni xohlaydi. Alloh biladi, toʻgʻri qaror beradi.
وَاللّهُ يُرِيدُ أَن يَتُوبَ عَلَيْكُمْ وَيُرِيدُ الَّذِينَ يَتَّبِعُونَ الشَّهَوَاتِ أَن تَمِيلُواْ مَيْلاً عَظِيمًا
4:27 Alloh sizlarga tavba imkoni berishni xohlaydi. Oʻz orzu-istaklariga ergashadiganlar esa sizlarni (haqdan) tamoman ogʻib ketishingizni xohlaydi[507].
يُرِيدُ اللّهُ أَن يُخَفِّفَ عَنكُمْ وَخُلِقَ الإِنسَانُ ضَعِيفًا
4:28 Alloh sizlarga (vazifalaringizni) yengillatib berishni xohlaydi, (chunki) inson zaif yaratilgan[508].
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ لاَ تَأْكُلُواْ أَمْوَالَكُمْ بَيْنَكُمْ بِالْبَاطِلِ إِلاَّ أَن تَكُونَ تِجَارَةً عَن تَرَاضٍ مِّنكُمْ وَلاَ تَقْتُلُواْ أَنفُسَكُمْ إِنَّ اللّهَ كَانَ بِكُمْ رَحِيمًا
4:29
4:29 Ey Moʻminlar! Mol-mulkingizni oʻrtangizda notoʻgʻri yoʻllar[509] orqali emas, faqat oʻzaro koʻngildan rozi boʻlib qilingan tijorat[510] orqali yenglar. Oʻzingizni halok qilmang. Alloh sizlarga mehribondir.
وَمَن يَفْعَلْ ذَلِكَ عُدْوَانًا وَظُلْمًا فَسَوْفَ نُصْلِيهِ نَارًا وَكَانَ ذَلِكَ عَلَى اللّهِ يَسِيرًا
4:30 Kim shu ishni (birovni mol-mulkini notoʻgʻri yoʻllar bilan yeb ketishni) dushmanchilik va haqsizlik qilgan holda qilsa, Biz uni otashga tashlaymiz. Bu narsa Allohga juda oson.
إِن تَجْتَنِبُواْ كَبَآئِرَ مَا تُنْهَوْنَ عَنْهُ نُكَفِّرْ عَنكُم سَيِّئَاتِكُمْ وَنُدْخِلْكُم مُّدْخَلاً كَرِيمًا
4:31 Sizga taqiqlangan katta gunohlardan saqlansangiz, sizlardan (boshqa kichik) gunohlaringizni kechiramiz va sizlarni hurmatli joyga joylaymiz.[511]
وَلاَ تَتَمَنَّوْاْ مَا فَضَّلَ اللّهُ بِهِ بَعْضَكُمْ عَلَى بَعْضٍ لِّلرِّجَالِ نَصِيبٌ مِّمَّا اكْتَسَبُواْ وَلِلنِّسَاء نَصِيبٌ مِّمَّا اكْتَسَبْنَ وَاسْأَلُواْ اللّهَ مِن فَضْلِهِ إِنَّ اللّهَ كَانَ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمًا {32}
4:32 Alloh u bilan biringizni boshqangizdan afzal qilgan narsani (hasadgoʻylik qilib) orzu qilmanglar. Erkaklarga oʻz mehnatidan nasibasi bor, ayollarga ham oʻz mehnatidan nasibasi bor. Allohdan Oʻz fazlidan berishini soʻrang. Shubhasizki, Alloh har narsani biladi[512].
وَلِكُلٍّ جَعَلْنَا مَوَالِيَ مِمَّا تَرَكَ الْوَالِدَانِ وَالأَقْرَبُونَ وَالَّذِينَ عَقَدَتْ أَيْمَانُكُمْ فَآتُوهُمْ نَصِيبَهُمْ إِنَّ اللّهَ كَانَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ شَهِيدًا {33}
4:33 Har kimga oʻz ota-onasi va eng yaqinlari qoldirgan (meros)dan ulush olish huquqini tayinladik. Ular bilan qatʼiy kelishuv tuzgan/nikohlagan juftlaringizni ulushlarini darhol bering[513]. Alloh har narsaga guvoh ekani aniq.
الرِّجَالُ قَوَّامُونَ عَلَى النِّسَاء بِمَا فَضَّلَ اللّهُ بَعْضَهُمْ عَلَى بَعْضٍ وَبِمَا أَنفَقُواْ مِنْ أَمْوَالِهِمْ فَالصَّالِحَاتُ قَانِتَاتٌ حَافِظَاتٌ لِّلْغَيْبِ بِمَا حَفِظَ اللّهُ وَاللاَّتِي تَخَافُونَ نُشُوزَهُنَّ فَعِظُوهُنَّ وَاهْجُرُوهُنَّ فِي الْمَضَاجِعِ وَاضْرِبُوهُنَّ فَإِنْ أَطَعْنَكُمْ فَلاَ تَبْغُواْ عَلَيْهِنَّ سَبِيلاً إِنَّ اللّهَ كَانَ عَلِيًّا كَبِيرًا {34}
4:34 (Oilada) Erkaklar ayollarni himoya qilib ushlab turadi. Alloh ularni birini boshqasidan (baʼzi xususiyatlarda) afzal qilgani[514] uchun va erkaklar mol-mulkidan (ayollarga) sarf-xarajat qilgani uchun[515] shunday boʻladi. Yaxshi ayollar – Allohga ich-ichidan boʻyin egadigan va Alloh (ularni) himoya qilgani uchun[516] hech kim koʻrmasa ham[517] oʻzlarini qattiq himoya qilib saqlanadigan ayollardir. Ajrashib ketib qolishidan[518] xavfsiragan ayollaringizga koʻnglini oladigan holda nasihat qilinglar, yotoqlarida oʻzlarini yolgʻiz qoldirib turinglar[519] va ularni tinch qoʻyinglar[520]. Agar sizlarni koʻngildan qabul qilsalar[521], endi ularga qarshi boshqa yoʻl axtarmanglar. Alloh oliydir, buyukdir.
وَإِنْ خِفْتُمْ شِقَاقَ بَيْنِهِمَا فَابْعَثُواْ حَكَمًا مِّنْ أَهْلِهِ وَحَكَمًا مِّنْ أَهْلِهَا إِن يُرِيدَا إِصْلاَحًا يُوَفِّقِ اللّهُ بَيْنَهُمَا إِنَّ اللّهَ كَانَ عَلِيمًا خَبِيرًا {35}
4:35 Agar er-xotinni bir-biridan ayrilib ketishidan xavotir qilsangiz[522], erning oilasidan ham bitta odil hakam, ayolning oilasidan ham bitta odil hakam yuboringlar. Agar ikkala (er-xotin ham) oʻrtani tuzatishni xohlasa, Alloh ularni yarashtirib qoʻyadi.
وَاعْبُدُواْ اللّهَ وَلاَ تُشْرِكُواْ بِهِ شَيْئًا وَبِالْوَالِدَيْنِ إِحْسَانًا وَبِذِي الْقُرْبَى وَالْيَتَامَى وَالْمَسَاكِينِ وَالْجَارِ ذِي الْقُرْبَى وَالْجَارِ الْجُنُبِ وَالصَّاحِبِ بِالجَنبِ وَابْنِ السَّبِيلِ وَمَا مَلَكَتْ أَيْمَانُكُمْ إِنَّ اللّهَ لاَ يُحِبُّ مَن كَانَ مُخْتَالاً فَخُورًا
4:36 Allohga sigʻininglar, Unga hech narsani sherik qilmanglar. Ota-onaga chiroyli muomala qilinglar. Qarindosh-urugʻlar, yetimlar, chorasizlar, yaqin qoʻshni, uzoq qoʻshni, yoningizdagi hamroh, uzoq safardagilar va qoʻl ostingizdagi (asir)larga ham yaxshilik qilinglar. Shubhasizki, Alloh quruq maqtanchoqni yoqtirmaydi.
الَّذِينَ يَبْخَلُونَ وَيَأْمُرُونَ النَّاسَ بِالْبُخْلِ وَيَكْتُمُونَ مَا آتَاهُمُ اللّهُ مِن فَضْلِهِ وَأَعْتَدْنَا لِلْكَافِرِينَ عَذَابًا مُّهِينًا
4:37 Ular oʻzlari ham baxillik qiladi, (qolgan) insonlarni ham baxillikka buyuradi va Alloh ularga Oʻzi oliyjanoblik qilib bergan narsani ham berkitadi. Biz kofirlik qiluvchilarga xorlovchi azob tayyorlab qoʻyamiz.
وَالَّذِينَ يُنفِقُونَ أَمْوَالَهُمْ رِئَـاء النَّاسِ وَلاَ يُؤْمِنُونَ بِاللّهِ وَلاَ بِالْيَوْمِ الآخِرِ وَمَن يَكُنِ الشَّيْطَانُ لَهُ قَرِينًا فَسَاء قِرِينًا
4:38 Ular mol-mulkini insonlarga koʻrsatish uchun xayr-ehson qiladi, Allohga ham, oxiratga ham ishonmaydi. Kimning hamrohi shayton (yovuzlik) boʻlsa, u qanday ham yomon hamrohdir!
وَمَاذَا عَلَيْهِمْ لَوْ آمَنُواْ بِاللّهِ وَالْيَوْمِ الآخِرِ وَأَنفَقُواْ مِمَّا رَزَقَهُمُ اللّهُ وَكَانَ اللّهُ بِهِم عَلِيمًا
4:38 Agar ular Allohga va oxirat kuniga ishonsa va Alloh ularga erishtirgan narsadan (Alloh uchun) xayr-ehson qilsalar, buni ularga nima ziyoni boʻladi?![523]
إِنَّ اللّهَ لاَ يَظْلِمُ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ وَإِن تَكُ حَسَنَةً يُضَاعِفْهَا وَيُؤْتِ مِن لَّدُنْهُ أَجْرًا عَظِيمًا
4:40 Alloh zarracha ham haqsizlik qilmaydi. (Qilingan ish) agar bitta yaxshilik boʻlsa, uni bir necha barobarga orttiradi va Oʻz tarafidan buyuk ajr-mukofot beradi.
فَكَيْفَ إِذَا جِئْنَا مِن كُلِّ أمَّةٍ بِشَهِيدٍ وَجِئْنَا بِكَ عَلَى هَـؤُلاء شَهِيدًا
4:41 (Ey Muhammad!) Har bir jamiyatdan bittadan guvoh keltirganimizda va seni ham bularga guvoh qilib keltirganimizda ahvollari nima boʻladi?[524].
يَوْمَئِذٍ يَوَدُّ الَّذِينَ كَفَرُواْ وَعَصَوُاْ الرَّسُولَ لَوْ تُسَوَّى بِهِمُ الأَرْضُ وَلاَ يَكْتُمُونَ اللّهَ حَدِيثًا
4:42 Oyatlarni tan olmagan va rasulga/risolatga qarshi chiqqan kishilar, oʻsha (qiyomat) kuni yer bilan yakson boʻlib ketishini orzu qilib qolishadi, Allohdan hech bir soʻzni yashira olishmaydi.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ لاَ تَقْرَبُواْ الصَّلاَةَ وَأَنتُمْ سُكَارَى حَتَّىَ تَعْلَمُواْ مَا تَقُولُونَ وَلاَ جُنُبًا إِلاَّ عَابِرِي سَبِيلٍ حَتَّىَ تَغْتَسِلُواْ وَإِن كُنتُم مَّرْضَى أَوْ عَلَى سَفَرٍ أَوْ جَاء أَحَدٌ مِّنكُم مِّن الْغَآئِطِ أَوْ لاَمَسْتُمُ النِّسَاء فَلَمْ تَجِدُواْ مَاء فَتَيَمَّمُواْ صَعِيدًا طَيِّبًا فَامْسَحُواْ بِوُجُوهِكُمْ وَأَيْدِيكُمْ إِنَّ اللّهَ كَانَ عَفُوًّا غَفُورًا
4:43 Ey Moʻminlar! Sarxush boʻlgan vaqtingizda toki nima deganingizni bilguningizgacha hamda junub boʻlsangiz[525] toki yaxshilab choʻmilib olmaguningizcha namozga/diniy vazifalarni bajarishga yaqinlashmay turing – yoʻlda yurib ketayotgan holingiz[526] bundan mustasno. Bemor yoki safarda boʻlsangiz, yo boʻlmasa sizlardan biringiz hojatxonadan[527] kelib, yoki ayollaringiz bilan qoʻshilib[528], keyin suv (ishlatishga imkon) topa olmasangiz[529], pokiza bir sirtga (sath)ga[530] yuzlanib, u bilan yuzingizni va qoʻllaringizni silang. Shubhasizki, Alloh avf etuvchidir, kechirimlidir.
أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ أُوتُواْ نَصِيبًا مِّنَ الْكِتَابِ يَشْتَرُونَ الضَّلاَلَةَ وَيُرِيدُونَ أَن تَضِلُّواْ السَّبِيلَ
4:44 (Ilohiy) kitobdan nasiba berilgan boʻla turib, zalolatni olayotgan kishilarni koʻrmadingmi? Ular sizlarni yoʻldan ozib ketishingizni xohlayapti? [531]
وَاللّهُ أَعْلَمُ بِأَعْدَائِكُمْ وَكَفَى بِاللّهِ وَلِيًّا وَكَفَى بِاللّهِ نَصِيرًا
4:45 Allohdushmanlaringizni juda yaxshi biladi. Alloh himoyachi-doʻst boʻlishda yetarlidir, Alloh yordam berishda yetarlidir[532].
مِّنَ الَّذِينَ هَادُواْ يُحَرِّفُونَ الْكَلِمَ عَن مَّوَاضِعِهِ وَيَقُولُونَ سَمِعْنَا وَعَصَيْنَا وَاسْمَعْ غَيْرَ مُسْمَعٍ وَرَاعِنَا لَيًّا بِأَلْسِنَتِهِمْ وَطَعْنًا فِي الدِّينِ وَلَوْ أَنَّهُمْ قَالُواْ سَمِعْنَا وَأَطَعْنَا وَاسْمَعْ وَانظُرْنَا لَكَانَ خَيْرًا لَّهُمْ وَأَقْوَمَ وَلَكِن لَّعَنَهُمُ اللّهُ بِكُفْرِهِمْ فَلاَ يُؤْمِنُونَ إِلاَّ قَلِيلاً
4:46 Yahudiylar orasida kalimalarni maʼnolarini oʻzgartirib; “Eshitdik va mahkam ushladik (Eshitdik va isyon etdik)”, “Tingla! Gap tinglamas!” va “Bizga choʻpon boʻl”, deydiganlari bor. Ular dinga tajovuz qilish maqsadida shunday qiladi[533]. Agar (uni oʻrniga) “Eshitdik va boʻysundik”, “Bizni (dardimizni) eshit”, va “Bizni kuzatib tur”, desalar edi, oʻzlariga yanada yaxshi va yanada toʻgʻri boʻlardi. Biroq, oʻzlarining kofirliklari sababli Alloh ularni laʼnatladi. Endi ularning ozchiligi ishonadi[534].
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ أُوتُواْ الْكِتَابَ آمِنُواْ بِمَا نَزَّلْنَا مُصَدِّقًا لِّمَا مَعَكُم مِّن قَبْلِ أَن نَّطْمِسَ وُجُوهًا فَنَرُدَّهَا عَلَى أَدْبَارِهَا أَوْ نَلْعَنَهُمْ كَمَا لَعَنَّا أَصْحَابَ السَّبْتِ وَكَانَ أَمْرُ اللّهِ مَفْعُولاً
4:47 Ey gʻayridinlar! Oʻzingizdagi (ilohiy) kitobni tasdiqlaydigan qilib tushirgan Kitobimizga ishoninglar. Aks holda, sizlarni yuzingizga qarab boʻlmas holga keltirib, obroʻ-eʼtiboringizni yoʻq qilamiz, yoki Shanba kungi taqiqni suiisteʼmol qilgan aholini[535] laʼnatlaganimizdek sizlarni ham laʼnatlaymiz. Allohning amri amalga oshadi.
إِنَّ اللّهَ لاَ يَغْفِرُ أَن يُشْرَكَ بِهِ وَيَغْفِرُ مَا دُونَ ذَلِكَ لِمَن يَشَاء وَمَن يُشْرِكْ بِاللّهِ فَقَدِ افْتَرَى إِثْمًا عَظِيمًا
4:48 Albatta, Alloh Oʻziga sherik qoʻshilishini kechirmaydi[536]. Bundan quyi gunohlarni munosib bilgan bandasidan kechirib yuboradi. Kim Allohga sherik qoʻshsa, katta gunoh uydirgan boʻladi.
أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ يُزَكُّونَ أَنفُسَهُمْ بَلِ اللّهُ يُزَكِّي مَن يَشَاء وَلاَ يُظْلَمُونَ فَتِيلاً
4:49 Oʻzini oqlayotganlarni koʻrmadingmi? Aslida, Alloh munosib bilganini oqlaydi[537] va ularga qilchalik ham haqsizlik qilinmaydi.
انظُرْ كَيفَ يَفْتَرُونَ عَلَى اللّهِ الكَذِبَ وَكَفَى بِهِ إِثْمًا مُّبِينًا
4:50 Qaragin, oʻsha yolgʻonni Allohga qanday qilib nisbat berishmoqda! Ochiq bir gunoh oʻlaroq (ularga) shuning oʻzi yetadi.
أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ أُوتُواْ نَصِيبًا مِّنَ الْكِتَابِ يُؤْمِنُونَ بِالْجِبْتِ وَالطَّاغُوتِ وَيَقُولُونَ لِلَّذِينَ كَفَرُواْ هَؤُلاء أَهْدَى مِنَ الَّذِينَ آمَنُواْ سَبِيلاً
4:51 Ilohiy kitobdan nasiba berilgan (gʻayrimuslim dindor) boʻla turib, butparastlikka va togʻutga[538] ishonib olib, “Kofirlik qilganlarga: Bularning tutgan yoʻllari moʻmin-musulmonlar yoʻlidan toʻgʻridir”, deydigan kimsalarni koʻrmadingmi?
أُوْلَـئِكَ الَّذِينَ لَعَنَهُمُ اللّهُ وَمَن يَلْعَنِ اللّهُ فَلَن تَجِدَ لَهُ نَصِيرًا
4:52 Oʻshalar – Alloh laʼnatlagan kishilardir. Kimni Alloh laʼnatlagan boʻlsa, unga hech qanday yordamchi topa olmaysan.
أَمْ لَهُمْ نَصِيبٌ مِّنَ الْمُلْكِ فَإِذًا لاَّ يُؤْتُونَ النَّاسَ نَقِيرًا
4:53 Yoki ularga Allohning mulkidan biror nasiba berilganmi?! Agar unday boʻlsa-midi, ular insonlarga zarracha ham bermasdi[539].
أَمْ يَحْسُدُونَ النَّاسَ عَلَى مَا آتَاهُمُ اللّهُ مِن فَضْلِهِ فَقَدْ آتَيْنَآ آلَ إِبْرَاهِيمَ الْكِتَابَ وَالْحِكْمَةَ وَآتَيْنَاهُم مُّلْكًا عَظِيمًا
4:54 Yoki, ular Alloh Oʻzi oliyjanoblik qilib bergan narsa uchun insonlarga hasad qilyaptimi? Biz Ibrohim oilasiga (ham) Kitob va Hikmat berganmiz, ularga katta mulk berganmiz.
فَمِنْهُم مَّنْ آمَنَ بِهِ وَمِنْهُم مَّن صَدَّ عَنْهُ وَكَفَى بِجَهَنَّمَ سَعِيرًا
4:55 Ulardan unga ishonganlari ham bor, yuz oʻgirganlari ham bor. (Ularga) alanggali jahannam kifoyadir.
إِنَّ الَّذِينَ كَفَرُواْ بِآيَاتِنَا سَوْفَ نُصْلِيهِمْ نَارًا كُلَّمَا نَضِجَتْ جُلُودُهُمْ بَدَّلْنَاهُمْ جُلُودًا غَيْرَهَا لِيَذُوقُواْ الْعَذَابَ إِنَّ اللّهَ كَانَ عَزِيزًا حَكِيمًا
4:56 Oyatlarimizni tan olmaganlarni yaqinda otashga tashlaymiz. Har qachon terilari pishib ketganida, azobni his qilishi uchun uni oʻrniga boshqa terilar yangilab qoʻyamiz. Alloh gʻolibdir, toʻgʻri qaror beruvchidir.
وَالَّذِينَ آمَنُواْ وَعَمِلُواْ الصَّالِحَاتِ سَنُدْخِلُهُمْ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِن تَحْتِهَا الأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا أَبَدًا لَّهُمْ فِيهَا أَزْوَاجٌ مُّطَهَّرَةٌ وَنُدْخِلُهُمْ ظِـلاًّ ظَلِيلاً
4:57 Imon keltirgan va xayrli ishlarni amalga oshirganlarni ostidan anhorlar oqib turadigan bogʻ-u rogʻlarga joylaymiz, ular u yerda oʻlimsiz-mangu qoladi. U yerda ularga pok holatga keltirilgan juftlar[540] boʻladi. Biz ularni qoʻyiq soyalarga joylashtiramiz[541].
إِنَّ اللّهَ يَأْمُرُكُمْ أَن تُؤدُّواْ الأَمَانَاتِ إِلَى أَهْلِهَا وَإِذَا حَكَمْتُم بَيْنَ النَّاسِ أَن تَحْكُمُواْ بِالْعَدْلِ إِنَّ اللّهَ نِعِمَّا يَعِظُكُم بِهِ إِنَّ اللّهَ كَانَ سَمِيعًا بَصِيرًا
4:58 Alloh sizlarga omonatlarni oʻz egasiga topshirishingizni va insonlar orasida hukm qilganingizda adolat ila hukm qilishingizni buyurmoqda. Allohning sizlarga qilayotgan vaʼzi qanday ham yaxshi. Albatta, Alloh eshitadi, koʻradi.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ أَطِيعُواْ اللّهَ وَأَطِيعُواْ الرَّسُولَ وَأُوْلِي الأَمْرِ مِنكُمْ فَإِن تَنَازَعْتُمْ فِي شَيْءٍ فَرُدُّوهُ إِلَى اللّهِ وَالرَّسُولِ إِن كُنتُمْ تُؤْمِنُونَ بِاللّهِ وَالْيَوْمِ الآخِرِ ذَلِكَ خَيْرٌ وَأَحْسَنُ تَأْوِيلاً
4:59 Ey Moʻminlar! (Dinda) Alloh va Rasuliga/risolatiga[542] boʻysuning, (dunyoviy ishlarda esa) orangizdagi oʻz ishini ustasiga (boʻysuning). Agar bir narsada talashib-tortishib qolsalaring, uni Alloh va Rasuliga/risolatiga qaytaring, Allohga va oxirat kuniga ishonsalaring (shunday qilasiz)! Mana shu yaxshi va chiroyli yechimdir.
أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ يَزْعُمُونَ أَنَّهُمْ آمَنُواْ بِمَا أُنزِلَ إِلَيْكَ وَمَا أُنزِلَ مِن قَبْلِكَ يُرِيدُونَ أَن يَتَحَاكَمُواْ إِلَى الطَّاغُوتِ وَقَدْ أُمِرُواْ أَن يَكْفُرُواْ بِهِ وَيُرِيدُ الشَّيْطَانُ أَن يُضِلَّهُمْ ضَلاَلاً بَعِيدًا {60}
4:60 Ey Muhammad! Senga tushirilgan (Qurʼon)ga ham, sendan ilgari tushirilgan (kitob)larga ham ishonganini iddao qila turib ham togʻutga[543] borib muhokamalashayotgan kishilarni koʻrmadingmi? Axir, ularga togʻutni inkor qilishlikka buyurilgan-ku! Shayton ularni qattiq adashtirishni xohlaydi.
وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ تَعَالَوْاْ إِلَى مَا أَنزَلَ اللّهُ وَإِلَى الرَّسُولِ رَأَيْتَ الْمُنَافِقِينَ يَصُدُّونَ عَنكَ صُدُودًا {61}
4:61 Ularga: “Alloh yuborgan (Qurʼon)ga va Rasulga kelinglar” deyilsa, oʻsha munofiqlarni sendan tamoman uzoqlashib ketayotganini koʻrasan.
فَكَيْفَ إِذَا أَصَابَتْهُم مُّصِيبَةٌ بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيهِمْ ثُمَّ جَآؤُوكَ يَحْلِفُونَ بِاللّهِ إِنْ أَرَدْنَا إِلاَّ إِحْسَانًا وَتَوْفِيقًا
4:62 Oʻz qilmishlari tufayli boshiga musibat tushganidan keyin, seni yoningga kelib: “Allohga qasam, biz faqat yaxshilik qilishni va oʻrtani tuzatishni xohlagan edik,” deb, bahona qilishi qanday boʻlarkin?!
أُولَـئِكَ الَّذِينَ يَعْلَمُ اللّهُ مَا فِي قُلُوبِهِمْ فَأَعْرِضْ عَنْهُمْ وَعِظْهُمْ وَقُل لَّهُمْ فِي أَنفُسِهِمْ قَوْلاً بَلِيغًا
4:63 Ularning dillaridagini (munofiqlikni) Alloh bilib turibdi. Ularga parvo qilma va ularga vaʼz-nasihat qil. Ularning ichiga yetib boradigan gap gapir.
وَمَا أَرْسَلْنَا مِن رَّسُولٍ إِلاَّ لِيُطَاعَ بِإِذْنِ اللّهِ وَلَوْ أَنَّهُمْ إِذ ظَّلَمُواْ أَنفُسَهُمْ جَآؤُوكَ فَاسْتَغْفَرُواْ اللّهَ وَاسْتَغْفَرَ لَهُمُ الرَّسُولُ لَوَجَدُواْ اللّهَ تَوَّابًا رَّحِيمًا
4:64 Biz qaysi elchini yuborgan boʻlsak, Allohning amri ila unga itoat etilishi uchun yuborganmiz. Agar munofiqlar oʻzlariga haqsizlik qilganida senga kelsa va (seni oldingda) Allohdan gunohlarini kechirilishini soʻrasalar, elchimiz sifatida sen ham ularni gunohlari kechirilishi uchun duo qilsang[544], ular Allohni tavbalarni qabul qiluvchi va mehribon ekanini koʻrishgan boʻlardi.
فَلاَ وَرَبِّكَ لاَ يُؤْمِنُونَ حَتَّىَ يُحَكِّمُوكَ فِيمَا شَجَرَ بَيْنَهُمْ ثُمَّ لاَ يَجِدُواْ فِي أَنفُسِهِمْ حَرَجًا مِّمَّا قَضَيْتَ وَيُسَلِّمُواْ تَسْلِيمًا
4:65 Yoʻq-yoʻq! Yaratgan Egangga qasamki, toki ular oʻzaro kelisha olmagan masalalarida seni hakam etib tayinlab, keyin sen bergan qarordan ichlarida zarracha ham siqilish sezmasdan, (senga) toʻliq taslim boʻlmaguncha moʻmin boʻlmaydilar.
وَلَوْ أَنَّا كَتَبْنَا عَلَيْهِمْ أَنِ اقْتُلُواْ أَنفُسَكُمْ أَوِ اخْرُجُواْ مِن دِيَارِكُم مَّا فَعَلُوهُ إِلاَّ قَلِيلٌ مِّنْهُمْ وَلَوْ أَنَّهُمْ فَعَلُواْ مَا يُوعَظُونَ بِهِ لَكَانَ خَيْرًا لَّهُمْ وَأَشَدَّ تَثْبِيتًا {66}
4:66 Agar ularga: «Yo nafsingizni oʻldiring[545] yo yurtingizdan chiqib keting!» deganimizda, ulardan faqat ozginasi bu ishni bajarardi. Agar ularga qilinayotgan vaʼz-nasihatlarga amal qilishganida, oʻzlariga yaxshi boʻlardi va (imonini) quvvatlovchiroq boʻlardi.
وَإِذاً لَّآتَيْنَاهُم مِّن لَّدُنَّـا أَجْراً عَظِيمًا {67}
4:67 Shunda, Biz ham ularga Oʻz huzurimizdan ulkan ajru mukofot berardik.
وَلَهَدَيْنَاهُمْ صِرَاطًا مُّسْتَقِيمًا {68}
4:68 Hamda ularni toʻgʻri yoʻlga yoʻnaltirgan boʻlardik.
وَمَن يُطِعِ اللّهَ وَالرَّسُولَ فَأُوْلَـئِكَ مَعَ الَّذِينَ أَنْعَمَ اللّهُ عَلَيْهِم مِّنَ النَّبِيِّينَ وَالصِّدِّيقِينَ وَالشُّهَدَاء وَالصَّالِحِينَ وَحَسُنَ أُولَـئِكَ رَفِيقًا {69}
4:69 Kimki Alloh va Rasuliga/risolatiga boʻysunsa, ana shular Alloh ularga baxt bergan – paygʻambarlar, toʻgʻri kishilar, shahidlar va yaxshilar bilan birga boʻladi. Ular eng goʻzal hamrohdir.
ذَلِكَ الْفَضْلُ مِنَ اللّهِ وَكَفَى بِاللّهِ عَلِيمًا {70}
4:70 Bu Allohning oliyjanobligi. Alloh yetarlicha biladi.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ خُذُواْ حِذْرَكُمْ فَانفِرُواْ ثُبَاتٍ أَوِ انفِرُواْ جَمِيعًا {71}
4:71 Ey Moʻminlar! Mudofaa tadbiringizni koʻrib qoʻying[546]. (Kerakligida) guruh-guruh boʻlib, yoki ommaviy ravishda harakatga kirishing.
وَإِنَّ مِنكُمْ لَمَن لَّيُبَطِّئَنَّ فَإِنْ أَصَابَتْكُم مُّصِيبَةٌ قَالَ قَدْ أَنْعَمَ اللّهُ عَلَيَّ إِذْ لَمْ أَكُن مَّعَهُمْ شَهِيدًا {72}
4:72 Orangizda (jangga chiqqisi kelmay) ogʻir harakat qiladiganlar boʻladi. Shunda sizlarga bir musibat yetsa, u: “Alloh menga omad beribdi, men ular bilan birga boʻlmapman” deydi.
وَلَئِنْ أَصَابَكُمْ فَضْلٌ مِّنَ الله لَيَقُولَنَّ كَأَن لَّمْ تَكُن بَيْنَكُمْ وَبَيْنَهُ مَوَدَّةٌ يَا لَيتَنِي كُنتُ مَعَهُمْ فَأَفُوزَ فَوْزًا عَظِيمًا {73}
4:73 Agar sizlarga Allohdan bir fazl (gʻalaba va gʻanimat) kelsa, goʻyo sizlar bilan uni oʻrtasida bir rishta yoʻqdek “Oh, koshki men ham ular bilan birga boʻlganimda edi-ya, katta gʻalabaga (muvaffaqiyatga) erishgan boʻlardim” deb qoladi.
فَلْيُقَاتِلْ فِي سَبِيلِ اللّهِ الَّذِينَ يَشْرُونَ الْحَيَاةَ الدُّنْيَا بِالآخِرَةِ وَمَن يُقَاتِلْ فِي سَبِيلِ اللّهِ فَيُقْتَلْ أَو يَغْلِبْ فَسَوْفَ نُؤْتِيهِ أَجْرًا عَظِيمًا
4:74 Alloh yoʻlida dunyo hayotini oxirati uchun fido qila oladiganlar jang qilsinlar. Kimki Alloh yoʻlidagi jangda urishib oʻldirilsa, yoki gʻolib boʻlsa[547], (qilgan ishi uchun) Alloh unga yaqinda ulkan ajru mukofot beradi.
وَمَا لَكُمْ لاَ تُقَاتِلُونَ فِي سَبِيلِ اللّهِ وَالْمُسْتَضْعَفِينَ مِنَ الرِّجَالِ وَالنِّسَاء وَالْوِلْدَانِ الَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَا أَخْرِجْنَا مِنْ هَـذِهِ الْقَرْيَةِ الظَّالِمِ أَهْلُهَا وَاجْعَل لَّنَا مِن لَّدُنكَ وَلِيًّا وَاجْعَل لَّنَا مِن لَّدُنكَ نَصِيرًا
4:75 Sizlarga nima boʻlyapdiki, nima uchun Alloh yoʻlida; ezilgan (jafokash) erkag-u ayollar va bolalar uchun jang qilmayapsiz? Holbuki, ular: “Ey yaratgan Egam! Aholisi zolim boʻlgan bu yurtdan bizni chiqargin, bizga Oʻz tarafingdan bir rahbar tayinlab ber, bizga Oʻz huzuringdan yordamchi tayinlab ber” deb yolvormoqdalar.
الَّذِينَ آمَنُواْ يُقَاتِلُونَ فِي سَبِيلِ اللّهِ وَالَّذِينَ كَفَرُواْ يُقَاتِلُونَ فِي سَبِيلِ الطَّاغُوتِ فَقَاتِلُواْ أَوْلِيَاء الشَّيْطَانِ إِنَّ كَيْدَ الشَّيْطَانِ كَانَ ضَعِيفًا
4:76 Moʻminlar Alloh yoʻlida jang qiladi, kofirlar esa togʻut yoʻlida jang qiladi. Sizlar shaytonning doʻstlariga qarshi jang qiling. Shaytonning rejasi zaifdir.
أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ قِيلَ لَهُمْ كُفُّواْ أَيْدِيَكُمْ وَأَقِيمُواْ الصَّلاَةَ وَآتُواْ الزَّكَاةَ فَلَمَّا كُتِبَ عَلَيْهِمُ الْقِتَالُ إِذَا فَرِيقٌ مِّنْهُمْ يَخْشَوْنَ النَّاسَ كَخَشْيَةِ اللّهِ أَوْ أَشَدَّ خَشْيَةً وَقَالُواْ رَبَّنَا لِمَ كَتَبْتَ عَلَيْنَا الْقِتَالَ لَوْلا أَخَّرْتَنَا إِلَى أَجَلٍ قَرِيبٍ قُلْ مَتَاعُ الدَّنْيَا قَلِيلٌ وَالآخِرَةُ خَيْرٌ لِّمَنِ اتَّقَى وَلاَ تُظْلَمُونَ فَتِيلاً
4:77 (Harbiy tomondan quvvatsiz holda ekanida) ularga: “Urushdan qoʻlingizni tortib turing, namozni/diniy vazifalaringizni bajaring va pok va toʻgʻri boʻling!” deyilgan kishilarni koʻrmadingmi? Ularga jang qilish vazifasi yozilganida, oralaridan bir guruhi insonlardan xuddi Allohdan qoʻrqqandek qoʻrqyapti, hatto insonlardan qoʻrqishi ortib ketib: “Ey yaratgan Egamiz! Bizga nima uchun hozir jang qilishni yozding; bir oz muhlat bersang boʻlmasmidi?” dedilar. Ayt: “Dunyo manfaati oʻtkinchidir (ozdir). Oxirat – javobgarlikni his qilgan (moʻmin)lar uchun yashidir. (Oxiratda) sizlarga qilcha ham haqsizlik qilinmaydi.”
أَيْنَمَا تَكُونُواْ يُدْرِككُّمُ الْمَوْتُ وَلَوْ كُنتُمْ فِي بُرُوجٍ مُّشَيَّدَةٍ وَإِن تُصِبْهُمْ حَسَنَةٌ يَقُولُواْ هَـذِهِ مِنْ عِندِ اللّهِ وَإِن تُصِبْهُمْ سَيِّئَةٌ يَقُولُواْ هَـذِهِ مِنْ عِندِكَ قُلْ كُلًّ مِّنْ عِندِ اللّهِ فَمَا لِهَـؤُلاء الْقَوْمِ لاَ يَكَادُونَ يَفْقَهُونَ حَدِيثًا
4:78 Qayerda boʻlishingizdan qatʼiy nazar oʻlim sizlarni baribir topadi; garchi mustahkam qalʼalar ichra boʻlsalaring ham. Ularga qandaydir yaxshilik kelsa: “Bu Alloh tarafidan” deyishadi. Agar yomonlik kelsa “Bu sen tufayli keldi” deyishadi. Ayt: «Sodir boʻlgan har narsa Allohdan (Allohni tasdiqidan oʻtib boʻladi[548].» Nega bu kishilar hech bir gapni tushunishga yondashmayapti?[549]
مَّا أَصَابَكَ مِنْ حَسَنَةٍ فَمِنَ اللّهِ وَمَا أَصَابَكَ مِن سَيِّئَةٍ فَمِن نَّفْسِكَ وَأَرْسَلْنَاكَ لِلنَّاسِ رَسُولاً وَكَفَى بِاللّهِ شَهِيدًا {79}
4:79 Senga kelgan yaxshilik Allohdan, senga kelgan yomonlik oʻzingdan[550]. Seni insonlarga elchi qilib yubordik, guvohlikka Alloh kifoyadir.
مَّنْ يُطِعِ الرَّسُولَ فَقَدْ أَطَاعَ اللّهَ وَمَن تَوَلَّى فَمَا أَرْسَلْنَاكَ عَلَيْهِمْ حَفِيظًا {80}
4:80 Kimki Rasulga/risolatga boʻysunsa, Allohga boʻysungan boʻladi. Kim yuz oʻgirsa, seni ularga qoʻriqchi qilib yubormadik.
وَيَقُولُونَ طَاعَةٌ فَإِذَا بَرَزُواْ مِنْ عِندِكَ بَيَّتَ طَآئِفَةٌ مِّنْهُمْ غَيْرَ الَّذِي تَقُولُ وَاللّهُ يَكْتُبُ مَا يُبَيِّتُونَ فَأَعْرِضْ عَنْهُمْ وَتَوَكَّلْ عَلَى اللّهِ وَكَفَى بِاللّهِ وَكِيلاً {81}
4:81 Senga “Bosh ustiga” deyishadi-yu, biroq yoningdan ayrilganida ulardan bir toifasi kechasi bilan sen aytgandan boshqacha reja qiladi. Kechasi bilan qilgan yashirincha rejalarini Alloh yozib qoʻymoqda. Ularga parvo qilma! Oʻzingni Allohga ishonib topshir. Oʻzini ishonib-topshirishga Alloh kifoyadir.
أَفَلاَ يَتَدَبَّرُونَ الْقُرْآنَ وَلَوْ كَانَ مِنْ عِندِ غَيْرِ اللّهِ لَوَجَدُواْ فِيهِ اخْتِلاَفًا كَثِيرًا {82}
4:82 Qurʼonni atroflicha oʻqib-oʻrganmaydilarmi? Agar u Allohdan boshqasi tarafidan (yuborilgan) boʻlganida, unda koʻp qarama-qarshiliklar (ziddiyatlar) topgan boʻlishardi[551].
وَإِذَا جَاءهُمْ أَمْرٌ مِّنَ الأَمْنِ أَوِ الْخَوْفِ أَذَاعُواْ بِهِ وَلَوْ رَدُّوهُ إِلَى الرَّسُولِ وَإِلَى أُوْلِي الأَمْرِ مِنْهُمْ لَعَلِمَهُ الَّذِينَ يَسْتَنبِطُونَهُ مِنْهُمْ وَلَوْلاَ فَضْلُ اللّهِ عَلَيْكُمْ وَرَحْمَتُهُ لاَتَّبَعْتُمُ الشَّيْطَانَ إِلاَّ قَلِيلاً
4:83 Ularga[552] emin-erkinlik yoki xavf-xatarga bogʻliq ish yuzasidan biron bir xabar kelganida, uni darhol atrofga tarqatib yuborishadi. Agar uni Rasulga va oʻzlaridan (moʻminlar orasidan) boʻlgan mutaxaxssislariga qaytarsalar edi, ulardan oʻsha xabarni mohiyatini tatbiq qilib hukm chiqaradiganlar uni aniq bilishar (masalaga oydinlik kiritishar) edi[553]. Agar Allohning oliyjanobligi va marhamati boʻlmaganida, ozchilikdan boshqa hammangiz shaytonga ergashib ketgan boʻlardingiz.
فَقَاتِلْ فِي سَبِيلِ اللّهِ لاَ تُكَلَّفُ إِلاَّ نَفْسَكَ وَحَرِّضِ الْمُؤْمِنِينَ عَسَى اللّهُ أَن يَكُفَّ بَأْسَ الَّذِينَ كَفَرُواْ وَاللّهُ أَشَدُّ بَأْسًا وَأَشَدُّ تَنكِيلاً {84}
4:84 (Ey Muhammad!) Endi Alloh yoʻlida jang qil! Sen faqat oʻzingdan javobgar boʻlasan[554]. Shunday boʻlsa-da, moʻminlarni ham jangga qiziqtir. Balki, (jangda sizlarni gʻolib qilib) Alloh oʻsha kofirlarni bosqinini soʻndirar. Allohning bosqini juda kuchlidir, jazosi ham qattiqdir.
مَّن يَشْفَعْ شَفَاعَةً حَسَنَةً يَكُن لَّهُ نَصِيبٌ مِّنْهَا وَمَن يَشْفَعْ شَفَاعَةً سَيِّئَةً يَكُن لَّهُ كِفْلٌ مِّنْهَا وَكَانَ اللّهُ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ مُّقِيتًا {85}
4:85 Kim bir yaxshi ishda (boshqasiga) koʻmakchi boʻlsa[555], u ishdan unga hissa boʻladi. Kim bir yomon ishda (boshqasiga) koʻmakchi boʻlsa, unga u ishdan javobgarlik hosil boʻladi. Alloh har narsani kuzatib turadi.
وَإِذَا حُيِّيْتُم بِتَحِيَّةٍ فَحَيُّواْ بِأَحْسَنَ مِنْهَا أَوْ رُدُّوهَا إِنَّ اللّهَ كَانَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ حَسِيبًا {86}
4:86 Sizlarga biron bir yaxshi tilak bildirilganida, sizlar undan ham yaxshiroq (tilak va istak) bildiring, yoki uni oʻzini qaytaring. Alloh har narsani hisobga oladi.
اللّهُ لا إِلَـهَ إِلاَّ هُوَ لَيَجْمَعَنَّكُمْ إِلَى يَوْمِ الْقِيَامَةِ لاَ رَيْبَ فِيهِ وَمَنْ أَصْدَقُ مِنَ اللّهِ حَدِيثًا {87}
4:87 Alloh – qullik qilinishga haqli yagona zotdir. U sizlarni qiyomat kunida toʻplaydi; unda shubha yoʻq. Allohdan koʻra kim ham toʻgʻri soʻz boʻlishi mumkin?!
فَمَا لَكُمْ فِي الْمُنَافِقِينَ فِئَتَيْنِ وَاللّهُ أَرْكَسَهُم بِمَا كَسَبُواْ أَتُرِيدُونَ أَن تَهْدُواْ مَنْ أَضَلَّ اللّهُ وَمَن يُضْلِلِ اللّهُ فَلَن تَجِدَ لَهُ سَبِيلاً {88}
4:88 Sizlarga nima boʻlyapti; (Makkadagi) munofiqlar haqida ikkiga boʻlinyapsiz? Qilmishlari tufayli ularni Alloh ostin-ustun qilib yubordi-ku! Alloh uni adashganiga qaror bergan kimsalarni toʻgʻri demoqchimisiz? Kimni Alloh adashganiga qaror bergan boʻlsa, sen uni toʻgʻri ekaniga yoʻl topa olmaysan.
وَدُّواْ لَوْ تَكْفُرُونَ كَمَا كَفَرُواْ فَتَكُونُونَ سَوَاء فَلاَ تَتَّخِذُواْ مِنْهُمْ أَوْلِيَاء حَتَّىَ يُهَاجِرُواْ فِي سَبِيلِ اللّهِ فَإِن تَوَلَّوْاْ فَخُذُوهُمْ وَاقْتُلُوهُمْ حَيْثُ وَجَدتَّمُوهُمْ وَلاَ تَتَّخِذُواْ مِنْهُمْ وَلِيًّا وَلاَ نَصِيرًا
4:89 U (munofiq)lar oʻzlari kofirlik qilganidek, sizlarni ham kofirlik qilishingizni, natijada ular bilan bir xil boʻlib qolishingizni orzu qilmoqda. Alloh yoʻlida hijrat qilmagunga qadar ulardan hech birini yordamchi doʻst qilib olmang. Agar (madinaga koʻchishdan[556]) yuz oʻgirsalar, oʻsha munofiqlarni topgan joyingizda ushlab oʻldiring. Ulardan hech kimni oʻzingizga doʻst ham yordamchi ham qilib olmanglar.
إِلاَّ الَّذِينَ يَصِلُونَ إِلَىَ قَوْمٍ بَيْنَكُمْ وَبَيْنَهُم مِّيثَاقٌ أَوْ جَآؤُوكُمْ حَصِرَتْ صُدُورُهُمْ أَن يُقَاتِلُوكُمْ أَوْ يُقَاتِلُواْ قَوْمَهُمْ وَلَوْ شَاء اللّهُ لَسَلَّطَهُمْ عَلَيْكُمْ فَلَقَاتَلُوكُمْ فَإِنِ اعْتَزَلُوكُمْ فَلَمْ يُقَاتِلُوكُمْ وَأَلْقَوْاْ إِلَيْكُمُ السَّلَمَ فَمَا جَعَلَ اللّهُ لَكُمْ عَلَيْهِمْ سَبِيلاً
4:90 Biroq, sizlar bilan ular orasida kelishuv boʻlgan jamiyatga borib olganlar, yoki sizlar bilan jang qilishga yoki oʻz jamiyatiga qarshi jang qilishga koʻzi yetmasdan, sizlarni yoningizga kelganlar bundan mustasno. Agar Alloh (shuni) ravo koʻrganida[557], ularni boshingizga (musallat qilib) balo qilib qoʻygan, natijada ular sizlarga qarshi jang qilgan boʻlardi. Agar sizlardan yiroq turib, sizlar bilan urush qilmasa va sizlarga tinchlikni taklif qilsa, bu holatda ularga tegishingizga Alloh ruxsat bermaydi.
سَتَجِدُونَ آخَرِينَ يُرِيدُونَ أَن يَأْمَنُوكُمْ وَيَأْمَنُواْ قَوْمَهُمْ كُلَّ مَا رُدُّوَاْ إِلَى الْفِتْنِةِ أُرْكِسُواْ فِيِهَا فَإِن لَّمْ يَعْتَزِلُوكُمْ وَيُلْقُواْ إِلَيْكُمُ السَّلَمَ وَيَكُفُّوَاْ أَيْدِيَهُمْ فَخُذُوهُمْ وَاقْتُلُوهُمْ حَيْثُ ثِقِفْتُمُوهُمْ وَأُوْلَـئِكُمْ جَعَلْنَا لَكُمْ عَلَيْهِمْ سُلْطَانًا مُّبِينًا
4:91 Yaqinda sizlardan ham omonda boʻlishni, oʻz jamiyatidan ham omonda boʻlishni xohlaydigan, ammo, qachonki (moʻminlarga qarshi bir) fitnaga chaqirilsalar, fitnaga baliq kabi shungʻib ketgan yana boshqa munofiqlarga ham duch kelasiz. Ana oʻshanda, ular sizlarni tinch qoʻymasa (sizlardan yiroq turmasa), sizlarga tinchlik taklif qilmasa va sizlardan butunlay qoʻlini tortmasa; ularni qoʻlga oling, aniqlagan joyingizda oʻldiring. Biz ularga qarshi sizlarga aniq huquq bergan kishilar ana shulardir.
وَمَا كَانَ لِمُؤْمِنٍ أَن يَقْتُلَ مُؤْمِنًا إِلاَّ خَطَئًا وَمَن قَتَلَ مُؤْمِنًا خَطَئًا فَتَحْرِيرُ رَقَبَةٍ مُّؤْمِنَةٍ وَدِيَةٌ مُّسَلَّمَةٌ إِلَى أَهْلِهِ إِلاَّ أَن يَصَّدَّقُواْ فَإِن كَانَ مِن قَوْمٍ عَدُوٍّ لَّكُمْ وَهُوَ مْؤْمِنٌ فَتَحْرِيرُ رَقَبَةٍ مُّؤْمِنَةٍ وَإِن كَانَ مِن قَوْمٍ بَيْنَكُمْ وَبَيْنَهُمْ مِّيثَاقٌ فَدِيَةٌ مُّسَلَّمَةٌ إِلَى أَهْلِهِ وَتَحْرِيرُ رَقَبَةٍ مُّؤْمِنَةً فَمَن لَّمْ يَجِدْ فَصِيَامُ شَهْرَيْنِ مُتَتَابِعَيْنِ تَوْبَةً مِّنَ اللّهِ وَكَانَ اللّهُ عَلِيمًا حَكِيمًا
4:92 Moʻmin moʻminni oʻldirishga aslo haqqi yoʻq; xato tufayli boʻlsa bu boshqa[558]. Kim bir moʻminni bilmasdan oʻldirib qoʻysa, endi u bitta moʻmin qulni ozod qilishi va oʻldirilgan moʻminni merosxoʻrlariga diyat toʻlashi kerak; merosxoʻrlar diyatni kechib yuborsa, toʻlamasa ham boʻladi. Agar oʻldirib qoʻyilgan moʻmin sizlarga dushman qavmdan boʻlsa, unda bilmasdan oʻldirib qoʻygan moʻmin bitta qulni ozod qilishi kerak. Agar oʻldirib qoʻyilgan moʻmin sizlar bilan ularni oʻrtasida kelishuv boʻlgan bir xalqdan boʻlsa, unda bilmasdan oʻldirib qoʻygan moʻmin oʻldirib qoʻyilgan moʻminni merosxoʻrlariga diyat toʻlashi va bitta moʻmin qulni ozod qilishi kerak. Qul topa olmagan kimsa uzluksiz ikki oy roʻza tutish kerak. Alloh tarafidan uni tavbasi qabul qilinishi uchun shunday qiladi. Alloh biladi, toʻgʻri qaror beradi.
وَمَن يَقْتُلْ مُؤْمِنًا مُّتَعَمِّدًا فَجَزَآؤُهُ جَهَنَّمُ خَالِدًا فِيهَا وَغَضِبَ اللّهُ عَلَيْهِ وَلَعَنَهُ وَأَعَدَّ لَهُ عَذَابًا عَظِيمًا
4:93 Kimki bir moʻmin insonni qastdan oʻldirsa, uning jazosi – unda oʻlimsiz qoladigan jahannamdir. Alloh unga gʻazab qilgan, uni laʼnatlagan va unga buyuk azob tayyorlab qoʻygan boʻladi.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ إِذَا ضَرَبْتُمْ فِي سَبِيلِ اللّهِ فَتَبَيَّنُواْ وَلاَ تَقُولُواْ لِمَنْ أَلْقَى إِلَيْكُمُ السَّلاَمَ لَسْتَ مُؤْمِنًا تَبْتَغُونَ عَرَضَ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا فَعِندَ اللّهِ مَغَانِمُ كَثِيرَةٌ كَذَلِكَ كُنتُم مِّن قَبْلُ فَمَنَّ اللّهُ عَلَيْكُمْ فَتَبَيَّنُواْ إِنَّ اللّهَ كَانَ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرًا
4:94 Ey Moʻminlar! Alloh yoʻlida jangga chiqqaningizda yaxshilab tekshiringlar[559], dunyo hayotining oʻtkinchi manfaatiga koʻz tikib qolib, sizga taslim boʻlganini bildirgan kishiga: “Sen moʻmin emassan-ku!” demang[560]. Alloh nazdida koʻp gʻanimatlar bor. Bir zamonlar sizlar ham aynan oʻshanday edingiz; Alloh sizlarga koʻplab yaxshiliklar berdi (moʻmin boʻldingiz). Shunday ekan, endi juda ehtiyot boʻling! Alloh qilmishlaringizdan xabardordir.
لَّا يَسْتَوِي الْقَاعِدُونَ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ غَيْرُ أُولِي الضَّرَرِ وَالْمُجَاهِدُونَ فِي سَبِيلِ اللَّـهِ بِأَمْوَالِهِمْ وَأَنفُسِهِمْ ۚ فَضَّلَ اللَّـهُ الْمُجَاهِدِينَ بِأَمْوَالِهِمْ وَأَنفُسِهِمْ عَلَى الْقَاعِدِينَ دَرَجَةً ۚ وَكُلًّا وَعَدَ اللَّـهُ الْحُسْنَىٰ ۚ وَفَضَّلَ اللَّـهُ الْمُجَاهِدِينَ عَلَى الْقَاعِدِينَ أَجْرًا عَظِيمًا
4:95 Moʻminlar orasida uzri boʻlmasa ham (janga bormay) oʻtirib oladiganlar[561] mol-mulki va joni bilan Alloh yoʻlida kurashadigan moʻminlar bilan barobar boʻlmaydi. Mol-mulki va joni bilan kurashadiganlarning darajasini oʻtirib oladiganlardan koʻra Alloh afzal qilib qoʻyadi. Garchi, Alloh ularni barchasiga eng chiroyli narsa vaʼda qilsa-da, baribir, Alloh yoʻlida kurashadiganlarni oʻtirib oladiganlardan koʻra Alloh ulugʻ ajr-mukofot tomonlama ustun qilib qoʻyadi.
دَرَجَاتٍ مِّنْهُ وَمَغْفِرَةً وَرَحْمَةً وَكَانَ اللّهُ غَفُورًا رَّحِيمًا
4:96 (Oʻsha ajru mukofot) – Alloh tarafidan beriladigan darajalar, kechirilishi va rahmatdir. Zero, Alloh kechirimli va mehribondir.
إِنَّ الَّذِينَ تَوَفَّاهُمُ الْمَلآئِكَةُ ظَالِمِي أَنْفُسِهِمْ قَالُواْ فِيمَ كُنتُمْ قَالُواْ كُنَّا مُسْتَضْعَفِينَ فِي الأَرْضِ قَالْوَاْ أَلَمْ تَكُنْ أَرْضُ اللّهِ وَاسِعَةً فَتُهَاجِرُواْ فِيهَا فَأُوْلَـئِكَ مَأْوَاهُمْ جَهَنَّمُ وَسَاءتْ مَصِيرًا
4:97 Farishtalar oʻziga oʻzi zulm qilgan kimsalarning jonlarini olayotib:[562] »Sizlar nima ahvolda[563] edingiz?», deydi. Ular: “Biz oʻz yurtimizda ezilgan (jafokash) edik”, deb javob beradi. (Farishtalar ularga): “Allohning yeri keng emasmidi, (yurtingizdan) koʻchib ketsangiz boʻlmasmidi?”- deydi. Endi ularning borar joyi Jahannamdir. U naqadar yomon oqibatdir[564]!
إِلاَّ الْمُسْتَضْعَفِينَ مِنَ الرِّجَالِ وَالنِّسَاء وَالْوِلْدَانِ لاَ يَسْتَطِيعُونَ حِيلَةً وَلاَ يَهْتَدُونَ سَبِيلاً
4:98 Ezilgan (jafokashlar) orasida hech bir chora qila olmagan va (koʻchib ketishga) yoʻl topa olmagan erkag-u ayollar va bolalar bundan mustasno.
فَأُوْلَـئِكَ عَسَى اللّهُ أَن يَعْفُوَ عَنْهُمْ وَكَانَ اللّهُ عَفُوًّا غَفُورًا
4:99 Ana shularni Alloh avf qilishi mumkin. Alloh avf egasidir, juda kechirimlidir.
وَمَن يُهَاجِرْ فِي سَبِيلِ اللّهِ يَجِدْ فِي الأَرْضِ مُرَاغَمًا كَثِيرًا وَسَعَةً وَمَن يَخْرُجْ مِن بَيْتِهِ مُهَاجِرًا إِلَى اللّهِ وَرَسُولِهِ ثُمَّ يُدْرِكْهُ الْمَوْتُ فَقَدْ وَقَعَ أَجْرُهُ عَلى اللّهِ وَكَانَ اللّهُ غَفُورًا رَّحِيمًا
4:100 Kimki Alloh yoʻlida (oʻz yurtidan) koʻchib ketsa, yer yuzida koʻplab boshpanalar ham, keng imkoniyat ham topadi. Kimki oʻz uyidan Alloh va Rasuli yoʻlida muhojir holda chiqib, keyin unga oʻlim kelsa, uning mukofoti Allohga oid. Alloh kechirimli va mehribondir.
وَإِذَا ضَرَبْتُمْ فِي الأَرْضِ فَلَيْسَ عَلَيْكُمْ جُنَاحٌ أَن تَقْصُرُواْ مِنَ الصَّلاَةِ إِنْ خِفْتُمْ أَن يَفْتِنَكُمُ الَّذِينَ كَفَرُواْ إِنَّ الْكَافِرِينَ كَانُواْ لَكُمْ عَدُوًّا مُّبِينًا
4:101 Safarga chiqqaningizda agar kofirlik qilganlarni sizga hujum qilib qolishidan qoʻrqsangiz namozni qisqartirishingizda sizlarga gunoh yoʻq. Chunki, kofirlik qiluvchilar sizlarga ochiq dushmandir.
وَإِذَا كُنتَ فِيهِمْ فَأَقَمْتَ لَهُمُ الصَّلاَةَ فَلْتَقُمْ طَآئِفَةٌ مِّنْهُم مَّعَكَ وَلْيَأْخُذُواْ أَسْلِحَتَهُمْ فَإِذَا سَجَدُواْ فَلْيَكُونُواْ مِن وَرَآئِكُمْ وَلْتَأْتِ طَآئِفَةٌ أُخْرَى لَمْ يُصَلُّواْ فَلْيُصَلُّواْ مَعَكَ وَلْيَأْخُذُواْ حِذْرَهُمْ وَأَسْلِحَتَهُمْ وَدَّ الَّذِينَ كَفَرُواْ لَوْ تَغْفُلُونَ عَنْ أَسْلِحَتِكُمْ وَأَمْتِعَتِكُمْ فَيَمِيلُونَ عَلَيْكُم مَّيْلَةً وَاحِدَةً وَلاَ جُنَاحَ عَلَيْكُمْ إِن كَانَ بِكُمْ أَذًى مِّن مَّطَرٍ أَوْ كُنتُم مَّرْضَى أَن تَضَعُواْ أَسْلِحَتَكُمْ وَخُذُواْ حِذْرَكُمْ إِنَّ اللّهَ أَعَدَّ لِلْكَافِرِينَ عَذَابًا مُّهِينًا
4:102 (Ey Muhammad!) Moʻminlarni ichida boʻlib, ularga namozni toʻliq ado qilib[565] bermoqchi boʻlsang, moʻminlardan bir jamoasi sen bilan birga tursin, qurollarini ham oʻzlari bilan olsin, (birinchi rakatdagi) sajdasini qilib orqangizga oʻtsin va (namoz oʻqimagan) boshqa toifa kelib sen bilan birga oʻqisin,[566] shunda ham hushyor boʻlsinlar va qurol-yaroqlarini oʻzlari bilan olsinlar. Kofirlar sizlarni qurol-aslahalaringizdan bexabar qolishingizni, keyin sizlarga birdan hujum qilishni xohlaydi. Agar sizlarga yomgʻirdan biron bir aziyat (noqulaylik) paydo boʻlsa, yoki bemor boʻlsalaring, qurol-aslahalaringizni qoʻyib qoʻyishingizda sizlarga gunoh yoʻq. Shunda ham, ehtiyotkor boʻling. Alloh kofirlik qiluvchilarga aniq xorlovchi azob tayyorlab qoʻygan.
فَإِذَا قَضَيْتُمُ الصَّلاَةَ فَاذْكُرُواْ اللّهَ قِيَامًا وَقُعُودًا وَعَلَى جُنُوبِكُمْ فَإِذَا اطْمَأْنَنتُمْ فَأَقِيمُواْ الصَّلاَةَ إِنَّ الصَّلاَةَ كَانَتْ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ كِتَابًا مَّوْقُوتًا
4:103 (Safarda) namozni ado etar ekansiz[567], tik turgan, oʻtirgan va yonlaringiz uzra Allohni yod eting. Xotirjam boʻlganingizda namozni toʻliq ado qiling. Chunki, namoz moʻminlar zimmasiga vaqti belgilangan holda buyurildi[568].
وَلاَ تَهِنُواْ فِي ابْتِغَاء الْقَوْمِ إِن تَكُونُواْ تَأْلَمُونَ فَإِنَّهُمْ يَأْلَمُونَ كَمَا تَأْلَمونَ وَتَرْجُونَ مِنَ اللّهِ مَا لاَ يَرْجُونَ وَكَانَ اللّهُ عَلِيمًا حَكِيمًا
4:104 (Sizlarga hujum qilgan) qavmni iziga tushib quvishda sustkashlik qilmang. Agar qiynalayotgan boʻlsalaring, ular ham siz kabi qiynalishmoqda[569]. Undan tashqari, ular kutmayotgan narsani sizlar Allohdan umid qilyapsiz. Alloh biladi, toʻgʻri qaror beradi.
إِنَّا أَنزَلْنَا إِلَيْكَ الْكِتَابَ بِالْحَقِّ لِتَحْكُمَ بَيْنَ النَّاسِ بِمَا أَرَاكَ اللّهُ وَلاَ تَكُن لِّلْخَآئِنِينَ خَصِيمًا
4:105 Haqiqatni oʻrtaga qoʻyuvchi bu kitobni senga – insonlar orasida Alloh koʻrsatgan shaklda hukm berishing uchun[570] tushirdik. Xoinlik qiluvchilarga himoyachi boʻlma.
وَاسْتَغْفِرِ اللّهِ إِنَّ اللّهَ كَانَ غَفُورًا رَّحِيمًا
4:106 Allohdan kechirim soʻra[571]. Alloh kechirimli va mehribondir[572].
وَلاَ تُجَادِلْ عَنِ الَّذِينَ يَخْتَانُونَ أَنفُسَهُمْ إِنَّ اللّهَ لاَ يُحِبُّ مَن كَانَ خَوَّانًا أَثِيمًا
4:107 Oʻziga oʻzi xoinlik qilayotganlarni[573] tarafini olib tortishma. Xoin gunohkorni Alloh yoqtirmaydi.
يَسْتَخْفُونَ مِنَ النَّاسِ وَلاَ يَسْتَخْفُونَ مِنَ اللّهِ وَهُوَ مَعَهُمْ إِذْ يُبَيِّتُونَ مَا لاَ يَرْضَى مِنَ الْقَوْلِ وَكَانَ اللّهُ بِمَا يَعْمَلُونَ مُحِيطًا
4:108 Ular insonlardan yashirinmoqchi, lekin Allohdan yashirina olmaydi[574]. Tunni Alloh rozi boʻlmaydigan soʻzlar bilan oʻtkazayotganlarida ham Alloh ular bilan birga edi; qilmishlarini Alloh toʻliq qamrab turgan edi.
هَاأَنتُمْ هَـؤُلاء جَادَلْتُمْ عَنْهُمْ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا فَمَن يُجَادِلُ اللّهَ عَنْهُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ أَم مَّن يَكُونُ عَلَيْهِمْ وَكِيلاً
4:109 Ey siz – dunyo hayotida ularni yonini olganlar! Qiyomat kuni Allohga qarshi kim ularni yonini oladi? Yoki, kim ularning vakili[575] boʻladi?!
وَمَن يَعْمَلْ سُوءًا أَوْ يَظْلِمْ نَفْسَهُ ثُمَّ يَسْتَغْفِرِ اللّهَ يَجِدِ اللّهَ غَفُورًا رَّحِيمًا
4:110 Kim bir yomonlik qilsa, yoki oʻziga oʻzi haqsizlik qilsa, soʻng Allohdan kechirim soʻrasa, Allohni kechirimli va mehribon ekanini koʻradi.
وَمَن يَكْسِبْ إِثْمًا فَإِنَّمَا يَكْسِبُهُ عَلَى نَفْسِهِ وَكَانَ اللّهُ عَلِيمًا حَكِيمًا
4:111 Kim gunoh (ish) qilsa, uni faqat oʻz ziyoniga qiladi. Alloh biladi, toʻgʻri qaror beradi.
وَمَن يَكْسِبْ خَطِيئَةً أَوْ إِثْمًا ثُمَّ يَرْمِ بِهِ بَرِيئًا فَقَدِ احْتَمَلَ بُهْتَانًا وَإِثْمًا مُّبِينًا
4:112 Kim bir xato yoki gunohga qoʻl urib, keyin uni boshqa bir begunohga agʻdarsa, oʻziga boʻhton va ochiq bir gunohni yuklab olgan boʻladi.
وَلَوْلاَ فَضْلُ اللّهِ عَلَيْكَ وَرَحْمَتُهُ لَهَمَّت طَّآئِفَةٌ مُّنْهُمْ أَن يُضِلُّوكَ وَمَا يُضِلُّونَ إِلاُّ أَنفُسَهُمْ وَمَا يَضُرُّونَكَ مِن شَيْءٍ وَأَنزَلَ اللّهُ عَلَيْكَ الْكِتَابَ وَالْحِكْمَةَ وَعَلَّمَكَ مَا لَمْ تَكُنْ تَعْلَمُ وَكَانَ فَضْلُ اللّهِ عَلَيْكَ عَظِيمًا
4:113 (Ey Muhammad!) Agar Allohning senga boʻlgan oliyjanobligi va yaxshiligi boʻlmaganida, ulardan bir guruhi seni adashtirishga[576] qarorli edi. Ular oʻzidan boshqa hech kimni adashtirolmaydi va senga hech bir narsada zarar bera olmaydi. (Chunki) Alloh senga Kitob va Hikmat yuborib, bilmagan narsangni senga bildirib qoʻydi. Allohni senga bergan bu yaxshiligi buyukdir.
لاَّ خَيْرَ فِي كَثِيرٍ مِّن نَّجْوَاهُمْ إِلاَّ مَنْ أَمَرَ بِصَدَقَةٍ أَوْ مَعْرُوفٍ أَوْ إِصْلاَحٍ بَيْنَ النَّاسِ وَمَن يَفْعَلْ ذَلِكَ ابْتَغَاء مَرْضَاتِ اللّهِ فَسَوْفَ نُؤْتِيهِ أَجْرًا عَظِيمًا
4:114 Odamlarning koʻplab maxfiy suhbatlarida hech qanday yaxshilik yoʻq. Biroq, sadaqa berish, yaxshilik qilish, yoki insonlarni orasini tuzatishga buyurgan boʻlsa (yaxshilik bor). Allohning roziligiga erishish uchun kim shunday qilsa, unga yaqinda buyuk ajr-mukofot beramiz.
وَمَن يُشَاقِقِ الرَّسُولَ مِن بَعْدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُ الْهُدَى وَيَتَّبِعْ غَيْرَ سَبِيلِ الْمُؤْمِنِينَ نُوَلِّهِ مَا تَوَلَّى وَنُصْلِهِ جَهَنَّمَ وَسَاءتْ مَصِيرًا
4:115 Toʻgʻri yoʻlni[577] aniq bilib olganidan keyin, kimda kim Elchiga qarshi chiqsa va moʻminlarning yoʻlidan boshqa bir yoʻlga yursa, uni bosh tortgan yoʻliga qoʻyib beramiz va uni jahannamga kirgizamiz. Qanday ham yomon ahvolga kelishdir u!
إِنَّ اللّهَ لاَ يَغْفِرُ أَن يُشْرَكَ بِهِ وَيَغْفِرُ مَا دُونَ ذَلِكَ لِمَن يَشَاء وَمَن يُشْرِكْ بِاللّهِ فَقَدْ ضَلَّ ضَلاَلاً بَعِيدًا
4:116 Alloh Oʻziga sherik nisbat berilishini kechirmaydi. Undan quyi gunohlarni – munosib bilganlari uchun kechiradi. Kim Allohga sherik nisbat bersa, qattiq adashgan boʻladi.
إِن يَدْعُونَ مِن دُونِهِ إِلاَّ إِنَاثًا وَإِن يَدْعُونَ إِلاَّ شَيْطَانًا مَّرِيدًا
4:117 Ular Alloh ila oralariga qoʻyib faqatgina ayollar (deya bilingan borliqlar)ga duo qilishmoqda[578]. Aslida, ular bexayr (aldamchi) shaytonga duo qilmoqda.
لَّعَنَهُ اللّهُ وَقَالَ لَأَتَّخِذَنَّ مِنْ عِبَادِكَ نَصِيبًا مَّفْرُوضًا
4:118 Alloh shaytonni laʼnatlagan. U esa shunday dedi: «Endi bandalaring orasidan belgilangan nasibani[579] olaman.
وَلأُضِلَّنَّهُمْ وَلأُمَنِّيَنَّهُمْ وَلآمُرَنَّهُمْ فَلَيُبَتِّكُنَّ آذَانَ الأَنْعَامِ وَلآمُرَنَّهُمْ فَلَيُغَيِّرُنَّ خَلْقَ اللّهِ وَمَن يَتَّخِذِ الشَّيْطَانَ وَلِيًّا مِّن دُونِ اللّهِ فَقَدْ خَسِرَ خُسْرَانًا مُّبِينًا
4:119 Ularni aniq adashtiraman, ularni xom-xayollarga toldiraman. Ularga buyuraman – chorva hayvonlarning quloqlarini yorishadi[580]. Ularga buyuraman – Allohning yaratganini (fitratni) buzib oʻzgartirishadi[581].» Kimki Allohni qoʻyib, shaytonni oʻziga xoja qilib olsa, u aniq xonavayron boʻladi.
يَعِدُهُمْ وَيُمَنِّيهِمْ وَمَا يَعِدُهُمُ الشَّيْطَانُ إِلاَّ غُرُورًا
4:120 U (shayton) ularga soʻz beradi, ularni xom xayollarga toldiradi. Shayton faqat aldash uchun soʻz beradi.
أُوْلَـئِكَ مَأْوَاهُمْ جَهَنَّمُ وَلاَ يَجِدُونَ عَنْهَا مَحِيصًا
4:121 Ana shularning (shaytonni xoja qilib olganlarning) borar joyi jahannamdir, u yerdan qochgani yoʻl topa olmaslar.
وَالَّذِينَ آمَنُواْ وَعَمِلُواْ الصَّالِحَاتِ سَنُدْخِلُهُمْ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِن تَحْتِهَا الأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا أَبَدًا وَعْدَ اللّهِ حَقًّا وَمَنْ أَصْدَقُ مِنَ اللّهِ قِيلاً
4:122 Imon keltirgan va xayrli ishlarni amalga oshirgan kishilarni ichidan anhorlar oqib turadigan bogʻ-u boʻstonlarga kirgizamiz. Ular u yerda oʻlimsiz-mangu qoladi. Alloh roʻyobga oshadigan vaʼda beradi. Allohdan ham toʻgʻri soʻz kim bor?
لَّيْسَ بِأَمَانِيِّكُمْ وَلا أَمَانِيِّ أَهْلِ الْكِتَابِ مَن يَعْمَلْ سُوءًا يُجْزَ بِهِ وَلاَ يَجِدْ لَهُ مِن دُونِ اللّهِ وَلِيًّا وَلاَ نَصِيرًا
4:123 (Alloh vaʼda qilgan jazo yoki mukofotlar) siznlarning xom-xayolingizga koʻra ham emas, ahli kitobning quruq xom-xayoliga koʻra ham emas; yomonlikni kim qilishidan qatʼiy nazar, u bilan jazolanadi. (Jazodan saqlanish uchun) Allohdan boshqa na doʻst va na yordamchi topolmaydi.
وَمَن يَعْمَلْ مِنَ الصَّالِحَاتَ مِن ذَكَرٍ أَوْ أُنثَى وَهُوَ مُؤْمِنٌ فَأُوْلَـئِكَ يَدْخُلُونَ الْجَنَّةَ وَلاَ يُظْلَمُونَ نَقِيرًا
4:124 Erkak yoki ayolligidan qatʼiy nazar, Allohga ishongan holda kimki xayrli ishlarni amalga oshirsa, jannatga ana shular kiradi, ularga qilcha ham haqsizlik qilinmaydi.
وَمَنْ أَحْسَنُ دِينًا مِّمَّنْ أَسْلَمَ وَجْهَهُ لله وَهُوَ مُحْسِنٌ واتَّبَعَ مِلَّةَ إِبْرَاهِيمَ حَنِيفًا وَاتَّخَذَ اللّهُ إِبْرَاهِيمَ خَلِيلاً {125}
4:125 Chiroyli amallar qilib Oʻzini Alloh (amri)ga taslim qilgan va Ibrohimning sof diniy yashash tarziga ergashgan kimsadan koʻra dindorlikda goʻzalroq kim bor?[582] Alloh Ibrohimni Oʻziga sevimli doʻst qilib olgan[583].
وَللّهِ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الأَرْضِ وَكَانَ اللّهُ بِكُلِّ شَيْءٍ مُّحِيطًا
4:126 Osmonlar-u yerdagilarning bari Allohniki. Alloh har narsani atroflicha qamrab olgan.
وَيَسْتَفْتُونَكَ فِي النِّسَاء قُلِ اللّهُ يُفْتِيكُمْ فِيهِنَّ وَمَا يُتْلَى عَلَيْكُمْ فِي الْكِتَابِ فِي يَتَامَى النِّسَاء الَّلاتِي لاَ تُؤْتُونَهُنَّ مَا كُتِبَ لَهُنَّ وَتَرْغَبُونَ أَن تَنكِحُوهُنَّ وَالْمُسْتَضْعَفِينَ مِنَ الْوِلْدَانِ وَأَن تَقُومُواْ لِلْيَتَامَى بِالْقِسْطِ وَمَا تَفْعَلُواْ مِنْ خَيْرٍ فَإِنَّ اللّهَ كَانَ بِهِ عَلِيمًا
4:127 Ayol-qizlar haqida sendan fatvo/yechim[584] soʻrashyapti. Ayt: «Ular haqidagi fatvoni sizlarga (men emas) Alloh beradi. Oʻzlarining haqqi qilib yozilgan (mahri)ni bermasdan ularga uylanmoqchi boʻlgan (qaramogʻingizdagi) yetim ayol-qizlar[585] haqidagi va zaif bolalar va barcha yetimlarga nisbatan toʻgʻri (adolatli) muomala qilishingiz kerakligi haqidagi fatvolar ham sizlarga tilovat qilinayotgan mana shu kitobdadir. Nimaiki yaxshi ish qilishingizdan qatʼiy nazar, Alloh uni bilib turadi.
وَإِنِ امْرَأَةٌ خَافَتْ مِن بَعْلِهَا نُشُوزًا أَوْ إِعْرَاضًا فَلاَ جُنَاْحَ عَلَيْهِمَا أَن يُصْلِحَا بَيْنَهُمَا صُلْحًا وَالصُّلْحُ خَيْرٌ وَأُحْضِرَتِ الأَنفُسُ الشُّحَّ وَإِن تُحْسِنُواْ وَتَتَّقُواْ فَإِنَّ اللّهَ كَانَ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرًا
4:128 Agar bir ayol kishi erining ajrashib ketishidan yoki yuz oʻgirib ketishidan qoʻrqsa, oʻzaro kelishib olishlarida ikkalasiga ham gunoh yoʻq. (Ajrashish yoki janjaldan koʻra) kelishib olish yaxshi. Nafslar qizgʻonishlikka moyil qilib qoʻyilgan[586]. Agar muhsinlik qilsangiz va gunohlardan (adolatsizlik va jabr-u jafodan) saqlansangiz (bilingki), Alloh qilmishingizdan xabardordir[587].
وَلَن تَسْتَطِيعُواْ أَن تَعْدِلُواْ بَيْنَ النِّسَاء وَلَوْ حَرَصْتُمْ فَلاَ تَمِيلُواْ كُلَّ الْمَيْلِ فَتَذَرُوهَا كَالْمُعَلَّقَةِ وَإِن تُصْلِحُواْ وَتَتَّقُواْ فَإِنَّ اللّهَ كَانَ غَفُورًا رَّحِيمًا
4:129 Qanchalik tiransangiz ham ayollaringiz oʻrtasida adolat oʻrnatishga kuchingiz yetmaydi, (sevgi va taqsimotlarda) bir tarafga tamoman moyil boʻlib ketib, boshqa birini arosatda qoldirgandek tashlab qoʻymang. Agar isloh qilsangiz, gunohlardan saqlansanglar, (bilingki) Alloh kechirimli va mehribondir.[588].
وَإِن يَتَفَرَّقَا يُغْنِ اللّهُ كُلاًّ مِّن سَعَتِهِ وَكَانَ اللّهُ وَاسِعًا حَكِيمًا
4:130 Agar (er-xotin) ajrashib ketsa, Alloh Oʻz imkoniyatidan berib, ularni (bir-biridan) behojat qilib qoʻyadi[589]. Alloh keng imkoniyat egasidir, toʻgʻri qaror beruvchidir.
وَللّهِ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الأَرْضِ وَلَقَدْ وَصَّيْنَا الَّذِينَ أُوتُواْ الْكِتَابَ مِن قَبْلِكُمْ وَإِيَّاكُمْ أَنِ اتَّقُواْ اللّهَ وَإِن تَكْفُرُواْ فَإِنَّ لِلّهِ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الأَرْضِ وَكَانَ اللّهُ غَنِيًّا حَمِيدًا
4:131 Yer-u osmonlardagi narsalarning bari Allohniki. Sizlardan ilgari kitob berilgan (hozirgi gʻayridin)larga ham, sizlarga ham “Allohdan taqvo qiling!” deb, vazifa yukladik. Agar kofirlik qilsalaring, (bilingki) yer-u osmondagilarning bari Allohniki. Alloh behojatdir, maqtovga loyiqdir.»
وَلِلّهِ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الأَرْضِ وَكَفَى بِاللّهِ وَكِيلاً
4:132 Yeru osmondagilarning bari Allohniki. Oʻzini ishonib-topshirishga Alloh kifoyadir.
إِن يَشَأْ يُذْهِبْكُمْ أَيُّهَا النَّاسُ وَيَأْتِ بِآخَرِينَ وَكَانَ اللّهُ عَلَى ذَلِكَ قَدِيرًا
4:133 (Ey insonlar!) Agar Alloh sizlarni yoʻq qilishni munosib bilsa yoʻq qilib yuboradi va oʻrningizga boshqalarni keltiradi. Alloh bunga ham bir oʻlchov qoʻygan[590].
مَّن كَانَ يُرِيدُ ثَوَابَ الدُّنْيَا فَعِندَ اللّهِ ثَوَابُ الدُّنْيَا وَالآخِرَةِ وَكَانَ اللّهُ سَمِيعًا بَصِيرًا
4:134 Kimki (qilgan ishiga) dunyoviy samara (natija) olishni xohlasa, Alloh nazdida dunyoviy samara ham, uxraviy samara ham bor. Alloh eshitib turadi, koʻrib turadi![591]
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ كُونُواْ قَوَّامِينَ بِالْقِسْطِ شُهَدَاء لِلّهِ وَلَوْ عَلَى أَنفُسِكُمْ أَوِ الْوَالِدَيْنِ وَالأَقْرَبِينَ إِن يَكُنْ غَنِيًّا أَوْ فَقَيرًا فَاللّهُ أَوْلَى بِهِمَا فَلاَ تَتَّبِعُواْ الْهَوَى أَن تَعْدِلُواْ وَإِن تَلْوُواْ أَوْ تُعْرِضُواْ فَإِنَّ اللّهَ كَانَ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرًا
4:135 Ey Moʻminlar! Adolat oʻrnatuvchi boʻling – xoh oʻzingizning, xoh ota-onangizning, yoki yaqinlaringizning ziyoniga boʻlsa ham, Alloh uchun guvohlik beruvchi boʻling! Agar siz ziyoniga guvoh bergan kishi faqir yoki boy boʻlsa ham – Alloh boyga ham faqirga ham (bir xil) yaqin. Demak, orzu-istaklarga ergashmang, (shunda) adolat oʻrnata olasiz. Gapni burib-aylantirsangiz yoki guvohlikdan qochsangiz, (bilinki) Alloh qilmishingizdan xabardordir.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ آمِنُواْ بِاللّهِ وَرَسُولِهِ وَالْكِتَابِ الَّذِي نَزَّلَ عَلَى رَسُولِهِ وَالْكِتَابِ الَّذِيَ أَنزَلَ مِن قَبْلُ وَمَن يَكْفُرْ بِاللّهِ وَمَلاَئِكَتِهِ وَكُتُبِهِ وَرُسُلِهِ وَالْيَوْمِ الآخِرِ فَقَدْ ضَلَّ ضَلاَلاً بَعِيدًا
4:136 Ey Moʻminlar! Allohga, elchisiga, elchiga yuborgan kitobga va undan oldin yuborgan kitoblariga ishoning. Kimki Allohni, Uning farishtalarini, kitoblarini, elchilarini va oxirat kunini tan olmasa qattiq adashgan boʻladi.
إِنَّ الَّذِينَ آمَنُواْ ثُمَّ كَفَرُواْ ثُمَّ آمَنُواْ ثُمَّ كَفَرُواْ ثُمَّ ازْدَادُواْ كُفْرًا لَّمْ يَكُنِ اللّهُ لِيَغْفِرَ لَهُمْ وَلاَ لِيَهْدِيَهُمْ سَبِيلاً
4:137 Avval ishonib, keyin ishonmay qoʻygan, keyin yana ishonib, soʻng qaytadan ishonmay qoʻygan, keyin ishonmaslikni davom ettirganlarni – Alloh ularni kechirmaydi, yoʻlga solmaydi[592].
بَشِّرِ الْمُنَافِقِينَ بِأَنَّ لَهُمْ عَذَابًا أَلِيمًا
4:138 Munofiqlarga alamli azob borligidan darak ber!
اَلَّذٖينَ يَتَّخِذُونَ الْكَافِرٖينَ اَوْلِيَاءَ مِنْ دُونِ الْمُؤْمِنٖينَ اَيَبْتَغُونَ عِنْدَهُمُ الْعِزَّةَ فَاِنَّ الْعِزَّةَ لِلّٰهِ جَمٖيعًا
4:139 Moʻminlarni qoʻyib kofirlar bilan doʻst tutinayotganlar kuch-quvvat/gʻolibiyatni ularning yonidan qidiryaptimi?! Shubhasizki, tamomiy kuch-quvvat/gʻolibiyat Allohga xos![593]
وَقَدْ نَزَّلَ عَلَيْكُمْ فِي الْكِتَابِ أَنْ إِذَا سَمِعْتُمْ آيَاتِ اللّهِ يُكَفَرُ بِهَا وَيُسْتَهْزَأُ بِهَا فَلاَ تَقْعُدُواْ مَعَهُمْ حَتَّى يَخُوضُواْ فِي حَدِيثٍ غَيْرِهِ إِنَّكُمْ إِذًا مِّثْلُهُمْ إِنَّ اللّهَ جَامِعُ الْمُنَافِقِينَ وَالْكَافِرِينَ فِي جَهَنَّمَ جَمِيعًا
4:140 Axir Alloh sizlarga (bu) kitobda shuni nozil qilgan-ku: Allohning oyatlari tan olinmayotganini, oyatlarga oʻz qadricha munosabat bildirilmayotganini eshitganingizda, undan boshqa mavzuga oʻtmaguncha ular bilan oʻtirmang. Aks holda, sizlar ham aynan ularning oʻzisiz!» Alloh ikkiyuzlamachi-munofiqlarni ham, oyatlarni tan olmaydigan (kofir)larni ham barini jahannamga toʻplaydi[594].
الَّذِينَ يَتَرَبَّصُونَ بِكُمْ فَإِن كَانَ لَكُمْ فَتْحٌ مِّنَ اللّهِ قَالُواْ أَلَمْ نَكُن مَّعَكُمْ وَإِن كَانَ لِلْكَافِرِينَ نَصِيبٌ قَالُواْ أَلَمْ نَسْتَحْوِذْ عَلَيْكُمْ وَنَمْنَعْكُم مِّنَ الْمُؤْمِنِينَ فَاللّهُ يَحْكُمُ بَيْنَكُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَلَن يَجْعَلَ اللّهُ لِلْكَافِرِينَ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ سَبِيلاً
4:141 Munofiqlar sizlarni kuzatib turadi. Agar sizlarga Alloh tarafidan bir fath (muvaffaqiyat) kelsa: “Biz sizlar bilan birga emasmidik?”,- deydi. Agar nasib kofirlarga boʻlsa, (kofirlarga) “Biz sizlarni orqangizda turmadikmi, sizlarni moʻminlardan qoʻrimadikmi?” deyishadi[595]. Endi, qiyomat kuni Alloh orangizda Oʻz hukmini beradi va Alloh kofirlar uchun moʻminlarni ziyoniga hech qanday yoʻl (hujjat) qoldirmaydi.
إِنَّ الْمُنَافِقِينَ يُخَادِعُونَ اللّهَ وَهُوَ خَادِعُهُمْ وَإِذَا قَامُواْ إِلَى الصَّلاَةِ قَامُواْ كُسَالَى يُرَآؤُونَ النَّاسَ وَلاَ يَذْكُرُونَ اللّهَ إِلاَّ قَلِيلاً
4:142 Munofiqlar Allohni aldamoqchi boʻlyapti, Alloh ularning aldovini oʻziga qaytarib qoʻyadi. Ular namozga turganida eringan holda turadi, insonlarga riyokorlik qiladi, Allohni kamdan-kam eslaydi.
مُّذَبْذَبِينَ بَيْنَ ذَلِكَ لاَ إِلَى هَـؤُلاء وَلاَ إِلَى هَـؤُلاء وَمَن يُضْلِلِ اللّهُ فَلَن تَجِدَ لَهُ سَبِيلاً
4:143 (Munofiqlar) imon ila kufr orasida sudralib qolib, bularga ham shularga ham mansub boʻlolmaydi. Alloh adashtirgan kishini foydasiga sen hech qanday yoʻl topolmaysan.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ لاَ تَتَّخِذُواْ الْكَافِرِينَ أَوْلِيَاء مِن دُونِ الْمُؤْمِنِينَ أَتُرِيدُونَ أَن تَجْعَلُواْ لِلّهِ عَلَيْكُمْ سُلْطَانًا مُّبِينًا
4:144 Ey Moʻminlar! Moʻminlarni qoʻyib kofirlani oʻzingizga doʻst/xoja qilib olmang[596]. Allohga oʻzingizni ziyoningizga boʻladigan bir hujjat bermoqchisizlar?
إِنَّ الْمُنَافِقِينَ فِي الدَّرْكِ الأَسْفَلِ مِنَ النَّارِ وَلَن تَجِدَ لَهُمْ نَصِيرًا {145}
4:145 Munofiqlar jahannamni eng quyi tabaqasida qoladi. Ularga hech qanday yordamchi topolmaysan.
إِلاَّ الَّذِينَ تَابُواْ وَأَصْلَحُواْ وَاعْتَصَمُواْ بِاللّهِ وَأَخْلَصُواْ دِينَهُمْ لِلّهِ فَأُوْلَـئِكَ مَعَ الْمُؤْمِنِينَ وَسَوْفَ يُؤْتِ اللّهُ الْمُؤْمِنِينَ أَجْرًا عَظِيمًا
4:146 Biroq, (munofiqlikdan) tavba qilib oʻzini tuzatgan, Allohni (Uning kitobini) mahkam ushlagan va dinini Alloh uchun sof va toza saqlab qolganlar bundan mustasno. Ana shular moʻminlar bilan birgadir. Alloh moʻminlarga yaqinda buyuk ajru mukofot beradi.
مَّا يَفْعَلُ اللّهُ بِعَذَابِكُمْ إِن شَكَرْتُمْ وَآمَنتُمْ وَكَانَ اللّهُ شَاكِرًا عَلِيمًا
4:147 Agar burchingizni bajarsangiz va Allohga ishonsangiz, Alloh sizni azoblab nima qiladi? Alloh bajarilgan vazifani qabul qiluvchidir, biluvchidir.
لاَّ يُحِبُّ اللّهُ الْجَهْرَ بِالسُّوَءِ مِنَ الْقَوْلِ إِلاَّ مَن ظُلِمَ وَكَانَ اللّهُ سَمِيعًا عَلِيمًا
4:148 Alloh yomon soʻzni oshkor aytilishini yoqtirmaydi; haqsizlikka uchragan kishi aytgani boshqa[597]. Alloh eshitadi, biladi.
إِن تُبْدُواْ خَيْرًا أَوْ تُخْفُوهُ أَوْ تَعْفُواْ عَن سُوَءٍ فَإِنَّ اللّهَ كَانَ عَفُوًّا قَدِيرًا
4:149 Yaxshilikni oshkor qilsangiz ham, yoki uni yashirib qilsangiz ham, yoxud biror yomonlikdan kechib yuborsangiz ham, (bilingki) Alloh avf etuvchidir, (avfiga ham) oʻlchov qoʻyuvchidir[598].
إِنَّ الَّذِينَ يَكْفُرُونَ بِاللّهِ وَرُسُلِهِ وَيُرِيدُونَ أَن يُفَرِّقُواْ بَيْنَ اللّهِ وَرُسُلِهِ وَيقُولُونَ نُؤْمِنُ بِبَعْضٍ وَنَكْفُرُ بِبَعْضٍ وَيُرِيدُونَ أَن يَتَّخِذُواْ بَيْنَ ذَلِكَ سَبِيلاً
4:150 Allohni va elchilarini tan olmayotgan, Alloh bilan elchilarini orasini ayirmoqchi boʻlayotgan, biriga ishonib, boshqasiga ishonmasligini aytayotganlar va buni orasida bir yoʻl (din) tutmoqchi boʻlayotganlarga kelsak,
أُوْلَـئِكَ هُمُ الْكَافِرُونَ حَقًّا وَأَعْتَدْنَا لِلْكَافِرِينَ عَذَابًا مُّهِينًا
4:151 Ana shular haqiqiy kofirlardir. Biz kofirlarga xorlovchi azob tayyorladik.
وَالَّذِينَ آمَنُواْ بِاللّهِ وَرُسُلِهِ وَلَمْ يُفَرِّقُواْ بَيْنَ أَحَدٍ مِّنْهُمْ أُوْلَـئِكَ سَوْفَ يُؤْتِيهِمْ أُجُورَهُمْ وَكَانَ اللّهُ غَفُورًا رَّحِيمًا
4:152 Allohga va elchilariga ishonib-suyangan va ulardan hech birini boshqasidan ajratmaganlarga kelsak, ularning ajru mukofotlarini Alloh beradi. Alloh kechirimli va mehribondir.
يَسْأَلُكَ أَهْلُ الْكِتَابِ أَن تُنَزِّلَ عَلَيْهِمْ كِتَابًا مِّنَ السَّمَاءِ ۚ فَقَدْ سَأَلُوا مُوسَىٰ أَكْبَرَ مِن ذَٰلِكَ فَقَالُوا أَرِنَا اللَّـهَ جَهْرَةً فَأَخَذَتْهُمُ الصَّاعِقَةُ بِظُلْمِهِمْ ۚ ثُمَّ اتَّخَذُوا الْعِجْلَ مِن بَعْدِ مَا جَاءَتْهُمُ الْبَيِّنَاتُ فَعَفَوْنَا عَن ذَٰلِكَ ۚ وَآتَيْنَا مُوسَىٰ سُلْطَانًا مُّبِينًا
4:153 Ahli Kitoblar oʻzlariga osmondan kitob tushirib berilishini soʻrashmoqda. Ular Musodan undan-da katta talabda boʻlishgan – “Bizga Allohni ochiqchasiga koʻrsat”- deyishgan. Haqsizliklari sababli ularni chaqmoq urgan[599]. Keyin oʻzlariga aniq-ravshan dalillar kelsa-da, ular oʻsha buzoqni iloh qilib oldilar[600]. Shunda ham oʻsha ishini avf etdik va Musoga aniq hujjat berdik.
وَرَفَعْنَا فَوْقَهُمُ الطُّورَ بِمِيثَاقِهِمْ وَقُلْنَا لَهُمُ ادْخُلُواْ الْبَابَ سُجَّدًا وَقُلْنَا لَهُمْ لاَ تَعْدُواْ فِي السَّبْتِ وَأَخَذْنَا مِنْهُم مِّيثَاقًا غَلِيظًا
4:154 Ulardan soʻz olish uchun tepalariga Tur togʻini keltirganmiz. Yana, ularga: “Shu eshikdan boʻyin egib kiringlar!”, deganmiz. Hamda: “Shanba kungi taqiqni buzmanglar!” deganmiz. Ulardan qatʼiy soʻz olganmiz[601].
فَبِمَا نَقْضِهِم مِّيثَاقَهُمْ وَكُفْرِهِم بَآيَاتِ اللّهِ وَقَتْلِهِمُ الأَنْبِيَاء بِغَيْرِ حَقًّ وَقَوْلِهِمْ قُلُوبُنَا غُلْفٌ بَلْ طَبَعَ اللّهُ عَلَيْهَا بِكُفْرِهِمْ فَلاَ يُؤْمِنُونَ إِلاَّ قَلِيلاً
4:155 Bergan soʻzlarini buzishi, Allohning oyatlariga qarshi chiqishi, nohaqlik qilib paygʻambarlarga/paygʻambarligiga dushmanlik qilishi va “Qalbimiz qulflangan!” degani uchun (jazolandilar). Yoʻq, kofirliklari uchun Alloh ularni qalbini muhrlab qoʻydi. Endi ularning ozchiligi imon keltiradi.
وَبِكُفْرِهِمْ وَقَوْلِهِمْ عَلَى مَرْيَمَ بُهْتَانًا عَظِيمًا
4:156 Kofirliklari va Maryam haqida boʻhton qilib gapirishlari sababli (ham) laʼnatlandilar.
وَقَوْلِهِمْ إِنَّا قَتَلْنَا الْمَسِيحَ عِيسَى ابْنَ مَرْيَمَ رَسُولَ اللّهِ وَمَا قَتَلُوهُ وَمَا صَلَبُوهُ وَلَـكِن شُبِّهَ لَهُمْ وَإِنَّ الَّذِينَ اخْتَلَفُواْ فِيهِ لَفِي شَكٍّ مِّنْهُ مَا لَهُم بِهِ مِنْ عِلْمٍ إِلاَّ اتِّبَاعَ الظَّنِّ وَمَا قَتَلُوهُ يَقِينًا
4:157 “Maryamning oʻgʻli Isoni biz oʻldirdik”- degani uchun ham (laʼnatlandilar)[602]. Ular Isoni oʻldirmagan, uni osmagan. Biroq, ularga oʻxshatib qoʻyildi[603]. Bu haqida farqli tushunchaga ega boʻlgan kimsalar undan tamoman chalkashlikdadir. Gumon-taxminga ergashishdan boshqa ularda bu haqda hech qanday maʼlumot yoʻq. Ular uni aniq oʻldirmagan.
بَل رَّفَعَهُ اللّهُ إِلَيْهِ وَكَانَ اللّهُ عَزِيزًا حَكِيمًا
4:158 Aslida, Alloh uni Oʻziga yuksaltirdi[604]. Alloh gʻolibdir, toʻgʻri qaror beruvchidir.
وَإِن مِّنْ أَهْلِ الْكِتَابِ إِلاَّ لَيُؤْمِنَنَّ بِهِ قَبْلَ مَوْتِهِ وَيَوْمَ الْقِيَامَةِ يَكُونُ عَلَيْهِمْ شَهِيدًا
4:159 «Har bir ahli kitob oʻlimidan oldin/tirikligida unga (Muhammad (alayhissalomga) iymon keltirmay qolsin. Qiyomat kuni u ularga guvoh boʻladi.»[605]
فَبِظُلْمٍ مِّنَ الَّذِينَ هَادُواْ حَرَّمْنَا عَلَيْهِمْ طَيِّبَاتٍ أُحِلَّتْ لَهُمْ وَبِصَدِّهِمْ عَن سَبِيلِ اللّهِ كَثِيرًا
4:160 Yahudiylarning haqsizligi va koʻplab insonlarni Allohning yoʻlidan toʻsgani uchun, ilgari ularga halol qilingan pok narsalarni qilganmiz[606].
وَأَخْذِهِمُ الرِّبَا وَقَدْ نُهُواْ عَنْهُ وَأَكْلِهِمْ أَمْوَالَ النَّاسِ بِالْبَاطِلِ وَأَعْتَدْنَا لِلْكَافِرِينَ مِنْهُمْ عَذَابًا أَلِيمًا
4:161 Undan man qilingan boʻla turib foiz olishlari[607] va insonlarning mol-mulklarini notoʻgʻri/botil[608] yoʻllar orqali yeb ketishlari ham sabab boʻlgan. Ular orasidagi kofirlarga alamli azob tayyorlab qoʻydik.
لَّـكِنِ الرَّاسِخُونَ فِي الْعِلْمِ مِنْهُمْ وَالْمُؤْمِنُونَ يُؤْمِنُونَ بِمَا أُنزِلَ إِلَيكَ وَمَا أُنزِلَ مِن قَبْلِكَ وَالْمُقِيمِينَ الصَّلاَةَ وَالْمُؤْتُونَ الزَّكَاةَ وَالْمُؤْمِنُونَ بِاللّهِ وَالْيَوْمِ الآخِرِ أُوْلَـئِكَ سَنُؤْتِيهِمْ أَجْرًا عَظِيمًا
4:162 Biroq, ular orasidan (ilohiy kitobdagi) ilmni chuqur egallaganlar[609] senga yuborilgan (kitob)ga ham, sendan oldin yuborilgan (kitob)larga ham ishonadigan moʻminlar, namozni/diniy vazifalarini bajaradigan, pok va toʻgʻri boʻladigan, Allohga va oxirat kuniga ishonadiganlar – ana shularga ulkan ajr-mukofot beramiz.
إِنَّا أَوْحَيْنَا إِلَيْكَ كَمَا أَوْحَيْنَا إِلَى نُوحٍ وَالنَّبِيِّينَ مِن بَعْدِهِ وَأَوْحَيْنَا إِلَى إِبْرَاهِيمَ وَإِسْمَاعِيلَ وَإْسْحَقَ وَيَعْقُوبَ وَالأَسْبَاطِ وَعِيسَى وَأَيُّوبَ وَيُونُسَ وَهَارُونَ وَسُلَيْمَانَ وَآتَيْنَا دَاوُودَ زَبُورًا
4:163 Biz Nuhga va undan keyin kelgan paygʻambarlarga qanday vahiy qilgan boʻlsak, senga ham shunday vahiy qildik. Ibrohim, Ismoil, Isʼhoq, Yaʼqub, nabiralari, Iso, Ayyub, Yunus, Horun va Sulaymonga ham vahiy qilganmiz, Dovudga ham zabur (kitob)[610] berganmiz.
وَرُسُلاً قَدْ قَصَصْنَاهُمْ عَلَيْكَ مِن قَبْلُ وَرُسُلاً لَّمْ نَقْصُصْهُمْ عَلَيْكَ وَكَلَّمَ اللّهُ مُوسَى تَكْلِيمًا
4:164 Avval Biz senga qissalarini aytib bergan elchilarga ham, aytib bermagan elchilarga ham vahiy qilganmiz. Alloh Muso bilan gaplashgan[611].
رُّسُلاً مُّبَشِّرِينَ وَمُنذِرِينَ لِئَلاَّ يَكُونَ لِلنَّاسِ عَلَى اللّهِ حُجَّةٌ بَعْدَ الرُّسُلِ وَكَانَ اللّهُ عَزِيزًا حَكِيمًا
4:165 Elchilardan keyin insonlarni Allohga nisbatan (hujjati) bahonasi boʻlmasligi uchun, elchilarni xushxabar beruvchi va ogohlantiruvchi qilib yubordi[612]. Alloh gʻolibdir, toʻgʻri qaror beruvchidir.
لَّـكِنِ اللّهُ يَشْهَدُ بِمَا أَنزَلَ إِلَيْكَ أَنزَلَهُ بِعِلْمِهِ وَالْمَلآئِكَةُ يَشْهَدُونَ وَكَفَى بِاللّهِ شَهِيدًا
4:166 Lekin, Alloh Oʻz ilmi bilan yuborgan (kitobi)ga Oʻzi shohid boʻladi, farishtalar ham guvoh boʻladi[613]. Zero, guvohlikka Alloh kifoyadir.
إِنَّ الَّذِينَ كَفَرُواْ وَصَدُّواْ عَن سَبِيلِ اللّهِ قَدْ ضَلُّواْ ضَلاَلاً بَعِيدًا
4:167 Kofirlik qilganlar va Allohni yoʻlidan toʻsganlar qattiq adashgan boʻladi.
إِنَّ الَّذِينَ كَفَرُواْ وَظَلَمُواْ لَمْ يَكُنِ اللّهُ لِيَغْفِرَ لَهُمْ وَلاَ لِيَهْدِيَهُمْ طَرِيقاً
4:168 Kofirlik qilgan va haqsizlik qilgan-zolimlarni Alloh kechirmaydi va ularni (jannat) yoʻliga solmaydi.
إِلاَّ طَرِيقَ جَهَنَّمَ خَالِدِينَ فِيهَا أَبَدًا وَكَانَ ذَلِكَ عَلَى اللّهِ يَسِيرًا
4:169 Ularni faqat jahannam yoʻliga yoʻnaltiradi. U yerda oʻlimsiz-mangu qoladilar. Bu ish Allohga oson.
يَا أَيُّهَا النَّاسُ قَدْ جَاءكُمُ الرَّسُولُ بِالْحَقِّ مِن رَّبِّكُمْ فَآمِنُواْ خَيْرًا لَّكُمْ وَإِن تَكْفُرُواْ فَإِنَّ لِلَّهِ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضِ وَكَانَ اللّهُ عَلِيمًا حَكِيمًا
4:170 Ey insonlar! Bu Elchi sizlarga yaratgan Egangizdan haqni olib keldi; oʻzingizga yaxshi boʻlishi uchun unga ishoning. Agar tan olmasalaring (bilinglarki), yeru osmondagilarning bari Allohniki. Alloh biladi, toʻgʻri qaror beradi.
يَا أَهْلَ الْكِتَابِ لاَ تَغْلُواْ فِي دِينِكُمْ وَلاَ تَقُولُواْ عَلَى اللّهِ إِلاَّ الْحَقِّ إِنَّمَا الْمَسِيحُ عِيسَى ابْنُ مَرْيَمَ رَسُولُ اللّهِ وَكَلِمَتُهُ أَلْقَاهَا إِلَى مَرْيَمَ وَرُوحٌ مِّنْهُ فَآمِنُواْ بِاللّهِ وَرُسُلِهِ وَلاَ تَقُولُواْ ثَلاَثَةٌ انتَهُواْ خَيْرًا لَّكُمْ إِنَّمَا اللّهُ إِلَـهٌ وَاحِدٌ سُبْحَانَهُ أَن يَكُونَ لَهُ وَلَدٌ لَّهُ مَا فِي السَّمَاوَات وَمَا فِي الأَرْضِ وَكَفَى بِاللّهِ وَكِيلاً
4:171 Ey Ahli Kitob! Diningizda haddan oshmang. Alloh haqida faqat haqni gapiring. Maryamning oʻgʻli Iso-Masih faqatgina Allohning Elchisi, Maryamga ulashtirgan (“Boʻl!” degan) buyrugʻi va Oʻzidan (yuborilgan) ruhdir[614]. Shunday ekan, Allohga va Elchilariga ishoning. “Uch” demang[615]; bundan voz keching, oʻzingizga yaxshi boʻladi. Alloh – yagona tangridir. U farzandli boʻlishdan pokdir! Yeru osmondagilarning bari Uniki. Oʻzini ishonib-topshirishga Alloh kifoyadir.
لَّن يَسْتَنكِفَ الْمَسِيحُ أَن يَكُونَ عَبْداً لِّلّهِ وَلاَ الْمَلآئِكَةُ الْمُقَرَّبُونَ وَمَن يَسْتَنكِفْ عَنْ عِبَادَتِهِ وَيَسْتَكْبِرْ فَسَيَحْشُرُهُمْ إِلَيهِ جَمِيعًا
4:172 Masih Allohga qullik qilishdan bosh tortmas. Muqarrab farishtalar ham shunday. Kimki Allohga qullik qilishdan bosh tortsa va (Allohni amriga nisbatan) oʻzini katta tutsa, Alloh ularning hammasini Oʻzi huzuriga toʻplaydi!
فَأَمَّا الَّذِينَ آمَنُواْ وَعَمِلُواْ الصَّالِحَاتِ فَيُوَفِّيهِمْ أُجُورَهُمْ وَيَزيدُهُم مِّن فَضْلِهِ وَأَمَّا الَّذِينَ اسْتَنكَفُواْ وَاسْتَكْبَرُواْ فَيُعَذِّبُهُمْ عَذَابًا أَلُيمًا وَلاَ يَجِدُونَ لَهُم مِّن دُونِ اللّهِ وَلِيًّا وَلاَ نَصِيرًا {173}
4:173 Imon keltirgan va xayrli ishlarni amalga oshirgan kishilarning ajru mukofotini Alloh toʻliq qilib beradi, ularga Oʻzi oliyjanoblik qilib qoʻshib ham beradi. Ammo, qullik qilishdan bosh tortgan va (Ibodat qilishdan) katta ketganlarni alamli azob bilan azoblaydi. Ular oʻzlari uchun Allohdan boshqa biron bir doʻst ham, yordamchi ham topolmaydi.
يَا أَيُّهَا النَّاسُ قَدْ جَاءكُم بُرْهَانٌ مِّن رَّبِّكُمْ وَأَنزَلْنَا إِلَيْكُمْ نُورًا مُّبِينًا {174}
4:174 Ey insonlar! Yaratgan Egangizdan sizlarga ochiq-oydin dalil keldi. Sizlarga (haqiqatlarni) ochiqlab beruvchi nur yubordik.
فَأَمَّا الَّذِينَ آمَنُواْ بِاللّهِ وَاعْتَصَمُواْ بِهِ فَسَيُدْخِلُهُمْ فِي رَحْمَةٍ مِّنْهُ وَفَضْلٍ وَيَهْدِيهِمْ إِلَيْهِ صِرَاطًا مُّسْتَقِيمًا {175}
4:175 Allohga ishongan va Uni (kitobini) mahkam ushlaganlarga kelsak, ularni Oʻzining rahmati va oliyjanobligiga musharraf qiladi va ularni Oʻzining toʻgʻri yoʻliga yoʻllab qoʻyadi.
يَسْتَفْتُونَكَ قُلِ اللّهُ يُفْتِيكُمْ فِي الْكَلاَلَةِ إِنِ امْرُؤٌ هَلَكَ لَيْسَ لَهُ وَلَدٌ وَلَهُ أُخْتٌ فَلَهَا نِصْفُ مَا تَرَكَ وَهُوَ يَرِثُهَآ إِن لَّمْ يَكُن لَّهَا وَلَدٌ فَإِن كَانَتَا اثْنَتَيْنِ فَلَهُمَا الثُّلُثَانِ مِمَّا تَرَكَ وَإِن كَانُواْ إِخْوَةً رِّجَالاً وَنِسَاء فَلِلذَّكَرِ مِثْلُ حَظِّ الأُنثَيَيْنِ يُبَيِّنُ اللّهُ لَكُمْ أَن تَضِلُّواْ وَاللّهُ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ
4:176 Sendan fatvo soʻrashmoqda. Ayt: «Kalola[616] (ortida otasi ham bolasi ham qolmay oʻlgan kishi) haqida sizga Alloh fatvo beradi: Bir inson farzandsiz holda oʻlsa va uni bitta singlisi boʻlsa, u qoldirgan merosning yarmi unga tegadi. Agar farzandsiz oʻlgan inson ayol kishi boʻlsa, uni ham farzandi boʻlmasa, lekin bitta oʻgʻil bola ukasi boʻlsa, u unga merosxoʻr boʻladi. Agar opa-singlisi ikkita boʻlsa, ularga merosning uchdan ikkisi tegadi. Agar merosxoʻrlar erkak va ayol aka-singillar boʻlsa, bitta erkak ikkita ayolchalik ulush oladi. Adashib ketasizlar deb, sizlarga Allohning Oʻzi tushuntirib beryapti. Alloh hamma narsani biladi.
- Moida surasi
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshilik cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ أَوْفُواْ بِالْعُقُودِ أُحِلَّتْ لَكُم بَهِيمَةُ الأَنْعَامِ إِلاَّ مَا يُتْلَى عَلَيْكُمْ غَيْرَ مُحِلِّي الصَّيْدِ وَأَنتُمْ حُرُمٌ إِنَّ اللّهَ يَحْكُمُ مَا يُرِيدُ {1}
5:1 Ey Moʻminlar! Kelishuvlar(ingiz)ga toʻliq rioya qiling. Sizlarga quyidagi aytib oʻtiladiganlardan boshqa[617] chorva hayvonlar halol qilindi. Ehromda ekaningizda ov qilishni halol deb hisoblamang. Alloh Oʻzi nimani xohlasa shuni hukm qiladi.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ لاَ تُحِلُّواْ شَعَآئِرَ اللّهِ وَلاَ الشَّهْرَ الْحَرَامَ وَلاَ الْهَدْيَ وَلاَ الْقَلآئِدَ وَلا آمِّينَ الْبَيْتَ الْحَرَامَ يَبْتَغُونَ فَضْلاً مِّن رَّبِّهِمْ وَرِضْوَانًا وَإِذَا حَلَلْتُمْ فَاصْطَادُواْ وَلاَ يَجْرِمَنَّكُمْ شَنَآنُ قَوْمٍ أَن صَدُّوكُمْ عَنِ الْمَسْجِدِ الْحَرَامِ أَن تَعْتَدُواْ وَتَعَاوَنُواْ عَلَى الْبرِّ وَالتَّقْوَى وَلاَ تَعَاوَنُواْ عَلَى الإِثْمِ وَالْعُدْوَانِ وَاتَّقُواْ اللّهَ إِنَّ اللّهَ شَدِيدُ الْعِقَابِ {2}
5:2 Ey Moʻminlar!Allohga qullik qilishning ramziy belgilariga[618], oylarga, haramga yoʻllangan qurbonliklarga, boʻynilariga taqinchoq osilgan qurbonlik hayvonlarga,[619] Rabbining oliyjanobligini va roziligini istab hurmatli Baytullohga yoʻnalganlarga nisbatan hurmatsizlik qilmang. Ehromdan chiqqaningizda ov qilishingiz mumkin. Masjidul-Haromga kirishingizga qarshilik qilgan qavmga boʻlgan achchigʻingiz ularga tajovuz etishga undab qoʻymasin. Yaxshilik va taqvoda[620] yordamlashinglar, gunoh va tajovuzkorlikda yordamlashmang. Allohga nisbatan javobgarlikni his qiling. Shubhasizki, Allohning jazosi qattiqdir.
حُرِّمَتْ عَلَيْكُمُ الْمَيْتَةُ وَالْدَّمُ وَلَحْمُ الْخِنْزِيرِ وَمَا أُهِلَّ لِغَيْرِ اللّهِ بِهِ وَالْمُنْخَنِقَةُ وَالْمَوْقُوذَةُ وَالْمُتَرَدِّيَةُ وَالنَّطِيحَةُ وَمَا أَكَلَ السَّبُعُ إِلاَّ مَا ذَكَّيْتُمْ وَمَا ذُبِحَ عَلَى النُّصُبِ وَأَن تَسْتَقْسِمُواْ بِالأَزْلاَمِ ذَلِكُمْ فِسْقٌ الْيَوْمَ يَئِسَ الَّذِينَ كَفَرُواْ مِن دِينِكُمْ فَلاَ تَخْشَوْهُمْ وَاخْشَوْنِ الْيَوْمَ أَكْمَلْتُ لَكُمْ دِينَكُمْ وَأَتْمَمْتُ عَلَيْكُمْ نِعْمَتِي وَرَضِيتُ لَكُمُ الإِسْلاَمَ دِينًا فَمَنِ اضْطُرَّ فِي مَخْمَصَةٍ غَيْرَ مُتَجَانِفٍ لِّإِثْمٍ فَإِنَّ اللّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ {3}
5:3 Soʻyib yeyiladigan hayvonlarning oʻzi oʻlib qolgani, qon, toʻngʻiz goʻshti, Allohdan boshqasining ismi aytib soʻyilgan hayvon, boʻgʻib oʻldirilgan hayvon, urib oʻldirilgan hayvon, yiqilib oʻlgan hayvon, boshqa hayvonlar tarafidan suzib oʻldirilgan hayvon va yirtqich hayvonlar qisman yeb qoʻygan hayvonlar – joni chiqishidan avval soʻyib olmasangiz sizlarga qilindi. Shuningdek, tikkalab qoʻyilgan toshlar oldida soʻyilgan hayvonlar[621] va fol oʻqlari bilan qismatingizni istashingiz sizlarga qilindi. Bu ishlar fosiqlikdir/yoʻldan chiqishdir. Bugun kofirlar diningizdan noumid boʻldi. Shunday ekan, ulardan emas, mendan qoʻrqing. Bugun sizlarga diningizni mukammal qilib berdim, sizlarga bergan neʼmatimni tamomladim, sizlar uchun Islomni din boʻlishini tanladim. Kimki gunohga moyilligi boʻlmasdan, ochlik holatida majbur boʻlib u haromlardan yesa, bas! Alloh kechirimli va mehribondir.
يَسْأَلُونَكَ مَاذَا أُحِلَّ لَهُمْ قُلْ أُحِلَّ لَكُمُ الطَّيِّبَاتُ وَمَا عَلَّمْتُم مِّنَ الْجَوَارِحِ مُكَلِّبِينَ تُعَلِّمُونَهُنَّ مِمَّا عَلَّمَكُمُ اللّهُ فَكُلُواْ مِمَّا أَمْسَكْنَ عَلَيْكُمْ وَاذْكُرُواْ اسْمَ اللّهِ عَلَيْهِ وَاتَّقُواْ اللّهَ إِنَّ اللّهَ سَرِيعُ الْحِسَابِ {4}
5:4 Ey Muhammad! Ular sendan oʻzlariga nimalar halol qilingani haqida soʻrashmoqda. Ayt: “Sizlarga pokiza/tabiatingiz tortadigan narsalar halol qilindi.” Alloh sizlarga oʻrgatgan shaklda yirtqich hayvonlarni ovchi qilib oʻrgatgan hayvonlaringizga kelsak, ular sizlarga tutib keltirgan hayvonlarga Allohning ismini aytib yeyavering. Allohga nisbatan javobgarlikni his qiling. Allohning hisob-kitobi tezdir.
الْيَوْمَ أُحِلَّ لَكُمُ الطَّيِّبَاتُ وَطَعَامُ الَّذِينَ أُوتُواْ الْكِتَابَ حِلٌّ لَّكُمْ وَطَعَامُكُمْ حِلُّ لَّهُمْ وَالْمُحْصَنَاتُ مِنَ الْمُؤْمِنَاتِ وَالْمُحْصَنَاتُ مِنَ الَّذِينَ أُوتُواْ الْكِتَابَ مِن قَبْلِكُمْ إِذَا آتَيْتُمُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ مُحْصِنِينَ غَيْرَ مُسَافِحِينَ وَلاَ مُتَّخِذِي أَخْدَانٍ وَمَن يَكْفُرْ بِالإِيمَانِ فَقَدْ حَبِطَ عَمَلُهُ وَهُوَ فِي الآخِرَةِ مِنَ الْخَاسِرِينَ {5}
5:5 Bugun sizlarga pokiza/tabiatingiz tortadigan narsalar halol qilindi. Gʻayridinlarning taomlari ham sizlarga halol, sizlarni taomingiz ham ularga halol. Moʻmina ayollardan or-nomusli boʻlganlari va sizlardan avval ilohiy kitob berilgan xalq orasidagi or-nomusli[622] ayollar – agar ularni toʻyona qalin pulini/mahrini bersangiz — oʻzingiz ham nomusli boʻlishingiz, zinodan saqlanishingiz va ularni maxfiy oʻynash qilib olmaslik sharti bilan sizlarga haloldir. Kimki imon keltirishni qabul qilmasa uning qilgan amallari zoye boʻlib ketadi, oxiratda ham ziyon koʻruvchilardan boʻlib qoladi.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ إِذَا قُمْتُمْ إِلَى الصَّلاةِ فاغْسِلُواْ وُجُوهَكُمْ وَأَيْدِيَكُمْ إِلَى الْمَرَافِقِ وَامْسَحُواْ بِرُؤُوسِكُمْ وَأَرْجُلَكُمْ إِلَى الْكَعْبَينِ وَإِن كُنتُمْ جُنُبًا فَاطَّهَّرُواْ وَإِن كُنتُم مَّرْضَى أَوْ عَلَى سَفَرٍ أَوْ جَاء أَحَدٌ مَّنكُم مِّنَ الْغَائِطِ أَوْ لاَمَسْتُمُ النِّسَاء فَلَمْ تَجِدُواْ مَاء فَتَيَمَّمُواْ صَعِيدًا طَيِّبًا فَامْسَحُواْ بِوُجُوهِكُمْ وَأَيْدِيكُم مِّنْهُ مَا يُرِيدُ اللّهُ لِيَجْعَلَ عَلَيْكُم مِّنْ حَرَجٍ وَلَـكِن يُرِيدُ لِيُطَهَّرَكُمْ وَلِيُتِمَّ نِعْمَتَهُ عَلَيْكُمْ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ {6}
5:6 Ey moʻminlar! Namozga turmoqchi boʻlganingizda yuzingizni va qoʻllaringizni tirsaklarigacha yuving. Boshingiz[623] va oyoqlaringizni toʻpiqlarigacha masʼh qiling[624]. Agar junub[625] boʻlsangiz yaxshilab yuvining. Agar bemor yoki safarda boʻlsangiz, yoxud sizlardan biror kishi hojatdan kelsa,[626] yoki ayollaringizga “qoʻshilib” suv ishlatishga imkon topa olmasangiz, u holda poklanish niyati bilan kaftingizni toza tuproqqa urib, u bilan yuzlaringiz va qoʻllaringizni silang.[627] Alloh sizlarga qiyinlashtirishni xohlamaydi, sizlarni poklashni va sizlarga neʼmatini tamomlab berishni xohlaydi; qadriga yetgaysizlar!
وَاذْكُرُواْ نِعْمَةَ اللّهِ عَلَيْكُمْ وَمِيثَاقَهُ الَّذِي وَاثَقَكُم بِهِ إِذْ قُلْتُمْ سَمِعْنَا وَأَطَعْنَا وَاتَّقُواْ اللّهَ إِنَّ اللّهَ عَلِيمٌ بِذَاتِ الصُّدُورِ {7}
5:7 Allohni sizlarga bergan neʼmatini va Allohga «Eshitdik va boʻysundik[628]» deb bergan soʻzingizni doimo yodda tuting. Allohga nisbatan javobgarlikni his qiling. Alloh ichingizdagi narsani ham biladi.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ كُونُواْ قَوَّامِينَ لِلّهِ شُهَدَاء بِالْقِسْطِ وَلاَ يَجْرِمَنَّكُمْ شَنَآنُ قَوْمٍ عَلَى أَلاَّ تَعْدِلُواْ اعْدِلُواْ هُوَ أَقْرَبُ لِلتَّقْوَى وَاتَّقُواْ اللّهَ إِنَّ اللّهَ خَبِيرٌ بِمَا تَعْمَلُونَ {8}
5:8 Ey Moʻminlar! Alloh uchun roʻyi-rost turib beruvchi va toʻgʻri guvohlik beruvchilar boʻling. Biron bir qavmga nisbatan boʻlgan adovatingiz ularga adolatsizlik qilishga sizlarni yetaklamasin. Adolatli boʻling; oʻzingizni himoya qilish uchun eng munosib yoʻl shu. Allohga nisbatan javobgarlikni his qiling. Alloh qilayotgan ishlarizdan xabardordir.
وَعَدَ اللّهُ الَّذِينَ آمَنُواْ وَعَمِلُواْ الصَّالِحَاتِ لَهُم مَّغْفِرَةٌ وَأَجْرٌ عَظِيمٌ {9}
5:9 Imon keltirgan va xayrli ishlarni amalga oshirgan kishilarga Alloh kechirim va buyuk ajr-mukofot vaʼda qildi.
وَالَّذِينَ كَفَرُواْ وَكَذَّبُواْ بِآيَاتِنَا أُوْلَـئِكَ أَصْحَابُ الْجَحِيمِ {10}
5:10 Kofirlik qilgan va oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlar esa, ana oʻshalar doʻzax ahlidir.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اذْكُرُواْ نِعْمَتَ اللّهِ عَلَيْكُمْ إِذْ هَمَّ قَوْمٌ أَن يَبْسُطُواْ إِلَيْكُمْ أَيْدِيَهُمْ فَكَفَّ أَيْدِيَهُمْ عَنكُمْ وَاتَّقُواْ اللّهَ وَعَلَى اللّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ الْمُؤْمِنُونَ {11}
5:11 Ey Moʻminlar! Allohni sizlarga bergan neʼmatini yodda tuting. Bir qavm sizlarga qoʻllarini uzatmoqchi boʻlganida, Alloh ularni qoʻllarini sizlardan toʻsgan edi. Allohga nisbatan javobgarlikni his qiling. Moʻminlar Allohga oʻzini ishonib topshirsin!
وَلَقَدْ أَخَذَ اللّهُ مِيثَاقَ بَنِي إِسْرَآئِيلَ وَبَعَثْنَا مِنهُمُ اثْنَيْ عَشَرَ نَقِيبًا وَقَالَ اللّهُ إِنِّي مَعَكُمْ لَئِنْ أَقَمْتُمُ الصَّلاَةَ وَآتَيْتُمُ الزَّكَاةَ وَآمَنتُم بِرُسُلِي وَعَزَّرْتُمُوهُمْ وَأَقْرَضْتُمُ اللّهَ قَرْضًا حَسَنًا لَّأُكَفِّرَنَّ عَنكُمْ سَيِّئَاتِكُمْ وَلأُدْخِلَنَّكُمْ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِن تَحْتِهَا الأَنْهَارُ فَمَن كَفَرَ بَعْدَ ذَلِكَ مِنكُمْ فَقَدْ ضَلَّ سَوَاء السَّبِيلِ {12}
5:12 Alloh Isroil avlodlariga oʻzlaridan oʻn ikkita boshliq tayinlab, ulardan soʻz olgan va aytganki: «Men sizlar bilan birgaman. Agar namozni/diniy vazifalarni bajarsangiz, pok va toʻgʻri boʻlsangiz, elchilarimga ishonib suyansangiz, ularni qoʻllab-quvvatlasangiz va Allohga chiroyli holatda qarz bersangiz[629] , yomonliklaringizni[630] kechiraman va ichidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga joylayman. Bundan keyin qaysi biringiz kofir boʻlsangiz, toʻgʻri yoʻldan aniq chiqqan boʻladi.»
فَبِمَا نَقْضِهِم مِّيثَاقَهُمْ لَعنَّاهُمْ وَجَعَلْنَا قُلُوبَهُمْ قَاسِيَةً يُحَرِّفُونَ الْكَلِمَ عَن مَّوَاضِعِهِ وَنَسُواْ حَظًّا مِّمَّا ذُكِّرُواْ بِهِ وَلاَ تَزَالُ تَطَّلِعُ عَلَىَ خَآئِنَةٍ مِّنْهُمْ إِلاَّ قَلِيلاً مِّنْهُمُ فَاعْفُ عَنْهُمْ وَاصْفَحْ إِنَّ اللّهَ يُحِبُّ الْمُحْسِنِينَ {13}
5:13 Bergan soʻzlarini buzganliklari sababli ularni laʼnatladik, ularni bagʻri tosh qildik. Ular kalimalarni maʼnolarini oʻz oʻrnidan burib-oʻzgartiradi. Ular oʻzlariga nasihat qilingan narsadan nasiba olishni (amal qilishni) unutdilar. Ularning ozginasidan tashqari qolgan barchasini qilgan ishini xoinlik ekanidan xabardor boʻlmoqdasiz. Sen ularni avfet va ularga yaxshi muomala qil[631]. Alloh yaxshilik qiluvchilarni sevadi.
وَمِنَ الَّذِينَ قَالُواْ إِنَّا نَصَارَى أَخَذْنَا مِيثَاقَهُمْ فَنَسُواْ حَظًّا مِّمَّا ذُكِّرُواْ بِهِ فَأَغْرَيْنَا بَيْنَهُمُ الْعَدَاوَةَ وَالْبَغْضَاء إِلَى يَوْمِ الْقِيَامَةِ وَسَوْفَ يُنَبِّئُهُمُ اللّهُ بِمَا كَانُواْ يَصْنَعُونَ {14}
5:14 “Biz Nasroniymiz” deganlardan ham soʻz olganmiz. Keyin, ular ham oʻzlariga nasihat qilingan narsalardan nasiba olishni (amal qilishni) unutdi[632]. Shu sababli, ularni orasiga to qiyomat kunigacha davom etadigan adovat va nafrat solib qoʻydik. Alloh yaqinda ularga oʻzlarini qilgan qilmishlarini bildirib qoʻyadi.
يَا أَهْلَ الْكِتَابِ قَدْ جَاءكُمْ رَسُولُنَا يُبَيِّنُ لَكُمْ كَثِيرًا مِّمَّا كُنتُمْ تُخْفُونَ مِنَ الْكِتَابِ وَيَعْفُو عَن كَثِيرٍ قَدْ جَاءكُم مِّنَ اللّهِ نُورٌ وَكِتَابٌ مُّبِينٌ {15}
5:15 Ey Ahli Kitob! Sizlarga – oʻzingiz kitobdan yashirgan narsalaringizni bir qismini oshkor qilib beradigan, bir qismini esa avf[633] etadigan – rasulimiz/risolamiz keldi. Shubhasizki, sizlarga Allohdan nur keldi, ochiq-oydin kitob keldi.
يَهْدِي بِهِ اللّهُ مَنِ اتَّبَعَ رِضْوَانَهُ سُبُلَ السَّلاَمِ وَيُخْرِجُهُم مِّنِ الظُّلُمَاتِ إِلَى النُّورِ بِإِذْنِهِ وَيَهْدِيهِمْ إِلَى صِرَاطٍ مُّسْتَقِيمٍ {16}
5:16 Allohning roziligini izlagan kishilarni u kitob orqali eson-omonlik yoʻllariga erishtirib qoʻyadi, ularni Oʻzining izni ila qorongʻiliklardan yorugʻliklarga chiqarib qoʻyadi va ularni toʻgʻri yoʻlga boshlaydi.
لَّقَدْ كَفَرَ الَّذِينَ قَآلُواْ إِنَّ اللّهَ هُوَ الْمَسِيحُ ابْنُ مَرْيَمَ قُلْ فَمَن يَمْلِكُ مِنَ اللّهِ شَيْئًا إِنْ أَرَادَ أَن يُهْلِكَ الْمَسِيحَ ابْنَ مَرْيَمَ وَأُمَّهُ وَمَن فِي الأَرْضِ جَمِيعًا وَلِلّهِ مُلْكُ السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا يَخْلُقُ مَا يَشَاء وَاللّهُ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ {17}
5:17 “Maryamning oʻgʻli Masih Allohdir” deganlar kofir boʻlishdi. Ayt: Agar Alloh Maryamning oʻgʻli Masihni, uni onasini va yer yuzidagi barchani yoʻq qilib yuborishni xohlasa, unga qarshilik qilishga kimni ham kuchi yetar edi?!» Osmonlar-u yerdagi va u ikkisi orasidagi barcha narsa Allohniki; Oʻzi munosib bilganini yaratadi. Alloh har narsaga oʻlchov qoʻyadi.
وَقَالَتِ الْيَهُودُ وَالنَّصَارَى نَحْنُ أَبْنَاء اللّهِ وَأَحِبَّاؤُهُ قُلْ فَلِمَ يُعَذِّبُكُم بِذُنُوبِكُم بَلْ أَنتُم بَشَرٌ مِّمَّنْ خَلَقَ يَغْفِرُ لِمَن يَشَاء وَيُعَذِّبُ مَن يَشَاء وَلِلّهِ مُلْكُ السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا وَإِلَيْهِ الْمَصِيرُ {18}
5:18 Yahudiy va Nasorolar: “Biz Allohning oʻgʻillarimiz va suyukli qullarimiz” deyishdi. Ayt: “Agar shunday boʻlsa, Alloh nima uchun qilgan gunohingiz uchun sizlarni azoblamoqda? Aslida, sizlar ham Alloh yaratgan kishilar qatori insonsiz. Alloh munosib boʻlganni kechiradi, munosib boʻlganni azoblaydi. Osmonlar, yer va ular oʻrtasidagi narsalarga hukm oʻtkazib egalik qilish faqat Allohga oid. (Oxirgi) borar joy Alloh huzuridir.”
يَا أَهْلَ الْكِتَابِ قَدْ جَاءكُمْ رَسُولُنَا يُبَيِّنُ لَكُمْ عَلَى فَتْرَةٍ مِّنَ الرُّسُلِ أَن تَقُولُواْ مَا جَاءنَا مِن بَشِيرٍ وَلاَ نَذِيرٍ فَقَدْ جَاءكُم بَشِيرٌ وَنَذِيرٌ وَاللّهُ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ {19}
5:19 Ey Ahli Kitob! Elchilarni kelishi uzilib qolgan bir vaqtda, sizlarga haqni bayon qilib beradigan elchimiz/risolamiz keldi. Endi sizlar: “Bizga hush xabar beruvchi va ogohlantiruvchi kelmadi” deya olmaysiz. Shubhasizki, sizlarga hush xabar beruvchi va ogohlantiruvchi keldi. Har narsaga oʻlchov qoʻyuvchi Allohdir.
وَإِذْ قَالَ مُوسَى لِقَوْمِهِ يَا قَوْمِ اذْكُرُواْ نِعْمَةَ اللّهِ عَلَيْكُمْ إِذْ جَعَلَ فِيكُمْ أَنبِيَاء وَجَعَلَكُم مُّلُوكًا وَآتَاكُم مَّا لَمْ يُؤْتِ أَحَدًا مِّن الْعَالَمِينَ {20}
5:20 Bir kuni Muso oʻz qavmiga shunday degan: «Ey xalqim! Allohni sizlarga bergan neʼmatini doim yodda tuting; Alloh oʻz vaqtida oralaringizda paygʻambarlar paydo qilgan, sizlarni hukmdorlar qilgan va olamlardan/insonlardan hech kimga bermaganini sizlarga bergan edi.
يَا قَوْمِ ادْخُلُوا الأَرْضَ المُقَدَّسَةَ الَّتِي كَتَبَ اللّهُ لَكُمْ وَلاَ تَرْتَدُّوا عَلَى أَدْبَارِكُمْ فَتَنقَلِبُوا خَاسِرِينَ {21}
5:21 Ey xalqim! Alloh sizlarga buyurgan bu muqaddas zaminga kiringlar. Orqaga qaytib ketmang, aks holda, xonavayron boʻlasiz.»
قَالُوا يَا مُوسَى إِنَّ فِيهَا قَوْمًا جَبَّارِينَ وَإِنَّا لَن نَّدْخُلَهَا حَتَّىَ يَخْرُجُواْ مِنْهَا فَإِن يَخْرُجُواْ مِنْهَا فَإِنَّا دَاخِلُونَ {22}
5:22 Ular: “Ey Muso! U yerda juda ham zolim bir qabila bor. Ular u yerdan chiqmaguncha biz u yerga hargiz kirmaymiz. Ular u yerdan chiqib ketsagina kiramiz” dedi.
قَالَ رَجُلاَنِ مِنَ الَّذِينَ يَخَافُونَ أَنْعَمَ اللّهُ عَلَيْهِمَا ادْخُلُواْ عَلَيْهِمُ الْبَابَ فَإِذَا دَخَلْتُمُوهُ فَإِنَّكُمْ غَالِبُونَ وَعَلَى اللّهِ فَتَوَكَّلُواْ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ {23}
5:23 Allohdan qoʻrqadiganlar orasidan Alloh ularga neʼmat bergan ikki kishi shunday dedi: “Ularga shaharning darvozasidan hujum qiling, shundagina gʻolib boʻlasiz. Agar Allohga ishonsangiz, Unga oʻzingizni ishonib-topshiringlar.”
قَالُواْ يَا مُوسَى إِنَّا لَن نَّدْخُلَهَا أَبَدًا مَّا دَامُواْ فِيهَا فَاذْهَبْ أَنتَ وَرَبُّكَ فَقَاتِلا إِنَّا هَاهُنَا قَاعِدُونَ {24}
5:24 Ular shunday dedi: “Ey Muso! Biz bu yerga umuman kirmaymiz. Sen va Robbing ikkalangiz borib urishinglar. Biz shu yerda oʻtirib turamiz”, dedilar.
قَالَ رَبِّ إِنِّي لا أَمْلِكُ إِلاَّ نَفْسِي وَأَخِي فَافْرُقْ بَيْنَنَا وَبَيْنَ الْقَوْمِ الْفَاسِقِينَ {25}
5:25 Muso: “Ey Rabbim! Men faqat oʻzim va ukamga ega boʻla olaman ekan, xolos. Biz bilan bu fosiq qavmni orasini ayirib qoʻyaqol.” dedi.
قَالَ فَإِنَّهَا مُحَرَّمَةٌ عَلَيْهِمْ أَرْبَعِينَ سَنَةً يَتِيهُونَ فِي الأَرْضِ فَلاَ تَأْسَ عَلَى الْقَوْمِ الْفَاسِقِينَ {26}
5:26 Shunda Alloh: “Bu muqaddas zamindan ular endi qirq yil mahrumdir, endi ular yer-yuzida sarson-sargardon boʻlib yurishadi. Sen bu fosiq qavm uchun qaygʻurma.” dedi.
وَاتْلُ عَلَيْهِمْ نَبَأَ ابْنَيْ آدَمَ بِالْحَقِّ إِذْ قَرَّبَا قُرْبَانًا فَتُقُبِّلَ مِن أَحَدِهِمَا وَلَمْ يُتَقَبَّلْ مِنَ الآخَرِ قَالَ لَأَقْتُلَنَّكَ قَالَ إِنَّمَا يَتَقَبَّلُ اللّهُ مِنَ الْمُتَّقِينَ {27}
5:27 Ey Muhammad! Ularga Odamning ikki oʻgʻli haqidagi xabarni haqiqatini aytib ber. Oʻz vaqtida ularning ikkalasi ham qurbonlik qilganida, biridan qabul qilindi, biridan qabul qilinmadi. Shunda u: “Seni aniq oʻldiraman” deganida, u shunday dedi: «Alloh faqat masʼuliyatli (moʻmin)lardan qabul qiladi,
لَئِن بَسَطتَ إِلَيَّ يَدَكَ لِتَقْتُلَنِي مَا أَنَاْ بِبَاسِطٍ يَدِيَ إِلَيْكَ لَأَقْتُلَكَ إِنِّي أَخَافُ اللّهَ رَبَّ الْعَالَمِينَ {28}
5:28 Agar sen meni oʻldirish uchun qoʻl ursang, men seni oʻldirish uchun qoʻl urmayman. Chunki, men borliqlarning yaratgan egasi boʻlmish Allohdan qoʻrqaman.
إِنِّي أُرِيدُ أَن تَبُوءَ بِإِثْمِي وَإِثْمِكَ فَتَكُونَ مِنْ أَصْحَابِ النَّارِ وَذَلِكَ جَزَاء الظَّالِمِينَ {29}
5:29 (Agar meni oʻldirsang) sen meni ham oʻzingni ham gunohingni boʻyningga ilib, jahannam ahlidan boʻlishingni xohlayman. Zolimlarning jazosi shu» dedi.
فَطَوَّعَتْ لَهُ نَفْسُهُ قَتْلَ أَخِيهِ فَقَتَلَهُ فَأَصْبَحَ مِنَ الْخَاسِرِينَ {30}
5:30 Baribir nafsi unga birodarini oʻldirishni qabul qildirdi, shu tariqa u oʻz birodarini oʻldirdi va xonavayron boʻldi.
فَبَعَثَ اللّهُ غُرَابًا يَبْحَثُ فِي الأَرْضِ لِيُرِيَهُ كَيْفَ يُوَارِي سَوْءةَ أَخِيهِ قَالَ يَا وَيْلَتَا أَعَجَزْتُ أَنْ أَكُونَ مِثْلَ هَـذَا الْغُرَابِ فَأُوَارِيَ سَوْءةَ أَخِي فَأَصْبَحَ مِنَ النَّادِمِينَ {31}
5:31 Shundan keyin, Alloh unga birodarini qanday koʻmishini koʻrsatish uchun yerni kavlaydigan bir qargʻani yubordi. Shunda u: “Holimga voy! Mana shu qargʻachalik boʻlib birodarimni jasadini koʻmishdan ojiz boʻldim-mi?” dedi.
مِنْ أَجْلِ ذَلِكَ كَتَبْنَا عَلَى بَنِي إِسْرَائِيلَ أَنَّهُ مَن قَتَلَ نَفْسًا بِغَيْرِ نَفْسٍ أَوْ فَسَادٍ فِي الأَرْضِ فَكَأَنَّمَا قَتَلَ النَّاسَ جَمِيعًا وَمَنْ أَحْيَاهَا فَكَأَنَّمَا أَحْيَا النَّاسَ جَمِيعًا وَلَقَدْ جَاء تْهُمْ رُسُلُنَا بِالبَيِّنَاتِ ثُمَّ إِنَّ كَثِيرًا مِّنْهُم بَعْدَ ذَلِكَ فِي الأَرْضِ لَمُسْرِفُونَ {32}
5:32 Shuning uchun biz Isroil avlodiga shuni yozdik: “Kimda kim odam oʻldirmagan yoki yer yuzida buzgʻunchilik qilmagan bir insonni oʻldirsa, goʻyoki u barcha insonlarni oʻldirgan boʻladi. Kimda kim bir insonni hayotini qutqarib qolsa, goʻyoki u barcha insonlarni hayotini qutqarib qolgan boʻladi.” Shubhasizki, elchilarimiz ularga aniq-ravshan dalillar olib keldi. Shundan keyin ham ularning aksariyati yer yuzida haddan oshmoqda.
إِنَّمَا جَزَاء الَّذِينَ يُحَارِبُونَ اللّهَ وَرَسُولَهُ وَيَسْعَوْنَ فِي الأَرْضِ فَسَادًا أَن يُقَتَّلُواْ أَوْ يُصَلَّبُواْ أَوْ تُقَطَّعَ أَيْدِيهِمْ وَأَرْجُلُهُم مِّنْ خِلافٍ أَوْ يُنفَوْاْ مِنَ الأَرْضِ ذَلِكَ لَهُمْ خِزْيٌ فِي الدُّنْيَا وَلَهُمْ فِي الآخِرَةِ عَذَابٌ عَظِيمٌ {33}
5:33 Alloh va Uning elchisiga qarshi urishadigan va yer yuzida buzgʻunchilik qiladiganlarning jazosi – yo ular oʻldiriladi yo dorga osiladi yo qoʻl-oyoqlari qarama-qarshi tomondan kesiladi yoki surgun qilinadi. Bu ularga beriladigan dunyodagi sharmandalik jazosidir, oxiratda esa ularga ulkan azob bor.
إِلاَّ الَّذِينَ تَابُواْ مِن قَبْلِ أَن تَقْدِرُواْ عَلَيْهِمْ فَاعْلَمُواْ أَنَّ اللّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ {34}
5:34 Ularni qoʻlga olishingizdan avval tavba qilganlari bundan mustasno[634]. Bilinglarki, Alloh kechirimli va mehribondir.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اتَّقُواْ اللّهَ وَابْتَغُواْ إِلَيهِ الْوَسِيلَةَ وَجَاهِدُواْ فِي سَبِيلِهِ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ {35}
5:35 Ey Moʻminlar! Najot topishingiz uchun, Allohga nisbatan javobgarlikni his qiling, Uni roziligiga yaqinlashtiruvchi yoʻl izlang[635] va Alloh yoʻlida kurashing.
إِنَّ الَّذِينَ كَفَرُواْ لَوْ أَنَّ لَهُم مَّا فِي الأَرْضِ جَمِيعًا وَمِثْلَهُ مَعَهُ لِيَفْتَدُواْ بِهِ مِنْ عَذَابِ يَوْمِ الْقِيَامَةِ مَا تُقُبِّلَ مِنْهُمْ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ {36}
5:36 Kofirlarga kelsak, agar yer yuzidagi jamiki narsa va u bilan birga yana shuncha narsa ularning qoʻlida boʻlib, qiyomat kunining azobidan qutulish uchun ularni barchasini fidya qilsalar, ulardan qabul qilinmagan boʻlar edi. Ularga alamli azob bor.
يُرِيدُونَ أَن يَخْرُجُواْ مِنَ النَّارِ وَمَا هُم بِخَارِجِينَ مِنْهَا وَلَهُمْ عَذَابٌ مُّقِيمٌ {37}
5:37 Ular jahannamdan chiqmoqchi boʻlishadi-yu, biroq undan chiqolmaydi. Ularga doimiy azob bor.
وَالسَّارِقُ وَالسَّارِقَةُ فَاقْطَعُواْ أَيْدِيَهُمَا جَزَاء بِمَا كَسَبَا نَكَالاً مِّنَ اللّهِ وَاللّهُ عَزِيزٌ حَكِيمٌ {38}
5:38 Erkak oʻgʻrini ham ayol oʻgʻrini ham qoʻllarini kesinglar. Bu – ularga oʻz qilmishlarining jazosi boʻlishi va Alloh tarafidan ularni boshqalarga ibrat qilish uchundir. Alloh gʻolibdir, toʻgʻri qaror beruvchidir.
فَمَن تَابَ مِن بَعْدِ ظُلْمِهِ وَأَصْلَحَ فَإِنَّ اللّهَ يَتُوبُ عَلَيْهِ إِنَّ اللّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ {39}
5:39 Kimki qilgan zulmidan keyin tavba qilsa va (yetkazilgan zararni) qoplasa, Alloh unga tavba imkoni beradi. Alloh kechirimli va mehribondir.
أَلَمْ تَعْلَمْ أَنَّ اللّهَ لَهُ مُلْكُ السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضِ يُعَذِّبُ مَن يَشَاء وَيَغْفِرُ لِمَن يَشَاء وَاللّهُ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ {40}
5:40 Ey Muhammad! nahot bilmasang, Osmonlar va yerning egasi Allohdir. Munosib boʻlganni jazolaydi, munosib boʻlganni kechiradi. Alloh har narsaga oʻlchov qoʻyuvchidir.
يَا أَيُّهَا الرَّسُولُ لاَ يَحْزُنكَ الَّذِينَ يُسَارِعُونَ فِي الْكُفْرِ مِنَ الَّذِينَ قَالُواْ آمَنَّا بِأَفْوَاهِهِمْ وَلَمْ تُؤْمِن قُلُوبُهُمْ وَمِنَ الَّذِينَ هِادُواْ سَمَّاعُونَ لِلْكَذِبِ سَمَّاعُونَ لِقَوْمٍ آخَرِينَ لَمْ يَأْتُوكَ يُحَرِّفُونَ الْكَلِمَ مِن بَعْدِ مَوَاضِعِهِ يَقُولُونَ إِنْ أُوتِيتُمْ هَـذَا فَخُذُوهُ وَإِن لَّمْ تُؤْتَوْهُ فَاحْذَرُواْ وَمَن يُرِدِ اللّهُ فِتْنَتَهُ فَلَن تَمْلِكَ لَهُ مِنَ اللّهِ شَيْئًا أُوْلَـئِكَ الَّذِينَ لَمْ يُرِدِ اللّهُ أَن يُطَهِّرَ قُلُوبَهُمْ لَهُمْ فِي الدُّنْيَا خِزْيٌ وَلَهُمْ فِي الآخِرَةِ عَذَابٌ عَظِيمٌ {41}
5:41 Ey Elchi! Ich-ichidan ishonmagani holda ogʻzilarida “ishondik” deganlarni va yahudiylarni kofirlikda olib borayotgan raqobatlari sizni ranjitmasin. Ular yolgʻonga quloq soladi; sizga kelmagan boshqa qavmga quloq soladi. Ular kalimalarning maʼnolarini oʻzgartirib yuboradi, “agar sizlarga bu hukm berilsa uni ushlang, agar sizlarga u hukm berilmasa saqlaninglar” deyishadi. Agar Alloh bir kishini fitnalashni iroda qilsa, sen u kishi uchun Allohga qarshi hech narsa qila olmaysan. Alloh ularning qalblarini poklashni xohlamayapti. Ularga dunyoda rasvogarlik, oxiratda ulkan azob bor.
سَمَّاعُونَ لِلْكَذِبِ أَكَّالُونَ لِلسُّحْتِ فَإِن جَآؤُوكَ فَاحْكُم بَيْنَهُم أَوْ أَعْرِضْ عَنْهُمْ وَإِن تُعْرِضْ عَنْهُمْ فَلَن يَضُرُّوكَ شَيْئًا وَإِنْ حَكَمْتَ فَاحْكُم بَيْنَهُمْ بِالْقِسْطِ إِنَّ اللّهَ يُحِبُّ الْمُقْسِطِينَ {42}
5:42 Ular yolgʻonga quloq soluvchilardir, yeguvchilardir. Agar ular seni oldinga kelsa, xohlasang ular orasida hukm qil, xohlasang yuz oʻgir. Agar ulardan yuz oʻgirsang, ular senga hech qanday ziyon yetkaza olmaydi. Agar hukm qilsang, ular orasida adolat ila hukm qil. Alloh odillik qiluvchilarni yaxshi koʻradi.
وَكَيْفَ يُحَكِّمُونَكَ وَعِندَهُمُ التَّوْرَاةُ فِيهَا حُكْمُ اللّهِ ثُمَّ يَتَوَلَّوْنَ مِن بَعْدِ ذَلِكَ وَمَا أُوْلَـئِكَ بِالْمُؤْمِنِينَ {43}
5:43 Ular seni qanaqasiga hakam qilsin? Axir oʻzlarida Tavrot boʻlgan, unda Allohning hukmi bor edi, shunday keyin ham ular yuz oʻgirdilar. Yana, ular moʻmin ham emas.[636]
إِنَّا أَنزَلْنَا التَّوْرَاةَ فِيهَا هُدًى وَنُورٌ يَحْكُمُ بِهَا النَّبِيُّونَ الَّذِينَ أَسْلَمُواْ لِلَّذِينَ هَادُواْ وَالرَّبَّانِيُّونَ وَالأَحْبَارُ بِمَا اسْتُحْفِظُواْ مِن كِتَابِ اللّهِ وَكَانُواْ عَلَيْهِ شُهَدَاء فَلاَ تَخْشَوُاْ النَّاسَ وَاخْشَوْنِ وَلاَ تَشْتَرُواْ بِآيَاتِي ثَمَنًا قَلِيلاً وَمَن لَّمْ يَحْكُم بِمَا أَنزَلَ اللّهُ فَأُوْلَـئِكَ هُمُ الْكَافِرُونَ {44}
5:44 Unda hidoyat va nur boʻlgan Tavrotni Biz yuborganmiz.[637] Allohning hukmiga boʻysungan paygʻambarlar yahudiylar orasida u bilan hukm qilishar edi. Ularning zohid va ulamolari ham u bilan hukm qilar edi. Chunki, bular Allohning kitobini muhofaza qilishga buyurilgan va unga nazoratchi boʻlishgan. Shunday ekan, insonlardan emas, Mendan qoʻrqinglar va oyatlarimni oʻtkinchi bir matoga almashmanglar. Kimki Alloh nozil qilgan kitob bilan hukm qilmasa, ular kofirdir.
وَكَتَبْنَا عَلَيْهِمْ فِيهَا أَنَّ النَّفْسَ بِالنَّفْسِ وَالْعَيْنَ بِالْعَيْنِ وَالأَنفَ بِالأَنفِ وَالأُذُنَ بِالأُذُنِ وَالسِّنَّ بِالسِّنِّ وَالْجُرُوحَ قِصَاصٌ فَمَن تَصَدَّقَ بِهِ فَهُوَ كَفَّارَةٌ لَّهُ وَمَن لَّمْ يَحْكُم بِمَا أنزَلَ اللّهُ فَأُوْلَـئِكَ هُمُ الظَّالِمُونَ {45}
5:45 Biz ularga Tavrotda: “Jonga jon bilan, koʻzga koʻz bilan, burunga burun bilan, quloqqa quloq bilan, tishga tish bilan va jarohatlashga oʻziga oʻxshashi bilan qasos olinadi” deb yozdik. Kim uni sadaqa qilib kechirib yuborsa, uni gunohiga kafforat boʻladi. Kimki Alloh yuborgan (kitob) bilan hukm qilmasa, ular zolimdir.
وَقَفَّيْنَا عَلَى آثَارِهِم بِعَيسَى ابْنِ مَرْيَمَ مُصَدِّقًا لِّمَا بَيْنَ يَدَيْهِ مِنَ التَّوْرَاةِ وَآتَيْنَاهُ الإِنجِيلَ فِيهِ هُدًى وَنُورٌ وَمُصَدِّقًا لِّمَا بَيْنَ يَدَيْهِ مِنَ التَّوْرَاةِ وَهُدًى وَمَوْعِظَةً لِّلْمُتَّقِينَ {46}
5:46 Ularni orqasidan Maryamning oʻgʻli Isoni oʻzidan ilgarigi Tavrotni tasdiqlovchi izdosh qilib yubordik. Biz unga Injil berdik; unda hidoyat va nur boʻlgan, oʻzidan ilgarigi Tavrotni tasdiqlaydigan boʻlgan, masʼuliyatli (moʻmin)larga rahnamo-qoʻllanma va nasihat boʻlgan.
وَلْيَحْكُمْ أَهْلُ الإِنجِيلِ بِمَا أَنزَلَ اللّهُ فِيهِ وَمَن لَّمْ يَحْكُم بِمَا أَنزَلَ اللّهُ فَأُوْلَـئِكَ هُمُ الْفَاسِقُونَ {47}
5:47 Injilni bilgan xristianlar undagi Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qilsin. Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qilmaydiganlar, ular fosiqdir.
وَأَنزَلْنَا إِلَيْكَ الْكِتَابَ بِالْحَقِّ مُصَدِّقًا لِّمَا بَيْنَ يَدَيْهِ مِنَ الْكِتَابِ وَمُهَيْمِنًا عَلَيْهِ فَاحْكُم بَيْنَهُم بِمَا أَنزَلَ اللّهُ وَلاَ تَتَّبِعْ أَهْوَاءهُمْ عَمَّا جَاءكَ مِنَ الْحَقِّ لِكُلٍّ جَعَلْنَا مِنكُمْ شِرْعَةً وَمِنْهَاجًا وَلَوْ شَاء اللّهُ لَجَعَلَكُمْ أُمَّةً وَاحِدَةً وَلَـكِن لِّيَبْلُوَكُمْ فِي مَآ آتَاكُم فَاسْتَبِقُوا الخَيْرَاتِ إِلَى الله مَرْجِعُكُمْ جَمِيعًا فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ فِيهِ تَخْتَلِفُونَ {48}
5:48 Ey Muhammad! Biz senga oʻzidan ilgarigi kitoblarni tasdiqlovchi va ularni nazorat qilib turuvchi-guvoh sifatida bir haq kitob yubordik. Shu sababli, ular orasida Alloh nozil qilgan kitob bilan hukm qil, senga kelgan bu haqiqatdan yuz burib ularni xohishlariga ergashma. Biz siz paygʻambarlardan har biringizga muayyan bir qonun/din va bir yoʻl berdik[638]. Agar Alloh munosib bilganida[639] albatta sizlarni bitta ummati qilib qoʻyardi. Lekin, sizlarga bergan narsasida sizlarni sinash uchun (bunday qilmadi). Shunday ekan, yaxshi ishlarda ildamlik koʻrsating[640]. Hammangiz bir boʻlib Allohni huzuriga qaytasiz, shunda Alloh sizlar ixtilof qilayotgan narsani bildirib qoʻyadi.
وَأَنِ احْكُم بَيْنَهُم بِمَآ أَنزَلَ اللّهُ وَلاَ تَتَّبِعْ أَهْوَاءهُمْ وَاحْذَرْهُمْ أَن يَفْتِنُوكَ عَن بَعْضِ مَا أَنزَلَ اللّهُ إِلَيْكَ فَإِن تَوَلَّوْاْ فَاعْلَمْ أَنَّمَا يُرِيدُ اللّهُ أَن يُصِيبَهُم بِبَعْضِ ذُنُوبِهِمْ وَإِنَّ كَثِيرًا مِّنَ النَّاسِ لَفَاسِقُونَ {49
5:49 Ular orasida Alloh senga yuborgan (Qurʼon) bilan hukm qil. Ularni xohishlariga ergashmagin. Ulardan hushyor boʻlki, Alloh senga yuborgan (Qurʼon)ni bir qismidan voz kechirib yubormasin. Agar ular yuz oʻgirsalar bilginki, Alloh ularga baʼzi gunohlari tufayli musibat yetkazishni iroda qiladi. Albatta, insonlarning aksariyati yoʻldan chiquvchi/fosiqdir.
أَفَحُكْمَ الْجَاهِلِيَّةِ يَبْغُونَ وَمَنْ أَحْسَنُ مِنَ اللّهِ حُكْمًا لِّقَوْمٍ يُوقِنُونَ {50}
5:50 Ular Johiliyat hukmlarini talab qilyaptimi? Qatʼiy ishonadigan qavm uchun kimni hukmi Allohning hukmidan koʻra yaxshi boʻlishi mumkin?!
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ لاَ تَتَّخِذُواْ الْيَهُودَ وَالنَّصَارَى أَوْلِيَاء بَعْضُهُمْ أَوْلِيَاء بَعْضٍ وَمَن يَتَوَلَّهُم مِّنكُمْ فَإِنَّهُ مِنْهُمْ إِنَّ اللّهَ لاَ يَهْدِي الْقَوْمَ الظَّالِمِينَ {51}
5:51 Ey Moʻminlar! Yahudiylarni va Nasorolarni oʻzingizga xoja:yaqin doʻst[641] qilib olmang. Ular bir-birlarining xojasidir/doʻstidir. Sizlardan kimki ularni xoja qilib olsa, bilsinki, u ham aniq ulardandir. Shubhasizki, Alloh zulmkor[642] kimsalarni hidoyat qilmaydi.
فَتَرَى الَّذِينَ فِي قُلُوبِهِم مَّرَضٌ يُسَارِعُونَ فِيهِمْ يَقُولُونَ نَخْشَى أَن تُصِيبَنَا دَآئِرَةٌ فَعَسَى اللّهُ أَن يَأْتِيَ بِالْفَتْحِ أَوْ أَمْرٍ مِّنْ عِندِهِ فَيُصْبِحُواْ عَلَى مَا أَسَرُّواْ فِي أَنْفُسِهِمْ نَادِمِينَ {52}
5:52 Ey Muhammad! Qalblarida kasallik boʻlgan kimsalarni hali koʻrasiz; ular: “Bizga falokat kelishidan qoʻrqamiz”, — deb, yahudiy va nasorolar tomon shoshadilar. Yaqinda Alloh fathni yoki Oʻz tarafidan bir ishni yuzaga chiqarishi, keyin ular ichlarida yashirgan narsalariga pushaymon boʻluvchilarga aylanib qolishlari mumkin-ku![643]
وَيَقُولُ الَّذِينَ آمَنُواْ أَهَـؤُلاء الَّذِينَ أَقْسَمُواْ بِاللّهِ جَهْدَ أَيْمَانِهِمْ إِنَّهُمْ لَمَعَكُمْ حَبِطَتْ أَعْمَالُهُمْ فَأَصْبَحُواْ خَاسِرِينَ {53}
5:53 Ana oʻshanda Moʻminlar: “Biz sizlar bilan birgamiz” deya Nomidan qatʼiy qasam ichgan kishilar shularmi-di?» deb qolishadi. Ularni barcha xayrli ishlari bekor boʻlib ketdi, shu bilan ular xonavayron boʻldilar.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ مَن يَرْتَدَّ مِنكُمْ عَن دِينِهِ فَسَوْفَ يَأْتِي اللّهُ بِقَوْمٍ يُحِبُّهُمْ وَيُحِبُّونَهُ أَذِلَّةٍ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ أَعِزَّةٍ عَلَى الْكَافِرِينَ يُجَاهِدُونَ فِي سَبِيلِ اللّهِ وَلاَ يَخَافُونَ لَوْمَةَ لآئِمٍ ذَلِكَ فَضْلُ اللّهِ يُؤْتِيهِ مَن يَشَاء وَاللّهُ وَاسِعٌ عَلِيمٌ {54}
5:54 Ey Moʻminlar! Orangizdan kim dinidan qaytsa, Alloh tez orada shunday bir kishilarni yuzaga chiqaradiki, Alloh ham ularni yaxshi koʻradi, ular ham Allohni yaxshi koʻradigan boʻladi. Ular Moʻminlarga nisbatan kamtar va yumshoq koʻngilli, kofirlarga esa gʻururli va kuchli boʻladi. Ular Alloh yoʻlida kurashadi va bu yoʻlda hech bir malomatchining malomatidan qoʻrqmaydi. Bu Alloh bergan fazilatdir; uni munosib boʻlganga beradi. Alloh cheksiz imkoniyat egasidir, biluvchidir.
إِنَّمَا وَلِيُّكُمُ اللّهُ وَرَسُولُهُ وَالَّذِينَ آمَنُواْ الَّذِينَ يُقِيمُونَ الصَّلاَةَ وَيُؤْتُونَ الزَّكَاةَ وَهُمْ رَاكِعُونَ {55}
5:55 Sizlarning doʻstingiz faqat Allohdir, Allohning Elchisi va namozni/diniy vazifalarni bajaradigan, pok va toʻgʻri yuradigan kishilardir. Ana shular (Allohga) bosh eguvchilardir.
وَمَن يَتَوَلَّ اللّهَ وَرَسُولَهُ وَالَّذِينَ آمَنُواْ فَإِنَّ حِزْبَ اللّهِ هُمُ الْغَالِبُونَ {56}
5:56 Kimki Alloh va Rasuli hamda moʻminlar bilan doʻst/ittifoqdosh boʻlsa, bas, Allohning tarafdorlari albatta gʻolib keladi.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ لاَ تَتَّخِذُواْ الَّذِينَ اتَّخَذُواْ دِينَكُمْ هُزُوًا وَلَعِبًا مِّنَ الَّذِينَ أُوتُواْ الْكِتَابَ مِن قَبْلِكُمْ وَالْكُفَّارَ أَوْلِيَاء وَاتَّقُواْ اللّهَ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ {57}
5:57 Ey Moʻminlar! Sizlardan ilgarigi kitob berilgan (hozirgi gʻayridin) orasidan diningizni masxara va oʻyin qiladiganlar va oyatlarga qarshi chiqadiganlar bilan doʻst/ittifoqdosh boʻlmang. Agar moʻmin boʻlsangiz, Allohga nisbatan javobgarlikni his qiling.
وَإِذَا نَادَيْتُمْ إِلَى الصَّلاَةِ اتَّخَذُوهَا هُزُوًا وَلَعِبًا ذَلِكَ بِأَنَّهُمْ قَوْمٌ لاَّ يَعْقِلُونَ {58}
5:58 Namozga/ibodatga chaqirgan vaqtingizda uni masxara qilishadi. Chunki, ular aqlini ishlatmaydigan qavmdir.
قُلْ يَا أَهْلَ الْكِتَابِ هَلْ تَنقِمُونَ مِنَّا إِلاَّ أَنْ آمَنَّا بِاللّهِ وَمَا أُنزِلَ إِلَيْنَا وَمَا أُنزِلَ مِن قَبْلُ وَأَنَّ أَكْثَرَكُمْ فَاسِقُونَ {59}
5:59 Ey Muhammad! Ayt: «Ey Ahli Kitob! Bizga boʻlgan salbiy munosabatlaringiz sababi, Biz Allohga ishonganimiz, Alloh bizga nozil qilgan kitobga va ilgari nozil qilingan kitoblarga ishonganimiz va sizlarning aksariyatingiz yoʻldan chiqqan fosiq ekaningizdan boshqa nima ham boʻlishi mumkin?
قُلْ هَلْ أُنَبِّئُكُم بِشَرٍّ مِّن ذَلِكَ مَثُوبَةً عِندَ اللّهِ مَن لَّعَنَهُ اللّهُ وَغَضِبَ عَلَيْهِ وَجَعَلَ مِنْهُمُ الْقِرَدَةَ وَالْخَنَازِيرَ وَعَبَدَ الطَّاغُوتَ أُوْلَـئِكَ شَرٌّ مَّكَاناً وَأَضَلُّ عَن سَوَاء السَّبِيلِ {60}
5:60 Ey Muhammad! Ayt: «Alloh huzurida jazosi bundan ham yomon boʻladiganlar haqida sizlarga aytib beraymi? Alloh laʼnatlagan, gʻazab qilgan, baʼzilarini maymunlarga va baʼzilarini toʻngʻizlarga aylantirib qoʻygan kimaslar va togʻutga[644] qullik qilganlar bor-u, ana oʻshalarning ahvoli juda ham yomon va yoʻldan qattiq adashgan kimaslardir.
وَإِذَا جَآؤُوكُمْ قَالُوَاْ آمَنَّا وَقَد دَّخَلُواْ بِالْكُفْرِ وَهُمْ قَدْ خَرَجُواْ بِهِ وَاللّهُ أَعْلَمُ بِمَا كَانُواْ يَكْتُمُونَ {61}
5:61 Ular yoningizga kelganida: “Biz ham Xudoga ishonganmiz” deyishadi. Holbuki, kufri bilan kirib kufri bilan chiqib ketishadi. Ular yashirgan narsani Alloh juda yaxshi biladi.
وَتَرَى كَثِيرًا مِّنْهُمْ يُسَارِعُونَ فِي الإِثْمِ وَالْعُدْوَانِ وَأَكْلِهِمُ السُّحْتَ لَبِئْسَ مَا كَانُواْ يَعْمَلُونَ {62}
5:62 Ey Muhammad! Ularning aksariyatini gunoh qilishda, dushmanlik qilishda va yeyishda ildamlik qilayotganini koʻrasan. Ularni qilayotgan ishlari naqadar yomon!
لَوْلاَ يَنْهَاهُمُ الرَّبَّانِيُّونَ وَالأَحْبَارُ عَن قَوْلِهِمُ الإِثْمَ وَأَكْلِهِمُ السُّحْتَ لَبِئْسَ مَا كَانُواْ يَصْنَعُونَ {63}
5:63 Din odamlari va ulamolar ularni gunoh soʻzni aytishidan va yeyishidan qaytarsa boʻlmaydimi?! Qilayotgan “hunarlari” naqadar yomon!
وَقَالَتِ الْيَهُودُ يَدُ اللّهِ مَغْلُولَةٌ غُلَّتْ أَيْدِيهِمْ وَلُعِنُواْ بِمَا قَالُواْ بَلْ يَدَاهُ مَبْسُوطَتَانِ يُنفِقُ كَيْفَ يَشَاء وَلَيَزِيدَنَّ كَثِيرًا مِّنْهُم مَّا أُنزِلَ إِلَيْكَ مِن رَّبِّكَ طُغْيَانًا وَكُفْرًا وَأَلْقَيْنَا بَيْنَهُمُ الْعَدَاوَةَ وَالْبَغْضَاء إِلَى يَوْمِ الْقِيَامَةِ كُلَّمَا أَوْقَدُواْ نَارًا لِّلْحَرْبِ أَطْفَأَهَا اللّهُ وَيَسْعَوْنَ فِي الأَرْضِ فَسَادًا وَاللّهُ لاَ يُحِبُّ الْمُفْسِدِينَ {64}
5:64 Yahudiylar: “Allohning «qoʻli yopiq” (baxil)» dedi. Ularning oʻzlarining qoʻllari “yopilgandir”. Aytgan soʻzlari tufayli ular laʼnatga duchor boʻldilar! Aslida, Allohning ikki qoʻli ochiqdir,[645] U rizqni Oʻzi qanday ravo koʻrsa shunday beradi. Shubhasizki, Rabbingdan senga nozil qilingan narsa ularni haddan oshishi va kufrini ziyoda qilmoqda. Biz ular orasiga to qiyomatgacha davom etadigan dushmanchilik va nafrat solib qoʻydik. Ular qachon urush uchun bir oʻt yoqsa, Alloh uni oʻchirib qoʻyadi. Ular yerda buzgʻunchilik qilmoqda. Alloh buzgʻunchilarni yaxshi koʻrmaydi.
وَلَوْ أَنَّ أَهْلَ الْكِتَابِ آمَنُواْ وَاتَّقَوْاْ لَكَفَّرْنَا عَنْهُمْ سَيِّئَاتِهِمْ وَلأدْخَلْنَاهُمْ جَنَّاتِ النَّعِيمِ {65}
5:65 Agar Ahli Kitob imon keltirsa va javobgarlikni his qilsa, Biz ularning yomonliklarini yoʻqqa chiqarib yuboramiz va ularni neʼmat toʻla bogʻ-u boʻstonlarga joylaymiz.
وَلَوْ أَنَّهُمْ أَقَامُواْ التَّوْرَاةَ وَالإِنجِيلَ وَمَا أُنزِلَ إِلَيهِم مِّن رَّبِّهِمْ لأكَلُواْ مِن فَوْقِهِمْ وَمِن تَحْتِ أَرْجُلِهِم مِّنْهُمْ أُمَّةٌ مُّقْتَصِدَةٌ وَكَثِيرٌ مِّنْهُمْ سَاء مَا يَعْمَلُونَ {66}
5:66 Agar ular Tavrotga, Injilga va ularga Rabbi tarafidan yuborilgan (Qurʼon)ga toʻliq amal qilsalar, albatta, ustlaridan va ostlaridan neʼmatlarga musharraf boʻlishar edi.[646]
يَا أَيُّهَا الرَّسُولُ بَلِّغْ مَا أُنزِلَ إِلَيْكَ مِن رَّبِّكَ وَإِن لَّمْ تَفْعَلْ فَمَا بَلَّغْتَ رِسَالَتَهُ وَاللّهُ يَعْصِمُكَ مِنَ النَّاسِ إِنَّ اللّهَ لاَ يَهْدِي الْقَوْمَ الْكَافِرِينَ {67}
5:67 Ey Elchi! Rabbingdan senga yuborilgan narsani toʻliq yetkaz. Agar bunday qilmasang, Allohni senga topshirgan maxsus elchilik vazifasini ado etmagan boʻlasan. Alloh seni insonlardan saqlaydi. Alloh kofir qavmni hargiz hidoyat qilmaydi.
قُلْ يَا أَهْلَ الْكِتَابِ لَسْتُمْ عَلَى شَيْءٍ حَتَّىَ تُقِيمُواْ التَّوْرَاةَ وَالإِنجِيلَ وَمَا أُنزِلَ إِلَيْكُم مِّن رَّبِّكُمْ وَلَيَزِيدَنَّ كَثِيرًا مِّنْهُم مَّا أُنزِلَ إِلَيْكَ مِن رَّبِّكَ طُغْيَانًا وَكُفْرًا فَلاَ تَأْسَ عَلَى الْقَوْمِ الْكَافِرِينَ {68}
5:68 Ayt: “Ey Ahli Kitob! Toki Tavrotga, Injilga va Rabbingizdan sizlarga yuborilgan (Qurʼon)ga toʻliq amal qilmaguningizcha hech narsaga asoslangan boʻlmaysiz.” Shubhasizki, Rabbingdan senga yuborilgan (Qurʼon) ularning koʻpchiligini haddan oshishini va kufrini ziyoda qilmoqda. Shunday ekan, sen endi u kofir qavm uchun qaygʻurma!
إِنَّ الَّذِينَ آمَنُواْ وَالَّذِينَ هَادُواْ وَالصَّابِؤُونَ وَالنَّصَارَى مَنْ آمَنَ بِاللّهِ وَالْيَوْمِ الآخِرِ وعَمِلَ صَالِحًا فَلاَ خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلاَ هُمْ يَحْزَنُونَ {69}
5:69 Moʻminlar, yahudiylar, sobiiy[647] va nasorolardan kimki Allohga va oxirat kuniga ishonsa va manfaatli ishlarni amalga oshirsa, ularga hech qanday qoʻrqinch yoʻq va ular hargiz gʻam-qaygʻuga tushmaydi.
لَقَدْ أَخَذْنَا مِيثَاقَ بَنِي إِسْرَائِيلَ وَأَرْسَلْنَا إِلَيْهِمْ رُسُلاً كُلَّمَا جَاءهُمْ رَسُولٌ بِمَا لاَ تَهْوَى أَنْفُسُهُمْ فَرِيقًا كَذَّبُواْ وَفَرِيقًا يَقْتُلُونَ {70}
5:70 Isroil avlodidan qatʼiy soʻz olganmiz, hamda ularga elchilar yuborganmiz. Har qachon elchi ularni koʻngliga yoqmaydigan narsa olib kelganda, elchilarning bir qismini yolgʻonchiga chiqarishdi, bir qismini esa oʻldirishdi.
وَحَسِبُواْ أَلاَّ تَكُونَ فِتْنَةٌ فَعَمُواْ وَصَمُّواْ ثُمَّ تَابَ اللّهُ عَلَيْهِمْ ثُمَّ عَمُواْ وَصَمُّواْ كَثِيرٌ مِّنْهُمْ وَاللّهُ بَصِيرٌ بِمَا يَعْمَلُونَ {71}
5:71 Ular qattiq bir imtihondan oʻtkazilmaymiz deb oʻylab, koʻr va kar boʻlib oldi. Keyin Alloh ularga tavba imkoni berdi. Undan keyin ham, yana ularning koʻpchiligi koʻr va kar boʻlib oldi. Alloh ular qilayotgan ishlarni koʻrib turibdi.
لَقَدْ كَفَرَ الَّذِينَ قَالُواْ إِنَّ اللّهَ هُوَ الْمَسِيحُ ابْنُ مَرْيَمَ وَقَالَ الْمَسِيحُ يَا بَنِي إِسْرَائِيلَ اعْبُدُواْ اللّهَ رَبِّي وَرَبَّكُمْ إِنَّهُ مَن يُشْرِكْ بِاللّهِ فَقَدْ حَرَّمَ اللّهُ عَلَيهِ الْجَنَّةَ وَمَأْوَاهُ النَّارُ وَمَا لِلظَّالِمِينَ مِنْ أَنصَارٍ {72}
5:72 “Alloh Maryamning oʻgʻli Masihdir,” – deganlar kofir boʻldi. Aslida Masih shunday degan edi: «Ey Isroil avlodlari! Mening ham Rabbim va sizlarning ham Rabingiz boʻlmish Allohga qullik qilinglar. Kim Allohga sherik qoʻshsa, Alloh uni jannatdan aniq mahrum qiladi va uni borib oʻrnashadigan joyi jahannam boʻladi. Zolimlik qiluvchilarning yordamchilari boʻlmaydi.
لَّقَدْ كَفَرَ الَّذِينَ قَالُواْ إِنَّ اللّهَ ثَالِثُ ثَلاَثَةٍ وَمَا مِنْ إِلَـهٍ إِلاَّ إِلَـهٌ وَاحِدٌ وَإِن لَّمْ يَنتَهُواْ عَمَّا يَقُولُونَ لَيَمَسَّنَّ الَّذِينَ كَفَرُواْ مِنْهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ {73}
5:73 “Alloh uchtaning uchinchisidir”, — deganlar ham aniq kofir boʻlishdi. Yagona Ilohdan boshqa iloh yoʻq. Agar ular bu aytayotgan gaplaridan qaytmasalar, ular orasidagi kofir boʻlgan kishilar alam-ogʻriqli azob-u qiynoqqa duchor boʻlishi aniq.
أَفَلاَ يَتُوبُونَ إِلَى اللّهِ وَيَسْتَغْفِرُونَهُ وَاللّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ {74}
5:74 Ular bu ishlaridan qaytib Allohga tavba qilib, undan kechirim soʻrasa boʻlmaydimi? Axir, Alloh kechirimli va mehribon-ku!
مَّا الْمَسِيحُ ابْنُ مَرْيَمَ إِلاَّ رَسُولٌ قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِهِ الرُّسُلُ وَأُمُّهُ صِدِّيقَةٌ كَانَا يَأْكُلاَنِ الطَّعَامَ انظُرْ كَيْفَ نُبَيِّنُ لَهُمُ الآيَاتِ ثُمَّ انظُرْ أَنَّى يُؤْفَكُونَ {75}
5:75 Maryamning oʻgʻli Masih faqatgina elchidir. Undan ilgari ham oʻtmishda ne-ne elchilar kelib ketgan. Uni onasi nihoyatda rostgoʻy ayol edi. Ularni har ikkalasi ham taom yer edi. Endi ularga oyatlarimizni qanday qilib ochiqlab berishimizni qara-yu, ular esa toʻgʻri yoʻldan qayoqqa qarab burilib ketishini qara.
قُلْ أَتَعْبُدُونَ مِن دُونِ اللّهِ مَا لاَ يَمْلِكُ لَكُمْ ضَرًّا وَلاَ نَفْعًا وَاللّهُ هُوَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ {76}
5:76 Ey Muhammad! Ayt: «Allohni qoʻyib, sizlarga foydasi ham zarari ham tegmaydigan narsalarga sigʻinyapsizlar/duo qilyapsizlar, shundaymi?! Alloh hamma narsani eshitadi, biladi.
قُلْ يَا أَهْلَ الْكِتَابِ لاَ تَغْلُواْ فِي دِينِكُمْ غَيْرَ الْحَقِّ وَلاَ تَتَّبِعُواْ أَهْوَاء قَوْمٍ قَدْ ضَلُّواْ مِن قَبْلُ وَأَضَلُّواْ كَثِيرًا وَضَلُّواْ عَن سَوَاء السَّبِيلِ {77}
5:77 Ey Muhammad! Ayt: “Ey Ahli Kitob, nohaqlik qilib diningizda haddan oshmang . Ilgari oʻzlari ham adashgan va koʻp insonlarni ham adashtirgan va toʻgʻri yoʻldan chiqqan qavmni orzu-istaklariga ergashmang.”
لُعِنَ الَّذِينَ كَفَرُواْ مِن بَنِي إِسْرَائِيلَ عَلَى لِسَانِ دَاوُودَ وَعِيسَى ابْنِ مَرْيَمَ ذَلِكَ بِمَا عَصَوا وَّكَانُواْ يَعْتَدُونَ {78}
5:78 Isroil avlodidan kofir boʻlganlari Dovud va Maryam oʻgʻli Iso tilida laʼnatlandilar. Oʻzlarining isyonkorliklari va tajovuzkorliklari uchun shunday boʻlgan.
كَانُواْ لاَ يَتَنَاهَوْنَ عَن مُّنكَرٍ فَعَلُوهُ لَبِئْسَ مَا كَانُواْ يَفْعَلُونَ {79}
5:79 Ular bir-birini qilgan yomonligidan qaytarmas edi. Shubhasizki, ularning qilayotgan ishlari qanday ham yomon edi![648]
تَرَى كَثِيرًا مِّنْهُمْ يَتَوَلَّوْنَ الَّذِينَ كَفَرُواْ لَبِئْسَ مَا قَدَّمَتْ لَهُمْ أَنفُسُهُمْ أَن سَخِطَ اللّهُ عَلَيْهِمْ وَفِي الْعَذَابِ هُمْ خَالِدُونَ{80}
5:80 Ey Muhammad! Sen ularning koʻpchiligi kofirlarni xoja qilib olganini koʻrasan. Nafslari ularga taqdim qilgan narsa, yaʼni Alloh ularga gʻazab qilishi qanday ham yomon! Ular azob ichra mangu qoluvchidir.
وَلَوْ كَانُوا يُؤْمِنُونَ بِالله والنَّبِيِّ وَمَا أُنزِلَ إِلَيْهِ مَا اتَّخَذُوهُمْ أَوْلِيَاء وَلَـكِنَّ كَثِيرًا مِّنْهُمْ فَاسِقُونَ {81}
5:81 Agar ular Allohga, paygʻambarga va unga yuborilgan kitobga ishongan boʻlsalar edi, kofirlarni xoja qilib olmagan boʻlar edi. biroq, ularning koʻpchiligi yoʻldan chiqqan fosiqlardir.
لَتَجِدَنَّ أَشَدَّ النَّاسِ عَدَاوَةً لِّلَّذِينَ آمَنُواْ الْيَهُودَ وَالَّذِينَ أَشْرَكُواْ وَلَتَجِدَنَّ أَقْرَبَهُمْ مَّوَدَّةً لِّلَّذِينَ آمَنُواْ الَّذِينَ قَالُوَاْ إِنَّا نَصَارَى ذَلِكَ بِأَنَّ مِنْهُمْ قِسِّيسِينَ وَرُهْبَانًا وَأَنَّهُمْ لاَ يَسْتَكْبِرُونَ {82}
5:82 Ey Muhammad! Shubhasizki, insonlar orasida Moʻminlarga eng ashaddiy dushmanni yahudiy va mushriklar ekanini koʻrasan. Moʻminlarga doʻstlik jihatidan eng yaqin boʻluvchilar “Biz Nasorolarmiz” degan kishilar ekanini koʻrasan. Chunki, nasorolar ichida izlanuvchi olimlari va rohiblari bor, hamda ular takabburlik qilmaydi.
وَإِذَا سَمِعُواْ مَا أُنزِلَ إِلَى الرَّسُولِ تَرَى أَعْيُنَهُمْ تَفِيضُ مِنَ الدَّمْعِ مِمَّا عَرَفُواْ مِنَ الْحَقِّ يَقُولُونَ رَبَّنَا آمَنَّا فَاكْتُبْنَا مَعَ الشَّاهِدِينَ {83}
5:83 Ular Rasulullohga yuborilgan (Qurʼon)ni eshitgan chogʻlarida haqni taniganligi sababli ularni koʻzlaridan yosh oqayotganini koʻrasan. Ular shunday deyishadi: «Rabbimiz! Biz imon keltirdik/ishondik, endi bizni guvoh boʻluvchilar[649] qatoriga yozgin.
وَمَا لَنَا لاَ نُؤْمِنُ بِاللّهِ وَمَا جَاءنَا مِنَ الْحَقِّ وَنَطْمَعُ أَن يُدْخِلَنَا رَبَّنَا مَعَ الْقَوْمِ الصَّالِحِينَ {84}
5:84 Axir Rabbimiz bizlarni yaxshi qavm qatoriga qoʻshishini umid qilib turgan boʻlsak, Allohga va bizga kelgan bu haqiqatga ishonmaslikka nima haqimiz bor?»
فَأَثَابَهُمُ اللّهُ بِمَا قَالُواْ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِن تَحْتِهَا الأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا وَذَلِكَ جَزَاء الْمُحْسِنِينَ {85}
5:85 Ularni bu aytgan soʻzlari tufayli Alloh ularga ichlaridan anhorlar oqib turadigan jannatlar bilan mukofotlaydi, ular u jannatlar ichra mangu qoluvchilardir. Yaxshi ishlarni amalga oshiruvchilarning mukofoti mana shunday boʻladi.
وَالَّذِينَ كَفَرُواْ وَكَذَّبُواْ بِآيَاتِنَا أُوْلَـئِكَ أَصْحَابُ الْجَحِيمِ {86}
5:86 Kofirlik qilganlar va oyatlarimizni yolgʻon deganlar – ana oʻshalar jahannam ahlidir.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ لاَ تُحَرِّمُواْ طَيِّبَاتِ مَا أَحَلَّ اللّهُ لَكُمْ وَلاَ تَعْتَدُواْ إِنَّ اللّهَ لاَ يُحِبُّ الْمُعْتَدِينَ {87}
5:87 Ey Moʻminlar! Alloh sizlarga halol qilib bergan pok narsalarni harom[650] qilmang va haddan oshmang. Alloh haddan oshuvchilarni yaxshi koʻrmaydi.
وَكُلُواْ مِمَّا رَزَقَكُمُ اللّهُ حَلاَلاً طَيِّبًا وَاتَّقُواْ اللّهَ الَّذِيَ أَنتُم بِهِ مُؤْمِنُونَ {88}
5:88 Allohni sizlarga bergan halol va pok rizqidan yeng. Siz oʻzingiz ishonayotgan oʻsha Allohga nisbatan javobgarlikni his qiling.
لاَ يُؤَاخِذُكُمُ اللّهُ بِاللَّغْوِ فِي أَيْمَانِكُمْ وَلَـكِن يُؤَاخِذُكُم بِمَا عَقَّدتُّمُ الأَيْمَانَ فَكَفَّارَتُهُ إِطْعَامُ عَشَرَةِ مَسَاكِينَ مِنْ أَوْسَطِ مَا تُطْعِمُونَ أَهْلِيكُمْ أَوْ كِسْوَتُهُمْ أَوْ تَحْرِيرُ رَقَبَةٍ فَمَن لَّمْ يَجِدْ فَصِيَامُ ثَلاَثَةِ أَيَّامٍ ذَلِكَ كَفَّارَةُ أَيْمَانِكُمْ إِذَا حَلَفْتُمْ وَاحْفَظُواْ أَيْمَانَكُمْ كَذَلِكَ يُبَيِّنُ اللّهُ لَكُمْ آيَاتِهِ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ {89}
5:89 Eʼtiborsizlik qilib ichgan qasamingiz sababli Alloh sizlarni javobgarlikka tortmaydi, lekin, atayin ichgan qasamlaringiz uchun javobgarlikka tortadi. Bunday qasamni buzishning kaforati – oilalaringizga yediradigan taomning oʻrtachasidan oʻnta miskinga yedirishingiz, yoki ularga kiyim-kechak berishingiz, yo boʻlmasa bitta asirni ozod qilishingiz boʻladi. Bularni topa olmagan kishi uch kun roʻza tutishi kerak. Atayin ichgan qasamni buzishning kaforati shudir. Qasamingizda turinglar. Alloh oyatlarini sizlarga mana shunday bayon qilib bermoqdaki, qadriga yetgaysizlar!
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ إِنَّمَا الْخَمْرُ وَالْمَيْسِرُ وَالأَنصَابُ وَالأَزْلاَمُ رِجْسٌ مِّنْ عَمَلِ الشَّيْطَانِ فَاجْتَنِبُوهُ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ{90}
5:90 Ey Moʻminlar! Mast qiluvchi/aqlni toʻsuvchi ichimlik, qimor[651], tik qilib qoʻyilgan toshlar[652] va fol oʻqlari[653] shaytoniy jirkanch ishdir. Najot topishingiz uchun undan uzoq turinglar.
إِنَّمَا يُرِيدُ الشَّيْطَانُ أَن يُوقِعَ بَيْنَكُمُ الْعَدَاوَةَ وَالْبَغْضَاء فِي الْخَمْرِ وَالْمَيْسِرِ وَيَصُدَّكُمْ عَن ذِكْرِ اللّهِ وَعَنِ الصَّلاَةِ فَهَلْ أَنتُم مُّنتَهُونَ {91}
5:91 Shubhasizki, shayton mast qiluvchi ichimlik va qimor bilan orlaringizga dushmanchilik va qahr-u gʻazab solishni, sizlarni Allohning zikridan va namozdan/diniy vazifalardan toʻsishni xohlaydi. Endi tiyilarsizlar?!
وَأَطِيعُواْ اللّهَ وَأَطِيعُواْ الرَّسُولَ وَاحْذَرُواْ فَإِن تَوَلَّيْتُمْ فَاعْلَمُواْ أَنَّمَا عَلَى رَسُولِنَا الْبَلاَغُ الْمُبِينُ {92}
5:92 Allohga itoat qilinglar, Elchiga itoat qilinglar va diqqat-eʼtiborli boʻlinglar.[654] Agar yuz oʻgirsalaringiz, bilinglarki, Elchimizning vazifasi ochiq-oydin yektazishdan iboratdir.
لَيْسَ عَلَى الَّذِينَ آمَنُواْ وَعَمِلُواْ الصَّالِحَاتِ جُنَاحٌ فِيمَا طَعِمُواْ إِذَا مَا اتَّقَواْ وَّآمَنُواْ وَعَمِلُواْ الصَّالِحَاتِ ثُمَّ اتَّقَواْ وَّآمَنُواْ ثُمَّ اتَّقَواْ وَّأَحْسَنُواْ وَاللّهُ يُحِبُّ الْمُحْسِنِينَ {93}
5:93 Imon keltirgan va xayrli ishlarni amalga oshirganlarga, javobgarlikni his qilgan va imon keltirib xayrli ishlarni amalgan oshirgan, keyin (yana) javobgarlikni his qilgan va imon keltirgan, keyin (shunday davom etib) javobgarlikni his qilgan va burchini chiroyli bajargan muddatcha (boʻlishidan ilgari) yeb-ichgan narsalarida gunoh yoʻq[655]. Oʻz muhsinlarni Alloh yaxshi koʻradi.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ لَيَبْلُوَنَّكُمُ اللّهُ بِشَيْءٍ مِّنَ الصَّيْدِ تَنَالُهُ أَيْدِيكُمْ وَرِمَاحُكُمْ لِيَعْلَمَ اللّهُ مَن يَخَافُهُ بِالْغَيْبِ فَمَنِ اعْتَدَى بَعْدَ ذَلِكَ فَلَهُ عَذَابٌ أَلِيمٌ {94}
5:94 Ey Moʻminlar! Alloh sizlarni qoʻllaringiz va nayzalaringiz bilan ovlay oladigan bir shaklda tuzogʻingizga tushgan narsalar bilan imtihon qiladi. Alloh buni – koʻrmay turib[656] Allohdan qoʻrqadiganlarni belgilab-ajratib qoʻyish uchun qiladi. Kim bundan keyin haddan oshsa, unga alamli azob bor.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ لاَ تَقْتُلُواْ الصَّيْدَ وَأَنتُمْ حُرُمٌ وَمَن قَتَلَهُ مِنكُم مُّتَعَمِّدًا فَجَزَاء مِّثْلُ مَا قَتَلَ مِنَ النَّعَمِ يَحْكُمُ بِهِ ذَوَا عَدْلٍ مِّنكُمْ هَدْيًا بَالِغَ الْكَعْبَةِ أَوْ كَفَّارَةٌ طَعَامُ مَسَاكِينَ أَو عَدْلُ ذَلِكَ صِيَامًا لِّيَذُوقَ وَبَالَ أَمْرِهِ عَفَا اللّهُ عَمَّا سَلَف وَمَنْ عَادَ فَيَنتَقِمُ اللّهُ مِنْهُ وَاللّهُ عَزِيزٌ ذُو انْتِقَامٍ {95}
5:95 Ey Moʻminlar! Ehromda boʻlgan vaqtingizda ovni oʻldirmang. Sizlardan kimki uni qasddan oʻldirsa, uning jazosi chorva hayvondan oʻldirgan ovga teng keladigan bir hayvon boʻlib, bunga sizlardan odil ikki kishi hukm qiladi. Endi u hayvonni Kaʼbaga olib borib qurbonlik qilishi kerak, yoki miskinlarga taom berish uning kafforati boʻladi, yo boʻlmasa, uning oʻrniga roʻza tutishi kerak. Bu jazo – u kishi oʻz qilmishining zararini/yomon oqibatini totishi uchundir. Alloh ilgargi gunohlaringizni avf qildi. Kimki qayta gunoh qilsa, Alloh unga munosib jazoni berib qoʻyadi. Alloh Azizdir, munosib ravishda jazo beruvchidir.
أُحِلَّ لَكُمْ صَيْدُ الْبَحْرِ وَطَعَامُهُ مَتَاعًا لَّكُمْ وَلِلسَّيَّارَةِ وَحُرِّمَ عَلَيْكُمْ صَيْدُ الْبَرِّ مَا دُمْتُمْ حُرُمًا وَاتَّقُواْ اللّهَ الَّذِيَ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ {96}
5:96 Sizlarga va yoʻlovchilarga manfaat boʻlsin deya dengiz ovi va yeguliklari sizlarga halol qilindi. Quruqlik ovi esa, faqatgina ehromda boʻlgan vaqtingizda sizlarga qilindi. Allohga nisbatan javobgarlikni his qiling; sizlar Uning huzuriga toʻplanasiz.
جَعَلَ اللّهُ الْكَعْبَةَ الْبَيْتَ الْحَرَامَ قِيَامًا لِّلنَّاسِ وَالشَّهْرَ الْحَرَامَ وَالْهَدْيَ وَالْقَلاَئِدَ ذَلِكَ لِتَعْلَمُواْ أَنَّ اللّهَ يَعْلَمُ مَا فِي السَّمَاوَات وَمَا فِي الأَرْضِ وَأَنَّ اللّهَ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ {97}
5:97 Alloh Oʻzining hurmatli uyi boʻlmish Kaʼbani, harom oy(lar)ni,[657] haramga yoʻllangan qurbonliklarni[658] va ularni boʻyinlariga osib qoʻyilgan narsalarni insonlar uchun asos/tirilish vositasi qilib berdi. Bu – Alloh osmonlar va yerdagi narsalarni bilishini va Alloh har narsani bilib turuvchi ekanini (anglab) bilishingiz uchundir.
اعْلَمُواْ أَنَّ اللّهَ شَدِيدُ الْعِقَابِ وَأَنَّ اللّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ {98}
5:98 Bilinglarki, Allohning jazosi qattiqdir, Alloh kechirimli va mehribondir.
مَّا عَلَى الرَّسُولِ إِلاَّ الْبَلاَغُ وَاللّهُ يَعْلَمُ مَا تُبْدُونَ وَمَا تَكْتُمُونَ {99}
5:99 Elchiga yuklatilgan vazifa tabligʻdir, xolos. Oshkora va yashirin qilgan ishlaringizni barchasini Alloh bilib turadi.
قُل لاَّ يَسْتَوِي الْخَبِيثُ وَالطَّيِّبُ وَلَوْ أَعْجَبَكَ كَثْرَةُ الْخَبِيثِ فَاتَّقُواْ اللّهَ يَا أُوْلِي الأَلْبَابِ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ {100}
5:100 Ey Muhammad! Aytginki: «Nopok bilan pok barobar boʻlmaydi, garchi nopokning koʻpligi seni ajablantirgan boʻlsa ham shunday. Shunday ekan, ey aqlu vijdoni sof kishiilar! Najot topish uchun, Allohga nisbatan javobgarlikni his qiling!
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ لاَ تَسْأَلُواْ عَنْ أَشْيَاء إِن تُبْدَ لَكُمْ تَسُؤْكُمْ وَإِن تَسْأَلُواْ عَنْهَا حِينَ يُنَزَّلُ الْقُرْآنُ تُبْدَ لَكُمْ عَفَا اللّهُ عَنْهَا وَاللّهُ غَفُورٌ حَلِيمٌ {101}
5:101 Ey Moʻminlar! Sizlarga ochiqlab berilsa oʻzingizga yoqmaydigan narsalar haqida soʻramang. Agar u narsani Qurʼon nozil qilinish jarayonida soʻrasangiz, sizlarga ochiqlab beriladi. (Ochiqlanmagani uchun) Alloh u narsalardan avf qildi. Alloh juda kechirimli, Halim zotdir.
قَدْ سَأَلَهَا قَوْمٌ مِّن قَبْلِكُمْ ثُمَّ أَصْبَحُواْ بِهَا كَافِرِينَ {102}
5:102 Sizlardan ilgargi bir qavm oʻshanday narsalarni soʻrashgan edi, keyin, oʻsha narsani inkor qiladigan boʻldilar.
مَا جَعَلَ اللّهُ مِن بَحِيرَةٍ وَلاَ سَآئِبَةٍ وَلاَ وَصِيلَةٍ وَلاَ حَامٍ وَلَـكِنَّ الَّذِينَ كَفَرُواْ يَفْتَرُونَ عَلَى اللّهِ الْكَذِبَ وَأَكْثَرُهُمْ لاَ يَعْقِلُونَ {103}
5:103 Alloh na “bahira”, “soiba”, “vasila” va “homi”dan hech birini belgilagani yoʻq. Lekin, kofirlar Allohga boʻhton qilishmoqda. Ularning aksariyati aqlini ishlatmaydilar[659].
وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ تَعَالَوْاْ إِلَى مَا أَنزَلَ اللّهُ وَإِلَى الرَّسُولِ قَالُواْ حَسْبُنَا مَا وَجَدْنَا عَلَيْهِ آبَاءنَا أَوَلَوْ كَانَ آبَاؤُهُمْ لاَ يَعْلَمُونَ شَيْئًا وَلاَ يَهْتَدُونَ {104}
55:104 Ularga: “Alloh tushirgan Qurʼonga va Allohning Elchisiga kelinglar” — deyilsa, ular: “Ota-bobolarimizni tutgan yoʻllari bizga yetarli”, deyishadi. Agar ota-bobolari hech narsa bilmagan va hidoyat topmagan boʻlsalar ham-a?!
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ عَلَيْكُمْ أَنفُسَكُمْ لاَ يَضُرُّكُم مَّن ضَلَّ إِذَا اهْتَدَيْتُمْ إِلَى اللّهِ مَرْجِعُكُمْ جَمِيعًا فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ {105}
5:105 Ey Moʻminlar! Oʻzingizni chorangizni koʻringlar. Sizlar toʻgʻri yoʻlda boʻlgan muddatcha, adashganlar sizlarga zarar yetkaza olmaydi. Barchangiz Allohga qaytasiz, shunda Alloh sizlarga qilmishlaringizni aytib beradi.
يِا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ شَهَادَةُ بَيْنِكُمْ إِذَا حَضَرَ أَحَدَكُمُ الْمَوْتُ حِينَ الْوَصِيَّةِ اثْنَانِ ذَوَا عَدْلٍ مِّنكُمْ أَوْ آخَرَانِ مِنْ غَيْرِكُمْ إِنْ أَنتُمْ ضَرَبْتُمْ فِي الأَرْضِ فَأَصَابَتْكُم مُّصِيبَةُ الْمَوْتِ تَحْبِسُونَهُمَا مِن بَعْدِ الصَّلاَةِ فَيُقْسِمَانِ بِاللّهِ إِنِ ارْتَبْتُمْ لاَ نَشْتَرِي بِهِ ثَمَنًا وَلَوْ كَانَ ذَا قُرْبَى وَلاَ نَكْتُمُ شَهَادَةَ اللّهِ إِنَّا إِذًا لَّمِنَ الآثِمِينَ {106}
5:106 Ey Moʻminlar! Birortangizga oʻlim kelib qolib vasiyat qilmoqchi boʻlsa, oʻzingizdan adolatli ikki kishi orangizda guvoh boʻlsin. Yoki, sizlar safarda ekaningizda boshingizga oʻlim musibati kelib qolsa, sizlardan boʻlmagan boshqa ikki kishi guvoh boʻlsa ham mayli. Agar ulardan gumon qilib qolsangiz, janoza namozidan/dafn marosimidan keyin ularni toʻxtatib qolasiz va ular shunday qasam ichishadi: “Alloh bilan qasamki, Biz foydasiga qasam ichadigan kishi qarindoshimiz boʻlgan taqdirda ham, biz ichgan qasamimizni hech narsa evaziga sotmaymiz, Alloh uchun berilgan guvohlikni yashirmaymiz. Aks holda, aniq gunohkorlardan boʻlib qolamiz.”
فَإِنْ عُثِرَ عَلَى أَنَّهُمَا اسْتَحَقَّا إِثْمًا فَآخَرَانِ يِقُومَانُ مَقَامَهُمَا مِنَ الَّذِينَ اسْتَحَقَّ عَلَيْهِمُ الأَوْلَيَانِ فَيُقْسِمَانِ بِاللّهِ لَشَهَادَتُنَا أَحَقُّ مِن شَهَادَتِهِمَا وَمَا اعْتَدَيْنَا إِنَّا إِذًا لَّمِنَ الظَّالِمِينَ {107}
5:107 Agar u ikki guvohni gunohkor hisoblanishiga aloqador boʻlgan ishi sezilib qolsa,[660] u guvohni ziyoniga guvoh boʻlmoqchi boʻlganlarni orasidan mayyitga (merosxoʻrlardan) eng yaqin boʻlgan boshqa ikki kishi avvalgi ikki kishini oʻrniga oʻtadi va shunday deb qasam ichishadi: “Albatta bizni guvohligimiz ularni guvohligidan toʻgʻridir, biz haddimizdan oshmadik. Aks holda, biz aniq zolimlardan boʻlib qolamiz.”
ذَلِكَ أَدْنَى أَن يَأْتُواْ بِالشَّهَادَةِ عَلَى وَجْهِهَا أَوْ يَخَافُواْ أَن تُرَدَّ أَيْمَانٌ بَعْدَ أَيْمَانِهِمْ وَاتَّقُوا اللّهَ وَاسْمَعُواْ وَاللّهُ لاَ يَهْدِي الْقَوْمَ الْفَاسِقِينَ {108}
5:108 Shunday qasam ichish – keragicha guvohlik uchun yetarli boʻladi va qasamlarini keyinchalik boshqa qasam bilan rad qilinish qoʻrquvini ozaytirishga mos boʻladi. Sizlar Allohga nisbatan javobgarlikni his qiling va (Unga) quloq soling. Alloh fosiqlik qiluvchilarni hidoyat qilmaydi.
يَوْمَ يَجْمَعُ اللّهُ الرُّسُلَ فَيَقُولُ مَاذَا أُجِبْتُمْ قَالُواْ لاَ عِلْمَ لَنَا إِنَّكَ أَنتَ عَلاَّمُ الْغُيُوبِ {109}
5:109 Alloh elchilarni toʻplaydigan (qiyomat) kuni ulardan: “(Insonlar tarafidan) qanday qabul qilindinglar?” deb soʻraganida, ular: «Bizni bu haqda ilmimiz yoʻq, gʻayblarni[661] juda yaxshi biluvchi Sen Oʻzingsan» deb javob berishadi.
إِذْ قَالَ اللّهُ يَا عِيسى ابْنَ مَرْيَمَ اذْكُرْ نِعْمَتِي عَلَيْكَ وَعَلَى وَالِدَتِكَ إِذْ أَيَّدتُّكَ بِرُوحِ الْقُدُسِ تُكَلِّمُ النَّاسَ فِي الْمَهْدِ وَكَهْلاً وَإِذْ عَلَّمْتُكَ الْكِتَابَ وَالْحِكْمَةَ وَالتَّوْرَاةَ وَالإِنجِيلَ وَإِذْ تَخْلُقُ مِنَ الطِّينِ كَهَيْئَةِ الطَّيْرِ بِإِذْنِي فَتَنفُخُ فِيهَا فَتَكُونُ طَيْرًا بِإِذْنِي وَتُبْرِئُ الأَكْمَهَ وَالأَبْرَصَ بِإِذْنِي وَإِذْ تُخْرِجُ الْمَوتَى بِإِذْنِي وَإِذْ كَفَفْتُ بَنِي إِسْرَائِيلَ عَنكَ إِذْ جِئْتَهُمْ بِالْبَيِّنَاتِ فَقَالَ الَّذِينَ كَفَرُواْ مِنْهُمْ إِنْ هَـذَا إِلاَّ سِحْرٌ مُّبِينٌ {110}
5:110 Ana oʻshanda Alloh shunday deydi: «Ey Maryamning oʻgʻli Iso! Meni senga va onangga ato etgan neʼmatimni esla. Seni Ruhul Qudus bilan qoʻllab-quvvatlaganman, sen beshikdalik vaqtingda ham, voyaga yetganingda ham insonlar bilan gaplashar eding. Senga yozishni, hikmatni, Tavrot va Injilni oʻrgatganman. Mening amrim bilan loydan qush shaklidagi narsa yasab uni ichiga puflar eding, u esa Mening amrim bilan qushga aylanar edi. Tugʻma koʻr insonni va pes kasalligiga mubtalo boʻlgan kishini Mening amrim bilan sogʻaytirar eding. Mening amrim bilan oʻliklarni qabrlardan chiqarar eding. Seni Isroil oʻgʻillaridan ham qutqarib qolganman, chunki, oʻshanda sen ularga aniq-ravshan dalillarni olib kelganingda, ular orasidagi kofir boʻlganlari: “Bu ochiq-oydin sehrdan boshqa narsa emas”,- degan edi.
وَإِذْ أَوْحَيْتُ إِلَى الْحَوَارِيِّينَ أَنْ آمِنُواْ بِي وَبِرَسُولِي قَالُوَاْ آمَنَّا وَاشْهَدْ بِأَنَّنَا مُسْلِمُونَ {111}
5:111 Men (sen orqali) havorilarga: “Menga va elchilarimga ishoninglar”, deb vahiy qilganman.[662] Ular: “Ishondik, guvoh boʻl, biz musulmonmiz” degan edilar.
إِذْ قَالَ الْحَوَارِيُّونَ يَا عِيسَى ابْنَ مَرْيَمَ هَلْ يَسْتَطِيعُ رَبُّكَ أَن يُنَزِّلَ عَلَيْنَا مَآئِدَةً مِّنَ السَّمَاء قَالَ اتَّقُواْ اللّهَ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ {112}
5:112 Oʻz vaqtida Havorilar: “Ey Iso! Robbing bizga osmondan bir dasturxon tushurib bera olarmikin?” – deyishganida, Iso: “Agar moʻmin boʻlsangiz, Allohga nisbatan javobgarlikni his qiling!”, degan.
قَالُواْ نُرِيدُ أَن نَّأْكُلَ مِنْهَا وَتَطْمَئِنَّ قُلُوبُنَا وَنَعْلَمَ أَن قَدْ صَدَقْتَنَا وَنَكُونَ عَلَيْهَا مِنَ الشَّاهِدِينَ {113}
5:113 Shunda ular: “Biz oʻsha dasturxondan yeyishni, qalblarimiz orom topishini, sen bizga rost gapirayotganingni bilishni va unga guvoh boʻluvchilardan boʻlishni xohlayapmiz” dedilar.
قَالَ عِيسَى ابْنُ مَرْيَمَ اللَّهُمَّ رَبَّنَا أَنزِلْ عَلَيْنَا مَآئِدَةً مِّنَ السَّمَاء تَكُونُ لَنَا عِيداً لِّأَوَّلِنَا وَآخِرِنَا وَآيَةً مِّنكَ وَارْزُقْنَا وَأَنتَ خَيْرُ الرَّازِقِينَ {114}
5:114 Maryamning oʻgʻli Iso shunday dedi: “Ey Rabbimiz Alloh! Bizga osmondan bir dasturxon tushirib bersang edi, bizga avvalimiz va oxirimiz uchun bayram va Sendan bir alomat boʻlib qolar edi. Bizga rizq bergin. Eng yaxshi rizq beruvchi Sensan.”
قَالَ اللّهُ إِنِّي مُنَزِّلُهَا عَلَيْكُمْ فَمَن يَكْفُرْ بَعْدُ مِنكُمْ فَإِنِّي أُعَذِّبُهُ عَذَابًا لاَّ أُعَذِّبُهُ أَحَدًا مِّنَ الْعَالَمِينَ {115}
5:115 Alloh shunday dedi: Men u dasturxonni sizlarga tushiraman. Ammo, undan keyin sizlardan kimki nonkoʻrlik qilsa, uni bu olamda hech kimni azoblamagan azobga giriftor qilaman.»
وَإِذْ قَالَ اللّهُ يَا عِيسَى ابْنَ مَرْيَمَ أَأَنتَ قُلتَ لِلنَّاسِ اتَّخِذُونِي وَأُمِّيَ إِلَـهَيْنِ مِن دُونِ اللّهِ قَالَ سُبْحَانَكَ مَا يَكُونُ لِي أَنْ أَقُولَ مَا لَيْسَ لِي بِحَقٍّ إِن كُنتُ قُلْتُهُ فَقَدْ عَلِمْتَهُ تَعْلَمُ مَا فِي نَفْسِي وَلاَ أَعْلَمُ مَا فِي نَفْسِكَ إِنَّكَ أَنتَ عَلاَّمُ الْغُيُوبِ {116}
5:116 Bir kun (mahsharda) Alloh shunday deydi: Ey Maryam oʻgʻli Iso! Insonlarga: «Allohni qoʻyib, Men bilan onamni iloh qilib olinglar» — deganmisan?« Iso shunday deydi: «Sen pok zotsan! Haqqim boʻlmagan narsani gapirish menga emas. Agar unday degan boʻlsam, zotan Sen Oʻzing bilib turgansan. Sen meni ichimdagini ham bilasan, men Sendagini bilmayman. Sen gʻayblarni bilasan.
مَا قُلْتُ لَهُمْ إِلاَّ مَا أَمَرْتَنِي بِهِ أَنِ اعْبُدُواْ اللّهَ رَبِّي وَرَبَّكُمْ وَكُنتُ عَلَيْهِمْ شَهِيدًا مَّا دُمْتُ فِيهِمْ فَلَمَّا تَوَفَّيْتَنِي كُنتَ أَنتَ الرَّقِيبَ عَلَيْهِمْ وَأَنتَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ شَهِيدٌ {117}
5:117 Men ularga faqatgina: “Meni va sizlarni Egangiz boʻlmish Allohga qullik qilinglar” — deb ayt degan buyrugʻingdan boshqa narsa demaganman. « Men ularning oralarida ekanimda ularni koʻrib-kuzatib turganman. Meni vafot qildirganingdan keyin ularni kuzatib turuvchi Sen Oʻzing boʻlding. Sen har narsaga shohidsan[663].
إِن تُعَذِّبْهُمْ فَإِنَّهُمْ عِبَادُكَ وَإِن تَغْفِرْ لَهُمْ فَإِنَّكَ أَنتَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ {118}
5:118 Agar ularni azoblasang, ular Sening qullaring. Agar ularni kechirsang, Sen gʻolibsan, toʻgʻri qaror beruvchisan.»
قَالَ اللّهُ هَذَا يَوْمُ يَنفَعُ الصَّادِقِينَ صِدْقُهُمْ لَهُمْ جَنَّاتٌ تَجْرِي مِن تَحْتِهَا الأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا أَبَدًا رَّضِيَ اللّهُ عَنْهُمْ وَرَضُواْ عَنْهُ ذَلِكَ الْفَوْزُ الْعَظِيمُ {119}
5:119 Alloh aytadiki: «Bu kun, rostgoʻylarning rostgoʻyligi oʻzlariga foyda beradigan kundir. Ularga ostidan anhorlar oqib turadigan bogʻu boʻstonlar bor; ular u yerlarda mangu va abadiy qoladilar. Alloh ulardan rozi, ular ham Allohdan rozi boʻlishadi. Eng katta muvaffaqiyat mana shudir.»
لِلّهِ مُلْكُ السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضِ وَمَا فِيهِنَّ وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ {120}
5:120 Osmonlar-u yer va undagi narsalar Allohnikidir. Alloh har narsaga oʻlchov qoʻyuvchidir.
- Anʼom surasi
بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
الْحَمْدُ لِلَّـهِ الَّذِي خَلَقَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ وَجَعَلَ الظُّلُمَاتِ وَالنُّورَ ۖ ثُمَّ الَّذِينَ كَفَرُوا بِرَبِّهِمْ يَعْدِلُونَ
6:1 Allohga olqish-u maqtovlar boʻlsin; yer-u osmonlarni U yaratdi, hamda qorongʻiliklar va yorugʻlik paydo qildi. Shunday boʻlsa-da, kofirlik qilganlar yaratgan Egasiga boshqalarni tenglashtirmoqda.
هُوَ الَّذِي خَلَقَكُم مِّن طِينٍ ثُمَّ قَضَىٰ أَجَلًا ۖ وَأَجَلٌ مُّسَمًّى عِندَهُ ۖ ثُمَّ أَنتُمْ تَمْتَرُونَ
6:2 U sizlarni loydan yaratib[664], keyin bir ajal[665] belgilab qoʻygan. Unga koʻra yana bir belgilangan ajal bor[666]. Sizlar hali ham talashib-tortishyapsiz[667].
وَهُوَ اللَّـهُ فِي السَّمَاوَاتِ وَفِي الْأَرْضِ ۖ يَعْلَمُ سِرَّكُمْ وَجَهْرَكُمْ وَيَعْلَمُ مَا تَكْسِبُونَ
6:3 U osmonlarda ham yerda ham Allohdir[668]. U siringizni ham, oshkor qilgan narsalaringizni ham biladi, qilib turgan (yaxshi-yomon) qilmishlaringizni ham biladi.
وَمَا تَأْتِيهِم مِّنْ آيَةٍ مِّنْ آيَاتِ رَبِّهِمْ إِلَّا كَانُوا عَنْهَا مُعْرِضِينَ
6:4 Har qachon u(kofir)larga yaratgan Egasining oyatlaridan bir oyat kelsa, ular undan yuz oʻgirib ketishadi.
فَقَدْ كَذَّبُوا بِالْحَقِّ لَمَّا جَاءَهُمْ ۖ فَسَوْفَ يَأْتِيهِمْ أَنبَاءُ مَا كَانُوا بِهِ يَسْتَهْزِئُونَ
6:5 Har safar ularga haq kelganida, unga nisbatan yolgʻon munosabat bildirishadi. Ular mensimagan (mazah qilgan) narsalarning xabari yaqinda oʻzlariga yetib keladi.
أَلَمْ يَرَوْا كَمْ أَهْلَكْنَا مِن قَبْلِهِم مِّن قَرْنٍ مَّكَّنَّاهُمْ فِي الْأَرْضِ مَا لَمْ نُمَكِّن لَّكُمْ وَأَرْسَلْنَا السَّمَاءَ عَلَيْهِم مِّدْرَارًا وَجَعَلْنَا الْأَنْهَارَ تَجْرِي مِن تَحْتِهِمْ فَأَهْلَكْنَاهُم بِذُنُوبِهِمْ وَأَنشَأْنَا مِن بَعْدِهِمْ قَرْنًا آخَرِينَ
6:6 Ulardan avval qanchadan-qancha nasllarni halok qilganimizni koʻrmadilarmi? Bu zaminda sizlarga bermagan imkoniyatlarni ularga berganmiz, ularni tepasiga seryomgʻir bulutlar yuborganmiz va ostlaridan anhorlar oqib turadigan qilib qoʻyganmiz. Soʻngra, gunohlari sababli ularni halok qilib, ulardan keyin boshqa nasl paydo qildik.
وَلَوْ نَزَّلْنَا عَلَيْكَ كِتَابًا فِي قِرْطَاسٍ فَلَمَسُوهُ بِأَيْدِيهِمْ لَقَالَ الَّذِينَ كَفَرُوا إِنْ هَـٰذَا إِلَّا سِحْرٌ مُّبِينٌ
6:7 (Ey Muhammad!) Agar senga kitobni qogʻozga yozilgan shaklda yuborsak va uni Oʻz qoʻllari bilan ushlagan taqdirda ham, kofirlar: “Bu aniq sehrgarlik”, degan boʻlishar edi[669].
وَقَالُوا لَوْلَا أُنزِلَ عَلَيْهِ مَلَكٌ ۖ وَلَوْ أَنزَلْنَا مَلَكًا لَّقُضِيَ الْأَمْرُ ثُمَّ لَا يُنظَرُونَ
6:8 Yana: “Unga malak tushirilsaydi”, deyishadi. Agar malak tushirsak, ish bitiriladi (halok qilinadi)[670], keyin ularga muhlat berilmaydi.
وَلَوْ جَعَلْنَاهُ مَلَكًا لَّجَعَلْنَاهُ رَجُلًا وَلَلَبَسْنَا عَلَيْهِم مَّا يَلْبِسُونَ
6:9 Agar u (elchi)ni farishta qilib tayinlaganimizda edi, uni bari bir erkak kishining qiyofasida yuborgan boʻlardik va paydo qilgan shubhalarini oʻzlariga oʻrab qoʻygan boʻlardik[671].
وَلَقَدِ اسْتُهْزِئَ بِرُسُلٍ مِّن قَبْلِكَ فَحَاقَ بِالَّذِينَ سَخِرُوا مِنْهُم مَّا كَانُوا بِهِ يَسْتَهْزِئُونَ
6:10 Sendan ilgari ham elchilar kamsitildi. Oxir-oqibat, ularni kamsitganlarni istehzo qilgan narsasi ularni oʻz domiga tortgan[672].
قُلْ سِيرُوا فِي الْأَرْضِ ثُمَّ انظُرُوا كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الْمُكَذِّبِينَ
6:11 Ayt: “Yer yuzida sayr qilinglar. Soʻngra, (haqni) yolgʻonga chiqaruvchilarning oqibati qanday boʻlganiga nazar solinglar.”
قُل لِّمَن مَّا فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۖ قُل لِّلَّـهِ ۚ كَتَبَ عَلَىٰ نَفْسِهِ الرَّحْمَةَ ۚ لَيَجْمَعَنَّكُمْ إِلَىٰ يَوْمِ الْقِيَامَةِ لَا رَيْبَ فِيهِ ۚ الَّذِينَ خَسِرُوا أَنفُسَهُمْ فَهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ
6:12 “Osmonlar-u yerdagi narsalar kimniki?”, de va “Allohniki”, deb ayt. U Oʻziga Oʻzi rahmatni (rahmlilik va mehribonlikni vazifa qilib) yozib qoʻygan[673]. Alloh barchangizni qiyomat kuniga aniq toʻplaydi, bunda shubha yoʻq. Oʻzlarini xonavayron qiladiganlar (bunga) ishonmaydiganlardir.
وَلَهُ مَا سَكَنَ فِي اللَّيْلِ وَالنَّهَارِ ۚ وَهُوَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ
6:13 Kecha va kunduzda yashab turgan hamma narsa Allohniki. U eshitadi, biladi.
قُلْ أَغَيْرَ اللَّـهِ أَتَّخِذُ وَلِيًّا فَاطِرِ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَهُوَ يُطْعِمُ وَلَا يُطْعَمُ ۗ قُلْ إِنِّي أُمِرْتُ أَنْ أَكُونَ أَوَّلَ مَنْ أَسْلَمَ ۖ وَلَا تَكُونَنَّ مِنَ الْمُشْرِكِينَ
6:14 “Osmonlar-u yerni yaratgan, yemoq-ichmoq bilan taʼminlaydigan, Oʻzi taomga muhtoj boʻlmaydigan – Allohdan boshqa birini oʻzimga valiy:xoja qilib olaymi?!”, deb ayt. «(Buyruqqa) taslim boʻlganlarning avvali boʻlishga buyurildim[674]», deb ayt. Va aslo mushriklardan boʻlib qolma!
قُلْ إِنِّي أَخَافُ إِنْ عَصَيْتُ رَبِّي عَذَابَ يَوْمٍ عَظِيمٍ
6:15 “Agar yaratgan Egamga osiy boʻlsam, buyuk kunning azobidan qoʻrqaman”, de.
مَّن يُصْرَفْ عَنْهُ يَوْمَئِذٍ فَقَدْ رَحِمَهُ ۚ وَذَٰلِكَ الْفَوْزُ الْمُبِينُ
6:16 Oʻsha kuni kim azobdan qutqarib qolinsa, Alloh unga cheksiz yaxshilik qilgan boʻladi. Mana shu aniq muvaffaqiyatdir.
وَإِن يَمْسَسْكَ اللَّـهُ بِضُرٍّ فَلَا كَاشِفَ لَهُ إِلَّا هُوَ ۖ وَإِن يَمْسَسْكَ بِخَيْرٍ فَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ
6:17 Agar Alloh senga biron bir ziyon yetkazsa, uni daf etuvchi faqat Uning Oʻzi boʻladi. Agar Alloh senga biron bir yaxshilik yetkazsa ham (shunday). Chunki, U har narsaga oʻlchov qoʻyuvchidir.
وَهُوَ الْقَاهِرُ فَوْقَ عِبَادِهِ ۚ وَهُوَ الْحَكِيمُ الْخَبِيرُ
6:18 U qullariga mutlaq hukmrondir. U toʻgʻri qaror beruvchidir, (har narsadan) xabardordir.
قُلْ أَيُّ شَيْءٍ أَكْبَرُ شَهَادَةً ۖ قُلِ اللَّـهُ ۖ شَهِيدٌ بَيْنِي وَبَيْنَكُمْ ۚ وَأُوحِيَ إِلَيَّ هَـٰذَا الْقُرْآنُ لِأُنذِرَكُم بِهِ وَمَن بَلَغَ ۚ أَئِنَّكُمْ لَتَشْهَدُونَ أَنَّ مَعَ اللَّـهِ آلِهَةً أُخْرَىٰ ۚ قُل لَّا أَشْهَدُ ۚ قُلْ إِنَّمَا هُوَ إِلَـٰهٌ وَاحِدٌ وَإِنَّنِي بَرِيءٌ مِّمَّا تُشْرِكُونَ
6:19 “Qaysi narsaning guvohligi eng buyukdir?”de va ayt: “Sizlar bilan mening oramda Alloh guvoh. Bu Qurʼon menga – bu bilan sizlarni va bu yetib borgan barchani ogohlantirishim uchun vahiy qilindi. Sizlar rostdan ham Alloh bilan birgalikda boshqa ilohlar bor deb guvohlik qilyapsizlarmi?” Ayt: “Men guvohlik bermayman”. Ayt: “Qullik qilinishga haqli yagona zot faqat Udir. Sizlar (Unga) sherik qilayotgan narsadan men uzoqman.”
الَّذِينَ آتَيْنَاهُمُ الْكِتَابَ يَعْرِفُونَهُ كَمَا يَعْرِفُونَ أَبْنَاءَهُمُ ۘ الَّذِينَ خَسِرُوا أَنفُسَهُمْ فَهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ
6:20 Biz ularga kitob berganlar u[675] (Qurʼon)ni oʻz bolalarini tanigandek taniydi. Oʻzini xonavayron qiladiganlar – (unga) ishonmaydiganlardir.
وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ افْتَرَىٰ عَلَى اللَّـهِ كَذِبًا أَوْ كَذَّبَ بِآيَاتِهِ ۗ إِنَّهُ لَا يُفْلِحُ الظَّالِمُونَ
6:21 Alloh haqida yolgon toʻqigan, yoki uning oyatlarini yolgʻonga chiqargan kishidan ham zolimroq kim bor? Zolimlar najot topmaydi.
وَيَوْمَ نَحْشُرُهُمْ جَمِيعًا ثُمَّ نَقُولُ لِلَّذِينَ أَشْرَكُوا أَيْنَ شُرَكَاؤُكُمُ الَّذِينَ كُنتُمْ تَزْعُمُونَ
6:22 Bir kun ularni barchasini toʻplaymiz. Keyin, Allohga sherik qoʻshganlarga (qarab): “Iddao qilgan sheriklaringiz qani, qayerda?!”, deymiz.
ثُمَّ لَمْ تَكُن فِتْنَتُهُمْ إِلَّا أَن قَالُوا وَاللَّـهِ رَبِّنَا مَا كُنَّا مُشْرِكِينَ
6:23 Keyin, ularni qiyin ahvolga soladigan narsa: “Yaratgan Egamiz – Allohga qasamki, biz mushrik emasmiz”, degan (dunyodagi[676]) gaplari boʻladi.
انظُرْ كَيْفَ كَذَبُوا عَلَىٰ أَنفُسِهِمْ ۚ وَضَلَّ عَنْهُم مَّا كَانُوا يَفْتَرُونَ
6:24 Oʻzlarini qanday aldashiga qaragin. Uydirgan narsalari[677] (oxiratda) ulardan gʻoyib boʻladi.
وَمِنْهُم مَّن يَسْتَمِعُ إِلَيْكَ ۖ وَجَعَلْنَا عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ أَكِنَّةً أَن يَفْقَهُوهُ وَفِي آذَانِهِمْ وَقْرًا ۚ وَإِن يَرَوْا كُلَّ آيَةٍ لَّا يُؤْمِنُوا بِهَا ۚ حَتَّىٰ إِذَا جَاءُوكَ يُجَادِلُونَكَ يَقُولُ الَّذِينَ كَفَرُوا إِنْ هَـٰذَا إِلَّا أَسَاطِيرُ الْأَوَّلِينَ
6:25 U (mushrik)lar orasida seni tinglaydiganlari ham bor. Biz ularni (shirkdan qaytmagani uchun) quloqlariga (Qurʼonni) tushunish uchun toʻsiq boʻladigan pardalar tortdik[678]. Ularni quloqlarini ogʻir qildik. Agar oyatlarning barchasini koʻrsa ham unga ishonishmaydi. Hatto, yoningga kelganida sen bilan tortishadi. Kofirlik qilganlar: «Bu avvalgilarning uydırmalaridan boshqa narsa emas», deyishadi.
وَهُمْ يَنْهَوْنَ عَنْهُ وَيَنْأَوْنَ عَنْهُ ۖ وَإِن يُهْلِكُونَ إِلَّا أَنفُسَهُمْ وَمَا يَشْعُرُونَ
6:26 Ular insonlarni Qurʼondan qaytaradi, oʻzlari ham undan uzoq turadi. Ular (bu ishlari bilan) faqat oʻzlarini halok qiladilar-u, lekin, buni farqiga bormaydi.
وَلَوْ تَرَىٰ إِذْ وُقِفُوا عَلَى النَّارِ فَقَالُوا يَا لَيْتَنَا نُرَدُّ وَلَا نُكَذِّبَ بِآيَاتِ رَبِّنَا وَنَكُونَ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ
6:27 Ularni jahannam uzra toʻxtatib turilganida bir koʻrsang edi! Shunda ular: “Oh! Qaniydi ortga qaytarilib, yaratgan Egamizning oyatlarini yolgʻonga chiqarmasaydik va biz ham chin moʻminlardan boʻlsaydik!” deb qoladi.
بَلْ بَدَا لَهُم مَّا كَانُوا يُخْفُونَ مِن قَبْلُ ۖ وَلَوْ رُدُّوا لَعَادُوا لِمَا نُهُوا عَنْهُ وَإِنَّهُمْ لَكَاذِبُونَ
6:28 Aslida, ilgari yashirgan narsalari oʻzlariga oshkor boʻladi. Agar ular dunyoga qaytarilsa, taqiqlangan narsaga yana qaytgan boʻlishardi. Chunki, ular yolgʻonchidir.
وَقَالُوا إِنْ هِيَ إِلَّا حَيَاتُنَا الدُّنْيَا وَمَا نَحْنُ بِمَبْعُوثِينَ
6:29 Ular: “Dunyodagi hayotimizdan boshqa hayot yoʻq. (Oʻlgandan keyin) qayta tirilmaymiz”, der edilar.
وَلَوْ تَرَىٰ إِذْ وُقِفُوا عَلَىٰ رَبِّهِمْ ۚ قَالَ أَلَيْسَ هَـٰذَا بِالْحَقِّ ۚ قَالُوا بَلَىٰ وَرَبِّنَا ۚ قَالَ فَذُوقُوا الْعَذَابَ بِمَا كُنتُمْ تَكْفُرُونَ
6:30 Yaratgan Egasi (hukmi)ga toʻxtatilganida ularni bir koʻrsang edi! Shunda U: “Bu haq emasmikan?”, deydi. Ular: “Robbimizga qasamki, haq ekan”, deydi. Shunda, “Kofirlik qilganingiz uchun azobni toting,” (deyiladi).
قَدْ خَسِرَ الَّذِينَ كَذَّبُوا بِلِقَاءِ اللَّـهِ ۖ حَتَّىٰ إِذَا جَاءَتْهُمُ السَّاعَةُ بَغْتَةً قَالُوا يَا حَسْرَتَنَا عَلَىٰ مَا فَرَّطْنَا فِيهَا وَهُمْ يَحْمِلُونَ أَوْزَارَهُمْ عَلَىٰ ظُهُورِهِمْ ۚ أَلَا سَاءَ مَا يَزِرُونَ
6:31 Allohga yoʻliqishni yolgʻonga chiqarganlar xonavayron boʻladi; qiyomat (vaqti) toʻsatdan kelganida, gunohlarini orqalariga ortib: “Bu haqida qoʻl urgan xatolarimiz tufayli holimizga voy!” deb qoladi. Orqalab olgan narsalari naqadar yomon!
وَمَا الْحَيَاةُ الدُّنْيَا إِلَّا لَعِبٌ وَلَهْوٌ ۖ وَلَلدَّارُ الْآخِرَةُ خَيْرٌ لِّلَّذِينَ يَتَّقُونَ ۗ أَفَلَا تَعْقِلُونَ
6:32 Dunyo hayotining oʻzi behuda oʻyin-kulgi, xolos. Javobgarlikni his qiladigan (moʻmin)lar uchun eng yaxshisi oxirat yurtidir. Nahot aql yuritmasangiz?
قَدْ نَعْلَمُ إِنَّهُ لَيَحْزُنُكَ الَّذِي يَقُولُونَ ۖ فَإِنَّهُمْ لَا يُكَذِّبُونَكَ وَلَـٰكِنَّ الظَّالِمِينَ بِآيَاتِ اللَّـهِ يَجْحَدُونَ
6:33 Ular aytayotgan gap seni aniq qaygʻuga solyapti, bilyapmiz. Aslida, ular seni yolgʻonchiga chiqarmayapti, zolimlar bilib turib Allohning oyatlarini inkor qilyapti.
وَلَقَدْ كُذِّبَتْ رُسُلٌ مِّن قَبْلِكَ فَصَبَرُوا عَلَىٰ مَا كُذِّبُوا وَأُوذُوا حَتَّىٰ أَتَاهُمْ نَصْرُنَا ۚ وَلَا مُبَدِّلَ لِكَلِمَاتِ اللَّـهِ ۚ وَلَقَدْ جَاءَكَ مِن نَّبَإِ الْمُرْسَلِينَ
6:34 Haqiqatda, sendan oldin ham qanchadan-qancha elchilar yolgʻonchiga chiqarilgan. Shunda, toki ularga yordamimiz kelgunga qadar, yolgʻonchiga chiqarilganiga va ozor berilishiga sabr qildilar. Allohning soʻzlarini hech kim oʻzgartira olmaydi[679]. Shubhasizki, senga elchilar xabaridan (bir qismi) keldi.
وَإِن كَانَ كَبُرَ عَلَيْكَ إِعْرَاضُهُمْ فَإِنِ اسْتَطَعْتَ أَن تَبْتَغِيَ نَفَقًا فِي الْأَرْضِ أَوْ سُلَّمًا فِي السَّمَاءِ فَتَأْتِيَهُم بِآيَةٍ ۚ وَلَوْ شَاءَ اللَّـهُ لَجَمَعَهُمْ عَلَى الْهُدَىٰ ۚ فَلَا تَكُونَنَّ مِنَ الْجَاهِلِينَ
6:35 Agar yuz oʻgirishlari senga ogʻir kelsa, yer ostiga kira oladigan bir tunnel, yoki osmonga chiqa oladigan narvon topishga kuching yetsa, borib ularga biron bir oyat/alomat olib kelarsan! Agar Alloh munosib bilganida, ularni barchasini toʻgʻri yoʻlga solib qoʻyar edi.[680] (Buni) bilmaydiganlardan boʻlib qolma![681]
إِنَّمَا يَسْتَجِيبُ الَّذِينَ يَسْمَعُونَ ۘ وَالْمَوْتَىٰ يَبْعَثُهُمُ اللَّـهُ ثُمَّ إِلَيْهِ يُرْجَعُونَ
6:36 Tinglaydigan kishilargina (Qurʼonga) ijobiy javob qaytaradi. Oʻliklarga kelsak, ularni Alloh tiriltiradi, keyin ular Uning huzuriga qaytariladi.
وَقَالُوا لَوْلَا نُزِّلَ عَلَيْهِ آيَةٌ مِّن رَّبِّهِ ۚ قُلْ إِنَّ اللَّـهَ قَادِرٌ عَلَىٰ أَن يُنَزِّلَ آيَةً وَلَـٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ
6:37 Ular: “Yaratgan Egasidan unga bir alomat/belgi tushirilsa boʻlmasmidi?” dedilar. Ayt: «Alloh alomat/belgi tushirishga qodirdir[682]. Lekin, ularning aksariyati bilmaydi.»[683]
وَمَا مِن دَابَّةٍ فِي الْأَرْضِ وَلَا طَائِرٍ يَطِيرُ بِجَنَاحَيْهِ إِلَّا أُمَمٌ أَمْثَالُكُم ۚ مَّا فَرَّطْنَا فِي الْكِتَابِ مِن شَيْءٍ ۚ ثُمَّ إِلَىٰ رَبِّهِمْ يُحْشَرُونَ
6:38 Yerdagi har bir jonivor, osmonda uchadigan har bir qush sizlar kabi (Biz yaratgan) jonzotlardir[684]. (Qurʼon) kitobda[685] hech narsani chala qoldirmaganmiz. Soʻngra ular yaratgan Egasi (hukmi)ga toʻplanadilar.
وَالَّذِينَ كَذَّبُوا بِآيَاتِنَا صُمٌّ وَبُكْمٌ فِي الظُّلُمَاتِ ۗ مَن يَشَإِ اللَّـهُ يُضْلِلْـهُ وَمَن يَشَأْ يَجْعَلْهُ عَلَىٰ صِرَاطٍ مُّسْتَقِيمٍ
6:39 Oyatlarimizni yolgʻonga chiqarayotganlar zulmatlardagi kar va soqovlardir. Alloh kimni zalolatga munosib bilsa, uni zalolatda qoʻyib qoʻyadi, kimni toʻgʻri yoʻlga munosib koʻrsa, uni toʻgʻri yoʻlda yurgizib qoʻyadi[686].
قُلْ أَرَأَيْتَكُمْ إِنْ أَتَاكُمْ عَذَابُ اللَّـهِ أَوْ أَتَتْكُمُ السَّاعَةُ أَغَيْرَ اللَّـهِ تَدْعُونَ إِن كُنتُمْ صَادِقِينَ
6:40 Ayt: “Hech oʻylab koʻrdingizmi? Sizlarga Allohning azobi kelsa, yoki (dunyoning tugash) vaqt(i) kelsa, Allohdan boshqasiga iltijo qilasizmi? Agar toʻgʻri boʻlsangiz (ayting)!”
بَلْ إِيَّاهُ تَدْعُونَ فَيَكْشِفُ مَا تَدْعُونَ إِلَيْهِ إِن شَاءَ وَتَنسَوْنَ مَا تُشْرِكُونَ
6:41 Yoʻq, Allohga sherik qilayotganlaringizni unutib, yolgʻiz Allohga iltijo qilasizlar. Shunda U munosib bilsa iltijo qilgan masalangizni hal qiladi.
وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا إِلَىٰ أُمَمٍ مِّن قَبْلِكَ فَأَخَذْنَاهُم بِالْبَأْسَاءِ وَالضَّرَّاءِ لَعَلَّهُمْ يَتَضَرَّعُونَ
6:42 Sendan avvalgi ummatlarga (ham elchilar) yuborganmiz, yalinib-yolvorsin deb ularni balo-yu ofatlar va mashaqqatlarga uchratganmiz.
فَلَوْلَا إِذْ جَاءَهُم بَأْسُنَا تَضَرَّعُوا وَلَـٰكِن قَسَتْ قُلُوبُهُمْ وَزَيَّنَ لَهُمُ الشَّيْطَانُ مَا كَانُوا يَعْمَلُونَ
6:43 Ularga balomiz kelganida (Bizga) yalinib-yolvorsa boʻlmasmidi? Lekin, qalblari qotib ketdi. Shayton ular qilayotgan ishlarni oʻzlariga chiroyli koʻrsatib qoʻydi.
فَلَمَّا نَسُوا مَا ذُكِّرُوا بِهِ فَتَحْنَا عَلَيْهِمْ أَبْوَابَ كُلِّ شَيْءٍ حَتَّىٰ إِذَا فَرِحُوا بِمَا أُوتُوا أَخَذْنَاهُم بَغْتَةً فَإِذَا هُم مُّبْلِسُونَ
6:44 Ular oʻzlariga nasihat qilingan narsalarni unutib yuborishganida, ularga har narsaning eshiklarini ochib berdik. Berilgan neʼmatlar bilan shod boʻlib yurgan vaqtlarida, ularni toʻsatdan jazoga tortdik. Shu bilan umitsizlashib qoldilar.
فَقُطِعَ دَابِرُ الْقَوْمِ الَّذِينَ ظَلَمُوا ۚ وَالْحَمْدُ لِلَّـهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ
6:45 Natijada, zolimlik qilgan xalqning tomiri quritildi. Borliqlarni yaratgan Egasi boʻlmish Allohga olqish-u maqtovlar boʻlsin!
قُلْ أَرَأَيْتُمْ إِنْ أَخَذَ اللَّـهُ سَمْعَكُمْ وَأَبْصَارَكُمْ وَخَتَمَ عَلَىٰ قُلُوبِكُم مَّنْ إِلَـٰهٌ غَيْرُ اللَّـهِ يَأْتِيكُم بِهِ ۗ انظُرْ كَيْفَ نُصَرِّفُ الْآيَاتِ ثُمَّ هُمْ يَصْدِفُونَ
6:46 Ayt: «Hech oʻylab koʻrdingizmi? Agar Alloh tinglash va koʻrish qobiliyatingizni olib qoʻysa va qalbingizni muhrlab qoʻysa,[687] Allohdan boshqa sizlarga ularni qaysi iloh qaytarib beradi?!» Biz ularga oyatlarni farqli uslublarda qanday qilib bayon qilib berayotganimizga qaragin-u, ularni oyatlardan qanday qilib yuz oʻgirayotganiga qara.
قُلْ أَرَأَيْتَكُمْ إِنْ أَتَاكُمْ عَذَابُ اللَّـهِ بَغْتَةً أَوْ جَهْرَةً هَلْ يُهْلَكُ إِلَّا الْقَوْمُ الظَّالِمُونَ
6:47 Ayt: “Hech oʻylab koʻrdingizmi? Agar sizlarga Allohning azobi kutilmaganda yoki oshkora kelsa, zolim xalqdan boshqasi halok qilinadimi?!”
وَمَا نُرْسِلُ الْمُرْسَلِينَ إِلَّا مُبَشِّرِينَ وَمُنذِرِينَ ۖ فَمَنْ آمَنَ وَأَصْلَحَ فَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ
6:48 Elchilarni faqat yaxshilikdan darak beradigan va ogohlantiradigan qilib yuboramiz. Kim ularga ishonsa va oʻzini tuzatsa, ularga qoʻrquv ham yoʻq, gʻamgin ham boʻlmaydi.
وَالَّذِينَ كَذَّبُوا بِآيَاتِنَا يَمَسُّهُمُ الْعَذَابُ بِمَا كَانُوا يَفْسُقُونَ
6:49 Oyatlarimizni yolgʻonga chiqarmoqchi boʻlganlarga kelsak, qilgan fosiqliklari uchun ularga azob yetadi.
قُل لَّا أَقُولُ لَكُمْ عِندِي خَزَائِنُ اللَّـهِ وَلَا أَعْلَمُ الْغَيْبَ وَلَا أَقُولُ لَكُمْ إِنِّي مَلَكٌ ۖ إِنْ أَتَّبِعُ إِلَّا مَا يُوحَىٰ إِلَيَّ ۚ قُلْ هَلْ يَسْتَوِي الْأَعْمَىٰ وَالْبَصِيرُ ۚ أَفَلَا تَتَفَكَّرُونَ
6:50 Ayt: “Men sizlarga: «Oldimda Allohning xazinalari bor”, demayapman. Gʻaybni bilmayman. Sizlarga: “Men malakman”, ham demayapman. Men faqat oʻzimga vahiy qilingan (Qurʼon)ga ergashaman, xolos.» Ayt: «Koʻr bilan koʻruvchi teng boʻladimi? Nahot tafakkur qilmasanglar?!
وَأَنذِرْ بِهِ الَّذِينَ يَخَافُونَ أَن يُحْشَرُوا إِلَىٰ رَبِّهِمْ ۙ لَيْسَ لَهُم مِّن دُونِهِ وَلِيٌّ وَلَا شَفِيعٌ لَّعَلَّهُمْ يَتَّقُونَ
6:51 Robbi huzurida toʻplanishidan xavotirga tushayotganlarni u (Qurʼon) bilan ogohlantirki, zora javobgarlikni his qilsalar[688]. (Mahsharda) Ularni Allohdan boshqa na bir doʻsti/xojasi va na bir shafoatchisi boʻlmaydi.
وَلَا تَطْرُدِ الَّذِينَ يَدْعُونَ رَبَّهُم بِالْغَدَاةِ وَالْعَشِيِّ يُرِيدُونَ وَجْهَهُ ۖ مَا عَلَيْكَ مِنْ حِسَابِهِم مِّن شَيْءٍ وَمَا مِنْ حِسَابِكَ عَلَيْهِم مِّن شَيْءٍ فَتَطْرُدَهُمْ فَتَكُونَ مِنَ الظَّالِمِينَ
6:52 Erta-yu kech yaratgan Egasiga duo qilib, Uning roziligini istaydiganlarni oʻzingdan haydama. Ularning hisob-kitobidan hech narsa seni zimmangda emas, seni hisob-kitobingdan ham hech narsa ular zimmasida emas. Ularni haydasang zolimlardan boʻlib qolasan[689].
وَكَذَٰلِكَ فَتَنَّا بَعْضَهُم بِبَعْضٍ لِّيَقُولُوا أَهَـٰؤُلَاءِ مَنَّ اللَّـهُ عَلَيْهِم مِّن بَيْنِنَا ۗ أَلَيْسَ اللَّـهُ بِأَعْلَمَ بِالشَّاكِرِينَ
6:53 “Alloh oramizdan mana shularga yaxshilik qildimi?”, deyishlari uchun ularni baʼzilarini baʼzilari bilan sinaymiz. (Neʼmatni) qadriga yetuvchilarni eng yaxshi biluvchi Alloh emasmi?!
وَإِذَا جَاءَكَ الَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِآيَاتِنَا فَقُلْ سَلَامٌ عَلَيْكُمْ ۖ كَتَبَ رَبُّكُمْ عَلَىٰ نَفْسِهِ الرَّحْمَةَ ۖ أَنَّهُ مَنْ عَمِلَ مِنكُمْ سُوءًا بِجَهَالَةٍ ثُمَّ تَابَ مِن بَعْدِهِ وَأَصْلَحَ فَأَنَّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ
6:54 (Ey Muhammad!) Oyatlarimizga ishonadiganlar senga kelganida, ularga: «Salom sizlarga![690] Robbingiz rahmatni (rahmlilik va mehribonlikni) Oʻziga vazifa qilib yozgan. Sizlardan kimki oʻzini tuta olmay bir yomonlik qilib qoʻysa, keyin tavba qilib (oʻzini) tuzatsa, bilsinki, Alloh kechirimli va mehribondir.», deb ayt.
وَكَذَٰلِكَ نُفَصِّلُ الْآيَاتِ وَلِتَسْتَبِينَ سَبِيلُ الْمُجْرِمِينَ
6:55 Shuningdek, jinoyatchilarning yoʻli fosh boʻlsin deb, oyatlarni shu shaklda batafsil bayon qilamiz[691].
قُلْ إِنِّي نُهِيتُ أَنْ أَعْبُدَ الَّذِينَ تَدْعُونَ مِن دُونِ اللّهِ قُل لاَّ أَتَّبِعُ أَهْوَاءكُمْ قَدْ ضَلَلْتُ إِذًا وَمَا أَنَاْ مِنَ الْمُهْتَدِينَ
6:56 “Allohni qoʻyib duo qilayotganlaringizga sigʻinishdan/duo qilishdan man etildim”, deb ayt Va: “Men sizlarni orzu-havaslaringizga ham ergashmayman. Unday qilsam, adashgan va toʻgʻri yoʻlda boʻlmagan boʻlaman”, deb ayt[692].
قُلْ إِنِّي عَلَىٰ بَيِّنَةٍ مِّن رَّبِّي وَكَذَّبْتُم بِهِ ۚ مَا عِندِي مَا تَسْتَعْجِلُونَ بِهِ ۚ إِنِ الْحُكْمُ إِلَّا لِلَّـهِ ۖ يَقُصُّ اللْحَقَّ ۖ وَهُوَ خَيْرُ الْفَاصِلِينَ
6:57 «Men yaratgan Egamdan kelgan ochiq dalilga asoslanaman. Sizlar esa uni yolgʻonga chiqardingiz. Sizlar tezda sodir boʻlishini talab qilayotgan narsa[693] mening ixtiyorimda emas. Oʻsha hukm yolgʻiz Allohga tegishli. U haqni aytib beradi. (Haq bilan nohaqni) eng yaxshi ajratib beruvchi Udir.
قُل لَّوْ أَنَّ عِندِي مَا تَسْتَعْجِلُونَ بِهِ لَقُضِيَ الْأَمْرُ بَيْنِي وَبَيْنَكُمْ ۗ وَاللَّـهُ أَعْلَمُ بِالظَّالِمِينَ
6:58 “Agar sizlar tez sodir boʻlishini talab qilayotgan narsa meni ixtiyorimda boʻlsaydi, men bilan sizlarni orangizdagi ish allaqachon tugar edi.” Alloh zolimlarni juda yaxshi biladi.
وَعِندَهُ مَفَاتِحُ الْغَيْبِ لَا يَعْلَمُهَا إِلَّا هُوَ ۚ وَيَعْلَمُ مَا فِي الْبَرِّ وَالْبَحْرِ ۚ وَمَا تَسْقُطُ مِن وَرَقَةٍ إِلَّا يَعْلَمُهَا وَلَا حَبَّةٍ فِي ظُلُمَاتِ الْأَرْضِ وَلَا رَطْبٍ وَلَا يَابِسٍ إِلَّا فِي كِتَابٍ مُّبِينٍ
6:59 Gʻayb kalitlari Allohda, ularni undan boshqasi bilmaydi. Quruqlikdagi va dengizdagi narsalarni ham U biladi. Alloh bilmasdan birorta yaproq ham toʻkilmaydi. Yerning qaʼridagi bitta urugʻ, hoʻl va quruq nimaiki boʻlsa, bari (ilm) ravshan kitobdadir.
وَهُوَ الَّذِي يَتَوَفَّاكُم بِاللَّيْلِ وَيَعْلَمُ مَا جَرَحْتُم بِالنَّهَارِ ثُمَّ يَبْعَثُكُمْ فِيهِ لِيُقْضَىٰ أَجَلٌ مُّسَمًّى ۖ ثُمَّ إِلَيْهِ مَرْجِعُكُمْ ثُمَّ يُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ
6:60 Kechasi sizlarni vafot[694] ettiradigan/uxlatib qoʻyadigan ham, kunduzi nima qilganingizni bilib turuvchi ham, keyin belgilangan ajalni tamomlanishi uchun kunduzi sizlarni yana uygʻotadigan ham U (Alloh)dir. Oxir-oqibat barchangizni borar joyingiz Uning hukmidir. Oʻshanda sizlarga qilib oʻtgan ishlaringizni bildirib qoʻyadi.
وَهُوَ الْقَاهِرُ فَوْقَ عِبَادِهِ ۖ وَيُرْسِلُ عَلَيْكُمْ حَفَظَةً حَتَّىٰ إِذَا جَاءَ أَحَدَكُمُ الْمَوْتُ تَوَفَّتْهُ رُسُلُنَا وَهُمْ لَا يُفَرِّطُونَ
6:61 Alloh bandalari ustidan mutlaq hukmrondir. U sizlarga muhofizlar yuboradi. Toki birortangizga oʻlim[695] (vaqti) kelganida, elchilarimiz xato qilmasdan uni vafot ettiradi.
ثُمَّ رُدُّوا إِلَى اللَّـهِ مَوْلَاهُمُ الْحَقِّ ۚ أَلَا لَهُ الْحُكْمُ وَهُوَ أَسْرَعُ الْحَاسِبِينَ
6:62 Undan keyin, oʻzlarining haqiqiy hukmroni (Alloh) huzuriga qaytariladilar. Bilib qoʻying, hukm Uniki. U eng tez hisob-kitob qiluvchidir.
قُلْ مَن يُنَجِّيكُم مِّن ظُلُمَاتِ الْبَرِّ وَالْبَحْرِ تَدْعُونَهُ تَضَرُّعًا وَخُفْيَةً لَّئِنْ أَنجَانَا مِنْ هَـٰذِهِ لَنَكُونَنَّ مِنَ الشَّاكِرِينَ
6:63 Ayt: “Agar bizni bu (balo)dan qutqarib qolsang, albatta shukr qiluvchi/qadriga yetuvchilardan boʻlamiz”, deb ich-ichingizdan yolvorib duo qilayotgan paytingizda, quruqlik va dengizning zulmatlaridan sizlarni kim qutqarib qoladi?»
قُلِ اللَّـهُ يُنَجِّيكُم مِّنْهَا وَمِن كُلِّ كَرْبٍ ثُمَّ أَنتُمْ تُشْرِكُونَ
6:64 Ayt: «Sizlarni undan va har turli gʻam-tashvishlardan saqlab qoladigan Allohdir. Shunda ham, sizlar (duoda)[696] Allohga yana sherik qoʻshyapsiz».
قُلْ هُوَ الْقَادِرُ عَلَىٰ أَن يَبْعَثَ عَلَيْكُمْ عَذَابًا مِّن فَوْقِكُمْ أَوْ مِن تَحْتِ أَرْجُلِكُمْ أَوْ يَلْبِسَكُمْ شِيَعًا وَيُذِيقَ بَعْضَكُم بَأْسَ بَعْضٍ ۗ انظُرْ كَيْفَ نُصَرِّفُ الْآيَاتِ لَعَلَّهُمْ يَفْقَهُونَ
6:65 Ayt: “Alloh tepangizdan yoki oyoqlaringiz ostidan azob yuborishning, yoki sizlarni turli firqalarga boʻlib yuborishning va baʼzingizga boshqa baʼzingizni bosimini totdirishning oʻlchovini ham qoʻygan.” Qaragin, ular anglasin deb, oyatlarimizni farqli uslublarda qanday bayon qilib beryapmiz.
وَكَذَّبَ بِهِ قَوْمُكَ وَهُوَ الْحَقُّ ۚ قُل لَّسْتُ عَلَيْكُم بِوَكِيلٍ
6:66 Qurʼon asl haqiqat boʻlgani holda, qavming uni yolgʻonga chiqardi. (Endi ularga): “Men sizlarga vakil emasman!”, deb aytib qoʻy.
لِّكُلِّ نَبَإٍ مُّسْتَقَرٌّ ۚ وَسَوْفَ تَعْلَمُونَ
6:67 Xabar berilgan har narsaning sodir boʻladigan oʻrni bor[697]. Yaqinda bilib olasizlar.
وَإِذَا رَأَيْتَ الَّذِينَ يَخُوضُونَ فِي آيَاتِنَا فَأَعْرِضْ عَنْهُمْ حَتَّىٰ يَخُوضُوا فِي حَدِيثٍ غَيْرِهِ ۚ وَإِمَّا يُنسِيَنَّكَ الشَّيْطَانُ فَلَا تَقْعُدْ بَعْدَ الذِّكْرَىٰ مَعَ الْقَوْمِ الظَّالِمِينَ
6:68 Oyatlarimizni mensimaslikka kirishib haddan oshayotganlarni koʻrganingda, toki boshqa gapga oʻtmagunlaricha ulardan ayril. Agar senga shayton unuttirib qoʻygan boʻlsa, yodingga tushganidan keyin oʻsha zolimlar bilan birga oʻtirma![698]
وَمَا عَلَى الَّذِينَ يَتَّقُونَ مِنْ حِسَابِهِم مِّن شَيْءٍ وَلَـٰكِن ذِكْرَىٰ لَعَلَّهُمْ يَتَّقُونَ
6:69 Javobgarlikni his qiladiganlar[699] zimmasida ularning gunohidan hisobot berish yoʻq. Lekin, (turib ketishingiz ularga) nasihat boʻladi. Balki, shunda ular ham javobgarlikni his qiladi.
وَذَرِ الَّذِينَ اتَّخَذُوا دِينَهُمْ لَعِبًا وَلَهْوًا وَغَرَّتْهُمُ الْحَيَاةُ الدُّنْيَا ۚ وَذَكِّرْ بِهِ أَن تُبْسَلَ نَفْسٌ بِمَا كَسَبَتْ لَيْسَ لَهَا مِن دُونِ اللَّـهِ وَلِيٌّ وَلَا شَفِيعٌ وَإِن تَعْدِلْ كُلَّ عَدْلٍ لَّا يُؤْخَذْ مِنْهَا ۗ أُولَـٰئِكَ الَّذِينَ أُبْسِلُوا بِمَا كَسَبُوا ۖ لَهُمْ شَرَابٌ مِّنْ حَمِيمٍ وَعَذَابٌ أَلِيمٌ بِمَا كَانُوا يَكْفُرُونَ
6:70 Dinni oʻyin-kulgi qilib olganlarni ham dunyo hayoti oʻzlarini aldab qoʻyganlarni ham tark qil[700]. Har kimni oʻz qilmishi ila halok boʻlishini, (shunda) Allohdan boshqa xoja va shafoatchisi boʻlmasligini, agar u har turli fidya bersa ham qabul qilinmasligini Qurʼon bilan nasihat qilib (eslatib) qoʻy. Ular oʻz qilmishlari sababli halok boʻladi. Kofirliklari uchun, ularga qaynoq suvdan iborat ichimlik va alamli azob bor.
قُلْ أَنَدْعُو مِن دُونِ اللَّـهِ مَا لَا يَنفَعُنَا وَلَا يَضُرُّنَا وَنُرَدُّ عَلَىٰ أَعْقَابِنَا بَعْدَ إِذْ هَدَانَا اللَّـهُ كَالَّذِي اسْتَهْوَتْهُ الشَّيَاطِينُ فِي الْأَرْضِ حَيْرَانَ لَهُ أَصْحَابٌ يَدْعُونَهُ إِلَى الْهُدَى ائْتِنَا ۗ قُلْ إِنَّ هُدَى اللَّـهِ هُوَ الْهُدَىٰ ۖ وَأُمِرْنَا لِنُسْلِمَ لِرَبِّ الْعَالَمِينَ
6:71 “Allohni qoʻyib, bizga foyda ham zarar ham berolmaydiganlarga duo qilaylikmi?! Alloh bizni hidoyat qilganidan keyin (Allohga) orqa oʻgiraylikmi?! Oʻzi yashab turgan yerda «Bizga kel” deb chaqirayotgan doʻstlari boʻla turib, shaytonlar uni yoʻldan ozdirib qoʻyib, uning oʻzi hayron boʻlib qolgan kimsa kabi boʻlaylikmi?!» deb ayt. Yana Ayt: Toʻgʻri yoʻl Allohning yoʻlidir. Biz borliqlarning yaratgan Egasiga taslim boʻlishga buyurildik.»
وَأَنْ أَقِيمُوا الصَّلَاةَ وَاتَّقُوهُ ۚ وَهُوَ الَّذِي إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ
6:72 Yana “Namozni ado etishga va Allohga nisbatan javobgarlikni his qilishga” (buyurilganmiz deb ayt). Sizlar hukmiga toʻplanadigan zot Udir.
وَهُوَ الَّذِي خَلَقَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ بِالْحَقِّ ۖ وَيَوْمَ يَقُولُ كُن فَيَكُونُ ۚ قَوْلُهُ الْحَقُّ ۚ وَلَهُ الْمُلْكُ يَوْمَ يُنفَخُ فِي الصُّورِ ۚ عَالِمُ الْغَيْبِ وَالشَّهَادَةِ ۚ وَهُوَ الْحَكِيمُ الْخَبِيرُ
6:73 Yeru osmonlarni haq ila yaratgan Udir[701]. U bir narsaga: “Boʻl!” – degan kuni oʻsha narsa sodir boʻladi. Uning soʻzi haqdir. Sur chalinadigan kuni hukmronlik Unga xos. U maxfiy-oshkora narsalarni ham biladi. U toʻgʻri qaror beruvchidir, xabardordir.
وَإِذْ قَالَ إِبْرَاهِيمُ لِأَبِيهِ آزَرَ أَتَتَّخِذُ أَصْنَامًا آلِهَةً ۖ إِنِّي أَرَاكَ وَقَوْمَكَ فِي ضَلَالٍ مُّبِينٍ
6:74 Bir kun Ibrohim oʻz otasi Ozarga shunday dedi: “Butlarni iloh qilib olyapsizmi? Men sizni va qavmingizni ochiq-oydin adashganlikda koʻryapman.”
وَكَذَٰلِكَ نُرِي إِبْرَاهِيمَ مَلَكُوتَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَلِيَكُونَ مِنَ الْمُوقِنِينَ
6:75 Yer-u osmonlarni boshqaruvi (Allohga tegishli ekanini) Ibrohimga shu shaklda koʻrsatib qoʻydikki, (bu haqida) u aniq ishonch hosil qiluvchilardan boʻlsin.
فَلَمَّا جَنَّ عَلَيْهِ اللَّيْلُ رَأَىٰ كَوْكَبًا ۖ قَالَ هَـٰذَا رَبِّي ۖ فَلَمَّا أَفَلَ قَالَ لَا أُحِبُّ الْآفِلِينَ
6:76 Tun zulmati Ibrohimni qoplab olganida bir sayyorani (osmon jismini) koʻrib: “Bu mening yaratgan Egam”, dedi. U botib ketgach: “Men botib ketadiganlarni yoqtirmayman”, dedi.
فَلَمَّا رَأَى الْقَمَرَ بَازِغًا قَالَ هَـٰذَا رَبِّي ۖ فَلَمَّا أَفَلَ قَالَ لَئِن لَّمْ يَهْدِنِي رَبِّي لَأَكُونَنَّ مِنَ الْقَوْمِ الضَّالِّينَ
6:77 Oyni nur sochib turganini koʻrib: “Bu mening yaratgan Egam”, dedi. U ham botib ketganida: “Agar yaratgan Egam menga yoʻl koʻrsatmasa, men ham shu adashgan xalqlardan biri boʻlib qolaman”, dedi.
فَلَمَّا رَأَى الشَّمْسَ بَازِغَةً قَالَ هَـٰذَا رَبِّي هَـٰذَا أَكْبَرُ ۖ فَلَمَّا أَفَلَتْ قَالَ يَا قَوْمِ إِنِّي بَرِيءٌ مِّمَّا تُشْرِكُونَ
6:78 Quyoshni nur sochib turganini koʻrib: “Mana bu mening yaratgan Egam, bu eng kattasi ekan”, dedi. U ham botib ketganida: «Ey xalqim! Sizlar (haqiqiy ilohga) sherik qoʻshayotganlaringizdan uzoqman[702].
إِنِّي وَجَّهْتُ وَجْهِيَ لِلَّذِي فَطَرَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ حَنِيفًا ۖ وَمَا أَنَا مِنَ الْمُشْرِكِينَ
6:79 Men toʻgʻridan-toʻgʻri yuzimni yer-u osmonlarni yaratganga burdim. Men mushriklardan emasman», dedi.
وَحَاجَّهُ قَوْمُهُ ۚ قَالَ أَتُحَاجُّونِّي فِي اللَّـهِ وَقَدْ هَدَانِ ۚ وَلَا أَخَافُ مَا تُشْرِكُونَ بِهِ إِلَّا أَن يَشَاءَ رَبِّي شَيْئًا ۗ وَسِعَ رَبِّي كُلَّ شَيْءٍ عِلْمًا ۗ أَفَلَا تَتَذَكَّرُونَ
6:80 Xalqi u bilan tortishdi. Ibrohim shunday dedi: «Men bilan Alloh haqida tortishyapsizmi? U menga toʻgʻri yoʻl koʻrsatdi! Sizlar Allohga sherik qilayotgan narsalardan aslo qoʻrqmayman. (Chunki) Alloh nimani ravo koʻrsa shu boʻladi, xolos. Robbimning, ilmi hamma narsani oʻz ichiga olgan. Nahot nasihat olmasangiz?!
وَكَيْفَ أَخَافُ مَا أَشْرَكْتُمْ وَلَا تَخَافُونَ أَنَّكُمْ أَشْرَكْتُم بِاللَّـهِ مَا لَمْ يُنَزِّلْ بِهِ عَلَيْكُمْ سُلْطَانًا ۚ فَأَيُّ الْفَرِيقَيْنِ أَحَقُّ بِالْأَمْنِ ۖ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ
6:81 Sizlarga u haqda hech qanday dalil tushirmagan narsalarni Allohga sherik qilishdan qoʻrqmayapsizlar-u, men qanday qilib sizlar sherik qilayotgan narsalaringizdan qoʻrqaman ekan? Agar bilsangiz (ayting), bu ikki tarafdagilarning qaysi biri omonda boʻlishga haqliroq?!
الَّذِينَ آمَنُوا وَلَمْ يَلْبِسُوا إِيمَانَهُم بِظُلْمٍ أُولَـٰئِكَ لَهُمُ الْأَمْنُ وَهُم مُّهْتَدُونَ
6:82 Imon keltirgan va imonlarini zulm (shirk)[703] bilan bulgʻamaganlar uchun omonlik bor, ular toʻgʻri yoʻldadir» (dedi Ibrohim).
وَتِلْكَ حُجَّتُنَا آتَيْنَاهَا إِبْرَاهِيمَ عَلَىٰ قَوْمِهِ ۚ نَرْفَعُ دَرَجَاتٍ مَّن نَّشَاءُ ۗ إِنَّ رَبَّكَ حَكِيمٌ عَلِيمٌ
6:83 Xalqiga qarshi Ibrohimga shu dalilni berdik[704]. Munosib bilganimizni daraja-daraja yuksaltiramiz. Yaratgan Egang toʻgʻri qaror beruvchidir, biluvchidir.
وَوَهَبْنَا لَهُ إِسْحَاقَ وَيَعْقُوبَ ۚ كُلًّا هَدَيْنَا ۚ وَنُوحًا هَدَيْنَا مِن قَبْلُ ۖ وَمِن ذُرِّيَّتِهِ دَاوُودَ وَسُلَيْمَانَ وَأَيُّوبَ وَيُوسُفَ وَمُوسَىٰ وَهَارُونَ ۚ وَكَذَٰلِكَ نَجْزِي الْمُحْسِنِينَ
6:84 Ibrohimga (xizmatini taqdirlab) Isʼhoq va Yaʼqubni berdik. Barchasini toʻgʻri yoʻlga soldik. Undan avval Nuhni ham toʻgʻri yoʻlga soldik. Uning zurriyotidan Dovudni, Sulaymonni, Ayyubni, Yusufni, Musoni va Horunni ham … Muhsinlarni shunday mukofotlaymiz.
وَزَكَرِيَّا وَيَحْيَىٰ وَعِيسَىٰ وَإِلْيَاسَ ۖ كُلٌّ مِّنَ الصَّالِحِينَ
6:85 Yana, Zakariyo, Yahyo, Iso va Ilyosni ham toʻgʻri yoʻlga solganmiz. Barchasi yaxshilardandir.
وَإِسْمَاعِيلَ وَالْيَسَعَ وَيُونُسَ وَلُوطًا ۚ وَكُلًّا فَضَّلْنَا عَلَى الْعَالَمِينَ
6:86 Ismoil, Alyasaʼ, Yunus va Lutni ham toʻgʻri yoʻlga solganmiz. Barchasini zamondoshlaridan/insonlardan afzal qildik.
وَمِنْ آبَائِهِمْ وَذُرِّيَّاتِهِمْ وَإِخْوَانِهِمْ ۖ وَاجْتَبَيْنَاهُمْ وَهَدَيْنَاهُمْ إِلَىٰ صِرَاطٍ مُّسْتَقِيمٍ
6:87 Ularning ota-bobolaridan, zurriyotlaridan va aka-ukalaridan ham… Ularni tanlab oldik va ularni ham toʻgʻri yoʻlga solganmiz.
ذَٰلِكَ هُدَى اللَّـهِ يَهْدِي بِهِ مَن يَشَاءُ مِنْ عِبَادِهِ ۚ وَلَوْ أَشْرَكُوا لَحَبِطَ عَنْهُم مَّا كَانُوا يَعْمَلُونَ
6:88 Mana shu Allohning hidoyati/toʻgʻri yoʻlidir; munosib bilgan bandalarini unga ulashtiradi. Agar (paygʻambarlar Allohga) shirk qoʻshganida, qilgan amallari habata boʻlib ketardi[705].
أُولَـٰئِكَ الَّذِينَ آتَيْنَاهُمُ الْكِتَابَ وَالْحُكْمَ وَالنُّبُوَّةَ ۚ فَإِن يَكْفُرْ بِهَا هَـٰؤُلَاءِ فَقَدْ وَكَّلْنَا بِهَا قَوْمًا لَّيْسُوا بِهَا بِكَافِرِينَ
6:89 Bular – Biz ularga kitob, hikmat va paygʻambarlik bergan kishilardir. Agar u (kofir)lar bularni inkor qilsa, oʻrniga bularni inkor qilmaydigan qavmni vakil qilib keltirib qoʻyamiz[706].
أُولَـٰئِكَ الَّذِينَ هَدَى اللَّـهُ ۖ فَبِهُدَاهُمُ اقْتَدِهْ ۗ قُل لَّا أَسْأَلُكُمْ عَلَيْهِ أَجْرًا ۖ إِنْ هُوَ إِلَّا ذِكْرَىٰ لِلْعَالَمِينَ
6:90 Ana shular – Alloh toʻgʻri yoʻlga solgan kishilardir, sen ham ularning yoʻliga ergash[707]. Ayt: “(Tabligʻ evaziga) sizlardan haq soʻramayman. U (Qurʼon) xalqlarga eslatma/nasihatdan iborat, xolos!”
وَمَا قَدَرُوا اللَّـهَ حَقَّ قَدْرِهِ إِذْ قَالُوا مَا أَنزَلَ اللَّـهُ عَلَىٰ بَشَرٍ مِّن شَيْءٍ ۗ قُلْ مَنْ أَنزَلَ الْكِتَابَ الَّذِي جَاءَ بِهِ مُوسَىٰ نُورًا وَهُدًى لِّلنَّاسِ ۖ تَجْعَلُونَهُ قَرَاطِيسَ تُبْدُونَهَا وَتُخْفُونَ كَثِيرًا ۖ وَعُلِّمْتُم مَّا لَمْ تَعْلَمُوا أَنتُمْ وَلَا آبَاؤُكُمْ ۖ قُلِ اللَّـهُ ۖ ثُمَّ ذَرْهُمْ فِي خَوْضِهِمْ يَلْعَبُونَ
6:91 (Baʼzi yahudiylar):[708] Allohni munosib ravishda qadrlamadilar. Chunki, ular: “Alloh bashar (zoti)ga hech narsa nozil qilmagan”, dedi. (Ularga): “Unday boʻlsa, Muso uni nur va insonlarga qoʻllanma sifatida keltirgan, hozirda sizlar uni parcha-parcha qogʻozlar holiga olib kelib, bir qismini koʻrsatayotgan va koʻp qismini yashirayotgan va (u orqali) sizlar ham ota-bobolaringiz ham bilmagan narsalar sizlarga bildirilgan kitobni kim nozil qilgan?!” de va oʻzing: “Alloh (nozil qilgan)” deb ayt. Keyin ularni tark qil; shoʻngʻigan narsalarida oʻynayversin.
وَهَـٰذَا كِتَابٌ أَنزَلْنَاهُ مُبَارَكٌ مُّصَدِّقُ الَّذِي بَيْنَ يَدَيْهِ وَلِتُنذِرَ أُمَّ الْقُرَىٰ وَمَنْ حَوْلَهَا ۚ وَالَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِالْآخِرَةِ يُؤْمِنُونَ بِهِ ۖ وَهُمْ عَلَىٰ صَلَاتِهِمْ يُحَافِظُونَ
6:92 Biz yuborgan bu kitob foydali maʼlumotlarga toʻladir[709], oʻzidan avvalgi (ilohiy kitob)larni tasdiqlovchidir va ona shahar – Makka (ahli)ni va atrofidagilarni ogohlantirishing uchundir. Unga oxiratga ishonadiganlar ishonadi. Ular namozni/diniy vazifalarini muhofaza qiladilar.
وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ افْتَرَىٰ عَلَى اللَّـهِ كَذِبًا أَوْ قَالَ أُوحِيَ إِلَيَّ وَلَمْ يُوحَ إِلَيْهِ شَيْءٌ وَمَن قَالَ سَأُنزِلُ مِثْلَ مَا أَنزَلَ اللَّـهُ ۗ وَلَوْ تَرَىٰ إِذِ الظَّالِمُونَ فِي غَمَرَاتِ الْمَوْتِ وَالْمَلَائِكَةُ بَاسِطُو أَيْدِيهِمْ أَخْرِجُوا أَنفُسَكُمُ ۖ الْيَوْمَ تُجْزَوْنَ عَذَابَ الْهُونِ بِمَا كُنتُمْ تَقُولُونَ عَلَى اللَّـهِ غَيْرَ الْحَقِّ وَكُنتُمْ عَنْ آيَاتِهِ تَسْتَكْبِرُونَ
6:93 Alloh haqida yolgʻon toʻqigan, yoki unga hech narsa vahiy qilinmagan boʻlsa-da: “Menga vahiy qilindi”, degan, yoki: “Alloh nozil qilgan (kitob)ni bir xilini men ham nozil qila olaman”, degan kishidan ham zolimroq kim bor? Oʻlimning barcha asoratlari oshkor boʻlganida bu zolimlarni bir koʻrsang edi! Malaklar qoʻllarini choʻzib (shunday deydi): “Ruhingizni (tanangizdan) chiqaringlar!”, deydi. “Alloh haqida notoʻgʻri gap gapirganingiz va Allohning oyatlariga nisbatan katta ketganingiz uchun sizlar xorlik azob ila jazolanasizlar.”
وَلَقَدْ جِئْتُمُونَا فُرَادَىٰ كَمَا خَلَقْنَاكُمْ أَوَّلَ مَرَّةٍ وَتَرَكْتُم مَّا خَوَّلْنَاكُمْ وَرَاءَ ظُهُورِكُمْ ۖ وَمَا نَرَىٰ مَعَكُمْ شُفَعَاءَكُمُ الَّذِينَ زَعَمْتُمْ أَنَّهُمْ فِيكُمْ شُرَكَاءُ ۚ لَقَد تَّقَطَّعَ بَيْنَكُمْ وَضَلَّ عَنكُم مَّا كُنتُمْ تَزْعُمُونَ
6:94 Sizlarni egador qilib berganimiz (har narsa)ni ortingizga qoldirgan holda, sizlarni ilk yaratganimizdek hozir ham hukmimizga yolgʻiz kelibsiz. (Mahsharda hukmda Allohga) sherik boʻladi deb iddao qilgan shafoatchilaringizni ham yoningizda koʻrmayapmiz-ku! (Ular bilan) orangizdagi munosabatlar uzilib, (shafoat qiladi deb) iddao qilayotganlaringiz sizlarni tashlab ketibdi-ku!»- (deyiladi ularga).
إِنَّ اللَّـهَ فَالِقُ الْحَبِّ وَالنَّوَىٰ ۖ يُخْرِجُ الْحَيَّ مِنَ الْمَيِّتِ وَمُخْرِجُ الْمَيِّتِ مِنَ الْحَيِّ ۚ ذَٰلِكُمُ اللَّـهُ ۖ فَأَنَّىٰ تُؤْفَكُونَ
6:95 Albatta, don va urugʻlarni boʻlib-yoruvchi Allohdir[710]. U oʻlimdan tiriklik chiqaradi va tiriklikdan oʻlim chiqaradi. Mana shu siz bilgan Allohdir. Shunday ekan, (Allohdan) qayoqqa ogʻib ketyapsizlar?
فَالِقُ الْإِصْبَاحِ وَجَعَلَ اللَّيْلَ سَكَنًا وَالشَّمْسَ وَالْقَمَرَ حُسْبَانًا ۚ ذَٰلِكَ تَقْدِيرُ الْعَزِيزِ الْعَلِيمِ
6:96 Tongni yorib ottiruvchi, kechani istirohat vaqti qilgan, quyosh va oyni hisobga koʻra harakatlantirib qoʻygan ham Udir. Mana shu Gʻolib va biluvchi zotning belgilab qoʻygan oʻlchovidir.
وَهُوَ الَّذِي جَعَلَ لَكُمُ النُّجُومَ لِتَهْتَدُوا بِهَا فِي ظُلُمَاتِ الْبَرِّ وَالْبَحْرِ ۗ قَدْ فَصَّلْنَا الْآيَاتِ لِقَوْمٍ يَعْلَمُونَ
6:97 Quruqlik va dengiz qorongʻiliklarida yoʻl topib olishingiz uchun sizlarga yulduzlarni paydo qilib berdi. (Bu sohani) biladigan kishilar uchun (bu haqidagi) oyatlarni batafsil bayon qilib qoʻyganmiz[711].
وَهُوَ الَّذِي أَنشَأَكُم مِّن نَّفْسٍ وَاحِدَةٍ فَمُسْتَقَرٌّ وَمُسْتَوْدَعٌ ۗ قَدْ فَصَّلْنَا الْآيَاتِ لِقَوْمٍ يَفْقَهُونَ
6:98 Sizlarni bitta nafsdan[712] paydo qilgan Udir. Ortidan, qolish joyi (bachadon kanali) va omonatgoh (ona pushti) bor. (Bu sohani) anglab yetadigan kishilar uchun (bu haqidagi) oyatlarni batafsil bayon qilib qoʻyganmiz.
وَهُوَ الَّذِي أَنزَلَ مِنَ السَّمَاءِ مَاءً فَأَخْرَجْنَا بِهِ نَبَاتَ كُلِّ شَيْءٍ فَأَخْرَجْنَا مِنْهُ خَضِرًا نُّخْرِجُ مِنْهُ حَبًّا مُّتَرَاكِبًا وَمِنَ النَّخْلِ مِن طَلْعِهَا قِنْوَانٌ دَانِيَةٌ وَجَنَّاتٍ مِّنْ أَعْنَابٍ وَالزَّيْتُونَ وَالرُّمَّانَ مُشْتَبِهًا وَغَيْرَ مُتَشَابِهٍ ۗ انظُرُوا إِلَىٰ ثَمَرِهِ إِذَا أَثْمَرَ وَيَنْعِهِ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكُمْ لَآيَاتٍ لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ
6:99 U osmondan suv tushirib, u bilan har narsani (novdasini) undiradi. Keyin undan yashillik, undan esa bir-biriga mingashib ketgan boshoqlar, xurmoning gʻunchasidan yerga yaqinlashib qoladigan shingillar, uzum bogʻlar, bir-biriga oʻxshaydigan va oʻxshamaydigan zaytun va anor chiqaradi. Meva solgan vaqtda uning mevasiga va pishib yetilishiga bir nazar solinglar. Albatta, bunda qatʼiy ishonuvchilar uchun belgi-alomatlar bor[713].
وَجَعَلُوا لِلَّـهِ شُرَكَاءَ الْجِنَّ وَخَلَقَهُمْ ۖ وَخَرَقُوا لَهُ بَنِينَ وَبَنَاتٍ بِغَيْرِ عِلْمٍ ۚ سُبْحَانَهُ وَتَعَالَىٰ عَمَّا يَصِفُونَ
6:100 (Baʼzi mushriklar)[714] jinlarni/adashtiruvchilarni Allohga sherik qildilar[715]. Axir, ularni ham U yaratgan. Ular hech qanday ilmiy asossiz “Allohning oʻgʻil-qizlari bor”, deb yolgʻon toʻqishdi. Ular taʼriflayotgan boʻhtonlaridan U pokdir.
بَدِيعُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۖ أَنَّىٰ يَكُونُ لَهُ وَلَدٌ وَلَمْ تَكُن لَّهُ صَاحِبَةٌ ۖ وَخَلَقَ كُلَّ شَيْءٍ ۖ وَهُوَ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ
6:101 U osmonlar-u yerni oʻrnaksiz yaratuvchisidir. Ayoli boʻlmagani holda Unga qayerdan farzand boʻlsin?! Har narsani U yaratgan. U har narsani biladi.
ذَٰلِكُمُ اللَّـهُ رَبُّكُمْ ۖ لَا إِلَـٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ خَالِقُ كُلِّ شَيْءٍ فَاعْبُدُوهُ ۚ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ وَكِيلٌ
6:102 Mana shu siz bilgan Allohdir, yaratgan Egangizdir, Undan boshqa iloh yoʻq, U har narsaning yaratuvchisidir. Bas! Unga qullik qilinglar. U har narsaga vakildir.
لَّا تُدْرِكُهُ الْأَبْصَارُ وَهُوَ يُدْرِكُ الْأَبْصَارَ ۖ وَهُوَ اللَّطِيفُ الْخَبِيرُ
6:103 Hech qanday fikr-u ong Alloh (zoti)ni idrok eta olmaydi. U esa, barcha fikr-u onglarni idrok etadi[716]. U yumshoq muomala qiluvchidir, xabardordir.
قَدْ جَاءَكُم بَصَائِرُ مِن رَّبِّكُمْ ۖ فَمَنْ أَبْصَرَ فَلِنَفْسِهِ ۖ وَمَنْ عَمِيَ فَعَلَيْهَا ۚ وَمَا أَنَا عَلَيْكُم بِحَفِيظٍ
6:104 Shubhasizki, sizlarga yaratgan Egangizdan (Oʻzini tanitadigan) koʻrsatmalar keldi. Kim (ularni) koʻrsa oʻz foydasiga. Kim koʻrlik qilsa oʻz ziyoniga. “Men sizlarni qoʻriqchingiz emasman” (deb ayt).
وَكَذَٰلِكَ نُصَرِّفُ الْآيَاتِ وَلِيَقُولُوا دَرَسْتَ وَلِنُبَيِّنَهُ لِقَوْمٍ يَعْلَمُونَ
6:105 Biz oyatlarni farqli uslublarda keltiryabmiz. Natijada, ular: “Sen dars olib oʻrganibsan” demoqda va buning natijasida u (Qurʼon)ni bilimli insonlarga tushuntirib beryapmiz.
اتَّبِعْ مَا أُوحِيَ إِلَيْكَ مِن رَّبِّكَ ۖ لَا إِلَـٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ وَأَعْرِضْ عَنِ الْمُشْرِكِينَ
6:106 (Ey Muhammad,) yaratgan Egangdan senga vahiy qilingan (Qurʼon)ga ergash. Undan boshqa iloh yoʻq. Sen oʻsha mushriklardan yuz oʻgir.
وَلَوْ شَاءَ اللَّـهُ مَا أَشْرَكُوا ۗ وَمَا جَعَلْنَاكَ عَلَيْهِمْ حَفِيظًا ۖ وَمَا أَنتَ عَلَيْهِم بِوَكِيلٍ
6:107 Alloh (ularga imonni) loyiq koʻrsa[717] ular shirk keltirmagan boʻlardi. Seni ularga qoʻriqchi qilmadik. Sen ularning vakili[718] ham emassan.
وَلَا تَسُبُّوا الَّذِينَ يَدْعُونَ مِن دُونِ اللَّـهِ فَيَسُبُّوا اللَّـهَ عَدْوًا بِغَيْرِ عِلْمٍ ۗ كَذَٰلِكَ زَيَّنَّا لِكُلِّ أُمَّةٍ عَمَلَهُمْ ثُمَّ إِلَىٰ رَبِّهِم مَّرْجِعُهُمْ فَيُنَبِّئُهُم بِمَا كَانُوا يَعْمَلُونَ
6:108 Allohdan boshqasiga duo qilayotgan (but)larini haqorat qilmang! Toki u (mushrik)lar haddan oshib, bilimsizligi sababli Allohni haqorat qilib qoʻymasin. Shunday qilib, har millatga oʻz amalini ziynatlab qoʻydik[719]. Keyin qaytar joylari yaratgan Egasiga boʻladi. Shunda ularga qilmishlarini bildirib qoʻyadi.
6:109 وَأَقْسَمُوا بِاللَّـهِ جَهْدَ أَيْمَانِهِمْ لَئِن جَاءَتْهُمْ آيَةٌ لَّيُؤْمِنُنَّ بِهَا ۚ قُلْ إِنَّمَا الْآيَاتُ عِندَ اللَّـهِ ۖ وَمَا يُشْعِرُكُمْ أَنَّهَا إِذَا جَاءَتْ لَا يُؤْمِنُونَ
Ular agar oʻzlariga oyat/alomat kelsa, unga aniq ishonishiga bor kuchi bilan Alloh ila qasam ichishgan. “Alomatlar faqat Allohning ixtiyorida”, deb ayt. Kutgan narsalari kelsa ham, ularni ishonmasligini sizlar qayerdan bilardingiz[720].
وَنُقَلِّبُ أَفْئِدَتَهُمْ وَأَبْصَارَهُمْ كَمَا لَمْ يُؤْمِنُوا بِهِ أَوَّلَ مَرَّةٍ وَنَذَرُهُمْ فِي طُغْيَانِهِمْ يَعْمَهُونَ
6:110 Unga (vahiyga) ishonmagan ilk holatidek ularni qalb va koʻzlarini burib qoʻyamiz[721] va ularni haddan oshib tentirab yurishiga qoʻyib beramiz.
وَلَوْ أَنَّنَا نَزَّلْنَا إِلَيْهِمُ الْمَلَائِكَةَ وَكَلَّمَهُمُ الْمَوْتَىٰ وَحَشَرْنَا عَلَيْهِمْ كُلَّ شَيْءٍ قُبُلًا مَّا كَانُوا لِيُؤْمِنُوا إِلَّا أَن يَشَاءَ اللَّـهُ وَلَـٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ يَجْهَلُونَ
6:111 Agar ularga farishtalar yuborsak, ularga oʻliklar gapirsa va har narsani oldilariga toʻp-toʻp qilib toʻplab qoʻysak ham ishonmagan boʻlardi; Alloh munosib bilgani bundan mustasno. Lekin, ularning koʻpchiligi johillik/nododnlik qilmoqda.
وَكَذَٰلِكَ جَعَلْنَا لِكُلِّ نَبِيٍّ عَدُوًّا شَيَاطِينَ الْإِنسِ وَالْجِنِّ يُوحِي بَعْضُهُمْ إِلَىٰ بَعْضٍ زُخْرُفَ الْقَوْلِ غُرُورًا ۚ وَلَوْ شَاءَ رَبُّكَ مَا فَعَلُوهُ ۖ فَذَرْهُمْ وَمَا يَفْتَرُونَ
6:112 Shuningdek, bir-birini aldash uchun balandparvoz soʻzlar aytadigan insu-jin shaytonlarini har bir paygʻambarning dushmani qildik.[722] Agar Robbing (ularga bunday boʻlmaslikni) ravo koʻrganida, ular bunday qilolmagan boʻlardi. Sen ularni toʻqiyotgan boʻhtonlariga qoʻyib ber.
وَلِتَصْغَىٰ إِلَيْهِ أَفْئِدَةُ الَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِالْآخِرَةِ وَلِيَرْضَوْهُ وَلِيَقْتَرِفُوا مَا هُم مُّقْتَرِفُونَ
6:113 Yana oʻsha balandparvoz soʻzlar bilan oxiratga ishonmaydiganlarning koʻngillarini olish, ularni unga rozi qilish va qilayotgan gunohlarini davom ettiraverishi uchun (shunday qilishadi).
أَفَغَيْرَ اللَّـهِ أَبْتَغِي حَكَمًا وَهُوَ الَّذِي أَنزَلَ إِلَيْكُمُ الْكِتَابَ مُفَصَّلًا ۚ وَالَّذِينَ آتَيْنَاهُمُ الْكِتَابَ يَعْلَمُونَ أَنَّهُ مُنَزَّلٌ مِّن رَّبِّكَ بِالْحَقِّ ۖ فَلَا تَكُونَنَّ مِنَ الْمُمْتَرِينَ
6:114 “Men Allohdan boshqa hakam axtaraymi?! Axir U sizlarga (Qurʼon) kitobni batafsil tushuntirilgan holda yubordi” (de). Biz ularga kitob berganlar ham, Qurʼon yaratgan Egangdan – haqiqatni oʻrtaga qoʻyib beradigan shaklda nozil qilinganini bilishadi[723]. Bas, tortishuvchilardan boʻlma.
وَتَمَّتْ كَلِمَتُ رَبِّكَ صِدْقًا وَعَدْلًا ۚ لَّا مُبَدِّلَ لِكَلِمَاتِهِ ۚ وَهُوَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ
6:115 Yaratgan Egangning soʻzi (Qurʼon) toʻgʻri va adolatli shaklda toʻla holga keldi. Uning soʻzlarini oʻzgartiradigan yoʻq. U eshituvchi va biluvchidir.
وَإِن تُطِعْ أَكْثَرَ مَن فِي الْأَرْضِ يُضِلُّوكَ عَن سَبِيلِ اللَّـهِ ۚ إِن يَتَّبِعُونَ إِلَّا الظَّنَّ وَإِنْ هُمْ إِلَّا يَخْرُصُونَ
6:116 Agar yer yuzidagilarning koʻpchiligini aytganini qilaversang, ular seni Allohning yoʻli (Islom)dan adashtirib yuboradi. Koʻpchilik faqat gumon-taxminga ergashadi. Koʻpchilik faqat oldi-qochdi gap gapiradi.
إِنَّ رَبَّكَ هُوَ أَعْلَمُ مَن يَضِلُّ عَن سَبِيلِهِ ۖ وَهُوَ أَعْلَمُ بِالْمُهْتَدِينَ
6:117 Yaratgan Egang yoʻlidan kim adashib ketayotganini Uning Oʻzi juda yaxshi biladi, toʻgʻri yoʻlga kirganlarni ham juda yaxshi biladi.
فَكُلُوا مِمَّا ذُكِرَ اسْمُ اللَّـهِ عَلَيْهِ إِن كُنتُم بِآيَاتِهِ مُؤْمِنِينَ
6:118 Agar Allohning oyatlariga ishongan boʻlsangiz, Uning nomi aytib soʻyilgan hayvon goʻshtidan yenglar.
وَمَا لَكُمْ أَلَّا تَأْكُلُوا مِمَّا ذُكِرَ اسْمُ اللَّـهِ عَلَيْهِ وَقَدْ فَصَّلَ لَكُم مَّا حَرَّمَ عَلَيْكُمْ إِلَّا مَا اضْطُرِرْتُمْ إِلَيْهِ ۗ وَإِنَّ كَثِيرًا لَّيُضِلُّونَ بِأَهْوَائِهِم بِغَيْرِ عِلْمٍ ۗ إِنَّ رَبَّكَ هُوَ أَعْلَمُ بِالْمُعْتَدِينَ
6:119 Allohning nomi aytib soʻyilgan hayvon goʻshtidan nega yemayapsizlar? Axir, Alloh Oʻzi qilgan narsalarni sizlarga batafsil tushuntirib berdi-ku![724] Unga majbur boʻlib yeyishingiz bundan mustasno. Koʻpchilik (insonlar) oʻz xohishiga ergashib, ilmsizligi sababli (boshqalarni) adashtirib yubormoqda. Robbing haddan oshuvchilarni juda yaxshi biladi.
وَذَرُوا ظَاهِرَ الْإِثْمِ وَبَاطِنَهُ ۚ إِنَّ الَّذِينَ يَكْسِبُونَ الْإِثْمَ سَيُجْزَوْنَ بِمَا كَانُوا يَقْتَرِفُونَ
6:120 Oshkora gunohni ham maxfiy gunohni ham tark qilinglar. Gunohni kasb qilib olayotganlar, qilgan gunohlari sababli yaqinda jazolanadi.
وَلَا تَأْكُلُوا مِمَّا لَمْ يُذْكَرِ اسْمُ اللَّـهِ عَلَيْهِ وَإِنَّهُ لَفِسْقٌ ۗ وَإِنَّ الشَّيَاطِينَ لَيُوحُونَ إِلَىٰ أَوْلِيَائِهِمْ لِيُجَادِلُوكُمْ ۖ وَإِنْ أَطَعْتُمُوهُمْ إِنَّكُمْ لَمُشْرِكُونَ
6:121 Fosiqlik qilingan holda[725] Allohning ismi aytilmagan (holda soʻyilgan hayvon goʻshti)dan yemanglar![726] Shaytonlar oʻz ittifoqdoshlariga sizlar bilan tortishish ucun koʻrsatmalar bermoqda. Agar ularga itoat qilsangiz, sizlar ham mushriklardan boʻlasiz.
أَوَمَن كَانَ مَيْتًا فَأَحْيَيْنَاهُ وَجَعَلْنَا لَهُ نُورًا يَمْشِي بِهِ فِي النَّاسِ كَمَن مَّثَلُهُ فِي الظُّلُمَاتِ لَيْسَ بِخَارِجٍ مِّنْهَا ۚ كَذَٰلِكَ زُيِّنَ لِلْكَافِرِينَ مَا كَانُوا يَعْمَلُونَ
6:122 Oʻlik (kabi) ekanida Biz uni tiriltirib, yoʻlini oydinlatib bergan va insonlar orasida oʻsha oydinlik ila yurishda davom etayotgan kishi, zulmatlarga kirib qolib, u yerdan chiqa olmayotgan kishi kabi boʻladimi? Kofirlik qiluvchilarga qilayotgan ishlari (shayton tarafidan) mana shu shaklda yoqimli (koʻrkam) qilib koʻrsatib qoʻyildi.
وَكَذَٰلِكَ جَعَلْنَا فِي كُلِّ قَرْيَةٍ أَكَابِرَ مُجْرِمِيهَا لِيَمْكُرُوا فِيهَا ۖ وَمَا يَمْكُرُونَ إِلَّا بِأَنفُسِهِمْ وَمَا يَشْعُرُونَ
6:123 Shuningdek, har bir shahar-qishloqning yetakchi jinoyatchilariga oʻsha yerlarda xiyla-nayrang qilib yurishiga izn berdik. Aslida, xiyla-yu makrining zarari faqat oʻziga qaytadi[727], (buni) farqiga borishmayapti[728].
وَإِذَا جَاءَتْهُمْ آيَةٌ قَالُوا لَن نُّؤْمِنَ حَتَّىٰ نُؤْتَىٰ مِثْلَ مَا أُوتِيَ رُسُلُ اللَّـهِ ۘ اللَّـهُ أَعْلَمُ حَيْثُ يَجْعَلُ رِسَالَتَهُ ۗ سَيُصِيبُ الَّذِينَ أَجْرَمُوا صَغَارٌ عِندَ اللَّـهِ وَعَذَابٌ شَدِيدٌ بِمَا كَانُوا يَمْكُرُونَ
6:124 Ularga oyat yetib kelganida: “Bizga ham aynan Allohning elchilariga berilgan narsa berilmaguncha ishonmaymiz”,- deyishgan. Kimni Oʻziga elchi qilib olishni Alloh yaxshi biladi. Allohning hukmu adolatiga koʻra, jinoyat qilganlar xorlikka va qilgan xiyla-nayranglariga yarasha azobga yoʻliqadi[729].
فَمَن يُرِدِ اللَّـهُ أَن يَهْدِيَهُ يَشْرَحْ صَدْرَهُ لِلْإِسْلَامِ ۖ وَمَن يُرِدْ أَن يُضِلَّهُ يَجْعَلْ صَدْرَهُ ضَيِّقًا حَرَجًا كَأَنَّمَا يَصَّعَّدُ فِي السَّمَاءِ ۚ كَذَٰلِكَ يَجْعَلُ اللَّـهُ الرِّجْسَ عَلَى الَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ
6:125 Alloh kimni hidoyatga muvaffaq qilmoqchi boʻlsa, uning qalbini Islomga keng ochib qoʻyadi[730]. Kimni adashganligini tasdiqlamoqchi boʻlsa, uning qalbini goʻyo samoga yuksalayotgandek[731] tor va siqilgan qilib qoʻyadi[732]. Alloh ishonmaydiganlarga mana shunday qabihlikni ravo koʻradi[733].
وَهَـٰذَا صِرَاطُ رَبِّكَ مُسْتَقِيمًا ۗ قَدْ فَصَّلْنَا الْآيَاتِ لِقَوْمٍ يَذَّكَّرُونَ
6:126 Bu yaratgan Egangning toʻgʻri yoʻlidir. Nasihat oladigan kishilar uchun oyatlarni batafsil tushuntirib qoʻydik.
لَهُمْ دَارُ السَّلَامِ عِندَ رَبِّهِمْ ۖ وَهُوَ وَلِيُّهُم بِمَا كَانُوا يَعْمَلُونَ
6:127 Ular uchun Robbi huzurida eson-omonlik yurti bor. Qilayotgan amallari evaziga Alloh ularning eng yaqin doʻstidir.
وَيَوْمَ يَحْشُرُهُمْ جَمِيعًا يَا مَعْشَرَ الْجِنِّ قَدِ اسْتَكْثَرْتُم مِّنَ الْإِنسِ ۖ وَقَالَ أَوْلِيَاؤُهُم مِّنَ الْإِنسِ رَبَّنَا اسْتَمْتَعَ بَعْضُنَا بِبَعْضٍ وَبَلَغْنَا أَجَلَنَا الَّذِي أَجَّلْتَ لَنَا ۚ قَالَ النَّارُ مَثْوَاكُمْ خَالِدِينَ فِيهَا إِلَّا مَا شَاءَ اللَّـهُ ۗ إِنَّ رَبَّكَ حَكِيمٌ عَلِيمٌ
6:128 Barchani mahsharga toʻplaydigan kuni (Alloh) shunday deydi: “Ey jinlar/adashtiruvchilar jamoasi, sizlar (oddiy) insonlardan koʻpchiligini adashtirib safingizga qoʻshdingiz!” Ularning tanish doʻstlari shunday deydi: “Ey yaratgan Egamiz! Biz bir-birimizdan foydalandik va nihoyat Sen bizga belgilab bergan ajalning oxiriga yetdik.” (Shunda Alloh): «Joyingiz jahannam, u yerda oʻlimsiz-mangu qolasiz, Alloh belgilab qoʻygan kishilar bundan mustasno[734]» deydi. Yaratgan Egang toʻgʻri qaror beruvchidir, biluvchidir.
وَكَذَٰلِكَ نُوَلِّي بَعْضَ الظَّالِمِينَ بَعْضًا بِمَا كَانُوا يَكْسِبُونَ
6:129 Qilmishlari tufayli, zolimlarni bir-biriga mana shunday doʻst:xoja qilib qoʻyamiz.
يَا مَعْشَرَ الْجِنِّ وَالْإِنسِ أَلَمْ يَأْتِكُمْ رُسُلٌ مِّنكُمْ يَقُصُّونَ عَلَيْكُمْ آيَاتِي وَيُنذِرُونَكُمْ لِقَاءَ يَوْمِكُمْ هَـٰذَا ۚ قَالُوا شَهِدْنَا عَلَىٰ أَنفُسِنَا ۖ وَغَرَّتْهُمُ الْحَيَاةُ الدُّنْيَا وَشَهِدُوا عَلَىٰ أَنفُسِهِمْ أَنَّهُمْ كَانُوا كَافِرِينَ
6:130 «Ey insu-jin jamoasi![735] Oralaringizdan sizlarga oyatlarimni aytib beradigan, oʻzingiz yoʻliqib turgan ushbu kundan sizlarni ogohlantiradigan elchilar kelmaganmidi?», (deydi Alloh ularga). Ular: “Biz oʻz ziyonimizga guvohmiz”, deydi. Ularni dunyo hayoti aldab qoʻygandi. Kofir boʻlganligi haqida shaxsan oʻzlari guvohlik qiladi.
ذَٰلِكَ أَن لَّمْ يَكُن رَّبُّكَ مُهْلِكَ الْقُرَىٰ بِظُلْمٍ وَأَهْلُهَا غَافِلُونَ
6:131 (Haqiqat) shuki, bir yutrning ahli (oyatlardan) xabarsiz holda qilgan haqsizligini deb, yaratgan Egang oʻsha jamiyatni halok qilib yubormaydi[736].
وَلِكُلٍّ دَرَجَاتٌ مِّمَّا عَمِلُوا ۚ وَمَا رَبُّكَ بِغَافِلٍ عَمَّا يَعْمَلُونَ
6:132 Har kimga oʻzi qilgan ishidan darajalar beriladi. Yaratgan Egang ularning ishlaridan bexabar emas.
وَرَبُّكَ الْغَنِيُّ ذُو الرَّحْمَةِ ۚ إِن يَشَأْ يُذْهِبْكُمْ وَيَسْتَخْلِفْ مِن بَعْدِكُم مَّا يَشَاءُ كَمَا أَنشَأَكُم مِّن ذُرِّيَّةِ قَوْمٍ آخَرِينَ
6:133 Behojat Robbing marhamat egasidir. Agar munosib bilsa, sizlarni boshqa bir jamiyatning naslidan paydo qilgani kabi, sizlarni (ham) ketkazib yuborib, ortingizdan Oʻzi munosib bilganini oʻrningizga almashtirib qoʻyadi.
إِنَّ مَا تُوعَدُونَ لَآتٍ ۖ وَمَا أَنتُم بِمُعْجِزِينَ
6:134 Sizlarga tahdid qilinayotgan narsa albatta sodir boʻladi. (Buni) oldini ololmaysizlar.
قُلْ يَا قَوْمِ اعْمَلُوا عَلَىٰ مَكَانَتِكُمْ إِنِّي عَامِلٌ ۖ فَسَوْفَ تَعْلَمُونَ مَن تَكُونُ لَهُ عَاقِبَةُ الدَّارِ ۗ إِنَّهُ لَا يُفْلِحُ الظَّالِمُونَ
6:135 Aytgin: «Ey xalqim! Qoʻlingizdan kelganini qilinglar. Men ham qilaman. Natijada bu diyor kimniki boʻlishini yaqinda bilib olasizlar. Chunki, haqsizlik qiluvchi (zolim)lar aslo najot topmas.
وَجَعَلُوا لِلَّـهِ مِمَّا ذَرَأَ مِنَ الْحَرْثِ وَالْأَنْعَامِ نَصِيبًا فَقَالُوا هَـٰذَا لِلَّـهِ بِزَعْمِهِمْ وَهَـٰذَا لِشُرَكَائِنَا ۖ فَمَا كَانَ لِشُرَكَائِهِمْ فَلَا يَصِلُ إِلَى اللَّـهِ ۖ وَمَا كَانَ لِلَّـهِ فَهُوَ يَصِلُ إِلَىٰ شُرَكَائِهِمْ ۗ سَاءَ مَا يَحْكُمُونَ
6:136 (Mushriklar) Allohga Uning Oʻzi yetishtirgan ekin va chorva hayvonlardan nasiba ayirib, oʻzlarining notoʻgʻri iddaolari[737] boʻyicha: «Bu Allohga, bu esa sheriklarimizga[738]» dedi. (Iddaolari boʻyicha) sheriklarining nasibasi Allohnikiga qoʻshilmas ekan, Allohning nasibasi esa, sheriklarinikiga qoʻshilarmish! Bergan qarorlari naqadar yomon!
وَكَذَٰلِكَ زَيَّنَ لِكَثِيرٍ مِّنَ الْمُشْرِكِينَ قَتْلَ أَوْلَادِهِمْ شُرَكَاؤُهُمْ لِيُرْدُوهُمْ وَلِيَلْبِسُوا عَلَيْهِمْ دِينَهُمْ ۖ وَلَوْ شَاءَ اللَّـهُ مَا فَعَلُوهُ ۖ فَذَرْهُمْ وَمَا يَفْتَرُونَ
6:137 Shuningdek, mushriklarning koʻpchiligiga sheriklari ularni (diniy) saviyasini susaytirib yuborish va dinini tushunarsiz holga olib kelish uchun, oʻz bolalarini oʻldirishni ham chiroyli koʻrsatib berdi. Agar Alloh munosib bilganida unday qilishmagan boʻlardi. Demak, uydirgan boʻhtonlariga ularni qoʻyib ber.
وَقَالُوا هَـٰذِهِ أَنْعَامٌ وَحَرْثٌ حِجْرٌ لَّا يَطْعَمُهَا إِلَّا مَن نَّشَاءُ بِزَعْمِهِمْ وَأَنْعَامٌ حُرِّمَتْ ظُهُورُهَا وَأَنْعَامٌ لَّا يَذْكُرُونَ اسْمَ اللَّـهِ عَلَيْهَا افْتِرَاءً عَلَيْهِ ۚ سَيَجْزِيهِم بِمَا كَانُوا يَفْتَرُونَ
6:138 Iddaolari boʻyicha yana: «Mana bu chorva hayvonlar va ekinlar muqaddasdir[739]. Bulardan faqat biz munosib koʻrgan kishilar yeydi. Bular minish taqiqlangan hayvonlardir», deyishadi. Allohga yolgʻon toʻnkagan holda (soʻyganda) birqancha chorva hayvonlarga Allohning nomini aytmaydilar. Toʻqigan yolgʻonlari uchun ularni yaqinda jazolaydi.
وَقَالُوا مَا فِي بُطُونِ هَـٰذِهِ الْأَنْعَامِ خَالِصَةٌ لِّذُكُورِنَا وَمُحَرَّمٌ عَلَىٰ أَزْوَاجِنَا ۖ وَإِن يَكُن مَّيْتَةً فَهُمْ فِيهِ شُرَكَاءُ ۚ سَيَجْزِيهِمْ وَصْفَهُمْ ۚ إِنَّهُ حَكِيمٌ عَلِيمٌ
6:139 Ular yana: “Mana bu chorva hayvonlarning qornidagilar erkaklarimizga halol, ayollarimizga harom”, deyishadi. Agar oʻlik tugʻilsa, barchasi (yeyishda) sherik emish. Alloh bu sifatlashning jazosini ularga yaqinda beradi. U toʻgʻri qaror beruvchidir, har narsani biluvchidir.
قَدْ خَسِرَ الَّذِينَ قَتَلُوا أَوْلَادَهُمْ سَفَهًا بِغَيْرِ عِلْمٍ وَحَرَّمُوا مَا رَزَقَهُمُ اللَّـهُ افْتِرَاءً عَلَى اللَّـهِ ۚ قَدْ ضَلُّوا وَمَا كَانُوا مُهْتَدِينَ
6:140 Bilimsizlik sababli ahmoqlik qilib oʻz bolalarini oʻldirganlar[740] va Alloh ularga erishtirgan narsalarni – Allohga yolgʻon toʻnkagan holda –qilib olganlar xonavayron boʻldi. Ular adashdi va toʻgʻri yoʻlga erishmadi.
وَهُوَ الَّذِي أَنشَأَ جَنَّاتٍ مَّعْرُوشَاتٍ وَغَيْرَ مَعْرُوشَاتٍ وَالنَّخْلَ وَالزَّرْعَ مُخْتَلِفًا أُكُلُهُ وَالزَّيْتُونَ وَالرُّمَّانَ مُتَشَابِهًا وَغَيْرَ مُتَشَابِهٍ ۚ كُلُوا مِن ثَمَرِهِ إِذَا أَثْمَرَ وَآتُوا حَقَّهُ يَوْمَ حَصَادِهِ ۖ وَلَا تُسْرِفُوا ۚ إِنَّهُ لَا يُحِبُّ الْمُسْرِفِينَ
6:141 Tartibga solinib qaraladigan va shunday qoʻyib qoʻyiladigan bogʻlarni, taʼmi farqli xurmo va ekinlarni, bir-biriga oʻxshaydigan va oʻxshamaydigan zaytun va anorlarni yaratgan U (Alloh)dir. Meva berganda uning mevasidan yenglar. Yigʻim-terim kuni oʻz haqini[741] beringlar. Isrof qilmanglar, chunki, Alloh isrofchilarni yoqtirmaydi.
وَمِنَ الْأَنْعَامِ حَمُولَةً وَفَرْشًا ۚ كُلُوا مِمَّا رَزَقَكُمُ اللَّـهُ وَلَا تَتَّبِعُوا خُطُوَاتِ الشَّيْطَانِ ۚ إِنَّهُ لَكُمْ عَدُوٌّ مُّبِينٌ
6:142 Yana (insonlar va yuklarni) tashiydigan va tashiy olmaydigan (kichik)[742] chorva hayvonlardan – Alloh sizlarga erishtirganlaridan yenglar, shaytonning yoʻllariga ergashmanglar[743]. Chunki, u sizlarga ochiqcha dushmandir.
ثَمَانِيَةَ أَزْوَاجٍ ۖ مِّنَ الضَّأْنِ اثْنَيْنِ وَمِنَ الْمَعْزِ اثْنَيْنِ ۗ قُلْ آلذَّكَرَيْنِ حَرَّمَ أَمِ الْأُنثَيَيْنِ أَمَّا اشْتَمَلَتْ عَلَيْهِ أَرْحَامُ الْأُنثَيَيْنِ ۖ نَبِّئُونِي بِعِلْمٍ إِن كُنتُمْ صَادِقِينَ
6:143 (Chorva hayvondan sanogʻi) sakkizta boʻlgan (toʻrt) juft hayvonlarni – qoʻydan ikki (jins) va echkidan ikki (jins)ni (insonlarga ekanini iddao qildilar) Ayt: “Oʻsha ikkita erkagini qilganmi yoki ikki urgʻochisinimi, yoxud ikkala urgʻochini bachadonidagi homilanimi? Agar toʻgʻri boʻlsangiz, menga ilmiy asos bilan aytib beringlar.”
وَمِنَ الْإِبِلِ اثْنَيْنِ وَمِنَ الْبَقَرِ اثْنَيْنِ ۗ قُلْ آلذَّكَرَيْنِ حَرَّمَ أَمِ الْأُنثَيَيْنِ أَمَّا اشْتَمَلَتْ عَلَيْهِ أَرْحَامُ الْأُنثَيَيْنِ ۖ أَمْ كُنتُمْ شُهَدَاءَ إِذْ وَصَّاكُمُ اللَّـهُ بِهَـٰذَا ۚ فَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ افْتَرَىٰ عَلَى اللَّـهِ كَذِبًا لِّيُضِلَّ النَّاسَ بِغَيْرِ عِلْمٍ ۗ إِنَّ اللَّـهَ لَا يَهْدِي الْقَوْمَ الظَّالِمِينَ
6:144 Tuya va molning ikkala jinsini (ham deb iddao qildilar). Ayt: “Oʻsha ikkita erkagini qilganmi yoki ikki urgʻochisinimi, yoxud ikkala urgʻochini bachadonidagi homilanimi? Yoki Alloh sizlarga buni buyurayotganida guvoh boʻlganmisiz?!” Ilmsizligidan foydalanib, insonlarni adashtirish uchun (oʻzi toʻqigan) yolgʻonni Allohga toʻnkagan kishidan ham zolimroq biri bormi? Haqsizlik qiluvchi (zolim) kishilarni Alloh yoʻlga solmaydi.
قُل لَّا أَجِدُ فِي مَا أُوحِيَ إِلَيَّ مُحَرَّمًا عَلَىٰ طَاعِمٍ يَطْعَمُهُ إِلَّا أَن يَكُونَ مَيْتَةً أَوْ دَمًا مَّسْفُوحًا أَوْ لَحْمَ خِنزِيرٍ فَإِنَّهُ رِجْسٌ أَوْ فِسْقًا أُهِلَّ لِغَيْرِ اللَّـهِ بِهِ ۚ فَمَنِ اضْطُرَّ غَيْرَ بَاغٍ وَلَا عَادٍ فَإِنَّ رَبَّكَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ
6:145 Menga vahiy qilingan (Qurʼon)da yeydigan kishiga quyidagilardan boshqa qilingan biron-bir yegulik topmayman: oʻlimtik (hayvon), oqizilgan qon, jirkanchligi uchun toʻngʻiz goʻshti yoki fosiqlik boʻlgani uchun Allohdan boshqasining nomi aytib soʻyilgan[744] hayvon», deb ayt. Kimki ilojsiz qolib birovning haqiga tajovuz qilmagan va (keragidan ortiqcha yeb) haddan oshmagan holda ulardan yesa, Robbing kechirimli va mehribondir.
وَعَلَى الَّذِينَ هَادُوا حَرَّمْنَا كُلَّ ذِي ظُفُرٍ ۖ وَمِنَ الْبَقَرِ وَالْغَنَمِ حَرَّمْنَا عَلَيْهِمْ شُحُومَهُمَا إِلَّا مَا حَمَلَتْ ظُهُورُهُمَا أَوِ الْحَوَايَا أَوْ مَا اخْتَلَطَ بِعَظْمٍ ۚ ذَٰلِكَ جَزَيْنَاهُم بِبَغْيِهِمْ ۖ وَإِنَّا لَصَادِقُونَ
6:146 Yahudiylarga (mol va qoʻydan boshqa) barcha tirnoqli hayvonlarni qilganmiz. Mol va qoʻylarni bellari va ichaklariga yopishgan va suyaklari bilan birlashib ketgan yogʻlardan boshqa ichidagi yogʻlarini ham qilganmiz. Zoʻravonligu tajovuzkorligi sababli ularni shunday jazoladik. Biz albatta toʻgʻri soʻzlaymiz.
فَإِن كَذَّبُوكَ فَقُل رَّبُّكُمْ ذُو رَحْمَةٍ وَاسِعَةٍ وَلَا يُرَدُّ بَأْسُهُ عَنِ الْقَوْمِ الْمُجْرِمِينَ
6:147 (Ey Muhammad!) Agar seni yolgʻonchiga chiqarsalar: “Robbing cheksiz rahmat egasidir. (Shunday boʻlsa-da, balosi kelganida) jinoyatchi kishilardan uning jazosini qaytarilmaydi”, deb ayt.
سَيَقُولُ الَّذِينَ أَشْرَكُوا لَوْ شَاءَ اللَّـهُ مَا أَشْرَكْنَا وَلَا آبَاؤُنَا وَلَا حَرَّمْنَا مِن شَيْءٍ ۚ كَذَٰلِكَ كَذَّبَ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ حَتَّىٰ ذَاقُوا بَأْسَنَا ۗ قُلْ هَلْ عِندَكُم مِّنْ عِلْمٍ فَتُخْرِجُوهُ لَنَا ۖ إِن تَتَّبِعُونَ إِلَّا الظَّنَّ وَإِنْ أَنتُمْ إِلَّا تَخْرُصُونَ
6:148 (Allohga) sherik qoʻshganlar: “Alloh bizga imonni) munosib koʻrganida edi biz ham ota-bobolarimiz ham (Allohga) sherik qoʻshmagan va hech narsani (oʻzimizcha) qilmagan boʻlardik”, deydi. Ulardan oldingilar ham toki azobimizni totgungacha shu shaklda yolgʻonladilar[745]. Ularga: “Yoningizda (bu haqida) biron bir maʼlumot bormiki, uni bizga chiqarib koʻrsata olsangiz. Sizlar faqat gumon-taxminga ergashasiz. Sizlar faqat oldi-qochdi gap gapirasiz”, deb ayt.
قُلْ فَلِلَّـهِ الْحُجَّةُ الْبَالِغَةُ ۖ فَلَوْ شَاءَ لَهَدَاكُمْ أَجْمَعِينَ
6:149 Ayt: «Qatʼiy dalil Allohga xos. Agar (barchangizga imonni) loyiq koʻrganida, sizlarni barchangizni hidoyat qilardi[746].»
قُلْ هَلُمَّ شُهَدَاءَكُمُ الَّذِينَ يَشْهَدُونَ أَنَّ اللَّـهَ حَرَّمَ هَـٰذَا ۖ فَإِن شَهِدُوا فَلَا تَشْهَدْ مَعَهُمْ ۚ وَلَا تَتَّبِعْ أَهْوَاءَ الَّذِينَ كَذَّبُوا بِآيَاتِنَا وَالَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِالْآخِرَةِ وَهُم بِرَبِّهِمْ يَعْدِلُونَ
6:150 (Ey Muhammad!) “Bu (oʻzingiz qilgan narsa)ni Alloh qilgan deb guvohlik beradigan guvohlaringizni olib kelinglar”, deb ayt. Agar ular guvohlik bersa, ularga qoʻshilib birgalikda guvohlik berma. Oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlar va oxiratga ishonmaydigan kishilarning orzu-havaslariga ergashma. Ular yaratgan Egasiga (boshqalarni) teng qilmoqda[747].
قُلْ تَعَالَوْا أَتْلُ مَا حَرَّمَ رَبُّكُمْ عَلَيْكُمْ ۖ أَلَّا تُشْرِكُوا بِهِ شَيْئًا ۖ وَبِالْوَالِدَيْنِ إِحْسَانًا ۖ وَلَا تَقْتُلُوا أَوْلَادَكُم مِّنْ إِمْلَاقٍ ۖ نَّحْنُ نَرْزُقُكُمْ وَإِيَّاهُمْ ۖ وَلَا تَقْرَبُوا الْفَوَاحِشَ مَا ظَهَرَ مِنْهَا وَمَا بَطَنَ ۖ وَلَا تَقْتُلُوا النَّفْسَ الَّتِي حَرَّمَ اللَّـهُ إِلَّا بِالْحَقِّ ۚ ذَٰلِكُمْ وَصَّاكُم بِهِ لَعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ
6:151 Ayt: «Kelinglar, sizlarga yaratgan Egangiz qilgan narsalarni aytib beray: Allohga hech narsani sherik qilmang, ota-onangizga yaxshilik qilinglar[748], qashshoqlikdan qoʻrqib bolalalaringizni oʻldirmang, sizlarga ham, ularga ham rizqni Biz beramiz. Fahsh ishlarning ochigʻiga ham yashiriniga ham yaqinlashmanglar. Haqli sababdan tashqari[749] Alloh qilgan jonni oʻldirmanglar.» Uni sizlarga yuklagan vazifasi mana shulardir. Balki, aqlingizni ishlatarsizlar!
وَلَا تَقْرَبُوا مَالَ الْيَتِيمِ إِلَّا بِالَّتِي هِيَ أَحْسَنُ حَتَّىٰ يَبْلُغَ أَشُدَّهُ ۖ وَأَوْفُوا الْكَيْلَ وَالْمِيزَانَ بِالْقِسْطِ ۖ لَا نُكَلِّفُ نَفْسًا إِلَّا وُسْعَهَا ۖ وَإِذَا قُلْتُمْ فَاعْدِلُوا وَلَوْ كَانَ ذَا قُرْبَىٰ ۖ وَبِعَهْدِ اللَّـهِ أَوْفُوا ۚ ذَٰلِكُمْ وَصَّاكُم بِهِ لَعَلَّكُمْ تَذَكَّرُونَ
6:152 Yetuklik yoshiga kirgunga qadar yetimning mol-mulkiga yaqinlashmang, yetimni foydasi uchun boʻlsa bu boshqa[750]. Oʻlchov va tarozi muvozanatini toʻgʻri ado etinglar. Biz hech kimga kuchi yetmaydigan narsa taklif qilmaymiz (buyurmaymiz). Gapirganingizda toʻgʻri gapiring, garchi siz u (haqida gapiradigan kishi) qarindoshingiz boʻlsa ham[751]. Allohga bergan soʻzingizga vafo qiling. Uni sizlarga yuklagan vazifasi mana shulardir. Nasihat olgaysizlar!
وَأَنَّ هَـٰذَا صِرَاطِي مُسْتَقِيمًا فَاتَّبِعُوهُ ۖ وَلَا تَتَّبِعُوا السُّبُلَ فَتَفَرَّقَ بِكُمْ عَن سَبِيلِهِ ۚ ذَٰلِكُمْ وَصَّاكُم بِهِ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ
6:153 Shubhasizki, mana bu mening toʻgʻri yoʻlim – shunga ergashinglar. (Bundan boshqa) yoʻllarga ergashmang, ask holda (oʻsha yoʻllar) sizlarni Allohning yoʻlidan ayirib tashlaydi. Uni sizlarga mana shunday vasiyat qilmoqda, javobgarlikni his qilgaysiz.
ثُمَّ آتَيْنَا مُوسَى الْكِتَابَ تَمَامًا عَلَى الَّذِي أَحْسَنَ وَتَفْصِيلًا لِّكُلِّ شَيْءٍ وَهُدًى وَرَحْمَةً لَّعَلَّهُم بِلِقَاءِ رَبِّهِمْ يُؤْمِنُونَ
6:154 Yaratgan Egasiga yoʻliqishiga ishonib qolar deb, muhsinlik qil(adi)ganlarga neʼmatimni tamomlab berishim, har narsani batafsil tushintirib berishim, hamda qoʻllanma-rahbar va rahmat boʻlishi uchun Musoga ham (Tavrot) kitobni berganmiz.
وَهَـٰذَا كِتَابٌ أَنزَلْنَاهُ مُبَارَكٌ فَاتَّبِعُوهُ وَاتَّقُوا لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ
6:155 Mana shu Biz yuborgan muborak kitobdir – unga ergashinglar va javobgarlikni his qilinglarki, sizga rahm qilingay[752].
أَن تَقُولُوا إِنَّمَا أُنزِلَ الْكِتَابُ عَلَىٰ طَائِفَتَيْنِ مِن قَبْلِنَا وَإِن كُنَّا عَن دِرَاسَتِهِمْ لَغَافِلِينَ
6:156 Aks holda: “Kitob faqat bizdan avvalgi ikki toifa (insonlar)ga berilgan. Biz ularning oʻqib-oʻrganganlaridan xabarsiz boʻlganmiz”, der edingiz.
أَوْ تَقُولُوا لَوْ أَنَّا أُنزِلَ عَلَيْنَا الْكِتَابُ لَكُنَّا أَهْدَىٰ مِنْهُمْ ۚ فَقَدْ جَاءَكُم بَيِّنَةٌ مِّن رَّبِّكُمْ وَهُدًى وَرَحْمَةٌ ۚ فَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّن كَذَّبَ بِآيَاتِ اللَّـهِ وَصَدَفَ عَنْهَا ۗ سَنَجْزِي الَّذِينَ يَصْدِفُونَ عَنْ آيَاتِنَا سُوءَ الْعَذَابِ بِمَا كَانُوا يَصْدِفُونَ
6:157 Yoki: “Bizga ham kitob berilganida, biz ulardan ham toʻgʻri yoʻlda boʻlar edik”, der edingiz. Endi, sizlarga (ham) yaratgan Egangizdan ravshan dalil, qoʻllanma-rahbar va rahmat keldi. Endi, Allohning oyatlarini yolgʻonga chiqargan va ulardan uzoqlashgan kishidan ham zolimroq kim bor?! Oyatlarimizdan uzoqlashayotganlarni (aynan) uzoqlashgani sababli yomon azob bilan jazolaymiz.
هَلْ يَنظُرُونَ إِلَّا أَن تَأْتِيَهُمُ الْمَلَائِكَةُ أَوْ يَأْتِيَ رَبُّكَ أَوْ يَأْتِيَ بَعْضُ آيَاتِ رَبِّكَ ۗ يَوْمَ يَأْتِي بَعْضُ آيَاتِ رَبِّكَ لَا يَنفَعُ نَفْسًا إِيمَانُهَا لَمْ تَكُنْ آمَنَتْ مِن قَبْلُ أَوْ كَسَبَتْ فِي إِيمَانِهَا خَيْرًا ۗ قُلِ انتَظِرُوا إِنَّا مُنتَظِرُونَ
6:158 Ular oʻzlariga farishtalar kelishi yoki shaxsan yaratgan Egangning (oʻlim jazosi[753]) kelishi yoxud yaratgan Egangning baʼzi koʻrsatma-oyatlari kelishidan boshqa narsa kutishmayapti. Yaratgan Egangning baʼzi koʻrsatma-oyatlari kelgan kuni[754] ilgari ishonmagan boʻlsa (ana shu vaqtdagi) ishonchi, yoki ishongani holda yaxshilik qilmagan boʻlsa oʻsha vaqtdagi yaxshiligi hech kimga foyda bermaydi. “(U kunni) sizlar ham kutinglar, men ham kutaman”, deb ayt.
إِنَّ الَّذِينَ فَرَّقُوا دِينَهُمْ وَكَانُوا شِيَعًا لَّسْتَ مِنْهُمْ فِي شَيْءٍ ۚ إِنَّمَا أَمْرُهُمْ إِلَى اللَّـهِ ثُمَّ يُنَبِّئُهُم بِمَا كَانُوا يَفْعَلُونَ
6:159 Dinlarini boʻlib-parchalab[755], ayrim kishilar atrofida toʻplanib olganlarga kelsak, sen hech bir masalada ulardan emassan. Ularning ishlari faqat Allohga oid. Keyin, Alloh ularga oʻz qilmishlarini bildirib qoʻyadi.
مَن جَاءَ بِالْحَسَنَةِ فَلَهُ عَشْرُ أَمْثَالِهَا ۖ وَمَن جَاءَ بِالسَّيِّئَةِ فَلَا يُجْزَىٰ إِلَّا مِثْلَهَا وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ
6:160 Kimki bitta yaxshilik bilan kelsa, unga uning aynan oʻn barobari beriladi. Kimki bitta yomonlik bilan kelsa, unga aynan bir xil jazo beriladi[756] va ularga haqsizlik qilinmaydi.
قُلْ إِنَّنِي هَدَانِي رَبِّي إِلَىٰ صِرَاطٍ مُّسْتَقِيمٍ دِينًا قِيَمًا مِّلَّةَ إِبْرَاهِيمَ حَنِيفًا ۚ وَمَا كَانَ مِنَ الْمُشْرِكِينَ
6:161 Ayt: “Yaratgan Egam meni toʻgʻri yoʻlga; toʻgʻri dinga; haqqa moyil boʻlgan va mushriklardan boʻlmagan Ibrohimning millatiga/diniga yetakladi.”
قُلْ إِنَّ صَلَاتِي وَنُسُكِي وَمَحْيَايَ وَمَمَاتِي لِلَّـهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ
6:162 Ayt: «Duo-iltijolarim, (barcha) ibodatlarim, yashashim va oʻlishim borliqlarni yaratgan Egasi – Alloh uchun boʻladi.
لَا شَرِيكَ لَهُ ۖ وَبِذَٰلِكَ أُمِرْتُ وَأَنَا أَوَّلُ الْمُسْلِمِينَ
6:163 Uning sherigi yoʻq. Menga shunday buyurildi. (Bu buyruqqa) taslim boʻluvchilarning avvali oʻzimman[757].
قُلْ أَغَيْرَ اللَّـهِ أَبْغِي رَبًّا وَهُوَ رَبُّ كُلِّ شَيْءٍ ۚ وَلَا تَكْسِبُ كُلُّ نَفْسٍ إِلَّا عَلَيْهَا ۚ وَلَا تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ أُخْرَىٰ ۚ ثُمَّ إِلَىٰ رَبِّكُم مَّرْجِعُكُمْ فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ فِيهِ تَخْتَلِفُونَ
6:164 Ayt: “Men (oʻzimga) Allohdan boshqa Robb axtaraymi? Axir U barcha narsaning Robbiku! Har kimning qilgan (gunoh)i oʻziga. Hech bir gunohkor boshqa bir gunohkorning yukini koʻtarmaydi. Oxir-oqibat qaytishingiz yaratgan Egangizning hukmidir. Shunda, U sizlar ixtilofga tushgan narsalarni oʻzingizga bildirib qoʻyadi.”
وَهُوَ الَّذِي جَعَلَكُمْ خَلَائِفَ الْأَرْضِ وَرَفَعَ بَعْضَكُمْ فَوْقَ بَعْضٍ دَرَجَاتٍ لِّيَبْلُوَكُمْ فِي مَا آتَاكُمْ ۗ إِنَّ رَبَّكَ سَرِيعُ الْعِقَابِ وَإِنَّهُ لَغَفُورٌ رَّحِيمٌ
6:165 U sizlarni yer yuziga xaliyfa/masʼul qilib tayinladi. Bergan narsalarida sizlarni sinash uchun, biringizni boshqangizdan bir qancha daraja yuksaltirib qoʻydi. Yaratgan Egangning iqobi tezdir, U kechirimli va mehribondir[758].»
- Aʼrof surasi
بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم
Marhamati cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
الٓمٓص
7:1 Alif! Lam! Mim! Sod![759]
كِتَابٌ أُنْزِلَ إِلَيْكَ فَلَا يَكُنْ فِي صَدْرِكَ حَرَجٌ مِنْهُ لِتُنْذِرَ بِهِ وَذِكْرَىٰ لِلْمُؤْمِنِينَ
7:2 Bu kitob senga – u bilan ogohlantirishing va moʻminlarga eslatma (nasihat) boʻlsin deb tushirildi, undan yuragingda siqilish (shubha) boʻlmasin.
اتَّبِعُوا مَا أُنْزِلَ إِلَيْكُمْ مِنْ رَبِّكُمْ وَلَا تَتَّبِعُوا مِنْ دُونِهِ أَوْلِيَاءَ ۗ قَلِيلًا مَا تَذَكَّرُونَ
7:3 Yaratgan Egangizdan sizlarga nozil qilingan (kitob)ga ergashinglar, Undan boshqa avliyolarga (arboblarga) ergashmanglar.[760] Juda ham kam nasihat olasizlar.[761]
وَكَمْ مِنْ قَرْيَةٍ أَهْلَكْنَاهَا فَجَاءَهَا بَأْسُنَا بَيَاتًا أَوْ هُمْ قَائِلُونَ
7:4 Biz qanchadan-qancha jamiyatlarni halok qildik. Ularga (qahrli) jazomiz – ular yo kechasi yoki kunduzi uxlayotganda[762] kelgan.
فَمَا كَانَ دَعْوَاهُمْ إِذْ جَاءَهُمْ بَأْسُنَا إِلَّا أَنْ قَالُوا إِنَّا كُنَّا ظَالِمِينَ
7:5 Ularga (qahrli) jazomiz kelganida qilgan faryodlari faqat shu boʻlgan: “(Ey voh!) Biz rostdan ham haqsizlik qiluvchi (zolim) boʻlgan ekanmiz.”
فَلَنَسْأَلَنَّ الَّذِينَ أُرْسِلَ إِلَيْهِمْ وَلَنَسْأَلَنَّ الْمُرْسَلِينَ
7:6 Ularga elchi yuborilgan kishilardan ham soʻraymiz, elchi boʻlib yuborilgan kishilarning oʻzidan ham soʻraymiz.[763]
فَلَنَقُصَّنَّ عَلَيْهِمْ بِعِلْمٍ ۖ وَمَا كُنَّا غَائِبِينَ
7:7 Shunda, ularga qilmishlarini ilmiy asosda aytib beramiz. Chunki, Biz (ulardan) gʻoyib boʻlmaganmiz.[764]
وَالْوَزْنُ يَوْمَئِذٍ الْحَقُّ ۚ فَمَنْ ثَقُلَتْ مَوَازِينُهُ فَأُولَٰئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ
7:8 Oʻsha kungi hisob-kitob haqdir. Kimning (yaxshilik) mezoni (hisob-kitobi) ogʻri boʻlsa, ana shular najot topuvchilardir.
وَمَنْ خَفَّتْ مَوَازِينُهُ فَأُولَٰئِكَ الَّذِينَ خَسِرُوا أَنْفُسَهُمْ بِمَا كَانُوا بِآيَاتِنَا يَظْلِمُونَ
7:9 Kimning yaxshilik mezoni (hisob-kitobi) oz boʻlsa, oyatlarimizga nisbatan haqsizlik qilgani uchun oʻzini xonavayron qilganlar ana shular boʻladi.[765]
وَلَقَدْ مَكَّنَّاكُمْ فِي الْأَرْضِ وَجَعَلْنَا لَكُمْ فِيهَا مَعَايِشَ ۗ قَلِيلًا مَا تَشْكُرُونَ
7:10 Yer yuziga sizlarni Biz yerlashtirdik. Unda sizlarga yashash vositalarini ham Biz paydo qildik. Biroq, ozchiligingiz qadriga yetyapsiz.
وَلَقَدْ خَلَقْنَاكُمْ ثُمَّ صَوَّرْنَاكُمْ ثُمَّ قُلْنَا لِلْمَلَائِكَةِ اسْجُدُوا لِآدَمَ فَسَجَدُوا إِلَّا إِبْلِيسَ لَمْ يَكُنْ مِنَ السَّاجِدِينَ
7:11 Shubhasizki, sizlarni Biz yaratganmiz, soʻngra sizlarga shakl berganmiz.[766] Keyin malaklarga: “Odamga sajda qilinglar”, dedik. Iblisdan boshqa bari sajda qildi. U sajda qiluvchilardan boʻlmadi.
قَالَ مَا مَنَعَكَ أَلَّا تَسْجُدَ إِذْ أَمَرْتُكَ ۖ قَالَ أَنَا خَيْرٌ مِنْهُ خَلَقْتَنِي مِنْ نَارٍ وَخَلَقْتَهُ مِنْ طِينٍ
7:12 “Senga nima toʻsqinlik qildiki, (sajdaga) buyurganimda sajda qilmayapsan?”, dedi Alloh. Iblis esa: “Men undan yaxshiman. Meni oʻtdan yaratding, uni loydan yaratding”, dedi.
قَالَ فَاهْبِطْ مِنْهَا فَمَا يَكُونُ لَكَ أَنْ تَتَكَبَّرَ فِيهَا فَاخْرُجْ إِنَّكَ مِنَ الصَّاغِرِينَ
7:13 “Tush u yerdan! Seni unda katta ketib yurishga haqing yoʻq. Chiq-yoʻqol! Sen xor boʻluvchilardansan”, dedi (Alloh).
قَالَ أَنْظِرْنِي إِلَىٰ يَوْمِ يُبْعَثُونَ
7:14 “Ular qayta tiriltiriladigan kungacha menga muhlat ber”, dedi (Iblis).
قَالَ إِنَّكَ مِنَ الْمُنْظَرِينَ
7:15 “Sen muhlat berilganlardan birisan”, dedi (Alloh).
قَالَ فَبِمَا أَغْوَيْتَنِي لَأَقْعُدَنَّ لَهُمْ صِرَاطَكَ الْمُسْتَقِيمَ
7:16 Iblis aytdiki: «(Ey Alloh,) meni adashgan ahvolga solganing uchun,[767] men ham ular (ni nonkoʻr qilish) uchun Seni toʻgʻri yoʻlinga oʻtirib olaman.
ثُمَّ لَآتِيَنَّهُمْ مِنْ بَيْنِ أَيْدِيهِمْ وَمِنْ خَلْفِهِمْ وَعَنْ أَيْمَانِهِمْ وَعَنْ شَمَائِلِهِمْ ۖ وَلَا تَجِدُ أَكْثَرَهُمْ شَاكِرِينَ
7:17 Keyin oldilaridan, orqalaridan, oʻnglaridan va chaplaridan kelaveraman; koʻpchiligi vazifasini bajarmasligini koʻrasan.»
قَالَ اخْرُجْ مِنْهَا مَذْءُومًا مَدْحُورًا ۖ لَمَنْ تَبِعَكَ مِنْهُمْ لَأَمْلَأَنَّ جَهَنَّمَ مِنْكُمْ أَجْمَعِينَ
7:18 (Alloh) shunday dedi: “Aybdor va haydalgan holda chiq u yerdan! Ulardan senga kim ergashsa, albatta, jahannamni sizlarning barchangiz ila toʻldiraman.”
وَيَا آدَمُ اسْكُنْ أَنْتَ وَزَوْجُكَ الْجَنَّةَ فَكُلَا مِنْ حَيْثُ شِئْتُمَا وَلَا تَقْرَبَا هَٰذِهِ الشَّجَرَةَ فَتَكُونَا مِنَ الظَّالِمِينَ
7:19 (Alloh shunday dedi): «Ey Odam, sen va jufting shu bogʻni[768] maskan tutinglar. Yoqtirgan joyingizdan yeyaveringlar. Lekin, bu daraxtga yaqinlashmang, aks holda, haqsizlik qiluvchi (zolim) boʻlib qolasizlar.»
فَوَسْوَسَ لَهُمَا الشَّيْطَانُ لِيُبْدِيَ لَهُمَا مَا وُورِيَ عَنْهُمَا مِنْ سَوْآتِهِمَا وَقَالَ مَا نَهَاكُمَا رَبُّكُمَا عَنْ هَٰذِهِ الشَّجَرَةِ إِلَّا أَنْ تَكُونَا مَلَكَيْنِ أَوْ تَكُونَا مِنَ الْخَالِدِينَ
7:20 Keyin shayton u ikkalasining toʻsilgan badanini oʻzlariga ochilishi uchun vasvasa qilib: «Robbingiz sizlarni bekorga bu daraxtdan man qilgani yoʻq, ikkalangiz hukmron[769] boʻlib qolmasligingiz, yoki oʻlimsizlashib qolmasligingiz uchungina man qildi» dedi.
وَقَاسَمَهُمَا إِنِّي لَكُمَا لَمِنَ النَّاصِحِينَ
7:21 Va u ikkalasiga: “Men sizlarga nasihat qiluvchilardanman:samimiyman”, deb qasam ichdi.
فَدَلَّاهُمَا بِغُرُورٍ ۚ فَلَمَّا ذَاقَا الشَّجَرَةَ بَدَتْ لَهُمَا سَوْآتُهُمَا وَطَفِقَا يَخْصِفَانِ عَلَيْهِمَا مِنْ وَرَقِ الْجَنَّةِ ۖ وَنَادَاهُمَا رَبُّهُمَا أَلَمْ أَنْهَكُمَا عَنْ تِلْكُمَا الشَّجَرَةِ وَأَقُلْ لَكُمَا إِنَّ الشَّيْطَانَ لَكُمَا عَدُوٌّ مُبِينٌ
7:22 Oxir-oqibat aldov bilan ularni (maqomidan) tushirdi. Daraxtdan totgan mahal, ikkalasining toʻsilgan badanlari oʻzlariga koʻrinib qoldi, ikkalasi ham bogʻdagi yaproqlardan ustma-ust qoʻyib oʻranishni boshladi. Yaratgan Egasi ularga nido qilib: “Ikkalangizni ham bu darxtdan man qilmaganmidim, shayton sizlarning ochiq-oydin dushmaningiz demaganmidim?” deb nido qildi.
قَالَا رَبَّنَا ظَلَمْنَا أَنْفُسَنَا وَإِنْ لَمْ تَغْفِرْ لَنَا وَتَرْحَمْنَا لَنَكُونَنَّ مِنَ الْخَاسِرِينَ
7:23 Ular: “Ey yaratgan Egamiz! Biz oʻzimizga zulm qildik. Agar bizni kechirmasang va bizga rahm qilmasang xonavayron boʻlamiz”- dedilar.
قَالَ اهْبِطُوا بَعْضُكُمْ لِبَعْضٍ عَدُوٌّ ۖ وَلَكُمْ فِي الْأَرْضِ مُسْتَقَرٌّ وَمَتَاعٌ إِلَىٰ حِينٍ
7:24 (Alloh): «(Bu maskandan) tushinglar. Bir-biringizga dushmansiz. Sizlarga shu yurtda qoladigan joy va bir muddatgacha (hayot uchun kerakli) narsalar bor[770]»- dedi.
قَالَ فِيهَا تَحْيَوْنَ وَفِيهَا تَمُوتُونَ وَمِنْهَا تُخْرَجُونَ
7:25 “U yerda yashaysizlar, u yerda oʻlasizlar va u yerdan (qayta tirilib) chiqarilasizlar”- dedi.
يَا بَنِي آدَمَ قَدْ أَنْزَلْنَا عَلَيْكُمْ لِبَاسًا يُوَارِي سَوْآتِكُمْ وَرِيشًا ۖ وَلِبَاسُ التَّقْوَىٰ ذَٰلِكَ خَيْرٌ ۚ ذَٰلِكَ مِنْ آيَاتِ اللَّهِ لَعَلَّهُمْ يَذَّكَّرُونَ
7:26 «Ey Odam bolalari! Sizlarga tanangizni yopadigan va (sizlarni) chiroyli koʻrsatadigan kiyim (yaratish imkonini) berdik. (Sizlarni) himoya qiladigan kiyim – shu eng yaxshi kiyim[771]. Bu Allohning oyatمaridandir, nasihat olgaysizlar!
يَا بَنِي آدَمَ لَا يَفْتِنَنَّكُمُ الشَّيْطَانُ كَمَا أَخْرَجَ أَبَوَيْكُمْ مِنَ الْجَنَّةِ يَنْزِعُ عَنْهُمَا لِبَاسَهُمَا لِيُرِيَهُمَا سَوْآتِهِمَا ۗ إِنَّهُ يَرَاكُمْ هُوَ وَقَبِيلُهُ مِنْ حَيْثُ لَا تَرَوْنَهُمْ ۗ إِنَّا جَعَلْنَا الشَّيَاطِينَ أَوْلِيَاءَ لِلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ
7:27 Ey odam bolalari! Shayton ota-onangizni toʻsilgan badanlarini bir-biriga koʻrsatish uchun kiyimlarini yechtirib, bogʻdan chiqarib yuborganidek, sizlarni ham fitnalab qoʻymasin. U (shayton) va uning turidagilar siz ularni koʻrmaydigan yerdan sizlarni koʻrib turadi. Biz shaytonlarni ishonmaydiganlarga ittifoqdosh qilib qoʻydik.
وَإِذَا فَعَلُوا فَاحِشَةً قَالُوا وَجَدْنَا عَلَيْهَا آبَاءَنَا وَاللَّهُ أَمَرَنَا بِهَا ۗ قُلْ إِنَّ اللَّهَ لَا يَأْمُرُ بِالْفَحْشَاءِ ۖ أَتَقُولُونَ عَلَى اللَّهِ مَا لَا تَعْلَمُونَ
7:28 (Mushriklar) qabih ish qilishganida: “Ota-bobolarimizni shu holatda koʻrganmiz, Alloh bizga shuni buyurgan”, deyishadi. (Sen ularga): “Alloh qabih ishlarga buyurmaydi. Oʻzingiz bilmaydigan narsalarni Allohga toʻqib aytaverasizlarmi?!” de.
قُلْ أَمَرَ رَبِّي بِالْقِسْطِ ۖ وَأَقِيمُوا وُجُوهَكُمْ عِنْدَ كُلِّ مَسْجِدٍ وَادْعُوهُ مُخْلِصِينَ لَهُ الدِّينَ ۚ كَمَا بَدَأَكُمْ تَعُودُونَ
7:29 Ayt: «Yaratgan Egam toʻgʻrilikka buyurdi. Sajda qilinadigan (Allohga boʻyin egadigan) har yerda butunlay Unga yoʻnalinglar, dinga hech narsa qoʻshmasdan Unga duo qilinglar. Sizlarni (yaratishni) qanday boshlagan boʻlsa, (oxiratda hayotga) ana shunday qaytasizlar[772].
فَرِيقًا هَدَىٰ وَفَرِيقًا حَقَّ عَلَيْهِمُ الضَّلَالَةُ ۗ إِنَّهُمُ اتَّخَذُوا الشَّيَاطِينَ أَوْلِيَاءَ مِنْ دُونِ اللَّهِ وَيَحْسَبُونَ أَنَّهُمْ مُهْتَدُونَ
7:30 (Alloh insonlardan) bir qismini toʻgʻri yoʻlga soldi. Boshqa bir qismi esa yoʻldan adashishga loyiq boʻldi. Yoʻldan adashganlar Allohni qoʻyib, shaytonlarni/yovuzlarni oʻzlariga doʻst/xoja tutingan yana oʻzlarini toʻgʻri yoʻlda deb hisoblagan kimsalardir.
يَا بَنِي آدَمَ خُذُوا زِينَتَكُمْ عِنْدَ كُلِّ مَسْجِدٍ وَكُلُوا وَاشْرَبُوا وَلَا تُسْرِفُوا ۚ إِنَّهُ لَا يُحِبُّ الْمُسْرِفِينَ
7:31 Ey odam bolalari! Har bir sajda vaqtida ziynatlaringizni (tashqi, koʻrkam kiyimingizni[773]) kiying. Yeb-ichinglaru, biroq, haddan oshmanglar. Alloh haddan oshuvchilarni yoqtirmaydi.
قُلْ مَنْ حَرَّمَ زِينَةَ اللَّهِ الَّتِي أَخْرَجَ لِعِبَادِهِ وَالطَّيِّبَاتِ مِنَ الرِّزْقِ ۚ قُلْ هِيَ لِلَّذِينَ آمَنُوا فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا خَالِصَةً يَوْمَ الْقِيَامَةِ ۗ كَذَٰلِكَ نُفَصِّلُ الْآيَاتِ لِقَوْمٍ يَعْلَمُونَ
7:32 Ayt: “Allohning Oʻz bandalariga chiqargan ziynatini va pokiza rizqlarni kim qildi?” Ayt: «Ular dunyo hayotida asosan moʻminlar uchun[774]. Qiyomat kuni esa, u faqat moʻminlarga xos boʻladi.» Biladigan kishilarga oyatlarimizni mana shunday tafsilotlab beryapmiz[775].
قُلْ إِنَّمَا حَرَّمَ رَبِّيَ الْفَوَاحِشَ مَا ظَهَرَ مِنْهَا وَمَا بَطَنَ وَالْإِثْمَ وَالْبَغْيَ بِغَيْرِ الْحَقِّ وَأَنْ تُشْرِكُوا بِاللَّهِ مَا لَمْ يُنَزِّلْ بِهِ سُلْطَانًا وَأَنْ تَقُولُوا عَلَى اللَّهِ مَا لَا تَعْلَمُونَ
7:33 Ayt: «Yaratgan Egam faqat oshkor va yashirin qabihliklarni[776], gunoh turlarini[777], nohaq tajovuzkorlikni, u haqida hech qanday dalil tushirmagan narsani Allohga sherik qilishingizni va Alloh haqida bilmaydigan narsangizni gapirib yurishingizni taqiqlagan».
وَلِكُلِّ أُمَّةٍ أَجَلٌ ۖ فَإِذَا جَاءَ أَجَلُهُمْ لَا يَسْتَأْخِرُونَ سَاعَةً ۖ وَلَا يَسْتَقْدِمُونَ
7:34 Har bir ummatning ajali[778] bor. Ajali kelganida, uni bir on ortga ham, ilgariga ham surishni talab qilolmaydilar.
يَا بَنِي آدَمَ إِمَّا يَأْتِيَنَّكُمْ رُسُلٌ مِنْكُمْ يَقُصُّونَ عَلَيْكُمْ آيَاتِي ۙ فَمَنِ اتَّقَىٰ وَأَصْلَحَ فَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ
7:35 Ey Odam bolalari! Orangizdan elchilar kelib, sizlarga oyatlarimni tushuntirib berganida,[779] kimki gunohlardan saqlanib oʻzini tuzatsa, ularga hech qanday qoʻrquv yoʻq, xafa[780] ham boʻlmaydilar.
وَالَّذِينَ كَذَّبُوا بِآيَاتِنَا وَاسْتَكْبَرُوا عَنْهَا أُولَٰئِكَ أَصْحَابُ النَّارِ ۖ هُمْ فِيهَا خَالِدُونَ
7:36 Oyatlarimizni yolgʻonga chiqargan va ulardan oʻzini katta tutganlar – oʻshalar jahannam ahlidir[781]. Ular unda oʻlimsiz-mangu qoladi.
فَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ افْتَرَىٰ عَلَى اللَّهِ كَذِبًا أَوْ كَذَّبَ بِآيَاتِهِ ۚ أُولَٰئِكَ يَنَالُهُمْ نَصِيبُهُمْ مِنَ الْكِتَابِ ۖ حَتَّىٰ إِذَا جَاءَتْهُمْ رُسُلُنَا يَتَوَفَّوْنَهُمْ قَالُوا أَيْنَ مَا كُنْتُمْ تَدْعُونَ مِنْ دُونِ اللَّهِ ۖ قَالُوا ضَلُّوا عَنَّا وَشَهِدُوا عَلَىٰ أَنْفُسِهِمْ أَنَّهُمْ كَانُوا كَافِرِينَ
7:37 Allohga biron-bir yolgʻon toʻnkagan yoki Uning oyatlarini yolgʻonga chiqargan kishidan ham zolim kishi bormi?! Ularga Kitobda yozib qoʻyilgan azobdan) nasibalari yetib boradi[782]. Toki ularning jonini oluvchi elchilarimiz kelib, ularga: «Allohdan boshqa duo qiladiganlaringiz qani, qayerda?», deyishganida, “Ular bizdan gʻoyib boʻldi!” deb javob beradi va oʻzlarini kofir ekaniga shaxsan oʻzlari guvoh boʻladi.
قَالَ ادْخُلُوا فِي أُمَمٍ قَدْ خَلَتْ مِنْ قَبْلِكُمْ مِنَ الْجِنِّ وَالْإِنْسِ فِي النَّارِ ۖ كُلَّمَا دَخَلَتْ أُمَّةٌ لَعَنَتْ أُخْتَهَا ۖ حَتَّىٰ إِذَا ادَّارَكُوا فِيهَا جَمِيعًا قَالَتْ أُخْرَاهُمْ لِأُولَاهُمْ رَبَّنَا هَٰؤُلَاءِ أَضَلُّونَا فَآتِهِمْ عَذَابًا ضِعْفًا مِنَ النَّارِ ۖ قَالَ لِكُلٍّ ضِعْفٌ وَلَٰكِنْ لَا تَعْلَمُونَ
7:38 Alloh ularga: «Sizlardan ilgari kelib yashagan insu-jinga [783]qoʻshilib mana jahannamga kiringlar!» deydi. U yerga kirgan har bir jamoa oʻziga oʻxshaganlarni laʼnatlaydi. Toki u yerda bir-biri bilan uchrashganida, keyingilar avvalgilar uchun: «Ey yaratgan Egamiz! Bizni mana shular adashtirgan, ularga jahannam (azobi)dan ortirib qoʻy[784]»- deyishadi. Alloh esa: “(Sizlardan) har kimga ortish bor, lekin bilmayapsizlar” deydi.
وَقَالَتْ أُولَاهُمْ لِأُخْرَاهُمْ فَمَا كَانَ لَكُمْ عَلَيْنَا مِنْ فَضْلٍ فَذُوقُوا الْعَذَابَ بِمَا كُنْتُمْ تَكْسِبُونَ
7:39 Ilgargilar keyingilarga: “Sizni bizdan afzallik tarafingiz yoʻq. Qilmishingizga yarasha azobni totaveringlar” deyishadi.
إِنَّ الَّذِينَ كَذَّبُوا بِآيَاتِنَا وَاسْتَكْبَرُوا عَنْهَا لَا تُفَتَّحُ لَهُمْ أَبْوَابُ السَّمَاءِ وَلَا يَدْخُلُونَ الْجَنَّةَ حَتَّىٰ يَلِجَ الْجَمَلُ فِي سَمِّ الْخِيَاطِ ۚ وَكَذَٰلِكَ نَجْزِي الْمُجْرِمِينَ
7:40 Oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlar va ulardan oʻzini katta tutganlarga osmon eshiklari ochilmaydi, tuya igna teshigidan oʻtmagunicha jannatga kirmaydilar[785]. Biz jinoyatchilarni shunday jazolaymiz.
لَهُمْ مِنْ جَهَنَّمَ مِهَادٌ وَمِنْ فَوْقِهِمْ غَوَاشٍ ۚ وَكَذَٰلِكَ نَجْزِي الظَّالِمِينَ
7:41 Ularga koʻrpa-toʻshak ham, ustlariga yopinchiq ham jahannamdan (beriladi). Haqsizlik qiluvchilarni shunday jazolaymiz.
وَالَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَا نُكَلِّفُ نَفْسًا إِلَّا وُسْعَهَا أُولَٰئِكَ أَصْحَابُ الْجَنَّةِ ۖ هُمْ فِيهَا خَالِدُونَ
7:42 Imon keltirgan va xayrli ishlarni amalga oshirganlar jannat ahlidir. Ular unda oʻlimsiz-mangu qoladi. Zero, Biz hech kimga toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaymiz.
وَنَزَعْنَا مَا فِي صُدُورِهِمْ مِنْ غِلٍّ تَجْرِي مِنْ تَحْتِهِمُ الْأَنْهَارُ ۖ وَقَالُوا الْحَمْدُ لِلَّهِ الَّذِي هَدَانَا لِهَٰذَا وَمَا كُنَّا لِنَهْتَدِيَ لَوْلَا أَنْ هَدَانَا اللَّهُ ۖ لَقَدْ جَاءَتْ رُسُلُ رَبِّنَا بِالْحَقِّ ۖ وَنُودُوا أَنْ تِلْكُمُ الْجَنَّةُ أُورِثْتُمُوهَا بِمَا كُنْتُمْ تَعْمَلُونَ
7:43 (Jannatda) koʻnglidagi yomon his-tuygʻuni[786] olib tashlaymiz, ostlaridan anhorlar oqib turadi va ular: «Allohga olqish-u maqtovlar boʻlsin! Bizni bunga u yoʻlladi. Alloh bizni bu yoʻlga solmaganida, biz oʻzimizcha topa olmasdik. Yaratgan Egamizning elchilari haqiqatni olib kelgan ekan», deydi. Ularga shunday deyiladi: “Mana sizga jannat! Qilgan ishlaringiz evaziga u sizlarga meros qilib berildi.”
وَنَادَىٰ أَصْحَابُ الْجَنَّةِ أَصْحَابَ النَّارِ أَنْ قَدْ وَجَدْنَا مَا وَعَدَنَا رَبُّنَا حَقًّا فَهَلْ وَجَدْتُمْ مَا وَعَدَ رَبُّكُمْ حَقًّا ۖ قَالُوا نَعَمْ ۚ فَأَذَّنَ مُؤَذِّنٌ بَيْنَهُمْ أَنْ لَعْنَةُ اللَّهِ عَلَى الظَّالِمِينَ
7:44 Jannat ahli jahannam ahliga (qarab): “Yaratgan Egamizning bizga bergan soʻzi rost ekanini koʻrdik. Sizlar ham yaratgan Egangiz bergan soʻz rostligini koʻrdingizmi?”, deb nido qiladi. Ular: “Ha!”, deb javob beradi. Shunda oʻrtalarida bir jarchi: “Haqsizlik qiluvchi (zolim)larga Allohning laʼnati boʻlsin!” deb eʼlon qiladi.
الَّذِينَ يَصُدُّونَ عَنْ سَبِيلِ اللَّهِ وَيَبْغُونَهَا عِوَجًا وَهُمْ بِالْآخِرَةِ كَافِرُونَ
7:45 Ular Allohning yoʻlidan toʻsadigan va u yoʻlni egri (notoʻgʻri) koʻrsatishga urinadigan va oxiratga ishonmaydigan kishilardir.
وَبَيْنَهُمَا حِجَابٌ ۚ وَعَلَى الْأَعْرَافِ رِجَالٌ يَعْرِفُونَ كُلًّا بِسِيمَاهُمْ ۚ وَنَادَوْا أَصْحَابَ الْجَنَّةِ أَنْ سَلَامٌ عَلَيْكُمْ ۚ لَمْ يَدْخُلُوهَا وَهُمْ يَطْمَعُونَ
7:46 Ikkisi oʻrtasida parda boʻladi. Aʼrof/Arosatdagi kishilar barchasi (bir-birini) simosidan/alomatlaridan tanib oladi. Hali jannatga kirmagan, (kirishni) umid qilib turganlar jannat ahliga: “Sizga tinchlik-omonlik boʻlsin!” – deb nido qiladi.
وَإِذَا صُرِفَتْ أَبْصَارُهُمْ تِلْقَاءَ أَصْحَابِ النَّارِ قَالُوا رَبَّنَا لَا تَجْعَلْنَا مَعَ الْقَوْمِ الظَّالِمِينَ
7:47 Ularning koʻzlari jahannam ahli tarafiga burilganda: “Ey yaratgan Egamiz! Bizni zolimlar qavmi bilan birga qilib qoʻyma”, – deyishadi.
وَنَادَىٰ أَصْحَابُ الْأَعْرَافِ رِجَالًا يَعْرِفُونَهُمْ بِسِيمَاهُمْ قَالُوا مَا أَغْنَىٰ عَنْكُمْ جَمْعُكُمْ وَمَا كُنْتُمْ تَسْتَكْبِرُونَ
7:48 Aʼrof/Arasotdagilar (jahannamga kirishini) yuz-simosidan tanib oladigan kishilarga shunday nido qiladi: «Sizlarning jamoatingiz ham, katta ketishingiz ham oʻzingizga asqatmadi-ku!
أَهَٰؤُلَاءِ الَّذِينَ أَقْسَمْتُمْ لَا يَنَالُهُمُ اللَّهُ بِرَحْمَةٍ ۚ ادْخُلُوا الْجَنَّةَ لَا خَوْفٌ عَلَيْكُمْ وَلَا أَنْتُمْ تَحْزَنُونَ
7:49 Sizlar: “Alloh ularga rahmat yetkazmaydi/jannatga kirgizmaydi” deb qasam ichgan kishilar mana bularmi-di? (Ularga): Jannatga kiringlar! Sizga xavf yoʻq va siz xafa ham boʻlmaysiz, deyildi-ku!» deyishadi.
وَنَادَىٰ أَصْحَابُ النَّارِ أَصْحَابَ الْجَنَّةِ أَنْ أَفِيضُوا عَلَيْنَا مِنَ الْمَاءِ أَوْ مِمَّا رَزَقَكُمُ اللَّهُ ۚ قَالُوا إِنَّ اللَّهَ حَرَّمَهُمَا عَلَى الْكَافِرِينَ
7:50 Jahannam ahli jannat ahliga nido qilib: “Suvingizdan yoki Allohning sizga erishtirgan narsalaridan bizga ham ulashinglar”, deganida, jannat ahli: “Alloh u ikkalasini ham kofirlarga man qildi”- deydi.
الَّذِينَ اتَّخَذُوا دِينَهُمْ لَهْوًا وَلَعِبًا وَغَرَّتْهُمُ الْحَيَاةُ الدُّنْيَا ۚ فَالْيَوْمَ نَنسَاهُمْ كَمَا نَسُوا لِقَاءَ يَوْمِهِمْ هَـٰذَا وَمَا كَانُوا بِآيَاتِنَا يَجْحَدُونَ
7:51 Dunyo hayotiga aldanib, dinini behuda oʻyin-kulguga aylantirib olganlarni, oʻzlari bu kungi uchrashuvni unutgani hamda va oyatlarimizni inkor qilgani kabi, bugun Biz ham ularni unutamiz.
وَلَقَدْ جِئْنَاهُم بِكِتَابٍ فَصَّلْنَاهُ عَلَىٰ عِلْمٍ هُدًى وَرَحْمَةً لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ
7:52 Shubhasizki, Biz ularga Oʻzimiz ilm asosida tafsilotlab bergan, (unga) ishonadigan kishilarga qoʻllanma/rahnamo va rahmat boʻladigan kitob[787] keltirib berdik.
هَلْ يَنظُرُونَ إِلَّا تَأْوِيلَهُ ۚ يَوْمَ يَأْتِي تَأْوِيلُهُ يَقُولُ الَّذِينَ نَسُوهُ مِن قَبْلُ قَدْ جَاءَتْ رُسُلُ رَبِّنَا بِالْحَقِّ فَهَل لَّنَا مِن شُفَعَاءَ فَيَشْفَعُوا لَنَا أَوْ نُرَدُّ فَنَعْمَلَ غَيْرَ الَّذِي كُنَّا نَعْمَلُ ۚ قَدْ خَسِرُوا أَنفُسَهُمْ وَضَلَّ عَنْهُم مَّا كَانُوا يَفْتَرُونَ
7:53 Ular Qurʼonning taʼvilidan boshqa narsa kutmayapti. Uning taʼvili (qiyomat) keladigan kuni, undan oldin u kunni unutganlar: «Albatta, Yaratgan Egamizning elchilari haqni keltirishgan ekan. Bizni shafoat qiladiganlar bormi oʻzi, endi bizni shafoat qilsin[788], yoki, ortga qaytarilaylik, shunda, qilib oʻtgan ishlarimizdan boshqacha ish qilamiz!» deb qolishadi. Ular oʻzlarini xonavayron qilib boʻlgan, toʻqib chiqargan (shafoatchi)lari ulardan gʻoyib boʻlgan (boʻladi).
إِنَّ رَبَّكُمُ اللَّـهُ الَّذِي خَلَقَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ فِي سِتَّةِ أَيَّامٍ ثُمَّ اسْتَوَىٰ عَلَى الْعَرْشِ يُغْشِي اللَّيْلَ النَّهَارَ يَطْلُبُهُ حَثِيثًا وَالشَّمْسَ وَالْقَمَرَ وَالنُّجُومَ مُسَخَّرَاتٍ بِأَمْرِهِ ۗ أَلَا لَهُ الْخَلْقُ وَالْأَمْرُ ۗ تَبَارَكَ اللَّـهُ رَبُّ الْعَالَمِينَ
7:54 Albatta, sizlarning yaratgan Egangiz Allohdir, U yer-u osmonlarni olti kunda (olti davrda) yaratib, keyin boshqaruvni (Arshni)[789] egalladi. Kunduzni doimiy taqib qiladigan tun bilan kunduzni oʻrab qoʻyadi. Quyosh, oy va yulduzlarni ham Oʻz buyrugʻiga koʻra, xizmatingizga berilgan holda yaratdi[790]. Bilib qoʻying, yaratish ham buyruq berish ham Uning ishi. Borliqlarning yaratgan egasi boʻlmish Alloh naqadar buyukdir.
ادْعُوا رَبَّكُمْ تَضَرُّعًا وَخُفْيَةً ۚ إِنَّهُ لَا يُحِبُّ الْمُعْتَدِينَ
7:55 Yaratgan Egangizga oʻtinib va maxfiy duo qilinglar. U (duoda) haddan oshuvchilarni yoqtirmaydi[791].
وَلَا تُفْسِدُوا فِي الْأَرْضِ بَعْدَ إِصْلَاحِهَا وَادْعُوهُ خَوْفًا وَطَمَعًا ۚ إِنَّ رَحْمَتَ اللَّـهِ قَرِيبٌ مِّنَ الْمُحْسِنِينَ
7:56 Tartib oʻrnatilgandan keyin yer yuzida buzgʻunchilik qilmanglar. Unga (azobidan) qoʻrqqan va (rahmatidan) umid qilgan holda duo qilinglar. Allohning rahmati muhsinlarga yaqindir.
وَهُوَ الَّذِي يُرْسِلُ الرِّيَاحَ بُشْرًا بَيْنَ يَدَيْ رَحْمَتِهِ ۖ حَتَّىٰ إِذَا أَقَلَّتْ سَحَابًا ثِقَالًا سُقْنَاهُ لِبَلَدٍ مَّيِّتٍ فَأَنزَلْنَا بِهِ الْمَاءَ فَأَخْرَجْنَا بِهِ مِن كُلِّ الثَّمَرَاتِ ۚ كَذَٰلِكَ نُخْرِجُ الْمَوْتَىٰ لَعَلَّكُمْ تَذَكَّرُونَ
7:57 U Oʻz rahmatini (yomgʻirini) yuborishidan oldin shamollarni xushxabar qilib yuboradi[792]. Shamollar (yomgʻir yuklangan) ogʻir bulutlarni tashib kelganida uni oʻlik yerga tashitamiz, keyin u yerga suv tushirib, u bilan turli mahsulotlar chiqaramiz. Oʻliklarni ham (tuproqdan) mana shu shaklda chiqaramiz. Nasihat olgaysizlar!
وَالْبَلَدُ الطَّيِّبُ يَخْرُجُ نَبَاتُهُ بِإِذْنِ رَبِّهِ ۖ وَالَّذِي خَبُثَ لَا يَخْرُجُ إِلَّا نَكِدًا ۚ كَذَٰلِكَ نُصَرِّفُ الْآيَاتِ لِقَوْمٍ يَشْكُرُونَ
7:58 Unumli yerning oʻsimligi yaratgan Egasining izni ila (osonlikcha) chiqaveradi. Unumsiz yerning ekini esa qiyin chiqadi. Qadriga yetadigan kishilar uchun oyatlarni farqli uslublarda tushuntirib beryapmiz.
لَقَدْ أَرْسَلْنَا نُوحًا إِلَىٰ قَوْمِهِ فَقَالَ يَا قَوْمِ اعْبُدُوا اللَّـهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَـٰهٍ غَيْرُهُ إِنِّي أَخَافُ عَلَيْكُمْ عَذَابَ يَوْمٍ عَظِيمٍ
7:59 Shubhasizki, Nuhni (ham) oʻz xalqiga elchi qilib Biz yuborganmiz. Shunda u: “Ey xalqim! Allohga qullik qiling; siz uchun uchun Undan boshqa iloh yoʻq. Sizlarga buyuk kunning azobi kelishidan qoʻrqaman”, dedi.
قَالَ الْمَلَأُ مِن قَوْمِهِ إِنَّا لَنَرَاكَ فِي ضَلَالٍ مُّبِينٍ
7:60 Qavmining yetakchilari: “(Ey Nuh!) «Koʻryapmizki sen aniq gumrohlikdasan”- dedi.
قَالَ يَا قَوْمِ لَيْسَ بِي ضَلَالَةٌ وَلَـٰكِنِّي رَسُولٌ مِّن رَّبِّ الْعَالَمِينَ
7:61 U aytdi: «Ey xalqim! Menda hech qanday gumrohlik yoʻq. Aksincha, men borliqlarni yaratgan Egasining elchisiman.
أُبَلِّغُكُمْ رِسَالَاتِ رَبِّي وَأَنصَحُ لَكُمْ وَأَعْلَمُ مِنَ اللَّـهِ مَا لَا تَعْلَمُونَ
7:62 Men sizlarga yaratgan Egamning risolalarini (xabarlarini) yetkazyapman va sizlarga yaxshilikni ravo koʻraman. Sizlar bilmayotgan narsani Alloh bildirgani uchun bilyapman.
أَوَعَجِبْتُمْ أَن جَاءَكُمْ ذِكْرٌ مِّن رَّبِّكُمْ عَلَىٰ رَجُلٍ مِّنكُمْ لِيُنذِرَكُمْ وَلِتَتَّقُوا وَلَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ
7:63 Sizlarni ogohlantirsin, javobgarlikni his qiling va sizlarga rahm qilinsin deb orangizdan bir erkak kishiga Robbingizdan zikr:eslatma[793] kelganiga ajablandingizmi?»
فَكَذَّبُوهُ فَأَنجَيْنَاهُ وَالَّذِينَ مَعَهُ فِي الْفُلْكِ وَأَغْرَقْنَا الَّذِينَ كَذَّبُوا بِآيَاتِنَا ۚ إِنَّهُمْ كَانُوا قَوْمًا عَمِينَ
7:64 Oʻshanda ular Nuhni yolgʻonchiga chiqardi. Biz esa uni va u bilan birga kemaga chiqqanlarni qutqarib, oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlarni suvga choʻktirdik. Chunki, ular (haqni koʻrmaydigan) koʻr kishilarga aylanib olishgan edi.
وَإِلَىٰ عَادٍ أَخَاهُمْ هُودًا ۗ قَالَ يَا قَوْمِ اعْبُدُوا اللَّـهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَـٰهٍ غَيْرُهُ ۚ أَفَلَا تَتَّقُونَ
7:65 Od xalqiga ham oʻzlarining birodari Hudni (elchi qilib yuborganmiz). U: “Ey xalqim! Allohga qullik qilinglar; siz uchun Undan boshqa iloh yoʻq. Nahot javobgarlikni his qilmasangiz?!” dedi.
قَالَ الْمَلَأُ الَّذِينَ كَفَرُوا مِن قَوْمِهِ إِنَّا لَنَرَاكَ فِي سَفَاهَةٍ وَإِنَّا لَنَظُنُّكَ مِنَ الْكَاذِبِينَ
7:66 Xalqi orasidan (Hudga) qarshi chiqqan yetakchilari: “Koʻryapmizki, sen ahmoqgarchilikdasan, seni aniq yolgʻonchilardan deb bilamiz”, deyishgan.
قَالَ يَا قَوْمِ لَيْسَ بِي سَفَاهَةٌ وَلَـٰكِنِّي رَسُولٌ مِّن رَّبِّ الْعَالَمِينَ
7:67 U esa: «Ey xalqim! Menda ahmoqlik yoʻq. Lekin, men borliqlarni yaratgan Egasining elchisiman.
أُبَلِّغُكُمْ رِسَالَاتِ رَبِّي وَأَنَا لَكُمْ نَاصِحٌ أَمِينٌ
7:68 Sizlarga yaratgan Egamning risolalarini (xabarlarini) yetkazyapman. Men sizlar uchun ishnchli nasihatchiman.
أَوَعَجِبْتُمْ أَن جَاءَكُمْ ذِكْرٌ مِّن رَّبِّكُمْ عَلَىٰ رَجُلٍ مِّنكُمْ لِيُنذِرَكُمْ ۚ وَاذْكُرُوا إِذْ جَعَلَكُمْ خُلَفَاءَ مِن بَعْدِ قَوْمِ نُوحٍ وَزَادَكُمْ فِي الْخَلْقِ بَسْطَةً ۖ فَاذْكُرُوا آلَاءَ اللَّـهِ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ
7:69 Sizlarni ogohlantirish uchun orangizdan bir erkak kishiga yaratgan Egangizdan zikr kelganiga ajablandingizmi? (Robbingiz) Nuh xalqidan keyin ularning oʻrniga sizlarni keltirib qoʻyganini va xilqatingizni bahaybat qilib qoʻyganini eslanglar. Najot topishingiz uchun Allohning neʼmatlarini yodda tutinglar» (dedi Hud).
قَالُوا أَجِئْتَنَا لِنَعْبُدَ اللَّـهَ وَحْدَهُ وَنَذَرَ مَا كَانَ يَعْبُدُ آبَاؤُنَا ۖ فَأْتِنَا بِمَا تَعِدُنَا إِن كُنتَ مِنَ الصَّادِقِينَ
7:70 Ular: “(Ey Hud) Bizga faqat Allohga qulliq qilib, ota-bobolarimiz qullik qilib kelgan narsalarni tark qilishimiz uchun keldingmi? Agar rostgoʻy boʻlsang, bizga tahdid qilayotgan narsangni keltir!” deyishdi.
قَالَ قَدْ وَقَعَ عَلَيْكُم مِّن رَّبِّكُمْ رِجْسٌ وَغَضَبٌ ۖ أَتُجَادِلُونَنِي فِي أَسْمَاءٍ سَمَّيْتُمُوهَا أَنتُمْ وَآبَاؤُكُم مَّا نَزَّلَ اللَّـهُ بِهَا مِن سُلْطَانٍ ۚ فَانتَظِرُوا إِنِّي مَعَكُم مِّنَ الْمُنتَظِرِينَ
7:71 U shunday dedi: “Sizlar yaratgan Egangizdan keladigan azob va gʻazabga loyiq boʻlib qolasiz. Alloh u haqida hech qanday hujjat tushurmagan, nomlarini oʻzingiz qoʻyib olgan narsalar haqida men bilan tortishyapsizmi? Unday boʻlsa, kutinglar, men ham sizlar bilan birga kutaman.”
فَأَنجَيْنَاهُ وَالَّذِينَ مَعَهُ بِرَحْمَةٍ مِّنَّا وَقَطَعْنَا دَابِرَ الَّذِينَ كَذَّبُوا بِآيَاتِنَا ۖ وَمَا كَانُوا مُؤْمِنِينَ
7:72 Shunday qilib, Hud va u bilan birgalarni Oʻz marhamatimiz ila qutqardik. Oyatlarimizni yolgʻonlaganlarni ildizini quritdik. Ular moʻmin boʻlmadi.
وَإِلَىٰ ثَمُودَ أَخَاهُمْ صَالِحًا ۗ قَالَ يَا قَوْمِ اعْبُدُوا اللَّـهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَـٰهٍ غَيْرُهُ ۖ قَدْ جَاءَتْكُم بَيِّنَةٌ مِّن رَّبِّكُمْ ۖ هَـٰذِهِ نَاقَةُ اللَّـهِ لَكُمْ آيَةً ۖ فَذَرُوهَا تَأْكُلْ فِي أَرْضِ اللَّـهِ ۖ وَلَا تَمَسُّوهَا بِسُوءٍ فَيَأْخُذَكُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ
7:73 Samud xalqiga ham oʻzlarining birodari Solihni (elchi qilib yubordik). U shunday dedi: «Ey xalqim! Allohga qullik qilinglar; siz uchun Undan boshqa iloh yoʻq. Sizlarga yaratgan Egangizdan ochiq hujjat keldi. Bu sizlarga oyat/alomat sifatida Allohdan berilgan urgʻochi tuya, uni tek qoʻying; Allohning yerida oʻtlab yuraversin. Unga yomonlik yetkazmang, aks holda, sizlarni alamli azob tutadi.
وَاذْكُرُوا إِذْ جَعَلَكُمْ خُلَفَاءَ مِن بَعْدِ عَادٍ وَبَوَّأَكُمْ فِي الْأَرْضِ تَتَّخِذُونَ مِن سُهُولِهَا قُصُورًا وَتَنْحِتُونَ الْجِبَالَ بُيُوتًا ۖ فَاذْكُرُوا آلَاءَ اللَّـهِ وَلَا تَعْثَوْا فِي الْأَرْضِ مُفْسِدِينَ
7:74 Alloh sizlarni Od xalqidan keyin oʻrinbosar/masʼullar qilib qoʻyganini va sizlarni oʻsha zaminga joylashtirib qoʻyganini Eslang. Hozir oʻsha zaminni tekisliklarida saroylar qurmoqdasiz va togʻlarini oʻyib uy solmoqdasiz. Shunday ekan, Allohning neʼmatlarini yoddad tuting va yer yuzida buzgʻunchilik qilib tartibni buzmang.»
قَالَ الْمَلَأُ الَّذِينَ اسْتَكْبَرُوا مِن قَوْمِهِ لِلَّذِينَ اسْتُضْعِفُوا لِمَنْ آمَنَ مِنْهُمْ أَتَعْلَمُونَ أَنَّ صَالِحًا مُّرْسَلٌ مِّن رَّبِّهِ ۚ قَالُوا إِنَّا بِمَا أُرْسِلَ بِهِ مُؤْمِنُونَ
7:75 Uning xalqi orasidan oʻzini katta tutgan yetakchilari bechoralarga – oʻzlari orasidan Allohga ishonganlarga: “Solih rostdan ham yaratgan Egasidan elchi boʻlib kelganini aniq bilasizlarmi?”, deyishganida, ular: “Albatta, biz unga yuborilgan narsaga ishonamiz”, deb javob berishgan.
قَالَ الَّذِينَ اسْتَكْبَرُوا إِنَّا بِالَّذِي آمَنتُم بِهِ كَافِرُونَ
7:76 Oʻzini katta tutganlar: “Biz sizlar ishongan narsaga kofirmiz/qarshimiz”, dedi.
فَعَقَرُوا النَّاقَةَ وَعَتَوْا عَنْ أَمْرِ رَبِّهِمْ وَقَالُوا يَا صَالِحُ ائْتِنَا بِمَا تَعِدُنَا إِن كُنتَ مِنَ الْمُرْسَلِينَ
7:77 Natijada, yaratgan Egasining buyrugʻidan bosh tortgan holda oʻsha urgʻochi tuyani oyoqlarini kesib oʻldirib: “Ey Solih! Agar elchilardan boʻlsang, qani bizga tahdid qilgan narsangni keltir-chi!”, dedilar.
فَأَخَذَتْهُمُ الرَّجْفَةُ فَأَصْبَحُوا فِي دَارِهِمْ جَاثِمِينَ
7:78 Oqibatda, ularni shunday qattiq zilzilada tutdiki, turgan joylariga qulab tushdilar[794].
فَتَوَلَّىٰ عَنْهُمْ وَقَالَ يَا قَوْمِ لَقَدْ أَبْلَغْتُكُمْ رِسَالَةَ رَبِّي وَنَصَحْتُ لَكُمْ وَلَـٰكِن لَّا تُحِبُّونَ النَّاصِحِينَ
7:79 (Solih) ulardan ayrildi va: “Ey xalqim! Men sizlarga rostdan ham yaratgan Egamning risolasini (xabarini) yetkazgan, sizlarga nasihat qilgan edim. Lekin, sizlar nasihat qiluvchilarni yoqtirmas ekansiz”, dedi[795].
وَلُوطًا إِذْ قَالَ لِقَوْمِهِ أَتَأْتُونَ الْفَاحِشَةَ مَا سَبَقَكُم بِهَا مِنْ أَحَدٍ مِّنَ الْعَالَمِينَ
7:80 Lutni ham (elchi qilib yuborgamiz). Oʻshanda u oʻz xalqiga shunday degan: «Nahotki sizlar shu buzuqlikni qilsangiz?! Axir sizdan ilgari u ishni olamda hech kim qilmagan!
إِنَّكُمْ لَتَأْتُونَ الرِّجَالَ شَهْوَةً مِّن دُونِ النِّسَاءِ ۚ بَلْ أَنتُمْ قَوْمٌ مُّسْرِفُونَ
7:81 Sizlar ayollaringizni emas, shahvat uchun rostdan ham erkaklarga yaqinlashyapsiz. Aslida, sizlar haddan oshuvchi xalqsiz.»
وَمَا كَانَ جَوَابَ قَوْمِهِ إِلَّا أَن قَالُوا أَخْرِجُوهُم مِّن قَرْيَتِكُمْ ۖ إِنَّهُمْ أُنَاسٌ يَتَطَهَّرُونَ
7:82 Xalqining javobi faqat aytgan shu gaplari boʻlgan: “Ularni yurtingizdan chiqarib yuboringlar! Ular oʻzlarini juda pokiza tutadigan inson emish!”
فَأَنجَيْنَاهُ وَأَهْلَهُ إِلَّا امْرَأَتَهُ كَانَتْ مِنَ الْغَابِرِينَ
7:83 Keyin, ayolidan tashqari[796] uning barcha oila-aʼzosini qutqarib qoldik. U (ayol vulqon) kuli ostida qolganlardan boʻldi[797].
وَأَمْطَرْنَا عَلَيْهِم مَّطَرًا ۖ فَانظُرْ كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الْمُجْرِمِينَ
7:84 Hamda Ularning tepasiga «yomgʻir[798]» yogʻdirib yuborganmiz. Endi, oʻsha jinoyatchi-gunohkorlarning oqibati qanday boʻlganiga nazar sol.
وَإِلَىٰ مَدْيَنَ أَخَاهُمْ شُعَيْبًا ۗ قَالَ يَا قَوْمِ اعْبُدُوا اللَّـهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَـٰهٍ غَيْرُهُ ۖ قَدْ جَاءَتْكُم بَيِّنَةٌ مِّن رَّبِّكُمْ ۖ فَأَوْفُوا الْكَيْلَ وَالْمِيزَانَ وَلَا تَبْخَسُوا النَّاسَ أَشْيَاءَهُمْ وَلَا تُفْسِدُوا فِي الْأَرْضِ بَعْدَ إِصْلَاحِهَا ۚ ذَٰلِكُمْ خَيْرٌ لَّكُمْ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ
7:85 Madyan xalqiga ham oʻzlarining birodari Shuaybni (elchi qilib yubordik). U shunday dedi: «Ey Xalqim! Allohga qullik qilinglar; siz uchun Undan boshqa iloh yoʻq. Sizlarga yaratgan Egangizdan ochiq hujjat keldi. Oʻlchovni toʻgʻri oʻlchang, tarozini toʻgʻri torting, insonlarni narsalarini kamaytirib bermang, tartibga keltirilganidan keyin yer yuzida buzgʻunchilik qilmang[799]. Agar moʻmin boʻlsangiz, sizlar uchun mana shu yaxshi.
وَلَا تَقْعُدُوا بِكُلِّ صِرَاطٍ تُوعِدُونَ وَتَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ اللَّـهِ مَنْ آمَنَ بِهِ وَتَبْغُونَهَا عِوَجًا ۚ وَاذْكُرُوا إِذْ كُنتُمْ قَلِيلًا فَكَثَّرَكُمْ ۖ وَانظُرُوا كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الْمُفْسِدِينَ
7:86 Har yoʻlda oʻtirib olib, Allohga ishongan kishilarni tahdid qilmang, ularni Allohning yoʻlidan toʻsmang, hamda u (Allohning) yoʻlida egrilik paydo qilishga urinmang. Bir vaqtlar ozchilik boʻlganingizni, keyin Alloh sizlarni (son jihatidan) koʻpaytirib qoʻyganini yodda saqlanglar. Buzgʻunchilarning oqibati qanday boʻlganiga nazar solinglar.
وَإِن كَانَ طَائِفَةٌ مِّنكُمْ آمَنُوا بِالَّذِي أُرْسِلْتُ بِهِ وَطَائِفَةٌ لَّمْ يُؤْمِنُوا فَاصْبِرُوا حَتَّىٰ يَحْكُمَ اللَّـهُ بَيْنَنَا ۚ وَهُوَ خَيْرُ الْحَاكِمِينَ
7:87 Orangizdan menga yuborilgan narsaga ishonganlar boʻlsa ham, ishonmaganlar boʻlsa ham, Alloh oramizda qarorini berguncha chidab turinglar. Eng yaxshi qaror beruvchi Udir.»
قَالَ الْمَلَأُ الَّذِينَ اسْتَكْبَرُوا مِن قَوْمِهِ لَنُخْرِجَنَّكَ يَا شُعَيْبُ وَالَّذِينَ آمَنُوا مَعَكَ مِن قَرْيَتِنَا أَوْ لَتَعُودُنَّ فِي مِلَّتِنَا ۚ قَالَ أَوَلَوْ كُنَّا كَارِهِينَ
7:88 Shuayb xalqining oʻzini katta tutgan yetakchilari: “Ey Shuayb! Seni ham sen bilan birga senga ishonganlarni ham yurtimizdan aniq chiqarib yuboramiz! Yoki, bizni diniy yashash tarzimizga qaytasizlar”, dedi. (Shuayb esa): “Oʻzimiz xohlamasak ham-a?” dedi.
قَدِ افْتَرَيْنَا عَلَى اللَّـهِ كَذِبًا إِنْ عُدْنَا فِي مِلَّتِكُم بَعْدَ إِذْ نَجَّانَا اللَّـهُ مِنْهَا ۚ وَمَا يَكُونُ لَنَا أَن نَّعُودَ فِيهَا إِلَّا أَن يَشَاءَ اللَّـهُ رَبُّنَا ۚ وَسِعَ رَبُّنَا كُلَّ شَيْءٍ عِلْمًا ۚ عَلَى اللَّـهِ تَوَكَّلْنَا ۚ رَبَّنَا افْتَحْ بَيْنَنَا وَبَيْنَ قَوْمِنَا بِالْحَقِّ وَأَنتَ خَيْرُ الْفَاتِحِينَ
7:89 Alloh bizni sizning millatingiz/diningizdan qutqarib qolganidan keyin unga qaytsak, Allohga yolgʻon toʻqigan boʻlamiz-ku! Yaratgan Egamiz – Alloh qaytarmaguncha biz unga qaytmaymiz. Yaratgan Egamizning ilmi har narsani oʻz ichiga olgan. Biz Allohga suyanib-tayandik. Ey yaratgan Egamiz! Biz bilan xalqimiz orasini haq ila ochib ber. Sen (oʻrtani) eng yaxshi ochuvchisan», dedi.
وَقَالَ الْمَلَأُ الَّذِينَ كَفَرُوا مِن قَوْمِهِ لَئِنِ اتَّبَعْتُمْ شُعَيْبًا إِنَّكُمْ إِذًا لَّخَاسِرُونَ
7:90 Xalqi orasidan (unga) qarshilik qilgan/kofirlik qilgan yetakchilari: “Agar Shuaybga ergashsalaring, sizlar aniq xonavayron boʻlasiz”, dedi.
فَأَخَذَتْهُمُ الرَّجْفَةُ فَأَصْبَحُوا فِي دَارِهِمْ جَاثِمِينَ
7:91 Koʻp oʻtmay ularni qattiq zilzila tutdiki, turgan joylarida qulab tushdilar.
الَّذِينَ كَذَّبُوا شُعَيْبًا كَأَن لَّمْ يَغْنَوْا فِيهَا ۚ الَّذِينَ كَذَّبُوا شُعَيْبًا كَانُوا هُمُ الْخَاسِرِينَ
7:92 Shuaybni yolgʻonchiga chiqarganlar goʻyo u yurtlarda farovon yashamagandek boʻlib qoldi. Shuaybni yolgʻonchiga chiqarganlar xonavayron boʻldi.
فَتَوَلَّىٰ عَنْهُمْ وَقَالَ يَا قَوْمِ لَقَدْ أَبْلَغْتُكُمْ رِسَالَاتِ رَبِّي وَنَصَحْتُ لَكُمْ ۖ فَكَيْفَ آسَىٰ عَلَىٰ قَوْمٍ كَافِرِينَ
7:93 (Shuayb) ulardan ayrildi va: “Ey xalqim! Men sizlarga rostdan ham yaratgan Egamning risolasini (xabarini) yetkazgan, sizlarga qilgan edim. Endi qanday qilib qarshilik qiladigan/kofir xalqqa qaygʻuraman?” dedi[800].
وَمَا أَرْسَلْنَا فِي قَرْيَةٍ مِّن نَّبِيٍّ إِلَّا أَخَذْنَا أَهْلَهَا بِالْبَأْسَاءِ وَالضَّرَّاءِ لَعَلَّهُمْ يَضَّرَّعُونَ
7:94 Qaysiki yurtga paygʻambar yuborgan boʻlsak, uning aholisi[801] yalinib-yolvorishi uchun ularni qiyinchilik va mashaqqatlarga tutganmiz[802].
ثُمَّ بَدَّلْنَا مَكَانَ السَّيِّئَةِ الْحَسَنَةَ حَتَّىٰ عَفَوا وَّقَالُوا قَدْ مَسَّ آبَاءَنَا الضَّرَّاءُ وَالسَّرَّاءُ فَأَخَذْنَاهُم بَغْتَةً وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ
7:95 Keyin, yomonlik (yomon kunlar) oʻrniga goʻzallik (farovonlik) almashtirib qoʻydik. Toki (boy boʻlib) koʻpayganida: “Ota-bobolarimizga ham qiyinchilik va mashaqqatlar yetgan”, deyishgan[803]. Natijada, ularni toʻsatdan jazoga tutdik, sezmay ham qolishgan.
وَلَوْ أَنَّ أَهْلَ الْقُرَىٰ آمَنُوا وَاتَّقَوْا لَفَتَحْنَا عَلَيْهِم بَرَكَاتٍ مِّنَ السَّمَاءِ وَالْأَرْضِ وَلَـٰكِن كَذَّبُوا فَأَخَذْنَاهُم بِمَا كَانُوا يَكْسِبُونَ
7:96 Agar oʻsha yurtlarning aholisi (elchi keltirgan narsaga) ishonsa va javobgarlikni his qilsa, ularga yer-u osmondan barakat – moʻl-koʻlchilik ochib berardik. Lekin, ular yolgʻonladi. Biz esa qilmishlari uchun ularni jazoladik.
أَفَأَمِنَ أَهْلُ الْقُرَىٰ أَن يَأْتِيَهُم بَأْسُنَا بَيَاتًا وَهُمْ نَائِمُونَ
7:97 Oʻsha yurtlarning aholisi Bizning (qahrli) jazomiz ularga kechasi uxlayotganida kelishidan omondamidi?
أَوَأَمِنَ أَهْلُ الْقُرَىٰ أَن يَأْتِيَهُم بَأْسُنَا ضُحًى وَهُمْ يَلْعَبُونَ
7:98 Yoki, oʻsha yurtlarning aholisi Bizning (qahrli) jazomiz ularga kunduzi[804] oʻynab-kulayotganida kelishidan omondamidi?
أَفَأَمِنُوا مَكْرَ اللَّـهِ ۚ فَلَا يَأْمَنُ مَكْرَ اللَّـهِ إِلَّا الْقَوْمُ الْخَاسِرُونَ
7:99 Ular Allohning tadbiridan oʻzini omonda deb bildimi? Xonavayron boʻluvchi kishilargina Allohning tadbiridan oʻzini omonda deb biladi.
أَوَلَمْ يَهْدِ لِلَّذِينَ يَرِثُونَ الْأَرْضَ مِن بَعْدِ أَهْلِهَا أَن لَّوْ نَشَاءُ أَصَبْنَاهُم بِذُنُوبِهِمْ ۚ وَنَطْبَعُ عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ فَهُمْ لَا يَسْمَعُونَ
7:100 (Avvalgi) egalaridan keyin oʻsha yerga merosxoʻr boʻlganlarga shu narsa yoʻl koʻrsatmadimiki; Agar istasak bularga ham gunohlari tufayli balo-musibat berib, (haq) gapni eshitolmaydigan qilib qalblariga muhr urardik.
تِلْكَ الْقُرَىٰ نَقُصُّ عَلَيْكَ مِنْ أَنبَائِهَا ۚ وَلَقَدْ جَاءَتْهُمْ رُسُلُهُم بِالْبَيِّنَاتِ فَمَا كَانُوا لِيُؤْمِنُوا بِمَا كَذَّبُوا مِن قَبْلُ ۚ كَذَٰلِكَ يَطْبَعُ اللَّـهُ عَلَىٰ قُلُوبِ الْكَافِرِينَ
7:101 Mana shu yurtlarning xabarlaridan senga aytib beryapmiz. Ularga elchilar aniq-ravshan dalillar bilan kelgan. Biroq, ilgari yolgʻonchiga chiqarganligi uchun, keyinchalik ham ishonishga yondoshmadilar. Kofirlarning qalbini Alloh mana shunday muhrlab qoʻyadi[805].
وَمَا وَجَدْنَا لِأَكْثَرِهِم مِّنْ عَهْدٍ ۖ وَإِن وَجَدْنَا أَكْثَرَهُمْ لَفَاسِقِينَ
7:102 Ularning koʻpchiligini bergan soʻzida turishini koʻrmadik. Aksincha, ularni koʻpchiligini yoʻldan chiquvchi-fosiq ekanini koʻrdik.
ثُمَّ بَعَثْنَا مِن بَعْدِهِم مُّوسَىٰ بِآيَاتِنَا إِلَىٰ فِرْعَوْنَ وَمَلَئِهِ فَظَلَمُوا بِهَا ۖ فَانظُرْ كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الْمُفْسِدِينَ
7103 (Bulardan) soʻng Firʼavn va uning yetakchi odamlariga Musoni oyatlarimiz bilan yubordik. Ular (ham) oyatlarimizga nisbatan haqsizlik qilishdi. Endi, oʻsha buzgʻunchilarning oqibati qanday boʻlganiga nazar sol.
وَقَالَ مُوسَىٰ يَا فِرْعَوْنُ إِنِّي رَسُولٌ مِّن رَّبِّ الْعَالَمِينَ
7:104 Muso aytdiki: «Ey Firʼavn! Men rostdan borliqlarni yaratgan Egasining elchisiman.
حَقِيقٌ عَلَىٰ أَن لَّا أَقُولَ عَلَى اللَّـهِ إِلَّا الْحَقَّ ۚ قَدْ جِئْتُكُم بِبَيِّنَةٍ مِّن رَّبِّكُمْ فَأَرْسِلْ مَعِيَ بَنِي إِسْرَائِيلَ
7:105 Vazifam – Alloh haqida faqat haqiqatni gapirishdir. Sizlarga yaratgan Egangizdan ochiq hujjat keltirdim. (Ey Firʼavn!) Isroil avlodini men bilan birga qoʻyib yubor.»
قَالَ إِن كُنتَ جِئْتَ بِآيَةٍ فَأْتِ بِهَا إِن كُنتَ مِنَ الصَّادِقِينَ
7:106 U: “Agar biron bir alomat olib kelgan boʻlsang, qani uni keltir, rostgoʻylardan boʻlsang agar”, dedi.
فَأَلْقَىٰ عَصَاهُ فَإِذَا هِيَ ثُعْبَانٌ مُّبِينٌ
7:107 Shunda, (Muso) hassasini tashladi, u oʻsha zahoti aniq-ravshan katta ilon boʻldi-qoldi.
وَنَزَعَ يَدَهُ فَإِذَا هِيَ بَيْضَاءُ لِلنَّاظِرِينَ
7:108 Qoʻlini chiqarganida, qaraganlar uchun qoʻli oppoq boʻldi-qoldi.
قَالَ الْمَلَأُ مِن قَوْمِ فِرْعَوْنَ إِنَّ هَـٰذَا لَسَاحِرٌ عَلِيمٌ
7:109 Firʼavn xalqining yetakchilari: «Bu bir bilimdon sehrgar!
يُرِيدُ أَن يُخْرِجَكُم مِّنْ أَرْضِكُمْ ۖ فَمَاذَا تَأْمُرُونَ
7:110 Sizlarni vataningizdan chiqarib yubormoqchi» deganida, (Firʼavn): «Unda nima buyurasizlar[806]», dedi.
قَالُوا أَرْجِهْ وَأَخَاهُ وَأَرْسِلْ فِي الْمَدَائِنِ حَاشِرِينَ
7:111 Ular shunday dedi: «Muso va birodariga hozircha tegma, shaharlarga odam toʻplaydigan kishilarni yubor.
يَأْتُوكَ بِكُلِّ سَاحِرٍ عَلِيمٍ
7:112 Senga bilimdon sehrgarlarning barini olib kelsin».
وَجَاءَ السَّحَرَةُ فِرْعَوْنَ قَالُوا إِنَّ لَنَا لَأَجْرًا إِن كُنَّا نَحْنُ الْغَالِبِينَ
7:113 Sehrgarlar Firʼavnga kelib: “Agar biz gʻolib kelsak, bizga aniq mukofot bor-a?” deyishdi.
قَالَ نَعَمْ وَإِنَّكُمْ لَمِنَ الْمُقَرَّبِينَ
7:114 Firʼavn (ularga): “Ha, albatta. Sizlar mening eng yaqin kishilarimdan boʻlasiz”, dedi.
قَالُوا يَا مُوسَىٰ إِمَّا أَن تُلْقِيَ وَإِمَّا أَن نَّكُونَ نَحْنُ الْمُلْقِينَ
7:115 (Sehrgarlar): “Ey Muso! Sen tashlaysanmi, yoki biz tashaylikmi?”- dedi.
قَالَ أَلْقُوا ۖ فَلَمَّا أَلْقَوْا سَحَرُوا أَعْيُنَ النَّاسِ وَاسْتَرْهَبُوهُمْ وَجَاءُوا بِسِحْرٍ عَظِيمٍ
7:116 “Sizlar tashlayvering”, dedi. Ular tashlab insonlarning koʻzlarini sehrladi (aldadi), ularni choʻchitdi va katta sehr (oʻyin) koʻrsatdilar.
وَأَوْحَيْنَا إِلَىٰ مُوسَىٰ أَنْ أَلْقِ عَصَاكَ ۖ فَإِذَا هِيَ تَلْقَفُ مَا يَأْفِكُونَ
7:117 Musoga: “Hassangni tashla”, deb vahiy qildik. Tashlashi bilanoq (hassa ilonga aylanib[807]) ularning uydirma-nayranglarini yutib yubordi.
فَوَقَعَ الْحَقُّ وَبَطَلَ مَا كَانُوا يَعْمَلُونَ
7:118 Shu bilan, haqiqat oʻrtaga chiqdi va qilmishlari barbod boʻldi.
فَغُلِبُوا هُنَالِكَ وَانقَلَبُوا صَاغِرِينَ
7:119 Shunda ular oʻsha yerda yengildi va obroʻ-eʼtiborsizlashdi[808].
وَأُلْقِيَ السَّحَرَةُ سَاجِدِينَ
7:120 Va sehrgarlar sajdaga tashlanib:
قَالُوا آمَنَّا بِرَبِّ الْعَالَمِينَ
7:121 «Borliqlarning yaratgan Egasiga –
رَبِّ مُوسَىٰ وَهَارُونَ
7:122 Muso va Horunning yaratgan Egasiga iymon keltirdik», dedilar.
قَالَ فِرْعَوْنُ آمَنتُم بِهِ قَبْلَ أَنْ آذَنَ لَكُمْ ۖ إِنَّ هَـٰذَا لَمَكْرٌ مَّكَرْتُمُوهُ فِي الْمَدِينَةِ لِتُخْرِجُوا مِنْهَا أَهْلَهَا ۖ فَسَوْفَ تَعْلَمُونَ
7:123 Firʼavn aytdiki: «Men sizlarga ruxsat bermay turib unga iymon keltirdingizmi? Demak, bu – aholisini chiqarib yuborish uchun shaharda tuzgan rejangiz ekan-da. Yaqinda bilib olasizlar!
لَأُقَطِّعَنَّ أَيْدِيَكُمْ وَأَرْجُلَكُم مِّنْ خِلَافٍ ثُمَّ لَأُصَلِّبَنَّكُمْ أَجْمَعِينَ
7:123 Qoʻl-oyoqlaringizni qarama-qarshi kestirib, keyin hammangizni ostiraman».
قَالُوا إِنَّا إِلَىٰ رَبِّنَا مُنقَلِبُونَ
7:123 Ular aytdiki: «Biz aniq yaratgan Egamizga qaytamiz.
وَمَا تَنقِمُ مِنَّا إِلَّا أَنْ آمَنَّا بِآيَاتِ رَبِّنَا لَمَّا جَاءَتْنَا ۚ رَبَّنَا أَفْرِغْ عَلَيْنَا صَبْرًا وَتَوَفَّنَا مُسْلِمِينَ
7:123 Yaratgan Egamizning bizga kelgan oyatlariga iymon keltirganimiz uchungina bizga yomonlik qilib oʻchakishyapsan. Ey yaratgan Egamiz! Bizga sabr-bardosh “yogʻdir”, musulmon[809] holatimizda jonimizni ol.»
وَقَالَ الْمَلَأُ مِن قَوْمِ فِرْعَوْنَ أَتَذَرُ مُوسَىٰ وَقَوْمَهُ لِيُفْسِدُوا فِي الْأَرْضِ وَيَذَرَكَ وَآلِهَتَكَ ۚ قَالَ سَنُقَتِّلُ أَبْنَاءَهُمْ وَنَسْتَحْيِي نِسَاءَهُمْ وَإِنَّا فَوْقَهُمْ قَاهِرُونَ
7:123 Firʼavn xalqining yetakchilari: “Muso bilna xalqi bu oʻlkada buzgʻunchilik qilishiga qoʻyib berasanmi? Seni va ilohlaringni tashlab ketishiga-ya?”, deyishdi. (Shunda) Firʼavn: “Ularning oʻgʻillarini oʻldirgizib, ayol-qizlarini tirik qoldiramiz. Biz ularning ustidan mutlaq hukmronmiz”, dedi.
قَالَ مُوسَىٰ لِقَوْمِهِ اسْتَعِينُوا بِاللَّـهِ وَاصْبِرُوا ۖ إِنَّ الْأَرْضَ لِلَّـهِ يُورِثُهَا مَن يَشَاءُ مِنْ عِبَادِهِ ۖ وَالْعَاقِبَةُ لِلْمُتَّقِينَ
7:123 Muso oʻz xalqiga: “Allohdan yordam soʻranglar va chidanglar. Bu yer Allohniki, qullaridan munosib boʻlganiga bu yerni meros qilib beradi. Natija masʼuliyatli (moʻmin)lar uchundir”, dedi.
قَالُوا أُوذِينَا مِن قَبْلِ أَن تَأْتِيَنَا وَمِن بَعْدِ مَا جِئْتَنَا ۚ قَالَ عَسَىٰ رَبُّكُمْ أَن يُهْلِكَ عَدُوَّكُمْ وَيَسْتَخْلِفَكُمْ فِي الْأَرْضِ فَيَنظُرَ كَيْفَ تَعْمَلُونَ
7:123 Ular: “Bizga kelishingdan oldin ham, kelganingdan keyin ham (baribir) aziyat koʻryapmiz”, deyishdi. (Shunda) U: “Balki yaratgan Egangiz dushmanlaringizni halok qilib, sizlarni bu yerda ularning oʻrniga keltirib qoʻyishi mumkin. Keyin sizlarni nima qilishingizga qaraydi”, dedi.
وَلَقَدْ أَخَذْنَا آلَ فِرْعَوْنَ بِالسِّنِينَ وَنَقْصٍ مِّنَ الثَّمَرَاتِ لَعَلَّهُمْ يَذَّكَّرُونَ
7:130 Eslatma/nasihat olsinlar deb, Firʼavn xonadonini yillarcha qurgʻoqchilik va qahatchilikka uchratdik.
فَإِذَا جَاءَتْهُمُ الْحَسَنَةُ قَالُوا لَنَا هَـٰذِهِ ۖ وَإِن تُصِبْهُمْ سَيِّئَةٌ يَطَّيَّرُوا بِمُوسَىٰ وَمَن مَّعَهُ ۗ أَلَا إِنَّمَا طَائِرُهُمْ عِندَ اللَّـهِ وَلَـٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ
7:130 Ularga yaxshilik kelgan vaqt: “Biz bunga haqlimiz”, deyishdi. Yomonlikka duchor boʻlishganida esa, baxtsizligiga Muso va uning yonidagilarni sababchi qilishdi. Bilib qoʻyinglarki, koʻpchiligi bilmasa-da, ularning baxtsizligi faqat Alloh huzuridandir[810].
وَقَالُوا مَهْمَا تَأْتِنَا بِهِ مِنْ آيَةٍ لِّتَسْحَرَنَا بِهَا فَمَا نَحْنُ لَكَ بِمُؤْمِنِينَ
7:132 Va ular: “(Ey Muso!) Bizni sehrlash uchun qanday alomat/belgi keltirsang-da, senga baribir ishonmaymiz”, dedilar.
فَأَرْسَلْنَا عَلَيْهِمُ الطُّوفَانَ وَالْجَرَادَ وَالْقُمَّلَ وَالضَّفَادِعَ وَالدَّمَ آيَاتٍ مُّفَصَّلَاتٍ فَاسْتَكْبَرُوا وَكَانُوا قَوْمًا مُّجْرِمِينَ
7:133 Shunda, ularga suv toshqini, chigirtkalar, bit-burgalar, baqalar va qonni alomat qilib yubordik. Shunda ham oʻzini katta tutdilar va jinoyatchi xalq boʻldilar.
وَلَمَّا وَقَعَ عَلَيْهِمُ الرِّجْزُ قَالُوا يَا مُوسَى ادْعُ لَنَا رَبَّكَ بِمَا عَهِدَ عِندَكَ ۖ لَئِن كَشَفْتَ عَنَّا الرِّجْزَ لَنُؤْمِنَنَّ لَكَ وَلَنُرْسِلَنَّ مَعَكَ بَنِي إِسْرَائِيلَ
7:134 Ularga har safar jazo kelganida: “Ey Muso! Senga bergan soʻziga koʻra, yaratgan Eganga biz uchun duo qil! Agar shu jazoni bizdan olib tashlasa, senga aniq ishonamiz va Isroil avlodini sen bilan birga qoʻyib yuboramiz”, deyishgan.
فَلَمَّا كَشَفْنَا عَنْهُمُ الرِّجْزَ إِلَىٰ أَجَلٍ هُم بَالِغُوهُ إِذَا هُمْ يَنكُثُونَ
7:134 Ulardan har safar jazoni oʻzlari yetib boradigan muddatgacha olib tashlaganimizda, oʻsha zahoti soʻzlaridan qaytardilar.
فَانتَقَمْنَا مِنْهُمْ فَأَغْرَقْنَاهُمْ فِي الْيَمِّ بِأَنَّهُمْ كَذَّبُوا بِآيَاتِنَا وَكَانُوا عَنْهَا غَافِلِينَ
7:136 Nihoyat ularga kerakli jazoni berdik – oyatlarimizni yolgʻonga chiqargani hamda unga beparvo boʻlgani uchun ularni dengizga choʻktirib yubordik.
وَأَوْرَثْنَا الْقَوْمَ الَّذِينَ كَانُواْ يُسْتَضْعَفُونَ مَشَارِقَ الأَرْضِ وَمَغَارِبَهَا الَّتِي بَارَكْنَا فِيهَا وَتَمَّتْ كَلِمَتُ رَبِّكَ الْحُسْنَى عَلَى بَنِي إِسْرَآئِيلَ بِمَا صَبَرُواْ وَدَمَّرْنَا مَا كَانَ يَصْنَعُ فِرْعَوْنُ وَقَوْمُهُ وَمَا كَانُواْ يَعْرِشُونَ
7:136 Barakatli qilib qoʻyganimiz oʻsha zaminning mashriqu magʻriblarini ezilib jafokash boʻlgan xalqqa oʻzlashtirib berdik. Isroil avlodi sabr-bardosh koʻrsatgani uchun, yaratgan Egangni ularga bergan goʻzal soʻzi amalga oshdi[811]. Firʼavn va xalqi sanʼat ila qilgan ishlarini va yuksaltirgan barcha narsalarini[812] xarob qilib yubordik.
وَجَاوَزْنَا بِبَنِي إِسْرَائِيلَ الْبَحْرَ فَأَتَوْا عَلَىٰ قَوْمٍ يَعْكُفُونَ عَلَىٰ أَصْنَامٍ لَّهُمْ ۚ قَالُوا يَا مُوسَى اجْعَل لَّنَا إِلَـٰهًا كَمَا لَهُمْ آلِهَةٌ ۚ قَالَ إِنَّكُمْ قَوْمٌ تَجْهَلُونَ
7:138 Isroil avlodini dengizdan oʻtkazdik. Keyin ular butlariga taʼzimda turadigan xalq tepasiga kelib qolishib: “Ey Muso! Bizga ham ularni ilohlariga oʻxshash bir iloh tashkillashtirib bergin”, deyishdi. (Shunda) Muso: «Sizlar rostdan ham oʻzini bilmas-johil xalq[813] ekansiz!
إِنَّ هَـٰؤُلَاءِ مُتَبَّرٌ مَّا هُمْ فِيهِ وَبَاطِلٌ مَّا كَانُوا يَعْمَلُونَ
7:139 Bular eʼtiqod qilayotgan din barbot, qilayotgan amallari esa botil (behuda)dir», dedi.
قَالَ أَغَيْرَ اللَّـهِ أَبْغِيكُمْ إِلَـٰهًا وَهُوَ فَضَّلَكُمْ عَلَى الْعَالَمِينَ
7:140 «Sizlarga Allohdan boshqa tangri axtaraymi? Axir, sizlarni zamondoshlaringizdan afzal qilib qoʻygan Udir!», dedi.
وَإِذْ أَنجَيْنَاكُم مِّنْ آلِ فِرْعَوْنَ يَسُومُونَكُمْ سُوءَ الْعَذَابِ ۖ يُقَتِّلُونَ أَبْنَاءَكُمْ وَيَسْتَحْيُونَ نِسَاءَكُمْ ۚ وَفِي ذَٰلِكُم بَلَاءٌ مِّن رَّبِّكُمْ عَظِيمٌ
7:141 Oʻz vaqtida sizlarni Firʼavn xonadonidan qutqarib qolganmiz. Ular sizlarga yomon azob berishga urinishar – oʻgʻlilaringizni oʻldirtirib, ayol-qizlaringizni tirik qoldirmoqchi boʻlishardi. Bu ish ichida yaratgan Egangizning katta bir imtihoni boʻlgan.
وَوَاعَدْنَا مُوسَىٰ ثَلَاثِينَ لَيْلَةً وَأَتْمَمْنَاهَا بِعَشْرٍ فَتَمَّ مِيقَاتُ رَبِّهِ أَرْبَعِينَ لَيْلَةً ۚ وَقَالَ مُوسَىٰ لِأَخِيهِ هَارُونَ اخْلُفْنِي فِي قَوْمِي وَأَصْلِحْ وَلَا تَتَّبِعْ سَبِيلَ الْمُفْسِدِينَ
7:142 Muso bilan oʻttiz kecha soʻzlashib, uni yana oʻn (kecha) bilan tamomladik. Shunday qilib, yaratgan Egasi tayinlagan vaqti toʻliq qirq kecha boʻldi. (Toqqa ketishidan oldin) Muso birodari Horunga: “Sen xalqim orasida meni oʻrnimda qolib isloh qilib tur, buzgʻunchilarning yoʻliga ergashma”, dedi.
وَلَمَّا جَاءَ مُوسَىٰ لِمِيقَاتِنَا وَكَلَّمَهُ رَبُّهُ قَالَ رَبِّ أَرِنِي أَنظُرْ إِلَيْكَ ۚ قَالَ لَن تَرَانِي وَلَـٰكِنِ انظُرْ إِلَى الْجَبَلِ فَإِنِ اسْتَقَرَّ مَكَانَهُ فَسَوْفَ تَرَانِي ۚ فَلَمَّا تَجَلَّىٰ رَبُّهُ لِلْجَبَلِ جَعَلَهُ دَكًّا وَخَرَّ مُوسَىٰ صَعِقًا ۚ فَلَمَّا أَفَاقَ قَالَ سُبْحَانَكَ تُبْتُ إِلَيْكَ وَأَنَا أَوَّلُ الْمُؤْمِنِينَ
7:143 Muso biz tayinlagan vaqtda kelib, Robbi u bilan gaplashganda, u: “Ey yaratgan Robbim! Menga Oʻzingni koʻrsat, Senga qaray!”, dedi. Rabbi unga: “Meni koʻra olmaysan, lekin shu toqqa qara, agar togʻ oʻrnida tura olsa Meni koʻra olasan”, dedi. Robbi u toqqa tajalli qilganida, togʻni toʻzitib tashladi, Muso esa hushidan ketib yiqildi. Oʻziga kelganida: «Sen pok zotsan! Senga tavba qildim, men moʻminlarning avvalgisi – peshvosiman», dedi.
قَالَ يَا مُوسَىٰ إِنِّي اصْطَفَيْتُكَ عَلَى النَّاسِ بِرِسَالَاتِي وَبِكَلَامِي فَخُذْ مَا آتَيْتُكَ وَكُن مِّنَ الشَّاكِرِينَ
7:144 (Alloh) aytdi: «Ey Muso! Risolalarim[814] va sen bilan gaplashishim sababli seni rostdan ham insonlarga nisbatan tanlangan qildim. Endi, senga berganimni olgin-da, (buni) qadriga yetuvchilardan boʻl.»
وَكَتَبْنَا لَهُ فِي الْأَلْوَاحِ مِن كُلِّ شَيْءٍ مَّوْعِظَةً وَتَفْصِيلًا لِّكُلِّ شَيْءٍ فَخُذْهَا بِقُوَّةٍ وَأْمُرْ قَوْمَكَ يَأْخُذُوا بِأَحْسَنِهَا ۚ سَأُرِيكُمْ دَارَ الْفَاسِقِينَ
7:145 Biz unga (Tavrotdagi) lavhalarda har narsaga aloqador nasihat va har narsaning tafsilotini yozib berib, (keyin): «Bularni mahkam tut, xalqingga ham buyur – eng chiroyli shaklda tutsinlar. Sizlarga yaqinda yoʻldan chiqqanlarning yurti (Misr)ni[815] koʻrsataman», degan.
سَأَصْرِفُ عَنْ آيَاتِيَ الَّذِينَ يَتَكَبَّرُونَ فِي الْأَرْضِ بِغَيْرِ الْحَقِّ وَإِن يَرَوْا كُلَّ آيَةٍ لَّا يُؤْمِنُوا بِهَا وَإِن يَرَوْا سَبِيلَ الرُّشْدِ لَا يَتَّخِذُوهُ سَبِيلًا وَإِن يَرَوْا سَبِيلَ الْغَيِّ يَتَّخِذُوهُ سَبِيلًا ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ كَذَّبُوا بِآيَاتِنَا وَكَانُوا عَنْهَا غَافِلِينَ
7:146 Yer yuzida nohaqlik ila katta ketib yurganlarni oyatlarimdan shunday burib qoʻyamanki, agar barcha oyat-alomatlarni koʻrsalar ham ishonmaydilar. Yetuklik yoʻlini koʻrsalar oʻziga yoʻl qilib olmay, yanglish-xato yoʻlni koʻrib, uni oʻzlariga yoʻl qilib oladilar. Oyatlarimizni yolgʻonga chiqargani va ularga beparvo boʻlishgani uchun shunday boʻladi.
وَالَّذِينَ كَذَّبُوا بِآيَاتِنَا وَلِقَاءِ الْآخِرَةِ حَبِطَتْ أَعْمَالُهُمْ ۚ هَلْ يُجْزَوْنَ إِلَّا مَا كَانُوا يَعْمَلُونَ
7:147 Oyatlarimizni va oxirat kunidagi uchrashuvni yolgʻonga chiqarganlarning amallari behuda boʻlib ketadi. Ularga qilmishlaridan boshqa jazo berilarmidi[816]?!
وَاتَّخَذَ قَوْمُ مُوسَىٰ مِن بَعْدِهِ مِنْ حُلِيِّهِمْ عِجْلًا جَسَدًا لَّهُ خُوَارٌ ۚ أَلَمْ يَرَوْا أَنَّهُ لَا يُكَلِّمُهُمْ وَلَا يَهْدِيهِمْ سَبِيلًا ۘ اتَّخَذُوهُ وَكَانُوا ظَالِمِينَ
7:148 Musodan keyin uning xalqi ziynatlangan va maʼraydigan buzoq haykalini ilohlashtirib oldilar. Axir, uni gapira olmasligini va ularga yoʻl koʻrsata olmasligini bilishmasmidi? Uni ilohlashtirib olib, haqsizlik qiluvchi (zolim) boʻldilar.
وَلَمَّا سُقِطَ فِي أَيْدِيهِمْ وَرَأَوْا أَنَّهُمْ قَدْ ضَلُّوا قَالُوا لَئِن لَّمْ يَرْحَمْنَا رَبُّنَا وَيَغْفِرْ لَنَا لَنَكُونَنَّ مِنَ الْخَاسِرِينَ
7:149 Qilmishidan qattiq afsuslanib, aniq adashganligini koʻrgach: “Agar yaratgan Egamiz bizga rahm qilib bizni kechirmasa xonavayron boʻlamiz”, deb qoldilar.
وَلَمَّا رَجَعَ مُوسَىٰ إِلَىٰ قَوْمِهِ غَضْبَانَ أَسِفًا قَالَ بِئْسَمَا خَلَفْتُمُونِي مِن بَعْدِي ۖ أَعَجِلْتُمْ أَمْرَ رَبِّكُمْ ۖ وَأَلْقَى الْأَلْوَاحَ وَأَخَذَ بِرَأْسِ أَخِيهِ يَجُرُّهُ إِلَيْهِ ۚ قَالَ ابْنَ أُمَّ إِنَّ الْقَوْمَ اسْتَضْعَفُونِي وَكَادُوا يَقْتُلُونَنِي فَلَا تُشْمِتْ بِيَ الْأَعْدَاءَ وَلَا تَجْعَلْنِي مَعَ الْقَوْمِ الظَّالِمِينَ
7:150 Muso xalqiga gʻazablangan va achingan holda qaytib: “Mendan keyin ortimdan juda yomon ish qilibsizlar! Yaratgan Egangizning (jazolash) amriga shoshqaloqlik qildilaringmi?”, dedi-da, (qoʻlidagi) lavhalarni tashladi va birodarini[817] sochidan ushlab oʻziga tortdi. Birodari (Horun) aytdiki: “Ey onamning oʻgʻli! Bu xalq meni xoʻrladi – oʻldirib qoʻyishiga sal qoldi. Endi sen ham meni dushmanlarga kulgu qilma. Meni bu zolimlarga qoʻshma!”
قَالَ رَبِّ اغْفِرْ لِي وَلِأَخِي وَأَدْخِلْنَا فِي رَحْمَتِكَ ۖ وَأَنتَ أَرْحَمُ الرَّاحِمِينَ
7:151 U shunday dedi: “Ey yaratgan Egam! Meni ham birodarimni ham kechir. Bizni yaxshiliging ichra qoldir. Rahm qiluvchilarning eng rahmligi Sensan.”
إِنَّ الَّذِينَ اتَّخَذُوا الْعِجْلَ سَيَنَالُهُمْ غَضَبٌ مِّن رَّبِّهِمْ وَذِلَّةٌ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا ۚ وَكَذَٰلِكَ نَجْزِي الْمُفْتَرِينَ
7:152 Buzoqni ilohlashtirib olganlarga albatta yaratgan Egasidan norizolik va dunyoda xoru zorlik yetadi. Boʻhtonchilarni shunday jazolaymiz.
وَالَّذِينَ عَمِلُوا السَّيِّئَاتِ ثُمَّ تَابُوا مِن بَعْدِهَا وَآمَنُوا إِنَّ رَبَّكَ مِن بَعْدِهَا لَغَفُورٌ رَّحِيمٌ
7:152 Yomonliklarni qilib qoʻyib[818], keyin tavba qilgan va Allohga ishonib-suyanganlarga kelsak, bundan keyin albatta, yaratgan Egang kechirimli va mehribondir.
وَلَمَّا سَكَتَ عَن مُّوسَى الْغَضَبُ أَخَذَ الْأَلْوَاحَ ۖ وَفِي نُسْخَتِهَا هُدًى وَرَحْمَةٌ لِّلَّذِينَ هُمْ لِرَبِّهِمْ يَرْهَبُونَ
7:152 Musoning gʻazabi soʻnganida lavhalarni oldi. Ulardagi bir bitikda “(Bu lavhalar) yaratgan Egasidan qoʻrqadiganlar uchun rahnamo:qoʻllanma va rahmatdir”, deb yozilgan edi.
وَاخْتَارَ مُوسَىٰ قَوْمَهُ سَبْعِينَ رَجُلًا لِّمِيقَاتِنَا ۖ فَلَمَّا أَخَذَتْهُمُ الرَّجْفَةُ قَالَ رَبِّ لَوْ شِئْتَ أَهْلَكْتَهُم مِّن قَبْلُ وَإِيَّايَ ۖ أَتُهْلِكُنَا بِمَا فَعَلَ السُّفَهَاءُ مِنَّا ۖ إِنْ هِيَ إِلَّا فِتْنَتُكَ تُضِلُّ بِهَا مَن تَشَاءُ وَتَهْدِي مَن تَشَاءُ ۖ أَنتَ وَلِيُّنَا فَاغْفِرْ لَنَا وَارْحَمْنَا ۖ وَأَنتَ خَيْرُ الْغَافِرِينَ
7:155 Muso biz tayinlagan vaqt uchun xalqidan yetmish kishini tanlab oldi. Keyin ularni u shiddatli zilzila bosganida Muso shunday dedi: «Ey yaratgan Egam! Agar ravo koʻrsang ularni ham meni ham bundan oldin-la halok qilarding. Ichimizdagi ahmoqlarning qilmishi sabab bizni halok qilasanmi? Bu – imtihoningdan boshqa narsa emas. U orqali Sen munosib bilganingni zalolatda qoldirasan, munosib bilganingni toʻgʻri yoʻlga solasan. Bizni yaqin doʻstimiz/xojamiz Sensan. Bizni kechir, bizga rahm qil. Sen eng yaxshi kechiruvchisan.
وَاكْتُبْ لَنَا فِي هَـٰذِهِ الدُّنْيَا حَسَنَةً وَفِي الْآخِرَةِ إِنَّا هُدْنَا إِلَيْكَ ۚ قَالَ عَذَابِي أُصِيبُ بِهِ مَنْ أَشَاءُ ۖ وَرَحْمَتِي وَسِعَتْ كُلَّ شَيْءٍ ۚ فَسَأَكْتُبُهَا لِلَّذِينَ يَتَّقُونَ وَيُؤْتُونَ الزَّكَاةَ وَالَّذِينَ هُم بِآيَاتِنَا يُؤْمِنُونَ
7:155 Bu dunyoda ham oxiratda ham bizga goʻzallik yoz, shubhasizki, biz Senga yoʻnaldik.» Alloh shunday dedi: “Azobimni – kimga loyiq koʻrsam shunga beraman Yaxshiligim har narsaga yetib-ortadi. Uni javobgarlikni his qiladigan, pok va toʻgʻri boʻladigan va oyatlarimga ishonib-suyanadiganlar uchun yozib qoʻyaman.”
الَّذِينَ يَتَّبِعُونَ الرَّسُولَ النَّبِيَّ الْأُمِّيَّ الَّذِي يَجِدُونَهُ مَكْتُوبًا عِندَهُمْ فِي التَّوْرَاةِ وَالْإِنجِيلِ يَأْمُرُهُم بِالْمَعْرُوفِ وَيَنْهَاهُمْ عَنِ الْمُنكَرِ وَيُحِلُّ لَهُمُ الطَّيِّبَاتِ وَيُحَرِّمُ عَلَيْهِمُ الْخَبَائِثَ وَيَضَعُ عَنْهُمْ إِصْرَهُمْ وَالْأَغْلَالَ الَّتِي كَانَتْ عَلَيْهِمْ ۚ فَالَّذِينَ آمَنُوا بِهِ وَعَزَّرُوهُ وَنَصَرُوهُ وَاتَّبَعُوا النُّورَ الَّذِي أُنزِلَ مَعَهُ ۙ أُولَـٰئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ
7:157 Oʻzlaridagi Tavrot va Injilda yozib qoʻyilganini koʻrgan, ularni maʼrufga buyurib, munkardan qaytaradigan, pokiza narsalarni halol qilib, nopok narsalarni qiladigan, ulardan ogʻir ahdnoma[819] va zimmalaridagi qiyinchililarni olib tashlaydigan – ummiy[820] paygʻambar boʻlgan elchiga ergashayotganlar, endi kimki unga ishonsa, uni qoʻllab quvvatlasa, unga yordam bersa va unga yuborilgan nur (kitob)ga amal qilsa, ana shular najot topuvchilardir.
قُلْ يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنِّي رَسُولُ اللَّـهِ إِلَيْكُمْ جَمِيعًا الَّذِي لَهُ مُلْكُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۖ لَا إِلَـٰهَ إِلَّا هُوَ يُحْيِي وَيُمِيتُ ۖ فَآمِنُوا بِاللَّـهِ وَرَسُولِهِ النَّبِيِّ الْأُمِّيِّ الَّذِي يُؤْمِنُ بِاللَّـهِ وَكَلِمَاتِهِ وَاتَّبِعُوهُ لَعَلَّكُمْ تَهْتَدُونَ
7:158 (Ey Muhammad!) Ayt: “Ey insonlar! Haqiqatda men sizlarni barchangizga – osmonlar va yerning hukmronligi Uniki boʻlgan – Alloh tarafidan yuborilgan elchiman. Qullik qilinishga haqli yagona zot Udir, tiriklikni ham U beradi, oʻlimni ham U beradi. Shunday ekan, Allohga ham ishoninglar, Allohga va Uning soʻzlariga ishonib-suyanadigan ummiy paygʻambar boʻlgan elchiga ham ishoninglar va unga ergashinglarki, shoyad toʻgʻri yoʻlda boʻlasizlar.”
وَمِن قَوْمِ مُوسَىٰ أُمَّةٌ يَهْدُونَ بِالْحَقِّ وَبِهِ يَعْدِلُونَ
7:158 Musoning xalqi orasida haq (kitob) bilan toʻgʻri yoʻl koʻrsatadigan va u bilan adolat oʻrnatadigan jamoa boʻlgan.
وَقَطَّعْنَاهُمُ اثْنَتَيْ عَشْرَةَ أَسْبَاطًا أُمَمًا ۚ وَأَوْحَيْنَا إِلَىٰ مُوسَىٰ إِذِ اسْتَسْقَاهُ قَوْمُهُ أَنِ اضْرِب بِّعَصَاكَ الْحَجَرَ ۖ فَانبَجَسَتْ مِنْهُ اثْنَتَا عَشْرَةَ عَيْنًا ۖ قَدْ عَلِمَ كُلُّ أُنَاسٍ مَّشْرَبَهُمْ ۚ وَظَلَّلْنَا عَلَيْهِمُ الْغَمَامَ وَأَنزَلْنَا عَلَيْهِمُ الْمَنَّ وَالسَّلْوَىٰ ۖ كُلُوا مِن طَيِّبَاتِ مَا رَزَقْنَاكُمْ ۚ وَمَا ظَلَمُونَا وَلَـٰكِن كَانُوا أَنفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ
7:160 Biz ularni alohida ummatlar holatida oʻn ikki qabilaga ayirganmiz. Musoni xalqi undan suv talab qilgan vaqtda Biz unga: “Hassang bilan mana shu toshga ur”, deb vahiy qildik. Undan oʻn ikkita buloq (qa yetarli suv) otilib chiqdi. Har bir qabila oʻzini suv ichadigan yerini bilib oldi. Tepalarida bulutlarni soyabon qildik, qudrat holvasi va bedana berib: “Biz sizlarga erishtirgan narsalarning pokizalaridan yenglar”, dedik. Ular Bizga zulm qilmadi, balki oʻzlariga zulm qildilar.
وَإِذْ قِيلَ لَهُمُ اسْكُنُوا هَـٰذِهِ الْقَرْيَةَ وَكُلُوا مِنْهَا حَيْثُ شِئْتُمْ وَقُولُوا حِطَّةٌ وَادْخُلُوا الْبَابَ سُجَّدًا نَّغْفِرْ لَكُمْ خَطِيئَاتِكُمْ ۚ سَنَزِيدُ الْمُحْسِنِينَ
7:161 Oʻz vaqtida ularga: “Shu yurtga joylashib, yoqtirgan joyingizdan yeyaveringlar, «Gunoh yukimizni kechir”, denglar va darvozasidan bosh egib kiringlarki, xatolaringizni kechiramiz. Muhsinlarga (mukofotini) ortigʻi bilan beramiz», deyilgan.
فَبَدَّلَ الَّذِينَ ظَلَمُوا مِنْهُمْ قَوْلًا غَيْرَ الَّذِي قِيلَ لَهُمْ فَأَرْسَلْنَا عَلَيْهِمْ رِجْزًا مِّنَ السَّمَاءِ بِمَا كَانُوا يَظْلِمُونَ
7:162 Oralaridagi zolimlar ularga aytilgan soʻzni oʻrniga boshqa soʻzni aytdilar[821]. Qilgan haqsizligi uchun ularga osmondan jazo yubordik.
وَاسْأَلْهُمْ عَنِ الْقَرْيَةِ الَّتِي كَانَتْ حَاضِرَةَ الْبَحْرِ إِذْ يَعْدُونَ فِي السَّبْتِ إِذْ تَأْتِيهِمْ حِيتَانُهُمْ يَوْمَ سَبْتِهِمْ شُرَّعًا وَيَوْمَ لَا يَسْبِتُونَ ۙ لَا تَأْتِيهِمْ ۚ كَذَٰلِكَ نَبْلُوهُم بِمَا كَانُوا يَفْسُقُونَ
7:162 Ulardan dengiz boʻyidagi yurt[822] haqida soʻra. (Uning xalqi) bir vaqtlar shanba kundagi taqiqni buzayotgan edi. Chunki ular ibodat bilan oʻtkizishi kerak boʻlgan shanba kuni baliqlari oldilariga toʻp-toʻp holda kelib, shanba kunidan boshqa kunlarda esa kelmasdi. Yoʻldan chiqqanligi uchun ularni shunday qattiq sinaganmiz.
وَإِذْ قَالَتْ أُمَّةٌ مِّنْهُمْ لِمَ تَعِظُونَ قَوْمًا ۙ اللَّـهُ مُهْلِكُهُمْ أَوْ مُعَذِّبُهُمْ عَذَابًا شَدِيدًا ۖ قَالُوا مَعْذِرَةً إِلَىٰ رَبِّكُمْ وَلَعَلَّهُمْ يَتَّقُونَ
7:162 Oʻshanda oralaridan bir jamoa: “Alloh halok qiladigan yoki qattiq azoblaydigan qavmga nega pand-nasihat qilyapsizlar?” deganida, ular: «Yaratgan Egangizga nisbatan uzrimiz boʻlishi[823] uchun, hamda javobgarlikni his qilishar, degan umitda (nasihat qilyapmiz)» deb javob berishdi.
فَلَمَّا نَسُوا مَا ذُكِّرُوا بِهِ أَنجَيْنَا الَّذِينَ يَنْهَوْنَ عَنِ السُّوءِ وَأَخَذْنَا الَّذِينَ ظَلَمُوا بِعَذَابٍ بَئِيسٍ بِمَا كَانُوا يَفْسُقُونَ
7:165 Oʻzlariga nasihat qilingan narsalarni unutishganida, yomonlikka qarshi chiqadiganlarni qutqarib qoldik, haqsizlik qilgan (zolim)larni esa, yoʻldan chiqqani uchun zahmat beruvchi azobga giriftor qildik.
فَلَمَّا عَتَوْا عَن مَّا نُهُوا عَنْهُ قُلْنَا لَهُمْ كُونُوا قِرَدَةً خَاسِئِينَ
7:166 Oʻzlariga taqiqlangan ishlarni qilmaslikdan bosh tortishganida, (ularga): “Maymunlardek xor boʻlinglar!”[824], deganmiz.
وَإِذْ تَأَذَّنَ رَبُّكَ لَيَبْعَثَنَّ عَلَيْهِمْ إِلَىٰ يَوْمِ الْقِيَامَةِ مَن يَسُومُهُمْ سُوءَ الْعَذَابِ ۗ إِنَّ رَبَّكَ لَسَرِيعُ الْعِقَابِ ۖ وَإِنَّهُ لَغَفُورٌ رَّحِيمٌ
7:167 Oʻshanda yaratgan Egang ularga qiyomatgacha ularni yomon azob bilab qiynab turadigan kishilarni yuborib turishini eʼlon qildi. Shubhasizki, yaratgan Egang jazoni tez beruvchidir. Tagʻin, kechirimli va mehribondir.
وَقَطَّعْنَاهُمْ فِي الْأَرْضِ أُمَمًا ۖ مِّنْهُمُ الصَّالِحُونَ وَمِنْهُمْ دُونَ ذَٰلِكَ ۖ وَبَلَوْنَاهُم بِالْحَسَنَاتِ وَالسَّيِّئَاتِ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ
7:168 Ularni yer yuzida (turli) jamoalarga boʻldik. Oralarida yaxshilari ham boʻlgan, unday boʻlmaganlari ham boʻlgan. Balki (jinoyatchilikdan) qaytar deb, ularni yaxshiligu yomonliklar bilan imtihon qildik[825].
فَخَلَفَ مِن بَعْدِهِمْ خَلْفٌ وَرِثُوا الْكِتَابَ يَأْخُذُونَ عَرَضَ هَـٰذَا الْأَدْنَىٰ وَيَقُولُونَ سَيُغْفَرُ لَنَا وَإِن يَأْتِهِمْ عَرَضٌ مِّثْلُهُ يَأْخُذُوهُ ۚ أَلَمْ يُؤْخَذْ عَلَيْهِم مِّيثَاقُ الْكِتَابِ أَن لَّا يَقُولُوا عَلَى اللَّـهِ إِلَّا الْحَقَّ وَدَرَسُوا مَا فِيهِ ۗ وَالدَّارُ الْآخِرَةُ خَيْرٌ لِّلَّذِينَ يَتَّقُونَ ۗ أَفَلَا تَعْقِلُونَ
7:169 Ulardan keyin (ilohiy) kitobga meroschi boʻlgan nasl kelib, (kitobdagi haqni yashirish evaziga) bu dunyo matohini (porani) olishni va «Biz kechirilamiz[826]», deya boshladi. Ularga yana shuncha pora kelsa, uni ham olaveradi. Axir, kitobda Alloh haqida faqat haqni gapirishi kerak deb ulardan soʻz olinmaganmidi? Ular undagi narsani oʻqib-oʻrgandilar-ku! Javobgarlikni his qiladigan (moʻmin)lar uchun oxirat yurti yaxshidir. Nahot aql yuritmasangiz?!
وَالَّذِينَ يُمَسِّكُونَ بِالْكِتَابِ وَأَقَامُوا الصَّلَاةَ إِنَّا لَا نُضِيعُ أَجْرَ الْمُصْلِحِينَ
7:170 (Qurʼon) Kitobni mahkam ushlaydigan/amal qiladigan va (unda buyurilgan) namozni/vazifalarni bajaradigan kishilarga kelsak, unday solih kishilarning[827] ajrini aslo zoye qilmaymiz.
وَإِذْ نَتَقْنَا الْجَبَلَ فَوْقَهُمْ كَأَنَّهُ ظُلَّةٌ وَظَنُّوا أَنَّهُ وَاقِعٌ بِهِمْ خُذُوا مَا آتَيْنَاكُم بِقُوَّةٍ وَاذْكُرُوا مَا فِيهِ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ
7:171 Bir kuni (Tur)[828] togʻini ularning tepasiga soyabondek qilib surdik, ular uni tepasiga agʻdariladi deb oʻyladi. Shunda (ularga): «Biz sizlarga bergan kitobni mahkam ushlang va undagi narsalarni yodda tutingki, javobgarlikni his qilgaysiz!», deganmiz.
وَإِذْ أَخَذَ رَبُّكَ مِنْ بَنِي آدَمَ مِنْ ظُهُورِهِمْ ذُرِّيَّتَهُمْ وَأَشْهَدَهُمْ عَلَىٰ أَنْفُسِهِمْ أَلَسْتُ بِرَبِّكُمْ ۖ قَالُوا بَلَىٰ ۛ شَهِدْنَا ۛ أَنْ تَقُولُوا يَوْمَ الْقِيَامَةِ إِنَّا كُنَّا عَنْ هَٰذَا غَافِلِينَ
7:172 Yaratgan Egang odam bolalarining bellaridan oʻzlarining nasllarini olgan vaqtda[829] ularni oʻziga oʻzini guvoh qildirib: “Men sizlarning yaratgan Egangiz emasmanmi?” deydi. Ular: “Ha, Egamizsan, biz bunga guvoh boʻldik”, deydi. Endi sizlar qiyomat kuni: “Biz bundan bexabar edik”, deyolmaysiz.
أَوْ تَقُولُوا إِنَّمَا أَشْرَكَ آبَاؤُنَا مِنْ قَبْلُ وَكُنَّا ذُرِّيَّةً مِنْ بَعْدِهِمْ ۖ أَفَتُهْلِكُنَا بِمَا فَعَلَ الْمُبْطِلُونَ
7:173 Yoki: “(Bizdan) ilgari ota-bobolarimiz mushriklik qilib kelgan, biz esa ulardan keyingi naslmiz. Endi, Sen botilga qoʻl uruvchilarning qilmishlari sababli bizni halok qilasanmi?”- deb ham aytolmaysizlar[830].
وَكَذَٰلِكَ نُفَصِّلُ الْآيَاتِ وَلَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ
7:174 Oyatlarni mana shunday batafsil tushuntirib beryapmiz. Balki qaytishar.
وَاتْلُ عَلَيْهِمْ نَبَأَ الَّذِي آتَيْنَاهُ آيَاتِنَا فَانْسَلَخَ مِنْهَا فَأَتْبَعَهُ الشَّيْطَانُ فَكَانَ مِنَ الْغَاوِينَ
7:175 Unga oyatlarimizni berganimizda ulardan uzoqlashib ketgan (amal qilmagan), shunda shayton uni oʻziga ergashtirib olgan, natijada notoʻgʻri tushunchaga ega (gumroh)lardan boʻlib qolgan kishining xabarini ularga aytib ber[831].
وَلَوْ شِئْنَا لَرَفَعْنَاهُ بِهَا وَلَٰكِنَّهُ أَخْلَدَ إِلَى الْأَرْضِ وَاتَّبَعَ هَوَاهُ ۚ فَمَثَلُهُ كَمَثَلِ الْكَلْبِ إِنْ تَحْمِلْ عَلَيْهِ يَلْهَثْ أَوْ تَتْرُكْهُ يَلْهَثْ ۚ ذَٰلِكَ مَثَلُ الْقَوْمِ الَّذِينَ كَذَّبُوا بِآيَاتِنَا ۚ فَاقْصُصِ الْقَصَصَ لَعَلَّهُمْ يَتَفَكَّرُونَ
7:176 Agar munosib bilganimizda u (oyatlar) bilan uni yuksaltirardik. Lekin, u dunyoga berilib ketib oʻz orzu-istaklariga ergashdi. Uning ahvoli itning ahvoli kabidir. Uni quvlasang ham tilini osiltirib hansirayveradi, yoki uni tek qoʻyib qoʻysang ham tilini osiltirib hansirayveradi. Oyatlarimizni yolgʻonga chiqargan kishilarning misoli shudir! Bu voqeani aytib ber, zora (oʻylanib) fikr qilishar.
سَاءَ مَثَلًا الْقَوْمُ الَّذِينَ كَذَّبُوا بِآيَاتِنَا وَأَنْفُسَهُمْ كَانُوا يَظْلِمُونَ
7:177 Oyatlarimizni yolgʻonlaganlar ahvoli qanday ham yomon! Ular oʻziga oʻzi haqsizlik qilmoqda[832].
مَنْ يَهْدِ اللَّهُ فَهُوَ الْمُهْتَدِي ۖ وَمَنْ يُضْلِلْ فَأُولَٰئِكَ هُمُ الْخَاسِرُونَ
7:178 Alloh kimni hidoyat qilsa, u toʻgʻri yoʻldadir. Kimni adashtirsa, xonavayron boʻluvchilar oʻshalardir[833].
وَلَقَدْ ذَرَأْنَا لِجَهَنَّمَ كَثِيرًا مِنَ الْجِنِّ وَالْإِنْسِ ۖ لَهُمْ قُلُوبٌ لَا يَفْقَهُونَ بِهَا وَلَهُمْ أَعْيُنٌ لَا يُبْصِرُونَ بِهَا وَلَهُمْ آذَانٌ لَا يَسْمَعُونَ بِهَا ۚ أُولَٰئِكَ كَالْأَنْعَامِ بَلْ هُمْ أَضَلُّ ۚ أُولَٰئِكَ هُمُ الْغَافِلُونَ
7:179 Jin va insdan[834] koʻpchilikni jahannam uchun (oʻtin boʻlib) yetishishiga[835] imkon berdik. Ularning qalblari bor-u, (lekin) u bilan (haqiqatni) anglamayapti. Ularning koʻzlari bor-u, (lekin) u bilan (haqiqatni) koʻrmayapti. Ularning quloqlari bor-u, (lekin) u bilan (haqiqatni) eshitmayapti[836]. Ular chorva hayvonlar kabidir. Aslida, undan ham past saviyada. Gʻofil-bexabarlar oʻshalardir.
وَلِلَّهِ الْأَسْمَاءُ الْحُسْنَىٰ فَادْعُوهُ بِهَا ۖ وَذَرُوا الَّذِينَ يُلْحِدُونَ فِي أَسْمَائِهِ ۚ سَيُجْزَوْنَ مَا كَانُوا يَعْمَلُونَ
7:180 Eng chiroyli ismlar (xususiyatlar) Allohga tegishli. Unga ular bilan duo qilinglar. Allohning ismlari haqida haddan oshayotganlarni tark qilinglar. Qilmishlarining jazosi yaqinda beriladi[837].
وَمِمَّنْ خَلَقْنَا أُمَّةٌ يَهْدُونَ بِالْحَقِّ وَبِهِ يَعْدِلُونَ
7:181 Biz yaratgan kishilar orasida haq (kitobimiz[838]) bilan toʻgʻri yoʻl koʻrsatadigan va u bilan adolat oʻrnatadigan ummat boʻladi.
وَالَّذِينَ كَذَّبُوا بِآيَاتِنَا سَنَسْتَدْرِجُهُمْ مِنْ حَيْثُ لَا يَعْلَمُونَ
7:182 Oyatlarimizni yolgʻonganlarni oʻzlari bilmagan tarafdan asta-sekin yomon oqibatga yaqinlashtiraveramiz.
وَأُمْلِي لَهُمْ ۚ إِنَّ كَيْدِي مَتِينٌ
7:183 Ularga muhlat beraman[839]. Albatta, Mening rejam mustahkamdir.
أَوَلَمْ يَتَفَكَّرُوا ۗ مَا بِصَاحِبِهِمْ مِنْ جِنَّةٍ ۚ إِنْ هُوَ إِلَّا نَذِيرٌ مُبِينٌ
7:184 Hech oʻylab koʻrmadilarmi?! Ularning hamyurti (Muhammad)da hech qanday telbalik yoʻq! U ochiq-oydin ogohlantiruvchi, xolos.
أَوَلَمْ يَنْظُرُوا فِي مَلَكُوتِ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَمَا خَلَقَ اللَّهُ مِنْ شَيْءٍ وَأَنْ عَسَىٰ أَنْ يَكُونَ قَدِ اقْتَرَبَ أَجَلُهُمْ ۖ فَبِأَيِّ حَدِيثٍ بَعْدَهُ يُؤْمِنُونَ
7:185 Osmonlaru yerni boshqaruviga, Alloh yaratgan barcha narsaga, hamda oʻzlarini ajallari yaqinlashib boʻlgan boʻlishi mumkinligiga bir nazar solmadilarmi?! Endi, u (Qurʼon)dan keyin[840] qaysi soʻzga ishonishadi?!
مَنْ يُضْلِلِ اللَّهُ فَلَا هَادِيَ لَهُ ۚ وَيَذَرُهُمْ فِي طُغْيَانِهِمْ يَعْمَهُونَ
7:186 Alloh kimni adashtirsa, uni yoʻlga soladigan hech kim boʻlmaydi. U ularni[841] haddan oshib adashib yurishiga fursat beryapti.
يَسْأَلُونَكَ عَنِ السَّاعَةِ أَيَّانَ مُرْسَاهَا ۖ قُلْ إِنَّمَا عِلْمُهَا عِنْدَ رَبِّي ۖ لَا يُجَلِّيهَا لِوَقْتِهَا إِلَّا هُوَ ۚ ثَقُلَتْ فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۚ لَا تَأْتِيكُمْ إِلَّا بَغْتَةً ۗ يَسْأَلُونَكَ كَأَنَّكَ حَفِيٌّ عَنْهَا ۖ قُلْ إِنَّمَا عِلْمُهَا عِنْدَ اللَّهِ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ
7:187 Sendan (qiyomat) vaqti haqida soʻrashyapti. «Uning ilmi faqat yaratgan Egam huzuridadir, vaqti kelganida uni faqat Oʻzi oʻrtaga chiqaradi. Uning taʼsiri osmonlaru-yerga ogʻir keladi[842]. U sizlarga faqat toʻsatdan keladi», deb ayt. Huddi sen u (vaqt)ni biladigandek, ular sendan soʻrashyapti. “Uning ilmi faqat Alloh huzuridadir. Lekin insonlarning koʻpchiligi (bunday ekanini) bilmayapti”, de.
قُلْ لَا أَمْلِكُ لِنَفْسِي نَفْعًا وَلَا ضَرًّا إِلَّا مَا شَاءَ اللَّهُ ۚ وَلَوْ كُنْتُ أَعْلَمُ الْغَيْبَ لَاسْتَكْثَرْتُ مِنَ الْخَيْرِ وَمَا مَسَّنِيَ السُّوءُ ۚ إِنْ أَنَا إِلَّا نَذِيرٌ وَبَشِيرٌ لِقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ
7:188 “Alloh imkon bermasa, oʻzimga foyda ham zarar ham yetkazishga ega boʻlmayman. Gʻaybni bilganimda yaxshilikni koʻpaytirib olardim, menga yomonlik ham tegmas edi. Men shunchaki ogohlantiruvchi va ishonib-suyanadigan kishilarga yaxshilikdan darak beruvchiman, xolos”, deb aytib qoʻy.
هُوَ الَّذِي خَلَقَكُمْ مِنْ نَفْسٍ وَاحِدَةٍ وَجَعَلَ مِنْهَا زَوْجَهَا لِيَسْكُنَ إِلَيْهَا ۖ فَلَمَّا تَغَشَّاهَا حَمَلَتْ حَمْلًا خَفِيفًا فَمَرَّتْ بِهِ ۖ فَلَمَّا أَثْقَلَتْ دَعَوَا اللَّهَ رَبَّهُمَا لَئِنْ آتَيْتَنَا صَالِحًا لَنَكُونَنَّ مِنَ الشَّاكِرِينَ
7:189 U sizlarni bir nafsdan/bitta moddadan[843] yaratdi va unga (koʻngli) rohat topishi uchun juftini ham u (bashariyat tur)dan qildi. Er ayolga qoʻshilganida ayol yengil homilador boʻlib, uni (bir muddat) tashib yuradi. Yuki ogʻirlashganida ikkalasi ham Robbisi Allohga duo qilib: “Agar bizga yaxshi farzand bersang, buni qadriga yetuvchilardan boʻlamiz”, deydi.
فَلَمَّا آتَاهُمَا صَالِحًا جَعَلَا لَهُ شُرَكَاءَ فِيمَا آتَاهُمَا ۚ فَتَعَالَى اللَّهُ عَمَّا يُشْرِكُونَ
7:190 Ularga yaxshi bir farzand berganida esa, ularga bergani (farzand) haqida Allohga ikkalasi ham sheriklar toʻqishni boshlashadi. Ular qoʻshayotgan shirkdan Alloh pok va uzoqdir.
أَيُشْرِكُونَ مَا لَا يَخْلُقُ شَيْئًا وَهُمْ يُخْلَقُونَ
7:191 Ular hech narsa yaratmagan narsani Allohga sherik qilishyaptimi? Axir ularning oʻzlari ham yaratilgan-ku!
وَلَا يَسْتَطِيعُونَ لَهُمْ نَصْرًا وَلَا أَنْفُسَهُمْ يَنْصُرُونَ
7:192 Bular na ularga va na oʻzlariga yordam bera olmaydi.
وَإِنْ تَدْعُوهُمْ إِلَى الْهُدَىٰ لَا يَتَّبِعُوكُمْ ۚ سَوَاءٌ عَلَيْكُمْ أَدَعَوْتُمُوهُمْ أَمْ أَنْتُمْ صَامِتُونَ
7:193 Ularni toʻgʻri yoʻlga chaqirsanglar sizlarga ergashmaydi; chaqirsangiz ham, jim tursangiz ham sizlar uchun hech narsa oʻzgarmaydi.
إِنَّ الَّذِينَ تَدْعُونَ مِنْ دُونِ اللَّهِ عِبَادٌ أَمْثَالُكُمْ ۖ فَادْعُوهُمْ فَلْيَسْتَجِيبُوا لَكُمْ إِنْ كُنْتُمْ صَادِقِينَ
7:194 Allohdan boshqasiga iltijo qilayotganlaringiz sizlar kabi bandalardir. Agar rostgoʻy boʻlsangiz, qani ularga iltijo qilinglar; sizlarga (tilaklaringizni) bajo keltirsin-chi!
أَلَهُمْ أَرْجُلٌ يَمْشُونَ بِهَا ۖ أَمْ لَهُمْ أَيْدٍ يَبْطِشُونَ بِهَا ۖ أَمْ لَهُمْ أَعْيُنٌ يُبْصِرُونَ بِهَا ۖ أَمْ لَهُمْ آذَانٌ يَسْمَعُونَ بِهَا ۗ قُلِ ادْعُوا شُرَكَاءَكُمْ ثُمَّ كِيدُونِ فَلَا تُنْظِرُونِ
7:195 Ularni yuradigan oyoqlari bormi? Yoki ushlaydigan qoʻllari bormi? Yoki koʻradigan koʻzlari bormi? Yoki eshitadigan quloqlari bormi? Ayt: «(Allohga) qoʻshgan sheriklaringizni (yordamga) chaqiringlar, keyin menga tuzoq quringlar, muhlat ham bermanglar.
إِنَّ وَلِيِّيَ اللَّهُ الَّذِي نَزَّلَ الْكِتَابَ ۖ وَهُوَ يَتَوَلَّى الصَّالِحِينَ
7:196 Mening doʻstim/xojam – (Qurʼon) kitobni yuborgan Allohdir. U solihlarni (Qurʼon bilan) boshqarib turadi.
وَالَّذِينَ تَدْعُونَ مِنْ دُونِهِ لَا يَسْتَطِيعُونَ نَصْرَكُمْ وَلَا أَنْفُسَهُمْ يَنْصُرُونَ
7:197 Allohdan boshqasiga iltijo qilayotganlaringiz sizlarga yordam berishga ham kuchi yetmaydi, oʻzlariga ham yordam berolmaydi.»
وَإِنْ تَدْعُوهُمْ إِلَى الْهُدَىٰ لَا يَسْمَعُوا ۖ وَتَرَاهُمْ يَنْظُرُونَ إِلَيْكَ وَهُمْ لَا يُبْصِرُونَ
7:198 (Ey Muhammad!) Ularni toʻgʻri yoʻlga chaqirsan eshitmaydi. Senga boqib turganini koʻrasan, holbuki ular (toʻgʻri yoʻlni) koʻrmaydi.
خُذِ الْعَفْوَ وَأْمُرْ بِالْعُرْفِ وَأَعْرِضْ عَنِ الْجَاهِلِينَ
7:199 Ortiqchasidan ol[844], yaxshilikka buyur va johillardan[845] chetlan.
وَإِمَّا يَنْزَغَنَّكَ مِنَ الشَّيْطَانِ نَزْغٌ فَاسْتَعِذْ بِاللَّهِ ۚ إِنَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ
7:200 Agar senga shaytondan vasvasa[846] kelsa, darhol Allohga sigʻin. U eshitib turadi, koʻrib turadi.
إِنَّ الَّذِينَ اتَّقَوْا إِذَا مَسَّهُمْ طَائِفٌ مِنَ الشَّيْطَانِ تَذَكَّرُوا فَإِذَا هُمْ مُبْصِرُونَ
7:201 Javobgarlikni his qilgan (moʻmin)larga shaytoniy bir chalgʻgitish kelsa, ular (haqni) esga olishib, darhol haqiqatni koʻradilar.
وَإِخْوَانُهُمْ يَمُدُّونَهُمْ فِي الْغَيِّ ثُمَّ لَا يُقْصِرُونَ
7:202 Birodarlari yoʻldan ozdirishda ularga yordam beradi, keyin (buni) chala qoʻymaydilar.
وَإِذَا لَمْ تَأْتِهِم بِآيَةٍ قَالُواْ لَوْلاَ اجْتَبَيْتَهَا قُلْ إِنَّمَا أَتَّبِعُ مَا يِوحَى إِلَيَّ مِن رَّبِّي هَـذَا بَصَآئِرُ مِن رَّبِّكُمْ وَهُدًى وَرَحْمَةٌ لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ
7:203 Ularga bir oyat bilan kelmaganingda: “Oʻzing toʻqisang boʻlmaydimi?”- deyishdi. Ayt: “Men faqatgina yaratgan Egamdan menga vahiy qilingan Qurʼonga amal qilaman, xolos”. Bu – yaratgan Egangizdan yuborilgan koʻrsatmalardir va (Unga) ishonadigan kishilar uchun qoʻllanma va rahmatdir[847].
وَإِذَا قُرِئَ الْقُرْآنُ فَاسْتَمِعُوا لَهُ وَأَنْصِتُوا لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ
7:204 Qurʼon oʻqib berilganida uni diqqat bilan eshitinglar va jim turing-ki, sizlarga rahm qilingay[848].
وَاذْكُرْ رَبَّكَ فِي نَفْسِكَ تَضَرُّعًا وَخِيفَةً وَدُونَ الْجَهْرِ مِنَ الْقَوْلِ بِالْغُدُوِّ وَالْآصَالِ وَلَا تَكُنْ مِنَ الْغَافِلِينَ
7:205 Peshinda va Asrda[849] ich-ichingdan yolvorgan holda va past ovozda yaratgan Egangni yod et. (Oʻqilayotgan oyatlarga) beparvolik qiladiganlardan boʻlma.
إِنَّ الَّذِينَ عِنْدَ رَبِّكَ لَا يَسْتَكْبِرُونَ عَنْ عِبَادَتِهِ وَيُسَبِّحُونَهُ وَلَهُ يَسْجُدُونَ ۩
7:206 Robbing huzurida turganlar[850] Unga qullik qilishdan katta ketmaydi, Uni poklab ulugʻlashadi va Unga sajda qilishadi.
- Anfol
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
يَسْأَلُونَكَ عَنِ الأَنفَالِ قُلِ الأَنفَالُ لِلّهِ وَالرَّسُولِ فَاتَّقُواْ اللّهَ وَأَصْلِحُواْ ذَاتَ بِيْنِكُمْ وَأَطِيعُواْ اللّهَ وَرَسُولَهُ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ {1}
8:1 Sendan (jangda qoʻlga kiritilgan) oʻljalar haqida soʻrashmoqda. «Oʻljalar (taqsimot hukmi) Alloh va Rasuliga tegishli[851]», deb ayt. Allohga nisbatan javobgarlikni his qiling va orangizni tuzating. Agar moʻmin boʻlsangiz, Alloh va Rasuliga boʻysuninglar.
إِنَّمَا الْمُؤْمِنُونَ الَّذِينَ إِذَا ذُكِرَ اللّهُ وَجِلَتْ قُلُوبُهُمْ وَإِذَا تُلِيَتْ عَلَيْهِمْ آيَاتُهُ زَادَتْهُمْ إِيمَانًا وَعَلَى رَبِّهِمْ يَتَوَكَّلُونَ {2}
8:2 Moʻminlar – Alloh eslanganida yuraklari titragan, ularga Uning oyatlari (tushintirib) oʻqib berilganida imon-ishonchi ortgan va yaratgan Egasiga oʻzini ishonib topshiradiganlardir.
الَّذِينَ يُقِيمُونَ الصَّلاَةَ وَمِمَّا رَزَقْنَاهُمْ يُنفِقُونَ {3}
8:3 Ular namozini/diniy vazifalarni ado etadi va ularga rizq qilib bergan narsamizdan xayr-ehson qiladi.
أُوْلَـئِكَ هُمُ الْمُؤْمِنُونَ حَقًّا لَّهُمْ دَرَجَاتٌ عِندَ رَبِّهِمْ وَمَغْفِرَةٌ وَرِزْقٌ كَرِيمٌ {4}
8:4 Ana shular chin moʻmindir. Robbi huzurida ularga darajalar, kechirilish va moʻl-koʻl rizq bor.
كَمَا أَخْرَجَكَ رَبُّكَ مِن بَيْتِكَ بِالْحَقِّ وَإِنَّ فَرِيقاً مِّنَ الْمُؤْمِنِينَ لَكَارِهُونَ {5}
8:5 Shuningdek, moʻminlarning bir qismi yoqtirmasa-da, Robbing seni oʻsha haq (soʻz)[852] sababli uyingdan chiqargan edi.
يُجَادِلُونَكَ فِي الْحَقِّ بَعْدَمَا تَبَيَّنَ كَأَنَّمَا يُسَاقُونَ إِلَى الْمَوْتِ وَهُمْ يَنظُرُونَ {6}
8:6 Oʻsha haq (soʻz) ayon boʻlganidan keyin ham, qarab turgan hollarida ularni oʻlimga yetaklab ketilayotganidek, u haqida sen bilan tortishmoqdalar.
وَإِذْ يَعِدُكُمُ اللّهُ إِحْدَى الطَّائِفَتِيْنِ أَنَّهَا لَكُمْ وَتَوَدُّونَ أَنَّ غَيْرَ ذَاتِ الشَّوْكَةِ تَكُونُ لَكُمْ وَيُرِيدُ اللّهُ أَن يُحِقَّ الحَقَّ بِكَلِمَاتِهِ وَيَقْطَعَ دَابِرَ الْكَافِرِينَ {7}
8:6 Alloh sizlarga ikki guruhdan biri sizlarniki boʻladi, deb soʻz berganida[853], sizlar qurolsiz (karvon)ni sizniki boʻlishini xohlayotgan edinggiz. Alloh esa, Oʻz soʻzlari bilan (sizlarga bergan) haq vaʼdasi[854] roʻyobga oshishini va kofirlarning ildizini quritishni xohlayotgan edi.
لِيُحِقَّ الْحَقَّ وَيُبْطِلَ الْبَاطِلَ وَلَوْ كَرِهَ الْمُجْرِمُونَ {8}
8:8 Garchi (Makkalik) jinoyatchilar yoqtirmasa-da, Alloh haq (vaʼdasi)ni roʻyobga oshirmoqchi va botilni yoʻq qilmoqchi edi.
إِذْ تَسْتَغِيثُونَ رَبَّكُمْ فَاسْتَجَابَ لَكُمْ أَنِّي مُمِدُّكُم بِأَلْفٍ مِّنَ الْمَلآئِكَةِ مُرْدِفِينَ {9}
8:8 (Badrda) yaratgan Egangizdan yordam soʻrayotganingizda, U: “Orqama-orqa keladigan mingta malak bilan sizlarga madad beraman”, deb javob bergan[855].
وَمَا جَعَلَهُ اللّهُ إِلاَّ بُشْرَى وَلِتَطْمَئِنَّ بِهِ قُلُوبُكُمْ وَمَا النَّصْرُ إِلاَّ مِنْ عِندِ اللّهِ إِنَّ اللّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌ {10}
8:8 Alloh buni sizlarga faqat xush xabar boʻlishi va yuraklaringiz xotirjam boʻlishi uchun qilgan. (Unday) yordam faqat Allohdan keladi[856]. Alloh gʻolibdir, toʻgʻri qaror beruvchidir.
إِذْ يُغَشِّيكُمُ النُّعَاسَ أَمَنَةً مِّنْهُ وَيُنَزِّلُ عَلَيْكُم مِّن السَّمَاء مَاء لِّيُطَهِّرَكُم بِهِ وَيُذْهِبَ عَنكُمْ رِجْزَ الشَّيْطَانِ وَلِيَرْبِطَ عَلَى قُلُوبِكُمْ وَيُثَبِّتَ بِهِ الأَقْدَامَ {11}
8:8 Oʻshanda U sizlarni xavfsiz boʻlgan shirin uyquga toldirgan. U bilan sizlarni poklash, shaytonning yomonligini ketkazish, yuragingizga matonat oʻrnatish va sobit qadam qilish uchun ustingizga osmondan yomgʻir yogʻdirgan[857].
إِذْ يُوحِي رَبُّكَ إِلَى الْمَلآئِكَةِ أَنِّي مَعَكُمْ فَثَبِّتُواْ الَّذِينَ آمَنُواْ سَأُلْقِي فِي قُلُوبِ الَّذِينَ كَفَرُواْ الرَّعْبَ فَاضْرِبُواْ فَوْقَ الأَعْنَاقِ وَاضْرِبُواْ مِنْهُمْ كُلَّ بَنَانٍ {12}
8:12 Oʻshanda yaratgan Egang malaklarga: “Men sizlar bilan birgaman, moʻminlarni jasoratlantiringlar. Men kofirlarning yuragiga qoʻrquv solaman”, deb vahiy qilgan. Qani endi (Ey moʻminlar) ularning boʻyinlarining tepasiga uring va (qurol koʻtargan) har bir barmoqlariga uring!
ذَلِكَ بِأَنَّهُمْ شَآقُّواْ اللّهَ وَرَسُولَهُ وَمَن يُشَاقِقِ اللّهَ وَرَسُولَهُ فَإِنَّ اللّهَ شَدِيدُ الْعِقَابِ {13}
8:13 Chunki, ular Alloh va elchisiga qarshi tarafda boʻldilar. Kim Alloh va elchisiga qarshi tarafda boʻlsa, bas; Allohning jazosi qattiqdir.
ذَلِكُمْ فَذُوقُوهُ وَأَنَّ لِلْكَافِرِينَ عَذَابَ النَّارِ {14}
8:14 Mana sizlarga (ey kofirlar)! Uni totinglar endi. Tagʻin, kofirlik qiladiganlarga jahannam azobi bor.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ إِذَا لَقِيتُمُ الَّذِينَ كَفَرُواْ زَحْفاً فَلاَ تُوَلُّوهُمُ الأَدْبَارَ {15}
8:15 Ey Moʻminlar! Kofirlik qilganlar bilan harbiy holatda toʻqnashganingizda aslo ulardan ortga chekinmang!
وَمَن يُوَلِّهِمْ يَوْمَئِذٍ دُبُرَهُ إِلاَّ مُتَحَرِّفاً لِّقِتَالٍ أَوْ مُتَحَيِّزاً إِلَى فِئَةٍ فَقَدْ بَاء بِغَضَبٍ مِّنَ اللّهِ وَمَأْوَاهُ جَهَنَّمُ وَبِئْسَ الْمَصِيرُ {16}
8:16 Oʻsha kuni kim ulardan (qoʻrqib) ortga chekinsa, Allohning gʻazabiga yoʻliqadi va uning borar joyi jahannam boʻladi. Juda yomon ahvolga kelishdir u! Jangga oʻzgacha bir uslub va oʻzgarish kiritish yoki boshqa bir qismga qoʻshilish maqsadida chekinish bundan mustasno.
فَلَمْ تَقْتُلُوهُمْ وَلَـكِنَّ اللّهَ قَتَلَهُمْ وَمَا رَمَيْتَ إِذْ رَمَيْتَ وَلَـكِنَّ اللّهَ رَمَى وَلِيُبْلِيَ الْمُؤْمِنِينَ مِنْهُ بَلاء حَسَناً إِنَّ اللّهَ سَمِيعٌ عَلِيمٌ {17}
8:17 Ularni sizlar oʻldirmadinglar, ularni Alloh oʻldirdi. (Oʻq) otganingda ham sen otmading, Alloh otdi[858]. Bu — moʻminlarni chiroyli imtihondan oʻtkazish uchun edi. Shubhasizki, Alloh eshitadi, biladi.
ذَلِكُمْ وَأَنَّ اللّهَ مُوهِنُ كَيْدِ الْكَافِرِينَ {18}
8:18 Shuningdek, Alloh kofirlarning xiylasini yakson qilib yuboradi.
إِن تَسْتَفْتِحُواْ فَقَدْ جَاءكُمُ الْفَتْحُ وَإِن تَنتَهُواْ فَهُوَ خَيْرٌ لَّكُمْ وَإِن تَعُودُواْ نَعُدْ وَلَن تُغْنِيَ عَنكُمْ فِئَتُكُمْ شَيْئًا وَلَوْ كَثُرَتْ وَأَنَّ اللّهَ مَعَ الْمُؤْمِنِينَ {19}
8:19 (Ey kofirlar!) Agar fath xohlayotgan boʻlsangiz, sizlarga fath keldi[859]. Agar (paygʻambarga adovatni) toʻxtatsangiz oʻzingizga yaxshi boʻladi. Agar (adovatga) qaytsangiz, biz ham (paygʻambarni yordamiga) qaytamiz[860]. Koʻp sonli boʻlishingiz sizlarga hech narsaga asqotmaydi. Chunki, Alloh moʻminlar bilan birgadir.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ أَطِيعُواْ اللّهَ وَرَسُولَهُ وَلاَ تَوَلَّوْا عَنْهُ وَأَنتُمْ تَسْمَعُونَ {20}
8:20 Ey Moʻminlar! Alloh va Rasuliga boʻysuning. Eshitib-tushunib turib ham undan yuz oʻgirmang!
وَلاَ تَكُونُواْ كَالَّذِينَ قَالُوا سَمِعْنَا وَهُمْ لاَ يَسْمَعُونَ {21}
8:21 Eshitmagani holda eshitdik (tushundik) deganlar kabi boʻlmang.
إِنَّ شَرَّ الدَّوَابَّ عِندَ اللّهِ الصُّمُّ الْبُكْمُ الَّذِينَ لاَ يَعْقِلُونَ {22}
8:22 Shubhasizki, Allohga koʻra tirik mavjudotlarning yomoni – aqlini ishlatmaydigan kar va soqovlardir[861].
وَلَوْ عَلِمَ اللّهُ فِيهِمْ خَيْرًا لَّأسْمَعَهُمْ وَلَوْ أَسْمَعَهُمْ لَتَوَلَّواْ وَّهُم مُّعْرِضُونَ {23}
8:23 Alloh ularda yaxshilik borligini bilganida, ularga (majburan haqqa) quloq soldirib qoʻyardi. Ularni (haqqa majburan) quloq soldirib qoʻygan taqdirda ham, bosh tortib, (haqdan) yuz oʻgirgan boʻlishar edi[862].
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اسْتَجِيبُواْ لِلّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُم لِمَا يُحْيِيكُمْ وَاعْلَمُواْ أَنَّ اللّهَ يَحُولُ بَيْنَ الْمَرْءِ وَقَلْبِهِ وَأَنَّهُ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ {24}
8:24 Ey Moʻminlar! Sizlarni (mangu baxtli) yashatadigan narsaga[863] chorlaganida Alloh va Rasuliga munosib javob qaytaring. Alloh har qanday shaxs bilan uning qalbi orasiga kirishini[864] ham, sizlar Uning hukmiga toʻplanishingizni ham bilib qoʻying.
وَاتَّقُواْ فِتْنَةً لاَّ تُصِيبَنَّ الَّذِينَ ظَلَمُواْ مِنكُمْ خَآصَّةً وَاعْلَمُواْ أَنَّ اللّهَ شَدِيدُ الْعِقَابِ {25}
8:25 Orangizdan faqat zulm qilganlargagina tegib-gina qolmaydigan (kelganida barchaga tegadigan) fitna-balodan saqlaning[865]. Bilib qoʻyinglar, Allohning jazosi qattiqdir.
وَاذْكُرُواْ إِذْ أَنتُمْ قَلِيلٌ مُّسْتَضْعَفُونَ فِي الأَرْضِ تَخَافُونَ أَن يَتَخَطَّفَكُمُ النَّاسُ فَآوَاكُمْ وَأَيَّدَكُم بِنَصْرِهِ وَرَزَقَكُم مِّنَ الطَّيِّبَاتِ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ {26}
8:26 Son jihatidan oz boʻlib, yurtingizda bechora-jafokash boʻlib, insonlar sizlarni tutib ketishidan qoʻrqayotganingizda, shukr qilgaylar/qadriga yetgaylar deb, Alloh sizlarga yashaydigan yurt berganini, Oʻz yordami bilan sizlarni qoʻllav-quvvatlaganini va sizlarga pokiza narsalarni rizq qilib berganini yodda tutinglar.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ لاَ تَخُونُواْ اللّهَ وَالرَّسُولَ وَتَخُونُواْ أَمَانَاتِكُمْ وَأَنتُمْ تَعْلَمُونَ {27}
8:27 Ey Moʻminlar! Alloh va Rasuliga xiyonat qilmang. Sizlarga ishonib topshirilgan narsalarga ham bilib turib xiyonat qilmang[866].
وَاعْلَمُواْ أَنَّمَا أَمْوَالُكُمْ وَأَوْلاَدُكُمْ فِتْنَةٌ وَأَنَّ اللّهَ عِندَهُ أَجْرٌ عَظِيمٌ {28}
8:28 Bilib qoʻyinglar! Mol-davlatingiz ham, boalalaringiz ham faqat imtihondir. (Imtihondan oʻtganlarga) Alloh huzurida ulkan ajr-mukofot bor.
يِا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ إَن تَتَّقُواْ اللّهَ يَجْعَل لَّكُمْ فُرْقَاناً وَيُكَفِّرْ عَنكُمْ سَيِّئَاتِكُمْ وَيَغْفِرْ لَكُمْ وَاللّهُ ذُو الْفَضْلِ الْعَظِيمِ {29}
8:29 Ey Moʻminlar! Allohga nisbatan javobgarlikni his qilsangiz, U sizlarga haqni nohaqdan ajrata oladigan iqtidor/isteʼdod beradi, yomonliklaringizni toʻsib qoʻyadi va sizlarni kechiradi. Alloh buyuk oliyjanoblikka egadir.
وَإِذْ يَمْكُرُ بِكَ الَّذِينَ كَفَرُواْ لِيُثْبِتُوكَ أَوْ يَقْتُلُوكَ أَوْ يُخْرِجُوكَ وَيَمْكُرُونَ وَيَمْكُرُ اللّهُ وَاللّهُ خَيْرُ الْمَاكِرِينَ {30}
8:30 Kofirlar bir vaqtlar seni toʻxtatib qolish, yoki oʻldirib yuborish yoxud yurtingdan chiqarib yuborish uchun reja tuzayotgan edi. Ular reja tuzayotgan boʻlsa, Alloh ham ularga qarshi reja tuzayotgan edi. Eng yaxshi reja tuzuvchi Allohdir.
وَإِذَا تُتْلَى عَلَيْهِمْ آيَاتُنَا قَالُواْ قَدْ سَمِعْنَا لَوْ نَشَاء لَقُلْنَا مِثْلَ هَـذَا إِنْ هَـذَا إِلاَّ أَسَاطِيرُ الأوَّلِينَ {31}
8:31 Ularga oyatlarimiz tilovat qilinganida “Boʻldi, eshitdik. Aytsak biz ham xuddi shunday (oyat) aytaveramiz. Bu – avvalgilarning uydırmalaridan boshqa narsa emas”, dedilar[867].
وَإِذْ قَالُواْ اللَّهُمَّ إِن كَانَ هَـذَا هُوَ الْحَقَّ مِنْ عِندِكَ فَأَمْطِرْ عَلَيْنَا حِجَارَةً مِّنَ السَّمَاء أَوِ ائْتِنَا بِعَذَابٍ أَلِيمٍ {32}
8:32 Oʻshanda ular: “Ey Alloh! Agar bu (Qurʼon) sen tarafingdan yuborilgan haqiqat boʻlsa, tepamizga osmondan tosh yogʻdir, yoki bizga alamli azob yubor”, deyishgan.
وَمَا كَانَ اللّهُ لِيُعَذِّبَهُمْ وَأَنتَ فِيهِمْ وَمَا كَانَ اللّهُ مُعَذِّبَهُمْ وَهُمْ يَسْتَغْفِرُونَ {33}
8:33 Sen ularning ichida ekaningda, Alloh ularni azoblamaydi. Ular (Allohdan) kechirim soʻrayotganida ham Alloh ularni azoblamaydi.
وَمَا لَهُمْ أَلاَّ يُعَذِّبَهُمُ اللّهُ وَهُمْ يَصُدُّونَ عَنِ الْمَسْجِدِ الْحَرَامِ وَمَا كَانُواْ أَوْلِيَاءهُ إِنْ أَوْلِيَآؤُهُ إِلاَّ الْمُتَّقُونَ وَلَـكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لاَ يَعْلَمُونَ {34}
8:34 (Sizlarni) Masjidi Haromdan toʻsayotganida Alloh ularni azoblamasligiga ularni qanday asosi bor ekan?! Ular uning mutavallisi ham boʻlmagan, uning mutavallilari masʼuliyatli (moʻmin)lardir. Ammo ularning koʻpchiligi bilmayapti.
وَمَا كَانَ صَلاَتُهُمْ عِندَ الْبَيْتِ إِلاَّ مُكَاء وَتَصْدِيَةً فَذُوقُواْ الْعَذَابَ بِمَا كُنتُمْ تَكْفُرُونَ {35}
8:35 Ularning Baytulloh yonida qilgan duo-iltijolari (haqqa qarshilik qilish uchun) beʼmani shovqin-suron koʻtarish va (insonlarni haqdan) toʻsishdan iborat boʻlgan, xolos. “Endi, kofirligingiz uchun azobni toting ” (deyiladi).[868]
إِنَّ الَّذِينَ كَفَرُواْ يُنفِقُونَ أَمْوَالَهُمْ لِيَصُدُّواْ عَن سَبِيلِ اللّهِ فَسَيُنفِقُونَهَا ثُمَّ تَكُونُ عَلَيْهِمْ حَسْرَةً ثُمَّ يُغْلَبُونَ وَالَّذِينَ كَفَرُواْ إِلَى جَهَنَّمَ يُحْشَرُونَ{36}
8:36 Kofirlik qilganlar mol-mulklarini Allohning yoʻlidan toʻsish uchun sarflamoqda, sarflashda davom etmoqda. Ularning sarf-xarajatlari keyinchalik oʻzlariga achinishu nadomatga aylanadi, keyinchalik yengilishadi. Kofirlik qilganlar jahannamga yigʻiladi.
لِيَمِيزَ اللّهُ الْخَبِيثَ مِنَ الطَّيِّبِ وَيَجْعَلَ الْخَبِيثَ بَعْضَهُ عَلَىَ بَعْضٍ فَيَرْكُمَهُ جَمِيعاً فَيَجْعَلَهُ فِي جَهَنَّمَ أُوْلَـئِكَ هُمُ الْخَاسِرُونَ {37}
8:37 Alloh buni yaxshini yomondan ajratish hamda yomonni bir-biriga qoʻshib jahannamga toʻplash uchun qildi. Ana shular xonavayron boʻluvchilardir[869].
قُل لِلَّذِينَ كَفَرُواْ إِن يَنتَهُواْ يُغَفَرْ لَهُم مَّا قَدْ سَلَفَ وَإِنْ يَعُودُواْ فَقَدْ مَضَتْ سُنَّةُ الأَوَّلِينِ {38}
8:38 (Oyatlarni tan olmay) kofirlik qilganlarga ayt: «Agar (kofirlik va dushmanchilikni) bas qilsalar, oʻtmishdagi gunohlari kechiriladi. Agar yana qaytsalar[870], oʻtmishdagilarga qoʻllanilgan qonun ularga ham qoʻllaniladi.
وَقَاتِلُوهُمْ حَتَّى لاَ تَكُونَ فِتْنَةٌ وَيَكُونَ الدِّينُ كُلُّهُ لِلّه فَإِنِ انتَهَوْاْ فَإِنَّ اللّهَ بِمَا يَعْمَلُونَ بَصِيرٌ {39}
8:39 Ular bilan urushinglar[871], toki (urush) fitnasi soʻnsin; Allohning dini tamoman oʻz oʻrnini topsin. Agar bas qilsalar[872], Alloh qilmishlarini koʻrib turibdi.
وَإِن تَوَلَّوْاْ فَاعْلَمُواْ أَنَّ اللّهَ مَوْلاَكُمْ نِعْمَ الْمَوْلَى وَنِعْمَ النَّصِيرُ {40}
8:40 Agar (jangni toʻxtatishdan) bosh tortsalar, bilib qoʻyinglar, Alloh sizlarni yaqin doʻstingiz/xojangizdir, U qanday ham yaxshi xojadir, qanday ham yaxshi yordamchidir.
وَاعْلَمُواْ أَنَّمَا غَنِمْتُم مِّن شَيْءٍ فَأَنَّ لِلّهِ خُمُسَهُ وَلِلرَّسُولِ وَلِذِي الْقُرْبَى وَالْيَتَامَى وَالْمَسَاكِينِ وَابْنِ السَّبِيلِ إِن كُنتُمْ آمَنتُمْ بِاللّهِ وَمَا أَنزَلْنَا عَلَى عَبْدِنَا يَوْمَ الْفُرْقَانِ يَوْمَ الْتَقَى الْجَمْعَانِ وَاللّهُ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ {41}
8:41 Agar Allohga va toʻgʻri bilan notoʻgʻri ayrilgan[873] kuni – ikki qoʻshin toʻqnashgan kuni qulimiz (Muhammad)ga nozil qilganimiz (Qurʼon)ga ishonsangiz, bilingki, nimaiki oʻlja olgan boʻlsangiz, oʻljaning beshdan biri Allohga (Allohning dinini rivojiga), Allohning Elchisiga va uning yaqinlariga, yetimlarga, chorasizlar va yoʻlda qolganlarga beriladi. Alloh har narsaga oʻlchov qoʻyuvchidir.
إِذْ أَنتُم بِالْعُدْوَةِ الدُّنْيَا وَهُم بِالْعُدْوَةِ الْقُصْوَى وَالرَّكْبُ أَسْفَلَ مِنكُمْ وَلَوْ تَوَاعَدتَّمْ لاَخْتَلَفْتُمْ فِي الْمِيعَادِ وَلَـكِن لِّيَقْضِيَ اللّهُ أَمْراً كَانَ مَفْعُولاً لِّيَهْلِكَ مَنْ هَلَكَ عَن بَيِّنَةٍ وَيَحْيَى مَنْ حَيَّ عَن بَيِّنَةٍ وَإِنَّ اللّهَ لَسَمِيعٌ عَلِيمٌ {42}
8:42 Oʻshanda sizlar vodiyning (Madinaga) eng yaqin qismida, ular (Makka mushriklari) vodiyning uzoq qismida va karvon esa sizlardan bir oz pastroqda edi. Agar kelishib olganingizda ham bunday teng kelolmas edingiz. Ammo, qaror berilgan ishni (Alloh) roʻyobga oshirishi, oʻlgan kishi haqiqatni koʻrib oʻlishi, tirik qolgan kishi ham haqiqatni koʻrib tirik qolishi[874] uchun shunday qildi. Shubhasizki, Alloh eshitadi, biladi.
إِذْ يُرِيكَهُمُ اللّهُ فِي مَنَامِكَ قَلِيلاً وَلَوْ أَرَاكَهُمْ كَثِيرًا لَّفَشِلْتُمْ وَلَتَنَازَعْتُمْ فِي الأَمْرِ وَلَـكِنَّ اللّهَ سَلَّمَ إِنَّهُ عَلِيمٌ بِذَاتِ الصُّدُورِ {43}
8:43 (Ey Muhammad!) Oʻshanda senga Alloh ularni tushingda oz koʻrsatdi. Agar ularni koʻp koʻrsatsa edi, tarqalib ketib, urush haqida bir-biringiz bilan tortishib qolar edingiz. Ammo, Alloh bunday holatga tushib qolishdan sizlarni salomat saqlab qoldi. Alloh dillardagini ham biladi.
وَإِذْ يُرِيكُمُوهُمْ إِذِ الْتَقَيْتُمْ فِي أَعْيُنِكُمْ قَلِيلاً وَيُقَلِّلُكُمْ فِي أَعْيُنِهِمْ لِيَقْضِيَ اللّهُ أَمْرًا كَانَ مَفْعُولاً وَإِلَى اللّهِ تُرْجَعُ الأمُورُ {44}
8:44 U (Makkalik)larga toʻqnashganingizda ham Alloh koʻzingizga ularni oz koʻrsatdi, ularning koʻzlariga ham sizlarni oz koʻrsatdi[875]. Qaror berilgan ishni roʻyobga oshirish uchun Alloh shunday qildi. Barcha ishlar Allohga taqdim etiladi.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ إِذَا لَقِيتُمْ فِئَةً فَاثْبُتُواْ وَاذْكُرُواْ اللّهَ كَثِيرًا لَّعَلَّكُمْ تُفۡلِحُونَ{45}
8:45 Ey Moʻminlar! Qoʻshinga toʻqnash kelganingizda, muvaffaqiyat/gʻalaba qozonishingiz uchun mahkam turinglar va Allohni koʻp-koʻp eslanglar!
وَأَطِيعُواْ اللّهَ وَرَسُولَهُ وَلاَ تَنَازَعُواْ فَتَفْشَلُواْ وَتَذْهَبَ رِيحُكُمْ وَاصْبِرُواْ إِنَّ اللّهَ مَعَ الصَّابِرِينَ {46}
8:46 Alloh va Rasuliga (elchiga yuborilgan kitobga[876]) boʻysuning – oʻzaro talashib-tortishmang, aks holda tarqalib ketasiz va kuchingiz ketib qoladi.
وَلاَ تَكُونُواْ كَالَّذِينَ خَرَجُواْ مِن دِيَارِهِم بَطَرًا وَرِئَاء النَّاسِ وَيَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ اللّهِ وَاللّهُ بِمَا يَعْمَلُونَ مُحِيطٌ {47}
8:47 Kuchini koʻrsatib maqtanish, ommaga namoyish etish[877] va (insonlarni) Allohning yoʻlidan toʻsish uchun yurtlaridan chiqqanlar kabi boʻlmang. Alloh ularning qilmishlarini qamrab turadi.
وَإِذْ زَيَّنَ لَهُمُ الشَّيْطَانُ أَعْمَالَهُمْ وَقَالَ لاَ غَالِبَ لَكُمُ الْيَوْمَ مِنَ النَّاسِ وَإِنِّي جَارٌ لَّكُمْ فَلَمَّا تَرَاءتِ الْفِئَتَانِ نَكَصَ عَلَى عَقِبَيْهِ وَقَالَ إِنِّي بَرِيءٌ مِّنكُمْ إِنِّي أَرَى مَا لاَ تَرَوْنَ إِنِّيَ أَخَافُ اللّهَ وَاللّهُ شَدِيدُ الْعِقَابِ {48}
8:48 Oʻshanda shayton ularga qilmishlarini chiroyli koʻrsatib: “Bugun bular orasida sizlarni yenga oladigan hech kim yoʻq, men sizlarni yoningizdaman”, degan soʻzni vasvasa qildi. Ikki qoʻshin (toʻqnash kelib) bir-birini koʻrganida, shayton: “Men sizlardan uzoqman. Sizlar koʻrmayotgan narsani men koʻryapman. Men Allohdan qoʻrqaman. Allohning jazosi qattiq”, deb ortga chekindi.
8:49إِذْ يَقُولُ الْمُنَافِقُونَ وَالَّذِينَ فِي قُلُوبِهِم مَّرَضٌ غَرَّ هَـؤُلاء دِينُهُمْ وَمَن يَتَوَكَّلْ عَلَى اللّهِ فَإِنَّ اللّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌ {49}
8:49 U asnoda (Makkadan kelgan) munofiqlar[878] va qalbida kasali borlar:[879] “Bularni dini oʻzlarini aldab qoʻyibdi”, deyotgan edi. Ammo, kim Allohga suyanib-tayansa, (bilsinki) Alloh gʻolibdir, toʻgʻri qaror beruvchidir.
وَلَوْ تَرَى إِذْ يَتَوَفَّى الَّذِينَ كَفَرُواْ الْمَلآئِكَةُ يَضْرِبُونَ وُجُوهَهُمْ وَأَدْبَارَهُمْ وَذُوقُواْ عَذَابَ الْحَرِيقِ {50}
8:50 Malaklar kofirlik qilganlarning jonini olayotganida bir koʻrsang edi! Ular kofirlarni yuzlari va orqalariga[880] urib: «Alangali otash azobini totinglar endi!
ذَلِكَ بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيكُمْ وَأَنَّ اللّهَ لَيْسَ بِظَلاَّمٍ لِّلْعَبِيدِ {51}
8:51 Bu (jazo) – oʻz qilmshingizga yarashadir; Alloh qullariga haqsizlik qiluvchi emas», deyishadi.
كَدَأْبِ آلِ فِرْعَوْنَ وَالَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ كَفَرُواْ بِآيَاتِ اللّهِ فَأَخَذَهُمُ اللّهُ بِذُنُوبِهِمْ إِنَّ اللّهَ قَوِيٌّ شَدِيدُ الْعِقَابِ {52}
8:52 Ularning ahvoli Firʼavn xonadoni va ulardan avvalgilarning ahvoliga oʻxshaydi. Ular ham Allohning oyatlarini tan olmadi, Alloh ham gunohlari sababli ularni (jazoga) tutdi. Alloh kuchlidir, jazosi qattiqdir.
ذَلِكَ بِأَنَّ اللّهَ لَمْ يَكُ مُغَيِّرًا نِّعْمَةً أَنْعَمَهَا عَلَى قَوْمٍ حَتَّى يُغَيِّرُواْ مَا بِأَنفُسِهِمْ وَأَنَّ اللّهَ سَمِيعٌ عَلِيمٌ {53}
8:53 Chunki, bir xalq oʻzidagi narsani oʻzgartirmaguncha, Alloh ularga bergan neʼmatini oʻzgartirmaydi[881]. Alloh eshitadi, biladi.
كَدَأْبِ آلِ فِرْعَوْنَ وَالَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ كَذَّبُواْ بآيَاتِ رَبِّهِمْ فَأَهْلَكْنَاهُم بِذُنُوبِهِمْ وَأَغْرَقْنَا آلَ فِرْعَونَ وَكُلٌّ كَانُواْ ظَالِمِينَ {54}
8:54 Ularning ahvoli Firʼavn xonadonining va ulardan avvalgilarning ahvoliga oʻxshaydi. Ular yaratgan Egasining oyatlarini yolgʻonga chiqardi. Gunohlari tufayli ularni halok qildik, Firʼavn xonadonini suvga choʻktirib yubordik. Ularning barchasi haqsizlik qiluvchi (zolim) edi.
إِنَّ شَرَّ الدَّوَابِّ عِندَ اللّهِ الَّذِينَ كَفَرُواْ فَهُمْ لاَ يُؤْمِنُونَ {55}
8:55 Allohga koʻra jonzotlarning eng yomoni (Allohga) qarshi chiqqanlardir; endi ular iymon keltirmaydi.
الَّذِينَ عَاهَدتَّ مِنْهُمْ ثُمَّ يَنقُضُونَ عَهْدَهُمْ فِي كُلِّ مَرَّةٍ وَهُمْ لاَ يَتَّقُونَ {56}
8:56 Ular – sen ular bilan ahdlashgan, keyin har safar ahdini buzadigan va javobgarlikni his qilmaydigan kishilardir.
فَإِمَّا تَثْقَفَنَّهُمْ فِي الْحَرْبِ فَشَرِّدْ بِهِمْ مَنْ خَلْفَهُمْ لَعَلَّهُمْ يَذَّكَّرُونَ{57}
8:57 Shuning uchun, agar jangda ularga nisbatan ustunlikni qoʻlga kiritsang, ular bilan birga ortidagilarni ham qochirib-tarqatib yubor. Zora, nasihat olsalar!
وَإِمَّا تَخَافَنَّ مِن قَوْمٍ خِيَانَةً فَانبِذْ إِلَيْهِمْ عَلَى سَوَاء إِنَّ اللّهَ لاَ يُحِبُّ الخَائِنِينَ {58}
8:58 Agar bir jamoani xiyonat qilishidan – xabar topib – qoʻrqib qolsang, vaziyatni tenglashtirib, sen ham ularga kelishuvni buzganingni bildirib qoʻy. Alloh xiyonatchilarni yoqtirmaydi.
وَلاَ يَحْسَبَنَّ الَّذِينَ كَفَرُواْ سَبَقُواْ إِنَّهُمْ لاَ يُعْجِزُونَ {59}
8:59 (Allohga) qarshilik qilganlar oʻzlarini yenga oladi deb oʻylashmasin. Ular (Allohni) ojiz qoldirolmaydi[882].
وَأَعِدُّواْ لَهُم مَّا اسْتَطَعْتُم مِّن قُوَّةٍ وَمِن رِّبَاطِ الْخَيْلِ تُرْهِبُونَ بِهِ عَدْوَّ اللّهِ وَعَدُوَّكُمْ وَآخَرِينَ مِن دُونِهِمْ لاَ تَعْلَمُونَهُمُ اللّهُ يَعْلَمُهُمْ وَمَا تُنفِقُواْ مِن شَيْءٍ فِي سَبِيلِ اللّهِ يُوَفَّ إِلَيْكُمْ وَأَنتُمْ لاَ تُظْلَمُونَ {60}
8:60 Sizlar u bilan Allohning dushmanini, oʻzingizni dushmaningizni va ularga yaqin boʻlgan – sizlar bilmaydigan, ammo Alloh biladigan – boshqa dushmanlarni ham choʻchitadigan boʻlib, ularga qarshi kuchingiz yetganicha harbiy quvvat va jangovar otlar tayyorlab qoʻyinglar[883]. Alloh yoʻlida nimaiki sarflasangiz, (uning mukofoti) sizlarga toʻliq qilib beriladi. Sizlarga haqsizlik qilinmaydi.
وَإِن جَنَحُواْ لِلسَّلْمِ فَاجْنَحْ لَهَا وَتَوَكَّلْ عَلَى اللّهِ إِنَّهُ هُوَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ {61}
8:61 Agar ular tinchlik uchun urushdan chekinsa, sen ham chekin va Allohga suyanib-tayan. U eshitadi, biladi.
وَإِن يُرِيدُواْ أَن يَخْدَعُوكَ فَإِنَّ حَسْبَكَ اللّهُ هُوَ الَّذِيَ أَيَّدَكَ بِنَصْرِهِ وَبِالْمُؤْمِنِينَ {62}
8:62 (Ey Muhammad!) Agar (kofirlar) senga xiyla qilmoqchi boʻlsa, senga Alloh yetadi. U seni Oʻz yordami bilan va moʻminlar bilan qoʻllab-quvvatlab qoʻydi.
وَأَلَّفَ بَيْنَ قُلُوبِهِمْ لَوْ أَنفَقْتَ مَا فِي الأَرْضِ جَمِيعاً مَّا أَلَّفَتْ بَيْنَ قُلُوبِهِمْ وَلَـكِنَّ اللّهَ أَلَّفَ بَيْنَهُمْ إِنَّهُ عَزِيزٌ حَكِيمٌ {63}
8:63 U moʻminlarning qalbini bir-biriga birlashtirib qoʻydi. Agar sen yer yuzi toʻla mol-davlat sarflaganingda ham, ularning qalblarini birlashtira olmas eding. Ammo, Alloh birlashtirib qoʻydi. Albatta, U gʻolibdir, toʻgʻri qaror beruvchidir.
يَا أَيُّهَا النَّبِيُّ حَسْبُكَ اللّهُ وَمَنِ اتَّبَعَكَ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ {64}
8:64 Ey Paygʻambar! Alloh senga ham, senga ergashgan moʻminlarga ham kifoyadir.[884]
يَا أَيُّهَا النَّبِيُّ حَرِّضِ الْمُؤْمِنِينَ عَلَى الْقِتَالِ إِن يَكُن مِّنكُمْ عِشْرُونَ صَابِرُونَ يَغْلِبُواْ مِئَتَيْنِ وَإِن يَكُن مِّنكُم مِّئَةٌ يَغْلِبُواْ أَلْفًا مِّنَ الَّذِينَ كَفَرُواْ بِأَنَّهُمْ قَوْمٌ لاَّ يَفْقَهُونَ {65}
8:65 Ey Paygʻambar! Moʻminlarni jangga qiziqtir[885]. Agar sizlardan yigirmata bardoshli (harbiy) boʻlsa, ikki yuzta (kofir dushman)ni yengadi. Agar sizlardan yuzta bardoshli (harbiy) boʻlsa, oyatlarni tan olmagan (kofir)lardan mingtasini yengadi. Chunki ular tushunmaydigan qavmdir.
الآنَ خَفَّفَ اللّهُ عَنكُمْ وَعَلِمَ أَنَّ فِيكُمْ ضَعْفًا فَإِن يَكُن مِّنكُم مِّئَةٌ صَابِرَةٌ يَغْلِبُواْ مِئَتَيْنِ وَإِن يَكُن مِّنكُمْ أَلْفٌ يَغْلِبُواْ أَلْفَيْنِ بِإِذْنِ اللّهِ وَاللّهُ مَعَ الصَّابِرِينَ {66}
8:66 Alloh sizlardagi kuchsizlikni bilib, endi yukingizni yengillatdi. Bundan keyin sizlardan yuzta bardoshli (harbiy) boʻlsa, ikki yuzta (kofir dushman)ni yengadi. Agar sizlardan mingta bardoshli (harbiy) boʻlsa, Allohning izni bilan ikki mingta (kofir dushman)ni yengadi. Alloh bardoshlilar bilan birgadir[886].
مَا كَانَ لِنَبِيٍّ أَن يَكُونَ لَهُ أَسْرَى حَتَّى يُثْخِنَ فِي الأَرْضِ تُرِيدُونَ عَرَضَ الدُّنْيَا وَاللّهُ يُرِيدُ الآخِرَةَ وَاللّهُ عَزِيزٌ حَكِيمٌ {67}
8:67 Jang maydonida[887] (dushmanni) to qarshilik qilolmaydigan qilib yengmaguncha hech bir paygʻambarni asir olishga haqqi yoʻq[888]. Sizlar dunyo matohini xohlayapsiz. Alloh esa keyingilikni[889] xohlayapti. Alloh gʻolibdir, toʻgʻri qaror beruvchidir.
لَّوْلاَ كِتَابٌ مِّنَ اللّهِ سَبَقَ لَمَسَّكُمْ فِيمَا أَخَذْتُمْ عَذَابٌ عَظِيمٌ {68}
8:68 Agar Allohning (avvalroq) yozib qoʻygan qarori[890] boʻlmaganida, olganingiz (oʻljava asir) tufayli sizlarga buyuk bir azob tegar edi.
فَكُلُواْ مِمَّا غَنِمْتُمْ حَلاَلاً طَيِّبًا وَاتَّقُواْ اللّهَ إِنَّ اللّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ {69}
8:69 Endi olgan oʻljalaringizdan halol-pokini yenglar[891]. (Oʻlja haqida) Allohga nisbatan javobgarlikni his qiling. Alloh kechirimli va mehribondir.
يَا أَيُّهَا النَّبِيُّ قُل لِّمَن فِي أَيْدِيكُم مِّنَ الأَسْرَى إِن يَعْلَمِ اللّهُ فِي قُلُوبِكُمْ خَيْرًا يُؤْتِكُمْ خَيْرًا مِّمَّا أُخِذَ مِنكُمْ وَيَغْفِرْ لَكُمْ وَاللّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ {70}
8:70 Ey Paygʻambar! Qoʻl ostingdagi asirlarga: “Alloh qalblaringizda (paydo boʻlgan) bir yaxshilik (tavba yoki imonni) bilsa, sizlarga sizlardan olingan fidyadan koʻra yaxshi narsa berib qoʻyadi va sizlarni kechiradi. Alloh kechirimli va mehribondir”, deb aytib qoʻy.
وَإِن يُرِيدُواْ خِيَانَتَكَ فَقَدْ خَانُواْ اللّهَ مِن قَبْلُ فَأَمْكَنَ مِنْهُمْ وَاللّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ {71}
8:71 Agar senga xiyonat qilishmoqchi boʻlsa, (bilginki) ular avval Allohga ham xiyonat qilishgan. Shu sababli ularga qarshi (sizlarga) imkon berdi. Alloh biladi, toʻgʻri qaror beradi.
إِنَّ الَّذِينَ آمَنُواْ وَهَاجَرُواْ وَجَاهَدُواْ بِأَمْوَالِهِمْ وَأَنفُسِهِمْ فِي سَبِيلِ اللّهِ وَالَّذِينَ آوَواْ وَّنَصَرُواْ أُوْلَـئِكَ بَعْضُهُمْ أَوْلِيَاء بَعْضٍ وَالَّذِينَ آمَنُواْ وَلَمْ يُهَاجِرُواْ مَا لَكُم مِّن وَلاَيَتِهِم مِّن شَيْءٍ حَتَّى يُهَاجِرُواْ وَإِنِ اسْتَنصَرُوكُمْ فِي الدِّينِ فَعَلَيْكُمُ النَّصْرُ إِلاَّ عَلَى قَوْمٍ بَيْنَكُمْ وَبَيْنَهُم مِّيثَاقٌ وَاللّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ {72}
8:71 Iymon keltirgan, (Madinaga) koʻchib borgan va Alloh yoʻlida kurashgan kishilar[892] bilan ularga uy-joy berib yordam qilganlar – ana shular bir-birining doʻstlaridir[893]. Allohga ishonib-suyangan, lekin hanuz (Madinaga) koʻchib kelmaganlar esa, to koʻchib kelmagunigacha sizlar uchun ulardan hech qanday javobgarlik yoʻq. Agar sizlardan diniy masalada yordam soʻrasalar, ularga yordam berishingiz kerak. Lekin, sizlar bilan ular oʻrtasida kelishuv boʻlgan jamiyatga qarshi boʻlmasligi kerak. Alloh qilmishlaringizni koʻrib turadi.
وَالَّذينَ كَفَرُواْ بَعْضُهُمْ أَوْلِيَاء بَعْضٍ إِلاَّ تَفْعَلُوهُ تَكُن فِتْنَةٌ فِي الأَرْضِ وَفَسَادٌ كَبِيرٌ {73}
8:71 (Alloh va Rasuliga) qarshi chiqqanlar bir-birining doʻsti/xojasidir. Agar buni (gʻayridinlar orasidagi moʻminlarga himoyaviy doʻstlikni mana shu shaklda) bajarmasangiz, u yerda[894] mojaro[895] va katta tartibsizlik sodir boʻladi[896].
وَالَّذِينَ آمَنُواْ وَهَاجَرُواْ وَجَاهَدُواْ فِي سَبِيلِ اللّهِ وَالَّذِينَ آوَواْ وَّنَصَرُواْ أُولَـئِكَ هُمُ الْمُؤْمِنُونَ حَقًّا لَّهُم مَّغْفِرَةٌ وَرِزْقٌ كَرِيمٌ {74}
8:71 (Alloh va Rasuliga) ishongan, (Madinaga) koʻchib borgan va Alloh yoʻlida kurashgan kishilar bilan ularga uy-joy berib yordam qilganlar – ana shular Allohga chinakam ishonuvchilardir. Ular uchun magʻfirat va moʻl-koʻl rizq bor.
وَالَّذِينَ آمَنُواْ مِن بَعْدُ وَهَاجَرُواْ وَجَاهَدُواْ مَعَكُمْ فَأُوْلَـئِكَ مِنكُمْ وَأُوْلُواْ الأَرْحَامِ بَعْضُهُمْ أَوْلَى بِبَعْضٍ فِي كِتَابِ اللّهِ إِنَّ اللّهَ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ {75}
8:71 Allohga (sizlardan) keyin iymon keltirgan, koʻchib borganlar va sizlar bilan birga (Alloh yoʻlida) kurashganlar – ana shular sizlardandir. Qarindoshlar esa, bir-biriga (merosda) Allohning kitobida yanada yaqin[897]. Alloh hamma narsani biladi.
- TAVBA surasi
بَرَاءةٌ مِّنَ اللّهِ وَرَسُولِهِ إِلَى الَّذِينَ عَاهَدتُّم مِّنَ الْمُشْرِكِينَ {1}
9:1 (Bu) sizlar kelishuv tuzgan mushriklarga Alloh va Elchisi tarafidan (orani ochiq qilish haqidagi) eʼlon:
فَسِيحُواْ فِي الأَرْضِ أَرْبَعَةَ أَشْهُرٍ وَاعْلَمُواْ أَنَّكُمْ غَيْرُ مُعْجِزِي اللّهِ وَأَنَّ اللّهَ مُخْزِي الْكَافِرِينَ {2}
9:2 (Ey kelishuvni buzgan mushriklar!) Bugundan eʼtiboran bu yerda (Makkada) yana toʻrt oy yurib turinglar. Bilib qoʻyinglar, Allohni ojiz qoldiruvchi emassiz. Alloh (Unga) qarshi chiquvchilarni sharmanda qiladi.
وَأَذَانٌ مِّنَ اللّهِ وَرَسُولِهِ إِلَى النَّاسِ يَوْمَ الْحَجِّ الأَكْبَرِ أَنَّ اللّهَ بَرِيءٌ مِّنَ الْمُشْرِكِينَ وَرَسُولُهُ فَإِن تُبْتُمْ فَهُوَ خَيْرٌ لَّكُمْ وَإِن تَوَلَّيْتُمْ فَاعْلَمُواْ أَنَّكُمْ غَيْرُ مُعْجِزِي اللّهِ وَبَشِّرِ الَّذِينَ كَفَرُواْ بِعَذَابٍ أَلِيمٍ {3}
9:3 Katta Haj kuni[898] Alloh va Rasulidan insonlarga bildirilgan narsa shu: (kelishuvini buzgan) mushriklardan Alloh va Rasulining tamoman aloqasi uzildi! (Ey Mushriklar!) Agar tavba qilsangiz, u oʻzingizga yaxshi boʻladi. Agar (tavbadan) bosh tortsangiz, bilib qoʻyinglar, Allohni ojiz qoldiruvchi emassiz. (Ey Muhammad!) Qarshi chiqqanlarga alamli azobning “xushxabarini” yetkaz.
إِلاَّ الَّذِينَ عَاهَدتُّم مِّنَ الْمُشْرِكِينَ ثُمَّ لَمْ يَنقُصُوكُمْ شَيْئًا وَلَمْ يُظَاهِرُواْ عَلَيْكُمْ أَحَدًا فَأَتِمُّواْ إِلَيْهِمْ عَهْدَهُمْ إِلَى مُدَّتِهِمْ إِنَّ اللّهَ يُحِبُّ الْمُتَّقِينَ {4}
9:4 (Ey Moʻminlar!) Sizlar bilan kelishuv tuzib, keyin sizga nisbatan kelishuv shartlaridan hech birini buzmagan va sizga qarshi hech kimga yordam bermagan mushriklar bu hukmdan mustasno. Muddati tugagunga qadar ular bilan tuzilgan kelishuv talabiga sizlar ham toʻliq rioya qilinglar. Alloh masʼuliyatli (moʻmin)larni yaxshi koʻradi.
فَإِذَا انسَلَخَ الأَشْهُرُ الْحُرُمُ فَاقْتُلُواْ الْمُشْرِكِينَ حَيْثُ وَجَدتُّمُوهُمْ وَخُذُوهُمْ وَاحْصُرُوهُمْ وَاقْعُدُواْ لَهُمْ كُلَّ مَرْصَدٍ فَإِن تَابُواْ وَأَقَامُواْ الصَّلاَةَ وَآتَوُاْ الزَّكَاةَ فَخَلُّواْ سَبِيلَهُمْ إِنَّ اللّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ {5}
9:5 Ularga (mol va jon) daxlsizligi boʻlgan toʻrt oy[899] chiqib ketganida, (kelishuvni buzgani holda Makkada qolgan) mushriklarni uchratgan joyingizni oʻzida oʻldiringlar[900]. Ularni tutinglar, oʻrab olinglar va har bir kuzatuv joyida ularni kutib oʻtiringlar. Agar ular tavba qilib namozini/diniy vazifalarni bajarsa, pok va toʻgʻri boʻlsa, endi yoʻllarini oching. Alloh kechirimli va mehribondir.
وَإِنْ أَحَدٌ مِّنَ الْمُشْرِكِينَ اسْتَجَارَكَ فَأَجِرْهُ حَتَّى يَسْمَعَ كَلاَمَ اللّهِ ثُمَّ أَبْلِغْهُ مَأْمَنَهُ ذَلِكَ بِأَنَّهُمْ قَوْمٌ لاَّ يَعْلَمُونَ{6}
9:6 (Makkadan chiqib ketgan) mushriklardan biri seni yoningga kelishni xohlasa, ruxsat berki – kelib Allohning Kalomi (Qurʼon)ni eshitib-anglasin. Keyin (oyatlarni qabul qilmasa) uni oʻzini omonlikdaman deb biladigan joygacha eltib qoʻy. Shunday qil, chunki u qavm (Qurʼonni) tushunmayapti.
كَيْفَ يَكُونُ لِلْمُشْرِكِينَ عَهْدٌ عِندَ اللّهِ وَعِندَ رَسُولِهِ إِلاَّ الَّذِينَ عَاهَدتُّمْ عِندَ الْمَسْجِدِ الْحَرَامِ فَمَا اسْتَقَامُواْ لَكُمْ فَاسْتَقِيمُواْ لَهُمْ إِنَّ اللّهَ يُحِبُّ الْمُتَّقِينَ {7}
9:7 Alloh va Rasuli tarafidan mushriklarga qanday kelishuv boʻlsin?! Sizlar Masjidul-yonida kelishuv tuzganlar bundan mustasno; ular sizlarga nisbatan toʻgʻri muomala qilgan muddatcha, sizlar ham ularga toʻgʻri muomala qiling. Alloh masʼuliyatli (moʻmin)larni yaxshi koʻradi.
كَيْفَ وَإِن يَظْهَرُوا عَلَيْكُمْ لاَ يَرْقُبُواْ فِيكُمْ إِلاًّ وَلاَ ذِمَّةً يُرْضُونَكُم بِأَفْوَاهِهِمْ وَتَأْبَى قُلُوبُهُمْ وَأَكْثَرُهُمْ فَاسِقُونَ{8}
9:8 Qanaqa kelishuv boʻlishi mumkin? Agar ular sizlarni yengsa, siz haqingizda qarindosh-urugʻchilikka ham, shartnoma talablariga ham qarab oʻtirishmaydi! Ular sizlarni ogʻzidagi quruq gaplari bilan mamnun qiladi, ammo yuraklari buni xohlamaydi. Ularning koʻpchiligi yoʻldan chiquvchi-fosiqdir.
اشْتَرَوْاْ بِآيَاتِ اللّهِ ثَمَنًا قَلِيلاً فَصَدُّواْ عَن سَبِيلِهِ إِنَّهُمْ سَاء مَا كَانُواْ يَعْمَلُونَ {9}
9:9 Ular Allohning (ahd va sulh haqidagi) oyatlarini qoʻyib, evaziga arzimas narsa oldilar va Uning yoʻlidan toʻsdilar[901]. Ularning qilayotgan ishlari naqadar yomon!
لاَ يَرْقُبُونَ فِي مُؤْمِنٍ إِلاًّ وَلاَ ذِمَّةً وَأُوْلَـئِكَ هُمُ الْمُعْتَدُونَ {10}
9:10 Ular hech bir moʻmin haqida qarindosh-urugʻchilikka ham, kelishuv talablariga ham qarab oʻtirmaydi. Ular haddan oshuvchilardir.
فَإِن تَابُواْ وَأَقَامُواْ الصَّلاَةَ وَآتَوُاْ الزَّكَاةَ فَإِخْوَانُكُمْ فِي الدِّينِ وَنُفَصِّلُ الآيَاتِ لِقَوْمٍ يَعْلَمُونَ {11}
9:11 Agar ular tavba qilib, namozni/diniy vazifalarni bajarib, pok va toʻgʻri yursa, shunda ular diniy birodaringizdir[902]. Tushunib-anglaydigan kishilar uchun oyatlarimizni batafsil ochiqlab beryapmiz.
وَإِن نَّكَثُواْ أَيْمَانَهُم مِّن بَعْدِ عَهْدِهِمْ وَطَعَنُواْ فِي دِينِكُمْ فَقَاتِلُواْ أَئِمَّةَ الْكُفْرِ إِنَّهُمْ لاَ أَيْمَانَ لَهُمْ لَعَلَّهُمْ يَنتَهُونَ {12}
9:12 Tuzilgan kelishuvidan keyin (aloqa uzilganlardan boshqalari ham) qasamlarini buzsa va diningizga hujum qilsa, unda sizlar ham kofirlikka yetakchilik qilayotganlarga qarshi jang qiling, ehtimol (kelishuvni buzishga va adovatga) chek qoʻyar. Zero, (buzganidan keyin) qasamlarining hech qanday ahamiyati yoʻq.
أَلاَ تُقَاتِلُونَ قَوْمًا نَّكَثُواْ أَيْمَانَهُمْ وَهَمُّواْ بِإِخْرَاجِ الرَّسُولِ وَهُم بَدَؤُوكُمْ أَوَّلَ مَرَّةٍ أَتَخْشَوْنَهُمْ فَاللّهُ أَحَقُّ أَن تَخْشَوْهُ إِن كُنتُم مُّؤُمِنِينَ {13}
9:13 (Hudaybiyada) bergan qasamlarini buzgan va (undan avval) Allohning elchisini (Makkadan) chiqarib yuborishga uringan kishilarga qarshi jang qilmaysizlarmi[903]? Qolaversa, sizlarga qarshi jangni ular boshladi. Ulardan choʻchiyapsizmi? Agar Allohga ishongan boʻlsangiz, asl choʻchishingiz kerak boʻlgan zot Allohdir.
قَاتِلُوهُمْ يُعَذِّبْهُمُ اللّهُ بِأَيْدِيكُمْ وَيُخْزِهِمْ وَيَنصُرْكُمْ عَلَيْهِمْ وَيَشْفِ صُدُورَ قَوْمٍ مُّؤْمِنِينَ {14}
9:14 Ularga qarshi jang qilinglarki, shunda Alloh sizlarni qoʻllaringiz bilan ularni azoblasin va ularni xor qilsin, ularga qarshi sizlarga yordam bersin va moʻmin kishilarning koʻngliga tasalli bersin.
وَيُذْهِبْ غَيْظَ قُلُوبِهِمْ وَيَتُوبُ اللّهُ عَلَى مَن يَشَاء وَاللّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ {15}
9:15 Hamda moʻminlarning qalbidagi achchiqni ketkazsin. Alloh munosib bilganiga tavba imkoni beradi. Alloh biladi, toʻgʻri qaror beradi.
أَمْ حَسِبْتُمْ أَن تُتْرَكُوا وَلَمَّا يَعْلَمِ اللَّـهُ الَّذِينَ جَاهَدُوا مِنكُمْ وَلَمْ يَتَّخِذُوا مِن دُونِ اللَّـهِ وَلَا رَسُولِهِ وَلَا الْمُؤْمِنِينَ وَلِيجَةً ۚ وَاللَّـهُ خَبِيرٌ بِمَا تَعْمَلُونَ {16}
9:16 Hali hanuz Alloh orangizdan (Alloh yoʻlida) kurashadiganlarni hamda, Allohdan, elchisidan va moʻminlardan boshqani oʻziga eʼtimod qilib olmaganlarni ajratib qoʻymay turib (faqat tilda musulmon boʻlgan holimizga) tashlab qoʻyilamiz deb oʻylaganmidingiz? Alloh qilmishlaringizdan xabardordir[904].
مَا كَانَ لِلْمُشْرِكِينَ أَن يَعْمُرُواْ مَسَاجِدَ الله شَاهِدِينَ عَلَى أَنفُسِهِمْ بِالْكُفْرِ أُوْلَئِكَ حَبِطَتْ أَعْمَالُهُمْ وَفِي النَّارِ هُمْ خَالِدُونَ{17}
9:17 Mushriklar oʻzlarini kofir[905] ekaniga iqror boʻla turib, Allohning masjidlariga maʼmur boʻlishga haqqi yoʻq. Ularning barcha ishlari bekor boʻlib ketadi. Ular jahannamda oʻlimsiz-mangu qoladi.
إِنَّمَا يَعْمُرُ مَسَاجِدَ اللّهِ مَنْ آمَنَ بِاللّهِ وَالْيَوْمِ الآخِرِ وَأَقَامَ الصَّلاَةَ وَآتَى الزَّكَاةَ وَلَمْ يَخْشَ إِلاَّ اللّهَ فَعَسَى أُوْلَـئِكَ أَن يَكُونُواْ مِنَ الْمُهْتَدِينَ{18}
9:18 Allohning masjidlariga faqatgina Allohga va oxirat kuniga qatiy ishongan, namozni/diniy vazifalarni bajaradigan, pok va toʻgʻri boʻladigan hamda Allohdan boshqa hech kimdan choʻchimaydigan moʻminlar-gina maʼmurlik qiladi. Ana oʻshalarning toʻgʻri yoʻlda boʻlishi umid qilinadi[906].
أَجَعَلْتُمْ سِقَايَة الْحَاجِّ وَعِمَارَةَ الْمَسْجِدِ الْحَرَامِ كَمَنْ آمَنَ بِاللّهِ وَالْيَوْمِ الآخِرِ وَجَاهَدَ فِي سَبِيلِ اللّهِ لاَ يَسْتَوُونَ عِندَ اللّهِ وَاللّهُ لاَ يَهْدِي الْقَوْمَ الظَّالِمِينَ {19}
9:19 Hojilarga suv berishni va Masjidul-Haromga maʼmurlik qilishni – Alloh va oxirat kuniga qatʼiy ishongan, Alloh yoʻlida kurashadigan kishilarga teng qildingizmi? Allohga koʻra ular teng boʻlmaydi. Alloh zolimlarni yoʻlga solmaydi[907].
الَّذِينَ آمَنُواْ وَهَاجَرُواْ وَجَاهَدُواْ فِي سَبِيلِ اللّهِ بِأَمْوَالِهِمْ وَأَنفُسِهِمْ أَعْظَمُ دَرَجَةً عِندَ اللّهِ وَأُوْلَئِكَ هُمُ الْفَائِزُونَ {20}
9:20 Iymon keltirgan, yurtidan koʻchib ketgan, mol-u davlati va jonlari bilan Alloh yoʻlida kurashadigan kishilarning Alloh huzuridagi maqom-u darajalari juda ulugʻdir. Muvaffaqiyat va yutuqqa erishuvchilar ana shulardir.
يُبَشِّرُهُمْ رَبُّهُم بِرَحْمَةٍ مِّنْهُ وَرِضْوَانٍ وَجَنَّاتٍ لَّهُمْ فِيهَا نَعِيمٌ مُّقِيمٌ{21}
9:21 Yaratgan Egasi ularga Oʻz marhamatidan roziligidan hamda ularga noz-neʼmati davomli boʻladigan bogʻ-u boʻstonlar berilishidan xushxabar bermoqda.
خَالِدِينَ فِيهَا أَبَدًا إِنَّ اللّهَ عِندَهُ أَجْرٌ عَظِيمٌ{22}
9:22 Ular unda oʻlimsiz-mangu qoladi. Albatta, ulkan ajr-mukofot Uning huzuridadir.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ لاَ تَتَّخِذُواْ آبَاءكُمْ وَإِخْوَانَكُمْ أَوْلِيَاء إَنِ اسْتَحَبُّواْ الْكُفْرَ عَلَى الإِيمَانِ وَمَن يَتَوَلَّهُم مِّنكُمْ فَأُوْلَـئِكَ هُمُ الظَّالِمُونَ{23}
9:23 Ey Moʻminlar! Agar ota-onalaringiz va qarindosh-urugʻlaringiz imon (yoʻli)dan koʻra kufr (yoʻli)ni afzal koʻrsalar, ularni oʻzingizga doʻst/xoja[908] tutmang. Sizlardan kimki unday kimsalarni oʻziga doʻst/xoja tutsa, ular zolimlardir.
قُلْ إِن كَانَ آبَاؤُكُمْ وَأَبْنَآؤُكُمْ وَإِخْوَانُكُمْ وَأَزْوَاجُكُمْ وَعَشِيرَتُكُمْ وَأَمْوَالٌ اقْتَرَفْتُمُوهَا وَتِجَارَةٌ تَخْشَوْنَ كَسَادَهَا وَمَسَاكِنُ تَرْضَوْنَهَا أَحَبَّ إِلَيْكُم مِّنَ اللّهِ وَرَسُولِهِ وَجِهَادٍ فِي سَبِيلِهِ فَتَرَبَّصُواْ حَتَّى يَأْتِيَ اللّهُ بِأَمْرِهِ وَاللّهُ لاَ يَهْدِي الْقَوْمَ الْفَاسِقِينَ{24}
9:24 Ayt: «Agar ota-onalaringiz, boalalaringiz, aka-ukalaringiz, turmush oʻrtoqlaringiz, qavm-u qarindoshlaringiz, mehnat qilib qoʻlga kiritgan mol-mulklaringiz, qoʻldan chiqib ketishidan qoʻrqayotgan savdongiz va yoqtirgan uylaringiz sizlarga Alloh va Rasulidan va Alloh yoʻlida kurashdan koʻra sevimli boʻlsa, unda Allohning amri kelguncha kutinglar. Alloh boʻysunmas kimsalarni hidoyat qilmaydi.
لَقَدْ نَصَرَكُمُ اللّهُ فِي مَوَاطِنَ كَثِيرَةٍ وَيَوْمَ حُنَيْنٍ إِذْ أَعْجَبَتْكُمْ كَثْرَتُكُمْ فَلَمْ تُغْنِ عَنكُمْ شَيْئًا وَضَاقَتْ عَلَيْكُمُ الأَرْضُ بِمَا رَحُبَتْ ثُمَّ وَلَّيْتُم مُّدْبِرِينَ{25}
9:25 Alloh sizlarga koʻp yerda yordam berdi. Hunayn[909] kuni ham (yordam berdi). Oʻsha kuni sizlarni son jihatdan koʻp ekaningiz oʻzingizni magʻrurlantirib qoʻygandi, biroq koʻp ekaningiz sizlarga hech narsada asqatmadi. Yer yuzi keng boʻlishiga qaramasdan u sizlarga tor kelib qoldi. Oxir-oqibat ortga chekindingiz.
ثُمَّ أَنَزلَ اللّهُ سَكِينَتَهُ عَلَى رَسُولِهِ وَعَلَى الْمُؤْمِنِينَ وَأَنزَلَ جُنُودًا لَّمْ تَرَوْهَا وَعذَّبَ الَّذِينَ كَفَرُواْ وَذَلِكَ جَزَاء الْكَافِرِينَ{26}
9:26 Keyin Alloh elchisiga va moʻminlarga xotirjamlik berdi, sizlar koʻrmagan qoʻshinlar tushirdi va (Allohga) qarshi chiqqanlarni azobladi. Qarshi chiquvchilarning jazosi shu.
ثُمَّ يَتُوبُ اللّهُ مِن بَعْدِ ذَلِكَ عَلَى مَن يَشَاء وَاللّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ {27}
9:27 Undan keyin Alloh munosib bilgan bandalariga tavba imkoni beradi. Alloh juda kechirimlidir, yaxshilik qiluvchidir.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ إِنَّمَا الْمُشْرِكُونَ نَجَسٌ فَلاَ يَقْرَبُواْ الْمَسْجِدَ الْحَرَامَ بَعْدَ عَامِهِمْ هَـذَا وَإِنْ خِفْتُمْ عَيْلَةً فَسَوْفَ يُغْنِيكُمُ اللّهُ مِن فَضْلِهِ إِن شَاء إِنَّ اللّهَ عَلِيمٌ حَكِيمٌ{28}
9:28 Ey Moʻminlar! (Kelishuvni buzgan) mushriklar[910] nopok kimsalardir; ular shu yilidan keyin[911] Masjidul-Haromga[912] yaqinlashmasin. Agar yoʻqchilikdan qoʻrqayotgan boʻlsangiz, unday boʻlsa, agar Alloh munosib bilsa, Oʻzining oliyjanobligi ila sizlarni boy qilib qoʻyadi. Alloh biladi, toʻgʻri qaror beradi.
قَاتِلُواْ الَّذِينَ لاَ يُؤْمِنُونَ بِاللّهِ وَلاَ بِالْيَوْمِ الآخِرِ وَلاَ يُحَرِّمُونَ مَا حَرَّمَ اللّهُ وَرَسُولُهُ وَلاَ يَدِينُونَ دِينَ الْحَقِّ مِنَ الَّذِينَ أُوتُواْ الْكِتَابَ حَتَّى يُعْطُواْ الْجِزْيَةَ عَن يَدٍ وَهُمْ صَاغِرُونَ{29}
9:29 Gʻayridinlar orasida Allohga va oxirat kuniga ishonmaydigan, Alloh va Rasuli qilgan narsani deb bilmaydigan va mana shu toʻgʻri dinni din deb qabul qilmaydigan kimsalar bilan toki boʻynini egib oʻsha jazoni[913] oʻz qoʻllari bilan toʻlaydigan boʻlguncha jang qilinglar[914].
وَقَالَتِ الْيَهُودُ عُزَيْرٌ ابْنُ اللّهِ وَقَالَتْ النَّصَارَى الْمَسِيحُ ابْنُ اللّهِ ذَلِكَ قَوْلُهُم بِأَفْوَاهِهِمْ يُضَاهِؤُونَ قَوْلَ الَّذِينَ كَفَرُواْ مِن قَبْلُ قَاتَلَهُمُ اللّهُ أَنَّى يُؤْفَكُونَ{30}
9:30 Yahudiylar: “Uzayr Allohning oʻgʻli”, dedi. Xristianlar esa: “(Iso) Masih Allohning oʻgʻli”, dedi. Bu ularning ogʻzidagi quruq gaplari. Ular ilgari kofirlik qilganlarning gaplariga oʻxshash gapiryapti. Alloh ularning jonini olsin! Qanday adashib ketishmoqda!
اتَّخَذُواْ أَحْبَارَهُمْ وَرُهْبَانَهُمْ أَرْبَابًا مِّن دُونِ اللّهِ وَالْمَسِيحَ ابْنَ مَرْيَمَ وَمَا أُمِرُواْ إِلاَّ لِيَعْبُدُواْ إِلَـهًا وَاحِدًا لاَّ إِلَـهَ إِلاَّ هُوَ سُبْحَانَهُ عَمَّا يُشْرِكُونَ{31}
9:31 Ular Allohni qoʻyib, ahbor va rohiblarini/din peshvolarini[915] hamda Mar yamning oʻgʻli Masihni robb[916] qilib oldilar. Holbuki, ular yagona ilohga qullik qilishga buyurilgan edi. Undan boshqa iloh yoʻq. Ular sheriklik nisbat bergan narsalardan U pokdir.
يُرِيدُونَ أَن يُطْفِؤُواْ نُورَ اللّهِ بِأَفْوَاهِهِمْ وَيَأْبَى اللّهُ إِلاَّ أَن يُتِمَّ نُورَهُ وَلَوْ كَرِهَ الْكَافِرُونَ{32}
9:32 Ular Allohning Nurini ogʻzilari bilan soʻndirishmoqchi[917]. Qarshilik qiluvchilar yomon koʻrsa ham, Alloh Oʻz Nurini tamomlamay qoʻymaydi.
هُوَ الَّذِي أَرْسَلَ رَسُولَهُ بِالْهُدَى وَدِينِ الْحَقِّ لِيُظْهِرَهُ عَلَى الدِّينِ كُلِّهِ وَلَوْ كَرِهَ الْمُشْرِكُونَ{33}
9:33 Mushriklar yoqtirmasa ham, U Oʻz dinini boshqa dinlar uzra hokim qilish uchun, elchisini mana shu qoʻllanma (Qurʼon) va (undagi) haq din bilan yubordi.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ إِنَّ كَثِيرًا مِّنَ الأَحْبَارِ وَالرُّهْبَانِ لَيَأْكُلُونَ أَمْوَالَ النَّاسِ بِالْبَاطِلِ وَيَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ اللّهِ وَالَّذِينَ يَكْنِزُونَ الذَّهَبَ وَالْفِضَّةَ وَلاَ يُنفِقُونَهَا فِي سَبِيلِ اللّهِ فَبَشِّرْهُم بِعَذَابٍ أَلِيمٍ{34}
9:34 Ey Moʻminlar! Ahbor va rohiblarning koʻpi xalqning pulini nohaq emoqda,[918] xalqni Allohning yoʻlidan toʻsmoqda. Oltin-kumush (mol-davlat) yigʻib, ularni Alloh yoʻlida xayr-ehson qilmaydigan kishilarga alamli azobdan darak ber!
يَوْمَ يُحْمَى عَلَيْهَا فِي نَارِ جَهَنَّمَ فَتُكْوَى بِهَا جِبَاهُهُمْ وَجُنوبُهُمْ وَظُهُورُهُمْ هَـذَا مَا كَنَزْتُمْ لأَنفُسِكُمْ فَذُوقُواْ مَا كُنتُمْ تَكْنِزُونَ{35}
9:35 Oʻsha oltin-kumushlar Jahannam oʻtida qizitilib, ularning peshonalari, biqinlari va orqalariga[919] tamgʻa qilib bosiladigan kuni ularga shunday deyiladi: “Bu – faqatgina oʻz shaxsiy manfaatingiz uchun yiqqan xazinangizdir. Yiqqan xazinangizni azobini totinglar endi!”
إِنَّ عِدَّةَ الشُّهُورِ عِندَ اللّهِ اثْنَا عَشَرَ شَهْرًا فِي كِتَابِ اللّهِ يَوْمَ خَلَقَ السَّمَاوَات وَالأَرْضَ مِنْهَا أَرْبَعَةٌ حُرُمٌ ذَلِكَ الدِّينُ الْقَيِّمُ فَلاَ تَظْلِمُواْ فِيهِنَّ أَنفُسَكُمْ وَقَاتِلُواْ الْمُشْرِكِينَ كَآفَّةً كَمَا يُقَاتِلُونَكُمْ كَآفَّةً وَاعْلَمُواْ أَنَّ اللّهَ مَعَ الْمُتَّقِينَ {36}
9:36 Allohga koʻra oylarning soni – Alloh osmonlar va yerni yaratgan kunda yozgan hukmiga asosan – oʻn ikkita boʻlib; ulardan toʻrttasi oylardir[920]. Mana shu (oylar haqidagi) toʻgʻri hisobdir. Bu oylarda (jang qilib) oʻzingizni yomon ahvolga solmang. Mushriklar sizlarga qarshi qanday birlashib jang qilayotgan boʻlsa, sizlar ham ularga qarshi ana shunday birlashib jang qiling. Bilinglarki, Alloh masʼuliyatli (moʻmin)lar bilan birgadir.
إِنَّمَا النَّسِيءُ زِيَادَةٌ فِي الْكُفْرِ يُضَلُّ بِهِ الَّذِينَ كَفَرُواْ يُحِلِّونَهُ عَامًا وَيُحَرِّمُونَهُ عَامًا لِّيُوَاطِؤُواْ عِدَّةَ مَا حَرَّمَ اللّهُ فَيُحِلُّواْ مَا حَرَّمَ اللّهُ زُيِّنَ لَهُمْ سُوءُ أَعْمَالِهِمْ وَاللّهُ لاَ يَهْدِي الْقَوْمَ الْكَافِرِينَ {37}
9:37 oylarni oʻrnini almashtirish uchun kirgizilgan qoʻshimcha[921] kufrni yanada orttirib yuborishdir. (Buni toʻqigan) kofirlar u bilan adashtiriladi (halok qilinadi). Ular uni bir yil halol, bir yil qilishadi. Ular uni Alloh qilgan oylarga mos keltirish va Alloh qilgan oylarni halol qilish uchun shunday qilishadi. Qilmishlarining yomonligi ularga (shayton tarafidan[922]) chiroyli koʻrsatildi. Alloh kofirlik qiluvchi qavmni yoʻlga solmaydi.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ مَا لَكُمْ إِذَا قِيلَ لَكُمُ انفِرُواْ فِي سَبِيلِ اللّهِ اثَّاقَلْتُمْ إِلَى الأَرْضِ أَرَضِيتُم بِالْحَيَاةِ الدُّنْيَا مِنَ الآخِرَةِ فَمَا مَتَاعُ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا فِي الآخِرَةِ إِلاَّ قَلِيلٌ {38}
9:38 Ey Moʻminlar! Sizga nima boʻlyaptiki, Alloh yoʻlida jangga chiqinglar, deyilganida joyingizga yopishib qoldingiz? Yoki, oxiratdan kechib dunyo hayotiga rozi boʻldingizmi? Dunyo hayotining manfaati oxirat manfaati yonida juda ham ozdir.
إِلاَّ تَنفِرُواْ يُعَذِّبْكُمْ عَذَابًا أَلِيمًا وَيَسْتَبْدِلْ قَوْمًا غَيْرَكُمْ وَلاَ تَضُرُّوهُ شَيْئًا وَاللّهُ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ {39}
9:39 Agar jangga chiqmasanglar, Alloh sizlarni alamli azob bilan azoblaydi va oʻrningizga boshqalarni almashtirib qoʻyadi. Unga hech qanday zarar berolmaysizlar. Alloh har narsaga oʻlchov qoʻyadi.
إِلاَّ تَنصُرُوهُ فَقَدْ نَصَرَهُ اللّهُ إِذْ أَخْرَجَهُ الَّذِينَ كَفَرُواْ ثَانِيَ اثْنَيْنِ إِذْ هُمَا فِي الْغَارِ إِذْ يَقُولُ لِصَاحِبِهِ لاَ تَحْزَنْ إِنَّ اللّهَ مَعَنَا فَأَنزَلَ اللّهُ سَكِينَتَهُ عَلَيْهِ وَأَيَّدَهُ بِجُنُودٍ لَّمْ تَرَوْهَا وَجَعَلَ كَلِمَةَ الَّذِينَ كَفَرُواْ السُّفْلَى وَكَلِمَةُ اللّهِ هِيَ الْعُلْيَا وَاللّهُ عَزِيزٌ حَكِيمٌ{40}
9:40 Agar sizlar u (Muhammad)ga yordam bermasanglar ham, unga Alloh aniq yordam beradi. Haqni tan olmagan-kofirlar uni ikki kishining biri qilib (Makkadan) chiqib ketishga majbur qilib qoʻyishgan edi, oʻshanda u ikkalasi gʻorda ekanida hamrohiga: “Qaygʻurma! Alloh biz bilan!”, degan. Shunda Alloh unga xotirjamlik bergan. Sizlar koʻrmaydigan qoʻshinlar bilan (Badrda) uni quvvatlantirib ham qoʻygan. (Shu bilan) U qarshilik qilganlar soʻzini[923] yerga urdi. Allohning soʻzi – u eng oliydir. Alloh gʻolibdir, toʻgʻri qaror beruvchidir.
انْفِرُواْ خِفَافًا وَثِقَالاً وَجَاهِدُواْ بِأَمْوَالِكُمْ وَأَنفُسِكُمْ فِي سَبِيلِ اللّهِ ذَلِكُمْ خَيْرٌ لَّكُمْ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ {41}
9:41 Ogʻir kelsa ham yengil kelsa ham jangga chiqinglar va Alloh yoʻlida mol-u joningiz bilan kurashinglar. Shunday qilishingiz (dunyo va oxiratda) oʻzingiz uchun yaxshidir. Agar bilsangiz (buni bajarasiz).
لَوْ كَانَ عَرَضًا قَرِيبًا وَسَفَرًا قَاصِدًا لاَّتَّبَعُوكَ وَلَـكِن بَعُدَتْ عَلَيْهِمُ الشُّقَّةُ وَسَيَحْلِفُونَ بِاللّهِ لَوِ اسْتَطَعْنَا لَخَرَجْنَا مَعَكُمْ يُهْلِكُونَ أَنفُسَهُمْ وَاللّهُ يَعْلَمُ إِنَّهُمْ لَكَاذِبُونَ {42}
9:42 Agar (buyurilgan jang safari) osongina erishiladigan foyda yoki oddiy yoʻlchilik boʻlganida, ular senga aniq ergashar edi. Ammo bu mashaqqatli yoʻl ularga uzoq tuyildi. Keyinchalik ular: “Agar imkoniyatimiz boʻlganida, sizlar bilan birga albatta jangga chiqardik”, deb qasam ichishadi. Ular ich-etini yeb bitiryapti. Ular yolgʻonchi ekanini Alloh bilib turibdi[924].
عَفَا اللّهُ عَنكَ لِمَ أَذِنتَ لَهُمْ حَتَّى يَتَبَيَّنَ لَكَ الَّذِينَ صَدَقُواْ وَتَعْلَمَ الْكَاذِبِينَ {43}
9:43 Alloh seni avf etsin! Rostgoʻy insonlar kim ekanini aniqlamay turib, hamda yolgʻonchilarni kim ekanini bilmay turib nega ularga ruxsat berding?!
لاَ يَسْتَأْذِنُكَ الَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِاللّهِ وَالْيَوْمِ الآخِرِ أَن يُجَاهِدُواْ بِأَمْوَالِهِمْ وَأَنفُسِهِمْ وَاللّهُ عَلِيمٌ بِالْمُتَّقِينَ {44}
9:44 Allohga va oxirat kuniga iymon ishonadiganlar mol-u jonlari bilan kurashgani sendan ruxsat soʻrab oʻtirmaydi[925]. Masʼuliyatli (moʻmin)larni[926] Alloh juda yaxshi biladi.
إِنَّمَا يَسْتَأْذِنُكَ الَّذِينَ لاَ يُؤْمِنُونَ بِاللّهِ وَالْيَوْمِ الآخِرِ وَارْتَابَتْ قُلُوبُهُمْ فَهُمْ فِي رَيْبِهِمْ يَتَرَدَّدُونَ {45}
9:45 Sendan faqat Allohga va oxirat kuniga ishonmagan va qalbi shubha-gumonga toʻlib boʻlgan kimsalar ruxsat soʻraydi. Endi ular shubha-gumonlari ichida ikkilanib yuraveradi.
وَلَوْ أَرَادُواْ الْخُرُوجَ لأَعَدُّواْ لَهُ عُدَّةً وَلَـكِن كَرِهَ اللّهُ انبِعَاثَهُمْ فَثَبَّطَهُمْ وَقِيلَ اقْعُدُواْ مَعَ الْقَاعِدِينَ {46}
9:46 Agar ular chiqishni xohlaganida edi, jang uchun albatta tayyorgarlik koʻrgan boʻlardi. Lekin, Alloh ularning chiqishini xohlamadi va ularni toʻsib qoʻydi. Ularga: “Oʻtirib oluvchilar bilan birga oʻtirib olinglar”- deyildi.
لَوْ خَرَجُواْ فِيكُم مَّا زَادُوكُمْ إِلاَّ خَبَالاً ولأَوْضَعُواْ خِلاَلَكُمْ يَبْغُونَكُمُ الْفِتْنَةَ وَفِيكُمْ سَمَّاعُونَ لَهُمْ وَاللّهُ عَلِيمٌ بِالظَّالِمِينَ {47}
9:47 Agar ular sizlar bilan (jangga) chiqqanida, sizlarga qoʻshgan hissasi – sizlarni gangiratishdan boshqa narsa boʻlmas edi va orangizga kirib olib, fitna chiqarishga urinishar edi[927]. Orangizda esa ularga quloq soladiganlar ham bor. Haqsizlik qiluvchi-zolimlarni Alloh bilib turadi.
لَقَدِ بْتَغَوُاْ الْفِتْنَةَ مِن قَبْلُ وَقَلَّبُواْ لَكَ الأُمُورَ حَتَّى جَاء الْحَقُّ وَظَهَرَ أَمْرُ اللّهِ وَهُمْ كَارِهُونَ{48}
9:48 Ular (Tabukdan) avval ham senga turli tuman xiyla-nayranglar uyushtirib fitna qilishga uringan. Ular yoqtirmasa ham oxir-oqibat haqiqat yuzaga chiqdi va Allohning buyrugʻi ustun keldi.
وَمِنْهُم مَّن يَقُولُ ائْذَن لِّي وَلاَ تَفْتِنِّي أَلاَ فِي الْفِتْنَةِ سَقَطُواْ وَإِنَّ جَهَنَّمَ لَمُحِيطَةٌ بِالْكَافِرِينَ {49}
9:49 Ular orasida: “(Sen bilan birga bormaslikka) menga ruxsat ber; meni qiyin ahvolga solib qoʻyma”, deydiganlari bor. Ogoh boʻlinglar! Ular muammoga (fitnaga) tushib boʻldi[928]. Albatta, jahannam kofirlarni qurshab oladi[929].
إِن تُصِبْكَ حَسَنَةٌ تَسُؤْهُمْ وَإِن تُصِبْكَ مُصِيبَةٌ يَقُولُواْ قَدْ أَخَذْنَا أَمْرَنَا مِن قَبْلُ وَيَتَوَلَّواْ وَّهُمْ فَرِحُونَ{50}
9:50 Agar senga biron bir yaxshilik kelsa, u ularni xafa qiladi. Agar biron bir yomonlik kelsa: “Yaxshiyam biz oldindan tadbirimizni koʻrib qoʻyibmiz-a”, deb xursand boʻlib qaytib ketadi.
قُل لَّن يُصِيبَنَا إِلاَّ مَا كَتَبَ اللّهُ لَنَا هُوَ مَوْلاَنَا وَعَلَى اللّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ الْمُؤْمِنُونَ{51}
9:51 Ayt: «Alloh biz uchun nima yozib qoʻygan boʻlsa, bizga faqat oʻsha narsa yetadi[930]. U bizning Xojamizdir.» Bas! Moʻminlar Allohga suyanib-tayansin.
قُلْ هَلْ تَرَبَّصُونَ بِنَا إِلاَّ إِحْدَى الْحُسْنَيَيْنِ وَنَحْنُ نَتَرَبَّصُ بِكُمْ أَن يُصِيبَكُمُ اللّهُ بِعَذَابٍ مِّنْ عِندِهِ أَوْ بِأَيْدِينَا فَتَرَبَّصُواْ إِنَّا مَعَكُم مُّتَرَبِّصُونَ{52}
9:52 Ayt: «Sizlar bizga nisbatan ikkita yaxshi oqibatning biridan boshqa qanday oqibat kutardingiz[931]? Biz ham Alloh sizlarga Oʻz tarafidan azob berishini yoki bizning qoʻlimiz bilan azob berishini kutyapmiz. Mayli kutaveringlar, biz ham siz bilan birga kutamiz!»
قُلْ أَنفِقُواْ طَوْعًا أَوْ كَرْهًا لَّن يُتَقَبَّلَ مِنكُمْ إِنَّكُمْ كُنتُمْ قَوْمًا فَاسِقِينَ{53}
9:53 Ayt: “Xayr-ehsonni ixtiyoriy qilsangiz ham, majburiy qilsangiz ham, sizlardan hargiz qabul boʻlmaydi. Chunki, sizlar boʻysunmas-fosiq kishilarga aylanib oldingiz.”
وَمَا مَنَعَهُمْ أَن تُقْبَلَ مِنْهُمْ نَفَقَاتُهُمْ إِلاَّ أَنَّهُمْ كَفَرُواْ بِاللّهِ وَبِرَسُولِهِ وَلاَ يَأْتُونَ الصَّلاَةَ إِلاَّ وَهُمْ كُسَالَى وَلاَ يُنفِقُونَ إِلاَّ وَهُمْ كَارِهُونَ{54}
9:54 Xayriyalarining qabul boʻlmasligiga ularni Alloh va Rasuliga qarshi chiqishi sabab boʻldi. Ular namozga faqat sovuqqonlik/dangasalik bilan keladi, xayr-ehsonni faqat yoqtirmay/majburan qiladi.
فَلاَ تُعْجِبْكَ أَمْوَالُهُمْ وَلاَ أَوْلاَدُهُمْ إِنَّمَا يُرِيدُ اللّهُ لِيُعَذِّبَهُم بِهَا فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَتَزْهَقَ أَنفُسُهُمْ وَهُمْ كَافِرُونَ{55}
9:55 Shuning uchun, ularning na mol-davlati va na bolalari seni qiziqtirmasin. Alloh u bilan ularni dunyo va oxiratda faqat azoblashni va kofirlik paytida hasrat ila joni uzilishini xohlaydi.
وَيَحْلِفُونَ بِاللّهِ إِنَّهُمْ لَمِنكُمْ وَمَا هُم مِّنكُمْ وَلَـكِنَّهُمْ قَوْمٌ يَفْرَقُونَ{56}
9:56 Ular oʻzlarini aniq sizlardan ekaniga Allohga qasam ichadi. Ular sizlardan emas. Aksincha, ular qoʻrqoq kishilardir.
لَوْ يَجِدُونَ مَلْجَأً أَوْ مَغَارَاتٍ أَوْ مُدَّخَلاً لَّوَلَّوْاْ إِلَيْهِ وَهُمْ يَجْمَحُونَ{57}
9:57 Agar ular biron bir pana joy, yoki gʻorlar, yoxud kirib ketsa boʻladigan biron bir joy topib olganida, u tomonga burilib chopib ketardi.
وَمِنْهُم مَّن يَلْمِزُكَ فِي الصَّدَقَاتِ فَإِنْ أُعْطُواْ مِنْهَا رَضُواْ وَإِن لَّمْ يُعْطَوْاْ مِنهَا إِذَا هُمْ يَسْخَطُونَ{58}
9:58 Ular orasida shundaylari borki, (xayriyada toʻplangan) pullar haqida senga til uzatadi. Agar undan oʻzlariga ham berilsa mamnun boʻladi, agar undan berilmasa oʻsha zahoti achchigʻi chiqadi.
وَلَوْ أَنَّهُمْ رَضُوْاْ مَا آتَاهُمُ اللّهُ وَرَسُولُهُ وَقَالُواْ حَسْبُنَا اللّهُ سَيُؤْتِينَا اللّهُ مِن فَضْلِهِ وَرَسُولُهُ إِنَّا إِلَى اللّهِ رَاغِبُونَ
9:59 Ular Alloh va Rasuli berganiga rozi boʻlib, “Bizga Alloh yetarlidir, yaqinda bizga Alloh Oʻz oliyjanobligidan beradi, elchisi ham (beradi). Biz albatta Allohga umid bogʻlaymiz”, desa boʻlmasmidi?!
إِنَّمَا الصَّدَقَاتُ لِلْفُقَرَاء وَالْمَسَاكِينِ وَالْعَامِلِينَ عَلَيْهَا وَالْمُؤَلَّفَةِ قُلُوبُهُمْ وَفِي الرِّقَابِ وَالْغَارِمِينَ وَفِي سَبِيلِ اللّهِ وَابْنِ السَّبِيلِ فَرِيضَةً مِّنَ اللّهِ وَاللّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ{60}
9:60 Sadaqalar[932] Allohdan farz oʻlaroq, faqatgina nochor-kambagʻallarga, miskinlarga[933], sadaqa ishidagi ishchilarga va qalbi Islomga moyil qilinadigan insonlarga[934] beriladi. Hamda[935], huquqidan mahrum boʻlgan qaramlar, qarzdorlar, Allohning yoʻli va yoʻlda qolgan kimsalar uchun ishlatiladi.
وَمِنْهُمُ الَّذِينَ يُؤْذُونَ النَّبِيَّ وَيِقُولُونَ هُوَ أُذُنٌ قُلْ أُذُنُ خَيْرٍ لَّكُمْ يُؤْمِنُ بِاللّهِ وَيُؤْمِنُ لِلْمُؤْمِنِينَ وَرَحْمَةٌ لِّلَّذِينَ آمَنُواْ مِنكُمْ وَالَّذِينَ يُؤْذُونَ رَسُولَ اللّهِ لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ{61}
9:61 Munofiqlar orasida “U hamma gapga quloq solaveradi” deb paygʻambarga aziyat yetkazadiganlari bor[936]. Ayt: “Uning quloq solishi sizlarga yaxshi boʻlyapti-ku! U Allohga ishonadi, moʻminlarga ham ishonadi. Hamda orangizdan Allohga ishongan kimsalar uchun yaxshilikdir.” Allohning elchisiga ozor yetkazganlarga alamli azob bor[937].
يَحْلِفُونَ بِاللّهِ لَكُمْ لِيُرْضُوكُمْ وَاللّهُ وَرَسُولُهُ أَحَقُّ أَن يُرْضُوهُ إِن كَانُواْ مُؤْمِنِينَ {62}
9:62 Sizlarni rozi qilish uchun Allohga qasam ichadi[938]. Agar moʻmin boʻlsalar, aslida rozi qilinishga haqli Alloh va Rasulidir.
أَلَمْ يَعْلَمُواْ أَنَّهُ مَن يُحَادِدِ اللّهَ وَرَسُولَهُ فَأَنَّ لَهُ نَارَ جَهَنَّمَ خَالِدًا فِيهَا ذَلِكَ الْخِزْيُ الْعَظِيمُ{63}
9:63 Kimki Allohga va elchisiga dushmanchilik qilsa, unga mangu qoladigan jahannam otashi boʻlishini nahot u bilmagan boʻlsa?! U daxshatli xorlikdir.
يَحْذَرُ الْمُنَافِقُونَ أَن تُنَزَّلَ عَلَيْهِمْ سُورَةٌ تُنَبِّئُهُمْ بِمَا فِي قُلُوبِهِم قُلِ اسْتَهْزِؤُواْ إِنَّ اللّهَ مُخْرِجٌ مَّا تَحْذَرُونَ{64}
9:64 Munofiqlar qalbidagi narsalarni oʻzlariga bildirib qoʻyadigan oʻzlari haqida sura (oyat) nozil boʻlishidan xavfsirayapti. “Masxara qilib turinglar-chi, koʻramiz! Alloh sizlar xavfsiragan narsani aniq oʻrtaga chiqaradi”, deb aytib qoʻy[939].
وَلَئِن سَأَلْتَهُمْ لَيَقُولُنَّ إِنَّمَا كُنَّا نَخُوضُ وَنَلْعَبُ قُلْ أَبِاللّهِ وَآيَاتِهِ وَرَسُولِهِ كُنتُمْ تَسْتَهْزِؤُونَ{65}
9:65 Agar ulardan soʻrasang, “Biz shunchaki gapga berilib ketib, koʻngil koʻtarib oʻtirgan edik, xolos”, deydi. Ayt: «Sizlar Allohni, Uning oyatlarini va rasulini masxara qilib koʻngil koʻtarasizlarmi?!
لاَ تَعْتَذِرُواْ قَدْ كَفَرْتُم بَعْدَ إِيمَانِكُمْ إِن نَّعْفُ عَن طَآئِفَةٍ مِّنكُمْ نُعَذِّبْ طَآئِفَةً بِأَنَّهُمْ كَانُواْ مُجْرِمِينَ{66}
9:66 Bahona toʻqimanglar. Sizlar ishonganingizdan keyin kofir boʻldingiz. Orangizdan bir guruhni jazolamasak-da, jinoyatchiga aylanib ketgani uchun (boshqa) bir guruhni azoblaymiz.»
الْمُنَافِقُونَ وَالْمُنَافِقَاتُ بَعْضُهُم مِّن بَعْضٍ يَأْمُرُونَ بِالْمُنكَرِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ الْمَعْرُوفِ وَيَقْبِضُونَ أَيْدِيَهُمْ نَسُواْ اللّهَ فَنَسِيَهُمْ إِنَّ الْمُنَافِقِينَ هُمُ الْفَاسِقُونَ{67}
9:67 Munofiq erkak va munofiq ayollar bir-biridandir[940]. Ular yomonlikka buyuradi, yaxshilikdan toʻsadi va (moddiy yordamdan) qoʻllarini yopib qoʻyadi. Ular Allohni unutdi, endi Alloh ham ularni unutdi[941]. Munofiqlar – ular itoatsiz-fosiqlardir.
وَعَدَ الله الْمُنَافِقِينَ وَالْمُنَافِقَاتِ وَالْكُفَّارَ نَارَ جَهَنَّمَ خَالِدِينَ فِيهَا هِيَ حَسْبُهُمْ وَلَعَنَهُمُ اللّهُ وَلَهُمْ عَذَابٌ مُّقِيمٌ {68}
9:68 Alloh munofiq erkak va munofiq ayollarga hamda (Alloh va rasuliga) qarshilik qiluvchilarga jahannam oʻtini vaʼda qildi, unda mangu qoladilar. U ularga kifoya. Alloh ularni laʼnatladi. Ularga davomli azob bor.
كَالَّذِينَ مِن قَبْلِكُمْ كَانُواْ أَشَدَّ مِنكُمْ قُوَّةً وَأَكْثَرَ أَمْوَالاً وَأَوْلاَدًا فَاسْتَمْتَعُواْ بِخَلاقِهِمْ فَاسْتَمْتَعْتُم بِخَلاَقِكُمْ كَمَا اسْتَمْتَعَ الَّذِينَ مِن قَبْلِكُمْ بِخَلاَقِهِمْ وَخُضْتُمْ كَالَّذِي خَاضُواْ أُوْلَـئِكَ حَبِطَتْ أَعْمَالُهُمْ فِي الُّدنْيَا وَالآخِرَةِ وَأُوْلَئِكَ هُمُ الْخَاسِرُونَ{69}
9:69 (Ey munofiqlar!) Sizlar ham avvalgilar kabisiz[942]. Ammo, ular sizdan kuchli edi. Mol-davlatlari va bolalari ham koʻp edi. (Dunyoviy) imkoniyatlaridan toʻliq foydalanib boʻlishdi. Avvalgilar imkoniyatlaridan qanday toʻliq foydalanib boʻlgan boʻlsa, sizlar ham imkoniyatlaringizdan toʻliq foydalanib boʻldingiz. (Yolgʻonga) botib ketgan kimsalar kabi sizlar ham botib ketdingiz. Qilgan ishlari dunyoda ham oxiratda ham habata boʻladiganlar oʻshalardir, xonavayron boʻluvchilar oʻshalardir[943].
أَلَمْ يَأْتِهِمْ نَبَأُ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ قَوْمِ نُوحٍ وَعَادٍ وَثَمُودَ وَقَوْمِ إِبْرَاهِيمَ وِأَصْحَابِ مَدْيَنَ وَالْمُؤْتَفِكَاتِ أَتَتْهُمْ رُسُلُهُم بِالْبَيِّنَاتِ فَمَا كَانَ اللّهُ لِيَظْلِمَهُمْ وَلَـكِن كَانُواْ أَنفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ{70}
9:70 Bu munofiqlarga oʻzlaridan avval yashab oʻtgan Nuh xalqining, Od, Samud va Ibrohim xalqining, Madyan[944] aholisining, hamda ostin-ustun boʻlib ketgan yurtlarning xabari kelmadimi? Elchilar ularga aniq-ravshan dalillar bilan kelgan. Ularga Alloh zulm qilmagan, ular oʻziga-oʻzi zulm qilgan.
وَالْمُؤْمِنُونَ وَالْمُؤْمِنَاتُ بَعْضُهُمْ أَوْلِيَاء بَعْضٍ يَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنكَرِ وَيُقِيمُونَ الصَّلاَةَ وَيُؤْتُونَ الزَّكَاةَ وَيُطِيعُونَ اللّهَ وَرَسُولَهُ أُوْلَـئِكَ سَيَرْحَمُهُمُ اللّهُ إِنَّ اللّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌ {71}
9:71 Moʻmin erkak va moʻmina ayollar bir-birining yaqin doʻstlaridir; yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaradi. Namozni/diniy vazifalarni bajaradi, pok va toʻgʻri boʻladi, Alloh va rasuliga boʻysunadi. Ularga Alloh rahm qiladi. Alloh gʻolibdir[945], toʻgʻri qaror beruvchidir[946].
وَعَدَ اللّهُ الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِن تَحْتِهَا الأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا وَمَسَاكِنَ طَيِّبَةً فِي جَنَّاتِ عَدْنٍ وَرِضْوَانٌ مِّنَ اللّهِ أَكْبَرُ ذَلِكَ هُوَ الْفَوْزُ الْعَظِيمُ{72}
9:72 Alloh (oʻshanday) moʻmin erkak va moʻmina ayollarga – ichidan ariqlar oqib turadigan, ular unda mangu qoladigan – bogʻ-u rogʻlarni, Adn jannatidagi muhtasham va yoqimli maskanlarni vaʼda qildi. Allohning roziligi eng muhimdir. Ulkan muvaffaqiyat mana shudir!
يَا أَيُّهَا النَّبِيُّ جَاهِدِ الْكُفَّارَ وَالْمُنَافِقِينَ وَاغْلُظْ عَلَيْهِمْ وَمَأْوَاهُمْ جَهَنَّمُ وَبِئْسَ الْمَصِيرُ {73}
9:73 Ey Paygʻambar! Shu kofir va munofiqlarga qarshi kurash[947]. Ularga nisbatan qattiqqoʻl boʻl. Ularning borar joyi jahannamdir. Juda yomon ahvolga tushishdir u!
يَحْلِفُونَ بِاللّهِ مَا قَالُواْ وَلَقَدْ قَالُواْ كَلِمَةَ الْكُفْرِ وَكَفَرُواْ بَعْدَ إِسْلاَمِهِمْ وَهَمُّواْ بِمَا لَمْ يَنَالُواْ وَمَا نَقَمُواْ إِلاَّ أَنْ أَغْنَاهُمُ اللّهُ وَرَسُولُهُ مِن فَضْلِهِ فَإِن يَتُوبُواْ يَكُ خَيْرًا لَّهُمْ وَإِن يَتَوَلَّوْا يُعَذِّبْهُمُ اللّهُ عَذَابًا أَلِيمًا فِي الدُّنْيَا وَالآخِرَةِ وَمَا لَهُمْ فِي الأَرْضِ مِن وَلِيٍّ وَلاَ نَصِيرٍ{74}
9:74 Aytmadik deb Alloh nomi ila qasam ichmoqdalar, holbuki qarshi chiqish haqidagi gapni aytib boʻlishdi va taslim boʻlishganidan keyin qarshi chiqishdi, qoʻlidan kelmagan ishga qoʻl urishdi. Ularning yomonlik qilishlariga Alloh va elchisi oliyjanoblik ila u nonkoʻrlarning ehtiyojini ketkazgani sabab boʻldi. Agar tavba qilsalar, oʻzlariga yaxshi boʻladi. Mabodo (tavbadan) bosh tortsa, Alloh ularni dunyoda ham oxiratda ham alamli azob bilan azoblaydi. Ularga yer yuzida (azobdan qutqarib qoladigan) na bir doʻst va na bir yordamchi boʻlmaydi.
وَمِنْهُم مَّنْ عَاهَدَ اللّهَ لَئِنْ آتَانَا مِن فَضْلِهِ لَنَصَّدَّقَنَّ وَلَنَكُونَنَّ مِنَ الصَّالِحِينَ{75}
9:75 Ular orasida “Agar Alloh bizga oliyjanoblik qilib (mol-mulk) bersa, (Alloh yoʻlida) xayriya qilamiz va yaxshilardan boʻlamiz”- deb, Allohga soʻz berganlari boʻlgan.
فَلَمَّا آتَاهُم مِّن فَضْلِهِ بَخِلُواْ بِهِ وَتَوَلَّواْ وَّهُم مُّعْرِضُونَ{76}
9:76 Alloh ularga oliyjanoblik qilib berganida esa, uni qizgʻonib qolishdi va yuz oʻgirishdi. Ular yuz oʻgiruvchi (tuturiqsiz) kimsalardir[948].
فَأَعْقَبَهُمْ نِفَاقًا فِي قُلُوبِهِمْ إِلَى يَوْمِ يَلْقَوْنَهُ بِمَا أَخْلَفُواْ اللّهَ مَا وَعَدُوهُ وَبِمَا كَانُواْ يَكْذِبُونَ {77}
9:77 Shunday qilib, Allohga bergan soʻziga qarshi ish qilishgani va yolgʻon gapirishgani uchun, Alloh ularni to Oʻzi bilan yuzlashadigan kungacha ichlarida qolib ketadigan soxtakorlik (munofiqlik[949]) bilan jazoladi.
أَلَمْ يَعْلَمُواْ أَنَّ اللّهَ يَعْلَمُ سِرَّهُمْ وَنَجْوَاهُمْ وَأَنَّ اللّهَ عَلاَّمُ الْغُيُوبِ{78}
9:78 Alloh ularning sirlarini ham yashirin suhbatlarini ham bilishini, Alloh barcha maxfiy narsani biluvchi ekanini ular nahot bilmagan boʻlsalar?!
الَّذِينَ يَلْمِزُونَ الْمُطَّوِّعِينَ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ فِي الصَّدَقَاتِ وَالَّذِينَ لاَ يَجِدُونَ إِلاَّ جُهْدَهُمْ فَيَسْخَرُونَ مِنْهُمْ سَخِرَ اللّهُ مِنْهُمْ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ {79}
9:79 Moʻminlar orasida xayr-ehsonlarini jonu dildan beradiganlardan ham, toqati yetganicha narsa topib kelganlaridan ham ayb axtarib, ularni kamsitadiganlarni Alloh ham kamsitib qoʻyadi; ularga alamli azob (beriladi)[950].
اسْتَغْفِرْ لَهُمْ أَوْ لاَ تَسْتَغْفِرْ لَهُمْ إِن تَسْتَغْفِرْ لَهُمْ سَبْعِينَ مَرَّةً فَلَن يَغْفِرَ اللّهُ لَهُمْ ذَلِكَ بِأَنَّهُمْ كَفَرُواْ بِاللّهِ وَرَسُولِهِ وَاللّهُ لاَ يَهْدِي الْقَوْمَ الْفَاسِقِينَ{80}
9:80 Ularga (Allohdan) xoh kechirim soʻra xoh soʻrama; ular uchun “yetmish marotaba” kechirim soʻrasang ham Alloh ularni kechirmaydi. Chunki, ular Alloh va rasuliga qarshi chiqdilar. Alloh itoatsiz-fosiq kimsalarni hidoyat qilmaydi[951].
فَرِحَ الْمُخَلَّفُونَ بِمَقْعَدِهِمْ خِلاَفَ رَسُولِ اللّهِ وَكَرِهُواْ أَن يُجَاهِدُواْ بِأَمْوَالِهِمْ وَأَنفُسِهِمْ فِي سَبِيلِ اللّهِ وَقَالُواْ لاَ تَنفِرُواْ فِي الْحَرِّ قُلْ نَارُ جَهَنَّمَ أَشَدُّ حَرًّا لَّوْ كَانُوا يَفْقَهُونَ{81}
9:81 Rasulullohga muxolifat qilib jangga bormay oʻtirib olganlar oʻtirib olishganidan xushnud boʻldilar. Alloh yoʻlida mol-u jonlari bilan kurashni yomon koʻrdilar. Hamda, “Bu (jazirama) issiqda jangga chiqmanglar!”- dedilar. Jahannam otashi yanada issiqroqdir! Koshki anglab-yetsalar.
فَلْيَضْحَكُواْ قَلِيلاً وَلْيَبْكُواْ كَثِيرًا جَزَاء بِمَا كَانُواْ يَكْسِبُونَ{82}
9:82 Endi (bular) oʻz qilmishlariga yarasha beriladigan jazo uchun oz kulib koʻp yigʻlasin.
فَإِن رَّجَعَكَ اللّهُ إِلَى طَآئِفَةٍ مِّنْهُمْ فَاسْتَأْذَنُوكَ لِلْخُرُوجِ فَقُل لَّن تَخْرُجُواْ مَعِيَ أَبَدًا وَلَن تُقَاتِلُواْ مَعِيَ عَدُوًّا إِنَّكُمْ رَضِيتُم بِالْقُعُودِ أَوَّلَ مَرَّةٍ فَاقْعُدُواْ مَعَ الْخَالِفِينَ{83}
9:83 Agar Alloh ulardan bir toifasini seni yoningga qaytishini nasib qilib, ular sendan jangga chiqishga ruxsat soʻrasa: «Men bilan endi aslo jangga chiqmaysiz, men bilan birga dushmanga qarshi urisha olmaysiz. Chunki, avvalgi safar (jangga bormay[952]) oʻtirib olishga rozi boʻlgansiz. Hozir ham ortda qoluvchilar bilan birga oʻtiraveringlar», deb ayt.
وَلاَ تُصَلِّ عَلَى أَحَدٍ مِّنْهُم مَّاتَ أَبَدًا وَلاَ تَقُمْ عَلَىَ قَبْرِهِ إِنَّهُمْ كَفَرُواْ بِاللّهِ وَرَسُولِهِ وَمَاتُواْ وَهُمْ فَاسِقُونَ{84}
9:84 Ular orasidan oʻlgan kishiga aslo duo qilma, dafn marosimiga ham qatnashma! Chunki, ular Alloh va rasuliga qarshi chiqdi hamda itoatsiz-fosiq hollarida oʻldilar[953].
وَلاَ تُعْجِبْكَ أَمْوَالُهُمْ وَأَوْلاَدُهُمْ إِنَّمَا يُرِيدُ اللّهُ أَن يُعَذِّبَهُم بِهَا فِي الدُّنْيَا وَتَزْهَقَ أَنفُسُهُمْ وَهُمْ كَافِرُونَ {85}
9:85 Ularning mol-davlatlari ham bolalari ham seni ajablantirib qoʻymasin. U bilan Alloh faqat munofiqlarni dunyo va oxiratda azoblashni[954], hamda kofir boʻlgan hollarida hasrat ila joni uzilishini xohlaydi.
وَإِذَآ أُنزِلَتْ سُورَةٌ أَنْ آمِنُواْ بِاللّهِ وَجَاهِدُواْ مَعَ رَسُولِهِ اسْتَأْذَنَكَ أُوْلُواْ الطَّوْلِ مِنْهُمْ وَقَالُواْ ذَرْنَا نَكُن مَّعَ الْقَاعِدِينَ{86}
9:86 “Allohga ishoninglar va elchisi bilan birgalikda kurashinglar!”, degan sura tushirilganida, munofiqlarning kuchi yetadiganlari sendan ruxsat soʻrab: “Bizni qoʻygin, oʻtiruvchilar bilan birga qolaylik”, deydi.
رَضُواْ بِأَن يَكُونُواْ مَعَ الْخَوَالِفِ وَطُبِعَ عَلَى قُلُوبِهِمْ فَهُمْ لاَ يَفْقَهُونَ {87}
9:87 Ular (jangga bormaydigan) ayol-qizlar bilan qolishga rozi boʻldi va qalblariga tamgʻa urildi. Endi ular (haqiqatni) anglab-yetmaydi.
لَـكِنِ الرَّسُولُ وَالَّذِينَ آمَنُواْ مَعَهُ جَاهَدُواْ بِأَمْوَالِهِمْ وَأَنفُسِهِمْ وَأُوْلَـئِكَ لَهُمُ الْخَيْرَاتُ وَأُوْلَـئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ{88}
9:88 Lekin, elchi va uning yonidagi moʻminlar mollari va jonlari bilan kurashdilar. Yaxshiliklar ular uchundir, ana shular baxtga erishuvchilardir.
أَعَدَّ اللّهُ لَهُمْ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِن تَحْتِهَا الأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا ذَلِكَ الْفَوْزُ الْعَظِيمُ {89}
9:89 Alloh ular uchun ichidan anhorlar oqib turadigan bogʻ-u rogʻlar tayyorlab qoʻyadi. Ular unda mangu qoladi. Mana Bu ulkan muvaffaqiyatdir!
وَجَاء الْمُعَذِّرُونَ مِنَ الأَعْرَابِ لِيُؤْذَنَ لَهُمْ وَقَعَدَ الَّذِينَ كَذَبُواْ اللّهَ وَرَسُولَهُ سَيُصِيبُ الَّذِينَ كَفَرُواْ مِنْهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ{90}
9:90 Choʻlda yashaydigan arablar orasidan (jangga bormaslikka) ruxsat berilishi uchun uzrini aytadiganlari keldi. Alloh va elchisini yolgʻonga chiqarganlari oʻtirib oldilar. Ular orasidan kofirlik qilganlarga alamli azob yetadi.
لَّيْسَ عَلَى الضُّعَفَاء وَلاَ عَلَى الْمَرْضَى وَلاَ عَلَى الَّذِينَ لاَ يَجِدُونَ مَا يُنفِقُونَ حَرَجٌ إِذَا نَصَحُواْ لِلّهِ وَرَسُولِهِ مَا عَلَى الْمُحْسِنِينَ مِن سَبِيلٍ وَاللّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ {91}
9:91 Alloh va rasuliga samimiy boʻlgan taqdirda, zaif-nogironlar[955], bemorlar, hamda sarflagani hech narsa topa olmaydiganlarga (jangga hissa qoʻsha olmagani uchun) gunoh yoʻq. Muhsinlarni (uzri samimiy kishilarni) ayblashga hech qanday yoʻl yoʻq. Alloh kechirimli va mehribondir.
وَلاَ عَلَى الَّذِينَ إِذَا مَا أَتَوْكَ لِتَحْمِلَهُمْ قُلْتَ لاَ أَجِدُ مَا أَحْمِلُكُمْ عَلَيْهِ تَوَلَّواْ وَّأَعْيُنُهُمْ تَفِيضُ مِنَ الدَّمْعِ حَزَنًا أَلاَّ يَجِدُواْ مَا يُنفِقُونَ {29}
9:92 Shuningdek, ulovga mindirib jangga yoʻllashing uchun yoningga kelganlarida: “Sizlarga mindirgani hech narsa topa olmayapman”, deganingda, sarflagani oʻzlari ham hech narsa topa olmaganidan xafa boʻlib, koʻzlaridan yosh toʻkib qaytayotganlarni ayblashga ham hech qanday yoʻl yoʻq.
إِنَّمَا السَّبِيلُ عَلَى الَّذِينَ يَسْتَأْذِنُونَكَ وَهُمْ أَغْنِيَاء رَضُواْ بِأَن يَكُونُواْ مَعَ الْخَوَالِفِ وَطَبَعَ اللّهُ عَلَى قُلُوبِهِمْ فَهُمْ لاَ يَعْلَمُونَ{93}
9:92 Boy boʻla turib, sendan ruxsat soʻraydigan kishilarni-gina ayblashga yoʻl bor. Ular (jangga bormaydigan) ayol-qizlar bilan qolishga rozi boʻldilar. Alloh ularning qalblariga muhr urib qoʻydi. Endi, ular (haqiqatni) bilmaydilar.
يَعْتَذِرُونَ إِلَيْكُمْ إِذَا رَجَعْتُمْ إِلَيْهِمْ قُل لاَّ تَعْتَذِرُواْ لَن نُّؤْمِنَ لَكُمْ قَدْ نَبَّأَنَا اللّهُ مِنْ أَخْبَارِكُمْ وَسَيَرَى اللّهُ عَمَلَكُمْ وَرَسُولُهُ ثُمَّ تُرَدُّونَ إِلَى عَالِمِ الْغَيْبِ وَالشَّهَادَةِ فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ {94}
9:94 (Jangdan) ular tomon qaytganingizda sizlarga uzr toʻqiydi. Ayt: «Uzr toʻqimay qoʻyaveringlar – sizlarga ishonmaymiz. Chunki, Alloh sizlarning baʼzi xabarlaringizni bizga bildirib boʻldi[956]. Bundan keyin amalga oshiradigan ishlaringizni Alloh ham koʻradi va elchisi ham (guvoh boʻladi). Oxir-oqibat, maxfiy va oshkora har narsani biluvchiga (Allohning hukmiga) qaytarilasizlar, shunda U qilmishingizni oʻzingizga bildirib qoʻyadi.
سَيَحْلِفُونَ بِاللّهِ لَكُمْ إِذَا انقَلَبْتُمْ إِلَيْهِمْ لِتُعْرِضُواْ عَنْهُمْ فَأَعْرِضُواْ عَنْهُمْ إِنَّهُمْ رِجْسٌ وَمَأْوَاهُمْ جَهَنَّمُ جَزَاء بِمَا كَانُواْ يَكْسِبُونَ{95}
9:95 (Jangdan) qaytib yoniga kelganingizda, ularni ayblamasligingiz uchun Alloh nomi ila qasam ichishadi. Ularni ayblamay qoʻyaveringlar; chunki ular nopok insonlardir. Qilgan qilmishlarining jazosi sifatida ularning borar joyi jahannamdir.
يَحْلِفُونَ لَكُمْ لِتَرْضَوْاْ عَنْهُمْ فَإِن تَرْضَوْاْ عَنْهُمْ فَإِنَّ اللّهَ لاَ يَرْضَى عَنِ الْقَوْمِ الْفَاسِقِينَ {96}
9:96 Ular sizlarni oʻzidan rozi qilish uchun qasam ichadi. Sizlar rozi boʻlgan taqdiringizda ham, itoatsiz kishilardan Alloh aniq rozi boʻlmaydi.
الأَعْرَابُ أَشَدُّ كُفْرًا وَنِفَاقًا وَأَجْدَرُ أَلاَّ يَعْلَمُواْ حُدُودَ مَا أَنزَلَ اللّهُ عَلَى رَسُولِهِ وَاللّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ {97}
9:97 Choʻl arablarining kofirligi ham munofiqligi ham juda qattiq. Alloh Oʻz elchisiga tushirgan qonunlarni bilmasligi ham tabiiy[957]. (Kim qanday ekanini) Alloh biladi, toʻgʻri qaror beradi.
وَمِنَ الأَعْرَابِ مَن يَتَّخِذُ مَا يُنفِقُ مَغْرَمًا وَيَتَرَبَّصُ بِكُمُ الدَّوَائِرَ عَلَيْهِمْ دَآئِرَةُ السَّوْءِ وَاللّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ{98}
9:98 Choʻl arablari orasida qilgan sarf-xarajatini ziyon deb bilib, boshingizga turli balo-ofatlar tushishini kutib turadiganlari ham bor. Balo-ofatlar oʻzlarining boshiga tushsin! Alloh har narsani eshitadi, biladi[958].
وَمِنَ الأَعْرَابِ مَن يُؤْمِنُ بِاللّهِ وَالْيَوْمِ الآخِرِ وَيَتَّخِذُ مَا يُنفِقُ قُرُبَاتٍ عِندَ اللّهِ وَصَلَوَاتِ الرَّسُولِ أَلا إِنَّهَا قُرْبَةٌ لَّهُمْ سَيُدْخِلُهُمُ اللّهُ فِي رَحْمَتِهِ إِنَّ اللّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ{99}
9:99 Choʻl arablari orasida shundaylari ham borki, ular Allohga va oxirat kuniga ishonadi, (Alloh yoʻlida) qilayotgan moddiy yordamini Allohning roziligiga yaqinlashtiruvchi vosita hamda Elchiga yordam deb hisoblaydi. Bilingki, u albatta ular uchun yaqinlashtiruvchi vositadir. Alloh ularni yaqinda rahmatiga (jannatiga[959]) kirgizadi. Alloh kechirimli va mehribondir[960].
وَالسَّابِقُونَ الأَوَّلُونَ مِنَ الْمُهَاجِرِينَ وَالأَنصَارِ وَالَّذِينَ اتَّبَعُوهُم بِإِحْسَانٍ رَّضِيَ اللّهُ عَنْهُمْ وَرَضُواْ عَنْهُ وَأَعَدَّ لَهُمْ جَنَّاتٍ تَجْرِي تَحْتَهَا الأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا أَبَدًا ذَلِكَ الْفَوْزُ الْعَظِيمُ{100}
9:100 Muhojir va Ansorlarning[961] peshqadamlari[962] va ularga chiroyli holatda ergashganlardan Alloh rozi boʻldi, ular ham Allohdan rozi boʻldilar. Alloh ularga ichidan anhorlar oqib turadigan bogʻ-u rogʻlar tayyorlab qoʻyadi; ular unda mangu qoladi. Ulkan muvaffaqiyat mana shudir!
وَمِمَّنْ حَوْلَكُم مِّنَ الأَعْرَابِ مُنَافِقُونَ وَمِنْ أَهْلِ الْمَدِينَةِ مَرَدُواْ عَلَى النِّفَاقِ لاَ تَعْلَمُهُمْ نَحْنُ نَعْلَمُهُمْ سَنُعَذِّبُهُم مَّرَّتَيْنِ ثُمَّ يُرَدُّونَ إِلَى عَذَابٍ عَظِيمٍ{101}
9:101 Atrofingizdagi choʻl arablaridan ikkiyuzlamachi-munofiqlar bor, Madinaliklar orasida ham munofiqlikda ustasi faranglari bor. Sen ularni bilmaysan, ularni Biz bilamiz[963]. Ularni (bu dunyoda) ikki marotaba azoblaymiz[964]. Keyin ular buyuk azobga qaytariladi.
وَآخَرُونَ اعْتَرَفُواْ بِذُنُوبِهِمْ خَلَطُواْ عَمَلاً صَالِحًا وَآخَرَ سَيِّئًا عَسَى اللّهُ أَن يَتُوبَ عَلَيْهِمْ إِنَّ اللّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ {102}
9:102 Yaxshi ishga yomon ishni aralashtirib yuborib, oʻzlarining gunohlarini eʼtirof qilgan yana boshqalari ham borki, Alloh ularga tavba imkoni berishi mumkin. Alloh kechirimli va mehribondir.
خُذْ مِنْ أَمْوَالِهِمْ صَدَقَةً تُطَهِّرُهُمْ وَتُزَكِّيهِم بِهَا وَصَلِّ عَلَيْهِمْ إِنَّ صَلاَتَكَ سَكَنٌ لَّهُمْ وَاللّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ{103}
9:103 (Ey Muhammad!) Ularning mol-davlatlaridan sadaqa[965] olki, u bilan ularni ham poklaysan, hamda rivojlantirasan va sen ularga dastak boʻl[966], chunki, sening dastaging ularga tasalli boʻladi. Alloh eshitadi, biladi.
أَلَمْ يَعْلَمُواْ أَنَّ اللّهَ هُوَ يَقْبَلُ التَّوْبَةَ عَنْ عِبَادِهِ وَيَأْخُذُ الصَّدَقَاتِ وَأَنَّ اللّهَ هُوَ التَّوَّابُ الرَّحِيمُ{104}
9:104 Nahot bilmagan boʻlsalar?! Axir, bandalarining tavbasini qabul qiladigan ham, sadaqalarni oladigan ham Allohdir. Tavbalarni qabul qiluvchi ham, mehribon ham Allohdir.
وَقُلِ اعْمَلُواْ فَسَيَرَى اللّهُ عَمَلَكُمْ وَرَسُولُهُ وَالْمُؤْمِنُونَ وَسَتُرَدُّونَ إِلَى عَالِمِ الْغَيْبِ وَالشَّهَادَةِ فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ{105}
9:105 Ayt: «Xohlaganingizni qilinglar. Alloh qilgan ishingizni koʻrib turadi, Uning elchisi[967] va moʻminlar ham (kun kelib koʻradi). Yaqinda yashirin narsani ham oshkor narsani ham biluvchi (Alloh)ning huzuriga qaytarilasizlar, shunda, nimalar qilganingizni Uning Oʻzi sizlarga bildirib qoʻyadi.
وَآخَرُونَ مُرْجَوْنَ لِأَمْرِ اللّهِ إِمَّا يُعَذِّبُهُمْ وَإِمَّا يَتُوبُ عَلَيْهِمْ وَاللّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ{106}
9:106 (Tabuk janggiga bormagan) ishlari Allohga havola qilingan yana boshqalar bor. Ularni yo jazolaydi, yoki tavba qilishga imkon beradi. Alloh biladi, qarorini toʻgʻri beradi[968].
وَالَّذِينَ اتَّخَذُواْ مَسْجِدًا ضِرَارًا وَكُفْرًا وَتَفْرِيقًا بَيْنَ الْمُؤْمِنِينَ وَإِرْصَادًا لِّمَنْ حَارَبَ اللّهَ وَرَسُولَهُ مِن قَبْلُ وَلَيَحْلِفَنَّ إِنْ أَرَدْنَا إِلاَّ الْحُسْنَى وَاللّهُ يَشْهَدُ إِنَّهُمْ لَكَاذِبُونَ{107}
9:107 Yana (shunday munofiqlar borki,) ular moʻminlarga zarar yetkazish, qarshi chiqish, moʻminlarni orasini boʻlish[969] hamda ilgari Alloh va Rasuliga qarshi bosh koʻtargan (qarshi chiqqan) kishilarni kutish uchun[970] masjid quradi. Ular: “Biz bu bilan faqatgina yaxshilik xohladik”, deb qasam ichadi. Alloh shohid boʻladiki, ular aniq yolgʻonchidir[971].
لاَ تَقُمْ فِيهِ أَبَدًا لَّمَسْجِدٌ أُسِّسَ عَلَى التَّقْوَى مِنْ أَوَّلِ يَوْمٍ أَحَقُّ أَن تَقُومَ فِيهِ فِيهِ رِجَالٌ يُحِبُّونَ أَن يَتَطَهَّرُواْ وَاللّهُ يُحِبُّ الْمُطَّهِّرِينَ{108}
9:108 U masjidda aslo faoliyat yuritma! Ilk kundan boshlab taqvodorlikka asoslangan masjid – unda faoliyat yuritshing uchun eng munosibdir[972]. Unda oʻzini pok tutishni yoqtiradigan insonlar bor. Alloh oʻzini pokiza olib yuruvchilarni yaxshi koʻradi.
أَفَمَنْ أَسَّسَ بُنْيَانَهُ عَلَى تَقْوَى مِنَ اللّهِ وَرِضْوَانٍ خَيْرٌ أَم مَّنْ أَسَّسَ بُنْيَانَهُ عَلَىَ شَفَا جُرُفٍ هَارٍ فَانْهَارَ بِهِ فِي نَارِ جَهَنَّمَ وَاللّهُ لاَ يَهْدِي الْقَوْمَ الظَّالِمِينَ{109}
9:109 Barpo qilayotgan narsasini Allohga boʻlgan masʼuliyat va (Uning) roziligi asosida barpo qilgan kishi yaxshimi, yoki barpo qilayotgan narsasini sel kelib oqizib ketishiga chidamsiz zoʻrgʻa turgan qirgʻoqqa qurib, u bilan birga jahannam oʻtiga qulab tushgan kishi yaxshimi?[973] Alloh zolimlarni hidoyat qilmaydi[974].
لاَ يَزَالُ بُنْيَانُهُمُ الَّذِي بَنَوْاْ رِيبَةً فِي قُلُوبِهِمْ إِلاَّ أَن تَقَطَّعَ قُلُوبُهُمْ وَاللّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ{110}
9:110 Ularning barpo qilgan narsalari qalblari parchalanib ketgunga qadar ichlarida davomli bir shubha boʻlib qolaveradi. Alloh biladi, toʻgʻri qaror beradi.
إِنَّ اللّهَ اشْتَرَى مِنَ الْمُؤْمِنِينَ أَنفُسَهُمْ وَأَمْوَالَهُم بِأَنَّ لَهُمُ الجَنَّةَ يُقَاتِلُونَ فِي سَبِيلِ اللّهِ فَيَقْتُلُونَ وَيُقْتَلُونَ وَعْدًا عَلَيْهِ حَقًّا فِي التَّوْرَاةِ وَالإِنجِيلِ وَالْقُرْآنِ وَمَنْ أَوْفَى بِعَهْدِهِ مِنَ اللّهِ فَاسْتَبْشِرُواْ بِبَيْعِكُمُ الَّذِي بَايَعْتُم بِهِ وَذَلِكَ هُوَ الْفَوْزُ الْعَظِيمُ{111}
9:111 Alloh moʻminlarning jonlari va mollarini jannat evaziga sotib oldi. Ular Alloh yoʻlida jang qiladi, bu yoʻlda oʻldiradi yoki oʻldiriladi. Bu – Tavrot, Injil va Qurʼonda ham aytilgan Allohning haq soʻzidir. Allohdan koʻra ahdiga vafodor kim bor?! Shunday ekan, qilgan savdongizdan xursand boʻlinglar. Ulkan muvaffaqiyat mana shudir!
التَّائِبُونَ الْعَابِدُونَ الْحَامِدُونَ السَّائِحُونَ الرَّاكِعُونَ السَّاجِدونَ الآمِرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَالنَّاهُونَ عَنِ الْمُنكَرِ وَالْحَافِظُونَ لِحُدُودِ اللّهِ وَبَشِّرِ الْمُؤْمِنِينَ{112}
9:112 Ular – tavba qiladigan, qullikni bajo qiladigan, (Allohni) olqishlaydigan, (Alloh uchun) safar qiladigan, ruku qiladigan, sajda qiladigan, yaxshilikka buyuradigan, yomonlikdan qaytaradigan va Allohning qonunlariga qatʼiy rioya qiladigan kishilardir. Bunday moʻminlarga xushxabar ber.
مَا كَانَ لِلنَّبِيِّ وَالَّذِينَ آمَنُواْ أَن يَسْتَغْفِرُواْ لِلْمُشْرِكِينَ وَلَوْ كَانُواْ أُوْلِي قُرْبَى مِن بَعْدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُمْ أَنَّهُمْ أَصْحَابُ الْجَحِيمِ{113}
9:113 Mushriklar jahannamlik ekani aniq maʼlum boʻlganidan keyin, garchi ular oʻzlarining yaqin qarindoshlari boʻlsa-da, paygʻambarni ham, moʻminlarni ham ular uchun (Allohdan) magʻfirat talab qilishga haqqi yoʻq.
وَمَا كَانَ اسْتِغْفَارُ إِبْرَاهِيمَ لِأَبِيهِ إِلاَّ عَن مَّوْعِدَةٍ وَعَدَهَا إِيَّاهُ فَلَمَّا تَبَيَّنَ لَهُ أَنَّهُ عَدُوٌّ لِلّهِ تَبَرَّأَ مِنْهُ إِنَّ إِبْرَاهِيمَ لأوَّاهٌ حَلِيمٌ{114}
9:114 Ibrohim otasi uchun (Allohdan) magʻfirat talab qilishi – faqat uning oʻziga bergan vaʼdasi uchun edi. Otasi Allohga dushman ekani aniq maʼlum boʻlganidan keyin u ishdan uzoq turdi. Ibrohim rostdan ham juda sof koʻngilli va beozor edi[975].
وَمَا كَانَ اللّهُ لِيُضِلَّ قَوْمًا بَعْدَ إِذْ هَدَاهُمْ حَتَّى يُبَيِّنَ لَهُم مَّا يَتَّقُونَ إِنَّ اللّهَ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ. {115}
9:115 Alloh biron bir xalqqa toʻgʻri yoʻlini koʻrsatib qoʻyganidan keyin, toki ularga nimalardan saqlanishi kerakligini bayon qilmay turib, ularni adashganligiga hukm qilmaydi[976]. Alloh har narsani biladi.
إِنَّ اللّهَ لَهُ مُلْكُ السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضِ يُحْيِـي وَيُمِيتُ وَمَا لَكُم مِّن دُونِ اللّهِ مِن وَلِيٍّ وَلاَ نَصِيرٍ{116}
9:116 Osmonlar va yerning hukmronligi Allohga tegishli. Yashatadigan ham oʻldiradigan ham U. Undan boshqa hech qanday xojangiz/doʻstingiz ham yordamchingiz yoʻq.
لَقَد تَّابَ الله عَلَى النَّبِيِّ وَالْمُهَاجِرِينَ وَالأَنصَارِ الَّذِينَ اتَّبَعُوهُ فِي سَاعَةِ الْعُسْرَةِ مِن بَعْدِ مَا كَادَ يَزِيغُ قُلُوبُ فَرِيقٍ مِّنْهُمْ ثُمَّ تَابَ عَلَيْهِمْ إِنَّهُ بِهِمْ رَؤُوفٌ رَّحِيمٌ{117}
9:117 Alloh Paygʻambarga ham, unga qiyin kunlarda ergashgan muhojirlar va ansorga ham tavba imkoni berdi[977]. Oʻshanda ular orasida bir guruhining qalbi haqdan ayrilib ketishga oz qolgan edi. Soʻng, Alloh ularga tavba imkoni berdi. Chunki, Alloh ularga shafqatli va mehribondir.
وَعَلَى الثَّلاَثَةِ الَّذِينَ خُلِّفُواْ حَتَّى إِذَا ضَاقَتْ عَلَيْهِمُ الأَرْضُ بِمَا رَحُبَتْ وَضَاقَتْ عَلَيْهِمْ أَنفُسُهُمْ وَظَنُّواْ أَن لاَّ مَلْجَأَ مِنَ اللّهِ إِلاَّ إِلَيْهِ ثُمَّ تَابَ عَلَيْهِمْ لِيَتُوبُواْ إِنَّ اللّهَ هُوَ التَّوَّابُ الرَّحِيمُ{118}
9:118 (Jangdan bormay) ishlari Allohga havola qilingan uch kishiga ham tavba imkoni berildi. Qanchalik keng boʻlmasin, yer yuzi ularga tor kelib qoldi. Ular vijdon azobidan juda ham qiynaldi, Allohdan qochishning hech qanday yoʻli yoʻqligini, aksincha, buni yagona chorasi Uni Oʻziga qaytish ekanini anglab yetishdi. Tavba qilib qolsinlar deb, Alloh ularga tavba imkoni berdi. Chunki, Alloh tavbalarni qabul qiluvchi va mehribondir.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اتَّقُواْ اللّهَ وَكُونُواْ مَعَ الصَّادِقِينَ{119}
9:119 Ey Moʻminlar! Allohga nisbatan javobgarlikni his qiling va rostgoʻy (samimiy) insonlar bilan birga boʻling[978].
مَا كَانَ لِأَهْلِ الْمَدِينَةِ وَمَنْ حَوْلَهُم مِّنَ الأَعْرَابِ أَن يَتَخَلَّفُواْ عَن رَّسُولِ اللّهِ وَلاَ يَرْغَبُواْ بِأَنفُسِهِمْ عَن نَّفْسِهِ ذَلِكَ بِأَنَّهُمْ لاَ يُصِيبُهُمْ ظَمَأٌ وَلاَ نَصَبٌ وَلاَ مَخْمَصَةٌ فِي سَبِيلِ اللّهِ وَلاَ يَطَؤُونَ مَوْطِئًا يَغِيظُ الْكُفَّارَ وَلاَ يَنَالُونَ مِنْ عَدُوٍّ نَّيْلاً إِلاَّ كُتِبَ لَهُم بِهِ عَمَلٌ صَالِحٌ إِنَّ اللّهَ لاَ يُضِيعُ أَجْرَ الْمُحْسِنِينَ{120}
9:120 Madinaliklar ham, ularning atrofidagi choʻl arablari ham (bergan bayʼatlari sababli) Rasulullohni ortidan qolmasligi, hamda oʻz jonlarini uning jonidan koʻra afzal bilmasligi kerak. Ha shunday, chunki Alloh yoʻlida ularga yetgan har turli chanqoqlik, qiyinchilik va ochlik uchun, qarshi chiqqan/kofirlarni jahlini chiqaradigan har bir bosilgan qadam va dushman tarafidan ularga yetgan har narsa uchun albatta bir yaxshi amal yozib qoʻyiladi. Alloh muhsinlarning ajrini zoye qilmaydi.
وَلاَ يُنفِقُونَ نَفَقَةً صَغِيرَةً وَلاَ كَبِيرَةً وَلاَ يَقْطَعُونَ وَادِيًا إِلاَّ كُتِبَ لَهُمْ لِيَجْزِيَهُمُ اللّهُ أَحْسَنَ مَا كَانُواْ يَعْمَلُونَ {121}
9:121 (Alloh yoʻlida) qilgan kattayu kichik har bir sarf-xarajatlari va bosib oʻtgan vodiylari ularning oʻzlari uchun yozib qoʻyilmoqdaki, toki Alloh ularning qilayotgan ishlarini chiroyli holatda mukofotlasin.
وَمَا كَانَ الْمُؤْمِنُونَ لِيَنفِرُواْ كَآفَّةً فَلَوْلاَ نَفَرَ مِن كُلِّ فِرْقَةٍ مِّنْهُمْ طَآئِفَةٌ لِّيَتَفَقَّهُواْ فِي الدِّينِ وَلِيُنذِرُواْ قَوْمَهُمْ إِذَا رَجَعُواْ إِلَيْهِمْ لَعَلَّهُمْ يَحْذَرُونَ{122}
9:122 Moʻminlarning hammasi jangga chiqishi kerak emas. Biroq, har bir jamoadan bir qism insonlar (Allohning bu buyrugʻini amalda joriy etilishini koʻrib) dinni chuqur anglab yetishi va qaytib kelganida qavmini ogohlantirish uchun jangga chiqsa boʻlmaydimi?! Shoyad (shunda qavmi ham) ehtiyot boʻlsa.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ قَاتِلُواْ الَّذِينَ يَلُونَكُم مِّنَ الْكُفَّارِ وَلِيَجِدُواْ فِيكُمْ غِلْظَةً وَاعْلَمُواْ أَنَّ اللّهَ مَعَ الْمُتَّقِينَ{123}
9:123 Ey Moʻminlar! Qarshingizdan kelayotgan kofirlarga qarshi jang qilinglarki, ular sizlardagi jadallikni va kuchni koʻrsin[979]. Bilinglarki, Alloh masʼuliyatli (moʻmin)lar bilan birgadir.
وَإِذَا مَا أُنزِلَتْ سُورَةٌ فَمِنْهُم مَّن يَقُولُ أَيُّكُمْ زَادَتْهُ هَـذِهِ إِيمَانًا فَأَمَّا الَّذِينَ آمَنُواْ فَزَادَتْهُمْ إِيمَانًا وَهُمْ يَسْتَبْشِرُونَ {124}
9:124 Biron-bir sura tushirilganida munofiqlar orasida: “Endi bu (sura) qaysi biringizni iymonini orttirdi?”- deydiganlari boʻladi. U (sura) unga iymon keltirganlarning iymonini orttiradi. Moʻminlar uni bir-biriga xushxabar qilish payida boʻladi.
وَأَمَّا الَّذِينَ فِي قُلُوبِهِم مَّرَضٌ فَزَادَتْهُمْ رِجْسًا إِلَى رِجْسِهِمْ وَمَاتُواْ وَهُمْ كَافِرُونَ {125}
9:125 Qalbida kasallik bor[980] kimsalarga esa, razolatiga yana razolat orttiradi[981] va ular kofir boʻlib oʻladi.
أَوَلاَ يَرَوْنَ أَنَّهُمْ يُفْتَنُونَ فِي كُلِّ عَامٍ مَّرَّةً أَوْ مَرَّتَيْنِ ثُمَّ لاَ يَتُوبُونَ وَلاَ هُمْ يَذَّكَّرُونَ{126}
9:126 Oʻzlarini har yili bir yoki ikki marta fitnaga duchor boʻlayotganini koʻrmayaptilarmi? Shunda ham ular tavba qilmayapti ,nasihat olmayapti.
وَإِذَا مَا أُنزِلَتْ سُورَةٌ نَّظَرَ بَعْضُهُمْ إِلَى بَعْضٍ هَلْ يَرَاكُم مِّنْ أَحَدٍ ثُمَّ انصَرَفُواْ صَرَفَ اللّهُ قُلُوبَهُم بِأَنَّهُمْ قَوْمٌ لاَّ يَفْقَهُون{127}
9:127 Biron sura tushirilganida (munofiqlar) bir-biriga qarab: Sizni birov koʻrmayaptimi?- deydi, keyin ayrilib ketadi. Alloh ularning qalblarini burib qoʻydi. Chunki, ular tushunmaydigan kishilardir.
لَقَدْ جَاءكُمْ رَسُولٌ مِّنْ أَنفُسِكُمْ عَزِيزٌ عَلَيْهِ مَا عَنِتُّمْ حَرِيصٌ عَلَيْكُم بِالْمُؤْمِنِينَ رَؤُوفٌ رَّحِيمٌ{128}
9:128 Haqiqatda, sizlarga oʻzingizdan elchi keldi. Sizni mashaqqatga (zararga) solgan narsa unga ogʻir keladi, sizga (hidoyat tomonlama) intiq, moʻminlarga shafqatli va mehribondir.
فَإِن تَوَلَّوْاْ فَقُلْ حَسْبِيَ اللّهُ لا إِلَـهَ إِلاَّ هُوَ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَهُوَ رَبُّ الْعَرْشِ الْعَظِيمِ{129}
9:129 Agar bosh tortsalar, “Menga Alloh yetadi, qullik qilinishga haqli yagona iloh Udir, Unga ishonib-suyandim, U buyuk arshning (boshqaruv markazining) yaratgan Egasidir”, deb ayt.
- YUNUS surasi
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
الر تِلْكَ آيَاتُ الْكِتَابِ الْحَكِيمِ{1}
10:1 Alif! Lam ! Ro! Bular – Hikmatlik kitob oyatlaridir.
أَكَانَ لِلنَّاسِ عَجَبًا أَنْ أَوْحَيْنَا إِلَى رَجُلٍ مِّنْهُمْ أَنْ أَنذِرِ النَّاسَ وَبَشِّرِ الَّذِينَ آمَنُواْ أَنَّ لَهُمْ قَدَمَ صِدْقٍ عِندَ رَبِّهِمْ قَالَ الْكَافِرُونَ إِنَّ هَـذَا لَسَاحِرٌ مُّبِينٌ{2}
10:2 «Insoniyatni ogohlantir! Imon keltirganlar uchun yaratgan Egasi huzurida sodiqlik martabasiga chiqish borligini xushxabarini yetkaz!»- deb oralaridan bir kishiga vahiy qilganimiz (bu) insonlarga ajablanarli boʻldimiki, hatto qarshi chiquvchilar: “Bu aniq sehrgardan boshqasi emas!”- dedilar.
إِنَّ رَبَّكُمُ اللّهُ الَّذِي خَلَقَ السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضَ فِي سِتَّةِ أَيَّامٍ ثُمَّ اسْتَوَى عَلَى الْعَرْشِ يُدَبِّرُ الأَمْرَ مَا مِن شَفِيعٍ إِلاَّ مِن بَعْدِ إِذْنِهِ ذَلِكُمُ اللّهُ رَبُّكُمْ فَاعْبُدُوهُ أَفَلاَ تَذَكَّرُونَ{3}
10:3 Yaratgan Egangiz – osmonlar va yerni olti kunda yaratgan[982], keyin arshga yoʻnalib, (boshqaruv) ishini yurgizadigan Allohdir. Hech qanday maxluqot yoʻq edi, (maxluqot) faqat uning iznidan keyin paydo boʻldi[983]. Oʻsha Alloh yaratgan Egangizdir. Shunday ekan, Unga qullik qilinglar. Nahot nasihat olmasangiz?!
إِلَيْهِ مَرْجِعُكُمْ جَمِيعًا وَعْدَ اللّهِ حَقًّا إِنَّهُ يَبْدَأُ الْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُ لِيَجْزِيَ الَّذِينَ آمَنُواْ وَعَمِلُواْ الصَّالِحَاتِ بِالْقِسْطِ وَالَّذِينَ كَفَرُواْ لَهُمْ شَرَابٌ مِّنْ حَمِيمٍ وَعَذَابٌ أَلِيمٌ بِمَا كَانُواْ يَكْفُرُونَ{4}
10:4 Hammangiz Unga qaytasiz[984]. Bu Allohning vaʼdasi, u albatta amalga oshadi. Yaratishni U boshladi. (Allohga) ishongan va yaxshi ishlarni amalga oshirganlarga munosib ravishda mukofot berish uchun (ularni) qaytadan yaratadi. Kofirlarga kofirligi tufayli qizdirilgan suyuqlikdan ichimlik va alamli azob bor.
هُوَ الَّذِي جَعَلَ الشَّمْسَ ضِيَاء وَالْقَمَرَ نُورًا وَقَدَّرَهُ مَنَازِلَ لِتَعْلَمُواْ عَدَدَ السِّنِينَ وَالْحِسَابَ مَا خَلَقَ اللّهُ ذَلِكَ إِلاَّ بِالْحَقِّ يُفَصِّلُ الآيَاتِ لِقَوْمٍ يَعْلَمُونَ {5}
10:5 Quyoshni yorugʻlik manbai va oyni nur taratuvchi qilib yaratgan Udir. Yillar sanogʻini va hisob(i)ni bilib olishingiz uchun oyga turli manzillar[985] belgilab qoʻydi. Alloh buni – haqiqatni koʻrsatadigan qilib yaratib, (falakiyot ilmini) biladigan kishilar uchun (bu haqidagi) oyatlarni batafsil tushuntirib beryapti.
إِنَّ فِي اخْتِلاَفِ اللَّيْلِ وَالنَّهَارِ وَمَا خَلَقَ اللّهُ فِي السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضِ لآيَاتٍ لِّقَوْمٍ يَتَّقُونَ{6}
10:6 Kecha bilan kunduzni ket-ma ket almashib turishida hamda osmonlar va yerdagi Alloh yaratgan narsalarda, javobgarlikni his qiladiganlar uchun (yaratuvchi Alloh ekani haqida) alomat-dalillar bor.
إَنَّ الَّذِينَ لاَ يَرْجُونَ لِقَاءنَا وَرَضُواْ بِالْحَياةِ الدُّنْيَا وَاطْمَأَنُّواْ بِهَا وَالَّذِينَ هُمْ عَنْ آيَاتِنَا غَافِلُونَ{7}
10:7 Bizga (yorugʻ yuz bilan) yoʻliqishni umid qilmagan, dunyo hayotidan mamnun boʻlib, u bilan koʻngli toʻlgan va oyatlarimizga beparvolarga[986] kelsak,
أُوْلَـئِكَ مَأْوَاهُمُ النُّارُ بِمَا كَانُواْ يَكْسِبُونَ {8}
10:8 Qilgan ishlari uchun borar joylari jahannam boʻladiganlar oʻshalardir.
إِنَّ الَّذِينَ آمَنُواْ وَعَمِلُواْ الصَّالِحَاتِ يَهْدِيهِمْ رَبُّهُمْ بِإِيمَانِهِمْ تَجْرِي مِن تَحْتِهِمُ الأَنْهَارُ فِي جَنَّاتِ النَّعِيمِ
10:9 Imon keltirgan va xayrli ishlarni amalga oshirganlarni (amali bilan boʻlgan) imoni sababli yaratgan Egasi ularni hidoyat qiladi – neʼmat toʻla bogʻlarda ularning ostidan anhorlar oqib turadi[987].
دَعْوَاهُمْ فِيهَا سُبْحَانَكَ اللَّهُمَّ وَتَحِيَّتُهُمْ فِيهَا سَلاَمٌ وَآخِرُ دَعْوَاهُمْ أَنِ الْحَمْدُ لِلّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ {10}
10:10 Ularning jannatda duolari: “Allohim, Sen pok zotsan!”, undagi (bir-biriga) tilaklari[988] esa: “Eson-omonlik!”, boʻladi. Duolarining oxiri: «Olamlar Egasi – Allohga olqish-u maqtovlar boʻlsin!», (shaklida) boʻladi.
وَلَوْ يُعَجِّلُ اللّهُ لِلنَّاسِ الشَّرَّ اسْتِعْجَالَهُم بِالْخَيْرِ لَقُضِيَ إِلَيْهِمْ أَجَلُهُمْ فَنَذَرُ الَّذِينَ لاَ يَرْجُونَ لِقَاءنَا فِي طُغْيَانِهِمْ يَعْمَهُونَ {11}
10:11 Insonlar yaxshilikni tez kelishini talab qilganida (ularga tezlashtirib berganidek), yomonlikni tezlashtirib berishini talab qilganida Alloh ularga yomonlikni tezlashtirib qoʻyganida, ularning ajallari tugatilar edi[989]. Biroq, Bizga (ochiq yuz bilan) yoʻliqishni xohlamaganlarni haddan oshib yurishiga qoʻyib beramiz, adashib yurib turadi.
وَإِذَا مَسَّ الإِنسَانَ الضُّرُّ دَعَانَا لِجَنبِهِ أَوْ قَاعِدًا أَوْ قَآئِمًا فَلَمَّا كَشَفْنَا عَنْهُ ضُرَّهُ مَرَّ كَأَن لَّمْ يَدْعُنَا إِلَى ضُرٍّ مَّسَّهُ كَذَلِكَ زُيِّنَ لِلْمُسْرِفِينَ مَا كَانُواْ يَعْمَلُونَ {12}
10:12 Insonga zarar yetganida, yonboshlagan, oʻtirgan va tik turgan holida ham Bizga duo qiladi. Undan zararini daf qilganimizda esa, goʻyoki unga yetgan zarar tufayli Bizga hech ham duo qilmagandek davom etaveradi. Isrofchilarga oʻzlarining qilayotgan ishlari mana shu shaklda chiroyli koʻrsatib qoʻyiladi.
وَلَقَدْ أَهْلَكْنَا الْقُرُونَ مِن قَبْلِكُمْ لَمَّا ظَلَمُواْ وَجَاءتْهُمْ رُسُلُهُم بِالْبَيِّنَاتِ وَمَا كَانُواْ لِيُؤْمِنُواْ كَذَلِكَ نَجْزِي الْقَوْمَ الْمُجْرِمِينَ {13}
10:13 Qasamki, sizlardan avval qanchadan-qancha shahar-qishloqlarni zolimlik qilgan vaqtida halok qilganmiz. Ularga elchilari aniq-ravshan dalillar bilan kelganida ular ishonmagan. Jinoyatchilarni shunday jazolaymiz.
ثُمَّ جَعَلْنَاكُمْ خَلاَئِفَ فِي الأَرْضِ مِن بَعْدِهِم لِنَنظُرَ كَيْفَ تَعْمَلُونَ {14}
10:14 Qanday amal qilishingizni koʻrish uchun, ulardan keyin sizlarni yerda (ularni oʻrniga) oʻrinbosar qildik.
وَإِذَا تُتْلَى عَلَيْهِمْ آيَاتُنَا بَيِّنَاتٍ قَالَ الَّذِينَ لاَ يَرْجُونَ لِقَاءنَا ائْتِ بِقُرْآنٍ غَيْرِ هَـذَا أَوْ بَدِّلْهُ قُلْ مَا يَكُونُ لِي أَنْ أُبَدِّلَهُ مِن تِلْقَاء نَفْسِي إِنْ أَتَّبِعُ إِلاَّ مَا يُوحَى إِلَيَّ إِنِّي أَخَافُ إِنْ عَصَيْتُ رَبِّي عَذَابَ يَوْمٍ عَظِيمٍ {15}
10:15 Ularga aniq-ravshan oyatlarimiz oʻqib berilganida, Bizga (yorugʻ yuz bilan) yoʻliqishni umid qilmaydiganlar: «Bizga bundan boshqa Qurʼon[990] keltir, yoki uni oʻzgartir», deydi. “Uni oʻzgartirishga haqim yoʻq. Menga nima vahiy qilingan boʻlsa, men oʻshanga amal qilaman, xolos. Agar (Qurʼonni boricha yetkazmay, aytganingizni qilib) yaratgan Egamga osiy boʻlsam, buyuk kunning azobidan qoʻrqaman”, deb aytib qoʻy.
قُل لَّوْ شَاء اللّهُ مَا تَلَوْتُهُ عَلَيْكُمْ وَلاَ أَدْرَاكُم بِهِ فَقَدْ لَبِثْتُ فِيكُمْ عُمُرًا مِّن قَبْلِهِ أَفَلاَ تَعْقِلُونَ {16}
10:16 Ayt: “Agar Alloh nasib qilmaganida, men sizlarga uni tilovat qilmagan boʻlardim va U uni sizlarga bildirmagan boʻlar edi. Axir, undan avval orangizda umr oʻtkazdimku! Aqlingizni ishlatmaysizmi?”
فَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ افْتَرَى عَلَى اللّهِ كَذِبًا أَوْ كَذَّبَ بِآيَاتِهِ إِنَّهُ لاَ يُفْلِحُ الْمُجْرِمُونَ {17}
10:17 Allohga yolgʻon toʻqigan yoki oyatlarini yolgʻonlagan kishidan koʻra zolimroq biri bormi[991]?! (Bunday) jinoyatchilar najot topmaydi.
وَيَعْبُدُونَ مِن دُونِ اللّهِ مَا لاَ يَضُرُّهُمْ وَلاَ يَنفَعُهُمْ وَيَقُولُونَ هَـؤُلاء شُفَعَاؤُنَا عِندَ اللّهِ قُلْ أَتُنَبِّئُونَ اللّهَ بِمَا لاَ يَعْلَمُ فِي السَّمَاوَاتِ وَلاَ فِي الأَرْضِ سُبْحَانَهُ وَتَعَالَى عَمَّا يُشْرِكُونَ {18}
10:18 “Ular: Bular bizning Alloh huzuridagi qutqaruvchi-shafoatchilarimiz” -deb,
Allohga emas, oʻzlariga zarar ham foyda ham yetkaza olmaydiganlarga sigʻinmoqda. Ayt: “Osmonlar va yerda Alloh bilmagan narsa boʻlib, sizlar uni Allohga bildirmoqchisizlar-a?!” Alloh ular sherik qoʻshayotganlaridan pokdir.
وَمَا كَانَ النَّاسُ إِلاَّ أُمَّةً وَاحِدَةً فَاخْتَلَفُواْ وَلَوْلاَ كَلِمَةٌ سَبَقَتْ مِن رَّبِّكَ لَقُضِيَ بَيْنَهُمْ فِيمَا فِيهِ يَخْتَلِفُونَ {19}
10:19 Insonlar bir ummat edi, keyin (farqli yoʻllarga) ayrilib ketishdi[992]. Agar yaratgan Egangni ilgari bergan soʻzi boʻlmaganida, oʻzlari ixtilof qilgan masalalari boʻyicha oʻrtalarida hukm qilingan boʻlardi.
وَيَقُولُونَ لَوْلاَ أُنزِلَ عَلَيْهِ آيَةٌ مِّن رَّبِّهِ فَقُلْ إِنَّمَا الْغَيْبُ لِلّهِ فَانْتَظِرُواْ إِنِّي مَعَكُم مِّنَ الْمُنتَظِرِينَ {20}
10:20 Ular : U (Muhammad)ga Robbidan biron bir oyat-moʻjiza tushirilsa boʻlmasmikan?», deyapti. «Gʻayb (maʼlumoti) faqat Allohga xos. Shunday ekan, kutinglar. Men ham sizlar bilan birga kutaman[993]»- deb ayt.
وَإِذَا أَذَقْنَا النَّاسَ رَحْمَةً مِّن بَعْدِ ضَرَّاء مَسَّتْهُمْ إِذَا لَهُم مَّكْرٌ فِي آيَاتِنَا قُلِ اللّهُ أَسْرَعُ مَكْرًا إِنَّ رُسُلَنَا يَكْتُبُونَ مَا تَمْكُرُونَ {21}
10:21 Agar insonlarning boshiga tushgan qiyinchilikdan keyin ularga biron-bir yaxshilik yetsa, darhol oyatlarimiz haqida ularda xiyla paydo boʻladi. Ayt: «Allohning rejasi juda tezdir. Albatta, ularning qilayotgan rejalarini elchilarimiz yozib bormoqda[994].
هُوَ الَّذِي يُسَيِّرُكُمْ فِي الْبَرِّ وَالْبَحْرِ حَتَّى إِذَا كُنتُمْ فِي الْفُلْكِ وَجَرَيْنَ بِهِم بِرِيحٍ طَيِّبَةٍ وَفَرِحُواْ بِهَا جَاءتْهَا رِيحٌ عَاصِفٌ وَجَاءهُمُ الْمَوْجُ مِن كُلِّ مَكَانٍ وَظَنُّواْ أَنَّهُمْ أُحِيطَ بِهِمْ دَعَوُاْ اللّهَ مُخْلِصِينَ لَهُ الدِّينَ لَئِنْ أَنجَيْتَنَا مِنْ هَـذِهِ لَنَكُونَنِّ مِنَ الشَّاكِرِينَ {22}
10:22 Sizlarni quruqlikda va suvda kezdirayotgan Udir. Toki kemalarda ekaningizda, kema oʻz ichidagi yoʻlovchilarini olib mayin shamol bilan suzib ketayotgan va yoʻlovchilar bundan xursand boʻlayotgan bir vaqtda, kemalarga toʻsatdan boʻron kelsa va ularga har tarafdan toʻlqinlar kelib, (kemadagilar) oʻzlarini tamoman qurshab olinganini bilganlarida, Allohning diniga hech narsa qoʻshmagan holda: “Ey Allohim! Agar bizni bundan qutqarsang, biz aniq (bu marhamatingni) qadrlaydiganlardan boʻlamiz”,- deb Allohga duo qilishadi.
فَلَمَّا أَنجَاهُمْ إِذَا هُمْ يَبْغُونَ فِي الأَرْضِ بِغَيْرِ الْحَقِّ يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنَّمَا بَغْيُكُمْ عَلَى أَنفُسِكُم مَّتَاعَ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا ثُمَّ إِلَينَا مَرْجِعُكُمْ فَنُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ{23}
10:23 (Alloh) ularni qutqarib qolganida, yer yuzida nohaq zoʻravonlik qilishadi. Ey insonlar! Dunyo hayotining manfaatiniga erishish uchun qilgan zoʻravonligingiz oʻzingizga ziyon. Keyin qaytishingiz Bizga boʻladi. Oʻshanda qilmishlaringizni bildirib qoʻyamiz.
إِنَّمَا مَثَلُ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا كَمَاء أَنزَلْنَاهُ مِنَ السَّمَاء فَاخْتَلَطَ بِهِ نَبَاتُ الأَرْضِ مِمَّا يَأْكُلُ النَّاسُ وَالأَنْعَامُ حَتَّىَ إِذَا أَخَذَتِ الأَرْضُ زُخْرُفَهَا وَازَّيَّنَتْ وَظَنَّ أَهْلُهَا أَنَّهُمْ قَادِرُونَ عَلَيْهَآ أَتَاهَا أَمْرُنَا لَيْلاً أَوْ نَهَارًا فَجَعَلْنَاهَا حَصِيدًا كَأَن لَّمْ تَغْنَ بِالأَمْسِ كَذَلِكَ نُفَصِّلُ الآيَاتِ لِقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ{24}
10:24 Dunyo hayoti Biz osmondan tushirgan suvga oʻxshaydi. U suv insonlar va chorva hayvonlar yeydigan yerdagi giyohlarga (giyohlarning urugʻiga) aralashib, toki yer yasanib (koʻklamlashib) goʻzal tusga kirib, u yerning egalari endi hosilni bemalol yigʻib-terib olsak boʻladi deb turganida, u yerga kechasi yoki kunduzi buyrugʻimiz keladi. Shu bilan, u yerni bir kun avval unda (hech narsa) boʻlmagandek, hosili oʻrib olingan quruq yer kabi qilib qoʻyamiz. Fikr yuritadigan kishilarga oyatlarimizni mana shunday batafsil tushuntirib beramiz.
وَاللّهُ يَدْعُو إِلَى دَارِ السَّلاَمِ وَيَهْدِي مَن يَشَاء إِلَى صِرَاطٍ مُّسْتَقِيمٍ{25}
10:25 Alloh eson-omonlik diyoriga chaqiradi va munosib bilganini, (unga olib boradigan) toʻgʻri yoʻlga hidoyat qiladi[995].
لِّلَّذِينَ أَحْسَنُواْ الْحُسْنَى وَزِيَادَةٌ وَلاَ يَرْهَقُ وُجُوهَهُمْ قَتَرٌ وَلاَ ذِلَّةٌ أُوْلَـئِكَ أَصْحَابُ الْجَنَّةِ هُمْ فِيهَا خَالِدُونَ{26}
10:26 Chiroyli ishlarni amalga oshirganlarga eng chiroyli narsa (jannat) va ziyodalik bor. Ularning yuzlarini na bir qoralik va na bir xor-zorlik qoplamaydi. Mana shular jannat ahlidir, ular unda oʻlimsiz – mangu qoladi.
وَالَّذِينَ كَسَبُواْ السَّيِّئَاتِ جَزَاء سَيِّئَةٍ بِمِثْلِهَا وَتَرْهَقُهُمْ ذِلَّةٌ مَّا لَهُم مِّنَ اللّهِ مِنْ عَاصِمٍ كَأَنَّمَا أُغْشِيَتْ وُجُوهُهُمْ قِطَعًا مِّنَ اللَّيْلِ مُظْلِمًا أُوْلَـئِكَ أَصْحَابُ النَّارِ هُمْ فِيهَا خَالِدُونَ{27}
10:27 Yomonliklarni kasb qilgan kishilarga qilgan ishiga oʻxshash jazo beriladi va ularni xorlik oʻrab oladi. Ularni Allohdan qutqarib qoladigan hech kimi boʻlmaydi. Yuzlari xuddi tunning qorongʻi boʻlaklari qoplagandek (boʻladi). Mana shular jahannam ahlidir, ular (ham) unda oʻlimsiz qoladi.
وَيَوْمَ نَحْشُرُهُمْ جَمِيعًا ثُمَّ نَقُولُ لِلَّذِينَ أَشْرَكُواْ مَكَانَكُمْ أَنتُمْ وَشُرَكَآؤُكُمْ فَزَيَّلْنَا بَيْنَهُمْ وَقَالَ شُرَكَآؤُهُم مَّا كُنتُمْ إِيَّانَا تَعْبُدُونَ{28}
10:28 Hammani toʻplagan kunimiz mushriklik qilganlarga: “Sizlar ham, (Allohga ibodatda) sherik qilganlaringiz ham oʻz joyingizni egallanglar”, deb oralarini ajratamiz. Sherik qilib olganlari ularga: “Sizlar bizga sigʻinmagansiz!”, deb qoladi.
فَكَفَى بِاللّهِ شَهِيدًا بَيْنَنَا وَبَيْنَكُمْ إِن كُنَّا عَنْ عِبَادَتِكُمْ لَغَافِلِينَ{29}
10:29 “Oʻrtamizda guvohlikka Alloh kifoya. Sizlar (bizga) sigʻinishingizdan bexabar edik”- (deydi)[996].
هُنَالِكَ تَبْلُو كُلُّ نَفْسٍ مَّا أَسْلَفَتْ وَرُدُّواْ إِلَى اللّهِ مَوْلاَهُمُ الْحَقِّ وَضَلَّ عَنْهُم مَّا كَانُواْ يَفْتَرُونَ{30}
10:30 Oʻsha yerda har kim oʻz oʻtmishidan xabardor boʻladi va hammasi oʻzining haqiqiy Xojasining hukmiga qaytariladi va oʻzlari toʻqiganlari ulardan yoʻq boʻladi.
قُلْ مَن يَرْزُقُكُم مِّنَ السَّمَاء وَالأَرْضِ أَمَّن يَمْلِكُ السَّمْعَ والأَبْصَارَ وَمَن يُخْرِجُ الْحَيَّ مِنَ الْمَيِّتِ وَيُخْرِجُ الْمَيَّتَ مِنَ الْحَيِّ وَمَن يُدَبِّرُ الأَمْرَ فَسَيَقُولُونَ اللّهُ فَقُلْ أَفَلاَ تَتَّقُونَ {31}
10:31 “Sizlarga osmondan va yerdan kim rizq beryapti? Koʻrish va eshitish qobiliyatingizga ega qilib qoʻyadigan kim? Oʻlikdan tirikni, tirikdan oʻlikni chiqaradigan kim? Har bir ishning tadbirini koʻrib qoʻyadigan kim?”- degin, ular: “Alloh”, deb javob beradi. “Unda nega javobgarlikni his qilmaysizlar?!”- deb ayt.
فَذَلِكُمُ اللّهُ رَبُّكُمُ الْحَقُّ فَمَاذَا بَعْدَ الْحَقِّ إِلاَّ الضَّلاَلُ فَأَنَّى تُصْرَفُونَ{32}
10:32 Oʻsha Alloh – yaratgan Egangizdir[997]. Haqdan keyingi narsa zalolatdan boshqa nima ham boʻlardi?! Bas! Qayoqqa burilib ketyapsizlar?
كَذَلِكَ حَقَّتْ كَلِمَتُ رَبِّكَ عَلَى الَّذِينَ فَسَقُواْ أَنَّهُمْ لاَ يُؤْمِنُونَ{33}
10:33 Robbingni itoatsizlar haqidagi: “Ular imon keltirmayi”- degan soʻzi mana shunday amalga oshdi.
قُلْ هَلْ مِن شُرَكَآئِكُم مَّن يَبْدَأُ الْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُ قُلِ اللّهُ يَبْدَأُ الْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُ فَأَنَّى تُؤْفَكُونَ{34}
10:34 “(Allohga qoʻshgan) sheriklaringiz orasida bir narsani boshidan boshlab yaratib, keyin uni qaytara oladigan biri bormi?”- de, va oʻzing: “Boshidan boshlab yaratib, keyin uni qaytara oladigan Allohdir. Sizlar qayoqqa burilib ketyapsizlar?”, deb ayt.
قُلْ هَلْ مِن شُرَكَآئِكُم مَّن يَهْدِي إِلَى الْحَقِّ قُلِ اللّهُ يَهْدِي لِلْحَقِّ أَفَمَن يَهْدِي إِلَى الْحَقِّ أَحَقُّ أَن يُتَّبَعَ أَمَّن لاَّ يَهِدِّيَ إِلاَّ أَن يُهْدَى فَمَا لَكُمْ كَيْفَ تَحْكُمُونَ{35}
10:35 “Sheriklaringiz orasida haqqa yetaklaydigan biri bormi?- de va oʻzing: «Haqqa yetaklaydigan Allohdir. Shunday ekan, haqqa yetaklaganga ergashish toʻgʻrimi, yoki unga yoʻl koʻrsatilmaguncha yoʻlini topa olmaydiganga ergashish toʻgʻrimi? Sizlarga nima boʻlyapti – qanday hukm qilyapsizlar?”- deb ayt.
وَمَا يَتَّبِعُ أَكْثَرُهُمْ إِلاَّ ظَنًّا إَنَّ الظَّنَّ لاَ يُغْنِي مِنَ الْحَقِّ شَيْئًا إِنَّ اللّهَ عَلَيمٌ بِمَا يَفْعَلُونَ {36}
10:36 Ularning koʻpchiligi gumon-taxminga ergashadi. Gumon-taxmin hech narsada haqning oʻrniga oʻtmaydi. Alloh ularning qilmishlarini bilib turadi.
وَمَا كَانَ هَـذَا الْقُرْآنُ أَن يُفْتَرَى مِن دُونِ اللّهِ وَلَـكِن تَصْدِيقَ الَّذِي بَيْنَ يَدَيْهِ وَتَفْصِيلَ الْكِتَابِ لاَ رَيْبَ فِيهِ مِن رَّبِّ الْعَالَمِينَ{37}
10:37 Bu Qurʼon Allohdan boshqa biri tarafidan toʻqib chiqarilgan emas, aksincha, u oʻzidan avvalgi kitoblarni tasdiqlaydi va ulardagi haqiqatlarni tushuntirib beradi, unda hech qanday shubha yoʻq va u borliqlarning Egasi tarafidan nozil qilingan (kitob)dir.
أَمْ يَقُولُونَ افْتَرَاهُ قُلْ فَأْتُواْ بِسُورَةٍ مِّثْلِهِ وَادْعُواْ مَنِ اسْتَطَعْتُم مِّن دُونِ اللّهِ إِن كُنتُمْ صَادِقِينَ{38}
10:38 Yoki, uni (Muhammad) toʻqigan deyaptilarmi? “Unday boʻlsa, Allohdan boshqa kuchingiz yetganlarni ham chaqirib, undagi bilan bir xil sura keltirib koʻringlarchi – iddaongizda haqli boʻlsangiz”, deb ayt.
بَلْ كَذَّبُواْ بِمَا لَمْ يُحِيطُواْ بِعِلْمِهِ وَلَمَّا يَأْتِهِمْ تَأْوِيلُهُ كَذَلِكَ كَذَّبَ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ فَانظُرْ كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الظَّالِمِينَ {39}
10:39 Unday qilolmaydilar! Qurʼon ilmini egallamay[998], hamda uning taʼvil-yechimi kelmay turib Qurʼonni yolgʻonga chiqarishdi. Ulardan avvalgilar ham (ilohiy vahiyni) mana shunday yolgʻonga chiqarishgan. Endi oʻsha zolimlarning oqibati qanday ekaniga nazar sol.
وَمِنهُم مَّن يُؤْمِنُ بِهِ وَمِنْهُم مَّن لاَّ يُؤْمِنُ بِهِ وَرَبُّكَ أَعْلَمُ بِالْمُفْسِدِينَ{40}
10:40 Ular orasida Qurʼonga ishonadigani ham, ishonmaydigani ham bor. Yaratgan Egang buzgʻunchilarni (kim ekanini) juda yaxshi biladi.
وَإِن كَذَّبُوكَ فَقُل لِّي عَمَلِي وَلَكُمْ عَمَلُكُمْ أَنتُمْ بَرِيئُونَ مِمَّا أَعْمَلُ وَأَنَاْ بَرِيءٌ مِّمَّا تَعْمَلُونَ{41}
10:41 Agar seni yolgʻonchiga chiqarsalar, “Mening (qilgan daʼvat) ishim oʻzim uchun, sizlarning qilgan (inkoru kufr) ishingiz oʻzingiz uchun. Mening ishimdan sizlar javobgar boʻlmaysiz, sizlarning ishingizdan men javobgar boʻlmayman”, deb ayt[999].
وَمِنْهُم مَّن يَسْتَمِعُونَ إِلَيْكَ أَفَأَنتَ تُسْمِعُ الصُّمَّ وَلَوْ كَانُواْ لاَ يَعْقِلُونَ{42}
10:42 Ular orasida seni (karga oʻxshab) tinglayotganlar bor. Aqlini ishlatmasa, sen “karlarga” biron narsa eshittira olarmiding?!
وَمِنهُم مَّن يَنظُرُ إِلَيْكَ أَفَأَنتَ تَهْدِي الْعُمْيَ وَلَوْ كَانُواْ لاَ يُبْصِرُونَ{43}
10:43 Ular orasida senga (koʻrga oʻxshab) qarayotganlari bor. Basiratli koʻrish qobiliyatlarini ishga solmasa, sen koʻrlarga biron narsa koʻrsata olarmiding?!
إِنَّ اللّهَ لاَ يَظْلِمُ النَّاسَ شَيْئًا وَلَـكِنَّ النَّاسَ أَنفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ{44}
10:44 Alloh insonlarga hech narsada haqsizlik qilmaydi. Ular oʻziga oʻzi haqsizlik qiladi.
وَيَوْمَ يَحْشُرُهُمْ كَأَن لَّمْ يَلْبَثُواْ إِلاَّ سَاعَةً مِّنَ النَّهَارِ يَتَعَارَفُونَ بَيْنَهُمْ قَدْ خَسِرَ الَّذِينَ كَذَّبُواْ بِلِقَاء اللّهِ وَمَا كَانُواْ مُهْتَدِينَ{45}
10:45 (Alloh) ularni toʻplaydigan kuni, ular kunduzi bir muddat bir-biri bilan tanishib oʻtkazgandan boshqa umuman (bu dunyoda) qolmagandek boʻladi, Allohga yoʻliqishni yolgʻon deganlar va toʻgʻri yoʻlda yurmaganlar xonavayron boʻladi.
وَإِمَّا نُرِيَنَّكَ بَعْضَ الَّذِي نَعِدُهُمْ أَوْ نَتَوَفَّيَنَّكَ فَإِلَيْنَا مَرْجِعُهُمْ ثُمَّ اللّهُ شَهِيدٌ عَلَى مَا يَفْعَلُونَ{46}
10:46 Ularga tahdid qilgan narsamizdan baʼzi birini senga koʻrsatsak, yoki (koʻrsatmasdan) seni vafot ettirsak ham, qaytar joylari Bizning huzurimiz boʻladi. Zero, qilmishlariga Alloh shohiddir.
وَلِكُلِّ أُمَّةٍ رَّسُولٌ فَإِذَا جَاء رَسُولُهُمْ قُضِيَ بَيْنَهُم بِالْقِسْطِ وَهُمْ لاَ يُظْلَمُونَ{47}
10:47 Har bir ummatning bir elchisi bor. Elchilari kelganida ularga haqsizlik qilinmasdan, oʻrtalarida adolat ila hukm qilinadi.
وَيَقُولُونَ مَتَى هَـذَا الْوَعْدُ إِن كُنتُمْ صَادِقِينَ{48}
10:48 Agar aytganingiz rost boʻlsa, oʻsha (tahdidli) vaʼda qachon oʻzi», deyishadi.
قُل لاَّ أَمْلِكُ لِنَفْسِي ضَرًّا وَلاَ نَفْعًا إِلاَّ مَا شَاء اللّهُ لِكُلِّ أُمَّةٍ أَجَلٌ إِذَا جَاء أَجَلُهُمْ فَلاَ يَسْتَأْخِرُونَ سَاعَةً وَلاَ يَسْتَقْدِمُونَ{49}
10:49 Alloh imkon bermasa, men oʻzimga foyda ham zarar ham yetkazishga kuchim yetmaydi. Har bir ummatning ajali bor. Ajali kelganida bir on kechiktira olmaydilar ham, (kelmasa) oldinga surolmaydilar ham.
قُلْ أَرَأَيْتُمْ إِنْ أَتَاكُمْ عَذَابُهُ بَيَاتًا أَوْ نَهَارًا مَّاذَا يَسْتَعْجِلُ مِنْهُ الْمُجْرِمُونَ{50}
10:50 Ayt: «Oʻylab koʻrdingizmi? Allohning azobi sizlarga xoh kechasi kelsin xoh kunduzi (nima oʻzgaradi?!) Jinoyatchilar azob haqida nega shoshiladilar?!
أَثُمَّ إِذَا مَا وَقَعَ آمَنْتُم بِهِ آلآنَ وَقَدْ كُنتُم بِهِ تَسْتَعْجِلُونَ{51}
10:51 (Azob) sodir boʻlganidan keyin: «Allohga[1000] endi ishondingizmi? Azobni tezlashishini xohlayotgan edingizku!» (deyiladi.)
ثُمَّ قِيلَ لِلَّذِينَ ظَلَمُواْ ذُوقُواْ عَذَابَ الْخُلْدِ هَلْ تُجْزَوْنَ إِلاَّ بِمَا كُنتُمْ تَكْسِبُونَ{52}
10:52 Keyin, (mushrik boʻlib oʻziga)[1001] zulm qilganlarga: “Mangu azobni totinglar. Sizlar faqatgina oʻzingiz qilgan (gunoh) ishlaringiz uchun jazolanasizlar”, deyiladi.
وَيَسْتَنبِئُونَكَ أَحَقٌّ هُوَ قُلْ إِي وَرَبِّي إِنَّهُ لَحَقٌّ وَمَا أَنتُمْ بِمُعْجِزِينَ{53}
10:53 U azobni toʻgʻriligi haqida sendan xabar olishmoqchi. Ha! Xuddi shunday! Yaratgan Egamga qasamki, u albatta rostdir. Undan qochib-qutula olmaysiz»- deb ayt.
وَلَوْ أَنَّ لِكُلِّ نَفْسٍ ظَلَمَتْ مَا فِي الأَرْضِ لاَفْتَدَتْ بِهِ وَأَسَرُّواْ النَّدَامَةَ لَمَّا رَأَوُاْ الْعَذَابَ وَقُضِيَ بَيْنَهُم بِالْقِسْطِ وَهُمْ لاَ يُظْلَمُونَ{54}
10:54 Zulm qilgan har kim agar azobni koʻrib, ich-ichidan nadomat chekkanida yer yuzidagi barcha narsa uniki boʻlib qolsa, (azobdan oʻzini qutqarib qolish uchun) uni albatta fidya qilib yuborar edi. (Oʻshanda) ularga haqsizlik qilinmagan holda ular orasida adolat ila hukm qilinadi.
أَلا إِنَّ لِلّهِ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضِ أَلاَ إِنَّ وَعْدَ اللّهِ حَقٌّ وَلَـكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لاَ يَعْلَمُونَ{55}
10:55 Bilib qoʻying! Yeru osmonlardagi narsalar Allohniki. Bilib qoʻying! Alloh bergan soʻz rostdir. Lekin, (buni) insonlarning koʻpchiligi bilmaydi.
هُوَ يُحْيِي وَيُمِيتُ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ{56}
10:56 Yashatadigan ham, oʻldiradigan ham Udir va Unga qaytarilasiz.
يَا أَيُّهَا النَّاسُ قَدْ جَاءتْكُم مَّوْعِظَةٌ مِّن رَّبِّكُمْ وَشِفَاء لِّمَا فِي الصُّدُورِ وَهُدًى وَرَحْمَةٌ لِّلْمُؤْمِنِينَ{57}
10:57 Ey insonlar! Yaratgan Egangizdan sizga vaʼz-nasihat, qalbingizga shifo, moʻminlarga qoʻllanma va rahmat keldi.
قُلْ بِفَضْلِ اللّهِ وَبِرَحْمَتِهِ فَبِذَلِكَ فَلْيَفْرَحُواْ هُوَ خَيْرٌ مِّمَّا يَجْمَعُونَ{58}
10:58 Ayt, Allohning oʻsha oliyjanobligi va rahmati bilan xursand boʻlsinlar. U – ularning toʻplay oladigan hamma narsasidan koʻra yaxshiroqdir.
قُلْ أَرَأَيْتُم مَّا أَنزَلَ اللّهُ لَكُم مِّن رِّزْقٍ فَجَعَلْتُم مِّنْهُ حَرَامًا وَحَلاَلاً قُلْ آللّهُ أَذِنَ لَكُمْ أَمْ عَلَى اللّهِ تَفْتَرُونَ{59}
10:59 Ayt: “Allohning sizga bergan rizqini sizlar va halol qilib olayotganingizni oʻylab koʻrdingizmi?” “Sizlarga Alloh ruxsat berdimi yoki Allohga yolgʻon toʻnkayapsizlarmi?”.
وَمَا ظَنُّ الَّذِينَ يَفْتَرُونَ عَلَى اللّهِ الْكَذِبَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ إِنَّ اللّهَ لَذُو فَضْلٍ عَلَى النَّاسِ وَلَـكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لاَ يَشْكُرُونَ {60}
10:60 Allohga yolgʻon toʻnkaganlar qiyomat kuniga nisbatan gumoni nima ekan?! Alloh insonlarga nisbatan juda oliyjanobdir, lekin ularning koʻpchiligi qadriga yetmaydi.
وَمَا تَكُونُ فِي شَأْنٍ وَمَا تَتْلُو مِنْهُ مِن قُرْآنٍ وَلاَ تَعْمَلُونَ مِنْ عَمَلٍ إِلاَّ كُنَّا عَلَيْكُمْ شُهُودًا إِذْ تُفِيضُونَ فِيهِ وَمَا يَعْزُبُ عَن رَّبِّكَ مِن مِّثْقَالِ ذَرَّةٍ فِي الأَرْضِ وَلاَ فِي السَّمَاء وَلاَ أَصْغَرَ مِن ذَلِكَ وَلا أَكْبَرَ إِلاَّ فِي كِتَابٍ مُّبِينٍ {61}
10:61 Qanday vaziyatda boʻlishingdan qatʼiy nazar, Allohdan kelgann Qurʼondan biror narsa tilovat qilsang ham, birgalikda biror ish qilsanglar ham, oʻsha ishga kirishganingizda Biz sizlarga guvoh boʻlamiz. Yerda ham osmonda ham zarrachalik narsa yaratgan Egangga maxfiy qolmaydi. Undan kichikrogʻi ham kattarogʻi ham ravshan kitobga aniq yozib qoʻyiladi[1002].
أَلا إِنَّ أَوْلِيَاء اللّهِ لاَ خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلاَ هُمْ يَحْزَنُونَ{62}
10:62 Bilib qoʻying! Allohning doʻstlariga[1003] hech qanday qoʻrquv yoʻq, ular gʻamgin ham boʻlmaydilar.
الَّذِينَ آمَنُواْ وَكَانُواْ يَتَّقُونَ{63}
10:63 Ular imon keltirgan va javobgarlikni his qiladigan kimsalardir.
لَهُمُ الْبُشْرَى فِي الْحَياةِ الدُّنْيَا وَفِي الآخِرَةِ لاَ تَبْدِيلَ لِكَلِمَاتِ اللّهِ ذَلِكَ هُوَ الْفَوْزُ الْعَظِيمُ{64}
10:64 Dunyo va oxiratdagi hush xabar ularga tegishli. Allohning soʻzlarida oʻzgarish boʻlmaydi. Mana shu ulkan muvaffaqiyatdir!
وَلاَ يَحْزُنكَ قَوْلُهُمْ إِنَّ الْعِزَّةَ لِلّهِ جَمِيعًا هُوَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ{65}
10:65 U (mushrik)larning soʻzlari seni gʻamga solmasin, tamomiy yengilmas kuch-qudrat Allohga xos. U eshitadi, biladi.
أَلا إِنَّ لِلّهِ مَن فِي السَّمَاوَات وَمَن فِي الأَرْضِ وَمَا يَتَّبِعُ الَّذِينَ يَدْعُونَ مِن دُونِ اللّهِ شُرَكَاء إِن يَتَّبِعُونَ إِلاَّ الظَّنَّ وَإِنْ هُمْ إِلاَّ يَخْرُصُونَ{66}
10:66 Ogoh boʻlinglar! Osmonlar va yerdagi narsalar Allohniki. Allohni qoʻyib duo etayotganlar nimaga ergashadi?! Ular faqat gumon-taxminga ergashadi, ular faqat oldi-qochdi gap gapiradi.
هُوَ الَّذِي جَعَلَ لَكُمُ اللَّيْلَ لِتَسْكُنُواْ فِيهِ وَالنَّهَارَ مُبْصِرًا إِنَّ فِي ذَلِكَ لآيَاتٍ لِّقَوْمٍ يَسْمَعُونَ{67}
10:67 U sizlarni orom olishingiz uchun tunni paydo qildi, kunduzni yoritqich qildi. (Oyatlarga) quloq soladiganlar uchun bunda (yaratuvchisi haqida) oyat-belgilar bor.
قَالُواْ اتَّخَذَ اللّهُ وَلَدًا سُبْحَانَهُ هُوَ الْغَنِيُّ لَهُ مَا فِي السَّمَاوَات وَمَا فِي الأَرْضِ إِنْ عِندَكُم مِّن سُلْطَانٍ بِهَـذَا أَتقُولُونَ عَلَى اللّهِ مَا لاَ تَعْلَمُونَ{68}
10:68 “Alloh Oʻziga farzand tutdi”, dedilar. Alloh undan pokdir! U mutlaqo behojatdir. Yeru osmonlardagi narsalar Uniki. (Allohga farzand nisbat berish haqida) sizlarda dalil yoʻq. Sizlar Alloh haqida bilmagan narsangizni gapiryapsizlarmi?
قُلْ إِنَّ الَّذِينَ يَفْتَرُونَ عَلَى اللّهِ الْكَذِبَ لاَ يُفْلِحُونَ{69}
10:69 Ayt: “Shubhasizki, Allohga yolgʻon toʻnkaganlar najot topmaydi.”
مَتَاعٌ فِي الدُّنْيَا ثُمَّ إِلَيْنَا مَرْجِعُهُمْ ثُمَّ نُذِيقُهُمُ الْعَذَابَ الشَّدِيدَ بِمَا كَانُواْ يَكْفُرُونَ{70}
10:70 Bu narsa dunyodagi manfaatdir. Soʻngra ularning qaytishi Bizga boʻladi. Keyin, kofirlik qilgani uchun ularga qattiq azob totdiramiz.
وَاتْلُ عَلَيْهِمْ نَبَأَ نُوحٍ إِذْ قَالَ لِقَوْمِهِ يَا قَوْمِ إِن كَانَ كَبُرَ عَلَيْكُم مَّقَامِي وَتَذْكِيرِي بِآيَاتِ اللّهِ فَعَلَى اللّهِ تَوَكَّلْتُ فَأَجْمِعُواْ أَمْرَكُمْ وَشُرَكَاءكُمْ ثُمَّ لاَ يَكُنْ أَمْرُكُمْ عَلَيْكُمْ غُمَّةً ثُمَّ اقْضُواْ إِلَيَّ وَلاَ تُنظِرُونِ{71}
10:71 Ularga Nuhning xabarini oʻqib ber. Bir kuni u oʻz xalqiga: «Ey Xalqim, meni (orangizda) turishim va oyatlarni eslatishim sizlarga ogʻir kelgan boʻlsa, men Allohga suyanib-tayandim. Sizlar sheriklaringiz bilan birga ishlaringizni qarorlashtiring, qaroringiz oʻzingizga tashvish boʻlib qolmasin, tagʻin. Keyin, menga muhlat bermasdan, menga men haqimdagi hukmni ijro qilinglar.
فَإِن تَوَلَّيْتُمْ فَمَا سَأَلْتُكُم مِّنْ أَجْرٍ إِنْ أَجْرِيَ إِلاَّ عَلَى اللّهِ وَأُمِرْتُ أَنْ أَكُونَ مِنَ الْمُسْلِمِينَ{72}
10:72 (Oyatlardan) yuz oʻgirsangiz oʻgiravering, sizlardan (bu ish uchun) haq soʻraganim ham yoʻq. Menga beriladigan haq faqat Allohga tegishli. Men musulmonlardan boʻlishga buyurildim.»
فَكَذَّبُوهُ فَنَجَّيْنَاهُ وَمَن مَّعَهُ فِي الْفُلْكِ وَجَعَلْنَاهُمْ خَلاَئِفَ وَأَغْرَقْنَا الَّذِينَ كَذَّبُواْ بِآيَاتِنَا فَانظُرْ كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الْمُنذَرِينَ{73}
10:73 Ular Nuhni yolgʻonchiga chiqarishdi. Biz Uni va kemada u bilan birga boʻlganlarni qutqarib qolib, ularni oʻrinbosar qildik. Oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlarni esa gʻarq qildik. Oʻsha ogohlantirilganlarning oqibati qanday boʻlganiga bir qara.
ثُمَّ بَعَثْنَا مِن بَعْدِهِ رُسُلاً إِلَى قَوْمِهِمْ فَجَآؤُوهُم بِالْبَيِّنَاتِ فَمَا كَانُواْ لِيُؤْمِنُواْ بِمَا كَذَّبُواْ بِهِ مِن قَبْلُ كَذَلِكَ نَطْبَعُ عَلَى قُلوبِ الْمُعْتَدِينَ{74}
10:74 Nuhdan keyin ham oʻz qavmlariga elchilar/paygʻambarlar yubordik. Ularga aniq-ravshan dalillar keltirishdi. Biroq, ilgari uni yolgʻonga chiqarishgani uchun, unga ishonishga yaqin ham yoʻlamadilar. Haddan oshganlarning qalbini mana shu shaklda muhrlab qoʻyamiz.
ثُمَّ بَعَثْنَا مِن بَعْدِهِم مُّوسَى وَهَارُونَ إِلَى فِرْعَوْنَ وَمَلَئِهِ بِآيَاتِنَا فَاسْتَكْبَرُواْ وَكَانُواْ قَوْمًا مُّجْرِمِينَ{75}
10:75 Ulardan keyin Muso bilan Horunni Firʼavn va uning xonadoniga – belgi-alomatlar bilan yubordik. Lekin, ular mutakabbirlik qilishdi va jinoyatchi qavmga aylanishdi.
فَلَمَّا جَاءهُمُ الْحَقُّ مِنْ عِندِنَا قَالُواْ إِنَّ هَـذَا لَسِحْرٌ مُّبِينٌ{76}
10:76 Ularga Biz tarafimizdan haq kelganida: “Bu aniq ochiqcha sehr”, deyishdi.
قَالَ مُوسَى أَتقُولُونَ لِلْحَقِّ لَمَّا جَاءكُمْ أَسِحْرٌ هَـذَا وَلاَ يُفْلِحُ السَّاحِرُونَ{77}
10:77 Muso esa: “Sizlarga haq kelganida «Bu sehr” deyapsizlarmi? Sehrgarlar najot topmaydi», dedi.
قَالُواْ أَجِئْتَنَا لِتَلْفِتَنَا عَمَّا وَجَدْنَا عَلَيْهِ آبَاءنَا وَتَكُونَ لَكُمَا الْكِبْرِيَاء فِي الأَرْضِ وَمَا نَحْنُ لَكُمَا بِمُؤْمِنِينَ{78}
10:78 Ular: “Sen bizni ota-bobolarimizning yoʻlidan chiqarish hamda ikkingiz bu yurtning kattalari boʻlish uchun keldingizmi? Biz siz ikkalangizga ham ishonmaymiz”, dedilar.
وَقَالَ فِرْعَوْنُ ائْتُونِي بِكُلِّ سَاحِرٍ عَلِيمٍ{79}
10:79 Firʼavn: “Bilimdon sehrgarlarning barchasini yonimga keltiringlar”, dedi.
فَلَمَّا جَاء السَّحَرَةُ قَالَ لَهُم مُّوسَى أَلْقُواْ مَا أَنتُم مُّلْقُونَ{80}
10:80 Sehrgarlar kelganida Muso (ularga): “Tashlaydiganingizni tashlang”, dedi.
فَلَمَّا أَلْقَواْ قَالَ مُوسَى مَا جِئْتُم بِهِ السِّحْرُ إِنَّ اللّهَ سَيُبْطِلُهُ إِنَّ اللّهَ لاَ يُصْلِحُ عَمَلَ الْمُفْسِدِينَ{81}
10:81 Sehrgarlar tashlashganida Muso shunday dedi: «Sizlar keltirgan narsa koʻzboʻyamachilik, Alloh uni yoʻqqa chiqaradi. Chunki, Alloh buzgʻunchilarning ishini oʻnglamaydi,
وَيُحِقُّ اللّهُ الْحَقَّ بِكَلِمَاتِهِ وَلَوْ كَرِهَ الْمُجْرِمُونَ{82}
10:82 Jinoyatchilar yoqtirmasada, (Alloh) Oʻz soʻzlari bilan haqiqatni oʻrtaga chiqaradi.
فَمَا آمَنَ لِمُوسَى إِلاَّ ذُرِّيَّةٌ مِّن قَوْمِهِ عَلَى خَوْفٍ مِّن فِرْعَوْنَ وَمَلَئِهِمْ أَن يَفْتِنَهُمْ وَإِنَّ فِرْعَوْنَ لَعَالٍ فِي الأَرْضِ وَإِنَّهُ لَمِنَ الْمُسْرِفِينَ{83}
10:83 Firʼavn va uning zodagon-amaldorlaridan qoʻrqib, Musoga uning oʻz qavmidan bir qancha yoshlaridan boshqa hech kim ishonmadi. Chunki, Firʼavn oʻsha yerda zulmkor edi va haddan oshuvchilardan edi.
وَقَالَ مُوسَى يَا قَوْمِ إِن كُنتُمْ آمَنتُم بِاللّهِ فَعَلَيْهِ تَوَكَّلُواْ إِن كُنتُم مُّسْلِمِينَ {84}
10:84 Muso aytdiki: “Ey qavmim, agar Allohga ishongan boʻlsangiz, agar musulmon boʻlsangiz, faqat Unga suyanib-tayaninglar.”
فَقَالُواْ عَلَى اللّهِ تَوَكَّلْنَا رَبَّنَا لاَ تَجْعَلْنَا فِتْنَةً لِّلْقَوْمِ الظَّالِمِينَ{85}
10:85 Ular shunday dedi: «Yolgʻiz yaratgan Egamizga suyanib-tayandik. Ey yaratgan Egamiz! Bizni bu zolim qavm qavm fitnasiga mubtalo qilma.
وَنَجِّنَا بِرَحْمَتِكَ مِنَ الْقَوْمِ الْكَافِرِينَ{86}
10:86 Marhamating ila bizni bu kofir qavmdan qutqar.»
وَأَوْحَيْنَا إِلَى مُوسَى وَأَخِيهِ أَن تَبَوَّءَا لِقَوْمِكُمَا بِمِصْرَ بُيُوتًا وَاجْعَلُواْ بُيُوتَكُمْ قِبْلَةً وَأَقِيمُواْ الصَّلاَةَ وَبَشِّرِ الْمُؤْمِنِينَ{87}
10:87 Muso va uning ukasiga: “Qavmingiz uchun Misrda uylar tayyorlang va uylaringizni qibla qilinglar! Namozni/diniy vazifalarni bajaring! (Ey Muso) moʻminlarga xushxabar ber!”- deb vahiy qildik.
وَقَالَ مُوسَى رَبَّنَا إِنَّكَ آتَيْتَ فِرْعَوْنَ وَمَلأهُ زِينَةً وَأَمْوَالاً فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا رَبَّنَا لِيُضِلُّواْ عَن سَبِيلِكَ رَبَّنَا اطْمِسْ عَلَى أَمْوَالِهِمْ وَاشْدُدْ عَلَى قُلُوبِهِمْ فَلاَ يُؤْمِنُواْ حَتَّى يَرَوُاْ الْعَذَابَ الأَلِيمَ{88}
10:88 Muso aytdiki: “Ey yaratgan Egamiz! Sen Firʼavn va uning zodagon-amaldorlariga dunyoda zeb-ziynat va mol-davlat beribsan. Ular (uni) Sening yoʻlingdan qaytarishga va to alamli azobni koʻrmaguncha ishonmaslikka sabab qilib olishdi. Ey yaratgan Egamiz! Ularning mol-davlatlarini yoʻq qil va yuraklarini bosim ostida ushlab tur.”[1004]
قَالَ قَدْ أُجِيبَت دَّعْوَتُكُمَا فَاسْتَقِيمَا وَلاَ تَتَّبِعَآنِّ سَبِيلَ الَّذِينَ لاَ يَعْلَمُونَ{89}
10:89 “Duongiz qabul qilindi. Toʻgʻri yoʻlda yuring va bilimsizlarning yoʻliga ergashmang”, dedi Alloh.
وَجَاوَزْنَا بِبَنِي إِسْرَائِيلَ الْبَحْرَ فَأَتْبَعَهُمْ فِرْعَوْنُ وَجُنُودُهُ بَغْيًا وَعَدْوًا حَتَّى إِذَا أَدْرَكَهُ الْغَرَقُ قَالَ آمَنتُ أَنَّهُ لا إِلِـهَ إِلاَّ الَّذِي آمَنَتْ بِهِ بَنُو إِسْرَائِيلَ وَأَنَاْ مِنَ الْمُسْلِمِينَ{90}
10:90 Isroil avlodini dengizdan oʻtkazdik. Firʼavn va askarlari (ularga) zulm va tajovuz qilish uchun ularning ortiga tushdi. Gʻarq boʻlish (vaqti) yetib kelganida Firʼavn: “Isroil avlodi imon keltirgan ilohdan boshqa hech qanday iloh yoʻq ekan. Men musulmonlardanman”, dedi.
آلآنَ وَقَدْ عَصَيْتَ قَبْلُ وَكُنتَ مِنَ الْمُفْسِدِينَ{91}
10:91 «Endimi?! Bundan oldin isyon qilgan eding va buzgʻunchilardan boʻlgansan.
فَالْيَوْمَ نُنَجِّيكَ بِبَدَنِكَ لِتَكُونَ لِمَنْ خَلْفَكَ آيَةً وَإِنَّ كَثِيرًا مِّنَ النَّاسِ عَنْ آيَاتِنَا لَغَافِلُونَ{92}
10:92 Sendan keyingilarga oyat-ibrat boʻlishi uchun bugun seni badaningni saqlab qolamiz»- (deyildi). Haqiqatda, insonlarning koʻpchiligi oyatlarimizga eʼtiborsizdir.
وَلَقَدْ بَوَّأْنَا بَنِي إِسْرَائِيلَ مُبَوَّأَ صِدْقٍ وَرَزَقْنَاهُم مِّنَ الطَّيِّبَاتِ فَمَا اخْتَلَفُواْ حَتَّى جَاءهُمُ الْعِلْمُ إِنَّ رَبَّكَ يَقْضِي بَيْنَهُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ فِيمَا كَانُواْ فِيهِ يَخْتَلِفُونَ{93}
10:93 Qasamki, Isroil avlodini hurmatli joyga joylashtirganmiz va ularni pokiza narsalardan rizqlantirganmiz. Ularga (Qurʼondagi) bu maʼlumot kelmaguncha ixtilof qilmadilar. Ixtilof qilgan narsalari haqida ular orasida yaratgan Egang qiyomat kuni hukm qiladi.
فَإِن كُنتَ فِي شَكٍّ مِّمَّا أَنزَلْنَا إِلَيْكَ فَاسْأَلِ الَّذِينَ يَقْرَؤُونَ الْكِتَابَ مِن قَبْلِكَ لَقَدْ جَاءكَ الْحَقُّ مِن رَّبِّكَ فَلاَ تَكُونَنَّ مِنَ الْمُمْتَرِينَ{94}
10:94 (Ey Muhammad!) Agar senga nozil qilganimiz (vahiy)dan shubhada boʻlsang, sendan avvalgi (yuborilgan) kitobni oʻqiydiganlardan (bu haqida) soʻrab koʻr. Qasamki, yaratgan Egangdan senga haq keldi. Aslo shubhalanuvchilardan boʻlma.
وَلاَ تَكُونَنَّ مِنَ الَّذِينَ كَذَّبُواْ بِآيَاتِ اللّهِ فَتَكُونَ مِنَ الْخَاسِرِينَ{95}
10:95 Allohning oyatlarini yolgʻonga chiqarganlardan ham boʻlma. Aks holda, xonavayron boʻluvchilardan biriga aylanasan.
إِنَّ الَّذِينَ حَقَّتْ عَلَيْهِمْ كَلِمَتُ رَبِّكَ لاَ يُؤْمِنُونَ{96}
10:96 Ularga Yaratgan Egangning soʻzi/hukmi joriy boʻlganlar imon keltirmaydi.
وَلَوْ جَاءتْهُمْ كُلُّ آيَةٍ حَتَّى يَرَوُاْ الْعَذَابَ الأَلِيمَ{97}
10:97 Ularga barcha oyatlar kelsa ham, toki alamli azobni koʻrmaguncha (imon keltirishmaydi).
فَلَوْلاَ كَانَتْ قَرْيَةٌ آمَنَتْ فَنَفَعَهَا إِيمَانُهَا إِلاَّ قَوْمَ يُونُسَ لَمَّآ آمَنُواْ كَشَفْنَا عَنْهُمْ عَذَابَ الخِزْيِ فِي الْحَيَاةَ الدُّنْيَا وَمَتَّعْنَاهُمْ إِلَى حِينٍ{98}
10:98 Biron bir shahar-yurt aholisi (oʻzlariga azob kelishidan avval) imon keltirsada, ana oʻsha imoni ularga foyda bersa boʻlmasmidi? Faqat Yunusning qavmi shunday qildi. (Allohga) ishonganida ulardan dunyo hayotidagi xor-zorlik azobini olib tashlab, ularga maʼlum muddat yashashga imkon berdik.
وَلَوْ شَاء رَبُّكَ لآمَنَ مَن فِي الأَرْضِ كُلُّهُمْ جَمِيعًا أَفَأَنتَ تُكْرِهُ النَّاسَ حَتَّى يَكُونُواْ مُؤْمِنِينَ {99}
10:99 Yaratgan Egang munosib bilganida/majbur qilganida edi, yer yuzidagilarning barchasi imon keltirgan boʻlardi. Shunday ekan, insonlarni moʻmin boʻlishga sen majbur qilasanmi?!
وَمَا كَانَ لِنَفْسٍ أَن تُؤْمِنَ إِلاَّ بِإِذْنِ اللّهِ وَيَجْعَلُ الرِّجْسَ عَلَى الَّذِينَ لاَ يَعْقِلُونَ{100}
10:100 Allohning ruxsatisiz hech kim moʻmin boʻla olmaydi[1005]. Alloh aqlini ishlatmaydiganlarga rasvogarchilikni ravo koʻradi.
قُلِ انظُرُواْ مَاذَا فِي السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضِ وَمَا تُغْنِي الآيَاتُ وَالنُّذُرُ عَن قَوْمٍ لاَّ يُؤْمِنُونَ{101}
10:101 (Ularga) ayt: “Osmonlar va yerda nimalar sodir boʻlayotganini kuzatinglar. Biroq, (na osmondagi va na yerdagi) belgi-alomatlar va ogohlantirishlar ishonmaydigan kishilarga foyda bermaydi.”
فَهَلْ يَنتَظِرُونَ إِلاَّ مِثْلَ أَيَّامِ الَّذِينَ خَلَوْاْ مِن قَبْلِهِمْ قُلْ فَانتَظِرُواْ إِنِّي مَعَكُم مِّنَ الْمُنتَظِرِينَ{102}
10:102 Ular faqatgina oʻzlaridan avval oʻtib ketganlarning boshiga kelgan kunlarga oʻxshashini kutyaptimi? “Mayli, kutinglar. Sizlar bilan birga men ham kutaman”, deb ayt.
ثُمَّ نُنَجِّي رُسُلَنَا وَالَّذِينَ آمَنُواْ كَذَلِكَ حَقًّا عَلَيْنَا نُنجِ الْمُؤْمِنِينَ {103}
10:103 Keyin, elchilarimizni va moʻminlarni qutqarib qolamiz. Moʻminlarni mana shu shaklda qutqarib qolamiz. Bu Bizni vazifamizdir.
قُلْ يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِن كُنتُمْ فِي شَكٍّ مِّن دِينِي فَلاَ أَعْبُدُ الَّذِينَ تَعْبُدُونَ مِن دُونِ اللّهِ وَلَـكِنْ أَعْبُدُ اللّهَ الَّذِي يَتَوَفَّاكُمْ وَأُمِرْتُ أَنْ أَكُونَ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ{104}
10:104 Ayt: “Ey insonlar, mening dinimdan shubhada boʻlsangiz ham, Allohdan boshqa sigʻinayotganlaringizga men sigʻinmayman. Men sizlarni joningizni oladigan Allohga sigʻinaman. Men moʻminlardan boʻlishga buyurilganman.”
وَأَنْ أَقِمْ وَجْهَكَ لِلدِّينِ حَنِيفًا وَلاَ تَكُونَنَّ مِنَ الْمُشْرِكِينَ{105}
10:105 Dinga hanif/tavhid asosida yoʻnal va mushriklardan boʻlma.
وَلاَ تَدْعُ مِن دُونِ اللّهِ مَا لاَ يَنفَعُكَ وَلاَ يَضُرُّكَ فَإِن فَعَلْتَ فَإِنَّكَ إِذًا مِّنَ الظَّالِمِينَ{106}
10:106 Allohni qoʻyib, oʻzingga foydasi ham zarari ham tegmaydiganlarga duo qilma! Agar bunday qilsang, (duoda haddan oshgan)[1006] zolimlardan boʻlib qolasan.
وَإِن يَمْسَسْكَ اللّهُ بِضُرٍّ فَلاَ كَاشِفَ لَهُ إِلاَّ هُوَ وَإِن يُرِدْكَ بِخَيْرٍ فَلاَ رَآدَّ لِفَضْلِهِ يُصَيبُ بِهِ مَن يَشَاء مِنْ عِبَادِهِ وَهُوَ الْغَفُورُ الرَّحِيمُ{107}
10:107 Agar Alloh senga biron bir zarar yetkazsa, Undan boshqa daf etuvchi yoʻq. Agar senga yaxshilikni xohlasa, Uning oliyjanobligini qaytaruvchi yoʻq. U Oʻz oliyjanobligini kerakli ishni qilgan qullariga nasibador qiladi. U kechirimli va mehribondir.
قُلْ يَا أَيُّهَا النَّاسُ قَدْ جَاءكُمُ الْحَقُّ مِن رَّبِّكُمْ فَمَنِ اهْتَدَى فَإِنَّمَا يَهْتَدِي لِنَفْسِهِ وَمَن ضَلَّ فَإِنَّمَا يَضِلُّ عَلَيْهَا وَمَا أَنَاْ عَلَيْكُم بِوَكِيلٍ{108}
10:108 Ayt: «Ey insonlar! Yaratgan Egangizdan sizlarga haq (kitob)[1007] keldi. Kim (u bilan) toʻgʻri yoʻlda yursa u aniq oʻz foydasiga toʻgʻri yurgan boʻladi. Kim (undan) adashsa, aniq oʻz ziyoniga adashgan boʻladi. Men sizlarga vakil emasman.»
وَاتَّبِعْ مَا يُوحَى إِلَيْكَ وَاصْبِرْ حَتَّىَ يَحْكُمَ اللّهُ وَهُوَ خَيْرُ الْحَاكِمِينَ {109}
10:109 Sen oʻzingga vahiy qilingan Qurʼonga amal qil va Alloh hukm qilgunga qadar bardosh qil. Eng yaxshi hukm qiluvchi Udir.
- HUD surasi
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
الَر كِتَابٌ أُحْكِمَتْ آيَاتُهُ ثُمَّ فُصِّلَتْ مِن لَّدُنْ حَكِيمٍ خَبِيرٍ {1}
11:1 Alif! Lam! Ro![1008] (Bu) toʻgʻri qaror beruvchi va har narsadan xabardor (Alloh) tarafidan oyatlari hukm ifodalovchi (aniq) qilib tuzilgan hamda batafsil tushuntirib berilgan kitobdir[1009].
أَلاَّ تَعْبُدُواْ إِلاَّ اللّهَ إِنَّنِي لَكُم مِّنْهُ نَذِيرٌ وَبَشِيرٌ {2}
11:2 Allohdan boshqasiga qullik qilmasligingiz uchun (shunday qilindi). (Ayt): «Men sizlarga Undan ogohlantiruvchi va xushxabar beruvchiman[1010].»
وَأَنِ اسْتَغْفِرُواْ رَبَّكُمْ ثُمَّ تُوبُواْ إِلَيْهِ يُمَتِّعْكُم مَّتَاعًا حَسَنًا إِلَى أَجَلٍ مُّسَمًّى وَيُؤْتِ كُلَّ ذِي فَضْلٍ فَضْلَهُ وَإِن تَوَلَّوْاْ فَإِنِّيَ أَخَافُ عَلَيْكُمْ عَذَابَ يَوْمٍ كَبِيرٍ {3}
11:3 (Yana bir sababi) – yaratgan Egangizdan kechirim soʻrab[1011], Unga tavba qilishingiz uchun. Shunda U sizlarni belgilangan ajalgacha[1012] chiroyli yashatadi va har bir fazilatli kishiga fazilatli ishining mukofotini beradi. Agar bosh tortsanglar, sizlarga buyuk kunning azobi kelishidan qoʻrqaman.
إِلَى اللّهِ مَرْجِعُكُمْ وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ {4}
11:4 Qaytishingiz Allohgadir. U hamma narsaga oʻlchov qoʻyuvchidir.
أَلا إِنَّهُمْ يَثْنُونَ صُدُورَهُمْ لِيَسْتَخْفُواْ مِنْهُ أَلا حِينَ يَسْتَغْشُونَ ثِيَابَهُمْ يَعْلَمُ مَا يُسِرُّونَ وَمَا يُعْلِنُونَ إِنَّهُ عَلِيمٌ بِذَاتِ الصُّدُورِ {5}
11:5 Bilib qoʻyinglar! Ular u (Qurʼon)dan yashirinish uchun koʻkraklarini burishmoqda[1013]. Bilib qoʻying, kiyimlariga burkanib olganida ham Alloh ularning yashirgan va oshkor qilgan narsalarini biladi. Chunki, U dillardagini ham biladi.
وَمَا مِن دَآبَّةٍ فِي الأَرْضِ إِلاَّ عَلَى اللّهِ رِزْقُهَا وَيَعْلَمُ مُسْتَقَرَّهَا وَمُسْتَوْدَعَهَا كُلٌّ فِي كِتَابٍ مُّبِينٍ {6}
11:6 Yer yuzida rizqi Allohga oid boʻlmagan hech qanday tirik jonzot yoʻq. Alloh ularning yashab turgan joyini ham, oromgohini ham biladi[1014]. (Bularning) barchasi ravshan kitobda (yozib qoʻyiladi).
وَهُوَ الَّذِي خَلَق السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضَ فِي سِتَّةِ أَيَّامٍ وَكَانَ عَرْشُهُ عَلَى الْمَاء لِيَبْلُوَكُمْ أَيُّكُمْ أَحْسَنُ عَمَلاً وَلَئِن قُلْتَ إِنَّكُم مَّبْعُوثُونَ مِن بَعْدِ الْمَوْتِ لَيَقُولَنَّ الَّذِينَ كَفَرُواْ إِنْ هَـذَا إِلاَّ سِحْرٌ مُّبِينٌ {7}
11:7 U osmonlar va yerni – Oʻzining hukmronligi (boshqaruv arshi) suv ustida ekanida yaratdi. Qay biringizning amali chiroyli yekanini sinab-belgilash uchun shunday qildi[1015]. Agar: “Oʻlgandan keyin qayta tirilasiz”- desang, ishonmagan-kofirlar: “Bu aniq sehrdan boshqa narsa emas”, deydi.
وَلَئِنْ أَخَّرْنَا عَنْهُمُ الْعَذَابَ إِلَى أُمَّةٍ مَّعْدُودَةٍ لَّيَقُولُنَّ مَا يَحْبِسُهُ أَلاَ يَوْمَ يَأْتِيهِمْ لَيْسَ مَصْرُوفًا عَنْهُمْ وَحَاقَ بِهِم مَّا كَانُواْ بِهِ يَسْتَهْزِؤُونَ {8}
11:8 Agar ulardan azobni maʼlum bir vaqtga kechiktirib qoʻysak: “Uni nima ushlab turibdi?”, deyishadi. Bilib qoʻying! Ularga azob kelgan kuni (azob) ulardan chetlatilmaydi va masxara qilgan narsalari ularni qurshab oladi.
وَلَئِنْ أَذَقْنَا الإِنْسَانَ مِنَّا رَحْمَةً ثُمَّ نَزَعْنَاهَا مِنْهُ إِنَّهُ لَيَئُوسٌ كَفُورٌ {9}
11:9 Agar insonga Oʻz tarafimizdan bir yaxshilik tottirib, keyin uni qaytarib olsak umidsizlashib[1016] (ortidan) nonkoʻr boʻlib oladi.
وَلَئِنْ أَذَقْنَاهُ نَعْمَاء بَعْدَ ضَرَّاء مَسَّتْهُ لَيَقُولَنَّ ذَهَبَ السَّيِّئَاتُ عَنِّي إِنَّهُ لَفَرِحٌ فَخُورٌ {10}
11:10 Unga yetgan qiyinchilikdan keyin unga noz-neʼmat tottirsak, “Mendan yomonliklar ketdi”- deydi, aniq xursand boʻlib faxrlanadi[1017].
إِلاَّ الَّذِينَ صَبَرُواْ وَعَمِلُواْ الصَّالِحَاتِ أُوْلَـئِكَ لَهُم مَّغْفِرَةٌ وَأَجْرٌ كَبِيرٌ {11}
11:11 (Yaxshi-yomon kunga) sabr-bardosh qilgan va xayrli ishlarni amalga oshirganlar bunday emas. Ularga magʻfirat va ulkan ajr-mukofot bor.
فَلَعَلَّكَ تَارِكٌ بَعْضَ مَا يُوحَى إِلَيْكَ وَضَآئِقٌ بِهِ صَدْرُكَ أَن يَقُولُواْ لَوْلاَ أُنزِلَ عَلَيْهِ كَنزٌ أَوْ جَاء مَعَهُ مَلَكٌ إِنَّمَا أَنتَ نَذِيرٌ وَاللّهُ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ وَكِيلٌ {12}
11:12 (Ey Muhammad!) Ularning: “Unga xazina berilsa yoki u bilan birga bir malak kelsa boʻlmasmidi?” degani uchun, senga vahiy qilingan (Qurʼon)dan bir qismini sal qolsa tark tark qilib va u ish sababli yuraging siqilishi mumkin edi[1018]. Sen faqat ogohlantiruvchisan. Hamma narsaga vakil Allohdir.
أَمْ يَقُولُونَ افْتَرَاهُ قُلْ فَأْتُواْ بِعَشْرِ سُوَرٍ مِّثْلِهِ مُفْتَرَيَاتٍ وَادْعُواْ مَنِ اسْتَطَعْتُم مِّن دُونِ اللّهِ إِن كُنتُمْ صَادِقِينَ {13}
11:13 Yoki ular: “Qurʼonni Muhammad toʻqigan”, demoqdami? Sen: “Agar iddaongizda haqli boʻlsangiz, Allohdan boshqa kimni chaqira olsangiz hammasini (yordamga) chaqirib, oʻzingiz Qurʼondagi bilan bir xil oʻnta toʻqilgan sura keltirib koʻringlar-chi”, de[1019].
فَإِن لَّمْ يَسْتَجِيبُواْ لَكُمْ فَاعْلَمُواْ أَنَّمَا أُنزِلِ بِعِلْمِ اللّهِ وَأَن لاَّ إِلَـهَ إِلاَّ هُوَ فَهَلْ أَنتُم مُّسْلِمُونَ {14}
11:14 Agar sizlarga (chaqirganlaringiz talablaringizni) bajo qilolmasa, bilinglarki, (Qurʼon) faqat Allohning ilmi bilan nozil boʻlgan. Undan boshqa iloh yoʻqdir. Endi musulmon boʻlasizlarmi?!
مَن كَانَ يُرِيدُ الْحَيَاةَ الدُّنْيَا وَزِينَتَهَا نُوَفِّ إِلَيْهِمْ أَعْمَالَهُمْ فِيهَا وَهُمْ فِيهَا لاَ يُبْخَسُونَ{15}
11:15 Kimki dunyo hayotini va uning ziynatini xohlasa, ularga dunyoda qilgan ishlarining haqini toʻliq qilib beramiz, unda hech qanday ziyon koʻrmaydilar[1020].
أُوْلَـئِكَ الَّذِينَ لَيْسَ لَهُمْ فِي الآخِرَةِ إِلاَّ النَّارُ وَحَبِطَ مَا صَنَعُواْ فِيهَا وَبَاطِلٌ مَّا كَانُواْ يَعْمَلُونَ {16}
11:16 Undaylarga oxiratda jahannamdan boshqa narsa yoʻq. Ularning dunyodagi ishlari yoʻq boʻlib, qilgan amallari behuda ketadi[1021].
أَفَمَن كَانَ عَلَى بَيِّنَةٍ مِّن رَّبِّهِ وَيَتْلُوهُ شَاهِدٌ مِّنْهُ وَمِن قَبْلِهِ كِتَابُ مُوسَى إَمَامًا وَرَحْمَةً أُوْلَـئِكَ يُؤْمِنُونَ بِهِ وَمَن يَكْفُرْ بِهِ مِنَ الأَحْزَابِ فَالنَّارُ مَوْعِدُهُ فَلاَ تَكُ فِي مِرْيَةٍ مِّنْهُ إِنَّهُ الْحَقُّ مِن رَّبِّكَ وَلَـكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لاَ يُؤْمِنُونَ {17}
11:17 Unday kimsalar Yaratgan Egasining ochiq hujjatiga (Qurʼonga) asoslangan kishi kabi boʻladilarmi?! Zero, u hujjatga uni tasdiqlovchi/guvoh kishi ergashadi[1022]. Undan ilgari ham Musoning kitobi yoʻlboshchi/rahnamo va rahmat boʻlgan edi. U (Qurʼonga) shunday kishilar ishonadi. Qaysi jamoa unga ishonmasa, uning borar joyi jahannam boʻladi, Shuning uchun, Undan shubhang boʻlmasin. Chunki, u (Qurʼon) rabbingdan kelgan haqiqatdir. Lekin insonlarning koʻpchiligi (bunga) ishonmayapti.
وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ افْتَرَى عَلَى اللّهِ كَذِبًا أُوْلَـئِكَ يُعْرَضُونَ عَلَى رَبِّهِمْ وَيَقُولُ الأَشْهَادُ هَـؤُلاء الَّذِينَ كَذَبُواْ عَلَى رَبِّهِمْ أَلاَ لَعْنَةُ اللّهِ عَلَى الظَّالِمِينَ {18}
11:18 Allohga yolgʻon toʻnkagandan ham zolimroq biri bormi? Unday kishilar yaratgan Egasi (hukmi)ga chiqarilib, guvohlar (ular haqida): “Oʻzlarining yaratgan Egasiga yolgʻon toʻnkaganlar mana shulardir!”, deydi. Bilib qoʻying, zolimlarga Allohning laʼnati boʻlsin!
الَّذِينَ يَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ اللّهِ وَيَبْغُونَهَا عِوَجًا وَهُم بِالآخِرَةِ هُمْ كَافِرُونَ{19}
11:19 Ular Allohning yoʻlidan toʻsadigan, u yoʻlni buzib-oʻzgartirishga urinadigan kishilardir. Ular oxiratga ishonmaydi.
أُولَـئِكَ لَمْ يَكُونُواْ مُعْجِزِينَ فِي الأَرْضِ وَمَا كَانَ لَهُم مِّن دُونِ اللّهِ مِنْ أَوْلِيَاء يُضَاعَفُ لَهُمُ الْعَذَابُ مَا كَانُواْ يَسْتَطِيعُونَ السَّمْعَ وَمَا كَانُواْ يُبْصِرُونَ{20}
11:20 Ana shular yer yuzida qochib-qutulolmagan, ularni Allohdan boshqa doʻstlari/xojasi ham boʻlmagan. Ularga azob ikki barobar qilib beriladi. Ular (haqqa) quloq solishga va (haqni) koʻrishga toqat qilmagan.
أُوْلَـئِكَ الَّذِينَ خَسِرُواْ أَنفُسَهُمْ وَضَلَّ عَنْهُم مَّا كَانُواْ يَفْتَرُونَ{21}
11:21 Ana shular oʻzlarini xonavayron qildi. Toʻqib chiqargan (vositachi va shafoatchi iloh)lari yoʻqqa chiqdi.
لاَ جَرَمَ أَنَّهُمْ فِي الآخِرَةِ هُمُ الأَخْسَرُونَ{22}
11:22 Shubha yoʻqki, ular oxiratda eng ziyonkorlar boʻladi[1023].
إِنَّ الَّذِينَ آمَنُواْ وَعَمِلُواْ الصَّالِحَاتِ وَأَخْبَتُواْ إِلَى رَبِّهِمْ أُوْلَـئِكَ أَصْحَابُ الجَنَّةِ هُمْ فِيهَا خَالِدُونَ{23}
11:23 Imon keltirgan, manfaatli ishlarni amalga oshirgan va yaratgan Egasiga chin dildan boʻysunganlar – ana shular jannat ahlidir. Ular unda oʻlimsiz-mangu qoladi.
مَثَلُ الْفَرِيقَيْنِ كَالأَعْمَى وَالأَصَمِّ وَالْبَصِيرِ وَالسَّمِيعِ هَلْ يَسْتَوِيَانِ مَثَلاً أَفَلاَ تَذَكَّرُونَ {24}
11:24 Shu ikkala toifadn oʻrkan – koʻr va kar hamda koʻradigan va eshitadigan odam. Bu ikkalasi oʻxshash boʻlarmidi?! Nahot nasihat olmasangiz?![1024]
وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا نُوحًا إِلَى قَوْمِهِ إِنِّي لَكُمْ نَذِيرٌ مُّبِينٌ {25}
11:25 Shubhasizki, Nuhni oʻz qavmiga elchi qilib yuborganmiz. (U oʻz qavmiga shunday dedi): «Men sizlarni ochiq-oydin ogohlantiruvchiman.
أَن لاَّ تَعْبُدُواْ إِلاَّ اللّهَ إِنِّيَ أَخَافُ عَلَيْكُمْ عَذَابَ يَوْمٍ أَلِيمٍ {26}
11:26 Allohdan boshqasiga qullik qilmasligingiz uchun (ogohlantiryapman). Men sizlarga alamli kunning azobi kelishidan qoʻrqyapman.»
فَقَالَ الْمَلأُ الَّذِينَ كَفَرُواْ مِن قِوْمِهِ مَا نَرَاكَ إِلاَّ بَشَرًا مِّثْلَنَا وَمَا نَرَاكَ اتَّبَعَكَ إِلاَّ الَّذِينَ هُمْ أَرَاذِلُنَا بَادِيَ الرَّأْيِ وَمَا نَرَى لَكُمْ عَلَيْنَا مِن فَضْلٍ بَلْ نَظُنُّكُمْ كَاذِبِينَ {27}
11:27 Qavmi orasidan (unga) qarhi chiqqan yetakchilari shunday dedi: «Koʻryapmizki, sen ham bizga oʻxshagan insonsan. Koʻryapmizki, senga ichimizdagi eng past tabaqadi insonlar oʻylanmasdan ergashmoqda. Bizga nisbatan sizlarda birorta ortiqcha narsa koʻrmayapmiz. Aslida, biz sizlarni yolgʻonchi deb oʻylayapmiz[1025].»
قَالَ يَا قَوْمِ أَرَأَيْتُمْ إِن كُنتُ عَلَى بَيِّنَةٍ مِّن رَّبِّيَ وَآتَانِي رَحْمَةً مِّنْ عِندِهِ فَعُمِّيَتْ عَلَيْكُمْ أَنُلْزِمُكُمُوهَا وَأَنتُمْ لَهَا كَارِهُونَ {28}
11:28 Nuh aytdiki: «Ey xalqim! Bir oʻylab koʻrdingizmi? Agar men yaratgan Egamdan kelgan aniq hujjatga asoslangan boʻlsam, hamda U menga Oʻz huzuridan yaxshilik[1026] bergan boʻlsa-yu, sizlar koʻrlik qilayotgan boʻlsangiz, sizlar xohlamagan holda uni sizlarga majbur qabul qildira olarmidik[1027]?
وَيَا قَوْمِ لا أَسْأَلُكُمْ عَلَيْهِ مَالاً إِنْ أَجْرِيَ إِلاَّ عَلَى اللّهِ وَمَآ أَنَاْ بِطَارِدِ الَّذِينَ آمَنُواْ إِنَّهُم مُّلاَقُو رَبِّهِمْ وَلَـكِنِّيَ أَرَاكُمْ قَوْمًا تَجْهَلُونَ {29}
11:29 Ey xalqim! Daʼvatim uchun sizdan mol-davlat soʻramayman[1028]. Menga beriladigan ajr-mukofot faqat Allohga tegishli. Men imon keltirganlarni yonimdan haydamayman. Ular albatta yaratgan Egasiga (yorugʻ yuz bilan) yoʻliqadi. Lekin, sizni johillik qilayotgan qavm yekaningizni koʻryapman.
وَيَا قَوْمِ مَن يَنصُرُنِي مِنَ اللّهِ إِن طَرَدتُّهُمْ أَفَلاَ تَذَكَّرُونَ {30}
11:30 Ey xalqim! Agar ularni haydab yuborsam, meni Allohdan kim qutqaradi?! Nahotki nasihat olmaysizangiz?!
وَلاَ أَقُولُ لَكُمْ عِندِي خَزَآئِنُ اللّهِ وَلاَ أَعْلَمُ الْغَيْبَ وَلاَ أَقُولُ إِنِّي مَلَكٌ وَلاَ أَقُولُ لِلَّذِينَ تَزْدَرِي أَعْيُنُكُمْ لَن يُؤْتِيَهُمُ اللّهُ خَيْرًا اللّهُ أَعْلَمُ بِمَا فِي أَنفُسِهِمْ إِنِّي إِذًا لَّمِنَ الظَّالِمِينَ {31}
11:31 Men sizlarga “Menda Allohning xazinalari bor”- demayman. Men gʻaybni bilmayman. “Men malakman”- demayman. Sizlar mensimagan insonlar haqida “Alloh ularga aslo yaxshilik bermaydi”- demayman. Alloh ularning ichidagini juda yaxshi biladi. (Agar bunday desam) men zolimlardan boʻlib qolaman» (dedi Nuh).
قَالُواْ يَا نُوحُ قَدْ جَادَلْتَنَا فَأَكْثَرْتَ جِدَالَنَا فَأْتَنِا بِمَا تَعِدُنَا إِن كُنتَ مِنَ الصَّادِقِينَ {32}
11:32 Ular: “Ey Nuh! Biz bilan tortishding, tortishuvimizni choʻzib yubording. Agar rostgoʻy boʻlsang bizni qoʻrqitayotgan azobni hozir keltir-chi!”- dedilar.
قَالَ إِنَّمَا يَأْتِيكُم بِهِ اللّهُ إِن شَاء وَمَا أَنتُم بِمُعْجِزِينَ {33}
11:33 U aytdi: «Agar munosib bilsa uni sizlarga Alloh aniq keltiradi. Siz undan qochib qutula olmaysiz.
وَلاَ يَنفَعُكُمْ نُصْحِي إِنْ أَرَدتُّ أَنْ أَنصَحَ لَكُمْ إِن كَانَ اللّهُ يُرِيدُ أَن يُغْوِيَكُمْ هُوَ رَبُّكُمْ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ {34}
11:34 Sizlarga nasihat qilmoqchi boʻlganim bilan, agar Alloh sizlarni azoblashni xohlab boʻlgan boʻlsa, nasihatim sizlarga foyda bermaydi. Sizlarni yaratgan Egangiz Udir. Unga qaytasiz.»
أَمْ يَقُولُونَ افْتَرَاهُ قُلْ إِنِ افْتَرَيْتُهُ فَعَلَيَّ إِجْرَامِي وَأَنَاْ بَرِيءٌ مِّمَّا تُجْرَمُونَ {35}
11:35 Yoki ular: “Qurʼonni (Muhammadning) oʻzi toʻqib oldi”, demoqdami? Ayt: «Agar uni oʻzim toʻqigan boʻlsam, jinoyatim oʻz ziyonimga. Lekin, men sizlar qilayotgan jinoyatdan[1029] pokman.»
وَأُوحِيَ إِلَى نُوحٍ أَنَّهُ لَن يُؤْمِنَ مِن قَوْمِكَ إِلاَّ مَن قَدْ آمَنَ فَلاَ تَبْتَئِسْ بِمَا كَانُواْ يَفْعَلُونَ {36}
11:36 Nuhga shunday vahiy qilindi: «Xalqingdan (shu vaqtgacha) ishonganlardan boshqa hech kim (endi) ishonmaydi. Endi, kofirlarning qilmishi uchun qaygʻurma[1030].
وَاصْنَعِ الْفُلْكَ بِأَعْيُنِنَا وَوَحْيِنَا وَلاَ تُخَاطِبْنِي فِي الَّذِينَ ظَلَمُواْ إِنَّهُم مُّغْرَقُونَ {37}
11:37 Bizning nazoratimiz ostida va vahiyimizga koʻra kema yasa[1031]. Zolimlar haqida menga murojaat qilma. Ular aniq gʻarq boʻladi.»
وَيَصْنَعُ الْفُلْكَ وَكُلَّمَا مَرَّ عَلَيْهِ مَلأٌ مِّن قَوْمِهِ سَخِرُواْ مِنْهُ قَالَ إِن تَسْخَرُواْ مِنَّا فَإِنَّا نَسْخَرُ مِنكُمْ كَمَا تَسْخَرُونَ {38}
11:38 Kemani yasayotganida, har safar yonidan xalqining zodagonlari oʻtayotib Nuhni masxara qildi. Nuh yesa: «(Hozircha) bizni masxara qilayotgan boʻlsanglar, (yaqinda) biz ham sizlarni – siz bizni masxara qilgandek masxara qilamiz.
فَسَوْفَ تَعْلَمُونَ مَن يَأْتِيهِ عَذَابٌ يُخْزِيهِ وَيَحِلُّ عَلَيْهِ عَذَابٌ مُّقِيمٌ {39}
11:39 Xorlovchi azobni kimga kelishini va unga davomli azob kelishini yaqinda bilib olasiz», dedi.
حَتَّى إِذَا جَاء أَمْرُنَا وَفَارَ التَّنُّورُ قُلْنَا احْمِلْ فِيهَا مِن كُلٍّ زَوْجَيْنِ اثْنَيْنِ وَأَهْلَكَ إِلاَّ مَن سَبَقَ عَلَيْهِ الْقَوْلُ وَمَنْ آمَنَ وَمَا آمَنَ مَعَهُ إِلاَّ قَلِيلٌ {40}
11:40 Nihoyat, (azob haqidagi) buyrugʻimiz kelib[1032], tandir qaynaganida[1033] Nuhga shunday dedik: «Har bir juft turidan ikkitadan, avvaldan unga (moʻmin boʻlmaydi deb) qaror chiqqanlardan tashqari oilangni va moʻminlarni kemaga olib chiq. Nuhning yonidagi ishongan-moʻminlar juda ozchilik edi.
وَقَالَ ارْكَبُواْ فِيهَا بِسْمِ اللّهِ مَجْرَاهَا وَمُرْسَاهَا إِنَّ رَبِّي لَغَفُورٌ رَّحِيمٌ {41}
11:41 U aytdi: «Kemaga chiqinglar, uning suzishi ham, borib toʻxtashi ham Allohning nomi bilandir. Haqiqatda, yaratgan Egam kechirimli va mehribondir.
وَهِيَ تَجْرِي بِهِمْ فِي مَوْجٍ كَالْجِبَالِ وَنَادَى نُوحٌ ابْنَهُ وَكَانَ فِي مَعْزِلٍ يَا بُنَيَّ ارْكَب مَّعَنَا وَلاَ تَكُن مَّعَ الْكَافِرِينَ {42}
11:42 Togʻlardek toʻlqinlar ularni tashiyotganida, bir chetda turgan oʻgʻliga Nuh shunday dedi: “Ey bolam! Biz bilan birga kemaga chiq – kofirlar bilan birga boʻlma!”
قَالَ سَآوِي إِلَى جَبَلٍ يَعْصِمُنِي مِنَ الْمَاء قَالَ لاَ عَاصِمَ الْيَوْمَ مِنْ أَمْرِ اللّهِ إِلاَّ مَن رَّحِمَ وَحَالَ بَيْنَهُمَا الْمَوْجُ فَكَانَ مِنَ الْمُغْرَقِينَ {43}
11:43 Oʻgʻli: “Meni suvdan saqlab qoladigan toqqa qochib chiqaman”, dedi. Nuh yesa: “Bugun Alloh rahm qilganlardan boshqa hech kim qutulib qololmaydi”, dedi. Shu asnoda ularning orasiga toʻlqin kirdi va oʻgʻli gʻarq boʻlganlardan biriga aylandi.
وَقِيلَ يَا أَرْضُ ابْلَعِي مَاءكِ وَيَا سَمَاء أَقْلِعِي وَغِيضَ الْمَاء وَقُضِيَ الأَمْرُ وَاسْتَوَتْ عَلَى الْجُودِيِّ وَقِيلَ بُعْداً لِّلْقَوْمِ الظَّالِمِينَ {44}
11:44 “Ey yer suvingni yut! Ey samo (suvingni) tut! «, deyildi va suv singdirildi, ish tamomlandi. Kema Judi (togʻi)ga oʻrnashdi va «Zolimlar qavmi yoʻq boʻlsin!” deyildi.
وَنَادَى نُوحٌ رَّبَّهُ فَقَالَ رَبِّ إِنَّ ابُنِي مِنْ أَهْلِي وَإِنَّ وَعْدَكَ الْحَقُّ وَأَنتَ أَحْكَمُ الْحَاكِمِينَ{45}
11:45 (Nuh) yaratgan Egasiga nido qilib: “Ey yaratgan Egam! Oʻgʻlim albatta mening oilamdan, vaʼdang esa haq. Sen eng toʻgʻri qaror beruvchisan”, dedi.
قَالَ يَا نُوحُ إِنَّهُ لَيْسَ مِنْ أَهْلِكَ إِنَّهُ عَمَلٌ غَيْرُ صَالِحٍ فَلاَ تَسْأَلْنِ مَا لَيْسَ لَكَ بِهِ عِلْمٌ إِنِّي أَعِظُكَ أَن تَكُونَ مِنَ الْجَاهِلِينَ.{46}
11:46 Alloh shunday dedi: «Ey Nuh! U sening oilangdan emas. Bu notoʻgʻri ishdir[1034]. Aslini bilmagan narsangni Mendan soʻrama. Seni johillardan boʻlib qolmasligingni nasihat qilaman[1035].»
قَالَ رَبِّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ أَنْ أَسْأَلَكَ مَا لَيْسَ لِي بِهِ عِلْمٌ وَإِلاَّ تَغْفِرْ لِي وَتَرْحَمْنِي أَكُن مِّنَ الْخَاسِرِينَ{47}
11:47 Nuh aytdi: “Ey yaratgan Egam! Sendan bilmagan narsamni soʻrashdan Oʻzingga sigʻinaman. Agar meni kechirib, menga rahm qilmasang ziyonkorlardan boʻlib qolaman.”
قِيلَ يَا نُوحُ اهْبِطْ بِسَلاَمٍ مِّنَّا وَبَركَاتٍ عَلَيْكَ وَعَلَى أُمَمٍ مِّمَّن مَّعَكَ وَأُمَمٌ سَنُمَتِّعُهُمْ ثُمَّ يَمَسُّهُم مِّنَّا عَذَابٌ أَلِيمٌ {48}
11:48 «Ey Nuh! Kemadan tush. Senga ham, sen bilan birga boʻlgan ummatlarga ham Bizdan salom va barakatlar boʻlsin. Yana boshqa ummatlar ham bor, ularni farovon yashashiga imkon beramiz, keyin ularni Bizning alamli azobimiz tutadi[1036]» deyildi.
تِلْكَ مِنْ أَنبَاء الْغَيْبِ نُوحِيهَا إِلَيْكَ مَا كُنتَ تَعْلَمُهَا أَنتَ وَلاَ قَوْمُكَ مِن قَبْلِ هَـذَا فَاصْبِرْ إِنَّ الْعَاقِبَةَ لِلْمُتَّقِينَ {49}
11:49 (Ey Muhammad!) Bilinmagan (gʻayb) xabarlardan boʻlmish bu (qissa)ni vahiy orqali senga Biz bildiryapmiz. Bundan avval uni sen ham qavming ham bilmas edi. Endi sabr qil[1037]. Baxtli oqibat masʼuliyatli (moʻmin)lar uchundir.
وَإِلَى عَادٍ أَخَاهُمْ هُودًا قَالَ يَا قَوْمِ اعْبُدُواْ اللّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَـهٍ غَيْرُهُ إِنْ أَنتُمْ إِلاَّ مُفْتَرُونَ {50}
11:50 Od xalqiga (ham) birodarlari Hudni elchi qilib yuborganmiz. U: «Ey xalqim! Allohga qullik qiling. Qullik qilishingiz uchun Undan boshqa iloh yoʻq. Sizlar yolgʻon toʻquvchisiz, xolos.
يَا قَوْمِ لا أَسْأَلُكُمْ عَلَيْهِ أَجْرًا إِنْ أَجْرِيَ إِلاَّ عَلَى الَّذِي فَطَرَنِي أَفَلاَ تَعْقِلُونَ {51}
11:51 Ey xalqim! Qilgan daʼvatim uchun sizlardan ajr-haq soʻramayman. Mening ajrim meni yaratgan zotga tegishli. Nahot tushunmasangiz?!
وَيَا قَوْمِ اسْتَغْفِرُواْ رَبَّكُمْ ثُمَّ تُوبُواْ إِلَيْهِ يُرْسِلِ السَّمَاء عَلَيْكُم مِّدْرَارًا وَيَزِدْكُمْ قُوَّةً إِلَى قُوَّتِكُمْ وَلاَ تَتَوَلَّوْاْ مُجْرِمِينَ{52}
11:52 Ey xalqim! Yaratgan Egangizdan kechirim soʻrab, Unga tavba qiling. Shunda U sizlarga moʻl-koʻl yomgʻir yogʻdiradi va quvvatingizga quvvat qoʻshadi. Jinoyatchilik qilib (tavhiddan) bosh tortmang», (dedi Hud.)
قَالُواْ يَا هُودُ مَا جِئْتَنَا بِبَيِّنَةٍ وَمَا نَحْنُ بِتَارِكِي آلِهَتِنَا عَن قَوْلِكَ وَمَا نَحْنُ لَكَ بِمُؤْمِنِينَ{53}
11:53 Ular esa: «Ey Hud! Sen bizga ochiq dalil keltirmading. Seni gaping bilan biz oʻz ilohlarimizni tark qilmaymiz va senga ishonmaymiz.
إِن نَّقُولُ إِلَّا اعْتَرَاكَ بَعْضُ آلِهَتِنَا بِسُوءٍ ۗ قَالَ إِنِّي أُشْهِدُ اللَّـهَ وَاشْهَدُوا أَنِّي بَرِيءٌ مِّمَّا تُشْرِكُونَ {54}
11:54 Biz “seni ilohlarimizdan biri juda yomon urib qoʻyibdi”, deymiz xolos, dedilar. Hud aytdiki: «Men Allohni guvoh qilyapman, sizlar ham guvoh boʻlinglarki, men sizlar qilayotgan shirk keltirayotgan narsalardan uzoqman.
مِن دُونِهِ فَكِيدُونِي جَمِيعًا ثُمَّ لاَ تُنظِرُونِ {55}
11:55 Alloh ila oralaringizga qoʻyib olgan (iloh)laringizni barchasidan uzoqman. Qani hammangiz menga tuzoq quringlar-chi, keyin menga muhlat ham bermanglar!
إِنِّي تَوَكَّلْتُ عَلَى اللّهِ رَبِّي وَرَبِّكُم مَّا مِن دَآبَّةٍ إِلاَّ هُوَ آخِذٌ بِنَاصِيَتِهَا إِنَّ رَبِّي عَلَى صِرَاطٍ مُّسْتَقِيمٍ {56}
11:56 Men mening ham yaratgan Egam, sizlarning ham yaratgan Egangiz boʻlmish Allohga suyanib-tayandim. Uning boshqaruvi ostida boʻlmagan hech qanday tirik jon yoʻq. Albatta, Yaratgan Egam toʻgʻri yoʻldadir[1038].
فَإِن تَوَلَّوْاْ فَقَدْ أَبْلَغْتُكُم مَّا أُرْسِلْتُ بِهِ إِلَيْكُمْ وَيَسْتَخْلِفُ رَبِّي قَوْمًا غَيْرَكُمْ وَلاَ تَضُرُّونَهُ شَيْئًا إِنَّ رَبِّي عَلَىَ كُلِّ شَيْءٍ حَفِيظٌ{57}
11:57 Agar (tavhiddan) bosh tortsangiz – men zimmamdagi elchilik vazifasini sizlarga yetkazib qoʻydim – yaratgan Egam (sizni halok qilib) oʻrningizga boshqa qavmni keltirib qoʻyadi va siz unga hech qanday zarar berolmaysiz. Robbim hamma narsani nazorat qilib turadi» (dedi Hud.)
وَلَمَّا جَاء أَمْرُنَا نَجَّيْنَا هُودًا وَالَّذِينَ آمَنُواْ مَعَهُ بِرَحْمَةٍ مِّنَّا وَنَجَّيْنَاهُم مِّنْ عَذَابٍ غَلِيظٍ {58}
11:58 Va nihoyat (azob haqidagi) buyrugʻimiz kelganida Hudni va u bilan birga moʻminlarni Oʻz marhamatimiz bilan qutqarib qoldik; ularni dahshatli (ogʻir) azobdan saqlab qoldik.
وَتِلْكَ عَادٌ جَحَدُواْ بِآيَاتِ رَبِّهِمْ وَعَصَوْاْ رُسُلَهُ وَاتَّبَعُواْ أَمْرَ كُلِّ جَبَّارٍ عَنِيدٍ{59}
11:59 Ana shular Od qavmidir – yaratgan Egasining oyatlarini inkor qildilar, Uning elchilariga qarshi chiqib, har turli qaysar-u bezori (yoʻlboshchilari)ga ergashdilar.
وَأُتْبِعُواْ فِي هَـذِهِ الدُّنْيَا لَعْنَةً وَيَوْمَ الْقِيَامَةِ أَلا إِنَّ عَادًا كَفَرُواْ رَبَّهُمْ أَلاَ بُعْدًا لِّعَادٍ قَوْمِ هُودٍ {60}
11:60 Ular dunyoda ham laʼnatlandi[1039], oxiratda ham (laʼnatlanadi). Bilib qoʻying, Od qavmi oʻz yaratgan Egasining oyatlarini tan olmadi. Bilib qoʻying, Hudning Od qavmi yoʻq boʻlsin!
وَإِلَى ثَمُودَ أَخَاهُمْ صَالِحًا قَالَ يَا قَوْمِ اعْبُدُواْ اللّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَـهٍ غَيْرُهُ هُوَ أَنشَأَكُم مِّنَ الأَرْضِ وَاسْتَعْمَرَكُمْ فِيهَا فَاسْتَغْفِرُوهُ ثُمَّ تُوبُواْ إِلَيْهِ إِنَّ رَبِّي قَرِيبٌ مُّجِيبٌ{61}
11:61 Samud qavmiga birodari Solihni elchi qilib yuborganmiz. U shunday degan: «Ey xalqim! Allohga qullik qiling, qullik qilishingiz uchun Undan boshqa iloh yoʻq. U sizlarni (boshlangʻichda) yerdan yaratib yetishtirdi va sizdan uni obod qilishni talab qildi. Shunday yekan, Undan kechirim soʻrab, unga tavba qiling. Shubhasizki, yaratgan Egam yaqindir, javob ijobat qiluvchidir.
قَالُواْ يَا صَالِحُ قَدْ كُنتَ فِينَا مَرْجُوًّا قَبْلَ هَـذَا أَتَنْهَانَا أَن نَّعْبُدَ مَا يَعْبُدُ آبَاؤُنَا وَإِنَّنَا لَفِي شَكٍّ مِّمَّا تَدْعُونَا إِلَيْهِ مُرِيبٍ{62}
11:62 Ular shunday dedi: “Ey Solih! Bundan oldin sen oramizda (sendan yaxshiliklar) umid qilingan biri eding. Endilikda, otalarimiz sigʻinib kelgan narsalarga sigʻinishimizdan bizni man qaytarasanmi? Sen bizni daʼvat qilayotgan narsadan ikkilanib shubhalanyapmiz.”
قَالَ يَا قَوْمِ أَرَأَيْتُمْ إِن كُنتُ عَلَى بَيِّنَةً مِّن رَّبِّي وَآتَانِي مِنْهُ رَحْمَةً فَمَن يَنصُرُنِي مِنَ اللّهِ إِنْ عَصَيْتُهُ فَمَا تَزِيدُونَنِي غَيْرَ تَخْسِيرٍ{63}
11:63 U shunday dedi: «Ey xalqim! Agar men yaratgan Egamdan kelgan ochiq-oydin dalilga asoslangan boʻlsam, Undan menga yaxshilik/paygʻambarlik kelgan boʻlsa-chi, deb bir oʻylab koʻrmaysizlarmi? Shunday yekan, agar Unga qarshi chiqsam, meni Allohdan kim qutqaradi? Sizlar esa menga ziyon orttirishdan boshqa narsaga yaramaysiz.
وَيَا قَوْمِ هَـذِهِ نَاقَةُ اللّهِ لَكُمْ آيَةً فَذَرُوهَا تَأْكُلْ فِي أَرْضِ اللّهِ وَلاَ تَمَسُّوهَا بِسُوءٍ فَيَأْخُذَكُمْ عَذَابٌ قَرِيبٌ{64}
11:64 Ey xalqim! Mana bu Allohning tuyasi sizlar uchun dalil (boʻladi). Uni tek qoʻyinglar – Allohning yerida oʻtlab yuraversin. Unga yomonlik qilmang, aks holda koʻp oʻtmay azobga giriftor boʻlasiz.» (dedi Solih)
فَعَقَرُوهَا فَقَالَ تَمَتَّعُواْ فِي دَارِكُمْ ثَلاَثَةَ أَيَّامٍ ذَلِكَ وَعْدٌ غَيْرُ مَكْذُوبٍ {65}
11:65 Shunga qaramasdan, Samud xalqi tuyaning oyoqlarini kesib oʻldirdi. Shunda Solih ularga: “Yurtingizda uch kun bahramand boʻlib turinglar. Bu – yolgʻon boʻlib chiqmaydigan tahdiddir”, dedi.
فَلَمَّا جَاء أَمْرُنَا نَجَّيْنَا صَالِحًا وَالَّذِينَ آمَنُواْ مَعَهُ بِرَحْمَةٍ مِّنَّا وَمِنْ خِزْيِ يَوْمِئِذٍ إِنَّ رَبَّكَ هُوَ الْقَوِيُّ الْعَزِيزُ {66}
11:66Va nihoyat (azob haqidagi) buyrugʻimiz kelganida Solihni va u bilan birga moʻminlarni Oʻz marhamatimiz bilan (halok boʻlishdan) va oʻsha kungi xorlikdan qutqarib qoldik. Shubhasizki, yaratgan Egang kuchlidir, gʻolibdir.
وَأَخَذَ الَّذِينَ ظَلَمُواْ الصَّيْحَةُ فَأَصْبَحُواْ فِي دِيَارِهِمْ جَاثِمِينَ {67}
11:67 Zulm qilganlarni dahshatli ovoz bosdi-da, tongga yaqin turgan yerlarida dum tushib qotib qolishdi.
كَأَن لَّمْ يَغْنَوْاْ فِيهَا أَلاَ إِنَّ ثَمُودَ كَفرُواْ رَبَّهُمْ أَلاَ بُعْدًا لِّثَمُودَ {68}
11:67 Goʻyoki yurtlarida farovonlikda yashamagandek boʻlib qoldilar. Ogoh boʻling! Samud xalqi oʻzlarining yaratgan Egasiga qarshi chiqishdi. Ogoh boʻling! Samud xalqi yoʻq boʻlsin!
وَلَقَدْ جَاءتْ رُسُلُنَا إِبْرَاهِيمَ بِالْبُـشْرَى قَالُواْ سَلاَمًا قَالَ سَلاَمٌ فَمَا لَبِثَ أَن جَاء بِعِجْلٍ حَنِيذٍ {69}
11:69 Elchilarimiz Ibrohimga xushxabar keltirib unga salom berdi, Ibrohim ham salom berdi va koʻp oʻtmay qovurilgan buzoq (goʻshti) keltirdi.
فَلَمَّا رَأَى أَيْدِيَهُمْ لاَ تَصِلُ إِلَيْهِ نَكِرَهُمْ وَأَوْجَسَ مِنْهُمْ خِيفَةً قَالُواْ لاَ تَخَفْ إِنَّا أُرْسِلْنَا إِلَى قَوْمِ لُوطٍ {70}
11:70 Yegulikka qoʻl uzatmayotganini koʻrib, (Ibrohim) ulardan yotinqiradi va ulardan qoʻrqishni boshlaganida, ular: “Qoʻrqma, biz Lut qavmiga yuborildik”, dedi.
وَامْرَأَتُهُ قَآئِمَةٌ فَضَحِكَتْ فَبَشَّرْنَاهَا بِإِسْحَقَ وَمِن وَرَاء إِسْحَقَ يَعْقُوبَ {71}
11:71 Ayoli tik turgan edi, kulib yubordi. Shunda unga Isʼhoqni, Isʼhoqning ortidan Yaʼqubni xushxabar qildik.
قَالَتْ يَا وَيْلَتَى أَأَلِدُ وَأَنَاْ عَجُوزٌ وَهَـذَا بَعْلِي شَيْخًا إِنَّ هَـذَا لَشَيْءٌ عَجِيبٌ {72}
11:72 U ayol: “Voy shoʻrim! Men oʻzim kampir, bu cholim esa qarib qolgan boʻla turib men tugʻamanmi? Bu qiziq narsa-ku!” dedi.
قَالُواْ أَتَعْجَبِينَ مِنْ أَمْرِ اللّهِ رَحْمَتُ اللّهِ وَبَرَكَاتُهُ عَلَيْكُمْ أَهْلَ الْبَيْتِ إِنَّهُ حَمِيدٌ مَّجِيدٌ {73}
11:73 Ular: “Allohning amridan ajablanasanmi? Ey xonadon egalari! Sizlarga Allohning rahmati va barakati boʻlsin. U (Alloh) maqtovga loyiqdir, juda ulugʻdir”, dedilar.
فَلَمَّا ذَهَبَ عَنْ إِبْرَاهِيمَ الرَّوْعُ وَجَاءتْهُ الْبُشْرَى يُجَادِلُنَا فِي قَوْمِ لُوطٍ {74}
11:74 Ibrohimdan qoʻrqinch ketib, unga xushxabar kelganida, elchilarimiz bilan Lut qavmi haqida munozaraga kirishdi.
إِنَّ إِبْرَاهِيمَ لَحَلِيمٌ أَوَّاهٌ مُّنِيبٌ {75}
11:75 Chunki, Ibrohim ogʻir-bosiq, bagʻri keng va oʻzini Allohga atagan kishi edi.
يَا إِبْرَاهِيمُ أَعْرِضْ عَنْ هَذَا إِنَّهُ قَدْ جَاء أَمْرُ رَبِّكَ وَإِنَّهُمْ آتِيهِمْ عَذَابٌ غَيْرُ مَرْدُودٍ {76}
11:76 Elchilarimiz: “Ey Ibrohim! Bu (tortishuv)dan voz kech. Yaratgan Egangning amri keldi – ularga qaytarilmas azob kelmoqda”, dedilar.
وَلَمَّا جَاءتْ رُسُلُنَا لُوطًا سِيءَ بِهِمْ وَضَاقَ بِهِمْ ذَرْعًا وَقَالَ هَـذَا يَوْمٌ عَصِيبٌ {77}
11:77 Elchilarimiz Lutning yoniga kelishganida, ular sababli ahvoli yomonlashdi va yuragi siqilib: “Bu juda ogʻir kun!” dedi.
وَجَاءهُ قَوْمُهُ يُهْرَعُونَ إِلَيْهِ وَمِن قَبْلُ كَانُواْ يَعْمَلُونَ السَّيِّئَاتِ قَالَ يَا قَوْمِ هَـؤُلاء بَنَاتِي هُنَّ أَطْهَرُ لَكُمْ فَاتَّقُواْ اللّهَ وَلاَ تُخْزُونِ فِي ضَيْفِي أَلَيْسَ مِنكُمْ رَجُلٌ رَّشِيدٌ {78}
11:78 Lutning yoniga ilgari yomon ishlar qiladigan qavmi shoshilib kirib keldi. Lut: “Ey qavmim! Mana mening qizlarim; ular sizlarga pokdir (ularga uylaning). Allohga nisbatan javobgarlikni his qiling. Mehmonlarim yonida meni sharmanda qilmang. Orangizda aqli-hushi joyida (birorta ham) odam yoʻqmi?!”, dedi.
قَالُواْ لَقَدْ عَلِمْتَ مَا لَنَا فِي بَنَاتِكَ مِنْ حَقٍّ وَإِنَّكَ لَتَعْلَمُ مَا نُرِيدُ {79}
11:79 Ular: “Qizlaringda bizni ishimiz yoʻqligini yaxshi bilasan. Bizni nima xohlashimizni ham bilasan”, dedilar.
قَالَ لَوْ أَنَّ لِي بِكُمْ قُوَّةً أَوْ آوِي إِلَى رُكْنٍ شَدِيدٍ {80}
11:80 Lut: “Qaniydi sizlarga qarshi oʻzimni kuchim boʻlganida yoki kuchli bir jamoga suyana olganimda edi…”, dedi.
قَالُواْ يَا لُوطُ إِنَّا رُسُلُ رَبِّكَ لَن يَصِلُواْ إِلَيْكَ فَأَسْرِ بِأَهْلِكَ بِقِطْعٍ مِّنَ اللَّيْلِ وَلاَ يَلْتَفِتْ مِنكُمْ أَحَدٌ إِلاَّ امْرَأَتَكَ إِنَّهُ مُصِيبُهَا مَا أَصَابَهُمْ إِنَّ مَوْعِدَهُمُ الصُّبْحُ أَلَيْسَ الصُّبْحُ بِقَرِيبٍ {81}
11:81 Elchilarimiz Lutga shunday dedi: «Ey Lut! Biz yaratgan Egangning elchilarimiz – qavming senga tegolmaydi. Sen kechaning bir qismida oilangni olib yoʻlga chiq. Orangizdan hech kim (yoʻlda) orqasiga qaramasin, xotining bundan mustasno. Chunki, qavmingga keladigan azob unga ham keladi. Ularning (halok boʻlish haqida) belgilangan vaqti tong vaqtidir. Tong vaqti yaqin emasmi?
فَلَمَّا جَاء أَمْرُنَا جَعَلْنَا عَالِيَهَا سَافِلَهَا وَأَمْطَرْنَا عَلَيْهَا حِجَارَةً مِّن سِجِّيلٍ مَّنضُودٍ {82}
11:82 Amrimiz kelganida u yurtni ostini ustun qilib, tepasiga pishib yetilgan lava toshlarini ket-ma ket yogʻdirdik.
مُّسَوَّمَةً عِندَ رَبِّكَ وَمَا هِيَ مِنَ الظَّالِمِينَ بِبَعِيدٍ {83}
11:83 (U toshlar) yaratgan Egang huzurida muayyan belgilab qoʻyilgan edi[1040]. U zolimlardan (Makka xalqidan) uzoq emas.
وَإِلَى مَدْيَنَ أَخَاهُمْ شُعَيْبًا قَالَ يَا قَوْمِ اعْبُدُواْ اللّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَـهٍ غَيْرُهُ وَلاَ تَنقُصُواْ الْمِكْيَالَ وَالْمِيزَانَ إِنِّيَ أَرَاكُم بِخَيْرٍ وَإِنِّيَ أَخَافُ عَلَيْكُمْ عَذَابَ يَوْمٍ مُّحِيطٍ {84}
11:84 Madyan aholisiga ham oʻzlarining birodari Shuaybni elchi qilib yubordik. U shunday dedi: «Ey xalqim! Allohga qullik qiling. Undan boshqa iloh yoʻq. Oʻlchov va tarozidan urib qolmang. Hozir sizlarni farovonlikda koʻryapman. Albatta, sizlarga qurshab oluvchi kunning azobi (kelishi)dan qoʻrqaman.
وَيَا قَوْمِ أَوْفُواْ الْمِكْيَالَ وَالْمِيزَانَ بِالْقِسْطِ وَلاَ تَبْخَسُواْ النَّاسَ أَشْيَاءهُمْ وَلاَ تَعْثَوْاْ فِي الأَرْضِ مُفْسِدِينَ {85}
11:85 Ey xalqim! Oʻlchov va tarozini adolatli shaklda toʻgʻri bering. Insonlarga narsalarini kam qilib bermang va yerda buzgʻunchilik qilib tartibsizlik chiqarmang.
بَقِيَّةُ اللّهِ خَيْرٌ لَّكُمْ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ وَمَا أَنَاْ عَلَيْكُم بِحَفِيظٍ {86}
11:86 Agar moʻmin boʻlsangiz, siz uchun Alloh qoldirgan (halol miqdor) yaxshidir. Men sizlarga qoʻriqchi emasman.»
قَالُواْ يَا شُعَيْبُ أَصَلاَتُكَ تَأْمُرُكَ أَن نَّتْرُكَ مَا يَعْبُدُ آبَاؤُنَا أَوْ أَن نَّفْعَلَ فِي أَمْوَالِنَا مَا نَشَاء إِنَّكَ لَأَنتَ الْحَلِيمُ الرَّشِيدُ {87}
11:87 Ular aytdilarki: «Ey Shuayb! Seni dining/daʼvating[1041] ota-bobolarimiz sigʻinib kelgan narsalarni tark qilishimizga, yoki mol-mulklarimizni xohlaganimizdek tasarruf qilmasligimizga buyuryaptimi? Axir, sen muloyim, aqli-hushi joyida odamsan-ku!»
قَالَ يَا قَوْمِ أَرَأَيْتُمْ إِن كُنتُ عَلَىَ بَيِّنَةٍ مِّن رَّبِّي وَرَزَقَنِي مِنْهُ رِزْقًا حَسَنًا وَمَا أُرِيدُ أَنْ أُخَالِفَكُمْ إِلَى مَا أَنْهَاكُمْ عَنْهُ إِنْ أُرِيدُ إِلاَّ الإِصْلاَحَ مَا اسْتَطَعْتُ وَمَا تَوْفِيقِي إِلاَّ بِاللّهِ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَإِلَيْهِ أُنِيبُ {88}
11:88 Shuayb aytdiki: «Ey qavmim! Bir oʻylab koʻrdingizmi? Agar men yaratgan Egamdan kelgan hujjatga asoslangan boʻlsam va Oʻzi menga chiroyli rizq berib qoʻygan boʻlsa-chi! Sizlarni man etayotgan narsada oʻzim unga xilof ish qilmoqchi emasman. Men qoʻlimdan kelganicha faqat isloh qilishni xohlayman. Muvaffaqiyatga erishishim faqat Allohning yordamiga bogʻliq. Men Unga oʻzimni ishonib-topshirdirm va men Unga yoʻnalaman.
وَيَا قَوْمِ لاَ يَجْرِمَنَّكُمْ شِقَاقِي أَن يُصِيبَكُم مِّثْلُ مَا أَصَابَ قَوْمَ نُوحٍ أَوْ قَوْمَ هُودٍ أَوْ قَوْمَ صَالِحٍ وَمَا قَوْمُ لُوطٍ مِّنكُم بِبَعِيدٍ {89}
11:89 Ey qavmim! Menga qarshi chiqishingiz sizlarni jinoyatga olib bormasin, (aks holda) Nuh qavmiga, Hud qavmiga yoki Solih qavmiga kelgan musibatning bir xili sizlarga ham keladi. Lutning qavmi sizlardan uzoq emas.
وَاسْتَغْفِرُواْ رَبَّكُمْ ثُمَّ تُوبُواْ إِلَيْهِ إِنَّ رَبِّي رَحِيمٌ وَدُودٌ{90}
11:90 Yaratgan Egangizdan kechirim soʻranglar, soʻngra Unga tavba qilinglar. Chunki, yaratgan Egam mehribon, doʻst tutuvchidir.»
قَالُواْ يَا شُعَيْبُ مَا نَفْقَهُ كَثِيرًا مِّمَّا تَقُولُ وَإِنَّا لَنَرَاكَ فِينَا ضَعِيفًا وَلَوْلاَ رَهْطُكَ لَرَجَمْنَاكَ وَمَا أَنتَ عَلَيْنَا بِعَزِيزٍ {91}
11:91 Ular aytdiki: «Ey Shuayb! Aytayotgan gapingni koʻpini tushunmayapmiz, seni oramizdagi bir zaif[1042] inson deb bilamiz. Agar oilang boʻlmaganida, seni toshboʻron[1043] qilib yuborar edik. Oʻzi sen bizga nisbatan aziz[1044] ham emassan.»
قَالَ يَا قَوْمِ أَرَهْطِي أَعَزُّ عَلَيْكُم مِّنَ اللّهِ وَاتَّخَذْتُمُوهُ وَرَاءكُمْ ظِهْرِيًّا إِنَّ رَبِّي بِمَا تَعْمَلُونَ مُحِيطٌ {92}
11:92 U aytdi: «Ey xalqim! Siz uchun oilam Allohdan ham azizroqmiki, Unga (Uning hukmiga) orqa oʻgirdingiz. Yaratgan Egam qilgan ishlaringizni toʻliq biladi.
وَيَا قَوْمِ اعْمَلُواْ عَلَى مَكَانَتِكُمْ إِنِّي عَامِلٌ سَوْفَ تَعْلَمُونَ مَن يَأْتِيهِ عَذَابٌ يُخْزِيهِ وَمَنْ هُوَ كَاذِبٌ وَارْتَقِبُواْ إِنِّي مَعَكُمْ رَقِيبٌ {93}
11:93 Ey xalqim! Qoʻlingizdan kelganini qiling, men ham (oʻz vazifamni) bajaraveraman. Kimga xorlovchi azob kelishini va kim yolgʻonchi ekanini yaqinda bilib olasizlar. (Voqealarni) kuzatib boring, men ham sizlar bilan birga kuzataman.»
وَلَمَّا جَاء أَمْرُنَا نَجَّيْنَا شُعَيْبًا وَالَّذِينَ آمَنُواْ مَعَهُ بِرَحْمَةٍ مَّنَّا وَأَخَذَتِ الَّذِينَ ظَلَمُواْ الصَّيْحَةُ فَأَصْبَحُواْ فِي دِيَارِهِمْ جَاثِمِينَ {94}
11:94 Va nihoyat (azob haqidagi) buyrugʻimiz kelganida Shuaybni va u bilan birga moʻminlarni Oʻz marhamatimiz bilan qutqarib qoldik. Zolimlarni esa dahshatli qichqiriq tutdi, shunda turgan yerlarida tiz choʻkib qotib qolishdi.
كَأَن لَّمْ يَغْنَوْاْ فِيهَا أَلاَ بُعْدًا لِّمَدْيَنَ كَمَا بَعِدَتْ ثَمُودُ {95}
11:95 Goʻyoki ular yurtlarida farovonlikda yashamagandek boʻlib qoldi. Ogoh boʻling! Samud xalqi yoʻq boʻlganidek, Madyan xalqi ham yoʻq boʻlsin!
وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا مُوسَى بِآيَاتِنَا وَسُلْطَانٍ مُّبِينٍ {96}
11:96 Shubhasizki, Musoni oyatlarimiz bilan; ochiq-oydin hujjat bilan yuborganmiz.
إِلَى فِرْعَوْنَ وَمَلَئِهِ فَاتَّبَعُواْ أَمْرَ فِرْعَوْنَ وَمَا أَمْرُ فِرْعَوْنَ بِرَشِيدٍ {97}
11:97 (Musoni) Firʼavn va uning yetakchi-amaldorlariga yuborganmiz. Firʼavnning amri toʻgʻri boʻlmagani holda, ular Firʼavn amriga boʻysungan.
يَقْدُمُ قَوْمَهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ فَأَوْرَدَهُمُ النَّارَ وَبِئْسَ الْوِرْدُ الْمَوْرُودُ {98}
11:98 Firʼavn qiyomat kuni (oʻziga ergashgan) qavmini oldiga tushib, ularni suv bor joyga boshlab borayotgandek jahannam oʻtiga boshlab boradi. U boshlab borgan joy qanday ham yomon![1045]
وَأُتْبِعُواْ فِي هَـذِهِ لَعْنَةً وَيَوْمَ الْقِيَامَةِ بِئْسَ الرِّفْدُ الْمَرْفُودُ {99}
11:99 Ularga dunyoda laʼnat ergashtiriladi, oxiratda ham shunday. Ularga berilgan “sovgʻa” qanday ham yomon!
ذَلِكَ مِنْ أَنبَاء الْقُرَى نَقُصُّهُ عَلَيْكَ مِنْهَا قَآئِمٌ وَحَصِيدٌ {100}
11:100 Senga aytib berayotganimiz bu shahar-yurtlar orasida hozirgacha turgani ham bor, yoʻq boʻlib ketgani ham bor.
وَمَا ظَلَمْنَاهُمْ وَلَـكِن ظَلَمُواْ أَنفُسَهُمْ فَمَا أَغْنَتْ عَنْهُمْ آلِهَتُهُمُ الَّتِي يَدْعُونَ مِن دُونِ اللّهِ مِن شَيْءٍ لِّمَّا جَاء أَمْرُ رَبِّكَ وَمَا زَادُوهُمْ غَيْرَ تَتْبِيبٍ {101}
11:101 Ularga Biz zulm qilmadik, lekin ular oʻziga oʻzi zulm qildi[1046]. Yaratgan Egangning (azob haqidagi) buyrugʻi kelganida, Allohdan boshqasiga duo qilayotgan ilohlari ularga hech narsada asqatmadi, ularga faqat ziyon orttirdi.
وَكَذَلِكَ أَخْذُ رَبِّكَ إِذَا أَخَذَ الْقُرَى وَهِيَ ظَالِمَةٌ إِنَّ أَخْذَهُ أَلِيمٌ شَدِيدٌ {102}
11:102 Yaratgan Egang zolim shahar-yurtlarni jazolaganida mana shu shaklda jazolaydi. Uning jazolashi juda alamlidir, qattiqdir.
إِنَّ فِي ذَلِكَ لآيَةً لِّمَنْ خَافَ عَذَابَ الآخِرَةِ ذَلِكَ يَوْمٌ مَّجْمُوعٌ لَّهُ النَّاسُ وَذَلِكَ يَوْمٌ مَّشْهُودٌ {103}
11:103 Oxirat azobidan qoʻrqqanlar uchun bunda ibrat/namuna bor. Oʻsha kun (barcha) insonlar yigʻiladigan kundir. Bu kun (hamma) hozir boʻladigan kundir.
وَمَا نُؤَخِّرُهُ إِلاَّ لِأَجَلٍ مَّعْدُودٍ {104}
11:104 Biz u kunni faqat belgilangan muddatgacha kechiktiramiz.
يَوْمَ يَأْتِ لاَ تَكَلَّمُ نَفْسٌ إِلاَّ بِإِذْنِهِ فَمِنْهُمْ شَقِيٌّ وَسَعِيدٌ {105}
11:105 U kun kelganida Allohning ruxsatisiz hech kim gapirolmaydi. Ulardan kimdir baxtsiz, kimdir baxtli boʻladi.
فَأَمَّا الَّذِينَ شَقُواْ فَفِي النَّارِ لَهُمْ فِيهَا زَفِيرٌ وَشَهِيقٌ {106}
11:106 Baxtsiz boʻlganlar jahannamda boʻladi. Ularni u yerda xirillab nafas olishi va oʻksib yigʻlashi bor.
خَالِدِينَ فِيهَا مَا دَامَتِ السَّمَاوَاتُ وَالأَرْضُ إِلاَّ مَا شَاء رَبُّكَ إِنَّ رَبَّكَ فَعَّالٌ لِّمَا يُرِيدُ {107}
11:106 Ular u yerda toki yer-u osmonlar turguncha – mangu qoladi. Magar Robbing munosib bilsa (ziyoda qilib beradi). Chunki, yaratgan Egang Oʻzi xohlagan ishni qiladi.
وَأَمَّا الَّذِينَ سُعِدُواْ فَفِي الْجَنَّةِ خَالِدِينَ فِيهَا مَا دَامَتِ السَّمَاوَاتُ وَالأَرْضُ إِلاَّ مَا شَاء رَبُّكَ عَطَاءً غَيْرَ مَجْذُوذٍ
11:108 Baxtli boʻlganlar esa jannatda qoladi. Ular (ham) unda toki yer-u osmonlar turguncha – mangu qoladi. Magar Yaratgan Egang munosib bilsa[1047] (ziyoda qilib beradi[1048]). Bu cheksiz inoyatdir.
فَلاَ تَكُ فِي مِرْيَةٍ مِّمَّا يَعْبُدُ هَـؤُلاء مَا يَعْبُدُونَ إِلاَّ كَمَا يَعْبُدُ آبَاؤُهُم مِّن قَبْلُ وَإِنَّا لَمُوَفُّوهُمْ نَصِيبَهُمْ غَيْرَ مَنقُوصٍ {109}
11:109 Endi sen bu (mushrik)lar sigʻinayotgan narsalari (botil ekani) haqida shubha qilma! Ular ilgari ota-bobolari sigʻingandek sigʻinyapti. Biz ularning (jazo) nasibasini kam-koʻstsiz toʻliq qilib beramiz.
وَلَقَدْ آتَيْنَا مُوسَى الْكِتَابَ فَاخْتُلِفَ فِيهِ وَلَوْلاَ كَلِمَةٌ سَبَقَتْ مِن رَّبِّكَ لَقُضِيَ بَيْنَهُمْ وَإِنَّهُمْ لَفِي شَكٍّ مِّنْهُ مُرِيبٍ {110}
11:110 Shubhasizki, Musoga kitob berganmiz, u haqida (ham) ixtilof qilindi. Agar yaratgan Egangning avvalgi soʻzi boʻlmaganida, ular orasida albatta hukm ijro etilar edi[1049]. Ular u kitob haqida ikkilantiruvchi shubhadadirlar.
وَإِنَّ كُـلاًّ لَّمَّا لَيُوَفِّيَنَّهُمْ رَبُّكَ أَعْمَالَهُمْ إِنَّهُ بِمَا يَعْمَلُونَ خَبِيرٌ {111}
11:111 Robbing ularning har biriga qilmishlarining jazo va mukofotlarini toʻliq qilib beradi. Chunki, U qilayotgan ishlaridan xabardordir.
فَاسْتَقِمْ كَمَا أُمِرْتَ وَمَن تَابَ مَعَكَ وَلاَ تَطْغَوْاْ إِنَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ {112}
11:112 Sen oʻzingga buyurilganidek toʻgʻri boʻl! Sen bilan birga tavba qilganlar ham (shunday boʻlsin[1050]). Haddan oshmanglar. U sizlar qilayotgan ishlarni albatta koʻrib turadi.
وَلاَ تَرْكَنُواْ إِلَى الَّذِينَ ظَلَمُواْ فَتَمَسَّكُمُ النَّارُ وَمَا لَكُم مِّن دُونِ اللّهِ مِنْ أَوْلِيَاء ثُمَّ لاَ تُنصَرُونَ {113}
11:113 Haqsizlik qiluvchi-zolimlarga yondashmanglar. Aks holda, otash[1051] sizga ham tegadi va sizlarga Allohdan boshqa doʻstlar/xojalar boʻlmaydi. Keyin, sizlarga yordam berilmaydi.
وَأَقِمِ الصَّلاَةَ طَرَفَيِ النَّهَارِ وَزُلَفًا مِّنَ اللَّيْلِ إِنَّ الْحَسَنَاتِ يُذْهِبْنَ السَّـيِّئَاتِ ذَلِكَ ذِكْرَى لِلذَّاكِرِينَ {114}
11:114 Kunduzi ikki mahal va kechaning kunduzga yaqin vaqtlarida[1052] namozni oʻqi. Albatta, yaxshiliklar yomonliklarni ketkazadi. Bu eslatma oluvchilarga eslatma/nasihatdir.
وَاصْبِرْ فَإِنَّ اللّهَ لاَ يُضِيعُ أَجْرَ الْمُحْسِنِينَ {115}
11:115 Sabr-bardosh qil[1053]. Chunki, Alloh yaxshilik qiluvchilarning ajrini zoye qilmaydi.
فَلَوْلاَ كَانَ مِنَ الْقُرُونِ مِن قَبْلِكُمْ أُوْلُواْ بَقِيَّةٍ يَنْهَوْنَ عَنِ الْفَسَادِ فِي الأَرْضِ إِلاَّ قَلِيلاً مِّمَّنْ أَنجَيْنَا مِنْهُمْ وَاتَّبَعَ الَّذِينَ ظَلَمُواْ مَا أُتْرِفُواْ فِيهِ وَكَانُواْ مُجْرِمِينَ {116}
11:116 Sizlardan avvalgi nasllar orasida (insonlarni) yer yuzida buzgʻunchilik qilishdan qaytaradigan davomchilar/fazilatli kishilar boʻlsa boʻlmasmidi? Biroq, Biz ularni qutqarib qolgan oz sonli kishilardan boshqa hech kim (bu vazifani bajarmadi[1054]). Haqsizlik qilgan-zolimlar oʻz maishatparastligi ortidan ketdi va jinoyatchiga aylandi.
وَمَا كَانَ رَبُّكَ لِيُهْلِكَ الْقُرَى بِظُلْمٍ وَأَهْلُهَا مُصْلِحُونَ {117}
11:117 Isloh qiluvchi xalqi bor yurtni yaratgan Egang aslo zulm qilib halok qilmaydi[1055].
وَلَوْ شَاء رَبُّكَ لَجَعَلَ النَّاسَ أُمَّةً وَاحِدَةً وَلاَ يَزَالُونَ مُخْتَلِفِينَ {118}
11:118 Agar Robbing munosib bilgandia barcha insonlarni bitta ummat qila olardi. (Baʼzilar bunga loyiq boʻlmagani uchun) endi, ular davomli ixtilofchi boʻlib qoaveradi[1056].
إِلاَّ مَن رَّحِمَ رَبُّكَ وَلِذَلِكَ خَلَقَهُمْ وَتَمَّتْ كَلِمَةُ رَبِّكَ لأَمْلأنَّ جَهَنَّمَ مِنَ الْجِنَّةِ وَالنَّاسِ أَجْمَعِينَ {119}
11:119 Faqat Alloh rahm qilganlar (haqqa qarshi) ixtilof qilmaydi[1057]. U insonlarni shuning uchun yaratgan. Yaratgan Egangning: “Men jahannamni (haqqa qarshi/yovuz) insu-jinning/xaloyiqning barchasi bilan toʻldiraman”, degan soʻzi toʻliq amalga oshadi.
وَكُـلاًّ نَّقُصُّ عَلَيْكَ مِنْ أَنبَاء الرُّسُلِ مَا نُثَبِّتُ بِهِ فُؤَادَكَ وَجَاءكَ فِي هَـذِهِ الْحَقُّ وَمَوْعِظَةٌ وَذِكْرَى لِلْمُؤْمِنِينَ {120}
11:120 Biz paygʻambarlar hayotidagi hodisalar orasidan sening qalbingni quvvatlaydigan barchasini aytib beryapmiz. Bu maʼlumotlarda senga haqiqat hamda moʻminlarga nasihat va eslatma keldi.
وَقُل لِّلَّذِينَ لاَ يُؤْمِنُونَ اعْمَلُواْ عَلَى مَكَانَتِكُمْ إِنَّا عَامِلُونَ {121}
11:121 Imon keltirtmaydiganlarga shunday de: «Qoʻlingizdan kelgan ishni qiling, biz ham qilamiz!
وَانتَظِرُوا إِنَّا مُنتَظِرُونَ {122}
11:122 Kutinglar, biz ham kutamiz.»
وَلِلّهِ غَيْبُ السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضِ وَإِلَيْهِ يُرْجَعُ الأَمْرُ كُلُّهُ فَاعْبُدْهُ وَتَوَكَّلْ عَلَيْهِ وَمَا رَبُّكَ بِغَافِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ {123}
11:123 Yer-u osmonlarning gʻaybi faqat Allohga xos. Barcha ishlar Unga qaytariladi. Bas! Unga qullik qil va Unga suyanib-tayan. Yaratgan Egang qilayotgan ishlaringizdan bexabar emas.
- Yusuf surasi
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
الر تِلْكَ آيَاتُ الْكِتَابِ الْمُبِينِ {1}
12:1 Alif! Lam! Ro![1058] Bular bayonotli[1059] kitob oyatlaridir.
إِنَّا أَنزَلْنَاهُ قُرْآنًا عَرَبِيًّا لَّعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ {2}
12:2 Yaxshilab tushunishingiz[1060] uchun uni arabcha Qurʼon/tushinarli jamlanma qilib yubordik.
نَحْنُ نَقُصُّ عَلَيْكَ أَحْسَنَ الْقَصَصِ بِمَا أَوْحَيْنَا إِلَيْكَ هَـذَا الْقُرْآنَ وَإِن كُنتَ مِن قَبْلِهِ لَمِنَ الْغَافِلِينَ {3}
12:3 Senga ushbu Qurʼonni vahiy qilish orqali senga eng goʻzal qissani aytib beryapmiz. Albatta, sen ilgari bundan bexabar eding.
إِذْ قَالَ يُوسُفُ لِأَبِيهِ يَا أَبتِ إِنِّي رَأَيْتُ أَحَدَ عَشَرَ كَوْكَبًا وَالشَّمْسَ وَالْقَمَرَ رَأَيْتُهُمْ لِي سَاجِدِينَ {4}
12:4 Yusuf bir kuni otasi (Yaʼqub)ga: “Otajon! Tushimda oʻn bitta yulduz, quyosh va oyni koʻrdim – ularni mening xizmatimda ekanini koʻrdim”, dedi.
قَالَ يَا بُنَيَّ لاَ تَقْصُصْ رُؤْيَاكَ عَلَى إِخْوَتِكَ فَيَكِيدُواْ لَكَ كَيْدًا إِنَّ الشَّيْطَانَ لِلإِنسَانِ عَدُوٌّ مُّبِينٌ {5}
12:5 (Yaʼqub) aytdiki: «Bolaginam! Tushingni akalaringa aytma. Aytsang, senga (yomon) reja tuzib qoʻyadi. Chunki, shayton/yovuzlik insonning dushmanidir.
وَكَذَلِكَ يَجْتَبِيكَ رَبُّكَ وَيُعَلِّمُكَ مِن تَأْوِيلِ الأَحَادِيثِ وَيُتِمُّ نِعْمَتَهُ عَلَيْكَ وَعَلَى آلِ يَعْقُوبَ كَمَا أَتَمَّهَا عَلَى أَبَوَيْكَ مِن قَبْلُ إِبْرَاهِيمَ وَإِسْحَقَ إِنَّ رَبَّكَ عَلِيمٌ حَكِيمٌ {6}
12:6 Yaratgan Egang seni mana shu shaklda tanlab olib, senga tushlarning taʼbirini oʻrgatar, hamda Oʻz nematini otalaring Ibrohim va Isʼhoqqa tamomlab berganidek, sen va Yaʼqub oilasiga ham neʼmatini tamomlab berar ekan. Albatta, yaratgan Egang biluvchidir, toʻgʻri qaror beruvchidir.»
لَّقَدْ كَانَ فِي يُوسُفَ وَإِخْوَتِهِ آيَاتٌ لِّلسَّائِلِينَ {7}
12:7 Shubhasizki, Yusuf va akalarida soʻraguvchilarga (javob boʻladigan) oyatlar/ibratlar bor.
إِذْ قَالُواْ لَيُوسُفُ وَأَخُوهُ أَحَبُّ إِلَى أَبِينَا مِنَّا وَنَحْنُ عُصْبَةٌ إِنَّ أَبَانَا لَفِي ضَلاَلٍ مُّبِينٍ {8}
12:8 Bir kuni akalari (oʻzaro) shunday dedi: «Biz bir oila boʻlsak ham Yusuf va uning ukasi (Binyamin) otamizga bizdan koʻra sevimliroq.[1061] Albatta, otamiz aniq xatoda.
اقْتُلُواْ يُوسُفَ أَوِ اطْرَحُوهُ أَرْضًا يَخْلُ لَكُمْ وَجْهُ أَبِيكُمْ وَتَكُونُواْ مِن بَعْدِهِ قَوْمًا صَالِحِينَ {9}
12:9 Yusufni oʻldiring yoki uni biron bir yerga tashlab yuboringki, otamizning mehr-muhabbati sizda qolsin. Undan keyin (tavba qilib) yaxshi qavm boʻlib olasiz.»
قَالَ قَآئِلٌ مَّنْهُمْ لاَ تَقْتُلُواْ يُوسُفَ وَأَلْقُوهُ فِي غَيَابَةِ الْجُبِّ يَلْتَقِطْهُ بَعْضُ السَّيَّارَةِ إِن كُنتُمْ فَاعِلِينَ {10}
12:10 (Orasida gapi oʻtadigan bittasi): “Yusufni oʻldirmang, uni baʼzi yoʻlovchilar topib oladigan qilib quduq tubiga uloqtiring. Qilsangiz shunday qiling”, dedi.
قَالُواْ يَا أَبَانَا مَا لَكَ لاَ تَأْمَنَّا عَلَى يُوسُفَ وَإِنَّا لَهُ لَنَاصِحُونَ {11}
12:11 (Shu maqsadda) ular shunday dedi: «Ey ota! Sizga nima boʻlyapti, nima uchun Yusufni bizga ishonmayapsiz? Axir, biz unga jonkuyar:samimiymiz[1062].
أَرْسِلْهُ مَعَنَا غَدًا يَرْتَعْ وَيَلْعَبْ وَإِنَّا لَهُ لَحَافِظُونَ {12}
12:12 Ertaga uni biz bilan birga yuboring – yeb-ichib, oʻynab-kulsin. Biz uni albatta qoʻriqlaymiz.»
قَالَ إِنِّي لَيَحْزُنُنِي أَن تَذْهَبُواْ بِهِ وَأَخَافُ أَن يَأْكُلَهُ الذِّئْبُ وَأَنتُمْ عَنْهُ غَافِلُونَ {13}
12:13 Otasi esa: “Uni olib ketishingiz meni tashvishlantiradi. Sizlar undan bexabar boʻlib qolib, uni boʻri yeb ketishidan qoʻrqaman”, dedi.
قَالُواْ لَئِنْ أَكَلَهُ الذِّئْبُ وَنَحْنُ عُصْبَةٌ إِنَّا إِذًا لَّخَاسِرُونَ {14}
12:14 Ular: “Biz bir oila boʻla turib, agar uni boʻri yeb ketsa, unda biz xonavayron boʻlamiz-ku!” dedilar.
فَلَمَّا ذَهَبُواْ بِهِ وَأَجْمَعُواْ أَن يَجْعَلُوهُ فِي غَيَابَةِ الْجُبِّ وَأَوْحَيْنَآ إِلَيْهِ لَتُنَبِّئَنَّهُم بِأَمْرِهِمْ هَـذَا وَهُمْ لاَ يَشْعُرُونَ{15}
12:15 (Gapiga ishontirib) Yusufni olib ketishdi va hammasi bir boʻlib uni quduq tubiga tashlashga qaror berishganida, (Ey Yusuf!) “Sen ularning bu qilmishini ularga oʻzlari (seni Yusuf ekaningni) farqiga bormaydigan holda aytib berasan”, deb vahiy qildik.
وَجَاؤُواْ أَبَاهُمْ عِشَاء يَبْكُونَ {16}
12:16 Ular otasining yoniga kechasi yigʻlab kelib:
قَالُواْ يَا أَبَانَا إِنَّا ذَهَبْنَا نَسْتَبِقُ وَتَرَكْنَا يُوسُفَ عِندَ مَتَاعِنَا فَأَكَلَهُ الذِّئْبُ وَمَا أَنتَ بِمُؤْمِنٍ لِّنَا وَلَوْ كُنَّا صَادِقِينَ {17}
12:17 “Ey Otamiz! Oʻzimiz musobaqalashgani ketib qolib, Yusufni matohlarimiz yonida qoldiribmiz, shunda uni boʻri yeb ketibdi. Sizga toʻgʻrisini aytsak ham, bizga (baribir) ishonmaysiz”, dedilar.
وَجَآؤُوا عَلَى قَمِيصِهِ بِدَمٍ كَذِبٍ قَالَ بَلْ سَوَّلَتْ لَكُمْ أَنفُسُكُمْ أَمْرًا فَصَبْرٌ جَمِيلٌ وَاللّهُ الْمُسْتَعَانُ عَلَى مَا تَصِفُونَ {18}
12:18 Va Yusufning koʻylagini ustida yolgʻon qon bilan olib kelishdi. Otasi ularga: «Yoʻq (bu Yusufni qoni yemas). Nafsingiz sizlarni bir ishga[1063] undab qoʻyibdi. Endi chiroyli sabr (qilish kerak). Siz vasflayotgan (yolgʻon) ishda yordam soʻraladigan zot Allohdir», dedi.
وَجَاءتْ سَيَّارَةٌ فَأَرْسَلُواْ وَارِدَهُمْ فَأَدْلَى دَلْوَهُ قَالَ يَا بُشْرَى هَـذَا غُلاَمٌ وَأَسَرُّوهُ بِضَاعَةً وَاللّهُ عَلِيمٌ بِمَا يَعْمَلُونَ {19}
12:19 Bir karvon kelib, suvchisini (suvga) yubordi. Suvchi borib chelagini quduqqa tashladi va: “Xushxabar! Bu bir bolakay-ku!”- dedi. Ular uni tijorat moli sifatida sotib yuborish uchun yashirib qoʻydi. Alloh ular nima qilayotganini bilib turardi.
وَشَرَوْهُ بِثَمَنٍ بَخْسٍ دَرَاهِمَ مَعْدُودَةٍ وَكَانُواْ فِيهِ مِنَ الزَّاهِدِينَ {20}
12:20 Yusufni zulmga asoslangan pulga – bir qancha dirhamga sotib yuborishdi. Zotan, ular undan qutulmoqchi edi.
وَقَالَ الَّذِي اشْتَرَاهُ مِن مِّصْرَ لاِمْرَأَتِهِ أَكْرِمِي مَثْوَاهُ عَسَى أَن يَنفَعَنَا أَوْ نَتَّخِذَهُ وَلَدًا وَكَذَلِكَ مَكَّنِّا لِيُوسُفَ فِي الأَرْضِ وَلِنُعَلِّمَهُ مِن تَأْوِيلِ الأَحَادِيثِ وَاللّهُ غَالِبٌ عَلَى أَمْرِهِ وَلَـكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لاَ يَعْلَمُونَ {21}
12:21 Uni sotib olgan Misrlik kishi xotiniga: “Uni qoladigan joyini chiroyli qil, balki bizga foydasi tegib qolar, yoki oʻzimizga farzand qilib olarmiz”, dedi. Tushlarning taʼbirini oʻrgatish uchun, Yusufni u yerga mana shu shaklda joylashtirdik. Oʻz ishini amalga oshirishda Alloh gʻolibdir. Lekin, insonlarning koʻpchiligi bilmaydi.
وَلَمَّا بَلَغَ أَشُدَّهُ آتَيْنَاهُ حُكْمًا وَعِلْمًا وَكَذَلِكَ نَجْزِي الْمُحْسِنِينَ {22}
12:22 Yusuf voyaga yetganida, unga toʻgʻri hukm berish qobiliyatini hamda ilmni berdik. Biz muhsinlarni shunday mukofotlaymiz.
وَرَاوَدَتْهُ الَّتِي هُوَ فِي بَيْتِهَا عَن نَّفْسِهِ وَغَلَّقَتِ الأَبْوَابَ وَقَالَتْ هَيْتَ لَكَ قَالَ مَعَاذَ اللّهِ إِنَّهُ رَبِّي أَحْسَنَ مَثْوَايَ إِنَّهُ لاَ يُفْلِحُ الظَّالِمُونَ {23}
12:23 Yusuf turgan uyning sohibasi (Zulayxo) uni oʻziga jalb qilishga urindi, eshiklarni qulflab qoʻydi va: “Qani kel!”, dedi. Yusuf esa: “Alloh saqlasin!” Axir, u (ering meni sotib olib) meni joyimni chiroyli qilib bergan – xoʻjayinim-ku! Zolimlar najot topmaydi», dedi.
وَلَقَدْ هَمَّتْ بِهِ وَهَمَّ بِهَا لَوْلا أَن رَّأَى بُرْهَانَ رَبِّهِ كَذَلِكَ لِنَصْرِفَ عَنْهُ السُّوءَ وَالْفَحْشَاء إِنَّهُ مِنْ عِبَادِنَا الْمُخْلَصِينَ {24}
12:24 Shubhasizki, ayol unga talpindi. Agar Yusuf yaratgan Egasining ochiq hujjatini koʻrmaganida, u ham ayolga talpingan boʻlardi. Yusufdan yomonlik va fahshni uzoqlashtirish uchun mana shu shaklda (hujjat koʻrsatdik). Chunki, u Bizning tanlab olgan-xolis qullarimizdandir.
وَاسُتَبَقَا الْبَابَ وَقَدَّتْ قَمِيصَهُ مِن دُبُرٍ وَأَلْفَيَا سَيِّدَهَا لَدَى الْبَابِ قَالَتْ مَا جَزَاء مَنْ أَرَادَ بِأَهْلِكَ سُوَءًا إِلاَّ أَن يُسْجَنَ أَوْ عَذَابٌ أَلِيمٌ {25}
12:25 Ikkalasi ham eshik tomon yugurdi, ayol Yusufning koʻylagini ortidan yirtib yubordi va eshik oldida ikkalasi ham ayolning eriga duch keldi. Shunda ayol (eriga qarab): “Oilangga yomonlik qilmoqchi boʻlganning jazosi nima? Zindonga tashlanish yoki alamli qiynoqqa tashlanish emasmi?”- dedi.
قَالَ هِيَ رَاوَدَتْنِي عَن نَّفْسِي وَشَهِدَ شَاهِدٌ مِّنْ أَهْلِهَا إِن كَانَ قَمِيصُهُ قُدَّ مِن قُبُلٍ فَصَدَقَتْ وَهُوَ مِنَ الكَاذِبِينَ {26}
12:26 Yusuf esa: “Meni u oʻziga jalb qilmoqchi boʻldi”, dedi. Ayolning oilasidan boʻlgan ilmli biri shunday guvohlik berdi: «Agar Yusufning koʻylagi old tarafidan yirtilgan boʻlsa, ayol toʻgʻri aytgan boʻladi va u yolgʻonchilardan (boʻladi).
وَإِنْ كَانَ قَمِيصُهُ قُدَّ مِن دُبُرٍ فَكَذَبَتْ وَهُوَ مِن الصَّادِقِينَ {27}
12:27 Agar Yusufning koʻylagi orqa tarafidan yirtilgan boʻlsa, ayol yolgʻon gapirgan boʻlib, Yusuf rostgoʻylardan (boʻladi).»
فَلَمَّا رَأَى قَمِيصَهُ قُدَّ مِن دُبُرٍ قَالَ إِنَّهُ مِن كَيْدِكُنَّ إِنَّ كَيْدَكُنَّ عَظِيمٌ {28}
12:28 Ayolning eri koʻylak orqa tarafidan yirtilganini koʻrib shunday dedi: «(Ey ayollar!) Bu sizlarning xiylalaringizdan biridir. Chunki, sizlarning xiylangiz koʻp.
يُوسُفُ أَعْرِضْ عَنْ هَـذَا وَاسْتَغْفِرِي لِذَنبِكِ إِنَّكِ كُنتِ مِنَ الْخَاطِئِينَ {29}
12:29 Ey Yusuf! Bu ishni unut. (Ey xotin!) Sen gunohing uchun kechirim soʻra. Chunki, sen xatokorlardan boʻlding.»
وَقَالَ نِسْوَةٌ فِي الْمَدِينَةِ امْرَأَةُ الْعَزِيزِ تُرَاوِدُ فَتَاهَا عَن نَّفْسِهِ قَدْ شَغَفَهَا حُبًّا إِنَّا لَنَرَاهَا فِي ضَلاَلٍ مُّبِينٍ {30}
12:30 Shaharda bir necha ayollar: “Vazirning ayoli oʻz qulini oʻziga jalb qilishga urinibdi. Muhabbat yuragidan urib qoʻyibdi. Biz uni ochiq adashgan deb bilamiz”, dedilar.
فَلَمَّا سَمِعَتْ بِمَكْرِهِنَّ أَرْسَلَتْ إِلَيْهِنَّ وَأَعْتَدَتْ لَهُنَّ مُتَّكَأً وَآتَتْ كُلَّ وَاحِدَةٍ مِّنْهُنَّ سِكِّينًا وَقَالَتِ اخْرُجْ عَلَيْهِنَّ فَلَمَّا رَأَيْنَهُ أَكْبَرْنَهُ وَقَطَّعْنَ أَيْدِيَهُنَّ وَقُلْنَ حَاشَ لِلّهِ مَا هَـذَا بَشَرًا إِنْ هَـذَا إِلاَّ مَلَكٌ كَرِيمٌ
12:31 Vazirning xotini ayollarning gap-soʻzlarini eshitib, ularga elchi yubordi. Ular uchun oʻrindiq tayyorlatdi. Har biriga bittadan pichoq berdi. Shu asnoda (Yusufga) “Ularning yoniga chiq!”, dedi. Ayollar Yusufni koʻrganida unga mahliyo boʻlib, qoʻllarini kesib olishdi. Va: “Ey pok Alloh! Axir bu bashar-oddiy inson emas. Bu mukarram bir malak-ku!”- dedilar.
قَالَتْ فَذَلِكُنَّ الَّذِي لُمْتُنَّنِي فِيهِ وَلَقَدْ رَاوَدتُّهُ عَن نَّفْسِهِ فَاسَتَعْصَمَ وَلَئِن لَّمْ يَفْعَلْ مَا آمُرُهُ لَيُسْجَنَنَّ وَلَيَكُونًا مِّنَ الصَّاغِرِينَ {32}
12:32 (Zulayho) shunday dedi: “Sizlar u haqida meni malomat qilgan yigit mana shu boʻladi. Uni oʻzimga jalb qilishga urindim, lekin u oʻzini saqladi. Agar endi buyrugʻimni bajarmasa, aniq zindonga tashlanadi va xorlanganlardan boʻladi.”
قَالَ رَبِّ السِّجْنُ أَحَبُّ إِلَيَّ مِمَّا يَدْعُونَنِي إِلَيْهِ وَإِلاَّ تَصْرِفْ عَنِّي كَيْدَهُنَّ أَصْبُ إِلَيْهِنَّ وَأَكُن مِّنَ الْجَاهِلِينَ {33}
12:33 Yusuf aytdiki: “Ey yaratgan Egam! Bular chorlayotgan narsadan koʻra men uchun zindon afzal. U (ayol)larning makrini mendan nari qilmasang, ularga moyil boʻlib, johillardan boʻlib qolaman.”
فَاسْتَجَابَ لَهُ رَبُّهُ فَصَرَفَ عَنْهُ كَيْدَهُنَّ إِنَّهُ هُوَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ {34}
12:34 Robbi uning duosini qabul qilib, ayollarning makrini undan bartaraf qildi. Chunki, U eshitadi, biladi.
ثُمَّ بَدَا لَهُم مِّن بَعْدِ مَا رَأَوُاْ الآيَاتِ لَيَسْجُنُنَّهُ حَتَّى حِينٍ {35}
12:35 Dalillarni koʻrganidan keyin, ularga (vazir va uning odamlariga) Yusufni bir muddat qamab qoʻyish fikri keldi.
وَدَخَلَ مَعَهُ السِّجْنَ فَتَيَانَ قَالَ أَحَدُهُمَآ إِنِّي أَرَانِي أَعْصِرُ خَمْرًا وَقَالَ الآخَرُ إِنِّي أَرَانِي أَحْمِلُ فَوْقَ رَأْسِي خُبْزًا تَأْكُلُ الطَّيْرُ مِنْهُ نَبِّئْنَا بِتَأْوِيلِهِ إِنَّا نَرَاكَ مِنَ الْمُحْسِنِينَ {36}
12:36 Zindonga Yusuf bilan birga ikkita yigit ham kirgan edi. Ulardan biri: “Men tushimda oʻzimni sarxush qiluvchi ichimlik quyayotganimni koʻrdim”, dedi. Yana biri: “Men tushimda boshimda non koʻtarib turganimni, undan qushlar yeyotganini koʻrdim. (Ey Yusuf!) Bizga buning taʼbirini aytib ber. Koʻryapmizki, sen yaxshilik qiluvchi-muhsinlardansan”, dedilar.
قَالَ لاَ يَأْتِيكُمَا طَعَامٌ تُرْزَقَانِهِ إِلاَّ نَبَّأْتُكُمَا بِتَأْوِيلِهِ قَبْلَ أَن يَأْتِيكُمَا ذَلِكُمَا مِمَّا عَلَّمَنِي رَبِّي إِنِّي تَرَكْتُ مِلَّةَ قَوْمٍ لاَّ يُؤْمِنُونَ بِاللّهِ وَهُم بِالآخِرَةِ هُمْ كَافِرُونَ {37}
12:37 U shunday dedi: «Ikkalangizga beriladigan ovqat kelmasidan oldin men sizga uning taʼvilini aytib beraman. Bu – robbimning menga bergan ilmidandir. Chunki, men Allohga ishonmaydigan va oxiratni tan olmaydigan qavmning dinini tark qildim.
وَاتَّبَعْتُ مِلَّةَ آبَآئِـي إِبْرَاهِيمَ وَإِسْحَقَ وَيَعْقُوبَ مَا كَانَ لَنَا أَن نُّشْرِكَ بِاللّهِ مِن شَيْءٍ ذَلِكَ مِن فَضْلِ اللّهِ عَلَيْنَا وَعَلَى النَّاسِ وَلَـكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لاَ يَشْكُرُونَ {38}
12:38 Otalarim Ibrohim, Isʼhoq va Yaʼqubning diniga ergashdim. Biror narsani Allohga sherik qilishga bizni aslo haqqimiz yoʻq. Mana shu eʼtiqod – bizga va barcha insonlarga nisbatan Allohning oliyjanobligidir. Lekin, insonlarning koʻpi shukr qilmaydi/qadriga yetmaydi.
يَا صَاحِبَيِ السِّجْنِ أَأَرْبَابٌ مُّتَفَرِّقُونَ خَيْرٌ أَمِ اللّهُ الْوَاحِدُ الْقَهَّارُ {39}
12:39 Ey zindondagi doʻstlarim! Turli-tuman (soxta) robblar yaxshimi, yoki cheksiz qudratli yagona Allohmi?
مَا تَعْبُدُونَ مِن دُونِهِ إِلاَّ أَسْمَاء سَمَّيْتُمُوهَا أَنتُمْ وَآبَآؤُكُم مَّا أَنزَلَ اللّهُ بِهَا مِن سُلْطَانٍ إِنِ الْحُكْمُ إِلاَّ لِلّهِ أَمَرَ أَلاَّ تَعْبُدُواْ إِلاَّ إِيَّاهُ ذَلِكَ الدِّينُ الْقَيِّمُ وَلَـكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لاَ يَعْلَمُونَ {40}
12:40 Alloh ila orangizga qoʻyib sigʻinayotganlaringiz faqatgina siz va ota-bobolaringiz nomlab olgan ismlar, xolos. Alloh u haqida hech qanday dalil tushirmagan. Hukm qilish faqat Allohga tegishli. Alloh sizlarni faqat Uning Oʻziga sigʻinishga buyurgan. Mana shu toʻgʻri din. Lekin, insonlarning koʻpchiligi bilmaydi[1064].
يَا صَاحِبَيِ السِّجْنِ أَمَّا أَحَدُكُمَا فَيَسْقِي رَبَّهُ خَمْرًا وَأَمَّا الآخَرُ فَيُصْلَبُ فَتَأْكُلُ الطَّيْرُ مِن رَّأْسِهِ قُضِيَ الأَمْرُ الَّذِي فِيهِ تَسْتَفْتِيَانِ {41}
12:41 Ey zindondagi doʻstlarim! Bittangiz xoʻjayiningizga sharop quyib beradi, yana biringiz dorga osiladi va qushlar uning boshidan yeydi. Sizlar soʻragan ishi bitdi (dedi Yusuf).
وَقَالَ لِلَّذِي ظَنَّ أَنَّهُ نَاجٍ مِّنْهُمَا اذْكُرْنِي عِندَ رَبِّكَ فَأَنسَاهُ الشَّيْطَانُ ذِكْرَ رَبِّهِ فَلَبِثَ فِي السِّجْنِ بِضْعَ سِنِينَ{42}
12:41 U ikkalasidan qutilib qolishini bilgan xamxonasiga: “Xoʻjayining yonida men haqimda gapir” dedi (Yusuf). Lekin, shayton/yovuz tuygʻu unga xoʻjayini oldida (Yusuf haqida) gapirishni unuttirib yubordi. Natijada, Yusuf zindonda yana bir necha yil qolib ketdi.
وَقَالَ الْمَلِكُ إِنِّي أَرَى سَبْعَ بَقَرَاتٍ سِمَانٍ يَأْكُلُهُنَّ سَبْعٌ عِجَافٌ وَسَبْعَ سُنبُلاَتٍ خُضْرٍ وَأُخَرَ يَابِسَاتٍ يَا أَيُّهَا الْمَلأُ أَفْتُونِي فِي رُؤْيَايَ إِن كُنتُمْ لِلرُّؤْيَا تَعْبُرُونَ {43}
12:43 (Bir kuni podshoh): “Men tushimda yettita semiz sigir koʻrdim. Ularni boshqa yettita ozgʻin sigir yeb yubordi. Yettita yashil boshoq va boshqa yettita quruq boshok ham koʻrdim. Ey ayonlar! Agar tushni taʼbir qilolsangiz, meni tushim haqida javob bering”, dedi.
قَالُواْ أَضْغَاثُ أَحْلاَمٍ وَمَا نَحْنُ بِتَأْوِيلِ الأَحْلاَمِ بِعَالِمِينَ {44}
12:44 Ayonlar esa: “Bular algʻov-dalgʻov tushlar. Biz bunday tushlarning taʼbirini bilmaymiz”, dedi.
وَقَالَ الَّذِي نَجَا مِنْهُمَا وَادَّكَرَ بَعْدَ أُمَّةٍ أَنَاْ أُنَبِّئُكُم بِتَأْوِيلِهِ فَأَرْسِلُونِ {45}
12:45 (Qamoqdagi) ikki kishidan qutulib qolgani uzun muddatdan keyin Yusufni eslab: “Men sizlarga u tushning taʼbirini aytib beraman, meni darxol (zindonga) yuboring”, dedi.
يُوسُفُ أَيُّهَا الصِّدِّيقُ أَفْتِنَا فِي سَبْعِ بَقَرَاتٍ سِمَانٍ يَأْكُلُهُنَّ سَبْعٌ عِجَافٌ وَسَبْعِ سُنبُلاَتٍ خُضْرٍ وَأُخَرَ يَابِسَاتٍ لَّعَلِّي أَرْجِعُ إِلَى النَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَعْلَمُونَ {46}
12:46 (Zindonga borib): “Ey Yusuf! Ey rostgoʻy inson! Yettita semiz sigirni yetti ozgʻin sigir yeyotganini, hamda yettita yashil boshoq va quruq boshoqlar haqida (tush taʼbirini) yechimini aytib ber. Balki, kerakli insonlarga (toʻgʻri taʼbir bilan) qaytsam, shunda (seni qadringni) bilishar”, dedi.
قَالَ تَزْرَعُونَ سَبْعَ سِنِينَ دَأَبًا فَمَا حَصَدتُّمْ فَذَرُوهُ فِي سُنبُلِهِ إِلاَّ قَلِيلاً مِّمَّا تَأْكُلُونَ {47}
12:47 Yusuf shunday dedi: «Odatdagidek yetti yil ekin-tikin qilib, keyin oʻzingiz yeydigandan tashqari barcha hosilni boshogʻida qoldiring.
ثُمَّ يَأْتِي مِن بَعْدِ ذَلِكَ سَبْعٌ شِدَادٌ يَأْكُلْنَ مَا قَدَّمْتُمْ لَهُنَّ إِلاَّ قَلِيلاً مِّمَّا تُحْصِنُونَ {48}
12:48 Undan keyin qattiq yetti (yil qahatchilik) kelib, gʻamlagan zaxirangizni yeb ketadi. Yiqqaningizdan ozginasi qoladi, xolos.
ثُمَّ يَأْتِي مِن بَعْدِ ذَلِكَ عَامٌ فِيهِ يُغَاثُ النَّاسُ وَفِيهِ يَعْصِرُونَ {49}
12:49 Ana shundan keyin, insonlar (barakatli) yogʻingarchilikka erishadigan yil keladi va insonlar oʻsha yili (mahsulotlarning suv va yogʻlarini) siqib chiqaradi» (dedi Yusuf).
وَقَالَ الْمَلِكُ ائْتُونِي بِهِ فَلَمَّا جَاءهُ الرَّسُولُ قَالَ ارْجِعْ إِلَى رَبِّكَ فَاسْأَلْهُ مَا بَالُ النِّسْوَةِ اللاَّتِي قَطَّعْنَ أَيْدِيَهُنَّ إِنَّ رَبِّي بِكَيْدِهِنَّ عَلِيمٌ {50}
12:50 (Buni eshitgan) podshoh: “Yusufni yonimga keltiring”, dedi. (Saroydan yuborilgan) elchi Yusufning yoniga kelganida, Yusuf shunday dedi: “Xoʻjayiningga qaytib borib, qoʻllarini kesib olgan ayollarning ahvollarini soʻra. Albatta, yaratgan Egam u ayollarning xiylalarini biladi.”
قَالَ مَا خَطْبُكُنَّ إِذْ رَاوَدتُّنَّ يُوسُفَ عَن نَّفْسِهِ قُلْنَ حَاشَ لِلّهِ مَا عَلِمْنَا عَلَيْهِ مِن سُوءٍ قَالَتِ امْرَأَةُ الْعَزِيزِ الآنَ حَصْحَصَ الْحَقُّ أَنَاْ رَاوَدتُّهُ عَن نَّفْسِهِ وَإِنَّهُ لَمِنَ الصَّادِقِينَ {51}
12:51 (Bu xabar yetib kelib) Podshoh (ayollarni yigʻib): “Yusufni oʻzingizga jalb qilmoqchi boʻlganingizda undan nima xohlagansiz?”- deganida, “Alloh saqlasin! Biz unda hech qanday yomonlik bilmadik”, dedi ayollar. (Shunda) vazirning xotini: “Mana endi haqiqat oʻrtaga chiqdi. Uni men oʻzimga jalb qilmoqchi boʻlganman. Albatta, u rostgoʻylardandir”, dedi.
ذَلِكَ لِيَعْلَمَ أَنِّي لَمْ أَخُنْهُ بِالْغَيْبِ وَأَنَّ اللّهَ لاَ يَهْدِي كَيْدَ الْخَائِنِينَ {52}
12:52 Yusuf (elchiga yana shunday) dedi: «Zindondan shuning uchun chiqmadimki, yoʻqligida unga xiyonat qilmaganimni vazir bilib qoʻysin. Alloh xoinlarning xiylasini muvaffaqiyatli qilmaydi.
وَمَا أُبَرِّئُ نَفْسِي إِنَّ النَّفْسَ لأَمَّارَةٌ بِالسُّوءِ إِلاَّ مَا رَحِمَ رَبِّيَ إِنَّ رَبِّي غَفُورٌ رَّحِيمٌ {53}
12:53 Men oʻz nafsimni oqlamayman. Chunki, agar yaratgan Egam rahm qilmasa, nafs yomonlikka buyurib turadi. Albatta, yaratgan Egam kechirimli va mehribondir.»
وَقَالَ الْمَلِكُ ائْتُونِي بِهِ أَسْتَخْلِصْهُ لِنَفْسِي فَلَمَّا كَلَّمَهُ قَالَ إِنَّكَ الْيَوْمَ لَدَيْنَا مِكِينٌ أَمِينٌ {54}
12:54 “Uni huzurimga keltiring – men uni oʻzimga xos odamim qilib olaman”, dedi podshoh. Keyin, Yusuf bilan gaplashib: “Bugundan eʼtiboran sen bizni yonimizdagi yuqori martabalik va ishonchli odamimizsan”, dedi.
قَالَ اجْعَلْنِي عَلَى خَزَ آئِنِ الأَرْضِ إِنِّي حَفِيظٌ عَلِيمٌ {55}
12:55 (Shunda) u: “Meni bu yurtning xazinalarini boshqarish vazifasiga tayinla. Chunki, men (zaxirani) yaxshi saqlaydigan va (u ishni yaxshi) biladigan kishiman”, dedi.
وَكَذَلِكَ مَكَّنِّا لِيُوسُفَ فِي الأَرْضِ يَتَبَوَّأُ مِنْهَا حَيْثُ يَشَاء نُصِيبُ بِرَحْمَتِنَا مَن نَّشَاء وَلاَ نُضِيعُ أَجْرَ الْمُحْسِنِينَ {56}
12:56 Yusufga u yerda (ish boshqarishga) mana shu shaklda imkoniyat berdik. U yurtni oʻzi xohlaganidek tasarruf qiladi[1065]. Biz marhamatimizni Oʻzimiz munosib bilganga nasib qilamiz va chiroyli ish qiluvchi-muhsinlarning ajrini zoye qilmaymiz.
وَلَأَجْرُ الآخِرَةِ خَيْرٌ لِّلَّذِينَ آمَنُواْ وَكَانُواْ يَتَّقُونَ {57}
12:57 Haqiqatda, imon keltirgan va javobgarlikni his qilganlar uchun oxiratdagi ajr-mukofot yaxshiroqdir.
وَجَاء إِخْوَةُ يُوسُفَ فَدَخَلُواْ عَلَيْهِ فَعَرَفَهُمْ وَهُمْ لَهُ مُنكِرُونَ{58}
12:58 Yusufning aka-ukalari kelib, uning yoniga kirishdi. U ularni tanidi, ular esa Yusufni tanimadi.
وَلَمَّا جَهَّزَهُم بِجَهَازِهِمْ قَالَ ائْتُونِي بِأَخٍ لَّكُم مِّنْ أَبِيكُمْ أَلاَ تَرَوْنَ أَنِّي أُوفِي الْكَيْلَ وَأَنَاْ خَيْرُ الْمُنزِلِينَ {59}
12:59 Akalarining yuklarini yuklattirib berib shunday dedi: «(Kelasi safar) ota bir ukangizni ham olib kelinglar (unga ham beraman). Koʻrmayapsizlarmi? Men oʻlchovni toʻliq qilib beraman va men mehmon qiluvchilarning eng yaxshisiman.
فَإِن لَّمْ تَأْتُونِي بِهِ فَلاَ كَيْلَ لَكُمْ عِندِي وَلاَ تَقْرَبُونِ {60}
12:60 Agar uni menga olib kelmasanglar, menda siz uchun hech qanday oʻlchanadigan (mahsulot) yoʻq, yonimga yaqinlashmanglar» (dedi Yusuf).
قَالُواْ سَنُرَاوِدُ عَنْهُ أَبَاهُ وَإِنَّا لَفَاعِلُونَ {61}
12:61 Akalari: “Biz uni olib kelish uchun otasini koʻndiramiz. Biz bu ishni albatta bajaramiz”, dedi.
وَقَالَ لِفِتْيَانِهِ اجْعَلُواْ بِضَاعَتَهُمْ فِي رِحَالِهِمْ لَعَلَّهُمْ يَعْرِفُونَهَا إِذَا انقَلَبُواْ إِلَى أَهْلِهِمْ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ {62}
12:62 U (xizmatchi) yigitlariga shunday dedi: “Toʻlaydigan sarmoyalarini yukiga joylab qoʻying. Balki, oilasiga qaytib borganida, sarmoyasini tanib (mahsulotlarni tekinga olganini anglab) yana qaytib kelishar.”
فَلَمَّا رَجِعُوا إِلَى أَبِيهِمْ قَالُواْ يَا أَبَانَا مُنِعَ مِنَّا الْكَيْلُ فَأَرْسِلْ مَعَنَا أَخَانَا نَكْتَلْ وَإِنَّا لَهُ لَحَافِظُونَ {63}
12:63 Otalarini yoniga qaytganida: “Ey otamiz! Bizga (oziq-ovqat mahsulotlarini) oʻlchovi taqiqlab qoʻyildi. (Bu safar) ukamizni ham biz bilan birga yubor. Shunda (yana mahsulot) oʻlchatib olamiz. Biz uni albatta muhofaza qilamiz”, dedilar.
قَالَ هَلْ آمَنُكُمْ عَلَيْهِ إِلاَّ كَمَا أَمِنتُكُمْ عَلَى أَخِيهِ مِن قَبْلُ فَاللّهُ خَيْرٌ حَافِظًا وَهُوَ أَرْحَمُ الرَّاحِمِينَ {64}
12:64 Yaʼqub aytdiki: “U haqida sizlarga ishonmayman. Ishonsam ham ilgari uning akasi haqida ishonganimdek boʻladi. Eng yaxshi saqlaguvchi Allohdir. U rahmlilarning eng rahmligidir”, dedi[1066].
وَلَمَّا فَتَحُواْ مَتَاعَهُمْ وَجَدُواْ بِضَاعَتَهُمْ رُدَّتْ إِلَيْهِمْ قَالُواْ يَا أَبَانَا مَا نَبْغِي هَـذِهِ بِضَاعَتُنَا رُدَّتْ إِلَيْنَا وَنَمِيرُ أَهْلَنَا وَنَحْفَظُ أَخَانَا وَنَزْدَادُ كَيْلَ بَعِيرٍ ذَلِكَ كَيْلٌ يَسِيرٌ {65}
12:65 Yuklarini ochishganida, sarmoyalari oʻzlariga qaytarib berilganini koʻrib shunday dedilar: “Ey otamiz! Yana nima xohlaymiz (ulardan)? Bu oʻzimizni sarmoyamiz-ku! U oʻzimizga qaytib berilibdi. (Bizga ruxsat bering) Oilamizga yegulik olib kelamiz, ukamizni ham muhofaza qilamiz va bitta tuya ortiqcha oziq-ovqat keltiramiz. Bu (safar berilgan) ozgina oʻlchov.”
قَالَ لَنْ أُرْسِلَهُ مَعَكُمْ حَتَّى تُؤْتُونِ مَوْثِقًا مِّنَ اللّهِ لَتَأْتُنَّنِي بِهِ إِلاَّ أَن يُحَاطَ بِكُمْ فَلَمَّا آتَوْهُ مَوْثِقَهُمْ قَالَ اللّهُ عَلَى مَا نَقُولُ وَكِيلٌ {66}
12:66 Yaʼqub shunday dedi: “Hammangizni qurshab olgan bir falokat yuz bermaseyla, Binyaminni menga qaytarib olib kelishingiz haqida Nomidan qatʼiy soʻz bermaguningizcha uni siz bilan yubormayman.” Shunda ular Allohga ahd berishganida, “Gapirayotgan gapimizga Alloh vakildir”, dedi u.
وَقَالَ يَا بَنِيَّ لاَ تَدْخُلُواْ مِن بَابٍ وَاحِدٍ وَادْخُلُواْ مِنْ أَبْوَابٍ مُّتَفَرِّقَةٍ وَمَا أُغْنِي عَنكُم مِّنَ اللّهِ مِن شَيْءٍ إِنِ الْحُكْمُ إِلاَّ لِلّهِ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَعَلَيْهِ فَلْيَتَوَكَّلِ الْمُتَوَكِّلُونَ {67}
12:67 (U yana) aytdiki: “Ey Oʻgʻillarim! U yerga bitta darvozadan kirmang, farqli darvozalardan kiring. Allohdan keladigan hech narsani men sizdan daf etolmayman. Hukm qilish faqat Allohga xos. Men Unga suyanib-tayandim. Oʻzini ishonib topshirmoqchi boʻlganlar (ham) Unga suyanib-tayansin.”
وَلَمَّا دَخَلُواْ مِنْ حَيْثُ أَمَرَهُمْ أَبُوهُم مَّا كَانَ يُغْنِي عَنْهُم مِّنَ اللّهِ مِن شَيْءٍ إِلاَّ حَاجَةً فِي نَفْسِ يَعْقُوبَ قَضَاهَا وَإِنَّهُ لَذُو عِلْمٍ لِّمَا عَلَّمْنَاهُ وَلَـكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لاَ يَعْلَمُونَ {68}
12:68 Ular otalari buyurgan yerdan kirishganida, Yaʼqub Allohdan keladigan narsani bolalaridan daf etolmasa-da, oʻz orzusini amalga oshirgan boʻldi, xolos. U haqiqatda ilm egasi edi. Chunki, unga Biz ilm berganmiz. Lekin, insonlarning koʻpi bilmaydi.
وَلَمَّا دَخَلُواْ عَلَى يُوسُفَ آوَى إِلَيْهِ أَخَاهُ قَالَ إِنِّي أَنَاْ أَخُوكَ فَلاَ تَبْتَئِسْ بِمَا كَانُواْ يَعْمَلُونَ {69}
12:69 Ular Yusufning yoniga kirishganida, Yusuf oʻz ukasini bagʻriga bosib: “Men sening akangman. Ularning qilmishlariga qaygʻurma”, dedi.
فَلَمَّا جَهَّزَهُم بِجَهَازِهِمْ جَعَلَ السِّقَايَةَ فِي رَحْلِ أَخِيهِ ثُمَّ أَذَّنَ مُؤَذِّنٌ أَيَّتُهَا الْعِيرُ إِنَّكُمْ لَسَارِقُونَ {70}
12:70 Yusuf akalarining yuklarini yuklattirib, oʻzining suv idishini ukasi (Binyamin)ning yukiga joylattirib qoʻydi. Keyin, bir jarchi: Ey karvondagilar! Sizlar oʻgʻri ekansiz», deb jar soldi.
قَالُواْ وَأَقْبَلُواْ عَلَيْهِم مَّاذَا تَفْقِدُونَ {71}
12:71 Karvondagilar ularga qarab: “Nimani yoʻqotdinglar?”- dedi.
قَالُواْ نَفْقِدُ صُوَاعَ الْمَلِكِ وَلِمَن جَاء بِهِ حِمْلُ بَعِيرٍ وَأَنَاْ بِهِ زَعِيمٌ {72}
12:72 (Vazifadagilardan biri): “Podshohning idishini yoʻqotdik. Uni olib kelgan kishiga bir tuya yuk mukofot bor. Men bunga kafilman”, dedi.
قَالُواْ تَاللّهِ لَقَدْ عَلِمْتُم مَّا جِئْنَا لِنُفْسِدَ فِي الأَرْضِ وَمَا كُنَّا سَارِقِينَ {73}
12:73 Ular: “Allohga qasam! Biz bu yerda buzgʻunchilik qilish uchun kelmaganimizni aniq bilasizlar. Biz oʻgʻri emasmiz”, dedilar.
قَالُواْ فَمَا جَزَآؤُهُ إِن كُنتُمْ كَاذِبِينَ {74}
12:74 (Vazifadagilar) aytdiki: (Oʻgʻri orangizda boʻlib) sizlar yolgʻon gapirayotgan boʻlsangiz, u (oʻgʻri)ning jazosi qanday boʻladi?», dedi.
قَالُواْ جَزَآؤُهُ مَن وُجِدَ فِي رَحْلِهِ فَهُوَ جَزَاؤُهُ كَذَلِكَ نَجْزِي الظَّالِمِينَ {75}
12:75 Ular: «Uning jazosi shu – (oʻgʻirlangan narsa) kimning yukidan chiqsa, u uning jazosidir[1067]. Biz haqsizlik qiluvchilarni mana shunday jazolaymiz?, dedilar.
فَبَدَأَ بِأَوْعِيَتِهِمْ قَبْلَ وِعَاء أَخِيهِ ثُمَّ اسْتَخْرَجَهَا مِن وِعَاء أَخِيهِ كَذَلِكَ كِدْنَا لِيُوسُفَ مَا كَانَ لِيَأْخُذَ أَخَاهُ فِي دِينِ الْمَلِكِ إِلاَّ أَن يَشَاء اللّهُ نَرْفَعُ دَرَجَاتٍ مِّن نَّشَاء وَفَوْقَ كُلِّ ذِي عِلْمٍ عَلِيمٌ {76}
12:76 Shunda Yusuf ukasining yukidan oldin akalarining yukini (tekshirishni) boshladi. Keyin idishni ukasining yukidan chiqartirdi. Biz Yusufga mana shunday reja tuzdirdik. Alloh shunday qilmasa, podshohning qonuniga koʻra Yusuf ukasini olib qololmas edi. Biz munosib bilgan qullarimizni darajasini yuksaltiramiz. Har bir bilimdon ustida yanada yaxshi biladigan bor.
قَالُواْ إِن يَسْرِقْ فَقَدْ سَرَقَ أَخٌ لَّهُ مِن قَبْلُ فَأَسَرَّهَا يُوسُفُ فِي نَفْسِهِ وَلَمْ يُبْدِهَا لَهُمْ قَالَ أَنتُمْ شَرٌّ مَّكَانًا وَاللّهُ أَعْلَمْ بِمَا تَصِفُونَ {77}
12:77 (Yusufning akalari): “Agar bu oʻgʻrilik qilgan boʻlsa, bundan oldin uning akasi ham oʻgʻrilik qilgan”, dedi. Yusuf buni ichiga yutib, ichidagini akalariga bildirmay, (ichida): “Oʻzingiz eng yomon martabadasizlar. Siz vasflab aytayotgan narsaning aslini Alloh yaxshi biladi”, dedi.
قَالُواْ يَا أَيُّهَا الْعَزِيزُ إِنَّ لَهُ أَبًا شَيْخًا كَبِيرًا فَخُذْ أَحَدَنَا مَكَانَهُ إِنَّا نَرَاكَ مِنَ الْمُحْسِنِينَ {78}
12:78 (Akalari yana): “Ey Vazir janoblari! Uni yoshi ulugʻ keksa otasi bor. Shuning uchun, uni oʻrniga bizdan birortamizni olib qol. Koʻryapmizki, sen yaxshilik qiluvchi-muhsinlardan ekansan”, dedilar.
قَالَ مَعَاذَ اللّهِ أَن نَّأْخُذَ إِلاَّ مَن وَجَدْنَا مَتَاعَنَا عِندَهُ إِنَّـآ إِذًا لَّظَالِمُونَ {79}
12:79 Yusuf aytdiki: “Alloh saqlasin! Narsamizni kimning yukidan topgan boʻlsak, biz faqat oʻshani olib qolamiz. Aks holda, haqsizlik qiluvchi-zolimlardan boʻlib qolamiz”, dedi.
فَلَمَّا اسْتَيْأَسُواْ مِنْهُ خَلَصُواْ نَجِيًّا قَالَ كَبِيرُهُمْ أَلَمْ تَعْلَمُواْ أَنَّ أَبَاكُمْ قَدْ أَخَذَ عَلَيْكُم مَّوْثِقًا مِّنَ اللّهِ وَمِن قَبْلُ مَا فَرَّطتُمْ فِي يُوسُفَ فَلَنْ أَبْرَحَ الأَرْضَ حَتَّىَ يَأْذَنَ لِي أَبِي أَوْ يَحْكُمَ اللّهُ لِي وَهُوَ خَيْرُ الْحَاكِمِينَ {80}
12:80 Yusufdan umidi uzilganida, (oʻzaro) maslahat qilish uchun bir chetga chiqib, ularning kattasi shunday dedi: «Sizlardan otangiz Nomidan qatʼiy soʻz olganini va bundan oldin Yusuf haqida ham zulm-u sitam qilganingizni bilmay qoldingizmi? Shuning uchun, to otamning izni yoki Alloh menga hukm qilmaguncha bu yerdan aslo ayrilmayman. Eng yaxshi qarorni U beradi.
ارْجِعُواْ إِلَى أَبِيكُمْ فَقُولُواْ يَا أَبَانَا إِنَّ ابْنَكَ سَرَقَ وَمَا شَهِدْنَا إِلاَّ بِمَا عَلِمْنَا وَمَا كُنَّا لِلْغَيْبِ حَافِظِينَ {81}
12:81 Otamizga qaytib borib shunday denglar: «Ey otamiz! Oʻgʻlingiz oʻgʻrilik qildi. Biz faqat bilganimizga guvohlik berdik. Biz gʻaybni[1068] bilmaganmiz.
وَاسْأَلِ الْقَرْيَةَ الَّتِي كُنَّا فِيهَا وَالْعِيْرَ الَّتِي أَقْبَلْنَا فِيهَا وَإِنَّا لَصَادِقُونَ {82}
12:82 Biz turgan shahar aholisidan va birga qaytgan karvondan ham soʻrang – biz albatta rost gapiryapmiz.»
قَالَ بَلْ سَوَّلَتْ لَكُمْ أَنفُسُكُمْ أَمْرًا فَصَبْرٌ جَمِيلٌ عَسَى اللّهُ أَن يَأْتِيَنِي بِهِمْ جَمِيعًا إِنَّهُ هُوَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ {83}
12:83 (Bu gaplarni otasiga aytganida, u): “Yoʻq! Aksincha, nafsingiz sizlarni yana bir ishga undab qoʻyibdi. Endi chiroyli sabr-bardosh (qilishim kerak). Balki Alloh ularni menga birgalikda keltirib berar. Albatta, U bilib turadi, toʻgʻri qaror beradi”, dedi.
وَتَوَلَّى عَنْهُمْ وَقَالَ يَا أَسَفَى عَلَى يُوسُفَ وَابْيَضَّتْ عَيْنَاهُ مِنَ الْحُزْنِ فَهُوَ كَظِيمٌ {84}
12:84 Va ulardan yuz oʻgirib: “Oh Yusufga chekkan hasratim!”- deb faryod qildi va qaygʻudan ikki koʻziga oq tushdi. Shu bilan u alam-achchigʻini ichiga yutdi.
قَالُواْ تَالله تَفْتَأُ تَذْكُرُ يُوسُفَ حَتَّى تَكُونَ حَرَضًا أَوْ تَكُونَ مِنَ الْهَالِكِينَ {85}
12:85 Ular: “Allohga qasamki, Yusufni eslayverib oxiri yo hasratdan juda zaiflashib ketasiz yoki halok boʻlasiz”, dedilar.
قَالَ إِنَّمَا أَشْكُو بَثِّي وَحُزْنِي إِلَى اللّهِ وَأَعْلَمُ مِنَ اللّهِ مَا لاَ تَعْلَمُونَ {86}
12:86 Yaʼqub aytdiki: «Men bu qattiq alamimni va qaygʻu hasratimni Allohga aytaman. Alloh tarafidan siz bilmagan narsalarni bilaman.
يَا بَنِيَّ اذْهَبُواْ فَتَحَسَّسُواْ مِن يُوسُفَ وَأَخِيهِ وَلاَ تَيْأَسُواْ مِن رَّوْحِ اللّهِ إِنَّهُ لاَ يَيْأَسُ مِن رَّوْحِ اللّهِ إِلاَّ الْقَوْمُ الْكَافِرُون {87}
12:87 Ey oʻgʻillarim! Boringlar, Yusuf va ukasi haqida xabar yigʻing. Allohning rahmatidan-madadidan umid uzmang. Chunki, Allohning rahmatidan-madadidan faqat (Unga ishonmagan) kofir kishilar umidsiz boʻladi.
فَلَمَّا دَخَلُواْ عَلَيْهِ قَالُواْ يَا أَيُّهَا الْعَزِيزُ مَسَّنَا وَأَهْلَنَا الضُّرُّ وَجِئْنَا بِبِضَاعَةٍ مُّزْجَاةٍ فَأَوْفِ لَنَا الْكَيْلَ وَتَصَدَّقْ عَلَيْنَآ إِنَّ اللّهَ يَجْزِي الْمُتَصَدِّقِينَ {88}
12:88 Shunday qilib ular (Misrga borib) Yusufning huzuriga kirishganida: “Ey vazir janoblari! Bizni ham oilamizni ham ocharchilik qiynogʻi tutdi va (bu safar) arzimas sarmoya bilan keldik. Endi, bizga (sarmoyamizga yarasha oziq-ovqat) oʻlchovimizni toʻliq qilib berib, bizga sadaqa ham qilaqol. Alloh sadaqa qiluvchilarni aniq mukofotlaydi”, dedilar.
قَالَ هَلْ عَلِمْتُم مَّا فَعَلْتُم بِيُوسُفَ وَأَخِيهِ إِذْ أَنتُمْ جَاهِلُونَ {89}
12:89 (Shunda) Yusuf: “Sizlar johil boʻlgan vaqtingizda Yusuf va Ukasi (Binyamin)ga nima qilib qoʻyganingizni bilganmisiz?”,- dedi.
قَالُواْ أَإِنَّكَ لَأَنتَ يُوسُفُ قَالَ أَنَاْ يُوسُفُ وَهَـذَا أَخِي قَدْ مَنَّ اللّهُ عَلَيْنَا إِنَّهُ مَن يَتَّقِ وَيِصْبِرْ فَإِنَّ اللّهَ لاَ يُضِيعُ أَجْرَ الْمُحْسِنِينَ {90}
12:90 Ular: “Senmisan? Ha, sen aniq Yusufsan”, deganida, “Men Yusufman va bu meni ukam. Alloh bizga yaxshilik qildi. Chunki, kimki javobgarlikni his qilsa va sabr-bardosh qilsa, Alloh muhsinlarni mukofotini Alloh zoye qilmaydi”, dedi.
قَالُواْ تَاللّهِ لَقَدْ آثَرَكَ اللّهُ عَلَيْنَا وَإِن كُنَّا لَخَاطِئِينَ {91}
12:91 Ular: “Allohga qasamki, haqiqatda Alloh seni bizdan afzal qilibdi. Biz xato qilgan ekanmiz”, deb eʼtirof qildilar.
قَالَ لاَ تَثْرَيبَ عَلَيْكُمُ الْيَوْمَ يَغْفِرُ اللّهُ لَكُمْ وَهُوَ أَرْحَمُ الرَّاحِمِينَ {92}
12:92 Yusuf shunday dedi: «Bugun aybingiz boʻyningizga qoʻyilmaydi. Sizlarni Alloh kechirsin! U rahmlilarning eng rahmligidir[1069].
اذْهَبُواْ بِقَمِيصِي هَـذَا فَأَلْقُوهُ عَلَى وَجْهِ أَبِي يَأْتِ بَصِيرًا وَأْتُونِي بِأَهْلِكُمْ أَجْمَعِينَ {93}
12:93 Mening bu koʻylagimni otamga olib borib, otamning yuziga qoʻyinglar – koʻzi ochiladi. Keyin barcha oila-aʼzolaringizni olib yonimga keling!»
وَلَمَّا فَصَلَتِ الْعِيرُ قَالَ أَبُوهُمْ إِنِّي لَأَجِدُ رِيحَ يُوسُفَ لَوْلاَ أَن تُفَنِّدُونِ {94}
12:94 Karvon (Misrdan) ayrilganida, Yaʼqub (yonidagilarga): “Meni aljiraganga chiqarib qoʻymanglar-u, men Yusufning hidini ilgʻayapman”, dedi.
قَالُواْ تَاللّهِ إِنَّكَ لَفِي ضَلاَلِكَ الْقَدِيمِ {95}
12:95 Yonidagilar unga: “Allohga qasamki, sen (hali ham) eski xatoyingdasan”, dedilar.
فَلَمَّا أَن جَاء الْبَشِيرُ أَلْقَاهُ عَلَى وَجْهِهِ فَارْتَدَّ بَصِيرًا قَالَ أَلَمْ أَقُل لَّكُمْ إِنِّي أَعْلَمُ مِنَ اللّهِ مَا لاَ تَعْلَمُونَ {96}
12:96 Xushxabarchi kelib koʻylakni Yaʼqubning yuziga qoʻyganida, koʻrish qobiliyati qayta tikkalanib: “Alloh tarafidan siz bilmagan narsalarni bilaman”, demaganmidim?»- dedi (Yaʼqub).
قَالُواْ يَا أَبَانَا اسْتَغْفِرْ لَنَا ذُنُوبَنَا إِنَّا كُنَّا خَاطِئِينَ {97}
12:97 Ular: “Ey otamiz! Gunohlarimizni kechirilishi uchun duo qil. Biz aniq xatokor edik”, dedilar.
قَالَ سَوْفَ أَسْتَغْفِرُ لَكُمْ رَبِّيَ إِنَّهُ هُوَ الْغَفُورُ الرَّحِيمُ {98}
12:98 “Gunohlaringiz kechirilishi uchun duo qilaman. Chunki, U kechirimli va mehribondir”, dedi.
فَلَمَّا دَخَلُواْ عَلَى يُوسُفَ آوَى إِلَيْهِ أَبَوَيْهِ وَقَالَ ادْخُلُواْ مِصْرَ إِن شَاء اللّهُ آمِنِينَ {99}
12:99 Keyin, hammasi Yusufni huzuriga kirishganida, Yusuf ota-onasini bagʻriga bosdi va: “Insha Alloh Misrni xotirjam kezinglar”, dedi.
وَرَفَعَ أَبَوَيْهِ عَلَى الْعَرْشِ وَخَرُّواْ لَهُ سُجَّدًا وَقَالَ يَا أَبَتِ هَـذَا تَأْوِيلُ رُؤْيَايَ مِن قَبْلُ قَدْ جَعَلَهَا رَبِّي حَقًّا وَقَدْ أَحْسَنَ بَي إِذْ أَخْرَجَنِي مِنَ السِّجْنِ وَجَاء بِكُم مِّنَ الْبَدْوِ مِن بَعْدِ أَن نَّزغَ الشَّيْطَانُ بَيْنِي وَبَيْنَ إِخْوَتِي إِنَّ رَبِّي لَطِيفٌ لِّمَا يَشَاء إِنَّهُ هُوَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ {100}
12:100 Yusuf ota-onasini yuksak maqomga koʻtardi va ular (ota-ona va aka-ukalari) Yusufga sajda qildilar/amriga boʻysundilar. Yusuf aytdiki: “Ey otajon! Bu – men ilgari koʻrgan tushimning taʼbiridir. Robbim uni roʻyobga oshirdi. Shubhasizki, U menga yaxshilik qildi – meni zindondan chiqardi va men bilan akalarim orasini shayton/yovuz tuygʻu buzib qoʻyganidan keyin ham sizlarni sahrodan bu yerga keltirdi. Haqiqatda, Robbim bajaraman degan ishini Oʻzi tartibga soluvchidir. Albatta, U biluvchi va toʻgʻri qaror beruvchidir.”
رَبِّ قَدْ آتَيْتَنِي مِنَ الْمُلْكِ وَعَلَّمْتَنِي مِن تَأْوِيلِ الأَحَادِيثِ فَاطِرَ السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضِ أَنتَ وَلِيِّي فِي الدُّنُيَا وَالآخِرَةِ تَوَفَّنِي مُسْلِمًا وَأَلْحِقْنِي بِالصَّالِحِينَ {101}
12:101 «Ey yaratgan Egam! Menga (Misr) hukmronligidan nasiba berding va menga tushlarning taʼbirini oʻrgatding[1070]. Yer-u osmonlarni yorib yaratuvchisisan. Sen dunyo va oxiratda ham mening doʻstim/xojamsan. Jonimni musulmon holatimda ol va meni yaxshilar qatoriga qoʻsh» (deb duo qildi Yusuf).
ذَلِكَ مِنْ أَنبَاء الْغَيْبِ نُوحِيهِ إِلَيْكَ وَمَا كُنتَ لَدَيْهِمْ إِذْ أَجْمَعُواْ أَمْرَهُمْ وَهُمْ يَمْكُرُونَ {102}
12:102 (Ey Muhammad!) Bu (qissa) gʻayb xabarlaridan edi. Uni senga vahiy yoʻli orqali Biz bildiryapmiz. Boʻlmasam, ular Yusufga reja tuzib oʻz ishlarida birlashganida sen ularning yonida emasding.
وَمَا أَكْثَرُ النَّاسِ وَلَوْ حَرَصْتَ بِمُؤْمِنِينَ {103}
12:103 (Ey Muhammad!) Sen qanchalik qiziqganing bilan, baribir, insonlarning koʻpi moʻmin boʻlmaydi.
وَمَا تَسْأَلُهُمْ عَلَيْهِ مِنْ أَجْرٍ إِنْ هُوَ إِلاَّ ذِكْرٌ لِّلْعَالَمِينَ {104}
12:104 Holbuki, sen bu uchun ulardan haq soʻramayapsan. Qurʼon insoniyatga faqatgina eslatma-nasihatdir.
وَكَأَيِّن مِّن آيَةٍ فِي السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضِ يَمُرُّونَ عَلَيْهَا وَهُمْ عَنْهَا مُعْرِضُونَ {105}
12:105 Osmonlar va yerda qanchadan-qancha koʻrsatma-oyatlar bor. Ular unga eʼtibor bermay oʻtib ketyapdi.
وَمَا يُؤْمِنُ أَكْثَرُهُمْ بِاللّهِ إِلاَّ وَهُم مُّشْرِكُونَ{106}
12:106 Ularning koʻpchiligi (Allohga) ishonmaydi. Ishongan taqdirda ham, faqat mushrik boʻlgan hollarida (ishonadi).
أَفَأَمِنُواْ أَن تَأْتِيَهُمْ غَاشِيَةٌ مِّنْ عَذَابِ اللّهِ أَوْ تَأْتِيَهُمُ السَّاعَةُ بَغْتَةً وَهُمْ لاَ يَشْعُرُونَ {107}
12:107 Ular oʻzlariga Allohning azobidan iborat boʻlgan qamrab oluvchi (balo) yoki oʻzlari sezmagan holda qiyomat kelib qolishidan xotirjam ekanmi?
قُلْ هَـذِهِ سَبِيلِي أَدْعُو إِلَى اللّهِ عَلَى بَصِيرَةٍ أَنَاْ وَمَنِ اتَّبَعَنِي وَسُبْحَانَ اللّهِ وَمَا أَنَاْ مِنَ الْمُشْرِكِينَ {108}
12:108 Ayt: “Mening yoʻlim shu – men ochiq dalil asosida Allohga chaqiraman. Men ham, menga ergashganlar ham shunday qiladi! Alloh pokdir. Men mushriklardan emasman.”
وَمَا أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ إِلاَّ رِجَالاً نُّوحِي إِلَيْهِم مِّنْ أَهْلِ الْقُرَى أَفَلَمْ يَسِيرُواْ فِي الأَرْضِ فَيَنظُرُواْ كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ وَلَدَارُ الآخِرَةِ خَيْرٌ لِّلَّذِينَ اتَّقَواْ أَفَلاَ تَعْقِلُونَ {109}
12:109 Biz sendan ilgari ham faqat erkaklarni elchi qilib yuborganmiz, ularga vahiy qilar edik, ular (oʻzlari yashab turgan) shahar-qishloqlarning aholisidan boʻlgan. Yer yuzida sayr qilib, oʻzlaridan avval oʻtganlarning oqibati qanday boʻlganini kuzatmaydimi? Albatta, oxirat yurti javobgarlikni his qilgan (moʻmin)lar uchun yaxshiroqdir. Aqlingizni ishlatmaysizlarmi?
حَتَّى إِذَا اسْتَيْأَسَ الرُّسُلُ وَظَنُّواْ أَنَّهُمْ قَدْ كُذِبُواْ جَاءهُمْ نَصْرُنَا فَنُجِّيَ مَن نَّشَاء وَلاَ يُرَدُّ بَأْسُنَا عَنِ الْقَوْمِ الْمُجْرِمِينَ {110}
12:110 Elchilar oʻzlarini yolgʻonchiga chiqarilganini bilib, (kofirlarni imonga kirishidan) umidi uzilganida ularga yordamimiz kelgan. Shunda, Biz munosib bilganlar qutqarib qolingan. Azobimiz jinoyatchi qavmdan qaytarilmaydi.
لَقَدْ كَانَ فِي قَصَصِهِمْ عِبْرَةٌ لِّأُوْلِي الأَلْبَابِ مَا كَانَ حَدِيثًا يُفْتَرَى وَلَـكِن تَصْدِيقَ الَّذِي بَيْنَ يَدَيْهِ وَتَفْصِيلَ كُلَّ شَيْءٍ وَهُدًى وَرَحْمَةً لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ {111}
12:111 Shubhasizki, ularning qissalarida aqlu vijdoni sof kishilar uchun ibrat bor. Bu (kitob) toʻqib chiqarilgan soʻz emas. Aksincha, bu oʻzidan avvalgi kitoblarning tasdiqi, har narsani ochiqlab beruvchi, (bunga) ishonganlarga yoʻl koʻrsatuvchi (ilohiy) qoʻllanma – rahbar va rahmatdir.
- Raʼd surasi
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
المر تِلْكَ آيَاتُ الْكِتَابِ وَالَّذِيَ أُنزِلَ إِلَيْكَ مِن رَّبِّكَ الْحَقُّ وَلَـكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لاَ يُؤْمِنُونَ {1}
13:1 Alif! Lam! Mim! Ro![1071] Bular (Ilohiy) kitob oyatlaridir, yaratgan Egangdan senga nozil boʻlgan narsa ayni haqiqatdir. Lekin insonlarning koʻpi ishonmayapdi.
اللّهُ الَّذِي رَفَعَ السَّمَاوَاتِ بِغَيْرِ عَمَدٍ تَرَوْنَهَا ثُمَّ اسْتَوَى عَلَى الْعَرْشِ وَسَخَّرَ الشَّمْسَ وَالْقَمَرَ كُلٌّ يَجْرِي لأَجَلٍ مُّسَمًّى يُدَبِّرُ الأَمْرَ يُفَصِّلُ الآيَاتِ لَعَلَّكُم بِلِقَاء رَبِّكُمْ تُوقِنُونَ {2}
13:2 Alloh – osmonlarni siz koʻra oladigan ustunsiz yuksaltirgan, keyin boshqaruv markazi (arsh)ga yoʻnalib, quyosh va oyni boʻysundirib qoʻygan zotdir. Ularning har biri belgilangan muddatgacha oʻz orbitasida harakatlanib – aylanib turadi. Bu ishni chora-tadbirini Uning Oʻzi bajaradi. Yaratgan Egangizga yoʻliqishingizga qatʼiy ishonch hosil qilishingiz uchun, (yaratilish haqidagi) oyatlarni sizlarga batafsil tushuntirib beryapti.
وَهُوَ الَّذِي مَدَّ الأَرْضَ وَجَعَلَ فِيهَا رَوَاسِيَ وَأَنْهَارًا وَمِن كُلِّ الثَّمَرَاتِ جَعَلَ فِيهَا زَوْجَيْنِ اثْنَيْنِ يُغْشِي اللَّيْلَ النَّهَارَ إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآيَاتٍ لِّقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ {3}
13:3 Yerni yozib-toʻshagan, yerni ichiga muvozanatni ushlab turadigan bosimlar (tortish kuchi) qoiygan, anhorlar paydo qilgan, yerda barcha meva va oʻsimliklarni juft-juft qilib yaratgan Udir. Albatta, (tabiat haqida) tafakkur qiladigan kishilar uchun bunda oyat-namunalar bor.
وَفِي الأَرْضِ قِطَعٌ مُّتَجَاوِرَاتٌ وَجَنَّاتٌ مِّنْ أَعْنَابٍ وَزَرْعٌ وَنَخِيلٌ صِنْوَانٌ وَغَيْرُ صِنْوَانٍ يُسْقَى بِمَاء وَاحِدٍ وَنُفَضِّلُ بَعْضَهَا عَلَى بَعْضٍ فِي الأُكُلِ إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآيَاتٍ لِّقَوْمٍ يَعْقِلُونَ {4}
13:4 Yer yuzida bir-biriga qoʻshni qitʼalar, (ularda) uzumzor bogʻlar, ekinlar, shoxlagan va shoxlamagan xurmolar boʻlib, (barchasi) bir xil suv bilan sugʻoriladi. Biz ularni birini boshqasidan taʼmda afzal qilib qoʻyamiz. Albatta, bunda (tabiat mahsulotlari haqida) aql yuritib – tushuncha hosil qiladigan kishilar uchun oyat-namunalar bor.
وَإِن تَعْجَبْ فَعَجَبٌ قَوْلُهُمْ أَئِذَا كُنَّا تُرَابًا أَئِنَّا لَفِي خَلْقٍ جَدِيدٍ أُوْلَـئِكَ الَّذِينَ كَفَرُواْ بِرَبِّهِمْ وَأُوْلَئِكَ الأَغْلاَلُ فِي أَعْنَاقِهِمْ وَأُوْلَـئِكَ أَصْحَابُ النَّارِ هُمْ فِيهَا خَالِدونَ {5}
13:5 (Ey Muhammad!) Agar ajablanadigan boʻlsang, ularning: “Tuproqqa aylanib ketganimizda, biz yangitdan yaratilamizmi?”, degan gaplari ajablanarlidir. Ana shular – yaratgan Egasiga ishonmagan-kofirlardir. Ana shular – boʻynilariga kishan taqiladiganlardir. Ana shular – jahannam ahlidir. Ular unda oʻlimsiz qoladi.
وَيَسْتَعْجِلُونَكَ بِالسَّيِّئَةِ قَبْلَ الْحَسَنَةِ وَقَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِهِمُ الْمَثُلاَتُ وَإِنَّ رَبَّكَ لَذُو مَغْفِرَةٍ لِّلنَّاسِ عَلَى ظُلْمِهِمْ وَإِنَّ رَبَّكَ لَشَدِيدُ الْعِقَابِ{6}
13:6 (Yana ajablanarli narsa shuki,) ular sendan yaxshilikdan oldin yomonlik kelishini talab qilyapti[1072]. Axir, oʻtmishda ulardan oldin koʻplab ibrat boʻladigan jazolar oʻtdi. Haqiqatda, yaratgan Egang insonlarning zulm qilishiga qaramay, ularni kechira oladi. (Shu bilan birga,) albatta, yaratgan Egang jinoyat bilan jazo oʻrtasida chambarchas bogʻliqlik oʻrnatadi.
وَيَقُولُ الَّذِينَ كَفَرُواْ لَوْلآ أُنزِلَ عَلَيْهِ آيَةٌ مِّن رَّبِّهِ إِنَّمَا أَنتَ مُنذِرٌ وَلِكُلِّ قَوْمٍ هَادٍ {7}
13:7 Qarshi chiqqan – kofirlar: «Unga[1073] Robbidan bir oyat:paygʻambarlik alomati berilsa boʻlmasmidi?» deydi. (Ey Muhammad!) Sen aniq ogohlantiruvchisan. Zero, har bir qavmning yoʻl koʻrsatuvchi – yetakchisi boʻladi.
اللّهُ يَعْلَمُ مَا تَحْمِلُ كُلُّ أُنثَى وَمَا تَغِيضُ الأَرْحَامُ وَمَا تَزْدَادُ وَكُلُّ شَيْءٍ عِندَهُ بِمِقْدَارٍ {8}
13:8 Alloh har bir ayolni (qornida) nima tashiganini ham, bachadonlar nima kamaytirib nimani koʻpaytirganini ham biladi. Allohga koʻra har bir narsa oʻlchovga koʻradir.
عَالِمُ الْغَيْبِ وَالشَّهَادَةِ الْكَبِيرُ الْمُتَعَالِ {9}
13:9 U (maxfiy) gʻaybni ham biladi, koʻringan-oshkor narsani ham biladi.
سَوَاء مِّنكُم مَّنْ أَسَرَّ الْقَوْلَ وَمَن جَهَرَ بِهِ وَمَنْ هُوَ مُسْتَخْفٍ بِاللَّيْلِ وَسَارِبٌ بِالنَّهَارِ {10}
13:10 Orangizdan gapini sir tutgan ham, oshkor qilgan ham, tunda yashiringan ham, kunduzi ochiqlikda yurgan ham (U uchun) bir xil.
لَهُ مُعَقِّبَاتٌ مِّن بَيْنِ يَدَيْهِ وَمِنْ خَلْفِهِ يَحْفَظُونَهُ مِنْ أَمْرِ اللّهِ إِنَّ اللّهَ لاَ يُغَيِّرُ مَا بِقَوْمٍ حَتَّى يُغَيِّرُواْ مَا بِأَنْفُسِهِمْ وَإِذَا أَرَادَ اللّهُ بِقَوْمٍ سُوءًا فَلاَ مَرَدَّ لَهُ وَمَا لَهُم مِّن دُونِهِ مِن وَالٍ {11}
13:11 Kishining oldi va orqasida kuzatib yuruvchilar bor – ular uni Allohning amriga koʻra muhofaza qilib saqlab qoladi. Har qanday qavm oʻzidagi (neʼmat)ni oʻzgartirmaguncha, Alloh ulardagi (neʼmat)ni oʻzgartirmaydi. Alloh biron bir qavmga yomonlikni iroda qilganida, uni qaytarishni iloji yoʻq. Ularni Alloh ila oralariga tushib qutqaradigan doʻstlari ham boʻlmaydi.
هُوَ الَّذِي يُرِيكُمُ الْبَرْقَ خَوْفًا وَطَمَعًا وَيُنْشِئُ السَّحَابَ الثِّقَالَ {12}
13:12 Ham qoʻrqib hamda umid qilishingiz uchun, sizlarga chaqmoqni koʻrsatadigan va (yomgʻir yuklangan) ogʻir bulutlarni paydo qiladigan Udir.
- وَيُسَبِّحُ الرَّعْدُ بِحَمْدِهِ وَالْمَلاَئِكَةُ مِنْ خِيفَتِهِ وَيُرْسِلُ الصَّوَاعِقَ فَيُصِيبُ بِهَا مَن يَشَاء وَهُمْ يُجَادِلُونَ فِي اللّهِ وَهُوَ شَدِيدُ الْمِحَالِ {13}
13:13 Momaqaldiroq Allohni olqishlab ulugʻlaydi, farishtalar ham Allohdan qoʻrqib (ulugʻlaydi). U chaqmoqlar yuborib, uni Oʻzi xohlagan quliga yetkazadi. (Bu ishlar Allohga tegishli ekaniga) ishonmagan-kofir Alloh haqida talashib-tortishyapti. Allohning rejasi qattiqdir.
لَهُ دَعْوَةُ الْحَقِّ وَالَّذِينَ يَدْعُونَ مِن دُونِهِ لاَ يَسْتَجِيبُونَ لَهُم بِشَيْءٍ إِلاَّ كَبَاسِطِ كَفَّيْهِ إِلَى الْمَاء لِيَبْلُغَ فَاهُ وَمَا هُوَ بِبَالِغِهِ وَمَا دُعَاء الْكَافِرِينَ إِلاَّ فِي ضَلاَلٍ {14}
13:14 Toʻgʻri duo – Allohga qilingan duodir. (Mushriklarni) Alloh ila oralariga qoʻyib – ular uchun hech narsani bajo qilolmaydigan – zotlarga duo qilayotgan huddi ogʻzimizga suv yetib kelsin, deb ikki qoʻlini suvga ochib turgan kishilardan farqli emas. Holbuki, suv (bunday qilish bilan) ogʻziga etib kelmaydi. Kofirlar duosi zalolatdan boshqa narsa emas.
- وَلِلّهِ يَسْجُدُ مَن فِي السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضِ طَوْعًا وَكَرْهًا وَظِلالُهُم بِالْغُدُوِّ وَالآصَالِ {15}
13:15 Osmonlar va yerdagilar ixtiyoriy yoki majburiy holatda Allohga sajda qiladi – boʻyin egadi. Ularning soyalari ham peshin va asr vaqtida[1074] (sajda qiladi).
قُلْ مَن رَّبُّ السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضِ قُلِ اللّهُ قُلْ أَفَاتَّخَذْتُم مِّن دُونِهِ أَوْلِيَاء لاَ يَمْلِكُونَ لِأَنفُسِهِمْ نَفْعًا وَلاَ ضَرًّا قُلْ هَلْ يَسْتَوِي الأَعْمَى وَالْبَصِيرُ أَمْ هَلْ تَسْتَوِي الظُّلُمَاتُ وَالنُّورُ أَمْ جَعَلُواْ لِلّهِ شُرَكَاء خَلَقُواْ كَخَلْقِهِ فَتَشَابَهَ الْخَلْقُ عَلَيْهِمْ قُلِ اللّهُ خَالِقُ كُلِّ شَيْءٍ وَهُوَ الْوَاحِدُ الْقَهَّارُ {16}
13:16 “Osmonlar va yerni yaratgan Egasi kim?”- de, va oʻzing: “Allohdir!”, deb ayt. “(Shunday boʻlsa-da) sizlar Alloh ila orangizga qoʻyib – hatto oʻziga ham foyda-zarar keltira olmaydigan kimsalarni – avliyo-xudo qilib oldingizmi?!”, deb ayt. “Koʻr bilan koʻra oladigan kishi teng boʻladimi? Yoki zulmatlar va nur teng boʻladimi?”, de. Yoki ular Allohga sherik toʻqib oldilarmi? Oʻsha sheriklari ham Alloh kabi (biron narsa) yaratib, yaratilgan narsa ularga oʻxshab boʻlib qolibdimi? “Har narsaning yaratuvchisi Allohdir. U yagonadir, Qahhordir”, deb ayt.
- أَنزَلَ مِنَ السَّمَاء مَاء فَسَالَتْ أَوْدِيَةٌ بِقَدَرِهَا فَاحْتَمَلَ السَّيْلُ زَبَدًا رَّابِيًا وَمِمَّا يُوقِدُونَ عَلَيْهِ فِي النَّارِ ابْتِغَاء حِلْيَةٍ أَوْ مَتَاعٍ زَبَدٌ مِّثْلُهُ كَذَلِكَ يَضْرِبُ اللّهُ الْحَقَّ وَالْبَاطِلَ فَأَمَّا الزَّبَدُ فَيَذْهَبُ جُفَاء وَأَمَّا مَا يَنفَعُ النَّاسَ فَيَمْكُثُ فِي الأَرْضِ كَذَلِكَ يَضْرِبُ اللّهُ الأَمْثَالَ {17}
13:17 Alloh osmondan yomgʻir suvi tushiradi, keyin jilgʻalar oʻz miqdoricha oqib boradi. Oʻsha oqib kelayotgan suv tepasida chiqib qolgan (befoyda) koʻpikni ham koʻtarib-oqizib keladi. Sizlar ziynat buyumi yoki asbob yasash uchun oʻtda kuydirib eritgan narsalaringiz ham unga oʻxshash (befoyda) koʻpik paydo boʻladi. Alloh haq bilan botilga shunday misol keltiradi. Koʻpik (qanday kelgan boʻlsa, yana shunday) yoʻq boʻlib ketadi. Ammo, insonlarga foydali boʻlgan narsa yerda qoladi. Alloh misolni mana shunday keltiradi.
لِلَّذِينَ اسْتَجَابُواْ لِرَبِّهِمُ الْحُسْنَى وَالَّذِينَ لَمْ يَسْتَجِيبُواْ لَهُ لَوْ أَنَّ لَهُم مَّا فِي الأَرْضِ جَمِيعًا وَمِثْلَهُ مَعَهُ لاَفْتَدَوْاْ بِهِ أُوْلَـئِكَ لَهُمْ سُوءُ الْحِسَابِ وَمَأْوَاهُمْ جَهَنَّمُ وَبِئْسَ الْمِهَادُ {18}
13:18 Eng yaxshi mukofot – yaratgan Egasining daʼvatini qabul qilganlar uchundir. Qabul qilmaganlarga kelsak, agar yer yuzidagi hamma narsa va u bilan birga yana shuncha narsa ularniki boʻlib qolsa, (azobdan saqlanib qolish uchun) uni albatta berib yuborgan boʻlardi. Ularga hisob-kitob yomon boʻladi. Ularning borar joyi jahannamdir. U qanday ham yomon joylashuv yerdir!
أَفَمَن يَعْلَمُ أَنَّمَا أُنزِلَ إِلَيْكَ مِن رَبِّكَ الْحَقُّ كَمَنْ هُوَ أَعْمَى إِنَّمَا يَتَذَكَّرُ أُوْلُواْ الأَلْبَابِ {19}
13:19 Yaratgan Egangdan senga yuborilgan Qurʼon haq ekanini biladigan kishi koʻr odam kabi boʻladimi? Buni faqat aql-u vijdoni sof kishilar nasihat oladi.
الَّذِينَ يُوفُونَ بِعَهْدِ اللّهِ وَلاَ يِنقُضُونَ الْمِيثَاقَ {20}
13:20 Ular – Allohga bergan ahdiga vafo qiladigan va kelishuvni buzmaydigan kishilardir.
وَالَّذِينَ يَصِلُونَ مَا أَمَرَ اللّهُ بِهِ أَن يُوصَلَ وَيَخْشَوْنَ رَبَّهُمْ وَيَخَافُونَ سُوءَ الحِسَابِ {21}
13:21 Ular – Alloh buyurgan rishtani oʻrnatadigan, yaratgan Egasidan andisha qiladigan va (oxiratda) hisob-kitobi yomon boʻlishidan qoʻrqadigan kishilardir.
وَالَّذِينَ صَبَرُواْ ابْتِغَاء وَجْهِ رَبِّهِمْ وَأَقَامُواْ الصَّلاَةَ وَأَنفَقُواْ مِمَّا رَزَقْنَاهُمْ سِرًّا وَعَلاَنِيَةً وَيَدْرَؤُونَ بِالْحَسَنَةِ السَّيِّئَةَ أُوْلَئِكَ لَهُمْ عُقْبَى الدَّارِ {22}
13:22 Ular – yaratgan Egasining roziligini koʻzlab sabr-bardosh qiladigan, namozni/diniy vazifalarni bajaradigan, ularga rizq qilib bergan narsamizdan yashirin va oshkora xayr-ehson qiladigan, yomonlikni yaxshilik bilan bartaraf qiladigan kishilardir. Oxiratdagi yaxshi oqibat ularga tegishli boʻladi.
جَنَّاتُ عَدْنٍ يَدْخُلُونَهَا وَمَنْ صَلَحَ مِنْ آبَائِهِمْ وَأَزْوَاجِهِمْ وَذُرِّيَّاتِهِمْ وَالمَلاَئِكَةُ يَدْخُلُونَ عَلَيْهِم مِّن كُلِّ بَابٍ {23}
13:23 (Oʻsha yaxshi oqibat –) Adn jannatlaridir. Ular unga oʻzlari va loyiq boʻlgan otalari, juftlari va bolalari bilan birga kiradilar. Malaklar ularning yoniga har turli eshikdan kirib:
سَلاَمٌ عَلَيْكُم بِمَا صَبَرْتُمْ فَنِعْمَ عُقْبَى الدَّارِ{24}
13:24 (Alloh uchun) qilgan sabr-bardoshingiz uchun sizlarga eson-omonlik boʻladi! Oxiratdagi bu oqibat qanday ham yaxshi!»
وَالَّذِينَ يَنقُضُونَ عَهْدَ اللّهِ مِن بَعْدِ مِيثَاقِهِ وَيَقْطَعُونَ مَآ أَمَرَ اللّهُ بِهِ أَن يُوصَلَ وَيُفْسِدُونَ فِي الأَرْضِ أُوْلَئِكَ لَهُمُ اللَّعْنَةُ وَلَهُمْ سُوءُ الدَّارِ{25}
13:25 Kelishuvidan keyin Allohga bergan ahdini buzadiganlar, Alloh buyurgan rishtani uzadiganlar va yer yuzida buzgʻunchilik qiladiganlarga kelsak, ularga laʼnat boʻladi. Oxiratdagi yomon oqibat ularga tegishli boʻladi.
اللّهُ يَبْسُطُ الرِّزْقَ لِمَنْ يَشَاء وَيَقَدِرُ وَفَرِحُواْ بِالْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَمَا الْحَيَاةُ الدُّنْيَا فِي الآخِرَةِ إِلاَّ مَتَاعٌ {26}
13:25 Alloh Oʻzi ravo koʻrgan kishiga rizqni yoyib qoʻyadi, ravo koʻrgan kishiga oʻlchab (tor qilib) beradi. ular dunyo hayoti ila shod-xurram boʻladilar. Holbuki, dunyo hayoti oxiratga koʻra bir martalik foydalanishdir.
وَيَقُولُ الَّذِينَ كَفَرُواْ لَوْلاَ أُنزِلَ عَلَيْهِ آيَةٌ مِّن رَّبِّهِ قُلْ إِنَّ اللّهَ يُضِلُّ مَن يَشَاء وَيَهْدِي إِلَيْهِ مَنْ أَنَابَ {27}
13:27 Qarshi chiqqanlar/kofirlar: “Unga Robbidan bir oyat:paygʻambarlik alomati berilsa boʻlmasmidi?” demoqda?». (Ularga) Ayt: «Alloh munosib boʻlganni adashtiradi, Unga yoʻnalgan kishini esa hidoyat qiladi.
الَّذِينَ آمَنُواْ وَتَطْمَئِنُّ قُلُوبُهُم بِذِكْرِ اللّهِ أَلاَ بِذِكْرِ اللّهِ تَطْمَئِنُّ الْقُلُوبُ {28}
13:28 Ular imon keltirgan va qalblari Allohni zikri (Qurʼon) bilan xotirjam boʻladigan kishilardir. Bilib qoʻying, qalblar Allohning zikri (Qurʼon) bilan xotirjam boʻladi.
اَلَّذٖينَ اٰمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ طُوبٰى لَهُمْ وَحُسْنُ مَاٰبٍ {29}
13:29 Imon keltirgan va xayrli ishlarni amalga oshirganlarga saodat va yaxshi oqibat bor.»
كَذٰلِكَ اَرْسَلْنَاكَ فٖى اُمَّةٍ قَدْ خَلَتْ مِنْ قَبْلِهَا اُمَمٌ لِتَتْلُوَا عَلَيْهِمُ الَّذٖى اَوْحَيْنَا اِلَيْكَ وَهُمْ يَكْفُرُونَ بِالرَّحْمٰـنِ قُلْ هُوَ رَبّٖى لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَاِلَيْهِ مَتَابِ{30}
13:30 (Ey Muhammad!) Ulardan oldin yashab oʻtgan ummatlarga elchi yuborganimizdek, senga vahiy qilingan (oyatlari)mizni tilovat qilib tushuntirib berishing uchun, seni ham elchi qilib yubordik. Holbuki, ular Rahmonga ishonmayotgan edi. Ayt: «U Rahmon meni yaratgan Egamdir. Qullik qilinishga haqli yagona zot Udir. Unga suyanib-tayandim, qaytib borishim Ungadir.
وَلَوْ اَنَّ قُرْاٰنًا سُيِّرَتْ بِهِ الْجِبَالُ اَوْ قُطِّعَتْ بِهِ الْاَرْضُ اَوْ كُلِّمَ بِهِ الْمَوْتٰى بَلْ لِلّٰهِ الْاَمْرُ جَمٖيعًا اَفَلَمْ يَایْپَسِ الَّذٖينَ اٰمَنُوا اَنْ لَوْ يَشَاءُ اللّٰهُ لَهَدَى النَّاسَ جَمٖيعًا وَلَا يَزَالُ الَّذٖينَ كَفَرُوا تُصٖيبُهُمْ بِمَا صَنَعُوا قَارِعَةٌ اَوْ تَحُلُّ قَرٖيبًا مِنْ دَارِهِمْ حَتّٰى يَاْتِىَ وَعْدُ اللّٰهِ اِنَّ اللّٰهَ لَا يُخْلِفُ الْمٖيعَادَ{31}
13:31 Agar Qurʼon u bilan togʻlar yurgizilsa, yoki yer yuzi parchalansa, yoki u bilan oʻliklar gapirtirilsa (yana mana shu Qurʼon boʻlardi). Unday boʻlmaydi, balki, barcha ish Allohga tegishli. Moʻminlar hali ham (hammani musulmon boʻlishidan) umid uzmadimi? Agar (kimni hidoyatga kirishini) Allohning Oʻzi tanlaganida edi, Uning Oʻzi insonlarning barchasini hidoyat qilgan boʻlardi. Biroq, to Allohning vaʼdasi (boʻlmish qiyomat) kelgunga qadar, kofirlarga oʻz qilmishlari tufayli – ularni larzaga soluvchi musibatlar kelib turadi, yoki (oʻsha musibatlar) ularning yurtlariga yaqin joylarga kelib turadi. Albatta, Alloh vaʼdasiga xilof ish qilmaydi.
وَلَقَدِ اسْتُهْزِئَ بِرُسُلٍ مِنْ قَبْلِكَ فَاَمْلَيْتُ لِلَّذٖينَ كَفَرُوا ثُمَّ اَخَذتُهُمْ فَكَيْفَ كَانَ عِقَابِ{32}
13:32 Shubhasizki, sendan oldin ham elchilar masxara qilingan. Shunda, (elchi olib kelgan oyatlarga) ishonmagan-kofirlarga bir muddat muhlat berganman, keyin, ularni (azob ila) tutganman. Jazolashim qanday ekan?!
أَفَمَنْ هُوَ قَائِمٌ عَلَىٰ كُلِّ نَفْسٍ بِمَا كَسَبَتْ ۗ وَجَعَلُوا لِلَّـهِ شُرَكَاءَ قُلْ سَمُّوهُمْ ۚ أَمْ تُنَبِّئُونَهُ بِمَا لَا يَعْلَمُ فِي الْأَرْضِ أَم بِظَاهِرٍ مِّنَ الْقَوْلِ ۗ بَلْ زُيِّنَ لِلَّذِينَ كَفَرُوا مَكْرُهُمْ وَصُدُّوا عَنِ السَّبِيلِ ۗ وَمَن يُضْلِلِ اللَّـهُ فَمَا لَهُ مِنْ هَادٍ {33}
13:33 Har kimning qilmishini kuzatib turuvchi U (Alloh) yemasmi?! Ular yesa, Allohga sherik qoʻshmoqda. Ayt: «Allohga sherik qilganlaringiz ism va belgilarini aytib koʻringlar-chi, yoki Unga yer yuzida U bilmagan biror narsani bildirib qoʻyasizmi?! Balki, bu quruq gapdir! Aslida, (Qurʼonga) ishonmagan-kofirlarga oʻz nayranglari chiroyli koʻrsatib qoʻyildi. Alloh adashtirgan kishini hidoyat qiluvchi hech kim yoʻq.
لَّهُمْ عَذَابٌ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَلَعَذَابُ الآخِرَةِ أَشَقُّ وَمَا لَهُم مِّنَ اللّهِ مِن وَاقٍ {34}
13:34 U (mushrik)larga dunyo hayotida azob bor. Oxirat azobi undan-da qattiq. Ularni Allohning azobidan saqlab qoluvchi hech kim yoʻq.
مَّثَلُ الْجَنَّةِ الَّتِي وُعِدَ الْمُتَّقُونَ تَجْرِي مِن تَحْتِهَا الأَنْهَارُ أُكُلُهَا دَآئِمٌ وِظِلُّهَا تِلْكَ عُقْبَى الَّذِينَ اتَّقَواْ وَّعُقْبَى الْكَافِرِينَ النَّارُ {35}
13:35 Masʼuliyatli (moʻmin)larga vaʼda qilingan jannatning misoli (shunday): Uning ostidan anhorlar oqib turadi, yeguliklari va soyalari doimiydir. Javobgarlikni his qilib yashagan (moʻmin)larning oqibati mana shu! Kofirlarning oqibati esa jahannamdir.
وَالَّذِينَ آتَيْنَاهُمُ الْكِتَابَ يَفْرَحُونَ بِمَا أُنزِلَ إِلَيْكَ وَمِنَ الأَحْزَابِ مَن يُنكِرُ بَعْضَهُ قُلْ إِنَّمَا أُمِرْتُ أَنْ أَعْبُدَ اللّهَ وَلا أُشْرِكَ بِهِ إِلَيْهِ أَدْعُو وَإِلَيْهِ مَآبِ {36}
13:36 Biz kitob berganlar senga nozil qilingan Qurʼondan xursand boʻladi. Biroq, oʻsha guruhlar orasida uning bir qismini inkor qiladiganlari ham bor. (Ularga): «Men faqat Allohga qullik qilishga va Unga (hech narsada) sherik qoʻshmaslikka buyurildim. Men Unga daʼvat qilaman-chaqiraman, qaytib borishim Uning huzuridir.
وَكَذَلِكَ أَنزَلْنَاهُ حُكْمًا عَرَبِيًّا وَلَئِنِ اتَّبَعْتَ أَهْوَاءهُم بَعْدَ مَا جَاءكَ مِنَ الْعِلْمِ مَا لَكَ مِنَ اللّهِ مِن وَلِيٍّ وَلاَ وَاقٍ{37}
13:37 (Har millatga oʻz ichidan elchi yuborganimizdek) Mana shu shaklda uni arabcha hukm qilib nozil qildik. Senga bu ilm kelganidan keyin ham agar ularning orzu-istaklariga ergashsang, seni Allohning jazosidan saqlab qoladigan na bir doʻst va na bir yordamchi boʻlmaydi.
وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا رُسُلًا مِّن قَبْلِكَ وَجَعَلْنَا لَهُمْ أَزْوَاجًا وَذُرِّيَّةً ۚ وَمَا كَانَ لِرَسُولٍ أَن يَأْتِيَ بِآيَةٍ إِلَّا بِإِذْنِ اللَّـهِ ۗ لِكُلِّ أَجَلٍ كِتَابٌ {83}
13:38 Shubhasizki, sendan oldin ham elchilar yuborganmiz, ularga ham juftlar va farzandlar berganmiz. Hech bir paygʻambar Allohning iznisiz oyat keltirolmaydi. Har bir davr uchun bir kitob bor.
يَمْحُو اللّهُ مَا يَشَاء وَيُثْبِتُ وَعِندَهُ أُمُّ الْكِتَابِ {39}
13:39 Alloh undan Oʻzi xohlaganini oʻchirib yuboradi, xohlaganini joyida qoldiradi. Asosiy-ona kitob Uning huzuridadir.
وَإِن مَّا نُرِيَنَّكَ بَعْضَ الَّذِي نَعِدُهُمْ أَوْ نَتَوَفَّيَنَّكَ فَإِنَّمَا عَلَيْكَ الْبَلاَغُ وَعَلَيْنَا الْحِسَابُ {40}
13:40 Ularga tahdid qilgan azobimizni bir qismini senga koʻrsatsak ham, yoki seni vafot ettirsak ham, seni vazifang faqat yetkazib qoʻyish, xolos. Hisob-kitob yesa Bizning ishimiz.
اَوَلَمْ يَرَوْا اَنَّا نَاْتِى الْاَرْضَ نَنْقُصُهَا مِنْ اَطْرَافِهَا وَاللّٰهُ يَحْكُمُ لَا مُعَقِّبَ لِحُكْمِهٖ وَهُوَ سَرٖيعُ الْحِسَابِ{41}
13:41 Nahotki, ular[1075] (oʻzlari yashab turgan) yerning atrofidan qisqartirayotganimizni koʻrmasalar?! Hukmni Alloh beradi – Uning hukmini tekshiruvchi yoʻq. U hisob-kitobni tez qiladi.
وَقَدْ مَكَرَ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ فَلِلّهِ الْمَكْرُ جَمِيعًا يَعْلَمُ مَا تَكْسِبُ كُلُّ نَفْسٍ وَسَيَعْلَمُ الْكُفَّارُ لِمَنْ عُقْبَى الدَّارِ {42}
13:42 Ulardan avvalgilar ham (Islomga qarshi) reja tuzishgan. Barcha reja Allohga tegishli[1076]. Yaxshi oqibat kimga tegishli boʻlishini kofirlar yaqinda bilib oladi.
وَيَقُولُ الَّذِينَ كَفَرُواْ لَسْتَ مُرْسَلاً قُلْ كَفَى بِاللّهِ شَهِيدًا بَيْنِي وَبَيْنَكُمْ وَمَنْ عِندَهُ عِلْمُ الْكِتَابِ {43}
13:43 (Ey Muhammad!) Qarshi chiqqan – kofirlar: “Sen elchi emassan”, dedilar. Ularga ayt: “Men bilan sizning oʻrtangizda Allohning va unda (ilohiy) kitob ilmi boʻlganlarning guvohligi yetarlidir.”
- IBROHIM surasi[1077]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
الَر كِتَابٌ أَنزَلْنَاهُ إِلَيْكَ لِتُخْرِجَ النَّاسَ مِنَ الظُّلُمَاتِ إِلَى النُّورِ بِإِذْنِ رَبِّهِمْ إِلَى صِرَاطِ الْعَزِيزِ الْحَمِيدِ {1}
14:1 Alif! Lam! Ro![1078] (Ey Muhammad!) Biz bu kitobni senga nozil qildikki, sababi – Rabbining izni (koʻrsatmasi) ila, insonlarni zulmatlardan nurga – aziz va maqtovga sazovor zotning yoʻliga olib chiqasan.
اللّهِ الَّذِي لَهُ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الأَرْضِ وَوَيْلٌ لِّلْكَافِرِينَ مِنْ عَذَابٍ شَدِيدٍ {2}
14:2 Osmonlar va yerdagi narsalar Allohga tegishlidir. Qattiq azob dastidan kofirlik qiluvchiilar holiga voy!
الَّذِينَ يَسْتَحِبُّونَ الْحَيَاةَ الدُّنْيَا عَلَى الآخِرَةِ وَيَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ اللّهِ وَيَبْغُونَهَا عِوَجًا أُوْلَـئِكَ فِي ضَلاَلٍ بَعِيدٍ {3}
14:3 Ular – dunyo hayotini oxirat hayotidan ustun qoʻyadi, (insonlarni) Allohning yoʻlidan toʻsadi va u yoʻlni egri qilishga urinadi.
وَمَا أَرْسَلْنَا مِن رَّسُولٍ إِلاَّ بِلِسَانِ قَوْمِهِ لِيُبَيِّنَ لَهُمْ فَيُضِلُّ اللّهُ مَن يَشَاء وَيَهْدِي مَن يَشَاء وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ {4}
14:4 Biz har bir elchini oʻz xalqi tilida yubordikki, toki ular (risolatni yashirmay va oʻzgartirmay) ochiq-oydin yetazsinlar. Alloh undan keyin adashishni xohlaganni adashtiradi, hidoyatni xohlaganni hidoyat qiladi. U azizdir, toʻgʻri qaror beruvchidir[1079].
وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا مُوسَى بِآيَاتِنَا أَنْ أَخْرِجْ قَوْمَكَ مِنَ الظُّلُمَاتِ إِلَى النُّورِ وَذَكِّرْهُمْ بِأَيَّامِ اللّهِ إِنَّ فِي ذَلِكَ لآيَاتٍ لِّكُلِّ صَبَّارٍ شَكُورٍ {5}
14:5 Shubhasizki, “Qavmingni zulmatlardan nurga olib chiq va ularga Allohning kunlarini eslat”- deb, Musoni oyatlarimiz bilan birga yuborganmiz. Albatta, sabr-bardosh qiluvchilar va (neʼmatlarni) qadriga yetuvchilar uchun bunda oyat-namunalar bor.
وَإِذْ قَالَ مُوسَى لِقَوْمِهِ اذْكُرُواْ نِعْمَةَ اللّهِ عَلَيْكُمْ إِذْ أَنجَاكُم مِّنْ آلِ فِرْعَوْنَ يَسُومُونَكُمْ سُوءَ الْعَذَابِ وَيُذَبِّحُونَ أَبْنَاءكُمْ وَيَسْتَحْيُونَ نِسَاءكُمْ وَفِي ذَلِكُم بَلاء مِّن رَّبِّكُمْ عَظِيمٌ {6}
14:6 Bir kuni Muso qavmiga shunday dedi: «Allohni sizga bergan neʼmatini yodda tutinglar – oʻshanda U sizlarni Firʼavn xonadonidan qutqarib qolgan. Ular sizlarga yomon azob berar, oʻgʻillaringizni oʻldirib, ayol-qizlaringizni tirik qoldirar edi. Ana oʻsha (qutqarish)da yaratgan Egangiz tarafidan (berilgan) ulugʻ neʼmat bor.
وَإِذْ تَأَذَّنَ رَبُّكُمْ لَئِن شَكَرْتُمْ لأَزِيدَنَّكُمْ وَلَئِن كَفَرْتُمْ إِنَّ عَذَابِي لَشَدِيدٌ {7}
14:7 Oʻshanda yaratgan Egangiz: “Agar qadriga yetsangiz/shukr qilsangiz, albatta sizlarga (neʼmatimni) ziyoda qilaman. Agar nonkoʻrlik qilsangiz, albatta, azobim qattiqdir”, deb eʼlon qilgan edi.
وَقَالَ مُوسَى إِن تَكْفُرُواْ أَنتُمْ وَمَن فِي الأَرْضِ جَمِيعًا فَإِنَّ اللّهَ لَغَنِيٌّ حَمِيدٌ {8}
14:8 Muso yana shunday degan: «Agar siz va yer yuzidagilarning barchasi nonkoʻrlik qilgan taqdirda ham, Allohni hech kimga ehtiyoji yoʻqdir, maqtovga sazovordir.
أَلَمْ يَأْتِكُمْ نَبَأُ الَّذِينَ مِن قَبْلِكُمْ قَوْمِ نُوحٍ وَعَادٍ وَثَمُودَ وَالَّذِينَ مِن بَعْدِهِمْ لاَ يَعْلَمُهُمْ إِلاَّ اللّهُ جَاءتْهُمْ رُسُلُهُم بِالْبَيِّنَاتِ فَرَدُّواْ أَيْدِيَهُمْ فِي أَفْوَاهِهِمْ وَقَالُواْ إِنَّا كَفَرْنَا بِمَا أُرْسِلْتُم بِهِ وَإِنَّا لَفِي شَكٍّ مِّمَّا تَدْعُونَنَا إِلَيْهِ مُرِيبٍ {9}
14:9 (Ey qavmim!) Sizga oʻzingizdan oldingi va keyingilarning – Nuh, Od va Samud qavmining xabari kelmadimi? Keyingilarni Allohdan boshqasi bilmaydi. Ularga yuborilgan elchilar aniq-ravshan dalillar bilan kelgan edi, qavmi esa, qoʻllarini ogʻzilariga qoʻyib: “Sizlar u bilan elchi boʻlib yuborilgan narsani tan olmaymiz. Bizga daʼvat qilayotgan narsangiz haqida shubha-gumondamiz”, dedilar.
قَالَتْ رُسُلُهُمْ أَفِي اللّهِ شَكٌّ فَاطِرِ السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضِ يَدْعُوكُمْ لِيَغْفِرَ لَكُم مِّن ذُنُوبِكُمْ وَيُؤَخِّرَكُمْ إِلَى أَجَلٍ مُّسَـمًّى قَالُواْ إِنْ أَنتُمْ إِلاَّ بَشَرٌ مِّثْلُنَا تُرِيدُونَ أَن تَصُدُّونَا عَمَّا كَانَ يَعْبُدُ آبَآؤُنَا فَأْتُونَا بِسُلْطَانٍ مُّبِينٍ {10}
14:10 Ularga yuborilgan elchilar: “Osmonlar va yerni yaratuvchisi – Alloh haqida shak-shubha boʻlar ekanmi? Axir, U gunohlaringizdan bir qismini kechirish uchun hamda sizlarni belgilangan ajalgacha kechiktirib turish uchun chaqiryapti”, dedi. Ular esa: “Sizlar biz kabi bashar boʻla turib, ota-bobolarimiz sigʻinib kelgan narsadan bizni toʻsmoqchi boʻlyapsiz. Unday boʻlsa, bizga ochiq hujjat keltiring”, dedilar.
قَالَتْ لَهُمْ رُسُلُهُمْ إِن نَّحْنُ إِلاَّ بَشَرٌ مِّثْلُكُمْ وَلَـكِنَّ اللّهَ يَمُنُّ عَلَى مَن يَشَاء مِنْ عِبَادِهِ وَمَا كَانَ لَنَا أَن نَّأْتِيَكُم بِسُلْطَانٍ إِلاَّ بِإِذْنِ اللّهِ وَعلَى اللّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ الْمُؤْمِنُونَ {11}
14:11 Elchilari ularga shunday degan: «(Toʻgʻri.) Biz siz kabi basharmiz, xolos. Lekin, Alloh Oʻzi munosib bilgan quliga yaxshilik qiladi. Allohning ruxsatisiz sizlarga hujjat keltirishimiz mumkin emas. Moʻminlar faqat Allohga suyanib-tayansin.
وَمَا لَنَا أَلاَّ نَتَوَكَّلَ عَلَى اللّهِ وَقَدْ هَدَانَا سُبُلَنَا وَلَنَصْبِرَنَّ عَلَى مَا آذَيْتُمُونَا وَعَلَى اللّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ الْمُتَوَكِّلُونَ {12}
14:12 U rostdan ham bizga yoʻllarimizni koʻrsatib bergan boʻlsa, nima uchun biz Allohga suyanib-tayanmas ekanmiz? Bizga berayotgan ozoringizga nisbatan bardosh qilamiz. Suyanmoqchi boʻlganlar Allohga suyanib-tayansin» (dedi elchilar oʻz qavmlariga).
وَقَالَ الَّذِينَ كَفَرُواْ لِرُسُلِهِمْ لَنُخْرِجَنَّـكُم مِّنْ أَرْضِنَآ أَوْ لَتَعُودُنَّ فِي مِلَّتِنَا فَأَوْحَى إِلَيْهِمْ رَبُّهُمْ لَنُهْلِكَنَّ الظَّالِمِينَ {13}
14:13 Qarshi chiqqanlar oʻzlariga yuborilgan elchilarga shunday degan: “Yo sizlarni yurtimizdan chiqarib yuboramiz, yoki bizni millatimizga – diniy yashash tarzimizga qaytasiz.” Shunda yaratgan Egasi elchilarga shunday vahiy qilgan: «Albatta, oʻsha zolimlarni halok qilamiz.
وَلَنُسْكِنَنَّـكُمُ الأَرْضَ مِن بَعْدِهِمْ ذَلِكَ لِمَنْ خَافَ مَقَامِي وَخَافَ وَعِيدِ {14}
14:14 Va ulardan keyin oʻsha yurtga sizlarni joylashtiramiz. Bu vaʼda – Maqomimdan ham qoʻrqqan, ogohlantirishimdan ham qoʻrqqanlar uchundir.» (dedi Alloh)
وَاسْتَفْتَحُواْ وَخَابَ كُلُّ جَبَّارٍ عَنِيدٍ {15}
14:15 Elchilar fath istadilar. (Fath kelganida) barcha jabr qiluvchi-zolim va qaysar-diktator ziyon koʻrib-parishon boʻldi.
مِّن وَرَآئِهِ جَهَنَّمُ وَيُسْقَى مِن مَّاء صَدِيدٍ {16}
14:16 U azob ortidan jahannam bor, yiring suvdan ichiriladi.
يَتَجَرَّعُهُ وَلاَ يَكَادُ يُسِيغُهُ وَيَأْتِيهِ الْمَوْتُ مِن كُلِّ مَكَانٍ وَمَا هُوَ بِمَيِّتٍ وَمِن وَرَآئِهِ عَذَابٌ غَلِيظٌ {17}
14:17 Uni yutmoqchi boʻladi-yu, yuta olmaydi. Unga har tarafdan oʻlim keladi-yu, oʻlmaydi. Uning ortidan ogʻir azob bor.
مَّثَلُ الَّذِينَ كَفَرُواْ بِرَبِّهِمْ أَعْمَالُهُمْ كَرَمَادٍ اشْتَدَّتْ بِهِ الرِّيحُ فِي يَوْمٍ عَاصِفٍ لاَّ يَقْدِرُونَ مِمَّا كَسَبُواْ عَلَى شَيْءٍ ذَلِكَ هُوَ الضَّلاَلُ الْبَعِيدُ {18}
14:18 Yaratgan Egasiga qarshi chiqqan/kofirlarning ahvoli shunga oʻxshaydi: Ularning qilgan ishlari boʻronli kunda shamol sovurib ketgan bir toʻda kuldir – qilgan kasblaridan hech narsaga ega boʻlmaydi. Ana shu qattiq adashishdir.
أَلَمْ تَرَ أَنَّ اللّهَ خَلَقَ السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضَ بِالْحقِّ إِن يَشَأْ يُذْهِبْكُمْ وَيَأْتِ بِخَلْقٍ جَدِيدٍ {19}
14:19 Alloh osmonlar va yerni haqiqiy borliq qilib yaratganini koʻrmadingmi? Agar U kerak deb bilsa, sizlarni ketkazib, (oʻrningizga) yangi xalq keltirib qoʻyadi.
وَمَا ذَلِكَ عَلَى اللَّهِ بِعَزِيزٍ {20}
14:20 Bu Allohga qiyin emas.
وَبَرَزُواْ لِلّهِ جَمِيعًا فَقَالَ الضُّعَفَاء لِلَّذِينَ اسْتَكْبَرُواْ إِنَّا كُنَّا لَكُمْ تَبَعًا فَهَلْ أَنتُم مُّغْنُونَ عَنَّا مِنْ عَذَابِ اللّهِ مِن شَيْءٍ قَالُواْ لَوْ هَدَانَا اللّهُ لَهَدَيْنَاكُمْ سَوَاء عَلَيْنَآ أَجَزِعْنَا أَمْ صَبَرْنَا مَا لَنَا مِن مَّحِيصٍ {21}
14:21 Ularning barchasi (qiyomatda) Allohga roʻbaroʻ boʻladi. Shunda, jafokash-zaiflar oʻzini katta tutgan kimsalarga (qarab): “Biz sizlarga ergashuvchilar edik. Endi, sizlar bizni Allohning azobidan biron bir shaklda qutqarib qolasizmi?”- deydi. Ular: “Agar Alloh bizni (jannatiy) yoʻlga solganida edi, sizlarni ham (jannatiy) yoʻlga boshlagan boʻlardik. Hozir dod-faryod qilsak ham, bardosh qilsak ham bari bir – qochadigan joyimiz yoʻq”, deyishadi.
وَقَالَ الشَّيْطَانُ لَمَّا قُضِيَ الأَمْرُ إِنَّ اللّهَ وَعَدَكُمْ وَعْدَ الْحَقِّ وَوَعَدتُّكُمْ فَأَخْلَفْتُكُمْ وَمَا كَانَ لِيَ عَلَيْكُم مِّن سُلْطَانٍ إِلاَّ أَن دَعَوْتُكُمْ فَاسْتَجَبْتُمْ لِي فَلاَ تَلُومُونِي وَلُومُواْ أَنفُسَكُم مَّا أَنَاْ بِمُصْرِخِكُمْ وَمَا أَنتُمْ بِمُصْرِخِيَّ إِنِّي كَفَرْتُ بِمَآ أَشْرَكْتُمُونِ مِن قَبْلُ إِنَّ الظَّالِمِينَ لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ{22}
14:22 Ish bitgach shayton shunday deydi: “Alloh sizlarga toʻgʻri soʻz bergan edi. Men ham soʻz berdim, lekin vaʼdamga xilof qildim. Menda sizlarni (gunohga) majburlashga hech qanday vakolat boʻlmagan. Men sizlarni faqat chaqirganman, sizlar esa qabul qilgansiz. Endi meni malomat qilmang, oʻzingizni malomat qiling. Men sizlarni qutqara olmayman, sizlar ham meni qutqara olmaysiz. Ilgari meni (Allohga) sherik qilganingizni ham aniq inkor qildim – qabul qilmadim. Albatta, zolimlarga alamli azob bor.”
وَأُدْخِلَ الَّذِينَ آمَنُواْ وَعَمِلُواْ الصَّالِحَاتِ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِن تَحْتِهَا الأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا بِإِذْنِ رَبِّهِمْ تَحِيَّتُهُمْ فِيهَا سَلاَمٌ {23}
14:23 Imon keltirgan va xayrli ishlarni amalga oshirganlar ostidan anhorlar oqib turadigan bogʻ-u boʻstonlarga kirgiziladi. Yaratgan Egasining izni ila ular unda oʻlimsiz qoladi. Ularning undagi tilaklari “Salom!” boʻladi.
أَلَمْ تَرَ كَيْفَ ضَرَبَ اللّهُ مَثَلاً كَلِمَةً طَيِّبَةً كَشَجَرةٍ طَيِّبَةٍ أَصْلُهَا ثَابِتٌ وَفَرْعُهَا فِي السَّمَاء {24}
14:23 Alloh yaxshi soʻzga qanday misol keltirganini koʻrmadingmi? U (daraxt)ning ildizi mustahkam, novdalari balanddadir.
تُؤْتِي أُكُلَهَا كُلَّ حِينٍ بِإِذْنِ رَبِّهَا وَيَضْرِبُ اللّهُ الأَمْثَالَ لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ {25}
14:25 Rabbining izni ila U (daraxt) har doim oʻz mevasini beradi. Nasihat olsinlar deb, Alloh insonlarga misollalr keltiradi.
وَمَثلُ كَلِمَةٍ خَبِيثَةٍ كَشَجَرَةٍ خَبِيثَةٍ اجْتُثَّتْ مِن فَوْقِ الأَرْضِ مَا لَهَا مِن قَرَارٍ {26}
14:26 Yomon soʻzning misoli esa, yerning ustidan qoʻporilgan, (bir joyda) qarori yoʻq yomon daraxtga oʻxshaydi.
يُثَبِّتُ اللّهُ الَّذِينَ آمَنُواْ بِالْقَوْلِ الثَّابِتِ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَفِي الآخِرَةِ وَيُضِلُّ اللّهُ الظَّالِمِينَ وَيَفْعَلُ اللّهُ مَا يَشَاء {27}
14:27 (Chin) moʻminlarni Alloh oʻsha oʻzgarmas soʻz bilan dunyoda ham oxiratda ham mustahkam ushlab qoladi[1080]. Alloh haqsizlik qiluvchi-zolimlarni zalolatda qoldiradi. Alloh Oʻzi munosib bilganini qiladi.
أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ بَدَّلُواْ نِعْمَةَ اللّهِ كُفْرًا وَأَحَلُّواْ قَوْمَهُمْ دَارَ الْبَوَارِ {28}
14:28 Allohning (Imon va Islom) neʼmatini kufrga almashtirgan va oʻz xalqini halokat yurtiga yetaklagan kimsalarni koʻrmadingmi?.
جَهَنَّمَ يَصْلَوْنَهَا وَبِئْسَ الْقَرَارُ {29}
14:29 Jahannamga (yetaklayapti). Ular unga kirib kuyadi. U qanday ham yomon qarorgohdir!
وَجَعَلُواْ لِلّهِ أَندَادًا لِّيُضِلُّواْ عَن سَبِيلِهِ قُلْ تَمَتَّعُواْ فَإِنَّ مَصِيرَكُمْ إِلَى النَّارِ {30}
14:30 Ular insonlarni Allohning yoʻlidan toʻsish uchun, sifatda Allohga oʻxshash deb iddao qilingan sheriklar toʻqib chiqardilar. (Ey Muhammad!) Ularga: “Hozircha qoʻlingizdan kelganicha bahramand boʻlavering. Keyin, boradigan joyingiz aniq jahannamdir”, deb ayt.
قُل لِّعِبَادِيَ الَّذِينَ آمَنُواْ يُقِيمُواْ الصَّلاَةَ وَيُنفِقُواْ مِمَّا رَزَقْنَاهُمْ سِرًّا وَعَلانِيَةً مِّن قَبْلِ أَن يَأْتِيَ يَوْمٌ لاَّ بَيْعٌ فِيهِ وَلاَ خِلاَلٌ {31}
14:31 (Ey Muhammad!) Allohga ishonganlarga ayt: namozni/diniy vazifalarini bajarsin, ularga rizq qilib bergan narsamizdan yashirin va oshkor xayr-ehson qilsinlar. Buni na savdo-sotiq va na doʻst-birodarlik boʻlmaydigan kun kelishidan oldin qilib olsinlar.
اللّهُ الَّذِي خَلَقَ السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضَ وَأَنزَلَ مِنَ السَّمَاء مَاء فَأَخْرَجَ بِهِ مِنَ الثَّمَرَاتِ رِزْقًا لَّكُمْ وَسَخَّرَ لَكُمُ الْفُلْكَ لِتَجْرِيَ فِي الْبَحْرِ بِأَمْرِهِ وَسَخَّرَ لَكُمُ الأَنْهَارَ {32}
14:32 Osmonlar va yerni yaratgan Allohdir, U osmondan suv tushirib, sizlarga rizq boʻlishi uchun, u bilan turli meva-mahsulotlar chiqarib berdi, uning amri bilan dengizda suzishi uchun sizlarga kemalarni boʻysundirib berdi, sizlarga daryo-yu anhorlarni ham boʻysundirib berdi.
وَسَخَّر لَكُمُ الشَّمْسَ وَالْقَمَرَ دَآئِبَينَ وَسَخَّرَ لَكُمُ اللَّيْلَ وَالنَّهَارَ {33}
14:33 U sizlar uchun quyosh va oyni ham (orbitalarida) muntazam aylanib turadigan qilib boʻysundirib berdi, sizlarga tun va kunni ham boʻysundirib berdi.
وَآتَاكُم مِّن كُلِّ مَا سَأَلْتُمُوهُ وَإِن تَعُدُّواْ نِعْمَتَ اللّهِ لاَ تُحْصُوهَا إِنَّ الإِنسَانَ لَظَلُومٌ كَفَّارٌ {34}
14:34 Va U sizlarga xohlashingiz mumkin boʻlgan hamma narsadan berdi. Agar Allohning neʼmatlarini sanamoqchi boʻlsangiz, ularni sanab bitira olmaysiz. Albatta, inson (Allohning neʼmatlariga nisbatan) koʻp haqsizlik qiladi, koʻp nonkoʻrlik qiladi.
وَإِذْ قَالَ إِبْرَاهِيمُ رَبِّ اجْعَلْ هَـذَا الْبَلَدَ آمِنًا وَاجْنُبْنِي وَبَنِيَّ أَن نَّعْبُدَ الأَصْنَامَ {35}
14:35 Bir kuni Ibrohim (duo qilib) shunday dedi: «Ey yaratgan Egam! Bu (Makka) shaharni omon qil. Meni ham, bolalarimni ham but-haykallarga sigʻinishdan saqla!
رَبِّ إِنَّهُنَّ أَضْلَلْنَ كَثِيرًا مِّنَ النَّاسِ فَمَن تَبِعَنِي فَإِنَّهُ مِنِّي وَمَنْ عَصَانِي فَإِنَّكَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ {36}
14:36 Ey yaratgan Egam! U (but-haykal)lar koʻp insonlarni yoʻldan chiqishiga sabab boʻldi. Endi kim menga ergashsa u mendan. Kim menga qarshi chiqsa (Senga havola). Chunki, Sen kechirimli va mehribonsan.
رَّبَّنَا إِنِّي أَسْكَنتُ مِن ذُرِّيَّتِي بِوَادٍ غَيْرِ ذِي زَرْعٍ عِندَ بَيْتِكَ الْمُحَرَّمِ رَبَّنَا لِيُقِيمُواْ الصَّلاَةَ فَاجْعَلْ أَفْئِدَةً مِّنَ النَّاسِ تَهْوِي إِلَيْهِمْ وَارْزُقْهُم مِّنَ الثَّمَرَاتِ لَعَلَّهُمْ يَشْكُرُونَ {37}
14:37 Ey yaratgan Egamiz! Zurriyotimdan bir qismini Sening hurmatli Bayting yonida, dehqonchilikka nobop bir vodiyga joylashtirdim. Ey yaratgan Egamiz! Namozni/diniy vazifalarini bajo etsinlar deb shunday qildim. Endi, baʼzi insonlarning koʻnglini ularga moyil qilib qoʻy, ularga turli meva-mahsulotlardan rizq qilib ber, balki qadriga yetgaylar.
رَبَّنَا إِنَّكَ تَعْلَمُ مَا نُخْفِي وَمَا نُعْلِنُ وَمَا يَخْفَى عَلَى اللّهِ مِن شَيْءٍ فَي الأَرْضِ وَلاَ فِي السَّمَاء {38}
14:38 Ey yaratgan Egamiz! Yashirgan ishimizni ham, oshkor qilgan ishimizni ham bilasan. Osmonda ham yerda ham hech narsa (Sen) Allohga maxfiy qolmaydi.
الْحَمْدُ لِلّهِ الَّذِي وَهَبَ لِي عَلَى الْكِبَرِ إِسْمَاعِيلَ وَإِسْحَقَ إِنَّ رَبِّي لَسَمِيعُ الدُّعَاء {39}
14:39 Katta yoshli boʻlganimda menga Ismoil va Isʼhoqni bergan Allohga maqtov boʻlsin. Yaratgan Egam duolarni aniq eshitadi.
رَبِّ اجْعَلْنِي مُقِيمَ الصَّلاَةِ وَمِن ذُرِّيَّتِي رَبَّنَا وَتَقَبَّلْ دُعَاء {40}
14:40 Ey yaratgan Egam! Meni namozni/diniy vazifalarni bajaruvchi qil, zurriyotimdan (kelganlarni) ham. Ey yaratgan Egamiz! Duolarimizni qabul qil!
رَبَّنَا اغْفِرْ لِي وَلِوَالِدَيَّ وَلِلْمُؤْمِنِينَ يَوْمَ يَقُومُ الْحِسَابُ {41}
14:41 Ey yaratgan Egamiz! Hisob-kitob oʻrnatiladigan kunda meni, ota-onamni va moʻminlarni kechir.»
وَلاَ تَحْسَبَنَّ اللّهَ غَافِلاً عَمَّا يَعْمَلُ الظَّالِمُونَ إِنَّمَا يُؤَخِّرُهُمْ لِيَوْمٍ تَشْخَصُ فِيهِ الأَبْصَارُ {42}
14:42 (Ey Muhammad!) Haqsizlik qiluvchi-zolimlarning qilmishidan Alloh bexabar deb oʻylama! Ularni (hisob-kitob qilishni) koʻzlar oʻynab ketadigan kungacha kechiktirib turibdi, xolos.
مُهْطِعِينَ مُقْنِعِي رُءُوسِهِمْ لاَ يَرْتَدُّ إِلَيْهِمْ طَرْفُهُمْ وَأَفْئِدَتُهُمْ هَوَاء {43}
14:43 Ular u kuni boshlari tik, koʻzlari oʻynagan va koʻngillari boʻm-boʻsh holda chopib yuradi.
وَأَنذِرِ النَّاسَ يَوْمَ يَأْتِيهِمُ الْعَذَابُ فَيَقُولُ الَّذِينَ ظَلَمُواْ رَبَّنَا أَخِّرْنَا إِلَى أَجَلٍ قَرِيبٍ نُّجِبْ دَعْوَتَكَ وَنَتَّبِعِ الرُّسُلَ أَوَلَمْ تَكُونُواْ أَقْسَمْتُم مِّن قَبْلُ مَا لَكُم مِّن زَوَالٍ {44}
14:44 (Ey Muhammad!) Insonlarni oʻsha azob keladigan kundan ogohlantir. Oʻshanda haqsizlik qilgan-zolimlar: “Ey yaratgan Egamiz! Bizga ozgina muhlat ber – endi daʼvatingni qabul qilib, elchilaringga ergashamiz”, deb qolishadi. Ularga shunday deyiladi: “Sizlar bundan oldin «Biz aslo zavol topmaymiz”, deb qasam ichmaganmisiz?
وَسَكَنتُمْ فِي مَسَـاكِنِ الَّذِينَ ظَلَمُواْ أَنفُسَهُمْ وَتَبَيَّنَ لَكُمْ كَيْفَ فَعَلْنَا بِهِمْ وَضَرَبْنَا لَكُمُ الأَمْثَالَ {45}
14:45 Sizlar oʻziga zulm qilganlarning yurtlariga joylashgansiz, ularga qanday muomala qilganimiz sizlarga aniq-ravshan boʻlgan. Sizlarga misollar ham keltirganmiz.»
وَقَدْ مَكَرُواْ مَكْرَهُمْ وَعِندَ اللّهِ مَكْرُهُمْ وَإِن كَانَ مَكْرُهُمْ لِتَزُولَ مِنْهُ الْجِبَالُ {46}
14:46 Ular oʻzlarining makr-hiylalarini amalga oshirdi. Makr-xiylalari togʻlarni joyidan jildirib yuborsa ham, ularning makr-xiylasi Allohning nazorati ostidadir.
فَلاَ تَحْسَبَنَّ اللّهَ مُخْلِفَ وَعْدِهِ رُسُلَهُ إِنَّ اللّهَ عَزِيزٌ ذُو انْتِقَامٍ {47}
14:47 (Ey Muhammad!) Shunday ekan, Alloh elchilariga bergan vaʼdasiga xilof qiladi deb oʻylama! Alloh gʻolib va ustundir, intiqom[1081] egasidir.
يَوْمَ تُبَدَّلُ الأَرْضُ غَيْرَ الأَرْضِ وَالسَّمَاوَاتُ وَبَرَزُواْ للّهِ الْوَاحِدِ الْقَهَّارِ {48}
14:48 Kun kelib, yer boshqa yerga, osmonlar boshqa osmonlarga almashtiriladi va (insonlar) yagona va cheksiz qudrat egasi – Allohga roʻbaroʻ boʻladi.
وَتَرَى الْمُجْرِمِينَ يَوْمَئِذٍ مُّقَرَّنِينَ فِي الأَصْفَادِ {49}
14:49 Oʻsha kuni jinoyatchilarni zanjirband qilinganini koʻrasan.
سَرَابِيلُهُم مِّن قَطِرَانٍ وَتَغْشَى وُجُوهَهُمْ النَّارُ {50}
14:50 Ularning kiyimlari qatirondan boʻladi, yuzlarini olov qoplaydi.
لِيَجْزِي اللّهُ كُلَّ نَفْسٍ مَّا كَسَبَتْ إِنَّ اللّهَ سَرِيعُ الْحِسَابِ {51}
14:51 Alloh har kimga oʻz qilgan kasbiga yarasha jazo berish uchun (qayta tiriltirib hisob-kitob qiladi). Alloh hisob-kitobni tez qiladi.
هَـذَا بَلاَغٌ لِّلنَّاسِ وَلِيُنذَرُواْ بِهِ وَلِيَعْلَمُواْ أَنَّمَا هُوَ إِلَـهٌ وَاحِدٌ وَلِيَذَّكَّرَ أُوْلُواْ الأَلْبَابِ {52}
14:52 Bu Qurʼon – insonlarga yetarlicha yetkazmadir. Ular u bilan ogohlantirilishi uchun va U (Alloh) qullik qilinishga haqli yagona zot ekanini bilishi hamda, aql-u vijdoni sof kishilar nasihat olishi uchun (yuborilgan).
- Hijr surasi[1082]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
الَرَ تِلْكَ آيَاتُ الْكِتَابِ وَقُرْآنٍ مُّبِينٍ {1}
15:1 Alif! Lam! Ro![1083] Bular (Ilohiy) kitob oyatlaridir – ochiq-oydin Qurʼon oyatlaridir.
رُّبَمَا يَوَدُّ الَّذِينَ كَفَرُواْ لَوْ كَانُواْ مُسْلِمِينَ {2}
15:2 (Qurʼonga) qarshilik qilganlar ora-sira “Qaniydi biz ham musulmon boʻlsak” deb qoladi.
ذَرْهُمْ يَأْكُلُواْ وَيَتَمَتَّعُواْ وَيُلْهِهِمُ الأَمَلُ فَسَوْفَ يَعْلَمُونَ {3}
15:3 (Ey Muhammad!) Ularni oʻz holiga qoʻy – yeb-ichsin, (hayotdan) bahramand boʻlsin va orzulari ularni mashgʻul qilib qoʻysin, yaqinda (haqiqatni) bilib olishadi.
وَمَا أَهْلَكْنَا مِن قَرْيَةٍ إِلاَّ وَلَهَا كِتَابٌ مَّعْلُومٌ {4}
15:4 Biz halok qilgan har bir yurtning maʼlum bir yozuvi (qarori) boʻlgan.
مَّا تَسْبِقُ مِنْ أُمَّةٍ أَجَلَهَا وَمَا يَسْتَأْخِرُونَ {5}
15:5 Hech bir ummat oʻz ajalini na oldinga va na ortga sura olmaydi.
وَقَالُواْ يَا أَيُّهَا الَّذِي نُزِّلَ عَلَيْهِ الذِّكْرُ إِنَّكَ لَمَجْنُونٌ {6}
15:6 Aytdilarki: «Ey oʻziga zikr/Qurʼon yuborilgan (deb daʼvo qilayotgan) Muhammad)! Sen aniq majnunsan[1084].
لَّوْ مَا تَأْتِينَا بِالْمَلائِكَةِ إِن كُنتَ مِنَ الصَّادِقِينَ {7}
15:7 Agar rostgoʻy boʻlsang, bizga malaklarni keltir-chi.»
مَا نُنَزِّلُ الْمَلائِكَةَ إِلاَّ بِالحَقِّ وَمَا كَانُواْ إِذًا مُّنظَرِينَ {8}
15:8 Biz farishtalarni faqat haqiqat/oʻzlariga munosib vazifa bilan yuboramiz[1085]. Unda ularga muhlat berilmaydi.
إِنَّا نَحْنُ نَزَّلْنَا الذِّكْرَ وَإِنَّا لَهُ لَحَافِظُونَ {9}
15:9 Albatta, zikrni/Qurʼonni[1086] Biz Oʻzimiz yubordik, uni Oʻzimiz muhofaza qilamiz.
وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ فِي شِيَعِ الأَوَّلِينَ {10}
15:10 Shubhasizki, sendan oldingi jamoalar orasidan ham elchilar yuborganmiz.
وَمَا يَأْتِيهِم مِّن رَّسُولٍ إِلاَّ كَانُواْ بِهِ يَسْتَهْزِؤُونَ {11}
15:11 Ular oʻzlariga kelgan har bir elchini mazax qilib kamsitishgan.
كَذَلِكَ نَسْلُكُهُ فِي قُلُوبِ الْمُجْرِمِينَ {12}
15:12 U (Qurʼonni) jinoyatchilarning qalbiga mana shu shaklda joylaymiz.
لاَ يُؤْمِنُونَ بِهِ وَقَدْ خَلَتْ سُنَّةُ الأَوَّلِينَ {13}
15:13 Ular unga ishonmaydi. Shubhasizki, avvalgi (jinoyatchi)larning (risolatga nisbatan tutgan) yoʻli shunday oʻtgan.
وَلَوْ فَتَحْنَا عَلَيْهِم بَابًا مِّنَ السَّمَاء فَظَلُّواْ فِيهِ يَعْرُجُونَ {14}
15:14 Agar osmondan ularga eshik ochsag-u, ular unda koʻtarilishni boshlasalar ham,
لَقَالُواْ إِنَّمَا سُكِّرَتْ أَبْصَارُنَا بَلْ نَحْنُ قَوْمٌ مَّسْحُورُونَ {15}
15:15 (Baribir ular): “Koʻzlarimiz hayratlanib qoʻyilibdi, yoʻq, (koʻrganlarimiz yolgʻon) biz sehrlangan qavmmiz”, deyishar edi.
وَلَقَدْ جَعَلْنَا فِي السَّمَاء بُرُوجًا وَزَيَّنَّاهَا لِلنَّاظِرِينَ {16}
15:16 Shubhasizki, samoda burjlar paydo qildik va nazar soluvchilarga/koʻzdan kechiruvchilarga uni ziynatli qildik.[1087]
وَحَفِظْنَاهَا مِن كُلِّ شَيْطَانٍ رَّجِيمٍ {17}
15:17 Va uni (oʻzicha burjlar orqali fol) otuvchi har turli shaytondan himoya qilganmiz.
إِلاَّ مَنِ اسْتَرَقَ السَّمْعَ فَأَتْبَعَهُ شِهَابٌ مُّبِينٌ {18}
15:18 Biroq, kimki (burjlar orqali gʻaybga) yashirincha quloq solganini daʼvo qilsa, uning ortiga aniq olov tushadi. [1088]
وَالأَرْضَ مَدَدْنَاهَا وَأَلْقَيْنَا فِيهَا رَوَاسِيَ وَأَنبَتْنَا فِيهَا مِن كُلِّ شَيْءٍ مَّوْزُونٍ {19}
15:19 Yerga muvozanatni ushlab turadigan bosimlar (tortish kuchi) qoʻydik va uni kengaytirdik va oʻlchamli har narsani unda undirdik.
وَجَعَلْنَا لَكُمْ فِيهَا مَعَايِشَ وَمَن لَّسْتُمْ لَهُ بِرَازِقِينَ {20}
15:20 Va yerda sizlar uchun ham, rizqi sizlarga oid boʻlmagan (jonivor)lar uchun ham yashash imkoniyatlarini paydo qildik.
وَإِنْ مِنْ شَيْءٍ إِلَّا عِنْدَنَا خَزَائِنُهُ وَمَا نُنَزِّلُهُ إِلَّا بِقَدَرٍ مَعْلُومٍ {21}
15:21 (Rizqqa aloqador) har narsaning manbasi Bizda. Lekin, uni maʼlum miqdorda tushiramiz.
وَأَرْسَلْنَا الرِّيَاحَ لَوَاقِحَ فَأَنْزَلْنَا مِنَ السَّمَاءِ مَاءً فَأَسْقَيْنَاكُمُوهُ وَمَا أَنْتُمْ لَهُ بِخَازِنِينَ {22}
15:22 Changlatuvchi shamollar yuboramiz, osmondan suv tushirib, sizlarni u bilan sugʻoramiz. (Boʻlmasa) sizlar uni saqlab qololmas edingiz.
وَاِنَّا لَنَحْنُ نُحْي۪ وَنُم۪يتُ وَنَحْنُ الْوَارِثُونَ
15:23 Albatta, Biz Oʻzimiz hayot beramiz va oʻldiramiz. Meroschi Bizmiz.
وَلَقَدْ عَلِمْنَا الْمُسْتَقْدِمِينَ مِنْكُمْ وَلَقَدْ عَلِمْنَا الْمُسْتَأْخِرِينَ {24}
15:24 Shubhasizki, sizlardan ilgari oʻtganlarni ham bildik, sizlardan keyin keladiganlarni ham bilamiz.
وَإِنَّ رَبَّكَ هُوَ يَحْشُرُهُمْ إِنَّهُ حَكِيمٌ عَلِيمٌ {25}
15:25 Yaratgan Egang ularni (mashharda) aniq toʻplaydi. U toʻgʻri qaror beradi, biladi.
وَلَقَدْ خَلَقْنَا الْإِنْسَانَ مِنْ صَلْصَالٍ مِنْ حَمَإٍ مَسْنُونٍ {26}
15:26 Biz (ilk) insonni qurigan, yillar oʻtib hidlangan qora loydan yaratganmiz.
وَالْجَانَّ خَلَقْنَاهُ مِنْ قَبْلُ مِنْ نَارِ السَّمُومِ {27}
15:27 Jonni undan oldin samum olovidan yaratganmiz.
وَإِذْ قَالَ رَبُّكَ لِلْمَلَائِكَةِ إِنِّي خَالِقٌ بَشَرًا مِنْ صَلْصَالٍ مِنْ حَمَإٍ مَسْنُونٍ{28}
15:28 Bir kuni Robbing malaklarga shunday dedi: «Albatta, Men qurigan, yillar oʻtib hidlangan qora loydan bashariyat yarataman.
فَإِذَا سَوَّيْتُهُ وَنَفَخْتُ فِيهِ مِن رُّوحِي فَقَعُواْ لَهُ سَاجِدِينَ {29}
15:29 Uni bejirim qilib, ichiga ruhimdan puflaganimda, u uchun sajda[1089] qilinglar.»
فَسَجَدَ الْمَلآئِكَةُ كُلُّهُمْ أَجْمَعُونَ {30}
15:30 Keyin, malaklarning barchasi birgalashib sajda qildi.
إِلاَّ إِبْلِيسَ أَبَى أَن يَكُونَ مَعَ السَّاجِدِينَ {31}
15:31 Iblis bundan mustasno – u sajda qiluvchilardan boʻlishdan bosh tortdi.
قَالَ يَا إِبْلِيسُ مَا لَكَ أَلاَّ تَكُونَ مَعَ السَّاجِدِينَ {32}
15:32 Alloh aytdiki: “Ey Iblis! Nega sajda qiluvchilardan boʻlmading?!”
قَالَ لَمْ أَكُن لِّأَسْجُدَ لِبَشَرٍ خَلَقْتَهُ مِن صَلْصَالٍ مِّنْ حَمَإٍ مَّسْنُونٍ {33}
15:33 Iblis (javob berib): “Qurigan, yillar oʻtib hidlangan qora loydan yaratganing (bashar) uchun sajda qilmayman”, dedi.
قَالَ فَاخْرُجْ مِنْهَا فَإِنَّكَ رَجِيمٌ {34}
15:34 Alloh aytdiki: «Chiq u yerdan! Endi sen quvilding.
وَإِنَّ عَلَيْكَ اللَّعْنَةَ إِلَى يَوْمِ الدِّينِ {35}
15:35 Albatta, sarhisob kunigacha senga laʼnat boʻladi.»
قَالَ رَبِّ فَأَنظِرْنِي إِلَى يَوْمِ يُبْعَثُونَ {36}
15:36 Iblis: “Ey Rabbim! Ular qayta tiriltirladigan kungacha menga muhlat ber” dedi.
قَالَ فَإِنَّكَ مِنَ الْمُنظَرِينَ {37}
15:37 Alloh shunday dedi: «Sen muhlat berilganlardansan,
إِلَى يَومِ الْوَقْتِ الْمَعْلُومِ {38}
15:38 Vaqti belgilangan kungacha…
قَالَ رَبِّ بِمَآ أَغْوَيْتَنِي لأُزَيِّنَنَّ لَهُمْ فِي الأَرْضِ وَلأُغْوِيَنَّهُمْ أَجْمَعِينَ {39}
15:39 (Iblis) aytdiki: «Ey Rabbim! Meni adashgan ahvolga solganing uchun, yer yuzida ularga (zalolatni) chiroyli koʻrsatib, ularni barchasini adashtiraman.
إِلاَّ عِبَادَكَ مِنْهُمُ الْمُخْلَصِينَ {40}
15:40 Ular orasida Sening samimiy[1090] qullaring (bundan) mustasno.»
قَالَ هَذَا صِرَاطٌ عَلَيَّ مُسْتَقِيمٌ {41}
15:41 Alloh aytdiki: «Mana shu Menga koʻra toʻgʻri yoʻldir:
إِنَّ عِبَادِي لَيْسَ لَكَ عَلَيْهِمْ سُلْطَانٌ إِلاَّ مَنِ اتَّبَعَكَ مِنَ الْغَاوِينَ {42}
15:42 Mening (samimiy) qullarimga seni aslo kuching yetmaydi. Lekin, senga ergashadigan adashgan-gumrohlar bundan mustasno.»
وَإِنَّ جَهَنَّمَ لَمَوْعِدُهُمْ أَجْمَعِينَ {43}
15:43 Albatta, Iblis va unga ergashganlarning barchasini borar joyi jahannamdir.
لَهَا سَبْعَةُ أَبْوَابٍ لِكُلِّ بَابٍ مِنْهُمْ جُزْءٌ مَقْسُومٌ {44}
15:44 Uni yettita boʻlimi bor. Har bir boʻlimga ulardan taqsimlangan toʻda kiradi.
إِنَّ الْمُتَّقِينَ فِي جَنَّاتٍ وَعُيُونٍ {45}
15:45 Albatta, masʼuliyatli (moʻmin)lar bogʻ-u boʻstonlar va chashma-i buloqlarda (yashaydi).
ادْخُلُوهَا بِسَلاَمٍ آمِنِينَ {46}
15:46 Ularga: “Sogʻ-salomat, xotirjam holatda kiringlar”, deyiladi.
وَنَزَعْنَا مَا فِي صُدُورِهِم مِّنْ غِلٍّ إِخْوَانًا عَلَى سُرُرٍ مُّتَقَابِلِينَ {47}
15:47 Ularning dillaridagi har ne yomon his-tuygʻuni chiqarib tashlaymiz. Ular aka-uka boʻlib soʻrilarda bir-biriga qarab oʻtiradilar.
لاَ يَمَسُّهُمْ فِيهَا نَصَبٌ وَمَا هُم مِّنْهَا بِمُخْرَجِينَ {48}
15:48 Ularga u yerlarda hech qanday charchoq tegmaydi. Ular u yerlardan aslo chiqarilmaydi.
نَبِّئْ عِبَادِي أَنِّي أَنَا الْغَفُورُ الرَّحِيمُ {49}
15:49 (Ey Muhammad!) Qullarimga bildirib qoʻy – men kechirimli va mehribonman.
وَأَنَّ عَذَابِي هُوَ الْعَذَابُ الأَلِيمَ {50}
15:50 Va Mening azobim; u alamli azobdir.
وَنَبِّئْهُمْ عَن ضَيْفِ إِ بْراَهِيمَ {51}
15:51 Ularga Ibrohimning mehmonlari haqida ham xabar ber;
إِذْ دَخَلُواْ عَلَيْهِ فَقَالُواْ سَلامًا قَالَ إِنَّا مِنكُمْ وَجِلُونَ {52}
15:52 Ular Ibrohimning yoniga kirib salom berishganida, Ibrohim: “Biz sizlardan choʻchiyapmiz”, dedi.
قَالُواْ لاَ تَوْجَلْ إِنَّا نُبَشِّرُكَ بِغُلامٍ عَلِيمٍ {53}
15:53 “Choʻchima, biz senga bitta ilmli oʻgʻling boʻlishini daragini beramiz”, dedi.
قَالَ أَبَشَّرْتُمُونِي عَلَى أَن مَّسَّنِيَ الْكِبَرُ فَبِمَ تُبَشِّرُونَ {54}
15:54 Ibrohim: “Menga keksalik yetib kelganiga qaramasdan menga xushxabar olib keldingizmi? Sizlar nimani xushxabar qilyapsizlar?”- dedi.
قَالُواْ بَشَّرْنَاكَ بِالْحَقِّ فَلاَ تَكُن مِّنَ الْقَانِطِينَ {55}
15:55 “Biz senga haqiqatni xushxabar beryapmiz. Aslo umidsiz boʻlma”, dedilar.
قَالَ وَمَن يَقْنَطُ مِن رَّحْمَةِ رَبِّهِ إِلاَّ الضَّآلُّونَ {56}
15:56 “Adashganlardan boshqa kim ham Rabbining yaxshiligidan noumid boʻladi?”- dedi Ibrohim.
قَالَ فَمَا خَطْبُكُمْ أَيُّهَا الْمُرْسَلُونَ {57}
15:57 “Ey Elchilar! Asl vazifangiz nima?”- dedi Ibrohim.
قَالُواْ إِنَّا أُرْسِلْنَا إِلَى قَوْمٍ مُّجْرِمِينَ {58}
15:58 Ular aytdiki: «Biz jinoyatchi qavmga yuborildik.
إِلاَّ آلَ لُوطٍ إِنَّا لَمُنَجُّوهُمْ أَجْمَعِينَ {59}
15:59 Lutning oilasi jinoyatchi emas. Biz ularning barchasini qutqarib qolamiz.
إِلاَّ امْرَأَتَهُ قَدَّرْنَا إِنَّهَا لَمِنَ الْغَابِرِينَ {60}
15:60 Lekin, Lutning ayoli bundan mustasno (qutqarilmaydi). Uni ortda qoluvchilardan boʻlishini belgilab qoʻydik[1091].
فَلَمَّا جَاء آلَ لُوطٍ الْمُرْسَلُونَ {61}
15:61 Oʻsha elchilar Lut oilasiga kelishganida,
قَالَ إِنَّكُمْ قَوْمٌ مُّنكَرُونَ {62}
15:62 “Sizlar notanish kishilarsiz”, dedi Lut.
قَالُواْ بَلْ جِئْنَاكَ بِمَا كَانُواْ فِيهِ يَمْتَرُونَ {63}
15:63 Ular aytdilarki: «Yoʻq, balki, biz senga u(kofir)lar shubhalanayotgan narsa bilan keldik.
وَأَتَيْنَاكَ بَالْحَقِّ وَإِنَّا لَصَادِقُونَ {64}
15:64 Senga haq (xabar) keltirdik, biz rostgoʻymiz.
فَأَسْرِ بِأَهْلِكَ بِقِطْعٍ مِّنَ اللَّيْلِ وَاتَّبِعْ أَدْبَارَهُمْ وَلاَ يَلْتَفِتْ مِنكُمْ أَحَدٌ وَامْضُواْ حَيْثُ تُؤْمَرُونَ {65}
15:65 Endi, kechaning bir qismida oilang bilan birga yoʻlga chiq, oʻzing ularning ortidan yur. Sizlardan hech kim ortiga oʻgirilmasin. Sizlarga buyurilgan joygacha yurib boringlar» (dedilar).
وَقَضَيْنَا إِلَيْهِ ذَلِكَ الأَمْرَ أَنَّ دَابِرَ هَؤُلاء مَقْطُوعٌ مُّصْبِحِينَ {66}
15:66 Va unga “Tongga yaqin bu (kofir)larning orqasidan keladigan nasli qatʼiyan toʻxtatiladi” degan buyruqni vahiy qildik.»
وَجَاء أَهْلُ الْمَدِينَةِ يَسْتَبْشِرُونَ {67}
15:67 Shahar aholisi bir-biriga xushxabar berib (Lutning uyiga yetib) keldi.
قَالَ إِنَّ هَؤُلاء ضَيْفِي فَلاَ تَفْضَحُونِ {68}
15:68 Lut esa: “Axir, bular mening mehmonlarim. Meni sharmanda qilmanglar!” dedi.
وَاتَّقُوا اللّهَ وَلاَ تُخْزُونِ {69}
15:69 Allohga nisbatan javobgarlikni his qilinglar, meni xafa qilmanglar!»
قَالُوا أَوَلَمْ نَنْهَكَ عَنِ الْعَالَمِينَ {70}
15:70 Ular: “Biz seni boshqalarni ishiga aralashishdan man qilmaganmidik?!” dedi.
قَالَ هَؤُلاء بَنَاتِي إِن كُنتُمْ فَاعِلِينَ {71}
15:71 Lut aytdi: “Agar shu ishni qilmoqchi boʻlsangiz, mana bular mening qizlarim (shularga uylaning).”
لَعَمْرُكَ إِنَّهُمْ لَفِي سَكْرَتِهِمْ يَعْمَهُونَ {72}
15:72 «Umringa qasamki/uzoq umr koʻrgur, ular sarxushlik ichra tentirab yurmoqda.[1092]»
فَأَخَذَتْهُمُ الصَّيْحَةُ مُشْرِقِينَ {73}
15:73 Kun chiqayotganida ularni dahshatli tovush bosdi.
فَجَعَلْنَا عَالِيَهَا سَافِلَهَا وَأَمْطَرْنَا عَلَيْهِمْ حِجَارَةً مِّن سِجِّيلٍ {74}
15:74 Keyin, ularni ostin-ustun qilib, tepasidan pishgan lava toshlarini yogʻdirib yubordik.
إِنَّ فِي ذَلِكَ لآيَاتٍ لِّلْمُتَوَسِّمِينَ {75}
15:75 Albatta, izlanish olib boruvchilar uchun bunda belgi-alomatlar bor.
وَإِنَّهَا لَبِسَبِیلࣲ مُّقِیمٍ
15:76 Albatta, uning xarobligi hozir ham insonlar oʻtadigan yoʻl ustidadir[1093].
إِنَّ فِی ذَ ٰلِكَ لَـَٔایَةࣰ لِّلۡمُؤۡمِنِینَ
15:77 Oʻsha xarobalikda ishonadiganlar uchun dalil-alomat bor.
وَإِن كَانَ أَصْحَابُ الأَيْكَةِ لَظَالِمِينَ {78}
15:78 Aykaliklar ham aniq zolim edi.
فَانتَقَمْنَا مِنْهُمْ وَإِنَّهُمَا لَبِإِمَامٍ مُّبِينٍ {79}
15:79 Ularga ham loyiq jazoni berdik. Ikkalasining ham xarobaligi ochiq yoʻl ustidadir.
وَلَقَدْ كَذَّبَ أَصْحَابُ الحِجْرِ الْمُرْسَلِينَ {80}
15:80 Shubhasizki, Hijrliklar ham oʻzlariga yuborilgan elchilarni yolgʻonchiga chiqarishgan.
وَآتَيْنَاهُمْ آيَاتِنَا فَكَانُواْ عَنْهَا مُعْرِضِينَ {81}
15:81 Ularga ham oyatlarimizni berganmiz, ular undan yuz oʻgirishgan.
وَكَانُواْ يَنْحِتُونَ مِنَ الْجِبَالِ بُيُوتًا آمِنِينَ {82}
15:82 Xotirjam boʻlish uchun, ular togʻlarni oʻyib uylar qurishar edi.
فَأَخَذَتْهُمُ الصَّيْحَةُ مُصْبِحِينَ {83}
15:83 Tonga yaqin ularni ham oʻsha dahshatli tovush bosdi.
فَمَا أَغْنَى عَنْهُم مَّا كَانُواْ يَكْسِبُونَ {84}
15:84 Erishgan narsalari ularga hech narsaga asqotmadi.
وَمَا خَلَقْنَا السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا إِلاَّ بِالْحَقِّ وَإِنَّ السَّاعَةَ لآتِيَةٌ فَاصْفَحِ الصَّفْحَ الْجَمِيلَ {85}
15:85 Yer-u osmonlar va ular orasidagi narsalarni haqiqiy borliqlar qilib:toʻgʻri maqsadda yaratdik[1094]. Qiyomat albatta keladi. Sen chiroyli muomala qil[1095].
إِنَّ رَبَّكَ هُوَ الْخَلاَّقُ الْعَلِيمُ {86}
15:86 Albatta, Robbing (mutloq) yaratuvchidir, biluvchidir.
وَلَقَدْ آتَيْنَاكَ سَبْعًا مِّنَ الْمَثَانِي وَالْقُرْآنَ الْعَظِيمَ {87}
15:87 Shubhasizki, senga sabʼi-masoniyni – ulugʻ Qurʼonni/jamlanmani berdik[1096].
لاَ تَمُدَّنَّ عَيْنَيْكَ إِلَى مَا مَتَّعْنَا بِهِ أَزْوَاجًا مِّنْهُمْ وَلاَ تَحْزَنْ عَلَيْهِمْ وَاخْفِضْ جَنَاحَكَ لِلْمُؤْمِنِينَ {88}
15:88 Biz ulardan baʼzilarini qoʻsha-qoʻsha bahramand qilgan narsalarga koʻz tikma! Ular uchun xafa ham boʻlma. Sen moʻminlarga qanot yoz (kamtar boʻl).
وَقُلْ إِنِّي أَنَا النَّذِيرُ الْمُبِينُ {89}
15:89 Va: “Albatta, men ochiq-oydin ogohlantiruvchiman”, deb ayt.
كَمَا أَنزَلْنَا عَلَى المُقْتَسِمِينَ {90}
15:90 Ayirmachilarga[1097] yuborganimiz kabi (senga ham kitob yubordik),
الَّذِينَ جَعَلُوا الْقُرْآنَ عِضِينَ {91}
15:91 Oʻsha ayirmachilar (endi hozir) Qurʼonni boʻlib-parchalaloqda.
فَوَرَبِّكَ لَنَسْأَلَنَّهُمْ أَجْمَعِيْنَ {92}
15:92 Rabbingga qasamki, ularning barchasidan soʻraymiz,
عَمَّا كَانُوا يَعْمَلُونَ {93}
15:93 Qilmishlaridan (soʻraymiz).
فَاصْدَعْ بِمَا تُؤْمَرُ وَأَعْرِضْ عَنِ الْمُشْرِكِينَ {94}
15:94 Endi, sen oʻzinga buyurilgan narsani ochiq gapir va mushriklardan yuz oʻgir.
إِنَّا كَفَيْنَاكَ الْمُسْتَهْزِئِينَ {95}
15:95 Seni masxara qiluvchilarga qarshi Biz Oʻzimiz senga kifoya qilamiz.
الَّذِينَ يَجْعَلُونَ مَعَ اللّهِ إِلـهًا آخَرَ فَسَوْفَ يَعْمَلُونَ {96}
15:96 Ular Alloh bilan birga yana boshqa bir iloh toʻqib chiqarishdi. Endi, yaqinda bilib olishadi.
وَلَقَدْ نَعْلَمُ أَنَّكَ يَضِيقُ صَدْرُكَ بِمَا يَقُولُونَ {97}
15:97 Shubhasizki, ularning gaplaridan yuraging siqilayotganini bilib turibmiz.
فَسَبِّحْ بِحَمْدِ رَبِّكَ وَكُن مِّنَ السَّاجِدِينَ {98}
15:98 Sen Robbingni olqishlab ulugʻla va sajda qiluvchilardan boʻl;
وَاعْبُدْ رَبَّكَ حَتَّى يَأْتِيَكَ الْيَقِينُ {99}
15:99 Senga aniq haqiqat (oʻlim) kelgunga qadar Rabbingga qullik qil!
- NAHL surasi[1098]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
أَتَى أَمْرُ اللّهِ فَلاَ تَسْتَعْجِلُوهُ سُبْحَانَهُ وَتَعَالَى عَمَّا يُشْرِكُونَ {1}
16:1 Allohning (qiyomat haqidagi) amri yaqin kelib qoldi – uni tezlashtirishni talab qilmay qoʻyaveringlar. Alloh u (mushrik)lar qoʻshayotgan shirkdan pokdir.
يُنَزِّلُ الْمَلآئِكَةَ بِالْرُّوحِ مِنْ أَمْرِهِ عَلَى مَن يَشَاء مِنْ عِبَادِهِ أَنْ أَنذِرُواْ أَنَّهُ لاَ إِلَـهَ إِلاَّ أَنَاْ فَاتَّقُونِ {2}
16:2 Alloh munosib bilgan bandalariga malaklarni Oʻz amridan iborat boʻlgan ruh bilan “Qullik qilinishga haqli mendan boshqa zot yoʻqligini insonlarga ogohlantirib qoʻyinglar, ular Menga nisbatan javobgarligini his qilsinlar”, deb yuborib turadi.
خَلَقَ السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضَ بِالْحَقِّ تَعَالَى عَمَّا يُشْرِكُونَ {3}
16:3 U osmonlar va yerni haqiqiy borliqlar qilib yaratdi, U (mushrik)lar qoʻshayotgan shirkdan oliydir.
خَلَقَ الإِنسَانَ مِن نُّطْفَةٍ فَإِذَا هُوَ خَصِيمٌ مُّبِينٌ {4}
16:4 U insonni urugʻlanlgan tuxumdan yaratdi. Endi esa, U ochiqchasiga tortishadigan-xusumatchi boʻlib turibdi.
وَالأَنْعَامَ خَلَقَهَا لَكُمْ فِيهَا دِفْءٌ وَمَنَافِعُ وَمِنْهَا تَأْكُلُونَ {5}
16:5 U sizlar uchun chorva hayvon yaratib berdi. Ularda siz uchun (tuk, yung, teri kabi) isitadigan narsa va (boshqa) manfaatlar bor va ulardan yeysizlar ham.
وَلَكُمْ فِيهَا جَمَالٌ حِينَ تُرِيحُونَ وَحِينَ تَسْرَحُونَ {6}
16:6 Sizlar uchun ularda oʻtloqdan qaytarayotgan va olib ketayotganingizda zavqlantiradigan goʻzallik bor.
وَتَحْمِلُ أَثْقَالَكُمْ إِلَى بَلَدٍ لَّمْ تَكُونُواْ بَالِغِيهِ إِلاَّ بِشِقِّ الأَنفُسِ إِنَّ رَبَّكُمْ لَرَؤُوفٌ رَّحِيمٌ {7}
16:7 Yana, oʻzingiz joningiz mashaqqat chekmasdan bora olmaydigan yurtlarga ular yuklaringizni tashib beradi. Albatta, yaratgan Egangiz shafqatli va mehribondir.
وَالْخَيْلَ وَالْبِغَالَ وَالْحَمِيرَ لِتَرْكَبُوهَا وَزِينَةً وَيَخْلُقُ مَا لاَ تَعْلَمُونَ {8}
16:8 Yana, ot, xachir va eshak turlarini sizlarni minishingiz uchun hamda ziynat qilib yaratdi. U sizlar bilmagan narsalarni ham yaratmoqda.
وَعَلَى اللّهِ قَصْدُ السَّبِيلِ وَمِنْهَا جَآئِرٌ وَلَوْ شَاء لَهَدَاكُمْ أَجْمَعِينَ {9}
16:9 Toʻgʻri yoʻlni Alloh koʻrsatadi. Yoʻllar orasida egri yoʻl ham bor. Agar Alloh munosib bilganida, hammangizni toʻgʻri yoʻlga muvaffaq qilib qoʻyardi.
هُوَ الَّذِي أَنزَلَ مِنَ السَّمَاء مَاء لَّكُم مِّنْهُ شَرَابٌ وَمِنْهُ شَجَرٌ فِيهِ تُسِيمُونَ {10}
16:10 Sizlar uchun samodan suv tushirib bergan Udir; ichimligingiz ham undan, hayvonlaringizni oʻtlatadigan oʻsimliklar ham undan.
يُنبِتُ لَكُم بِهِ الزَّرْعَ وَالزَّيْتُونَ وَالنَّخِيلَ وَالأَعْنَابَ وَمِن كُلِّ الثَّمَرَاتِ إِنَّ فِي ذَلِكَ لآيَةً لِّقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ {11}
16:11 U yana sizlar uchun u orqali ekin, zaytun va xurmo turlari, uzumlar va turli mevalar undirib beradi. Oʻylanib-fikr yuritadigan kishilar uchun bunda oyat-dalil bor.
وَسَخَّرَ لَكُمُ اللَّيْلَ وَالْنَّهَارَ وَالشَّمْسَ وَالْقَمَرَ وَالْنُّجُومُ مُسَخَّرَاتٌ بِأَمْرِهِ إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآيَاتٍ لِّقَوْمٍ يَعْقِلُونَ {12}
16:12 Yana U kecha bilan kunduzni va quyosh bilan oyni sizlarni xizmatingizga solib qoʻydi. Yulduzlar ham Uning amri bilan xizmatingizga boʻysundirilgan. Aql yuritadigan kishilar uchun bunda albatta dalillar/belgilar bor.
وَمَا ذَرَأَ لَكُمْ فِي الأَرْضِ مُخْتَلِفًا أَلْوَانُهُ إِنَّ فِي ذَلِكَ لآيَةً لِّقَوْمٍ يَذَّكَّرُونَ {13}
16:13 Yerda sizlar uchun turli rangda yetishtirib bergan narsalarini ham sizning xizmatingizga solib qoʻydi. Nasihat oladiganlar uchun bunda albatta dalil/belgi bor.
وَهُوَ الَّذِي سَخَّرَ الْبَحْرَ لِتَأْكُلُواْ مِنْهُ لَحْمًا طَرِيًّا وَتَسْتَخْرِجُواْ مِنْهُ حِلْيَةً تَلْبَسُونَهَا وَتَرَى الْفُلْكَ مَوَاخِرَ فِيهِ وَلِتَبْتَغُواْ مِن فَضْلِهِ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ {14}
16:14 U dengizni ham boʻysundirib berdi. Undan toza goʻsht yeyishingiz uchun hamda taqadigan taqinchoqlar chiqarib olishingiz uchun shunday qildi – sen unda suvni yorib ketayotgan kemalarni koʻrasan – hamda, Allohning oliyjanobligidan talab qilishingiz uchun shunday qildi, (buni) qadriga yetgaysiz!
وَأَلْقَى فِي الأَرْضِ رَوَاسِيَ أَن تَمِيدَ بِكُمْ وَأَنْهَارًا وَسُبُلاً لَّعَلَّكُمْ تَهْتَدُونَ {15}
16:15 Sizlarni joyingizdan tebratib yubormasligi uchun, yerni ichiga muvozanatni ushlab turadigan bosimlar (tortish kuchi) qoʻydi, (suvidan foydalana olishingiz uchun) anhorlar va (yoʻlingizni topa olishingiz uchun) yoʻllar paydo qildi.
وَعَلامَاتٍ وَبِالنَّجْمِ هُمْ يَهْتَدُونَ {16}
16:16 Va alomatlar (paydo qildi[1099]). Insonlar yulduzlar bilan ham yoʻllarini topib olishadi.
أَفَمَن يَخْلُقُ كَمَن لاَّ يَخْلُقُ أَفَلا تَذَكَّرُونَ {17}
16:17 Yarata oladigan zot yarata olmaydigan kishiga oʻxshaydimi? Nahot nasihat olmasanglar?!
وَإِن تَعُدُّواْ نِعْمَةَ اللّهِ لاَ تُحْصُوهَا إِنَّ اللّهَ لَغَفُورٌ رَّحِيمٌ {18}
16:18 Agar Allohning neʼmatlarini sanamoqchi boʻlsangiz, uni sanab bitira olmaysizlar. Chunki, Alloh kechirimli va mehribondir.
وَاللّهُ يَعْلَمُ مَا تُسِرُّونَ وَمَا تُعْلِنُونَ {19}
16:19 Alloh yashirib qilayotgan ishlaringizni ham, oshkora qilayotgan ishlaringizni ham bilib turibdi.
وَالَّذِينَ يَدْعُونَ مِن دُونِ اللّهِ لاَ يَخْلُقُونَ شَيْئًا وَهُمْ يُخْلَقُونَ {20}
16:20 Allohni qoʻyib (yordam soʻrab) duo qilayotganlari hech narsa yarata olmaydi. Aksincha, ularning oʻzlari yaratilgandir.
أَمْواتٌ غَيْرُ أَحْيَاء وَمَا يَشْعُرُونَ أَيَّانَ يُبْعَثُونَ {21}
16:21 Ular oʻlikdir, tirik emas. Hatto, qachon tiriltirilishlarini ham bilishmaydi (sezishmaydi).
إِلَهُكُمْ إِلَهٌ وَاحِدٌ فَالَّذِينَ لاَ يُؤْمِنُونَ بِالآخِرَةِ قُلُوبُهُم مُّنكِرَةٌ وَهُم مُّسْتَكْبِرُونَ {22}
16:21 Ilohingiz yagona ilohdir. Oxiratga ishonmaydiganlarning qalblari (haqiqatni) inkor qiladi, oʻzlari esa mutakabbirdir.
لاَ جَرَمَ أَنَّ اللّهَ يَعْلَمُ مَا يُسِرُّونَ وَمَا يُعْلِنُونَ إِنَّهُ لاَ يُحِبُّ الْمُسْتَكْبِرِينَ {23}
16:23 Shubha yoʻqki, ularni yashirgan narsalarini ham, oshkor qilgan narsalarini ham Alloh bilib turadi. Haqiqatda, U mutakabbirlik qiluvchilarni yoqtirmaydi.
وَإِذَا قِيلَ لَهُم مَّاذَا أَنزَلَ رَبُّكُمْ قَالُواْ أَسَاطِيرُ الأَوَّلِينَ {24}
16:24 Ularga: “Rabbingiz nima nozil qildi?”- deyilsa, «Avvalgilarning uydırmalari», deydilar.
لِيَحْمِلُواْ أَوْزَارَهُمْ كَامِلَةً يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَمِنْ أَوْزَارِ الَّذِينَ يُضِلُّونَهُم بِغَيْرِ عِلْمٍ أَلاَ سَاء مَا يَزِرُونَ {25}
16:25 Shunday qilib, ular qiyomat kuni oʻzlarining gunohini toʻliq boʻyniga oladi, hamda ilmsizlik qilib adashtirgan kishilarining gunohlaridan ham (bir qismini) boʻyniga oladi. Boʻyniga olayotgan narsasi qanday ham yomon!
قَدْ مَكَرَ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ فَأَتَى اللّهُ بُنْيَانَهُم مِّنَ الْقَوَاعِدِ فَخَرَّ عَلَيْهِمُ السَّقْفُ مِن فَوْقِهِمْ وَأَتَاهُمُ الْعَذَابُ مِنْ حَيْثُ لاَ يَشْعُرُونَ {26}
16:26 Ulardan avvalgilar ham makr-xiyla qilishgan. Alloh ularning (makr-xiylali) binolarini poydevorini barbod qildi, natijada tom ustilariga tushdi[1100] va ularga oʻzlari bilmagan tarafdan azob keldi.
ثُمَّ يَوْمَ الْقِيَامَةِ يُخْزِيهِمْ وَيَقُولُ أَيْنَ شُرَكَآئِيَ الَّذِينَ كُنتُمْ تُشَاقُّونَ فِيهِمْ قَالَ الَّذِينَ أُوتُواْ الْعِلْمَ إِنَّ الْخِزْيَ الْيَوْمَ وَالْسُّوءَ عَلَى الْكَافِرِينَ {27}
16:27 Keyin qiyomat kuni ularni xor qiladi va ularga: “Sizlar tarafini olib yurgan Mening «sherik”larim qani qayerda?»- deydi. Ilm berilganlar: “Bugun xorlik va yomon (oqibat) kofirlarga tegishlidir”, deydi.
الَّذِينَ تَتَوَفَّاهُمُ الْمَلائِكَةُ ظَالِمِي أَنفُسِهِمْ فَأَلْقَوُاْ السَّلَمَ مَا كُنَّا نَعْمَلُ مِن سُوءٍ بَلَى إِنَّ اللّهَ عَلِيمٌ بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ {28}
16:28 Ular – oʻziga oʻzi zulm qilayotganida malaklar jonini olgan kishilar boʻladi. Oʻshanda ular: “Biz hech qanday yomonlik qilmaganmiz”, deb taslim boʻladi. Ularga: «Unday emas! Alloh qilmishlaringizni bilib turgan,
فَادْخُلُواْ أَبْوَابَ جَهَنَّمَ خَالِدِينَ فِيهَا فَلَبِئْسَ مَثْوَى الْمُتَكَبِّرِينَ {29}
16:29 Shuning uchun, oʻlimsiz-mangu qoluvchi boʻlib jahannam eshiklaridan kiringlar», deyiladi. Mutakabbirlarning qolar joyi qanday ham yomon!
وَقِيلَ لِلَّذِينَ اتَّقَوْاْ مَاذَا أَنزَلَ رَبُّكُمْ قَالُواْ خَيْرًا لِّلَّذِينَ أَحْسَنُواْ فِي هَذِهِ الدُّنْيَا حَسَنَةٌ وَلَدَارُ الآخِرَةِ خَيْرٌ وَلَنِعْمَ دَارُ الْمُتَّقِينَ {30}
16:30 Javobgarlikni his qiladigan (moʻmin)larga: “Rabbingiz nima nozil qildi?”- deyilsa, ular: “Yaxshilik”- deydi. Bu dunyoda yaxshilik qilganga yaxshilik bor. Oxirat diyori esa, albatta yaxshiroqdir. Masʼuliyatli (moʻminlar) diyori qanday ham yaxshi!
جَنَّاتُ عَدْنٍ يَدْخُلُونَهَا تَجْرِي مِن تَحْتِهَا الأَنْهَارُ لَهُمْ فِيهَا مَا يَشَآؤُونَ كَذَلِكَ يَجْزِي اللّهُ الْمُتَّقِينَ {31}
16:31 Ular ostidan anhorlar oqib turadigan bogʻ-u boʻstonlarga kiradilar. Ularga u yerda oʻzlari xohlagan narsa bor. Masʼuliyatli moʻminlarni Alloh mana shunday mukofotlaydi.
الَّذِينَ تَتَوَفَّاهُمُ الْمَلآئِكَةُ طَيِّبِينَ يَقُولُونَ سَلامٌ عَلَيْكُمُ ادْخُلُواْ الْجَنَّةَ بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ {32}
16:32 Ular – malaklar ularni (gunohlardan) pok boʻlgan hollarida jonini oladigan kishilardir. “Salom sizlarga! Qilgan amalingiz evaziga jannatga kiring!”, deydilar.
هَلْ يَنظُرُونَ إِلاَّ أَن تَأْتِيَهُمُ الْمَلائِكَةُ أَوْ يَأْتِيَ أَمْرُ رَبِّكَ كَذَلِكَ فَعَلَ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ وَمَا ظَلَمَهُمُ اللّهُ وَلـكِن كَانُواْ أَنفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ {33}
16:33 (Bu kofirlar jonini olishi uchun) oʻzlariga malaklar, yoki Rabbingning (azob haqidagi) amri kelishidan boshqa narsa kutishmayapti. Ulardan avvalgilar ham shunday qilishgan. Ularga Alloh zulm qilmagan. Lekin, ular oʻziga-oʻzi zulm qilgan.
فَأَصَابَهُمْ سَيِّئَاتُ مَا عَمِلُواْ وَحَاقَ بِهِم مَّا كَانُواْ بِهِ يَسْتَهْزِؤُونَ {34}
16:34 Natijada, qilgan yomonliklari oʻzlariga musibat boʻldi va kamsitib-mensimagan narsasi (azob) ularni qurshab oldi.
وَقَالَ الَّذِينَ أَشْرَكُواْ لَوْ شَاء اللّهُ مَا عَبَدْنَا مِن دُونِهِ مِن شَيْءٍ نَّحْنُ وَلا آبَاؤُنَا وَلاَ حَرَّمْنَا مِن دُونِهِ مِن شَيْءٍ كَذَلِكَ فَعَلَ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ فَهَلْ عَلَى الرُّسُلِ إِلاَّ الْبَلاغُ الْمُبِينُ {35}
16:35 Allohga sherik qoʻshganlar: “Agar Alloh xohlaganida na biz va na ota-bobolarimiz Allohdan boshqa hech narsaga sigʻinmagan boʻlardik, Alloh qilgan narsadan boshqa narsani qilmagan boʻlardik”, dedi. Ulardan avvalgilar ham shunday qilishgan. Elchilarning zimmasida ochiqcha yetkazib qoʻyishdan boshqa narsa yoʻq.
وَلَقَدْ بَعَثْنَا فِي كُلِّ أُمَّةٍ رَّسُولاً أَنِ اعْبُدُواْ اللّهَ وَاجْتَنِبُواْ الطَّاغُوتَ فَمِنْهُم مَّنْ هَدَى اللّهُ وَمِنْهُم مَّنْ حَقَّتْ عَلَيْهِ الضَّلالَةُ فَسِيرُواْ فِي الأَرْضِ فَانظُرُواْ كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الْمُكَذِّبِينَ {36}
16:36 Har bir jamiyatga «Allohga qullik qilinglar va togʻutdan[1101] uzoq turinglar», deb elchi yuborganmiz. Ulardan Alloh hidoyat qilgani ham boʻldi, adashib-zalolatga haqli boʻlganlar ham boʻldi. Sizlar yer yuzida sayr qilib, rostni yolgʻon deyuvchilarning oqibati qanday boʻlganini kuzating.
إِن تَحْرِصْ عَلَى هُدَاهُمْ فَإِنَّ اللّهَ لاَ يَهْدِي مَن يُضِلُّ وَمَا لَهُم مِّن نَّاصِرِينَ {37}
16:37 Ularni hidoyat topishiga qiziqqaning bilan, (banda oʻzi zalolatni tanlagani uchun) Alloh Oʻzi adashtirgan kishini hidoyat qilmaydi, ularning yordamchilari ham boʻlmaydi.
وَأَقْسَمُواْ بِاللّهِ جَهْدَ أَيْمَانِهِمْ لاَ يَبْعَثُ اللّهُ مَن يَمُوتُ بَلَى وَعْدًا عَلَيْهِ حَقًّا وَلـكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لاَ يَعْلَمُونَ {38}
16:38 Yana ular: “Oʻlgan kishini Alloh qayta tiriltirmaydi”, deb bor kuchi bilan Alloh nomiga qasam ichishdi. Unday emas! Bu Allohning vaʼdasi, u amalga oshadi. Lekin, insonlarning koʻpchiligi buni bilmaydi.
لِيُبَيِّنَ لَهُمُ الَّذِي يَخْتَلِفُونَ فِيهِ وَلِيَعْلَمَ الَّذِينَ كَفَرُواْ أَنَّهُمْ كَانُواْ كَاذِبِينَ {39}
16:39 (Allohning vaʼdasi) ularga ixtilof qilgan narsasini bayon qilib berish uchun hamda kofirlar oʻzlarini yolgʻonchi ekanini bilib qoʻyishi uchundir.
إِنَّمَا قَوْلُنَا لِشَيْءٍ إِذَا أَرَدْنَاهُ أَن نَّقُولَ لَهُ كُن فَيَكُونُ {40}
16:40 Paydo boʻlishini xohlagan narsamizga aytadigan gapimiz faqatgina “Boʻl!”- deyish boʻladi, xolos. Keyin u narsa paydo boʻladi.
وَالَّذِينَ هَاجَرُواْ فِي اللّهِ مِن بَعْدِ مَا ظُلِمُواْ لَنُبَوِّئَنَّهُمْ فِي الدُّنْيَا حَسَنَةً وَلَأَجْرُ الآخِرَةِ أَكْبَرُ لَوْ كَانُواْ يَعْلَمُونَ {41}
16:41 Haqsizlik qilinganidan keyin Alloh yoʻlida hijrat qilganlarni dunyo hayotida goʻzal bir yerga joylashtiramiz, oxiratdagi ajri esa juda buyuk. Qaniydi buni bilishganida!
الَّذِينَ صَبَرُواْ وَعَلَى رَبِّهِمْ يَتَوَكَّلُونَ {42}
16:42 Ular – sabr-bardosh qilgan va yaratgan Egasiga suyanib-tayangan kishilardir.
وَمَا أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ إِلاَّ رِجَالاً نُّوحِي إِلَيْهِمْ فَاسْأَلُواْ أَهْلَ الذِّكْرِ إِن كُنتُمْ لاَ تَعْلَمُونَ {43}
16:43 (Ey Muhammad!) Sendan ilgari faqatgina Biz ularga vahiy yuborgan erkak kishilarni elchi qilib yuborganmiz. (Ey Inkorchilar!)[1102] Agar (bu haqida) bilmasangiz, (avval nozil boʻlgan) zikr-kitobni[1103] yaxshi biladiganlardan soʻrang.
بِالْبَيِّنَاتِ وَالزُّبُرِ وَأَنزَلْنَا إِلَيْكَ الذِّكْرَ لِتُبَيِّنَ لِلنَّاسِ مَا نُزِّلَ إِلَيْهِمْ وَلَعَلَّهُمْ يَتَفَكَّرُونَ {44}
16:44 Biz ularni aniq-ravshan dalillar va Zaburlar bilan yuborganmiz. Ularga nozil qilingan narsa nima ekanini bayon qilib-koʻrsatib berishing uchun, ayni Zikrni senga ham nozil qildik. Balki tafakkur qilishar.
أَفَأَمِنَ الَّذِينَ مَكَرُواْ السَّيِّئَاتِ أَن يَخْسِفَ اللّهُ بِهِمُ الأَرْضَ أَوْ يَأْتِيَهُمُ الْعَذَابُ مِنْ حَيْثُ لاَ يَشْعُرُونَ {45}
16:45 Yomonliklarni rejalashtirganlar Alloh ularni yerga yuttirib yuborishidan, yoki oʻzlari bilmagan-sezmagan tarafdan azob kelishidan xotirjammikan?
أَوْ يَأْخُذَهُمْ فِي تَقَلُّبِهِمْ فَمَا هُم بِمُعْجِزِينَ {46}
16:46 Yoki kezib yurganida Alloh ularni (qattiq) ushlashidan xotirjammikan? Ular (Allohni) ojiz qoldirolmaydi.
أَوْ يَأْخُذَهُمْ عَلَى تَخَوُّفٍ فَإِنَّ رَبَّكُمْ لَرؤُوفٌ رَّحِيمٌ {47}
16:47 Yoki (Alloh) ularni xavfsirab turganida tutishidan xotirjammikan? Biroq, Rabbingiz shafqatli va mehribondir.
أَوَ لَمْ يَرَوْاْ إِلَى مَا خَلَقَ اللّهُ مِن شَيْءٍ يَتَفَيَّأُ ظِلاَلُهُ عَنِ الْيَمِينِ وَالْشَّمَآئِلِ سُجَّدًا لِلّهِ وَهُمْ دَاخِرُونَ {48}
16:48 Ular Alloh yaratgan narsaga nazar solmaydimi? U narsaning soyasi oʻng va chap taraflarga moyil boʻlib turadi va shu shaklda Allohga boʻyin egib sajda qiladi.
وَلِلّهِ يَسْجُدُ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الأَرْضِ مِن دَآبَّةٍ وَالْمَلآئِكَةُ وَهُمْ لاَ يَسْتَكْبِرُونَ {49}
16:49 Osmonlar va yerdagi jonzotlar hamda malaklar kibrlanmagan holda Allohga sajda qiladi.
يَخَافُونَ رَبَّهُم مِّن فَوْقِهِمْ وَيَفْعَلُونَ مَا يُؤْمَرُونَ {50}
16:50 Ular oʻzlarining ustidan hukmronlik qilib turgan Rabbidan qoʻrqadi va buyurilgan buyruqni bajaradi.
وَقَالَ اللّهُ لاَ تَتَّخِذُواْ إِلـهَيْنِ اثْنَيْنِ إِنَّمَا هُوَ إِلهٌ وَاحِدٌ فَإيَّايَ فَارْهَبُونِ {51}
16:51 Alloh shunday dedi: “Oʻzingizga ikkita iloh qilib olmanglar. Qullik qilinishga haqli zot – yagona ilohdir, faqat mendan choʻchib-qoʻrqinglar!”
وَلَهُ مَا فِي الْسَّمَاوَاتِ وَالأَرْضِ وَلَهُ الدِّينُ وَاصِبًا أَفَغَيْرَ اللّهِ تَتَّقُونَ {52}
16:52 Osmonlar va yerdagi narsalar Uniki, din ham doim Unga tegishli. Sizlar Allohdan boshqasiga taqvo qilasizmi?!
وَمَا بِكُم مِّن نِّعْمَةٍ فَمِنَ اللّهِ ثُمَّ إِذَا مَسَّكُمُ الضُّرُّ فَإِلَيْهِ تَجْأَرُونَ {53}
16:53 Sizlardagi har turli neʼmat Allohdan. Keyin, sizlarga biror bir zarar/qiyinchilik yetganida, Unga yolvorasiz.
ثُمَّ إِذَا كَشَفَ الضُّرَّ عَنكُمْ إِذَا فَرِيقٌ مِّنكُم بِرَبِّهِمْ يُشْرِكُونَ {54}
16:54 Soʻng, sizlardan zararni bartaraf qilganida, sizlardan bir toifa insonlar darhol yaratgan Egasiga sherik qoʻshadi[1104].
لِيَكْفُرُواْ بِمَا آتَيْنَاهُمْ فَتَمَتَّعُواْ فَسَوْفَ تَعْلَمُونَ {55}
16:55 Ularga bergan narsamizga nonkoʻrlik qilish uchun shunday qilishadi. Hozircha bahramand boʻlib turaveringlar, (haqiqatni) yaqinda bilib olasiz!
وَيَجْعَلُونَ لِمَا لاَ يَعْلَمُونَ نَصِيبًا مِّمَّا رَزَقْنَاهُمْ تَاللّهِ لَتُسْأَلُنَّ عَمَّا كُنتُمْ تَفْتَرُونَ {56}
16:56 Yana, Biz bergan rizqdan mohiyatini bilmaydigan “iloh”lariga nasiba ham ajratishadi. Allohga qasamki, qilayotgan tuhmatingizdan albatta soʻroqqa tutilasizlar.
وَيَجْعَلُونَ لِلّهِ الْبَنَاتِ سُبْحَانَهُ وَلَهُم مَّا يَشْتَهُونَ {57}
16:57 Qizlarni Allohga tegishli qiladi – Alloh bundan pokdir, oʻzlari orzu qiladigan (oʻgʻillarini) esa oʻzlariga tegishli qiladi[1105].
وَإِذَا بُشِّرَ أَحَدُهُمْ بِالأُنثَى ظَلَّ وَجْهُهُ مُسْوَدًّا وَهُوَ كَظِيمٌ {58}
16:58 Ulardan biriga qiz farzandni hush xabari berilsa achchigʻidan yuzi qorayib ketadi.
يَتَوَارَى مِنَ الْقَوْمِ مِن سُوءِ مَا بُشِّرَ بِهِ أَيُمْسِكُهُ عَلَى هُونٍ أَمْ يَدُسُّهُ فِي التُّرَابِ أَلاَ سَاء مَا يَحْكُمُونَ {59}
16:59 Unga bildirilgan xabarning “yomon”ligi sababli, qavmiga koʻrinmay yurishga urinib qoladi. Uni nomusiga chidasamikin yoki tuproqqa koʻmib tashlasamikin (deb oʻylaydi). Bilib qoʻying, ular berayotgan qaror qanday ham yomon!
لِلَّذِينَ لاَ يُؤْمِنُونَ بِالآخِرَةِ مَثَلُ السَّوْءِ وَلِلّهِ الْمَثَلُ الأَعْلَىَ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ {60}
16:60 Oxiratga ishonmaydiganlarni oʻshanday yomon sifatlari bor. Eng ulugʻ sifat Allohga tegishli. U gʻolib va ustundir, toʻgʻri qaror beruvchidir.
وَلَوْ يُؤَاخِذُ اللّهُ النَّاسَ بِظُلْمِهِم مَّا تَرَكَ عَلَيْهَا مِن دَآبَّةٍ وَلَكِن يُؤَخِّرُهُمْ إلَى أَجَلٍ مُّسَمًّى فَإِذَا جَاء أَجَلُهُمْ لاَ يَسْتَأْخِرُونَ سَاعَةً وَلاَ يَسْتَقْدِمُونَ {61}
16:61 Agar Alloh insonlarni qilgan haqsizligi uchun jazolaganida edi, yer yuzida biron jonzod qoʻymagan boʻlardi. Lekin, U ularni belgilangan ajalgacha kechiktiradi. Ularning ajallari kelganida, bir on oldiga ham ortga ham sura olmaydilar.
وَيَجْعَلُونَ لِلّهِ مَا يَكْرَهُونَ وَتَصِفُ أَلْسِنَتُهُمُ الْكَذِبَ أَنَّ لَهُمُ الْحُسْنَى لاَ جَرَمَ أَنَّ لَهُمُ الْنَّارَ وَأَنَّهُم مُّفْرَطُونَ {62}
16:62 Ular oʻzlari yoqtirmagan narsani Allohga nisbat beradi, tillari esa, eng goʻzal oqibat oʻzlariga tegishli deb aljiraydi (yolgʻon gapiradi). Shubhasizki, ular uchun jahannam bor va ular (unga) birinchi boʻlib tashlanadi.
تَاللّهِ لَقَدْ أَرْسَلْنَا إِلَى أُمَمٍ مِّن قَبْلِكَ فَزَيَّنَ لَهُمُ الشَّيْطَانُ أَعْمَالَهُمْ فَهُوَ وَلِيُّهُمُ الْيَوْمَ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ {63}
16:63 Allohga qasamki, haqiqatda Biz sendan avvalgi jamiyatlarga ham elchi yuborganmiz. Biroq, shayton ularga oʻz qilmishlarini chiroyli koʻrsatib qoʻygan. Mana bugun shayton[1106] ularning doʻstidir/xojasidir; ularga alamli azob bor.
وَمَا أَنزَلْنَا عَلَيْكَ الْكِتَابَ إِلاَّ لِتُبَيِّنَ لَهُمُ الَّذِي اخْتَلَفُواْ فِيهِ وَهُدًى وَرَحْمَةً لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ {64}
16:64 Bu kitobni senga ular ixtilof qilgan narsalarini bayon qilib berishing uchun, (bu kitobga) ishonadigan kishilarga rahnamo va rahmat boʻlishi uchun nozil qildik.
وَاللّهُ أَنزَلَ مِنَ الْسَّمَاء مَاء فَأَحْيَا بِهِ الأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا إِنَّ فِي ذَلِكَ لآيَةً لِّقَوْمٍ يَسْمَعُونَ {65}
16:65 Alloh osmondan suv tushirib, u bilan (oʻlik yerga) oʻlganidan keyin (qayta) hayot beradi. Quloq soladigan kishilar uchun bunda dalil/belgi bor.
وَإِنَّ لَكُمْ فِي الأَنْعَامِ لَعِبْرَةً نُّسْقِيكُم مِّمَّا فِي بُطُونِهِ مِن بَيْنِ فَرْثٍ وَدَمٍ لَّبَنًا خَالِصًا سَآئِغًا لِلشَّارِبِينَ {66}
16:66 Sizlar uchun chorva hayvonlarida ham ibrat bor; sizlarni ularning qornilaridagi ozuqaviy moddalar va qon orasidan chiqadigan; ichuvchilarga silliq-ishtahali oʻtadigan sut bilan sugʻoramiz.
وَمِن ثَمَرَاتِ النَّخِيلِ وَالأَعْنَابِ تَتَّخِذُونَ مِنْهُ سَكَرًا وَرِزْقًا حَسَنًا إِنَّ فِي ذَلِكَ لآيَةً لِّقَوْمٍ يَعْقِلُونَ {67}
16:67 Yana xurmo va uzum mahsulotlaridan sarxush qiluvchi ichimlik hamda chiroyli rizq olyapsiz. Aqlini ishlatadigan kishilar uchun bunda dalil/belgi bor.
وَأَوْحَى رَبُّكَ إِلَى النَّحْلِ أَنِ اتَّخِذِي مِنَ الْجِبَالِ بُيُوتًا وَمِنَ الشَّجَرِ وَمِمَّا يَعْرِشُونَ {68}
16:68 Rabbing asalariga shu maʼlumotni yukladi: «Togʻlarda, oʻrmonzorlarda va insonlar yasagan quti-idishlarda oʻzing uchun uylar yasa!
ثُمَّ كُلِي مِن كُلِّ الثَّمَرَاتِ فَاسْلُكِي سُبُلَ رَبِّكِ ذُلُلاً يَخْرُجُ مِن بُطُونِهَا شَرَابٌ مُّخْتَلِفٌ أَلْوَانُهُ فِيهِ شِفَاء لِلنَّاسِ إِنَّ فِي ذَلِكَ لآيَةً لِّقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ {69}
16:69 Keyin, har turli mevalardan yeb, Rabbing boʻysundirib bergan yoʻllarga kir!» Arilarning qornilaridan turli ranglarda, unda insonlarga shifo boʻladigan ichimlik chiqadi. Oʻylanib-tafakkur qiladigan kishilar uchun bunda dalil/belgi bor.
وَاللّهُ خَلَقَكُمْ ثُمَّ يَتَوَفَّاكُمْ وَمِنكُم مَّن يُرَدُّ إِلَى أَرْذَلِ الْعُمُرِ لِكَيْ لاَ يَعْلَمَ بَعْدَ عِلْمٍ شَيْئًا إِنَّ اللّهَ عَلِيمٌ قَدِيرٌ {70}
16:70 Sizlarni Alloh yaratdi, keyin Uning Oʻzi vafot ettiradi. Orangizdan kimlardir umrning eng tuban-nochor chogʻigacha qaytarilib-yashatiladi. Shu bilan, u (yoshligida) bilgan narsani bilmaydigan boʻlib qoladi. Albatta, biluvchi va oʻlchov qoʻyuvchi Allohdir.
وَاللّهُ فَضَّلَ بَعْضَكُمْ عَلَى بَعْضٍ فِي الْرِّزْقِ فَمَا الَّذِينَ فُضِّلُواْ بِرَآدِّي رِزْقِهِمْ عَلَى مَا مَلَكَتْ أَيْمَانُهُمْ فَهُمْ فِيهِ سَوَاء أَفَبِنِعْمَةِ اللّهِ يَجْحَدُونَ {71}
16:71 Alloh rizq masalasida biringizni boshqangizdan koʻra afzal qildi. Oʻsha (rizqi) afzal qilinganlar oʻz rizqlarini qoʻl ostidagilarga berib qoʻyib, (boy-kambagʻallikda) barchasi teng boʻlib olmaydi-ku! Nahotki endi ular Allohning neʼmatini inkor qilsalar?![1107]
وَاللّٰهُ جَعَلَ لَكُمْ مِنْ اَنْفُسِكُمْ اَزْوَاجًا وَجَعَلَ لَكُمْ مِنْ اَزْوَاجِكُمْ بَنٖينَ وَحَفَدَةً وَرَزَقَكُمْ مِنَ الطَّيِّبَاتِ اَ فَبِالْبَاطِلِ يُؤْمِنُونَ وَبِنِعْمَتِ اللّٰهِ هُمْ يَكْفُرُونَ{72}
16:72 Alloh sizlarning oʻz jinsingizdan oʻzingizga juftlar yaratib berdi va juftlaringizdan bolalar va nabiralar berdi, hamda sizlarga pokiza rizqlar berdi. Shunda ham ular botilga ishonib, Allohning neʼmatiga nonkoʻrlik qilyaptimi?
وَيَعْبُدُونَ مِن دُونِ اللّهِ مَا لاَ يَمْلِكُ لَهُمْ رِزْقًا مِّنَ السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضِ شَيْئًا وَلاَ يَسْتَطِيعُونَ {73}
16:73 Ular Allohni qoʻyib, oʻzlariga osmondan va yerdan hech narsani rizq qilib bera olmaydigan va (bunga) aslo kuchi yetmaydigan narsalarga sigʻinyaptilar.
فَلاَ تَضْرِبُواْ لِلّهِ الأَمْثَالَ إِنَّ اللّهَ يَعْلَمُ وَأَنتُمْ لاَ تَعْلَمُونَ {74}
16:74 Allohga oʻxshatishlar keltirmanglar. Alloh (Oʻz zotini) Oʻzi biladi, sizlar bilmaysiz.
ضَرَبَ اللّهُ مَثَلاً عَبْدًا مَّمْلُوكًا لاَّ يَقْدِرُ عَلَى شَيْءٍ وَمَن رَّزَقْنَاهُ مِنَّا رِزْقًا حَسَنًا فَهُوَ يُنفِقُ مِنْهُ سِرًّا وَجَهْرًا هَلْ يَسْتَوُونَ الْحَمْدُ لِلّهِ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لاَ يَعْلَمُونَ {75}
16:75 Alloh shunday misol keltirdi: Birovning qoʻl ostida boʻlgan va hech narsaga kuchi yetmaydigan bir qul bilan, Biz unga yaxshi rizq bersak va u undan ham yashirin hamda oshkora xayr-ehson qilib turadigan kishi boʻlsa, ular teng boʻladimi? Olqish-u maqtov Allohga xos! Lekin, ularning koʻpchiligi bilmayapti.
وَضَرَبَ اللّهُ مَثَلاً رَّجُلَيْنِ أَحَدُهُمَا أَبْكَمُ لاَ يَقْدِرُ عَلَىَ شَيْءٍ وَهُوَ كَلٌّ عَلَى مَوْلاهُ أَيْنَمَا يُوَجِّههُّ لاَ يَأْتِ بِخَيْرٍ هَلْ يَسْتَوِي هُوَ وَمَن يَأْمُرُ بِالْعَدْلِ وَهُوَ عَلَى صِرَاطٍ مُّسْتَقِيمٍ{76}
16:76 Alloh yana ikki kishini misol qildi; ulardan biri gapirolmaydigan, qoʻlidan (foydali) hech narsa kelmaydigan, xoʻjayiniga yuk boʻlib qolgan, xoʻjayini uni qayerga yuborishidan qatʼiy nazar hech bir yaxshilik/foyda keltirmaydigan kishidir. Oʻsha inson (odamlarni) adolatga buyuradigan, oʻzi ham toʻgʻri yoʻlda yuradigan kishi bilan barobar boʻladimi?
وَلِلّهِ غَيْبُ السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضِ وَمَا أَمْرُ السَّاعَةِ إِلاَّ كَلَمْحِ الْبَصَرِ أَوْ هُوَ أَقْرَبُ إِنَّ اللّهَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ {77}
16:77 Osmonlar va yerdagi bilinmagan (gʻayb) narsalar Allohga oid. (Qiyomat qoim boʻlish) vaqti koʻz ochib yumganchalikka oʻxshaydi, yoki undan ham yaqin. Alloh har narsaga oʻlchov qoʻyadi.
وَاللّهُ أَخْرَجَكُم مِّن بُطُونِ أُمَّهَاتِكُمْ لاَ تَعْلَمُونَ شَيْئًا وَجَعَلَ لَكُمُ الْسَّمْعَ وَالأَبْصَارَ وَالأَفْئِدَةَ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ {78}
16:78 Alloh sizlarni onalaringizning qornidan chiqarganida hech narsa bilmas edingiz. U sizlarga eshitish va koʻrish qobiliyatini hamda vijdon berdi, qadriga yetgaysizlar!
أَلَمْ يَرَوْاْ إِلَى الطَّيْرِ مُسَخَّرَاتٍ فِي جَوِّ السَّمَاء مَا يُمْسِكُهُنَّ إِلاَّ اللّهُ إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآيَاتٍ لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ {79}
16:79 Osmon boʻshligʻida uchish imkoniyati berilgan qushlarni ular koʻrmayaptimi? Ularni faqat Alloh tutib turadi. Allohga ishongan kishilar uchun bunda albatta dalillar/belgilar bor.
وَاللّهُ جَعَلَ لَكُم مِّن بُيُوتِكُمْ سَكَنًا وَجَعَلَ لَكُم مِّن جُلُودِ الأَنْعَامِ بُيُوتًا تَسْتَخِفُّونَهَا يَوْمَ ظَعْنِكُمْ وَيَوْمَ إِقَامَتِكُمْ وَمِنْ أَصْوَافِهَا وَأَوْبَارِهَا وَأَشْعَارِهَا أَثَاثًا وَمَتَاعًا إِلَى حِين ٍ{80}
16:80 Alloh uylaringizni oʻzingizga oromgoh qilib berdi. U sizlarga chorva hayvonlarining terilaridan koʻchadigan va qoʻnadigan kunlaringizda yengilgina koʻtarib ketadigan ovullar qilish imkonini berdi. Ularning jun, yung va tivitlaridan kiyim-kechak va bir muddatgacha yaraydigan anjom-buyumlar qilish imkonini berdi.
وَاللّهُ جَعَلَ لَكُم مِّمَّا خَلَقَ ظِلاَلاً وَجَعَلَ لَكُم مِّنَ الْجِبَالِ أَكْنَانًا وَجَعَلَ لَكُمْ سَرَابِيلَ تَقِيكُمُ الْحَرَّ وَسَرَابِيلَ تَقِيكُم بَأْسَكُمْ كَذَلِكَ يُتِمُّ نِعْمَتَهُ عَلَيْكُمْ لَعَلَّكُمْ تُسْلِمُونَ {81}
16:81 Alloh sizlar uchun Oʻzi yaratgan baʼzi narsalarni soya-salqin qilib berdi. Sizlarga togʻlardan boshpanalar berdi. Sizlardagi haroratni saqlab qoladigan kiyimlar va sizni qiyin vaziyatdan himoya qiladigan kiyimlar qilishga imkon berdi. Alloh sizlarga Oʻz neʼmatini mana shu shaklda tamomlab beradiki, (Uning amriga) taslim boʻlgaysizlar.
فَإِن تَوَلَّوْاْ فَإِنَّمَا عَلَيْكَ الْبَلاَغُ الْمُبِينُ {82}
16:82 (Ey Muhammad!) Agar ular (sening daʼvatingdan) bosh tortsalar, seni vazifang (Qurʼonni) aniq-tiniq yetkazib qoʻyish, xolos.
يَعْرِفُونَ نِعْمَتَ اللّهِ ثُمَّ يُنكِرُونَهَا وَأَكْثَرُهُمُ الْكَافِرُونَ {83}
16:83 Ular Allohning neʼmat(lar)ini eʼtirof etadi; keyin uni inkor qiladi[1108]. Ularning koʻpchiligi nonkoʻrdir.
وَيَوْمَ نَبْعَثُ مِن كُلِّ أُمَّةٍ شَهِيدًا ثُمَّ لاَ يُؤْذَنُ لِلَّذِينَ كَفَرُواْ وَلاَ هُمْ يُسْتَعْتَبُونَ {84}
16:84 Kun kelib Biz har bir ummatdan guvoh keltiramiz. Keyin kofirlik qilganlarga (uzr aytishga) ruxsat ham berilmaydi, uzr talab ham qilinmaydi.
وَإِذَا رَأى الَّذِينَ ظَلَمُواْ الْعَذَابَ فَلاَ يُخَفَّفُ عَنْهُمْ وَلاَ هُمْ يُنظَرُونَ {85}
16:85 Zolimlik qilganlar azobni koʻrib boʻlganidan keyin, endi ulardan (azob) yengillashtirilmaydi, ularga muhlat ham berilmaydi.
وَإِذَا رَأى الَّذِينَ أَشْرَكُواْ شُرَكَاءهُمْ قَالُواْ رَبَّنَا هَـؤُلاء شُرَكَآؤُنَا الَّذِينَ كُنَّا نَدْعُوْ مِن دُونِكَ فَألْقَوْا إِلَيْهِمُ الْقَوْلَ إِنَّكُمْ لَكَاذِبُونَ {86}
16:86 (Allohga boshqalarni) sherik qilganlar oʻsha sheriklarini (mahsharda) koʻrgan vaqtida: “Ey Rabbimiz! Sen bilan oramizga qoʻyib duo qilganlarimiz mana shulardir”, deydi. U (sherik)lar esa: “Sizlar yolgʻonchisiz”, deb ularga raddiya beradi[1109].
وَأَلْقَوْاْ إِلَى اللّهِ يَوْمَئِذٍ السَّلَمَ وَضَلَّ عَنْهُم مَّا كَانُواْ يَفْتَرُونَ {87}
16:87 (Mushriklar) u kunda Allohga taslim boʻladi va toʻqib chiqargan (maʼbud)lari ulardan gʻoyib boʻladi.
الَّذِينَ كَفَرُواْ وَصَدُّواْ عَن سَبِيلِ اللّهِ زِدْنَاهُمْ عَذَابًا فَوْقَ الْعَذَابِ بِمَا كَانُواْ يُفْسِدُونَ{88}
16:88 (Allohga) qarshi chiqqan va insonlarni Allohning yoʻlidan toʻsgan kimsalarga, qilgan buzgʻunchiligi uchun ularga azob ustiga yana azob qoʻshib beramiz.
وَيَوْمَ نَبْعَثُ فِي كُلِّ أُمَّةٍ شَهِيدًا عَلَيْهِم مِّنْ أَنفُسِهِمْ وَجِئْنَا بِكَ شَهِيدًا عَلَى هَـؤُلاء وَنَزَّلْنَا عَلَيْكَ الْكِتَابَ تِبْيَانًا لِّكُلِّ شَيْءٍ وَهُدًى وَرَحْمَةً وَبُشْرَى لِلْمُسْلِمِينَ {89}
16:89 (Yashab oʻtgan) har bir jamiyatda oʻzlariga qarshi oʻzlaridan bittadan guvoh keltiradigan kunimiz, seni ham bularga qarshi guvoh qilib keltiramiz. Senga ushbu kitobni – har narsani ochiqlab bersin deb, musulmonlarga qoʻllanma, rahmat va hush xabar boʻlsin deb yubordik.
إِنَّ اللّهَ يَأْمُرُ بِالْعَدْلِ وَالإِ حْسَانِ وَإِيتَاء ذِي الْقُرْبَى وَيَنْهَى عَنِ الْفَحْشَاء وَالْمُنكَرِ وَالْبَغْيِ يَعِظُكُمْ لَعَلَّكُمْ تَذَكَّرُونَ{90}
16:90 Alloh adolatli boʻlishga, chiroyli muomala qilishga va qarindosh-urugʻlarga yordam berishga buyuradi. Jirkanch soʻz va harakatlardan, yomonlikdan va zoʻravonlikdan qaytaradi. Sizlarga (Alloh) oʻgit beryapti – nasihat olgaysizlar!
وَأَوْفُواْ بِعَهْدِ اللّهِ إِذَا عَاهَدتُّمْ وَلاَ تَنقُضُواْ الأَيْمَانَ بَعْدَ تَوْكِيدِهَا وَقَدْ جَعَلْتُمُ اللّهَ عَلَيْكُمْ كَفِيلاً إِنَّ اللّهَ يَعْلَمُ مَا تَفْعَلُونَ {91}
16:91 Allohga ahd qilganingizda ahdingizda turinglar. (Alloh nomini aytib) taʼkidlab qoʻyganingizdan keyin qasamlaringizni buzmang. Axir, oʻzingizga Allohni kafil qilib olgan boʻlasiz! Alloh ishlaringizni koʻrib turadi.
وَلاَ تَكُونُواْ كَالَّتِي نَقَضَتْ غَزْلَهَا مِن بَعْدِ قُوَّةٍ أَنكَاثًا تَتَّخِذُونَ أَيْمَانَكُمْ دَخَلاً بَيْنَكُمْ أَن تَكُونَ أُمَّةٌ هِيَ أَرْبَى مِنْ أُمَّةٍ إِنَّمَا يَبْلُوكُمُ اللّهُ بِهِ وَلَيُبَيِّنَنَّ لَكُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ مَا كُنتُمْ فِيهِ تَخْتَلِفُونَ {92}
16:92 Ipini yaxshilab toʻqiganidan keyin soʻkib uvadalab tashlagan xotinga oʻxshab, biror bir jamiyat (siz shartnoma tuzgan) jamiyatdan ustunroq boʻlgani uchun bergan soʻzingizni oʻrtadagi bir aldov vositasiga aylantirib olmang. Albatta, u bilan Alloh sizlarni imtihondan oʻtkazadi va ixtilof qilgan narsangizni sizlarga qiyomat kuni bildirib qoʻyadi.
وَلَوْ شَاء اللّهُ لَجَعَلَكُمْ أُمَّةً وَاحِدَةً وَلكِن يُضِلُّ مَن يَشَاء وَيَهْدِي مَن يَشَاء وَلَتُسْأَلُنَّ عَمَّا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ {93}
16:93 Agar Alloh ravo koʻrganida, sizlarni bir ummat qilib qoʻyardi. Lekin, munosib boʻlganni zalolatda qoldiradi, munosib boʻlganni toʻgʻri yoʻlga soladi. Qilayotgan ishlaringizdan albatta soʻralasiz.
وَلاَ تَتَّخِذُواْ أَيْمَانَكُمْ دَخَلاً بَيْنَكُمْ فَتَزِلَّ قَدَمٌ بَعْدَ ثُبُوتِهَا وَتَذُوقُواْ الْسُّوءَ بِمَا صَدَدتُّمْ عَن سَبِيلِ اللّهِ وَلَكُمْ عَذَابٌ عَظِيمٌ {94}
16:94 Bergan soʻzingizni oʻrtangizda aldov vositasi qilib olmang, aks holda, mustahkam bosib turgan qadam(ingiz) toyilib ketib, Allohning yoʻlidan qaytganingizning yomonligini totasiz va (keyin) sizlarga buyuk azob (beriladi).
وَلاَ تَشْتَرُواْ بِعَهْدِ اللّهِ ثَمَنًا قَلِيلاً إِنَّمَا عِندَ اللّهِ هُوَ خَيْرٌ لَّكُمْ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ {95}
16:95 Allohga bergan ahdingizni oʻtkinchi manfaat evaziga sotmang. Agar bilsangiz, siz uchun eng yaxshi (narsa) Alloh huzuridagidir.
مَا عِندَكُمْ يَنفَدُ وَمَا عِندَ اللّهِ بَاقٍ وَلَنَجْزِيَنَّ الَّذِينَ صَبَرُواْ أَجْرَهُم بِأَحْسَنِ مَا كَانُواْ يَعْمَلُونَ {96}
16:96 Sizdagi narsalar tugaydi, Allohning huzuridagi narsalar boqiydir – tugamaydi. Sabr-bardosh qilganlarni qilgan ishining eng goʻzali ila mukofotlaymiz.
مَنْ عَمِلَ صَالِحًا مِّن ذَكَرٍ أَوْ أُنثَى وَهُوَ مُؤْمِنٌ فَلَنُحْيِيَنَّهُ حَيَاةً طَيِّبَةً وَلَنَجْزِيَنَّهُمْ أَجْرَهُم بِأَحْسَنِ مَا كَانُواْ يَعْمَلُونَ{97}
16:97 Erkak yoki ayol boʻlishidan qatʼiy nazar, kimki Allohga ishongan holda manfaatli ishlarni amalga oshirsa, uni yaxshi hayotda yashatamiz; ularning oladigan mikofotini eng goʻzal shaklda beramiz.
فَإِذَا قَرَأْتَ الْقُرْآنَ فَاسْتَعِذْ بِاللّهِ مِنَ الشَّيْطَانِ الرَّجِيمِ {98}
16:98 Qurʼon oʻqiganingda quvilgan shaytondan Allohga sigʻin.
إِنَّهُ لَيْسَ لَهُ سُلْطَانٌ عَلَى الَّذِينَ آمَنُواْ وَعَلَى رَبِّهِمْ يَتَوَكَّلُونَ {99}
16:99 Chunki, imon keltirgan va Rabbiga suyanib-tayangan kishilarga uning taʼsiri boʻlmaydi.
إِنَّمَا سُلْطَانُهُ عَلَى الَّذِينَ يَتَوَلَّوْنَهُ وَالَّذِينَ هُم بِهِ مُشْرِكُونَ {100}
16:100 Shaytonni taʼsiri uni oʻziga doʻst/xoja qilib olganlarga va (Allohga) shirk qoʻshganlarga oʻtadi.
وَإِذَا بَدَّلْنَا آيَةً مَّكَانَ آيَةٍ وَاللّهُ أَعْلَمُ بِمَا يُنَزِّلُ قَالُواْ إِنَّمَا أَنتَ مُفْتَرٍ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لاَ يَعْلَمُونَ {101}
16:101 Alloh nimani nozil qilishni Oʻzi juda yaxshi bilgani holda, bir oyatni boshqa bir oyatga[1110] almashtirganida, (Ey Muhammad! Ular senga): “Sen uydirmachi-yolgʻonchisan”, dedilar. Yoʻq, aksincha, ularning koʻpchiligi bilishmaydi.
قُلْ نَزَّلَهُ رُوحُ الْقُدُسِ مِن رَّبِّكَ بِالْحَقِّ لِيُثَبِّتَ الَّذِينَ آمَنُواْ وَهُدًى وَبُشْرَى لِلْمُسْلِمِينَ {102}
16:102 (Ey Muhammad!) Ayt: «Muqaddas Ruh (Jibriyl) u (Qurʼon)ni Robbingdan imon keltirganlarni kuchlantirish uchun hamda musulmonlarga qoʻllanma/rahnao va hush xabar boʻlishi uchun deb haq ila:toʻgʻri bir maqsadda olib tushdi.
وَلَقَدْ نَعْلَمُ أَنَّهُمْ يَقُولُونَ إِنَّمَا يُعَلِّمُهُ بَشَرٌ لِّسَانُ الَّذِي يُلْحِدُونَ إِلَيْهِ أَعْجَمِيٌّ وَهَـذَا لِسَانٌ عَرَبِيٌّ مُّبِينٌ {103}
16:103 Haqiqatda, Biz bilib turibmiz-ki, Ular: “Muhammadga Qurʼonni bor-yoʻgʻi bir kishi oʻrgatib turibdi”, demoqda.[1111] Ular imo qilayotgan kishining tili ajamiydir,[1112] Qurʼon esa ravshan arabchadir.
إِنَّ الَّذِينَ لاَ يُؤْمِنُونَ بِآيَاتِ اللّهِ لاَ يَهْدِيهِمُ اللّهُ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ {104}
16:104 Allohning oyatlariga ishonmaydiganlarni Alloh aslo hidoyat qilmaydi. Ularga alamli azob bor.
إِنَّمَا يَفْتَرِي الْكَذِبَ الَّذِينَ لاَ يُؤْمِنُونَ بِآيَاتِ اللّهِ وَأُوْلـئِكَ هُمُ الْكَاذِبُونَ {105}
16:105 Yolgʻonni faqat Allohning oyatlariga ishonmaydiganlar toʻqib chiqaradi. Yolgʻonchilar aynan oʻshalardir.
مَن كَفَرَ بِاللّهِ مِن بَعْدِ إيمَانِهِ إِلاَّ مَنْ أُكْرِهَ وَقَلْبُهُ مُطْمَئِنٌّ بِالإِيمَانِ وَلَـكِن مَّن شَرَحَ بِالْكُفْرِ صَدْرًا فَعَلَيْهِمْ غَضَبٌ مِّنَ اللّهِ وَلَهُمْ عَذَابٌ عَظِيمٌ {106}
16:106 Allohga (tavhid asosida) ishonganidan keyin Allohga kofirlik qilib, koʻnglini kofirlikka ochganlarga Allohdan laʼnat keladi va ularga alamli azob bor. Qalbi imonda xotirjam-u, lekin kufrga majbur qilinganlar bundan mustasno.
ذَلِكَ بِأَنَّهُمُ اسْتَحَبُّواْ الْحَيَاةَ الْدُّنْيَا عَلَى الآخِرَةِ وَأَنَّ اللّهَ لاَ يَهْدِي الْقَوْمَ الْكَافِرِينَ{107}
16:107 U(kofir)lar dunyo hayotini oxirat hayotidan ustun koʻrgani uchun shunday boʻladi. Albatta, Alloh kofirlik qiladigan kishilarni hidoyat qilmaydi.
أُولَـئِكَ الَّذِينَ طَبَعَ اللّهُ عَلَى قُلُوبِهِمْ وَسَمْعِهِمْ وَأَبْصَارِهِمْ وَأُولَـئِكَ هُمُ الْغَافِلُونَ {108}
16:108 Ana shular – Alloh ularning qalblarini, eshitish va koʻrish qobiliyatlarini muhrlab qoʻygan kimsalardir. Bexabar-gʻofillar ana shulardir.
لاَ جَرَمَ أَنَّهُمْ فِي الآخِرَةِ هُمُ الْخَاسِرونَ {109}
16:109 Hech shubhasizki, ular oxiratda xonavayron boʻladi.
ثُمَّ إِنَّ رَبَّكَ لِلَّذِينَ هَاجَرُواْ مِن بَعْدِ مَا فُتِنُواْ ثُمَّ جَاهَدُواْ وَصَبَرُواْ إِنَّ رَبَّكَ مِن بَعْدِهَا لَغَفُورٌ رَّحِيمٌ {110}
16:110 Bu ishlaridan soʻng, aziyat chekkanidan keyin hijrat qilgan, undan keyin (Alloh yoʻlida) kurashgan va (shu yoʻlda) sabr-bardosh qilganlarga, uning ortidan Rabbing kechirimli va mehribondir[1113].
يَوْمَ تَأْتِي كُلُّ نَفْسٍ تُجَادِلُ عَن نَّفْسِهَا وَتُوَفَّى كُلُّ نَفْسٍ مَّا عَمِلَتْ وَهُمْ لاَ يُظْلَمُونَ {111}
16:111 Har kim oʻzini qutqarib qolish uchun tiranib-tirmashadigan kun kelganida, ularga haqsizlik qilinmagan holda, qilgan ishlarining jazo va mukofoti toʻliq qilib beriladi.
وَضَرَبَ اللّهُ مَثَلاً قَرْيَةً كَانَتْ آمِنَةً مُّطْمَئِنَّةً يَأْتِيهَا رِزْقُهَا رَغَدًا مِّن كُلِّ مَكَانٍ فَكَفَرَتْ بِأَنْعُمِ اللّهِ فَأَذَاقَهَا اللّهُ لِبَاسَ الْجُوعِ وَالْخَوْفِ بِمَا كَانُواْ يَصْنَعُونَ {112}
16:112 Alloh bir yurtni misol keltirdi: u tinch va xotirjamligida rizqi har tarafdan moʻl-koʻl kelib turadigan yurt edi. Lekin u yurtning aholisi Allohning neʼmatlariga nonkoʻrlik qildi. Natijada, qilmishlari tufayli Alloh ularga ochlik va qoʻrquvni tottirib qoʻydi.
وَلَقَدْ جَاءهُمْ رَسُولٌ مِّنْهُمْ فَكَذَّبُوهُ فَأَخَذَهُمُ الْعَذَابُ وَهُمْ ظَالِمُونَ {113}
16:113 Ularga oʻzlaridan bir elchi (Muhammad) kelgan edi, uni yolgʻonchiga chiqardilar. Shu bilan, ular haqsizlik qilib turganida, ularni oʻsha azob[1114] tutdi.
فَكُلُواْ مِمَّا رَزَقَكُمُ اللّهُ حَلالاً طَيِّبًا وَاشْكُرُواْ نِعْمَتَ اللّهِ إِن كُنتُمْ إِيَّاهُ تَعْبُدُونَ {114}
16:114 Allohni sizga bergan halol-pok rizqidan yenglar. Agar faqat Allohga qullik qilsangiz, Allohning neʼmatini qadriga yetinglar!
إِنَّمَا حَرَّمَ عَلَيْكُمُ الْمَيْتَةَ وَالْدَّمَ وَلَحْمَ الْخَنزِيرِ وَمَآ أُهِلَّ لِغَيْرِ اللّهِ بِهِ فَمَنِ اضْطُرَّ غَيْرَ بَاغٍ وَلاَ عَادٍ فَإِنَّ اللّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ {115}
16:115 Alloh sizlarga faqat oʻlimtik hayvonni, qonni, toʻngʻiz goʻshtini va Allohdan boshqasiga atab soʻyilgan hayvonni qildi. Kimki ilojsiz qolib, birovning haqiga tajovuz qilmagan va (keragidan ortiqcha yeb) haddan oshmagan holda ulardan yesa, bas! Alloh kechirimli va mehribondir.
وَلاَ تَقُولُواْ لِمَا تَصِفُ أَلْسِنَتُكُمُ الْكَذِبَ هَـذَا حَلاَلٌ وَهَـذَا حَرَامٌ لِّتَفْتَرُواْ عَلَى اللّهِ الْكَذِبَ إِنَّ الَّذِينَ يَفْتَرُونَ عَلَى اللّهِ الْكَذِبَ لاَ يُفْلِحُونَ {116}
16:116 Tillaringiz toʻqigan yolgʻonga asoslanib: “Bu halol, bu harom” demanglar[1115]. Aks holda, Allohga yolgʻon toʻqigan boʻlasiz. Allohga yolgʻon toʻqiganlar aslo najot topmaydi.
مَتَاعٌ قَلِيلٌ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ {117}
16:117 (Yolgʻon asosida yashash – dunyodagi) oʻtkinchi bahramandlik. (Oxiratda) ularga[1116] alamli azob bor.
وَعَلَى الَّذِينَ هَادُواْ حَرَّمْنَا مَا قَصَصْنَا عَلَيْكَ مِن قَبْلُ وَمَا ظَلَمْنَاهُمْ وَلَـكِن كَانُواْ أَنفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ {118}
16:118 (Ey Muhammad!) Senga aytib bergan narsalarimizni bundan avval yahudiylarga qilgan edik[1117]. Ularga Biz haqsizlik qilmaganmiz, ular oʻziga-oʻzi haqsizlik qilishgan.
ثُمَّ إِنَّ رَبَّكَ لِلَّذِينَ عَمِلُواْ السُّوءَ بِجَهَالَةٍ ثُمَّ تَابُواْ مِن بَعْدِ ذَلِكَ وَأَصْلَحُواْ إِنَّ رَبَّكَ مِن بَعْدِهَا لَغَفُورٌ رَّحِيمٌ {119}
16:119 Soʻngra, Rabbing bir yomonlikni johillik[1118] sababli qilib qoʻyib, keyin tavba qilib oʻzini tuzatganlarning tarafidadir. Ularning bu ishidan keyin Rabbing kechirimli va mehribondir.
إِنَّ إِبْرَاهِيمَ كَانَ أُمَّةً قَانِتًا لِلّهِ حَنِيفًا وَلَمْ يَكُ مِنَ الْمُشْرِكِينَ {120}
16:120 Albatta, Ibrohim oʻzi yolgʻiz bir ummat edi, Allohga itoatgoʻy va haqqa yoʻnaluvchi edi – mushriklardan emasdi,
شَاكِرًا لِّأَنْعُمِهِ اجْتَبَاهُ وَهَدَاهُ إِلَى صِرَاطٍ مُّسْتَقِيمٍ {121}
16:121 Allohning neʼmatlarini qadriga yetardi. Alloh uni tanlab oldi va unga toʻgʻri yoʻl koʻrsatdi.
وَآتَيْنَاهُ فِي الْدُّنْيَا حَسَنَةً وَإِنَّهُ فِي الآخِرَةِ لَمِنَ الصَّالِحِينَ {122}
16:122 Unga dunyoda yaxshilik berdik. Oxiratda ham aniq yaxshilardan boʻladi.
ثُمَّ أَوْحَيْنَا إِلَيْكَ أَنِ اتَّبِعْ مِلَّةَ إِبْرَاهِيمَ حَنِيفًا وَمَا كَانَ مِنَ الْمُشْرِكِينَ {123}
16:123 Keyinchalik, senga: “Haqqa moyil boʻlgan va mushriklardan boʻlmagan Ibrohimning millatiga – uning diniy yashash tarziga ergash!”- deb vahiy qildik.
إِنَّمَا جُعِلَ السَّبْتُ عَلَى الَّذِينَ اخْتَلَفُواْ فِيهِ وَإِنَّ رَبَّكَ لَيَحْكُمُ بَيْنَهُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ فِيمَا كَانُواْ فِيهِ يَخْتَلِفُونَ {124}
16:124 Shanba kuni dam olib ibodat qilish, oʻsha kun haqida ixtilof qilganlar uchun belgilangan. Ixtilof qilgan masalalari haqida qiyomat kuni Rabbingni Oʻzi albatta ular oʻrtasida hukm qiladi.
ادْعُ إِلِى سَبِيلِ رَبِّكَ بِالْحِكْمَةِ وَالْمَوْعِظَةِ الْحَسَنَةِ وَجَادِلْهُم بِالَّتِي هِيَ أَحْسَنُ إِنَّ رَبَّكَ هُوَ أَعْلَمُ بِمَن ضَلَّ عَن سَبِيلِهِ وَهُوَ أَعْلَمُ بِالْمُهْتَدِينَ {125}
16:125 Rabbingni yoʻliga hikmat[1119] bilan va chiroyli nasihat bilan chaqir. Ular bilan eng chiroyli shaklda munozara qil. Rabbing Uning yoʻlidan adashganlarni ham juda yaxshi biladi, toʻgʻri yoʻlga kirganlarni ham juda yaxshi biladi.
وَإِنْ عَاقَبْتُمْ فَعَاقِبُواْ بِمِثْلِ مَا عُوقِبْتُم بِهِ وَلَئِن صَبَرْتُمْ لَهُوَ خَيْرٌ لِّلصَّابِرينَ {126}
16:126 Agar jazolasanglar, sizga nima qilingan boʻlsa shu bilan bir xil jazolanglar. Agar sabr-bardosh qilsangiz, u sabr-bardosh qiluvchilar uchun albatta yaxshidir.
وَاصْبِرْ وَمَا صَبْرُكَ إِلاَّ بِاللّهِ وَلاَ تَحْزَنْ عَلَيْهِمْ وَلاَ تَكُ فِي ضَيْقٍ مِّمَّا يَمْكُرُونَ {127}
16:127 Sabr qil va sabring faqat Alloh uchun (boʻlsin)! Ular uchun qaygʻu ham chekma, qilayotgan xiyla-nayranglaridan yuraging ham siqilmasin!
إِنَّ اللّهَ مَعَ الَّذِينَ اتَّقَواْ وَّالَّذِينَ هُم مُّحْسِنُونَ {128}
16:128 Albatta, Alloh javobgarlikni his qiladigan (moʻmin)lar va muhsinlar[1120] bilan birgadir.
- Isro surasi[1121]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
سُبْحَانَ الَّذِي أَسْرَى بِعَبْدِهِ لَيْلاً مِّنَ الْمَسْجِدِ الْحَرَامِ إِلَى الْمَسْجِدِ الأَقْصَى الَّذِي بَارَكْنَا حَوْلَهُ لِنُرِيَهُ مِنْ آيَاتِنَا إِنَّهُ هُوَ السَّمِيعُ البَصِيرُ {1}
17:1 Bir-qancha oyat-alomatlarimizni koʻrsatish uchun tunda bandasi (Muhammad)ni Masjidul-Haromdan atrofini barakotlik qilib qoʻygan Masjidul-Aqsoga (eng uzoq sajdagohga) sayr ettirgan zot pokdir[1122]. Alloh eshituvchidir, biluvchidir.
وَآتَيْنَا مُوسَى الْكِتَابَ وَجَعَلْنَاهُ هُدًى لِّبَنِي إِسْرَائِيلَ أَلاَّ تَتَّخِذُواْ مِن دُونِي وَكِيلاً {2}
17:2 Biz Musoga kitob berganmiz va Men bilan oʻzlari orasiga hech qanday vakil qoʻymasin deb, kitobni Isroil avlodi uchun qoʻllanma-rahbar qilib berganmiz.
ذُرِّيَّةَ مَنْ حَمَلْنَا مَعَ نُوحٍ إِنَّهُ كَانَ عَبْدًا شَكُورًا {3}
17:3 Ey Biz Nuh bilan birga kemaga mindirganlarning nasli! Albatta, Nuh (neʼmatlarni) qadriga yetuchi edi.
وَقَضَيْنَا إِلَى بَنِي إِسْرَائِيلَ فِي الْكِتَابِ لَتُفْسِدُنَّ فِي الأَرْضِ مَرَّتَيْنِ وَلَتَعْلُنَّ عُلُوًّا كَبِيرًا {4}
17:4 Isroil avlodiga/yevreylarga (yuborilgan) kitobda mana shu hukmni bildirganmiz: «Sizlar yer yuzida ikki marta buzgʻunchilik qilasiz va juda hadingizdan oshib ketasiz.
فَإِذَا جَاء وَعْدُ أُولاهُمَا بَعَثْنَا عَلَيْكُمْ عِبَادًا لَّنَا أُوْلِي بَأْسٍ شَدِيدٍ فَجَاسُواْ خِلاَلَ الدِّيَارِ وَكَانَ وَعْدًا مَّفْعُولاً {5}
17:5 Birinchisi uchun jazolash vaqti kelganida, kuchli jangovar kuchga ega boʻlgan qullarimizni tepangizga yuboramiz. Ular (sizlarni ushlash uchun) hovlilaringizning burchaklarigacha sizni tintuv qilib kiradi. Bu amalga oshadigan vaʼda edi.
{6}ثُمَّ رَدَدْنَا لَكُمُ الْكَرَّةَ عَلَيْهِمْ وَأَمْدَدْنَاكُم بِأَمْوَالٍ وَبَنِينَ وَجَعَلْنَاكُمْ أَكْثَرَ نَفِيرًا
17:6 Soʻngra, sizlarni qaytadan ularning ustidan gʻolib qildik. Sizlarga mol-davlat va oʻgʻillar bilan madad berib, sizlarni koʻp qoʻshinga ega qildik.
إِنْ أَحْسَنتُمْ أَحْسَنتُمْ لِأَنفُسِكُمْ وَإِنْ أَسَأْتُمْ فَلَهَا فَإِذَا جَاء وَعْدُ الآخِرَةِ لِيَسُوؤُواْ وُجُوهَكُمْ وَلِيَدْخُلُواْ الْمَسْجِدَ كَمَا دَخَلُوهُ أَوَّلَ مَرَّةٍ وَلِيُتَبِّرُواْ مَا عَلَوْاْ تَتْبِيرًا {7}
17:7 Yaxshilik qilsangiz oʻzingizga yaxshilik qilgan boʻlasiz. Yomonlik qilsangiz ham oʻz ziyoningizga. Keyingi (buzgʻunchilikni jazolash) vaqti kelganida (sizlarni qaygʻuga solib) yuzingizni qora qilish uchun hamda avvalgi marta kirganidek (Quddus) Masjidiga yana kirib, egallagan narsalarini tamoman vayron qilish uchun (jangovar kuchga ega boʻlgan qullarimizni yana tepangizga yuboramiz).
عَسَى رَبُّكُمْ أَن يَرْحَمَكُمْ وَإِنْ عُدتُّمْ عُدْنَا وَجَعَلْنَا جَهَنَّمَ لِلْكَافِرِينَ حَصِيرًا {8}
17:8 Balki, yaratgan Egangiz sizlarga yaxshilik qilishi mumkin. Agar (buzgʻunchilikka) qaytsangiz, Biz ham jazoni qaytaramiz. Biz jahannamni kofirlar uchun zindon qildik.
إِنَّ هَـذَا الْقُرْآنَ يِهْدِي لِلَّتِي هِيَ أَقْوَمُ وَيُبَشِّرُ الْمُؤْمِنِينَ الَّذِينَ يَعْمَلُونَ الصَّالِحَاتِ أَنَّ لَهُمْ أَجْرًا كَبِيرًا {9}
17:9 Albatta, bu Qurʼon eng toʻgʻri yoʻlga boshlaydi[1123] va xayrli ishlarni amalga oshiradigan moʻminlarga buyuk ajr-mukofotni xushxabarini beradi.
وأَنَّ الَّذِينَ لاَ يُؤْمِنُونَ بِالآخِرَةِ أَعْتَدْنَا لَهُمْ عَذَابًا أَلِيمًا {10}
17:10 Oxirat (hayoti)ga ishonmaganlarga alamli azob tayyorlab qoʻyganmiz.
وَيَدْعُ الإِنسَانُ بِالشَّرِّ دُعَاءهُ بِالْخَيْرِ وَكَانَ الإِنسَانُ عَجُولاً {11}
17:11 Inson yaxshilikni tilaganidek, yomonlikni ham tilab turadi. Inson (zoti) juda shoshqaloq.
وَجَعَلْنَا اللَّيْلَ وَالنَّهَارَ آيَتَيْنِ فَمَحَوْنَا آيَةَ اللَّيْلِ وَجَعَلْنَا آيَةَ النَّهَارِ مُبْصِرَةً لِتَبْتَغُواْ فَضْلاً مِّن رَّبِّكُمْ وَلِتَعْلَمُواْ عَدَدَ السِّنِينَ وَالْحِسَابَ وَكُلَّ شَيْءٍ فَصَّلْنَاهُ تَفْصِيلاً {12}
17:12 Tun bilan kunni ikkita belgi qildik. Keyin, tunning koʻrsatkichini oʻchirib, kunduzning koʻrsatkichini esa oydinlik qildik. Bunday boʻlishi – yaratgan Egangizning fazlu marhamatiga intilishingiz hamda, yillarni sanogʻini va (o-yu kunlarni) hisobini bilishingiz uchundir. Biz (kecha va kunduzga aloqador) hamma narsani batafsil tushuntirib qoʻydik.
وَكُلَّ إِنسَانٍ أَلْزَمْنَاهُ طَآئِرَهُ فِي عُنُقِهِ وَنُخْرِجُ لَهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ كِتَابًا يَلْقَاهُ مَنشُورًا {13}
17:13 Har bir insonning masʼuliyatli qadarini oʻz boʻyniga (oʻz zimmasiga) yuklab qoʻyganmiz. Qiyomat kuni uni oʻziga kitob qilib chiqarib beramiz, u bilan ochilgan holda uchrashadi.
اقْرَأْ كَتَابَكَ كَفَى بِنَفْسِكَ الْيَوْمَ عَلَيْكَ حَسِيبًا {14}
17:14 (Oʻshanda unga): “Kitobingni oʻqi! Bugun oʻzingni hisob-kitob qilishga oʻzing yetasan!” (deyiladi).
مَّنِ اهْتَدَى فَإِنَّمَا يَهْتَدي لِنَفْسِهِ وَمَن ضَلَّ فَإِنَّمَا يَضِلُّ عَلَيْهَا وَلاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ أُخْرَى وَمَا كُنَّا مُعَذِّبِينَ حَتَّى نَبْعَثَ رَسُولاً {15}
17:15 Kim toʻgʻri yoʻlga kelsa oʻzi uchun keladi, kim yoʻldan adashsa, u ham oʻz ziyoniga adashgan boʻladi. Hech bir gunohkor boshqasining gunohini oʻz boʻyniga olmaydi. Biz elchi yubormay turib azoblamaymiz.
وَإِذَا أَرَدْنَا أَن نُّهْلِكَ قَرْيَةً أَمَرْنَا مُتْرَفِيهَا فَفَسَقُواْ فِيهَا فَحَقَّ عَلَيْهَا الْقَوْلُ فَدَمَّرْنَاهَا تَدْمِيرًا {16}
17:16 Biz biron bir yurtni halok qilmoqchi boʻlganimizda, u yerning maishatparast-jinoyatchilarini amir (ishboshqaruvchi) qilib qoʻyamiz[1124], keyin ular (birgalikda) u yerda (Allohga) itoatsizlik qilib fosiq boʻladi, natijada, oʻsha yurt halok boʻlish soʻziga loyiq boʻlib qoladi. Keyin, u yurtni yer bilan yakson qilib yuboramiz.
وَكَمۡ أَهۡلَكۡنَا مِنَ ٱلۡقُرُونِ مِنۢ بَعۡدِ نُوحࣲۗ وَكَفَىٰ بِرَبِّكَ بِذُنُوبِ عِبَادِهِۦ خَبِیرَۢا بَصِیرࣰا
17:17 (Masalan) Nuhdan keyin qanchadan-qancha millatlarni halok qilib yuborganmiz. Oʻz qullarining gunohlaridan xabardor boʻlishga va koʻrib turishga yaratgan Egangning Oʻzi kifoyadir.
مَّن كَانَ يُرِيدُ الْعَاجِلَةَ عَجَّلْنَا لَهُ فِيهَا مَا نَشَاء لِمَن نُّرِيدُ ثُمَّ جَعَلْنَا لَهُ جَهَنَّمَ يَصْلاهَا مَذْمُومًا مَّدْحُورًا {18}
17:18 Kimki mana shu tez oʻtib ketadigan dunyoni xohlasa, bu dunyoda unga – Biz Oʻzimiz xohlagan kishiga – munosib bilgan narsamizni beramiz. Keyin unga jahannamni beramiz; unga ayblangan va haqoratlangan holda kiradi.
وَمَنْ أَرَادَ الآخِرَةَ وَسَعَى لَهَا سَعْيَهَا وَهُوَ مُؤْمِنٌ فَأُولَئِكَ كَانَ سَعْيُهُم مَّشْكُورًا {19}
17:19 Kimki oxiratni xohlasa va moʻmin holatida unga kirish uchun kerakli ishlarni amalga oshirsa, ana shularning amallari qadrlanadi.
كُلاًّ نُّمِدُّ هَـؤُلاء وَهَـؤُلاء مِنْ عَطَاء رَبِّكَ وَمَا كَانَ عَطَاء رَبِّكَ مَحْظُورًا {20}
17:20 Biz barchaga – manavi (dunyo xohlagan)ga ham, anavi (oxiratni xohlagan)ga ham (dunyoda) Rabbingni inʼomidan berib turibmiz. Robbingning neʼmat ato etishi cheklanib qolgan emas.
انظُرْ كَيْفَ فَضَّلْنَا بَعْضَهُمْ عَلَى بَعْضٍ وَلَلآخِرَةُ أَكْبَرُ دَرَجَاتٍ وَأَكْبَرُ تَفْضِيلاً {21}
17:21 Biz insonlarni birini boshqasidan qanday afzal qilib qoʻyganimizga qaragin! Albatta, oxirat (hayoti) daraja va afzallik jihatidan juda buyukdir.
لاَّ تَجْعَل مَعَ اللّهِ إِلَـهًا آخَرَ فَتَقْعُدَ مَذْمُومًا مَّخْذُولاً {22}
17:22 Boshqa hech qanday “iloh”ni Allohga teng qila koʻrma! Aks holda, ayblangan va yordamsiz tashlab qoʻyilgan holda oʻtirib qolasan.
وَقَضَى رَبُّكَ أَلاَّ تَعْبُدُواْ إِلاَّ إِيَّاهُ وَبِالْوَالِدَيْنِ إِحْسَانًا إِمَّا يَبْلُغَنَّ عِندَكَ الْكِبَرَ أَحَدُهُمَا أَوْ كِلاَهُمَا فَلاَ تَقُل لَّهُمَآ أُفٍّ وَلاَ تَنْهَرْهُمَا وَقُل لَّهُمَا قَوْلاً كَرِيمًا {23}
17:23 Rabbing qaror berdi: “Undan boshqasiga qullik qilmanglar! Ota-onaga yaxshilik qilinglar! Agar ota-onaning ikkalasidan biri, yoki ikkalasi ham sening yoningda qarib qolsa, ularga «Uf!” deya koʻrma. Ularga ozor berma (beparvolik qilma), ularga chiroyli gapir.
وَاخْفِضْ لَهُمَا جَنَاحَ الذُّلِّ مِنَ الرَّحْمَةِ وَقُل رَّبِّ ارْحَمْهُمَا كَمَا رَبَّيَانِي صَغِيرًا {24}
17:24 Kamtaronalik bilan ularga rahm qil, ularning haqiga shunday duo qil: “Ey yaratgan Egam! Ular (menga faqat yaxshilikni ravo koʻrib) meni tarbiya qilishganidek, Sen ham ularga rahm qil!”
رَّبُّكُمْ أَعْلَمُ بِمَا فِي نُفُوسِكُمْ إِن تَكُونُواْ صَالِحِينَ فَإِنَّهُ كَانَ لِلأَوَّابِينَ غَفُورًا {25}
17:25 Yaratgan Egangiz ichingizdagini juda yaxshi biladi. Agar yaxshi inson boʻlsangiz, shuni bilingki, U tavbakorlarni kechirib yuboradi.
وَآتِ ذَا الْقُرْبَى حَقَّهُ وَالْمِسْكِينَ وَابْنَ السَّبِيلِ وَلاَ تُبَذِّرْ تَبْذِيرًا {26}
17:26 Qarindoshlaringni haqini ber. Chorasizlarni haqini ham, yoʻlda qolganlarning haqini ham (ber). Nooʻrin joylarga sarflab yuborma.
إِنَّ الْمُبَذِّرِينَ كَانُواْ إِخْوَانَ الشَّيَاطِينِ وَكَانَ الشَّيْطَانُ لِرَبِّهِ كَفُورًا {27}
17:27 Nooʻrin joylarga sarflab yuboradiganlar shaytonlarning birodarlaridir. Shayton Oʻz Robbiga nonkoʻr boʻlgan.
وَإِمَّا تُعْرِضَنَّ عَنْهُمُ ابْتِغَاء رَحْمَةٍ مِّن رَّبِّكَ تَرْجُوهَا فَقُل لَّهُمْ قَوْلاً مَّيْسُورًا {28}
17:28 Agar Rabbingdan umid qilib kutayotgan rahmatni izlayotganing uchun ularga befarq boʻlsang, ularga tasalli beradigan gap gapir.
وَلاَ تَجْعَلْ يَدَكَ مَغْلُولَةً إِلَى عُنُقِكَ وَلاَ تَبْسُطْهَا كُلَّ الْبَسْطِ فَتَقْعُدَ مَلُومًا مَّحْسُورًا {29}
17:29 Qoʻlingni boʻyningga bogʻlab olma, uni bira toʻla ochib ham yuborma. Aks holda, malomatlangan va achingan holda oʻtirib qolasan.
إِنَّ رَبَّكَ يَبْسُطُ الرِّزْقَ لِمَن يَشَاء وَيَقْدِرُ إِنَّهُ كَانَ بِعِبَادِهِ خَبِيرًا بَصِيرًا {30}
17:30 Albatta, Oʻzi munosib bilgan quliga rizqni keng qilib qoʻyadigan ham Rabbing, oʻlchab qoʻyadigan ham Rabbing. Chunki, U qullaridan xabardordir, koʻrib turuvchidir.
وَلاَ تَقْتُلُواْ أَوْلادَكُمْ خَشْيَةَ إِمْلاقٍ نَّحْنُ نَرْزُقُهُمْ وَإِيَّاكُم إنَّ قَتْلَهُمْ كَانَ خِطْءًا كَبِيرًا {31}
17:31 Kambagʻallikdan qoʻrqib bolalaringizni oʻldirib yubormanglar. Ularga ham sizlarga ham Biz rizq beryapmiz. Ularni oʻldirish albatta katta xatodir.
وَلاَ تَقْرَبُواْ الزِّنَى إِنَّهُ كَانَ فَاحِشَةً وَسَاء سَبِيلاً {32}
17:32 Zinoga yaqinlashmanglar. Chunki, u juda jirkanch ish va yomon yoʻldir.
وَلاَ تَقْتُلُواْ النَّفْسَ الَّتِي حَرَّمَ اللّهُ إِلاَّ بِالحَقِّ وَمَن قُتِلَ مَظْلُومًا فَقَدْ جَعَلْنَا لِوَلِيِّهِ سُلْطَانًا فَلاَ يُسْرِف فِّي الْقَتْلِ إِنَّهُ كَانَ مَنْصُورًا {33}
17:33 Alloh qilgan jonni nohaq oʻldirmanglar. Kimki haqsizlik qilingan holda oʻldirilsa, uning yaqin kishilariga (qasos haqida) vakolat berib qoʻyganmiz, qotilni oʻldirishda u haddan oshmasin. Chunki, unga (qasos haqida) yetarlicha yordam berilgan.
وَلاَ تَقْرَبُواْ مَالَ الْيَتِيمِ إِلاَّ بِالَّتِي هِيَ أَحْسَنُ حَتَّى يَبْلُغَ أَشُدَّهُ وَأَوْفُواْ بِالْعَهْدِ إِنَّ الْعَهْدَ كَانَ مَسْؤُولاً {34}
17:34 Yetimning mol-mulkiga yaqinlasha koʻrmanglar. Biroq, faqatgina u oʻzini idora eta oladigan yoshga kelguncha (unga foyda keltiradigan) eng chiroyli shaklda yaqinlashsangiz boʻladi. Kelishuvga toʻliq rioya qilinglar. Chunki, kelishuv javobgarlik talab qilinadigan narsadir.
وَأَوْفُوا الْكَيْلَ إِذا كِلْتُمْ وَزِنُواْ بِالقِسْطَاسِ الْمُسْتَقِيمِ ذَلِكَ خَيْرٌ وَأَحْسَنُ تَأْوِيلاً {35}
17:35 Oʻlchab berganingizda toʻliq oʻlchab beringlar va toʻgʻri oʻlcham bilan tortinglar. Shunday qilishingiz eng yaxshi va eng chiroyli yechimdir.
وَلاَ تَقْفُ مَا لَيْسَ لَكَ بِهِ عِلْمٌ إِنَّ السَّمْعَ وَالْبَصَرَ وَالْفُؤَادَ كُلُّ أُولـئِكَ كَانَ عَنْهُ مَسْؤُولاً {36}
17:36 Ilmiy asosing boʻlmagan narsani gapirma (unga toʻxtalma). Chunki, eshitish va koʻrish qobiliyatlari hamda vijdon – bularning barchasidan (oʻz egalari) javobgarlikka tortiladi.
وَلاَ تَمْشِ فِي الأَرْضِ مَرَحًا إِنَّكَ لَن تَخْرِقَ الأَرْضَ وَلَن تَبْلُغَ الْجِبَالَ طُولاً {37}
17:37 Yer yuzida gʻoʻdayib-kekkayib yurma[1125]. Chunki, na (oyoqlaring) bilan yerni teshib oʻtolmaysan va na uzunlikda togʻlarga yetolmaysan.
كُلُّ ذَلِكَ كَانَ سَيٍّئُهُ عِنْدَ رَبِّكَ مَكْرُوهًا {38}
17:38 Bu ishlarning barchasi Rabbingga koʻra yomon koʻrilgan ishlardir.
ذَلِكَ مِمَّا أَوْحَى إِلَيْكَ رَبُّكَ مِنَ الْحِكْمَةِ وَلاَ تَجْعَلْ مَعَ اللّهِ إِلَهًا آخَرَ فَتُلْقَى فِي جَهَنَّمَ مَلُومًا مَّدْحُورًا {39}
17:39 Mana shular Rabbingni senga qilgan hikmatli vahyidir. Allohdan boshqasini iloh tutinma! Aks holda, malomatlangan va (Allohning rahmatidan) quvilgan holda jahannamga tashlanasan.
أَفَأَصْفَاكُمْ رَبُّكُم بِالْبَنِينَ وَاتَّخَذَ مِنَ الْمَلآئِكَةِ إِنَاثًا إِنَّكُمْ لَتَقُولُونَ قَوْلاً عَظِيمًا {40}
17:40 Yaratgan Egangiz oʻgʻil bolalarni sizlarga xoslab berib, Oʻziga baʼzi malaklarni qiz qilib olibdimi?! Sizlar rostdan ham ogʻir gap gapiryapsizlar[1126].
وَلَقَدْ صَرَّفْنَا فِي هَـذَا الْقُرْآنِ لِيَذَّكَّرُواْ وَمَا يَزِيدُهُمْ إِلاَّ نُفُورًا {41}
17:41 Nasihat olsinlar deb, bu Qurʼonda (haqiqatni) turli uslublarda tushuntirib berdik. Bu esa, ularga nafratini orttiryapti[1127].
قُل لَّوْ كَانَ مَعَهُ آلِهَةٌ كَمَا يَقُولُونَ إِذًا لاَّبْتَغَوْاْ إِلَى ذِي الْعَرْشِ سَبِيلاً {42}
17:42 Agar mushriklar aytayotgani kabi Alloh bilan birga yana boshqa ilohlar ham boʻlganida, ular Arshni/boshqaruv markazi egasini yengib oʻtgani biron bir yoʻl qidirgan boʻlishardi[1128].
سُبْحَانَهُ وَتَعَالَى عَمَّا يَقُولُونَ عُلُوًّا كَبِيرًا {43}
17:43 Ular aytayotgan narsalardan Alloh oliylik va buyuklik jihatidan ham pokdir, juda oliydir.
تُسَبِّحُ لَهُ السَّمَاوَاتُ السَّبْعُ وَالأَرْضُ وَمَن فِيهِنَّ وَإِن مِّن شَيْءٍ إِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدَهِ وَلَـكِن لاَّ تَفْقَهُونَ تَسْبِيحَهُمْ إِنَّهُ كَانَ حَلِيمًا غَفُورًا {44}
17:44 Yetti osmon, yer va ular orasidagi kishilar Allohni ulugʻlaydi[1129]. Allohni olqishlab ulugʻlamaydigan hech narsa yoʻq. Lekin, ularning ulugʻlashini sizlar tushuna olmaysiz. Albatta, Alloh yumshoq muomala qiluvchidir, juda kechirimlidir.
وَإِذَا قَرَأْتَ الْقُرآنَ جَعَلْنَا بَيْنَكَ وَبَيْنَ الَّذِينَ لاَ يُؤْمِنُونَ بِالآخِرَةِ حِجَابًا مَّسْتُورًا {45}
17:45 Qurʼon oʻqiganingda sen bilan oxiratga ishonmaganlar orasiga koʻrinmas parda tortib qoʻyamiz.
وَجَعَلْنَا عَلَى قُلُوبِهِمْ أَكِنَّةً أَن يَفْقَهُوهُ وَفِي آذَانِهِمْ وَقْرًا وَإِذَا ذَكَرْتَ رَبَّكَ فِي الْقُرْآنِ وَحْدَهُ وَلَّوْاْ عَلَى أَدْبَارِهِمْ نُفُورًا {46}
17:46 Ular Qurʼonni tushunmasligi uchun qalblarida toʻsiq paydo qilamiz, quloqlarini ogʻir qilib qoʻyamiz. Qurʼonda Rabbingni yakka-yu yagona ekani haqidagi oyatlarni oʻqiganingda, ular nafrat bilan yuz oʻgirib ketadi.
نَّحْنُ أَعْلَمُ بِمَا يَسْتَمِعُونَ بِهِ إِذْ يَسْتَمِعُونَ إِلَيْكَ وَإِذْ هُمْ نَجْوَى إِذْ يَقُولُ الظَّالِمُونَ إِن تَتَّبِعُونَ إِلاَّ رَجُلاً مَّسْحُورًا {47}
17:47 Ular seni tinglayotganida ularni nima maqsadda tinglayotganini va u zolimlar oʻzaro: “Agar Muhammadga ergashsangiz, aniq sehrlangan odamga ergashgan boʻlasizlar”, deyotganini bilib turibmiz.
انظُرْ كَيْفَ ضَرَبُواْ لَكَ الأَمْثَالَ فَضَلُّواْ فَلاَ يَسْتَطِيعْونَ سَبِيلاً {48}
17:48 Qaragin, ular seni kimlarga oʻxshatyapti! Ular adashdi, endi (zalolatdan chiqqani) yoʻl topolmaydi.
وَقَالُواْ أَئِذَا كُنَّا عِظَامًا وَرُفَاتًا أَإِنَّا لَمَبْعُوثُونَ خَلْقًا جَدِيدًا {49}
17:49 Ular: “Biz oʻlib (avval) suyaklarga va (keyin) tuproqqa aylanib ketganimizdan keyin yangitdan yaratilib chiqarilamizmi?”, dedilar.
قُل كُونُواْ حِجَارَةً أَوْ حَدِيدًا {50}
17:50 Ayt: «Xohlasanglar toshga aylaning, xohlasangiz temirga (baribir qayta tirilasizlar),
أَوْ خَلْقًا مِّمَّا يَكْبُرُ فِي صُدُورِكُمْ فَسَيَقُولُونَ مَن يُعِيدُنَا قُلِ الَّذِي فَطَرَكُمْ أَوَّلَ مَرَّةٍ فَسَيُنْغِضُونَ إِلَيْكَ رُؤُوسَهُمْ وَيَقُولُونَ مَتَى هُوَ قُلْ عَسَى أَن يَكُونَ قَرِيبًا {51}
17:51 Yoki, koʻnglingizda (qayta yaratilishga imkonsiz) katta koʻringan biron bir maxluqqa aylaninglar (baribir qayta tirilasizlar)! Undan keyin ham ular: “Bizni kim qayta tiriltiradi?”, deydi. “Sizlarni ilk yaratgan zot”, deb ayt. Shunda ular senga boshlarini likillatib: “U qachon oʻzi?” deydi. “Balki, juda yaqinda!”, deb ayt.
يَوْمَ يَدْعُوكُمْ فَتَسْتَجِيبُونَ بِحَمْدِهِ وَتَظُنُّونَ إِن لَّبِثْتُمْ إِلاَّ قَلِيلاً {52}
17:52 Alloh sizlarni qayta tirilishga chaqiradigan kun, Unga hamd ila chaqirigʻiga javob berasiz va dunyoda juda oz muddat qoldim deb oʻylab qolasiz.
وَقُل لِّعِبَادِي يَقُولُواْ الَّتِي هِيَ أَحْسَنُ إِنَّ الشَّيْطَانَ يَنزَغُ بَيْنَهُمْ إِنَّ الشَّيْطَانَ كَانَ لِلإِنْسَانِ عَدُوًّا مُّبِينًا {53}
17:53 Bandalarimga ayt: «Ular (har qanday holatda) chiroyi gap gapirsin[1130]. Chunki, shayton oralarini buzishga urinadi. Albatta, shayton insonga ochiqdan-ochiq dushmandir.
رَّبُّكُمْ أَعْلَمُ بِكُمْ إِن يَشَأْ يَرْحَمْكُمْ أَوْ إِن يَشَأْ يُعَذِّبْكُمْ وَمَا أَرْسَلْنَاكَ عَلَيْهِمْ وَكِيلاً {54}
17:54 Yaratgan Egangiz sizlarni juda yaxshi biladi. Yaxshilikni ravo koʻrsa yaxshilik qiladi, azoblashni ravo koʻrsa azoblaydi.» (Ey Muhammad!) Biz seni ularning ustidan vakil boʻlasan deb yubormadik.
وَرَبُّكَ أَعْلَمُ بِمَن فِي السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضِ وَلَقَدْ فَضَّلْنَا بَعْضَ النَّبِيِّينَ عَلَى بَعْضٍ وَآتَيْنَا دَاوُودَ زَبُورًا {55}
17:55 Yaratgan Egang osmonlardagi va yerdagilarni juda yaxshi biladi. Albatta, paygʻambarlarning birini boshqasidan afzal qildik, Dovudga Zabur – kitob[1131] berdik.
قُلِ ادْعُواْ الَّذِينَ زَعَمْتُم مِّن دُونِهِ فَلاَ يَمْلِكُونَ كَشْفَ الضُّرِّ عَنكُمْ وَلاَ تَحْوِيلاً {56}
17:56 (Ey Muhammad! Mushriklarga) Ayt: «Allohni qoʻyib, (sizlarga yordam bera oladi deb) gumon qilgan shaxslaringizga duo qilib koʻringlar-chi, (duo qilganingiz bilan) ular sizdan zararni bartaraf ham qila olmaydi, uni boshqa tarafga burib ham yubora olmaydi[1132].»
أُولَـئِكَ الَّذِينَ يَدْعُونَ يَبْتَغُونَ إِلَى رَبِّهِمُ الْوَسِيلَةَ أَيُّهُمْ أَقْرَبُ وَيَرْجُونَ رَحْمَتَهُ وَيَخَافُونَ عَذَابَهُ إِنَّ عَذَابَ رَبِّكَ كَانَ مَحْذُورًا {57}
17:57 Mushriklar Allohni qoʻyib duo qilayotgan maʼnaviy shaxslarining[1133] oʻzlari, oʻzlarini Rabbiga (Uning rizosiga) yanada koʻproq yaqinlashish uchun sabab axtaradi, Uning yaxshiligidan umid qilib, azobidan qoʻrqishadi. Rabbingning azobi qoʻrqib saqlanish kerak boʻlgan azobdir.
وَإِن مَّن قَرْيَةٍ إِلاَّ نَحْنُ مُهْلِكُوهَا قَبْلَ يَوْمِ الْقِيَامَةِ أَوْ مُعَذِّبُوهَا عَذَابًا شَدِيدًا كَانَ ذَلِك فِي الْكِتَابِ مَسْطُورًا{58}
17:58 Har qanday yurtni qiyomat kunidan oldin yo halok qilamiz yoki qattiq azoblaymiz. Bu narsa (Lavhul-Mahfuz)[1134] kitobga bitib qoʻyilgan.
وَمَا مَنَعَنَا أَن نُّرْسِلَ بِالآيَاتِ إِلاَّ أَن كَذَّبَ بِهَا الأَوَّلُونَ وَآتَيْنَا ثَمُودَ النَّاقَةَ مُبْصِرَةً فَظَلَمُواْ بِهَا وَمَا نُرْسِلُ بِالآيَاتِ إِلاَّ تَخْوِيفًا {59}
17:59 (Ey Muhammad! Senga) oyatlar/paygʻambarlik alomatlari yuborishimizga faqatgina avvalgi ummatlar oyatlarni yolgʻonga chiqargani boʻldi, xolos[1135]. Samud xalqiga urgʻoci tuyani ochiq-oydin alomat qilib berganmiz, ular tuyaga zulm qilishdi. Biz oyat-alomatlarni faqat qoʻrqitish uchun yuboramiz.
وَإِذْ قُلْنَا لَكَ إِنَّ رَبَّكَ أَحَاطَ بِالنَّاسِ وَمَا جَعَلْنَا الرُّؤيَا الَّتِي أَرَيْنَاكَ إِلاَّ فِتْنَةً لِّلنَّاسِ وَالشَّجَرَةَ الْمَلْعُونَةَ فِي القُرْآنِ وَنُخَوِّفُهُمْ فَمَا يَزِيدُهُمْ إِلاَّ طُغْيَانًا كَبِيرًا {60}
17:60 Bir kun senga: “Rabbing insonlarni qurshab qoʻydi”, degan edi. Senga koʻrsatgan tushni va Qurʼonda laʼnatlangan daraxtni[1136] faqatgina insonlarni imtihon qilishga vosita qildik, xolos. Biz insonlarni qoʻrqityapmiz, shunda ham, ular qattiq haddan oshyapti.
وَإِذْ قُلْنَا لِلْمَلآئِكَةِ اسْجُدُواْ لآدَمَ فَسَجَدُواْ إَلاَّ إِبْلِيسَ قَالَ أَأَسْجُدُ لِمَنْ خَلَقْتَ طِينًا {61}
17:61 Malaklarga: “Odamga sajda qilinglar!”, deganimizda, darhol sajda qilishgan. Lekin, Iblis sajda qilmagan. U: “Sen loydan yaratgan kishi uchun sajda qilamanmi?”, degan.
قَالَ أَرَأَيْتَكَ هَـذَا الَّذِي كَرَّمْتَ عَلَيَّ لَئِنْ أَخَّرْتَنِ إِلَى يَوْمِ الْقِيَامَةِ لأَحْتَنِكَنَّ ذُرِّيَّتَهُ إَلاَّ قَلِيلاً {62}
17:62 Yana shunday degan: “Mendan koʻra ustun-mukarram tutgan quling shumi? Agar ajalimni qiyomat kunigacha kechiktirsang, ozginasidan boshqa uning hamma naslini oʻzimga bogʻlab olaman (burnidan ip oʻtkazib olaman).”
قَالَ اذْهَبْ فَمَن تَبِعَكَ مِنْهُمْ فَإِنَّ جَهَنَّمَ جَزَآؤُكُمْ جَزَاء مَّوْفُورًا {63}
17:63 (Alloh) shunday degan: «Daf boʻl! Ulardan kim senga ergashsa, jazoingiz jahannamdir. Jinoyatga yarasha jazo!
وَاسْتَفْزِزْ مَنِ اسْتَطَعْتَ مِنْهُمْ بِصَوْتِكَ وَأَجْلِبْ عَلَيْهِم بِخَيْلِكَ وَرَجِلِكَ وَشَارِكْهُمْ فِي الأَمْوَالِ وَالأَوْلادِ وَعِدْهُمْ وَمَا يَعِدُهُمُ الشَّيْطَانُ إِلاَّ غُرُورًا {64}
17:64 Ulardan kuching yetganini vasvasali chaqirigʻing bilan yoʻldan ozdiraver (qoʻrqitaver). Ularga “otliq” va “piyodalaring” bilan hujum qilaver. Ularning mol-mulklari va boalalarida sherik ham boʻlaver. Ularga vaʼda beraver[1137].» Holbuki, shayton ularga aldovdan boshqa narsani vaʼda qilmaydi.
إِنَّ عِبَادِي لَيْسَ لَكَ عَلَيْهِمْ سُلْطَانٌ وَكَفَى بِرَبِّكَ وَكِيلاً {65}
17:65 «Mening (xolis) bandalarim ustidan sening taʼsir oʻtkazadigan kuching yoʻq[1138]. (Ularga) suyanch va tayanch oʻlaroq Rabbing kifoyadir» (dedi Alloh Iblisga).
رَّبُّكُمُ الَّذِي يُزْجِي لَكُمُ الْفُلْكَ فِي الْبَحْرِ لِتَبْتَغُواْ مِن فَضْلِهِ إِنَّهُ كَانَ بِكُمْ رَحِيمًا {66}
17:66 Yaratgan Egangizning oliyjanoblik qilib beradigan rizqidan talab qilib axtara olishingiz uchun, sizlarga dengizda kemalarni suzdirib qoʻydi. U sizlarga mehribondir.
وَإِذَا مَسَّكُمُ الْضُّرُّ فِي الْبَحْرِضَلَّ مَن تَدْعُونَ إِلاَّ إِيَّاهُ فَلَمَّا نَجَّاكُمْ إِلَى الْبَرِّ أَعْرَضْتُمْ وَكَانَ الإِنْسَانُ كَفُورًا{67}
17:67 Sizlarga dengizda zarar yetganda faqat Allohga duo qilasizlar, Undan boshqasi yoʻq boʻlib ketadi (esingizga ham kelmaydi). U sizlarni quruqlikka chiqarib qutqarib qoʻyganida, darhol (Allohdan) yuz burasizlar. Inson juda nonkoʻrdir.
أَفَأَمِنتُمْ أَن يَخْسِفَ بِكُمْ جَانِبَ الْبَرِّ أَوْ يُرْسِلَ عَلَيْكُمْ حَاصِبًا ثُمَّ لاَ تَجِدُواْ لَكُمْ وَكِيلاً {68}
17:68 Alloh sizlarni yerning bir tarafiga yuttirib yuborishidan yoki ustingizdan tosh yogʻdiradigan toʻfon kelishidan xotirjammisiz? Keyin oʻzingizga (himoyachi) vakil topolmaysiz.
أَمْ أَمِنتُمْ أَن يُعِيدَكُمْ فِيهِ تَارَةً أُخْرَى فَيُرْسِلَ عَلَيْكُمْ قَاصِفا مِّنَ الرِّيحِ فَيُغْرِقَكُم بِمَا كَفَر ثُمَّ لاَ تَجِدُواْ لَكُمْ عَلَيْنَا بِهِ تَبِيعًا {69}
17:69 Yoki sizlarni yana dengizga qaytarib, tepangizga hamma narsani vayron qilib yuboradigan qora boʻron yuborib, kofirlik qilganingiz uchun sizlarni dengizga choʻktirib yuborishidan xotirjammisiz? Keyin, Bizga qarshi sizni orqangizda tura oladigan hech kim topolmaysiz.
وَلَقَدْ كَرَّمْنَا بَنِي آدَمَ وَحَمَلْنَاهُمْ فِي الْبَرِّ وَالْبَحْرِ وَرَزَقْنَاهُم مِّنَ الطَّيِّبَاتِ وَفَضَّلْنَاهُمْ عَلَى كَثِيرٍ مِّمَّنْ خَلَقْنَا تَفْضِيلاً {70}
17:70 Shubhasizki, Odam bolalarini hurmatli qildik. Ularni quruqlikda ham dengizda ham (boshqa borliqlar tepasida) tashitdik, ularga pokiza narsalarni rizq qilib berdik, hamda yaratgan koʻplab narsalarimizdan afzal qildik.
يَوْمَ نَدْعُو كُلَّ أُنَاسٍ بِإِمَامِهِمْ فَمَنْ أُوتِيَ كِتَابَهُ بِيَمِينِهِ فَأُوْلَـئِكَ يَقْرَؤُونَ كِتَابَهُمْ وَلاَ يُظْلَمُونَ فَتِيلاً {71}
17:71 Kun kelib, har bir insonni oʻz yoʻlboshchisi[1139] bilan chaqiramiz. Shunda, (amallari yozilgan) kitobi oʻng tarafidan berilganlar kitoblarini oʻzlari oʻqiydi, ularga qilchalik ham haqsizlik qilinmaydi.
وَمَن كَانَ فِي هَـذِهِ أَعْمَى فَهُوَ فِي الآخِرَةِ أَعْمَى وَأَضَلُّ سَبِيلاً {72}
17:72 Bu dunyoda koʻr boʻlganlar oxiratda ham koʻr boʻladi va yoʻldan adashgan boʻladi[1140].
وَإِن كَادُواْ لَيَفْتِنُونَكَ عَنِ الَّذِي أَوْحَيْنَا إِلَيْكَ لِتفْتَرِيَ عَلَيْنَا غَيْرَهُ وَإِذًا لاَّتَّخَذُوكَ خَلِيلاً {73}
17:73 (Ey Muhammad!) Biz senga vahiy qilgan (Qurʼondan)dan boshqa narsani oʻzing toʻqib, uni Bizga nisbat berishing uchun seni Qurʼondan chalgʻitib – fitnalab qoʻyishiga oz qolgan edi. Agar shunday qilganingda mushriklar seni oʻziga yaqin doʻst qilib olardi.
وَلَوْلاَ أَن ثَبَّتْنَاكَ لَقَدْ كِدتَّ تَرْكَنُ إِلَيْهِمْ شَيْئًا قَلِيلاً {74}
17:74 Agar seni irodangni mustahkam qilib qoʻymaganimizda edi, ularga bir oz moyil boʻlishingga oz qolgan edi.
إِذاً لَّأَذَقْنَاكَ ضِعْفَ الْحَيَاةِ وَضِعْفَ الْمَمَاتِ ثُمَّ لاَ تَجِدُ لَكَ عَلَيْنَا نَصِيرًا {75}
17:75 Agar ularga bir oz moyil boʻlganingda edi, seni dunyoda ham oxiratda ham ikki hissa azoblagan boʻlardik. Keyin, Bizga qarshi senga yordam bera oladigan hech qanday yordamchi topolmasding.
وَإِن كَادُواْ لَيَسْتَفِزُّونَكَ مِنَ الأَرْضِ لِيُخْرِجوكَ مِنْهَا وَإِذًا لاَّ يَلْبَثُونَ خِلافَكَ إِلاَّ قَلِيلاً {76}
17:76 Ular seni bu yerdan (Makkadan) chiqarib yuborish uchun joyingdan qoʻzgʻatishiga oz qoldi. Agar bunday qilsalar, ularning oʻzlari ham bu yurtda koʻp qololmaydi.
سُنَّةَ مَن قَدْ أَرْسَلْنَا قَبْلَكَ مِن رُّسُلِنَا وَلاَ تَجِدُ لِسُنَّتِنَا تَحْوِيلاً {77}
17:77 (Bu) Sendan oldin yuborgan elchilarimizda qoʻllanilgan qonundir. Bizning qonunlarimizni (Sunnatlarimizni) oʻzgartirilishini koʻrmaysan.
أَقِمِ الصَّلاَةَ لِدُلُوكِ الشَّمْسِ إِلَى غَسَقِ اللَّيْلِ وَقُرْآنَ الْفَجْرِ إِنَّ قُرْآنَ الْفَجْرِ كَانَ مَشْهُودًا {78}
17:78 Quyosh ogʻishidan tortib to tunni qorongʻisigacha boʻlgan muddat oraligʻida va tong shafaqlari birlashgan vaqtda namozni ado et. Tong shafaqlarining birlashishi koʻzga koʻrinadi.
وَمِنَ اللَّيْلِ فَتَهَجَّدْ بِهِ نَافِلَةً لَّكَ عَسَى أَن يَبْعَثَكَ رَبُّكَ مَقَامًا مَّحْمُودًا {79}
17:79 (Ey Muhammad!) Seni oʻzingga qoʻshimcha vazifa sifatida tunni Qurʼon ila bedor oʻtkaz. Balki, Rabbing seni maqtalgan bir yerga[1141] yoʻnaltirar.
وَقُل رَّبِّ أَدْخِلْنِي مُدْخَلَ صِدْقٍ وَأَخْرِجْنِي مُخْرَجَ صِدْقٍ وَاجْعَل لِّي مِن لَّدُنكَ سُلْطَانًا نَّصِيرًا {80}
17:79 Shunday duo qilgin: “Ey yaratgan Egam! Meni kiradigan joyimga ham toʻgʻrilik bilan kirgiz, chiqadigan joyimdan ham toʻgʻrilik bilan chiqar. Menga Oʻz tarafingdan yordamchi kuch ber.”
وَقُلْ جَاء الْحَقُّ وَزَهَقَ الْبَاطِلُ إِنَّ الْبَاطِلَ كَانَ زَهُوقًا {81}
17:81 Yana ayt: «Haq keldi[1142], uydirma-botil yoʻq boʻldi. Botil albatta yoʻq boʻladi.»
وَنُنَزِّلُ مِنَ الْقُرْآنِ مَا هُوَ شِفَاء وَرَحْمَةٌ لِّلْمُؤْمِنِينَ وَلاَ يَزِيدُ الظَّالِمِينَ إَلاَّ خَسَارًا {82}
17:82 Biz Qurʼonni unga ishongan-moʻminlarga shifo va rahmat boʻlishi uchun nozil qilyapmiz. (Qurʼon unga ishonmagan) zolimlarga ziyondan boshqa narsa orttirmaydi.
وَإِذَآ أَنْعَمْنَا عَلَى الإِنسَانِ أَعْرَضَ وَنَأَى بِجَانِبِهِ وَإِذَا مَسَّهُ الشَّرُّ كَانَ يَؤُوسًا {83}
17:83 Insonga neʼmat berganimizda yuz oʻgirib chetlashadi. Unga yomonlik kelganida esa noumid boʻlib qoladi.
قُلْ كُلٌّ يَعْمَلُ عَلَى شَاكِلَتِهِ فَرَبُّكُمْ أَعْلَمُ بِمَنْ هُوَ أَهْدَى سَبِيلاً {84}
17:84 Ayt: «Har kim oʻz maqsad yoʻliga koʻra amal qiladi[1143]. Kim eng toʻgʻri yoʻlda ekanini yaratgan Egang juda yaxshi biladi.
وَيَسْأَلُونَكَ عَنِ الرُّوحِ قُلِ الرُّوحُ مِنْ أَمْرِ رَبِّي وَمَا أُوتِيتُم مِّن الْعِلْمِ إِلاَّ قَلِيلاً {85}
17:85 (Ey Muhammad!) Sendan ruh haqida soʻrashmoqda. Ayt: “Ruh Rabbimning buyruqlaridan iboratdir.” U haqidagi ilmdan sizlarga ozgina berilgan.
وَلَئِن شِئْنَا لَنَذْهَبَنَّ بِالَّذِي أَوْحَيْنَا إِلَيْكَ ثُمَّ لاَ تَجِدُ لَكَ بِهِ عَلَيْنَا وَكِيلاً {86}
17:86 Agar xohlasak senga vahiy qilganimiz Qurʼonni qaytarib olgan boʻlardik. Keyin oʻzingga uni qaytarib olish uchun Bizga qarshi yordamchi-vakil topolmasding.
إِلاَّ رَحْمَةً مِّن رَّبِّكَ إِنَّ فَضْلَهُ كَانَ عَلَيْكَ كَبِيرًا {87}
17:87 Rabbingni senga boʻlgan marhamati sababli uni sendan qaytarib olmaydi. Albatta, Rabbingni senga boʻlgan oliyjanobligi buyukdir.
قُل لَّئِنِ اجْتَمَعَتِ الإِنسُ وَالْجِنُّ عَلَى أَن يَأْتُواْ بِمِثْلِ هَـذَا الْقُرْآنِ لاَ يَأْتُونَ بِمِثْلِهِ وَلَوْ كَانَ بَعْضُهُمْ لِبَعْضٍ ظَهِيرًا {88}
17:88 Ayt: “Agar insu-jin/barcha xaloyiq ushbu Qurʼonning oʻxshashini keltirishga birlashib, (bu ishda) oʻzaro bir-birini qoʻllab-quvvatlasalar ham, uning oʻxshashini aslo keltirolmaydilar.”
وَلَقَدْ صَرَّفْنَا لِلنَّاسِ فِي هَـذَا الْقُرْآنِ مِن كُلِّ مَثَلٍ فَأَبَى أَكْثَرُ النَّاسِ إِلاَّ كُفُورًا {89}
17:89 Shubhasizki, insonlar uchun ushbu Qurʼonda har turli misolni farqli uslublarda tushuntirib berdik. Lekin, insonlarning koʻpchiligi hali ham kofirlikdan voz kechmayapti.
وَقَالُواْ لَن نُّؤْمِنَ لَكَ حَتَّى تَفْجُرَ لَنَا مِنَ الأَرْضِ يَنبُوعًا {90}
17:90 Va ular shunday dedi: «Toki biz uchun yerdan buloq chiqarib bermas ekansan, senga aslo ishonmaymiz.
أَوْ تَكُونَ لَكَ جَنَّةٌ مِّن نَّخِيلٍ وَعِنَبٍ فَتُفَجِّرَ الأَنْهَارَ خِلالَهَا تَفْجِيرًا {91}
17:91 Yoki seni uzum va xurmo bogʻing boʻlib, daraxtlari orasidan ariqlar oqib turmaguncha.
أَوْ تُسْقِطَ السَّمَاء كَمَا زَعَمْتَ عَلَيْنَا كِسَفًا أَوْ تَأْتِيَ بِاللّهِ وَالْمَلآئِكَةِ قَبِيلاً {92}
17:92 Yoki aytganingdek, osmonni parcha-parcha qilib tepamizga tashlab yubormaguningcha, yoki Alloh va farishtalarni oldimizga olib keltirmaguningcha.
أَوْ يَكُونَ لَكَ بَيْتٌ مِّن زُخْرُفٍ أَوْ تَرْقَى فِي السَّمَاء وَلَن نُّؤْمِنَ لِرُقِيِّكَ حَتَّى تُنَزِّلَ عَلَيْنَا كِتَابًا نَّقْرَؤُهُ قُلْ سُبْحَانَ رَبِّي هَلْ كُنتُ إَلاَّ بَشَرًا رَّسُولاً {93}
17:93 Yoki, seni oltindan uying boʻlmaguncha, yoki osmonga koʻtarilmaguningcha (senga ishonmaymiz). Chiqqan taqdiringda ham, biz oʻqiydigan kitob olib tushmaguningcha ishonmaymiz», (deyishadi). Sen esa: «Rabbim pokdir! Men elchi qilib yuborilgan insonman, xolos», deb ayt.
وَمَا مَنَعَ النَّاسَ أَن يُؤْمِنُواْ إِذْ جَاءهُمُ الْهُدَى إِلاَّ أَن قَالُواْ أَبَعَثَ اللّهُ بَشَرًا رَّسُولاً {94}
17:94 Insonlarga hidoyat kelganida: “Alloh elchi qilib insonni yuboribdimi?”, degan gaplarining oʻzi, ularni unga ishonishiga toʻsiq boʻldi.
قُل لَّوْ كَانَ فِي الأَرْضِ مَلآئِكَةٌ يَمْشُونَ مُطْمَئِنِّينَ لَنَزَّلْنَا عَلَيْهِم مِّنَ السَّمَاء مَلَكًا رَّسُولاً {95}
17:95 Ayt: «Agar yerda (odamlar emas) farishtalar qaror topib yurishganida, Biz ham (elchi qilib) ularga osmondan albatta farishta tushirgan boʻlardik.
قُلْ كَفَى بِاللّهِ شَهِيدًا بَيْنِي وَبَيْنَكُمْ إِنَّهُ كَانَ بِعِبَادِهِ خَبِيرًا بَصِيرًا {96}
17:96 Ayt: «Siz bilan mening oʻrtamda guvohlikka Alloh kifoyadir. Chunki, U bandalaridan toʻliq xabardordir, koʻrib turuvchidir.
وَمَن يَهْدِ اللّهُ فَهُوَ الْمُهْتَدِ وَمَن يُضْلِلْ فَلَن تَجِدَ لَهُمْ أَوْلِيَاء مِن دُونِهِ وَنَحْشُرُهُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ عَلَى وُجُوهِهِمْ عُمْيًا وَبُكْمًا وَ
صُمًّا مَّأْوَاهُمْ جَهَنَّمُ كُلَّمَا خَبَتْ زِدْنَاهُمْ سَعِيرًا {97}
17:97 Alloh kimni toʻgʻri yoʻlga muvaffaq qilsa, u toʻgʻri yoʻlni topadi. Kimni zalolatga tashlab qoʻysa, Alloh bilan uni oʻrtasiga tushadigan doʻstlar topolmaysan. Ularni qiyomat kuni yuz tuban holda koʻr, soqov va kar holatida toʻplaymiz. Ularning borar joylari jahannam. Har qachon sokinlashib qolganida, ularga yoqilgʻini orttirib qoʻyamiz.
ذَلِكَ جَزَآؤُهُم بِأَنَّهُمْ كَفَرُواْ بِآيَاتِنَا وَقَالُواْ أَئِذَا كُنَّا عِظَامًا وَرُفَاتًا أَإِنَّا لَمَبْعُوثُونَ خَلْقًا جَدِيدًا {98}
17:98 Oyatlarimizni tan olmaganliklari uchun ularga beriladigan jazo shu. Ular: “Biz oʻlib (avval) suyaklarga va (keyin) tuproqqa aylanib ketganimizdan keyin yangitdan yaratilib chiqarilamizmi?”, dedilar.
أَوَلَمْ يَرَوْاْ أَنَّ اللّهَ الَّذِي خَلَقَ السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضَ قَادِرٌ عَلَى أَن يَخْلُقَ مِثْلَهُمْ وَجَعَلَ لَهُمْ أَجَلاً لاَّ رَيْبَ فِيهِ فَأَبَى الظَّالِمُونَ إَلاَّ كُفُورًا {99}
17:99 Osmonlar va yerni yaratib, u haqida hech qanday shubha qoldirmagan holda ularga muddat belgilagan Alloh, aynan ularning bir xilini yaratishga oʻlchov qoʻyuvchi-qodir ekanini nahot ular bilmagan boʻlsa!
قُل لَّوْ أَنتُمْ تَمْلِكُونَ خَزَآئِنَ رَحْمَةِ رَبِّي إِذًا لَّأَمْسَكْتُمْ خَشْيَةَ الإِنفَاقِ وَكَانَ الإنسَانُ قَتُورًا {100}
17:100 Ayt: «Agar yaratgan Egamning rahmat xazinalariga sizlar egador boʻlib qolganingizda, sarflash orqali tugab qolishidan qoʻrqib, hech kimga hech narsa bermagan boʻlardingiz. Inson (zoti) juda baxildir.
وَلَقَدْ آتَيْنَا مُوسَى تِسْعَ آيَاتٍ بَيِّنَاتٍ فَاسْأَلْ بَنِي إِسْرَائِيلَ إِذْ جَاءهُمْ فَقَالَ لَهُ فِرْعَونُ إِنِّي لَأَظُنُّكَ يَا مُوسَى مَسْحُورًا {101}
17:101 Shubhasizki, Musoga toʻqqizta aniq-ravshan oyat berganmiz. Isroil avlodidan soʻra: Ularga Muso (elchi boʻlib) kelganida, Firʼavn unga: “Ey Muso! Seni aniq sehrlangan deb oʻylayapman”, dedi (Firʼavn).
قَالَ لَقَدْ عَلِمْتَ مَا أَنزَلَ هَـؤُلاء إِلاَّ رَبُّ السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضِ بَصَآئِرَ وَإِنِّي لَأَظُنُّكَ يَا فِرْعَونُ مَثْبُورًا {102}
17:102 (Muso) shunday dedi: “Bilib turibsanki, bu oyatlarlarni (haqiqatni) koʻrsatib beradigan qilib nozil qilgan zot osmonlar va yerni yaratgan zotdan boshqasi emas, Men seni (bu ketishda) halok qilinasan deb oʻylayapman.”
فَأَرَادَ أَن يَسْتَفِزَّهُم مِّنَ الأَرْضِ فَأَغْرَقْنَاهُ وَمَن مَّعَهُ جَمِيعًا {103}
17:103 Firʼavn ularni u yerdan (zulm orqali) vahimaga solib chiqarib yubormoqchi boʻldi. Oqibatda Biz uni va u bilan birga harakat qilganlarning barchasini choʻktirib yubordik.
وَقُلْنَا مِن بَعْدِهِ لِبَنِي إِسْرَائِيلَ اسْكُنُواْ الأَرْضَ فَإِذَا جَاء وَعْدُ الآخِرَةِ جِئْنَا بِكُمْ لَفِيفًا {104}
17:104 Undan keyin Isroil avlodiga shunday dedik: “Endi bu yerga sizlar joylashinglar. Oxirat vaʼdasi kelganida, sizlarni barchangizni toʻplab keltiramiz.”
وَبِالْحَقِّ أَنزَلْنَاهُ وَبِالْحَقِّ نَزَلَ وَمَا أَرْسَلْنَاكَ إِلاَّ مُبَشِّرًا وَنَذِيرًا {105}
17:105 Biz ushbu Qurʼonni haq ila/haqiqat qaror topishi uchun yubordik va u (Muhammadga) haq ila/haqiqat qaror topishi uchun nozil boʻldi.[1144] (Ey Muhammad!) Biz seni faqat xushxabar beruvchi va ogohlantiruvchi (elchi) qilib yubordik.
وَقُرْآناً فَرَقْنَاهُ لِتَقْرَأَهُ عَلَى النَّاسِ عَلَى مُكْثٍ وَنَزَّلْنَاهُ تَنزِيلاً {106}
17:106 Qurʼonni insonlarga boʻlib-boʻib oʻqib berishing uchun, uni (sura va oyatlarga) boʻldik va mana shu shaklda nozil qildik.
قُلْ آمِنُواْ بِهِ أَوْ لاَ تُؤْمِنُواْ إِنَّ الَّذِينَ أُوتُواْ الْعِلْمَ مِن قَبْلِهِ إِذَا يُتْلَى عَلَيْهِمْ يَخِرُّونَ لِلأَذْقَانِ سُجَّدًا {107}
17:107 Ayt: «Sizlar xohlasangiz ishoning, xohlasangiz ishonmang. Albatta, Qurʼon nozil boʻlishidan oldin (ularga ilohiy kitobdan) ilm berilganlarga Qurʼon tilovat qilinganida, ular darhol sajdaga yiqiladilar.
وَيَقُولُونَ سُبْحَانَ رَبِّنَا إِن كَانَ وَعْدُ رَبِّنَا لَمَفْعُولاً {108}
17:108 Va ular: “Yaratgan Egamiz pok zotdir! Rabbimizning bergan soʻzi amalga osh(a)di!”, deyishadi.
وَيَخِرُّونَ لِلأَذْقَانِ يَبْكُونَ وَيَزِيدُهُمْ خُشُوعًا {109}
17:109 Va yigʻlagan holda sajdaga yiqiladilar. (Qurʼon) ularga (Allohga boʻlgan) hurmatni ziyoda qiladi.
قُلِ ادْعُواْ اللّهَ أَوِ ادْعُواْ الرَّحْمَـنَ أَيًّا مَّا تَدْعُواْ فَلَهُ الأَسْمَاء الْحُسْنَى وَلاَ تَجْهَرْ بِصَلاَتِكَ وَلاَ تُخَافِتْ بِهَا وَابْتَغِ بَيْنَ ذَلِكَ سَبِيلاً {110}
17:110 (Ey Muhammad!) Ayt: “Xohlasangiz «Alloh” deb duo qilinglar, xohlasangiz “Rahmon” deb duo qilinglar. Qaysi biri bilan duo qilsangiz ham boʻlaveradi. Chunki, eng chiroyli ism-xususiyatlar Allohga xosdir.» Duongda ovozingni baland koʻtarma, maxfiy ham qilma; shuni oʻrtasida bir yoʻl tut.
وَقُلِ الْحَمْدُ لِلّهِ الَّذِي لَمْ يَتَّخِذْ وَلَدًا وَلَم يَكُن لَّهُ شَرِيكٌ فِي الْمُلْكِ وَلَمْ يَكُن لَّهُ وَلِيٌّ مِّنَ الذُّلَّ وَكَبِّرْهُ تَكْبِيرًا{111}
17:111 “Allohga olqish-u maqtovlar boʻlsin! U Oʻziga farzand tutmagan, hukmronlikda Uning hech qanday sherigi yoʻq, ehtiyoji sababli Oʻziga yordamchi qilib olgan doʻsti ham yoʻq!”, de va Uni Oʻzi xos ravishda ulugʻla!
- KAHF surasi[1145]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
الْحَمْدُ لِلَّهِ الَّذِي أَنزَلَ عَلَى عَبْدِهِ الْكِتَابَ وَلَمْ يَجْعَل لَّهُ عِوَجَا {1}
18:1 Allohga olqishu maqtovlar boʻlsin; U oʻz bandasi (Muhammad)ga ushbu kitobni nozil qildi va unda hech qanday egrilik qilmadi.
قَيِّمًا لِّيُنذِرَ بَأْسًا شَدِيدًا مِن لَّدُنْهُ وَيُبَشِّرَ الْمُؤْمِنِينَ الَّذِينَ يَعْمَلُونَ الصَّالِحَاتِ أَنَّ لَهُمْ أَجْرًا حَسَنًا {2}
18:2 Oʻzi tarafidan beriladigan qattiq azobdan ogohlantirish uchun va xayrli ishlarni amalga oshiradigan moʻminlarga – ularga albatta chiroyli ajr-mukofot borligi haqida – xushxabar berish uchun (kitobni) roʻyi-rost qilib yubordi.
مَاكِثِينَ فِيهِ أَبَدًا {3}
18:3 Ular jannatda mangu qoladi.
وَيُنذِرَ الَّذِينَ قَالُوا اتَّخَذَ اللَّهُ وَلَدًا {4}
18:4 “Alloh Oʻziga farzand tutdi”, deganlarni ham ogohlantirish uchun (yubordi).
{5} مَّا لَهُم بِهِ مِنْ عِلْمٍ وَلَا لِآبَائِهِمْ كَبُرَتْ كَلِمَةً تَخْرُجُ مِنْ أَفْوَاهِهِمْ إِن يَقُولُونَ إِلَّا كَذِبًا
18:5 Ularning bu haqida ilmi boʻlmagan, ularning ota-boblarida ham (boʻlmagan). Ularning ogʻzilaridan chiqayotgan gap juda ogʻir! Ular faqat yolgʻon gapiryapti.
فَلَعَلَّكَ بَاخِعٌ نَّفْسَكَ عَلَى آثَارِهِمْ إِن لَّمْ يُؤْمِنُوا بِهَذَا الْحَدِيثِ أَسَفًا {6}
18:6 Ular bu soʻzga – Qurʼonga ishonmasa, ortidan achinib (sal qolsa) oʻzingni halok qilishing mumkin edi.
إِنَّا جَعَلْنَا مَا عَلَى الْأَرْضِ زِينَةً لَّهَا لِنَبْلُوَهُمْ أَيُّهُمْ أَحْسَنُ عَمَلًا {7}
18:7 Ularning qaysi biri chiroyli ish qilishini sinab-belgilash uchun, yer yuzidagi narsalarni ularga ziynat qilib qoʻydik.
وَإِنَّا لَجَاعِلُونَ مَا عَلَيْهَا صَعِيدًا جُرُزًا {8}
18:8 (Qiyomatda) Yer yuzidagi narsalarni qup-quruq yuzaga aylantirib qoʻyamiz.
أَمْ حَسِبْتَ أَنَّ أَصْحَابَ الْكَهْفِ وَالرَّقِيمِ كَانُوا مِنْ آيَاتِنَا عَجَبًا {9}
18:9 (Ey Muhammad!) Gʻor va bitik egalarini Bizning ajoyib oyatlarimizdan biri deb oʻylagandirsan.
إِذْ أَوَى الْفِتْيَةُ إِلَى الْكَهْفِ فَقَالُوا رَبَّنَا آتِنَا مِن لَّدُنكَ رَحْمَةً وَهَيِّئْ لَنَا مِنْ أَمْرِنَا رَشَدًا {10}
18:10 Bir kuni bir qancha yigitlar gʻorga borib panoh topib: “Ey Rabbimiz! Bizga Oʻz tarafingdan yaxshilik berib, (qutulib qolish) ishimizni toʻgʻrilab ber”, dedilar.
فَضَرَبْنَا عَلَى آذَانِهِمْ فِي الْكَهْفِ سِنِينَ عَدَدًا {11}
18:11 Shunda, bir necha yillar davomida saqlanib turadigan qilib, gʻorda ularning quloqlariga (uxlatib qoʻyadigan parda) qoʻydik.
ثُمَّ بَعَثْنَاهُمْ لِنَعْلَمَ أَيُّ الْحِزْبَيْنِ أَحْصَى لِمَا لَبِثُوا أَمَدًا {12}
18:12 Uyquda qolgan muddatlarini ikkala tarafdan qaysi biri toʻgʻri hisoblagani haqida maʼlumot[1146] qoldirish uchun, ularni qayta uygʻotdik.
نَحْنُ نَقُصُّ عَلَيْكَ نَبَأَهُم بِالْحَقِّ إِنَّهُمْ فِتْيَةٌ آمَنُوا بِرَبِّهِمْ وَزِدْنَاهُمْ هُدًى {13}
18:13 Senga ular haqidagi xabarning eng toʻgʻrisini aytib beramiz. Ular yaratgan Egasiga ishongan yigitlar edi, ularga toʻgʻri yoʻlda yurish tushunchasini (qobiliyatini) orttirib berganmiz.
وَرَبَطْنَا عَلَى قُلُوبِهِمْ إِذْ قَامُوا فَقَالُوا رَبُّنَا رَبُّ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ لَن نَّدْعُوَ مِن دُونِهِ إِلَهًا لَقَدْ قُلْنَا إِذًا شَطَطًا {14}
18:14 Qalblarini mustahkam qilib qoʻyganmiz. Oʻshanda ular tik turib shunday deyishgan: “Bizni yaratgan Egamiz osmonlar va yerni ham yaratgan Egasidir. U bilan oramizga qoʻyib boshqa hech qanday «iloh”ga duo-iltijo qilmaymiz. Aks holda, bemaʼni-ahmoqona gap gapirgan boʻlamiz.
هَؤُلَاء قَوْمُنَا اتَّخَذُوا مِن دُونِهِ آلِهَةً لَّوْلَا يَأْتُونَ عَلَيْهِم بِسُلْطَانٍ بَيِّنٍ فَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ افْتَرَى عَلَى اللَّهِ كَذِبًا {15}
18:15 Bular bizning xalqimiz. Ular Alloh ila oralarida bir qancha “ilohlar” paydo qilib olishibdi. Axir, ular (nima uchun ularni iloh qilib olgani haqida) oʻzlariga birorta aniq hujjat keltirishi kerak emasmidi?! Allohga yolgʻon toʻqigandan ham zolimroq birov bormi?»
وَإِذِ اعْتَزَلْتُمُوهُمْ وَمَا يَعْبُدُونَ إِلَّا اللَّهَ فَأْوُوا إِلَى الْكَهْفِ يَنشُرْ لَكُمْ رَبُّكُم مِّن رَّحمته ويُهَيِّئْ لَكُم مِّنْ أَمْرِكُم مِّرْفَقًا{16}
18:16 (Oralaridan biri): “Modomiki ulardan ham, ular ibodat qilayotgan narsalardan ham uzoqlashib ajralib chiqibsizlar, unday boʻlsa, gʻorga borib panoh topinglar, Rabbingiz sizlarga rahmatini yozsin va ishingizni oson va foydali qilib bersin”, dedi.
وَتَرَى الشَّمْسَ إِذَا طَلَعَت تَّزَاوَرُ عَن كَهْفِهِمْ ذَاتَ الْيَمِينِ وَإِذَا غَرَبَت تَّقْرِضُهُمْ ذَاتَ الشِّمَالِ وَهُمْ فِي فَجْوَةٍ مِّنْهُ ذَلِكَ مِنْ آيَاتِ اللَّهِ مَن يَهْدِ اللَّهُ فَهُوَ الْمُهْتَدِي وَمَن يُضْلِلْ فَلَن تَجِدَ لَهُ وَلِيًّا مُّرْشِدًا {17}
18:17 Quyosh chiqayotganida ular yotgan gʻorning oʻng tarafidan oʻtadi, botishda esa ularning chap tarafidan qiyib oʻtganini koʻrasan. Oʻzlari esa gʻorning ichidagi boʻshlikda (yotgan). Bu Allohning oyatlaridir. Alloh kimni toʻgʻri yoʻlga muvaffaq qilsa, u toʻgʻri yoʻlda yuradi. Kimni zalolatda tashlab qoʻysa, uni yoʻlga soladigan doʻst/xoja topolmaysan.
وَتَحْسَبُهُمْ أَيْقَاظًا وَهُمْ رُقُودٌ وَنُقَلِّبُهُمْ ذَاتَ الْيَمِينِ وَذَاتَ الشِّمَالِ وَكَلْبُهُم بَاسِطٌ ذِرَاعَيْهِ بِالْوَصِيدِ لَوِ اطَّلَعْتَ عَلَيْهِمْ لَوَلَّيْتَ مِنْهُمْ فِرَارًا وَلَمُلِئْتَ مِنْهُمْ رُعْبًا {18}
18:18 (Agar koʻrganingda) ularni uygʻoq deb oʻylarding, holbuki uyquda edi. Ularni oʻng va chap yonlariga oʻgirib turganmiz. Ularning iti esa, oldi oyoqlarini gʻorning ostonasiga uzatib olgan edi. Ularni (bu holatda) koʻrganingda edi, ichingga ular sababli qoʻrquv toʻlib, darhol ulardan ortga qarab qocharding.
وَكَذَلِكَ بَعَثْنَاهُمْ لِيَتَسَاءلُوا بَيْنَهُمْ قَالَ قَائِلٌ مِّنْهُمْ كَمْ لَبِثْتُمْ قَالُوا لَبِثْنَا يَوْمًا أَوْ بَعْضَ يَوْمٍ قَالُوا رَبُّكُمْ أَعْلَمُ بِمَا لَبِثْتُمْ فَابْعَثُوا أَحَدَكُم بِوَرِقِكُمْ هَذِهِ إِلَى الْمَدِينَةِ فَلْيَنظُرْ أَيُّهَا أَزْكَى طَعَامًا فَلْيَأْتِكُم بِرِزْقٍ مِّنْهُ وَلْيَتَلَطَّفْ وَلَا يُشْعِرَنَّ بِكُمْ أَحَدًا {19}
18:19 Shuningdek[1147], bir-biridan soʻrashlari uchun ularni qayta uygʻotganmiz. Ulardan biri: “Qancha qoldinglar?”, deganida, “Bir kun yoki bir kundan ham oz qoldik”, dedi. (Ortidan): «Rabbingiz yaxshi biladi qancha qolganingizni. Qoʻlingizdagi bu kumush pul bilan orangizdan birini shaharga yuboringlar. U qarab, qaysi yegulik yaxshi boʻlsa, undan bir oz yegulik olib kelsin va juda ehtiyot boʻlsin, sizlarni hech kimga sezdirib qoʻymasin.
إِنَّهُمْ إِن يَظْهَرُوا عَلَيْكُمْ يَرْجُمُوكُمْ أَوْ يُعِيدُوكُمْ فِي مِلَّتِهِمْ وَلَن تُفْلِحُوا إِذًا أَبَدًا {20}
18:20 Chunki, agar ular sizlarni qoʻlga olsa, sizlarni yo “toshboʻron” qilib oʻldirib yuboradi yoki oʻzlarini diniy yashash tarziga qaytarib yuboradi, keyin hech qachon qutula olmaysiz.»
وَكَذَلِكَ أَعْثَرْنَا عَلَيْهِمْ لِيَعْلَمُوا أَنَّ وَعْدَ اللَّهِ حَقٌّ وَأَنَّ السَّاعَةَ لَا رَيْبَ فِيهَا إِذْ يَتَنَازَعُونَ بَيْنَهُمْ أَمْرَهُمْ فَقَالُوا ابْنُوا عَلَيْهِم بُنْيَانًا رَّبُّهُمْ أَعْلَمُ بِهِمْ قَالَ الَّذِينَ غَلَبُوا عَلَى أَمْرِهِمْ لَنَتَّخِذَنَّ عَلَيْهِم مَّسْجِدًا {21}
18:21 Shuningdek, shahar aholisi gʻor egalarining ishi haqida tortishayotganida, Allohning vaʼdasi haq ekanini va (qiyomat) vaqti haqida hech qanday shubha yoʻqligini bilib olishi uchun, ularni shahar ahliga bildirib qoʻydik. Keyinchalik, shahar aholisi: “Ularni tepasiga bino qurib qoʻyinglar”, dedi. Oralaridagi ishiga gʻolib kelganlari esa: “Ularning tepasiga masjid quramiz”, dedi.
سَيَقُولُونَ ثَلَاثَةٌ رَّابِعُهُمْ كَلْبُهُمْ وَيَقُولُونَ خَمْسَةٌ سَادِسُهُمْ كَلْبُهُمْ رَجْمًا بِالْغَيْبِ وَيَقُولُونَ سَبْعَةٌ وَثَامِنُهُمْ كَلْبُهُمْ قُل رَّبِّي أَعْلَمُ بِعِدَّتِهِم مَّا يَعْلَمُهُمْ إِلَّا قَلِيلٌ فَلَا تُمَارِ فِيهِمْ إِلَّا مِرَاء ظَاهِرًا وَلَا تَسْتَفْتِ فِيهِم مِّنْهُمْ أَحَدًا {22}
18:22 Kimlardir yaqinda: “Ular uch kishi edi, toʻrtinchisi iti boʻlgan”, deydi. Yana kimlardir: “Ular besh kishi edi, oltinchisi iti boʻlgan”, deydi. Ular buni qorongʻilikka tosh otib aytadi. Yana kimlardir: “Ular yettita edi, sakkizinchisi iti boʻlgan”, deydi. (Ey Muhammad!) sen esa: “Ularning sanogʻini yaratgan Egam biladi. Undan boshqa yana biladigan kishi juda ozdir”, deb ayt. Keyin, ular haqida ochiq dalil boʻlmagan narsalar haqida tortishma. Ular haqida birovdan savol soʻrama.
وَلَا تَقُولَنَّ لِشَيْءٍ إِنِّي فَاعِلٌ ذَلِكَ غَدًا {23}
18:23 Hech narsa uchun “Men buni ertaga aniq qilaman”, dema.
إِلَّا أَن يَشَاء اللَّهُ وَاذْكُر رَّبَّكَ إِذَا نَسِيتَ وَقُلْ عَسَى أَن يَهْدِيَنِ رَبِّي لِأَقْرَبَ مِنْ هَذَا رَشَدًا {24}
18:24 Faqatgina “Alloh nasib qilsa (qilaman)” deb ayt. Unutib qoʻyganingda yaratgan Egangni yod et va: “Balki, Rabbim meni toʻgʻrilikka bundan ham yaqin boʻlishimga muvaffaq qilar”, de.
وَلَبِثُوا فِي كَهْفِهِمْ ثَلَاثَ مِائَةٍ سِنِينَ وَازْدَادُوا تِسْعًا {25}
18:25 (Yana kimlardir[1148]) “Ular gʻorlarida uch yuz yil qoldi (dedilar) va (bunga) toʻqqiz (yil) qoʻshdilar.”
قُلِ اللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا لَبِثُوا لَهُ غَيْبُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ أَبْصِرْ بِهِ وَأَسْمِعْ مَا لَهُم مِّن دُونِهِ مِن وَلِيٍّ وَلَا يُشْرِكُ فِي حُكْمِهِ أَحَدًا {26}
18:26 Ayt: «Ular gʻorlarida qolgan muddatni Alloh biladi. Osmonlar va yerdagi gʻayb – maxfiy narsalar Uning Oʻziga tegishli. U mukammal ravishda koʻruvchi va eshituvchidir[1149]. Ularni Alloh ila oralariga kiradigan hech qanday doʻstlari/xojalari yoʻq. U hukmida hech kimni oʻziga sherik qilmaydi.»
وَاتْلُ مَا أُوحِيَ إِلَيْكَ مِن كِتَابِ رَبِّكَ لَا مُبَدِّلَ لِكَلِمَاتِهِ وَلَن تَجِدَ مِن دُونِهِ مُلْتَحَدًا {27}
18:27 Yaratgan Egangning kitobidan senga vahiy qilingan kitobni tushunib oʻqi. Uning soʻzlarini oʻzgartiruvchi (oʻrnini bosuvchi) yoʻq. Undan boshqa hech qanday panoh topolmaysan.
وَاصْبِرْ نَفْسَكَ مَعَ الَّذِينَ يَدْعُونَ رَبَّهُم بِالْغَدَاةِ وَالْعَشِيِّ يُرِيدُونَ وَجْهَهُ وَلَا تَعْدُ عَيْنَاكَ عَنْهُمْ تُرِيدُ زِينَةَ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَلَا تُطِعْ مَنْ أَغْفَلْنَا قَلْبَهُ عَن ذِكْرِنَا وَاتَّبَعَ هَوَاهُ وَكَانَ أَمْرُهُ فُرُطًا {28}
18:28 (Ey Muhammad!) Sen oʻzingni kunduzi va oqshom vaqtlarida Rabbining roziligini istab, Unga duo qiladigan kishilar bilan birga boʻlishga koʻniktir. Dunyo hayotining zeb-ziynatlarini deb, nigohingni ulardan (boshqalarga) burib yuborma[1150]. Biz ularning qalbini zikrimizdan – Qurʼondan burib qoʻygan va oʻz orzu-havasiga ergashib ketgan va qilgan ishi haddan oshish boʻlgan kishilarga itoat qilma.
وَقُلِ الْحَقُّ مِن رَّبِّكُمْ فَمَن شَاء فَلْيُؤْمِن وَمَن شَاء فَلْيَكْفُرْ إِنَّا أَعْتَدْنَا لِلظَّالِمِينَ نَارًا أَحَاطَ بِهِمْ سُرَادِقُهَا وَإِن يَسْتَغِيثُوا يُغَاثُوا بِمَاء كَالْمُهْلِ يَشْوِي الْوُجُوهَ بِئْسَ الشَّرَابُ وَسَاءتْ مُرْتَفَقًا {29}
18:29 Ayt: (Qurʼon) Rabbingizdan kelgan haqdir. Xohlagan kishi (unga) ishonsin[1151], xohlagan kishi ishonmasin. Biz, ishonmagan-zolimlarga devor-u atroflari ularni qurshab oladigan jahannam tayyorlab qoʻyamiz. Agar (tashnalikdan) yalinib-yolvorsalar[1152], ularga yuzlarni kuydirib yuboradigan maʼdan eritmasi (neft) kabi suv bilan yordam beriladi. U qanday ham yomon ichimlik! U qanday ham yomon qolar joydir!
إِنَّ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ إِنَّا لَا نُضِيعُ أَجْرَ مَنْ أَحْسَنَ عَمَلًا {30}
18:30 Imon keltirgan va xayrli ishlarni amalga oshirganlarga kelsak, Biz chiroyli ish bajarganlarning ajrini zoye qilmaymiz.
أُوْلَئِكَ لَهُمْ جَنَّاتُ عَدْنٍ تَجْرِي مِن تَحْتِهِمُ الْأَنْهَارُ يُحَلَّوْنَ فِيهَا مِنْ أَسَاوِرَ مِن ذَهَبٍ وَيَلْبَسُونَ ثِيَابًا خُضْرًا مِّن سُندُسٍ وَإِسْتَبْرَقٍ مُّتَّكِئِينَ فِيهَا عَلَى الْأَرَائِكِ نِعْمَ الثَّوَابُ وَحَسُنَتْ مُرْتَفَقًا {31}
18:31 Ularga Adn bogʻlari bor; ostlaridan anhorlar oqib turadi, u yerda oltin bilak uzuklar bilan bezanadi, yupqa va qalin shoyi ipakli yashil kiyimlar kiyib, soʻrilarda suyanib oʻtirishadi. U naqadar yaxshi mukofotdir, naqadar yaxshi qolar joydir.
وَاضْرِبْ لَهُم مَّثَلًا رَّجُلَيْنِ جَعَلْنَا لِأَحَدِهِمَا جَنَّتَيْنِ مِنْ أَعْنَابٍ وَحَفَفْنَاهُمَا بِنَخْلٍ وَجَعَلْنَا بَيْنَهُمَا زَرْعًا {32}
18:32 Ularga shu ikki kishining misolini keltir; ulardan biriga ikkita uzumzor bogʻ berganmiz. Ikkala bogʻning atrofini ham xurmolar bilan oʻrab, oʻrtasini ekinzor qilib berganmiz.
كِلْتَا الْجَنَّتَيْنِ آتَتْ أُكُلَهَا وَلَمْ تَظْلِمْ مِنْهُ شَيْئًا وَفَجَّرْنَا خِلَالَهُمَا نَهَرًا {33}
18:33 Ikkala bogʻ ham kam-koʻstsiz meva berar edi. Ikkala bogʻning oʻrtasidan ariq oqizib qoʻyganmiz.
وَكَانَ لَهُ ثَمَرٌ فَقَالَ لِصَاحِبِهِ وَهُوَ يُحَاوِرُهُ أَنَا أَكْثَرُ مِنكَ مَالًا وَأَعَزُّ نَفَرًا {34}
18:34 U hosilga ega boʻldi. Shunda, yoʻldoshiga gapirayotib: “Senga nisbatan mening mol-davlatim ham koʻp, jamoam ham kuchli-izzatli”, dedi.
وَدَخَلَ جَنَّتَهُ وَهُوَ ظَالِمٌ لِّنَفْسِهِ قَالَ مَا أَظُنُّ أَن تَبِيدَ هَذِهِ أَبَدًا {35}
18:35 U bogʻiga kirdi va oʻziga oʻzi zulm qilgan holda shunday dedi: «Buni yoʻq boʻlib ketadi deb oʻylamayman.
وَمَا أَظُنُّ السَّاعَةَ قَائِمَةً وَلَئِن رُّدِدتُّ إِلَى رَبِّي لَأَجِدَنَّ خَيْرًا مِّنْهَا مُنقَلَبًا {36}
18:36 Qiyomat qoim boʻladi deb ham oʻylamayman. Mabodo, (qiyomat boʻlib) men Rabbimning huzuriga chiqarilgan taqdirda ham, u yerda undan ham yaxshi oqibat topaman», (dedi).
قَالَ لَهُ صَاحِبُهُ وَهُوَ يُحَاوِرُهُ أَكَفَرْتَ بِالَّذِي خَلَقَكَ مِن تُرَابٍ ثُمَّ مِن نُّطْفَةٍ ثُمَّ سَوَّاكَ رَجُلًا {37}
18:37 U bilan gaplashayotgan doʻsti unga shunday dedi: «Seni (naslingni avval) tuproqdan, keyin (oʻzingni) urugʻlantirilgan tuxumdan yaratgan, keyin seni bejirim erkak kishi qilgan zotga ishonmaysanmi?!
لَّكِنَّا هُوَ اللَّهُ رَبِّي وَلَا أُشْرِكُ بِرَبِّي أَحَدًا {38}
18:38 Lekin[1153], U Alloh mening Rabbimdir. Rabbimga hech kimni sherik qilmayman.
وَلَوْلَا إِذْ دَخَلْتَ جَنَّتَكَ قُلْتَ مَا شَاء اللَّهُ لَا قُوَّةَ إِلَّا بِاللَّهِ إِن ترَنِ أَنَا أَقَلَّ مِنكَ مَالًا وَوَلَدًا {39}
18:39 Bogʻingga kirganingda: “Alloh nasib qildi! Allohdan boshqasida (buni qilishga yetadigan) kuch yoʻq!”, desang-chi! Meni mol-davlat va farzand tomonlama oʻzingdan kamroq deb bilsang (ham mayli).
فَعَسَى رَبِّي أَن يُؤْتِيَنِ خَيْرًا مِّن جَنَّتِكَ وَيُرْسِلَ عَلَيْهَا حُسْبَانًا مِّنَ السَّمَاء فَتُصْبِحَ صَعِيدًا زَلَقًا {40}
18:40 Balki, Rabbim menga seni jannatingdan ham yaxshisini berishi mumkin. Seni bogʻingga esa, osmondan hisob-kitob qiladigan biron narsa yuborib qoʻyishi, natijada bogʻing besamar silliq yerga aylanib qolishi mumkin.
أَوْ يُصْبِحَ مَاؤُهَا غَوْرًا فَلَن تَسْتَطِيعَ لَهُ طَلَبًا {41}
18:41 Yoki suvi singib ketib, uni qaytib topa olmasliging mumkin.»
وَأُحِيطَ بِثَمَرِهِ فَأَصْبَحَ يُقَلِّبُ كَفَّيْهِ عَلَى مَا أَنفَقَ فِيهَا وَهِيَ خَاوِيَةٌ عَلَى عُرُوشِهَا وَيَقُولُ يَا لَيْتَنِي لَمْ أُشْرِكْ بِرَبِّي أَحَدًا {42}
18:42 Hosili (falokat ila) qurshab olindi. Shunda, uzum soʻkchaklari yiqilib yotgan bogʻiga qilgan sarf-harajatlariga achinib qoʻl qovushtirib: “Koshki yaratgan Egamga hech kimni sherik qilmasaydim”, deb qolaverdi.
وَلَمْ تَكُن لَّهُ فِئَةٌ يَنصُرُونَهُ مِن دُونِ اللَّهِ وَمَا كَانَ مُنتَصِرًا {43}
18:43 Allohdan boshqa unga yordam beradigan yordamchi guruhlari ham boʻlmagan, oʻziga oʻzi ham yordam bera olmagan.
هُنَالِكَ الْوَلَايَةُ لِلَّهِ الْحَقِّ هُوَ خَيْرٌ ثَوَابًا وَخَيْرٌ عُقْبًا {44}
18:44 Bunday vaziyatda kuch va hukmronlik faqatgina Haq boʻlmish Allohga xos boʻldi. U eng yaxshi mukofot beruvchidir, eng yaxshi oqibat beruvchidir.
وَاضْرِبْ لَهُم مَّثَلَ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا كَمَاء أَنزَلْنَاهُ مِنَ السَّمَاء فَاخْتَلَطَ بِهِ نَبَاتُ الْأَرْضِ فَأَصْبَحَ هَشِيمًا تَذْرُوهُ الرِّيَاحُ وَكَانَ اللَّهُ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ مُّقْتَدِرًا {45}
18:45 (Ey Muhammad!) Ularga dunyo hayoti uchun shu misolni keltir: U, Biz osmondan tushirgan suvga oʻxshaydi. Suv yerdagi oʻsimliklar bilan kirishib ketadi. Keyin esa, shamol uchirib ketadigan xas-xashakka aylanib ketadi. Alloh hamma narsaga oʻlchov belgilagan.
الْمَالُ وَالْبَنُونَ زِينَةُ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَالْبَاقِيَاتُ الصَّالِحَاتُ خَيْرٌ عِندَ رَبِّكَ ثَوَابًا وَخَيْرٌ أَمَلًا {46}
18:46 Mol-davlat va farzandlar dunyo hayotining koʻrkidir. Yaratgan Egangga koʻra esa, (foydasi) tugamaydigan xayrli ishlar (ulardan koʻra) savoblidir, umid qilinadigan eng yaxshi narsadir.
وَيَوْمَ نُسَيِّرُ الْجِبَالَ وَتَرَى الْأَرْضَ بَارِزَةً وَحَشَرْنَاهُمْ فَلَمْ نُغَادِرْ مِنْهُمْ أَحَدًا {47}
18:47 Kun kelib, togʻlarni qoʻzgʻatamiz[1154], yerni tep-tekis ekanini va ularning birortasini ham qoʻymay (mahsharga) toʻplaganimizni koʻrasan.
وَعُرِضُوا عَلَى رَبِّكَ صَفًّا لَّقَدْ جِئْتُمُونَا كَمَا خَلَقْنَاكُمْ أَوَّلَ مَرَّةٍ بَلْ زَعَمْتُمْ أَلَّن نَّجْعَلَ لَكُم مَّوْعِدًا {48}
18:48 Ular saf tortilgan holda Rabbiga roʻbaroʻ qilinadi. (Alloh ularga shunday deydi): “Sizlarni ilk marotaba yaratganimizdek huzurimizga (bitta-bitta) keldinglar. Aslida, Bizni sizlar uchun belgilangan vaqt tayinlab qoʻymagan, deb oʻylagan edingiz.”
وَوُضِعَ الْكِتَابُ فَتَرَى الْمُجْرِمِينَ مُشْفِقِينَ مِمَّا فِيهِ وَيَقُولُونَ يَا وَيْلَتَنَا مَالِ هَذَا الْكِتَابِ لَا يُغَادِرُ صَغِيرَةً وَلَا كَبِيرَةً إِلَّا أَحْصَاهَا وَوَجَدُوا مَا عَمِلُوا حَاضِرًا وَلَا يَظْلِمُ رَبُّكَ أَحَدًا {49}
18:49 (Oʻshanda amallar yozilgan) kitob qoʻyiladi. Jinoyatchilar kitobdagi narsalardan qoʻrquvga tushib qolib: “Ey voh! Bu qanaqa kitob? (Qilib oʻtilgan) kattayu kichik hech narsa qoldirmay, barchasini saqlab qolibdi-ku!” deb qolishadi va (dunyoda) qilib oʻtgan ishlarini naqd holda topishadi. Yaratgan Egang hech kimga haqsizlik qilmaydi.
وَإِذْ قُلْنَا لِلْمَلَائِكَةِ اسْجُدُوا لِآدَمَ فَسَجَدُوا إِلَّا إِبْلِيسَ كَانَ مِنَ الْجِنِّ فَفَسَقَ عَنْ أَمْرِ رَبِّهِ أَفَتَتَّخِذُونَهُ وَذُرِّيَّتَهُ أَوْلِيَاء مِن دُونِي وَهُمْ لَكُمْ عَدُوٌّ بِئْسَ لِلظَّالِمِينَ بَدَلًا {50}
18:50 Bir kuni malaklarga: “Odamga sajda qilinglar!”, degan edik. Buning oqibatida sajda qilishdi, Iblis sajda qilmadi, u jin/adashtiruvchi boʻldi. Rabbining buyrugʻidan chiqdi. Endi Meni qoʻyib, uni va uning zurriyotini/izdoshlarini doʻst/xoja qilib olasizlarmi?! Axir, ular sizning dushmaningizdir. Zolimlar uchun naqadaar yomon almashuvdir!
مَا أَشْهَدتُّهُمْ خَلْقَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَلَا خَلْقَ أَنفُسِهِمْ وَمَا كُنتُ مُتَّخِذَ الْمُضِلِّينَ عَضُدًا {51}
18:51 Men osmonlar va yerni yaratganimda ham, oʻzlarini yaratganimda ham ularni guvoh qilmaganman. Yoʻldan adashtiradiganlarga vazifa topshirmayman.
وَيَوْمَ يَقُولُ نَادُوا شُرَكَائِيَ الَّذِينَ زَعَمْتُمْ فَدَعَوْهُمْ فَلَمْ يَسْتَجِيبُوا لَهُمْ وَجَعَلْنَا بَيْنَهُم مَّوْبِقًا {52}
18:52 Kun kelib, “Meni sherigim ekanini iddao qilganlaringizni chaqirib koʻringlar-chi!”, deydi (Alloh mushriklarga). Ular chaqiradi-yu, biroq ularga javob bermaydilar. Biz ularning orasiga halokatli choh paydo qilgan boʻlamiz.
وَرَأَى الْمُجْرِمُونَ النَّارَ فَظَنُّوا أَنَّهُم مُّوَاقِعُوهَا وَلَمْ يَجِدُوا عَنْهَا مَصْرِفًا {53}
18:53 Oʻsha jinoyatchi-mushriklar jahannamni koʻrganida, unga aniq tushishini bilib qoladi. Baribir, undan qochadigan joy topolmaydi.
وَلَقَدْ صَرَّفْنَا فِي هَذَا الْقُرْآنِ لِلنَّاسِ مِن كُلِّ مَثَلٍ وَكَانَ الْإِنسَانُ أَكْثَرَ شَيْءٍ جَدَلًا {54}
18:54 Biz bu Qurʼonda insonlar uchun (kerakli) turli misollarni farqli uslublarda tushuntirib berdik. Shunga qaramay, inson zoti juda koʻp tortishadi.
وَمَا مَنَعَ النَّاسَ أَن يُؤْمِنُوا إِذْ جَاءهُمُ الْهُدَى وَيَسْتَغْفِرُوا رَبَّهُمْ إِلَّا أَن تَأْتِيَهُمْ سُنَّةُ الْأَوَّلِينَ أَوْ يَأْتِيَهُمُ الْعَذَابُ قُبُلًا {55}
18:55 Insonlarga toʻgʻri yoʻl koʻrsatuvchi qoʻllanma-kitob (yoki Paygʻambar) kelganida, unga ishonishiga va Rabbidan kechirim soʻrashiga toʻsiq boʻlgan narsa – ularga oʻzlaridan avvalgilarga ijro etilgan qonun ijro etilishi yoki ularga azob roʻbaroʻ boʻlishini kutishi boʻlgan, xolos.
وَمَا نُرْسِلُ الْمُرْسَلِينَ إِلَّا مُبَشِّرِينَ وَمُنذِرِينَ وَيُجَادِلُ الَّذِينَ كَفَرُوا بِالْبَاطِلِ لِيُدْحِضُوا بِهِ الْحَقَّ وَاتَّخَذُوا آيَاتِي وَمَا أُنذِرُوا هُزُوًا {56}
18:56 Biz elchilarni faqat xushxabar beruvchi va ogohlantiruvchi qilib yuboramiz. Kofirlar esa, toʻgʻri narsani notoʻgʻri narsa orqali yoʻq qilishga kirishdi, oyatlarimizni va oʻzlari ogohlantirilgan narsani mazax qilib kamsitadi.
وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّن ذُكِّرَ بِآيَاتِ رَبِّهِ فَأَعْرَضَ عَنْهَا وَنَسِيَ مَا قَدَّمَتْ يَدَاهُ إِنَّا جَعَلْنَا عَلَى قُلُوبِهِمْ أَكِنَّةً أَن يَفْقَهُوهُ وَفِي آذَانِهِمْ وَقْرًا وَإِن تَدْعُهُمْ إِلَى الْهُدَى فَلَن يَهْتَدُوا إِذًا أَبَدًا {57}
18:57 Rabbining oyatlari eslatilsa-yu, ulardan yuz oʻgirgan va oʻz qoʻllari taqdim qilgan gunohlarni unutib yuborgan kishidan ham zolimroq biri bormi? Biz ularning qalblariga Qurʼonni tushunishga toʻsiq boʻladigan pardalar tortib qoʻyamiz va quloqlarida ogʻirlik paydo qilamiz. Sen ularni toʻgʻri yoʻlga boshlovchi qoʻllanmaga chaqirganing bilan, ular toʻgʻri yoʻlga ergashmaydi.
وَرَبُّكَ الْغَفُورُ ذُو الرَّحْمَةِ لَوْ يُؤَاخِذُهُم بِمَا كَسَبُوا لَعَجَّلَ لَهُمُ الْعَذَابَ بَل لَّهُم مَّوْعِدٌ لَّن يَجِدُوا مِن دُونِهِ مَوْئِلًا {58}
18:58 Yaratgan Egang kechirimli va mehribondi. Agar (Alloh) ularni gunoh qilishi bilanoq jazolaganida edi, ularga darhol azob bergan boʻlardi. Unday qilmaydi, ular uchun vaʼda qilib belgilangan vaqt bor. (Oʻshanda) Allohdan boshqa panohgoh topolmaydilar.
وَتِلْكَ الْقُرَى أَهْلَكْنَاهُمْ لَمَّا ظَلَمُوا وَجَعَلْنَا لِمَهْلِكِهِم مَّوْعِدًا {59}
18:59 Biz oʻsha yurtlarni aholisi haqsizlik qilayotganida halok qilganmiz. Ularni halok boʻlishiga ham vaqt belgilaganmiz.
وَإِذْ قَالَ مُوسَى لِفَتَاهُ لَا أَبْرَحُ حَتَّى أَبْلُغَ مَجْمَعَ الْبَحْرَيْنِ أَوْ أَمْضِيَ حُقُبًا {60}
18:60 Bir kuni Muso yosh doʻstiga “Ikki dengiz birlashgan joyga yetmagunimcha, yoki yillarimni olsa ham yuraveraman”, dedi.
فَلَمَّا بَلَغَا مَجْمَعَ بَيْنِهِمَا نَسِيَا حُوتَهُمَا فَاتَّخَذَ سَبِيلَهُ فِي الْبَحْرِ سَرَبًا {61}
18:61 Ikkovlon ikki dengiz birlashgan joyga yetib borganida, baliqlarini unutdi. Baliq dengizni teshib yoʻl oldi.
فَلَمَّا جَاوَزَا قَالَ لِفَتَاهُ آتِنَا غَدَاءنَا لَقَدْ لَقِينَا مِن سَفَرِنَا هَذَا نَصَبًا{62}
18:62 U yerdan oʻtib ketishganidan keyin Muso yosh doʻstiga: “Tushligimizni keltir, bu safarimizda juda charchoqqa duch keldik”, dedi.
قَالَ أَرَأَيْتَ إِذْ أَوَيْنَا إِلَى الصَّخْرَةِ فَإِنِّي نَسِيتُ الْحُوتَ وَمَا أَنسَانِيهُ إِلَّا الشَّيْطَانُ أَنْ أَذْكُرَهُ وَاتَّخَذَ سَبِيلَهُ فِي الْبَحْرِ عَجَبًا {63}
18:63 Yosh doʻsti esa: “Buni qarang! Xarsangga suyanib qolganimizda, baliqni unutib qoʻyibman. Uni esimdan chiqarib qoʻyishimga sabab boʻlgan va menga unuttirib qoʻygan narsa shaytondan boshqasi emas. Baliq ajoyib bir shaklda dengizga yoʻl olib ketibdi”, dedi.
قَالَ ذَلِكَ مَا كُنَّا نَبْغِ فَارْتَدَّا عَلَى آثَارِهِمَا قَصَصًا {64}
18:64 Muso: “Mana biz istagan narsa”, dedi va darhol kelgan yoʻllaridan iziga qaytishdi.
فَوَجَدَا عَبْدًا مِّنْ عِبَادِنَا آتَيْنَاهُ رَحْمَةً مِنْ عِندِنَا وَعَلَّمْنَاهُ مِن لَّدُنَّا عِلْمًا {65}
18:65 Soʻngra, qullarimiz orasidan Biz unga Oʻz huzurimizdan yaxshilik bergan va Oʻz tarafimizdan ilm bergan bir qulimizni[1155] uchratdi.
قَالَ لَهُ مُوسَى هَلْ أَتَّبِعُكَ عَلَى أَن تُعَلِّمَنِ مِمَّا عُلِّمْتَ رُشْدًا {66}
18:66 Muso unga: “Senga oʻrgatilgan ilmdan menga ham toʻgʻri yoʻlni oʻrgatishing uchun senga ergashsam maylimi?”- dedi.
قَالَ إِنَّكَ لَن تَسْتَطِيعَ مَعِيَ صَبْرًا {67}
18:67 U shunday dedi: «(Agar menga ergashsang, qilgan ishlarimga) men bilan birga sabr-bardosh qilishga toqating yetmaydi.
وَكَيْفَ تَصْبِرُ عَلَى مَا لَمْ تُحِطْ بِهِ خُبْرًا {68}
18:68 U haqida toʻliq xabaring boʻlmagan narsaga qanday chidaysan?»
قَالَ سَتَجِدُنِي إِن شَاء اللَّهُ صَابِرًا وَلَا أَعْصِي لَكَ أَمْرًا {69}
18:69 Muso aytdiki: “Alloh nasib qilsa, meni sabr-bardoshli ekanimni koʻrasan. Senga hech bir ishda qarshi chiqmayman.”
قَالَ فَإِنِ اتَّبَعْتَنِي فَلَا تَسْأَلْنِي عَن شَيْءٍ حَتَّى أُحْدِثَ لَكَ مِنْهُ ذِكْرًا{70}
18:70 Shunda ilmli bandamiz: “Agar menga ergashsang, senga u haqidagi maʼlumotni aytib bermagunimcha, mendan hech narsa soʻrama”, dedi.
فَانطَلَقَا حَتَّى إِذَا رَكِبَا فِي السَّفِينَةِ خَرَقَهَا قَالَ أَخَرَقْتَهَا لِتُغْرِقَ أَهْلَهَا لَقَدْ جِئْتَ شَيْئًا إِمْرًا {71}
18:71 Shunday qilib, to bir kemaga chiqquncha yurib borishdi. Ilmli bandamiz kemani teshib qoʻydi. Shunda Muso: “Kemani uning yoʻlovchilarini choʻktirib yuborish uchun teshdingmi? Shubhasiz, sen juda nojoʻya ish qilding”, dedi.
قَالَ أَلَمْ أَقُلْ إِنَّكَ لَن تَسْتَطِيعَ مَعِيَ صَبْرًا {72}
18:72 “Menga ergashishga chiday olmaysan demaganmidim?”, dedi (ilmli bandamiz).
قَالَ لَا تُؤَاخِذْنِي بِمَا نَسِيتُ وَلَا تُرْهِقْنِي مِنْ أَمْرِي عُسْرًا {73}
18:73 “Unutib qoʻyganim uchun meni jazolama, ishimni qiyinlashtirma”, dedi (Muso).
فَانطَلَقَا حَتَّى إِذَا لَقِيَا غُلَامًا فَقَتَلَهُ قَالَ أَقَتَلْتَ نَفْسًا زَكِيَّةً بِغَيْرِ نَفْسٍ لَّقَدْ جِئْتَ شَيْئًا نُّكْرًا {74}
18:74 Keyin ikkalasi ham yurib ketib, bir bolakayni uchratishganida, (ilmli bandamiz) uni oʻldirdi. (Shunda Muso) “Sen begunoh bir jonni nohaq oʻldirding-a? Shubhasiz, sen yomon ish qilding”, dedi.
قَالَ أَلَمْ أَقُل لَّكَ إِنَّكَ لَن تَسْتَطِيعَ مَعِي صَبْرًا {75}
18:75 “Menga ergashishga chiday olmaysan demaganmidim?”, dedi u.
قَالَ إِن سَأَلْتُكَ عَن شَيْءٍ بَعْدَهَا فَلَا تُصَاحِبْنِي قَدْ بَلَغْتَ مِن لَّدُنِّي عُذْرًا {76}
18:76 Muso aytdiki: “Bundan keyin sendan biror narsa haqida soʻrasam, mayli meni oʻzingga yoʻldosh qilmay qoʻyaver. Haqiqatda, mendan qabul qilinadigan uzrni poyoniga yetkazding.”
فَانطَلَقَا حَتَّى إِذَا أَتَيَا أَهْلَ قَرْيَةٍ اسْتَطْعَمَا أَهْلَهَا فَأَبَوْا أَن يُضَيِّفُوهُمَا فَوَجَدَا فِيهَا جِدَارًا يُرِيدُ أَنْ يَنقَضَّ فَأَقَامَهُ قَالَ لَوْ شِئْتَ لَاتَّخَذْتَ عَلَيْهِ أَجْرًا {77}
18:77 Keyin ikkovlari yurib borib, bir yurtning aholisiga yetib kelishganida, ulardan yegulik soʻrashdi. Ular esa, u ikkalasini mehmon qilishdan bosh tortdi. Shunda ikkalasi oʻsha yerda yiqilay deb turgan bir devor koʻrishdi, uni (ilmli bandamiz) tikkalab qoʻydi. Shunda Muso: “Agar kelishganingda, qilgan ishing uchun haq olgan boʻlarding”, dedi.
قَالَ هَذَا فِرَاقُ بَيْنِي وَبَيْنِكَ سَأُنَبِّئُكَ بِتَأْوِيلِ مَا لَمْ تَسْتَطِع عَّلَيْهِ صَبْرًا {78}
18:78 U shunday dedi: «Bu sen bilan meni ayrilishimiz boʻladi. Endi men senga sen sabr qilgani toqating yetmagan narsalarning asl mohiyatini aytib beraman:
أَمَّا السَّفِينَةُ فَكَانَتْ لِمَسَاكِينَ يَعْمَلُونَ فِي الْبَحْرِ فَأَرَدتُّ أَنْ أَعِيبَهَا وَكَانَ وَرَاءهُم مَّلِكٌ يَأْخُذُ كُلَّ سَفِينَةٍ غَصْبًا {79}
18:79 Kemaga kelsak, u dengizda ishlaydigan kambagʻallarning kemasi edi. Ularning ortida har bir (aybsiz) kemani tortib oladigan podshoh bor edi. Shuning uchun kemani aybli holatga keltirib qoʻymoqchi boʻldim.
وَأَمَّا الْغُلَامُ فَكَانَ أَبَوَاهُ مُؤْمِنَيْنِ فَخَشِينَا أَن يُرْهِقَهُمَا طُغْيَانًا وَكُفْرًا {80}
18:80 Bolakayga kelsak, uning ota-onasi moʻmin insonlar edi. U bolakay kelajakda ota-onasini yoʻldan ozishga va kofirlikka majburlab qoʻyishiga yoʻl qoʻya olmadik[1156].
فَأَرَدْنَا أَن يُبْدِلَهُمَا رَبُّهُمَا خَيْرًا مِّنْهُ زَكَاةً وَأَقْرَبَ رُحْمًا {81}
18:81 Shuning uchun, yaratgan Egang ularga undan koʻra pokiza va rahm-shafqatda yaxshiroq bolaga almashtirib berishni xohladi.
وَأَمَّا الْجِدَارُ فَكَانَ لِغُلَامَيْنِ يَتِيمَيْنِ فِي الْمَدِينَةِ وَكَانَ تَحْتَهُ كَنزٌ لَّهُمَا وَكَانَ أَبُوهُمَا صَالِحًا فَأَرَادَ رَبُّكَ أَنْ يَبْلُغَا أَشُدَّهُمَا وَيَسْتَخْرِجَا كَنزَهُمَا رَحْمَةً مِّن رَّبِّكَ وَمَا فَعَلْتُهُ عَنْ أَمْرِي ذَلِكَ تَأْوِيلُ مَا لَمْ تَسْطِع عَّلَيْهِ صَبْرًا {82}
18:82 Endi devorga kelsak, u shahardagi ikkita yetim bolaga tegishli edi. Uning ostida ularga oid xazina boʻlgan. Ularning otasi yaxshi inson edi. Rabbing ularni voyaga yetib, oʻzlariga tegishli xazinani chiqarib olishini xohladi. Bu Rabbingning yaxshiligidir. Men bularni oʻzimdan oʻzim qilganim yoʻq. Sen sabr-bardosh qila olmagan ishlarning asl mohiyati mana shu.»
وَيَسْأَلُونَكَ عَن ذِي الْقَرْنَيْنِ قُلْ سَأَتْلُو عَلَيْكُم مِّنْهُ ذِكْرًا {83}
18:83 (Ey Muhammad!) Ular sendan Zulqornayn haqida soʻrashmoqda. Ayt: «Men sizlarga u haqidagi maʼlumotni – oyatni tilovat[1157] qilib beraman.»
إِنَّا مَكَّنَّا لَهُ فِي الْأَرْضِ وَآتَيْنَاهُ مِن كُلِّ شَيْءٍ سَبَبًا {84}
18:84 Unga yer yuzida (mutlaq) imkoniyat berdik, unga har narsaga erishish sababini berdik.
فَأَتْبَعَ سَبَبًا {85}
18:85 Shunda u maqsad sari yoʻlga tushdi[1158].
حَتَّى إِذَا بَلَغَ مَغْرِبَ الشَّمْسِ وَجَدَهَا تَغْرُبُ فِي عَيْنٍ حَمِئَةٍ وَوَجَدَ عِندَهَا قَوْمًا قُلْنَا يَا ذَا الْقَرْنَيْنِ إِمَّا أَن تُعَذِّبَ وَإِمَّا أَن تَتَّخِذَ فِيهِمْ حُسْنًا {86}
18:86 Toki kun botar tomonga yetib borib, quyosh qora botqoq uzra botayotganini koʻrdi va qirgʻoqda bir qavmni koʻrdi. Biz unga: “Ey Zulqornayn! Xohlasang ularni azobla, xohlasang ularga chiroyli muomala qilasan”, dedik[1159].
قَالَ أَمَّا مَن ظَلَمَ فَسَوْفَ نُعَذِّبُهُ ثُمَّ يُرَدُّ إِلَى رَبِّهِ فَيُعَذِّبُهُ عَذَابًا نُّكْرًا {87}
18:87 U shunday dedi: «Biz haqsizlik qilgan-zolimni azoblaymiz. Keyin yaratgan Egasi huzuriga chiqarilganida, U ham uni dahshatli azob bilan azoblaydi.
وَأَمَّا مَنْ آمَنَ وَعَمِلَ صَالِحًا فَلَهُ جَزَاء الْحُسْنَى وَسَنَقُولُ لَهُ مِنْ أَمْرِنَا يُسْرًا {88}
18:88 Kimki imon keltirsa va manfaatli ishlarni amalga oshirsa, unga eng yaxshi mukofot beriladi. Biz unga Oʻz amrimizdan qulay boʻlganini aytamiz.»
ثُمَّ أَتْبَعَ سَبَبًا {89}
18:89 Keyin, (Zulqornayn) maqsad sari yana yoʻlga tushdi.
حَتَّى إِذَا بَلَغَ مَطْلِعَ الشَّمْسِ وَجَدَهَا تَطْلُعُ عَلَى قَوْمٍ لَّمْ نَجْعَل لَّهُم مِّن دُونِهَا سِتْرًا {90}
18:90 Toki kun chiqar tarafga borib, quyosh bir qavm uzra chiqayotganini koʻrdi. Biz u qavm bilan quyosh orasida hech qanday parda qilmaganmiz.
كَذَلِكَ وَقَدْ أَحَطْنَا بِمَا لَدَيْهِ خُبْرًا {91}
18:91 U shunday inson edi. Biz uning yonidagi har bir ishdan toʻliq xabardor edik.
ثُمَّ أَتْبَعَ سَبَبًا {92}
18:92 Keyin, maqsad sari yana yoʻlga tushdi.
حَتَّى إِذَا بَلَغَ بَيْنَ السَّدَّيْنِ وَجَدَ مِن دُونِهِمَا قَوْمًا لَّا يَكَادُونَ يَفْقَهُونَ قَوْلًا {93}
18:93 Toki ikki togʻ orasiga yetib borganida, togʻlarning quyi tarafida joylashgan, (yaxshi) gapni tushunmaydigan bir qavmga duch keldi.
قَالُوا يَا ذَا الْقَرْنَيْنِ إِنَّ يَأْجُوجَ وَمَأْجُوجَ مُفْسِدُونَ فِي الْأَرْضِ فَهَلْ نَجْعَلُ لَكَ خَرْجًا عَلَى أَن تَجْعَلَ بَيْنَنَا وَبَيْنَهُمْ سَدًّا {94}
18:94 Ular: “Ey Zulqornayn! Yaʼjuj va Maʼjuj bu yerda buzgʻunchilik qilishyapti. Agar xarajatini biz qilsak, biz bilan ularning oʻrtasiga bir toʻgʻon qurib berasanmi?” dedilar.
قَالَ مَا مَكَّنِّي فِيهِ رَبِّي خَيْرٌ فَأَعِينُونِي بِقُوَّةٍ أَجْعَلْ بَيْنَكُمْ وَبَيْنَهُمْ رَدْمًا {95}
18:95 U shunday dedi: «Rabbim menga u xususida (siz beradigan narsadan koʻra) yaxshi imkoniyat berib qoʻygan. Sizlar menga (faqat) kuch tomonlama yordam bering. Siz bilan ular orasiga toʻsiq qilib beraman.
آتُونِي زُبَرَ الْحَدِيدِ حَتَّى إِذَا سَاوَى بَيْنَ الصَّدَفَيْنِ قَالَ انفُخُوا حَتَّى إِذَا جَعَلَهُ نَارًا قَالَ آتُونِي أُفْرِغْ عَلَيْهِ قِطْرًا {96}
18:96 Menga temir parchalarini olib kelinglar», (dedi). Ikkala togʻ yonbagʻirlari (temir parchalar bilan) barobar boʻlganida “Olov yoqib puflanglar”, dedi. Temir parchalari alangali choʻqqa aylanganida: “Menga eritilgan mis keltiring, tepasidan quyaman”, dedi.
فَمَا اسْطَاعُوا أَن يَظْهَرُوهُ وَمَا اسْتَطَاعُوا لَهُ نَقْبًا {97}
18:97 «Endi Yaʼjuj va Maʼjuj uni oshib oʻtishga ham, teshib oʻtishga kuchi yetmaydi.
قَالَ هَذَا رَحْمَةٌ مِّن رَّبِّي فَإِذَا جَاء وَعْدُ رَبِّي جَعَلَهُ دَكَّاء وَكَانَ وَعْدُ رَبِّي حَقًّا {98}
18:98 Bu Rabbimning yaxshiligidir. Rabbim vaʼda qilgan kun kelganida, Uning Oʻzi buni tep-tekis qilib yuboradi. Rabbimning vaʼdasi haqdir – amalga oshadi», dedi.
وَتَرَكْنَا بَعْضَهُمْ يَوْمَئِذٍ يَمُوجُ فِي بَعْضٍ وَنُفِخَ فِي الصُّورِ فَجَمَعْنَاهُمْ جَمْعًا {99}
18:99 Oʻsha kuni ularni[1160] bir-biriga dengiz mavji kabi kirishib ketadigan ahvolga tashlab qoʻyamiz. Sur chalinadi. Oʻshanda ularning barchasini toʻplaymiz.
وَعَرَضْنَا جَهَنَّمَ يَوْمَئِذٍ لِّلْكَافِرِينَ عَرْضًا {100}
18:100 Oʻsha kuni jahannam kofirlarga mutlaqo taqdim etiladi.
الَّذِينَ كَانَتْ أَعْيُنُهُمْ فِي غِطَاء عَن ذِكْرِي وَكَانُوا لَا يَسْتَطِيعُونَ سَمْعًا {101}
18:101 Ular, koʻzlari Mening zikrimni (Qurʼonni) koʻrmagan kishilar edi. Ular (Qurʼonga) quloq solishga toqat qilmas edi.
أَفَحَسِبَ الَّذِينَ كَفَرُوا أَن يَتَّخِذُوا عِبَادِي مِن دُونِي أَوْلِيَاء إِنَّا أَعْتَدْنَا جَهَنَّمَ لِلْكَافِرِينَ نُزُلًا {102}
18:102 Kofirlar mening bandalarimni Men bilan oʻzlarining orasidagi doʻst:xoja qilib olamiz deb oʻylashganmi? Kofirlik qiluvchilarga jahannamni maskan qilib tayyorlab qoʻydik.
قُلْ هَلْ نُنَبِّئُكُمْ بِالْأَخْسَرِينَ أَعْمَالًا {103}
18:103 (Ey Muhammad!) ayt: “Qilgan ishida eng koʻp ziyon qiladiganlarni aytib beraymi?”
الَّذِينَ ضَلَّ سَعْيُهُمْ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَهُمْ يَحْسَبُونَ أَنَّهُمْ يُحْسِنُونَ صُنْعًا {104}
18:104 Ular – qilgan saʼy-harakatlari dunyo hayotining oʻzida yoʻq boʻlib ketgan, ular esa oʻzlarini juda chiroyli ish qilyapmiz deb oʻylagan kimsalardir.
أُولَئِكَ الَّذِينَ كَفَرُوا بِآيَاتِ رَبِّهِمْ وَلِقَائِهِ فَحَبِطَتْ أَعْمَالُهُمْ فَلَا نُقِيمُ لَهُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَزْنًا {105}
18:105 Yaratgan Egasining oyatlariga va Rabbi bilan yuzlanishga ishonmagan kishilar ana shulardir. Shuning uchun, ularning qilgan ishlari habata boʻlib ketadi. Mana shu sababli, qiyomat kuni ularga hech qanday qadr-qiymat (eʼtibor) bermaymiz.
ذَلِكَ جَزَاؤُهُمْ جَهَنَّمُ بِمَا كَفَرُوا وَاتَّخَذُوا آيَاتِي وَرُسُلِي هُزُوًا {106}
18:106 Kofirlik qilishgani, oyatlarimni va elchilarimni mazax qilib kamsitishgani uchun, ularning jazosi mana shu – jahannamdir!
إِنَّ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ كَانَتْ لَهُمْ جَنَّاتُ الْفِرْدَوْسِ نُزُلًا {107}
18:107 Imon keltirgan va xayrli ishlarni amalga oshirganlarga kelsak, ular keltiriladigan joy Firdavs bogʻlaridir.
خَالِدِينَ فِيهَا لَا يَبْغُونَ عَنْهَا حِوَلًا {108}
18:108 Ular u yerda oʻlimsiz-mangu qoladi va u yerdan (boshqa joyga) koʻchishni xohlamaydi.
قُل لَّوْ كَانَ الْبَحْرُ مِدَادًا لِّكَلِمَاتِ رَبِّي لَنَفِدَ الْبَحْرُ قَبْلَ أَن تَنفَدَ كَلِمَاتُ رَبِّي وَلَوْ جِئْنَا بِمِثْلِهِ مَدَدًا {109}
18:109 (Ey Muhammad!) Ayt: “Rabbimning soʻzlarini yozish uchun dengizlar siyoh boʻlsa, unga yana shuncha siyoh qoʻshsak ham, Rabbimning soʻzlari tugamasidan oldin dengiz tugab qoladi.”
قُلْ إِنَّمَا أَنَا بَشَرٌ مِّثْلُكُمْ يُوحَى إِلَيَّ أَنَّمَا إِلَهُكُمْ إِلَهٌ وَاحِدٌ فَمَن كَانَ يَرْجُو لِقَاء رَبِّهِ فَلْيَعْمَلْ عَمَلًا صَالِحًا وَلَا يُشْرِكْ بِعِبَادَةِ رَبِّهِ أَحَدًا {110}
18:110 (Ey Muhammad!) Ayt: “Men ham xuddi siz kabi bir basharman, xolos. Menga, sizlar qullik qilishingiz kerak boʻlgan iloh yagona iloh ekani vahiy qilinyapti. Kimki yaratgan Egasiga (yorugʻ yuz bilan) yoʻliqishni umid qilsa, manfaatli ish qilsin va yaratgan Egasiga qullik qilishda hech kimni Unga sherik qilmasin!”
- MARYAM surasi[1161]
بِسْمِ اللَّـهِ الرَّحْمَـٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
كهيعص {1}
19:1 Kaf! Ha! Ya! Ayn! Sod![1162]
ذِكْرُ رَحْمَةِ رَبِّكَ عَبْدَهُ زَكَرِيَّا {2}
19:2 Bu – yaratgan Egangning Oʻz bandasi Zakariyoga qilgan yaxshiligini eslatishidir.
إِذْ نَادَى رَبَّهُ نِدَاء خَفِيًّا {3}
19:3 Bir kuni u Rabbiga ich-ichidan duo qildi;
قَالَ رَبِّ إِنِّي وَهَنَ الْعَظْمُ مِنِّي وَاشْتَعَلَ الرَّأْسُ شَيْبًا وَلَمْ أَكُن بِدُعَائِكَ رَبِّ شَقِيًّا {4}
19:4 Aytdiki: «Ey yaratgan Egam! Suyaklarim boʻshashib qoldi, sochimga[1163] ham oq tushdi. Ey yaratgan Egam! Men senga duo qilib baxtsiz boʻlmaganman.
وَإِنِّي خِفْتُ الْمَوَالِيَ مِن وَرَائِي وَكَانَتِ امْرَأَتِي عَاقِرًا فَهَبْ لِي مِن لَّدُنكَ وَلِيًّا {5}
19:5 Ortimda qoladigan yaqinlarimdan qoʻrqyapman, ayolim ham tugʻmas. Shu bois mening oʻrnimni toʻldira oladigan birini menga tuhfa qil[1164].
يَرِثُنِي وَيَرِثُ مِنْ آلِ يَعْقُوبَ وَاجْعَلْهُ رَبِّ رَضِيًّا {6}
19:6 Toki u menga ham Yaʼqub oilasiga ham merosxoʻr boʻlsin. Ey Rabbim! Uni roziliginga erishtir.»
يَا زَكَرِيَّا إِنَّا نُبَشِّرُكَ بِغُلَامٍ اسْمُهُ يَحْيَى لَمْ نَجْعَل لَّهُ مِن قَبْلُ سَمِيًّا {7}
19:7 (Unga shunday deyildi) “Ey Zakariyo! Senga Yahyo ismli bolani xush xabarini beramiz. Ilgari unga hech kimni nomdosh qilmaganmiz.”
قَالَ رَبِّ أَنَّى يَكُونُ لِي غُلَامٌ وَكَانَتِ امْرَأَتِي عَاقِرًا وَقَدْ بَلَغْتُ مِنَ الْكِبَرِ عِتِيًّا {8}
19:8 (Zakariyo) “Ey yaratgan Egam! Qanday qilib mening bolam boʻlsin? Ayolim tugʻmas boʻlib qolgan, oʻzim esa keksalikning poyoniga yetib kelgan boʻlsam”, dedi.
قَالَ كَذَلِكَ قَالَ رَبُّكَ هُوَ عَلَيَّ هَيِّنٌ وَقَدْ خَلَقْتُكَ مِن قَبْلُ وَلَمْ تَكُ شَيْئًا {9}
19:9 “Ha, shunday”, dedi. Robbing aytdi: “U ish menga oson. Sen hech narsa emasligingda ham seni men yaratganman”.
قَالَ رَبِّ اجْعَل لِّي آيَةً قَالَ آيَتُكَ أَلَّا تُكَلِّمَ النَّاسَ ثَلَاثَ لَيَالٍ سَوِيًّا {10}
19:10 (Zakariyo) “Ey yaratgan Egam! Menga bir koʻrsatma/dalil tayinlab ber”, dedi. «Sendagi belgi-nishona – sogʻ boʻla turib ham insonlarga uch kecha (kunduz)[1165] gapira olmaysan[1166]», dedi (Alloh).
فَخَرَجَ عَلَى قَوْمِهِ مِنَ الْمِحْرَابِ فَأَوْحَى إِلَيْهِمْ أَن سَبِّحُوا بُكْرَةً وَعَشِيًّا {11}
19:11 Keyin u ibodatxona ichidan qavmining yoniga chiqib: “Tun-u kun ibodatda boʻlinglar”, deb ishora qildi[1167].
يَا يَحْيَىٰ خُذِ الْكِتَابَ بِقُوَّةٍ ۖ وَآتَيْنَاهُ الْحُكْمَ صَبِيًّا{21}
19:12 (Yahyo tugʻilib ulgʻaygach): “Ey Yahyo! Kitobni/kitobdagi narsani mahkam ushla”, (dedik). Unga yoshligidayoq toʻgʻri qaror beradigan qobiliyat berdik.
وَحَنَانًا مِّن لَّدُنَّا وَزَكَاةً وَكَانَ تَقِيًّا {13}
19:13 Yana Oʻz tarafimizdan shafqat tuygʻusi va soflik berganmiz. U masʼuliyatli edi.
وَبَرًّا بِوَالِدَيْهِ وَلَمْ يَكُن جَبَّارًا عَصِيًّا {14}
19:14 Ota-onasiga yaxshilik qiluvchi edi. U na zoʻravon va na osiy[1168] boʻlmagan.
وَسَلَامٌ عَلَيْهِ يَوْمَ وُلِدَ وَيَوْمَ يَمُوتُ وَيَوْمَ يُبْعَثُ حَيًّا {15}
19:15 Tugʻilgan kunida ham, oʻladigan kunida ham, qayta tirilib chiqadigan kunida ham unga eson-omonlik boʻlsin!
وَاذْكُرْ فِي الْكِتَابِ مَرْيَمَ إِذِ انتَبَذَتْ مِنْ أَهْلِهَا مَكَانًا شَرْقِيًّا {16}
19:16 Bu kitobda Maryamni[1169] esla. Bir kuni u oilasidan ayrilib, sharq tarafidagi bir joyga ketdi.
فَاتَّخَذَتْ مِن دُونِهِمْ حِجَابًا فَأَرْسَلْنَا إِلَيْهَا رُوحَنَا فَتَمَثَّلَ لَهَا بَشَرًا سَوِيًّا {17}
19:17 Shunday qilib, u ular bilan oʻzi orasida toʻsiq oʻrnatdi. Shunda unga ruhimiz (Jabroilni)ni yubordik. (Ruh) unga bejirim inson qiyofasida koʻrindi.
قَالَتْ إِنِّي أَعُوذُ بِالرَّحْمَن مِنكَ إِن كُنتَ تَقِيًّا {18}
19:18 “Agar masʼuliyatli kishi boʻlsang, yaxshiligi cheksiz – Allohga sigʻinib, sendan panoh soʻrayman”, dedi (Maryam).
قَالَ إِنَّمَا أَنَا رَسُولُ رَبِّكِ لِأَهَبَ لَكِ غُلَامًا زَكِيًّا {19}
19:19 (Jabroil) shunday dedi: “Men Rabbing tarafidan senga bir pokiza bola tuhfa qilish uchun yuborilgan elchiman, xolos.”
قَالَتْ أَنَّى يَكُونُ لِي غُلَامٌ وَلَمْ يَمْسَسْنِي بَشَرٌ وَلَمْ أَكُ بَغِيًّا {20}
19:20 “Menga qayerdan bola boʻlsin? Axir menga birov (nikoh orqali) tegmagan ham, men buzuq (ayol) ham emasman”, dedi.
قَالَ كَذَلِكِ قَالَ رَبُّكِ هُوَ عَلَيَّ هَيِّنٌ وَلِنَجْعَلَهُ آيَةً لِلنَّاسِ وَرَحْمَةً مِّنَّا وَكَانَ أَمْرًا مَّقْضِيًّا {21}
19:21 Ha, shunday boʻladi! Rabbing aytdiki: «U ish Menga oson. Uni insonlar uchun (Qiyomatda otasiz tugʻilishi haqidagi) koʻrsatma:dalil[1170] qilamiz va Oʻz tarafimizdan rahmat qilamiz.»
فَحَمَلَتْهُ فَانتَبَذَتْ بِهِ مَكَانًا قَصِيًّا {22}
19:22 Shu bilan Maryam bolaga homilador boʻldi. Keyin, u bilan uzoq bir joyga yiroqlashib ketdi.
فَأَجَاءهَا الْمَخَاضُ إِلَى جِذْعِ النَّخْلَةِ قَالَتْ يَا لَيْتَنِي مِتُّ قَبْلَ هَذَا وَكُنتُ نَسْيًا مَّنسِيًّا {23}
19:23 Keyin toʻlgʻoq tutishi uni bir xurmo daraxti ostiga kelishiga majbur qildi. U: “Koshki bundan oldin oʻlib ketganimda va unutilib ketganimda edi-ya”, dedi.
فَنَادَاهَا مِن تَحْتِهَا أَلَّا تَحْزَنِي قَدْ جَعَلَ رَبُّكِ تَحْتَكِ سَرِيًّا {24}
19:24 Oʻshanda daraxt ostidan shunday nido qildi: «Gʻamgin boʻlma, Rabbing (oyogʻing) ostidan ariq oqizib qoʻydi.
وَهُزِّي إِلَيْكِ بِجِذْعِ النَّخْلَةِ تُسَاقِطْ عَلَيْكِ رُطَبًا جَنِيًّا {25}
19:25 Xurmo shoxini oʻzingga silkit, senga yangi pishgan xurmo toʻkiladi.
فَكُلِي وَاشْرَبِي وَقَرِّي عَيْنًا فَإِمَّا تَرَيِنَّ مِنَ الْبَشَرِ أَحَدًا فَقُولِي إِنِّي نَذَرْتُ لِلرَّحْمَنِ صَوْمًا فَلَنْ أُكَلِّمَ الْيَوْمَ إِنسِيًّا
19:26 Soʻngra yeb-ich, koʻzing yorishsin. Agar biror kishini koʻrsang: «Men Rahmon uchun gaplashib yurmaslikni[1171] nazr qildim. Shuning uchun bugun bitta odam bilan ham gaplashmayman», deb aytib qoʻy.
فَأَتَتْ بِهِ قَوْمَهَا تَحْمِلُهُ قَالُوا يَا مَرْيَمُ لَقَدْ جِئْتِ شَيْئًا فَرِيًّا {27}
19:27 Keyin oʻgʻlini koʻtarib qavmiga keldi. Ular shunday dedi: «(Ey Maryam!) Sen gʻalati ish qilibsan-ku!
يَا أُخْتَ هَارُونَ مَا كَانَ أَبُوكِ امْرَأَ سَوْءٍ وَمَا كَانَتْ أُمُّكِ بَغِيًّا {28}
19:27 Ey Horunning singlisi! Seni otang ham yomon (zinokor) boʻlmagan, onang ham buzuq ayol boʻlmagan.»
فَأَشَارَتْ إِلَيْهِ قَالُوا كَيْفَ نُكَلِّمُ مَن كَانَ فِي الْمَهْدِ صَبِيًّا {29}
19:29 Shunda Maryam bolaga ishora qildi. Ular: “Beshikdagi goʻdak bilan qanday gaplashamiz?” dedi.
قَالَ إِنِّي عَبْدُ اللَّهِ آتَانِيَ الْكِتَابَ وَجَعَلَنِي نَبِيًّا {30}
19:30 Beshikdagi goʻdak aytdi: «Albatta, men Allohning quliman. U Menga kitob beradi va meni paygʻambar qiladi.
وَجَعَلَنِي مُبَارَكًا أَيْنَ مَا كُنتُ وَأَوْصَانِي بِالصَّلَاةِ وَالزَّكَاةِ مَا دُمْتُ حَيًّا {31}
19:31 U meni qayerda boʻlishimdan qatʼiy nazar barakotli qildi. Toki tirik ekanman, U menga namozni/diniy vazifalarni bajarishga, pok va toʻgʻri boʻlishga buyurdi.
وَبَرًّا بِوَالِدَتِي وَلَمْ يَجْعَلْنِي جَبَّارًا شَقِيًّا {32}
19:32 Yana, onamga yaxshilik qilishga (buyurdi). U meni jafokash, badbaxt qilmadi.
وَالسَّلَامُ عَلَيَّ يَوْمَ وُلِدتُّ وَيَوْمَ أَمُوتُ وَيَوْمَ أُبْعَثُ حَيًّا {33}
19:33 Tugʻilgan kunimda ham, oʻladigan kunimda ham, qayta tirilib chiqadigan kunimda ham menga salom boʻlsin!» (dedi).
ذَلِكَ عِيسَى ابْنُ مَرْيَمَ قَوْلَ الْحَقِّ الَّذِي فِيهِ يَمْتَرُونَ {34}
19:34 Mana shu (xabar berilgan kishi) Maryamning oʻgʻli Isodir. U haqida shubha qilayotgan narsalari toʻgʻrisida sizlarga Men haqiqatni aytib beryapman.
مَا كَانَ لِلَّهِ أَن يَتَّخِذَ مِن وَلَدٍ سُبْحَانَهُ إِذَا قَضَى أَمْرًا فَإِنَّمَا يَقُولُ لَهُ كُن فَيَكُونُ {35}
19:35 Alloh Oʻziga farzand tutmagan. U bundan pok! U bir ishga qaror berganida, “Boʻl!” deydi, u narsa paydo boʻladi.
وَإِنَّ اللَّهَ رَبِّي وَرَبُّكُمْ فَاعْبُدُوهُ هَذَا صِرَاطٌ مُّسْتَقِيمٌ {36}
19:36 Albatta, mening ham sizlarning yaratgan Egamiz Allohdir – Unga qullik qilinglar. Toʻgʻri yoʻl mana shu.» (dedi).
فَاخْتَلَفَ الْأَحْزَابُ مِن بَيْنِهِمْ فَوَيْلٌ لِّلَّذِينَ كَفَرُوا مِن مَّشْهَدِ يَوْمٍ عَظِيمٍ {37}
19:37 Shunday boʻlishiga qaramay, guruhlar Iso haqida oʻzaro ixtilof qildilar. Buyuk (qiyomat) kun sahnasida kofirlik qilganlarning holiga voy boʻladi!
أَسْمِعْ بِهِمْ وَأَبْصِرْ يَوْمَ يَأْتُونَنَا لَكِنِ الظَّالِمُونَ الْيَوْمَ فِي ضَلَالٍ مُّبِينٍ {38}
19:38 Huzurimizga keladigan kuni ular (haqiqatni) yaxshi eshitadigan va yaxshi koʻradigan boʻlib ketadi. Lekin, oʻsha zolimlar bugun ochiq-oydin xato (yoʻlda)dir.
وَأَنذِرْهُمْ يَوْمَ الْحَسْرَةِ إِذْ قُضِيَ الْأَمْرُ وَهُمْ فِي غَفْلَةٍ وَهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ {39}
19:39 (Ey Muhammad!) Ish bitirilganida, (zolimlarga) hasrat qilib qoladigan kundan ularni ogohlantirib qoʻy. Ular gʻaflatdadir, ishonmayaptilar.
إِنَّا نَحْنُ نَرِثُ الْأَرْضَ وَمَنْ عَلَيْهَا وَإِلَيْنَا يُرْجَعُونَ {40}
19:40 Albatta, yerga ham, uning tepasidagilar ham Bizga qoladi va ular (qiyomatda) Bizga qaytadi.
وَاذْكُرْ فِي الْكِتَابِ إِبْرَاهِيمَ إِنَّهُ كَانَ صِدِّيقًا نَّبِيًّا {41}
19:41 Bu kitobda Ibrohim (qissasi)ni yod et. U (imoniga) juda sadoqatli[1172] paygʻambar edi.
إِذْ قَالَ لِأَبِيهِ يَا أَبَتِ لِمَ تَعْبُدُ مَا لَا يَسْمَعُ وَلَا يُبْصِرُ وَلَا يُغْنِي عَنكَ شَيْئًا {42}
19:42 Bir kuni u otasiga shunday dedi: «Ey otajon! Na eshitmaydigan, na koʻrmaydigan va na sizga hech narsaga asqatmaydigan narsaga nima uchun ibodat qilyapsiz?
يَا أَبَتِ إِنِّي قَدْ جَاءنِي مِنَ الْعِلْمِ مَا لَمْ يَأْتِكَ فَاتَّبِعْنِي أَهْدِكَ صِرَاطًا سَوِيًّا {43}
19:43 Ey otajon! Haqiqatda, menga sizga kelmagan ilm keldi. Endi, menga ergashsangiz, sizga toʻgʻri yoʻlni koʻrsataman.
يَا أَبَتِ لَا تَعْبُدِ الشَّيْطَانَ إِنَّ الشَّيْطَانَ كَانَ لِلرَّحْمَنِ عَصِيًّا {44}
19:44 Ey otajon! Shaytonga qullik qilmang. Zero, shayton Rahmonga qarshi chiqqan.
يَا أَبَتِ إِنِّي أَخَافُ أَن يَمَسَّكَ عَذَابٌ مِّنَ الرَّحْمَن فَتَكُونَ لِلشَّيْطَانِ وَلِيًّا {45}
19:45 Ey otajon! Sizga Rahmondan bir azob kelib tegib, shaytonning doʻstiga aylanib qolishingizdan qoʻrqyapman.»
قَالَ أَرَاغِبٌ أَنتَ عَنْ آلِهَتِي يَا إِبْراهِيمُ لَئِن لَّمْ تَنتَهِ لَأَرْجُمَنَّكَ وَاهْجُرْنِي مَلِيًّا {46}
19:46 (Shunda otasi): «Ey Ibrohim! Sen ilohlarimizdan voz kechyapsanmi? Agar bas qilmasang[1173], seni «hamma narsadan mahrum qilaman[1174]» qilaman. Mendan umuman uzoq tur — yoʻqol!» dedi.
قَالَ سَلَامٌ عَلَيْكَ سَأَسْتَغْفِرُ لَكَ رَبِّي إِنَّهُ كَانَ بِي حَفِيًّا {47}
19:47 (Ibrohim) shunday dedi: «Sizga eson-omonlik tilayman (ota! Yaxshi qoling), Rabbimdan sizni kechirishini soʻrayman. U menga juda yaxshi munosabatda boʻladi.
وَأَعْتَزِلُكُمْ وَمَا تَدْعُونَ مِن دُونِ اللَّهِ وَأَدْعُو رَبِّي عَسَى أَلَّا أَكُونَ بِدُعَاء رَبِّي شَقِيًّا {48}
19:48 Men sizlardan ham, Allohni qoʻyib duo qilayotganlaringizdan ham chetlashib ayrilaman. Men duoni Rabbimga qilaman. Umid qilamanki, Rabbimga qilgan duoyimda baxtsiz boʻlmayman.»
فَلَمَّا اعْتَزَلَهُمْ وَمَا يَعْبُدُونَ مِن دُونِ اللَّهِ وَهَبْنَا لَهُ إِسْحَقَ وَيَعْقُوبَ وَكُلًّا جَعَلْنَا نَبِيًّا {49}
19:49 Ibrohim ulardan ham, Allohni qoʻyib ibodat qilayotganlaridan ham ayrilib chetlaganida, unga Isʼhoq va Yaʼqubni (farzand qilib) tuhfa qildik va har birini paygʻambar qildik.
وَوَهَبْنَا لَهُم مِّن رَّحْمَتِنَا وَجَعَلْنَا لَهُمْ لِسَانَ صِدْقٍ عَلِيًّا {50}
19:50 Ularga ham Oʻz yaxshiligimizdan tuhfa[1175] ato etdik va ularga yuksak maqomli roʻstgoʻylik berdik[1176].
وَاذْكُرْ فِي الْكِتَابِ مُوسَى إِنَّهُ كَانَ مُخْلَصًا وَكَانَ رَسُولًا نَّبِيًّا {51}
19:51 Bu kitobda Muso (qissasi)ni ham yod et. Zero, u xolis boʻlgan va u ilohiy vahiy olgan elchi boʻlgan[1177].
وَنَادَيْنَاهُ مِن جَانِبِ الطُّورِ الْأَيْمَنِ وَقَرَّبْنَاهُ نَجِيًّا {52}
19:52 Unga Tur togʻining oʻng tarafidan nido qildik, (Biz bilan) gaplashadigan holda uni muqarrab – yaqin darajaga keltirdik[1178].
وَوَهَبْنَا لَهُ مِن رَّحْمَتِنَا أَخَاهُ هَارُونَ نَبِيًّا {53}
19:53 Unga Oʻz tarafimizdan yaxshilik qilib, akasi Horunni ham paygʻambar qildik.
وَاذْكُرْ فِي الْكِتَابِ إِسْمَاعِيلَ إِنَّهُ كَانَ صَادِقَ الْوَعْدِ وَكَانَ رَسُولًا نَّبِيًّا {54}
19:54 Bu kitobda Ismoil (qissasi)ni ham yod et. Albatta, u bergan vaʼdasida turadigan edi. U ham elchi hamda paygʻambar edi.
وَكَانَ يَأْمُرُ أَهْلَهُ بِالصَّلَاةِ وَالزَّكَاةِ وَكَانَ عِندَ رَبِّهِ مَرْضِيًّا {55}
19:55 U oilasini namozga/diniy vazifalarni bajarishga, poklik va toʻgʻrilikka buyurar edi. U yaratgan Egasining roziligiga erishgan inson edi.
وَاذْكُرْ فِي الْكِتَابِ إِدْرِيسَ إِنَّهُ كَانَ صِدِّيقًا نَّبِيًّا {56}
19:56 Bu kitobda Idris (qissasi)ni ham yod et. Albatta, u rostgoʻy (inson) edi, paygʻambar edi.
وَرَفَعْنَاهُ مَكَانًا عَلِيًّا {57}
19:57 Uni yuqori martabaga yuksaltirdik.
أُوْلَئِكَ الَّذِينَ أَنْعَمَ اللَّهُ عَلَيْهِم مِّنَ النَّبِيِّينَ مِن ذُرِّيَّةِ آدَمَ وَمِمَّنْ حَمَلْنَا مَعَ نُوحٍ وَمِن ذُرِّيَّةِ إِبْرَاهِيمَ وَإِسْرَائِيلَ وَمِمَّنْ هَدَيْنَا وَاجْتَبَيْنَا إِذَا تُتْلَى عَلَيْهِمْ آيَاتُ الرَّحْمَن خَرُّوا سُجَّدًا وَبُكِيًّا {58}
19:58 Mana shular – Alloh baxt-neʼmat bergan paygʻambarlardir. (Ular) Odam naslidandir, Biz Nuh bilan birga qutqarganlar naslidandir, Ibrohim va Ismoil naslidan iborat boʻlgan kimsalardir, Biz ularga toʻgʻri yoʻl koʻrsatgan va Biz tanlab olgan kimsalardir. Ularga Rahmonning oyatlari tushuntirib oʻqib berilganida, koʻzlariga yosh olib sajdaga bosh qoʻyishgan.
فَخَلَفَ مِن بَعْدِهِمْ خَلْفٌ أَضَاعُوا الصَّلَاةَ وَاتَّبَعُوا الشَّهَوَاتِ فَسَوْفَ يَلْقَوْنَ غَيًّا {59}
19:59 Ularning ortidan esa namozni/diniy vazifalarni bajarmay, aksincha, oʻz orzu-istaklariga ergashadigan nasl keldi. Endi, yaqinda ular (ham) adashganligining jazosiga yoʻliqadi.
إِلَّا مَن تَابَ وَآمَنَ وَعَمِلَ صَالِحًا فَأُوْلَئِكَ يَدْخُلُونَ الْجَنَّةَ وَلَا يُظْلَمُونَ شَيْئًا {60}
19:60 (Qilgan ishidan) tavba qilgan, imon keltirgan va manfaatli ishlarni amalga oshirganlar bundan mustasno. Ular oʻzlariga hech narsada haqsizlik qilinmagan holda jannatga kiradi.
جَنَّاتِ عَدْنٍ الَّتِي وَعَدَ الرَّحْمَنُ عِبَادَهُ بِالْغَيْبِ إِنَّهُ كَانَ وَعْدُهُ مَأْتِيًّا {61}
19:61 Ular Adn jannatiga kiradi. Uni Rahmon Oʻz bandalariga koʻrsatmasdan vaʼda qildi. Uning vaʼdasi aniq keladi.
لَا يَسْمَعُونَ فِيهَا لَغْوًا إِلَّا سَلَامًا وَلَهُمْ رِزْقُهُمْ فِيهَا بُكْرَةً وَعَشِيًّا {62}
19:62 Ular u yerda hech qanday bekorchi gap eshitmaydi, balki faqatgina eson-omonlik haqida soʻz eshitadilar. Ularga u yerda kun-u tun rizqlari bor.
تِلْكَ الْجَنَّةُ الَّتِي نُورِثُ مِنْ عِبَادِنَا مَن كَانَ تَقِيًّا {63}
19:63 Biz bu jannatni bandalarimiz orasida javobgarligini his qilib yashagan (moʻmin)larga meros qilib beramiz.
وَمَا نَتَنَزَّلُ إِلَّا بِأَمْرِ رَبِّكَ لَهُ مَا بَيْنَ أَيْدِينَا وَمَا خَلْفَنَا وَمَا بَيْنَ ذَلِكَ وَمَا كَانَ رَبُّكَ نَسِيًّا {64}
19:64 (Biz malaklar) faqatgina Rabbingni amri bilan tushamiz. Hozir, ilgari va buni orasidagi tushishimiz bari Allohga oid. Rabbing unutuvchi emas.
رَبُّ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا فَاعْبُدْهُ وَاصْطَبِرْ لِعِبَادَتِهِ هَلْ تَعْلَمُ لَهُ سَمِيًّا {65}
19:65 U osmonlar-u yerni ham, ularni orasidagilarni ham yaratgan Egasidir. Bas, sen Unga qullik qil va Unga qullik qilishda bardoshli boʻlishga urin. Sen Uning nomiga (xususiyatiga) ega boʻlgan boshqa birini bilasanmi?!
وَيَقُولُ الْإِنسَانُ أَئِذَا مَا مِتُّ لَسَوْفَ أُخْرَجُ حَيًّا {66}
19:66 (Kofir) inson: “Oʻlganimdan keyin aniq qayta tirilib chiqamanmi?” – deyapti.[1179]
أَوَلَا يَذْكُرُ الْإِنسَانُ أَنَّا خَلَقْنَاهُ مِن قَبْلُ وَلَمْ يَكُ شَيْئًا {67}
19:67 (U) insonni Biz yaratganimizni, ilgari u hech narsa emasligini nahotki eslamasa?
فَوَرَبِّكَ لَنَحْشُرَنَّهُمْ وَالشَّيَاطِينَ ثُمَّ لَنُحْضِرَنَّهُمْ حَوْلَ جَهَنَّمَ جِثِيًّا {68}
19:68 Rabbingga qasamki, ularni shaytonlari/yoʻldan adashtiruvchilari bilan birga toʻplaymiz, soʻngra ularni tiz choʻkkan[1180] hollarida jahannam atrofiga keltiramiz.
ثُمَّ لَنَنزِعَنَّ مِن كُلِّ شِيعَةٍ أَيُّهُمْ أَشَدُّ عَلَى الرَّحْمَنِ عِتِيًّا {69}
19:69 Keyin, har bir guruhdan Rahmonga ashaddiy qarshi chiquvchilarini ajratib olamiz.
ثُمَّ لَنَحْنُ أَعْلَمُ بِالَّذِينَ هُمْ أَوْلَى بِهَا صِلِيًّا {70}
19:69 Zotan, u yerga kirishga/yonishga eng loyiq ekanini yaxshi bilamiz.
وَإِن مِّنكُمْ إِلَّا وَارِدُهَا كَانَ عَلَى رَبِّكَ حَتْمًا مَّقْضِيًّا {71}
19:71 Sizlardan (yaʼni, Rahmonga qarshi chiqqanlardan) u yerga bormaydigan hech kim yoʻq. Bu Rabbing qaror qilgan hukmdir.
ثُمَّ نُنَجِّي الَّذِينَ اتَّقَوا وَّنَذَرُ الظَّالِمِينَ فِيهَا جِثِيًّا {72}
19:71 Keyin, (shirkdan) saqlanganlarni[1181] qutqarib, zolimlarni jahannamda tiz choʻkkan hollarida qoldiramiz.
وَإِذَا تُتْلَى عَلَيْهِمْ آيَاتُنَا بَيِّنَاتٍ قَالَ الَّذِينَ كَفَرُوا لِلَّذِينَ آمَنُوا أَيُّ الْفَرِيقَيْنِ خَيْرٌ مَّقَامًا وَأَحْسَنُ نَدِيًّا {73}
19:73 Ularga aniq-ravshan oyatlarimiz tushuntirib oʻqib berilganida, kofirlik qilganlar moʻminlarga: “(Siz va biz) ikki guruhdan qaysi birini maqomi yaxshiroq, jamoasi kuchliroq?”- der edi.
وَكَمْ أَهْلَكْنَا قَبْلَهُم مِّن قَرْنٍ هُمْ أَحْسَنُ أَثَاثًا وَرِئْيًا {74}
19:73 Biz ulardan ilgari boylikda va chiroy-koʻrinishda ulardan koʻra yaxshiroq qanchadan-qancha nasllarni halok qilib yuborganmiz.
قُلْ مَن كَانَ فِي الضَّلَالَةِ فَلْيَمْدُدْ لَهُ الرَّحْمَنُ مَدًّا حَتَّى إِذَا رَأَوْا مَا يُوعَدُونَ إِمَّا الْعَذَابَ وَإِمَّا السَّاعَةَ فَسَيَعْلَمُونَ مَنْ هُوَ شَرٌّ مَّكَانًا وَأَضْعَفُ جُندًا {75}
19:75 Ayt: “Kimki zalolatda qolib ketsa, Rahmon unga muhlat beradi. Toki oʻzlariga tahdid qilingan narsani – azobni yoki qiyomatni koʻrishganida, ana shunda kimning oʻrni yomon va qoʻshini ojiz ekanini bilib oladi.”
وَيَزِيدُ اللَّهُ الَّذِينَ اهْتَدَوْا هُدًى وَالْبَاقِيَاتُ الصَّالِحَاتُ خَيْرٌ عِندَ رَبِّكَ ثَوَابًا وَخَيْرٌ مَّرَدًّا {76}
19:76 Toʻgʻri yoʻlga kirganlarni yoʻlini Alloh yana ham toʻgʻrilab qoʻyadi. Boqiy qoluvchi xayrli ishlar Alloh huzurida yaxshi savobga va yaxshi oqibatga erishtiradi.
أَفَرَأَيْتَ الَّذِي كَفَرَ بِآيَاتِنَا وَقَالَ لَأُوتَيَنَّ مَالًا وَوَلَدًا {77}
19:77 Oyatlarimizga ishonmagan va: “Menga mol-davlat ham farzand ham aniq beriladi”, degan kishini[1182] koʻrdingmi?
أَاطَّلَعَ الْغَيْبَ أَمِ اتَّخَذَ عِندَ الرَّحْمَنِ عَهْدًا {78}
19:78 U gʻaybdan (maxfiy narsalardan) xabardor boʻlibdimi yoki Rahmon huzurida soʻz olibdimi?
كَلَّا سَنَكْتُبُ مَا يَقُولُ وَنَمُدُّ لَهُ مِنَ الْعَذَابِ مَدًّا {79}
19:79 Yoʻq! Biz uni gapirayotgan gapini yozib qoʻyamiz va unga azobni uzatib[1183] qoʻyamiz.
وَنَرِثُهُ مَا يَقُولُ وَيَأْتِينَا فَرْدًا {80}
19:80 U aytayotgan narsalarga Biz egador boʻlamiz. U esa huzurimizga oʻzi yolgʻiz keladi[1184].
وَاتَّخَذُوا مِن دُونِ اللَّهِ آلِهَةً لِّيَكُونُوا لَهُمْ عِزًّا {81}
19:81 (Mushriklar) oʻzlariga yordam boʻlsin deb[1185], Allohdan boshqa bir qancha (shaxslarni) “ilohlar” qilib olishdi.
كَلَّا سَيَكْفُرُونَ بِعِبَادَتِهِمْ وَيَكُونُونَ عَلَيْهِمْ ضِدًّا {82}
19:82 Yoʻq! Ular oʻzlariga qilingan ibodatni tan olmaydi va mushriklarga dushman boʻladi.
أَلَمْ تَرَ أَنَّا أَرْسَلْنَا الشَّيَاطِينَ عَلَى الْكَافِرِينَ تَؤُزُّهُمْ أَزًّا {83}
19:83 Biz kofirlarga/haqqa qarshi chiquvchilarga shaytonlarni qoʻyib berganimizni koʻrmadingmi? Shaytonlar ularni (gunohlarga) qoʻzgʻab turadi.
فَلَا تَعْجَلْ عَلَيْهِمْ إِنَّمَا نَعُدُّ لَهُمْ عَدًّا {84}
19:84 Sen ularga (azob kelishiga) shoshilma. Biz hozircha ularni faqat sanogʻini sanab turibmiz.
يَوْمَ نَحْشُرُ الْمُتَّقِينَ إِلَى الرَّحْمَنِ وَفْدًا {85}
19:85 Kun kelib, masʼuliyatli (moʻmin)larni huzurimizga hurmatli mehmon sifatida toʻplaymiz.
وَنَسُوقُ الْمُجْرِمِينَ إِلَى جَهَنَّمَ وِرْدًا {86}
19:86 Jinoyatchilarni esa jahannamga xuddi (hayvonlarni) suvga haydab borgandek haydab borgizamiz.
لَا يَمْلِكُونَ الشَّفَاعَةَ إِلَّا مَنِ اتَّخَذَ عِندَ الرَّحْمَنِ عَهْدًا {87}
19:87 (Tirikligida) Rahmondan soʻz olganlardan[1186] boshqa hech kim shafoatga/oqlanishga ega boʻlmaydi.
وَقَالُوا اتَّخَذَ الرَّحْمَنُ وَلَدًا {88}
19:88 (Mushriklar) “Rahmon Oʻziga farzand tutdi”, dedi.
لَقَدْ جِئْتُمْ شَيْئًا إِدًّا {89}
19:89 Shubhasizki, ular juda yomon ish qilishdi.
تَكَادُ السَّمَاوَاتُ يَتَفَطَّرْنَ مِنْهُ وَتَنشَقُّ الْأَرْضُ وَتَخِرُّ الْجِبَالُ هَدًّا {90}
19:90 Oʻsha soʻz sababli osmonlar yorilib ketishiga, yer boʻlinib ketishiga va togʻlar parchalanib ketishiga oz qoldi.
أَن دَعَوْا لِلرَّحْمَنِ وَلَدًا {91}
19:91 Chunki, ular: “Rahmonni bolasi bor”, deb daʼvo qildi.
وَمَا يَنبَغِي لِلرَّحْمَنِ أَن يَتَّخِذَ وَلَدًا {92}
19:92 Oʻziga farzand tutish Rahmonga kerak emas.
إِن كُلُّ مَن فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ إِلَّا آتِي الرَّحْمَنِ عَبْدًا {93}
19:93 Osmonlar va yerda Rahmonga qul boʻlib kelmaydigan hech kim yoʻq.
لَقَدْ أَحْصَاهُمْ وَعَدَّهُمْ عَدًّا {94}
19:94 Shubhasizki, Alloh ularni aniqlab-bilib qoʻydi va birma-bir sanab qoʻydi.
وَكُلُّهُمْ آتِيهِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ فَرْدًا {95}
19:95 Alloh huzuriga ularning barchasi yolgʻiz holda keladi.
إِنَّ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ سَيَجْعَلُ لَهُمُ الرَّحْمَنُ وُدًّا {96}
19:96 Imon keltirgan va xayrli ishlarni amalga oshirganlarga Rahmon sevgi paydo qiladi.
فَإِنَّمَا يَسَّرْنَاهُ بِلِسَانِكَ لِتُبَشِّرَ بِهِ الْمُتَّقِينَ وَتُنذِرَ بِهِ قَوْمًا لُّدًّا {97}
19:97 (Ey Muhammad!) Haqiqatda, Qurʼonni seni tilingda[1187] qulay qilib qoʻydikki, sen u bilan masʼuliyatli (moʻmin)larga xushxabar berasan va u bilan itoatsiz-qaysar qavmni ogohlantirasan.
وَكَمْ أَهْلَكْنَا قَبْلَهُم مِّن قَرْنٍ هَلْ تُحِسُّ مِنْهُم مِّنْ أَحَدٍ أَوْ تَسْمَعُ لَهُمْ رِكْزًا {98}
19:98 Ulardan ilgari qanchadan-qancha nasllarni halok qilib yuborganmiz. Sen ulardan birortasini (tirikligini) sezyapsanmi yoki ulardan biron bir sharpa eshityapsanmi?!
- TOHA surasi[1188]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
طه {1}
20:1 To! Ha![1189]
مَا أَنزَلْنَا عَلَيْكَ الْقُرْآنَ لِتَشْقَى {2}
20:2 Senga bu Qurʼonni qiynalishing[1190] uchun tushirmadik.
إِلَّا تَذْكِرَةً لِّمَن يَخْشَى {3}
20:3 Faqat, Bizdan andisha[1191] qiladiganlarga eslatma-nasihat boʻlsin deb tushirdik.
تَنزِيلًا مِّمَّنْ خَلَقَ الْأَرْضَ وَالسَّمَاوَاتِ الْعُلَى {4}
20:4 (Qurʼon) yerni va baland osmonlarni yaratgan zot tarafidan tushirilgan.
الرَّحْمَنُ عَلَى الْعَرْشِ اسْتَوَى{5}
20:5 Rahmon boshqaruvni (arshni)[1192] egalladi.
لَهُ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا وَمَا تَحْتَ الثَّرَى{6}
20:6 Er-u osmonlarda, u ikkalasi orasida va nam tuproq ostida nimaiki boʻlsa bari Unga tegishli.
وَإِن تَجْهَرْ بِالْقَوْلِ فَإِنَّهُ يَعْلَمُ السِّرَّ وَأَخْفَى{7}
20:7 Gapni oshkor gapirsang ham, (U) sirni ham, undan maxfiysini ham biladi.
اللَّهُ لَا إِلَهَ إِلَّا هُوَ لَهُ الْأَسْمَاء الْحُسْنَى {8}
20:8 Alloh – qullik qilinishga haqli yagona zotdir. Eng chiroyli ismlar/xususiyatlar Unga xos.
وَهَلْ أَتَاكَ حَدِيثُ مُوسَى {9}
20:9 (Ey Muhammad!) Senga Musoning xabari keldi, shunday emasmi?
إِذْ رَأَى نَارًا فَقَالَ لِأَهْلِهِ امْكُثُوا إِنِّي آنَسْتُ نَارًا لَّعَلِّي آتِيكُم مِّنْهَا بِقَبَسٍ أَوْ أَجِدُ عَلَى النَّارِ هُدًى {10}
20:10 Bir kuni u (Tur togʻining yon bagʻrilaridan oʻtayotib) olov koʻrib qolib, oilasiga qarab: “Toʻxtanglar, men olovni payqab qoldim. Balki, u olovdan choʻgʻ olib kelaman yoki olov yonida birorta yoʻl koʻrsatuvchi toparman”, dedi.
فَلَمَّا أَتَاهَا نُودِي يَا مُوسَى {11}
20:11 U yerga borganida shunday nido qilindi: «Ey Muso!
إِنِّي أَنَا رَبُّكَ فَاخْلَعْ نَعْلَيْكَ إِنَّكَ بِالْوَادِ الْمُقَدَّسِ طُوًى {12}
20:12 Men seni yaratgan Egangmang. Oyoq kiyimlaringni yech. Chunki, sen pokiza Tuvo vodiydasan.
وَأَنَا اخْتَرْتُكَ فَاسْتَمِعْ لِمَا يُوحَى {13}
20:13 Men seni tanladim. Endi, senga vahiy qilinadigan narsani yaxshilab tingla!
إِنَّنِي أَنَا اللَّهُ لَا إِلَهَ إِلَّا أَنَا فَاعْبُدْنِي وَأَقِمِ الصَّلَاةَ لِذِكْرِي {14}
20:14 Men Allohman. Mendan boshqa iloh yoʻq; Menga ibodat qil va Meni ulugʻlab sharaflamoq uchun namoz oʻqi[1193].
إِنَّ السَّاعَةَ ءاَتِيَةٌ أَكَادُ أُخْفِيهَا لِتُجْزَى كُلُّ نَفْسٍ بِمَا تَسْعَى{15}
20:15 Men uni maxfiy tutganim bilan, lekin, har kim oʻz qilmish-u harakati sababli jazo (va mukofot) olishi uchun qiyomat albatta keladi.
فَلاَ يَصُدَّنَّكَ عَنْهَا مَنْ لاَ يُؤْمِنُ بِهَا وَاتَّبَعَ هَوَاهُ فَتَرْدَى{16}
20:16 (Unga) ishonmaydigan va oʻz orzu-havasiga ergashadiganlar seni undan (unga ishonib, tayyorgarlik koʻrishdan) toʻsib qoʻymasin. Aks holda halok boʻlasan.
وَمَا تِلْكَ بِيَمِينِكَ يَا مُوسَى {17}
20:17 Qoʻlingdagi shu narsa nima ey Muso?» (dedi Alloh)[1194].
قَالَ هِيَ عَصَايَ أَتَوَكَّأُ عَلَيْهَا وَأَهُشُّ بِهَا عَلَى غَنَمِي وَلِيَ فِيهَا مَآرِبُ أُخْرَى {18}
20:18 “Bu mening hassam. Unga suyanaman, u bilan qoʻylarimga barg qoqib beraman, unda meni boshqa ehtiyojlarim ham bor”, dedi.
قَالَ أَلْقِهَا يَا مُوسَى {19}
20:19 “Ey Muso! Tashla uni!” dedi.
فَأَلْقَاهَا فَإِذَا هِيَ حَيَّةٌ تَسْعَى {20}
20:20 Shunda, (hassa) darhol harakatlanadigan ilon boʻldi.
قَالَ خُذْهَا وَلَا تَخَفْ سَنُعِيدُهَا سِيرَتَهَا الْأُولَى {21}
20:21 «Ol uni, qoʻrqma. Uni avvalgi holatiga qaytaramiz.
وَاضْمُمْ يَدَكَ إِلَى جَنَاحِكَ تَخْرُجْ بَيْضَاء مِنْ غَيْرِ سُوءٍ آيَةً أُخْرَى {22}
20:22 Qoʻlingni qoʻltigʻingga tiq – boshqa bir alomat sifatida, nuqsonsiz holda oppoq boʻlib chiqadi.
لِنُرِيَكَ مِنْ آيَاتِنَا الْكُبْرَى {23}
20:23 Senga katta oyatlarimizdan/paygʻambarlikka dalolat qiladigan belgilardan koʻrsatish uchun (shunday qildik).
اذْهَبْ إِلَى فِرْعَوْنَ إِنَّهُ طَغَى {24}
20:24 Firʼavnni yoniga bor, u haddidan oshdi.»
قَالَ رَبِّ اشْرَحْ لِي صَدْرِي {25}
20:25 U shunday dedi: «Ey Rabbim! Bagʻrimni keng qil.
وَيَسِّرْ لِي أَمْرِي {26}
20:26 Ishimni osonlashtir.
وَاحْلُلْ عُقْدَةً مِّن لِّسَانِي {27}
20:27 Tilimdan tugunni yech.
يَفْقَهُوا قَوْلِي {28}28.
20:28 Toki gapimni tushunsinlar.
وَاجْعَل لِّي وَزِيرًا مِّنْ أَهْلِي {29}
20:29 Oilamdan birini menga yordamchi qilib ber;
هَارُونَ أَخِي {30}
20:30 Birodarim Horunni.
اشْدُدْ بِهِ أَزْرِي {31}
20:31 U bilan meni kuch-quvvatimni orttir.
وَأَشْرِكْهُ فِي أَمْرِي {32}
20:32 Uni ishimda (vazifamda) sherik qilib ber[1195].
كَيْ نُسَبِّحَكَ كَثِيرًا {33}
20:33 Toki Seni koʻp-koʻp poklab-ulugʻlaylik.
وَنَذْكُرَكَ كَثِيرًا {34}
20:34 Va Seni koʻp-koʻp yod etaylik[1196].
إِنَّكَ كُنتَ بِنَا بَصِيرًا {35}
20:35 Sen bizni koʻrib turibsan» (dedi).
قَالَ قَدْ أُوتِيتَ سُؤْلَكَ يَا مُوسَى {36}
20:36 (Alloh) shunday dedi: «Ey Muso, soʻragan narsang berildi.
وَلَقَدْ مَنَنَّا عَلَيْكَ مَرَّةً أُخْرَى {37}
20:37 Senga boshqa bir oʻrinda ham yaxshilik qilganmiz.
إِذْ أَوْحَيْنَا إِلَى أُمِّكَ مَا يُوحَى {38}
20:38 Oʻshanda onangga vahiy qilinadigan[1197] narsani vahiy qilib (bildirib):
أَنِ اقْذِفِيهِ فِي التَّابُوتِ فَاقْذِفِيهِ فِي الْيَمِّ فَلْيُلْقِهِ الْيَمُّ بِالسَّاحِلِ يَأْخُذْهُ عَدُوٌّ لِّي وَعَدُوٌّ لَّهُ وَأَلْقَيْتُ عَلَيْكَ مَحَبَّةً مِّنِّي وَلِتُصْنَعَ عَلَى عَيْنِي {39}
20:39 “Musoni sandiqqa solib, uni (Nil) daryoga tashla. Daryo uni qirgʻoqqa tashlasin. Mening ham dushmanim, oʻzining ham dushmani boʻlgan shaxs uni tutib olsin.” Ey Muso, koʻz oʻngimda tarbiya topib ulgʻayishing uchun, senga muhabbat berdim (suyukli qildim).
إِذْ تَمْشِي أُخْتُكَ فَتَقُولُ هَلْ أَدُلُّكُمْ عَلَى مَن يَكْفُلُهُ فَرَجَعْنَاكَ إِلَى أُمِّكَ كَيْ تَقَرَّ عَيْنُهَا وَلَا تَحْزَنَ وَقَتَلْتَ نَفْسًا فَنَجَّيْنَاكَ مِنَ الْغَمِّ وَفَتَنَّاكَ فُتُونًا فَلَبِثْتَ سِنِينَ فِي أَهْلِ مَدْيَنَ ثُمَّ جِئْتَ عَلَى قَدَرٍ يَا مُوسَى {40}
20:40 Oʻshanda opang (seni tutib olganlarga) yurib borib: “Bolani boqadigan birini koʻrsatib qoʻyaymi?”, degan. Shu tariqa, koʻzi quvnashi va gʻamga botmasligi uchun seni onangga qaytarib berganmiz[1198]. (Katta boʻlganingda) bir odamni oʻldirib qoʻygansan, shunda seni gʻamdan qutqarib qolganmiz[1199], turli imtihonlarda sinaganmiz, Madyan ahli orasida yillarcha yashagansan. Keyin, bir reja asosida (bu yerga) kelding ey Muso.
وَاصْطَنَعْتُكَ لِنَفْسِي {41}
20:41 Seni Oʻzim uchun[1200] yetishtirdim/tarbiya qildim.
اذْهَبْ أَنتَ وَأَخُوكَ بِآيَاتِي وَلَا تَنِيَا فِي ذِكْرِي {42}
20:42 Sen va akang oyat-dalillarim bilan boringlar, Meni esla(ti)shda sustkashlik qilmanglar.
اذْهَبَا إِلَى فِرْعَوْنَ إِنَّهُ طَغَى{43}
20:43 Firʼavnga boringlar, u zoʻravonlik qildi[1201].
فَقُولَا لَهُ قَوْلًا لَّيِّنًا لَّعَلَّهُ يَتَذَكَّرُ أَوْ يَخْشَى {44}
20:44 Shu bois, unga muloyim gapiringlar. Balki, u eslatma-nasihat olar yoki qoʻrqib chekinar.»
قَالَا رَبَّنَا إِنَّنَا نَخَافُ أَن يَفْرُطَ عَلَيْنَا أَوْ أَن يَطْغَى {45}
20:45 Muso va Horun: “Ey Rabbimiz! Uni bizga tezlik qilib yuborishidan yoki mustabidlik/zoʻravonlik qilishidan qoʻrqyapmiz”, dedilar.
قَالَ لَا تَخَافَا إِنَّنِي مَعَكُمَا أَسْمَعُ وَأَرَى {46}
20:46 U shunday dedi: «Qoʻrqmanglar, chunki Men sizlar bilan birgaman – eshitaman, koʻraman.
فَأْتِيَاهُ فَقُولَا إِنَّا رَسُولَا رَبِّكَ فَأَرْسِلْ مَعَنَا بَنِي إِسْرَائِيلَ وَلَا تُعَذِّبْهُمْ قَدْ جِئْنَاكَ بِآيَةٍ مِّن رَّبِّكَ وَالسَّلَامُ عَلَى مَنِ اتَّبَعَ الْهُدَى {47}
20:47 Endi unga borib, shunday denglar: «(Ey Firʼavn!) Biz senga yaratgan Egang tarafidan yuborilgan elchilarimiz, Isroil avlodini biz bilan birga qoʻyib yubor, ularni azoblama. Biz senga yaratgan Egangdan oyat/dalil[1202] olib keldik; «Hidoyatga/Ilohiy qoʻllanmaga ergashganga salom boʻlsin!
إِنَّا قَدْ أُوحِيَ إِلَيْنَا أَنَّ الْعَذَابَ عَلَى مَن كَذَّبَ وَتَوَلَّى {48}
20:48 Bizga aniq vahiy qilindi; (haqni) yolgʻonga chiqargan va undan yuz oʻgirganlarga azob bor.»
قَالَ فَمَن رَّبُّكُمَا يَا مُوسَى {49}
20:49 U: “Ikkalangizning Rabbingiz kim?” dedi.
قَالَ رَبُّنَا الَّذِي أَعْطَى كُلَّ شَيْءٍ خَلْقَهُ ثُمَّ هَدَى {50}
20:50 “Bizning Robbimiz har narsaga oʻziga xos yaratilish xilqatini berib, keyin yoʻl koʻrsatgan zotdir”, dedi (Muso).
قَالَ فَمَا بَالُ الْقُرُونِ الْأُولَى {51}
20:51 “Unday boʻlsa, avvalgi nasllarning ahvoli nima boʻladi?”, dedi (Firʼavn).
قَالَ عِلْمُهَا عِندَ رَبِّي فِي كِتَابٍ لَّا يَضِلُّ رَبِّي وَلَا يَنسَى {52}
20:52 U aytdi: «Ular haqidagi maʼlumot Rabbim huzuridagi kitobdadir. Rabbim adashmaydi ham unutmaydi ham.
الَّذِي جَعَلَ لَكُمُ الْأَرْضَ مَهْدًا وَسَلَكَ لَكُمْ فِيهَا سُبُلًا وَأَنزَلَ مِنَ السَّمَاء مَاء فَأَخْرَجْنَا بِهِ أَزْوَاجًا مِّن نَّبَاتٍ شَتَّى {53}
20:53 U sizlar uchun yerni beshik qilib berdi, unda sizlar uchun yoʻllar toʻshab berdi, osmondan suv tushirib, u bilan turli oʻsimlik navlarini[1203] undirib berdi.
كُلُوا وَارْعَوْا أَنْعَامَكُمْ إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآيَاتٍ لِّأُوْلِي النُّهَى {54}
20:54 (Ulardan) oʻzingiz ham tanovul qilinglar, chorva hayvonlaringizni ham oʻtlatinglar. Bunda aql egalari uchun albatta oyat-namunalar bor.
مِنْهَا خَلَقْنَاكُمْ وَفِيهَا نُعِيدُكُمْ وَمِنْهَا نُخْرِجُكُمْ تَارَةً أُخْرَى {55}
20:55 Sizlarni tuproqdan yaratdik, unga qaytaramiz va boshqatdan undan chiqaramiz.»
وَلَقَدْ أَرَيْنَاهُ آيَاتِنَا كُلَّهَا فَكَذَّبَ وَأَبَى {56}
20:56 Firʼavnga (Musoga berilgan) barcha oyat-dalillarimizni koʻrsatdik. Biroq, u yolgʻonga chiqardi va bosh tortdi.
قَالَ أَجِئْتَنَا لِتُخْرِجَنَا مِنْ أَرْضِنَا بِسِحْرِكَ يَا مُوسَى {57}
20:57 Aytdiki: «Ey Muso! Sen oʻz sehring bilan bizni yurtimizdan chiqarib yuborish uchun keldingmi bizga?
فَلَنَأْتِيَنَّكَ بِسِحْرٍ مِّثْلِهِ فَاجْعَلْ بَيْنَنَا وَبَيْنَكَ مَوْعِدًا لَّا نُخْلِفُهُ نَحْنُ وَلَا أَنتَ مَكَانًا سُوًى {58}
20:58 Unday boʻlsa, senga ham u kabi sehr keltiramiz. Endi, sen bilan bizni oʻrtamizda (uchrashadigan) bir vaqt tayinla. Unga biz ham sen ham xilof qilmaydigan munosib bir yer boʻlsin.»
قَالَ مَوْعِدُكُمْ يَوْمُ الزِّينَةِ وَأَن يُحْشَرَ النَّاسُ ضُحًى {59}
20:59 (Muso) aytdiki: “Sizlarga tayinlangan kun bayram/ziynat kunidir. Insonlar choshgoh vaqtida toʻplanishi kerak”.
فَتَوَلَّى فِرْعَوْنُ فَجَمَعَ كَيْدَهُ ثُمَّ أَتَى {60}
20:60 Shunda Firʼavn qayrilib ketdi, xiyla(garlari)ni birlashtirib, keyin (aytilgan joyga) keldi.
قَالَ لَهُم مُّوسَى وَيْلَكُمْ لَا تَفْتَرُوا عَلَى اللَّهِ كَذِبًا فَيُسْحِتَكُمْ بِعَذَابٍ وَقَدْ خَابَ مَنِ افْتَرَى {61}
20:61 Muso ularga shunday dedi: “Holingizga voy! Allohga yolgʻon toʻnkamang! Aks holda, Alloh sizlarni azoblab halok qiladi. (Allohga) yolgʻon toʻnkagan kishi, shubhasiz noumid boʻladi.”
فَتَنَازَعُوا أَمْرَهُم بَيْنَهُمْ وَأَسَرُّوا النَّجْوَى {62}
20:62 Shunda, ular oʻzaro shivirlashib, nima qilishlari haqida tortisha boshladi.
قَالُوا إِنْ هَذَانِ لَسَاحِرَانِ يُرِيدَانِ أَن يُخْرِجَاكُم مِّنْ أَرْضِكُم بِسِحْرِهِمَا وَيَذْهَبَا بِطَرِيقَتِكُمُ الْمُثْلَى {63}
20:63 Aytdilarki: «Bu ikkalasi sehrgar, oʻz sehrlari bilan sizlarni yurtingizdan chiqarib yubormoqchi va sizlarni namunali tariqatingizni/yoʻlingizni yoʻq qilib yubormoqchi.
فَأَجْمِعُوا كَيْدَكُمْ ثُمَّ ائْتُوا صَفًّا وَقَدْ أَفْلَحَ الْيَوْمَ مَنِ اسْتَعْلَى {64}
20:64 Shuning uchun, makr-xiylangizni birlashtirib, (Musoni oldiga) bir saf boʻlib kelinglar. Bugun kim ustun kelsa, u zafar qozonadi.[1204]»
قَالُوا يَا مُوسَى إِمَّا أَن تُلْقِيَ وَإِمَّا أَن نَّكُونَ أَوَّلَ مَنْ أَلْقَى {65}
20:65 Ular: “Ey Muso, avval sen tashlaysanmi yoki biz tashlaylikmi?”, dedi.
قَالَ بَلْ أَلْقُوا فَإِذَا حِبَالُهُمْ وَعِصِيُّهُمْ يُخَيَّلُ إِلَيْهِ مِن سِحْرِهِمْ أَنَّهَا تَسْعَى{66}
20:66 “Yoʻq, sizlar tashlanglar” dedi u. Sehrgarlar tashlagan edi, sehrlari taʼsirida ularning arqon va hassalari Musoga xuddi harakatlanayotgan boʻlib tuyildi.
فَأَوْجَسَ فِي نَفْسِهِ خِيفَةً مُّوسَى{67}
20:67 Shunda Muso oʻzida qoʻrquv his qildi.
قُلْنَا لَا تَخَفْ إِنَّكَ أَنتَ الْأَعْلَى {68}
20:68 (Unga) Shunday dedik: «Qoʻrqma, sen aniq gʻolib kelasan.
وَأَلْقِ مَا فِي يَمِينِكَ تَلْقَفْ مَا صَنَعُوا إِنَّمَا صَنَعُوا كَيْدُ سَاحِرٍ وَلَا يُفْلِحُ السَّاحِرُ حَيْثُ أَتَى {69}
20:69 Oʻng qoʻlingdagi (hassa)ni tashla, ular yasagan narsalarini yutib yuborsin. Ular yasagan narsa koʻz boʻyamachi sehrgarning xiylasidan boshqa narsa emas. Koʻz boʻyamachi-sehrgar nima qilsa ham, zafar qozonmaydi.»
فَأُلْقِيَ السَّحَرَةُ سُجَّدًا قَالُوا آمَنَّا بِرَبِّ هَارُونَ وَمُوسَى {70}
20:70 Oxir-oqibat, koʻz boʻyamachi-sehrgarlar sajda qilib: “Muso va Horunning Rabbiga ishondik”, dedilar.
قَالَ آمَنتُمْ لَهُ قَبْلَ أَنْ آذَنَ لَكُمْ إِنَّهُ لَكَبِيرُكُمُ الَّذِي عَلَّمَكُمُ السِّحْرَ فَلَأُقَطِّعَنَّ أَيْدِيَكُمْ وَأَرْجُلَكُم مِّنْ خِلَافٍ وَلَأُصَلِّبَنَّكُمْ فِي جُذُوعِ النَّخْلِ وَلَتَعْلَمُنَّ أَيُّنَا أَشَدُّ عَذَابًا وَأَبْقَى {71}
20:70 Firʼavn shunday dedi: “Men sizlarga izn bermay turib unga ishondingizmi? Demak, u sizlarga sehr oʻrgatgan kattangiz ekan-da! Endi sizlarni oyoq-qoʻllaringizni qarama-qarshi qilib kestirib, sizlarni xurmo daraxtining tanasiga ostirib qoʻyaman. Shunda, qaysi birimizning azobi qattiq va doimiy ekanini bilib olasizlar.”
قَالُوا لَن نُّؤْثِرَكَ عَلَى مَا جَاءنَا مِنَ الْبَيِّنَاتِ وَالَّذِي فَطَرَنَا فَاقْضِ مَا أَنتَ قَاضٍ إِنَّمَا تَقْضِي هَذِهِ الْحَيَاةَ الدُّنْيَا {72}
20:72 Ular shunday dedi: «Biz seni hech qachon oʻzimizga kelgan aniq-ravshan dalillardan ham, bizni yaratgan zotdan ham ustun bilmaymiz. Nima hukm qilsang qilaver. Sen faqat shu dunyo hayotida hukm qila olasan, xolos.
إِنَّا آمَنَّا بِرَبِّنَا لِيَغْفِرَ لَنَا خَطَايَانَا وَمَا أَكْرَهْتَنَا عَلَيْهِ مِنَ السِّحْرِ وَاللَّهُ خَيْرٌ وَأَبْقَى {73}
20:73 Biz Rabbimizga ishondik-ki, U bizni xatolarimizni va sen bizni majburlab qildirgan sehrgarlikni ham kechirsin. Alloh (bergan rizq) eng yaxshidir, davomlidir[1205].»
إِنَّهُ مَن يَأْتِ رَبَّهُ مُجْرِمًا فَإِنَّ لَهُ جَهَنَّمَ لَا يَمُوتُ فِيهَا وَلَا يَحْيى {74}
20:74 Kimki yaratgan Egasi huzuriga jinoyatchi holda kelsa, unga jahannam bor. Unda oʻlmaydi ham, (baxtli hayotda) yashamaydi ham[1206].
وَمَنْ يَأْتِهِ مُؤْمِنًا قَدْ عَمِلَ الصَّالِحَاتِ فَأُوْلَئِكَ لَهُمُ الدَّرَجَاتُ الْعُلَى {75}
20:75 Kimki xayrli ishlarni amalga oshirgan moʻmin holida kelsa, eng yuqori darajalar ana shularga tegishlidir.
جَنَّاتُ عَدْنٍ تَجْرِي مِن تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا وَذَلِكَ جَزَاء مَن تَزَكَّى {76}
20:76 (Oʻsha darajalar) Ostidan anhorlar oqib turadigan Adn jannatlaridir. Ular unda oʻlimsiz-mangu qoladi. Oʻzini pok saqlagan kishilarning mukofoti mana shudir.
وَلَقَدْ أَوْحَيْنَا إِلَى مُوسَى أَنْ أَسْرِ بِعِبَادِي فَاضْرِبْ لَهُمْ طَرِيقًا فِي الْبَحْرِ يَبَسًا لَّا تَخَافُ دَرَكًا وَلَا تَخْشَى{77}
20:77 Shubhasizki, Musoga shunday vahiy qildik: “Bandalarimni tunda yoʻlga chiqar, yetib olishlaridan qoʻrqmaydigan va (gʻarq boʻlishdan) choʻchimaydigan qilib ularga dengizda yoʻl och.”
فَأَتْبَعَهُمْ فِرْعَوْنُ بِجُنُودِهِ فَغَشِيَهُم مِّنَ الْيَمِّ مَا غَشِيَهُمْ {78}
20:78 Oʻshanda Firʼavn askarlari bilan ularni ortidan quvib keldi. Natijada, dengizda ularni qurshab olishi kerak boʻlgan (falokat) qurshab oldi.
وَأَضَلَّ فِرْعَوْنُ قَوْمَهُ وَمَا هَدَى {79}
20:79 Firʼavn oʻz xalqini adashtirgan, toʻgʻri yoʻlga boshlamagan[1207].
يَا بَنِي إِسْرَائِيلَ قَدْ أَنجَيْنَاكُم مِّنْ عَدُوِّكُمْ وَوَاعَدْنَاكُمْ جَانِبَ الطُّورِ الْأَيْمَنَ وَنَزَّلْنَا عَلَيْكُمُ الْمَنَّ وَالسَّلْوَى {80}
20:80 Ey Isroil avlodlari! Biz sizni dushmaningizdan qutqarib qolganmiz, sizlar bilan Tur (togʻi)ning oʻng tarafida vaʼdalashdik va sizlarga mann va bedana[1208] tushirib berdik.
كُلُوا مِن طَيِّبَاتِ مَا رَزَقْنَاكُمْ وَلَا تَطْغَوْا فِيهِ فَيَحِلَّ عَلَيْكُمْ غَضَبِي وَمَن يَحْلِلْ عَلَيْهِ غَضَبِي فَقَدْ هَوَى {81}
20:81 Sizlarga rizq qilib berganlarimdan pokizalarini isteʼmol qilinglar va bunda haddan oshmanglar[1209]. Boʻlmasa, tepangizga gʻazabim[1210] tushadi. Kimgaki gʻazabim tushsa, u aniq halok boʻladi.
وَإِنِّي لَغَفَّارٌ لِّمَن تَابَ وَآمَنَ وَعَمِلَ صَالِحًا ثُمَّ اهْتَدَى {82}
20:82 Albatta, tavba qilgan, imon keltirgan va manfaatli ishni amalga oshirgan, keyin (shu) toʻgʻri yoʻlda davom etgan kishini Men aniq kechiraman.
وَمَا أَعْجَلَكَ عَن قَوْمِكَ يَا مُوسَى {83}
20:83 (Tur togʻida Alloh shunday dedi): “Ey Muso! Qavmingni tashlab shoshilib chiqishingga nima sabab boʻldi?”
قَالَ هُمْ أُولَاء عَلَى أَثَرِي وَعَجِلْتُ إِلَيْكَ رَبِّ لِتَرْضَى {84}
20:84 U aytdiki: “Ular mening izimdadir. Ey Rabbim, Rozi boʻlishing uchun Senga shoshildim”.
قَالَ فَإِنَّا قَدْ فَتَنَّا قَوْمَكَ مِن بَعْدِكَ وَأَضَلَّهُمُ السَّامِرِيُّ {85}
20:85 “Biz sendan keyin qavmingni imtihon qildik. Somiriy ularni adashtirdi”, dedi Alloh[1211].
فَرَجَعَ مُوسَى إِلَى قَوْمِهِ غَضْبَانَ أَسِفًا قَالَ يَا قَوْمِ أَلَمْ يَعِدْكُمْ رَبُّكُمْ وَعْدًا حَسَنًا أَفَطَالَ عَلَيْكُمُ الْعَهْدُ أَمْ أَرَدتُّمْ أَن يَحِلَّ عَلَيْكُمْ غَضَبٌ مِّن رَّبِّكُمْ فَأَخْلَفْتُم مَّوْعِدِي {86}
20:86 Keyin, Muso oʻz qavmiga gʻazablangan va achingan holda qaytib: “Ey qavmim! Axir Rabbingiz sizga chiroyli vaʼda bermaganmidi?! Yoki oʻsha vaʼda sizlarga shunchalik uzayib ketdimi? Yo boʻlmasa, oʻzingizga Rabbingizning gʻazabi/uqubati duchor boʻlishini xohlab qolib, shuning uchun menga bergan vaʼdangizni buzdingizmi?!”, dedi.
قَالُوا مَا أَخْلَفْنَا مَوْعِدَكَ بِمَلْكِنَا وَلَكِنَّا حُمِّلْنَا أَوْزَارًا مِّن زِينَةِ الْقَوْمِ فَقَذَفْنَاهَا فَكَذَلِكَ أَلْقَى السَّامِرِيُّ {87}
20:87 (Qavmi) shunday dedi: «Senga bergan vaʼdamizga oʻz xohish-irodamizga koʻra xilof qilganimiz yoʻq. Lekin, biz (Misrlik) qavmning zeb-ziynatli yuklaridan bir qanchasini oʻzimizga yuklab olgan edik, ularni (olovga) tashladik, Somiriy ham tashladi.
فَأَخْرَجَ لَهُمْ عِجْلًا جَسَدًا لَهُ خُوَارٌ فَقَالُوا هَذَا إِلَهُكُمْ وَإِلَهُ مُوسَى فَنَسِيَ {88}
20:88 Shunday qilib, Somiriy (olovdan) bizga boʻkiradigan bitta buzoq (haykalini) chiqarib berdi, (Bir-birlariga): “Bu sizlarning ham ilohingiz, Musoning ham ilohidir, biroq Muso uni unutib qoʻydi”, dedilar.»
أَفَلَا يَرَوْنَ أَلَّا يَرْجِعُ إِلَيْهِمْ قَوْلًا وَلَا يَمْلِكُ لَهُمْ ضَرًّا وَلَا نَفْعًا {89}
20:89 (Haykal) ularga biron bir gap qaytara olmasligini va ularga zarar ham foyda ham keltira olmasligini nahot koʻrmagan boʻlsalar?!
وَلَقَدْ قَالَ لَهُمْ هَارُونُ مِن قَبْلُ يَا قَوْمِ إِنَّمَا فُتِنتُم بِهِ وَإِنَّ رَبَّكُمُ الرَّحْمَنُ فَاتَّبِعُونِي وَأَطِيعُوا أَمْرِي {90}
20:90 Horun (Muso qaytishidan) oldin ularga: “Ey qavmim! Sizlar buzoq bilan fitnalanib qoldingiz. Sizlarni yaratgan Egangiz Rahmondir. Sizlar menga ergashib, buyrugʻimni bajaringlar”, deb aytgan edi.
قَالُوا لَن نَّبْرَحَ عَلَيْهِ عَاكِفِينَ حَتَّى يَرْجِعَ إِلَيْنَا مُوسَى {91}
20:91 (Qavmi esa): “Muso qaytib kelgunga qadar, biz buzoqqa sigʻinib turamiz”, deyishgan.
قَالَ يَا هَارُونُ مَا مَنَعَكَ إِذْ رَأَيْتَهُمْ ضَلُّوا{92}
20:92 Muso (qaytib kelib) aytdiki: «Ey Horun! Bularni adashib ketganini koʻrganingda, senga nima qarshi chiqdiki,
أَلَّا تَتَّبِعَنِ أَفَعَصَيْتَ أَمْرِي {93}
20:93 Myenga ergashmading? Nahotki buyrugʻimga qarshi chiqqan boʻlsang?!»
قَالَ يَا ابْنَ أُمَّ لَا تَأْخُذْ بِلِحْيَتِي وَلَا بِرَأْسِي إِنِّي خَشِيتُ أَن تَقُولَ فَرَّقْتَ بَيْنَ بَنِي إِسْرَائِيلَ وَلَمْ تَرْقُبْ قَوْلِي {94}
20:94 Horun aytdiki: “Ey onamning oʻgʻli, meni soch-soqolimdan tutma! «Gapimga kirmasdan, Isroil avlodini boʻlib tashlabsan”, deyishingdan choʻchidim.
قَالَ فَمَا خَطْبُكَ يَا سَامِرِيُّ {95}
20:95 (Muso Somiriyga): “Ey Somiriy! Bu qiligʻing nimasi?”, dedi.
قَالَ بَصُرْتُ بِمَا لَمْ يَبْصُرُوا بِهِ فَقَبَضْتُ قَبْضَةً مِّنْ أَثَرِ الرَّسُولِ فَنَبَذْتُهَا وَكَذَلِكَ سَوَّلَتْ لِي نَفْسِي{96}
20:96 (Somiriy): «Men ular koʻrmagan (bir haqiqatni)ni koʻrdim, Rasul/risolat asaridan (shariatidan) bir qismini chiqarib tashladim[1212]. Nafsim menga shunday qilishni undadi», dedi.
قَالَ فَاذْهَبْ فَإِنَّ لَكَ فِي الْحَيَاةِ أَن تَقُولَ لَا مِسَاسَ وَإِنَّ لَكَ مَوْعِدًا لَّنْ تُخْلَفَهُ وَانظُرْ إِلَى إِلَهِكَ الَّذِي ظَلْتَ عَلَيْهِ عَاكِفًا لَّنُحَرِّقَنَّهُ ثُمَّ لَنَنسِفَنَّهُ فِي الْيَمِّ نَسْفًا {97}
20:97 Muso shunday dedi: “Yoʻqol! Endi sen hayot mobaynida «(Menga) tegmanglar”, deb yurasan[1213]. Sen uchun yana bitta xilof qilinmaydigan vaʼda qilingan vaqt bor. Sigʻinishda davom etgan “ilohingga” qarab tur, uni kuydirib, dengizga sochib yuboramiz.
إِنَّمَا إِلَهُكُمُ اللَّهُ الَّذِي لَا إِلَهَ إِلَّا هُوَ وَسِعَ كُلَّ شَيْءٍ عِلْمًا {98}
20:98 Ibodat qilishingiz kerak boʻlgan zot faqat Allohdir, Undan boshqa ibodat qilinishga haqli hech kim yoʻq. U ilmi ila hamma narsani qamrab olgan.»
كَذَلِكَ نَقُصُّ عَلَيْكَ مِنْ أَنبَاء مَا قَدْ سَبَقَ وَقَدْ آتَيْنَاكَ مِن لَّدُنَّا ذِكْرًا {99}
20:99 (Ey Muhammad!) Oʻtmishda boʻlib oʻtgan xabarlarning baʼzilarini senga mana shu shaklda aytib beryapmiz. Senga Oʻz huzurimizdan Zikr (Qurʼon) berdik.
مَنْ أَعْرَضَ عَنْهُ فَإِنَّهُ يَحْمِلُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وِزْرًا {100}
20:100 Kimki undan yuz oʻgirsa, qiyomat kuni u oʻziga ogʻir gunoh yuklab oladi.
خَالِدِينَ فِيهِ وَسَاء لَهُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ حِمْلًا {101}
20:101 Ular oʻsha gunoh ostida oʻlimsiz-mangu qoladi. Qiyomat kunidagi ularning gunohi qanday ham yomon!
يَوْمَ يُنفَخُ فِي الصُّورِ وَنَحْشُرُ الْمُجْرِمِينَ يَوْمَئِذٍ زُرْقًا {102}
20:102 Kun kelib sur chalinadi. Oʻsha kuni (Qurʼondan yuz oʻgirgan) jinoyatchilarni koʻzlarini koʻr holatda toʻplaymiz[1214].
يَتَخَافَتُونَ بَيْنَهُمْ إِن لَّبِثْتُمْ إِلَّا عَشْرًا {103}
20:103 Ular bir-biriga pichirlashib: “Dunyo hayotida faqat oʻn kun qoldinglar”, deyishadi.
نَحْنُ أَعْلَمُ بِمَا يَقُولُونَ إِذْ يَقُولُ أَمْثَلُهُمْ طَرِيقَةً إِن لَّبِثْتُمْ إِلَّا يَوْمًا {104}
20:104 Ularni nima deyotganini juda yaxshi bilamiz. Ular orasida (adashgan) yoʻlda eng oʻrnak boʻlganlari: “Sizlar faqat bir kun qoldinglar”, deydi.
وَيَسْأَلُونَكَ عَنِ الْجِبَالِ فَقُلْ يَنسِفُهَا رَبِّي نَسْفًا {105}
20:105 Ular sendan togʻlar haqida soʻrashmoqda. Ayt: «Yaratgan Egam ularni (kuldek) toʻzitib yuboradi.
فَيَذَرُهَا قَاعًا صَفْصَفًا {106}
20:106 Shu tariqa yerni[1215] tep-tekis qilib qoʻyadi.
لَا تَرَى فِيهَا عِوَجًا وَلَا أَمْتًا {107}
20:107 Unda past-u balandlik koʻrmaysan.
يَوْمَئِذٍ يَتَّبِعُونَ الدَّاعِيَ لَا عِوَجَ لَهُ وَخَشَعَت الْأَصْوَاتُ لِلرَّحْمَنِ فَلَا تَسْمَعُ إِلَّا هَمْسًا {108}
20:108 Oʻsha kuni tovushlari pasaygan holda, hech qayoqqa burilmasdan, (hisob-kitobga) chaqiruvchi ortidan ergashib keladilar. Shunda pichirlashdan boshqa narsa eshitmaysan.
يَوْمَئِذٍ لَّا تَنفَعُ الشَّفَاعَةُ إِلَّا مَنْ أَذِنَ لَهُ الرَّحْمَنُ وَرَضِيَ لَهُ قَوْلًا {109}
20:109 Oʻsha kuni Rahmon unga izn bergan va oʻz foydasiga gapirishiga rozi boʻlgan kishilardan boshqa hech kimga (Ilohiy) shafoat foyda bermaydi[1216].
يَعْلَمُ مَا بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَمَا خَلْفَهُمْ وَلَا يُحِيطُونَ بِهِ عِلْمًا {110}
20:110 Alloh ularning oldilaridagini va ortlaridagini ham biladi[1217]. Ular esa, ilmiy jihatdan Uni qamray olmaydi.
وَعَنَتِ الْوُجُوهُ لِلْحَيِّ الْقَيُّومِ وَقَدْ خَابَ مَنْ حَمَلَ ظُلْمًا {111}
20:111 (Oʻsha kuni) “yuzlar” doimo tirik hamda uzluksiz oʻz ishida turuvchi – Allohga bosh egib turadi. Qasamki, (oxiratga) zulm koʻtarib kelgan kishi noumid boʻladi.
وَمَن يَعْمَلْ مِنَ الصَّالِحَاتِ وَهُوَ مُؤْمِنٌ فَلَا يَخَافُ ظُلْمًا وَلَا هَضْمًا {112}
20:112 Kimki (Allohga) ishongan holda xayrli ishlarni amalga oshirgan boʻlsa, endi ular na haqsizlik qilinishidan va na haqqi berilmay qolishidan qoʻrqmaydi[1218].
وَكَذَلِكَ أَنزَلْنَاهُ قُرْآنًا عَرَبِيًّا وَصَرَّفْنَا فِيهِ مِنَ الْوَعِيدِ لَعَلَّهُمْ يَتَّقُونَ أَوْ يُحْدِثُ لَهُمْ ذِكْرًا {113}
20:113 Biz bu (Qurʼon)ni mana shu shaklda – arabcha Qurʼon qilib tushirdik. Javobgarliklarini his qilishlari yoki (Qurʼon) ularda eslatma-nasihat paydo qilishi uchun, unda turli tahdidlar keltirdik.
فَتَعَالَى اللَّهُ الْمَلِكُ الْحَقُّ وَلَا تَعْجَلْ بِالْقُرْآنِ مِن قَبْلِ أَن يُقْضَى إِلَيْكَ وَحْيُهُ وَقُل رَّبِّ زِدْنِي عِلْمًا {114}
20:114 Haqiqiy hukmron boʻlmish Alloh oliydir. (Ey Muhammad!) Senga uning vahyi tugamay turib, Qurʼonga nisbatan shoshqaloqlik qilma, “Ey Rabbim! Ilmimni ziyoda qil!”, de[1219]!
وَلَقَدْ عَهِدْنَا إِلَى آدَمَ مِن قَبْلُ فَنَسِيَ وَلَمْ نَجِدْ لَهُ عَزْمًا {115}
20:115 Shubhasizki, ilgari Odamga ahd (buyruq) bergan edik, u unutdi[1220]. Biz unda qatʼiyat koʻrmadik.
وَإِذْ قُلْنَا لِلْمَلَائِكَةِ اسْجُدُوا لِآدَمَ فَسَجَدُوا إِلَّا إِبْلِيسَ أَبَى {116}
20:116 Bir kuni farishtalarga: “Odamga sajda qilinglar!”- dedik[1221]. Ular darhol sajda qildi. Iblis sajda qilmadi, u bosh tortdi.
فَقُلْنَا يَا آدَمُ إِنَّ هَذَا عَدُوٌّ لَّكَ وَلِزَوْجِكَ فَلَا يُخْرِجَنَّكُمَا مِنَ الْجَنَّةِ فَتَشْقَى {117
20:117 Shunda Biz aytdikki: «Ey Odam! Bu (Iblis) senga ham juftingga ham dushmandir. Tagʻin, u sizlarni ushbu bogʻdan chiqarib yubormasin. Aks holda, muammoga tushib qolasiz.
إِنَّ لَكَ أَلَّا تَجُوعَ فِيهَا وَلَا تَعْرَى {118}
20:118 Sen bu yerda och ham qolmaysan, yalangʻoch ham qolmaysan.
وَأَنَّكَ لَا تَظْمَأُ فِيهَا وَلَا تَضْحَى {119}
20:119 Yana, sen bu yerda suvga tashna boʻlmaysan, issiqda ham qolmaysan.»
فَوَسْوَسَ إِلَيْهِ الشَّيْطَانُ قَالَ يَا آدَمُ هَلْ أَدُلُّكَ عَلَى شَجَرَةِ الْخُلْدِ وَمُلْكٍ لَّا يَبْلَى {120}
20:120 Shunda Shayton: “Ey Odam! Senga mangu hayot daraxtini va bitmas-tugamas mulkni koʻrsataymi?”, deb vasvasa qildi.
فَأَكَلَا مِنْهَا فَبَدَتْ لَهُمَا سَوْآتُهُمَا وَطَفِقَا يَخْصِفَانِ عَلَيْهِمَا مِن وَرَقِ الْجَنَّةِ وَعَصَى آدَمُ رَبَّهُ فَغَوَى {121}
20:121 Shunda, Odam va ayoli taqiqlangan daraxt (mevasi)dan yegan edi, uyatli joylari oʻzlariga koʻrindi, ikkalasi ham bogʻdagi daraxt barglaridan qavat-qavat qilib ustini yopishni boshladi. Odam Rabbining buyrugʻiga qarshi chiqib, xato qildi.
ثُمَّ اجْتَبَاهُ رَبُّهُ فَتَابَ عَلَيْهِ وَهَدَى {122}
20:122 Keyinchalik, Rabbi uni (paygʻambarlikka) tanlab oldi, unga tavba imkoni berdi va unga toʻgʻri yoʻl koʻrsatdi[1222].
قَالَ اهْبِطَا مِنْهَا جَمِيعًا بَعْضُكُمْ لِبَعْضٍ عَدُوٌّ فَإِمَّا يَأْتِيَنَّكُم مِّنِّي هُدًى فَمَنِ اتَّبَعَ هُدَايَ فَلَا يَضِلُّ وَلَا يَشْقَى {123}
20:123 Alloh shunday dedi: «Ikkalangiz ham u yerdan tushinglar. Bir-biringizga dushmansiz. Men tarafimdan sizlarga qoʻllanma (kitob)[1223] kelganida, kim Mening qoʻllanmamga ergashsa, shunda u adashmaydi va baxtsiz boʻlmaydi.
وَمَنْ أَعْرَضَ عَن ذِكْرِي فَإِنَّ لَهُ مَعِيشَةً ضَنكًا وَنَحْشُرُهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ أَعْمَى {124}
20:124 Kimki Mening eslatma-nasihatimdan yuz oʻgirsa, albatta, unga mashaqqatli-tang hayot (beriladi) va qiyomat kuni uni mahsharga koʻr qilib keltiramiz.
قَالَ رَبِّ لِمَ حَشَرْتَنِي أَعْمَى وَقَدْ كُنتُ بَصِيرًا {125}
20:125 “Ey yaratgan Egam! Nima uchun meni mahsharga koʻr qilib keltirding, axir men koʻrar edim-ku?!”- deydi u.
قَالَ كَذَلِكَ أَتَتْكَ آيَاتُنَا فَنَسِيتَهَا وَكَذَلِكَ الْيَوْمَ تُنسَى {126}
20:126 «Shunday, lekin, senga oyatlarimiz kelgan, oʻshanda sen ularni unutding. Sen ham bugun mana shu shaklda unutilasan[1224]», deydi Alloh.
وَكَذَلِكَ نَجْزِي مَنْ أَسْرَفَ وَلَمْ يُؤْمِن بِآيَاتِ رَبِّهِ وَلَعَذَابُ الْآخِرَةِ أَشَدُّ وَأَبْقَى {127}
20:127 Haddan oshgan va Rabbining oyatlariga ishonmagan kimsalarni mana shunday jazolaymiz. Haqiqatda, oxirat azobi juda qattiqdir, doimiydir.
أَفَلَمْ يَهْدِ لَهُمْ كَمْ أَهْلَكْنَا قَبْلَهُم مِّنَ الْقُرُونِ يَمْشُونَ فِي مَسَاكِنِهِمْ إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآيَاتٍ لِّأُوْلِي النُّهَى {128}
20:128 Ulardan oldingi qanchadan-qancha nasllarni halok qilganimiz, ularni toʻgʻri yoʻlga kelishiga turtki boʻlmadimi? Hozir ular oʻzlaridan avvalgilar (yashagan) maskanlarida yuribdi. Albatta, aql ishlatadiganlar uchun bunda dalil/koʻrsatmalar bor.
وَلَوْلَا كَلِمَةٌ سَبَقَتْ مِن رَّبِّكَ لَكَانَ لِزَامًا وَأَجَلٌ مُسَمًّى {129}
20:129 Agar Rabbing tarafidan berilgan soʻz[1225] va belgilangan muddat[1226] boʻlmaganida edi, (bularga azob) muqarrar boʻlardi.
فَاصْبِرْ عَلَى مَا يَقُولُونَ وَسَبِّحْ بِحَمْدِ رَبِّكَ قَبْلَ طُلُوعِ الشَّمْسِ وَقَبْلَ غُرُوبِهَا وَمِنْ آنَاء اللَّيْلِ فَسَبِّحْ وَأَطْرَافَ النَّهَارِ لَعَلَّكَ تَرْضَى {130}
20:130 Shuning uchun, ularning gapirayotgan gapiga bardosh qil. Quyosh chiqishidan oldin va quyosh botishidan oldin Rabbingni olqishlab ulugʻla[1227]. Rozilikka erishish umidida, tungi baʼzi vaqtlarda va kunduzgi boʻlimlarda ham ulugʻla!
وَلَا تَمُدَّنَّ عَيْنَيْكَ إِلَى مَا مَتَّعْنَا بِهِ أَزْوَاجًا مِّنْهُمْ زَهْرَةَ الْحَيَاةِ الدُّنيَا لِنَفْتِنَهُمْ فِيهِ وَرِزْقُ رَبِّكَ خَيْرٌ وَأَبْقَى{131}
20:131 Ularni imtihon qilish uchun, ulardan baʼzilariga bahramand qilib berganimiz dunyo hayotining ziynatlariga koʻz tikma. Yaratgan Egangning rizqi yaxshi va boqiydir.
وَأْمُرْ أَهْلَكَ بِالصَّلَاةِ وَاصْطَبِرْ عَلَيْهَا لَا نَسْأَلُكَ رِزْقًا نَّحْنُ نَرْزُقُكَ وَالْعَاقِبَةُ لِلتَّقْوَى {132}
20:132 Oilangni namozni/diniy vazifalarni bajarishga[1228] buyur, oʻzing ham unga bardoshli boʻl[1229]. Biz sendan rizq soʻramayapmiz[1230], senga rizqni Biz beramiz. Yaxshi oqibat masʼuliyatlilik/taqvodorlikka tegishlidir[1231].
وَقَالُوا لَوْلَا يَأْتِينَا بِآيَةٍ مِّن رَّبِّهِ أَوَلَمْ تَأْتِهِم بَيِّنَةُ مَا فِي الصُّحُفِ الْأُولَى {133}
20:133 Ular: “(Muhammad) bizga Rabbidan dalil/koʻrsatma keltirsa boʻlmaydimi?”, dedi. Axir, ularga avvalgi ilohiy sahifalardagi aniq hujjat[1232] kelmabdimi?!
وَلَوْ أَنَّا أَهْلَكْنَاهُم بِعَذَابٍ مِّن قَبْلِهِ لَقَالُوا رَبَّنَا لَوْلَا أَرْسَلْتَ إِلَيْنَا رَسُولًا فَنَتَّبِعَ آيَاتِكَ مِن قَبْلِ أَن نَّذِلَّ وَنَخْزَى {134}
20:134 Agar u (Qurʼon kelishidan) oldin ularni[1233] azob bilan halok qilib yuborganimizda edi, (u kofirlar) “Ey Rabbimiz! Xor boʻlib, sharmanda boʻlishimizdan oldin bizga elchi yuborsang boʻlmasmidi? Shunday qilganingda biz unga ergashgan boʻlardik”, der edi.
قُلْ كُلٌّ مُّتَرَبِّصٌ فَتَرَبَّصُوا ۖ فَسَتَعْلَمُونَ مَنْ أَصْحَابُ الصِّرَاطِ السَّوِيِّ وَمَنِ اهْتَدَىٰ {135}
20:135 Ayt: “Hamma kutyapti, sizlar ham kutinglar. Toʻgʻri yoʻl egalari kimlar ekanini, kimlar (jannatga eltuvchi) yoʻlga kirganini yaqinda bilib olasizlar.”
- ANBIYO surasi[1234]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
اقْتَرَبَ لِلنَّاسِ حِسَابُهُمْ وَهُمْ فِي غَفْلَةٍ مَّعْرِضُونَ {1}
21:1 Shu insonlarni[1235] (Allohga) hisob berishi yaqinlashib qoldi. Ular esa, hanuz beparvodirlar, yuz oʻgirmoqdalar[1236].
مَا يَأْتِيهِم مِّن ذِكْرٍ مَّن رَّبِّهِم مُّحْدَثٍ إِلَّا اسْتَمَعُوهُ وَهُمْ يَلْعَبُونَ {2}
21:2 Ularga Rabbidan kelgan har bir yangi xabarni faqat ermak qilib eshityapti.
لَاهِيَةً قُلُوبُهُمْ وَأَسَرُّواْ النَّجْوَى الَّذِينَ ظَلَمُواْ هَلْ هَذَا إِلَّا بَشَرٌ مِّثْلُكُمْ أَفَتَأْتُونَ السِّحْرَ وَأَنتُمْ تُبْصِرُونَ {3}
21:3 (Qurʼonni tinglayotganida) ularning qalblari ermak qilish bilan mashgʻul edi. Oʻsha zolimlar, oʻzaro: “Bu (Muhammad) sizga oʻxshagan bashar, xolos. Koʻrib turib ham sehrga kelaverasizlarmi?”, deb pichirladilar.
قَالَ رَبِّي يَعْلَمُ الْقَوْلَ فِي السَّمَاء وَالأَرْضِ وَهُوَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ {4}
21:4 (Shunda Muhammad) “Yaratgan Egam osmondagi gapni ham, yerdagi gapni ham bilib turadi. U hamma narsani eshitadi, biladi”, dedi.
بَلْ قَالُواْ أَضْغَاثُ أَحْلاَمٍ بَلِ افْتَرَاهُ بَلْ هُوَ شَاعِرٌ فَلْيَأْتِنَا بِآيَةٍ كَمَا أُرْسِلَ الأَوَّلُونَ {5}
21:5 (Ular yana): «Balki, (Muhammad oʻqiyotgan oyatlar) algʻov-dalgʻov tushlardir. Balki, uni oʻzi toʻqigandir. Balki u shoirdir. (Agar elchi boʻlsa) avvalgi elchilarga yuborilganidek bizga ham birorta oyat:alomat [1237] keltirsin», dedilar.
مَا آمَنَتْ قَبْلَهُم مِّن قَرْيَةٍ أَهْلَكْنَاهَا أَفَهُمْ يُؤْمِنُونَ {6}
21:6 Ulardan oldin Biz halok qilgan hech bir yurt (aholisi alomatlarga) ishonmagan edi, endi ular ishonarmikin?![1238]
وَمَا أَرْسَلْنَا قَبْلَكَ إِلاَّ رِجَالاً نُّوحِي إِلَيْهِمْ فَاسْأَلُواْ أَهْلَ الذِّكْرِ إِن كُنتُمْ لاَ تَعْلَمُونَ {7}
21:7 Syendan ilgari ham faqat erkaklarni elchi qilib yuborib, ularga vahiy qilganmiz[1239]. Agar bilmasangiz, (avvalgi ilohiy kitob boʻlmish) Zikrni biladiganlardan soʻranglar!
وَمَا جَعَلْنَاهُمْ جَسَدًا لَّا يَأْكُلُونَ الطَّعَامَ وَمَا كَانُوا خَالِدِينَ {8}
21:8 Biz u elchilarni ovqat yemaydigan jasad qilmadik. Ular oʻlimsiz – mangu yashovchi ham emasdi.
ثُمَّ صَدَقْنَاهُمُ الْوَعْدَ فَأَنجَيْنَاهُمْ وَمَن نَّشَاء وَأَهْلَكْنَا الْمُسْرِفِينَ {9}
21:9 Keyin, elchilarga bergan soʻzimizga vafo qilib, ularni ham, ular bilan birga Oʻzimiz munosib bilgan qullarimizni ham qutqarib qoldik. Haddan oshuvchilarni esa halok qildik.
لَقَدْ أَنزَلْنَا إِلَيْكُمْ كِتَابًا فِيهِ ذِكْرُكُمْ أَفَلَا تَعْقِلُونَ {10}
21:10 Shubhasizki, sizlarga kitob yubordik; unda sizga tegishli eslatma[1240] (ham) bor. Aql yuritmaysizlarmi?!
وَكَمْ قَصَمْنَا مِن قَرْيَةٍ كَانَتْ ظَالِمَةً وَأَنشَأْنَا بَعْدَهَا قَوْمًا آخَرِينَ {11}
21:11 Biz aholisi zolim boʻlgan qanchadan-qancha yurtlarni vayron qilib, ulardan keyin oʻrniga boshqa qavm paydo qildik.
فَلَمَّا أَحَسُّوا بَأْسَنَا إِذَا هُم مِّنْهَا يَرْكُضُونَ {12}
21:12 Shiddatli azobimizni sezib qolishib, darhol u yerdan qochishga uringan.
لَا تَرْكُضُوا وَارْجِعُوا إِلَى مَا أُتْرِفْتُمْ فِيهِ وَمَسَاكِنِكُمْ لَعَلَّكُمْ تُسْأَلُونَ {13}
21:13 “Qochmanglar! Unda maishatli oʻtkazgan farovon hayotingizga va maskanlaringizga qaytinglar, savol-javobga tortilishingiz mumkin”, (deyilgan).
قَالُوا يَا وَيْلَنَا إِنَّا كُنَّا ظَالِمِينَ {14}
21:14 Ular esa: “Holimizga voy! Biz haqsizlik qiluvchi-zolim boʻlgan ekanmiz”, deb qolishgan.
فَمَا زَالَت تِّلْكَ دَعْوَاهُمْ حَتَّى جَعَلْنَاهُمْ حَصِيدًا خَامِدِينَ {15}
21:15 Ularning hasrat-nadomatlari, toki Biz ularni oʻrilgan ekindek va alangasi oʻchirilgan choʻgʻdek qilib qoʻygunimizga qadar davom etdi.
وَمَا خَلَقْنَا السَّمَاء وَالْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا لَاعِبِينَ {16}
21:16 Biz yeru osmonlarni ham u ikkalasi orasidagilarni ham behuda[1241] yaratmadik.
لَوْ أَرَدْنَا أَن نَّتَّخِذَ لَهْوًا لَّاتَّخَذْنَاهُ مِن لَّدُنَّا إِن كُنَّا فَاعِلِينَ {17}
21:17 Bekorchi narsa bilan mashgʻul boʻlishni[1242] xohlaganimizda edi, uni Oʻz huzurimizda qilgan boʻlardik. (Lekin) aslo bunday qilmaymiz.
بَلْ نَقْذِفُ بِالْحَقِّ عَلَى الْبَاطِلِ فَيَدْمَغُهُ فَإِذَا هُوَ زَاهِقٌ وَلَكُمُ الْوَيْلُ مِمَّا تَصِفُونَ {18}
21:18 Yoʻq! Biz haqni botil ustiga tashlaymiz, uni yanchib yuboradi. Shu tariqa u yoʻq boʻlib ketadi. (Allohga notoʻgʻri) vasflayotganingiz uchun holingizga voy!
وَلَهُ مَن فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَمَنْ عِندَهُ لَا يَسْتَكْبِرُونَ عَنْ عِبَادَتِهِ وَلَا يَسْتَحْسِرُونَ {19}
21:19 Osmonlar va yerda kimki boʻlsa bari Uniki. Uning huzuridagilar Unga qullik qilishdan katta ketmaydi va malollanmaydi.
يُسَبِّحُونَ اللَّيْلَ وَالنَّهَارَ لَا يَفْتُرُونَ {20}
21:20 Ular tunu kun tinmasdan (Allohni) ulugʻlaydi.
أَمِ اتَّخَذُوا آلِهَةً مِّنَ الْأَرْضِ هُمْ يُنشِرُونَ {21}
21:21 Yoki (mushriklar) yerdan iborat boʻlgan baʼzi narsalarni oʻzlariga “iloh” qilib oldimi?! U “ilohlar” (oʻliklarni) tiriltira olar ekanmi?!
لَوْ كَانَ فِيهِمَا آلِهَةٌ إِلَّا اللَّهُ لَفَسَدَتَا فَسُبْحَانَ اللَّهِ رَبِّ الْعَرْشِ عَمَّا يَصِفُونَ {22}
21:22 Agar yeru osmonda Allohdan boshqa iloh boʻlganida, (yer va osmonning) ikkalasi ham buzilib ketardi. Boshqaruvni – arshni egasi boʻlmish Alloh ularning boʻhtonlaridan pokdir.
لَا يُسْأَلُ عَمَّا يَفْعَلُ وَهُمْ يُسْأَلُونَ {23}
21:23 (Alloh) qilayotgan ishidan soʻroq qilinmaydi. Ular soʻroq qilinadi.
أَمِ اتَّخَذُوا مِن دُونِهِ آلِهَةً قُلْ هَاتُوا بُرْهَانَكُمْ هَذَا ذِكْرُ مَن مَّعِيَ وَذِكْرُ مَن قَبْلِي بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يَعْلَمُونَ الْحَقَّ فَهُم مُّعْرِضُونَ {24}
21:24 Yoki ular Alloh ila oralariga “ilohlar” qoʻyib oldilarmi?! (Ey Muhammad!) «Dalilingizni keltiring-chi! Bu (Qurʼon) men bilan birgalarning ham eslatmasidir, mendan oldingilarning ham eslatmasidir», deb ayt. Aslida, ularning koʻpchiligi haqni bilmayapti, shuning uchun ular (Qurʼondan) yuz oʻgiryapti.
وَمَا أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ مِن رَّسُولٍ إِلَّا نُوحِي إِلَيْهِ أَنَّهُ لَا إِلَهَ إِلَّا أَنَا فَاعْبُدُونِ {25}
21:25 Sendan oldin yuborgan har bir elchimizga “Qullik qilinishga haqli zot faqat Menman. Shuning uchun, Menga qullik qilinglar”, deb vahiy qilganmiz.
وَقَالُوا اتَّخَذَ الرَّحْمَنُ وَلَدًا سُبْحَانَهُ بَلْ عِبَادٌ مُّكْرَمُونَ {26}
21:26 “Rahmon (baʼzi bandalarni) Oʻziga farzand qilib oldi”, dedilar. Alloh bundan pok! Unday emas, ular[1243] hurmatli bandalardir.
لَا يَسْبِقُونَهُ بِالْقَوْلِ وَهُم بِأَمْرِهِ يَعْمَلُونَ {27}
21:27 (Oʻsha bandalar) Uning soʻzidan koʻra oʻz soʻzlarini ilgari surmaydilar, ular Allohning buyrugʻiga binoan ish qiladi.
يَعْلَمُ مَا بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَمَا خَلْفَهُمْ وَلَا يَشْفَعُونَ إِلَّا لِمَنِ ارْتَضَى وَهُم مِّنْ خَشْيَتِهِ مُشْفِقُونَ {28}
21:28 (Alloh) ularning oldidagi narsalarni ham ortidagi narsalarni ham biladi. Ular Alloh rozi boʻlgan kishilardan boshqa hech kimga yordam bermaydilar[1244]. Ular Allohdan choʻchib titrab turadi.
وَمَن يَقُلْ مِنْهُمْ إِنِّي إِلَهٌ مِّن دُونِهِ فَذَلِكَ نَجْزِيهِ جَهَنَّمَ كَذَلِكَ نَجْزِي الظَّالِمِينَ {29}
21:29 Ulardan kimki: “Men Alloh ila oraga tushadigan ilohman”, desa, uni jahannamda jazolaymiz. Zolimlarni shunday jazolaymiz.
أَوَلَمْ يَرَ الَّذِينَ كَفَرُوا أَنَّ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ كَانَتَا رَتْقًا فَفَتَقْنَاهُمَا وَجَعَلْنَا مِنَ الْمَاء كُلَّ شَيْءٍ حَيٍّ أَفَلَا يُؤْمِنُونَ{30}
21:30 (Yaratuvchi borligiga) ishonmaganlar koʻrmadilarmiki, osmon bilan yer bir-biriga toʻqnashgan (yaxlit) edi, ularni Biz ayirdik. Keyin, har bir jonli narsani suvdan yaratdik[1245]. Nahotki ular (yaratuvchiga) ishonmasalar?!
وَجَعَلْنَا فِي الْأَرْضِ رَوَاسِيَ أَن تَمِيدَ بِهِمْ وَجَعَلْنَا فِيهَا فِجَاجًا سُبُلًا لَعَلَّهُمْ يَهْتَدُونَ {31}
21:31 Va (ustidagi jonzotlarni) silkitib yuttirib yubormasligi uchun, yerni ichiga muvozanatni ushlab turadigan bosimlar (tortish kuchi) qoʻydi, hamda toʻgʻri yoʻl topib bora olishlari uchun yerda keng yoʻllar paydo qilib qoʻydik.
وَجَعَلْنَا السَّمَاء سَقْفًا مَّحْفُوظًا وَهُمْ عَنْ آيَاتِهَا مُعْرِضُونَ {32}
21:32 Va osmonni muhofazalangan tom qildik[1246]. Ular esa, (yaratuvchiga dalolat qiladigan) osmondagi alomat/dalillardan yuz oʻgirmoqda.
وَهُوَ الَّذِي خَلَقَ اللَّيْلَ وَالنَّهَارَ وَالشَّمْسَ وَالْقَمَرَ كُلٌّ فِي فَلَكٍ يَسْبَحُونَ {33}
21:33 Tun va kunni ham, quyosh va oyni ham U yaratdi. Har biri (oʻz orbitasida) suzib bormoqda[1247].
وَمَا جَعَلْنَا لِبَشَرٍ مِّن قَبْلِكَ الْخُلْدَ أَفَإِن مِّتَّ فَهُمُ الْخَالِدُونَ {34}
21:34 (Ey Muhammad!) Sendan ilgari hech bir insonni oʻlimsiz-mangu yashaydigan qilmadik. Agar sen oʻlsang, ular oʻlimsiz boʻlib qolar ekanmi?[1248]
كُلُّ نَفْسٍ ذَائِقَةُ الْمَوْتِ وَنَبْلُوكُم بِالشَّرِّ وَالْخَيْرِ فِتْنَةً وَإِلَيْنَا تُرْجَعُونَ {35}
21:35 Har bir tirik jon oʻlimni totadi. Biz sizlarni yaxshilik bilan ham, yomonlik bilan ham imtihon qilamiz. (Oxiratda) Bizga qaytarilasizlar.
وَإِذَا رَآكَ الَّذِينَ كَفَرُوا إِن يَتَّخِذُونَكَ إِلَّا هُزُوًا أَهَذَا الَّذِي يَذْكُرُ آلِهَتَكُمْ وَهُم بِذِكْرِ الرَّحْمَنِ هُمْ كَافِرُونَ {36}
21:36 Kofirlik qilganlar seni koʻrishganida, seni faqat masxara qilib: “Ilohlaringiz haqida gapirayotgan shumi?!” deydi. Ular Rahmonning zikrini – Qurʼonni[1249] tan olmayotgan kimsalardir.
خُلِقَ الْإِنسَانُ مِنْ عَجَلٍ سَأُرِيكُمْ آيَاتِي فَلَا تَسْتَعْجِلُونِ {37}
21:37 Inson shoshqaloq tabiatda yaratilgan. Sizlarga Oʻzim yaqinda oyat-belgilarimni[1250] koʻrsataman, Mendan tezlashtirishni talab qilmang.
وَيَقُولُونَ مَتَى هَذَا الْوَعْدُ إِن كُنتُمْ صَادِقِينَ {38}
21:38 Ular: “Agar rostgoʻy boʻlsanglar (aytinglar-chi), bu vaʼda qachon amalga oshadi?”, deydi.
لَوْ يَعْلَمُ الَّذِينَ كَفَرُوا حِينَ لَا يَكُفُّونَ عَن وُجُوهِهِمُ النَّارَ وَلَا عَن ظُهُورِهِمْ وَلَا هُمْ يُنصَرُونَ {39}
21:39 Agar kofirlik qilganlar na oldilaridan va na orqalaridan olovni toʻsa olmaydigan, hamda ularga yordam berilmaydigan vaqtni (ahvolini) bilsalar edi…
بَلْ تَأْتِيهِم بَغْتَةً فَتَبْهَتُهُمْ فَلَا يَسْتَطِيعُونَ رَدَّهَا وَلَا هُمْ يُنظَرُونَ {40}
21:40 Aslida, (u) ularga kutilmaganda[1251] (toʻsatdan) keladi. Shunda ularni hayratlantirib qoʻyadi. Keyin, ular uni qaytara olmaydi, ularga muhlat berilmaydi[1252].
وَلَقَدِ اسْتُهْزِئَ بِرُسُلٍ مِّن قَبْلِكَ فَحَاقَ بِالَّذِينَ سَخِرُوا مِنْهُم مَّا كَانُوا بِهِ يَسْتَهْزِؤُون {41}
21:41 Shubhasizki, sendan oldin ham elchilar masxara qilingan. Ularni masxara qilganlarni qilgan masxarasi oʻzlarini qurshab olgan[1253].
قُلْ مَن يَكْلَؤُكُم بِاللَّيْلِ وَالنَّهَارِ مِنَ الرَّحْمَنِ بَلْ هُمْ عَن ذِكْرِ رَبِّهِم مُّعْرِضُونَ {42}
21:42 Ayt: “Sizlarni kechasi va kunduzi Rahmondan kim qutqara oladi?!” Aslida, ular Rabbining zikri – Qurʼondan yuz oʻgiryapti.
أَمْ لَهُمْ آلِهَةٌ تَمْنَعُهُم مِّن دُونِنَا لَا يَسْتَطِيعُونَ نَصْرَ أَنفُسِهِمْ وَلَا هُم مِّنَّا يُصْحَبُونَ {43}
21:43 Yoki ularni Bizdan himoya qiladigan “xudolari” bor ekanmi?! (Oʻsha soxta xudolar)[1254] oʻzlariga yordam bera olishga ham kuchi yetmaydi, Biz tarafdan doʻstlikka/himoyaga erishmaydi.
بَلْ مَتَّعْنَا هَؤُلَاء وَآبَاءهُمْ حَتَّى طَالَ عَلَيْهِمُ الْعُمُرُ أَفَلَا يَرَوْنَ أَنَّا نَأْتِي الْأَرْضَ نَنقُصُهَا مِنْ أَطْرَافِهَا أَفَهُمُ الْغَالِبُونَ {44}
21:44 Aslida, ularni ham ota-bobolarini ham (chiroyli hayotdan) bahramand qildik, hatto, oʻzlariga umrlari uzun koʻrindi. Nahot koʻrmayotgan boʻlsalar; axir zaminni (ular uchun) toraytirib kelyapmiz[1255]. Ular gʻolib keluvchi ekanmi?!
قُلْ إِنَّمَا أُنذِرُكُم بِالْوَحْيِ وَلَا يَسْمَعُ الصُّمُّ الدُّعَاء إِذَا مَا يُنذَرُونَ {45}
21:45 Ayt: «Men sizlarni faqat vahiy orqali ogohlantiraman. Biroq, «karlar[1256]» ogohlantirilgan vaqt daʼvatga quloq solmaydi.
وَلَئِن مَّسَّتْهُمْ نَفْحَةٌ مِّنْ عَذَابِ رَبِّكَ لَيَقُولُنَّ يَا وَيْلَنَا إِنَّا كُنَّا ظَالِمِينَ {46}
21:46 Ularga yaratgan Egasining azobidan sal yetib qolsa: “Holimizga voy! Haqiqatda, biz haqsizlik qiluvchi-zolim boʻlgan edik”, deb qoladi.
وَنَضَعُ الْمَوَازِينَ الْقِسْطَ لِيَوْمِ الْقِيَامَةِ فَلَا تُظْلَمُ نَفْسٌ شَيْئًا وَإِن كَانَ مِثْقَالَ حَبَّةٍ مِّنْ خَرْدَلٍ أَتَيْنَا بِهَا وَكَفَى بِنَا حَاسِبِينَ {47}
21:47 Qiyomat kuni uchun adolat mezonlarini qoʻyamiz – hech kimga hech narsada nohaqlik qilinmaydi. Agar qilmishi xantal urugʻichalik boʻlsa ham keltiramiz. Hisob-kitob qilishga Oʻzimiz yetamiz.
وَلَقَدْ آتَيْنَا مُوسَى وَهَارُونَ الْفُرْقَانَ وَضِيَاء وَذِكْرًا لِّلْمُتَّقِينَ {48}
21:48 Shubhasizki, Muso bilan Horunga haq bilan nohaqni ajratib beradigan (Tavrot)ni – masʼuliyatli (moʻmin)larga (yoʻlini) yoritib beradigan va eslatma-nasihat qilib berdik[1257].
الَّذِينَ يَخْشَوْنَ رَبَّهُم بِالْغَيْبِ وَهُم مِّنَ السَّاعَةِ مُشْفِقُونَ {49}
21:49 Ular – Robbidan gʻpyibona/koʻrmay turib ham choʻchib turadigan, qiyomat (gʻami)dan qoʻrqib titraydigan kishilardir.
وَهَذَا ذِكْرٌ مُّبَارَكٌ أَنزَلْنَاهُ أَفَأَنتُمْ لَهُ مُنكِرُونَ {50}
21:50 Bu (kitob) Biz nozil qilgan muborak eslatmadir[1258]. Endi, sizlar uni inkor qilasizmi?!
وَلَقَدْ آتَيْنَا إِبْرَاهِيمَ رُشْدَهُ مِن قَبْلُ وَكُنَّا بِه عَالِمِينَ {51}
21:51 Shubhasizki, Ibrohimga aqliy yetuklikni ilgariroq berganmiz. Biz uni bilardik[1259].
إِذْ قَالَ لِأَبِيهِ وَقَوْمِهِ مَا هَذِهِ التَّمَاثِيلُ الَّتِي أَنتُمْ لَهَا عَاكِفُونَ {52}
21:52 U oʻshanda otasiga va qavmiga: «Sizlar hurmat koʻrsatayotgan[1260] bu haykallar nima oʻzi?», dedi.
قَالُوا وَجَدْنَا آبَاءنَا لَهَا عَابِدِينَ {53}
21:53 Ular: “Biz ota-bobolarimizni ularga sigʻingan holda topganmiz”, dedilar.
قَالَ لَقَدْ كُنتُمْ أَنتُمْ وَآبَاؤُكُمْ فِي ضَلَالٍ مُّبِينٍ {54}
21:54 (Shunda Ibrohim) “Sizlar ham, ota-bobolaringiz ham aniq zalolatda ekansiz”, dedi.
قَالُوا أَجِئْتَنَا بِالْحَقِّ أَمْ أَنتَ مِنَ اللَّاعِبِينَ {55}
21:55 Ular: “Sen bizga jiddiy yondashib keldingmi yoki ermak qilyapsanmi?”, dedilar.
قَالَ بَل رَّبُّكُمْ رَبُّ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ الَّذِي فَطَرَهُنَّ وَأَنَا عَلَى ذَلِكُم مِّنَ الشَّاهِدِينَ {56}
21:56 “Yoʻq, unday emas! Rabbingiz osmonlar va yerni Rabbidir – ularni U yaratgan. Men bunga guvohlik beraman”, dedi u.
وَتَاللَّهِ لَأَكِيدَنَّ أَصْنَامَكُم بَعْدَ أَن تُوَلُّوا مُدْبِرِينَ {57}
21:57 Yana (oʻziga-oʻzi): «Allohga qasamki, ayrilib ketganingizdan keyin, sizlarni but-sanamlaringizga[1261] reja qilaman» (dedi).
فَجَعَلَهُمْ جُذَاذًا إِلَّا كَبِيرًا لَّهُمْ لَعَلَّهُمْ إِلَيْهِ يَرْجِعُونَ {58}
21:58 Ular ketganidan keyin, Ibrohim but-sanamlarni parcha-parcha qilib, (qaytib kelib) unga murojaat qilishsin degan maqsadda kattasini parchalamadi.
قَالُوا مَن فَعَلَ هَذَا بِآلِهَتِنَا إِنَّهُ لَمِنَ الظَّالِمِينَ {59}
21:59 (Qaytib kelishib): “Ilohlarimizga kim bunday qildi? (Kim qilgan boʻlsa) U aniq zolimlardan biridir”, dedilar.
قَالُوا سَمِعْنَا فَتًى يَذْكُرُهُمْ يُقَالُ لَهُ إِبْرَاهِيمُ {60}
21:60 “Ular haqida gapirib yurgan bir yigitni eshitdik, uni Ibrohim deyiladi”, dedilar.
قَالُوا فَأْتُوا بِهِ عَلَى أَعْيُنِ النَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَشْهَدُونَ {61}
21:61 “Uni olib kelib, insonlarni koʻz oldiga chiqaringlar! Ular guvohlik berishi mumkin”, dedilar.
قَالُوا أَأَنتَ فَعَلْتَ هَذَا بِآلِهَتِنَا يَا إِبْرَاهِيمُ {62}
21:62 (Ibrohimni olib kelishib): “Ey Ibrohim! Ilohlarimizga buni sen qildingmi?” deb soʻradilar.
قَالَ بَلْ فَعَلَهُ كَبِيرُهُمْ هَذَا فَاسْأَلُوهُمْ إِن كَانُوا يَنطِقُونَ {63}
21:63 “Balki u ishni u (but)larning eng katta boʻlmish manavi but qilgandir. Agar gapira olsalar ularning oʻzidan soʻrab koʻringlar!” dedi.
فَرَجَعُوا إِلَى أَنفُسِهِمْ فَقَالُوا إِنَّكُمْ أَنتُمُ الظَّالِمُونَ {64}
21:64 Shunda ular oʻzlariga murojaat: “Sizlar oʻzingiz nohaq ekansiz”, dedilar.
ثُمَّ نُكِسُوا عَلَى رُؤُوسِهِمْ لَقَدْ عَلِمْتَ مَا هَؤُلَاء يَنطِقُونَ {65}
21:65 Soʻng boshlarini egib: “Ularni gapira olmasligini sen oʻzing bilasan-ku”, dedilar.
قَالَ أَفَتَعْبُدُونَ مِن دُونِ اللَّهِ مَا لَا يَنفَعُكُمْ شَيْئًا وَلَا يَضُرُّكُمْ {66}
21:66 Ibrohim shunday dedi: «Unday boʻlsa, Allohni qoʻyib, oʻzingizga hech narsada foyda ham zarar ham bera olmaydigan narsalarga ibodat qilasizlarmi?!
أُفٍّ لَّكُمْ وَلِمَا تَعْبُدُونَ مِن دُونِ اللَّهِ أَفَلَا تَعْقِلُونَ {67}
21:67 Sizlardan ham, Allohni qoʻyib ibodat qilayotgan narsalaringizdan ham bezorman! Nahot aql yuritmasanglar!»
قَالُوا حَرِّقُوهُ وَانصُرُوا آلِهَتَكُمْ إِن كُنتُمْ فَاعِلِينَ {68}
21:68 Ular: “Agar bir ish qiladigan boʻlsangiz, Ibrohimni olovda yoqib, oʻz ilohlaringizga yordam beringlar!” dedilar.
قُلْنَا يَا نَارُ كُونِي بَرْدًا وَسَلَامًا عَلَى إِبْرَاهِيمَ {69}
21:69 Biz esa: “Ey olov! Ibrohimga salqin va zararsiz boʻl!”, dedik.
وَأَرَادُوا بِهِ كَيْدًا فَجَعَلْنَاهُمُ الْأَخْسَرِينَ {70}
21:70 Unga yomon reja tuzmoqchi boʻldilar. Natijada, Biz ularni xonavayron qildik[1262].
وَنَجَّيْنَاهُ وَلُوطًا إِلَى الْأَرْضِ الَّتِي بَارَكْنَا فِيهَا لِلْعَالَمِينَ {71}
21:71 Uni va Lutni qutqarib qolib, insonlar uchun barakatli qilganimiz zaminga (Falastinga[1263]) yerlashtirdik.
وَوَهَبْنَا لَهُ إِسْحَقَ وَيَعْقُوبَ نَافِلَةً وَكُلًّا جَعَلْنَا صَالِحِينَ {72}
21:72 Ibrohimga (farzandi) Isʼhoqni va qoʻshimcha tuhfa sifatida (nabirasi) Yaʼqubni berdik.
وَجَعَلْنَاهُمْ أَئِمَّةً يَهْدُونَ بِأَمْرِنَا وَأَوْحَيْنَا إِلَيْهِمْ فِعْلَ الْخَيْرَاتِ وَإِقَامَ الصَّلَاةِ وَإِيتَاء الزَّكَاةِ وَكَانُوا لَنَا عَابِدِينَ {73}
21:73 Ularni buyrugʻimizga asosan toʻgʻri yoʻl koʻrsatadigan yetakchilar qilganmiz. Ularga yaxshi ishlar qilishni[1264], namozni/diniy vazifalarni bajarishni, pok va toʻgʻri boʻlishni vahiy qilganmiz. Ular Bizning buyruqlarimizni bajaruvchi[1265] edi.
وَلُوطًا آتَيْنَاهُ حُكْمًا وَعِلْمًا وَنَجَّيْنَاهُ مِنَ الْقَرْيَةِ الَّتِي كَانَت تَّعْمَلُ الْخَبَائِثَ إِنَّهُمْ كَانُوا قَوْمَ سَوْءٍ فَاسِقِينَ {74}
21:74 Lutga toʻgʻri hukm berish qobiliyati hamda ilm berdik va (aholisi) jirkanch ishlar qiladigan (Sadum) yurtdan qutqarib qoldik. Albatta, ular yomon qavm; itoatsiz-fosiqlar edi.
وَأَدْخَلْنَاهُ فِي رَحْمَتِنَا إِنَّهُ مِنَ الصَّالِحِينَ {75}
21:75 Uni marhamatimizga musharraf qildik. Chunki, u yaxshilardan edi[1266].
وَنُوحًا إِذْ نَادَى مِن قَبْلُ فَاسْتَجَبْنَا لَهُ فَنَجَّيْنَاهُ وَأَهْلَهُ مِنَ الْكَرْبِ الْعَظِيمِ {76}
21:76 Nuhni ham (esla). U ilgari Bizga nido qilganida, nidosini qabul qilib, oʻzini ham oilasini ham katta gʻamdan qutqarib qolganmiz.
وَنَصَرْنَاهُ مِنَ الْقَوْمِ الَّذِينَ كَذَّبُوا بِآيَاتِنَا إِنَّهُمْ كَانُوا قَوْمَ سَوْءٍ فَأَغْرَقْنَاهُمْ أَجْمَعِينَ {77}
21:77 Oyatlarimizni yolgʻonga chiqaradigan qavmdan Uni qutqarib yordam berdik. Ular yomon qavm edi. Shuning uchun, ularni suvga choʻktirib yuborganmiz.
وَدَاوُودَ وَسُلَيْمَانَ إِذْ يَحْكُمَانِ فِي الْحَرْثِ إِذْ نَفَشَتْ فِيهِ غَنَمُ الْقَوْمِ وَكُنَّا لِحُكْمِهِمْ شَاهِدِينَ {78}
21:78 Dovud va Sulaymonni ham (esla). Bir kuni ikkalasi ekin haqida hukm qilayotgan edi. Oʻshanda u ekinga kechasi bir qavmning qoʻylari kirib payhon qildi. Biz ularning hukmiga guvoh boʻlganmiz.
فَفَهَّمْنَاهَا سُلَيْمَانَ وَكُلًّا آتَيْنَا حُكْمًا وَعِلْمًا وَسَخَّرْنَا مَعَ دَاوُودَ الْجِبَالَ يُسَبِّحْنَ وَالطَّيْرَ وَكُنَّا فَاعِلِينَ {79}
21:79 Ikkalasiga ham toʻgʻri hukm berish qobiliyati va ilm bersak-da, uni Sulaymonga tushuntirib qoʻydik. Dovudga togʻlar va qushlarni boʻysundirib berdik. Ular u bilan birgalikda tasbeh (ibodat) etardi. (Bularni) Biz qilganmiz.
وَعَلَّمْنَاهُ صَنْعَةَ لَبُوسٍ لَّكُمْ لِتُحْصِنَكُم مِّن بَأْسِكُمْ فَهَلْ أَنتُمْ شَاكِرُونَ {80}
21:80 Sizlarni (jangdagi) zarbadan saqlasin deb, Dovudga sizlar uchun zirhli liboslar yasashni oʻrgatdik. Balki qadriga yetarsizlar?!
وَلِسُلَيْمَانَ الرِّيحَ عَاصِفَةً تَجْرِي بِأَمْرِهِ إِلَى الْأَرْضِ الَّتِي بَارَكْنَا فِيهَا وَكُنَّا بِكُلِّ شَيْءٍ عَالِمِينَ {81}
21:81 Sulaymonga kuchli esadigan shamolni boʻysundirib[1267] berdik – buyrugʻi boʻyicha Biz muborak qilgan yurt[1268] sari (kemalar bilan) esardi. Biz hamma narsani bilamiz.
وَمِنَ الشَّيَاطِينِ مَن يَغُوصُونَ لَهُ وَيَعْمَلُونَ عَمَلًا دُونَ ذَلِكَ وَكُنَّا لَهُمْ حَافِظِينَ {82}
21:82 Yana, Sulaymonga gʻavvoslik qiladigan va undan boshqa ish ham qiladigan “shaytonlar”ni unga boʻysundirib berganmiz. Biz ularni nazorat qilib turardik[1269].
وَأَيُّوبَ إِذْ نَادَى رَبَّهُ أَنِّي مَسَّنِيَ الضُّرُّ وَأَنتَ أَرْحَمُ الرَّاحِمِينَ {83}
21:83 Ayyubni ham (esla). Bir kuni u Rabbiga nido qilib: “(Ey Rabbim!) Meni ogʻir dard tutdi. Sen rahmlilarning eng rahmligisan”, dedi.
فَاسْتَجَبْنَا لَهُ فَكَشَفْنَا مَا بِهِ مِن ضُرٍّ وَآتَيْنَاهُ أَهْلَهُ وَمِثْلَهُم مَّعَهُمْ رَحْمَةً مِّنْ عِندِنَا وَذِكْرَى لِلْعَابِدِينَ{84}
21:84 Shunda, Biz tarafimizdan bir yaxshilik va ibodatgoʻylarga eslatma/nasihat boʻlsin deb, uni (duosini) qabul qilib, undagi ogʻir dardni bartaraf qildik va unga oilasini, yana shuncha (qavm-u qarindoshlar) berdik[1270].
وَإِسْمَاعِيلَ وَإِدْرِيسَ وَذَا الْكِفْلِ كُلٌّ مِّنَ الصَّابِرِينَ {85}
21:85 Ismoil, Idris va Zulkiflni ham (esla). Ularning barchasi sabr-bardoshli kishilar edi.
وَأَدْخَلْنَاهُمْ فِي رَحْمَتِنَا إِنَّهُم مِّنَ الصَّالِحِينَ {86}
21:86 Ularni marhamatimizga musharraf qilganmiz. Chunki, ular yaxshilardan edi.
وَذَا النُّونِ إِذ ذَّهَبَ مُغَاضِبًا فَظَنَّ أَن لَّن نَّقْدِرَ عَلَيْهِ فَنَادَى فِي الظُّلُمَاتِ أَن لَّا إِلَهَ إِلَّا أَنتَ سُبْحَانَكَ إِنِّي كُنتُ مِنَ الظَّالِمِينَ {87}
21:87 Zunnunni[1271] ham (esla). Bir kuni u gʻazablangan holda ketib qoldi. Oʻshanda Yunus Bizni uni qiyinchilikka uchratmaydi deb oʻylagan edi. Keyin esa, qorongʻiliklar[1272] ichida shunday nido qildi: «Sendan boshqa qullik qilinishga haqli zot yoʻq, Sen poksan! Myen zolimlardan boʻlib qoldim.»
فَاسْتَجَبْنَا لَهُ وَنَجَّيْنَاهُ مِنَ الْغَمِّ وَكَذَلِكَ نُنجِي الْمُؤْمِنِينَ {88}
21:88 Shunda uni (duosini) qabul qilib, uni gʻam-tashvishdan qutqarib qoldik. Moʻminlarni mana shu shaklda qutqarib qolamiz.
وَزَكَرِيَّا إِذْ نَادَى رَبَّهُ رَبِّ لَا تَذَرْنِي فَرْدًا وَأَنتَ خَيْرُ الْوَارِثِينَ {89}
21:89 Zakariyoni ham (esla). Bir kuni u nido qilib: “Ey yaratgan Egam! Meni yolgʻiz qoldirma! Sen eng yaxshi voris beruvchisan”, dedi.[1273]
فَاسْتَجَبْنَا لَهُ وَوَهَبْنَا لَهُ يَحْيَى وَأَصْلَحْنَا لَهُ زَوْجَهُ إِنَّهُمْ كَانُوا يُسَارِعُونَ فِي الْخَيْرَاتِ وَيَدْعُونَنَا رَغَبًا وَرَهَبًا وَكَانُوا لَنَا خَاشِعِينَ {90}
21:90 Shunda uni (duosini) qabul qildik – ayolini u uchun tugʻib beradigan holatga keltirib, unga Yahyoni tuhfa qildik. Ular yaxshi ishlarda ildamlik koʻrsatar, Bizga umid qilgan va tortinib-andisha qilgan holda duo qilishar edi. Ular Bizga ich-ichidan taʼzim qilar edi.
وَالَّتِي أَحْصَنَتْ فَرْجَهَا فَنَفَخْنَا فِيهَا مِن رُّوحِنَا وَجَعَلْنَاهَا وَابْنَهَا آيَةً لِّلْعَالَمِينَ {91}
21:91 Nomusini saqlagan ayolni (Maryamni ham esla.) Biz unga ruhimizdan “ufladik”[1274]. Uning oʻzini ham oʻgʻli – Isoni ham olamlarga (Ilohiy qudratdan) belgi/alomat qildik[1275].
إِنَّ هَذِهِ أُمَّتُكُمْ أُمَّةً وَاحِدَةً وَأَنَا رَبُّكُمْ فَاعْبُدُونِ {92}
21:92 Mana bu sizlarning ummatingizdir; bitta ummatdir[1276]. Sizlarni yaratgan Egangiz Menman – Menga qullik qilinglar!
وَتَقَطَّعُوا أَمْرَهُم بَيْنَهُمْ كُلٌّ إِلَيْنَا رَاجِعُونَ {93}
21:93 Ular (diniy) ishlarini oralarida jamoa-mazhablarga boʻlib yubordi[1277]. Hammasi huzurimizga chiqadi!
فَمَن يَعْمَلْ مِنَ الصَّالِحَاتِ وَهُوَ مُؤْمِنٌ فَلَا كُفْرَانَ لِسَعْيِهِ وَإِنَّا لَهُ كَاتِبُونَ {94}
21:94 Shuning uchun, kimki imon keltirgan holda xayrli ishlar qilsa, uning harakati qabul qilinmay qolmaydi. Biz uni aniq yozib qoʻyyapmiz.
وَحَرَامٌ عَلَى قَرْيَةٍ أَهْلَكْنَاهَا أَنَّهُمْ لَا يَرْجِعُونَ {95}
21:95 Biz halok qilgan shahar-qishloq (aholisi huzurimizga) qaytmasligi mumkin emas[1278].
حَتَّى إِذَا فُتِحَتْ يَأْجُوجُ وَمَأْجُوجُ وَهُم مِّن كُلِّ حَدَبٍ يَنسِلُونَ {96}
21:96 Toki Yaʼjuj va Maʼjuj[1279] ochilganida, ular har bir tepalikdan shoshilib chiqadilar.
وَاقْتَرَبَ الْوَعْدُ الْحَقُّ فَإِذَا هِيَ شَاخِصَةٌ أَبْصَارُ الَّذِينَ كَفَرُوا يَا وَيْلَنَا قَدْ كُنَّا فِي غَفْلَةٍ مِّنْ هَذَا بَلْ كُنَّا ظَالِمِينَ {97}
21:97 Oʻsha haq vaʼda (qiyomat) yaqinlashib qoldi. Shunda kofirlik qilganlarning koʻzlari chaqchayib: “Holimizga voy! Biz bunga eʼtiborsiz boʻlgan ekanmiz. Yoʻq, biz nohaq boʻlgan ekanmiz”, deb qoladilar.
إِنَّكُمْ وَمَا تَعْبُدُونَ مِن دُونِ اللَّهِ حَصَبُ جَهَنَّمَ أَنتُمْ لَهَا وَارِدُونَ {98}
21:98 (Ularga shunday deyiladi): «Sizlar ham Allohni qoʻyib ibodat qilganlaringiz ham jahannamga «oʻtindir». Unga sizlar kirasiz.»
لَوْ كَانَ هَؤُلَاء آلِهَةً مَّا وَرَدُوهَا وَكُلٌّ فِيهَا خَالِدُونَ {99}
21:99 Agar anavilar iloh boʻlishganida oʻzlari jahannamga kirmasdi. Hammasi unda oʻlimsiz-mangu qoladi.
لَهُمْ فِيهَا زَفِيرٌ وَهُمْ فِيهَا لَا يَسْمَعُونَ {100}
21:100 Ularga jahannamda alamli nola-i faryod bor. Ular u yerda eshita olmay qoladilar[1280].
إِنَّ الَّذِينَ سَبَقَتْ لَهُم مِّنَّا الْحُسْنَى أُوْلَئِكَ عَنْهَا مُبْعَدُونَ {101}
21:101 Biz tarafimizdan ularga eng goʻzal mukofot soʻzi berilgan[1281] kishilar jahannamdan uzoq tutiladi.
لَا يَسْمَعُونَ حَسِيسَهَا وَهُمْ فِي مَا اشْتَهَتْ أَنفُسُهُمْ خَالِدُونَ {102}
21:102 Ular jahannamning sharpasini (ham) eshitmaydi. Ular koʻngillari tusagan noz-neʼmatlar ichra oʻlimsiz-mangu qoladi.
لَا يَحْزُنُهُمُ الْفَزَعُ الْأَكْبَرُ وَتَتَلَقَّاهُمُ الْمَلَائِكَةُ هَذَا يَوْمُكُمُ الَّذِي كُنتُمْ تُوعَدُونَ {103}
21:103 Ularni eng katta dahshat ham gʻamga solmaydi. “Bu sizning kuningiz – sizlarga vaʼda qilingan kun”, deb, farishtalar ularni qarshi oladi.
يَوْمَ نَطْوِي السَّمَاء كَطَيِّ السِّجِلِّ لِلْكُتُبِ كَمَا بَدَأْنَا أَوَّلَ خَلْقٍ نُّعِيدُهُ وَعْدًا عَلَيْنَا إِنَّا كُنَّا فَاعِلِينَ {104}
21:104 U kuni osmonni xuddi maktub yozilgan daftarni oʻragandek oʻrab qoʻyamiz. Ilk yaratishni boshlaganimiz kabi, zimmamizdagi vaʼda oʻlaroq, yaratishni takror amalga oshiramiz[1282]. Biz (uni) albatta amalga oshiramiz.
وَلَقَدْ كَتَبْنَا فِي الزَّبُورِ مِن بَعْدِ الذِّكْرِ أَنَّ الْأَرْضَ يَرِثُهَا عِبَادِيَ الصَّالِحُونَ {105}
21:105 Shubhasizki, Zikrdan/Lavhul-Mahfuzdan keyin Zaburga/barcha Ilohiy kitoblarga[1283] yozib qoʻyganmiz: «Jannatga[1284] solih qullarim voris boʻladi.»
إِنَّ فِي هَذَا لَبَلَاغًا لِّقَوْمٍ عَابِدِينَ {106}
21:106 Albatta, (Allohning amriga) boʻysunmoqchi boʻlganlarga[1285] bunda yetarli koʻrsatma/eslatma bor[1286].
وَمَا أَرْسَلْنَاكَ إِلَّا رَحْمَةً لِّلْعَالَمِينَ {107}
21:107 Biz olamlarga faqat rahmat/yaxshilik boʻlsin deb seni elchi qilib yubordik[1287].
قُلْ إِنَّمَا يُوحَى إِلَيَّ أَنَّمَا إِلَهُكُمْ إِلَهٌ وَاحِدٌ فَهَلْ أَنتُم مُّسْلِمُونَ {108}
21:108 Ayt: “Albatta, menga «Ilohingiz faqatgina yagona Iloh” ekani vahiy qilindi. Sizlar (Allohga) taslim boʻluvchi:musulmonmisiz?!»
فَإِن تَوَلَّوْا فَقُلْ آذَنتُكُمْ عَلَى سَوَاء وَإِنْ أَدْرِي أَقَرِيبٌ أَم بَعِيدٌ مَّا تُوعَدُونَ {109}
21:109 Agar yuz oʻgirsalar, ayt: «Men sizlarga birday yetkazib qoʻydim. Sizlarga tahdid qilingan narsa yaqinmi-uzoqmi bilmayman.
إِنَّهُ يَعْلَمُ الْجَهْرَ مِنَ الْقَوْلِ وَيَعْلَمُ مَا تَكْتُمُونَ {110}
21:110 U oshkor soʻzni ham biladi, yashirayotgan siringizni ham biladi.
وَإِنْ أَدْرِي لَعَلَّهُ فِتْنَةٌ لَّكُمْ وَمَتَاعٌ إِلَى حِينٍ {111}
21:111 Bilmayman, balki u (tahdidni kechikishi) sizlar uchun imtihon va bir muddatgacha fursatdir.»
قَالَ رَبِّ احْكُم بِالْحَقِّ وَرَبُّنَا الرَّحْمَنُ الْمُسْتَعَانُ عَلَى مَا تَصِفُونَ {112}
21:112 (Muhammad) shunday dedi: “Ey Robbim! Toʻgʻri qarorni Oʻzing ber! (Ey mushriklar!) Robbimiz – yaxshiligi cheksizdir, (notoʻgʻri) vasflaringizga qarshi yordam talab qiladigan zotdir.”
- HAJ surasi[1288]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
يَا أَيُّهَا النَّاسُ اتَّقُوا رَبَّكُمْ إِنَّ زَلْزَلَةَ السَّاعَةِ شَيْءٌ عَظِيمٌ {1}
22:1 Ey insonlar! Yaratgan Egangizga nisbatan javobgarligingizni his qiling! (Dunyoning tugash) vaqtidagi silkinishi ulkan narsadir.
يَوْمَ تَرَوْنَهَا تَذْهَلُ كُلُّ مُرْضِعَةٍ عَمَّا أَرْضَعَتْ وَتَضَعُ كُلُّ ذَاتِ حَمْلٍ حَمْلَهَا وَتَرَى النَّاسَ سُكَارَى وَمَا هُم بِسُكَارَى وَلَكِنَّ عَذَابَ اللَّهِ شَدِيدٌ {2}
22:2 Kun kelib uni koʻrasizlar, emizikli ona emizgan bolasini unutadi va har bir homilador homilasini tashlab yuboradi. Insonlarni sarxush holda koʻrasan. Aslida, ular sarxush emas, lekin Allohning azobi qattiqdir[1289].
وَمِنَ النَّاسِ مَن يُجَادِلُ فِي اللَّهِ بِغَيْرِ عِلْمٍ وَيَتَّبِعُ كُلَّ شَيْطَانٍ مَّرِيدٍ {3}
22:3 Insonlarning orasida Alloh haqida ilmsiz tortishadigani va bexayr shaytonga ergashib ketadigani bor[1290].
كُتِبَ عَلَيْهِ أَنَّهُ مَن تَوَلَّاهُ فَأَنَّهُ يُضِلُّهُ وَيَهْدِيهِ إِلَى عَذَابِ السَّعِيرِ {4}
22:4 Shayton haqida shunday bitib qoʻyildi: “Kim unga yaqin boʻlsa, u uni adashtiradi va uni jahannam azobiga chorlaydi.”
يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِن كُنتُمْ فِي رَيْبٍ مِّنَ الْبَعْثِ فَإِنَّا خَلَقْنَاكُم مِّن تُرَابٍ ثُمَّ مِن نُّطْفَةٍ ثُمَّ مِنْ عَلَقَةٍ ثُمَّ مِن مُّضْغَةٍ مُّخَلَّقَةٍ وَغَيْرِ مُخَلَّقَةٍ لِّنُبَيِّنَ لَكُمْ وَنُقِرُّ فِي الْأَرْحَامِ مَا نَشَاء إِلَى أَجَلٍ مُّسَمًّى ثُمَّ نُخْرِجُكُمْ طِفْلًا ثُمَّ لِتَبْلُغُوا أَشُدَّكُمْ وَمِنكُم مَّن يُتَوَفَّى وَمِنكُم مَّن يُرَدُّ إِلَى أَرْذَلِ الْعُمُرِ لِكَيْلَا يَعْلَمَ مِن بَعْدِ عِلْمٍ شَيْئًا وَتَرَى الْأَرْضَ هَامِدَةً فَإِذَا أَنزَلْنَا عَلَيْهَا الْمَاء اهْتَزَّتْ وَرَبَتْ وَأَنبَتَتْ مِن كُلِّ زَوْجٍ بَهِيجٍ {5}
22:5 Ey insonlar! Qayta tirilishdan shubha qilsangiz, bilib qoʻying; Biz sizlarni (ilk boshda) tuproqdan, keyin urugʻlantirilgan tuxumdan, keyin yopishqoq qondan[1291], keyin shakli belgilangan va (tafsiloti) belgilanmagan bir parcha goʻshtdan yaratdik. (Yaratilish jarayonini)[1292] sizlarga tushuntirib bergaymiz. Biz yashashini munosib bilganimizni belgilangan muddatgacha bachadonlarda ushlab turib, keyin uni chaqaloq qilib chiqaramiz. Keyin sizlar voyaga yetgaysiz. Orangizdan kimlardir vafot etadi, kimlardir bilganidan keyin hech narsani bilmay qolishi uchun, umrning eng nochor holatigacha (yashatib) qaytariladi. Yerni oʻlik (qurgʻoq) ekanini koʻrasan. Keyin unga suv tushirganimizda jonlanadi, ishib-koʻpadi[1293] va har bir juft-juft goʻzal oʻsimliklardan[1294] (narsalar) undiradi[1295].
ذَلِكَ بِأَنَّ اللَّهَ هُوَ الْحَقُّ وَأَنَّهُ يُحْيِي الْمَوْتَى وَأَنَّهُ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ {6}
22:6 Chunki, Alloh haqdir, oʻliklarni U tiriltiradi, U hamma narsaga oʻlchov qoʻyadi.
وَأَنَّ السَّاعَةَ آتِيَةٌ لَّا رَيْبَ فِيهَا وَأَنَّ اللَّهَ يَبْعَثُ مَن فِي الْقُبُورِ {7}
22:7 Oʻsha soat aniq keladi – unda shubha yoʻq. Alloh qabrdagilarni aniq turgizadi.
وَمِنَ النَّاسِ مَن يُجَادِلُ فِي اللَّهِ بِغَيْرِ عِلْمٍ وَلَا هُدًى وَلَا كِتَابٍ مُّنِيرٍ {8}
22:8 Insonlar orasida na bir ilmga, na bir qoʻllanma-hujjatga va na bir nurli kitobga asoslanmagan holda Alloh haqida tortishadigani bor.
ثَانِيَ عِطْفِهِ لِيُضِلَّ عَن سَبِيلِ اللَّهِ لَهُ فِي الدُّنْيَا خِزْيٌ وَنُذِيقُهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ عَذَابَ الْحَرِيقِ {9}
22:9 U boʻyin tovlab[1296], (insonlarni) Allohning yoʻlidan adashtirish uchun (tortishadi). Unga dunyoda xor-zorlik boʻladi, qiyomat kuni esa unga yongʻin azobini tottiramiz.
ذَلِكَ بِمَا قَدَّمَتْ يَدَاكَ وَأَنَّ اللَّهَ لَيْسَ بِظَلَّامٍ لِّلْعَبِيدِ {10}
22:10 (Ularga) «Bu oʻz qoʻllaring taqdim qilgan[1297] (gunohlaring) sabablidir. Alloh bandalariga haqsizlik qiluvchi emas», (deyiladi).
وَمِنَ النَّاس مَن يَعْبُدُ اللَّهَ عَلَى حَرْفٍ فَإِنْ أَصَابَهُ خَيْرٌ اطْمَأَنَّ بِهِ وَإِنْ أَصَابَتْهُ فِتْنَةٌ انقَلَبَ عَلَى وَجْهِهِ خَسِرَ الدُّنْيَا وَالْآخِرَةَ ذَلِكَ هُوَ الْخُسْرَانُ الْمُبِينُ {11}
22:11 Insonlar orasida Allohning buyruqlarini qatʼiyatsiz bajaradiganlari bor. Unga biror yaxshilik kelsa, u bilan xotirjam boʻlib qoladi. Agar unga biror muammo kelsa, yoʻnalishini oʻzgartiradi. U dunyo va oxiratda ham xonavayron boʻladi. Bu ochiqcha xonavayron boʻlishdir!
يَدْعُو مِن دُونِ اللَّهِ مَا لَا يَضُرُّهُ وَمَا لَا يَنفَعُهُ ذَلِكَ هُوَ الضَّلَالُ الْبَعِيدُ {12}
22:12 U Allohni qoʻyib, oʻziga zarar ham foyda ham berolmaydigan narsaga duo-iltijo qiladi. Bu qattiq adashishdir.
يَدْعُو لَمَن ضَرُّهُ أَقْرَبُ مِن نَّفْعِهِ لَبِئْسَ الْمَوْلَى وَلَبِئْسَ الْعَشِيرُ {13}
22:13 U foydasidan koʻra zarari yaqin boʻlgan shaxsga duo-iltijo qiladi. U qanday ham yomon doʻstdir, u qanday ham yomon yoʻldoshdir![1298]
إِنَّ اللَّهَ يُدْخِلُ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِن تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ إِنَّ اللَّهَ يَفْعَلُ مَا يُرِيدُ {14}
22:14 Alloh imon keltirgan va xayrli ishlarni amalga oshirganlarni (qiyomatda) ostidan anhorlar oqib turadigan bogʻ-u boʻstonlarga joylaydi. Albatta, Alloh Oʻzi xohlagan ishni qiladi.
مَن كَانَ يَظُنُّ أَن لَّن يَنصُرَهُ اللَّهُ فِي الدُّنْيَا وَالْآخِرَةِ فَلْيَمْدُدْ بِسَبَبٍ إِلَى السَّمَاء ثُمَّ لِيَقْطَعْ فَلْيَنظُرْ هَلْ يُذْهِبَنَّ كَيْدُهُ مَا يَغِيظُ {15}
22:15 Kimki Allohni unga dunyoda ham oxiratda ham aslo yordam bermaydi deb oʻylasa, bir sabab ila samoga intilib-yoʻnalsin (duo qilsin)[1299], soʻng (Allohdan boshqasidan aloqasini) uzsin. Shunda qarasin-chi, uning bu usuli uni qiynagan narsasini ketkazadimi (yoki yoʻqmi)?![1300]
وَكَذَلِكَ أَنزَلْنَاهُ آيَاتٍ بَيِّنَاتٍ وَأَنَّ اللَّهَ يَهْدِي مَن يُرِيدُ {16}
22:16 Qurʼonni mana shunday – aniq-ravshan oyatlar shaklida yubordik[1301]. Alloh (hidoyatni) xohlagan kishini hidoyat qiladi[1302].
إِنَّ الَّذِينَ آمَنُوا وَالَّذِينَ هَادُوا وَالصَّابِئِينَ وَالنَّصَارَى وَالْمَجُوسَ وَالَّذِينَ أَشْرَكُوا إِنَّ اللَّهَ يَفْصِلُ بَيْنَهُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ إِنَّ اللَّهَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ شَهِيدٌ {17}
22:17 Imon keltirganlar, yahudiy boʻlganlar[1303], sobiiylar[1304], nasroniylar, majusiylar[1305] va (Allohga) shirk keltirganlar… Alloh qiyomat kuni ularning orasini ayirib qoʻyadi[1306]. Alloh har narsaga guvohdir.
أَلَمْ تَرَ أَنَّ اللَّهَ يَسْجُدُ لَهُ مَن فِي السَّمَاوَاتِ وَمَن فِي الْأَرْضِ وَالشَّمْسُ وَالْقَمَرُ وَالنُّجُومُ وَالْجِبَالُ وَالشَّجَرُ وَالدَّوَابُّ وَكَثِيرٌ مِّنَ النَّاسِ وَكَثِيرٌ حَقَّ عَلَيْهِ الْعَذَابُ وَمَن يُهِنِ اللَّهُ فَمَا لَهُ مِن مُّكْرِمٍ إِنَّ اللَّهَ يَفْعَلُ مَا يَشَاء {18}
22:18 Osmondagilar va yerdagilarni, quyosh, oy va yulduzlarni, togʻ-toshlar, daraxtlar, jonivorlarni hamda koʻpchilik insonlarni Allohga boʻysunishini bilmasmiding?![1307] Koʻpchilik (insonlar) esa azobga loyiq boʻladi. Alloh kimni xor qilib qoʻysa, uni aziz-u mukarram qiluvchi yoʻq. Alloh Oʻzi munosib bilgan ishni qiladi.
هَذَانِ خَصْمَانِ اخْتَصَمُوا فِي رَبِّهِمْ فَالَّذِينَ كَفَرُوا قُطِّعَتْ لَهُمْ ثِيَابٌ مِّن نَّارٍ يُصَبُّ مِن فَوْقِ رُؤُوسِهِمُ الْحَمِيمُ {19}
22:19 Bular – Robbi haqida talashgan ikki xusumatchidir[1308]. Kofirlik qilganlarga olovdan kiyimlar bichilib, boshlaridan qaynoq suvlar toʻkiladi.
يُصْهَرُ بِهِ مَا فِي بُطُونِهِمْ وَالْجُلُودُ {20}
22:20 U bilan ularning ichki aʼzolari va terilari eritib yuboriladi[1309].
وَلَهُم مَّقَامِعُ مِنْ حَدِيدٍ {21}
22:21 Ular uchun temir qamchilar bor[1310].
كُلَّمَا أَرَادُوا أَن يَخْرُجُوا مِنْهَا مِنْ غَمٍّ أُعِيدُوا فِيهَا وَذُوقُوا عَذَابَ الْحَرِيقِ {22}
22:22 Dard-alam sababli qachonki jahannamdan chiqmoqchi boʻlsalar, “Yongʻin azobini totinglar!” deb ularni ortga qaytariladi.
إِنَّ اللَّهَ يُدْخِلُ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِن تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ يُحَلَّوْنَ فِيهَا مِنْ أَسَاوِرَ مِن ذَهَبٍ وَلُؤْلُؤًا وَلِبَاسُهُمْ فِيهَا حَرِيرٌ {23}
22:23 Alloh imon keltirgan va xayrli ishlarni amalga oshirgan kishilarni jannatlarga:bogʻ-u boʻstonlarga joylaydi; ostidan anhorlar oqib turadi. Ular u yerlarda oltin bilaguzuklar va marvaridlar bilan bezanadi, undagi kiyimlari ipakdan boʻladi[1311].
وَهُدُوا إِلَى الطَّيِّبِ مِنَ الْقَوْلِ وَهُدُوا إِلَى صِرَاطِ الْحَمِيدِ {24}
22:24 Ular goʻzal soʻzga[1312] (Qurʼonga) yoʻnaltirildi, ular maqtovga loyiq zotning – Allohning yoʻliga yoʻnaltirildi.
إِنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا وَيَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ اللَّهِ وَالْمَسْجِدِ الْحَرَامِ الَّذِي جَعَلْنَاهُ لِلنَّاسِ سَوَاء الْعَاكِفُ فِيهِ وَالْبَادِ وَمَن يُرِدْ فِيهِ بِإِلْحَادٍ بِظُلْمٍ نُذِقْهُ مِنْ عَذَابٍ أَلِيمٍ {25}
22:25 Kofirlik qilganlar, Allohning yoʻlidan qaytaradiganlar, Biz oʻsha yerli odamlar uchun ham, atrofdan kelgan kishilar uchun ham barobar qilib qoʻyganimiz Masjidi-Haromdan qaytaradiganlar… Kimki haqsizlik qilib unda gunoh qilishni xohlasa, unga alamli azob tottiramiz.
وَإِذْ بَوَّأْنَا لِإِبْرَاهِيمَ مَكَانَ الْبَيْتِ أَن لَّا تُشْرِكْ بِي شَيْئًا وَطَهِّرْ بَيْتِيَ لِلطَّائِفِينَ وَالْقَائِمِينَ وَالرُّكَّعِ السُّجُودِ {26}
22:26 Bir kuni Ibrohimni Baytulloh[1313] joylashgan joyga tayinlab (shunday deganmiz): «Menga hech narsani sherik qilma, tavof qiluvchilar, tik turuvchi, rukuʼ va sajda qiluvchi (ibodatgoʻy)lar uchun uyimni pok tut[1314].
وَأَذِّن فِي النَّاسِ بِالْحَجِّ يَأْتُوكَ رِجَالًا وَعَلَى كُلِّ ضَامِرٍ يَأْتِينَ مِن كُلِّ فَجٍّ عَمِيقٍ {27}
22:27 Insonlar orasida hajni eʼlon qil[1315]. Ular sen tomon piyoda, hamda har turli uzoq vodiylardan oshib keladigan ozgʻin ulovlarda kelsinlar.
لِيَشْهَدُوا مَنَافِعَ لَهُمْ وَيَذْكُرُوا اسْمَ اللَّهِ فِي أَيَّامٍ مَّعْلُومَاتٍ عَلَى مَا رَزَقَهُم مِّن بَهِيمَةِ الْأَنْعَامِ فَكُلُوا مِنْهَا وَأَطْعِمُوا الْبَائِسَ الْفَقِيرَ {28}
22:28 Toki, oʻzlari uchun koʻplab (dunyo va oxiratga tegishli) manfaatlarga guvoh boʻlsinlar[1316]. Alloh ularga rizq qilib bergan chorva hayvonlarga (kesayotib) Allohning nomini aytsinlar. Keyin, undan oʻzingiz ham yenglar, qiynalgan bechoraga ham yediringlar.
ثُمَّ لْيَقْضُوا تَفَثَهُمْ وَلْيُوفُوا نُذُورَهُمْ وَلْيَطَّوَّفُوا بِالْبَيْتِ الْعَتِيقِ {29}
22:29 Shu asnoda haj arkonlarini[1317] tamomlasinlar, nazrlarini ado etsinlar va Baytul-Atiqni – Kaʼbani tavof qilsinlar.» [1318]
ذَلِكَ وَمَن يُعَظِّمْ حُرُمَاتِ اللَّهِ فَهُوَ خَيْرٌ لَّهُ عِندَ رَبِّهِ وَأُحِلَّتْ لَكُمُ الْأَنْعَامُ إِلَّا مَا يُتْلَى عَلَيْكُمْ فَاجْتَنِبُوا الرِّجْسَ مِنَ الْأَوْثَانِ وَاجْتَنِبُوا قَوْلَ الزُّورِ {30}
22:30 (Haj) mana shudir. Kimki Alloh hurmatli qilgan narsalarga hurmat koʻrsatsa, Robbi huzurida u oʻzi uchun yaxshi. Sizlarga chorva hayvonlar halol qilindi; (ekani Qurʼonda) oʻqib berilgani bundan mustasno[1319]. Bas! Oʻsha iflos butlardan uzoq turinglar[1320], yolgʻon soʻzdan ham uzoq turinglar.
حُنَفَاء لِلَّهِ غَيْرَ مُشْرِكِينَ بِهِ وَمَن يُشْرِكْ بِاللَّهِ فَكَأَنَّمَا خَرَّ مِنَ السَّمَاء فَتَخْطَفُهُ الطَّيْرُ أَوْ تَهْوِي بِهِ الرِّيحُ فِي مَكَانٍ سَحِيقٍ{31}
22:31 Allohga yoʻnaluvchi boʻlinglar, Unga sherik qoʻshuvchi boʻlmanglar. Kim Allohga sherik qoʻshsa, u osmondan tushib ketib, qushlar uni olib qochayotgan kabi yoki uni boʻron uzoq joyga tashlab yuborayotgan kabi boʻlib qoladi[1321].
ذَلِكَ وَمَن يُعَظِّمْ شَعَائِرَ اللَّهِ فَإِنَّهَا مِن تَقْوَى الْقُلُوبِ{32}
22:32 (Mushrikning ahvoli) mana shu! Kim Allohga qullikning ramzlarini hurmat qilsa, demak, u qalblarning taqvosi/masʼuliyati tufaylidir.
لَكُمْ فِيهَا مَنَافِعُ إِلَى أَجَلٍ مُّسَمًّى ثُمَّ مَحِلُّهَا إِلَى الْبَيْتِ الْعَتِيقِ{33}
22:33 Qurbonlik hayvonlarda belgilangan muddatgacha sizlar uchun manfaatlar[1322] bor. Keyin kesish joyi Baytul-Atiq (Kaʼba hududi)dir.
وَلِكُلِّ أُمَّةٍ جَعَلْنَا مَنسَكًا لِيَذْكُرُوا اسْمَ اللَّهِ عَلَى مَا رَزَقَهُم مِّن بَهِيمَةِ الْأَنْعَامِ فَإِلَهُكُمْ إِلَهٌ وَاحِدٌ فَلَهُ أَسْلِمُوا وَبَشِّرِ الْمُخْبِتِينَ{34}
22:34 Alloh ularga rizq qilib bergan chorva hayvonlarga (kesayotib) Uning nomini aytsinlar deb, qurbonlik ibodatini har bir ummat uchun tayinlaganmiz[1323]. Ilohingiz yagona ilohdir; Unga taslim boʻlinglar. Sen kamtar insonlarga hush xabar ber.
الَّذِينَ إِذَا ذُكِرَ اللَّهُ وَجِلَتْ قُلُوبُهُمْ وَالصَّابِرِينَ عَلَى مَا أَصَابَهُمْ وَالْمُقِيمِي الصَّلَاةِ وَمِمَّا رَزَقْنَاهُمْ يُنفِقُونَ{35}
22:35 Ular – Alloh haqida gapirilganida[1324] yuraklari titragan, oʻzlariga yetgan musibatlarga sabr-bardosh qiluvchi, namozni/diniy vazifalarini bajaruvchi va Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan xayr-ehson qiladigan kishilardir.
وَالْبُدْنَ جَعَلْنَاهَا لَكُم مِّن شَعَائِرِ اللَّهِ لَكُمْ فِيهَا خَيْرٌ فَاذْكُرُوا اسْمَ اللَّهِ عَلَيْهَا صَوَافَّ فَإِذَا وَجَبَتْ جُنُوبُهَا فَكُلُوا مِنْهَا وَأَطْعِمُوا الْقَانِعَ وَالْمُعْتَرَّ كَذَلِكَ سَخَّرْنَاهَا لَكُمْ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ {36}
22:36 Badani yetishgan hayvonlarni[1325] sizlarga Allohga qullik qilishning ramzlaridan biri qilib berdik. Sizlar uchun u hayvonlarda yaxshilik bor. Ularni tizib qoʻyganingizda ular uzra Allohning nomini aytib kesinglar. (Oʻlib) yonlari yerga tushganida, ulardan oʻzingiz ham yenglar, soʻraganga ham, soʻramaganga ham yediringlar. Sizlarga ularni mana shunday boʻysundirib berdik, qadriga yetgaysizlar!
لَن يَنَالَ اللَّهَ لُحُومُهَا وَلَا دِمَاؤُهَا وَلَكِن يَنَالُهُ التَّقْوَى مِنكُمْ كَذَلِكَ سَخَّرَهَا لَكُمْ لِتُكَبِّرُوا اللَّهَ عَلَى مَا هَدَاكُمْ وَبَشِّرِ الْمُحْسِنِينَ{37}
22:37 Allohga qurbonliklarning na goʻshtlari va na qonlari yetib bormaydi. Lekin, sizlardan Unga faqat (amalingizdagi) masʼuliyatli yondashuvingiz ulashadi[1326]. Sizlarni toʻgʻri yoʻlga solgani uchun, (bayram namozida) Allohni ulugʻlab yod etasizlar[1327] deb, qurbonlik hayvonlarini mana shu shaklda xizmatingizga berdi. Muhsinlarga[1328] hush xabar ber!
إِنَّ اللَّهَ يُدَافِعُ عَنِ الَّذِينَ آمَنُوا إِنَّ اللَّهَ لَا يُحِبُّ كُلَّ خَوَّانٍ كَفُورٍ{38}
22:38 Alloh moʻminlarni himoya qiladi[1329]. Alloh hech bir nonkoʻr va xoinni yoqtirmaydi.
أُذِنَ لِلَّذِينَ يُقَاتَلُونَ بِأَنَّهُمْ ظُلِمُوا وَإِنَّ اللَّهَ عَلَى نَصْرِهِمْ لَقَدِيرٌ{39}
22:39 Oʻzlariga qarshi jang ochilganlar uchun (himoyaviy jang qilishga) ruxsat berildi. Chunki, ularga nisbatan zulm qilindi. Albatta, Alloh ularga yordam berishga oʻlchov belgilab qoʻygan.[1330]
الَّذِينَ أُخْرِجُوا مِن دِيَارِهِمْ بِغَيْرِ حَقٍّ إِلَّا أَن يَقُولُوا رَبُّنَا اللَّهُ وَلَوْلَا دَفْعُ اللَّهِ النَّاسَ بَعْضَهُم بِبَعْضٍ لَّهُدِّمَتْ صَوَامِعُ وَبِيَعٌ وَصَلَوَاتٌ وَمَسَاجِدُ يُذْكَرُ فِيهَا اسْمُ اللَّهِ كَثِيرًا وَلَيَنصُرَنَّ اللَّهُ مَن يَنصُرُهُ إِنَّ اللَّهَ لَقَوِيٌّ عَزِيزٌ {40}
22:40 Ular[1331] – “Rabbimiz Allohdir”, degani uchungina ularga yurtlaridan nohaq chiqarib yuborildi. Agar Alloh baʼzi insonlarni boshqalari bilan daf etib turmaganida, (xristianlarga oid) monastir va cherkovlar, (yahudiylarga oid) havralar va ichida koʻproq Allohning nomi yod etiladigan masjidlar vayron qilib yuborilgan boʻlardi. Alloh (dini)ga yordam berganlarga U ham aniq yordam beradi. Alloh kuchlidir, gʻolibdir.
الَّذِينَ إِن مَّكَّنَّاهُمْ فِي الْأَرْضِ أَقَامُوا الصَّلَاةَ وَآتَوُا الزَّكَاةَ وَأَمَرُوا بِالْمَعْرُوفِ وَنَهَوْا عَنِ الْمُنكَرِ وَلِلَّهِ عَاقِبَةُ الْأُمُورِ{41}
22:41 Ular shunday kimsalarki, ularga yer yuzida imkoniyat/hokimiyat bersak, namozni/diniy vazifalarni bajaradi, halol va toʻgʻri boʻladi, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaradi. Zero, ishlarning oqibati Allohga qaytadi.
وَإِن يُكَذِّبُوكَ فَقَدْ كَذَّبَتْ قَبْلَهُمْ قَوْمُ نُوحٍ وَعَادٌ وَثَمُودُ {42}
22:42 (Ey Muhammad!) Agar ular seni yolgʻonchiga chiqarayotgan boʻlsa, (unutmaki) ulardan avval Nuh, Od va Samud qavmi ham (elchilarni) yolgʻonchiga chiqargan.
وَقَوْمُ إِبْرَاهِيمَ وَقَوْمُ لُوطٍ{43}
22:43 Ibrohim qavmi ham, Lut qavmi ham.
وَأَصْحَابُ مَدْيَنَ وَكُذِّبَ مُوسَى فَأَمْلَيْتُ لِلْكَافِرِينَ ثُمَّ أَخَذْتُهُمْ فَكَيْفَ كَانَ نَكِيرِ{44}
22:44 Madyanliklar ham (shunday qilgan). Muso ham yolgʻonchiga chiqarilgan. Oʻsha kofirlarga muhlat berdim, keyin ularni (azob-la) tutdim. Mening qarshiligim[1332] qanday boʻldi ekan (koʻringlar)?!
فَكَأَيِّن مِّن قَرْيَةٍ أَهْلَكْنَاهَا وَهِيَ ظَالِمَةٌ فَهِيَ خَاوِيَةٌ عَلَى عُرُوشِهَا وَبِئْرٍ مُّعَطَّلَةٍ وَقَصْرٍ مَّشِيدٍ {45}
22:45 Aholisi zolim boʻlgan holda Biz halok qilgan qanchadan-qancha yiqilib xarobaga aylangan shahar-qishloqlar, tashlandiq quduqlar va (kimsasiz) muhtasham qasrlar bor[1333].
أَفَلَمْ يَسِيرُوا فِي الْأَرْضِ فَتَكُونَ لَهُمْ قُلُوبٌ يَعْقِلُونَ بِهَا أَوْ آذَانٌ يَسْمَعُونَ بِهَا فَإِنَّهَا لَا تَعْمَى الْأَبْصَارُ وَلَكِن تَعْمَى الْقُلُوبُ الَّتِي فِي الصُّدُورِ{46}
22:46 (Kofirik qilayotganlar ibrat uchun) yer yuzida sayr qilmadimi? Agar sayr qilsalar ular uchun tushunadigan qalblar yoki eshitadigan quloqlar paydo boʻlardi. Zero, koʻzlar koʻr boʻlmaydi, lekin koʻkslardagi qalblar koʻr boʻladi[1334].
وَيَسْتَعْجِلُونَكَ بِالْعَذَابِ وَلَن يُخْلِفَ اللَّهُ وَعْدَهُ وَإِنَّ يَوْمًا عِندَ رَبِّكَ كَأَلْفِ سَنَةٍ مِّمَّا تَعُدُّونَ{47}
22:47 Sendan azobni tezlashtirishni talab qilishmoqda. Alloh aslo soʻzidan qaytmaydi. Rabbingiz huzuridagi bir kun, goʻyo sizlar hisoblayotgan ming yil[1335] kabidir.
وَكَأَيِّن مِّن قَرْيَةٍ أَمْلَيْتُ لَهَا وَهِيَ ظَالِمَةٌ ثُمَّ أَخَذْتُهَا وَإِلَيَّ الْمَصِيرُ{48}
22:48 Aholisi zolim boʻlgan qanchadan-qancha yurtlarga muhlat berganman. Keyin, ularni (azob-la) tutdim. Qaytib kelish Mengadir.
قُلْ يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنَّمَا أَنَا لَكُمْ نَذِيرٌ مُّبِينٌ{49}
22:49 Ayt: «Ey insonlar! Albatta, men sizlarni ochiqchasiga ogohlantiruvchiman.
فَالَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَهُم مَّغْفِرَةٌ وَرِزْقٌ كَرِيمٌ{50}
22:50 Imon keltirgan va xayrli ishlarni amalga oshirganlarga magʻfirat/kechirim va moʻl-koʻl rizq bor.
وَالَّذِينَ سَعَوْا فِي آيَاتِنَا مُعَاجِزِينَ أُوْلَئِكَ أَصْحَابُ الْجَحِيمِ{51}
22:51 Oyatlarimizni amaldan qoldirishga uringanlar esa, ular jahannam ahlidir[1336].
وَمَا أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ مِن رَّسُولٍ وَلَا نَبِيٍّ إِلَّا إِذَا تَمَنَّى أَلْقَى الشَّيْطَانُ فِي أُمْنِيَّتِهِ فَيَنسَخُ اللَّهُ مَا يُلْقِي الشَّيْطَانُ ثُمَّ يُحْكِمُ اللَّهُ آيَاتِهِ وَاللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ{52}
22:52 Sendan oldin har qanday elchi va paygʻambar yuborgan boʻlsak, u bir umidga[1337] tushganida, shayton uning orzu-umidiga bir narsa tashlagan[1338]. Keyin, Alloh shayton tashlagan narsani ketkazib, Oʻz oyatlarini yaxshilab joylab qoʻygan. Alloh biladi, toʻgʻri qaror beradi.
لِيَجْعَلَ مَا يُلْقِي الشَّيْطَانُ فِتْنَةً لِّلَّذِينَ فِي قُلُوبِهِم مَّرَضٌ وَالْقَاسِيَةِ قُلُوبُهُمْ وَإِنَّ الظَّالِمِينَ لَفِي شِقَاقٍ بَعِيدٍ{53}
22:53 Toki, (Alloh) shayton tashlagan narsani qalblarida kasalligi borlar va qalblari qotib ketganlarga fitna qiladi. Oʻshanday zolimlar (haqdan) uzoq bir ayriliqdadir.
وَلِيَعْلَمَ الَّذِينَ أُوتُوا الْعِلْمَ أَنَّهُ الْحَقُّ مِن رَّبِّكَ فَيُؤْمِنُوا بِهِ فَتُخْبِتَ لَهُ قُلُوبُهُمْ وَإِنَّ اللَّهَ لَهَادِ الَّذِينَ آمَنُوا إِلَى صِرَاطٍ مُّسْتَقِيمٍ{54}
22:54 Ilm berilganlar esa, Qurʼon Rabbidan kelgan haq ekanini bilib, unga ishonadilar va u qalblariga singib ketadi. Albatta, Alloh (Qurʼonga) ishonganlarni toʻgʻri yoʻlga yetaklaydi.
وَلَا يَزَالُ الَّذِينَ كَفَرُوا فِي مِرْيَةٍ مِّنْهُ حَتَّى تَأْتِيَهُمُ السَّاعَةُ بَغْتَةً أَوْ يَأْتِيَهُمْ عَذَابُ يَوْمٍ عَقِيمٍ{55}
22:55 (Qurʼonga) ishonmagan-kofirlar oʻzlariga toʻsatdan (qiyomat) vaqti kelib qolgunga qadar, yoki ertasi yoʻq kunning azobi kelgunga qadar undan shubhalanishda davom etaveradilar.
الْمُلْكُ يَوْمَئِذٍ لِّلَّهِ يَحْكُمُ بَيْنَهُمْ فَالَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ فِي جَنَّاتِ النَّعِيمِ {56}
22:56 U kunda hukmronlik faqat Allohnikidir[1339]. Ular orasida Uning Oʻzi hukm qiladi. Imon keltirgan va xayrli ishlarni amalga oshirganlar neʼmat toʻla bogʻ-boʻstonlarda (boʻladi).
وَالَّذِينَ كَفَرُوا وَكَذَّبُوا بِآيَاتِنَا فَأُوْلَئِكَ لَهُمْ عَذَابٌ مُّهِينٌ{57}
22:57 Kofirlik qilgan va oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlar esa, aynan ular uchun xorlovchi azob bor.
وَالَّذِينَ هَاجَرُوا فِي سَبِيلِ اللَّهِ ثُمَّ قُتِلُوا أَوْ مَاتُوا لَيَرْزُقَنَّهُمُ اللَّهُ رِزْقًا حَسَنًا وَإِنَّ اللَّهَ لَهُوَ خَيْرُ الرَّازِقِينَ {58}
22:58 Alloh yoʻlida yurtlaridan koʻchib ketib[1340], keyin u yoʻlda oʻldirilgan yoki (oʻz ajali bilan) oʻlganlarga Alloh chiroyli rizq beradi. Alloh eng yaxshi rizq beruvchidir.
لَيُدْخِلَنَّهُم مُّدْخَلًا يَرْضَوْنَهُ وَإِنَّ اللَّهَ لَعَلِيمٌ حَلِيمٌ {59}
22:59 Alloh ularni oʻzlari rozi boʻladigan joyga joylaydi. Alloh biladi, yumshoq muomala qiladi.
ذَلِكَ وَمَنْ عَاقَبَ بِمِثْلِ مَا عُوقِبَ بِهِ ثُمَّ بُغِيَ عَلَيْهِ لَيَنصُرَنَّهُ اللَّهُ إِنَّ اللَّهَ لَعَفُوٌّ غَفُورٌ{60}
22:60 Ish mana shunday! Kimki oʻziga yetkazilgan azob-u uqubatga teng oʻch olsa, keyin unga yana haqsizlik qilinsa, Alloh unga aniq yordam beradi[1341]. Albatta, Alloh (jazolamay) avf etuvchidir, juda kechirimlidir.
ذَلِكَ بِأَنَّ اللَّهَ يُولِجُ اللَّيْلَ فِي النَّهَارِ وَيُولِجُ النَّهَارَ فِي اللَّيْلِ وَأَنَّ اللَّهَ سَمِيعٌ بَصِيرٌ{61}
22:61 Shunday! Chunki, Alloh kechani kunduz ichiga kirgizadi, kunduzni kechani ichiga kirgizadi. Alloh eshitadi, koʻradi[1342].
ذَلِكَ بِأَنَّ اللَّهَ هُوَ الْحَقُّ وَأَنَّ مَا يَدْعُونَ مِن دُونِهِ هُوَ الْبَاطِلُ وَأَنَّ اللَّهَ هُوَ الْعَلِيُّ الْكَبِيرُ{62}
22:62 Shunday! Chunki, Alloh haqiqiy ilohdir. Alloh ila oralariga qoʻyib duo qilayotganlari esa uydirma-soxtadir[1343]. Albatta, Alloh ulugʻdir, buyukdir.
أَلَمْ تَرَ أَنَّ اللَّهَ أَنزَلَ مِنَ السَّمَاء مَاء فَتُصْبِحُ الْأَرْضُ مُخْضَرَّةً إِنَّ اللَّهَ لَطِيفٌ خَبِيرٌ{63}
22:63 Osmondan suvni Alloh tushirishini, shu tariqa yer yuzi yam-yashil boʻlishini bilmasmiding?! Albatta, Alloh latifdir[1344], har narsadan xabardordir.
لَهُ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ وَإِنَّ اللَّهَ لَهُوَ الْغَنِيُّ الْحَمِيدُ{64}
22:64 Osmonlardagi va yerdagi narsalar Unga tegishli. Alloh behojatdir, olqish-u maqtovga loyiqdir.
أَلَمْ تَرَ أَنَّ اللَّهَ سَخَّرَ لَكُم مَّا فِي الْأَرْضِ وَالْفُلْكَ تَجْرِي فِي الْبَحْرِ بِأَمْرِهِ وَيُمْسِكُ السَّمَاء أَن تَقَعَ عَلَى الْأَرْضِ إِلَّا بِإِذْنِهِ إِنَّ اللَّهَ بِالنَّاسِ لَرَؤُوفٌ رَّحِيمٌ{65}
22:65 Alloh sizlarga yer yuzidagi narsalarni ham, dengizda suzadigan kemani ham Oʻz amriga koʻra boʻysundirib berganini bilmasmiding?! Yerga biron narsa tushib ketmasin deb, osmonni ham Uning Oʻzi tutib turadi. Alloh insonlarga nisbatan juda shafqatli va mehribondir.
وَهُوَ الَّذِي أَحْيَاكُمْ ثُمَّ يُمِيتُكُمْ ثُمَّ يُحْيِيكُمْ إِنَّ الْإِنسَانَ لَكَفُورٌ{66}
22:66 Sizlarga hayot bergan, keyin sizlarni oʻldiradigan, keyin yana hayot beradigan ham Udir. Haqiqatda, inson juda nonkoʻrdir.
لِكُلِّ أُمَّةٍ جَعَلْنَا مَنسَكًا هُمْ نَاسِكُوهُ فَلَا يُنَازِعُنَّكَ فِي الْأَمْرِ وَادْعُ إِلَى رَبِّكَ إِنَّكَ لَعَلَى هُدًى مُّسْتَقِيمٍ {67}
22:67 Biz har bir ummatga qurbonlik[1345] qilish vaqtini tayinlaganmiz – ular oʻzining qurbonligini ado etadi. Shuning uchun ular bu ish haqida sen bilan tortishmasin. Sen ularni Rabbingga chaqir. Sen aniq toʻgʻri yoʻldasan.
وَإِن جَادَلُوكَ فَقُلِ اللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا تَعْمَلُونَ{68}
22:68 Agar sen bilan janjallashsalar, “Qilayotgan ishingizni Alloh juda yaxshi biladi”, deb ayt.
اللَّهُ يَحْكُمُ بَيْنَكُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ فِيمَا كُنتُمْ فِيهِ تَخْتَلِفُونَ{69}
22:69 Ixtilof qilgan narsangiz haqidagi hukmni qiyomat kuni orangizda Allohning Oʻzi beradi.
أَلَمْ تَعْلَمْ أَنَّ اللَّهَ يَعْلَمُ مَا فِي السَّمَاء وَالْأَرْضِ إِنَّ ذَلِكَ فِي كِتَابٍ إِنَّ ذَلِكَ عَلَى اللَّهِ يَسِيرٌ{70}
22:70 Alloh osmon va yerdagi narsalarni bilib turishini, bu narsa kitobda (yozib qoʻyiladigan) ekanini bilmasmiding?! Bu ish Allohga osondir.
وَيَعْبُدُونَ مِن دُونِ اللَّهِ مَا لَمْ يُنَزِّلْ بِهِ سُلْطَانًا وَمَا لَيْسَ لَهُم بِهِ عِلْمٌ وَمَا لِلظَّالِمِينَ مِن نَّصِيرٍ{71}
22:71 Ular Allohni qoʻyib, Alloh u haqida hujjat tushirmagan va oʻzlarida ham u haqida maʼlumot boʻlmagan narsaga sigʻinadilar/duo-iltijo qiladilar. Zolimlik qiluvchilarga hech qanday yordamchi yoʻq.
وَإِذَا تُتْلَى عَلَيْهِمْ آيَاتُنَا بَيِّنَاتٍ تَعْرِفُ فِي وُجُوهِ الَّذِينَ كَفَرُوا الْمُنكَرَ يَكَادُونَ يَسْطُونَ بِالَّذِينَ يَتْلُونَ عَلَيْهِمْ آيَاتِنَا قُلْ أَفَأُنَبِّئُكُم بِشَرٍّ مِّن ذَلِكُمُ النَّارُ وَعَدَهَا اللَّهُ الَّذِينَ كَفَرُوا وَبِئْسَ الْمَصِيرُ{72}
22:72 Ularga aniq-ravshan oyatlarimiz oʻqib berilganida, (oyatlarga) qarshilik qilganlarning yuzlarida norozilikni tanib olasan. Ularga oyatlarimizni oʻqib berayotgan kishilarga tashlanib qolishiga sal qoladi. Ayt: “Men sizlarga bu ahvolingizdan ham yomonini aytib beraymi? U jahannamdir! Uni Alloh kofirlik qilganlarga vaʼda qildi. U qanday ham yomon ahvolga tushishdir!”
يَا أَيُّهَا النَّاسُ ضُرِبَ مَثَلٌ فَاسْتَمِعُوا لَهُ إِنَّ الَّذِينَ تَدْعُونَ مِن دُونِ اللَّهِ لَن يَخْلُقُوا ذُبَابًا وَلَوِ اجْتَمَعُوا لَهُ وَإِن يَسْلُبْهُمُ الذُّبَابُ شَيْئًا لَّا يَسْتَنقِذُوهُ مِنْهُ ضَعُفَ الطَّالِبُ وَالْمَطْلُوبُ {73}
22:73 Ey insonlar! Sizlarga bir misol keltirildi, uni tinglang: Allohni qoʻyib duo-iltijo qilayotganlaringiz bitta chivin yaratish uchun birlashgan taqdirda ham, uni yarata olmaydi. Agar chivin ulardan biror narsa soʻrib olsa, uni qaytarib ololmaydilar. Talab qiluvchi ham ojiz qoldi, talab qilingan ham ojiz.
مَا قَدَرُوا اللَّهَ حَقَّ قَدْرِهِ إِنَّ اللَّهَ لَقَوِيٌّ عَزِيزٌ {74}
22:74 Ular Allohni munosib ravishda qadrlamadilar. Albatta, Alloh kuchlidir, gʻolibdir.
اللَّهُ يَصْطَفِي مِنَ الْمَلَائِكَةِ رُسُلًا وَمِنَ النَّاسِ إِنَّ اللَّهَ سَمِيعٌ بَصِيرٌ {75}
22:75 Alloh malaklardan[1346] va insonlardan elchilar tanlab oladi. Alloh eshitadi, koʻradi.
يَعْلَمُ مَا بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَمَا خَلْفَهُمْ وَإِلَى اللَّهِ تُرْجَعُ الأمُورُ {76}
22:76 Alloh ularning oldidagi narsalarni ham, ortidagi narsalarni ham biladi. Barcha ishlar Allohga qaytariladi.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا ارْكَعُوا وَاسْجُدُوا وَاعْبُدُوا رَبَّكُمْ وَافْعَلُوا الْخَيْرَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ {77}
22:77 Ey Moʻminlar! Rukuʼ qilinglar, sajda qilinglar, yaratgan Egangizning buyruqlarini bajaringlar va yaxshilik qilinglarki, najot topgaysiz.
وَجَاهِدُوا فِي اللَّهِ حَقَّ جِهَادِهِ هُوَ اجْتَبَاكُمْ وَمَا جَعَلَ عَلَيْكُمْ فِي الدِّينِ مِنْ حَرَجٍ مِّلَّةَ أَبِيكُمْ إِبْرَاهِيمَ هُوَ سَمَّاكُمُ الْمُسْلِمينَ مِن قَبْلُ وَفِي هَذَا لِيَكُونَ الرَّسُولُ شَهِيدًا عَلَيْكُمْ وَتَكُونُوا شُهَدَاء عَلَى النَّاسِ فَأَقِيمُوا الصَّلَاةَ وَآتُوا الزَّكَاةَ وَاعْتَصِمُوا بِاللَّهِ هُوَ مَوْلَاكُمْ فَنِعْمَ الْمَوْلَى وَنِعْمَ النَّصِيرُ {78}
22:78 Alloh yoʻlida haqqoniy ravishda kurashinglar[1347]. (Bu ishga) U sizlarni tanladi. Dinda sizlarga hech qanday qiyinchilik qoldirmadi[1348]. Otangiz Ibrohimning millati (dini ham shunday edi). Avvalgilarda ham, bu kitobda ham Alloh sizlarni “musulmonlar” deb nomladiki[1349], Rasul sizlarga guvoh boʻladi, sizlar esa insonlarga guvoh boʻlasizlar. Shunday ekan, namozni/diniy vazifalarni bajaring, pok va toʻgʻri boʻling va Allohga (Uning kitobiga) mahkam bogʻlaning. U sizlarning doʻstingizdir. U naqadar yaxshi doʻst, naqadar yaxshi yordamchidir.
- MOʻMINUN surasi[1350]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
قَدْ أَفْلَحَ الْمُؤْمِنُونَ
23:1 Moʻminlar shubhasiz najot top(a)di.
الَّذِينَ هُمْ فِي صَلَاتِهِمْ خَاشِعُونَ
23:2 Ular namozni/diniy vazifalarini[1351] kamtarlik bilan bajaradi.
وَالَّذِينَ هُمْ عَنِ اللَّغْوِ مُعْرِضُونَ
23:3 Ular behuda[1352] (narsa)lardan yuz oʻgiradi.
وَالَّذِينَ هُمْ لِلزَّكَاةِ فَاعِلُونَ
23:4 Ular[1353] pok va toʻgʻri boʻlishga harakat qiladi.
وَالَّذِينَ هُمْ لِفُرُوجِهِمْ حَافِظُونَ
23:5 Ular uyat joylarini (begonalarga koʻrinishidan) ehtiyot qiladi.
إِلَّا عَلَى أَزْوَاجِهِمْ أوْ مَا مَلَكَتْ أَيْمَانُهُمْ فَإِنَّهُمْ غَيْرُ مَلُومِينَ
23:6 Hur turmush oʻrtoqlari yoki qoʻl ostidagi asir turmush oʻrtogʻi[1354] bundan mustasno[1355]. Chunki, ular (bu haqida) malomatlanmaydi.
فَمَنِ ابْتَغَى وَرَاء ذَلِكَ فَأُوْلَئِكَ هُمُ الْعَادُونَ
23:7 Kimki bundan tashqariga chiqmoqchi boʻlsa, ular haddan oshuvchidir[1356].
وَالَّذِينَ هُمْ لِأَمَانَاتِهِمْ وَعَهْدِهِمْ رَاعُونَ
23:8 Yana, ular oʻzlariga bildirilgan ishonchlariga va ahdlariga qatʼiy rioya qiladi.
وَالَّذِينَ هُمْ عَلَى صَلَوَاتِهِمْ يُحَافِظُونَ
23:9 Ular namozlarini/diniy vazifalarini saqlab qoladi.
أُوْلَئِكَ هُمُ الْوَارِثُونَ
23:10 Ana shular vorisdir — egadordir.
الَّذِينَ يَرِثُونَ الْفِرْدَوْسَ هُمْ فِيهَا خَالِدُونَ
23:11 Ular Firdavs bogʻlarga[1357] egador boʻladi. Ular unda oʻlimsiz – mangu qoladi.
وَلَقَدْ خَلَقْنَا الْإِنسَانَ مِن سُلَالَةٍ مِّن طِينٍ
23:12 Shubhasizki, insonni loydan iborat boʻlgan moddadan yaratdik[1358].
ثُمَّ جَعَلْنَاهُ نُطْفَةً فِي قَرَارٍ مَّكِينٍ
23:13 Keyin uni (sperma shakllanadigan) mustahkam yerda urugʻlantirilgan tuxum qildik[1359].
ثُمَّ خَلَقْنَا النُّطْفَةَ عَلَقَةً فَخَلَقْنَا الْعَلَقَةَ مُضْغَةً فَخَلَقْنَا الْمُضْغَةَ عِظَامًا فَكَسَوْنَا الْعِظَامَ لَحْمًا ثُمَّ أَنشَأْنَاهُ خَلْقًا آخَرَ فَتَبَارَكَ اللَّهُ أَحْسَنُ الْخَالِقِينَ
23:14 Keyin urugʻlantirilgan tuxumni yopishqoq qonga – embrionga aylantirdik[1360]. Keyin uni bir chaynam goʻsht qilib yaratdik. Keyin uni suyak qilib yaratib, keyin suyakka goʻsht qopladik. Keyin uni (insoniy ruh puflash natijasida) boshqacha bir tuzilishga keltirdik. Eng chiroyli shaklda yaratuvchi boʻlmish Allohning shaʼni ulugʻdir.
ثُمَّ إِنَّكُمْ بَعْدَ ذَلِكَ لَمَيِّتُونَ
23:15 Sizlar shundan keyin aniq oʻlasiz.
ثُمَّ إِنَّكُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ تُبْعَثُونَ
23:16 Keyin, qiyomat kuni aniq qayta tiriltirilasiz[1361].
وَلَقَدْ خَلَقْنَا فَوْقَكُمْ سَبْعَ طَرَائِقَ وَمَا كُنَّا عَنِ الْخَلْقِ غَافِلِينَ
23:17 Shubhasizki, ustingizda yettita yoʻl[1362] yaratdik. Biz yaratilgan narsalardan bexabar emasmiz[1363].
وَأَنزَلْنَا مِنَ السَّمَاء مَاء بِقَدَرٍ فَأَسْكَنَّاهُ فِي الْأَرْضِ وَإِنَّا عَلَى ذَهَابٍ بِهِ لَقَادِرُونَ
23:18 Osmondan belgilangan miqdorda suv tushirib, uni yerda joylashtirdik[1364]. Albatta, Biz uni ketkazishga[1365] ham oʻlchov qoʻyuvchimiz.
فَأَنشَأْنَا لَكُم بِهِ جَنَّاتٍ مِّن نَّخِيلٍ وَأَعْنَابٍ لَّكُمْ فِيهَا فَوَاكِهُ كَثِيرَةٌ وَمِنْهَا تَأْكُلُونَ
23:19 Keyin, u bilan sizlarga xurmo va uzum bogʻlari paydo qildik. Ularda siz uchun koʻplab mevalar bor. Sizlar (aynan) ulardan yeyapsiz.
وَشَجَرَةً تَخْرُجُ مِن طُورِ سَيْنَاء تَنبُتُ بِالدُّهْنِ وَصِبْغٍ لِّلْآكِلِينَ
23:20 Yana goʻzal[1366] togʻ(lar)dan unib chiqadigan daraxt paydo qildi. U (daraxt oʻzida) yogʻ va yeydiganlarni koʻrkamlashtiradigan qoʻshimcha narsa undiradi[1367].
وَإِنَّ لَكُمْ فِي الْأَنْعَامِ لَعِبْرَةً نُّسقِيكُم مِّمَّا فِي بُطُونِهَا وَلَكُمْ فِيهَا مَنَافِعُ كَثِيرَةٌ وَمِنْهَا تَأْكُلُونَ
23:21 Albatta, sizlar uchun chorva hayvonlarda[1368] ibrat bor: sizlarga ularning ichki organizmlarida hosil boʻladigan sutlarni ichiryapmiz. Yana sizlar uchun ularda koʻplab foydalar bor. Ulardan yeysizlar ham.
وَعَلَيْهَا وَعَلَى الْفُلْكِ تُحْمَلُونَ
23:22 (Quruqlikda) ularni tepasida, (dengizda esa) kemalar ustida tashilasizlar[1369].
وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا نُوحًا إِلَى قَوْمِهِ فَقَالَ يَا قَوْمِ اعْبُدُوا اللَّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَهٍ غَيْرُهُ أَفَلَا تَتَّقُونَ
23:23 Haqiqatda, Biz Nuhni oʻz qavmiga elchi qilib yuborganmiz. Shunda u: “Ey Qavmim! Allohga ibodat qiling. Siz uchun Undan boshqa iloh yoʻq. Nahotki javobgarlikni his qilmasangiz?!” dedi.
فَقَالَ الْمَلَأُ الَّذِينَ كَفَرُوا مِن قَوْمِهِ مَا هَذَا إِلَّا بَشَرٌ مِّثْلُكُمْ يُرِيدُ أَن يَتَفَضَّلَ عَلَيْكُمْ وَلَوْ شَاء اللَّهُ لَأَنزَلَ مَلَائِكَةً مَّا سَمِعْنَا بِهَذَا فِي آبَائِنَا الْأَوَّلِينَ
23:24 Qavmi orasidan unga ishonmagan yetakchilar shunday dedi: «Bu shunchaki sizlar bilan bir xil odam, xolos. U sizlardan ustun boʻlishni xohlayapti. Agar Alloh xohlasa, farishtalarni tushirar edi. Avvalgi ota-bobolarimizda (Nuh aytayotgan) bunaqa narsa eshitmaganmiz.
إِنْ هُوَ إِلَّا رَجُلٌ بِهِ جِنَّةٌ فَتَرَبَّصُوا بِهِ حَتَّى حِينٍ
23:25 U shunchaki jinniligi bor kishi, xolos. (Bilmoqchi boʻlsangiz) uni bir muncha vaqt kuzatib yuringlar.»
قَالَ رَبِّ انصُرْنِي بِمَا كَذَّبُونِ
23:26 Nuh: “Ey Rabbim! Meni yolgʻonchiga chiqarishganiga qarshi Oʻzing menga yordam ber” dedi.
فَأَوْحَيْنَا إِلَيْهِ أَنِ اصْنَعِ الْفُلْكَ بِأَعْيُنِنَا وَوَحْيِنَا فَإِذَا جَاء أَمْرُنَا وَفَارَ التَّنُّورُ فَاسْلُكْ فِيهَا مِن كُلٍّ زَوْجَيْنِ اثْنَيْنِ وَأَهْلَكَ إِلَّا مَن سَبَقَ عَلَيْهِ الْقَوْلُ مِنْهُمْ وَلَا تُخَاطِبْنِي فِي الَّذِينَ ظَلَمُوا إِنَّهُم مُّغْرَقُونَ
23:27 Shunda, unga shunday vahiy qildik: «Bizni nazoratimiz va vahiyimiz asosida kema yasa. Buyrugʻimiz kelib tannur[1370] qaynaganida, kemaga har turli (hayvon)dan bir juftdan ol, oilangni ham ol. Ulardan oʻz ziyoniga soʻz aytilganlar bundan mustasno. Menga zolimlar haqida murojaat qilma, chunki, ular choʻktirib yuboriladi[1371].»
فَإِذَا اسْتَوَيْتَ أَنتَ وَمَن مَّعَكَ عَلَى الْفُلْكِ فَقُلِ الْحَمْدُ لِلَّهِ الَّذِي نَجَّانَا مِنَ الْقَوْمِ الظَّالِمِينَ
23:28 Oʻzing ham yoningdagilar ham kemaga oʻrnashib olgach: “Bizni zolimlar qavmidan qutqargan Allohga olqish-u maqtovlar boʻlsin!” de.
وَقُل رَّبِّ أَنزِلْنِي مُنزَلًا مُّبَارَكًا وَأَنتَ خَيْرُ الْمُنزِلِينَ
23:29 Yana shunday de: “Ey yaratgan Egam! Meni barakatli manzilga joyla. Manzilga eng yaxshi joylovchi Sensan.”
إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآيَاتٍ وَإِن كُنَّا لَمُبْتَلِينَ
23:30 Albatta, bu voqeada dalil-u ibratlar bor. Biz aniq imtihon qiluvchimiz.
ثُمَّ أَنشَأْنَا مِن بَعْدِهِمْ قَرْنًا آخَرِينَ
23:31 Soʻngra, ulardan keyin boshqa nasl paydo qildik[1372].
فَأَرْسَلْنَا فِيهِمْ رَسُولًا مِنْهُمْ أَنِ اعْبُدُوا اللَّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَهٍ غَيْرُهُ أَفَلَا تَتَّقُونَ
23:32 “Allohga ibodat qilinglar. Sizlar uchun qullik qilinishga haqli undan boshqa hech kim yoʻq. Nahot javobgarlikni his qilmasangiz?!” desin deb, ularga ham oʻzlarini orasidan elchi[1373] yubordik.
وَقَالَ الْمَلَأُ مِن قَوْمِهِ الَّذِينَ كَفَرُوا وَكَذَّبُوا بِلِقَاء الْآخِرَةِ وَأَتْرَفْنَاهُمْ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا مَا هَذَا إِلَّا بَشَرٌ مِّثْلُكُمْ يَأْكُلُ مِمَّا تَأْكُلُونَ مِنْهُ وَيَشْرَبُ مِمَّا تَشْرَبُونَ
23:33 Qavmi orasidan kofirlik qilgan, oxiratga yoʻliqishni yolgʻonga chiqargan va Biz ularga dunyo hayotida farovonlik bergan[1374] yetakchilar shunday degan: «Bu siz yeyotgan narsadan yeb, siz ichayotgan narsadan ichadigan, siz bilan bir xil odam, xolos.
وَلَئِنْ أَطَعْتُم بَشَرًا مِثْلَكُمْ إِنَّكُمْ إِذًا لَّخَاسِرُونَ
23:34 Agar oʻzingizga oʻxshagan odamga itoat qilsangiz aniq ziyon koʻrasizlar.
أَيَعِدُكُمْ أَنَّكُمْ إِذَا مِتُّمْ وَكُنتُمْ تُرَابًا وَعِظَامًا أَنَّكُم مُّخْرَجُونَ
23:35 U sizlarga, oʻlib tuproq va suyakka aylanib ketganingizdan keyin, (qabrlaringizdan) aniq qayta chiqarilasizlar deb vaʼda beryaptimi?
هَيْهَاتَ هَيْهَاتَ لِمَا تُوعَدُونَ
23:36 Sizlarga vaʼda qilinayotgan narsa haqiqatdan juda uzoqdir!
إِنْ هِيَ إِلَّا حَيَاتُنَا الدُّنْيَا نَمُوتُ وَنَحْيَا وَمَا نَحْنُ بِمَبْعُوثِينَ
23:37 Dunyodagi hayotimizdan boshqa hayot yoʻq. Oʻlyapmiz, yashayapmiz. Biz (qiyomatda) qayta tiriluvchi emasmiz[1375].
إِنْ هُوَ إِلَّا رَجُلٌ افْتَرَى عَلَى اللَّهِ كَذِبًا وَمَا نَحْنُ لَهُ بِمُؤْمِنِينَ
23:38 U (Hud) Allohga yolgʻon toʻnkadi. Biz unga ishonmaymiz». (dedilar).
قَالَ رَبِّ انصُرْنِي بِمَا كَذَّبُونِ
23:39 “Ey yaratgan Egam! Meni yolgʻonchiga chiqarishlariga qarshi menga Oʻzing yordam ber”, dedi (Hud).
قَالَ عَمَّا قَلِيلٍ لَيُصْبِحُنَّ نَادِمِينَ
23:40 “Koʻp oʻtmay aniq pushaymon boʻladilar”, dedi Alloh.
فَأَخَذَتْهُمُ الصَّيْحَةُ بِالْحَقِّ فَجَعَلْنَاهُمْ غُثَاء فَبُعْدًا لِّلْقَوْمِ الظَّالِمِينَ
23:41 Keyin, oʻzlari munosib boʻlgan[1376] daxshatli tovush ularni tutdi. Shunda, ularni xazonga aylantirib yubordik. Zolimlik qiluvchi qavm yoʻq boʻlsin!
ثُمَّ أَنشَأْنَا مِن بَعْدِهِمْ قُرُونًا آخَرِينَ
23:42 Soʻng, ulardan keyin boshqa nasllar paydo qildik[1377].
مَا تَسْبِقُ مِنْ أُمَّةٍ أَجَلَهَا وَمَا يَسْتَأْخِرُونَ
23:43 Hech bir jamiyat (kelgan) ajalidan oldin ham ketmaydi, ortda ham qolmaydi[1378].
ثُمَّ أَرْسَلْنَا رُسُلَنَا تَتْرَا كُلَّ مَا جَاء أُمَّةً رَّسُولُهَا كَذَّبُوهُ فَأَتْبَعْنَا بَعْضَهُم بَعْضًا وَجَعَلْنَاهُمْ أَحَادِيثَ فَبُعْدًا لِّقَوْمٍ لَّا يُؤْمِنُونَ
23:44 Keyin elchilarni ketma-ket yuborib turdik. Qachon bir jamiyatga (Allohdan) oʻzlariga yuborilgan elchi kelsa, uni yolgʻonchiga chiqarishgan. Shunda, Biz ham (halok qilishda) bir-biriga ergashtirib, ularni ibratli hikoyalarga aylantirdik. (Alloh va Rasuliga) ishonmaydigan qavm yoʻq boʻlsin!
ثُمَّ أَرْسَلْنَا مُوسَى وَأَخَاهُ هَارُونَ بِآيَاتِنَا وَسُلْطَانٍ مُّبِينٍ
23:45 Keyin Muso va uning birodari Horunni oyatlarimiz bilan, aniq dalil bilan elchi qilib yubordik.
إِلَى فِرْعَوْنَ وَمَلَئِهِ فَاسْتَكْبَرُوا وَكَانُوا قَوْمًا عَالِينَ
23:46 Firʼavn va uning ayonlariga (yubordik). Biroq ular oʻzlarini katta tutdi. Ular oʻzini yuqori tutadigan qavm edi[1379].
فَقَالُوا أَنُؤْمِنُ لِبَشَرَيْنِ مِثْلِنَا وَقَوْمُهُمَا لَنَا عَابِدُونَ
23:47 Oʻshanda ular: «Biz oʻzimizga oʻxshagan shu ikkita odamga ishonaylikmi? Axir, u ikkisining qavmi bizga qullik qiladi-ku!
فَكَذَّبُوهُمَا فَكَانُوا مِنَ الْمُهْلَكِينَ
23:48 Shu tariqa, u ikkalasini yolgʻonchiga chiqardilar, oxir-oqibat halok qilinganlardan boʻldilar.
وَلَقَدْ آتَيْنَا مُوسَى الْكِتَابَ لَعَلَّهُمْ يَهْتَدُونَ
23:49 Shubhasizki, (Isroil avlodlari) toʻgʻri yoʻlni topsinlar deb, Musoga kitob berganmiz[1380].
وَجَعَلْنَا ابْنَ مَرْيَمَ وَأُمَّهُ آيَةً وَآوَيْنَاهُمَا إِلَى رَبْوَةٍ ذَاتِ قَرَارٍ وَمَعِينٍ
23:50 Maryamning oʻgʻli (Isoni) va onasini (Ilohiy qudratdan) bir alomat qilganmiz[1381]. U ikkalasini qolishga arzigulik, buloqli bir tepalikka panoh toptirganmiz.
يَا أَيُّهَا الرُّسُلُ كُلُوا مِنَ الطَّيِّبَاتِ وَاعْمَلُوا صَالِحًا إِنِّي بِمَا تَعْمَلُونَ عَلِيمٌ
23:51 Ey elchilar![1382] Pokiza narsalardan[1383] isteʼmol qilinglar, manfaatli ish(lar)ni amalga oshiringlar. Men qilayotgan ishlaringizni bilib turaman.
وَإِنَّ هَذِهِ أُمَّتُكُمْ أُمَّةً وَاحِدَةً وَأَنَا رَبُّكُمْ فَاتَّقُونِ
23:52 Bu (paygʻambarlar va ularning ummatlari) sizlarning ummatingiz – bitta ummatdir[1384]. Yaratgan Egangiz Menman – Menga nisbatan javobgarlikni his qilinglar!
فَتَقَطَّعُوا أَمْرَهُم بَيْنَهُمْ زُبُرًا كُلُّ حِزْبٍ بِمَا لَدَيْهِمْ فَرِحُونَ
23:53 Endilikda, ular oʻrtalaridagi (bir ummat boʻlishi) ishini turli kitoblar shaklida[1385] boʻlib yuborib[1386], har bir guruh oʻzidagi bilan quvonyapti.
فَذَرْهُمْ فِي غَمْرَتِهِمْ حَتَّى حِينٍ
23:54 Sen ularni johilona tushunchalariga bir muddat qoʻyib ber.
أَيَحْسَبُونَ أَنَّمَا نُمِدُّهُم بِهِ مِن مَّالٍ وَبَنِينَ
23:55 Ular oʻylayaptimiki, Biz mol-davlat va oʻgʻillar berib,
نُسَارِعُ لَهُمْ فِي الْخَيْرَاتِ بَل لَّا يَشْعُرُونَ
23:56 Oʻzlariga yaxshiliklarni tezlashtirib beryapmiz ekanmi? Unday emas, ular tushunib-yetmayapti.
إِنَّ الَّذِينَ هُم مِّنْ خَشْيَةِ رَبِّهِم مُّشْفِقُونَ
23:57 Albatta, Rabbidan qoʻrqib titraydiganlar,
وَالَّذِينَ هُم بِآيَاتِ رَبِّهِمْ يُؤْمِنُونَ
23:58 Rabbining oyatlariga ishonadiganlar,
وَالَّذِينَ هُم بِرَبِّهِمْ لَا يُشْرِكُونَ
23:59 Rabbiga sherik qoʻshmaydiganlar,
وَالَّذِينَ يُؤْتُونَ مَا آتَوا وَّقُلُوبُهُمْ وَجِلَةٌ أَنَّهُمْ إِلَى رَبِّهِمْ رَاجِعُونَ
23:60 Rabbi huzuriga qaytadigan boʻlgani uchun, bergan narsasini qalblarida qoʻrquv boʻlgan holda beradiganlar[1387],
أُوْلَئِكَ يُسَارِعُونَ فِي الْخَيْرَاتِ وَهُمْ لَهَا سَابِقُونَ
23:61 Mana shular yaxshiliklarda ildamlik qilayotganlardir, ular bu borada peshqadamdir.
وَلَا نُكَلِّفُ نَفْسًا إِلَّا وُسْعَهَا وَلَدَيْنَا كِتَابٌ يَنطِقُ بِالْحَقِّ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ
23:62 Biz hech kimni zimmasiga kuchi yetmaydigan vazifa yuklamaymiz. Huzurimizda toʻgʻrisini aytib beradigan kitob bor[1388]. Ularga haqsizlik qilinmaydi.
بَلْ قُلُوبُهُمْ فِي غَمْرَةٍ مِّنْ هَذَا وَلَهُمْ أَعْمَالٌ مِن دُونِ ذَلِكَ هُمْ لَهَا عَامِلُونَ
23:63 Lekin, ularning qalblari bundan gʻaflatda. Ularni bundan[1389] ham yomon ishlari bor. U ishlarni oʻzlari amalga oshiryapti.
حَتَّى إِذَا أَخَذْنَا مُتْرَفِيهِم بِالْعَذَابِ إِذَا هُمْ يَجْأَرُونَ
23:64 Toki ularning maishatparast-jinoyatchilarini azob ila tutganimizda, birdan dod-faryod soladilar[1390].
لَا تَجْأَرُوا الْيَوْمَ إِنَّكُم مِّنَّا لَا تُنصَرُونَ
23:65 (Ularga shunday deyiladi): «Bugun dod-faryod qilmanglar; Bizdan sizga yordam berilmaydi.
قَدْ كَانَتْ آيَاتِي تُتْلَى عَلَيْكُمْ فَكُنتُمْ عَلَى أَعْقَابِكُمْ تَنكِصُونَ
23:66 Shubhasizki, sizlarga oyatlarim oʻqib berilar edi, sizlar esa ortga oʻgirilib ketar edingiz.
مُسْتَكْبِرِينَ بِهِ سَامِرًا تَهْجُرُونَ
23:67 Kechalari (Qurʼon haqida) tuturiqsiz gaplar gapirar, unga nisbatan oʻzingizni katta tutar edingiz[1391].
أَفَلَمْ يَدَّبَّرُوا الْقَوْلَ أَمْ جَاءهُم مَّا لَمْ يَأْتِ آبَاءهُمُ الْأَوَّلِينَ
23:68 Ular oʻsha soʻzni (Qurʼonni) yaxshilab tushunib koʻrmadilarmi? Yoki, ularga kelgan narsa ota-bobolariga kelmagan ekanmi?![1392]
أَمْ لَمْ يَعْرِفُوا رَسُولَهُمْ فَهُمْ لَهُ مُنكِرُونَ
23:69 Yoki ular oʻzlariga yuborilgan elchini tanimay, shuning uchun uni inkor qilyapdilarmi?!
أَمْ يَقُولُونَ بِهِ جِنَّةٌ بَلْ جَاءهُم بِالْحَقِّ وَأَكْثَرُهُمْ لِلْحَقِّ كَارِهُونَ
23:70 Yoki “Unda jinnilik bor”, deyaptilarmi? Yoʻq, unday emas! Muhammad ularga haqiqatni olib keldi, biroq, ularning koʻpchiligi haqni yoqtirmayapti.
وَلَوِ اتَّبَعَ الْحَقُّ أَهْوَاءهُمْ لَفَسَدَتِ السَّمَاوَاتُ وَالْأَرْضُ وَمَن فِيهِنَّ بَلْ أَتَيْنَاهُم بِذِكْرِهِمْ فَهُمْ عَن ذِكْرِهِم مُّعْرِضُونَ
23:71 Agar haq ularning orzu-istaklariga ergashganida edi, osmonlar-u yer ham, ular orasidagilar ham buzilib ketgan boʻlardi[1393]. Lekin, Biz ularga tegishli zikrni (kitobni)[1394] keltirdik. Ular esa zikridan yuz oʻgirmoqda.
أَمْ تَسْأَلُهُمْ خَرْجًا فَخَرَاجُ رَبِّكَ خَيْرٌ وَهُوَ خَيْرُ الرَّازِقِينَ
23:72 Yoki sen (daʼvating evaziga) ulardan majburiy toʻlov soʻrayapsan ekami? (Bilsinlarki) Rabbingni beradigan haqi eng yaxshidir. U eng yaxshi rizq beruvchidir.
وَإِنَّكَ لَتَدْعُوهُمْ إِلَى صِرَاطٍ مُّسْتَقِيمٍ
23:73 Sen ularni toʻgʻri yoʻlga chaqiryapsan.
وَإِنَّ الَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِالْآخِرَةِ عَنِ الصِّرَاطِ لَنَاكِبُونَ
23:74 Oxiratga ishonmaydiganlar toʻgʻri yoʻldan aniq ayrilib ketadi.
وَلَوْ رَحِمْنَاهُمْ وَكَشَفْنَا مَا بِهِم مِّن ضُرٍّ لَّلَجُّوا فِي طُغْيَانِهِمْ يَعْمَهُونَ
23:75 Agar ularga rahm qilib ulardagi zararni bartaraf qilgannimizda ham, haddan oshib tentirab yurishda tiranib oladi[1395].
وَلَقَدْ أَخَذْنَاهُم بِالْعَذَابِ فَمَا اسْتَكَانُوا لِرَبِّهِمْ وَمَا يَتَضَرَّعُونَ
23:76 Shubhasizki, ularni azobga tutganmiz[1396], shunda ham ular Robbiga yoʻnalmadi, yalinib-yolvormadi[1397].
حَتَّى إِذَا فَتَحْنَا عَلَيْهِم بَابًا ذَا عَذَابٍ شَدِيدٍ إِذَا هُمْ فِيهِ مُبْلِسُونَ
23:77 Toki ularga (oxiratda) qattiq azob eshigini ochib qoʻyganimizda[1398], oʻshanda butunlay noumid boʻladilar.
وَهُوَ الَّذِي أَنشَأَ لَكُمُ السَّمْعَ وَالْأَبْصَارَ وَالْأَفْئِدَةَ قَلِيلًا مَّا تَشْكُرُونَ
23:78 Sizlarga eshitish va koʻrish qobiliyatini hamda vijdonni U paydo qilib berdi. Qadriga juda ham oz yetyapsizlar!
وَهُوَ الَّذِي ذَرَأَكُمْ فِي الْأَرْضِ وَإِلَيْهِ تُحْشَرُونَ
23:79 Sizlarni zaminga U joylashtirgan, sizlar Uning huzuriga toʻplanasiz.
وَهُوَ الَّذِي يُحْيِي وَيُمِيتُ وَلَهُ اخْتِلَافُ اللَّيْلِ وَالنَّهَارِ أَفَلَا تَعْقِلُونَ
23:80 Yashatadigan ham oʻldiradigan ham U. Tun bilan kunni oʻzgarib turishi ham Unga tegishli. Aql ishlatmaysizmi?!
بَلْ قَالُوا مِثْلَ مَا قَالَ الْأَوَّلُونَ
23:81 Aslida, ular ham avvalgi (kofir)lar aytgan gapni aytdi.
قَالُوا أَئِذَا مِتْنَا وَكُنَّا تُرَابًا وَعِظَامًا أَئِنَّا لَمَبْعُوثُونَ
23:82 Ular: «Oʻlib tuproqqa va suyaklarga aylanib ketganimizdan keyin, biz rostdan ham qayta tirilamizmi?
لَقَدْ وُعِدْنَا نَحْنُ وَآبَاؤُنَا هَذَا مِن قَبْلُ إِنْ هَذَا إِلَّا أَسَاطِيرُ الْأَوَّلِينَ
23:83 Bizga tahdid qilingan bu narsa ilgari ota-bobolarimizga ham tahdid qilingan edi. Bu avvalgilarning uydirmalaridan boshqa narsa emas» dedilar.
قُل لِّمَنِ الْأَرْضُ وَمَن فِيهَا إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ
23:84 Ayt: “Agar bilsangiz (xabar bering-chi), zamin va undagi narsalar kimga tegishli?”
سَيَقُولُونَ لِلَّهِ قُلْ أَفَلَا تَذَكَّرُونَ
23:85 Ular: “Allohga tegishli” deb aytadilar. «Unda, nega nasihat olmaysizlar?», de.
قُلْ مَن رَّبُّ السَّمَاوَاتِ السَّبْعِ وَرَبُّ الْعَرْشِ الْعَظِيمِ
23:86 “Yetti osmonni yaratgan egasi kim, buyuk arshni – boshqaruv markazini yaratgan Egasi kim?”, de.
سَيَقُولُونَ لِلَّهِ قُلْ أَفَلَا تَتَّقُونَ
23:87 Ular: “Allohga tegishli”, deydi. Sen: “Unday boʻlsa, javobgarlikni his qilmaysizlarmi?!”, deb ayt.
قُلْ مَن بِيَدِهِ مَلَكُوتُ كُلِّ شَيْءٍ وَهُوَ يُجِيرُ وَلَا يُجَارُ عَلَيْهِ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ
23:88 Ayt: “Agar bilsangiz (xabar bering-chi), hamma narsani hukmronligi – boshqarib turishi kimning qoʻlida? Agar bilsangiz – U himoya qiluvchi, Unga qarshi birov himoya qilinmaydigan zotku!”
سَيَقُولُونَ لِلَّهِ قُلْ فَأَنَّى تُسْحَرُونَ
23:89 Ular: “Allohga tegishli”, deydi. Sen: “Unday boʻlsa, nima uchun aldanib qolyapsizlar?”, deb ayt.
بَلْ أَتَيْنَاهُم بِالْحَقِّ وَإِنَّهُمْ لَكَاذِبُونَ
23:90 Aslida, ularga haq (soʻz) keltirdik. Ular esa yolgʻonchidir.
مَا اتَّخَذَ اللَّهُ مِن وَلَدٍ وَمَا كَانَ مَعَهُ مِنْ إِلَهٍ إِذًا لَّذَهَبَ كُلُّ إِلَهٍ بِمَا خَلَقَ وَلَعَلَا بَعْضُهُمْ عَلَى بَعْضٍ سُبْحَانَ اللَّهِ عَمَّا يَصِفُونَ
23:91 Alloh birovni Oʻziga bola qilib olmagan. U bilan birga yana boshqa iloh (qullik qilinishga haqli zot) yoʻq. Agar shunday boʻlsaydi, har bir iloh oʻzi yaratgan narsasini (ajratib) olib ketgan va bir-biriga gʻolib kelishga uringan boʻlardi. Alloh ular vasflayotgan narsadan pokdir/yiroqdir.
عَالِمِ الْغَيْبِ وَالشَّهَادَةِ فَتَعَالَى عَمَّا يُشْرِكُونَ
23:92 U yashirin narsani ham oshkor narsani ham biladi. U ularning sherik qoʻshayotgan narsasidan oliydir – pokdir.
قُل رَّبِّ إِمَّا تُرِيَنِّي مَا يُوعَدُونَ
23:93 Ayt: «Ey Rabbim! Agar ularga tahdid qilingan narsani menga koʻrsatsang,
رَبِّ فَلَا تَجْعَلْنِي فِي الْقَوْمِ الظَّالِمِينَ
23:94 Rabbim, unday boʻlsa, meni oʻsha zolimlar qavmi orasida qoldirma.»
وَإِنَّا عَلَى أَن نُّرِيَكَ مَا نَعِدُهُمْ لَقَادِرُونَ
23:95 Albatta, ularga tahdid qilgan narsani senga koʻrsatish xususida bir oʻlchov belgilaganmiz[1399].
ادْفَعْ بِالَّتِي هِيَ أَحْسَنُ السَّيِّئَةَ نَحْنُ أَعْلَمُ بِمَا يَصِفُونَ
23:96 Sen yomonlikni[1400] chiroyli shaklda bartaraf qil. Qilayotgan vasflarini Biz yaxshi bilamiz.
وَقُل رَّبِّ أَعُوذُ بِكَ مِنْ هَمَزَاتِ الشَّيَاطِينِ
23:97 Ayt: «Ey yaratgan Egam! Men shaytonlarning vasvasalaridan Senga sigʻinaman.
وَأَعُوذُ بِكَ رَبِّ أَن يَحْضُرُونِ
23:98 Ey yaratgan Egam! Ularni yon-atrofimda boʻlishidan Senga sigʻinaman[1401].»
حَتَّى إِذَا جَاء أَحَدَهُمُ الْمَوْتُ قَالَ رَبِّ ارْجِعُونِ
23:99 Toki ulardan (kofirlardan) biriga oʻlim kelganida shunday deydi: «Ey Rabbim, meni ortga qaytar.
لَعَلِّي أَعْمَلُ صَالِحًا فِيمَا تَرَكْتُ كَلَّا إِنَّهَا كَلِمَةٌ هُوَ قَائِلُهَا وَمِن وَرَائِهِم بَرْزَخٌ إِلَى يَوْمِ يُبْعَثُونَ
23:100 Ortda qoldirgan hayotimda balki endi yaxshi ish qilarman.» Yoʻq, unday boʻlmaydi! U uning aytadigan (quruq) gapidir. Ularning orqasida qayta tiriladigan kungacha toʻsiq bor.[1402]
فَإِذَا نُفِخَ فِي الصُّورِ فَلَا أَنسَابَ بَيْنَهُمْ يَوْمَئِذٍ وَلَا يَتَسَاءَلُونَ
23:101 Sur chalinganida, oʻsha kuni oralarida qarindosh-urugʻlik munosabatlari boʻlmaydi, ular bir-biridan hol-ahvol soʻramaydi[1403].
فَمَن ثَقُلَتْ مَوَازِينُهُ فَأُوْلَئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ
23:102 Oʻshanda, kimning yaxshiliklari ogʻir kelsa, ana shular najot topuvchilardir.
وَمَنْ خَفَّتْ مَوَازِينُهُ فَأُوْلَئِكَ الَّذِينَ خَسِرُوا أَنفُسَهُمْ فِي جَهَنَّمَ خَالِدُونَ
23:103 Kimning yaxshiliklari yengil kelsa, oʻzini xonavayron qilganlar ana shulardir; jahannamda oʻlimsiz – mangu qoluvchilardir.
تَلْفَحُ وُجُوهَهُمُ النَّارُ وَهُمْ فِيهَا كَالِحُونَ
23:104 Otash yuzlarini kuydirib, unda lablari choʻchchayib (badbashara boʻlib) qoladi.
أَلَمْ تَكُنْ آيَاتِي تُتْلَى عَلَيْكُمْ فَكُنتُم بِهَا تُكَذِّبُونَ
23:105 (Ularga) “Sizlarga (dunyo hayotida) oyatlarim oʻqib tilovat qilinmaganmi?! Shunda sizlar ularni yolgʻonga chiqrargansiz” (deyiladi).
قَالُوا رَبَّنَا غَلَبَتْ عَلَيْنَا شِقْوَتُنَا وَكُنَّا قَوْمًا ضَالِّينَ
23:106 Ular aytadi: «Ey yaratgan Egamiz! Badbaxtligimiz bizni yengib qoʻydi va biz adashgan qavm boʻldik.
رَبَّنَا أَخْرِجْنَا مِنْهَا فَإِنْ عُدْنَا فَإِنَّا ظَالِمُونَ
23:107 Ey yaratgan Egamiz! Bizni bu yerdan chiqar. Agar yana (yomonlikka) qaytsak, demak, biz rostdan ham zolim boʻlamiz.»
قَالَ اخْسَؤُوا فِيهَا وَلَا تُكَلِّمُونِ
23:108 Alloh shunday deydi: «U yerda xor boʻlib qolinglar. Menga (bu haqida) gapirmanglar.
إِنَّهُ كَانَ فَرِيقٌ مِّنْ عِبَادِي يَقُولُونَ رَبَّنَا آمَنَّا فَاغْفِرْ لَنَا وَارْحَمْنَا وَأَنتَ خَيْرُ الرَّاحِمِينَ
23:109 Chunki, bandalarimdan bir qismi: “Ey Rabbimiz! Biz senga ishondik, bizni kechir, bizga rahm qil, rahmlilarning eng rahmligi Sensan”, der edi.
فَاتَّخَذْتُمُوهُمْ سِخْرِيًّا حَتَّى أَنسَوْكُمْ ذِكْرِي وَكُنتُم مِّنْهُمْ تَضْحَكُونَ
23:110 Sizlar esa ularni masxara qilgansiz. Toki qilmishingiz sizlarga Mening zikrimni (oyatlarimni) unuttirdi. Sizlar ularga kular edingiz.
إِنِّي جَزَيْتُهُمُ الْيَوْمَ بِمَا صَبَرُوا أَنَّهُمْ هُمُ الْفَائِزُونَ
23:111 Men ularning qilgan sabr-bardoshi[1404] evaziga bugun ularni mukofotladim. Ular najot topuvchilardir.
قَالَ كَمْ لَبِثْتُمْ فِي الْأَرْضِ عَدَدَ سِنِينَ
23:112 “Dunyoda necha yil qoldingiz?” deb soʻraydi.
قَالُوا لَبِثْنَا يَوْمًا أَوْ بَعْضَ يَوْمٍ فَاسْأَلْ الْعَادِّينَ
23:113 Ular: “Bir kun yoki kunning bir qismicha qoldik, mana «yillarni hisoblovchilardan soʻragin”,- deyishadi.
قَالَ إِن لَّبِثْتُمْ إِلَّا قَلِيلًا لَّوْ أَنَّكُمْ كُنتُمْ تَعْلَمُونَ
23:114 Alloh aytadi: «Dunyoda juda oz qoldingiz[1405], qaniydi buni bilganingizda!
أَفَحَسِبْتُمْ أَنَّمَا خَلَقْنَاكُمْ عَبَثًا وَأَنَّكُمْ إِلَيْنَا لَا تُرْجَعُونَ
23:115 Nahotki, Biz sizlarni bekordan-bekor yaratgan va oʻzingizni Bizning huzurimizga qaytarilmaysiz, deb oʻylagan boʻlsangiz?»
فَتَعَالَى اللَّهُ الْمَلِكُ الْحَقُّ لَا إِلَهَ إِلَّا هُوَ رَبُّ الْعَرْشِ الْكَرِيمِ
23:116 Haqiqiy hukmron boʻlmish Alloh juda oliydir. Qullik qilinishga haqli undan boshqa hech kim yoʻq. (U) hurmatli arshning (boshqaruv markazining) egasidir.
وَمَن يَدْعُ مَعَ اللَّهِ إِلَهًا آخَرَ لَا بُرْهَانَ لَهُ بِهِ فَإِنَّمَا حِسَابُهُ عِندَ رَبِّهِ إِنَّهُ لَا يُفْلِحُ الْكَافِرُونَ
23:117 Kimki Alloh bilan birga yana boshqa ilohga duo[1406] qilsa – zero nui bu haqida hech qanday dalili ham yoʻq – uning hisob-kitobi Alloh huzuridadir. albatta, kofirlar najot topmaydi.
وَقُل رَّبِّ اغْفِرْ وَارْحَمْ وَأَنتَ خَيْرُ الرَّاحِمِينَ
23:118 Ayt: “Ey yaratgan Egam! Meni kechir, menga rahm qil, rahmlilarning eng rahmligi Sensan.”
- NUR surasi[1407]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
سُورَةٌ أَنزَلْنَاهَا وَفَرَضْنَاهَا وَأَنزَلْنَا فِيهَا آيَاتٍ بَيِّنَاتٍ لَّعَلَّكُمْ تَذَكَّرُونَ {1}
24:1 Bu surani Biz nozil qildik[1408] va (ijro etilishini) farz qildik. Nasihat olasizlar deb[1409] unda aniq-ravshan[1410] oyatlar tushirdik.
الزَّانِيَةُ وَالزَّانِي فَاجْلِدُوا كُلَّ وَاحِدٍ مِّنْهُمَا مِئَةَ جَلْدَةٍ وَلَا تَأْخُذْكُم بِهِمَا رَأْفَةٌ فِي دِينِ اللَّهِ إِن كُنتُمْ تُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ وَلْيَشْهَدْ عَذَابَهُمَا طَائِفَةٌ مِّنَ الْمُؤْمِنِينَ {2}
24:2 Zinokor ayol va zinokor erkakning har biriga yuz qamchidan[1411] uringlar[1412]. Agar Allohga va oxirat kuniga ishonsangiz, Allohning dinini ijro etishda, u ikkalasiga ichingiz ogʻrimasin va moʻminlardan bir jamoa ularni jazolanishiga guvoh boʻlsin.
الزَّانِي لَا يَنكِحُ إلَّا زَانِيَةً أَوْ مُشْرِكَةً وَالزَّانِيَةُ لَا يَنكِحُهَا إِلَّا زَانٍ أَوْ مُشْرِكٌ وَحُرِّمَ ذَلِكَ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ {3}
22:3 Zinokor erkak zinokor ayolga yoki mushrika ayolga uylanadi. Zinokor ayolni ham faqat zinokor erkak yoki mushrik erkak nikohiga oladi. Bular moʻminlarga qilindi[1413].
وَالَّذِينَ يَرْمُونَ الْمُحْصَنَاتِ ثُمَّ لَمْ يَأْتُوا بِأَرْبَعَةِ شُهَدَاء فَاجْلِدُوهُمْ ثَمَانِينَ جَلْدَةً وَلَا تَقْبَلُوا لَهُمْ شَهَادَةً أَبَدًا وَأُوْلَئِكَ هُمُ الْفَاسِقُونَ {4}
24:4 Nomusli ayollarni zinoda ayblab, keyin (gapiga) toʻrtta guvoh[1414] keltirmagan kishilarga sakson qamchi uringlar va ularning guvohligini hech qachon qabul qilmanglar. Ular yoʻldan chiqqan-fosiqdir.
إِلَّا الَّذِينَ تَابُوا مِن بَعْدِ ذَلِكَ وَأَصْلَحُوا فَإِنَّ اللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ {5}
24:5 Qilgan ishidan keyin tavba qilgan va (aybini) tuzatganlar bundan mustasno. Chunki, Alloh juda kechirimli[1415] va mehribondir.
وَالَّذِينَ يَرْمُونَ أَزْوَاجَهُمْ وَلَمْ يَكُن لَّهُمْ شُهَدَاء إِلَّا أَنفُسُهُمْ فَشَهَادَةُ أَحَدِهِمْ أَرْبَعُ شَهَادَاتٍ بِاللَّهِ إِنَّهُ لَمِنَ الصَّادِقِينَ {6}
24:6 Ayollarini zinoda ayblaydigan, biroq oʻzidan boshqa guvohlari boʻlmagan erlarning har biri – guvoh sifatida oʻzini rost gapirayotganiga – Allohni toʻrt marta guvoh qilishi kerak.
وَالْخَامِسَةُ أَنَّ لَعْنَتَ اللَّهِ عَلَيْهِ إِن كَانَ مِنَ الْكَاذِبِينَ{7}
24:7 Beshinchi marta guvohligi, agar yolgʻon gapirayotgan boʻlsa, oʻziga Allohning laʼnatini tilashi (boʻladi).
وَيَدْرَأُ عَنْهَا الْعَذَابَ أَنْ تَشْهَدَ أَرْبَعَ شَهَادَاتٍ بِاللَّهِ إِنَّهُ لَمِنَ الْكَاذِبِينَ {8}
24:8 «Erini aniq yolgʻon gapiryapti deb Allohni toʻrt marta guvoh qilib keltirishi, u ayoldan oʻsha (yuz qamchi) jazoni[1416] daf etadi.
وَالْخَامِسَةَ أَنَّ غَضَبَ اللَّهِ عَلَيْهَا إِن كَانَ مِنَ الصَّادِقِينَ {9}
24:9 Beshinchi marta guvohligi, «Agar eri rost gapirgan boʻlsa, oʻziga Allohning gʻazabini tilashi (boʻlsin).
وَلَوْلَا فَضْلُ اللَّهِ عَلَيْكُمْ وَرَحْمَتُهُ وَأَنَّ اللَّهَ تَوَّابٌ حَكِيمٌ {10}
24:10 Agar sizlarga nisbatan Allohning oliyjanobligi va yaxshiligi boʻlmasa edi, Alloh tavbalarni qabul qiluvchi va toʻgʻri qaror beruvchi boʻlmasa edi…
إِنَّ الَّذِينَ جَاؤُوا بِالْإِفْكِ عُصْبَةٌ مِّنكُمْ لَا تَحْسَبُوهُ شَرًّا لَّكُم بَلْ هُوَ خَيْرٌ لَّكُمْ لِكُلِّ امْرِئٍ مِّنْهُم مَّا اكْتَسَبَ مِنَ الْإِثْمِ وَالَّذِي تَوَلَّى كِبْرَهُ مِنْهُمْ لَهُ عَذَابٌ عَظِيمٌ {11}
24:11 Oʻsha boʻhtonni olib kelganlar orangizdan bir jamoadir[1417]. Uni oʻzingizga yomonlik deb oʻylamang, aslida, u sizlar uchun yaxshilikdir. Boʻhtonchilarning har birini orttirgan gunohi oʻziga. Gunohning kattasiga boshchilik qilgan kishiga esa ulkan azob bor.
لَوْلَا إِذْ سَمِعْتُمُوهُ ظَنَّ الْمُؤْمِنُونَ وَالْمُؤْمِنَاتُ بِأَنفُسِهِمْ خَيْرًا وَقَالُوا هَذَا إِفْكٌ مُّبِينٌ {12}
24:12 Boʻhtonni eshitganingizda, (siz) moʻmin erkak va moʻmina ayollar, oʻzingizdan boʻlganlarga nisbatan yaxshi gumon qilib: “Bu aniq boʻhton”, desangiz boʻlmasmidi?!
لَوْلَا جَاؤُوا عَلَيْهِ بِأَرْبَعَةِ شُهَدَاء فَإِذْ لَمْ يَأْتُوا بِالشُّهَدَاء فَأُوْلَئِكَ عِندَ اللَّهِ هُمُ الْكَاذِبُونَ {13}
24:13 Boʻhtonchilar unga toʻrtta guvoh keltirishi kerak emasmidi?! Agar guvohlar keltira olmasalar, demak, ular Allohga koʻra yolgʻonchilardir.
وَلَوْلَا فَضْلُ اللَّهِ عَلَيْكُمْ وَرَحْمَتُهُ فِي الدُّنْيَا وَالْآخِرَةِ لَمَسَّكُمْ فِي مَا أَفَضْتُمْ فِيهِ عَذَابٌ عَظِيمٌ {14}
24:14 Agar Allohning sizga nisbatan oliyjanobligi va yaxshiligi boʻlmasa edi, ichiga tushib qolganingiz bu ish tufayli sizlarni dunyoda ham oxiratda ham ulkan azob tutar edi[1418].
إِذْ تَلَقَّوْنَهُ بِأَلْسِنَتِكُمْ وَتَقُولُونَ بِأَفْوَاهِكُم مَّا لَيْسَ لَكُم بِهِ عِلْمٌ وَتَحْسَبُونَهُ هَيِّنًا وَهُوَ عِندَ اللَّهِ عَظِيمٌ {15}
24:15 Oʻshanda boʻhtonni tildan-tilga koʻchirib, u haqida maʼlumotingiz boʻlmagan narsani gapirib yurdingiz va uni yengil:arzimas sanadingiz. Zero, u Allohga koʻra katta (ish)dir.
وَلَوْلَا إِذْ سَمِعْتُمُوهُ قُلْتُم مَّا يَكُونُ لَنَا أَن نَّتَكَلَّمَ بِهَذَا سُبْحَانَكَ هَذَا بُهْتَانٌ عَظِيمٌ {16}
24:16 Sizlarni boʻhtonni eshitgan zahotingiz: “Buni gapirib yurishga haqimiz yoʻq. Ey pok Alloh! Bu katta boʻhton-ku!”, desangiz boʻlmasmidi?!
يَعِظُكُمُ اللَّهُ أَن تَعُودُوا لِمِثْلِهِ أَبَدًا إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ {17}
24:17 Agar moʻmin boʻlsangiz, Alloh sizlarga bunday narsalarni aslo takrorlamaslikni nasihat qiladi!
وَيُبَيِّنُ اللَّهُ لَكُمُ الْآيَاتِ وَاللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ {18}
24:18 Alloh sizlarga oyatlarni bayon qilib beryapti. Alloh biladi, toʻgʻri qaror beradi.
إِنَّ الَّذِينَ يُحِبُّونَ أَن تَشِيعَ الْفَاحِشَةُ فِي الَّذِينَ آمَنُوا لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ فِي الدُّنْيَا وَالْآخِرَةِ وَاللَّهُ يَعْلَمُ وَأَنتُمْ لَا تَعْلَمُونَ {19}
24:19 Moʻminlar orasida jirkanch/fahsh ishlar yoyilishidan sevinadiganlarga dunyo va oxiratda alamli azob bor. Alloh biladi, sizlar bilmayapsiz.
وَلَوْلَا فَضْلُ اللَّهِ عَلَيْكُمْ وَرَحْمَتُهُ وَأَنَّ اللَّه رَؤُوفٌ رَحِيمٌ {20}
24:20 Agar sizlarga nisbatan Allohning oliyjanobligi va yaxshiligi boʻlmasaydi, Alloh shafqatli va mehribon boʻlmasaydi…
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَتَّبِعُوا خُطُوَاتِ الشَّيْطَانِ وَمَن يَتَّبِعْ خُطُوَاتِ الشَّيْطَانِ فَإِنَّهُ يَأْمُرُ بِالْفَحْشَاء وَالْمُنكَرِ وَلَوْلَا فَضْلُ اللَّهِ عَلَيْكُمْ وَرَحْمَتُهُ مَا زَكَا مِنكُم مِّنْ أَحَدٍ أَبَدًا وَلَكِنَّ اللَّهَ يُزَكِّي مَن يَشَاء وَاللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ {21}
24:21 Ey Moʻminlar! Shaytonning iziga ergashmanglar. Kimki shaytonning iziga ergashsa, bilsinki, u (oʻziga ergashganlarni) jirkanch:fahsh ishlarga va yovuzlikka buyuradi. Agar sizlarga nisbatan Allohning oliyjanobligi va yaxshiligi boʻlmasa edi, sizlardan hech kim hech qachon (tuhmatdan) pok boʻlmagan boʻlardi. Lekin, Alloh Oʻzi munosib bilgan qulini poklaydi. Alloh (hamma narsani) yeshitadi, biladi.
وَلَا يَأْتَلِ أُوْلُوا الْفَضْلِ مِنكُمْ وَالسَّعَةِ أَن يُؤْتُوا أُوْلِي الْقُرْبَى وَالْمَسَاكِينَ وَالْمُهَاجِرِينَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ وَلْيَعْفُوا وَلْيَصْفَحُوا أَلَا تُحِبُّونَ أَن يَغْفِرَ اللَّهُ لَكُمْ وَاللَّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ {22}
24:22 Orangizdagi oliyjanob va boy kishilar qarindoshlariga, bechora-miskinlarga va Alloh yoʻlidagi (oʻz yurtidan koʻchib ketgan) muhojirlarga yordam berishga beparvolik qilmasin, afv etsinlar (jazolamasinlar), yangi sahifa ochsinlar. Alloh sizlarni kechirib yuborishini xohlamaysizlarmi?! Alloh kechirimli va mehribondir.
إِنَّ الَّذِينَ يَرْمُونَ الْمُحْصَنَاتِ الْغَافِلَاتِ الْمُؤْمِنَاتِ لُعِنُوا فِي الدُّنْيَا وَالْآخِرَةِ وَلَهُمْ عَذَابٌ عَظِيمٌ{23}
24:23 (Fahsh ishlar) xayolida ham boʻlmagan[1419], nomusli moʻmina ayollarni zinoda ayblaydiganlar, dunyoda ham oxiratda ham laʼnatlanadi[1420]. Ularga ulkan azob bor.
يَوْمَ تَشْهَدُ عَلَيْهِمْ أَلْسِنَتُهُمْ وَأَيْدِيهِمْ وَأَرْجُلُهُم بِمَا كَانُوا يَعْمَلُونَ {24}
24:24 Kun kelib, qilmishlaridan oʻzlarining tillari, qoʻl va oyoqlari guvohlik beradi[1421].
يَوْمَئِذٍ يُوَفِّيهِمُ اللَّهُ دِينَهُمُ الْحَقَّ وَيَعْلَمُونَ أَنَّ اللَّهَ هُوَ الْحَقُّ الْمُبِينُ {25}
24:25 Oʻsha kuni Alloh ularga oʻzlari haqli boʻlgan jazoni toʻliq qilib beradi va ular Allohni haq ekanini va hamma narsani ochiqcha oʻrtaga qoʻyuvchi ekanini bilib olishadi.
الْخَبِيثَاتُ لِلْخَبِيثِينَ وَالْخَبِيثُونَ لِلْخَبِيثَاتِ وَالطَّيِّبَاتُ لِلطَّيِّبِينَ وَالطَّيِّبُونَ لِلطَّيِّبَاتِ أُوْلَئِكَ مُبَرَّؤُونَ مِمَّا يَقُولُونَ لَهُم مَّغْفِرَةٌ وَرِزْقٌ كَرِيمٌ {26}
24:26 Razilliklar razil kishilarga xos, razil kishilar razilliklarga munosibdir[1422]. Yaxshiliklar yaxshi kishilarga xos, yaxshi kishilar yaxshiliklarga munosibdir. Bu yaxshi kishilar[1423] ular aytayotgan boʻhtonlardan pokdir, ularga (Allohdan) kechirim va moʻl-koʻl rizq bor.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَدْخُلُوا بُيُوتًا غَيْرَ بُيُوتِكُمْ حَتَّى تَسْتَأْنِسُوا وَتُسَلِّمُوا عَلَى أَهْلِهَا ذَلِكُمْ خَيْرٌ لَّكُمْ لَعَلَّكُمْ تَذَكَّرُونَ {27}
24:27 Ey Moʻminlar! Oʻzingizni uyingiz boʻlmagan begona uylarga toki oʻzingizni tanishtirmay:ruxsat olmay va xonadon egalariga salom bermay turib kirmanglar[1424]. Siz uchun mana shu yaxshi. Nasihat olgaysizlar![1425]
فَإِن لَّمْ تَجِدُوا فِيهَا أَحَدًا فَلَا تَدْخُلُوهَا حَتَّى يُؤْذَنَ لَكُمْ وَإِن قِيلَ لَكُمُ ارْجِعُوا فَارْجِعُوا هُوَ أَزْكَى لَكُمْ وَاللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ عَلِيمٌ {28}
24:28 Agar uyda (ruxsat beradigan) birovni topa olmasangiz, toki sizga ruxsat berilmaguncha unga kirmanglar. Agar sizlarga “Qaytinglar”, deyilsa, ortga qayting. Bu sizlar uchun eng pok (yoʻl)dir. Alloh qilmishigizni bilib turadi.
لَّيْسَ عَلَيْكُمْ جُنَاحٌ أَن تَدْخُلُوا بُيُوتًا غَيْرَ مَسْكُونَةٍ فِيهَا مَتَاعٌ لَّكُمْ وَاللَّهُ يَعْلَمُ مَا تُبْدُونَ وَمَا تَكْتُمُونَ {29}
24:29 (Xususiy) maskan tutilmagan, ichida sizlarga foydalanishga ruxsat berilgan binolarga[1426] (ruxsatsiz) kirishingizda sizga gunoh yoʻq. Oshkor qilayotgan narsangizni ham, yashirayotgan narsangizni ham Alloh biladi.
قُل لِّلْمُؤْمِنِينَ يَغُضُّوا مِنْ أَبْصَارِهِمْ وَيَحْفَظُوا فُرُوجَهُمْ ذَلِكَ أَزْكَى لَهُمْ إِنَّ اللَّهَ خَبِيرٌ بِمَا يَصْنَعُونَ {30}
24:30 Moʻmin erkaklarga ayt; tikilib qarashdan koʻzini tiysinlar, uyat joylarini (nomahramlardan) ehtiyot qilsinlar[1427]. Ular uchun eng pok (yoʻl) mana shu. Alloh (insonlarning) qilayotgan “hunarlaridan” xabardordir[1428].
وَقُل لِّلْمُؤْمِنَاتِ يَغْضُضْنَ مِنْ أَبْصَارِهِنَّ وَيَحْفَظْنَ فُرُوجَهُنَّ وَلَا يُبْدِينَ زِينَتَهُنَّ إِلَّا مَا ظَهَرَ مِنْهَا وَلْيَضْرِبْنَ بِخُمُرِهِنَّ عَلَى جُيُوبِهِنَّ وَلَا يُبْدِينَ زِينَتَهُنَّ إِلَّا لِبُعُولَتِهِنَّ أَوْ آبَائِهِنَّ أَوْ آبَاء بُعُولَتِهِنَّ أَوْ أَبْنَائِهِنَّ أَوْ أَبْنَاء بُعُولَتِهِنَّ أَوْ إِخْوَانِهِنَّ أَوْ بَنِي إِخْوَانِهِنَّ أَوْ بَنِي أَخَوَاتِهِنَّ أَوْ نِسَائِهِنَّ أَوْ مَا مَلَكَتْ أَيْمَانُهُنَّ أَوِ التَّابِعِينَ غَيْرِ أُوْلِي الْإِرْبَةِ مِنَ الرِّجَالِ أَوِ الطِّفْلِ الَّذِينَ لَمْ يَظْهَرُوا عَلَى عَوْرَاتِ النِّسَاء وَلَا يَضْرِبْنَ بِأَرْجُلِهِنَّ لِيُعْلَمَ مَا يُخْفِينَ مِن زِينَتِهِنَّ وَتُوبُوا إِلَى اللَّهِ جَمِيعًا أَيُّهَا الْمُؤْمِنُونَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ {31}
24:31 Moʻmina ayollarga ham ayt; tikilib qarashdan koʻzlarini tiysinlar va uyat joylarini (nomahramlardan) ehtiyot qilsinlar. Vujudlarini – ziynatlarini ochmasinlar, ochiq qoladigan aʼzolari bundan mustasno[1429]. Roʻmollarini yoqalariga yopishtirib oʻrasinlar[1430]. Erlari, otalari, erlarining otalari, oʻgʻillari, erlarining (boshqa xotinidan) oʻgʻillari, aka-ukalari, aka-ukalarining oʻgʻillari, opa-singillarining oʻgʻillari, ayollar, qoʻl ostidagi asirlari, (oilaga) bogʻliq qolib uylanish ehtiyojidan qolgan erkaklar va hali hanuz ayollarning uyatli joylarini farqiga bormagan goʻdak bolalardan boshqa hech kimning yonida goʻzallik va koʻrklarini ochmasinlar. Yashirgan vujudlari – ziynatlari maʼlum boʻlib bilinishi uchun oyoqlarini yerga farqli bosmasinlar. Ey moʻminlar! Najot topishingiz uchun, barchangiz Allohga tavba qiling!
وَأَنكِحُوا الْأَيَامَى مِنكُمْ وَالصَّالِحِينَ مِنْ عِبَادِكُمْ وَإِمَائِكُمْ إِن يَكُونُوا فُقَرَاء يُغْنِهِمُ اللَّهُ مِن فَضْلِهِ وَاللَّهُ وَاسِعٌ عَلِيمٌ {32}
24:32 Orangizdagi oilasizlarni va (oila qurishga) layoqatli erkak va ayol asirlaringizni uylantiringlar. Agar kambagʻal boʻlsalar, Alloh Oʻz oliyjanobligi bilan ularni behojat qilib qoʻyadi. Allohning imkoniyati kengdir[1431], biluvchidir.
وَلْيَسْتَعْفِفِ الَّذِينَ لَا يَجِدُونَ نِكَاحًا حَتَّى يُغْنِيَهُمْ اللَّهُ مِن فَضْلِهِ وَالَّذِينَ يَبْتَغُونَ الْكِتَابَ مِمَّا مَلَكَتْ أَيْمَانُكُمْ فَكَاتِبُوهُمْ إِنْ عَلِمْتُمْ فِيهِمْ خَيْرًا وَآتُوهُم مِّن مَّالِ اللَّهِ الَّذِي آتَاكُمْ وَلَا تُكْرِهُوا فَتَيَاتِكُمْ عَلَى الْبِغَاء إِنْ أَرَدْنَ تَحَصُّنًا لِّتَبْتَغُوا عَرَضَ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَمَن يُكْرِههُّنَّ فَإِنَّ اللَّهَ مِن بَعْدِ إِكْرَاهِهِنَّ غَفُورٌ رَّحِيمٌ {33}
24:33 Nikohlanishga imkon topa olmagan (hur yoki asira) ayol-qizlar toki Alloh Oʻz fazli bilan ularni muhtojlikdan chiqarib qoʻygunga qadar iffatini saqlasin[1432]. Qoʻl ostingizdagi asirlar orasidan (oila qurish haqida) sizlar bilan kelishuv tuzmoqchi boʻlganlar bilan –bu narsa ular haqqida yaxshi booʻlishini[1433] bilsangiz – kelishuv tuzing. Allohni sizga bergan mol-davlatidan ularga beringlar[1434]. Dunyo hayotining oʻtkinchi manfaatini koʻzlab, nomusli qolishni xohlagan yosh joriyalaringizni fohishalikka majburlamanglar[1435]. Kimki ularni majburlasa, bilsinki, majbur qilinganidan keyin Alloh (ularni) kechiradi, rahm qiladi[1436].
وَلَقَدْ أَنزَلْنَا إِلَيْكُمْ آيَاتٍ مُّبَيِّنَاتٍ وَمَثَلًا مِّنَ الَّذِينَ خَلَوْا مِن قَبْلِكُمْ وَمَوْعِظَةً لِّلْمُتَّقِينَ {34}
24:34 Shubhasizki, sizlarga aniq-ravshan oyatlar, sizlardan avval oʻtganlardan oʻrnak hamda masʼuliyatli (moʻmin)lar uchun nasihat yubordik.
اللَّهُ نُورُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ مَثَلُ نُورِهِ كَمِشْكَاةٍ فِيهَا مِصْبَاحٌ الْمِصْبَاحُ فِي زُجَاجَةٍ الزُّجَاجَةُ كَأَنَّهَا كَوْكَبٌ دُرِّيٌّ يُوقَدُ مِن شَجَرَةٍ مُّبَارَكَةٍ زَيْتُونِةٍ لَّا شَرْقِيَّةٍ وَلَا غَرْبِيَّةٍ يَكَادُ زَيْتُهَا يُضِيءُ وَلَوْ لَمْ تَمْسَسْهُ نَارٌ نُّورٌ عَلَى نُورٍ يَهْدِي اللَّهُ لِنُورِهِ مَن يَشَاء وَيَضْرِبُ اللَّهُ الْأَمْثَالَ لِلنَّاسِ وَاللَّهُ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ {35}
24:35 Alloh osmonlar va yerning nuridir – oydinlatib beruvchidir[1437]. Uning oydinlatib berishining oʻrnagi — ichida yoritqich bor lampaga oʻxshaydi. Yoritqich shisha ichida. Shisha marvaridli sayyoraga oʻxshaydi. Yoqilgʻisi mashriqqa ham magʻribga ham mansub boʻlmagan[1438] barakatli zaytun daraxtidan (olinadi). Uning moyi garchi unga olov tegmasa ham yoritib yuborgudek boʻladi. Nur[1439] ustiga yana bir nur. Alloh Oʻzi munosib bilgan qulini Oʻz nuriga (kitobiga)[1440] yoʻnaltirib qoʻyadi. Alloh insonlarga misollar keltirmoqda. Alloh hamma narsani biladi.
فِي بُيُوتٍ أَذِنَ اللَّهُ أَن تُرْفَعَ وَيُذْكَرَ فِيهَا اسْمُهُ يُسَبِّحُ لَهُ فِيهَا بِالْغُدُوِّ وَالْآصَالِ {36}
24:36 Alloh ularni qurilishiga va ularning ichida Oʻzining nomi yod etilishiga buyurgan[1441] uylarda…[1442] Unda mard kishilar peshin va asr vaqtlarida Allohni poklab yod etad.
رِجَالٌ لَّا تُلْهِيهِمْ تِجَارَةٌ وَلَا بَيْعٌ عَن ذِكْرِ اللَّهِ وَإِقَامِ الصَّلَاةِ وَإِيتَاء الزَّكَاةِ يَخَافُونَ يَوْمًا تَتَقَلَّبُ فِيهِ الْقُلُوبُ وَالْأَبْصَارُ {37}
24:37 U mard kishilarni na tijorat va na oldi-sotdi Allohning doim yodda tutishdan, namozni/diniy vazifalarni bajarishdan, pok va toʻgʻri boʻlishdan chalgʻita olmaydi. Ular qalb-u koʻzlari dahshatdan iztirobga tushib qoladigan kundan qoʻrqadilar[1443].
لِيَجْزِيَهُمُ اللَّهُ أَحْسَنَ مَا عَمِلُوا وَيَزِيدَهُم مِّن فَضْلِهِ وَاللَّهُ يَرْزُقُ مَن يَشَاء بِغَيْرِ حِسَابٍ {38}
24:38 Ular qilgan ishlari evaziga Alloh eng chiroyli shaklda mukofot berishi, hamda Oʻz oliyjanobligi ila orttirib berishi uchun (shunday qiladilar)[1444]. Alloh Oʻzi munosib bilgan quliga behisob rizq beradi.
وَالَّذِينَ كَفَرُوا أَعْمَالُهُمْ كَسَرَابٍ بِقِيعَةٍ يَحْسَبُهُ الظَّمْآنُ مَاء حَتَّى إِذَا جَاءهُ لَمْ يَجِدْهُ شَيْئًا وَوَجَدَ اللَّهَ عِندَهُ فَوَفَّاهُ حِسَابَهُ وَاللَّهُ سَرِيعُ الْحِسَابِ {39}
24:39 Kofirlik qilganlarning amallari bepayon choʻldagi sarobga oʻxshaydiki, tashna inson toki u yerga borib hech narsa topa olmaguncha uni suv deb oʻylayveradi[1445]. U yerda faqat Allohni topadi. Shunda Alloh unga hisob-kitobini toʻliq qilib beradi. Allohning hisobi tezdir.
أَوْ كَظُلُمَاتٍ فِي بَحْرٍ لُّجِّيٍّ يَغْشَاهُ مَوْجٌ مِّن فَوْقِهِ مَوْجٌ مِّن فَوْقِهِ سَحَابٌ ظُلُمَاتٌ بَعْضُهَا فَوْقَ بَعْضٍ إِذَا أَخْرَجَ يَدَهُ لَمْ يَكَدْ يَرَاهَا وَمَن لَّمْ يَجْعَلِ اللَّهُ لَهُ نُورًا فَمَا لَهُ مِن نُّورٍ {40}
24:40 Yoki (kofirlarning ahvoli) ustma-ust toʻlqin qoplagan va tepasida ustma-ust holatdagi qora bulutlar bor okeandagi zulmatlarga oʻxshaydi; qoʻlini chiqarganida, sal qolsa qoʻlini ham koʻrolmay qoladi. Alloh oydinlik (hidoyat) nasib qilmagan kishida hech qanday oydinlik (hidoyat) boʻlmaydi[1446].
أَلَمْ تَرَ أَنَّ اللَّهَ يُسَبِّحُ لَهُ مَن فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَالطَّيْرُ صَافَّاتٍ كُلٌّ قَدْ عَلِمَ صَلَاتَهُ وَتَسْبِيحَهُ وَاللَّهُ عَلِيمٌ بِمَا يَفْعَلُونَ {41}
24:41 Osmonlar-u yerdagi jonzotlar va saf tortib turgan qushlar Allohni poklab yod etishini[1447] bilmasmiding?! Har biri oʻz vazifasini va tasbeh/poklab yod etish shaklini biladi. Alloh ularni nima qilayotganini bilib turadi.
وَلِلَّهِ مُلْكُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَإِلَى اللَّهِ الْمَصِيرُ {42}
24:42 Osmonlar-u yerning hukmronligi Allohga tegishli. Qaytib borish Allohgadir.
أَلَمْ تَرَ أَنَّ اللَّهَ يُزْجِي سَحَابًا ثُمَّ يُؤَلِّفُ بَيْنَهُ ثُمَّ يَجْعَلُهُ رُكَامًا فَتَرَى الْوَدْقَ يَخْرُجُ مِنْ خِلَالِهِ وَيُنَزِّلُ مِنَ السَّمَاء مِن جِبَالٍ فِيهَا مِن بَرَدٍ فَيُصِيبُ بِهِ مَن يَشَاء وَيَصْرِفُهُ عَن مَّن يَشَاء يَكَادُ سَنَا بَرْقِهِ يَذْهَبُ بِالْأَبْصَارِ {43}
24:43 Bilmasmiding?! Bulutlarni Alloh harakatlantiradi[1448], orasini birlashtiradi, keyin uni qalinlashtiradi. Shunda, bulut orasidan yomgʻir chiqayotganini koʻrasan. Yana, Alloh osmondagi togʻdek bulutlardan doʻl yogʻdirib, uni Oʻzi munosib bilganlarga yetkazadi. Munosib bilgan qullaridan uni burib qoʻyadi. Chaqmogʻining yorugʻligi koʻzlarni koʻr qilgudek boʻladi.
يُقَلِّبُ اللَّهُ اللَّيْلَ وَالنَّهَارَ إِنَّ فِي ذَلِكَ لَعِبْرَةً لِّأُوْلِي الْأَبْصَارِ {44}
24:44 Tun-u kunni Alloh almashtirib turadi. Aql-idrokli kishilar uchun bunda aniq ibrat bor[1449].
وَاللَّهُ خَلَقَ كُلَّ دَابَّةٍ مِن مَّاء فَمِنْهُم مَّن يَمْشِي عَلَى بَطْنِهِ وَمِنْهُم مَّن يَمْشِي عَلَى رِجْلَيْنِ وَمِنْهُم مَّن يَمْشِي عَلَى أَرْبَعٍ يَخْلُقُ اللَّهُ مَا يَشَاء إِنَّ اللَّهَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ {45}
24:45 Alloh (yer yuzidagi) barcha jonzotni suvdan yaratdi. Ulardan baʼzilari qornida yuradi, baʼzilari ikki oyogʻida yuradi, yana baʼzilari toʻrt oyoqda yuradi. Alloh Oʻzi munosib bilganidek yaratadi. Alloh hamma narsaga oʻlchov qoʻyadi.
لَقَدْ أَنزَلْنَا آيَاتٍ مُّبَيِّنَاتٍ وَاللَّهُ يَهْدِي مَن يَشَاء إِلَى صِرَاطٍ مُّسْتَقِيمٍ {46}
24:46 Shubhasiz, aniq-ravshan[1450] oyatlar yubordik. Alloh munosib bilganni toʻgʻri yoʻlga yoʻllaydi.
وَيَقُولُونَ آمَنَّا بِاللَّهِ وَبِالرَّسُولِ وَأَطَعْنَا ثُمَّ يَتَوَلَّى فَرِيقٌ مِّنْهُم مِّن بَعْدِ ذَلِكَ وَمَا أُوْلَئِكَ بِالْمُؤْمِنِينَ {47}
24:47 Kimlardir: “Alloh va Rasuliga ishondik va boʻysundik”, deydi. Biroq, undan keyin ulardan bir guruhi bosh tortadi. Ular moʻmin emas.
وَإِذَا دُعُوا إِلَى اللَّهِ وَرَسُولِهِ لِيَحْكُمَ بَيْنَهُمْ إِذَا فَرِيقٌ مِّنْهُم مُّعْرِضُونَ {48}
24:48 Oralarida hukm qilsin deb, ularni Alloh va Rasuliga[1451] chaqirilganida, ulardan bir guruhi oʻsha zahoti yuz oʻgiradi.
وَإِن يَكُن لَّهُمُ الْحَقُّ يَأْتُوا إِلَيْهِ مُذْعِنِينَ {49}
24:49 Agar haq ularning foydasiga boʻlsa, tezda bosh egib keladilar.
أَفِي قُلُوبِهِم مَّرَضٌ أَمِ ارْتَابُوا أَمْ يَخَافُونَ أَن يَحِيفَ اللَّهُ عَلَيْهِمْ وَرَسُولُهُ بَلْ أُوْلَئِكَ هُمُ الظَّالِمُونَ {50}
24:50 Qalbalrida kasallik bormi, yoki shubha qiladilarmi, yoki Alloh va Rasuli ularga nohaqlik qilishidan qoʻrqyaptilarmi?! Yoʻq! Aslida, ularning oʻzlari haqsizlik qiluvchi-zolimlardir[1452].
إِنَّمَا كَانَ قَوْلَ الْمُؤْمِنِينَ إِذَا دُعُوا إِلَى اللَّهِ وَرَسُولِهِ لِيَحْكُمَ بَيْنَهُمْ أَن يَقُولُوا سَمِعْنَا وَأَطَعْنَا وَأُوْلَئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ {51}
24:51 Oʻrtalarida hukm berishi uchun Alloh va Rasuliga chaqirilganida, moʻminlarni aytadigan gapi faqatgina: “Eshitdik va boʻysundik” boʻlishi kerak. Shular najot topuvchilardir.
وَمَن يُطِعِ اللَّهَ وَرَسُولَهُ وَيَخْشَ اللَّهَ وَيَتَّقْهِ فَأُوْلَئِكَ هُمُ الْفَائِزُونَ {52}
24:52 Kimki Alloh va Rasuliga boʻysunsa Allohdan qoʻrqsa, Unga nisbatan javobgarlikni his qilsa, shular muvaffaqiyatga erishuvchilardir.
وَأَقْسَمُوا بِاللَّهِ جَهْدَ أَيْمَانِهِمْ لَئِنْ أَمَرْتَهُمْ لَيَخْرُجُنَّ قُل لَّا تُقْسِمُوا طَاعَةٌ مَّعْرُوفَةٌ إِنَّ اللَّهَ خَبِيرٌ بِمَا تَعْمَلُونَ {53}
24:53 Agar buyruq bersang (jangga) aniq chiqishlari haqida bor kuchi bilan Allohga qasam ichdilar. Ayt: “Qasam ichmay qoʻyaveringlar — chiroyli chiroyli itoat (qilinglar). Alloh qilmishlaringizdan xabardor”[1453].
قُلْ أَطِيعُوا اللَّهَ وَأَطِيعُوا الرَّسُولَ فَإِن تَوَلَّوا فَإِنَّمَا عَلَيْهِ مَا حُمِّلَ وَعَلَيْكُم مَّا حُمِّلْتُمْ وَإِن تُطِيعُوهُ تَهْتَدُوا وَمَا عَلَى الرَّسُولِ إِلَّا الْبَلَاغُ الْمُبِينُ {54}
24:54 “Allohga boʻysuninglar va Rasulga boʻysuninglar”, deb ayt. Agar bosh tortsalar, uning zimmasida faqat oʻziga yuklatilgan (yetkazib qoʻyish) bor, sizlarning zimmangizda esa, sizlarga yuklatilgan (boʻysunish) bor. Agar unga itoat qilsangiz, toʻgʻri yoʻlda boʻlasizlar. Elchi zimmasida ochiq-oydin yetkazish bor, xolos[1454].
وَعَدَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنكُمْ وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُم فِي الْأَرْضِ كَمَا اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ وَلَيُمَكِّنَنَّ لَهُمْ دِينَهُمُ الَّذِي ارْتَضَى لَهُمْ وَلَيُبَدِّلَنَّهُم مِّن بَعْدِ خَوْفِهِمْ أَمْنًا يَعْبُدُونَنِي لَا يُشْرِكُونَ بِي شَيْئًا وَمَن كَفَرَ بَعْدَ ذَلِكَ فَأُوْلَئِكَ هُمُ الْفَاسِقُونَ{55}
24:55 Alloh orangizdan imon keltirgan va xayrli ishlarni oshirganlarga vaʼda berdi — oʻzlaridan avvalgilarni xalifa – hokim qilganidek, ularni ham yer yuziga hokim qiladi, ularga Oʻzi ravo koʻrgan (Islom) diniga (toʻliq amal qilishga) imkon beradi, hamda qoʻrquvlaridan keyin ularga eson-omonlik beradi. Ular Mening buyruqlarimni bajaradi, Menga hech narsani sherik qilmaydi. Bundan keyin kim kofirlik qilsa, ular yoʻldan chiqqan-fosiqlardir[1455].
وَأَقِيمُوا الصَّلَاةَ وَآتُوا الزَّكَاةَ وَأَطِيعُوا الرَّسُولَ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ {56}
24:56 Namozni/diniy vazifalarni bajaring, pok va toʻgʻri boʻling hamda Elchiga itoat qiling-ki, sizlarga rahm qilinadi.
لَا تَحْسَبَنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا مُعْجِزِينَ فِي الْأَرْضِ وَمَأْوَاهُمُ النَّارُ وَلَبِئْسَ الْمَصِيرُ {57}
24:57 Kofirlik qilganlarni yer yuzida (Allohning hukmidan) qochib-qutulib qoladi, deb oʻylama. Ularning borar joyi jahannamdir. Qanday ham yomon ahvolga kelishdir u!
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لِيَسْتَأْذِنكُمُ الَّذِينَ مَلَكَتْ أَيْمَانُكُمْ وَالَّذِينَ لَمْ يَبْلُغُوا الْحُلُمَ مِنكُمْ ثَلَاثَ مَرَّاتٍ مِن قَبْلِ صَلَاةِ الْفَجْرِ وَحِينَ تَضَعُونَ ثِيَابَكُم مِّنَ الظَّهِيرَةِ وَمِن بَعْدِ صَلَاةِ الْعِشَاء ثَلَاثُ عَوْرَاتٍ لَّكُمْ لَيْسَ عَلَيْكُمْ وَلَا عَلَيْهِمْ جُنَاحٌ بَعْدَهُنَّ طَوَّافُونَ عَلَيْكُم بَعْضُكُمْ عَلَى بَعْضٍ كَذَلِكَ يُبَيِّنُ اللَّهُ لَكُمُ الْآيَاتِ وَاللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ {58}
24:58 Ey moʻminlar! Qoʻl ostingizdgi asirlar hamda xali hanuz voyaga yetmagan yoshlar uch vaqtda: tonggi namozdan oldin, (issiqdan) kiyimlaringizni yechadigan tushlik vaqtida va kechki namozdan keyin (yoningizga kirish uchun) sizlardan ruxsat soʻrasin. Bu uch vaqt sizlar uchun oriyatli[1456] vaqtlardir. Bulardan boshqa vaqtlarda sizlarga ham ularga gunoh yoʻq. Chunki, ular sizlarga kelib-ketib turadi, bir-biringizga (kelib-ketib turasizlar). Alloh oyatlarini sizlarga mana shunday bayon qilmoqda. Alloh biladi, toʻgʻri qaror beradi.
وَإِذَا بَلَغَ الْأَطْفَالُ مِنكُمُ الْحُلُمَ فَلْيَسْتَأْذِنُوا كَمَا اسْتَأْذَنَ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ كَذَلِكَ يُبَيِّنُ اللَّهُ لَكُمْ آيَاتِهِ وَاللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ {59}
24:59 Yosh bolalaringiz voyaga yetgach, oʻzidan avvalgi voyaga yetganlar (kirishga) ruxsat soʻragani kabi, ular ham ruxsat soʻrasin. Alloh koʻrsatmalarni mana shunday bayon qilmoqda. Alloh biladi, toʻgʻri qaror beradi.
وَالْقَوَاعِدُ مِنَ النِّسَاء اللَّاتِي لَا يَرْجُونَ نِكَاحًا فَلَيْسَ عَلَيْهِنَّ جُنَاحٌ أَن يَضَعْنَ ثِيَابَهُنَّ غَيْرَ مُتَبَرِّجَاتٍ بِزِينَةٍ وَأَن يَسْتَعْفِفْنَ خَيْرٌ لَّهُنَّ وَاللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ {60}
24:60 Turmush qurishdan umidi uzilib, (qarib) oʻtirib qolgan ayollar ayollik koʻrklarini ochmagan holda kiyimlarini yechib yurishlarida ularga gunoh yoʻq. Iffatli yurishlari oʻzlariga yaxshiroqdir[1457]. Alloh eshitadi, biladi.
لَيْسَ عَلَى الْأَعْمَى حَرَجٌ وَلَا عَلَى الْأَعْرَجِ حَرَجٌ وَلَا عَلَى الْمَرِيضِ حَرَجٌ وَلَا عَلَى أَنفُسِكُمْ أَن تَأْكُلُوا مِن بُيُوتِكُمْ أَوْ بُيُوتِ آبَائِكُمْ أَوْ بُيُوتِ أُمَّهَاتِكُمْ أَوْ بُيُوتِ إِخْوَانِكُمْ أَوْ بُيُوتِ أَخَوَاتِكُمْ أَوْ بُيُوتِ أَعْمَامِكُمْ أَوْ بُيُوتِ عَمَّاتِكُمْ أَوْ بُيُوتِ أَخْوَالِكُمْ أَوْ بُيُوتِ خَالَاتِكُمْ أَوْ مَا مَلَكْتُم مَّفَاتِحَهُ أَوْ صَدِيقِكُمْ لَيْسَ عَلَيْكُمْ جُنَاحٌ أَن تَأْكُلُوا جَمِيعًا أَوْ أَشْتَاتًا فَإِذَا دَخَلْتُم بُيُوتًا فَسَلِّمُوا عَلَى أَنفُسِكُمْ تَحِيَّةً مِّنْ عِندِ اللَّهِ مُبَارَكَةً طَيِّبَةً كَذَلِكَ يُبَيِّنُ اللَّهُ لَكُمُ الْآيَاتِ لَعَلَّكُمْ تَعْقِلُون {61}
24:61 Oʻz xonadonlaringizda, otalaringizning uylarida, onalaringizning uylarida, aka-ukalaringizning uylarida, opa-singillaringizning uylarida, amakilaringizning uylarida, ammalaringizning uylarida, togʻalaringizning uylarida, xolalaringizning uylarida, qoʻl ostingizdagi asirlar qoladigan uylarda, kalitlari sizda boʻlgan uylarda yoki doʻstlaringizga tegishli uylarda yeb-ichishingizda koʻrga ham tashvish yoʻq, choʻloqqa ham tashvish yoʻq, bemorlarga ham tashvish yoʻq, oʻzingizga ham hech qanday tashvish yoʻq. Hammangiz toʻplanib yeb ichsangiz ham, alohida-alohida boʻlib yeb-ichsangiz ham sizlarga hech qanday gunoh yoʻq. Uylarga kirganingizda, bir-biringizga[1458] Alloh tarafidan yaxshi va chiroyli tilak tilab salom beringlar. Uqib-oʻrganishingiz uchun, Alloh sizlarga oyatlarni mana shunday bayon qilmoqda.
إِنَّمَا الْمُؤْمِنُونَ الَّذِينَ آمَنُوا بِاللَّهِ وَرَسُولِهِ وَإِذَا كَانُوا مَعَهُ عَلَى أَمْرٍ جَامِعٍ لَمْ يَذْهَبُوا حَتَّى يَسْتَأْذِنُوهُ إِنَّ الَّذِينَ يَسْتَأْذِنُونَكَ أُوْلَئِكَ الَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ وَرَسُولِهِ فَإِذَا اسْتَأْذَنُوكَ لِبَعْضِ شَأْنِهِمْ فَأْذَن لِّمَن شِئْتَ مِنْهُمْ وَاسْتَغْفِرْ لَهُمُ اللَّهَ إِنَّ اللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ {62}
24:62 Moʻminlar — Alloh va Rasuliga ishonganlardir. Ular umumiy ish yuzasidan Rasulullohning yonida ekanida undan ruxsat olmasdan ketib qolmaydi. (Ey Muhammad! Ketishdan oldin) sendan ruxsat soʻraydiganlar — shular Alloh va Rasuliga ishonadiganlardir. Ular oʻzlarining shaxsiy ishlari uchun ruxsat soʻraganida, ular orasidan oʻzing munosib bilganlarga ruxsat ber va ularga Allohdan magʻfirat/kechirim soʻra. Alloh kechirimli va mehribondir.
لَا تَجْعَلُوا دُعَاء الرَّسُولِ بَيْنَكُمْ كَدُعَاء بَعْضِكُم بَعْضًا قَدْ يَعْلَمُ اللَّهُ الَّذِينَ يَتَسَلَّلُونَ مِنكُمْ لِوَاذًا فَلْيَحْذَرِ الَّذِينَ يُخَالِفُونَ عَنْ أَمْرِهِ أَن تُصِيبَهُمْ فِتْنَةٌ أَوْ يُصِيبَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ {63}
24:63 Elchining chaqirigʻini[1459] orangizdagi bir-biringizni chaqirigʻi bilan bir xil oʻringa qoʻymang. Orangizdan yashirinib sekin-asta chiqib ketadiganlarni Alloh juda yaxshi biladi. Uning buyrugʻiga zid ish qiladiganlar, oʻzlariga biron bir fitna[1460] yoki alamli azob kelishidan ehtiyot boʻlsinlar.
أَلَا إِنَّ لِلَّهِ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ قَدْ يَعْلَمُ مَا أَنتُمْ عَلَيْهِ وَيَوْمَ يُرْجَعُونَ إِلَيْهِ فَيُنَبِّئُهُم بِمَا عَمِلُوا وَاللَّهُ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ {64}
24:64 Ogoh boʻling! Osmonlar va yerdagi hamma narsa Allohniki. U sizlarni qanday ahvolda ekaningizni yaxshi biladi. Kun kelib, (hamma) Unga qaytariladi. Shunda, U qilmishlaringizni[1461] oʻzingizga bildirib qoʻyadi. Alloh hamma narsani biladi.
- FURQON surasi[1462]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
تَبَارَكَ الَّذِي نَزَّلَ الْفُرْقَانَ عَلَى عَبْدِهِ لِيَكُونَ لِلْعَالَمِينَ نَذِيرًا {1}
25:1 Barchaga ogohlantiruvchi boʻlsin[1463] deb, bandasi (Muhammad)ga Furqon[1464] tushirgan zotning shaʼni ulugʻdir.
الَّذِي لَهُ مُلْكُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَلَمْ يَتَّخِذْ وَلَدًا وَلَمْ يَكُن لَّهُ شَرِيكٌ فِي الْمُلْكِ وَخَلَقَ كُلَّ شَيْءٍ فَقَدَّرَهُ تَقْدِيرًا {2}
25:2 Osmonlar va yerning hukmronligi Unga tegishli. U Oʻziga farzand ham tutmagan, hukmronlikda Unga birov sherik ham boʻlmagan. U hamma narsani yaratib, unga mukammal oʻlchov belgilagan[1465].
وَاتَّخَذُوا مِن دُونِهِ آلِهَةً لَّا يَخْلُقُونَ شَيْئًا وَهُمْ يُخْلَقُونَ وَلَا يَمْلِكُونَ لِأَنفُسِهِمْ ضَرًّا وَلَا نَفْعًا وَلَا يَمْلِكُونَ مَوْتًا وَلَا حَيَاةً وَلَا نُشُورًا {3}
25:3 (Mushriklar) Allohni qoʻyib, hech narsa yarata olmaydigan, oʻzlari yaratiladigan, oʻzlariga na zarar va na foyda keltira olmaydigan, oʻldirishga ham, tiriltirishga ham, oʻlgandan keyin qayta tiriltirishga ham kuchi yetmaydigan narsalarni oʻzlariga “xudo” qilib oldilar.
وَقَالَ الَّذِينَ كَفَرُوا إِنْ هَذَا إِلَّا إِفْكٌ افْتَرَاهُ وَأَعَانَهُ عَلَيْهِ قَوْمٌ آخَرُونَ فَقَدْ جَاؤُوا ظُلْمًا وَزُورًا {4}
25:4 Kofirlik qilganlar: «Bu (Qurʼon) uydirmadan boshqa narsa emas; uni Muhammadning oʻzi toʻqidi, unga bir qavm yordam berdi», dedilar. Shu tariqa, ular nohaqlik qildi, notoʻgʻri ish qildi.
وَقَالُوا أَسَاطِيرُ الْأَوَّلِينَ اكْتَتَبَهَا فَهِيَ تُمْلَى عَلَيْهِ بُكْرَةً وَأَصِيلًا {5}
25:5 Yana: «Bu avvalgilarning uydirmalaridir, (Muhammad Qurʼonni) ulardan koʻchirib olyapti, unga kechasi-yu kunduzi aytib berilyapti», dedilar.
قُلْ أَنزَلَهُ الَّذِي يَعْلَمُ السِّرَّ فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ إِنَّهُ كَانَ غَفُورًا رَّحِيمًا {6}
25:6 Ayt: “U (Qurʼon)ni osmonlaru yerdagi sirni biladigan zot yubordi. U kechirimli va mehribondir.”.
وَقَالُوا مَالِ هَذَا الرَّسُولِ يَأْكُلُ الطَّعَامَ وَيَمْشِي فِي الْأَسْوَاقِ لَوْلَا أُنزِلَ إِلَيْهِ مَلَكٌ فَيَكُونَ مَعَهُ نَذِيرًا {7}
25:7 Ular yana shunday dedi: «Bu qanaqa elchi? Ovqat ham yeydi, bozorlarda ham yuradi. Unga farishta tushirilsa boʻlmasmidi – u bilan birga (yonida) ogohlantiruvchi boʻlardi.[1466]
أَوْ يُلْقَى إِلَيْهِ كَنزٌ أَوْ تَكُونُ لَهُ جَنَّةٌ يَأْكُلُ مِنْهَا وَقَالَ الظَّالِمُونَ إِن تَتَّبِعُونَ إِلَّا رَجُلًا مَّسْحُورًا {8}
25:8 Yoki, unga biron xazina berilsaydi, yoki oʻzi yeb yuradigan shaxsiy boʻstoni boʻlsaydi»[1467] dedilar. Oʻsha zolimlar: “(Muhammadga ergashsangiz) faqat sehrlangan odamga ergashgan boʻlasiz”, dedilar.
انظُرْ كَيْفَ ضَرَبُوا لَكَ الْأَمْثَالَ فَضَلُّوا فَلَا يَسْتَطِيعُونَ سَبِيلًا {9}
25:9 (Ey Muhammad!) Ular senga qanday misollar keltirganiga qaragin. Ular adashdi, endi ular (haq) yoʻlni topolmaydi.
تَبَارَكَ الَّذِي إِن شَاء جَعَلَ لَكَ خَيْرًا مِّن ذَلِكَ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِن تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ وَيَجْعَل لَّكَ قُصُورًا {10}
25:10 Shaʼni ulugʻ boʻlgan zot agar (dunyoda berishni) loyiq koʻrganida, senga ular aytganlaridan ham yaxshiroq – ostidan anhorlar oqib turadigan bogʻ-boʻstonlar (tashkil) qilib bergan boʻlardi, senga qasrlar (tashkil) qilib berardi.
بَلْ كَذَّبُوا بِالسَّاعَةِ وَأَعْتَدْنَا لِمَن كَذَّبَ بِالسَّاعَةِ سَعِيرًا {11}
25:11 Aslida, u (kofir)lar qiyomatni yolgʻonga chiqardi. Qiyomatni yolgʻonga chiqarganlarga jahannam tayyorlab qoʻyamiz.
إِذَا رَأَتْهُم مِّن مَّكَانٍ بَعِيدٍ سَمِعُوا لَهَا تَغَيُّظًا وَزَفِيرًا {12}
25:12 Jahannam ularga uzoq yerda koʻringanida-yoq, uning qaynashini va uvillashini eshitadilar.
وَإِذَا أُلْقُوا مِنْهَا مَكَانًا ضَيِّقًا مُقَرَّنِينَ دَعَوْا هُنَالِكَ ثُبُورًا {13}
25:13 Kishanlanib jahannamning tor joyiga tashlanganlarida esa, shu joyda yoʻq boʻlib ketishni tilab qoladilar.
لَا تَدْعُوا الْيَوْمَ ثُبُورًا وَاحِدًا وَادْعُوا ثُبُورًا كَثِيرًا {14}
25:14 «Bugun bir marta yoʻq boʻlib ketishni tilamanglar, koʻp martalab yoʻq boʻlib ketishni[1468] tilanglar» (deyiladi).
قُلْ أَذَلِكَ خَيْرٌ أَمْ جَنَّةُ الْخُلْدِ الَّتِي وُعِدَ الْمُتَّقُونَ كَانَتْ لَهُمْ جَزَاء وَمَصِيرًا {15}
25:15 Ayt: «Mana shu narsa yaxshimi, yoki masʼuliyatli (moʻmin)larga vaʼda qilingan mangulik jannatimi? U ularning mukofoti va borar joy boʻladi.
لَهُمْ فِيهَا مَا يَشَاؤُونَ خَالِدِينَ كَانَ عَلَى رَبِّكَ وَعْدًا مَسْؤُولًا {16}
25:16 Ularga oʻzlari xohlagan narsalar boʻladi, u yerda oʻlimsiz – mangu qoladi. Bu yaratgan Egangdan umid qilingan vaʼdadir.
وَيَوْمَ يَحْشُرُهُمْ وَمَا يَعْبُدُونَ مِن دُونِ اللَّهِ فَيَقُولُ أَأَنتُمْ أَضْلَلْتُمْ عِبَادِي هَؤُلَاء أَمْ هُمْ ضَلُّوا السَّبِيلَ {17}
25:17 Kun kelib, u(mushrik)larni oʻzlarini ham, Allohdan keyinga qoʻyib ibodat qilayotgan kimsalarini ham toʻplab, “Mening mana bu bandalarimni sizlar adashtirdingizmi yoki oʻzlari yoʻldan adashganmi?”, deydi[1469].
قَالُوا سُبْحَانَكَ مَا كَانَ يَنبَغِي لَنَا أَن نَّتَّخِذَ مِن دُونِكَ مِنْ أَوْلِيَاء وَلَكِن مَّتَّعْتَهُمْ وَآبَاءهُمْ حَتَّى نَسُوا الذِّكْرَ وَكَانُوا قَوْمًا بُورًا {18}
25:18 Ular: “Sen poksan! Biz Sendan keyingi oʻrindagi «avliyolar:maʼbudlar” qilib olinishga[1470] haqqimiz yoʻq. Lekin, Sen ularni ham, ota-bobolarini ham (neʼmatlardan) bahramand qilding, hatto ular eslatmani (buyruqlaringni)[1471] unutib yuborib, halok boʻlgan qavmga aylandilar», deyishadi[1472].
فَقَدْ كَذَّبُوكُم بِمَا تَقُولُونَ فَمَا تَسْتَطِيعُونَ صَرْفًا وَلَا نَصْرًا وَمَن يَظْلِم مِّنكُمْ نُذِقْهُ عَذَابًا كَبِيرًا {19}
25:19 Shunda, «Ular sizni oʻzingiz aytayotgan gaplaringizda yolgʻonchiga chiqardi-ku!. Endi, rad etishga[1473] ham, oʻzingizga yordam berishga ham kuchingiz yetmaydi. Sizlardan kimki zulm/shirk qilgan boʻlsa[1474], unga buyuk azob tottiramiz», (deyiladi).
وَما أَرْسَلْنَا قَبْلَكَ مِنَ الْمُرْسَلِينَ إِلَّا إِنَّهُمْ لَيَأْكُلُونَ الطَّعَامَ وَيَمْشُونَ فِي الْأَسْوَاقِ وَجَعَلْنَا بَعْضَكُمْ لِبَعْضٍ فِتْنَةً أَتَصْبِرُونَ وَكَانَ رَبُّكَ بَصِيرًا {20}
25:20 (Ey Muhammad!) Sendan oldin yuborgan elchilarimiz ham albatta ovqat yerdi, bozorlarda kezardi. Sabr qilasizlarmi deb, sizlarni bir-biringiz bilan imtihon qildik[1475]. Rabbing koʻrib turadi.
وَقَالَ الَّذِينَ لَا يَرْجُونَ لِقَاءنَا لَوْلَا أُنزِلَ عَلَيْنَا الْمَلَائِكَةُ أَوْ نَرَى رَبَّنَا لَقَدِ اسْتَكْبَرُوا فِي أَنفُسِهِمْ وَعَتَوْ عُتُوًّا كَبِيرًا {21}
25:21 Bizga yoʻliqishni umid qilmaganlar[1476] qilmaganlar: “Bizga farishta tushsa yoki Rabbimizni Oʻzini koʻrsak boʻlmasmidi?” dedilar. Ular oʻzlaricha katta ketdi va juda haddan oshdi.
يَوْمَ يَرَوْنَ الْمَلَائِكَةَ لَا بُشْرَى يَوْمَئِذٍ لِّلْمُجْرِمِينَ وَيَقُولُونَ حِجْرًا مَّحْجُورًا {22}
25:22 Farishtalarni koʻradigan kunlari u (jinoyatchi)larga hech qanday xushxabar boʻlmaydi. Ular: “Mahrumlik! Mahrumlik!” deb qoladi.
وَقَدِمْنَا إِلَى مَا عَمِلُوا مِنْ عَمَلٍ فَجَعَلْنَاهُ هَبَاء مَّنثُورًا {23}
25:23 Ularning qilgan har bir ishini qoʻlga olib[1477], uni toʻzigan chang-toʻzonga aylantirib yuboramiz.
أَصْحَابُ الْجَنَّةِ يَوْمَئِذٍ خَيْرٌ مُّسْتَقَرًّا وَأَحْسَنُ مَقِيلًا {24}
25:24 Oʻsha kuni jannat ahlining qarorgohi juda yaxshi va oromgohi juda chiroylidir[1478].
وَيَوْمَ تَشَقَّقُ السَّمَاء بِالْغَمَامِ وَنُزِّلَ الْمَلَائِكَةُ تَنزِيلًا {25}
25:25 Kun kelib osmon bulutlaridan boʻlinib ayriladi[1479] va farishtalar boʻlinib-boʻlinib tushiriladi.
الْمُلْكُ يَوْمَئِذٍ الْحَقُّ لِلرَّحْمَنِ وَكَانَ يَوْمًا عَلَى الْكَافِرِينَ عَسِيرًا {26}
25:26 U kuni haqiqiy hukmronlik faqat Rahmonga tegishli boʻladi[1480]. U kun kofirlarga ogʻir kun boʻladi.
وَيَوْمَ يَعَضُّ الظَّالِمُ عَلَى يَدَيْهِ يَقُولُ يَا لَيْتَنِي اتَّخَذْتُ مَعَ الرَّسُولِ سَبِيلًا {27}
25:27 U kuni zolim oʻz qoʻllarini tishlab shunday deb qoladi: «Eh, koshki shu Elchi ila bitta yoʻlda yurganimda edi.
يَا وَيْلَتَى لَيْتَنِي لَمْ أَتَّخِذْ فُلَانًا خَلِيلًا {28}
25:28 Ey, voh! Koshki falonchini[1481] yaqin doʻst qilib olmaganimda edi-ya[1482].
لَقَدْ أَضَلَّنِي عَنِ الذِّكْرِ بَعْدَ إِذْ جَاءنِي وَكَانَ الشَّيْطَانُ لِلْإِنسَانِ خَذُولًا {29}
25:29 Menga zikr – Qurʼon yetib kelganidan keyin, u meni Zikrdan – Qurʼondan adashtiribdi. Shayton insonni yordamsiz tashlab qoʻyar ekan.
وَقَالَ الرَّسُولُ يَا رَبِّ إِنَّ قَوْمِي اتَّخَذُوا هَذَا الْقُرْآنَ مَهْجُورًا {30}
25:30 (U kuni) Elchi: Ey Robbim! Mening qavmim bu Qurʼonni tark etilgan holda tashlab qoʻyibdi», deydi[1483].
وَكَذَلِكَ جَعَلْنَا لِكُلِّ نَبِيٍّ عَدُوًّا مِّنَ الْمُجْرِمِينَ وَكَفَى بِرَبِّكَ هَادِيًا وَنَصِيرًا {31}
25:31 Mana shunday, har bir paygʻambarga jinoyatchilardan dushman qilganmiz[1484]. Yoʻl koʻrsatish va yordam berishda Robbing kifoyadir[1485].
وَقَالَ الَّذِينَ كَفَرُوا لَوْلَا نُزِّلَ عَلَيْهِ الْقُرْآنُ جُمْلَةً وَاحِدَةً كَذَلِكَ لِنُثَبِّتَ بِهِ فُؤَادَكَ وَرَتَّلْنَاهُ تَرْتِيلًا {32}
25:32 Kofirlik qilganlar: “Qurʼon unga (Muhammadga) bitta toʻplam boʻlib tushirilsa boʻlmasmidi?”, dedi. Biz uni seni qalbingga mustahkam oʻrnatish uchun shunday (boʻlib-boʻlib tushirdik)[1486]. Biz uni dona-dona qilib oʻqib[1487] berdik.
وَلَا يَأْتُونَكَ بِمَثَلٍ إِلَّا جِئْنَاكَ بِالْحَقِّ وَأَحْسَنَ تَفْسِيرًا {33}
25:33 Ular senga har qanday eʼtirozli misol bilan kelsalar, Biz senga haqiqatni va eng toʻgʻri tushuntirishni keltirib qoʻyamiz.
الَّذِينَ يُحْشَرُونَ عَلَى وُجُوهِهِمْ إِلَى جَهَنَّمَ أُوْلَئِكَ شَرٌّ مَّكَانًا وَأَضَلُّ سَبِيلًا {34}
25:34 Ular jahannamga yuz tuban holda toʻplanadi. Ularning joyi juda yomon, (dunyo tutgan) yoʻli juda xatodir.
وَلَقَدْ آتَيْنَا مُوسَى الْكِتَابَ وَجَعَلْنَا مَعَهُ أَخَاهُ هَارُونَ وَزِيرًا {35}
25:35 Shubhasizki, Musoga ham kitob berdik, birodari Horunni unga yordamchi[1488] qildik.
فَقُلْنَا اذْهَبَا إِلَى الْقَوْمِ الَّذِينَ كَذَّبُوا بِآيَاتِنَا فَدَمَّرْنَاهُمْ تَدْمِيرًا {36}
25:36 Keyin: “Ikkalangiz ham oyatlarimizni yolgʻonga chiqargan qavmga boringlar”, deganmiz. Oxir-oqibat, (oyatlarni inkor qilishdan qaytmagach)[1489] u qavmni butunlay halok qilib yubordik.
وَقَوْمَ نُوحٍ لَّمَّا كَذَّبُوا الرُّسُلَ أَغْرَقْنَاهُمْ وَجَعَلْنَاهُمْ لِلنَّاسِ آيَةً وَأَعْتَدْنَا لِلظَّالِمِينَ عَذَابًا أَلِيمًا {37}
25:37 Nuh qavmini ham halok qildik – elchilarni yolgʻonchiga chiqarishganida, ularni suvga choʻktirib yubordik va ularni insonlarga ibrat/dalil qildik. Zulm qiluvchilarga alamli azob tayyorlab qoʻydik.
وَعَادًا وَثَمُودَ وَأَصْحَابَ الرَّسِّ وَقُرُونًا بَيْنَ ذَلِكَ كَثِيرًا {38}
25:38 Od, Samud va Rass aholisini ham, bular orasida (yashagan) koʻplab nasllarni ham halok qildik.
وَكُلًّا ضَرَبْنَا لَهُ الْأَمْثَالَ وَكُلًّا تَبَّرْنَا تَتْبِيرًا {39}
25:39 Ularning har biriga oʻrnaklar keltirdik, (ibratlanmagach) hammasini butunlay yoʻq qildik.
وَلَقَدْ أَتَوْا عَلَى الْقَرْيَةِ الَّتِي أُمْطِرَتْ مَطَرَ السَّوْءِ أَفَلَمْ يَكُونُوا يَرَوْنَهَا بَلْ كَانُوا لَا يَرْجُونَ نُشُورًا {40}
25:40 Makkaliklar falokat/tosh yogʻdirilgan yurtga aniq kelishgan. Shunda, nahotki ular oʻsha yurtni koʻrishmagan boʻlsa?! Yoʻq, aslida bular qayta tirilishdan umid qilmayapti[1490].
وَإِذَا رَأَوْكَ إِن يَتَّخِذُونَكَ إِلَّا هُزُوًا أَهَذَا الَّذِي بَعَثَ اللَّهُ رَسُولًا {41}
25:41 Bular seni koʻrishganida faqat masxara qilishib, shunday demoqda: «Alloh elchi qilib yuborgan kishi mana shumi?
إِن كَادَ لَيُضِلُّنَا عَنْ آلِهَتِنَا لَوْلَا أَن صَبَرْنَا عَلَيْهَا وَسَوْفَ يَعْلَمُونَ حِينَ يَرَوْنَ الْعَذَابَ مَنْ أَضَلُّ سَبِيلًا {42}
25:42 Agar “ilohlarimizga” ibodat qilishda sabrli boʻlmaganimizda edi, sal qolsa bu bizni “ilohlarimizga” ibodat qilishdan adashtirib yuborar edi.» (Mushriklar) azobni koʻrishganida, kim adashgan yoʻlda ekanini bilib olishadi.
أَرَأَيْتَ مَنِ اتَّخَذَ إِلَهَهُ هَوَاهُ أَفَأَنتَ تَكُونُ عَلَيْهِ وَكِيلًا {43}
25:43 Oʻz orzu-istagini oʻziga iloh qilib olgan odamni koʻrdingmi? Sen unga vakil[1491] boʻlasanmi?!
أ مْ تَحْسَبُ أَنَّ أَكْثَرَهُمْ يَسْمَعُونَ أَوْ يَعْقِلُونَ إِنْ هُمْ إِلَّا كَالْأَنْعَامِ بَلْ هُمْ أَضَلُّ سَبِيلًا {44}
25:44 Yoki, ularning koʻpchiligini (haqqa) quloq soladi va aql yuritadi deb oʻylaysanmi?! Ular faqat chorva hayvonlarga oʻxshaydi, balki undan ham battar gumroh[1492].
أَلَمْ تَرَ إِلَى رَبِّكَ كَيْفَ مَدَّ الظِّلَّ وَلَوْ شَاء لَجَعَلَهُ سَاكِنًا ثُمَّ جَعَلْنَا الشَّمْسَ عَلَيْهِ دَلِيلًا {45}
25:45 Koʻrmadingmi?! Robbing soyani qanday uzatib qoʻydi? Agar xohlasa bir xil holatda turadigan:doimiy qilib qoʻyardi. Keyin, quyoshni soyaga qanday dalil qildik[1493]?
ثُمَّ قَبَضْنَاهُ إِلَيْنَا قَبْضًا يَسِيرًا {46}
25:46 Keyin, uni asta-sekin Oʻzimizga tortib qisqartiramiz[1494].
وَهُوَ الَّذِي جَعَلَ لَكُمُ اللَّيْلَ لِبَاسًا وَالنَّوْمَ سُبَاتًا وَجَعَلَ النَّهَارَ نُشُورًا {47}
25:47 U sizlar uchun tunni yopinchiq, uyquni rohatlantiruvchi, kunduzni esa yoyilib tarqaladigan bir holat qilib berdi.
وَهُوَ الَّذِي أَرْسَلَ الرِّيَاحَ بُشْرًا بَيْنَ يَدَيْ رَحْمَتِهِ وَأَنزَلْنَا مِنَ السَّمَاء مَاء طَهُورًا {48}
25:48 U Oʻz yaxshiligi oldidan shamolni xushxabar qilib yubordi. Osmondan toza suvni Biz tushiramiz.
لِنُحْيِيَ بِهِ بَلْدَةً مَّيْتًا وَنُسْقِيَهُ مِمَّا خَلَقْنَا أَنْعَامًا وَأَنَاسِيَّ كَثِيرًا {49}
25:49 Suv orqali jonsiz hududni qayta jonlantirish uchun, Oʻzimiz yaratgan hayvonlarni hamda insonlarni sugʻorish uchun shunday qilamiz.
وَلَقَدْ صَرَّفْنَاهُ بَيْنَهُمْ لِيَذَّكَّرُوا فَأَبَى أَكْثَرُ النَّاسِ إِلَّا كُفُورًا {50}
25:50 Shubhasizki, nasihat olsinlar deb, insonlarga uni farqli uslublarda tushuntirib berdik. Lekin, insonlarning koʻpi nonkoʻrlik qilishga intildi.
وَلَوْ شِئْنَا لَبَعَثْنَا فِي كُلِّ قَرْيَةٍ نَذِيرًا {51}
25:51 Agar xohlasak, har bir shahar-qishloqqa bittadan ogohlantiruvchi (paygʻambar) yuborib qoʻyamiz[1495].
فَلَا تُطِعِ الْكَافِرِينَ وَجَاهِدْهُم بِهِ جِهَادًا كَبِيرًا {52}
25:52 Shuning uchun, sen kofirlarga itoat qilma, Qurʼon[1496] orqali ularga qarshi qattiq kurash olib bor[1497].
وَهُوَ الَّذِي مَرَجَ الْبَحْرَيْنِ هَذَا عَذْبٌ فُرَاتٌ وَهَذَا مِلْحٌ أُجَاجٌ وَجَعَلَ بَيْنَهُمَا بَرْزَخًا وَحِجْرًا مَّحْجُورًا {53}
25:53 Bunisi chuchuk va totli, bunisi tuzli va achchiq – ikki dengizni birgalikda oqizib qoʻyib, oʻrtasiga toʻsiq qoʻygan va oʻtib boʻlmas chegara qoʻyib qoʻygan ham U (Alloh)dir.
وَهُوَ الَّذِي خَلَقَ مِنَ الْمَاء بَشَرًا فَجَعَلَهُ نَسَبًا وَصِهْرًا وَكَانَ رَبُّكَ قَدِيرًا {54}
25:54 Suvdan bashariyat yaratib, unga nasab va oila rishtasini[1498] paydo qilgan ham U (Alloh)dir. Yaratgan Egang oʻlchov qoʻyuvchidir.
وَيَعْبُدُونَ مِن دُونِ اللَّهِ مَا لَا يَنفَعُهُمْ وَلَا يَضُرُّهُمْ وَكَانَ الْكَافِرُ عَلَى رَبِّهِ ظَهِيرًا {55}
25:55 (Mushriklar) Allohni qoʻyib, oʻzlariga foyda ham zarar ham keltira olmaydigan “kimsalarga”ga ibodat qilyapti. Kofir Robbiga qarshi (boshqalarga) yordamchi boʻladi[1499].
وَمَا أَرْسَلْنَاكَ إِلَّا مُبَشِّرًا وَنَذِيرًا {56}
25:56 Biz seni faqat xushxabar beruvchi va ogohlantiruvchi qilib yubordik.
قُلْ مَا أَسْأَلُكُمْ عَلَيْهِ مِنْ أَجْرٍ إِلَّا مَن شَاء أَن يَتَّخِذَ إِلَى رَبِّهِ سَبِيلًا {57}
25:57 Ayt: «Men bu ishimga sizlardan hech qanday haq talab qilmayman[1500]. Men faqat Robbining yoʻlini tutgan inson boʻlishingizni talab qilaman.
وَتَوَكَّلْ عَلَى الْحَيِّ الَّذِي لَا يَمُوتُ وَسَبِّحْ بِحَمْدِهِ وَكَفَى بِهِ بِذُنُوبِ عِبَادِهِ خَبِيرًا {58}
25:58 Sen oʻlmaydigan tirik zotga – Allohga suyanib tayan! Uni olqishlab ulugʻla! U bandalarining gunohlaridan yetarlicha xabardor.
الَّذِي خَلَقَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا فِي سِتَّةِ أَيَّامٍ ثُمَّ اسْتَوَى عَلَى الْعَرْشِ الرَّحْمَنُ فَاسْأَلْ بِهِ خَبِيرًا {59}
25:59 Osmonlarni, yerni va ular orasidagilarni olti davrda[1501] yaratib, keyin boshqaruv markazi – arshga yoʻnalgan zot Rahmondir. U haqida undan xabardor boʻlgan zotdan soʻra[1502].
وَإِذَا قِيلَ لَهُمُ اسْجُدُوا لِلرَّحْمَنِ قَالُوا وَمَا الرَّحْمَنُ أَنَسْجُدُ لِمَا تَأْمُرُنَا وَزَادَهُمْ نُفُورًا {60}
25:60 Ularga: “Rahmonga sajda qilinglar!” deyilganida, ular: “Rahmon kim oʻzi? Bizni kimga sajda qilishga buyursang shunga sajda qilib ketaveramizmi?” deyishadi. Bu esa, ularni (imondan) uzoqlashishini orttirdi.
تَبَارَكَ الَّذِي جَعَلَ فِي السَّمَاء بُرُوجًا وَجَعَلَ فِيهَا سِرَاجًا وَقَمَرًا مُّنِيرًا {61}
25:61 Osmonda burjlar paydo qilgan, ular ichida bitta yorugʻlik manbai (quyosh) va nur taratuvchi oy[1503] paydo qilgan zotning shaʼni ulugʻdir[1504].
وَهُوَ الَّذِي جَعَلَ اللَّيْلَ وَالنَّهَارَ خِلْفَةً لِّمَنْ أَرَادَ أَن يَذَّكَّرَ أَوْ أَرَادَ شُكُورًا {62}
25:62 Nasihat olmoqchi yoki qadriga yetmoqchi boʻlganlar uchun, U (Alloh) kecha bilan kunduzni birin-ketin almashib turadigan qilib qoʻydi[1505].
وَعِبَادُ الرَّحْمَنِ الَّذِينَ يَمْشُونَ عَلَى الْأَرْضِ هَوْنًا وَإِذَا خَاطَبَهُمُ الْجَاهِلُونَ قَالُوا سَلَامًا {63}
25:63 Rahmonning buyruqlarini bajaradiganlar yer yuzida kamtar boʻlib yuradi, johillar ularga xitob qilganida yaxshi gap gapiradi[1506].
وَالَّذِينَ يَبِيتُونَ لِرَبِّهِمْ سُجَّدًا وَقِيَامًا {64}
25:64 Ular tunlarni Robbiga sajda qilgan va bedor boʻlgan holda oʻtkazadi[1507].
وَالَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَا اصْرِفْ عَنَّا عَذَابَ جَهَنَّمَ إِنَّ عَذَابَهَا كَانَ غَرَامًا {65}
25:65 Ular shunday deydi: «Ey Robbimiz! Bizdan jahannam azobini daf qil, chunki, uning azobi ofat/ziyondir.
إِنَّهَا سَاءتْ مُسْتَقَرًّا وَمُقَامًا {66}
25:66 Chunki, jahannam eng yomon qarorgohdir, eng yomon joydir.»
وَالَّذِينَ إِذَا أَنفَقُوا لَمْ يُسْرِفُوا وَلَمْ يَقْتُرُوا وَكَانَ بَيْنَ ذَلِكَ قَوَامًا {67}
25:67 Ular xayr-ehsonlarida isrof qilib sovurmaydi ham, oʻta baxillik ham qilmaydi, ikkisi orasida oʻrta yoʻl tutadi.
وَالَّذِينَ لَا يَدْعُونَ مَعَ اللَّهِ إِلَهًا آخَرَ وَلَا يَقْتُلُونَ النَّفْسَ الَّتِي حَرَّمَ اللَّهُ إِلَّا بِالْحَقِّ وَلَا يَزْنُونَ وَمَن يَفْعَلْ ذَلِكَ يَلْقَ أَثَامًا {68}
25:68 Ular Allohga qoʻshib boshqa (uydirma) ilohga duo qilmaydi, Alloh oʻldirishni qilgan jonni nohaq oʻldirmaydi[1508] va zino qilmayd. Kim bu ishlarni qilsa uqubatga yoʻliqadi.
يُضَاعَفْ لَهُ الْعَذَابُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَيَخْلُدْ فِيهِ مُهَانًا {69}
25:69 Qiyomat kuni[1509] unga ikki barobar azob beriladi,[1510] azobda xorlanib oʻlimsiz-mangu qoladi.
إِلَّا مَن تَابَ وَآمَنَ وَعَمِلَ عَمَلًا صَالِحًا فَأُوْلَئِكَ يُبَدِّلُ اللَّهُ سَيِّئَاتِهِمْ حَسَنَاتٍ وَكَانَ اللَّهُ غَفُورًا رَّحِيمًا {70}
25:70 Biroq, kimki tavba qilsa, (Alloh va Rasuliga) ishonsa va manfatli ish(lar)ni amalga oshirsa, Alloh ularning yomonliklarini yaxshiliklarga almashtirib qoʻyadi[1511]. Alloh kechirimli va mehribondir.
وَمَن تَابَ وَعَمِلَ صَالِحًا فَإِنَّهُ يَتُوبُ إِلَى اللَّهِ مَتَابًا {71}
25:71 Kimki (gunohlardan) tavba qilsa va xayr-manfaatli ish qilsa, shunda u Allohga haqiqiy tavba qilgan boʻladi.
وَالَّذِينَ لَا يَشْهَدُونَ الزُّورَ وَإِذَا مَرُّوا بِاللَّغْوِ مَرُّوا كِرَامًا {72}
25:72 (Rahmonning yaxshi bandalari) notoʻgʻri/yolgʻon narsalarga qatnashmaydi[1512], keraksiz ishlarni yonidan oʻtayotib oʻz hurmatini saqlab oʻtib ketadi.
وَالَّذِينَ إِذَا ذُكِّرُوا بِآيَاتِ رَبِّهِمْ لَمْ يَخِرُّوا عَلَيْهَا صُمًّا وَعُمْيَانًا {73}
25:73 Ularga Robbining oyatlari eslatilganida oyatlarga nisbatan kar va koʻrdek yondashmaydi[1513].
وَالَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَا هَبْ لَنَا مِنْ أَزْوَاجِنَا وَذُرِّيَّاتِنَا قُرَّةَ أَعْيُنٍ وَاجْعَلْنَا لِلْمُتَّقِينَ إِمَامًا {74}
25:74 Ular: “Ey Robbimiz! Bizlarga koʻz quvonchi boʻladigan juftlar va farzandlar baxsh et. Bizni masʼuliyatli (moʻmin)larga yetakchi qil”, deydi.
أُوْلَئِكَ يُجْزَوْنَ الْغُرْفَةَ بِمَا صَبَرُوا وَيُلَقَّوْنَ فِيهَا تَحِيَّةً وَسَلَامًا {75}
25:75 Qilgan sabr-bardoshlari tufayli ular oliy saroylar bilan mukofotlanadi[1514], u yerda tabrik va salom ila kutib olinadilar[1515].
خَالِدِينَ فِيهَا حَسُنَتْ مُسْتَقَرًّا وَمُقَامًا {76}
25:76 Ular saroylarda oʻlimsiz-mangu qoladi. U qanday yaxshi qarorgoh va qanday yaxshi dargohdir.
قُلْ مَا يَعْبَأُ بِكُمْ رَبِّي لَوْلَا دُعَاؤُكُمْ فَقَدْ كَذَّبْتُمْ فَسَوْفَ يَكُونُ لِزَامًا {77}
25:77 Rabbimning sizlarga daʼvati boʻlmasa[1516], U sizlarga ahamiyat (qadr) bermas edi. Biroq, sizlar (daʼvatni) yolgʻonga chiqardingiz. Shu bois (sizlarni jazolash) kerak boʻladi.
- SHUARO surasi[1517]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
طسم {1}
26:1 To! Sin! Mim![1518]
تِلْكَ آيَاتُ الْكِتَابِ الْمُبِينِ{2}
26:2 Bular aniq-ravshan[1519] kitob oyatlaridir.
لَعَلَّكَ بَاخِعٌ نَّفْسَكَ أَلَّا يَكُونُوا مُؤْمِنِينَ{3}
26:3 (Qavmim Qurʼonga[1520]) ishonmayapti deb, sal qolsa oʻzingni ado-i tamom qilasan![1521]
إِن نَّشَأْ نُنَزِّلْ عَلَيْهِم مِّن السَّمَاء آيَةً فَظَلَّتْ أَعْنَاقُهُمْ لَهَا خَاضِعِينَ{4}
26:4 Agar munosib bilganimizda, ularga osmondan alomat/dalil tushirar edik, shunda (majburan) unga boʻyinlari egilib qolardi[1522].
وَمَا يَأْتِيهِم مِّن ذِكْرٍ مِّنَ الرَّحْمَنِ مُحْدَثٍ إِلَّا كَانُوا عَنْهُ مُعْرِضِينَ{5}
26:5 Ularga Rahmon tarafidan har bir yangi eslatma-nasihat kelganida, ular undan faqat yuz oʻgirdi[1523].
فَقَدْ كَذَّبُوا فَسَيَأْتِيهِمْ أَنبَاء مَا كَانُوا بِهِ يَسْتَهْزِئُون{6}
26:6 Ular haqiqatda (Qurʼonni) yolgʻonga chiqardi; masxara qilgan narsaning xabarlari oʻzlariga yaqinda keladi.
أَوَلَمْ يَرَوْا إِلَى الْأَرْضِ كَمْ أَنبَتْنَا فِيهَا مِن كُلِّ زَوْجٍ كَرِيمٍ {7}26:7 Yer yuziga nazar solmaydilarmi? Biz unda har turli foydali oʻsimlik undirib qoʻydik[1524].
إنَّ فِي ذَلِكَ لَآيَةً وَمَا كَانَ أَكْثَرُهُم مُّؤْمِنِينَ {8}
26:8 Bunda albatta ibrat-dalil[1525] bor. Biroq, ularning koʻpchiligi ishonmadi.
وَإِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ{9}
26:9 Albatta, yaratgan Egang gʻolibdir, mehribondir.
وَإِذْ نَادَى رَبُّكَ مُوسَى أَنِ ائْتِ الْقَوْمَ الظَّالِمِينَ {10}
26:10 Bir kun Robbing Musoga shunday nido qildi: «Haqsizlik qiluvchi-zolimlar qavmga bor,
قَوْمَ فِرْعَوْنَ أَلَا يَتَّقُونَ {11}
26:11 Firʼavn qavmigaki, ular javobgarlikni his qilmayapti[1526]?!»
قَالَ رَبِّ إِنِّي أَخَافُ أَن يُكَذِّبُونِ {12}
26:12 Muso shunday dedi: «Ey Robbim! Ular meni yolgʻonchiga chiqaradi, deb qoʻrqyapman.
وَيَضِيقُ صَدْرِي وَلَا يَنطَلِقُ لِسَانِي فَأَرْسِلْ إِلَى هَارُونَ {13}
26:13 Yuragim siqilib, tilim tutilib qoladi. Shuning uchun, elchilikni Horunga ber[1527].
وَلَهُمْ عَلَيَّ ذَنبٌ فَأَخَافُ أَن يَقْتُلُونِ {14}
26:14 Ular uchun men gunohkorman;[1528] meni oʻldirib qoʻyishlaridan qoʻrqaman.»
قَالَ كَلَّا فَاذْهَبَا بِآيَاتِنَا إِنَّا مَعَكُم مُّسْتَمِعُونَ {15}
26:15 Alloh aytdiki: «Yoʻq! Ikkalangiz ham oyatlarim bilan boring. Biz sizlar bilan birgamiz, eshitib turamiz[1529].
فَأْتِيَا فِرْعَوْنَ فَقُولَا إِنَّا رَسُولُ رَبِّ الْعَالَمِينَ{16}
26:16 Firʼavnga borib aytinglar: «Biz borliqlarni yaratgan Egasining elchisimiz.
أَنْ أَرْسِلْ مَعَنَا بَنِي إِسْرَائِيلَ {17}
26:17 Isroil avvodlarini biz bilan birga qoʻyib yubor[1530]» (denglar).
قَالَ أَلَمْ نُرَبِّكَ فِينَا وَلِيدًا وَلَبِثْتَ فِينَا مِنْ عُمُرِكَ سِنِينَ {18}
26:18 (Firʼavn Musoga) shunday degan: «Biz seni bolaligingda ichimizda tarbiya qilmaganmidik?[1531] Umringni bir qancha yilini bizni ichimizda oʻtkazding.
وَفَعَلْتَ فَعْلَتَكَ الَّتِي فَعَلْتَ وَأَنتَ مِنَ الْكَافِرِينَ {19}
26:19 Va qilgʻilikni ham qilding (odam oʻldirding). Sen kofir-nonkoʻrlardan[1532] birisan.»
قَالَ فَعَلْتُهَا إِذًا وَأَنَا مِنَ الضَّالِّينَ {20}
26:20 (Muso) aytganki: «Men u ishni oʻshanda adashib/bilmasdan qilib qoʻyganman.
فَفَرَرْتُ مِنكُمْ لَمَّا خِفْتُكُمْ فَوَهَبَ لِي رَبِّي حُكْمًا وَجَعَلَنِي مِنَ الْمُرْسَلِينَ {21}
26:21 Shunda, sizlardan qoʻrqqanimda qochib ketganman[1533]. Keyin, yaratgan Egam menga hikmat[1534] berdi va meni elchilardan biri etib tayinladi.
وَتِلْكَ نِعْمَةٌ تَمُنُّهَا عَلَيَّ أَنْ عَبَّدتَّ بَنِي إِسْرَائِيلَ {22}
26:22 Sen menga minnat qilayotgan oʻsha neʼmat esa, Isroil avlodini qul qilib olishing (sabablidir)».
قَالَ فِرْعَوْنُ وَمَا رَبُّ الْعَالَمِينَ {23}
26:23 Firʼavn: “Borliqlarni yaratgan Egasi nima degani?”- dedi.
قَالَ رَبُّ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا إن كُنتُم مُّوقِنِينَ {24}
26:24 “U osmonlar va yerni, hamda u ikkalasi orasidagi narsalarni ham yaratgan Egasidir. Agar qatʼiy ishonsalaring…”, dedi (Muso).
قَالَ لِمَنْ حَوْلَهُ أَلَا تَسْتَمِعُونَ {25}
26:25 (Firʼavn) yonidagilarga: “Eshityapsizlarmi?!”- dedi.
قَالَ رَبُّكُمْ وَرَبُّ آبَائِكُمُ الْأَوَّلِينَ {26}
26:26 “U sizlarni ham, avvalgi ota-bobolaringizni ham yaratgan Egasidir”, dedi (Muso).
قَالَ إِنَّ رَسُولَكُمُ الَّذِي أُرْسِلَ إِلَيْكُمْ لَمَجْنُونٌ {27}
26:27 «Sizlarga yuborilgan (bu) elchingiz jinnidir[1535]», dedi (Firʼavn).
قَالَ رَبُّ الْمَشْرِقِ وَالْمَغْرِبِ وَمَا بَيْنَهُمَا إِن كُنتُمْ تَعْقِلُونَ {28}
26:28 (Muso) esa: “U mashriq-u magʻribni ham, u ikkalasi orasidagilarni ham yaratgan Egasidir. Agar aql ishlatsanglar”, dedi.
قَالَ لَئِنِ اتَّخَذْتَ إِلَهًا غَيْرِي لَأَجْعَلَنَّكَ مِنَ الْمَسْجُونِينَ {29}
26:29 “Agar mendan boshqasini oʻzingga iloh deb qabul qilsang, seni qamoqqa olinganlardan biri qilaman”, dedi (Firʼavn).
قَالَ أَوَلَوْ جِئْتُكَ بِشَيْءٍ مُّبِينٍ {30}
26:30 (Muso): “Senga aniq narsa bilan kelgan boʻlsam ham-a?”- dedi.
قَالَ فَأْتِ بِهِ إِن كُنتَ مِنَ الصَّادِقِينَ {31}
26:31 “Agar rostgoʻylardan boʻlsang, qani uni keltir-chi!”, dedi.
فَأَلْقَى عَصَاهُ فَإِذَا هِيَ ثُعْبَانٌ مُّبِينٌ {32}
26:32 Shunda (Muso) hassasini tashladi, birdaniga hassa aniq ilon (boʻldi)[1536].
وَنَزَعَ يَدَهُ فَإِذَا هِيَ بَيْضَاء لِلنَّاظِرِينَ {33}
26:33 Qoʻlini chiqardi, qaraganlarga qoʻli oppoq (koʻrindi)[1537].
قَالَ لِلْمَلَإِ حَوْلَهُ إِنَّ هَذَا لَسَاحِرٌ عَلِيمٌ {34}
26:34 Firʼavn yonidagilarga shunday dedi: «Bu bilimli sehrgar ekan[1538].
يُرِيدُ أَن يُخْرِجَكُم مِّنْ أَرْضِكُم بِسِحْرِهِ فَمَاذَا تَأْمُرُونَ {35}
26:35 U oʻz sehri bilan sizlarni yurtingizdan chiqarib yubormoqchi. Nima qilishni buyurasizlar?»
قَالُوا أَرْجِهْ وَأَخَاهُ وَابْعَثْ فِي الْمَدَائِنِ حَاشِرِينَ {36}
26:36 Yonidagilar aytdiki: «Uni ham, birodari Horunni ham nazoratga olib tur va shaharlarga toʻplovchi (xodim)lar joʻnat.
يَأْتُوكَ بِكُلِّ سَحَّارٍ عَلِيمٍ {37}
26:37 Senga barcha bilimli sehrgarlarni olib kelishsin.»
فَجُمِعَ السَّحَرَةُ لِمِيقَاتِ يَوْمٍ مَّعْلُومٍ {38}
26:38 Shunday qilib, sehrgarlar maʼlum kundagi kelishilgan vaqtga[1539] jamlangan.
وَقِيلَ لِلنَّاسِ هَلْ أَنتُم مُّجْتَمِعُونَ {39}
26:39 Insonlarga: “Sizlar ham toʻplanasizlarmi?”- deyilgan.
لَعَلَّنَا نَتَّبِعُ السَّحَرَةَ إِن كَانُوا هُمُ الْغَالِبِينَ {40}
26:40 (Insonlar): “Agar sehrgarlar yutib chiqsa, balki biz ularga ergasharmiz” (dedilar).[1540]
فَلَمَّا جَاء السَّحَرَةُ قَالُوا لِفِرْعَوْنَ أَئِنَّ لَنَا لَأَجْرًا إِن كُنَّا نَحْنُ الْغَالِبِينَ {41}
26:41 Sehrgarlar kelishganida Firʼavnga: “Agar yutib chiqsak, bizga aniq mukofot bor-a?”, deyishdi.
قَالَ نَعَمْ وَإِنَّكُمْ إِذًا لَّمِنَ الْمُقَرَّبِينَ {42}
26:42 “Ha, unda sizlar aniq mening yaqin (amaldor)larimdan boʻlasiz” dedi.
قَالَ لَهُم مُّوسَى أَلْقُوا مَا أَنتُم مُّلْقُونَ {43}
26:43 Muso sehrgarlarga: “Tashlaydiganingizni tashlanglar”, dedi.
فَأَلْقَوْا حِبَالَهُمْ وَعِصِيَّهُمْ وَقَالُوا بِعِزَّةِ فِرْعَوْنَ إِنَّا لَنَحْنُ الْغَالِبُونَ {44}
26:44 Shunda, arqonlari va hassalarini tashlab: “Firʼavn izzati bilan, biz aniq yutib chiqamiz”, dedilar.
فَأَلْقَى مُوسَى عَصَاهُ فَإِذَا هِيَ تَلْقَفُ مَا يَأْفِكُونَ {45}
26:45 Keyin, Muso ham hassasini tashladi. Shunda u birdan ularning uydirmalarini yuta boshladi.
فَأُلْقِيَ السَّحَرَةُ سَاجِدِينَ {46}
26:46 (Sehrgarlarni koʻziga shunday koʻrinishi oqibatida) sehrgarlar darhol sajdaga yiqildi.
قَالُوا آمَنَّا بِرَبِّ الْعَالَمِينَ {47}
26:47 “Borliqlarning Rabbiga ishondik”, dedilar.
رَبِّ مُوسَى وَهَارُونَ {48}
26:48 “Muso va Horunning Robbiga (ishondik dedilar)”.[1541]
قَالَ آمَنتُمْ لَهُ قَبْلَ أَنْ آذَنَ لَكُمْ إِنَّهُ لَكَبِيرُكُمُ الَّذِي عَلَّمَكُمُ السِّحْرَ فَلَسَوْفَ تَعْلَمُونَ لَأُقَطِّعَنَّ أَيْدِيَكُمْ وَأَرْجُلَكُم مِّنْ خِلَافٍ وَلَأُصَلِّبَنَّكُمْ أَجْمَعِينَ {49}
26:49 (Firʼavn) shunday dedi: “Men sizlarga ruxsat bermay turib Unga ishondingizmi? Demak, u sizlarga sehr oʻrgatgan oʻzingizni kattangiz ekan-da! Yaqinda bilasizlar, aniq qoʻl-oyoqlaringizni qarama-qarshi tarafdan kestiraman va hammangizni ostiraman.”
قَالُوا لَا ضَيْرَ إِنَّا إِلَى رَبِّنَا مُنقَلِبُونَ {50}
26:50 (Sehrgarlar) shunday dedi: «Zarari yoʻq. Chunki, biz Robbimizga qaytamiz.
إِنَّا نَطْمَعُ أَن يَغْفِرَ لَنَا رَبُّنَا خَطَايَانَا أَن كُنَّا أَوَّلَ الْمُؤْمِنِينَ {51}
26:51 (Bu yerda) ilk moʻminlar biz boʻlganimiz uchun, Robbimiz xatolarimizni kechirishini umid qilamiz.»
وَأَوْحَيْنَا إِلَى مُوسَى أَنْ أَسْرِ بِعِبَادِي إِنَّكُم مُّتَّبَعُونَ {52}
26:52 Biz Musoga: “Sen bandalarim bilan birga tunda yoʻlga chiq, sizlar taʼqib qilinyapsizlar”, deb vahiy qildik.
فَأَرْسَلَ فِرْعَوْنُ فِي الْمَدَائِنِ حَاشِرِينَ {53}
26:53 Firʼavn shaharga toʻplovchi (xodim)larni yuborgan.
إِنَّ هَؤُلَاء لَشِرْذِمَةٌ قَلِيلُونَ {54}
26:54 «Albatta, ular ozgina olomon.
وَإِنَّهُمْ لَنَا لَغَائِظُونَ {55}
26:55 Ular bizga nisbatan juda nafratlidir.
وَإِنَّا لَجَمِيعٌ حَاذِرُونَ {56}
26:56 Biroq, biz ehtiyotkor jamoamiz» (degan).
فَأَخْرَجْنَاهُم مِّن جَنَّاتٍ وَعُيُونٍ {57}
26:57 Shunday qilib, ularni (Firʼavn va izdoshlarini) bogʻ-u boʻstonlar va chashma-i buloqlardan chiqarib yubordik.
وَكُنُوزٍ وَمَقَامٍ كَرِيمٍ {58}
26:58 Xazinalari va qadrli maskanlaridan ham (chiqardik).
كَذَلِكَ وَأَوْرَثْنَاهَا بَنِي إِسْرَائِيلَ {59}
26:59 Shunday qildik[1542] va Isroil avlodini u narsalarga egador[1543] qilib qoʻydik.
فَأَتْبَعُوهُم مُّشْرِقِينَ {60}
26:60 (Firʼavn va izdoshlari) tong mahalida ularni iziga tushdi.
فَلَمَّا تَرَاءى الْجَمْعَانِ قَالَ أَصْحَابُ مُوسَى إِنَّا لَمُدْرَكُونَ {61}
26:61 Ikkala jamoa bir-birini koʻrishganida, Musoning hamrohlari: “Biz aniq qoʻlga tushamiz”, dedi.
قَالَ كَلَّا إِنَّ مَعِيَ رَبِّي سَيَهْدِينِ {62}
26:62 “Yoʻq, unday boʻlmaydi! Chunki, yaratgan Egam men bilan – U menga yoʻl koʻrsatadi”, dedi Muso.
فَأَوْحَيْنَا إِلَى مُوسَى أَنِ اضْرِب بِّعَصَاكَ الْبَحْرَ فَانفَلَقَ فَكَانَ كُلُّ فِرْقٍ كَالطَّوْدِ الْعَظِيمِ {63}
26:63 Shunda Musoga “Hassang bilan dengizga ur”, deb vahiy qildik. Urgan zaxoti dengiz boʻlinib, har boʻlagi ulkan togʻdek boʻldi.
وَأَزْلَفْنَا ثَمَّ الْآخَرِينَ {64}
26:64 Qolganlarni ham oʻsha yerga yaqinlashtirdik.
وَأَنجَيْنَا مُوسَى وَمَن مَّعَهُ أَجْمَعِينَ {65}
26:65 Muso va yonidagilarning barchasini qutqarib qoldik.
ثُمَّ أَغْرَقْنَا الْآخَرِينَ {66}
26:66 Keyin, qolganlarni (dengizga) choʻktirib yubordik.
إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآيَةً وَمَا كَانَ أَكْثَرُهُم مُّؤْمِنِينَ {67}
26:67 Bund albatta ibrat-dalil bor. Biroq, ularning koʻpchiligi ishonmadi[1544].
وَإِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ {68}
26:68 Albatta, Robbing gʻolibdir, mehribondir.
وَاتْلُ عَلَيْهِمْ نَبَأَ إِبْرَاهِيمَ {69}
26:69 Ularga Ibrohim haqidagi xabarni oʻqib ber.
إِذْ قَالَ لِأَبِيهِ وَقَوْمِهِ مَا تَعْبُدُونَ {70}
26:70 Bir kuni Ibrohim otasiga va qavmiga: “Sizlar nimaga sigʻinyapsizlar?” dedi.
قَالُوا نَعْبُدُ أَصْنَامًا فَنَظَلُّ لَهَا عَاكِفِينَ {71}
26:71 Ular: «Biz but-sanamlarga sigʻinyapmiz, ular uchun hurmat bilan turishda[1545] davom etamiz», dedi.
قَالَ هَلْ يَسْمَعُونَكُمْ إِذْ تَدْعُونَ {72}
26:72 U aytdi: «Duo qilayotganingizda ular sizlarni eshitadimi?[1546]
أَوْ يَنفَعُونَكُمْ أَوْ يَضُرُّونَ {73}
26:73 Yoki sizlarga foydami yoki zararmi yetkaza oladimi?»
قَالُوا بَلْ وَجَدْنَا آبَاءنَا كَذَلِكَ يَفْعَلُونَ {74}
26:74 Ular: “Yoʻq. Biroq, biz ota-bobolarimizni mana shunday qilishganini koʻrganmiz”, dedi.
قَالَ أَفَرَأَيْتُم مَّا كُنتُمْ تَعْبُدُونَ {75}
26:75 Ibrohim aytdi: «Unday boʻlsa, nimaga sigʻinayotganingizni bir oʻylab koʻrdinglarmi?
أَنتُمْ وَآبَاؤُكُمُ الْأَقْدَمُونَ {76}
26:76 Sizlar ham oʻtmishdagi ota-bobolaringiz ham.
فَإِنَّهُمْ عَدُوٌّ لِّي إِلَّا رَبَّ الْعَالَمِينَ {77}
26:77 U (but-sanamlar) men uchun dushmanimdir[1547], faqat borliqlarni yaratgan Egasi bundan mustasno[1548].
الَّذِي خَلَقَنِي فَهُوَ يَهْدِينِ {78}
26:78 Meni yaratgan, menga yoʻl koʻrsatgan Udir.
وَالَّذِي هُوَ يُطْعِمُنِي وَيَسْقِينِ {79}
26:79 Meni U yedirib-ichiradi[1549].
وَإِذَا مَرِضْتُ فَهُوَ يَشْفِينِ {80}
26:80 Bemor boʻlganimda menga U shifo beradi.
وَالَّذِي يُمِيتُنِي ثُمَّ يُحْيِينِ {81}
26:81 Meni oʻldirib, keyin meni (qaytadan) U tiriltiradi.
وَالَّذِي أَطْمَعُ أَن يَغْفِرَ لِي خَطِيئَتِي يَوْمَ الدِّينِ {82}
26:82 Sarhisob kunida xato-yu gunohlarimni kechirishini umid qiladiganim ham U.
رَبِّ هَبْ لِي حُكْمًا وَأَلْحِقْنِي بِالصَّالِحِينَ {83}
26:83 Ey yaratgan Egam! Menga hikmat (toʻgʻri qaror beradigan qobiliyat) ber, meni yaxshilar qatoriga qoʻsh.
وَاجْعَل لِّي لِسَانَ صِدْقٍ فِي الْآخِرِينَ {84}
26:84 Va men uchun keyingilar orasida rostgoʻy degan nom qoldir[1550].
وَاجْعَلْنِي مِن وَرَثَةِ جَنَّةِ النَّعِيمِ {85}
26:85 Meni neʼmat toʻla jannatning vorislaridan qil.
وَاغْفِرْ لِأَبِي إِنَّهُ كَانَ مِنَ الضَّالِّينَ {86}
26:86 Otamni kechir. Chunki, u adashganlardan biridir.
وَلَا تُخْزِنِي يَوْمَ يُبْعَثُونَ {87}
26:87 Qayta tiriladigan kunda meni xor qilma.
يَوْمَ لَا يَنفَعُ مَالٌ وَلَا بَنُونَ {88}
26:88 U kuni mol-davlat ham, bolalar ham foyda bermaydi[1551].
إِلَّا مَنْ أَتَى اللَّهَ بِقَلْبٍ سَلِيمٍ {89}
26:89 Faqat, Allohga salomat (shirkdan xoli) qalb[1552] bilan kelgan kishi (foyda koʻradi).
وَأُزْلِفَتِ الْجَنَّةُ لِلْمُتَّقِينَ {90}
26:90 (U kuni) jannat taqvodorlar/[1553] masʼuliyatli (moʻmin)lar uchun yaqinlashtiriladi[1554].
وَبُرِّزَتِ الْجَحِيمُ لِلْغَاوِينَ {91}
26:91 Jahannam adashganlarga namoyish qilinadi.
وَقِيلَ لَهُمْ أَيْنَ مَا كُنتُمْ تَعْبُدُونَ {92}
26:92 Va ularga aytiladi: «Sigʻinayotganlaringiz qani-qayerda?
مِن دُونِ اللَّهِ هَلْ يَنصُرُونَكُمْ أَوْ يَنتَصِرُونَ {93}
26:93 Allohdan boshqa (qullik qilganlaringiz qani?!) Ular sizlarga yordam beryaptimi? Yoki oʻzlariga yordam beryaptimi?!»[1555]
فَكُبْكِبُوا فِيهَا هُمْ وَالْغَاوُونَ {94}
26:94 Oxir-oqibat, ular ham, adashganlar ham jahannamga yuz tuban uloqtiriladi[1556].
وَجُنُودُ إِبْلِيسَ أَجْمَعُونَ {95}
26:95 Va Iblisning barcha lashkarlari[1557] (uloqtiriladi).
قَالُوا وَهُمْ فِيهَا يَخْتَصِمُونَ {96}
26:96 Ular jahannamda bir-biri bilan talashib-tortishib aytadi:
تَاللَّهِ إِن كُنَّا لَفِي ضَلَالٍ مُّبِينٍ {97}
26:97 «Allohga qasamki, biz aniq zalolatda boʻlgan ekanmiz.
إِذْ نُسَوِّيكُم بِرَبِّ الْعَالَمِينَ {98}
26:98 Oʻshanda, biz sizlarni olamlarni yaratgan Egasiga tenglashtirar ekanmiz.
وَمَا أَضَلَّنَا إِلَّا الْمُجْرِمُونَ {99}
26:99 Bizni adashtirganlar shu jinoyatchilardan boshqasi emas[1558].
فَمَا لَنَا مِن شَافِعِينَ {100}
26:100 Endi bizga hech qanday tarafdor[1559] ham yoʻq.
وَلَا صَدِيقٍ حَمِيمٍ {101}
26:101 Qadrdon doʻst ham yoʻq.
فَلَوْ أَنَّ لَنَا كَرَّةً فَنَكُونَ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ {102}
26:102 Qaniydi yana bir fursat boʻlsa-yu, moʻminlardan boʻla olsak!»
إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآيَةً وَمَا كَانَ أَكْثَرُهُم مُّؤْمِنِينَ {103}
26:103 Bunda albatta ibrat-dalil bor[1560]. Biroq, ularning koʻpchiligi ishonmadi.
وَإِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ {104}
26:104 Albatta, yaratgan Egang – U gʻolibdir, mehribondir.
كَذَّبَتْ قَوْمُ نُوحٍ الْمُرْسَلِينَ {105}
26:105 Nuh qavmi (ham) elchilarni[1561] yolgʻonchiga chiqargan.
إِذْ قَالَ لَهُمْ أَخُوهُمْ نُوحٌ أَلَا تَتَّقُونَ {106}
26:106 Oʻshanda oʻzlarining birodari Nuh ularga shunday degan: «Javobgarlikni his qilmaysizlarmi?!
إِنِّي لَكُمْ رَسُولٌ أَمِينٌ {107}
26:107 Men sizlarga (Alloh tarafidan yuborilgan) ishonchli elchiman.
فَاتَّقُوا اللَّهَ وَأَطِيعُونِ {108}
26:108 Endi, Allohga nisbatan javobgarlikni his qilinglar va menga itoat qilinglar.
وَمَا أَسْأَلُكُمْ عَلَيْهِ مِنْ أَجْرٍ إِنْ أَجْرِيَ إِلَّا عَلَى رَبِّ الْعَالَمِينَ {109}
26:109 U ish uchun men sizlardan ajr-haq soʻramayapman. Mening ajrim borliqlarni yaratgan Egasiga tegishli.
فَاتَّقُوا اللَّهَ وَأَطِيعُونِ {110}
26:110 Bas, Allohga nisbatan javobgarlikni his qiling va menga itoat qiling.»
قَالُوا أَنُؤْمِنُ لَكَ وَاتَّبَعَكَ الْأَرْذَلُونَ {111}
26:111 Ular: “Biz senga ishonamizmi? Axir senga past tabaqadagi odamlar ergashyapti”, dedi[1562].
قَالَ وَمَا عِلْمِي بِمَا كَانُوا يَعْمَلُونَ {112}
26:112 (Nuh) aytdi: «Ular qilayotgan (maxfiy) ishlaridan meni xabarim yoʻq.
إِنْ حِسَابُهُمْ إِلَّا عَلَى رَبِّي لَوْ تَشْعُرُونَ {113}
26:113 Ularni hisob-kitob qilish Robbimga tegishli. Agar tushunib-yetsangiz!
وَمَا أَنَا بِطَارِدِ الْمُؤْمِنِينَ {114}
26:114 Men moʻminlarni oʻzimdan haydamayman.
إِنْ أَنَا إِلَّا نَذِيرٌ مُّبِينٌ {115}
26:115 Men ogohlantiruvchi va xushxabar beruvchiman, xolos.»
قَالُوا لَئِن لَّمْ تَنتَهِ يَا نُوحُ لَتَكُونَنَّ مِنَ الْمَرْجُومِينَ {116}
26:116 Ular: “Ey Nuh! Agar (daʼvatingni) toʻxtatmasang, aniq «toshboʻron”[1563] qilinasan, dedilar.
قَالَ رَبِّ إِنَّ قَوْمِي كَذَّبُونِ {117}
26:117 (Nuh duo qilib) shunday dedi: «Ey yaratgan Egam! Qavmim meni yolgʻonchiga chiqardi.
فَافْتَحْ بَيْنِي وَبَيْنَهُمْ فَتْحًا وَنَجِّنِي وَمَن مَّعِي مِنَ الْمُؤْمِنِينَ {118}
26:118 Endi, qavmim bilan mening oramni ochiq qil[1564]. Meni ham, men bilan birga moʻminlarni ham qutqar.»
فَأَنجَيْنَاهُ وَمَن مَّعَهُ فِي الْفُلْكِ الْمَشْحُونِ {119}
26:119 Shunda, uni ham, u bilan birga moʻminlarni ham toʻliq (jihozlangan) kemada qutqarib qoldik.
ثُمَّ أَغْرَقْنَا بَعْدُ الْبَاقِينَ {120}
26:120 Keyin, qolganlarni suvga gʻarq qildik.
إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآيَةً وَمَا كَانَ أَكْثَرُهُم مُّؤْمِنِينَ {121}
26:121 Albatta bunda ibrat-dalil bor. Biroq, ularning koʻpchiligi ishonmadi.
وَإِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ {122}
26:122 Albatta, yaratgan Egang gʻolibdir, mehribondir.
كَذَّبَتْ عَادٌ الْمُرْسَلِينَ {123}
26:123 Od qavmi (ham) elchilarni yolgʻonchiga chiqargan.
إِذْ قَالَ لَهُمْ أَخُوهُمْ هُودٌ أَلَا تَتَّقُونَ {124}
26:124 Bir kuni ularning birodari Hud shunday dedi: «Javobgarlikni his qilmaysizlarmi?
إِنِّي لَكُمْ رَسُولٌ أَمِينٌ {125}
26:125 Men sizlar uchun ishonchli elchiman.
فَاتَّقُوا اللَّهَ وَأَطِيعُونِ {126}
26:126 Shuning uchun, Allohga javobgarlikni his qilinglar va menga itoat qilinglar.
وَمَا أَسْأَلُكُمْ عَلَيْهِ مِنْ أَجْرٍ إِنْ أَجْرِيَ إِلَّا عَلَى رَبِّ الْعَالَمِينَ {127}
26:127 U ish uchun men sizlardan haq soʻramayapman. Menga beriladigan haq borliqlarning Robbiga tegishli.
أَتَبْنُونَ بِكُلِّ رِيعٍ آيَةً تَعْبَثُونَ {128}
26:128 Sizlar har bir tepalikka bekorchi oʻyin-kulgi qiladigan bino quryapsizlar-a?!
وَتَتَّخِذُونَ مَصَانِعَ لَعَلَّكُمْ تَخْلُدُونَ {129}
26:129 Mangu qolish umidida oʻzingizga mustahkam binolar quryapsizlar-a?!
وَإِذَا بَطَشْتُم بَطَشْتُمْ جَبَّارِينَ {130}
26:130 (Birovlarni) jazolaganingizda, jabr-u sitam bilan jazolayapsizlar.
فَاتَّقُوا اللَّهَ وَأَطِيعُونِ {131}
26:131 Endi, Allohga nisbatan javobgarlikni his qilinglar va menga itoat qilinglar.
وَاتَّقُوا الَّذِي أَمَدَّكُم بِمَا تَعْلَمُونَ {132}
26:132 Sizlarga oʻzingiz bilib turgan neʼmatlarni bergan zotga javob berishni oʻylang.
أَمَدَّكُم بِأَنْعَامٍ وَبَنِينَ {133}
26:133 U sizlarga chorva hayvonlar va farzandlar berdi.
وَجَنَّاتٍ وَعُيُونٍ {134}
26:134 Bogʻ-u boʻstonlar va chashma-i buloqlar berdi.
إِنِّي أَخَافُ عَلَيْكُمْ عَذَابَ يَوْمٍ عَظِيمٍ {135}
26:135 Men sizlarga buyuk kunning azobi kelishidan qoʻrqyapman.»
قَالُوا سَوَاء عَلَيْنَا أَوَعَظْتَ أَمْ لَمْ تَكُن مِّنَ الْوَاعِظِينَ {136}
26:136 (Qavmining yetakchilari) aytdiki: «Vaʼz-nasihat qilsang ham, qilmasang ham bizga baribir.
إِنْ هَذَا إِلَّا خُلُقُ الْأَوَّلِينَ {137}
26:137 Chunki, bu avvalgilarning odati, xolos.
وَمَا نَحْنُ بِمُعَذَّبِينَ {138}
26:138 Biz azoblanmaymiz.»
فَكَذَّبُوهُ فَأَهْلَكْنَاهُمْ إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآيَةً وَمَا كَانَ أَكْثَرُهُم مُّؤْمِنِينَ {139}
26:139 Shu tariqa uni yolgʻonchiga chiqarishdi; Biz esa ularni halok qildik. Bunda albatta ibrat-dalil bor. Biroq, ularning koʻpchiligi ishonmadi.
وَإِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ {140}
26:140 Albatta, yaratgan Egangning gʻolibdir, mehribondir.
كَذَّبَتْ ثَمُودُ الْمُرْسَلِينَ {141}
26:141 Samud qavmi (ham) elchilarni yolgʻonchiga chiqargan.
إِذْ قَالَ لَهُمْ أَخُوهُمْ صَالِحٌ أَلَا تَتَّقُونَ {142}
26:142 Bir kuni oʻzlarining birodari Solih ularga shunday dedi: «Jaovbgarlikni his qilmaysizlarmi?!
إِنِّي لَكُمْ رَسُولٌ أَمِينٌ {143}
26:143 Men sizlar uchun ishonchli elchiman.
فَاتَّقُوا اللَّهَ وَأَطِيعُونِ {144}
26:144 Endi, Allohga nisbatan javobgarlikni his qilinglar va menga itoat qilinglar.
وَمَا أَسْأَلُكُمْ عَلَيْهِ مِنْ أَجْرٍ إِنْ أَجْرِيَ إِلَّا عَلَى رَبِّ الْعَالَمِينَ {145}
26:145 U ish uchun men sizlardan haq soʻramayapman. Menga beriladigan haq borliqlarning Robbiga tegishli.
أَتُتْرَكُونَ فِي مَا هَاهُنَا آمِنِينَ {146}
26:146 Bu yerda xotirjam qolib ketamiz deb oʻylayapsizlarmi?!
فِي جَنَّاتٍ وَعُيُونٍ {147}
26:147 Bogʻ-u boʻstonlar va chashma-i buloqlarda,
وَزُرُوعٍ وَنَخْلٍ طَلْعُهَا هَضِيمٌ {148}
26:148 Ekinzorlar va yumshoq pishib yetiladigan novdali xurmozorlarda-ya?!
وَتَنْحِتُونَ مِنَ الْجِبَالِ بُيُوتًا فَارِهِينَ {149}
26:149 Sizlar ustalik bilan togʻlardan uylar yoʻnmoqdasiz.
فَاتَّقُوا اللَّهَ وَأَطِيعُونِ {150}
26:150 Bas! Allohga nisbatan javobgarlikni his qilinglar va menga itoat qilinglar.
وَلَا تُطِيعُوا أَمْرَ الْمُسْرِفِينَ {151}
26:151 Haddan oshuvchilar amriga boʻysunmang!
الَّذِينَ يُفْسِدُونَ فِي الْأَرْضِ وَلَا يُصْلِحُونَ {152}
26:152 Ular – yer yuzida buzgʻunchilik qiladi, isloh qilmaydi/tuzatib toʻgʻrilamaydi.»
قَالُوا إِنَّمَا أَنتَ مِنَ الْمُسَحَّرِينَ {153}
26:153 (Qavmining yetakchilari) aytdiki: «Sen aniq sehrlanib qolibsan.
مَا أَنتَ إِلَّا بَشَرٌ مِّثْلُنَا فَأْتِ بِآيَةٍ إِن كُنتَ مِنَ الصَّادِقِينَ {154}
26:154 Sen ham biz bilan bir xil odamsan, xolos. Agar rostgoʻy boʻlsang oyat/alomat keltir-chi!»
قَالَ هَذِهِ نَاقَةٌ لَّهَا شِرْبٌ وَلَكُمْ شِرْبُ يَوْمٍ مَّعْلُومٍ {155}
26:155 (Solih) aytdi: «Manavi urgʻochi tuya, u uchun ham, sizlar uchun ham suv ichadigan maʼlum kun boʻladi[1565].
وَلَا تَمَسُّوهَا بِسُوءٍ فَيَأْخُذَكُمْ عَذَابُ يَوْمٍ عَظِيمٍ {156}
26:156 Unga yomonlik qilmanglar, aks holda sizlarni buyuk kunning azobi tutadi.»
فَعَقَرُوهَا فَأَصْبَحُوا نَادِمِينَ {157}
26:157 Baribir, ular tuyani tuyoqlarini kesib yuborishib, oʻzlari nadomat chekib qoldi.
فَأَخَذَهُمُ الْعَذَابُ إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآيَةً وَمَا كَانَ أَكْثَرُهُم مُّؤْمِنِينَ {158}
26:158 Shunda ularni azob tutdi[1566]. Albatta, bunda ibrat-dalil bor. Biroq, ularning koʻpchiligi ishonmadi.
وَإِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ {159}
26:159 Albatta, yaratgan Egangning gʻolibdir, mehribondir.
كَذَّبَتْ قَوْمُ لُوطٍ الْمُرْسَلِينَ {160}
26:160 Lut qavmi (ham) elchilarni yolgʻonchiga chiqargan.
إِذْ قَالَ لَهُمْ أَخُوهُمْ لُوطٌ أَلَا تَتَّقُونَ {161}
26:161 Oʻshanda oʻzlarining birodari Lut ularga shunday degan: «Javobgarlikni his qilmaysizlarmi?!
إِنِّي لَكُمْ رَسُولٌ أَمِينٌ {162}
26:162 Men sizlar uchun ishonchli elchiman.
فَاتَّقُوا اللَّهَ وَأَطِيعُونِ {163}
26:163 Yendi, Allohga nisbatan javobgarlikni his qilinglar va menga itoat qilinglar.
وَمَا أَسْأَلُكُمْ عَلَيْهِ مِنْ أَجْرٍ إِنْ أَجْرِيَ إِلَّا عَلَى رَبِّ الْعَالَمِينَ {164}
26:164 U ish uchun sizlardan haq soʻramayapman. Menga beriladigan haq borliqlarni yaratgan Egasiga tegishli.
أَتَأْتُونَ الذُّكْرَانَ مِنَ الْعَالَمِينَ {165}
26:165 Sizlar el-olam orasidan erkaklarga yaqinlashasizlarmi?!
وَتَذَرُونَ مَا خَلَقَ لَكُمْ رَبُّكُمْ مِنْ أَزْوَاجِكُم بَلْ أَنتُمْ قَوْمٌ عَادُونَ {166}
26:166 Yaratgan Egangiz sizlar uchun yaratib bergan juftllaringizni tark qilyapsizlarmi?[1567] Aslida, sizlar haddan oshuvchi qavmsiz.»
قَالُوا لَئِن لَّمْ تَنتَهِ يَا لُوطُ لَتَكُونَنَّ مِنَ الْمُخْرَجِينَ {167}
26:167 Ular: “Ey Lut! Agar (daʼvatingni) toʻxtatmasang, aniq surgun qilinganlardan boʻlasan” dedilar.
قَالَ إِنِّي لِعَمَلِكُم مِّنَ الْقَالِينَ {168}
26:168 Lut esa: «Qilgan ishingiz uchun men sizlardan nafratlanaman.
رَبِّ نَجِّنِي وَأَهْلِي مِمَّا يَعْمَلُونَ {169}
26:169 Ey yaratgan Egam! Meni va oilamni ular qilayotgan ishlardan qutqar» dedi.
فَنَجَّيْنَاهُ وَأَهْلَهُ أَجْمَعِينَ {170}
26:170 Oxir-oqibat, uni va oilasini birgalikda qutqarib qoldik.
إِلَّا عَجُوزًا فِي الْغَابِرِينَ {171}
26:171 Azobda qolib ketadigan kampir (ayoli) bundan mustasno.
ثُمَّ دَمَّرْنَا الْآخَرِينَ {172}
26:172 Keyin, qolganlarini halok qildik.
وَأَمْطَرْنَا عَلَيْهِم مَّطَرًا فَسَاء مَطَرُ الْمُنذَرِينَ {173}
26:173 Ularga yomgʻir/vulqondagi eritilgan tosh moddasi[1568] yogʻdirdik. Ogohlantirilganlar “yomgʻiri” qanday yomon!
إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآيَةً وَمَا كَانَ أَكْثَرُهُم مُّؤْمِنِينَ {174}
26:174 Albatta, bunda ibrat-dalil bor. Biroq, ularning koʻpchiligi ishonmadi.
وَإِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ {175}
26:175 Albatta, yaratgan Egam gʻolibdir, mehribondir.
كَذَّبَ أَصْحَابُ الْأَيْكَةِ الْمُرْسَلِينَ {176}
26:176 Ayka xalqi (ham) elchilarni yolgʻonchiga chiqargan.
إِذْ قَالَ لَهُمْ شُعَيْبٌ أَلَا تَتَّقُونَ {177}
26:177 Oʻshanda Shuayb ularga: «Javobgarlikni his qilmaysizlarmi?!
إِنِّي لَكُمْ رَسُولٌ أَمِينٌ {178}
26:178 Men sizlar uchun ishonchli elchiman.
فَاتَّقُوا اللَّهَ وَأَطِيعُونِ {179}
26:179 Endi, Allohga nisbatan javobgarlikni his qilinglar va menga itoat qilinglar.
وَمَا أَسْأَلُكُمْ عَلَيْهِ مِنْ أَجْرٍ إِنْ أَجْرِيَ إِلَّا عَلَى رَبِّ الْعَالَمِينَ {180}
26:180 U ish uchun men sizlardan haq soʻramayapman. Menga beriladigan haq borliqlarning Robbiga tegishli.
أَوْفُوا الْكَيْلَ وَلَا تَكُونُوا مِنَ الْمُخْسِرِينَ {181}
26:181 Oʻlchovni toʻgʻri oʻlchanglar, (kam oʻlchab) ziyon keltiruvchialrdan boʻlmanglar.
وَزِنُوا بِالْقِسْطَاسِ الْمُسْتَقِيمِ {182}
26:182 Toʻgʻri tarozida tortinglar.
وَلَا تَبْخَسُوا النَّاسَ أَشْيَاءهُمْ وَلَا تَعْثَوْا فِي الْأَرْضِ مُفْسِدِينَ {183}
26:183 Insonlarning narsalarini kam qilib bermang, buzgʻunchilik qilib bu zaminda tartibsizliklar chiqarmang.
وَاتَّقُوا الَّذِي خَلَقَكُمْ وَالْجِبِلَّةَ الْأَوَّلِينَ {184}
26:184 Sizlarni ham, sizlardan avvalgi xalqlarni ham yaratgan zotga nisbatan javobgarlikni his qilinglar» degan.
قَالُوا إِنَّمَا أَنتَ مِنَ الْمُسَحَّرِينَ {185}
26:185 Ular esa: «Sen aniq sehrlanib qolibsan.
وَمَا أَنتَ إِلَّا بَشَرٌ مِّثْلُنَا وَإِن نَّظُنُّكَ لَمِنَ الْكَاذِبِينَ {186}
26:186 Sen ham biz bilan bir xil odamsan, xolos. Biz seni aniq yolgʻonchi deb bilamiz.
فَأَسْقِطْ عَلَيْنَا كِسَفًا مِّنَ السَّمَاء إِن كُنتَ مِنَ الصَّادِقِينَ {187}
26:187 Agar rostgoʻy boʻlsang, osmonning bir boʻlagini ustimizga tashlab yubor!» dedilar.
قَالَ رَبِّي أَعْلَمُ بِمَا تَعْمَلُونَ {188}
26:188 (Shuayb): “Yaratgan Egangiz qilmishingizni bilib turibdi” dedi.
فَكَذَّبُوهُ فَأَخَذَهُمْ عَذَابُ يَوْمِ الظُّلَّةِ إِنَّهُ كَانَ عَذَابَ يَوْمٍ عَظِيمٍ {189}
26:189 Baribir, ular Shuaybni yolgʻonchiga chiqardi, natijada ularni “soyali” kunning azobi tutdi. U buyuk bir kunning azobi edi.
إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآيَةً وَمَا كَانَ أَكْثَرُهُم مُّؤْمِنِينَ {190}
26:190 Albatta, bunda ibrat-dalil bor. Biroq, ularning koʻpchiligi ishonmadi.
وَإِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ {191}
26:191 Albatta, yaratgan Egang gʻolibdir[1569], mehribondir[1570].
وَإِنَّهُ لَتَنزِيلُ رَبِّ الْعَالَمِينَ {192}
26:192 Qurʼon borliqlarni yaratgan Egasi tarafidan tushirilgan[1571].
نَزَلَ بِهِ الرُّوحُ الْأَمِينُ {193}
26:193 Uni ishonchli Ruh (Jabroil) olib tushdi.
عَلَى قَلْبِكَ لِتَكُونَ مِنَ الْمُنذِرِينَ {194}
26:194 Ogohlantiruvchilardan boʻlishing uchun, seni zehningga[1572] (olib tushdi).
بِلِسَانٍ عَرَبِيٍّ مُّبِينٍ {195}
26:195 Ochiq-oydin arab tilida.
وَإِنَّهُ لَفِي زُبُرِ الْأَوَّلِينَ {196}
26:196 U (Qurʼon mazmuni) avvalgilarning kitoblarida ham bor[1573].
أَوَلَمْ يَكُن لَّهُمْ آيَةً أَن يَعْلَمَهُ عُلَمَاء بَنِي إِسْرَائِيلَ {197}
26:197 Isroil avlodlarining bilimdonlari u (Qurʼon)ni bilishlari oʻzlari uchun alomat boʻlmabdimi?!
وَلَوْ نَزَّلْنَاهُ عَلَى بَعْضِ الْأَعْجَمِينَ {198}
26:198 Agar uni arab tilida yaxshi gapira olmaydigan baʼzi kishilarga tushirganimizda,[1574]
فَقَرَأَهُ عَلَيْهِم مَّا كَانُوا بِهِ مُؤْمِنِينَ {199}
26:199 Shunda u ularga oʻqib bersa ham, baribir unga ishonmagan boʻlardi.
كَذَلِكَ سَلَكْنَاهُ فِي قُلُوبِ الْمُجْرِمِينَ {200}
26:200 Biz u (Qurʼon)ni jinoyatchilar qalbiga mana shu shaklda joyladik[1575].
لَا يُؤْمِنُونَ بِهِ حَتَّى يَرَوُا الْعَذَابَ الْأَلِيمَ {201}
26:201 Toki alamli azobni koʻrmagunlaricha unga ishonishmaydi.
فَيَأْتِيَهُم بَغْتَةً وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ {202}
26:202 Azob ularga toʻsatdan keladi, (kelganini) ular sezmay qolishadi.
فَيَقُولُوا هَلْ نَحْنُ مُنظَرُونَ {203}
26:203 Shunda ular: “Bizga muhlat berilarmikin?”, deb qoladi.
أَفَبِعَذَابِنَا يَسْتَعْجِلُونَ {204}
26:204 Nahotki ular Bizning azobimizni tezlashtirishni xohlayotgan boʻlsa?!
أَفَرَأَيْتَ إِن مَّتَّعْنَاهُمْ سِنِينَ {205}
26:205 Oʻylab koʻrdingmi?! Agar u (jinoyatchi)larni yillarcha (dunyoda neʼmatlardan) bahramand qilsak,
ثُمَّ جَاءهُم مَّا كَانُوا يُوعَدُونَ {206}
26:206 Keyin, oʻzlariga tahdid qilingan narsa kelsa,
مَا أَغْنَى عَنْهُم مَّا كَانُوا يُمَتَّعُونَ {207}
26:207 Bahramand qilingan narsalari ularga asqatarmidi?!
وَمَا أَهْلَكْنَا مِن قَرْيَةٍ إِلَّا لَهَا مُنذِرُونَ {208}
26:208 Biz halok qilgan har bir yurtning ogohlantiruvchilari boʻlgan[1576].
ذِكْرَى وَمَا كُنَّا ظَالِمِينَ {209}
26:209 Eslatish uchun (ogohlantiruvchi yuboriladi). Biz haqsizlik qilmaganmiz.
وَمَا تَنَزَّلَتْ بِهِ الشَّيَاطِينُ {210}
26:210 Shaytonlar Qurʼonga rozi boʻlmaydi/koʻnmaydi.[1577]
وَمَا يَنبَغِي لَهُمْ وَمَا يَسْتَطِيعُونَ {211}
26:211 (Qurʼon) ular uchun istalgan narsa ham boʻlmayapti, ular (Qurʼonga amal qilishga) toqat qilmayapti.
إِنَّهُمْ عَنِ السَّمْعِ لَمَعْزُولُونَ {212}
26:212 Albatta, ular (Qurʼonni) tinglashdan bebahradir[1578].
فَلَا تَدْعُ مَعَ اللَّهِ إِلَهًا آخَرَ فَتَكُونَ مِنَ الْمُعَذَّبِينَ {213}
26:213 Shunday ekan, Allohga qoʻshib hech qanday “iloh”ga duo-iltijo qilma. Aks holda, azoblanadigan kishilardan boʻlib qolasan.
وَأَنذِرْ عَشِيرَتَكَ الْأَقْرَبِينَ {214}
26:214 Yaqin qarindoshlaringni ogohlantir[1579].
وَاخْفِضْ جَنَاحَكَ لِمَنِ اتَّبَعَكَ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ {215}
26:215 Senga ergashgan moʻminlarga kamtar/suyanch boʻl[1580].
فَإِنْ عَصَوْكَ فَقُلْ إِنِّي بَرِيءٌ مِّمَّا تَعْمَلُونَ {216}
26:216 Agar ular senga qarshi chiqsa, «Men sizlarning qilayotgan ishlaringizdan uzoqman[1581]», deb ayt.
وَتَوَكَّلْ عَلَى الْعَزِيزِ الرَّحِيمِ {217}
26:217 Sen gʻolib va mehribon zotga suyanib-tayan.
الَّذِي يَرَاكَ حِينَ تَقُومُ {218}
26:218 U seni (ibodatga) turayotganingda ham koʻrib turibdi[1582].
وَتَقَلُّبَكَ فِي السَّاجِدِينَ {219}
26:219 Sajda qiluvchilar orasidagi harakatlanishingni ham (koʻrib turibdi).
إِنَّهُ هُوَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ {220}
26:220 U eshitadi, biladi.
هَلْ أُنَبِّئُكُمْ عَلَى مَن تَنَزَّلُ الشَّيَاطِينُ {221}
26:221 Shaytonlar kimga roz boʻlishini/kimni qabul qilishini[1583] sizlarga bildiraymi?
تَنَزَّلُ عَلَى كُلِّ أَفَّاكٍ أَثِيمٍ {222}
26:222 Ular barcha uydirmachi va gunohga botgan kishilarga tushadi.
يُلْقُونَ السَّمْعَ وَأَكْثَرُهُمْ كَاذِبُونَ {223}
26:223 Ular (yolgʻon gaplarga) quloq soladi. Ularning koʻpchiligi yolgʻonchidir.
وَالشُّعَرَاء يَتَّبِعُهُمُ الْغَاوُونَ {224}
26:224 Shoirlarga yoʻldan ozganlar ergashadi[1584].
أَلَمْ تَرَ أَنَّهُمْ فِي كُلِّ وَادٍ يَهِيمُونَ {225}
26:225 Bilmasmiding?! Ular har sohada boʻrttirib gapiradilar[1585].
وَأَنَّهُمْ يَقُولُونَ مَا لَا يَفْعَلُونَ {226}
26:226 Va ular oʻzlari qilmaydigan narsalar aytadi.
إِلَّا الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ وَذَكَرُوا اللَّهَ كَثِيرًا وَانتَصَرُوا مِن بَعْدِ مَا ظُلِمُوا وَسَيَعْلَمُ الَّذِينَ ظَلَمُوا أَيَّ مُنقَلَبٍ يَنقَلِبُونَ {227}
26:227 Imon keltirgan va xayrli ishlarni amalga oshirgan, Allohni koʻp yod etgan va haqsizlikka uchraganidan keyin oʻch olgan (javob qaytargan) shoirlar unday emas. Haqsizlik qilganlar qanday toʻntarilishini yaqinda bilib oladi.
- NAML surasi[1586]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
طس تِلْكَ آيَاتُ الْقُرْآنِ وَكِتَابٍ مُّبِينٍ {1}
27:1 To! Sin![1587] Bular aniq-ravshan kitob boʻlmish Qurʼon oyatlaridir.
هُدًى وَبُشْرَى لِلْمُؤْمِنِينَ {2}
27:2 (Qurʼon)[1588] moʻminlarga qoʻllanma-rahnamo va xushxabardir.
الَّذِينَ يُقِيمُونَ الصَّلَاةَ وَيُؤْتُونَ الزَّكَاةَ وَهُم بِالْآخِرَةِ هُمْ يُوقِنُونَ {3}
27:3 Ular oxiratga qatʼiy ishonadigan, namozni/diniy vazifalarni bajaradigan, pok va toʻgʻri yashaydigan kishilardir[1589].
إِنَّ الَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِالْآخِرَةِ زَيَّنَّا لَهُمْ أَعْمَالَهُمْ فَهُمْ يَعْمَهُونَ {4}
27:4 Oxiratga ishonmaydigan kishilarga ishlarini chiroyli koʻrsatib qoʻyamiz[1590]; tentirab yuraveradilar.
أُوْلَئِكَ الَّذِينَ لَهُمْ سُوءُ الْعَذَابِ وَهُمْ فِي الْآخِرَةِ هُمُ الْأَخْسَرُونَ {5}
27:5 Ularga azobning yomoni bor. Ular oxiratda xonavayron boʻladi.
وَإِنَّكَ لَتُلَقَّى الْقُرْآنَ مِن لَّدُنْ حَكِيمٍ عَلِيمٍ {6}
27:6 Senga Qurʼon toʻgʻri qaror beruvchi, biluvchi (Alloh) tarafidan berilyapti.
إِذْ قَالَ مُوسَى لِأَهْلِهِ إِنِّي آنَسْتُ نَارًا سَآتِيكُم مِّنْهَا بِخَبَرٍ أَوْ آتِيكُم بِشِهَابٍ قَبَسٍ لَّعَلَّكُمْ تَصْطَلُونَ {7}
27:7 Bir kuni[1591] Muso oilasiga: “Men bir olov payqadim, sizlarga undan biror xabar keltiraman, yoki isinib olishingiz uchun sizlarga undan bir parcha choʻgʻ keltiraman”, dedi.
فَلَمَّا جَاءهَا نُودِيَ أَن بُورِكَ مَن فِي النَّارِ وَمَنْ حَوْلَهَا وَسُبْحَانَ اللَّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ {8}
27:8 Oʻtga kelganida shunday nido qilindi: «Oʻtning yonidagi va atrofidagi kishilar barakatli qilindi. Borliqlarni yaratgan Egasi – Alloh pokdir!
يَا مُوسَى إِنَّهُ أَنَا اللَّهُ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ {9}
27:9 Ey Muso! Toʻgʻri qaror beruvchi va gʻolib boʻluvchi – Alloh menman.
وَأَلْقِ عَصَاكَ فَلَمَّا رَآهَا تَهْتَزُّ كَأَنَّهَا جَانٌّ وَلَّى مُدْبِرًا وَلَمْ يُعَقِّبْ يَا مُوسَى لَا تَخَفْ إِنِّي لَا يَخَافُ لَدَيَّ الْمُرْسَلُون {10}
27:10 Hassangni tashla!» (deyildi). Hassasini tashlaganida, uni ilon kabi harakatlanishini koʻrib, ortga qaramay oʻgirilib qochdi. (Shunda Alloh): «Ey Muso! Qoʻrqma! Elchi etib yuborilganlar Mening huzurimda qoʻrqmaydi[1592].
إِلَّا مَن ظَلَمَ ثُمَّ بَدَّلَ حُسْنًا بَعْدَ سُوءٍ فَإِنِّي غَفُورٌ رَّحِيمٌ {11}
27:11 Lekin, kimki zulm qilsa-yu, soʻngra yomonlikdan keyin yaxshilikka oʻzgartirsa, Men juda kechirimli va mehribonman[1593].
وَأَدْخِلْ يَدَكَ فِي جَيْبِكَ تَخْرُجْ بَيْضَاء مِنْ غَيْرِ سُوءٍ فِي تِسْعِ آيَاتٍ إِلَى فِرْعَوْنَ وَقَوْمِهِ إِنَّهُمْ كَانُوا قَوْمًا فَاسِقِينَ {12}
27:12 Qoʻlingni qoʻyningga tiq, nuqsonsiz oppoq boʻlib chiqsin![1594] Toʻqqizta dalil-alomat[1595] bilan Firʼavn va uning qavmiga (bor). Chunki, ular yoʻldan chiqqan-fosiq qavmga aylandi» dedi.
فَلَمَّا جَاءتْهُمْ آيَاتُنَا مُبْصِرَةً قَالُوا هَذَا سِحْرٌ مُّبِينٌ {13}
27:13 Ularga (haqni) ochiqlab beruvchi dalillarimiz kelganida, “Bu aniq sehr-ku!”, dedilar.
وَجَحَدُوا بِهَا وَاسْتَيْقَنَتْهَا أَنفُسُهُمْ ظُلْمًا وَعُلُوًّا فَانظُرْ كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الْمُفْسِدِينَ {14}
27:14 Oyat-dalillarimizga (qalban) ishongani holda, zolimlik qilib va oʻzini katta tutib ularni inkor qildilar[1596]. (Qaragin!)Buzgʻunchilarning oqibati qanday boʻlgan?!
وَلَقَدْ آتَيْنَا دَاوُودَ وَسُلَيْمَانَ عِلْمًا وَقَالَا الْحَمْدُ لِلَّهِ الَّذِي فَضَّلَنَا عَلَى كَثِيرٍ مِّنْ عِبَادِهِ الْمُؤْمِنِينَ {15}
27:15 Shubhasizki, Dovud va Sulaymonga (maxsus) ilm berganmiz. Ular: “Bizni koʻp moʻmin bandlaridan fazilatli qilgan Allohga olqish-u maqtovlar boʻlsin!”, degan.
وَوَرِثَ سُلَيْمَانُ دَاوُودَ وَقَالَ يَا أَيُّهَا النَّاسُ عُلِّمْنَا مَنطِقَ الطَّيْرِ وَأُوتِينَا مِن كُلِّ شَيْءٍ إِنَّ هَذَا لَهُوَ الْفَضْلُ الْمُبِينُ {16}
27:16 Sulaymon (otasi) Dovudga voris[1597] boʻlgan va u: “Ey insonlar! Bizga «qushlar mantigʻi” oʻrgatildi, bizga koʻp narsa berildi[1598]. Bu aniq fazilatdir» degan.
وَحُشِرَ لِسُلَيْمَانَ جُنُودُهُ مِنَ الْجِنِّ وَالْإِنسِ وَالطَّيْرِ فَهُمْ يُوزَعُونَ {17}
27:17 Sulaymonning jin, ins va tayrdan iborat qoʻshinlari toʻplangan va ular intizomga solib borilayotgan edi.
حَتَّى إِذَا أَتَوْا عَلَى وَادِي النَّمْلِ قَالَتْ نَمْلَةٌ يَا أَيُّهَا النَّمْلُ ادْخُلُوا مَسَاكِنَكُمْ لَا يَحْطِمَنَّكُمْ سُلَيْمَانُ وَجُنُودُهُ وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ {18}
27:18 Toki (Sulaymon va uning qoʻshini) chumolilar (yashaydigan) vodiyga kelishgach, bir chumoli: «Ey chumolilar, maskanlaringga kiringlar, Sulaymon va uning oʻzlari bilmagan holda sizlarni yanchib tashlamasin», dedi.[1599]
فَتَبَسَّمَ ضَاحِكًا مِّن قَوْلِهَا وَقَالَ رَبِّ أَوْزِعْنِي أَنْ أَشْكُرَ نِعْمَتَكَ الَّتِي أَنْعَمْتَ عَلَيَّ وَعَلَى وَالِدَيَّ وَأَنْ أَعْمَلَ صَالِحًا تَرْضَاهُ وَأَدْخِلْنِي بِرَحْمَتِكَ فِي عِبَادِكَ الصَّالِحِينَ {19}
27:19 Shunda uning gapidan kulib, tabassum qildi va: “Ey Robbim! Menga va ota-onamga bergan neʼmatingga shukr qilishimni hamda, Oʻzing rozi boʻladigan yaxshi ishlar qilishimni nasib qil. Yaxshiliging ila meni yaxshi bandalaring qatoriga qoʻsh” dedi.
وَتَفَقَّدَ الطَّيْرَ فَقَالَ مَا لِيَ لَا أَرَى الْهُدْهُدَ أَمْ كَانَ مِنَ الْغَائِبِينَ {20}
27:20 U tayr (qushlarni) nazorat qildi, (Hudhudni koʻrmagach) shunday dedi: «Nima uchun men Hudhudni koʻrmayapman? Yoki qatnashmadimi?[1600]
لَأُعَذِّبَنَّهُ عَذَابًا شَدِيدًا أَوْ لَأَذْبَحَنَّهُ أَوْ لَيَأْتِيَنِّي بِسُلْطَانٍ مُّبِينٍ {21}
27:21 U menga aniq sabab keltiradi, boʻlmasa uni qattiq azoblayman yoki uni boʻgʻizlayman.»
فَمَكَثَ غَيْرَ بَعِيدٍ فَقَالَ أَحَطتُ بِمَا لَمْ تُحِطْ بِهِ وَجِئْتُكَ مِن سَبَإٍ بِنَبَإٍ يَقِينٍ {22}
27:22 Bir oz kutib turdi, keyin (kelib) shunday dedi: «Sen toʻliq bilmagan narsani men oʻrganib keldim, senga Sabaʼdan ishonchli xabar keltirdim.[1601]
إِنِّي وَجَدتُّ امْرَأَةً تَمْلِكُهُمْ وَأُوتِيَتْ مِن كُلِّ شَيْءٍ وَلَهَا عَرْشٌ عَظِيمٌ {23}
27:23 Men ularga hukmronlik qiladigan ayolni koʻrdim, unga koʻp narsa berilgan ekan. Uni katta taxti ham bor ekan.[1602]
وَجَدتُّهَا وَقَوْمَهَا يَسْجُدُونَ لِلشَّمْسِ مِن دُونِ اللَّهِ وَزَيَّنَ لَهُمُ الشَّيْطَانُ أَعْمَالَهُمْ فَصَدَّهُمْ عَنِ السَّبِيلِ فَهُمْ لَا يَهْتَدُونَ {24}
27:24 U (Bilqis) va uning xalqi Allohni qoʻyib quyoshga sajda qilayotganini koʻrdim. Shayton qilayotgan ishlarini oʻzlariga chiroyli koʻrsatib, ularni Allohning yoʻlidan adashtiribdi, ular toʻgʻri yoʻlda yurmayapti.[1603]
أَلَّا يَسْجُدُوا لِلَّهِ الَّذِي يُخْرِجُ الْخَبْءَ فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَيَعْلَمُ مَا تُخْفُونَ وَمَا تُعْلِنُونَ {25}
27:25 Osmonlar va yerdagi maxfiy narsalarni oʻrtaga chiqaradigan, yashirgan narsalarini ham, oshkor qilgan narsalarni ham biladigan Allohga sajda qilmasliklari uchun (shayton shunday qildi).
اللَّهُ لَا إِلَهَ إِلَّا هُوَ رَبُّ الْعَرْشِ الْعَظِيمِ {26}
27:26 Alloh – qullik qilinishga haqli yagona zotdir, buyuk arsh egasidir.»
قَالَ سَنَنظُرُ أَصَدَقْتَ أَمْ كُنتَ مِنَ الْكَاذِبِينَ {27}
27:27 Sulaymon shunday dedi: «Rost gapirdinmi yoki yolgʻonchilardan boʻldingmi, koʻramiz.
اذْهَب بِّكِتَابِي هَذَا فَأَلْقِهْ إِلَيْهِمْ ثُمَّ تَوَلَّ عَنْهُمْ فَانظُرْ مَاذَا يَرْجِعُونَ {28}
27:28 Bu maktubimni olib borib, ularga ber. Keyin ulardan chetlashib, ular nima javob qaytarishiga qarab tur».
قَالَتْ يَا أَيُّهَا المَلَأُ إِنِّي أُلْقِيَ إِلَيَّ كِتَابٌ كَرِيمٌ {29}
27:29 (Bilqis) aytdi: «Ey ayonlar! Menga juda qadr-qimmatli maktub tashlandi.
إِنَّهُ مِن سُلَيْمَانَ وَإِنَّهُ بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ {30}
27:30 U Sulaymon tarafidan (yuborilgan maktub) va u: “Yaxshiligi cheksiz va mehribon Alloh nomidan”.
لَّا تَعْلُوا عَلَيَّ وَأْتُونِي مُسْلِمِينَ {31}
27:31 Menga zoʻravonlik qilmang, menga taslim boʻlib kelinglar.»
قَالَتْ يَا أَيُّهَا المَلَأُ أَفْتُونِي فِي أَمْرِي مَا كُنتُ قَاطِعَةً أَمْرًا حَتَّى تَشْهَدُونِ {32}
27:32 (Malika Bilqis:) “Ey ayonlar! Menga bu ishimda yechim koʻrsating, sizlar (majlisga) qatnashmasdan turib men bir ishga qaror bermayman”, dedi.
قَالُوا نَحْنُ أُوْلُوا قُوَّةٍ وَأُولُوا بَأْسٍ شَدِيدٍ وَالْأَمْرُ إِلَيْكِ فَانظُرِي مَاذَا تَأْمُرِينَ {33}
27:33 Ular: “Biz kuch-quvvatga va jangovarlikka egamiz, buyruq berish sizga havola, qanday buyruq berishingizga oʻzingiz qarang”, dedilar.
قَالَتْ إِنَّ الْمُلُوكَ إِذَا دَخَلُوا قَرْيَةً أَفْسَدُوهَا وَجَعَلُوا أَعِزَّةَ أَهْلِهَا أَذِلَّةً وَكَذَلِكَ يَفْعَلُونَ{34}
27:34 (Bilqis) shunday dedi: «Podshohlar biror yurtga (bostirib) kirishganida, u yerni vayron qiladi, aholisining aziz (rahbar va katta)larini xor qiladi. Ular ham shunday qiladi.
وَإِنِّي مُرْسِلَةٌ إِلَيْهِم بِهَدِيَّةٍ فَنَاظِرَةٌ بِمَ يَرْجِعُ الْمُرْسَلُونَ {35}
27:35 Men ularga sovgʻa yuborib, ular nima bilan qaytishiga qarayman.»
فَلَمَّا جَاء سُلَيْمَانَ قَالَ ا تَـُمِدُّونَنِ بِمَالٍ فَمَا آتَانِيَ اللَّهُ خَيْرٌ مِّمَّا آتَاكُم بَلْ أَنتُم بِهَدِيَّتِكُمْ تَفْرَحُونَ {36}
27:36 (Bilqis elchisi) Sulaymonga kelganida, u: «Sizlar menga iqtisodiy yordam bermoqchimisiz? Allohni menga bergani sizlarga berganidan yaxshidir. Aslida, sovgʻalaringiz bilan sizlar xursand boʻlasiz.
ارْجِعْ إِلَيْهِمْ فَلَنَأْتِيَنَّهُمْ بِجُنُودٍ لَّا قِبَلَ لَهُم بِهَا وَلَنُخْرِجَنَّهُم مِّنْهَا أَذِلَّةً وَهُمْ صَاغِرُونَ {37}
27:37 (Ey elchi!) Ularga qaytib bor, (taslim boʻlib kelmasalar) ularga shunday qoʻshin tortib boramizki, unga qarshi chiqishga imkoni boʻlmaydi va biz ularni xor va boʻyni egik holda yurtidan chiqarib yuboramiz!» dedi.
قَالَ يَا أَيُّهَا المَلَأُ أَيُّكُمْ يَأْتِينِي بِعَرْشِهَا قَبْلَ أَن يَأْتُونِي مُسْلِمِينَ {38}
27:38 Sulaymon: “Ey ayonlar! Ular menga taslim boʻlib kelishidan oldin, kim menga malikaning taxtini keltira oladi?”, dedi.
قَالَ عِفْريتٌ مِّنَ الْجِنِّ أَنَا آتِيكَ بِهِ قَبْلَ أَن تَقُومَ مِن مَّقَامِكَ وَإِنِّي عَلَيْهِ لَقَوِيٌّ أَمِينٌ {39}
27:39 Kuchli bir jin: «Maqomingdan turmasingdan ilgari uni senga keltirib qoʻyaman. Meni bunga kuchim yetadi, ishonchim komil», dedi.
قَالَ الَّذِي عِندَهُ عِلْمٌ مِّنَ الْكِتَابِ أَنَا آتِيكَ بِهِ قَبْلَ أَن يَرْتَدَّ إِلَيْكَ طَرْفُكَ فَلَمَّا رَآهُ مُسْتَقِرًّا عِندَهُ قَالَ هَذَا مِن فَضْلِ رَبِّي لِيَبْلُوَنِي أَأَشْكُرُ أَمْ أَكْفُرُ وَمَن شَكَرَ فَإِنَّمَا يَشْكُرُ لِنَفْسِهِ وَمَن كَفَرَ فَإِنَّ رَبِّي غَنِيٌّ كَرِيمٌ {40}
27:40 Kitobdan ilmi boʻlgan biri: “Uni senga koʻz ochib-yumguningcha keltirib beraman”, dedi. (Taxt keltirilib) uni oʻz huzuriga joylashtirilganini koʻrgach: «Men qadriga yetamanmi[1604] yoki nonkoʻrlik qilamanmi sinash uchun, Robbimdan berilgan oliyjanoblikdir bu. Kim (neʼmatni) qadriga yetsa, koʻrsatgan qadri oʻz foydasiga boʻladi. Kim nonkoʻrlik qilsa, (bilsinki) yaratgan Egam behojatdir, saxovatlidir» dedi.[1605]
قَالَ نَكِّرُوا لَهَا عَرْشَهَا نَنظُرْ أَتَهْتَدِي أَمْ تَكُونُ مِنَ الَّذِينَ لَا يَهْتَدُونَ {41}
27:41 (Yana shunday) dedi: “Malikani taxtini oʻziga tanilmaydigan qilib qoʻyinglar. Koʻramiz, taniydimi yoki tanimaydimi?”
فَلَمَّا جَاءتْ قِيلَ أَهَكَذَا عَرْشُكِ قَالَتْ كَأَنَّهُ هُوَ وَأُوتِينَا الْعِلْمَ مِن قَبْلِهَا وَكُنَّا مُسْلِمِينَ {42}
27:42 (Malika) kelgach, “Bu seni taxtingmi?”, deb soʻraldi. “Xuddi uning oʻzi! Bundan oldin (sizlar haqingizda) maʼlumot bizga berilgan edi va biz taslim boʻldik”, dedi.
وَصَدَّهَا مَا كَانَت تَّعْبُدُ مِن دُونِ اللَّهِ إِنَّهَا كَانَتْ مِن قَوْمٍ كَافِرِينَ {43}
27:43 Allohdan keyinga qoʻyib sigʻinayotgan narsasi u (malika)ni (taslim boʻlishdan) toʻsib qoʻygan edi. Chunki, u kofir qavmdan edi.
قِيلَ لَهَا ادْخُلِي الصَّرْحَ فَلَمَّا رَأَتْهُ حَسِبَتْهُ لُجَّةً وَكَشَفَتْ عَن سَاقَيْهَا قَالَ إِنَّهُ صَرْحٌ مُّمَرَّدٌ مِّن قَوَارِيرَ قَالَتْ رَبِّ إِنِّي ظَلَمْتُ نَفْسِي وَأَسْلَمْتُ مَعَ سُلَيْمَانَ لِلَّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ {44}
27:44 Unga: “Saroyga kir”, deyildi. (Kirib) saroyni koʻrganida, uni suv bilan toʻldirib qoʻyilgan deb oʻylab, poychalarini ochdi. “Bu oynadan yasalgan saroydir”, dedi (Sulaymon). U esa: “Ey yaratgan Egam! Men oʻzimga zulm qilib qoʻyibman. Men Sulaymon bilan birga borliqlarni yaratgan Egasi – Allohga taslim boʻldim”, dedi.
وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا إِلَى ثَمُودَ أَخَاهُمْ صَالِحًا أَنِ اعْبُدُوا اللَّهَ فَإِذَا هُمْ فَرِيقَانِ يَخْتَصِمُونَ {45}
27:45 “Allohga qullik qilinglar”, desin deb, Samud xalqiga (ham) birodari Solihni elchi qilib yubordik. Shunda ikki guruh boʻlib talashib-toritishdilar.
قَالَ يَا قَوْمِ لِمَ تَسْتَعْجِلُونَ بِالسَّيِّئَةِ قَبْلَ الْحَسَنَةِ لَوْلَا تَسْتَغْفِرُونَ اللَّهَ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ {46}
27:46 (Solih): “Ey xalqim! Nima uchun yaxshilikdan oldin yomonlikka shoshilyapsiz? Sizlarga rahm qilinishi uchun Allohdan kechirim soʻrasangizlar boʻlmaydimii?!” dedi.
قَالُوا اطَّيَّرْنَا بِكَ وَبِمَن مَّعَكَ قَالَ طَائِرُكُمْ عِندَ اللَّهِ بَلْ أَنتُمْ قَوْمٌ تُفْتَنُونَ {47}
27:47 Ular: “Sen va sening yoningdagilar sababli parishon boʻldik,” dedi. U esa: “Shumlanishingiz Alloh huzuridadir. Aslida, sizlar imtihon qilinayotgan xalqsiz”, dedi.
وَكَانَ فِي الْمَدِينَةِ تِسْعَةُ رَهْطٍ يُفْسِدُونَ فِي الْأَرْضِ وَلَا يُصْلِحُونَ {48}
27:48 Oʻsha shaharda toʻqqiz kishidan iborat jinoiy guruh bor edi, u yerda buzgʻunchilik qilar, isloh qilmas edilar.
قَالُوا تَقَاسَمُوا بِاللَّهِ لَنُبَيِّتَنَّهُ وَأَهْلَهُ ثُمَّ لَنَقُولَنَّ لِوَلِيِّهِ مَا شَهِدْنَا مَهْلِكَ أَهْلِهِ وَإِنَّا لَصَادِقُونَ {49}
27:49 Ular Alloh nomiga qasam ichishib: “Unga va uning oilasiga tunda bostirib kirib (oʻldirib), keyin uning himoyachi doʻstlariga: «Solihni oilasini halok boʻlishini biz koʻrmadik. Biz rost gapiryapmiz”, deymiz» dedilar.
وَمَكَرُوا مَكْرًا وَمَكَرْنَا مَكْرًا وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ {50}
27:50 Ular bir reja tuzdi. Biz ham ular farqiga bormaydigan reja tuzdik.
فَانظُرْ كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ مَكْرِهِمْ أَنَّا دَمَّرْنَاهُمْ وَقَوْمَهُمْ أَجْمَعِينَ {51}
27:51 Rejalarining oqibati qanday boʻlganiga qaragin! Biz u (jinoiy guruh)ni ham, ularning qavmini ham butunlay yoʻq qilib yubordik.
فَتِلْكَ بُيُوتُهُمْ خَاوِيَةً بِمَا ظَلَمُوا إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآيَةً لِّقَوْمٍ يَعْلَمُونَ {52}
27:52 Mana ularning zolimliklari tufayli xarob boʻlgan uylari! Albatta, biladigan kishilar uchun bunda ibrat-dalil bor.
وَأَنجَيْنَا الَّذِينَ آمَنُوا وَكَانُوا يَتَّقُونَ {53}
27:53 Imon keltirgan va javobgarlikni his qilgan (moʻmin)larni qutqarib qoldik.
وَلُوطًا إِذْ قَالَ لِقَوْمِهِ أَتَأْتُونَ الْفَاحِشَةَ وَأَنتُمْ تُبْصِرُونَ {54}
27:54 Lutni ham (oʻz qavmiga elchi qilib yuborganmiz). Oʻshanda u oʻz qavmiga: «Sizlar koʻrib-bilib turib ham, shu fahsh-jirkanch ishni qilaverasizmi?
أَئِنَّكُمْ لَتَأْتُونَ الرِّجَالَ شَهْوَةً مِّن دُونِ النِّسَاء بَلْ أَنتُمْ قَوْمٌ تَجْهَلُونَ {55}
27:55 Sizlar ayollarni qoʻyib, shahvat uchun erkaklarga kelasizlarmi?! Aslida, sizlar johillik qilayotgan kishilarsiz!» dedi.
فَمَا كَانَ جَوَابَ قَوْمِهِ إِلَّا أَن قَالُوا أَخْرِجُوا آلَ لُوطٍ مِّن قَرْيَتِكُمْ إِنَّهُمْ أُنَاسٌ يَتَطَهَّرُونَ {56}
27:56 Xalqini unga javobi: “Lut va uning oilasini qishlogʻingizdan chiqarib yuboringlar. Chunki, ular oʻzlarini «pokiza” saqlab yuradigan insonlardir» degan gaplari boʻldi, xolos.
فَأَنجَيْنَاهُ وَأَهْلَهُ إِلَّا امْرَأَتَهُ قَدَّرْنَاهَا مِنَ الْغَابِرِينَ} 57{
27:57 Shu bois, xotinidan tashqari (Lutni) va oilasini (azobdan) qutqardik. Xotinini (azobda) qolib ketuvchilardan qilib belgiladik[1606].
وَأَمْطَرْنَا عَلَيْهِم مَّطَرًا فَسَاء مَطَرُ الْمُنذَرِينَ {58}
27:58 Ularning tepasiga “yomgʻir” yogʻdirdik. Ogohlantirilganlar yomgʻiri naqadar yomon!
قُلِ الْحَمْدُ لِلَّهِ وَسَلَامٌ عَلَى عِبَادِهِ الَّذِينَ اصْطَفَى آللَّهُ خَيْرٌ أَمَّا يُشْرِكُونَ{59}
27:59 (Ey Muhammad!) Ayt: «Allohga olqishu maqtovlar boʻlsin! Uning buyruqlarini bajaradiganlarga[1607] salom boʻlsin! U ularni tanlab oldi. Alloh yaxshimi yoki (mushriklarning Allohga) sherik qilayotganlarimi?»
أَمَّنْ خَلَقَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ وَأَنزَلَ لَكُم مِّنَ السَّمَاء مَاء فَأَنبَتْنَا بِهِ حَدَائِقَ ذَاتَ بَهْجَةٍ مَّا كَانَ لَكُمْ أَن تُنبِتُوا شَجَرَهَا أَإِلَهٌ مَّعَ اللَّهِ بَلْ هُمْ قَوْمٌ يَعْدِلُونَ {60}
27:60 Aslida[1608], osmonlar[1609] va yerni yaratgan, sizlarga osmondan suv tushirib, u orqali goʻzal bogʻlar undirib bergan kim?[1610] Sizlar (mevalari tugul) uning tanasini ham undira olmaysiz. Alloh bilan birga yana boshqa iloh bormi?! Yoʻq! Ular (haq yoʻldan) chiqqan qavmdir[1611].
أَمَّن جَعَلَ الْأَرْضَ قَرَارًا وَجَعَلَ خِلَالَهَا أَنْهَارًا وَجَعَلَ لَهَا رَوَاسِيَ وَجَعَلَ بَيْنَ الْبَحْرَيْنِ حَاجِزًا أَإِلَهٌ مَّعَ اللَّهِ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يَعْلَمُونَ{61}
27:61 Aslida, yerni qarorgoh qilib bergan, oʻrtasida daryolar oqizib qoʻygan, muvozanatni ushlab turadigan bosimlar (tortish kuchi) qoiygan[1612] va ikki dengiz[1613] oʻrtasida toʻsiq oʻrnatgan kim? Alloh bilan birga yana boshqa iloh bormi?! Yoʻq, ularning koʻpchiligi bilmayapti.
أَمَّن يُجِيبُ الْمُضْطَرَّ إِذَا دَعَاهُ وَيَكْشِفُ السُّوءَ وَيَجْعَلُكُمْ خُلَفَاء الْأَرْضِ أَإِلَهٌ مَّعَ اللَّهِ قَلِيلًا مَّا تَذَكَّرُونَ {62}
27:62 Aslida, nochor ahvolga tushib qolgan kishi duo qilganida javob qaytarib, muammosini bartaraf qilgan va sizlarni yerga kim boshqaruvchi/masʼul qilgan?! Alloh bilan birga yana boshqa iloh bormi?! Juda oz nasihat olyapsizlar!
أَمَّن يَهْدِيكُمْ فِي ظُلُمَاتِ الْبَرِّ وَالْبَحْرِ وَمَن يُرْسِلُ الرِّيَاحَ بُشْرًا بَيْنَ يَدَيْ رَحْمَتِهِ أَإِلَهٌ مَّعَ اللَّهِ تَعَالَى اللَّهُ عَمَّا يُشْرِكُونَ {63}
27:63 Aslida, quruqlik va dengiz zulmatlarida sizlarga yoʻl koʻrsatib beradigan, yaxshiligi oldidan shamollarni xushxabar qilib yuboradigan kim? Alloh bilan birga yana boshqa iloh bormi?! Ular qoʻshayotgan shirkdan Alloh pok va oliydir.
أَمَّن يَبْدَأُ الْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُ وَمَن يَرْزُقُكُم مِّنَ السَّمَاء وَالْأَرْضِ أَإِلَهٌ مَّعَ اللَّهِ قُلْ هَاتُوا بُرْهَانَكُمْ إِن كُنتُمْ صَادِقِينَ{64}
27:64 Aslida, yaratishni boshlagan, keyin uni yana takrorlaydigan kim? Sizlarga osmondan va yerdan rizq berayotgan kim? Ayt: “Agar (Allohdan boshqa iloh bor deb) rost gapirayotgan boʻlsangiz, hujjatingizni keltiring-chi!”
قُل لَّا يَعْلَمُ مَن فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ الْغَيْبَ إِلَّا اللَّهُ وَمَا يَشْعُرُونَ أَيَّانَ يُبْعَثُونَ {65}
27:65 Ayt: “Yeru osmondagilar gʻaybni bilmaydi, (uni) faqat Alloh biladi. Ular qachon tirilishini ham bilolmaydi.”
بَلِ ادَّارَكَ عِلْمُهُمْ فِي الْآخِرَةِ بَلْ هُمْ فِي شَكٍّ مِّنْهَا بَلْ هُم مِّنْهَا عَمِونَ {66}
27:66 Aslida, oxirat haqida ularning ilmi “yetib” keldi. Ha, ular undan (oxiratdan) shubha-gumondadir. Darhaqiqat, ular undan koʻrlik qilmoqdalar.[1614]
وَقَالَ الَّذِينَ كَفَرُوا أَئِذَا كُنَّا تُرَابًا وَآبَاؤُنَا أَئِنَّا لَمُخْرَجُونَ {67}
27:67 (Qurʼonga) kofirlik qilganlar shunday dedi: «Biz va ota-bobolarimiz oʻlib tuproqqa aylanib ketganimizdan keyin, (qayta tirilib) chiqarilamizmi?
لَقَدْ وُعِدْنَا هَذَا نَحْنُ وَآبَاؤُنَا مِن قَبْلُ إِنْ هَذَا إِلَّا أَسَاطِيرُ الْأَوَّلِينَ{68}
27:68 Bu tahdid bizga ham, avvalgi ota-bobolarimizga ham qilingan edi. Bu avvalgilarning uydırmalaridan boshqa narsa emas.»
قُلْ سِيرُوا فِي الْأَرْضِ فَانظُرُوا كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الْمُجْرِمِينَ {69}
27:69 Sen: “Yer yuzida sayr qilib, (oʻtmishdagi) jinoyatchilarning oqibati qanday boʻlganiga nazar solinglar” deb ayt.
وَلَا تَحْزَنْ عَلَيْهِمْ وَلَا تَكُن فِي ضَيْقٍ مِّمَّا يَمْكُرُونَ{70}
27:70 Ularga qaygʻurma, ularning xiyla-nayranglaridan siqilma.
وَيَقُولُونَ مَتَى هَذَا الْوَعْدُ إِن كُنتُمْ صَادِقِينَ{71}
27:71 Yana ular: “Agar rost gapirayotgan boʻlsanglar, bu tahdid qachon (sodir boʻladi)?” deydi.
قُلْ عَسَى أَن يَكُونَ رَدِفَ لَكُم بَعْضُ الَّذِي تَسْتَعْجِلُونَ{72}
27:72 Sen: “Sizlar shoshiltirayotgan azobning bir qismi izingizga tushib boʻlgandir”, deb ayt.
وَإِنَّ رَبَّكَ لَذُو فَضْلٍ عَلَى النَّاسِ وَلَكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَشْكُرُونَ {73}
27:73 Yaratgan Egang insonlarga juda oliyjanobdir. Lekin, ularning koʻpchiligi qadriga yetmaydi[1615].
وَإِنَّ رَبَّكَ لَيَعْلَمُ مَا تُكِنُّ صُدُورُهُمْ وَمَا يُعْلِنُونَ {74}
27:74 Yaratgan Egang ularning dillari yashirayotgan narsalarni ham, oshkor qilayotgan narsalarni ham biladi.
وَمَا مِنْ غَائِبَةٍ فِي السَّمَاء وَالْأَرْضِ إِلَّا فِي كِتَابٍ مُّبِينٍ {75}
27:75 Osmon va yerdagi har ne maxfiy narsa aniq kitobda (yozib qoʻyilgan) boʻladi[1616].
إِنَّ هَذَا الْقُرْآنَ يَقُصُّ عَلَى بَنِي إِسْرَائِيلَ أَكْثَرَ الَّذِي هُمْ فِيهِ يَخْتَلِفُونَ{76}
27:76 Albatta, bu Qurʼon Isroil avlodiga oʻzlari ixtilof qilayotgan narsalarining koʻpini aytib beradi.
وَإِنَّهُ لَهُدًى وَرَحْمَةٌ لِّلْمُؤْمِنِينَ{77}
27:77 Va u moʻminlarga qoʻllanma-rahnamo va rahmatdir.
إِنَّ رَبَّكَ يَقْضِي بَيْنَهُم بِحُكْمِهِ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْعَلِيمُ {78}
27:78 Albatta, yaratgan Egang ular orasida Oʻz hukmi-adolati ila qaror beradi. U gʻolibdir, biluvchidir.
فَتَوَكَّلْ عَلَى اللَّهِ إِنَّكَ عَلَى الْحَقِّ الْمُبِينِ{79}
27:79 Shunday ekan, sen Allohga suyanib-tayan, sen aniq haq (yoʻl)dasan.
إِنَّكَ لَا تُسْمِعُ الْمَوْتَى وَلَا تُسْمِعُ الصُّمَّ الدُّعَاء إِذَا وَلَّوْا مُدْبِرِينَ {80}
27:80 Haqiqatda, sen oʻliklarga tinglattira olmaysan, orqa oʻgirib ketayotgan karlarga ham (daʼvatingni) tinglata olmaysan[1617].
وَمَا أَنتَ بِهَادِي الْعُمْيِ عَن ضَلَالَتِهِمْ إِن تُسْمِعُ إِلَّا مَن يُؤْمِنُ بِآيَاتِنَا فَهُم مُّسْلِمُونَ{81}
27:81 Sen koʻrlarni ham zalolatdan toʻgʻri yoʻlga sololmaysan. Sen oyatlarimizga ishonadiganlarga tinglata olasan, xolos. Bas! Ular musulmonlardir.
وَإِذَا وَقَعَ الْقَوْلُ عَلَيْهِمْ أَخْرَجْنَا لَهُمْ دَابَّةً مِّنَ الْأَرْضِ تُكَلِّمُهُمْ أَنَّ النَّاسَ كَانُوا بِآيَاتِنَا لَا يُوقِنُونَ{82}
27:82 (Alloh tarafidan aytilgan) soʻz[1618] ularga sodir boʻlganida, “Albatta, insonlar Allohning oyatlariga qatʼiy ishonmagan edi”, deb gapiradigan qilib, ular uchun zamindan bir harakatlik chiqarib qoʻyamiz.
وَيَوْمَ نَحْشُرُ مِن كُلِّ أُمَّةٍ فَوْجًا مِّمَّن يُكَذِّبُ بِآيَاتِنَا فَهُمْ يُوزَعُونَ{83}
27:83 Oʻsha kuni har bir ummatdan oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlarini guruh-guruh qilib yigʻamiz. Ular (hisob-kitobga) intizom bilan olib boriladi[1619].
حَتَّى إِذَا جَاؤُوا قَالَ أَكَذَّبْتُم بِآيَاتِي وَلَمْ تُحِيطُوا بِهَا عِلْمًا أَمَّاذَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ {84}
27:84 Toki (hisob-kitob maydoniga) kelishganida Alloh: «Sizlar oyatlarimni yolgʻonga chiqardingizmi? Uni toʻliq «bilmadingiz-a?[1620] Yoki qilgan ishingiz nima edi?» deydi.
وَوَقَعَ الْقَوْلُ عَلَيْهِم بِمَا ظَلَمُوا فَهُمْ لَا يَنطِقُونَ {85}
27:85 Qilgan haqsizliklari sababli (Alloh tarafidan aytilgan) soʻz sodir boʻladi. Shunda ular gapira olmaydi[1621].
أَلَمْ يَرَوْا أَنَّا جَعَلْنَا اللَّيْلَ لِيَسْكُنُوا فِيهِ وَالنَّهَارَ مُبْصِرًا إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآيَاتٍ لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ {86}
27:86 Orom olishlari uchun tunni paydo qilib qoʻyganimizni, kunduzni esa oydinlatib beruvchi qilganimizni nahot koʻrmagan boʻlsalar?! Albatta, (yaratganga) ishonadiganlar uchun bunda dalil-ibratlar bor.
وَيَوْمَ يُنفَخُ فِي الصُّورِ فَفَزِعَ مَن فِي السَّمَاوَاتِ وَمَن فِي الْأَرْضِ إِلَّا مَن شَاء اللَّهُ وَكُلٌّ أَتَوْهُ دَاخِرِينَ
27:87 Sur chalinadigan kuni osmonlar-u yerdagi barchani qoʻrquv bosadi, Alloh tanlagan bandalar bundan mustasno[1622]. Barcha Unga[1623] boʻyin egib keladi.
وَتَرَى الْجِبَالَ تَحْسَبُهَا جَامِدَةً وَهِيَ تَمُرُّ مَرَّ السَّحَابِ صُنْعَ اللَّهِ الَّذِي أَتْقَنَ كُلَّ شَيْءٍ إِنَّهُ خَبِيرٌ بِمَا تَفْعَلُونَ
27:88 Togʻlarni koʻrib qimirlamay turadi deb oʻylayapsan. Holbuki, ular xuddi bulutlarning harakati kabi harakatlanadi. Bu hamma narsani puxta-mukammal qilgan zotning ishidir. U qilayotgan ishingizdan xabardordir.
مَن جَاء بِالْحَسَنَةِ فَلَهُ خَيْرٌ مِّنْهَا وَهُم مِّن فَزَعٍ يَوْمَئِذٍ آمِنُونَ
27:89 Kimki (qiyomatga) yaxshilik(lar)[1624] bilan kelsa, unga undan ham yaxshisi beriladi. Ular oʻsha kungi qoʻrquvdan omon boʻladi.
وَمَن جَاء بِالسَّيِّئَةِ فَكُبَّتْ وُجُوهُهُمْ فِي النَّارِ هَلْ تُجْزَوْنَ إِلَّا مَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ
27:90 Kimki yomonlik bilan kelsa, ular yuzlari pastga qaragan holda jahannamga tashlanib: “Sizlar faqat oʻz qilmishingizga yarasha jazo olyapsizlar”, (deyiladi).
إِنَّمَا أُمِرْتُ أَنْ أَعْبُدَ رَبَّ هَذِهِ الْبَلْدَةِ الَّذِي حَرَّمَهَا وَلَهُ كُلُّ شَيْءٍ وَأُمِرْتُ أَنْ أَكُونَ مِنَ الْمُسْلِمِينَ
27:91 «Albatta, men shu shaharni yaratgan Egasiga ibodat qilishgagina buyurildim, uni hurmatli qilib qoʻydi. Hamma narsa Unga tegishli. Men musulmonlardan boʻlishga buyurildim.
وَأَنْ أَتْلُوَ الْقُرْآنَ فَمَنِ اهْتَدَى فَإِنَّمَا يَهْتَدِي لِنَفْسِهِ وَمَن ضَلَّ فَقُلْ إِنَّمَا أَنَا مِنَ الْمُنذِرِينَ
27:92 Va men Qurʼonga ergashishga buyurildim. Kim toʻgʻri yoʻlda yursa, oʻzi uchun yurgan boʻladi. Kim yoʻldan adashsa, “Men faqat ogohlantiruvchiman” (de).
وَقُلِ الْحَمْدُ لِلَّهِ سَيُرِيكُمْ آيَاتِهِ فَتَعْرِفُونَهَا وَمَا رَبُّكَ بِغَافِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ
27:93 Va ayt: “Allohga olqishu maqtovlar boʻlsin! U sizlarga yaqinda Oʻz oyat-dalillarini koʻrsatadi, ularni tanib olasizlar.” Yaratgan Egang qilayotgan ishlaringizdan bexabar emas.
- QASOS surasi[1625]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
طسم {1}
28:1 To! Sin! Mim![1626]
تلْكَ آيَاتُ الْكِتَابِ الْمُبِينِ {2}
28:2 Bular aniq-ravshan kitob oyatlaridir.
نَتْلُوا عَلَيْكَ مِن نَّبَإِ مُوسَى وَفِرْعَوْنَ بِالْحَقِّ لِقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ {3}
28:3 Imon keltiradigan kishilar uchun Muso va Firʼavnning haqiqiy xabaridan bir qismini senga oʻqib[1627] beryapmiz.
إِنَّ فِرْعَوْنَ عَلَا فِي الْأَرْضِ وَجَعَلَ أَهْلَهَا شِيَعًا يَسْتَضْعِفُ طَائِفَةً مِّنْهُمْ يُذَبِّحُ أَبْنَاءهُمْ وَيَسْتَحْيِي نِسَاءهُمْ إِنَّهُ كَانَ مِنَ الْمُفْسِدِينَ{4}
28:4 Firʼavn oʻz yurti (Misr)da zoʻravonlik qildi. Uning aholisini boʻlib-ajratib tashlab, ulardan bir toifasini (Isroil avlodlarini)[1628] ezib-xorlar, oʻgʻillarini oʻldirib, ayol-qizlarini tirik qoldirardi. U buzgʻunchilardan edi.
وَنُرِيدُ أَن نَّمُنَّ عَلَى الَّذِينَ اسْتُضْعِفُوا فِي الْأَرْضِ وَنَجْعَلَهُمْ أَئِمَّةً وَنَجْعَلَهُمُ الْوَارِثِينَ {5}
28:5 U yerda ezilib-xorlangan kishilarga yaxshilik qilishni, ularni yetakchi-peshvolar qilishni va ularni (oʻsha zaminga) voris[1629] qilishni xohladik.
وَنُمَكِّنَ لَهُمْ فِي الْأَرْضِ وَنُرِي فِرْعَوْنَ وَهَامَانَ وَجُنُودَهُمَا مِنْهُم مَّا كَانُوا يَحْذَرُونَ {6}
28:6 Va ular uchun oʻsha zamindagi imkoniyatlarni berib qoʻydik. Firʼavn, Homon va ularning qoʻshinlariga oʻzlari qoʻrqib hazar qilgan narsalarini koʻrsatib qoʻydik.
وَأَوْحَيْنَا إِلَى أُمِّ مُوسَى أَنْ أَرْضِعِيهِ فَإِذَا خِفْتِ عَلَيْهِ فَأَلْقِيهِ فِي الْيَمِّ وَلَا تَخَافِي وَلَا تَحْزَنِي إِنَّا رَادُّوهُ إِلَيْكِ وَجَاعِلُوهُ مِنَ الْمُرْسَلِينَ {7}
28:7 Musoning onasiga shuni vahiy qildik (bildirdik):[1630] «Uni emiz. U haqida xavotirga tushganingda uni (sandiqqa solib[1631]) dengizga tashla. Qoʻrqma, gʻamga tushma. Uni senga qaytarib beramiz va uni elchilar(imiz)dan qilamiz.»
فَالْتَقَطَهُ آلُ فِرْعَوْنَ لِيَكُونَ لَهُمْ عَدُوًّا وَحَزَنًا إِنَّ فِرْعَوْنَ وَهَامَانَ وَجُنُودَهُمَا كَانُوا خَاطِئِينَ {8
28:8 Shunday qilib, Firʼavn oilasi uni topib oldi. Oqibatda[1632], u ularga dushman va gʻamginlikka sababi boʻldi. Chunki, Firʼavn, Homon va ularning qoʻshinlari xato qilishgan.
وَقَالَتِ امْرَأَتُ فِرْعَوْنَ قُرَّتُ عَيْنٍ لِّي وَلَكَ لَا تَقْتُلُوهُ عَسَى أَن يَنفَعَنَا أَوْ نَتَّخِذَهُ وَلَدًا وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ {9}
28:9 Firʼavnni ayoli: “Bu menga ham, senga ham koʻz quvonchidir. Uni oʻldirmanglar. Balki uni bizga foydasi tegib qolar, balki uni oʻzimizga bola qilib olarmiz” dedi. Holbuki, ular (vaziyatni) sezmayotgan edi.
وَأَصْبَحَ فُؤَادُ أُمِّ مُوسَى فَارِغًا إِن كَادَتْ لَتُبْدِي بِهِ لَوْلَا أَن رَّبَطْنَا عَلَى قَلْبِهَا لِتَكُونَ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ {10}
28:10 Musoning onasini yuragi boʻshashib ketdi. (Bizga) ishonishi uchun uning qalbiga matonat joylab qoʻymaganimizda edi, sal qolsa (Muso uning bolasi ekanini) oshkor qilib qoʻyardi.
وَقَالَتْ لِأُخْتِهِ قُصِّيهِ فَبَصُرَتْ بِهِ عَن جُنُبٍ وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ {11}
28:11 (Onasi Musoning) opasiga: “Uni izidan bor”, dedi. Shunda opasi uni ular sezmaydigan qilib qirgʻoqda kuzatib turdi.
وَحَرَّمْنَا عَلَيْهِ الْمَرَاضِعَ مِن قَبْلُ فَقَالَتْ هَلْ أَدُلُّكُمْ عَلَى أَهْلِ بَيْتٍ يَكْفُلُونَهُ لَكُمْ وَهُمْ لَهُ نَاصِحُونَ {12}
28:12 (Onasi kelishidan) oldin Musoni (boshqa) emizuvchilardan toʻsib qoʻydik. Shunda, opasi: “Sizlarga u bolani boqib beradigan oilani koʻrsataymi? Ular unga yaxshi qaraydi”, dedi.
{13}فَرَدَدْنَاهُ إِلَى أُمِّهِ كَيْ تَقَرَّ عَيْنُهَا وَلَا تَحْزَنَ وَلِتَعْلَمَ أَنَّ وَعْدَ اللَّهِ حَقٌّ وَلَكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ
28:13 Onasining qoʻzi quvnasin, gʻamga botmasin va Allohning vaʼdasi haq ekanini bilib qoʻysin, deb Musoni unga qaytarib berganmiz. Lekin, ularning koʻpi bilmaydi.
وَلَمَّا بَلَغَ أَشُدَّهُ وَاسْتَوَى آتَيْنَاهُ حُكْمًا وَعِلْمًا وَكَذَلِكَ نَجْزِي الْمُحْسِنِينَ {14}
28:14 Muso voyaga yetib, yetuk boʻlganida[1633] unga hukm/hikmat va ilm berdik. Muhsinlarni[1634] mana shunday mukofotlaymiz.
وَدَخَلَ الْمَدِينَةَ عَلَى حِينِ غَفْلَةٍ مِّنْ أَهْلِهَا فَوَجَدَ فِيهَا رَجُلَيْنِ يَقْتَتِلَانِ هَذَا مِن شِيعَتِهِ وَهَذَا مِنْ عَدُوِّهِ فَاسْتَغَاثَهُ الَّذِي مِن شِيعَتِهِ عَلَى الَّذِي مِنْ عَدُوِّهِ فَوَكَزَهُ مُوسَى فَقَضَى عَلَيْهِ قَالَ هَذَا مِنْ عَمَلِ الشَّيْطَانِ إِنَّهُ عَدُوٌّ مُّضِلٌّ مُّبِينٌ {15}
28:15 (Muso bir kuni) shaharga uning aholisiga bildirmasdan kirdi. Bunisi oʻz qabilasidan, unisi dushman qabiladan boʻlgan ikkita urishayotgan kishini koʻrib qoldi. Shunda dushman qabilasidagi odamga qarshi oʻz qabilasidagi odam undan yordam soʻradi. Muso uni bir musht urib uni ishini bitirib[1635] qoʻyib: “Bu shaytonning ishi. U aniq adashtiruvchi dushmandir”, dedi.
قَالَ رَبِّ إِنِّي ظَلَمْتُ نَفْسِي فَاغْفِرْ لِي فَغَفَرَ لَهُ إِنَّهُ هُوَ الْغَفُورُ الرَّحِيمُ {16}
28:16 “Ey yaratgan Egam! Men oʻzimga zulm qilib qoʻydim, meni kechir”, dedi. Alloh uni kechirdi. Chunki, U kechirimli va mehribondir.
قَالَ رَبِّ بِمَا أَنْعَمْتَ عَلَيَّ فَلَنْ أَكُونَ ظَهِيرًا لِّلْمُجْرِمِينَ {17}
28:17 “Ey yaratgan Egam! Menga neʼmat berganing uchun, bundan keyin jinoyatchilarga yordam bermayman” dedi.
فَأَصْبَحَ فِي الْمَدِينَةِ خَائِفًا يَتَرَقَّبُ فَإِذَا الَّذِي اسْتَنصَرَهُ بِالْأَمْسِ يَسْتَصْرِخُهُ قَالَ لَهُ مُوسَى إِنَّكَ لَغَوِيٌّ مُّبِينٌ {18}
28:18 Shunda u qoʻrqib shahar atrofini kuzatib yurganida, kecha undan yordam soʻragan odam, toʻsatdan undan yana yordam soʻrab qoldi. Muso unga: “Sen aniq gumroh ekansan”, dedi.
فَلَمَّا أَنْ أَرَادَ أَن يَبْطِشَ بِالَّذِي هُوَ عَدُوٌّ لَّهُمَا قَالَ يَا مُوسَى أَتُرِيدُ أَن تَقْتُلَنِي كَمَا قَتَلْتَ نَفْسًا بِالْأَمْسِ إِن تُرِيدُ إِلَّا أَن تَكُونَ جَبَّارًا فِي الْأَرْضِ وَمَا تُرِيدُ أَن تَكُونَ مِنَ الْمُصْلِحِينَ {19}
28:19 Shunda, ikkalasiga ham dushman boʻlgan odamni tutmoqchi boʻlganida, u: “Ey Muso! Kecha bir odamni oʻldirganingdek, bugun meni ham oʻldirmoqchimisan? Sen bu yerda faqat zoʻravonlik qilmoqchisan, sen yaxshilaridan boʻlishni xohlamayapsan”, dedi.
وَجَاء رَجُلٌ مِّنْ أَقْصَى الْمَدِينَةِ يَسْعَى قَالَ يَا مُوسَى إِنَّ الْمَلَأَ يَأْتَمِرُونَ بِكَ لِيَقْتُلُوكَ فَاخْرُجْ إِنِّي لَكَ مِنَ النَّاصِحِينَ{20}
28:20 Shahar chekkasidan bir odam shoshib kelib: “Ey Muso! Amaldorlar seni oʻldirish haqida maslahat qilishyapti, (shahardan) chiqib ket. Men senga nisbatan samimiyman”, dedi.
فَخَرَجَ مِنْهَا خَائِفًا يَتَرَقَّبُ قَالَ رَبِّ نَجِّنِي مِنَ الْقَوْمِ الظَّالِمِينَ {21}
28:21 Shunda u qoʻrqqan holda atrofni kuzatib (shahardan) chiqib ketdi. “Ey yaratgan Egam! Meni zolim qavmdan qutqar!”, dedi.
وَلَمَّا تَوَجَّهَ تِلْقَاء مَدْيَنَ قَالَ عَسَى رَبِّي أَن يَهْدِيَنِي سَوَاء السَّبِيلِ {22}
28:22 Madyan (yoʻli) tomon yuzlanganida: “Robbim meni toʻgʻri yoʻlga yetaklagay”, dedi.
وَلَمَّا وَرَدَ مَاء مَدْيَنَ وَجَدَ عَلَيْهِ أُمَّةً مِّنَ النَّاسِ يَسْقُونَ وَوَجَدَ مِن دُونِهِمُ امْرَأتَيْنِ تَذُودَانِ قَالَ مَا خَطْبُكُمَا قَالَتَا لَا نَسْقِي حَتَّى يُصْدِرَ الرِّعَاء وَأَبُونَا شَيْخٌ كَبِيرٌ {23}
28:23 Madyan suviga yetib kelganida, u yerda (hayvonlarini) sugʻorayotgan bir jamoa insonni koʻrdi. Ularning berirogʻida (hayvonlarini) suvdan toʻsib turgan ikkita ayolni ham koʻrib: “Nima qilmoqchisizlar?”, dedi. Ular: “Choʻponlar qaytarmaguncha biz sugʻora olmaymiz. Otamiz katta yoshli moʻysafid”, dedilar.
فَسَقَى لَهُمَا ثُمَّ تَوَلَّى إِلَى الظِّلِّ فَقَالَ رَبِّ إِنِّي لِمَا أَنزَلْتَ إِلَيَّ مِنْ خَيْرٍ فَقِيرٌ{24}
28:24 Shunda, Muso ikkalasi uchun (hayvonlarini) sugʻorib berdi. Keyin, soyaga oʻtib: “Ey yaratgan Egam! Men Sen bergan har qanday yaxshilikka muhtojman”, dedi.
فَجَاءتْهُ إِحْدَاهُمَا تَمْشِي عَلَى اسْتِحْيَاء قَالَتْ إِنَّ أَبِي يَدْعُوكَ لِيَجْزِيَكَ أَجْرَ مَا سَقَيْتَ لَنَا فَلَمَّا جَاءهُ وَقَصَّ عَلَيْهِ الْقَصَصَ قَالَ لَا تَخَفْ نَجَوْتَ مِنَ الْقَوْمِ الظَّالِمِينَ {25}
28:25 Shunda, ikki qizdan biri Muso yoniga uyalgan holda kelib: “Hayvonlarimizni sugʻorib berganing haqini berish uchun otam seni chaqiryapti”, dedi. Muso uning yoniga borib, boshidan oʻtkazgan ahvollarni aytib berganida, “Qoʻrqma, zolim qavmdan qutulding”, dedi.
قَالَتْ إِحْدَاهُمَا يَا أَبَتِ اسْتَأْجِرْهُ إِنَّ خَيْرَ مَنِ اسْتَأْجَرْتَ الْقَوِيُّ الْأَمِينُ {26}
28:26 Ikki qizdan biri: “Ey ota, unga haq berib ishlating. Chunki, sen haqini berib ishlatadigan inson kuchli va ishonchlidir”, dedi.
قَالَ إِنِّي أُرِيدُ أَنْ أُنكِحَكَ إِحْدَى ابْنَتَيَّ هَاتَيْنِ عَلَى أَن تَأْجُرَنِي ثَمَانِيَ حِجَجٍ فَإِنْ أَتْمَمْتَ عَشْرًا فَمِنْ عِندِكَ وَمَا أُرِيدُ أَنْ أَشُقَّ عَلَيْكَ سَتَجِدُنِي إِن شَاء اللَّهُ مِنَ الصَّالِحِينَ {27}
28:27 (Moʻysafid): «Mendan sakkiz yil ishlab haq olishing shatriga koʻra, ikki qizimdan birini senga nikohlab bermoqchiman. Agar oʻn yilga yetkazib qoʻysang, u oʻzingga bogʻliq. Seni mashaqqatga solishni istamayman. Alloh nasib qilsa, meni yaxshilardan ekanimni koʻrasan» dedi.
قَالَ ذَلِكَ بَيْنِي وَبَيْنَكَ أَيَّمَا الْأَجَلَيْنِ قَضَيْتُ فَلَا عُدْوَانَ عَلَيَّ وَاللَّهُ عَلَى مَا نَقُولُ وَكِيلٌ {28}
28:28 U esa: «Bu (kelishuv) ikkalamizni oʻrtamizda. Ikki muddatdan qay birini ado qilsam ham, menga dushmanlik qilinmaydi. Gapirayotgan gapimga Alloh vakildir[1636]» dedi.
28:29
فَلَمَّا قَضَى مُوسَى الْأَجَلَ وَسَارَ بِأَهْلِهِ آنَسَ مِن جَانِبِ الطُّورِ نَارًا قَالَ لِأَهْلِهِ امْكُثُوا إِنِّي آنَسْتُ نَارًا لَّعَلِّي آتِيكُم مِّنْهَا بِخَبَرٍ أَوْ جَذْوَةٍ مِنَ النَّارِ لَعَلَّكُمْ تَصْطَلُونَ{29}
(Muso) muddatni tugatib, oilasi bilan ketayotganida Tur (togʻi) tarafida bir otash payqadi, oilasiga: «Shu yerda turinglar[1637], men otash payqadim, balki undan sizlarga biron bir xabar keltiraman, yoki bir choʻgʻ olib kelaman – isinib olarsizlar» dedi.
28:30
فَلَمَّا أَتَاهَا نُودِي مِن شَاطِئِ الْوَادِي الْأَيْمَنِ فِي الْبُقْعَةِ الْمُبَارَكَةِ مِنَ الشَّجَرَةِ أَن يَا مُوسَى إِنِّي أَنَا اللَّهُ رَبُّ الْعَالَمِينَ {30}
U yerga borganida, muborak joydagi vodiyning oʻng tarafidan – daraxtdan unga shunday nido keldi: «Ey Muso! Men borliqlarni yaratgan Egasi boʻlmish Allohman.
28:31
وَأَنْ أَلْقِ عَصَاكَ فَلَمَّا رَآهَا تَهْتَزُّ كَأَنَّهَا جَانٌّ وَلَّى مُدْبِرًا وَلَمْ يُعَقِّبْ يَا مُوسَى أَقْبِلْ وَلَا تَخَفْ إِنَّكَ مِنَ الْآمِنِينَ{31}
Hassangni tashla!» (Hassasini tashlagach) uni xuddi ilondek harakatlanayotganini koʻrib, ortiga qaramay qochdi. (Shunda) «Ey Muso! Qayt, qoʻrqma. Albatta, sen xotirjam boʻluvchilardan birisan[1638].
28:32
اسْلُكْ يَدَكَ فِي جَيْبِكَ تَخْرُجْ بَيْضَاء مِنْ غَيْرِ سُوءٍ وَاضْمُمْ إِلَيْكَ جَنَاحَكَ مِنَ الرَّهْبِ فَذَانِكَ بُرْهَانَانِ مِن رَّبِّكَ إِلَى فِرْعَوْنَ وَمَلَئِهِ إِنَّهُمْ كَانُوا قَوْمًا فَاسِقِينَ {32}
Qoʻlingni qoʻyningga tiq, nuqsonsiz holda oppoq boʻlib chiqadi. Qoʻrqqaningdan ochilgan (qanotlaringni) qoʻllaringni yopib ol. Mana shu ikkalasi Firʼavnga va uning odamlariga qarshi Robbingni senga bergan dalilidir. Albatta, ular yoʻldan chiqqan-fosiq qavmdir» deyildi.
28:33
قَالَ رَبِّ إِنِّي قَتَلْتُ مِنْهُمْ نَفْسًا فَأَخَافُ أَن يَقْتُلُونِ {33}
U: «Ey yaratgan Egam! Men ulardan boʻlgan bir odamni oʻldirib qoʻydim. Shuning uchun, ular ham meni oʻldirib qoʻyishidan qoʻrqaman.
28:34
وَأَخِي هَارُونُ هُوَ أَفْصَحُ مِنِّي لِسَانًا فَأَرْسِلْهُ مَعِيَ رِدْءًا يُصَدِّقُنِي إِنِّي أَخَافُ أَن يُكَذِّبُونِ {34}
Birodarim Horun – u mendan koʻra tili ravon, uni ham men bilan birga elchi qilib yuborki, meni tasdiqlab tursin. Ular meni yolgʻonchiga chiqarishidan qoʻrqaman» dedi.
28:35
قَالَ سَنَشُدُّ عَضُدَكَ بِأَخِيكَ وَنَجْعَلُ لَكُمَا سُلْطَانًا فَلَا يَصِلُونَ إِلَيْكُمَا بِآيَاتِنَا أَنتُمَا وَمَنِ اتَّبَعَكُمَا الْغَالِبُونَ {35}
(Alloh) shunday dedi: “Biz seni «qoʻlingni” birodaring bilan kuchaytirib qoʻyamiz. Sizlarga kuchli dalil beramizki, ular sizlarga tegolmaydi. Siz ikkalangiz va sizlarga ergashganlar ham oyat:alomatlar ila gʻolib (boʻla)siz.
28:36
فَلَمَّا جَاءهُم مُّوسَى بِآيَاتِنَا بَيِّنَاتٍ قَالُوا مَا هَذَا إِلَّا سِحْرٌ مُّفْتَرًى وَمَا سَمِعْنَا بِهَذَا فِي آبَائِنَا الْأَوَّلِينَ {36}
Muso ularga Bizning aniq-ravshan oyatlarimiz[1639] bilan kelganida, ular: “Bu (soʻzlar) toʻqib chiqarilgan sehrdan boshqa narsa emas. buni avvalgi ota-bobolarimizda eshitmaganmiz” dedilar.
28:37
وَقَالَ مُوسَى رَبِّي أَعْلَمُ بِمَن جَاء بِالْهُدَى مِنْ عِندِهِ وَمَن تَكُونُ لَهُ عَاقِبَةُ الدَّارِ إِنَّهُ لَا يُفْلِحُ الظَّالِمُونَ {37}
Muso esa: “Yaratgan Egam Oʻzining hidoyatini kim olib kelganini ham, bu diyorning yaxshi oqibati kimga tegishli boʻlishini ham Oʻzi juda yaxshi biladi. Albatta, haqsizlik qiluvchi-zolimlar najot topmaydi”, dedi.
28:38
وَقَالَ فِرْعَوْنُ يَا أَيُّهَا الْمَلَأُ مَا عَلِمْتُ لَكُم مِّنْ إِلَهٍ غَيْرِي فَأَوْقِدْ لِي يَا هَامَانُ عَلَى الطِّينِ فَاجْعَل لِّي صَرْحًا لَّعَلِّي أَطَّلِعُ إِلَى إِلَهِ مُوسَى وَإِنِّي لَأَظُنُّهُ مِنَ الْكَاذِبِينَ {38}
Firʼavn: “Ey amaldorlar! Sizlarni mendan boshqa ilohingiz borligini bilmayman. Ey Homon! loyni pishirib, (gʻishtdan) men uchun baland minora qurki, Musoning ilohiga qarab koʻraman. Men Musoni aniq yolgʻonchilardan biri deb bilaman” dedi.
28:39
وَاسْتَكْبَرَ هُوَ وَجُنُودُهُ فِي الْأَرْضِ بِغَيْرِ الْحَقِّ وَظَنُّوا أَنَّهُمْ إِلَيْنَا لَا يُرْجَعُونَ {39}
U ham uning qoʻshini ham oʻsha zaminda nohaqliklik qilib kibrga berildi va oʻzlarini (mahsharda) huzurimizga chiqarilmaydi, deb bildilar.
28:40
فَأَخَذْنَاهُ وَجُنُودَهُ فَنَبَذْنَاهُمْ فِي الْيَمِّ فَانظُرْ كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الظَّالِمِينَ {40}
Shu bois Firʼavn va uning qoʻshinini (jazoga) tutdik – ularni dengizga choʻktirib yubordik. Oʻsha zolimlarning oqibati qanday boʻlganiga nazar sol.
28:41
وَجَعَلْنَاهُمْ أَئِمَّةً يَدْعُونَ إِلَى النَّارِ وَيَوْمَ الْقِيَامَةِ لَا يُنصَرُونَ{41}
Ularni jahannam (amali)ga chorlaydigan yetakchilar qilib qoʻydik. Qiyomat kuni ularga yordam berilmaydi[1640].
28:42
وَأَتْبَعْنَاهُمْ فِي هَذِهِ الدُّنْيَا لَعْنَةً وَيَوْمَ الْقِيَامَةِ هُم مِّنَ الْمَقْبُوحِينَ {42}
Ularga bu dunyoda laʼnat ergashtirdik[1641]. Qiyomatda ular yaxshilikdan mahrum qilinganlardan boʻladi.
28:43
وَلَقَدْ آتَيْنَا مُوسَى الْكِتَابَ مِن بَعْدِ مَا أَهْلَكْنَا الْقُرُونَ الْأُولَى بَصَائِرَ لِلنَّاسِ وَهُدًى وَرَحْمَةً لَّعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ {43}
Avvalgi nasllarni halok qilganimizdan keyin insonlar nasihat olsinlar deb, Musoga insonlarni aql koʻzlarini ochadigan, (toʻgʻri yoʻlga boshlovchi) qoʻllanma va yaxshilik boʻladigan kitob berdik.
28:44
{44} وَمَا كُنتَ بِجَانِبِ الْغَرْبِيِّ إِذْ قَضَيْنَا إِلَى مُوسَى الْأَمْرَ وَمَا كُنتَ مِنَ الشَّاهِدِينَ
(Ey Muhammad!) Biz Musoga (elchilik haqidagi) buyruqni hukm qilayotganimizda, sen vodiyning gʻarb tarafida boʻlmagansan; guvoh boʻlmagansan.
28:45
وَلَكِنَّا أَنشَأْنَا قُرُونًا فَتَطَاوَلَ عَلَيْهِمُ الْعُمُرُ وَمَا كُنتَ ثَاوِيًا فِي أَهْلِ مَدْيَنَ تَتْلُو عَلَيْهِمْ آيَاتِنَا وَلَكِنَّا كُنَّا مُرْسِلِينَ {45}
Lekin, Biz koʻp nasllar paydo qildik. Ular uzra koʻp zamonlar oʻtdi. Sen Madyan aholisi ichida yashab, ularga oyatlarimizni tilovat ham qilib bermagansan. Lekin, ularga Biz elchi yuborganmiz.
28:46
وَمَا كُنتَ بِجَانِبِ الطُّورِ إِذْ نَادَيْنَا وَلَكِن رَّحْمَةً مِّن رَّبِّكَ لِتُنذِرَ قَوْمًا مَّا أَتَاهُم مِّن نَّذِيرٍ مِّن قَبْلِكَ لَعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ {46}
Musoga xitob qilganimizda Tur togʻining yonida boʻlmagansan. Lekin, sendan oldin ularga ogohlantiruvchi kelmagan qavmni ogohlantirishing uchun, Robbingdan bir yaxshilik sifatida (seni elchi qilib yubordik), nasihat olgaylar[1642]!
28:47
وَلَوْلَا أَن تُصِيبَهُم مُّصِيبَةٌ بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيهِمْ فَيَقُولُوا رَبَّنَا لَوْلَا أَرْسَلْتَ إِلَيْنَا رَسُولًا فَنَتَّبِعَ آيَاتِكَ وَنَكُونَ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ {47}
Ularga musibat yetib kelganida: “Ey yaratgan Egamiz! Bizga ham elchi yuborsang boʻlmasmidi? Shunda, biz ham moʻminlardan boʻlardik”, demasligi uchun (elchi yubordik).
28:48
فَلَمَّا جَاءهُمُ الْحَقُّ مِنْ عِندِنَا قَالُوا لَوْلَا أُوتِيَ مِثْلَ مَا أُوتِيَ مُوسَى أَوَلَمْ يَكْفُرُوا بِمَا أُوتِيَ مُوسَى مِن قَبْلُ قَالُوا سِحْرَانِ تَظَاهَرَا وَقَالُوا إِنَّا بِكُلٍّ كَافِرُونَ {48}
Lekin, ularga Biz tarafdan haq (kitob) kelganida: “Musoga berilgan narsaning oʻxshashi (Muhammadga) ham berilsa boʻlmasmikan?!”, dedilar[1643]. Axir, ular ilgari Musoga berilgan narsaga kofirlik qilishmaganmidi?! Ular: (Tavrot bilan Qurʼon) bir-biriga yordam beradigan ikkita sehrdir», dedilar. “Hech birini tan olmaymiz”, dedilar.
28:49
قُلْ فَأْتُوا بِكِتَابٍ مِّنْ عِندِ اللَّهِ هُوَ أَهْدَى مِنْهُمَا أَتَّبِعْهُ إِن كُنتُمْ صَادِقِينَ {49}
Ayt: “Agar rostgoʻy boʻlsangiz, Alloh huzuridan – u ikkala (kitobdan) ham toʻgʻri bir kitob keltiring, men unga ergashaman.”[1644]
28:50
فَإِن لَّمْ يَسْتَجِيبُوا لَكَ فَاعْلَمْ أَنَّمَا يَتَّبِعُونَ أَهْوَاءهُمْ وَمَنْ أَضَلُّ مِمَّنِ اتَّبَعَ هَوَاهُ بِغَيْرِ هُدًى مِّنَ اللَّهِ إِنَّ اللَّهَ لَا يَهْدِي الْقَوْمَ الظَّالِمِينَ {50}
Sen aytgan narsani bajara olamasalar, bilginki, ular faqat oʻz orzu-istaklariga ergashyapti. Allohdan kelgan qoʻllanma (kitob)ga emas, oʻz orzu-istaklariga ergashadigan kishidan ham adashganroq kim bor?! Alloh haqsizlik qiluvchi-zolim qavmni hidoyat qilmaydi.
28:51
{51} وَلَقَدْ وَصَّلْنَا لَهُمُ الْقَوْلَ لَعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ
Shubhasizki, nasihat olsinlar deb, ularga (ilohiy) soʻzni ket-ma ket yetkazib qoʻydik.
28:52
الَّذِينَ آتَيْنَاهُمُ الْكِتَابَ مِن قَبْلِهِ هُم بِهِ يُؤْمِنُونَ {52}
Undan oldin oʻzlariga (ilohiy) kitob berilganlarning[1645] u (Qurʼon)ga ishonadigani bor.
28:53
وَإِذَا يُتْلَى عَلَيْهِمْ قَالُوا آمَنَّا بِهِ إِنَّهُ الْحَقُّ مِن رَّبِّنَا إِنَّا كُنَّا مِن قَبْلِهِ مُسْلِمِينَ {53}
Ularga (Qurʼon) tilovat qilib berilganida: “Unga ishondik, u Rabbimizdan kelgan haq (kitob)dir. Biz bundan oldin ham musulmon edik”, deyishadi.
28:54
أُوْلَئِكَ يُؤْتَوْنَ أَجْرَهُم مَّرَّتَيْنِ بِمَا صَبَرُوا وَيَدْرَؤُونَ بِالْحَسَنَةِ السَّيِّئَةَ وَمِمَّا رَزَقْنَاهُمْ يُنفِقُونَ {54}
Sabr-bardosh qilishgani uchun ana shularga ajr-mukofotlari ikki barobar qilib beriladi. Ular yomonlikni yaxshilik bilan bartaraf qiladi va ularga bergan rizqimizdan xayr-ehson qiladi.
28:55
وَإِذَا سَمِعُوا اللَّغْوَ أَعْرَضُوا عَنْهُ وَقَالُوا لَنَا أَعْمَالُنَا وَلَكُمْ أَعْمَالُكُمْ سَلَامٌ عَلَيْكُمْ لَا نَبْتَغِي الْجَاهِلِينَ{55}
Ular bekorchi soʻz eshitganida, undan chetlanadilar va: “Bizning amalimiz oʻzimizga, sizning amalingiz oʻzingizga. Salomat boʻlinglar! Bizni johillar bilan ishimiz yoʻq”, deydilar.
28:56
إِنَّكَ لَا تَهْدِي مَنْ أَحْبَبْتَ وَلَكِنَّ اللَّهَ يَهْدِي مَن يَشَاء وَهُوَ أَعْلَمُ بِالْمُهْتَدِينَ{56}
Sen yaxshi koʻrgan odamingni toʻgʻri yoʻlga sololmaysan. Lekin, Alloh kerakli ishni qilgan kishini toʻgʻri yoʻlga soladi[1646]. U toʻgʻri yoʻlda yurmoqchi boʻlganlarni juda yaxshi biladi.
28:57
وَقَالُوا إِن نَّتَّبِعِ الْهُدَى مَعَكَ نُتَخَطَّفْ مِنْ أَرْضِنَا أَوَلَمْ نُمَكِّن لَّهُمْ حَرَمًا آمِنًا يُجْبَى إِلَيْهِ ثَمَرَاتُ كُلِّ شَيْءٍ رِزْقًا مِن لَّدُنَّا وَلَكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ {57}
Ular: “Agar biz sen bilan birgalikda oʻsha qoʻllanma (Qurʼonga) ergashib amal qilsak, yurtimizdan haydab chiqarilamiz”, dedilar. Axir, eson-omon va daxlsiz boʻlgan yurtni ularga Biz makon qilib bermabmizmi?! U yerga har turli mevalar Biz tarafimizdan rizq qilib yigʻilib turibdi. Lekin, ularning koʻpi bilmayapti.
28:58
وَكَمْ أَهْلَكْنَا مِن قَرْيَةٍ بَطِرَتْ مَعِيشَتَهَا فَتِلْكَ مَسَاكِنُهُمْ لَمْ تُسْكَن مِّن بَعْدِهِمْ إِلَّا قَلِيلًا وَكُنَّا نَحْنُ الْوَارِثِينَ{58}
(Aholisi) maishatga berilib ketgan qanchadan-qancha yurtlarni halok qilib yubordik. Ularning yashab oʻtgan maskanlari mana shu! Ulardan keyin juda oz vaqt maskan qilib tutildi. (Ularga) Biz voris – egador boʻldik.
28:59
وَمَا كَانَ رَبُّكَ مُهْلِكَ الْقُرَى حَتَّى يَبْعَثَ فِي أُمِّهَا رَسُولًا يَتْلُو عَلَيْهِمْ آيَاتِنَا وَمَا كُنَّا مُهْلِكِي الْقُرَى إِلَّا وَأَهْلُهَا ظَالِمُونَ {59}
Yaratgan Egang yurtlarning markazlariga, uning aholisiga oyatlarimizni oʻqib beradigan elchi yubormay turib, u yurtlarni halok qilmaydi. Biz faqat aholisi zolim boʻlgan yurtlarni halok qilamiz.
28:60
وَمَا أُوتِيتُم مِّن شَيْءٍ فَمَتَاعُ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَزِينَتُهَا وَمَا عِندَ اللَّهِ خَيْرٌ وَأَبْقَى أَفَلَا تَعْقِلُونَ {60}
Sizlarga berilgan narsalar dunyo hayotining vaqtinchalik manfaatidir va ziynatidir. Alloh huzuridagi narsa esa yaxshi va davomlidir. Aqlingizni ishlatmaysizlarmi?!
28:61
أَفَمَن وَعَدْنَاهُ وَعْدًا حَسَنًا فَهُوَ لَاقِيهِ كَمَن مَّتَّعْنَاهُ مَتَاعَ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا ثُمَّ هُوَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ مِنَ الْمُحْضَرِينَ {61}
Biz unga chiroyli vaʼda berib, keyin u unga erishadigan kishi bilan, Biz unga dunyo hayotining vaqtinchalik manfaatini berib, keyin qiyomat kuni (azobga) keltiriladigan kishi bilan bir xil boʻlarmidi?
28:62
وَيَوْمَ يُنَادِيهِمْ فَيَقُولُ أَيْنَ شُرَكَائِيَ الَّذِينَ كُنتُمْ تَزْعُمُونَ {62}
U kuni (Alloh) ularga murojaat qilib: “Mening sheriklarim yekaniga koʻr-koʻrona ishonib (gumon qilib) olganlaringiz qani qayerda?”, deydi.
28:63
قَالَ الَّذِينَ حَقَّ عَلَيْهِمُ الْقَوْلُ رَبَّنَا هَؤُلَاء الَّذِينَ أَغْوَيْنَا أَغْوَيْنَاهُمْ كَمَا غَوَيْنَا تَبَرَّأْنَا إِلَيْكَ مَا كَانُوا إِيَّانَا يَعْبُدُونَ {63}
Ularning zarariga aytilgan soʻz haq yekani ayon boʻlgan kimsalar shunday deydi: «Ey Rabbimiz! Bular biz adashtirgan kishilardir. Oʻzimiz qanday adashgan boʻlsak, ularni ham shunday adashtirganmiz. Ulardan aloqani uzib Senga yoʻnaldik. Ular bizga ibodat qilmagan[1647].»
28:64
وَقِيلَ ادْعُوا شُرَكَاءكُمْ فَدَعَوْهُمْ فَلَمْ يَسْتَجِيبُوا لَهُمْ وَرَأَوُا الْعَذَابَ لَوْ أَنَّهُمْ كَانُوا يَهْتَدُونَ {64}
(Mushriklarga): “Allohga sherik qilgan (uydirma iloh)laringizni (yordamga) chaqiringlar”, deyiladi. Chaqiradilar, biroq ular (iltijosini) bajo keltirolmaydi. Ular azobni koʻradi. Toʻgʻri (hidoyat) yoʻlda yurishganida edi…
28:65
وَيَوْمَ يُنَادِيهِمْ فَيَقُولُ مَاذَا أَجَبْتُمُ الْمُرْسَلِينَ{65}
U kuni Alloh ularga murojaat qilib: “(Sizlarga oyatlarimni yetkazgan) elchilarga qanday javob berdinglar?”, deb soʻraydi.
28:66
فَعَمِيَتْ عَلَيْهِمُ الْأَنبَاء يَوْمَئِذٍ فَهُمْ لَا يَتَسَاءلُونَ {66}
Oʻsha kuni ularga (oʻzlarini qutqarib qoladigan) xabarlar toʻsib qoʻyiladi. Shunda, bir-biridan ham soʻrolmaydi.
28:67
فَأَمَّا مَن تَابَ وَآمَنَ وَعَمِلَ صَالِحًا فَعَسَى أَن يَكُونَ مِنَ الْمُفْلِحِينَ {67}
Ammo, kimki (dunyo hayotida gunohlardan) tavba qilib, (Allohga va Undan kelgan kitobga) ishonsa va yaxshi ishni amalga oshirsa, shunda u najot topuvchilardan boʻlishi mumkin.
28:68
وَرَبُّكَ يَخْلُقُ مَا يَشَاءُ وَيَخْتَارُ ۗ مَا كَانَ لَهُمُ الْخِيَرَةُ ۚ سُبْحَانَ اللَّـهِ وَتَعَالَىٰ عَمَّا يُشْرِكُونَ {68}
Robbing Oʻzi munosib bilgan narsani yaratadi va Oʻzi tanlaydi, ularda (yaratilishda) tanlash imkoni yoʻq[1648]. Alloh (mushriklarning Allohga) qoʻshayotgan shirkidan pokdir.
28:69
وَرَبُّكَ يَعْلَمُ مَا تُكِنُّ صُدُورُهُمْ وَمَا يُعْلِنُونَ {69}
Yaratgan Egang ularning dillari yashiradigan narsalarni ham, oshkor qiladigan narsalarni ham biladi[1649].
28:70
وَهُوَ اللَّـهُ لَا إِلَـٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ لَهُ الْحَمْدُ فِي الْأُولَىٰ وَالْآخِرَةِ ۖ وَلَهُ الْحُكْمُ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ {70}
U Allohdir. Undan boshqa iloh (ibodat qilinadigan hech kim) yoʻq. Unga dunyoda ham oxiratda ham olqishu maqtovlar boʻlsin![1650] Hukmu qaror Unga tegishli. Sizlar Uning huzuriga chiqarilasizlar[1651].
28:71
قُلْ أَرَأَيْتُمْ إِن جَعَلَ اللَّهُ عَلَيْكُمُ اللَّيْلَ سَرْمَدًا إِلَى يَوْمِ الْقِيَامَةِ مَنْ إِلَهٌ غَيْرُ اللَّهِ يَأْتِيكُم بِضِيَاء أَفَلَا تَسْمَعُونَ {71}
Ayt: “Hech oʻylab koʻrdingizmi? Agar Alloh tunni tepangizda to qiyomatgacha davomli qoldirib qoʻysa, Undan boshqa qaysi sizlarga yorugʻlik keltirib beradigan iloh kim ekan?! Hech ham (haqqa) quloq solmaysizlarmi?!”
28:72
قُلْ أَرَأَيْتُمْ إِن جَعَلَ اللَّهُ عَلَيْكُمُ النَّهَارَ سَرْمَدًا إِلَى يَوْمِ الْقِيَامَةِ مَنْ إِلَهٌ غَيْرُ اللَّهِ يَأْتِيكُم بِلَيْلٍ تَسْكُنُونَ فِيهِ أَفَلَا تُبْصِرُونَ {72}
Ayt: “Hech oʻylab koʻrdingizmi? Agar Alloh kunduzni tepangizda to qiyomatgacha davomli qoldirib qoʻysa, oʻzingiz orom oladigan tunni sizlarga keltirib beradigan Allohdan boshqa iloh kim ekan?! Hech ham (haqni) koʻrmaysizlarmi?”[1652]
28:73
وَمِن رَّحْمَتِهِ جَعَلَ لَكُمُ اللَّيْلَ وَالنَّهَارَ لِتَسْكُنُوا فِيهِ وَلِتَبْتَغُوا مِن فَضْلِهِ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ {73}
(Alloh) Oʻzidan bir yaxshilik sifatida, unda orom olishingiz uchun tunni, lutfu oliyjanobligidan talab qilishingiz uchun kunduzni sizlar uchun paydo qilib berdi[1653], qadriga yetgaysizlar![1654]
28:74
وَيَوْمَ يُنَادِيهِمْ فَيَقُولُ أَيْنَ شُرَكَائِيَ الَّذِينَ كُنتُمْ تَزْعُمُونَ {74}
U kuni (Alloh) ularga murojaat qilib: “Mening sheriklarim ekaniga iddao qilganlaringiz qani, qayerda?”, deydi.
28:75
وَنَزَعْنَا مِن كُلِّ أُمَّةٍ شَهِيدًا فَقُلْنَا هَاتُوا بُرْهَانَكُمْ فَعَلِمُوا أَنَّ الْحَقَّ لِلَّهِ وَضَلَّ عَنْهُم مَّا كَانُوا يَفْتَرُونَ {75}
(U kunda) har bir ummatdan bittadan guvoh chiqarib[1655], (mushriklarga) “hujjatingizni keltiring”, deymiz. Shunda, ular Allohni haq ekanini bilib oladi va (iloh deb) toʻqib chiqargan narsalari ulardan yoʻq boʻladi[1656].
28:76
إِنَّ قَارُونَ كَانَ مِن قَوْمِ مُوسَى فَبَغَى عَلَيْهِمْ وَآتَيْنَاهُ مِنَ الْكُنُوزِ مَا إِنَّ مَفَاتِحَهُ لَتَنُوءُ بِالْعُصْبَةِ أُولِي الْقُوَّةِ إِذْ قَالَ لَهُ قَوْمُهُ لَا تَفْرَحْ إِنَّ اللَّهَ لَا يُحِبُّ الْفَرِحِينَ {76}
Albatta, Qorun Muso qavmidan edi, biroq ularga zoʻravonlik qildi. Biz unga shunday boylik bergan edikki, uning kalitlari/xazinalari quvvatli kishilarga ham ogʻirlik qilar edi. Shunda qavmi unga shunday dedi: «Erkalanma! Chunki, Alloh erkalanib ketuvchilarni yoqtirmaydi.
28:77
وَابْتَغِ فِيمَا آتَاكَ اللَّهُ الدَّارَ الْآخِرَةَ وَلَا تَنسَ نَصِيبَكَ مِنَ الدُّنْيَا وَأَحْسِن كَمَا أَحْسَنَ اللَّهُ إِلَيْكَ وَلَا تَبْغِ الْفَسَادَ فِي الْأَرْضِ إِنَّ اللَّهَ لَا يُحِبُّ الْمُفْسِدِينَ {77}
Alloh senga bergan narsalar bilan oxirat yurtini qoʻlga kiritishga urin, dunyodan ham nasibangni unutma. Alloh senga yaxshilik qilganidek, sen ham yaxshilik qil. Yer yuzida buzgʻunchilik qilishga urinma. Chunki, Alloh buzgʻunchilarni yoqtirmaydi.»
28:78
قَالَ إِنَّمَا أُوتِيتُهُ عَلَى عِلْمٍ عِندِي أَوَلَمْ يَعْلَمْ أَنَّ اللَّهَ قَدْ أَهْلَكَ مِن قَبْلِهِ مِنَ القُرُونِ مَنْ هُوَ أَشَدُّ مِنْهُ قُوَّةً وَأَكْثَرُ جَمْعًا وَلَا يُسْأَلُ عَن ذُنُوبِهِمُ الْمُجْرِمُونَ {78}
Qorun: “Menga bu oʻzimga tegishli ilm orqali berildi”, dedi. Alloh undan oldin qanchadan-qancha nasllarni halok qilganini nahot u bilmagan boʻlsa. Ular undan ham kuchli va boy boʻlgan. Jinoyatchilardan gunohlari haqida soʻrab oʻtirilmaydi[1657].
28:79
فَخَرَجَ عَلَى قَوْمِهِ فِي زِينَتِهِ قَالَ الَّذِينَ يُرِيدُونَ الْحَيَاةَ الدُّنيَا يَا لَيْتَ لَنَا مِثْلَ مَا أُوتِيَ قَارُونُ إِنَّهُ لَذُو حَظٍّ عَظِيمٍ {79}
U oʻz qavmini yoniga zeb-ziynati bilan chiqdi. Dunyo hayotini xohlaydiganlar: “Qaniydi Qorunga berilgan narsaning oʻxshashi bizga ham berilsaydi. U (boylikdan) ulkan nasibaga ega”, dedilar[1658].
28:80
وَقَالَ الَّذِينَ أُوتُوا الْعِلْمَ وَيْلَكُمْ ثَوَابُ اللَّهِ خَيْرٌ لِّمَنْ آمَنَ وَعَمِلَ صَالِحًا وَلَا يُلَقَّاهَا إِلَّا الصَّابِرُونَ {80}
Ilmli kishilar esa: “Holingizga voy! Moʻmin boʻlib, yaxshi ish(lar)ni amal oshirganlar uchun, Allohning savobi (jannati) yaxshiroqdir. Unga faqat sabr-bardoshli kishilar yoʻliqadi”, dedilar.
28:81
فَخَسَفْنَا بِهِ وَبِدَارِهِ الْأَرْضَ فَمَا كَانَ لَهُ مِن فِئَةٍ يَنصُرُونَهُ مِن دُونِ اللَّهِ وَمَا كَانَ مِنَ المُنتَصِرِينَ {81}
Oxir-oqibat, uni ham hovli-joyini ham yerga yuttirib yubordik[1659]. Shunda, Allohdan boshqa unga yordam beradigan hech qanday yordamchi guruh boʻlmadi, himoya qilinmadi[1660].
28:82
وَأَصْبَحَ الَّذِينَ تَمَنَّوْا مَكَانَهُ بِالْأَمْسِ يَقُولُونَ وَيْكَأَنَّ اللَّهَ يَبْسُطُ الرِّزْقَ لِمَن يَشَاء مِنْ عِبَادِهِ وَيَقْدِرُ لَوْلَا أَن مَّنَّ اللَّهُ عَلَيْنَا لَخَسَفَ بِنَا وَيْكَأَنَّهُ لَا يُفْلِحُ الْكَافِرُونَ {82}
Kechagina uni oʻrnida boʻlib qolishni orzu qilganlar shunday deb qoldi: «Vo ajab! Oʻzi munosib bilgan bandalariga rizqni keng qilib beradigan ham, oʻlchab (tor qilib) qoʻyadigan ham Alloh ekan![1661] Agar Alloh bizga Oʻzi yaxshilik qilmaganida, bizni ham yuttirib yuborardi. Vo ajab! Kofirlar najot topmas ekan!»
28:83
تِلْكَ الدَّارُ الْآخِرَةُ نَجْعَلُهَا لِلَّذِينَ لَا يُرِيدُونَ عُلُوًّا فِي الْأَرْضِ وَلَا فَسَادًا وَالْعَاقِبَةُ لِلْمُتَّقِينَ {83}
Biz oʻsha oxirat yurtini yer yuzida zoʻravonlik va buzgʻunchilik qilishni istamaydiganlar uchun tayyorlab qoʻyamiz. Oʻsha oqibat masʼuliyatli (moʻmin)larga tegishli!
28:84
مَن جَاء بِالْحَسَنَةِ فَلَهُ خَيْرٌ مِّنْهَا وَمَن جَاء بِالسَّيِّئَةِ فَلَا يُجْزَى الَّذِينَ عَمِلُوا السَّيِّئَاتِ إِلَّا مَا كَانُوا يَعْمَلُونَ {84}
Kimki (Allohning huzuriga) yaxshilik bilan kelsa, unga undan ham yaxshisi beriladi. Kimki yomonlik bilan kelsa, yomonliklarni amalga oshirganlarga faqat oʻz qilmishlarining jazosi beriladi.
28:85
إِنَّ الَّذِي فَرَضَ عَلَيْكَ الْقُرْآنَ لَرَادُّكَ إِلَى مَعَادٍ قُل رَّبِّي أَعْلَمُ مَن جَاء بِالْهُدَى وَمَنْ هُوَ فِي ضَلَالٍ مُّبِينٍ {85}
Senga Qurʼonni farz[1662] qilgan zot, seni qaytar joy (Makkaga) albatta qaytaradi. Ayt: “Qoʻllanma (kitob) olib kelgan kishini ham, aniq zalolatdagi kishini ham yaratgan Egam yaxshi biladi.”
28:86
وَمَا كُنتَ تَرْجُو أَن يُلْقَى إِلَيْكَ الْكِتَابُ إِلَّا رَحْمَةً مِّن رَّبِّكَ فَلَا تَكُونَنَّ ظَهِيرًا لِّلْكَافِرِينَ {86}
(Ey Muhammad!) Senga kitob tushirilishini kutmaganding[1663]. Faqat-gina yaratgan Egangdan bir yaxshilik sifatida (tushdi). Shuning uchun, (Qurʼonni) tan olmagan-kofirlarga yordamchi boʻlma!
28:87
{87} وَلَا يَصُدُّنَّكَ عَنْ آيَاتِ اللَّـهِ بَعْدَ إِذْ أُنزِلَتْ إِلَيْكَ ۖ وَادْعُ إِلَىٰ رَبِّكَ ۖ وَلَا تَكُونَنَّ مِنَ الْمُشْرِكِينَ
Senga nozil qilib boʻlinganidan keyin, ular seni Allohning oyatlaridan toʻsib qoʻymasin. Sen yaratgan Egang (yoʻli)ga daʼvat qil, aslo mushriklardan boʻlma!
28:88
وَلَا تَدْعُ مَعَ اللَّهِ إِلَهًا آخَرَ لَا إِلَهَ إِلَّا هُوَ كُلُّ شَيْءٍ هَالِكٌ إِلَّا وَجْهَهُ لَهُ الْحُكْمُ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ {88}
Alloh bilan birga yana boshqa hech qanday soxta ilohga duo qilma. Qullik qilinishga haqli yagona zot Udir. Uning zotidan[1664] boshqa hamma narsa halok boʻladi. Hukm-u qaror Unga tegishli. Sizlar Uning hukmiga qaytarilasizlar.
- ANKABUT surasi
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
29:1
الم {1}
Alif! Lam! Mim![1665]
29:2
أَحَسِبَ النَّاسُ أَن يُتْرَكُوا أَن يَقُولُوا آمَنَّا وَهُمْ لَا يُفْتَنُونَ {2}
Insonlar: “(Alloh va Rasuliga) ishondik”- desak, sinalmay[1666] oʻz holimizga tashlab qoʻyilamiz, deb oʻyladimi[1667]?!
29:3
وَلَقَدْ فَتَنَّا الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ فَلَيَعْلَمَنَّ اللَّهُ الَّذِينَ صَدَقُوا وَلَيَعْلَمَنَّ الْكَاذِبِينَ {3}
Shubhasizki, ulardan avvalgilarni ham sinaganmiz. Alloh (imonida sodiq) rostgoʻylarni ham biladi, yolgʻonchilarni ham biladi.
29:4
أَمْ حَسِبَ الَّذِينَ يَعْمَلُونَ السَّيِّئَاتِ أَن يَسْبِقُونَا سَاء مَا يَحْكُمُونَ {4}
Balki[1668], yomon ishlarni amalga oshirayotganlar Allohdan qochib-qutula olamiz deb oʻylagandir?! Ular naqadar yomon hukm qiladilar!
29:5
مَن كَانَ يَرْجُو لِقَاء اللَّهِ فَإِنَّ أَجَلَ اللَّهِ لَآتٍ وَهُوَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ {5}
Kim Allohga (yorugʻ yuz bilan) yoʻliqishni umid qilayotgan boʻlsa, bilsinki, Alloh belgilagan vaqt albatta keladi. U eshitadi, biladi.
29:6
وَمَن جَاهَدَ فَإِنَّمَا يُجَاهِدُ لِنَفْسِهِ إِنَّ اللَّهَ لَغَنِيٌّ عَنِ الْعَالَمِينَ {6}
Kimki (haq yoʻlda) kurashsa[1669], oʻzi uchun kurashgan boʻladi[1670]. Chunki, Alloh borliqlardan behojatdir.
29:7
{7} وَالَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَنُكَفِّرَنَّ عَنْهُمْ سَيِّئَاتِهِمْ وَلَنَجْزِيَنَّهُمْ أَحْسَنَ الَّذِي كَانُوا يَعْمَلُونَ
(Alloh va rasuliga) ishonib, yaxshi ishlarni amalga oshirganlarni yomonliklarini yashirib, ularni oʻzlari qilgan ishlarining eng chiroyligi bilan mukofotlaymiz.
29:8
وَوَصَّيْنَا الْإِنسَانَ بِوَالِدَيْهِ حُسْنًا وَإِن جَاهَدَاكَ لِتُشْرِكَ بِي مَا لَيْسَ لَكَ بِهِ عِلْمٌ فَلَا تُطِعْهُمَا إِلَيَّ مَرْجِعُكُمْ فَأُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ{8}
Insonni ota-onasiga chiroyli muomala qilishga buyurdik. Agar ular seni u haqida ilmiy asosing boʻlmagan narsani Menga sherik qilishga majbur qilsa, ikkalasiga ham (shirk masalasida) boʻysunma. Barchangiz Menga qaytasiz. Shunda, qilmishingizni oʻzingizga bildirib qoʻyaman.
29:9
وَالَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَنُدْخِلَنَّهُمْ فِي الصَّالِحِينَ {9}
Imon keltirib xayrli ishlarni amalga oshirganlarni yaxshilar qatoriga qoʻshamiz.
29:10
وَمِنَ النَّاسِ مَن يَقُولُ آمَنَّا بِاللَّهِ فَإِذَا أُوذِيَ فِي اللَّهِ جَعَلَ فِتْنَةَ النَّاسِ كَعَذَابِ اللَّهِ وَلَئِن جَاء نَصْرٌ مِّن رَّبِّكَ لَيَقُولُنَّ إِنَّا كُنَّا مَعَكُمْ أَوَلَيْسَ اللَّهُ بِأَعْلَمَ بِمَا فِي صُدُورِ الْعَالَمِينَ {10}
Insonlar orasida shunday kishilar borki, “Allohga ishondim”, deydi. Biroq, Alloh yoʻlida aziyatga uchraganida, insonlardan kelgan fitnani xuddi Allohning azobidek koʻradi. Agar, Robbing tarafidan nusrat – muvaffaqiyat kelsa, “Biz aniq sizlar bilan birga edik”, deydi. Hammaning ichidagini juda yaxshi biluvchi Alloh emasmi?!
29:11
وَلَيَعْلَمَنَّ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا وَلَيَعْلَمَنَّ الْمُنَافِقِينَ {11}
Albatta, Alloh moʻminlarni ham biladi, munofiqlarni ham biladi.
29:12
وَقَالَ الَّذِينَ كَفَرُوا لِلَّذِينَ آمَنُوا اتَّبِعُوا سَبِيلَنَا وَلْنَحْمِلْ خَطَايَاكُمْ وَمَا هُم بِحَامِلِينَ مِنْ خَطَايَاهُم مِّن شَيْءٍ إِنَّهُمْ لَكَاذِبُونَ {12}
(Qurʼonga ishonmagan) kofirlar moʻminlarga: “Bizning (diniy) yoʻlimizga ergashinglar, gunohlaringizni koʻtaramiz”, dedilar. Ular bularning gunohlaridan hech birini koʻtarolmaydi. Ular aniq yolgʻonchidir.
29:13
وَلَيَحْمِلُنَّ أَثْقَالَهُمْ وَأَثْقَالًا مَّعَ أَثْقَالِهِمْ وَلَيُسْأَلُنَّ يَوْمَ الْقِيَامَةِ عَمَّا كَانُوا يَفْتَرُونَ {13}
Ular oʻz yuklarini anavilarning yuklariga qoʻshib koʻtaradilar va toʻqib chiqargan yolgʻonlari haqida aniq soʻraladilar.
29:14
وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا نُوحًا إِلَى قَوْمِهِ فَلَبِثَ فِيهِمْ أَلْفَ سَنَةٍ إِلَّا خَمْسِينَ عَامًا فَأَخَذَهُمُ الطُّوفَانُ وَهُمْ ظَالِمُونَ {14}
Shubhasizki, Nuhni oʻz qavmiga elchi qilib yuborganmiz. U ular orasida (elchilik qilib) ellik yil kam ming yil qoldi[1671]. Keyinchalik, zulm qilayotgan hollarida, qavmini suv toshqini tutdi.
29:15
فَأَنجَيْنَاهُ وَأَصْحَابَ السَّفِينَةِ وَجَعَلْنَاهَا آيَةً لِّلْعَالَمِينَ {15}
Shunda, Nuh va kemadagilarni qutqarib qolib, buni[1672] barcha uchun ibrat qilib qoʻydik.
29:16
وَإِبْرَاهِيمَ إِذْ قَالَ لِقَوْمِهِ اعْبُدُوا اللَّهَ وَاتَّقُوهُ ذَلِكُمْ خَيْرٌ لَّكُمْ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ {16}
Ibrohimni ham (elchi qilib yubordik). Bir kuni u qavmiga shunday dedi: «Allohga ibodat qiling va Unga nisbatan javobgarlikni his qiling. Agar bilsangiz, sizlar uchun mana shu yaxshi.
29:17
إِنَّما تَعْبُدُونَ مِنْ دُونِ اللَّهِ أَوْثاناً وَتَخْلُقُونَ إِفْكاً إِنَّ الَّذِينَ تَعْبُدُونَ مِنْ دُونِ اللَّهِ لا يَمْلِكُونَ لَكُمْ رِزْقاً فَابْتَغُوا عِنْدَ اللَّهِ الرِّزْقَ وَاعْبُدُوهُ وَاشْكُرُوا لَهُ إِلَيْهِ تُرْجَعُونَ {17}
Sizlar Allohdan keyinga qoʻyib butlarga[1673] ibodat qilyapsiz va boʻhton toʻqiyapsiz. Allohdan keyinga qoʻyib ibodat qilayotganlaringiz sizlarga rizq berolmaydi. Shuning uchun, rizqni Alloh huzuridan umid qilinglar, Unga ibodat qilinglar, U uchun shukr qilinglar/qadriga yetinglar. Sizlar (qiyomatda) Unga qaytarilasiz.
29:18
وَإِن تُكَذِّبُوا فَقَدْ كَذَّبَ أُمَمٌ مِّن قَبْلِكُمْ وَمَا عَلَى الرَّسُولِ إِلَّا الْبَلَاغُ الْمُبِينُ {18}
Agar yolgʻonchiga chiqarsangiz, bilingki, sizlardan avvalgi ummatlar ham yolgʻonchiga chiqarib kelgan. Elchining zimmasida ochiq-oydin yetkazib qoʻyishdan boshqa narsa yoʻq».
29:19
أَوَلَمْ يَرَوْا كَيْفَ يُبْدِئُ اللَّهُ الْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُ إِنَّ ذَلِكَ عَلَى اللَّهِ يَسِيرٌ {19}
Ular Alloh yaratish ishini qanday boshlaganini nahot koʻrmagan – bilmagan boʻlsalar?! Keyin, uni yana Allohning Oʻzi qaytaradi. Albatta, bu narsa Allohga oson.
29:20
قُلْ سِيرُوا فِي الْأَرْضِ فَانظُرُوا كَيْفَ بَدَأَ الْخَلْقَ ثُمَّ اللَّهُ يُنشِئُ النَّشْأَةَ الْآخِرَةَ إِنَّ اللَّهَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ {20}
Ayt: «Yer yuzida sayr qilib, Alloh yaratish ishini qanday boshlaganini kuzatinglar! Soʻngra, Alloh oxirgi (mangu) hayotni paydo qiladi. Albatta, Alloh hamma narsaga oʻlchov qoʻyadi.
29:21
يُعَذِّبُ مَن يَشَاءُ وَيَرْحَمُ مَن يَشَاءُ ۖ وَإِلَيْهِ تُقْلَبُونَ {21}
Munosib boʻladiganni azoblaydi, munosib boʻladiganga rahm qiladi. Sizlar Uning huzuriga koʻchirilasizlar.
29:22
وَمَا أَنتُم بِمُعْجِزِينَ فِي الْأَرْضِ وَلَا فِي السَّمَاء وَمَا لَكُم مِّن دُونِ اللَّهِ مِن وَلِيٍّ وَلَا نَصِيرٍ {22}
Sizlar na yerda va na osmonda Allohdan qochib qutulolmaysiz. Allohdan boshqa na bir (himoyachi) doʻstingiz va na yordamchingiz boʻlmaydi.»
29:23
وَالَّذِينَ كَفَرُوا بِآيَاتِ اللَّهِ وَلِقَائِهِ أُوْلَئِكَ يَئِسُوا مِن رَّحْمَتِي وَأُوْلَئِكَ لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ {23}
Allohning oyatlariga va Unga yoʻliqishga ishonmay-kofirlik qilganlar, ana shular rahmatimdan – jannatimdan umidini uzgan kishilardir. Ana shularga alamli azob bor.
29:24
فَمَا كَانَ جَوَابَ قَوْمِهِ إِلَّا أَن قَالُوا اقْتُلُوهُ أَوْ حَرِّقُوهُ فَأَنجَاهُ اللَّهُ مِنَ النَّارِ إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآيَاتٍ لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ {24}
Xalqini Ibrohimga bergan javobi: “Uni oʻldiringlar, yoki yoqib yuboringlar”,deyishdan boshqa narsa boʻlmadi. Uni olovga tashlashganida, Alloh uni olovdan saqlab qoldi[1674]. Albatta, bunda (Allohga) ishonadigan kishilar uchun oyat-belgilar bor.
29:25
وَقَالَ إِنَّمَا اتَّخَذْتُم مِّن دُونِ اللَّهِ أَوْثَانًا مَّوَدَّةَ بَيْنِكُمْ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا ثُمَّ يَوْمَ الْقِيَامَةِ يَكْفُرُ بَعْضُكُم بِبَعْضٍ وَيَلْعَنُ بَعْضُكُم بَعْضًا وَمَأْوَاكُمُ النَّارُ وَمَا لَكُم مِّن نَّاصِرِينَ {25}
Ibrohim ularga (yana) shunday dedi: “Sizlar faqatgina bu dunyo hayotidagi doʻstlik yuzasidan, Allohdan boshqa but sanamlarni iloh qilib oldingiz. Keyin, qiyomat kuni bir-biringizni tan olmaysiz, bir-biringizga laʼnat aytasiz. Sizlarni borar joyingiz jahannamdir. Sizlarga hech qanday yordamchilar boʻlmaydi.”
29:26
فَآمَنَ لَهُ لُوطٌ وَقَالَ إِنِّي مُهَاجِرٌ إِلَى رَبِّي إِنَّهُ هُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ {26}
Shu tariqa, Lut unga ishondi. Ibrohim shunday dedi: “Men Robbim (buyurgan yoʻl) sari (sizlardan) hijrat qilyapman. Albatta, U doimo gʻolibdir, toʻgʻri qaror beruvchidir.”
29:27
وَوَهَبْنَا لَهُ إِسْحَقَ وَيَعْقُوبَ وَجَعَلْنَا فِي ذُرِّيَّتِهِ النُّبُوَّةَ وَالْكِتَابَ وَآتَيْنَاهُ أَجْرَهُ فِي الدُّنْيَا وَإِنَّهُ فِي الْآخِرَةِ لَمِنَ الصَّالِحِينَ {27}
Biz Ibrohimga Isʼhoqni va (Isʼhoqning oʻgʻli) Yaʼqubni tuhfa qildik. Uning nasliga paygʻambarlik va kitob berdik. Uni dunyoda ham mukofotladik. Albatta, u oxiratda ham yaxshilaridan boʻladi.
29:28
وَلُوطًا إِذْ قَالَ لِقَوْمِهِ إِنَّكُمْ لَتَأْتُونَ الْفَاحِشَةَ مَا سَبَقَكُم بِهَا مِنْ أَحَدٍ مِّنَ الْعَالَمِينَ {28}
Lutni ham (elchi qilib yubordik). Bir kuni u oʻz qavmiga shunday dedi: «Sizlar shunday bir fahsh-jirkanch ish qilyapsizki, u ishni sizdan oldin olam aro hech kim qilmagan!
29:29
أَئِنَّكُمْ لَتَأْتُونَ الرِّجَالَ وَتَقْطَعُونَ السَّبِيلَ وَتَأْتُونَ فِي نَادِيكُمُ الْمُنكَرَ فَمَا كَانَ جَوَابَ قَوْمِهِ إِلَّا أَن قَالُوا ائْتِنَا بِعَذَابِ اللَّهِ إِن كُنتَ مِنَ الصَّادِقِينَ {29}
Sizlar (shahvat uchun) erkaklarga yaqinlashyapsiz, (nasl davom etadigan) yoʻlni uzyapsiz, oʻsha munkar – yomon ishni majlislaringizda qilyapsizlar, shunday emasmi?!» Shunda, xalqini Lutga bergan javobi: “Agar rostgoʻy boʻlsang, bizga Allohning azobini keltir-chi!”, degan gapdan boshqa narsa boʻlmagan.
29:30
قَالَ رَبِّ انصُرْنِي عَلَى الْقَوْمِ الْمُفْسِدِينَ {30}
(Shunda) Lut: “Ey yaratgan Egam! Buzgʻunchi qavmga qarshi menga Oʻzing yordam ber!”, dedi.
29:31
وَلَمَّا جَاءتْ رُسُلُنَا إِبْرَاهِيمَ بِالْبُشْرَى قَالُوا إِنَّا مُهْلِكُو أَهْلِ هَذِهِ الْقَرْيَةِ إِنَّ أَهْلَهَا كَانُوا ظَالِمِينَ {31}
Elchilarimiz Ibrohimga xushxabar olib kelishganida: “Biz shu yurtning aholisini halok qilamiz. Chunki, uning aholisi haqsizlik qiluvchi-zolimlarga aylandi”, deyishgan.
29:32
قَالَ إِنَّ فِيهَا لُوطًا قَالُوا نَحْنُ أَعْلَمُ بِمَن فِيهَا لَنُنَجِّيَنَّهُ وَأَهْلَهُ إِلَّا امْرَأَتَهُ كَانَتْ مِنَ الْغَابِرِينَ {32}
“U yerda Lut bor-ku!”, dedi Ibrohim. Ular esa: «U yerda kim borligini oʻzimiz yaxshi bilamiz. Biz uni ham, oila-aʼzolarini ham qutqarib qolamiz. Lekin, ayoli (boshqalar qatori) lavalar[1675] ostida qolib ketuvchilardan boʻladi», dedilar.
29:33
وَلَمَّا أَن جَاءتْ رُسُلُنَا لُوطًا سِيءَ بِهِمْ وَضَاقَ بِهِمْ ذَرْعًا وَقَالُوا لَا تَخَفْ وَلَا تَحْزَنْ إِنَّا مُنَجُّوكَ وَأَهْلَكَ إِلَّا امْرَأَتَكَ كَانَتْ مِنَ الْغَابِرِينَ {33}
Elchilarimiz Lutning yoniga kelishganida, ular sababli qaygʻuga tushib qoldi, ular sababli yuragi siqildi. Ular shunday dedi: «Qoʻrqma, gʻamga tushma. Biz seni ham oilangni ham qutqarib qolamiz. Lekin, ayoling lava ostida qolib ketganlardan biriga aylanadi.
29:34
إِنَّا مُنزِلُونَ عَلَى أَهْلِ هَذِهِ الْقَرْيَةِ رِجْزًا مِّنَ السَّمَاء بِمَا كَانُوا يَفْسُقُونَ {34}
Albatta, biz bu yurt aholisi tepasiga, yoʻldan chiqib-fosiqlik qilgani uchun osmondan jazo – lava yogʻdiramiz.»
29:35
وَلَقَد تَّرَكْنَا مِنْهَا آيَةً بَيِّنَةً لِّقَوْمٍ يَعْقِلُونَ {35}
Aqlini ishlatadigan kishilar uchun, u yurtdan ochiq-oydin oyat-belgi qoldirdik.
29:36
وَإِلَى مَدْيَنَ أَخَاهُمْ شُعَيْبًا فَقَالَ يَا قَوْمِ اعْبُدُوا اللَّهَ وَارْجُوا الْيَوْمَ الْآخِرَ وَلَا تَعْثَوْا فِي الْأَرْضِ مُفْسِدِينَ {36}
Madyaniklarga ham (nasldosh) birodari Shuaybni (elchi qilib yubordik). Shunda u: “Ey qavmim! Allohga ibodat qilinglar – oxirat kunidan umid qilinglar. Yer yuzida buzgʻunchilik qilgan holda tartibsizlik chiqarmanglar”, dedi.
29:37
فَكَذَّبُوهُ فَأَخَذَتْهُمُ الرَّجْفَةُ فَأَصْبَحُوا فِي دَارِهِمْ جَاثِمِينَ {37}
Keyin, qavmi uni yolgʻonchiga chiqarishdi. Natijada, ularni qattiq yer silkinishi tutdiki, turgan joylarida qulab tushdilar.
29:38
وَعَادًا وَثَمُودَ وَقَد تَّبَيَّنَ لَكُم مِّن مَّسَاكِنِهِمْ وَزَيَّنَ لَهُمُ الشَّيْطَانُ أَعْمَالَهُمْ فَصَدَّهُمْ عَنِ السَّبِيلِ وَكَانُوا مُسْتَبْصِرِينَ {38}
Od va Samud qavmlariga ham (elchilar yuborganmiz). Shubhasizki, sizlarga ularning yashab oʻtgan maskanlari ayon boʻlib turibdi. Shayton ularga oʻz qilmishlarini chiroyli koʻrsatib, ularni yoʻldan ozdirdi. Holbuki, ular aql-idrokli kishilar edi[1676].
29:39
وَقَارُونَ وَفِرْعَوْنَ وَهَامَانَ وَلَقَدْ جَاءهُم مُّوسَى بِالْبَيِّنَاتِ فَاسْتَكْبَرُوا فِي الْأَرْضِ وَمَا كَانُوا سَابِقِينَ {39}
Qorun, Firʼavn va Homonga ham (elchi yuborganmiz). Muso ularga aniq-ravshan dalillar bilan kelgan. Shunda ham ular yer yuzida oʻzlarini katta tutishgan-u, biroq, (Bizdan) qochib-qutulolmagan.
29:40
فَكُلًّا أَخَذْنَا بِذَنبِهِ فَمِنْهُم مَّنْ أَرْسَلْنَا عَلَيْهِ حَاصِبًا وَمِنْهُم مَّنْ أَخَذَتْهُ الصَّيْحَةُ وَمِنْهُم مَّنْ خَسَفْنَا بِهِ الْأَرْضَ وَمِنْهُم مَّنْ أَغْرَقْنَا وَمَا كَانَ اللَّهُ لِيَظْلِمَهُمْ وَلَكِن كَانُوا أَنفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ {40}
Ularning har birini oʻz gunohlari sababli jazoladik. Biriga tosh yogʻdiradigan boʻron yubordik, ulardan baʼzilarini dahshatli tovush tutdi, ulardan baʼzilarini yerga yuttirib yubordik, ulardan baʼzilarini suvga choʻktirib yubordik. Alloh ularga zulm qilmadi. Aksincha, ular oʻzlariga oʻzlari zulm qildi.
29:41
مَثَلُ الَّذِينَ اتَّخَذُوا مِن دُونِ اللَّهِ أَوْلِيَاء كَمَثَلِ الْعَنكَبُوتِ اتَّخَذَتْ بَيْتًا وَإِنَّ أَوْهَنَ الْبُيُوتِ لَبَيْتُ الْعَنكَبُوتِ لَوْ كَانُوا يَعْلَمُونَ {41}
Allohdan boshqalarni oʻzlariga (himoyachi)[1677] doʻst qilib olganlarning ahvoli, uy toʻqib olgan urgʻochi oʻrgimchakning ahvoliga oʻxshaydi. Albatta, uylarning eng nimjoni, aniq urgʻochi oʻrgimchak uyasidir. Koshki bilsalar.
29:42
إِنَّ اللَّهَ يَعْلَمُ مَا يَدْعُونَ مِن دُونِهِ مِن شَيْءٍ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ {42}
Ular Alloh ila oralariga qoʻyib nimaga duo qilayotganlarini aniq biladi. U doimo gʻolibdir, toʻgʻri qaror beruvchidir.
29:43
وَتِلْكَ الْأَمْثَالُ نَضْرِبُهَا لِلنَّاسِ وَمَا يَعْقِلُهَا إِلَّا الْعَالِمُونَ {43}
Bular Biz insonlarga keltirayotgan misollardir. U misollarga faqat bilimli insonlarni aqli yetib tushunadi[1678].
29:44
خَلَقَ اللَّهُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ بِالْحَقِّ إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآيَةً لِّلْمُؤْمِنِينَ {44}
Alloh osmonlar va yerni haqiqiy borliq qilib yaratdi. Bunda, (yaratganga) ishonuvchilar uchun aniq oyat-namuna bor.
29:45
اتْلُ مَا أُوحِيَ إِلَيْكَ مِنَ الْكِتَابِ وَأَقِمِ الصَّلَاةَ إِنَّ الصَّلَاةَ تَنْهَى عَنِ الْفَحْشَاء وَالْمُنكَرِ وَلَذِكْرُ اللَّهِ أَكْبَرُ وَاللَّهُ يَعْلَمُ مَا تَصْنَعُونَ {45}
(Ey Muhammad!) Senga vahiy qilingan kitobga amal qil; (undagi) buyruqlarni bajar[1679]. Chunki, (undagi) buyruqlar fahsh – jirkanch ishlardan hamda yomonlikdan qaytaradi. Allohning zikri eng buyukdir. Alloh qilayotgan kasblaringizni bilib turadi.
29:46
وَلَا تُجَادِلُوا أَهْلَ الْكِتَابِ إِلَّا بِالَّتِي هِيَ أَحْسَنُ إِلَّا الَّذِينَ ظَلَمُوا مِنْهُمْ وَقُولُوا آمَنَّا بِالَّذِي أُنزِلَ إِلَيْنَا وَأُنزِلَ إِلَيْكُمْ وَإِلَهُنَا وَإِلَهُكُمْ وَاحِدٌ وَنَحْنُ لَهُ مُسْلِمُونَ {46}
Ahli Kitob bilan faqat chiroyli holatda munozara qiling, ular orasidan haqsizlik qilganlari bundan mustasno. Shunday denglar: “Biz oʻzimizga nozil qilingan kitobga ham, sizlarga nozil qilingan kitobga ham ishondik. Bizning ham ilohimiz, sizning ham ilohingiz birdir. Biz unga taslim boʻluvchilarmiz.”
29:47
وَكَذَلِكَ أَنزَلْنَا إِلَيْكَ الْكِتَابَ فَالَّذِينَ آتَيْنَاهُمُ الْكِتَابَ يُؤْمِنُونَ بِهِ وَمِنْ هَؤُلَاء مَن يُؤْمِنُ بِهِ وَمَا يَجْحَدُ بِآيَاتِنَا إِلَّا الْكَافِرُونَ {47}
Senga ham kitobni shu shaklda nozil qildik. (Ilgari) Biz ularga kitob berganlar Qurʼonga ishonadi. Bular[1680] orasidan ham unga ishonadiganlari bor. Oyatlarimizni faqatgina kofirlik qiluvchilar inkor qiladi.
29:48
وَمَا كُنتَ تَتْلُو مِن قَبْلِهِ مِن كِتَابٍ وَلَا تَخُطُّهُ بِيَمِينِكَ إِذًا لَّارْتَابَ الْمُبْطِلُونَ{48}
Sen undan oldin biron bir (Ilohiy) kitobni tilovat qilmagansan ham, uni qoʻling bilan yozmagansan ham. Bunday boʻlganida, botil ahli[1681] aniq shubhaga tushib qolgan boʻlardi.
29:49
بَلْ هُوَ آيَاتٌ بَيِّنَاتٌ فِي صُدُورِ الَّذِينَ أُوتُوا الْعِلْمَ وَمَا يَجْحَدُ بِآيَاتِنَا إِلَّا الظَّالِمُونَ {49}
Aslida, Qurʼon ilmi[1682] berilgan kishilarning dillaridagi aniq-ravshan oyatlardir. Oyatlarimizni zolimlardan boshqasi inkor qilmaydi.
29:50
وَقَالُوا لَوْلَا أُنزِلَ عَلَيْهِ آيَاتٌ مِّن رَّبِّهِ قُلْ إِنَّمَا الْآيَاتُ عِندَ اللَّهِ وَإِنَّمَا أَنَا نَذِيرٌ مُّبِينٌ {50}
Ular: “Unga ham Robbidan oyatlar/alomatlar yuborilsa boʻlmasmidi?” dedilar. Sen: “Oyat-alomatlar Robbim huzuridadir. Men ochiq-oydin ogohlantiruvchiman, xolos”, deb ayt.
29:51
أَوَلَمْ يَكْفِهِمْ أَنَّا أَنزَلْنَا عَلَيْكَ الْكِتَابَ يُتْلَى عَلَيْهِمْ إِنَّ فِي ذَلِكَ لَرَحْمَةً وَذِكْرَى لِقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ {51}
Biz senga nozil qilgan ushbu (Qurʼon) Kitob ularga yetmasmikan?! Axir, (Qurʼon) ularga oʻqib berilmoqda-ku! Albatta, imon keltiradigan kishilar uchun bunda yaxshilik va nasihat/eslatma bor.
29:52
قُلْ كَفَى بِاللَّهِ بَيْنِي وَبَيْنَكُمْ شَهِيدًا يَعْلَمُ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَالَّذِينَ آمَنُوا بِالْبَاطِلِ وَكَفَرُوا بِاللَّهِ أُوْلَئِكَ هُمُ الْخَاسِرُونَ {52}
Ayt: “Sizlar bilan mening oʻrtamizda Alloh yetarli guvohdir. U osmonlar va yerdagi narsalarni biladi. Botil (asossiz) narsalarga ishonib olib, Allohga ishonmagan-kofirlar, ana shular xonavayron boʻluvchilardir.”
29:53
وَيَسْتَعْجِلُونَكَ بِالْعَذَابِ وَلَوْلَا أَجَلٌ مُّسَمًّى لَجَاءهُمُ الْعَذَابُ وَلَيَأْتِيَنَّهُم بَغْتَةً وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ {53}
Sendan (kofirlarga tahdid qilingan) azobni tezlashtirishni talab qilishyapti. Agar (Alloh tarafidan) belgilangan muddat boʻlmaganida, ularga aniq azob kelardi. U ularga toʻsatdan keladi. Uni sezmay qolishadi.
29:54
يَسْتَعْجِلُونَكَ بِالْعَذَابِ وَإِنَّ جَهَنَّمَ لَمُحِيطَةٌ بِالْكَافِرِينَ {54}
Sendan (kofirlarga tahdid qilingan) azobni tezlashtirishni talab qilishyapti. Jahannam ularni aniq qurshab oladi.
29:55
يَوْمَ يَغْشَاهُمُ الْعَذَابُ مِن فَوْقِهِمْ وَمِن تَحْتِ أَرْجُلِهِمْ وَيَقُولُ ذُوقُوا مَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ {55}
Kun kelib, azob ularni tepasidan va oyoqlarining ostidan oʻrab oladi. (Alloh) ularga: “Qilgan ishlaringizning totinglar!”, deydi.
29:56
يَا عِبَادِيَ الَّذِينَ آمَنُوا إِنَّ أَرْضِي وَاسِعَةٌ فَإِيَّايَ فَاعْبُدُونِ {56}
Ey moʻmin bandalarim! Zaminim kengdir. Bas! Faqat Menga ibodat qilinglar[1683].
29:57
كُلُّ نَفْسٍ ذَائِقَةُ الْمَوْتِ ثُمَّ إِلَيْنَا تُرْجَعُونَ {57}
Har bir tirik jon oʻlimni totadi. Keyin, huzurimizga qaytarilasizlar.
29:58
وَالَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَنُبَوِّئَنَّهُم مِّنَ الْجَنَّةِ غُرَفًا تَجْرِي مِن تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا نِعْمَ أَجْرُ الْعَامِلِينَ {58}
(Alloh va Rasuliga) ishonib, xayrli ishlarni amalga oshirganlarni, ostidan anhorlar oqib turadigan oliy saroylarga oʻrnashtiramiz. Ular unda oʻlimsiz holda-mangu qoladi. Amal qiluvchilarning mukofoti qanday ham yaxshi!
29:59
الَّذِينَ صَبَرُوا وَعَلَى رَبِّهِمْ يَتَوَكَّلُونَ {59}
Ular (Alloh yoʻlida) sabr-bardosh qilgan va yaratgan Egasiga suyanib-tayangan kimsalardir.
29:60
وَكَأَيِّن مِن دَابَّةٍ لَا تَحْمِلُ رِزْقَهَا اللَّهُ يَرْزُقُهَا وَإِيَّاكُمْ وَهُوَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ {60}
Oʻz rizqini oʻzi koʻtara olmaydigan qanchadan-qancha jonzotlar bor. Ularga ham sizlarga ham Alloh rizq beryapti. U eshitadi, biladi.
29:61
وَلَئِن سَأَلْتَهُم مَّنْ خَلَقَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ وَسَخَّرَ الشَّمْسَ وَالْقَمَرَ لَيَقُولُنَّ اللَّهُ فَأَنَّى يُؤْفَكُونَ {61}
Agar ulardan: “Osmonlar va yerni kim yaratgan? Quyosh bilan oyni kim boʻysundirib qoʻygan?”, desang, albatta: “Allohdir”, deyishadi. Unday boʻlsa, (haqdan) qanday qilib burilib ketishmoqda?!
29:62
اللَّهُ يَبْسُطُ الرِّزْقَ لِمَن يَشَاء مِنْ عِبَادِهِ وَيَقْدِرُ لَهُ إِنَّ اللَّهَ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ {62}
Alloh Oʻzi munosib bilgan bandalaridan kimgadir rizqni keng qilib beradi, kimgadir (oʻlchab) tor qilib qoʻyadi. Alloh hamma narsani biladi[1684].
29:63
وَلَئِن سَأَلْتَهُم مَّن نَّزَّلَ مِنَ السَّمَاء مَاء فَأَحْيَا بِهِ الْأَرْضَ مِن بَعْدِ مَوْتِهَا لَيَقُولُنَّ اللَّهُ قُلِ الْحَمْدُ لِلَّهِ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يَعْقِلُونَ {63}
Agar ulardan: “Osmondan suv tushirib, keyin u bilan oʻlik yerni jonlantiradigan kim?”, deb soʻrasang, albatta, “Allohdir”, deyishadi. Sen: “Eng goʻzal olqish-u maqtov Allohga xos!”, de. Aslida, ularning koʻpi aqlini ishlatmayapti.
29:64
وَمَا هَذِهِ الْحَيَاةُ الدُّنْيَا إِلَّا لَهْوٌ وَلَعِبٌ وَإِنَّ الدَّارَ الْآخِرَةَ لَهِيَ الْحَيَوَانُ لَوْ كَانُوا يَعْلَمُونَ {64}
Bu dunyodagi tiriklik faqatgina (tezda tugaydigan) oʻyin-kulgidir. Asl tiriklik oxirat yurtidagi tiriklikdir. Koshki buni bilsalar!
29:65
فَإِذَا رَكِبُوا فِي الْفُلْكِ دَعَوُا اللَّهَ مُخْلِصِينَ لَهُ الدِّينَ فَلَمَّا نَجَّاهُمْ إِلَى الْبَرِّ إِذَا هُمْ يُشْرِكُونَ {65}
Ular kemaga minishganida, diniga hech narsa qoʻshmasdan Allohga duo qiladilar. Ularni quruqlikka (chiqarib) qutqarganida esa, darhol (Allohga) shirk keltirishni boshlab yuborishadi[1685].
29:66
لِيَكْفُرُوا بِمَا آتَيْنَاهُمْ وَلِيَتَمَتَّعُوا فَسَوْفَ يَعْلَمُونَ {66}
Biz ularga bergan neʼmatlarga nonkoʻrlik qilib, (neʼmatlardan) bahramand boʻlib turishsin – yaqinda bilib olishadi.
29:67
أَوَلَمْ يَرَوْا أَنَّا جَعَلْنَا حَرَمًا آمِنًا وَيُتَخَطَّفُ النَّاسُ مِنْ حَوْلِهِمْ أَفَبِالْبَاطِلِ يُؤْمِنُونَ وَبِنِعْمَةِ اللَّهِ يَكْفُرُونَ {67}
Biz (Makkani) osoyishta va daxlsiz qilib qoʻyganimizni nahot koʻrib-bilmadilar?! Holbuki, atroflaridagi insonlar tutib asir olinmoqda. Ular shunda ham botil-notoʻgʻri narsalarga ishonib olib, Allohning neʼmatlariga nonkoʻrlik qilaverar ekanmi?!
29:68
وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ افْتَرَى عَلَى اللَّهِ كَذِبًا أَوْ كَذَّبَ بِالْحَقِّ لَمَّا جَاءهُ أَلَيْسَ فِي جَهَنَّمَ مَثْوًى لِّلْكَافِرِينَ {68}
Allohga biron bir yolgʻon toʻqigan yoki, oʻziga kelgan haqni yolgʻonga chiqargan odamdan ham zolimroq biri bormi? Haqni tan olmaydigan-kofirlarga jahannamda joy yoʻq ekanmi?!
29:69
وَالَّذِينَ جَاهَدُوا فِينَا لَنَهْدِيَنَّهُمْ سُبُلَنَا وَإِنَّ اللَّهَ لَمَعَ الْمُحْسِنِينَ {69}
Bizning (yoʻlimizda) kurashadigan kishilarni (maqsadiga olib boruvchi) yoʻllarimizga yoʻnaltirib qoʻyamiz. Albatta, Alloh muhsinlar[1686] bilan birgadir[1687].
- RUM surasi[1688]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
30:1
الم
Alif! Lam! Mim![1689]
30:2
غُلِبَتِ الرُّومُ
Rumliklar (Forslarga) magʻlub boʻldi,
30:3
فِي أَدْنَى الْأَرْضِ وَهُم مِّن بَعْدِ غَلَبِهِمْ سَيَغْلِبُونَ
(Arablarga) eng yaqin zaminda[1690]. Ular, magʻlubiyati ortidan yaqinda gʻolib boʻladi.
30:4
فِي بِضْعِ سِنِينَ لِلَّهِ الْأَمْرُ مِن قَبْلُ وَمِن بَعْدُ وَيَوْمَئِذٍ يَفْرَحُ الْمُؤْمِنُونَ
(Bu voqea) bir necha yil ichida boʻladi. Har bir ishning avvali gam oxiri ham Allohga oiddir. Oʻsha kuni moʻminlar sevinadilar,
30:5
بِنَصْرِ اللَّهِ يَنصُرُ مَن يَشَاء وَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ
Allohning yordami ila (sevinadilar). U munosib boʻlganga yordam beradi. U gʻolib va mehribndir.
30:6
وَعْدَ اللَّهِ لَا يُخْلِفُ اللَّهُ وَعْدَهُ وَلَكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ
Bu Allohning vaʼdasidir; Alloh vaʼdasini buzmaydi. Lekin, insonlarning koʻpi bilmayapti.
30:7
يَعْلَمُونَ ظَاهِرًا مِّنَ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَهُمْ عَنِ الْآخِرَةِ هُمْ غَافِلُونَ
Ular dunyo hayotining koʻringan qismini bilyapti. Oxirat (hayotidan) esa gʻaflatda qolmoqda.
30:8
أَوَلَمْ يَتَفَكَّرُوا فِي أَنفُسِهِمْ مَا خَلَقَ اللَّهُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا إِلَّا بِالْحَقِّ وَأَجَلٍ مُّسَمًّى وَإِنَّ كَثِيرًا مِّنَ النَّاسِ بِلِقَاء رَبِّهِمْ لَكَافِرُونَ
Alloh osmonlaru yerni va ular orasidagi narsalarni (shunchaki behuda) emas, balki toʻgʻri bir maqsad bilan hamda belgilangan ajali bilan yaratgani haqida nahot oʻzlaricha bir oʻylab koʻrmagan boʻlsalar?! Albatta, insonlarning koʻpi oʻz yaratgan egasiga yoʻliqishga ishonmayapti.
30:9
أَوَلَمْ يَسِيرُوا فِي الْأَرْضِ فَيَنظُرُوا كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ كَانُوا أَشَدَّ مِنْهُمْ قُوَّةً وَأَثَارُوا الْأَرْضَ وَعَمَرُوهَا أَكْثَرَ مِمَّا عَمَرُوهَا وَجَاءتْهُمْ رُسُلُهُم بِالْبَيِّنَاتِ فَمَا كَانَ اللَّهُ لِيَظْلِمَهُمْ وَلَكِن كَانُوا أَنفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ
Yoki yer yuzida kezib, oʻzidan avvalgilarning oqibati qanday boʻlganini kuzatmabdilarmi? Oʻtmishdagilar bulardan kuchliroq boʻlgan, yer yuzida imoratlar qilib, oʻzlaridan iz qoldirgan. Ularga ham oʻz elchilari aniq-ravshan dalillar bilan kelgan. Alloh ularga zulm qilmagan, lekin ular oʻziga-oʻzi zulm qilishgan.
30:10
ثُمَّ كَانَ عَاقِبَةَ الَّذِينَ أَسَاؤُوا السُّوأَى أَن كَذَّبُوا بِآيَاتِ اللَّهِ وَكَانُوا بِهَا يَسْتَهْزِؤُون
Keyin, yomonlik qilganlarning oqibatlari juda yomon boʻldi; ular Allohning oyatlarini yolgʻonga chiqarib, ularni masxara qilishgan.
30:11
اللَّهُ يَبْدَأُ الْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُ ثُمَّ إِلَيْهِ تُرْجَعُونَ
Yaratishni boshlab, soʻng uni qaytaradigan Allohdir. Shunda, sizlar Uning huzuriga chiqarilasiz.
30:12
وَيَوْمَ تَقُومُ السَّاعَةُ يُبْلِسُ الْمُجْرِمُونَ
Qiyomat qoim boʻladigan kuni jinoyatchilar umidsizlikka tushib qoladi.
30:13
وَلَمْ يَكُن لَّهُم مِّن شُرَكَائِهِمْ شُفَعَاء وَكَانُوا بِشُرَكَائِهِمْ كَافِرِينَ
Allohga sherik qilganlari tarafidan ularga hech qanday shafoatchi :oqlovchilar boʻlmaydi. Ular Allohga sherik qilgan (sohta ilohlari)ni inkor qiladilar[1691].
30:14
وَيَوْمَ تَقُومُ السَّاعَةُ يَوْمَئِذٍ يَتَفَرَّقُونَ
Qiyomat qoim boʻladigan kuni, oʻsha kuni ular bir-biridan ayriladi[1692].
30:15
فَأَمَّا الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ فَهُمْ فِي رَوْضَةٍ يُحْبَرُونَ
Allohga ishongan va xayrli ishlarni amalga oshirganlar yamshashil boʻstonda shodu hurram boʻlib qoladilar.
30:16
وَأَمَّا الَّذِينَ كَفَرُوا وَكَذَّبُوا بِآيَاتِنَا وَلِقَاء الْآخِرَةِ فَأُوْلَئِكَ فِي الْعَذَابِ مُحْضَرُونَ
Oyatlarimizni va oxiratga yoʻliqishni yolgʻonga chiqarib kofirlik qilganlar esa, ular azobda tutib qolinadi.
30:17
فَسُبْحَانَ اللَّهِ حِينَ تُمْسُونَ وَحِينَ تُصْبِحُونَ
Tunga kirayotganingizda ham tonga kirayotganingizda ham Allohni ulugʻlanglar![1693]
30:18
وَلَهُ الْحَمْدُ فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَعَشِيًّا وَحِينَ تُظْهِرُونَ
Osmonlarda ham yerda ham Allohga olqish-u maqtovlar boʻlsin! Kunning oxirgi qismida va peshin vaqtida ham (Allohni ulugʻlanglar!).
30:19
يُخْرِجُ الْحَيَّ مِنَ الْمَيِّتِ وَيُخْرِجُ الْمَيِّتَ مِنَ الْحَيِّ وَيُحْيِي الْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا وَكَذَلِكَ تُخْرَجُونَ
Alloh tirikni oʻlikdan chiqaradi, oʻlikni tirikdan chiqaradi va yerni oʻlganidan keyin jonlantiradi. Sizlar ham (qiyomatda yerdan) shu shaklda chiqarilasiz.
30:20
وَمِنْ آيَاتِهِ أَنْ خَلَقَكُم مِّن تُرَابٍ ثُمَّ إِذَا أَنتُم بَشَرٌ تَنتَشِرُونَ
Uning (borligini) alomatlaridan biri shuki; U sizlarni (ilk boshda[1694]) tuproqdan yaratdi, keyin sizlar inson boʻlib yerda tarqalib yuribsiz.
30:21
وَمِنْ آيَاتِهِ أَنْ خَلَقَ لَكُم مِّنْ أَنفُسِكُمْ أَزْوَاجًا لِّتَسْكُنُوا إِلَيْهَا وَجَعَلَ بَيْنَكُم مَّوَدَّةً وَرَحْمَةً إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآيَاتٍ لِّقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ
Sizlar orom topishingiz uchun, sizlarga oʻzingizdan juftlar yaratib berishi va orangizda muhabbat va mehr paydo qilib qoʻyishi ham Uning oyatlaridandir. Albatta, tafakkur qilib tushunadigan kishilar uchun bunda oyat-belgilar bor.
30:22
وَمِنْ آيَاتِهِ خَلْقُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَاخْتِلَافُ أَلْسِنَتِكُمْ وَأَلْوَانِكُمْ إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآيَاتٍ لِّلْعَالِمِينَ
Osmonlar va yerni yaratishi va tillaringiz va ranglaringizni farqli ekani ham Uning oyatlaridandir. Albatta, bunda bilimlilar uchun oyat-belgilar bor.
30:23
وَمِنْ آيَاتِهِ مَنَامُكُم بِاللَّيْلِ وَالنَّهَارِ وَابْتِغَاؤُكُم مِّن فَضْلِهِ إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآيَاتٍ لِّقَوْمٍ يَسْمَعُونَ
Kecha va kunduzida uxlashingiz hamda Allohning fazlidan (rizqidan) talab qilishingiz ham Uning oyatlaridandir. Albatta, quloq soluvchi kishilar uchun bunda oyat-belgilar bor.
30:24
وَمِنْ آيَاتِهِ يُرِيكُمُ الْبَرْقَ خَوْفًا وَطَمَعًا وَيُنَزِّلُ مِنَ السَّمَاء مَاء فَيُحْيِي بِهِ الْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآيَاتٍ لِّقَوْمٍ يَعْقِلُونَ
Qoʻrqitish va umid qildirish uchun sizlarga chaqmoqni koʻrsatib qoʻyishi, osmondan suv tushirib, u orqali oʻlganidan keyin yerni jonlantirishi ham Uning oyatlaridandir. Albatta, aqlini ishlatadigan kishilar uchun bunda oyat-belgilar bor.
30:25
وَمِنْ آيَاتِهِ أَن تَقُومَ السَّمَاء وَالْأَرْضُ بِأَمْرِهِ ثُمَّ إِذَا دَعَاكُمْ دَعْوَةً مِّنَ الْأَرْضِ إِذَا أَنتُمْ تَخْرُجُونَ
Osmonlar va yer Uning amriga koʻra turishi ham Uning oyat-belgilaridandir. Keyin U sizlarni yerdan bir marta chaqirishi bilanoq darhol chiqasizlar.
30:26
وَلَهُ مَن فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ كُلٌّ لَّهُ قَانِتُونَ
Osmonlar va yerdagi kimsalar Uniki. Hamma Unga boʻysunadi .
30:27
وَهُوَ الَّذِي يَبْدَأُ الْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُ وَهُوَ أَهْوَنُ عَلَيْهِ وَلَهُ الْمَثَلُ الْأَعْلَى فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ
Yaratishni boshlagan Udir. Keyin uni yana Oʻzi qaytaradi. U (ish) Unga juda oson. Osmonlar va yerda eng oliy oʻrnaklar Unga tegishli . U doimo gʻolibdir, toʻgʻri qaror beruvchidir.
30:28
ضَرَبَ لَكُم مَّثَلًا مِنْ أَنفُسِكُمْ هَل لَّكُم مِّن مَّا مَلَكَتْ أَيْمَانُكُم مِّن شُرَكَاء فِي مَا رَزَقْنَاكُمْ فَأَنتُمْ فِيهِ سَوَاء تَخَافُونَهُمْ كَخِيفَتِكُمْ أَنفُسَكُمْ كَذَلِكَ نُفَصِّلُ الْآيَاتِ لِقَوْمٍ يَعْقِلُونَ
Alloh sizlarga oʻzingizdan misol keltirdi; “Qoʻl ostingizdagilarni Biz sizlarga bergan rizqqa sherik qilasizlarmi? Ular u rizqda sizlar bilan teng huquqqa ega boʻladimi? Bir-biringizdan qoʻrqqandek ulardan ham qoʻrqasizlarmi?” Aqlini ishlatadigan kishilar uchun oyatlarni mana shu shaklda batafsil tushuntirib beryapmiz.
30:29
بَلِ اتَّبَعَ الَّذِينَ ظَلَمُوا أَهْوَاءهُم بِغَيْرِ عِلْمٍ فَمَن يَهْدِي مَنْ أَضَلَّ اللَّهُ وَمَا لَهُم مِّن نَّاصِرِينَ
Aslida, (shirkka qoʻl urib oʻziga oʻzi) zolimlik qilganlar hech qanday ilmga asoslanmasdan oʻz orzu istaklariga ergashib ketaveradilar . Alloh adashtirgan kishini kim ham toʻgʻri yoʻlga sola olardi? Ularning yordamchilari boʻlmaydi.
30:30
فَأَقِمْ وَجْهَكَ لِلدِّينِ حَنِيفًا فِطْرَةَ اللَّهِ الَّتِي فَطَرَ النَّاسَ عَلَيْهَا لَا تَبْدِيلَ لِخَلْقِ اللَّهِ ذَلِكَ الدِّينُ الْقَيِّمُ وَلَكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ
Shunday ekan, sen shu dinga (doim xolis va) moyil boʻlgan holda toʻliq yuzlan, Alloh yaratgan fitratga/tabiatdagi qonunlariga (muvofiq yasha), Alloh insonlarni unga koʻra yaratdi. Allohning yaratganini oʻrnini bosadigan narsa yoʻq[1695]. Toʻgʻri din mana shu! Lekin, insonlarning koʻpi bilmaydi.
30:31
مُنِيبِينَ إِلَيْهِ وَاتَّقُوهُ وَأَقِيمُوا الصَّلَاةَ وَلَا تَكُونُوا مِنَ الْمُشْرِكِينَ
Allohga yoʻnaling va Unga nisbatan javobgarlikni his qiling, namozni/diniy vazifalarni bajaring, mushriklardan boʻlmang.
30:32
مِنَ الَّذِينَ فَرَّقُوا دِينَهُمْ وَكَانُوا شِيَعًا كُلُّ حِزْبٍ بِمَا لَدَيْهِمْ فَرِحُونَ
(Paygʻambarlari olib kelgan) dinini boʻlib-parchalagan[1696] va (bir-biriga qarshi) guruh-guruh boʻlib olganlardan boʻlmanglar! (Unday qilgan) har bir guruh oʻzidagi (mazhab) bilan quvonadi[1697].
30:33
وَإِذَا مَسَّ النَّاسَ ضُرٌّ دَعَوْا رَبَّهُم مُّنِيبِينَ إِلَيْهِ ثُمَّ إِذَا أَذَاقَهُم مِّنْهُ رَحْمَةً إِذَا فَرِيقٌ مِّنْهُم بِرَبِّهِمْ يُشْرِكُونَ
Insonlarga ziyon yetganida, Robbining Oʻziga-gina yoʻnalgan holda duo qilib qoladi. Keyinchalik, Alloh ularga bir yaxshilik tottirib qoʻyganida, ular orasidan bir farqli jamoa darhol Robbiga shirk keltirishni boshlaydi.
30:34
لِيَكْفُرُوا بِمَا آتَيْنَاهُمْ فَتَمَتَّعُوا فَسَوْفَ تَعْلَمُونَ
Biz ularga bergan neʼmatlarga nonkoʻrlik qilsa qilaversin! (Neʼmatlardan) hozircha bahramand boʻlib turinglar – yaqinda bilib olasizlar.
30:35
أَمْ أَنزَلْنَا عَلَيْهِمْ سُلْطَانًا فَهُوَ يَتَكَلَّمُ بِمَا كَانُوا بِهِ يُشْرِكُونَ
Aslida, Biz ularga, ular mushriklik qilayotganini aytib turadigan hujjat tushirdik[1698].
30:36
وَإِذَا أَذَقْنَا النَّاسَ رَحْمَةً فَرِحُوا بِهَا وَإِن تُصِبْهُمْ سَيِّئَةٌ بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيهِمْ إِذَا هُمْ يَقْنَطُونَ
Insonlarga yaxshilik tottirganimizda undan sevinadi, agar oʻz qilmishlari tufayli ularga biron bir yomonlik yetsa, darhol noumid boʻlib oladi.
30:37
أَوَلَمْ يَرَوْا أَنَّ اللَّهَ يَبْسُطُ الرِّزْقَ لِمَن يَشَاء وَيَقْدِرُ إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآيَاتٍ لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ
Albatta, Alloh Oʻzi munosib bilgan bandalariga rizqni keng qilib berishini, (belgilab) tor qilib qoʻyishini ular nahot koʻrib-bilmadilar?! Albatta, ishonadiganlarga bunda oyat-belgilar bor.
30:38
فَآتِ ذَا الْقُرْبَى حَقَّهُ وَالْمِسْكِينَ وَابْنَ السَّبِيلِ ذَلِكَ خَيْرٌ لِّلَّذِينَ يُرِيدُونَ وَجْهَ اللَّهِ وَأُوْلَئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ
Qarindoshlarga ehtiyojini[1699] ber. Yordamga muhtoj-miskinlarga va yoʻlda qolib ketganlarga ham (ber). Allohning “roziligini” koʻzlaganlar uchun shu yaxshi. Ana shular najot topadi.
30:39
وَمَا آتَيْتُم مِّن رِّبًا لِّيَرْبُوَ فِي أَمْوَالِ النَّاسِ فَلَا يَرْبُو عِندَ اللَّهِ وَمَا آتَيْتُم مِّن زَكَاةٍ تُرِيدُونَ وَجْهَ اللَّهِ فَأُوْلَئِكَ هُمُ الْمُضْعِفُونَ
Insonlarning mol-davlatlari orasida ortsin deb berganingiz (qarz) Allohga koʻra (Alloh belgilagan iqtisodiy tizimda) ortmaydi. Allohning roziligini koʻzlab bergan zakotingizga kelsak,[1700] (kim shunday qilsa) ana shular koʻpaytirib oluvchilardir.
30:40
اللَّهُ الَّذِي خَلَقَكُمْ ثُمَّ رَزَقَكُمْ ثُمَّ يُمِيتُكُمْ ثُمَّ يُحْيِيكُمْ هَلْ مِن شُرَكَائِكُم مَّن يَفْعَلُ مِن ذَلِكُم مِّن شَيْءٍ سُبْحَانَهُ وَتَعَالَى عَمَّا يُشْرِكُونَ
Sizlarni yaratgan, keyin sizlarga rizq bergan, keyin sizlarni oʻldirib, keyin tiriltiradigan Allohdir. Allohga sherik deb iddao qilganlaringiz orasidan shu ishlardan birini qila oladigan biri bormi? U (mushriklarning) qilayotgan shirkidan pokdir!
30:41
ظَهَرَ الْفَسَادُ فِي الْبَرِّ وَالْبَحْرِ بِمَا كَسَبَتْ أَيْدِي النَّاسِ لِيُذِيقَهُم بَعْضَ الَّذِي عَمِلُوا لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ
Insonlarning qilmishlari tufayli quruqlikda ham dengizda ham buzilish yuz berdi. (Buzgʻunchilikdan) qaytsin deb, qilgan ishlarining baʼzi (jazosi)ni tottirish uchun (Alloh shunday qildi).
30:42
قُلْ سِيرُوا فِي الْأَرْضِ فَانظُرُوا كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الَّذِينَ مِن قَبْلُ كَانَ أَكْثَرُهُم مُّشْرِكِينَ
Ayt: «Yer yuzida kezib, avvalgilarning oqibati qanday boʻlganini kuzatinglar! Ularning koʻpi mushrik boʻlgan.
30:43
فَأَقِمْ وَجْهَكَ لِلدِّينِ الْقَيِّمِ مِن قَبْلِ أَن يَأْتِيَ يَوْمٌ لَّا مَرَدَّ لَهُ مِنَ اللَّهِ يَوْمَئِذٍ يَصَّدَّعُونَ
Alloh tarafidan shunday bir kun kelib qolishidan oldin shu toʻgʻri dinga toʻliq yuzlanki, u kunni qaytarib boʻlmaydi. Oʻsha kuni insonlar (ikkiga) ayriladi[1701].
30:44
مَن كَفَرَ فَعَلَيْهِ كُفْرُهُ وَمَنْ عَمِلَ صَالِحًا فَلِأَنفُسِهِمْ يَمْهَدُونَ
Kim kofirlik qilsa, kofirligi oʻz ziyoniga. Kim yaxshi ish amalga oshirsa, ular oʻz oʻrinlarini tayyorlayotgan boʻladi.
30:45
لِيَجْزِيَ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ مِن فَضْلِهِ إِنَّهُ لَا يُحِبُّ الْكَافِرِينَ
Imon keltirib xayrli ishlarni amalga oshirganlarni Oʻz oliyjanobligi bilan mukofotlash uchun Alloh (shunday qiladi). Qarshi chiquvchilarni/kofirlarni Alloh yoqtirmaydi.
30:46
وَمِنْ آيَاتِهِ أَن يُرْسِلَ الرِّيَاحَ مُبَشِّرَاتٍ وَلِيُذِيقَكُم مِّن رَّحْمَتِهِ وَلِتَجْرِيَ الْفُلْكُ بِأَمْرِهِ وَلِتَبْتَغُوا مِن فَضْلِهِ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ
Shamollarni xushxabar beradigan qilib yuborishi ham Uning oyat-koʻrsatmalaridandir. U sizlarga Oʻz rahmati-yaxshiligidan tottirish uchun, kemalar Uning amriga koʻra suzib yuborishi uchun va Uning fazlidan (mol-davlat) talab qilib, qadriga yetishingiz uchun (shunday qiladi).
30:47
وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ رُسُلًا إِلَى قَوْمِهِمْ فَجَاؤُوهُم بِالْبَيِّنَاتِ فَانتَقَمْنَا مِنَ الَّذِينَ أَجْرَمُوا وَكَانَ حَقًّا عَلَيْنَا نَصْرُ الْمُؤْمِنِينَ
Sendan oldin ham oʻz qavmlariga elchilar/paygʻambarlar yuborganmiz. Elchilar ularga aniq-ravshan dalillar olib kelgan. Shundan keyin, jinoyatga qoʻl urganlarga munosib jazo berdik. Moʻminlarni qutqarish zimmamizdagi vazifadir.
30:48
اللَّهُ الَّذِي يُرْسِلُ الرِّيَاحَ فَتُثِيرُ سَحَابًا فَيَبْسُطُهُ فِي السَّمَاء كَيْفَ يَشَاء وَيَجْعَلُهُ كِسَفًا فَتَرَى الْوَدْقَ يَخْرُجُ مِنْ خِلَالِهِ فَإِذَا أَصَابَ بِهِ مَن يَشَاء مِنْ عِبَادِهِ إِذَا هُمْ يَسْتَبْشِرُونَ
Alloh shamollar yuboradi, ular bulut(lar)ni qoʻzgʻatadi. Shu tariqa U uni Oʻzi munosib bilgan shaklda samoga yoyadi va uni toʻplaydi. Shunda sen bulutlar orasidan yomgʻir chiqayotganini koʻrasan. Alloh uni Oʻzi munosib bilgan bandalariga yetkazganida, ular darhol shodlanadilar.
30:49
وَإِن كَانُوا مِن قَبْلِ أَن يُنَزَّلَ عَلَيْهِم مِّن قَبْلِهِ لَمُبْلِسِينَ
Holbuki, undan oldin; ularga yomgʻir yogʻdirilishidan oldin noumid boʻlib qolishgan yedi.
30:50
فَانظُرْ إِلَى آثَارِ رَحْمَتِ اللَّهِ كَيْفَ يُحْيِي الْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا إِنَّ ذَلِكَ لَمُحْيِي الْمَوْتَى وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ
Shunda, Allohni rahmatining taʼsiriga – Alloh yerni oʻlganidan keyin qanday jonlantirishiga qara. albatta, shuni qilgan Alloh oʻliklarni ham tiriltiradi. U hamma narsaga oʻlchov belgilab qoʻygan.
30:51
وَلَئِنْ أَرْسَلْنَا رِيحًا فَرَأَوْهُ مُصْفَرًّا لَّظَلُّوا مِن بَعْدِهِ يَكْفُرُونَ
Agar shamol yuborsak va ular ekinlarini sargʻayib qolganini koʻrsa, undan keyin darhol nonkoʻrlik qilishni boshlab yuborishadi.
30:52
فَإِنَّكَ لَا تُسْمِعُ الْمَوْتَى وَلَا تُسْمِعُ الصُّمَّ الدُّعَاء إِذَا وَلَّوْا مُدْبِرِينَ
Haqiqatda, sen oʻliklarga eshittira olmaysan, ortga oʻgirib ketgan karlarga ham daʼvatni eshittira olmaysan.
30:53
وَمَا أَنتَ بِهَادِي الْعُمْيِ عَن ضَلَالَتِهِمْ إِن تُسْمِعُ إِلَّا مَن يُؤْمِنُ بِآيَاتِنَا فَهُم مُّسْلِمُونَ
Koʻrlarga gumrohligidan qutqarib yoʻl koʻrsata olmaysan. Sen faqat oyatlarimizga ishonganlarga eshittira olasan. Ana shular musulmonlardir.
30:54
اللَّهُ الَّذِي خَلَقَكُم مِّن ضَعْفٍ ثُمَّ جَعَلَ مِن بَعْدِ ضَعْفٍ قُوَّةً ثُمَّ جَعَلَ مِن بَعْدِ قُوَّةٍ ضَعْفًا وَشَيْبَةً يَخْلُقُ مَا يَشَاء وَهُوَ الْعَلِيمُ الْقَدِيرُ
Sizlarni zaiflik holatida yaratgan, zaiflikdan keyin kuchli qilgan, kuchli holatdan keyin zaif va qari qilib qoʻygan Allohdir. U Oʻzi munosib bilganini yaratadi. (Hamma narsani) biluvchi va oʻlchov belgilovchi Udir.
30:55
وَيَوْمَ تَقُومُ السَّاعَةُ يُقْسِمُ الْمُجْرِمُونَ مَا لَبِثُوا غَيْرَ سَاعَةٍ كَذَلِكَ كَانُوا يُؤْفَكُونَ
Qiyomat qoim boʻladigan kuni, jinoyatchilar (dunyo hayotida) bir oz muddatdan ortiq qolmagani haqida qasam ichadilar. Ular mana shu shaklda (yolgʻonga) burilib qoladilar.
30:56
وَقَالَ الَّذِينَ أُوتُوا الْعِلْمَ وَالْإِيمَانَ لَقَدْ لَبِثْتُمْ فِي كِتَابِ اللَّهِ إِلَى يَوْمِ الْبَعْثِ فَهَذَا يَوْمُ الْبَعْثِ وَلَكِنَّكُمْ كُنتُمْ لَا تَعْلَمُونَ )
Ilm va imon-ishonch berilganlar esa shunday deydi: “Sizlar Allohning yozib qoʻygani boʻyicha, (dunyoda) to qayta tiriladigan kungacha qoldinglar. Mana bu qayta tirilish kunidir. Lekin, sizlar (uni haq ekanini) bilmas edingiz.”
30:57
فَيَوْمَئِذٍ لَّا يَنفَعُ الَّذِينَ ظَلَمُوا مَعْذِرَتُهُمْ وَلَا هُمْ يُسْتَعْتَبُونَ
Endi, oʻsha kuni (dunyoda kufr-u isyon ila oʻziga-oʻzi) zulm qilganlarga uzrlari foyda bermaydi, ulardan (oʻsha kuni) Robbini rozi qilishi talab qilinmaydi.
30:58
وَلَقَدْ ضَرَبْنَا لِلنَّاسِ فِي هَذَا الْقُرْآنِ مِن كُلِّ مَثَلٍ وَلَئِن جِئْتَهُم بِآيَةٍ لَيَقُولَنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا إِنْ أَنتُمْ إِلَّا مُبْطِلُونَ
Shubhasizki, bu Qurʼonda insonlar uchun turli misollar bayon qilib berdik. Sen u (qarshi chiqqan) larga biron bir oyat keltirganing bilan, qarshi chiqqan-kofirlar: “Sizlar faqat behuda:yolgʻon narsalar bilan shugʻullanyapsiz”, deydi.
30:59
كَذَلِكَ يَطْبَعُ اللَّهُ عَلَى قُلُوبِ الَّذِينَ لَا يَعْلَمُونَ
Bilmaydigan kishilarning qalbiga Alloh mana shu shaklda tamgʻa urib qoʻyadi.
30:60
فَاصْبِرْ إِنَّ وَعْدَ اللَّهِ حَقٌّ وَلَا يَسْتَخِفَّنَّكَ الَّذِينَ لَا يُوقِنُونَ
Shuning uchun, sen sabr-bardosh qil. Albatta, Rabbingning vaʼdasi haqdir. Qatʼiy ishonch asosida harakat qilmaydiganlar seni boʻshashtirib qoʻymasin.
- LUQMON surasi[1702]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
31:1
الم{1}
Alif! Lam! Mim![1703]
31:2
تِلْكَ آيَاتُ الْكِتَابِ الْحَكِيمِ {2}
Bular hikmatli – toʻgʻri hukmlarga toʻla kitob oyatlaridir.
31:3
هُدًى وَرَحْمَةً لِّلْمُحْسِنِينَ {3}
Muhsinlarga (toʻgʻri yoʻl koʻrsatuvchi ilohiy) qoʻllanma va rahmatdir.
31:4
الَّذِينَ يُقِيمُونَ الصَّلَاةَ وَيُؤْتُونَ الزَّكَاةَ وَهُم بِالْآخِرَةِ هُمْ يُوقِنُونَ {4}
Ular oxiratga ishongan holda namozni/diniy vazifalarni bajaradi, pok va toʻgʻri boʻladi.
31:5
أُوْلَئِكَ عَلَى هُدًى مِّن رَّبِّهِمْ وَأُوْلَئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ {5}
Ana shular – yaratgan Egasidan kelgan (ilohiy) qoʻllanmaga amal qiladiganlardir. Ana shular – najot topuvchilardir.
31:6
وَمِنَ النَّاسِ مَن يَشْتَرِي لَهْوَ الْحَدِيثِ لِيُضِلَّ عَن سَبِيلِ اللَّهِ بِغَيْرِ عِلْمٍ وَيَتَّخِذَهَا هُزُوًا أُولَئِكَ لَهُمْ عَذَابٌ مُّهِينٌ {6}
Insonlar orasida, ilmsiz holda (boshqalarni) Allohning yoʻlidan adashtirish va uni masxara qilib kamsitish uchun, behuda (asossiz) gaplarni sotib oladigan (almashadigan) kishilar bor. Aynan ular uchun xorlovchi azob bor.
31:7
وَإِذَا تُتْلَى عَلَيْهِ آيَاتُنَا وَلَّى مُسْتَكْبِرًا كَأَن لَّمْ يَسْمَعْهَا كَأَنَّ فِي أُذُنَيْهِ وَقْرًا فَبَشِّرْهُ بِعَذَابٍ أَلِيمٍ {7}
Unday kishiga oyatlarimiz oʻqilganida, xuddi uni eshitmagandek, xuddi quloqlarida ogʻirlik bordek oʻzini katta tutib yuz oʻgiradi. Sen ularga alamli azobdan darak ber.
31:8
إِنَّ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَهُمْ جَنَّاتُ النَّعِيمِ {8}
Imon keltirib xayrli ishlarni amalga oshirganlar uchun neʼmat toʻla bogʻ-u boʻstonlar bor.
31:9
خَالِدِينَ فِيهَا وَعْدَ اللَّهِ حَقًّا وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ {9}
Ular unda oʻlimsiz holda-mangu qoladi. Buni Alloh vaʼda qildi, u albatta amalga oshadi. U doimo gʻolibdir, toʻgʻri qaror beruvchidir.
31:10
خَلَقَ السَّمَاوَاتِ بِغَيْرِ عَمَدٍ تَرَوْنَهَا وَأَلْقَى فِي الْأَرْضِ رَوَاسِيَ أَن تَمِيدَ بِكُمْ وَبَثَّ فِيهَا مِن كُلِّ دَابَّةٍ وَأَنزَلْنَا مِنَ السَّمَاء مَاء فَأَنبَتْنَا فِيهَا مِن كُلِّ زَوْجٍ كَرِيمٍ {10}
Alloh osmonlarni siz koʻradigan ustunsiz yaratdi, sizlarni tebratavermasligi uchun yerni ichiga muvozanatni ushlab turadigan bosimlar (tortish kuchi) qoʻydi va yerda turli jonzotlar (yaratib) tarqatdi. Osmondan suv tushirib, yerda foyda beradigan har turli juft-juft (oʻsimlik) undirib qoʻydik.
31:11
هَذَا خَلْقُ اللَّهِ فَأَرُونِي مَاذَا خَلَقَ الَّذِينَ مِن دُونِهِ بَلِ الظَّالِمُونَ فِي ضَلَالٍ مُّبِينٍ {11}
Bu Allohning yaratishi! Endi menga koʻrsatib beringlar-chi, Undan boshqasi nima yaratdi?! Aslida, zolimlar[1704] ochiq-oydin zalolatdadir.
31:12
وَلَقَدْ آتَيْنَا لُقْمَانَ الْحِكْمَةَ أَنِ اشْكُرْ لِلَّهِ وَمَن يَشْكُرْ فَإِنَّمَا يَشْكُرُ لِنَفْسِهِ وَمَن كَفَرَ فَإِنَّ اللَّهَ غَنِيٌّ حَمِيدٌ {12}
Shubhasizki, “Qadriga yet!”, deb Biz Luqmonga hikmat berdik. Kimki (oʻzidagi neʼmatni) qadriga yetsa oʻz foydasiga qadrlagan boʻladi. Kimki nonkoʻrlik qilsa, bilib qoʻysin, Alloh bexojatdir, doimo olqish-u maqtovga loyiqdir.
31:13
وَإِذْ قَالَ لُقْمَانُ لِابْنِهِ وَهُوَ يَعِظُهُ يَا بُنَيَّ لَا تُشْرِكْ بِاللَّهِ إِنَّ الشِّرْكَ لَظُلْمٌ عَظِيمٌ {13}
Bir kuni Luqmon oʻgʻliga nasihat qilayotib shunday dedi: «Ey Bolajonim! Allohga sherik qoʻshma! Chunki, shirk nihoyatda katta zulmdir.
31:14
وَوَصَّيْنَا الْإِنسَانَ بِوَالِدَيْهِ حَمَلَتْهُ أُمُّهُ وَهْنًا عَلَى وَهْنٍ وَفِصَالُهُ فِي عَامَيْنِ أَنِ اشْكُرْ لِي وَلِوَالِدَيْكَ إِلَيَّ الْمَصِيرُ{14}
Biz insonga shunday vazifa yukladik: — onasi uni zaiflik ustiga zaiflik bilan (qornida) koʻtarib yuradi, uni sutdan ayrilishi ikki yilda bitadi – «(Ey inson!) Sen menga nisbatan ham, ota-onangga nisbatan ham burchingni bajar! Qaytib borish joyi Mening huzurimdir.
31:15
وَإِن جَاهَدَاكَ عَلى أَن تُشْرِكَ بِي مَا لَيْسَ لَكَ بِهِ عِلْمٌ فَلَا تُطِعْهُمَا وَصَاحِبْهُمَا فِي الدُّنْيَا مَعْرُوفًا وَاتَّبِعْ سَبِيلَ مَنْ أَنَابَ إِلَيَّ ثُمَّ إِلَيَّ مَرْجِعُكُمْ فَأُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ {15}
Agar ota-onang seni u haqida ilming boʻlmagan narsada Menga sherik qilishga majbur qilsalar, ikkalasiga ham (shirk masalasida) itoat qilma. Biroq, dunyo (ishlarida) ular bilan chiroyli hayot kechir. Sen Menga yoʻnalgan kishining yoʻliga ergash. Keyin , barchangizning qaytishingiz Mening huzurimdir. Shunda, Men sizlarga qilmishlaringizni bildirib qoʻyaman.»
31:16
يَا بُنَيَّ إِنَّهَا إِن تَكُ مِثْقَالَ حَبَّةٍ مِّنْ خَرْدَلٍ فَتَكُن فِي صَخْرَةٍ أَوْ فِي السَّمَاوَاتِ أَوْ فِي الْأَرْضِ يَأْتِ بِهَا اللَّهُ إِنَّ اللَّهَ لَطِيفٌ خَبِيرٌ {16}
(Luqmon soʻzida davom etib aytdiki): «Ey bolajonim! (Qilingan yaxshi yoki yomon ish) xantal urugʻichalik boʻlib, u bir qoya tosh ichida boʻlsa yoki samolarda yoki yer ostida boʻlsa ham, uni (qiyomat kuni hisob uchun) keltiradi. Albatta, Alloh eng nozik tafsilotlarni ham biluvchi va xabardor zotdir.
31:17
يَا بُنَيَّ أَقِمِ الصَّلَاةَ وَأْمُرْ بِالْمَعْرُوفِ وَانْهَ عَنِ الْمُنكَرِ وَاصْبِرْ عَلَى مَا أَصَابَكَ إِنَّ ذَلِكَ مِنْ عَزْمِ الْأُمُورِ {17}
Ey bolajonim! Namozni/diniy vazifalarni bajar, yaxshilikka buyur, yomonlikdan qaytar. Senga yetgan musibatga sabr-bardosh qil. Bular qatʼiyat va qaror talab qiladigan ishlardandir.
31:18
وَلَا تُصَعِّرْ خَدَّكَ لِلنَّاسِ وَلَا تَمْشِ فِي الْأَرْضِ مَرَحًا إِنَّ اللَّهَ لَا يُحِبُّ كُلَّ مُخْتَالٍ فَخُورٍ {18}
Oʻzingni katta tutib insonlardan yuz oʻgirma, yer yuzida gʻoʻdayib yurma. Chunki, Alloh gerdaygan va maqtanchoqlarning birortasini ham yoqtirmaydi.
31:19
وَاقْصِدْ فِي مَشْيِكَ وَاغْضُضْ مِن صَوْتِكَ إِنَّ أَنكَرَ الْأَصْوَاتِ لَصَوْتُ الْحَمِيرِ {19}
Yurishingda tabiiy boʻl, ovozingni pasaytir. Chunki, ovozlarning eng yomoni – xunugi aniq eshaklarning ovozidir.»
31:20
أَلَمْ تَرَوْا أَنَّ اللَّهَ سَخَّرَ لَكُم مَّا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ وَأَسْبَغَ عَلَيْكُمْ نِعَمَهُ ظَاهِرَةً وَبَاطِنَةً وَمِنَ النَّاسِ مَن يُجَادِلُ فِي اللَّهِ بِغَيْرِ عِلْمٍ وَلَا هُدًى وَلَا كِتَابٍ مُّنِيرٍ {20}
(Ey insonlar!) Alloh sizlarga osmonlar va yerdagi narsalarni (xizmatingizga) boʻysundirib berganini, sizlarga koʻrinib turadigan – oshkor va koʻrinmaydigan – yashirin neʼmatlarini mukammal qilib berganini nahot koʻrib-bilmadingiz?! Insonlar orasida na bir ilmga, na bir qoʻllanma-hidoyatga va na oydinlik kiritib beruvchi kitobga asoslanmagan holda Alloh haqida tortishadiganlari bor.
31:21
وَإِذَا قِيلَ لَهُمُ اتَّبِعُوا مَا أَنزَلَ اللَّهُ قَالُوا بَلْ نَتَّبِعُ مَا وَجَدْنَا عَلَيْهِ آبَاءنَا أَوَلَوْ كَانَ الشَّيْطَانُ يَدْعُوهُمْ إِلَى عَذَابِ السَّعِيرِ {21}
Ularga: “Alloh nozil qilgan kitobga ergashib-amal qilinglar”, deyilganida, ular: “Yoʻq! Biz ota-bobolarimizni qaysi yoʻlda koʻrgan boʻlsak, shunga ergashib-amal qilamiz”, deydi. Shayton ularni jahannam azobiga chaqirgan boʻlsa ham (otalariga ergashib ketaveradilarmi)-a?
31:22
وَمَن يُسْلِمْ وَجْهَهُ إِلَى اللَّهِ وَهُوَ مُحْسِنٌ فَقَدِ اسْتَمْسَكَ بِالْعُرْوَةِ الْوُثْقَى وَإِلَى اللَّهِ عَاقِبَةُ الْأُمُورِ {22}
Kimki samimiy holda oʻzini Allohga topshirib, (yaxshi amallarini) chiroyli bajarsa, demak, u mustahkam halqani ushlagan boʻladi. zotan, ishlarning oqibati Allohga qaytadi.
31:23
وَمَن كَفَرَ فَلَا يَحْزُنكَ كُفْرُهُ إِلَيْنَا مَرْجِعُهُمْ فَنُنَبِّئُهُم بِمَا عَمِلُوا إِنَّ اللَّهَ عَلِيمٌ بِذَاتِ الصُّدُورِ {23}
Kimki (haqni tan olmay) kofirlik qilsa, uning kofirligi seni gʻamga solmasin. Ularning qaytishi Bizga. Shunda, ularga qilgan ishlarini bildirib qoʻyamiz. Albatta, Alloh dillardagini ham biladi.
31:24
نُمَتِّعُهُمْ قَلِيلًا ثُمَّ نَضْطَرُّهُمْ إِلَى عَذَابٍ غَلِيظٍ {24}
Ularni (dunyoda neʼmatlardan[1705]) ozgina bahramand qilib, keyin ularni qattiq-ogʻir azobga majbur qilamiz.
31:25
وَلَئِن سَأَلْتَهُم مَّنْ خَلَقَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ لَيَقُولُنَّ اللَّهُ قُلِ الْحَمْدُ لِلَّهِ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يَعْلَمُونَ {25}
Ulardan: “Osmonlar va yerni kim yaratgan?”, desang, aniq “Alloh”, deydi. Sen: “Har turli olqish-u maqtov Allohga xos!”, de. Aslida, ularning koʻpi bilmayapti.
31:26
لِلَّـهِ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۚ إِنَّ اللَّـهَ هُوَ الْغَنِيُّ الْحَمِيدُ {26}
Osmonlar-u yerdagi barcha narsalar Allohga tegishli. Albatta, Alloh bexojatdir, maqtovga loyiq dir.
31:27
وَلَوْ أَنَّمَا فِي الْأَرْضِ مِن شَجَرَةٍ أَقْلَامٌ وَالْبَحْرُ يَمُدُّهُ مِن بَعْدِهِ سَبْعَةُ أَبْحُرٍ مَّا نَفِدَتْ كَلِمَاتُ اللَّهِ إِنَّ اللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌ {27}
Yer yuzidagi daraxtlar qalam boʻlsa, dengizlar va unga yana yettita dengiz qoʻshilib (siyoh boʻlsa) tursa ham, Allohning soʻzlari – ilmi[1706] tugab qolmaydi. Albatta, Alloh doimo gʻolibdir, toʻgʻri qaror beruvchidir.
31:28
مَّا خَلْقُكُمْ وَلَا بَعْثُكُمْ إِلَّا كَنَفْسٍ وَاحِدَةٍ إِنَّ اللَّهَ سَمِيعٌ بَصِيرٌ {28}
Sizlarni yaratish va sizlarni (oʻlgandan keyin qiyomatda) qayta tiriltirish bir kishini yaratish bilan bir xil boʻladi. albatta, Alloh eshitadi, koʻradi.
31:29
أَلَمْ تَرَ أَنَّ اللَّهَ يُولِجُ اللَّيْلَ فِي النَّهَارِ وَيُولِجُ النَّهَارَ فِي اللَّيْلِ وَسَخَّرَ الشَّمْسَ وَالْقَمَرَ كُلٌّ يَجْرِي إِلَى أَجَلٍ مُّسَمًّى وَأَنَّ اللَّهَ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ {29}
Alloh tunni kunduzga kiritishini, kunduzni tunga kiritishini, quyosh va oyni (xizmatingizda) boʻysundirib, ularning har birini belgilangan muddatgacha (oʻz orbitasida) aylantirib turishini, hamda Alloh qilmishlaringizni xabardor ekanini koʻrib-bilmadingmi?
31:30
ذَلِكَ بِأَنَّ اللَّهَ هُوَ الْحَقُّ وَأَنَّ مَا يَدْعُونَ مِن دُونِهِ الْبَاطِلُ وَأَنَّ اللَّهَ هُوَ الْعَلِيُّ الْكَبِيرُ {30}
Albatta, Alloh haq[1707] boʻlgani, Uni qoʻyib duo qilayotganlari botil – yolgʻon boʻlgani uchun, hamda Alloh oliy va buyuk zot boʻlgani uchun shunday boʻlmoqda.
31:31
أَلَمْ تَرَ أَنَّ الْفُلْكَ تَجْرِي فِي الْبَحْرِ بِنِعْمَتِ اللَّهِ لِيُرِيَكُم مِّنْ آيَاتِهِ إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآيَاتٍ لِّكُلِّ صَبَّارٍ شَكُورٍ {31}
Allohning neʼmati bilan kemalar dengizlarda suzib yurganini koʻrmadingmi? Alloh Oʻzining oyat-koʻrsatmalaridan baʼzilarini sizlarga koʻrsatib qoʻyish uchun (shunday qildi). Albatta, har bir sabr-bardosh qiluvchi va oʻz burchini ado etuvchilar uchun bunda oyat-koʻrsatmalar bor.
31:32
وَإِذَا غَشِيَهُم مَّوْجٌ كَالظُّلَلِ دَعَوُا اللَّهَ مُخْلِصِينَ لَهُ الدِّينَ فَلَمَّا نَجَّاهُمْ إِلَى الْبَرِّ فَمِنْهُم مُّقْتَصِدٌ وَمَا يَجْحَدُ بِآيَاتِنَا إِلَّا كُلُّ خَتَّارٍ كَفُورٍ {32}
Ularni dengizda soyalardek (katta) toʻlqinlar oʻrab olganida, Allohning diniga hech narsa qoʻshmay, Unga duo qilishadi. Ularni quruqlikka (chiqarib) qutqarib qolganida esa, baʼzilari toʻgʻri yoʻlda qoladi. Oyat-koʻrsatmalarimizni faqat xoin va nonkoʻrlar inkor qiladi.
31:33
يَا أَيُّهَا النَّاسُ اتَّقُوا رَبَّكُمْ وَاخْشَوْا يَوْمًا لَّا يَجْزِي وَالِدٌ عَن وَلَدِهِ وَلَا مَوْلُودٌ هُوَ جَازٍ عَن وَالِدِهِ شَيْئًا إِنَّ وَعْدَ اللَّهِ حَقٌّ فَلَا تَغُرَّنَّكُمُ الْحَيَاةُ الدُّنْيَا وَلَا يَغُرَّنَّكُم بِاللَّهِ الْغَرُورُ {33}
Ey insonlar! Yaratgan Egangizga nisbatan gunoh qilishdan saqlaning. Ota bolasiga asqatmaydigan, bola ham otasiga asqatmaydigan kundan qoʻrqinglar. Albatta, Allohning vaʼdasi haq. Shuning uchun, sizlarni dunyo hayoti aldab qoʻymasin. Oʻsha aldamchi (shayton) sizlarni Alloh ila aldab qoʻymasin.
31:34
إِنَّ اللَّهَ عِندَهُ عِلْمُ السَّاعَةِ وَيُنَزِّلُ الْغَيْثَ وَيَعْلَمُ مَا فِي الْأَرْحَامِ وَمَا تَدْرِي نَفْسٌ مَّاذَا تَكْسِبُ غَدًا وَمَا تَدْرِي نَفْسٌ بِأَيِّ أَرْضٍ تَمُوتُ إِنَّ اللَّهَ عَلِيمٌ خَبِيرٌ {34}
(Qiyomat) vaqti haqidagi ilm faqat Alloh huzurida. Yomgʻirni U yogʻdiradi, bachadonlardagi narsani biladi. Hech kim ertaga nima qilishini/nimaga erishishini bilmaydi. Hech kim qayerda oʻlishini bilmaydi. Albatta, Alloh biluvchidir, xabardordir.
- SAJDA surasi[1708]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
32:1
الم {1}
Alif! Lam! Mim![1709]
32:2
تَنزِيلُ الْكِتَابِ لَا رَيْبَ فِيهِ مِن رَّبِّ الْعَالَمِينَ {2}
Ichida hech qanday shubha boʻlmagan ushbu (Qurʼon) kitob borliqlarning yaratgan Egasi tarafidan tushirilgan.
32:3
أَمْ يَقُولُونَ افْتَرَاهُ ۚ بَلْ هُوَ الْحَقُّ مِن رَّبِّكَ لِتُنذِرَ قَوْمًا مَّا أَتَاهُم مِّن نَّذِيرٍ مِّن قَبْلِكَ لَعَلَّهُمْ يَهْتَدُونَ {3}
Yoki ular: “Uni (Muhammadning) oʻzi toʻqib oldi”, deyaptimi? Yoʻq, unday emas! Toʻgʻri yoʻlga kelishi uchun, sendan oldin oʻzlariga ogohlantiruvchi (elchi)[1710] kelmagan kishilarni ogohlantirasan deb, yaratgan Egang tarafidan yuborilgan haqiqatdir u.
32:4
اللَّهُ الَّذِي خَلَقَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا فِي سِتَّةِ أَيَّامٍ ثُمَّ اسْتَوَى عَلَى الْعَرْشِ مَا لَكُم مِّن دُونِهِ مِن وَلِيٍّ وَلَا شَفِيعٍ أَفَلَا تَتَذَكَّرُونَ{4}
Alloh osmonlarni, yerni va ular orasidagi narsalarni olti kunda:olti davrda yaratib, keyin, Arshga/boshqaruvga oʻtgan zotdir. Sizlarga Allohdan boshqa himoyachi doʻst ham oqlovchi ham yoʻq. Nasihat olmaysizlarmi?!
32:5
يُدَبِّرُ الْأَمْرَ مِنَ السَّمَاء إِلَى الْأَرْضِ ثُمَّ يَعْرُجُ إِلَيْهِ فِي يَوْمٍ كَانَ مِقْدَارُهُ أَلْفَ سَنَةٍ مِّمَّا تَعُدُّونَ{5}
Osmondan yergacha boʻlgan (barcha) ishni U boshqaradi. Keyin, u sizning hisobingizga koʻra miqdori ming yil boʻlgan kunda Allohga yuksaladi[1711].
32:6
ذَلِكَ عَالِمُ الْغَيْبِ وَالشَّهَادَةِ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ {6}
Ana oʻsha (Alloh) bilinmagan-gʻaybni ham bilingan-oshkor narsani ham biluvchi, gʻolib va mehribondir.
32:7
الَّذِي أَحْسَنَ كُلَّ شَيْءٍ خَلَقَهُ وَبَدَأَ خَلْقَ الْإِنسَانِ مِن طِينٍ {7}
Oʻzi yaratgan narsasini chiroyli yaratgan, insonni yaratishni loydan boshlagan Udir.
32:8
ثُمَّ جَعَلَ نَسْلَهُ مِن سُلَالَةٍ مِّن مَّاء مَّهِينٍ {8}
keyin uning naslini (yaratishni) qiymatsiz-haqir suvdan iborat boʻlgan moddadan qildi.
32:9
ثُمَّ سَوَّاهُ وَنَفَخَ فِيهِ مِن رُّوحِهِ وَجَعَلَ لَكُمُ السَّمْعَ وَالْأَبْصَارَ وَالْأَفْئِدَةَ قَلِيلًا مَّا تَشْكُرُونَ {9}
keyin, uni shakllantirdi, keyin unga ruhidan[1712] puflab, sizlar uchun eshitish va koʻrish qobiliyati hamda vijdon berdi. (Bularni) qadriga juda ozchiligingiz yetyapsizlar.
32:10
وَقَالُوا أَئِذَا ضَلَلْنَا فِي الْأَرْضِ أَئِنَّا لَفِي خَلْقٍ جَدِيدٍ بَلْ هُم بِلِقَاء رَبِّهِمْ كَافِرُونَ {10}
Ular shunday deydi: «Biz tuproqda (chirib) yoʻq boʻlib ketganimizda ham, yana yangitdan yaratilamizmi?!, deyishadi. Aslida, ular yaratgan Egasiga yoʻliqishga ishonmay-kofirlik qilyapti.
32:11
قُلْ يَتَوَفَّاكُم مَّلَكُ الْمَوْتِ الَّذِي وُكِّلَ بِكُمْ ثُمَّ إِلَى رَبِّكُمْ تُرْجَعُونَ {11}
Ayt: «Sizlarni oʻzingizga tayinlangan oʻlim farishtasi vafot[1713] ettiradi[1714], keyin yaratgan Egangizga qaytarilasizlar.
32:12
وَلَوْ تَرَى إِذِ الْمُجْرِمُونَ نَاكِسُو رُؤُوسِهِمْ عِندَ رَبِّهِمْ رَبَّنَا أَبْصَرْنَا وَسَمِعْنَا فَارْجِعْنَا نَعْمَلْ صَالِحًا إِنَّا مُوقِنُونَ
Jinoyatchilarni yaratgan Egasi huzurida boshlarini egib: “Ey Robbimiz! Koʻrdik, eshitdik, endi bizni (dunyoga) qaytar, yaxshi amal qilib olaylik. Endi biz qatʼiy ishonuvchimiz”, degan vaqtdagi ahvolini bir koʻrsang edi!
32:13
وَلَوْ شِئْنَا لَآتَيْنَا كُلَّ نَفْسٍ هُدَاهَا وَلَكِنْ حَقَّ الْقَوْلُ مِنِّي لَأَمْلَأَنَّ جَهَنَّمَ مِنَ الْجِنَّةِ وَالنَّاسِ أَجْمَعِينَ {13}
Munosib bilganimizda edi, har bir kishiga hidoyatini berib qoʻyardik. Lekin, mendan: “Jahannamni barcha insu-jin/bir-birini adashtirgan kofirlar ila toʻldiraman”, degan soʻz sobit boʻlgan.
32:14
فَذُوقُوا بِمَا نَسِيتُمْ لِقَاء يَوْمِكُمْ هَذَا إِنَّا نَسِينَاكُمْ وَذُوقُوا عَذَابَ الْخُلْدِ بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ {14}
Shunda ularga: “Endi (abadiy azobni) totinglar. Chunki, sizlar bu kuningizga yoʻliqishni «unutganingiz”, Biz ham sizlarni (yaxshilikdan) unutdik. Oʻz qilmishingiz tufayli endi abadiy azobni totinglar!», deyiladi.
32:15
إِنَّمَا يُؤْمِنُ بِآيَاتِنَا الَّذِينَ إِذَا ذُكِّرُوا بِهَا خَرُّوا سُجَّدًا وَسَبَّحُوا بِحَمْدِ رَبِّهِمْ وَهُمْ لَا يَسْتَكْبِرُونَ {15}
Bizning oyatlarimizga faqat shunday kishilar ishonib-suyanadiki, ularga oyatlar bilan nasihat qilinganida (eslatilganida, oyatlarga) taʼzim ila bosh egadi, Robbini olqishlab ulugʻlaydi. Ular (itoatdan) oʻzini katta tutmaydi.
32:16
تَتَجَافَى جُنُوبُهُمْ عَنِ الْمَضَاجِعِ يَدْعُونَ رَبَّهُمْ خَوْفًا وَطَمَعًا وَمِمَّا رَزَقْنَاهُمْ يُنفِقُونَ {16}
Yonboshlari toʻshaklaridan uzoqlashadi[1715], qoʻrqqan va umid qilgan holda Robbiga duo qiladi, yana ularga rizq qilib bergan narsamizdan xayr-ehson qiladi.
32:17
فَلَا تَعْلَمُ نَفْسٌ مَّا أُخْفِيَ لَهُم مِّن قُرَّةِ أَعْيُنٍ جَزَاء بِمَا كَانُوا يَعْمَلُونَ {17}
Qilayotgan (yaxshi) amallariga mukofot qilib berish uchun yashirib qoʻyilgan koʻzni quvontiradigan neʼmatlarni hech biri bilmaydi.
32:18
أَفَمَن كَانَ مُؤْمِنًا كَمَن كَانَ فَاسِقًا لَّا يَسْتَوُونَ {18}
Moʻmin boʻlgan biri yoʻldan chiqqan-fosiq bilan (mukofotda) teng boʻladimi? Teng boʻlmaydi!
32:19
أَمَّا الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ فَلَهُمْ جَنَّاتُ الْمَأْوَى نُزُلًا بِمَا كَانُوا يَعْمَلُونَ {19}
Axir, imon keltirib xayrli ishlarni amalga oshirganlarga qilgan ishlari evaziga maskan qilib berilish uchun, ularga joylashib qoladigan bogʻ-u boʻstonlar bor.
32:20
وَأَمَّا الَّذِينَ فَسَقُوا فَمَأْوَاهُمُ النَّارُ كُلَّمَا أَرَادُوا أَن يَخْرُجُوا مِنْهَا أُعِيدُوا فِيهَا وَقِيلَ لَهُمْ ذُوقُوا عَذَابَ النَّارِ الَّذِي كُنتُم بِهِ تُكَذِّبُونَ {20}
Yoʻldan chiqqan-fosiqlarga kelsak, ularning joylashib qoladigan joylari jahannamdir. Har safar undan chiqmoqchi boʻlishganida, unga qaytarib qoʻyiladi va: “Oʻzingiz yolgʻonga chiqargan jahannamning azobini totinglar!”, deyiladi.
32:21
وَلَنُذِيقَنَّهُمْ مِنَ الْعَذَابِ الْأَدْنَى دُونَ الْعَذَابِ الْأَكْبَرِ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ {21}
(Kofirlik va fosiqligidan) qaytsin deb, eng katta azobdan oldin eng yaqin (dunyoda hayotidagi) azobdan ham tottirib turamiz[1716].
32:22
وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّن ذُكِّرَ بِآيَاتِ رَبِّهِ ثُمَّ أَعْرَضَ عَنْهَا إِنَّا مِنَ الْمُجْرِمِينَ مُنتَقِمُونَ {22}
Rabbining oyatlari eslatilsa-yu, keyin undan yuz oʻgirgan kimsadan ham zolimroq biri bormi?! Biz (unday) jinoyatchilarga munosib jazo beramiz.
32:23
وَلَقَدْ آتَيْنَا مُوسَى الْكِتَابَ فَلَا تَكُن فِي مِرْيَةٍ مِّن لِّقَائِهِ وَجَعَلْنَاهُ هُدًى لِّبَنِي إِسْرَائِيلَ {23}
Shubhasizki, Musoga kitob berganmiz. Shuning uchun, unga roʻbaroʻ boʻlganidan shubhada boʻlma. Biz uni Isroil avlodiga qoʻllanma qilganmiz.
32:24
وَجَعَلْنَا مِنْهُمْ أَئِمَّةً يَهْدُونَ بِأَمْرِنَا لَمَّا صَبَرُوا وَكَانُوا بِآيَاتِنَا يُوقِنُونَ {24}
Ular oyatlarimizga qatʼiy ishonib, sabr-bardosh qilishgan davrlarda, oralaridan Bizni amrimiz boʻyicha yoʻl koʻrsatadigan yetakchilar chiqarganmiz.
32:25
إِنَّ رَبَّكَ هُوَ يَفْصِلُ بَيْنَهُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ فِيمَا كَانُوا فِيهِ يَخْتَلِفُونَ{25}
Albatta, ixtilofga tushgan masalalari boʻyicha, qiyomat kuni Robbingni Oʻzi ularning orasini ayirib qoʻyadi[1717].
32:26
أَوَلَمْ يَهْدِ لَهُمْ كَمْ أَهْلَكْنَا مِن قَبْلِهِم مِّنَ الْقُرُونِ يَمْشُونَ فِي مَسَاكِنِهِمْ إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآيَاتٍ أَفَلَا يَسْمَعُونَ{26}
Ulardan oldin qanchadan-qancha nasllarni halok qilganimiz ularga (haqiqatni) koʻrsatib bermabdimi? Hozirda oʻzlari ularning maskanlarida (yashab) yuribdi. Albatta, bunda oyat-koʻrsatmalar bor. quloq solmaydilarmi?!
32:27
أَوَلَمْ يَرَوْا أَنَّا نَسُوقُ الْمَاء إِلَى الْأَرْضِ الْجُرُزِ فَنُخْرِجُ بِهِ زَرْعًا تَأْكُلُ مِنْهُ أَنْعَامُهُمْ وَأَنفُسُهُمْ أَفَلَا يُبْصِرُونَ{27}
Suvni quruq yerga Biz haydayotganimizni ular koʻrib-bilmabdilarmi? Keyin u orqali ekinlar chiqaramiz, chorvalari ham oʻzlari ham undan oziqlanadi. Nahot koʻrmayotgan boʻlsalar?!
32:28
وَيَقُولُونَ مَتَى هَذَا الْفَتْحُ إِن كُنتُمْ صَادِقِينَ{28}
Ular: “Agar rostgoʻy boʻlsanglar, bu (sizlarni foydangizga beriladigan) hukm qachon sodir boʻladi?”, demoqda.
32:29
قُلْ يَوْمَ الْفَتْحِ لَا يَنفَعُ الَّذِينَ كَفَرُوا إِيمَانُهُمْ وَلَا هُمْ يُنظَرُونَ{29}
Ayt: «Hukm kuni kofirlik qilganlarga imoni foyda bermaydi, (imonga kelishlari uchun) ularga muhlat ham berilmaydi.
32:30
فَأَعْرِضْ عَنْهُمْ وَانتَظِرْ إِنَّهُم مُّنتَظِرُونَ{30}
Shuning uchun, ulardan yuz oʻgir va kutib tur. Ular ham kutib turibdi.
- AHZOB surasi[1718]
بِسْمِ اللَّـهِ الرَّحْمَـٰنِ الرَّحِيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
33:1
يَا أَيُّهَا النَّبِيُّ اتَّقِ اللَّهَ وَلَا تُطِعِ الْكَافِرِينَ وَالْمُنَافِقِينَ إِنَّ اللَّهَ كَانَ عَلِيمًا حَكِيمًا {1}
Ey paygʻambar! Allohga qarshi chiqishdan saqlan! Kofir va munofiqlarga itoat qilma! Albatta, Alloh bilib turadi, toʻgʻri qaror beradi.
33:2
وَاتَّبِعْ مَا يُوحَى إِلَيْكَ مِن رَّبِّكَ إِنَّ اللَّهَ كَانَ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرًا {2}
Sen yaratgan Egangdan oʻzingga vahiy qilingan Qurʼonga rioya qil:amal qil. Albatta, Alloh qilmishlaringizdan toʻliq xabardordir.
33:3
وَتَوَكَّلْ عَلَى اللَّهِ وَكَفَى بِاللَّهِ وَكِيلًا{3}
Allohga suyanib-tayan. Alloh koʻmakchilikka kifoyadir.
33:4
مَّا جَعَلَ اللَّهُ لِرَجُلٍ مِّن قَلْبَيْنِ فِي جَوْفِهِ وَمَا جَعَلَ أَزْوَاجَكُمُ اللَّائِي تُظَاهِرُونَ مِنْهُنَّ أُمَّهَاتِكُمْ وَمَا جَعَلَ أَدْعِيَاءكُمْ أَبْنَاءكُمْ ذَلِكُمْ قَوْلُكُم بِأَفْوَاهِكُمْ وَاللَّهُ يَقُولُ الْحَقَّ وَهُوَ يَهْدِي السَّبِيلَ {4}
Alloh hech kimning ichida ikkita qalb tashkil qilmagan, zihor[1719] qiladigan ayollaringizni sizlarga ona qilib bergani yoʻq, boqib olgan bolalaringizni ham oʻz farzandingiz qilib bermadi. Bular ogʻzingizdagi (quruq) gaplaringizdir. Haqiqatni Alloh aytadi va toʻgʻri yoʻl koʻrsatadi.
33:5
ادْعُوهُمْ لِآبَائِهِمْ هُوَ أَقْسَطُ عِندَ اللَّهِ فَإِن لَّمْ تَعْلَمُوا آبَاءهُمْ فَإِخْوَانُكُمْ فِي الدِّينِ وَمَوَالِيكُمْ وَلَيْسَ عَلَيْكُمْ جُنَاحٌ فِيمَا أَخْطَأْتُم بِهِ وَلَكِن مَّا تَعَمَّدَتْ قُلُوبُكُمْ وَكَانَ اللَّهُ غَفُورًا رَّحِيمًا {5}
Ularni oʻz otalari nomi bilan chaqiringlar. Allohga koʻra eng toʻgʻrisi shu. Agar otalarini bilmasanglar, unda ular sizlarning diniy birodarlaringiz va doʻstlaringizdir. Xato ila qilgan oʻrinlarda sizlarga gunoh yoʻq. Lekin, yurakdan qasd qilgan ishlaringizda (gunoh bor). Alloh kechirimli va mehribondir.
33:6
النَّبِيُّ أَوْلَى بِالْمُؤْمِنِينَ مِنْ أَنفُسِهِمْ وَأَزْوَاجُهُ أُمَّهَاتُهُمْ وَأُوْلُو الْأَرْحَامِ بَعْضُهُمْ أَوْلَى بِبَعْضٍ فِي كِتَابِ اللَّهِ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُهَاجِرِينَ إِلَّا أَن تَفْعَلُوا إِلَى أَوْلِيَائِكُم مَّعْرُوفًا كَانَ ذَلِكَ فِي الْكِتَابِ مَسْطُورًا {6}
Paygʻambar moʻminlarga oʻz jonlaridan ham yaqindir. Ayollari esa ularning onalaridir. Tugʻishgan qarindoshlar Allohning kitobida (meros masalasida) bir-biriga moʻminlar va muhojirlardan koʻra yaqindir. Lekin, doʻstlaringizga yaxshilik qilishingiz bundan mustasno[1720]. Bu (hukm) kitobda yozib qoʻyildi.
33:7
وَإِذْ أَخَذْنَا مِنَ النَّبِيِّينَ مِيثَاقَهُمْ وَمِنكَ وَمِن نُّوحٍ وَإِبْرَاهِيمَ وَمُوسَى وَعِيسَى ابْنِ مَرْيَمَ وَأَخَذْنَا مِنْهُم مِّيثَاقًا غَلِيظًا {7}
Biz oʻz vaqtida paygʻambarlardan soʻz olganmiz. Sendan ham, Nuh, Ibrohim, Muso va Maryamning oʻgʻli Isodan ham. Ulardan mustahkam soʻz olganmiz[1721].
33:8
لِيَسْأَلَ الصَّادِقِينَ عَن صِدْقِهِمْ وَأَعَدَّ لِلْكَافِرِينَ عَذَابًا أَلِيمًا {8}
Rostgoʻylardan oʻzlarini sadoqati haqida soʻrash uchun[1722] (shunday qildi). (Paygʻambarlarga) ishonmagan-kofirlarga (Alloh) alamli azob tayyorlab qoʻydi.
33:9
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اذْكُرُوا نِعْمَةَ اللَّهِ عَلَيْكُمْ إِذْ جَاءتْكُمْ جُنُودٌ فَأَرْسَلْنَا عَلَيْهِمْ رِيحًا وَجُنُودًا لَّمْ تَرَوْهَا وَكَانَ اللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرًا{9}
Ey Moʻminlar! Allohni sizga bergan neʼmatini yodda tutinglar. Oʻshanda sizlarga qoʻshinlar kelgan edi. Biz ularning tepasiga boʻron hamda sizlar koʻrmagan qoʻshinlar yuborganmiz[1723]. Alloh qilayotgan ishlaringizni koʻrib turardi.
33:10
إِذْ جَاؤُوكُم مِّن فَوْقِكُمْ وَمِنْ أَسْفَلَ مِنكُمْ وَإِذْ زَاغَتْ الْأَبْصَارُ وَبَلَغَتِ الْقُلُوبُ الْحَنَاجِرَ وَتَظُنُّونَ بِاللَّهِ الظُّنُونَا{10}
Oʻshanda ular sizlarning ust tarafingizdan ham, quyi tarafingizdan ham kelishgan edi. Shunda koʻzlar chaqnab, yuraklar boʻgʻizlarga tiqilib qolib, Alloh haqida turli gumonlarga borgan edingiz.
33:11
هُنَالِكَ ابْتُلِيَ الْمُؤْمِنُونَ وَزُلْزِلُوا زِلْزَالًا شَدِيدًا {11}
Ana oʻsha yerda moʻminlar qattiq choʻchitilib, sinovdan oʻtkazilgan.
33:12
وَإِذْ يَقُولُ الْمُنَافِقُونَ وَالَّذِينَ فِي قُلُوبِهِم مَّرَضٌ مَّا وَعَدَنَا اللَّهُ وَرَسُولُهُ إِلَّا غُرُورًا{12}
Oʻshanda munofiqlar va qalbida kasali borlar: “Alloh va Uning Rasuli bizga faqat yolgʻon vaʼda bergan ekan”, deb qolishgan.
33:13
وَإِذْ قَالَت طَّائِفَةٌ مِّنْهُمْ يَا أَهْلَ يَثْرِبَ لَا مُقَامَ لَكُمْ فَارْجِعُوا وَيَسْتَأْذِنُ فَرِيقٌ مِّنْهُمُ النَّبِيَّ يَقُولُونَ إِنَّ بُيُوتَنَا عَوْرَةٌ وَمَا هِيَ بِعَوْرَةٍ إِن يُرِيدُونَ إِلَّا فِرَارًا {13}
Oʻshanda oralaridan bir guruhi: «Ey Yasribliklar[1724]! Sizlarga (bu yerda) turishni foydasi yoq, qaytib ketinglar!», deyotgan edi. Oralaridan yana bir guruh esa: “Uylarimiz himoyasiz”, deb paygʻambardan ruxsat soʻrayotgan edi. Holbuki, uylari himoyasiz emasdi. Ular faqat jangdan qochishni xohlagan.
33:14
وَلَوْ دُخِلَتْ عَلَيْهِم مِّنْ أَقْطَارِهَا ثُمَّ سُئِلُوا الْفِتْنَةَ لَآتَوْهَا وَمَا تَلَبَّثُوا بِهَا إِلَّا يَسِيرًا {14}
Agar ularning ustiga Madinaning har tarafidan bostirib kirilib, ulardan fitna[1725] talab qilinsa, koʻp ikkilanmasdan aniq fitna keltirib chiqaradilar.
33:15
وَلَقَدْ كَانُوا عَاهَدُوا اللَّهَ مِن قَبْلُ لَا يُوَلُّونَ الْأَدْبَارَ وَكَانَ عَهْدُ اللَّهِ مَسْؤُولًا {15}
Holbuki, ular ilgari (jangdan) ortga qarab qochmaslik haqida Allohga soʻz berishgan edi[1726]. Allohga berilgan soʻz javobgarlik talab qila
33:16
قُل لَّن يَنفَعَكُمُ الْفِرَارُ إِن فَرَرْتُم مِّنَ الْمَوْتِ أَوِ الْقَتْلِ وَإِذًا لَّا تُمَتَّعُونَ إِلَّا قَلِيلًا{16}
Ayt: “Agar oʻlimdan yoki jangdan qochsangiz, qochish sizga foyda bermaydi. Qochgan taqdiringizda ham, oz (fursat) bahramand boʻlasiz, xolos.”
33:17
قُلْ مَن ذَا الَّذِي يَعْصِمُكُم مِّنَ اللَّهِ إِنْ أَرَادَ بِكُمْ سُوءًا أَوْ أَرَادَ بِكُمْ رَحْمَةً وَلَا يَجِدُونَ لَهُم مِّن دُونِ اللَّهِ وَلِيًّا وَلَا نَصِيرًا{17}
“Agar Alloh sizlarga biror yomonlik xohlasa, yoki biror yaxshilik xohlasa, sizlarni undan kim toʻsib qoladi?”, deb ayt. Ular oʻzlariga Allohdan boshqa himoyachi doʻst ham, yordamchi ham topolmaydi.
33:18
قَدْ يَعْلَمُ اللَّهُ الْمُعَوِّقِينَ مِنكُمْ وَالْقَائِلِينَ لِإِخْوَانِهِمْ هَلُمَّ إِلَيْنَا وَلَا يَأْتُونَ الْبَأْسَ إِلَّا قَلِيلًا {18}
Orangizdan sizlarga qarshilik chiqaruvchilarni ham, birodarlariga: “Bizga kelinglar”, deydiganlarni ham Alloh bilib turadi. Ular jangga juda kam qatnashadi.
33:19
أَشِحَّةً عَلَيْكُمْ فَإِذَا جَاء الْخَوْفُ رَأَيْتَهُمْ يَنظُرُونَ إِلَيْكَ تَدُورُ أَعْيُنُهُمْ كَالَّذِي يُغْشَى عَلَيْهِ مِنَ الْمَوْتِ فَإِذَا ذَهَبَ الْخَوْفُ سَلَقُوكُم بِأَلْسِنَةٍ حِدَادٍ أَشِحَّةً عَلَى الْخَيْرِ أُوْلَئِكَ لَمْ يُؤْمِنُوا فَأَحْبَطَ اللَّهُ أَعْمَالَهُمْ وَكَانَ ذَلِكَ عَلَى اللَّهِ يَسِيرًا {19}
Ular (jangga qatnashsa) sizlarga qizgʻanchiqlik qiladi. (Jang mobaynida) xavf kelganida, xuddi oʻlim talvasasi kelib qolgan odamdek, senga koʻzlarini olaytirib qarab turganini koʻrasan. Xavf ketganida esa, yaxshilikka (oʻljaga) qizgʻanchiqlik qilib, oʻtkir tillari bilan sizlarni ranjitadi. Ana shular (Alloh va Rasuliga) ishonishmagan kimsalardir. Shuning uchun, Alloh ularning ishlarini bekor qilib yubordi[1727]. Bu narsa Allohga oson.
33:20
يَحْسَبُونَ الْأَحْزَابَ لَمْ يَذْهَبُوا وَإِن يَأْتِ الْأَحْزَابُ يَوَدُّوا لَوْ أَنَّهُم بَادُونَ فِي الْأَعْرَابِ يَسْأَلُونَ عَنْ أَنبَائِكُمْ وَلَوْ كَانُوا فِيكُم مَّا قَاتَلُوا إِلَّا قَلِيلًا {20}
Ular birlashgan qoʻshinni (chekinib) ketmadi, deb oʻylayapti. Agar oʻsha birlashgan qoʻshin qaytib kelsa edi, (orangizdagi munofiqlar) choʻlda badaviy arab orasida qolib, sizlarni xabarlaringizni (oʻsha yerdan turib) surishtirishni orzu qilib qolardi. Orangizda boʻlgan taqdirda ham, juda kam jang qilishgan boʻlardi.
33:21
لَقَدْ كَانَ لَكُمْ فِي رَسُولِ اللَّهِ أُسْوَةٌ حَسَنَةٌ لِّمَن كَانَ يَرْجُو اللَّهَ وَالْيَوْمَ الْآخِرَ وَذَكَرَ اللَّهَ كَثِيرًا {21}
Shubhasizki, Sizlar uchun – Allohdan va oxirat kunidan umid qilib, Allohni koʻp eslaydiganlar[1728] uchun, Allohning elchisida goʻzal oʻrnak bor.
33:22
وَلَمَّا رَأَى الْمُؤْمِنُونَ الْأَحْزَابَ قَالُوا هَذَا مَا وَعَدَنَا اللَّهُ وَرَسُولُهُ وَصَدَقَ اللَّهُ وَرَسُولُهُ وَمَا زَادَهُمْ إِلَّا إِيمَانًا وَتَسْلِيمًا {22}
Moʻminlar birlashgan qoʻshinni koʻrishganida: “Alloh va Rasuli bizga vaʼda qilgan narsa mana shu. Alloh va Rasuli albatta toʻgʻri aytgan”, dedilar. Bu ularning faqat (Alloh va Rasuliga boʻlgan) imoni va taslimiyatini ziyoda qildi.
33:23
مِنَ الْمُؤْمِنِينَ رِجَالٌ صَدَقُوا مَا عَاهَدُوا اللَّهَ عَلَيْهِ ۖ فَمِنْهُمْ مَنْ قَضَىٰ نَحْبَهُ وَمِنْهُمْ مَنْ يَنْتَظِرُ ۖ وَمَا بَدَّلُوا تَبْدِيلً
Moʻminlar orasida, Allohga bergan soʻzida turgan (qahramon) yigitlar bor. ulardan kimlardir (oʻsha yoʻlda) jonini fido qildi, kimlardir kutyapti. Ular (Allohga bergan ahdini) hech bir shaklda oʻzgartirmaydi.
33:24
لِيَجْزِيَ اللَّهُ الصَّادِقِينَ بِصِدْقِهِمْ وَيُعَذِّبَ الْمُنَافِقِينَ إِنْ شَاءَ أَوْ يَتُوبَ عَلَيْهِمْ ۚ إِنَّ اللَّهَ كَانَ غَفُورًا رَحِيمًا
Rostgoʻylarni sadoqati ila mukofotlash hamda, agar munosib koʻrsa munofiqlarni azoblash yoki tavba imkoni berish uchun Alloh shunday qildi. Alloh kechirimli va mehribondir.
33:25
وَرَدَّ اللَّهُ الَّذِينَ كَفَرُوا بِغَيْظِهِمْ لَمْ يَنَالُوا خَيْرًا وَكَفَى اللَّهُ الْمُؤْمِنِينَ الْقِتَالَ وَكَانَ اللَّهُ قَوِيًّا عَزِيزًا{25}
Alloh kofirlik qilganlarni[1729] oʻz achchiqlari bilan (Xandaq kuni) ortga qaytarib yubordi, ular hech qanday yaxshilikka erisha olmadi. Jangda Alloh moʻminlarga (yordami bilan) kifoya qildi. Alloh kuchlidir, doimo gʻolibdir.
33:26
وَأَنزَلَ الَّذِينَ ظَاهَرُوهُم مِّنْ أَهْلِ الْكِتَابِ مِن صَيَاصِيهِمْ وَقَذَفَ فِي قُلُوبِهِمُ الرُّعْبَ فَرِيقًا تَقْتُلُونَ وَتَأْسِرُونَ فَرِيقًا {26}
Ahli Kitob orasidan ularga yordam berganlarni qalblariga qoʻrquv solib oʻz qalʼalaridan tushirdi. Siz ulardan bir qismini oʻldirayotgan, bir qismini esa asir olayotgan edingiz.
33:27
وَأَوْرَثَكُمْ أَرْضَهُمْ وَدِيَارَهُمْ وَأَمْوَالَهُمْ وَأَرْضًا لَّمْ تَطَؤُوهَا وَكَانَ اللَّهُ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرًا{27}
Alloh ularning yeriga, yurtiga va mol-davlatlariga, hamda sizlar hali hanuz oyoq bosmagan yerga sizlarni egador qilib qoʻydi. Alloh hamma narsaga oʻlchov belgilab qoʻyadi.
33:28
يَا أَيُّهَا النَّبِيُّ قُل لِّأَزْوَاجِكَ إِن كُنتُنَّ تُرِدْنَ الْحَيَاةَ الدُّنْيَا وَزِينَتَهَا فَتَعَالَيْنَ أُمَتِّعْكُنَّ وَأُسَرِّحْكُنَّ سَرَاحًا جَمِيلًا {28}
Ey Paygʻambar! Ayollaringga shunday deb ayt: «Agar sizlar dunyo hayotini va uning ziynatini koʻzlasangiz, unda, sizlarga (mol-davlatdan) foydalantirib, sizlarni chiroyli holatda qoʻyib yuboray.
33:29
وَإِن كُنتُنَّ تُرِدْنَ اللَّهَ وَرَسُولَهُ وَالدَّارَ الْآخِرَةَ فَإِنَّ اللَّهَ أَعَدَّ لِلْمُحْسِنَاتِ مِنكُنَّ أَجْرًا عَظِيمًا {29}
Agar sizlar Alloh va Rasulini hamda oxirat kunini koʻzlasanglar, unda, Alloh orangizdan chiroyli ish qiluvchilarga buyuk mukofot tayinlab qoʻyadi.»
33:30
يَا نِسَاء النَّبِيِّ مَن يَأْتِ مِنكُنَّ بِفَاحِشَةٍ مُّبَيِّنَةٍ يُضَاعَفْ لَهَا الْعَذَابُ ضِعْفَيْنِ وَكَانَ ذَلِكَ عَلَى اللَّهِ يَسِيرًا {30}
Ey paygʻambar ayollari! Sizlardan kimki aniq fahsh boʻlgan ishni qilsa, unga ikki barobar azob beriladi. Bu Allohga oson.
33:31
وَمَن يَقْنُتْ مِنكُنَّ لِلَّهِ وَرَسُولِهِ وَتَعْمَلْ صَالِحًا نُّؤْتِهَا أَجْرَهَا مَرَّتَيْنِ وَأَعْتَدْنَا لَهَا رِزْقًا كَرِيمًا {31}
Sizlardan kimki Allohga va Rasuliga itoat qilsa va yaxshi ish qilsa, unga ajr-mukofotini ikki barobar qilib beramiz, unga asl rizq (jannat) tayyorlab qoʻyamiz.
33:32
يَا نِسَاء النَّبِيِّ لَسْتُنَّ كَأَحَدٍ مِّنَ النِّسَاء إِنِ اتَّقَيْتُنَّ فَلَا تَخْضَعْنَ بِالْقَوْلِ فَيَطْمَعَ الَّذِي فِي قَلْبِهِ مَرَضٌ وَقُلْنَ قَوْلًا مَّعْرُوفًا {32}
Ey Paygʻambar ayollari! Agar (Allohga nisbatan) javobgarlikni his qilib yashasangiz, sizlar boshqa ayollarning birortasiga oʻxshamaysiz. Shu bois, nozlanib gapirmanglar, aks holda, qalbida kasali borlarni hirsi uygʻonib qoladi. Gapni toʻgʻri gapiringlar.
33:33
وَقَرْنَ فِي بُيُوتِكُنَّ وَلَا تَبَرَّجْنَ تَبَرُّجَ الْجَاهِلِيَّةِ الْأُولَى وَأَقِمْنَ الصَّلَاةَ وَآتِينَ الزَّكَاةَ وَأَطِعْنَ اللَّهَ وَرَسُولَهُ إِنَّمَا يُرِيدُ اللَّهُ لِيُذْهِبَ عَنكُمُ الرِّجْسَ أَهْلَ الْبَيْتِ وَيُطَهِّرَكُمْ تَطْهِيرًا{33}
Uylaringizni ichida (ham) oʻzingizni viqorli tutinglar[1730]. Avvalgi jaholat davridek noz-u jilvali harakat qilmang, namozni/diniy vazifalarni bajaring, pok va toʻgʻri boʻling, Alloh va Rasuliga itoat qiling. Ey (paygʻambar) xonadonining egalari! Alloh sizlardan gunoh-u yomonlikni ketkazib, sizlarni pok-pokiza holatga keltirishni istaydi.
33:34
وَاذْكُرْنَ مَا يُتْلَى فِي بُيُوتِكُنَّ مِنْ آيَاتِ اللَّهِ وَالْحِكْمَةِ إِنَّ اللَّهَ كَانَ لَطِيفًا خَبِيرًا {34}
Uylaringizda tilovat qilinayotgan Allohning oyatlarini va hikmatni (oyat maʼnolarining bayonini) yodda saqlab qolinglar. Albatta, Alloh har narsani nozik va maxfiy tarafini ham biluvchi, har narsadan xabardordir.
33:35
إِنَّ الْمُسْلِمِينَ وَالْمُسْلِمَاتِ وَالْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ وَالْقَانِتِينَ وَالْقَانِتَاتِ وَالصَّادِقِينَ وَالصَّادِقَاتِ وَالصَّابِرِينَ وَالصَّابِرَاتِ وَالْخَاشِعِينَ وَالْخَاشِعَاتِ وَالْمُتَصَدِّقِينَ وَالْمُتَصَدِّقَاتِ وَالصَّائِمِينَ وَالصَّائِمَاتِ وَالْحَافِظِينَ فُرُوجَهُمْ وَالْحَافِظَاتِ وَالذَّاكِرِينَ اللَّهَ كَثِيرًا وَالذَّاكِرَاتِ أَعَدَّ اللَّهُ لَهُم مَّغْفِرَةً وَأَجْرًا عَظِيمًا{35}
Albatta, (Alloh va Rasuliga) taslim boʻlgan erkaklar va taslim boʻlgan ayollarga, (Alloh va Rasuliga) ishonib-suyangan erkaklar va ishonib-suyangan ayollarga, itoatgoʻy erkalar va itoatgoʻy ayollarga, rostgoʻy erkaklar va rostgoʻy ayollarga, sabr-bardoshli erkaklar va sabr-bardoshli ayollarga, (Allohga) ehtirom koʻrsatuvchi erkaklar va ehtirom koʻrsatuvchi ayollarga, sadaqa-zakot beradigan erkaklar va sadaqa-zakot beradigan ayollarga, roʻza tutadigan erkaklar va roʻza tutadigan ayollarga, uyat joylarini saqlovchi erkaklar va uyat joylarini saqlovchi ayollarga, Allohni koʻp zikr qiluvchi erkaklar va koʻp zikr qiluvchi ayollarga Alloh magʻfirat/gunohlarini kechirishni va buyuk mukofot tayyorlab qoʻygan.
33:36
وَمَا كَانَ لِمُؤْمِنٍ وَلَا مُؤْمِنَةٍ إِذَا قَضَى اللَّهُ وَرَسُولُهُ أَمْرًا أَن يَكُونَ لَهُمُ الْخِيَرَةُ مِنْ أَمْرِهِمْ وَمَن يَعْصِ اللَّهَ وَرَسُولَهُ فَقَدْ ضَلَّ ضَلَالًا مُّبِينًا {36}
Alloh va Rasuli/risolati biron bir ish haqida hukm qilganida, hech bir moʻmin erkak va moʻmina ayolni u ish haqida tanlash ixtiyori yoʻq[1731]. Kim Alloh va Rasuliga/risolatga qarshi chiqsa, ochiqchasiga adashgan boʻladi.
33:37
وَإِذْ تَقُولُ لِلَّذِي أَنْعَمَ اللَّهُ عَلَيْهِ وَأَنْعَمْتَ عَلَيْهِ أَمْسِكْ عَلَيْكَ زَوْجَكَ وَاتَّقِ اللَّهَ وَتُخْفِي فِي نَفْسِكَ مَا اللَّهُ مُبْدِيهِ وَتَخْشَى النَّاسَ وَاللَّهُ أَحَقُّ أَن تَخْشَاهُ فَلَمَّا قَضَى زَيْدٌ مِّنْهَا وَطَرًا زَوَّجْنَاكَهَا لِكَيْ لَا يَكُونَ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ حَرَجٌ فِي أَزْوَاجِ أَدْعِيَائِهِمْ إِذَا قَضَوْا مِنْهُنَّ وَطَرًا وَكَانَ أَمْرُ اللَّهِ مَفْعُولًا{37}
(Ey Muhammad!) Bir kuni sen, Alloh ham yaxshilik qilgan, sen oʻzing ham yaxshilik qilgan biri (Zayd)ga: “Juftingni nikohingda tut, Allohga qarshi javobgarlikni his qil!”, deyotgan eding[1732]. Holbuki, insonlardan andisha qilib, Alloh oshkor qiladigan ishni ichingda yashirayotgan eding. Aslida Allohdan andisha qilishing toʻgʻri edi. Zayd (taloq qilib) ayolidan munosabatini uzganidan keyin, seni unga uylantirdik. Moʻminlarga asrandi bolalari (taloq qilib) oʻz ayollaridan munosabatlarini uzib boʻlgach, (ularga uylanishda) muammo boʻlmasligi uchun (shunday qildik). Allohning amri bajarildi[1733].
33:38
مَّا كَانَ عَلَى النَّبِيِّ مِنْ حَرَجٍ فِيمَا فَرَضَ اللَّهُ لَهُ سُنَّةَ اللَّهِ فِي الَّذِينَ خَلَوْا مِن قَبْلُ وَكَانَ أَمْرُ اللَّهِ قَدَرًا مَّقْدُورًا{38}
Alloh farz qilgan narsani amalga oshirishida paygʻambarga hech qanday ayb boʻlmaydi[1734]. Bu ilgari oʻtganlar (paygʻambarlar)da ham ijro etilgan Allohning qonunidir. Allohning amri oʻlchab-belgilab qoʻyildi.
33:39
الَّذِينَ يُبَلِّغُونَ رِسَالَاتِ اللَّهِ وَيَخْشَوْنَهُ وَلَا يَخْشَوْنَ أَحَدًا إِلَّا اللَّهَ وَكَفَى بِاللَّهِ حَسِيبًا {39}
Ular – Allohning farmonlarini yetkazadigan, Allohdan andisha qiladigan, Undan boshqa hech kimdan andisha qilmaydigan kishilardir[1735]. Hisob soʻrashga Allohning Oʻzi kifoyadir.
33:40
مَّا كَانَ مُحَمَّدٌ أَبَا أَحَدٍ مِّن رِّجَالِكُمْ وَلَكِن رَّسُولَ اللَّهِ وَخَاتَمَ النَّبِيِّينَ وَكَانَ اللَّهُ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمًا{40}
Muhammad sizlardan hech bir erkakning otasi emas. lekin, u Allohning elchisi va paygʻambarlarning oxirgisidir[1736]. Alloh hamma narsani biladi.
33:41
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اذْكُرُوا اللَّهَ ذِكْرًا كَثِيرًا {41}
Ey Moʻminlar! Allohni koʻp eslang[1737],
33:42
وَسَبِّحُوهُ بُكْرَةً وَأَصِيلًا{42}
Va kecha-yu kunduz Uni ulugʻlang!
33:43
هُوَ الَّذِي يُصَلِّي عَلَيْكُمْ وَمَلَائِكَتُهُ لِيُخْرِجَكُم مِّنَ الظُّلُمَاتِ إِلَى النُّورِ وَكَانَ بِالْمُؤْمِنِينَ رَحِيمًا {43}
U sizlarni zulmatlardan nurga olib chiqish uchun, Uning Oʻzi ham, farishtalari ham sizlarga koʻmak beradi. U moʻminlarga mehribondir.
33:44
تَحِيَّتُهُمْ يَوْمَ يَلْقَوْنَهُ سَلَامٌ وَأَعَدَّ لَهُمْ أَجْرًا كَرِيمًا{44}
Allohga yoʻliqadigan kunda ularga bildiriladigan tilak “Salom!”, dir. U ularga asl-hurmatli mukofot tayyorlab qoʻygan.
33:45
يَا أَيُّهَا النَّبِيُّ إِنَّا أَرْسَلْنَاكَ شَاهِدًا وَمُبَشِّرًا وَنَذِيرًا {45}
Ey paygʻambar! Biz seni guvoh, (jannatdan) xushxabar beradigan va (jahannamdan) ogohlantiradigan elchi qilib yubordik.
33:46
وَدَاعِيًا إِلَى اللَّهِ بِإِذْنِهِ وَسِرَاجًا مُّنِيرًا {46}
Yana, seni Uning Oʻz izni ila Allohga chaqiradigan hamda, (yoʻl koʻrsatuvchi) nurli chiroq qilib yubordik.
33:47
وَبَشِّرِ الْمُؤْمِنِينَ بِأَنَّ لَهُم مِّنَ اللَّهِ فَضْلًا كَبِيرًا {47}
Moʻminlarga xushxabar ber: Ularga nisbatan Alloh tarafidan buyuk oliyjanoblik — jannat bor![1738]
33:48
وَلَا تُطِعِ الْكَافِرِينَ وَالْمُنَافِقِينَ وَدَعْ أَذَاهُمْ وَتَوَكَّلْ عَلَى اللَّهِ وَكَفَى بِاللَّهِ وَكِيلًا{48}
Kofirlik va munofiqlik qiluvchilarga boʻysunma, aziyatlariga parvo qilma. Sen Allohga suyanib-tayan, himoya va koʻmak qilishda Alloh kifoyadir.
33:49
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِذَا نَكَحْتُمُ الْمُؤْمِنَاتِ ثُمَّ طَلَّقْتُمُوهُنَّ مِن قَبْلِ أَن تَمَسُّوهُنَّ فَمَا لَكُمْ عَلَيْهِنَّ مِنْ عِدَّةٍ تَعْتَدُّونَهَا فَمَتِّعُوهُنَّ وَسَرِّحُوهُنَّ سَرَاحًا جَمِيلًا {49}
Ey Moʻminlar! Moʻmina ayollarga nikohlanib, keyin ularga tegishingizdan oldin ularni taloq qilsangiz, ularni zimmasida sizlar uchun idda tutib berish vazifasi yoʻq. Shunda, ularni (mahrni yarmi bilan)[1739] bahramand qilib, ularni chiroyli holatda qoʻyib yuboring.
33:50
يَا أَيُّهَا النَّبِيُّ إِنَّا أَحْلَلْنَا لَكَ أَزْوَاجَكَ اللَّاتِي آتَيْتَ أُجُورَهُنَّ وَمَا مَلَكَتْ يَمِينُكَ مِمَّا أَفَاء اللَّهُ عَلَيْكَ وَبَنَاتِ عَمِّكَ وَبَنَاتِ عَمَّاتِكَ وَبَنَاتِ خَالِكَ وَبَنَاتِ خَالَاتِكَ اللَّاتِي هَاجَرْنَ مَعَكَ وَامْرَأَةً مُّؤْمِنَةً إِن وَهَبَتْ نَفْسَهَا لِلنَّبِيِّ إِنْ أَرَادَ النَّبِيُّ أَن يَسْتَنكِحَهَا خَالِصَةً لَّكَ مِن دُونِ الْمُؤْمِنِينَ قَدْ عَلِمْنَا مَا فَرَضْنَا عَلَيْهِمْ فِي أَزْوَاجِهِمْ وَمَا مَلَكَتْ أَيْمَانُهُمْ لِكَيْلَا يَكُونَ عَلَيْكَ حَرَجٌ وَكَانَ اللَّهُ غَفُورًا رَّحِيمًا {50}
Ey paygʻambar! Sen mahrlarini bergan ayollaringni, Alloh senga jangsiz qoʻlga kiritib bergan oʻljalar orasida seni qoʻl ostingdagi asirani, amaking, ammang, togʻang va xolangning sen bilan birga hijrat qilgan qizlarini hamda, agar oʻzini senga bagʻishlagan va sen ham unga uylanmoqchi boʻlgan moʻmina ayolni (barchasini birgalikda nikohlanishni) senga halol qilib berdik. Bu (mahrsiz nikohlanish) moʻminlarga emas, faqat senga halol. Biz moʻminlarga ayollari va qoʻl ostidagi asiralari haqida nimani farz qilganimizni juda yaxshi bilamiz. Senga ayb/muammo boʻlmasligi uchun (shunday qildik). Alloh kechirimli va mehribondir.
33:51
تُرْجِي مَن تَشَاء مِنْهُنَّ وَتُؤْوِي إِلَيْكَ مَن تَشَاء وَمَنِ ابْتَغَيْتَ مِمَّنْ عَزَلْتَ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْكَ ذَلِكَ أَدْنَى أَن تَقَرَّ أَعْيُنُهُنَّ وَلَا يَحْزَنَّ وَيَرْضَيْنَ بِمَا آتَيْتَهُنَّ كُلُّهُنَّ وَاللَّهُ يَعْلَمُ مَا فِي قُلُوبِكُمْ وَكَانَ اللَّهُ عَلِيمًا حَلِيمًا {51}
Ayollaringdan oʻzing tanlaganingni (hamxonalikdan) kechiktirib, munosib bilganingni yoningga olasan. Vaqtinchalik chetlashib turgan ayollaringdan oʻzing tanlaganingni yoningga olishingda senga hech qanday ayb yoʻq. Bu ularning koʻzlari quvnashi, gʻamga tushmasligi va ularga bergan narsangga barchasi rozi boʻlishiga eng muvofiq (yoʻl) dir. Alloh qalblaringizdagini biladi. Alloh biladi, toʻgʻri qaror beradi.
33:52
لَا يَحِلُّ لَكَ النِّسَاء مِن بَعْدُ وَلَا أَن تَبَدَّلَ بِهِنَّ مِنْ أَزْوَاجٍ وَلَوْ أَعْجَبَكَ حُسْنُهُنَّ إِلَّا مَا مَلَكَتْ يَمِينُكَ وَكَانَ اللَّهُ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ رَّقِيبًا {52}
Bundan keyin, har naqadar husn-u jamoli senga juda yoqsa ham, ayollarga uylanishing ham ularni boshqa ayollarga almashtirishing[1740] ham halol boʻlmaydi. Qoʻl ostingdagi (asira) bundan mustasno. Alloh hamma narsani kuzatib boradi.
33:53
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَدْخُلُوا بُيُوتَ النَّبِيِّ إِلَّا أَن يُؤْذَنَ لَكُمْ إِلَى طَعَامٍ غَيْرَ نَاظِرِينَ إِنَاهُ وَلَكِنْ إِذَا دُعِيتُمْ فَادْخُلُوا فَإِذَا طَعِمْتُمْ فَانتَشِرُوا وَلَا مُسْتَأْنِسِينَ لِحَدِيثٍ إِنَّ ذَلِكُمْ كَانَ يُؤْذِي النَّبِيَّ فَيَسْتَحْيِي مِنكُمْ وَاللَّهُ لَا يَسْتَحْيِي مِنَ الْحَقِّ وَإِذَا سَأَلْتُمُوهُنَّ مَتَاعًا فَاسْأَلُوهُنَّ مِن وَرَاء حِجَابٍ ذَلِكُمْ أَطْهَرُ لِقُلُوبِكُمْ وَقُلُوبِهِنَّ وَمَا كَانَ لَكُمْ أَن تُؤْذُوا رَسُولَ اللَّهِ وَلَا أَن تَنكِحُوا أَزْوَاجَهُ مِن بَعْدِهِ أَبَدًا إِنَّ ذَلِكُمْ كَانَ عِندَ اللَّهِ عَظِيمًا {53}
Ey Moʻminlar! Paygʻambarning uylariga faqatgina taomga izn berilganida – tayyor boʻlishini kutib turmaydigan boʻlib – kiringlar. Lekin, chaqirilgan vaqtingizda kirib, gapga berilmasdan, ovqatlanib boʻlib-la tarqalinglar. Albatta, unday qilishingiz paygʻambarga aziyat beradi. Chunki, u sizlardan tortinadi. Alloh esa, toʻgʻrisini aytishdan tortinmaydi. Paygʻambarning ayollaridan biron narsa soʻraganingizda, ulardan parda ortidan soʻranglar. Mana shu sizlarning qalblaringiz uchun ham, ularning qalblari uchun ham eng pok (yoʻl)dir. Sizlarni paygʻambarga aziyat yetkazishga va undan keyin ayollariga uylanishga aslo haqingiz yoʻq. Chunki, bu Allohga koʻra buyuk gunoh boʻladi.
33:54
إِن تُبْدُوا شَيْئًا أَوْ تُخْفُوهُ فَإِنَّ اللَّهَ كَانَ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمًا {54}
Biron narsani oshkor qilsanglar ham, yashirsanglar ham, Alloh hamma narsani aniq biladi.
33:55
لَّا جُنَاحَ عَلَيْهِنَّ فِي آبَائِهِنَّ وَلَا أَبْنَائِهِنَّ وَلَا إِخْوَانِهِنَّ وَلَا أَبْنَاء إِخْوَانِهِنَّ وَلَا أَبْنَاء أَخَوَاتِهِنَّ وَلَا نِسَائِهِنَّ وَلَا مَا مَلَكَتْ أَيْمَانُهُنَّ وَاتَّقِينَ اللَّهَ إِنَّ اللَّهَ كَانَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ شَهِيدًا {55}
Paygʻambarning ayollariga oʻz otalari, oʻgʻillari, aka-ukalari, aka-ukalarining oʻgʻillari, opa-singillarining oʻgʻillari, ayollari[1741], qoʻl ostidagi asir(a)lar haqida (iznsiz kirishlarida[1742]) gunoh yoʻq. (Ey paygʻambar ayollari!) Allohga nisbatan javobgarlikni his qilinglar. Alloh hamma narsaga guvohdir.
33:56
إِنَّ اللَّهَ وَمَلَائِكَتَهُ يُصَلُّونَ عَلَى النَّبِيِّ يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا صَلُّوا عَلَيْهِ وَسَلِّمُوا تَسْلِيمًا {56}
Albatta, Alloh va farishtalari paygʻambarga koʻmak beradi[1743]. Ey Moʻminlar! Sizlar ham unga koʻmak bering[1744] va unga toʻliq taslimiyat koʻrsatinglar[1745].
33:57
إِنَّ الَّذِينَ يُؤْذُونَ اللَّهَ وَرَسُولَهُ لَعَنَهُمُ اللَّهُ فِي الدُّنْيَا وَالْآخِرَةِ وَأَعَدَّ لَهُمْ عَذَابًا مُّهِينًا {57}
Albatta, Alloh va Uning elchisini ranjitganlarni[1746] Alloh dunyoda ham oxiratda ham laʼnatlaydi va ularga xorlovchi azob tayyorlab qoʻyadi.
33:58
وَالَّذِينَ يُؤْذُونَ الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ بِغَيْرِ مَا اكْتَسَبُوا فَقَدِ احْتَمَلُوا بُهْتَانًا وَإِثْمًا مُّبِينًا {58}
Moʻmin erkak va Moʻmina ayollarni qilmagan ishlari sababli ranjitadiganlar, shubhasizki, oʻzlariga boʻhton va ochiq gunoh yuklab olgan boʻladi.
33:59
يَا أَيُّهَا النَّبِيُّ قُل لِّأَزْوَاجِكَ وَبَنَاتِكَ وَنِسَاء الْمُؤْمِنِينَ يُدْنِينَ عَلَيْهِنَّ مِن جَلَابِيبِهِنَّ ذَلِكَ أَدْنَى أَن يُعْرَفْنَ فَلَا يُؤْذَيْنَ وَكَانَ اللَّهُ غَفُورًا رَّحِيمًا {59}
Ey paygʻambar! Ayollaringga, qizlaringga va moʻminlarning qizlariga ayt, ustlariga katta roʻmollarini[1747] yaqinlashtirsinlar. Mana shu (oʻranish) ularni (iffatli ekani) bilinib, ranjitilmaslikka eng munosib (oʻranish)dir. Alloh kechirimli va mehribondir.
33:60
لَئِن لَّمْ يَنتَهِ الْمُنَافِقُونَ وَالَّذِينَ فِي قُلُوبِهِم مَّرَضٌ وَالْمُرْجِفُونَ فِي الْمَدِينَةِ لَنُغْرِيَنَّكَ بِهِمْ ثُمَّ لَا يُجَاوِرُونَكَ فِيهَا إِلَّا قَلِيلًا {60}
Agar munofiqlar, qalbida kasali borlar va Madinada yomon xabar tarqatayotganlar qilmishlarini toʻxtatmasa, Biz seni ularni ustiga solamiz. Keyin, ular sen bilan birga Madinada oz vaqt qola oladi, xolos.
33:61
مَلْعُونِينَ أَيْنَمَا ثُقِفُوا أُخِذُوا وَقُتِّلُوا تَقْتِيلًا {61}
Laʼnatlangan holda qolib, qayerda topilsa ham qoʻlga olinadi va oʻldiriladilar.
33:62
سُنَّةَ اللَّهِ فِي الَّذِينَ خَلَوْا مِن قَبْلُ وَلَن تَجِدَ لِسُنَّةِ اللَّهِ تَبْدِيلًا {62}
Ilgari oʻtganlarda ijro etilgan Allohning qonuni (mana shunday). Allohning qonunini oʻzgarganini aslo koʻrmaysan.
33:63
يَسْأَلُكَ النَّاسُ عَنِ السَّاعَةِ قُلْ إِنَّمَا عِلْمُهَا عِندَ اللَّهِ وَمَا يُدْرِيكَ لَعَلَّ السَّاعَةَ تَكُونُ قَرِيبًا {63}
Insonlar sendan qiyomat (vaqti) haqida soʻramoqda. “U haqidagi ilm faqat Alloh huzuridadir”, deb aytib qoʻy. Qayerdan bilasan, balki qiyomat (vaqti) yaqindir.
33:64
إِنَّ اللَّهَ لَعَنَ الْكَافِرِينَ وَأَعَدَّ لَهُمْ سَعِيرًا {64}
Albatta, Alloh kofirlik qiluvchilarni laʼnatladi va ularga jahannamni tayyorlab qoʻydi.
33:65
خَالِدِينَ فِيهَا أَبَدًا لَّا يَجِدُونَ وَلِيًّا وَلَا نَصِيرًا {65}
Ular unda oʻlimsiz – mangu qoladi. (Jahannamdan qutqargani) hech qanday doʻst ham, yordamchi ham topolmaydi.
33:66
يَوْمَ تُقَلَّبُ وُجُوهُهُمْ فِي النَّارِ يَقُولُونَ يَا لَيْتَنَا أَطَعْنَا اللَّهَ وَأَطَعْنَا الرَّسُولَا{66}
Yuzlari otashga burilgan kuni: “oh, koshki, Allohga itoat qilsaydik, Rasulga/risolatga itoat qilsaydik”, deb qoladilar.
33:67
وَقَالُوا رَبَّنَا إِنَّا أَطَعْنَا سَادَتَنَا وَكُبَرَاءنَا فَأَضَلُّونَا السَّبِيلَا {67}
Yana shunday deb qoladilar: «Ey yaratgan Egamiz! Biz boshliqlarimizga va kattalarimizga[1748] itoat qildik, ular bizni yoʻldan adashtirdi
33:68
رَبَّنَا آتِهِمْ ضِعْفَيْنِ مِنَ الْعَذَابِ وَالْعَنْهُمْ لَعْنًا كَبِيرًا {68}
Ey yaratgan Egamiz! Ularga shu azobni ikki barobar qilib ber va ularga koʻp[1749] laʼnat qil.»
33:69
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَكُونُوا كَالَّذِينَ آذَوْا مُوسَى فَبَرَّأَهُ اللَّهُ مِمَّا قَالُوا وَكَانَ عِندَ اللَّهِ وَجِيهًا {69}
Ey Moʻminlar! Sizlar Musoni ranjitganlar kabi boʻlmang. Ular aytgan narsadan Alloh uni oqlab[1750] qolgan. U Alloh huzurida eʼtiborli biri edi.
33:70
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اتَّقُوا اللَّهَ وَقُولُوا قَوْلًا سَدِيدًا {70}
Ey Moʻminlar! Allohga nisbatan javobgarlikni his qiling va toʻgʻri gapiring.
33:71
يُصْلِحْ لَكُمْ أَعْمَالَكُمْ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ذُنُوبَكُمْ وَمَن يُطِعْ اللَّهَ وَرَسُولَهُ فَقَدْ فَازَ فَوْزًا عَظِيمًا{71}
(Shunday qilsanglar) ishlaringizni tuzatib qoʻyadi va gunohlaringizni kechiradi. Kimki Alloh va Rasuliga/risolatiga itoat qilsa, shubhasiz ulkan muvaffaqiyatga erishadi.
33:72
إِنَّا عَرَضْنَا الْأَمَانَةَ عَلَى السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَالْجِبَالِ فَأَبَيْنَ أَن يَحْمِلْنَهَا وَأَشْفَقْنَ مِنْهَا وَحَمَلَهَا الْإِنسَانُ إِنَّهُ كَانَ ظَلُومًا جَهُولًا{72}
Albatta, Biz omonatni (itoatni) osmonlar va yerga taklif qildik. Shunda ular omonatga xiyonat qilishdan qochdilar[1751], xiyonatdan qoʻrqdilar[1752]. U (itoatga) inson xiyonat qildi. Albatta, inson (xiyonati sababli) haqsizlik qiluvchi zolimga, johilga aylandi.
33:73
لِيُعَذِّبَ اللَّهُ الْمُنَافِقِينَ وَالْمُنَافِقَاتِ وَالْمُشْرِكِينَ وَالْمُشْرِكَاتِ وَيَتُوبَ اللَّهُ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ وَكَانَ اللَّهُ غَفُورًا رَّحِيمًا{73}
Alloh munofiq erkak va munofiq ayollarni, mushrik erkak va mushrika ayollarni azoblash uchun hamda, moʻminlarga tavba imkoni berish uchun (shunday qildi). Alloh kechirimli va mehribondir.
- SABAʼ surasi[1753]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
34:1
الْحَمْدُ لِلَّهِ الَّذِي لَهُ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ وَلَهُ الْحَمْدُ فِي الْآخِرَةِ وَهُوَ الْحَكِيمُ الْخَبِيرُ {1}
Osmonlar va yerdagi narsalar Uniki boʻlmish – Allohga olqish-u maqtov boʻlsin. Unga oxiratda ham olqish-u maqtov boʻlsin. U toʻgʻri qaror beruvchidir, har narsadan xabardordir.
34:2
يَعْلَمُ مَا يَلِجُ فِي الْأَرْضِ وَمَا يَخْرُجُ مِنْهَا وَمَا يَنزِلُ مِنَ السَّمَاء وَمَا يَعْرُجُ فِيهَا وَهُوَ الرَّحِيمُ الْغَفُورُ {2}
U yerga kiradigan narsalarni ham, undan chiqadigan narsalarni ham, osmondan tushadigan narsalarni ham, unga koʻtariladigan narsalarni ham biladi. U mehribon va kechirimlidir.
34:3
وَقَالَ الَّذِينَ كَفَرُوا لَا تَأْتِينَا السَّاعَةُ قُلْ بَلَى وَرَبِّي لَتَأْتِيَنَّكُمْ عَالِمِ الْغَيْبِ لَا يَعْزُبُ عَنْهُ مِثْقَالُ ذَرَّةٍ فِي السَّمَاوَاتِ وَلَا فِي الْأَرْضِ وَلَا أَصْغَرُ مِن ذَلِكَ وَلَا أَكْبَرُ إِلَّا فِي كِتَابٍ مُّبِينٍ {3}
Kofirlik qilganlar: “Bizga qiyomat kelmaydi”, dedi. Aytgin: “Yoʻq, unday emas. gʻaybni biluvchi – rabbimga qasamki (qiyomat) sizlarga aniq keladi. Na osmonlarda va na yerda zarrachalik narsa Undan uzoq qolmaydi. Bulardan xoh kichik xoh katta narsa boʻlsin, bari ravshan kitobdadir.”
34:4
لِيَجْزِيَ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ أُوْلَئِكَ لَهُم مَّغْفِرَةٌ وَرِزْقٌ كَرِيمٌ {4}
Imon keltirib xayrli ishlarni amalga oshirganlarni mukofotlash uchun (Alloh shunday qildi). Ana shular uchun magʻfirat va asl rizq (jannat) bor.
34:5
وَالَّذِينَ سَعَوْا فِي آيَاتِنَا مُعَاجِزِينَ أُوْلَئِكَ لَهُمْ عَذَابٌ مِّن رِّجْزٍ أَلِيمٌ {5}
Oyatlarimizni keraksiz – taʼsirsiz holga keltirishga uringanlarga esa alam-ogʻriq beruvchi jirkanch azob bor.
34:6
وَيَرَى الَّذِينَ أُوتُوا الْعِلْمَ الَّذِي أُنزِلَ إِلَيْكَ مِن رَّبِّكَ هُوَ الْحَقَّ وَيَهْدِي إِلَى صِرَاطِ الْعَزِيزِ الْحَمِيدِ {6}
Ilm berilgan kishilar senga Rabbingdan nozil qilingan Qurʼonni haq ekanini hamda, doimo gʻolib va maqtovga loyiq zotning yoʻliga boshlashini ham bilishadi.
34:7
وَقَالَ الَّذِينَ كَفَرُوا هَلْ نَدُلُّكُمْ عَلَى رَجُلٍ يُنَبِّئُكُمْ إِذَا مُزِّقْتُمْ كُلَّ مُمَزَّقٍ إِنَّكُمْ لَفِي خَلْقٍ جَدِيدٍ {7}
Kofirlik qilganlar shunday dedi: «Butunlay chirib-titilib ketganingizda, yana yangitdan yaratilasiz, deyotgan birini sizlarga koʻrsataymi?
34:8
أَفْتَرَى عَلَى اللَّهِ كَذِبًا أَم بِهِ جِنَّةٌ بَلِ الَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِالْآخِرَةِ فِي الْعَذَابِ وَالضَّلَالِ الْبَعِيدِ {8}
U Alloh haqida yolgʻon toʻqidimikin yoki unda jinnilik bormikin.» Yoʻq, aslida, oxiratga ishonmaydiganlar qattiq zalolatda va azobdadir.
34:9
أَفَلَمْ يَرَوْا إِلَى مَا بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَمَا خَلْفَهُم مِّنَ السَّمَاء وَالْأَرْضِ إِن نَّشَأْ نَخْسِفْ بِهِمُ الْأَرْضَ أَوْ نُسْقِطْ عَلَيْهِمْ كِسَفًا مِّنَ السَّمَاء إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآيَةً لِّكُلِّ عَبْدٍ مُّنِيبٍ {9}
Ular oldilardagi va orqalaridagi osmon va yerga qaramadilarmi? Munosib bilganimizda edi, ularni yerga yuttirib yuborgan, yoki tepalariga osmondan parchalar tushirgan boʻlardik. Bunda (Allohga) yoʻnalgan banda uchun alomat/koʻrsatma[1754] bor.
34:10
وَلَقَدْ آتَيْنَا دَاوُودَ مِنَّا فَضْلًا يَا جِبَالُ أَوِّبِي مَعَهُ وَالطَّيْرَ وَأَلَنَّا لَهُ الْحَدِيدَ {10}
Dovudga Oʻz tarafimizdan fazl[1755] berdik: “Ey togʻlar va qushlar, u bilan birga Menga yoʻnaling”, (dedik). Unga temirni yumshatib qoʻydik[1756].
34:11
{11}أَنِ اعْمَلْ سَابِغَاتٍ وَقَدِّرْ فِي السَّرْدِ وَاعْمَلُوا صَالِحًا إِنِّي بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ
“Sovutlar yasa va toʻqilishida oʻlchamli qil!”, dedik. Yaxshi ishlarni amalga oshiringlar. Men qilmishlaringizni koʻrib turibman.
34:12
وَلِسُلَيْمَانَ الرِّيحَ غُدُوُّهَا شَهْرٌ وَرَوَاحُهَا شَهْرٌ وَأَسَلْنَا لَهُ عَيْنَ الْقِطْرِ وَمِنَ الْجِنِّ مَن يَعْمَلُ بَيْنَ يَدَيْهِ بِإِذْنِ رَبِّهِ وَمَن يَزِغْ مِنْهُمْ عَنْ أَمْرِنَا نُذِقْهُ مِنْ عَذَابِ السَّعِيرِ {12}
Kunduzgi esishi bir oylik, kechasi esishi bir oylik masofaga teng keladigan shamolni[1757] Sulaymonga boʻysundirib berdik. Unga mis bulogʻini ham oqizib berdik. Rabbing izni ila uning oldida ishlaydigan jinlardan/begonalardan/jinoyatchilardan ham bor edi. Ulardan kimki amrimizdan chetlasa, unga otashin azobni tottirib qoʻyganmiz.
34:13
يَعْمَلُونَ لَهُ مَا يَشَاء مِن مَّحَارِيبَ وَتَمَاثِيلَ وَجِفَانٍ كَالْجَوَابِ وَقُدُورٍ رَّاسِيَاتٍ اعْمَلُوا آلَ دَاوُودَ شُكْرًا وَقَلِيلٌ مِّنْ عِبَادِيَ الشَّكُورُ {13}
Ular Sulaymonga u xohlagan narsalar – maxsus xonalar, haykallar, hovuzlar kabi laganlar va oʻrnashib turadigan qozonlar yasab berishardi. Ey Dovud oilasi! (Neʼmatlarni) qadrlaydigan ish qiling. Bandalarim orasida (neʼmatlarni) qadrlovchilar kamdir.
34:14
فَلَمَّا قَضَيْنَا عَلَيْهِ الْمَوْتَ مَا دَلَّهُمْ عَلَى مَوْتِهِ إِلَّا دَابَّةُ الْأَرْضِ تَأْكُلُ مِنسَأَتَهُ فَلَمَّا خَرَّ تَبَيَّنَتِ الْجِنُّ أَن لَّوْ كَانُوا يَعْلَمُونَ الْغَيْبَ مَا لَبِثُوا فِي الْعَذَابِ الْمُهِينِ {14}
Sulaymonga oʻlim hukmini ijro qilganimizda, uning asosini/davlatini kemirib yegan “hayvon”[1758] ularga uni oʻlganini bildirib qoʻygan. Sulaymon (saltanati) qulaganida jinlarga/ishchilarga/yovuzlarga ayon boʻldiki, agar ular gʻaybdan/oʻsha maxfiy maʼlumotdan xabardor boʻlishganida, xorlovchi azobda qolib ketishmagan boʻlardi.
34:15
لَقَدْ كَانَ لِسَبَإٍ فِي مَسْكَنِهِمْ آيَةٌ جَنَّتَانِ عَن يَمِينٍ وَشِمَالٍ كُلُوا مِن رِّزْقِ رَبِّكُمْ وَاشْكُرُوا لَهُ بَلْدَةٌ طَيِّبَةٌ وَرَبٌّ غَفُورٌ {15}
Sabaʼliklar uchun oʻz maskanlarida oyat-belgi – oʻng va chap taraflarida bogʻ boʻlgan. “Yaratgan Egangiz bergan rizqdan yeb-ichinglar va U uchun shukr qilinglar/qadriga yetinglar. Bu pokiza shahar, yaratgan Egangiz juda kechirimli Rabbdir” (deyilgan edi).
34:16
فَأَعْرَضُوا فَأَرْسَلْنَا عَلَيْهِمْ سَيْلَ الْعَرِمِ وَبَدَّلْنَاهُم بِجَنَّتَيْهِمْ جَنَّتَيْنِ ذَوَاتَى أُكُلٍ خَمْطٍ وَأَثْلٍ وَشَيْءٍ مِّن سِدْرٍ قَلِيلٍ {16}
Ular (burchini ado etishdan) yuz oʻgirdilar. Shunda, Biz ularga (toʻgʻonlarni) buzib yuboradigan sel yubordik va ularning ikkala bogʻini achchiq mevali, butali va bir oz gilos daraxti bor ikki bogʻga aylantirib qoʻydik.
34:17
ذَلِكَ جَزَيْنَاهُم بِمَا كَفَرُوا وَهَلْ نُجَازِي إِلَّا الْكَفُورَ {17}
Nonkoʻrlik qilishgani uchun ularni shunday jazoladik. Biz nonkoʻrlardan boshqalarni jazolarmidik?!
34:18:
وَجَعَلْنَا بَيْنَهُمْ وَبَيْنَ الْقُرَى الَّتِي بَارَكْنَا فِيهَا قُرًى ظَاهِرَةً وَقَدَّرْنَا فِيهَا السَّيْرَ سِيرُوا فِيهَا لَيَالِيَ وَأَيَّامًا آمِنِين َ {18}
Biz barakatli qilgan yurt bilan ularning yurti orasida koʻrinib turadigan yurtlar ham paydo qilganmiz, ularni ichida borib-kelishni oʻlchab-belgilab berib, (ularga): “Kechasi-yu kunduzi xotirjam sayr qilaveringlar”, deganmiz.
34:19
فَقَالُوا رَبَّنَا بَاعِدْ بَيْنَ أَسْفَارِنَا وَظَلَمُوا أَنفُسَهُمْ فَجَعَلْنَاهُمْ أَحَادِيثَ وَمَزَّقْنَاهُمْ كُلَّ مُمَزَّقٍ إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآيَاتٍ لِّكُلِّ صَبَّارٍ شَكُورٍ {19}
Ular esa: “Ey yaratgan Egamiz, safarlarimiz orasini yiroqlashtir”, deb, oʻzlariga zulm qildilar. Shunda, Biz ularni parchalab yuborib, ibratli hodisalarga aylantirib qoʻydik[1759]. Albatta, sabr-bardoshlilar va oʻz burchini ado etuvchilar uchun, bunda oyat-koʻrsatmalar bor.
34:20
وَلَقَدْ صَدَّقَ عَلَيْهِمْ إِبْلِيسُ ظَنَّهُ فَاتَّبَعُوهُ إِلَّا فَرِيقًا مِّنَ الْمُؤْمِنِينَ {20}
Iblis insonlar haqidagi oʻz gumonida[1760] toʻgʻri boʻlib chiqdi; moʻminlarning bir qismidan boshqa barchasi unga ergashdi.
34:21
وَمَا كَانَ لَهُ عَلَيْهِم مِّن سُلْطَانٍ إِلَّا لِنَعْلَمَ مَن يُؤْمِنُ بِالْآخِرَةِ مِمَّنْ هُوَ مِنْهَا فِي شَكٍّ وَرَبُّكَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ حَفِيظٌ {21}
Holbuki, Iblisni ularning tepasida hech qanday hukmronligi boʻlmagan[1761]. Lekin, oxiratga ishonganlarni undan shubhada boʻlganlardan bilib-ajratib qoʻyish uchun (vasvasaga imkon berdik). Robbing hamma narsani muhofaza qilib turadi.
34:22
قُلِ ادْعُوا الَّذِينَ زَعَمْتُم مِّن دُونِ اللَّهِ لَا يَمْلِكُونَ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ فِي السَّمَاوَاتِ وَلَا فِي الْأَرْضِ وَمَا لَهُمْ فِيهِمَا مِن شِرْكٍ وَمَا لَهُ مِنْهُم مِّن ظَهِيرٍ {22}
Ayt: «Allohdan boshqa eʼtiqod qilayotganlaringizga duo qilib koʻringlar, ular na osmonlarda va na yerda zarracha narsaga ega (hukmron) boʻlolmaydi, ular uchun u ikkalasida (Allohga) hech qanday sherikchiligi ham yoʻq, ulardan Unga hech qanday yordamchi ham yoʻq.
34:23
وَلَا تَنفَعُ الشَّفَاعَةُ عِندَهُ إِلَّا لِمَنْ أَذِنَ لَهُ حَتَّى إِذَا فُزِّعَ عَن قُلُوبِهِمْ قَالُوا مَاذَا قَالَ رَبُّكُمْ قَالُوا الْحَقَّ وَهُوَ الْعَلِيُّ الْكَبِيرُ {23}
Alloh ruxsat berganlardan boshqalarga Uning[1762] shafoati/oqlovi foyda bermaydi. Toki (oqlanib,) dillaridagi qoʻrquv ketkazilgach: “Rabbingiz nima dedi?”, deb soʻrashadi. “Haqni aytdi”, deb javob berishadi. U Ulugʻdir buyukdir.
34:24
قُلْ مَن يَرْزُقُكُم مِّنَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ قُلِ اللَّهُ وَإِنَّا أَوْ إِيَّاكُمْ لَعَلَى هُدًى أَوْ فِي ضَلَالٍ مُّبِينٍ {24}
“Sizlarga osmonlar va yerdan rizq berib turgan kim?” deb soʻra va ayt: “Allohdir! Aniqki, biz yoki sizlar toʻgʻri yoʻldamiz, yoki aniq zalolatdamiz.”
34:25
قُل لَّا تُسْأَلُونَ عَمَّا أَجْرَمْنَا وَلَا نُسْأَلُ عَمَّا تَعْمَلُونَ {25}
Ayt: “Biz qilgan jinoyatdan sizlar javobgarlikka tortilmaysiz, biz ham sizning qilmishingizdan javobgarlikka tortilmaymiz.”
34:26
قُلْ يَجْمَعُ بَيْنَنَا رَبُّنَا ثُمَّ يَفْتَحُ بَيْنَنَا بِالْحَقِّ وَهُوَ الْفَتَّاحُ الْعَلِيمُ {26}
Ayt: “Yaratgan Egamiz bizni (mahsharda) toʻplaydi va toʻgʻri bir shaklda oramizni ochib beradi. U biladi.”
34:27
قُلْ أَرُونِي الَّذِينَ أَلْحَقْتُم بِهِ شُرَكَاء كَلَّا بَلْ هُوَ اللَّهُ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ {27}
Ayt: “Unga sherik deb qoʻshganlaringizni (ilohlikda sherikligini) menga koʻrsatib bering-chi!” Yoʻq, sherik emaslar. Balki, iloh – doimo gʻolib va toʻgʻri qaror beruvchi Allohning Oʻzidir.
وَمَا أَرْسَلْنَاكَ إِلَّا كَافَّةً لِّلنَّاسِ بَشِيرًا وَنَذِيرًا وَلَكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ {28}
34:28 Biz seni barcha insoniyatga faqatgina xushxabar beruvchi va ogohlantiruvchi qilib yubordik. lekin, insonlarning koʻpi bilmaydi.
34:29
وَيَقُولُونَ مَتَى هَذَا الْوَعْدُ إِن كُنتُمْ صَادِقِينَ {29}
«Agar rostgoʻy boʻlsanglar, bu vaʼda[1763] qachon sodir boʻladi?», deyishadi.
34:30
قُل لَّكُم مِّيعَادُ يَوْمٍ لَّا تَسْتَأْخِرُونَ عَنْهُ سَاعَةً وَلَا تَسْتَقْدِمُونَ {30}
Ayt: “Sizlarga vaʼda qilingan kun bor. Undan bir on kechiktirolmaysiz, oldinga ham surolmaysiz.”
34:31
وَقَالَ الَّذِينَ كَفَرُوا لَن نُّؤْمِنَ بِهَذَا الْقُرْآنِ وَلَا بِالَّذِي بَيْنَ يَدَيْهِ وَلَوْ تَرَى إِذِ الظَّالِمُونَ مَوْقُوفُونَ عِندَ رَبِّهِمْ يَرْجِعُ بَعْضُهُمْ إِلَى بَعْضٍ الْقَوْلَ يَقُولُ الَّذِينَ اسْتُضْعِفُوا لِلَّذِينَ اسْتَكْبَرُوا لَوْلَا أَنتُمْ لَكُنَّا مُؤْمِنِينَ {31}
Kofirlik qilganlar: “Biz bu Qurʼonga ham, undan oldingi kitoblarga ham ishonmaymiz”, dedilar. Sen bu zolimlarni Rabbi huzurida toʻxtatib qoʻyilgan onini koʻrganingda edi! Ular oʻshanda bir-biriga gap qaytaradi, ezilgan-jafokash kimsalar oʻzini katta tutgan kimsalarga qarab: “Sizlar boʻlmaganingizda, biz albatta moʻmin boʻlardik”, deydi.
34:32
قَالَ الَّذِينَ اسْتَكْبَرُوا لِلَّذِينَ اسْتُضْعِفُوا أَنَحْنُ صَدَدْنَاكُمْ عَنِ الْهُدَى بَعْدَ إِذْ جَاءكُم بَلْ كُنتُم مُّجْرِمِينَ {32}
Oʻzini katta tutganlar esa, nochor/past sanalgan kimsalarga: “Sizlarga toʻgʻri yoʻl kelganidan keyin, undan sizlarni biz toʻsibmizmi?! Yoʻq, unday emas. Sizlar oʻzingiz jinoyatchi boʻlgansiz”, deydi.
34:33
وَقَالَ الَّذِينَ اسْتُضْعِفُوا لِلَّذِينَ اسْتَكْبَرُوا بَلْ مَكْرُ اللَّيْلِ وَالنَّهَارِ إِذْ تَأْمُرُونَنَا أَن نَّكْفُرَ بِاللَّهِ وَنَجْعَلَ لَهُ أَندَادًا وَأَسَرُّوا النَّدَامَةَ لَمَّا رَأَوُا الْعَذَابَ وَجَعَلْنَا الْأَغْلَالَ فِي أَعْنَاقِ الَّذِينَ كَفَرُوا هَلْ يُجْزَوْنَ إِلَّا مَا كَانُوا يَعْمَلُونَ {33}
(Mutakabbirlar tarafidan) nochor/past sanalgan kimsalar oʻzini katta tutgan kimsalarga: “Aslida, sizlarni kecha-yu kunduz qilgan makr-hiylalaringiz toʻsdi. Oʻshanda sizlar bizni Allohga kofirlik qilishga va Unga turli sheriklar nisbat berishga buyurar edingiz”, deydi. Ular azobni koʻrishganida – kofirlik qilganlarning boʻyniga kishanlar solganimizda, afsus-nadomatni sir tutadilar. Ularga faqatgina oʻz qilmishlarining jazosi beriladi.
34:34
وَمَا أَرْسَلْنَا فِي قَرْيَةٍ مِّن نَّذِيرٍ إِلَّا قَالَ مُتْرَفُوهَا إِنَّا بِمَا أُرْسِلْتُم بِهِ كَافِرُونَ {34}
Biz qaysi bir yurtga ogohlantiruvchi yuborgan boʻlsak, u yerning maishatparast-jinoyatchilari: “Biz sizlarni elchiligingizga ishonmaymiz”, deyishgan.
34:35
وَقَالُوا نَحْنُ أَكْثَرُ أَمْوَالًا وَأَوْلَادًا وَمَا نَحْنُ بِمُعَذَّبِينَ {35}
Yana: “Bizni mol-davlatlarimiz ham, bolalarimiz ham koʻp. Biz azoblanmaymiz”, deyishgan.
34:36
قُلْ إِنَّ رَبِّي يَبْسُطُ الرِّزْقَ لِمَن يَشَاء وَيَقْدِرُ وَلَكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ {36}
Ayt: «Albatta, munosib bilgan quliga rizqni keng qilib qoʻyadigan ham, oʻlchab- tor qilib qoʻyadigan ham Rabbimdir. Lekin, insonlarning koʻpi bilmaydi.
34:37
وَمَا أَمْوَالُكُمْ وَلَا أَوْلَادُكُم بِالَّتِي تُقَرِّبُكُمْ عِندَنَا زُلْفَى إِلَّا مَنْ آمَنَ وَعَمِلَ صَالِحًا فَأُوْلَئِكَ لَهُمْ جَزَاء الضِّعْفِ بِمَا عَمِلُوا وَهُمْ فِي الْغُرُفَاتِ آمِنُونَ {37}
Sizlarni bizga yaqinlashtiradigan narsa mol-davlatingiz ham emas, bolalaringiz ham emas. Lekin, kimki (Alloh va Rasuliga) ishonib, yaxshi ishlarni amalga oshirsa, ana shular uchun, qilgan ishlari evaziga koʻpaytirib beriladigan mukofot bor. Ular oliy saroylarda tinch-xotirjamlikda boʻladilar.
34:38
وَالَّذِينَ يَسْعَوْنَ فِي آيَاتِنَا مُعَاجِزِينَ أُوْلَئِكَ فِي الْعَذَابِ مُحْضَرُونَ {38}
Oyatlarimizni keraksiz – taʼsirsiz holga keltirishga urinayotganlar, ular azobga keltiriladilar.
34:39
قُلْ إِنَّ رَبِّي يَبْسُطُ الرِّزْقَ لِمَن يَشَاء مِنْ عِبَادِهِ وَيَقْدِرُ لَهُ وَمَا أَنفَقْتُم مِّن شَيْءٍ فَهُوَ يُخْلِفُهُ وَهُوَ خَيْرُ الرَّازِقِينَ {39}
Ayt: «Albatta, qullari orasidan Oʻzi munosib bilganiga rizqni keng qilib qoʻyadigan ham, unga oʻlchab- tor qilib qoʻyadigan ham Rabbimdir. (Alloh yoʻlida) nimaiki sarf-xarajat qilsangiz ham, U uning oʻrnini toʻldirib qoʻyadi. U eng yaxshi rizq beruvchidir.
34:40
وَيَوْمَ يَحْشُرُهُمْ جَمِيعًا ثُمَّ يَقُولُ لِلْمَلَائِكَةِ أَهَؤُلَاء إِيَّاكُمْ كَانُوا يَعْبُدُونَ {40}
Kun kelib, (Alloh) ularning barchasini toʻplaydi. Keyin malaklarga: “Sizlarga shular ibodat qilishganmi?”, deydi.
34:41
قَالُوا سُبْحَانَكَ أَنتَ وَلِيُّنَا مِن دُونِهِم بَلْ كَانُوا يَعْبُدُونَ الْجِنَّ أَكْثَرُهُم بِهِم مُّؤْمِنُونَ {41}
Ular: «Sen poksan! Bizni valiyimiz/xojamiz Sensan, ular emas. Aslida, ular jinlarga/adashtiruvchilarga[1764] ibodat qilishardi, ularning koʻpi ularga ishonardi.
34:42
فَالْيَوْمَ لَا يَمْلِكُ بَعْضُكُمْ لِبَعْضٍ نَّفْعًا وَلَا ضَرًّا وَنَقُولُ لِلَّذِينَ ظَلَمُوا ذُوقُوا عَذَابَ النَّارِ الَّتِي كُنتُم بِهَا تُكَذِّبُونَ{42}
“Bugun bir-biringizga na foyda va na zarar berishga ega boʻlmaysiz”, (deymiz) va zolimlik qilganlarga: “Yolgʻonga chiqarganingiz evaziga, jahannam azobini totinglar!”, deymiz.
34:43
وَإِذَا تُتْلَى عَلَيْهِمْ آيَاتُنَا بَيِّنَاتٍ قَالُوا مَا هَذَا إِلَّا رَجُلٌ يُرِيدُ أَن يَصُدَّكُمْ عَمَّا كَانَ يَعْبُدُ آبَاؤُكُمْ وَقَالُوا مَا هَذَا إِلَّا إِفْكٌ مُّفْتَرًى وَقَالَ الَّذِينَ كَفَرُوا لِلْحَقِّ لَمَّا جَاءهُمْ إِنْ هَذَا إِلَّا سِحْرٌ مُّبِينٌ {43}
Ularga aniq-ravshan oyatlarimiz oʻqib berilganida, ular: “Bu odam sizlarni ota-bobolaringiz sigʻinib kelgan narsadan toʻsmoqchi boʻlyapti”, dedilar. “Bu (Qurʼon) toʻqib chiqarilgan yolgʻon narsadir”, dedilar. Oʻziga haq kelganida unga qarshi chiqqan kishi: “Bu aniq sehr”, dedilar.
34:44
وَمَا آتَيْنَاهُم مِّن كُتُبٍ يَدْرُسُونَهَا وَمَا أَرْسَلْنَا إِلَيْهِمْ قَبْلَكَ مِن نَّذِيرٍ {44}
Holbuki, Biz ularga (oʻsha davrdagi Makkaliklarga) oʻqib oʻrganadigan kitob bermaganmiz, ularga sendan oldin hech qanday ogohlantiruvchi ham yubormaganmiz[1765].
34:45
وَكَذَّبَ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ وَمَا بَلَغُوا مِعْشَارَ مَا آتَيْنَاهُمْ فَكَذَّبُوا رُسُلِي فَكَيْفَ كَانَ نَكِيرِ {45}
Ulardan oldingilar ham (haqni) yolgʻonga chiqarishgan. Bular Biz ularga bergan narsani oʻndan biriga ham erisha olmadilar[1766]. Endi, Meni ularga koʻrsatgan qarshiligim qanday boʻldi?!
34:46
قُلْ إِنَّمَا أَعِظُكُم بِوَاحِدَةٍ أَن تَقُومُوا لِلَّهِ مَثْنَى وَفُرَادَى ثُمَّ تَتَفَكَّرُوا مَا بِصَاحِبِكُم مِّن جِنَّةٍ إِنْ هُوَ إِلَّا نَذِيرٌ لَّكُم بَيْنَ يَدَيْ عَذَابٍ شَدِيدٍ {46}
(Makka mushriklariga) ayt: “Sizlarga bir nasihat qilaman: Alloh uchun (xolis) turib, hamrohingiz/birodaringiz (Muhammad) jinnat/begona emasligi haqida toʻp-toʻp boʻlib yoki yakka-yakka holda fikr yuritib koʻringlar. U qattiq azob oldidan sizlarni ogohlantirib qoʻyuvchi, xolos.”
34:47
قُلْ مَا سَأَلْتُكُم مِّنْ أَجْرٍ فَهُوَ لَكُمْ إِنْ أَجْرِيَ إِلَّا عَلَى اللَّهِ وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ شَهِيدٌ {47}
Ayt: “Men sizlardan hech qanday haq-ajr soʻramayman. U oʻzingizga boʻlsin. Menga beriladigan haq-ajr faqat Allohga oid. U hamma narsaga shohiddir.”
34:48
قُلْ إِنَّ رَبِّي يَقْذِفُ بِالْحَقِّ عَلَّامُ الْغُيُوبِ {48}
Ayt: Albatta, «Robbim (botilni)[1767] haq bilan uloqtirib yuboradi, gʻayblarni[1768] toʻliq biladi.»
34:49
قُلۡ جَاۤءَ ٱلۡحَقُّ وَمَا یُبۡدِئُ ٱلۡبَـٰطِلُ وَمَا یُعِیدُ {49}
Ayt: «Haq[1769] keldi; botil yangi paydo boʻlmaydi va (eski holiga) qaytolmaydi[1770].»
34:50
قُلْ إِن ضَلَلْتُ فَإِنَّمَا أَضِلُّ عَلَى نَفْسِي وَإِنِ اهْتَدَيْتُ فَبِمَا يُوحِي إِلَيَّ رَبِّي إِنَّهُ سَمِيعٌ قَرِيبٌ {50}
Ayt: Agar men adashsam, faqat oʻz ziyonimga adashaman. Agar toʻgʻri yoʻlni topsam, bu menga Robbimni vahiy qilgan Qurʼonni sabablidir. U eshitib turuvchidir, yaqindir[1771].»
34:51
وَلَوْ تَرَى إِذْ فَزِعُوا فَلَا فَوْتَ وَأُخِذُوا مِن مَّكَانٍ قَرِيبٍ {51}
Ularni dahshatga tushgan onlarini bir koʻrsang edi! Endi, qochib-qutilish yoʻq, ular yaqin yerda tutib turiladilar.
34:52
وَقَالُوا آمَنَّا بِهِ وَأَنَّى لَهُمُ التَّنَاوُشُ مِن مَكَانٍ بَعِيدٍ {52}
«Unga[1772] ishondik» deydi-yu, biroq, ularga uzoq yerdan[1773] (imonga) erishishga qanday imkon boʻlsin?
34:53
وَقَدْ كَفَرُوا بِهِ مِن قَبْلُ وَيَقْذِفُونَ بِالْغَيْبِ مِن مَّكَانٍ بَعِيدٍ {53}
Holbuki, ular ilgari (dunyo hayotida) unga ishonmagan. Ular gʻaybga uzoq yerdan tosh otishgan.
34:54
وَحِيلَ بَيْنَهُمْ وَبَيْنَ مَا يَشْتَهُونَ كَمَا فُعِلَ بِأَشْيَاعِهِم مِّن قَبْلُ إِنَّهُمْ كَانُوا فِي شَكٍّ مُّرِيبٍ {54}
Ilgari ularning hamfikrlariga qilinganidek, ular bilan oʻzlari orzu qilgan narsa oʻrtasida ham toʻsiq paydo qilinadi. Chunki, ular qattiq shubhada edi.
- FOTIR surasi[1774]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
35:1
الْحَمْدُ لِلَّهِ فَاطِرِ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ جَاعِلِ الْمَلَائِكَةِ رُسُلًا أُولِي أَجْنِحَةٍ مَّثْنَى وَثُلَاثَ وَرُبَاعَ يَزِيدُ فِي الْخَلْقِ مَا يَشَاء إِنَّ اللَّهَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ {1}
Osmonlar va yerni boʻlinish tamoyili asosida yaratuvchisi, farishtalarni ikki, uch va toʻrt qanotli elchilar qilib yuborgan – Allohga olqish-u maqtovlar boʻlsin! U yaratishda Oʻzi munosib bilgan narsaga qoʻshimcha kiritadi. Albatta, Alloh hamma narsaga oʻlchov qoʻyadi.
35:2
مَا يَفْتَحِ اللَّهُ لِلنَّاسِ مِن رَّحْمَةٍ فَلَا مُمْسِكَ لَهَا وَمَا يُمْسِكْ فَلَا مُرْسِلَ لَهُ مِن بَعْدِهِ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ {2}
Agar Alloh insonlarga yaxshilikdan biror narsani ochib bersa, hech kim unga toʻsqinlik qilolmaydi. Agar Uning Oʻzi tutib qolsa, undan keyin uni hech kim qoʻyib yubora olmaydi. U doimo gʻolibdir, toʻgʻri qaror beruvchidir.
35:3
يَا أَيُّهَا النَّاسُ اذْكُرُوا نِعْمَتَ اللَّهِ عَلَيْكُمْ هَلْ مِنْ خَالِقٍ غَيْرُ اللَّهِ يَرْزُقُكُم مِّنَ السَّمَاء وَالْأَرْضِ لَا إِلَهَ إِلَّا هُوَ فَأَنَّى تُؤْفَكُونَ {3}
Ey insonlar, Allohni sizdagi neʼmatini yodda tutinglar. Osmondan va yerdan sizlarga rizq berib turadigan Allohdan boshqa iloh bormi?! Qullik qilinishga haqli Undan boshqa hech kim yoʻq. Shunday ekan, qayoqqa qarab ketyapsizlar?!
35:4
وَإِن يُكَذِّبُوكَ فَقَدْ كُذِّبَتْ رُسُلٌ مِّن قَبْلِكَ وَإِلَى اللَّهِ تُرْجَعُ الأمُورُ {4}
(Ey Muhammad!) Agar seni yolgʻonchiga chiqarsalar, bilki, sendan avvalgilarni ham yolgʻonchiga chiqarishgan. Ishlar (natijasi) Allohga qaytariladi.
35:5
يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنَّ وَعْدَ اللَّهِ حَقٌّ فَلَا تَغُرَّنَّكُمُ الْحَيَاةُ الدُّنْيَا وَلَا يَغُرَّنَّكُم بِاللَّهِ الْغَرُورُ {5}
Ey insonlar, Allohning vaʼdasi rostdir. Shuning uchun, dunyo hayoti sizlarni aldab qoʻymasin. Oʻsha aldoqchi(lar) sizlarni Alloh ila aldab qoʻymasin[1775].
35:6
إِنَّ الشَّيْطَانَ لَكُمْ عَدُوٌّ فَاتَّخِذُوهُ عَدُوًّا إِنَّمَا يَدْعُو حِزْبَهُ لِيَكُونُوا مِنْ أَصْحَابِ السَّعِيرِ {6}
Shaytonni[1776] sizlarga dushman ekani aniq, uni oʻzingizga dushman tuting. U oʻz tarafdorlarini faqatgina (alangali) jahannam ahlidan boʻlishga chaqiradi.
35:7
الَّذِينَ كَفَرُوا لَهُمْ عَذَابٌ شَدِيدٌ وَالَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَهُم مَّغْفِرَةٌ وَأَجْرٌ كَبِيرٌ {7}
Kofirlik qilganlarga qattiq azob bor. Imon keltirib xayrli ishlarni amalga oshirganlarga esa magʻfirat va ulkan ajr-mukofot bor.
35:8
أَفَمَن زُيِّنَ لَهُ سُوءُ عَمَلِهِ فَرَآهُ حَسَنًا فَإِنَّ اللَّهَ يُضِلُّ مَن يَشَاء وَيَهْدِي مَن يَشَاء فَلَا تَذْهَبْ نَفْسُكَ عَلَيْهِمْ حَسَرَاتٍ إِنَّ اللَّهَ عَلِيمٌ بِمَا يَصْنَعُونَ {8}
Yomon ishi oʻziga chiroyli koʻrsatib qoʻyilgan, shuning uchun uni yaxshi ish deb bilgan kishimi (hidoyat topadi)?! Albatta, Alloh (hidoyatni) tanlaganni hidoyat qiladi, (zalolatni) tanlaganni zalolatda tashlab qoʻyadi. Ularga hasrat qilib joning achimasin! Albatta, Alloh qilayotgan “hunarlarini” bilib turibdi.
35:9
وَاللَّهُ الَّذِي أَرْسَلَ الرِّيَاحَ فَتُثِيرُ سَحَابًا فَسُقْنَاهُ إِلَى بَلَدٍ مَّيِّتٍ فَأَحْيَيْنَا بِهِ الْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا كَذَلِكَ النُّشُورُ {9}
Shamollar yuborib, bulutlarni qoʻzgʻatadigan Allohdir. Soʻngra, unumdorligi toʻxtaganidan keyin u bilan unumsiz tuproqni jonlantiramiz. (Qabrlardan) qaytib chiqish shunday boʻladi.
35:10
مَن كَانَ يُرِيدُ الْعِزَّةَ فَلِلَّهِ الْعِزَّةُ جَمِيعًا إِلَيْهِ يَصْعَدُ الْكَلِمُ الطَّيِّبُ وَالْعَمَلُ الصَّالِحُ يَرْفَعُهُ وَالَّذِينَ يَمْكُرُونَ السَّيِّئَاتِ لَهُمْ عَذَابٌ شَدِيدٌ وَمَكْرُ أُوْلَئِكَ هُوَ يَبُورُ {10}
Kim izzat/gʻolibiyatni xohlayotgan boʻlsa, bilsinki, izzat/gʻolibiyat toʻliq Allohga xos. Yaxshi soʻzlar Unga yuksaladi. Ularni esa yaxshi ishlar olib chiqadi. Yomonlikni reja qilayotganlarga qattiq azob bor. Ularning rejalari vayron boʻladi.
35:11
وَاللَّهُ خَلَقَكُم مِّن تُرَابٍ ثُمَّ مِن نُّطْفَةٍ ثُمَّ جَعَلَكُمْ أَزْوَاجًا وَمَا تَحْمِلُ مِنْ أُنثَى وَلَا تَضَعُ إِلَّا بِعِلْمِهِ وَمَا يُعَمَّرُ مِن مُّعَمَّرٍ وَلَا يُنقَصُ مِنْ عُمُرِهِ إِلَّا فِي كِتَابٍ إِنَّ ذَلِكَ عَلَى اللَّهِ يَسِيرٌ {11}
Alloh sizlarni (ilk boshda) tuproqdan, keyin urugʻlantirilgan tuxumdan yaratdi. Soʻngra sizlarni juft holatga keltirdi. Biron bir ayol kishi Uning (yaratish qonunida belgilagan) ilmisiz homilador boʻlolmaydi ham, tugʻolmaydi ham. Biron bir umri bor kishi yashatilsa ham, umridan qisqartirilsa ham, albatta kitobga yozib qoʻyiladi. Albatta, bu Allohga qulaydir.
35:12
وَمَا يَسْتَوِي الْبَحْرَانِ هَذَا عَذْبٌ فُرَاتٌ سَائِغٌ شَرَابُهُ وَهَذَا مِلْحٌ أُجَاجٌ وَمِن كُلٍّ تَأْكُلُونَ لَحْمًا طَرِيًّا وَتَسْتَخْرِجُونَ حِلْيَةً تَلْبَسُونَهَا وَتَرَى الْفُلْكَ فِيهِ مَوَاخِرَ لِتَبْتَغُوا مِن فَضْلِهِ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ {12}
Ikki dengiz bir boʻlmaydi – bunisi yaxshi, shirin va yutumli, bunisi esa tuzli va bemaza. Har biridan yangi goʻsht yeysizlar va undan taqinchoqlar chiqarib taqasizlar. Uning fazlidan/rizqidan talab qilishingiz uchun, kemalarni dengizni yorib ketayotganini koʻrasan. Qadriga yetgaysizlar!
35:13
يُولِجُ اللَّيْلَ فِي النَّهَارِ وَيُولِجُ النَّهَارَ فِي اللَّيْلِ وَسَخَّرَ الشَّمْسَ وَالْقَمَرَ كُلٌّ يَجْرِي لِأَجَلٍ مُّسَمًّى ذَلِكُمُ اللَّهُ رَبُّكُمْ لَهُ الْمُلْكُ وَالَّذِينَ تَدْعُونَ مِن دُونِهِ مَا يَمْلِكُونَ مِن قِطْمِيرٍ {13}
U kechani kunduzga kirgizadi, kunduzni kechaga kirgizadi. Quyosh va oyni boʻysundirib qoʻydi – har biri belgilangan muddatgacha (oʻz orbitasida[1777]) oqib boradi. Mana shularni qilgan Alloh sizlarni yaratgan egangizdir. Mulk/hukmronlik Unga tegishli. Alloh ila oralaringizga qoʻyib duo qilayotganlaringiz pista poʻchogʻiga ham ega boʻlolmaydi.
35:14
إِن تَدْعُوهُمْ لَا يَسْمَعُوا دُعَاءكُمْ وَلَوْ سَمِعُوا مَا اسْتَجَابُوا لَكُمْ وَيَوْمَ الْقِيَامَةِ يَكْفُرُونَ بِشِرْكِكُمْ وَلَا يُنَبِّئُكَ مِثْلُ خَبِير {14}
Ularga duo qilsangiz, ular duolaringizni eshitmaydi. Eshitsalar ham sizlarga javob qaytarolmaydi va qiyomat kuni (ularni Allohga) sherik qilganingizni tan olishmaydi. Senga (bularni) har narsadan xabardor zotdek hech kim bildirmaydi.
35:15
يَا أَيُّهَا النَّاسُ أَنتُمُ الْفُقَرَاء إِلَى اللَّهِ وَاللَّهُ هُوَ الْغَنِيُّ الْحَمِيدُ {15}
Ey insonlar! Sizlar Allohga muhtojsiz. Alloh bexojatdir, olqishu maqtovga loyiqdir.
35:16
إِن يَشَأْ يُذْهِبْكُمْ وَيَأْتِ بِخَلْقٍ جَدِيدٍ {16}
Agar xohlasa, sizlarni ketkazib, (oʻrningizga) yang bir xalq keltirib qoʻyadi.
35:17
وَمَا ذَلِكَ عَلَى اللَّهِ بِعَزِيزٍ {17}
Bu narsa Allohga qiyin emas.
35:18
وَلَا تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ أُخْرَى وَإِن تَدْعُ مُثْقَلَةٌ إِلَى حِمْلِهَا لَا يُحْمَلْ مِنْهُ شَيْءٌ وَلَوْ كَانَ ذَا قُرْبَى إِنَّمَا تُنذِرُ الَّذِينَ يَخْشَوْنَ رَبَّهُم بِالغَيْبِ وَأَقَامُوا الصَّلَاةَ وَمَن تَزَكَّى فَإِنَّمَا يَتَزَكَّى لِنَفْسِهِ وَإِلَى اللَّهِ الْمَصِيرُ {18}
Hech bir gunohkor boshqasining gunohini oʻziga olmaydi. Gunohi ogʻir kishi uni koʻtargani chaqirsa, (chaqirilgan kishi) garchi uning qarindoshlari boʻlsa ham, undan hech narsani koʻtarmaydi. (Ey Muhammad!) Sen faqatgina, koʻrmasa ham yaratgan Egasidan andisha qilib qoʻrqadigan va namozni/diniy vazifalarni bajaradigan kimsalarni ogohlantira olasan[1778]. Kimki oʻzini pok tutsa, oʻz foydasiga poklangan boʻladi. qaytib borar joy Alloh huzuridir.
35:19
وَمَا يَسْتَوِي الْأَعْمَى وَالْبَصِيرُ {19}
Koʻr bilan koʻzi ochiq inson teng boʻlmaydi.
35:20
وَلَا الظُّلُمَاتُ وَلَا النُّورُ {20}
Zulmatlar bilan nur ham teng boʻlmaydi.
35:21
وَلَا الظِّلُّ وَلَا الْحَرُورُ {21}
Soya-salqinlik va jazirama issiqlik ham teng boʻlmaydi.
35:22
وَمَا يَسْتَوِي الْأَحْيَاء وَلَا الْأَمْوَاتُ إِنَّ اللَّهَ يُسْمِعُ مَن يَشَاء وَمَا أَنتَ بِمُسْمِعٍ مَّن فِي الْقُبُورِ {22}
Tiriklar va oʻliklar ham teng boʻlmaydi. Albatta, Alloh Oʻzi munosib bilganiga eshittiradi. Sen qabrdagilarga eshittira olmaysan.
35:23
إِنْ أَنتَ إِلَّا نَذِيرٌ {23}
Sen faqat ogohlantiruvchisan.
35:24
إِنَّا أَرْسَلْنَاكَ بِالْحَقِّ بَشِيرًا وَنَذِيرًا وَإِن مِّنْ أُمَّةٍ إِلَّا خلَا فِيهَا نَذِيرٌ24}
Seni haq (kitob) ila ham xushxabar beradigan, hamda ogohlantiradigan qilib yubordik. oʻtmishda ogohlantiruvchisi boʻlmagan birorta ham ummat yoʻq.
35:25
وَإِن يُكَذِّبُوكَ فَقَدْ كَذَّبَ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ جَاءتْهُمْ رُسُلُهُم بِالْبَيِّنَاتِ وَبِالزُّبُرِ وَبِالْكِتَابِ الْمُنِيرِ {25}
Agar seni yolgʻonchiga chiqarsalar, bilginki, sendan avvalgilar ham yolgʻonchiga chiqarilgan. Holbuki, elchilarimiz ularga aniq-ravshan dalillar/alomatlar, hikmatli kitoblar[1779] va (haqiqatni) yoritib beruvchi kitoblar bilan kelishgan.
35:26
ثُمَّ أَخَذْتُ الَّذِينَ كَفَرُوا فَكَيْفَ كَانَ نَكِيرِ {26}
Keyin, kofirlik qilganlarni jazoga tutdim. Inkorim/azobim qanday ekan?!
35:27
أَلَمْ تَرَ أَنَّ اللَّهَ أَنزَلَ مِنَ السَّمَاء مَاء فَأَخْرَجْنَا بِهِ ثَمَرَاتٍ مُّخْتَلِفًا أَلْوَانُهَا وَمِنَ الْجِبَالِ جُدَدٌ بِيضٌ وَحُمْرٌ مُّخْتَلِفٌ أَلْوَانُهَا وَغَرَابِيبُ سُودٌ {27}
Koʻrmadingmi?! Alloh osmondan yomgʻir yogʻdirib, u orqali turli rangdagi mevalar chiqardi[1780]. Yana, togʻlarda turli ranglarda oq, qizil va qop-qora yoʻllar (paydo qildi).
35:28
وَمِنَ النَّاسِ وَالدَّوَابِّ وَالْأَنْعَامِ مُخْتَلِفٌ أَلْوَانُهُ كَذَلِكَ إِنَّمَا يَخْشَى اللَّهَ مِنْ عِبَادِهِ الْعُلَمَاء إِنَّ اللَّهَ عَزِيزٌ غَفُورٌ {28}
Insonlar, jonivorlar va chorva hayvonlardan ham shuning kabi turli rangdagilari bor. Allohdan bandalari orasida faqat ilmli kishilar andisha qilib qoʻrqadi. Albatta, Alloh oʻz ishida gʻolibdir, juda kechirimlidir.
35:29
إِنَّ الَّذِينَ يَتْلُونَ كِتَابَ اللَّهِ وَأَقَامُوا الصَّلَاةَ وَأَنفَقُوا مِمَّا رَزَقْنَاهُمْ سِرًّا وَعَلَانِيَةً يَرْجُونَ تِجَارَةً لَّن تَبُورَ {29}
Albatta, Allohning kitobini tilovat qiladigan va (unda buyurilgan) vazifalarni/namozni bajaradigan va ularga rizq qilib bergan narsamizdan ham maxfiy hamda oshkor xayr-ehson qilgan kimsalar bitmas-tuganmas mukofot kutmoqdalar.
35:30
لِيُوَفِّيَهُمْ أُجُورَهُمْ وَيَزِيدَهُم مِّن فَضْلِهِ إِنَّهُ غَفُورٌ شَكُورٌ {30}
Ularning mukofotlarini toʻliq qilib berish hamda oliyjanoblik qilib koʻpaytirib berish uchun Alloh shunday qildi. Chunki, U juda kechirimlidir, shakurdir/yaxshilikni mukofotsiz qoldirmaydigandir.
35:31
وَالَّذِي أَوْحَيْنَا إِلَيْكَ مِنَ الْكِتَابِ هُوَ الْحَقُّ مُصَدِّقًا لِّمَا بَيْنَ يَدَيْهِ إِنَّ اللَّهَ بِعِبَادِهِ لَخَبِيرٌ بَصِيرٌ {31}
Senga vahiy qilganimiz ushbu kitob haqdir, oʻzidan avvalgi kitoblarni tasdiqlovchidir. Albatta, Alloh Oʻz bandalaridan xabardordir, koʻrib turuvchidir.
35:32
ثُمَّ أَوْرَثْنَا الْكِتَابَ الَّذِينَ اصْطَفَيْنَا مِنْ عِبَادِنَا فَمِنْهُمْ ظَالِمٌ لِّنَفْسِهِ وَمِنْهُم مُّقْتَصِدٌ وَمِنْهُمْ سَابِقٌ بِالْخَيْرَاتِ بِإِذْنِ اللَّهِ ذَلِكَ هُوَ الْفَضْلُ الْكَبِيرُ {32}
Keyin, ushbu kitobni bandalarimiz orasidan Oʻzimiz tanlab olganlarga meros qilib qoldiramiz[1781]. Ular orasida kimlardir oʻziga oʻzi zulm qiladi, kimlardir oʻrta hol boʻladi, kimlardir Allohning izni ila yaxshiliklarda oldinda boʻladi[1782]. Mana shu (yaxshiliklarda oldinda boʻlish) ulugʻ fazilatdir.
35:33
جَنَّاتُ عَدْنٍ يَدْخُلُونَهَا يُحَلَّوْنَ فِيهَا مِنْ أَسَاوِرَ مِن ذَهَبٍ وَلُؤْلُؤًا وَلِبَاسُهُمْ فِيهَا حَرِيرٌ {33}
Ular Adn bogʻlariga kiradi. U yerda oltin bilakuzuklar va taqinchoqlar bilan yasanadilar. Ularning u yerdagi kiyimlari ipak boʻladi.
35:34
وَقَالُوا الْحَمْدُ لِلَّهِ الَّذِي أَذْهَبَ عَنَّا الْحَزَنَ إِنَّ رَبَّنَا لَغَفُورٌ شَكُورٌ {34}
(Jannatda) shunday deydilar: «Bizdan qaygʻuni ketkazgan – Allohga olqish-u maqtovlar boʻlsin! Haqiqatda, yaratgan Egamiz juda kechirimlidir, yaxshi ishni mukofotsiz qoldirmaydigandir.
35:35
الَّذِي أَحَلَّنَا دَارَ الْمُقَامَةِ مِن فَضْلِهِ لَا يَمَسُّنَا فِيهَا نَصَبٌ وَلَا يَمَسُّنَا فِيهَا لُغُوبٌ {35}
U Oʻzining oliyjanobligi bilan bizni doimiy qoladigan diyorga joylab qoʻydi. Bu yerda bizga mashaqqat ham charchoq ham yetmaydi.»
35:36
وَالَّذِينَ كَفَرُوا لَهُمْ نَارُ جَهَنَّمَ لَا يُقْضَى عَلَيْهِمْ فَيَمُوتُوا وَلَا يُخَفَّفُ عَنْهُم مِّنْ عَذَابِهَا كَذَلِكَ نَجْزِي كُلَّ كَفُورٍ {36}
Kofirlik qilganlarga jahannam oʻti bor. Ularga oʻlish uchun hukm qilinmaydi va ulardan jahannam azobidan yengillatilmaydi. Har bir kofirlik qiluvchini shunday jazolaymiz
35:37
وَهُمْ يَصْطَرِخُونَ فِيهَا رَبَّنَا أَخْرِجْنَا نَعْمَلْ صَالِحًا غَيْرَ الَّذِي كُنَّا نَعْمَلُ أَوَلَمْ نُعَمِّرْكُم مَّا يَتَذَكَّرُ فِيهِ مَن تَذَكَّرَ وَجَاءكُمُ النَّذِيرُ فَذُوقُوا فَمَا لِلظَّالِمِينَ مِن نَّصِيرٍ {37}
Ular u yerda ovozini boricha: “Ey yaratgan Egamiz! Bizni chiqar, endi qilgan ishlarimizni emas, yaxshi ish qilamiz”, deb dod soladilar. (Ularga shunday deyiladi): “Axir sizlarga nasihat oladigan kishiga nasihat olgudek umr bermaganmidik?! Sizlarga ogohlantiruvchi ham kelgan! Endi azobni totinglar, haqsizlik qiluvchi-zolimlarga hech bir yordamchisi boʻlmaydi!”
35:38
إِنَّ اللَّهَ عَالِمُ غَيْبِ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ إِنَّهُ عَلِيمٌ بِذَاتِ الصُّدُورِ {38}
Albatta, Alloh osmonlar va yerdagi (borliqlarga bilinmagan) gʻayblarni biladi. U dillardagini (ham) biladi.
35:39
هُوَ الَّذِي جَعَلَكُمْ خَلَائِفَ فِي الْأَرْضِ فَمَن كَفَرَ فَعَلَيْهِ كُفْرُهُ وَلَا يَزِيدُ الْكَافِرِينَ كُفْرُهُمْ عِندَ رَبِّهِمْ إِلَّا مَقْتًا وَلَا يَزِيدُ الْكَافِرِينَ كُفْرُهُمْ إِلَّا خَسَارًا {39}
U sizlarni yerga xalifa (masʼul) qilib tayinladi. Kim kofirlik qilsa, kofirligi oʻz ziyoniga. Kofirlarning kuflari Robbi huzurida oʻzlariga faqatgina qahr-u gʻazab orttiradi, kofirlarning kufrlari oʻzlariga faqatgina ziyon orttiradi.
35:40
قُلْ أَرَأَيْتُمْ شُرَكَاءكُمُ الَّذِينَ تَدْعُونَ مِن دُونِ اللَّهِ أَرُونِي مَاذَا خَلَقُوا مِنَ الْأَرْضِ أَمْ لَهُمْ شِرْكٌ فِي السَّمَاوَاتِ أَمْ آتَيْنَاهُمْ كِتَابًا فَهُمْ عَلَى بَيِّنَةٍ مِّنْهُ بَلْ إِن يَعِدُ الظَّالِمُونَ بَعْضُهُم بَعْضًا إِلَّا غُرُورًا {40}
(Ey Muhammad!) Ayt: «Sizlar Allohdan boshqasiga duo qilayotgan sheriklaringizni bir oʻylab koʻrdingizmi? Yerdan nimani yaratib qoʻyishganini menga koʻrsatinglar, yoki ularni osmonlarda (yaratilishga oid) sherikligi bor ekanmi? Yoki Biz ularga (boshqa) bir kitob beribmiz-u, ular undan biron bir hujjatga egamikan?[1783] Aksincha, u zolimlar bir-biriga aldovdan boshqa narsa vaʼda qilmaydi.
35:41
إِنَّ اللَّهَ يُمْسِكُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ أَن تَزُولَا وَلَئِن زَالَتَا إِنْ أَمْسَكَهُمَا مِنْ أَحَدٍ مِّن بَعْدِهِ إِنَّهُ كَانَ حَلِيمًا غَفُورًا {41}
Albatta, osmonlar va yerni qulab ketishidan saqlab turgan Allohdir. Agar qulasalar, Undan keyin (Allohdan boshqa) hech kim ularni saqlab qololmaydi. Albatta, U yumshoq muomala qiluvchidir, juda kechirimlidir.
35:42
وَأَقْسَمُوا بِاللَّهِ جَهْدَ أَيْمَانِهِمْ لَئِن جَاءهُمْ نَذِيرٌ لَّيَكُونُنَّ أَهْدَى مِنْ إِحْدَى الْأُمَمِ فَلَمَّا جَاءهُمْ نَذِيرٌ مَّا زَادَهُمْ إِلَّا نُفُورًا {42}
Agar ularga bir ogohlantiruvchi kelsa, har qanday ummatdan koʻra toʻgʻri yoʻlda boʻlishi haqida jon-jahdi bilan Allohga qasam ichdilar[1784]. Ularga ogohlantiruvchi kelganida esa, ularni (haqdan) uzoqlashishini orttirdi.
35:43
اسْتِكْبَارًا فِي الْأَرْضِ وَمَكْرَ السَّيِّئِ وَلَا يَحِيقُ الْمَكْرُ السَّيِّئُ إِلَّا بِأَهْلِهِ فَهَلْ يَنظُرُونَ إِلَّا سُنَّتَ الْأَوَّلِينَ فَلَن تَجِدَ لِسُنَّتِ اللَّهِ تَبْدِيلًا وَلَن تَجِدَ لِسُنَّتِ اللَّهِ تَحْوِيلًا {43}
Yer yuzida oʻzlarini katta tutishlarini va (ogohlantiruvchiga nisbatan) yomon reja qurishni orttiradi. Yomon reja faqat oʻz egasiga qaytadi. Ular avvalgialrdagi (ijro etilgan) qonundan boshqa nima kutyapti?! Allohning qonunida aslo oʻzgartirish topolmaysan, Allohning qonunida aslo almashish topolmaysan.
35:44
أَوَلَمْ يَسِيرُوا فِي الْأَرْضِ فَيَنظُرُوا كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ وَكَانُوا أَشَدَّ مِنْهُمْ قُوَّةً وَمَا كَانَ اللَّهُ لِيُعْجِزَهُ مِن شَيْءٍ فِي السَّمَاوَاتِ وَلَا فِي الْأَرْضِ إِنَّهُ كَانَ عَلِيمًا قَدِيرًا {44}
Oʻzlaridan avvalgilarning oqibati qanday boʻlganini koʻrish uchun, yer yuzida hech sayr qilmadilarmi? Na aosmonlarda va na yerda Allohni ojiz qoldiradigan hech narsa yoʻq. Albatta U biluvchidir, oʻlchov belgilovchidir.
35:45
وَلَوْ يُؤَاخِذُ اللَّهُ النَّاسَ بِمَا كَسَبُوا مَا تَرَكَ عَلَى ظَهْرِهَا مِن دَابَّةٍ وَلَكِن يُؤَخِّرُهُمْ إِلَى أَجَلٍ مُّسَمًّى فَإِذَا جَاء أَجَلُهُمْ فَإِنَّ اللَّهَ كَانَ بِعِبَادِهِ بَصِيرًا {45}
Agar Alloh insonlarni qilmishi sababli (darhol) hisobga tutsa edi, yerni tepasida birorta ham jonli qoldirmagan boʻlardi. Biroq, ularni (hisob-kitobini) belgilangan muddatgach kechiktiryapti[1785]. Muddati kelgacha (qilmishiga yarasha muomala qiladi). Albatta, Alloh qullarini koʻrib turadi.
- YASIN surasi[1786]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
36:1
يس {1}
Ya! Sin![1787]
36:2
وَالْقُرْآنِ الْحَكِيمِ {2}
Hikmat toʻla Qurʼonga qasamki,
36:3
إِنَّكَ لَمِنَ الْمُرْسَلِينَ {3}
(Ey Muhammad!) albatta, sen (Men yuborgan) elchilardan birisan.
36:4
عَلَى صِرَاطٍ مُّسْتَقِيمٍ {4}
Toʻgʻri yoʻldasan.
36:5
تَنزِيلَ الْعَزِيزِ الرَّحِيمِ {5}
(Qurʼon) gʻolib va mehribon zot tarafidan yuborildi.
36:6
لِتُنذِرَ قَوْمًا مَّا أُنذِرَ آبَاؤُهُمْ فَهُمْ غَافِلُونَ {6}
Ota-bobolari ogohlantirilmay gʻaflatda qolgan qavmni ogohlantirishing uchun (yuborildi).
36:7
لَقَدْ حَقَّ الْقَوْلُ عَلَى أَكْثَرِهِمْ فَهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ {7}
Shubhasizki, ularning koʻpchiligiga shu soʻz (Allohning kitobi) haq ekani ayon boʻldi[1788], ular esa (Qurʼonga) ishonmayapti.
36:8
إِنَّا جَعَلْنَا فِي أَعْنَاقِهِمْ أَغْلاَلاً فَهِيَ إِلَى الأَذْقَانِ فَهُم مُّقْمَحُونَ {8}
(Ishonmagani uchun) ularning boʻyinlariga–iyaklariga qadalib turadigan kishanlar taqib qoʻyamiz, gʻoʻdayib qolishadi[1789].
36:9
وَجَعَلْنَا مِن بَيْنِ أَيْدِيهِمْ سَدًّا وَمِنْ خَلْفِهِمْ سَدًّا فَأَغْشَيْنَاهُمْ فَهُمْ لاَ يُبْصِرُونَ {9}
Ularni oldilaridan ham bitta toʻsiq, orqalaridan ham bitta toʻsiq qilib, ularni oʻrab qoʻyamiz, koʻrolmay qoladilar[1790].
36:10.
وَسَوَاء عَلَيْهِمْ أَأَنذَرْتَهُمْ أَمْ لَمْ تُنذِرْهُمْ لاَ يُؤْمِنُونَ {10}
Ularni ogohlantirganing ham, ogohlantirmaganing ham ularga birdek – (baribir) ishonmaydi.
36:11
إِنَّمَا تُنذِرُ مَنِ اتَّبَعَ الذِّكْرَ وَخَشِيَ الرَّحْمَن بِالْغَيْبِ فَبَشِّرْهُ بِمَغْفِرَةٍ وَأَجْرٍ كَرِيمٍ {11}
Sen faqat zikr-Qurʼonga ergashgan va (unda bildirilgan) gʻayb sababli[1791] Rahmondan qoʻrqadigan kishini ogohlantira olasan[1792]. Sen oʻshanday kishiga, gunohlari kechirilishini va yaxshi mukofotni xushxabarini ber.
36:12
إِنَّا نَحْنُ نُحْيِي الْمَوْتَى وَنَكْتُبُ مَا قَدَّمُوا وَآثَارَهُمْ وَكُلَّ شَيْءٍ أحْصَيْنَاهُ فِي إِمَامٍ مُبِينٍ {12}
Albatta, oʻliklarni Biz tiriltiramiz. Ularning oʻzlari qilgan ishlarini ham, ortda qoldirgan narsalarini[1793] ham yozib qoʻyyapmiz. Hamma narsani ochiq-ravshan kitobda[1794] bir-ma bir toʻplab qoʻyyapmiz.
36:13
وَاضْرِبْ لَهُم مَّثَلاً أَصْحَابَ الْقَرْيَةِ إِذْ جَاءهَا الْمُرْسَلُونَ {13}
Ularga (oʻsha maʼlum) qishloqning misol qilib ber. Bir kuni ularga elchilar[1795] keldi.
36:14
إِذْ أَرْسَلْنَا إِلَيْهِمُ اثْنَيْنِ فَكَذَّبُوهُمَا فَعَزَّزْنَا بِثَالِثٍ فَقَالُوا إِنَّا إِلَيْكُم مُّرْسَلُونَ {14}
Oʻshanda ularga ikkitasini yuborgandik, ikkalasini ham yolgʻonchiga chiqarishdi. Keyin u ikkalasini uchinchi (elchi) bilan ularni qoʻllab-quvvatladik. “Albatta, biz sizlarga yuborilgan elchilarimiz”, dedilar.
36:15
قَالُوا مَا أَنتُمْ إِلاَّ بَشَرٌ مِّثْلُنَا وَمَا أَنزَلَ الرَّحْمن مِن شَيْءٍ إِنْ أَنتُمْ إِلاَّ تَكْذِبُونَ {15}
Qishloq ahli esa: “Sizlar biz bilan bir xil odamsiz, xolos. Rahmon hech narsa nozil qilmagan. Sizlar faqat yolgʻon gapiryapsizlar”, dedilar.
36:16
قَالُوا رَبُّنَا يَعْلَمُ إِنَّا إِلَيْكُمْ لَمُرْسَلُونَ {16}
Elchilar shunday degan: “Biz haqiqatda sizlarga yuborilgan elchi ekanimizni Robbimiz biladi”, dedilar.
36:17
وَمَا عَلَيْنَا إِلاَّ الْبَلاَغُ الْمُبِينُ {17}
Bizni zimmamizga ochiqcha yetkazib qoʻyishdan boshqa narsa yuklatilmagan.»
36:18
قَالُوا إِنَّا تَطَيَّرْنَا بِكُمْ لَئِن لَّمْ تَنتَهُوا لَنَرْجُمَنَّكُمْ وَلَيَمَسَّنَّكُم مِّنَّا عَذَابٌ أَلِيمٌ {18}
Qishloq aholisi: “Biz sizlardan shumlandik. Agar (daʼvatni) toʻxtatmasanglar, sizlarni aniq «toshboʻron” qilamiz, bizdan sizga alamli azob tegadi», dedilar.
36:19
قَالُوا طَائِرُكُمْ مَعَكُمْ أَئِن ذُكِّرْتُم بَلْ أَنتُمْ قَوْمٌ مُّسْرِفُونَ {19}
Qishloq aholisi: «Shumlanishingiz oʻzingiz bilan. Sizlarga nasihat qilingani uchun shunday boʻldingizmi? Yoʻq, aslida, siz oʻzingiz haddan oshuvchi qavmsiz.»
36:20
وَجَاء مِنْ أَقْصَى الْمَدِينَةِ رَجُلٌ يَسْعَى قَالَ يَا قَوْمِ اتَّبِعُوا الْمُرْسَلِينَ {20}
Bir kishi shahar chekkasidan shoshib kelib shunday dedi: «Ey qavmim! Elchilarga ergashinglar.
36:21
اتَّبِعُوا مَن لاَّ يَسْأَلُكُمْ أَجْرًا وَهُم مُّهْتَدُونَ {21}
(Qilgan daʼvati uchun) sizdan haq soʻramaydiganlarga ergashinglar. Ular toʻgʻri yoʻldalar
36:22.
وَمَا لِي لاَ أَعْبُدُ الَّذِي فَطَرَنِي وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ {22}
Meni yaratganga ibodat qilmaslikka meni haqqim yoʻq! Sizlar Unga qaytarilasiz.
36:23
أَأَتَّخِذُ مِن دُونِهِ آلِهَةً إِن يُرِدْنِ الرَّحْمَن بِضُرٍّ لاَّتُغْنِ عَنِّي شَفَاعَتُهُمْ شَيْئًا وَلاَ يُنقِذُونِ {23}
Alloh ila oramga (uydirma) “ilohlar qoʻyib olaymi?! Agar Rahmon menga yomonlik qilishni xohlasa, (uydirma) «ilohlarning” yordamlari menga hech narsada asqatmaydi, ular meni qutqarib qololmaydi.
36:24
إِنِّي إِذًا لَّفِي ضَلاَلٍ مُّبِينٍ {24}
Agar unday qilsam, men aniq bir zalolatda boʻlaman.
36:25
إِنِّي آمَنتُ بِرَبِّكُمْ فَاسْمَعُونِ {25}
Men sizlarni yaratgan Egangizga ishonib-suyandim. Endi, menga quloq solinglar!.»
36:26
قِيلَ ادْخُلِ الْجَنَّةَ قَالَ يَا لَيْتَ قَوْمِي يَعْلَمُونَ {26}
(Oʻlim onida unga): “Jannatga kir”, deyildi[1796]. U Shunday dedi: «Qaniydi qavmim bilganida.
36:27
بِمَا غَفَرَ لِي رَبِّي وَجَعَلَنِي مِنَ الْمُكْرَمِينَ {27}
Robbim meni kechirishini va meni hurmatli bandalaridan qilishini.»
36:28
وَمَا أَنزَلْنَا عَلَى قَوْمِهِ مِن بَعْدِهِ مِنْ جُندٍ مِّنَ السَّمَاء وَمَا كُنَّا مُنزِلِينَ {28}
Undan keyin qavmiga (jazolash uchun) osmondan qoʻshin tushirmadik, tushirmaymiz ham.
36:29
إِن كَانَتْ إِلاَّ صَيْحَةً وَاحِدَةً فَإِذَا هُمْ خَامِدُونَ {29}
(Ularning jazosi) faqat bitta dahshatli tovush boʻldi, xolos. Shu bilan ular “oʻchib”[1797] qoldi.
36:30
يَا حَسْرَةً عَلَى الْعِبَادِ مَا يَأْتِيهِم مِّن رَّسُولٍ إِلاَّ كَانُوا بِهِ يَسْتَهْزِؤُون {30}
Unday bandalarning holiga voy! Ularga kelgan har bir elchini faqat masxara qilishgan.
36:31
أَلَمْ يَرَوْا كَمْ أَهْلَكْنَا قَبْلَهُم مِّنْ الْقُرُونِ أَنَّهُمْ إِلَيْهِمْ لاَ يَرْجِعُونَ {31}
Nahot koʻrmagan boʻlsalar?! Axir Biz ulardan oldin qancha-dan qancha nasllarni halok qildik, ular bularning yoniga qaytib kelolmaydi.
36:32
وَإِن كُلٌّ لَّمَّا جَمِيعٌ لَّدَيْنَا مُحْضَرُونَ {32}
Ularning barchasi huzurimizga toʻplanib keltiriladi.
36:33
وَآيَةٌ لَّهُمُ الْأَرْضُ الْمَيْتَةُ أَحْيَيْنَاهَا وَأَخْرَجْنَا مِنْهَا حَبًّا فَمِنْهُ يَأْكُلُونَ {33}
Harakatdan toʻxtagan-oʻlik yer ular uchun (yaratuvchi borligiga) bir belgidir. Uni Biz tiriltiramiz, undan don-urugʻni Biz undirib chiqaramiz, keyin ular uni isteʼmol qiladilar.
36:34
وَجَعَلْنَا فِيهَا جَنَّاتٍ مِن نَّخِيلٍ وَأَعْنَابٍ وَفَجَّرْنَا فِيهَا مِنْ الْعُيُونِ {34}
Yerda xurmozor va uzumzor bogʻlar paydo qildik va unda buloqlar oqizib qoʻydik.
36:35
لِيَأْكُلُوا مِن ثَمَرِهِ وَمَا عَمِلَتْهُ أَيْدِيهِمْ أَفَلَا يَشْكُرُونَ {35}
Ular uning mahsulotlaridan va oʻz qoʻllari bilan yetishtirgan narsalardan isteʼmol qilishi uchun (shunday qildik). Nahot qadriga yetmasangiz?!
36:36
سُبْحَانَ الَّذِي خَلَقَ الْأَزْوَاجَ كُلَّهَا مِمَّا تُنبِتُ الْأَرْضُ وَمِنْ أَنفُسِهِمْ وَمِمَّا لَا يَعْلَمُونَ {36}
Yer undiradigan narsalardan, ularning oʻzlaridan va ular bilmaydigan narsalardan har birini juft-juft qilib yaratgan Alloh pok zotdir!
36:37
وَآيَةٌ لَّهُمْ اللَّيْلُ نَسْلَخُ مِنْهُ النَّهَارَ فَإِذَا هُم مُّظْلِمُونَ {37}
Tun ham ular uchun (yaratuvchi borligiga) bir belgidir – undan kunduzni sugʻurib olyapmiz, shunda ular qorongʻilikda qolyapti.
36:38
وَالشَّمْسُ تَجْرِي لِمُسْتَقَرٍّ لَّهَا ذَلِكَ تَقْدِيرُ الْعَزِيزِ الْعَلِيمِ {38}
Quyosh oʻz orbitasida suzib bormoqda. Bu Oʻz ishida gʻolib va (hamma narsani) biluvchi zotning belgilab-oʻlchashidir.
36:39
وَالْقَمَرَ قَدَّرْنَاهُ مَنَازِلَ حَتَّى عَادَ كَالْعُرْجُونِ الْقَدِيمِ {39}
Oyga ham turli manzillar belgiladik, toki (oyning manzillari) eski/qiyshayib qolgan xurmo novdasidek boʻladi.
36:40
لَا الشَّمْسُ يَنبَغِي لَهَا أَن تُدْرِكَ الْقَمَرَ وَلَا اللَّيْلُ سَابِقُ النَّهَارِ وَكُلٌّ فِي فَلَكٍ يَسْبَحُونَ {40}
Quyosh oyga yetolmaydi, tun kunduzdan (oldinga) oʻtib ketolmaydi. Har biri maxsus orbitada suzib bormoqda.
36:41
وَآيَةٌ لَّهُمْ أَنَّا حَمَلْنَا ذُرِّيَّتَهُمْ فِي الْفُلْكِ الْمَشْحُونِ {41}
Ularning nasllarini toʻldirilgan kemada tashitishimiz ham ular uchun (yaratuvchi borligiga) bir belgidir.
36:42
وَخَلَقْنَا لَهُم مِّن مِّثْلِهِ مَا يَرْكَبُونَ {42}
Ular uchun kemaga oʻxshagan, uni minib yuradigan (boshqa) narsalar yaratib berdik.
36:43
وَإِن نَّشَأْ نُغْرِقْهُمْ فَلَا صَرِيخَ لَهُمْ وَلَا هُمْ يُنقَذُونَ {43}
Agar choʻktirib yuborishni ravo koʻrsak choʻktirib yuboramiz. Shunda ularning dod-faryodiga yetuvchi boʻlmaydi, ular qutqarib qolinmaydi.
36:44
إِلَّا رَحْمَةً مِّنَّا وَمَتَاعًا إِلَى حِينٍ {44}
Faqatgina Bizning yaxshiligimiz sababli hamda, bir muddat (hayotdan) bahramand qilish sababli (qutqarib qolinadilar).
36:45
وَإِذَا قِيلَ لَهُمُ اتَّقُوا مَا بَيْنَ أَيْدِيكُمْ وَمَا خَلْفَكُمْ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ {45}
Ularga: “Sizga rahm qilinishi uchun kelajak va oʻtmishingizdan javob bebrishni his qilib yashang”, deyilganida.
36:46
وَمَا تَأْتِيهِم مِّنْ آيَةٍ مِّنْ آيَاتِ رَبِّهِمْ إِلَّا كَانُوا عَنْهَا مُعْرِضِينَ {46}
Yana yaratgan Egasining oyatlaridan biron bir oyat kelganida, ular undan faqat yuz oʻgiradilar.
36:47
وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ أَنفِقُوا مِمَّا رَزَقَكُمْ اللَّهُ قَالَ الَّذِينَ كَفَرُوا لِلَّذِينَ آمَنُوا أَنُطْعِمُ مَن لَّوْ يَشَاء اللَّهُ أَطْعَمَهُ إِنْ أَنتُمْ إِلَّا فِي ضَلَالٍ مُّبِينٍ {47}
Yana ularga: “Allohni sizga rizq qilib berganidan xayr-ehson qilinglar”, deyilganida, kofirlik qilganlar shunday deydi: “Agar Alloh ravo koʻrganida, Uning Oʻzi yedirib-ichiradigan kishilarga biz yedirib-ichiramizmi? Sizlar aniq zalolatdasiz.”
36:48
وَيَقُولُونَ مَتَى هَذَا الْوَعْدُ إِن كُنتُمْ صَادِقِينَ {48}
Yana: “Agar rostgoʻy boʻlsangiz (aytinglar-chi), bu vaʼda qachon amalga oshadi?”, deyishadi.
36:49
مَا يَنظُرُونَ إِلَّا صَيْحَةً وَاحِدَةً تَأْخُذُهُمْ وَهُمْ يَخِصِّمُونَ {49}
Ular faqat birgina dahshatli tovushni kutyapti[1798], u ularni janjallashib turganida oladi.
36:50
فَلَا يَسْتَطِيعُونَ تَوْصِيَةً وَلَا إِلَى أَهْلِهِمْ يَرْجِعُونَ {50}
Shunda ularni na birovga vasiyat qilishga va na oilasiga qaytishga kuchi yetmaydi[1799].
36:51
وَنُفِخَ فِي الصُّورِ فَإِذَا هُم مِّنَ الْأَجْدَاثِ إِلَى رَبِّهِمْ يَنسِلُونَ {51}
Sur chalinadi. Oʻshanda ular yaratgan Egasi (hukmi)ga qabrlaridan ajrab chiqadilar[1800].
36:52
قَالُوا يَا وَيْلَنَا مَن بَعَثَنَا مِن مَّرْقَدِنَا هَذَا مَا وَعَدَ الرَّحْمَنُ وَصَدَقَ الْمُرْسَلُونَ {52}
Ular: “Holimizga voy! Uxlab yotgan oʻrnimizdan bizni kim qoʻzgʻatdi?”, deb qoladi[1801]. “Bu Rahmon vaʼda qilgan narsadir. Demak, elchilar toʻgʻri gapirgan ekan”, (deyiladi).
36:53
إِن كَانَتْ إِلَّا صَيْحَةً وَاحِدَةً فَإِذَا هُمْ جَمِيعٌ لَّدَيْنَا مُحْضَرُونَ {53}
Boʻlgan narsa bitta dahshatli ovozdan iborat boʻladi. Oʻshanda, ularning barchasi toʻplanib huzurimizga keltiriladi.
36:54
فَالْيَوْمَ لَا تُظْلَمُ نَفْسٌ شَيْئًا وَلَا تُجْزَوْنَ إِلَّا مَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ {54}
Oʻsha kuni hech kimga hech narsada haqsizlik qilinmaydi. Sizlarga faqatgina oʻz qilmishlaringizning jazo yoki mukofoti beriladi[1802].
36:55
إِنَّ أَصْحَابَ الْجَنَّةِ الْيَوْمَ فِي شُغُلٍ فَاكِهُونَ {55}
Albatta, jannat ahli u kunda zavq-u shavq bilan mashgʻul boʻladilar.
36:56
هُمْ وَأَزْوَاجُهُمْ فِي ظِلَالٍ عَلَى الْأَرَائِكِ مُتَّكِؤُونَ {56}
Oʻzlari ham, juftlari ham soyaliklarda, soʻrilarda suyanib oʻtiradilar.
36:57
لَهُمْ فِيهَا فَاكِهَةٌ وَلَهُم مَّا يَدَّعُونَ {57}
Jannatda ularga mevalar va orzu qilgan narsalari bor.
36:58
سَلَامٌ قَوْلًا مِن رَّبٍّ رَّحِيمٍ {58}
Mehribon Robb tarafidan ularga: “Salom”[1803] soʻzi aytiladi.
36:59
وَامْتَازُوا الْيَوْمَ أَيُّهَا الْمُجْرِمُونَ {59}
(Jinoyatchilarga shunday deyiladi): «Ey jinoyatchilar! Bugun (yaxshilardan) ajralinglar!
36:60
أَلَمْ أَعْهَدْ إِلَيْكُمْ يَا بَنِي آدَمَ أَن لَّا تَعْبُدُوا الشَّيْطَانَ إِنَّهُ لَكُمْ عَدُوٌّ مُّبِينٌ {60}
Men sizlardan: «Ey Odam bolalari! Shaytonni aytganini qilmang[1804], u sizlarga aniq dushmandir», deb ahd olmaganmidim?!
36:61
وَأَنْ اعْبُدُونِي هَذَا صِرَاطٌ مُّسْتَقِيمٌ {61}
Mening buyruqlarimni bajaringlar, mana shu toʻgʻri yoʻl, demaganmidim?!
36:62
وَلَقَدْ أَضَلَّ مِنكُمْ جِبِلًّا كَثِيرًا أَفَلَمْ تَكُونُوا تَعْقِلُونَ {62}
Haqiqatda, shayton sizlardan koʻplab nasllarni adashtirib yubordi. Aqlingizni ishlatmadingizmi?!
36:63
هَذِهِ جَهَنَّمُ الَّتِي كُنتُمْ تُوعَدُونَ {63}
Sizlarga vaʼda qilingan jahannam mana shu!
36:64
اصْلَوْهَا الْيَوْمَ بِمَا كُنتُمْ تَكْفُرُونَ {64}
Qilgan kofirligingiz/nonkoʻrligingiz uchun, bugun bu yerga kiringlar!»
36:65
الْيَوْمَ نَخْتِمُ عَلَى أَفْوَاهِهِمْ وَتُكَلِّمُنَا أَيْدِيهِمْ وَتَشْهَدُ أَرْجُلُهُمْ بِمَا كَانُوا يَكْسِبُونَ {65}
Oʻsha kuni ularning ogʻzilarini “muhrlab”[1805] qoʻyamiz. (Qilmishlarini) Bizga ularning qoʻllari aytib beradi. Qilgan ishlaridan ularning oyoqlari guvohlik beradi.
36:66
وَلَوْ نَشَاء لَطَمَسْنَا عَلَى أَعْيُنِهِمْ فَاسْتَبَقُوا الصِّرَاطَ فَأَنَّى يُبْصِرُونَ {66}
Agar xohlasak, koʻzlarini toʻsib qoʻyardik. Shunda, yoʻlga shoshilib qolishar edi. Lekin, unday qilsak qayerdan koʻrardilar?![1806]
36:67
وَلَوْ نَشَاء لَمَسَخْنَاهُمْ عَلَى مَكَانَتِهِمْ فَمَا اسْتَطَاعُوا مُضِيًّا وَلَا يَرْجِعُونَ {67}
Agar xohlasak, turgan joylarida qotirib qoʻyardik. Shunda ular (haq yoʻlda) oldinga ham yurolmasdi, ortga ham qaytolmasdi.
36:68
وَمَنْ نُعَمِّرْهُ نُنَكِّسْهُ فِي الْخَلْقِ أَفَلَا يَعْقِلُونَ {68}
Kimga uzoq umr bersak, uni xilqatini (yoshlikdagi holatiga) oʻzgartirib qoʻyamiz[1807]. Aql ishlatmaydilarmi?!
36:69
وَمَا عَلَّمْنَاهُ الشِّعْرَ وَمَا يَنبَغِي لَهُ إِنْ هُوَ إِلَّا ذِكْرٌ وَقُرْآنٌ مُّبِينٌ {69}
Muhammadga sheʼr oʻrgatmadik, unga keragi ham yoʻq[1808]. Unga vahiy qilingan narsa faqat nasihat (eslatma) va ochiq-oydin Qurʼondir.
36:70
لِيُنذِرَ مَن كَانَ حَيًّا وَيَحِقَّ الْقَوْلُ عَلَى الْكَافِرِينَ {70}
(Qurʼon jamiki) tiriklarni ogohlantirish uchun, (unga) ishonmagan-kofirlarga nisbatan aytilgan oʻsha soʻz[1809] haq ekani ayon boʻlishi uchun (yuborilgan)dir.
36:71
أَوَلَمْ يَرَوْا أَنَّا خَلَقْنَا لَهُمْ مِمَّا عَمِلَتْ أَيْدِينَا أَنْعَامًا فَهُمْ لَهَا مَالِكُونَ {71}
Axir, chorva hayvonlarni ular uchun Oʻz “qoʻllarimiz amali”[1810] bilan (yoʻqdan bor qilib) yaratib berganimizni koʻrmabdilarmi?! Mana shu yoʻsinda ular oʻsha hayvonlarga egadorlik qilyapti.
36:72
وَذَلَّلْنَاهَا لَهُمْ فَمِنْهَا رَكُوبُهُمْ وَمِنْهَا يَأْكُلُونَ {72}
Oʻsha hayvonlarni ularga Biz boʻysundirib berdik – ulardan oʻzlarining ulovlari ham bor, ulardan yoydilar ham[1811].
36:73
وَلَهُمْ فِيهَا مَنَافِعُ وَمَشَارِبُ أَفَلَا يَشْكُرُونَ {73}
Ular uchun hayvonlarda (boshqa) manfaatlar va ichimliklar. Nahot qadriga yetmasangiz?!
36:74
وَاتَّخَذُوا مِن دُونِ اللَّهِ آلِهَةً لَعَلَّهُمْ يُنصَرُونَ {74}
(Shukr qilish oʻrniga) balki oʻzlariga yordam qilinar deb, Allohdan boshqa «ilohlar» toʻqib oldilar.
36:75
لَا يَسْتَطِيعُونَ نَصْرَهُمْ وَهُمْ لَهُمْ جُندٌ مُّحْضَرُونَ {75}
Uydirma ilohlari ularga yordam berolmaydi. Ularning oʻzlari uydirma ilohlarining (xizmatiga) hozir qoʻshinlaridir[1812].
36:76
فَلَا يَحْزُنكَ قَوْلُهُمْ إِنَّا نَعْلَمُ مَا يُسِرُّونَ وَمَا يُعْلِنُونَ {76}
(Ey Muhammad!) ularning soʻzlari seni gʻamga solmasin! Biz ularni nimani yashirayotganini ham, nimani oshkor qilayotganini ham bilamiz.
36:77
أَوَلَمْ يَرَ الْإِنسَانُ أَنَّا خَلَقْنَاهُ مِن نُّطْفَةٍ فَإِذَا هُوَ خَصِيمٌ مُّبِينٌ {77}
Axir, Biz uni urugʻlantirilgan tuxumdan yaratganimizni koʻrmadimi?! Endi esa, u (Bizga qarshi) ochiqcha xusumatchi boʻlib oldi.
36:78
وَضَرَبَ لَنَا مَثَلًا وَنَسِيَ خَلْقَهُ قَالَ مَنْ يُحْيِي الْعِظَامَ وَهِيَ رَمِيمٌ {78}
Oʻzini yaratishini unutib, “Chirigan suyaklarni kim tiriltiradi?”, deb, Bizga misol keltirdi.
36:79
قُلْ يُحْيِيهَا الَّذِي أَنشَأَهَا أَوَّلَ مَرَّةٍ وَهُوَ بِكُلِّ خَلْقٍ عَلِيمٌ {79}
Ayt: «Ularni ilk marotaba yaratgan zot tiriltiradi. U har turli yaratishni biladi.
36:80
الَّذِي جَعَلَ لَكُم مِّنَ الشَّجَرِ الْأَخْضَرِ نَارًا فَإِذَا أَنتُم مِّنْهُ تُوقِدُونَ {80}
U sizlar uchun yashil daraxtdan otash paydo qilib berdi. Endilikda, sizlar undan oʻt yoqyapsizlar.
36:81
أَوَلَيْسَ الَّذِي خَلَقَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ بِقَادِرٍ عَلَى أَنْ يَخْلُقَ مِثْلَهُم بَلَى وَهُوَ الْخَلَّاقُ الْعَلِيمُ {81}
Osmonlar va yerni yaratgan zot, ularning oʻxshashini yaratishga oʻlchov qoʻymagan ekanmi?! Albatta qoʻygan. U yaratuvchidir, biluvchidir.
36:82
إِنَّمَا أَمْرُهُ إِذَا أَرَادَ شَيْئًا أَنْ يَقُولَ لَهُ كُنْ فَيَكُونُ {82}
U biror narsani paydo qilishni xohlaganida, Uning qiladigan ishi faqatgina unga: “Boʻl!”, deyishidir. Shu bilan u (paydo) boʻlaveradi.
36:83
فَسُبْحَانَ الَّذِي بِيَدِهِ مَلَكُوتُ كُلِّ شَيْءٍ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ {83}
Shunday ekan, hamma narsaning hukmronligi/egadorligi Oʻz “qoʻlida” boʻlgan zot pokdir! Sizlar Unga qaytarilasizlar.
- SOFFAT surasi[1813]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
37:1
وَالصَّافَّاتِ صَفًّا {1}
Ont boʻlsin (Alloh uchun) saf tortib turuvchilarga,
37:2
فَالزَّاجِرَاتِ زَجْرًا {2}
(Yomonliklarga) mudom qarshi chiquvchilarga,
37:3
فَالتَّالِيَاتِ ذِكْرًا {3}
Zikr (Qurʼon) tilovat qiluvchilargaki,
37:4
إِنَّ إِلَهَكُمْ لَوَاحِدٌ {4}
Albatta, Ilohingiz yagonadir.
37:5
رَبُّ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا وَرَبُّ الْمَشَارِقِ {5}
U osmonlarni, yerni, u ikkalasi orasidagilarni va quyosh botish nuqtalarini[1814] (yaratgan) egasidir.
37:6
إِنَّا زَيَّنَّا السَّمَاء الدُّنْيَا بِزِينَةٍ الْكَوَاكِبِ {6}
Biz dunyo osmonini sayyoralar ziynati ila bezadik.
37:7
وَحِفْظًا مِّن كُلِّ شَيْطَانٍ مَّارِدٍ {7}
Va har turli isyonkor/bexayr shaytondan/kohindan saqladik.
37:8
لَا يَسَّمَّعُونَ إِلَى الْمَلَإِ الْأَعْلَى وَيُقْذَفُونَ مِن كُلِّ جَانِبٍ {8}
Ular Malai Aʼlodan[1815] (biror narsa) eshitmayapti. Ular har taraflama badnom boʻlmoqda.
37:9
دُحُورًا وَلَهُمْ عَذَابٌ وَاصِبٌ {9}
(Ularga dunyoviy azob) quvgʻin/magʻlubiyatdir! Ularga (oxiratda) davomli azob bor.
37:10
إِلَّا مَنْ خَطِفَ الْخَطْفَةَ فَأَتْبَعَهُ شِهَابٌ ثَاقِبٌ {10}
Biroq, kim (ilohiy sirlardan) biror narsa oʻgʻirlikcha eshitib olganini daʼvo qilsa/urinsa lovullagan otash uni taʼqib etsin![1816].
37:11
فَاسْتَفْتِهِمْ أَهُمْ أَشَدُّ خَلْقًا أَم مَّنْ خَلَقْنَا إِنَّا خَلَقْنَاهُم مِّن طِينٍ لَّازِبٍ {11}
Endi ulardan soʻra-chi, ularni yaratish qiyinroqmi yoki Biz yaratganlarnimi? Albatta, Biz ularni (ilk boshqa) yopishqoq loydan yaratganmiz.
37:12
بَلْ عَجِبْتَ وَيَسْخَرُونَ {12}
Aslida, sen xayratlanding, ular esa masxara qilyapti.
37:13
وَإِذَا ذُكِّرُوا لَا يَذْكُرُونَ {13}
Ularga nasihat qilinganida nasihat omayapti.
37:14
وَإِذَا رَأَوْا آيَةً يَسْتَسْخِرُونَ {14}
Biror alomat/ibrat koʻrishganida masxara qilyapti.
37:15
وَقَالُوا إِنْ هَذَا إِلَّا سِحْرٌ مُّبِينٌ {15}
Yana aytdilarki: «Bu ochiq-oydin sehrdan boshqa narsa emas.
37:16
أَئِذَا مِتْنَا وَكُنَّا تُرَابًا وَعِظَامًا أَئِنَّا لَمَبْعُوثُونَ {16}
Oʻlib, tuproq va suyakka aylanib ketib, biz qayta tiriltirilamizmi?
37:17
أَوَآبَاؤُنَا الْأَوَّلُونَ {17}
Avvalgi ota-bobolarimiz hammi?»
37:18
قُلْ نَعَمْ وَأَنتُمْ دَاخِرُونَ {18}
“Ha, yana xorlangan holda (tirilasizlar)”, deb ayt.
37:19
فَإِنَّمَا هِيَ زَجْرَةٌ وَاحِدَةٌ فَإِذَا هُمْ يَنظُرُونَ {19}
U (qayta tirilish) faqat qoʻrqinchli bir qichqiriqdan iboratdir; shunda (yon-atrofga) qarab qoladilar.
37:20
وَقَالُوا يَا وَيْلَنَا هَذَا يَوْمُ الدِّينِ {20}
(Kofirlar): “Holimizga voy! Axir bu jazo kuni-ku!”, deb qoladilar.
37:21
هَذَا يَوْمُ الْفَصْلِ الَّذِي كُنتُمْ بِهِ تُكَذِّبُونَ {21}
(Kofirlarga shunday deyiladi): “Bu sizlar yolgʻonga chiqargan ajrim kunidir.”
37:22
احْشُرُوا الَّذِينَ ظَلَمُوا وَأَزْوَاجَهُمْ وَمَا كَانُوا يَعْبُدُونَ {22}
Zulm qilganlarni[1817], ularning yor-birodarlarini va sigʻingan narsalarini ham toʻplanglar,
37:23
{23} مِن دُونِ اللَّهِ فَاهْدُوهُمْ إِلَى صِرَاطِ الْجَحِيمِ
Allohdan boshqaga (sigʻinganlarini), ularni jahannam yoʻliga boshlanglar.
37:24
وَقِفُوهُمْ إِنَّهُم مَّسْئُولُونَ {24}
Ularni toʻxtatib turinglar! Chunki, ular soʻroq qilinadi» (deyiladi).
37:25
مَا لَكُمْ لَا تَنَاصَرُونَ {25}
“Nima uchun bir-biringizga yordam bermayapsizlar?!” (deb soʻraladi)
37:26
بَلْ هُمُ الْيَوْمَ مُسْتَسْلِمُونَ {26}
Yoʻq, ular bu kuni taslim boʻladi.
37:27
وَأَقْبَلَ بَعْضُهُمْ عَلَى بَعْضٍ يَتَسَاءلُونَ {27}
Bir-biriga qarab soʻroq qiladilar.
37:28
قَالُوا إِنَّكُمْ كُنتُمْ تَأْتُونَنَا عَنِ الْيَمِينِ {28}
(Ergashganlar peshvolariga): “Sizlar bizlarga oʻng tarafdan kelardinglar-ku!” deydi[1818].
37:29
قَالُوا بَل لَّمْ تَكُونُوا مُؤْمِنِينَ {29}
Ular esa: «Sizlar aslida moʻmin boʻlmagansiz.
37:30
وَمَا كَانَ لَنَا عَلَيْكُم مِّن سُلْطَانٍ بَلْ كُنتُمْ قَوْمًا طَاغِينَ {30}
Bizni sizlarni tepangizda (zalolatga majburlashga) hech qanday kuchimiz boʻlmagan. Aslida, sizlar gʻalayonchi qavm edinglar.
37:31
فَحَقَّ عَلَيْنَا قَوْلُ رَبِّنَا إِنَّا لَذَائِقُونَ {31}
Endi bizga yaratgan Egamizning (azob) soʻzi haq boʻldi. Biz (azobni) aniq totamiz.
37:32
فَأَغْوَيْنَاكُمْ إِنَّا كُنَّا غَاوِينَ {32}
Sizlarni biz adashtirdik, chunki oʻzimiz ham adashgan edik», deyishadi.
37:33
فَإِنَّهُمْ يَوْمَئِذٍ فِي الْعَذَابِ مُشْتَرِكُونَ {33}
Endi ular bu kunda azobda aniq sherik boʻladi.
37:34
إِنَّا كَذَلِكَ نَفْعَلُ بِالْمُجْرِمِينَ {34}
Jinoyatchilarga mana shunday muomala qilamiz.
37:35
إِنَّهُمْ كَانُوا إِذَا قِيلَ لَهُمْ لَا إِلَهَ إِلَّا اللَّهُ يَسْتَكْبِرُونَ {35}
Chunki, ularga: “Allohdan boshqa qullik qilinishga haqli zot yoʻq”, deyilganida, ular katta ketishgan.
37:36
وَيَقُولُونَ أَئِنَّا لَتَارِكُوا آلِهَتِنَا لِشَاعِرٍ مَّجْنُونٍ {36}
“Biz majnun bir shoirni deb «ilohlarimizni” tark qilar ekanmizmi?»- der edilar.
37:37
بَلْ جَاء بِالْحَقِّ وَصَدَّقَ الْمُرْسَلِينَ {37}
Aslida u (elchi Muhammad) haqni keltirdi va (oʻtmishdagi)elchilarni
tasdiqladi.
37:38
إِنَّكُمْ لَذَائِقُو الْعَذَابِ الْأَلِيمِ {38}
Albatta, sizlar alamli azobni totasizlar.
37:39
وَمَا تُجْزَوْنَ إِلَّا مَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ {39}
Sizlar faqat oʻz qilmishingizning jazosini olasizlar.
37:40
إِلَّا عِبَادَ اللَّهِ الْمُخْلَصِينَ {40}
Allohning samimiy qullari bundan mustasno.
37:41
أُوْلَئِكَ لَهُمْ رِزْقٌ مَّعْلُومٌ {41}
Ularga maʼlum rizq bor.
37:42
فَوَاكِهُ وَهُم مُّكْرَمُونَ {42}
Turli mevalar (bor). Ular izzat-ikrom qilinadi:
37:43
فِي جَنَّاتِ النَّعِيمِ {43}
Neʼmat toʻla bogʻ-u boʻstonlarda,
37:44
عَلَى سُرُرٍ مُّتَقَابِلِينَ {44}
Soʻrilarda bir-biriga qarab oʻtirgan hollarida.
37:45
يُطَافُ عَلَيْهِم بِكَأْسٍ مِن مَّعِينٍ {45}
Ularga oqar chashmadan (toʻldirilgan) qadahlar aylantiriladi.
37:46
بَيْضَاء لَذَّةٍ لِّلشَّارِبِينَ {46}
Ichadiganlar uchun shirin, oppoq-tiniq (ichimlikdir).
37:47
لَا فِيهَا غَوْلٌ وَلَا هُمْ عَنْهَا يُنزَفُونَ {47}
Unda bosh ogʻrigʻi boʻlmaydi, undan mast qilinmaydilar[1819].
37:48
وَعِنْدَهُمْ قَاصِرَاتُ الطَّرْفِ عِينٌ {48}
Ularning yonida nigohlari (xojalariga qarash bilan) chegaralangan charos koʻzli xizmatkorlar boʻladi.
37:49
كَأَنَّهُنَّ بَيْضٌ مَّكْنُونٌ {49}
Ular goʻyo yashirib qoʻyilgan tuxum kabidir[1820].
37:50
فَأَقْبَلَ بَعْضُهُمْ عَلَى بَعْضٍ يَتَسَاءلُونَ {50}
(Ularga qadahlar aylantirilganida) bir-biriga qarab soʻraydilar:
37:51
قَالَ قَائِلٌ مِّنْهُمْ إِنِّي كَانَ لِي قَرِينٌ {51}
Ulardan biri shunday deydi: «Mening bir hamrohim/tanishim bor edi.
37:52
يَقُولُ أَئِنَّكَ لَمِنْ الْمُصَدِّقِينَ {52}
U aytardi: «Sen rostdan shuni tasdiqlaysanmi?
37:53
أَئِذَا مِتْنَا وَكُنَّا تُرَابًا وَعِظَامًا أَئِنَّا لَمَدِينُونَ {53}
Oʻlib, tuproq va suyaklarga aylanib ketib ham, hisob-kitob qilinamizmi?!»
37:54
قَالَ هَلْ أَنتُم مُّطَّلِعُونَ {54}
(Oʻsha doʻstimni) sizlar koʻrdingizmi?»- deydi.
37:55
فَاطَّلَعَ فَرَآهُ فِي سَوَاء الْجَحِيمِ {55}
Soʻng, uning oʻzi doʻstini jahannamning oʻrtasida koʻrib,
37:56
قَالَ تَاللَّهِ إِنْ كِدتَّ لَتُرْدِينِ {56}
Shunday deydi: «Allohga qasamki, sal qolsa sen meni ham halok qilar ekansan.
37:57
وَلَوْلَا نِعْمَةُ رَبِّي لَكُنتُ مِنَ الْمُحْضَرِينَ {57}
Agar yaratgan Egamning (hidoyat) neʼmati boʻlmaganida, men aniq (jahannamga) keltiriladiganlardan boʻlar ekanman.»
37:58
أَفَمَا نَحْنُ بِمَيِّتِينَ {58}
(Yana jannatda yonidagilarga qarab shunday deydi): «Endi biz oʻlmaymiz-a?
37:59
إِلَّا مَوْتَتَنَا الْأُولَى وَمَا نَحْنُ بِمُعَذَّبِينَ {59}
Oʻsha ilk bor oʻlimimiz bundan mustasno! Endi biz azoblanmaymiz ham.
37:60
إِنَّ هَذَا لَهُوَ الْفَوْزُ الْعَظِيمُ {60}
Haqiqatda, bu buyuk muvaffaqiyatdir.»
37:61
لِمِثْلِ هَذَا فَلْيَعْمَلْ الْعَامِلُونَ {61}
Amal qiladiganlar mana bu (muvaffaqiyat) uchun amal qilsinlar.
37:62
أَذَلِكَ خَيْرٌ نُّزُلًا أَمْ شَجَرَةُ الزَّقُّومِ {62}
Ziyofat uchun mana shu (neʼmatlar) yaxshimi yoki zaqqum[1821] daraxtimi?
37:63
إِنَّا جَعَلْنَاهَا فِتْنَةً لِّلظَّالِمِينَ {63}
Biz uni zolimlar uchun azob[1822] qildik.
37:64
إِنَّهَا شَجَرَةٌ تَخْرُجُ فِي أَصْلِ الْجَحِيمِ {64}
U jahannamning qaʼrida unib chiqadigan daraxtdir.
37:65
طَلْعُهَا كَأَنَّهُ رُؤُوسُ الشَّيَاطِينِ {65}
Uning butalari xuddi «shaytonlarning boshlari» kabidir.[1823]
37:66
فَإِنَّهُمْ لَآكِلُونَ مِنْهَا فَمَالِؤُونَ مِنْهَا الْبُطُونَ {66}
Ular u daraxtdan aniq yeydi va qornilarini undan toʻydiradi.
37:67
ثُمَّ إِنَّ لَهُمْ عَلَيْهَا لَشَوْبًا مِّنْ حَمِيمٍ {67}
Keyin, uning ustiga, ular uchun qaynoq suvdan aralashma bor.
37:68
ثُمَّ إِنَّ مَرْجِعَهُمْ لَإِلَى الْجَحِيمِ {68}
(Tanovuldan) keyin, qaytishlari yana jahannamgadir.
37:69
إِنَّهُمْ أَلْفَوْا آبَاءهُمْ ضَالِّينَ {69}
Chunki, ular ota-bobolarini adashgan holda topib ham,
37:70
فَهُمْ عَلَى آثَارِهِمْ يُهْرَعُونَ {70}
Shunda ham, ularning izlariga koʻr-koʻrona ergashib ketmoqda.
37:71
وَلَقَدْ ضَلَّ قَبْلَهُمْ أَكْثَرُ الْأَوَّلِينَ {71}
Shubhasizki, ulardan oldin avvalgilarning koʻpi adashib ketgan.
37:72
وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا فِيهِم مُّنذِرِينَ {72}
Shubhasizki, Biz ular orasida ogohlantiruvchilar yuborganmiz.
37:73
فَانظُرْ كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الْمُنذَرِينَ {73}
Endi, ogohlantirilganlarning (yomon) oqibati qanday boʻlganiga qara!
37:74
إِلَّا عِبَادَ اللَّهِ الْمُخْلَصِينَ {74}
Allohning samimiy qullari (ulardan) mustasno.
37:75
وَلَقَدْ نَادَانَا نُوحٌ فَلَنِعْمَ الْمُجِيبُونَ {75}
Qasamki, Nuh Bizni yordamga chaqirgan; Biz juda chiroyli javob qaytaruvchimiz!
37:76
وَنَجَّيْنَاهُ وَأَهْلَهُ مِنَ الْكَرْبِ الْعَظِيمِ {76}
Biz uni va oilasini buyuk tashvishdan qutqarib qoldik.
37:77
وَجَعَلْنَا ذُرِّيَّتَهُ هُمْ الْبَاقِينَ {77}
Uning zurriyotini (halok qilmay) hayotda qoldirdik.[1824]
37:78
وَتَرَكْنَا عَلَيْهِ فِي الْآخِرِينَ {78}
Ortidan kelganlar orasida unga bir xotira qoldirdik:
37:79
سَلَامٌ عَلَى نُوحٍ فِي الْعَالَمِينَ {79}
Olamlar aro Nuhga salom boʻlsin!
37:80
إِنَّا كَذَلِكَ نَجْزِي الْمُحْسِنِينَ {80}
Albatta, Biz muhsinlarni[1825] shunday mukofotlaymiz.
37:81
إِنَّهُ مِنْ عِبَادِنَا الْمُؤْمِنِينَ {81}
Chunki, u (Bizga) ishonuvchi bandalarimizdan edi.
37:82
ثُمَّ أَغْرَقْنَا الْآخَرِينَ {82}
Keyin, boshqalarni suvga choʻktirib yubordik.
37:83
وَإِنَّ مِن شِيعَتِهِ لَإِبْرَاهِيمَ {83}
Albatta, Ibrohim Nuhning yoʻlini tutganlardan edi.
37:84
إِذْ جَاء رَبَّهُ بِقَلْبٍ سَلِيمٍ {84}
Chunki, u Rabbiga salomat qalb[1826] ila kelgan.
37:85
إِذْ قَالَ لِأَبِيهِ وَقَوْمِهِ مَاذَا تَعْبُدُونَ {85}
Oʻshanda u otasiga va qavmiga shunday degan: «Sizlar nimaga sigʻinyapsiz?
37:86
أَئِفْكًا آلِهَةً دُونَ اللَّهِ تُرِيدُونَ {86}
Allohni qoʻyib uydirma narsani iloh qilib olmoqchimisizlar?
37:87
فَمَا ظَنُّكُم بِرَبِّ الْعَالَمِينَ {87}
Borliqlarni yaratgan Egasi haqida sizlarni gumoningiz qanday oʻzi?!»
37:88
فَنَظَرَ نَظْرَةً فِي النُّجُومِ {88}
Keyin, yulduzlarga tikilib qarab:
37:89
فَقَالَ إِنِّي سَقِيمٌ {89}
“Men rostdan ham betobman”, dedi.
37:90
فَتَوَلَّوْا عَنْهُ مُدْبِرِينَ {90
Shunda, qavmi ortga oʻgirilib ketdi.
37:91
فَرَاغَ إِلَى آلِهَتِهِمْ فَقَالَ أَلَا تَأْكُلُونَ {91}
Keyin ularning (soxta) ilohlari yoniga asta borib, (yonlaridagi taomlarni koʻrib) shunday dedi: «Qani, yemaysizlarmi?
37:92
مَا لَكُمْ لَا تَنطِقُونَ {92}
Nima boʻldi sizlarga? Gapirmayapsizlar-ku!
37:93
فَرَاغَ عَلَيْهِمْ ضَرْبًا بِالْيَمِينِ {93}
Keyin, ularga yaqin kelib, bor kuchi bilan urdi[1827].
37:94
فَأَقْبَلُوا إِلَيْهِ يَزِفُّونَ {94}
(Hodisadan xabardor boʻlishgacha) Ibrohimga qarab shoshib kelishdi.
37:95
قَالَ أَتَعْبُدُونَ مَا تَنْحِتُونَ {95}
Ibrohim shunday dedi: «Sizlar oʻzingiz oʻyib yasab olgan narsalarga sigʻinasizmi?
37:96
وَاللَّهُ خَلَقَكُمْ وَمَا تَعْمَلُونَ {96}
Sizlarni ham, sizlar sigʻinayotgan narsalarni ham Alloh yaratgan.
37:97
قَالُوا ابْنُوا لَهُ بُنْيَانًا فَأَلْقُوهُ فِي الْجَحِيمِ {97}
(Butparastlar esa) Unga bir bino qurib, uni oʻtga tashlanglar», deyishgan.
37:98
فَأَرَادُوا بِهِ كَيْدًا فَجَعَلْنَاهُمُ الْأَسْفَلِينَ {98}
Shu tariqa unga yomon reja tuzdilar. (Oʻt Ibrohimni kuydirmagach[1828]) Ularni tuban holga solib qoʻydik.
37:99
وَقَالَ إِنِّي ذَاهِبٌ إِلَى رَبِّي سَيَهْدِينِ {99}
Ibrohim shunday dedi: «Men yaratgan Egamga ketyapman; U meni yoʻlga soladi.
37:100
رَبِّ هَبْ لِي مِنَ الصَّالِحِينَ {100}
Ey yaratgan Egam! Menga yaxshilaridan (boʻladigan farzand) tuhfa qil.»
37:101
فَبَشَّرْنَاهُ بِغُلَامٍ حَلِيمٍ {101}
Unga muloyim oʻgʻil farzandni xushxabarini berdik.
37:102
فَلَمَّا بَلَغَ مَعَهُ السَّعْيَ قَالَ يَا بُنَيَّ إِنِّي أَرَى فِي الْمَنَامِ أَنِّي أَذْبَحُكَ فَانظُرْ مَاذَا تَرَى قَالَ يَا أَبَتِ افْعَلْ مَا تُؤْمَرُ سَتَجِدُنِي إِن شَاء اللَّهُ مِنَ الصَّابِرِينَ {102}
(Oʻgʻli) u bilan birga yuradigan yoshga yetgach, Ibrohim: “Ey bolajonim, tushimda seni (qurbonlikka) soʻyayotganimni koʻryapman. Bir oʻylab koʻr, nima deysan?”, dedi. (Oʻgʻli esa): “Ey Otajon, sizga buyurilgan ishni bajaring, Alloh nasib qilsa, meni sabr-bardoshlilardan ekanimni koʻrasiz”, dedi.
37:103
فَلَمَّا أَسْلَمَا وَتَلَّهُ لِلْجَبِينِ {103}
Ikkalasi ham taslim boʻlib, oʻgʻlini peshonasini yerga qaratib yotqizganida,
37:104
وَنَادَيْنَاهُ أَنْ يَا إِبْرَاهِيمُ {104}
Unga shunday nido qildik: «Ey Ibrohim!
37:105
قَدْ صَدَّقْتَ الرُّؤْيَا إِنَّا كَذَلِكَ نَجْزِي الْمُحْسِنِينَ {105}
Shubhasiz, sen tushingni tasdiqlading. Biz Muhsinlarni mana shunday mukofotlaymiz.»
37:106
إِنَّ هَذَا لَهُوَ الْبَلَاء الْمُبِينُ {106}
Bu ochiq-oydin bir imtihondir.
37:107
وَفَدَيْنَاهُ بِذِبْحٍ عَظِيمٍ {107}
Biz unga (oʻgʻlini oʻrniga) katta bir qurbonlikni fidya qilib berdik[1829].
37:108
وَتَرَكْنَا عَلَيْهِ فِي الْآخِرِينَ {108}
Ortidan kelganlar orasida unga bir xotira qoldirdik:
37:109
سَلَامٌ عَلَى إِبْرَاهِيمَ {109}
Ibrohimga salom boʻlsin!
37:110
كَذَلِكَ نَجْزِي الْمُحْسِنِينَ {110}
Muhsinlarni mana shunday mukofotlaymiz.
37:111
إِنَّهُ مِنْ عِبَادِنَا الْمُؤْمِنِينَ {111}
U (Bizga) ishongan bandalarimizdan edi.
37:112
وَبَشَّرْنَاهُ بِإِسْحَقَ نَبِيًّا مِّنَ الصَّالِحِينَ {112}
Unga yaxshilaridan (boʻladigan) Isʼhoqni ham xushxabarini berdik.
37:113
وَبَارَكْنَا عَلَيْهِ وَعَلَى إِسْحَقَ وَمِن ذُرِّيَّتِهِمَا مُحْسِنٌ وَظَالِمٌ لِّنَفْسِهِ مُبِينٌ {113}
Uni ham Isʼhoqni ham yaxshiliklar bilan siyladik. U ikkalasining zurriyotidan ham muhsini ham, oʻziga oʻzi ochiqcha haqsizlik qilgani ham bor.
37:114
وَلَقَدْ مَنَنَّا عَلَى مُوسَى وَهَارُونَ {114}
Shubhasizki, Biz Muso va Horunga ham (ulugʻ) neʼmat berdik.
37:115
وَنَجَّيْنَاهُمَا وَقَوْمَهُمَا مِنَ الْكَرْبِ الْعَظِيمِ {115}
U ikkalasini qavmiga qoʻshib buyuk tashvishdan qutqarib qoldik.
37:116
وَنَصَرْنَاهُمْ فَكَانُوا هُمُ الْغَالِبِينَ {116}
Ularga yordam berdik, ular (yordamimiz orqali Firʼavn va xonadonidan) gʻolib keldilar.
37:117
وَآتَيْنَاهُمَا الْكِتَابَ الْمُسْتَبِينَ {117}
Ikkalasiga ham aniq-tiniq kitob berganmiz.
37:118
وَهَدَيْنَاهُمَا الصِّرَاطَ الْمُسْتَقِيمَ {118}
Ikkalasiga ham toʻgʻri yoʻl koʻrsatganmiz.
37:119
وَتَرَكْنَا عَلَيْهِمَا فِي الْآخِرِينَ {119}
Ortidan kelganlar orasida ularga bir xotira qoldirdik:
37:120
سَلَامٌ عَلَى مُوسَى وَهَارُونَ {120}
Muso va Horunga salom boʻlsin!
37:121
إِنَّا كَذَلِكَ نَجْزِي الْمُحْسِنِينَ {121}
Albatta, Biz Muhsinlarni shunday mukofotlaymiz.
37:122
إِنَّهُمَا مِنْ عِبَادِنَا الْمُؤْمِنِينَ {122}
U ikkalasi ham aniq (Bizga ishongan) moʻmin bandalarimizdan edi.
37:123
وَإِنَّ إِلْيَاسَ لَمِنْ الْمُرْسَلِينَ {123}
Albatta, Ilyos ham (Alloh tarafidan yuborilgan) elchilardan edi.
37:124
إِذْ قَالَ لِقَوْمِهِ أَلَا تَتَّقُونَ {124}
Bir kuni u oʻz qavmiga shunday dedi: «Sizlar (gunohdan) saqlanmaysizlarmi?
37:125
أَتَدْعُونَ بَعْلًا وَتَذَرُونَ أَحْسَنَ الْخَالِقِينَ {125}
Sizlar eng yaxshi yaratuvchini qoʻyib, “Baʼl”ga[1830] duo qilasizlarmi?
37:126
وَاللَّهَ رَبَّكُمْ وَرَبَّ آبَائِكُمُ الْأَوَّلِينَ {126}
Alloh sizlarning ham yaratgan Egangizdir, avvalgi ota-bobolaringizning ham yaratgan Egangizdir.
37:127
فَكَذَّبُوهُ فَإِنَّهُمْ لَمُحْضَرُونَ {127}
Biroq, qavmi uni yolgʻonchiga chiqardi. Endi, ular (azobga) aniq keltiriladilar.
37:128
إِلَّا عِبَادَ اللَّهِ الْمُخْلَصِينَ {128}
Allohning samimiy bandalari bundan mustasno.
37:129
وَتَرَكْنَا عَلَيْهِ فِي الْآخِرِينَ {129}
Ortidan kelganlar orasida unga bir xotira qoldirdik:
37:130
سَلَامٌ عَلَى إِلْ يَاسِينَ {130}
“Ilyosga salom boʻlsin!”
37:131
إِنَّا كَذَلِكَ نَجْزِي الْمُحْسِنِينَ {131}
Albatta, Biz muhsinlarni shunday mukofotlaymiz.
37:132
إِنَّهُ مِنْ عِبَادِنَا الْمُؤْمِنِينَ {132}
U (Bizga) ishongan moʻmin bandalarimizdan edi.
37:133
وَإِنَّ لُوطًا لَّمِنَ الْمُرْسَلِينَ {133}
Albatta, Lut ham (Biz yuborgan) elchilardan edi.
37:134
إِذْ نَجَّيْنَاهُ وَأَهْلَهُ أَجْمَعِينَ {134}
Oʻz davrida uni va oilasini birgalikda qutqarib qolganmiz.
37:135
إِلَّا عَجُوزًا فِي الْغَابِرِينَ {135}
Lekin, (Lutning xotini boʻlgan) kampir qutqarilmagan[1831].
37:136
ثُمَّ دَمَّرْنَا الْآخَرِينَ {136}
Keyin, qolganlarni yoʻq qildik.
37:137
وَإِنَّكُمْ لَتَمُرُّونَ عَلَيْهِم مُّصْبِحِينَ {137}
Sizlar aniq ularning tepasidan kunduzlari oʻtib turibsiz.
37:138
وَبِاللَّيْلِ أَفَلَا تَعْقِلُونَ {138}
Kechasi (ham oʻtyapsiz). Aqlingizni ishlatmaysizlarmi?!
37:139
وَإِنَّ يُونُسَ لَمِنَ الْمُرْسَلِينَ {139}
Yunus ham aniq (Biz yuborgan) elchilardan edi.
37:140
إِذْ أَبَقَ إِلَى الْفُلْكِ الْمَشْحُونِ {140}
Bir kuni u toʻlgan kemaga (chiqib) qochdi.
37:141
فَسَاهَمَ فَكَانَ مِنْ الْمُدْحَضِينَ {141}
(Kimnidir tashlab yuborish uchun kemadagilar bilan) qura tashlashdi va u yengildi.
37:142
فَالْتَقَمَهُ الْحُوتُ وَهُوَ مُلِيمٌ {142}
Keyin uni baliq/gʻam-tashvish[1832] yutib yubordi va (oʻzini oʻzi) malomat qilib qoldi.
37:143
فَلَوْلَا أَنَّهُ كَانَ مِنْ الْمُسَبِّحِينَ {143}
Oʻshanda u (Allohni) ulugʻlovchilardan[1833]boʻlmaganida edi,
37:144
لَلَبِثَ فِي بَطْنِهِ إِلَى يَوْمِ يُبْعَثُونَ {144}
To qayta tiriladigan kungacha uning ichida qolib ketar edi.
37:145
فَنَبَذْنَاهُ بِالْعَرَاء وَهُوَ سَقِيمٌ {145}
Keyin, uni holdan tolgan (betob) holda ochiq maydonga uloqtirdik.
37:146
وَأَنبَتْنَا عَلَيْهِ شَجَرَةً مِّن يَقْطِينٍ {146}
Tepasida qovoq daraxtini undirib berdik.
37:147
وَأَرْسَلْنَاهُ إِلَى مِئَةِ أَلْفٍ أَوْ يَزِيدُونَ {147}
Uni yuz ming hatto undan ham koʻpchilikka[1834] elchi qilib yubordik.
37:148
فَآمَنُوا فَمَتَّعْنَاهُمْ إِلَى حِينٍ {148}
Bu safar unga ishondilar[1835]. Shunda, Biz ham ularni maʼlum vaqtgacha (hayotdan) bahramand qildik[1836].
37:149
فَاسْتَفْتِهِمْ أَلِرَبِّكَ الْبَنَاتُ وَلَهُمُ الْبَنُونَ (149)
Endi, u (mushrik) lardan soʻra-chi, qizlar yaratgan Egangga tegishligu, oʻgʻillar ularga tegishli ekanmi?![1837]
37:150
أَمْ خَلَقْنَا الْمَلَائِكَةَ إِنَاثًا وَهُمْ شَاهِدُونَ (150)
Yoki, ularning guvohligida farishtalarni qiz qilib yaratibmizmi?!
37:151
أَلَا إِنَّهُمْ مِنْ إِفْكِهِمْ لَيَقُولُونَ (151)
Ogoh boʻlinglar! Ular oʻz uydirma-yolgʻonlaridan kelib chiqib shuni ham aytadi:
37:152
وَلَدَ اللَّهُ وَإِنَّهُمْ لَكَاذِبُونَ (152)
“Alloh farzand koʻrdi”- (deb aytadi). Ular aniq yolgʻonchilardir.
37:153
أَصْطَفَى الْبَنَاتِ عَلَى الْبَنِينَ (153)
Alloh qizlarni oʻgʻlonlardan afzal koʻribdimi?!
37:154
مَالَكُمْ كَيْفَ تَحْكُمُونَ (154)
Sizlarga nima boʻlyapti? Qanday hukm qilyapsizlar?
37:155
أَفَلَا تَذَكَّرُونَ (155)
Nasixat olmaysizlarmi?!
37:156
أَمْ لَكُمْ سُلْطَانٌ مُبِينٌ (156)
Yoki sizlarda (Allohni farzandi borligi haqida) aniq hujjat bormi?
37:157
فَأْتُوا بِكِتَابِكُمْ إِنْ كُنْتُمْ صَادِقِينَ (157)
Agar rostgoʻy boʻlsanglar, kitobingizni keltiring.
37:158
وَجَعَلُوا بَيْنَهُ وَبَيْنَ الْجِنَّةِ نَسَبًا وَلَقَدْ عَلِمَتِ الْجِنَّةُ إِنَّهُمْ لَمُحْضَرُونَ (158)
(Mushriklar) Alloh bilan jinlar/adashtiruvchilar orasida nasab toʻqidilar/ilohlik nisbat berdilar. Shubhasizki, jinlar/adashtiruvchilar bildilarki, ular albatta (jahannamga) keltiriladi.
37:159
سُبْحَانَ اللَّهِ عَمَّا يَصِفُونَ (159)
Alloh (mushriklarning) qilayotgan boʻhtonidan pokdir!
37:160
إِلَّا عِبَادَ اللَّهِ الْمُخْلَصِينَ (160)
Faqat Allohning samimiy bandalari (jahannamga keltirilishdan) mustasno[1838].
37:161
فَإِنَّكُمْ وَمَا تَعْبُدُونَ (161)
Shuning uchun, na oʻzinglar, na sizlar ibodat qilayotgan narsalar,
37:162
مَا أَنْتُمْ عَلَيْهِ بِفَاتِنِينَ (162)
Sizlar Allohga qarshi fitnalab adashtira olmaysiz.
37:163
إِلَّا مَنْ هُوَ صَالِ الْجَحِيمِ (163)
Faqatgina jahannamga kiradigan kimsalarni fitnalab adashtira olasizlar[1839].
37:164
وَمَا مِنَّا إِلَّا لَهُ مَقَامٌ مَعْلُومٌ (164)
«Ular shunday deydi) «Bizlardan har birimiz uchun maʼlum bir maqom bor.
37:165
وَإِنَّا لَنَحْنُ الصَّافُّونَ (165)
Albatta, saf tortib turuvchilarmiz.
37:166
وَإِنَّا لَنَحْنُ الْمُسَبِّحُونَ (166)
Albatta, (Allohni) ulugʻlovchimiz.
37:167
وَإِنْ كَانُوا لَيَقُولُونَ (167)
Mushriklar aniq shunday der edi:
37:168
لَوْ أَنَّ عِنْدَنَا ذِكْرًا مِنَ الْأَوَّلِينَ (168)
Agar bizda ham avvalgilardan bir zikr (kitob) boʻlsaydi,
37:169
لَكُنَّا عِبَادَ اللَّهِ الْمُخْلَصِينَ (169)
Biz aniq Allohning samimiy qullaridan boʻlar edik.»
37:170
فَكَفَرُوا بِهِ فَسَوْفَ يَعْلَمُونَ
(Zikr — Qurʼon kelgach) uni tan olmadilar. Endi, yaqinda biladilar!
37:171
وَلَقَدْ سَبَقَتْ كَلِمَتُنَا لِعِبَادِنَا الْمُرْسَلِينَ {171}
Elchi qilib yuborilgan bandalarimizga oʻtmishda berilgan soʻzimiz shu:
37:172
إِنَّهُمْ لَهُمُ الْمَنصُورُونَ {172}
«Ularga aniq yordam beriladi.
37:173
وَإِنَّ جُندَنَا لَهُمُ الْغَالِبُونَ {173}
Bizning qoʻshinimiz aniq gʻalaba qozonadi[1840].»
37:174
فَتَوَلَّ عَنْهُمْ حَتَّى حِينٍ {174}
Ulardan maʼlum muddat yuz oʻgir.
37:175
وَأَبْصِرْهُمْ فَسَوْفَ يُبْصِرُونَ {175}
Ularni koʻrib-kuzatib tur; yaqinda koʻradilar.
37:176
أَفَبِعَذَابِنَا يَسْتَعْجِلُونَ {176}
Nahotki ular azobimizni tezlashtirmoqchi boʻlsa?!
37:177
فَإِذَا نَزَلَ بِسَاحَتِهِمْ فَسَاء صَبَاحُ الْمُنذَرِينَ {177}
(Oʻzlari shoshiltirgan azob) ularning sohalariga tushganida, ogohlantirilgan kimsalarning tongi yomon boʻladi.
37:178
وَتَوَلَّ عَنْهُمْ حَتَّى حِينٍ {178}
Maʼlum muddatgacha ulardan yuz oʻgir.
37:179
وَأَبْصِرْ فَسَوْفَ يُبْصِرُونَ {179}
Ularni koʻrib-kuzatib tur; yaqinda koʻradilar.
37:180
سُبْحَانَ رَبِّكَ رَبِّ الْعِزَّةِ عَمَّا يَصِفُونَ {180}
Izzatu quvvat egasi boʻlmish Rabbing u (mushrik) larning boʻhtonlaridan pok va oliydir.
37:181
وَسَلَامٌ عَلَى الْمُرْسَلِينَ {181}
(Alloh tarafidan yuborilgan) elchilarga salom boʻlsin!
37:182
وَالْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ{182}
Borliqlarni yaratgan egasi – Allohga olqish-u maqtovlar boʻlsin!
- SOD surasi[1841]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
38:1
ص وَالْقُرْآنِ ذِي الذِّكْرِ {1}
Sod![1842] Nasihatli(sharafli) Qurʼonga qasamki,
38:2
بَلِ الَّذِينَ كَفَرُوا فِي عِزَّةٍ وَشِقَاقٍ {2}
Aslida, (unga) ishonmaganlargʻurur va ayriliqdadir (dushmanchilikdadir)[1843].
38:3
كَمْ أَهْلَكْنَا مِن قَبْلِهِم مِّن قَرْنٍ فَنَادَوْا وَلَاتَ حِينَ مَنَاصٍ {3}
U Makkaliklardan oldin qanchadan-qancha nasllarni halok qildik. Oʻshanda halokatga uchraganlar iltijolar qilishgan. Biroq, qutulish vaqti emasdi.
38:4
وَعَجِبُوا أَن جَاءهُم مُّنذِرٌ مِّنْهُمْ وَقَالَ الْكَافِرُونَ هَذَا سَاحِرٌ كَذَّابٌ {4}
Makkaliklarga oʻzlari orasidan bir ogohlantiruvchi kelganidan ajablandilar va (Alloh va rasulini tan olmay) kofirlik qiluvchilar shunday dedi: «Bu (Muhammad) yolgʻonchi va sehrgardir.
38:5
أَجَعَلَ الْآلِهَةَ إِلَهًا وَاحِدًا إِنَّ هَذَا لَشَيْءٌ عُجَابٌ {5}
U “ilohlar”ni bitta iloh qilib olibdimi? Bu haqiqatda ajoyib narsa-ku!»
38:6
وَانطَلَقَ الْمَلَأُ مِنْهُمْ أَنِ امْشُوا وَاصْبِرُوا عَلَى آلِهَتِكُمْ إِنَّ هَذَا لَشَيْءٌ يُرَادُ {6}
Ularning yetakchilari shunday deb ayrildi:[1844] “Yuringlar, «ilohlaringiz”ga sabr qilinglar. albatta, (sizlardan) talab qilingan narsa shu.
38:7
مَا سَمِعْنَا بِهَذَا فِي الْمِلَّةِ الْآخِرَةِ إِنْ هَذَا إِلَّا اخْتِلَاقٌ {7}
Biz oxirgi dinda bu (yakka Xudolik) haqida eshitmaganmiz. Bu uydirmadan boshqa narsa emas[1845].
38:8
أَأُنزِلَ عَلَيْهِ الذِّكْرُ مِن بَيْنِنَا بَلْ هُمْ فِي شَكٍّ مِّن ذِكْرِي بَلْ لَمَّا يَذُوقُوا عَذَابِ {8}
Zikr — Qurʼon oramizdan (kelib-kelib) unga tushirilibdimi?! (deb ayrildilar).» Aslida, ular Mening eslatmamdan (Qurʼondan) shubhadalar. Aslida, ular Mening azobimni totmadilar.
38:9
أَمْ عِندَهُمْ خَزَائِنُ رَحْمَةِ رَبِّكَ الْعَزِيزِ الْوَهَّابِ {9}
Yoki gʻolib va ustun hamda beminnat yaxshilik qiluvchi Rabbingning rahmat-yaxshilik xazinalari ularda ekanmi?
38:10
أَمْ لَهُم مُّلْكُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا فَلْيَرْتَقُوا فِي الْأَسْبَابِ {10}
Yoki, osmonlar, yer va ular orasidagi narsalarning hukmronligi ularniki ekanmi? Unday boʻlsa, samoga eltuvchi yoʻllarda yuksalsinlar[1846]!
38:11
جُندٌ مَّا هُنَالِكَ مَهْزُومٌ مِّنَ الْأَحْزَابِ {11}
Ular farqli guruhlardan iborat, shu yerning oʻzidayoq yengilishga mahkum lashkarlar, xolos[1847].
38:12
كَذَّبَتْ قَبْلَهُمْ قَوْمُ نُوحٍ وَعَادٌ وَفِرْعَوْنُ ذُو الْأَوْتَادِ {12}
Ulardan oldin Nuh, Od, hamda qoziqlar[1848] egasi boʻlmish Firʼavn qavmi ham yolgʻonchiga chiqargan.
38:13
وَثَمُودُ وَقَوْمُ لُوطٍ وَأَصْحَابُ الأَيْكَةِ أُوْلَئِكَ الْأَحْزَابُ {13}
Samud bilan Lut qavmi, hamda Aykaliklar ham (yolgʻonchiga chiqargan). Bular ham (yengilishga mahkum) turli guruhlar edi.
38:14
إِن كُلٌّ إِلَّا كَذَّبَ الرُّسُلَ فَحَقَّ عِقَابِ {14}
Ularning hammasi elchilarni yolgʻonchiga chiqarishgan. Natijada, azob-u uqubatimga loyiq boʻldilar.
38:15
وَمَا يَنظُرُ هَؤُلَاء إِلَّا صَيْحَةً وَاحِدَةً مَّا لَهَا مِن فَوَاقٍ {15}
Bular kechikmay keladigan birgina qichqiriqdan boshqa narsa kutishmayapti[1849].
38:16
وَقَالُوا رَبَّنَا عَجِّل لَّنَا قِطَّنَا قَبْلَ يَوْمِ الْحِسَابِ {16}
(Mushriklar mazax qilgan holda): “Ey Rabbimiz! Hisob-kitob kunidan oldin bizga nasibamizni beraver”, dedilar.
38:17
اصْبِرْ عَلَى مَا يَقُولُونَ وَاذْكُرْ عَبْدَنَا دَاوُودَ ذَا الْأَيْدِ إِنَّهُ أَوَّابٌ {17}
Ularning gapirayotgan gaplariga bardosh qil. (Dinda) baquvvat boʻlmish bandamiz – Dovudni ham esla! Albatta, u doimo Allohga yoʻnalib-qaytuvchi edi.
38:18
{18}إِنَّا سَخَّرْنَا الْجِبَالَ مَعَهُ يُسَبِّحْنَ بِالْعَشِيِّ وَالْإِشْرَاقِ
Togʻlarni xizmatiga boʻysundirib berganmiz – u bilan birgalikda kechasi va choshgoh[1850] vaqtida Allohniulugʻlaydi[1851].
38:19
وَالطَّيْرَ مَحْشُورَةً كُلٌّ لَّهُ أَوَّابٌ{19}
Toʻplangan holdagi qushlarni ham… Barchalari doimo Allohga yoʻnalib-qaytadi.
38:20
وَشَدَدْنَا مُلْكَهُ وَآتَيْنَاهُ الْحِكْمَةَ وَفَصْلَ الْخِطَابِ {20}
Uning hukmronligini kuchaytirdik, unga hikmat (toʻgʻri hukm berish) va tafsilotli xitob qila olish (qobiliyatini) berdik.
38:21
وَهَلْ أَتَاكَ نَبَأُ الْخَصْمِ إِذْ تَسَوَّرُوا الْمِحْرَابَ {21}
Senga daʼvogar (jamoalar) xabari kelmadimi? Oʻshanda ular (Dovud turgan) xos xonaga[1852] chiqishgan.
38:22
إِذْ دَخَلُوا عَلَى دَاوُودَ فَفَزِعَ مِنْهُمْ قَالُوا لَا تَخَفْ خَصْمَانِ بَغَى بَعْضُنَا عَلَى بَعْضٍ فَاحْكُم بَيْنَنَا بِالْحَقِّ وَلَا تُشْطِطْ وَاهْدِنَا إِلَى سَوَاء الصِّرَاطِ {22}
Ular Dovudni yoniga kirishganida u qoʻrqib ketgan. Ular shunday degan: Qoʻrqma, biz bir-biriga haqsizlik qilgan daʼvogar taraflarmiz. Oramizda sen toʻgʻri hukm ber, (hech kimga) jabr qilma. Bizni toʻgʻri yoʻlga boshla.
38:23
إِنَّ هَذَا أَخِي لَهُ تِسْعٌ وَتِسْعُونَ نَعْجَةً وَلِيَ نَعْجَةٌ وَاحِدَةٌ فَقَالَ أَكْفِلْنِيهَا وَعَزَّنِي فِي الْخِطَابِ {23}
Bu rostdan ham mening birodarim, uning toʻqson toʻqqiz sovliq qoʻyi bor, mening esa bitta sovliq qoʻyim bor. u oʻsha bittani ham menga topshir, dedi va meni soʻzlashuvda yengib qoʻydi.»
38:24
قَالَ لَقَدْ ظَلَمَكَ بِسُؤَالِ نَعْجَتِكَ إِلَى نِعَاجِهِ وَإِنَّ كَثِيرًا مِّنْ الْخُلَطَاء لَيَبْغِي بَعْضُهُمْ عَلَى بَعْضٍ إِلَّا الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ وَقَلِيلٌ مَّا هُمْ وَظَنَّ دَاوُودُ أَنَّمَا فَتَنَّاهُ فَاسْتَغْفَرَ رَبَّهُ وَخَرَّ رَاكِعًا وَأَنَابَ {24}
Dovud shunday dedi: “Seni qoʻyingni oʻzini qoʻyiga qoʻshishini soʻrashi bilan senga haqsizlik qilibdi. Albatta, sheriklar orasidan koʻpchiligi biri boshqasiga aniq haqsizlik qiladi. Imon keltirib xayrli ishlarni amalga oshiradiganlar bunday qilmaydi, biroq, ular juda kam.” Dovud Biz uni imtihon qilayotganimizni bilib, darhol Robbidan kechirim soʻradi, (Unga) bosh egib taʼzim qildi va (Unga) yoʻnaldi – tavba qildi[1853].
38:25
فَغَفَرْنَا لَهُ ذَلِكَ وَإِنَّ لَهُ عِندَنَا لَزُلْفَى وَحُسْنَ مَآبٍ {25}
Shunda Biz uning oʻsha xatosini kechirganmiz. Albatta, huzurimizda u uchun yaqin martaba va goʻzal kelajak bor.
38:26
يَا دَاوُودُ إِنَّا جَعَلْنَاكَ خَلِيفَةً فِي الْأَرْضِ فَاحْكُم بَيْنَ النَّاسِ بِالْحَقِّ وَلَا تَتَّبِعِ الْهَوَى فَيُضِلَّكَ عَن سَبِيلِ اللَّهِ إِنَّ الَّذِينَ يَضِلُّونَ عَن سَبِيلِ اللَّهِ لَهُمْ عَذَابٌ شَدِيدٌ بِمَا نَسُوا يَوْمَ الْحِسَابِ {26}
«Ey Dovud! Seni shu yurtda seni avvalgilarning oʻrniga (hukmron qilib) keltirdik, endi insonlar orasida haq (adolat)[1854] ila hukm qil, ehtirosga berilma. Aks holda, u seni Allohning yoʻlidan adashtiradi. Hisob-kitob kunini unutgani uchun, Allohning yoʻlidan adashganlarga qattiq azob bor.»
38:27
وَمَا خَلَقْنَا السَّمَاء وَالْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا بَاطِلًا ذَلِكَ ظَنُّ الَّذِينَ كَفَرُوا فَوَيْلٌ لِّلَّذِينَ كَفَرُوا مِنَ النَّارِ {27}
Osmonlar-u yerni va u ikkalasi orasidagilarni bekordan bekorga yaratganimiz yoʻq. Kofirlik qilganlar shunday gumon qildi. Kofirlik qilganlarga jahannam tufayli[1855] holiga voy!
38:28
أَمْ نَجْعَلُ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ كَالْمُفْسِدِينَ فِي الْأَرْضِ أَمْ نَجْعَلُ الْمُتَّقِينَ كَالْفُجَّارِ {28}
Imon keltirib xayrli ishlarni amalga oshirganlarga yer yuzida buzgʻunchilik qilganlar kabi muomala qilamizmikan?! Yoki, masʼuliyatli (moʻmin)larga gunohkorlar kabi muomala qilamizmikan?!
38:29
كِتَابٌ أَنزَلْنَاهُ إِلَيْكَ مُبَارَكٌ لِّيَدَّبَّرُوا آيَاتِهِ وَلِيَتَذَكَّرَ أُوْلُوا الْأَلْبَابِ {29}
Bu muborak[1856] kitobdir. Uni senga uning oyatlarini tafakkur qilsinlar va aql-u vijdoni sof kishilar nasihatolsinlar deb tushirdik.
38:30
وَوَهَبْنَا لِدَاوُودَ سُلَيْمَانَ نِعْمَ الْعَبْدُ إِنَّهُ أَوَّابٌ {30}
Dovudga Sulaymonni (farzand sifatida) tuhfa qildik, u qanday ham yaxshi bandadir. U doimo Allohga yoʻnalib-qaytuvchi edi.
38:31
إِذْ عُرِضَ عَلَيْهِ بِالْعَشِيِّ الصَّافِنَاتُ الْجِيَادُ {31}
Bir oqshom unga (Sulaymonga) gijinglab turuvchi zotdor otlar taqdim qilindi.
38:32
فَقَالَ إِنِّي أَحْبَبْتُ حُبَّ الْخَيْرِ عَن ذِكْرِ رَبِّي حَتَّى تَوَارَتْ بِالْحِجَابِ {32}
Shunda u: “Menga yaratgan Egamni eslatgani uchun yaxshi narsalarni sevaman”, dedi. Keyin (otlar) parda ortiga yashirindi.
38:33
رُدُّوهَا عَلَيَّ فَطَفِقَ مَسْحًا بِالسُّوقِ وَالْأَعْنَاقِ {33}
“Ularni menga qaytaring”, dedi va otlarning tuyoqlari va boʻyinlarini silashni boshladi.
38:34
وَلَقَدْ فَتَنَّا سُلَيْمَانَ وَأَلْقَيْنَا عَلَى كُرْسِيِّهِ جَسَدًا ثُمَّ أَنَابَ {34}
Shubhasizki, taxtiga jasad tashlab[1857] Sulaymonni imtihon qildik. Keyin u (Bizga) yoʻnaldi.
38:35
قَالَ رَبِّ اغْفِرْ لِي وَهَبْ لِي مُلْكًا لَّا يَنبَغِي لِأَحَدٍ مِّنْ بَعْدِي إِنَّكَ أَنتَ الْوَهَّابُ{35}
“Ey yaratgan Egam! Meni kechir. Menga oʻzimdan keyin hech kim erisha olmaydigan bir hukmronlik ber. Albatta, Sen beminnat yaxshilik qiluvchisan”, dedi.
38:36
فَسَخَّرْنَا لَهُ الرِّيحَ تَجْرِي بِأَمْرِهِ رُخَاء حَيْثُ أَصَابَ {36}
Shunda uning buyrugʻi asosida, u buyurgan tarafga muloyim esadigan shamolni xizmatiga boʻysundirib berdik.
38:37
وَالشَّيَاطِينَ كُلَّ بَنَّاء وَغَوَّاصٍ {37}
Yana, turli binokor va gʻavvos shaytonlarni[1858] (xizmatiga boʻysundirib berdik).
38:38
وَآخَرِينَ مُقَرَّنِينَ فِي الْأَصْفَادِ {38}
Bir-biriga kishanlangan boshqalarni ham (xizmatiga boʻysundirib berdik).
38:39
هَذَا عَطَاؤُنَا فَامْنُنْ أَوْ أَمْسِكْ بِغَيْرِ حِسَابٍ {39}
“Bu Bizning (senga) bergan neʼmatimizdir – xohlasang qoʻyib yubor, xohlasang hisob-kitobsiz holatda ushlab tur”, (deyilgan).
38:40
وَإِنَّ لَهُ عِندَنَا لَزُلْفَى وَحُسْنَ مَآبٍ {40}
Albatta, huzurimizda u uchun yaqin martaba va goʻzal kelajak bor.
38:41
وَاذْكُرْ عَبْدَنَا أَيُّوبَ إِذْ نَادَى رَبَّهُ أَنِّي مَسَّنِيَ الشَّيْطَانُ بِنُصْبٍ وَعَذَابٍ {41}
Bandamiz – Ayyubni ham yod et. Bir kuni u yaratgan Egasiga nola qilib: “(Ey Rabbim!) Shayton menga mashaqqat va azob keltirdi”, dedi.
38:42
ارْكُضْ بِرِجْلِكَ هَذَا مُغْتَسَلٌ بَارِدٌ وَشَرَابٌ {42}
(Unga): «Oyogʻingni bos![1859] Bu choʻmiladigan sovuq suv va ichimlikdir», (deyildi).
38:43
وَوَهَبْنَا لَهُ أَهْلَهُ وَمِثْلَهُم مَّعَهُمْ رَحْمَةً مِّنَّا وَذِكْرَى لِأُوْلِي الْأَلْبَابِ {43}
Bizdan bir yaxshilik boʻlsin hamda, aql-u vijdoni sof kishilarga nasihat (eslatma) boʻlsin deb, unga oilasini va yana shuncha (qavm-u qarindoshlar) berdik.
38:44
وَخُذْ بِيَدِكَ ضِغْثًا فَاضْرِب بِّهِ وَلَا تَحْنَثْ إِنَّا وَجَدْنَاهُ صَابِرًا نِعْمَ الْعَبْدُ إِنَّهُ أَوَّابٌ {44}
«Qoʻlingga bir dastani olib, u bilan ur (yoʻlga chiq), gunohga botma[1860].» (deyildi). Albatta, Biz uni bardoshli deb bildik. U qanday ham yaxshi bandadir, u doimo Allohga yoʻnalib-qaytuvchidir.
38:45
وَاذْكُرْ عِبَادَنَا إبْرَاهِيمَ وَإِسْحَقَ وَيَعْقُوبَ أُوْلِي الْأَيْدِي وَالْأَبْصَارِ {45}
(Dinda) baquvvat va basiratli bandalarimiz – Ibrohim, Isʼhoq va Yaʼqubni ham yodet.
38:46
إِنَّا أَخْلَصْنَاهُم بِخَالِصَةٍ ذِكْرَى الدَّارِ {46}
Albatta, Biz ularni, oxirat diyorini doim yodda tutadigan xolis xislati ila samimiyatga erishtirganmiz[1861].
38:47
وَإِنَّهُمْ عِندَنَا لَمِنَ الْمُصْطَفَيْنَ الْأَخْيَارِ {47}
Albatta, ular Bizning nazdimizda tanlab olingan yaxshi kishilardandir.
38:48
وَاذْكُرْ إِسْمَاعِيلَ وَالْيَسَعَ وَذَا الْكِفْلِ وَكُلٌّ مِّنْ الْأَخْيَارِ {48}
Ismoil, Alyasaʼ va Zulkiflni ham yodet! Hammasi yaxshilardandir.
38:49
هَذَا ذِكْرٌ وَإِنَّ لِلْمُتَّقِينَ لَحُسْنَ مَآبٍ {49}
Bu bir eslatmadirki; masʼuliyatli (moʻmin)larga goʻzal kelajak bor.
38:50
جَنَّاتِ عَدْنٍ مُّفَتَّحَةً لَّهُمُ الْأَبْوَابُ {50}
Ular uchun eshiklari ochib qoʻyilgan Adn bogʻlari bor.
38:51
مُتَّكِئِينَ فِيهَا يَدْعُونَ فِيهَا بِفَاكِهَةٍ كَثِيرَةٍ وَشَرَابٍ {51}
Ular bogʻ-u boʻstonlarda yonboshlab (yotib), koʻplab meva-cheva va ichimlik chaqiradilar.
38:52
وَعِندَهُمْ قَاصِرَاتُ الطَّرْفِ أَتْرَابٌ {52}
Ularning yonida nigohlari (xojalariga qarash bilan) chegaralangan tengqur xizmatkor qizlar (hurlar) bor[1862].
38:53
هَذَا مَا تُوعَدُونَ لِيَوْمِ الْحِسَابِ {53}
Bu sizlarga hisob kuni uchun vaʼda qilinyapti.
38:54
إِنَّ هَذَا لَرِزْقُنَا مَا لَهُ مِن نَّفَادٍ {54}
Albatta, bu Bizning (jannatdagilarga beradigan) rizqimiz – uni tugab qolishi boʻlmaydi.
38:55
هَذَا وَإِنَّ لِلطَّاغِينَ لَشَرَّ مَآبٍ {55}
(Yaxshilarning ahvoli) shu! Haddan oshuvchi-tugʻyonkorlarga yomon kelajak bor.
38:56
جَهَنَّمَ يَصْلَوْنَهَا فَبِئْسَ الْمِهَادُ {56}
Jahannamga tushadilar. U qanday ham yomon joy.
38:57
هَذَا فَلْيَذُوقُوهُ حَمِيمٌ وَغَسَّاقٌ {57}
Mana (ularning azobi), uni totsinlar endi – qaynoq suv va yiring.
38:58
وَآخَرُ مِن شَكْلِهِ أَزْوَاجٌ {58}
Yana boshqa uning shaklida turli-turli azoblar.
38:59
هَذَا فَوْجٌ مُّقْتَحِمٌ مَّعَكُمْ لَا مَرْحَبًا بِهِمْ إِنَّهُمْ صَالُوا النَّارِ {59}
(Yetakchi zolimlarga) “Bu sizlar bilan (zalolatga koʻr-koʻrona) ergashgan jamoadir”, deyiladi. “Ularga tinchlik-osoyishtalik boʻlmasin! Chunki, ular jahannamga kiruvchilardir”, (deydi yetakchi zolimlar).
38:60
قَالُوا بَلْ أَنتُمْ لَا مَرْحَبًا بِكُمْ أَنتُمْ قَدَّمْتُمُوهُ لَنَا فَبِئْسَ الْقَرَارُ {60}
(Yetakchilariga zalolatda ergashgan kimsalar): “Aslida sizlarga tinchlik-osoyishtalik boʻlmasin! Jahannamni bizga sizlar taqdim qildinglar. Endi bu qanday ham yomon qarorgohdir!”, (deydilar).
38:61
قَالُوا رَبَّنَا مَن قَدَّمَ لَنَا هَذَا فَزِدْهُ عَذَابًا ضِعْفًا فِي النَّارِ {61}
«Ey yaratgan Egamiz! Bizga bu jahannamni kim taqdim qilgan boʻlsa, unga jahannamda azobni koʻpaytirib[1863] ber», deydilar.
38:62
وَقَالُوا مَا لَنَا لَا نَرَى رِجَالًا كُنَّا نَعُدُّهُم مِّنَ الْأَشْرَارِ {62}
(Bir-biriga) shunday deydi: «Biz yomon deb bilgan kishilar boʻlardi, nega biz ularni (jahannamda) koʻrmayapmiz?
38:63
أَتَّخَذْنَاهُمْ سِخْرِيًّا أَمْ زَاغَتْ عَنْهُمُ الْأَبْصَارُ {63}
Ularni kamsitganmidik yoki (jahannamda boʻlsa ham) koʻzlarimiz ulardan chalgʻidimikin?» deyishadi.
38:64
إِنَّ ذَلِكَ لَحَقٌّ تَخَاصُمُ أَهْلِ النَّارِ {64}
Albatta jahannam ahlining bu tortishuvi haqdir.
38:65
قُلْ إِنَّمَا أَنَا مُنذِرٌ وَمَا مِنْ إِلَهٍ إِلَّا اللَّهُ الْوَاحِدُ الْقَهَّارُ {65}
Ayt: «Men ogohlantiruvchiman, xolos. Allohdan boshqa qullik qilinishga haqli hech qanday iloh yoʻq, U yagonadir, qarshi chiqib boʻlmas kuchga egadir.
38:66
رَبُّ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا الْعَزِيزُ الْغَفَّارُ {66}
U osmonlar, yer va ular orasidagi narsalarni yaratgan Egasidir, doimo gʻolibdir, juda kechirimlidir.»
38:67
قُلْ هُوَ نَبَأٌ عَظِيمٌ {67}
Ayt: «Bu (Qurʼon) buyuk xabardir.
38:68
أَنتُمْ عَنْهُ مُعْرِضُونَ {68}
Sizlar esa undan yuz oʻgiryapsiz.
38:69
مَا كَانَ لِي مِنْ عِلْمٍ بِالْمَلَإِ الْأَعْلَى إِذْ يَخْتَصِمُونَ {69}
Buyuk masjlisda tortishayotganlarida (nimalar boʻlgani haqida) menda hech qanday maʼlumot yoʻq.
38:70
إِن يُوحَى إِلَيَّ إِلَّا أَنَّمَا أَنَا نَذِيرٌ مُّبِينٌ {70}
Menga men faqat (Qurʼondagi xabarlardan) ogohlantiruvchi ekanim vahiy qilindi».
38:71
إِذْ قَالَ رَبُّكَ لِلْمَلَائِكَةِ إِنِّي خَالِقٌ بَشَرًا مِن طِينٍ {71}
Bir kuni yaratgan Egang farishtalarga shunday dedi »Men loydan bashar[1864] (inson) yaratyapman.
38:72
فَإِذَا سَوَّيْتُهُ وَنَفَخْتُ فِيهِ مِن رُّوحِي فَقَعُوا لَهُ سَاجِدِينَ {72}
Unga shakl berib, unga ruhimdan puflaganimda[1865] darhol unga sajda qilinglar.»
38:73
فَسَجَدَ الْمَلَائِكَةُ كُلُّهُمْ أَجْمَعُونَ {73}
(Odamga ruh kirgizilganida) farishtalarning barchasi sajda qildi.
38:74
إِلَّا إِبْلِيسَ اسْتَكْبَرَ وَكَانَ مِنْ الْكَافِرِينَ {74}
Faqat Iblis sajda qilmadi, oʻzini katta tutdi va kofirlardan boʻldi.
38:75
قَالَ يَا إِبْلِيسُ مَا مَنَعَكَ أَن تَسْجُدَ لِمَا خَلَقْتُ بِيَدَيَّ أَسْتَكْبَرْتَ أَمْ كُنتَ مِنَ الْعَالِينَ {75}
Alloh aytdi: «Ey Iblis! Oʻz «qoʻllarim[1866]» (Oʻz xohishim va Oʻz qudratim) bilan yaratgan narsamga sajda qilishingga nima qarshilik qildi? Oʻzingni katta tutdingmi yoki (oʻzini hammadan) ustun tutuvchilardanmisan?»
38:76
قَالَ أَنَا خَيْرٌ مِّنْهُ خَلَقْتَنِي مِن نَّارٍ وَخَلَقْتَهُ مِن طِينٍ {76}
Iblis aytdi: “Men undan yaxshiman – meni oʻtdan yaratding, uni loydan yaratding.”
38:77
قَالَ فَاخْرُجْ مِنْهَا فَإِنَّكَ رَجِيمٌ {77}
Alloh aytdi: «Chiq u yerdan, endi sen quvilding.
38:78
وَإِنَّ عَلَيْكَ لَعْنَتِي إِلَى يَوْمِ الدِّينِ {78}
Albatta, senga to sarhisob kunigacha laʼnatim davom etadi.»
38:79
قَالَ رَبِّ فَأَنظِرْنِي إِلَى يَوْمِ يُبْعَثُونَ{79}
Iblis: “Ey yaratgan Egam! Unday boʻlsa, qayta tiriladigan kungacha menga muhlat ber”, dedi.
38:80
قَالَ فَإِنَّكَ مِنَ الْمُنظَرِينَ {80}
Alloh shunday dedi: «Sen muhlat berilganlardansan.
38:81
إِلَى يَوْمِ الْوَقْتِ الْمَعْلُومِ {81}
Maʼlum vaqt kunigacha (senga muhlat berildi).
38:82
قَالَ فَبِعِزَّتِكَ لَأُغْوِيَنَّهُمْ أَجْمَعِينَ {82}
Iblis aytdi: «Sening shaʼn-u qudratingga qasamki, endi ularning barchasini yoʻldan adashtiraman.
38:83
إِلَّا عِبَادَكَ مِنْهُمُ الْمُخْلَصِينَ {83}
Ular orasida Sening samimiy bandalaring bundan mustasno.»
38:84
قَالَ فَالْحَقُّ وَالْحَقَّ أَقُولُ {84}
Alloh aytdi: «Bu toʻgʻri! Men ham (shu) haqiqatni aytamanki:
38:85
لَأَمْلَأَنَّ جَهَنَّمَ مِنكَ وَمِمَّن تَبِعَكَ مِنْهُمْ أَجْمَعِينَ {85}
Jahannamni sen va ular orasida senga ergashganlar bilan birga toʻldiraman.»
38:86
قُلْ مَا أَسْأَلُكُمْ عَلَيْهِ مِنْ أَجْرٍ وَمَا أَنَا مِنَ الْمُتَكَلِّفِينَ {86}
(Ey Muhammad!) Ayt: «Bu (tabligʻ) uchun men sizlardan hech qanday toʻlov soʻramayapman. Men bu kulfatga kirib qolganlardan emasman.
38:87
إِنْ هُوَ إِلَّا ذِكْرٌ لِّلْعَالَمِينَ {87}
Bu (Qurʼon) barcha olamlarga nasihatdanboshqa narsa emas[1867].
38:88
وَلَتَعْلَمُنَّ نَبَأَهُ بَعْدَ حِينٍ {88}
Uning (ichida bildirilgan) xabarlarini haq ekanini bir oz vaqtdan keyin aniq bilib olasizlar.»
- ZUMAR surasi[1868]
بسم اللَّه الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
39:1
تَنزِيلُ الْكِتَابِ مِنَ اللَّهِ الْعَزِيزِ الْحَكِيمِ {1}
Bu kitob oʻz ishida gʻolib va toʻgʻri qaror beruvchi – Alloh tarafidan tushirilgan.
39:2
إِنَّا أَنزَلْنَا إِلَيْكَ الْكِتَابَ بِالْحَقِّ فَاعْبُدِ اللَّهَ مُخْلِصًا لَّهُ الدِّينَ {2}
Senga bu kitobni toʻgʻri maqsadda[1869] tushirdik – Dinga hech narsa qoʻshmagan holda Allohga ibodat qil.
39:3
أَلَا لِلَّهِ الدِّينُ الْخَالِصُ وَالَّذِينَ اتَّخَذُوا مِن دُونِهِ أَوْلِيَاء مَا نَعْبُدُهُمْ إِلَّا لِيُقَرِّبُونَا إِلَى اللَّهِ زُلْفَى إِنَّ اللَّهَ يَحْكُمُ بَيْنَهُمْ فِي مَا هُمْ فِيهِ يَخْتَلِفُونَ إِنَّ اللَّهَ لَا يَهْدِي مَنْ هُوَ كَاذِبٌ كَفَّارٌ {3}
Ogoh boʻling! Sof din faqat Allohga tegishli. Allohni qoʻyib avliyolarni[1870] (iloh) qilib olganlar: “Biz avliyolarga faqatgina ular bizni Allohga yana ham yaqin martabalarga ulashtirsin deb ibodat qilyapmiz”, deydilar. Ixtilof qilayotgan masalalari haqida ular orasida Allohning Oʻzi hukm qiladi. Yolgʻonchi va nonkoʻr kimsalarni Alloh hidoyat qilmaydi.
39:4
لَوْ أَرَادَ اللَّهُ أَنْ يَتَّخِذَ وَلَدًا لَّاصْطَفَى مِمَّا يَخْلُقُ مَا يَشَاء سُبْحَانَهُ هُوَ اللَّهُ الْوَاحِدُ الْقَهَّارُ {4}
Agar Alloh oʻziga farzand tutib olishni xohlasa edi, yaratgan narsalari orasidan oʻzi munosib bilganini tanlab olgan boʻlardi. U bundan pokdir. U yakkayu yagona va qarshi chiqib boʻlmas kuchga ega – Allohdir.
39:5
خَلَقَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ بِالْحَقِّ يُكَوِّرُ اللَّيْلَ عَلَى النَّهَارِ وَيُكَوِّرُ النَّهَارَ عَلَى اللَّيْلِ وَسَخَّرَ الشَّمْسَ وَالْقَمَرَ كُلٌّ يَجْرِي لِأَجَلٍ مُسَمًّى أَلَا هُوَ الْعَزِيزُ الْغَفَّارُ {5}
U osmonlar va yerni haq ila (toʻgʻri maqsadda) yaratdi. Kechani kunduzga oʻrab turadi, kunduzni kechaga oʻrab turadi. Quyosh bilan oyni amriga boʻysundirib qoʻydi – har biri belgilangan muddatgacha (oʻz orbitasida) suzib bormoqda[1871]. Ogoh boʻling, U doimo gʻolibdir, juda kechirimlidir[1872].
39:6
خَلَقَكُم مِّن نَّفْسٍ وَاحِدَةٍ ثُمَّ جَعَلَ مِنْهَا زَوْجَهَا وَأَنزَلَ لَكُم مِّنْ الْأَنْعَامِ ثَمَانِيَةَ أَزْوَاجٍ يَخْلُقُكُمْ فِي بُطُونِ أُمَّهَاتِكُمْ خَلْقًا مِن بَعْدِ خَلْقٍ فِي ظُلُمَاتٍ ثَلَاثٍ ذَلِكُمُ اللَّهُ رَبُّكُمْ لَهُ الْمُلْكُ لَا إِلَهَ إِلَّا هُوَ فَأَنَّى تُصْرَفُونَ {6}
U sizlarni (otangiz Odamni) bitta nafsdan[1873] yaratdi. Keyin uning juftini ham oʻsha bitta nafsdan paydo qildi. Sizlarga chorva hayvonlaridan sakkiz juft[1874] berdik. U sizlarni onalaringizning qornida ekaningizda, uch zulmat ichra bosqichma-bosqich yaratdi. Mana shu Allohdir, sizlarning yaratgan Egangizdir, egadorlik:hukmdorlik Unga tegishli, qullik qilinishga haqli undan boshqa hech kim yoʻq. Shunday ekan, sizlar qayoqqa burilib ketyapsiz?!
39:7
إِن تَكْفُرُوا فَإِنَّ اللَّهَ غَنِيٌّ عَنكُمْ وَلَا يَرْضَى لِعِبَادِهِ الْكُفْرَ وَإِن تَشْكُرُوا يَرْضَهُ لَكُمْ وَلَا تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ أُخْرَى ثُمَّ إِلَى رَبِّكُم مَّرْجِعُكُمْ فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ إِنَّهُ عَلِيمٌ بِذَاتِ الصُّدُورِ {7}
Agar (Islomni qabul qilmay) kofirlik qilsangiz, bilingki, Alloh sizlardan behojatdir. U bandalarining kofirlik qilishiga rozi boʻlmaydi[1875]. Agar (Islomni) qadriga yetsangiz:shukr qilsangiz, uni sizlardan qabul qiladi[1876] (rozi boʻladi). Hech bir gunohkor boshqasining gunohini javobgarligini olmaydi[1877]. Soʻngra, qaytishingiz yaratgan Egangizga boʻladi. Shunda, qilmishlaringizni oʻzingizga bildirib qoʻyadi. Albatta, U dillardagini ham biladi.
39:8
وَإِذَا مَسَّ الْإِنسَانَ ضُرٌّ دَعَا رَبَّهُ مُنِيبًا إِلَيْهِ ثُمَّ إِذَا خَوَّلَهُ نِعْمَةً مِّنْهُ نَسِيَ مَا كَانَ يَدْعُو إِلَيْهِ مِن قَبْلُ وَجَعَلَ لِلَّهِ أَندَادًا لِّيُضِلَّ عَن سَبِيلِهِ قُلْ تَمَتَّعْ بِكُفْرِكَ قَلِيلًا إِنَّكَ مِنْ أَصْحَابِ النَّارِ {8}
Insonni boshiga bir zarar kelganida, rabbiga yoʻnalgan holda Uning Oʻziga duo-iltijo qiladi. Keyin, unga Men tarafimdan bir neʼmat taqdim qilinganida, Allohga duo qilayotganini unutib, Uning yoʻlidan adashtirish uchun, Allohga turlicha sheriklar toʻqib chiqaradi. (Ey Muhammad!) Ayt: «Kofirliging-la dunyoda bir oz bahramand boʻl,[1878] (oxiratda) sen albatta jahannam ahlidan boʻlasan.»
39:9
أَمَّنْ هُوَ قَانِتٌ آنَاء اللَّيْلِ سَاجِدًا وَقَائِمًا يَحْذَرُ الْآخِرَةَ وَيَرْجُو رَحْمَةَ رَبِّهِ قُلْ هَلْ يَسْتَوِي الَّذِينَ يَعْلَمُونَ وَالَّذِينَ لَا يَعْلَمُونَ إِنَّمَا يَتَذَكَّرُ أُوْلُوا الْأَلْبَابِ {9}
Yoki, oxirat (azobidan) hazar qilgan va yaratgan Egasining yaxshiligini (jannatini) umid qilgan holda tungi vaqtlarda sajdada va tik turib ibodat qilgan kishi (kofirlik qilgan kishi bilan teng boʻladimi)? “Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng boʻladimi?!”- de. Aqlu vijdoni sof kishilargina nasihat oladi.
39:10
قُلْ يَا عِبَادِ الَّذِينَ آمَنُوا اتَّقُوا رَبَّكُمْ لِلَّذِينَ أَحْسَنُوا فِي هَذِهِ الدُّنْيَا حَسَنَةٌ وَأَرْضُ اللَّهِ وَاسِعَةٌ إِنَّمَا يُوَفَّى الصَّابِرُونَ أَجْرَهُم بِغَيْرِ حِسَابٍ {10}
Shunday deganimni ayt: «Ey moʻminlar! Yaratgan Egangizga nisbatan javobgarlikni his qiling. Yaxshilik (jannat) bu dunyoda yaxshilik qilganlar uchundir. Allohning yeri keng[1879]. Shubhasizki, bardoshli kishilarga haq va evazlari hisobsiz shaklda beriladi.»
39:11
قُلْ إِنِّي أُمِرْتُ أَنْ أَعْبُدَ اللَّهَ مُخْلِصًا لَّهُ الدِّينَ {11}
Ayt: «Albatta, men Uning diniga hech narsa qoʻshmagan holda Allohga ibodat qilishga buyurildim[1880].
39:12
وَأُمِرْتُ لِأَنْ أَكُونَ أَوَّلَ الْمُسْلِمِينَ {12}
Musulmonlarning avvalgisi (yetakchisi) boʻlishga buyurildim[1881].»
39:13
قُلْ إِنِّي أَخَافُ إِنْ عَصَيْتُ رَبِّي عَذَابَ يَوْمٍ عَظِيمٍ {13}
Ayt: “Agar yaratgan Egamga qarshi chiqsam, buyuk kunning azobidan qoʻrqaman.”
39:14
قُلِ اللَّهَ أَعْبُدُ مُخْلِصًا لَّهُ دِينِي {14}
Ayt: «Men Allohga – Uning diniga hech narsa qoʻshmagan holda ibodat qilaman.
39:15
فَاعْبُدُوا مَا شِئْتُم مِّن دُونِهِ قُلْ إِنَّ الْخَاسِرِينَ الَّذِينَ خَسِرُوا أَنفُسَهُمْ وَأَهْلِيهِمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ أَلَا ذَلِكَ هُوَ الْخُسْرَانُ الْمُبِينُ {15}
Endi, sizlar Allohni qoʻyib xohlagan narsanglarga ibodat qilsangiz qilaveringlar!» Ayt: «Albatta, xonavayron boʻluvchilar – qiyomat kuni oʻzlarini ham, oila-aʼzolarini ham xonavayron qiladiganlardir[1882]. Ogoh boʻlinglar! Mana bu aniq xonavayronlikdir.
39:16
لَهُم مِّن فَوْقِهِمْ ظُلَلٌ مِّنَ النَّارِ وَمِن تَحْتِهِمْ ظُلَلٌ ذَلِكَ يُخَوِّفُ اللَّهُ بِهِ عِبَادَهُ يَا عِبَادِ فَاتَّقُونِ {16}
Ularning ustlarida ham olovli soyalar, ostlarida ham (olovli) soyalar boʻladi. Alloh bandalarini mana shu bilan qoʻrqityapti. Ey bandalarim! Endi, Menga nisbatan javobgarlikni his qiling.
39:17
وَالَّذِينَ اجْتَنَبُوا الطَّاغُوتَ أَن يَعْبُدُوهَا وَأَنَابُوا إِلَى اللَّهِ لَهُمُ الْبُشْرَى فَبَشِّرْ عِبَادِ {17}
Togʻutga[1883] qullik qilishdan chetlanib[1884] Allohga yoʻnalgan kimsalarga xush xabar bor. Bandalarimga xush xabar ber.
39:18
الَّذِينَ يَسْتَمِعُونَ الْقَوْلَ فَيَتَّبِعُونَ أَحْسَنَهُ أُوْلَئِكَ الَّذِينَ هَدَاهُمُ اللَّهُ وَأُوْلَئِكَ هُمْ أُوْلُوا الْأَلْبَابِ {18}
Ular – (Allohdan kelgan) soʻzga quloq solib, unga chiroyli ergashib-amal qiladi[1885]. Alloh hidoyat qilgan kishilar ana shulardir. Aqlu vijdoni sof kishilar ana shulardir.
39:19
أَفَمَنْ حَقَّ عَلَيْهِ كَلِمَةُ الْعَذَابِ أَفَأَنتَ تُنقِذُ مَن فِي النَّارِ {19}
U haqida azob soʻzi muqarrar boʻlgan kishini – jahannamdagi kishini sen qutqara olasanmi?!
39:20
لَكِنِ الَّذِينَ اتَّقَوْا رَبَّهُمْ لَهُمْ غُرَفٌ مِّن فَوْقِهَا غُرَفٌ مَّبْنِيَّةٌ تَجْرِي مِن تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ وَعْدَ اللَّهِ لَا يُخْلِفُ اللَّهُ الْمِيعَادَ {20}
Biroq, Robbiga nisbatan javobgarlikni his qilganlar esa, Allohning vaʼdasiga binoan ustma-ust qurilgan, ostlaridan anhorlar oqib turadigan saroylar bor. Alloh soʻzidan qaytmaydi.
39:21
أَلَمْ تَرَ أَنَّ اللَّهَ أَنزَلَ مِنَ السَّمَاء مَاء فَسَلَكَهُ يَنَابِيعَ فِي الْأَرْضِ ثُمَّ يُخْرِجُ بِهِ زَرْعًا مُّخْتَلِفًا أَلْوَانُهُ ثُمَّ يَهِيجُ فَتَرَاهُ مُصْفَرًّا ثُمَّ يَجْعَلُهُ حُطَامًا إِنَّ فِي ذَلِكَ لَذِكْرَى لِأُوْلِي الْأَلْبَابِ{21}
Koʻrmadingmiki, Alloh osmondan yomgʻir yogʻdirib, uni yerdagi manbalarga solib qoʻydi. Keyin, u orqali turli rangdagi oʻsimliklar chiqardi. Keyin, u quriydi, uni sargʻayib qolganini koʻrasan, soʻngra uni xazonga aylantiradi. Albatta, aqlu vijdoni sof kishilar uchun bunda nasihat bor.
39:22
أَفَمَن شَرَحَ اللَّهُ صَدْرَهُ لِلْإِسْلَامِ فَهُوَ عَلَى نُورٍ مِّن رَّبِّهِ فَوَيْلٌ لِّلْقَاسِيَةِ قُلُوبُهُم مِّن ذِكْرِ اللَّهِ أُوْلَئِكَ فِي ضَلَالٍ مُبِينٍ {22}
Alloh qalbini Islomga ochib qoʻygan kishi, Rabbidan tarafidan berilgan nur (Qurʼon)[1886] uzra boʻlmaydimi?! Allohning zikridan (Qurindan) qalblari qotib qolgan kimsalarning holiga voy! Ular aniq zalolatdadir.
39:23
اللَّهُ نَزَّلَ أَحْسَنَ الْحَدِيثِ كِتَابًا مُّتَشَابِهًا مَّثَانِيَ تَقْشَعِرُّ مِنْهُ جُلُودُ الَّذِينَ يَخْشَوْنَ رَبَّهُمْ ثُمَّ تَلِينُ جُلُودُهُمْ وَقُلُوبُهُمْ إِلَى ذِكْرِ اللَّهِ ذَلِكَ هُدَى اللَّهِ يَهْدِي بِهِ مَنْ يَشَاء وَمَن يُضْلِلْ اللَّهُ فَمَا لَهُ مِنْ هَادٍ {23}
Alloh soʻzlarning eng goʻzalini (maʼnolari) oʻxshash (lafzlari takrorlanadigan) ikkitalik shaklda kitob qilib tushirdi[1887]. Buning taʼsirida, yaratgan Egasidan andisha qilib qoʻrqadiganlarning badanlari titraydi, soʻngra ularning badanlari va dillari Allohning zikriga (Qurʼonga) yumshaydi. Bu (kitob) Allohning qoʻllanmasidir – u orqali munosib boʻlgan bandalarini toʻgʻri yoʻlga soladi[1888]. Alloh kimni adashtirsa, uni yoʻlga soluvchi hech kim boʻlmaydi.
39:24
أَفَمَن يَتَّقِي بِوَجْهِهِ سُوءَ الْعَذَابِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَقِيلَ لِلظَّالِمِينَ ذُوقُوا مَا كُنتُمْ تَكْسِبُونَ {24}
Qiyomat kuni, haqsizlik qiluvchi-zolimlarga qilmishingizni totinglar deyilganida, yomon azobdan oʻzini kim saqlay olarkan?
39:25
كَذَّبَ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ فَأَتَاهُمْ الْعَذَابُ مِنْ حَيْثُ لَا يَشْعُرُونَ {25}
Ulardan avvalgilar ham yolgʻonga chiqarishgan. Oʻshanda, ularga oʻzlari sezmagan holda azob kelgan.
39:26
فَأَذَاقَهُمُ اللَّهُ الْخِزْيَ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَلَعَذَابُ الْآخِرَةِ أَكْبَرُ لَوْ كَانُوا يَعْلَمُونَ {26}
Shu tariqa, Alloh ularga dunyo hayotida xorlikni tottirib qoʻydi. Oxirat azobi yana ham buyuk. Qaniydi buni bilsalar!
39:27
وَلَقَدْ ضَرَبْنَا لِلنَّاسِ فِي هَذَا الْقُرْآنِ مِن كُلِّ مَثَلٍ لَّعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ {27}
Nasihat olsinlar deb, insonlar uchun bu Qurʼonda har turli oʻrnaklar keltirdik[1889].
39:28
قُرآنًا عَرَبِيًّا غَيْرَ ذِي عِوَجٍ لَّعَلَّهُمْ يَتَّقُونَ {28}
Gunohlardan saqlansinlar deb, uni egriliksiz[1890] holda, arabcha Qurʼon qilib tushirdik.
39:29
ضَرَبَ اللَّهُ مَثَلًا رَّجُلًا فِيهِ شُرَكَاء مُتَشَاكِسُونَ وَرَجُلًا سَلَمًا لِّرَجُلٍ هَلْ يَسْتَوِيَانِ مَثَلًا الْحَمْدُ لِلَّهِ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يَعْلَمُونَ {29}
Alloh bir misol keltirdi: talashib-tortishuvchi raqobatdosh sheriklarga bogʻliq kishini hamda, faqat bir kishiga bogʻliq boʻlgan kishini. U ikkalasi bir xil boʻladimi? Olqish-u maqtov Allohga xos! Faqat, ularning koʻpi buni bilmayapti[1891].
39:30
إِنَّكَ مَيِّتٌ وَإِنَّهُم مَّيِّتُونَ {30}
Albatta, sen ham oʻlasan, ular ham oʻladi[1892].
39:31
ثُمَّ إِنَّكُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ عِندَ رَبِّكُمْ تَخْتَصِمُونَ {31}
Keyin, sizlar (barchangiz) qiyomat kuni Rabbingiz huzurida xusumatlashasizlar[1893].
39:32
فَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّن كَذَبَ عَلَى اللَّهِ وَكَذَّبَ بِالصِّدْقِ إِذْ جَاءهُ أَلَيْسَ فِي جَهَنَّمَ مَثْوًى لِّلْكَافِرِينَ {32}
Alloh haqida yolgʻon gapirgan, unga roʻyi rost (kitob) kelganida uni yolgʻonga chiqargan odamdan ham zolimroq biri bormi?! Kofirlik qiluvchilarga jahannamda joy yoʻq ekanmi?
39:33
وَالَّذِي جَاء بِالصِّدْقِ وَصَدَّقَ بِهِ أُوْلَئِكَ هُمُ الْمُتَّقُونَ {33}
Roʻyi rost (kitob)ni keltirgan kishi va uni tasdiqlagan kishilar, masʼuliyatli (moʻmin)lar ana shulardir.
39:34
لَهُم مَّا يَشَاءونَ عِندَ رَبِّهِمْ ذَلِكَ جَزَاء الْمُحْسِنِينَ {34}
Yaratgan Egasi huzurida ular uchun xohlagan narsalari bor. Mana shu – muhsinlarning mukofotidir.
39:35
لِيُكَفِّرَ اللَّهُ عَنْهُمْ أَسْوَأَ الَّذِي عَمِلُوا وَيَجْزِيَهُمْ أَجْرَهُم بِأَحْسَنِ الَّذِي كَانُوا يَعْمَلُونَ {35}
Toki, Alloh ularning qilgan yomonliklarini oʻchirib, qilgan chiroyli ishlarini mukofotini beradi[1894].
39:36
أَلَيْسَ اللَّهُ بِكَافٍ عَبْدَهُ وَيُخَوِّفُونَكَ بِالَّذِينَ مِن دُونِهِ وَمَن يُضْلِلِ اللَّهُ فَمَا لَهُ مِنْ هَادٍ {36}
Alloh Oʻz bandasiga yetarli emasmi?! Ular seni Allohdan boshqalari bilan qoʻrqitmoqda. Alloh kimni adashtirsa (adashganiga qaror bersa), endi uni yoʻlga soluvchi hech kim yoʻq.
39:37
وَمَن يَهْدِ اللَّهُ فَمَا لَهُ مِن مُّضِلٍّ أَلَيْسَ اللَّهُ بِعَزِيزٍ ذِي انتِقَامٍ {37}
Alloh kimni toʻgʻri yoʻlga solsa, endi uni adashtiruvchi hech kim yoʻq. Alloh doimo gʻolib va ustun hamda, munosib jazoni beruvchi[1895] emasmi?!
39:38
وَلَئِن سَأَلْتَهُم مَّنْ خَلَقَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ لَيَقُولُنَّ اللَّهُ قُلْ أَفَرَأَيْتُم مَّا تَدْعُونَ مِن دُونِ اللَّهِ إِنْ أَرَادَنِيَ اللَّهُ بِضُرٍّ هَلْ هُنَّ كَاشِفَاتُ ضُرِّهِ أَوْ أَرَادَنِي بِرَحْمَةٍ هَلْ هُنَّ مُمْسِكَاتُ رَحْمَتِهِ قُلْ حَسْبِيَ اللَّهُ عَلَيْهِ يَتَوَكَّلُ الْمُتَوَكِّلُونَ{38}
Agar ulardan: «Osmonlar va yerni kim yaratgan?» deb soʻrasang, ular aniq: “Alloh” deb javob beradi. Ayt: “Shunday ekan, bir oʻylab koʻrdingizmi, agar Alloh menga bir zararni xohlasa, Allohdan boshqa duo qilayotganlaringiz Uning zararini bartaraf qila oladimi? Yoki, agar Alloh menga bir yaxshilikni xohlasa, ular Uning yaxshiligini toʻsa oladimi?” Ayt: “Alloh menga kifoya. Suyanib tayanmoqchi boʻlganlar Unga suyanib-tayansin.”
39:39
قُلْ يَا قَوْمِ اعْمَلُوا عَلَى مَكَانَتِكُمْ إِنِّي عَامِلٌ فَسَوْفَ تَعْلَمُونَ {39}
Ayt: «Ey qavmim, oʻz ahvolingizga koʻra qiladiganingizni qilavering. Men ham (qiladiganimni) qilaman[1896]. Keyin, yaqinda bilib olasizlar.
39:40
مَن يَأْتِيهِ عَذَابٌ يُخْزِيهِ وَيَحِلُّ عَلَيْهِ عَذَابٌ مُّقِيمٌ {40}
Uni xor qiladigan azob kimga kelishini va davomli azob kimga kelishini.»
39:41
إِنَّا أَنزَلْنَا عَلَيْكَ الْكِتَابَ لِلنَّاسِ بِالْحَقِّ فَمَنِ اهْتَدَى فَلِنَفْسِهِ وَمَن ضَلَّ فَإِنَّمَا يَضِلُّ عَلَيْهَا وَمَا أَنتَ عَلَيْهِم بِوَكِيلٍ {41}
Albatta, bu kitobni senga – insonlarga tegishli boʻlgan toʻgʻri maqsadda – tushirdik. Endi, kim toʻgʻri yoʻlda yursa, oʻzi uchun yurgan boʻladi. kimki yoʻldan adashsa, faqat oʻz ziyoniga adashgan boʻladi. Sen ularning tepasidagi vakili emassan.
39:42
اللَّهُ يَتَوَفَّى الْأَنفُسَ حِينَ مَوْتِهَا وَالَّتِي لَمْ تَمُتْ فِي مَنَامِهَا فَيُمْسِكُ الَّتِي قَضَى عَلَيْهَا الْمَوْتَ وَيُرْسِلُ الْأُخْرَى إِلَى أَجَلٍ مُسَمًّى إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآيَاتٍ لِّقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ {42}
Alloh jonlarni oʻlim vaqtida, oʻlmaganlarni jonini esa uyqusida oladi – oʻlimga hukm qilgan jonni (badanga kirgizmay) tutib qoladi. Boshqalarini esa, belgilangan muddatgacha (badaniga qaytarib) yuboradi. Fikr yuritadigan kishilar uchun bunda aniq oyat-belgilar bor.
39:43
أَمِ اتَّخَذُوا مِن دُونِ اللَّهِ شُفَعَاء قُلْ أَوَلَوْ كَانُوا لَا يَمْلِكُونَ شَيْئًا وَلَا يَعْقِلُونَ {43}
Yoki, ular Allohdan boshqalarni shafoatchi (oqlovchi) qilib oldilarmi?! «Ular hech narsaga ega boʻlmasalar va aqli yetmasalar ham-a?» deb ayt.
39:44
قُل لِّلَّهِ الشَّفَاعَةُ جَمِيعًا لَّهُ مُلْكُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ثُمَّ إِلَيْهِ تُرْجَعُونَ {44}
Ayt: «Shafoat (oqlash ishi) butunlay Allohga tegishlidir[1897]. Osmonlar va yerning hukmronligi Unga tegishlidir. Keyin, sizlar Unga qaytarilasiz.»
39:45
وَإِذَا ذُكِرَ اللَّهُ وَحْدَهُ اشْمَأَزَّتْ قُلُوبُ الَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِالْآخِرَةِ وَإِذَا ذُكِرَ الَّذِينَ مِن دُونِهِ إِذَا هُمْ يَسْتَبْشِرُونَ {45}
Faqat Allohning Oʻzi yod etilganida, oxiratga ishonmaydiganlarning yuraklari siqilib ketadi[1898]. Undan boshqalari yod etilganida birdan sevinib ketadilar.
39:46
قُلِ اللَّهُمَّ فَاطِرَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ عَالِمَ الْغَيْبِ وَالشَّهَادَةِ أَنتَ تَحْكُمُ بَيْنَ عِبَادِكَ فِي مَا كَانُوا فِيهِ يَخْتَلِفُونَ {46}
Ayt: «Ey osmonlar va yerni yaratuvchisi, maxfiy-u oshkorani ham biluvchi – Allohim! Ixtilofga tushgan narsalari haqida bandalaring orasida Sen Oʻzing hukm qilasan[1899].»
39:47
وَلَوْ أَنَّ لِلَّذِينَ ظَلَمُوا مَا فِي الْأَرْضِ جَمِيعًا وَمِثْلَهُ مَعَهُ لَافْتَدَوْا بِهِ مِن سُوءِ الْعَذَابِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَبَدَا لَهُم مِّنَ اللَّهِ مَا لَمْ يَكُونُوا يَحْتَسِبُونَ {47}
Agar zolimlar qoʻlida yer yuzidagi narsalar va u bilan birga yana shuncha narsa boʻlganida edi, qiyomat kunining yomon azobidan qutilish uchun uni aniq berib yuborgan boʻlardi. Ularga Alloh tarafidan oʻzlari oʻylamagan narsa namoyon boʻladi.
39:48
وَبَدَا لَهُمْ سَيِّئَاتُ مَا كَسَبُوا وَحَاقَ بِهِم مَّا كَانُوا بِهِ يَسْتَهْزِئُون {48}
Ularga qilmishlarining yomonliklari ayon boʻladi, masxara qilgan narsalari ularni qurshab oladi.
39:49
فَإِذَا مَسَّ الْإِنسَانَ ضُرٌّ دَعَانَا ثُمَّ إِذَا خَوَّلْنَاهُ نِعْمَةً مِّنَّا قَالَ إِنَّمَا أُوتِيتُهُ عَلَى عِلْمٍ بَلْ هِيَ فِتْنَةٌ وَلَكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ {49}
Insonga bir zarar tegsa Bizga duo qiladi. Biz tarafdan unga bir neʼmat taqdim etganmizda esa: “U mendagi ilm sababli berildi”, deydi. Aslida u neʼmat imtihondir. Lekin, insonlarning koʻpi bilmaydi.
39:50
قَدْ قَالَهَا الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ فَمَا أَغْنَى عَنْهُم مَّا كَانُوا يَكْسِبُونَ {50}
U gapni ulardan oldingilar ham aytgan[1900]. Biroq, kasb qilib erishgan narsalari ularga asqotmagan.
39:51
فَأَصَابَهُمْ سَيِّئَاتُ مَا كَسَبُوا وَالَّذِينَ ظَلَمُوا مِنْ هَؤُلَاء سَيُصِيبُهُمْ سَيِّئَاتُ مَا كَسَبُوا وَمَا هُم بِمُعْجِزِينَ {51}
Shunda, ularga oʻz qilmishlarining yomonliklari yetgan. Bular orasidan haqsizlik qiluvchilarga ham oʻz qilmishlarining yomonliklari yetadi, ular aslo (Allohni) yengolmaydi.
39:52
أَوَلَمْ يَعْلَمُوا أَنَّ اللَّهَ يَبْسُطُ الرِّزْقَ لِمَن يَشَاء وَيَقْدِرُ إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآيَاتٍ لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ {52}
Bilmadingmiki, Alloh Oʻzi ravo koʻrgan bandalariga rizqni yoyib qoʻyadi, ravo koʻrgan bandalariga oʻlchab (tor qilib) beradi[1901].
39:53
قُلْ يَا عِبَادِيَ الَّذِينَ أَسْرَفُوا عَلَى أَنفُسِهِمْ لَا تَقْنَطُوا مِن رَّحْمَةِ اللَّهِ إِنَّ اللَّهَ يَغْفِرُ الذُّنُوبَ جَمِيعًا إِنَّهُ هُوَ الْغَفُورُ الرَّحِيمُ {53}
Shunday deganimni ayt: «Ey oʻziga qarshi jabr qilgan bandalarim, Allohning rahmatidan umid uzmang.[1902] Chunki U kechirimli va mehribondir.
39:54
وَأَنِيبُوا إِلَى رَبِّكُمْ وَأَسْلِمُوا لَهُ مِن قَبْلِ أَن يَأْتِيَكُمُ الْعَذَابُ ثُمَّ لَا تُنصَرُونَ {54}
Sizlarga azob kelishidan oldin yaratgan Egangizga qaytinglar va unga taslim boʻlinglar. (Azobdan) keyin sizlarga yordam berilmaydi.
39:55
وَاتَّبِعُوا أَحْسَنَ مَا أُنزِلَ إِلَيْكُم مِّن رَّبِّكُم مِّن قَبْلِ أَن يَأْتِيَكُمُ العَذَابُ بَغْتَةً وَأَنتُمْ لَا تَشْعُرُونَ {55}
Oʻsha azob sizlarga oʻzingiz sezmagan holda toʻsatdan kelib qolishidan oldin, yaratgan Egangizdan sizlarga nozil boʻlgan goʻzal narsaga (Qurʼonga) ergashib amal qilinglar.
39:56
أَن تَقُولَ نَفْسٌ يَا حَسْرَتَى علَى مَا فَرَّطتُ فِي جَنبِ اللَّهِ وَإِن كُنتُ لَمِنَ السَّاخِرِينَ {56}
“Allohga nisbatan qilgan xatolarim uchun nadomatlar boʻlsin menga! Men rostdan ham masxara qiluvchilardan edim”, deb qolishi(dan oldin Qurʼonga amal qilib qolinglar).
39:57
أَوْ تَقُولَ لَوْ أَنَّ اللَّهَ هَدَانِي لَكُنتُ مِنَ الْمُتَّقِينَ {57}
Yoki: “Alloh meni toʻgʻri yoʻlga solganida edi, men ham masʼuliyatli (moʻmin)lardan boʻlardim”, deb qolishi(dan oldin Qurʼonga amal qilib qolinglar).
39:58
أَوْ تَقُولَ حِينَ تَرَى الْعَذَابَ لَوْ أَنَّ لِي كَرَّةً فَأَكُونَ مِنَ الْمُحْسِنِينَ {58}
Yoki, azobni koʻrganida: “Qaniydi menda yana bir imkon boʻlganida, chiroyli amal qiluvchilardan boʻlardim”, deb qolishi(dan oldin Qurʼonga amal qilib qolinglar).
39:59
بَلَى قَدْ جَاءتْكَ آيَاتِي فَكَذَّبْتَ بِهَا وَاسْتَكْبَرْتَ وَكُنتَ مِنَ الْكَافِرِينَ {59}
(Bu ahvolga tushib qolganlarga): Yoʻq! Senga oyatlarim yetib kelgandi, sen ularni yolgʻonga chiqarding, oʻzingni katta tutding va kofirlardan boʻlding» (deydi Alloh).
39:60
وَيَوْمَ الْقِيَامَةِ تَرَى الَّذِينَ كَذَبُواْ عَلَى اللَّهِ وُجُوهُهُم مُّسْوَدَّةٌ أَلَيْسَ فِي جَهَنَّمَ مَثْوًى لِّلْمُتَكَبِّرِينَ {60}
Alloh haqida yolgʻon gapirganlarni qiyomat kuni yuzlari qop-qora ekanini koʻrasan. Katta ketuvchilarga jahannamda joy yoʻq ekanmi?!
39:61
وَيُنَجِّي اللَّهُ الَّذِينَ اتَّقَوا بِمَفَازَتِهِمْ لَا يَمَسُّهُمُ السُّوءُ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ {61}
Javobgarlikni his qilib yashagan (moʻmin)larni Alloh oʻz yutuqlari sababli qutqarib qoladi. Ularga yomonlik tegmaydi, ular gʻamgin boʻlmaydi.
39:62
اللَّهُ خَالِقُ كُلِّ شَيْءٍ وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ وَكِيلٌ {62}
Alloh hamma narsaning yaratuvchisidir. U hamma narsaga vakildir (suyanch asosidir).
39:63
لَهُ مَقَالِيدُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَالَّذِينَ كَفَرُوا بِآيَاتِ اللَّهِ أُوْلَئِكَ هُمُ الْخَاسِرُونَ {63}
Osmonlar va yerning kalitlari Unga tegishli. Allohning oyatlarini tan olmaganlar, ana shular xonavayron boʻluvchilardir.
39:64
قُلْ أَفَغَيْرَ اللَّهِ تَأْمُرُونِّي أَعْبُدُ أَيُّهَا الْجَاهِلُونَ {64}
Ayt: «Meni Allohdan boshqasiga ibodat qilishga buyuryapsizlarmi ey johillar?![1903]»
39:65
وَلَقَدْ أُوحِيَ إِلَيْكَ وَإِلَى الَّذِينَ مِنْ قَبْلِكَ لَئِنْ أَشْرَكْتَ لَيَحْبَطَنَّ عَمَلُكَ وَلَتَكُونَنَّ مِنَ الْخَاسِرِينَ {65}
(Ey Muhammad!) senga ham sendan oldingilarga ham shunday vahiy qilindi: “Agar (Allohga) sherik qoʻshsang, amaling behuda boʻlib ketib, aniq, xonavayron boʻluvchilardan boʻlasan.”
39:66
بَلِ اللَّهَ فَاعْبُدْ وَكُن مِّنْ الشَّاكِرِينَ {66}
Yoʻq! Faqat Allohga ibodat qil va shukr qiluvchilardan boʻl.
39:67
وَمَا قَدَرُوا اللَّهَ حَقَّ قَدْرِهِ وَالْأَرْضُ جَمِيعًا قَبْضَتُهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَالسَّماوَاتُ مَطْوِيَّاتٌ بِيَمِينِهِ سُبْحَانَهُ وَتَعَالَى عَمَّا يُشْرِكُونَ {67}
(Kofirlar) Allohni Oʻzi munosib ravishda ulugʻlamadilar. Qiyomat kuni yer yuzi butunlay Uning ixtiyoridadir[1904], osmonlar Uning qudrati ila yigʻilgan boʻladi[1905]. Alloh (mushriklarning) boʻhtonlaridan pokdir!
39:68
وَنُفِخَ فِي الصُّورِ فَصَعِقَ مَن فِي السَّمَاوَاتِ وَمَن فِي الْأَرْضِ إِلَّا مَن شَاء اللَّهُ ثُمَّ نُفِخَ فِيهِ أُخْرَى فَإِذَا هُم قِيَامٌ يَنظُرُونَ {68}
Surga uflanadi. Shunda, osmonlar va yerdagi barcha jonliqlar hushidan ketib oʻladi, Alloh ravo koʻrgani qoladi. Keyin yana bir marta uflanadi, shunda ular tik turib kutib turadilar.
39:69
وَأَشْرَقَتِ الْأَرْضُ بِنُورِ رَبِّهَا وَوُضِعَ الْكِتَابُ وَجِيءَ بِالنَّبِيِّينَ وَالشُّهَدَاء وَقُضِيَ بَيْنَهُم بِالْحَقِّ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ {69}
Yer yuzi yaratgan Egasi paydo qilgan yorugʻlik ila oydinlashadi, kitob[1906] oʻrtaga qoʻyiladi, paygʻambarlar va shahidlar keltiriladi, ularga haqsizlik qilinmagan holda, oralarida haqiqat ila hukm qilinadi.
39:70
وَوُفِّيَتْ كُلُّ نَفْسٍ مَّا عَمِلَتْ وَهُوَ أَعْلَمُ بِمَا يَفْعَلُونَ {70}
Har kimga qilmishining haqi toʻliq qilib beriladi. Ular qilayotgan ishlarni U juda yaxshi biladi.
39:71
وَسِيقَ الَّذِينَ كَفَرُوا إِلَى جَهَنَّمَ زُمَرًا حَتَّى إِذَا جَاؤُوهَا فُتِحَتْ أَبْوَابُهَا وَقَالَ لَهُمْ خَزَنَتُهَا أَلَمْ يَأْتِكُمْ رُسُلٌ مِّنكُمْ يَتْلُونَ عَلَيْكُمْ آيَاتِ رَبِّكُمْ وَيُنذِرُونَكُمْ لِقَاء يَوْمِكُمْ هَذَا قَالُوا بَلَى وَلَكِنْ حَقَّتْ كَلِمَةُ الْعَذَابِ عَلَى الْكَافِرِينَ {71}
Kofirlik qilganlar jahannamga toʻp-toʻp qilib joʻnatiladi. Unga yetib borishganida, eshiklari ochiladi va uning qoʻriqchilari ularga: “Orangizdan sizlarga yaratgan Egangizning oyatlarini oʻqib beradigan va bu kuningizga duch kelishingizdan ogohlantiradigan elchilar kelmaganmidi?” deydi. Ular: «Ha, kelgan-u, lekin (kelgani bilan), kofirlik qiluvchilarga azob berilishi haqidagi soʻz[1907] haq boʻlgan ekan» deydilar.
39:72
قِيلَ ادْخُلُوا أَبْوَابَ جَهَنَّمَ خَالِدِينَ فِيهَا فَبِئْسَ مَثْوَى الْمُتَكَبِّرِينَ {72}
Ularga: “Undan oʻlimsiz holda-mangu qoladigan boʻlib, jahannam eshiklaridan kiringlar”, deyiladi. (Allohning amridan) oʻzini katta tutuvchilarning qolar joyi qanday ham yomon!
39:73
وَسِيقَ الَّذِينَ اتَّقَوْا رَبَّهُمْ إِلَى الْجَنَّةِ زُمَرًا حَتَّى إِذَا جَاؤُوهَا وَفُتِحَتْ أَبْوَابُهَا وَقَالَ لَهُمْ خَزَنَتُهَا سَلَامٌ عَلَيْكُمْ طِبْتُمْ فَادْخُلُوهَا خَالِدِينَ {73}
Robbiga nisbatan javobgarlikni his qilib yashaganlar toʻp-toʻp qilib jannatga joʻnatiladi. Unga yetib borishganida, eshiklari ochiladi va uning qoʻriqchilari ularga: “Sizlar eson-omonlikdasiz! Xush kelibsiz! Endi, jannatga oʻlimsiz-mangu qoladigan boʻlib kiringlar” deydi.
39:74
وَقَالُوا الْحَمْدُ لِلَّهِ الَّذِي صَدَقَنَا وَعْدَهُ وَأَوْرَثَنَا الْأَرْضَ نَتَبَوَّأُ مِنَ الْجَنَّةِ حَيْثُ نَشَاء فَنِعْمَ أَجْرُ الْعَامِلِينَ {74}
Ular shunday deydi: “Allohga olqishu maqtovlar boʻlsin! U bizga bergan vaʼdasini tutdi, bizga bu yerni berdi. Endi jannatda oʻzimiz xohlagan joyga joylashamiz. (Dunyoda Allohning diniga) amal qiluvchilarning mukofoti qanday ham yaxshi!”[1908]
39:75
وَتَرَى الْمَلَائِكَةَ حَافِّينَ مِنْ حَوْلِ الْعَرْشِ يُسَبِّحُونَ بِحَمْدِ رَبِّهِمْ وَقُضِيَ بَيْنَهُم بِالْحَقِّ وَقِيلَ الْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ {75}
(Oʻsha kuni) farishtalar boshqaruv markazi (arsh)ni oʻrab olib, yaratgan Egasini olqishlab ulugʻlayotganini koʻrasan. Ular orasida toʻgʻri hukm qilinadi va shunday deyiladi: “Borliqlarni yaratgan Egasi – Allohga olqish-u maqtovlar boʻlsin!”
- MOʻMIN surasi[1909]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
40:1
حم {1}
Ha! Mim![1910]
40:2
تَنزِيلُ الْكِتَابِ مِنَ اللَّهِ الْعَزِيزِ الْعَلِيمِ {2}
Bu kitob oʻz ishida gʻolib va hamma narsani biluvchi – Alloh tarafidan tushirilgan.
40:3
غَافِرِ الذَّنبِ وَقَابِلِ التَّوْبِ شَدِيدِ الْعِقَابِ ذِي الطَّوْلِ لَا إِلَهَ إِلَّا هُوَ إِلَيْهِ الْمَصِيرُ {3}
Gunohni kechiruvchi, tavbani qabul qiluvchi, azob-uqubati qattiq, oliyjanobligi oʻta ulugʻdir. Qullik qilinishga haqli faqat Uning Oʻzidir. Qaytish Ungadir.
40:4
مَا يُجَادِلُ فِي آيَاتِ اللَّهِ إِلَّا الَّذِينَ كَفَرُوا فَلَا يَغْرُرْكَ تَقَلُّبُهُمْ فِي الْبِلَادِ {4}
Oyatlarimiz haqida faqatgina (unga ishonmay) kofirlik qilganlar tortishadi. Ularning yurtma-yurt kezishlari seni aldab qoʻymasin.
40:5
كَذَّبَتْ قَبْلَهُمْ قَوْمُ نُوحٍ وَالْأَحْزَابُ مِن بَعْدِهِمْ وَهَمَّتْ كُلُّ أُمَّةٍ بِرَسُولِهِمْ لِيَأْخُذُوهُ وَجَادَلُوا بِالْبَاطِلِ لِيُدْحِضُوا بِهِ الْحَقَّ فَأَخَذْتُهُمْ فَكَيْفَ كَانَ عِقَابِ {5}
Ulardan oldingi Nuh qavmi ham, ulardan keyingi jamoalar ham (paygʻambarlarini) yolgʻonchiga chiqargan. Har bir ummat oʻziga yuborilgan elchini ushlashga qasd qilgan[1911] va haqni yoʻqotish uchun botil yoʻl vositasida harakat qilgan. Keyin, ularni jazoga tutdim. Mening azob-u uqubatim qanday ekan?!
40:6
وَكَذَلِكَ حَقَّتْ كَلِمَتُ رَبِّكَ عَلَى الَّذِينَ كَفَرُوا أَنَّهُمْ أَصْحَابُ النَّارِ {6}
Yaratgan Egangning kofirlik qiluvchilar haqidagi “Ular jahannam ahlidir!” degan soʻzi mana shu shaklda amalga oshdi[1912].
40:7
الَّذِينَ يَحْمِلُونَ الْعَرْشَ وَمَنْ حَوْلَهُ يُسَبِّحُونَ بِحَمْدِ رَبِّهِمْ وَيُؤْمِنُونَ بِهِ وَيَسْتَغْفِرُونَ لِلَّذِينَ آمَنُوا رَبَّنَا وَسِعْتَ كُلَّ شَيْءٍ رَّحْمَةً وَعِلْمًا فَاغْفِرْ لِلَّذِينَ تَابُوا وَاتَّبَعُوا سَبِيلَكَ وَقِهِمْ عَذَابَ الْجَحِيمِ {7}
Arshni koʻtarib turadiganlar va uning atrofidagi farishtalar[1913] yaratgan Egasini olqishlab ulugʻlaydi, Unga ishonadi va moʻminlarni kechirilishini soʻrab shunday deydi: «Ey yaratgan Egamiz! Rahmating va ilming ila har narsani qamrab olgansan. Tavba qilib, Sening yoʻlingga ergashganlarni kechir, ularni jahannam azobidan saqla!
40:8
رَبَّنَا وَأَدْخِلْهُمْ جَنَّاتِ عَدْنٍ الَّتِي وَعَدتَّهُم وَمَن صَلَحَ مِنْ آبَائِهِمْ وَأَزْوَاجِهِمْ وَذُرِّيَّاتِهِمْ إِنَّكَ أَنتَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ
Ey yaratgan Egamiz! Ularni ham, ota-onalari, er-xotinlari va zurriyotlaridan munosib boʻlganlarni ham Oʻzing vaʼda qilgan Adn jannatlariga kirgiz. Albatta, Sen Oʻz ishingda gʻolibsan, toʻgʻri qaror beruvchisan.
40:9
وَقِهِمُ السَّيِّئَاتِ وَمَن تَقِ السَّيِّئَاتِ يَوْمَئِذٍ فَقَدْ رَحِمْتَهُ وَذَلِكَ هُوَ الْفَوْزُ الْعَظِيمُ {9}
Ularni yomonliklardan saqla. Oʻsha (mahshar) kuni kimni yomonliklardan saqlab qolsang, unga yaxshilik qilgan boʻlasan. Mana shu buyuk najotdir.»
40:10
إِنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا يُنَادَوْنَ لَمَقْتُ اللَّهِ أَكْبَرُ مِن مَّقْتِكُمْ أَنفُسَكُمْ إِذْ تُدْعَوْنَ إِلَى الْإِيمَانِ فَتَكْفُرُونَ {10}
Albatta, kofirlik qilganlarga shunday nido qilinadi: «Allohning qahr-u gʻazabi sizlarning qahr-u gʻazabingizdan kattaroqdir. Zero, oʻshanda imonga chaqirilganingizda kofirlik qilgansiz.
40:11
قَالُوا رَبَّنَا أَمَتَّنَا اثْنَتَيْنِ وَأَحْيَيْتَنَا اثْنَتَيْنِ فَاعْتَرَفْنَا بِذُنُوبِنَا فَهَلْ إِلَى خُرُوجٍ مِّن سَبِيلٍ {11}
Ular shunday deydi: «Ey yaratgan Egamiz! Bizni ikki marta oʻldirding[1914], ikki marta hayot berding. Gunohlarimizga iqror boʻldik. Endi, chiqishga biron bir yoʻl bormi?»
40:12
ذَلِكُم بِأَنَّهُ إِذَا دُعِيَ اللَّهُ وَحْدَهُ كَفَرْتُمْ وَإِن يُشْرَكْ بِهِ تُؤْمِنُوا فَالْحُكْمُ لِلَّهِ الْعَلِيِّ الْكَبِيرِ {12}
(Ularga shunday deyiladi): «Bu ahvolga tushishingizga sabab, yolgʻiz Allohga chaqirilganida kofirlik qilgansizlar, agar Unga sherik qoʻshilsa, ishongansiz[1915]. Endi, hukm ulugʻ va buyuk Allohnikidir.»
40:13
هُوَ الَّذِي يُرِيكُمْ آيَاتِهِ وَيُنَزِّلُ لَكُم مِّنَ السَّمَاء رِزْقًا وَمَا يَتَذَكَّرُ إِلَّا مَن يُنِيبُ {13}
Sizlarga oyat-dalillarini koʻrsatib qoʻyayotgan va sizlarga osmondan rizq berayotgan Udir[1916]. (Allohga) yoʻnalgan kishidan boshqasi nasihat olmaydi[1917].
40:14
فَادْعُوا اللَّهَ مُخْلِصِينَ لَهُ الدِّينَ وَلَوْ كَرِهَ الْكَافِرُونَ {14}
Shunday ekan, diniga hech narsa qoʻshmagan holda yolgʻiz Allohga duo qilinglar. kofirlik qiluvchilar yoqtirmasa yoqtirmasin!
40:15
رَفِيعُ الدَّرَجَاتِ ذُو الْعَرْشِ يُلْقِي الرُّوحَ مِنْ أَمْرِهِ عَلَى مَن يَشَاء مِنْ عِبَادِهِ لِيُنذِرَ يَوْمَ التَّلَاقِ {15}
(Alloh) darajalarni koʻtaruvchidir, arsh (boshqaruv markazi) egasidir. Muloqot kunidan ogohlantirsin deb, buyrugʻi asosida, Oʻzi munosib bilgan bandasiga ruh (Qurʼon) beryapti[1918].
40:16
يَوْمَ هُم بَارِزُونَ لَا يَخْفَى عَلَى اللَّهِ مِنْهُمْ شَيْءٌ لِّمَنِ الْمُلْكُ الْيَوْمَ لِلَّهِ الْوَاحِدِ الْقَهَّارِ {16}
Kun kelib roʻbaroʻ boʻladilar. Ulardan hech narsa Allohga maxfiy qolmaydi. “Bugun hukmronlik kimga tegishli?” “Yakka-yu yagona, qarshi chiqib boʻlmas kuchga ega boʻlgan Allohga tegishli!”
40:17
الْيَوْمَ تُجْزَى كُلُّ نَفْسٍ بِمَا كَسَبَتْ لَا ظُلْمَ الْيَوْمَ إِنَّ اللَّهَ سَرِيعُ الْحِسَابِ {17}
Oʻsha kunda har kimga oʻz qilmishining jazo va mukofoti beriladi. U kunda haqsizlik boʻlmaydi. Albatta, Alloh tez hisob qiladi.
40:18
وَأَنذِرْهُمْ يَوْمَ الْآزِفَةِ إِذِ الْقُلُوبُ لَدَى الْحَنَاجِرِ كَاظِمِينَ مَا لِلظَّالِمِينَ مِنْ حَمِيمٍ وَلَا شَفِيعٍ يُطَاعُ {18}
Yaqinlashib kelayotgan kundan[1919] ularni ogohlantir. Oʻshanda yuraklari halqumiga tiqilib, yutinib qoladilar. Zolimlarga (qiyomatda) hech qanday jonajon doʻst ham, soʻzi oʻtadigan oqlovchi ham boʻlmaydi.
40:19
يَعْلَمُ خَائِنَةَ الْأَعْيُنِ وَمَا تُخْفِي الصُّدُورُ {19}
U koʻzlarning (boqishdagi) xiyonatini ham biladi, dillar yashirgan narsalarni ham biladi[1920].
40:20
وَاللَّهُ يَقْضِي بِالْحَقِّ وَالَّذِينَ يَدْعُونَ مِن دُونِهِ لَا يَقْضُونَ بِشَيْءٍ إِنَّ اللَّهَ هُوَ السَّمِيعُ الْبَصِيرُ {20}
Alloh haq-adolat ila hukm[1921] qiladi. Alloh ila oralariga qoʻyib duo qilayotganlari hech narsaga hukm qilolmaydi. Albatta, Alloh doim eshitadi, biladi.
40:21
أَوَ لَمْ يَسِيرُوا فِي الْأَرْضِ فَيَنظُرُوا كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الَّذِينَ كَانُوا مِن قَبْلِهِمْ كَانُوا هُمْ أَشَدَّ مِنْهُمْ قُوَّةً وَآثَارًا فِي الْأَرْضِ فَأَخَذَهُمُ اللَّهُ بِذُنُوبِهِمْ وَمَا كَانَ لَهُم مِّنَ اللَّهِ مِن وَاقٍ {21}
Oʻzlaridan avvalgilarning oqibati qanday boʻlganini koʻrish uchun, nahot yer yuzida sayr qilmagan boʻlsalar?! Ular bulardan kuch-quvvatda ham, yer yuzida iz qoldirishda ham kuchli boʻlishgan. Shunday boʻlsa-da, gunohlari sababli Alloh ularni jazoga tutdi. Ularni Alloh (azobi)dan saqlab qoladigan hech kim boʻlmagan.
40:22
ذَلِكَ بِأَنَّهُمْ كَانَت تَّأْتِيهِمْ رُسُلُهُم بِالْبَيِّنَاتِ فَكَفَرُوا فَأَخَذَهُمُ اللَّهُ إِنَّهُ قَوِيٌّ شَدِيدُ الْعِقَابِ {22}
Chunki, ularga oʻzlariga yuborilgan elchilar aniq-ravshan dalillar keltirgan. Ular esa kofirlik qilgan. Shunda, Alloh ularni jazoga tutgan. Albatta, Alloh kuchlidir, azob-uqubati qattiqdir.
40:23
وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا مُوسَى بِآيَاتِنَا وَسُلْطَانٍ مُّبِينٍ {23}
Shubhasizki, Musoni oyatlarimiz va aniq hujjat bilan yuborganmiz.
40:24
إِلَى فِرْعَوْنَ وَهَامَانَ وَقَارُونَ فَقَالُوا سَاحِرٌ كَذَّابٌ {24}
Firʼavn, Homon va Qorunga yuborganmiz. Ular: “Muso sehrgardir, juda yolgʻonchidir” deyishgan.
40:25
فَلَمَّا جَاءهُم بِالْحَقِّ مِنْ عِندِنَا قَالُوا اقْتُلُوا أَبْنَاء الَّذِينَ آمَنُوا مَعَهُ وَاسْتَحْيُوا نِسَاءهُمْ وَمَا كَيْدُ الْكَافِرِينَ إِلَّا فِي ضَلَالٍ {25}
Muso ularga Biz tarafimizdan haqni keltirgan vaqtda, ular: “Muso bilan birga imon keltirganlarning oʻgʻillarini oʻldirib, qizlarini tirik qoldiringlar” degan. Biroq, kofirlik qiluvchilarning rejasi yanglishtir.
40:26
وَقَالَ فِرْعَوْنُ ذَرُونِي أَقْتُلْ مُوسَى وَلْيَدْعُ رَبَّهُ إِنِّي أَخَافُ أَن يُبَدِّلَ دِينَكُمْ أَوْ أَن يُظْهِرَ فِي الْأَرْضِ الْفَسَادَ{26}
Firʼavn shunday dedi: «Meni tek qoʻyinglar, Musoni oʻldiray[1922], u ham Rabbiga duo qilsin! Chunki, u sizlarni diningizni oʻzgartirib yuborishidan yoki bu yurtda buzgʻunchilik chiqarishidan qoʻrqaman.»
40:27
وَقَالَ مُوسَى إِنِّي عُذْتُ بِرَبِّي وَرَبِّكُم مِّن كُلِّ مُتَكَبِّرٍ لَّا يُؤْمِنُ بِيَوْمِ الْحِسَابِ {27}
Muso shunday dedi: “Hisob-kitob kuniga ishonmaydigan har bir mutakabbirdan mening ham yaratgan Egam, sizlarning ham yaratgan Egangiz (Allohga) sigʻindim.”
40:28
وَقَالَ رَجُلٌ مُّؤْمِنٌ مِّنْ آلِ فِرْعَوْنَ يَكْتُمُ إِيمَانَهُ أَتَقْتُلُونَ رَجُلًا أَن يَقُولَ رَبِّيَ اللَّهُ وَقَدْ جَاءكُم بِالْبَيِّنَاتِ مِن رَّبِّكُمْ إِن يَكُ كَاذِبًا فَعَلَيْهِ كَذِبُهُ وَإِن يَكُ صَادِقًا يُصِبْكُم بَعْضُ الَّذِي يَعِدُكُمْ إِنَّ اللَّهَ لَا يَهْدِي مَنْ هُوَ مُسْرِفٌ كَذَّابٌ{28}
Firʼavn oilasiga mansub, imonini yashirib kelayotgan bir kishi shunday dedi: “Ey Firʼavn, sen bir kishini, «Rabbim Allohdir” degani uchun oʻldirib yuborasanmi? Axir, u yaratgan Egangizdan sizlarga aniq-ravshan dalillar/alomatlar bilan keldi-ku! Agar yolgʻonchi boʻlsa, yolgʻoni oʻz ziyoniga. Agar rostgoʻy boʻlsa, u tahdid qilayotgan baʼzi azoblar sizlarga yetib qoladi. Albatta, haddan oshuvchi va yolgʻonchilarni Alloh yoʻlga solmaydi.
40:29
يَا قَوْمِ لَكُمُ الْمُلْكُ الْيَوْمَ ظَاهِرِينَ فِي الْأَرْضِ فَمَن يَنصُرُنَا مِن بَأْسِ اللَّهِ إِنْ جَاءنَا قَالَ فِرْعَوْنُ مَا أُرِيكُمْ إِلَّا مَا أَرَى وَمَا أَهْدِيكُمْ إِلَّا سَبِيلَ الرَّشَادِ {29}
Ey qavmim, bugun hukmronlik sizlarda, bu yerda sizlar gʻolib holdasiz. Agar bizga Allohdan balo kelib qolsa, bizga kim yordam beradi?» Firʼavn aytdiki: “Men sizlarga faqat oʻz raʼyimni (fikrimni) koʻrsatyapman. Sizlarni toʻgʻri yoʻldan boshqasiga boshlamayman.”
40:30
وَقَالَ الَّذِي آمَنَ يَا قَوْمِ إِنِّي أَخَافُ عَلَيْكُم مِّثْلَ يَوْمِ الْأَحْزَابِ {30}
Allohga ishongan kishi shunday dedi: «Ey qavmim, sizlarga xuddi oʻtmishdagi jamoalarning kuni (kelib qolishidan) qoʻrqaman.
40:31
مِثْلَ دَأْبِ قَوْمِ نُوحٍ وَعَادٍ وَثَمُودَ وَالَّذِينَ مِن بَعْدِهِمْ وَمَا اللَّهُ يُرِيدُ ظُلْمًا لِّلْعِبَادِ {31}
Xuddi Nuh, Od, Samud va ulardan keyingi jamoalarning ahvoliga (tushib qolishingizdan qoʻrqaman). Alloh bandalariga haqsizlik xohlamaydi.
40:32
وَيَا قَوْمِ إِنِّي أَخَافُ عَلَيْكُمْ يَوْمَ التَّنَادِ {32}
Ey qavmim, sizlarga baqir-chaqir kuni[1923] (kelib qolishidan) qoʻrqaman.
40:33
يَوْمَ تُوَلُّونَ مُدْبِرِينَ مَا لَكُم مِّنَ اللَّهِ مِنْ عَاصِمٍ وَمَن يُضْلِلِ اللَّهُ فَمَا لَهُ مِنْ هَادٍ {33}
U kuni ortga qarab qochib qolasizlar. Sizlarni Alloh (azobi)dan qutqaruvchi hech kim boʻlmaydi. Kimni Alloh adashtirsa, uni yoʻlga soluvchi hech kim boʻlmaydi.»
40:34
وَلَقَدْ جَاءكُمْ يُوسُفُ مِن قَبْلُ بِالْبَيِّنَاتِ فَمَا زِلْتُمْ فِي شَكٍّ مِّمَّا جَاءكُم بِهِ حَتَّى إِذَا هَلَكَ قُلْتُمْ لَن يَبْعَثَ اللَّهُ مِن بَعْدِهِ سُولًا كَذَلِكَ يُضِلُّ اللَّهُ مَنْ هُوَ مُسْرِفٌ مُّرْتَابٌ {34}
Shubhasizki, ilgari Yusuf ham sizlarga aniq-ravshan dalillar bilan kelgan. U keltirgan narsadan shubhalanib turavergansiz. U vafot etganida esa: “Alloh undan keyin aslo elchi yubormaydi” degansiz. Haddan oshuvchi va (ochiq-oydin dalillarga qarshi) shubha qilaveradigan kishilarni Alloh mana shu shaklda adashtirib qoʻyadi.
40:35
الَّذِينَ يُجَادِلُونَ فِي آيَاتِ اللَّهِ بِغَيْرِ سُلْطَانٍ أَتَاهُمْ كَبُرَ مَقْتًا عِندَ اللَّهِ وَعِندَ الَّذِينَ آمَنُوا كَذَلِكَ يَطْبَعُ اللَّهُ عَلَى كُلِّ قَلْبِ مُتَكَبِّرٍ جَبَّارٍ {35}
Oʻzlariga hech qanday dalil-hujjat kelmasa-da, Allohning oyatlarini inkor qilish haqida tortishadiganlar[1924], Alloh nazdida ham, moʻminlar nazdida ham qattiq gʻazab keltirib chiqaradi[1925]. Har bir katta ketuvchi va zoʻravon qalbni Alloh mana shu shaklda muhrlab qoʻyadi.
40:36
وَقَالَ فِرْعَوْنُ يَا هَامَانُ ابْنِ لِي صَرْحًا لَّعَلِّي أَبْلُغُ الْأَسْبَابَ {36}
Firʼavn aytdiki: Homon, menga baland bir minora[1926] qur, balki yoʻllarga yeta olarman.
40:37
أَسْبَابَ السَّمَاوَاتِ فَأَطَّلِعَ إِلَى إِلَهِ مُوسَى وَإِنِّي لَأَظُنُّهُ كَاذِبًا وَكَذَلِكَ زُيِّنَ لِفِرْعَوْنَ سُوءُ عَمَلِهِ وَصُدَّ عَنِ السَّبِيلِ وَمَا كَيْدُ فِرْعَوْنَ إِلَّا فِي تَبَابٍ {37}
Osmonlardagi yoʻllarga (yeta olarman). Shunda oʻzim Musoning ilohini koʻraman. Albatta, men uni yolgʻonchi deb bilaman.» Firʼavnning yomon ishi oʻziga mana shunday chiroyli koʻrsatib qoʻyildi, yoʻldan toʻsildi. Firʼavnning rejasi faqat halokatdadir.
40:38
وَقَالَ الَّذِي آمَنَ يَا قَوْمِ اتَّبِعُونِ أَهْدِكُمْ سَبِيلَ الرَّشَادِ {38}
Allohga ishongan kishi shunday dedi: «Ey qavmim, menga ergashing, sizlarni toʻgʻri yoʻlga boshlayman.
40:39
يَا قَوْمِ إِنَّمَا هَذِهِ الْحَيَاةُ الدُّنْيَا مَتَاعٌ وَإِنَّ الْآخِرَةَ هِيَ دَارُ الْقَرَارِ {39}
Ey qavmim, bu dunyo hayoti oʻtkinchi bahramandlik, xolos. Oxirat esa, asl mangulik diyordir.
40:40
مَنْ عَمِلَ سَيِّئَةً فَلَا يُجْزَى إِلَّا مِثْلَهَا وَمَنْ عَمِلَ صَالِحًا مِّن ذَكَرٍ أَوْ أُنثَى وَهُوَ مُؤْمِنٌ فَأُوْلَئِكَ يَدْخُلُونَ الْجَنَّةَ يُرْزَقُونَ فِيهَا بِغَيْرِ حِسَابٍ {40}
Kim (dunyoda) bitta yomonlik qilsa, (oxiratda) unga aynan barobaricha jazo beriladi[1927]. Erkak yoki ayol ekanidan qatʼiy nazar, kimki moʻmin boʻlgan holda yaxshilikni amalga oshirsa, ana shular jannatga kiradilar. U yerda ularga behisob rizq beriladi.
40:41
وَيَا قَوْمِ مَا لِي أَدْعُوكُمْ إِلَى النَّجَاةِ وَتَدْعُونَنِي إِلَى النَّارِ{41}
Ey qavmim, ne sababki, men sizlarni najotga chaqirsam-u, sizlar meni otashga chorlaysiz.
40:42
تَدْعُونَنِي لِأَكْفُرَ بِاللَّهِ وَأُشْرِكَ بِهِ مَا لَيْسَ لِي بِهِ عِلْمٌ وَأَنَا أَدْعُوكُمْ إِلَى الْعَزِيزِ الْغَفَّارِ {42}
Sizlar meni Allohni tan olmaslikka va u haqida menda hech qanday maʼlumot yoʻq narsani Allohga sherik qilishimga chorlayapsizlar. Men esa, sizlarni oʻz ishida gʻolib va juda kechirimli zot – Allohga chorlayapman.
40:43
لَا جَرَمَ أَنَّمَا تَدْعُونَنِي إِلَيْهِ لَيْسَ لَهُ دَعْوَةٌ فِي الدُّنْيَا وَلَا فِي الْآخِرَةِ وَأَنَّ مَرَدَّنَا إِلَى اللَّهِ وَأَنَّ الْمُسْرِفِينَ هُمْ أَصْحَابُ النَّارِ {43}
Shubha yoʻqki, sizlar meni chorlayotgan narsa, dunyoda ham oxiratda ham daʼvatga loyiq bir tarafi yoʻqdir. Albatta, qaytishimiz Allohga boʻladi. Haqiqatda, haddan oshuvchilar jahannam ahlidir.
40:44
فَسَتَذْكُرُونَ مَا أَقُولُ لَكُمْ وَأُفَوِّضُ أَمْرِي إِلَى اللَّهِ إِنَّ اللَّهَ بَصِيرٌ بِالْعِبَادِ {44}
Sizlarga aytayotgan gaplarimni yaqinda eslaysizlar. Men ishimni Allohga topshiryapman. Albatta, Alloh qullarini doim koʻrib turadi.»
40:45
فَوَقَاهُ اللَّهُ سَيِّئَاتِ مَا مَكَرُوا وَحَاقَ بِآلِ فِرْعَوْنَ سُوءُ الْعَذَابِ {45}
Oxir-oqibat, ular tuzgan rejalarning yomonliklaridan Alloh uni qutqarib qoldi. Firʼavn oilasini esa, yomon azob oʻrab oldi.
40:46
النَّارُ يُعْرَضُونَ عَلَيْهَا غُدُوًّا وَعَشِيًّا وَيَوْمَ تَقُومُ السَّاعَةُ أَدْخِلُوا آلَ فِرْعَوْنَ أَشَدَّ الْعَذَابِ {46}
Ularga ertayu kech otash roʻbaroʻ qilinadi[1928]. Qiyomat sodir boʻlganida “Firʼavn xonadonini eng yomon azobga kirgizinglar” deyiladi.
40:47
وَإِذْ يَتَحَاجُّونَ فِي النَّارِ فَيَقُولُ الضُّعَفَاء لِلَّذِينَ اسْتَكْبَرُوا إِنَّا كُنَّا لَكُمْ تَبَعًا فَهَلْ أَنتُم مُّغْنُونَ عَنَّا نَصِيبًا مِّنَ النَّارِ {47}
(Kofirlar) oʻsha azob[1929] ichra bir-biri bilan talashib-tortishayotib, jafokash-zaiflar oʻzini katta tutgan (yetakchi)larga qarab: «Biz sizlarga ergashgan edik. Endi, sizlar bizni jahannamdagi[1930] nasibamizdan bir boʻlagini daf qila olasizlarmi?» deydi.
40:48
قَالَ الَّذِينَ اسْتَكْبَرُوا إِنَّا كُلٌّ فِيهَا إِنَّ اللَّهَ قَدْ حَكَمَ بَيْنَ الْعِبَادِ {48}
Oʻzini katta tutgan (yetakchi)lar: “Albatta barchamiz jahannamdamiz. Alloh bandalari oʻrtasida hukm qilib boʻldi” deydi.
40:49
وَقَالَ الَّذِينَ فِي النَّارِ لِخَزَنَةِ جَهَنَّمَ ادْعُوا رَبَّكُمْ يُخَفِّفْ عَنَّا يَوْمًا مِّنَ الْعَذَابِ {49}
Otashdagilar[1931]jahannam qoʻriqchilariga shunday deydi: “Yaratgan Egangizga iltijo qilinglar, bizdan bir kunga boʻlsa ham azobni yengillatsin.”
40:50
قَالُوا أَوَلَمْ تَكُ تَأْتِيكُمْ رُسُلُكُم بِالْبَيِّنَاتِ قَالُوا بَلَى قَالُوا فَادْعُوا وَمَا دُعَاء الْكَافِرِينَ إِلَّا فِي ضَلَالٍ {50}
Jahannam qoʻriqchilari: «Sizlarga yuborilgan elchilar sizlarga aniq-ravshan dalillar (hujjatlar) keltirmaganmi?» deydi. Ular: “Ha, kelgan” deydi. Unday boʻlsa, oʻzinglar iltijo qilaveringlar», deydi qoʻriqchilar. Holbuki, kofirlik qiluvchilarning iltijolari zoyedir.
40:51
إِنَّا لَنَنصُرُ رُسُلَنَا وَالَّذِينَ آمَنُوا فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَيَوْمَ يَقُومُ الْأَشْهَادُ {51}
Albatta, Biz elchilarimizga hamda (Alloh va Rasuliga ishongan) moʻminlarga dunyoda ham, guvohlar (guvohlikka) turadigan kunda ham yordam beramiz[1932].
40:52
يَوْمَ لَا يَنفَعُ الظَّالِمِينَ مَعْذِرَتُهُمْ وَلَهُمُ اللَّعْنَةُ وَلَهُمْ سُوءُ الدَّارِ {52}
U kunda uzr soʻrashlari zolimlarga foyda bermaydi. Laʼnat ham ular uchun, yomon diyor (jahannam) ham ular uchun.
40:53
وَلَقَدْ آتَيْنَا مُوسَى الْهُدَى وَأَوْرَثْنَا بَنِي إِسْرَائِيلَ الْكِتَابَ {53}
Shubhasizki, Musoga qoʻllanma berganmiz. Isroil avlodini oʻsha kitobga meroschi qilganmiz.
40:54
هُدًى وَذِكْرَى لِأُولِي الْأَلْبَابِ {54}
Aqlu vijdoni sof kishilarga qoʻllanma-rahnamo va nasihat boʻlsin deb (shunday qilganmiz).
40:55
فَاصْبِرْ إِنَّ وَعْدَ اللَّهِ حَقٌّ وَاسْتَغْفِرْ لِذَنبِكَ وَسَبِّحْ بِحَمْدِ رَبِّكَ بِالْعَشِيِّ وَالْإِبْكَارِ {55}
Bardosh qil – chida. Albatta, Allohning vaʼdasi rostdir. Gunohing uchun (Allohdan) kechirim soʻra. Kechayu kunduz Rabbingni olqishlab ulugʻla.
40:56
إِنَّ الَّذِينَ يُجَادِلُونَ فِي آيَاتِ اللَّهِ بِغَيْرِ سُلْطَانٍ أَتَاهُمْ إِن فِي صُدُورِهِمْ إِلَّا كِبْرٌ مَّا هُم بِبَالِغِيهِ فَاسْتَعِذْ بِاللَّهِ إِنَّهُ هُوَ السَّمِيعُ الْبَصِيرُ {56}
Oʻzlariga biron bir hujjat-dalil kelmasa-da, Allohning oyatlarini inkor qilish haqida tortishadiganlarga kelsak, ularning dillarida oʻzlari unga aslo erisha olmaydigan kibr-havodan boshqa narsa yoʻq. Allohdan panoh soʻra. U doim eshitadi, koʻradi.
40:57
لَخَلْقُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ أَكْبَرُ مِنْ خَلْقِ النَّاسِ وَلَكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ {57}
Osmonlar va yerni yaratish insonlarni (qayta) yaratishdan koʻra kattaroqdir[1933]. Lekin, insonlarning koʻpi bilmayapti.
40:58
وَمَا يَسْتَوِي الْأَعْمَى وَالْبَصِيرُ وَالَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ وَلَا الْمُسِيءُ قَلِيلًا مَّا تَتَذَكَّرُونَ {58}
Koʻr bilan basiratli inson ham teng boʻlmaydi, imon keltirib xayrli ishlarni amalga oshirgan kishi bilan yomonlik qiluvchi – jinoyatchi ham teng boʻlmaydi[1934]. Juda ham kam nasihat olyapsizlar.
40:59
إِنَّ السَّاعَةَ لَآتِيَةٌ لَّا رَيْبَ فِيهَا وَلَكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يُؤْمِنُونَ {59}
Qiyomat[1935] aniq keladi, unda shubha yoʻq. lekin, insonlarning koʻpi ishonmayapti.
40:60
وَقَالَ رَبُّكُمُ ادْعُونِي أَسْتَجِبْ لَكُمْ إِنَّ الَّذِينَ يَسْتَكْبِرُونَ عَنْ عِبَادَتِي سَيَدْخُلُونَ جَهَنَّمَ دَاخِرِينَ {60}
Yaratgan Egangiz shunday dedi: «Menga duo qilinglar, qabul qilaman[1936]. Menga ibodat qilishdan oʻzini katta tutganlar, aniq jahannamga – kamsitilib-xorlangan holda kiradi.»
40:61
اللَّهُ الَّذِي جَعَلَ لَكُمُ اللَّيْلَ لِتَسْكُنُوا فِيهِ وَالنَّهَارَ مُبْصِرًا إِنَّ اللَّهَ لَذُو فَضْلٍ عَلَى النَّاسِ وَلَكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَشْكُرُونَ {61}
Orom topishingiz uchun Alloh sizlarga kechani paydo qilib berdi, kunduzni esa yorugʻ qilib berdi. Albatta, Alloh insonlarga nisbatan juda oliyjanobdir. Lekin, insonlarning koʻpi qadriga yetmaydi.
40:62
ذَلِكُمُ اللَّهُ رَبُّكُمْ خَالِقُ كُلِّ شَيْءٍ لَّا إِلَهَ إِلَّا هُوَ فَأَنَّى تُؤْفَكُونَ {62}
Mana shu siz bilgan Alloh sizlarning yaratgan Egangizdir, hamma narsani yaratuvchisidir, qullik qilinishga haqli Undan boshqa hech kim yoʻq. shunday ekan, (haqdan) qayoqqa ogʻib ketyapsizlar?
40:63
كَذَلِكَ يُؤْفَكُ الَّذِينَ كَانُوا بِآيَاتِ اللَّهِ يَجْحَدُونَ {63}
Allohning oyatlarini inkor qiladiganlar, (haqdan) mana shu shaklda ogʻib ketiladilar.
40:64
اللَّهُ الَّذِي جَعَلَ لَكُمُ الْأَرْضَ قَرَارًا وَالسَّمَاء بِنَاء وَصَوَّرَكُمْ فَأَحْسَنَ صُوَرَكُمْ وَرَزَقَكُم مِّنَ الطَّيِّبَاتِ ذَلِكُمُ اللَّهُ رَبُّكُمْ فَتَبَارَكَ اللَّهُ رَبُّ الْعَالَمِينَ {64}
Alloh sizlarga zaminni yerlashadigan joy, osmonni esa bino qilib berdi, sizlarga shakl berib, shaklingizni chiroyli qildi, sizlarga pokiza narsalardan rizq qilib berdi. Mana shu siz bilgan Alloh sizlarning yaratgan Egangizdir. Borliqlarni yaratgan Egasi boʻlmish Allohning shaʼni ulugʻdir.
40:65
هُوَ الْحَيُّ لَا إِلَهَ إِلَّا هُوَ فَادْعُوهُ مُخْلِصِينَ لَهُ الدِّينَ الْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ {65}
U doim tirikdir, qullik qilinishga haqli Undan boshqa hech kim yoʻq. Shunday ekan, diniga hech narsa qoʻshmagan holda Unga duo qilinglar. borliqlarni yaratgan Egasi Allohga olqishu maqtovlar boʻlsin!
40:66
قُلْ إِنِّي نُهِيتُ أَنْ أَعْبُدَ الَّذِينَ تَدْعُونَ مِن دُونِ اللَّهِ لَمَّا جَاءنِيَ الْبَيِّنَاتُ مِن رَّبِّي وَأُمِرْتُ أَنْ أُسْلِمَ لِرَبِّ الْعَالَمِينَ {66}
Ayt: «Menga yaratgan Egamdan aniq-ravshan oyatlar kelganida, sizlarni Allohni qoʻyib duo qilayotganlaringizga ibodat qilishdan man etilganman. Men borliqlarning yaratgan Egasiga taslim[1937] boʻlishga buyurilganman.»
40:67
هُوَ الَّذِي خَلَقَكُم مِّن تُرَابٍ ثُمَّ مِن نُّطْفَةٍ ثُمَّ مِنْ عَلَقَةٍ ثُمَّ يُخْرِجُكُمْ طِفْلًا ثُمَّ لِتَبْلُغُوا أَشُدَّكُمْ ثُمَّ لِتَكُونُوا شُيُوخًا وَمِنكُم مَّن يُتَوَفَّى مِن قَبْلُ وَلِتَبْلُغُوا أَجَلًا مُّسَمًّى وَلَعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ {67}
U sizlarni (ilk boshda) tuproqdan, keyin urugʻlantirilgan tuxumdan, keyin yopishqoq qondan yaratdi. Keyin sizlarni chaqaloq qilib chiqaramiz, keyin sizlarni voyaga yetishingiz uchun (qoʻyib beramiz), keyin qarilikka yetishingiz uchun (qoʻyib beramiz). Orangizdan kimlardir oldinroq vafot ettiriladi. Yana belgilangan ajalga yetishingiz uchun ham (qoʻyib beramiz). Aql ishlatarsizlar deb umid qilinadi[1938].
40:68
هُوَ الَّذِي يُحْيِي وَيُمِيتُ فَإِذَا قَضَى أَمْرًا فَإِنَّمَا يَقُولُ لَهُ كُن فَيَكُونُ {68}
Yashatadigan ham, oʻldiradigan ham Udir. Bir ishni boʻlishiga qaror bersa, boʻlishi uchun faqat “Boʻl!” deydi va u paydo boʻladi.
40:69
أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ يُجَادِلُونَ فِي آيَاتِ اللَّهِ أَنَّى يُصْرَفُونَ {69}
Allohning oyatlarini inkor qilish haqida tortishayotganlarni koʻrmadingmi? Ular (haqdan) qayoqqa burilib ketyaptilar?
40:70
الَّذِينَ كَذَّبُوا بِالْكِتَابِ وَبِمَا أَرْسَلْنَا بِهِ رُسُلَنَا فَسَوْفَ يَعْلَمُونَ {70}
Ular ushbu kitobni ham, elchilarimiz bilan birga yuborgan kitoblarni ham yolgʻonga chiqardi. Yaqinda bilib olishadi!
40:71
إِذِ الْأَغْلَالُ فِي أَعْنَاقِهِمْ وَالسَّلَاسِلُ يُسْحَبُونَ {71}
Oʻshanda boʻyinlarida kishanlar va zanjirlar boʻlib, sudrab boriladilar,
40:72
فِي الْحَمِيمِ ثُمَّ فِي النَّارِ يُسْجَرُونَ {72}
Qaynoq suvga (sudrab boriladilar). Soʻngra, jahannamda kuydiriladilar.
40:73
ثُمَّ قِيلَ لَهُمْ أَيْنَ مَا كُنتُمْ تُشْرِكُونَ {73}
Soʻngra, ularga shunday deyiladi: «Allohga qoʻshgan sheriklaringiz qani qayerda?
40:74
مِن دُونِ اللَّهِ قَالُوا ضَلُّوا عَنَّا بَل لَّمْ نَكُن نَّدْعُو مِن قَبْلُ شَيْئًا كَذَلِكَ يُضِلُّ اللَّهُ الْكَافِرِينَ {74}
Allohdan boshqa (sheriklaringiz deyiladi).» Ular esa: “Bizdan yoʻq boʻlib ketdilar. Aslida, biz ilgari hech narsaga iltijo qilmaganmiz”, deyishadi. Kofirlik qiluvchilarni Alloh mana shunday adashtirib qoʻyadi[1939].
40:75
ذَلِكُم بِمَا كُنتُمْ تَفْرَحُونَ فِي الْأَرْضِ بِغَيْرِ الْحَقِّ وَبِمَا كُنتُمْ تَمْرَحُونَ {75}
«Bu holga tushishingizga sabab, yer yuzida nohaqlik ila shodlanib va kekkayib yurishingizdir.
40:76
ادْخُلُوا أَبْوَابَ جَهَنَّمَ خَالِدِينَ فِيهَا فَبِئْسَ مَثْوَى الْمُتَكَبِّرِينَ {76}
Jahannamni eshiklaridan – unda mangu qoladigan boʻlib kiringlar[1940]. Katta ketuvchi-mutakabbirlarning qolar joyi qanday yomon!» (deyiladi.)
40:77
فَاصْبِرْ إِنَّ وَعْدَ اللَّهِ حَقٌّ فَإِمَّا نُرِيَنَّكَ بَعْضَ الَّذِي نَعِدُهُمْ أَوْ نَتَوَفَّيَنَّكَ فَإِلَيْنَا يُرْجَعُونَ {77}
Sen sabr-bardosh qil. Albatta, Allohning vaʼdasi rostdir. Ularga tahdid qilayotgan azobning bir qismini senga koʻrsatsak ham, seni undan oldin vafot ettirsak ham, ular Bizga qaytariladi[1941].
40:78
وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا رُسُلًا مِّن قَبْلِكَ مِنْهُم مَّن قَصَصْنَا عَلَيْكَ وَمِنْهُم مَّن لَّمْ نَقْصُصْ عَلَيْكَ وَمَا كَانَ لِرَسُولٍ أَنْ يَأْتِيَ بِآيَةٍ إِلَّا بِإِذْنِ اللَّهِ فَإِذَا جَاء أَمْرُ اللَّهِ قُضِيَ بِالْحَقِّ وَخَسِرَ هُنَالِكَ الْمُبْطِلُونَ {78}
Shubhasizki, sendan oldin ham elchilar yuborganmiz. Ulardan senga qissasini aytib berganlarimiz ham bor, senga qissasini aytib bermaganlarimiz ham bor[1942]. Hech bir elchi Allohning iznisiz oyat/alomat keltirolmaydi. Allohning (azob haqidagi) amri kelganida esa, haqqoniy hukm qilingan boʻladi va oʻshanda notoʻgʻri ishlar bilan mashgʻul boʻlganlar xonavayron boʻladi.
40:79
اللَّهُ الَّذِي جَعَلَ لَكُمُ الْأَنْعَامَ لِتَرْكَبُوا مِنْهَا وَمِنْهَا تَأْكُلُونَ {79}
Baʼzilarini minishingiz, baʼzilarini esa yeyishingiz uchun, sizlar uchun Alloh chorva hayvonlar yaratdi[1943].
40:80
وَلَكُمْ فِيهَا مَنَافِعُ وَلِتَبْلُغُوا عَلَيْهَا حَاجَةً فِي صُدُورِكُمْ وَعَلَيْهَا وَعَلَى الْفُلْكِ تُحْمَلُونَ {80}
Sizlar uchun u hayvonlarda koʻplab manfaatlar bor. Ularning tepasida dillaringizdagi ehtiyojlaringizga yeta olishingiz uchun ham (yaratilgan). Sizlar (quruqlikda) ularning tepasida va (dengizda) kemalarda tashilasizlar[1944].
40:81
وَيُرِيكُمْ آيَاتِهِ فَأَيَّ آيَاتِ اللَّهِ تُنكِرُونَ {81}
U sizlarga Oʻz oyat-dalillarini koʻrsatib qoʻymoqda. Shunday ekan, Allohning qaysi oyat-dalillarini inkor qilasizlar?!
40:82
أَفَلَمْ يَسِيرُوا فِي الْأَرْضِ فَيَنظُرُوا كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ كَانُوا أَكْثَرَ مِنْهُمْ وَأَشَدَّ قُوَّةً وَآثَارًا فِي الْأَرْضِ فَمَا أَغْنَى عَنْهُم مَّا كَانُوا يَكْسِبُونَ {82}
(Inkorchilar) yer yuzida sayr qilmadilarmi? Agar qilsalar, oʻzlaridan avvalgilarning oqibati qanday boʻlganini koʻrishar edi. Avvalgilar ulardan koʻproq hamda, kuch-quvvat va yer yuzida iz oldirishda kuchli boʻlishgan. Biroq, erishgan narsalari ularga asqatmagan[1945].
40:83
فَلَمَّا جَاءتْهُمْ رُسُلُهُم بِالْبَيِّنَاتِ فَرِحُوا بِمَا عِندَهُم مِّنَ الْعِلْمِ وَحَاقَ بِهِم مَّا كَانُوا بِهِ يَسْتَهْزِؤُون {83}
Ularga oʻzlariga yuborilgan elchilar aniq-ravshan dalillar bilan kelganida, (ularga din deb oʻrgatilgan) oʻzlaridagi ilm bilan maqtanib xursand boʻlishgan, masxara qilgan narsalari ularni oʻrab olgan.
40:84
فَلَمَّا رَأَوْا بَأْسَنَا قَالُوا آمَنَّا بِاللَّهِ وَحْدَهُ وَكَفَرْنَا بِمَا كُنَّا بِهِ مُشْرِكِينَ {84}
Azobimizni koʻrishganida: “Allohning yakkaligiga ishondik, Unga sherik qilayotganlarimizni inkor qildik” deyishgan.
40:85
فَلَمْ يَكُ يَنفَعُهُمْ إِيمَانُهُمْ لَمَّا رَأَوْا بَأْسَنَا سُنَّتَ اللَّهِ الَّتِي قَدْ خَلَتْ فِي عِبَادِهِ وَخَسِرَ هُنَالِكَ الْكَافِرُونَ {85}
Azobimizni koʻrgan vaqtdagi imonlari ularga foyda bermagan. Bu bandalari orasida joriy boʻlgan Allohning qonunidir. Oʻshanda kofirlar xonavayron boʻlgan.[1946]
- FUSSILAT surasi[1947]
بسم اللَّهِ الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
حم {1}
41:1. Ha! Mim![1948]
تَنزِيلٌ مِّنَ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ {2}
41:2. (Bu kitob) yaxshiligi cheksiz va mehribon (Alloh)[1949] tarafidan tushirilgan.
كِتَابٌ فُصِّلَتْ آيَاتُهُ قُرْآنًا عَرَبِيًّا لِّقَوْمٍ يَعْلَمُونَ {3}
41:3. (Bu) biladigan[1950] qavmlar uchun, oyatlari batafsil ochiqlab berilgan, arabcha[1951] Qurʼon shaklidagi kitobdir.
بَشِيرًا وَنَذِيرًا فَأَعْرَضَ أَكْثَرُهُمْ فَهُمْ لَا يَسْمَعُونَ {4}
41:4. Hush xabar beradigan va ogohlantiradigan (kitobdir). Shunday boʻlsada, ularning koʻpchiligi yuz oʻgirdi, (unga) quloq solmayapti.
وَقَالُوا قُلُوبُنَا فِي أَكِنَّةٍ مِّمَّا تَدْعُونَا إِلَيْهِ وَفِي آذَانِنَا وَقْرٌ وَمِن بَيْنِنَا وَبَيْنِكَ حِجَابٌ فَاعْمَلْ إِنَّنَا عَامِلُونَ {5}
41:5. Aytdilarki: “Sen bizni chorlayotgan narsaga qalblarimiz toʻsilgan, quloqlarimizda ham ogʻirlik bor. sen bilan bizni oʻrtamizda parda bor. Sen (oʻz diningga) amal qil, biz ham shunday qilamiz. ”
قُلْ إِنَّمَا أَنَا بَشَرٌ مِّثْلُكُمْ يُوحَى إِلَيَّ أَنَّمَا إِلَهُكُمْ إِلَهٌ وَاحِدٌ فَاسْتَقِيمُوا إِلَيْهِ وَاسْتَغْفِرُوهُ وَوَيْلٌ لِّلْمُشْرِكِينَ {6}
41:6. Ayt: “Men ham xuddi sizga oʻxshagan insonman. Menga «Ilohingiz yagona ilohdir” deb vahiy qilinmoqda. Bas! Toʻgʻridan-toʻgʻri Unga yoʻnaling, Undan kechirilish soʻrang. (Allohga) sherik qoʻshuvchilarning holiga voy!
الَّذِينَ لَا يُؤْتُونَ الزَّكَاةَ وَهُم بِالْآخِرَةِ هُمْ كَافِرُونَ {7}
41:7. Ular (moddiy va maʼnaviy) pok boʻlmayapti[1952]. Ular oxiratni inkor qiluvchidir.
إِنَّ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَهُمْ أَجْرٌ غَيْرُ مَمْنُونٍ {8}
41:8. Imon keltirib xayrli ishlarni amalga oshirganlarga bitmas-tugalmas ajr-mukofot bor.
قُلْ أَئِنَّكُمْ لَتَكْفُرُونَ بِالَّذِي خَلَقَ الْأَرْضَ فِي يَوْمَيْنِ وَتَجْعَلُونَ لَهُ أَندَادًا ذَلِكَ رَبُّ الْعَالَمِينَ {9}
41:9. Ayt: «Sizlar yerni ikki kunda (ikki davrda) yaratgan zotga turli sheriklar toʻqib chiqarib, unga kofirlik qilyapsizlarmi? Axir U borliqlarni yaratgan Egasidir!
وَجَعَلَ فِيهَا رَوَاسِيَ مِن فَوْقِهَا وَبَارَكَ فِيهَا وَقَدَّرَ فِيهَا أَقْوَاتَهَا فِي أَرْبَعَةِ أَيَّامٍ سَوَاء لِّلسَّائِلِينَ {10}
41:10. U yerni ichiga tepasidan tortib turadigan kuchlar (tortish kuchi) paydo qildi[1953], unda koʻp yaxshiliklar paydo qildi va toʻrt kunda (toʻrt davrda) undagi yeguliklarning oʻlchovini soʻrab-izlovchilarga belgilab qoʻydi.
ثُمَّ اسْتَوَى إِلَى السَّمَاء وَهِيَ دُخَانٌ فَقَالَ لَهَا وَلِلْأَرْضِ اِئْتِيَا طَوْعًا أَوْ كَرْهًا قَالَتَا أَتَيْنَا طَائِعِينَ {11}
41:11. Soʻngra, osmonga yoʻnaldi, u tuman holatida edi. Shunda unga va yerga: “Ixtiyoriy yoki majburiy holatda boʻysunib kelinglar”, dedi. Osmon bilan yer: “Ixtiyoriy ravishda boʻysunib keldik” dedilar.
فَقَضَاهُنَّ سَبْعَ سَمَاوَاتٍ فِي يَوْمَيْنِ وَأَوْحَى فِي كُلِّ سَمَاء أَمْرَهَا وَزَيَّنَّا السَّمَاء الدُّنْيَا بِمَصَابِيحَ وَحِفْظًا ذَلِكَ تَقْدِيرُ الْعَزِيزِ الْعَلِيمِ {12}
41:12. Soʻngra, (samolarni yaratishni) ikki kunda (ikki davrda) yettita osmon shaklida tamomlab,[1954] har bir samoga oʻziga tegishli buyruqni/vazifani vahiy qildi/topshirdi. (Yerga) yaqin samoni chiroqlar (yulduzlar) bilan bezadik va muhofaza qildik. Mana bu oʻz ishida gʻolib va biluvchi – Allohning oʻlchovidir.
فَإِنْ أَعْرَضُوا فَقُلْ أَنذَرْتُكُمْ صَاعِقَةً مِّثْلَ صَاعِقَةِ عَادٍ وَثَمُودَ {13}
41:13. Endi ham agar yuz oʻgirsalar, “Men sizlarni xuddi Od va Samudga kelgan chaqmoq kabi biron bir chaqmoq (balo)dan ogohlantiryapman”, deb ayt.
إِذْ جَاءتْهُمُ الرُّسُلُ مِن بَيْنِ أَيْدِيهِمْ وَمِنْ خَلْفِهِمْ أَلَّا تَعْبُدُوا إِلَّا اللَّهَ قَالُوا لَوْ شَاء رَبُّنَا لَأَنزَلَ مَلَائِكَةً فَإِنَّا بِمَا أُرْسِلْتُمْ بِهِ كَافِرُونَ {14}
41:14. Ularning oldilaridan ham ortlaridan ham elchilar kelib: “Faqat Allohga ibodat qilinglar”, deganida, ular: “Agar yaratgan Egamiz elchi yubormoqchi boʻlsa, farishtalarni yuborgan boʻlardi. Shuning uchun, sizlar elchi qilib yuborilgan dinni tan olmaymiz”, deyishgan.
فَأَمَّا عَادٌ فَاسْتَكْبَرُوا فِي الْأَرْضِ بِغَيْرِ الْحَقِّ وَقَالُوا مَنْ أَشَدُّ مِنَّا قُوَّةً أَوَلَمْ يَرَوْا أَنَّ اللَّهَ الَّذِي خَلَقَهُمْ هُوَ أَشَدُّ مِنْهُمْ قُوَّةً وَكَانُوا بِآيَاتِنَا يَجْحَدُونَ {15}
41:15. Od qavmi yer yuzida nohaqlik ila oʻzlarini katta tutib: “Kuch-quvvatda bizdan zoʻri bormi?” degan. Ular, oʻzlarini yaratgan Alloh ulardan ham kuch-quvvatda zoʻr ekanini bilmaganmidi?! Ular oyatlarimizni inkor qilardi.
فَأَرْسَلْنَا عَلَيْهِمْ رِيحًا صَرْصَرًا فِي أَيَّامٍ نَّحِسَاتٍ لِّنُذِيقَهُمْ عَذَابَ الْخِزْيِ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَلَعَذَابُ الْآخِرَةِ أَخْزَى وَهُمْ لَا يُنصَرُونَ {16}
41:16. Shu sababli, ularga dunyo hayotda xorlik azobini tottirib qoʻyish uchun, qora kunlarda ularga dahshatli boʻron yubordik. Oxirat azobi yanada xor qiluvchidir. Ularga yordam berilmaydi.
وَأَمَّا ثَمُودُ فَهَدَيْنَاهُمْ فَاسْتَحَبُّوا الْعَمَى عَلَى الْهُدَى فَأَخَذَتْهُمْ صَاعِقَةُ الْعَذَابِ الْهُونِ بِمَا كَانُوا يَكْسِبُونَ {17}
41:17. Samud qavmiga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatganmiz. Ular toʻgʻri yoʻlni qoʻyib, koʻrlikni tanlagan. Shunda, oʻz qilmishlari sababli, ularni sharmanda qiluvchi chaqmoq azobi urgan.
وَنَجَّيْنَا الَّذِينَ آمَنُوا وَكَانُوا يَتَّقُونَ {18}
41:18. Imon keltirgan va javobgarlikni his qilganlarni[1955] qutqarib qolganmiz.
وَيَوْمَ يُحْشَرُ أَعْدَاء اللَّهِ إِلَى النَّارِ فَهُمْ يُوزَعُونَ {19}
41:19. Kun kelib Allohning dushmanlari[1956] jahannamga (tashlangani) toʻplanib, tizilib turadilar.
حَتَّى إِذَا مَا جَاؤُوهَا شَهِدَ عَلَيْهِمْ سَمْعُهُمْ وَأَبْصَارُهُمْ وَجُلُودُهُمْ بِمَا كَانُوا يَعْمَلُونَ {20}
41:20. Toki jahannamga yetib kelishgach, ularning ziyoniga oʻzlarining quloqlari, koʻzlari va tanalari qilgan ishlaridan guvohlik beradilar[1957].
وَقَالُوا لِجُلُودِهِمْ لِمَ شَهِدتُّمْ عَلَيْنَا قَالُوا أَنطَقَنَا اللَّهُ الَّذِي أَنطَقَ كُلَّ شَيْءٍ وَهُوَ خَلَقَكُمْ أَوَّلَ مَرَّةٍ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ {21}
41:21. “Nima uchun oʻz ziyonimizga guvohlik beryapsizlar?” deyishadi. “Hamma narsaga nutq bergan Alloh bizni ham gapirtirdi. Sizlarni ilk marotaba yaratgan ham U. Unga qaytarilyapsizlar”, deb javob beradilar.
وَمَا كُنتُمْ تَسْتَتِرُونَ أَنْ يَشْهَدَ عَلَيْكُمْ سَمْعُكُمْ وَلَا أَبْصَارُكُمْ وَلَا جُلُودُكُمْ وَلَكِن ظَنَنتُمْ أَنَّ اللَّهَ لَا يَعْلَمُ كَثِيرًا مِّمَّا تَعْمَلُونَ {22}
41:22. «Quloqlaringiz, koʻzlaringiz va tanalaringiz sizni ziyoningizga guvohlik berishini oldini olmas edingiz. Aksincha, qilayotgan ishlaringizning koʻpini Alloh bilmaydi deb oʻylar edingiz.
وَذَلِكُمْ ظَنُّكُمُ الَّذِي ظَنَنتُم بِرَبِّكُمْ أَرْدَاكُمْ فَأَصْبَحْتُم مِّنْ الْخَاسِرِينَ {23}
41:23. Yaratgan Egangizga nisbatan qilgan mana shu gumoningiz sizlarni yomon ahvolga solib qoʻydi. Natijada, xonavayron boʻluvchilarga aylandingiz (deyiladi ularga).»
فَإِن يَصْبِرُوا فَالنَّارُ مَثْوًى لَّهُمْ وَإِن يَسْتَعْتِبُوا فَمَا هُم مِّنَ الْمُعْتَبِينَ {24}
41:24. Endi, chidasalar, jahannam ularga qolar joy boʻladi. Agar rozilik soʻrasalar, ulardan rozi boʻlinmaydi[1958].
وَقَيَّضْنَا لَهُمْ قُرَنَاء فَزَيَّنُوا لَهُم مَّا بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَمَا خَلْفَهُمْ وَحَقَّ عَلَيْهِمُ الْقَوْلُ فِي أُمَمٍ قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِهِم مِّنَ الْجِنِّ وَالْإِنسِ إِنَّهُمْ كَانُوا خَاسِرِينَ {25}
41:25. Ularga bir qancha (shaytoniy) doʻstlar oʻrab qoʻyganmiz, oldi va ortidagi narsalarni ularga chiroyli koʻrsatib turgan[1959]. Oʻzlaridan avval yashab oʻtgan insu-jin ummatlardagi “Ular aniq xonavayron boʻladi”, degan soʻzga loyiq boʻldilar.
وَقَالَ الَّذِينَ كَفَرُوا لَا تَسْمَعُوا لِهَذَا الْقُرْآنِ وَالْغَوْا فِيهِ لَعَلَّكُمْ تَغْلِبُونَ {26}
41:26. Kofirlik qilganlar: «(Musulmonlardan) gʻolib boʻlishingiz uchun, bu Qurʼonni eshitmanglar va (oʻqib-oʻrgatilishiga) unga xalaqit beringlar[1960]» dedilar.
فَلَنُذِيقَنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا عَذَابًا شَدِيدًا وَلَنَجْزِيَنَّهُمْ أَسْوَأَ الَّذِي كَانُوا يَعْمَلُونَ{27}
41:27. Endi, kofirlik qilganlarga qattiq azob tottiramiz, ularga qilmishlarining eng yomon jazosini beramiz.
ذَلِكَ جَزَاء أَعْدَاء اللَّهِ النَّارُ لَهُمْ فِيهَا دَارُ الْخُلْدِ جَزَاء بِمَا كَانُوا بِآيَاتِنَا يَجْحَدُونَ {28}
41:28. Allohga dushmanchilik qiladiganlarning jazosi mana shu – jahannamdir. Oyatlarimizni inkor qilishganining jazosi sifatida, ularga unda mangu qolish bor.
وَقَالَ الَّذِينَ كَفَرُوا رَبَّنَا أَرِنَا الَّذَيْنِ أَضَلَّانَا مِنَ الْجِنِّ وَالْإِنسِ نَجْعَلْهُمَا تَحْتَ أَقْدَامِنَا لِيَكُونَا مِنَ الْأَسْفَلِينَ {29}
41:29. Kofirlik qilganlar: “Ey yaratgan Egamiz! Insu-jindan bizni adashtirganlarni bizga koʻrsat, ularni oyoqosti qilamiz, toki razil boʻlishsin”- deyishadi[1961].
إنَّ الَّذِينَ قَالُوا رَبُّنَا اللَّهُ ثُمَّ اسْتَقَامُوا تَتَنَزَّلُ عَلَيْهِمُ الْمَلَائِكَةُ أَلَّا تَخَافُوا وَلَا تَحْزَنُوا وَأَبْشِرُوا بِالْجَنَّةِ الَّتِي كُنتُمْ تُوعَدُونَ {30}
41:30. “Robbimiz Alloh” deb,- keyin toʻgʻri yoʻlda bardavom boʻlganlarga farishtalar tushib (shunday deydi): «Qoʻrqmanglar, gʻamgin boʻlmanglar, sizlarga vaʼda qilingan jannat ila sevininglar![1962].
نَحْنُ أَوْلِيَاؤُكُمْ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَفِي الْآخِرَةِ وَلَكُمْ فِيهَا مَا تَشْتَهِي أَنفُسُكُمْ وَلَكُمْ فِيهَا مَا تَدَّعُونَ {31}
41:31. Biz dunyo hayotida ham, oxiratda ham sizlarning yaqin doʻstingizmiz. U yerda sizlarni koʻnglingiz tusagan narsalar bor, u yerda sizlar orzu qilgan narsalar bor.»
نُزُلًا مِّنْ غَفُورٍ رَّحِيمٍ {32}
41:32 . (Bu) kechirimli va mehribon (Alloh)ning ziyofatidir.
وَمَنْ أَحْسَنُ قَوْلًا مِّمَّن دَعَا إِلَى اللَّهِ وَعَمِلَ صَالِحًا وَقَالَ إِنَّنِي مِنَ الْمُسْلِمِينَ {33}
41:33. Allohga (daʼvat qilib) chaqirgan[1963], yaxshi ishlar qilgan va: “Men musulmonlardanman” degan odamdan ham soʻzi chiroyli kim bor?
وَلَا تَسْتَوِي الْحَسَنَةُ وَلَا السَّيِّئَةُ ادْفَعْ بِالَّتِي هِيَ أَحْسَنُ فَإِذَا الَّذِي بَيْنَكَ وَبَيْنَهُ عَدَاوَةٌ كَأَنَّهُ وَلِيٌّ حَمِيمٌ {34}
41:34. Yaxshilik bilan yomonlik teng boʻlmaydi. Sen yaxshilik ila bartaraf qil[1964]. Shunda, sen bilan uning orasida dushmanligi bor odam, xuddi samimiy doʻstdek boʻlib qoladi.
وَمَا يُلَقَّاهَا إِلَّا الَّذِينَ صَبَرُوا وَمَا يُلَقَّاهَا إِلَّا ذُو حَظٍّ عَظِيمٍ {35}
41:35. Bunga faqat bardoshli kishilar erishadi, bunga faqat (saodatdan) ulkan nasibasi bor kishilar erishadi.
وَإِمَّا يَنزَغَنَّكَ مِنَ الشَّيْطَانِ نَزْغٌ فَاسْتَعِذْ بِاللَّهِ إِنَّهُ هُوَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ {36}
41:36. Agar senga shaytondan biron bir yomon fikr kelsa, darhol Allohdan panoh soʻra. Chunki, U eshitadi, biladi.
وَمِنْ آيَاتِهِ اللَّيْلُ وَالنَّهَارُ وَالشَّمْسُ وَالْقَمَرُ لَا تَسْجُدُوا لِلشَّمْسِ وَلَا لِلْقَمَرِ وَاسْجُدُوا لِلَّهِ الَّذِي خَلَقَهُنَّ إِن كُنتُمْ إِيَّاهُ تَعْبُدُونَ {37}
41:37. Kecha bilan kunduz, quyosh bilan oy Uning alomatlaridandir. Agar Unga (Allohga) ibodat qilayotgan boʻlsangiz, quyoshga va oyga sajda qilmang, ularni yaratgan zotga (Allohga) sajda qilinglar.
فَإِنِ اسْتَكْبَرُوا فَالَّذِينَ عِندَ رَبِّكَ يُسَبِّحُونَ لَهُ بِاللَّيْلِ وَالنَّهَارِ وَهُمْ لَا يَسْأَمُونَ {38}
41:38. Agar (yolgʻiz Allohga sajda qilishdan) oʻzlarini katta tutsalar, (bilsinki,) yaratgan Egang huzuridagi zotlar (farishtalar) zerikmasdan, tunu kun Uni ulugʻlab turadilar[1965].
وَمِنْ آيَاتِهِ أَنَّكَ تَرَى الْأَرْضَ خَاشِعَةً فَإِذَا أَنزَلْنَا عَلَيْهَا الْمَاء اهْتَزَّتْ وَرَبَتْ إِنَّ الَّذِي أَحْيَاهَا لَمُحْيِي الْمَوْتَى إِنَّهُ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ {39}
41:39. Uning alomatlaridan yana biri shuki, albatta, yerni quruq holatda koʻrasan, unga suv tushirganimizda, jonlanadi va ishib-koʻpadi[1966]. Uni (oʻlik tuproqni) jonlantirgan zot, oʻliklarni ham aniq tiriltiradi. Albatta, U hamma narsaga oʻlchov qoʻygan.
إِنَّ الَّذِينَ يُلْحِدُونَ فِي آيَاتِنَا لَا يَخْفَوْنَ عَلَيْنَا أَفَمَنْ يُلْقَى فِي النَّارِ خَيْرٌ أَمْ مَنْ يَأْتِي آمِنًا يَوْمَ الْقِيَامَةِ اعْمَلُوا مَا شِئْتُمْ إِنَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ{40}
41:40. Oyatlarimizga nisbatan qingʻir ish[1967] qilayotganlar Bizdan yashirina olmaydi. Jahannamga uloqtiriladigan kishi yaxshimi yoki, qiyomat kuni xotirjam keladigan kishi yaxshimi? Tanlagan ishingizni qilaveringlar! U qilmishingizni koʻrib turadi.
إِنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا بِالذِّكْرِ لَمَّا جَاءهُمْ وَإِنَّهُ لَكِتَابٌ عَزِيزٌ {41}
41:41. Oʻzlariga ushbu zikr (Qurʼon) kelganida uni tan olmaganlar (halok boʻladi). U aziz[1968] kitobdir.
لَا يَأْتِيهِ الْبَاطِلُ مِن بَيْنِ يَدَيْهِ وَلَا مِنْ خَلْفِهِ تَنزِيلٌ مِّنْ حَكِيمٍ حَمِيدٍ {42}
41:42. Notoʻgʻri narsa[1969] uning oldidan ham ortidan ham kelolmaydi. (U) toʻgʻri qaror beruvchi, maqtovga loyiq zot tarafidan tushirilgan.
مَا يُقَالُ لَكَ إِلَّا مَا قَدْ قِيلَ لِلرُّسُلِ مِن قَبْلِكَ إِنَّ رَبَّكَ لَذُو مَغْفِرَةٍ وَذُو عِقَابٍ أَلِيمٍ {43}
41:43. Senga ham, faqat sendan avvalgi elchilarga aytilgan soʻzlar aytilyapti. Albatta, yaratgan Egang juda kechirimlidir, alamli azob beruvchidir.
وَلَوْ جَعَلْنَاهُ قُرْآنًا أَعْجَمِيًّا لَّقَالُوا لَوْلَا فُصِّلَتْ آيَاتُهُ أَأَعْجَمِيٌّ وَعَرَبِيٌّ قُلْ هُوَ لِلَّذِينَ آمَنُوا هُدًى وَشِفَاء وَالَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ فِي آذَانِهِمْ وَقْرٌ وَهُوَ عَلَيْهِمْ عَمًى أُوْلَئِكَ يُنَادَوْنَ مِن مَّكَانٍ بَعِيدٍ {44}
41:44. Agar uni tushunarsiz Qurʼon qilganimizda, “Uning oyatlari batafsil tushuntirib berilsa boʻlmasmidi? (Qurʼon) tushunarsizmi? (tili) arabchami? ”- degan boʻlardilar[1970]. Ayt: «U (Qurʼon unga) ishonganlarga qoʻllanma va shifodir[1971]. Ishonmaydigan kishilarning quloqlarida esa “ogʻirlik” bor va u ularga koʻrlik (sababchidir)[1972]. Ular goʻyoki uzoq joydan chaqirilmoqda[1973].
وَلَقَدْ آتَيْنَا مُوسَى الْكِتَابَ فَاخْتُلِفَ فِيهِ وَلَوْلَا كَلِمَةٌ سَبَقَتْ مِن رَّبِّكَ لَقُضِيَ بَيْنَهُمْ وَإِنَّهُمْ لَفِي شَكٍّ مِّنْهُ مُرِيبٍ {45}
41:45. Shubhasizki, Musoga kitob berganmiz. Keyin u haqida ixtilof qilindi. Agar yaratgan Egangni avvaldan bergan soʻzi boʻlmaganida, (kitobga ixtilof qilganlar) oralarida darhol hukm qilinar edi[1974]. Albatta, ular undan qattiq shubhadadirlar.
مَنْ عَمِلَ صَالِحًا فَلِنَفْسِهِ وَمَنْ أَسَاء فَعَلَيْهَا وَمَا رَبُّكَ بِظَلَّامٍ لِّلْعَبِيدِ {46}
41:46 Kim bir yaxshi ish qilsa oʻzini foydasiga. Kim bir yomonlik qilsa, u ham oʻz ziyoniga[1975]. Yaratgan Egang bandalariga haqsizlik qiluvchi emas.
إِلَيْهِ يُرَدُّ عِلْمُ السَّاعَةِ وَمَا تَخْرُجُ مِن ثَمَرَاتٍ مِّنْ أَكْمَامِهَا وَمَا تَحْمِلُ مِنْ أُنثَى وَلَا تَضَعُ إِلَّا بِعِلْمِهِ وَيَوْمَ يُنَادِيهِمْ أَيْنَ شُرَكَائِي قَالُوا آذَنَّاكَ مَا مِنَّا مِن شَهِيدٍ{47}
41:47. Qiyomatning ilmi Allohga havola qilinadi. Mevalar gultojlaridan chiqishi ham, ayolni homila boʻlishi va tugʻishi ham faqat Allohning ilmi bilan boʻladi[1976]. kun kelib Alloh Mushriklarga: “Mening «sheriklarim qani, qayerda?” deydi. Ular: “Senga shuni maʼlum qilamizki, oramizdan hech kim koʻrmadi”, deydilar.
وَضَلَّ عَنْهُم مَّا كَانُوا يَدْعُونَ مِن قَبْلُ وَظَنُّوا مَا لَهُم مِّن مَّحِيصٍ {48}
41:48. Ilgari (dunyoda) iltijo qilganlari ulardan gʻoyib boʻlib[1977] va ular oʻzlariga qochish yoʻqligiga ishonch hosil qiladi.
لَا يَسْأَمُ الْإِنسَانُ مِن دُعَاء الْخَيْرِ وَإِن مَّسَّهُ الشَّرُّ فَيَؤُوسٌ قَنُوطٌ {49}
41:49. (U) inson oʻziga yaxshilik (mol-davlat) tilashdan zerikmaydi. Agar unga biron bir yomonlik yetsa, darhol chorasizlikka, umidsizlikka tushib qoladi[1978].
وَلَئِنْ أَذَقْنَاهُ رَحْمَةً مِّنَّا مِن بَعْدِ ضَرَّاء مَسَّتْهُ لَيَقُولَنَّ هَذَا لِي وَمَا أَظُنُّ السَّاعَةَ قَائِمَةً وَلَئِن رُّجِعْتُ إِلَى رَبِّي إِنَّ لِي عِندَهُ لَلْحُسْنَى فَلَنُنَبِّئَنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا بِمَا عَمِلُوا وَلَنُذِيقَنَّهُم مِّنْ عَذَابٍ غَلِيظٍ {50}
41:50. Unga kelgan zarardan keyin, agar unga Oʻzimizdan biron bir yaxshilik tottirsak: “Bu mening haqim. Qiyomat sodir boʻladi deb oʻylamayman. Mabodo, Rabbimga qaytariladigan boʻlsam ham, Uning huzurida men uchun yaxshilik boʻladi” deydi. Kofirlik qilganlarga oʻz qilmishlarini albatta bildirib qoʻyamiz, ularga ogʻir azobni albatta tottirib qoʻyamiz.
وَإِذَا أَنْعَمْنَا عَلَى الْإِنسَانِ أَعْرَضَ وَنَأى بِجَانِبِهِ وَإِذَا مَسَّهُ الشَّرُّ فَذُو دُعَاء عَرِيضٍ{51}
41:51. Yana (u) insonga neʼmat berganimizda, yuz oʻgirib oʻzini chetga tortadi. Unga yomonlik kelganida esa, uzundan-uzun duogoʻy boʻlib oladi.
قُلْ أَرَأَيْتُمْ إِن كَانَ مِنْ عِندِ اللَّهِ ثُمَّ كَفَرْتُم بِهِ مَنْ أَضَلُّ مِمَّنْ هُوَ فِي شِقَاقٍ بَعِيدٍ{52}
41:52. Ayt: «Bir oʻylab koʻrdingizmi?[1979] Agar u (Qurʼon) Alloh tarafidan boʻlsa-yu, sizlar esa unga kofirlik qilayotgan boʻlsangiz, (u holda haqdan) uzoq ayriliqdagi kishidan ham adashganroq kim boʻladi?
سَنُرِيهِمْ آيَاتِنَا فِي الْآفَاقِ وَفِي أَنفُسِهِمْ حَتَّى يَتَبَيَّنَ لَهُمْ أَنَّهُ الْحَقُّ أَوَلَمْ يَكْفِ بِرَبِّكَ أَنَّهُ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ شَهِيدٌ{53}
41:53. Ularga tez orada ham atroflaridagi, hamda oʻzlaridagi oyat-belgilarimizni koʻrsatib qoʻyamiz[1980], toki, u (Qurʼon)ning haq ekani aniq ayon boʻlsin. Yaratgan Egang hamma narsaga guvoh ekani yetarli emasmi?!
أَلَا إِنَّهُمْ فِي مِرْيَةٍ مِّن لِّقَاء رَبِّهِمْ أَلَا إِنَّهُ بِكُلِّ شَيْءٍ مُّحِيطٌ {54}
41:54. Ogoh boʻlinglar! Ular yaratgan Egasiga yoʻliqishdan shubhadadir. Ogoh boʻlinglar! U hamma narsani toʻliq qamrab oluvchidir.
- SHOʻRO surasi[1981]
بسم اللَّهِ الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
حم {1}
42:1 . Ha! Mim![1982]
عسق {2}
42:2. Ayn! Sin! Qof!
كَذَلِكَ يُوحِي إِلَيْكَ وَإِلَى الَّذِينَ مِن قَبْلِكَ اللَّهُ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ {3}
42:3. Oʻz ishida gʻolib, toʻgʻri qaror beruvchi Alloh sendan avvalgilarga (vahiy qilganidek), senga ham mana shunday vahiy qilmoqda[1983].
لَهُ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ وَهُوَ الْعَلِيُّ الْعَظِيمُ {4}
42:4. Osmonlar va yerdagi barcha narsa Uniki. U ulugʻdir, buyukdir.
تَكَادُ السَّمَاوَاتُ يَتَفَطَّرْنَ مِن فَوْقِهِنَّ وَالْمَلَائِكَةُ يُسَبِّحُونَ بِحَمْدِ رَبِّهِمْ وَيَسْتَغْفِرُونَ لِمَن فِي الْأَرْضِ أَلَا إِنَّ اللَّهَ هُوَ الْغَفُورُ الرَّحِيمُ {5}
42:5 . Sal qolsa tepalaridagi osmon yorilay deyapti[1984]. Farishtalar yaratgan Egasini olqishlab ulugʻlayapti va yer yuzidagilarga (Allohdan) magʻfirat (kechirilish) tilayapti[1985]. Ogoh boʻling! Alloh kechirimli va mehribondir.
وَالَّذِينَ اتَّخَذُوا مِن دُونِهِ أَولِيَاء اللَّهُ حَفِيظٌ عَلَيْهِمْ وَمَا أَنتَ عَلَيْهِم بِوَكِيلٍ {6}
42:6. Alloh ila oralarida avliyolarni iloh qilib olganlarga[1986] kelsak, ularni Alloh kuzatib turibdi. Sen ular ustidan javobgar-vakil emassan[1987].
وَكَذَلِكَ أَوْحَيْنَا إِلَيْكَ قُرْآنًا عَرَبِيًّا لِّتُنذِرَ أُمَّ الْقُرَى وَمَنْ حَوْلَهَا وَتُنذِرَ يَوْمَ الْجَمْعِ لَا رَيْبَ فِيهِ فَرِيقٌ فِي الْجَنَّةِ وَفَرِيقٌ فِي السَّعِيرِ {7}
42:7. Yurtlarning onasini (Makka ahlini) va atrofidagi odamlarni ogohlantir deb, u haqida shubha boʻlmagan toʻplanish kunidan ham ogohlantirasan deb, senga mana shu shaklda arabcha Qurʼonni vahiy qildik. Bir toifa jannatda, bir toifa jahannamda (boʻladi).
وَلَوْ شَاء اللَّهُ لَجَعَلَهُمْ أُمَّةً وَاحِدَةً وَلَكِن يُدْخِلُ مَن يَشَاء فِي رَحْمَتِهِ وَالظَّالِمُونَ مَا لَهُم مِّن وَلِيٍّ وَلَا نَصِيرٍ {8}
42:8. Agar Alloh ularni bitta ummat qilaman deganida shunday qilgan boʻlardi. Biroq, rahmatiga (jannatiga) munosib boʻlgan kishini kirgizadi. Zolimlarga esa, hech qanday himoyachi doʻst ham, yordamchi ham boʻlmaydi.
أَمِ اتَّخَذُوا مِن دُونِهِ أَوْلِيَاء فَاللَّهُ هُوَ الْوَلِيُّ وَهُوَ يُحْيِي المَوْتَى وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ {9}
42:9. Yoki, ular Allohdan boshqa (ilohiy boshqaruvchi) doʻstlar qabul qildilarmi? Aslda, Allohning Oʻzi (ilohiy boshqaruvchi) doʻstdir. U hamma narsaga oʻlchov qoʻyuvchidir.
وَمَا اخْتَلَفْتُمْ فِيهِ مِن شَيْءٍ فَحُكْمُهُ إِلَى اللَّهِ ذَلِكُمُ اللَّهُ رَبِّي عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَإِلَيْهِ أُنِيبُ {10}
42:10 . (Ayt) Sizlar ixtilof qilgan har qanday ishning hukmi Allohga oid[1988]. Oʻsha siz bilgan Alloh meni yaratgan Egamdir. Men Unga suyanib-tayanaman, Unga yoʻnalaman.
فَاطِرُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ جَعَلَ لَكُم مِّنْ أَنفُسِكُمْ أَزْوَاجًا وَمِنَ الْأَنْعَامِ أَزْوَاجًا يَذْرَؤُكُمْ فِيهِ لَيْسَ كَمِثْلِهِ شَيْءٌ وَهُوَ السَّمِيعُ البَصِيرُ {11}
42:11. U osmonlar va yerni (boʻlish qonuni ila) yaratuvchisidir u sizlarga oʻz turingizdan juftlar paydo qildi, hayvonlar uchun ham juftlar paydo qildi. Sizlarni ham mana shu qonun asosida koʻpaytirmoqda[1989]. Uning Oʻzini esa hech qanday oʻxshashi yoʻq[1990]. U hamma narsani eshitadi, koʻradi.
لَهُ مَقَالِيدُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ يَبْسُطُ الرِّزْقَ لِمَن يَشَاء وَيَقْدِرُ إِنَّهُ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ {12}
42:12. Osmonlar va yerning “kalitlari” Unga tegishli[1991]. Munosib bilganiga rizqni keng qilib beradi, (munosib bilganiga) tor qilib beradi. U hamma narsani biladi.
شَرَعَ لَكُم مِّنَ الدِّينِ مَا وَصَّى بِهِ نُوحًا وَالَّذِي أَوْحَيْنَا إِلَيْكَ وَمَا وَصَّيْنَا بِهِ إِبْرَاهِيمَ وَمُوسَى وَعِيسَى أَنْ أَقِيمُوا الدِّينَ وَلَا تَتَفَرَّقُوا فِيهِ كَبُرَ عَلَى الْمُشْرِكِينَ مَا تَدْعُوهُمْ إِلَيْهِ اللَّهُ يَجْتَبِي إِلَيْهِ مَن يَشَاء وَيَهْدِي إِلَيْهِ مَن يُنِيبُ {13}
42:13. Alloh Nuhga buyurgan narsani din qilib sizlarga joriy qildi. “Dinni ushlab qolinglar, unda boʻlinmanglar” – deb senga ham vahiy qildik, Ibrohim, Muso va Isoga ham buyurdik. Sen unga chaqirayotgan tavhid (Allohga sherik qoʻshuvchi) mushriklarga ogʻir keldi. Alloh munosib bilgan bandasini Oʻziga (elchi etib) tanlab oladi, Unga yoʻnalgan bandasini Oʻz yoʻliga hidoyat qiladi[1992].
وَمَا تَفَرَّقُوا إِلَّا مِن بَعْدِ مَا جَاءهُمُ الْعِلْمُ بَغْيًا بَيْنَهُمْ وَلَوْلَا كَلِمَةٌ سَبَقَتْ مِن رَّبِّكَ إِلَى أَجَلٍ مُّسَمًّى لَّقُضِيَ بَيْنَهُمْ وَإِنَّ الَّذِينَ أُورِثُوا الْكِتَابَ مِن بَعْدِهِمْ لَفِي شَكٍّ مِّنْهُ مُرِيبٍ {14}
42:14. Biroq, (ularning ummatlari) oʻzlariga ilm kelganidan keyin-gina, bir-biriga hasad qilib (dinda) boʻlinib ketdilar. Agar Rabbingdan belgilangan muddatgacha boʻlgan (qiyomatgacha imkon berish haqidagi) soʻz boʻlmaganida, ular orasida albatta hukm qilingan boʻlardi. Ulardan keyin (ilohiy) kitobga voris qilib tayinlanganlar esa, kitobdan qattiq shubhadadirlar[1993].
فَلِذَلِكَ فَادْعُ وَاسْتَقِمْ كَمَا أُمِرْتَ وَلَا تَتَّبِعْ أَهْوَاءهُمْ وَقُلْ آمَنتُ بِمَا أَنزَلَ اللَّهُ مِن كِتَابٍ وَأُمِرْتُ لِأَعْدِلَ بَيْنَكُمُ اللَّهُ رَبُّنَا وَرَبُّكُمْ لَنَا أَعْمَالُنَا وَلَكُمْ أَعْمَالُكُمْ لَا حُجَّةَ بَيْنَنَا وَبَيْنَكُمُ اللَّهُ يَجْمَعُ بَيْنَنَا وَإِلَيْهِ الْمَصِيرُ {15}
42:15. Mana shuning uchun ham, sen (dindagi birlikka) chaqir, senga qanday buyurilgan boʻlsa, shunday — toʻgʻri boʻl, ularning orzu-istaklariga (dinda boʻlinishiga) ergashma va ayt: «Alloh tushirgan har qanday kitobga ishondim. Men sizlarning orangizda adolat oʻrnatishga buyurildim[1994]. Alloh mening ham yaratgan Egam, sizlarning ham yaratgan Egangizdir. Bizning amallarimiz oʻzimiz uchun, sizlarning amallaringiz oʻzingiz uchun[1995]. Sizlar bilan bizning oramizda hujjatlashish yoʻq[1996]. Alloh barchamizni toʻplaydi. Qaytish Ungadir.
وَالَّذِينَ يُحَاجُّونَ فِي اللَّهِ مِن بَعْدِ مَا اسْتُجِيبَ لَهُ حُجَّتُهُمْ دَاحِضَةٌ عِندَ رَبِّهِمْ وَعَلَيْهِمْ غَضَبٌ وَلَهُمْ عَذَابٌ شَدِيدٌ {16}
42:16. Dini qabul qilinganidan keyin ham Alloh haqida tortishadigan kishilarning hujjatlari yaratgan Egasiga koʻra behudadir. Ularga gʻazab (norozilik) va qattiq azob bor.
اللَّهُ الَّذِي أَنزَلَ الْكِتَابَ بِالْحَقِّ وَالْمِيزَانَ وَمَا يُدْرِيكَ لَعَلَّ السَّاعَةَ قَرِيبٌ {17}
42:17. Alloh haqiqatni oʻz ichiga olgan kitobni[1997] va adolatni tushirdi[1998]. Qayerdan bilarding, balki qiyomat yaqindir![1999]
يَسْتَعْجِلُ بِهَا الَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِهَا وَالَّذِينَ آمَنُوا مُشْفِقُونَ مِنْهَا وَيَعْلَمُونَ أَنَّهَا الْحَقُّ أَلَا إِنَّ الَّذِينَ يُمَارُونَ فِي السَّاعَةِ لَفِي ضَلَالٍ بَعِيدٍ {18}
42:18. Qiyomatga ishonmaganlar uni tezlashtirishni xohlaydi[2000]. Moʻminlar esa, undan yuragi titraydi. Ular uni haq ekanini biladi. Ogoh boʻlinglar! Qiyomat haqida shubhalanib tortishadiganlar halok qiluvchi[2001] zalolatdadir.
42:19
اللَّهُ لَطِيفٌ بِعِبَادِهِ يَرْزُقُ مَن يَشَاء وَهُوَ الْقَوِيُّ العَزِيزُ {19}
Alloh bandalariga hush muomaladir, munosib bilganiga (keng) rizq beradi. U kuchlidir, oʻz ishida gʻolibdir.
42:20
مَن كَانَ يُرِيدُ حَرْثَ الْآخِرَةِ نَزِدْ لَهُ فِي حَرْثِهِ وَمَن كَانَ يُرِيدُ حَرْثَ الدُّنْيَا نُؤتِهِ مِنْهَا وَمَا لَهُ فِي الْآخِرَةِ مِن نَّصِيبٍ {20}
Kimki (qilgan amali evaziga Allohdan) oxirat hosilini xohlasa, u uchun hosilini koʻpaytirib beramiz. Kimki (qilgan amali evaziga insonlarda) dunyo hosili xohlasa, undan beramiz. Biroq, oxiratda unga oladigan nasiba boʻlmaydi[2002].
42:21
أَمْ لَهُمْ شُرَكَاء شَرَعُوا لَهُم مِّنَ الدِّينِ مَا لَمْ يَأْذَن بِهِ اللَّهُ وَلَوْلَا كَلِمَةُ الْفَصْلِ لَقُضِيَ بَيْنَهُمْ وَإِنَّ الظَّالِمِينَ لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ {21}
Yoki, Alloh ruxsat bermagan narsani dinda ular uchun shariat qilib belgilab bergan sheriklari bor ekanmi?! Agar ajratish haqidagi soʻz[2003] boʻlmaganida, oralarida (darhol) hukm qilinar edi. Albatta, zolimlarga (oxiratda) alamli azob bor.
42:22
تَرَى الظَّالِمِينَ مُشْفِقِينَ مِمَّا كَسَبُوا وَهُوَ وَاقِعٌ بِهِمْ وَالَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ فِي رَوْضَاتِ الْجَنَّاتِ لَهُم مَّا يَشَاؤُونَ عِندَ رَبِّهِمْ ذَلِكَ هُوَ الْفَضْلُ الكَبِيرُ {22}
(Qiyomat kuni) zolimlarning qilmishlari oʻzlariga (azobga aylanib) kelayotganida, ularni qoʻrquvdan titrab turganini koʻrasan. Imon keltirib xayrli ishlarni amalga oshirganlar esa, jannatlarning bogʻlarida boʻladi. Yaratgan Egasi huzurida ular uchun oʻzlari tanlagan narsalar bor. Bu (Allohdan qilingan) buyuk oliyjanoblikdir.
42:23
ذَلِكَ الَّذِي يُبَشِّرُ اللَّهُ عِبَادَهُ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ قُل لَّا أَسْأَلُكُمْ عَلَيْهِ أَجْرًا إِلَّا الْمَوَدَّةَ فِي الْقُرْبَى وَمَن يَقْتَرِفْ حَسَنَةً نَّزِدْ لَهُ فِيهَا حُسْنًا إِنَّ اللَّهَ غَفُورٌ شَكُورٌ {23}
Imon keltirib xayrli ishlarni amalga oshirgan bandalariga Alloh shu xushxabarini beradi. Ayt: «Men buning evaziga sizlardan (Allohga) yaqin boʻlishni sevishingizdan boshqa narsa soʻramayman[2004]. Kim bir yaxshilik qilsa, Biz u uchun oʻsha ishda yaxshilik qoʻshib qoʻyamiz[2005]. Alloh juda kechirimlidir, yaxshilikni mukofotsiz qoldirmaydigan zotdir.
42:24
أَمْ يَقُولُونَ افْتَرَى عَلَى اللَّهِ كَذِبًا فَإِن يَشَأِ اللَّهُ يَخْتِمْ عَلَى قَلْبِكَ وَيَمْحُ اللَّهُ الْبَاطِلَ وَيُحِقُّ الْحَقَّ بِكَلِمَاتِهِ إِنَّهُ عَلِيمٌ بِذَاتِ الصُّدُورِ {24}
Yoki, ular (seni) Allohga yolgʻon toʻqidi deyaptimi?[2006] Unday qilganingda, agar Alloh munosib bilsa, seni qalbingga muhr urib qoʻyar edi. Alloh Oʻzining soʻzlari bilan (soʻz va harakatdan iborat) notoʻgʻri narsani yoʻq qilib, haqiqatni oʻrtaga qoʻymoqda[2007]. U dillardagini aniq biladi.
42:25
وَهُوَ الَّذِي يَقْبَلُ التَّوْبَةَ عَنْ عِبَادِهِ وَيَعْفُو عَنِ السَّيِّئَاتِ وَيَعْلَمُ مَا تَفْعَلُونَ {25}
U bandalaridan tavbani qabul qiladi, yomonliklarini afv etadi, qilayotgan ishlaringizni biladi.
42:26
وَيَسْتَجِيبُ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ وَيَزِيدُهُم مِّن فَضْلِهِ وَالْكَافِرُونَ لَهُمْ عَذَابٌ شَدِيدٌ {26}
Imon keltirib xayrli ishlarni amalga oshirgan kishilarning (tilaklarini) bajo qiladi, ularga Oʻz oliyjanobligidan ularga (mukofotini) koʻpaytirib beradi. Kofirlik qiluvchilarga esa qattiq azob bor.
42:27
وَلَوْ بَسَطَ اللَّهُ الرِّزْقَ لِعِبَادِهِ لَبَغَوْا فِي الْأَرْضِ وَلَكِن يُنَزِّلُ بِقَدَرٍ مَّا يَشَاء إِنَّهُ بِعِبَادِهِ خَبِيرٌ بَصِيرٌ {27}
Agar Alloh bandalariga rizqni keng qilib berganida, ular aniq haddan oshib ketardi. Biroq, U Oʻzi munosib bilgan miqdorda beradi[2008]. Albatta, U bandalaridan xabardordir, koʻrib turuvchidir[2009].
42:28
وَهُوَ الَّذِي يُنَزِّلُ الْغَيْثَ مِن بَعْدِ مَا قَنَطُوا وَيَنشُرُ رَحْمَتَهُ وَهُوَ الْوَلِيُّ الْحَمِيدُ {28}
Bandalar umidsizlikka tushib qolganidan keyin[2010] yomgʻirni U yogʻdiradi va Oʻz rahmatini (rizqini)[2011] yoyadi. U idora etib boshqaruvchidir, maqtovga loyidir.
42:29
وَمِنْ آيَاتِهِ خَلْقُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَمَا بَثَّ فِيهِمَا مِن دَابَّةٍ وَهُوَ عَلَى جَمْعِهِمْ إِذَا يَشَاء قَدِيرٌ {29}
Osmonlar va yerni hamda u ikkalasida Oʻzi taratib qoʻygan jonivorlarni yaratilishi Uning alomatlaridandir. Ularni Oʻzi munosib bilgan vaqt jamlashga oʻlchov belgilagan.
42:30
وَمَا أَصَابَكُم مِّن مُّصِيبَةٍ فَبِمَا كَسَبَتْ أَيْدِيكُمْ وَيَعْفُو عَن كَثِيرٍ {30}
Sizlarga yetgan har qanday musibat oʻz qilmishingiz tufaylidir[2012]. (Alloh qilmishlaringizning) koʻpini afv etmoqda.
42:31
وَمَا أَنتُم بِمُعْجِزِينَ فِي الْأَرْضِ وَمَا لَكُم مِّن دُونِ اللَّهِ مِن وَلِيٍّ وَلَا نَصِيرٍ {31}
(Ey insonlar!) Yer yuzida (musibatlardan) qochib-qutulolmaysiz. Sizlar uchun Allohdan boshqa doʻst ham yordamchi ham yoʻq[2013].
42:32
وَمِنْ آيَاتِهِ الْجَوَارِ فِي الْبَحْرِ كَالْأَعْلَامِ {32}
Togʻlardek kemalarni dengizlarda suzib yurishi ham Uning (borligini) alomatlaridandir.
42:33
إِن يَشَأْ يُسْكِنِ الرِّيحَ فَيَظْلَلْنَ رَوَاكِدَ عَلَى ظَهْرِهِ إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآيَاتٍ لِّكُلِّ صَبَّارٍ شَكُورٍ {33}
Agar munosib koʻrsa, shamolni toʻxtatib qoʻyardi. Shunda, ular dengiz tepasida qolib ketardi. Sabr va shukr qiluvchilar uchun[2014] bunda aniq (ibratli) alomatlar bor.
42:34
أَوْ يُوبِقْهُنَّ بِمَا كَسَبُوا وَيَعْفُ عَن كَثِيرٍ {34}
Yoki, (kemadagilarning gunoh) qilmishlari sababli kemalarni halok qilib yuborar edi. Alloh (qilmishlaringizning) koʻpini afv etmoqda.
42:35
وَيَعْلَمَ الَّذِينَ يُجَادِلُونَ فِي آيَاتِنَا مَا لَهُم مِّن مَّحِيصٍ {35}
Toki, oyatlarimizni inkor qilish haqida tortishadiganlar, oʻzlariga qochadigan joy yoʻqligini bilib olsinlar.
42:36
فَمَا أُوتِيتُم مِّن شَيْءٍ فَمَتَاعُ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَمَا عِندَ اللَّهِ خَيْرٌ وَأَبْقَى لِلَّذِينَ آمَنُوا وَعَلَى رَبِّهِمْ يَتَوَكَّلُونَ {36}
Sizlarga berilgan narsalar dunyo hayotidagi bahramandlikdir[2015]. Alloh huzuridagi yaxshi va boqiy qoladigan neʼmatlar, (Alloh va Rasuliga) ishonib, yaratgan Egasiga suyanib-tayanadigan – moʻminlar uchundir.
42:37
وَالَّذِينَ يَجْتَنِبُونَ كَبَائِرَ الْإِثْمِ وَالْفَوَاحِشَ وَإِذَا مَا غَضِبُوا هُمْ يَغْفِرُونَ {73}
Va katta gunohlardan va (benomuslik hisoblangan) buzuqliklardan oʻzini tiyadigan hamda, gʻazablanganida kechirib yuboradigan kishilar uchundir[2016].
42:38
وَالَّذِينَ اسْتَجَابُوا لِرَبِّهِمْ وَأَقَامُوا الصَّلَاةَ وَأَمْرُهُمْ شُورَى بَيْنَهُمْ وَمِمَّا رَزَقْنَاهُمْ يُنفِقُونَ {38}
Va Rabbi (buyruqlarini) bajo qilgan, namozni/diniy vazifalarni bajargan, ishlari oʻzaro maslahat bilan boʻladigan va ularga bergan rizqimizdan xayr-ehson qiladiganar uchundir.
42:39
وَالَّذِينَ إِذَا أَصَابَهُمُ الْبَغْيُ هُمْ يَنتَصِرُونَ {39}
Va oʻzlariga adolatsizlik (zulm) yetganida bir-biriga yordamlashadigan kishilar uchundir.
42:40
وَجَزَاء سَيِّئَةٍ سَيِّئَةٌ مِّثْلُهَا فَمَنْ عَفَا وَأَصْلَحَ فَأَجْرُهُ عَلَى اللَّهِ إِنَّهُ لَا يُحِبُّ الظَّالِمِينَ {40}
Har qanday yomonlikka beriladigan jazo (eng koʻpi) u bilan teng (boʻlishi kerak)[2017]. Qodir boʻla turib, kimki kechirib, murosaga kelsa, uning ajr-mukofoti Alloh zimmasida. Albatta, Alloh haqsizlik qiluvchilarni yoqtirmaydi.
42:41
وَلَمَنِ انتَصَرَ بَعْدَ ظُلْمِهِ فَأُوْلَئِكَ مَا عَلَيْهِم مِّن سَبِيلٍ {41}
Kimki oʻziga zulm qilinganidan keyin haqini olsa, ularni ziyoniga hech qanday (jazolashga) yoʻl yoʻq[2018].
42:42
إِنَّمَا السَّبِيلُ عَلَى الَّذِينَ يَظْلِمُونَ النَّاسَ وَيَبْغُونَ فِي الْأَرْضِ بِغَيْرِ الْحَقِّ أُوْلَئِكَ لَهُم عَذَابٌ أَلِيمٌ {42}
Insonlarga zulm qiladigan, yer yuzida nohaqlik qilib tajovuz qiladigan kishilarni-gina (jazolashga) yoʻl bor[2019]. Ana shularga (qiyomatda ham) alamli azob bor.
42:43
وَلَمَن صَبَرَ وَغَفَرَ إِنَّ ذَلِكَ لَمِنْ عَزْمِ الْأُمُورِ {43}
Kim sabr-bardosh qilsa va kechirsa, albatta, bu azmu qaror talab qiladigan ishlardandir[2020].
42:44
وَمَن يُضْلِلِ اللَّهُ فَمَا لَهُ مِن وَلِيٍّ مِّن بَعْدِهِ وَتَرَى الظَّالِمِينَ لَمَّا رَأَوُا الْعَذَابَ يَقُولُونَ هَلْ إِلَى مَرَدٍّ مِّن سَبِيلٍ {44}
Alloh kimni adashtirsa (adashganini tasdiqlasa), undan keyin endi uni himoya qiladigan doʻsti boʻlmaydi. Zolimlarni koʻrasan, azobni koʻrishganida: “Qaytishga biron bir yoʻl bormikan?” deb qoladilar.
42:45
وَتَرَاهُمْ يُعْرَضُونَ عَلَيْهَا خَاشِعِينَ مِنَ الذُّلِّ يَنظُرُونَ مِن طَرْفٍ خَفِيٍّ وَقَالَ الَّذِينَ آمَنُوا إِنَّ الْخَاسِرِينَ الَّذِينَ خَسِرُوا أَنفُسَهُمْ وَأَهْلِيهِمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ أَلَا إِنَّ الظَّالِمِينَ فِي عَذَابٍ مُّقِيمٍ {45}
Ularni unga (jahannamga) roʻbaroʻ qilinganida, xorligi sababli egilib, koʻz qiri bilan qoʻrqib qarab turganini koʻrasan. (Alloh va Rasuliga) ishongan-moʻminlar esa: “Albatta, xonavayron boʻluvchilar – qiyomat kuni oʻzini ham, oila-aʼzolarini (oʻziga ergashganlarni) ham xonavayron qilganlardir”, deydi. Ogoh boʻlinglar! Zolimlar abadiy azobda (qoladi).
42:46
وَمَا كَانَ لَهُم مِّنْ أَوْلِيَاء يَنصُرُونَهُم مِّن دُونِ اللَّهِ وَمَن يُضْلِلِ اللَّهُ فَمَا لَهُ مِن سَبِيلٍ {46}
Allohdan boshqa ularga yordam beradigan hech qanday doʻstlar boʻlmaydi. Alloh kimni adashtirsa (adashganini tasdiqlasa), endi unga (qutulishga) yoʻl yoʻq.
42:47
اسْتَجِيبُوا لِرَبِّكُم مِّن قَبْلِ أَن يَأْتِيَ يَوْمٌ لَّا مَرَدَّ لَهُ مِنَ اللَّهِ مَا لَكُم مِّن مَّلْجَأٍ يَوْمَئِذٍ وَمَا لَكُم مِّن نَّكِيرٍ {47}
Alloh tarafdan qaytarib boʻlmaydigan kun kelishidan oldin, yaratgan Egangizga (diniga) ijobat qilib qolinglar. Oʻsha kuni sizlarga panoh boʻlmaydi[2021], sizlarga tan olmaslikni imkoni boʻlmaydi.
42:48
فَإِنْ أَعْرَضُوا فَمَا أَرْسَلْنَاكَ عَلَيْهِمْ حَفِيظًا إِنْ عَلَيْكَ إِلَّا الْبَلَاغُ وَإِنَّا إِذَا أَذَقْنَا الْإِنسَانَ مِنَّا رَحْمَةً فَرِحَ بِهَا وَإِن تُصِبْهُمْ سَيِّئَةٌ بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيهِمْ فَإِنَّ الْإِنسَانَ كَفُورٌ {48}
Agar yuz oʻgirsalar, bilginki, seni ularni tepasidan qoʻriqchi qilib yubormadik. Seni zimmangda faqat yetkazib qoʻyish bor. Albatta, insonga Oʻz tarafimizdan bir yaxshilik tottirib qoʻyganimizda, u bilan shod boʻladi. Agar oʻz qoʻllari (ixtiyorlari) bilan qilgan (gunoh) ishlari sababli ularga yomonlik yetsa, shunda inson nonkoʻr boʻlib qoladi.
42:49
لِلَّهِ مُلْكُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ يَخْلُقُ مَا يَشَاء يَهَبُ لِمَن يَشَاء إِنَاثًا وَيَهَبُ لِمَن يَشَاء الذُّكُورَ {49}
Osmonlar va yerni hukmronligi Allohga tegishli. Xohlaganini yaratadi, munosib bilgan bandasiga qizlar beradi, munosib bilgan bandasiga oʻgʻillar beradi.
42:50
أَوْ يُزَوِّجُهُمْ ذُكْرَانًا وَإِنَاثًا وَيَجْعَلُ مَن يَشَاء عَقِيمًا إِنَّهُ عَلِيمٌ قَدِيرٌ {50}
Yoki, ularni oʻgʻil-qizlar shaklida egizaklar qilib beradi. Munosib bilgan bandasini esa bepusht qilib qoʻyadi. Albatta, u biladi, oʻlchov qoʻyadi[2022].
42:51
وَمَا كَانَ لِبَشَرٍ أَن يُكَلِّمَهُ اللَّهُ إِلَّا وَحْيًا أَوْ مِن وَرَاء حِجَابٍ أَوْ يُرْسِلَ رَسُولًا فَيُوحِيَ بِإِذْنِهِ مَا يَشَاء إِنَّهُ عَلِيٌّ حَكِيمٌ {51}
Alloh hech bir insonga soʻzini bevosita yetkazmaydi – faqat vahiy yoki parda orqali yetkazadi, yoxud bir rasul/elchi yuborib, Oʻz amri ila munosib bilganini vahiy qiladi. Albatta, U oliydir, toʻgʻri qaror beruvchidir.
42:52
وَكَذَلِكَ أَوْحَيْنَا إِلَيْكَ رُوحًا مِّنْ أَمْرِنَا مَا كُنتَ تَدْرِي مَا الْكِتَابُ وَلَا الْإِيمَانُ وَلَكِن جَعَلْنَاهُ نُورًا نَّهْدِي بِهِ مَنْ نَّشَاء مِنْ عِبَادِنَا وَإِنَّكَ لَتَهْدِي إِلَى صِرَاطٍ مُّسْتَقِيمٍ {52}
Mana shu shaklda senga buyrugʻimizdan iborat boʻlgan ruhni (Qurʼonni) yetkazdik. Sen bu kitobni va (unda ochiqlab berilgan) imonni bilmas eding. Lekin, Biz uni oydinlatib beradigan (kitob) qildikki, u bilan bandalarimiz orasidan munosib bilganimizni toʻgʻri yoʻlga solamiz. Albatta, sen (u bilan) toʻgʻri yoʻlga boshlayapsan.
42:53
صِرَاطِ اللَّهِ الَّذِي لَهُ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ أَلَا إِلَى اللَّهِ تَصِيرُ الأمُورُ {53}
Osmonlar va yerdagi narsalar Uniki boʻlgan Allohning yoʻliga (boshlaysan). Ogoh boʻlinglar! Barcha ishlar Allohga qaytadi[2023].
- ZUXRUF surasi[2024]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
43:1
حم {1}
Ha! Mim![2025]
43:2
وَالْكِتَابِ الْمُبِينِ {2}
Ont boʻlsin ochiq-oydin kitobga!
43:3
إِنَّا جَعَلْنَاهُ قُرْآنًا عَرَبِيًّا لَّعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ {3}
Albatta, uqib-oʻrganishingiz[2026] uchun, uni arabcha (tushunarli) Qurʼon qildik[2027].
43:4
وَإِنَّهُ فِي أُمِّ الْكِتَابِ لَدَيْنَا لَعَلِيٌّ حَكِيمٌ {4}
Albatta, u huzurimizdagi ona kitobda[2028] (ham yozib qoʻyilgan)dir, ulugʻdir, hikmatlidir[2029].
43:5
أَفَنَضْرِبُ عَنكُمُ الذِّكْرَ صَفْحًا أَن كُنتُمْ قَوْمًا مُّسْرِفِينَ {5}
Haddan oshuvchi qavm boʻlganingiz uchun, hech narsa boʻlmagandek, sizlarga zikrdan (Qurʼonni yetkazishdan) voz kechamizmi?!
43:6
وَكَمْ أَرْسَلْنَا مِن نَّبِيٍّ فِي الْأَوَّلِينَ {6}
Avvalgilarga qanchadan-qancha paygʻambarlar yubordik.
43:7
وَمَا يَأْتِيهِم مِّن نَّبِيٍّ إِلَّا كَانُوا بِهِ يَسْتَهْزِؤُون {7}
Ularga qaysi paygʻambar kelsa ham, uni masxara qilishgan.
43:8
فَأَهْلَكْنَا أَشَدَّ مِنْهُم بَطْشًا وَمَضَى مَثَلُ الْأَوَّلِينَ {8}
U (Makkalik)lardan kuchliroqlarni ham halok qilganmiz[2030]. Avvalgilarning namunalari (boshqa oyatlarda) oʻtdi.
43:9
وَلَئِن سَأَلْتَهُم مَّنْ خَلَقَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ لَيَقُولُنَّ خَلَقَهُنَّ الْعَزِيزُ الْعَلِيمُ {9}
Ulardan: “Osmonlar va yerni kim yaratgan?”- desang, “Albatta, ularni oʻz ishida gʻolib, hamma narsani biladigan zot (Alloh) yaratdi” deydi.
43:10
الَّذِي جَعَلَ لَكُمُ الْأَرْضَ مَهْدًا وَجَعَلَ لَكُمْ فِيهَا سُبُلًا لَّعَلَّكُمْ تَهْتَدُونَ {10}
U sizlarga yerni “beshik” qilib berdi, yoʻlingizni topa olishingiz uchun, sizlarga unda yoʻllar paydo qildi[2031].
43:11
وَالَّذِي نَزَّلَ مِنَ السَّمَاء مَاء بِقَدَرٍ فَأَنشَرْنَا بِهِ بَلْدَةً مَّيْتًا كَذَلِكَ تُخْرَجُونَ {11}
U osmondan oʻlchov bilan suv tushirib, u orqali oʻlik yurtni jonlantirdi. Sizlar ham mana shu shaklda (qabrlardan qayta) chiqarilasizlar.
43:12
وَالَّذِي خَلَقَ الْأَزْوَاجَ كُلَّهَا وَجَعَلَ لَكُم مِّنَ الْفُلْكِ وَالْأَنْعَامِ مَا تَرْكَبُونَ {12}
U barcha turdagi juftlarni yaratdi. sizlar uchun kemalar va hayvonlardan minadigan ulovlar qilib berdi[2032].
43:13
لِتَسْتَوُوا عَلَى ظُهُورِهِ ثُمَّ تَذْكُرُوا نِعْمَةَ رَبِّكُمْ إِذَا اسْتَوَيْتُمْ عَلَيْهِ وَتَقُولُوا سُبْحانَ الَّذِي سَخَّرَ لَنَا هَذَا وَمَا كُنَّا لَهُ مُقْرِنِينَ {13}
Toki ularning ustiga minib, keyin oʻrnashib olib, yaratgan Egangizni neʼmatini eslab aytasizlar: «Buni bizga boʻysundirib bergan zot pokdir, oʻzimizni bunga kuchimiz yetmasdi.
43:14
وَإِنَّا إِلَى رَبِّنَا لَمُنقَلِبُونَ {14}
Albatta, biz yaratgan Egamizga qaytamiz[2033].»
43:15
وَجَعَلُوا لَهُ مِنْ عِبَادِهِ جُزْءًا إِنَّ الْإِنسَانَ لَكَفُورٌ مُّبِينٌ {15}
(Mushriklar) Uning bandalaridan bir qismini Unga (farzand deb) nisbat qildilar.
43:16
أَمِ اتَّخَذَ مِمَّا يَخْلُقُ بَنَاتٍ وَأَصْفَاكُم بِالْبَنِينَ {16}
Yoki, (Alloh Oʻzi) yaratadigan narsalaridan qizlarni Oʻziga olib qolib, sizlarni oʻgʻillar bilan siyladimi?!
43:17
وَإِذَا بُشِّرَ أَحَدُهُم بِمَا ضَرَبَ لِلرَّحْمَنِ مَثَلًا ظَلَّ وَجْهُهُ مُسْوَدًّا وَهُوَ كَظِيمٌ {17}
Ularning birortasiga Rahmonga nisbatan misol qilib keltirilgan qizni xushxabari berilganida, jahlini ichiga yutib, yuzi “qorayib” qoladi[2034].
43:18
أَوَمَن يُنَشَّأُ فِي الْحِلْيَةِ وَهُوَ فِي الْخِصَامِ غَيْرُ مُبِينٍ {18}
“Zeb-ziynat ichida yetishtiriladigan, xusumatlarda ochiq boʻlolmaydigan birimi?!” (deydilar.)
43:19
وَجَعَلُوا الْمَلَائِكَةَ الَّذِينَ هُمْ عِبَادُ الرَّحْمَنِ إِنَاثًا أَشَهِدُوا خَلْقَهُمْ سَتُكْتَبُ شَهَادَتُهُمْ وَيُسْأَلُونَ {19}
Rahmonning bandalari boʻlmish farishtalarni ular ayol jinsidan deb sifatladilar[2035]. Ularni yaratilishiga guvoh boʻlishgan ekanmi?! (Yolgʻon) guvohliklari yozib qoʻyiladi va (qiyomatda) oʻzlari soʻroq qilinadi.
43:20
وَقَالُوا لَوْ شَاء الرَّحْمَنُ مَا عَبَدْنَاهُم مَّا لَهُم بِذَلِكَ مِنْ عِلْمٍ إِنْ هُمْ إِلَّا يَخْرُصُونَ {20}
(Mushriklar): “Agar Rahmon xohlasa, biz ularga ibodat qilmasdik”, dedilar[2036]. Ularni bu haqida hech qanday ilmi yoʻq, ular faqat oldi-qochdi gap gapiradi[2037].
43:21
أَمْ آتَيْنَاهُمْ كِتَابًا مِّن قَبْلِهِ فَهُم بِهِ مُسْتَمْسِكُونَ {21}
Yoki, u (Qurʼon)dan oldin ularga kitob beribmiz-u, (hujjat sifatida) ular uni mahkam ushlabdimi?[2038]
43:22
بَلْ قَالُوا إِنَّا وَجَدْنَا آبَاءنَا عَلَى أُمَّةٍ وَإِنَّا عَلَى آثَارِهِم مُّهْتَدُونَ {22}
Yoʻq! Ular: “Biz ota-bobolarimizni shu yoʻlda topdik, biz ularning «izlarida” yurib toʻgʻri yoʻlni topamiz», dedilar[2039].
43:23
وَكَذَلِكَ مَا أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ فِي قَرْيَةٍ مِّن نَّذِيرٍ إِلَّا قَالَ مُتْرَفُوهَا إِنَّا وَجَدْنَا آبَاءنَا عَلَى أُمَّةٍ وَإِنَّا عَلَى آثَارِهِم مُّقْتَدُونَ {23}
Shuningdek, sendan oldin qaysi yurtga ogohlantiruvchi (elchi) yuborgan boʻlsak, u yurtning maishatparastlari shunday degan: «Biz ota-bobolarimizni shu yoʻlda topdik. Biz ularning izlariga ergashamiz[2040].»
43:24
قَالَ أَوَلَوْ جِئْتُكُمْ بِأَهْدَى مِمَّا وَجَدْتُمْ عَلَيْهِ آبَاءَكُمْ قَالُوا إِنَّا بِمَا أُرْسِلْتُمْ بِهِ كَافِرُونَ {24}
(Elchi) “Men sizlarga sizlar ota-bobolaringizda topgan (yoʻl)dan toʻgʻriroq yoʻl keltirgan boʻlsam-chi?”, dedi. Ular: “Sen elchi qilib yuborilgan (yoʻl)ni tan olmaymiz”, dedilar.
43:25
فَانتَقَمْنَا مِنْهُمْ فَانظُرْ كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الْمُكَذِّبِينَ {25}
Shunda, ularni munosib ravishda jazolaganmiz. Endi, (Alloh va rasulini) yolgʻonga chiqaruvchilarning oqibati qanday boʻlganiga bir qara.
43:26
وَإِذْ قَالَ إِبْرَاهِيمُ لِأَبِيهِ وَقَوْمِهِ إِنَّنِي بَرَاء مِّمَّا تَعْبُدُونَ {26}
Bir kuni Ibrohim otasiga va qavmiga shunday dedi: «Men sizlardan ham, sizlar ibodat qiladiganlardan ham bezorman.
43:27
إِلَّا الَّذِي فَطَرَنِي فَإِنَّهُ سَيَهْدِينِ {27}
Faqat, meni yaratgan zot bundan mustasno. Chunki, U meni toʻgʻri yoʻlga soladi[2041].»
43:28
وَجَعَلَهَا كَلِمَةً بَاقِيَةً فِي عَقِبِهِ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ {28}
(Alloh) uni, Ibrohimdan keyin keladiganlar orasida boqiy davom etadigan soʻz qilib qoldirdiki, (insonlar oʻsha tavhid asosidagi soʻzga) qaytsinlar[2042].
43:29
بَلْ مَتَّعْتُ هَؤُلَاء وَآبَاءهُمْ حَتَّى جَاءهُمُ الْحَقُّ وَرَسُولٌ مُّبِينٌ {29}
Aslida, bularni ham, bularning ota-boblarini ham, toki oʻzlariga haq (kitob) va (uni) ochiqlab beruvchi elchi[2043] kelgunga qadar bahramand qilib turdim.
43:30
وَلَمَّا جَاءهُمُ الْحَقُّ قَالُوا هَذَا سِحْرٌ وَإِنَّا بِهِ كَافِرُونَ {30}
Ularga haq (kitob) kelganida, “Bu bir sehrdir. Biz uni tan olmaymiz”, dedilar.
43:31
وَقَالُوا لَوْلَا نُزِّلَ هَذَا الْقُرْآنُ عَلَى رَجُلٍ مِّنَ الْقَرْيَتَيْنِ عَظِيمٍ {31}
Yana: “Bu Qurʼon ikki shahardan (Makka yoki Madinadagi) biron bir ulugʻ insonga tushirilsa boʻlmasmidi?”- dedilar.
43:32
أَهُمْ يَقْسِمُونَ رَحْمَةَ رَبِّكَ نَحْنُ قَسَمْنَا بَيْنَهُم مَّعِيشَتَهُمْ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَرَفَعْنَا بَعْضَهُمْ فَوْقَ بَعْضٍ دَرَجَاتٍ لِيَتَّخِذَ بَعْضُهُم بَعْضًا سُخْرِيًّا وَرَحْمَتُ رَبِّكَ خَيْرٌ مِّمَّا يَجْمَعُونَ {32}
Yaratgan Egangni rahmatini ular taqsimlar ekanmi?! Axir, dunyo hayotidagi ularning tirikchilik vositalarini oralarida Biz taqsimlab berganmiz. Bir-birini xizmatiga olishlari uchun, birini boshqasidan (moddiy) darajasini yuksaltirib qoʻyganmiz. Yaratgan Egangni rahmati[2044] ular toʻlayotgan narsalardan yaxshiroqdir.
43:33
وَلَوْلَا أَن يَكُونَ النَّاسُ أُمَّةً وَاحِدَةً لَجَعَلْنَا لِمَن يَكْفُرُ بِالرَّحْمَنِ لِبُيُوتِهِمْ سُقُفًا مِّن فَضَّةٍ وَمَعَارِجَ عَلَيْهَا يَظْهَرُونَ {33}
Insonlar (kofirlikda birlashib) bir ummat boʻlib qolmaganida edi, Rahmonga qarshi chiqqan/kofirlarning uylaridagi tomlari va yuksaladigan narvonlarini kumushdan qilib berardik.
43:34
وَلِبُيُوتِهِمْ أَبْوَابًا وَسُرُرًا عَلَيْهَا يَتَّكِؤُونَ {34}
Uylarining eshiklarini va tepasida suyanib oʻtiradigan soʻrilarini ham (kumushdan qilib berardik).
43:35
وَزُخْرُفًا وَإِن كُلُّ ذَلِكَ لَمَّا مَتَاعُ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَالْآخِرَةُ عِندَ رَبِّكَ لِلْمُتَّقِينَ {35}
Va zeb-ziynat (lar berardik)[2045]. Bularning barchasi dunyo hayotidagi bahramandlikdan boshqa narsa emas. Yaratgan Egang huzuridagi oxirat (bahramandligi) masʼuliyatli (moʻmin)lar uchundir.
43:36
وَمَن يَعْشُ عَن ذِكْرِ الرَّحْمَنِ نُقَيِّضْ لَهُ شَيْطَانًا فَهُوَ لَهُ قَرِينٌ {36}
Kimki Rahmonning zikri (Qurʼon)ga “koʻrlik” qilsa, unga shaytonni oʻrab qoʻyamiz, u uning doimiy hamrohi boʻladi[2046].
43:37
وَإِنَّهُمْ لَيَصُدُّونَهُمْ عَنِ السَّبِيلِ وَيَحْسَبُونَ أَنَّهُم مُّهْتَدُونَ {37}
U (shayton)lar ularni yoʻldan toʻsadi, ular esa, oʻzlarini toʻgʻri yoʻldamiz deb oʻylab yuradi[2047].
43:38
حَتَّى إِذَا جَاءنَا قَالَ يَا لَيْتَ بَيْنِي وَبَيْنَكَ بُعْدَ الْمَشْرِقَيْنِ فَبِئْسَ الْقَرِينُ {38}
Toki huzurimizga (hisob bergani) kelganida (doʻstiga qarab): “Eh! Koshki, sen bilan mening oramda mashriq bilan magʻribchalik uzoq masofa boʻlganida edi-ya! Sen naqadar yomon hamroh ekansan!”, deydi.
43:39
وَلَن يَنفَعَكُمُ الْيَوْمَ إِذ ظَّلَمْتُمْ أَنَّكُمْ فِي الْعَذَابِ مُشْتَرِكُونَ {39}
(Pushaymoningiz) bugun sizlarga foyda bermaydi. Chunki, haqsizlik qildingiz. Albatta, azobda sherik boʻlasiz[2048].
43:40
أفأنت تُسْمِعُ الصُّمَّ أَوْ تَهْدِي الْعُمْيَ وَمَن كَانَ فِي ضَلَالٍ مُّبِينٍ {40}
Sen kar boʻlib olganlarga (daʼvatingni) eshittira olarmiding yoki, koʻr boʻlib olgan[2049] kishini yoxud aniq zalolatda boʻlgan kishini toʻgʻri yoʻlga boshlay olarmiding?!
43:41
فَإِمَّا نَذْهَبَنَّ بِكَ فَإِنَّا مِنْهُم مُّنتَقِمُونَ {41}
Seni (oxiratga) olib ketsak ham, Biz ularga kerakli jazoni aniq beramiz.
43:42
أَوْ نُرِيَنَّكَ الَّذِي وَعَدْنَاهُمْ فَإِنَّا عَلَيْهِم مُّقْتَدِرُونَ {42}
Yoki (tirikligingda) ularga vaʼda qilganimiz azobni senga koʻrsatib qoʻyamiz. Albatta, ularga kuchimiz yetadi.
43:43
فَاسْتَمْسِكْ بِالَّذِي أُوحِيَ إِلَيْكَ إِنَّكَ عَلَى صِرَاطٍ مُّسْتَقِيمٍ {43}
Senga vahiy qilinganni/Qurʼonni mahkam ushla[2050]. Sen aniq toʻgʻri yoʻldasan.
43:44
وَإِنَّهُ لَذِكْرٌ لَّكَ وَلِقَوْمِكَ وَسَوْفَ تُسْأَلُونَ {44}
Albatta, u (Qurʼon) senga ham qavminga ham nasihatdir[2051]. Yaqinda (undan) soʻralasizlar.
43:45
وَاسْأَلْ مَنْ أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ مِن رُّسُلِنَا أَجَعَلْنَا مِن دُونِ الرَّحْمَنِ آلِهَةً يُعْبَدُونَ {45}
Sendan oldin yuborgan elchilarimiz (ummatlari)dan soʻrab koʻr-chi, Rahmon bilan orasiga qoʻyib ibodat qilinadigan “ilohlar” tayinlab bergan ekanmizmi?!
43:46
وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا مُوسَى بِآيَاتِنَا إِلَى فِرْعَوْنَ وَمَلَئِهِ فَقَالَ إِنِّي رَسُولُ رَبِّ الْعَالَمِينَ {46}
Shubhasizki, Firʼavn va uning ayonlariga Musoni oyat-belgilarimiz bilan yuborganmiz. Shunda u: “men borliqlarning yaratgan Egasining elchisiman”, degan.
43:47
فَلَمَّا جَاءهُم بِآيَاتِنَا إِذَا هُم مِّنْهَا يَضْحَكُونَ {47}
(Muso) ularga oyat-belgilarimiz bilan kelganida, ularni ustidan kulishgan.
43:48
وَمَا نُرِيهِم مِّنْ آيَةٍ إِلَّا هِيَ أَكْبَرُ مِنْ أُخْتِهَا وَأَخَذْنَاهُم بِالْعَذَابِ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ {48}
Ularga koʻrsatganimiz har bir oyat-belgi sherigidan buyukroq edi. (Imon-u adolatga) qaytsinlar deb, ularni azobga tutganmiz[2052].
43:49
وَقَالُوا يَا أَيُّهَا السَّاحِرُ ادْعُ لَنَا رَبَّكَ بِمَا عَهِدَ عِندَكَ إِنَّنَا لَمُهْتَدُونَ {49}
Ular: “Ey sehrgar! Senga bergan vaʼdasiga koʻra, biz uchun yaratgan Egangga duo qil, (azob daf boʻlsa) albatta toʻgʻri yoʻlga kiramiz”, deyishgan[2053].
43:50
فَلَمَّا كَشَفْنَا عَنْهُمُ الْعَذَابَ إِذَا هُمْ يَنكُثُونَ {50}
Ulardan azobni daf qilganimizda, darhol soʻzidan qaytishgan.
43:51
وَنَادَى فِرْعَوْنُ فِي قَوْمِهِ قَالَ يَا قَوْمِ أَلَيْسَ لِي مُلْكُ مِصْرَ وَهَذِهِ الْأَنْهَارُ تَجْرِي مِن تَحْتِي أَفَلَا تُبْصِرُونَ {51}
Firʼavn qavmiga shunday murojaat qildi: «Ey qavmim, Misrning hukmronligi meniki emasmi? Bu anhorlar mening (hukmronligim) ostida oqmayaptimi? Nahotki (haqiqatni) koʻrmayapsizlar?!
43:52
أَمْ أَنَا خَيْرٌ مِّنْ هَذَا الَّذِي هُوَ مَهِينٌ وَلَا يَكَادُ يُبِينُ {52}
Aslida, men mana shu xor, deyarli gapini tushuntira olmaydigan odamdan yaxshi emasmanmi?
43:53
فَلَوْلَا أُلْقِيَ عَلَيْهِ أَسْوِرَةٌ مِّن ذَهَبٍ أَوْ جَاء مَعَهُ الْمَلَائِكَةُ مُقْتَرِنِينَ {53}
(Agar u paygʻambar boʻlsa,) unga oltin bilaguzuklar tashlansa yoki u bilan birga hamroh boʻlib yuradigan farishtalar kelsa[2054] boʻlmasmidi?!» (dedi Firʼavn.)
43:54
فَاسْتَخَفَّ قَوْمَهُ فَأَطَاعُوهُ إِنَّهُمْ كَانُوا قَوْمًا فَاسِقِينَ {54}
Shu tariqa Firʼavn oʻz qavmini kamsitib ahmoq qilib, ularni oʻziga itoat qildirdi. Ular aniq yoʻldan chiqqan – fosiq qavm boʻldi[2055].
43:55
فَلَمَّا آسَفُونَا انتَقَمْنَا مِنْهُمْ فَأَغْرَقْنَاهُمْ أَجْمَعِينَ {55}
Bizni gʻazablantirganida, ularga munosib jazo[2056] berdik – ularni hammasini birgalikda (dengizga) choʻktirib yubordik.
43:56
فَجَعَلْنَاهُمْ سَلَفًا وَمَثَلًا لِلْآخِرِينَ {56}
Keyin keladiganlar uchun ularni (tarixiy) oʻtmish va bir saboq qildik.
43:57
وَلَمَّا ضُرِبَ ابْنُ مَرْيَمَ مَثَلًا إِذَا قَوْمُكَ مِنْهُ يَصِدُّونَ {57}
Maryamning oʻgʻli (Iso Qurʼonda) misol qilib keltirilganida, qavming(dan baʼzilari) u sababli sevinib hayqira boshladi.
43:58
وَقَالُوا أَآلِهَتُنَا خَيْرٌ أَمْ هُوَ مَا ضَرَبُوهُ لَكَ إِلَّا جَدَلًا بَلْ هُمْ قَوْمٌ خَصِمُونَ {58}
Va: “Bizning «ilohlarimiz” yaxshimi yoki u (Iso) yaxshimi?», dedilar[2057]. Buni senga buni faqat tortishish uchun qildi. Aslida, ular urushqoq qavmdir.
43:59
إِنْ هُوَ إِلَّا عَبْدٌ أَنْعَمْنَا عَلَيْهِ وَجَعَلْنَاهُ مَثَلًا لِّبَنِي إِسْرَائِيلَ {59}
Iso – Biz unga neʼmat bergan[2058] va uni Isroil avlodiga bir namuna (dalil) qilgan banda, xolos.
43:60
وَلَوْ نَشَاء لَجَعَلْنَا مِنكُم مَّلَائِكَةً فِي الْأَرْضِ يَخْلُفُونَ {60}
Agar xohlasak, sizlarni oʻrningizga yer yuzida oʻrinbosarlik qiladigan farishtalar tayinlagan boʻlardik[2059].
43:61
وَإِنَّهُ لَعِلْمٌ لِّلسَّاعَةِ فَلَا تَمْتَرُنَّ بِهَا وَاتَّبِعُونِ هَذَا صِرَاطٌ مُّسْتَقِيمٌ {61}
Albatta, u Qurʼon/Muhammad qiyomat uchun bir ilmdir[2060], u haqida aslo shubha qilmanglar. Menga ergashinglar! [2061] Mana shu toʻgʻri yoʻldir.
43:62
وَلَا يَصُدَّنَّكُمُ الشَّيْطَانُ إِنَّهُ لَكُمْ عَدُوٌّ مُّبِينٌ {62}
Shayton sizlarni (toʻgʻri yoʻldan) toʻsib qoʻymasin. U sizlarga aniq dushmandir.
43:63
وَلَمَّا جَاء عِيسَى بِالْبَيِّنَاتِ قَالَ قَدْ جِئْتُكُم بِالْحِكْمَةِ وَلِأُبَيِّنَ لَكُم بَعْضَ الَّذِي تَخْتَلِفُونَ فِيهِ فَاتَّقُوا اللَّهَ وَأَطِيعُونِ {63}
Iso aniq-ravshan dalillar bilan kelib shunday dedi: «Men sizlarga hikmat keltirdim. Sizlar ixtilof qilayotgan baʼzi narsalarni sizlarga ochiqlab beraman[2062]. Allohga nisbatan javobgarlikni his qiling va menga itoat qiling[2063].
43:64
إِنَّ اللَّهَ هُوَ رَبِّي وَرَبُّكُمْ فَاعْبُدُوهُ هَذَا صِرَاطٌ مُّسْتَقِيمٌ {64}
Alloh mening ham yaratgan Egam, sizlarning ham yaratgan Egangizdir; Unga ibodat qilinglar. toʻgʻri yoʻl mana shudir.»
43:65
فَاخْتَلَفَ الْأَحْزَابُ مِن بَيْنِهِمْ فَوَيْلٌ لِّلَّذِينَ ظَلَمُوا مِنْ عَذَابِ يَوْمٍ أَلِيمٍ {65}
Keyinchalik, (nasroniy) guruhlar oʻzaro ixtilofga qildilar[2064]. Endi, alam beruvchi kundagi azob tufayli haqsizlik qiluvchi-zolimlarning holiga voy!
43:66
هَلْ يَنظُرُونَ إِلَّا السَّاعَةَ أَن تَأْتِيَهُم بَغْتَةً وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ {66}
Ular oʻzlari bilmay qolgan holda, oʻzlariga toʻsatdan qiyomat kelib qolishini kutyapti, xolos[2065].
43:67
الْأَخِلَّاء يَوْمَئِذٍ بَعْضُهُمْ لِبَعْضٍ عَدُوٌّ إِلَّا الْمُتَّقِينَ {67}
Masʼuliyatli (moʻmin)lardan [2066] boshqa doʻstlar bir-biriga dushman boʻladi.
43:68
يَا عِبَادِ لَا خَوْفٌ عَلَيْكُمُ الْيَوْمَ وَلَا أَنتُمْ تَحْزَنُونَ {68}
(Ularga shunday deyiladi) «Ey bandalarim! Bugun sizlarga hech qanday qoʻrquv yoʻq, sizlar gʻam ham chekmaysiz.
43:69
الَّذِينَ آمَنُوا بِآيَاتِنَا وَكَانُوا مُسْلِمِينَ {69}
Ular oyatlarimizga ishongan va (unga) taslim boʻluvchilardir[2067].
43:70
ادْخُلُوا الْجَنَّةَ أَنتُمْ وَأَزْوَاجُكُمْ تُحْبَرُونَ {70}
(Ularga yana shunday deyiladi) «Sizlar (oʻzingizga oʻxshagan) sheriklaringiz[2068] bilan birga sevinib-quvonib jannatga kiringlar.»
43:71
يُطَافُ عَلَيْهِم بِصِحَافٍ مِّن ذَهَبٍ وَأَكْوَابٍ وَفِيهَا مَا تَشْتَهِيهِ الْأَنفُسُ وَتَلَذُّ الْأَعْيُنُ وَأَنتُمْ فِيهَا خَالِدُونَ {71}
Ularga oltin patnislar va qadahlar aylantiriladi. Unda koʻngillari tusagan va koʻzlari quvnaydigan narsalar boʻladi[2069]. Sizlar unda oʻlimsiz – mangu qolasizlar.
43:72
وَتِلْكَ الْجَنَّةُ الَّتِي أُورِثْتُمُوهَا بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ {72}
(Ularga shunday deyiladi) Qilgan amallaringiz evaziga sizlarga egador qilib beriladigan jannat mana shudir.
43:73
لَكُمْ فِيهَا فَاكِهَةٌ كَثِيرَةٌ مِنْهَا تَأْكُلُونَ {73}
Unda sizlar uchun oʻzingiz yeydigan koʻplab mevalar bor.»
43:74
إِنَّ الْمُجْرِمِينَ فِي عَذَابِ جَهَنَّمَ خَالِدُونَ {74}
Jinoyatchilar jahannam azobida oʻlimsiz – mangu qoladilar.
43:75
لَا يُفَتَّرُ عَنْهُمْ وَهُمْ فِيهِ مُبْلِسُونَ {75}
Ulardan (azob) yengillatilmaydi, ular azob ichra noumid qolib ketadi.
43:76
وَمَا ظَلَمْنَاهُمْ وَلَكِن كَانُوا هُمُ الظَّالِمِينَ {76}
Ularga Biz zulm qilgan boʻlmaymiz, lekin ular oʻzlari zolim boʻlishgan[2070].
43:77
وَنَادَوْا يَا مَالِكُ لِيَقْضِ عَلَيْنَا رَبُّكَ قَالَ إِنَّكُم مَّاكِثُونَ {77}
(Jahannamdagilar): “Ey (vakolatli farishta) Molik! Rabbing bizga (oʻlim) hukmini beraqolsin” deganida, “sizlar mana shunday qolib ketasizlar”, deydi[2071].
43:78
لَقَدْ جِئْنَاكُم بِالْحَقِّ وَلَكِنَّ أَكْثَرَكُمْ لِلْحَقِّ كَارِهُونَ {78}
Biz sizlarga haq (kitob)ni keltirib qoʻydik, lekin koʻpchiligingiz haqni yoqtirmayapsiz.
43:79
أَمْ أَبْرَمُوا أَمْرًا فَإِنَّا مُبْرِمُونَ {79}
Yoki ular (mushriklar) biron bir ishga qaror qilib boʻldilarmi? Unday boʻlsa, Biz ham qaror beramiz!
43:80
أَمْ يَحْسَبُونَ أَنَّا لَا نَسْمَعُ سِرَّهُمْ وَنَجْوَاهُم بَلَى وَرُسُلُنَا لَدَيْهِمْ يَكْتُبُونَ {80}
Yoki ular, Bizni ularning sirlarini va yashirin suhbatlarini eshitmayapti deb oʻylayaptimi? Aksincha, yonlaridagi (farishta) elchilarimiz yozib turibdi[2072].
43:81
قُلْ إِن كَانَ لِلرَّحْمَنِ وَلَدٌ فَأَنَا أَوَّلُ الْعَابِدِينَ {81}
Ayt: “Agar Rahmonning bolasi boʻlganida, unga ibodat qiluvchilarning avvalgisi men boʻlardim.”
43:82
سُبْحَانَ رَبِّ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ رَبِّ الْعَرْشِ عَمَّا يَصِفُونَ {82}
Osmonlar v yerni Rabbi, arshni Rabbi boʻlmish Alloh, ular tasvirlayotgan narsadan (oʻziga bola turtishdan) pokdir.
43:83
فَذَرْهُمْ يَخُوضُوا وَيَلْعَبُوا حَتَّى يُلَاقُوا يَوْمَهُمُ الَّذِي يُوعَدُونَ {83}
Ularni oʻz holiga qoʻyib ber, oʻzlariga tahdid qilingan kunga roʻbaroʻ boʻlguncha (gunohga) botib, oʻynab yuraversinlar.
43:84
وَهُوَ الَّذِي فِي السَّمَاء إِلَهٌ وَفِي الْأَرْضِ إِلَهٌ وَهُوَ الْحَكِيمُ الْعَلِيمُ {84}
U osmonda ham iloh, yerda ham iloh. U toʻgʻri qaror beradi, hamma narsani biladi[2073].
43:85
وَتَبَارَكَ الَّذِي لَهُ مُلْكُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا وَعِندَهُ عِلْمُ السَّاعَةِ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ {85}
Osmonlar-u yer va ular orasidagi narsalarning hukmronligi Uniki boʻlgan zotning shaʼni ulugʻdir. Qiyomat (qachon boʻlishi haqidagi) ilmi faqat Uni huzurida. (Oʻshanda) Unga qaytarilasizlar.
43:86
وَلَا يَمْلِكُ الَّذِينَ يَدْعُونَ مِن دُونِهِ الشَّفَاعَةَ إِلَّا مَن شَهِدَ بِالْحَقِّ وَهُمْ يَعْلَمُونَ {86}
Allohdan boshqasiga iltijo qilayotganlar shafoatga/oqlanishga ega boʻlmaydi. Faqatgina, bilgan holatida haqqa guvohlik qilganlar (ega boʻladi)[2074].
43:87
وَلَئِن سَأَلْتَهُم مَّنْ خَلَقَهُمْ لَيَقُولُنَّ اللَّهُ فَأَنَّى يُؤْفَكُونَ {87}
Ulardan oʻzlarini kim yaratgan deb soʻrasang: “Aniq Alloh” deydi. Unda, qayoqqa burilib ketyaptilar?!
43:88
وَقِيلِهِ يَارَبِّ إِنَّ هَؤُلَاء قَوْمٌ لَّا يُؤْمِنُونَ {88}
Va u: “Ey Rabbim” deb qasam ichib, “Albatta bular imon keltirmaydigan qavmdir”, dedi[2075].
43:89
فَاصْفَحْ عَنْهُمْ وَقُلْ سَلَامٌ فَسَوْفَ يَعْلَمُونَ {89}
Unday boʻlsa, ulardan yuz oʻgir va “Salomat (boʻlaylik!)”, deb ayt. Yaqinda (haqiqatni) bilib oladilar[2076].
- DUXON surasi[2077]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
44:1
حم {1}
Ha! Mim![2078]
44:2
وَالْكِتَابِ الْمُبِينِ {2}
Ont boʻlsin ochiq-oydin[2079] kitobga!
44:3
إِنَّا أَنزَلْنَاهُ فِي لَيْلَةٍ مُّبَارَكَةٍ إِنَّا كُنَّا مُنذِرِينَ {3}
Albatta, uni muborak kechada tushirdik. Biz (u orqali) ogohlantiramiz.
44:4
فِيهَا يُفْرَقُ كُلُّ أَمْرٍ حَكِيمٍ {4}
Qaror qilingan har bir ish u kechada ajrim qilinadi[2080].
44:5
أَمْرًا مِّنْ عِندِنَا إِنَّا كُنَّا مُرْسِلِينَ {5}
Biz tarafimizdan amr qilinib (ajrim qilinadi). Biz albatta elchilar[2081] yuboruvchimiz.
44:6
رَحْمَةً مِّن رَّبِّكَ إِنَّهُ هُوَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ {6}
Yaratgan Egang tarafidan bir yaxshilik sifatida (yuboriladi). Albatta, u hamma narsani eshitadi, biladi.
44:7
رَبِّ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا إِن كُنتُم مُّوقِنِينَ {7}
Agar sizlar qatʼiy ishonuvchi boʻlsangiz, (bilingki) U osmonlarni, yerni va u ikkalasi orasidagi barcha narsaning yaratgan Egasidir[2082].
44:8
لَا إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ يُحْيِي وَيُمِيتُ ۖ رَبُّكُمْ وَرَبُّ آبَائِكُمُ الْأَوَّلِينَ {8}
c
44:9
بَلْ هُمْ فِي شَكٍّ يَلْعَبُونَ {9}
Aslida, ular (Qurʼonga nisbatan) shubha ichida ermak qilmoqdalar.
44:10
فَارْتَقِبْ يَوْمَ تَأْتِي السَّمَاء بِدُخَانٍ مُّبِينٍ {10}
Endi, sen osmon aniq bir tutun keltiradigan kunni kut[2083].
44:11
يَغْشَى النَّاسَ هَذَا عَذَابٌ أَلِيمٌ {11}
U insonlarni oʻrab oladi. Bu alam beruvchi azobdir.
44:12
رَبَّنَا اكْشِفْ عَنَّا الْعَذَابَ إِنَّا مُؤْمِنُونَ{12}
(Oʻshanda inkorchilar) “Ey Rabbimiz! Bizdan bu azobni daf et. Biz (endi) qatʼiy ishonuvchimiz” (deb qoladi).
44:13
أَنَّى لَهُمُ الذِّكْرَى وَقَدْ جَاءهُمْ رَسُولٌ مُّبِينٌ {13}
Nasihat (yeslatma) ularga qanday qilib foyda beradi. Zero, ularga aniq elchi kelgan.
44:14
ثُمَّ تَوَلَّوْا عَنْهُ وَقَالُوا مُعَلَّمٌ مَّجْنُونٌ {14}
Keyin ular undan yuz oʻgirishgan va: «(Bunga boshqa odamlar tarafidan Qurʼon) oʻrgatib qoʻyilgan[2084], majnun» dedilar.
44:15
إِنَّا كَاشِفُو الْعَذَابِ قَلِيلًا إِنَّكُمْ عَائِدُونَ {15}
Azobni oz muddatga daf etib turamiz, sizlar (yana eski holingizga) aniq qaytasiz.
44:16
يَوْمَ نَبْطِشُ الْبَطْشَةَ الْكُبْرَى إِنَّا مُنتَقِمُونَ {16}
Qattiq zarba beradigan kunimiz albatta munosib jazoni beramiz[2085].
44:17
وَلَقَدْ فَتَنَّا قَبْلَهُمْ قَوْمَ فِرْعَوْنَ وَجَاءهُمْ رَسُولٌ كَرِيمٌ {17}
Shubhasizki, ulardan oldin Firʼavn qavmini ham imtihon qilganmiz. Ularga hurmatli elchi kelgan.
44:18
أَنْ أَدُّوا إِلَيَّ عِبَادَ اللَّهِ إِنِّي لَكُمْ رَسُولٌ أَمِينٌ {18}
(Muso shunday degan): «Allohning bandalarini (Isroil avlodini)[2086] menga topshiringlar. Men sizlarga (Allohdan yuborilgan) ishonchli elchiman.
44:19
وَأَنْ لَّا تَعْلُوا عَلَى اللَّهِ إِنِّي آتِيكُم بِسُلْطَانٍ مُّبِينٍ {19}
Allohga qarshi katta ketmang. Men sizlarga aniq hujjat keltiraman.
44:20
وَإِنِّي عُذْتُ بِرَبِّي وَرَبِّكُمْ أَن تَرْجُمُونِ {20}
Meni haydab solishingizdan[2087] mening ham sizlarning ham Robbingiz boʻlmish – Allohdan panoh soʻradim.
44:21
وَإِنْ لَّمْ تُؤْمِنُوا لِي فَاعْتَزِلُونِ {21}
Menga ishonmagan boʻlsanglar mendan uzoq turinglar» (dedi Muso).
44:22
فَدَعَا رَبَّهُ أَنَّ هَؤُلَاء قَوْمٌ مُّجْرِمُونَ {22}
Keyinchalik, Muso Rabbiga duo qilib: “Bular aniq jinoyatchi ekan”, dedi.
44:23
فَأَسْرِ بِعِبَادِي لَيْلًا إِنَّكُم مُّتَّبَعُونَ {23}
(Alloh shunday dedi): «Bandalarim bilan birga tunda yoʻlga chiq, sizlar aniq taʼqib qilinasiz.
44:24
وَاتْرُكْ الْبَحْرَ رَهْوًا إِنَّهُمْ جُندٌ مُّغْرَقُونَ {24}
Dengizni tinch turgan holda qoldir, chunki, ular choʻktirib yuboriladigan qoʻshindir[2088].»
44:25
كَمْ تَرَكُوا مِن جَنَّاتٍ وَعُيُونٍ {25}
Ular ortlarida qanchadan-qancha bogʻu-boʻstonlar va chashmayu-buloqlar qoldirib ketdi.
44:26
وَزُرُوعٍ وَمَقَامٍ كَرِيمٍ {26}
Ekinzorlar va koʻrkam joylar,
44:27
وَنَعْمَةٍ كَانُوا فِيهَا فَاكِهِينَ {27}
Oʻzlari bahramand boʻlgan neʼmatlar (qoldirib ketdi).
44:28
كَذَلِكَ وَأَوْرَثْنَاهَا قَوْمًا آخَرِينَ {28}
Mana shunday. Ularni boshqa qavmlarga – Isroil avlodiga[2089] meros qilib berdik.
44:29
فَمَا بَكَتْ عَلَيْهِمُ السَّمَاء وَالْأَرْضُ وَمَا كَانُوا مُنظَرِينَ {29}
Ularga na osmon va na yer (ahli) “yigʻlagani” yoʻq. ularga muhlat berilmadi[2090].
44:30
وَلَقَدْ نَجَّيْنَا بَنِي إِسْرَائِيلَ مِنَ الْعَذَابِ الْمُهِينِ {30}
Haqiqatda, Isroil avlodlarini xorlovchi azobdan qutqarganmiz.
44:31
مِن فِرْعَوْنَ إِنَّهُ كَانَ عَالِيًا مِّنَ الْمُسْرِفِينَ {31}
Firʼavndan (qutqarganmiz). Chunki, u haddan oshuvchilar orasidagi bir zoʻravon boʻlgan.
44:32
وَلَقَدِ اخْتَرْنَاهُمْ عَلَى عِلْمٍ عَلَى الْعَالَمِينَ {32}
Haqiqatda, ilm sababli ularni zamondoshlaridan[2091] (fazilatli qilib)[2092] tanlab olganmiz.
44:33
وَآتَيْنَاهُم مِّنَ الْآيَاتِ مَا فِيهِ بَلَاء مُّبِينٌ {33}
Ularga unda buyuk neʼmat boʻlgan alomatlar/oyatlar berganmiz.
44:34
إِنَّ هَؤُلَاء لَيَقُولُونَ {34}
Albatta, bu (kofir)lar shunday deyapti:
44:35
إِنْ هِيَ إِلَّا مَوْتَتُنَا الْأُولَى وَمَا نَحْنُ بِمُنشَرِينَ {35}
«Ilk oʻlimimizdan boshqasi yoʻq. Biz qayta tirilmaymiz.
44:36
فَأْتُوا بِآبَائِنَا إِن كُنتُمْ صَادِقِينَ {36}
Agar rostgoʻy boʻlsalaring, ota-bobolarimizni olib kelinglar-chi![2093]»
44:37
أَهُمْ خَيْرٌ أَمْ قَوْمُ تُبَّعٍ وَالَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ أَهْلَكْنَاهُمْ إِنَّهُمْ كَانُوا مُجْرِمِينَ{37}
Ular yaxshimi yoki Tubbaʼ[2094] qavmi va ulardan avvalgilarmi? Ularni ham halok qilganmiz. Chunki, ular jinoyatchi boʻldilar[2095].
44:38
وَمَا خَلَقْنَا السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا لَاعِبِينَ {38}
Biz osmonlaru yerni va ular orasidagi narsalarni bekordan-bekorga[2096] (behudaga) yaratmadik.
44:39
مَا خَلَقْنَاهُمَا إِلَّا بِالْحَقِّ وَلَكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ {39}
U ikkalasini ham haqila/aniq bir maqsadda yaratdik[2097]. Lekin, ularning[2098] koʻpi bilmayapti.
44:40
إِنَّ يَوْمَ الْفَصْلِ مِيقَاتُهُمْ أَجْمَعِينَ {40}
Albatta, ularning barchasiga belgilangan vaqt – (haq bilan botil) ajratiladigan kundir[2099].
44:41
يَوْمَ لَا يُغْنِي مَوْلًى عَن مَّوْلًى شَيْئًا وَلَا هُمْ يُنصَرُونَ {41}
U kuni hech bir doʻst biron bir doʻstiga asqatmaydi va ularga yordam berilmaydi.
44:42
إِلَّا مَن رَّحِمَ اللَّهُ إِنَّهُ هُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ {42}
Faqat Alloh rahm qilganlar (ga yordam beriladi)[2100]. U gʻolib va mehribondir.
44:43
إِنَّ شَجَرَةَ الزَّقُّومِ {43}
Zaqqum daraxti –
44:44
طَعَامُ الْأَثِيمِ {44}
Gunohga botganlar taomidir.
44:45
كَالْمُهْلِ يَغْلِي فِي الْبُطُونِ {45}
U qorinlarda qizdirilgan yogʻdek qaynaydi[2101].
44:46
كَغَلْيِ الْحَمِيمِ {46}
Qaynoq suv qaynashidek.
44:47
خُذُوهُ فَاعْتِلُوهُ إِلَى سَوَاء الْجَحِيمِ {47}
(Gunohga botganlar haqidagi amr shunday boʻladi) «Uni ushlab jahannamning oʻrtasiga sudrab boringlar.
44:48
ثُمَّ صُبُّوا فَوْقَ رَأْسِهِ مِنْ عَذَابِ الْحَمِيمِ {48}
Keyin, boshidan qaynoq suv azobini quyinglar.»
44:49
ذُقْ إِنَّكَ أَنتَ الْعَزِيزُ الْكَرِيمُ {49}
“(Jahannamdagilarga shunday deyiladi) Zavqlan – sen axir «aziz va hurmatlisan-ku”.
44:50
إِنَّ هَذَا مَا كُنتُم بِهِ تَمْتَرُونَ {50}
Bu – oʻzingiz ishonmay shubha qilgan narsadir.»
44:51
إِنَّ الْمُتَّقِينَ فِي مَقَامٍ أَمِينٍ {51}
Masʼuliyatli (moʻmin)lar emin-erkin joyda qoladilar.
44:52
فِي جَنَّاتٍ وَعُيُونٍ {52}
Bogʻu boʻstonlar va chashma-i buloqlarda (qoladilar).
44:53
يَلْبَسُونَ مِن سُندُسٍ وَإِسْتَبْرَقٍ مُّتَقَابِلِينَ {53}
Bir-biriga roʻbaroʻ boʻlib oʻtirib, yupqa va qalin shoyi ipakdan kiyinib [2102] oʻtiradilar.
44:54
كَذَلِكَ وَزَوَّجْنَاهُم بِحُورٍ عِينٍ {54}
Mana shunday! Ularga charos koʻzli hurlarni (xizmatkor sifatida) qoʻshib[2103] qoʻyamiz.
44:55
يَدْعُونَ فِيهَا بِكُلِّ فَاكِهَةٍ آمِنِينَ {55}
U yerda xotirjam hollarida[2104], turli mevalardan talab qiladilar.
44:56
لَا يَذُوقُونَ فِيهَا الْمَوْتَ إِلَّا الْمَوْتَةَ الْأُولَى وَوَقَاهُمْ عَذَابَ الْجَحِيمِ {56}
Ular unda oʻlim totmaydilar, faqat (dunyodagi) ilk oʻlimni[2105] totgan boʻladilar. (Alloh) ularni jahannam azobidan qutqarib qolgan boʻladi.
44:57
فَضْلًا مِّن رَّبِّكَ ذَلِكَ هُوَ الْفَوْزُ الْعَظِيمُ {57}
(Bu) yaratgan Egangizning oliyjanobligidir. Bu ulkan zafardir.
44:58
فَإِنَّمَا يَسَّرْنَاهُ بِلِسَانِكَ لَعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ {58}
Nasihat olsinlar[2106] deb, u (Qurʼon)ni seni tilingda (arab tilida) qulaylashtirib[2107] qoʻydik.
44:59
فَارْتَقِبْ إِنَّهُم مُّرْتَقِبُونَ {59}
Bas! Kutib tur, ular ham kutyabdi[2108].
- JOSIYA surasi[2109]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
45:1
حم {1}
Ha! Mim![2110]
45:2
تَنزِيلُ الْكِتَابِ مِنَ اللَّهِ الْعَزِيزِ الْحَكِيمِ {2}
Ushbu kitobni tushishi oʻz ishida gʻolib va toʻgʻri qaror beruvchi – Alloh tarafidandir.
45:3
إِنَّ فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ لَآيَاتٍ لِّلْمُؤْمِنِينَ {3}
Haqiqatda, (Allohga) ishonuvchilar uchun osmonlar va yerda oyat-dalillar bor.
45:4
وَفِي خَلْقِكُمْ وَمَا يَبُثُّ مِن دَابَّةٍ آيَاتٌ لِّقَوْمٍ يُوقِنُونَ {4}
Sizlarni yaratilishingizda va (Allohni yer yuziga) tarqatib qoʻygan jonivorlarida, qatʼiy ishonuvchilar uchun oyat-dalillar bor.
45:5
وَاخْتِلَافِ اللَّيْلِ وَالنَّهَارِ وَمَا أَنزَلَ اللَّهُ مِنَ السَّمَاء مِن رِّزْقٍ فَأَحْيَا بِهِ الْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا وَتَصْرِيفِ الرِّيَاحِ آيَاتٌ لِّقَوْمٍ يَعْقِلُونَ {5}
Kecha va kunduzni almashib turishida, Alloh osmondan yomgʻir yogʻdirib, u orqali jonsiz yerni tiriltirishida va shamollarni farqli yoʻnaltirib turishida esa[2111], uqib-oʻrganadigan[2112] jamiyat uchun oyat-dalillar bor[2113].
45:6
تِلْكَ آيَاتُ اللَّهِ نَتْلُوهَا عَلَيْكَ بِالْحَقِّ فَبِأَيِّ حَدِيثٍ بَعْدَ اللَّهِ وَآيَاتِهِ يُؤْمِنُونَ {6}
Bular Allohning oyatlari, ularni senga haqqoniy[2114] ravishda oʻqib beryapmiz. Endi, ular Allohdan va Uning oyatlaridan keyin qaysi gapga imon keltiradilar?![2115]
45:7
وَيْلٌ لِّكُلِّ أَفَّاكٍ أَثِيمٍ {7}
Qayta-qayta boʻhton uyushtiruvchilar va gunohga botib ketganlarning barchasini holiga voy!
45:8
يَسْمَعُ آيَاتِ اللَّهِ تُتْلَى عَلَيْهِ ثُمَّ يُصِرُّ مُسْتَكْبِرًا كَأَن لَّمْ يَسْمَعْهَا فَبَشِّرْهُ بِعَذَابٍ أَلِيمٍ {8}
U oʻziga oʻqib berilayotgan Allohning oyatlarini eshitadi, keyin xuddi eshitmagandek oʻzini katta tutib (notoʻgʻri aqidasida) turib oladi[2116]. Endi, unga alamli azobdan darak ber.
45:9
وَإِذَا عَلِمَ مِنْ آيَاتِنَا شَيْئًا اتَّخَذَهَا هُزُوًا أُوْلَئِكَ لَهُمْ عَذَابٌ مُّهِينٌ {9}
Oyatlarimizdan biror narsa oʻrganib olganida esa, uni mazax qiladi. Ularga xorlovchi azob bor.
45:10
مِن وَرَائِهِمْ جَهَنَّمُ وَلَا يُغْنِي عَنْهُم مَّا كَسَبُوا شَيْئًا وَلَا مَا اتَّخَذُوا مِن دُونِ اللَّهِ أَوْلِيَاء وَلَهُمْ عَذَابٌ عَظِيمٌ {10}
U(nday)larning ortida jahannam bor. Erishgan narsalari ham, Allohni qoʻyib oʻzlarigailoh qilib olgan avliyolari ham ularga hech narsaga asqatmaydi[2117]. Ularga ulkan azob bor.
45:11
هَذَا هُدًى وَالَّذِينَ كَفَرُوا بِآيَاتِ رَبِّهِمْ لَهُمْ عَذَابٌ مَّن رِّجْزٍ أَلِيمٌ {11}
Bu (Qurʼon) qoʻllanma – rahnamodir. Yaratgan Egasining oyatlariga kofirlik qiladiganlarga[2118] azob-uqubatning alamligi bor.
45:12
اللَّهُ الَّذِي سخَّرَ لَكُمُ الْبَحْرَ لِتَجْرِيَ الْفُلْكُ فِيهِ بِأَمْرِهِ وَلِتَبْتَغُوا مِن فَضْلِهِ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ {12}
Alloh dengizni sizlarni xizmatingizga berdi. Kemalar Uning amriga binoan suzishi, sizlar (kemalarda) Uning oliyjanoblik qilib bergan rizqidan talab qilishingiz va burchingizni ado etishingiz uchun (shunday qildi)[2119].
45:13
وَسَخَّرَ لَكُم مَّا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ جَمِيعًا مِّنْهُ إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآيَاتٍ لَّقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ {13}
Hamda, osmonlar va yerdagi barcha narsani Oʻz tarafidan (bir rahmat qilib) sizlarni xizmatingizga berdi. Fikr yuritib oʻylanadigan kishilar uchun bunda aniq oyat-dalillar bor.
45:14
قُل لِّلَّذِينَ آمَنُوا يَغْفِرُوا لِلَّذِينَ لا يَرْجُون أَيَّامَ اللَّهِ لِيَجْزِيَ قَوْمًا بِما كَانُوا يَكْسِبُونَ {14}
(Alloh va Rasuliga) ishongan – moʻminlarga ayt: Allohning (vaʼda qilgan) kunlaridan[2120] umid qilmaydigan qavmga parvo qilmasinlar[2121]. Chunki, har qanday qavmni oʻz qilmishiga yarasha Uning Oʻzi jazolaydi.
45:15
مَنْ عَمِلَ صَالِحًا فَلِنَفْسِهِ وَمَنْ أَسَاء فَعَلَيْهَا ثُمَّ إِلَى رَبِّكُمْ تُرْجَعُونَ {15}
Kim yaxshi ish qilsa oʻz foydasiga, kim yomonlik qilsa oʻz ziyoniga. Keyin, (jazo va mukofot olish uchun) yaratgan Egangizga qaytarilasizlar.
45:16
وَلَقَدْ آتَيْنَا بَنِي إِسْرَائِيلَ الْكِتَابَ وَالْحُكْمَ وَالنُّبُوَّةَ وَرَزَقْنَاهُم مِّنَ الطَّيِّبَاتِ وَفَضَّلْنَاهُمْ عَلَى الْعَالَمِينَ
Shubhasizki, Isroil[2122] avlodlariga kitob, hikmat[2123] va paygʻambarlik berdik, ularga pokiza narsalardan rizqlantirdik va ularni zamondoshlaridan afzal qildik.
45:17
وَآتَيْنَاهُم بَيِّنَاتٍ مِّنَ الْأَمْرِ فَمَا اخْتَلَفُوا إِلَّا مِن بَعْدِ مَا جَاءهُمْ الْعِلْمُ بَغْيًا بَيْنَهُمْ إِنَّ رَبَّكَ يَقْضِي بَيْنَهُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ فِيمَا كَانُوا فِيهِ يَخْتَلِفُونَ {17}
Ularga (din) ishi haqida ochiq bayonotlar berganmiz. Biroq, ularga ushbu maʼlumot kelganidan keyin, oʻzaro hasad qilib (din ishida bir-biriga) qarshi chiqadilar[2124]. Qarshilik qilgan masalalari boʻyicha Rabbing ular oʻrtasida qiyomat kuni hukm qiladi.
45:18
ثُمَّ جَعَلْنَاكَ عَلَى شَرِيعَةٍ مِّنَ الْأَمْرِ فَاتَّبِعْهَا وَلَا تَتَّبِعْ أَهْوَاء الَّذِينَ لَا يَعْلَمُونَ {18}
Keyin, seni (din) ishida bir shariatga – qonunga[2125] tayinladik, sen shunga amal qil[2126]. “Bilmaydiganlarning”[2127] orzu-havaslariga ergashma.
45:19
إِنَّهُمْ لَن يُغْنُوا عَنكَ مِنَ اللَّهِ شَيئًا وإِنَّ الظَّالِمِينَ بَعْضُهُمْ أَوْلِيَاء بَعْضٍ وَاللَّهُ وَلِيُّ الْمُتَّقِينَ {19}
Chunki, ular Allohdan (keladigan) hech narsada senga asqatmaydi[2128]. Albatta, zolimlar bir-birining doʻstidir. Alloh esa, masʼuliyatli (moʻmin)larning doʻstidir.
45:20
هَذَا بَصَائِرُ لِلنَّاسِ وَهُدًى وَرَحْمَةٌ لِّقَوْمِ يُوقِنُونَ {20}
Bu (Qurʼon) insonlarni qalb koʻzlarini ochuvchi nurdir[2129]. Qatʼiy ishonuvchilarga qoʻllanma-rahnamo va ezgulikdir.
45:21
أًمْ حَسِبَ الَّذِينَ اجْتَرَحُوا السَّيِّئَاتِ أّن نَّجْعَلَهُمْ كَالَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ سَوَاء مَّحْيَاهُم وَمَمَاتُهُمْ سَاء مَا يَحْكُمُونَ {21}
Yomonliklar qilgan kimsalar Biz ularni imon keltirib xayrli ishlarni amalga oshirganlarning hayoti va vafoti (dunyo va oxirati) bilan bir xil qiladi deb oʻyladimi-a! Qilgan qarorlari naqadar yomon!
45:22
وَخَلَقَ اللَّهُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ بِالْحَقِّ وَلِتُجْزَى كُلُّ نَفْسٍ بِمَا كَسَبَتْ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ {22}
Alloh osmonlar va yerni haq ila yaratdi, toki har kimga oʻz qilmishining qarshiligi oʻziga haqsizlik qilinmagan holda berilsin.
45:23
أَفَرَأَيْتَ مَنِ اتَّخَذَ إِلَهَهُ هَوَاهُ وَأَضَلَّهُ اللَّهُ عَلَى عِلْمٍ وَخَتَمَ عَلَى سَمْعِهِ وَقَلْبِهِ وَجَعَلَ عَلَى بَصَرِهِ غِشَاوَةً فَمَن يَهْدِيهِ مِن بَعْدِ اللَّهِ أَفَلَا تَذَكَّرُونَ {23}
Oʻylab koʻrdingmi? Oʻz orzu-istaklarini iloh qilib olgan, Alloh ham uni ilm asosida[2130] adashtirib qoʻygan, qulogʻi va qalbiga tamgʻa urib, koʻziga parda tortib qoʻygan kishini, Alloh (adashtirgani)dan keyin kim ham toʻgʻri yoʻlga sola olardi?! Eslatmaga amal qilmaysizlarmi?!
45:24
وَقَالُوا مَا هِيَ إِلَّا حَيَاتُنَا الدُّنْيَا نَمُوتُ وَنَحْيَا وَمَا يُهْلِكُنَا إِلَّا الدَّهْرُ وَمَا لَهُم بِذَلِكَ مِنْ عِلْمٍ إِنْ هُمْ إِلَّا يَظُنُّونَ {24}
Ular shunday dedi: “Shu dunyo hayotimizdan boshqa hayot yoʻq. (Birimiz) oʻlyapmiz, (birimiz) yashayapmiz. Bizni faqat vaqt oʻtishi yoʻq qiladi.” Ularni bu haqida maʼlumoti yoʻq. Ular faqat taxminga asoslanyapti.
45:25
وَإِذَا تُتْلَى عَلَيْهِمْ آيَاتُنَا بَيِّنَاتٍ مَّا كَانَ حُجَّتَهُمْ إِلَّا أَن قَالُوا ائْتُوا بِآبَائِنَا إِن كُنتُمْ صَادِقِينَ {25}
Ularga (mavzuga aloqador) aniq-ravshan oyatlarimiz oʻqib berilganida, “Agar rostgoʻy boʻlsanglar, ota-bobolarimizni keltirib beringlar-chi!” deyishdan boshqa dalillari yoʻqdir.
45:26
قُلِ اللَّهُ يُحْيِيكُمْ ثُمَّ يُمِيتُكُمْ ثُمَّ يَجْمَعُكُمْ إِلَى يَوْمِ الْقِيَامَةِ لَا رَيبَ فِيهِ وَلَكِنَّ أَكَثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ {26}
Ayt: “Sizlarni yashatayotgan ham, oʻldirayotgan ham Alloh. Keyin sizlarni qiyomat kuniga toʻplaydi, unda shubha yoʻq. Lekin, insonlarning koʻpi bilmayapti.”
45:27
وَلَلَّهِ مُلْكُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرضِ وَيَومَ تَقُومُ السَّاعَةُ يَوْمَئِذٍ يَخْسَرُ الْمُبْطِلُونَ {27}
Osmonlar va yerni hukmronligi Allohga tegishli. Qiyomat boʻladigan kuni – notoʻgʻri ishlar bilan mashgʻul boʻlganlar oʻsha kuni xonavayron boʻladi.
45:28
وَتَرَى كُلَّ أُمَّةٍ جَاثِيَةً كُلُّ أُمَّةٍ تُدْعَى إِلَى كِتَابِهَا الْيَوْمَ تُجْزَوْنَ مَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ {28}
(Xonavayron boʻluvchi) har bir jamoani tiz choʻkkan[2131] holda koʻrasan. Har bir jamoa oʻz kitobiga[2132] chaqirilib: «Bugun sizlarga oʻz qilmishingiz samarasi beriladi.
45:29
هَذَا كِتَابُنَا يَنطِقُ عَلَيْكُم بِالْحَقِّ إِنَّا كُنَّا نَسْتَنسِخُ مَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ {29}
Bu sizlarga toʻgʻrisini aytib beradigan kitobimizdir. Albatta, Biz qilmishingizni aynan yozib turgan edik»- (deyiladi).
45:30
فَأَمَّا الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ فَيُدْخِلُهُمْ رَبُّهُمْ فِي رَحْمَتِهِ ذَلِكَ هُوَ الْفَوْزُ الْمُبِينُ {30}
Imon keltirgan va xayrli ishlarni amalga oshirgan – moʻminlarni esa, Rabbi ularni Oʻz rahmatiga/jannatiga kirgizadi. Mana shu aniq zafardir.
45:31
وَأَمَّا الَّذِينَ كَفَرُوا أَفَلَمْ تَكُنْ آيَاتِي تُتْلَى عَلَيْكُمْ فَاسْتَكْبَرْتُمْ وَكُنتُمْ قَوْمًا مُّجْرِمِينَ {31}
Kofirlik qilganlarga esa, “Sizlarga oyatlarimiz oʻqib berilmaganmidi?! Oʻshanda oʻzingizni katta tutgansiz va jinoyatchi qavmga aylangansiz” (deyiladi).
45:32
وَإِذَا قِيلَ إِنَّ وَعْدَ اللَّهِ حَقٌّ وَالسَّاعَةُ لَا رَيْبَ فِيهَا قُلْتُم مَّا نَدْرِي مَا السَّاعَةُ إِن نَّظُنُّ إِلَّا ظَنًّا وَمَا نَحْنُ بِمُسْتَيْقِنِينَ {32
(Yana shunday deyiladi) “Allohning vaʼdasi rost, qiyomat (boʻlishi)da shubha yoʻq”, deyilganida, “Qiyomat nima ekanini bilmaymiz, (bu haqida) biz faqat gumon qilamiz, xolos. Biz qatʼiy ishonmaymiz”, degansiz.»
45:33
وَبَدَا لَهُمْ سَيِّئَاتُ مَا عَمِلُوا وَحَاقَ بِهِم مَّا كَانُوا بِهِ يَسْتَهْزِؤُون {33}
Ularga oʻz qilmishlarining yomonliklari ayon boʻlib, masxara qilgan narsalari ularni qamrab oladi.
45:34
وَقِيلَ الْيَوْمَ نَنسَاكُمْ كَمَا نَسِيتُمْ لِقَاء يَوْمِكُمْ هَذَا وَمَأْوَاكُمْ النَّارُ وَمَا لَكُم مِّن نَّاصِرِينَ {34}
Yana shunday deyiladi: «Sizlar bu kunga roʻbaroʻ boʻlishga eʼtibor bermaganingiz kabi, Biz ham sizlarni eʼtiborsiz[2133] qoldiramiz. Sizlarni joyingiz jahannamdir. Sizlarga yordam beruvchilar boʻlmaydi.
45:35
ذَلِكُم بِأَنَّكُمُ اتَّخَذْتُمْ آيَاتِ اللَّهِ هُزُوًا وَغَرَّتْكُمُ الْحَيَاةُ الدُّنْيَا فَالْيَوْمَ لَا يُخْرَجُونَ مِنْهَا وَلَا هُمْ يُسْتَعْتَبُونَ {35}
Buning sababi shuki, sizlar Allohning oyatlarini ermak qildinglar, sizlarni dunyo hayoti aldab qoʻydi. Endi, bugun(dan keyin) ular jahannamdan chiqarilmaydi va ulardan rozi qildirish talab qilinmaydi[2134].
45:36
فَلِلَّهِ الْحَمْدُ رَبِّ السَّمَاوَاتِ وَرَبِّ الْأَرْضِ رَبِّ الْعَالَمِينَ {36}
Allohga olqishu maqtovlar boʻlsin! U osonlarni ham yaratgan Egasidir, yerni ham yaratgan Egasidir, borliqlarni ham yaratgan Egasidir.
45:37
وَلَهُ الْكِبْرِيَاء فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ {37}
Osmonlarda ham yerda ham ulugʻlik faqat Unga xos. U oʻz ishida gʻolibdir, toʻgʻri qaror beruvchidir.
- AHQOF surasi[2135]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
46:1
حم {1}
Ha! Mim![2136]
46:2
تَنْزِيلُ الْكِتَابِ مِنَ اللَّهِ الْعَزِيزِ الْحَكِيمِ {2}
Ushbu kitob oʻz ishida gʻolib va toʻgʻri qaror beruvchi Alloh tarafidan tushirilgan.
46:3
مَا خَلَقْنَا السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا إِلَّا بِالْحَقِّ وَأَجَلٍ مُّسَمًّى وَالَّذِينَ كَفَرُوا عَمَّا أُنذِرُوا مُعْرِضُونَ
Osmonlaru yerni va u ikkalasi orasidagi narsalarni faqatgina haq[2137] – adolat va belgilangan muddat ila yaratdik. Kofirlik qilayotganlar ularga ogohlantirilgan narsadan yuz oʻgirmoqda.
46:4
قُلْ أَرَأَيْتُم مَّا تَدْعُونَ مِن دُونِ اللَّهِ أَرُونِي مَاذَا خَلَقُوا مِنَ الْأَرْضِ أَمْ لَهُمْ شِرْكٌ فِي السَّمَاوَاتِ اِئْتُونِي بِكِتَابٍ مِّن قَبْلِ هَذَا أَوْ أَثَارَةٍ مِّنْ عِلْمٍ إِن كُنتُمْ صَادِقِينَ {4}
Ayt: «Allohdan boshqasiga duo qilayotganlaringizdan menga xabar bering-chi, ular yerda nima yaratib qoʻyibdi? Yoki osmonlar (yaratilishi)da ularning sherikligi bormi?! Agar rostgoʻy boʻlsanglar, bundan oldin (sizlarga nozil qilingan) biron bir kitob[2138] yoki ilmiy asosdagi asar keltiring!»
46:5
{5} وَمَنْ أَضَلُّ مِمَّن يَدْعُو مِن دُونِ اللَّهِ مَن لَّا يَسْتَجِيبُ لَهُ إِلَى يَومِ الْقِيَامَةِ وَهُمْ عَن دُعَائِهِمْ غَافِلُونَ
Allohni qoʻyib, qiyomatgacha unga javob qaytara olmaydigan kimsalarga duo-iltijo qiladiganlardan ham adashganroq kim bor?! Ular bularning duolaridan bexabardir![2139]
46:6
وَإِذَا حُشِرَ النَّاسُ كَانُوا لَهُمْ أَعْدَاء وَكَانُوا بِعِبَادَتِهِمْ كَافِرِينَ {6}
Insonlar mahsharga toʻplanganida, ular bularga dushman boʻladi va bularni ibodatlarini[2140] tan olishmaydi.
46:7
وَإِذَا تُتْلَى عَلَيْهِمْ آيَاتُنَا بَيِّنَاتٍ قَالَ الَّذِينَ كَفَرُوا لِلْحَقِّ لَمَّا جَاءهُمْ هَذَا سِحْرٌ مُّبِينٌ {7}
Oʻzlariga aniq-ravshan oyatlarimiz oʻqib berilganida, oʻzlariga kelgan haq (kitob)ni tan olmagan kofirlar: “Bu aniq sehr”, dedilar.
46:8
أَمْ يَقُولُونَ افْتَرَاهُ قُلْ إِنِ افْتَرَيْتُهُ فَلَا تَمْلِكُونَ لِي مِنَ اللَّهِ شَيْئًا هُوَ أَعْلَمُ بِمَا تُفِيضُونَ فِيهِ كَفَى بِهِ شَهِيدًا بَيْنِي وَبَيْنَكُمْ وَهُوَ الْغَفُورُ الرَّحِيمُ {8}
Yoki ular: “Uni (Muhammadning) oʻzi toʻqidi”, deyaptimi? Ayt: «Agar uni oʻzim toʻqigan boʻlsam, menga Allohdan keladigan (azobdan) hech birini qayratishga kuchingiz yetmaydi. Sizlar u (Qurʼon) haqidagi qilayotgan mish-mishlarni U Oʻzi yaxshi biladi. Sizlar bilan meni oramda guvohlikka Alloh kifoya. U kechirimli va mehribondir.
46:9
قُلْ مَا كُنتُ بِدْعًا مِّنْ الرُّسُلِ وَمَا أَدْرِي مَا يُفْعَلُ بِي وَلَا بِكُمْ إِنْ أَتَّبِعُ إِلَّا مَا يُوحَى إِلَيَّ وَمَا أَنَا إِلَّا نَذِيرٌ مُّبِينٌ{9}
Ayt: “Men (Alloh tarafidan yuborilgan) elchilarning birinchisi emasman. Oʻzimga ham, sizlarga ham nima qilinishini bilmayman. Men faqat oʻzimga vahiy qilinayotgan narsaga ergashyapman. Men ochiq-oydin ogohlantiruvchiman, xolos.”
46:10
قُلْ أَرَأَيْتُمْ إِن كَانَ مِنْ عِندِ اللَّهِ وَكَفَرْتُم بِهِ وَشَهِدَ شَاهِدٌ مِّن بَنِي إِسْرَائِيلَ عَلَى مِثْلِهِ فَآمَنَ وَاسْتَكْبَرْتُمْ إِنَّ اللَّهَ لَا يَهْدِي الْقَوْمَ الظَّالِمِينَ {10}
Ayt: «Oʻzingiz kofirlik qilayotgan (Qurʼon) Allohdan kelgan boʻlsa-chi, deb oʻylab koʻrmadingizmi? Axir, Banu Isroil orasidan xuddi u (Qurʼon)ga oʻxshagan (kitobni) yaxshi biladigan biri[2141] shahodat keltirib imon keltirdi-ku! Sizlar esa unga mutakabbirlik qildingiz. Alloh zolimlarni hidoyat qilmaydi.»
46:11
وَقَالَ الَّذِينَ كَفَرُوا لِلَّذِينَ آمَنُوا لَوْ كَانَ خَيْرًا مَّا سَبَقُونَا إِلَيْهِ وَإِذْ لَمْ يَهْتَدُوا بِهِ فَسَيَقُولُونَ هَذَا إِفْكٌ قَدِيمٌ{11}
(Qurʼonga qarshi chiqqan) kofirlar (Qurʼonga ishongan) moʻminlarga: «Agar (Qurʼon) yaxshilik (kitobi) boʻlganida, ular (unga ishonib amal qilishda) bizdan oldinda boʻlolmas edi», dedilar. Ular u (Qurʼon) ila hidoyatlanmagach: “Bu eski uydirma”, deb turaveradilar.
46:12
وَمِن قَبْلِهِ كِتَابُ مُوسَى إِمَامًا وَرَحْمَةً وَهَذَا كِتَابٌ مُّصَدِّقٌ لِّسَانًا عَرَبِيًّا لِّيُنذِرَ الَّذِينَ ظَلَمُوا وَبُشْرَى لِلْمُحْسِنِينَ {12}
Undan oldin Musoning rahbar va rahmat[2142] boʻlmish kitob boʻlgan. (Uni) tasdiqlovchi arab tilidagi[2143] bu kitob, zolimlik qilganlarni ogohlantirish hamda yaxshilik qiluvchilarga xushxabar berish uchun tushirildi.
46:13
إِنَّ الَّذِينَ قَالُوا رَبُّنَا اللَّهُ ثُمَّ اسْتَقَامُوا فَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ {13}
Albatta, “Robbim Alloh” deb, keyin toʻgʻri yoʻlda yurganlarga qoʻrquv boʻlmaydi, ular gʻamgin ham boʻlmaydilar[2144].
46:14
أُوْلَئِكَ أَصْحَابُ الْجَنَّةِ خَالِدِينَ فِيهَا جَزَاء بِمَا كَانُوا يَعْمَلُونَ {14}
Ular jannat ahlidir. Qilgan amallarining mukofoti sifatida, ular unda oʻlimsiz – mangu qoladi.
46:15
وَوَصَّيْنَا الْإِنسَانَ بِوَالِدَيْهِ إِحْسَانًا حَمَلَتْهُ أُمُّهُ كُرْهًا وَوَضَعَتْهُ كُرْهًا وَحَمْلُهُ وَفِصَالُهُ ثَلَاثُونَ شَهْرًا حَتَّى إِذَا بَلَغَ أَشُدَّهُ وَبَلَغَ أَرْبَعِينَ سَنَةً قَالَ رَبِّ أَوْزِعْنِي أَنْ أَشْكُرَ نِعْمَتَكَ الَّتِي أَنْعَمْتَ عَلَيَّ وَعَلَى وَالِدَيَّ وَأَنْ أَعْمَلَ صَالِحًا تَرْضَاهُ وَأَصْلِحْ لِي فِي ذُرِّيَّتِي إِنِّي تُبْتُ إِلَيْكَ وَإِنِّي مِنَ الْمُسْلِمِينَ {15}
Inson zotini ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik[2145]. Onasi uni qiynalib (qornida) tashidi, qiynalib tugʻdi. Uning homilasi va sutdan ajratishi oʻttiz oydir. Toki u voyaga yetib, qirq yoshga toʻlgach shunday deydi: «Ey yaratgan Egam! menga imkon berki, menga va ota-onamga bergan neʼmatingga qarshi oʻz burchimni ado etay, hamda Sen rozi boʻladigan – qabul qiladigan yaxshi ish(lar)ni amalga oshiray. Zurriyodimda ham yaxshilikni davom ettir[2146]. Men Senga tavba qildim. Albatta, men musulmonlardanman.»
46:16
أُوْلَئِكَ الَّذِينَ نَتَقَبَّلُ عَنْهُمْ أَحْسَنَ مَا عَمِلُوا وَنَتَجاوَزُ عَن سَيِّئَاتِهِمْ فِي أَصْحَابِ الْجَنَّةِ وَعْدَ الصِّدْقِ الَّذِي كَانُوا يُوعَدُونَ {16}
Biz ularning qilgan ishlarining yaxshisini qabul qilib, gunohlaridan oʻtib yuboradigan bu kishilar, ularga berilgan rost vaʼdaga[2147] asosan jannat ahli orasida boʻladi.
46:17
وَالَّذِي قَالَ لِوَالِدَيْهِ أُفٍّ لَّكُمَا أَتَعِدَانِنِي أَنْ أُخْرَجَ وَقَدْ خَلَتْ الْقُرُونُ مِن قَبْلِي وَهُمَا يَسْتَغِيثَانِ اللَّهَ وَيْلَكَ آمِنْ إِنَّ وَعْدَ اللَّهِ حَقٌّ فَيَقُولُ مَا هَذَا إِلَّا أَسَاطِيرُ الْأَوَّلِينَ {17}
Yana shunday biri bor; oʻz ota-onasiga: “Uf – toʻydim! Menga (qayta tirilib) chiqishimga vaʼda qilyapsizlarmi? Axir mendan oldin koʻplab nasllar oʻtib ketdi-ku!” deydi. Ular esa Allohning yordamiga sigʻinib: “Holingga voy boʻladi, ishongin, Allohning vaʼdasi haq”, deganida, u: «Bu avvalgilarning uydırmalaridan boshqa narsa emas», deydi.
46:18
أُوْلَئِكَ الَّذِينَ حَقَّ عَلَيْهِمُ الْقَوْلُ فِي أُمَمٍ قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِهِم مِّنَ الْجِنِّ وَالْإِنسِ إِنَّهُمْ كَانُوا خَاسِرِينَ {18}
Bunday kimsalar oʻzlaridan oldin oʻtib ketgan jinu-isn qatori (azob) soʻziga loyiq boʻlgan kimsalardir – ular aniq xonavayron boʻluvchidir.
46:19
وَلِكُلٍّ دَرَجَاتٌ مِّمَّا عَمِلُوا وَلِيُوَفِّيَهُمْ أَعْمَالَهُمْ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ {19}
Har kimga oʻz qilmishiga yarasha darajalar boʻladi. Qilmishlarining (jazo yoki mukofotini Alloh) toʻliq qilib berish uchun (shunday qiladi). Ularga haqsizlik qilinmaydi.
46:20
وَيَوْمَ يُعْرَضُ الَّذِينَ كَفَرُوا عَلَى النَّارِ أَذْهَبْتُمْ طَيِّبَاتِكُمْ فِي حَيَاتِكُمُ الدُّنْيَا وَاسْتَمْتَعْتُم بِهَا فَالْيَوْمَ تُجْزَوْنَ عَذَابَ الْهُونِ بِمَا كُنتُمْ تَسْتَكْبِرُونَ فِي الْأَرْضِ بِغَيْرِ الْحَقِّ وَبِمَا كُنتُمْ تَفْسُقُونَ {20}
Kofirlik qilganlar jahannamga duchor qilinadigan kuni (ularga shunday deyiladi): «Barcha zavqlanadigan narsalaringizni dunyo hayotingizda sarflab, ulardan foydalanib boʻldinglar. Nohaqlik qilib yer yuzida oʻzingizni katta tutganingiz va (toʻgʻri) yoʻldan chiqqaningiz uchun[2148], bugun sizlarga xorlik azobi beriladi.»
46:21
وَاذْكُرْ أَخَا عَادٍ إِذْ أَنذَرَ قَوْمَهُ بِالْأَحْقَافِ وَقَدْ خَلَتْ النُّذُرُ مِن بَيْنِ يَدَيْهِ وَمِنْ خَلْفِهِ أَلَّا تَعْبُدُوا إِلَّا اللَّهَ إِنِّي أَخَافُ عَلَيْكُمْ عَذَابَ يَوْمٍ عَظِيمٍ {21}
Od (qavmining) birodari Hudni ham esla. Bir kuni u Ahqofdagi[2149] qavmini ogohlantirdi. Zero, undan oldin ham, keyin ham u ogohlantiruvchilar kelib-ketgan. U: “Allohdan boshqasiga ibodat qilmanglar. Albatta, men sizlarga buyuk kunning azobidan qoʻrqyapman”, degan.
46:22
قَالُوا أَجِئْتَنَا لِتَأْفِكَنَا عَنْ آلِهَتِنَا فَأْتِنَا بِمَا تَعِدُنَا إِن كُنتَ مِنَ الصَّادِقِينَ {22}
Ular esa: “Sen bizni «ilohlarimizdan” burish uchun keldingmi? Rostgoʻy boʻlsang, bizga tahdid qilgan narsangni (azobni) keltir-chi!» dedilar[2150].
46:23
قَالَ إِنَّمَا الْعِلْمُ عِندَ اللَّهِ وَأُبَلِّغُكُم مَّا أُرْسِلْتُ بِهِ وَلَكِنِّي أَرَاكُمْ قَوْمًا تَجْهَلُونَ {23}
U shunday dedi: «(Azob haqidagi) ilm Alloh huzurida. Men sizlarga oʻzimga yuborilgan narsani yetkazib qoʻyyapman. Lekin koʻryapmanki, sizlar (tushunmaydigan) johil[2151] qavm ekansiz.»
46:24
فَلَمَّا رَأَوْهُ عَارِضًا مُّسْتَقْبِلَ أَوْدِيَتِهِمْ قَالُوا هَذَا عَارِضٌ مُّمْطِرُنَا بَلْ هُوَ مَا اسْتَعْجَلْتُم بِهِ رِيحٌ فِيهَا عَذَابٌ أَلِيمٌ {24}
Vaqtiki, vodiylari tomon keng tarqab kelayotgan u (dovul)ni koʻrishganida: “Bu bizga yomgʻir yogʻdiradigan keng tarqalgan bulutdir”, dedilar. “Yoʻq! u oʻzingiz shoshiltirgan narsa – ichida alamli azob bor shamol” (edi).
46:25
تُدَمِّرُ كُلَّ شَيْءٍ بِأَمْرِ رَبِّهَا فَأَصْبَحُوا لَا يُرَى إِلَّا مَسَاكِنُهُمْ كَذَلِكَ نَجْزِي الْقَوْمَ الْمُجْرِمِينَ {25}
U yaratgan Egasining amriga binoan barcha narsani vayron qiladi. Keyin, ularning uy-joylaridan boshqa narsa koʻrinmaydigan ahvolga tushib qolishadi. Jinoyatchi qavmni mana shunday jazolaymiz.
46:26
وَلَقَدْ مَكَّنَّاهُمْ فِيمَا إِن مَّكَّنَّاكُمْ فِيهِ وَجَعَلْنَا لَهُمْ سَمْعًا وَأَبْصَارًا وَأَفْئِدَةً فَمَا أَغْنَى عَنْهُمْ سَمْعُهُمْ وَلَا أَبْصَارُهُمْ وَلَا أَفْئِدَتُهُم مِّن شَيْءٍ إِذْ كَانُوا يَجْحَدُونَ بِآيَاتِ اللَّهِ وَحَاقَ بِهِم مَّا كَانُوا بِهِ يَسْتَهْزِؤُون {26}
Shubhasizki, ularga siz (Makkalik)larga bermagan imkoniyat berganmiz. Ularga ham quloq, koʻzlar va vijdonlar berganmiz. Biroq, ularning quloqlari, koʻzlari va vijdonlari hech narsaga asqatmadi. Chunki, ular Allohning oyatlarini qasddan inkor qilishar edi. Masxara qilgan narsalari oʻzlarini oʻrab oldi.
46:27
وَلَقَدْ أَهْلَكْنَا مَا حَوْلَكُم مِّنَ الْقُرَى وَصَرَّفْنَا الْآيَاتِ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ {27}
Atrofingizdagi yurtlardan ham bir-qanchasini halok qildik. (Imon va tavbaga) qaytsinlar deb, ularga oyatlarimizni farqli uslubda ochiqlab berganmiz.
46:28
فَلَوْلَا نَصَرَهُمُ الَّذِينَ اتَّخَذُوا مِن دُونِ اللَّهِ قُرْبَانًا آلِهَةً بَلْ ضَلُّوا عَنْهُمْ وَذَلِكَ إِفْكُهُمْ وَمَا كَانُوا يَفْتَرُونَ {28}
Oʻshanda, oʻzlariga yaqinlik paydo qilish uchun Allohni qoʻyib iloh qilib sigʻingan narsalari ularga yordam bersa boʻlmasmidi?! Yoʻq! (Sigʻingan narsalari) ulardan yoʻq boʻldi. Bu oʻzlarining uydirmasi va toʻqigan yolgʻoni (samarasi)dir.
46:29
وَإِذْ صَرَفْنَا إِلَيْكَ نَفَرًا مِّنَ الْجِنِّ يَسْتَمِعُونَ الْقُرْآنَ فَلَمَّا حَضَرُوهُ قَالُوا أَنصِتُوا فَلَمَّا قُضِيَ وَلَّوْا إِلَى قَوْمِهِم مُّنذِرِينَ {29}
Bir kuni bir-necha begona/notanish kishilarni Qurʼonni tinglashlari uchun senga yoʻnaltirgan edik.[2152] (Qurʼonni tinglashga) qatnashganida bir-biriga: “Jim quloq soling!”, dedilar. (Tilovat) yakunlanganida, oʻz qavmiga ogohlantiruvchi boʻlib qaytdilar.
46:30
قَالُوا يَا قَوْمَنَا إِنَّا سَمِعْنَا كِتَابًا أُنزِلَ مِن بَعْدِ مُوسَى مُصَدِّقًا لِّمَا بَيْنَ يَدَيْهِ يَهْدِي إِلَى الْحَقِّ وَإِلَى طَرِيقٍ مُّسْتَقِيمٍ {30}
(Borib) shunday dedilar: «Ey qavmimiz! Musodan keyin tushirilgan, oʻzidan avvalgi kitoblarni tasdiqlaydigan kitobni tingladik, u haqqa (adolatga) va toʻgʻri yoʻlga boshlar ekan.»
46:31
يَا قَوْمَنَا أَجِيبُوا دَاعِيَ اللَّهِ وَآمِنُوا بِهِ يَغْفِرْ لَكُم مِّن ذُنُوبِكُمْ وَيُجِرْكُم مِّنْ عَذَابٍ أَلِيمٍ {31}
Ey qavmimiz! Allohning daʼvatchisi (daʼvat qilgan narsasi)ni qabul qiling va Unga ishoningki, (Alloh) gunohlaringizni kechirsin va alamli azobdan saqlasin.
46:32
وَمَن لَّا يُجِبْ دَاعِيَ اللَّهِ فَلَيْسَ بِمُعْجِزٍ فِي الْأَرْضِ وَلَيْسَ لَهُ مِن دُونِهِ أَولِيَاء أُوْلَئِكَ فِي ضَلَالٍ مُّبِينٍ {32}
Kimki Allohning daʼvatchisini qabul qilmasa, yer yuzida (Allohdan) qochib-qutulolmaydi va unday kishi uchun Allohdan boshqa himoyachi doʻstlari ham boʻlmaydi. Unday kimsalar aniq zalolatdadir.»
46:33
أَوَلَمْ يَرَوْا أَنَّ اللَّهَ الَّذِي خَلَقَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ وَلَمْ يَعْيَ بِخَلْقِهِنَّ بِقَادِرٍ عَلَى أَنْ يُحْيِيَ الْمَوْتَى بَلَى إِنَّهُ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ {33}
Osmonlar va yerni yaratgan va ularni yaratishda hech qanday tashvishga[2153] tushmagan Alloh, oʻliklarni tiriltirishga kuchi yetishini nahot oʻylab koʻrmagan boʻlsalar?! Ha! Albatta, U hamma narsaga oʻlchov qoʻygan.
46:34
وَيَوْمَ يُعْرَضُ الَّذِينَ كَفَرُوا عَلَى النَّارأَلَيْسَ هَذَا بِالْحَقِّ قَالُوا بَلَى وَرَبِّنَا قَالَ فَذُوقُوا الْعَذَابَ بِمَا كُنتُمْ تَكْفُرُونَ {34}
Kofirlik qilganlarga jahannam namoyish etiladigan kuni: “Bu haq emasmikan?” (deb soʻraydi). Ular: Robbimizga qasamki, aynan shunday ekan», deydi. Kofirlik qilganingiz evaziga endi azobni totinglar», deydi.
46:35
فَاصْبِرْ كَمَا صَبَرَ أُوْلُوا الْعَزْمِ مِنَ الرُّسُلِ وَلَا تَسْتَعْجِل لَّهُمْ كَأَنَّهُمْ يَوْمَ يَرَوْنَ مَا يُوعَدُونَ لَمْ يَلْبَثُوا إِلَّا سَاعَةً مِّن نَّهَارٍ بَلَاغٌ فَهَلْ يُهْلَكُ إِلَّا الْقَوْمُ الْفَاسِقُونَ {35}
Shuning uchun, qatʼiyatli elchilar qanday bardosh qilgan boʻlsa, sen ham shunday bardosh qil, u (kofir)lar uchun (azobga) shoshilma. Ular oʻzlariga tahdid qilingan azobni koʻradigan kuni, goʻyoki oʻzlarini (bu dunyoda) faqat kunduzidan bir soat qolgandek boʻlib qoladi[2154]. Bu (Allohdan) bayonotdir. Demak, yoʻldan-chiqqan fosiqlar kishilargina halok qilinadi!
- MUHAMMAD surasi[2155]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
47:1
الَّذِينَ كَفَرُوا وَصَدُّوا عَن سَبِيلِ اللَّهِ أَضَلَّ أَعْمَالَهُمْ {1}
Kofirlik qilib Allohning yoʻlidan toʻsgan[2156] kishilarning amallarini (Alloh) bekor[2157] qilib yuboradi.
47:2
وَالَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ وَآمَنُوا بِمَا نُزِّلَ عَلَى مُحَمَّدٍ وَهُوَ الْحَقُّ مِن رَّبِّهِمْ كَفَّرَ عَنْهُمْ سَيِّئَاتِهِمْ وَأَصْلَحَ بَالَهُمْ {2}
Imon keltirib xayrli ishlarni amalga oshirgan va yaratgan Egasi tarafidan Muhammadga tushirilgan (Qurʼon)ni haq ekaniga ishongan kishilarning gunohlarini (Alloh) oʻchirib yuboradi va holatini tuzatib qoʻyadi.
47:3
ذَلِكَ بِأَنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا اتَّبَعُوا الْبَاطِلَ وَأَنَّ الَّذِينَ آمَنُوا اتَّبَعُوا الْحَقَّ مِن رَّبِّهِمْ كَذَلِكَ يَضْرِبُ اللَّهُ لِلنَّاسِ أَمْثَالَهُمْ {3}
Chunki, kofirlik qilganlar notoʻgʻri yoʻlga ergashdi, (Alloh va Rasuliga) ishongan – moʻminlar esa, yaratgan Egasi tarafidan kelgan haq (kitob)ga ergashdi. Alloh insonlarga oʻzlarining misollarini mana shunday tushuntirib beryapti.
47:4
فَإِذا لَقِيتُمُ الَّذِينَ كَفَرُوا فَضَرْبَ الرِّقَابِ حَتَّى إِذَا أَثْخَنتُمُوهُمْ فَشُدُّوا الْوَثَاقَ فَإِمَّا مَنًّا بَعْدُ وَإِمَّا فِدَاء حَتَّى تَضَعَ الْحَرْبُ أَوْزَارَهَا ذَلِكَ وَلَوْ يَشَاء اللَّهُ لَانتَصَرَ مِنْهُمْ وَلَكِن لِّيَبْلُوَ بَعْضَكُم بِبَعْضٍ وَالَّذِينَ قُتِلُوا فِي سَبِيلِ اللَّهِ فَلَن يُضِلَّ أَعْمَالَهُمْ {4}
(Jangda) kofirlar bilan toʻqnashganingizda, ularni boʻyinlariga uringlar. Tiriklarini zararsizlantirib boʻganingizda[2158], arqonlarini mahkam bogʻlanglar. Soʻngra, yo toʻlovsiz ozod qilib yuboringlar, yoki fidya olib ozod qilinglar[2159]. Jang vaziyati bartaraf boʻlgungacha (davom etinglar)[2160]. Shunday qilinglar! Alloh Oʻzi yengishni xohlasa, Uning Oʻzi ularni (biron bir azob bilan) yengib qoʻyardi. Lekin, sizlarni bir-biringiz bilan sinash uchun (jangga buyurdi). Alloh yoʻlida oʻldir(il)ganlarning[2161] amallarini (Alloh) zoye qilmaydi.
47:5
سَيَهْدِيهِمْ وَيُصْلِحُ بَالَهُمْ {5}
Yaqinda, ularning maqsadlariga yetkazadi va ahvollarini yaxshilab qoʻyadi.
47:6
وَيُدْخِلُهُمُ الْجَنَّةَ عَرَّفَهَا لَهُمْ {6}
Yana (oxiratda) ularni oʻzlariga taʼriflab bergan jannatga kirgizadi.
47:7
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِن تَنصُرُوا اللَّهَ يَنصُرْكُمْ وَيُثَبِّتْ أَقْدَامَكُمْ {7}
Ey Moʻminlar! Agar sizlar Alloh (dini)ga yordam bersanglar, U ham sizlarga yordam beradi[2162], qadamlaringizni mustahkam qilib qoʻyadi[2163].
47:8
وَالَّذِينَ كَفَرُوا فَتَعْسًا لَّهُمْ وَأَضَلَّ أَعْمَالَهُمْ {8}
Kofirlik qilganlarga halokat boʻlsin! (Alloh) ularning amallarini zoye qiladi.
47:9
ذَلِكَ بِأَنَّهُمْ كَرِهُوا مَا أَنزَلَ اللَّهُ فَأَحْبَطَ أَعْمَالَهُمْ {9}
Chunki, ular Alloh nozil qilgan kitobni yoqtirmadilar[2164]. Natijada, (Alloh) ularning amallarini behuda qilib yubordi.
47:10
أَفَلَمْ يَسِيرُوا فِي الْأَرْضِ فَيَنظُرُوا كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ دَمَّرَ اللَّهُ عَلَيْهِمْ وَلِلْكَافِرِينَ أَمْثَالُهَا {10}
Nahotki[2165] ular yer yuzida sayr qilib, oʻzlaridan oldingi (kofir)larning oqibati qanday boʻlganini koʻrmagan boʻlsalar?! Alloh ularni vayron qilgan[2166]. Kofirlik qiluvchilarga ham xuddi shunday (oqibat bor).
47:11
ذَلِكَ بِأَنَّ اللَّهَ مَوْلَى الَّذِينَ آمَنُوا وَأَنَّ الْكَافِرِينَ لَا مَوْلَى لَهُمْ {11}
Chunki, Alloh (Alloh va Rasuliga) ishongan – moʻminlarning yordamchi doʻstidir. Kofirlik qiluvchilar uchun hech qanday yordamchi doʻst yoʻq[2167].
47:12
إِنَّ اللَّهَ يُدْخِلُ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِن تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ وَالَّذِينَ كَفَرُوا يَتَمَتَّعُونَ وَيَأْكُلُونَ كَمَا تَأْكُلُ الْأَنْعَامُ وَالنَّارُ مَثْوًى لَّهُمْ {21}
Alloh imon keltirib xayrli ishlarni amalga oshirgan kishilarni ostidan anhorlar oqib turadigan boʻstonlarga joylaydi. Kofirlik qilganlar (dunyoda vaqtincha) foydalanib turibdi, hayvonlardek (halol-ajratmasdan) yemoqda. Ularning qolar joyi jahannam boʻladi.
47:13
وَكَأَيِّن مِّن قَرْيَةٍ هِيَ أَشَدُّ قُوَّةً مِّن قَرْيَتِكَ الَّتِي أَخْرَجَتْكَ أَهْلَكْنَاهُمْ فَلَا نَاصِرَ لَهُمْ {13}
Seni chiqarib yuborishgan oʻsha yurtingdan ham kuchliroq qanchadan-qancha yurtlarni halok qilib yuborganmiz[2168], ularning yordamchilari boʻlmagan.
47:14
أَفَمَن كَانَ عَلَى بَيِّنَةٍ مِّن رَّبِّهِ كَمَن زُيِّنَ لَهُ سُوءُ عَمَلِهِ وَاتَّبَعُوا أَهْوَاءهُمْ {14}
Yaratgan Egasi tarafidan kelgan ochiq dalilga asoslangan odam, qilgan yomonligi oʻziga chiroyli koʻrsatib qoʻyilgan odam bilan bir xil boʻladimi?![2169] Ular oʻz orzu-havaslariga koʻra harakat qiladilar.
47:15
مَثَلُ الْجَنَّةِ الَّتِي وُعِدَ الْمُتَّقُونَ فِيهَا أَنْهَارٌ مِّن مَّاء غَيْرِ آسِنٍ وَأَنْهَارٌ مِن لَّبَنٍ لَّمْ يَتَغَيَّرْ طَعْمُهُ وَأَنْهَارٌ مِّنْ خَمْرٍ لَّذَّةٍ لِّلشَّارِبِينَ وَأَنْهَارٌ مِّنْ عَسَلٍ مُّصَفًّى وَلَهُمْ فِيهَا مِن كُلِّ الثَّمَرَاتِ وَمَغْفِرَةٌ مِّن رَّبِّهِمْ كَمَنْ هُوَ خَالِدٌ فِي النَّارِ وَسُقُوا مَاء حَمِيمًا فَقَطَّعَ أَمْعَاءهُمْ {15}
Masʼuliyatli (moʻmin)larga vaʼda qilingan jannatning misoli shunday: unda aynimaydigan suvli anhorlar, taʼmi oʻzgarmas sutli anhorlar, ichganlarga lazaat beruvchi sharboli[2170] anhorlar, toza asalli anhorlar bor. Ularga u yerda har turli mevalar hamda yaratgan Egasidan kechirim bor. (Shu taqvodorlar) jahannamda oʻlimsiz – mangu qoladigan va qaynoq suvdan sugʻorilib, ichaklari titilib ketadigan kishiga oʻxshaydimi?!
47:16
وَمِنْهُم مَّن يَسْتَمِعُ إِلَيْكَ حَتَّى إِذَا خَرَجُوا مِنْ عِندِكَ قَالُوا لِلَّذِينَ أُوتُوا الْعِلْمَ مَاذَا قَالَ آنِفًا أُوْلَئِكَ الَّذِينَ طَبَعَ اللَّهُ عَلَى قُلُوبِهِمْ وَاتَّبَعُوا أَهْوَاءهُمْ{16}
U (kofir)lar orasida seni tinglab turadiganlari bor. Biroq, yonigndan chiqib ketishgach, (Sahobalar orasidagi Qurʼon[2171]) ilmi berilganlarga: “Hozirgina u nima dedi?” deb turaveradi. Bular, Alloh quloqlariga tamgʻa urib qoʻygan kishilardir[2172]. Ular oʻz orzu-istaklariga ergashadilar.
47:17
وَالَّذِينَ اهْتَدَوْا زَادَهُمْ هُدًى وَآتَاهُمْ تَقْواهُمْ{17}
(Qurʼon[2173] bilan) toʻgʻri yoʻlga kirganlarning toʻgʻriligi – imoni ortadi[2174] va ularga taqvo beradi.
47:18
فَهَلْ يَنظُرُونَ إِلَّا السَّاعَةَ أَن تَأْتِيَهُم بَغْتَةً فَقَدْ جَاء أَشْرَاطُهَا فَأَنَّى لَهُمْ إِذَا جَاءتْهُمْ ذِكْرَاهُم{18}
(Munofiqlar) oʻzlariga toʻsatdan qiyomat kelib qolishidan[2175] boshqa narsa kutmayapti. Shubhasizki, uning alomatlari kelib boʻldi! Qiyomat kelganida ularning eslatma olishlari qayerdan foyda beradi?![2176]
47:19
فَاعْلَمْ أَنَّهُ لَا إِلَهَ إِلَّا اللَّهُ وَاسْتَغْفِرْ لِذَنبِكَ وَلِلْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ وَاللَّهُ يَعْلَمُ مُتَقَلَّبَكُمْ وَمَثْوَاكُمْ {19}
Bilginki[2177], Allohdan boshqa ibodat qilinishga haqli zot yoʻq. Oʻzingni ham, moʻmin erkak va moʻmina ayollarning ham gunohlari kechirilishini soʻra[2178]. Alloh sizlarning kezadigan joylaringizni ham, qoladigan joylaringizni ham biladi.
47:20
وَيَقُولُ الَّذِينَ آمَنُوا لَوْلَا نُزِّلَتْ سُورَةٌ فَإِذَا أُنزِلَتْ سُورَةٌ مُّحْكَمَةٌ وَذُكِرَ فِيهَا الْقِتَالُ رَأَيْتَ الَّذِينَ فِي قُلُوبِهِم مَّرَضٌ يَنظُرُونَ إِلَيْكَ نَظَرَ الْمَغْشِيِّ عَلَيْهِ مِنَ الْمَوْتِ فَأَوْلَى لَهُمْ {20}
(Allohga) ishongan kishilar: “Qaniydi jang haqida biron bir sura tushirilganida” deydi. Biroq, hukm ifodalangan sura tushirilib, unga jang aytib oʻtilganida, qalbida marazi bor odamlarni senga xuddi joni chiqayotgan odamni qarashidek qarab turganini koʻrasan. Ularga shu yarashadi!
47:21
طَاعَةٌ وَقَوْلٌ مَّعْرُوفٌ فَإِذَا عَزَمَ الْأَمْرُ فَلَوْ صَدَقُوا اللَّهَ لَكَانَ خَيْرًا لَّهُمْ {21}
(Vazifangiz) itoat va chiroyli soʻz edi! Ish jiddiylashganida Allohga sadoqat koʻrsatganlarida, oʻzlariga yaxshi boʻlardi.
47:22
فَهَلْ عَسَيْتُمْ إِن تَوَلَّيْتُمْ أَن تُفْسِدُوا فِي الْأَرْضِ وَتُقَطِّعُوا أَرْحَامَكُمْ {22}
Agar qaytsangiz[2179] ham, qiladigan ishingiz yer yuzida buzgʻunchilik qilish va qarindoshlik rishtalarini buzish boʻlmasmidi?![2180]
47:23
أُوْلَئِكَ الَّذِينَ لَعَنَهُمُ اللَّهُ فَأَصَمَّهُمْ وَأَعْمَى أَبْصَارَهُمْ {23}
Unday kishilarni Alloh laʼnatlab, kar va koʻzlarini koʻr qilib qoʻygan[2181].
47:24
أَفَلَا يَتَدَبَّرُونَ الْقُرْآنَ أَمْ عَلَى قُلُوبٍ أَقْفَالُهَا {24}
Qurʼonni tushunib ibrat olmaydilarmi?![2182] Yoki qalblarning qulflari bormi?
47:25
إِنَّ الَّذِينَ ارْتَدُّوا عَلَى أَدْبَارِهِم مِّن بَعْدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُمُ الْهُدَى الشَّيْطَانُ سَوَّلَ لَهُمْ وَأَمْلَى لَهُمْ {25}
Oʻzlariga toʻgʻri yoʻl ochiq-oydin ayon boʻlganidan keyin (kofirlik sari) ortga qaytganlarni shayton undab qoʻydi va ularni (yolgʻon fursat ila) umidlantirib[2183] qoʻydi.
47:26
ذَلِكَ بِأَنَّهُمْ قَالُوا لِلَّذِينَ كَرِهُوا مَا نَزَّلَ اللَّهُ سَنُطِيعُكُمْ فِي بَعْضِ الْأَمْرِ وَاللَّهُ يَعْلَمُ إِسْرَارَهُمْ {26}
Chunki ular, Alloh nozil qilgan narsa – Qurʼonni yoqtirmaydigan kimsalarga: “Biz baʼzi ishlarda sizlarga itoat qilamiz”, dedilar[2184]. Alloh ularning sirlarini bilib turadi.
47:27
فَكَيْفَ إِذَا تَوَفَّتْهُمْ الْمَلَائِكَةُ يَضْرِبُونَ وُجُوهَهُمْ وَأَدْبَارَهُمْ {27}
Farishtalar yuzlariga va orqalariga urib jonlarini olayotganida[2185] ahvollari qanday boʻlarkin?!
47:28
ذَلِكَ بِأَنَّهُمُ اتَّبَعُوا مَا أَسْخَطَ اللَّهَ وَكَرِهُوا رِضْوَانَهُ فَأَحْبَطَ أَعْمَالَهُمْ {28}
Chunki ular, Alloh norozi boʻladigan narsaga (munofiqlikka) ergashdilar va Uni rozi qiladigan narsani (sadoqatni) yomon koʻrdilar. Shu sababli, Alloh ularning amallarini bekor qilib yubordi.
47:29
أَمْ حَسِبَ الَّذِينَ فِي قُلُوبِهِم مَّرَضٌ أَن لَّن يُخْرِجَ اللَّهُ أَضْغَانَهُمْ {29}
Qalblarida marazi borlar, (kun kelib) Alloh ularning nafratlarini fosh[2186] qilmaydi deb oʻyladimi?!
47:30
وَلَوْ نَشَاء لَأَرَيْنَاكَهُمْ فَلَعَرَفْتَهُم بِسِيمَاهُمْ وَلَتَعْرِفَنَّهُمْ فِي لَحْنِ الْقَوْلِ وَاللَّهُ يَعْلَمُ أَعْمَالَكُمْ {30}
Agar xohlasak, (hoziroq) ularni senga aniq koʻrsatib qoʻyardik. Shunda ularni siymolaridan tanib olarding. Hozir ularni gapirish uslubidan tanib olasan[2187]. Alloh qilayotgan ishlaringizni bilib turibdi.
47:31
وَلَنَبْلُوَنَّكُمْ حَتَّى نَعْلَمَ الْمُجَاهِدِينَ مِنكُمْ وَالصَّابِرِينَ وَنَبْلُوَ أَخْبَارَكُمْ {31}
Sizlarni albatta imtihon qilamiz, toki orangizdan (Alloh yoʻlida) kurashadiganlarni[2188] va (bu yoʻlda) sabr qiluvchilarni bilib-ajratib qoʻyamiz va xabarlaringizni oʻrtaga chiqaramiz.
47:32
إِنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا وَصَدُّوا عَن سَبِيلِ اللَّهِ وَشَاقُّوا الرَّسُولَ مِن بَعْدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُمُ الهُدَى لَن يَضُرُّوا اللَّهَ شَيْئًا وَسَيُحْبِطُ أَعْمَالَهُمْ {32}
Kofirlik qilib Allohning yoʻlidan toʻsganlar[2189] va oʻziga toʻgʻri yoʻl ayon boʻlganidan keyin ham Rasulullohga qarshi boʻlganlar, Allohga hech narsada ziyon keltirolmaydi. Alloh ularning amallarini bekor qilib yuboradi[2190].
47:33
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا أَطِيعُوا اللَّهَ وَأَطِيعُوا الرَّسُولَ وَلَا تُبْطِلُوا أَعْمَالَكُمْ {33}
Ey moʻminlar! Allohga boʻysuning, Rasulga boʻysuning – amallaringizni habat qilib yubormang![2191]
47:34
إِنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا وَصَدُّوا عَن سَبِيلِ اللَّهِ ثُمَّ مَاتُوا وَهُمْ كُفَّارٌ فَلَن يَغْفِرَ اللَّهُ لَهُمْ {34}
Kofirlik[2192] qilib Allohning yoʻlidan toʻsib, keyin kofir holatida oʻlganlarni Alloh aslo kechirmaydi.
47:35
فَلَا تَهِنُوا وَتَدْعُوا إِلَى السَّلْمِ وَأَنتُمُ الْأَعْلَوْنَ وَاللَّهُ مَعَكُمْ وَلَن يَتِرَكُمْ أَعْمَالَكُمْ {35}
Sizlar kuchli holatda ekaningizda (dushman bilan) tinchlik kelishuvi tuzayotib past kelmanglar![2193] Alloh sizlar bilan birgadir. U aslo amallaringizni kamaytirib qoʻymaydi.
47:36
إِنَّمَا الحَيَاةُ الدُّنْيَا لَعِبٌ وَلَهْوٌ وَإِن تُؤْمِنُوا وَتَتَّقُوا يُؤْتِكُمْ أُجُورَكُمْ وَلَا يَسْأَلْكُمْ أَمْوَالَكُمْ {36}
Dunyo hayotining oʻzi faqatgina oʻyin-kulgu va behudalikdan iboratdir[2194]. Agar (Alloh va Rasuliga) ishonsangiz va gunohlardan saqlansangiz, mukofotingizni beradi, U sizlardan (hamma) mol-davlatingizni soʻramaydi.
47:37
إِن يَسْأَلْكُمُوهَا فَيُحْفِكُمْ تَبْخَلُوا وَيُخْرِجْ أَضْغَانَكُمْ {37}
Agar uni (hammasini) soʻraganida va sizlarni majbur qilganida, baxillik qilgan boʻlardingiz. U esa nafratlaringizni fosh qilgan boʻlardi[2195].
47:38
هَاأَنتُمْ هَؤُلَاء تُدْعَوْنَ لِتُنفِقُوا فِي سَبِيلِ اللَّهِ فَمِنكُم مَّن يَبْخَلُ وَمَن يَبْخَلْ فَإِنَّمَا يَبْخَلُ عَن نَّفْسِهِ وَاللَّهُ الْغَنِيُّ وَأَنتُمُ الْفُقَرَاء وَإِن تَتَوَلَّوْا يَسْتَبْدِلْ قَوْمًا غَيْرَكُمْ ثُمَّ لَا يَكُونُوا أَمْثَالَكُمْ {38}
Sizlar – Alloh yoʻlida xayr-ehson qilishga chorlanayotgan kishilarsiz. Biroq, orangizdan baxillik qiladiganlari ham bor. Kim baxillik qilsa, u faqat oʻz ziyoniga baxillik qilgan boʻladi. Alloh behojatdir, sizlar (Allohga) muhtojsiz[2196]. Agar bosh tortsangiz, U oʻrningizga boshqa qavmni keltirib qoʻyadi. Keyin, ular sizlaarga oʻxshagan boʻlmaydi.
- FATH surasi[2197]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
48:1
إِنَّا فَتَحْنَا لَكَ فَتْحًا مُّبِينًا {1}
Albatta, (Ey Muhammad!) senga aniq gʻalabani ochib berdik[2198].
48:2
لِيَغْفِرَ لَكَ اللَّهُ مَا تَقَدَّمَ مِن ذَنبِكَ وَمَا تَأَخَّرَ وَيُتِمَّ نِعْمَتَهُ عَلَيْكَ وَيَهْدِيَكَ صِرَاطًا مُّسْتَقِيمًا {2}
Alloh seni avvalgi va keyingi gunohlaringni kechirish, senga Oʻz neʼmatini toʻliq qilib berish[2199] va seni toʻgʻri yoʻlga[2200] solish uchun (shunday qildi).
48:3
وَيَنصُرَكَ اللَّهُ نَصْرًا عَزِيزًا {3}
Hamda, gʻolib keladigan shaklda senga yordam berish uchun (shunday qildi).
48:4
هُوَ الَّذِي أَنزَلَ السَّكِينَةَ فِي قُلُوبِ الْمُؤْمِنِينَ لِيَزْدَادُوا إِيمَانًا مَّعَ إِيمَانِهِمْ وَلِلَّهِ جُنُودُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَكَانَ اللَّهُ عَلِيمًا حَكِيمًا {4}
Imonlariga yana imon qoʻshilishi uchun[2201], moʻminlarning qalblariga xotirjamlik solib qoʻydi. Aslida, osmonlar va yerdagi qoʻshinlar Allohniki[2202]. Alloh biladi, toʻgʻri qaror beradi.
48:5
لِيُدْخِلَ الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِن تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا وَيُكَفِّرَ عَنْهُمْ سَيِّئَاتِهِمْ وَكَانَ ذَلِكَ عِندَ اللَّهِ فَوْزًا عَظِيمًا {5}
Oqibatda, (Alloh) moʻmin erkak va moʻmin ayollarni – ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kirgizadi va ulardan gunohlarini oʻchirib yuboradi. Mana shu Alloh nazdidagi ulkan yutuq boʻladi.
48:6
وَيُعَذِّبَ الْمُنَافِقِينَ وَالْمُنَافِقَاتِ وَالْمُشْرِكِينَ وَالْمُشْرِكَاتِ الظَّانِّينَ بِاللَّهِ ظَنَّ السَّوْءِ عَلَيْهِمْ دَائِرَةُ السَّوْءِ وَغَضِبَ اللَّهُ عَلَيْهِمْ وَلَعَنَهُمْ وَأَعَدَّ لَهُمْ جَهَنَّمَ وَسَاءتْ مَصِيرًا {6}
Hamda, Alloh haqida notoʻgʻri gumon qiladigan munofiq erkak va munofiq ayollarni, mushrik erkak va mushrik ayollarni azoblaydi. (Musulmonlarga tilagan) yomon balo oʻzlariga kelsin! Alloh ularga gʻazab qildi, ularni laʼnatladi va ularga jahannamni tayyorlab qoʻydi. U naqadar yomon joydir!
48:7
وَلِلَّهِ جُنُودُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَكَانَ اللَّهُ عَزِيزًا حَكِيمًا {7}
Osmonlar va yerdagi qoʻshinlar Allohniki. U Oʻz ishida gʻolibdir, toʻgʻri qaror beruvchidir.
48:8
إِنَّا أَرْسَلْنَاكَ شَاهِدًا وَمُبَشِّرًا وَنَذِيرًا {8}
(Ey Muhammad!) Albatta, seni guvoh[2203] qilib, xushxabar beruvchi va ogohlantiruvchi qilib yubordik[2204].
48:9
لِتُؤْمِنُوا بِاللَّهِ وَرَسُولِهِ وَتُعَزِّرُوهُ وَتُوَقِّرُوهُ وَتُسَبِّحُوهُ بُكْرَةً وَأَصِيلًا {9}
Toki, Alloh va Rasuliga ishonib-suyanasizlar, uni tarafini olasizlar[2205], uni qadrlab hurmat qilasizlar, hamda U (Alloh)ni ertayu kech ulugʻlaysizlar.
Osmonlar va yerni hukmronligi Allohga tegishli. Kechirishga munosib bandalarini kechirib yuboradi, azobga munosib bandalarini azoblaydi. Alloh kechirimli va mehribondir.
48:10
إِنَّ الَّذِينَ يُبَايِعُونَكَ إِنَّمَا يُبَايِعُونَ اللَّهَ يَدُ اللَّهِ فَوْقَ أَيْدِيهِمْ فَمَن نَّكَثَ فَإِنَّمَا يَنكُثُ عَلَى نَفْسِهِ وَمَنْ أَوْفَى بِمَا عَاهَدَ عَلَيْهُ اللَّهَ فَسَيُؤْتِيهِ أَجْرًا عَظِيمًا {10}
Senga sodiq qolishga qasamyod qilayotganlar, aslida Allohga qasamyod qilmoqda. Allohning (yordam) qoʻli qoʻllaringiz uzradir[2206]. Kim qasamini buzsa, faqat oʻz ziyoniga buzgan boʻladi. Kim u haqida Allohga soʻz bergan narsasiga rioya qilsa, Alloh unga ulugʻ ajr-mukofot beradi.
48:11
سَيَقُولُ لَكَ الْمُخَلَّفُونَ مِنَ الْأَعْرَابِ شَغَلَتْنَا أَمْوَالُنَا وَأَهْلُونَا فَاسْتَغْفِرْ لَنَا يَقُولُونَ بِأَلْسِنَتِهِم مَّا لَيْسَ فِي قُلُوبِهِمْ قُلْ فَمَن يَمْلِكُ لَكُم مِّنَ اللَّهِ شَيْئًا إِنْ أَرَادَ بِكُمْ ضَرًّا أَوْ أَرَادَ بِكُمْ نَفْعًا بَلْ كَانَ اللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرًا {11}
Orqada qolib ketgan choʻl arablari yaqinda senga: “Bizni mol-davlatimiz va oila-aʼzolarimiz band qilib qoʻydi. Shunga, biz uchun (Allohdan) kechirim soʻra”, deydi. Ular qalblarida yoʻq narsani faqat tillarida gapiradi. Ayt: «Agar Alloh sizlarga zarar yetkazishni xohlasa, yoki sizlarga foyda keltirishni xohlasa, Allohdan keladigan narsani sizlardan (qaytarishga) kimni kuchi yetadi?! Yoʻq! Alloh qilmishlaringizdan xabardordir[2207].
48:12
بَلْ ظَنَنتُمْ أَن لَّن يَنقَلِبَ الرَّسُولُ وَالْمُؤْمِنُونَ إِلَى أَهْلِيهِمْ أَبَدًا وَزُيِّنَ ذَلِكَ فِي قُلُوبِكُمْ وَظَنَنتُمْ ظَنَّ السَّوْءِ وَكُنتُمْ قَوْمًا بُورًا {12}
Aslida, sizlar endi Muhammad ham moʻminlar ham oʻz oilalariga hech qachon qaytib kelolmaydi deb oʻylagansiz. Bu gumon qalblaringizga chiroyli singdirib qoʻyilgan[2208]. Sizlar yomon gumon qildinglar va halokatga loyiq qavmga aylanib qoldinglar.»
48:13
وَمَن لَّمْ يُؤْمِن بِاللَّهِ وَرَسُولِهِ فَإِنَّا أَعْتَدْنَا لِلْكَافِرِينَ سَعِيرًا {13}
Kimki, Alloh va rasuliga ishonib-suyanmasa, (bilib qoʻysin,) Biz ham kofirlik qiluvchilarga jahannamni tayyorlab qoʻyganmiz.
48:14
وَلِلَّهِ مُلْكُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ يَغْفِرُ لِمَن يَشَاء وَيُعَذِّبُ مَن يَشَاء وَكَانَ اللَّهُ غَفُورًا رَّحِيمًا {14}
Osmonlar va yerni hukmronligi Allohga tegishli. Kechirishga munosib bandalarini kechirib yuboradi, azobga munosib bandalarini azoblaydi. Alloh juda kechirimli va mehribondir.
سَيَقُولُ الْمُخَلَّفُونَ إِذَا انطَلَقْتُمْ إِلَى مَغَانِمَ لِتَأْخُذُوهَا ذَرُونَا نَتَّبِعْكُمْ يُرِيدُونَ أَن يُبَدِّلُوا كَلَامَ اللَّهِ قُل لَّن تَتَّبِعُونَا كَذَلِكُمْ قَالَ اللَّهُ مِن قَبْلُ فَسَيَقُولُونَ بَلْ تَحْسُدُونَنَا بَلْ كَانُوا لَا يَفْقَهُونَ إِلَّا قَلِيلًا{15}
(Xaybardagi) gʻanimatlarni[2209] olish uchun ketayotganingizda, (Hudaybiyaga bormay) ortda qolib ketganlar Allohning soʻzini[2210] oʻzgartirishmoqchi boʻlib: “Bizni ham ortingizdan borishimizga qoʻyib beringlar”, deydi. Ayt: “Aslo ortimizdan bormaysizlar! Alloh ilgari mana shunday degan. Ular esa: «Bizga hasad qilyapsizlar”, deydi. Aksincha, ular (haq va haqiqatlardan) juda oz narsa tushunyapti[2211].
48:16
قُل لِّلْمُخَلَّفِينَ مِنَ الْأَعْرَابِ سَتُدْعَوْنَ إِلَى قَوْمٍ أُوْلِي بَأْسٍ شَدِيدٍ تُقَاتِلُونَهُمْ أَوْ يُسْلِمُونَ فَإِن تُطِيعُوا يُؤْتِكُمُ اللَّهُ أَجْرًا حَسَنًا وَإِن تَتَوَلَّوْا كَمَا تَوَلَّيْتُم مِّن قَبْلُ يُعَذِّبْكُمْ عَذَابًا أَلِيمًا{16}
Orqada qolib ketgan choʻl arablariga shunday de: «Yaqinda juda kuchli qavmga[2212] qarshi (jangga) chaqirilasiz. Ular bilan jang qilasiz, yoki (jangsiz) taslim boʻladilar. Agar itoat qilsangiz, Alloh sizlarga chiroyli mukofot beradi. Agar avvalgi safargidek (jangdan) bosh tortsangiz, sizlarga alamli azob beradi.»
48:17
لَيْسَ عَلَى الْأَعْمَى حَرَجٌ وَلَا عَلَى الْأَعْرَجِ حَرَجٌ وَلَا عَلَى الْمَرِيضِ حَرَجٌ وَمَن يُطِعِ اللَّهَ وَرَسُولَهُ يُدْخِلْهُ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِن تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ وَمَن يَتَوَلَّ يُعَذِّبْهُ عَذَابًا أَلِيمًا {17}
(Jangga chiqmaslikda) koʻrga tashvish yoʻq, choʻloqqa tashvish yoʻq, bemorga ham tashvish yoʻq[2213]. Kim Alloh va Rasuliga boʻysunsa, (Alloh) uni – ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga joylab qoʻyadi. Kim bosh tortsa, unga alamli azob beradi.
48:18
لَقَدْ رَضِيَ اللَّهُ عَنِ الْمُؤْمِنِينَ إِذْ يُبَايِعُونَكَ تَحْتَ الشَّجَرَةِ فَعَلِمَ مَا فِي قُلُوبِهِمْ فَأَنزَلَ السَّكِينَةَ عَلَيْهِمْ وَأَثَابَهُمْ فَتْحًا قَرِيبًا {18}
Shubhasizki, daraxt ostida qasamyod[2214] qilayotgan moʻminlarda Alloh rozi boʻldi. Qalblaridagi narsani bilib, ularga xotirjamlik berdi va ularga yaqin gʻalabadan darak berdi.
48:19
وَمَغَانِمَ كَثِيرَةً يَأْخُذُونَهَا وَكَانَ اللَّهُ عَزِيزًا حَكِيمًا{19}
Yana oʻzlari oladigan koʻplab oʻljalardan (darak berdi). Alloh oʻz ishida gʻolibdir, toʻgʻri qaror beruvchidir.
48:20
وَعَدَكُمُ اللَّهُ مَغَانِمَ كَثِيرَةً تَأْخُذُونَهَا فَعَجَّلَ لَكُمْ هَذِهِ وَكَفَّ أَيْدِيَ النَّاسِ عَنكُمْ وَلِتَكُونَ آيَةً لِّلْمُؤْمِنِينَ وَيَهْدِيَكُمْ صِرَاطًا مُّسْتَقِيمًا {20}
Alloh sizlarga oʻzingiz qoʻlga kiritadigan koʻplab oʻljalar vaʼda qildi[2215]. Endi, sizlarga shuni naqd qilib berdi – sizlardan insonlarning qoʻllarini toʻsib qoʻydi[2216]. Moʻminlarga dalil boʻlishi uchun hamda sizlarni toʻgʻri yoʻlga solishi uchun[2217] (shunday qildi).
48:21
وَأُخْرَى لَمْ تَقْدِرُوا عَلَيْهَا قَدْ أَحَاطَ اللَّهُ بِهَا وَكَانَ اللَّهُ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرًا {21}
Yana, Alloh (ilmi ila) qamragan, lekin sizlar hanuz ega boʻlmagan boshqa gʻanimatlar (ham vaʼda qildi). Alloh hamma narsaga oʻlchov qoʻyadi.
48:22
وَلَوْ قَاتَلَكُمُ الَّذِينَ كَفَرُوا لَوَلَّوُا الْأَدْبَارَ ثُمَّ لَا يَجِدُونَ وَلِيًّا وَلَا نَصِيرًا {22}
Agar kofirlik qilganlar sizlar bilan jang qilganida, aniq ortga qarab qochardilar. Keyin, doʻst ham yordamchi ham topolmagan boʻlardilar.
48:23
سُنَّةَ اللَّهِ الَّتِي قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلُ وَلَن تَجِدَ لِسُنَّةِ اللَّهِ تَبْدِيلًا {23}
(Bu) avvaldan joriy boʻlib kelgan Allohning qonunidir[2218]. Allohning qonunida oʻzgarish topa olmaysan.
48:24
وَهُوَ الَّذِي كَفَّ أَيْدِيَهُمْ عَنكُمْ وَأَيْدِيَكُمْ عَنْهُم بِبَطْنِ مَكَّةَ مِن بَعْدِ أَنْ أَظْفَرَكُمْ عَلَيْهِمْ وَكَانَ اللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرًا {24}
Sizlarni ulardan gʻolib qilganidan keyin, Makka vodiysida ularning qoʻllarini sizlardan, sizlarning qoʻllaringizni ulardan toʻsib qoʻydi[2219]. Qilayotgan ishlaringizni Alloh koʻrib turadi.
48:25
هُمُ الَّذِينَ كَفَرُوا وَصَدُّوكُمْ عَنِ الْمَسْجِدِ الْحَرَامِ وَالْهَدْيَ مَعْكُوفًا أَن يَبْلُغَ مَحِلَّهُ وَلَوْلَا رِجَالٌ مُّؤْمِنُونَ وَنِسَاء مُّؤْمِنَاتٌ لَّمْ تَعْلَمُوهُمْ أَن تَطَؤُوهُمْ فَتُصِيبَكُم مِّنْهُم مَّعَرَّةٌ بِغَيْرِ عِلْمٍ لِيُدْخِلَ اللَّهُ فِي رَحْمَتِهِ مَن يَشَاء لَوْ تَزَيَّلُوا لَعَذَّبْنَا الَّذِينَ كَفَرُوا مِنْهُمْ عَذَابًا أَلِيمًا {25}
Ular kofirlik qilib, sizlarni Masjidul-Haromdan va kutilgan qurbonliklarni manziliga yetib borishidan toʻsgan kimsalardir. Agar sizlar hanuz oʻzingiz tanimagan-bilmagan (Makkadagi) moʻmin erkaklar va moʻmina ayollarni ezib-halok qilib qoʻyib, bilmagan holatingizda oʻzingizga oriyat musibati yetish ehtimoli boʻlmaganida (oʻsha kuni Makkani fath qilishga buyurar edi). Alloh Oʻzi munosib bilgan bandalarini rahmatiga musharraf qiladi. Agar (bir-biridan) ajralib turishganida, ular orasidagi kofirlik qilganlarga albatta alamli azob berardik.
48:26
إِذْ جَعَلَ الَّذِينَ كَفَرُوا فِي قُلُوبِهِمُ الْحَمِيَّةَ حَمِيَّةَ الْجَاهِلِيَّةِ فَأَنزَلَ اللَّهُ سَكِينَتَهُ عَلَى رَسُولِهِ وَعَلَى الْمُؤْمِنِينَ وَأَلْزَمَهُمْ كَلِمَةَ التَّقْوَى وَكَانُوا أَحَقَّ بِهَا وَأَهْلَهَا وَكَانَ اللَّهُ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمًا {26}
Kofirlik qilganlar oʻshanda qalblarida qiziqqonlikni – johillik qiziqqonligini paydo qilgan. Alloh esa, Elchisi (Muhammad) va moʻminlarning qalbiga xotirjamlik tushirgan, ularga (gunoh boʻlmaydigan) taqvoli soʻzlar aytish kerakligini bildirgan. Zero, ular oʻshanga haqli va loyiq edi. Alloh hamma narsani biladi.
48:27
لَقَدْ صَدَقَ اللَّهُ رَسُولَهُ الرُّؤْيَا بِالْحَقِّ لَتَدْخُلُنَّ الْمَسْجِدَ الْحَرَامَ إِن شَاء اللَّهُ آمِنِينَ مُحَلِّقِينَ رُؤُوسَكُمْ وَمُقَصِّرِينَ لَا تَخَافُونَ فَعَلِمَ مَا لَمْ تَعْلَمُوا فَجَعَلَ مِن دُونِ ذَلِكَ فَتْحًا قَرِيبًا {27}
Alloh Oʻz elchisining tushi rost ekanini tasdiqladi – Alloh nasib qilsa, xotirjamlikda, (biringiz) sochlaringizni oldirib va (biringiz) qisqartirib, qoʻrqmasdan Masjidul-Haromga kirasizlar. Sizlar bilmagan narsani Alloh biladi, bu narsadan avval sizlarga yaqinda sodir boʻladigan gʻalaba ber(a)di[2220].
48:28
هُوَ الَّذِي أَرْسَلَ رَسُولَهُ بِالْهُدَى وَدِينِ الْحَقِّ لِيُظْهِرَهُ عَلَى الدِّينِ كُلِّهِ وَكَفَى بِاللَّهِ شَهِيدًا {28}
U (Alloh) Oʻz dinini barcha dinlardan ustun qilish uchun[2221], Elchisi (Muhammad)ni rahnamo – Qurʼon[2222] va (undagi) toʻgʻri din bilan yubordi. Guvohlikka Alloh kifoyadir.
48:29
مُّحَمَّدٌ رَّسُولُ اللَّهِ وَالَّذِينَ مَعَهُ أَشِدَّاء عَلَى الْكُفَّارِ رُحَمَاء بَيْنَهُمْ تَرَاهُمْ رُكَّعًا سُجَّدًا يَبْتَغُونَ فَضْلًا مِّنَ اللَّهِ وَرِضْوَانًا سِيمَاهُمْ فِي وُجُوهِهِم مِّنْ أَثَرِ السُّجُودِ ذَلِكَ مَثَلُهُمْ فِي التَّوْرَاةِ وَمَثَلُهُمْ فِي الْإِنجِيلِ كَزَرْعٍ أَخْرَجَ شَطْأَهُ فَآزَرَهُ فَاسْتَغْلَظَ فَاسْتَوَى عَلَى سُوقِهِ يُعْجِبُ الزُّرَّاعَ لِيَغِيظَ بِهِمُ الْكُفَّارَ وَعَدَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ مِنْهُم مَّغْفِرَةً وَأَجْرًا عَظِيمًا {29}
Muhammad Allohning elchisidir. Uning hamrohlari kofirlarga nisbatan qattiq, oʻzaro mehribondir[2223]. Ular Allohning fazlini – jannatini va roziligini istab rukuʼ va sajda qilayotganini koʻrasan. Sajdalarning taʼsiri tufayli, yuzlarida alomatlari boʻladi[2224]. Bu ularning Tavrotdagi oʻrnaklaridir. Injildagi oʻrnaklari shunday: (Ular goʻyoki) urugʻini yorib chiqarib, oʻzini kuchaytirib, yoʻgʻonlashib oʻz novdasida tik turib dehqonlarni lol qoldirayotgan oʻsimlikka oʻxshaydi. Toki, (Alloh) ular tufayli kofirlarni jahlini chiqaradi. Ulardan[2225] imon keltirib xayrli ishlarni amalga oshirganlariga Alloh magʻfirat va buyuk mukofot vaʼda qildi.
- HUJUROT surasi[2226]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
49:1
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تُقَدِّمُوا بَيْنَ يَدَيِ اللَّهِ وَرَسُولِهِ وَاتَّقُوا اللَّهَ إِنَّ اللَّهَ سَمِيعٌ عَلِيمٌ {1}
Ey moʻminlar! Alloh va Rasulidan (kitobidan)[2227] ilgarilab ketmang![2228] Allohga nisbatan javobgarlikni his qiling. Alloh eshitadi, biladi.
49:2
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَرْفَعُوا أَصْوَاتَكُمْ فَوْقَ صَوْتِ النَّبِيِّ وَلَا تَجْهَرُوا لَهُ بِالْقَوْلِ كَجَهْرِ بَعْضِكُمْ لِبَعْضٍ أَن تَحْبَطَ أَعْمَالُكُمْ وَأَنتُمْ لَا تَشْعُرُونَ {2}
Ey moʻminlar! Ovozlaringizni paygʻambarning ovozidan baland koʻtarmang! Bir-biringizga baland ovozda gapirganingiz kabi, unga ham baland ovozda gapirmang — oʻzingiz farqiga bormagan holda amallaringiz habata boʻlib ketadi[2229].
49:3
إِنَّ الَّذِينَ يَغُضُّونَ أَصْوَاتَهُمْ عِندَ رَسُولِ اللَّهِ أُوْلَئِكَ الَّذِينَ امْتَحَنَ اللَّهُ قُلُوبَهُمْ لِلتَّقْوَى لَهُم مَّغْفِرَةٌ وَأَجْرٌ عَظِيمٌ {3}
Rasulullohning yonida ovozlarini pasaytiradigan kishilar – Alloh ularning qalblarini gunohdan saqlanishga – taqvoga samimiy qilib qoʻygan kishilardir[2230]. Ularga magʻfirat[2231] va buyuk mukofot bor.
49:4
إِنَّ الَّذِينَ يُنَادُونَكَ مِن وَرَاء الْحُجُرَاتِ أَكْثَرُهُمْ لَا يَعْقِلُونَ {4}
(Ey Muhammad!) Senga xonalarning orqasida turib murojaat qiladigan kishilarning koʻpchiligi aqlini ishlatmayapti.
49:5
وَلَوْ أَنَّهُمْ صَبَرُوا حَتَّى تَخْرُجَ إِلَيْهِمْ لَكَانَ خَيْرًا لَّهُمْ وَاللَّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ {5}
Sen ularning yoniga chiqquningga qadar (baqirmasdan) chidab turishganida, albatta oʻzlariga yaxshi boʻlardi[2232]. Alloh kechirimli va mehribondir.
49:6
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِن جَاءكُمْ فَاسِقٌ بِنَبَأٍ فَتَبَيَّنُوا أَن تُصِيبُوا قَوْمًا بِجَهَالَةٍ فَتُصْبِحُوا عَلَى مَا فَعَلْتُمْ نَادِمِينَ{6}
Ey moʻminlar! Axloqsiz – fosiq kishi sizlarga biron bir xabar keltirsa, bilmasdan biron bir qavmga musibat keltirib qoʻyib, qilgan ishingizdan pushaymon boʻlib qolmasligingiz uchun (xabarni) yaxshilab aniqlanglar[2233].
49:7
وَاعْلَمُوا أَنَّ فِيكُمْ رَسُولَ اللَّهِ لَوْ يُطِيعُكُمْ فِي كَثِيرٍ مِّنَ الْأَمْرِ لَعَنِتُّمْ وَلَكِنَّ اللَّهَ حَبَّبَ إِلَيْكُمُ الْإِيمَانَ وَزَيَّنَهُ فِي قُلُوبِكُمْ وَكَرَّهَ إِلَيْكُمُ الْكُفْرَ وَالْفُسُوقَ وَالْعِصْيَانَ أُوْلَئِكَ هُمُ الرَّاشِدُونَ {7}
Bilinglarki, orangizda Allohning Elchisi bor! Agar u koʻp ishlarda sizlarga boʻysunganida, aniq muammoga tushib qolardingiz[2234]. Biroq, Alloh sizlarga imon-ishonchni sevimli qilib, uni qalblaringizning koʻrki qilib qoʻydi. Sizlarga ishonmaslikni, axloqsizlikni va itoatsizlikni yomon koʻrsatib qoʻydi[2235]. Mana shular toʻgʻri yoʻlga musharraf boʻlgan kishilardir.
49:8
فَضْلًا مِّنَ اللَّهِ وَنِعْمَةً وَاللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ {8}
Bu Alloh tarafidan qilingan oliyjanoblik va bir neʼmatdir. Alloh biladi, toʻgʻri qaror qiladi.
49:9
وَإِن طَائِفَتَانِ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ اقْتَتَلُوا فَأَصْلِحُوا بَيْنَهُمَا فَإِن بَغَتْ إِحْدَاهُمَا عَلَى الْأُخْرَى فَقَاتِلُوا الَّتِي تَبْغِي حَتَّى تَفِيءَ إِلَى أَمْرِ اللَّهِ فَإِن فَاءتْ فَأَصْلِحُوا بَيْنَهُمَا بِالْعَدْلِ وَأَقْسِطُوا إِنَّ اللَّهَ يُحِبُّ الْمُقْسِطِينَ{9}
Agar ikkita moʻmin toifa[2236] oʻzaro urishib qolsa, oralaridagi munosabatni tuzatinglar. Soʻngra (islohni qabul qilmay) ikkalasidan biri boshqasiga tajovuz qilsa, toki Allohning (kitobidagi) amriga[2237] qaytgunga qadar, tajovuz qilganlarga qarshi sizlar ham jang qilinglar. Agar (tajovuzdan) qaytsa, oralaridagi munosabatni adolat bilan tuzatib qoʻyinglar, adolatli boʻlinglar! Albatta, Alloh adolatli kishilarni yaxshi koʻradi.
49:10
إِنَّمَا الْمُؤْمِنُونَ إِخْوَةٌ فَأَصْلِحُوا بَيْنَ أَخَوَيْكُمْ وَاتَّقُوا اللَّهَ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ {10}
Moʻminlar faqatgina birodardir – birodarlaringiz oralaridagi munosabatni tuzating! Allohga nisbatan javobgarlikni his qilingki, sizlarga rahm qilinadi.
49:11
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا يَسْخَرْ قَومٌ مِّن قَوْمٍ عَسَى أَن يَكُونُوا خَيْرًا مِّنْهُمْ وَلَا نِسَاء مِّن نِّسَاء عَسَى أَن يَكُنَّ خَيْرًا مِّنْهُنَّ وَلَا تَلْمِزُوا أَنفُسَكُمْ وَلَا تَنَابَزُوا بِالْأَلْقَابِ بِئْسَ الاِسْمُ الْفُسُوقُ بَعْدَ الْإِيمَانِ وَمَن لَّمْ يَتُبْ فَأُوْلَئِكَ هُمُ الظَّالِمُونَ {11}
Ey moʻminlar! Biron bir qavm boshqa qavmni masxara qilmasin. Balki, ular oʻzlaridan yaxshi boʻlishi mumkin. Ayollar ham boshqa ayollarni masxara qilmasin. Balki, ular oʻzlaridan yaxshi boʻlishi mumkin. Bir-biringizni ayblamanglar, bir-biringizga yomon laqab qoʻymanglar. Imondan keyin (birovni) axloqsizlik – fosiqlik bilan nomlash[2238] qanday ham yomon! Kimki tavba qilmasa, ana shular zolimlardir.
49:12
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اجْتَنِبُوا كَثِيرًا مِّنَ الظَّنِّ إِنَّ بَعْضَ الظَّنِّ إِثْمٌ وَلَا تَجَسَّسُوا وَلَا يَغْتَب بَّعْضُكُم بَعْضًا أَيُحِبُّ أَحَدُكُمْ أَن يَأْكُلَ لَحْمَ أَخِيهِ مَيْتًا فَكَرِهْتُمُوهُ وَاتَّقُوا اللَّهَ إِنَّ اللَّهَ تَوَّابٌ رَّحِيمٌ {12}
Ey moʻminlar! Koʻp gumondan uzoq turing. Chunki, ayrim gumonlar[2239] gunohdir. Josuslik qilmanglar. Bir-biringizni yoʻqligida yomonlab eslamang[2240]. Yoki birortangiz oʻlgan birodarining goʻshtini yeyishni yaxshi koʻradimi?! Axir u ishdan jirkanasizlar-ku! Allohga nisbatan javobgarlikni his qiling. Alloh tavbalarni qabul qiluvchi va mehribondir.
49:13
يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنَّا خَلَقْنَاكُم مِّن ذَكَرٍ وَأُنثَى وَجَعَلْنَاكُمْ شُعُوبًا وَقَبَائِلَ لِتَعَارَفُوا إِنَّ أَكْرَمَكُمْ عِندَ اللَّهِ أَتْقَاكُمْ إِنَّ اللَّهَ عَلِيمٌ خَبِيرٌ {13}
Ey insonlar! Sizlarni bir erkak va bir ayoldan yaratdik. Bir-biringiz bilan tanishishingiz uchun, sizlarni turli xalqlar va qabilalarga ayirdik. Allohga koʻra sizlarning eng hurmatligingiz eng masʼuliyatligingizdir. Alloh biluvchidir, xabardordir.
49:14
قَالَتِ الْأَعْرَابُ آمَنَّا قُل لَّمْ تُؤْمِنُوا وَلَكِن قُولُوا أَسْلَمْنَا وَلَمَّا يَدْخُلِ الْإِيمَانُ فِي قُلُوبِكُمْ وَإِن تُطِيعُوا اللَّهَ وَرَسُولَهُ لَا يَلِتْكُم مِّنْ أَعْمَالِكُمْ شَيْئًا إِنَّ اللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ {14}
Choʻl arablari: “Biz ham moʻmin boʻldik” dedilar. Ayt: “Sizlar hanuz moʻmin boʻlmadinglar. Lekin sizlar «Taslim boʻldik” deb aytinglar. (Chunki) hali hanuz imon qalblaringizga kirgani yoʻq[2241]. Alloh va Rasuliga/risolatiga itoat qilsanglar, (Alloh) amallaringizdan hech narsani kamaytirib qoʻymaydi. Alloh kechirimli va mehribondir.
49:15
إِنَّمَا الْمُؤْمِنُونَ الَّذِينَ آمَنُوا بِاللَّهِ وَرَسُولِهِ ثُمَّ لَمْ يَرْتَابُوا وَجَاهَدُوا بِأَمْوَالِهِمْ وَأَنفُسِهِمْ فِي سَبِيلِ اللَّهِ أُوْلَئِكَ هُمُ الصَّادِقُونَ {15}
Chin moʻminlar Alloh va Rasuliga ishonib, keyin shubha qilmagan, mollari va jonlari bilan Alloh yoʻlida kurashgan kishilardir. (Imonida) sodiqlar ana shulardir.
49:16
قُلْ أَتُعَلِّمُونَ اللَّهَ بِدِينِكُمْ وَاللَّهُ يَعْلَمُ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ وَاللَّهُ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ {16}
Ayt: “(Ey choʻl arablari,) sizlar diningizni Allohga oʻrgatyapsizmi?! Alloh osmonlardagi narsalarni ham biladi, yerdagi narsalarni ham biladi. Alloh hamma narsani biladi.”[2242]
49:17
يَمُنُّونَ عَلَيْكَ أَنْ أَسْلَمُوا قُل لَّا تَمُنُّوا عَلَيَّ إِسْلَامَكُم بَلِ اللَّهُ يَمُنُّ عَلَيْكُمْ أَنْ هَدَاكُمْ لِلْإِيمَانِ إِن كُنتُمْ صَادِقِينَ {17}
Ular musulmon boʻlishganini senga minnat[2243] qilyapti. Ayt: «Musulmonligingizni menga minnat qilmang. Agar (imoningizda) sodiq boʻlsangiz, sizlarni imonga yetaklagani uchun, aslida Alloh sizlarga minnat qiladi.
49:18
إِنَّ اللَّهَ يَعْلَمُ غَيْبَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَاللَّهُ بَصِيرٌ بِمَا تَعْمَلُونَ {18}
Osmonlar va yerda yashiringan-maxfiy narsalarni Alloh aniq biladi.
Alloh qilmishlaringizni koʻrib turadi.
- QOF surasi[2244]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
50:1
ق وَالْقُرْآنِ الْمَجِيدِ {1}
Qof![2245] Ulugʻvor Qurʼonga ont boʻlsin![2246]
50:2
بَلْ عَجِبُوا أَن جَاءهُمْ مُنذِرٌ مِّنْهُمْ فَقَالَ الْكَافِرُونَ هَذَا شَيْءٌ عَجِيبٌ {2}
Aslida, ularga oʻzlari orasidan ogohantiruvchi kelganiga ajablandilar. Shunda, (qiyomatga ishonmagan) kofirlar shunday[2247] dedi: «Bu juda gʻalati narsa-ku!
50:3
أَئِذَا مِتْنَا وَكُنَّا تُرَابًا ذَلِكَ رَجْعٌ بَعِيدٌ {3}
Oʻlib tuproqqa aylanib ketganimizda (tirilamiz)mi? Bu amrimahol qaytishdir[2248].»
50:4
قَدْ عَلِمْنَا مَا تَنقُصُ الْأَرْضُ مِنْهُمْ وَعِندَنَا كِتَابٌ حَفِيظٌ {4}
Yer ular (ning vujudlaridan) nimani kamaytirayotganini bilib turibmiz[2249]. Huzurimizda (maʼlumotlarni) saqlab qoladigan kitob bor[2250].
50:5
بَلْ كَذَّبُوا بِالْحَقِّ لَمَّا جَاءهُمْ فَهُمْ فِي أَمْرٍ مَّرِيجٍ {5}
Aslida, ular oʻzlariga haq (Kitob)[2251] kelganida uni yolgʻonga chiqardilar. Natijada, ular parishon ahvolga tushib qoldilar.
50:6
أَفَلَمْ يَنظُرُوا إِلَى السَّمَاء فَوْقَهُمْ كَيْفَ بَنَيْنَاهَا وَزَيَّنَّاهَا وَمَا لَهَا مِن فُرُوجٍ {6}
Axir, tepalaridagi osmonni qanday barpo qilganimizni, uni (yulduzlar bilan) bezab qoʻyganimizni va unda yoriqlar yoʻqligini koʻrmadilarmi?![2252]
50:7
وَالْأَرْضَ مَدَدْنَاهَا وَأَلْقَيْنَا فِيهَا رَوَاسِيَ وَأَنبَتْنَا فِيهَا مِن كُلِّ زَوْجٍ بَهِيجٍ {7}
Yerni kengaytirib qoʻydik, ichida kuchlar (tortish kuchi) paydo qildik, unda har turli goʻzal (oʻsimlik) juftlar undirdik.
50:8
تَبْصِرَةً وَذِكْرَى لِكُلِّ عَبْدٍ مُّنِيبٍ {8}
(Bular Rabbiga) yoʻnaluvchi har bir banda uchun koʻrsatma va nasihatdir.
50:9
وَنَزَّلْنَا مِنَ السَّمَاء مَاء مُّبَارَكًا فَأَنبَتْنَا بِهِ جَنَّاتٍ وَحَبَّ الْحَصِيدِ {9}
Biz osmondan barakatli[2253] yomgʻir yogʻdirib, u orqali bogʻu boʻstonlar va donli hosillar undirdik.
50:10
وَالنَّخْلَ بَاسِقَاتٍ لَّهَا طَلْعٌ نَّضِيدٌ {10}
Zich gʻunchali baland-baland xurmo daraxtlar (undirdik).
50:11
رِزْقًا لِّلْعِبَادِ وَأَحْيَيْنَا بِهِ بَلْدَةً مَّيْتًا كَذَلِكَ الْخُرُوجُ {11}
Bandalarimizga rizq boʻlsin deb (shunday qildik). Oʻlik yerni yomgʻir bilan jonlantirdik. (Qiyomatda qabrdan) chiqish shunday boʻladi[2254].
50:12
كَذَّبَتْ قَبْلَهُمْ قَوْمُ نُوحٍ وَأَصْحَابُ الرَّسِّ وَثَمُودُ {12}
U (Makkalik)lardan oldin Nuh qavmi, Quduq[2255] egalari va Samud qavmi ham (elchilarni) yolgʻonchiga chiqargan.
50:13
وَعَادٌ وَفِرْعَوْنُ وَإِخْوَانُ لُوطٍ {13}
Od, Firʼavn va Lut birodarlari,
50:14
وَأَصْحَابُ الْأَيْكَةِ وَقَوْمُ تُبَّعٍ كُلٌّ كَذَّبَ الرُّسُلَ فَحَقَّ وَعِيدِ {14}
Aykaliklar[2256], Tubbaʼ qavmi – bularning barchasi oʻzlariga yuborilgan elchilarni yolgʻonchiga chiqardilar. Natijada, (azob haqidagi) tahdidim amalga oshdi.
50:15
أَفَعَيِينَا بِالْخَلْقِ الْأَوَّلِ بَلْ هُمْ فِي لَبْسٍ مِّنْ خَلْقٍ جَدِيدٍ {15}
Birinchi yaratishda ojizlik qilibmizmi?! Yoʻq! Aslida, ular yangitdan yaratilish haqida shubhadadirlar.
50:16
وَلَقَدْ خَلَقْنَا الْإِنسَانَ وَنَعْلَمُ مَا تُوَسْوِسُ بِهِ نَفْسُهُ وَنَحْنُ أَقْرَبُ إِلَيْهِ مِنْ حَبْلِ الْوَرِيدِ {16}
Shubhasizki, insonni Biz yaratdik. Uni koʻnglidan oʻtkizgan narsasini bilib turamiz. Biz unga nerv uchlaridan ham yaqinmiz[2257].
50:17
إِذْ يَتَلَقَّى الْمُتَلَقِّيَانِ عَنِ الْيَمِينِ وَعَنِ الشِّمَالِ قَعِيدٌ {17}
Zero, oʻng va chapda ikkitasi kutib oladi.
50:18
مَا يَلْفِظُ مِن قَوْلٍ إِلَّا لَدَيْهِ رَقِيبٌ عَتِيدٌ {18}
Qanday gap gapirishidan qatʼiy nazar, yonida kuzatib turgan biri doim boʻladi[2258].
50:19
وَجَاءتْ سَكْرَةُ الْمَوْتِ بِالْحَقِّ ذَلِكَ مَا كُنتَ مِنْهُ تَحِيدُ {19}
Oʻlim sarxushligi haqiqatni – oʻlimni olib keladi[2259]. Sen qochib yurgan narsadir bu!
50:20
وَنُفِخَ فِي الصُّورِ ذَلِكَ يَوْمُ الْوَعِيدِ {20}
Va surga puflanadi. Ana oʻsha vaʼda qilingan kundir.
50:21
وَجَاءتْ كُلُّ نَفْسٍ مَّعَهَا سَائِقٌ وَشَهِيدٌ {21}
Har kim oʻzi bilan (uni hisob-kitobga) yetaklab keluvchi va guvoh boʻluvchi (farishtasi) bilan birga keladi[2260].
50:22
لَقَدْ كُنتَ فِي غَفْلَةٍ مِّنْ هَذَا فَكَشَفْنَا عَنكَ غِطَاءكَ فَبَصَرُكَ الْيَوْمَ حَدِيدٌ {22}
(Unga) «Sen bundan gʻaflatda eding. Sendan gʻaflat pardangni ochdik. Endi, bugun qarashing oʻtkirdir[2261]» (deyiladi).
50:23
وَقَالَ قَرِينُهُ هَذَا مَا لَدَيَّ عَتِيدٌ {23}
Uning (gunohdagi) sherigi: “Mana bu oldimdagi tayyor”, deydi[2262].
50:24
أَلْقِيَا فِي جَهَنَّمَ كُلَّ كَفَّارٍ عَنِيدٍ {24}
Va shunday deyiladi: «Haqni tan olmay qaysarlik[2263] qiluvchi har bir kofirni jahannamga uloqtiringlar!
50:25
مَّنَّاعٍ لِّلْخَيْرِ مُعْتَدٍ مُّرِيبٍ {25}
Yaxshilikka bor kuchi bilan toʻsqinlik qiluvchini, tajovuzkorni va (haqdan) shubhalanuvchini.
50:26
الَّذِي جَعَلَ مَعَ اللَّهِ إِلَهًا آخَرَ فَأَلْقِيَاهُ فِي الْعَذَابِ الشَّدِيدِ {26}
U Alloh bilan birga yana boshqasini iloh qilib olgan edi, endi uni qattiq azobga uloqtiringlar» (deyiladi).
50:27
قَالَ قَرِينُهُ رَبَّنَا مَا أَطْغَيْتُهُ وَلَكِن كَانَ فِي ضَلَالٍ بَعِيدٍ {27}
Uning (gunohdagi) sherigi: “Ey yaratgan Egamiz! Uni men adashtirmaganman. Lekin, uning oʻzi qattiq zalolatda boʻlgan”, deydi[2264].
50:28
قَالَ لَا تَخْتَصِمُوا لَدَيَّ وَقَدْ قَدَّمْتُ إِلَيْكُم بِالْوَعِيدِ {28}
Alloh shunday deydi: «Huzurimda tortishmanglar, sizlarga azob tahdidini taqdim qilganman[2265].
50:29
مَا يُبَدَّلُ الْقَوْلُ لَدَيَّ وَمَا أَنَا بِظَلَّامٍ لِّلْعَبِيدِ {29}
Mening huzurimda soʻz oʻzgartirilmaydi. Zero, Men bandalarimga haqsizlik qiluvchi emasman[2266].
50:30
يَوْمَ نَقُولُ لِجَهَنَّمَ هَلِ امْتَلَأْتِ وَتَقُولُ هَلْ مِن مَّزِيدٍ {30}
Oʻsha kuni jahannamga “Toʻldingmi?” deymiz, u: “Qoʻshimcha bormi?” deydi[2267].
50:31
وَأُزْلِفَتِ الْجَنَّةُ لِلْمُتَّقِينَ غَيْرَ بَعِيدٍ {31}
Masʼuliyatli (moʻmin)lar uchun jannat yaqinlashtiriladi, uzoq emas[2268].
50:32
هَذَا مَا تُوعَدُونَ لِكُلِّ أَوَّابٍ حَفِيظٍ {32}
(Ularga shunday deyiladi) «Sizlarga shu narsa vaʼda qilingan[2269]. (Bu) doim haqqa yoʻnaluvchi va (Allohning buyruqlarini) muhofaza qiluvchi har kim uchundir.
50:33
مَنْ خَشِيَ الرَّحْمَن بِالْغَيْبِ وَجَاء بِقَلْبٍ مُّنِيبٍ {33}
Koʻrmasa[2270] ham Rahmondan qoʻrqib, boʻysunuvchi qalb ila kelganlar uchundir.
50:34
ادْخُلُوهَا بِسَلَامٍ ذَلِكَ يَوْمُ الْخُلُودِ {34}
U yerga tinch-salomat kiringlar! Bu oʻlimsiz – mangulik kunidir.»
50:35
لَهُم مَّا يَشَاؤُونَ فِيهَا وَلَدَيْنَا مَزِيدٌ {35}
Jannatda ular uchun koʻngli tusagan narsalar (boʻladi). Huzurimizda qoʻshimchasi ham (boʻladi)[2271].
50:36
وَكَمْ أَهْلَكْنَا قَبْلَهُم مِّن قَرْنٍ هُمْ أَشَدُّ مِنْهُم بَطْشًا فَنَقَّبُوا فِي الْبِلَادِ هَلْ مِن مَّحِيصٍ {36}
Bulardan oldin qanchadan-qancha nasllarni halok qilib yuborganmiz. Ular bularga qaraganda kuch-quvvatda yuqori darajada kuchli edi. Shunday boʻlishiga qaramay, ular (oʻlimdan) qutulish bormikin?- deb yurt-ma yurt izlanib qolgan[2272].
50:37
إِنَّ فِي ذَلِكَ لَذِكْرَى لِمَن كَانَ لَهُ قَلْبٌ أَوْ أَلْقَى السَّمْعَ وَهُوَ شَهِيدٌ {37}
(Salomat) qalbli insonlar va[2273] (oyatlar haqida) mushohada[2274] qilib quloq solgan insonlar uchun bunda nasihat bor.
50:38
وَلَقَدْ خَلَقْنَا السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا فِي سِتَّةِ أَيَّامٍ وَمَا مَسَّنَا مِن لُّغُوبٍ {38}
Haqiqatda, osmonlar, yer va ular orasidagilarni olti kun[2275] (olti davrda) yaratdik, Bizga hech qanday qiyinchilik kelgani yoʻq[2276].
50:39
فَاصْبِرْ عَلَى مَا يَقُولُونَ وَسَبِّحْ بِحَمْدِ رَبِّكَ قَبْلَ طُلُوعِ الشَّمْسِ وَقَبْلَ الْغُرُوبِ {39}
Ular aytayotgan gaplarga bardosh qil. Quyosh chiqishidan oldin va botishidan oldin yaratgan Egangni olqishlab ulugʻla.
50:40
وَمِنَ اللَّيْلِ فَسَبِّحْهُ وَأَدْبَارَ السُّجُودِ {40}
Tunda va sajdalar ortidan ham Uni ulugʻla[2277].
50:41
وَاسْتَمِعْ يَوْمَ يُنَادِ الْمُنَادِ مِن مَّكَانٍ قَرِيبٍ {41}
Quloq sol![2278] Bir kuni jarchi yaqin joydan (tirilishga) chaqiradi[2279].
50:42
يَوْمَ يَسْمَعُونَ الصَّيْحَةَ بِالْحَقِّ ذَلِكَ يَوْمُ الْخُرُوجِ {42}
U kuni (insonlar) oʻsha dahshatli ovozni rostdan eshitadi. U (qabrlardan) chiqish kunidir[2280].
50:43
إِنَّا نَحْنُ نُحْيِي وَنُمِيتُ وَإِلَيْنَا الْمَصِيرُ {43}
Albatta, yashatadigan ham, oʻldiradigan ham Bizmiz. Qaytish Bizgadir.
50:44
يَوْمَ تَشَقَّقُ الْأَرْضُ عَنْهُمْ سِرَاعًا ذَلِكَ حَشْرٌ عَلَيْنَا يَسِيرٌ {44}
U kuni ularning tepasidagi yer yorilib tezda (chiqadilar). Bu Biz uchun qulay toʻplashdir.
50:45
نَحْنُ أَعْلَمُ بِمَا يَقُولُونَ وَمَا أَنتَ عَلَيْهِم بِجَبَّارٍ فَذَكِّرْ بِالْقُرْآنِ مَن يَخَافُ وَعِيدِ {45}
Ular nima deyotganlarini Biz yaxshi bilamiz. Sen ularni (imonga) zoʻrlovchi emassan. Shuning uchun, Qurʼon bilan tahdidimdan qoʻrqqanlarga nasihat qil[2281].
- ZORIYOT surasi[2282]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
51:1
وَالذَّارِيَاتِ ذَرْوًا {1}
Ont boʻlsin, esib toʻzituvchilarga,
51:2
فَالْحَامِلَاتِ وِقْرًا {2}
Ogʻir yuk (vahiy) tashuvchilarga,
51:3
فَالْجَارِيَاتِ يُسْرًا {3}
Osongina suzuvchilarga,
51:4
فَالْمُقَسِّمَاتِ أَمْرًا {4}
Ishni taqsimlovchilargaki[2283],
51:5
إِنَّمَا تُوعَدُونَ لَصَادِقٌ {5}
Sizlarga vaʼda qilinayotgan narsalar albatta toʻgʻridir.
51:6
وَإِنَّ الدِّينَ لَوَاقِعٌ {6}
Sarhisob[2284] albatta sodir boʻladi.
51:7
وَالسَّمَاء ذَاتِ الْحُبُكِ {7}
Bir-biriga bogʻlik/oʻrilgan samoga ont boʻlsinki,
51:8
إِنَّكُمْ لَفِي قَوْلٍ مُّخْتَلِفٍ {8}
Sizlar aniq qarama-qarshi soʻz(lar) ichidasiz[2285].
51:9
يُؤْفَكُ عَنْهُ مَنْ أُفِكَ {9}
Undan (Qurʼondan) burilgan kishi biratoʻla burib qoʻyiladi[2286].
51:10
قُتِلَ الْخَرَّاصُونَ {10}
Hadeb gumon-taxminlarini (toʻgʻri deya) gapiraveradiganlarning joni chiqsin!
51:11
الَّذِينَ هُمْ فِي غَمْرَةٍ سَاهُونَ {11}
Ular jaholatda nima qilayotganini bilmaydigan kimsalardir.
51:12
يَسْأَلُونَ أَيَّانَ يَوْمُ الدِّينِ {12}
Ular “sarhisob kuni oʻzi qachon?”- deb soʻrashmoqda[2287].
51:13
يَوْمَ هُمْ عَلَى النَّارِ يُفْتَنُونَ {13}
U kuni ular jahannamda fitnalanadi.
51:14
ذُوقُوا فِتْنَتَكُمْ هَذَا الَّذِي كُنتُم بِهِ تَسْتَعْجِلُونَ {14}
(Ularga) «Fitnangizni totinglar endi! Oʻzingiz shoshiltirgan narsa mana shudir», (deyiladi).
51:15
إِنَّ الْمُتَّقِينَ فِي جَنَّاتٍ وَعُيُونٍ {15}
Masʼuliyatli (moʻmin)lar jannatlar va chashmai buloqlar ichra qoladi.
51:16
آخِذِينَ مَا آتَاهُمْ رَبُّهُمْ إِنَّهُمْ كَانُوا قَبْلَ ذَلِكَ مُحْسِنِينَ {16}
Oʻzlarining yaratgan Egasi bergan neʼmatlarni olgan holda (qoladilar). Chunki, undan oldin ular (dunyoda) yaxshilik qiluvchi edilar.
51:17
كَانُوا قَلِيلًا مِّنَ اللَّيْلِ مَا يَهْجَعُونَ {17}
Ular kechalari (Alloh uchun) oz uxlar edi.
51:18
وَبِالْأَسْحَارِ هُمْ يَسْتَغْفِرُونَ {18}
Saharlari ular (Allohdan gunohlari uchun) kechirim[2288] soʻrardilar.
51:19
وَفِي أَمْوَالِهِمْ حَقٌّ لِّلسَّائِلِ وَالْمَحْرُومِ {19}
Ularning mol-davlatida, ochiqcha soʻray oladigan va ochiqcha soʻray olmaydigan kishilar uchun (ajratiladigan) haq boʻlardi[2289].
51:20
وَفِي الْأَرْضِ آيَاتٌ لِّلْمُوقِنِينَ {20}
Qatʼiy ishonuvchilar uchun yerda oyat-dalillar bor.
51:21
وَفِي أَنفُسِكُمْ أَفَلَا تُبْصِرُونَ {21}
Sizlarning oʻzingizda ham (oyat-dalillar bor)[2290]. Nahot koʻrmayotgan boʻlsanglar?!
51:22
وَفِي السَّمَاء رِزْقُكُمْ وَمَا تُوعَدُونَ {22}
Rizqingiz va sizlarga vaʼda qilingan narsa samodadir[2291].
51:23
فَوَرَبِّ السَّمَاء وَالْأَرْضِ إِنَّهُ لَحَقٌّ مِّثْلَ مَا أَنَّكُمْ تَنطِقُونَ {23}
Osmon va yerning Rabbiga ont boʻlsinki, sizlar oʻzingiz nutq qilayotgan gaplaringiz kabi u (Qurʼon) ham haqdir[2292].
51:24
هَلْ أَتَاكَ حَدِيثُ ضَيْفِ إِبْرَاهِيمَ الْمُكْرَمِينَ {24}
Senga Ibrohimning hurmatli mehmon (farishta)lari haqidagi xabar keldimi?
51:25
إِذْ دَخَلُوا عَلَيْهِ فَقَالُوا سَلَامًا قَالَ سَلَامٌ قَوْمٌ مُّنكَرُونَ {25}
Oʻshanda (farishtalar) uning yoniga kirishib: “Salom!” degan. (Ibrohim ham) “Salom!” deb, “Bular notanish kishilar” (degan)[2293].
51:26
فَرَاغَ إِلَى أَهْلِهِ فَجَاء بِعِجْلٍ سَمِينٍ {26}
Shunda, asta oilasiga borib, semiz buzoq (goʻshti pishirib) olib kelgan.
51:27
فَقَرَّبَهُ إِلَيْهِمْ قَالَ أَلَا تَأْكُلُونَ {27}
Keyin uni ularning yoniga yaqinlashtirib: “Yemaysizlarmi?” dedi.
51:28
فَأَوْجَسَ مِنْهُمْ خِيفَةً قَالُوا لَا تَخَفْ وَبَشَّرُوهُ بِغُلَامٍ عَلِيمٍ {28}
(Yemaganini koʻrib) ulardan qoʻrqishni boshladi. Ular: “Qoʻrqma” deb, unga bilimdon oʻgʻlon xushxabarini berdilar.
51:29
فَأَقْبَلَتِ امْرَأَتُهُ فِي صَرَّةٍ فَصَكَّتْ وَجْهَهَا وَقَالَتْ عَجُوزٌ عَقِيمٌ {29}
Shunda ayoli shovqin koʻtarib chiqib, oʻz yuziga urib: “Tugʻmas kampir-a?” dedi.
51:30
قَالُوا كَذَلِكَ قَالَ رَبُّكِ إِنَّهُ هُوَ الْحَكِيمُ الْعَلِيمُ {30}
Ular: “Shunday, yaratgan Egang aytdi. Albatta, U toʻgʻri qaror beruvchi, biluvchidir”, dedilar[2294].
51:31
قَالَ فَمَا خَطْبُكُمْ أَيُّهَا الْمُرْسَلُونَ {31}
(Ibrohim) “Ey elchilar, (boshqa) qanday ishlaring bor?” dedi.
51:32
قَالُوا إِنَّا أُرْسِلْنَا إِلَى قَوْمٍ مُّجْرِمِينَ {32}
(Farishtalar) «Biz albatta jinoyatchi qavmga yuborildik[2295].
51:33
لِنُرْسِلَ عَلَيْهِمْ حِجَارَةً مِّن طِينٍ {33}
Tepalariga (pishirilgan) loyli toshlar yogʻdirish uchun (yuborildik).
51:34
مُسَوَّمَةً عِندَ رَبِّكَ لِلْمُسْرِفِينَ {34}
Haddan oshuvchilar uchun Rabbing huzurida belgilab qoʻyilgan toshlar…
51:35
فَأَخْرَجْنَا مَن كَانَ فِيهَا مِنَ الْمُؤْمِنِينَ {35}
(Balodan oldin) u yerdan moʻminlarni chiqarganmiz.
51:36
فَمَا وَجَدْنَا فِيهَا غَيْرَ بَيْتٍ مِّنَ الْمُسْلِمِينَ {36}
Zero, u yerda bitta xonadondan boshqa musulmon kimsalarni topmaganmiz.
51:37
وَتَرَكنا فيها آيَةً لِلَّذينَ يَخافونَ العَذابَ الأَليمَ {37}
Alamli azobdan qoʻrqadiganlar uchun u yerda oyat-dalil qoldirdik[2296].
51:38
وَفي موسى إِذ أَرسَلناهُ إِلى فِرعَونَ بِسُلطانٍ مُبينٍ {38}
Muso qissasida ham (ibrat-dalil qoldirdik). Oʻshanda uni Firʼavnga ochiq hujjat bilan yuborganmiz.
51:39
فَتَوَلَّى بِرُكْنِهِ وَقَالَ سَاحِرٌ أَوْ مَجْنُونٌ {39}
Shunda (Firʼavn) arkonlari ila birgalikda yuz oʻgirdi va: “(Muso) sehrgar yoki majnun”, dedi.
51:40
فَأَخَذْنَاهُ وَجُنُودَهُ فَنَبَذْنَاهُمْ فِي الْيَمِّ وَهُوَ مُلِيمٌ {40}
Oxir-oqibat, uni ham qoʻshinini ham tutib, dengizga gʻarq qildik. U (oʻshanda) malomat qilayotgan edi[2297].
51:41
وَفِي عَادٍ إِذْ أَرْسَلْنَا عَلَيْهِمُ الرِّيحَ الْعَقِيمَ {41}
Od qissasida ham (ibrat-dalil qoldirdik). Oʻshanda ularga naslini quritadigan boʻron yuborganmiz.
51:42
مَا تَذَرُ مِن شَيْءٍ أَتَتْ عَلَيْهِ إِلَّا جَعَلَتْهُ كَالرَّمِيمِ {42}
U esgan joyida hech narsa qoldirmagan, hamma narsani kuldek sovurib yuborgan.
51:43
وَفِي ثَمُودَ إِذْ قِيلَ لَهُمْ تَمَتَّعُوا حَتَّى حِينٍ {43}
Samud[2298] qissasida ham (ibrat-dalil qoldirdik). Oʻshanda Samud xalqiga: “Bir muddat (hayotdan) bahramand boʻlinglar!” deyilgan.
51:44
فَعَتَوْا عَنْ أَمْرِ رَبِّهِمْ فَأَخَذَتْهُمُ الصَّاعِقَةُ وَهُمْ يَنظُرُونَ {44}
Biroq, ular yaratgan Egasi amrini mensimadilar. Shunda, oʻzlari qarab turgan hollarida ularni halokat tutdi.
51:45
فَمَا اسْتَطَاعُوا مِن قِيَامٍ وَمَا كَانُوا مُنتَصِرِينَ {45}
Oʻrnidan turgani ham kuchlari qolmagan va ularga yordam berilmagan.
51:46
وَقَوْمَ نُوحٍ مِّن قَبْلُ إِنَّهُمْ كَانُوا قَوْمًا فَاسِقِينَ {46}
Undan avval Nuh qavmini (halok qilganmiz). Chunki, ular yoʻldan chiqqan-fosiq qavm edi.
51:47
وَالسَّمَاء بَنَيْنَاهَا بِأَيْدٍ وَإِنَّا لَمُوسِعُونَ {47}
Samoni katta kuch[2299] ila yaratdik. Albatta, uni kengaytirib turibmiz[2300].
51:48
وَالْأَرْضَ فَرَشْنَاهَا فَنِعْمَ الْمَاهِدُونَ {48}
Yerni toʻshab qoʻydik. Biz qanday ham yaxshi tayyorlab beruvchimiz![2301]
51:49
وَمِن كُلِّ شَيْءٍ خَلَقْنَا زَوْجَيْنِ لَعَلَّكُمْ تَذَكَّرُونَ {49}
Va har narsani juft qilib yaratdik[2302]. Nasihat olgaysizlar!
51:50
فَفِرُّوا إِلَى اللَّهِ إِنِّي لَكُم مِّنْهُ نَذِيرٌ مُّبِينٌ {50}
Shuning uchun (ey insonlar) Allohga qochinglar[2303]. Albatta, men sizlar uchun Undan (yuborilgan) ochiq-oydin ogohlantiruvchiman.
51:51
وَلَا تَجْعَلُوا مَعَ اللَّهِ إِلَهًا آخَرَ إِنِّي لَكُم مِّنْهُ نَذِيرٌ مُّبِينٌ {51}
Allohga boshqa birini iloh deb qoʻshib olmanglar! Albatta, men sizlar uchun Undan (yuborilgan) ochiq-oydin ogohlantiruvchiman.
51:52
كَذَلِكَ مَا أَتَى الَّذِينَ مِن قَبْلِهِم مِّن رَّسُولٍ إِلَّا قَالُوا سَاحِرٌ أَوْ مَجْنُونٌ {52}
Mana shunday boʻlgan; ulardan avvalgilarga ham bir elchi kelganida, (kofirlar) “Bu yo sehrgar yoki majnun!” deyishgan.
51:53
أَتَوَاصَوْا بِهِ بَلْ هُمْ قَوْمٌ طَاغُونَ {53}
Ular (bunday kofirlikni) bir-biriga vasiyat qilib qoldirishganmi?! Yoʻq! aslida ular zoʻravon/mustabid qavm edi!
51:54
فَتَوَلَّ عَنْهُمْ فَمَا أَنتَ بِمَلُومٍ {54}
Endi ularga (kofir va mushriklarga) parvo qilma, (buning uchun) sen malomat qilinmaysan[2304].
51:55
وَذَكِّرْ فَإِنَّ الذِّكْرَى تَنفَعُ الْمُؤْمِنِينَ {55}
Sen nasihat qil/eslat[2305]. Chunki, nasihat moʻminlarga foyda beradi[2306].
51:56
وَمَا خَلَقْتُ الْجِنَّ وَالْإِنسَ إِلَّا لِيَعْبُدُونِ {56}
Jinu-insni faqat Menga ibodat qilsinlar deb yaratgan edim[2307].
51:57
مَا أُرِيدُ مِنْهُم مِّن رِّزْقٍ وَمَا أُرِيدُ أَن يُطْعِمُونِ {57}
Men ulardan hech qanday rizq soʻramayapman, (ulardan) meni toʻydirishini ham istamayapman[2308].
51:58
إِنَّ اللَّهَ هُوَ الرَّزَّاقُ ذُو الْقُوَّةِ الْمَتِينُ {58}
Albatta, Allohning Oʻzi rizq beruvchidir[2309], (cheksiz) quvvatga egadir, kuchlidir.
51:59
فَإِنَّ لِلَّذِينَ ظَلَمُوا ذَنُوبًا مِّثْلَ ذَنُوبِ أَصْحَابِهِمْ فَلَا يَسْتَعْجِلُونِ {59}
Bas! Zulm qilqanlarning (azobdan oladigan) ulushi doʻstlarining/safdoshlarining nasibasi bilan bir xil boʻladi, shoshilmasinlar![2310]
51:60
فَوَيْلٌ لِّلَّذِينَ كَفَرُوا مِن يَوْمِهِمُ الَّذِي يُوعَدُونَ {60}
Oʻzlariga tahdid qilingan kunda kofirlik qilganlarning holiga voy!
- TUR surasi[2311]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
52:1
وَالطُّورِ {1}
Ont boʻlsin; Tur (togʻi)ga,
52:2
وَكِتَابٍ مَّسْطُورٍ{2}
Satrli (yozilgan) kitobga,
52:3
فِي رَقٍّ مَّنشُورٍ {3}
Yoyilgan yupqa teriga (yozilgan kitobga),
52:4
وَالْبَيْتِ الْمَعْمُورِ {4}
Ziyorat qilinadigan uyga (Kaʼbaga),
52:5
وَالسَّقْفِ الْمَرْفُوعِ {5}
Yuksatilgan shiftga (osmonga)[2312],
52:6
وَالْبَحْرِ الْمَسْجُورِ {6}
Qaynab toshgan dengizga[2313] (ont boʻlsinki);
52:7
إِنَّ عَذَابَ رَبِّكَ لَوَاقِعٌ {7}
Yaratgan Egangning azobi albatta sodir boʻladi.
52:8
مَا لَهُ مِن دَافِعٍ {8}
Uni daf etadigan hech narsa yoʻq.
52:9
يَوْمَ تَمُورُ السَّمَاء مَوْرًا {9}
U kuni osmon qattiq chayqaladi.
52:10
وَتَسِيرُ الْجِبَالُ سَيْرًا {10}
Togʻlar joyidan jilib ketadi[2314].
52:11
فَوَيْلٌ يَوْمَئِذٍ لِلْمُكَذِّبِينَ {11}
Oʻsha kunda (oxiratni) yolgʻonlaganlarning holiga voy!
52:12
الَّذِينَ هُمْ فِي خَوْضٍ يَلْعَبُونَ {12}
Ular (yolgʻonlariga) botib, oʻynab yuradigan kishilardir.
52:13
يَوْمَ يُدَعُّونَ إِلَى نَارِ جَهَنَّمَ دَعًّا {13}
U kuni ular jahannam oʻtiga uloqtirib tashlanadilar.
52:14
هَذِهِ النَّارُ الَّتِي كُنتُم بِهَا تُكَذِّبُونَ {14}
“Yolgʻonga chiqargan narsangiz mana shudir!” (deyiladi).[2315]
52:15
أَفَسِحْرٌ هَذَا أَمْ أَنتُمْ لَا تُبْصِرُونَ {15}
Bu ham sehr ekanmi?! Yoki koʻrmayapsizlarmi?
52:16
اصْلَوْهَا فَاصْبِرُوا أَوْ لَا تَصْبِرُوا سَوَاء عَلَيْكُمْ إِنَّمَا تُجْزَوْنَ مَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ {16}
U yerga kiringlar! Chidasangiz ham chidamasangiz ham sizlarga baribir. Sizlarga faqatgina qilmishlaringizning jazosi beriladi.»
52:17
إِنَّ الْمُتَّقِينَ فِي جَنَّاتٍ وَنَعِيمٍ {17}
Masʼuliyatli (moʻmin)lar jannatlarda, neʼmat ichra boʻladi.
52:18
فَاكِهِينَ بِمَا آتَاهُمْ رَبُّهُمْ وَوَقَاهُمْ رَبُّهُمْ عَذَابَ الْجَحِيمِ {18}
Ularga Rabbi bergan narsadan zavqlangan holda boʻladilar. Robbi ularni jahannam azobidan saqlab qolgan boʻladi.
52:19
كلُوا وَاشْرَبُوا هَنِيئًا بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ {19}
“Qilgan amallaringiz evaziga (endi) bemalol yeb-ichaveringlar” (deyiladi).
52:20
مُتَّكِئِينَ عَلَى سُرُرٍ مَّصْفُوفَةٍ وَزَوَّجْنَاهُم بِحُورٍ عِينٍ {20}
(Ular) qator-qator terilgan soʻrilarda suyangan holda (qoladilar). Ularga charos koʻzli hurlarni (xizmatkor sifatida) qoʻshib beramiz[2316].
52:21
وَالَّذِينَ آمَنُوا وَاتَّبَعَتْهُمْ ذُرِّيَّتُهُم بِإِيمَانٍ أَلْحَقْنَا بِهِمْ ذُرِّيَّتَهُمْ وَمَا أَلَتْنَاهُم مِّنْ عَمَلِهِم مِّن شَيْءٍ كُلُّ امْرِئٍ بِمَا كَسَبَ رَهِينٌ {21}
Oʻzlari ham moʻmin boʻlib (vafot etgan), zurriyotlari ham ularga imonda ergashgan kimsalarga kelsak, (jannatda) ularga zurriyotlarini qoʻshib beramiz[2317]. Ularning amallaridan hech narsa kamaytirmaymiz; har kim oʻz qilmishining garovidir[2318].
52:22
وَأَمْدَدْنَاهُم بِفَاكِهَةٍ وَلَحْمٍ مِّمَّا يَشْتَهُونَ {22}
Ularga koʻngli tusagan mevalar va goʻshtlardan moʻl-koʻl qilib berib qoʻyamiz.
52:23
يَتَنَازَعُونَ فِيهَا كَأْسًا لَّا لَغْوٌ فِيهَا وَلَا تَأْثِيمٌ {23}
Ular jannatda bir-birlariga (sharob) qadahlarini uzatadilar. (Biroq) unda bekorchi soʻz ham, notoʻgʻri ish ham boʻlmaydi[2319].
52:24
وَيَطُوفُ عَلَيْهِمْ غِلْمَانٌ لَّهُمْ كَأَنَّهُمْ لُؤْلُؤٌ مَّكْنُونٌ {24}
Atroflarida oʻzlariga tegishli yosh yitiglar (xizmat uchun) aylanib yuradilar. Ular (sadafda) saqlangan durga oʻxshaydi[2320].
52:25
وَأَقْبَلَ بَعْضُهُمْ عَلَى بَعْضٍ يَتَسَاءلُونَ {25}
(Jannatdagilar) bir-biridan qarab savol-javob qiladilar.
52:26
قَالُوا إِنَّا كُنَّا قَبْلُ فِي أَهْلِنَا مُشْفِقِينَ {26}
Aytadilarki: «Biz ilgari oilamizda (azobdan) qoʻrqar edik[2321].
52:27
فَمَنَّ اللَّهُ عَلَيْنَا وَوَقَانَا عَذَابَ السَّمُومِ {27}
Alloh bizga katta yaxshilik qildi – bizni issiq shamolli (jahannamdagi) azobdan saqlab qoldi[2322].
52:28
إِنَّا كُنَّا مِن قَبْلُ نَدْعُوهُ إِنَّهُ هُوَ الْبَرُّ الرَّحِيمُ {28}
Albatta, biz ilgari Unga duo qilardik. U koʻp yaxshilik qiluvchi va mehribondir.
52:29
فَذَكِّرْ فَمَا أَنتَ بِنِعْمَتِ رَبِّكَ بِكَاهِنٍ وَلَا مَجْنُونٍ {29}
Sen nasihat qil/eslat[2323]. Chunki, yaratgan Egangning (senga bergan) neʼmati tufayli kohin ham emassan, majnun ham emassan[2324].
52:30
أَمْ يَقُولُونَ شَاعِرٌ نَّتَرَبَّصُ بِهِ رَيْبَ الْمَنُونِ {30}
Balki ular: “(Muhammad) bir shoirdir, unga baxtsiz hodisa kelishini kutib turibmiz”, deyaptilar[2325].
52:31
قُلْ تَرَبَّصُوا فَإِنِّي مَعَكُم مِّنَ الْمُتَرَبِّصِينَ {31}
“Kutaveringlar, men ham sizlar bilan birga kutyapman”, deb ayt.
52:32
أمْ تَأْمُرُهُمْ أَحْلَامُهُم بِهَذَا أَمْ هُمْ قَوْمٌ طَاغُونَ {32}
Balki, buni ularga oʻzlarining “aqllari” buyurayotgandir?! Aslida, ular zoʻravon/mustabid qavmdir.
52:33
أَمْ يَقُولُونَ تَقَوَّلَهُ بَل لَّا يُؤْمِنُونَ {33}
Balki ular: «Uni oʻzi toʻqib chiqardi deyotgandir[2326]. Aslida, ular ishonmayapti.
52:34
فَلْيَأْتُوا بِحَدِيثٍ مِّثْلِهِ إِن كَانُوا صَادِقِينَ {34}
Agar rostgoʻy boʻlsalar, oʻzlari u (Qurʼon)ga teng keladigan soʻz keltirsinlarchi[2327].
52:35
أَمْ خُلِقُوا مِنْ غَيْرِ شَيْءٍ أَمْ هُمُ الْخَالِقُونَ {35}
Yoki (Qurʼonga ishonmagan kofirlar) hech qanday yaratuvchisiz oʻzlari yaralib qolishganmkan?! Yoki ular (oʻzini) oʻzi yaratuvchimi?!
52:36
أَمْ خَلَقُوا السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ بَل لَّا يُوقِنُونَ {36}
Yoki, osmonlar va yerni ular yaratibdimi?! Yoʻq! Aslida, ular qatʼiy ishonmayapti.
52:37
أَمْ عِندَهُمْ خَزَائِنُ رَبِّكَ أَمْ هُمُ الْمُصَيْطِرُونَ {37}
Yoki ularda Rabbingning xazinalari[2328] bormikan?[2329] Yoki (borliqni) boshqaruvchilari ular ekanmi?!
52:38
أَمْ لَهُمْ سُلَّمٌ يَسْتَمِعُونَ فِيهِ فَلْيَأْتِ مُسْتَمِعُهُم بِسُلْطَانٍ مُّبِينٍ {38}
Yoki, tepasiga chiqib (sirlarni) eshita oladigan narvonlari bormikan?! Agar boʻlsa, ularning eshituvchisi aniq hujat keltirsin!
52:39
أَمْ لَهُ الْبَنَاتُ وَلَكُمُ الْبَنُونَ {39}
Yoki, qizlar Allohga tegishli[2330], oʻgʻillar sizlarga tegishlimi?!
52:40
أَمْ تَسْأَلُهُمْ أَجْرًا فَهُم مِّن مَّغْرَمٍ مُّثْقَلُونَ {40}
Yoki, sen ulardan haq soʻrayapsan-u, ular toʻlashdan qiynalib qolibdimi?![2331]
52:41
أَمْ عِندَهُمُ الْغَيْبُ فَهُمْ يَكْتُبُونَ {41}
Yoki, ularda gʻayb (ilmlari) bor-u, uni yozib turishibdimi?[2332]
52:42
أَمْ يُرِيدُونَ كَيْدًا فَالَّذِينَ كَفَرُوا هُمُ الْمَكِيدُونَ {42}
Yoki ular yomon reja tuzmoqchimi? Aslida, kofirlik qilganlarning oʻzlari tuzoqqa tushadigan kishilardir[2333].
52:43
أَمْ لَهُمْ إِلَهٌ غَيْرُ اللَّهِ سُبْحَانَ اللَّهِ عَمَّا يُشْرِكُونَ {43}
Yoki ularning Allohdan boshqa ilohi bormikan?! Ular sherik qilayotgan narsalardan Alloh pokdir!
52:44
وَإِن يَرَوْا كِسْفًا مِّنَ السَّمَاء سَاقِطًا يَقُولُوا سَحَابٌ مَّرْكُومٌ {44}
Agar ular osmondan (boshlariga) biron bir parcha tushayotganini koʻrsalar ham, (qaysarlik qilib) “Bu qalin bulut-ku!” deydi[2334].
52:45
فَذَرْهُمْ حَتَّى يُلَاقُوا يَوْمَهُمُ الَّذِي فِيهِ يُصْعَقُونَ {45}
Shuning uchun, ularni toki halok qilinadigan kunga yoʻliqqungacha qoʻyib ber.
52:46
يَوْمَ لَا يُغْنِي عَنْهُمْ كَيْدُهُمْ شَيْئًا وَلَا هُمْ يُنصَرُونَ {46}
U kuni ularning rejalari hech narsaga asqatmaydi, ularga yordam ham berilmaydi.
52:47
وَإِنَّ لِلَّذِينَ ظَلَمُوا عَذَابًا دُونَ ذَلِكَ وَلَكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ {47}
(Mana bu) zulm qilganlar uchun undan boshqa yana bir azob bor. Lekin, ularning koʻpi bilmayapti.
52:48
وَاصْبِرْ لِحُكْمِ رَبِّكَ فَإِنَّكَ بِأَعْيُنِنَا وَسَبِّحْ بِحَمْدِ رَبِّكَ حِينَ تَقُومُ {48}
Rabbingni hukmiga bardosh qil[2335]. Chunki, sen nazoratimizdasan. Turganingda yaratgan Egangni olqishlab ulugʻla.
52:49
وَمِنَ اللَّيْلِ فَسَبِّحْهُ وَإِدْبَارَ النُّجُومِ {49}
Tunda ham, yulduzlar botganda ham Uni ulugʻla[2336].
- NAJM surasi[2337]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
53:1
وَالنَّجْمِ إِذَا هَوَى {1}
(Parcha-parcha holida) tushayotgan yulduzga/Qurʼonga[2338] ont boʻlsinki,
53:2
مَا ضَلَّ صَاحِبُكُمْ وَمَا غَوَى {2}
Birodaringiz (Muhammad) adashgani yoʻq, yoʻldan ozgani ham yoʻq.
53:3
وَمَا يَنطِقُ عَنِ الْهَوَى {3}
U (Qurʼon)ni[2339] oʻz orzu-istaklaridan kelib chiqib nutq qilmayapti.
53:4
إِنْ هُوَ إِلَّا وَحْيٌ يُوحَى {4}
(Qurʼon) oʻziga yuborilgan vahiydan boshqa narsa emas.
53:5
عَلَّمَهُ شَدِيدُ الْقُوَى {5}
Uni juda kuchli (malak) oʻrgatdi[2340].
53:6
ذُو مِرَّةٍ فَاسْتَوَى {6}
U iqtidorli (malak)dir. Oʻshanda u yuzlanib turdi.
53:7
وَهُوَ بِالْأُفُقِ الْأَعْلَى {7}
Va u eng yuqori ufqda edi.
53:8
ثُمَّ دَنَا فَتَدَلَّى {8}
Soʻngra yaqinlashdi, keyin yoniga tushdi.
53:9
فَكَانَ قَابَ قَوْسَيْنِ أَوْ أَدْنَى {9}
Keyin (Jabroil Muhammadga) ikki kamon miqdoriday, hatto[2341] undan ham yaqin boʻldi.
53:10
فَأَوْحَى إِلَى عَبْدِهِ مَا أَوْحَى {10}
Va bandasi (Muhammad)ga Alloh vahiy qilgan narsani yetkazdi.
53:11
مَا كَذَبَ الْفُؤَادُ مَا رَأَى {11}
(Muhammadning koʻzi) koʻrgan narsasini koʻngli yolgʻonga chiqarmadi.
53:12
أَفَتُمَارُونَهُ عَلَى مَا يَرَى {12}
Nahotki sizlar u koʻrgan narsada tortishsangiz?!
53:13
وَلَقَدْ رَآهُ نَزْلَةً أُخْرَى {13}
Shubhasizki, u (Jabroil)ni boshqa bir tushushda koʻrdi.
53:14
عِندَ سِدْرَةِ الْمُنْتَهَى {14}
Uzoqdagi daraxt yonida.
53:15
عِندَهَا جَنَّةُ الْمَأْوَى {15}
Daraxt yonida Jannatul-Maʼvo bor.
53:16
إِذْ يَغْشَى السِّدْرَةَ مَا يَغْشَى {16}
Oʻshanda daraxtni oʻraydigan narsa oʻrab olgandi.
53:17
مَا زَاغَ الْبَصَرُ وَمَا طَغَى {17}
Nigohi adashmadi ham, haddan oshmadi ham[2342].
53:18
لَقَدْ رَأَى مِنْ آيَاتِ رَبِّهِ الْكُبْرَى {18}
Shubhasizki, (oʻshanda) u Rabbining buyuk dalil-koʻrsatmalaridan koʻrgan.
53:19
أَفَرَأَيْتُمُ اللَّاتَ وَالْعُزَّى {19}
Oʻylab koʻrdinglarmi (Sigʻinayotganingiz oʻsha) “Lot” va “Uzzo”ni.
53:20
وَمَنَاةَ الثَّالِثَةَ الْأُخْرَى {20}
Va boshqa uchinchi “Manotni”?
53:21
أَلَكُمُ الذَّكَرُ وَلَهُ الْأُنثَى {21}
Erkak sizlarga-yu, ayol Ungami?![2343]
53:22
تِلْكَ إِذًا قِسْمَةٌ ضِيزَى {22}
Unda, bu (taqsimingiz) notoʻgʻri taqsim-ku!
53:23
إِنْ هِيَ إِلَّا أَسْمَاء سَمَّيْتُمُوهَا أَنتُمْ وَآبَاؤُكُم مَّا أَنزَلَ اللَّهُ بِهَا مِن سُلْطَانٍ إِن يَتَّبِعُونَ إِلَّا الظَّنَّ وَمَا تَهْوَى الْأَنفُسُ وَلَقَدْ جَاءهُم مِّن رَّبِّهِمُ الْهُدَى {23}
U (but-sanam)lar siz va ota-bobolaringiz qoʻygan ismlardan boshqa narsa emas, Alloh ular haqida hech qanday dalil ham tushirmagan. Yaratgan Egasi tarafidan oʻzlariga qoʻllanma/Qurʼon kelgani holda, mushriklar gumonga va nafslari istagan narsaga ergashyapti, xolos.[2344]
53:24
أَمْ لِلْإِنسَانِ مَا تَمَنَّى {24}
Yoki, inson nimani istasa shu boʻladimi?!
53:25
فَلِلَّهِ الْآخِرَةُ وَالْأُولَى {25}
Unday boʻlmaydi! Oxirat ham dunyo ham Allohniki![2345]
53:26
وَكَم مِّن مَّلَكٍ فِي السَّمَاوَاتِ لَا تُغْنِي شَفَاعَتُهُمْ شَيْئًا إِلَّا مِن بَعْدِ أَن يَأْذَنَ اللَّهُ لِمَن يَشَاء وَيَرْضَى {26}
Osmonlarda qanchadan-qancha farishtalar bor. Biroq, Alloh Oʻzi munosib bilgan va rozi boʻlgan bandasiga izn bermagunicha, ularning shafoatlari hech narsaga asqatmaydi[2346].
53:27
إِنَّ الَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِالْآخِرَةِ لَيُسَمُّونَ الْمَلَائِكَةَ تَسْمِيَةَ الْأُنثَى {27}
Oxiratga ishonmaydiganlar farishtalarga ayollik nomini beryapti[2347].
53:28
وَمَا لَهُم بِهِ مِنْ عِلْمٍ إِن يَتَّبِعُونَ إِلَّا الظَّنَّ وَإِنَّ الظَّنَّ لَا يُغْنِي مِنَ الْحَقِّ شَيْئًا {28}
Ularda bu haqida hech qanday ilm yoʻq. Ular faqat gumonga ergashyapti. Gumon hech narsada haqiqatni oʻrniga oʻtmaydi[2348].
53:29
فَأَعْرِضْ عَن مَّن تَوَلَّى عَن ذِكْرِنَا وَلَمْ يُرِدْ إِلَّا الْحَيَاةَ الدُّنْيَا {29}
Shuning uchun, zikrimiz – Qurʼondan yuz oʻgirgan, dunyo hayotidan boshqa narsani xohlamaydigan kishiga eʼtibor berma[2349].
53:30
ذَلِكَ مَبْلَغُهُم مِّنَ الْعِلْمِ إِنَّ رَبَّكَ هُوَ أَعْلَمُ بِمَن ضَلَّ عَن سَبِيلِهِ وَهُوَ أَعْلَمُ بِمَنِ اهْتَدَى {30}
Ularning ilmi yetgan joylari shu. Albatta, yaratgan Egang Uning yoʻlidan adashgan kishini ham juda yaxshi biladi, toʻgʻri yoʻlga kirgan kishini ham juda yaxshi biladi.
53:31
وَلِلَّهِ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ لِيَجْزِيَ الَّذِينَ أَسَاؤُوا بِمَا عَمِلُوا وَيَجْزِيَ الَّذِينَ أَحْسَنُوا بِالْحُسْنَى{31}
Osmonlar va yerdagi narsalar Uniki. Oxir-oqibat, U yomonlik qilganlarni qilmishlariga yarasha jazolaydi, yaxshilik qilganlarni esa, eng yaxshi narsa (jannat) ila mukofotlaydi.
53:32
الَّذِينَ يَجْتَنِبُونَ كَبَائِرَ الْإِثْمِ وَالْفَوَاحِشَ إِلَّا اللَّمَمَ إِنَّ رَبَّكَ وَاسِعُ الْمَغْفِرَةِ هُوَ أَعْلَمُ بِكُمْ إِذْ أَنشَأَكُم مِّنَ الْأَرْضِ وَإِذْ أَنتُمْ أَجِنَّةٌ فِي بُطُونِ أُمَّهَاتِكُمْ فَلَا تُزَكُّوا أَنفُسَكُمْ هُوَ أَعْلَمُ بِمَنِ اتَّقَى {32}
Kichik gunohlardan tashqari katta gunohlardan va fahsh ishlardan uzoq turadigan kishilarga kelsak[2350], yaratgan Egangning kechirimi albatta kengdir. U sizlarni tuproqdan paydo qilganda ham, onalaringizning qornilarida homilalik vaqtingizda ham sizlarni juda yaxshi biladi. Shuning uchun, oʻzingizni oqlamanglar[2351]. Kim gunohlardan saqlanganini Uning Oʻzi juda yaxshi biladi[2352].
53:33
أَفَرَأَيْتَ الَّذِي تَوَلَّى {33}
(Haqiqatdan) yuz oʻgirgan[2353] kishini bir oʻylab koʻrdingmi?
53:34
وَأَعْطَى قَلِيلًا وَأَكْدَى {34}
U ozgina (moddiy yordam) berdi va toʻxtatdi.
53:35
أَعِندَهُ عِلْمُ الْغَيْبِ فَهُوَ يَرَى {35}
Unda bilinmagan-gʻayb narsalar haqida maʼlumot bor ekan-u, u uni koʻrib turar ekanmi?!
53:36
أَمْ لَمْ يُنَبَّأْ بِمَا فِي صُحُفِ مُوسَى {36}
Yoki, Musoning sahifalaridagi[2354] soʻzlar (unga) bildirilmabdimi?
53:37
وَإِبْرَاهِيمَ الَّذِي وَفَّى {37}
Juda vafoli Ibrohim (sahifalaridagi soʻzlar)-chi?
53:38
أَلَّا تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ أُخْرَى {38}
(Ularda shunday yozilgan) «Hech bir (gunoh) yukli kishi boshqasining (gunoh) yukini koʻtarmaydi[2355].
53:39
وَأَن لَّيْسَ لِلْإِنسَانِ إِلَّا مَا سَعَى {39}
Inson uchun oʻzi qilgan harakatidan boshqa narsa yoʻq.
53:40
وَأَنَّ سَعْيَهُ سَوْفَ يُرَى {40}
Uning qilgan harakati albatta (oxiratda oʻziga) koʻrinadi.
53:41
ثُمَّ يُجْزَاهُ الْجَزَاء الْأَوْفَى {41}
Keyin unga toʻliq jazo beriladi.»
53:42
وَأَنَّ إِلَى رَبِّكَ الْمُنتَهَى {42}
Va soʻngi poyon yaratgan Egang huzuridir.
53:43
وَأَنَّهُ هُوَ أَضْحَكَ وَأَبْكَى {43}
Kuldiradigan ham, yigʻlatadigan ham U.
53:44
وَأَنَّهُ هُوَ أَمَاتَ وَأَحْيَا {44}
Oʻldiradigan ham, tiriltiradigan ham U.
53:45
وَأَنَّهُ خَلَقَ الزَّوْجَيْنِ الذَّكَرَ وَالْأُنثَى {45}
Erkak va ayol ikkala juftni U yaratdi.
53:46
مِن نُّطْفَةٍ إِذَا تُمْنَى {46}
Oʻlchovi belgilangan[2356] vaqtda pushtdan (yaratdi).
53:47
وَأَنَّ عَلَيْهِ النَّشْأَةَ الْأُخْرَى {47}
Soʻngi bor (insonni qayta) yaratish ham Unga tegishli.
53:48
وَأَنَّهُ هُوَ أَغْنَى وَأَقْنَى {48}
Behojat qilgan ham, badavlat qilgan[2357] ham U.
53:49
وَأَنَّهُ هُوَ رَبُّ الشِّعْرَى {49}
Sheʼro[2358] (yulduzi)ning yaratgan Egasi ham U.
53:50
وَأَنَّهُ أَهْلَكَ عَادًا الْأُولَى {50}
Avval Od xalqini halok qilgan Udir.
53:51
وَثَمُودَ فَمَا أَبْقَى {51}
Samud xalqini ham. Natijada (ulardan hechkim) qolmadi.
53:52
وَقَوْمَ نُوحٍ مِّن قَبْلُ إِنَّهُمْ كَانُوا هُمْ أَظْلَمَ وَأَطْغَى {52}
Undan avval Nuh xalqini ham (halok qildi). Chunki, ular oʻta zolim va oʻta haddan oshgan edi.
53:53
وَالْمُؤْتَفِكَةَ أَهْوَى {53}
Ostin-ustun boʻlgan yurtni ham U choʻktirdi[2359].
53:54
فَغَشَّاهَا مَا غَشَّى {54}
Natijada, qurshab olgan narsa (halokat) ularni ham qurshab oldi.
53:55
فَبِأَيِّ آلَاء رَبِّكَ تَتَمَارَى {55}
Shunday ekan, sen yaratgan Egangning qaysi neʼmatlariga shubha qila olarding?!
53:56
هَذَا نَذِيرٌ مِّنَ النُّذُرِ الْأُولَى {56}
Bu (Muhammadga yuborilgan Qurʼon) avvalgi ogohlantirishlardan bir ogohlantirishdir.
53:57
أَزِفَتْ الْآزِفَةُ {57}
Yaqinlashib kelayotgan (qiyomat) yaqinlashdi.
53:58
لَيْسَ لَهَا مِن دُونِ اللَّهِ كَاشِفَةٌ {58}
Uning (vaqtini) Allohdan boshqa hech kim oshkor qilolmaydi[2360].
53:59
أَفَمِنْ هَذَا الْحَدِيثِ تَعْجَبُونَ {59}
Yoki, sizlar bu soʻzdan – Qurʼondan ajablanyapsizlarmi?
53:60
وَتَضْحَكُونَ وَلَا تَبْكُونَ {60}
Yigʻlamasdan, kulyapsizlarmi?![2361]
53:61
وَأَنتُمْ سَامِدُونَ {61}
Sizlar beparvolik qilyapsizlar.
53:62
فَاسْجُدُوا لِلَّهِ وَاعْبُدُوا {62}
Bas! Allohga bosh eginglar va (Unga) ibodat qilinglar!
- QAMAR surasi[2362]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
54:1
اقْتَرَبَتِ السَّاعَةُ وَانشَقَّ الْقَمَرُ {1}
Qiyomat yaqinlashdi, oy ham boʻlin(a)di[2363].
54:2
وَإِن يَرَوْا آيَةً يُعْرِضُوا وَيَقُولُوا سِحْرٌ مُّسْتَمِرٌّ {2}
(Kofirlik qilayotganlar) biron bir oyat/alomat koʻrganlarida ham, yuz oʻgirgan va “Bu ham davom etayotgan sehrdir”, degan boʻlardilar[2364].
54:3
وَكَذَّبُوا وَاتَّبَعُوا أَهْوَاءهُمْ وَكُلُّ أَمْرٍ مُّسْتَقِرٌّ {3}
Ular (risolatni) yolgʻonchiga chiqarib, oʻz orzu-istaklariga ergashdi. Zero har bir ish oʻz oʻrnini topadi.
54:4
وَلَقَدْ جَاءهُم مِّنَ الْأَنبَاء مَا فِيهِ مُزْدَجَرٌ {4}
Shubhasizki, ularga (yovuzlikdan) qaytarilgan xabarlar keldi.
54:5
حِكْمَةٌ بَالِغَةٌ فَمَا تُغْنِ النُّذُرُ {5}
(Qurʼon) yetuk hikmatdir. Biroq, (qarshi chiqqanlarga) ogohlantirishlar foyda bermayapti.
54:6
فَتَوَلَّ عَنْهُمْ يَوْمَ يَدْعُ الدَّاعِ إِلَى شَيْءٍ نُّكُرٍ {6}
Endi sen ham ulardan yuz oʻgir. Kun kelib bir chorlovchi noaniq dahshatli narsaga chaqiradi.
54:7
خُشَّعًا أَبْصَارُهُمْ يَخْرُجُونَ مِنَ الْأَجْدَاثِ كَأَنَّهُمْ جَرَادٌ مُّنتَشِرٌ {7}
Ularing koʻzlari mayus holda, xuddi (atrofga) yoyilgan chigirtkalardek qabrlaridan chiqadilar.
54:8
مُّهْطِعِينَ إِلَى الدَّاعِ يَقُولُ الْكَافِرُونَ هَذَا يَوْمٌ عَسِرٌ {8}
Chorlovchi tomon boʻyinlarini egib (chiqib), kofirlar: “Bu ogʻir kun ekan!”, deydilar.
54:9
كَذَّبَتْ قَبْلَهُمْ قَوْمُ نُوحٍ فَكَذَّبُوا عَبْدَنَا وَقَالُوا مَجْنُونٌ وَازْدُجِرَ {9}
Ulardan oldin Nuh qavmi ham yolgʻonchiga chiqargan, bandamizni yolgʻonchiga chiqarishib, (uni) “Jinni”, deyishgan va u taqiqlarga uchragan[2365].
54:10
فَدَعَا رَبَّهُ أَنِّي مَغْلُوبٌ فَانتَصِرْ {10}
Oxir-oqibat yaratgan Egasiga duo qilib: “Men yengildim, Oʻzing yordam ber!”, degan.
54:11
فَفَتَحْنَا أَبْوَابَ السَّمَاء بِمَاء مُّنْهَمِرٍ {11}
Natijada, quyim-quyim suv bilan osmon eshiklarini ochib qoʻydik.
54:12
وَفَجَّرْنَا الْأَرْضَ عُيُونًا فَالْتَقَى الْمَاء عَلَى أَمْرٍ قَدْ قُدِرَ {12}
Va yerning buloqlarini chiqarib yubordik, belgilangan ish[2366] uchun suvlar birlashdi.
54:13
وَحَمَلْنَاهُ عَلَى ذَاتِ أَلْوَاحٍ وَدُسُرٍ {13}
Uni (ashyosi) taxtalar va mixlardan iborat boʻlgan narsaga (kemaga)[2367] mindirdik.
54:14
تَجْرِي بِأَعْيُنِنَا جَزَاء لِّمَن كَانَ كُفِرَ {14}
U Oʻz nazoratimiz ostida suzib borardi. Buni (Xalqi tarafidan) qarshi chiqilgan (Nuh) uchun mukofot sifatida qildik.
54:15
وَلَقَد تَّرَكْنَاهَا آيَةً فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ {15}
Shubhasizki, u (hodisa)ni ibrat qilib qoldirdik, eslatma – ibrat oluvchi bormi?!
54:16
فَكَيْفَ كَانَ عَذَابِي وَنُذُرِ {16}
(Qaragin!) Mening azobim va ogohlantirishim qanday ekan?!
54:17
وَلَقَدْ يَسَّرْنَا الْقُرْآنَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ {17}
Shubhasizki, Qurʼonni nasihat (eslatma) olish uchun oson qilib qoʻydik, nasihat oluvchi bormi?!
54:18
كَذَّبَتْ عَادٌ فَكَيْفَ كَانَ عَذَابِي وَنُذُرِ {18}
Od (xalqi ham paygʻambarni) yolgʻonladi. (Qaragin!) Azobim va ogohlantirishim qanday boʻlgan?!
54:19
إِنَّا أَرْسَلْنَا عَلَيْهِمْ رِيحًا صَرْصَرًا فِي يَوْمِ نَحْسٍ مُّسْتَمِرٍّ {19}
Davom etib kelgan qora kunda ularning tepasiga dahshatli boʻron yuborganmiz.
54:20
تَنزِعُ النَّاسَ كَأَنَّهُمْ أَعْجَازُ نَخْلٍ مُّنقَعِرٍ {20}
U (boʻron oʻsha) insonlarni xuddi sugʻurilgan xurmo ildizlari kabi sugʻurib tashlar edi.
54:21
فَكَيْفَ كَانَ عَذَابِي وَنُذُرِ {21}
(Qaragin!) Azobim va ogohlantirishim qanday boʻlgan?!
54:22
وَلَقَدْ يَسَّرْنَا الْقُرْآنَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ {22}
Shubhasizki, Qurʼonni nasihat (eslatma) olish uchun oson qilib qoʻydik, nasihat oluvchi bormi?!
54:23
كَذَّبَتْ ثَمُودُ بِالنُّذُرِ {23}
Samud[2368] (xalqi ham) ogohlantiruvchilarni yolgʻonlagan.
54:24
فَقَالُوا أَبَشَرًا مِّنَّا وَاحِدًا نَّتَّبِعُهُ إِنَّا إِذًا لَّفِي ضَلَالٍ وَسُعُرٍ {24}
Ular shunday deyishgan: «Oʻzimizdan boʻlgan bir odamga ergashamizmi? Unda adashib qolamiz va ahmoq boʻlib qolamiz-ku![2369]
54:25
أَؤُلْقِيَ الذِّكْرُ عَلَيْهِ مِن بَيْنِنَا بَلْ هُوَ كَذَّابٌ أَشِرٌ {25}
Zikr (Qurʼon) oramizdan unga berilibdimi?! Yoʻq! U kekkaygan yolgʻonchidir (dedilar).»
54:26
سَيَعْلَمُونَ غَدًا مَّنِ الْكَذَّابُ الْأَشِرُ {26}
Kekkaygan yolgʻonchi kim ekanini ular ertageyla bilib oladi.
54:27
إِنَّا مُرْسِلُو النَّاقَةِ فِتْنَةً لَّهُمْ فَارْتَقِبْهُمْ وَاصْطَبِرْ {27}
(Ey Solih!) «Ularni imtihon qilish uchun urgʻochi tuya yuboryapmiz[2370], ularni kuzatib tur va bardoshli boʻl.
54:28
وَنَبِّئْهُمْ أَنَّ الْمَاء قِسْمَةٌ بَيْنَهُمْ كُلُّ شِرْبٍ مُّحْتَضَرٌ {28}
Suv ular oʻrtasida taqsimlab qoʻyilganini bildirib, har bir suvdan nasibador (oʻz navbatida) kelinsin!»
54:29
فَنَادَوْا صَاحِبَهُمْ فَتَعَاطَى فَعَقَرَ {29}
Keyinchalik, ular oʻzlarinin birodarini chaqirdi. Oqibatda, u ishga kirishdiyu, (tuyani) soʻyib yubordi[2371].
54:30
فَكَيْفَ كَانَ عَذَابِي وَنُذُرِ {30}
(Qaragin!) mening azobim va ogohlantirishim qanday ekan?
54:31
إِنَّا أَرْسَلْنَا عَلَيْهِمْ صَيْحَةً وَاحِدَةً فَكَانُوا كَهَشِيمِ الْمُحْتَظِرِ {31}
Ularga bitta dahshatli qichqiriq yuborganmiz. Natijda, xuddi molxonadagi xas-xashakka oʻxshab (halok boʻlib) ketishgan.
54:32
وَلَقَدْ يَسَّرْنَا الْقُرْآنَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ {32}
Shubhasizki, Qurʼonni nasihat (eslatma) olish uchun oson qilib qoʻydik, nasihat oluvchi bormi?!
54:33
كَذَّبَتْ قَوْمُ لُوطٍ بِالنُّذُرِ {33}
Lut qavmi (ham) ogohlantirishlarni yolgʻonlagan.
54:34
إِنَّا أَرْسَلْنَا عَلَيْهِمْ حَاصِبًا إِلَّا آلَ لُوطٍ نَّجَّيْنَاهُم بِسَحَرٍ {34}
Ularni tepasiga tosh yogʻdiradigan toʻfon yuborganmiz. Faqatgina Lutning oilasini (tarafdorlarini) sahar vaqtida qutqarib qolganmiz.
54:35
نِعْمَةً مِّنْ عِندِنَا كَذَلِكَ نَجْزِي مَن شَكَرَ {35}
(Bu ishlar) huzurimizdan bir yaxshilikdir. Shukr qilgan (oʻz burchini bajargan) kishini shunday mukofotlaymiz[2372].
54:36
وَلَقَدْ أَنذَرَهُم بَطْشَتَنَا فَتَمَارَوْا بِالنُّذُرِ {36}
Lut ularni jazolashimiz haqida aniq ogohlantirgan. Ular esa ogohlantirishlarga shubha qilishgan.
54:37
وَلَقَدْ رَاوَدُوهُ عَن ضَيْفِهِ فَطَمَسْنَا أَعْيُنَهُمْ فَذُوقُوا عَذَابِي وَنُذُرِ {37}
Ular (Lutning farishta) mehmonlarini (ularga) topshirishini talab qilishgan. Koʻzlarini koʻr qilib qoʻyganmiz. Keyin: “Azobimni va ogohlantirishim(ga eʼtibor bermaslik oqibati)ni totinglar!” (deyilgan)
54:38
وَلَقَدْ صَبَّحَهُم بُكْرَةً عَذَابٌ مُّسْتَقِرٌّ {38}
Erta tongda ularga ayrilmas azob kelgan.
54:39
فَذُوقُوا عَذَابِي وَنُذُرِ {39}
Keyin “Azobimni va ogohlantirishim(ga eʼtibor bermaslik oqibati)ni totinglar!” (deyilgan)
54:40
وَلَقَدْ يَسَّرْنَا الْقُرْآنَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ {40}
Shubhasizki, Qurʼonni nasihat (eslatma) olish uchun oson qilib qoʻydik, nasihat oluvchi bormi?!
54:41
وَلَقَدْ جَاء آلَ فِرْعَوْنَ النُّذُرُ {41}
Shubhasizki, Firʼavn oilasiga (tarafdorlariga) ogohlantirishlar kelgan.
54:42
كَذَّبُوا بِآيَاتِنَا كُلِّهَا فَأَخَذْنَاهُمْ أَخْذَ عَزِيزٍ مُّقْتَدِرٍ {42}
Ular oyatlarimizning barchasini yolgʻonlagan. Natijada, ularni doimo gʻolib va ustun keluvchi va hamma narsaga kuchi yetuvchiga yarashadigan shaklda tutdik (jazoladik).
54:43
أَكُفَّارُكُمْ خَيْرٌ مِّنْ أُوْلَئِكُمْ أَمْ لَكُم بَرَاءةٌ فِي الزُّبُرِ {43}
Sizlarning kofirlaringiz ulardan yaxshiroqmi?! Yoki (ilohiy) kitoblarda sizlarga tegishli oqlov bormi?!
54:44
أَمْ يَقُولُونَ نَحْنُ جَمِيعٌ مُّنتَصِرٌ {44}
Aslida, ular (oʻzlarini) “Biz yenguvchi jamoamiz”, deyapti.
54:45
سَيُهْزَمُ الْجَمْعُ وَيُوَلُّونَ الدُّبُرَ {45}
Oʻsha jamoa yaqinda magʻlub boʻladi va ortga qarab qochadi[2373].
54:46
بَلِ السَّاعَةُ مَوْعِدُهُمْ وَالسَّاعَةُ أَدْهَى وَأَمَرُّ{46}
Aslida, ularga tahdid qilingan vaqt qiyomatdir. Qiyomat (azobi) bedavo va achchiqroqdir.
54:47
إِنَّ الْمُجْرِمِينَ فِي ضَلَالٍ وَسُعُرٍ {47}
Shu jinoyatchilar[2374] aniq adashmovchilikda va ahmoqgarchilikdadir.
54:48
يَوْمَ يُسْحَبُونَ فِي النَّارِ عَلَى وُجُوهِهِمْ ذُوقُوا مَسَّ سَقَرَ {48}
Ularni yuz tuban jahannamga[2375] sudrab boriladigan kunda, “Jahannam taʼsirini totinglar!” (deyiladi.)
54:49
إِنَّا كُلَّ شَيْءٍ خَلَقْنَاهُ بِقَدَرٍ {49}
Albatta, Biz hamma narsani oʻlchov bilan yaratdik[2376].
54:50
وَمَا أَمْرُنَا إِلَّا وَاحِدَةٌ كَلَمْحٍ بِالْبَصَرِ {50}
Bizning amru farmonimiz bir lahzalikdir[2377].
54:51
وَلَقَدْ أَهْلَكْنَا أَشْيَاعَكُمْ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ {51}
Shubhasizki, sizlarga oʻxshagan (kofir)larni halok qilib yubodrik. Eslatma – ibrat oluvchi yoʻqmi?!
54:52
وَكُلُّ شَيْءٍ فَعَلُوهُ فِي الزُّبُرِ {52}
Qilgan har bir ishlari kitoblarda (yoziqliq)dir[2378].
54:53
وَكُلُّ صَغِيرٍ وَكَبِيرٍ مُسْتَطَرٌ {53}
Kattayu kichib barchasi satrma-satr yozib qoʻyilgan.
54:54
إِنَّ الْمُتَّقِينَ فِي جَنَّاتٍ وَنَهَرٍ {54}
Masʼuliyatli (moʻmin)lar bogʻu boʻstonlarda, anhorlar (yonlarida qoladilar).
54:55
فِي مَقْعَدِ صِدْقٍ عِندَ مَلِيكٍ مُّقْتَدِرٍ {55}
Kuchli hukmdor huzuridagi sadoqat martabasida[2379] (qoladilar).
- RAHMON surasi[2380]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
55:1
الرَّحْمَنُ {1}
Yaxshiligi cheksiz zot —
55:2
عَلَّمَ الْقُرْآنَ {2}
Qurʼonni oʻrgatdi[2381].
55:3
خَلَقَ الْإِنسَانَ {3}
Insonni yaratdi.
55:4
عَلَّمَهُ الْبَيَانَ {4}
Unga oʻzini ifoda qilishni oʻrgatdi[2382].
55:5
الشَّمْسُ وَالْقَمَرُ بِحُسْبَانٍ {5}
Quyosh bilan oy bir hisobga koʻra (harakatlanadi)[2383].
55:6
وَالنَّجْمُ وَالشَّجَرُ يَسْجُدَانِ {6}
(Samodagi) yulduzlar ham (yerdagi) daraxtlar ham sajda qilmoqdalar[2384].
55:7
وَالسَّمَاء رَفَعَهَا وَوَضَعَ الْمِيزَانَ {7}
Samoni (ustunsiz)[2385] yuksak tutdi va muvozanat oʻrnatdiki,
55:8
أَلَّا تَطْغَوْا فِي الْمِيزَانِ {8}
Toki sizlar (ham) muvozanatni – adolatni[2386] buzmanglar!
55:9
وَأَقِيمُوا الْوَزْنَ بِالْقِسْطِ وَلَا تُخْسِرُوا الْمِيزَانَ {9}
Oʻlchovda adolat oʻrnatinglar[2387], tarozida ziyon keltirmanglar.
55:10
وَالْأَرْضَ وَضَعَهَا لِلْأَنَامِ {10}
U yerni xaloyiq uchun yaratib qoʻydi[2388].
55:11
فِيهَا فَاكِهَةٌ وَالنَّخْلُ ذَاتُ الْأَكْمَامِ {11}
Unda mevalar va gʻunchali xurmo daraxtlar (bor).
55:12
وَالْحَبُّ ذُو الْعَصْفِ وَالرَّيْحَانُ {12}
Somonli donlaru gulu rayhonlar[2389] (bor).
55:13
فَبِأَيِّ آلَاء رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ {13}
Bas! Robbingizni qaysi neʼmatlarini[2390] rad etasiz?![2391]
55:14
خَلَقَ الْإِنسَانَ مِن صَلْصَالٍ كَالْفَخَّارِ {14}
U (ilk) insonni sopolga oʻxshagan quruq loydan yaratdi[2392].
55:15
وَخَلَقَ الْجَانَّ مِن مَّارِجٍ مِّن نَّارٍ {15}
Jonni esa olovli aralashmadan yaratdi.
55:16
فَبِأَيِّ آلَاء رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ {16}
Bas! Robbingizni qaysi neʼmatlarini rad etasiz?!
55:17
رَبُّ الْمَشْرِقَيْنِ وَرَبُّ الْمَغْرِبَيْنِ {17}
U ikki mashriq va ikki magʻribning[2393] yaratgan Egasidir.
55:18
فَبِأَيِّ آلَاء رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ {18}
Bas! Robbingizni qaysi neʼmatlarini rad etasiz?!
55:19
مَرَجَ الْبَحْرَيْنِ يَلْتَقِيَانِ {19}
U ikki dengizni toʻqnashtirib oqizib qoʻydi.
55:20
بَيْنَهُمَا بَرْزَخٌ لَّا يَبْغِيَانِ {20}
Oʻrtalarida (koʻrinmas) toʻsiq bor, oshib oʻtolmaydilar[2394].
55:21
فَبِأَيِّ آلَاء رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ {21}
Bas! Robbingizni qaysi neʼmatlarini rad etasiz?!
55:22
يَخْرُجُ مِنْهُمَا اللُّؤْلُؤُ وَالْمَرْجَانُ {22}
Ulardan marvarid-marjonlar chiqib turadi.
55:23
فَبِأَيِّ آلَاء رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ {23}
Bas! Robbingizni qaysi neʼmatlarini rad etasiz?!
55:24
وَلَهُ الْجَوَارِ الْمُنشَآتُ فِي الْبَحْرِ كَالْأَعْلَامِ {24}
Dengizda suzadigan qilib qurilgan togʻlardek kemalar Unga (Uning qudratiga) tegishli[2395].
55:25
فَبِأَيِّ آلَاء رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ {25}
Bas! Robbingizni qaysi neʼmatlarini rad etasiz?!
55:26
كُلُّ مَنْ عَلَيْهَا فَانٍ {26}
Dunyodagi har kim oʻtkinchidir.
55:27
وَيَبْقَى وَجْهُ رَبِّكَ ذُو الْجَلَالِ وَالْإِكْرَامِ {27}
Ulugʻvorlik va saxovat egasi boʻlmish Rabbingning Oʻzigina[2396] boqiy[2397] qoladi.
55:28
فَبِأَيِّ آلَاء رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ {28}
Bas! Robbingizni qaysi neʼmatlarini rad etasiz?!
55:29
يَسْأَلُهُ مَن فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ كُلَّ يَوْمٍ هُوَ فِي شَأْنٍ {29}
Osmondagilar ham yerdagilar ham Undan soʻraydi![2398] U har kuni[2399] (har on) faoliyatdadir[2400].
55:30
فَبِأَيِّ آلَاء رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ {30}
Bas! Robbingizni qaysi neʼmatlarini rad etasiz?!
55:31
سَنَفْرُغُ لَكُمْ أَيُّهَا الثَّقَلَانِ {31}
Ey ogʻir yuk/masʼuliyat (yuklangan)lar, yaqinda (hisob soʻragani) sizlarga vaqt ajratamiz[2401].
55:32
فَبِأَيِّ آلَاء رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ {32}
Endi, yaratgan Egangizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olasizlar?!
55:33
يَا مَعْشَرَ الْجِنِّ وَالْإِنسِ إِنِ اسْتَطَعْتُمْ أَن تَنفُذُوا مِنْ أَقْطَارِ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ فَانفُذُوا لَا تَنفُذُونَ إِلَّا بِسُلْطَانٍ {33}
“Ey insu-jin jamoasi! Agar osmonlar va yerning chegaralaridan chiqib keta olsangiz, chiqib keting! Zero, (maxsus) kuch-quvvatsiz chiqib ketolmaysizlar”.
55:34
فَبِأَيِّ آلَاء رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ {34}
Endi, yaratgan Egangizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olasizlar?!
55:35
يُرْسَلُ عَلَيْكُمَا شُوَاظٌ مِّن نَّارٍ وَنُحَاسٌ فَلَا تَنتَصِرَانِ {35}
Sizlarga olovli alanga va tutun yuboriladi. Shunda, bir-biringizga yordam berolmaysiz.
55:36
فَبِأَيِّ آلَاء رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ {36}
Endi, yaratgan Egangizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olasizlar?!
55:37
فَإِذَا انشَقَّتِ السَّمَاء فَكَانَتْ وَرْدَةً كَالدِّهَانِ {37}
Oʻshanda osmon yorilib, boʻyalgandek qizil gul[2402] (kabi) boʻlib qolganida…
55:38
فَبِأَيِّ آلَاء رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ {38}
Endi, yaratgan Egangizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olasizlar?!
55:39
فَيَوْمَئِذٍ لَّا يُسْأَلُ عَن ذَنبِهِ إِنسٌ وَلَا جَانٌّ {39}
Oʻsha kuni hech bir insdan – hech bir jondan gunohi haqida (uni qilganmisan deb) soʻrab oʻtirilmaydi[2403].
55:40
فَبِأَيِّ آلَاء رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ {40}
Endi, yaratgan Egangizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olasizlar?!
55:41
يُعْرَفُ الْمُجْرِمُونَ بِسِيمَاهُمْ فَيُؤْخَذُ بِالنَّوَاصِي وَالْأَقْدَامِ {41}
(Mahsharda) jinoyatchilar belgilaridan tanilib turadi[2404], ularni peshona sochi[2405] va oyoqlaridan tutiladi.
55:42
فَبِأَيِّ آلَاء رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ {42}
Endi, yaratgan Egangizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olasizlar?!
55:43
هَذِهِ جَهَنَّمُ الَّتِي يُكَذِّبُ بِهَا الْمُجْرِمُونَ {43}
“Jinoyatchilar yolgʻon munosabat bildirgan jahannam mana shu!” (deyiladi.)
55:44
يَطُوفُونَ بَيْنَهَا وَبَيْنَ حَمِيمٍ آنٍ {44}
Ular jahannam bilan qaynoq suv orasida borib-kelib turadi.
55:45
فَبِأَيِّ آلَاء رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ {45}
Endi, yaratgan Egangizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olasizlar?!
55:46
وَلِمَنْ خَافَ مَقَامَ رَبِّهِ جَنَّتَانِ {46}
Yaratgan Egasiga (hisob berib) turishdan qoʻrqqanlarga ikkita jannat[2406] (beriladi).
55:47
فَبِأَيِّ آلَاء رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ {47}
Endi, yaratgan Egangizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olasizlar?!
55:48
ذَوَاتَا أَفْنَانٍ {48}
Ikkalasini ham turli-tuman daraxtlari[2407] bor.
55:49
فَبِأَيِّ آلَاء رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ {49}
Endi, yaratgan Egangizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olasizlar?!
55:50
فِيهِمَا عَيْنَانِ تَجْرِيَانِ {50}
Ikkalasida ham oqib turadigan chashma-i buloqlar bor[2408].
55:51
فَبِأَيِّ آلَاء رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ {51}
Endi, yaratgan Egangizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olasizlar?!
55:52
فِيهِمَا مِن كُلِّ فَاكِهَةٍ زَوْجَانِ {52}
Ikkalasida ham juft-juft har turli mevalar bor.
55:53
فَبِأَيِّ آلَاء رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ {53}
Endi, yaratgan Egangizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olasizlar?!
55:54
مُتَّكِئِينَ عَلَى فُرُشٍ بَطَائِنُهَا مِنْ إِسْتَبْرَقٍ وَجَنَى الْجَنَّتَيْنِ دَانٍ {54}
Shoyi astarli toʻshaklarga yonboshlagan holda (boʻladi) va ikkala jannatning ham mevalari yaqin[2409] boʻladi.
55:55
فَبِأَيِّ آلَاء رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ {55}
Endi, yaratgan Egangizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olasizlar?!
55:56
فِيهِنَّ قَاصِرَاتُ الطَّرْفِ لَمْ يَطْمِثْهُنَّ إِنسٌ قَبْلَهُمْ وَلَا جَانٌّ {56}
U (jannat)larda nigohlari (faqat xojalariga qarashga) cheklangan ayol xizmatkorlar (boʻladi). Ularga oʻzlaridan oldin na inson va na jon tegmagan (boʻladi).
55:57
فَبِأَيِّ آلَاء رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ {57}
Endi, yaratgan Egangizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olasizlar?!
55:58
كَأَنَّهُنَّ الْيَاقُوتُ وَالْمَرْجَانُ {58}
Ular yoqutdekva marjondek boʻladi.[2410]
55:59
فَبِأَيِّ آلَاء رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ {59}
Endi, yaratgan Egangizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olasizlar?!
55:60
هَلْ جَزَاء الْإِحْسَانِ إِلَّا الْإِحْسَانُ {60}
Yaxshilikning mukofoti yaxshilikdan boshqa narsa boʻlmaydi[2411].
55:61
فَبِأَيِّ آلَاء رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ {61}
Endi, yaratgan Egangizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olasizlar?!
55:62
وَمِن دُونِهِمَا جَنَّتَانِ {62}
U ikkkala (jannatdan) boshqa yana ikkita jannat bor.
55:63
فَبِأَيِّ آلَاء رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ {63}
Endi, yaratgan Egangizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olasizlar?!
55:64
مُدْهَامَّتَانِ {64}
Ikkisi ham tim yashildir.
55:65
فَبِأَيِّ آلَاء رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ {65}
Endi, yaratgan Egangizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olasizlar?!
55:66
فِيهِمَا عَيْنَانِ نَضَّاخَتَانِ {66}
U ikkalasida shildirab oqadigan[2412] ikkita chashma bor.
55:67
فَبِأَيِّ آلَاء رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ {67}
Endi, yaratgan Egangizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olasizlar?!
55:68
فِيهِمَا فَاكِهَةٌ وَنَخْلٌ وَرُمَّانٌ {68}
Ikkalasida ham mevalar, xurmolar va anorlar bor.
55:69
فَبِأَيِّ آلَاء رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ {69}
Endi, yaratgan Egangizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olasizlar?!
55:70
فِيهِنَّ خَيْرَاتٌ حِسَانٌ {70}
U yerlarda eng yaxshi[2413] va eng chiroyli narsalar (boʻladi).
55:71
فَبِأَيِّ آلَاء رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ {71}
Endi, yaratgan Egangizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olasizlar?!
55:72
حُورٌ مَّقْصُورَاتٌ فِي الْخِيَامِ {72}
Chodirlarda (xizmat qilish bilan) cheklangan (xizmatkor) hurlar bor.
55:73
فَبِأَيِّ آلَاء رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ {73}
Endi, yaratgan Egangizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olasizlar?!
55:74
لَمْ يَطْمِثْهُنَّ إِنْسٌ قَبْلَهُمْ وَلَا جَانٌّ{74}
Ularga oʻzlaridan oldin na ins – na jon tegmagan[2414].
55:75
فَبِأَيِّ آلَاء رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ {75}
Endi, yaratgan Egangizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olasizlar?!
55:76
مُتَّكِئِينَ عَلَى رَفْرَفٍ خُضْرٍ وَعَبْقَرِيٍّ حِسَانٍ {76}
Ular yashil yostiqlarga yonboshlagan holda, chiroyli kiyimlarda boʻladilar.
55:77
فَبِأَيِّ آلَاء رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ {77}
Endi, yaratgan Egangizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olasizlar?!
55:78
تَبَارَكَ اسْمُ رَبِّكَ ذِي الْجَلَالِ وَالْإِكْرَامِ {78}
Ulugʻvorlik va saxovat egasi boʻlmish Robbinging shaʼni juda ulugʻdir.
- VOQEA surasi[2415]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
56:1
إِذَا وَقَعَتِ الْوَاقِعَةُ {1}
Oʻsha (daxshatli qiyomat qoim) hodisasi sodir boʻlganida,
56:2
لَيْسَ لِوَقْعَتِهَا كَاذِبَةٌ {2}
Zero, sodir boʻlishini yolgʻoni yoʻq.
56:3
خَافِضَةٌ رَّافِعَةٌ {3}
U (yomonlarni) pastga uradi, (yaxshilarni) koʻtaradi[2416].
56:4
إِذَا رُجَّتِ الْأَرْضُ رَجًّا {4}
Yer qattiq silkinganida,
56:5
وَبُسَّتِ الْجِبَالُ بَسًّا {5}
Togʻlar titilib parchalanib,
56:6
فَكَانَتْ هَبَاء مُّنبَثًّا {6}
chang-toʻzonga aylanib ketadi.
56:7
وَكُنتُمْ أَزْوَاجًا ثَلَاثَةً {7}
Sizlar uch toifaga boʻlinasiz.
56:8
فَأَصْحَابُ الْمَيْمَنَةِ مَا أَصْحَابُ الْمَيْمَنَةِ {8}
Oʻng taraf egalari! Oʻng taraf egasi boʻlish goʻzal saodatdir![2417]
56:9
وَأَصْحَابُ الْمَشْأَمَةِ مَا أَصْحَابُ الْمَشْأَمَةِ {9}
Chap taraf egalari! Chap taraf egasi boʻlish qattiq baxtsizlikdir!
56:10
وَالسَّابِقُونَ السَّابِقُونَ {10}
Va (dunyoda yaxshiliklarda) peshqadamlik qilib, (jannatga kirishda) peshqadamlik qiluvchilar.
56:11
أُوْلَئِكَ الْمُقَرَّبُونَ {11}
Ana shular (yuksak maqomlarga) yaqinlashtiriladigan kishilardir[2418].
56:12
فِي جَنَّاتِ النَّعِيمِ {12}
Ular neʼmat toʻla bogʻu boʻstonlarda (qoladi).
56:13
ثُلَّةٌ مِّنَ الْأَوَّلِينَ {13}
(Peshqadamlar) avvalgilardan koʻpchilik,
56:14
وَقَلِيلٌ مِّنَ الْآخِرِينَ {14}
Oxirgilardan esa ozchilik (boʻladi).
56:15
عَلَى سُرُرٍ مَّوْضُونَةٍ {15}
Ular bezatilgan soʻrilar uzra,
56:16
مُتَّكِئِينَ عَلَيْهَا مُتَقَابِلِينَ {16}
Unda bir-biriga qarab yonboshlab (oʻtiradilar).
56:17
يَطُوفُ عَلَيْهِمْ وِلْدَانٌ مُّخَلَّدُونَ {17}
Mangu yosh xizmatkor bolalar atroflarida aylanib turadi.
56:18
بِأَكْوَابٍ وَأَبَارِيقَ وَكَأْسٍ مِّن مَّعِينٍ {18}
Chashmadan (ichimlik toʻldirilgan) qadahlar, koʻza va kosalar bilan (aylanib turadilar).
56:19
لَا يُصَدَّعُونَ عَنْهَا وَلَا يُنزِفُونَ {19}
Undan boshi ogʻrigʻi boʻlmaydilar, es-hushini yoʻqotib ham qoʻymaydilar.
56:20
وَفَاكِهَةٍ مِّمَّا يَتَخَيَّرُونَ {20}
Yana, ular tanlagan mevalar bilan (aylanib turadilar).
56:21
وَلَحْمِ طَيْرٍ مِّمَّا يَشْتَهُونَ {21}
Yana, koʻngli tusagan qush goʻshtlari bilan (aylanib turadilar).
56:22
وَحُورٌ عِينٌ {22}
Charos koʻzli (xizmatkor) hurlar.
56:23
كَأَمْثَالِ اللُّؤْلُؤِ الْمَكْنُونِ {23}
Ular xuddi (sadafda) saqlangan durga oʻxshaydi[2419].
56:24
جَزَاء بِمَا كَانُوا يَعْمَلُونَ {24}
Bular oʻzlari qilgan amallarining mukofotidir[2420].
56:25
لَا يَسْمَعُونَ فِيهَا لَغْوًا وَلَا تَأْثِيمًا {25}
U yerda bekorchi va gunoh soʻzlar eshitmaydi.
56:26
إِلَّا قِيلًا سَلَامًا سَلَامًا {26}
Faqatgina eson-omonlik tilaklari eshitadilar[2421].
56:27
وَأَصْحَابُ الْيَمِينِ مَا أَصْحَابُ الْيَمِينِ {27}
Oʻng taraf egalari! Oʻng taraf egasi boʻlish goʻzal saodatdir![2422]
56:28
فِي سِدْرٍ مَّخْضُودٍ {28}
Ular tikansiz daraxtzorlarda[2423],
56:29
وَطَلْحٍ مَّنضُودٍ {29}
Sermevali bananzorlarda,
56:30
وَظِلٍّ مَّمْدُودٍ {30}
Qalin soya-salqinlikda,
56:31
وَمَاء مَّسْكُوبٍ {31}
Oqar suv (boʻylari)da[2424],
56:32
وَفَاكِهَةٍ كَثِيرَةٍ {32}
Koʻp-koʻp mevalarda,
56:33
لَّا مَقْطُوعَةٍ وَلَا مَمْنُوعَةٍ {33}
Bitmas-tugalmas hamda taqiqlanmas (mevalarda),
56:34
وَفُرُشٍ مَّرْفُوعَةٍ {34}
Va baland toʻshaklarda (qolib yashaydilar).
56:35
إِنَّا أَنشَأْنَاهُنَّ إِنشَاء {35}
Biz ularni[2425] oʻzgacha yaratamiz.
56:36
فَجَعَلْنَاهُنَّ أَبْكَارًا {36}
Ularni yosh[2426] holatda qilib qoʻyamiz.
56:37
عُرُبًا أَتْرَابًا {37}
Xush muomala va tengdosh qilib qoʻyamiz.
56:38
لِّأَصْحَابِ الْيَمِينِ {38}
(Bular) oʻng taraf egalari uchundir.
56:39
ثُلَّةٌ مِّنَ الْأَوَّلِينَ {39}
(Ular) avvalgilardan ham koʻpchilik (boʻladi).
56:40
وَثُلَّةٌ مِّنَ الْآخِرِينَ {40}
Oxirgilardan ham koʻpchilik (boʻladi).
56:41
وَأَصْحَابُ الشِّمَالِ مَا أَصْحَابُ الشِّمَالِ {41}
Chap taraf egalari! Chap taraf egasi boʻlish falokatdir!
56:42
فِي سَمُومٍ وَحَمِيمٍ {42}
(Ular) issiq shamol va qaynoq suvda,
56:43
وَظِلٍّ مِّن يَحْمُومٍ {43}
Qora tuman soyasida (qoladilar).
56:44
لَّا بَارِدٍ وَلَا كَرِيمٍ {44}
Uni na salqinligi yoʻq, na foydasi.
56:45
إِنَّهُمْ كَانُوا قَبْلَ ذَلِكَ مُتْرَفِينَ {45}
Ular undan oldin (dunyo hayotida) maishatparast boʻladi.
56:46
وَكَانُوا يُصِرُّونَ عَلَى الْحِنثِ الْعَظِيمِ {46}
Katta gunoh(lar) qilishda davom etadi.
56:47
وَكَانُوا يَقُولُونَ أَئِذَا مِتْنَا وَكُنَّا تُرَابًا وَعِظَامًا أَئِنَّا لَمَبْعُوثُونَ {47}
Ular: “Oʻlib tuproq va suyaklarga aylanib ketganimizdan keyin, biz aniq qayta tirilamizmi?!” deydi.
56:48
أَوَ آبَاؤُنَا الْأَوَّلُونَ {48}
“Avvalgi ota-bobolarimiz ham (qayta tiriladimi?!)” deydi.
56:49
قُلْ إِنَّ الْأَوَّلِينَ وَالْآخِرِينَ {49}
Ayt: «Avvalgilar ham, oxirgilar ham,
56:50
لَمَجْمُوعُونَ إِلَى مِيقَاتِ يَوْمٍ مَّعْلُومٍ {50}
Maʼlum kungi belgilangan vaqtda aniq toʻplanadilar.
56:51
ثُمَّ إِنَّكُمْ أَيُّهَا الضَّالُّونَ الْمُكَذِّبُونَ {51}
Keyin, ey siz adashgan[2427], yolgʻonchilar!
56:52
لَآكِلُونَ مِن شَجَرٍ مِّن زَقُّومٍ {52}
Sizlar Zaqqum[2428] daraxtidan yeysizlar.
56:53
فَمَالِؤُونَ مِنْهَا الْبُطُونَ {53}
Qorinlarni undan toʻldirasizlar[2429].
56:54
فَشَارِبُونَ عَلَيْهِ مِنَ الْحَمِيمِ {54}
Keyin uni ustidan qaynoq suv ichasizlar.
56:55
فَشَارِبُونَ شُرْبَ الْهِيمِ {55}
Tashna tuyalar (suv ichishiga) kabi ichasizlar[2430].»
56:56
هَذَا نُزُلُهُمْ يَوْمَ الدِّينِ {56}
Ularning (chap taraf egalarining) sarhisob kunidagi «ziyofatlari« shu!
56:57
نَحْنُ خَلَقْنَاكُمْ فَلَوْلَا تُصَدِّقُونَ {57}
Sizlarni Biz yaratdik, tasdiqlamaysizlarmi?![2431]
56:58
أَفَرَأَيْتُم مَّا تُمْنُونَ {58}
Chiqarayotganingiz maniyni (spermani) oʻylab koʻrdingizmi?!
56:59
أَأَنتُمْ تَخْلُقُونَهُ أَمْ نَحْنُ الْخَالِقُونَ {59}
Uni (inson shaklida) sizlar yaratyapsizmi, yoki Biz yaratamizmi?!
56:60
نَحْنُ قَدَّرْنَا بَيْنَكُمُ الْمَوْتَ وَمَا نَحْنُ بِمَسْبُوقِينَ {60}
Orangizda oʻlimni Biz belgiladik. Biz ojiz emasmiz- [2432]
56:61
عَلَى أَن نُّبَدِّلَ أَمْثَالَكُمْ وَنُنشِئَكُمْ فِي مَا لَا تَعْلَمُونَ {61}
Sifatlaringizni oʻzgartirib, sizlarni oʻzingiz bilmaydigan shaklda yaratishdan ojiz emasmiz. [2433]
56:62
وَلَقَدْ عَلِمْتُمُ النَّشْأَةَ الْأُولَى فَلَوْلَا تَذكَّرُونَ {62}
Haqiqatda, ilk yaratilishni bildinglar-ku! Shunda ham nasihat olmaysizlarmi?!
56:63
أَفَرَأَيْتُم مَّا تَحْرُثُونَ {63}
Qilayotgan ekinlaringizni oʻylab koʻrdinglarmi?!
56:64
أَأَنتُمْ تَزْرَعُونَهُ أَمْ نَحْنُ الزَّارِعُونَ {64}
Uni sizlar undirasizmi yoki, uni undiruvchisi Bizmi?!
56:65
لَوْ نَشَاء لَجَعَلْنَاهُ حُطَامًا فَظَلَتُمْ تَفَكَّهُونَ {65}
Agar xohlasak, uni quruq choʻp qilib qoʻygan boʻlardik. Shunda hayratlanib:
56:66
إِنَّا لَمُغْرَمُونَ {66}
«Biz qarzga botdik (ziyondamiz),
56:67
بَلْ نَحْنُ مَحْرُومُونَ {67}
Biz mahrum boʻldik», (deb qolasizlar).
56:68
أَفَرَأَيْتُمُ الْمَاء الَّذِي تَشْرَبُونَ {68}
Oʻzingiz ichayotgan suvni oʻylab koʻrdinglarmi?!
56:69
أَأَنتُمْ أَنزَلْتُمُوهُ مِنَ الْمُزْنِ أَمْ نَحْنُ الْمُنزِلُونَ {69}
Uni bulutlardan sizlar tushirdingizmi yoki tushiruvchi Bizmi?!
56:70
لَوْ نَشَاء جَعَلْنَاهُ أُجَاجًا فَلَوْلَا تَشْكُرُونَ {70}
Agar xohlasak, uni shoʻr qilib qoʻygan boʻlardik[2434]. Shukr qilmaysizlarmi?!
56:71
أَفَرَأَيْتُمُ النَّارَ الَّتِي تُورُونَ {71}
Oʻzingiz yoqayotgan olovni oʻylab koʻrdinglarmi?
56:72
أَأَنتُمْ أَنشَأْتُمْ شَجَرَتَهَا أَمْ نَحْنُ الْمُنشِؤُونَ {72}
Uning daraxtini sizlar yaratib undiryapsizmi yoki, yaratib undiruvchi Bizmi?!
56:73
نَحْنُ جَعَلْنَاهَا تذْكِرَةً وَمَتَاعًا لِّلْمُقْوِينَ {73}
Biz uni (dunyodagi olovni oxiratdagi olovdan) eslatma, hamda ehtiyoji borlarga foydalanadigan narsa qilib qoʻydik[2435].
56:74
فَسَبِّحْ بِاسْمِ رَبِّكَ الْعَظِيمِ {74}
Shunday ekan, Ulugʻ Robbingni ismini (shaʼnini) ulugʻla[2436].
56:75
فَلَا أُقْسِمُ بِمَوَاقِعِ النُّجُومِ {75}
Yoʻq![2437] yulduzlarning (Qurʼon oyatlarining)[2438] nozil boʻlayotgan oʻrinlariga ont boʻlsin!
56:76
وَإِنَّهُ لَقَسَمٌ لَّوْ تَعْلَمُونَ عَظِيمٌ {76}
Agar bilsangiz, u (ont) ulugʻ ontdir.
56:77
إِنَّهُ لَقُرْآنٌ كَرِيمٌ {77}
Albatta, u hurmatli Qurʼondir.
56:78
فِي كِتَابٍ مَّكْنُونٍ {78}
U muhofaza qilingan kitobda (yozilgandir)[2439].
56:79
لَّا يَمَسُّهُ إِلَّا الْمُطَهَّرُونَ {79}
Halol-pok kishilardan boshqasi uni (Qurʼonni imon va amal jihatidan) ushlab turolmaydi[2440].
56:80
تَنزِيلٌ مِّن رَّبِّ الْعَالَمِينَ {80}
U (Qurʼon) borliqlarning yaratgan Egasi tarafidan tushirilgan.
56:81
أَفَبِهَذَا الْحَدِيثِ أَنتُم مُّدْهِنُونَ {81}
Sizlar mana shu soʻzlarga tilyogʻlamachilik[2441] qilyapsizmi?!
56:82
وَتَجْعَلُونَ رِزْقَكُمْ أَنَّكُمْ تُكَذِّبُونَ {82}
Yolgʻonchiligingizni oʻzingizga kasb qilib olyapsizmi?![2442]
56:83
فَلَوْلَا إِذَا بَلَغَتِ الْحُلْقُومَ {83}
Bas! (Jon) halqumga kelganida,
56:84
وَأَنتُمْ حِينَئِذٍ تَنظُرُونَ {84}
Oʻshanda sizlar (oʻlayotgan odamga) qarab turasiz[2443].
56:85
وَنَحْنُ أَقْرَبُ إِلَيْهِ مِنكُمْ وَلَكِن لَّا تُبْصِرُونَ {85}
Biz unga sizlardan koʻra yaqinmiz. Lekin, sizlar koʻrmaysiz[2444].
56:86
فَلَوْلَا إِن كُنتُمْ غَيْرَ مَدِينِينَ {86}
Sizlar (Allohning qonunlariga) boʻysundirilgan boʻlmasalaring,
56:87
تَرْجِعُونَهَا إِن كُنتُمْ صَادِقِينَ {87}
Uni (oʻlayotgan jonni hayotga) qaytaring-chi – agar rostgoʻy boʻlsalaring![2445]
56:88
فَأَمَّا إِن كَانَ مِنَ الْمُقَرَّبِينَ {88}
Agar (oʻlgan kishi Allohga) yaqin bandalardan[2446] boʻlsa,
56:89
فَرَوْحٌ وَرَيْحَانٌ وَجَنَّةُ نَعِيمٍ {89}
Demak, u huzur-halovat, gulu rayhonlar[2447]; neʼmat toʻla jannatda boʻladi.
56:90
وَأَمَّا إِن كَانَ مِنَ أَصْحَابِ الْيَمِينِ {90}
Agar (oʻlgan kishi) oʻng taraf egalaridan boʻlsa,
56:91
فَسَلَامٌ لَّكَ مِنْ أَصْحَابِ الْيَمِينِ {91}
“Oʻng taraf egalaridan boʻlgan kishi, Senga salom boʻlsin!” (deyiladi)[2448].
56:92
وَأَمَّا إِن كَانَ مِنَ الْمُكَذِّبِينَ الضَّالِّينَ {92}
Agar (oʻlgan kishi) yolgʻonchi va gumrohlardan boʻlsa,
56:93
فَنُزُلٌ مِّنْ حَمِيمٍ {93}
(Unga) qaynoq suvdan ziyofat bor!
56:94
وَتَصْلِيَةُ جَحِيمٍ {94}
Va jahannamga tushish bor!
56:95
إِنَّ هَذَا لَهُوَ حَقُّ الْيَقِينِ {95}
Bu (xabarlar) ayni haqiqatdir.
56:96
فَسَبِّحْ بِاسْمِ رَبِّكَ الْعَظِيمِ {96}
Bas! Rabbing nomini ulugʻla![2449]
- HADID surasi[2450]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
57:1
سَبَّحَ لِلَّهِ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ {1}
Osmonlar va yerdagi hamma narsa Allohni ulugʻlaydi[2451]. U Oʻz ishida gʻolibdir, toʻgʻri qaror beruvchidir.
57:2
لَهُ مُلْكُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ يُحْيِي وَيُمِيتُ وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ {2}
Osmonlar va yerning hukmronligi Unga tegishli. U tiriltiradi va U oʻldiradi. U hamma narsaga oʻlchov qoʻyadi[2452].
57:3
هُوَ الْأَوَّلُ وَالْآخِرُ وَالظَّاهِرُ وَالْبَاطِنُ وَهُوَ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ {3}
U Avvaldir (boshlanishi yoʻq) va Oxirdir (nihoyasi yoʻq)[2453], (borligi) Oshkordir va (zoti) Pinhondir[2454]. U hamma narsani biladi.
57:4
هُوَ الَّذِي خَلَقَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ فِي سِتَّةِ أَيَّامٍ ثُمَّ اسْتَوَى عَلَى الْعَرْشِ يَعْلَمُ مَا يَلِجُ فِي الْأَرْضِ وَمَا يَخْرُجُ مِنْهَا وَمَا يَنزِلُ مِنَ السَّمَاء وَمَا يَعْرُجُ فِيهَا وَهُوَ مَعَكُمْ أَيْنَ مَا كُنتُمْ وَاللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ {4}
U osmonlar va yerni olti kun (olti davr)da yaratib, keyin[2455] arshga/boshqaruv maqomiga yoʻnaldi – yerga nima kirib, undan nima chiqayotganini ham, osmondan nima tushib, unga nima chiqayotganini ham bilib turadi. Qayerda boʻlishingizdan qatʼiy nazar, u sizlar bilan birgadir[2456]. Alloh qilmishlaringizni koʻrib turadi[2457].
57:5
لَهُ مُلْكُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَإِلَى اللَّهِ تُرْجَعُ الأمُورُ{5}
Osmonlar va yerning hukmronligi Unga tegishli. Barcha ishlar Unga qaytariladi.
57:6
يُولِجُ اللَّيْلَ فِي النَّهَارِ وَيُولِجُ النَّهَارَ فِي اللَّيْلِ وَهُوَ عَلِيمٌ بِذَاتِ الصُّدُورِ {6}
U kechani kunduzga, kunduzni kechaga kirgizib turadi. U dillardagini (ham) biladi.
57:7
آمِنُوا بِاللَّهِ وَرَسُولِهِ وَأَنفِقُوا مِمَّا جَعَلَكُم مُّسْتَخْلَفِينَ فِيهِ فَالَّذِينَ آمَنُوا مِنكُمْ وَأَنفَقُوا لَهُمْ أَجْرٌ كَبِيرٌ {7}
Allohga va elchisiga ishonib-suyaninglar! U sizlarni tasarrufingizga bergan narsalardan xayr-ehson qilinglar – beringlar! Orangizdan (Alloh va Rasuliga) ishongan va xayr-ehson qiladigan kishilarga ulkan ajr-mukofot bor.
57:8
وَمَا لَكُمْ لَا تُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ وَالرَّسُولُ يَدْعُوكُمْ لِتُؤْمِنُوا بِرَبِّكُمْ وَقَدْ أَخَذَ مِيثَاقَكُمْ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ {8}
Sizlarga nima boʻlyaptiki, Allohga ishonmayapsizlar?! Axir, elchi sizlarni yaratgan Egangizga ishonishga chaqirmoqda. U esa, sizlarni oʻzingizdan soʻz olgan-ku![2458] Agar moʻmin boʻlsangiz…
57:9
هُوَ الَّذِي يُنَزِّلُ عَلَى عَبْدِهِ آيَاتٍ بَيِّنَاتٍ لِيُخْرِجَكُم مِّنَ الظُّلُمَاتِ إِلَى النُّورِ وَإِنَّ اللَّهَ بِكُمْ لَرَؤُوفٌ رَّحِيمٌ {9}
Sizlarni zulmatlardan nurga olib chiqish uchun, bandasi (Muhammad)ga aniq-ravshan oyatlar nozil qildi[2459]. Alloh sizlarga shafqatli va mehribondir.
57:10
وَمَا لَكُمْ أَلَّا تُنفِقُوا فِي سَبِيلِ اللَّهِ وَلِلَّهِ مِيرَاثُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ لَا يَسْتَوِي مِنكُم مَّنْ أَنفَقَ مِن قَبْلِ الْفَتْحِ وَقَاتَلَ أُوْلَئِكَ أَعْظَمُ دَرَجَةً مِّنَ الَّذِينَ أَنفَقُوا مِن بَعْدُ وَقَاتَلُوا وَكُلًّا وَعَدَ اللَّهُ الْحُسْنَى وَاللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ {10}
Nega Alloh yoʻlida insfoq-ehson qilmayapsizlar?! Axir, osmonlar va yerning merosi/egadorligi Allohniki-ku! Orangizdan (hech kim) gʻalabadan ilgari infoq-ehson qilgan va (Alloh yoʻlida) jangda qatnashgan kishiga teng kelolmaydi. Ularning darajalari gʻalabadan keyin infoq-ehson qilgan va (Alloh yoʻlida) jangda qatnashgan kishilarning darajalaridan juda ulugʻdir. Alloh barchasiga eng goʻzal narsani – jannatni vaʼda qildi. Alloh qilayotgan ishlaringizdan xabardordir[2460].
57:11
مَن ذَا الَّذِي يُقْرِضُ اللَّهَ قَرْضًا حَسَنًا فَيُضَاعِفَهُ لَهُ وَلَهُ أَجْرٌ كَرِيمٌ {11}
Kim Allohga chiroyli qarz[2461] bersa, (Alloh) unga koʻpaytirib beradi, unga ulkan ajr-mukofot (beriladi).
57:12
يَوْمَ تَرَى الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ يَسْعَى نُورُهُم بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَبِأَيْمَانِهِم بُشْرَاكُمُ الْيَوْمَ جَنَّاتٌ تَجْرِي مِن تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا ذَلِكَ هُوَ الْفَوْزُ الْعَظِيمُ {12}
Kun kelib moʻmin erkak va moʻmina ayollarni koʻrasan. Ular oldilarini va oʻng taraflarini yoritib turgan nurlari bilan yurib boradi[2462]. (Ularga): “Bugun sizlarga ostidan anhorlar oqib turadigan, unda oʻlimsiz-mangu qolinadigan jannatlar xushxabardir!” (deyiladi).mana shu buyuk qutilishdir[2463].
57:13
يَوْمَ يَقُولُ الْمُنَافِقُونَ وَالْمُنَافِقَاتُ لِلَّذِينَ آمَنُوا انظُرُونَا نَقْتَبِسْ مِن نُّورِكُمْ قِيلَ ارْجِعُوا وَرَاءكُمْ فَالْتَمِسُوا نُورًا فَضُرِبَ بَيْنَهُم بِسُورٍ لَّهُ بَابٌ بَاطِنُهُ فِيهِ الرَّحْمَةُ وَظَاهِرُهُ مِن قِبَلِهِ الْعَذَابُ {13}
Oʻsha kuni munofiq erkak va munofiq ayollar moʻminlarga (qarab): “Bizni kutib turinglar, nuringizdan biz ham olib foydalanaylik”, deyishadi. (Shunda ularga): Ortingizga qaytib, oʻzingizga nur izlanglar!», deyiladi. Shunda, ularning orasiga ichida rahmat, tashqarisida azob boʻlgan darvozalik bir devor uriladi.
57:14
يُنَادُونَهُمْ أَلَمْ نَكُن مَّعَكُمْ قَالُوا بَلَى وَلَكِنَّكُمْ فَتَنتُمْ أَنفُسَكُمْ وَتَرَبَّصْتُمْ وَارْتَبْتُمْ وَغَرَّتْكُمُ الْأَمَانِيُّ حَتَّى جَاء أَمْرُ اللَّهِ وَغَرَّكُم بِاللَّهِ الْغَرُورُ {14}
Munofiqlar u (moʻmin)larga: “Biz sizlar bilan birga emasmidik?!”, deb nido qiladi. (Moʻminlar) shunday deydi: «Ha, shunday. Lekin, sizlar (dunyoda) oʻzingizni fitnaga tashladinglar[2464], kutib turdinglar, (Alloh va Rasulidan) shubhalandinglar[2465], xomxayollar sizlarni aldab qoʻydi, toki Allohning amri (qiyomat ham) keldi. Sizlarni oʻsha aldoqchi (shayton)[2466] ham aldab qoʻydi.»
57:15
فَالْيَوْمَ لَا يُؤْخَذُ مِنكُمْ فِدْيَةٌ وَلَا مِنَ الَّذِينَ كَفَرُوا مَأْوَاكُمُ النَّارُ هِيَ مَوْلَاكُمْ وَبِئْسَ الْمَصِيرُ {15}
“Bugun siz (munofiq)lardan ham, kofirlarlardan ham (jannatga kirgani) hech qanday toʻlov olinmaydi. Sizlarning borar joyingiz jahannamdir. Sizlarga u munosibdir. U qanday ham yomon borar joydir!”
57:16
أَلَمْ يَأْنِ لِلَّذِينَ آمَنُوا أَن تَخْشَعَ قُلُوبُهُمْ لِذِكْرِاللَّهِ وَمَا نَزَلَ مِنَ الْحَقِّ وَلَا يَكُونُوا كَالَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ مِن قَبْلُ فَطَالَ عَلَيْهِمُ الْأَمَدُ فَقَسَتْ قُلُوبُهُمْ وَكَثِيرٌ مِّنْهُمْ فَاسِقُونَ {16}
(Alloh va Rasuliga) ishongan kishilarni Allohning zikriga – nozil boʻlgan haq (Qurʼon)ga qalblari yumshash vaqti kelmadimi?![2467] (Moʻminlar oʻzlaridan) ilgari kitob berilgan, biroq, oradan uzoq vaqt oʻtgach, qalblari (ilohiy kitobga nisbatan) qatib ketgan (gʻayridin)larga oʻxshab qolmasin! Ularning koʻpi yoʻldan chiqqan-fosiqdir.
57:17
اعْلَمُوا أَنَّ اللَّهَ يُحْيِي الْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا قَدْ بَيَّنَّا لَكُمُ الْآيَاتِ لَعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ {17}
Bilinglarki, oʻlganidan keyin yerni jonlantiradigan albatta Allohdir. Aql ishlatishingiz uchun, sizlarga oyatlarni ochiqlab qoʻydik[2468].
57:18
إِنَّ الْمُصَّدِّقِينَ وَالْمُصَّدِّقَاتِ وَأَقْرَضُوا اللَّهَ قَرْضًا حَسَنًا يُضَاعَفُ لَهُمْ وَلَهُمْ أَجْرٌ كَرِيمٌ {18}
(Infoq-ehsoni bilan Allohga) sadoqat koʻrsatuvchi[2469] erkagu ayollarga – Allohga chiroyli “qarz” bergan kishilarga (mukofotlari) koʻpaytirib beriladi. Ularga ulkan ajr-mukofot bor.
57:19
وَالَّذِينَ آمَنُوا بِاللَّهِ وَرُسُلِهِ أُوْلَئِكَ هُمُ الصِّدِّيقُونَ وَالشُّهَدَاء عِندَ رَبِّهِمْ لَهُمْ أَجْرُهُمْ وَنُورُهُمْ وَالَّذِينَ كَفَرُوا وَكَذَّبُوا بِآيَاتِنَا أُوْلَئِكَ أَصْحَابُ الْجَحِيمِ {19}
Alloh va Rasuliga ishonganlar -aynan ular- (imonida) sodiq hamda, Alloh huzurida guvoh boʻladigan kishilardir. Ularni (mahsharda) ajr-mukofoti va nuri boʻladi[2470]. Kofirlik qilgan va oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlar jahannam ahlidir.
57:20
اعْلَمُوا أَنَّمَا الْحَيَاةُ الدُّنْيَا لَعِبٌ وَلَهْوٌ وَزِينَةٌ وَتَفَاخُرٌ بَيْنَكُمْ وَتَكَاثُرٌ فِي الْأَمْوَالِ وَالْأَوْلَادِ كَمَثَلِ غَيْثٍ أَعْجَبَ الْكُفَّارَ نَبَاتُهُ ثُمَّ يَهِيجُ فَتَرَاهُ مُصْفَرًّا ثُمَّ يَكُونُ حُطَامًا وَفِي الْآخِرَةِ عَذَابٌ شَدِيدٌ وَمَغْفِرَةٌ مِّنَ اللَّهِ وَرِضْوَانٌ وَمَا الْحَيَاةُ الدُّنْيَا إِلَّا مَتَاعُ الْغُرُورِ {20}
Dunyo hayotining oʻzi oʻyin-kulgu, behudagarchilik, zeb-ziynat, oʻzaro orangizda faxrlanish hamda, mol-davlat va farzand koʻpaytirishdan iboratdir. (Bu hayot) shunday bir yomgʻirga oʻxshaydiki, oʻsimlikni undirishi dehqonlarni ajablantirib qoʻyadi. Keyin oʻsimlik quriydi. Keyin, sargʻayib ketganini koʻrasan. Keyin xas-hashakka aylanib ketadi. Oxiratda (kofirlarga) qattiq azob, (moʻminlarga esa) Allohning magʻfirati (kechirishi) va roziligi bor. Dunyo hayotining oʻzi oʻtkinchi (yolgʻon) bahramandlikdan boshqa narsa emas[2471].
57:21
سَابِقُوا إِلَى مَغْفِرَةٍ مِّن رَّبِّكُمْ وَجَنَّةٍ عَرْضُهَا كَعَرْضِ السَّمَاء وَالْأَرْضِ أُعِدَّتْ لِلَّذِينَ آمَنُوا بِاللَّهِ وَرُسُلِهِ ذَلِكَ فَضْلُ اللَّهِ يُؤْتِيهِ مَن يَشَاء وَاللَّهُ ذُو الْفَضْلِ الْعَظِيمِ {21}
Yaratgan egangizning magʻfiratiga hamda, osmonlar va yer kabi keng, Alloh va Rasuliga ishongan moʻminlarga tayyorlanadigan jannatga ildam boʻlinglar. Bu Allohning oliyjanobligi, uni munosib boʻlgan bandasiga beradi. Alloh buyuk oliyjanblikka egadir.
57:22
مَا أَصَابَ مِن مُّصِيبَةٍ فِي الْأَرْضِ وَلَا فِي أَنفُسِكُمْ إِلَّا فِي كِتَابٍ مِّن قَبْلِ أَن نَّبْرَأَهَا إِنَّ ذَلِكَ عَلَى اللَّهِ يَسِيرٌ {22}
Yerda va siz (inson)larning oʻzingizda sodir boʻladigan har qanday narsa[2472], uni vujudga keltirishimizdan oldin kitobda[2473] (yozib qoʻyilgan) boʻladi. Bu Allohga oson.
57:23
لِكَيْلَا تَأْسَوْا عَلَى مَا فَاتَكُمْ وَلَا تَفْرَحُوا بِمَا آتَاكُمْ وَاللَّهُ لَا يُحِبُّ كُلَّ مُخْتَالٍ فَخُورٍ {23}
Yoʻqotgan narsangizga achinmasligingiz hamda, (Alloh) bergan narsaga erkalab ketmasligingiz uchun (shunday qildi). Alloh gerdaygan va maqtanchoqlarning birortasini ham yoqtirmaydi.
57:24
الَّذِينَ يَبْخَلُونَ وَيَأْمُرُونَ النَّاسَ بِالْبُخْلِ وَمَن يَتَوَلَّ فَإِنَّ اللَّهَ هُوَ الْغَنِيُّ الْحَمِيدُ {24}
Ular oʻzlari ham baxillik qiladi, (boshqa) insonlarni ham baxillikka buyuradi. Kimki (Infoq-ehsondan) bosh tortsa, (bilsingki) Alloh behojatdir[2474], olqishu maqtovga loyiqdir.
57:25
لَقَدْ أَرْسَلْنَا رُسُلَنَا بِالْبَيِّنَاتِ وَأَنزَلْنَا مَعَهُمُ الْكِتَابَ وَالْمِيزَانَ لِيَقُومَ النَّاسُ بِالْقِسْطِ وَأَنزَلْنَا الْحَدِيدَ فِيهِ بَأْسٌ شَدِيدٌ وَمَنَافِعُ لِلنَّاسِ وَلِيَعْلَمَ اللَّهُ مَن يَنصُرُهُ وَرُسُلَهُ بِالْغَيْبِ إِنَّ اللَّهَ قَوِيٌّ عَزِيزٌ {25}
Shubhasizki, elchilarimizni aniq-ravshan dalillar bilan yubordik va insonlar adolat oʻrnatsin deb, ular bilan birga kitob va mezon – adolat nozil qildik[2475]. Temirni Biz tushirdik. Unda katta kuch va insonlar uchun koʻplab manfaatlar bor. Alloh (dini)ga va Uning elchilariga kim gʻoyibona yordam berishini bil(dir)ib[2476] oʻrtaga chiqarishi uchun (shunday qildi). Alloh kuchlidir, oʻz ishida gʻolibdir.
57:26
وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا نُوحًا وَإِبْرَاهِيمَ وَجَعَلْنَا فِي ذُرِّيَّتِهِمَا النُّبُوَّةَ وَالْكِتَابَ فَمِنْهُم مُّهْتَدٍ وَكَثِيرٌ مِّنْهُمْ فَاسِقُونَ {26}
Shubhasizki, Nuh va Ibrohimni ham elchi qilib yuborganmiz. U ikkalasining (baʼzi) zurriyodlariga paygʻambarlik va kitob berganmiz. U (nasl)lar orasidan toʻgʻri yoʻldagisi ham boʻlgan, biroq, ularning koʻpi yoʻldan chiqqan-fosiq boʻlgan[2477].
57:27
ثُمَّ قَفَّيْنَا عَلَى آثَارِهِم بِرُسُلِنَا وَقَفَّيْنَا بِعِيسَى ابْنِ مَرْيَمَ وَآتَيْنَاهُ الْإِنجِيلَ وَجَعَلْنَا فِي قُلُوبِ الَّذِينَ اتَّبَعُوهُ رَأْفَةً وَرَحْمَةً وَرَهْبَانِيَّةً ابْتَدَعُوهَا مَا كَتَبْنَاهَا عَلَيْهِمْ إِلَّا ابْتِغَاء رِضْوَانِ اللَّهِ فَمَا رَعَوْهَا حَقَّ رِعَايَتِهَا فَآتَيْنَا الَّذِينَ آمَنُوا مِنْهُمْ أَجْرَهُمْ وَكَثِيرٌ مِّنْهُمْ فَاسِقُونَ {27}
Keyin, ularning ortidan ketma-ket elchilar yubordik. Maryamning oʻgʻli Isoni ham (ularning) ortidan yuborib, unga injilni berdik. Unga ergashganlarning qalblariga mehribonlik va marhamat soldik. Biroq, ular oʻzlari uchun rohiblik[2478] toʻqib chiqardi. Biz uni ularga vazifa qilib yozmaganmiz, ularga faqatgina Allohning roziligini talab qilishni yozganmiz. Lekin, unga ham toʻgʻri rioya qilolmadilar. Ular orasidan (Alloh va Rasuliga) ishonganlarga ajrlarini berdik. Biroq, ularning koʻpi yoʻldan chiqqan-fosiq boʻldi.
57:28
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اتَّقُوا اللَّهَ وَآمِنُوا بِرَسُولِهِ يُؤْتِكُمْ كِفْلَيْنِ مِن رَّحْمَتِهِ وَيَجْعَل لَّكُمْ نُورًا تَمْشُونَ بِهِ وَيَغْفِرْ لَكُمْ وَاللَّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ {28}
Ey (Isoga) ishongan moʻminlar! Allohga nisbatan javobgarlikni his qiling, Uning elchisi (Muhammad)ga ishoning, shunda, U sizlarga Oʻz rahmatidan ikki barobar beradi[2479], sizlarga nur beradi; (mahsharda) u bilan yurasizlar[2480] hamda, sizlarni kechiradi. Alloh kechirimli va mehribondir.
57:29
لِئَلَّا يَعْلَمَ أَهْلُ الْكِتَابِ أَلَّا يَقْدِرُونَ عَلَى شَيْءٍ مِّن فَضْلِ اللَّهِ وَأَنَّ الْفَضْلَ بِيَدِ اللَّهِ يُؤْتِيهِ مَن يَشَاء وَاللَّهُ ذُو الْفَضْلِ الْعَظِيمِ {29}
Toki ilohiy kitobni yaxshi biladigan kishilar, Allohning lutfu oliyjanobligini oʻzlari belgilay olmasligini, lutfu oliyjanoblik Allohning qoʻlida (ixtiyorida) ekanini hamda, uni munosib boʻlgan bandaga berishini bilib olsinlar[2481]. Alloh buyuk lutfu oliyjanoblikka egadir.
- MUJODALA surasi[2482]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
58:1
قَدْ سَمِعَ اللَّهُ قَوْلَ الَّتِي تُجَادِلُكَ فِي زَوْجِهَا وَتَشْتَكِي إِلَى اللَّهِ وَاللَّهُ يَسْمَعُ تَحَاوُرَكُمَا إِنَّ اللَّهَ سَمِيعٌ بَصِيرٌ {1}
Sen bilan eri haqida tortishayotgan va Allohga shikoyat qilayotgan (ayol)ning soʻzini Alloh eshitdi. Alloh siz ikkalangizning soʻzlashuvingizni eshitib turibdi. Alloh eshitadi, biladi[2483].
58:2
الَّذِينَ يُظَاهِرُونَ مِنكُم مِّن نِّسَائِهِم مَّا هُنَّ أُمَّهَاتِهِمْ إِنْ أُمَّهَاتُهُمْ إِلَّا اللَّائِي وَلَدْنَهُمْ وَإِنَّهُمْ لَيَقُولُونَ مُنكَرًا مِّنَ الْقَوْلِ وَزُورًا وَإِنَّ اللَّهَ لَعَفُوٌّ غَفُورٌ {2}
Orangizdan ayollarini zihor[2484] qilayotganlarning ayollari ularning onalari emas! Ularning onalari faqatgina oʻzlarini tuqqan ayollardir. Ular albatta notoʻgʻri va yolgʻon gap gapirmoqda. Alloh afv etuvchidir, juda kechirimlidir.
58:3
وَالَّذِينَ يُظَاهِرُونَ مِن نِّسَائِهِمْ ثُمَّ يَعُودُونَ لِمَا قَالُوا فَتَحْرِيرُ رَقَبَةٍ مِّن قَبْلِ أَن يَتَمَاسَّا ذَلِكُمْ تُوعَظُونَ بِهِ وَاللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ {3}
Ayollarini zihor qilib, keyin (soʻzidan) qaytgan erlar ayoli bilan (jinsiy) qoʻshilishdan oldin bitta qulni ozod qilishi kerak. (Zihor haqida) sizlarga nasihat qilingan narsa shu. Alloh qilmishlaringizdan toʻliq xabardordir.
58:4
فَمَن لَّمْ يَجِدْ فَصِيَامُ شَهْرَيْنِ مُتَتَابِعَيْنِ مِن قَبْلِ أَن يَتَمَاسَّا فَمَن لَّمْ يَسْتَطِعْ فَإِطْعَامُ سِتِّينَ مِسْكِينًا ذَلِكَ لِتُؤْمِنُوا بِاللَّهِ وَرَسُولِهِ وَتِلْكَ حُدُودُ اللَّهِ وَلِلْكَافِرِينَ عَذَابٌ أَلِيمٌ {4}
(Bunga imkon) topolmaganlar, ayoli bilan (jinsiy) qoʻshilishdan oldin ketma-ket ikki oy roʻza tutishi kerak. (Roʻzaga) kuchi yetmaganlar, oltmishta miskinni yedirib-ichirishi kerak. Bu Alloh va Rasuliga ishonishingiz/ishonganingiz uchundir[2485]. Bular Allohning (zihor masalasidagi) qonunlaridir. (Bunga) qarshi chiqqanlarga alamli azob bor.
58:5
إِنَّ الَّذِينَ يُحَادُّونَ اللَّهَ وَرَسُولَهُ كُبِتُوا كَمَا كُبِتَ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ وَقَدْ أَنزَلْنَا آيَاتٍ بَيِّنَاتٍ وَلِلْكَافِرِينَ عَذَابٌ مُّهِينٌ {5}
Alloh va Rasuliga qarshi turganlar xuddi oʻzlaridan avvalgilar xor-zor boʻlganidek, ular ham xor-zor boʻladi[2486]. Biz aniq-ravshan oyatlar tushirib qoʻydik. Qarshi chiqadiganlarga xorlovchi azob bor.
58:6
يَوْمَ يَبْعَثُهُمُ اللَّهُ جَمِيعًا فَيُنَبِّئُهُم بِمَا عَمِلُوا أَحْصَاهُ اللَّهُ وَنَسُوهُ وَاللَّهُ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ شَهِيدٌ {6}
Alloh ularning barchasini toʻplaydigan kun ularga qilgan ishlarini bildirib qoʻyadi. Alloh qilmishlarini birma-bir hisoblab qoʻygan, ular esa uni unutib yuborgan boʻladi. Alloh hamma narsaga guvohdir.
58:7
أَلَمْ تَرَ أَنَّ اللَّهَ يَعْلَمُ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ مَا يَكُونُ مِن نَّجْوَى ثَلَاثَةٍ إِلَّا هُوَ رَابِعُهُمْ وَلَا خَمْسَةٍ إِلَّا هُوَ سَادِسُهُمْ وَلَا أَدْنَى مِن ذَلِكَ وَلَا أَكْثَرَ إِلَّا هُوَ مَعَهُمْ أَيْنَ مَا كَانُوا ثُمَّ يُنَبِّئُهُم بِمَا عَمِلُوا يَوْمَ الْقِيَامَةِ إِنَّ اللَّهَ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ {7}
Alloh osmonlaru yerdagi narsalarni bilishini koʻrmadingmi?! Agar uch kishi sirli[2487] suhbat qilsa, U (Alloh) toʻrtinchisi boʻladi. Agar besh kishi boʻlsalar, U oltinchisi boʻladi. Oz boʻlsa ham, koʻp boʻlsa ham, qayerda boʻlishidan qatʼiy nazar U (Alloh ilmi ila) ular bilan birgadir[2488]. Keyin, qiyomat kuni ularga oʻz qilmishlarini bildirib qoʻyadi. Albatta, Alloh hamma narsani biladi.
58:8
أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ نُهُوا عَنِ النَّجْوَى ثُمَّ يَعُودُونَ لِمَا نُهُوا عَنْهُ وَيَتَنَاجَوْنَ بِالْإِثْمِ وَالْعُدْوَانِ وَمَعْصِيَتِ الرَّسُولِ وَإِذَا جَاؤُوكَ حَيَّوْكَ بِمَا لَمْ يُحَيِّكَ بِهِ اللَّهُ وَيَقُولُونَ فِي أَنفُسِهِمْ لَوْلَا يُعَذِّبُنَا اللَّهُ بِمَا نَقُولُ حَسْبُهُمْ جَهَنَّمُ يَصْلَوْنَهَا فَبِئْسَ الْمَصِيرُ {8}
Maxfiy suhbatlardan man qilingan boʻla turib, taqiqlangan narsaga yana qaytib, gunoh, dushmanchilik va elchi (Muhammad)ga qarshi chiqish haqida maxfiy suhbat qilayotgan kimsalarni koʻrmadingmi?! Ular yoningga kelishganida, sen bilan Alloh senga salom yoʻllamagan shaklda[2489] salomlashadi[2490]. Yana oʻzlaricha: “Aytgan gapimiz uchun alloh bizni jazolasa boʻlmasmidi?”, deydi. Ularga oʻzlari tushadigan jahannam kifoya! U qanday ham yomon borar joy!
58:9
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِذَا تَنَاجَيْتُمْ فَلَا تَتَنَاجَوْا بِالْإِثْمِ وَالْعُدْوَانِ وَمَعْصِيَتِ الرَّسُولِ وَتَنَاجَوْا بِالْبِرِّ وَالتَّقْوَى وَاتَّقُوا اللَّهَ الَّذِي إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ {9}
Ey moʻminlar! Sizlar maxfiy suhbat qilganingizda gunoh, dushmanchilik va elchiga qarshi chiqish haqida suhbat qilmanglar. Yaxshilik va taqvo – gunohdan tiyilish haqida suhbat qilinglar[2491]. Allohga nisbatan javobgarlikni his qilin; sizlar uning huzuriga toʻplanasiz.
58:10
إِنَّمَا النَّجْوَى مِنَ الشَّيْطَانِ لِيَحْزُنَ الَّذِينَ آمَنُوا وَلَيْسَ بِضَارِّهِمْ شَيْئًا إِلَّا بِإِذْنِ اللَّهِ وَعَلَى اللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ الْمُؤْمِنُونَ {10}
Oʻsha maxfiy suhbat moʻminlarni gʻam-tashvishga solish uchun faqatgina shayton tarafidan (uyishtirilgan). Biroq, u Allohning iznisiz hech narsaga ziyon yetkazolmaydi[2492]. Moʻminlar Allohga suyanib-tayansin![2493]
58:11
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِذَا قِيلَ لَكُمْ تَفَسَّحُوا فِي الْمَجَالِسِ فَافْسَحُوا يَفْسَحِ اللَّهُ لَكُمْ وَإِذَا قِيلَ انشُزُوا فَانشُزُوا يَرْفَعِ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنكُمْ وَالَّذِينَ أُوتُوا الْعِلْمَ دَرَجَاتٍ وَاللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ {11}
Ey moʻminlar! Sizlarga “majlislarda yer oching”, deyilganida, darhol yer ochingki, Alloh ham sizlarga kenglik bersin. Sizlarga (majlisdan) “turinglar” deyilganida turinglarki, Alloh orangizdan moʻmin boʻlganlar va ilm berilganlarni (darajasini) koʻtarsin. Alloh qilmishlaringizdan toʻliq xabardordir.[2494]
58:12
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِذَا نَاجَيْتُمُ الرَّسُولَ فَقَدِّمُوا بَيْنَ يَدَيْ نَجْوَاكُمْ صَدَقَةً ذَلِكَ خَيْرٌ لَّكُمْ وَأَطْهَرُ فَإِن لَّمْ تَجِدُوا فَإِنَّ اللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ {12}
Ey moʻminlar! Elchi (Muhammad) bilan maxfiy suhbat qilsangiz, suhbatdan oldin sadaqa beringlar. Bu oʻzingiz uchun yaxshiroq va pokizaroqdir. Agar (sadaqaga imkon) topolmasangiz, Alloh kechirimli va mehribondir. [2495].
58:13
أَأَشْفَقْتُمْ أَن تُقَدِّمُوا بَيْنَ يَدَيْ نَجْوَاكُمْ صَدَقَاتٍ فَإِذْ لَمْ تَفْعَلُوا وَتَابَ اللَّهُ عَلَيْكُمْ فَأَقِيمُوا الصَّلَاةَ وَآتُوا الزَّكَاةَ وَأَطِيعُوا اللَّهَ وَرَسُولَهُ وَاللَّهُ خَبِيرٌ بِمَا تَعْمَلُونَ {13}
(Rasululloh bilan) maxfiy suhbatlashishingiz oldidan sadaqalar berishdan qoʻrqib tashvishlanib qoldinglar, shunday emasmi? Chunki, (buyruqni) bajarmadinglar, Alloh sizlarga tavba imkoni berdi. Endi, namozni/diniy vazifalarni bajaring, pok va toʻgʻri boʻling, Alloh va Rasuliga itoat qiling. Alloh qilmishlaringizdan toʻliq xabardordir.
58:14
أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ تَوَلَّوْا قَوْمًا غَضِبَ اللَّهُ عَلَيْهِم مَّا هُم مِّنكُمْ وَلَا مِنْهُمْ وَيَحْلِفُونَ عَلَى الْكَذِبِ وَهُمْ يَعْلَمُونَ{14}
Allohning gʻazabiga (noroziligiga) uchragan kishilarga doʻstlashib olganlarni koʻrmadingmi?![2496] Ular siz (musulmon)lardan ham emas, u (yahudiy)lardan ham emas[2497]. Oʻzlari bilib turib yolgʻonga qasam ichmoqda[2498].
58:15
أَعَدَّ اللَّهُ لَهُمْ عَذَابًا شَدِيدًا إِنَّهُمْ سَاء مَا كَانُوا يَعْمَلُونَ {15}
Alloh ularga qattiq azob tayyorlab qoʻy(a)di. Chunki, ularning qilmishlari juda yomon!
58:16
اتَّخَذُوا أَيْمَانَهُمْ جُنَّةً فَصَدُّوا عَن سَبِيلِ اللَّهِ فَلَهُمْ عَذَابٌ مُّهِينٌ {16}
Ular qasamlarini qalqon qilib olib, Allohning yoʻlidan toʻsdilar. Endi, ularga razil qiladigan azob bor.
58:17
لَن تُغْنِيَ عَنْهُمْ أَمْوَالُهُمْ وَلَا أَوْلَادُهُم مِّنَ اللَّهِ شَيْئًا أُوْلَئِكَ أَصْحَابُ النَّارِ هُمْ فِيهَا خَالِدُونَ {17}
Ularning mol-mulklari ham, avlodlari ham Allohdan (keladigan azobni) ulardan daf etolmaydi. Ular jahannam ahlidir. Ular unda oʻlimsiz – mangu qoladi.
58:18
يَوْمَ يَبْعَثُهُمُ اللَّهُ جَمِيعًا فَيَحْلِفُونَ لَهُ كَمَا يَحْلِفُونَ لَكُمْ وَيَحْسَبُونَ أَنَّهُمْ عَلَى شَيْءٍ أَلَا إِنَّهُمْ هُمُ الْكَاذِبُونَ {18}
Alloh ularning barchasini toʻplaydigan kuni, xuddi sizlarga qasam ichayotganidek, Unga ham qasam ichadi. Ular biror narsaga erishamiz deb oʻylaydi. Ogoh boʻlinglar! Ular aniq yolgʻonchidir.
58:19
اسْتَحْوَذَ عَلَيْهِمُ الشَّيْطَانُ فَأَنسَاهُمْ ذِكْرَ اللَّهِ أُوْلَئِكَ حِزْبُ الشَّيْطَانِ أَلَا إِنَّ حِزْبَ الشَّيْطَانِ هُمُ الْخَاسِرُونَ {19}
Shayton ularga toʻliq taʼsirini oʻtkazib, ularga Allohning zikrini (Qurʼonni) unuttirib qoʻydi. Ular shaytonning tarafidadir. Ogoh boʻlinglar! Shaytonning tarafdorlari aniq xonavayron boʻladi.
58:20
إِنَّ الَّذِينَ يُحَادُّونَ اللَّهَ وَرَسُولَهُ أُوْلَئِكَ فِي الأَذَلِّينَ {20}
Alloh va Rasuliga qarshi turganlar, ular eng xor kimsalar orasida (boʻladi)[2499].
58:21
كَتَبَ اللَّهُ لَأَغْلِبَنَّ أَنَا وَرُسُلِي إِنَّ اللَّهَ قَوِيٌّ عَزِيزٌ {21}
Alloh shunday yozdi: (qaror qildi) “Men albatta gʻolib kelaman, men ham, Mening elchilarim ham.”[2500] Alloh kuchlidir, oʻz ishida gʻolibdir.
58:22
لَا تَجِدُ قَوْمًا يُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ يُوَادُّونَ مَنْ حَادَّ اللَّهَ وَرَسُولَهُ وَلَوْ كَانُوا آبَاءهُمْ أَوْ أَبْنَاءهُمْ أَوْ إِخْوَانَهُمْ أَوْ عَشِيرَتَهُمْ أُوْلَئِكَ كَتَبَ فِي قُلُوبِهِمُ الْإِيمَانَ وَأَيَّدَهُم بِرُوحٍ مِّنْهُ وَيُدْخِلُهُمْ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِن تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمْ وَرَضُوا عَنْهُ أُوْلَئِكَ حِزْبُ اللَّهِ أَلَا إِنَّ حِزْبَ اللَّهِ هُمُ الْمُفْلِحُونَ {22}
Alloh va Rasuliga qarshi turgan kishilar garchi oʻzlarining otalari, bolalari, aka-uka va qarindosh-urugʻlari boʻlsa ham, Allohga va oxirat kuniga ishonadigan kishilar ularga xayrixoh/moyil boʻlganini koʻrmaysan.[2501] (Alloh) ularning qalblariga imonni mustahkamlab qoʻydi va Oʻz ruhi (Qurʼon)[2502] bilan quvvatlantirdi. Ularni ostlaridan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kiritadi. Ular unda oʻlimsiz – mangu qoladi. Alloh ulardan rozi, ular ham Undan rozi boʻl(a)dilar[2503]. Ular Alloh tarafidadir. Ogoh boʻlinglar! Allohning tarafdorlari najot topuvchilardir.
HASHR surasi
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
59:1
سَبَّحَ لِلَّهِ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ {1}
Yeru osmondagilarning barchasi Allohni ulugʻlaydi. U doimo ustundir, toʻgʻri qaror beruvchidir.
59:2
هُوَ الَّذِي أَخْرَجَ الَّذِينَ كَفَرُوا مِنْ أَهْلِ الْكِتَابِ مِن دِيَارِهِمْ لِأَوَّلِ الْحَشْرِ مَا ظَنَنتُمْ أَن يَخْرُجُوا وَظَنُّوا أَنَّهُم مَّانِعَتُهُمْ حُصُونُهُم مِّنَ اللَّهِ فَأَتَاهُمُ اللَّهُ مِنْ حَيْثُ لَمْ يَحْتَسِبُوا وَقَذَفَ فِي قُلُوبِهِمُ الرُّعْبَ يُخْرِبُونَ بُيُوتَهُم بِأَيْدِيهِمْ وَأَيْدِي الْمُؤْمِنِينَ فَاعْتَبِرُوا يَا أُولِي الْأَبْصَارِ {2}
Ahli kitob orasidan kofirlik qilganlarini[2504] ilk surgunda yurtlaridan chiqarib yuborgan Udir[2505]. Siz ularni chiqib ketishini oʻylamagan edingiz. Ular ham qalʼalari ularni Allohdan saqlab qoladi deb oʻylagandi. Alloh ular kutmagan tomondan “kelib”,[2506] ularning qalbiga qoʻrquv soldi. Ular uylarini oʻz qoʻllari va moʻminlarni qoʻllari bilan buzib tashlayotgan edi[2507]. Ey aql-idrokli kishilar, ibrat olinglar.
59:3
وَلَوْلَا أَن كَتَبَ اللَّهُ عَلَيْهِمُ الْجَلَاء لَعَذَّبَهُمْ فِي الدُّنْيَا وَلَهُمْ فِي الْآخِرَةِ عَذَابُ النَّارِ {3}
Agar Alloh ularga (gunohlari sababli) surgunni yozmaganida[2508], ularni dunyoda boshqa bir azob bilan aniq azoblagan boʻlardi. Ularga oxiratda jahannam azobi bor.
59:4
ذَلِكَ بِأَنَّهُمْ شَاقُّوا اللَّهَ وَرَسُولَهُ وَمَن يُشَاقِّ اللَّهَ فَإِنَّ اللَّهَ شَدِيدُ الْعِقَابِ {4}
Chunki, ular Alloh va Rosuliga qarshi turdi. Kim Allohga qarshi tursa, (bilsinki) Allohning jazosi qattiqdir.
59:5
مَا قَطَعْتُم مِّن لِّينَةٍ أَوْ تَرَكْتُمُوهَا قَائِمَةً عَلَى أُصُولِهَا فَبِإِذْنِ اللَّهِ وَلِيُخْزِيَ الْفَاسِقِينَ {5}
(Ey moʻminlar!) Biron bir xurmo daraxtini kesishingiz, yoki oʻz holicha qoldirishingiz ham Allohning izni[2509] bilan boʻldi, hamda (Alloh) itoatsiz-fosiqlarni xor qilish uchun boʻldi.
59:6
وَمَا أَفَاء اللَّهُ عَلَى رَسُولِهِ مِنْهُمْ فَمَا أَوْجَفْتُمْ عَلَيْهِ مِنْ خَيْلٍ وَلَا رِكَابٍ وَلَكِنَّ اللَّهَ يُسَلِّطُ رُسُلَهُ عَلَى مَن يَشَاء وَاللَّهُ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ {6}
Ey moʻminlar! Alloh Oʻz elchisiga fayʼ[2510] qilib bergan narsaga sizlar na ot surib va na tuya haydab bormadinglar. Lekin, Alloh Oʻz elchilarini Oʻzi xohlagan bandalari ustidan gʻolib qiladi. Alloh har narsaga oʻlchov qoʻygan.
59:7
مَّا أَفَاء اللَّهُ عَلَى رَسُولِهِ مِنْ أَهْلِ الْقُرَى فَلِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ وَلِذِي الْقُرْبَى وَالْيَتَامَى وَالْمَسَاكِينِ وَابْنِ السَّبِيلِ كَيْ لَا يَكُونَ دُولَةً بَيْنَ الْأَغْنِيَاء مِنكُمْ وَمَا آتَاكُمُ الرَّسُولُ فَخُذُوهُ وَمَا نَهَاكُمْ عَنْهُ فَانتَهُوا وَاتَّقُوا اللَّهَ إِنَّ اللَّهَ شَدِيدُ الْعِقَابِ {7}
Alloh Oʻz Elchisiga yurtlardan olib bergan fayʼlar Alloh (dini) uchun, Elchisi va uning yaqinlari uchun, yetimlar, chorasizlar va yoʻlda qolganlar uchundir. Shunda, oʻsha fayʼlar orangizdagi boy-badavlatlar orasida aylanib turadigan dasmoya boʻlib qolmaydi. Elchi sizlarga (fayʼdan) bergannarsani olinglar, sizlarni cheklagan narsadan cheklaninglar. Allohga nisbatan javobgarlikni his qiling. Allohning jazosi qattiqdir.
59:8
لِلْفُقَرَاء الْمُهَاجِرِينَ الَّذِينَ أُخْرِجُوا مِن دِيارِهِمْ وَأَمْوَالِهِمْ يَبْتَغُونَ فَضْلًا مِّنَ اللَّهِ وَرِضْوَانًا وَيَنصُرُونَ اللَّهَ وَرَسُولَهُ أُوْلَئِكَ هُمُ الصَّادِقُونَ {8}
U mol-davlatlar yurtlaridan va mol-davlatlaridan chiqarib yuborilgan muhojirlarga tegishli. Ular Allohning fazlini (jannatini) va roziligini istamoqda, Alloh va Rasuliga yordam berishga urinmoqda. Ana shular (imonida) sodiq kishilardir.
59:9
وَالَّذِينَ تَبَوَّؤُوا الدَّارَ وَالْإِيمَانَ مِن قَبْلِهِمْ يُحِبُّونَ مَنْ هَاجَرَ إِلَيْهِمْ وَلَا يَجِدُونَ فِي صُدُورِهِمْ حَاجَةً مِّمَّا أُوتُوا وَيُؤْثِرُونَ عَلَى أَنفُسِهِمْ وَلَوْ كَانَ بِهِمْ خَصَاصَةٌ وَمَن يُوقَ شُحَّ نَفْسِهِ فَأُوْلَئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ {9}
Ulardan oldin (Madinaga) diyoriga oʻrnashib olib, qalblariga imon-ishonchni joylashtirib olgan (Ansor)lar oʻzlarini yoniga koʻchib kelgan (muhojir)larni yaxshi koʻradi; ularga berilgan oʻsha mol-mulk (fayʼ) uchun koʻngillarida hech qanday ehtiyoj sezmaydi, oʻzlarida ehtiyoj boʻlsalar ham, muhojirlarni ehtiyojini ustun biladi. Kimki ichidagi qizgʻonchiqlikdan saqlansa, ana shular najot topadi.
59:10
وَالَّذِينَ جَاؤُوا مِن بَعْدِهِمْ يَقُولُونَ رَبَّنَا اغْفِرْ لَنَا وَلِإِخْوَانِنَا الَّذِينَ سَبَقُونَا بِالْإِيمَانِ وَلَا تَجْعَلْ فِي قُلُوبِنَا غِلًّا لِّلَّذِينَ آمَنُوا رَبَّنَا إِنَّكَ رَؤُوفٌ رَّحِيمٌ {10}
U (Muhojir va ansor)lardan keyin keladiganlar shunday deyishadi: «Ey yaratgan Egamiz! Bizni ham, bizdan avval moʻmin boʻlgan birodarlarimizni ham magʻfirat qil, koʻnglimizda moʻminlarga nisbatan hech qanday gina paydo qilma. Ey yaratgan Egamiz! Seni shafqatli va mehibonsan.
59:11
أَلَمْ تَر إِلَى الَّذِينَ نَافَقُوا يَقُولُونَ لِإِخْوَانِهِمُ الَّذِينَ كَفَرُوا مِنْ أَهْلِ الْكِتَابِ لَئِنْ أُخْرِجْتُمْ لَنَخْرُجَنَّ مَعَكُمْ وَلَا نُطِيعُ فِيكُمْ أَحَدًا أَبَدًا وَإِن قُوتِلْتُمْ لَنَنصُرَنَّكُمْ وَاللَّهُ يَشْهَدُ إِنَّهُمْ لَكَاذِبُونَ {11}
Ahli Kitoblar orasidan kofirlik qilganlar (Alloh va Rasuliga qarshi chiqqanlar) oʻz qarindoshlariga: “Agar sizlar chiqarib yuborilsangiz, biz ham siz bilan birga chiqib ketamiz; sizlarga qarshi boʻlgan hech kimga hech qachon boʻysunmaymiz. Agar sizlarga urush ochilsa, biz albatta sizlarga yordam beramiz”, deyotgan shu munofiqlarni koʻrmadingmi? Alloh shohidki, ular aniq yolgʻonchidir.
59:12
لَئِنْ أُخْرِجُوا لَا يَخْرُجُونَ مَعَهُمْ وَلَئِن قُوتِلُوا لَا يَنصُرُونَهُمْ وَلَئِن نَّصَرُوهُمْ لَيُوَلُّنَّ الْأَدْبَارَ ثُمَّ لَا يُنصَرُونَ {12}
Agar chiqarib yuborilsalar, (munofiqlar) ular bilan birga chiqmaydi. Agar (kofirlarga) urish ochilsa ularga yordam bermaydi. Agar yordam berib qoʻysalar, orqa oʻgirib qochadilar. Keyin oʻzlariga yordam berilmaydi.
59:13
لَأَنتُمْ أَشَدُّ رَهْبَةً فِي صُدُورِهِم مِّنَ اللَّهِ ذَلِكَ بِأَنَّهُمْ قَوْمٌ لَّا يَفْقَهُونَ {13}
Ularning ichidagi sizlardan qoʻrqib titrashi Allohdan qoʻrqib titrashidan ham kuchiloqdir. Chunki ular tushunib-anglamaydigan qavmdir.
59:14
لَا يُقَاتِلُونَكُمْ جَمِيعًا إِلَّا فِي قُرًى مُّحَصَّنَةٍ أَوْ مِن وَرَاء جُدُرٍ بَأْسُهُمْ بَيْنَهُمْ شَدِيدٌ تَحْسَبُهُمْ جَمِيعًا وَقُلُوبُهُمْ شَتَّى ذَلِكَ بِأَنَّهُمْ قَوْمٌ لَّا يَعْقِلُونَ {14}
Ular qoʻrgʻon bilan oʻralgan yurtlar yoki devorlarning orqasida urishmasa, boshqa holatda sizlar bilan hammasi bir boʻlib urusha olmaydi. Ularni bir-biriga bosimi qattiq. Sizlar ularni birgalikda deb oʻylaysiz, lekin ularning qalblari tarqoq. Chunki, ular aql yuritmaydiganqavmdir.
59:15
كَمَثَلِ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ قَرِيبًا ذَاقُوا وَبَالَ أَمْرِهِمْ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ {15}
Ularning ahvoli yaqindagina oʻzlaridan ilgari oʻtib, qilmishlarining ogʻir jazosini totib boʻlganlarga oʻxshaydi. Ularga alam-ogʻriqli azob bor.
59:16
كَمَثَلِ الشَّيْطَانِ إِذْ قَالَ لِلْإِنسَانِ اكْفُرْ فَلَمَّا كَفَرَ قَالَ إِنِّي بَرِيءٌ مِّنكَ إِنِّي أَخَافُ اللَّهَ رَبَّ الْعَالَمِينَ {16}
Munofiqlarning ahvoli shaytonni qiligʻiga ham oʻxshaydi; Shayton insonga: “Qarshi chiq/tan olma” deydi. Qarshi chiqqanida esa: “Meni sendan aloqam uzilgan, chunki men borliqlarning yaratgan Egasi boʻlmish Allohdan qoʻrqaman”, deydi.
59:17
فَكَانَ عَاقِبَتَهُمَا أَنَّهُمَا فِي النَّارِ خَالِدَيْنِ فِيهَا وَذَلِكَ جَزَاء الظَّالِمِينَ {17}
Natijada ikkalasining ham oqibati aniq jahannamga tashlanish va unda oʻlimsiz holda qolish boʻladi. Haqsizlik qiluvchi zolimlarning jazosi shu.
59:18
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اتَّقُوا اللَّهَ وَلْتَنظُرْ نَفْسٌ مَّا قَدَّمَتْ لِغَدٍ وَاتَّقُوا اللَّهَ إِنَّ اللَّهَ خَبِيرٌ بِمَا تَعْمَلُونَ {18}
Ey moʻminlar! Allohga nisbatan javobgarlikni his qiling! Har kim oʻzini ertagalik uchun nima tayyorlab qoʻyganiga qarasin. Allohga nisbatan javobgarlikni his qiling. Chunki Alloh qilmishlaringizdan xabardordir.
59:19
وَلَا تَكُونُوا كَالَّذِينَ نَسُوا اللَّهَ فَأَنسَاهُمْ أَنفُسَهُمْ أُوْلَئِكَ هُمُ الْفَاسِقُونَ {19}
Allohni unutgan va (shu bois Alloh ham) ularni oʻzlariga unuttirib qoʻygan kishilarga oʻxshamanglar[2511]. Ular itoatsiz-fosiqlardir.
59:20
لَا يَسْتَوِي أَصْحَابُ النَّارِ وَأَصْحَابُ الْجَنَّةِ أَصْحَابُ الْجَنَّةِ هُمُ الْفَائِزُونَ {20}
Jahannam ahli bilan Jannat ahli barobar boʻlmaydi. Jannat ahli, ular muvaffaqiyatga erishuvchilardir.
59:21
لَوْ أَنزَلْنَا هَذَا الْقُرْآنَ عَلَى جَبَلٍ لَّرَأَيْتَهُ خَاشِعًا مُّتَصَدِّعًا مِّنْ خَشْيَةِ اللَّهِ وَتِلْكَ الْأَمْثَالُ نَضْرِبُهَا لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَتَفَكَّرُونَ {21}
Agar bu Qurʼonni toqqa tushirganimizda edi, togʻni Allohga boʻlgan andishali xavotiridan bosh egib parchalanib ketganini koʻrarding. Bu misollarni insonlarga oʻylansinlar deb keltiryapmiz.
59:22
هُوَ اللَّهُ الَّذِي لَا إِلَهَ إِلَّا هُوَ عَالِمُ الْغَيْبِ وَالشَّهَادَةِ هُوَ الرَّحْمَنُ الرَّحِيمُ {22}
U Allohdir, Undan boshqa ibodatga loyiq hech kim yoʻq. U maxfiy narsalarni (gʻaybni) ham, oshkor narsalarni ham biladi. U yaxshiligi cheksiz va mehribondir.
59:23
هُوَ اللَّهُ الَّذِي لَا إِلَهَ إِلَّا هُوَ الْمَلِكُ الْقُدُّوسُ السَّلَامُ الْمُؤْمِنُ الْمُهَيْمِنُ الْعَزِيزُ الْجَبَّارُ الْمُتَكَبِّرُ سُبْحَانَ اللَّهِ عَمَّا يُشْرِكُونَ {23}
U Allohdir, Undan boshqa ibodatga loyiq hech kim yoʻq. U mutlaq hukmrondir, (zotida va ishlarida) nuqsonsizdir, eson-omonlik beruvchidir, emin-erkinlik (ishonch) beruvchidir, kuzatib turuvchidir, oʻz ishida gʻolibdir, buyrugʻini har narsaga oʻtkaza oluvchidir, buyuklik koʻrsatuvchidir. (Mushriklarning) qoʻshayotgan shirkidan Alloh pokdir!
59:24
هُوَ اللَّهُ الْخَالِقُ الْبَارِئُ الْمُصَوِّرُ لَهُ الْأَسْمَاء الْحُسْنَى يُسَبِّحُ لَهُ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ {24}
U Allohdir, yaratguvchidir, shaklu-surat beruvchidir[2512]. Eng goʻzal ism (xususiyat)lar Unga tegiishli. Osmonlar va yerdagilar Uni ulugʻlaydi. U Oʻz ishida gʻolibdir, toʻgʻri qaror beruvchidir.
- MUMTAHINASurasi[2513]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
60:1
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَتَّخِذُوا عَدُوِّي وَعَدُوَّكُمْ أَوْلِيَاء تُلْقُونَ إِلَيْهِم بِالْمَوَدَّةِ وَقَدْ كَفَرُوا بِمَا جَاءكُم مِّنَ الْحَقِّ يُخْرِجُونَ الرَّسُولَ وَإِيَّاكُمْ أَن تُؤْمِنُوا بِاللَّهِ رَبِّكُمْ إِن كُنتُمْ خَرَجْتُمْ جِهَادًا فِي سَبِيلِي وَابْتِغَاء مَرْضَاتِي تُسِرُّونَ إِلَيْهِم بِالْمَوَدَّةِ وَأَنَا أَعْلَمُ بِمَا أَخْفَيْتُمْ وَمَا أَعْلَنتُمْ وَمَن يَفْعَلْهُ مِنكُمْ فَقَدْ ضَلَّ سَوَاء السَّبِيلِ {1}
Ey moʻminlar! Meni ham oʻzingizni ham dushmaningiz boʻlgan (kofir) kimsalarga mehr qoʻyib, ularni oʻzingizga doʻst/xoja qilib olmang. Zero, ular sizlarga kelgan haqqa qarshi chiqib, Robbingiz Allohga ishonganingiz uchun Rasululloh bilan sizlarni yurtingizdan chiqarib yubordi. Agar Mening yoʻlimda va Meni roziligimni koʻzlab kurashga[2514] chiqqan boʻlsangiz (bunday qilmanglar). Mehringiz sababli ularga sir beryapsiz. Men yashirgan narsalaringizni ham, oshkor qilgan narsalaringizni ham bilaman. Orangizdan kim shunday qilsa, aniq yoʻldan adashibdi.
60:2
إِن يَثْقَفُوكُمْ يَكُونُوا لَكُمْ أَعْدَاء وَيَبْسُطُوا إِلَيْكُمْ أَيْدِيَهُمْ وَأَلْسِنَتَهُم بِالسُّوءِ وَوَدُّوا لَوْ تَكْفُرُونَ {2}
Agar ular sizdan ustun kelsa, (shu fursatdan foydalanib) sizlarga dushman boʻlib oladi. Yomonlik qilish uchun sizlarga qoʻl va tillarini uzatadi hamda, kofir boʻlishlaringni xohlaydi[2515].
60:3
لَن تَنفَعَكُمْ أَرْحَامُكُمْ وَلَا أَوْلَادُكُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ يَفْصِلُ بَيْنَكُمْ وَاللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ {3}
Qiyomat kuni yaqinlaringiz (qarindosh-urugʻlaringiz) va bolalaringizni sizlarga umuman foydasi boʻlmaydi. Alloh orangizni ayirib qoʻyadi. Alloh qilmishlaringizni koʻrib turadi[2516].
60:4
قَدْ كَانَتْ لَكُمْ أُسْوَةٌ حَسَنَةٌ فِي إِبْرَاهِيمَ وَالَّذِينَ مَعَهُ إِذْ قَالُوا لِقَوْمِهِمْ إِنَّا بُرَاء مِنكُمْ وَمِمَّا تَعْبُدُونَ مِن دُونِ اللَّهِ كَفَرْنَا بِكُمْ وَبَدَا بَيْنَنَا وَبَيْنَكُمُ الْعَدَاوَةُ وَالْبَغْضَاء أَبَدًا حَتَّى تُؤْمِنُوا بِاللَّهِ وَحْدَهُ إِلَّا قَوْلَ إِبْرَاهِيمَ لِأَبِيهِ لَأَسْتَغْفِرَنَّ لَكَ وَمَا أَمْلِكُ لَكَ مِنَ اللَّهِ مِن شَيْءٍ رَّبَّنَا عَلَيْكَ تَوَكَّلْنَا وَإِلَيْكَ أَنَبْنَا وَإِلَيْكَ الْمَصِيرُ {4}
Ibrohim va u bilan (bir yoʻlda) birga boʻlganlarda sizlar uchun chiroyli namuna bor. Ular oʻz vaqtida xalqiga: “Bizni sizlardan ham, Allohni qoʻyib ibodat qilayotganlaringizdan ham aloqamiz uzilgan, biz sizlarga qarshimiz. Sizlar faqat Allohning Oʻzigagina ishonguningizga qadar sizlar bilan bizni oʻrtamizda dushmanchilik va nafrat oshkor boʻlib turadi”, deyishgan. “Ey Rabbimiz! Biz Senga suyandik va Senga yoʻnaldik, qaytib boradigan joy Sening huzuringdir,” (deyishgan). Ibrohim oʻz otasi uchun aytgan shu gaplari sizlarga namuna emas: “Allohdan sizga keladigan biron narsaga qarshi chiqishga kuchim yetmaydi, ammo, kechirilishingizni tilab qolaman.”
60:5
رَبَّنَا لَا تَجْعَلْنَا فِتْنَةً لِّلَّذِينَ كَفَرُوا وَاغْفِرْ لَنَا رَبَّنَا إِنَّكَ أَنتَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ {5}
(Yana shunday deyishgan): «Ey Robbimiz! Bizni kofirlik (Alloh va Rasuliga qarshi chiqqanlar) foydasiga fitnalangan qilib qoʻyma[2517], bizni kechir. Robbimiz! Oʻz ishida gʻolib va toʻgʻri qaror beruvchi Sensan.»
60:6
لَقَدْ كَانَ لَكُمْ فِيهِمْ أُسْوَةٌ حَسَنَةٌ لِمَن كَانَ يَرْجُو اللَّهَ وَالْيَوْمَ الْآخِرَ وَمَن يَتَوَلَّ فَإِنَّ اللَّهَ هُوَ الْغَنِيُّ الْحَمِيدُ {6}
Sizlar uchun — Allohdan va oxirat kunidan umidi borlar uchun — ularda chiroyli namuna bor. Kim bundan yuz oʻgirsa, (bilsinki) Allohni hech narsaga ehtiyoji yoʻqdir, olqishu maqtovga loyiqdir.
60:7
عَسَى اللَّهُ أَن يَجْعَلَ بَيْنَكُمْ وَبَيْنَ الَّذِينَ عَادَيْتُم مِّنْهُم مَّوَدَّةً وَاللَّهُ قَدِيرٌ وَاللَّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ {7}
Sizlar bilan dushmanchilik qilganlaringiz orasida Alloh mehr (doʻstlik) paydo qilib qoʻyishi mumkin[2518]. Alloh oʻlchov qoʻyuvchidir[2519]. Alloh kechirimli va mehribondir.
60:8
لَا يَنْهَاكُمُ اللَّهُ عَنِ الَّذِينَ لَمْ يُقَاتِلُوكُمْ فِي الدِّينِ وَلَمْ يُخْرِجُوكُم مِّن دِيَارِكُمْ أَن تَبَرُّوهُمْ وَتُقْسِطُوا إِلَيْهِمْ إِنَّ اللَّهَ يُحِبُّ الْمُقْسِطِينَ {8}
Din xususida sizlarga qarshi jang qilmagan va sizlarni yashab turgan yurtingizdan haydab chiqarmagan insonlarga nisbatan yaxshilik qilishdan va ularga toʻgʻri muomala qilishdan Alloh sizlarni qaytarmaydi. Alloh toʻgʻri (adolatli) muomala qiluvchilarni yaxshi koʻradi.
60:9
إِنَّمَا يَنْهَاكُمُ اللَّهُ عَنِ الَّذِينَ قَاتَلُوكُمْ فِي الدِّينِ وَأَخْرَجُوكُم مِّن دِيَارِكُمْ وَظَاهَرُوا عَلَى إِخْرَاجِكُمْ أَن تَوَلَّوْهُمْ وَمَن يَتَوَلَّهُمْ فَأُوْلَئِكَ هُمُ الظَّالِمُونَ {9}
Alloh din xususida sizlarga qarshi jang qilgan, yashab turgan yurtingizdan haydab chiqargan insonlarni va chiqarib yuborilishingizni qoʻllab-quvvatlaganlarni doʻst tutishingizdan qaytaradi. Kim ular bilan doʻstlashsa, ana shular zolimlardir[2520].
60:10
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِذَا جَاءكُمُ الْمُؤْمِنَاتُ مُهَاجِرَاتٍ فَامْتَحِنُوهُنَّ اللَّهُ أَعْلَمُ بِإِيمَانِهِنَّ فَإِنْ عَلِمْتُمُوهُنَّ مُؤْمِنَاتٍ فَلَا تَرْجِعُوهُنَّ إِلَى الْكُفَّارِ لَا هُنَّ حِلٌّ لَّهُمْ وَلَا هُمْ يَحِلُّونَ لَهُنَّ وَآتُوهُم مَّا أَنفَقُوا وَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ أَن تَنكِحُوهُنَّ إِذَا آتَيْتُمُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ وَلَا تُمْسِكُوا بِعِصَمِ الْكَوَافِرِ وَاسْأَلُوا مَا أَنفَقْتُمْ وَلْيَسْأَلُوا مَا أَنفَقُوا ذَلِكُمْ حُكْمُ اللَّهِ يَحْكُمُ بَيْنَكُمْ وَاللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ {10}
Ey moʻminlar! Sizlarga moʻmina ayollar koʻchib kelganida ularni sinaglar. Zero, ularning imonini eng yaxshi biladigan Allohdir. Ularni imonli ekanini bilib-oʻrganganingizdan keyin, endi ularni kofirlarga qaytarib yubormang. Ular u (kofir)larga halol emas, u (kofir)lar ham bu ayollarga halol emas. (Kofir erlariga) bu ayollar uchun sarflagan narsalarini berib yuboring. U ayollarni mahrlarini berib uylanishingizda sizlarga hech qanday gunoh yoʻq. Kofir ayollarning nikoh ahdini ushlab turmanglar[2521]. Sarflagan narsangizni talab qilinglar. (Kofir erlari ham) sarflagan narsasini talab qilaversin. Bular Allohning hukmidir. U orangizda (shunday) hukm qilmoqda. Alloh biladi, toʻgʻri qaror beradi.
60:11
وَإِن فَاتَكُمْ شَيْءٌ مِّنْ أَزْوَاجِكُمْ إِلَى الْكُفَّارِ فَعَاقَبْتُمْ فَآتُوا الَّذِينَ ذَهَبَتْ أَزْوَاجُهُم مِّثْلَ مَا أَنفَقُوا وَاتَّقُوا اللَّهَ الَّذِي أَنتُم بِهِ مُؤْمِنُونَ {11}
Agar ayollaringizdan biri kofirlarga qochib ketsa-yu, keyin siz ularni yengsangiz, ayollari qochib ketganlarga (oladigan gʻanimatingizdan) ayoliga sarflagan bilan bir xil miqdordagi mablagʻni berib qoʻyinglar. Oʻzingiz ishonayotgan Allohga nisbatan javobgarlikni his qiling[2522].
60:12
يَا أَيُّهَا النَّبِيُّ إِذَا جَاءكَ الْمُؤْمِنَاتُ يُبَايِعْنَكَ عَلَى أَن لَّا يُشْرِكْنَ بِاللَّهِ شَيْئًا وَلَا يَسْرِقْنَ وَلَا يَزْنِينَ وَلَا يَقْتُلْنَ أَوْلَادَهُنَّ وَلَا يَأْتِينَ بِبُهْتَانٍ يَفْتَرِينَهُ بَيْنَ أَيْدِيهِنَّ وَأَرْجُلِهِنَّ وَلَا يَعْصِينَكَ فِي مَعْرُوفٍ فَبَايِعْهُنَّ وَاسْتَغْفِرْ لَهُنَّ اللَّهَ إِنَّ اللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ {12}
Ey Paygʻambar! Moʻmina ayol-qizlar senga sodiq qolishga soʻzbergani yoninga kelganida, hech narsani Allohga nisbat sherik qilmasliklari, oʻgʻrilik qilmasliklari, zino qilmasliklari, bolalarini oʻldirmasliklari, qoʻllari va oyoqlari orasidan boʻhton uydirib kelmasliklari va belgilangan/yaxshi ishlarda ishlarda senga qarshi chiqmasliklari sharti bilan ularni bayʼatini qabul qil. Ularga Allohdan kechirim soʻra. Alloh kechirimli va mehribondir.
60:13
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَتَوَلَّوْا قَوْمًا غَضِبَ اللَّهُ عَلَيْهِمْ قَدْ يَئِسُوا مِنَ الْآخِرَةِ كَمَا يَئِسَ الْكُفَّارُ مِنْ أَصْحَابِ الْقُبُورِ {13}
Ey moʻminlar! Alloh gʻazab qilgan kishilarni doʻst/xoja tutmang. Kofirlar qabrdagi (oʻlik)lardan qanday umidini uzgan boʻlsa, ular ham oxiratdan shunday umid uzishgan[2523].
- SOF Surasi[2524]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
61:1
سَبَّحَ لِلَّهِ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ {1}
Yeru osmondagilarning bari Allohni ulugʻlaydi. U doimo ustundir, toʻgʻri qaror beruvchidir.
61:2
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا لِمَ تَقُولُونَ مَا لَا تَفْعَلُونَ {2}
Ey moʻminlar! Bajarmaydigan narsalaringizni nimaga gapirasiz?!
61:3
كَبُرَ مَقْتًا عِندَ اللَّهِ أَن تَقُولُوا مَا لَا تَفْعَلُونَ {3}
Bajarmaydigan ishingizni qilamiz deyishingiz Alloh huzurida katta norozilik keltirib chiqaradi!
61:4
إِنَّ اللَّهَ يُحِبُّ الَّذِينَ يُقَاتِلُونَ فِي سَبِيلِهِ صَفًّا كَأَنَّهُم بُنيَانٌ مَّرْصُوصٌ {4}
Alloh Uning yoʻlida xuddi poʻlat bilan mustahkamlangan imorat (tuzilma) kabi bir safda jang qiladiganlarni yaxshi koʻradi.
61:5
وَإِذْ قَالَ مُوسَى لِقَوْمِهِ يَا قَوْمِ لِمَ تُؤْذُونَنِي وَقَد تَّعْلَمُونَ أَنِّي رَسُولُ اللَّهِ إِلَيْكُمْ فَلَمَّا زَاغُوا أَزَاغَ اللَّهُ قُلُوبَهُمْ وَاللَّهُ لَا يَهْدِي الْقَوْمَ الْفَاسِقِينَ {5
Bir kun Muso oʻz xalqiga: “Ey Xalqim! Nega menga ozor yetkazaverasiz?! Men Allohning Elchisi ekanimni aniq bildinglar-ku!” dedi. Ular egrilikka moyil boʻlganida, Alloh ularni qalbini bira toʻla egib qoʻydi. Alloh itoatsiz-fosiq kishilarni yoʻlga solmaydi.
61:6
وَإِذْ قَالَ عِيسَى ابْنُ مَرْيَمَ يَا بَنِي إِسْرَائِيلَ إِنِّي رَسُولُ اللَّهِ إِلَيْكُم مُّصَدِّقًا لِّمَا بَيْنَ يَدَيَّ مِنَ التَّوْرَاةِ وَمُبَشِّرًا بِرَسُولٍ يَأْتِي مِن بَعْدِي اسْمُهُ أَحْمَدُ فَلَمَّا جَاءهُم بِالْبَيِّنَاتِ قَالُوا هَذَا سِحْرٌ مُّبِينٌ {6}
Bir kuni Maryamning oʻgʻli Iso ham shunday degan: «Ey Isroil avlodlari! Men, oʻzimdan avval yuborilgan Tavrotni tasdiqlovchi va mendan keyin keladigan va ismi Ahmad/koʻp maqtaladigan elchidan darak beruvchi Allohning elchisiman.» Iso ularga aniq-ravshan dalillar (moʻjizalar) olib kelganida, ular: “Bu ochiq-oydin sehr (koʻzboʻyamachilik)”, dedilar.
61:7
وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ افْتَرَى عَلَى اللَّهِ الْكَذِبَ وَهُوَ يُدْعَى إِلَى الْإِسْلَامِ وَاللَّهُ لَا يَهْدِي الْقَوْمَ الظَّالِمِينَ {7}
Islomga[2525] chaqirilayotgani holda Allohga yolgʻon toʻqiyotgan kimsadan ham zolimroq kim bor? Alloh zolimlarni hidoyat qilmaydi.
61:8
يُرِيدُونَ لِيُطْفِؤُوا نُورَ اللَّهِ بِأَفْوَاهِهِمْ وَاللَّهُ مُتِمُّ نُورِهِ وَلَوْ كَرِهَ الْكَافِرُونَ {8}
Ular Allohning nuri (Qurʼon)ni (atrofga yoyilishiga) ogʻizlari bilan qarshi chiqmoqchi boʻlishadi[2526]. Kofirlik qiluvchilarga yoqmasa yoqmasin, baribir, Alloh Oʻz nurini oxiriga yetkazadi[2527].
61:9
هُوَ الَّذِي أَرْسَلَ رَسُولَهُ بِالْهُدَى وَدِينِ الْحَقِّ لِيُظْهِرَهُ عَلَى الدِّينِ كُلِّهِ وَلَوْ كَرِهَ الْمُشْرِكُونَ {9}
Oʻz dinini boshqa dinlardan ustun/boshqa dinlar ustidan hukm oʻtkazish uchun Elchisini mana shu qoʻllanma (Qurʼon) bilan, haqiqiy din bilan[2528] yuborgan Allohdir. Allohni ikkinchi darajaga qoʻyadiganlar – mushriklarga yoqmasa yoqmasin, baribir Alloh buni amalga oshiradi.
61:10
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا هَلْ أَدُلُّكُمْ عَلَى تِجَارَةٍ تُنجِيكُم مِّنْ عَذَابٍ أَلِيمٍ {10}
Ey moʻminlar! Sizlarga oʻzingizni alamli azobdan saqlab qoladigan foydali ishni koʻrsatib qoʻyaymi?
61:11
تُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ وَرَسُولِهِ وَتُجَاهِدُونَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ بِأَمْوَالِكُمْ وَأَنفُسِكُمْ ذَلِكُمْ خَيْرٌ لَّكُمْ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ {11}
– Alloh va Rasuliga ishonasizlar, Alloh yoʻlida molu davlatingiz va joningiz bilan kurashasizlar. Bilsangiz, bu sizlar uchun yaxshidir.
61:12
يَغْفِرْ لَكُمْ ذُنُوبَكُمْ وَيُدْخِلْكُمْ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِن تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ وَمَسَاكِنَ طَيِّبَةً فِي جَنَّاتِ عَدْنٍ ذَلِكَ الْفَوْزُ الْعَظِيمُ {12}
(Shunday qilsangiz) Alloh gunohlaringizni kechirib, sizlarni ichidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga; Adn jannatidagi goʻzal maskanlarga joylashtirib qoʻyadi. Bu ulkan yutuqdir.
61:13
وَأُخْرَى تُحِبُّونَهَا نَصْرٌ مِّنَ اللَّهِ وَفَتْحٌ قَرِيبٌ وَبَشِّرِ الْمُؤْمِنِينَ {13}
Oʻzingiz yaxshikoʻradigan yana bir (neʼmat) — Allohning yordami va yaqin zamondagi gʻalaba[2529]. Moʻminlarga xushxabar ber.
61:14
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا كُونوا أَنصَارَ اللَّهِ كَمَا قَالَ عِيسَى ابْنُ مَرْيَمَ لِلْحَوَارِيِّينَ مَنْ أَنصَارِي إِلَى اللَّهِ قَالَ الْحَوَارِيُّونَ نَحْنُ أَنصَارُ اللَّهِ فَآَمَنَت طَّائِفَةٌ مِّن بَنِي إِسْرَائِيلَ وَكَفَرَت طَّائِفَةٌ فَأَيَّدْنَا الَّذِينَ آَمَنُوا عَلَى عَدُوِّهِمْ فَأَصْبَحُوا ظَاهِرِينَ {14}
Ey moʻminlar! Alloh (diniga) yordam beruvchi boʻlinglar! Xuddiki, Maryamning oʻgʻli Iso havoriylarga: “Alloh yoʻlida kim menga yordam beradi?” deganida, Havoriylar: “Alloh (diniga) biz yordam beramiz”, deganidek. Shunday qilib, Isroil avlodining bir qismi iymon keltirgan, bir qismi qarshi chiqqan. Shunda, moʻminlarni dushmanlariga qarshi qoʻllab-quvvatlab qoʻyganmiz. Oqibatda, ulardan ustun boʻldilar.
- JUMA Surasi[2530]
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
62:1
يُسَبِّحُ لِلّٰهِ مَا فِي السَّمٰوَاتِ وَمَا فِي الْاَرْضِ الْمَلِكِ الْقُدُّوسِ الْعَز۪يزِ الْحَك۪يمِ
Yeru osmondagilar Allohni ulugʻlaydi; U mutlaq hukmron, (zoti va sifatlarida) nuqsonsiz, oʻz ishida gʻolib va toʻgʻri qaror beruvchidir.
62:2
هُوَ ٱلَّذِی بَعَثَ فِی ٱلۡأُمِّیِّـۧنَ رَسُولࣰا مِّنۡهُمۡ یَتۡلُوا۟ عَلَیۡهِمۡ ءَایَـٰتِهِۦ وَیُزَكِّیهِمۡ وَیُعَلِّمُهُمُ ٱلۡكِتَـٰبَ وَٱلۡحِكۡمَةَ وَإِن كَانُوا۟ مِن قَبۡلُ لَفِی ضَلَـٰلࣲ مُّبِینࣲ
U ummiylar (Makkaliklar)[2531] orasidan elchi yubordi, u (elchi) ularga Allohning oyatlarini tilovat[2532] qilib beradi, ularni poklaydi, ularga Kitob va Hikmat oʻrgatadi. Zero, ular ilgari aniq xatoda edi.
62:3
وَآخَرِينَ مِنْهُمْ لَمَّايَلْحَقُوابِهِمْ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ {3}
Yana ulardan boshqa – hanuz ularga (sahobalarga) qoʻshilmagan odamlarga ham (elchi qilib yubordi). Alloh aziz va hikmatlidir.[2533]
62:4
ذَلِكَ فَضْلُ اللَّهِ يُؤْتِيهِ مَنيَشَاءوَاللَّهُ ذُوالْفَضْلِ الْعَظِيمِ {4}
Bu Allohning oliyjanobligi, uni munosib boʻlganga beradi. Alloh buyuk oliyjanoblik egasidir.
62:5
مَثَلُ الَّذِينَ حُمِّلُواالتَّوْرَاةَ ثُمَّ لَمْ يَحْمِلُوهَاكَمَثَلِ الْحِمَارِ يَحْمِلُ أَسْفَارًابِئْسَ مَثَلُ الْقَوْمِ الَّذِينَ كَذَّبُوابِآيَاتِ اللَّهِ وَاللَّهُ لَايَهْدِيالْقَوْمَ الظَّالِمِينَ {5}
Zimmalariga Tavrotga amal qilish vazifasi yuklatilib, keyin unga amal qilmaganlar, xuddi kitob yuklab qoʻyilgan eshak kabidir[2534]. Allohning oyatlariga yolgʻon munosabat bildirgan kishilar qanday ham yomon oʻrnak! Alloh zolimlarni hidoyatga qilmaydi.
62:6
قُلْ يَاأَيُّهَاالَّذِينَ هَادُواإِنزَعَمْتُمْ أَنَّكُمْ أَوْلِيَاءلِلَّهِ مِندُونِ النَّاسِ فَتَمَنَّوُاالْمَوْتَ إِنكُنتُمْ صَادِقِينَ {6}
Ayt: “Ey Yahudiy boʻlib olganlar! Boshqa insonlarni emas, faqatgina oʻzingizni Allohning doʻstllari deb iddao qilsangiz va rostgoʻy boʻlsangiz, oʻlimni orzu qilinglar-chi!”
62:7
وَلَايَتَمَنَّوْنَهُ أَبَدًابِمَاقَدَّمَتْ أَيْدِيهِمْ وَاللَّهُ عَلِيمٌ بِالظَّالِمِينَ {7}
Qilmishlari sababli ular oʻlimni aslo orzu qilmaydi. Alloh zolimlarni biladi[2535].
62:8
قُلْ إِنَّ الْمَوْتَ الَّذِيتَفِرُّونَ مِنْهُ فَإِنَّهُ مُلَاقِيكُمْ ثُمَّ تُرَدُّونَ إِلَىعَالِمِ الْغَيْبِ وَالشَّهَادَةِ فَيُنَبِّئُكُمبِمَاكُنتُمْ تَعْمَلُونَ {8}
Ayt: “Sizlar qochayotgan oʻlim sizlarga aniq yoʻliqadi. Soʻngra maxfiy (gʻayb) narsalarni ham oshkora narsalarni ham biluvchi Alloh (huzuriga) qaytarilasiz. Shunda U qilmishlaringizni oʻzingizga bildirib qoʻyadi.”
62:9
يَاأَيُّهَاالَّذِينَ آمَنُواإِذَا نُودِي لِلصَّلَاةِ مِن يَوْمِ الْجُمُعَةِ فَاسْعَوْا إِلَى ذِكْرِ اللَّهِ وَ ذَرُوا الْبَيْعَ ذَلِكُمْ خَيْرٌ لَّكُمْ إِنكُنتُمْ تَعْلَمُونَ {9}
Ey moʻminlar! Juma kungi namozga[2536] chaqirilganida savdo-sotiqni toʻxtatib, Allohni zikriga[2537] shoshing[2538]. Shunday qilishingiz oʻzingizga yaxshi, agar bilsanglar.
62:10
فَإِذَاقُضِيَتِ الصَّلَاةُ فَانتَشِرُوافِيالْأَرْضِ وَابْتَغُوامِنفَضْلِ اللَّهِ وَاذْكُرُوااللَّهَ كَثِيرًالَّعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ {10}
Namoz ado etib boʻlingach yer yuziga tarqalib, Allohning fazlidan (rizqidan) talab qilaveringlar. Najot topishingiz uchun, Allohni koʻp-koʻp eslanglar.
62:11
وَإِذَارَأَوْاتِجَارَةً أَوْ لَهْوًاانفَضُّواإِلَيْهَاوَتَرَكُوكَ قَائِمًاقُلْ مَاعِندَ اللَّهِ خَيْرٌ مِّنَ اللَّهْوِ وَمِنَ التِّجَارَةِ وَاللَّهُ خَيْرُ الرَّازِقِينَ {11}
Biron bir tijorat yoki behuda narsa koʻrib qolsalar, seni tik turgan holatingda tashlab, unga ketib qolmoqdalar. Ayt: «Allohning huzuridagi narsa (mukofot) behudagarchilik va tijoratdan yaxshidir. Alloh eng yaxshi rizq beruvchidir.
- MUNAFIQUN surasi[2539]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
إِذَا جَاءكَ الْمُنَافِقُونَ قَالُوا نَشْهَدُ إِنَّكَ لَرَسُولُ اللَّهِ وَاللَّهُ يَعْلَمُ إِنَّكَ لَرَسُولُهُ وَاللَّهُ يَشْهَدُ إِنَّ الْمُنَافِقِينَ لَكَاذِبُونَ{1}
63:1 Munofiqlar yoninga kelganida: “Biz shohidmiz, sen Albatta Allohning elchisisan”, deydi. Sen Oʻzining elchisi ekaningni Alloh biladi va Alloh guvoh boʻlmoqdaki, munofiqlar aniq yolgʻonchidir.
اتَّخَذُوا أَيْمَانَهُمْ جُنَّةً فَصَدُّوا عَن سَبِيلِ اللَّهِ إِنَّهُمْ سَاء مَا كَانُوا يَعْمَلُونَ {2}
63:2 Qasamlarini[2540] oʻzlariga qalqon qilib olishib, Allohning yoʻlidan qayt(ar)dilar[2541]. Ularning qilayotgan qilmishlari naqadar yomon![2542]
ذَلِكَ بِأَنَّهُمْ آمَنُوا ثُمَّ كَفَرُوا فَطُبِعَ عَلَى قُلُوبِهِمْ فَهُمْ لَا يَفْقَهُونَ {3}
63:3 Chunki, ular (avval) ishonib, keyin kofir boʻldi. Shunda, qalblari muhrlandi[2543]; endi (haqiqatni) anglay olmaydilar[2544].
وَإِذَا رَأَيْتَهُمْ تُعْجِبُكَ أَجْسَامُهُمْ وَإِن يَقُولُوا تَسْمَعْ لِقَوْلِهِمْ كَأَنَّهُمْ خُشُبٌ مُّسَنَّدَةٌ يَحْسَبُونَ كُلَّ صَيْحَةٍ عَلَيْهِمْ هُمُ الْعَدُوُّ فَاحْذَرْهُمْ قَاتَلَهُمُ اللَّهُ أَنَّى يُؤْفَكُونَ {4}
63:4 Ularni koʻrganingda tashqi qiyofalari seni lol qoldiradi. Agar gapirsalar gaplariga quloq solib qolasan. Ular devorga suyab qoʻyilgan xas-xashakka oʻxshaydi[2545]. Har qanday shovqinni oʻzlariga qarshi deb oʻylashadi. Ular dushmandir; ulardan ehtiyot boʻl. Alloh ularni jonini olsin! Qanday qilib (haqdan) burilmoqdalar?!
وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ تَعَالَوْا يَسْتَغْفِرْ لَكُمْ رَسُولُ اللَّهِ لَوَّوْا رُؤُوسَهُمْ وَرَأَيْتَهُمْ يَصُدُّونَ وَهُم مُّسْتَكْبِرُونَ {5}
63:5 Ularga: “Kelinglar, Allohning Elchisi sizlar uchun magʻfirat soʻrasin”, deyilganida, boshlarini egib-buradilar va qarabsanki, katta ketgan holda (sendan) qaytadilar[2546].
سَوَاء عَلَيْهِمْ أَسْتَغْفَرْتَ لَهُمْ أَمْ لَمْ تَسْتَغْفِرْ لَهُمْ لَن يَغْفِرَ اللَّهُ لَهُمْ إِنَّ اللَّهَ لَا يَهْدِي الْقَوْمَ الْفَاسِقِينَ {6}
63:6 Ular uchun magʻfirat soʻrasang ham soʻramasang ham, baribir Alloh ularni magʻfirat qilmaydi. Alloh itoatsiz-fosiq kishilarni (jannat yoʻliga) yoʻllamaydi.
هُمُ الَّذِينَ يَقُولُونَ لَا تُنفِقُوا عَلَى مَنْ عِندَ رَسُولِ اللَّهِ حَتَّى يَنفَضُّوا وَلِلَّهِ خَزَائِنُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَلَكِنَّ الْمُنَافِقِينَ لَا يَفْقَهُونَ {7}
63:7 Ular: “Rasulullohni yonidagilarga xayr-ehson qilmanglar, toki tarqalib ketsinlar!” demoqda. Holbuki, osmonlaru yerning xazinalari Allohniki! Lekin munofiqlar anglamayapti.
يَقُولُونَ لَئِن رَّجَعْنَا إِلَى الْمَدِينَةِ لَيُخْرِجَنَّ الْأَعَزُّ مِنْهَا الْأَذَلَّ وَلِلَّهِ الْعِزَّةُ وَلِرَسُولِهِ وَلِلْمُؤْمِنِينَ وَلَكِنَّ الْمُنَافِقِينَ لَا يَعْلَمُونَ {8}
63:8 Yana ular: “Madinaga qaytsak, biz azizlar insonlar oʻsha pastkashlarni (Madinadan) chiqarib yuboramiz”, demoqda.[2547] Aslida azizlik Allohga, Elchisiga va moʻminlarga xos[2548]. Lekin, munofiqlar bilmayapti.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تُلْهِكُمْ أَمْوَالُكُمْ وَلَا أَوْلَادُكُمْ عَن ذِكْرِ اللَّهِ وَمَن يَفْعَلْ ذَلِكَ فَأُوْلَئِكَ هُمُ الْخَاسِرُونَ {9}
63:9 Ey moʻminlar! Mol-davlat va bolalaringiz sizlarni Allohning zikridan/buyruqlaridan [2549] chalgʻitib qoʻymasin. Kim shunday qilsa, ular aniq xonavayron boʻladi.
وَأَنفِقُوا مِن مَّا رَزَقْنَاكُم مِّن قَبْلِ أَن يَأْتِيَ أَحَدَكُمُ الْمَوْتُ فَيَقُولَ رَبِّ لَوْلَا أَخَّرْتَنِي إِلَى أَجَلٍ قَرِيبٍ فَأَصَّدَّقَ وَأَكُن مِّنَ الصَّالِحِينَ {10}
63:10 Sizlarga erishtirgan narsamizdan xayr-ehson qilib ulgirib qolinglar; boʻlmasa, sizlardan biringizga oʻlim kelganida: «Ey Rabbim! Ajalimni yana bir oz muddatga kechiktirib tursang nima boʻladi; shunday qilsang, sadaqa/tasdiq qilib, yaxshilardan boʻlib olardim», deb yolvorib qolasizlar.
وَلَن يُؤَخِّرَ اللَّهُ نَفْسًا إِذَا جَاء أَجَلُهَا وَاللَّهُ خَبِيرٌ بِمَا تَعْمَلُونَ {11}
63:11 Biror kishining (belgilangan) ajali kelganida, Alloh uni aslo kechiktirmaydi. Alloh qilmishlaringizdan xabardordir.[2550]
- TAGʻOBUN surasi[2551]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
يُسَبِّحُ لِلَّهِ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ {1}
64:1 Yeru osmondagilar Allohni ulugʻlaydi. Mutlaq hukmronlik Unga tegishli. Olqishu maqtov unga tegishli. U hamma narsaga oʻlchov qoʻyadi.
هُوَ الَّذِي خَلَقَكُمْ فَمِنكُمْ كَافِرٌ وَمِنكُم مُّؤْمِنٌ وَاللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ {2}
64:2 Sizlarni yaratgan Udir. Endi, sizlardan kimdir kofir, kimdir moʻmindir. Alloh qilmishlaringizni koʻrib turadi[2552].
خَلَقَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ بِالْحَقِّ وَصَوَّرَكُمْ فَأَحْسَنَ صُوَرَكُمْ وَإِلَيْهِ الْمَصِيرُ {3}
64:3 (Alloh) osmonlar va yerni toʻgʻri maqsadda yaratdi, sizlarga shakl berdi va shaklingizni chiroyli qildi[2553]. Qaytish Ungadir.
يَعْلَمُ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَيَعْلَمُ مَا تُسِرُّونَ وَمَا تُعْلِنُونَ وَاللَّهُ عَلِيمٌ بِذَاتِ الصُّدُورِ {4}
64:4 (Alloh) osmonlar va yerdagi narsalarni biladi. Sizlar yashirayotgan narsani ham, oshkor qilayotgan narsani ham biladi. Zero, dillardagilarni ham biladi.
أَلَمْ يَأْتِكُمْ نَبَأُ الَّذِينَ كَفَرُوا مِن قَبْلُ فَذَاقُوا وَبَالَ أَمْرِهِمْ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ {5}
64:5 Sizlarga (oʻzingizdan) ilgarlari (Alloh va Rasuliga) qarshilik qilgan kishilarning xabari kelmadimi?! Ular ishlarining yomon oqibatini totdilar. Yana, ularga alamli azob bor[2554].
ذَلِكَ بِأَنَّهُ كَانَت تَّأْتِيهِمْ رُسُلُهُم بِالْبَيِّنَاتِ فَقَالُوا أَبَشَرٌ يَهْدُونَنَا فَكَفَرُوا وَتَوَلَّوا وَّاسْتَغْنَى اللَّهُ وَاللَّهُ غَنِيٌّ حَمِيدٌ{6}
64:6 Chunki, Oʻzlariga yuborilgan elchilar ularga aniq-ravshan dalillar bilan kelgan. Ular esa: “Bizni bir inson toʻgʻri yoʻlga soladimi?” deb qarshilik qildilar, yuz oʻgirdilar. Alloh oʻzini muhtojsiz ekanini koʻrsatdi[2555]. Alloh behojatdir, olqishu maqtovga loyiqdir.
زَعَمَ الَّذِينَ كَفَرُوا أَن لَّن يُبْعَثُوا قُلْ بَلَى وَرَبِّي لَتُبْعَثُنَّ ثُمَّ لَتُنَبَّؤُنَّ بِمَا عَمِلْتُمْ وَذَلِكَ عَلَى اللَّهِ يَسِيرٌ {7}
64:7 Kofirlik qilganlar (oʻlganidan keyin) oʻzlarini qaytib tirilmaydi deb oʻyladi. Ayt: “Unday emas! Robbimga qasamki, sizlar aniq tirilasizlar, keyin amalga oshirgan ishlaringiz oʻzingizga bildirib qoʻyiladi. Bu Allohga oson.”
فَآمِنُوا بِاللَّهِ وَرَسُولِهِ وَالنُّورِ الَّذِي أَنزَلْنَا وَاللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ {8}
64:8 Shunday ekan, Allohga, Elchisiga va Biz tushirgan Nur(li kitob)ga ishoninglar. Alloh qilmishingizdan xabardordir.
يَوْمَ يَجْمَعُكُمْ لِيَوْمِ الْجَمْعِ ذَلِكَ يَوْمُ التَّغَابُنِ وَمَن يُؤْمِن بِاللَّهِ وَيَعْمَلْ صَالِحًا يُكَفِّرْ عَنْهُ سَيِّئَاتِهِ وَيُدْخِلْهُ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِن تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا أَبَدًا ذَلِكَ الْفَوْزُ الْعَظِيمُ {9}
64:9 U sizlarni toʻplanish kunida toʻplaydigan kun, u yoʻqotish (va erishish) kundir[2556]. Kim Allohga ishonib, xayrli ishlar qilsa, U uning yomonliklarini toʻsib qoʻyadi va uni ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga joylaydi. Ular unda mangu qoladi. Mana shu ulkan yutuqdir.
وَالَّذِينَ كَفَرُوا وَكَذَّبُوا بِآيَاتِنَا أُوْلَئِكَ أَصْحَابُ النَّارِ خَالِدِينَ فِيهَا وَبِئْسَ الْمَصِيرُ {10}
64:10 Qarshilik qilgan va oyatlarimizni yolgʻonlaganlar jahannam ahlidir. Ular unda oʻlimsiz – mangu qoladi. U juda yomon borar joy!
مَا أَصَابَ مِن مُّصِيبَةٍ إِلَّا بِإِذْنِ اللَّهِ وَمَن يُؤْمِن بِاللَّهِ يَهْدِ قَلْبَهُ وَاللَّهُ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ {11}
64:11 Allohning ruxsatisiz hech narsa sodir boʻlmaydi. Kim Allohga ishonsa, (Alloh) uni qalbini toʻgʻri yoʻlga buradi. Alloh hamma narsani biladi[2557].
وَأَطِيعُوا اللَّهَ وَأَطِيعُوا الرَّسُولَ فَإِن تَوَلَّيْتُمْ فَإِنَّمَا عَلَى رَسُولِنَا الْبَلَاغُ الْمُبِينُ {12}
64:12 Alloh va Rasuliga itoat qilinglar. Yuz oʻgirsalaring, (bilingki) elchimiz zimmasida yetzaib qoʻyish bor, xolos.
اللَّهُ لَا إِلَهَ إِلَّا هُوَ وَعَلَى اللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ الْمُؤْمِنُونَ {13}
64:13 Allohdan boshqa xudo yoʻq! Shunday ekan, moʻminlar (Unga) suyanib-tayansin!
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنَّ مِنْ أَزْوَاجِكُمْ وَأَوْلَادِكُمْ عَدُوًّا لَّكُمْ فَاحْذَرُوهُمْ وَإِن تَعْفُوا وَتَصْفَحُوا وَتَغْفِرُوا فَإِنَّ اللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ {14}
64:14 Ey moʻminlar! Juftlaringiz va bolalaringiz orasida sizlarga nisbatan haddan oshadiganlari boʻladi. Shunda, ularga nisbatan diqqat-eʼtirobli boʻlinglar. Agar (ularni xatosini afv etib) jazolamasanglar, “yangi sahifa” ochsanglar va kechirib yuborsanglar, (bilinglarki) Alloh ham kechirimli va mehribondir.
إِنَّمَا أَمْوَالُكُمْ وَأَوْلَادُكُمْ فِتْنَةٌ وَاللَّهُ عِندَهُ أَجْرٌ عَظِيمٌ {15}
64:15 Mol-mulklaringiz va bolalaringizning imtihondir. Alloh huzurida ajr-mukofot bordir.[2558]
فَاتَّقُوا اللَّهَ مَا اسْتَطَعْتُمْ وَاسْمَعُوا وَأَطِيعُوا وَأَنفِقُوا خَيْرًا لِّأَنفُسِكُمْ وَمَن يُوقَ شُحَّ نَفْسِهِ فَأُوْلَئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ {16}
64:16 Imkon qadar Allohga nisbatan javobgarlikni his qilinglar, (kitobiga) quloq soling va itoat qilinglar hamda xayr-ehson qilinglar, oʻzingizga yaxshi boʻladi. Kimki ichidagi baxillikdan saqlansa, ana shular najot topuvchilardir.
إِن تُقْرِضُوا اللَّهَ قَرْضًا حَسَنًا يُضَاعِفْهُ لَكُمْ وَيَغْفِرْ لَكُمْ وَاللَّهُ شَكُورٌ حَلِيمٌ {17}
64:17 Agar Allohga chiroyli qarz bersanglar, U sizlarga koʻpaytirib beradi va sizlarni magʻfirat qiladi. Alloh yaxshilikni mukofotsiz qoldirmaydi, yumshoq muomala qiladi.
عَالِمُ الْغَيْبِ وَالشَّهَادَةِ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ {18}
64:18 U maxfiy narsalarni (gʻaybni) ham, oshkor narsalarni ham biluvchidir, oʻz ishida gʻolib va toʻgʻri qaror beruvchidir.
- TALOQ surasi[2559]
بسم اللَّه الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
65:1
يَا أَيُّهَا النَّبِيُّ إِذَا طَلَّقْتُمُ النِّسَاء فَطَلِّقُوهُنَّ لِعِدَّتِهِنَّ وَأَحْصُوا الْعِدَّةَ وَاتَّقُوا اللَّهَ رَبَّكُمْ لَا تُخْرِجُوهُنَّ مِن بُيُوتِهِنَّ وَلَا يَخْرُجْنَ إِلَّا أَن يَأْتِينَ بِفَاحِشَةٍ مُّبَيِّنَةٍ وَتِلْكَ حُدُودُ اللَّهِ وَمَن يَتَعَدَّ حُدُودَ اللَّهِ فَقَدْ ظَلَمَ نَفْسَهُ لَا تَدْرِي لَعَلَّ اللَّهَ يُحْدِثُ بَعْدَ ذَلِكَ أَمْرًا {1}
Ey Paygʻambar! Ayollaringizdan ajrashsalaringiz, ularni iddasiga xos ravishda[2560] ajrashinglar va iddalarini hisoblanglar va Robbingizga javob berishni oʻylanglar! Ularni uylaridan chiqarib yubormanglar, (ajrashgan ayollar) oʻzlari ham chiqmasin. Ochiq bir fahsh ishga qoʻl urgan boʻlsa bu boshqa[2561]. Bular Allohning (oila masalasidagi) qarorlaridir. Kim Allohning qarorlarini buzsa, zulm qilgan boʻladi. Siz bilmaysiz, balki Alloh bundan keyin yangi bir holatni oʻrtaga chiqarib qoʻyar[2562].
65:2
فَإِذَا بَلَغْنَ أَجَلَهُنَّ فَأَمْسِكُوهُنَّ بِمَعْرُوفٍ أَوْ فَارِقُوهُنَّ بِمَعْرُوفٍ وَأَشْهِدُوا ذَوَيْ عَدْلٍ مِّنكُمْ وَأَقِيمُوا الشَّهَادَةَ لِلَّهِ ذَلِكُمْ يُوعَظُ بِهِ مَن كَانَ يُؤْمِنُ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ وَمَن يَتَّقِ اللَّهَ يَجْعَل لَّهُ مَخْرَجًا {2}
(Idda) muddati nihoyasiga yetganida, u ayollarni chiroyli holatda[2563] ushlab qolinglar yoki, belgilangan — chiroyli holatda ajrashinglar. Orangizdan ikkita adolatli kishini[2564] guvoh qilinglar va guvohlikni Alloh uchun toʻgʻri bajaringlar. Bular, Alloh va oxirat kuniga ishongan kishilarga qilinadigan oʻgitdir. Kimki Allohga qarshi chiqishdan saqlansa, (Alloh) unga chiqish yoʻlini ochib beradi.
65:3
وَيَرْزُقْهُ مِنْ حَيْثُ لَا يَحْتَسِبُ وَمَن يَتَوَكَّلْ عَلَى اللَّهِ فَهُوَ حَسْبُهُ إِنَّ اللَّهَ بَالِغُ أَمْرِهِ قَدْ جَعَلَ اللَّهُ لِكُلِّ شَيْءٍ قَدْرًا {3}
Va kutmagan tarafidan unga rizq beradi. Kimki Allohga suyanib-tayansa, U unga kifoyadir. Alloh Oʻz ishini nihoyasiga yetkazadi. Alloh hamma narsaga oʻlchov qoʻygan[2565].
وَاللَّائِي يَئِسْنَ مِنَ الْمَحِيضِ مِن نِّسَائِكُمْ إِنِ ارْتَبْتُمْ فَعِدَّتُهُنَّ ثَلَاثَةُ أَشْهُرٍ وَاللَّائِي لَمْ يَحِضْنَ وَأُوْلَاتُ الْأَحْمَالِ أَجَلُهُنَّ أَن يَضَعْنَ حَمْلَهُنَّ وَمَن يَتَّقِ اللَّهَ يَجْعَل لَّهُ مِنْ أَمْرِهِ يُسْرًا {4}
65:4
Odatdan toʻxtagan ayollaringizdan (ularning holatidan) shubha qilsangiz, ularning iddasi uch oydir. (Biron bir sababga koʻra) odat koʻrmagan ayollar[2566] ham (shunday). Homilador ayollarning (iddasi kutish) muddati homilasi tugʻishidir. Kim Allohga qarshi chiqishdan saqlansa, (Alloh) uning ishini osonlashtirib qoʻyadi.
65:5
ذَلِكَ أَمْرُ اللَّهِ أَنزَلَهُ إِلَيْكُمْ وَمَن يَتَّقِ اللَّهَ يُكَفِّرْ عَنْهُ سَيِّئَاتِهِ وَيُعْظِمْ لَهُ أَجْرًا {5}
Bu, Allohni sizlarga tushirgan buyrugʻidir. Kim Allohga qarshi chiqishdan saqlansa, (Alloh) uni yomonliklarini toʻsib qoʻyadi va ajr-mukofotini ulugʻ qilib beradi.
65:6
أَسْكِنُوهُنَّ مِنْ حَيْثُ سَكَنتُم مِّن وُجْدِكُمْ وَلَا تُضَارُّوهُنَّ لِتُضَيِّقُوا عَلَيْهِنَّ وَإِن كُنَّ أُولَاتِ حَمْلٍ فَأَنفِقُوا عَلَيْهِنَّ حَتَّى يَضَعْنَ حَمْلَهُنَّ فَإِنْ أَرْضَعْنَ لَكُمْ فَآتُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ وَأْتَمِرُوا بَيْنَكُم بِمَعْرُوفٍ وَإِن تَعَاسَرْتُمْ فَسَتُرْضِعُ لَهُ أُخْرَى {6}
Imkoniyatingiz muqdoricha oʻzingiz yashayotgan joydan (uydan) ularga (idda kutayotgan ayollarga) ham joy bering. Ularga (u uyni) tor qilish uchun zarar berishga urinmang. Agar homila boʻlsalar, tugʻib olgunga qadar nafaqasini berib turinglar. Agar (bolangizni) sizlar uchun emizib bersalar, toʻlovlarini bering. Oʻzaro belgilangan — chiroyli holatda ish yuriting. Agar (emizdirishda) qiyinchilikka duch kelsanglar, uni otasi uchun boshqa ayol emizadi.
65:7
لِيُنفِقْ ذُو سَعَةٍ مِّن سَعَتِهِ وَمَن قُدِرَ عَلَيْهِ رِزْقُهُ فَلْيُنفِقْ مِمَّا آتَاهُ اللَّهُ لَا يُكَلِّفُ اللَّهُ نَفْسًا إِلَّا مَا آتَاهَا سَيَجْعَلُ اللَّهُ بَعْدَ عُسْرٍ يُسْرًا {7}
Imkoniyati keng kishi sharoitidan kelib chiqib nafaqasini[2567] bersin. Rizqi oʻlchab qoʻyilgan kishi ham, Alloh unga bergan narsadan nafaqa bersin. Alloh hech kimga Oʻzi berganidan ortiqcha narsaga javobgar qilmaydi. Alloh qiyinchilikdan keyin yengillik berib qoʻyadi[2568].
65:8
وَكَأَيِّن مِّن قَرْيَةٍ عَتَتْ عَنْ أَمْرِ رَبِّهَا وَرُسُلِهِ فَحَاسَبْنَاهَا حِسَابًا شَدِيدًا وَعَذَّبْنَاهَا عَذَابًا نُّكْرًا {8}
Ne-ne yurtlar bor edi, u yurtlar (aholisi) Robbi va Uning elchilari amridan uzoqlashib/adashib ketgan. Biz ularni qattiq hisobga tortib, ularni misli koʻrilmagan azob bilan azobladik.
65:9
فَذَاقَتْ وَبَالَ أَمْرِهَا وَكَانَ عَاقِبَةُ أَمْرِهَا خُسْرًا {9}
Natijada, oʻz qilmishlarining jazosini totdilar va ishlarining oqibati ziyon boʻldi.
65:10
أَعَدَّ اللَّهُ لَهُمْ عَذَابًا شَدِيدًا فَاتَّقُوا اللَّهَ يَا أُوْلِي الْأَلْبَابِ الَّذِينَ آمَنُوا قَدْ أَنزَلَ اللَّهُ إِلَيْكُمْ ذِكْرًا {10}
Alloh ularga qattiq azob tayyorlab qoʻy(a)di. Ey (Allohga) ishongan, aqlu vijdoni sof kishilar! Allohga qarshi chiqishdan saqlaning! Shubhasizki, Alloh sizlarga eslatuvchi (nasihat qiluvchi) berdi.
65:11
رَّسُولًا يَتْلُو عَلَيْكُمْ آيَاتِ اللَّهِ مُبَيِّنَاتٍ لِّيُخْرِجَ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ مِنَ الظُّلُمَاتِ إِلَى النُّورِ وَمَن يُؤْمِن بِاللَّهِ وَيَعْمَلْ صَالِحًا يُدْخِلْهُ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِن تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا أَبَدًا قَدْ أَحْسَنَ اللَّهُ لَهُ رِزْقًا{11}
Imon keltirib xayrli ishlarni amalga oshirgan kishilarni zulmatlardan nurga olib chiqish uchun sizlarga Allohning bayonotli oyatlarini tilovat[2569] qilib beradigan elchi (yubordi). Kim Allohga ishonib yaxshi ishlarni amalga oshirsa, (Alloh) uni ostidan anhorlar oqib turadigan jannatalarga joylab qoʻyadi. Ular unda mangu qoladi. Alloh unga chiroyli rizq berib qoʻy(a)di.
65:12
اللَّهُ الَّذِي خَلَقَ سَبْعَ سَمَاوَاتٍ وَمِنَ الْأَرْضِ مِثْلَهُنَّ يَتَنَزَّلُ الْأَمْرُ بَيْنَهُنَّ لِتَعْلَمُوا أَنَّ اللَّهَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ وَأَنَّ اللَّهَ قَدْ أَحَاطَ بِكُلِّ شَيْءٍ عِلْمًا {12}
Alloh yetti qavat osmonni va yerdan ham xuddi shuncha yaratdi. Har narsaga bir oʻlchov qoʻygan Alloh ekanini hamda, ilmi hamma narsani qamrab olgan Alloh ekanini bilib olishingiz uchun, (ilohiy) buyruq ular orasida yurib turadi.
- TAHRIM surasi[2570]
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
66:1
يَا أَيُّهَا النَّبِيُّ لِمَ تُحَرِّمُ مَا أَحَلَّ اللَّهُ لَكَ ۖ تَبْتَغِي مَرْضَاتَ أَزْوَاجِكَ ۚ وَاللَّهُ غَفُورٌ رَحِيمٌ
Ey Paygʻambar! Ayollaringni koʻnglini olish uchun[2571] nega Alloh senga halol qilib bergan narsani oʻzingga qilyapsan?![2572] Alloh kechirimli va mehribondir.
66:2
قَدْ فَرَضَ اللَّهُ لَكُمْ تَحِلَّةَ أَيْمَانِكُمْ ۚ وَاللَّهُ مَوْلَاكُمْ ۖ وَهُوَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ
Shubhasizki, (bunday) qasamlaringizni buzishni Alloh sizlarga farz[2573] qildi. Alloh sizlarni (himoyachi) doʻstingizdir. U biladi va toʻgʻri qaror beradi.
66:3
وَإِذْ أَسَرَّ النَّبِيُّ إِلَىٰ بَعْضِ أَزْوَاجِهِ حَدِيثًا فَلَمَّا نَبَّأَتْ بِهِ وَأَظْهَرَهُ اللَّهُ عَلَيْهِ عَرَّفَ بَعْضَهُ وَأَعْرَضَ عَنْ بَعْضٍ ۖ فَلَمَّا نَبَّأَهَا بِهِ قَالَتْ مَنْ أَنْبَأَكَ هَٰذَا ۖ قَالَ نَبَّأَنِيَ الْعَلِيمُ الْخَبِيرُ
Bir kun Paygʻambar ayollaridan biriga maxfiy gap gapirdi. Ayoli uni (boshqasiga) xabar berib qoʻyganida, Alloh paygʻambarga uni oshkor qildi. U ham (mavzuning) bir qismini (ayoliga) bildirdi, qolganini bildirishdan voz kechdi. (Paygʻambar) ayoliga bildirganida, “Buni sizga kim bildirdi?”, dedi ayoli. Paygʻambar: “Menga (hamma narsani) biladigan, mutlaq xabardor zot bildirdi”, dedi.
66:4
إِنْ تَتُوبَا إِلَى اللَّهِ فَقَدْ صَغَتْ قُلُوبُكُمَا ۖ وَإِنْ تَظَاهَرَا عَلَيْهِ فَإِنَّ اللَّهَ هُوَ مَوْلَاهُ وَجِبْرِيلُ وَصَالِحُ الْمُؤْمِنِينَ ۖ وَالْمَلَائِكَةُ بَعْدَ ذَٰلِكَ ظَهِيرٌ
(Ey paygʻambarning oʻsha ikki ayoli!)[2574] Agar ikkalangiz ham Allohga tavba qilsangiz (qildingiz!) Chunki, qalbalringiz (nohaqlikka) moyil boʻldi. Agar ikkalangiz paygʻambarga qarshi hamkorlik qilayotgan boʻlsangiz, (bilinglarki) Alloh uning (himoyachi) doʻstidir, jabroil va yaxshi moʻminlar ham.
66:5
عَسَىٰ رَبُّهُ إِنْ طَلَّقَكُنَّ أَنْ يُبْدِلَهُ أَزْوَاجًا خَيْرًا مِنْكُنَّ مُسْلِمَاتٍ مُؤْمِنَاتٍ قَانِتَاتٍ تَائِبَاتٍ عَابِدَاتٍ سَائِحَاتٍ ثَيِّبَاتٍ وَأَبْكَارًا
(Ey paygʻambar ayollari!) Agar u sizlar bilan ajrashsa, Robbi unga sizlarni oʻrningizga sizlardan koʻra yaxshiroq, muslima, moʻmina, itoatgoʻy, tavbakor, ibodatgoʻy va roʻza tutadigan juvon va bokira juftlar berib qoʻyishi mumkin!
66:6
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا قُوا أَنْفُسَكُمْ وَأَهْلِيكُمْ نَارًا وَقُودُهَا النَّاسُ وَالْحِجَارَةُ عَلَيْهَا مَلَائِكَةٌ غِلَاظٌ شِدَادٌ لَا يَعْصُونَ اللَّهَ مَا أَمَرَهُمْ وَيَفْعَلُونَ مَا يُؤْمَرُونَ
Ey moʻminlar! Oʻzingizni ham oila-aʼzolaringizni ham jahannamdan saqlab qoling-ki, uning yoqilgʻisi insonlar va toshlardir. Uni “tepasida”[2575] qoʻpol va qattiqqoʻl farishtalar bor. Ular Allohning amriga qarshi ish qilmaydilar, buyurilgan ishlarni bajaradilar.
66:7
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ كَفَرُوا لَا تَعْتَذِرُوا الْيَوْمَ ۖ إِنَّمَا تُجْزَوْنَ مَا كُنْتُمْ تَعْمَلُونَ
“Ey kofirlik qilganlar! Bugun uzr soʻramang. Sizlarga oʻz qilmishlaringizni jazosi aniq beriladi” (deyiladi).[2576]
66:8
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا تُوبُوا إِلَى اللَّهِ تَوْبَةً نَصُوحًا عَسَىٰ رَبُّكُمْ أَنْ يُكَفِّرَ عَنْكُمْ سَيِّئَاتِكُمْ وَيُدْخِلَكُمْ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِنْ تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ يَوْمَ لَا يُخْزِي اللَّهُ النَّبِيَّ وَالَّذِينَ آمَنُوا مَعَهُ ۖ نُورُهُمْ يَسْعَىٰ بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَبِأَيْمَانِهِمْ يَقُولُونَ رَبَّنَا أَتْمِمْ لَنَا نُورَنَا وَاغْفِرْ لَنَا ۖ إِنَّكَ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ
Ey moʻminlar! Allohga samimiy tavba qiling! Shoyad, Robbingiz paygʻambarni va u bilan birga (Allohga) ishongan — moʻminlarni xor qilmaydigan kunda, (tavbalaringiz sababli) sizlarni yomonliklaringizni yoʻqqa chiqarib, sizlarni ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga joylar. Ularning nurlari oldi va oʻng taraflarida (yoritib) yuradi. Ular: «Robbimiz! Bizga nurimizni tamomlab ber va bizni magʻfirat qil. Sen hamma narsaga qodirsan/oʻlchov qoʻyasan.
66:9
يَا أَيُّهَا النَّبِيُّ جَاهِدِ الْكُفَّارَ وَالْمُنَافِقِينَ وَاغْلُظْ عَلَيْهِمْ ۚ وَمَأْوَاهُمْ جَهَنَّمُ ۖ وَبِئْسَ الْمَصِيرُ
Ey Paygʻambar! Kofirlik qiluvchilarga qarshi kurash. Ularga qattiq tur.[2577] Ularni borar joyi jahannamdir! U qanday ham yomon borar joy!
66:10
ضَرَبَ اللَّهُ مَثَلًا لِلَّذِينَ كَفَرُوا امْرَأَتَ نُوحٍ وَامْرَأَتَ لُوطٍ ۖ كَانَتَا تَحْتَ عَبْدَيْنِ مِنْ عِبَادِنَا صَالِحَيْنِ فَخَانَتَاهُمَا فَلَمْ يُغْنِيَا عَنْهُمَا مِنَ اللَّهِ شَيْئًا وَقِيلَ ادْخُلَا النَّارَ مَعَ الدَّاخِلِينَ
(Alloh va Rasuliga) qarshilik qilganlarga Alloh Nuh bilan Lutning ayolini misol qildi. Ular ikkita yaxshi bandamizning qoʻl ostida edi. Shunday boʻlsa-da, ikkalasi ham erlariga xiyonat qildi. Shunda, erlari ularga Alloh tarafidan kelgan narsaga (azobga) qarshi asqata olmadi. Ularga: “Jahannamga kiruvchilar bilan birga sizlar ham kiringlar”, deyil(a)di.[2578]
66:11
وَضَرَبَ اللَّهُ مَثَلًا لِلَّذِينَ آمَنُوا امْرَأَتَ فِرْعَوْنَ إِذْ قَالَتْ رَبِّ ابْنِ لِي عِنْدَكَ بَيْتًا فِي الْجَنَّةِ وَنَجِّنِي مِنْ فِرْعَوْنَ وَعَمَلِهِ وَنَجِّنِي مِنَ الْقَوْمِ الظَّالِمِينَ
Imon keltirganarga esa, (Alloh) Firʼavnning ayolini misol qildi. Bir kuni u ayol shunday degan: “Robbim! Huzuringda — jannatda menga bir uy bino qilib ber. Meni Firavn va uning qilmishlaridan ham, zolimlik qiluvchi qavmdan ham qutqar.”[2579]
66:12
وَمَرْيَمَ ابْنَتَ عِمْرَانَ الَّتِي أَحْصَنَتْ فَرْجَهَا فَنَفَخْنَا فِيهِ مِنْ رُوحِنَا وَصَدَّقَتْ بِكَلِمَاتِ رَبِّهَا وَكُتُبِهِ وَكَانَتْ مِنَ الْقَانِتِينَ
Nomusini saqlagan Imronning qizi Maryamni ham (Alloh misol qildi). Biz unga Oʻz ruhimizdan uflaganmiz. U Robbining soʻzlarini va kitobini tasdiqlagan va itoat qiluvchilardan boʻlgan (ayol) edi[2580].
- MULK surasi[2581]
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
67:1
تَبَارَكَ الَّذِي بِيَدِهِ الْمُلْكُ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ
Hukmronligi Oʻz qoʻlida[2582] boʻlgan zot (Alloh)ning shaʼni ulugʻdir! Uni, kerakli hamma narsaga kuchi yetadi.
67:2
الَّذِي خَلَقَ الْمَوْتَ وَالْحَيَاةَ لِيَبْلُوَكُمْ أَيُّكُمْ أَحْسَنُ عَمَلًا ۚ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْغَفُورُ
U oʻlim bilan hayotni – qay biringizni amali goʻzalroq ekanini sinash uchun – yaratdi[2583]. U oʻz ishida gʻolibdir, kechirimlidir.
67:3
الَّذِي خَلَقَ سَبْعَ سَمَاوَاتٍ طِبَاقًا ۖ مَا تَرَىٰ فِي خَلْقِ الرَّحْمَٰنِ مِنْ تَفَاوُتٍ ۖ فَارْجِعِ الْبَصَرَ هَلْ تَرَىٰ مِنْ فُطُورٍ
U yetti qavat osmonni bir-biriga mos qilib yaratdi. Rahmonning yaratishida hech qanday nomunosiblik koʻrmaysan. Koʻzingni (oʻsha tomonga) oʻgir-chi, biron bir yoriq koʻrarmikansan?
67:4
ثُمَّ ارْجِعِ الْبَصَرَ كَرَّتَيْنِ يَنْقَلِبْ إِلَيْكَ الْبَصَرُ خَاسِئًا وَهُوَ حَسِيرٌ
Keyin takror-takror oʻgirilib qara, koʻzing senga (yoriq va nomunosiblik topolmay) umidsiz va tolgan holda qaytadi.
67:5
وَلَقَدْ زَيَّنَّا السَّمَاءَ الدُّنْيَا بِمَصَابِيحَ وَجَعَلْنَاهَا رُجُومًا لِلشَّيَاطِينِ ۖ وَأَعْتَدْنَا لَهُمْ عَذَابَ السَّعِيرِ
Yaqin samoni chiroqlar (yulduzar) bilan bezadik va ularni shaytonlarga/kohinu folbinlarga gʻayb xabaridan daʼvogarlik qilishiga[2584] imkon berdik, ular uchun qaynoq (jahannam) azobini tayyorlab qoʻydik.
67:6
وَلِلَّذِينَ كَفَرُوا بِرَبِّهِمْ عَذَابُ جَهَنَّمَ ۖ وَبِئْسَ الْمَصِيرُ
Yaratgan Egasiga qarshi chiqqan/kofirlarga jahannam azobi bor. U naqadar yomon joy!
67:7
إِذَا أُلْقُوا فِيهَا سَمِعُوا لَهَا شَهِيقًا وَهِيَ تَفُورُ
Ular u yerga tashlanganida uni qaynayotgandagi hayqirigʻini eshitishadi.[2585]
67:8
تَكَادُ تَمَيَّزُ مِنَ الْغَيْظِ ۖ كُلَّمَا أُلْقِيَ فِيهَا فَوْجٌ سَأَلَهُمْ خَزَنَتُهَا أَلَمْ يَأْتِكُمْ نَذِيرٌ
(Jahannam) achchigʻidan sal qolsa yorilay deydi. Har safar unga bir toʻda tashlanganida, jahannamning masʼullari ulardan: «Sizlarga ogohlantiruvchi kelmaganmidi? — deb soʻraydi.
67:9
قَالُوا بَلَىٰ قَدْ جَاءَنَا نَذِيرٌ فَكَذَّبْنَا وَقُلْنَا مَا نَزَّلَ اللَّهُ مِنْ شَيْءٍ إِنْ أَنْتُمْ إِلَّا فِي ضَلَالٍ كَبِيرٍ
Ular: “Ha, bizga haqiqatda ogohlantiruvchi kelgan. Biroq, biz uni yolgʻonchiga chiqarganmiz va Alloh hech narsa nozil qilmagan, sizlar qattiq zalolatdasizlar deganmiz”, deb javob beradi.
67:10
وَقَالُوا لَوْ كُنَّا نَسْمَعُ أَوْ نَعْقِلُ مَا كُنَّا فِي أَصْحَابِ السَّعِيرِ
Yana aytadilarki: “Koshki, quloq solganimizda yoki, aqlimizni ishlatganimizda, hozir qaynoq (jahannam) ahli orasida boʻlmas edik!”
67:11
فَاعْتَرَفُوا بِذَنْبِهِمْ فَسُحْقًا لِأَصْحَابِ السَّعِيرِ
Shu tariqa, oʻz gunohlarini eʼtirof qiladilar. Qaynoq (jahannam) ahliga parishonlik boʻlsin!
67:12
إِنَّ الَّذِينَ يَخْشَوْنَ رَبَّهُمْ بِالْغَيْبِ لَهُمْ مَغْفِرَةٌ وَأَجْرٌ كَبِيرٌ
Yaratgan Egasidan gʻoyibona[2586] qoʻrqadigan kishilarga magʻfirat[2587] va katta ajr (jannat) bor.
67:13
وَأَسِرُّوا قَوْلَكُمْ أَوِ اجْهَرُوا بِهِ ۖ إِنَّهُ عَلِيمٌ بِذَاتِ الصُّدُورِ
Soʻzingizni xoh yashiring, xoh oshkor qiling! Albatta, U dillardagini ham biladi.
67:14
أَلَا يَعْلَمُ مَنْ خَلَقَ وَهُوَ اللَّطِيفُ الْخَبِيرُ
Yaratgan bilmaydimi?! U, eng kichik tafsilotlarni ham biluvchi, mutlaq xabardordir.
67:15
هُوَ الَّذِي جَعَلَ لَكُمُ الْأَرْضَ ذَلُولًا فَامْشُوا فِي مَنَاكِبِهَا وَكُلُوا مِنْ رِزْقِهِ ۖ وَإِلَيْهِ النُّشُورُ
U sizlarga yerni boʻysundirib berdi. Xar tarafida kezib, Uning rizqidan yenglar. Qaytish faqat Uning huzurigadir.
67:16
أَأَمِنْتُمْ مَنْ فِي السَّمَاءِ أَنْ يَخْسِفَ بِكُمُ الْأَرْضَ فَإِذَا هِيَ تَمُورُ
Osmonda (ham iloh boʻlgan) zot[2588] sizlarni yerga yuttirib yuborishidan omonda boʻldinggizmi?! (Unday qilaman desa) yer darhol silkina boshlaydi.
67:17
أَمْ أَمِنْتُمْ مَنْ فِي السَّمَاءِ أَنْ يُرْسِلَ عَلَيْكُمْ حَاصِبًا ۖ فَسَتَعْلَمُونَ كَيْفَ نَذِيرِ
Yoki, osmonda (ham iloh boʻlgan) zot tepangizga tosh yogʻdirib yuborishidan omonda boʻlib oldingizmi?! Ogohlantirishim qanday ekanini yaqidan bilib olasizlar!
67:18
وَلَقَدْ كَذَّبَ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ فَكَيْفَ كَانَ نَكِيرِ
Shubhasizki, ulardan avvalgilar ham (ogohlantiruvchini) yolgʻonga chiqargan edi. (Qara!) Jazolashim qanday boʻldi?!
67:19
أَوَلَمْ يَرَوْا إِلَى الطَّيْرِ فَوْقَهُمْ صَافَّاتٍ وَيَقْبِضْنَ ۚ مَا يُمْسِكُهُنَّ إِلَّا الرَّحْمَٰنُ ۚ إِنَّهُ بِكُلِّ شَيْءٍ بَصِيرٌ
Tepalarida qator-qator qanot qoqib uchayotgan qushlarni koʻrmadialrmi? Ularni Rahmondan boshqasi (samoda) ushlab turolmaydi[2589]. U hamma narsani koʻradi.
67:20
أَمَّنْ هَٰذَا الَّذِي هُوَ جُنْدٌ لَكُمْ يَنْصُرُكُمْ مِنْ دُونِ الرَّحْمَٰنِ ۚ إِنِ الْكَافِرُونَ إِلَّا فِي غُرُورٍ
Rahmonga qarshi sizlarga yordam beradigan u qaysi qoʻshin ekan?![2590] Albatta kofirlar aldovdadir[2591].
67:21
أَمَّنْ هَٰذَا الَّذِي يَرْزُقُكُمْ إِنْ أَمْسَكَ رِزْقَهُ ۚ بَلْ لَجُّوا فِي عُتُوٍّ وَنُفُورٍ
Agar Alloh rizqini (bermay) ushlab qolsa[2592], sizlarga rizq beradigan kim u?! Aslida, u (kofir)lar boʻyin tovlash va nafratdadir[2593].
67:22
أَفَمَنْ يَمْشِي مُكِبًّا عَلَىٰ وَجْهِهِ أَهْدَىٰ أَمَّنْ يَمْشِي سَوِيًّا عَلَىٰ صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ
“Yuztuban” yuradigan kishi toʻgʻri boʻladimi yoki toʻgʻri yoʻlda tik/durust yuradigan kishimi?!
67:23
قُلْ هُوَ الَّذِي أَنْشَأَكُمْ وَجَعَلَ لَكُمُ السَّمْعَ وَالْأَبْصَارَ وَالْأَفْئِدَةَ ۖ قَلِيلًا مَا تَشْكُرُونَ
Ayt: “Sizlarni U vujudga keltirdi va sizlarga tinglash, koʻrish va koʻngil (vijdon) berdi. Sizlar esa qadriga juda ham kam yetyapsizlar!”
67:24
قُلْ هُوَ الَّذِي ذَرَأَكُمْ فِي الْأَرْضِ وَإِلَيْهِ تُحْشَرُونَ
Ayt: «U sizlarni yerda taratdi. Sizlar Unga qaytasizlar.
67:25
وَيَقُولُونَ مَتَىٰ هَٰذَا الْوَعْدُ إِنْ كُنْتُمْ صَادِقِينَ
Ular: “Agar rostgoʻy boʻlsanglar, bu (qiyomat haqidagi) tahdid qachon (boʻladi)?”- demoqda[2594].
67:26
قُلْ إِنَّمَا الْعِلْمُ عِنْدَ اللَّهِ وَإِنَّمَا أَنَا نَذِيرٌ مُبِينٌ
“(U haqidagi) ilm faqat Allohga xos. Men ochiq-oydin ogohlantiruvchiman, xolos”, deb ayt[2595].
67:27
فَلَمَّا رَأَوْهُ زُلْفَةً سِيئَتْ وُجُوهُ الَّذِينَ كَفَرُوا وَقِيلَ هَٰذَا الَّذِي كُنْتُمْ بِهِ تَدَّعُونَ
U (kun)ni yaqindan koʻrishganida, kofirlik qilganlarning yuzi qaro boʻladi, va ularga: “Soʻragan narsangiz mana shu!”, deyiladi.
67:28
قُلْ أَرَأَيْتُمْ إِنْ أَهْلَكَنِيَ اللَّهُ وَمَنْ مَعِيَ أَوْ رَحِمَنَا فَمَنْ يُجِيرُ الْكَافِرِينَ مِنْ عَذَابٍ أَلِيمٍ
Ayt: “Hech oʻylab koʻrdingizmi? Agar Alloh meni va mening yonimdagilarni vafot ettirsa yoki, marhamat qilsa, (bunday qilgani bilan) kofirlik qiluvchilarni alamli azobdan kim qutqara oladi?!”[2596]
67:29
قُلْ هُوَ الرَّحْمَٰنُ آمَنَّا بِهِ وَعَلَيْهِ تَوَكَّلْنَا ۖ فَسَتَعْلَمُونَ مَنْ هُوَ فِي ضَلَالٍ مُبِينٍ
Ayt: “U yaxshiligi cheksiz zotdir, biz Unga ishondik va suyanib-tayandik. Kim aniq zalolatda ekanini yaqinda bilib oalsizlar.”
67:30
قُلْ أَرَأَيْتُمْ إِنْ أَصْبَحَ مَاؤُكُمْ غَوْرًا فَمَنْ يَأْتِيكُمْ بِمَاءٍ مَعِينٍ
Ayt: «Hech oʻylab koʻrdingizmi? Suvlaringiz singib ketsa, sizlarga muayyan suvni[2597] kim keltirib beradi?»[2598]
- QALAM surasi[2599]
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
68:1
ن ۚ وَالْقَلَمِ وَمَا يَسْطُرُونَ
Nun![2600] Qalam va u (orqali) satr-satr qilib yozadigan[2601] narsalariga qasamki,
68:2
مَا أَنْتَ بِنِعْمَةِ رَبِّكَ بِمَجْنُونٍ
Rabbingni neʼmati sababli sen majnun[2602] emassan.
68:3
وَإِنَّ لَكَ لَأَجْرًا غَيْرَ مَمْنُونٍ
Sen uchun bitmas-tuganmas ajr bor.
68:4
وَإِنَّكَ لَعَلَىٰ خُلُقٍ عَظِيمٍ
Sen yuqori darajada axloqlisan[2603].
68:5
فَسَتُبْصِرُ وَيُبْصِرُونَ
Yaqinda sen ham koʻrasan, ular ham koʻradi.
68:6
بِأَيْيِكُمُ الْمَفْتُونُ
Qay biringiz fitnaga tushib qolganini (koʻrasizlar).
68:7
إِنَّ رَبَّكَ هُوَ أَعْلَمُ بِمَنْ ضَلَّ عَنْ سَبِيلِهِ وَهُوَ أَعْلَمُ بِالْمُهْتَدِينَ
Rabbingni yoʻlidan adashgalarni Uning Oʻzi juda yaxshi biladi, toʻgʻri yoʻlga yuruvchilarni ham yaxshi biladi.
68:8
فَلَا تُطِعِ الْمُكَذِّبِينَ
Sen (haqni) yolgʻonga chiqaradiganlarga itoat qilma!
68:9
وَدُّوا لَوْ تُدْهِنُ فَيُدْهِنُونَ
Ular seni tilyogʻlamachilik qilishingni, orqasidan oʻzlari ham tilyogʻlamachilik qilishni orzu qilmoqda.
68:10
وَلَا تُطِعْ كُلَّ حَلَّافٍ مَهِينٍ
Qasamxoʻru pastkashlarni hech biriga itot qilma!
68:11
هَمَّازٍ مَشَّاءٍ بِنَمِيمٍ
(Hammani) yomonlayveradiganlarga, gap tashib yuradiganlarga.
68:12
مَنَّاعٍ لِلْخَيْرِ مُعْتَدٍ أَثِيمٍ
Yaxshilikdan qaytaradigan, haddan oshuvchi, gunohga botganlarga.
68:13
عُتُلٍّ بَعْدَ ذَٰلِكَ زَنِيمٍ
Hurmat qilishni bilmaydigan-qoʻpol, uni ustiga oʻzidan ketib qolgan-nobakorlarga (ham itoat qilma)![2604]
68:14
أَنْ كَانَ ذَا مَالٍ وَبَنِينَ
U mol-davlati va bolalari borligidan (nobakorlik qiladi).
68:15
إِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِ آيَاتُنَا قَالَ أَسَاطِيرُ الْأَوَّلِينَ
Unga oyatlarimiz tilovat qilinganda, «(Bular) avvalgilarning uydirmalaridir», deydi.
68:16
سَنَسِمُهُ عَلَى الْخُرْطُومِ
Uni burniga yaqinda belgi qoʻyamiz.
68:17
إِنَّا بَلَوْنَاهُمْ كَمَا بَلَوْنَا أَصْحَابَ الْجَنَّةِ إِذْ أَقْسَمُوا لَيَصْرِمُنَّهَا مُصْبِحِينَ
Biz ularni, bogʻ egalarini sinagandek sinadik. Oʻz vaqtida bogʻ egalari bogʻni mevalarini ertalabda uzib olishga qasam ichishgan edi.
68:18
وَلَا يَسْتَثْنُونَ
Boshqa narsani ehtimol qilishmasdi.[2605]
68:19
فَطَافَ عَلَيْهَا طَائِفٌ مِنْ رَبِّكَ وَهُمْ نَائِمُونَ
Ular uyquda ekanida Robbingdan (kelgan) balo-ofat bogʻni oʻrab oldi.
68:20
فَأَصْبَحَتْ كَالصريم
Natijada, bogʻ ertalabgacha qop-qora ahvolga kelib qoldi.[2606]
68:21
فَتَنَادَوْا مُصْبِحِينَ
Tongda bogʻning egalari bir-biriga nido qilib:
68:22
أَنِ اغْدُوا عَلَىٰ حَرْثِكُمْ إِنْ كُنْتُمْ صَارِمِينَ
“Agar uzib oladigan boʻlsangiz, mahsulotingizni yoniga ertaroq boringlar!”, dedilar.
68:23
فَانْطَلَقُوا وَهُمْ يَتَخَافَتُونَ
Va darhol yoʻlga chiqishdi va past ovozda shunday pichirlashishdi:
68:24
أَنْ لَا يَدْخُلَنَّهَا الْيَوْمَ عَلَيْكُمْ مِسْكِينٌ
“Bugun boqqa – oldingizga hech qanday chorasiz-kambagʻal kirmasligi kerak!”
68:25
وَغَدَوْا عَلَىٰ حَرْدٍ قَادِرِينَ
(Istaklarini bajarishga) kuchlari yetadigandek erta harakat qildilar.
68:26
فَلَمَّا رَأَوْهَا قَالُوا إِنَّا لَضَالُّونَ
Borib bogʻni koʻrishib: “Biz adashib qolibmiz!” deb yubordilar.
68:27
بَلْ نَحْنُ مَحْرُومُونَ
Yoʻq-yoʻq, biz mahrum boʻlipmiz-ku!»
68:28
قَالَ أَوْسَطُهُمْ أَلَمْ أَقُلْ لَكُمْ لَوْلَا تُسَبِّحُونَ
Ularni insoflisi: “Men sizlarga «Allohni ulugʻlasalaring-chi”, demaganmidim?» dedi[2607].
68:29
قَالُوا سُبْحَانَ رَبِّنَا إِنَّا كُنَّا ظَالِمِينَ
Ular: “Robbimiz pokdir! Biz haqsizlik qilibmiz!” dedilar.
68:30
فَأَقْبَلَ بَعْضُهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ يَتَلَاوَمُونَ
Keyin, bir-biriga qarab, ayblashni boshladilar.
68:31
قَالُوا يَا وَيْلَنَا إِنَّا كُنَّا طَاغِينَ
«Eh attang! Biz haddimizdan oshib ketgan ekanmiz-a!
68:32
عَسَىٰ رَبُّنَا أَنْ يُبْدِلَنَا خَيْرًا مِنْهَا إِنَّا إِلَىٰ رَبِّنَا رَاغِبُونَ
Endi Robbimiz bizga buni oʻrniga yaxshiroq bir bogʻ berib qolar. Robbimizdan umid qilib qolamiz», dedilar.
68:33
كَذَٰلِكَ الْعَذَابُ ۖ وَلَعَذَابُ الْآخِرَةِ أَكْبَرُ ۚ لَوْ كَانُوا يَعْلَمُونَ
(Dunyodagi) azob mana shunday! Oxirat azobi albatta buyukroqdir. Koshki bilsalar.
68:34
إِنَّ لِلْمُتَّقِينَ عِنْدَ رَبِّهِمْ جَنَّاتِ النَّعِيمِ
Masʼuliyatli (moʻmin)lar uchun Rabbi huzurida neʼmat toʻla jannatlar bor.
68:35
أَفَنَجْعَلُ الْمُسْلِمِينَ كَالْمُجْرِمِينَ
Biz hech qachon musulmonlarni (Allohga taslim boʻluvchilarni) jinoyatchi — gunoxkorlarga teng qilarmidik?!
68:36
مَا لَكُمْ كَيْفَ تَحْكُمُونَ
Sizlarga nima boʻlyapti (ey jinoyatchilar!), qanday hukm qilyapsizlar?!
68:37
أَمْ لَكُمْ كِتَابٌ فِيهِ تَدْرُسُونَ
Yoki, unda sizlar oʻqib-oʻrganayotgan sizlar uchun (maxsus) kitob bormi?
68:38
إِنَّ لَكُمْ فِيهِ لَمَا تَخَيَّرُونَ
U kitobda “xohlaganingiz sizlarniki boʻladi!”, deb aniq yozilganmi?
68:39
أَمْ لَكُمْ أَيْمَانٌ عَلَيْنَا بَالِغَةٌ إِلَىٰ يَوْمِ الْقِيَامَةِ ۙ إِنَّ لَكُمْ لَمَا تَحْكُمُونَ
Yoki, qiyomat kunigacha bizga aloqador boʻlib turadigan bir shaklda: “Nima hukm qilsangiz ham sizlarniki boʻladi”, deb aytilgan qasamlarimiz bormi?
68:40
سَلْهُمْ أَيُّهُمْ بِذَٰلِكَ زَعِيمٌ
Ulardan soʻra-chi, qay biri bunga kafil ekan?
68:41
أَمْ لَهُمْ شُرَكَاءُ فَلْيَأْتُوا بِشُرَكَائِهِمْ إِنْ كَانُوا صَادِقِينَ
Yoki, ularni sheriklari bormi? Agar rostgoʻy boʻlsalar, sheriklarini[2608] keltirsinlar!
68:42
يَوْمَ يُكْشَفُ عَنْ سَاقٍ وَيُدْعَوْنَ إِلَى السُّجُودِ فَلَا يَسْتَطِيعُونَ
U kuni boldir shimariladi![2609] Ular sajdaga chaqiriladi, biroq kuchlari yetmaydi.
68:43
خَاشِعَةً أَبْصَارُهُمْ تَرْهَقُهُمْ ذِلَّةٌ ۖ وَقَدْ كَانُوا يُدْعَوْنَ إِلَى السُّجُودِ وَهُمْ سَالِمُونَ
Oʻshanda koʻzlari mayus, oʻzlarini har tarafdan xorlik oʻragan holda (boʻladi). Holbuki, ular sogʻ-salomat vaqtida sajdaga chaqirilgan (boʻladi).
68:44
فَذَرْنِي وَمَنْ يُكَذِّبُ بِهَٰذَا الْحَدِيثِ ۖ سَنَسْتَدْرِجُهُمْ مِنْ حَيْثُ لَا يَعْلَمُونَ
Bu (Allohdan vahiy qilingan) soʻzni yolgʻonga chiqarganni Menga qoʻyib ber. Biz ularni oʻzlari bilmagan tomondan halokatga yaqinlashtiramiz.
68:45
وَأُمْلِي لَهُمْ ۚ إِنَّ كَيْدِي مَتِينٌ
Ularga muhlat beryapman. Mening rejam puxtadir.
68:46
أَمْ تَسْأَلُهُمْ أَجْرًا فَهُمْ مِنْ مَغْرَمٍ مُثْقَلُونَ
Yoki, ulardan haq talab qilyapsan-u, ular ogʻir qarzga botib qolishyaptimi?[2610]
68:47
أَمْ عِنْدَهُمُ الْغَيْبُ فَهُمْ يَكْتُبُونَ
Yoki, maxfiy maʼlumotlar ularda-yu, oʻzlari yozib qoʻyishyapti, shundaymi?
68:48
فَاصْبِرْ لِحُكْمِ رَبِّكَ وَلَا تَكُنْ كَصَاحِبِ الْحُوتِ إِذْ نَادَىٰ وَهُوَ مَكْظُومٌ
Robbingni hukmiga sabr-bardosh qil, baliq/gʻam-tashvish hamrohi (yunus) kabi boʻlma. U ichiga achchiq toʻlgan holda Robbiga yolvorgandi.
68:49
لَوْلَا أَنْ تَدَارَكَهُ نِعْمَةٌ مِنْ رَبِّهِ لَنُبِذَ بِالْعَرَاءِ وَهُوَ مَذْمُومٌ
Agar unga Robbingni yaxshiligi yetishmaganida, u ayblangan (xoʻrlangan) holda ochiq bir maydonda qolib ketgan boʻlardi[2611].
68:50
فَاجْتَبَاهُ رَبُّهُ فَجَعَلَهُ مِنَ الصَّالِحِينَ
Biroq, Robbing uni tanlab olib, uni yaxshilardan qilgan edi.
68:51
وَإِنْ يَكَادُ الَّذِينَ كَفَرُوا لَيُزْلِقُونَكَ بِأَبْصَارِهِمْ لَمَّا سَمِعُوا الذِّكْرَ وَيَقُولُونَ إِنَّهُ لَمَجْنُونٌ
Kofirlik qilganlar zikrni (Qurʼonni) eshitishganida, sal qolsa seni koʻzlari bilan parishon qilgudek boʻlmoqda. “Bu aniq majnun”, demoqda.
68:52
وَمَا هُوَ إِلَّا ذِكْرٌ لِلْعَالَمِينَ
Zero, u (Qurʼon) olamlarga/insoniyatga nasihat xolos.
- HAQQO surasi[2612]
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
69:1
الْحَاقَّةُ
Sodir boʻluvchi![2613]
69:2
مَا الْحَاقَّةُ
Nima u sodir boʻluvchi?
69:3
وَمَا أَدْرَاكَ مَا الْحَاقَّةُ
Sodir boʻluvchi nima ekanini qayerdan bilarding?
69:4
كَذَّبَتْ ثَمُودُ وَعَادٌ بِالْقَارِعَةِ
Samud va Od qavmi gumburlab sodir boʻladigan (qiyomat)ni yolgʻon dedi.
69:5
فَأَمَّا ثَمُودُ فَأُهْلِكُوا بِالطَّاغِيَةِ
Natijada, Samud qavmi qattiq zilzila bilan halok qilindi.
69:6
وَأَمَّا عَادٌ فَأُهْلِكُوا بِرِيحٍ صَرْصَرٍ عَاتِيَةٍ
Od qavmi esa, sovuq, qattiq qor boʻroni bilan yoʻq qilindi.[2614]
69:7
سَخَّرَهَا عَلَيْهِمْ سَبْعَ لَيَالٍ وَثَمَانِيَةَ أَيَّامٍ حُسُومًا فَتَرَى الْقَوْمَ فِيهَا صَرْعَىٰ كَأَنَّهُمْ أَعْجَازُ نَخْلٍ خَاوِيَةٍ
(Alloh) ularga boʻronni yetti kechayu sakkiz kunduz uzluksiz estirib qoʻydi. (Oʻsha yerda boʻlganingda) ularni xuddi xurmo daraxtining chirigan tomiridek agʻdarilib yotganini koʻrarding.
69:8
فَهَلْ تَرَىٰ لَهُمْ مِنْ بَاقِيَةٍ
Hozir, ulardan (tirik) qolgan birini koʻryapsanmi?![2615]
69:9
وَجَاءَ فِرْعَوْنُ وَمَنْ قَبْلَهُ وَالْمُؤْتَفِكَاتُ بِالْخَاطِئَةِ
Firʼavn, undan avvalgilar va notoʻgʻri yoʻlga kirib qolganlar ham ayni xatoni qildilar.
69:10
فَعَصَوْا رَسُولَ رَبِّهِمْ فَأَخَذَهُمْ أَخْذَةً رَابِيَةً
Ular oʻz yaratgan Egasining elchisiga qarshi chiqdi[2616]. Shunda, U ularni qattiq jazoga tortdi.
69:11
إِنَّا لَمَّا طَغَى الْمَاءُ حَمَلْنَاكُمْ فِي الْجَارِيَةِ
(Zaminga) suv toshgan vaqtda sizlarni (ajdodlarigizni) kemada Biz tashiganmiz.
69:12
لِنَجْعَلَهَا لَكُمْ تَذْكِرَةً وَتَعِيَهَا أُذُنٌ وَاعِيَةٌ
U (qissalar)ni sizlarga (eslatma) boʻladigan hamda, anglaydigan quloqlar (egalari) singdirib oladigan qilib (tushuntirib) qoʻydik[2617].
69:13
فَإِذَا نُفِخَ فِي الصُّورِ نَفْخَةٌ وَاحِدَةٌ
Surga bir marta puflanganida,
69:14
وَحُمِلَتِ الْأَرْضُ وَالْجِبَالُ فَدُكَّتَا دَكَّةً وَاحِدَةً
Yer yuzi va togʻu toshlar koʻtarilib, bir-biriga bir marta qattiq urilganida,
69:15
فَيَوْمَئِذٍ وَقَعَتِ الْوَاقِعَةُ
Oʻsha kuni asl voqea[2618] sodir boʻladi.
69:16
وَانْشَقَّتِ السَّمَاءُ فَهِيَ يَوْمَئِذٍ وَاهِيَةٌ
Va osmon yorilib, u oʻsha kuni boʻshashib qoladi[2619].
69:17
وَالْمَلَكُ عَلَىٰ أَرْجَائِهَا ۚ وَيَحْمِلُ عَرْشَ رَبِّكَ فَوْقَهُمْ يَوْمَئِذٍ ثَمَانِيَةٌ
Osmonning yon atroflarida malak (boʻladi). U kunda yaratgan Egangning arshini:amr-farmonlarini yurgizishni ularning ham tepasidagi sakkizta (malak) zimmasiga oladi[2620].
69:18
يَوْمَئِذٍ تُعْرَضُونَ لَا تَخْفَىٰ مِنْكُمْ خَافِيَةٌ
U kuni sizlar (Allohning huzuriga) chiqarilasizlar, sizlardan hech narsa maxfiy qolmaydi[2621].
69:19
فَأَمَّا مَنْ أُوتِيَ كِتَابَهُ بِيَمِينِهِ فَيَقُولُ هَاؤُمُ اقْرَءُوا كِتَابِيَهْ
Oʻshanda, kimning kitobi oʻngdan berilsa, u shunday deydi: «Mana meni kitobim, oʻqib koʻringlar.
69:20
إِنِّي ظَنَنْتُ أَنِّي مُلَاقٍ حِسَابِيَهْ
Men hisob-kitobimga yoʻliqishimga aniq ishonganman».
69:21
فَهُوَ فِي عِيشَةٍ رَاضِيَةٍ
Endi u baxtli boʻladigan hayotda (yashaydi).
69:22
فِي جَنَّةٍ عَالِيَةٍ
Yuksak bogʻu boʻstonda (boʻladi),
69:23
قُطُوفُهَا دَانِيَةٌ
Uning shingil-shingil mevalari (uzishga) yaqindir.
69:24
كُلُوا وَاشْرَبُوا هَنِيئًا بِمَا أَسْلَفْتُمْ فِي الْأَيَّامِ الْخَالِيَةِ
“Oʻtgan kunlarda qilib oʻtgan ishlaringiz tufayli, yenglar, ichinglar, osh boʻlsin!” (deyiladi.)
69:25
وَأَمَّا مَنْ أُوتِيَ كِتَابَهُ بِشِمَالِهِ فَيَقُولُ يَا لَيْتَنِي لَمْ أُوتَ كِتَابِيَهْ
Ammo, kimning kitobi chapdan berilsa, u shunday deb qoladi: «Eh! Qaniydi, menga kitobim berilmaganida!
69:26
وَلَمْ أَدْرِ مَا حِسَابِيَهْ
Qaniydi hisob-kitobim qanday ekanini bilmaganimda!
69:27
يَا لَيْتَهَا كَانَتِ الْقَاضِيَةَ
Oh! Qaniydi u (oʻlim) nihoyaviy hukmini[2622] qilsaydi!
69:28
مَا أَغْنَىٰ عَنِّي مَالِيَهْ ۜ
Mol-davlatim menga asqatmadi!
69:29
هَلَكَ عَنِّي سُلْطَانِيَهْ
Egalik qilgan narsam qoʻlimdan ketdi!» (deb qoladi.)
69:30
خُذُوهُ فَغُلُّوهُ
«Uni tutib bogʻlanglar!
69:31
ثُمَّ الْجَحِيمَ صَلُّوهُ
Keyin uni alangali jahannamga tashlanglar.
69:32
ثُمَّ فِي سِلْسِلَةٍ ذَرْعُهَا سَبْعُونَ ذِرَاعًا فَاسْلُكُوهُ
Keyin uni yetmish ziroli[2623] zanjirga bogʻlab sudranglar.
69:33
إِنَّهُ كَانَ لَا يُؤْمِنُ بِاللَّهِ الْعَظِيمِ
Chunki u Ulugʻ Allohga ishonmas edi,
69:34
وَلَا يَحُضُّ عَلَىٰ طَعَامِ الْمِسْكِينِ
Bechora-kambagʻalni yedirib-ichirishga (oʻzini ham boshqalarni ham) qiziqtirmas edi.
69:35
فَلَيْسَ لَهُ الْيَوْمَ هَاهُنَا حَمِيمٌ
Bugun bu yerda unga hech qanday hamroh yoʻq.
69:36
وَلَا طَعَامٌ إِلَّا مِنْ غِسْلِينٍ
Yiringdan boshqa yemoq ham yoʻq» (deyiladi).
69:37
لَا يَأْكُلُهُ إِلَّا الْخَاطِئُونَ
Uni faqatgina oʻsha xatoga[2624] qoʻl urganlar tanovul qiladi.»
69:38
فَلَا أُقْسِمُ بِمَا تُبْصِرُونَ
Ont boʻlsin sizlar koʻrib turgan narsalarga,
69:39
وَمَا لَا تُبْصِرُونَ
Va sizlar koʻrmayotgan narsalargaki,
69:40
إِنَّهُ لَقَوْلُ رَسُولٍ كَرِيمٍ
U (Qurʼon) hurmatli elchining soʻzidir[2625].
69:41
وَمَا هُوَ بِقَوْلِ شَاعِرٍ ۚ قَلِيلًا مَا تُؤْمِنُونَ
U biron bir shoirning soʻzi emas. (Qurʼonga) juda ham oz ishonyapsizlar!
69:42
وَلَا بِقَوْلِ كَاهِنٍ ۚ قَلِيلًا مَا تَذَكَّرُونَ
U biron-bir folchi-kohinning ham soʻzi emas. Juda ham oz nasihat olyapsizlar!
69:43
تَنْزِيلٌ مِنْ رَبِّ الْعَالَمِينَ
U borliqlarni yaratgan Egasi tarafidan tushirilgan.
69:44
وَلَوْ تَقَوَّلَ عَلَيْنَا بَعْضَ الْأَقَاوِيلِ
Agar (Muhammad) Bizga nisbatan baʼzi toʻqima gaplar toʻqib aytganida,
69:45
لَأَخَذْنَا مِنْهُ بِالْيَمِينِ
U ishi tufayli uni (avval) mahkam tutib,
69:46
ثُمَّ لَقَطَعْنَا مِنْهُ الْوَتِينَ
Keyin, uni shoh tomirini uzib tashlardik.
69:47
فَمَا مِنْكُمْ مِنْ أَحَدٍ عَنْهُ حَاجِزِينَ
Shunda sizlardan birortangiz ham unga mone boʻlolmasdingiz[2626].
69:48
وَإِنَّهُ لَتَذْكِرَةٌ لِلْمُتَّقِينَ
Albatta, u (Qurʼon) masʼuliyatli (moʻmin)larga nasihatdir.
69:49
وَإِنَّا لَنَعْلَمُ أَنَّ مِنْكُمْ مُكَذِّبِينَ
Orangizda (uni) yolgʻonlayotganlar borligini aniq bilib turibmiz.
69:50
وَإِنَّهُ لَحَسْرَةٌ عَلَى الْكَافِرِينَ
U (Qurʼon) qarshi chiquvchilarga hasrat (sababi)dir[2627].
69:51
وَإِنَّهُ لَحَقُّ الْيَقِينِ
U ayni haqiqatdir.
69:52
فَسَبِّحْ بِاسْمِ رَبِّكَ الْعَظِيمِ
Bas! Buyuk Robbing ismini (shaʼnini) ulugʻla!
- MAʼORIJ surasi[2628]
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
70:1
سَأَلَ سَائِلٌ بِعَذَابٍ وَاقِعٍ
Bir soʻrovchi sodir boʻladigan azob haqida soʻradi-
70:2
لِلْكَافِرِينَ لَيْسَ لَهُ دَافِعٌ
Kofirlarga tegishli azob haqida. U azobni bartaraf qiluvchi (hech kim) yoʻq.
70:3
مِنَ اللَّهِ ذِي الْمَعَارِجِ
(U azob) Oliy maqomlar egasi — Alloh tarafidan keladi.
70:4
تَعْرُجُ الْمَلَائِكَةُ وَالرُّوحُ إِلَيْهِ فِي يَوْمٍ كَانَ مِقْدَارُهُ خَمْسِينَ أَلْفَ سَنَةٍ
Miqdori ellik ming yil boʻlgan kunda[2629] Malaklar va Ruh Allohga yuksaladi[2630].
70:5
فَاصْبِرْ صَبْرًا جَمِيلًا
Sen chiroyli sabr qil.
70:6
إِنَّهُمْ يَرَوْنَهُ بَعِيدًا
Ular u (kun)ni uzoq bilyapti.
70:7
وَنَرَاهُ قَرِيبًا
Biz esa uni yaqin bilamiz.
70:8
يَوْمَ تَكُونُ السَّمَاءُ كَالْمُهْلِ
U kunda osmon maʼdan eritmasidek boʻlib qoladi,
70:9
وَتَكُونُ الْجِبَالُ كَالْعِهْنِ
Togʻlar yungdek boʻlib qoladi,
70:10
وَلَا يَسْأَلُ حَمِيمٌ حَمِيمًا
Va hech bir qadrdon qadrdon(i)dan ahvol soʻramaydi[2631].
70:11
يُبَصَّرُونَهُمْ ۚ يَوَدُّ الْمُجْرِمُ لَوْ يَفْتَدِي مِنْ عَذَابِ يَوْمِئِذٍ بِبَنِيهِ
Ular bir-biriga koʻrsatiladilar. Jinoyatchi u kunning azobidan (qutilib qolish uchun) oʻz bolalarini fido qilmoqchi boʻladi,
70:12
وَصَاحِبَتِهِ وَأَخِيهِ
Ayolini, aka-ukasini ham,
70:13
وَفَصِيلَتِهِ الَّتِي تُؤْوِيهِ
Oʻzini himoya qilgan qavm-qarindoshini ham,
70:14
وَمَنْ فِي الْأَرْضِ جَمِيعًا ثُمَّ يُنْجِيهِ
Va yer yuzida yashab oʻtgan barchani (fido qilib), keyin, oʻzini qutqarmoqchi boʻladi.
70:15
كَلَّا ۖ إِنَّهَا لَظَىٰ
Yoʻq! Jahannam alangalidir.
70:16
نَزَّاعَةً لِلشَّوَىٰ
Terini shilib tashlovchidir.
70:17
تَدْعُو مَنْ أَدْبَرَ وَتَوَلَّىٰ
U (haqiqatdan) orqa oʻgirgan va yuz oʻgirgan har kimni oʻziga chorlaydi.
70:18
وَجَمَعَ فَأَوْعَىٰ
Mol yigʻib (haqqini bermay) saqlab qoʻygan kishini ham (chorlaydi)!
70:19
إِنَّ الْإِنْسَانَ خُلِقَ هَلُوعًا
Inson chidamsiz:toʻymas qilib yaratilgan.
70:20
إِذَا مَسَّهُ الشَّرُّ جَزُوعًا
Unga bir yomonlik:muammo kelganida jazavaga tushib qoladi.
70:21
وَإِذَا مَسَّهُ الْخَيْرُ مَنُوعًا
Unga yaxshilik kelganda esa bermay qoʻyadi.
70:22
إِلَّا الْمُصَلِّينَ
Diniy vazifalarini ado etuvchilar:dindorlar unday emas[2632].
70:23
الَّذِينَ هُمْ عَلَىٰ صَلَاتِهِمْ دَائِمُونَ
Ular namozini:diniy vazifalarini davomli ado etadi.
70:24
وَالَّذِينَ فِي أَمْوَالِهِمْ حَقٌّ مَعْلُومٌ
Ularning mol-davlatlarida belgilangan haq boʻladi;
70:25
لِلسَّائِلِ وَالْمَحْرُومِ
Soʻraguvchilar va (soʻrashdan) mahrum boʻlganlarga berish uchun.
70:26
وَالَّذِينَ يُصَدِّقُونَ بِيَوْمِ الدِّينِ
Ular sarhisob kunini tasdiqlaydi.
70:27
وَالَّذِينَ هُمْ مِنْ عَذَابِ رَبِّهِمْ مُشْفِقُونَ
Ular yaratgan Egasining azobidan qoʻrqadi.
70:28
إِنَّ عَذَابَ رَبِّهِمْ غَيْرُ مَأْمُونٍ
Chunki, yaratgan Egasining azobi (hukm qilinsa) omonda qolinadigan emas.[2633]
70:29
وَالَّذِينَ هُمْ لِفُرُوجِهِمْ حَافِظُونَ
Ular avrat joylarini (nomahramdan) ehtiyot qiladi.
70:30
إِلَّا عَلَىٰ أَزْوَاجِهِمْ أَوْ مَا مَلَكَتْ أَيْمَانُهُمْ فَإِنَّهُمْ غَيْرُ مَلُومِينَ
Faqat (hur) juftlari va qoʻl ostidagi asir(a)lar bundan mustasno.[2634] Chunki, ular (bu holatda) ayblanmaydi.
70:31
فَمَنِ ابْتَغَىٰ وَرَاءَ ذَٰلِكَ فَأُولَٰئِكَ هُمُ الْعَادُونَ
Kimki bundan boshqa (hukm) istasa, ular haddan oshuvchidir.
70:32
وَالَّذِينَ هُمْ لِأَمَانَاتِهِمْ وَعَهْدِهِمْ رَاعُونَ
Ular omonatlari va majburiyatlari:kelishuvlariga rioya qiluvchilardir.
70:33
وَالَّذِينَ هُمْ بِشَهَادَاتِهِمْ قَائِمُونَ
Ular guvohligini toʻgʻri ado etuvchilardir.
70:34
وَالَّذِينَ هُمْ عَلَىٰ صَلَاتِهِمْ يُحَافِظُونَ
Ular namozini:diniy vazifalarini muhofaza qiladi.
70:35
أُولَٰئِكَ فِي جَنَّاتٍ مُكْرَمُونَ
Ana shularga Jannatlarda izzat-ikrom koʻrsatiladi.
70:36
فَمَالِ الَّذِينَ كَفَرُوا قِبَلَكَ مُهْطِعِينَ
(Ey Muhammad!) Kofirlik qilganlarga nima boʻldiki, ular sen tarafga koʻzlarini loʻq qilib boʻyin choʻzmoqda?!
70:37
عَنِ الْيَمِينِ وَعَنِ الشِّمَالِ عِزِينَ
Oʻng va chap tarafingda toʻp-toʻp boʻlib olishib!
70:38
أَيَطْمَعُ كُلُّ امْرِئٍ مِنْهُمْ أَنْ يُدْخَلَ جَنَّةَ نَعِيمٍ
Ulardan har biri neʼmat toʻla jannatlarga kirgizilishini tamaʼ[2635] qilyaptimi?
70:39
كَلَّا ۖ إِنَّا خَلَقْنَاهُمْ مِمَّا يَعْلَمُونَ
Yoʻq! Biz ularni oʻzlari biladigan narsadan yarattik[2636].
70:40
فَلَا أُقْسِمُ بِرَبِّ الْمَشَارِقِ وَالْمَغَارِبِ إِنَّا لَقَادِرُونَ
Yoʻq! Mashriqlar va magʻriblarni Robbiga qasamki, albatta, Bizni kuchimiz yetadi.
70:41
عَلَىٰ أَنْ نُبَدِّلَ خَيْرًا مِنْهُمْ وَمَا نَحْنُ بِمَسْبُوقِينَ
U (kofir)larni oʻrniga ulardan yaxshisini keltirib qoʻyishga kuchimiz yetadi! Biz bundan ojiz emasmiz.
70:42
فَذَرْهُمْ يَخُوضُوا وَيَلْعَبُوا حَتَّىٰ يُلَاقُوا يَوْمَهُمُ الَّذِي يُوعَدُونَ
Ularni tek qoʻy, tahdid qilingan kunga yoʻliqqunga qadar gunohga botib, oʻynab-kulib yuraversinlar!
70:43
يَوْمَ يَخْرُجُونَ مِنَ الْأَجْدَاثِ سِرَاعًا كَأَنَّهُمْ إِلَىٰ نُصُبٍ يُوفِضُونَ
U kuni, xuddi nishonga qarab yugurgandek, mozorlaridan shoshilib chiqariladilar.
70:44
خَاشِعَةً أَبْصَارُهُمْ تَرْهَقُهُمْ ذِلَّةٌ ۚ ذَٰلِكَ الْيَوْمُ الَّذِي كَانُوا يُوعَدُونَ
(Kofirlarning) koʻzlari mayus, oʻzlarini esa xorlik bosgan boʻladi. Ularga tahdid qilingan kun oʻsha kundir.
- NUH surasi[2637]
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
71:1
إِنَّا أَرْسَلْنَا نُوحًا إِلَىٰ قَوْمِهِ أَنْ أَنْذِرْ قَوْمَكَ مِنْ قَبْلِ أَنْ يَأْتِيَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ
“Alamli azob kelishidan oldin ularni ogohlantir”, deb, Nuhni oʻz qavmiga elchi qilib yubordik.
71:2
قَالَ يَا قَوْمِ إِنِّي لَكُمْ نَذِيرٌ مُبِينٌ
(Nuh) aytdiki: «Ey xalqim! Men sizlar uchun ochiq-oydin ogohlantiruvchiman.
71:3
أَنِ اعْبُدُوا اللَّهَ وَاتَّقُوهُ وَأَطِيعُونِ
Allohga ibodat qiling, Unga nisbatan javobgarlikni his qiling va menga itoat qiling!
71:4
يَغْفِرْ لَكُمْ مِنْ ذُنُوبِكُمْ وَيُؤَخِّرْكُمْ إِلَىٰ أَجَلٍ مُسَمًّى ۚ إِنَّ أَجَلَ اللَّهِ إِذَا جَاءَ لَا يُؤَخَّرُ ۖ لَوْ كُنْتُمْ تَعْلَمُونَ
Shunda, U baʼzi gunohlaringizni kechiradi[2638] va sizlarni belgilangan muddatgacha yashatadi. Aniqki, Allohning (belgilab qoʻygan) muddati kelganida kechiktirilmaydi, agar bilsangiz edi»[2639]
71:5
قَالَ رَبِّ إِنِّي دَعَوْتُ قَوْمِي لَيْلًا وَنَهَارًا
(Nuh) aytdi: «Ey Robbim! Men xalqimni kechayu kunduz (Senga) daʼvat qildim.
71:6
فَلَمْ يَزِدْهُمْ دُعَائِي إِلَّا فِرَارًا
Biroq, daʼvatim ularga faqat nafrat orttirdi.
71:7
وَإِنِّي كُلَّمَا دَعَوْتُهُمْ لِتَغْفِرَ لَهُمْ جَعَلُوا أَصَابِعَهُمْ فِي آذَانِهِمْ وَاسْتَغْشَوْا ثِيَابَهُمْ وَأَصَرُّوا وَاسْتَكْبَرُوا اسْتِكْبَارًا
Toki Sen ularni kechirasan deb, ularni har safar daʼvat qilganimda, ular barmoqlarini quloqlariga tiqdilar, kiyimlariga burkandilar, (kofirlikda) tiranib turib oldilar va oʻzlarini juda katta tutdilar.
71:8
ثُمَّ إِنِّي دَعَوْتُهُمْ جِهَارًا
Keyin ularni ochiq daʼvat qildim.
71:9
ثُمَّ إِنِّي أَعْلَنْتُ لَهُمْ وَأَسْرَرْتُ لَهُمْ إِسْرَارًا
Keyin ularga ham oshkora eʼlon qildim, yashirinib ham gapirdim.
71:10
فَقُلْتُ اسْتَغْفِرُوا رَبَّكُمْ إِنَّهُ كَانَ غَفَّارًا
Keyin shunday dedim: “Robbingizdan kechirim soʻranglar, chunki, U juda kechirimlidir.”
71:11
يُرْسِلِ السَّمَاءَ عَلَيْكُمْ مِدْرَارًا
Shunda, U sizlarga moʻl-koʻl:barakatli yomgʻir yogʻdiradi.
71:12
وَيُمْدِدْكُمْ بِأَمْوَالٍ وَبَنِينَ وَيَجْعَلْ لَكُمْ جَنَّاتٍ وَيَجْعَلْ لَكُمْ أَنْهَارًا
Sizlarga mol-davlat va farzandlar bilan yordam beradi, sizlarga bogʻ-rogʻlar beradi va sizlar uchun anhorlar oqizib qoʻyadi.
71:13
مَا لَكُمْ لَا تَرْجُونَ لِلَّهِ وَقَارًا
Sizlarga nima boʻldi ekan, nima uchun Allohga munosib ravishda hurmat koʻrsatishni xohlamayapsizlar-a?!
71:14
وَقَدْ خَلَقَكُمْ أَطْوَارًا
Holbuku, U sizlarni turli bosqichlardan oʻtkazib yaratdi.
71:15
أَلَمْ تَرَوْا كَيْفَ خَلَقَ اللَّهُ سَبْعَ سَمَاوَاتٍ طِبَاقًا
Alloh yetti osmonni qanday qilib bir-biriga mos yaratganini koʻrmadingizmi?
71:16
وَجَعَلَ الْقَمَرَ فِيهِنَّ نُورًا وَجَعَلَ الشَّمْسَ سِرَاجًا
U, osmonlar ichra oyni (yer uchun) nur, quyoshni esa chiroq qildi.
71:17
وَاللَّهُ أَنْبَتَكُمْ مِنَ الْأَرْضِ نَبَاتًا
Alloh sizlarni (otangizni) yerdan oʻsimlikni undirgandek undirdi[2640].
71:18
ثُمَّ يُعِيدُكُمْ فِيهَا وَيُخْرِجُكُمْ إِخْرَاجًا
Keyin, sizlarni tuproqqa qaytaradi[2641] va soʻng sizlarni qaytadan (yerdan tiriltirib) chiqaradi.
71:19
وَاللَّهُ جَعَلَ لَكُمُ الْأَرْضَ بِسَاطًا
Alloh sizlarga yerni toʻshab berdi.
71:20
لِتَسْلُكُوا مِنْهَا سُبُلًا فِجَاجًا
Toki undagi keng yoʻllardan yurib oʻtasizlar» (deb aytim).
71:21
قَالَ نُوحٌ رَبِّ إِنَّهُمْ عَصَوْنِي وَاتَّبَعُوا مَنْ لَمْ يَزِدْهُ مَالُهُ وَوَلَدُهُ إِلَّا خَسَارًا
(Nuh yana) shunday dedi: «Ey Robbim! Ular menga qarshi chiqib, mol-mulki va bola-chaqasi oʻziga faqat ziyon orttiradigan kishiga ergashdilar,
71:22
وَمَكَرُوا مَكْرًا كُبَّارًا
Ular nihoyatda katta tuzoq qurdilar.
71:23
وَقَالُوا لَا تَذَرُنَّ آلِهَتَكُمْ وَلَا تَذَرُنَّ وَدًّا وَلَا سُوَاعًا وَلَا يَغُوثَ وَيَعُوقَ وَنَسْرًا
Yana, ular: “Ilohlaringizdan aslo voz kechmang. Ayniqsa, Vadʼdan, Suvaʼdan, Yagʻusʼdan, Yaʼuq va Nasrʼdan”, dedilar.
71:24
وَقَدْ أَضَلُّوا كَثِيرًا ۖ وَلَا تَزِدِ الظَّالِمِينَ إِلَّا ضَلَالًا
Ular koʻpchilikni adashtirib yubordi. Robbim! Sen shu zolimlarga faqat zalolat (muvaffaqiyatsizlik) orttir!»[2642]
71:25
مِمَّا خَطِيئَاتِهِمْ أُغْرِقُوا فَأُدْخِلُوا نَارًا فَلَمْ يَجِدُوا لَهُمْ مِنْ دُونِ اللَّهِ أَنْصَارًا
Ular oʻzlarining xatolari tufayli (suvga) choʻktirildi. Endi, jahannamga kirgiziladi. Oʻshanda, ular oʻzlariga Allohdan boshqa yordamchilar topa olmagan.
71:26
وَقَالَ نُوحٌ رَبِّ لَا تَذَرْ عَلَى الْأَرْضِ مِنَ الْكَافِرِينَ دَيَّارًا
Nuh shunday dedi: «Robbim! Bu yerda birorta ham davr suradigan kofir qoʻymagin.
71:27
إِنَّكَ إِنْ تَذَرْهُمْ يُضِلُّوا عِبَادَكَ وَلَا يَلِدُوا إِلَّا فَاجِرًا كَفَّارًا
Chunki, ularni tek qoʻysang, bandalaringni adashtirib yuborar ekan. Bular faqat ahloqsiz, nonkoʻr (ish)lar vujudga keltirar ekan[2643].
71:28
رَبِّ اغْفِرْ لِي وَلِوَالِدَيَّ وَلِمَنْ دَخَلَ بَيْتِيَ مُؤْمِنًا وَلِلْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ وَلَا تَزِدِ الظَّالِمِينَ إِلَّا تَبَارًا
Robbim! Meni, ota-onamni, uyimga moʻmin boʻlib kirganlarni[2644], moʻmin erkak va moʻmina ayollarni ham magʻfirat qil, zolimlarga halokatdan boshqa narsa orttirmagin[2645].»
- JIN surasi[2646]
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
قُلْ أُوحِيَ إِلَيَّ أَنَّهُ اسْتَمَعَ نَفَرٌ مِنَ الْجِنِّ فَقَالُوا إِنَّا سَمِعْنَا قُرْآنًا عَجَبًا
72:1 (Ey Muhammad!) Ayt: «Menga shunday vahiy qilindi: «Bir nafar begona/notanish kishilar Qurʼonni tinglab, (oʻzaro) shunday dedilar: «Biz ajoyib Qurʼon tingladik.[2647]
يَهْدِي إِلَى الرُّشْدِ فَآمَنَّا بِهِ ۖ وَلَنْ نُشْرِكَ بِرَبِّنَا أَحَدًا
72:2 U toʻgʻrilikkka/yetuklikka[2648] boshlar ekan, unga ishondik, Robbimizga hech kimni sherik qilmaymiz.
وَأَنَّهُ تَعَالَىٰ جَدُّ رَبِّنَا مَا اتَّخَذَ صَاحِبَةً وَلَا وَلَدًا
72:3 Rabbimizning maqomi oliy (ekan). U Oʻziga xotin ham farzand ham tutmagan ekan.
وَأَنَّهُ كَانَ يَقُولُ سَفِيهُنَا عَلَى اللَّهِ شَطَطًا
72:4 Oramizdagi ahmoq[2649] Alloh haqida boʻlmagʻur gaplar gapirib yurgan ekan.
وَأَنَّا ظَنَنَّا أَنْ لَنْ تَقُولَ الْإِنْسُ وَالْجِنُّ عَلَى اللَّهِ كَذِبًا
72:5 Biz esa, insu-jin/adashganlar va adashtiruvchilar Alloh haqida aslo yolgʻon gapirmaydi, deb oʻylar ekanmiz.[2650]
وَأَنَّهُ كَانَ رِجَالٌ مِنَ الْإِنْسِ يَعُوذُونَ بِرِجَالٍ مِنَ الْجِنِّ فَزَادُوهُمْ رَهَقًا
72:6 Oramizdagi adashganlar ayrim adashtiruvchi kishilarga sigʻinar ekan. Buning oqibatida ularni bettar tentak qilib yuborgan ekan.
وَأَنَّهُمْ ظَنُّوا كَمَا ظَنَنْتُمْ أَنْ لَنْ يَبْعَثَ اللَّهُ أَحَدًا
72:7 Sizlar oʻylagandek, ular ham, endi Alloh hech qachon birovni (elchi qilib) yubormaydi, deb oʻylar edi.
وَأَنَّا لَمَسْنَا السَّمَاءَ فَوَجَدْنَاهَا مُلِئَتْ حَرَسًا شَدِيدًا وَشُهُبًا
72:8 Biz yuqoriga/oliy majlis/oliy kengashga yaqinlashdik, koʻrdik-ki, u qattiq va kuchli qoʻriqlanadigan holda jamlangan ekan.
وَأَنَّا كُنَّا نَقْعُدُ مِنْهَا مَقَاعِدَ لِلسَّمْعِ ۖ فَمَنْ يَسْتَمِعِ الْآنَ يَجِدْ لَهُ شِهَابًا رَصَدًا
72:9 Biz ilgari samoni/oliy kengashni tinglash uchun maxsus qoʻltiqlarda oʻtirar edik. Endilikda, kim eshitishga urinsa, uni kuzatib turgan bir otashga/muammoga duchor boʻladi.
وَأَنَّا لَا نَدْرِي أَشَرٌّ أُرِيدَ بِمَنْ فِي الْأَرْضِ أَمْ أَرَادَ بِهِمْ رَبُّهُمْ رَشَدًا
72:10 Biz bilmayapmiz, (bizning) yurtga yomonlik iroda qilinganmi yoki Robbi ularni kamolotga erishtirishni xohlaganmikin.
وَأَنَّا مِنَّا الصَّالِحُونَ وَمِنَّا دُونَ ذَٰلِكَ ۖ كُنَّا طَرَائِقَ قِدَدًا
72:11 Oramizda yaxshilarimiz ham bor, bundan boshqachalari ham bor. Biz turli tariqatlarga/toifalarga boʻlinib ketgan edik.
وَأَنَّا ظَنَنَّا أَنْ لَنْ نُعْجِزَ اللَّهَ فِي الْأَرْضِ وَلَنْ نُعْجِزَهُ هَرَبًا
72:12 Shuni aniq bildikki, biz Allohdan (Allohning azobidan) yerda qutula olmasl ekanmiz, Undan qochib-qutula olmas ekanmiz.
وَأَنَّا لَمَّا سَمِعْنَا الْهُدَىٰ آمَنَّا بِهِ ۖ فَمَنْ يُؤْمِنْ بِرَبِّهِ فَلَا يَخَافُ بَخْسًا وَلَا رَهَقًا
72:13 Biz oʻsha rahnamo-qoʻllanmani (Qurʼonni) tinglagan vaqtimizda unga ishondik. Kim Robbiga ishonsa, endi u ajrini kamayib qolishidan va zulmga uchrab qolishdan qoʻrqmaydi.
وَأَنَّا مِنَّا الْمُسْلِمُونَ وَمِنَّا الْقَاسِطُونَ ۖ فَمَنْ أَسْلَمَ فَأُولَٰئِكَ تَحَرَّوْا رَشَدًا
72:14 Oramizda musulmonlar ham bor, adashganlar ham bor. Kim musulmon boʻlsa, ana shular toʻgʻri yoʻlni tanlagan boʻladi.
وَأَمَّا الْقَاسِطُونَ فَكَانُوا لِجَهَنَّمَ حَطَبًا
72:15 Adashganlar esa jahannamga oʻtin boʻladi.»
وَأَنْ لَوِ اسْتَقَامُوا عَلَى الطَّرِيقَةِ لَأَسْقَيْنَاهُمْ مَاءً غَدَقًا
72:16 Agar (haq) yoʻlda toʻgʻri yursalar edi, ularni moʻl-koʻl suv ila “sugʻorib”[2651] qoʻyar edik.
لِنَفْتِنَهُمْ فِيهِ ۚ وَمَنْ يُعْرِضْ عَنْ ذِكْرِ رَبِّهِ يَسْلُكْهُ عَذَابًا صَعَدًا
72:17 Toki, ularni unda imtihon qilgaymiz. Kim Robbining zikridan (Qurʼondan) yuz oʻgirsa, (Robbi) uni borgan sari ortadigan azobga soladi.[2652]
وَأَنَّ الْمَسَاجِدَ لِلَّهِ فَلَا تَدْعُوا مَعَ اللَّهِ أَحَدًا
72:18 Masjidlar Alloh uchundir! Alloh bilan birgalikda hech kimga duo qilmanglar![2653]
وَأَنَّهُ لَمَّا قَامَ عَبْدُ اللَّهِ يَدْعُوهُ كَادُوا يَكُونُونَ عَلَيْهِ لِبَدًا
72:19 Allohning bandasi (Muhammad) turib, Unga duo/daʼvat qilayotganida, uning tepasida yaqinlashib yigʻilib olishdi.
قُلْ إِنَّمَا أَدْعُو رَبِّي وَلَا أُشْرِكُ بِهِ أَحَدًا
72:19 Ayt: “Men faqatgina Robbimga duo qilaman, duoda unga hech kimni qoʻshmayman.”
قُلْ إِنِّي لَا أَمْلِكُ لَكُمْ ضَرًّا وَلَا رَشَدًا
72:21 Ayt: “Men sizlarga na bir zarar berishga va na sizlarni toʻgʻri yoʻlga solishga ham ega emasman.”
قُلْ إِنِّي لَنْ يُجِيرَنِي مِنَ اللَّهِ أَحَدٌ وَلَنْ أَجِدَ مِنْ دُونِهِ مُلْتَحَدًا
72:22 Ayt: «Allohdan (keladigan azobdan) meni hech kim saqlab qololmaydi. Men Undan boshqa panohgoh ham topolmayman.
إِلَّا بَلَاغًا مِنَ اللَّهِ وَرِسَالَاتِهِ ۚ وَمَنْ يَعْصِ اللَّهَ وَرَسُولَهُ فَإِنَّ لَهُ نَارَ جَهَنَّمَ خَالِدِينَ فِيهَا أَبَدًا
72:23 (Vazifam) Allohdan kelgan (vahiy)ni yetqazib qoʻyish, xolos. Kim Alloh va Rosuliga isyon qilsa, Unga aniq jahannam oʻti bor, (isyonchilar) jahannamda mangu qoladi.
حَتَّىٰ إِذَا رَأَوْا مَا يُوعَدُونَ فَسَيَعْلَمُونَ مَنْ أَضْعَفُ نَاصِرًا وَأَقَلُّ عَدَدًا
72:24 Bu kabilar oʻzlariga tahdid qilingan (azob)ni koʻrishganida, kimni yordamchisi kuchsiz va oz ekanini bilib oladi».
قُلْ إِنْ أَدْرِي أَقَرِيبٌ مَا تُوعَدُونَ أَمْ يَجْعَلُ لَهُ رَبِّي أَمَدًا
72:25 Ayt: «Sizlarga tahdid qilingan (qiyomat) yaqinmi, yoki Robbim unga muddat belgilaydimi, bilmayman.
عَالِمُ الْغَيْبِ فَلَا يُظْهِرُ عَلَىٰ غَيْبِهِ أَحَدًا
72:26 Gʻaybni U biladi, gʻaybini birovga oshkor qilmaydi.
إِلَّا مَنِ ارْتَضَىٰ مِنْ رَسُولٍ فَإِنَّهُ يَسْلُكُ مِنْ بَيْنِ يَدَيْهِ وَمِنْ خَلْفِهِ رَصَدًا
72:27 Faqatgina Oʻzi rozi boʻlgan elchiga (elchiga vahiy orqali bildirib), keyin (Alloh) uning oldidan va ortidan kuzatib turadi.[2654]
لِيَعْلَمَ أَنْ قَدْ أَبْلَغُوا رِسَالَاتِ رَبِّهِمْ وَأَحَاطَ بِمَا لَدَيْهِمْ وَأَحْصَىٰ كُلَّ شَيْءٍ عَدَدًا
72:28 Toki, (elchilar) Robbining risolatlarini yetkazganini (Alloh) bilib turadi, elchilarda sodir boʻlayotgan narsalarni ihota qilib turadi va har narsani birma-bir hisob-kitob qiladi.
- MUZZAMMIL surasi[2655]
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
73:1
يَا أَيُّهَا الْمُزَّمِّلُ
Ey (paygʻambarlik yuki) yuklatilgan zot!
73:2
قُمِ اللَّيْلَ إِلَّا قَلِيلًا
Tunning oz qismidan boshqa vaqtida bedor boʻl!
73:3
نِصْفَهُ أَوِ انْقُصْ مِنْهُ قَلِيلًا
(Tunning) yarmida yoki, undan ham bir oz ozaytiraver.
73:4
أَوْ زِدْ عَلَيْهِ وَرَتِّلِ الْقُرْآنَ تَرْتِيلًا
Yoki, tunning yarmidan koʻpaytir va Qurʼonni dona-dona qilib tushuntir![2656]
73:5
إِنَّا سَنُلْقِي عَلَيْكَ قَوْلًا ثَقِيلًا
Senga yaqinda ogʻir/masʼuliyatli soʻz yuklaymiz.
73:6
إِنَّ نَاشِئَةَ اللَّيْلِ هِيَ أَشَدُّ وَطْئًا وَأَقْوَمُ قِيلًا
Darhaqiqat, tungi muhit yanada samarali:taʼsirli va soʻzi taʼsirlidir.
73:7
إِنَّ لَكَ فِي النَّهَارِ سَبْحًا طَوِيلًا
Seni kunduzi uzun ishlaring bor.
73:8
وَاذْكُرِ اسْمَ رَبِّكَ وَتَبَتَّلْ إِلَيْهِ تَبْتِيلًا
Robbingni ismini[2657] yod et, Unga toʻliq yoʻnal!
73:9
رَبُّ الْمَشْرِقِ وَالْمَغْرِبِ لَا إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ فَاتَّخِذْهُ وَكِيلًا
U mashriqu magʻribni yaratgan Egasidir. Undan boshqa iloh yoʻq. Shuning uchun, Uni oʻzinga vakil (tayanch) qilib ol!
73:10
وَاصْبِرْ عَلَىٰ مَا يَقُولُونَ وَاهْجُرْهُمْ هَجْرًا جَمِيلًا
U (mushrik)larning gaplariga sabr qil va ulardan chiroyli ayril.
73:11
وَذَرْنِي وَالْمُكَذِّبِينَ أُولِي النَّعْمَةِ وَمَهِّلْهُمْ قَلِيلًا
Oʻsha badavlat yolgʻonchilarni menga qoʻyib ber, ularga bir oz muhlat ber[2658].
73:12
إِنَّ لَدَيْنَا أَنْكَالًا وَجَحِيمًا
Albatta, huzurimizda (kofirlar uchun) temir halqalar va alanggali otashlar bor.
73:13
وَطَعَامًا ذَا غُصَّةٍ وَعَذَابًا أَلِيمًا
Va tomoqqa tiqiladigan yegulik va alamli azob bor.
73:14
يَوْمَ تَرْجُفُ الْأَرْضُ وَالْجِبَالُ وَكَانَتِ الْجِبَالُ كَثِيبًا مَهِيلًا
Kun kelib, yer va togʻlar qattiq silkinadi. Togʻlar quyim-quyim boʻlib oqadigan qumdek boʻlib qoladi.
73:15
إِنَّا أَرْسَلْنَا إِلَيْكُمْ رَسُولًا شَاهِدًا عَلَيْكُمْ كَمَا أَرْسَلْنَا إِلَىٰ فِرْعَوْنَ رَسُولًا
Firʼavnga elchi yuborganimizdek, sizlarga ham — oʻzingizga guvoh boʻladigan elchi yubordik.
73:16
فَعَصَىٰ فِرْعَوْنُ الرَّسُولَ فَأَخَذْنَاهُ أَخْذًا وَبِيلًا
Firʼavn (oʻziga yuborilgan) elchiga qarshi chiqqan. Oqibatda, uni qattiq (azob-la) tutdik.
73:17
فَكَيْفَ تَتَّقُونَ إِنْ كَفَرْتُمْ يَوْمًا يَجْعَلُ الْوِلْدَانَ شِيبًا
Agar kofirlik qilsanglar, “yoshlarning sochini oqartirib yuboradigan” kun[2659] (azobi)dan qanday saqlanasizlar?!
73:18
السَّمَاءُ مُنْفَطِرٌ بِهِ ۚ كَانَ وَعْدُهُ مَفْعُولًا
U kuni osmon yoriladi va Allohning vaʼdasi amalga oshadi.
73:19
إِنَّ هَٰذِهِ تَذْكِرَةٌ ۖ فَمَنْ شَاءَ اتَّخَذَ إِلَىٰ رَبِّهِ سَبِيلًا
Albatta, bu nasihatdir (eslatmadir). Kim xohlasa Robbiga (olib boruvchi) yoʻlni tutadi.
73:20
مِنَ الَّذ۪ينَ مَعَكَۜ وَاللّٰهُ يُقَدِّرُ الَّيْلَ وَالنَّهَارَۜ عَلِمَ اَنْ لَنْ تُحْصُوهُ فَتَابَ عَلَيْكُمْ فَاقْرَؤُ۫ا مَا تَيَسَّرَ مِنَ الْقُرْاٰنِۜ عَلِمَ اَنْ سَيَكُونُ مِنْكُمْ مَرْضٰىۙ وَاٰخَرُونَ يَضْرِبُونَ فِي الْاَرْضِ يَبْتَغُونَ مِنْ فَضْلِ اللّٰهِۙ وَاٰخَرُونَ يُقَاتِلُونَ ف۪ي سَب۪يلِ اللّٰهِۘ فَاقْرَؤُ۫ا مَا تَيَسَّرَ مِنْهُۙ وَاَق۪يمُوا الصَّلٰوةَ وَاٰتُوا الزَّكٰوةَ وَاَقْرِضُوا اللّٰهَ قَرْضًا حَسَنًاۜ وَمَا تُقَدِّمُوا لِاَنْفُسِكُمْ مِنْ خَيْرٍ تَجِدُوهُ عِنْدَ اللّٰهِ هُوَ خَيْرًا وَاَعْظَمَ اَجْرًاۜ وَاسْتَغْفِرُوا اللّٰهَۜ اِنَّ اللّٰهَ غَفُورٌ رَح۪يمٌ
(Ey Muhammad!) Albatta, yaratgan Egang bilib turibdiki, sen va yoningdagi jamoa ham kechaning uchdan ikkisiga yaqin qismida, kechaning yarmida, kechani uchdan birida bedor boʻlyapsizlar. Kech va kunduzda (Qurʼon tilovati uchun) Alloh oʻlchov qoʻyadi.[2660] Sizlar buni toʻliq bajara olmasligingizni bildi, sizlarga tavba imkoni berdi. Bas! (Har kuni) oʻzingizga qulay boʻlgan vaqtda Qurʼon oʻqinglar! Tez orada orangizdan bemorlar boʻlishini, boshqalari Allohni fazlini (rizqini) izlab yer yuziga safarga chiqadiganlar va Alloh yoʻlida kurashadigan yana boshqa kishilar ham boʻlishini Alloh bilyapti. Shu bois, Qurʼonni oʻzingizga oson boʻlgan vaqtda[2661] oʻqinglar. Namozni puxta ado etinglar, zakotni beringlar va Allohga chiroyli qarz beringlar. Bugun oʻzingiz uchun qilayotgan har qanday yaxshilikni, Allohni huzurida undan ham yaxshiroq va mukofoti buyukroq holatda topasizlar. Allohdan magʻfirat tilanglar. Alloh juda kechirimlidir, mehribondir.
- MUDDASSIR surasi[2662]
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
74:1
يَا أَيُّهَا الْمُدَّثِّرُ
Ey (paygʻambarlik vazifasiga) burkanuvchi!
74:2
قُمْ فَأَنْذِرْ
Tur – ogohlantir![2663]
74:3
وَرَبَّكَ فَكَبِّرْ
Robbingni ulugʻla![2664]
74:4
وَثِيَابَكَ فَطَهِّرْ
Oʻzingni pok tut,[2665]
74:5
وَالرُّجْزَ فَاهْجُرْ
Nopok narsalardan uzoq tur!
74:6
وَلَا تَمْنُنْ تَسْتَكْثِرُ
(Qilgan ishlaringni) koʻp deb bilib minnat qilma![2666]
74:7
وَلِرَبِّكَ فَاصْبِرْ
Robbing uchun sabr-bardosh qil!
74:8
فَإِذَا نُقِرَ فِي النَّاقُورِ
Sur chalinganida,
74:9
فَذَٰلِكَ يَوْمَئِذٍ يَوْمٌ عَسِيرٌ
Oʻsha kun juda ogʻir kun (boʻladi).
74:10
عَلَى الْكَافِرِينَ غَيْرُ يَسِيرٍ
Kofirlar/haqqa qarshi chiquvchilar uchun oson boʻlmaydi![2667]
74:11
ذَرْنِي وَمَنْ خَلَقْتُ وَحِيدًا
Oʻzim yolgʻiz yaratgan kishini[2668] Oʻzimga qoʻyib ber!
74:12
وَجَعَلْتُ لَهُ مَالًا مَمْدُودًا
Unga uzluksiz mol-davlat berdim.
74:13
وَبَنِينَ شُهُودًا
Hamda yonida yuradigan bolalar[2669].
74:14
وَمَهَّدْتُ لَهُ تَمْهِيدًا
Unga katta imkon berdim.
74:15
ثُمَّ يَطْمَعُ أَنْ أَزِيدَ
(Kofirligidan) keyin ham, orttirib berishimni kutyapti.
74:16
كَلَّا ۖ إِنَّهُ كَانَ لِآيَاتِنَا عَنِيدًا
Yoʻq! U oyatlarimizga nisbatan qaysarlik qildi.
74:17
سَأُرْهِقُهُ صَعُودًا
Uni yaqinda juda ogʻir uqubatli qiynoqqa solaman[2670].
74:18
إِنَّهُ فَكَّرَ وَقَدَّرَ
Chunki, u (nima qilishni) oʻylandi va reja qildi.
74:19
فَقُتِلَ كَيْفَ قَدَّرَ
Oʻlgur! Qanday reja qildi?!
74:20
ثُمَّ قُتِلَ كَيْفَ قَدَّرَ
Ha oʻlgur! Qanday reja qildi?!
74:21
ثُمَّ نَظَرَ
Keyin bir qaradi.
74:22
ثُمَّ عَبَسَ وَبَسَرَ
Soʻng, qovogʻini soldi, aftini burishtirdi.
74:23
ثُمَّ أَدْبَرَ وَاسْتَكْبَرَ
Keyin, ortga oʻgirildi, oʻzini katta tutdi.
74:24
فَقَالَ إِنْ هَٰذَا إِلَّا سِحْرٌ يُؤْثَرُ
Soʻng: “Bu naql qilingan sehrdan boshqa narsa emas”, dedi.
74:25
إِنْ هَٰذَا إِلَّا قَوْلُ الْبَشَرِ
“Bu, (Muhammad oʻqiyotgan narsalar) insonni soʻzidan boshqa narsa emas”, (dedi).
74:26
سَأُصْلِيهِ سَقَرَ
Uni yaqinda Saqorga suqaman.
74:27
وَمَا أَدْرَاكَ مَا سَقَرُ
Saqor nima ekanini qayerdan bilarding?
74:28
لَا تُبْقِي وَلَا تَذَرُ
U (Saqor kofirlarni azobsiz) qoldirmaydi, tek tashlab qoʻymaydi![2671]
74:29
لَوَّاحَةٌ لِلْبَشَرِ
U terini qoraytirib yuboradi.
74:30
عَلَيْهَا تِسْعَةَ عَشَرَ
Uni tepasida oʻn toʻqqizta (malak) bor[2672].
74:31
وَمَا جَعَلْنَا أَصْحَابَ النَّارِ إِلَّا مَلَائِكَةً ۙ وَمَا جَعَلْنَا عِدَّتَهُمْ إِلَّا فِتْنَةً لِلَّذِينَ كَفَرُوا لِيَسْتَيْقِنَ الَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ وَيَزْدَادَ الَّذِينَ آمَنُوا إِيمَانًا ۙ وَلَا يَرْتَابَ الَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ وَالْمُؤْمِنُونَ ۙ وَلِيَقُولَ الَّذِينَ فِي قُلُوبِهِمْ مَرَضٌ وَالْكَافِرُونَ مَاذَا أَرَادَ اللَّهُ بِهَٰذَا مَثَلًا ۚ كَذَٰلِكَ يُضِلُّ اللَّهُ مَنْ يَشَاءُ وَيَهْدِي مَنْ يَشَاءُ ۚ وَمَا يَعْلَمُ جُنُودَ رَبِّكَ إِلَّا هُوَ ۚ وَمَا هِيَ إِلَّا ذِكْرَىٰ لِلْبَشَرِ
Biz jahannam boshqaruvchilarini faqat maloika qildik. Ularning sanogʻini qarshilik qlganlar uchun faqatgina bir imtihon vositasi qildik. Biz buni kitob berilgan (hozirgi gʻayridin)lar qatʼiy ishonchga ega boʻlishi, moʻminlarni Allohga boʻlgan imon-ishonchi ortishi, kitob berilganlar va moʻminlar shubhaga tushmasliklari uchun shunday qildik. Hamda, qalblarida kasalligi borlar va qarshilik qilganlar: “Alloh bu misol bilan nimani iroda qildi?”- deyishi uchun shunday qildik. Alloh loyiq boʻlganni adashtiradi, munosib boʻlganni toʻgʻri yoʻlga soladi. Robbingni qoʻshinlarini Oʻzidan boshqasi bilmaydi. Bular insoniyat uchun nasihatdir (eslatmadir).
74:32
كَلَّا وَالْقَمَرِ
Yoʻq! Ont boʻlsin oyga,
74:33
وَاللَّيْلِ إِذْ أَدْبَرَ
Ortga qaytgan kechaga,
74:34
وَالصُّبْحِ إِذَا أَسْفَرَ
Yorishgan vaqtdagi tonggaki,
74:35
إِنَّهَا لَإِحْدَى الْكُبَرِ
U (Saqor) katta (azob)larning biridir!
74:36
نَذِيرًا لِلْبَشَرِ
Insoniyat uchun ogohlantiruvchidir.
74:37
لِمَنْ شَاءَ مِنْكُمْ أَنْ يَتَقَدَّمَ أَوْ يَتَأَخَّرَ
Orangizdan (imonu amalda) ilgarilashni yoki chekinishni tanlagan kishilar uchun (ogohlantiruvchidir)[2673].
74:38
كُلُّ نَفْسٍ بِمَا كَسَبَتْ رَهِينَةٌ
Har kim oʻz qilmishining garovidir.
74:39
إِلَّا أَصْحَابَ الْيَمِينِ
Oʻng taraf egalari[2674] bundan mustasno.
74:40
فِي جَنَّاتٍ يَتَسَاءَلُونَ
Ular bogʻu boʻstonlarda (yashaydi) va soʻrab-surishtiradi.
74:41
عَنِ الْمُجْرِمِينَ
Jinoyatchilar haqida.
74:42
مَا سَلَكَكُمْ فِي سَقَرَ
“Sizlarni saqorga nima olib kirdi?” (deb).
74:43
قَالُوا لَمْ نَكُ مِنَ الْمُصَلِّينَ
Ular shunday deydi: «Biz diniy vazifalarni bajarmaganmiz[2675].
74:44
وَلَمْ نَكُ نُطْعِمُ الْمِسْكِينَ
Chorasizlarni yedirib-ichirmaganmiz.
74:45
وَكُنَّا نَخُوضُ مَعَ الْخَائِضِينَ
(Gunohga) botuvchilar bilan birga botib yurganmiz.
74:46
وَكُنَّا نُكَذِّبُ بِيَوْمِ الدِّينِ
Sarhisob kunini yolgʻonlaganmiz.
74:47
حَتَّىٰ أَتَانَا الْيَقِينُ
Toki oʻsha aniq (oʻlim) kelgunga qadar (shunday edik).»
74:48
فَمَا تَنْفَعُهُمْ شَفَاعَةُ الشَّافِعِينَ
Endi, ularga (oʻzlari iddao qilgan) shafoatchilarning shafoati foyda bermaydi.[2676]
74:49
فَمَا لَهُمْ عَنِ التَّذْكِرَةِ مُعْرِضِينَ
Nima uchun ular nasihatdan (Qurʼondan) yuz oʻgirmoqda?!
74:50
كَأَنَّهُمْ حُمُرٌ مُسْتَنْفِرَةٌ
Ular xuddi yovvoyi eshaklarga oʻxshaydi.
74:51
فَرَّتْ مِنْ قَسْوَرَةٍ
Arslondan hurkib qochgan eshaklar…[2677]
74:52
بَلْ يُرِيدُ كُلُّ امْرِئٍ مِنْهُمْ أَنْ يُؤْتَىٰ صُحُفًا مُنَشَّرَةً
Aslida, ularning har biri oʻzlariga ochiq sahifalar (vahiy qilib) berilishini xohlaydi.
74:53
كَلَّا ۖ بَلْ لَا يَخَافُونَ الْآخِرَةَ
Yoʻq! Aslida, ular oxiratdan qoʻrqmayapti.
74:54
كَلَّا إِنَّهُ تَذْكِرَةٌ
Yoʻq! U eslatma (nasihat)dir.
74:55
فَمَنْ شَاءَ ذَكَرَهُ
Kim xohlasa uni yodda tutadi (eslatma oladi).
74:56
وَمَا يَذْكُرُونَ إِلَّا أَنْ يَشَاءَ اللَّهُ ۚ هُوَ أَهْلُ التَّقْوَىٰ وَأَهْلُ الْمَغْفِرَةِ
Zero, Alloh nasib qilmasa, ular (Qurʼondan) nasihat olomaydi[2678]. U masʼuliyat[2679] va magʻfirat/kechirib yuborish egasidir.
- QIYOMAT surasi[2680]
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
75:1
لَا أُقْسِمُ بِيَوْمِ الْقِيَامَةِ
Yoʻq![2681] Qiyomat kuniga qasam!
75:2
وَلَا أُقْسِمُ بِالنَّفْسِ اللَّوَّامَةِ
Yoʻq! Oʻzini malomat qiluvchi kishiga qasam![2682]
75:3
أَيَحْسَبُ الْإِنْسَانُ أَلَّنْ نَجْمَعَ عِظَامَهُ
(Kofir) inson Bizni uning suyaklarini toʻplay olmaydi deb oʻylayaptimi?!
75:4
بَلَىٰ قَادِرِينَ عَلَىٰ أَنْ نُسَوِّيَ بَنَانَهُ
Ha! Uning barmoq uchlarini oʻrniga keltirishga (ham) kuchimiz yetadi.
75:5
بَلْ يُرِيدُ الْإِنْسَانُ لِيَفْجُرَ أَمَامَهُ
Ammo (kofir) inson kelajagini/oxirat hayotini yolgʻonlamoqchi boʻladi[2683],
75:6
يَسْأَلُ أَيَّانَ يَوْمُ الْقِيَامَةِ
“Qiyomat kuni oʻzi qachon!” — deb soʻraydi.
75:7
فَإِذَا بَرِقَ الْبَصَرُ
Koʻzlar chaqnaganida,
75:8
وَخَسَفَ الْقَمَرُ
Oy soʻnganida,
75:9
وَجُمِعَ الشَّمْسُ وَالْقَمَرُ
Quyosh bilan oy bir joyga toʻplanganida,[2684]
75:10
يَقُولُ الْإِنْسَانُ يَوْمَئِذٍ أَيْنَ الْمَفَرُّ
Oʻsha kuni inson: “Qayerga qochsa boʻladi?”, deb qoladi.
75:11
كَلَّا لَا وَزَرَ
Yoʻq! Panohgoh yoʻq.
75:12
إِلَىٰ رَبِّكَ يَوْمَئِذٍ الْمُسْتَقَرُّ
U kun borib turadigan joy faqat Robbing huzuridir.
75:13
يُنَبَّأُ الْإِنْسَانُ يَوْمَئِذٍ بِمَا قَدَّمَ وَأَخَّرَ
U kuni nima qilib oʻtgani va nimani qoldirib kelgani insonga birma-bir bildirib oʻtiladi[2685].
75:14
بَلِ الْإِنْسَانُ عَلَىٰ نَفْسِهِ بَصِيرَةٌ
Aslida, inson oʻziga oʻzi yaqqol guvohdir[2686].
75:15
وَلَوْ أَلْقَىٰ مَعَاذِيرَهُ
Agarchi, uzrlarini sochib-toʻkadigan boʻlsa ham!
75:16
لَا تُحَرِّكْ بِهِ لِسَانَكَ لِتَعْجَلَ بِهِ
Unga (hukminga) shoshqaloqlik qilib, tilingni qimirlatma![2687]
75:17
إِنَّ عَلَيْنَا جَمْعَهُ وَقُرْآنَهُ
Uni toʻplash va uni oʻqib berish faqat Bizga oid.
75:18
فَإِذَا قَرَأْنَاهُ فَاتَّبِعْ قُرْآنَهُ
Biz qachon uni oʻqiganimizda, uni oʻqilishiga ergash.
75:19
ثُمَّ إِنَّ عَلَيْنَا بَيَانَهُ
Keyin, uni ochiqlab berish ham Bizga oid.[2688]
75:20
كَلَّا بَلْ تُحِبُّونَ الْعَاجِلَةَ
Yoʻq![2689] Sizlar shoshilinch (dunyolikni) xohlayapsizlar.
75:21
وَتَذَرُونَ الْآخِرَةَ
Oxiratni tashlab qoʻyyapsiz.
75:22
وُجُوهٌ يَوْمَئِذٍ نَاضِرَةٌ
Oʻsha kuni bir qancha yuzlar porloq (boʻlib),
75:23
إِلَىٰ رَبِّهَا نَاظِرَةٌ
Robbi (amriga) qarab[2690] turadi.
75:24
وَوُجُوهٌ يَوْمَئِذٍ بَاسِرَةٌ
Yana, oʻsha kuni bir qancha yuzlar burishgan boʻlib,
75:25
تَظُنُّ أَنْ يُفْعَلَ بِهَا فَاقِرَةٌ
Oʻzlariga nisbatan umurtqalarini sindiradigan ish qilinishini bilib boʻladi.
75:26
كَلَّا إِذَا بَلَغَتِ التَّرَاقِيَ
Yoʻq! Jon halqumga yetganida,
75:27
وَقِيلَ مَنْ ۜ رَاقٍ
“Dam soladigan birov bormi?”,- deb qolinganida,
75:28
وَظَنَّ أَنَّهُ الْفِرَاقُ
(Sakarotdagi odam) u ayriliq ekanini bilganida,
75:29
وَالْتَفَّتِ السَّاقُ بِالسَّاقِ
Boldirlar(i) bir-biriga chalmashganda/jon chiqqanida,[2691]
75:30
إِلَىٰ رَبِّكَ يَوْمَئِذٍ الْمَسَاقُ
Oʻsha (qiyomat) kuni yetaklab borilish Robbing huzuriga boʻladi.
75:31
فَلَا صَدَّقَ وَلَا صَلَّىٰ
U (kofir haqni) tasdiqlamadi, (paygʻambarga) yordam bermadi.
75:32
وَلَٰكِنْ كَذَّبَ وَتَوَلَّىٰ
Aksincha, yolgʻonladi va yuz oʻgirdi.
75:33
ثُمَّ ذَهَبَ إِلَىٰ أَهْلِهِ يَتَمَطَّىٰ
Keyin qahramonlar-cha kerilib, oʻz oilasiga ketdi[2692].
75:34
أَوْلَىٰ لَكَ فَأَوْلَىٰ
(Ey kofir!) Seni holingga voy, holingga voy![2693]
75:35
ثُمَّ أَوْلَىٰ لَكَ فَأَوْلَىٰ
Keyin, (yana) holingga voy, holingga voy!
75:36
أَيَحْسَبُ الْإِنْسَانُ أَنْ يُتْرَكَ سُدًى
Inson oʻz holicha[2694] tashlab qoʻyiladi, deb oʻylayaptimi?
75:37
أَلَمْ يَكُ نُطْفَةً مِنْ مَنِيٍّ يُمْنَىٰ
U oqizilgan maniyning (spermaning) bir qismidan shakllangan urugʻ emasmidi?[2695]
75:38
ثُمَّ كَانَ عَلَقَةً فَخَلَقَ فَسَوَّىٰ
Keyin u embrioga aylandi. Shunda (Alloh uni) shaklini toʻgʻriladi[2696].
75:39
فَجَعَلَ مِنْهُ الزَّوْجَيْنِ الذَّكَرَ وَالْأُنْثَىٰ
Shu tariqa u (maniy)dan ikki juftlikni – erkak va ayolni paydo qildi[2697].
75:40
أَلَيْسَ ذَٰلِكَ بِقَادِرٍ عَلَىٰ أَنْ يُحْيِيَ الْمَوْتَىٰ
(Shularni bajargan zot) oʻliklarni tiriltirishlikka kuchi yetmaydimi?!
- INSON surasi[2698]
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
76:1
هَلْ أَتَىٰ عَلَى الْإِنْسَانِ حِينٌ مِنَ الدَّهْرِ لَمْ يَكُنْ شَيْئًا مَذْكُورًا
Shubhasizki, (bu dunyoda) inson uzra juda uzoq vaqt oʻtdi. Oʻshanda u xali esga olinadigan narsa boʻlmagan[2699].
76:2
إِنَّا خَلَقْنَا الْإِنْسَانَ مِنْ نُطْفَةٍ أَمْشَاجٍ نَبْتَلِيهِ فَجَعَلْنَاهُ سَمِيعًا بَصِيرًا
Insonni aralashmali urugʻdan yaratdikki, uni qattiq imtihon qilamiz. Shu bois, uni eshitib anglaydigan va basiratli[2700] qildik.
76:3
إِنَّا هَدَيْنَاهُ السَّبِيلَ إِمَّا شَاكِرًا وَإِمَّا كَفُورًا
Unga yoʻlni koʻrsatib qoʻydik. Yo qadriga yetadi yo nonkoʻr (boʻladi)[2701].
76:4
إِنَّا أَعْتَدْنَا لِلْكَافِرِينَ سَلَاسِلَ وَأَغْلَالًا وَسَعِيرًا
Albatta, nonkoʻr:kofirlarga zanjirlar, temir halqalar va alangali otashni tayyorladik.
76:5
إِنَّ الْأَبْرَارَ يَشْرَبُونَ مِنْ كَأْسٍ كَانَ مِزَاجُهَا كَافُورًا
Yaxshilar Kafur qoʻshilgan qadahlardan ichishi aniq.
76:6
عَيْنًا يَشْرَبُ بِهَا عِبَادُ اللَّهِ يُفَجِّرُونَهَا تَفْجِيرًا
(Kafur) Allohning (yaxshi) bandalari ichadigan, oʻzlari xohlagan yeriga oqizib ichadigan buloqdir.
76:7
يُوفُونَ بِالنَّذْرِ وَيَخَافُونَ يَوْمًا كَانَ شَرُّهُ مُسْتَطِيرًا
Ular bergan soʻzida turadilar va daxshati keng tarqaladigan kundan qoʻrqadilar.
76:8
وَيُطْعِمُونَ الطَّعَامَ عَلَىٰ حُبِّهِ مِسْكِينًا وَيَتِيمًا وَأَسِيرًا
Ular yordamga muhtoj, yetim va asirlarni seva-seva yedirib-ichiradilar.
76:9
إِنَّمَا نُطْعِمُكُمْ لِوَجْهِ اللَّهِ لَا نُرِيدُ مِنْكُمْ جَزَاءً وَلَا شُكُورًا
(Ularni yedirib-ichirayotib) «Sizlarni faqat Allohni roziligi uchun yedirib-ichiryapmiz, sizlardan mukofot ham, minnatdorchilik ham kutmaymiz.
76:10
إِنَّا نَخَافُ مِنْ رَبِّنَا يَوْمًا عَبُوسًا قَمْطَرِيرًا
Chunki, biz qaygʻuga solib qoʻyuvchi qattiq kunda Robbimiz (azobi)dan qoʻrqamiz» (deydilar)
76:11
فَوَقَاهُمُ اللَّهُ شَرَّ ذَٰلِكَ الْيَوْمِ وَلَقَّاهُمْ نَضْرَةً وَسُرُورًا
Shu bois, Alloh ularni u kunning yomonligidan saqlab qoladi, yuzlariga porloqlik va dillariga xursandchilik solib qoʻyadi.
76:12
وَجَزَاهُمْ بِمَا صَبَرُوا جَنَّةً وَحَرِيرًا
Qilgan sabr-bardoshlari evaziga, (Alloh) ularni jannat va ipak kiyimlar bilan mukofotlaydi.[2702]
76:13
مُتَّكِئِينَ فِيهَا عَلَى الْأَرَائِكِ ۖ لَا يَرَوْنَ فِيهَا شَمْسًا وَلَا زَمْهَرِيرًا
U yerda suyanchiqlariga suyangan holda oʻtirishadi, issiq haroratni ham, sovuq haroratni ham koʻrmaydilar[2703].
76:14
وَدَانِيَةً عَلَيْهِمْ ظِلَالُهَا وَذُلِّلَتْ قُطُوفُهَا تَذْلِيلًا
(Jannat daraxtlarining) soyalari ularni tepasiga yaqin boʻladi va mevalarini uzish oson qilib qoʻyiladi.
76:15
وَيُطَافُ عَلَيْهِمْ بِآنِيَةٍ مِنْ فِضَّةٍ وَأَكْوَابٍ كَانَتْ قَوَارِيرَا
Ularni atrofida kumush idishlar va piyolalar aylantirib turiladi, ular billurlangan boʻladi[2704].
76:16
قَوَارِيرَ مِنْ فِضَّةٍ قَدَّرُوهَا تَقْدِيرًا
Ularni har biri kumushdan billurlangan boʻladi. Miqdorini oʻzlari oʻlchaydi.
76:17
وَيُسْقَوْنَ فِيهَا كَأْسًا كَانَ مِزَاجُهَا زَنْجَبِيلًا
Va u yerda qadahlarda zanjabil aralashtirilgan ichimlik taqdim qilinadi.
76:18
عَيْنًا فِيهَا تُسَمَّىٰ سَلْسَبِيلًا
Oʻsha ichimlik jannatdagi Salsabil degan buloqdan (olinadi).
76:19
وَيَطُوفُ عَلَيْهِمْ وِلْدَانٌ مُخَلَّدُونَ إِذَا رَأَيْتَهُمْ حَسِبْتَهُمْ لُؤْلُؤًا مَنْثُورًا
Atoflarida oʻzgarmay qoladigan xizmatkor yigitlar[2705] yuradi. Ularni koʻrsang sochilgan marvarid,[2706] deb oʻylaysan.
76:20
وَإِذَا رَأَيْتَ ثَمَّ رَأَيْتَ نَعِيمًا وَمُلْكًا كَبِيرًا
(U yerni) koʻrganingda asl neʼmatni va katta podshohlikni koʻrasan.
76:21
عَالِيَهُمْ ثِيَابُ سُنْدُسٍ خُضْرٌ وَإِسْتَبْرَقٌ ۖ وَحُلُّوا أَسَاوِرَ مِنْ فِضَّةٍ وَسَقَاهُمْ رَبُّهُمْ شَرَابًا طَهُورًا
Jannatdagilarni ustida nafis va qalin ipaklardan yashil kiyimlar boʻladi. Ular kumush bilakuzuklar bilan yasantiriladi. Robbi ularga toza ichimliklar ichiradi.
76:22
إِنَّ هَٰذَا كَانَ لَكُمْ جَزَاءً وَكَانَ سَعْيُكُمْ مَشْكُورًا
“Albatta, bu sizlar uchun mukofotdir, urinishlaringiz qadrlandi” (deyiladi)[2707].
76:23
إِنَّا نَحْنُ نَزَّلْنَا عَلَيْكَ الْقُرْآنَ تَنْزِيلًا
Senga Biz Qurʼonni boʻlib-boʻlib tushirdik.
76:24
فَاصْبِرْ لِحُكْمِ رَبِّكَ وَلَا تُطِعْ مِنْهُمْ آثِمًا أَوْ كَفُورًا
Bas! Robbing hukmiga sabr qil. Ulardan hech bir gunohkorga ham, nonkoʻrga ham itoat qilma[2708].
76:25
وَاذْكُرِ اسْمَ رَبِّكَ بُكْرَةً وَأَصِيلًا
Kun-u tun Robbingni ismini yod et!
76:26
وَمِنَ اللَّيْلِ فَاسْجُدْ لَهُ وَسَبِّحْهُ لَيْلًا طَوِيلًا
Kechaning bir qismida Unga sajda qil. Uzun tunlarda Uni ulugʻla.
76:27
إِنَّ هَٰؤُلَاءِ يُحِبُّونَ الْعَاجِلَةَ وَيَذَرُونَ وَرَاءَهُمْ يَوْمًا ثَقِيلًا
Bu insonlar shoshilinch (dunyolikni) xohlayapti, ogʻir kunni esa ortlariga tashlayapti[2709].
76:28
نَحْنُ خَلَقْنَاهُمْ وَشَدَدْنَا أَسْرَهُمْ ۖ وَإِذَا شِئْنَا بَدَّلْنَا أَمْثَالَهُمْ تَبْدِيلًا
Ularni biz yaratdik va toʻqimalarini mustahkam qildik. Oʻzimiz munosib bilgan vaqtda, ularni oʻxshashi bilan almashtirib qoʻyamiz[2710].
76:29
إِنَّ هَٰذِهِ تَذْكِرَةٌ ۖ فَمَنْ شَاءَ اتَّخَذَ إِلَىٰ رَبِّهِ سَبِيلًا
Albatta, bu nasihatdir (eslatmadir). Kim xohlasa (shu nasihat ila) Robbining yoʻlini tutadi.
76:30
وَمَا تَشَاءُونَ إِلَّا أَنْ يَشَاءَ اللَّهُ ۚ إِنَّ اللَّهَ كَانَ عَلِيمًا حَكِيمًا
(Shunda) sizlar faqat Alloh tanlagan (yoʻl)ni tanlaysizlar[2711]. Albatta, Alloh biladi, toʻgʻri qaror beradi.
76:31
يُدْخِلُ مَنْ يَشَاءُ فِي رَحْمَتِهِ ۚ وَالظَّالِمِينَ أَعَدَّ لَهُمْ عَذَابًا أَلِيمًا
U oʻzi munosib bilgan bandasini rahmatiga (jannatiga) kirgizadi. Zolimlik qiluvchilarga esa, alamli azob tayyorlab qoʻy(a)di.
- MURSALAT surasi[2712]
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
77:1
وَالْمُرْسَلَاتِ عُرْفًا
Ont boʻlsin, yaxshilik yoyish uchun yuborilganlarga,[2713]
77:2
فَالْعَاصِفَاتِ عَصْفًا
(Vazifasini) tiranib-tirmashib bajaruvchilarga,[2714]
77:3
وَالنَّاشِرَاتِ نَشْرًا
(Yaxshilikni) har tafarga yoyuvchilarga,
77:4
فَالْفَارِقَاتِ فَرْقًا
(Haq bilan botilni) ajratib beruvchilarga,[2715]
77:5
فَالْمُلْقِيَاتِ ذِكْرًا
Eslatma/Qurʼonni oʻrgatuvchilarga, [2716]
77:6
عُذْرًا أَوْ نُذْرًا
(Qurʼon) yo uzr uchunyoki ogohlantirish uchundir![2717]
77:7
إِنَّمَا تُوعَدُونَ لَوَاقِعٌ
Sizlarga tahdid qilingan narsa aniq sodir boʻladi.
77:8
فَإِذَا النُّجُومُ طُمِسَتْ
Yulduzlar soʻndirilganida,
77:9
وَإِذَا السَّمَاءُ فُرِجَتْ
Osmon yorilganida,
77:10
وَإِذَا الْجِبَالُ نُسِفَتْ
Togʻlar sovurilganida,[2718]
77:11
وَاِذَا الرُّسُلُ اُقِّتَتْۜ
Elchilarga (hisob-kitob qilish uchun) vaqt ajratilganida,[2719]
77:12
لِأَيِّ يَوْمٍ أُجِّلَتْ
Qaysi kunga vaqt belgilangan?
77:13
لِيَوْمِ الْفَصْلِ
Ajrim kuniga.
77:14
وَمَا أَدْرَاكَ مَا يَوْمُ الْفَصْلِ
Ajrim kuni nima ekanini sen qayerdan bilarding?
77:15
وَيْلٌ يَوْمَئِذٍ لِلْمُكَذِّبِينَ
Oʻsha kuni yolgʻonchilarning holiga voy!
77:16
أَلَمْ نُهْلِكِ الْأَوَّلِينَ
Avvalgi (yolgʻonchi)larni halok qilmadikmi?
77:17
ثُمَّ نُتْبِعُهُمُ الْآخِرِينَ
Soʻng, ularga (halokatda) keyingilarni ergashtiryapmiz.
77:18
كَذَٰلِكَ نَفْعَلُ بِالْمُجْرِمِينَ
Jinoyatchilarga shunday muomala qilamiz.
77:19
وَيْلٌ يَوْمَئِذٍ لِلْمُكَذِّبِينَ
Oʻsha kuni yolgʻonchilarning holiga voy!
77:20
أَلَمْ نَخْلُقْكُمْ مِنْ مَاءٍ مَهِينٍ
Sizlarni chidamsiz suvdan yaratmadikmi?
77:21
فَجَعَلْنَاهُ فِي قَرَارٍ مَكِينٍ
Keyin, uni mustahkam yerga yerlashtirdik,[2720]
77:22
إِلَىٰ قَدَرٍ مَعْلُومٍ
Belgilangan muddatgacha.
77:23
فَقَدَرْنَا فَنِعْمَ الْقَادِرُونَ
Shu tariqa oʻlchov belgiladik. Biz naqadar goʻzal oʻlchov qoʻyamiz![2721]
77:24
وَيْلٌ يَوْمَئِذٍ لِلْمُكَذِّبِينَ
Oʻsha kuni yolgʻonchilarning holiga voy!
77:25
أَلَمْ نَجْعَلِ الْأَرْضَ كِفَاتًا
Yerni qoʻyniga oladigan qilib qoʻymadikmi?[2722]
77:26
أَحْيَاءً وَأَمْوَاتًا
Tiriklarni ham oʻliklarni ham.
77:27
وَجَعَلْنَا فِيهَا رَوَاسِيَ شَامِخَاتٍ وَأَسْقَيْنَاكُمْ مَاءً فُرَاتًا
Yerda mustahkam tortish kuchi oʻrnashtirdik[2723] va sizlarga shirin suvlar ichirdik.
77:28
وَيْلٌ يَوْمَئِذٍ لِلْمُكَذِّبِينَ
Oʻsha kuni yolgʻonchilarning holiga voy!
77:29
انْطَلِقُوا إِلَىٰ مَا كُنْتُمْ بِهِ تُكَذِّبُونَ
(Kofirlarga shunday deyiladi): «Oʻzingiz yolgʻonlagan joyga (jahannamga) boringlar.
77:30
انْطَلِقُوا إِلَىٰ ظِلٍّ ذِي ثَلَاثِ شُعَبٍ
Uch boʻlimli qorongʻulikka boringlar.
77:31
لَا ظَلِيلٍ وَلَا يُغْنِي مِنَ اللَّهَبِ
(Uni) soya-salqini ham yoʻq, otashdan ham saqlamaydi.»
77:32
إِنَّهَا تَرْمِي بِشَرَرٍ كَالْقَصْرِ
U yogʻoch-toʻngaklar kabi uchqunlar sochadi.[2724]
77:33
كَأَنَّهُ جِمَالَتٌ صُفْرٌ
U (uchqun) huddi sariq tuyaga oʻxshaydi.[2725]
77:34
وَيْلٌ يَوْمَئِذٍ لِلْمُكَذِّبِينَ
Oʻsha kuni yolgʻonchilarning holiga voy.
77:35
هَٰذَا يَوْمُ لَا يَنْطِقُونَ
Bu ular gapira olmaydigan kundir.
77:36
وَلَا يُؤْذَنُ لَهُمْ فَيَعْتَذِرُونَ
Uzr bildirgani ularga ruxsat berilmaydi.
77:37
وَيْلٌ يَوْمَئِذٍ لِلْمُكَذِّبِينَ
Oʻsha kuni yolgʻonchilarning holiga voy!
77:38
هَٰذَا يَوْمُ الْفَصْلِ ۖ جَمَعْنَاكُمْ وَالْأَوَّلِينَ
Bu (haq bilan botilni) ajratib olish kunidir. Sizlarni ham avvalgilarni ham toʻplaymiz.
77:39
فَإِنْ كَانَ لَكُمْ كَيْدٌ فَكِيدُونِ
Shunday ekan, (ey kofirlar!) Agar rejangiz boʻlsa, menga reja qilaveringlar![2726]
77:40
وَيْلٌ يَوْمَئِذٍ لِلْمُكَذِّبِينَ
Oʻsha kuni yolgʻonchilarning holiga voy!
77:41
إِنَّ الْمُتَّقِينَ فِي ظِلَالٍ وَعُيُونٍ
Masʼuliyatli (moʻmin)lar soya-salqinlar va buloq boshlarida,
77:42
وَفَوَاكِهَ مِمَّا يَشْتَهُونَ
Hamda, koʻngli tusagan meva-chevalar atrofida (yashaydilar).
77:43
كُلُوا وَاشْرَبُوا هَنِيئًا بِمَا كُنْتُمْ تَعْمَلُونَ
“Qilgan amallaringiz evaziga, osoyishtalik bilan yeb-ichinglar” (deyiladi).
77:44
إِنَّا كَذَٰلِكَ نَجْزِي الْمُحْسِنِينَ
Biz, yaxshilik qiluvchilarni shunday mukofotlaymiz.
77:45
وَيْلٌ يَوْمَئِذٍ لِلْمُكَذِّبِينَ
Oʻsha kuni yolgʻonchilarning holiga voy!
77:46
كُلُوا وَتَمَتَّعُوا قَلِيلًا إِنَّكُمْ مُجْرِمُونَ
(Ey yolgʻonchilar!) “Yeb-ichinglar, (dunyodan) yana bir oz bahramand boʻlinglar! Sizlar aniq jinoyatchisizlar.”
77:47
وَيْلٌ يَوْمَئِذٍ لِلْمُكَذِّبِينَ
Oʻsha kuni yolgʻonchilarning holiga voy!
77:48
وَإِذَا قِيلَ لَهُمُ ارْكَعُوا لَا يَرْكَعُونَ
U(nday)larga: “Allohga boʻyin eginglar!”- deyilganida boʻyin egmaydi.
77:49
وَيْلٌ يَوْمَئِذٍ لِلْمُكَذِّبِينَ
Oʻsha kuni yolgʻonchilarning holiga voy!
77:50
فَبِأَيِّ حَدِيثٍ بَعْدَهُ يُؤْمِنُونَ
Endi, u (Qurʼon)dan keyin qaysi soʻzga ishonadilar?![2727]
- NABAʼ surasi[2728]
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
78:1
عَمَّ يَتَسَاءَلُونَ
Ular nimani soʻrab-surishtirishyapti?
78:2
عَنِ النَّبَإِ الْعَظِيمِ
Oʻsha buyuk xabarni.[2729]
78:3
الَّذِي هُمْ فِيهِ مُخْتَلِفُونَ
Oʻzlari u haqda kelishmovchilikka tushgan xabar haqida. qolgan xabarni.
78:4
كَلَّا سَيَعْلَمُونَ
Yoʻq! Yaqinda bilib olishadi.
78:5
ثُمَّ كَلَّا سَيَعْلَمُونَ
Yoʻq-yoʻq! Yaqinda bilib olishadi[2730].
78:6
أَلَمْ نَجْعَلِ الْأَرْضَ مِهَادًا
Biz yerni beshik[2731] qilib qoʻymadikmi?
78:7
وَالْجِبَالَ أَوْتَادًا
Togʻlarni qoziq (qilib qoʻymadikmi?)
78:8
وَخَلَقْنَاكُمْ أَزْوَاجًا
Sizlarni juft-juft qilib yaratdik[2732].
78:9
وَجَعَلْنَا نَوْمَكُمْ سُبَاتًا
Uyqungizni dam olish[2733] (vositasi) qildik.
78:10
وَجَعَلْنَا اللَّيْلَ لِبَاسًا
Tunni qorongʻu[2734] qildik.
78:11
وَجَعَلْنَا النَّهَارَ مَعَاشًا
Kunduzni tirikchilik vaqti qildik[2735].
78:12
وَبَنَيْنَا فَوْقَكُمْ سَبْعًا شِدَادًا
Tepangizda mustahkam yetti[2736] (qavat osmon) barpo qildik.
78:13
وَجَعَلْنَا سِرَاجًا وَهَّاجًا
(Unda) issiqlik va yorugʻlik taratib turadigan (quyosh)[2737] paydo qildik.
78:14
وَأَنْزَلْنَا مِنَ الْمُعْصِرَاتِ مَاءً ثَجَّاجًا
Zichlashtirib siquvchi (bulut)lardan sharqiroq suvlar tushurdik.
78:15
لِنُخْرِجَ بِهِ حَبًّا وَنَبَاتًا
Toki, u orqali don va oʻsimliklarni chiqaramiz.
78:16
وَجَنَّاتٍ أَلْفَافًا
Hamda, daraxtlari bir-biriga kirishib ketgan bogʻ-rogʻlar…
78:17
إِنَّ يَوْمَ الْفَصْلِ كَانَ مِيقَاتًا
Albatta, (haq bilan botilni) ajratish kuni belgilab qoʻyilgan.
78:18
يَوْمَ يُنْفَخُ فِي الصُّورِ فَتَأْتُونَ أَفْوَاجًا
U kuni sur chalinadi. Shunda, toʻp-toʻp boʻlib kelasizlar.
78:19
وَفُتِحَتِ السَّمَاءُ فَكَانَتْ أَبْوَابًا
Osmon ochilib, eshiklar (paydo) boʻladi[2738].
78:20
وَسُيِّرَتِ الْجِبَالُ فَكَانَتْ سَرَابًا
Togʻlar yurgiziladi. Shunda, u sarobga aylanadi.
78:21
إِنَّ جَهَنَّمَ كَانَتْ مِرْصَادًا
Albatta, jahannam (unga kiradiganlarni) poylab turadi.
78:22
لِلطَّاغِينَ مَآبًا
Gunohda haddan oshganlarga borar joy boʻlish uchun.
78:23
لَابِثِينَ فِيهَا أَحْقَابًا
Ular unda asrlar davomida qolishadi.
78:24
لَا يَذُوقُونَ فِيهَا بَرْدًا وَلَا شَرَابًا
Ular unda salqinlikdan ham, chanqoqni qondiradigan ichimlikdan ham bahramand boʻlmaydi.
78:25
إِلَّا حَمِيمًا وَغَسَّاقًا
Faqatgina, qaynoq suv va badandan chiqqan teridan (bahramand boʻlishadi).
78:26
جَزَاءً وِفَاقًا
(Jinoyatlariga) yarasha jazo olishadi.
78:27
إِنَّهُمْ كَانُوا لَا يَرْجُونَ حِسَابًا
Chunki, ular hisob (berishni) kutmagan,
78:28
وَكَذَّبُوا بِآيَاتِنَا كِذَّابًا
Va oyatlarimizni butunlay yolgʻonlagan boʻladi[2739].
78:29
وَكُلَّ شَيْءٍ أَحْصَيْنَاهُ كِتَابًا
Biz esa, hamma narsani birma-bir hisoblab (yozib) qoʻygan boʻlamiz.
78:30
فَذُوقُوا فَلَنْ نَزِيدَكُمْ إِلَّا عَذَابًا
“(Azobni) totinglar! Sizlarga azobdan boshqasini orttirmaymiz”[2740] (deyiladi).
78:31
إِنَّ لِلْمُتَّقِينَ مَفَازًا
Masʼuliyatli (moʻmin)larga yutuq(lar) bor:
78:32
حَدَائِقَ وَأَعْنَابًا
Bogʻu boʻston va uzumzorlar,
78:33
وَكَوَاعِبَ أَتْرَابًا
Yetilib pishgan uzum shingillar[2741],
78:34
وَكَأْسًا دِهَاقًا
Toʻldirilgan qadahlar (bor).
78:35
لَا يَسْمَعُونَ فِيهَا لَغْوًا وَلَا كِذَّابًا
Ular u yerda bekorchi soʻz ham, yolgʻon ham eshitmaydi.
78:36
جَزَاءً مِنْ رَبِّكَ عَطَاءً حِسَابًا
Bu, yaratgan egang tarafidan berilgan yetarli mukofot (boʻladi).
78:37
رَبِّ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا الرَّحْمَٰنِ ۖ لَا يَمْلِكُونَ مِنْهُ خِطَابًا
U osmonlar, yer hamda ular orasidagilarning ham yaratgan Egasidir, yaxshiligi cheksizdir. Unga (mahsharda) soʻz ocholmaydilar.
78:38
يَوْمَ يَقُومُ الرُّوحُ وَالْمَلَائِكَةُ صَفًّا ۖ لَا يَتَكَلَّمُونَ إِلَّا مَنْ أَذِنَ لَهُ الرَّحْمَٰنُ وَقَالَ صَوَابًا
Ruh va malaklar[2742] saf-saf boʻlib turadigan kuni faqat Rahmon ruxsat berganlar gapiradi va rost gapiradi[2743].
78:39
ذَٰلِكَ الْيَوْمُ الْحَقُّ ۖ فَمَنْ شَاءَ اتَّخَذَ إِلَىٰ رَبِّهِ مَآبًا
Bu haq kundir[2744]. Kim xohlasa, Rabbiga olib boruvchi yoʻlni tutadi.
78:40
إِنَّا أَنْذَرْنَاكُمْ عَذَابًا قَرِيبًا يَوْمَ يَنْظُرُ الْمَرْءُ مَا قَدَّمَتْ يَدَاهُ وَيَقُولُ الْكَافِرُ يَا لَيْتَنِي كُنْتُ تُرَابًا
Albatta, sizlarni yaqindagi azobdan ogohlantirib qoʻydik. Kun kelib har kim qilib oʻtgan ishini koʻradi va kofir kishi: “Ey voh! Koshki tuproqqa aylanib ketganimda edi!”, deb qoladi.
- NOZIOT surasi[2745]
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
79:1
وَالنَّازِعَاتِ غَرْقًا
Ont boʻlsin, asosiy masalaga yechim chiqaruvchilarga,[2746]
79:2
وَالنَّاشِطَاتِ نَشْطًا
Vazifasini zavq bilan bajaruvchilarga,[2747]
79:3
وَالسَّابِحَاتِ سَبْحًا
Burchini osonlikcha bajaruvchilarga,
79:4
فَالسَّابِقَاتِ سَبْقًا
Shu tariqa, oldinga ilgarilovchilarga,
79:5
فَالْمُدَبِّرَاتِ أَمْرًا
Natijada, ishni tadbir bilan bajaruvchilargaki,
79:6
يَوْمَ تَرْجُفُ الرَّاجِفَةُ
Kun kelib qattiq titrash boʻladi.
79:7
تَتْبَعُهَا الرَّادِفَةُ
Ortidan silkinish boʻladi.[2748]
79:8
قُلُوبٌ يَوْمَئِذٍ وَاجِفَةٌ
Oʻsha kuni baʼzi bir vijdon (egalari) qattiq iztirobli,
79:9
أَبْصَارُهَا خَاشِعَةٌ
Koʻzlari mayus boʻladi.[2749]
79:10
يَقُولُونَ أَإِنَّا لَمَرْدُودُونَ فِي الْحَافِرَةِ
Ular hozir shunday demoqda: «Biz qabrda ekanimizda rostdan ham qayta tiriltirilamizmi?
79:11
أَإِذَا كُنَّا عِظَامًا نَخِرَةً
Chirigan suyakka aylanib boʻlganimizda-ya?!»
79:12
قَالُوا تِلْكَ إِذًا كَرَّةٌ خَاسِرَةٌ
Ular (yana): “Unday boʻlsa, bu ziyonli qaytish boʻladi,” dedilar.
79:13
فَإِنَّمَا هِيَ زَجْرَةٌ وَاحِدَةٌ
Bas! U (qayta tirilish ishi) birgina tovush(ga oid)dir.[2750]
79:14
فَإِذَا هُمْ بِالسَّاهِرَةِ
Shunda, ular birdaniga ochiq maydonda (mahsharda) boʻladi.
79:15
هَلْ أَتَاكَ حَدِيثُ مُوسَىٰ
Senga Musoning xabari kelmadimi?
79:16
إِذْ نَادَاهُ رَبُّهُ بِالْوَادِ الْمُقَدَّسِ طُوًى
Oʻshanda, Robbi Tuvo vodiysida: Tur togʻida[2751] unga shunday nido qildi:
79:17
اذْهَبْ إِلَىٰ فِرْعَوْنَ إِنَّهُ طَغَىٰ
«Sen Firʼavn yoniga bor. U juda haddan oshdi.
79:18
فَقُلْ هَلْ لَكَ إِلَىٰ أَنْ تَزَكَّىٰ
(Borib) shunday de: «Sen oʻzingni poklashni xohlaysanmi?
79:19
وَأَهْدِيَكَ إِلَىٰ رَبِّكَ فَتَخْشَىٰ
Seni Rabbingga yoʻnaltirishimni-chi? Shunda, Undan chekinasan».
79:20
فَأَرَاهُ الْآيَةَ الْكُبْرَىٰ
Soʻngra (Muso) unga katta oyat/alomat koʻrsatdi.
79:21
فَكَذَّبَ وَعَصَىٰ
Biroq, (Firʼavn) yolgʻonga chiqardi va qarshi chiqdi.
79:22
ثُمَّ أَدْبَرَ يَسْعَىٰ
Soʻng, tezda ortga oʻgirilib ketdi.
79:23
فَحَشَرَ فَنَادَىٰ
Keyin, anjuman oʻtkazdi[2752] va ularga murojaat qilib:
79:24
فَقَالَ أَنَا رَبُّكُمُ الْأَعْلَىٰ
“Sizlarni eng buyuk rabbingiz menman!”, dedi.
79:25
فَأَخَذَهُ اللَّهُ نَكَالَ الْآخِرَةِ وَالْأُولَىٰ
Oqibatda, Alloh uni kelajakdagilarga ham zamondoshlariga ham ibrat boʻladigan qilib jazoladi.
79:26
إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَعِبْرَةً لِمَنْ يَخْشَىٰ
Chekinadiganlar uchun bunda aniq ibrat bor.
79:27
أَأَنْتُمْ أَشَدُّ خَلْقًا أَمِ السَّمَاءُ ۚ بَنَاهَا
Sizlarni yaratilishingiz kuchli va mustahkammi yoki (Alloh) barpo qilgan osmonnimi?[2753]
79:28
رَفَعَ سَمْكَهَا فَسَوَّاهَا
Uni ustki qatlamini yuksaltirib qoʻydi va uni muvozanatini toʻgʻriladi.
79:29
وَأَغْطَشَ لَيْلَهَا وَأَخْرَجَ ضُحَاهَا
Tunini alomatsiz:qarongʻu qildi,[2754] (kunduzgi) yorugʻligini chiqarib qoʻydi.
79:30
وَالْأَرْضَ بَعْدَ ذَٰلِكَ دَحَاهَا
Undan keyin yerni toʻshab qoʻydi.
79:31
أَخْرَجَ مِنْهَا مَاءَهَا وَمَرْعَاهَا
Uni oʻzidan suvini va oʻtlogʻini chiqarib qoʻydi.
79:32
وَالْجِبَالَ أَرْسَاهَا
Va unga togʻlar oʻrnatdi[2755].
79:33
مَتَاعًا لَكُمْ وَلِأَنْعَامِكُمْ
Sizlar va chorvalaringiz foydalansin deb (shunday qildi).
79:34
فَإِذَا جَاءَتِ الطَّامَّةُ الْكُبْرَىٰ
Oʻsha katta toʻplanish (vaqti) kelganida,
79:35
يَوْمَ يَتَذَكَّرُ الْإِنْسَانُ مَا سَعَىٰ
Oʻsha kuni inson qilmishini birma-bir esga oladi.
79:36
وَبُرِّزَتِ الْجَحِيمُ لِمَنْ يَرَىٰ
Koʻradiganlar uchun[2756] jahannam oʻrtaga chiqariladi.
79:37
فَأَمَّا مَنْ طَغَىٰ
Kimki haddan oshsa,
79:38
وَآثَرَ الْحَيَاةَ الدُّنْيَا
Va dunyo hayotini (oxiratdan) afzal bilsa,
79:39
فَإِنَّ الْجَحِيمَ هِيَ الْمَأْوَىٰ
Bas, uning borar joyi aniq jahannamdir.
79:40
وَأَمَّا مَنْ خَافَ مَقَامَ رَبِّهِ وَنَهَى النَّفْسَ عَنِ الْهَوَىٰ
Kimki Rabbining maqomidan qoʻrqsa va havoyi nafsidan (nafsiga qul boʻlishdan) oʻzini tiysa,[2757]
79:41
فَإِنَّ الْجَنَّةَ هِيَ الْمَأْوَىٰ
Bas, uning borar joyi aniq jannatdir.
79:42
يَسْأَلُونَكَ عَنِ السَّاعَةِ أَيَّانَ مُرْسَاهَا
Ular sendan (qiyomat) vaqtini qachon qoim boʻlishini soʻrashmoqda.
79:43
فِيمَ أَنْتَ مِنْ ذِكْرَاهَا
Sen uni qayerdan bilarding?!
79:44
إِلَىٰ رَبِّكَ مُنْتَهَاهَا
Uni tamomiy ilmi Rabbinga oid.
79:45
إِنَّمَا أَنْتَ مُنْذِرُ مَنْ يَخْشَاهَا
Sen faqat undan xavfsiraydiganlarni ogohlantiruvchisan.
79:46
كَأَنَّهُمْ يَوْمَ يَرَوْنَهَا لَمْ يَلْبَثُوا إِلَّا عَشِيَّةً أَوْ ضُحَاهَا
Insonlar qiyomatni koʻrgan kunida, oʻzlarini goʻyo dunyoda faqat bir kecha yoki bir kunduz vaqtichalik qolgandek his qilishadi[2758].
- ABASA surasi[2759]
بسم الله الرحمن الرحيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
80:1
عَبَسَ وَتَوَلَّى
(U) aftini burushtirdi va yuz oʻgirdi,
80:2
أَن جَاءهُ الْأَعْمَى
Uning yoniga koʻr inson kelgani uchun[2760].
80:3
وَمَا يُدْرِيكَ لَعَلَّهُ يَزَّكَّى
Qayerdan bilasan, balki u oʻzini poklashi mumkin.
80:4
أَوْ يَذَّكَّرُ فَتَنفَعَهُ الذِّكْرَى
Yoki eslatma/nasihat olib, keyin nasihat unga kor qilishi mumkin[2761].
80:5
أَمَّا مَنِ اسْتَغْنَى
Oʻzini behojat bilgan odamga kelsak,
80:6
فَأَنتَ لَهُ تَصَدَّى
Sen unga butunlay berilib ketyapsan.
80:7
وَمَا عَلَيْكَ أَلَّا يَزَّكَّى
U oʻzini poklamasa senga ziyoni yoʻq.
80:8
وَأَمَّا مَن جَاءكَ يَسْعَى
Senga intilib kelgan kishiga kelsak,
80:9
وَهُوَ يَخْشَى
Ana u (Allohdan) andisha qiladi.
80:10
فَأَنتَ عَنْهُ تَلَهَّى
Sen esa unga ahamiyat bermayapsan[2762].
80:11
كَلَّا إِنَّهَا تَذْكِرَةٌ
Unday qilma! Bular eslatma/nasihatdir.
80:12
فَمَن شَاء ذَكَرَهُ
Istagan kishi undan nasihat oladi[2763].
80:13
فِي صُحُفٍ مُّكَرَّمَةٍ
(Qurʼon) qadrli sahifalardadir.
80:14
مَّرْفُوعَةٍ مُّطَهَّرَةٍ
Yuqori darajali va toza (sahifalardadir)[2764].
80:15
بِأَيْدِي سَفَرَةٍ
Ishonchli elchilarning qoʻllarida (tashiladi).
80:16
كِرَامٍ بَرَرَةٍ
Xulqi goʻzal va feʼli chiroyli (elchilar qoʻllarida).
80:17
قُتِلَ الْإِنسَانُ مَا أَكْفَرَهُ
Oʻlgur inson (zoti) naqadar nonkoʻr!
80:18
مِنْ أَيِّ شَيْءٍ خَلَقَهُ
(Alloh) uni nimadan yarat(a)di (tushunmaydimi)?
80:19
مِن نُّطْفَةٍ خَلَقَهُ فَقَدَّرَهُ
Uni urugʻdan yaratib, keyin unga oʻlcham/bichim belgila(y)di[2765].
80:20
ثُمَّ السَّبِيلَ يَسَّرَهُ
Soʻngra yoʻlini qulaylashtirib ber(a)di[2766].
80:21
ثُمَّ أَمَاتَهُ فَأَقْبَرَهُ
Keyin uni oʻldirib qabrga qoʻy(a)di.
80:22
ثُمَّ إِذَا شَاء أَنشَرَهُ
Soʻng, Oʻzi munosib bilganida uni qayta tiriltiradi.
80:23
كَلَّا لَمَّا يَقْضِ مَا أَمَرَهُ
Ha! (Alloh) unga buyurgan narsani bajarmadi.
80:24
فَلْيَنظُرِ الْإِنسَانُ إِلَى طَعَامِهِ
Inson oʻzini oziq-ovqatiga qarasin!
80:25
أَنَّا صَبَبْنَا الْمَاء صَبًّا
Suvni moʻl qilib Biz yogʻdirdik.
80:26
ثُمَّ شَقَقْنَا الْأَرْضَ شَقًّا
Keyin, (don-urugʻlar oʻsib chiqadigan qilib) yerni yordik.
80:27
فَأَنبَتْنَا فِيهَا حَبًّا
Soʻng, unda don undirdik.
80:28
وَعِنَبًا وَقَضْبًا
Uzumu koʻkatlar,
80:29
وَزَيْتُونًا وَنَخْلًا
Zaytunu xurmolar,
80:30
وَحَدَائِقَ غُلْبًا
Qalin-qalin bogʻ-rogʻlar,
80:31
وَفَاكِهَةً وَأَبًّا
Mevalar va oʻt-oʻlanlar (undirdik).
80:32
مَّتَاعًا لَّكُمْ وَلِأَنْعَامِكُمْ
Sizlarga ham chorvalaringizga ham yashash vositasi boʻlsin, deb (shunday qildik).
80:33
فَإِذَا جَاءتِ الصَّاخَّةُ
Quloqlarni kar qiluvchi chinqiriq kelganida,
80:34
يَوْمَ يَفِرُّ الْمَرْءُ مِنْ أَخِيهِ
Oʻsha kuni kishi[2767] aka-ukasidan qochadi,
80:35
وَأُمِّهِ وَأَبِيهِ
Onasi va otasidan,
80:36
وَصَاحِبَتِهِ وَبَنِيهِ
Ayoli va bolalaridan ham (qochadi).
80:37
لِكُلِّ امْرِئٍ مِّنْهُمْ يَوْمَئِذٍ شَأْنٌ يُغْنِيهِ
(Chunki) u kunda har kimning oʻziga yetarli ishi boʻladi.
80:38
وُجُوهٌ يَوْمَئِذٍ مُّسْفِرَةٌ
U kunda baʼzi yuzlar porloq,
80:39
ضَاحِكَةٌ مُّسْتَبْشِرَةٌ
Kulib turuvchi, sevinchini poylashmoqchi (boʻladi).
80:40
وَوُجُوهٌ يَوْمَئِذٍ عَلَيْهَا غَبَرَةٌ
U kunda baʼzi yuzlar esa chang-toʻzon bosgan (boʻladi).
80:41
تَرْهَقُهَا قَتَرَةٌ
Uni parishonlik qamrab oladi.
80:42
أُوْلَئِكَ هُمُ الْكَفَرَةُ الْفَجَرَةُ
Kofirlik qiluvchi, gunohga botgan kimsalar ana oʻshalardir.
- TAKVIR surasi[2768]
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
81:1
إِذَا الشَّمْسُ كُوِّرَتْ
Vaqtiki quyosh oʻralganida[2769],
81:2
وَإِذَا النُّجُومُ انْكَدَرَتْ
Yulduzlar (soʻnib) toʻkilganida,
81:3
وَإِذَا الْجِبَالُ سُيِّرَتْ
Togʻlar yurgizilganida,
81:4
وَإِذَا الْعِشَارُ عُطِّلَتْ
Birgalikda yashash shartlari bekor qilinganida,[2770]
81:5
وَإِذَا الْوُحُوشُ حُشِرَتْ
Qonxoʻr:vahshiylar toʻplanganida,
81:6
وَإِذَا الْبِحَارُ سُجِّرَتْ
Dengizlar toʻlib-toshtirilganida,
81:7
وَإِذَا النُّفُوسُ زُوِّجَتْ
Ruhlar (badanlari bilan) birlashtirilganida[2771],
81:8
وَإِذَا الْمَوْءُودَةُ سُئِلَتْ
Tiriklay koʻmilgan qizdan soʻralganida:
81:9
بِأَيِّ ذَنْبٍ قُتِلَتْ
“Qaysi gunoh(i) uchun oʻldirilgan?” — deb[2772].
81:10
وَإِذَا الصُّحُفُ نُشِرَتْ
Amal daftarlar ochilganida,
81:11
وَإِذَا السَّمَاءُ كُشِطَتْ
Samo (qatlami) ajratib olinganida,
81:12
وَإِذَا الْجَحِيمُ سُعِّرَتْ
Jahannam qizdirilganida,
81:13
وَإِذَا الْجَنَّةُ أُزْلِفَتْ
Jannat yaqinlashtirilganida[2773],
81:14
عَلِمَتْ نَفْسٌ مَا أَحْضَرَتْ
Har kim oʻzi tayyorlab kelgan narsasini bilib oladi.
81:15
فَلَا أُقْسِمُ بِالْخُنَّسِ
Yoʻq! Ont boʻlsin yashirinuvchi (yulduz)larga,
81:16
الْجَوَارِ الْكُنَّسِ
(Orbitalarida) suzib gʻoyib boʻladigan (sayyora)larga[2774],
81:17
وَاللَّيْلِ إِذَا عَسْعَسَ
Hiralashgan oqshom vaqtiga,
81:18
وَالصُّبْحِ إِذَا تَنَفَّسَ
Nafas olgan tong vaqtigaki,
81:19
إِنَّهُ لَقَوْلُ رَسُولٍ كَرِيمٍ
U (Qurʼon) hurmatli elchi tarafidan aytilgan soʻzdir.[2775]
81:20
ذِي قُوَّةٍ عِنْدَ ذِي الْعَرْشِ مَكِينٍ
U (elchi) kuchli/gʻayratlidir, Arsh/boshqaruv markazi egasi huzurida martabalidir,
81:21
مُطَاعٍ ثَمَّ أَمِينٍ
Itoat qilinadigan, ishonchlidir.
81:22
وَمَا صَاحِبُكُمْ بِمَجْنُونٍ
Birodaringiz (Muhammad) majnun emas[2776].
81:23
وَلَقَدْ رَآهُ بِالْأُفُقِ الْمُبِينِ
Shubhasizki, uni/vahyni aniq-ravshan ong ila idrok etdi.[2777]
81:24
وَمَا هُوَ عَلَى الْغَيْبِ بِضَنِينٍ
U gʻaybni yashirmaydi.
81:25
وَمَا هُوَ بِقَوْلِ شَيْطَانٍ رَجِيمٍ
U (Qurʼon) badnom qiluvchi/malʼun shayton soʻzi emas.
81:26
فَأَيْنَ تَذْهَبُونَ
Bas! Qayoqqa ketyapsizlar?!
81:27
إِنْ هُوَ إِلَّا ذِكْرٌ لِلْعَالَمِينَ
U (Qurʼon) olamlarga eslatma (nasihat)dir[2778].
81:28
لِمَنْ شَاءَ مِنْكُمْ أَنْ يَسْتَقِيمَ
(Ayniqsa) orangizdan toʻgʻri yurishni tanlaganlar uchun (nasihatdir).
81:29
وَمَا تَشَاءُونَ إِلَّا أَنْ يَشَاءَ اللَّهُ رَبُّ الْعَالَمِينَ
(Shunda) faqat olamlar Robbi Alloh xohlagan narsani xohlagan boʻlasiz[2779].
- INFITOR surasi[2780]
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
82:1
إِذَا السَّمَاءُ انْفَطَرَتْ
Osmon yorilganida[2781],
82:2
وَإِذَا الْكَوَاكِبُ انْتَثَرَتْ
Yulduzlar sochilganida,
82:3
وَإِذَا الْبِحَارُ فُجِّرَتْ
Dengizlar toshirilganida[2782],
82:4
وَإِذَا الْقُبُورُ بُعْثِرَتْ
Qabrlar boʻshatilganida[2783],
82:5
عَلِمَتْ نَفْسٌ مَا قَدَّمَتْ وَأَخَّرَتْ
Har kim (dunyodaligida oxirati uchun)nimalar tayyorlab qoʻyganini va nimalarni (qilmay) ortda qoldirganini bilib oladi.
82:6
يَا أَيُّهَا الْإِنْسَانُ مَا غَرَّكَ بِرَبِّكَ الْكَرِيمِ
Ey inson! Saxovatli Rabbingga nisbatan seni aldab qoʻygan narsa nima?
82:7
الَّذِي خَلَقَكَ فَسَوَّاكَ فَعَدَلَكَ
U seni yaratdi, seni shakllantirdi va qaddi-qomatingni muvozanatli qilgan U axir!
82:8
فِي أَيِّ صُورَةٍ مَا شَاءَ رَكَّبَكَ
Seni Oʻzi munosib bilgan suratda shakllantirdi![2784]
82:9
كَلَّا بَلْ تُكَذِّبُونَ بِالدِّينِ
Yoʻq! Sizlar dinni (sarhisob kunni) yolgʻon deyapsizlar[2785].
82:10
وَإِنَّ عَلَيْكُمْ لَحَافِظِينَ
Albatta, tepangizda kuzatuvchilar bor[2786].
82:11
كِرَامًا كَاتِبِينَ
(Ular) hurmatli yozuvchilardir.
82:12
يَعْلَمُونَ مَا تَفْعَلُونَ
Ular nima qilayotganingizni bilib turadi[2787].
82:13
إِنَّ الْأَبْرَارَ لَفِي نَعِيمٍ
Albatta, yaxshilar neʼmatlar ichra (qoladi).
82:14
وَإِنَّ الْفُجَّارَ لَفِي جَحِيمٍ
Yomonlar esa jahannamda.
82:15
يَصْلَوْنَهَا يَوْمَ الدِّينِ
Unga sarhisob kuni kiradilar.
82:16
وَمَا هُمْ عَنْهَا بِغَائِبِينَ
Ular undan (hech qayerga qochib) yoʻq boʻlolmaydi.
82:17
وَمَا أَدْرَاكَ مَا يَوْمُ الدِّينِ
Sarhisob kuni nima ekanini qayerdan bilarding?
82:18
ثُمَّ مَا أَدْرَاكَ مَا يَوْمُ الدِّينِ
Ha! Sarhisob kuni nima ekanini qayerdan bilarding?
82:19
يَوْمَ لَا تَمْلِكُ نَفْسٌ لِنَفْسٍ شَيْئًا ۖ وَالْأَمْرُ يَوْمَئِذٍ لِلَّهِ
U kunda hech bir kishi boshqasi uchun biror narsa qilishga ega boʻlmaydi. Oʻsha kuni barcha ish Allohga tegishli (boʻladi)[2788].
- MUTOFFIFIN surasi[2789]
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
83:1
وَيْلٌ لِلْمُطَفِّفِينَ
Oʻlchovdan urib qoluvchilarning holiga voy!
83:2
الَّذِينَ إِذَا اكْتَالُوا عَلَى النَّاسِ يَسْتَوْفُونَ
Ular insonlardan narsa oʻlchab olayotganda toʻliq olishni talab qiladilaru,
83:3
وَإِذَا كَالُوهُمْ أَوْ وَزَنُوهُمْ يُخْسِرُونَ
Oʻzlari isonlarga oʻlchab yoki tortib berayotganida kamaytirib beradi.
83:4
أَلَا يَظُنُّ أُولَٰئِكَ أَنَّهُمْ مَبْعُوثُونَ
Nahotki, ular qayta tirilishini oʻylamasalar?!
83:5
لِيَوْمٍ عَظِيمٍ
Buyuk bir kunga-ya?
83:6
يَوْمَ يَقُومُ النَّاسُ لِرَبِّ الْعَالَمِينَ
U kuni insonlar borliqlarni yaratgan Egasi huzurida turadi.
83:7
كَلَّا إِنَّ كِتَابَ الْفُجَّارِ لَفِي سِجِّينٍ
Bas! Yoʻldan chiqqan – fojirlar roʻyxati “Sijjin”da (saqlanadi).
83:8
وَمَا أَدْرَاكَ مَا سِجِّينٌ
“Sijjin” nima ekanini qayerdan bilarding?!
83:9
كِتَابٌ مَرْقُومٌ
U aniq-tiniq/raqamlab qoʻyiladigan qaydnomadir.
83:10
وَيْلٌ يَوْمَئِذٍ لِلْمُكَذِّبِينَ
U kunda yolgʻonchilarning holiga voy!
83:11
الَّذِينَ يُكَذِّبُونَ بِيَوْمِ الدِّينِ
Ular sarhisob kunni yolgʻonlamoqda.
83:12
وَمَا يُكَذِّبُ بِهِ إِلَّا كُلُّ مُعْتَدٍ أَثِيمٍ
Uni faqat haddan oshgan gunohkor yolgʻonlaydi.
83:13
إِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِ آيَاتُنَا قَالَ أَسَاطِيرُ الْأَوَّلِينَ
Undaylarga[2790] oyatlarimiz tilovat qilinib (tushuntirilib oʻqib) berilganida: «Bular — avvalgilarning uydirmalari», deydi.
83:14
كَلَّا ۖ بَلْ ۜ رَانَ عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ مَا كَانُوا يَكْسِبُونَ
Yoʻq! Aslida, oʻzlarining qilmishlari qalblarida zang paydo qilib qoʻygan.[2791]
83:15
كَلَّا إِنَّهُمْ عَنْ رَبِّهِمْ يَوْمَئِذٍ لَمَحْجُوبُونَ
Yoʻq! Ular oʻsha kuni Rabbidan[2792] aniq mahrum boʻladilar.
83:16
ثُمَّ إِنَّهُمْ لَصَالُو الْجَحِيمِ
Keyin, ular albatta jahannamga giriftor boʻladi.
83:17
ثُمَّ يُقَالُ هَٰذَا الَّذِي كُنْتُمْ بِهِ تُكَذِّبُونَ
Soʻng ularga: “Sizlar yolgʻonlagan narsa mana shu!” deyiladi.
83:18
كَلَّا إِنَّ كِتَابَ الْأَبْرَارِ لَفِي عِلِّيِّينَ
Yoʻq! Yaxshilar roʻyxati “Illiyyun”da (saqlanadi).
83:19
وَمَا أَدْرَاكَ مَا عِلِّيُّونَ
“Illiyyun” nima ekanini qayerdan bilarding?
83:20
كِتَابٌ مَرْقُومٌ
U aniq-tiniq/raqamlab qoʻyiladigan qaydnomadir.
83:21
يَشْهَدُهُ الْمُقَرَّبُونَ
Uni (Allohga) yaqinlashtirilganlar koʻradi.
83:22
إِنَّ الْأَبْرَارَ لَفِي نَعِيمٍ
Albatta, yaxshilar noz-meʼmatlar ichra (boʻladi).
83:23
عَلَى الْأَرَائِكِ يَنْظُرُونَ
Taxtlari uzra (yon-atrofga) boqarlar.
83:24
تَعْرِفُ فِي وُجُوهِهِمْ نَضْرَةَ النَّعِيمِ
Noz-neʼmatlar quvonchini yuzlaridan sezasan.
83:25
يُسْقَوْنَ مِنْ رَحِيقٍ مَخْتُومٍ
Ularga qadoqlangan sof ichimlikdan taqdim qilinadi.
83:26
خِتَامُهُ مِسْكٌ ۚ وَفِي ذَٰلِكَ فَلْيَتَنَافَسِ الْمُتَنَافِسُونَ
Uning qadoqlanishi miskdir[2793]. Bellashuvchilar mana shu narsa uchun bellashsin!
83:27
وَمِزَاجُهُ مِنْ تَسْنِيمٍ
Uning aralashmasi Tasnimdan.
83:28
عَيْنًا يَشْرَبُ بِهَا الْمُقَرَّبُونَ
(Tasnim – Allohga) yaqinlashtirilgan bandalar ichadigan buloqdir.
83:29
إِنَّ الَّذِينَ أَجْرَمُوا كَانُوا مِنَ الَّذِينَ آمَنُوا يَضْحَكُونَ
Jinoyatchilar moʻminlar ustidan (hozircha) kulishyapti.
83:30
وَإِذَا مَرُّوا بِهِمْ يَتَغَامَزُونَ
Ularning yonidan oʻtayotib oʻzaro koʻz-qosh bilan imo-ishora qilyapti.
83:31
وَإِذَا انْقَلَبُوا إِلَىٰ أَهْلِهِمُ انْقَلَبُوا فَكِهِينَ
Yor-birodarlari yoniga qaytgach (moʻminlarni) mazah qilib qaytyapti.
83:32
وَإِذَا رَأَوْهُمْ قَالُوا إِنَّ هَٰؤُلَاءِ لَضَالُّونَ
Moʻminlarni koʻrishganida: “Bular aniq adashganlar!”, deyishmoqda.
83:33
وَمَا أُرْسِلُوا عَلَيْهِمْ حَافِظِينَ
Holbuki, u (jinoyatchi)lar moʻminlar ustidan kuzatuvchi qilib yuborilmagan.
83:34
فَالْيَوْمَ الَّذِينَ آمَنُوا مِنَ الْكُفَّارِ يَضْحَكُونَ
(Qiyomat) kuni moʻminlar ham kofirlar ustidan kuladi.
83:35
عَلَى الْأَرَائِكِ يَنْظُرُونَ
(Jannatdagi) taxtlari uzra boqarlar[2794].
83:36
هَلْ ثُوِّبَ الْكُفَّارُ مَا كَانُوا يَفْعَلُونَ
“Kofirlik qiluvchilar oʻz qilmishlarining «savobi”ni olmas ekanmi?![2795]
- INSHIQOQ[2796]
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
84:1
إِذَا السَّمَاءُ انْشَقَّتْ
Osmon yorilganida,
84:2
وَأَذِنَتْ لِرَبِّهَا وَحُقَّتْ
U Rabbining buyrugʻiga quloq solgan va oʻz burchini bajargan boʻladi.
84:3
وَإِذَا الْأَرْضُ مُدَّتْ
Yer uzaytirilib[2797],
84:4
وَأَلْقَتْ مَا فِيهَا وَتَخَلَّتْ
Ichidagilarni tashqariga chiqarganida,
84:5
وَأَذِنَتْ لِرَبِّهَا وَحُقَّتْ
U ham Rabbining buyrugʻiga quloq solgan va oʻz burchini bajargan boʻladi[2798].
84:6
يَا أَيُّهَا الْإِنْسَانُ إِنَّكَ كَادِحٌ إِلَىٰ رَبِّكَ كَدْحًا فَمُلَاقِيهِ
Ey inson! Sen Rabbingga (olib boruvchi yoʻlda) harakat qilyapsan, natijada, Unga roʻbaroʻ boʻlasan.
84:7
فَأَمَّا مَنْ أُوتِيَ كِتَابَهُ بِيَمِينِهِ
Shunda kimning amal daftari oʻng tarafidan berilsa,
84:8
فَسَوْفَ يُحَاسَبُ حِسَابًا يَسِيرًا
Uni hisob-kitobi osongina tugatiladi,
84:9
وَيَنْقَلِبُ إِلَىٰ أَهْلِهِ مَسْرُورًا
Va u hursand boʻlib oʻz ahli-oilasiga qaytadi.
84:10
وَأَمَّا مَنْ أُوتِيَ كِتَابَهُ وَرَاءَ ظَهْرِهِ
Ammo, kimning amal daftari orqa tarafdan berilsa,
84:11
فَسَوْفَ يَدْعُو ثُبُورًا
U yoʻq boʻlib ketish uchun yalinib-yolvoradi[2799].
84:12
وَيَصْلَىٰ سَعِيرًا
Va alangali oʻtga kiradi.
84:13
إِنَّهُ كَانَ فِي أَهْلِهِ مَسْرُورًا
Chunki u (dunyodaligida) ahli-oilasi orasida hursand boʻlgan,
84:14
إِنَّهُ ظَنَّ أَنْ لَنْ يَحُورَ
U oʻzini (Rabbi huzuriga) qaytmayman deb oʻylagan (boʻladi).
84:15
بَلَىٰ إِنَّ رَبَّهُ كَانَ بِهِ بَصِيرًا
Yoʻq! Rabbi uni aniq koʻrib turgan boʻladi.
84:16
فَلَا أُقْسِمُ بِالشَّفَقِ
Yoʻq! Ont boʻlsin kechaning xira-shira qorongʻuligiga,
84:17
وَاللَّيْلِ وَمَا وَسَقَ
Tunga va u (bagʻrida) toʻplagan narsalarga,
84:18
وَالْقَمَرِ إِذَا اتَّسَقَ
Va toʻlishgan oygaki,
84:19
لَتَرْكَبُنَّ طَبَقًا عَنْ طَبَقٍ
Sizlar bosqichma-bosqich taraqqiy etasizlar.
84:20
فَمَا لَهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ
Ularga nima boʻldiki, imon keltirishmayapti?!
84:21
وَإِذَا قُرِئَ عَلَيْهِمُ الْقُرْآنُ لَا يَسْجُدُونَ ۩
Ularga Qurʼon oʻqilganda boʻyin egishmayapti?![2800]
84:22
بَلِ الَّذِينَ كَفَرُوا يُكَذِّبُونَ
Aslida, kofirlik qilganlar (Qurʼonni) yolgʻonga chiqaryapti.
84:23
وَاللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا يُوعُونَ
Ular oʻz ichida saqlab yurgan narsalarini Alloh juda yaxshi biladi.
84:24
فَبَشِّرْهُمْ بِعَذَابٍ أَلِيمٍ
Endi sen ularga alamli azobdan “xushxabar” ber!
84:25
إِلَّا الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَهُمْ أَجْرٌ غَيْرُ مَمْنُونٍ
Imon keltirib xayrli ishlarni amalga oshirganlar bundan mustasno. Ularga bitmas-tuganmas mukofot bor.
- BURUJ surasi[2801]
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
85:1
وَالسَّمَاءِ ذَاتِ الْبُرُوجِ
Ont boʻlsin burjlari bor osmonga[2802],
85:2
وَالْيَوْمِ الْمَوْعُودِ
Soʻz berilgan kunga,
85:3
وَشَاهِدٍ وَمَشْهُودٍ
Guvoh boʻluvchi va guvoh boʻlingangaki,[2803]
85:4
قُتِلَ أَصْحَابُ الْأُخْدُودِ
Oʻsha chuqur egalari yoʻq boʻldi,
85:5
النَّارِ ذَاتِ الْوَقُودِ
Alanga toʻla chuqur egalari!
85:6
إِذْ هُمْ عَلَيْهَا قُعُودٌ
Ular alanga atrofida oʻtirib,
85:7
وَهُمْ عَلَىٰ مَا يَفْعَلُونَ بِالْمُؤْمِنِينَ شُهُودٌ
Moʻminlarga nisbatan qilgan ishlarini tomosha qilishar edi[2804].
85:8
وَمَا نَقَمُوا مِنْهُمْ إِلَّا أَنْ يُؤْمِنُوا بِاللَّهِ الْعَزِيزِ الْحَمِيدِ
Moʻminlar Aziz va maqtovga loyiq boʻlmish Allohga ishonganliklari uchun u (zolim)lar ularni ayblab qiynardilar.
85:9
الَّذِي لَهُ مُلْكُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۚ وَاللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ شَهِيدٌ
(Alloh) osmonlar va yerni hukmronligi Unga tegishli boʻlgan zotdir. Alloh hamma narsaga shohiddir.
85:10
إِنَّ الَّذِينَ فَتَنُوا الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ ثُمَّ لَمْ يَتُوبُوا فَلَهُمْ عَذَابُ جَهَنَّمَ وَلَهُمْ عَذَابُ الْحَرِيقِ
Moʻmin erkak va moʻmina ayollarni qiynagan, keyin u ishidan tavba qilmaganlarga jahannam azobi bor, ularga yongʻin azobi bor[2805].
85:11
إِنَّ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَهُمْ جَنَّاتٌ تَجْرِي مِنْ تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ ۚ ذَٰلِكَ الْفَوْزُ الْكَبِيرُ
Imon keltirib, xayrli ishlarni amalga oshirganlar uchun ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlar bor. Shu eng katta yutuqdir.
85:12
إِنَّ بَطْشَ رَبِّكَ لَشَدِيدٌ
Shubhasizki, Rabbingni ushlashi/jazosi qattiq.
85:13
إِنَّهُ هُوَ يُبْدِئُ وَيُعِيدُ
Ilk bor paydo qilgan ham, qaytadan paydo qiladigan ham Udir[2806].
85:14
وَهُوَ الْغَفُورُ الْوَدُودُ
U kechirimli va muhabbati kuchlidir,
85:15
ذُو الْعَرْشِ الْمَجِيدُ
Arsh egasidir, juda ulugʻdir.
85:16
فَعَّالٌ لِمَا يُرِيدُ
U Oʻzi xohlagan narsani qiladi[2807].
85:17
هَلْ أَتَاكَ حَدِيثُ الْجُنُودِ
Oʻsha qoʻshinlarning xabari senga yetib keldi, shunday emasmi?
85:18
فِرْعَوْنَ وَثَمُودَ
Firʼavn va Samud (qoʻshinlari xabari).
85:19
بَلِ الَّذِينَ كَفَرُوا فِي تَكْذِيبٍ
Aslida, kofirlik qilganlar (Qurʼonni) yolgʻonlash ichradir[2808].
85:20
وَاللَّهُ مِنْ وَرَائِهِمْ مُحِيطٌ
Alloh esa, ularning ortidan oʻrab oladi.
85:21
بَلْ هُوَ قُرْآنٌ مَجِيدٌ
Aslida, u Ulugʻ Qurʼondir[2809].
85:22
فِي لَوْحٍ مَحْفُوظٍ
Muhofaza qilingan lavhdadir/varaqlardadir[2810].
- TORIQ surasi
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
86:1
وَالسَّمَاءِ وَالطَّارِقِ
Osmon va Toriqqa qasam!
86:2
وَمَا أَدْرَاكَ مَا الطَّارِقُ
Toriq nima ekanini qayerdan ham bilarding?!
86:3
النَّجْمُ الثَّاقِبُ
U (zulmatlarni) yorib kiradgan yulduzdir .
86:4
إِنْ كُلُّ نَفْسٍ لَمَّا عَلَيْهَا حَافِظٌ
Tepasida muhofizi boʻlmagan biron bir kishi yoʻqdir[2811].
86:5
فَلْيَنْظُرِ الْإِنْسَانُ مِمَّ خُلِقَ
Inson nimadan yaratilganiga bir nazar solsin.
86:6
خُلِقَ مِنْ مَاءٍ دَافِقٍ
Inson – otilib chiqadigan suvdan yaratilgan.
86:7
يَخْرُجُ مِنْ بَيْنِ الصُّلْبِ وَالتَّرَائِبِ
U suv umurtqa va qovurgʻa suyaklari orasidan (ajrab) chiqadi.
86:8
إِنَّهُ عَلَىٰ رَجْعِهِ لَقَادِرٌ
Albatta, Alloh uni qayta(dan yara)tishga kuchi yetadi .
86:9
يَوْمَ تُبْلَى السَّرَائِرُ
Kun kelib, sirlar oshkor qilinadi.
86:10
فَمَا لَهُ مِنْ قُوَّةٍ وَلَا نَاصِرٍ
Shunda, insonni hech qanday kuch-quvvati va yordamchisi boʻlmaydi .
86:11
وَالسَّمَاءِ ذَاتِ الرَّجْعِ
Ont boʻlsin qaytish xususiyatiga ega boʻlgan osmonga ,
86:12
وَالْأَرْضِ ذَاتِ الصَّدْعِ
va yorilish xusiyatiga ega boʻlgan yergaki ,
86:13
إِنَّهُ لَقَوْلٌ فَصْلٌ
U (Qurʼon) qatʼiy qarordir.
86:14
وَمَا هُوَ بِالْهَزْلِ
U hazl (behuda soʻz) emas.
86:15
إِنَّهُمْ يَكِيدُونَ كَيْدًا
Albatta, ular (Islomga qarshi) reja tuzyapti .
86:16
وَأَكِيدُ كَيْدًا
Men ham reja tuzaman .
86:17
فَمَهِّلِ الْكَافِرِينَ أَمْهِلْهُمْ رُوَيْدًا
Shunday ekan, kofirlik qiluvchilarga muhlat ber. Ha, ularga biroz muhlat ber.
- AʼLO surasi
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
87:1
سَبِّحِ اسْمَ رَبِّكَ الْأَعْلَى
Shaʼni yuksak Robbing ismini ulugʻla!
87:2
الَّذِي خَلَقَ فَسَوَّىٰ
Yaratib, bejirim qilgan U.
87:3
وَالَّذِي قَدَّرَ فَهَدَىٰ
Oʻlchov belgilab, yoʻl koʻrsatgan ham U.
87:4
وَالَّذِي أَخْرَجَ الْمَرْعَىٰ
U oʻtloqlarni yashartirib chiqartiradi,
87:5
فَجَعَلَهُ غُثَاءً أَحْوَىٰ
Keyin, uni qora chirindiga aylantiradi .
87:6
سَنُقْرِئُكَ فَلَا تَنْسَىٰ
(Ey Muhammad!) Senga (Qurʼonni) oʻqitamiz, endi unutmagaysan ;
87:7
إِلَّا مَا شَاءَ اللَّهُ ۚ إِنَّهُ يَعْلَمُ الْجَهْرَ وَمَا يَخْفَىٰ
Allohning istagi bundan mustasno . Albatta, U oshkor narsani ham maxfiy narsani ham biladi.
87:8
وَنُيَسِّرُكَ لِلْيُسْرَىٰ
Biz seni eng qulay boʻlgan narsaga muyassar qilamiz[2812].
87:9
فَذَكِّرْ إِن نَّفَعَتِ الذِّكْرَى
Agar nasihat kor qilsa, sen (Qurʼon bilan) nasihat qil.
87:10
سَيَذَّكَّرُ مَنْ يَخْشَىٰ
(Allohdan) qoʻrqadigan kishi aniq nasihat oladi.
87:11
وَيَتَجَنَّبُهَا الْأَشْقَى
Badbaxt nasihatdan qochadi.
87:12
الَّذِي يَصْلَى النَّارَ الْكُبْرَىٰ
Unday kishi ulkan olovga kiradi.
87:13
ثُمَّ لَا يَمُوتُ فِيهَا وَلَا يَحْيَىٰ
Keyin, u yerda oʻlmaydi, (baxtli) hayot kechirmaydi.
87:14
قَدْ أَفْلَحَ مَنْ تَزَكَّىٰ
Haqiqatda, oʻzini pok saqlagan kishi najot topadi.
87:15
وَذَكَرَ اسْمَ رَبِّهِ فَصَلَّىٰ
Yana, Rabbining nomini yod etsa, diniy vazifalarini bajrsa.
87:16
بَلْ تُؤْثِرُونَ الْحَيَاةَ الدُّنْيَا
Balki, sizlar dunyo hayotini afzal koʻryapsizlar.
87:17
وَالْآخِرَةُ خَيْرٌ وَأَبْقَىٰ
Biroq, oxirat yaxshiroq va doimiydir!
87:18
إِنَّ هَٰذَا لَفِي الصُّحُفِ الْأُولَىٰ
Albatta, bu(maʼlumotl)lar avvalgi sahifalarda ham (boʻlgan).
87:19
صُحُفِ إِبْرَاهِيمَ وَمُوسَىٰ
Ibrohim va Muso sahifalarida.
- GʻOSHIYA surasi[2813]
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
88:1
هَلْ أَتَاكَ حَدِيثُ الْغَاشِيَةِ
Senga qurshab oluvchi[2814] (qiyomat)ning xabari keldi, shunday emasmi?!
88:2
وُجُوهٌ يَوْمَئِذٍ خَاشِعَةٌ
Oʻsha kuni baʼzi yuzlar qoʻrquvda boʻladi.
88:3
عَامِلَةٌ نَاصِبَةٌ
Toliqib charchagan ahvolda (boʻladi)[2815].
88:4
تَصْلَىٰ نَارًا حَامِيَةً
Ular qizib turgan otashga (jahannamga) kiradilar.
88:5
تُسْقَىٰ مِنْ عَيْنٍ آنِيَةٍ
Qaynoq buloqdan sugʻoriladilar[2816].
88:6
لَيْسَ لَهُمْ طَعَامٌ إِلَّا مِنْ ضَرِيعٍ
Ularga kuchsiz/mazasiz yegulikdan boshqa narsasi boʻlmaydi.
88:7
لَا يُسْمِنُ وَلَا يُغْنِي مِنْ جُوعٍ
U yegulik semirtirmaydi ham, toʻydirmaydi ham.
88:8
وُجُوهٌ يَوْمَئِذٍ نَاعِمَةٌ
Yana oʻsha kuni baʼzi yuzlar mamnun boʻladi.
88:9
لِسَعْيِهَا رَاضِيَةٌ
Qilmishlaridan koʻngli toʻlib;
88:10
فِي جَنَّةٍ عَالِيَةٍ
Yuksak jannatda (qoladi).
88:11
لَا تَسْمَعُ فِيهَا لَاغِيَةً
Unda keraksiz-behuda narsa eshitmaydi.
88:12
فِيهَا عَيْنٌ جَارِيَةٌ
Unda oqar buloq[2817] (boʻladi).
88:13
فِيهَا سُرُرٌ مَرْفُوعَةٌ
Unda baland soʻrilar (boʻladi).
88:14
وَأَكْوَابٌ مَوْضُوعَةٌ
Terib qoʻyilgan qadahlar,
88:15
وَنَمَارِقُ مَصْفُوفَةٌ
Tizilgan yostiqlar,
88:16
وَزَرَابِيُّ مَبْثُوثَةٌ
Va toʻshab qoʻyilgan gilamlar (boʻladi).
88:17
أَفَلَا يَنْظُرُونَ إِلَى الْإِبِلِ كَيْفَ خُلِقَتْ
(Insonlar) bulutlarni qanday yaratilganiga nazar solmaydilarmi?![2818]
88:18
وَإِلَى السَّمَاءِ كَيْفَ رُفِعَتْ
Va osmonlarni qanday koʻtarib qoʻyilganiga?!
88:19
وَإِلَى الْجِبَالِ كَيْفَ نُصِبَتْ
Va togʻlarni qanday tikkalab qoʻyilganiga?!
88:20
وَإِلَى الْأَرْضِ كَيْفَ سُطِحَتْ
Hamda, yerni qanday toʻshab qoʻyilganiga (nazar solmaydilarmi?)
88:21
فَذَكِّرْ إِنَّمَا أَنْتَ مُذَكِّرٌ
Eslat. Sen eslatuvchisan;
88:22
لَسْتَ عَلَيْهِمْ بِمُصَيْطِرٍ
Ular ustidan bosim oʻtkazuvchi emassan.
88:23
إِلَّا مَنْ تَوَلَّىٰ وَكَفَرَ
Biroq, kimki (haqdan) yuz oʻgirsa va kofirlik qilsa,
88:24
فَيُعَذِّبُهُ اللَّهُ الْعَذَابَ الْأَكْبَرَ
Alloh uni ogʻir azob bilan azoblaydi.
88:25
إِنَّ إِلَيْنَا إِيَابَهُمْ
Ular qaytishi aniq Bizga boʻladi.
88:26
ثُمَّ إِنَّ عَلَيْنَا حِسَابَهُمْ
Keyin, ularni hisob-kitob qilish ham Bizga tegishli boʻladi.
- FAJR surasi[2819]
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
89:1
وَالْفَجْرِ
Ont boʻlsin tong vaqtiga[2820],
89:2
وَلَيَالٍ عَشْرٍ
Oʻnta kechaga[2821],
89:3
وَالشَّفْعِ وَالْوَتْرِ
(Oʻsha kechalarning) juft va togʻiga,
89:4
وَاللَّيْلِ إِذَا يَسْرِ
Oʻtib borayotgan oʻsha (Qadr)[2822] kechasigaki,
89:5
هَلْ فِي ذَٰلِكَ قَسَمٌ لِذِي حِجْرٍ
Aqli bor kishi uchun bularda qasam bor, shunday emasmi?!
89:6
أَلَمْ تَرَ كَيْفَ فَعَلَ رَبُّكَ بِعَادٍ
Rabbing Od xalqini nima qilganini bilmadingmi?![2823]
89:7
إِرَمَ ذَاتِ الْعِمَادِ
Baland ustunli Eramni.
89:8
الَّتِي لَمْ يُخْلَقْ مِثْلُهَا فِي الْبِلَادِ
U, shaharlar ichra oʻxshashi barpo qilinmagan (shahar)dir.
89:9
وَثَمُودَ الَّذِينَ جَابُوا الصَّخْرَ بِالْوَادِ
Vodiydagi qoyalarni kesgan Samud xalqini (Robbing nima qildi)?![2824]
89:10
وَفِرْعَوْنَ ذِي الْأَوْتَادِ
Togʻdek binolari (Peramidalari) bor Firʼavnni ham (nima qildi)?!
89:11
الَّذِينَ طَغَوْا فِي الْبِلَادِ
Ular yurtlarida zoʻravonlik qilishgan.
89:12
فَأَكْثَرُوا فِيهَا الْفَسَادَ
U yerlarda koʻplab buzgʻunchiliklar qilishgan.
89:13
فَصَبَّ عَلَيْهِمْ رَبُّكَ سَوْطَ عَذَابٍ
Oqibatda, Rabbing ular tepasiga azobdan nasiba yogʻdirdi.
89:14
إِنَّ رَبَّكَ لَبِالْمِرْصَادِ
Chunki, Rabbing (doim) kuzatib turadi.
89:15
فَأَمَّا الْإِنْسَانُ إِذَا مَا ابْتَلَاهُ رَبُّهُ فَأَكْرَمَهُ وَنَعَّمَهُ فَيَقُولُ رَبِّي أَكْرَمَنِ
Oʻzi inson shunaqa; Rabbi uni imtihon qilish uchun unga yaxshilik qilib, uni neʼmatlantirib qoʻysa: “Rabbim menga marhamat qildi”, deydi.
89:16
وَأَمَّا إِذَا مَا ابْتَلَاهُ فَقَدَرَ عَلَيْهِ رِزْقَهُ فَيَقُولُ رَبِّي أَهَانَنِ
Ammo, uni imtihon qilish uchun rizqini tor qilib qoʻysa: “Rabbim meni xor qildi”, deydi.
89:17
كَلَّا ۖ بَلْ لَا تُكْرِمُونَ الْيَتِيمَ
Yoʻq, unday emas! Aslida sizlar yetimga yaxshilik qilmayapsiz.
89:18
وَلَا تَحَاضُّونَ عَلَىٰ طَعَامِ الْمِسْكِينِ
Bechorahol insonlarni yedirib-ichirishga bir-biringizni undamayapsiz.
89:19
وَتَأْكُلُونَ التُّرَاثَ أَكْلًا لَمًّا
Halol-demasdan xalq[2825] mulkini yeb ketyapsiz[2826].
89:20
وَتُحِبُّونَ الْمَالَ حُبًّا جَمًّا
Mol-davlatga juda mehr qoʻyyapsiz.
89:21
كَلَّا إِذَا دُكَّتِ الْأَرْضُ دَكًّا دَكًّا
Yoʻq (unday qilmanglar)! Yer mutlaqo tebratilib tashlanganida,
89:22
وَجَاءَ رَبُّكَ وَالْمَلَكُ صَفًّا صَفًّا
Va Rabbing(ning hisob soʻrash vaqti) kelganida, farishtalar qator-qator boʻlib turganida,
89:23
وَجِيءَ يَوْمَئِذٍ بِجَهَنَّمَ ۚ يَوْمَئِذٍ يَتَذَكَّرُ الْإِنْسَانُ وَأَنَّىٰ لَهُ الذِّكْرَىٰ
Va Jahanam olib kelinganida, oʻsha kuni (jahannamga kiradigan) isnon nasihat oladi. Biroq, endi unga nasihatni nima foydasi bor?!
89:24
يَقُولُ يَا لَيْتَنِي قَدَّمْتُ لِحَيَاتِي
U: “Oh! Koshki bu (oxirat) hayotim uchun (dunyodaligimda yaxshiliklar) tayyorlab qoʻyganimda edi-ya!” deb qoladi.
89:25
فَيَوْمَئِذٍ لَا يُعَذِّبُ عَذَابَهُ أَحَدٌ
U kuni U (Alloh) azoblashidek hech kim azoblolmaydi.
89:26
وَلَا يُوثِقُ وَثَاقَهُ أَحَدٌ
Va (Alloh) bogʻlashidek hech kim bogʻlolmaydi.
89:27
يَا أَيَّتُهَا النَّفْسُ الْمُطْمَئِنَّةُ
Ey orom topgan kishi!
89:28
ارْجِعِي إِلَىٰ رَبِّكِ رَاضِيَةً مَرْضِيَّةً
Sen (Allohdan) rozi boʻlgan va (Alloh) ham sendan rozi boʻlgan holda Rabbingga qayt![2827]
89:29
فَادْخُلِي فِي عِبَادِي
(Yaxshi) bandalarim qatoriga qoʻshil.
89:30
وَادْخُلِي جَنَّتِي
Va Jannatimga kir![2828]
- BALAD surasi[2829]
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
90:1
لَا أُقْسِمُ بِهَٰذَا الْبَلَدِ
Yoʻq-yoʻq! Ont boʻlsin bu shaharga,
90:2
وَأَنْتَ حِلٌّ بِهَٰذَا الْبَلَدِ
Sen yashab turgan bu (Makka) shahriga,
90:3
وَوَالِدٍ وَمَا وَلَدَ
Hamda, ota-ona[2830] va farzandlargaki;
90:4
لَقَدْ خَلَقْنَا الْإِنْسَانَ فِي كَبَدٍ
Insonni zahmat chekadigan qilib yaratdik[2831].
90:5
أَيَحْسَبُ أَنْ لَنْ يَقْدِرَ عَلَيْهِ أَحَدٌ
(Inson) oʻziga hech kimni kuchi yetmaydi, deb oʻylaydimi?
90:6
يَقُولُ أَهْلَكْتُ مَالًا لُبَدًا
“Men koʻp-koʻp pul sarflab qoʻydim”, deydimi?
90:7
أَيَحْسَبُ أَنْ لَمْ يَرَهُ أَحَدٌ
Uni hech kim koʻrmadi, deb oʻylaydimi?
90:8
أَلَمْ نَجْعَلْ لَهُ عَيْنَيْنِ
Unga ikki koʻzni Biz bermadikmi?!
90:9
وَلِسَانًا وَشَفَتَيْنِ
Til va ikki labni (ham Biz bermadikmi)?!
90:10
وَهَدَيْنَاهُ النَّجْدَيْنِ
Unga ikkita ochiq-oydin (haq va botil) yoʻlni koʻrsatib qoʻydik[2832].
90:11
فَلَا اقْتَحَمَ الْعَقَبَةَ
(Biroq) u dovondan osha olmadi.
90:12
وَمَا أَدْرَاكَ مَا الْعَقَبَةُ
Dovon oshish nima ekanini qayerdan bilarding!
90:13
فَكُّ رَقَبَةٍ
U – hurriyatini yoʻqotgan insonni ozod qilishdir.
90:14
أَوْ إِطْعَامٌ فِي يَوْمٍ ذِي مَسْغَبَةٍ
Yoki, ocharchilik kun(lari)da yedirib-ichirishdir,
90:15
يَتِيمًا ذَا مَقْرَبَةٍ
Yetim qarindoshini,
90:16
أَوْ مِسْكِينًا ذَا مَتْرَبَةٍ
Yoki, bechora-yoʻqsilni (yedirib-ichirishdir).
90:17
ثُمَّ كَانَ مِنَ الَّذِينَ آمَنُوا وَتَوَاصَوْا بِالصَّبْرِ وَتَوَاصَوْا بِالْمَرْحَمَةِ
Keyin, imon keltirgan, bir-biriga sabr-bardosh va marhamatni tavsiya qilganlardan boʻlishdir (dovon oshish).
90:18
أُولَٰئِكَ أَصْحَابُ الْمَيْمَنَةِ
Oʻng taraf egalari ana shulardir.
90:19
وَالَّذِينَ كَفَرُوا بِآيَاتِنَا هُمْ أَصْحَابُ الْمَشْأَمَةِ
Oyatlarimizni tan olmaganlar, ular, chap taraf egalaridir.
90:20
عَلَيْهِمْ نَارٌ مُؤْصَدَةٌ
Ularning tepasida davomli olov boʻladi.
- SHAMS surasi[2833]
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
91:1
وَالشَّمْسِ وَضُحَاهَا
Ont boʻlsin; quyoshga va uning yorishishiga,
91:2
وَالْقَمَرِ إِذَا تَلَاهَا
Uning ketidan kelayotgan oyga,
91:3
وَالنَّهَارِ إِذَا جَلَّاهَا
Uni oshkor qilayotgan kunduzga,
91:4
وَاللَّيْلِ إِذَا يَغْشَاهَا
Uni oʻrab olayotgan kechaga,
91:5
وَالسَّمَاءِ وَمَا بَنَاهَا
Osmonga va uni bino qilgan zotga,
91:6
وَالْأَرْضِ وَمَا طَحَاهَا
Yerga va uni toʻshagan zotga,
91:7
وَنَفْسٍ وَمَا سَوَّاهَا
(Har bir) insonga va uni bejirim qilib yaratib,
91:8
فَأَلْهَمَهَا فُجُورَهَا وَتَقْوَاهَا
Keyin, unga (qilmishini) yomonini va yaxshisini ilhom qilib qoʻygan zotga (ont boʻlsinki)[2834],
91:9
قَدْ أَفْلَحَ مَنْ زَكَّاهَا
Oʻzini (yomonliklardan) pok saqlagan kimsa aniq najot topadi.
91:10
وَقَدْ خَابَ مَنْ دَسَّاهَا
Oʻzini bulgʻagan kimsa aniq ziyon koʻradi.
91:11
كَذَّبَتْ ثَمُودُ بِطَغْوَاهَا
Samud (xalqi) zoʻravonligi sababli (haqni) yolgʻonladi.
91:12
إِذِ انْبَعَثَ أَشْقَاهَا
Bir kuni u (millat)ning eng badbaxti (tuyani soʻygani) otilib chiqdi.
91:13
فَقَالَ لَهُمْ رَسُولُ اللَّهِ نَاقَةَ اللَّهِ وَسُقْيَاهَا
Shunda, Allohni elchisi (Solih) ularga: “Allohning tuyasiga va tuyani suv haqiga tegmanglar!”, dedi[2835].
91:14
فَكَذَّبُوهُ فَعَقَرُوهَا فَدَمْدَمَ عَلَيْهِمْ رَبُّهُمْ بِذَنْبِهِمْ فَسَوَّاهَا
Ammo, ular Allohning Elchisini yolgʻonchiga chiqarib, tuyaning soʻydilar[2836]. Shunda, yaratgan Egasi ularni halok qilib, u yerni yer bilan yakson qildi[2837].
91:15
وَلَا يَخَافُ عُقْبَاهَا
U (badbaxt) uning oqibatidan qoʻrqmas edi[2838].
- LAYL surasi
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
92:1
وَاللَّيْلِ إِذَا يَغْشَىٰ
Ont boʻlsin; qoplab olayotgan kechaga,
92:2
وَالنَّهَارِ إِذَا تَجَلَّىٰ
Namoyon boʻlayotgan kunduzga,
92:3
وَمَا خَلَقَ الذَّكَرَ وَالْأُنْثَىٰ
Erkagu ayolni yaratgan zotgaki,
92:4
إِنَّ سَعْيَكُمْ لَشَتَّىٰ
Ishlaringiz farqli-farqlidir.
92:5
فَأَمَّا مَنْ أَعْطَىٰ وَاتَّقَىٰ
Kimki saxovatli boʻlsa va (Allohga) javobgarlikni his qilsa,
92:6
وَصَدَّقَ بِالْحُسْنَىٰ
Va eng goʻzal soʻz (Qurʼon)ni tasdiqlasa,
92:7
فَسَنُيَسِّرُهُ لِلْيُسْرَىٰ
Uni qulaylikka muyassar qilamiz.
92:8
وَأَمَّا مَنْ بَخِلَ وَاسْتَغْنَىٰ
Kim baxillik qilsa va oʻzini behojat deb bilsa,
92:9
وَكَذَّبَ بِالْحُسْنَىٰ
Va eng goʻzal soʻz (Qurʼon) yolgʻonga chiqarsa,
92:10
فَسَنُيَسِّرُهُ لِلْعُسْرَىٰ
Uni eng qiyinlikka muyassar qilamiz.
92:11
وَمَا يُغْنِي عَنْهُ مَالُهُ إِذَا تَرَدَّىٰ
(Jahannamga) tushganida unga mol-davlati asqotmaydi.
92:12
إِنَّ عَلَيْنَا لَلْهُدَىٰ
Toʻgʻri yoʻlni koʻrsatib qoʻyish Bizning zimmamizdadir.
92:13
وَإِنَّ لَنَا لَلْآخِرَةَ وَالْأُولَىٰ
Oxirat ham dunyo ham Biznikidir.
92:14
فَأَنْذَرْتُكُمْ نَارًا تَلَظَّىٰ
Sizlarni alangali jahannamdan ogohlantirib qoʻydim.
92:15
لَا يَصْلَاهَا إِلَّا الْأَشْقَى
Unga faqat eng badbaxt kiradi;
92:16
الَّذِي كَذَّبَ وَتَوَلَّىٰ
(Qurʼonni) yolgʻonga chiqargan va (undan) yuz oʻgirgan (kimsalar kiradi) .
92:17
وَسَيُجَنَّبُهَا الْأَتْقَى
Eng masʼuliyatli (moʻmin)lar undan yiroq qilinadi .
92:18
الَّذِي يُؤْتِي مَالَهُ يَتَزَكَّىٰ
Unday kishi mol-mulkini (Alloh yoʻlida oʻz joyiga) berib poklanadi,
92:19
وَمَا لِأَحَدٍ عِنْدَهُ مِنْ نِعْمَةٍ تُجْزَىٰ
va unda birovga qilingan yaxshilikda mukofot kutish yoʻqdir.
92:20
إِلَّا ابْتِغَاءَ وَجْهِ رَبِّهِ الْأَعْلَىٰ
Uni istagi – buyuk Rabbining roziligi, xolos .
92:21
وَلَسَوْفَ يَرْضَىٰ
U yaqinda mamnun boʻladi .
- ZUHO surasi[2839]
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
93:1
وَالضُّحَىٰ
Ont boʻlsin; choshgoh vaqtiga,
93:2
وَاللَّيْلِ إِذَا سَجَىٰ
Osudalashgan[2840] kechagaki,
93:3
مَا وَدَّعَكَ رَبُّكَ وَمَا قَلَىٰ
(Ey Muhammad!) Yaratgan Egang seni tark qilmadi va (sendan) ranjimadi.
93:4
وَلَلْآخِرَةُ خَيْرٌ لَكَ مِنَ الْأُولَىٰ
Sen uchun kelajak hozirgidan yaxshiroq boʻladi[2841].
93:5
وَلَسَوْفَ يُعْطِيكَ رَبُّكَ فَتَرْضَىٰ
Yaratgan Egang yaqinda senga (oʻsha vaʼdani) ato etadi, oʻshanda mamnun boʻlasan.
93:6
أَلَمْ يَجِدْكَ يَتِيمًا فَآوَىٰ
U seni yetimlikda koʻrib Oʻz panohiga oldi, shunday emasmi?
93:7
وَوَجَدَكَ ضَالًّا فَهَدَىٰ
Seni sarosimada[2842] koʻrib yoʻlga soldi.
93:8
وَوَجَدَكَ عَائِلًا فَأَغْنَىٰ
Seni muhtoj koʻrib, boy qildi.
93:9
فَأَمَّا الْيَتِيمَ فَلَا تَقْهَرْ
Endi sen (ham) yetimni jerkima![2843]
93:10
وَأَمَّا السَّائِلَ فَلَا تَنْهَرْ
Soʻraguvchiga qoʻpollik qilma[2844].
93:11
وَأَمَّا بِنِعْمَةِ رَبِّكَ فَحَدِّثْ
Va sen Yaratgan Egang neʼmatini[2845] aytib ber.
- INSHIROHSURASI[2846]
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
94:1
أَلَمْ نَشْرَحْ لَكَ صَدْرَكَ
(Ey Muhammad! Paygʻambarlikka) bagʻringni keng qilib qoʻymadikmi?![2847]
94:2
وَوَضَعْنَا عَنْكَ وِزْرَكَ
Va sendan yukingni olib tashladik.
94:3
الَّذِي أَنْقَضَ ظَهْرَكَ
U yuk belingni bukib qoʻygan edi.[2848]
94:4
وَرَفَعْنَا لَكَ ذِكْرَكَ
Shaʼningni ulugʻ qildik[2849].
94:5
فَإِنَّ مَعَ الْعُسْرِ يُسْرًا
Albatta, qiyinchilik bilan birga qulaylik bor![2850]
94:6
إِنَّ مَعَ الْعُسْرِ يُسْرًا
Albatta, oʻsha qiyinchilik bilan birga yana bir qulaylik bor.[2851]
94:7
فَإِذَا فَرَغْتَ فَانْصَبْ
Endi, (bir ishdan) boʻshaganingda ibodatga kirish.
94:8
وَإِلَىٰ رَبِّكَ فَارْغَبْ
Va yaratgan Eganga yoʻnal![2852]
- TIN surasi[2853]
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
95:1
وَالتِّينِ وَالزَّيْتُونِ
Ont boʻlsin; Tinga,Zaytunga,
95:2
وَطُورِ سِينِينَ
Sinin togʻiga,
95:3
وَهَٰذَا الْبَلَدِ الْأَمِينِ
Hamda bu tinch-omon yurt (Makka)ga![2854]
95:4
لَقَدْ خَلَقْنَا الْإِنْسَانَ فِي أَحْسَنِ تَقْوِيمٍ
Shubhasizki, inson (zoti)ni eng chiroyli shaklda yaratdik.
95:5
ثُمَّ رَدَدْنَاهُ أَسْفَلَ سَافِلِينَ
Keyin (qilmishlari tufayli) uni qabihlarning engqabih holatiga qaytardik[2855].
95:6
إِلَّا الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ فَلَهُمْ أَجْرٌ غَيْرُ مَمْنُونٍ
Imon keltirib, xayrli ishlarni amalga oshirganlar bundan mustasno – ularga bitmas-tuganmas mukofot bor[2856].
95:7
فَمَا يُكَذِّبُكَ بَعْدُ بِالدِّينِ
(Ey inson zoti!) Endi, seni bu dinni yolgʻonga chiqarishga nima majbur qildi?
95:8
أَلَيْسَ اللَّهُ بِأَحْكَمِ الْحَاكِمِينَ
Axir, Alloh hukm qiluvchilarning eng odili emasmi?![2857]
- ALAQ surasi[2858]
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
96:1
اقْرَأْ بِاسْمِ رَبِّكَ الَّذِي خَلَقَ
Yaratgan Egang nomidan oʻqi![2859]
96:2
خَلَقَ الْإِنْسَانَ مِنْ عَلَقٍ
U insonni yopishqoq-laxta qondan yaratdi.
96:3
اقْرَأْ وَرَبُّكَ الْأَكْرَمُ
Oʻqi! Yaratgan Egang eng saxiydir.
96:4
الَّذِي عَلَّمَ بِالْقَلَمِ
U qalam bilan oʻrgatdi[2860].
96:5
عَلَّمَ الْإِنْسَانَ مَا لَمْ يَعْلَمْ
Insonga bilmagan narsasini U oʻrgatdi.
96:6
كَلَّا إِنَّ الْإِنْسَانَ لَيَطْغَىٰ
Yoʻq, inson zoʻravonlashib borar,
96:7
أَنْ رَآهُ اسْتَغْنَىٰ
Oʻzini ehtiyojsiz deb bilsa agar!
96:8
إِنَّ إِلَىٰ رَبِّكَ الرُّجْعَىٰ
Qaytib borish Robbing huzuridir.
96 joy:9
أَرَأَيْتَ الَّذِي يَنْهَىٰ
Toʻsayotgan kishini koʻrdingmi?
96:10
عَبْدًا إِذَا صَلَّىٰ
Ibodat qilayotganida[2861] bandani (toʻsayotganini)?
96:11
أَرَأَيْتَ إِنْ كَانَ عَلَى الْهُدَىٰ
Koʻrdingmi? Agar u banda toʻgʻri yoʻlda boʻlsa-chi?
96:12
أَوْ أَمَرَ بِالتَّقْوَىٰ
Yoki u (insonlarni) taqvoga/masʼuliyatlilikka buyurayotgan boʻlsa-chi?
96:13
أَرَأَيْتَ إِنْ كَذَّبَ وَتَوَلَّىٰ
Agar uning oʻzi (haqni) yolgʻonga chiqarayotgan boʻlsa nima deysan?
96:14
أَلَمْ يَعْلَمْ بِأَنَّ اللَّهَ يَرَىٰ
Alloh koʻrib turganini nahot bilmasa?!
96:15
كَلَّا لَئِنْ لَمْ يَنْتَهِ لَنَسْفَعًا بِالنَّاصِيَةِ
Yoʻq! (Bas qilsin!)[2862] Agar bas qilmasa, Biz uning peshonasidan tutib (jahannamga) sudraymiz.
96:16
نَاصِيَةٍ كَاذِبَةٍ خَاطِئَةٍ
Oʻsha yolgʻonchi, gunohkor peshonasidan (tutib).
96:17
فَلْيَدْعُ نَادِيَهُ
Shunda,u (chaqira olsa) oʻz tarafdorlarini chaqirsin-chi.
96:18
سَنَدْعُ الزَّبَانِيَةَ
Biz yaqinda zaboniylarni[2863] chaqiramiz!
96:19
كَلَّا لَا تُطِعْهُ وَاسْجُدْ وَاقْتَرِبْ۩
Yoʻq! Sen unga itoat qilma! Sajda qil/buyruqqa boʻysun va (Uning roziligiga) yaqinlash![2864]
- QADR surasi[2865]
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
97:1
إِنَّا أَنْزَلْنَاهُ فِي لَيْلَةِ الْقَدْرِ
Biz u (Qurʼon)ni Qadr kechasi tushirdik.
97:2
وَمَا أَدْرَاكَ مَا لَيْلَةُ الْقَدْرِ
Qadr kechasi nima ekanini qayerdan bilarding?
97:3
لَيْلَةُ الْقَدْرِ خَيْرٌ مِنْ أَلْفِ شَهْرٍ
Qadr kechasi ming oydan yaxshidir.
97:4
تَنَزَّلُ الْمَلَائِكَةُ وَالرُّوحُ فِيهَا بِإِذْنِ رَبِّهِمْ مِنْ كُلِّ أَمْرٍ
U kechada Rabbining izni ila farishtalar har bir ish yuzasidan ruh (buyruq) bilan[2866] tushadilar.
97:5
سَلَامٌ هِيَ حَتَّىٰ مَطْلَعِ الْفَجْرِ
U kecha (har qaysi) tong yeri oqargunigacha[2867] salomatlik/tinchlik-omonlik kechasidir.
- BAYYINA surasi[2868]
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
98:1
لَمْ يَكُنِ الَّذِينَ كَفَرُوا مِنْ أَهْلِ الْكِتَابِ وَالْمُشْرِكِينَ مُنْفَكِّينَ حَتَّىٰ تَأْتِيَهُمُ الْبَيِّنَةُ
Ahli kitob orasidagi kofirlik qilganlar[2869] va mushriklar to oʻzlariga bayyina kelganda ham (oʻz ishlaridan) ayrilmadilar[2870].
98:2
رَسُولٌ مِنَ اللَّهِ يَتْلُو صُحُفًا مُطَهَّرَةً
Bayyina – Allohning elchisidir, u sof/toʻgʻri sahifalarni tilovat[2871] qilmoqda[2872].
98:3
فِيهَا كُتُبٌ قَيِّمَةٌ
Unda toʻgʻri hukmlar bor[2873].
98:4
وَمَا تَفَرَّقَ الَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ إِلَّا مِنْ بَعْدِ مَا جَاءَتْهُمُ الْبَيِّنَةُ
Ilohiy kitob berilgan (hozirgi gʻayridin)lar oʻzlariga oʻsha bayyina kelganidan keyin (dinda) firqalanib ketdi[2874].
98:5
وَمَا أُمِرُوا إِلَّا لِيَعْبُدُوا اللَّهَ مُخْلِصِينَ لَهُ الدِّينَ حُنَفَاءَ وَيُقِيمُوا الصَّلَاةَ وَيُؤْتُوا الزَّكَاةَ ۚ وَذَٰلِكَ دِينُ الْقَيِّمَةِ
Holbuki, ular – dinga hech narsa qoʻshmagan[2875] va haqda mustahkam turgan holda – faqat Allohga qullik qilishga, namozni/diniy vazifalarni bajarishga, pok va toʻgʻri boʻlishga buyurilgan edi[2876]. Toʻgʻri din mana shu.
98:6
إِنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا مِنْ أَهْلِ الْكِتَابِ وَالْمُشْرِكِينَ فِي نَارِ جَهَنَّمَ خَالِدِينَ فِيهَا ۚ أُولَٰئِكَ هُمْ شَرُّ الْبَرِيَّةِ
Ahli kitob orasidagi kofirlik qilganlar va mushriklar jahannamda mangu qoladi. Ana shular xaloyiqning eng yomonidir.
98:7
إِنَّ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ أُولَٰئِكَ هُمْ خَيْرُ الْبَرِيَّةِ
Imon keltirgan va manfaatli ishlarni amalga oshirganlar – ana shular xaloyiqning eng yaxshisidir.
98:8
جَزَاؤُهُمْ عِنْدَ رَبِّهِمْ جَنَّاتُ عَدْنٍ تَجْرِي مِنْ تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا أَبَدًا ۖ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمْ وَرَضُوا عَنْهُ ۚ ذَٰلِكَ لِمَنْ خَشِيَ رَبَّهُ
Rabbiga koʻra ularning mukofoti – ichidan anhorlar oqib turadigan bogʻu boʻstonlardir. Ular u yerlarda oʻlimsiz-mangu qoladi. Alloh ulardan rozi, ular ham Allohdan rozi boʻladi. Bu – Robbidan qoʻrqqanlar uchundir.
- ZALZALA surasi[2877]
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
99:1
إِذَا زُلْزِلَتِ الْأَرْضُ زِلْزَالَهَا
Yer oʻzining qattiq silkinishida silkitilganida,
99:2
وَأَخْرَجَتِ الْأَرْضُ أَثْقَالَهَا
Va yer yuklarini chiqarganida,[2878]
99:3
وَقَالَ الْإِنْسَانُ مَا لَهَا
Inson: “Yerga nima boʻldi ekan?”, deb qoladi.
99:4
يَوْمَئِذٍ تُحَدِّثُ أَخْبَارَهَا
Oʻsha kuni yer oʻzining barcha xabarlarini aytib beradi[2879].
99:5
بِأَنَّ رَبَّكَ أَوْحَىٰ لَهَا
Chunki Rabbing unga bularni bildirgan[2880] boʻladi.
99:6
يَوْمَئِذٍ يَصْدُرُ النَّاسُ أَشْتَاتًا لِيُرَوْا أَعْمَالَهُمْ
Oʻsha kuni oʻzlarining qilmishlari koʻrsatib qoʻyilishi uchun, insonlar turli guruhlarga boʻlinib oldinga chiqadilar.
99:7
فَمَنْ يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ خَيْرًا يَرَهُ
oʻshanda kimki zarracha yaxshilik qilgan boʻlsa (ham) uni koʻradi.
99:8
وَمَنْ يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ شَرًّا يَرَهُ
Kimki zarracha yomonlik qilgan boʻlsa (ham) uni koʻradi[2881].
- ODIYAT surasi[2882].
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
100:1
وَالْعَادِيَاتِ ضَبْحًا
Mashʼala boʻlib toʻsiqlarni yengib oʻtuvchilarga qasam[2883],
100:2
فَالْمُورِيَاتِ قَدْحًا
Chuqur masalalarga yechim chiqaruvchilarga,
100:3
فَالْمُغِيرَاتِ صُبْحًا
Tong otishidan avval ishga kirishuvchilarga[2884],
100:4
فَأَثَرْنَ بِهِ نَقْعًا
(Shunday qilib) ortidan barqarorlik qoldirganlarga,
100:5
فَوَسَطْنَ بِهِ جَمْعًا
Natijada, u (ishi) bilan jamoatchilik markazida boʻlganlarga (qasamki)[2885];
100:6
إِنَّ الْإِنْسَانَ لِرَبِّهِ لَكَنُودٌ
Shubhasizki, inson (zoti) Rabbiga nisbatan juda nonkoʻrdir.
100:7
وَإِنَّهُ عَلَىٰ ذَٰلِكَ لَشَهِيدٌ
Bunga uning oʻzi ham guvoh.
100:8
وَإِنَّهُ لِحُبِّ الْخَيْرِ لَشَدِيدٌ
U mol-davlat sevgisiga juda oʻchdir.
100:9
أَفَلَا يَعْلَمُ إِذَا بُعْثِرَ مَا فِي الْقُبُورِ
Bilmaydimiki, qabrlardagi (inson)lar tashqariga chiqarilganida,
100:10
وَحُصِّلَ مَا فِي الصُّدُورِ
Dillardagi (sir)lar fosh etilganida[2886],
100:11
إِنَّ رَبَّهُمْ بِهِمْ يَوْمَئِذٍ لَخَبِيرٌ
Albatta, Rabbi ularni oʻsha kuni (har narsadan) xabardor qilib qoʻyadi[2887].
- QORIA surasi[2888].
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
101:1
الْقَارِعَةُ
Gumburllovchi!
101:2
مَا الْقَارِعَةُ
Nima u gumburlovchi?
101:3
وَمَا أَدْرَاكَ مَا الْقَارِعَةُ
Gumburlovchi nima ekanini sen qayerdan bilarding?[2889]
101:4
يَوْمَ يَكُونُ النَّاسُ كَالْفَرَاشِ الْمَبْثُوثِ
U kunda insonlar toʻzitilgan kapalaklar kabi boʻladi,[2890]
101:5
وَتَكُونُ الْجِبَالُ كَالْعِهْنِ الْمَنْفُوشِ
Togʻlar esa rang-barang yunglar kabi titilib ketgan boʻladi.
101:6
فَأَمَّا مَنْ ثَقُلَتْ مَوَازِينُهُ
Shunda kimning (yaxshiliklar) mezoni[2891] ogʻir kelsa,
101:7
فَهُوَ فِي عِيشَةٍ رَاضِيَةٍ
Endi u baxtli hayotda (yashaydi).
101:8
وَأَمَّا مَنْ خَفَّتْ مَوَازِينُهُ
Ammo, kimning (yaxshiliklar) mezoni yengil kelsa,
101:9
فَأُمُّهُ هَاوِيَةٌ
Endi uning borar joyi Hoviya boʻladi.
101:10
وَمَا أَدْرَاكَ مَا هِيَهْ
Hoviya nima ekanini qayerdan bilarding?
101:11
نَارٌ حَامِيَةٌ
U qizdirilgan otashdir.
- TAKASUR surasi[2892]
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
102:1
أَلْهَاكُمُ التَّكَاثُرُ
Koʻpaytirish bilan ovora boʻlish sizlarni (jannat neʼmatlaridan) chalgʻitib qoʻydi.
102:2
حَتَّىٰ زُرْتُمُ الْمَقَابِرَ
Toki qabrlarga borguningizgacha[2893].
102:3
كَلَّا سَوْفَ تَعْلَمُونَ
Unday emas,[2894] yaqinda bilib olasizlar.[2895]
102:4
ثُمَّ كَلَّا سَوْفَ تَعْلَمُونَ
Aslo unday yemas, yaqinda bilib olasizlar.[2896]
102:5
كَلَّا لَوْ تَعْلَمُونَ عِلْمَ الْيَقِينِ
Unday emas, agar (koʻpaytirish ishtiyoqi nimaga olib borishini) yaqindan bilganingizda edi,
102:6
لَتَرَوُنَّ الْجَحِيمَ
Albatta, jahimni (dunyoni jahannamga aylantirib yuborganingizni[2897]) koʻrar edingiz[2898].
102:7
ثُمَّ لَتَرَوُنَّهَا عَيْنَ الْيَقِينِ
Zotan, uni keyin haqiqiy koʻzda koʻrasizlar.
102:8
ثُمَّ لَتُسْأَلُنَّ يَوْمَئِذٍ عَنِ النَّعِيمِ
Keyin esa, oʻsha kuni neʼmatlardan javobgarlikka tortilasizlar.
- ASR Surasi[2899]
بِسْمِ اللَّـهِ الرَّحْمَـٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
103:1
وَالْعَصْرِ
Vaqt[2900] oʻtishiga qasamki[2901],
103:2
إِنَّ الْإِنسَانَ لَفِي خُسْرٍ
Inson (zoti vaqtdan) aniq ziyondadir[2902].
103:3
إِلَّا الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ وَتَوَاصَوْا بِالْحَقِّ وَتَوَاصَوْا بِالصَّبْرِ
Imon keltirib, xayrli ishlarni amalga oshiradigan, bir-biriga haqni[2903] tavsiya qiladigan va bir-biriga sabr-bardoshni tavsiya qiladiganlar bundan mustasno[2904].
- HUMAZA surasi[2905]
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
104:1
وَيْلٌ لِكُلِّ هُمَزَةٍ لُمَزَةٍ
Soʻz-u harakati ila (insonlardan) ayb izlab gʻiybat qiluvchi barchaning holiga voy!
104:2
الَّذِي جَمَعَ مَالًا وَعَدَّدَهُ
Unday kimsa mol-davlat yigʻib hisob-kitob qilaveradi.
104:3
يَحْسَبُ أَنَّ مَالَهُ أَخْلَدَهُ
Mol-davlati uni mangu yashatadi deb oʻylaydi.
104:4
كَلَّا ۖ لَيُنْبَذَنَّ فِي الْحُطَمَةِ
Yoʻq! (Unday qilmasin, aks holda) u aniq hutamaga tashlanadi.
104:5
وَمَا أَدْرَاكَ مَا الْحُطَمَةُ
Hutama nima ekanini qauyerdan bilarding?
104:6
نَارُ اللَّهِ الْمُوقَدَةُ
U Allohning alanga oldirilgan otashidir.
104:7
الَّتِي تَطَّلِعُ عَلَى الْأَفْئِدَةِ
U otash yuraklargacha yetib boradi[2906].
104:8
إِنَّهَا عَلَيْهِمْ مُؤْصَدَةٌ
U ularni qamrab oladi.
104:9
فِي عَمَدٍ مُمَدَّدَةٍ
Uzun ustunlarga oʻralgan boʻladi.
- FIL surasi[2907]
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
أَلَمْ تَرَ كَيْفَ فَعَلَ رَبُّكَ بِأَصْحَابِ الْفِيلِ
105:1 Robbing Fil egalarini nima qilganini koʻrmadingmi?
أَلَمْ يَجْعَلْ كَيْدَهُمْ فِي تَضْلِيلٍ
105:2 U ularning rejalarini buzib tashlamaganmidi?
وَأَرْسَلَ عَلَيْهِمْ طَيْرًا أَبَابِيلَ
105:3 Ularning ustiga toʻda-toʻda uchar bulutlar yuborgan[2908].
تَرْمِيهِمْ بِحِجَارَةٍ مِنْ سِجِّيلٍ
105:4 U bulutlar tepalariga olovda qizdirilgan loyli toshlar otardi.[2909]
فَجَعَلَهُمْ كَعَصْفٍ مَأْكُولٍ
105:5 Shu tariqa, (Rabbing) ularni xuddi ichi yeb bitirilgan poʻstloqdek qilib yubordi[2910].
- QURAYSH surasi[2911].
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
لِإِيلَافِ قُرَيْشٍ
106:1 Qurayshga berilgan imkoniyat/imtiyoz[2912] uchun,
إِيلَافِهِمْ رِحْلَةَ الشِّتَاءِ وَالصَّيْفِ
106:2 Qishin-yozin (tijoriy safar) imkoniyati berilgani uchun[2913],
فَلْيَعْبُدُوا رَبَّ هَٰذَا الْبَيْتِ
106:3 Endi, shu uyning (Kaʼbaning) Rabbiga qullik qilishsin!
الَّذِي أَطْعَمَهُمْ مِنْ جُوعٍ وَآمَنَهُمْ مِنْ خَوْفٍ
106:4 U ularni och qoʻymay oziq-ovqat bilan taʼminladi va xavf-xatarga solmay omon qildi[2914].
- MAUN surasi[2915]
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
أَرَأَيْتَ الَّذِي يُكَذِّبُ بِالدِّينِ
107:1 Dinni[2916] yolgʻonga chiqarayotgan odamni koʻrdingmi?
فَذَٰلِكَ الَّذِي يَدُعُّ الْيَتِيمَ
107:2 Unday kishi yetimni jerkib turtadi,[2917]
وَلَا يَحُضُّ عَلَىٰ طَعَامِ الْمِسْكِينِ
107:3 Miskin-bechorani yedirib-ichirishga (na oʻzini va na birovni) undamaydi/taklif qilmaydi.
فَوَيْلٌ لِلْمُصَلِّينَ
107:4 Bas! Bunday namozxonlarning/dindorlarning holiga voy-ki[2918].
اَلَّذِينَ هُمْ عَنْ صَلَاتِهِمْ سَاهُونَ
107:5 Ular oʻz dinidan/diniy vazifalaridan[2919] gʻofil/xatokor kimsalardir,
اَلَّذِينَ هُمْ يُرَاءُونَ
107:5 Ular – riyokorlik qiladigan,[2920]
وَيَمْنَعُونَ الْمَاعُونَ
107:7 Va kichik yordamlarga ham qarshi chiqadigan kishilardir.
- KAVSAR surasi[2921]
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
إِنَّا أَعْطَيْنَاكَ الْكَوْثَرَ
108:1 (Ey Muhammad!) Senga yaxshiliklar mujassam boʻlgan (Qurʼon)ni berdik.[2922]
فَصَلِّ لِرَبِّكَ وَانْحَرْ
108:2 Endi soaltni/vazifalaringni Alloh uchun bajar va (bu yoʻlda oʻzingni) fido qil![2923]
إِنَّ شَانِئَكَ هُوَ الْأَبْتَرُ
108:3 Senga nafrat-adovat qiladigan kishi – samarasiz/muvaffaqiyatsiz kishidir[2924].
- KAFIRUN[2925]
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
قُلْ يَا أَيُّهَا الْكَافِرُونَ
109:1 Ayt: «Ey kofirlar!
لَا أَعْبُدُ مَا تَعْبُدُونَ
109:2 Men sizlar ibodat qilayotgan (dinga)da ibodat qilmayman[2926].
وَلَا أَنْتُمْ عَابِدُونَ مَا أَعْبُدُ
109:3 Sizlar men ibodat qilayotgan (din)da ibodat qilmayapsiz.
وَلَا أَنَا عَابِدٌ مَا عَبَدْتُمْ
109:4 Men ham sizlar ibodat qilgan (din)da ibodat qiluvchi emasman.
وَلَا أَنْتُمْ عَابِدُونَ مَا أَعْبُدُ
109:5 Zero, sizlar ham men ibodat qilayotgan (din)da ibodat qilmayapsiz.
لَكُمْ دِينُكُمْ وَلِيَ دِينِ
109:6 Sizlarni diningiz sizlarga, mening dinim menga[2927].»
- NASR surasi[2928]
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
إِذَا جَاءَ نَصْرُ اللَّهِ وَالْفَتْحُ
110:1 Allohning yordami[2929] va fath kelib,
وَرَأَيْتَ النَّاسَ يَدْخُلُونَ فِي دِينِ اللَّهِ أَفْوَاجًا
110:2 Insonlarni Allohning diniga toʻp-toʻp boʻlib kirayotganini koʻrganingda,
فَسَبِّحْ بِحَمْدِ رَبِّكَ وَاسْتَغْفِرْهُ ۚ إِنَّهُ كَانَ تَوَّابًا
110:3 Yaratgan Egangni olqishlab ulugʻla va undan kechirim[2930] soʻra! U tavbalarni qabul qiluvchidir.
- MASAD Surasi[2931]
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
تَبَّتْ يَدَا أَبِي لَهَبٍ وَتَبَّ
111:1 Abu Lahabning[2932] qoʻllari qurisin! (Mana) uning oʻzi ham quridi![2933]
مَا أَغْنَىٰ عَنْهُ مَالُهُ وَمَا كَسَبَ
111:2 Unga mol-mulki va kasb qilib erishgan narsalari asqatmadi.
سَيَصْلَىٰ نَارًا ذَاتَ لَهَبٍ
111:3 U yaqinda alangali oʻtga kirib kuyadi.
وَامْرَأَتُهُ حَمَّالَةَ الْحَطَبِ
111:4 Uni oʻtin tashuvchi xotini ham (oʻtga kirib kuyadi).
فِي جِيدِهَا حَبْلٌ مِنْ مَسَدٍ
111:5 U xotinning boʻynida mahkam eshilgan argʻamchi boʻladi.
- IXLOS surasi[2934]
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيم
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
قُلْ هُوَ اللَّهُ أَحَدٌ
112:1 Ayt: «U Allohdir, yakka-yu yagonadir,
ٱللَّهُ الصَّمَدُ
112:2 Alloh behojatdir[2935].
لَمْ يَلِدْ وَلَمْ يُولَدْ
112:3 U tugʻdirmagan (ota emas), tugʻilmagan (bola ham emas)[2936].
112:4 وَلَمْ يَكُنْ لَهُ كُفُوًا أَحَدٌ
Unga teng keladigan hech kim yoʻq.»
- FALAQ Surasi[2937].
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
قُلْ أَعُوذُ بِرَبِّ الْفَلَقِ
113:1 Ayt: «Boʻlib[2938] yaratish ishining egasiga sigʻinib panoh soʻrayman,
مِنْ شَرِّ مَا خَلَقَ
113:2 Maxluqotning[2939] yomonligidan,
وَمِنْ شَرِّ غَاسِقٍ إِذَا وَقَبَ
113:3 (Aql-idrokni yengib) kirgan jaholat/zimistonlik yomonligidan.[2940]
وَمِنْ شَرِّ النَّفَّاثَاتِ فِي الْعُقَدِ
113:4 Aloqalarga[2941] buzuqlik suquvchilarning[2942] yomonligidan,
وَمِنْ شَرِّ حَاسِدٍ إِذَا حَسَدَ
113:5 Va hasadchini hasad qilgan vaqtdagi yomonligidan (panoh soʻrayman)».[2943].
- An-NOS surasi
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
Yaxshiligi cheksiz va mehribon – Alloh nomidan.
قُلْ أَعُوذُ بِرَبِّ النَّاسِ
114:1 Ayt: «Insonlarning yaratgan Egasiga sigʻinib panoh soʻrayman.
مَلِكِ النَّاسِ
114:2 U insonlarning hukmronidir,
إِلَٰهِ النَّاسِ
114:3 Insonlarning Ilohidir;
مِنْ شَرِّ الْوَسْوَاسِ الْخَنَّاسِ
114:4 Pismayib yomon fikr uygʻotib qoʻyuvchining yomonligidan.
اَلَّذِي يُوَسْوِسُ فِي صُدُورِ النَّاسِ
114:5 U – insonlar qalbida/onggida yomon fikr uygʻotib qoʻyadi.
مِنَ الْجِنَّةِ وَالنَّاسِ
114:6 Insu-jin (vasvasachilaridan).»[2944]
[1] Cheksiz marhamatli, buyuk fazl egasi, juda ham kechirimli va mehribon Robbim – Allohga olqishu maqtovlar bo’lsin. Mendek ojiz bandasi – Bahrom Bakirov Sunnatullohga O’zining muborak va nurli kalomi bo’lgan Qurʼoni Karimni tarjima qilish va oyatlarni oyatlar bilan izohlash uslubida tafsir/izoh yozish imkoniyatini bergani uchun mehribon va hikmatli Robbimga olqishu maqtovlar bo’lsin. Ushbu risolatni bizga olib kelib, unga amal qilishda bizga eng go’zal o’rnak bo’lgan, Makkalik, elchi-payg’ambar, janob Muhammadga duo-i salomlar yo’llayman. Pok va Quddus bo’lgan Robbimdan menga bundan keyin ham kalomiga xolis va samimiy holda xizmat qilishimni nasib etishini, shukrini ado etuvchi bandalari qatoriga qo’shini, O’zining muborak va nurli kitobini to’g’ri tushunishimni, unga amal qilishimni va boshqalarga ham – undagi haq va haqiqatlarni yashirmasdan, to’liq tushuntirib yetkazishimni nasib qilishini yolvorib so’rab qolaman. O’ziga suyanib-tayanaman/tavakkal qilaman. O’zidan yordam so’ragan va faqat O’zidan ajru mukofot umid qilgan holda Kitobini tarjima va tafsir qilishga kirishaman. Bu ishlarning barchasi Allohning yordami bilan bo’ldi. Maqsadim, Qurʼonni imkoniyatim darajasida sodda, tushunarli va ochiq holda tarjima va tafsir qilish va buning oqibatida musulmonlarni Allohning kalomi bilan o’z ona tilida yaqindan tanishib, u bilan hamnafas bo’lib, unga amal qilib yashashlariga oz bo’lsada hissa qo’shishdir.
Qurʼon – insoniyatni adolat va baxtga eltuvchi dunyodagi yagona kitobdir!
Qurʼonni o’rganishga kirishdan avval, nozil bo’lishi sabablarini o’rganib chiqamiz.
1. Qurʼon butun insoniyatni ogohlantirsin (Anʼom 6:96).
2. Qurʼon insonlar orasida hokim bo’lsin (Niso 4:105).
3. Qurʼonga butun insoniyat amal qilib ergashsin (Anʼom 6:155).
4. Qurʼon insoniyatni zulmatlrdan nurga, muammolardan farovonlikka olib chiqsin (Ibrohim 14:1).
5. Qurʼon insonlarni masʼuliyatli bo’lishga, yomonliklardan tiyilishga sababchi bo’lsin (Toha 20:113).
6. Qurʼon insoniyatga eslatma/nasihat bo’lsin (Nur 24:1).
7. Qurʼon oyatlari tadabbur qilinsin, izlanishlar olib borilsin (Sod 38:29).
8. Qurʼon orqali insoniyat adolat bilan hayot kechirsin (Hadid 57:25).
- 9. Qurʼon – unga ishonib amal qiladigan insonlarga hidoyat va rahmat bo’lsin (Nahl 16:64).
Fotiha surasi insonni Allohga bergan ilk ahdi hisoblanadi. Chunki, bu surada butun mavjudotni yaratuvchisi Alloh ekani, insonlar duo-yu ibodatni va qullik xizmatini faqatgina Unga qilishi kerakligi, bu yashab turgan hayotimiz ortidan yana yangi hayot paydo qilishi va u kunda har kim qilgan ishining mukofoti yoki jazosini olishi, u kunda hukmni faqat Alloh berishi, Ilohiy yordam faqat Undan so’ralishi, to’g’ri yo’l faqat U ko’rsatgan yo’l ekani, u yo’lda yurmaganlar adashgan va Allohning g’azabiga giriftor bo’lgan, deb hisoblanishi aytib o’tilgan. Ushbu surani ongli ravishda tafakkur bilan tushunib o’qigan inson o’sha narsalarni eʼtirof qilgan va Allohga so’z bergan bo’ladi. Bu suradagi ahdu vafo va hukmlarni musulmon kishi aslo unutmasligi va o’sha ahdga vafo qilgan holda hayot kechirishi kerak. Aks holda, Allohga bergan ahdi va imonini arzimas dunyo va undagi o’tkinchi manfaatlar evaziga almashgan, buning oqibatida qiyomat kuni unga hech qanday savobdan nasiba bo’lmaydigan, Alloh uni oqlamaydigan – badbaxt insonga aylanib qolishi hech gap emas (Oli Imron 3:77). Alloh ushbu ahdga qatʼiy rioya qilishni bizdan talab qilgan va taʼkidlab qayta-qayta eslatib o’tgan (Anʼom 6:152), (Nahl 16:91- 95).
Endi, umumiy Qurʼon oyatlariga kelsak, oyatlar muhkam va mutashobeh bo’lib ikkiga bo’linadi. Muhkam – hukm ifodalovchi oyatlar, mutashobeh – hukman va maʼnan unga o’xshash bo’ladi, shu bilan birgalikda muhkam oyatlarni batafsil ochiqlab beruvchi oyatlar hisoblanadi (Hijr 15:87), (Zumar 39:23). Qurʼon oyatlarining har biri orasida eng kamida ikkitalik aloqa bor. Qurʼonni kirish qismi bo’lgan Fotiha surasi masoniy-ikkitalik bo’lib kelishi – fotiha surasi barcha Qurʼon oyatlarining o’zagi va mag’zi ekanini bildiradi. Qurʼonning boshqa sura va oyatlari mana shu Fotiha surasining imon va amal masalasidagi tafsiri va bayoni hisoblanadi. Sevimli payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom: “Sizlarning eng yaxshilaringiz Qurʼonni o’rgangan va uni o’rgatganingizdir” dedilar (Buxoriy rivoyati). Allohdan ushbu muborak kitobni o’rganishni, o’rgatishni, unga avvalo o’zimiz amal qilib, shu hadisga asosan ummatning eng yaxshisi bo’lib qolishni so’rab qolamiz.
[2] Rahmon – Allohning rahmati har narsani qamrab olgan, har narsaga yetib oshgan, har narsa va har kimdan ortib qoladi, cheksiz rahmat egasi, degan maʼnolarni bildiradi. Allohdan boshqasi bu ism va sifatga loyiq bo’lmagani uchun, bu kalimaga “Rahmati cheksiz” deb maʼno berdik. Rahim – umumiy maʼnoda yaxshilik qiluvchi degan maʼno anglatadi. Shu bilan bir qatorda, oyatlardagi maʼno oqishiga qarab, shafqatli, neʼmatidan bahraman qiluvchi, baxtga erishtiruvchi, ayaydigan, kabi maʼnolarda keladi. Bu sifat insonlarda ham uchrab turishi mumkin. Bunga misol, rahim sifati quyidagi oyatda mo’minlarning sifati qilib keltirilgan: “Muhammad Allohning elchisidir. Uning yonidagilar – kofirlarga qattiq, bir-biriga nisbatan shafqatlidir (yaxshilik qiluvchidir).” (Fath 48:29).
[3] Rasulullohga (s.a.v.) ilk vahiy (Alaq 96:1) “Yaratgan Robbing nomidan o’qi”, deb boshlangan. Bu esa, kelayotgan vahiylar Allohdan ekanini ko’rsatadi. (Nahl 16:98) oyatida “Qurʼon o’qiganingda quvilgan shaytondan Allohga sig’inib panoh so’ra”, deb buyurgani. Shu bois, Qurʼon o’qishdan avval “Aʼuvzu” aytiladi va o’qiladigan Qurʼon oyatlari Alloh tarafidan kelgan ekanini, o’qiladigan oyatlar Alloh nomidan ekanini avvalo o’quvchining o’zi his qilishi va boshqalarga ham taʼkidlab eslatishi uchun “bismilloh” bilan boshlanadi. Demak, aʼuvzu va “bismillohni” aytgan kishida shunday tushuncha va niyat bo’lishi kerak: Qurʼon o’qiyotganimda Allohning O’zidan yordam so’rayman, Unga suyanib tayanaman, Qurʼon Allohdan kelgan risolat, u mening shaxsiy fikrim yoki mening so’zlarim emas, o’qishdan maqsadim uni tushunib, unga amal qilish orqali Allohning rizosiga erishishdir. Men bu ishni Allohning amriga ko’ra bajaryapman, Uning roziligi uchun qilyapman, Undan yordam va muvaffaqiyat so’rayman, Unga suyanib-tayanaman va natijasini men uchun xayrli qilishini so’rayman.
[4] “Rabb – ega/xoja degani (Imom Nahhos, Maʼonil-Qurʼon). Arab tilida bu kalima baʼzan insonlar uchun ham ishlatiladi (Yunus 12:50). Allohga nisbatan ishlatilganida «Yaratgan Ega” “Ega”, “Xoja” deb tarjima qilinsa ham bo’ladi. Bir narsaning yo’qdan bor qilib yaratgan egasi uning haqiqiy egasi hisoblanadi. Ko’p oyatlarda Robb kalimasidan keyin yaratish sifati keltiriladi (Niso 4:1), (Aʼrof 7:45), (Yunus 10:3), (Alaq 96:1). Alloh barcha borliqning egasidir. Uni O’zi yaratdi va O’zi egalik qilib boshqaradi. Shu bois, ko’p o’rinlarda «Robb» kalimasiga “ega” deb maʼno beriladi.
[5] Hamd – mukammal darajada maqtash, afzallik taraflama chiroyli taʼriflashdir (Imom Nasafiy, Saolibiy, va Tantoviy). O’zbek tilida bunga olqish deyiladi. Osmonlar va yerdagi barcha narsa Allohga hamdu sano/olqishu maqtov aytib ulug’laydi (Isro 17:44). Mo’min banda Allohga kechasiyu kunduzi, kun chiqishidan oldin ham kun botishidan oldin ham hamdu tasbeh/olqishu maqtov aytib ulug’lashi kerak. Chunki bu haqida ko’plab oyatlarda eslatmalar berilgan (Toha 20:130), (Naml 27:59), (Naml 27:93), (Luqmon 31:25), (G’ofir 40:55). Inson Ilohiy bir fazilatga erishganida yoki biror bir g’am-anduhdan qutulganida ham Allohga hamdu tasbeh aytishi kerak (Mo’minun 23:18), (Naml 27:15), (Fotir 35:34). Hatto uyqudan uyg’onibla boshqa bir ishga kirishmay turib ham Allohga hamdu sano:olqishu maqtovlar aytib Uni ulug’lashi, Uning O’ziga xos sifatlarini aytib zikr qilib eslashi kerak (Tur 52:48).
[6] Sarhisob kuni – hech kimni boshqa biriga foydasi tegmaydigan, ishlar faqat Allohga havola bo’ladigan kundir (Infitor 82:17, 19). Dunyoda qilingan ishlarning barchasi oxiratda hisob-kitob qilinadi va qilingan ishlarga munosib jazo yoki mukofot beriladi (Nur 24:25), (Zoriyot 51:6), (Infitor 82:17, 19). Har kim qilgan yaxshiligi (qabul bo’lgan bo’lsa) yoki yomonligi uchun (kechirilmagan bo’lsa) albatta qiyomatda jazo yoki mukofotini oladi. Shu bois qiyomatga hisob-kitob yoki mukofot/jazo kuni deb aytiladi.
[7] Ibodat – bosh egib itoat qilishdir (Abdulqohir Jurjoniy, Imom Nahhos, Imom Zajjoj), bosh egib buyurilgan ishni qilishdir (Faxruddin ar-Roziy). Buni o’zbek tilida so’zsiz itoat qilish deyiladi. Mana shu oyatga amal qilgan inson o’zini Allohning bandasi ekanini so’z va amal bilan tasdiqlagan bo’ladi. Amalsiz quruq gap bilan ibodat bo’lmaydi. Allohdan boshqa hech kimni aytgani so’zsiz va shartsiz amalga oshirilmaydi. Aks holda, Allohdan boshqasiga qullik boshlanadi.
[8] Bu oyatda keltirilgan yordam so’rash – Allohdangina so’raladigan maʼnaviy yordamlarga ishorat qiladi. Masalan: Qilgan ibodat va duolarni qabul bo’lishi, qalbimizdagi nifoq, riyokorlik, ishonchsizlik kabi maʼnaviy kasalliklardan panoh so’rab, O’zidan shifo tilash va shu kabi Allohdan boshqa hech kim bajara olmaydigan narsalarni Uning O’zidangina so’raymiz. Lekin, moddiy va jismoniy yordamlarni boshqa insonlardan ham so’raymiz. Masalan: Yukimni ko’tarishib yuboring va shu kabi jismoniy yordamlar albatta insonlardan so’raladi, lekin Allohdan so’ralmaydi. Har narsa Allohning mulki ekanini hamma biladi. Lekin, Undan to’g’ridan-to’g’ri yordam so’raladigan o’rinlarda, baʼzi insonlar Alloh bilan o’zlarini orasiga muqaddas va muborak deb bilgan baʼzi kishilarni vosita sifatida qo’yib, yordamni o’sha vositachilar orqali so’rashadi. Bunday duo qilish – vositachilarni Allohning darajasiga olib chiqish degani bo’lib qoladi va bu ham shirkni bir turidir. Bu oyat Allohdan mana shu shaklda, yaʼni oraga birovni qo’shmasdan, to’g’ridan-to’g’ri Allohning O’zidangina yordam so’rash kerakligini bildirmoqda. Bu oyatdagi yordam insonlardan emas, balki Allohdan so’raladigan yordam ekanini quyidagi oyatlardan bilib olamiz. Chunki insonlarni bir-biriga yordamchi bo’lishlari, o’zaro yaxshilik qilishlari buyurilgan. Aloqador oyatlar: (Moida 5:2), (Baqara 2:177), (Zariyat 51:19), (Maorij 70:24, 25).
[9] To’g’ri yo’lga muvaffaq qilishni so’rash – to’g’ri yo’lda bardavom qolishni so’rash va undagi ziyodalikni tilashni bildiradi. Siroti-mustaqim – Allohning kitobidir (yaʼni Undagi dindir) (Ibn Kasir, Ali r.a dan rivoyati, Ibn Jarir Tobariy, Imom Ahmad va Termiziy Ali r.a. rivoyati). Demak, to’g’ri yo’l – Qurʼonda ko’rsatilgan Islom dinidir, Rasululloh bizga olib kelgan tavhid dinidir. Qurʼonni mahkam ushlagan inson albatta to’g’ri yo’lda yuradi (Anʼom 6:151, 153), (Zuxruf 43:43). Bu haq yo’lda mustahkam yurish uchun esa Allohning kitobiga amal qilish kerak, uning uchun kitobni tushunib o’qish kerak. Zero, barcha ilohiy kitoblar insonlar tushunsin deb nozil qilingan (Ibrohim 14:4).
[10] Allohning g’azabiga duchor bo’lganlar – Alloh ulardan norozi bo’lgan kishilardir. Alloh norozi bo’ladigan va g’azabga giriftor bo’ladigan kishilar kimlar ekanini quyidagi oyatlardan bilib olamiz:
G’azabga giriftor bo’ladiganlar:
Yahudiylar (Baqara 2:61, 90), (Oli Imron 3:112), (Moida 5:60), (Aʼrof 7:152).
Qasddan bir mo’minni o’ldirganlar (Niso 4:93)
Haqqa qarshi oyoq tirab turib olganlar (Aʼrof 7:71)
Imon va vatan himoyasi yo’lidagi jangdan qochganlar (Anfol 8:16)
Islom dinidan qaytgan murtadlar (Nahl 16:106)
Nonko’rlar (Toha 20:81)
Allohning dini xususida (dinga qarshi) munozara olib boradiganlar/bu ishga bel bog’laganlar (Sho’ro 42:16)
Eriga tuhmat qilgan ayol (Nur 24:9)
Munofiq erlar va munofiq ayollar (Fath 48:60)
Mushrik erlar va mushrika ayollar (Fath 48:6)
[11] Alloh kimlarni adashgan deyishini quyidagi oyatlardan bilib olamiz:
Allohning oyatlariga nisbatan yolg’on munosabat bildirganlar (Mo’minun 23:105, 106)
Ishonganidan keyin imonini yashirganlar (Moida 5:12)
Allohning yo’lidan to’sganlar:Allohning yo’liga qarshi chiqqanlar (Niso 4:167)
Din xususida haddan oshganlar (Moida 5:77)
Shubha-gumonga qarab ish tutadiganlar/gumonga ergashadiganlar (Anʼom 6:116)
Dunyo hayotini oxirat hayotidan afzal ko’rganlar/dunyo ishini oxirat ishidan birinchi o’ringa qo’yganlar (Ibrohim 14:3)
Allohga shirk qo’shganlar (Niso 4:116)
Fosiqlar/yo’ldan chiqqanlar (Moida 5:108), (Anʼom 6:77)
Allohdan boshqasiga duo qilganlar/Allohdan boshqasini yordamga chaqirganlar (Ahqof 46:5)
Allohni qo’yib shaytonlarni valiy qilib olganlar (Aʼrof 7:30)
Haqsizlik qiluvchilar/zolimlar (Maryam 19:38)
Alloh va Rasuliga qarshi bo’lganlar (Ahzob 33:36)
Allohning zikriga/oyatlariga nisbatan bag’ri tosh bo’lganlar (Zumar 39:22)
Allohga va Uning oyatlariga chaqirganlarning daʼvatini qabul qilmaganlar (Ahqof 46:32)
Qiyomat qoyim bo’lishi va u kundagi hisob-kitobga ishonmaydigan kimsalar (Sho’ro 42:18)
Munofiqlar (Baqara 2:8, 16)
Alloh nozil qilgan kitoblarni va undagi hukmlarni yashirib berkitganlar (Baqara 2:174-175)
Kofirlar (Haqqa qarshi chiqqanlar) (Niso 4:136)
Mushriklar (Niso 4:116) (Ibrohim 14:30)
Dunyodagi mol-davlat va zeb-ziynatga aldanib haqdan uzoqlashib ketganlar (Yunus 10:88)
Nafsining orzulariga ergashib ketganlar (Yusuf 12:30)
Allohning kitobidan uzoqlashib ketganlar (Toha 20:52) (Luqmon 31:6)
Allohning kitobidan dalil keltirmasdan, Alloh haqida va Allohning hukmlari haqida gapirib yuradiganlarga qo’shilib olganlar, ergashib olganlar (Haj 22:8, 9)
Yomon insonlarni o’ziga do’st qilib olganlar (Furqon 25:28, 29)
Haq va haqiqatni tan olmay uni yolg’onga chiqarishga uringanlar (Qalam 68:7, 8)
[12] Alloh baxt-neʼmat bergan kishilar – payg’ambarlar, sodiqlar, shahidlar va yaxshi kishilardir (Niso 4:69). Ular ham Islom diniga amal qilishgan. Shuning uchun ularning yo’llari ham to’g’ri yo’l bo’lgan. Zero, Allohning dini yagona Islomdir (Oli Imron 3:19).
[13] Amin – “Allohim qabul qil” degani. Bu so’z g’ayridinlarda ham ibodat va duolar so’ngida aytiladigan so’zdir (Lisanul Arab). Bu kalima Qurʼonda keltirilmagan. Muhammad alayhissalom namozda Fotiha surasini orqasidan o’zi ham aytgani hamda jamoatdan ham aytishni istagani rivoyat qilingan (Buxoriy, Tafsir 2; Muslim, Solat 62,87).
[14] Alaq surasining boshida “Yaratgan Egang nomi bilan o’qi”, deb buyurilgani uchun, Qurʼon o’qishdan avval Allohning nomini aytish kerak, “Bismillahir-rohmanir-rohim” iborasi Qurʼon oyatlaridan biri bo’lgani uchun (Naml 27:30), Qurʼon o’qishdan avval aynan o’sha ibora aytiladi. Shuning uchun har bir suraning boshida yozilgan. Tavba surasi bundan mustasno. Qurʼon o’qishdan avval shaytondan qochib Allohga iltijo qilish kerak, shuning uchun “Aʼuvzu billahi minash-shaytonir-rojim”, yoki “Astaʼiyzu billahi minash-shaytonir-rojim” deyish kerak (Nahl 16:98).
[15] Bu harflarga “hurufi muqattoa” va “hurufut-tanbeh” deyiladi. Qurʼoni Karimning bundan boshqa yana 28 ta surasi mana shunday, yaʼni o’quvchi va eshituvchining diqqatini va fikrini jalb qilish uchun arab tiliga xos bir qoida bilan boshlangan. Hurufi muqattoadan keyin keladigan oyatlar asosan Qurʼonning asl mohiyati, mazmuni va o’zidagi usul va qoidalarni, Qurʼonning nozil bo’lishidagi maqsadi va Payg’ambar alayhissalomning Qurʼonga nisbatan yuklatilgan vazifasi haqida bayon qilib beruvchi oyatlar kelgan. Payg’ambar alayhissalomga bularning maʼnolari haqida hech qanday savol berilmagan. Bu esa, u harflarda turli ilohiy sirlar yashirilmaganini, aksincha ularning maʼno va mohiyati ochiq-ravshan bo’lganini bildiradi. Yaʼni tanbeh harflaridir. Demak, bu harflardan qasd qilingan narsa; bulardan keyin o’qiladigan oyatlarga o’quvchi va eshituvchilarning diqqatini jalb qilishdir. O’zbek tilida bu kabi holatlarda “Diqqat! Diqqat!” kalimasi foydalaniladi.
[16] Qurʼon Allohdan kelganida, U Muhammad alayhissalomga nozil bo’lganida, mo’jizaviy va
mislsiz kitob ekanida, qiyomatgacha Alloh tarafidan muhofaza qilinishida,
undagi hukmlarda, tarix va kelajakdan xabar beruvchi maʼlumotlarda umuman shubha yo’q.
[17] Taqvo asosan quyidagi 5 maʼnoni bildiradi:
Qo’rqish, xato va nojo’ya ishlardan saqlanish:o’zligini saqlab qolish, tiyilish, masʼuliyatli yondashish/javobgarlikni his qilish. Shu bois, taqvo kalimasiga maʼno oqishiga qarab turli maʼno beriladi.
[18] Hidoyat o’z o’rnida Allohga, baʼzan payg’ambarlarga va baʼzan payg’ambarlarning vorislariga nisbatan ham ishlatiladi. Allohning hidoyat qilishi 4 (to’rt) xil bo’ladi:
Alloh O’zining borligini, birligini va insonga har narsadan yaqin ekanini har tomonlama ko’rsatib-bildirib qo’yadi. Mana shu sababli Alloh taoloning ikkinchi o’ringa qo’yib, undan boshqa narsalarni birinchi o’ringa qo’yishni shirk deb bildiradi va bu gunohni kechirmaydi (Niso 4:48). Alloh taolo noto’g’ri yo’lga kirib qolganlar va xatoga qo’l urganlar bandalarining qalb va ongiga bir shaklda sezdirib ogohlantirib qo’yadi (Shams 91:8, 10), (Anʼom 6:125).
1) Yaxshini yomondan ajrata oladigan insonlarga rahbarlik qilishidir. Bu haqidagi bir oyat shunday: (Zariyat 51:20, 21)
2) Elchilari orqali kitob yuborib, u bilan insonlarga yo’l ko’rsatishidir. Shu bois Payg’ambarlarga yuborilgan har bir kitobga “huda” yaʼni rahbar va qo’llanma sifati beriladi.
3) To’g’ri yo’lda yurishni xohlagan kimsalarni Alloh O’z yo’liga qabul qilishi va uni to’g’ri yo’lda ekanini tasdiqlashidir (Ibrohim 14:4).
Allohning elchilari va ularning vorislariga nisbat beriladigan hidoyatga (Qurʼondagi yo’lga) yetaklash, boshlash, daʼvat qilish, ko’rsatib qo’yish deb aytiladi.
Qurʼon to’g’ri yo’l ko’rsatuvchi qo’llanma bo’lishi uchun, musulmonlar dinu dunyo ishlaridagi muammo va ixtiloflariga yechim izlash maqsadida Qurʼonga samimiy, shubha qilmagan va qatʼiy ishongan holda murojaat qilishlari kerak. Ana shundagina Qurʼon samimiy musulmonni hayotidagi muammolariga to’g’ri yechim chiqarib beradi. Alloh taolo bu haqda shunday marhamat qiladi:
“Albatta, bu Qurʼon eng to’g’ri yo’lga boshlaydi” (Isro 17:9).
Demak, xoh u oilaviy masalada bo’lsin, xoh iqtisodiy, xoh muomala-madaniyatiga bog’liq bo’lsin, Qurʼonda ko’rsatilgan har bir yo’l eng to’g’ri yo’ldir.
[19] G’aybga ishonish deganda shu uchta maʼno tushuniladi:
Allohni ko’rmasa ham, Uning tabiatda yaratgan va Qurʼondagi nozil qilgan belgi-alomatlarini o’qib, uqib va aql yuritib ishonish (Qof 50:33, 56), (Yasin 36:11), (Fatir 35:18). Allohni Qurʼonda bildirgan g’ayb xabarlariga ishonish: (Oli Imron 3:44), (Hud 11:49), (Yusuf 12:102). Bular orasiga o’tmishdagi bizga maʼlum bo’lmagan tarixiy voqealar, oxiratda bo’ladigan voqealar, jannat va jahannam kabi xabarlardir. Insonlardan holi joyda bo’lgan vaqtda ham, uni hech kim ko’rmagan holatda ham Allohga bo’lgan imon-eʼtiqodida sodiq qoladi va o’sha eʼtiqodi asosida harakat qiladi, Allohga bo’lgan imon-eʼtiqodiga xiyonat qilmaydi.
[20] Imon – tasdiq, iqror, ishonchdir. Qurʼonga to’liq ishongan va undagi mo’minnnik sifatlariga ega insonlarga komil mo’min deyiladi. Baʼzi bir mufassirlarga ko’ra imon – 3 ta narsaning ismidir: 1. Bir narsani bilish, 2. O’sha bilgan narsasiga ishonish 3. O’sha ishongan narsasiga amal qilish imon deyiladi.
Gohida imon kalimasi bu uchalasining har biri uchun ham ishlatiladi. Imonning past-baland martabalari bo’ladi. Uning eng yuksak martabasi mujassam bo’lgan insonlar ushbu oyatlarda bayon qilingan: “Chin mo’minlar – Alloh yod etilganida yuraklari titragan, ularga Uning oyatlari tilovat qilib berilganida imon-ishonchi ortgan va yaratgan Egasiga suyanib-tayanadiganlardir” (Anfol 8:2), (Tavba 9:24), (Mujodala 58:22).
[21] Oyatda keltirilgan “solat” kalimasi duo, istig’for, ko’mak, daʼvat, kundalik namoz, din, ibodat, diniy vazifa, burch, kabi farqli maʼnolar anglatadi. Shu bois, oyatlardagi “solat:solavat” kalimalariga jumladagi maʼno oqishiga qarab hamda arab tili adabiyotidagi balog’at va fasohat ilmining yetakchilaring qarashlari asosida turli maʼnolar berdik. Chunki, solat kalimasi baʼzi oyatlarda aynan kundalik besh vaqt namoz haqida kelgan bo’lsa, yana boshqa oyatlarda boshqa maʼno va farqli hukmlar ifodalab kelgan. Biz shunga asosan maʼno berdik. Namoz – shaxsiy, yaʼni Alloh bilan bandani o’rtasidagi eng fazilatli amaldir. bundan tashqari bandani banda o’rtasidagi — oilaviy va ijtimoiy masalalarda ham diniy vazifalari bor. Masalan, adolat, tenglik, erkinlik, yaxshilikka ko’mak berib yomonlikka qarshi chiqish, o’zaro yaxshilik , masʼuliyatlilik va shu kabi insoniy go’zal fazilatlarga rioya qilib yashashdir. Bundan maʼlum bo’ladiki, Alloh bilan o’zining o’rtasidagi bitta ibodat bo’lmish namozni ado etish bilan qolgan oilaviy, ijtimoiy va global masalalardagi rioya qilishi, bajarishi buyurilgan buyruqlar hamda saqlanishi kerak bo’lgan taqiqlarga ham namozga muhabbat va ixlos qilgani kabi ixlos qilishi va imkon qadar Islomga to’laligicha amal qilishi kerak bo’ladi. Salot kalimasi kundalik bajariladigan namozga aloqador holda quyidagi oyatlarda kelgan: (Baqara 2:238, 239), (Niso 4:101,103), (Isro 17:78), (Hud 11:114). (Toha 20:14), (Juma 62:9,10), (Maorij 70:23,34). Undan tashqari Robbimiz O’zini ko’p-ko’p zikr qilishga, ulug’lab sharaflashga (Ahzob 33:41), Ulug’ va Oliy ismini poklab yod etishga (Aʼlo 87:1), (Voqea 56:74, 86),
(Haqqo 69:52) buyurgan. Kundalik namoz o’qish mobaynida musulmonlar allohni ulug’lab sharaflaydi, Unga taʼzim qilib bosh egadi, Unga tasbeh aytadi, Unga bo’lgan imonlarini yangilab imonlarini ziyodaligi va ixlosu muhabbati ortishiga erishadi, ham oziga hamda qolgan mo’minlar uchun Allohga duo-iltijolar qiladi, Qurʼon oyatlaridan tilovat qiladi. Namoz mana shunday ko’plab zikru tasbehlar, duoyu iltijolar, Qurʼon tilovati, Allohga taʼzim qilib bosh egish va Uni ulug’lab sharaflash kabi ko’plab yaxshiliklarga mujassam bo’lgan fazilatli ibodatdir. Rasululloh bizga diniy vazifalarni bajarishga go’zal o’rnak bo’lgani uchun (Ahzob 33:21) u kishi yuqoridagi oyatlarda asoslangan holda kundalik namozlarini qanday ado etgan bo’lsa, u kishiga ergashgan ummat sifatida (Isro 17:47), (Aʼrof 7:158) biz ham aynan shu shaklda namoz o’qiymiz. Zero, namoz – asrlar osha bizgacha ham nazariy ham amaliy davom etib kelgan amaldir.
[22] Barcha payg’ambarning qo’lida kitob bo’lgan. (Baqara 2:136), (Anʼom 6:83-89).
[23] Rabbimizdan kelgan rahnamo Qurʼondir, undagi yo’l eng to’g’ri yo’ldir (Isro 17:9). Biz aynan unga amal qilishga buyurilganmiz (Aʼrof 7:3). Allohdan kelgan buyruq va taqiqlarga ham “huda” deyiladi (Baqara 2:38), (Toha 20:123).
[24] Qurʼonga, undagi imon asoslariga ishonmagan insonlarning qalbida Alloh taolo kofirlik zulmatini paydo qilib qo’yadi. U inson kofirligidan tavba qilmaguncha, Alloh uni hidoyat qilmaydi. Chunki, u o’ziga o’zi zulm qilgan zolim bo’ladi. Alloh zolimlarni hidoyat qilmaydi (Anʼom 6:144), (Tavba 9:19, 109), (Qasos 28:50), (Ahqof 33:10), (Sof 61:7), (Juma 62:5). Qurʼonda kofirlikning ilk o’rnagi Iblisdir. Alloh unga Odamga sajda qilishga buyurgani holda u sajda qilmadi (Aʼrof 7:21), Allohdan kelgan buyruqqa qarshi chiqdi. Shuning uchun u kofir bo’ldi. Bu va bu mavzuga aloqador boshqa oyatlarga asoslangan holda, kufr va kofirlikka oyatdagi maʼno oqishiga qarab baʼzan “qarshi chiqish, qarshilik qilish, nonko’rlik, tan olmaslik” kabi farqli maʼnolar berilgan. Qurʼonni va undagi Allohning buyruqlariga qarshi chiqadiganlar ham kufrga qadam bosgan bo’ladi. Iblis va uning yo’lini tutgan kimsalardagi bu o’zgarmas xislati sababli, kofirlik so’zini eng to’g’ri tushuntirib beradigan so’z “tan olmaslik”, “qarshi chiqish” so’zidir. Bir kishi Qurʼon Allohning Kitobi ekanini bilganidan keyin, undagi oyatlardan bir donasini tan olmasa ham kofir bo’ladi.
[25] Rasululloh insonlarni faqat Qurʼon bilan ogohlantirgan va ularni Qurʼonga chaqirgan (Anbiyo 21:45). Rasulullohni yo’lida yuraman degan kishilar ham shunday qilishi kerak.
[26] Qurʼonga chin ko’ngildan ishongan kishi undagi ogohlantiruvlarga quloq soladi va undan manfaat oladi. Haq kelganidan keyin ham uni tan olmay turib olgan kimsalarga Qurʼondagi ogohlantiruvlar foyda bermaydi. (Anʼom 6:92), (Fatir 35:18), (Yasin 36:11).
[27] Alloh taolo hech bir qulini bekordan-bekor azoblamaganidek, hech bir qulini qalbini bekordan-bekor muxrlab qo’ymaydi. Inson qachonki haqni ko’rib-bilib turib tan olmasa, undan yuz o’girsa va shu ishida qarorli bo’lib qolsa, toki tavba qilmaguncha uning qalbi muxrlangan holda qoladi. Insonning qalbi muhrlanishiga asosan o’zini iloh qilib olishi, yaʼni faqat mening aytganim bo’ladi, men nima desam shu bo’ladi, deb turib olishi sabab bo’ladi (Josiya 45:23). Aynan ana shunday kimsalar ko’proq kofir bo’ladilar, yaʼni haqni bilib turib ham, ko’rib turib ham tan olmaydilar. Oyatlar o’qilganida o’zlarini kardek tutib, go’yoki quloqlariga tamg’a bosilgandek yuz o’girib ketadilar. Ana shu ishlari sababli ham Alloh ularning qalbini muhrlab qo’yadi. (Luqmon 31:7).
[28] Bu oyatdagi “azob” kalimasiga “muammo va qiyinchilik” degan maʼno berilishi ham mumkin. (Anʼom 6:125) oyatiga qarang.
[29] Oyatdagi « xadʼu» kalimasi – reja bilan birovni chalg’itish, chuv tushurish va xiyla qilish degan maʼnoni anglatadi (Mufradot).
[30] Kasallik ikki xil bo’ladi: maʼnaviy va jismoniy. Maʼnaviy kasallik turiga munofiqlik, bilimsizlik, baxillik, qo’rqoqlik, hasad, noto’g’ri hissiyot, ko’p gumon qilish, ishonchsizlik, adovat va boshqa shu kabi insoniy fazilatlarga zid bo’lgan maʼnaviy razolatlar kiradi. Qalbida kasali bor insonlarga Qurʼon oyatlari shifo bo’lmaydi, balki yanada kasalini ortishiga sabab bo’ladi (Tavba 9:125), (Isro 17:82).
[31] Munofiqlar yolg’onchilik va munofiqlik jazosini har ikki dunyoda ham tortadilar. (Tavba 9:101).
[32] Fasod – kufr va zulmdagi umum maʼnodir. Kufr va zalolatga aloqador har qanday ishga fasod deyiladi. Fasodning ziddi bo’lgan isloh – imon va to’g’rilikdagi umum maʼnodir. Imonga aloqador har qanday foydali ishga isloh deyiladi (Tafsirur-Rog’ib). Demak, xalq orasida Islomga, jamiyatga va tabiatga zarar yetkazadigan kishilar asosan munofiq va fasodchi bo’ladi.
[33] Bu va bu kabi oyatlardagi “amanu” iborasi “Ey Qurʼonga to’liq ishonganlar” degan maʼnoni anglatad. Chunki, musulmonlar g’ayridinlar bilan asosan Qurʼonga ishonish va ishonmasligi bilan farq qiladi. Muhammad alayhissalom va yonidagi mo’minlar avvalo Qurʼonga va undagi oyatlarga imon keltirishgan (Baqara 2:286).
[34] Shayton – yovuzlik, yo’ldan ozdirish, izidan chiqarish, adashtirish kabi maʼnolarni anglatuvchi sifatdir. Shayton biron-bir shaxsning atoqli nomi emas. O’zini tuzatmaydigan, vahshiy va zararli insonlarga ham shayton deyiladi. Ular orasida eng ashaddiylari o’zlari adashgani yetmaganidek, boshqalarni ham adashtirishga urinadi va insonlarni to’g’ri yo’ldan – Allohning yo’lidan ozdirishga harakat qiladi. O’xshash va aloqador oyatlar: (Anʼom 6:112), (Furqon 25:29), (An-Nos 114:1, 6).
[35] Munofiqlar bir mashʼala bilan, yaʼni Allohning dinida ko’rsatilgan yengilliklar bilangina hayot kechirishni istaydilar, ammo ularga yo’l ko’rsatilsayu, lekin oyatlar ularning foydasiga to’g’ri kelmasa, darhol ko’rlik ro’lini o’ynashni boshlaydilar. (Baqara 2:75, 80) -oyatlarda tushuntirilgan yahudiy-munofiqlar bu va bundan keyingi uchta oyatga aloqador bo’lgan o’rnaklardir.
[36] As-summu – eshitish (tushunish) hissi yo’qlarga aytiladi. Haqqa quloq solmaydigan, haqqa moyil bo’lmaydigan kishilarni ham “summun” deb ataladi (Mufradot). Jahannamga o’tin bo’ladigan insu-jin zolimlar asosan qalbi bilan haqni topmagan, ko’zlari bilan haqni ko’rmagan, quloqlari bilan haqni eshitmagan kishilar bo’ladi (Aʼrof 7:179). Insonning ikki ko’zi ochiq bo’lsada, lekin uning qalbi ko’r bo’lsa, u hech qachon haqni ko’rolmaydi. Zero (Baqara 2:7) oyatda unday kimsalarning aqlu vijdonini va quloqlarini qilgan inkorlari sababli tamg’alab qo’yilgani bildirilgan edi. Ko’zlar ko’r bo’lmaydi, dildagi qalblar ko’r bo’ladi (Haj 22:46).
[37] Munofiqlar va haqni tan olmaydigan qaysar odamlarga Qurʼon oyatlari xuddi qattiq yog’ayotgan yomg’irdek va gumburlagan momaqaldiroqdek taʼsir o’tkazib, ularni qo’rqitib yuboradi. Shu sababli unday kimsalar o’zlarining shaxsiy manfaatlariga mos kelmaydigan oyatlarni eshitishni xohlamaydilar, eshitmaslik uchun har qanday bahona va choralar ko’rishga urinadilar.
[38] Munofiqlar o’ziga to’g’ri kelgan oyatlarga amal qilishadi, ishiga to’g’ri kelmagan oyatlar qarshisida jim bo’lib qoladi. “Azlama” feʼlida “qorong’ilikni bostirishi” dan tashqari, “porlash, oydinlatish, yorug’lik” degan maʼnolari ham bor (Al-ayn) “Chaqmoq ko’zlarini o’yib olgudek” yoki “ko’zlarini ko’r qilgudek” so’zi – munofiqlar Qurʼonning oydinligi qarshisida jim bo’lib olganligini ko’rsatib beradi.
[39] “Shaʼa” feʼlining masdari “shayʼun” bo’lib, bir narsa qilish, bir ishni amalga oshirish, mavjud bir predmet degan maʼnolarni anglatadi (Mufradot). Bu feʼlga foili kim ekaniga qarab, hamda jumladagi maʼno oqishiga qarab, baʼzi o’rinlarda “xohlasa” va baʼzi o’rinlarda “munosib bo’lsa”, “munosib bilsa” yoki shunga o’xshash maʼno beriladi.
[40] Taqvodorlarga vaʼda qilingan jannat vasfi uchun qarang: (Raʼd 13:35), (Furqon 25:15), (Muhammad 47:15).
[41] Oyatdagi “andod” kalimasi – sifatlarda Allohga o’xshagan degani (al-Ayn). Bu narsani aql qabul qilmagani uchun, oyatda “bilib turib” deb keltirilgan. Shirkka tushib qolganlar asl maqsadlari Allohga yaqinlashmoq ekanini, andodlarga (pir, murshid yoki shayxlariga) duo va iltijo qilishlarini sababi faqatgina vositachi ekanini aytib, o’zlarini aldab yuradilar. Diniy hukm va arkonlarda Qurʼonni o’rtadan chiqarib yuborganlar ham aynan shu oyatda aytilgan hukm ostiga kiradilar. Alloh taolo mahshar kuni hech kimni hech kimga hech qanday foydasi tegmasligini, u kunda barcha ishlar Allohning ixtiyorida bo’lishini (Infitor 82:19) ochiqdan-ochiq bildirib o’tgan (Baqara 2:254). Bundan tashqari, Qurʼonda mahsharda hisob-kitob tezda tugatilishi aytigan bo’lsada (Anʼom 6:62), ammo bu va bunga o’xshash oyatlarni ko’rmaslikka va bilmaslikka oluvchi kimsalar, insonlarni o’sha kunda uzundan-uzun hisobga tortilishga va ularga hisob-kitob vaqtida yordam bilan taʼminlashni ishontirish maqsadida Nabiyimizni shafoat etish eʼtiqodini qabul qilib, Islomga bu narsani kirgizib qo’yishgan. Mahsharda shafoat yo’qligini, shafoat Allohdan boshqa hech kimga oid emasligini ochiqcha o’rgatib o’tgan oyatlarni bilgani holda, Nabiyimizdan shafoat kutganlar mana shu izohi yozilayotgan oyatning hukmi ostiga kiradi.
[42] Qurʼondan shubhalanganlar haqida ushbu suraning 2-oyatining izohiga qarang. Kimlardir Qurʼonni to’qilgan (Sod 38:7), kimlardir uydirma va sehr degan (Sabaʼ 34:43).
[43] Oyatdagi “duvn” (دون) kalimasi “yaqinlashtirish”, “pastda deb bilish” va yuqorining ziddi“ degan maʼnolarni bildiradi (Tajul-Arus). Mushriklar o’zlari muqaddaslashtirib olgan borliqlarni bir tomondan Allohga, boshqa bir tomondan esa insonga o’xshatib olib, uni Alloh bilan o’zlarini orasidagi bir maqomga joylashtirib olishadi va o’sha yo’l va maqom orqali Allohga yaqinlashishga urinishadi. Oyatlardagi ”min-dunillah» iborasi ko’pincha mana shu maʼnoni bildiradi. (Qof 50:16) -oyatga ko’ra, har qanday ishda Allohni ikkinchi o’ringa qo’ygan kishi mushrik deyiladi. Xristianlar Isoni Allohning o’g’li, Makka mushriklari butlariga Allohning qizlari, pir va shayxlarini vositachi qilib olganlar esa, ularni Allohning do’sti deb hisoblashlari aynan shu sabablidir. Shunday qilib, ular o’zlarining nerv hujayralari va shox tomirlaridan ham yaqin bo’lgan Allohni o’zlaridan uzoqlashtirib, o’zlariga foyda va zarar keltira olmaydigan kimsalarni o’zlariga Allohdan ham yaqin qilib oladilar, avval ularga duo qilib, keyin Allohga duo qiladilar (Moida 5:76). Natijada, Allohga andod qo’shgan va shirkka qo’l urgan bo’ladilar.
[44] Jahannamdagi azob-uqubatlar undagi jinoyatchilarning qilmishiga qarab farqli bo’ladi. Munofiqlarga boshqa (Niso 4:145), Firʼavn xonadoniga boshqa (G’ofir 40:46), va shu oyatdagidek yoqilg’isi tosh va insonlardan iborat bo’lgan – kofirlar uchun tayyorlangan azob boshqa bo’ladi.
[45] Juft deb tarjima qilingan “zavj” kalimasi faqatgina ayollar uchun ishlatilmaydi. Bu kalima Qurʼonda erkaklarga ham ayollarga ham birdek ishlatiladi. Bundan – faqat erkaklarga ayol juftlar beriladi degan maʼno chiqmaydi. Jannatdagilarga juftlar beriladi degani, Jannatga kirgan hech kim unda o’zi yolg’iz qolmaydi, degani bo’ladi. Oyatdagi “mutohharo” kalimasi esa, undagi juftlar yetishmovchiliklardan xoli qilinganiga, bu esa, biri boshqasidan ayb va kamchilik ko’rmaydi va istamaydi (Voqea 56:61) degan maʼnoga ishorat qiladi. Jannatdagi hurlar er yoki xotin emas, balki xizmatkor sifatida beriladi (Duxon 44:54), (Tur 52:20), (Tur 52:26) – oyatiga ko’ra, g’ilmonlar ularning kichik yoshda vafot etgan bolalari ekani maʼlum bo’ladi.
[46] Alloh taolo (Haj 22:73) -oyatga pashshani misol qilib keltirgan, (Ankabut 29:41) – oyatida esa o’rgimchakni misol qilib keltirgan.
[47] Alloh hidoyatni tanlagan kishilarga hidoyat nasib qiladi, zalolatni tanlagan kishilarga zalolatni ravo ko’radi (Ibrohim 14:4). Dunyo hayoti imtihon bo’lgani uchun (Mulk 67:2), Alloh taolo bandalarning hidoyat va zalolatini o’z ixtiyorlariga topshirib qo’yadi. Allohning imtihoni insonlarning imtihoni kabi bo’lmaydi. Insonlar o’zlarini kim ekanini, mo’min yoki kofir, shukr qiluvchi yoki nonko’r, kim nimaga loyiq ekanini bilib olishlari, o’z qilmishlarini o’zlariga guvoh qilib keltirib, jannat yoki jahannamga loyiq ekanini bildirib qo’yish uchun imtihon qiladi Alloh.
[48] Ahd ikki xil bo’ladi:
- Payg’ambarlar orqali kelgan ilohiy kitoblarga ishonib, unga amal qilaman deb berilgan ahd (Baqara 2:285), (Moida 5:7), (Nur 24:51).
Inson bo’lib yaratilishdagi ahd (Aʼrof 7:172). Har bir inson voyaga yetayotgan davrida Allohni borligi va birligini, o’zini Uning tasarrufi ostida ekanini, Alloh uning egasi ekanini tasavvuriy va ongli bir shaklda eʼtirof etadi va Allohga qaysidir maʼnoda bog’liq ekanini ichidan his qiladi va tan oladi (Fussilat 41:53). Bu holat “Alastu bi-Robbikum” atamasi bilan mashhur (Aʼrof 7:172). Ammo, anʼanaviy davom etib kelgan eʼtiqodga ko’ra, bu narsa butun ruhlar yaratilgan kunga aloqador deb iddao qilinadi. Agar ularning aytishicha bo’lib, barcha ruhlar birdaniga yaratilgan bo’lsa, u narsa bolani shakllanishidan so’ng unga ruh puflanishi haqidagi Qurʼondagi barcha oyatlarga zid va qarama-qarshi bo’lib qoladi. (Qarang: Sajda 32:9) Allohga va Uning Kitobiga ishonib, imon keltirdim deganidan keyin, unga amal qilmagan insonlar asosan mana shu oyat hukmiga tushib qoladi. Bu haqida (Baqara 2:99,101) oyatlarga ham qarang.
[49] Alloh buyurgan bog’liqlik deganda ikkita maʼno tushunilishi mumkin:
- O’tmishdagi payg’ambarlarga ishonib yashayotgan insonlar o’sha imonini so’ngi payg’ambarga ham bog’lab, imonini ana shu holatda davom ettirish kerakligini ham (Baqara 2:136, 285), (Oli Imron 3:84),
- Qarindosh-urug’chilik rishtalarini uzmaslik kerak degan maʼnoni ham o’z ichiga oladi.
[50] Buzg’unchilik deb tarjima qilingan “fasod” kalimasi – kufr va zalolatdagi umumiy maʼnodir. Kufr va zalolatga aloqador har qanday ishga fasod deyiladi. Saloh – imon va to’g’rilikdagi umumiy maʼnodir. Imonga aloqador har qanday foydali ishga ham saloh (fasodning ziddi) deyiladi (Tafsirur-Rog’ib).
[51] Har bir inson onasining qornidaligida 4 oyga to’lmay turib o’lik hisoblanadi. Qachonki unga ruh berilganida, ana shunda u tirik va inson deb ataladi.
[52] (Fussilat 41:9, 11) oyatlarga ko’ra, Alloh taolo yer va undagi narsalarni hayot uchun tayyorlab bo’lganida, osmon katta bir tutun holatida bo’lgan. Avval yerni, keyin osmonni shakllantirgan. Yer shari ikki kunda yaratildi; yemoq-ichmoqni o’lchov va meʼyorlari tamomlanishi uchun muddat to’rt kunga uzaytirildi. So’ngra yana ikki kunda osmonlar yaratildi (Fussilat 41:9, 12) Tabiatga hayot berishda sabab bo’lgan quyoshning nurlari (zuho) o’rtaga chiqib kecha va kunduz paydo bo’lishi orqali, yer yuzi o’simliklar bilan ozuqalantirildi. (Naziat 79:27, 33) Qurʼonda keltirilgan kun bizga ko’ra ming yil (Sajda 32:5), yoki ellik ming yil (Maorij 70:4).
[53] Xalifa – orqada qolish, muxolifat-qarshilik qilish, degan maʼnolarini bildiruvchi “xolf” o’zagidan turlangan bo’lib, bo’rttirib ko’rsatish uchun (ة) harfi qo’shilishi orqali hosil bo’lgan (Lisan al-Arab). Yana nimagadir egalik qilish, degan maʼnolarni ham anglatadi. inson yer yuziga hukmron qilib tayinlangan. Yaratgan Alloh yerni nsoniyatga omonat qilib topshirgan. Demak, insonda ikkita asosiy xislat bor: 1) Yer yuziga hukmron bo’lish, undan to’g’ri maqsadda foydalanish va uni adolatli boshqarish. 2) Bir-biriga muxolafat qilish. Insoniyat hayoti davomida bir-biriga xilof bo’lib yashaydi. “… yaratgan Egang ikrom aylaganlardan boshqalari bir-birlariga muxolif (qarshi) bo’lishda davom etadilar. U ularni shuning uchun yaratgan” (Hud 11:118, 119). Xalifa kalimasiga siyosiy tomondan beriladigan xalifa maʼnosi berib bo’lmaydi. Chunki, birovga xalifa bo’lish va xalifalikni boshlash uchun uni xalifa qilib qoldirgan shaxs yo o’lishi yoki ishini tashlagan yoxud ishga yaroqsiz bo’lib qolgan bo’lishi kerak. Xosho! Alloh bunday kamchiliklardan pokdir. Zotan ilk yaratilgan Odam ham, uning zurriyotidan bo’lgan insonlar ham Allohning hech bir ishini davom ettira olmaydi, shu sabab Allohga xalifa bo’lolmaydilar. Bu kalimaga oyat mazmuniga qarab “masʼul” deb maʼno berdik.
[54] Taqdis — تقديس poklash degani (Maqoyis). Bu yerda nazarda tutilgan narsa tabiat qonunlarini buzishdan va qon to’kuvchilikdan uzoq va xoliy deb bilishdir. “Nuqoddisu lak” so’zi “nuqoddisuhu lak” taqdiridadir. Bu jumlaga “biz Seni zotingda ham qilgan ishlaringda ham va sifatlaringda ham aybu nuqson va kamchilik yo’q deb bilamiz”, degan maʼno bersa ham bo’ladi. Yoki, “Ey yaratgan Egamiz, Seni zotu sifatingda ayb va kamchilik bo’lmagani sababli, Seni yerda bir borliq yaratish ishiga qo’l urishingda ham hech qanday xato va kamchilik yo’q. Sen buni yaratishingda ham chiroyli maqtovga loyiqsan”, degani bo’ladi.
[55] Malaklar ibtidoiy insoniyatni qilayotgan ishlariga qarab xulosa chiqargan bo’lishi mumkin. Lekin, odamzotga beriladigan ilm-maʼrifat orqali ular nimalarga qodir bo’lishi va ular qanday yutuqlarga erishishidan/potensialidan bexabar bo’lishgan. Masalan, miya rivojlanishi, ilm-fan kashfiyotlari, yaratuvchanlik, ijodkorlik, maʼnaviy rivojlanish, (payg’ambarlar kelishi,,olimlar, islohotchilar, adoaltli jamiyat), tavba qilib o’zini tuzatish, yomonliklardan qaytish, o’zini isloh qilish obiliyatlari va imkoniyatlari. Insoniyat mana shu jihatlari bilan fazilatli va hurmatga savozor bo’ladi. Shu bois odamzotga yerda katta masʼuliyat yuklatilgan.
[56] U ilm malaklar uchun g’ayb – bilinmagan narsa edi. Odamga o’rgatilgani uchun, endi u g’ayb holatidan chiqib bo’lgan. (Hijr 15:27-31) va (Sod 38::71) oyatlarida Alloh taolo malaklarga yerda qora loydan bashar yaratayotganini, uni shaklini to’g’rilab bo’lib, unga ruh puflanganida Odamga sajda qilishlari kerakligini oldindan ogohlantirib qo’yganini bildirib o’tgan. O’shanda farishtalarni ichida tashqariga chiqara olmagan nimadir gaplari qolib ketgan bo’lishi mumkin.
[57] Oyatdagi sajda kalimasidan ikki xil maʼno chiqadi: 1) Xizmat qilish. 2) Ulug’lash. Agar birinchi maʼnoni bersak, malaklar ham Odamga xizmat qilishga buyurilgani maʼlum bo’ladi. Agar ikkinchi maʼnoni bersak, malaklar Odam uchun Allohga sajda qilishi kerakligi maʼlum bo’ladi.
[58] Iblis qanday qilib o’zini yuqori tutgani mana shu oyatlarda bayon qilingan: (Aʼrof 7:12), (Sod 38:75).
[59] Oyat avvalida Iblis Ilohiy buyruqdan bosh tortgani va bunga mutakabbirlik qilgani sabab bo’lgani bildirildi, oyat so’ngida esa, uni kodirlardan bo’lgani bildirildi. Demak, kofir so’zining asosiy maʼnolaridan biri – Allohning amriga itoatsizlik, Uning buyrug’idan bosh tortishdir, Uning amriga qarshi harakat qilishdir. «Kofirlardan bo’ldi» iborasi ikki xil tarjima qilsa bo’ladi: 1) Kofirlardan bo’ldi. 2) Kofirga aylandi. Birinchi maʼnoga ko’ra, Iblisdan oldin ham kofir malaklar bo’lgani. Ikkinchi maʼnoga ko’ra, Iblis ilk kofir bo’lgan, degan maʼno chiqadi.
[60] Oyatda “bo’ston” deb tarjima qilingan “jannat” kalimasi shu dunyo hayotidagi bir bo’stondir. Arab tiliga ko’ra jannat – ustida ko’kalamzorlari bo’lgan bir yerga aytiladi. (Kahf 18:32, 33) oyatlariga ko’ra ham, jannat kalimasi ko’kalamzor va bo’stonlarga aytiladi. Baqara 2:30- oyatiga ko’ra, Odam (a.s.) yerda yaratildi va unga ilm berildi. (Aʼrof 7:25) oyatiga ko’ra ham, u va uning naslidan bo’lmish zurriyoti bu yerda yashaydi, bu yerda o’ladi va qiyomat kuni shu yerdan qayta tirilib chiqadi. Odam (a.s.) va uning yo’ldoshlari dunyodan tashqari biron joyga olib borilgani haqida bironta ham dalil yo’q. Ilk yaratilishda ular joylashib, keyin gunohlari sababli chiqarib yuborilgan makon oxiratda mo’minlarning boradigan jannati emas. Chunki, u jannat imtihon yurti emas, aksincha, imtihondan o’tganlarga mukofot tariqasida beriladigan, mangu qolinadigan, shayton kira olmaydigan, taqiqlangan narsalar bo’lmaydigan, xavf bo’lmaydigan, Allohning g’azabiga uchramaydigan joydir.
[61] Shayton deb, yovuzlik, fitnachilik, adashtirish, haq va haqiqatdan yiroqlashish, to’g’rilikdan ozish kabi xislatlarga, buzg’unchi va yovuz insonlarga, hatto tajovuzkor hayvonlarga ham aytiladi. Shayton – bu atoqli nom emas, balki sifatdir.
[62] Demak, to qiyomatgacha shu qonun-qoida borki, kim Alloh bergan neʼmatlar va imkoniyatlardan to’g’ri foydalanmay nonko’rlik qilsa, o’sha narsalardan mahrum bo’ladi. Maʼlumki, arab tili qoidasida narsalarni sabablarining nomlari bilan nomlash mumkin, buning ziddi ham mumkin.
[63] Kalimaning o’zagi bo’lmish aduv = عدو chegaradan chiqmoq, uyg’unsizlik va haddini bilmaslikdir. (Mufradot)
[64] Bu oyatda “ogohlantirishlar” degan so’zlar (Aʼrof 7:22) -oyatida shunday keltirilgan: “Ey yaratgan Egamiz! Biz o’zimizga haqsizlik – zulm qilib qo’ydik. Agar bizni (gunohu jazomizdan) kechmasang va bizga yaxshilik qilmasang, xonavayron bo’luvchilardan bo’lib qolishimiz aniq.”
[65] Alloh o’z vaqtida va o’z shartlari bilan qilingan tavbani qabul qiladi (Niso 4:17, 18), (Baqara 2:121), (Oli Imron 3:89).
[66] Tushinglar «ihbitu= اهْبِطُواْ» buyrug’idir. Ihbit kalimasidan osmondan yerga tushish degan maʼno chiqmaydi. Chunki, Alloh taolo (Baqara 2:61) oyatida Banu Isroilga “bir shaharga tushinglar”, deganida ham, Hud surasining 48-oyatida kemadan tushinglar iborasi uchun ham “ihbit” kalimasini ishlatgan. Arab tilidagi ko’plik eng ozi uchni ko’rsatgani uchun, ular Odam, Havvo va Iblis bo’lgan. Iblis bundan avval farishtalik vazifasidan olingan edi (Aʼrof 7:13). Demak, mavqe va martabadan tushish uchun ham ihbit kalimasi qo’llaniladi.
[67] Allohdan kelgan qo’llanmaga amal qilganlar dunyoda adashmaydi, oxiratda baxtsiz bo’lmaydi (Toha 20:123). Allohdan kelgan so’ngi qo’llanma-kitob Qurʼondir.
[68] Kazzaba = كذّب feʼli “yolg’onga chiqarish” yoki ko’p yolg’on gapirish» maʼnolarida kelgan takzib= تكذيب sig’asidan turlangan. Bu kalimaga oyatlarning so’z oqishi va maqsad ifodasiga qarab, baʼzan “yolg’onga chiqarish” va baʼzan “yolg’on-yelpi gaplar gapirish” deb tarjima qilinadi.
[69] “Isroil” Yaʼqub alayhissalomning laqabi bo’lgan. Shu nasldan kelgan millatga Banu Isroil deyiladi (Maryam 19:49, 58). Yaʼqubning otasi Isʼhoq, uning otasi Ibrohim a.s.dir (Baqara 2:133), (Hud 11:71). Yusuf, Muso, Horun, Dovud, Sulaymon, Zakariyo, Yahyo va Iso alayhissalomlar ham ular orasidan payg’ambar etib tanlab olingan zotlardir.
[70] Alloh taolo Isroil avlodidan juda ko’plab payg’ambarlar chiqargan, ularni ko’p yurtlarga hukmron qilgan va ularni Firʼavndan qutqarib qolgan. Undan tashqari, boshqalarga berilmagan ko’plab neʼmatlar aynan ularga berilgan (Moida 5:20), (Baqara 2:49).
[71] Alloh taolo barcha insoniyatga ahd qilgan/asosiy vazifa topshirgan. Bu haqida (Yasin 36:60) oyatida bildirilgan. Kimki Allohga imon keltirsa, halol-pok yashasa, yomonliklardan saqlansa, adolatli bo’lsa va Allohga itoat qilsa, uni mangu yashaydigan baxtli hayotga sazovor qiladi, yaʼni jannatiga muyassar qiladi.
[72] Insonni Allohga qilgan ahdi haqida ushbu suraning 27- oyati va izohida bayon qilindi.
[73] Qolil – bir narsani ozligini, davomli emasligi va boqiy emasligini bildiradi (Maqois).
[74] “Oyatlarimni almashtirmanglar” deganda oyatlarning hukmi nazarda tutiladi. Chunki, inson baʼzida oyatlarning hukmiga amal qilsa biron-bir o’tkinchi manfaatlardan mahrum bo’lib qolishi mumkin. Ana o’sha vaqtda o’tkinchi bir manfaat yoki obro’-eʼtiborni deb oyatlarning hukmini tark qilganlar, oyatlarni o’tkinchi manfaatga sotib yuborgan hisoblanadilar.
[75] Botil so’zda ham, amalda ham bo’lishi mumkin (Haj 22:62), (Aʼrof 7:118). Noto’g’ri so’z va tushunchalar ham botil, noto’g’ri ish ham botil. Botilni haqqa aralashtirish – botilni haq qilib ko’rsatish, haqni izlaganlarga botilni haq deb ko’rsatish, botil bilan haqni bir-biridan ajratib bo’lmaydigan qilib ko’rsatish va shu kabi harakatlarning barchasi botilni haqqa aralashtirish deyiladi.
[76] Oyatda kelgan zakot so’zi insonni ham moddiy hamda maʼnaviy pok yurishiga, halol va to’g’ri bo’lishga ishorat qiladi. Jismoniy va maʼnaviy buzuqliklardan o’zini pok saqlab yurishga ham zakot deyiladi, o’z mulkidan ehtiyojmandlarga berish orqali moddiy tomondan o’zini pok saqlagan bo’ladi. Zakot:tazkiya so’zi Qurʼonda o’ndan ortiq maʼnolarda keladi; “halol-pok” (Kahf 18:19), “begunoh, latofatli” (Kahf 18:84), “salohiyatli, parhezkor” (Kahf 18:81), “payg’ambar, elchi” (Maryam 19:19), “fahsh ishlardan saqlanish, fahsh ishlardan uzoq turish” (Nur 24:21), “Allohga itoat qilish:xizmat qilish” (Fotir 35:18), “imonga, tavhidga kirish” (Fussilat 41:7), (Abasa 80:7), “maqtash, maqtanish” (Najm 53:32), “o’zini maʼnan pok saqlash” (Shams 91:9), “mol-davlatidan berib poklanish ” (Layl 92:18), (Tavba 9:103). Islomda moddiy tomondan qilingan xayrli ishlarga ham zakot deyiladi. (Zoriyot 51:19) va (Maorij 70:24) -oyatlarda Alloh taolo boy insonlarning mol-mulklarida ehtiyojmandlarga berilishi kerak bo’lgan maʼlum miqdor haqlari bo’ladi, deb buyurgan. Demak, u inson o’ mulkidan ehtiyojmandlarning haqlari berish va xayr-sadaqalar orqali chiqarib tashlashi va shu yo’l bilan o’z mulkini poklashi kerak. U shu yo’l bilan o’z molidan muhtoj va beva-bechoralarning haqlarini chiqarib yuborgan bo’ladi. Aks holda ehtiyojmand insonlarning haqqi unda qolib ketib, mol-davlati nopok bo’lib qoladi. (Layl 92:18) oyati aynan mana shunga ishorat qiladi. Shuning uchun ham moddiy yordam va sadaqalarga “zakot” yaʼni “poklash” deb ataladi. Buni ona-tili adabiyotimizda maʼno ko’chishi deyiladi. Agar oyatdagi “zakot” kalimasiga faqat moddiy sadaqaga berilgan o’nlab maʼnolaridan biri bo’lgan “yilda bir marta beriladigan zakot” deb maʼno bersak, Qurʼonda zakot nomi ila keltirilgan boshqa buyruqlar oyat hukmidan chiqib qoladi. (Bayyina 98:5) oyatida o’tmishdagi ahli kitoblarga hanif holda dinni Allohga xolis qilib ibodat qilishga, diniy vazifalarni bajarishi va zakotni berishiga buyurilgani hamda mana shu narsa to’g’ri din ekani aytilgan. Yaʼni, dinning tamomiy hukmlari mana shu 3 narsada mujassam ekani bildirilgan: 1) Xolis Allohga ibodat. 2) Diniy vazifalarini bajarish. 3) Moddiy va maʼnaviy pok yurish. Maʼlum bo’ladiki, umumiy maʼnoda kelgan zakot kalimalariga zakot kalimasi o’z ichiga oladigan barcha maʼnolarni qamray oladigan shaklda “moddiy va maʼnaviy poklik” deya maʼno berish kerak.
[77] Bu oyatdan maʼlum bo’ladiki, ahli kitoblar ham xuddi biz kabi solat va zakot amallariga buyurilgan.
[78] Kitob – Tavrot va Injilga, yoki Qurʼonga ishorat qilgan bo’lsa ham, hukm o’zgarmaydi. Chunki, boshqa oyatlarda bu kabi xitoblar aynan Qurʼonga ishongan mo’minlar uchun ham kelgan (Sof 61:2). Boshqalarga yaxshilik qilishga buyurib, o’zi qilmaslik ham, boshqalarni yomonlikdan qaytarib, o’zi u ishni qilish ham yaxshi emas. Bu haqida ibrat uchun (Hud 11:88) oyatida bildirib o’tilgan.
[79] Tilovat – oyatlarning to’g’ri o’qilishiga rioya qilib, uning maʼnolari haqida o’ylanib fikr yuritishdir. Qurʼonni mana shunday o’qishga tilovat deyiladi (Tafsirur-Rog’ib). Maʼnolari haqida fikr yuritib, o’ylanib o’qish tilovatdir (Mufradot). Demak, o’qib, uqib, unga amal qilish uchun Qurʼon o’qigan insonga Qurʼon tilovat qildi deyiladi.
[80] Sabr ikki xil bo’ladi:
- Ko’ngli tusagan narsadan o’zini tiyib turish bo’lib, unga iffat deyiladi.
- Yomonlik va mashaqqatlarga nisbatan bardosh qilish bo’lib, bunga shijoat deyiladi (Tafsirur-Rog’ib). Shuning uchun baʼzi rivoyatlarda ro’za ibodati ham “sabr” “sabrning yarmi” deb, Ramazon oyi esa “sabr oyi” deb keltirilgan (Termiziy, Nasoiy va Ahmad rivoyatlari). O’z pozitsiyasini o’zgartirmasdan ushlab turishga ham sabr deyiladi.
[81] Musulmonlar Allohning yordamiga erishish uchun sabr-bardoshli bo’lgan holda, hech qanday shart va sharoitga qaramasdan, Allohning yo’lidan ayrilmasliklari va vazifalarini tark qilmasliklari va mana shu holatda Allohga duo-iltijo qilib Undan yordam so’rashlari kerak bo’ladi. Bu narsa, Allohga qullik qilishda azmu qarorlilik va sabr-bardoshlilikni talab qiladi. Shuning uchun, bu oyatga “Diniy burchini bardavom bajarib” deb maʼno bersa ham bo’ladi. Musulmon kishi hech qanday shart-sharoitda ham tark qilishi mumkin bo’lgani uchun ham, kundalik namozga ham salot deb nom berilgan. Yaʼni, bu oyatga “namoz bilan” deb maʼno bersa ham bo’ladi. Baʼzilar bu oyatdagi “solat” kalimasiga duo deb maʼno bergan. Baʼzi insonlar murod-maqsadlariga erishish uchun faqatgina duoning o’zi kifoya deb o’ylaydi. Holbuki, banda maqsadiga erishishi uchun avvalo Allohdan duo qilib yordam so’rashi hamda kerakli barcha ishni o’z o’rnida bajarishi kerakligini ham bildirgan (Baqara 2:200, 202), (Najm 53:39).
[82] Ahli kitoblar orasida ham to’g’ri ishonch-eʼtiqodga ega bo’lganlari ham bor. (Oli Imron 3:199).
[83] Arab tilida “abu, ibn va bint” kalimalari davomiylikni bildiradi. Yaʼni, bir kishiga “otang” deb murojaat qilsangiz, siz u kishini tug’dirgan otasini ham, otasining otasini ham, undan avvalgi eng boshdagi naslga sabab bo’lgan otasini ham nazarda tutib aytishingiz mumkin. Shuning uchun ham, oyatlarda Alloh taolo “Ey Odam bolalari”, yoki “Otangiz Odam” deya butun insoniyatga marhamat qiladi.
Ushbu 47-oyatdan boshlab 74-oyatgacha bo’lgan jumlalarda Alloh taolo “Ey Isroil bolalari” deb xitobni boshlab, tarixiy voqealardan xabar berayotgan oyatlarda ham “jumlalarda sizlar” deya 2-shaxsga murojaat qilmoqda. Bu bilan Alloh taolo ushbu tarixdan xabar beruvchi oyatlarni o’qiyotgan yoki eshitayotgan Isroil bolalarining ongi va zehnida ular davomli jonlanib qolishi va taʼsiri yanada kuchli bo’lishi uchun, tarixiy voqealarda ham “ajdodlaringiz” demasdan “sizlar” deb xitob qilmoqda. Buni arab tilida “iltifot” sanʼati deyiladi.
Demak, bu oyat “Ey Isroil bolalari! Isroildan boshlab to sizlargacha o’tgan Isroil avlodlariga qilgan yaxshiliklarimni esingizdan chiqarmanglar”, shaklida tushuniladi.
[84] Isroil avlodiga berilgan yaxshiliklar haqida 40- oyatning izohida keltirildi.
[85] Qiyomatda barcha ishlar Allohga havola qilinadi va Unga qaytariladi (Infitor 82:19).
[86] Shafoat – bir kishini hamroh bo’lishini istash, himoya ostiga olish, bir ishda sherik bo’lib dastak berish degan maʼnolarni anglatadi. (Al-Ayn, Mufradot) Bu oyat, mahshar kuni hech bir insonga boshqa bir inson tarafidan shafoat qilinmasligini ochiqcha o’rtaga qo’ymoqda. Dunyoda insonlar bir-birlariga yordamchi va dastak bo’lishlari mumkin (Niso 4:85). Bu oyatga ko’ra yahudiylarda qiyomat haqida to’rt xil noto’g’ri iddao bo’lgan,
- Qiyomatda ularga kimdir to’lov to’lashi.
- Ularning otalari, aka-ukalari yoki payg’ambar bo’lgan ajdodlari ularga shafoat qilishi,
- Birovga tovon to’lanishi.
- Birovga birov yordam berishi. Yuqoridagi oyat mana bu to’rtala iddao va noto’g’ri tushunchani rad qilmoqda va bu iddaolaringizdan voz kechib, o’zingizni o’zingiz qutqarib qolish uchun kerakli ishlarni amalga oshiringlar, degan mazmun ifoda qilinmoqda. Hisob-kitob kunida birov birovni shafoat qilib Allohning hukmi va jazosidan qutqarib qolishlik yo’qligi haqida bilish uchun yana quyidagi oyatlarga qarashingiz mumkin: (Baqara 2:44,123,254), (Yasin 36:23), (Zumar 39:44), (Muddassir 74:48), (Najm53:26) – oyatida, Alloh taolo farishtalardan o’zi ruxsat berganlariga shafoat huquqi berilishini bildirgan. U ham bo’lsa mahsharda deyilmagan. Farishtalarning shafoati shu dunyoda bo’lishi mumkin.
[87] Demak, har bir inson o’zini o’zi qutqarib qolish uchun kerakli ishlarni amalga oshirishi kerak bo’ladi. Qiyomatda payg’ambarlar, qarindoshlar yoki ahli-ilmlar birovlarni jahannamdan qutqarib qololmaydi. U kunda hech kim Allohning hukmiga qarshi chiqa olmaydi. U kunda hukmronlik mutlaq Allohga oid.
[88] “Bunda” deganda agar qutqarishga ishorat qilingan bo’lsa “neʼmat” deb, agar Firʼavnning qiynog’iga ishorat qilsa “imtihon:sinov” deb maʼno beriladi.
[89] Balo – musibat, g’am va neʼmat maʼnolarini bildiradi.
[90] Muso va uning qavmi turgan sohil tarafidan dengiz suvlari uzoqlashib parchalanib ketgan va uzoqlashayotgan har bir to’lqin tog’dek ko’tarilgan (Toha 20:77).
[91] (Toha 20:88).
[92] Shukur – qilingan yaxshilikni qadr-qiymatini bilish, yaxshilik qilganni maqtash va munosib ravishda unga javob qaytarishdir (Mufradot). Qilingan yaxshilikka munosib javob qaytarish – o’z burchini bajarish bilan bo’ladi.
[93] Kitob – Musoga berilgan Zaburning yana bir nomi, Furqon – o’sha kitobning sifati. Furqon – to’g’rini xatodan ajratib berish berish, ajrata olish degani. Ilohiy Kitoblarning barchasi mana shu xususiyatga egadir. (Oli Imron 3:4) va (Niso 4:113).
[94] Xoliq – badan va vujudni yaratuvchi degani. Bariʼ – ruhni yaratuvchi degani (Rog’ibul-Isfahoniy). Baʼzan, Xoliq sifati har ikkala maʼnoni ham o’z ichiga oladi.
[95] Nafsning birinchi maʼnosi ruhdir (Anʼom 6:93), (Baqara 2:235), (Moida 5:116). Imon, shirk, noto’g’ri maqsad va yomon orzu-istaklarning barchasi ruhga, yaʼni maʼnaviy tushunchaga bog’liq. Demak, nafsingizdagi yaʼni ichingizdagi notog’ri tushuncha va shirkiy eʼtiqodni yo’q qiling, deyilgan maʼno chiqadi.
[96] 52- oyatda “burchingizni bajarishingiz uchun” deb tarjima qilingan jumladan ko’zda tutilgan narsa – qalblaridagi buzoq mehrini o’ldirib, Kitobga tobe bo’lib hayot kechirishlaridir. Bu oyatdan bir-birini o’ldirib jonini olish degan hukm tushunilmaydi. Tafsirlardagi bunday izohlar balki Tavrotdagi (32:26-29) raqamli “O’sha vaqtda uch mingga yaqin odam o’ldirilgan” deb keltirilgan so’zlardan olingan bo’lishi mumkin. Agar yahudiylar o’shanda bir-birini o’ldirib yoki o’zlarini o’zlari o’ldirib yuborgan bo’lsa, hozirgi kunimizdagi yahudiylar qayerdan kelib qolgan? Chunki, Muso tog’dan qaytganida Horun Payg’ambardan boshqa hammasi buzoqqa sig’inib bo’lgan edi. Demak, agar o’zlarini o’ldirib yuborsa, Muso va Horundan boshqa ular orasida hech kim qolmas edi.
[97] Mavt kalimasi badandan ruhni chiqib ketishidan boshqa maʼnolarda ham keladi. Masalan; kuchining tugashi, o’zini yo’qotib qo’yishi, hushidan ketish kabi maʼnolarda ham keladi (Maqoyis). “Har tarafini o’lim o’rab oladi, ammo o’la olmaydi” (Ibrohim 14:17) oyatidagidek, bularni ham har tarafini o’lim o’rab olgan, lekin o’lishmagan. Yashin urganda inson ko’proq o’lmay qoladi, balki o’zini maʼlum bir muddat hushsiz his qiladi va yana oyoqqa turib ketadi. O’lgan inson esa dunyoga qaytib kelmaydi. (Mo’minun 23:99, 100) va (Munofiqun 63:10, 11) Chunki bu Allohning qonuni. Oyat tavba haqida ketyapti. O’lgan odamdan tavba qabul qilinmaydi, tavbadan maqsad esa ichki va tashqi yomonliklardan voz kechib, ichini va tashini birgalikda tuzatishdir. Birovni yoki o’zini o’ldirish bilan tavba qilgan hisoblanmaydi. Bu yerda bir mo’jiza haqida so’z yuritilmagani uchun, mana shu maʼno va tarjimani eng munosib deb bildik.
[98] Yeguliklar orasidagi muboh bo’lgan narsalardan insonning taʼbi xohlab, isteʼmol qilganda nafs lazzat oladigan har turli isteʼmolga yaroqli narsa uchun ham ishlatiladi.
[99] Aksariyat tafsirlarda bu jumlaga “sajda qilib” deya tarjima qilinadi. Lekin shahar darvozasidan kirishda biz bilgandek namoz sajdasi holatida kirib bo’lmasligi aniq. Shu sababli jumlaga shunday maʼno berdik. Sajdaning asl maʼnosi bo’ysunish – bo’yin egishdir (Mufradot). Biz bergan bu maʼnoni (Moida 5:21) oyat ham quvvatlaydi.
[100] “La ilaha illalloh – qullik qilinishga haqli zot yagonadir” degan kalimaga ham hitto deyiladi, qilgan gunohlari uchun pushaymon bo’lib, Allohdan mag’firat so’rashga ham hitto deyiladi. Ularning eng katta qilgan xatosi buzoqqa sig’inib shikrkka qo’l urgani bo’lgan. Demak, undan tavba qilib o’zini tuzatish uchun avvalo “la ilaha illalloh”ni ham tilga ham dilga jo qilib, so’ng Allohdan mag’firat qilishi kerak bo’lgan. Demak, har ikkala maʼnoni berilganida ham oyat mazmuni to’g’ri bo’ladi.
[101] Muhsin kalimasidan ikkita farqli maʼno chiqadi:
- Birovga moddiy yaxshilik qiluvchi.
- O’z vazifasini yoki qilayotgan yaxshi ishini puxta, chiroyli va maromiga yetkazib bajaruvchi (Lisan, Mufradot). Muhsin kalimasiga “Yaxshilik qiluvchilar”deb maʼno bersa ham bo’ladi.
[102] Neʼmatlarni qadriga yetib, ularga nisbatan o’z burchini chiroyli ado etganlarga Alloh neʼmatini dunyoda yanada orttirib beradi (Ibrohim 14:7), oxiratda ham qilgan ishiga nisbatan ortig’i bilan ajr beradi (Yunus 10:26).
[103] Shaharga kirish buyrug’iga qarshi chiqqan yahudiylar shunday degan: Moida 5:22. Go’yoki Alloh ularga o’sha shaharga kirib jang qilinglar, degandek shuni ham aytishgan: (Moida 5:24), (Aʼrof 7:161, 162).
[104] Samoviy ofat ikki xil bo’ladi. Biri farishtalar vositasida amalga oshiriladi. Lut va boshqa payg’ambarlarning xalqiga kelgan ofat balolar bunga misol bo’ladi. Yana biri bevosita sodir bo’ladi.
[105] Yahudiylar o’sha shaharga nima uchun kirmagani, bu buyruqqa qanday javob qaytarishgani (Moida 5:21-25) oyatlarida keltirilgan.
[106] Agar bu oyatni ham ilmiy hamda majoziy maʼnoda tarjima qiladigan bo’lsak, Muso alayhissalom va uning xalqining tarixiga asoslangan quyidagi taʼvil chiqadi: Muso va xalqi Misrdan chiqib ketishganida Turi Sinoga borib joylashgan. Turi Sino atroflari tog’ va balandliklar bilan o’ralgan bir vodiy. Muso Alloh taolo bilan so’zlashgan, Allohdan kitob olgan tog’ ham o’sha yerda. Oyatni taʼvili shunga ishorat qilishi ham mumkin; Allohni amri bilan Muso alayhissalom tog’dan kelayotgan suv yo’llarini katta toshlar bilan to’sib suv dovoni qurgani, keyin esa o’sha suv dovonida har mavsumda foydalanish yo’llarini va u yerdan maʼlum miqdor suv olib ishlatish choralarini ko’rgani, tog’dan oqib tushgan suv vodiyning turli joylaridagi suv havzalariga to’plangani va har bir mahalla yoki qabiladagilar o’sha o’zlariga yaqin joydagi hovuzlar yoki ariqlarda oqib kelayotgan suvdan foydalanishgani o’rtaga chiqmoqda. Oyatda keltirilgan 12 soni – tog’dan oqib tushayotgan suv yo’llariga, yoki oqib tushib vodiyning turli joylaridagi havzalarga ishorat qilgan bo’lishi ham mumkin. Agar oyatdagi tosh yorilish voqeasi bir mo’jiza sifatida keltirilmagan bo’lsa, demak yuqoridagi taʼvil tarjimaga mos keladi.
[107] (Moida 5:21-25) oyatlariga ko’ra, Isroil avlodlari Alloh buyurgan shaharga kirmagani uchun, turli musibatlarga giriftor bo’lishgan.
[108] Nabiy – unga Kitob va Hikmat berilgan kishi (Oli Imron 3:81, 82), (Anʼom 6:83-90). Rasul – yuborilgan narsaga ham, yoki uni olib kelgan shaxsga ham ishlatiladi (Mufradot). Nabiy – Allohning so’zlarini insonlarga yetkazib berishdan masʼul bo’lgani uchun, ayni vaqtda u elchi (rosul) hamdir (Aloqador oyat: Maryam 19:54).
[109] Alloh taolo Nabiy bo’lgan rasullarini (Anbiyo 21:7-9) -oyatlarga ko’ra) O’zi saqlab kelgani uchun, bu oyatdagi qatl kalimasi payg’ambarlarning shaxsini emas, balki payg’ambarligini, tablig’ faoliyatini va o’zlariga kelgan vahiyga daʼvati va uni hayotga tatbiq qilishdagi urinishlariga qarshi chiqqani tushiniladi. Bunga aloqador oyatlardagi qatl kalimasining o’zak maʼnosi izloldir (اذلال) (Mufradot, Maqoyis). Izlol – obro’-eʼtiborini to’kish degani. Birovning qilgan gunohi uchun boshqasi jazolanmaydi (Isro 17:15). Yashab turgan davrimizdagi insonlarga ham xitob qilayotgan bu oyatlarga bundan boshqacha maʼno berib bo’lmaydi. Yahudiylar Iso alayhissalomni o’ldirishganini iddao qiladi. Xristianlar Iso xochga osib o’ldirilgan deb gumon qilishadi va Yahyo alayhissalomni qiynab o’ldirilganini aytishadi. Holbuki Qurʼondagi (Maryam 19:15,33) -oyatlarida Alloh bu ikki payg’ambar insonlar tarafidan o’ldirilganini emas, o’z ajallari bilan o’lganini va o’lgan kuni va o’lgan vaqtida omonlikda bo’lganini bildirgan. Payg’ambarlar va haq yo’lga chaqiruvchi insonlarni obro’-eʼtiborini to’kish harakatlari avvaldan davom etib kelmoqda (Oli Imron 3:21,22). Bu ishga qo’l urganlar asosan o’zini musulmon ko’rsatib, orqadan ish yuritadigan munofiqlardir (Baqara 2:75-79). Ularni tanib olish hatto Rasululloh uchun ham qiyin bo’lgan (Munofiqun 63:1-4). (Isro 17:15) (Niso 4:161, 162), (Moida 5:67, 68).
[110] Isroil avlodlari Turi Sino vodiysida yashayotib Musodan turli sabzavotlar yetishadigan bir yurtda yashashni so’ragan. Alloh taolo ularga buyurgan shaharga o’zlari kirmay turib olishgani uchun yana bir jazoga loyiq bo’lishgan.
[111] Oyat boshidagi “mo’min bo’lganlar” iborasi Muhammad alayhissalomga tushirilgan Qurʼonga ishonganlarga, “yahudiy bo’lganlar” iborasi Muso alayhissalomga berilgan Tavrotga ishonganlarga, “nasroniylar” Iso alayhissalomga berilgan Injilga ishonganlarga, “sobiinlar” esa Yahyo alayhissalomga tushirilgan kitobga (Maryam 19:12), (Anʼom 6:84-89) va Ginza nomi berilgan kitobga ishonadiganlarga ishorat qiladi. Demak, Allohga shirk qo’shmasdan yagona yaratuvchiga to’g’ri maʼnoda ishongan va oxiratni ham haq deb bilgan har bir insonga dini, irqi, millati, erkak yoki ayol ekaniga qaramasdan, qilgan barcha yaxshiliklariga ajru mukofot berilishi aytilgan. (Niso 4:123) -oyatida esa, gunoh ishni kim qilgan bo’lsa, agar tavba qilib qaytmagan bo’lsa, unga ham kimligiga qaramasdan jazo berilishi aytilgan. Allohning adolati shunday.
[112] Islom yetib bormagan g’ayridinlar o’zlarining asl kitobiga ergashib, yaxshi amallarni qilib yashashlari ularni jannatga kirishlariga yetarli bo’ladi (Oli Imron 3:81), (Aʼrof 7:157). Agar ularga Qurʼon yetib borgan bo’lsa, endi ular ham Qurʼonga ishonishlari va unga amal qilishlari kerak (Niso 4:161, 162), (Moida 5:67, 68). So’ngi payg’ambar Muhammad a.s. va so’ngi Ilohiy kitob Qurʼon kelganidan xabar topgan kimsalar, endi Qurʼonga ishonmasa va unga amal qilmasa jannatga kira olmaydilar.
[113] Tur – Sino yarimorolidagi bir tog’dir. (Mo’minun 23:20) Muso va Horun alayhissalomlarga elchilik vazifasi o’sha yerda berilgan. (Maryam 19:51-53) Bu oyatni “Tepa tarafingizdagi Turni nomini yuksaltirganmiz”, “Turdan tutun/vulqon chiqarib tepangizga keltirib qo’yganmiz” shaklida majoziy maʼnoda tarjima qilganlar ham bo’lgan. Bu kabi holatlar o’zbek tilida ham uchrab turadi. Masalan: Uyda to’s-to’palan yoki janjal bo’lsa: “Uyni boshinga ko’tarma!”, Uyni boshiga ko’tarib janjal qildi» deyiladi. Demak, agar oyatga majoziy maʼno berilsa, Tur tog’i Banu Isroilning tepasiga ko’tarilgan emas, balki Tur tog’idan chiqqan qattiq ovoz yoki tutun yoxud vulqon ularni boshiga tushadigan darajada shiddatli va xavfli darajada bo’lganini bildiradi. Bunday holatlar ogohlantiruv deyiadi.
[114] Fazl – qilingan yaxshi ishni ortiqchasi bilan qaytarish, beriladigan mukofotni ortig’i bilan berishdir. Bu so’z o’zbek tilida oliyjanoblik deyiladi. Bunga oliyjanoblik deyiladi.
[115] Xorlik feʼlni noqisning ikkinchi xabari qilib tarjima qilindi. Sifat qilib tarjima qilsa ham maʼno o’zgarmaydi.
[116] 72- oyatda bildirilganidek, yahudiylardan har biri o’zini oqlash uchun, o’ldirilgan odamni aybini bir-biriga to’nkab, bu muammodan chiqib ketolmayotgani uchun, Alloh ularga bitta buzoqni qurbonlik qilish orqalik bu muammodan qutulib qolishini bildirgan. Aks holda, begunoh gumondor yahudiylar qasos yo’li orqalik o’limga hukm qilinishi mumkin bo’lgan.
Yahudiylar o’zlarining har qanday muammolari bo’lsa uni Muso alayhissalomga aytib, uni hal qilib berishini so’rashgan. O’sha muammolaridan yana biri shu foili noaniq qotillik bo’lgan. Muso davrida yahudiylar biri bir insonni o’ldirib qo’yadi. Jasad topilgan qishloq (yoki mahalla ahli) o’zini oqlash va begunohligini isbotlash uchun, hammasi aybni boshqasiga to’nkay boshlaydi. Ana shunda ham ular Musoga kelib, bu ishga ham yechim topib berishini va hal qilib berishini so’raydi. Muso alayhissalom Allohdan bu masalaga yechim topib, tuhmat qilinayotgan va jinoyatchi deb ayb to’nkalayotgan begunohlarni hayotini saqlab qolish uchun Allohga duo qiladi, Shunda Alloh Muso alayhissalomga vahiy qilib, yahudiylar (jasad topilgan qishloq ahli) bitta buzoq so’yishi kerakligini bildiradi. Ular avval buni bir masxara sifatida qabul qiladi va Musoga eʼtiroz bildiradi. Muso alayhissalom bu ish jiddiy ekani va haqiqatda Allohdan kelgan amr ekanini aytganida, ular shunchaki bir buzoq so’yib qo’yavermasdan, rangini, holatini, yoshini va ularga buyurilmagan va taʼriflangaman xususiyatlarini so’rab surishtirishadi. Natijada, ular topib so’yishi qiyin bo’lgan bir noyob buzoq taʼriflanadi va ular o’sha buzoqni so’yib, o’zlariga buyurilgan uslubni amalga oshirishadi. Tafsiri Minorda keltirilishicha, avvalda yahudiy qishloqlaridan birida inson jasadi topilsa va uning qotili aniqlanmasa, u yerdagi oqsoqollar va hakamlar jasad bilan shahar yoki qishloqdagi masofani o’lchashgan, jasadga eng yaqin qishloq shahar yoki qishloq oqsoqollari hali qo’sh qo’shilmagan, bo’yinturuq osilmagan bir g’unajinni hali ishlov berilmagan, ekin ekilmagan, lekin yonidan suv oqib turadigan bir yerga olib borib so’yishlari, o’sha yerda oqsoqollar qo’llarini yuvib: “Biz bu qotilni o’ldirgan shaxsni bilmaymiz, kim o’ldirganini ko’rmadik, bizni kechirgin, bu qotillik sababli Isroil avlodlarini javobgarlikka tortmagin…” deb duo qilishgan. Ana shunda o’sha shahar yoki qishloqdagilar qotillikda ayblanishdan saqlanib qolishgan. Agar shunday qilmasalar, ular albatta qotilni tanishi o’rtaga chiqqan. Bu maʼlumotlarga ko’ra, yahudiylardagi nohaq qon to’kilishini oldini olish va begunohni oqlash usuli mana shunday bo’lgan. Ularga buzoq so’yilish amriga sabab bo’lgan narsa ushbu suraning 72-oyatida bildirib o’tilgan. Yaʼni, ular bir odamni o’ldirib, aybini boshqalarga to’nkayotganida va buni natijasida nohaq insonlar qasos sababli bekordan o’lib ketishini oldini olish uchun buzoq so’yib, so’yilgan buzoq tepasida qo’lini yuvib qasam ichish usulini ko’rsatgan. (Qarang: Tafsirul-Minor, 1-351)
Muso alayhissalom: “Alloh bitta buzoq so’yishinglarni buyurdi”- deganida, ularning avvaldan buqa va sigirga sig’inish eʼtiqodi ularning qalblariga o’rnashib qolgani uchun (Baqara 2:93), Musoni gapi ularga masxaradek tuyulib, hadeb so’yiladigan molni sifatini so’rab-surishtiraverishgan. Oxir-oqibat, Apisga o’xshagan bir buqa so’yishga majbur bo’lgan va so’ygan. Bu bilan Alloh yahudiylarni qalbidan buzoqqa bo’lgan muhabbatni sindirish va beayb insonni hayotini saqlab qolish uchun aynan buzoq qurbonlik qilishga buyurgan. 73-oyat ushbu usulni faqat o’shanda emas, balki boshqa baʼzi bir o’shanday holatlarda (qotili topilmagan holatlarda) qo’llashni buyurgani o’rtaga chiqadi.
[117] Jahl va jaholat baʼzi o’rinlarda “bilmagan” degan maʼnoda keladi, lekin ko’pincha, qilishi kerak bo’lgan ishni teskarisini qilib qo’ygan kishiga ham, o’zini bosa olmay bir ishga qo’l urib qo’yuvchi kishiga ham aytiladi (Mufradot). Bundan, Alloh aytmagan narsani aytishdan Allohga sig’inaman, degan maʼno ham chiqadi. Chunki, Allohdan kelgan vahiyni o’rniga o’zidan boshqa bir so’z to’qib, buni Alloh aytdi degan Payg’ambarning jazosi o’limdir (Haqqo 69:44-47).
[118] Baqoro kalimasi buzoq, sigir, buqa maʼnolarini o’z ichiga oladi. Yer haydamagan taʼrifi esa, uni erkak buzoq ekanini ifodalaydi. “Baqarata” kalimasidagi “to” harfi birlik uchun ishlatilgan. 70-oyatdagi “al-baqaro”iborasi ham sigir emas, buzoq ekaniga dalolat qiladi.
[119] Bir insonni hayotini saqlab qolgan kishiga ham “Yashatdi”, “Tiriltirdi”, “O’likni tiriltirdi” deyiladi (Baqara 2:258), (Moida 5:32). Nohaq o’limga hukm qilinishi mumkin bo’lgan beayb kishilarni o’limdan saqlab qolish yo’lini o’rgatishi orqalik, Alloh taolo ularni yashatib qolgan. Bu oyatda Alloh taolo o’shanday holatlarga oydinlik kiritib, qanday qilib begunohni hayotini saqlab qolish orqalik, o’likni tiriltirish uslubini ularga o’rgatib (yoki eslatib) qo’ygan.
Bu oyat shunga ishorat qiladiki, begunoh bo’lgan holda qatl qilinish ehtimoli bo’lgan insonni hayotini biron bir to’g’ri tadbir va reja orqalik saqlab qolgan kishi, go’yoki uni o’lganidan keyin hayotga qayta keltirgandek bo’ladi.
Zinoda tuhmat qilinayotgan ayol o’zini oqlashi uchun qasam ichgani kabi, avvalgi shariatlarda ham, qotillikda nohaq ayblanayotgan kimsalarni qutqarib qolish uchun o’shanday tadbirlar uyushtirilgan va qasam ichtirilgan.
[120] Bu oyatni baʼzi mufassirlar so’yilgan sigirni bir parcha eti bilan o’likka urilgan va o’shanda o’lgan inson tirilib uni kim o’ldirganini aytgan, deb taʼvil qiladi. Biroq, hech bir payg’ambarga g’ayri oddiy ishlar, tabiat qonuniga zid harakatlar orqali mo’jiza ko’rsatish imkoni berilmagan. Undan tashqari, Alloh taolo o’liklarni qayta tiriltirishda, so’yilgan molni bir parchasi bilan o’likka urish uslubidan foydalanmaydi.
[121] Yaʼni, begunoh insonlarni quruq tuhmatdan saqlab qolish choralarini qilish ishlarini tark qilingani, haq-nohaq deb ajratmasdan, kim to’g’ri kelsa qasos deya o’ldirib yuborishganini eslatilmoqda. Ularga bunday qilmaysizlar, nohaq bir-biringizni o’ldirmaysizlar, deb buyurilgan edi (Baqara 2:84, 85).
[122] Tahrif – (Niso 4:46) oyatda ochiqlanganidek, ikki tarafga ishlatilishi mumkin bo’lgan maʼnolarni, ancha-munchaga bilinmaydigan qilib, so’z va jumla maʼnosini oqishiga qarshi tarafga burib yuborishdir. Tahrif qilish matnda emas, maʼnoda bo’lgani uchun, Qurʼon o’zidan avvalgi ilohiy kitoblarning asl matnini tasdiq qiladi. Ammo, ming afsuski, bu kunimizga qadar hatto tahrif kalimasining o’zini ham tahrif qilinib, u kalimaga “tabdil” maʼnosini berib qo’yilgani uchun, Qurʼonning o’zidan avvalgi kitoblarni tasdiq qilish xususiyati ham (Baqara 2:41, 91, 97), (Oli Imron 3:3), (Niso 4:47), (Moida 5:48), (Fatir 35:31), Qurʼondagi tahrifga qo’l urilgan holatlar ham (Baqara 2:75, Niso 4:46, Moida 5:13, 41) berkitib yuborilgan va bular bu ummatdan unuttirilib yuborilgan.
Mana shu oyatning tafsirlariga qarasangiz ham, ko’plab tafsirlarda bu oyatda aytilgan tahrifni Qurʼonda emas, tavrotda amalga oshirilgani aytiladi. Mana shuning o’zi ham bir tahrifdir.
[123] “Aql yuritmaysizlarmi?” iborasi Allohdan mo’minlarga xitob qilingan bo’lishi ham mumkin. Agar bu maʼno berilsa oyatdan iltifot qoidasi olib tashlanadi.
[125] “Xom-xayol va to’qima” deb tarjima qilingan “amoniyya” kalimasi, “umniyya” kalimasining ko’plik qolipidir. Mujohid buni yolg’on degan bo’lsa, boshqalar uni kitobni tushunmasdan o’qish, deb tafsirlagan. Chunki tushunmasdan o’qish, insonni afsonaviy va hayoliy yolg’on va tahminiy narsalarga umidlantiradi, xolos (Mufradot).
[126] Qurʼonda ummiy kalimasini uch xil maʼno va taʼrifi bor:
- Ularga kitob berilmagan kishilar (Oli Imron 3:20),
- O’zlari imon keltirgan kitobni ichidagilardan bexabar kishilar (Baqara 2:78),
- Makkalik kishilar.
Payg’ambar alayhissalom ham avval ilohiy kitobdan xabari bo’lmagan (Shuaro 42:52, 53), (Ankabut 29:47, 48). Lekin bu oyatlarda Payg’ambar alayhissalomga ummiy deyilmagan. So’ngi payg’ambar Ismoil alayhissalomning naslidan kelishi va Makkadan chiqishi Tavrot va Injilda yozib qo’yilgani uchun (Aʼrof 7:157, 158), (Tavrot, Tasniya 18, 18, 19, Mazmurlar 84), (Injil, Matta 21,42-44) Qurʼonda u haqida aytilgan ummiy kalimasi Makkalik degan maʼnoni bildiradi.
[127] Qolil – bir narsani oz ekanini yoki o’tkinchi ekanini bildiradi (Maqoyis).
[128] Insonlarni Alloh bilan aldashning eng oson va ko’p ishlatiladigan yo’li shuki, o’z qo’li bilan yozgan kitobini Alloh tarafidan yuborilgan deb ayti, yoki o’z fikrlari va o’z tushunchalirini Allohning kitobidan olingan hukmlar deb o’rtaga qo’yishdir. Bunday qilganlar o’zini Allohni o’rniga qo’ygan bo’ladi. (Hud 11:1, 2), (Oli Imron 3:78).
[129] Yahudiylar o’z qo’llari bilan yozib, so’zli Tavrot deya nomlagan Talmud kitobida keltirilgan “Yomonlarning Jahannamdagi jazosi 12 oy davom etadi. O’sha muddat ichida qilgan gunohlarining kaforati to’langan bo’ladi” (Shabbat 33-b) shaklida keltirgan iddaolari mana shu oyatda bildirilgan so’zlaridir. Ular ana shunday yolg’on iddaolar bilan yashab kelmoqda. Tavrotni aslidan bexabar bo’lgan yahudiy xalqni ham, bu hukmlar Tavrotdan olingan, deb aldab keladi. Bunday holatlar baʼzi bir musulmonlar o’rtasida ham uchrab turadi. Qurʼonda bo’lmagan hukmlarni Qurʼondan deb aytadilar va insonlarni bunga ishontirish uchun tillarini burib-egib ehtiroslar bilan gapiradilar.
[130] Yahudiylarning bu gaplari ham, avvalgi oyatda aytilganidek, ular Tavrotning asl matnidan va undagi hukmlaridan bexabar bo’lganini bildiradi. Hozirda baʼzi bir musulmonlar ham Qurʼon va undagi asl hukmlarni bilmagan holda, din haqida to’qib chiqarilgan afsona va uydirma gaplarga ishonib yurishadi. Yahudiylarni namuna qilib keltirilgan bu oyat musulmonlarga katta dars bo’lishi kerak. Yaʼni, har bir musulmon Qurʼon va undagi asl hukmlarni bilishi kerak.
[131] Eng katta yomonlik va eng katta zulm shirkdir (Luqmon 31:13).
[132] Gunohga botib ketganlar asosan gunohi kabiraga botganlar bo’ladi. Agar shirkka qo’l urgan kishi tavbasiz o’lgan bo’lsa, Jahannamda abadiy qolib ketadi (Niso 4:48, 116). Xatolari uni qamrab olishi — tavba qilmay, yaʼni gunohidan qaytmay o’lishidir. Chunki tavba eshiklari to o’lim onigacha ochiqdir (Zumar 39:53).
[133] Bu oyatdagi payg’ambarni o’ldirish deganda – payg’ambarligini o’ldirish, risolatiga qarshi chiqish, obro’sizlantirish degan majoziy maʼno ishlatiladi. Qo’shimcha maʼlumot uchun ushbu suraning 61- oyati va izohiga qarang.
[134] Ular kutgan narsa – yangi payg’ambar orqali Allohdan vahiy – kitob kelishi bo’lgan. Buni kelgusidagi oyat bayon qilmoqda. Qurʼonga ishongan kishi Muhammad alayhissalomga ishongan bo’ladi, Muhammad alayhissalomga ishongan kishi ham Qurʼonga ishongan bo’ladi.
[135] Fath maʼnaviy va moddiy bo’lib ikkiga bo’linadi.
- Ilmu hidoyat maʼnaviy fathga dalolat qiladi.
- Quyidagi oyatlar dunyoviy fathga dalolat qiladi: (Anʼom 6:44), (Fath 48:1).
[136] Demak, baʼzi kimsalar yaqin-atrofda Alloh tarafidan bir ilohiy kitob kelishini, o’sha kitobga amal qilgani holda kofirlardan ustun kelishini xohlashgan. Lekin kitob kelganidan keyin undan yuz o’girib kofir bo’ldilar.
[137] (Baqara 2:36)
[138] Undan keyin deganda Muso toqqa chiqib 40 kecha oralarida bo’lmagan muddatga ham (Baqara 2:5-54), undan keyingi davrga ham ishorat qiladi.
[139] Shirk eng katta zulmdir. Chunki u ish Allohga nisbatan qilingan haqsizlikdir (Luqmon 31:13).
[140] Bu haqidagi yana bir oyat: (Aʼrof 7:171).
[141] Baʼzilar bu oyatga “eshitdik va isyon qildik” deb maʼno berishadi, axir bunday degan kishi Allohga so’z bergan bo’lmaydi. Oyatda esa, ulardan so’z olingani bildirilgan. (Niso 4:46) oyat va izohiga ham qarang.)
[142] Ularni Tavrotga bo’lgan ishonchi sust va soxta. Chunki, o’zlari imon keltirgan kitobi bo’lmish Tavrotda ham ular aytgandek hukm, yaʼni buzoqqa topinish va buzoqni muqaddaslashtirish degan narsa yo’q. Aksincha, buzoqni qurbonlik qilish degan hukmlar bor (Tavrot, Chiqish 24:5). Baʼzan, musulmonlar ham Qurʼonda bo’lmagan baʼzi hukmlarni asossiz holda dinlashtirib olishgan. Buning sababi, Qurʼonni o’z ona tilida o’qimagani va oyatlar ustida tafakkur va tadabbur qilmaganidan bo’ladi.
[143] (Niso 4:46).
[144] (Ibrohim 14:41).
[145] Shirk – Insonga nerv va asab hujayralaridan ham yaqinroq bo’lmish Allohni ikkinchi o’ringa qo’yib, o’zini yoki boshqa birini birinchi o’ringa qo’yishdir. Ilohiy kitoblar ulashgan kimsalar asosan ikki qismga bo’linadi – mo’min va kofir. O’xshash oyat: (Aʼrof 7:30). Har bir mushrik kofir, har bir kofir mushrikdir. Bunga aloqador bo’lgan oyatlardan biri: (Oli Imron 3:151).
[146] Qurʼon oyatlari biri birini ochiqlaydi (Hud 11:1), (Oli Imron 3:7). Qurʼon oyatlari muhkam va mutashobeh bo’lib ikki qismga bo’linadi. Muhkam – bir masalada qisqa va xulosa qilib hukm bildirgan oyat. Ana o’sha muhkam oyatlarni maʼnan va hukman unga o’xshagan oyatlar muhkam oyatlarni ochiqlab tushuntirib beradi. Ana o’sha oyatlarga mutashobeh deyiladi.
[147] Yahudiylarning aksariyati o’zlari orasidagi dindorlarini va bilimdonlarini ilohlashtirib olishgani uchun, tavrotga va undagi hukmlarga ishonmay qo’ygan. Unday kimsalar Alloh va Uning so’zlaridan ko’ra, o’sha muqaddaslashtirib olgan dindorlarining so’zini ustun tutadi va oyatlarni tan olmaydi. (Tavba 9:31)
[148] Bu oyatdagi rasul Qurʼondir. Chunki, oyatning davomi buni ochiqcha bildirib o’tgan. (Baqara 2:89) – oyatga ham qarang. Zotan rasul kalimasi elchi orqalik yuborilgan maʼlumot uchun ham, o’sha maʼlumotni olib kelgan elchi uchun ham ishlatiladi (Mufradot). Keltirilgan maʼlumot elchidan ham muhim ekanini Alloh taolo (Oli Imron 3:144) – oyatida bildirib qo’ygan. Bizga Alloh tarafidan elchi qilib yuborilgan Muhammad alayhissalomning Alloh tarafidan olib kelgan maʼlumotlarining barchasi Qurʼonda mujassamlashgani uchun, endi biz uchun rosul, yaʼni Allohdan bizga yuborilgan narsa Qurʼondir. Shuning uchun ham, jumlaning maʼno oqishiga qarab, rasul kalimasini Qurʼon deb tarjima qilamiz.
[149] Yaʼni, Qurʼonni tan olmasdan, uni orqaga tashlagan yahudiylar Bobildan surgun qilingan yahudiylar o’rgatayotgan sehrga ergashar edi. Ular esa, o’rgatayotgan sehrgarligini Sulaymon alayhissalomdan qolgan bir ilmdan o’rganayotganini iddao qilishardi. Shu bois Alloh ularni yolg’onini fosh qilib, “Sulaymon kofir bo’lmagan”, yaʼni sehrgarlik qilish va uni o’rgatish kofirlikdir, Sulaymon unday qilmagan, lekin sizlar insonlarga sehr o’rgatib kofir bo’lyapsizlar, — degan mazmundagi oyatlar bilan ularni ogohlantirgan.
[150] Bu oyatda keltirilgan shaytonlar – shaytonlashib ketgan insonlardir. Chunki, oyatning davomida ular insonlarga sehr va yolg’on narsalarni o’rgatgani, Allohning kitobidan uzoqlashtirib bekorchi xom-xayollarga targ’ib qilayotgani ochiqlab berilmoqda. (Anʼom 6:112) va (an-Nas 114:6) oyatlarda keltirilganidek, shayton kalimasi ham shaytonlashib ketgan ko’rinmas borliqlar uchun, hamda shaytonlashib ketgan insonlar uchun ishlatiladi. Bu oyatdagi shaytonlar – insonlarni Allohning kitobidan uzoqlashtirayotgan aynan inson shaytonlaridir. Buni oyatning davomi ham tasdiqlab turibdiki, ular xalq orasida yashagan, ko’rgan va ko’ringan, gaplashgan, o’rgatgan va hatto kofir bo’lgan. Zotan ushbu suraning 14-oyatida shayton kalimasi insonlarni Allohning dinidan burishda boshchilik qilayotgan insonlar uchun ishlatilgan.
[151] Sehr – Bir narsani o’z holatidan boshqacha qilib farqli ko’rsatish, aldash, chalg’itish va xiyladir (Lisanul-Arab). Sehr va sehrgarlik tamoman bir yolg’on o’yin va aldov ekanini bildiradi (Aʼrof 7:103-120), (Yunus 10:81). Inson diqqat-eʼtiborli va qatʼiyatli bo’lgan muddatcha unga bunday sehr va aldovlar taʼsir qilmaydi. Chunki sehrning har turi soxta va yolg’ondir.
[152] Sulaymon alayhissalomning vafotidan keyin yahudiylar Tavrotga Sulaymonni kofir bo’lganligi haqidagi yolg’on va bo’htonlarni qo’shishga ham ulgurishgan (Qirollar 3,11,31-33.) Bu yolg’on va tuhmatlarning sababi – Sulaymondan keyin taxtga o’tirgan Sulaymonning o’g’li Rehavamning qo’lidan qirollikni tortib olish edi (Qirollik 11,43). Baʼzi Yahudilar Tavrotga qo’shib qo’yilgan Sulaymon alayhissalom haqidagi bu yolg’onlarni o’qib olib, Sulaymon alayhissalom haqida “U qanday bir solih:yaxshi qul edi! Juda hurmat ko’rsatuvchi edi.” ( Sod 38:30) mazmundagi Qurʼon oyatini eshitib, bu oyatlar Tavrotni tasdiq qilmagan deyishmoqchi bo’lishgan.
[153] Oyatdagi «(ملكين) malakayni» kalimasini Abdulloh ibn Abbos, Ibn Abu, Zahhok va Hasani Basriylar “al-malikayni – ikkita malik” shaklida o’qishgan (Qurtubiy Tafsiri). Hukmdor kishiga malik deyilgani kabi, hukmdorlik qilishga kuchi yetadigan kishilarga ham malik deyiladi (Mufradot). Oyatning bog’lami va Qurʼon butunligiga qaralganida, Horut bilan Morut turli xil hiyla-nayrang va fitna sababli hukmronligidan uzoqlashtirib yuborilgan ikkita shahzoda bo’lgani o’rtaga chiqadi. Ular o’zlarini taxt yoki hukmronlikdan tushirilishda o’ynalgan o’yin va xiylalarni birovlarga aytib berishdan oldin, bu narsalarni biron bir kishiga yomonlik qilish maqsadida foydalanmasanglar aytib beramiz, deyishar edi. Bu oyatda aytilayotgan Madinalik yahudiylar – Horut va Morut uchun ishlatilgan xiyla va nayranglarni Muhammad alayhissalomda ham qo’llashni targ’ib qilayotgan yahudiylardir. Birovni taxtdan qulatish, lavozimdagi yaxshi insonlarni obro’sizlantirib lavozimidan tushirish va.hk. ishlar hozirda ham davom etib kelmoqda.
Baʼzi bir tafsirlarda oyatdagi “malakayn” kalimasini “ikki farishta” deb taʼvil qilishgan. Lekin Alloh: “Biz farishtalarni faqatgina haq bir ish uchun tushiramiz.” (Hijr 15:8) degani uchun, farishtalar insonlarga sehr o’rgatishgan deyolmaymiz. Chunki sehr va sehrgarlik kufr va botil narsadir.
Ushbu oyatni qo’limizdagi farqli qiroatlardagi Qurʼonlarda “malakayni” shaklida o’qisak ham, u kalimaga “malaksiymo” deb maʼno berish kerak. Chunki Yusuf alayhissalomni ko’rgan ayollar: “Bu inson emas, farishtani o’ziku!” (Yusuf 12:31) deyishgan. Kunimizda ham bunday majoz qo’llanib turiladi. Masalan; yurish-turishi, xulqi va ko’rinishi go’zal biriga “bu farishtani o’zginasi” deyiladi. Demak, bu oyatdagi malak kalimasiga ham – agar “malakayni” deb o’qisak – majoz maʼno berishimiz kerak.
[154] Bu oyatdagi “Boshiga tushgan” deya maʼno berganimiz inzol kalimasi – Bir narsani tushirilishi, o’rtaga chiqarilishi va sodir etilishini ham bildiradi (Maqoyis). Insonning boshiga tushgan yomon bir ishga nozila deyiladi (Lison).
[155] Fitna kalimasi Qurʼonda imtihon (Aʼrof 7:155), muammoga duchor qilish, musibatga tushirish (Aʼrof 7:27), jang (Baqara 2:191), jahannam azobi (Zariyot 51:10-14) kabi farqli maʼnolarda keladi.
[156] Oyat o’rtalarida ular bu ishni yomon ekanini bilishi maʼlum qilindi, oxirida esa, “Agar bilsalar edi” deb taʼkidlab keltirildi. Bu esa – bilgan narsasiga amal qilmagan kishiga bilimsizlik hukmi berilishini bildiradi.
[157] Muhammad alayhissalom mo’minlarga Qurʼon o’qib, ularga taʼlim berib, dinni tushuntirayotgan bir vaqtda, Musulmonlar Rosulullohga: “Roina” yaʼni “biz tushunib olishimiz uchun muhlat bering, bizlarni har birimizga yanada ko’proq diqqat-eʼtibor beringki, biz yodlab olaylik”- degan maʼnoda “roina” deyishar edi. Yahudiylarda Ibroniycha yoki Siryonichadan qolgan ana shunday so’zdan iborat masxara va so’kish kalimani Musulmonlarning og’zidan eshitishi bilanoq, darrov o’sha so’zni tillarini burib-bukib haqoratomus maʼno chiqadigan holatga olib kelib, Rosullullohni oldiga kelib u kishiga shunday deyishar edi. Shu sababli Musulmonlar u so’zni aytishdan man qilindi va o’rniga haqoratomus maʼnolarga burib bo’lmaydigan “unzurna” yaʼni “bizni nazorat qilib tur” deyishga buyurildi. Ubayning qiroatiga ko’ra “bizga muhlat ber” degan maʼno ifodalovchi holatda o’qiladi ham degan (Zamaxshariy Kashshof, Shamsuddin Qurtubiy Aljamiu li-Ahkomil Qurʼan, Nosiruddin Bayzoviy, Muhammad Rashid tafsirlari.)
[158] Bu oyatdagi kofirlar ikki toifa insonlarga ishorat qilishi mumkin: 1. Ushbu oyatdagi “Allohning so’ziga quloq solinglar” hukmini mensimagan va tan olmagan kishilar; 2. Rasulullohga kelib: “Roinaa” deb, ikki xil maʼnoga dalolat qiladigan so’zlar bilan, undagi salbiy maʼnoni nazarda tutgan holda haqorat qilgan yahudiylar.
[159] Ahli Kitob – ularga berilgan kitobdagi narsalar haqida maʼlumotga ega bo’lganlardir. Ular orasidan va boshqa insonlar orasidan Qurʼonni tan olmagan va mensimagan qismiga kofir deyiladi. Bu haqida (Oli Imron 3:69-71) oyatda bayon qilib o’tilgan.
[160] Nasx – bir kitobdagi yozuvlarni boshqa bir kitob yoki sahifalarga ko’chirishdir (al-Ayn). Nasx – yo aynan avvalgisi bilan bir xil bo’ladi, yoki undan ham yaxshiroq bo’ladi. Oyat shunga dalolat qiladi. Alloh taolo Qurʼonda avvalgi kitoblarda buyurgan buyruqlarining ko’plarini keltirgan, lekin baʼzilarini keltirmagan (Niso 4:163), (Sho’ro 42:13), (Moida 5:15). O’sha kitobdagi baʼzi hukmlar esa, o’zidan yaxshi va yengilrog’i bilan almashtirilgan. Masalan; Musulmonlar ilk boshda Ramazon ro’zasini avvalgi ahli kitoblar kabi tutar edi (Baqara 2:183), keyinchalik baʼzi bir yengilliklar berilgan (Baqara 2:187).
[161] O’xshash oyatlar: (Oli Imron 3:69, 100, 149).
[162] Arab tilidagi safh (ص-ف-ح) kalimasi avf kalimasidan ko’ra kuchliroq maʼnoni anglatadi. Avf – jazosidan o’tishni bildirsa, safh – aybini yuziga solmayslik, kechirganidan keyin chiroyli muoma qilishni anglatadi. Malumot uchun qarang: (Mufradot, Lisanul-arab).
[163] Namoz – Ibrohim alayhissalomga ham (Ibrohim 14:40), Muso va Horun alayhissalomlarga ham (Yunus 10:87), Iso alayhissalomga ham (Maryam 19:31) farz qilingan. Namoz – barcha payg’ambarlar va ularning ummatlariga farz bo’lib kelgan ibodatdir (Bayyina 98:5). Namoz Muhammad alayhissalomdan boshlanmagan.
[164] Oyatlarga qatʼiy ishonch bildirmagan, unda musulmonlar uchun barcha diniy yechim borligiga ishonmagan kimsalar: “Alloh bu kitobda biz haqimizda, yaʼni bizni masalalarimizni ham ochiqlab beradigan alohida oyatlar tushursaydi”,- deydi. Holbuki, oyatlarga qatʼiy ishonishmagani uchun, Qurʼonda barcha diniy masalaga yechim keltiruvchi bayonotli oyatlar borligini bilmaydilar. Bu oyat aynan ana shunday kimsalarni tanqid qilmoqda. Astoydil va xolislik bilan Qurʼonga murojaat qilgan inson, diniy xususlarda unga yetarli barcha maʼlumotlarga ega bo’ladi.
[165] O’shash oyatlar: (Fatir 35:8), (Sabaʼ 234:28), (Baqara 2:272), (Moida 5:99).
[166] Tilovat – ergashish va amal qilishga ham aytiladi. Oyatlarning to’g’ri o’qilishiga rioya qilib, uning maʼnolari haqida o’ylanib fikr yuritishga ham aytiladi. Qurʼonni mana shunday o’qishga va unga amal qilishga tilovat deyiladi (Tafsirur-Rog’ib). Maʼnolari haqida fikr yuritib, o’ylanib o’qish tilovatdir (Mufradot). Demak, o’qib, uqib, unga amal qilish maqsadida Qurʼon o’qigan insonga Qurʼon tilovat qildi deyiladi.
[167] Payg’ambarlarga ergashib kelgan insonlar doimo boshqalardan fazilatli bo’lgan. Chunki, eng fazilatli ish Allohga ishonishdir. Shunda inson eng aziz va ustun bo’ladi. (Oli Imron 3:139)
[168] Ibtilo – imtihonga o’xshaydi. Lekin, ibtilo – bir ish harakatni namoyon qilishni talab qilishdir. Ixtibor esa – o’zi haqidagi xabarni talab qilishdir (Rog’ib Anfol-Isfahoniy). Lekin ikkalasi ham maʼnoda bir-biriga yaqin. Bu so’zga imtihon qildi yoki sinadi deb tarjima qilib bo’lmaydi. Chunki, insonlar buni insoniy bir imtihondek tushunib oladi. Insonlar bir-birini bilmagani uchun sinaydi. Alloh esa, bilmagani uchun emas, qaysi insonni qanday mukofot yoki jazoga loyiq ekanini o’ziga ko’rsatib qo’yish uchun, uni boshiga turli yaxshi-yomon ishlarni solib, uni o’zidan bir ish harakat sodir etishini talab qilish bo’ladi.
[169] (Mumtahina 60:4)
[170] Ibrohim alayhissalom Alloh taolodan haj ibodatini yerlarini ko’rsatib berishini so’ragan (Baqara 2:128), Alloh unga ko’rsatib bergan va o’sha taʼlimotga ko’ra haj ibodatini ado etgan. Demak, Maqomi Ibrohim – haj ibodati bajariladigan Arafot, Muzdalifa, Jamarot, Safo va Marvo va Haramdir. Haj ibodatlari aynan o’sha maqomlarga bajariladi.
[171] Eʼtikof – ibodat niyati bilan bir muddat vaqtini masjitda o’tkazishdir.
[172] Ibrohim va Ismoilning qilgan bu duolari – insondagi Allohga bo’lgan taslimiyat va ishonchi vaqti-vaqti bilan ziyoda bo’lib turishiga dalolat qiladi. Har bir hodisa vaqtida Allohga bo’lgan ishonch bilan qolish imondagi ziyodalikka ishorat qiladi. Musulmon kishi har doim yo’lida uchragan kufrdan o’zini tiyishi va undan saqlanishi kerak. Kufrni tark qilish bilan imon ziyoda bo’ladi. Ibrohim va Ismoilning duosining mazmuni – Allohga bo’lgan taslimiyatida davomli qolishlarini iltijo qilganini bildiradi.
[173] Ibrohim alayhissalom “bizlarga ko’rsat” degan ifodasi, haj va umra yerlari ulardan avval ham bo’lganini, lekin Nuh to’fonida yo’q bo’lib ketgan bo’lishi mumkinligini ko’rsatadi. (Qarang, Tafsiri Tobariy), (Oli Imron 3:96).
[174] Tilovat – oyatlarning to’g’ri o’qilishiga rioya qilib, uning maʼnolari haqida o’ylanib fikr yuritishdir. Qurʼonni mana shunday o’qishga tilovat deyiladi (Tafsirur-Rog’ib). Maʼnolari haqida fikr yuritib, o’ylanib o’qish tilovatdir (Mufradot). Demak, o’qib, uqib, unga amal qilish maqsadida Qurʼon o’qigan insonga Qurʼon tilovat qildi, deyiladi. Alloh taolo mana shunday o’qishni farz qilgan (Qasos 28:85).
[175] Barcha Payg’ambarlarga kitob va hikmat berilgan (Baqara 2:213), (Oli Imron 3:81).
[176] Oyatga ko’ra, har bir musulmon avvalo Allohga ishonish kerak, shu bilan birga Payg’ambarlarga yuborilgan kitoblarga ham ishonishi, hamda o’sha Payg’ambarlarni bir-biridan ajratmasligi kerak. Allohga ishonsayu, lekin baʼzi bir Payg’ambarlarga yoki ularga berilgan kitoblarning baʼzisiga ishonmasa – bir navi Alloh bilan rasulini:kitobini o’rtasini ajratgan bo’ladi. Bu narsa qattiq taʼqiqlangan (Niso 4:150-152). Shu bois, Alloh bizdan qanday talab qilgan bo’lsa, shunday ishonishimiz kerak.
Oyatda yana bir muhim masala bayon qilingan bo’lib, (Baqara 2:213), (Oli Imron 3:81,84) va (Anʼom 6:83-89) oyatlarda ham bildirib o’tilganidek barcha Payg’ambarlarning qo’lida kitob bo’lgan.
[177] “Sibg’otalloh” iborasiga mafʼuli mutlaq maʼno berildi (Kashshof). Rum surasining 30-oyatiga ko’ra, din fitratdir. Yaʼni, din – inson tabiati uchun kerakli bo’lgan barcha qonun-qoidalar butunligidir. Oyatdagi “bo’yoq” kalimasi ramziy maʼnoda mana shu din – yaratilishdagi fitrat uchun ishlatilgan. Xristianlar yangi tug’ilgan chaqaloq kelajakda maʼnan chiroyli bir holatda voyaga yetishi uchun, o’zlaricha muqaddaslashtirib olgan suvga bolani shumg’utishadi. Aslida esa, chaqaloqlarni ham maʼnan, hamda axloqan chiroyli holatda voyaga yetishi uchun, ularni Allohning sof diniga shumg’utish, yaʼni Islomga ko’ra taʼlim berish kerak. Ana shunda inson haqiqiy ichki va tashqi go’zalligiga ijobiy taʼsir o’tkazuvchi rangga bo’yalgan bo’ladi.
[178] Munofiqlar razil insonlar ekani ushbu suraning 13- oyatida keltirildi, 75 va 76-oyatlarda Qurʼondagi oyatlarni tushunib-yetganidan keyin, uni maʼnolarini buzishga uringan kimsalarni musulmon qiyofasidagi yahudiy munofiqlar ekani bildirilgani uchun, qiblani o’zgartirilishidan norozi bo’lganlar ham aynan o’shanday yahudiy munofiqlar ekani o’rtaga chiqadi.
[179] Hidoyatga kirishni xohlamagan yoki hidoyatdan yuz o’girgan insonni Alloh majburan hidoyat qilmaydi. Alloh hidoyatga kirishni xohlagan va hidoyat yo’lini tanlagan insonlarni hidoyat qiladi. Ularga Qurʼon bilan yo’l ko’rsatadi. Mana shu oyat Rasululloh qilib yurgan ishlarini Qurʼon oyati bilan to’xtatib qo’yilishiga dalildir. Chunki, Payg’ambar alayhissalom bu oyat nozil bo’lishidan oldin Masjidul-Aqsoga qarab namoz o’qigan. Qiblani o’zgarishi haqidagi oyatlar bilan Rasulullohning Quddusga qarab namoz o’qish faoliyati to’xtatildi.
[180] Rasul (رسول) – “birovga yuborilgan so’z” maʼnosini bildirgani kabi, o’sha so’zni yetkazib berish uchun tayinlangan elchiga ham ishlatiladi (Mufradot). Alloh taolo tarafidan insoniyatga yetkazilishi kerak bo’lgan asosiy narsa bu Qurʼon (Uning so’zlari va hukmlari) bo’lganligi bois, “Rasululloh” yoki “Rasul” kalimalariga “Elchi olib kelgan kitob” deb, yoki to’g’ridan-to’g’ri “Kitob” deb tarjima qilish va shunga urg’u berish kerak va shunday tushunish kerak. Maʼno oqishiga qarabgina o’sha kalimalarga Muhammad alayhissalomni nazarda tutib tarjima qilinadi. Uhud jangida Rasulimiz Muhammad alayhissalomni vafot etganligi haqidagi xabar tarqalganida shu oyat tushgan: “Muhammamd bir elchi, xolos. Undan avval ham elchilar kelib-ketdi. Agar u o’lsa yoki o’ldirilsa, sizlar (U keltirgan Qurʼondan) yuz o’girib ketasizlarmi?” (Oli Imron 3:144) Hozir bizning ko’z o’ngimizda Rasul sifatida Muhammad alayhissalomning shaxsi emas, balki u kishi olib kelgan Qurʼon bor. Shu sababli oyatlardagi “Rasul” kalimalariga “Kitob”, yoki “Elchi keltirgan kitob” deb maʼno berdik (Moida 5:67), (Nahl 16:35).
[181] Har insonni ishonishi kerak bo’lgan to’g’ri din mana shu din bo’lganligi uchun, biz musulmonlar insoniyatga o’rnak bo’lishimiz kerak (Oli Imron 3:110). Insoniyatga yaxshi o’rnak sifatida ularni ko’z o’ngida qolishimiz kerak.
[182] Ushbu oyatda “naʼlamu” feʼli bor. baʼzilar u feʼlga “bilaylik” yoki “bilib olaylik” deb maʼno beradi. Aslida unday emas, balki “belgilab qo’yaylik” yoki “ajratib qo’yaylik” deb tarjima qilinishi kerak. Chunki bu feʼlning o’zagi ham ilm hamda alomat maʼnolariga dalolat qiladi. Bundan tashqari yana quyidagi oyatlarda ham “ilm” emas “alomat” yoki “belgi” deya tarjima qilinishi kerak. (Kahf 18:12), (Ankabut 29:3), (Sabaʼ 34:21), (Muhammad 47:31).
[183] Ilk qibla Kaʼba bo’lgan (Oli Imron 3:96). Yana Rasululloh darvrida yuqoridagi oyatlar asosida Kaʼbaga burildi.
[184] Islomda ado etilgan amallar imon sababli sodir bo’lgani uchun, bu oyatda ibodatni o’rniga unga sabab bo’lgan imon kalimasi ishlatilgan. Yaʼni, qibla o’zgarishidan oldin Quddusga qarab o’qilgan namozlaringizni Alloh zoye qilmaydi, degani bo’ladi. Chunki, Quddusga qarab namoz o’qiganida ham Allohga ishongani uchun namoz o’qishgan.
[185] Oyatdagi taniqli narsa yo Qiblani o’zgarishi, yo Qurʼon yoki Muhammad alayhissalom. Balki, bulardan har birini o’z ichiga olishi ham mumkin. Zotan ulardan har biri bir-biriga bog’liq.
[186] Qiblani o’zgarishi hatto hozirgi kundagi Injilda ham ko’rsatilgan (Yuhanna 4:19-21). Agar Qibla o’zgartirilmagan bo’lganda, ahli kitoblar musulmonlarga qarshi o’sha dalillarini o’rtaga qo’ygan bo’lar edi.
[187] Tilovat – oyatlarning to’g’ri o’qilishiga rioya qilib, uning maʼnolari haqida o’ylanib fikr yuritishdir. Qurʼonni mana shunday o’qishga tilovat deyiladi (Tafsirur-Rog’ib). Maʼnolari haqida fikr yuritib, o’ylanib o’qish tilovatdir (Mufradot). Demak, o’qib, uqib, unga amal qilish uchun Qurʼon o’qigan insonga Qurʼon tilovat qildi deyiladi.
[188] Bir vaqtlar Ibrohim alayhissalom Allohdan shuni, yaʼni o’z naslidan mana shunday bir elchi chiqarishini so’ragan (Baqara 2:129).
[189] Zikr Qurʼondir (Hijr 15:48). Qurʼonni o’qigan inson Allohni va Uning hukmlarini zikr qilgan bo’ladi.
[190] Sabr ikki xil bo’ladi:
- Ko’ngli tusagan narsadan o’zini tiyib turish bo’lib, unga iffat deyiladi.
- Yomonlik va mashaqqatlarga nisbatan bardosh qilish bo’lib, bunga shijoat deyiladi (Tafsirur-Rog’ib). Shuning uchun baʼzan ro’zaga ham sabr deyiladi.
[191] [191] Musulmonlar Allohning yordamiga erishish uchun sabr-bardoshli bo’lgan holda, hech qanday shart va sharoitga qaramasdan, Allohning yo’lidan ayrilmasliklari va vazifalarini tark qilmasliklari va mana shu holatda Allohga duo-iltijo qilib Undan yordam so’rashlari kerak bo’ladi. Bu narsa, Allohga qullik qilishda azmu qarorlilik va sabr-bardoshlilikni talab qiladi. Shuning uchun, bu oyatga “Diniy burchini bardavom bajarib” deb maʼno bersa ham bo’ladi. Baʼzi insonlar murod-maqsadlariga erishish uchun faqatgina duoning o’zi kifoya deb o’ylaydi. Holbuki, banda maqsadiga erishishi uchun avvalo Allohdan duo qilib yordam so’rashi hamda kerakli barcha ishni o’z o’znida bajarishi kerakligini ham bildirgan (Baqara 2:200-202), (Najm 53:39).
[192] Allohning sinovi – kimni qanday ekanini bilish uchun emas, bandalarning amallarini o’rtaga chiqarish uchun bo’ladi (Rog’ib al-Isfahoniy).
[193] (Anbiyo 21:65)
[194] Qilayotgan har bir yaxshi ishini sabr-bardosh bilan oxiriga yetkazadigan insonlarga Alloh yordam beradi. Alloh uchun qilingan har bir yaxshi ishi egasini Alloh undan ham yaxshirog’i bilan mukofotlaydi (Nahl 16:97).
[195] Johiliyat davridagi Arablar Safo bilan Marvo tepaliklariga Isaf va Noila nomli ikkita but qo’yib qo’yishgan. Shu sababli, musulmonlar saʼyni tark qilishgan edi (Ibn Hajar Asqaloniy, Fathul Boriy, Sharhi sahihi Buxoriy). O’sha butlar sababli musulmonlar tarafidan vaqtincha saʼy qilinmay qolinganini bildiradi. (Baqara 2:196) oyatdagi buyruq, Haj ibodatini mukammal bo’lishi uchun Safo va Marvoni saʼy qilish shart ekanini va uni tark qilib bo’lmasligini bildiradi.
[196] Yo’l ko’rsatuvchi va uni atroflicha tafsilotlab tushuntirib beruvchi o’laroq oyatlar ikkiga bo’linadi. Boshqacha qilib aytganda, hukm ifodalovchi ona oyatlarga muhkam va uni ochiqlab beruvchi oyatlarga mutashobeh deyiladi (Aʼrof 7:152), (Hud 11:1,2), (Oli Imron 3:7), (Zumar 39:23), (Fussilat 41:3).
[197] Bu oyatdan “Alloh ila oralariga tushadigan ilohlar qilib oladi” degan maʼno ham chiqadi. Har ikkala maʼnoda ham, Allohga hech kimni sherik qilib bo’lmasligi o’rtaga chiqadi.
[198] Mo’minlar Alloh bilan o’zlarini orasiga hech kimni vositachi qilib kirgizmaganliklari uchun, ularni Alloh bilan o’rtalari juda ham kuchli bog’langan bo’ladi. Mushriklar esa Alloh bilan o’zlarini orasiga turli maqsadlarda vositachi va o’rtakashlarni kirgizib olishgani uchun, ularni Allohga bo’lgan sevgisi va Unga bo’lgan bog’liqligi uzilib qoladi. Shu bois, oyatdagi أشد kalimasiga o’zgarmas xususiyatni bildiruvchi sifati mushabbaha maʼnosini berdik. Zotan, «الشد – ash-shaddu» kalimasi kuchli bog’liqlik va mustahkam ahd maʼnolarini bildiradi (Mufradot).
[199] Bu jumla istiora bo’lib, “Shaytonni amriga bo’ysunmanglar” mazmun ifodalaydi. Shayton insonlarga faqat yomon va jirkanch ishlarni, Alloh haqida bilmagan narsalarini gapirishni buyuradi (Baqara 2:169), u o’ziga yaqin kimsalarni qo’rqitadi, yuragiga vahima soladi (Oli Imron 3:175), u insonlarga, aynan musulmonlarga Qurʼonni qo’yib tog’utlarga borib muhokamalashishga buyuradi va shu ish orqali insonni butkul yo’ldan ozdirishni xohlaydi (Niso 4:60), insonlarni xom-xayol va puch maqsadlarga ichini to’ldirib qo’yadi (Niso 4:128), sarxush qiluvchi moddalar isteʼmol qilishga, qimor o’ynashga, but-sanamlarga taʼzim qilishga va folga ishonib amal qilishga chaqiradi va shu ish orqali oralarini buzishni xohlaydi (Moida 5:90), u tavba-tazarru qilib yurmaydigan insonlarga qilayotgan yomon ishlarini chiroyli qilib ko’rsatib qo’yadi (Anʼom 6:43), musulmonlarni Qurʼonni mensimaydigan toifalar orasida davomli o’tirishga va ular bilan doim birga bo’lishga chaqiradi va o’sha suhbatlarda Allohni va Uning oyatlarini unga unuttirib qo’yadi (Anʼom 6:68), u insonlarning avrat va uyat joylarini bir-biriga ochib ko’rsattirishga chaqiradi (Aʼrof 7:20), insonlarni Allohning kitobidan uzoqlashtirishga chaqiradi (Aʼrof 7:175). Inson uchun nimaiki ziyon va zarar keltirsa, demak u ish orqasida shayton va shaytonlashib ketgan insonlar turadi.
[200] Kimki Alloh qilgan narsani halol desa, yoki Alloh halol qilgan narsani desa, yoxud Alloh haqida bilmagan narsasini gapirsa, demak u inson shaytonga ergashgan va shaytonlik qilgan bo’ladi.
[201] Ularga deganda barcha insonlarga ishorat qilgan bo’lishi ham mumkin, yoki rasululloh imonga va Qurʼonga ergashishlikka chaqirganda yuz o’girgan mushriklar va yahudiylarga ishorat qilgan bo’lishi ham mumkin. Bu oyat haqligini hozirgacha ko’rsatib kelmoqdaki, hozirgi kunimizda ham o’zini musulmonman degan kishilarga “Qurʼonga qaytinglar va unga amal qilinglar”- deyilsa, ular ham xuddi oyatda keltirilgan gapni aytib, “Biz faqatgina ota-bobolarimizni diniga ergashamiz”,- deydi.
[202] Mana shu oyatga hamda (Zuxruf 43:22-25) oyatlarga ko’ra, aql yuritmasdan, ko’r-ko’rona birovga taqlid qilib ketaverish to’g’ri ish emasligi o’rtaga chiqadi, hatto o’zining ota-bobolari bo’lsa ham. Bunday ko’r-ko’rona, aql yuritmasdan, tafakkur qilib ko’rmasdan birovga taqlid qilib ketish bu va bu kabi boshqa oyatlarda qattiq qoralanmoqda.
[203] Oyatdagi “yanʼiqu” feʼliga majhul maʼno berildi. Arab tilida zikrul-foili ala irodatil-mafʼul qoidasi bor. “Iyshatir-roziya” iborasiga ham shunday maʼno beriladi.
[204] Bundan boshqa oyatlarda o’z orzu-istaklarini o’ziga iloh qilib olganlarni chorva hayvonlarga o’xshatgan va hatto ulardan ham past saviyada ekani bildirgan (Furqon 25:43, 44). (Aʼrof 7:179) oyatida ham, jahannamga kiradiganlar hayvonlar kabi aqlini ishlamaydiganlar ekani bildirilgan.
[205] Tabiatingiz tortgan deya tarjima qilingan toyyib – طيب kalimasining asl maʼnosi – vujud va tuyg’ularga yoqadigan (lazzatlanadigan) narsadir (Mufradot).
[206] (Anʼom 6:145) oyatga ko’ra, faqatgina oqqan qon harom, tomirlardagi qon emas.
[207] Allohdan boshqasi uchun atalib so’yilmaguncha, musulmon bo’lmaganlarning yoki basmalasiz (Allohni nomi aytilmay) so’yilgan hayvonning go’shti bo’lmaydi. Buning aksini ko’rsatgan birorta oyatham hadis ham yo’q. (Moida 5:3), (Anʼom 6:145)
[208] Bu umumiy bir qoida, xoh Tavrot bo’lsin, Xoh Innjil, xoh Qurʼon; kimki ulardagi hukmlardan birortasini qandaydir manfaat evaziga yashirib kelsa, ularning kimligidan qatʼi nazar, mana shu oyat hukmiga tushadi.
[209] Qurʼonga xilof ish qilganlar hech qachon bir-biri bilan kelisha olmaydi. Shuning uchun Alloh taolo mo’minlarga Qurʼonda birlashinglar deb buyurgan (Oli Imron 3:103).
[210] Bu oyatda imonning sharti beshta hisoblangan. Qadarga imon degan oltinchi shart keltirilmagan. Imon-eʼtiqod masalasida Qurʼonda bo’lmagan, unda buyurilmagan narsalarni ilova qilish juda ham katta xatodir, Allohga iftirodir.
[211] Qasos – sodir etilgan jinoyat bilan unga berilgan jazo o’rtasidagi tenglikni ifoda qiladi.
[212] Maʼruf – tanilgan va bilingan degani. Bu maʼlumot yo Qurʼondan yoki unga zid bo’lmagan urf-odat va anʼanadan olingan bo’ladi. Buning ziddi esa munkar deyiladi.
[213] Qasos – jinoyatiga teng jazo berilish maʼnosini bildirgani uchun, “Qasosda hayot bor” degan jumla shunday tushuniladi: Bir inson boshqa bir insonni o’ldirib qo’ysa, o’lgan kishining yaqinlari endi alam ustida qotilning ham biron bir yaqinini o’ldirib qo’yishi mumkin. Mana shu holatda hech kim haqqidan oshmasligi uchun aynan qasos, yaʼni qilingan jinoyat bilan teng jazo qo’llanishini bildirgan. Qilingan jinoyatga teng jazo berilishi esa – adolat va barqarorlik degani bo’lib, adolat tinch hayotga va barqarorlikka olib boradi. Uni ziddi – zulmdir. Zulm esa – o’lim va beqarorlikka olib keladi. Qasosda hayot bor degani shuni anglatadi.
[214] Aql bilan qalbni birlashishiga lubb deyiladi (al-Ayn). Bunday kishilarga “ulul-albab”, yaʼni sog’lom aql va sog’lom fikr egalari deyiladi. Ular so’zni eshitib, uni eng go’zaliga ergashadiganlardir (Zumar 39:18). Boshqacha qilib aytganda, vijdonli kishi deyiladi.
[215] Vasiyyat – birovga maʼlum bir vazifa yuklatilishni bildiradi (Lisan). Al-vasiyyat kalimasidagi alif-lom muzoaf ilayhdan evaz bo’lib, vasiyyatu at-taqsim deb maʼno berildi. Birovdan qolgan merosni Qurʼondagi taqsimot hukmlariga ko’ra bo’lib berishlik – atrofdagi musulmonlar zimmasiga yuklatilgan bir farz amaldir.
[216] Oyatdagi “muvsin” kalimasiga “muvsil” maʼnosi berganlar bu oyatga “Meros bo’luvchi kishi bir tarafga moyil bo’lib qolishidan, yoki biron bir xatoga yo’l qo’yib qo’yishidan qo’rqib, merosxo’rlarni kelishtirib qo’ysa, unga gunoh yo’q.” Shaklida tarjima qilishgan.
[217] Merosni taqsimlayotgan kishi uchun eng qiyin bo’lgan narsa – qolgan mulklarning har birini bir xil qiymat bilan belgilash va uni har bir voris uchun teng qilib bo’lib berishdir. Bu masalada agar u vorislarni o’rtasini adovat va gina qoldirmaydigan qilib kelishtirib qo’ysa, Alloh buyurgan taqsimotga xilof ish qilgan bo’lmaydi.
[218] (Baqara 2:59) va (Furqon 25:1) oyatlarga ko’ra, bu oyatdagi furqon kalimasiga noibi foil shaklida maʼno bersa ham bo’ladi. Qurʼonni ramazon oyida nozil bo’lishi – Qurʼonning ilk oyatlari o’sha nozili bo’lishini boshlaganiga ishorat qiladi.
[219] Ramazon ro’zasini tutmasdan, boshqa kunlarda tutib berish ruxsati faqat bemor va safardagi insonlarga tegishli. Bulardan boshqa insonlar agar ro’za tutmagan yoki tutgan ro’zasini buzgan bo’lsa, kafforat uchun ro’za tutib berishi kerak emas. Bunday kimsalar endi tavba qilishi kerak. Bu haqida shunday rivoyat bor: “Kimki Ramazon kuni uzri yoki xastaligi bo’lmasdan yeb-ichsa (og’zini ochib yuborsa) butun umr mobaynida ro’za tutib yursa ham, o’sha kungi ro’zani kamchiligini to’ldira olmaydi.” (Buxoriy, Sovm 27, Ibn Moja, Siyom 14, Doramiy, Sovm 18, Ahmad ibn Hanbal 2, 458, 470.)
[220] O’sha takbirlar bayram takbirlaridir. Nabiyimiz alayhissalom Ramazon va Qurbon bayramlarida o’zining ayollari va qizlarini hamda boshqa ayol-qizlarni ham namoz o’qiladigan maydonga chiqishini buyurar edi (Buxoriy, Iydayn 15, 20, Hayz 23, Solat 2, Haj 81; Muslim, Iydayn 10-890) Bayram namozlari shu takbirlar uchun o’qiladi. (Haj 22:37).
[221] Alloh qullariga ilmi, qudrati, yaxshiligi, qutqarib qolishi, yordami bilan yaqin. Allohni insonga makon jihatidan yaqin deb nisbat berib bo’lmaydi. Chunki, Alloh makonlar yaratilmay turib ham bor edi. Alloh bandalariga juda yaqindir. Lekin insonlar uni anglay olmaydi (Voqea 56:85). Alloh insonga shoh tomiridan ham yaqin (Qof 50:16).
[222] (Baqara 2:183) oyatda bildirilgan avvalgilarga farz qilinganidek farz qilingan degan hukm, bu oyatdagi yengillik bilan nasx qilindi va ochiqlandi. Endi, Ramazon oyi kechalarida ayoliga qovushish halol qilingan.
[223] Yaʼni, o’tmishda Ramazon kechalarida qilgan ishlaringiz uchun sizlarni jazolamadi. Aksincha, sizlarga tavba qilib o’zingizni tuzatishga imkon berdi.
[224] Fajr – kechaning oxirida quyoshdan ufqqa ulashgan qizillikdir (Lisan). O’sha qizil shafaq chiqishni boshlaganida yerdagi tabiat uyg’onadi, baʼzi bir yulduzlar ko’rinmay qoladi, saharlik vaqti kiradi. Oq shafaq bilan qora shafaq bir-biridan aniq-tiniq ajragani ko’rinadigan vaqtga qadar saharlik qilinadi. Aynan saharlik vaqtida yoki undan sal avval tahajjud namozini o’qib olsa ham bo’ladi. Saharlikka va tahajjudga aloqador va o’xshash oyat shu: (Tur 52:48,49)
[225] Eʼtikof – Ibodat niyyatida biron bir joyda, xususan masjidlarda maʼlum bir muddat qolishdir. Rasulimiz alayhissalom Ramazonni oxirgi o’n kunida vaqtini masjidda o’tkazar edi (Buxoriy, Hayz 10, Eʼtikof 10.)
[226] Alloh qilgan yo’l orqali mol-mulkka ega bo’lishga botil (buzuq yo’l) deyiladi. Yolg’on gapirib ega bo’lish, o’g’irlik qilib topish, kuch bilan majburan tortib olish, sudxo’rlik qilib topish, norozi qilib egador bo’lib olish, tarozi va o’lchovlardan kamaytirib qolish kabilar botil yo’l hisoblanadi.
[227] Bilib turib birovni mol-mulkiga haqsiz ega chiqish uchun, vakolatli kishilarga yoki ishni o’zini foydasiga hal eta oluvchi shaxslarga pul berish pora hisoblanadi. Bu oyat aynan ana o’shanday pora berishni taqiqlamoqda. Agar bir inson o’z mulkiga ega chiqish uchun birovga pul berishga majbur bo’lib qolsa, berganga emas, balki olganga gunoh bo’ladi. Qachonki birovni haqqiga egalik qilish uchun o’z ixtiyori bilan bersa, shunda har ikkalasi javobgarlikka tortiladi.
[228] Yangi oy quyoshdan keyin chiqqan hilol bilan boshlanadi. Aslida oy va quyosh maʼlum bir hisobga ko’ra yaratilgan va shunday davom etadi (Rohman 55:5), (Yasin 36:40). Payg’ambar alayhissalomdan oyni botishi va chiqishi va u haqda yana boshqa savollar ham so’ralgani maʼlum bo’lmoqda. Alloh taolo bu savolga qisqacha javob berib o’tib, keyin esa, bir insondan uni mutaxassisligi bo’lmagan narsalar haqida so’rashlikni – uyni eshigi turib, uyni oldidagi eshigi turib orqadan aylanib kirish yaxshi emasligini bildirib, o’sha narsa majoziy va qiyos yo’llari orqali bildirib o’tmoqda. Payg’ambarimizning yonlarida bunday hisob-kitobni yaxshi biladigan bir kishi bo’lmagani uchun shunday degan: “Bizlar bir ummiy xalqmiz, hisobni (osmon jismlari va koinot tuzilishi haqidagi fan) bilmaymiz.” “Oyni ko’rganda ro’zani boshlanglar, takroran ko’rganingizda ro’zani yakunlanglar, oy bulutli bo’lsa o’ttizda tugatinglar” (Muslim Siyom 1080,1081). Demak, har bir ishni o’z mutaxassisidan so’rash kerak.
[229] Allohga taqvo qilish quyidagi maʼnolar ifodalaydi:
- Allohga javob berishni o’ylash va masʼuliyatni his qilish.
- Allohning buyruqlariga rioya qilib, qaytariqlaridan qaytib, Allohga qarshi chiqishdan saqlanish.
- Allohdan qo’rqing.
- Niyat, amal, harakat, hatto butun hayotingizdan Alloh huzurida hisob berishni o’ylab yashash.
[230] Musulmonlar faqat quyidagi holatlardagina urush eʼlon qilishlari mumkin: dini sababli musulmonlarga qarshi jang boshlanganida yoki musulmonlarni yurtlaridan surgun qilinayotganida dinini va vatanini himoyasi uchun jang eʼlon qilinishi (Mumtahina 60:8-9), (Baqara2:190), jafokash va mazlum xalqlar yordamga chaqirilganida (Niso 4:75), musulmonlar bilan tinchlik sulhi tuzilganidan keyin, kelishuvni aniq buzishini bilib qolinganida yoki rostmana buzishganida (Anfol 8:58), (Tavba 9:13). Bundan boshqa holatlarda hech kimga na dini, na millati, na irqi va na boshqa narsa sababli urush eʼlon qilib bo’lmaydi, jang qilib bo’lmaydi. Bu holatlardan boshqa holatlarda birovga jang eʼlon qilish haddan oshish va zulm bo’ladi.
[231] Fitna kalimasi Qurʼonda imtihon (Aʼrof 7:155), muammoga duchor qilish, musibatga tushirish (Aʼrof 7:27), jang (Baqara 2:191), jahannam azobi (Zariyot 51:10-14) kabi farqli maʼnolarda keladi. (Baqara 2:102) oyatga ham murojaat qilishingiz mumkin. Urushga sabab bo’ladigan ishni yuzaga chiqarish – o’sha urushda qatnashib kimnidir halok qilgandan ham yomondir.
[232] Urushni to’xtatib, tinchlik haqida kelishuv tuzmoqchi bo’lgan Islom va musulmonlarning dushmanlariga nisbatan qanday ish olib borishligi haqida bilish uchun (Anfol 8:61, 62) oyatiga qarang. Islom va musulmonlarga dushmanlik qilmayotgan g’ayridinlar va boshqa millatlar aro qanday muomala qilishlik haqida bilish uchun (Mumtahina 60:8, 9) oyatiga qarang.
[233] Dinda majburlash bo’lmagani sababli (Baqara 2:256), bu oyatda talab qilingan narsa – hammani majburiy musulmon bo’lishi emas (Yunus 10:99), balki, Allohni yer yuzidagi tartibi o’rnatilishidir (Fath 48:28). Allohning yerdagi tartibi esa – (millati, irqi, dini, jinsidan qatʼi nazar) tartib va qonun-qoidalarni buzmagan taqdirda, har kim teng huquqli va erkin yashay oladigan adolatli jamiyat va muhit barpo qilinishidir. Insonlardan kim qaysi dinni xohlasa o’sha dinda yashashga haqli (Kahf 18:29).
[234] Demak, Islom qonunlariga ko’ra, kim Islom va musulmonlarga qarshi dushmanchilik qilib jang boshlasa, aynan o’shalarga qarshi avvalo mudofaa va himoya uchun, hamda Islom va musulmonlarga nisbatan qilinayotgan haqsizlik va taziqlarga yakun yasash uchun jang qilinadi. Agar ular jangni to’xtatsalar, musulmonlar ham jangni to’xtatishi shart. (Niso 4:38) oyatiga ko’ra, musulmonlarga qarshi jang boshlaganlar agar jangni to’xtatsa, musulmonlar ulardan o’ch olish maqsadida urush boshlamaydi va qasos olmaydi. Musulmonlarga qarshi urush ochganlar jangni to’xtatib, tavba qilsalar ularni o’tmishdagi gunohlari kechiriladi. Lekin, urush tugaganidan keyin kimki zulm va haqsizlik qilishda davom etsa, unday kimsalarga albatta qilgan jinoyatlariga muvofiq jazo beriladi.
[235] oylar – Zulqaʼda, Zulhijja, Muharram va Rajab oylar.
[236] Yaʼni, oylardagi taqiqlarga rioya qilish o’sha taqiqlarga rioya qilganlarga nisbatan qo’llaniladi. oyligiga qaramasdan urush ochgan kimsalarga qarshi urush ochiladi, oyda turibmiz deb qarab turilmaydi.
[237] Allohga taqvo qilish quyidagi maʼnolar ifodalaydi:
- Allohga javob berishni o’ylash va masʼuliyatni his qilish.
- Allohning buyruqlariga rioya qilib, qaytariqlaridan qaytib, Allohga qarshi chiqishdan saqlanish.
- Allohdan qo’rqing.
- Niyat, amal, harakat, hatto butun hayotingizdan Alloh huzurida hisob berishni o’ylab yashash.
[238] Alloh yo’lida sarf-xarajat qilish deganda harbiy byudjet uchun sarflanadigan mablag’ ham nazarda tutiladi (Anfol 8:6). Jamiyatdagi muhtoj, kimsasiz, qarovsiz, kam taʼminlangan, boquvchisiz, qarzga botgan kimsalarga qilinadigan sarf-xarajat ham shu oyat hukmiga kiradi. O’z qo’llaringiz bilan o’zingizni halokatga tashlamanglar degani – imoningizni, yurtingiz va vataningizni himoyasi uchun harbiy byudjet tashkil qilinglar, aks holda sizlarga dushman tarafidan urush ochilib jang boshlanib ketsa, o’z vaqtida harbiy byudjet uchun mablag’ ajratilmaganligi, shu sababli harbiy qurol-yaroq va harbiylarni yetishmovchiligi yuzaga chiqib o’zingizni himoya qilolmay halok bo’lib yo’q bo’lib ketasizlar, degani bo’ladi. Bunga esa o’z vaqtida mol-mulkingizdan sarf-xarajat qilmaganingiz sabab bo’ladi.
[239] Muhsin kalimasidan ikkita farqli maʼno chiqadi:
- Birovga moddiy yaxshilik qiluvchi.
- O’z vazifasini yoki qilayotgan yaxshi ishini puxta, chiroyli va maromiga yetkazib bajaruvchi (Lisan, Mufradot). Yaxshilik qilish har ikkala maʼnoni ham o’z ichiga oladi.
[240] Musulmonlar boshlang’ichda saʼy qilmas edi. Bu oyat shunga ishorat qiladi va bundan keyin saʼyni ham bajarib, Haj va Umra ibodatlarini mukammal ado etinglar, degani bo’ladi. Johiliyat davridagi Arablar Safo bilan Marvo tepaliklariga Isaf va Noila nomli ikkita but qo’yib qo’yishgan. Shu sababli, musulmonlar saʼyni tark qilishgan edi (Ibn Hajar Asqaloniy, Fathul Boriy, Sharhi sahihi Buxoriy). O’sha butlar sababli musulmonlar tarafidan vaqtincha saʼy qilinmay qolinganini bildiradi. (Baqara 2:196) oyatdagi buyruq, Haj ibodatini mukammal bo’lishi uchun Safo va Marvoni saʼy qilish shart ekanini va uni tark qilib bo’lmasligini bildiradi.
[241] “Hady” va “mahall” kalimalariga berilgan maʼno uchun bu oyatlarga murojaat qilinishi mumkin: (Haj 22:28)
[242] Haj ibodatlari bajariladigan kunlar avvaldan hammaga maʼlum bo’lgan qurbonlik qilinadigan kunlardir (Haj 22:28). Barcha hojilar bir joyga yig’iladigan Zulhijjaning 9- kuni Hajjul-Akbar kuni hisoblanadi (Tavba 9:3). U kuni Arafotga chiqqan hojilar kechasi Muzdalifada to’xtab, keyin Minoga qarab seldek oqib tushadilar (Baqara 2:198). Undan keyin Kaʼbani tavof qilishadi (Haj 22:29). Zulhijjaning 10-kunidan 13-kuniga qadar to’rt kun qurbonlik bayramining qurbonlari kesilib, haj ibodatlari tamomlanadi (Baqara 2:203). Bu oyatga ko’ra haj oylari uch oy bo’lsada, haj ibodatlari Zulhijjaning 9-dan 13-gacha bo’lgan kunlarda bajariladi.
[243] Oyatdagi fusuq kalimasi – shariyat belgilagan chegarani buzishdir (Mufradot). Hajga borib haj amallarini qilmaslik ham, taqiqlangan ishlarga qo’l urishi ham “fosiqlik” deyiladi.
[244] Hajga borgan har kim o’ziga yetarlik yegulik yoki yetralik mablag’ ovolishi kerak. Chunki hech kim u yerga mol-mulk va yegulik tarqatgani bormaydi. Haj mavsumida u yerdagi insonlarning asosiy qismi musofir va xizmatchi bo’ladi. Yetarli mablag’ yoki yeguliksiz borgan kimsalar, haj vaqtida fikru xayoli kimdan qancha qarz olsam ekan, yoki kim menga qancha yordam qilar ekan xayol degan band bo’lib qolib, katta imkoniyatni qo’ldan boy berib qo’yadi.
[245] Bu oyatdagi (tijorat va rizq) iboralarini (Haj 22:28) oyati bog’lami bilan birgalikda izohlab tarjima qildik. Haj xaqidagi oyatiga ko’ra, hajga borganlar ehromga kirmagan holatlatda tijorat va boshqa har turli iqtisodiy manfaatlar bilan mashg’ul bo’lish mumkin ekani bildirilgan.
[246] Bu oyatdagi zikr qilinglar iborasi namoz o’qishga ishorat qiladi. Chunki, maxsus bir vaqtda yoki maʼlum bir makonda zikr qilish iborasi,maxsus ibodatga ishorat qiladi. Muzdalifaga o’z vaqtida yetib kelgan hojilar u yerda shom va xufton namozlarini o’qishadi. Kech qolganlar esa bomdod namozini kutadi. Toha 20:14 oyatida “Meni zikrim uchun namoz o’qi” amri berilgani uchun, bu oyatdagi zikr namozga ishorat qiladi. Shu bois, Muzdalifada hech bo’lmasa bitta farz namoz o’qiladi. Tay qabilasidan Urva b. Mudarrisdan shu mazmundagi bir rivoyat bor: “Muzdalifada Rasulullohga yetib keldim va shunday dedim: «Tay tog’idan keldim, ulovim parishon bo’ldi, o’zimni ham qiynadim. Vallohi, tepasiga kelib dam olmagan bironta qum tepaligi qolmadi, men hoji bo’la olamanmi? Rasululloh shunday dedi: «Kimki biz bilan birga shu (tong) namozini o’qisa va avvalroq – kechasi yoki kunduzi Arafotga kelgan bo’lsa, u kishi hajini tamomlagan va tafasini yeriga keltirgan bo’ladi.” (Abu Dovud, Manosik 69, Termiziy haj 57, Nasoiy, Manosik 211, Ibn Moja, Manosik 57, Ahmad Ibn Hanbal 4,261) Tafas – hadisga ko’ra, Arafot va Muzdalifadagi to’xtalishdir. “Tafaslarini ado qilsinlar” buyrug’i ularni farz ekanini ko’rsatadi.
[247] Bu oyatga ko’ra hojilar Muzdalifadan tushayotganida va undan keyin jonu dildan mag’firat so’rashlari va Allohdan ko’p-ko’p neʼmatu ikromlar so’rab olishi kerak.
[248] Qazo – bir ishni to’liq va to’g’ri bajarishiga aytiladi (Maqoyis). Bundan tashqari, bir ishga qaror berish (Isro 17:23) va bir ishni tamomlash (Fussilat 41:12) maʼnolarda ham qo’llanilgani kabi, ishni to’liq va puxta qilish maʼnoalrida ham ishlatiladi. Bu haqdagi bir oyat shunday: (Toha 20:72) Demak, ibodat masalalaridagi qazo kalimasi o’sha ibodatni puxta ado etilishiga ishorat qiladi. Bu oyatdagi qazo kalimasi ham namozni to’liq va puxta qilib qado qilish degan maʼnoni bildiradi.
[249] Demak, dunyoda baxtli yashashni xohlagan kishilar ham kerakli ishlarni amalga oshirish va harakat qilish kerak ekan. Dunyoda ham oxiratda ham baxtli yashashni xohlaydigan musulmonlar ham kerakli ishlarni amalga oshirishi va Allohga duo qilish bilan birgalikda tinimsiz saʼy-harakat qilishlari ham kerak. Maqsadga erishish uchun quruq duo bilan kifoyalanish to’g’ri emasligini bizga mana shu oyat ochiqlab beryapti. Chunki, oyatda qilgan duolari uchun ulush va nasiba beriladi deb emas, qilgan saʼy-harakatlaridan nasiba beriladi deb javob kelmoqda. Bu oyat musulmonlar uchun juda muhim va zaruriy bir masala hisoblanadi.
[250] Bu ibora quyidagi oyatlarga ko’ra, Allohning hisob-kitob qilishiga, kofirlarni jazolab, mo’minlarni mukofotlashiga oz qolganiga ishorat qiladi. (Qomar 54:1), (Anbiyo 21:97), (Nahl 16:1).
[251] Haj ibodati Allohning buyrug’i bo’lganligi uchun, Haj kunlariga qo’shish yoki ayirish ham Allohning amridadir. Oyatdagi kunlar – Qurbon bayrami kuniga qo’shilgan kunlardir. Agar hojilar o’sha kunlarda ado etiladigan – Allohni yod etish vazifasini ikki kun ado etmay, uchinchi kuni ado etsalar ham, yoki uchinchi kuniga qoldirmay, birinchi va ikkinchi kunlari ado etib qo’ysalar ham bo’ladi. Lekin, ehromda taqiqlangan ishlarga qo’l urmasliklari kerak.
[252] Musulmonlar nafaqat hojiga borib ehromga kirganlarida, balki butun umr o’zlarini nojo’ya xatti-harakatlardan, urush-janjaldan, fisqu fujurdan uzoq tutishlari kerakligini bildirmoqda bu oyatda. Chunki, Alloh har doim hoziru nozirdir.
[253] Bu oyatga “(Seni yoningdan) ayrilib ketganida”, deb tarjima qilganlar ham bo’lgan.
[254] Halok – undagi bor narsani yo’qqa chiqarishdir. Jumladagi maʼno oqishiga qarab – chiritish, tugatish, vayron qilish, barbod qilish va yo’q qilish kabi maʼnolar beriladi. Oyatdagi “hars” kalimasi dehqonchilik orqalik tirikchilik qilish degan maʼnoni ham bildirgani uchun, oyat “insonlarni tirikchilik qilishiga qarshi chiqadi”, insonlarni tirikchiligini buzadi», kabi maʼnolarga ham dalolat qiladi.
[255] Islomga kirgan inson tinchlik va bexavotirlik yo’liga kirgan bo’ladi. Islomga to’liq amal qilgan inson o’zini shaytoniy – yovuz ishlardan saqlagan, natijada dunyoda ham yomon oqibatlar kelishidan hamda oxiratda Allohning g’azabi va laʼnatiga, azob va uqubatiga duchor bo’lishdan saqlagan hamda, salomatlik yurti bo’lgan jannatga kirishiga o’zi sabab bo’lgan bo’ladi. Alloh insonlarni o’sha salomatlik yurtiga chaqiradi (Yunus 10:25). Mo’minlarni Islomga to’laligicha kirishga chaqiriq – davomli Islom ahkomlariga rioya qilishga, har doim kufrga qarshi chiqib imon tarafida bo’lishga, yomonlikka qarshi chiqib yaxshilik tarafida bo’lishga chaqiriqdir.
[256] Shayton insonlarga faqat yomon va jirkanch ishlarni, Alloh haqida bilmagan narsalarini gapirishni buyuradi (Baqara 2:169), u o’ziga yaqin kimsalarni qo’rqitadi, yuragiga vahima soladi (Oli Imron 3:175), u insonlarga, aynan musulmonlarga Qurʼonni qo’yib tog’utlarga borib muhokamalashishga buyuradi va shu ish orqali insonni butkul yo’ldan ozdirishni xohlaydi (Niso 4:60), insonlarni xom-xayol va puch maqsadlarga ichini to’ldirib qo’yadi (Niso 4:128), sarxush qiluvchi moddalar isteʼmol qilishga, qimor o’ynashga, but-sanamlarga taʼzim qilishga va folga ishonib amal qilishga chaqiradi va shu ish orqali oralarini buzishni xohlaydi (Moida 5:90), u tavba-tazarru qilib yurmaydigan insonlarga qilayotgan yomon ishlarini chiroyli qilib ko’rsatib qo’yadi (Anʼom 6:43), musulmonlarni Qurʼonni mensimaydigan toifalar orasida davomli o’tirishga va ular bilan doim birga bo’lishga chaqiradi va o’sha suhbatlarda Allohni va Uning oyatlarini unga unuttirib qo’yadi (Anʼom 6:68), u insonlarning avrat va uyat joylarini bir-biriga ochib ko’rsattirishga chaqiradi (Aʼrof 7:20), insonlarni Allohning kitobidan uzoqlashtirishga chaqiradi (Aʼrof 7:175). Inson uchun nimaiki ziyon va zarar keltirsa, demak u ish orqasida shayton va shaytonlashib ketgan insonlar turadi.
[257] Arab tili qoidasida bir ishni aynan o’ziga yoki boshqasiga nisbat berish bor. Masalan: (Sajda 32:11) oyatida “Sizlarni o’lim malagi vafot ettiradi” deyilgan bo’lsa, (Zumar 39:42) oyatida “O’lim vaqtida jonlarni Alloh vafot ettiradi” deyilgan. Ko’rinib turibdiki, bir oyatda o’lim malagi qiladigan ishni boshqa bir oyatda Alloh O’ziga nisbat bermoqda. Buning sababi – o’sha ishni farishtaga Alloh buyurgan bo’ladi. Yoki ar-Rohman surasida Alloh: “Qurʼonni Rahmon o’rgatdi” deyilgan. Lekin boshqa oyatda esa “Unga shiddatli quvvat egasi (Jabroil) o’rgatdi” deb keltirilgan. Bunda ham hikmat shuki, Muhammad alayhissalomga Qurʼonni Jabroil alayhissalom Allohning izni bilan o’rgatgan. (Isro 17:81) oyatida ham mana shu oyatdagi qoidaga o’xshash qoida ishlatilgan ibora bor. U oyatda “Haq keldi va botil yo’q bo’ldi”, deyilgan. Bilamizki, haq deganda haq din va haqiqat nazarda tutiladi. Din o’z oyog’i bilan kelib qolmaydi. Uni kimdir so’z va harakati bilan keltirgan bo’lishi, yaʼni kimdir unga sababchi bo’lishi kerak.
Bundan tashqari, baʼzi bir tarjimonlar bu oyatga aynan Allohning O’zi keladi, deb arab tili qoidalari va boshqa aloqador oyatlarga eʼtibor qilmasdan tarjima qilishadi. Arab tilida “Kelish va keltirish” kalimalari harakatlanadigan biron bir tirik mavjudotni bir makondan boshqa bir makonga kelib-ketishi uchungina ishlatilmaydi. Balki, tuzatishi kerak bo’lgan ishga yordam berishni qasd qilgan kishi uchun ham ishlatiladi. “Keldim” so’zi o’zbek tilida ham baʼzan majoz bo’lib ishlatiladi. Masalan: “Kitobning tahorat bobiga keldim.” Bu bilan o’sha kishi kitobning ichiga kirib kelgan deyilmaydi. “Keldi” yoki “Keladi” so’zlari Allohga nisbat ishlatilganida, Allohning zotini kelishi yoki bir makondan boshqa makonga ko’chishi kabi maʼnolar berilmaydi. Balki, Uning amri kelganiga yoki belgilagan vaqti kelganiga dalolat qiladi.
Demak, baʼzi bir muhim masalalarda qandaydir ishlarda Alloh aynan O’z zotiga nisbat berib keltiradi.
[258] Bu narsa yo qiyomatning kelishiga yoki osmondan azob yomg’iri yog’ishiga ishorat qiladi. Har ikkalasini ham insoniyat to’xtatib qololmaydi. Alloh taolo tarafidan biron-bir ish (balo-ofat yoki jazo) amalga oshirilishi uchun, Allohning kelishi yoki ko’rinishi, yoxud azob farishtalarni ko’rinishini keragi yo’q. Allohni “bo’l” degan amri kifoya. Hatto qiyomat qoyim qilib yuborish ham Allohga bir lahzalik ish.
[259] (Baqara 2:117).
[260] Alloh taolo insonni yaratib, unga qanday yashash kerakligini uning o’z yaratilish fitratida o’rgatib qo’ydi. Insoniyat asosan yeb-ichib va er-ayol bir-biri bilan qo’shilib hayotini davom ettiradi. Lekin Alloh taolo yeb-ichishga ham, er-xotinlikka ham o’lchov va qoida o’rnatib qo’ygan. Ulardan shariat buyurgan miqdorda – haddan oshmasdan isteʼmol qilishni Allohning o’zi ularga ziynatli qilib ko’rsatib qo’ygan. Yeb-ichishga va ayoli bilan qo’shilishga insonning yaratilish tabiatining o’zida ishtiyoq bo’ladi. Bu narsa unga Alloh taolo tarafidan berilgan. Lekin, kimki yeb-ichishda halolni qo’yib haromga qo’l ursa, yoki nikohni qo’yib zinoga qo’l ursa, undan keyingi qilayotgan ishlarini ularga shayton chiroyli qilib ko’rsatib qo’yadi. Shuning uchun baʼzi oyatlarda “Alloh ziynatlab qo’ydi”, deb keltirilgan bo’lsa, yana boshqa oyatlarda “shayton ziynatlab qo’ydi”, deb keltirilgan.
[261] Oyatga ko’ra har bir payg’ambarda kitob bo’lgan.
[262] Kimki to’g’ri yo’lni tanlasa va kerakli ishni qilsa, ana o’sha insonni Alloh hidoyat qiladi. Kimki zalolatni tanlasa, Alloh uni zalolatga giriftor qiladi. Hidoyat va zalolatni insonning o’zi tanlaydi (Hud 11:108), (Isro 17:15), (Naml 27:92). Alloh hidoyatni ana shunday qullariga munosib ko’radi (Sho’ro 42:13).
[263] Allohning imtihonidan sabr-bardosh bilan yaxshi o’tganlarga Alloh albatta yordam beradi. Alloh sabrliklar bilan birgadir (Baqara 2:153), (Anfol 8:46).
[264] Nimani sarflash haqidagi savolga (Baqara 2:219) oyatda javob berilgan. Bu oyatda esa qayerga sarflash haqida ko’rsatma bergan.
[265] oylar to’rtta. Ular: Zulqaʼda, Zulhijja, Muharram va Rajab oylar (Tavba 9:36).oylar to’rtta. Ular: Zulqaʼda, Zulhijja, Muharram va Rajab oylar (Tavba 9:36).
[266] Fitna kalimasi Qurʼonda imtihon (Aʼrof 7:155), muammoga duchor qilish, musibatga tushirish (Aʼrof 7:27), jang (Baqara 2:191), jahannam azobi (Zoriyot 51:10-14) kabi farqli maʼnolarda keladi. (Baqara 2:102) oyatga ham murojaat qilishingiz mumkin. Urushga sabab bo’ladigan ishni yuzaga chiqarish – o’sha urushda qatnashib kimnidir halok qilgandan ham yomondir.
[267] Jihod – dushmanni, shaytonni yoki orzu havaslarini bosimiga qarshi Allohni buyruqlarini ado etish uchun sarflangan katta kuch va g’ayrat degani (Mufradot). Baʼzi o’rinlarda dushmanga qarshi mudofaa uchun jang qilish maʼnolarida ham ishlatiladi.
[268] Hazrati Umar ibn Xattob xamrni shunday taʼriflagan: «Xamr – aqlni to’sib qo’yuvchi narsadir» (Buxoriy va Muslim rivoyati). Insonni yaxshiliklardan va asl yaratilishidagi xulq-atvoridan uzoqlashtiradigan harakatlarga “ism” deyiladi (Mufradot). Xomr (Mast qiluvchi ichimlik va giyohlar) va qimor insonni Qurʼondan va namozdan (Moida 5:91) va asl yaratilish tabiatidan jiddiy maʼnoda uzoqlashtiradi. Zotan Alloh taolo taqiqlagan narsalarning barchasiga nazar soladigan bo’lsak, ularni barchasida ham foydasidan ko’ra zarari ko’proq bo’lib chiqadi. Bizni yaratgan Rabbimiz bizga nima foyda va nima zarar ekanini O’zi juda yaxshi bilgani uchun, Uning amriga so’zsiz amal qilib yursak, ham sog’lom, hamda tinch-xotirjam hayot kechiramiz. (Aʼrof 7:33) oyatda Alloh taolo وَالْاِثْم – al-ism deya gunohning har turini deb buyurgan. Bu oyatda ham xomr-mast qiluvchi ichimlik turini “ism” deb keltirgan. Bu oyatga ko’ra, isteʼmol qilganda insonni vaqtincha aqlini va es-hushini olib qo’yadigan ichimlik va giyoh turlari inson uchun zararli va haromdir.
[269] Oyatdagi avf so’zi – umumiy ehtiyojidan ortgan va ko’paygan degan maʼnolarni bildiradi (as-Sihoh, Maqoyis). (Aʼrof 7:95) oyatiga ko’ra esa, bir kishini boy ekanini bildiradi. Bir insonning uyi, zaruriy uy jihozlari, o’zini va qaramog’idagi kishilarning yemoq-ichmog’i, zarurati uchun kerakli bo’lgan ulovi, xususiy ishxonasi va shu kabi narsalar – kishining umumiy va zaruriy ehtiyojlari sirasiga kiradi. (Anʼom 6:160) oyatiga ko’ra, hosildorliklarning sadaqasi (ushri, yaʼni o’ndan biri) yig’im-terim kuni amalga oshiriladi.
[270] (Ahzob 33:4, 5) oyatlariga ko’ra, asrab olingan farzandlikning hech bir jihati boqib oluvchi ota-onalari uchun o’z farzandi sifatida qabul qilinmaydi. Shu hukmga ko’ra, Zayd o’z xotini Zaynabdan ajrashganidan keyin Rasululloh u bilan nikohlangan. Buni hikmati esa, boqib olingan farzandlar hech qachon o’z tuqqan va tug’dirgan farzandi hukmiga kirmasligi insonlar zehniga joylashib qolishi uchundir.
[271](Niso 4:6) oyatda yetimlarga va ularning mulklariga nisbatan qanday muomala qilinishi kerakligi ochiqlangan. Ana o’sha oyatda ancha-muncha yengillik berilgan. Agar Alloh “Yetimlarga tegishli mol-mulkka aslo qo’lingizni tekkazmanglar” desaydi, yetimlarni otaliqqa olish, ulardan qolgan merosni asrab-avaylash va shu kabi masalalarda turli qiyinchiliklar yuzaga kelgan bo’lardi.
[272] Dinidan qatʼi nazar uylanish bo’lgan ayollar (Niso 4:22, 24) oyatlarida bayon qilingan. (Niso 4:25) oyatida esa, nomusli hur ayollarga uylanishga kuchi yetmaganlar, nomusli asira ayollarga uylanishiga ruxsat berilgan, biroq, asira ayolga uylangandan ko’ra, sabr qilgani yaxshi ekani aytilgan. (Tavba 9:31) oyatida esa, yahudiy va xristianlarning barchasi mushrik ekani maʼlum qilingani holda, Moida surasining 5- oyatida yahudiy va xristianlarning nomusli ayollariga uylanishga ruxsat berilgan. Mana shu oyatlarga ko’ra, uylanishda avvalo hur va nomusli mo’mina ayollar, keyin nomusli mo’mina asira ayollar, keyin nomusli mushrika ayollar tavsiya etiladi. Bu esa, g’ayridinlik nikohga taʼsir qilmasligini bildiradi. Zotan, bu masala (Tahrim 66:10,11) oyatlarida o’rnakli holda keltirilgan. Payg’ambar alayhissalom Juvayriya bilan uylanish uchun unga Islomga kirishini talab qilmagani, o’zining qizi Zaynab eri Abul-Os musulmon bo’lmagani holda u bilan hijratning 6- yiligacha birga yashagani, hamda Payg’ambar alayhissalom er yoki xotinning dinini deb birorta ham oilani ajrashtirib yubormagani, yuqoridagi oyatlarni hayotiga tatbiq qilganini ko’rsatadi.
[273] Oyatdagi المحيض kalimasi ham oy ko’rish va hamda nifos (tug’ruqdan keyin keladigan) qonini bildiradi (Maqoyis). Ummu Salama onamizdan qilingan rivoyatda ham, nifos kalimasi hayz ko’rgan ayol uchun ham bir xil maʼnoda ishlatilganini, yaʼni mahiz kalimasi ham nifos hamda hayz qoni uchun ishlatilganini bildiradi (Buxoriy, Hayz 4). Hayz (menstruatsiya) — bu maʼnaviy nopoklik emas, balki vaqtinchalik fiziologik holat. Tibbiyotda bu jarayon quyidagicha tasvirlanadi: Bachadon ichki qatlami (endometriy) har oy homiladorlik bo’lmaganda to’kiladi. Bu tomirdan oqib chiqadigan qon emas, balki qon + to’qima + shilliq qavat aralashmasi. Bachadon bo’yni biroz ochiq bo’ladi, himoya bakteriyalari kamayadi va infeksiya xavfi ortadi. Shuning uchun jinsiy aloqa paytida ikkala taraf uchun ham «aziyat» (noqulaylik, zarar) yuzaga kelishi mumkin (bachadon ichki infeksiyasi, endometrit, bakteriyalarning ko’payishi). Oyatdagi “Hatta yathurna” (حَتَّىٰ يَطْهُرْنَ) iborasi qon oqishi to’xtashini bildiradi. Tibbiy til bilan: hayz qoni to’xtab, fiziologik tiklanish bosqichi boshlanishi. Bu yerda “poklanish” so’zi maʼnaviy emas — fiziologik tozalanish (qon va to’qima chiqib ketganidan keyin bachadon normal holatga qaytishi). Oyatdagi “Tatohharna” (تَطَهَّرْنَ) iborasi esa – faol harakatni bildiradi (tatahhara — o’zini poklash). Tibbiy va gigiyenik nuqtayi nazardan: hayz to’xtagandan keyin to’liq gigiyenik poklanish (to’liq dush qabul qilish, g’usl). Yaʼni, qon to’xtagan bo’lsa ham, qolgan mikroorganizmlar va qoldiqlarni yuvish kerak. Bu oddiy tibbiy tavsiya — infeksiya xavfini butunlay bartaraf etish uchun. Oyatda hayzni maʼnaviy nopoklik deb emas, vaqtinchalik fiziologik holat va noqulaylik (aza) deb taʼriflaydi. Demak, odatli vaqtda faqat jinsiy munosabat taqiqlangan.
[274] (Baqara 2:187, 223) oyatlarga ko’ra, ayoliga faqat old avrat joyidangina yaqinlashish mumkin.) Ekinzor – undan hosil olinadigan joydir. Demak, farzand kutiladigan yerga aloqa qilish sharti bilan xohlagan shakda yaqinlik qilish mumkin.
[275] Ekinzor – undan hosil olinadigan joydir. Demak, farzand kutiladigan yerga aloqa qilish sharti bilan xohlagan shakda yaqinlik qilish mumkin.
[276] Allohga taqvo qilish quyidagi maʼnolar ifodalaydi:
- Allohga javob berishni o’ylash va masʼuliyatni his qilish.
- Allohning buyruqlariga rioya qilib, qaytariqlaridan qaytib, Allohga qarshi chiqishdan saqlanish.
- Allohdan qo’rqing.
- Niyat, amal, harakat, hatto butun hayotingizdan Alloh huzurida hisob berishni o’ylab yashash.
[277] Alloh taolo Payg’ambar alayhissalomning ichgan qasamini buzdirgan (Tahrim 66:1,2). Demak, ichgan qasami biron bir yaxshilikka mone bo’lib qolsa uni albatta buzish kerak.
[278] Aloqador oyatlar: (Moida 5:89), (Nahl 16:91).
[279] Oyatdagi “iylo” kalimasida umuman qasam maʼnosi yo’q. Lekin baʼzilar bu oyatga qasam ichsa deb tarjima qiladi. Xafalik, jahl, zihor yoki boshqa sabablarga ko’ra ayolidan uzoq qolishga qaror bergan erlar, ayolidan faqat to’rt oy uzoq qolishi mumkin. Agar to’rt oy ichida ayoliga qaytmasa, beshinchi oyning boshidan boshlab taloq muddati boshlanib ketadi. Agar to’rt oy ichida ayoli bilan qovushsa, oilasi va nikohi yana davom etadi. Agar bu ishga erkak kishi qasam ichmagan bo’lsa, qasamini buzgani uchun kaforat bermaydi. Bu oyat zihor oyati bilan bog’liqdir. Zihor qilgan erkaklar ham eng ko’p to’rt oy ayolidan yolg’iz qolishi mumkin. Zihor – er o’z xotinini yoki xotinining boshi, yuzi yoki orqa qismini o’ziga qilish uchun, abadiy turmush qurishi taqiqlangan biron bir ayol bilan taqqoslashini anglatadi.
[280] Agar er to’rt oy davomida ayoliga qaytmasa, muddat oxirida taloq hukmi boshlangan bo’lib, ayol taloq qilingan hukmiga kiradi va o’sha kundan boshlab idda kutish boshlanadi.
[281] Ajrashish ishi faqatgina ayollarni poklik vaqtida amalga oshirilishi kerak. Ajrashgandan keyin idda saqlash vaqtida ayollar uylaridan chiqmasligi (Taloq 65:1) va yotoqda o’zlari yolg’iz qolishlari kerak. Bu holat, er bilan ayolni ajrashish yoki ajrashmaslik haqida so’ngi beradigan qaroriga oydinlik kiritadi. Agar ajrashadigan bo’lsa, idda ichida er-xotin o’rtasida farzandga sabab bo’ladigan aloqa qilinmagani bois, o’rtada farzand bo’lib ajrashishlikni oldi olingan bo’ladi. (Baqara 2:222) oyatiga ko’ra, odatli vaqtlarida ayollarga yaqinlik qilib bo’lmagani uchun, oyatdagi “quru” kalimasi poklik muddatini bildiradi. Demak, eri tarafidan ajrashilgan (taloq qilingan) ayollar erini uyidan ketish uchun uch poklik muddaticha idda saqlaydilar.
[282] Agar eri taloq berib ajrashishga qaror berib bo’lganidan keyin, yana ayoli bilan oilani davom ettirib ketishni xohlab qolsa, qaytib yashashi uchun faqatgina uni yaxshi niyatda ekani maʼlum bo’lganidan keyingina ayoliga qaytishiga izn beriladi. Zotan, hech bir erkakka ayolini yomon niyatda xotin qilib olib qolish halol bo’lmaydi. Agar ayol ajrashishni xohlasa, er tarafidan ham ayol tarafidan ham bittadan hakam keladi (Niso 4:35).
[283] Taloq surasida ko’rsatilgan shakldagi taloq ikki marta bajariladi xolos. Birdaniga uch taloq qilish Qurʼon va Sunnatda umuman yo’q. Bunday taloq Allohning amriga va taloq masalasidagi qaroriga mutlaqo ziddir.
[284] Agar ayol kishi o’z ixtiyori bilan eridan ajrashmoqchi bo’lsa, er va ayol tarafidan bittadan hakam tayinlanadi (Niso 4:35). Agar hakamlar rostdan ham ayol eri bilan yashashni xohlamayotgani va shunda qarorli ekanini bilsalar, hakamlarni qaroriga ko’ra ayol eri bergan mahr va hadyalarni hammasini yoki bir qismini yeriga qaytarib berib (Niso 4:19-21), o’z ixtiyori bilan eridan ajrashadi.
[285] Avvalgi oyatda gi “O’sha taloq ikki martalikdir” iborasiga ko’ra, bu oyatga “uchinchi marta taloq qilsa” deb maʼno berdik. Bu holatda erkak kishi so’ngi imkoniyatidan foydalanib bo’lgan hisoblanadi.
[286] Maʼlumki, Alloh taolo Qurʼonni o’ziga xos uslub bilan O’zi ochiqlab bergan (Hud 11:1, 2), (Aʼrof 7:52). Qurʼonni ochiqlash uslubini ham Qurʼonga joylashtirgan. Demak, Alloh taolo tarafidan amalga oshirilgan o’sha tafsilot va bayonotga, o’sha uslubni bilgan ilm hayʼatigina erishishi mumkin (Fussilat 41:3), (Oli Imron 3:7).
[287] Nikohni davom ettirish va yana bir oila bo’lib chiroyli hayot kechirish niyati bo’lmagani holda, turli sabablarga ko’ra, shunchaki ayolini o’z holiga tashlab qo’ymaslik maqsadida uni xuddi ajrashmagandek uyda olib qolish mumkin emas.
[288] Ayol kishi erini o’zi tanlaydi. Shu sababli uni tanlovi maʼrufga uyg’un bo’lishi kerak.
[289] Bu oyatlarda ismi tafzil maʼno berish to’g’ri kelmagani uchun, kalimalarga sifati mushabbaha maʼno berilgan.
[290] (Taloq 65:6).
[291] Emizikli bolasi bor ayolni eri vafot qilsa, uni moddiy taʼminoti erning vorislariga yuklatiladi.
[292] Eri vafot qilgan xotin, iddasi tugaganidan keyin o’zi xohlagan kishiga maʼrufga ko’ra erga tegishiga to’sqinlik yo’qdir. Aza 3 kun bo’ladi, idda esa, 4 oy va o’n kundan oshiqcha bo’lmaydi.
[293] Nikoh agar er tarafidan buzilsa, u holatga taloq deyiladi. Agar ayol o’z ixtiyori bilan eridan ajrashmayotgan bo’lsa, nikohni buzish haqqi er qo’lida bo’ladi. Agar nikoh ayol tarafidan buzilsa, u holatga iftido deyiladi. Ayol kishi iftido huquqiga esa, er va ayol tarafidan kelgan ikki hakamning bergan qaroridan keyin ega bo’ladi. Ana o’shanda ayol eri bergan mahr va hadiyalarni hammasini yoki bir qismini eriga qaytarib berib, o’z ajrashishga qaror qilishi mumkin (Baqara 2:229).
[294] Yaʼni, mahrni kelishib qo’yganu, lekin qo’l tekkizmay turib taloq qilgan ayollariga berishi kerak bo’lgan mahrni yarmini bermay o’zida ushlab qolish haqqiga ega bo’lgan erlar, taloqdan keyin mahrni hammasini berib, o’z haqlaridan voz kechib yuborishlari taqvoga yaqin ekani bayon qilinmoqda.
[295] Qurʼon taʼlimotiga ko’ra, erkaklar ayollarni ham himoya qiladi va hamda ularni moddiy tomondan taʼminlab turadi. Erkak kishi asosan mana shu jihatdan javobgar bo’ladi. (Niso 4:34). Shuning uchun, asl vazifasi bo’lgan narsani – moddiy yordamlarini baʼzisini qaytarib olmasligi o’z shaʼni va g’ururiga yaxshi bo’ladi.
[296] Kun – bir kunduz va bir kechadan tashkil topadi. Avval kunduz keladi keyin kecha (Yasin 36:40). Bularni birlashtirgan va ayirib turgan narsa kechaning boshlanishidir. Demak, bir kecha va bir kunduzdan tashkil topgan bir kunning o’rtasi – kecha bilan kunduzni ayirib turuvchi shom vaqti hisoblanadi. Rakatlari qasr bo’lmasligi, kecha bilan kunduzni o’rtasida ekanligi, peshin, asr va bomdod namozidan farqli o’laroq yarmi jahriy va yarmi maxfiy o’qilishi va boshqa sabablarga ko’ra, shom namozi eng o’rta deb nomlangan bo’lishi mumkin. Undan tashqari, arab tilida ko’plikning eng ozi uch bo’ladi. Uchga yana bitta o’rta namoz qo’shilsa to’rtta bo’ladi. Lekin to’rttani eng o’rtasi bo’lmaydi. Demak, oyatda aytilganidek eng o’rta namoz bo’lishi uchun yana bitta bo’lishi kerak. Shu bilan namozlar besh vaqt bo’ladi: peshin bilan asr namozi kunduzgi ikki namoz, xufton bilan bomdod kechadagi ikkita namoz, shom esa kecha bilan kunduzni ayirib turadigan vaqtda o’qiladigan beshinchi eng o’rta namoz. Shom namozidan avval kunduzi ikki mahal namoz o’qiladi, keyin ham tong otgunigacha yana iki mahal namoz o’qiladi. Bu ham shom eng o’rta namoz ekanini bildiradi. O’rta namoz haqida turlicha rivoyatlar bor. Ammo ular orasida shomni o’rta namoz degan hadislar oyatga muvofiq keladi.
[297] Bu oyatda qo’rquvni taʼrifi keltirilmagan. Bu oyatdagi qo’rquv, har kimni o’z sharoitidan kelib chiqib eʼtiborga olinadigan qo’rquv. Qandaydir sababga ko’ra namozni ruknlari bilan o’z vaqtida ado qilolmay qolishdan qo’rqqan kishi, ushbu oyatda ko’rsatilganidek, yurib ketayotib yoki mingan holatda bo’lsa ham namozini o’z vaqtida ado etishi kerak. Niso 4:102- oyatida aytilgan jang maydonidagi qo’rquv umuman boshqa qo’rquv. Chunki, jang arafasidagi namozlar ikki rakatdan bir rakatga tushirilishiga ruxsat berilgan jang safaridagi namozlardir. Bundan tashqari, jang maydonida yurib yoki mingan holatda o’qishga ruxsat berilmagan. O’sha (Niso 4:102) oyati va ushbu oyatning dalolat qilishicha, hech bir narsa namozni vaqtida o’qimay qoldirishga sabab bo’lmaydi.
[298] (Baqara 2:152) oyat va izohiga qarang.
[299] O’lgan inson birovga vasiyat qilolmagani uchun, bu oyatdagi vasiyat kalimasiga (Niso 4:12) oyatdagidek, Allohning insonlarga qilgan vasiyati maʼnosida tarjima qilinadi. Bu oyatning kirish qismi ushbu suraning 234- oyati bilan bir xil bo’lgani uchun, har ikkala oyatni birgalikda tushunadigan bo’lsak, eri o’lgan ayol iddasini erining uyida kutishini va boshqa kerakli vazifalarni joyiga keltirish ishini nazorat qilib turilishi, vafot etgan kishini tanigan-bilgan uzoq-yaqin kishilariga yuklatilgani kabi, o’lgan erkakning ortda qolgan ayolini bir yil muddatga yetadigan qilib moddiy taʼminotini qilib berishlik ham bu oyatga ko’ra Alloh taolo tarafidan vasiyat qilingan (amr qilingan) bir vazifasi ekani o’rtaga chiqadi.
[300] Eri vafot qilgan ayollar, erini vafotidan keyin, darrov erini uyini tashlab chiqib ketishi mumkin bo’lganidek, 4 oyu 10 kun iddasi yakunlanishi bilanoq boshqa erga tegib ketishga ham haqqi bor.
[301] (Qof 50:9-11) oyatlarida ham qurg’oqchilik sababli harakatdan to’xtagan yurtga ham “o’lik yurtni barakatli yomg’ir sababli tiriltirdik”, deyilgan. Bu oyatdagi o’lim va tiriklik ham majoziydir. Yaʼni, haqiqiy o’lish va haqiqiy tirilish emas.
[302] Jang masalasi uchun ushbu suraning 190- oyati va izohiga qarang.
[303] Boshqaruvga va barcha vakolatga egalik qila oladigan kishiga malik deyiladi. Bu oyatga ko’ra malik – bosh qo’mondondir. Chunki, u jangda barcha vakolatlarga egalik qiladi va jangni boshqara oladi.
[304] Mulk deganda rizq, hukmdorlik, boshqaruv, mol-davlat ham tushuniladi. Lekin, oyatdagi maʼno oqishidan hukmronlikdan nasiba degan maʼno chiqadi.
[305] Boshqaruvga va barcha vakolatga egalik qila oladigan kishiga malik deyiladi. Bu oyatga ko’ra malik – bosh qo’mondondir. Chunki, u jangda barcha vakolatlarga egalik qiladi va jangni boshqara oladi.
[306] Iltifot. Qarang: (Baqara 2:49) oyat va izohi.
[307] Bu oyatni (Luqmon 31:33) va (Shuaro 26:88) oyatlar bilan birgalikda o’qilsa, bu haqda yanada ko’proq maʼlumotga ega bo’linadi.
[308] Bu oyat vahdati vujud tushunchasini rad etadi. Vahdati vujud – Allohdan boshqa borliq yo’q, Allohdan boshqa borliqlar Uning zoti, sifati va ismlarining namoyandasidir deb ishonishdir. Bu oyat bunday buzuq eʼtiqodni mutlaqo rad qilmoqda. Allohdan boshqa borliqlar ham Alloh yaratgan haqiqiy maʼnodagi bor narsalardir. Aloqador oyat: (Rum 30:8).
[309] Allohning O’zigagina xos bo’lgan sifatlar haqida bayon qilingan oyatlarda qo’llanilgan «عند-inda» kalimasiga “Allohning huzurida” deb emas, balki “Allohning hukmida” yoki “Allohga oid bo’lgan” deb maʼno beriladi (Qarang: Mufradot va boshqa maʼonil-Qurʼon kitoblariga). Bunga bir-qancha oyatlardan misol keltiramiz: وَعِنْدَهُ عِلْمُ السَّاعَةِ – qiyomat ilmi Uning hukmidadir:Uning O’ziga oid ilmdir (Zuxruf 43:85). وَعِندَهُۥ مَفَاتِحُ ٱلۡغَیۡبِ لَا یَعۡلَمُهَاۤ إِلَّا هُوَۚ – g’ayb kalitlari Uning (Allohning) O’ziga oiddir. Ularni Undan boshqasi bilmaydi (Anʼom 6:59).
Baʼzilar bu oyatni dalil qilib, qiyomat kuni baʼzi insonlar Alloh jahannamga hukm qilgan gunohkorlarni Allohning hukmidan qutqarib jannatga olib kirib ketadi, degan tushunchani ilgari suradi. Holbuki, bu oyatda qiyomat haqida ham, bir inson boshqa bir insonni qutqarishi haqida ham so’z ochilmagan. Qolaversa oyatdagi «يشفع-yashfaʼu» feʼli o’timsiz (lozim) maʼnosida ishlatilgan. Agar mutaaddiy (o’timli) feʼl bo’lganida jumla to’liq bo’lishi uchun mafʼul ham bo’lishi kerak edi. Demak bu oyatdagi “yashfaʼu” feʼliga (Maryam 19:87) oyatdan anglashiladigan maʼno beriladi. Yaʼni, “(Dunyodalik vaqtida) Rahmondan ahd olgan kimsadan boshqa hech kim (Ilohiy) shafoatga:oqlanishga ega bo’lmaydi.”
Shafoat haqidagi yana boshqa oyatlar uchun qarang: (Anʼom 6:51), (Sajda 32:4), (Zumar 39:43, 44), (G’ofir 40:18), (Najm 53:26).
[310] Mufassir Zamaxshariy va Roziyni bildirishicha, bu oyatdagi “kursi” kalimasiga hokimiyat va cheksiz va taʼrifsiz kuch-qudrat deya maʼno beriladi. Chunki, bu kalima balog’atdagi majoz qoidasiga ko’ra tarjima qilinadi.
[311] Tog’ut – yovuzlik, zo’ravonlik, haddan oshishlik, jafokashlik, zulm va jabr qiluvchi kimsa degan maʼnolarni anglatadi. Undan tashqari, noto’g’ri din va adolatsiz:mustabid tuzimni o’zini hamda ulardan biriga boshchilik qilayotgan shaxsga ham tog’ut deyiladi. Bunga avvalo Firʼavn misol bo’ladi. Qurʼon oyatlariga ko’ra quyidagi sifatlardan biriga ega bo’lib, haddan oshganlarga tog’ut deyiladi:
- Insonlarni yorug’likdan qorong’ilikka, hidoyatdan zalolatga, farovonlik va kenglikdan muammo va tashvishli hayotga yetaklayotgan kimsalar.
- Kufr yo’lini Islom va musulmonlarning yo’lidan ko’ra to’g’ri deydiganlar.
- Insonlarni qattiq zalolatga yetaklayotgan shayton sifat insonlar. (Baqara 2:257), (Niso 4:51, 60)
Insonlarni yo’ldan adashtirishga bel bog’lagan insonlarni ham, shaytonni ham tog’ut deyiladi.
[312] Yorug’lik deganda, imon, ilm, adolat, farovonlik, baxt-saodat va emin-erkinlik tushuniladi. Zulmat esa aynan uning ziddi.
[313] Tavrot, Ezra 1 va 4-boblarda bu shahar Quddus ekani, oyatdagi shaxs esa Uzayr alayhissalom ekani aytilgan. Qurʼon oyatlari tasdiqlagan avvalgi ilohiy kitoblardan ham izohda foydalanish mumkin. Lekin, Qurʼondan avvalgi kitoblarga ehtiyotan tarixiy manba sifatida qarashimiz mumkin. Ulardan imon-eʼtiqod va amal taraflama foydalanmaymiz. Zotan, Qurʼon o’zidan avvalgi kelgan ilohiy kitoblarni tasdiqlovchi va nazorat qilib tekshirib turuvchi bo’lib kelgan (Baqara 2:41, 91, 97), (Oli Imron 3:3), (Moida 5:48) va yana bu haqida o’nlarcha oyat bor.
[314] Bu oyatni majoziy maʼnoda tushunish ham mumkin. Yaʼni, qalbi o’lik insonlarni qachon va qanday tiriltirasan?- degan maʼnoda so’ragan bo’lishi mumkin. Oyatdagi to’rtta qush – to’rtta elchi/chopar, tog’lar – katta xalqlar va katta jamiyatlar bo’lishi ham mumkin.
[315] Bu oyatda, Alloh yo’lida mol-mulkidan sarflab turadiganlarni maqomi va martabasi tushuntirilyapti. Alloh yo’lida moddiy yordam ko’rsatmasdan baxillik qiladiganlarning yomon oqibati shunday bayon qilinadi:
“Ey Allohga ishonib-suyanganlar! Bilimdonlar va dindorlarning ko’pchiligi rostdan ham insonlarning mol-mulklarini noto’g’ri yo’llar orqali yeydi va ularni Allohning yo’lidan to’sadi. Oltin-kumush (mol-davlat) yig’ib, ularni Alloh yo’lida sarflamaydigan kishilarga alamli azobni xushxabarini yetkaz! O’sha oltin-kumushlar Jahannam o’tida qizitilib, ularning peshonalari, biqinlari va orqalariga tamg’a qilib bosiladigan kuni ularga shunday deyiladi: «Bu – faqatgina o’z shaxsiy manfaatingiz uchun yiqqan xazinangizdir. Yiqqan xazinangizni azobini totinglar endi!” (Tavba 9:34, 35)
[316] Demak, yaxshi natijaga erishish uchun, qilayotgan ishingizdan avval, ayniqsa nafaqa va ehson qilishda yaxshilab o’ylanib, riyo qilib qo’yishdan, minnat va ozor berib qo’yishdan saqlanib nafaqa qilish kerak, sadaqa qilgandan keyin minnat qilmaslik va ranjitadigan so’z va harakatlardan uzoq turish kerak.
Katta imkoniyatlarga ega bo’lgan kishi, kun kelib qiyin ahvolga tushib qolishi ham mumkin. Dunyo va undagi narsalar o’tinchi va foniydir. Oxirat esa yaqin va undagi narsalar abadiy va mangudir. Oxiratdagi narsalarga erishish uchun dunyodagi o’tkinchi narsalardan Alloh yo’lida sarf qilib qolish kerak.
[317] (Baqara 2:254), (Oli Imron 3:92).
[318] Shu darajada nafaqa va ehson qiladiganlar ham borki, ularni berayotgan ehsonini ko’rganlar, bu ketishda o’zi muhtoj holga tushib qoladi, deydiganlar ham bo’ladi. O’sha vahima va qo’rquvni xayollarga shayton keltiradi. Lekin, Allohdan oladigan ajrga to’liq ishongan mo’minlar yo’llarida davom etaveradilar.
[319] Aql bilan qalbni birlashishiga lubb deyiladi (al-Ayn). Bunday kishilarga “ulul-albab”, yaʼni sog’lom aql va sog’lom fikr egalari deyiladi. Ular so’zni eshitib, uni eng go’zaliga ergashadiganlardir (Zumar 39:18). Boshqacha qilib aytganda, vijdonli kishi deyiladi.
[320] Allohni roziligidan boshqa narsa kutmagan holda nazr qilish juda yaxshi amal. Bunday nazr bundan boshqa oyatlarda ham maqtab keltirilgan. (Oli Imron 3:35), (Inson 76:67).
[321] Qurʼonda «sadaqa» iborasi turli mavzularda farqli maʼnolarda ishlatilgan: Zakot: (Tavba 9:60), Hajdagi to’lov: (Baqara 2:196), Ayollarning mahri: (Niso 4:4), Xun to’lash: (Niso 4:92), Nazrini berish: (Tavba 9:75), jamiyatni tikkalash uchun dinidan qatʼiy nazar olinadigan to’lov: (Tavba 9:103).
[322] Yuz kalimasi baʼzan bir zotning aynan o’ziga ishorat qiladi. Arablarda “vajhan-nahar” degan so’z bor. yaʼni, kunduzning yuzi. Bu bilan ular kunduzning o’ziga ishorat qilayotgan bo’ladi (Mufradot).
[323] Bu va bundan boshqa oyatlarga ko’ra, muhtoj kimsani shaxsi, dini, irqi, millati, yoshi yoki jinsiga qaralmaydi. Kim yordamga muhtoj bo’lsa, kimligiga qaramay unga yordam berish kerak (Inson 76:8), (Baqara 2:219), (Tavba 9:60).
[324] Oyatdagi “taxobbat” yopishib olib aqlini mashg’ul qilish, miyasini chalg’itish, boshini aylantirish maʼnolarida ham keladi (Lisan). Shaytonni xiylasi va chalg’itishi uchun (Baqara 2:208) oyat izohiga qarang.
[325] Oyatdagi “yamhaqu” feʼli bebaraka qilib qo’yish, yaxshiligini ozaytirish, foydasini kamaytirish, degan maʼnolarni bildiradi (al-Ayn).
[326] (Rum 30:39) oyatiga ham qarang.
[327] Allohga taqvo qilish quyidagi maʼnolar ifodalaydi:
- Allohga javob berishni o’ylash va masʼuliyatni his qilish.
- Allohning buyruqlariga rioya qilib, qaytariqlaridan qaytib, Allohga qarshi chiqishdan saqlanish.
- Allohdan qo’rqing.
- Niyat, amal, harakat, hatto butun hayotingizdan Alloh huzurida hisob berishni o’ylab yashash.
[328] Qarz sifatida berilgan mulkni ustiga yuklatilgan qo’shimchaning har turi sudxo’rlik hisoblanadi. Qog’oz pul olib-sotishdagi farq bunga kirmaydi. Chunki, oyat davomidagi “haqsizlik qilmaysiz va qilinmaysiz” iboralari, qarzni to’layotgan vaqtdagi pulni qiymatini tushib ketishiga rioya qilish kerakligini bildiradi.
[329] Aqlsiz – layoqatsiz, mol-mulkini qadr-qiymatini bilmagan, mol-mulkini bekorchi joylarga sarflab tashlaydigan kishi. Kuchsiz — yosh go’dak, nogiron yoki katta yoshli mo’ysafid kishi
[330] Guvohlar ishonchli kishilar bo’lishi kerak (Moida 5:106-108), (Taloq 65:2).
[331] Jumlada “aqsotu” iborasi ismi tafzil bo’lgani uchun, qarzni yozib qo’yish farz emas, balki tavsiya ekanini bildiradi. Ikkita to’g’ri narsani yon-mayon keltirilganda, ulardan biriga to’g’ri deyilsa, ikkinchisiga to’g’riroq deyiladi. Biriga xato ikkinchisiga to’g’ri deyilmaydi. Bunday ibora guvohlar haqida oyatlarda ham keltirilgan. Qarang: (Moida 5:106-108) Oyatlarni tavsiya yoki qatʼiy buyruq ekanini ajrata olmaydigan kimsalar, bu oyatga qarab qarzni har qanday holatda ham yozib qo’yish farz deb fatvo beradilar. Bu hukm Qurʼon va Sunnat butunligiga zid hukm bo’ladi.
[332] Oyatga ko’ra bir-biriga ishonganlar, qarz oldi-berdini yozmasligi, garov olmasligi va guvoh ham olib kelmasligi mumkin. Shuning uchun, oyatdagi “guvohlik uchun sog’lomroq” ifodasi, guvohlik uchun yana bir sog’lom yo’l borligini va har ikkalasi ham to’g’ri ekanini bildiradi.
[333] Isr – yangi keladigan rasulga (elchi orqali yuboriladigan kitobga) ishonishdir. Isr lug’atda yuklatilgan og’ir bir vazifaga aytiladi (Lisan). Qo’shimcha maʼlumot uchun (Oli Imron 3:81), (Aʼrof 7:157) oyatlarga qarang. Bunday yuk Ummati Muhammaddan olib tashlangan. Chunki, Muhammad alayhissalom so’ngi payg’ambardir (Ahzob 33:40). Alloh O’zining kitobini to’g’ri tushunishni, unga amal qilishni va boshqalarga ham yetkazishni nasib qilsin. Bandalarini yaxshiliklarga muvaffaq qilgan Alloh ulug’lik va buyuklikda tengsizdir. Unga olqishu maqtovlar bo’lsin. Elchisi janobi Muhammadga bizdan duoi salomlar bo’lsin.
[334] Bu harflarga “hurufi muqattoa” va “hurufut-tanbeh” deyiladi. Qurʼoni Karimning bundan boshqa yana 28 ta surasi mana shunday, yaʼni o’quvchi va eshituvchining diqqatini va fikrini jalb qilish uchun arab tiliga xos bir qoida bilan boshlangan. Hurufi muqattoadan keyin keladigan oyatlar asosan Qurʼonning asl mohiyati, mazmuni va o’zidagi usul va qoidalarni, Qurʼonning nozil bo’lishidagi maqsadi va Payg’ambar alayhissalomning Qurʼonga nisbatan yuklatilgan vazifasi haqida bayon qilib beruvchi oyatlar kelgan. Payg’ambar alayhissalomga bularning maʼnolari haqida hech qanday savol berilmagan. Bu esa, u harflarda turli ilohiy sirlar yashirilmaganini, aksincha ularning maʼno va mohiyati ochiq-ravshan bo’lganini bildiradi. Yaʼni tanbeh harflaridir. Demak, bu harflardan qasd qilingan narsa; bulardan keyin o’qiladigan oyatlarga o’quvchi va eshituvchilarning diqqatini jalb qilishdir. O’zbek tilida bu kabi holatlarda “Diqqat! Diqqat!” kalimasi foydalaniladi.
[335] Qurʼon o’zidan avval yuborilgan barcha ilohiy kitoblarni Allohdan kelgan haq kitob ekanini tasdiqlaydi va himoya qiladi. Shu sababli, ularga qo’shib qo’yilgan iboralar yoki ulardan chiqarib yuborilgan hukm va oyatlarni o’rganish uchun, albatta Qurʼonga murojaat qilish kerak. (Moida 5:48).
[336] Allohning hidoyat qilishi 4 (to’rt) xil bo’ladi:
Alloh O’zining borligini, birligini va insonga har narsadan yaqin ekanini har tomonlama ko’rsatib-bildirib qo’yishidir. Mana shu sababli Alloh taoloning ikkinchi o’ringa qo’yib, undan boshqa narsalarni birinchi o’ringa qo’yishni shirk deb bildiradi va bu gunohni mag’firat qilmaydi (Niso 4:48). Undan tashqari, noto’g’ri yo’lga kirib qolganlar va xato ishlarga qo’l urganlarga bir shaklda sezdirib ogohlantirib qo’yadi (Shams 91:8-10), (Anʼom 6:125).
Yaxshini yomondan ajrata olish xususiyati va iqtidori berilgan insonga to’g’ri va haqni topib olishida rahbarlik qilishidir. Bu haqidagi bir oyat shunday: (Zariyat 51:20, 21)
Elchilari orqali yuborgan O’zining kitobi bilan insonlarga yo’l ko’rsatishidir. Shu bois Alloh taolo tarafidan Nabiylariga yuborilgan har bir kitobning o’rtoq (bir xil) nomi “huda” yaʼni rahbar va qo’llanmadir.
To’g’ri yo’lda yurishni xohlagan kimsalarni Alloh O’z yo’liga qabul qilish va uni to’g’ri yo’lda ekanini tasdiqlashidir (Ibrohim 14:4).
Allohning elchilari va ularning vorislariga nisbat beriladigan hidoyatga (Qurʼondagi yo’lga) yetaklash, boshlash, daʼvat qilish, ko’rsatib qo’yish deb aytiladi.
Qurʼon to’g’ri yo’l ko’rsatuvchi qo’llanma bo’lishi uchun, musulmonlar dinu dunyo ishlaridagi muammo va ixtiloflariga yechim izlash maqsadida unga samimiy, shubha qilmagan va qatʼiy ishongan holda murojaat qilishlari lozim. Ana shundagina Qurʼon har bir musulmonni hayotidagi muammolariga to’g’ri yechim chiqarib beradi. Alloh taolo bu haqda shunday marhamat qiladi:
“Shubhasiz bu Qurʼon eng to’g’ri yo’lga boshlaydi.” (Isro 17:9)
Demak, Qurʼonda ko’rsatilgan har bir yo’l eng to’g’ri yo’ldir, xoh u oilaviy bo’lsin, xoh iqtisodiy, xoh muomala-madaniyatiga bog’liq bo’lsin.
[337] Furqon – haqni nohaqdan ajratish yoki ajratgan degan maʼnolarni bildiradi. Bu so’zni arab tilida ko’plik shakli bo’lmagani uchun, jumladagi maʼno oqishiga qarab birlik yoki ko’plik maʼnosi berladi. Furqon sifati Alloh nozil qilgan barcha kitoblarda bor (Anbiyo 21:48). Bundan tashqari, o’zini xatolardan saqlab yuruvchi va nojo’ya hatti-harakatlardan uzoq yuruvchi insonlarga ham Alloh ana shunday Furqon, yaʼni haqni nohaqdan ajrata olish iqtidori berib qo’yadi (Anfol 8:29).
[338] Intiqom – jinoyat bilan jazo o’rtasida mutanosib bir muvozanat barpo qilishdir (Al-Ayn).
[339] Bu oyatga ko’ra, insonlarning o’ziga xos muayyan o’lchamlari (erkak yoki ayol ekani yoxud boshqa xususiyatlari) azalda emas, onalarining qornida belgilanib qo’yilishi o’rtaga chiqmoqda. (Maryam 19:67), (Inson 76:1, 2) oyatlariga ko’ra esa, qadarchilar iddao qiladigan inson haqidagi azaliy maʼluotlari asossiz ekani bilinmoqda.
[340] Qisqa va lo’nda qilib biron bir hukm bildirgan oyat muhkam oyat deyiladi, o’sha muhkam oyatlar mavzu va hukm tomonlama unga xzshagan boshqa mutashobeh oyatlar bilan ochiqlanib tafsir qilinadi (Hud 11:1, 2). Qurʼonni tafsir qilish usuli ham mana shunday. Qurʼoni Karim asosan hukm ifodalovchi muhkam oyatlardan va ularni ochiqlab-tafsirlab beruvchi mutashobeh oyatlardan iborat. (Zumar 39:23) oyatida: “Alloh so’zlarning eng go’zalini – mutashobeh va masoniy qilib yuborgan” deyilgan. Masoniy – ikkitaliklar degani. Demak, bu va bunga o’xshash boshqa oyatlarga ko’ra, Qurʼoni Karim oyatlari muhkam va mutashobeh o’laroq, eng kamida ikkitalik yoki undan ham ko’p bo’lgan bir-biriga bog’liq oyatlar tashkil topgan, hamda Qurʼondagi hukmga mana shu shaklda ega bo’lish mumkin.
[341] Mutashobeh – bir-biriga o’xshash degani. Hukm ifodalovchi oyatga ham maʼno jihatidan, hamda hukm jihatidan o’xshash oyatlarga mutashobeh oyatlar deyiladi.
[342] Taʼvil – Qurʼon istilohiga ko’ra, Allohning oyatlar orasida aloqa va bog’liqlik ko’rsatib qo’yishiga ishorat qilinadi.
[343] Bu oyatda keltirilgan ilm – oyatlarni oyatlar bilan ochiqlab tafsir qilish ilmidir (Aʼrof 7:52). Avvalgi ilohiy kitoblarga ishonganlar orasida ham bu ilmga ega bo’lganlari bo’lgan (Niso 4:162).
[344] Aql bilan qalbni birlashishiga “lubb” deyiladi (al-Ayn). Bunday kishilarga “ulul-albab”, yaʼni, sog’lom aql va sog’lom fikr egalari deyiladi. Ular so’zni eshitib, uni eng go’zaliga ergashadiganlardir (Zumar 39:18). Boshqacha qilib aytganda, vijdonli kishi deyiladi.
[345] (Moida 5:36).
[346] Naml 27:13, 14) oyatlariga qarang.
[347]«Kazzaba» feʼli Qurʼonda lozim feʼl bo’lib ham, mutaaddiy bo’lib keladi. Lozim bo’lib kelganida “ko’p yolg’on gapirish” (Anʼom 6:148), (Yunus 10:39) maʼnosida keladi. Baʼzi oyatlarda esa, jar harfi bilan mutaaddiy bo’lib kelib; bir narsaga qarshi yolg’on gapirish va yolg’on munosabat bildirish deb maʼno beriladi (Anʼom 6:21, 157), (Aʼrof 7:37), (Toha 20:48), Jar harfisiz mutaaddiy bo’lib kelgan o’rinlarda esa, yolg’onga chiqarish maʼnosi beriladi (Oli Imron 3:184), (Hijr 15:80), (Shuaro 26:176).
[348] Badrda Makkadan kelgan kofirlar musulmonlarga nisbatan ikki barobardan ko’p bo’lgan, lekin Alloh taolo mo’minlarni ko’ziga kofirlarni kamroq qilib — o’zlariga ikki barobar qilib ko’rsatgan. Bu bilan Alloh mo’minlarni qalbiga xotirjamlik solgan va u narsa ularga ruhan dalda bo’lgan. Badrda musulmonlar Makkadan kelgan jangchilar bilan karvon o’rtasiga tushib qolishi (Anfol 8:42), musulmonlar uch mingta malak bilan ruhan dastaklanib turilinishi (Oli Imron 3:124), mo’minlarni qalbi xotirjamlikni his etishi uchun o’sha kuni shirin bir uyquga tolib qolishi va ular uzra rohat-farog’atlik tuyg’usi paydo bo’lishiga sabab bo’ladigan yomg’ir yog’ishi, (Anfol 8:11) bularning barchasi Allohning mo’minlarga qilgan yordami va yaxshiligidir.
[349] “Shaʼa” feʼlining masdari – bir narsa qilish, bir ishni amalga oshirish va mavjud bir predmetni anglatuvchi maʼnolarni bildiradigan »shayʼun = شيء»dir (Mufradot). Alloh taolo hamma narsani maʼlum bir o’lchov va qoiadaga ko’ra yaratadi (Qomar 54:49), (Raʼd 13:8). Imtihonga tobeʼ bo’lgan narsalarni yaxshi va yomon deb ikkiga ajratgan (Anbiyo 21:35). Alloh taolo hammani to’g’ri yo’lda bo’lishini xohlaydi (Niso 4:26), lekin faqatgina to’g’ri yo’lda yurishni xohlab kerakli va to’g’ri ishlarni amalga oshirganlarnigina to’g’ri yo’lda deb tasdiqlaydi va to’g’ri yo’lga qabul qiladi (Nur 24:46). Har bir insonga qilayotgan ishini yaxshi yoki yomon ekanini uning o’ziga Alloh bildirib sezdirib qo’yadi (Shams 91:7-10).
Demak, shaʼa = شاء feʼlining foili Alloh bo’lsa, “kerakli ishni qildi yoki qilsa”, agar foil inson bo’lsa “tanlagan va tutgan yo’lining kerakli ishini bajardi yoki bajarsa” mazmunida maʼno beriladi. Bu haqidagi bir oyat shunday: (Nahl 16:93)
Demak, oyatning mazmuni shunday bo’ladi; “Agar Alloh sizlarni bu dunyoga imtihon uchun yaratmagan va har bir quliga tavba qilishga muhlat va imkon bermasa edi, sizlarni bu qilgan ishingiz uchun hozirni o’zidayoq sizlarni jazolagan bo’lardi.”
Qurʼonda bo’lmagan qadarchilik ishonchini Islomga kirgizmoqchi bo’lganlar juda katta o’zgartirish va buzishni amalga oshirgan holda «shaʼa = شاء» feʼliga iroda, yani xohish va istak degan maʼnoni xoslab qo’yishgan. Bu noto’g’ri tarjimani tafsirlarga, hatto keyinchalik yozilgan tarjima va lug’at kitoblariga ham joylashtirib, ko’plab oyatlarning maʼnolarini buzib yuborishgan. Yuqorida o’rnak qilib keltirilgan oyatga ular shunday maʼno berishgan: “Agar Alloh xohlasa, sizlarni bir ummat qilar edi. Lekin xohlagan kimsani zalolatga ketkazadi va xohlagan kimsani hidoyat qiladi. Va albatta qilib yurgan ishlaringizdan so’ralasizlar.” (Nahl 16:93) Shunday qilib, Qurʼonning baʼzi oyatlari boshqa baʼzi oyatlariga zid va xilofli bir kitob qilib ko’rsatishni uddasidan ham chiqdilar. Holbuki, Qurʼonda xilof va ziddiyat yo’qdir (Kahf 18:1), (Niso 4:82).
[350] Chorva hayvon deganda asosan qo’y, echki, sigir va tuyaning erkagu urg’ochisi nazarda tutiladi (Anʼom 6:143, 144).
[351] (Kahf 18:7) oyatiga ko’ra, Alloh taolo imtihon uchun shunday qilgan. Demak, halol va ziynatli bo’lgan narsalardan foydalanishda meʼyordan oshmaslik, haromga qo’l urmaslik va dunyo ziynatlarini oxirat hayotida beriladigan jannat ziynatlaridan ko’ra ustun ko’rib, oxiratni unutib qo’ymaslik kerak, shunda o’sha ziynatli narsalarning imtihonidan o’tib oladi.
[353] Saharlarda turib duo va ibodat bilan mashg’ul bo’ladiganlarga beriladigan ajru mukofotning qanchalik ulug’ligini va ularning fazilati haqida (Sajda 32:15-17) oyatlariga qarang.
[353] Allohni borligi va birligini bilmagan va tan olmagan inson juda ham kam. Shu bois, Qurʼon Allohni borligini tasdiqlash uchun emas, Unga boshqa narsalarni sherik qilmaslik haqida ko’p ogohlantiradi va o’sha narsadan qattiq taqiqlaydi. Toshdan yasalgan haykallarni iloh emasligini hamma biladi va buni hech kim iddao qila olmaydi (Anbiyo 21:52-56). Lekin, o’sha haykallar va toshlarni kimlarningdir xotirasi uchun barpo qilishadi, undan keyin uning ruhi va ruhoniyatini hurmat qilayapmiz deb, asta sekin o’sha o’lib ketgan insonni muqaddaslashtirishni va undan yordam so’rab, madad so’rashni boshlab yuborishadi. Bu kabi foydasiz va shikr ishlarni ajrata olish uchun Allohning kitobini yaxshi tushunish kerak. Undagi hukmlarga to’g’ri bir shaklda ulasha olish uchun esa, Qurʼonda ko’rsatilgan hikmat uslubida ilm olish kerak.
[354]Ahli kitoblarni o’zaro ixtilofiga sabab bo’lgan o’sha maʼluot — o’zlariga berilgan ilohiy kitoblarni tasdiqlovchi Qurʼon kelganligi haqidagi maʼlumotdir (Oli Imron 3:84, 85).
[355] Bu haqida qo’shimcha maʼlumot uchun qarang: (Baqara 2:213), (Sho’ro 42:14), (Josiya 45:17).
[356] Bu oyatga ko’ra, o’ziga ilohiy kitob ulashmagan kimsaga ummiy deyiladi. Qurʼon nozil bo’lgan davrda Makkalilarning qo’lida ham ilohiy kitob bo’lmagani uchun, ularga ham ummiy deyilgan. O’zlari ishongan ilohiy kitobning ichidagilardan bexabar insonlarga ham ummiy deyiladi (Baqara 2:278). Arab tilidagi ummiy kalimasi o’zbek tilida “omi” deb ham bilinadi.
[357] Bu oyatdagi “xabarini yetkaz” buyrug’i avvalo payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomga buyurilgan. U kishini qarshisida esa, payg’ambarni o’ldirgan bironta ham shaxs bo’lmagan. Hech kim otasi yoki ajdodi qilgan gunoh uchun javobgarlikka tortilmaganligi uchun (Najm 53:38), bu va bu kabi oyatlarda keltitiladigan “qatl-muqotala” kalimalariga majoziy o’laroq “payg’ambarlikni o’ldirishga uringan” yoki “payg’ambarga dushmanchilik” yoki “jang qilgan” deb maʼno beriladi, payg’ambarlarni o’ldirgan deb maʼno berib bo’lmaydi.
[358] Yahudiylar bu gaplarni Tavrotga ilova qilingan so’zlardan olishgan. Tavrotga keyinchalik tafsir etilib kirgizilgan bu yolg’on so’zlar “So’zli Tavrot” deb bilishadigani va bizning anʼanaviy tushunchamizga ko’ra ham Qurʼonda boshqa yana tilovat qilinmaydigan vahiy bor deb iddao qilinadigan — Talmutda keltirilgan. O’sha Talmutga ko’ra “Yomonlarning jahannamdagi jazosi 12 oyda tugaydi. Bu muddat ichidagi jazo ularning gunohiga kafforat bo’ladi.” (T. Shabbat 33-b.) Demak bu oyatga ko’ra, bu iddaoning sohiblari yahudiylardir. O’zini musulmon deb tanitgan baʼzi bir ulamolar ham bu xususda yahudiylarni ortda qoldirishni ham eplashgan. O’sha “ulamolarning” to’qib chiqargan rivoyatiga ko’ra, payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom Muoz ibn Jabalga shunday degan emish: “Kimki qalbdan tasdiq qilgan holda Allohdan boshqa iloh yo’qligiga va Muhammadni Allohning elchisi ekaniga shahodat keltirsa, Alloh unga jahannamni qiladi.” (Buxoriy, Ilm 49) Yahudiylar gunohkorlar jahannamda 12 oy qoladi desa, oyatlardan xabarsiz musulmonlar ulardan ham qolishmasdan, yuqoridagi rivoyatga asoslangan holda: qalbida imoni bor gunohkorlar umuman jahannamga kirmaydi, deyishadi.
[359] Quyosh va oy o’z orbitasida davomli aylanib turgani uchun, kecha bilan kunduz ham davomli almashib turadi (Yasin 36:40).
[360] Bu oyatga va bu hukmga aloqador boshqa oyatlardan baʼziladi shular: (Niso 4:144), (Moida 5:51), (Mumtahina 60:1), (Anfol 8:73).
[361] Inson hayoti tahlikaga tushgan holatda, qalbidagi imon-eʼtiqodini yashirib turishi mumkinligi haqidagi yana bir oyat quyidagicha: (Nahl 16:106). Demak, bu iiki oyatga ko’ra, inson hayoti xavf ostida bo’lgan holatda kofirlarga bo’lgan adovatini va qalbidagi imonini yashirib turishi mumkinligi o’rtaga chiqadi. Lekin, bu qiyin ahvolga tushib qolgandagi bir ruxsat, xolos.
[362]Inson ichiga singdirib olgan, zehniga joylashtirib olgan va o’shani maqsad qilib qo’ygan har narsadan javobgarlikka tortiladi (Baqara 2:284). Qiyomatda insonlarning ichidagi sirlari ham o’rtaga qo’yiladi (Odiyat 100:10).
[363] (Kahf 18:49), (Haqqo 69:25).
[364] Har bir payg’ambar o’z davridagi insonlar orasidan tanlab olinadi.
[365] Muharror — Ota-onasi va boshqa har kimning xizmatidan ajragan va o’z hurriyati va ixtiyori bilan Allohga xizmat qilish uchun tayinlangan, degani. Allohning diniga xizmat qiladi deb niyyat qilib farzand so’raganlar, bolalarini ana shu shaklda tarbiyalashlari kerak.
[366] Bu oyatga ko’ra, Maryam onamizni yaratilish xususiyatida o’simlikni rivojlanib yetishishishiga o’xshash bir xususiyat borligi o’rtaga chiqadi. Nabotot turiga kiruvchi aksariyat gullarda ham erkaklik hamda ayollik moddasi bo’ladi, shu bois, u gullar urug’lantirilishda asalarilarga yoki boshqa vositalarga muhtoj bo’lmaydilar. Maryam onamizga ruh uflanish voqeasi haqida bildirilgan oyatlarning birida erkak kishi uchun ishlatiladigan zamir ko’rsatilgan bo’lsa (Tahrim 66:12), yana birida ayol kishiga ishlatiladigan zamir ishlatilgani. (Anbiyo 21:91) oyati yuqoridagi so’zni yanada quvvatlantiradi. Qiyomatda qaytadan yaratilish ham shunday bo’ladi (Aʼrof 7:29).
[367] (Maryam 19:11), (Sod 38:21).
[368] Oyatdagi v-j-d moddasiga ko’rish, topish, imkoniyat yaratish kabi maʼnolar berish mumkin. Imkoniyat yaratish maʼnosi (Moida 5:6) oyatda ham keltirilgan.
[369] Ishorat yo’li orqali degani (Maryam 19:11) oyatida vahiy yo’li orqali deb ham izohlangan. Chunki, vahiy kalimasining maʼnolaridan bir maʼnosi ham ishorat yo’li orqali gaplashishdir.
[370]Oyatda bildirilgan xususiyatlar Iso alayhissalomning xususiyatlaridir. Aslida har bir inson eng go’zal xislatlar va fazilatlar bilan yaratiladi (Tin 95:3-6). Allohdan vahiy oladigan insonlarga juda ham og’ir vazifalar yuklatilishi sababli, ular o’sha vazifalarni uddasidan chiqa oladigan darajada kuchli va iqtidorli bir shaklda va go’zal axloqda yaratiladilar (Qalam 68:4).
[371] Tavrot ham, Injil ham Allohning kitobi bo’lganligi, hamda ulardagi hukmlar to’g’ri hukmlar bo’lganligi uchun, “kitob va hikmat” iboralaridan keyin “Tavrot va Injil” atfi bayon o’laroq keltirilgan.
[372] Yaratish ikki xil bo’ladi; biri avvalda bo’lmagan narsani paydo qilish bo’lib, bu ishga faqatgina yagona Alloh qodirdir (Anʼom 6:101).Ikkinchisi, bor bo’lgan narsani shaklini yoki xususiyatini o’zgartirib yasashdir. Bu ishni Allohdan boshqa borliqlar ham – agar ilmi va iqtidori yetsa qilishi mumkin (Mo’minun 23:14).
[373] Yahudiylarga nimalar qilingani (Oli Imron 3:93) oyatda bildirib o’tilgan.
[374] Allohga taqvo qilish quyidagi maʼnolar ifodalaydi:
- Allohga javob berishni o’ylash va masʼuliyatni his qilish.
- Allohning buyruqlariga rioya qilib, qaytariqlaridan qaytib, Allohga qarshi chiqishdan saqlanish.
- Allohdan qo’rqing.
- Niyat, amal, harakat, hatto butun hayotingizdan Alloh huzurida hisob berishni o’ylab yashash.
[375] Oyatdagi “Menga itoat qiling”iborasi “Sizlarga Rabbingizdan oyat olib keldim” iborasidan keyin kelgani — payg’ambarlar oyatdan gapirayotganda ularga so’zsiz itoat qilish kerakligini bildiradi. Chunki, ular o’qiyotgan oyatlar ularning shaxsiy fikrlari emas, balki Allohning so’zlari va Uning buyruqlari bo’ladi.
[376]Insonning qilgan ishiga qarab, agar u ishi Alloh taolo tarafidan qabul qilinsa, ana o’shanda u inson yaxshilardan deb yozib qo’yilishini, insonning baxtli yoki baxtsiz bo’lishi azalda yozib qo’yilmasligini bu va bunga o’xshagan oyatlardan bilib olamiz.
[377] “Yomon reja tuzdilar” deya maʼno berilgan kalima المكر = makr kalimasi bo’lib; birovni maqsadidan qaytarish, bildirmasdan yo’lidan ayirish degan maʼnolarni bildiradi. Yovuz insonlar o’zlarini vasvasasiga yuradigan insonlarni vasvasa qilib, ularni yo’ldan ozdirishga urinishadi. Bu yo’lda shaytonlar o’zlarini eng to’g’ri yo’ldagilar deb ko’rsatishga, o’zlarini do’st qilib ishontirishga harakat qilishadi. Mana shu narsa shaytonlarning makridir. Alloh taolo esa, shaytonlarning tuzog’iga/makriga tushib qolgan kishini qalbida bir siqilish paydo qilib, sezdirib qo’yadi (Shams 91:80), shunda inson yovuzlarning vasvasasidan saqlanishga urinsa va Allohning yo’liga yurish uchun intilsa, Alloh unga chiqish yo’llarini ko’rsatib qo’yadi (Raʼd 13:27), (Sho’ro 42:13), (Taloq 65:2, 4) va Alloh O’zining roziligiga erishadigan yo’llarga yo’llab qo’yadi (Ankabut 29:69). Mana bu Allohning tadbiri va rejasidir. Yo’liga chiqqan qarshiliklarga yengilmasdan, to’g’ri yo’lni istagan har inson hidoyatga eltuvchi yo’llarni albatta topadi (Ankabut 29:69).
[378] Iso alayhissalomni bir toifa yahudiylar o’ldirmoqchi bo’lib yurishar edi (MK. 11:18m Yuh. 11:53, 54). Alloh taolo Iso alayhissalomni ulardan saqlab qolishini va sharmandalarcha dushman qo’lida o’lib ketishidan himoya qilishini va o’z ajali bilan o’lishini bildirib, Alloh taolo Isoga taskin bergan. Iso alayhissalom qanday qilib salomat va xotirjamlikda tug’ilgan bo’lsa, o’lishi ham o’shanday salomatlik va xotirjamlikda bo’lgan (Maryam 19:33). Isoni yahudiylar o’ldira olmaganining yana bir dalili (Niso 4:157, 158).
[379] (Zumar 39:42) oyatiga ko’ra, vafot — ishini tugagan ruhni badandan chiqib ketishidir. Iso alayhissalomning ruhi Alloh taolo tarafidan olinganidan keyin, uning ilk suhbati oxiratda bo’lishi bildirilgani uchun (Moida 5:117), bu oyatdagi vafot Iso alayhisalomni o’lganligini bildiradi. Iso qayta dunyoga keladi degan mazmunda birorta ham oyat yo’q.
[380]Bu oyatda Isoning ruhi yuksalishi bildirilgan, bu oyatga qarab baʼzilar Iso osmonga ko’tarilgan deyishadi. Holbuki, o’lgan har bir insonning ruhi osmonga ko’tariladi, lekin oyatlarni tan olmagan (kofir)larning ruhi uchun osmon eshiklari ochilmaydi (Aʼrof 7:40).
[381] Isoni Odamga o’xshash tarafi shundaki, Odamning ham otasi bo’lmagani kabi, Isoning ham otasi bo’lmagan. Odamning onasi yer bo’lgan, Isoning onasi esa Maryam onadir (Nuh 71:17), (Sajda 32:7-9), (Mo’minun 23:12-14).
[382] Demak, musulmonlar o’zlarini Allohga taslim bo’lganligini amalda ko’rsatishi kerak. Chunki, insonlar ko’zda ko’rgan narsasiga guvoh bo’ladi. Mana shunday qilib musulmonlar boshqa dindagi kishilarga namuna va o’rnak bo’lib yashashi kerak. Alloh bizni musulmon holda vafot etishimizni nasib etsin, amin.
[383] (Baqara 2:242).
[384] Arab tilida biron narsani qo’lga nisbat berilganida, o’sha narsa uning ixtiyorida va uning boshqaruvida ekaniga dalolat qiladi. Barcha yaxshiliklar Allohning irodasiga bog’liq. Alloh bermaguncha va ruxsat bermaguncha hech kimga hech qanday yaxshilik ulashilmaydi.
[385] Dinor — Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom davrida pul sifatida ishlatilgan Vizantiya oltinidir. Ushbu tangalardan, bugungi kunda Istanbul Arxeologiya Muzeylarida topilgan eng og’irlari 4,35 gr keladi.
[386]Ummiy kalimasi uchun (Oli Imron 3:20) oyati va izohiga qarang.
[387] Barcha ahli kitoblar zimmasiga yuklatilgan ahd — o’zlaridagi ilohiy kitobni tasdiqlab keladigan elchiga ishonishdir. Qaysi bir ahli kitob Muhammad alayhissalomga ishonsa, shunda u Alloh tarafidan unga yuklatigan ahdga (javobgarlikka) rioya qilgan bo’ladi (Baqara 2:40, 41), (Oli Imron 3:81).
[388] Oyatdagi “til” til orqali to’qib chiqariladigan nutqlarga ishorat qiladi.
[389] Agar sizga kimdir Alloh haqida gapirayotganida yoki Uning hukmlari haqida gapirayotganida, uning gaplariga shubha qilib qolsangiz, albatta undan o’sha gapiga Allohning kitobidan dalil so’rang (Soffat 37:157). Alloh haqida yoki Uning hukmlari haqida gapirayotgan kishi Allohning kitobini qo’yib boshqa narsalardan dalil keltirib gapirishga haqqi yo’q. Chunki, Alloh haqida bilmagan narsasini gapirish shaytondandir (Baqara 2:169), (Aʼrof 7:33).
[390] Alloh payg’ambarlardan so’z olishi — ularga yuborgan kitobi orqali ularning ummatlaridan ham so’z olishiga ishorat qiladi. Chunki, har bir payg’ambar ummatiga Allohdan kelgan ilohiy kitob va undagi hukmlarni yetkazadi. Ulardan olingan o’sha so’zga ko’ra, hozirgi kundagi barcha ahli kitoblar Qurʼonga ishonishlari keltirishlari kerak.
[391] Bu oyatda bildirilgan og’ir yuk — kelgusi payg’ambarga va o’sha payg’ambar olib kelgan ilohiy kitobga ishonish yukidir. Bu yuk ummati Muhammadga yuklatilmagan (Aʼrof 7:157). Chunki Muhammad alayhissalom so’ngi payg’ambardir (Ahzob 33:40), Qurʼon ham to qiyomatgacha barcha insoniyat uchun ogohlantiruvchi va yo’l ko’rsatuvchi dasturdir (Furqon 25:1).
[392] Mashhur 7 qiroatdagi Hafs va Durriy qiroatidan boshqa barcha qiroatda «يبغون — yabg’uvna» iborasi «تبغون — tabg’uvna» shaklida kelgani uchun, bu jumlani unga ko’ra tarjima qildik. Zotan, har ikkala qiroatda ham maʼno hukm tomonlama o’zgarmaydi.
[393] (Oli Imron 3:19).
[394] Oyatdagi “yunzarun” iborasidan “ularga muhlat berilmaydi” deb maʼno bersa ham bo’ladi.
[395]O’limini bilib qolgan hech kimdan tavbasi qabul qilinmaydi (Niso 4:17, 18). Firʼavn ham o’lishini bilib qolganidan keyin tavba qilgan, lekin uning ham tavbasi qabul qilinmagan (Yunus 10:90, 91). Bu oyatda qabul qilinmaydi deb keltirilgan tavba — o’lim oldidan tavba qilganlarning tavbasidir (Mo’minun 23:99, 100).
[396] (Baqara 2:136). (Oli Imron 3:84). (Niso 4:162). (Moida 5:46).
[397] Yahudiylar bu gaplari bilan Yaʼqub alayhissalomga yolg’on to’nkashyapti. Yaʼni, Alloh halol qilgan narsani Yaʼqub o’zicha qilib olgan deb iddao qilishmoqda. Holbuki, Alloh halol qilgan narsani hech bir payg’ambar qilishga haqqi yo’q, shu qatorda payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomga ham (Tahrim 66:1). Yahudiylarning bu iddaosi yolg’on ekanini (Oli Imron 3:146) oyatidan yanada kengroq bir shaklda bilib olsak bo’ladi.
[398] Bu oyatga ko’ra, dalil va isbot daʼvogardan talab qilinadi.
[399] Ibrohim alayhissalomning Islom shariatiga qanday amal qilganini bilish uchun qarang: (Mumtahina 60:4), (Baqara 2:134, 135, 258), (Oli Imron 3:67).
[400] Ibodat uchun ilk bor qibla sifatida qurilgan bayt Kaʼbadir. Dovud alayhissalom davrida qibla Baytul Maqdisga burilgan. Sevimli payg’ambarimiz Muhammad alayhisssalom davrida esa, qibla yana qaytadan Kaʼbaga burilgan (Baqara 2:142-150).
[401] Masjidil hududini Bakka deyiladi. Boshqa bir shevada Makka deyiladi.
[402] Maqom kalimasi ham birlik va ham ko’plik uchun bir hil qo’llanilgani uchun, unga ko’plik maʼnosini berdik. Bu yerdagi مَقَامُ إِبْرَاهِيمَ – بَيِّنَات آيَاتٌ = ning badali kullisi bo’lib, مَقَامُ kalimasiga ko’plik maʼnosi berilganda jumla to’g’ri tushuniladi. O’shanda oyatning maʼnosi to’g’ri tarjima qilinadi. Ibrohim duo va ibodat uchun turgan yerlar: Arafot, Muzdalifa, Mino, Kaba, Safo va Marvodir. Haj ibodatlari ana o’sha joylarda bajariladi. (Baqara 2:125)oyatida, o’sha yerlarni (Haj mavsumida) duo va ibodat yerlari qilib olinishi kerakligi bildirilgan. Agar bu oyatda aytilgan maqomi Ibrohim bizga o’rgatilgan — Kaʼbaning yonidagi muhofaza qilib qo’yilgan o’sha tosh bo’lganida edi, hajga borgan har bir musulmon kishi o’sha yerda turib duo va ibodat qilishi farz bo’lib qolar edi.
[403] Bu oyat Ibrohim alayhissalom qilgan duoning (Baqara 2:126) ijobat bo’lganini bildiradi. Oyat quyidagicha: “Bir kun Ibrohim: «Ey Robbim! Bu yerni tinch bir shaxar qil. Bu yerning aholisidan – Allohga va oxirat kuniga ishonadiganlariga meva-chevalardan erishtir”,- deganida, Alloh shunday dedi: “Oralaridan oyatlarni tan olmaganlarini ham ozroq vaqt manfaatlantiraman, keyin ularni jahannam azobiga haydayman. Qanday ham yomon ahvolga kelish bu!”
[404] Allohning diniga qo’shimcha ilovalar, noto’g’ri hukmlar, og’ir va keraksiz masalalar qo’shib qo’yish bilan insonlarni bu dindan uzoqlashtirishga urinayotgan yahudiylar o’sha davrdayoq o’z faoliyatlarini boshlab yuborishgan. Shuning uchun, unday kimsalarning tuzog’iga tushib qolmaslik, Islomga keyinchalik yahudiylar tarafidan kirgizib qo’yilgan yolg’on hukmlarni ajratib chiqarib yuborish uchun Qurʼoni karimni mahkam ushlash kerak. Chunki, bu kabi maʼlumotlar dunyodagi hech qaysi kitobda yozilmaydi. Yahudiylarning bunday kirdikorlarini faqatgina mana shu Allohning kitobigina bayon qila oladi.
[405] Hozirgi kunda bu holat shunday darajaga keldiki, insonlarni nafaqat yahudiylar, balki musulmon “ulamolarining” aksariyati ham Qurʼondan va unda ko’rsatilgan Allohning dinidan qaytaradigan, uni o’qisa adashadi deydigan, Qurʼonni o’z ona tilida o’qib bo’lmaydi deydigan bo’lib ketdi. Yaʼni, yahudiylar boshlagan ishni endilikda musulmon “ulamolarining” o’zlari “maromiga” yetkazib bajarishyapti, yahudiylarga ham hojat qolmadi. Buyuk Egamiz — Alloh bizni afv etsin, qalb ko’zlarimizni ochsin, kitobidan va undagi haq dindan ayirmasin.
[406] Tilovat – tushunib o’qishga ham, bitta mavzuga aloqador oyatlarni birin-ketin o’qishga ham aytiladi.
[407] Allohga taqvo qilish quyidagi maʼnolar ifodalaydi:
- Allohga javob berishni o’ylash va masʼuliyatni his qilish.
- Allohning buyruqlariga rioya qilib, qaytariqlaridan qaytib, Allohga qarshi chiqishdan saqlanish.
- Allohdan qo’rqing.
- Niyat, amal, harakat, hatto butun hayotingizdan Alloh huzurida hisob berishni o’ylab yashash.
[408] (Zuxruf 43:43, 44) oyatlariga ko’ra bu oyatdagi “hablulloh” iborasiga “Kitobiga” deb maʼno berdik. (Anʼom 6:155), (Aʼrof7:33), (Zumar 39:55) oyatlarga ham qarang. Undan tashqari, sevimli Payg’ambarimiz shunday degan: “Qurʼon Allohning mustahkam arqonidir.” (Termiziy, Fazoilul Qurʼan 2906, Doramiy, Sunan, Fazoilul Qurʼan 3374. )
[409] Allohning kitobidan ayrilib ketib, har biri o’ziga bir diniy yo’lboshchi saylab olib, dinlarini parchalab yuborganlar haqida Alloh taolo shunday marhamat qiladi: “Ey Muhammad! Dinini parchalab, har biri bir kishining tarafdori bo’lib olganlarga kelsak, seni ular bilan hech qanday aloqang yo’q. Ularni ishi faqat Allohga qolgan. Keyin ularga Alloh qilmishlarini aytib beradi.” (Anʼom 6:159)
[410] Bu oyatga ushbu suraning 110-oyati hamda (Tavba 9:71) oyatlariga qarab maʼno berdik. Bu oyatdagi “min” harfiga tabyiniy maʼno berdik. Demak, mo’minlarning barchasi bir-birini yaxshilikka chaqirishi, yomonlikdan qaytarishi kerak. Islom ummati asosan mana shu fazilati bilan boshqa din va millatlardan ajralib turadi. Bunday bir jamiyat eng yaxshi jamiyat hisoblanadi (Oli Imron 3:110).
Islom dinidan qaytgan murtadlar haqida o’xshash oyatlar: (Baqara 2:217), (Moida 5:54).
[412] Ushbu suraning 104-oyatidagi hukmga asosan, musulmonlar har doim bir-birini haqqa daʼvat qilib yurishi, yaxshilikka chorlab, yomonliklardan qaytarib yurishi kerak. Insonlar ichida eng muvaffaqiyatli yutuqqa erishadiganlari ham zotan ana shunday — bir-birini haqqa va sabr-bardoshga chaqiradiganlaridir (Asr 103:1-3).
[413] Ular qo’rqitish, do’q-po’pisa qilish, haqorat qilish, kamsitish kabi faqatgina qalbga ozor beradigan ishdan boshqa narsaga yaramaydi.
[414] Allohdan kelgan ahd (Mumtahina 60:8,9) oyatlarida, insonlardan olingan ahd esa, (Tavba 9:4,7) oyatlarida bildirib o’tilgan.
[415] Tun uch qismga bo’linadi. Quyosh botganidan keyingi ilk qismda shom va xufton namozlari o’qiladi, quyosh chiqishidan oldingi vaqtda saharlik qilinadi, keyin bomdod namozi o’qiladi, tunning o’rtasi bo’lgan ikkinchi qismida esa farz namozlar o’qilmaydi. U vaqtda tun namozi bo’lgan tahajjud namozi o’qiladi. Bu haqida kengroq maʼlumot olish uchun qarang: (Muzzammil 73:20), (Hud 11:114), (Isro 17:78, 79), (Toha 20: 130), (Rum 17:18).
[416] Sajda qilgan holatda Qurʼon o’qib bo’lmagani uchun, bu oyatdagi “sajda qilgan holatida” iborasini “namoz o’qigan” xolat deb tarjima qildik. Zotan sajda namozning eng asosiy ruknlaridan biri hisoblanadi. (Inson 76:26) oyati ham bu tarjima va izohni kuchlantiradi.
[417] (Qalam 68:17-33) oyatlarga ham qarang.
[418] (Baqara 2:75).
[419](Anfol 8:43, 44) oyatlarda Allohning yordami bayon qilingan.
[420] Oyat so’ngidagi jumlalarga ko’ra, shukr qilish — unga yuklatilgan va undan talab qilingan vazifani bajarishdir. Bu oyat shunga dalolat qiladi.
[421] Payg’ambarlarga yuklatilgan vazifa faqatgina Allohdan kelgan buyruqni yetkazib qo’yish, xolos. Ummatidan javobgarlikka tortilish, yoki ummatini muhofaza qilish vazifasi hech bir payg’ambarga yuklatilmagan (Sho’ro 42:48), (Anʼom 6:107), (Hud 11:12), (Qasos 28:56, (Jin 72:21-23).
[422] Qarz sifatida berilgan mulkni ustiga yuklatilgan qo’shimchaning har turi sudxo’rlik hisoblanadi. Qog’oz pul olib-sotishdagi farq esa, bunga kirmaydi. Chunki, (Baqara 2:279) oyatidagi “haqsizlik qilmaysiz va qilinmaysiz” iboralari, qarzni to’layotgan vaqtdagi pulni qiymatini tushib ketishiga rioya qilish kerakligini bildiradi. Ribo (sudxo’rlik) haqida qo’shimcha maʼlumot uchun qarang: (Baqara 2:275, 276, 278-280), (Rum 30:39).
[423] (Qasos 28:83) oyati oxirat hayoti xali hanuz yaratilmaganiga, shu bilan bir qatorda jannat va jahannam ham dunyo hayoti tugaganidan keyin yaratilishiga ishorat qiladi. Bu va bu kabi oyatlardagi “tayyorlab qo’yilgan” deb tarjima qilinadigan iboralar, lafzi o’tmish zamonga dalolat qilsa-da, u narsa aniq va shubhasiz bo’ladigan ish bo’lgani uchun, kelajak feʼli bilan emas, o’tmishga dalolat qiladigan — moziy feʼli bilan keltirilgan. Bazi o’rinlarda xali hanuz bo’lmagan ishlarga bo’ldi, yoki xali hanuz demagan narsasiga “dedi”, deiladi (Toha 20:125). Bu ham, o’sha narsa aniq sodir bo’lishiga dalolat qialdi.
[424] Dunyoda insonlarni qilgan ishlari va olib borayotgan faoliyatlari sababli ularning qadr-qiymati, maqom va martabalari, imkoniyat va imtiyozlari farqli bo’lgani kabi, oxiratdagi maqom va martabalar ham farqli bo’ladi (Isro 17:21). Shuning uchun, musulmonlar oxiratdagi maqomi va Allohning himoyasi uchun qo’ldan kelganicha harakat qilib ildamlik ko’rsatishlari kerak.
[425]Qurʼonda bildirilgan tarixiy voqealardan ibrat olish uchun, oyatlarda keltirilgan joylarda va u yerlarda yashab o’tgan qavm va qabilalarning tarixini ko’z bilan ko’rishlikda juda katta foyda bor. Avvalo, Qurʼonga bo’lgan imon va ishonch ortadi, hamda tarixiy oyatlar haqida yanada kuchli tafakkur va tushuncha hosil bo’ladi.
[426] Bu oyatni agar (Tavba 9:122) oyati bilan birgalikda o’qiydigan bo’lsak, bu oyatdagi “shuhado” kalimasi jangda vafot etib o’lgan kishilarni emas, balki, jangda bo’lib o’tgan hodisalarga — kim g’olib va kim mag’lub ekaniga, jang mobaynida Alloh taolo tarafidan kelgan yordamga guvoh bo’lib, ko’rgan va bilgan narsalarini boshqa insonlarga aytib beradigan kishilar ekani o’rtaga chiqadi.
[427]“Allohga ishondim” degan gapi bilan-la jannatga kirib ketilmaydi. Har bir musulmon hayoti davomida turli imtihonlardan o’tkaziladi (Ankabut 29:2). Unutmaylik, bu dunyo imtihon dunyo. Alloh taolo olib ham sinaydi, berib ham (Fajr 89:15, 16).
[428] Demak, o’lim onidan har kimning ajali bitkani va joni olinishi yozib qo’yiladi.
[429] Bu oyat, har bir kofir ayni vaqtda mushrik ham ekanini bildiradi.
[430] Jang maydonida kelishmovchilikka tushib qolganida qilishi kerak bo’lgan ishlari shulardan iborat edi: “Ey Mo’minlar! Haqni tan olmagan (kofir)larga qarshi jangda (harbiy holatda) duch kelganingizda aslo ortga o’girilib qochmanglar. O’sha kuni kim ortga chekinsa, endi u Allohning g’azabiga yo’liqadi, uning boradigan joyi jahannam bo’ladi. Qanday ham yomon ahvolga kelishdir u! Jangga o’zgacha bir uslub va o’zgarish kiritish yoki boshqa bir qismga qo’shilish maqsadida chekinish bundan mustasno.” (Anfol 8:15, 16).
[431] Jang tugamay turib g’animatga ko’z tikkanlar munofiqlar bo’lgan (Tavba 8:15, 16).
[432] Bu holat badrda ham sodir bo’lgan edi. Lekin, Alloh taolo (Badrda) mo’minlarga g’alaba beraman deb so’z bergani uchun (Rum 30:1-5), Badrda mo’minlarni g’olib qilgan (Anfol 8:67-69).
[433] Muhammad alayhissalom elchilik sifati ila jangda musulmonlarga jang haqidagi Allohning oyatlarini o’qib eslatayotgan edi (Anfol 8:15-16), (Niso 4:84).
[434] O’lib qolishi mumkin bo’lgan inson agar nogiron holda tirik yashab qolsa ham hursand bo’ladi. Yoki, hamma tishi to’kilib ketish arafasida turgan bir insonning hamma tishlari emas, balki yarmi to’kilmay qolsa ham hursand bo’ladi. Alloh taolo ham o’shanda musulmonlarga o’limni juda yaqin keltirib ko’rsatib qo’ydi (hammasi o’lib ketishi ham mukin edi), lekin hammasi o’lib ketmadi, faqat mag’lub bo’ldilar va jonlari omon qoldi.
[435] «Jaholat va johiliyat” atamasi arablarning islomdan oldingi diniy hayotiga nisbatan ishlatiladi. Shuningdek, bu so’z hozirda, odamlar va jamiyatlarning jinoyatu gunohlari va isyonlarini ham anglatadi.
[436] Bu oyat jangda vafot etgan kishining ham, hayotda qolgan kishining ham Allohga ko’ra savobi va martabasi teng ekanini bildiradi. Shahidlarning maqomi ulug’, jangda g’olib bo’lgan g’oziylarning savobi kam degan narsa yo’q.
[437] Madina davrida Rasulullohga nisbatan qilingan noto’g’ri ishlar juda ham og’ir edi. Masalan; baʼzilar o’z yurtini himoya qilish uchun Uhud jangiga ham chiqmagan (Oli Imron 3:155), baʼzilar esa, jangga otlanib yo’lga chiqqanidan keyin, yarim yo’lda ortga qaytib ketgan (Oli Imron 3:152). Jang vaqtida baʼzi kimsalarning dushmanga qarshi yetarlicha jasorat ko’rsatmagani bois, barcha musulmonlar chekinishga majbur bo’lib qolishgan. Jangda dushmanni tamoman yengib bo’lmay turib g’animat olish mumkin emasligini bila turib (Muhammad 47:4), (Anfol 8:67), baʼzilar g’animat yig’ishga kirishib ketishgan (Oli Imron 3:152). Bu fursatdan foydalanib qolgan dushman qo’shini, yana qaytadan jangga kirishdi va musulmonlarni g’olib bo’lay deb turgan holatida mag’lubiyatga uchratdi. O’shanda har kim o’z jonini saqlab qolish payiga tushib qoldi. Rasulullohni o’zini yolg’iz tashlab, hamma toqqa qochishga urindi (Oli Imron 3:153). Keyin esa, shuncha ko’rgilik yetmaganday, Rasululloh g’animatdan urib qoldi degan tuhmat ham o’rtaga chiqdi (Oli Imron 3:161). Lekin, shuncha bo’lib o’tgan ishga qaramasdan, Rasululloh atrofidagilarga yana hushmuomalalik va halimlik bilan muomala qilishda davom etdi. Shu ishi bilan Rasululloh bizga chiroyli o’rnak qoldirib ketdi.
(Nisa 4:113)
[438] Yaʼni, Alloh rozi bo’ladigan ishlarda davomli yurgan kishi.
[439] Badr jangida musulmonlar dushman tarafidan yetmish kishini o’ldirgan va yana yetmish kishini asirga olishgan. Uhud jangida esa, musulmonlardan yetmish kishi shahid bo’lgan (Ibn Kasir).
[440] (Oli Imron 3:152) oyatda Uhuddagi mag’lubiyat sababi bildirilgan.
[441] Jang haqidagi Alloh qo’ygan o’lchovga amal qilmaganlar mag’lub bo’ladilar. Jang haqidagi Allohning o’lchovlari quyidagi oyatlarda o’z ifodasini topgan: (Anfol 8:15, 16, 45-47 ,57, 67, 68), (Muhammad 47:4).
[442] Ular haqida (Tavba 9:42-50) oyatlarda aytib o’tilgan.
[443] Bu oyat ushbu suraning 154-oyatida tafsilotli bir shaklda bayon qilingan.
[444] O’sha vaqtdagi haqiqiy fidoy shahidlar yonidagi g’oziylarni va o’zidan keyingi qahramonlarni ruhlantirish uchun, shahid bo’lib o’lish hech qanday xavf emasligini, bu bois g’amga tushmasligi keraklidan xabar berib ketishgan ekan.
[445] O’shanda Rasululloh ushbu oyatni o’qib, ularni mana shu oyatga amal qilishga chaqirgan bo’lishi mumkin: “O’sha qavmni iziga tushib quvishda sustkashlik qilmanglar. Agar qiynalayotgan bo’lsalaring, ular ham sizlar kabi qiynalishmoqda. Undan tashqari, ular umid qilib kuta olmayotgan narsani sizlar Allohdan umid qilib kutyapsizlar. (Jangni oqibatini) Biladigan va (harakatimizga qarab) to’g’ri qaror beradigan Allohdir.” (Niso 4:104)
[446] Musulmonlarga qarshi birlashganlar – Makkaga qaytib ketgan kofirlar bo’lgan.
[447] Ushbu oyatda keltirilgan kofirlar va ularning qilmishlari haqida bilish uchun (Moida 5:41) oyatiga qarang.
[448] Alloh O’zi munosib bilgan qulllaridan payg’ambarlar va elchilar tanlab olishi va ularga vahiyni qanday qilib yuborishi haqida bilish uchun (Shyaro 42:51), (Jin 72:26-28) oyatlariga qarang.
[449] Amal daftariga nimalar yozib qo’yilishini bilish uchun qarang: (Kahf 18:49).
[450] Tavrotda yahudiylarda qurbongohga borib qurbon kesib, uni o’tda kuydirish ibodati borligi va ularga kelgusida Misrdagi daryodan tortib buyuk Furot daryosigacha bo’lgan joylarni – Xayin, Xanaz, Kadmon, Xet, Pariz, Rafa, Amor, Kanʼon, Girgosh, Yobus xalqlarining yerlarini berilishi haqida keltiriladi (Ibtido 15, 17), (Levilar 13, 16, 1) (Shohlar 13, 38). Yahudiylar bu gaplari bilan Rasululloh ham shunday shariat olib kelishini talb qilgan bo’lishi ham mumkin, yoki o’sha qurbon marosimini tilga olgan holda, aslida o’sha qurbongohda yahudiylarga berilishi vaʼda qilingan yerlar berilishini talab qilgan bo’lishlari ham mumkin. Bu bilan ular Muhammad alayhissalomga va Qurʼonga imon keltirishdan oldin o’zlarining shaxsiy manfaatlarini shart qo’yayotgan bo’ladi. Tavrot va Injil matnlari xoinlar tarafidan o’zgartirilgani va matnlarga ilovalar kiritilgani boisa, hozirgi qo’limizdagi Tavrot va injildagi xabaarlar qanchalik to’g’ri ekanini aytolmaymiz. Shu bois ular orasidan tarixiy manba sifatida faqatgina Qurʼon tasdiqlagan xabarlarga ishonamiz, xolos.
[451] Zubur — hikmat to’la kitoblar degani (Zajjoj, Maonil Qurʼon). (Oli Imron 3:81) oyatga ko’ra, barcha payg’ambarlarga kitob va hikmat berilgani uchun, bu zubur kalimasiga “hikmat to’la kitoblar”dan boshqa maʼno berib bo’lmaydi. Zubur kalimasi (Nahl 16:43, 44) (Shuaro 26:196), (Fatir 35:25) va (Qomar 54:43) oyatlarda ham ayni maʼnoda kelmoqda. Bu zaburlardan biri Dovud alayhissalomga ham berilgan (Niso 4:163), (Isro 17:55). (Anbiyo 21:105) oyatda alif-lom bilan keltirilgan shakli esa, Dovud alayhissalomga berilgan Zaburga ham, boshqa nabiylarga berilgan zaburga ham ishorat qiladi.
[452] Bu oyatni atroflicha tushunib tafakkur qilish uchun (Oli Imron 3:120) va (Baqara 2:155) oyatlarni ham birgalikda o’qing.
[453] Allohning kitobini insonlarga ochiq-oydin tushuntirib berish vazifasi faqatgina payg’ambarimizning vazifasi emas, balki, kitobdan xabari bor barcha musulmonlarning ham vazifasidir (Nahl 16:44), (Moida 5:15).
[454] Oyatlarni yashirganlarning oqibati qanday bo’lishini bilmoqchi bo’lsangiz, (Baqara 2:159-162,174-176) oyatlarga ham qarang.
[455] Bular baʼzi oyatlarni yashirganliklari uchun, o’tginchi bir qadr-qiymat, yoki bir oz moddiy taʼminotga ega bo’ladilar. Lekin, bular bu qilgan ishlari bilan maqtalishga qoniqmaydi va bunga rozi bo’lishmaydi, balki o’zlarini Allohni diniga eng katta xizmat ko’rsatayotgan kishilar deya maqtalishni xohlashadi.
[456] Insonning yon taraflari qo’llari va oyoqlari hisoblanadi. Ruku va sajda holatida oyoq va qo’l ustida turiladi.
[457] (Nahl 16:43, 44) va (Anbiyo 21:24).
[458] Bu oyatda keltirilgan yaxshi kishilar (Fotiha 1:6, 7) oyatlarida keltirilgan kishilardir. Bu haqida (Niso 4:69) oyatga ham qarang.
[459] Har erkak bir ayolning o’g’li, har ayol bir erkakning qizi. Bu tomonlama hech kimni boshqa biridan afzallik tomoni yo’q. Ibodat masalasida ham erkak va ayollarni teng ekanini bilish uchun (Mumtahina 60:12) oyatiga ham qarashingiz mumkin.
[460] Alloh taolo insoniyatning juftini ham inson qilib yaratdi. Bu qonun hayvonlar va qushlarda ham bir xil. O’xshash oyatlar: (Nahl 16:72), (Rum 30:21), (Sho’ro 42:11). Bu oyatda Odamning jufti Odamning o’zidan yoki uning qovurg’a suyagidan yaratilgan, degan gap yo’q. Oyatdan “insonning jufti insondir” degan maʼno hamda “boy ham kambag’al ham, erkak ham ayol ham, yosh ham qari ham insondir, millati, irqi, jinsidan qatʼiy nazar barcha insondir” degan maʼno chiqadi. Baʼzilar yaratilish haqidagi jumlalarni shunday tarjima qiladi: “U sizlarni (ilk ajdodlaringizni) bir nafsdan yaratdi, juftini ham undan yaratdi va o’sha juftliklardan ko’plab erkak va ayollar taratdi”. Bu maʼno ham Qurʼon butunligiga mos va to’g’ri keladi.
[461] Yetimlarga qachon va qanday qilib mol-mulklarini berib qo’yilishi kerakligi (Niso 4:6) oyatda bayon qilingan.
[462] Bu oyat qaramog’ida yetimi bor bo’lib, u yetimga ota-onasidan meros qolgan mol-mulki ham bo’lib, o’sha yetim ulg’ayib katta bo’lguncha yetimni mulkini asrab-avaylab turish vazifasi yuklatilgan insonlarga tegishli. Demak, yetimlar voyaga yetib, ularning mulkini o’ziga topshirayotganda, ularga o’zingizning mulkingizdan berib, ularning o’z merosini o’zingizda ushlab qolmanglar, degan hukm bildiriladi.
[463] Bu oyatga ko’ra, avvalo jamiyatdagi yetim qizlarga uylanish kerak, agar ularga nisbatan adolatli bo’la olmaslikdan qo’rqsa, hur ayol-qizlardan 4 tagacha uylanishga ruxsat berilgan. Agar 2, 3, yoki 4 ta ayol bilan birga yashashda adolatsizlik qilib qo’yishdan qo’rqsa, bitta hur ayolga, yoki bitta asira ayolga uylanish kerakligi aytilgan. Lekin, bittadan ko’p ayolga uylanishda ushbu suraning 128 va 129- oyatlarga amal qilish sharti bilan uylanish kerak.
[464] Agar asira bo’lsa ham u ayol bilan ochiqcha nikohlanmasdan aloqa qilish zinodir. Bu haqda Nur 24:32-33 oyatlarda bayon qilingan. Bu oyatlarga eʼtibor bermagan kishilar, asira ayollardan joriya sifatida nikohsiz foydalanishni joiz deb bilganliklari uchun, yuqoridagi oyatga hatto oyatni matnida ham bo’lmagan «اقتصار = iqtisor — kifoyalaninglar» feʼlini ko’plik shaklini oyatga kirgizishga majbur bo’lishgan. Arab tilini yaxshi bilgan kishi, bu oyatga iqtisor maʼnosini berishni umuman ilojisi yo’qligini anglab yetadi. Chunki, «ma malakat aymanukum = ما ملكت أيمانكم» jumlasi «vohidatan = واحدة » kalimasiga atf qilingan. Holbuki, maʼtuf bilan maʼtufun alayhni omillari farqli bo’lmaydi. «Vohidatan = واحدة » kalimasining omili «انكحوا — nikohlanglar» bo’lsa, “ma malakat aymanukum:qo’l ostingizdagi” so’zining omili ham “nikohlanglar” bo’ladi. Demak, bu oyatda, bittadan ortiqcha ayolga uylanib o’rtalarida adolatsizlik qilib qo’yishdan qo’rqsa, bitta asira yoki bitta hur ayolga nikohlanishga buyurilmoqda.
[465] Baʼzi mufassirlar bu jumlaga “Hayotda bola-chaqa ko’payib, ular bilan ovora bo’lib, din xizmati va boshqa oxirat ishlaridan chalg’ib qolib, barcha vaqtingiz oila masalalari bilan band bo’lib qolmaslik uchun”, deb tarjima va tafsir qilishgan.
[466] “Qalin pullari” deb maʼno berilgan kalima “soduqa”dir. Sidq xoh so’zda bo’lsin xoh boshqa shaklda bo’lsin, baribir u bir narsadagi quvvatni ifoda qiladi. Quvvatli bo’lgani uchun to’g’ri so’zga sidq deyiladi, kuchsiz bo’lgani uchun yolg’on so’zga kizb deyiladi. Ayoliga berilgan soduqo (qalin pul:mahr) katta kuch va quvvatga ega bo’lgani uchun, unga ham mana shu nom berilgan (Maqoyis). Bu haqida (Niso 4:20, 21) oyatlarda bildirib o’tilgan. Kelinga beriladigan qalin pulini qizning valiylari belgilab beradi. Nikoh ham ularning roziligi bilan tuziladi. Bu narsa — nikoh Qurʼon va maʼrufga ko’ra amalga oshishining sharti va haddidir (Baqara 2:221, 232). Bu suraning 6- oyatida, nikoh qilib oila qurmoqchi bo’lgan har ikkala yosh jismoniy va aqliy yetuklik yoshiga to’lgan bo’lishlari sharti ham aytib o’tilgan. Jismoniy va aqliy yetuklik yoshiga to’lmagan yosh yigit va qizlarni nikohlash Qurʼonda — Allohning dinida yo’q.
[467] Safih – aqlsiz, aqli ojiz, yoki ahmoqona harakat qiladigan, degan maʼnolarni bildiradi. Bu oyatda keltirilgan “safih” kimsalar — keyingi oyatlarda sifatlantirilgan — hali hanuz aqliy va jismoniy yetuklikka ega bo’lmagan yosh yigit va qizlardir. Mol-mulkini keraksiz va behuda joylarga sarflab yo’qotib yuboradigan kishilar ham nazarda tutilgan.
Demak, bu oyat ikkita hukmga ishorat qiladi.
- Hali hanuz jismoniy va aqliy yetuklik yoshiga to’lmagan yetim bolalarni qo’liga yaqinlaridan meros bo’lib qolgan o’z mol-mulklarini ishonib topshirib bo’lmasligi.
- Jamiyatda aqli noraso bo’lgan yosh yoki yoshi katta bir inson bo’lsa, unga tegishli o’zining mol-mulki ham bo’lsa u insonga o’sha mol-mulkini berib bo’lmasligi, balki unga tegishli bo’lgan mulkni tijorat yoki boshqa yo’llar bilan foydaga kirgizgan holda, uni yemoq-ichmog’i, kiyim-kechagi va yotog’ini taʼminlab turilishi kerak. Agar o’sha aqli noraso bo’lgan insonni qo’lida mol-mulki bo’lmasa ham, uni taʼminoti o’sha mahalla-qishloq yoki yashab turgan jamiyat aʼzolari zimmasiga yuklatiladi.
Bu oyatdan yana bir hikmat chiqadiki, inson o’zining farzandiga ham to sinab ko’rmaguncha katta mol-davlatni boshqarishni topshirib bo’lmas ekan. Chunki, uning hayotini davom ettirish uchun Alloh taolo tarafidan berilgan rizqni ahmoqlik qilib behuda sarflab, yo’q qilib yuborishi mumkin.
[468] “Chiroyli so’z” ham maʼno tomonlama ham axloqiy tomonlama to’g’ri va foydali sozʼlardir. Keyingi oyatda o’zlarini mol-mulkiga ega bo’la olishlari uchun rushd, yaʼni aqli raso bo’lib yetishishini shart qilmoqda. demak, o’sha yosh yetimlarga ularni aqli yetuk va raso bo’lib tarbiya topadigan so’zlar so’zlanishi kerak.
[469] Bu oyat — jismoniy va aqliy yetuklik chog’iga to’lmagan yoshlarni nikohlanishi mumkin emasligini yaqqol dalilidir. Har bir erkak o’zi uylanayotgan ayoliga mahr berishi shart. Mahrni ayolni o’zi olishi kerakligi uchun u ham voyaga yetgan bo’lishi kerak. Nikoh qurayotgan har ikkala yosh nikoh qurishidan avval boshqa birov bilan zino qilib qo’ymagan bo’lishlari ham shart (Niso 4:4, 24, 25), (Moida 5:5). Agar zino qilib qo’ygan bo’lsa, endi u qiz yoki bola o’ziga o’xshab zino qilib qo’ygan biri bilan yoki boshqa bir mushrik:mushrika bilan nikohlanadi (Nur 24:3). Zino qilib qo’yganidan keyin, qilgan ishidan qattiq pushaymon bo’lib qaytgan va o’zini tuzatgan bo’lsa, ana o’shanda u bir nomusli kimsa bilan nikohlanishi mumkin (Nur 24:5), (Furqon 25:68-70). Oyatlar shunchalik ochiq va bayonotli holda keltirilganiga qaramasdan baʼzi bir fiqh ulamolari Taloq surasidagi bitta kalimani maʼnosini almashtirib olib, voyaga yetmagan yoshlarni nikohlashga fatvo berib yuborishi, baʼzi bir tafsir kitoblari ham bunga dastak bo’lishi — ularni yo’ldan chiqqanini ko’rsatadi.
[470] Maʼruf — bilingan degani. Bu bilim Qurʼondan yoki Qurʼon hukmiga qarshi bo’lmagan anʼana va urfdan olinadi. Buni ziddi munkardir. Demak, yetimni moliga Qurʼonda ko’rsatilgan mezonga ko’ra yaqinlashish kerak.
Yaʼni, o’lgan odamning o’lishidan oldin qaramog’ida bo’lgan etimlari va tiriklida yordam berib yurgan miskin-bechoralari u o’lganidan keyin chorasiz va qarovsiz holga tushib qolgan kishilardir. Bulardan oldin eng boshida o’lgan kishining ayollari keladi (Baqara 2:240).
[472] Demak, ularni och-nahor qolmaydigan darajada merosdan ularni majburiy ehtiyojlarini qondiradigan darajada berib qo’yish kerak. Hamda, merosni qanday taqsimlanishi Alloh taolo tarafidan belgilab qo’yilganini va ularga merosdan ortiqcha berib bo’lmasligini chiroyli bir shaklda bildirib qo’yish kerak.
(Zuho 93:8-10), (Maun 107:1, 2) oyatlarda aynan mana shu oyatni ochiqlab beruvchi hukmlar bor. Bu oyatlarni birgalikda o’qiladigan bo’lsa, kimga qanday muomala qilinishi kerakligi ochiqcha o’rtaga chiqadi. Bundan tashqari, yetimlarga nisbatan qilinadigan yaxshiliklar va muomalalar haqida ko’proq maʼlumot uchun qarang: (Anʼom 6:152), (Isro 17:34), (Kahf 18:82) (Inson 76:8), (Fajr 89:17) (Balad 90:15), (Zuho 93:6, 9), (Baqara 2:83, 177, 215, 220), (Niso 4:2, 3, 8, 10, 36, 127), (Anfol 8:41) (Hashr 59:70).
[474] Ushbu (Niso 4:2, 3, 6) oyatlariga amal qilmaganlar yetimlarning molini haqsiz yegan va katta gunohga qo’l urgan bo’ladi. Demak, ular bu ishlaridan tavba qilmay, yetimlarning molini o’zlariga qaytarib bermay vafot etsalar, ular oxiratda boshqa gunohkorlardan farqli bir azobda azoblanishadi, yaʼni qornilariga o’t to’ldirib yeydi.
[475] Merosni taqsimlash merosxo’rlarni emas, boshqa musulmonlarni vazifasi. Alloh taolo bu haqda shunday buyurgan: (Baqara 2:180-182).
[476] Bu yerdagi hukmlar mayyitni otasi va onasi meroschi bo’lsa qo’llaniladi. Agar otasi meroschi bo’lsa, onasini bolalari (Niso 4:12) oyatdagi kalola hukmiga ko’ra meros oladilar. Faqat onasi merosxo’r bo’lsa, otasining merosxo’rlari (Niso 4:176) oyatdagi kalola hukmlariga ko’ra meros oladilar. Meroschi bo’lib faqatgina aka-ukalari qolgan bo’lsa, (Niso 4:12) oyatga ko’ra onasining bolalari, (Niso 4:176) oyatga ko’ra esa otasining bolalari meroschi bo’ladilar. Bu taqsimotlarning barchasi juftlarini ulushi ajratib berilganidan keyin beriladi.
[477] Qolganini otasi oladi.
[478] Ota bir aka-ukalar ona bir aka-ukalardan ko’ra yaqin bo’lgani uchun, otani olgan merosi keyinchalik ularga qoladi. Zotan, (Niso 4:176) oyatga ko’ra, otasi va bolasi bo’lmagan birini ota bir aka-ukalari unga o’z bolalari kabi meroschi bo’ladilar. (Niso 4:120) oyatga ko’ra, onasi va farzandi bo’lmasdan o’lgan birini ona bir aka-ukalari o’z bolalarini o’rniga o’tmaydi. Ular onalarini o’rniga o’tadi, xuddi onalari kabi merosdan eng ko’p uchdan bir ulush oladilar.
[479] “al-vasiyyat” – birovga yuklatilgan maʼlum bir vazifa degani (Lisan). Ikki farqli vasiyat bor;
1- Alloh yuklagan merosni taqsimlab berish vazifasi (Baqara 2:180, 181), (Niso 4:11),
2- 2- meros qoldirgan kishiga qarziga aloqador bo’lgan vazifa. Belgilab qo’yilgan qarzga vasiyat deyilmaydi. (Baqara 2:282) Chunki u yozib qo’yilgan hujjat boshqa narsaga ehtiyoj qoldirmaydi. Agar bunday hujjatli qarz havola bo’lmasa, o’lishini bilib qolgan kishi qarzini eng kamida ikkita guvoh oldida eʼtirof qilib vasiyat qoldirish kerak. (Moida 5:106, 107) Meros haqidagi oyatlarda “vasiyat va qarz” shaklida emas, balki “vasiyat yoki qarz” ifoda kelishi — har ikkalasi ham qarz ekanini, ammo o’rtada shunday bir farq borligini bildiradi. Asosiysi qarzni yozib qo’yishdir. Payg’ambarimiz shunday degan: “Musulmon kishi vasiyat qilib qoldirishi kerak bo’lgan qarzi bo’lsa, o’sha vasiyatini yozilgan holda oldida olib yurmasdan ikki tun o’tkazishi joiz emas.” (Buxoriy, Vasoyo 1; Muslim, Vasiyat, Muqaddima; Abu Dovud, Vasoyo)
[480] “abaukum” so’zining maʼnosi onalarni ham o’z ichiga olgani uchun, oyat “oiladagi kattalar” deb tarjima qilindi. “abnaukum” ham erkak hamda qiz farzandlarni ifoda qiladi. Chunki, bu oyatdan avval ular haqidagi hukmlar bayon qilinyapti. Bu maʼnoni mana shu oyatda ham ko’rishingiz mumkin: (Nahl 16:72)
[481] Meros taqsimotida avval zavjini ulushi beriladi, undan ortgan ulushlar qolganlarga tarqatiladi. Alloh taolo shunday buyuradi: (Niso 4:33).
[482] (Moida 5:106) oyatdagi erkaklarni ayollari uchun vasiyat qoldirish vazifasi yuklatilgan. Alloh taolo shunday buyuradi: (Baqara 2:240)
[484] Ona bir bo’lgan aka-ukalar o’rtasida merosdan ulush tarqatilayotganida, erkak va ayoldan har biriga teng ulush beriladi. Ota bir bo’lgan aka-ukalar singari bitta erkakka ikkita qizni ulushichalik qilib berish qoidasi bu yerda ishlamaydi. Chunki, ona bir bo’lgan aka-ukani yaqinligi va foydasi ota bir bo’lgan aka-ukachalik bo’lmaydi. Ota bir bo’lgan akani ota bir bo’lgan opa-singilga qarash vazifasi bor.
[485] Baʼzi bir Islom huquqshunoslariga ko’ra, inson mol-mulkini uchdan birini vasiyat qilib qoldirishi mumkin. Ular buni isbotlay oladigan birorta ham oyat va hadis topa olmaganliklari uchun, ular merosxo’rlarni barchasiga zarar yetkazishgan. Nabiyimizdan “Qaysi sadaqa yaxshidir?” deb so’ralganida, mana shu javobni bergan ekanlar: “Salomat va ziqna:ehtirosli, kambag’al bo’lib qolishdan qo’rqadigan, boy-badavlat bo’lish umidida yurgan vaqtingda bergan sadaqangdir. Jon halqumga kelguncha kechiktirib, ana o’shanda «bu falonchiga, shu falonchiga” dema. Chunki, endi u mol-mulk falonchiniki bo’lib bo’ldi.» (Buxoriy, Zakot 10, Muslim, 92 (1032).
[486] “O’tga” deb tarjima qilingan kalima nakra bo’lgani uchun, oxiratdagi hammaga maʼlum bo’lgan “do’zax” yoki “jahannam” deb tarjima qilmadik. Bu otash dunyo hayotidagi otash bo’lishi mumkin. Yaʼni, Allohning chegaralarini buzib, meros taqsimlashda zulm qilgan kishilarning hayoti va yashash tarzi jahannamga aylanib qolishi mumkin. Bu narsa Allohning g’azabiga, merosxo’rlarning qarg’ishiga qolgani sababli bo’lishi mumkin.
[487] Qurʼonda zinoning har qanday turiga fahsh deyiladi (Isro 17:32).
[488] Johillik 2 xil bo’ladi;
- Bilmasdan qilib qo’yish,
- O’zini bosa olmay bir ishga qo’l urib qo’yish.
[489] Yunus alayhissalom va uning xalqi o’lim bilan yuzma-yuz kelishidan avval tavba qilib olganliklari uchun Alloh ularni tavbalarini qabul qildi (Anbiyo 21:87, 88). Nuh alayhissalom ham o’zini o’g’li deb bilgan bolani qutulib qolish umidi borligida tavbaga chaqirdi (Hud 11:42, 43). Firavn esa, o’lim bilan yuzlashganida tavba qildi (Yunus 10:90-92). Unaqa tavbani o’layotgan har bir kofir qiladi, lekin ulardan bunday tavba qabul qilinmaydi (Mo’minun 23:99, 100), (Sajda 32:12-15). Gunohidan tavba qilmay o’lgan mo’minlar ham o’lganidan keyin dunyoga qaytib yaxshi ishlarni amalga oshirib qolishni orzu qilib qoladilar, biroq, muhlat tugab bo’lgan, g’isht qolipidan ko’chib bo’lgan bo’ladi (Munafiqun 63:9, 10, 11). Nabiyimiz shunday degan: “Alloh qullarini tavbasini jonlari halqumiga kelgunga qadar qabul qiladi.” (Termiziy, Daavot 98, Ibn Moja, Zuhd 30, Ahmad b. Hanbal, 2:132, 153).
[490] O’z ixtiyori bilan ajrashmoqchi bo’layotgan ayolni ajrashishiga yo’l qo’ymay, uni majburan nikohida ushlab qolish yoki bergan narsalarini qaytarib olish maqsadida ayolini o’z ixtiyori bilan eridan ajralib ketishiga majburlash maqsadida oilada turli qiyinchilik va zo’ravonliklar chiqarish ham amal ekani bu oyatdan maʼlum bo’lmoqda. Demak, ayolla o’z ixtiyori bilan ajrashmoqchi bo’lsa ham o’z erklariga qo’yib berish kerak, yashamoqchi bo’lsa ham qo’yib berish kerak. Ayollarni erladigan o’z ixtiyorlari bilan ajrashib ketish huquqi (Baqara 2:229), (Niso 4:34, 35), (Mumtahana 60:10, 11) oyatlarida keltirilgan. Huquqshunoslar ayollarni qo’llaridan bu huquqni tortib olishib, o’rniga barcha ixtiyor va qaror erkak kishini qo’lida bo’ladi, degan muxolaani masalasini o’rtaga qo’yishgani uchun, bu haqdagi barcha oyatlar kabi bu oyatga ham noto’g’ri va boshqacha maʼno berishga majbur bo’lib qolishgan.
[491] O’xshash oyatlar: (Nur 24:6-10).
[492] Chiroyli deya tarjima qilingan kalima “maʼrufdir”. Maʼruf – Ham Qurʼon mezoniga muvofiq, hamda aqlan chiroyli deb bilingan narsadir (Mufradot).
[493] Ayolini nojo’ya ishga qo’l urganini daʼvo qilgan erkakni bitta o’zini so’zda qilgan guvohligi kifoya bo’lgani bois, (Nur 24:6-10) bu xususda ayoliga tuhmat qilgan erkak katta gunohga qo’l urgan bo’ladi.
Baʼzi bir fiqhshunoslarga ko’ra, balog’at yoshiga to’lmagan bolalarni nikohlash, yana boshqalariga ko’ra esa bokira qizlarni otasi majburlab turmushga berib yuborishi va majburan qilingan nikoh hisobga o’tishi aytilgan. Bunday ayol-qizlar o’z erlaridan mustahkam bir so’z olishi mumkin bo’lmagani uchun, bu oyat bu turdagi nikohlar hisobga o’tmasligiga dalil bo’ladigan oyatlardan biridir. Undan tashqari, nikoh jarayonida erkaklar uylanayotgan qizlarga katta va masʼuliyatli ahd berishlari kerakligi o’rtaga chiqadi. Hozirda ummatda bu narsa Islom ummatida ko’rinmay qolgan.
[495] “Abu” kalimasiga bog’liq bo’lgan kalimalar davomiylikka dalolat qiladi. Yaʼni, otangiz deganda otangiz ham, otangizni otasi ham, undan keyingi ajdodlaringiz ham kiradi. O’g’il va qiz deganda ham shunday. Demak, bu oyatga ko’ra nabirasi va nabirasini nabirasini ham nikohlab bo’lmaydi.
[496] Nikoh o’zagidan turlangan kalimalar Qurʼonda oila qurish maʼnosida ekani ochiqcha bayon qilinadi. Nikoh deganda faqatgina oila qurib, birga yashash degan maʼno chiqadi.
[497] qilingan narsa oila qurish ekani ham bu oyatdan hamda avvalgi oyatlardan ochiqcha anglashilib turibdi.
[498] Musulmon-kofir, hur-asir, oilali-oilasiz deb ajratmasdan, nomusini saqlagan barcha ayollar Qurʼondagi hukmlar bilan himoya ostiga olingan va ularga “muhsona” yaʼni, ular xuddi qalʼaning ichida saqlanib qo’riqlangan, deb taʼrif berilgan. Ayollar orasidagi hur bo’lganlariga bu kalima (Moida 5:5) oyatda keltirilgan, (Nur 24:4,33) oyatlarda esa u kalima hur ayolni ham asira ayolni ham o’z ichiga olgan. Ayol kishi nikoh sababli endi erining ham himoyasi ostiga olinadi va avvalgidan ham kuchli muhsanaga aylanadi. Bu oyatdagi muhsona oila ayol haqida aytilgan.
[499] “Otalaringiz nikohlagan ayollarni nikohlamanglar” amri bilan boshlanib mana shu yergacha sanab o’tilgan ayollarni nikohlash harom. Bu oyatda keltirilgan »Qo’l ostingizdagi (asira ayollar) dan tashqari oilali ayollarni nikohlashingiz ham haromdir» mazmunidagi oyatni hukmi bilan, oilali bo’lsa-da, agar uni eri o’z yurtida qolib ketgan va u ayol asirga tushib qolgan bo’lsa, endi uni o’z oila-aʼzolari (ota-onasi yoki unga yaqin bo’lgan qarindosh)laridan ruxsat olingan holda nikohlanishga ruxsat berilgan. Chunki, (Muhammad 47:4) oyatiga ko’ra asirga tushib qolgan ayollar aslo joriyalashtirib olinishi mumkin emas. Ularni yo biron bir qarshilik olib, yoki bekorga ozod qilib o’z yurti va oilasiga yuborish kerak. Uni ozod qilish uchun oilasidan fidya berilmagan va uni bekorga qo’yib yuborilmagan asira ayollar endi musulmon erkaklar bilan birga nikohlanib oila qurishi natijasida, ularni mana shu yo’l bilan asirlikdan ozod bo’lishiga Alloh taolo tarafidan imkon yaratilgan. Tashqaridan biri yoki o’zi uni qo’l ostida bo’lib turgan erkak kishidan unga uylanish taklifi bildirilgan ayolda endi mahr olish haqqi paydo bo’ladi. Agar asira ayolga uylanmoqchi bo’lgan erkak kishi moddiy tomondan kuchi yetsa, asira ayolga eng kamida fidya badalini mahr sifatida berishi kerak bo’ladi (Niso 4:2,25) va mana shu shaklda u ayol ozodlikka erishadi. Agar asiraga uylanmoqchi bo’lgan erkak kishi ozodlik uchun beriladigan fidyasini to’lashga kuchi yetmasa, asira ayol belgilagan mahr-mislni berib nikohlanishi kerak. Qolgan qismini esa er-ayol birgalashib mehnat qilib pul topib, hamda mo’minlarni bergan zakotlari bilan to’plangan holda fidyani to’lab, hur ayol saviyasiga tamoman o’tib oladi. Qanday bo’lmasin, asira ayol oila qurishdagi kelishuv (nikoh ahdi)ni tuzishda doimo bir taraf bo’lib turadi, va oila qurish uchun asira ayoldan albatta roziligi va ixtiyori so’raladi, oilasini izni va Qurʼon mezoniga ko’ra (maʼrufga mos ravishda) nikoh qilinadi. Mahr badalini bu asira ayolning o’zigina oladi. Bunga birovni haqqi bo’lmaydi. Asira ayollarni xonadonlarda ishlatilishiga (ulardan nikohsiz shahvoniy maqsadlarda foydalanishga) Qurʼon hech qachon yo’l qo’ymaydi. (Ahzob 33:50) oyatida Nabiyimiz Muhammad alayhissalom uchun faqatgina bitta Moriya onamizni mahrsiz nikohlashiga maxsus ruxsat berilgan. Ammo, ming afsuski, asri saodatdan ko’p o’tmay bu haqidagi barcha oyatlarning maʼnolariga o’zgartirishlar kirgizilgan holda, asira ayollar bilan nikohsiz jinsiy aloqa qilishga yo’l chiqarib olishgan.
[500] Bu oyatga ko’ra, hur ayol bilan nikohlanishga kuchi yetadigan erkak kishi asira ayol bilan nikohlanishi mumkin emas. Hur bir ayol bilan nikohlangan erkak kishi, hur ayolini ustiga yana bitta asira ayolni nikohlab ham ololmaydi. Agar asira ayolga uylanmoqchi bo’lsa, avval u ayolni ozod qiladi (Qarang: Muhammad 47:4) va undan keyin nikohlanadi. Uylanmoqchi bo’lgan asira ayolini ozod qilish uchun to’laydigan fidyasini unga beriladigan mahr sifatida asira bilan kelishib olsa ham bo’ladi. Nabiyimizga fay sifatida berilgan va jangda yengilib asirga tushmagan Moriya onamiz (Ahzob 33:50) oyati bilan halol qilingani uchun, u bilan bir oila bo’lib yashay olgan (Qarang: Tahrim 66:1-2). Ammo jangda yengilib asirga tushgan Juvayriya, Safiyya va Ruhayna onalarimizni ozodlikka erishtirganidan keyin nikohlagan.
[501] Har bir ayol bir erkakni qizi, har bir erkak kishi ham bir ayolni o’g’li bo’ladi. (Hujurot 49:13)
[502] Jangda asirga olingan shaxslar musulmon oilalarga tarqatiladi va ular musulmonlar bilan bir oila bo’lib yashaydi va musulmonlar tarafidan ularga bir oiladek munosabat bildirilib, o’zlari yegan-ichgan narsadan yedirib-ichiradi, o’zlari kiygan narsadan kiyintiradi (Nur 24:58,59), (Inson 76:8). Asirlar qaysi oilaga berilsa, endi ular vaqtincha xuddi o’sha oilaga mansub deb qaraladi. Asirni uyiga olib, unga yedirib-ichirayotgan va uni moddiy tomondan taʼminlayotgan musulmon oila faqatgina uni nikohlashda kimga va nima evaziga nikohlashni hal qila olishga ega bo’ladi, xolos. Asira esa, nikohlanish yoki nikohlanmaslik qarorini o’zi beradi va unga beriladigan mahrga ham o’zi egadorlik qiladi. Nikohlanganidan keyin uni o’zi yoki eri fidyani qolganini ham to’lasa, ana o’shanda u asira ayol qaramog’idagi oiladan tamoman ozod etiladi va hur deb qabul qilinadi.
[503] Yuqoridagi oyatni izohida aytib o’tilganidek, hur-asir, oilali-oilasiz deb ajratilmasdan barcha ayollarga “muhsana” yaʼni, go’yo bir qalʼa ichida saqlab himoya qilinadigan deb taʼrif berilgan va ular bilan aslo nikohsiz jinsiy aloqa qurib bo’lmasligi bildirilgan. ham mana shu ikkita oyatni hamda (Niso 4:3), (Nur 24:32, 33) oyatlarda ochiq-ravshan qilib keltirilganidek, asira tushgan ayollar bilan ularga nikohlanishsiz boshqa hech qaysi yo’l orqali foydalanib bo’lmaydi. Bu oyat asira ayol erga tegishi uchun xuddi bir hur ayol kabi o’z iroda va xohishiga ega ekanini bildiradi. Uni nikoh jarayonini va kelishuvlarini nazorat ostiga olish esa, unga qarab turgan musulmon oilaga yuklatilgan. Bu oyat va (Baqara 2:232) oyatiga ko’ra, asir ushlab turgan oilaning asirdagi vakolati — asira ayolni beradigan qarori maʼrufga mos yoki mosmasligini nazorat qilib turishdangina iboratdir. Bunga aloqador bo’lgan oyatlarning barchasini mazmunini Payg’ambar alayhissalom shunday bayon qilib bergan: «(Nikohlanmoqchi bo’lgan ayol) Agar valiysi bilan kelisha olmasa, sulton (shu ishda vakolatli shaxs) valiysi bo’lmagan kishining valiysi bo’ladi. (Abu Dovud, Nikoh 56; Ibn Moja, Nikoh 12; Nasoiy, Nikoh 35)
[504] Zinoga 100 qamchi jazo beriladi. Zinoga qo’l urgan ayol agar hur bo’lmasa, hur ayolga beriladigan jazoning yarmi, yaʼni 50 darra:qamchi beriladi. Zino qilgan erkak va ayolni toshbo’ron qilish (rajm) hukmi yo’q. Zotan, toshbo’ron qilib o’ldirishni yarmi degan jazoni o’zi ham yo’q (Nur 24:2, 4).
[505] Bu oyatga ko’ra, bir erkak bir asira ayolga uylanmoqchi bo’lsa va uni bunga moddiy tomondan kuchi yetsa, avval ayolni ozod qiladi, keyin nikohlanadi.
[506] Oyatdagi “Sunnat” kalimasi barcha payg’ambarlar yurgan to’g’ri yo’lni bildiradi. Payg’ambarlar yurgan yo’lda yurmagan kishilar dunyo va oxiratini qo’ldan boy beradi (Isro surasi 76-77, Kahf 18:55). Sunnat Alloh belgilab qo’ygan yo’l bo’lgani uchun, Qurʼoni Karimning uchta oyatida Sunnat kalimasi “Sunnatulloh:Allohning sunnati” shaklida lafzi jalolaga izofa bo’lib kelgan (Ahzob 33:38, 62), (Fath 48:23).
[507] Iroda — xohlash degani. Alloh taolo insonlar imtihondan o’tib olishini xohlaydi, biroq har kim ham buni bajara olmaydi. Chunki, Alloh “Bo’l!” deb buyurmagunicha Alloh xohlagan narsa amalga oshmaydi (Yasin 36:82). Bu va bundan keyingi oyatlarga ko’ra, Alloh imtihonga aloqador bo’lgan masalalarda “Bo’l!” degan buyrug’ini faqatgina kerakli ishni amalga oshirgan qullari uchungina berishi maʼlum bo’lmoqda.
[508] Alloh taolo bandalariga har bir masalada yengillik bo’lishini xohlaydi, lekin insonlarning o’zlari ularga berilgan yengillik va qulayliklardan foydalanmasdan, o’zlariga o’zlari muammo va mashaqqat orttirib, dindagi hukmlarga o’zlaricha qo’shimcha hukmlar va ilovalar kiritib olishadi. Natijada insonlarni Allohning diniga qiziqtirish va jalb qilishni o’rniga, ularni dindan uzoqlashtirib bezdirishga sababchi bo’lishadi.
[509]Botil kalimasi alif-lomli bo’lgani uchun, barcha botil — noto’g’ri yo’llarni o’z ichiga oladi. Botil yo’llar: O’lchov va tarozidan urib qolish (Mutoffifin 83:1-3), (Isro 17:35), foiz yeyish (Baqara 2:275, 278, 279), (Oli Imron 3:130), kuch bilan tortib olish (Kahf 18:79), o’g’rilik (Moida 5:38), yetimni molini yeyish (Niso 4:2, 6, 10), xotiniga bergan narsasini ajrashib ketayotib tortib olmoq (Baqara 2:229), birovni molini nohaq yeb ketish uchun vakolatli kishilarga pora berish (Baqara 2:188).
[510]Oyatdagi bu ibora to’ldiruvchidir. Bunday iboralarni jumlalardan ajratib maʼno berish o’quvchiga ham o’qib beruvchiga ham qiyinchilik tug’diradi. Bir-birimizni mol-mulkimizni yer ekanmiz, oldi-berdi qilishda haqsizlik qilmasdan, o’zaro rozi-rizochilikka asoslangan hamda to’liq bir tijorat faoliyati orqali bo’lishi kerakligi bildirilmoqda. Bunga bir misol: Porani olgan kishi o’z roziligi bilan olsa ham, bergan kishi ham o’z roziligi bilan bersa ham, baribir oyatda to’ldiruvchi bo’lib kelgan tijorat shartiga to’g’ri kelmaydi, shu sababli pora orqali bir mulkka ega bo’lish harom. Arab va turkiy tillarda tijorat va savdo deb — foyda olish maqsadida qilingan tovar va xizmat almashuviga aytiladi.
[511] Taqiqlangan katta gunohlarning baʼzilari shular: Oyatlarni va undagi hukmlarni yashirish (Baqara 2:159-163,174-177), shirk (Niso 4:48), zino qilish (Isro 17:32), (Nur 24:2), nomusli va pok ayolga zinokor deb tuhmat qilish (Nur 24:4,11-13), odam o’ldirish (Furqon 25:68), yetim molini yeyish (Niso 4:2, 6, 10), tarozi va o’lchovdan urib qolish (Mutoffifin 83:1-3), (Isro 17:35), o’girlik (Moida 5:38), Islom ahkomlarida Alloh belgilab qo’ygan chegaralarni buzish (Niso 4:14), o’zi to’qigan yolg’onni Allohdan deb gapirish (Hud 11:18), narsa yeyish (Baqara 2:273), (Moida 5:3), (Anʼom 6:145), Nahl 16:115), jangdan qochish (Anfol 8:15-16), foiz orqali foyda topib yeyish (Baqara 2:275,278,279), (Oli Imron 3:130), ota-onaga yomon muomala qilish (Isro 17:23) va mutakabbirlik qilish (Niso 4:36), sarxo’sh va mast qiluvchi har qanday ichimlik yoki giyohlarni isteʼmol qilish va qimor o’ynash (Moida 5:90, 91), (Baqara 2:219), oylarda jang qilish (Baqara 2:217), nikohi bo’lgan ayol-qizlar bilan nikohlanish (Niso 4:22-24), insonlarni masjidlardan to’sish (Baqara 2:214), Allohdan vahiy oldim (payg’ambarman) deb iddao qilish (Anʼom 6:93) va oyatlardan yuz o’girish (Anʼom 6:157), (Toha 20:124-127), Qurʼonga tushunarsiz bir kitob deb qarash (Zuhruf 43:36-39).
Bulardan tashqari yana Qurʼoni Karim oyatlarida har qanday fahsh turlari va gomoseksualizm, Allohning oyatlarini maʼnolarini buzish, pul va tovarlarni erkin harakatlanishiga to’sqinlik qiladigan har turli terror harakatlari (bezorilik) katta gunohlar deb har biri alohida aytib o’tilgan.
[512] Bu oyatni mana shu suraning 29-oyati bilan birga o’qilsa, yanada tushinarli va fikr yuritishda qulay bo’ladi.
[513] Bu oyatga ko’ra, merosdan ilk boshda er va ayolning ulushi beriladi.
[514] Hayotda baʼzi masalalarda erkaklar va baʼzi masalalarda ayollar ustun keladi. Mana shu farq sababli insoniyatda va oilada biri tomonidan yo’l qo’yilgan kamchilikni ikkinchisi to’ldirib ketadi va hayot shunday davom etadi. Bunday masalalarda tomonlardan biri ikkinchisiga ahamiyat bermasligi kerak. (Niso 4:32) Ayollarga berilgan baʼzi bir xislatlar erkaklarda yo’q, erkalarga berilgan baʼzi bir xislat va fazilatlar esa ayollarda yo’q. Demak, ayollar ham erkaklardan baʼzi xususlarda ustun bo’lsa, erkaklar ham baʼzi xususlarda ayollardan ustun turadi.
[515] Yaʼni, mahr berish va oilani barcha moddiy taʼminoti erkak kishilarga yuklatilgan (Baqara 2:233), (Niso 4:4, 24), (Taloq 65:6).
[516] Alloh ayollarni himoya qilganini quyidagicha tushunamiz: Bir ayolni zino qilgan deb iddao qilgan kishi to’rtta guvoh olib kelishga majbur ekani (Niso 4:15), (Nur 24:4, 6, 13) oyatlarida aytilgan, oiladagi barcha moddiy taʼminot erkaklarga yuklatilgan, bundan tashqari, ayol-qizlarni nikohlanish va oila qurish va ajrashish huquqini mahr bilan moliyaviy tomonlama taʼminlab qo’ygan, agar er ajrashib ketsa, ayolga mahr va to’yana sifatida berilgan narsalarni eri qaytarib olomasligini ham bildirib o’tgan. Mana shu shaklda Alloh taolo ayollarni himoya qilib qolgan (Baqara 2:229 Niso 4:20-21).
[517] “Hech kim ko’rmasa ham” deb berilgan maʼno fil-g’oyb = في الغيب taqdiridagi lil-g’oyb = للغيب kalimasidir. Beshta hissiy aʼzo bilan bilib bo’lmagan narsaga g’ayb deyiladi. Ko’rinmagan, eshitilmagan, yaʼni unga guvoh bo’linmagan narsa insonlar uchun g’ayb deyiladi. Ayol kishini zino qilganini aniqlash uchun to’rtta guvoh talab qilinadi (Niso 4:15). Demak, har ikkala oyatda ham “lil-g’oyb” ifodasi bilan guvohlar bo’lmagan holat haqida aytilmoqda. Xulqi yomon ayollar mana shu fursatdan foydalanib axloqsizlik qilib qo’yishlari mumkin. Ammo, yaxshi ayollar esa, Allohga ich-ichidan ishonib-suyangani sababli bunday ishlarga hech kim ko’rmaydigan joyda ham qo’l urmaydilar.
[518] “Ketib qolishidan” deb tarjima qilingan kalima “nushuz”dir. Nushuz — bir kishi ketadigan vaqt sekingina o’rnidan turib ketishiga aytiladi (al-Ayn). Bu haqdagi bir oyat quyidagicha: (Mujodala 58:11) “Nushuz” kalimasi erkak kishi uchun ishlatilsa “ayolini tashlab ketishi” deb maʼno briladi. Bu haqdagi oyat quyidagicha: “Agar bir ayol eri uni tashlab ketishi:nushuzi yoki yuz o’girib ketishidan qo’rqsa, o’zaro bir turli kelishib olishlarida har ikkalasiga ham gunoh bo’lmaydi. Kelishib olish yaxshi. Nafslarga qizg’onish singib ketgan. Agar chiroyli kelishib olsangiz va masʼuliyatli yondashsangiz, (bilingki) Alloh qilayotgan ishlaringizni ich tarafidan ham xabardordir.” (Niso 4:128) Mana shu sababli ham bu oyatga “ayol kishi erini tashlab ketishi” deb maʼno berishga majbur bo’ldik.
[519] Erkak kishini ayolidan maʼlum muddat uzoq qolishi — ayolini beradigan qarorini ko’zdan kechirishida yordam beradi hamda ajrashib ketmoqchi bo’lgan ayolni birga yashashni xohlamay turgan eridan himoya bo’lib qolishdan saqlangan bo’ladi. Mana shu muddat ichida erkak kishi ayolini uydan chiqarmasligi kerak. Ayolni uydan chiqarmay ushlab turish — nafaqat ayol balki erkak kishini uchun ham ajrashishdagi asos bo’ladi (Taloq 65:1).
[520] “Tinch qo’yinglar” deb maʼno berilgan “zorb” kalimasining o’zak maʼnosi — bir narsani boshqa bir narsani ustiga qo’yib mustahkamlash, degani (Mufradot). Turli vaziyatlar va holatlarda farqli maʼnolarda ishlatiladigan bu feʼlning maʼnosi urilgan yoki mustahkamlangan narsaga ko’ra o’zgarib turadi (Al-Ayn). Bu oyatni maʼnosi uchun mos keladigan o’sha kalimaning ikkita maʼnosi bor: voz kechish va tashlab qo’yish. Bu yerda erkak kishi ayolini yotog’idan ayrilganidan keyin, ayolidan ajrashib ketmasdan, uni o’z holiga qo’yib, qaroriga aniqlik kiritib olishi va ajrashib ketish yoki ketmaslikni ayol o’z iroda va ixtiyori bilan tanlab olishiga imkon yaratib beradigan chiroyli bir maʼno berilishi kerak. Chunki, ayolning eridan ajrashish yoki ajrashmaslik qarori uning o’zi xohishiga bog’liq. Buni esa oyatni davomi ochiqlaydi.
[521] “Ko’ngildan qabul qilish” itoatning Arab tilidagi so’zlik maʼnosidir. Buni ziddi ikroh, yaʼni majburlashdir (Mufradot). Bir ishni kaltaklab qildirishga ikroh, yaʼni majburlab qildirish deyiladi. Dinimizda esa majburlash va zo’rlash yo’q (Baqara 2:256). Agar zarb kalimasiga “urish” deb maʼno bersak, o’sha zarb kalimasidan keyin kelgan “Agar ular sizlarga itoat etsalar” ifodasi zarb kalimasiga urib-kaltaklash deb maʼno berish noto’g’ri ekanini va buni ilojisi yo’qligini bayon qiladi. Bu oyatdagi zorb kalimasiga berilishi mumkin bo’lgan yagona to’g’ri maʼno ajrashmoqchi bo’lgan ayolni uydan chiqarib yubormasdan, o’z holicha ushlab turish bo’ladi. Chunki Alloh taolo Qurʼoni Karimda erkaklarga qanday huquq bergan bo’lsa, ayollarga ham xuddi shunday ajrashish huquqi bergan (Baqara 2:229).
[522] Bu hukm er-xotinga emas, balki er-xotinni orasi buzilib ajrashib ketish xavfi tug’ilganini bilib qolgan har ikkala tarafni yaqinlariga yuklatiladi. Oiladagi muammoni faqatgina er taraf hal qilishga haqqi yo’q.
[523] Allohga va oxirat kuniga ishonishda va Alloh bergan narsalardan Allohning roziligi uchun sarf qilinishida hech qanday ziyon ham zarar ham yo’q. Bunda faqatgina insonning o’ziga foyda bo’ladi, xolos. Bu oyatdagi savol tariqasidagi so’roq jumlasi, qattiq ogohlantiruv va tag maʼno ifodalaydi. Yaʼni, agar bu ishda hech qanday ziyon bo’lmasa, nega unda o’sha baxillar bu ishni qilmayapti ekan, degan maʼno chiqadi.
[524] (Moida 5:117).
[525] Junublik er-xotinni birga bo’lishi oqibatida yuzaga keladigan organik holat, bu holatga boshqa sabablar orqali tushib qolsa ham u insonga sharʼan junub deyiladi.
[526] Bu iboralar safarda bo’lishga emas, xoh uzoq masofa bo’lsin, xoh yaqin bo’lsin, har qanday holatda ham yo’lda bo’lishni bildiradi.
[527] Hojatxona deganda – hojatxonaga aloqador ishlar nazarda tutilgan. Bularga yel kelishi, yengil va og’ir hojat chiqarish ishlari kiradi. Bundan boshqa holatlarda tahorat sinmaydi.
[528] Orgazm holat asosan er-xotinni o’rtasidagi jinsiy aloqa tufayli yuzaga keladi. Lekin boshqa bir yo’l orqali ham yuzaga kelgan orgazm holat ham mana shu hukm ostiga kiradi.
Oyatdagi “lam tajiduu ” iborasi suv ishlata oladigan ahvolda bo’lmasangiz degani bo’ladi (Mufradot). Kalima maʼnosi uchun (Taloq 65:6) oyatidagi «من وجدكم» iborasiga ham qarang. (Niso 4:43) oyat tafsiriga ham qarang. Oyatdagi “suv ishlatishga imkon topa olmasangiz” iborasi – agar suv topib olsachi degan savolga yo’l ochadi. Demak, agar suv topa olsa albatta tahorat olishi kerak bo’lgan, lekin qanday? Axir tahoratni qanday olish haqidagi oyat bundan keyingi surada – Rasulullohni vafotidan 4-5 oy oldin tushgan, lekin Rasululloh undan avval ham namoz o’qigan, tahorat olgan, xo’sh, qanday olgan? Bu savolga (Anʼom 6:83-80) oyatlarda javob beriladi. Yaʼni, Rasulullohga hali hanuz bir masalada to’liq oyat tushmagan bo’lsa, o’sha masalada o’zidan avvalgi payg’ambarlarga nozil bo’lgan ilohiy kitoblardagi hukmlarga amal qilib turishlik buyurilgan.
[530]“soiyd” — ustki va yuqori qatlamiga yuksalgan narsaga aytiladi. Dunyoning ustki qatmiga (Kahf 18:8) ham, tuproqning ustki qatlamiga ham (Kahf 18:40) soiyd deyiladi.
[531] 44 va 45-oyatlardan shunday hukm chiqadi: Allohning Kitobidan xabari bo’la turib, o’zi undagi haq yo’lda yurmay, boshqa noto’g’ri yo’llarga kirib ketgan, o’zidan boshqalarni ham u Kitobdagi yo’ldan boshqa yo’lda yurishga daʼvat qiladigan kimsalar Allohning Kitobiga ham, unga amal qilmoqchi bo’lgan musulmonlarga ham maʼnaviy dushmandir. Unday kimsalarni aytayotgan gaplarini yaxshilab tekshirib ko’rib keyin amal qilish kerak, agar Allohning kitobidan boshqa yo’llarga daʼvat qilishda davom etaversalar, unday kimsalardan uzoq turish kerak. Chunki Alloh ularni dushman deb atadi.
[532] 44 va 45-oyatlardan shunday hukm chiqadi: Allohning Kitobidan xabari bo’la turib, o’zi undagi haq yo’lda yurmay, boshqa noto’g’ri yo’llarga kirib ketgan, o’zidan boshqalarni ham u Kitobdagi yo’ldan boshqa yo’lda yurishga daʼvat qiladigan kimsalar Allohning Kitobiga ham, unga amal qilmoqchi bo’lgan musulmonlarga ham maʼnaviy dushmandir. Unday kimsalarni aytayotgan gaplarini yaxshilab tekshirib ko’rib keyin amal qilish kerak, agar Allohning kitobidan boshqa yo’llarga daʼvat qilishda davom etaversalar, unday kimsalardan uzoq turish kerak. Chunki Alloh ularni dushman deb atadi.
[533] Musulmonlar Allohning oyatlarini eshitganlarida aytilishi kerak bo’lgan “eshitdik va itoat etdik, yaʼni «bosh ustiga” demasdan, gapni aylantirib, boshqa tomonlarga burib, yoki “eshitdik”, “eshitganman”, bilaman so’zidan keyin “itoat etdim”, “bosh ustida” demasalar, aynan ushbu oyatda aytilgan yahudiylarga o’xshab qolishi mumkin. Shu bois, musulmonlar Allohning oyatlari o’qib tushuntirilganida “Rabbimizning amri bosh ustiga” deyishlari kerak. Ana shunday kimsalar – oyatlar tilovat qilinganda imoni ortadigan va qalblari larzaga keladigan mo’minlardir. (Anfol 8:2)
[534] Oyatdagi birinchi jumla «سَمِعْنَا وَعَصَيْنَا = samiʼna va asoyna» dir. Bu jumlani bir maʼnosi “Eshitdik (tushundik) va mahkam ushladik”, yana bir maʼnosi esa “Eshitdik (tushundik) va qarshi chiqdik” shaklida bo’ladi. Chunki aso = عصى» feʼlida bir-biriga zid ikkita maʼno bo’lib; biri – mahkam ushlash, yana biri – osiylik qilish:qarshi chiqishdir (Baqara 2:93). “Samiʼna va asoyna” jumlasidan salbiy maʼno chiqishi bilan birga ijobiy maʼno ham chiqarish mumkin, biroq, “asoyna” deyishni o’rniga “atoona” deyilsa, yanada o’zlariga yaxshi bo’lar edi. Chunki, “ato’na” so’zidan hech qanday salbiy maʼno chiqmas va buni hech kim ko’chma maʼno sifatida qo’llana olmas edi. Ikkinchi jumla «وَاسْمَعْ غـَيْرَ مُسْمَعٍ = vasmaʼ g’oyro musmaʼin» jumlasidir. “G’oyri musmaʼin” jumlasini ham ikkita maʼnosi bor. Biri — eshit, iltimos. Senga gap gapirish bizga emas ammo…» yana bir maʼnosi esa “Eshit, ey gap tinglamas!” shaklida keladi (Naml 27:80). Agar faqatgina «اسْمَع = isma» deyilsa edi, bu kalimani salbiy maʼnoga burib bo’lmas edi.
Oyatdagi uchunchi «رَاعـِنَا = roina» jumlasiga “Bizni nazorat qilib tur” deb maʼno berilsa ham bo’ladi. Lekin kalima bir ish bittadan ortiq foil tarafidan bajarilishi mumkin bo’lgan مفاعلة = mufoala o’zagidan turlangani uchun, unga “bir-birimizni nazorat qilib turaylik”, maʼnosi berilishi ham mumkin. Bu esa — Yahudiylar o’zlarini Allohni Elchisi bilan teng ko’rishmoqchi bo’latyotganini ifoda qiladi. Hech kim unga elchilik vazifasi haqida “bir-birimizni kuzatib turaylik” deyolmaydi (Nur 24:63), (Hujurot 49:3).
Mufoala qolipi bir inson ishni o’zi yolg’iz qilishi, degan maʼnoni ham o’z ichiga olishi mumkin. Shu sabab roina=رَاعـِنَا kalimasiga “Bizga qarab tur:Bizni yetaklab yur” deb maʼno berish ham mumkin. Ana shunda ular “Bizni hayvonga qarab turgandek qarab tur:Bizni hayvonni yetalagandek yetala” degan tag va ko’chma maʼnolarda Rasululllohni kamsitgan bo’lib qolishadi. Agar raʼina رَاعـِنَا kalimasini o’rniga unzurna انظُرْنَا desalar edi, “bizni nazorat qilib tur” dan boshqa maʼnoga bura olishmas edi.
[535] (Aʼrof 7:163-166).
[536] Yaʼni, agar bir inson Allohga shirk qo’shsa va tavba qilmasdan o’lsa, Alloh u gunohni aslo mag’firat qilmaydi. Shirkdan boshqa gunohlarni esa, tavba qilmay o’lgan kishilardan ham mag’firat qilishi mumkin. Demak, shirk amali tavba bilan kechiriladi, tavbasiz o’lgan bo’lsa kechirilmaydi. Undan boshqa gunohlar esa, tavba bilan kechiriladi, tavbasiz ham kechirilishi mumkin.
[537] (Najm 53:32) oyatiga qarang.
[538] Tog’ut – yovuzlik, zo’ravonlik, haddan oshishlik, jafokashlik, zulm va jabr kabi maʼnolarni anglatadi. Undan tashqari, noto’g’ri din va adolatsiz:mustabid tuzimni o’zini hamda ulardan biriga boshchilik qilayotgan shaxga ham tog’ut deyiladi. Bu haqida qo’shimcha maʼlumot uchun qarang: (Baqara 2:257), (Niso 4:51, 60), (Toha 20:43-45), (Qof 50:27), (Noziot 79:37), (Alaq 96:6).
[539] (Isro 17:100)
Arab tilida erkaklarga ham, ayollarga ham juft:zaavj deyiladi. Demak, jannatda erkaklar ham ayolar ham yolg’iz qolmaydi. Jannatdagi g’ilmon, vildon va hurlar hech kimga xotin yoki er sifatida berilmaydi (Duxon 44:54), (Tur 52:20-24), (Voqea 56:17-24), (Inson 76:19).
[541] Qo’yiq soyalar nima va qanday ekanini bilish uchun qarang: (Yasin 36:56), (Mursalat 77:41).
[542] Rasul – ham elchiga, hamda elchi orqali yuborilgan narsa (maktub, xabar, kitob) uchun ishlatiladi (Mufradot). Alloh insonlarga O’z buyruqlarini yetkazish uchun insonlar orasidan elchilar tanlab olishi va o’sha elchi ham uning ummati ham aynan bitta narsaga – Allohdan kelgan ilohiy buyruqqa bo’ysunishi kerak bo’lgani uchun, rasul deyilganda avvalo elchi orqali yuborilgan buyruqqa urg’u beriladi. Agar jumladagi maʼno oqishiga to’g’ri kelmasa, rasul deganda buyruqni olib kelgan elchi nazarda tutiladi. Shu bois, Qurʼonda yer olgan Rasululloh = رسول اللّه va ar-Rasul = الرسول so’zlaridagi asl urg’u Qurʼon va undagi oyatlarga qaratilgan. Uhud jangida Payg’ambarimiz o’lgani haqida gap tarqalayotganida mana shu oyat tushgani ham aynana shunga ishorat qiladi: “Muhammad elchi, xolos. Undan oldin ham elchilar keldi-yu ketdi. Agar u o’lsa yoki o’ldirilsa (Muhammad keltirgan narsadan) ortga o’girib ketasizlarmi?” (Oli Imron 3:144). Muhammad alayhissalom Allohning so’ngi elchisi bo’lgani bois, hozir bizning qo’limizdagi rasul – Qurʼondir. Zotan, Rasulullohning vazifasi Qurʼonni yetkazishdan iborat bo’lgan, u kishi o’z vazifasini go’zal bir holatda ado etib ketdi. Endi qo’limizda u kishi olib kelgan Allohning kitobi – Qurʼon bor. (Nahl 16:35), (Moida 5:67).
[543] Tog’ut – yovuzlik, zo’ravonlik, haddan oshishlik, zulm va jabr kabi maʼnolarni anglatadi. Undan tashqari, noto’g’ri din va adolatsiz:mustabid tuzimni o’zini hamda ulardan biriga boshchilik qilayotgan shaxga ham tog’ut deyiladi. Bu haqida qo’shimcha maʼlumot uchun qarang: (Baqara 2:257), (Niso 4:51, 60), (Toha 20:43-45), (Qof 50:27), (Noziot 79:37), (Alaq 96:6).
[544] (Muhammad 47:19) oyatida Alloh janob payg’ambarimizga mo’minlar haqqiga duo qilishni, Allohdan ularni mag’firat qilishi uchun iltijolar qilishini buyurgan.
[545] Bu oyatga va oyatdagi voqelikka aloqador boshqa oyatlarni ham birgalikda o’qilganida, bu oyatdagi “nafsingizni o’ldiringlar” iborasi haqiqiy maʼnoda emas, balki majoziy ekani maʼlum bo’lmoqda. Chunki, Musodan keyin buqaga sig’inganlarga ham shunday buyurilgan, lekin orqasidan ularning gunohlari mag’firat qilingani bildirilgan (Baqara 2:51-54), (Aʼrof 7:152, 153). Undan tashqari, Muso alayhissalomning ummatini buqaga sig’inishga daʼvat qilgan Somiriy ham, ular orasidan surgun qilingani va o’ldirilmagani ham, bu oyatdagi “nafslaringizni o’ldiringlar” iborasiga majozan maʼno berilishi kerakligini ko’rsatadi (Toha 20:95-97).
[546] (Oli Imron 3:200), (Anfol 8:60).
[547] Alloh yo’lida jang qilayotgan mo’minlar orasida g’olib bo’lishdan ko’ra shahid bo’lib ketish orzusi ko’proq va kuchliroq bo’lishi haqidagi gaplar ko’p uchraydi. Holbuki, bu oyatda g’olibga ham shahidga ham bir xil mukofot va maqom berilishi bayon qilingan.
[548] (Oli Imron 3:152, 153), (Yasin 36:82), (Tag’obun 64:11).
[549] Qarang: (Niso 4:79), (Oli Imron 3:154, 186), (Sho’ro 42:30), (Mulk 67:2), (Ankabut 29:2,3), (Muhammad 47:31), (Baqara 2:214).
[550] (Oli Imron 3:152, 153), (Sho’ro 42:30).
[551] Qurʼon Allohning kitobi bo’lgani uchun, unda oyatlar aro hech qanday ziddiyat, bir-biriga qarshi hukmlar va ixtilof yo’q. Shuning uchun ham, ummat agar Qurʼonni mahkam ushlasa ixtilofga tushmaydi.
[552] Bular ushbu suraning 77-oyatida keltirlgan qo’rqoq va zaif musulmonlar, yoki munofiqlar bo’lishi ham mumkin.
[553] (Hujurot 49:6).
[554] Rasululloh Uhud janggida o’zi yolg’iz qolib ketsa ham, jang maydonini tashlab qochib ketmagan.
Madinaga ko’chishdan bosh tortish oqibatida o’ziga o’zi zulm qilib qo’yganlar haqidagi boshqa oyatlar ushbu suraning 97-98- oyatlarda.
[557] Qarang: (Baqara 2:20) oyatning izohi. Bu yerdagi qonunlar shu oyatlarda ochiqlangan: (Yunus 10:102, 103), (Rum 31:47), (G’ofir 40:51), (Soffat 37:171-173)
[558] Bu hukm kofirlarga qarshi jang qilinayotgan vaqtda jang maydonida yuz berishiga bog’liq bo’lgan hukmlardir. Jang maydonidan boshqa holatlarda sodir etilgan qotilliklarga qasos huquqi qo’llaniladi (Baqara 2:178).
[559] Buning sababi (Nahl 16:28, 87) oyatida bildirib o’tilgan.
[560] Jangda taslim bo’lgan kishini imonga kirgan yoki kirmaganiga qaralmaydi, dushman jon va mol xavfsizligini o’ylab taslim bo’lishi uni o’ldirmaslikka kifoya qiladi. Rasulullohning qizi Zaynabning eri Abulos va Tay qabilasining raisi bo’lgan Adiy ibn hatim Madinaga kelishgan edi. Lekin, mushrik bo’lsalar ham, ular o’ldirilmagan.
Bularni kim ekani (Tavba 9:91), (Fath 48:11) oyatlarda ochiqlangan.
[562] Baʼzi kimsalar insonlarni jonini oladigan bitta farishta (Jabroil) bor deb biladi. Holbuki, Qurʼon oyatlari jon oluvchi farishtalar bittadan ko’p ekanini bildiradi (Anʼom 6:61), (Hahl 16:28-32). Har kimni jonini uning o’ziga muvakkal etib tayinlangan jon oluvchi farishta oladi (Cajda 32:11). Bizgacha yetib kelgan sog’lom hadislarda ham azroil degan farishta nomi keltirilmagan. Balki, “malakul-mavt” deb nomlanadi. (Qarang: Buxoriy, Janoiz 69, (Anbiyo 6:31) Muslim, Fazoil 157, 158, Termiziy, Tafsir 7, Ibn Moja, Jihod 10; Musnad 2, 269, 351, 4, 287, 5, 395).
[563] Bu oyat hamda (Ankabut 29:56) oyatlarda bildirilganidek, xolis Allohga ibodat qilishdan man etilgan joylardan ko’chib ketish kerakligi ko’rsatilgan.
[564] Aynan mana shu oyatda keltirilgan kishilar (Niso 4:88-91) oyatlarda aytib o’tilgan Makkalik mushriklar.
[565] Bundan keyingi oyatda namozni qanday o’qish kerakligi ko’rsatilgan. Bu oyatga ko’ra Payg’ambar alayhissalom o’sha namozni to’liq ikki rakat o’qigan, yonidagilar esa bir rakatdan o’qishgan.
[566] Bu oyat namoz va jamoatni qanchalik ahamiyatga ekanini ko’rsatadi.
[568] Arab tilida “kataba” feʼliga “yozmoq, tuzmoq, buyruq bermoq, taqdir qilmoq, qayd etdi” kabi farqli maʼnolar beriladi.
[569] (Muhammad 47:4), (Anfol 8:67).
O’xshash oyatlar: (Baqara 2:213), (Moida 5:48, 49).
[571] Bu oyatdan faqat til bilan “Astag’firulloh” deb qo’yish chiqmaydi. Chunki gunohlarni kechirilishi uchun, yomon oqibatlarga olib keluvchi taqiqlangan ishlardan tiyilish (Anfol 8:38), ana undan keyin o’sha qilgan ishi (tavbasi) uchun Allohdan kechirim talab qilishi kerak (Hud 11:3). Gunoh ishlardan tiyilmay, gunohda davom etib, ming marta istig’for aytgani u insonga foyda bermaydi.
[572] Bu va bu kabi oyatlar shunga ishorat qiladiki, Alloh buyurgan buyruqlar bajarilmasa, qaytargan taqiqlardan uzoq turilmasa, (Moida 5:27) va (Ahzob 33:17) oyatidagi ismat masalasi foyda bermaydi.
[573] Hech kim o’zimga xiyonat qilay deb bir ish qilmaydi, lekin oqibatda qilgan xiyonati o’ziga zarar berganida, u o’ziga o’zi xiyonat qilgan bo’lib qoladi. Aldov ham shunday. Oqibatda aldovining zarari o’ziga kelganida, o’zini aldagan bo’lib qoladi. Har kim o’z qilmishining garovi bo’lgani uchun, (G’ofir 40:17), (Josiya 45:22), (Muddassir 74:38), xiyonat va aldov ishiga kirishgan kimsalar ana o’sha ishni boshlashi bilanoq o’sha ishining ziyoni oziga nisbat berilishni boshlaydi.
[574] Qilayotgan ishlarini Allohdan yashira olmasliklarini tan olsalar va buni tushinib yetsalar edi, bunday ishga aslo qo’l urmagan bo’lishardi (Mujodala 58:7). Allohga hech narsa maxfiy qolmaydi (Oli Imron 3:5).
[575] Vakil — bir kimsani nomidan ish bajaruvchi, uni foydasi uchun xizmat qiladigan, suyanch bo’ladigan va bu xususda to’liq huquq berilgan kimsa degani. Bunga ko’ra oyat shunday tushuniladi: “Qiyomat kuni ularni tarafini olib do’zaxdan chiqishi uchun kim jon kuydiradi? Ular uchun kim javob beradi?” Qiyomatda hech kim mushrik va munofiqlarni tarafini olmaydi.
[576] “U (munofiq)lar o’zlari kofirlik qilganidek, sizlarni ham kofirlik qilishingizni, natijada ular bilan bir xil bo’lib qolishingizni orzu qilmoqda. …” (Niso 4:89), Ahli Kitoblardan ko’pchiligi ishonib suyanganingizdan keyin, sizlarni (Qurʼonni) tan olmaydigan ahvolga keltirib qo’yishni xohlaydi. Ularga haqiqat oydin bo’lganidan keyin ham, o’zlari orasida paydo bo’lgan hasad:ko’rolmaslik tufayli shunday qilishadi. ..» (Baqara 2:109), (Isro 17:74).Hatto Allohning elchisi – Muhammad alayhissalomni adashtirishga uringan bu kofir va munofiqlar ummati Muhammadni allqachon yo’ldan ozdirishga harakatni boshlab bo’lishgan. Shuning uchun har doim tadbirli va diqqatli bo’lishimiz kerak. Allohning kitobidan aslo uzoqlashmasligimiz kerak.
[578]Bunday mushriklik va mushriklar haqida quyidagi oyatlarda ham atroflicha bayon qilingan: (Yunus 10:18), (Najm 53:20-28). Baʼzi mufassirlar “Sanamlarga duo qilishmoqda” deb tafsir qilgan.
[579] Shaytonni xolis insonlarga hech qanday zarari temaydi, ularga kuchi va vasvasasi taʼsir qilmaydi. Shayton faqatgina ich-ichidan shaytonga – shaytoniylikka ergashmoqchi bo’lganlarni, shayton kabi buzuqlik qilmoqchi bo’lganlarni adashtiradi (Ibrohim 14:22), (Aʼrof 7:16, 17), (Hijr 15:36-40), (Isro 17:62), (Sod 38:82, 83).
[580] Makkalik mushriklar o’zlari to’qib chiqargan butlari uchun qurbonlik qiladigan hayvonlarni avvaldan belgilab qo’yish uchun ularni quloqlarini teshib qo’yishar va bir muddat o’z holiga tashlab qo’yishardi (Moida 5:103).
“Allohim Sen nima desang shu!”, degan kimsa o’zini Allohga taslim qilgan deyiladi. Bunday kimsaga muslim, musulmon deyiladi. Alloh nimani desa harom, halol desa halol deb bilish kerak.
[583] Ibrohim alayhissalom haqni har joyda har kimga ayta olgan kishidir. Hatto otasiga ham tutgan yo’li noto’g’ri ekanini aytgan, oqibati toshbo’ron (quvg’in) yoki alangali o’tga tashlanishi mumkin bo’lgan jazolardan ham qo’rqmagan. Haqni haq ekanini har doim har kimga ayta olish – Ibrohim alayhissalomni diniy yashash tarzi deyiladi. Insonlar Ibrohim alayhissalomdan voz kechib yubormaguncha, u kishi boshqa yerlarga ketmadi. Biroq, oxirida xalqi undan yuz o’girganida xalqining shirk amallaridan va Allohga isyonkorlik qilishidan voz kechib, insoniyat uchun yaxshi bir o’rnak va namuna bo’lib yashashni davom ettirdi. So’ng Alloh unga va uning zurriyotiga katta baxt va saltanat berdi.
[584]Fatvo — har qanday bir masalada so’ralgan savolga dalilga asoslangan holda berilgan javobdir (Yusuf 12:43), (Naml 27:32). Bu oyatga, hamda ushbu suraning 176-oyatiga ko’ra, diniy fatvoni avvalo Allohning O’zi beradi. Insonlardan fatvo so’ralganida, har doim o’sha bergan fatvosiga Allohning kitobidan dalil so’ralishi ham kerak. Aks holda, berilgan javob Allohning kitobidagi dinidan emas, o’z fikri va taxminidan berilgan bo’lishi ham mumkin.
[585] (Niso 4:2,3).
[586] Insonning ich-ichiga qizg’onchiqlik singib ketgan. Insonlar ko’pincha o’sha qizg’onchiqlik orqali sinaladi. Undan o’zini qutqarib yashash kerak (Maorij 70:19-22), (Hashr 59:9), (Tag’obun 64:16).
[587] Ayol kishi erini o’ziga nisbatan qo’pol muomala qilayotganini, ko’ngli asta-sekin sovuyotganini, ko’p o’tmay ajrashib ketishi yoki nikohida bo’lib tursa ham tamoman voz kechib yuborishidan qo’rqsa, o’sha erini o’zidan sovushiga sabab bo’lgan narsani oldini olgan holda eri bilan kelishib olishida gunoh bo’lmaydi. Erkak kishi ayolidan asosan xulqi o’zgarib ketsa, bemor bo’lib yaray olmasa, boshqa ayolga ko’ngli tushib qolsa, ikkinchi ayolga uylanmoqchi bo’lsa vh. k. holatlarda sovushi va eʼtibor bermay qo’yishi mumkin. Demak, mana shu va boshqa holatlarda eri bilan o’zaro kelishib yashashi va eridan ayollik nuqtayi nazaridan kelib chiqib talab qilishga haqli bo’lgan baʼzi huquqlari talab qilmasligi va boshqa haqlarida ham qaysarlik qilib olmasdan, kelishib yashashi butunlay ajrashib ketishidan ko’ra yaxshi ish bo’ladi. Kelishib olgandan keyin esa, yana o’sha sovuqlik va eʼtiborsizlikni davom ettirmasdan, har ikkala taraf ham masʼuliyatli va Allohdan qo’rqib o’zlarini xatodan tiyib yurishlari kerak.
[588] Yaʼni, kelishib olganidan keyin taqvo qilib, masʼuliyatni his qilib yashasalar bir-biriga yomonlik qilmasalar, ana shunday er-xotinni o’tmishidagi xatolarini Alloh mag’firat qilishi va ularga undan keyin baxtli hayot inʼom qilishi mumkin.
[589] Bu oyatdan ikki xil mazmun chiqishi mumkin.
- Er boshqa ayolga, ayol ham boshqa erga tegib, ikkalasi ham bir-biriga muhtojlikni sezmay qolishi. 2. Ayol erining boyligi sababli boy yashayotgan, yoki er ayolining boyligi sababli boy yashayotgan bo’lsa, ajrashganidan keyin ikkalasini ham bir-biriga moddiy ehtiyoji tushmayqolishi, aytilmoqda.
[590] (Anʼom 6:133).
[591] Yaʼni, Allohni roziligi uchun va oxiratda qarshiligini olish uchun qilinadigan ishni dunyo manfaati uchun qilayotgan kishilar shuni unutmasinki, bu dunyoda qo’lga kiritiladigan narsalar ham, oxiratda erishiladigan narsalar ham barchasi Allohnikidir. Alloh imkon bermaguncha hech kim hech qachon hech narsaga ega bo’lmaydi. Musulmon kishi avvalo Alloh rizosini istagan va oxirat mukofotini ko’zlagan holda amal qilishi kerak. Lekin, dunyoligini ham unutmasligi kerak. Mana shunda Alloh unga har ikkala dunyoligini ham beradi. biroq, kimki oxiratga aloqador ishlarni dunyo manfaati uchun amalga oshirsa, uni qilgan o’sha ishi uchun oxiratda yaxshi qarshilik berilmaydi. “Kim oxirat hosili xohlasa, uni hosilini orttirib beramiz. Kim dunyo hosilini xohlasa, unga undan beramiz. Unga oxiratda hech narsa berilmaydi.” (Sho’ro 42:20) (Baqara 2:201, 202)
[592] Yaʼni, kofirlikda o’lganlarning gunohlarini Alloh kechirmaydi ham, ularga najot yo’liga chiqish ham bermaydi (Oli Imron 3:90, 91).
[593] Barcha kuch-quvvat va izzat Allohga xos, kerakli ishni qilib, unga munosib bo’lgan insonlarga Alloh izzat beradi, aziz qiladi. Kofirlar bilan yaqin do’st tutinmaslik, ularni mo’min-musulmonlardan ko’ra afzal va yaqin bilmaslik, mo’minlarga mehribon kofirlarga esa qilmishlariga yarasha qattiq muomala qilish, aks holda nifoq va ikkiyuzlamachilikka kirib qolish haqidagi oyatlar quyidagicha: (Oli Imron 3:26), (Niso 4:144), (Moida 5:55), (Yunus 10:65), (Fotir 35:10), (Fath 48:29), (Munofiqun 63:8).
[594] Bu oyatning dalolat qilishicha, qaysiki bir musulmon gunoh ish qilayotganlar orasiga kirib qolsa, uni qaytarib o’zgartirishga kuchi yeta turib gunoh ishdan qaytarib o’zgartirmasa, yoki qaytarib o’zgartirishga kuchi yetmasa-yu, lekin ulardan ayrilib ketmasdan, ular bilan birga qolib ketsa, har ikkala holatda ham u inson o’sha gunohkorlarga ham gunohda, hamda ularga keladigan balo va uqubatda sherik bo’lib qoladi. Demak, munkar va gunoh ishni ko’rgan inson imkon qadar u ishga qarshi chiqishi va uni o’zgartirishi kerak. Agar kuchi yetmasa ulardan (u yerdan) ayrilishi kerak. O’xshash oyat: (Anʼom 6:68)
[595] Munofiqlarning xiyla-nayranglari turlicha bo’ladi. Ular va ularning alomatlari haqida baʼzi oyatlar shunday: (Moida 5:52), (Tavba 9:98). (Niso 4:72), (Haj 22:13), (Ahzob 33:19), (Tavba 9:127), (Munafiqun 63:4).
[596] Kofirlarni diniy tomondan ham, dunyoviy tomondan ham boshliq va sirdosh do’st tutib bo’lmaydi. Diniy tomondan boshliq qilib olmaslik – diniy masalalarda ulardan hech qanday hukm olmaslik, ularga diniy lavozim bermaslik, ular aytgan diniy masalalarni tasdiqlamaslik, ularga diniy manbalarni tarqatishda va chop etishda ishonch bildirmaslik va shu kabi holatlar nazarda tutiladi. Chunki, ular doim imkon poylab turishadi. Imkon topishi bilanoq dinni buzishga, musulmonlarni dindan qaytarib yuborishga urinishadi “Ey Allohga ishonib-suyanganlar! Agar oyatlarni tan olmagan (kofir)larga itoat etsangiz, sizlarni ortingizga qaytarib (dindan chiqarib) yuboradi[127], natijada ziyonkor bo’lasiz-u qolasiz.” (Oli Imron 3:149), (Baqara 2:75), (Niso 4:46), (Moida 5:13, 41). Dunyoviy tomondan ularga mansab va lavozim berishni taqiqlagan oyat: “Ey Alllohga ishonib-suyanganlar! Sizdan bo’lmaganlarni amaldorlikka (mansabdorlikka) olmanglar – ular sizlarga qo’lidan kelgancha yomonlik qiladi, sizlarni mashaqqat chekishingizni orzu qiladi. Ularni dushmanligi og’zilaridan oshkor bo’lib turibdi, ichida yashirgan dushmanligi yesa undan ham battar. Sizlarga (bu haqidagi) oyatlarni (ham) ochiqlab berdik. Agar aqlingizni ishlatsangiz (Sizdan bo’lmaganlarni amaldorlikka (mansabdorlikka) olmaysiz!)” (Oli Imron 3:118).
[597] Jabrlangan inson unga nisbatan qilingan adolatsizlik va haqsizlikni ifoda qilishi mumkin. Biroq, yuqoridagi oyatga ko’ra, unga nisbatan qilingan adolatsizlikni ifoda qilishdan boshqa narsa qilishga haqqi yo’q. Yaʼni, endi u ham qarshi tarafga haqsizlik qilmaydi, uni haqorat ham qilmaydi. Qilingan bitta yomonlikning jazosi aynan unga teng bo’lgan jazo bilan jazolashdir, xolos. (Sho’ro 42:40, 41).
[598] Alloh shirkdan boshqa har qanday gunohni kechirishi, o’sha gunohga jazo bermasligi hamda unga yaxshiliklar ato etishi mumkin. (Niso 4:48)
[599] Chaqmoq urganligi haqidagi yana bir oyat shu: (Baqara 2:55, 56).
[600] Muso alayhissalom Misrdan chiqib ketganidan keyin, Tur tog’iga chiqib ketadi va xalqidan 40 kech alohida qoladi. Shunda xalqi oralarida Horun payg’ambar bo’lishiga qaramasdan, ularga Somiriy yasab bergan buzoqni Somiriyni gapiga kirib muqaddaslashtirib, unga iltijo qilishni boshlab yuborishgan. Ularga hatto Horun alayhissalom ham qarshi chiqa olmagan va qaytara olmagan. (Toha 20:83-89)
[601] Oyatdagi voqealarni ochiqlab bergan boshqa oyatlar: (Baqara 2:58-60, 93).
.
[602] Iso alayhissalomni bir toifa yahudiylar o’ldirmoqchi bo’lib yurishar edi (MK. 11,18, Yuh. 11, 53-54). Alloh taolo Iso alayhissalomni ulardan saqlab qolishini va sharmandalarcha dushman qo’lida o’lib ketishidan himoya qilishini va o’z ajali bilan o’lishini bildirib, Alloh taolo Isoga taskin bergan. Iso alayhissalom qanday qilib salomat va xotirjamlikda tug’ilgan bo’lsa, o’lishi ham o’shanday salomatlik va xotirjamlikda bo’lgan (Maryam 19:33).
[603] Oyatdan shu narsa maʼlum bo’ladiki, Iso alayhisalomni o’ldirdik deb o’ylashadi, lekin o’lmagan bo’ladi. Shu bois ular Iso o’ldi deb o’ylab voqea joyidan ketishgan, Iso alayhissalom (Mo’minun 23:50) oyatda aytilgan joyga onasi Maryam bilan ko’chib ketadi.
[604] (Oli Imron 3:55) oyatiga ko’ra, Iso alayhissalom o’lgan. (Zumar 39:42) oyatiga ko’ra vafot – ishi bitgan ruhni badandan ayrilishiga aytiladi. Alloh badandan ruhlarini ikki xil shaklda oladi.
- Inson uyquga ketganida,
- Inson o’lganida. Alloh iso alayhissaalomni ham vafot ettirgan (Maryam 19:33). Ruh kompyuterni ishlash sistemasi kabi insondagi barcha maʼlumotlarni o’zida saqlab qoladi. Shu sababli Alloh taolo ham uxlagan insonni hamda o’lgan insonni ruhini saqlab qoladi. Chunki uyqudan qayta uyg’onganda ham o’limdan qayta tirilganida ham o’zini ruhini tashib o’zligida davom eta olishi kerak. O’sha dasturni boshqa kompyuterni ichiga joylashtirib qo’ysa, yana avvalgidek ishlab ketaveradi. (Mo’minun 23:100) (Takvir 81:7) Iso alayhissalom vafotidan keyingi ilk suhbati oxiratda bo’lgani uchun (Moida 5:117) hozir u o’lgan. Isoni dunyoga qaytib kelishi degan narsa Allohning Kitobida yo’q. Isoni Allohga yuksalishi – barcha yaxshi insonlarning ruhi kabi samoga yuksalishidir (Maorij 70:4), (Aʼrof 7:40).
[605] Oyatdagi “unga iymon keltirishi” maʼnosi — “iymon keltirmay o’tmaydi” emas, balki “iymon keltirishi shart” maʼnosidadir. Xuddi «ayollar bolalarini ikki yil emizishi kerak» degan hukm kabi buyruq/majburiylik bor (Baqara 2:223). “Qabla mavtihi” — “o’zining o’limidan oldin” (tirikligida) degani. Chunki, har bir ahli kitob o’z payg’ambari orqali yangi payg’ambarga iymon keltirishi kerakligi haqida Allohdan ahd olgan (Oli Imron 3:81). Baʼzilar oyatdagi “unga” ishorasidan Iyso (a.s.) deb taʼvil qiladi. Bu maʼno oyatlar aro ziddiyatni keltirib chiqaradi.
[606] Yahudiylarga qilingan narsalar uchun qarang: (Anʼom 6:146), (Nahl 16:118). Muhammad alayhissalom kelganidan keyin ularga yana qaytadan pok narsalar halol qilingan (Aʼrof 7:157).
[607] Tavrotga keyinchalik qo’shib qo’yilgan yolg’on iboralar orasida shu jumlalar ham bor: “Yaqinlaringizga pul-mablag’ , yemoq-ichmoq yoki boshqa har qanday foiz keltiradigan qarz berganingizda, undan foiz olmaysizlar. Begonalardan foiz olaverasizlar, lekin yaqinlaringizdan foiz olmaysizlar. Shunday qilinglarki, mol-mulkka ega bo’lish maqsadida bir joyda borganingizda har ishda Tangringiz Rabb sizlarni qutlasin.” (Tasniya, 23-bob)
Tavrotda keltirilgan “Begonalardan foiz olaverasizlar” jumlalar Qurʼondagi ribo:foiz oyatlarining barchasiga zid kelmoqda. Demak, bu jumlalar Tavrotga keyinchalik kirgizib qo’yilgan (Ilova qilingan).
[608]Botil kalimasi alif-lomli bo’lgani uchun, barcha botil — noto’g’ri yo’llarni o’z ichiga oladi. Botil yo’llar: O’lchov va tarozidan urib qolish (Mutoffifin 83:1-3), (Isro 17:35), Oldi-sottida yolg’on gapirish, foiz yeyish (Baqara 2:275, 278, 279), (Oli Imron 3:130), kuch bilan tortib olish (Kahf 18:79), o’g’rilik (Moida 5:38), yetimni molini yeyish (Niso 4:2, 6, 10), xotiniga bergan narsasini ajrashib ketayotib tortib olmoq (Baqara 2:229), birovni molini nohaq yeb ketish uchun vakolatli kishilarga pora berish (Baqara 2:188).
[609] (Oli Imron 3:7).
[610] Oyatda kitob so’zini o’rniga zabur so’zi keltirilgan. Zabur — hikmat to’la kitob degani (Zajjoj, Maonil Qurʼon va Iʼrobuhu). (Oli Imron 3:81) oyatda barcha nabiylarga kitob va hikmat berilgani bildirib o’tilgani uchun, bu oyatda zabur so’zi alif-lomsiz kelgani — Zabur Dovud alayhissalomga xos bir kitob bo’lmaganini, aksincha boshqa nabiylarga ham berilgan kitoblardan bir itob ekanini ko’rsatadi. Bundan tashqari (Oli Imron 3:84) oyatning izohiga ham qarang.
[611] Alloh taolo Muso alayhissalom bilan gaplashgani haqidagi boshqa tafsilotlimoyatlar quyidagicha: (Sho’ro 42:51), (Aʼrof 7:143), (Toha 20:11) va davomi, (Qasos 28:30) va davomi.
[612] Yuqoridagi oyatga aloqador oyatlardan yana baʼzilari: (Toha 20:134), (Qasos 28:47).
[613] (Jin 72:26-28).
[614] Iso alayhissalom Allohdan bir ruh ekani Iso inson emasligini yoki u boshqacha bir borliq ekanini bildirmaydi. Chunki har bir insonda Alloh taolo tarafidan berilgan ruh bor. Barcha insonlar kabi Iso alayhissalomga ham ruh u onasining qornida ekanida kirgizildi. (Anbiyo 21:91)
[615] Taqiqlangan “Uch” nima ekani (Moida 5:72, 73) oyatlarida bildirib o’tilgan.
[616] Kalola – otasi va:yoki onasi va farzandi bo’lmay o’lgan insondir. Onasi va bolasi bo’lmay o’lgan bo’lsa, ona bir aka-ukalariga meros qanday tegishi haqida (Niso 4:12) oyatida aytib o’tildi. Bu oyatda ham, otasi va farzandi bo’lmasdan o’lgan ota bir aka-ukalar haqidagi yechimlar aytib o’tildi.
[617] Bular ushbu oyatlarda keltirilgan: (Baqara 2:173), (Moida 5:95), (Nahl 16:115)
[618] Bular Manosik al-Haj deyiladigan va Haj ibodati ado etiladigan joylar hisoblangan Kaʼba, Safo va Marvo, Arafot, Mino va Muzdalifadir. Bular — Allohga qullik qilishning nishonalaridir. Ularni faqat Alloh belgilaydi. Bularni ko’paytirish yoki kamaytirish, vaqtidan ilgarilatish yoki kechiktirish, har qanday ziyon-zahmat yetkazish kabi ishlar – Allohni shiorlariga hurmatsizlik, yaʼni ularni halol deb hisoblashlik bo’ladi.
[619] A-qolaid – Qurbonlik uchun atalgan hayvonni ajratib bildirib turishi uchun uni bo’yniga taqib qo’yilgan taqinchoq, belgi va nishonaga aytiladi. Haramdagi qurbonlik hayvonlarni bo’yniga daraxtlarning ichki qobig’i boylab qo’yilar edi. U narsa ularni taqinchoqlari hisoblanar edi. Bunday taqinchoqlari bo’lmagan qurbonlik hayvonlarga “hady” deyiladi. (Tobariy)
[620] Allohga taqvo qilish quyidagi maʼnolar ifodalaydi:
- Allohga javob berishni o’ylash va masʼuliyatni his qilish.
- Allohning buyruqlariga rioya qilib, qaytariqlaridan qaytib, Allohga qarshi chiqishdan saqlanish.
- Allohdan qo’rqing.
- Niyat, amal, harakat, hatto butun hayotingizdan Alloh huzurida hisob berishni o’ylab yashash.
[621] Johiliyat davrida Kaʼbani atrofida butlarga atab qurbonlik qilinishi uchun bir qancha toshlar tikkalab qo’yilgan edi. U toshlar oldida qurbonlik qilinar va osha hayvonlarni qonini o’sha toshga surkab qo’yilar edi. Mana shu oyat bilan o’sha toshlarni oldida so’yilgan hayvonlar musulmonlarga qilindi. (Roziy, Tafsiri Kabir 11, 285)
[622] Zino qilmagan ayol-qizlar.
[623] Bosh qismida miqdor ko’rsatilmagani sababli, boshni tamomiga yoki bir qismiga masʼhtortsa ham yetarli hisoblanadi. 4 mazhabni o’zaro bu xususidagi ixtiloflari ham miqdor ko’rsatilmagani sababli bo’lgan.
[624] Bu sura Rasulullohning vafotidan 3-4 oy oldin nozil bo’lgan. Undan avval Rasululloh hayoti bo’yicha tahoratda oyoqlarini yuvib yurgan. Shu bois, oyoqlarni masx qilishdan ko’ra, ularni yuvish haqidagi rivoyatlar ko’proq kelgan. Yaʼni, Rasululloh 22 yil yoki undan ham ko’proq oyoqlarini yuvgan bo’lsa, vafotidan 3-4 oy oldin oyoqlariga masx qilib yurgan. Shuning uchun, Rasululloh tahorat olganida oyoqlarini yuvgan deganlarga ham to’g’ri aytingiz deymiz, mahsisiga masx tortgan deganlarga ham to’g’ri aytdingiz deymiz, oyog’ining o’ziga masx tortgan deganlarga ham to’g’ri aytdingiz deymiz. Lekin, Rasululloh tahoratda oyoqlariga yoki mahsisiga masx tortishni, tahoratni qanday qilishni o’rgatadigan bitta-bitta mana shu oyat nozil bo’lganidan keyin boshlagan. Shu bilan, tahoratda oyoqlarni yuvish hukmi masx tortish hukmiga almashtirilgan.
Tahoratda oyoqlarni yuvish emas, balki masx tortish kerakligi haqida oyatda uchta dalil bor.
1- Dalil: Oyatdagi «وَامْسَحُوا بِرُءُوسِكُمْ وَأَرْجُلَكُمْ إِلَى الْكَعْبَيْنِ – boshlaringizga va oyoqlaringizni to’pig’igacha masx qilinglar» degan ochiq amr[1].
2- Dalil: Oyatdagi « فَامْسَحُوا بِوُجُوهِكُمْ وَأَيْدِيكُمْ مِنْهُ» ochiq amr.
Oyatdagi bu iboralar tahorat olish uchun suv topilmaganda qanday qilib tayammum olishni o’rgatadi. Tayammum faqat yuz va qo’lga tortiladi. Tayammumda bir qoida bor, u – tahoratda yuviladigan yuz va qo’llarni masx qilinishi, masx qilinadigan bosh va oyoqlar esa o’z holicha – ham yuvilmay hamda tayammum qilinmasligi. Demak, tahoratda yuviladigan aʼzolar tayammumda masx qilinadi, masx qilinadigan aʼzolar hech narsa qilinmaydi.
3- Dalil: Oyatdagi «وَلِيُتِمَّ نِعْمَتَهُ عَلَيْكُمْ» iborasi.
Alloh taolo ummati Muhammadga tahoratda ham yengillik berdi va tahorat masalasidagi yengillik neʼmatini tamomlab berdi. Chunki, o’tmishdagi ummatlarda tahorat olganda ikkala oyog’ini yuvish farz bo’lgan, bizda esa oyoqlarni yuvish hukmi masx qilish hukmi bilan nasx qilinib almashtirildi. Mana shu narsa – oyatda kelgan Allohning neʼmatini tamomlab berilishi bo’ladi.
Bu bilan tahoratda oyoqlarni yuvish mumkin emas, degan gap chiqmaydi. Chunki, oyoqlar yuvilganida eng kamida 5-6-marta masx qilingan bo’ladi va yuvganda ham masx qilingan hukmiga kiradi.
Maʼlum bo’ldiki, tahoratda ikki oyoqning hukmi yuvish emas, balki masxdir. Biroq, oyoqda biron bir najosat bo’lsa, oyoqni yuvib, o’sha najosatni ketkazish farz bo’ladi, ana o’shanda faqat masx qilishning o’zi yetarsiz bo’lib qoladi. Xuddi shuningdek, agar oyoqlarda najosat, qon, har qanday ifloslik yoki insonlarni taʼbini xira qiladigan biror narsa bo’lsa, darhol oyoqlarni yuvib olish kerak, ayniqsa masjidlarga kirishdan oldin, agar-chi tahorati bo’lsa ham. Shuning uchun, masx oyati nozil bo’lganidan keyin ham Payg’ambar alayhissalomdan oyoqlarini yuvish haqidagi rivoyatlar kelib turgan bo’lishi mumkin.
Oyatdagi (إلى الكعبين) ibora – tahoratda masx faqatgina ikki qadamga olinishini, oyoqning tamomiy qismiga olinmasligini ifodalaydi. Tahoratda oyoqlarga masx tortilayotganda oyoqlar qanday holatda bo’lishi aytib o’tilmagan. Yaʼni, oyoqlarga masx tortilayotganida oyoqda mahsi, paypoq, yoki har qanday qishki yoki yozgi oyoq kiyim bo’lishi aytib o’tilmagan. Shuning uchun, Payg’ambar alayhissalom masx oyati nozil bo’lganidan keyin tahorat olayotganida oyog’ida nima bo’lsa o’sha narsaning ustiga masx tortib olgan.
Bilamizki, Payg’ambar alayhissalom tahorat olayotganlarida agar oyoqlari pokiza bo’lsa oyoqlarini o’ziga, oyoqlarida toza mahsisi bo’lsa mahsisiga yoki oyog’ida toza paypog’i bo’lsa paypog’iga masx tortib olgan.
Oyoqlari, mahsisi yoki paypog’i toza va pokiza bo’lsa degan narsadan maqsad – oyog’iga masx tortayotganda oyog’ida, mahsisiga masx tortayotganda mahsisida yoki paypog’iga masx tortayotganda paypog’ida hech qanday najosat bo’lmasligi kerak degan maʼnoni bildiradi.
[625] Jinsiy aloqa yoki boshqa yo’llar orqali sodir bo’lgan organik holat.
[626] Bu jumla hojatxonaga aloqador ishlar tahoratni buzishini bildiradi. Oyatda keltirilgan “ayollaringiz bilan bir yerda bo’lsangiz” jumlasi esa, jinsiy organik holat g’uslni buzishini bildiradi.
[627] Yaʼni, tahorat yoki g’usl qilish uchun suv topa olmasangiz. Suv bilan tahorat olishda qo’llarni tirsaklargacha yuvinglar, deb ishorat qilib belgilab beriladi. Tayammumda esa faqatgina qo’llar deya keltirildi va tirsaklar aytilmadi. Shu sababli tayammum qilishda ikki qo’lni o’zini bo’g’imlari bilan birga toza tuproq bilan silab qo’yish qo’lni tayammumi deyiladi.
[628] Qurʼon Allohning kitobi ekanini tushunib yetgan kishilar, Allohga ich-ichidan so’z beradi va unga amal qilib yashashga qalbining bir uchidan bo’lsa ham niyat qilib qo’yadi. Qarang: (Baqara 2:285).
[629] Bu qarz Allohni roziligi uchun va uning yo’lida bir musulmon o’zini mollari va jonlaridan qilingan sarf-xarajatlari hisoblanadi. (Baqara 2:245), (Hadid 57:11,18), (Tag’obun 64:17), (Muzzammil 73:20).
Sayyiat kalimasi (Baqara 2:217) oyatga ko’ra GUNOH, (Aʼrof 7:193) oyatiga ko’ra YOMONLIK, (Aʼrof 7:195) oyatga ko’ra XATO.
[631] Alloh Taolo bu oyatda ikki xil amr bergan: biri ularni “afv” qilish, yana biri “sofh” qilish. Afv – qilgan yomon ishiga jazo bermaslik degani. Safha – Qilgan yomonligini yo’q deb bilish, yomonlik qilmagandek muomala qilish, yomonlik qiluvchiga nisbatan qilinadigan muomala va munosabatlarda yangi sahifa ochish degan maʼnolarni ifodalaydi. “Yaxshi muomalada bo’lish” bu maʼnolarni o’z ichiga oladi. Qo’shimcha maʼlumot uchun (Baqara 2:109) oyatida qarang.
[632] Bu haqiqatning bir qismi – kelajak payg’ambarga ishonib, uni qo’llab quvvatlash vazifasi edi. Qarang: (Baqara 2:286) va izohi.
[633] Afv – lug’atda artib yubormoq, o’chirib yubormoq, qilgan ishini yuziga solmaslik degan maʼnolarni bildiradi. Bu oyatdagi maʼnosi esa oshkor qilmaslikni bildiradi.
[634] Qo’shimcha maʼlumot uchun (Furqon 25:68), (Baqara 2:178), (Muhammad 47:4), (Moida 5:33) oyatlariga qarang.
[635] (Kahf 18:110) oyatga qarang.
[636] Ushbu suraning 41-oyatdain boshlab Qurʼon va payg’ambar dushmanlari, munofiqlar, g’ayridinlar orasidagi kofirlari haqida maʼlumot berilib, ular mabodo Rasulullohning yoniga biror masalada hukm chiqarib berish uchun murojaat qilsalar, bunday holatda Rasululloh ular o’rtasida adolat ila hukm qilishi kerakligi aytilmoqda. Lekin, 43-oyatda, ular Muhammad (a.s.)ga va Qurʼonga ishonmayotgan bo’lsa, o’zlarida tavrot bo’la turib ham, undan yuz o’girgan bo’lsalar-u, qanday qiib seni hakam qila olishar edi, deb, ularga tanqidiy xitob bo’lmoqda.
[637] Hidoyat — To’g’ri yo’lga yetaklovchi rahbar, rahnamo, yo’lboshchi, dastur degan maʼnolarni bildiradi.
[638] (Oli Imron 3:81, 82) va (Anʼom 6:83-39) oyatlarga qarang.
[639] Insonlarni imtihon uchun emas, balki majburiy kuch bilan itoat ettirish o’lchoviga ko’ra yaratsa edi, holat farqli bo’lar edi.
[640] To’lashib tortishishni o’rniga yaxshi ishlarda ildamlik ko’rsatishda davom etishimiz kerakligiga ishora qilinmoqda. Qarang: (Baqara 2:147, 148).
[641] Valiy kamisa hamkor, homiy, yaqin do’st, rahbar, boshliq, eng yaqin qarindosh degan maʼnolarni ham o’z ichiga oladi. Ayni suraning 56- oyatiga ko’ra, valiy kalimasiga “tarafdor” maʼnosi berilishi mumkin ekaniga ham ishora bor. Allohni, Rasulini va mo’minlarni valiy qilib olganlar – Allohning tarafdorlaridir va ular g’olib keluvchilardir» degan maʼnoni ifoda qilmoqda. Bu oyatdan shu narsa maʼlum bo’ladiki, hamkorlik, do’stliki, tarafdorlik, homiylik, birodarlik va shu kabi narsalarda mo’minlar bo’la turib, ularni qo’yib g’ayridinlarni ulardan afzal bilib g’ayridinlarga yon bosib ketganlar, aynan g’ayridinlarning o’zi bo’lib qoladi. (Niso 4:144) oyat ham aynan shunga buyurmoqda.
[642] Zulm – biron bir narsani uni o’ziga xos bo’lmagan o’rinda qo’llanish deyiladi. Qisqacha qilib aytganda haqsizlik:nohaqlik deyiladi. Bu narsa yo kamaytirish yoki ko’paytirib yuborish bilan, yo vaqtini yoki o’rnini almashtirib qo’yish bilan sodir etiladi. Masalan, kavlash kerak bo’lmagan yerni kavlasa, yerga zulm qildi deyiladi. Zulm uch xil bo’ladi;
- inson bilan Alloh o’rtasidagi zulm bo’lib, bu eng katta zulm hisoblanadi. Kufr, shirk va munofiqlik mana shu toifaga kiradi.
- Insonni o’zi bilan boshqa insonlar o’rtasidagi zulm. Bunday holatlarda mazlumga zolimdan haqi olib beriladi.
- insonni o’ziga o’zi qilgan zulmi hisoblanadi. (Mufradot)
[643] Boshqa dindagilar, ayniqsa yahudiy va xristianlar musulmonlarga do’st bo’lmaydi va bo’la olmaydi ham. Ular faqat bir-birining do’sti bo’ladi, bir-birlarini qo’llab quvvatlaydi. Baʼzan ularni musulmonlarga yaqinlashishiga guvoh bo’lamiz, lekin bu ularni o’z manfaatlari yo’lidagi xatti-harakatlaridir. Musulmonlar buni aslo unutmasligi va o’zaro do’stlik rishtalarini mustahkamlashi va kuchaytirishi zarur. Musulmonlarni orasiga kirib olgan ikkiyuzlamachi munofiqlar ularni kofirlarga moyil qilmoqchi bo’lishadi. Imon ahli bu kabilardan ham ehtiyot bo’lishi va xabardor bo’lishi kerak.
[644] Tog’ut – yovuzlik, zo’ravonlik, haddan oshishlik, jafokashlik, zulm va jabr kabi maʼnolarni anglatadi. Undan tashqari, noto’g’ri din va adolatsiz:mustabid tuzimni o’zini hamda ulardan biriga boshchilik qilayotgan shaxga ham tog’ut deyiladi. Bu haqida qo’shimcha maʼlumot uchun qarang: (Baqara 2:257), (Niso 4:51, 60), (Toha 20:43-45), (Qof 50:27), (Noziot 79:37), (Alaq 96:6).
[645] Alloh taolo benihoya saxiydir. Munosib bo’lgan kishiga behisob rizq va neʼmat bera oladi.
[646] Yaʼni, ular yer osti va yer usti boyliklaridan foydalangan, qilgan tijoratlaridan foyda va qilgan ziroatlaridan mo’l-hosil olgan va shunday qilib to’kin-sochinlikda yashashgan bo’lar edilar. Alloh nozil qilgan kitobga to’liq amal qilish, kishini ham madaniy va ham iqtisodiy jihatdan insoniyat jamiyatining oldida obro’-eʼtibor bilan birgalikda baxt-saodat va to’kin-sochinlikda yashashning eng yuqori pallasiga olib chiqadi. Ilohiy kitobni tark qilib, o’z shaxsiy manfaati falsafasiga ko’ra hayot kechirishga urinayotgan kishilar har jihatdan orqada qoladi, kambag’allik, yo’qsillik, parishonlik va xorlik ichida yashaydi. Osmondan yog’adigan yomg’ir yog’may qolsa yoki yer ostidagi foydali moddalar yo’q bo’lib ketsa, hech kim qaytarib o’rniga qo’ya olmaydi. Insonlarning aksariyati bu haqda tafakkur qilmaydilar.
[647] Sobiiylar haqida Baqara 2:62- oyatda maʼlumot berildi.
[648] 78-90 oyatlar, yomon ishlardan bir-birini qaytarib to’smaslik Allohga isyon qilish va haddan oshish ekanini ifoda qilmoqda.
[649] Yaʼni, Ey Alloh! Bizlarni Qurʼon haq kitob ekaniga, Qurʼonni olib kelgan Muhammad alayhissalom rostdan ham sen avvalgi kitoblarda aytgan elchi ekaniga guvoh bo’lib imonga kirganlardan qilgin. Shahodat kalimasiga ham bog’liqdir bu oyat.
[650] Qurʼonda halol deb aytilgan narsalarni boshqa manbalarga asoslanib qilib olish – haddan oshishdir.
Arab tilida “al-ximor” – boshni to’sadigan matoga, “alxomr” esa aqlni to’suvchi narsaga aytiladi. Bu kalimaning kunimizdagi maʼnolari – mast qiluvchi ichimlik deyiladi.
[651] Tavakkalchi o’yinlar deb maʼno berilgan oyat arab tilida maysir uchta oyatda mast qiluvchi narsalar bilan yonma-yon keladi. (Baqara 2:219), (Moida 5:90, 91) Osonlik bilan mol-davlatga erishish maqsadida pul mablag’ni tikib tavakkal qilib o’ynalgan har qanday o’yin yuqoridagi oyat hukmiga kiradi, ularning barchasi qimor hisoblanadi.
[652] Maʼbad va ziyoratgohlardagi qurbonlik kesish uchun maxsus tayyorlarb qo’yilgan toshlar, atab yaqiladigan o’t-olovlar uchun maxsus daraxt va makonlar, qadimgi diniy marosimlar o’tkaziladigan toshlar yuqoridagi oyatda aytilgan adnom toifasiga kiradi.
[653] Johiliyat arablari safarga chiqish, janga borish, uylanish, shubhali go’daklarni nasabini tayinlash, tijorat bilan shug’ullanish, quduq ochish va hatto qimor o’ynash yoki o’ynamaslik kabi o’zlariga muhim deb hisoblangan ishlarida uni qilishlik yoki qimaslik to’g’risida bir qarorga kelish uchun yog’ochdan taqalgan va unga qanot ham yasalmagan nozik va uzun o’qlardan foydalanishgan. O’sha o’qlarga “bajar” yoki “bajarma” degan maʼnodagi yozuvlar yozishar va u o’qlarni bir idishga tashlab ulardan tanlab olishar edi. Nima deb yozilgan o’qni olsa, demak, boshlamoqchi bo’lib turgan ishini xayrli yoki xayrsiz ekaniga o’sha o’qdagi yozuvga ishonishar va unga ko’ra harakat qilishar edi.
[654] Yaʼni, Allohga va Rasuliga itoatsizlik qilib qo’yishdan ehtiyot bo’linglar. Oyatlarda “Alloh va Rasuli” deya keltirlgan jumlalar, aksariyat hollarda “ Allohga, yaʼni Allohni elchisi olib kelgan oyatlar va hukmlarga bo’ysuninglar” degan maʼnolarni ifoda qiladi. Chunki “Allohga itoat qilinglar” degan so’zdan keyin uni eshitgan musulmonlar: «Allohga qanday itoat qilaylik? Biz Uni ko’rmasak, eshitmasak, U bilan yuzma-yuz gaplashmasak… kabi savollar berishi mumkin edi. Lekin, Oyatlarda bunday savollarga o’rin qo’yilmagan.
[655] Bu oyat, tavba qilib, qilgan gunoh ishlarini tuzatgan kishilarni tavbadan avval yeb-ichgan ayrim narsalari haqida bayon qilmoqda va ayniqsa, 90- oyatda taqiqlangan “xomr”dan yaʼni, yeganda, ichganda va boshqa turli yo’llar bilan isteʼmol qilganda mast va sarxush qiluvchi narsalarni isteʼmol qilgan narsalaridan javobgarlikka tortilmasligini bildiradi. Qilgan gunoh ishlaridan tavba qilib o’zini tuzatganlar va Allohga yo’nalgan kishilar haqida boshqa oyatlar ham bor, ular quyidagicha: (Aʼrof 7:153), (Nahl 16:119), (Toha 20:82), (Furqon 25:68-71)
[656] Allohni ko’rmasa ham g’oyibona qo’rqadiganlarni, yoki ich-ichidan Allohdan qo’rqadiganlarni deb ham maʼno berish mumkin. (Baqara 2:1,2) oyatlari va izohiga murojaat qiling.)
[657] Harom oylar — Zulqaʼda, Zulhijja, Muharram va Rajab oylardir. Bu oylarda, dushman bilan jang boshlangan, lekin, dushman taraf xali hanuz jangni boshlamagan, yoki maʼlum muddat jang bo’lib, vaqtincha to’xtab turgan holatda, toki dushman taraf jang boshlamaguncha ularga qarshi jang qilish taʼqiqlangan (Baqara 2:217).
[658] Haj yoki Umrada qilinadigan qurbonlikka “al-hady” deyiladi. Haj yoki umrani niyat qilib yo’lga chiqqan musulmonlar Kaʼba hududida qurbonlik qilish niyatida qurbonlikka mos chorva hayvonlarini olib borishar edi. Yo’llarda boshqa insonlarning hayvonlari bilan amlashib qolmasligi uchun o’sha hayvonlarining bo’yinlariga belgili taqinchoqlar yoki shunga o’xshagan narsalar taqib qo’yishgan. Buning nomini “al-qolaid” deyiladi. Bu oyat Haj va Umra ibodati bilan bog’liq bo’lgan muqaddas narsalarga hurmat ko’rsatishga, ularga rioya qilishga buyuradi.
[659] Johiliyat arablari baʼzi bahonalar bilan baʼzi hayvonlarni butlariga atab ularni o’z holiga tashlab qo’yishar edi. Masalan, ularni suv va o’tli joylarga bo’sh qo’yib yuborishar, sigirlarini sog’mas, minmas edilar. Mana shunday qilib ularni yuqoridagi ismlar bilan atashar edi. Ular bu ishlarni o’z xohishlari bilan qilsalar va o’z xayollari bilan atasalar-da, bu nomlarni berilishini va bu ishlarni bajarilishini Allohga buyurdi deb Allohga bo’hton qilishar edi. Alloh taolo ularni bu kabi daʼvolarini yolg’on ekanini o’rtaga qo’ymoqda.
[660] Yaʼni, vaziyatni o’zgartirish, yoki yolg’on qasam ichish, yo bo’lmasa merosga xiyonat qilish maqsadida guvohlik qilishgani sezilib qolsa.
[661] Oyatdagi g’ayblar kalimasiga qalblar deb maʼno bersa ham bo’ladi. Imon qalb va undagi tasdiqdan tashkil topganligi sababli, qalbdagi imonni Allohdan boshqa hech kim bilmaydi. Demak, Allohni elchilariga nisbatan berilgan javob qanchalik samimiy ekanini payg’ambarlar bilishmaydi, yolg’iz Alloh biladi. Ayniqsa, ular vafot etganidan keyin ummati nima ahvolga tushganidan ham xabari bo’lmaydi.
[662] Din, imon va eʼtiqodga aloqador buyruqlar payg’ambarlar orqali vahiy qilinadi. Bu oyatdagi vahiy Iso alayhissalom orqali yuborilgan Ilohiy buyruqqa ishorat qiladi va bu oyat Alloh havoriylarga vahiy qilib, ular bilan gaplashganiga dalil bo’lmaydi. Zero, bundan oldingi oyatda Alloh taolo Iso (a.s.)ga xitob qilayotgani aks etgan. Ushbu oyatdagi: “guvoh bo’l, biz musulmonmiz” iborasi (Oli Imron 3:52) oyatda ham kelgan. U yerda o’sha ibora aynan Iso (a.s.)ga xitoban havoriylar tarafidan aytilgan. Demak, havoriylar Alloh bilan emas, hazrati Iso bilan gaplashgan. Oyatlarni alqoador oyatlar bilan hikmat uslubida tafsir qilinmasa, havoriylar ham Allohdan vahiy olgan deb tafsir qilinib qolinadi. Bu esa, Pavlus kabi Allohdan vahiy olganini va hazrati Iso vafotidan keyin uni ko’rganini daʼvo qilib, dinni buzishga harakat qiladigan insonlarga Qurʼon oyatlari bilan ham yo’l ochib berilgan bo’ladi.
[664] Biz isteʼmol qiladigan yeguliklarning shakllanib paydo bo’lishi suv bilan tuproqning birlashmasiga bog’liq. Demak, loy nafaqat Odam va Havvoning, balki barcha insoniyatning asosiy moddiyati hisoblanadi. Bu haqidagi boshqa tafsilotlik oyatlar (Sajda 32:7, 9), (Mo’minun 23:12, 14) oyatlarida bayon qilingan.
[665] Vujud yaratilishi asnosida belgilab qo’yilgan ajal – tabiiy biologik umrning yakuni hisoblanadi. Har bir insonning vujud o’lchami onasining bachadonidaligida belgilab qo’yiladi (Abasa 80:17-19).
[666] Ikkinchi ajal, yaʼni ajali musammo – yolg’iz Alloh biladigan eng so’ngi tiriklik tarixidir. O’sha ajal kelganida bir soniya ham kechikmasdan inson vafot etadi. Baʼzi bir noto’g’ri xatti harakatlar o’sha ajali musammoni qisqartirib qo’yishi mumkin. Agar tavba qilib o’zini tuzatsa, ajali musammosi yana joyiga tushishi mumkin. Yunus alayhissalom qissasi unga misol bo’ladi (Soffat 37:139-149).
[667] Ko’rib turganingizdek ajal ikki qism bo’ladi: biri Alloh taolo farishtalarga ham bildirib qo’ygan ajal, yana biri esa, faqat Alloh biladigan ajal. Bu oyatda ajal malikasi nakra holatida takrorlanishi ham aynan shunga ishora qiladi. Chunki, nakra ism takrorlansa xuddi Sharh surasidagi “yusron” kalimasiga o’xshab farqli narsalarni iroda qiladi.
(Zuxruf 43:84), (Mulk 67:16, 17).
[669] Haqni tan olgisi kelmaganlarga heh qanday hujjat-dalil foyda bermaydi. Hatto osmonlardan eshiklar ochilib tursa va ular u yerdan chiqib-tushib tursalar ham ishonmay turib oladilar (Hijr 14:14, 15).
[670] Lut alayhissalomda bo’lgani kabi, kelgan farishtalar faqatgina jazo olib kelish uchun keladi. Farishtalar faqatgina belgilangan bir ish uchun yuboriladilar, ogohlantirish uchun emas (Hijr 15:8)
[671] Yaʼni, Alloh insonlar orasidan tanlab elchi qilib yuborgan insonga ishonmasdan, turli bahonalar bilan Allohdan farishta-elchi yuborishini talab qilishsa va Alloh ularga farishtani elchi qilib yuborsa, ularni Muhammad alayhissalomga ishonmasdan uni yolg’onchiga chiqarayotganliklari bois, farishtani ko’rganda uni ham yolg’onchiga chiqaradigan holda tashlab qo’yishi mumkin edi. Alloh har narsaga bir o’lchov va qonun qo’ygan. Insonlarga elchi qilib inson yuborishi ham bir o’lchovdir. Allohdan vahiy olishga, olgan vahiyni insonlarga shartsiz va qaytsiz yetkazib berishga layoqatli va sabr-toqatli kishilarni tanlab, ana o’shalarga farishta orqali vahiy yuboradi. Ulardan boshqalarga farishtalarni elchi qilib yubormaydi.
[672] O’xshash oyatlar: (Raʼd 13:32), (Hijr 15:11, 95), (Anbiyo 21:41), (Yasin 36:30), (Zuxruf 43:7).
[673] Alloh bizga O’z Rabblik va Ilohlik vazifasini ado etib bizlarga hayot, rizq-u ro’z, noz-u neʼmat berib qo’yibdimi, endi biz ham o’z vazifamiz bo’lgan qulligimizni ado etib qo’yaylik. Masʼuliyatli bo’laylik.
[674] Allohning dini faqat Islomdir (Oli Imron 3:19). Shu bois, avvalgi payg’ambarlarning barchasi o’z ummatlari orasidan ilk musulmoni bo’lgan. Chunki, Islomga – Allohning diniga mansub kimsalarga musulmon deyiladi. Bu Qurʼondan avvalgi kitoblarda ham yozib qo’yilgan (Haj 22:78). Bu oyatlarga ko’ra Muhammad alayhissalom insoniyatning eng birinchi musulmoni emas, balki o’ziga vahiy qilib buyurilayotgan buyruqlarga taslim bo’lganlar orasidagi eng birinchi musulmon shaxsdir.
[675] (Baqara 2:89).
[676] Oxiratda hech kim yolg’on gapirolmaydi (Nabaʼ 78:38). Mushriklar dunyoda o’zlarini mushrik ekanini tan olmaydi (Zumar 39:3). Shuning uchun ular bu dunyoda o’zlarini mushrik emasligiga Alloh nomi bilan ham qasam ichishadi. Alloh ila oralariga qo’yib olgan avliyolarini esa, Allohga yaqin martabaga ulashtirishga vasila qilib olishadi (Zumar 39:3). Bu ham katta xato.
[677] Yaʼni, oxiratda avliyolar ularni Allohning azobidan va adolatli hukmidan qutqarib qoladi, shafoat qilib qoladi, deb to’qib chiqargan tushuncha va iddaolari ham yo’qqa chiqadi, hukmda Allohga hukmda sherik bo’ladi degan shaxslari ham ularni tashlab ketadi. Ularning eng boshida shayton bo’ladi. Chunki, shayton ham insonni kufrga kirgizib qo’yib, keyin o’zi undan ayrilib ketadi (Hashr 59:16). Oxiratda birovni qutqarib qolish ham, bir-biriga yordam berish ham bo’lmaydi (Baqara 2:48, 86, 123), (Duxon 44:41).
[678] Qurʼonni hidoyatiga musharraf bo’lish uchun taqvo, masʼuliyat, Allohdan ich-ichidan qo’rqish va to’g’ridan-to’g’ri Qurʼonga yo’nalib-bog’lanish kabi ishlarga ega bo’lish kerak. (Yasin 36:11), (Baqara 2:1-3), (G’ofir 40:13) oyatlar shunga ishora qilmoqda. Alloh ana shunday kimsalarni Qurʼon bilan hidoyat qiladi.
[679] Alloh uchun qilayotgan yaxshi va to’g’ri ishlarida sabr-bardosh bilan harakat qiluvchilar bilan Alloh bo’ladi. Chunki, Alloh sabrlilar bilan birgadir (Baqara 2:153), (Anfol 8:46). Allohning bu va bundan boshqa so’zlarini ham hech kim o’zgartira olmaydi.
[680] “Alloh munosib bilsa bizlarning barchamizni bir ummat qilib qo’tardi” (Moida 5:48).
[681] “Ular oyatlarni ko’rmaganga olishlarini ko’rib jahling chiqib, o’zingni bosa olmasdan senga yuklagan vazifamizdan tashqariga chiqqan holda zo’rlab yoki majburlab bir ish qildirishga va birovga biron narsani majburlab uqtirishga urinma” maʼnosini ifodalaydi. Arab tilidagi “Jahl” kalimasi bergan “o’zini tuta olmaydigan, o’zini bilmay qolgan” maʼnolar uchun (Hud 11:46) (Yunus 12:33) oyatlar va izohlariga qarang.
[682] (Isro 17:59) oyatga ko’ra, Muhammad alayhissalomga payg’ambarlik alomati berilmagan. Ummati Muhammadga payg’ambarlik belgisi sifatida Qurʼon kifoyadir. Mo’minlar Qurʼon va undagi oyatlar bilan kifoyalanishi kerak (Ankabut 29:51). Ushbu suraning 35-oyatida ham Qurʼondan boshqa mo’jiza kerak bo’lsa, o’zing yo yer ostiga kirib, yoki osmonga chiqib bir alomat/belgi olib kel, deb Rasulullohga xitob qilingan. Demak, ummati Muhammadga Qurʼondan boshqa alomat berilmagan. Alomat/mo’jiza talab qilganliklari haqida yana qo’shimcha o’xshash oyatlar: (Anʼom 6:7, 8, 37), (Yunus 10:15-16, 20), (Hud 11:12), (Raʼd 13:27), (Hijr 15:7, 14, 15), (Isro 17:59, 90-93), (Anbiyo 21:5), (Furqon 25:4-7, 21), (Ankabut 29:50-51, (Zuxruf 43:50).
[683] (Isro 17:59) oyatda Alloh taolo nega Muhammad alayhissalomga mo’jiza berilmaganini kofirlar anglamaydi. Muhammad alayhissalomga berilgan mo’jiza sifatida Qurʼon kifoyadir. Bunga ishorat qiluvchi oyat: (Anlabut 29:51)
[684] Inson ko’ziga ko’rinishi yoki ko’rinmasligidan qatʼiy nazar, osmonlarda-yu yerdagi barcha tirik mavjudot insonlar kabi ummatdir – ularning ham rizqi, tasarrufi, qiladigan ishi va ajali belgilab qo’yilgan.
[685] “Al-Kitob” kalimasidagi alif-lof ahdi zehniy bo’lgani uchun hamma bilgan Qurʼon – Allohning kitobi nazarda tutiladi. Chunki, bu oyatda undan boshqa maʼno berishga hech qanday boshqa qoriyna yoki ishorat yo’q. Demak, Qurʼonda Islom diniga aloqador barcha narsaga yetarlicha yechim bor. Buning uchun Qurʼon ilmini o’rganish va samimiy holda taslim bo’lish kerak.
[686] Alloh taolo har bir ishini bir qonun va o’lchovga ko’ra qiladi. Chunki U har narsaga o’lchov qo’yadi (Baqara 2:106), (Fatir 25:1). Qullaridan kimni hidoyat qilsa ham O’z o’lchoviga ko’ra hidoyat qiladi, kimni zalolat qilsa ham, O’z o’lchoviga ko’ra zalolat qiladi. Zalolat va hidoyatdagi o’lchovi bandalardagi ixtiyor qonunidir. Alloh insonlarga tanlash ixtiyori bergan; kim hidoyatni tanlasa va bunga qaror berib qatʼiy tursa, Alloh uni hidoyatda deb qabul qiladi va uni endi Allohdan boshqa hech kim adashtira olmaydi (Zumar 39:37). Alloh kimni zalolatda deb bilsa va uni o’zi tanlagan zalolatiga tashlab qo’ysa, uni hidoyat qiluvchi bo’lmaydi (Aʼrof 7:186).
[687] Eshitish, ko’rish va qalb ko’zi insonni boshqa hayvonlardan asosiy nuqtada ajratib turadigan xususiyatlari hisoblanadi. Bu narsa vujudga ruh puflanishi natijasida hosil bo’ladi. Qarang: (Sajda 32:9) va izohi.
[688] O’xshash oyatlar: (Qof 50:45), (Anʼom 6:7), (Ibrohim 14:52), (Anbiyo 21:45), (Furqon 25:52), (Sabaʼ 34:50).
[689] Makka mushriklarining baʼzi rais (zodagon)lari Rasulullohga kelib: “Yoningdagi Bilol, Suhayb, Ammor kabi faqir insonlarni o’zingda uzoqlashtir, shundagina biz senga ergashamiz”, deganida, Rasululloh: “Men mo’minlarni o’zimdan uzoqlashtira olmayman (hayday olmayman)”, deb javob beradi. Shunda ular: “Unday bo’lsa bizga alohida bir kun ajrat, ular uchun ham bir kun ajratasan”, deb talab qilishdi. Rasululloh qiyin ahvolga tushib qolgan mana shu holatda ushbu oyat nozil bo’lgan.
[690] Arab tilidagi salamun alaykum jumlasining maʼnosi – sizlarga salomatlik (eson-omonlik, xotirjamlik) tilayman degani bo’ladi. Baʼzilar esa, sizlarga Allohni “dorussalom” nomli jannatini tilayman degan maʼnoni ham o’z ichiga oladi deydi.
[691] Alloh taolo haq yo’l bilan nohaq yo’lni aniq qilib ajratib qo’ygan (Isro 17:81), (Sabaʼ 34:49).
[692] Bu oyatning dalolati bo’yicha, Allohdan boshqasiga duo qilish Undan boshqasiga ibodat qilish bilan bir xil gunoh bo’ladi.
[693] “Oyatlarni tan olmaganlar o’shanda: «Ey Alloh! Agar bu Qurʼon sen tarafingdan yuborilgan bir haqiqat bo’lsa, tepamizga osmondan tosh yog’dirib yubor, yoki alamli azob yubor”, deyishgan ham.» (Anfol 8:32)
[694] Vafot kalimasi o’limga ham uyquga ham ishlatiladi (Mufradot). O’lim inson hayotini ruh va badan tomonlama to’liq to’xtashidir. Uyqu esa qisman to’xtashidir. Uyqu o’limning bir navi bo’lgani bois, Qurʼon oyatlarida “vafot” kalimasi “tun” yoki “kecha” kalimalari bilan keltirilganida “uyqu”, “uxlatib qo’yish” kabi maʼnolarda ishlatiladi.
[695] Bir jumlada ham mavt-o’lim va hamda vafot kalimalari birgalikda keltirilganiga qaraganda, bular bir narsa emasligi aniq bo’ladi. 60-oyatga ko’ra uyqu ham o’limning bir turi hisoblanadi. Inson har kecha uyquga ketganida undagi ruh qisman vaqtincha o’z faoliyatini to’xtatadi va uyg’onganda qayta faoliyat to’liq bsohlanadi. O’lgan kishining ruhi esa to qiyomatda qayta tirilgunga qadar badanda faoliyat yuritmaydi. Mavzuga aloqador ko’proq maʼlumot uchun (Zumar 39:42) oyatga qarang.
[696] Mushriklar asosan duo va ibodatda Allohga sherik qo’shadi. Alloh buni qatʼiy taqiqlagan (Jin 72:18), (Kahf 18:110), (G’ofir 4:14).
[697] Muhammad alayhissalomni payg’ambar ekaniga Qurʼondan boshqa alomat/belgi berilmagani uchun (Isro 17:59), (Anʼom 6:35), (Ankabut 29:51), hamda (Zuxruf 43:44) oyatida bildirilganidek, biz faqatgina Qurʼondan javobgarlikka tortilamiz. Qurʼonga nisbatan yolg’on yoki eʼtiborsizlik qilishimiz oqibatida, ushbu suraning 65- oyatda ko’rsatilganidek turli firqalarga bo’linib ketishimiz va o’zaro talashib tortishib bir-birimizga qarshi kuch ishlatishgacha borishimiz va bu narsa Alloh taolo qo’ygan o’lchovga ko’ra noto’g’ri qilgan ishlarimizning samarasi o’laroq qutulib bo’lmas qadar bo’lishi maʼlum qilinmoqda. O’zini musulmon deb tanitayotganlar orasida sodir bo’layotgan muammoyu janjallar va beqarorlik holati aynan yuqoridagi oyatlarda tahdid qilib ogohlantirgan narsalar bilan mos kelmoqda. (O’xshash oyatlar uchun qarang: (Qomar 54:1-8), (Mulk 67:16), (Nabaʼ 78:1-5)
[698] Oyat tafsiloti (Niso 4:140) oyatda.
[699] Oyatdagi “yattaqun” iborasiga “gunohdan saqlanadiganlar” deb maʼno bersa ham bo’ladi.
[700] “Dunyo hayotiga aldanib o’yin-kulgi va behuda narsalarni o’zlariga din qilib olganlarni tark qil”, degan maʼno berish ham mumkin.
[701] Yaʼni, haqiqiy borliqlar holida yaratdi. Alloh yerda ham osmonda ham soxta narsa yaratmadi, Uning barcha yaratgan narsasi haqiqiydir va U yaratgan narsalarning o’zi haq bilan nohaqni, to’g’ri bilan xatoni ajratib berish xususiyatiga egadir. Osmonlar va yer Allohning yaratgan oyatlaridan ekaniga qatʼiy ishonch hosil qilish uchun quyidagi oyatlarga qarashingiz mumkin: (Nuh 71:15-17), (Josiya 45:12, 13), (Baqara 2:164), (Oli Imron 3:190), (Anʼom 6:99), (Yunus 10:6), (Yunus 10:101), (Raʼd 13:2). “Qiyomat kuni haqdir” – deganda, qiyomat kunini haqligiga ham, qiyomat kunida haqiqatlarga guvoh bo’lishimizga ham ishorat qilayotgan bo’ladi. “Bu kitob haqdir” – desak ham, bu kitob to’g’ri ekanini va bu ichidagilar ham to’g’rilarni va haqiqatlarni bayon qilib beruvchi ekaniga ishorat qiladi.
[702] Oxirgi uchta oyatga ko’ra, Ibrohim alayhissalomning xalqi quyosh, oy va yulduzlarni ham muqaddaslashtirib, ularga ham sig’inishgan. Ibrohim alayhissalom o’z xalqida ko’rgan narsasini o’ziga rabb deb eʼtiqod qilishni boshlagan, ularning barchasi ko’zdan g’oyib bo’lib, Ibrohimga hech qanday yo’l ko’rsatmagani uchun, ularning asl va haqiqiy rabb emasligini anglab yetgan. U haqiqiy Egasini izlagani uchun, Alloh uni xalqi orasidan tanlab oldi va uni o’z xalqiga elchi etib yubordi. Keyin u xalqini o’sha sig’inayotgan narsalaridan qaytarishni boshladi.
[703] Zulm – har qanday noto’g’ri ish uchun ham ishlatiladi (Mufradot). Bu oyatda imonga nisbatan qilinayotgan noto’g’ri ishga bo’lgan shirkka urg’u berilmoqda. Chunki, shirk eng katta zulmdir, eng buyuk xato ishdir (Luqmon 31:13).
[704] 73- oyatdan eʼtiboran Ibrohim alayhissalom Allohni borligi va birligi haqida olib borgan shaxsiy fikr va mulohazalari, izlanishlari va yon-atrofidagi narsalarga qarab fikr yuritganligi haqida so’z bormoqda. Mana shu shaklda har bir aqlli inson tafakkur qilib izlansa, Allohni borligi va birligi haqida qatʼiy bir ishonchga ega bo’ladi va Allohga ich-ichidan ishonib so’z beradi. Bunday holatlar insonlar hali balog’at yoshiga yetmasdan burun sodir bo’lganligi uchun, bu holatlar ham Ibrohim alayhissalom balog’at yoshiga to’lar-to’lmas vaqtlarda yuz berganini aytishimiz mumkin. Ibrohimni o’sha vaqtda hali hanuz payg’ambarligi o’rtaga chiqadi. Alloh taolo bu haqida shunday marhamat qiladi: “Robbing odam bolalaridan — ularning bellaridan o’zlarining nasllarini olgan vaqtda o’ziga o’zini guvoh qilib: «Men sizlarni Egangiz emasmanmi?” – deydi. Ular: “Ha, Egamizsan, biz bunga guvoh bo’ldik”, deydi.» (Aʼrof 7:172). Xalq orasida “Alastu bi-robbikum” degan mashhur bir gap bor. O’sha gap mana shu oyat mazmunidan olingan. Oyat bu voqeani Alloh odam bolalarining bellaridan o’zlarini nasliga sabab bo’ladigan zurriyotlarini (tuxumlarini) chiqarayotgan vaqtda sodir bo’lishini bildirmoqda.
[705] Barcha payg’ambarlar shirkdan ogohlantirib o’tilgan. Ulardan qaysi biri shirkka qo’l ursa, qilgan barcha ishlari yo’q bo’lib ketishi bildirib o’tilgan (Zumar 39:65).
[706] (Niso 4:133), (Moida 5:54).
[707] Bu faqatgina Payg’ambarimizga berilgan buyruq. Unga hanuz vahiy yuborilmagan mavzularda Tavrot va Injilga amal qilib turishligi buyurilgan. Mana shu sababli, Makkada va Madinada namoz o’qiyotganida Kaʼbaga emas Quddusga qarab namoz o’qigan. Namozni Kaʼbaga qarab o’qish haqidagi oyat nozil bo’lguncha barcha musulmonlar mana shu shaklda Quddusga qarab namoz o’qishgan. (Moida 5:3) oyati nozil bo’lishi bilan birgalikda Ummati-Muhammadga buyurilgan Din asoslari va hukmlari tamomlangani, bundan keyin faqatgina Qurʼonga amal qilinishi va barcha hukmlar Qurʼondan olinishi va unga ko’ra harakat qilib amal qilinishi kerakligi bildirilgan.
[708] Oyatni davomida shunga aniq ishora borligi uchun, Yahudiylar deb tafsiliy tarjima qildik.
[709] Baraka – foydasi va manfaati ko’p narsaga aytiladi (Mufradot). Qilgan ishlarida manfaat va yaxshilik ko’p bo’lgan insonlarga ham muborak inson deyiladi. Hammadan ham qilgan ishlarida yaxshilik va foyda ko’p bo’lgan zot Alloh bo’lgani uchun, Mulk surasining birinchi oyatida U o’zini muborak deya taʼriflagan.
[710] (Falaq 113:1) oyatida ham aynan mana shu sifatning o’zagi keltirilgan bo’lib; bo’luvchi, yoruvchi, portlatuvchi degan maʼnolarni ifodalaydi. Alloh vujudga keltirib yaratadigan narsalarning barchasi, o’z jussasiga qarab yorilish va portlash natijasida paydo bo’ladi.
[711] Yulduzlar orqali yo’l topa olish uchun, falakiyot ilmiga ega bo’lish kerak. Oyat mana shunga ishorat qilmoqda.
[712] Alloh taolo ikki juft – erkak va ayolni o’lchov belgilagan vaqtda bitta nutfadan yaratadi (Najm 53:45). Avval urug’ paydo bo’ladi, so’ng unga erkak yo ayollik, yoki boshqa o’lchovlari belgilanadi (Abasa 80:18, 19). Urug’dan nutfa paydo bo’lishi uchun unga ona bachadoni kerak bo’ladi. Yuqoridagi oyat bachadonni mustaqor va mustavdaʼ deya ikiga ajratdi. Mustaqor – urug’lantirilganidan keyin bachadonga yopishib turgan vaqti, mustavdaʼ – homilani tug’ilib onaning badanini tark etgan joyini bildiradi. Inson dunyoga kelishidan oldin onasining bachadonida yetishib tayor bo’lgani uchun, Alloh taolo ayollarni ekinzorga o’xshatgan (Baqara 2:223).
[713] Oyat to’liq va sodda tushunilishi uchun, arab tilidagi iltifot sanʼati bu oyatda tarjima qilinmadi. Chunki, Turkiy zabon millatlarda bu iltifot sanʼati tarjimalarda berilmaydi, chunki ko’p o’rinlarda mos kelmaydi.
[714] Bu gapni gapirganlar mushriklar ekani mana shu oyatlarda bayon qilingan: (Soffat 37:149, 150), (Nahl 16:57).
[715] (Anʼom 6:130), (Aʼrof 7:38, 179), (Fussilat 41:25, 29), (Ahqof 46:18) oyatlarning barchasida “jinu-ins” iborasi, (Anʼom 6:112) yo’ldan adashganlar, kofirlar, boshqalarni ham adashtirganlar, oxiratda xonavayron bo’luvchilar sifatida keltirilgan. (Zoriyot 51:56) oyatda esa, aslida ularni o’zlarini ham Alloh O’ziga ibodat qilishlari uchun yaratganini aytadi. Lekin, undaylar insonlarni Allohdan boshqasiga ibodat qilishga daʼvat qilib, ularni jahannamga yetaklab borishadi. (Jin 72:4) oyatda Alloh haqida bo’lmag’ur gaplar aytadigan, eʼtiqodi buzuq biri haqida “safih – ahmoq, yomon, isrofgar”, deb keltiradi, kelgusidagi (Jin 72:5) oyatda esa u va ular adashtirgan kishilarni “insu-jin” deya ataydi, (Jin 72:6) oyatda ins/tanilgan/oddiy insonlar jin/notanish/zalolatga yetaklovchi kishilarga sig’inishi oqibatida ularni yo’ldan adashtirayotgani bildirilgan. (Kahf 18:50) oyatda Iblis jinga aylangani bildiradi. Chunki, u odamzodni yo’ldan adashtirishga so’z bergan va bunga qasd qilgan. Bu haqida (Aʼrof 7:11-18) oyatlarida batafsil maʼlumot berilgan. Yaʼni, Qurʼoni karimda kelgan “jinu-ins” va “insu-jin” iboralari boshqalarni adashtiruvchi, boshqalar tarafidan zalolat yo’liga yetaklangan, xullas, bir-birini adashtirgan odamlarga ishorat qiladi va bu iboralar orqali ishorat qilingan odamlar asosan bir-birini adashtirgan xaloyiqqa ishorat qiladi. (Baqara 2:14) Baʼzi mufassirlar Qurʼondagi “jin” kalimasiga odamzodga ko’rinmaydigan, xayolot olamidagi uchar maxluqotlar deya tafsir qilishgan. Hatto, (Jin 72:12) hamda (Ahqof 46:29:32) oyatlardagi jinlarni ham ko’zga ko’rinmas, uchib yuradigan, xayolot olamida tasavvur qilinadigan mavjudotlar deya tafsir qilishgan. Bunday talqin Qurʼon ruhiyatiga mutlaqo ziddir. Chunki, Muhammad alayhissalom faqatgina insoniyatga elchi qilib yuborilgan (Niso 4:79), (Sabaʼ 34:28), Qurʼon insoniyat uchun rahnamodir: (Baqara 2:159), (Baqara 2:185), (Baqara 2:187), (Baqara 2:221), (Oli Imron 3:4), (Oli Imron 3:138). (Isro 17:94-95) oyatlar ham yer yuzida ibodatdan masʼul bo’lgan ongli mavjudot faqat inson bo’lgani bois, insoniyatga insonni elchi qilib yuborilgani, agar yer yuzidagilar malak bo’lganida, ularga malaklarni elchi qilib yuborilishi bildirilgan. Demak, yer yuzida insoniyatdan boshqa imon va ibodatdan masʼul jin turidan bo’lgan boshqa mavjudot yo’q. Agar bo’lganida ularga ham elchi qilib jinlarning o’zlaridan payg’ambar yuborilar edi. (Baqara 2:30) oyatida yer yuziga insoniyatni xalifa/masʼul qilib tayinlangani bildirilgan, (Rahmon 55:2-4) oyatlarda insoniyatga bayon berilgani, qurʼon o’rgatilgani aytilgan, (Asr )Yana boshqacha qilib aytganda, (asr 103:2-3) oyatlarda o’tayotgan vaqtdan insoniyat masʼul ekani, imon, amal, nasihat va sabr kabi amallar insoniyatga tegishli ekani aytilgan, (Inson 76:3) oyatda to’g’ri yo’lda yurish javobgarligi, kufru-isyon yoki shukru-iymon odamzodga tegishli ekani bildirilgan. Qurʼoni karimning hech bir oyatida insoniyatdan tashqari qandaydir jin deb ataladigan maxluqot uchun muayyan ibodat turlari, halol-harom, nikoh-taloq, muomalalar, yemoq-ichmoq kabi sharʼiy masalalarning birortasi ham keltirilmagan. Qurʼondagi barcha buyruq va taqiqlar insonlar uchundir. Bu bilan biz insoniyatdan tashqari ko’zga ko’rinmas mavjudot yo’q, demoqchi emasmiz. Aksincha, biz bilmagan va ko’rmayotgan turli mavjudotlar bordir. Ularni insonlarga foyda yoki zararlari ham bordir, buni inkor qilmaymiz. Biroq, Qurʼon va undagi Islom dini faqat insoniyatga tegishli.
[716] Yaʼni, insonlarning ko’rish qobiliyatlari Allohni ko’rib, Uning mohiyatini anglab yeta olmaydi. Alloh esa, ko’zlarni va ko’zlardagi ko’rish qobiliyatini ham ko’radi hamda mohiyatini to’liq biladi. Alloh nafaqat ko’z va ko’z bilan ko’rish qobiliyatini ko’radi, balki qalb bilan ko’rish qobiliyatini ham ko’rib turadi. Shu sababli ham oyatlarda “Alloh qalbdagi narsalarni biladi”, maʼno ifodalovchi jumlalar bor.
[717] Yaʼni, insonlarni hidoyatga yoki zalolatga Allohni O’zi majburlab kirgizganda edi, hech bir inson shirk amaliga qo’l ura olmas edi. Lekin, bu dunyo imtihon dunyosi bo’lganligi uchun, insonlar zalolatni ham hidoyatni ham o’zlari tanlab oladilar. Kim nimani tanlagan bo’lsa va qaysi yo’lga munosib bo’lsa Alloh unga o’sha yo’lda yurishiga imkon berib qo’yadi. Qo’shimcha maʼlumot uchun qarang: (Ibrohim 14:4) oyat ochiqlamasi. O’xshash oyatlar: (Moida 5:48), (Anʼom 6:35, 149), (Yunus 10:99), (Hud 11:118, 119), (Raʼd 13:31), (Nahl 16:9, 93), (Sabaʼ 32:13), (Sajda 32:13), (Sho’ro 42:8).
[718] Mushriklarning qilgan ishlaridan Rasululloh javobgar bo’lmaydi (Baqara 2:119).
[719] Aslida insonlarga qilayotgan yomon ishlarini shayton ziynatlab ko’rsatadi (Anʼom 6:43), (Anfol 8:48), (Nahl 16:63), (Naml 27:24), (Ankabut 29:38). Lekin, yomon insonlar o’z ixtiyorlari bilan yomonlik qilishni xohlaganlari uchun, unday kishilarni shayton vasvasa qilib, ishlarini ziynatlab berishi uchun shaytonga Alloh imkon bergan. Shu sababli baʼzi holatlarda gunohkorlarga qilmishlarini ziynatlab ko’rsatish ishi Allohga nisbat beriladi. Bunga esa, ularning o’zlarini tanlovi va saʼy-harakatlari sabab bo’ladi.
[720] (Isro 17:59) oyatga ko’ra, avvalgi ummatlar o’zlariga kelgan alomatlarni/mo’jizalarni yolg’onga chiqargaliklari sababli, Alloh taolo Muhammad alayhisslaomga Qurʼondan boshqa alomat/belgi bermagan. Bu esa, biz ummatlarga Allohning marhamatidir. Bu oyatda ham aynan o’sha mavzu taʼkidlanmoqda. Demak, Qurʼonga ishonmasdan, undan boshqa alomat so’raganlarga agar Alloh alomat ko’rsattirib qo’yganida ham, ular baribir ishonmasligini bildirib qo’ymoqda. O’xshash oyat: (Anʼom 6:157).
[721] Unday kimsalarni Alloh o’z qilmishlari sababli qalb, ko’z va quloqlarini haqniko’rish va anglarshdan to’sib qo’yadi. Chunki, ularning o’zlari shuni xohlashadi va bunga o’zlari sababchi bo’ladi. Aloqador oyatlar: (Baqara 2:88), (Niso 4:155), (Nahl 16:107, 108).
[722] Insu-jin shaytonlari deganda, ko’zga ko’ringan yoki ko’rinmasdan – orqadan, parda orqasidan turib shaytonlik qiladigan, tanilgan va tanilmagan, oddiy xalq yoki amaldorlar shaytonlar tushuniladi. Maʼlumki, payg’ambarlarga o’z qavmi ichidan ham, qavmining tashqarisidan ham, taniganlaridan ham, tanimaganlaridan ham, oddiy xalq orasidan ham, amaldorlar tarafidan ham dushmanlik qilganlar bo’lgan. Bu kabi oyatlardagi jin shaytonlari iborasidan xayolot olamida jonlantiriladigan, insoniyatning ko’ziga ko’rinmaydigan, olovdan yaratilgan, havoda uchib yuradigan jin-ajinalar tushunilmaydi. Chunki payg’ambarlarga bunday jinlar kelib dushmanlik qilmagan. Ularining dushmanlari faqat odamzot bo’lgan. Baʼzilar: “Iblis ham jin bo’lgan”, – deydi. Iblis mavzusini esa o’z o’rnida izohlab o’tamiz, inshaalloh.
[723] Arab tilidagi “haq” kalimasidan ko’plab maʼnolar nazarda tutiladi. “Qiyomat kuni haqdir” degan ibora – qiyomat kunini haq ekanini, hamda qiyomat kunida haqiqatlarga guvoh bo’lishimizni va haqiqatlarni o’z ko’zimiz bilan ko’rishimizni ifodalay oladi. Xuddi shunday “Bu kitob haqdir” desak ham, bu kitob haq:to’g’ri ekanini va hamda bu kitobni ichidagilar to’g’rilarni va haqiqatlarni bayon qilishini bildiradi.
[724] Go’shti bo’lgan hayvonlar batafsil tushuntirib o’tilgan oyatlar uchun qarang: (Baqara 2:173), (Anʼom 6:145) (Nahl 16:115). Bu oyatlarda hayvonni so’yish sharti ham, basmala aytish sharti ham, so’yadigan inson imonli yoki imonsiz bo’lish sharti ham aytilmagan. Basmala faqat Qurbon Bayramida so’yiladigan qurbonliklar uchun shart qilingan (Haj 22:28) (Anʼom 6:145).
[725] So’yilayotganda fosiqlik qilib so’yish nima va qanday ekani haqida ushbu suraning 145- oyatida aytib o’tiladi. 145- oyatga ko’ra, Allohning nomini aytmasdan boshqa narsani nomini aytib so’yish fosiqlikdir. Bilmaganligi yoki esidan chiqib Alloh nomini aytmay so’yilgan hayvon go’shti fosiqlik ila so’yilgan hisoblanmaydi va bo’lmaydi.
[726] Shubhali holatlarda yeyish mumkin. Chunki, hech bir halol narsa shubha bilan bo’lmaydi. Bir qancha sahoba Rasulullohga: “Ey Allohning Elchisi! Baʼzi bir insonlar bizga go’sht olib kelishmoqda. So’yayotganlarida Alloh nomini aytgan yoki aytmaganini bilmaymiz. O’sha go’shtdan yeymizmi yoki yemaymizmi?”,- deb savol berdi. Shunda Rasululloh shunday javob berdi: “Sizlar Alloh nomini aytinglar va yenglar!” (Buxoriy, Zaboih 21. Abu Dovud Azohiy 13-19. Ibn Moja Zaboih 4).
[727] Bunday maʼno berilgani uchun qarang: Maonil Qurʼon, Abu Jaʼfar an-Nahhos.
[728] Makkada ham shunday bo’lgan. U yerdagi yetakchi jinoyatchi va kofirlarga o’sha yerda Islom va musulmonlarga qarshi xiyla-nayranglar qilishlariga Alloh imkon berib qo’ygan. Bu dunyo imtihon dunyo bo’lgani uchun, isyon, xiyla va maʼsiyatni iroda qilgan jinoyatchilar va zodagonlarga Alloh imkon berib qo’yadi. Lekin, o’sha qilmishlarining yomon oqibati o’zlariga qaytishidan xabarlari yo’q. Bu bilan Alloh mo’minlarni imtihon qiladi, kofirlarni esa gunohga botib yurishiga qo’yib beradi. Agar o’lgunga qadar tavba qilib qaytsa, Alloh afv etishi mumkin, agar tavbasiz o’lib ketsa, qilib yurgan jinoyatlari sababli oxiratda alamli azobga duchor bo’ladilar. Bularga nisbatan musulmonlar doimo ziyrak, tadbirli va ehtiyot bo’lishi kerak.
[729] (Anʼom 6:160) oyatiga ko’ra, Allohning mukofoti yoki jazosi bandaning qilgan savobli amali yoki gunoh amaliga bog’liq bo’ladi. Jinoyatchiga jinoyatidan ortqicha jazo berilmaydi, solih insonlarga ham, qilgan yaxshi ishlaridan kamaytirib qolinmaydi.
[730] Bu oyatning yana bir o’xshashi (Hujurot 49:7) oyatidir. Alloh Unga ishongan qullarini qalbini hidoyatga muvaffaq qilib qo’yadi (Tag’obun 64:11). Allohga ishongan va yaxshi ishlarni amalga oshirganlarni, o’sha ishonchi sababli Alloh ularni endi hidoyatda va imonda sobit qiladi va hidoyatga muvaffaq qiladi (Yunus 10:9). Allohning roziligiga intilgan va qo’lidan kelganicha fidokorlik qilganlarga, Alloh turli oson yo’llarni ko’rsatib qo’yadi (Ankabut 29:59). Hidoyatda davomli yurgan kimsalarning hidoyatini Alloh orttirib qo’yadi (Maryam 19:76). Ixtilofga tushib qolgan kimsalarni Allohning O’zi hidoyatga solib qo’yadi (Baqara 2:213). Allohga ishonganlarni hidoyat qiladi Alloh (Raʼd 13:27). Mana shu oyatlarga ko’ra, Inson qachon haq yo’lda yurishni xohlasa va o’sha qarorida turib haq va to’g’ri yo’lda yurishda davom etsa, Alloh ham uning qalbini Islomga tamoman ochib qo’yadi, imoni va hidoyatini va tavfiqini orttirib qo’yadi. Lekin, bularning bari uchun inson avval o’zi bu yo’lni tanlashi va barqaror bo’lishi shart.
[731] Bu oyatda Alloh taolo yana bir tabiat qonuniga ham ishorat qilib o’tmoqda. Yerdan yuqoriga 20.000 metr uzoqlikdagi balandlikka ko’tarilgan insonda agar maxsus nafas olish asbobi bo’lmasa, uni nafas olishi qiyinlashib o’ladi. Demak, imonga kirishni istamayotgan insonlarga hidoyatdan gapirilsa, xuddi havo qatlamidan balandlikka ko’tarilib ketib nafasi qisib o’layotgan kishidek qiynalib ketishini bildirmoqda.
[732] Zalolatda yurgan kishini Alloh bir-qancha yo’llar orqali ogohlantirib qo’yadi. (Tavba 9:115), (Shams 91:8-10). Har turli ogohlantiruvlarga qaramasdan zalolat yo’lidan qaytmagan va o’sha yo’lda qolmoqchi bo’lgan kimsalarni zalolatini tasdiqlash va shunda qoldirib qo’yish uchun, unday kimsalarning qalbini Islomga tor qilib qo’yadi. Ana endi unday kimsalarni Allohning O’zidan boshqa hech im hidoyat qilolmaydi. Uning uchun banda avvalo tavba qilishi va Allohdan hidoyat so’rashi kerak.
[733] Alloh bir narsani paydo qilishi Uning irodasi va buyrug’i bilan sodir bo’ladi. Insonlarning bir narsani amalga oshirishi esa, o’sha ishni xohlashi va shu yo’lda kerakli ishlarni bajarishi orqali sodir bo’ladi. Inson bir narsaga erishmoqchi bo’lib, o’sha yo’lni tanlashi bilangina hech narsaga erisha olmaydi.
[734] “Alloh xohlagan vaqt bundan mustasno”, deb tarjima qilganlar ham bor. Biz bergan tarjimaga ko’ra, mushrik bo’lmagan holda jahannamga kirganlar u yerda mangu qolmasligiga ishora bor. Qarang: (Niso 4:48) oyat va izohi. Alloh shirkdan boshqa gunohlarni kechirishi mumkinligini bildirgani sababli, mushrik bo’lmagan holda jahannamga kirganlar u yerdan vaqti kelganda chiqishlari mumkin. Alloh belgilab qo’ygan qonun mana shunga ishorat qiladi.
[735] Bu oyatdagi jin va ins jamoasi ushbu suraning 128-oyatidagi bir-birini yo’ldan ozdirgan shaytoniy insonlarga ishorat qiladi. Zero, oyatdan ularga payg’ambar va elchilar kelgani, ularga Allohning so’zlari yetkazilgani, biroq ular kofirlik qilgani maʼlum bo’lmoqda. Bu oyat jamiki insoniyatga xitob emas. Chunki, insonlarning barchasi kofir va ahli jahhanm emas.
[736] O’xshash oyatlar: (Anfol 8:33), (Hud 11:117), (Isro 17:15), (Qasos 28:59).
[737] Bu oyatga ko’ra, Alloh buyurmagan bir shaklda zakot va boshqa farz bo’lgan taqsimotlarda Alloh buyurmagan bir shaklda taqsimlash noto’g’ri ekan, bu bir navi mushriklik ekani o’rtaga chiqadi. Agar bu taqsimotni Allohning O’zi o’rgatgan bo’lsaydi, oyatda “zaʼm — iddao” deya keltirilmagan bo’lardi. Allohning hukmiga inson hukmini qo’shib qo’yish, Allohning so’zidan boshqasini so’zini ustun tutib ish qilish ham bir navi mushriklikdir. Allohning zotiga va sifatiga sherik qilish bilan Uning hukmiga sherik qilish bir xil gunohdir.
[738] Allohga va sheriklariga nasiba ajratish degani – zakot va ushr kabi yoki boshqa holatlarda Alloh buyurgani uchun shunga shuncha ajratamiz, falonchilar aytgani uchun shunga shuncha ajratamiz deb hukmda Allohga boshqalarni sherik qilish degani.
[739] (Moida 5:103).
[740] Begunoh bolalar, ayniqsa begunoh hoda o’ldirilgan qizlar haqida qiyomatda hisobot topshiriladi (Takvir 81:8).
[741] Bog’-u rog’lar, ekin maydonlardan olingan hosildan ham zakot:sadaqa berish kerakligiga mana shu oyat dalil bo’ladi.
[742] Oyatdagi “farshan” kalimasiga berilgan maʼno uchun qarang: Ibn Qutayba, G’aribul Qurʼon; Maonil Qurʼon, Abu Zakariyo al-Farro; Maonil Qurʼon, an-Nahhoc, Ibn Abbos tafsiri.
[743] Bu oyat ham isrof qilmaslikka, hamda ushbu suraning 138-140, 142-144-oyatlarda bildirib o’tilganidek, Alloh qilmagan narsalarni o’zlaricha qilib olmaslikka buyurmoqda. Alloh qilmagan narsani o’zicha deb olish – hukmda o’zini Allohga sherik qilish bo’ladi.
[744] Allohdan boshqasining nomi aytilmasa-da, lekin “Bismilloh” aytmay so’yilgan (aslida halol bo’lgan) hayvonlarning go’shti ekaniga birorta ham oyatda dalil yo’q. Quyidagi oyatlar shunga dalolat qiladi: (Baqara 2:173), (Moida 5:3), (Anʼom 6:145), (Nahl 16:115). SO’yayotganda basmala aytish faqatgina qurbon bayramida so’yiladigan qurbonlik uchun shart qilingan (Haj 22:28, 34-36).
[745] Demak, noto’g’ri eʼtiqod va xato tushunchalar bilan hayot kechirish oqibatida ham insonga turli balolar kelishi mumkin.
[746] Chunki, Alloh bir ishga bo’l deb buyurganidan keyin o’sha ishni bo’lmay qolishi mumkin emas. Alloh nimaga bo’l degan bo’lsa albatta bo’ladi. Alloh insonlarni yaratganidan keyin ularga yaxshi-yomonni tanlash ixtiyori berib qo’ygan. Kim hidoyat yo’lini tanlasa hidoyat qiladi va unga yordam ham beradi, kim zalolat yo’lini tanlasa zalolatiga imkon beradi.
[747] O’zini Xudoga teng qilish gunohlarning eng kattasidir, yaʼni shirkdir. Bu insonlar o’z orzu-istaklarini yoki kibr-u havosini Alloh bilan o’zlarini orasiga qo’yib oladilar. (Furqon 25:43)
[748] Ota-onaga yaxshilik qilish haqidagi oyatlar: (Baqara 2:83), (Niso 4:36), (Isro 17:23), (Ahqof 46:15).
[749] Haqli sabab bilan deganda nima nazarda tutilganini bilish uchun qarang: (Baqara 2:179), (Moida 5:33), (Baqara 2:190)
[750] Yetimlarning mol-mulklarini kerakli o’rinda qanday tasarruf qilish kerakligi haqida bilish uchun qarang: (Niso 4:6), (Baqara 2:220).
[751] Guvohlik bergan vaqtingizda yoki vakolatli holda bir ishga hukm bergan vaqtingizda yaqin insonlaringizga yonbosib tarafini olmang degan maʼnoni bildiradi. Qarang: (Tavba 9:75-77).
[752] (Aʼrof 7:156).
[753] (Baqara 2:210), (Nahl 16:26), (Hashr 59:2).
[754] (Niso 4:18), (Voqea 56:83), (Munafiqun 63:10, 11).
[755] Chunki, ularning dinlari ota-bobolariga taqlid qilishdan iborat bo’lgan, qo’llarida dalillari ham bo’lmagan. Rasulullohning va u kishiga ergashgan mo’minlarning qo’lida esa Yaratgan Egasi tarafidan yuborilgan nurli kitob – ochiq-oydin hujjati bo’lgan. Hozirgi kunimizda ham, Allohning kitobini qo’yib, turli oqim va firqalarga, mazhab-u toifalarga bo’linib, Allohning kitobidagi Islomni qo’yib, o’rniga keyinchalik ixtiro qilgan yo’llarni o’ziga din qilib olganlar Allohning yo’lidan adashgan bo’ladi. Qurʼonda birlashmagan mo’minlar ham shu oyat hukmiga kiradi. Qurʼonda birlashishlik Allohning amridir, farzdir. Shunda mo’minlar ilohiy marhamatga sazovor bo’ladi, azob-uqubatlardan qutuladi.
[756] (Qasos 28:84), (Mo’min :40:40).
[757] Allohning dini faqat Islomdir (Oli Imron 3:19). Shu bois, avvalgi payg’ambarlarning barchasi musulmon bo’lgan. Chunki, Islomga – Allohning diniga mansub kimsalarga musulmon deyiladi. Bu Qurʼondan avvalgi kitoblarda ham yozib qo’yilgan (Haj 22:78). Bu oyatlarga ko’ra Muhammad alayhissalom insoniyatning eng birinchi musulmoni emas, balki o’ziga vahiy qilib buyurilayotgan buyruqlarga taslim bo’lganlar orasidagi eng birinchi musulmon shaxsdir.
[758] Bu oyatdan shu narsa maʼlum bo’ladiki, Allohning g’ofur va rahim sifati bo’lmasa va qullariga tavba imkoni bermasa edi, bandalarning qilgan jinoyatlari uchun darxol jazo berib qo’ygan bo’lar edi.
[759] Bu harflarga “hurufi muqattoa” va “hurufut-tanbeh” deyiladi. Qurʼoni Karimning bundan boshqa yana 28 ta surasi mana shunday, yaʼni o’quvchi va eshituvchining diqqatini va fikrini jalb qilish uchun arab tiliga xos bir qoida bilan boshlangan. Hurufi muqattoadan keyin keladigan oyatlar asosan Qurʼonning asl mohiyati, mazmuni va o’zidagi usul va qoidalarni, Qurʼonning nozil bo’lishidagi maqsadi va Payg’ambar alayhissalomning Qurʼonga nisbatan yuklatilgan vazifasi haqida bayon qilib beruvchi oyatlar kelgan. Payg’ambar alayhissalomga bularning maʼnolari haqida hech qanday savol berilmagan. Bu esa, u harflarda turli ilohiy sirlar yashirilmaganini, aksincha ularning maʼno va mohiyati ochiq-ravshan bo’lganini bildiradi. Yaʼni tanbeh harflaridir. Demak, bu harflardan qasd qilingan narsa; bulardan keyin o’qiladigan oyatlarga o’quvchi va eshituvchilarning diqqatini jalb qilishdir. O’zbek tilida bu kabi holatlarda “Diqqat! Diqqat!” kalimasi foydalaniladi.
[760] Dinda, dindagi halol-va imon-eʼtiqod masalalarida faqat Qurʼonga – Allohning amriga itoat qilinadi, bunga amal qilishda Rasululloh o’rnak qilib olinadi (Ahzob 33:21), (Mumtahina 60:6). Ibodat va so’zsiz itoat Allohdan boshqa hech kimga qilinmaydi. Allohning so’zlari va amrlariga qarshi bo’lsa ham, dindorlar va bilimdonlarning aytganiga so’zsiz amal qilib ketaverishlik, o’sha dindor va bilimdonlarni o’zlariga iloh qilib olish bo’ladi va bu dindan chiqishga olib keladi (Tavba 9:31). Payg’ambarlar ham aslo ummatlarini o’ziga ibodat qilishga buyurmagan, balki, Allohning oyatlariga amal qilishga buyurgan (Oli Imron 3:79). Demak, Qurʼonga zid bo’lgan masalalarda, hech kimning gapiga itoat qilinmaydi, hech kimning hukmini Allohning hukmidan ustun tutilmaydi. Qurʼonga so’zsiz amal qilish kerakligi haqida Muhammad alayhissalomning o’ziga ham alohida oyat tushgan (Moida 5:49).
[761]Nasihat haqidagi o’xshash oyatlar: (Yusuf 12:103, 106), (Anʼom 6:116).
[762] (Yunus 10:50) oyatga qarang.
[763] Qiyomatda savolga tutilish holatini tafsilotli maʼlumoti uchun qarang: (Moida 5:109), (Qasos 28:65).
[764] Alloh qullariga yaqindir (Baqara 2:186). Alloh doimo qullarini kuzatib turadi (Fajr 89:14). Alloh doim qullari bilan birgadir (Hadid 57:4). Mana shuning uchun Alloh hech kimdan uzoq va bexabar qolmaydi.
[765] Qiyomatda har kimning o’z qilgan xato va gunoh ishlari o’zini halok qiladi. Bunga o’zining qilgan yaxshiliklari yomonliklaridan ko’ra oz bo’lgani sabab bo’ladi (Mo’minun 23:103). Har kim o’z qilmishing garovi bo’ladi (Muddassir 74:38).
[766]Insoniyatni qolgan boshqa tirik mavjudotdan ajratib turadigan shaklu shamoyillaridan ko’zga ko’rinadigan bir farqi shuki, inson terisi issiqda ham sovuqda ham tashki kimimga muhtoj bo’ladi. Boshqa tirik mavjudotlar esa issiqda ham, sovuqda ham kiyim kiymaydi. Har kim o’z qilmishing garovi bo’ladi (Muddassir 74:38).
[766]Insoniyatni qolgan boshqa tirik mavjudotdan ajratib turadigan shaklu shamoyillaridan ko’zga ko’rinadigan bir farqi shuki, inson terisi issiqda ham sovuqda ham tashki kimimga muhtoj bo’ladi. Boshqa tirik
[767] Ig’vo – kinoyaviy maʼnoda “Qo’ynini puch yong’oqqa to’ldirish” degani bo’ladi. Iblis o’z qilgan noto’g’ri ishining javobgarligini Allohga to’nkamoqchi bo’lgan. O’z gunohini Allohga to’nkashlik eʼtiqodi shaytondan meros qolgan. Bu juda ham katta xato tushunchadir.
[768]Odam alayhissalom dunyoda, mana shu yerdagi loydan yaratilgan (Baqara 2:30), (To ha 20:53-55), (Hijr 15:28, 29, 33). Odam alayhissalom yerda yaratilgani, hamda ilk yashagan joyi yer yuzi bo’lgani uchun, unga dunyodagi narsalarning ismlari o’rgatildi (Baqara 2:30, 31). Yer yuzi u uchun ham uning ayoli uchun ham, ularning naslidan kelgan barcha insoniyat uchun ham hayot kechiradigan joy etib tayinlangan (Aʼrof 7:25). Odam va Havvo kirgan joy oxiratdagi jannat emas, chunki oxiratdagi jannatda imtihon, zalolat, maʼsiyat, taqiq, qaytib chiqish, aldash va aldanish, noshukrlik, haydalish kabi holatlar aslo yo’q.
Arab tilida ildizli o’simliklar bilan qoplangan yerga jannat deyiladi. O’zbek tilida bunday makonga bog’ yoki bo’ston deyiladi. Dunyodagi bog’u rog’larga va yashinlik o’sib chiqqan yerlarga ham jannat yoki jannatmakon deyiladi. Jannatmakon yurtim deyilishining sababi ham shu. (Kahf 18:34) oyatida ham shunday keltirilgan. Qo’shimcha maʼlumot uchun (Baqara 2:35) oyat va izohiga qarang. Bundan tashqari, tavrotda ham shunday keltirilgan: “Parvardigor Egamiz sharqda – Adan degan joyda bog’ barpo qilib, O’zi yaratgan odamni o’sha boqqa qo’ydi.” (Tavrot Ibtido 2;8)
[769]Imom Zamaxshariyga ko’ra مَلكَيْنِ — malikayni shaklida o’qiladi. (Toha 20:120) oyat ham buni taʼkidlaydi.
[770](Baqara 2:36)
[771]Taqvo libosi degani – insonni issiq-sovuqdan, ayb joylari ko’rinib qolishidan va yomon nazar bilan qarashdan himoya qilib saqlaydigan kiyim degani. Insondan boshqa kiyim kiyadigan borliq yo’q. Insonlar mana shu xususiyatlari bilan dunyoning har yerida va har qanday iqlimda jon saqlab qolib, o’z hayotlarini davom ettirishlari mumkin (Nahl 16:81), (Anbiyo 21:80).
[772]Alloh taolo Odam va Havvoni tuproqdan qanday yaratgan bo’lsa, demak barcha insonlar qiyomatda yerdan ana shu shaklda yaratilib chiqariladi (Anbiyo 21:104).
[773](Aʼrof 7:26).
[774] (Maryam 19:61) (Furqon 25:63) oyatlarga, hamda ushbu oyatning davomidagi jumlalarga ko’ra, oyatdagi ibad kalimasi Allohning mo’min qullariga ishorat qiladi. Dunyodagi zeb-ziynatlar va chiroyli narsalar asosan Allohga ishonib suyanadigan mo’minlarga tegishlidir. Ammo, Alloh dunyoda majburiy bir tizim va majburiy yo’nalish paydo qilmagani sababli, mo’min bo’lmagan insonlar ham dunyodagi ziynatlardan manfaatlanishi mumkin.
[775] Qurʼon oyatlari arab tilida nozil bo’lgan va arab tilida batafsil tushuntirib berilgan (Fussilat 41:3) hamda Alloh taolo tarafidan maxsus ilm asosida ochiqlab berilgan (Aʼrof 7:52). Uni o’z aqli va onggi bilan ochiqlashga uringanlar o’zini Allohni o’rbiga qo’ygandek bo’ladi (Hud 11:1-3). Demak Qurʼonni boshqalarga batafsil tushuntirib bera olish uchun arab tiilini yaxsi bilish kerak.
[776]Oyatdagi fahsh kalimasini qabih-jirkanch ish deb tarjima qildik. Fahsh kalimasi (Isro 17:32) oyatda zino maʼnosida, (Naml 27:54-58) oyatda esa bachchaboz degan maʼnolarda kelgan.
[777]Gunoh turlari deya tarjima qilingan kalima «ism — اثم» bo’lib, to’g’rilikdan va haqiqatdan uzoqlashtiradigan har turli xatti-harakatni bildiradi. Insonni yaxshiliklardan va asl yaratilishidagi xulq-atvoridan uzoqlashtiradigan harakatlarga إِثْم = ism deyiladi (Mufradot)
[778]Ajal ikki xil bo’ladi (Anʼom 6:2). Vujud yaratilishi asnosida belgilab qo’yilgan ajal – tabiiy biologik umrning yakuni hisoblanadi. Har bir insonning vujud o’lchami onasining bachadonidaligida belgilab qo’yiladi (Abasa 80:17-19). Bu birinchi turdagi ajal. Ikkinchi turdagi ajali musammo – yolg’iz Alloh biladigan eng so’ngi tiriklik tarixidir. O’sha ajal kelganida bir soniya ham kechikmasdan inson vafot etadi. Baʼzi bir noto’g’ri xatti harakatlar o’sha ajali musammoni qisqatirib qo’yishi mumkin. Agar tavba qilib o’zini tuzatsa, ajali musammosi yana joyiga tushishi mumkin. Bunga misol quyidagi oyat: (Soffat 37:139-149).
[779] Ushbu oyatni (Fotir 35:32) – oyat bilan birga o’qilsa shunday xulosa chiqadi; Alloh taolo bandalari orasidan munosib bo’lganlarga Qurʼon ilmini meros qilib qoldiradi. Biroq, ular orasidan bu neʼmatni qadriga yetmay nonko’rlik qilib, noto’g’ri faoliyat olib boradiganlari ham bo’lib turadi, o’rtahollari ham bo’ladi va boshqalarga nisbatan Qurʼonga xizmat qilishda peshqadam bo’ladigan haqiqiy Qurʼon merosxo’rlari/risolat elchilari ham kelib turadi. Yaʼni, Alloh taolo tarafidan sevimli Payg’ambarimiz Muhammad alayissalomga nozil bo’lgan Qurʼonni insoniyatga yetkazib turadigan Qurʼon merosxo’rlari kelib turadi.
[780] Huzn — xafa bo’lish, g’am chekish, qayg’uga botish degan maʼnolarni anglatadi. Bundan keyingi 36- oyatda oyatlarga yolg’on munosabat bildiradigan va o’zini katta tutib qolganlarni mensimaydigan kishilarning oxir-oqibat boradigan joylari aytilganiga ko’ra, bu oyatdagi taqvodor va solih qullarni boradigan joyi jannat ekani maʼlum bo’ladi. Demak, g’am-qayg’u chekmaslik jannatda bo’ladi, ular jannatda hech narsani g’amini yemaydilar, xafa bo’ladigan ish ham qilmaydilar va ularni hech kim xafa qilmaydi. Bu oyatdan “Endi ular xafa bo’lishga sabab bo’ladigan ishlarni qilishmaydi”, degan maʼno ham chiqadi.
[781]O’zini oyatdan katta tutish deganda, o’z xohishini Allohning oyatlaridagi hukmlardan ustun bilish degan maʼnoni ham ifodalaydi. Oyat hukmini mensimaslik oyatdan o’zini katta tutish bo’ladi.
[782]Kitob kalimasini (Kahf 18:49) (Isro 17:14) oyatlariga ko’ra tafsiliy tarjima qildik. “Ularga yuborilgan ilohiy kitobda ogohlantirilgan narsa ularga uchraydi”, deb maʼno bergan mufassirlar ham bo’lgan. Har ikkala maʼno ham, Qurʼonning boshqa oyatlariga zid kelmaydi. Chunki, Qurʼonda berilgan vaʼda albatta sodir bo’ladi, amal daftariga yozilgan gunohlar ham o’z egalarini qiyomatda topadi.
[783] Bu oyatdagi insu-jin iboralari haqida qo’shimcha maʼlumot uchun qarang: (Anʼom 6:128-130) va izohlari.
[784]Tafsilot uchun qarang: (Ahzob 33:66-68), (Ibrohim 14:21). Allohga shirk qo’shgan va nohaq odam o’ldirganarga azob qolganlardan ko’ra ikki barobar ortiq beriladi (Furqon 25:28, 29). Chunki, katta gunoh bilan kichik gunohni albatta farqi bo’ladi.
[785] Yaʼni, ular abadiy jannatga kirmaydi, degani. Maʼno va tafsilotlar uchun Maonil-Qurʼon va Goribul-Qurʼon kitoblariga qarang.
[786]Insonning ruhiyatida hosil bo’ladigan buzilishlarga g’ill deyiladi. Qurʼon ko’ngillardagi narsaga shifo bo’ladi Yunus 10:57. Alloh ruhlarni insonlarni ichiga puflaydi (Hijr 15:29), (Hijr 15:47), (Sajda 32:9), (Sod 38:72), (Tahrim 66:12), Ruh nima ekani (Isro 17:85) oyatda bayon qilingan. Shaytonlar aynan mana shu joyga vasvasa qiladi (Nas 114:5).
[787]Oyatda ilm kalimasi – oyatlarni oyatlar bilan tafsir qilish usulidir. Qarang: (Oli Imron 3:7), (Niso 4:166), (Hud 11:1,2) va izohlari.
[788] Ular aslo imkoni bo’lmagan narsa talab qilishadi. Chunki, qiyomatda Allohdan boshqa hech kim birovni shafoat qilolmaydi, oqlamaydi va hech kim ortiga, yaʼni imtihon uchun yaratilgan dunyo hayotiga qaytarilmaydi. Shafoat – bir kishini o’ziga o’xshagan biriga sherik qilib qo’yish, boshqa bir insondan sherik va yo’ldosh bo’lishini so’rash, har qanday ishda sheriklik qilish yoki himoyasiga olish (oqlash) degan maʼnolarni bildiradi (Al-Ayn, Mufradot) Qo’shimcha maʼlumot uchun qarang: (Baqara 2:48) va (Baqara 2:255) oyat va izohlari.
[789]Arsh – yuqori boshqaruv vakolatini bildiruvchi majoziy qo’llanmadir. Turkiy tillarda hukmron insonlar uchun bu maqom “taxt”, “lavozim”, “mansab” yoki “hukmronlik” deb nomlanadi. Hukmron insonlar qo’l ostidagilarni boshqarishi uchun albatta bitta taxtga muhtoj bo’lmaganidek, Alloh taolo batariqi aʼlo hech qanday taxt yoki o’rindiqqa muhtoj emas. U bir narsaga “Bo’l” deyishi bilanoq paydo bo’lishni boshlaydi (Baqara 2:117), (Oli Imron 3:47), (Anʼom 6:173), (Maryam 19:35), (Yasin 36:82).
[790]Quyosh va oyni, kechayu kunduzni bizga xizmat qiladigan qilib yaratilganini bilish uchun qarang: (Ibrohim 14:33), (Nahl 16:12), (Ankabut 29:61), (Luqmon 31:29), (Fatir 35:13), (Yasin 36:47), (Zumar 39:5).
[791] Duoda haddan oshishning bir turi – Allohga duo qilayotib o’rtaga boshqa birini ham qo’shib duo qilishlikdir, yoki Allohdan boshqasiga duo qilishlikdir. Alloh har ikkalasidan ham qaytargan (Jin 72:18,20).
[792]Yomg’ir yog’ishi uchun shamolni qiladigan vazifasi borligi fan tomonlama aniqlanmoqda. (Hijr 15:22)
[793]Har bir ilohiy kitobning sifati zikrdir. Zikr – to’g’ri maʼlumot, eslatma, nasihat, xabar degan maʼnolarni bildiradi. Qurʼonning ham yana bir nomi zikrdir (Hijr 15:9). Chunki, Allohdan kelgan har bir ilohiy kitob to’g’ri maʼlumotlarga va nasihatlarga to’ladir.
[794]Tafsiloti uchun qarang: (Hud 11:94), (Shuaro 26:189)
[795]Allohni elchilari modomiki o’z xalqi orasida ekan, Alloh ularni azoblamaydi (Anfol 8:33). Shuning uchun Solih payg’ambar ulardan ayrilgan.
[796]Lut alayhissalomning ayoli xiyonat qilgan (Tahrim 66:10).
[797]Vulqon kullari ositda qolganlar, Lut alayhissalomga ishonmagan kishilar bo’lgan. Jazo olib kelish bilan vazifalangan farishtalar bilan Ibrohim alayhissalom o’rtasida shunday suhbat bo’lib o’tgan: (Zoriyot 51:31-36)
[798]Lut qavmiga yoqqan yomg’ir – sijjil yomg’ri bo’lgan. Qarang: (Hijr 15:74), (Fil 105:4) oyati va izohi).
[799]“Mamlakatda islohot olib borilib umum-tartib belgilangandan keyin, endi o’sha tartibni buzmanglar” degan maʼno ham chiqadi.
[800] O’xshash oyatlar: (Moida 5:26, 68).
[801]Oyatda aytilgan kishilar, payg’ambar kelganidan keyin ham Islomga kirmagan va Allohning oyatlariga beparvolik qilgan kishilardir. Allohga yalinib-yolvorib tavba qilganlarida, balki azobdan qutulib qolishardi. Buni keyingi oyatdan bilib olamiz.
[802]Bu narsa Allohning qonuni – sunnatullohdir. Bu sunnat insonlar Allohning kitobi tablig qilinganidan keyin, aga u xalq oyatlarni tan olmasa qo’llaniladigan jazo qonunidir. Qarang: (Anʼom 6:42-45)
Demak, ular o’zlariga yetgan yaxshilik va farovon kunlarni Allohdan deb shukr qilishmagani, aksincha bu narsalar ota-bobolarimizda ham bo’lib o’tgan, bular hayot qonunlari kabi eʼtiqodlari uchun jazoga giriftor bo’lishgan.
[804]Zuho kalimasi kecha yoki kunduz kalimalari bilan yon-ma yon kelishiga qarab maʼnolari o’zgarib turadi. Qarang: (To ha 20:59), (Aʼrof 7:98).
[805] Oyatlarda “kofirlarning qalblarining muhrlanishi” bu o’z hatti-harakatlari va irodalarining natijasidir. Ular avval kofirlikni tanlagan va shu yo’lda oyoq tirab olishgan. Shu bois Alloh ularning qalblarini to tavba qilmaguncha muhrlab qo’yadi. O’xshash oyatlar: (Baqara 2:7, 88), (Niso 4:155), (Tavba 9:87, 93), (Yunus 10:74), (Nahl 16:108), (Rum 30:59), (G’ofir 40:35), (Muhammad 47:16), (Munafiqun 63:3).
[806]“Sizlarni yurtingizdan chiqarib yubormoqchi, bunga nima buyurasizlar?”, degan gap Firʼavnga tegishli. Arab tili qoidasiga ko’ra, muxotob kim bo’lishidan qatʼiy nazar, bir kishiga “sizlar” deb xitob qilinmaydi. Firʼavn bir kishi bo’lganligi uchun, oyatdagi “sizlar” nima buyurasizlar?» jumlasi Firʼavn yonidagi yetakchi zodagonlariga qarab aytgan gapi bo’ladi.
Oyatlarni butun holatda tushunadigan bo’lsak, Firʼavn va atrofidagi kishilar qattiq sarosimaga tushib qolganini ko’ramiz. Chunki, ular Muso ko’rsatgan narsa sehr emasligini barchasi bilib turgani holda, bir-biriga “bu sehrgarlikdir” deb tasalli berishmoqda. “Men sizlarni oliy robbingizman” deb turgan Firʼavnni o’zi ham va yonidagi sehrgarlari ham Muso ko’rsatgan narsaga qarshi hech narsa qila olmasligini bilib, Firʼavn yonidagilarni o’ziga jalb qilish uchun gapni boshqa tarafga burib yuborishi, u qattiq qo’rquvga tushib qolganini bildiradi. Qolaversa, Muso alayhissalom Firʼavn va uni yonidagilarni yurtlaridan haydab yuborishga emas, aksincha o’zi va Isroil avlodlarini u yurtlardan olib chiqib ketishga uringan.
Mana shu holatda Firʼavn bir siyosat o’yini qiladi. Yaʼni, Musoni haq ekanini biladi, u ko’rsatgan narsa sehr emasligini ham biladi. Lekin, xalqi va yonidagilar Firʼavndan ayrilib ketishidan qo’rqib, ularni ichiga yolg’on qo’rquv solib ularni o’ziga tobe holatda ushlab qolishga urinadi. Bunday holat Dunyo tarixidagi siyosiy o’yinlarda va hamda kunimizda ham yuz berib turmoqda. Zamonamizda yuz berayotgan bunday holatlarga “propaganda” deyiladi.
[807] (Toha 20:20).
[808]“Firʼavn va odamlari shaharga xor va razil holatda qaytdilar”, yoki “G’ururi poymol bo’lgan, izzat-obro’si to’kilgan holda maydondan chekindilar”, shaklida tarjima qilsa ham bo’ladi.
[809]Bu oyat Muso alayhisslomga berilgan din ham Islom ekanini ko’rsatadi. Zotan, Allohning dini yagona Islomdir (Oli Imron 3:19).
[810]Yaʼni, Alloh taolo yomonlik qilganlarni jazolashni bir qonun qilib qo’ygan. Ularni boshiga balo-ofat kelishi Muso va uning yonidagi mo’minlarning shumligidan emas, balki, o’zlarini qilgan gunohlari sababli kelgan. Alloh insonlar qilib turgan barcha ishlardan xabardor bo’lgani uchun, ularni ogohlantirish yoki jazolash uchun ularga turli balo-ofatlar yuborib turadi – balki shu bilan tavba qilib qolsalar. Lekin, insonlarni ko’pchiligi boshiga kelgan balolarni, ishlari yurishmay qolishini boshqalarni shumligiga to’nkaydi va o’zlarini gunohsiz deb biladi.
[811]Allohning banu Isroilga bergan so’zi uchun qarang: (Aʼrof 128-129), (Shuaaro 57:59), (Qasos 28:5), (Duxon 44:25-28).
[812]Yuksaltirgan narsalari binolar bo’lishi ham mumkin, o’zlarining qadriyatlari bo’lishi ham mumkin.
[813]Isroil avlodi yonlarida Allohning elchsi bo’lgani holda, ilk bor uchrashgan zalolat qavmning zalolatini ko’rib-la haqdan uzoqlashishga moyil bo’lib qolgan. Bunday bo’lib qolishdan saqlanish kerakligi haqidagi oyatlar uchun qarang: (Yunus 10:12-14), (Toha 20:85-97, 115-122). Turli alomatlar bilan kelgan payg’ambari yonida bo’la turib, imon-eʼtiqodida mustahkam tura olmagn kimsalarga o’zini bilmas, o’z qadrini bilmas johil deyiladi.
[814]Risolalarim degnda – seni elchi etib tayinlaganim degan maʼno ham chiqadi, senga bergan oyatlarimdegan maʼno ham chiqadi.
[815]Firʼavn va xonadoni ham, Od va samud xalqi ham Misrda yashagan.
[816]Unday kimsalar qilgan ishining samarasini dunyoda ko’rib bo’lgan bo’ladi (Ahqof 46:20). Oxirat uchun hech qanday ish qilmagani uchun, biron bir yaxshi ish qilgan bo’lsa ham, uni yo riyokorik yoki evaznii dunyoning o’zida olish uchun qilgan bo’lsa, Alloh ularga oxiratda savob va mukofot bermaydi.
[817] Muso Alloh bilan so’zlashayotgan vaqtda Somiriy Musoning ummatini adashtirib bo’lganini bildirib qo’ygan edi. Ular Horunni qilgan nasihatini qabul qilishmagan. Shuning uchun Muso tog’dan o’z xalqiga g’azablangan holda qaytgan (Toha 20:86-90).Muso bilan birodari Horun o’rtasidagi suhbat uchun qarang: (Toha 20:93-94),
[818] Sayyiaat – (Baqara 2:21) oyatga ko’ra gunoh; (Aʼrof 7:193) oyatga ko’ra yomonlik; (Aʼrof 7:195) oyatga ko’ra esa xatodir.
[819] Bu – avvalgi ummatlarga yuklatilgan vazifa bo’lib, keladigan yangi payg’ambarga va u olib kelgan Ilohiy kitobgaishonish va uni qo’llab-quvvatlash javobgarligidir. Qarang: (Baqara 2:286) va izohi.
[820] Qurʼonda ummiy kalimasini uch xil maʼno va taʼrifi bor:
- Ularga kitob berilmagan kimsalar (Oli Imron 3:20),
- O’zlari imon keltirgan kitobni ichidagilardan bexabar kimsalar (Baqara 2:78),
- Makkalik odam.
Nabiy alayhissalom ham avval ilohiy kitobdan xabari bo’lmagan (Shuaro 42:52, 53), (Ankabut 29:47, 48). Lekin bu oyatlarda Nabiy alayhissalomga bu maʼnoda ummiy deyilmagan. So’ngi Nabiy Ismoil alayhissalomning naslidan kelishi va Makkadan chiqishi Tavrot va Injilda yozib qo’yilgani uchun (Aʼrof 7:157, 158), (Tasniya 18, 18, 19), (Mazmurlar 84), (Injil:Matta 21, 42-44), Bu oyatlardagi ummiy kalimasi Makkalik payg’ambar degan maʼnoni ishorat qiladi.
[821] Shaharga kirish buyrug’iga qarshi chiqqan yahudiylar: “Ey Muso! U yerda juda ham zo’ravon qavm bor. U yerdan chiqib ketmaguncha, hargiz biz u yerga kirmaymiz. Ular u yerdan chiqib ketsagina kiramiz” (Moida 5:22), degan. Go’yoki Alloh ularga o’sha shaharga kirib jang qilinglar degandek “Ey Muso! Modomiki ular u zaminda ekan, u yerga umuman kirmaymiz. Sen va yaratgan Egang ikkingiz borib urishinglar! Biz shu yerda o’tirib turamiz” (Moida 5:24), ham deyishgan.
[822]Tarixiy manbalarda bular Sambatyan xalqi nomi bilan mashhur bo’lishgan. Ular shanba kungi taqiqni suiistemol qilishgani uchun, Asur qirolligi tarafidan bosib olingan va ularga qul bo’llib qolishgan. Keyinchalik boshlariga yana qanday balolar kelgani nomaʼlum.
[823]Har bir musulmon atrofida yuz berayotgan hodisalarga nisbatan layoqatsiz va eʼtiborsiz bo’lmasligi va har qanday haqsizliklarga qarshi qo’lidan kelgancha salbiy munosabat bildirishda faol bo’lishi kerakligiga aynan mana shu oyat ishorat qilmoqda. Aks holda dunyoda ham oxiratda ham boshimizga balo-ofatlar kelsa, yaratgan Egamiz – Allohga nisbatan aytadigan uzrimiz bo’lmaydi.
[824]Keyingi oyat bilan birgalikda o’qib tushunadigan bo’lsak, ular simo jihatidan emas, balki sifat va feʼl-atvor jihatidan maymunlarga aylanib qolishgani va maymunlardek odobsiz va pastkash bo’lib qolishgani o’rtaga chiqadi. O’xshash oyatlar: (Baqara 2:65), (Niso 4:47).
[825]166- oyatda bildirilganidek, ular jismonan maymunga aylanishmagan, balki ruhiy, maʼnaviy va axloqiy tomondan maymunsifat bo’lib qolishgani. Chunki, Alloh taolo maymunlarni imtihon qilmaydi va Qurʼonʼon maymunlarga xitob qilmaydi.
[826]O’xshash oyat: (Baqara 2:80), (Oli Imron 3:24)
[827]Muslih – xatoni tuzatish, tartib o’rnatish, yaxshilash, o’rtani tuzatish, dinu dunyosini isloh qilishga hissa qo’shish va buzg’unchilik va tartibsizlikning ziddidir (Mufradot, Lisanul Arab).
[828](Baqara 2:63, 93), (Niso 4:154).
[829]«Bellaridan nasllarini olish – nasliga sabab bo’ladigan tuhumlarini olish degani. Bu narsa ayollarda ilk tuhum hujrasi bachadonga tushishi (ilk marotaba odat qoni ko’rish asnosida), yigitlarda esa, sperma shakllanish jarayoni boshlangan vaqtlarda yuz beradi. Boshqacha qilib aytganda, yigit va qizlar balog’at yoshiga to’lar-to’lmas, o’z fitratlari va aqlu idroklari bilan bu borliqning albatta bir yaratuvchisi va boshqarib turuvchisi bor ekanini ich-ichidan his qilishni va asta-sekin tan olishni boshlaydilar. Natijada o’sha yoshgacha ichki dunyosini qiynab kelayotgan yagona yaratuvchi haqidagi savollarini bermay qo’yadi. Chunki endi ular bu narsaga ich-ichidan ishonib bo’lishgan bo’ladi. Mana shu asl fitratidagi yaratuvchiga bo’lgan ishonchini keyinchalik to’sib-berkitib hayot kechirgan insonlarga – o’zini haqdan to’sgan (kofir) va nonko’r deb aytiladi. O’z orzu-istaklarini yagona yaratuvchining qonunlaridan ustun bilganlar, keyinchalik ichidagi yaratuvchiga bo’lgan ishonchlarini yashirishga urinadilar. Shu tariqa ateist va kofir bo’lish yashashni boshlaydilar.
[830]Mana shu ikki oyatga ko’ra, ularga elchi yetib bormagan insonlar, asosan yagona yaratuvchini tan olish yoki tan olmaslikdan va unga sherik qo’shish yoki qo’shmaslikdan javobgarlikka tortiladi. Elchi yetib borgan insonlar esa, ularga ulashgan ilohiy kitobdan javobgarlikka tortiladi (Zuxruf 43:44), (Aʼrof 7:6).
[831]Oyatlardan uzoqlashishning hukmi haqidagi yana bir oyat: (Zuxruf 43:36, 37).
[832] O’xshash oyatlar: (Baqara 2:257), (Oli Imron 3:17), (Niso 4:40), (Aʼrof 7:160), (Tavba 9:70), (Yunus 10:44), (Xud 11:101), (Hahl 16:33, 118), (Kahf 18:49), (Ankabut 29:40), (Rum 30:9), (G’ofir 40:31), (Fussilat 41:46), (Zuxruf 43:76).
[833] Kim nimaga loyiq bo’lsa, Alloh unga shuni beradi (Layl 96:5-11).
[834] Jin va ins deganda turli insonlar: oddiy xalq va amaldorlar, taniqli insonlar va tanilmay oddiy yashab o’tganlar, insonlar orasida yashaganlar va odamlar ko’zidan yashirin — yolg’iz yashaganlar, bir-birini tanigan va tanimaganlar nazarda tutiladi. Yaʼni, jahannamga kirishga sabab bo’ladigan ish qilgan va yovuzlik qilib yashagan bo’lsa, kim bo’lishidan qatʼi nazar, jahannamga kiradi, degani bo’ladi. O’xshash oyatlar: (Anʼom 6:128-130)
[835] Odatda bu oyatni “insu-jinni ko’pini jahannam uchun yaratdik” shaklida noto’g’ri tarjima qilishadi. Aslida Alloh xaloyiqning barchasini nima uchun yaratganini quyidagi oyatdan bilib olamiz: (Zariyat 51:56). Bu oyatga ko’ra, yuqoridagi oyatga berishgan maʼnolari aslo qabul qilinmaydi, to’g’ri bo’lishini ehtimoli ham yo’q. “Yaratish” deb tarjima qilgan kalimalari ذرأ bo’lib, quyidagi oyatda u — “hayvon va o’simliklarni yetishtirish” degan maʼnoda keltirilgan: (Anʼom 6:137). Quyidagi oyatga ko’ra esa, Alloh insonni ham huddi bir o’simlik kabi yetishtiradi: (Nuh 71:17). Shu oyatlar esa, oxiratdagi qayta tirilish ham mana shu shaklda amalga oshirilishini bildirmoqda: (Mo’minun 23:79), (Zuxruf 43:11). Ko’rib turganingizdek, ذرأ feʼli yetishib chiqishiga imkon berish, yetishtirish, degan maʼnolarni ham bildiradi. Aloqador va o’xshash oyatlardan biri: (Jin 72:15). Mana shu oyatlar sababli bu oyatni shunday tarjima qildik.
[836] Vijdon, basirat va anglab-tushunish odamzotga ruh bilan birga berilgan xususiyatlardir. Mana shu xususiyatlari bilan ular imtihon qilinadigan borliqlar qatoriga qo’shiladi. Qarang: (Sajda 32:9)
[837]Allohni qizlari deya to’qib chiqargan Lot, Manot va Uzzo ismlarni Allohning ismlaridagi baʼzi harflarni olib tashlab ixtiro qilib to’qib chiqarishgan. Alloh ismidan Allot, al-Aziz ismidan al-Uzza va Allohni al-Mannon ismidan al-Manot deb turlicha nomlar to’qib chiqarishgan (Jaloliddin Suyutiy, Tafsiru Jalolayn).
[838]Qurʼonning o’zi ham, ichidagi hukmlar ham haq va to’g’ri bo’lgani uchun, uning yana bir nomi ham “Haq”dir (Baqara 2:91, 119). (Qo’shimcha maʼlumot uchun qarang: Asr surasining tafsiri, Tafsiri Jomeul Bayon, Ibn Jarir at-Tobariy; Aljamiu Liahkamil Qurʼoan, Alqurtubiy; Maolimut Tanzil, al-Bag’oviy.)
[839]Balki qilayotgan jinoyatlaridan qaytib qolishar deb, Alloh ularga turli musibatlar yuborib turadi. Bunga bir o’rnak oyat: (Anʼom 6:42-45).
[840] O’xshash oyatlar: (Yunus 10:32), (Josiya 45:6), (Mursalat 77:50).
[841]Alloh taolo tarafidan o’z ixtiyoriga tashlab qo’yilgan va gunohda haddan oshib tentirab yurgan kishilar asosan munofiqlar va Allohning oyatlarini yolg’onga chiqargan kishilar bo’ladi (Niso 4:143), (Anʼom 6:39).
[842]Qiyomatning ahvoli haqida maʼlumot uchun qarang: (Ibrohim 14:48), (Anbiyo 21:104), (Nabaʼ 78:28-30), (Infitor 82:1-3). (Takvir 81: 1-13), (Zalzala 99:1-3).
[843] Alloh taolo insoniyatning juftini ham inson qilib yaratdi. Bu narsa hayvonlar va qushlada ham shunday. O’xshash oyatlar: (Nahl 16:72), (Rum 30:21), (Sho’ro 42:11). Bu oyatda Odamning jufti Odamning o’zidan yaratilgan, degan gap yo’q. Oyatdan “insonning jufti insondir” degan maʼno hamda “boy ham kambag’al ham, erkak ham ayol ham, yosh ham qari ham insondir, millati, irqi, jinsidan qatʼiy nazar barcha insondir” degan maʼno chqiadi.
[844]Bu oyatdagi “afv”so’zini (Baqara 2:219) oyatiga ko’ra “ortiqcha” deb maʼno berdik.
[845]Johil – o’zini tuta olmagan, o’zini bilmagan, o’zini boshqara olmagan, bilimsiz-nodon degan maʼnolarni bildiradi.
[846]Vasvasa uchun Annos surasi va izohiga qarang.
[847] Basoir so’ziga sababni keltirish bilan musabbabni qasd qilish qoidasiga ko’ra maʼno berdik. Qurʼon oyatlari aqlu farosat, idrok va zehnni ortishiga turtki bo’ladi, hamda qalb va vijdonni uyg’onishiga sabab bo’ladi. Insonlarning qalb ko’zlari asosan oyatlar bilan ochiladi. Shu sababli ko’plab oyatlarda «Aqlini ishlatishmaydimi, fikr yuritmaydilarmi, o’ylab ko’rmaydilarmi, mazmunidagi oyatlar keltirilgan.
[848]Jamoat bilan namoz o’qiyotganda imomining qiroatini eshitgan namozxonlar qiroat qilmaydilar. Imomning qiroatini eshitolmaganlar esa, namoz asnosida o’zlari Qurʼon o’qiydilar. Namozdan tashqari holatda ham, agar bir kishidan sizga Qurʼon o’qib berishini iltimos qilsangiz va u sizga Qurʼon o’qib berayotganida, uni jon-qulog’ingiz bilan eshitishingiz va sukut saqlashingiz kerak.
[849]Oyatdagi “g’uduvv” va “osol” Peshin bilan Asr vaqtini ifoda qiladi. Chunki, (Raʼd 13:15) oyatida Osmondagilar, yerdagilar va undagi soyalar ham Allohga sajda qilishi bildirilgan. O’sha soyalar esa g’uduvv va osol vaqtlarida sajda qilishi aytilgan. Bilamizki, yerda soyalar faqatgina osmonda quyosh chiqib turganida paydo bo’ladi. Soya quyosh sababli paydo bo’lishi esa, (Furqon 25:45) oyatida bildirilgan.
[850] (Niso 4:172), (Zumar 39:75) oyatlarga ko’ra bu oyatga “muqarrab malaklar” deb tafsir berilsa ham bo’ladi, yoki Allohga duo-iltijo qilayotgan inson go’yoki Allohning huzurida turgandek bo’ladi, shu bois, duo-ibodat vaqtida kibrlanmay turishi va duo-ibodatini tasbeh va sajdalar bilan ado etishi kerak, degan maʼno ham chiqadi.
[851] Jangda qo’lga kiritilgan narsalarni qanday taqsimlash haqida ushbu suraning 41- oyatida bayon qilingan.
[852] (Rum 30:2-6) oyatlarda Rumliklar Forslarni yengadigan kuni mo’minlar ham shod bo’ladi deb so’z berilgan edi. O’shanda Rasulullloh Makkada bo’lgan. Badrdagi jang mana shu chiqishda bo’lgan.
[853] Ikki guruhdan biri – Makka askarlari, yana biri – himoyasi kuchsiz holda kelayotgan Makkaliklarning tijoriy karvoni.
[854] “Allohning so’zlari” deb tarjima qilingan kalima ko’plik shaklida bo’lgani uchun, u eng kamida uchta bo’lishi kerak. Ular quyidagicha:
- Rumliklar bilan Forslar jang qiladigan kuni Musulmonlarni hursand bo’lishi.
- (Isro 17:76, 77) oyatlarda aytilgani kabi Makkadan mushriklarni chiqarib yuborilishi.
- (Baqara 2:191) oyatda aytilganidek bu ish Musulmonlar tarafidan amalga oshirilishi.
[855] “Badrda nihoyatda (chorasiz) qiyin ahvolda yekaninggizda, Alloh sizlarga yordam berdi…” (Oli Imron 3:123)
[856] Alloh kerakli ishni kerakli shaklda amalga oshirgan kishilarga yordam beradi. (Qarang: Oli Imron 3:13) Har narsa Alloh qo’ygan qonun-qoidalar va o’lchovlarga ko’ra bo’ladi. farishtalar bilan dalda berib yordam berish va ayniqsa badrdagi kabi yordam berish faqat Allohga xos.
[857] O’xshash va tafsilotli oyat: (Oli Imron 3:154).
[858] Bu oyat bilan Alloh mo’minlarni qalbidagi zaiflik va qo’rquvni yo’q qilib yubordi va qalbiga xotirjamlik va sabot berdi. Chunki, himoya uchun bo’lsa ham jangga borgan mo’minlarning qalbiga hayajon, qarshi tarafidagi dushmanning ortida qoladigan oilasi, bola-chaqasi ko’z o’ngidan o’tadi, odam o’ldirish degan og’ir bir holat bilan yuzma-yuz bo’lgan vaqt bo’ladi. O’sha narsalarni o’ylab sustlik qilmaslik uchun jang holatidagi barcha haqqoniy qatlda mo’minlarga javobgarlik va qilgan ishida ikkilanish bo’lmasligi uchun, ularni Allohning O’zi o’ldirdi deb jangni davom ettirishga buyurmoqda. agar bunday bo’lmasa, mo’minlarni ko’ngli bo’shlik qilib yoki ikkilanib qolib, o’zlarini o’limiga, so’ngra yana boshqa insonlarning nohaq o’limiga sabab bo’ladigan zolimlarning hayotda qolishiga sababchi bo’lib qolishadi. Demak, imonini, oilasini va yurtini himoya qilish uchun qilinayotgan jangga chiqishni Allohning O’zi buyurgan deb sobit qadam bo’lish kerak. Jangga aloqador o’xshash oyatlar: (Oli Imron 3:145, 156).
[859] Tarixiy manbalar va tafsir kitoblarida keltirilishihca, badr jangidan oldin Makkalik askarlar va ularning kattalari Allohdan “Kim haq bo’lsa o’shani g’olib qil” degan mazmunda duolar qilishgan. Shu bois, oyatda ularning o’zlaari xohlagan g’alaba kelgani aytilmoqda, deyiladi tafsirlarda. Bu g’alaba ularning foydasiga emas, balki ziyoniga kelgan.
[860] Agar kofirlar haqsizlik qilishdan tiyilmasalar, avvalgi zolim xalqlar boshiga tushgan balo-ofatlar ularning ham boshiga tushishi mumkinligini bildirib qo’ygan. Allohning balosi kelganida hech kimga na kuch-qudrati va na tarafdorlari yordam berolmay qoladi. O’xshash oyat: (Tavba 9:38, 39), (Muhammad 47:7).
[861] “as-summu” – Eshitish (eshitganini tushunish) hissi yo’qlarga aytiladi. Haqqa quloq solmaydigan, haqqa moyil bo’lmaydigan kimsalarni “summun” deb ataladi (Mufradot). Ko’zi, qulog’i, aqli va vijdoni bo’la turib, haqni ko’rmaydigan kimsalar oxir-oqibat o’zlarini jahannamga o’tin bo’lishiga sabab bo’ladi (Aʼrof 7:179), (Haj 22:46).
[862] Alloh taolo insonlarni ichini ham bilgani uchun, uni ichida haqni tan olish ixtiyori yo’qligini ham, unda yaxshilik yo’qligini ham va haqni ularga majburan singdirib qo’ysa baribir ulardan bir yaxshilik chiqmasligini ham biladi. Shu bois Alloh — O’ziga intilib, haqni izlaganlarga haq va hidoyat beradi. Alloh birovni majburlab hidoyat qilib jannatga kirgizmaydi. Insonni qilgan ishi sababli unga ajr-mukofot beradi. Lekin, hidoyat va haqni izlab-topish imkonini Alloh beradi. Bu — Allohning fazlidir.
[863] Insonni oxiratda mangu yashatadigan narsa iymon va amaldir. Mangu baxtli hayot oxiratda jannatda bo’ladi. Jahannamdagilar yashab yashagandek bo’lmaydi, o’lay desa o’lolmaydi. Aloqador oyatlar: Toha 20:74, Aʼlo 87:13.
[864] Shaxs bilan uning qalbi orasiga kirishi – qalbiga kelgan moyillik va xayollarni ham bilishiga ishorat qiladi. Alloh taolo insonni qalbidagi narsani ham bilgani uchun, qilmoqchi bo’lgan narsasi yaxshi yoki yomon narsa ekanini insonning qalbiga ilhom berib bildirib-sezdirib qo’yadi (Tavba 9:115), (Shams 91:8-10).
[865] Yon-atrofda bo’layotgan zulmga beparvo bo’lganlarga kun kelib qilgan eʼtiborsizliklari, zulmga qarshi chiqmagani uchun, ularga ham vaqti kelib boshiga fitna tushadi. Zolimlarni kuydiradigan otash zulmga yonbosganlarni ham birgalikda kuydirib ketadi (Hud 11:113).
[866] Insondan insonga ishonib topshirilgan omonatlar masalasi hammaga ayon. Allohdan bizga Qurʼon orqali omonat etib topshirilgan va bizning omonatlarimiz ekani bildirilgan narsalar – amri-maʼruf va nahiy munkar qilish omonati (Oli Imron 3:110), adolat o’rnatish va Alloh uchun guvohlikda tutib berish (Niso 4:135), (Moida 5:8), yaxshiliklarda o’zaro ko’maklashish (Moida 5:2) – mana shular Alloh tarafidan insoniyatga yuklatilgan asosiy omonat hisoblanadi (Ahzob 33:72). Bunga eng boshida mo’minlar rioya qilishlari kerak.
[867] Oyatdagi “Lav” qo’shimcha lav qo’shimchasining javobidagi hodisa yo’q bo’lgani uchun, shartidagi narsa ham bo’lmasligiga dalolat qiladi (al-Lubob, Ibn Odil). Demak, Nazr ibn Horisa oyat to’qishga harakat ham qilmagan, to’qimagan ham.
[868] Allohning uylari bo’lmish masjidlarda insonlarga asl haqiqatni gapirib yetkazish va ularga asl haqiqatdan taʼlim berish o’rniga, behuda va yolg’on, uydurma va bidʼat kabi bemaʼni va befoyda mavʼizalar bilan xalqni chalg’itib yuradigan “din peshvolari” aynan mana shu oyat hukmiga tushib qoladi. Chunki, ular haqni yashirish, insonlarni haqdan to’sish kabi juda ham katta gunohga qo’l urayotgan bo’ladi. Eng achinarlisi esa, ular o’zlarini o’sha ishlari bilan ummattaga katta xizmat qilyapmiz,dindan gapiryapmiz kabi iddaolaridir. Aslida esa, oyatga ko’ra ularning “ibodatlari” bekorchi shovqin-suron solish va insonlarni haqdan to’sishdir.
[869] Jahannamga kirganlar bir xil jazolanmaydilar. Har kim o’z qilmishi va jinoyatiga yarasha jazo oladi (Qasos 28:84).
[870] Agar dushmanchilikni boshlab mo’minlarga qarshi jang boshlasalar, ularga qarshi mudofaa uchun jang qilish farz bo’ladi (Baqara 2:190). O’xshash oyatlar: (Ahzob 33:60-62), (Fath 48:22-23).
[871] (Baqara 2:190).
[872] Bu oyatlar ham, (Baqara 2:190) oyati ham mo’min-musulmonlarga qarshi jang boshlagan g’animlarga qarshi jang qilishi kerakligini bildirmoqda. Tinch turgan davlatlar yoki tinch aholiga qarshi hech qachon va hech qayerda jang qilinmaydi, zulm va haqsizlikka qarshi chiqib, mazlumlarni oldini olib himoya qilish bundan mustasno (Niso 4:75). Bu oyatlarga ko’ra, jang asosan mudofaa uchun amalga oshiriladi.
[873] Furqon kuni – Badr jangi bo’lib o’tgan kun.
[874]Musulmonlarga Makkada berilgan vaʼda (Rum 30:4) haq ekanini hamma ko’rishi uchun shunday qilingan.
[875](Oli Imron 3:13).
[876]Rasul (رسول) “Birovga elchi orqali yuborilgan so’z” maʼnosini bildirgani kabi, o’sha so’zni yetkazib beruvchi elchiga ham aytiladi (Mufradot). Allohning Elchilarini vazifasi – Allohning so’zlarini insonlarga yetkazib berishdir. Shu bois, Qurʼonda yer olgan Rasululloh = رسول اللّه va ar-Rasul = الرسول so’zlaridagi asl urg’u Qurʼon va undagi oyatlarga qaratilgan. Uhud jangida Payg’ambarimizni o’lgani haqida gap tarqalayotganida mana shu oyat tushgan: “Muhammad faqat elchidir. Undan oldin ham elchilar keldiyu ketdi. Agar u o’lsa yoki o’ldirilsa ortga o’girib ketasizlarmi?” (Oli Imron 3:144). Muhammad alayhissalom Allohning so’ngi elchisi bo’lgani bois, bizning muxotobimiz bo’lgan Rasul – Qurʼondir. Mana shu sababli ham Rasul kalimasiga “Elchi:Elchi olib kelgan oyatlar” deb maʼno berdik. Rasulullohni vazifasi esa Qurʼonni yetkazish:tablig’ qilishdangina iborat bo’lgan, u kishi o’z vazifasini go’zal bir holatda ado etib ketdi. Endi qo’limizda u kishi olib kelgan Allohning kitobi bor. (Nahl 16:35), (Moida 5:67).
[877]Bu oyatga ko’ra, hali ularga ko’rsatib qo’yamiz, bizni ko’rib qo’yishsin deb maqtanish uchun jangga chiqib bo’lmasligi o’rtaga chiqmoqda. Jangga chiqishda Alloh buyurgani uchun chiqyapman deb niyat qilib chiqish kerak. Avvalgi oyatda mo’minlarni jangda talashib-tortishmaslikka buyurgan edi, bu oyatda esa, g’animni albatta yengamiz deb emas, Alloh nasib qilsa va imkon bersa yengamiz deb, o’zini bosib, puxta reja va tartib bilan jangga kirishish kerakligi buyurilmoqda. Bu ikkala oyatdan shu narsa maʼlum bo’ladiki, hatto g’olib bo’lishi aniq bo’lib qolganda haddan oshmaslik va doimo ehtiyotkorlikni qo’ldan boy bermaslik, hamda kuchli va qudratli bo’lgan taqdirda ham tajovuz va zulm qilmaslik kerak.
[878] Bu oyatdagi munofiqlar Makkadan kelgan munofiqlar bo’lgan. Ularga qanday muomala qilish kerakligi Niso surasining 88-91-oyatlarida aytib o’tilgan.
[879] Yuragida kasali borlar – imon-eʼtiqodida shubha bo’lgan, imoni zaif, imonida taraddud qiladigan va ayniqsa qalban ishonmagani holda, so’zda “Men ham Xudoga ishonganman”, deb aldab yuradigan kimsalardir (Baqara 2:10).
[880] “Yuzlari va orqalariga” kalimalari majozan anglashiladigan bo’lsa, “Istiqboli va ortda qolgan hayotiga yomon munosabat bildiradi, yaʼni seni istiqboling ham yomon bo’ladi, o’tmishing ham yomon o’tdi”, degan mazmun o’rtaga chiqadi. Bu kabi iboralar Turkiy tillarda ham ishlatiladi. Masalan: “Yuzing porlasin, yuzing kulsin” deydi. Bu degani – istiqboling va kelajaging porlasin, va kelgusida hursand bo’ladigan hayot ko’rgin, degani bo’ladi.
[881] (Raʼd 13:11).
[882] Hafs bin Osimdan boshqa Shuʼba, Qolun, Varsh, Bazziy, Qunbul, Durriy, va Susiy qiroatlarining barchasi “yahsabanna” feʼli toi muxotob bilan kelgani uchun, oyatga “Qarshi chiqqanlarni yenga oaldi deb o’ylama…” shaklida tarjima qilsa ham bo’ladi. O’xshash oyatlar: (Anʼom 6:134), (Tavba 9:2,3), (Yunus 10:53), (Hud 11:20).
[883] Rasululloh minbarda turib yuqoridagi oyatni o’qidi va uch marotaba: “Ogoh bo’linglar! Quvvat – o’q otishdir!”, dedi. (Muslim, Amorat bobi; Abu Dovud, Sunan, 2514, Termiziy, Sunan, Anfol surasining tafsir; Ibn Moja, Sunan, 19, 2813)
[884] Alloh idora etib turishga va do’stlikka ham kifoyadir (Niso 4:45), bilib turishda ham kifoyadir (Niso 4:7), guvohlikka ham kifoyadir (Niso 4:79), Vakillikka ham kifoyadir (Niso 4:81), hisob-kitob qilishga ham kifoyadir (Ahzob 33:39).
[885] Harriz-tahriz – qiziqtirish, ahamiyatini bildirish va tayyorlash degani.
[886] “Maʼa” kalimasi Alloh lafzidan keyin kelsa va maʼa kalimasidan keyin maʼlum bir shaxslar keltirilsa, shunda maʼa kalimasiga “yordam” degan maʼno beriladi. Chunki maʼa kalimasida sharaf va izzat maʼnolari ham bor. (Mufradot مع moddasi) Shunda “Alloh bardoshlilarga yordam beradi” degan maʼno chiqadi.
[887] Arz – yer degani. U kalima maʼrifalik alif-lom bilan kelgani uchun maʼlum bir yerni, yaʼni jang olib borilaytgan maydonni ifoda qiladi.
[888] (Muhammad 47:1-6) oyatlariga qarang.
[889] Keyingilik – jang maydonida dushmanni yengib bo’lib, jangdan qochgan g’animlarini ortidan quvib qaytib dushmanchilik qilolmaydigan darajada mutlaq hokimiyat o’rnatishingiz va Makkani fath qilishingizni xohlayotgan edi.
[890] Avvalroq yozib qo’yilgan qaror – Rumlilar Forslarga g’olib keladigan kuni mo’minlarni xursand qilishi haqidagi oyatdir (Rum 30:1-6).
[891] O’lja haqidagi yana bir oyat: (Anfol 8:41). Fidya haqidagi yana bir oyat: (Muhammad 47:4).
[892] (Baqara 2:218) va uning izohiga qarang.
[893]Bu oyatdagi valiy – har ikkala tarafdan bir-biriga nisbatan talab qilingan diniy, moddiy, siyosiy, huquqiy va har taraflama bir-biriga bo’lgan homiylik, tarafini olishlik, orqasida turib berish, yaqin do’stlik va himoya qilish degan maʼnolardagi javobgarlikdir.
[894] Aholisining katta qismi musulmon bo’lmagan yurtlardagi musulmonlarga nisbatan yordam qo’lini cho’zayotganida, u yerdagi g’ayridinlarga qarshi hech qanday zarar yetkazmagan holda harakat qilish kerak. Aks holda, u yerda musulmonlarga nisbatan katta fitna va mojarolar yuzaga chiqishi mumkin.
[895] Fitna kalimasi uchun qarang: Imtihon — (Aʼrof 7:155), Aldov — (Aʼrof7:27), Jahannam azobi — (Zariyat 51:10-14), Janjal, jang — (Baqara 2:216).
[896] Yaʼni, Makkadagi Musulmonlarga yordam beramiz deb yuritilgan siyosat va har qanday yordam agar ikki davlat (ikki xalq) orasida tuzilgan kelishuvlarga zid bo’lgan holda yoki ularga qarshi bir holatda bo’lsa, u yerda yashab turgan Musulmonlarning foydasiga ijobiy emas, aksincha, ularning zarariga bo’ladigan salbiy oqibatlar yuzaga keladi. Mojaro va kelishmovchiliklar va katta tartibbuzarlik va buzg’unchiliklar yuzaga keladi. Oxir-oqibat u yerdagi Musulmonlarni zulmiga va qatliga sabab bo’lishi mumkin.
[897] Mo’minlarni bir-biriga do’st va javobgar ekani hammaga maʼlum. Shu bilan bir qatorda, qarindosh-urug’chilik degan narsa ham bor. Meros masalasida mo’min yoki kofir ekaniga qaralmaydi. Aksincha, merosda eng yaqin qarindoshlardan boshlab taqsim qilinadi. (Niso 4:7-11, 33, 176), (Ahzob 33:6), (Luqmon 31:15).
[898] Katta haj kuni Qurbon bayramining birinchi kuni.
[899] Yuqoridagi eʼlon oylarning ikkinchi oyi bo’lgan Zulhijjada bildirilgan. Bu oyatda aytilgan oylar «al-Ashhur al-Harom» deb bilingan to’rtta oy emas, balki ikkinchi oyatda aytilgan daxlsizlik deb aytilgan to’rt oydir. Bu oylarga «oylar» deyilishini sababi – ularga bu oylarda tegib bo’lmasligi uchun berilgan. Chunki u oylarda ahdini buzgan mushrik bo’lsa ham ularga tegish qilingan.
[900] Madinadagi Musulmonlar bilan tuzilgan Kelishuvni buzgan o’sha Makkali mushriklar avval ham Muhammad a.s.ni o’ldirishga urinishgan, uni va uning yaqinlarini Makkadan chiqib ketishga majbur qilishgan. Allohning payg’ambariga nisbatan qilgan ularning bu jinoyatlari uchun ularga berilgan to’rt oy muddat ichida Makkadan chiqib ketishi jazosi tayinlangan edi, agar u yerda qolib xavf tug’dirishda davom etsalar, ushlangan joyida o’ldirilishga ruxsat berilgan. ushbu suraning 11-oyatiga ko’ra, agar ular tavba qilib o’zlarini tuzatsalar va buni o’z harakatlarida aks ettirsalar, endi ularga belgilangan jazo ijro qilinmasligi bildirilgan.
[901] Hudaybiya kelishuvi hijriy 28-yil, Zulqaʼda (m. 628, Mart )oyida tuzilgan. Musulmonlar bilan sulh tuzilganidan keyin mushriklar dunyoviy manfaatlar uchun o’sha sulhni buzdilar. Aytilishicha, Abu Sufyonnig birgina ziyofatini deb ular o’rtadagi sulhni buzishgan.
[902] Alloh tlo tavbakorlarni qanchalik yaxshi ko’rishini, qanchalik kechirimli ekanini mana shu oyatdan ham bilib olsa bo’ladi. Chunki, avval Allohga yolg’on to’nkagan, payg’ambarni yolg’onchi degan, keyin payg’ambarga va unga ergashgan mo’minlarga qarshi turli fitnalar uyushtirgan, bir-necha marta Islom va musulmonlarga qarshi jang qilgan insonlarga ham tavba imkoni bermoqda.
[903] Oyatga aloqador tafsilotli hukm va maʼlumotlar (Anfol 8:30), (Tavba 9:40), (Isro 17:76), (Muhammad 47:13), (Mumtahina 60:1).
[904] Bu va bu kabi barcha oyatlar so’zda musulmon bo’lib olib, amal qilmaydigan, amal qilsa ham qilayotgan amallarini riyo uchun qilayotgan va o’zlarini boshqa samimiy va xolis musulmonlarga teng qilayotgan munofiqlar haqida nozil bo’lgan. Bu haqidagi yana boshqa oyatlar: (Baqara 2:214), (Oli Imron 3:142), (Ankabut 29:2).
[905] Bu oyat har bir mushrik kofir va har bir kofir mushrik ekanini ishorat qiladi. Har bir aqlli insonning xilqati yaratuvchi bir ekanini tasdiqlaydi. Har bir shaxs o’zi qilayotgan ishi qanday ekanini vijdoniga qarab bilib oladi (Qiyomat 75:14).
[906] Shayton insonlari Allohning to’g’ri yo’li ustida turib vasvasa qiladi. Allohning uyi esa Uning masjidlaridir. Insonlar hidoyat va haqni Allohning uyidan istaydi. Demak, agar masjidlarga haqiqiy maʼnoda xizmat qila oladigan va masjidga chin maʼnoda maʼmurlik qila oladigan mo’minlarni tayinlab qo’yilmas ekan, ular asta sekin shaytonlarning vasvasasiga aldanib, to’g’ri yo’ldan toyib qolishlari mumkin, natijada o’zlaridan tashqari ular xizmat qilayotgan masjidga kelayotgan namozxonlarni ham yo’ldan ozdirishi va ularni Allohning to’g’ri yo’lidan uzoqlashtirib yuborishi mumkin.
Oyatning davomida «Allohdan boshqa hech kimdan cho’chimaydigan» jumlasi ham juda muhim. Bu jumla xolis bir mo’min bo’lishi shart ekaniga ham ishorat qiladi. Demak, diniy masalalarda faqatgina Allohdan qo’rqadigan va faqatgina Undan cho’chiydigan mo’minlar-gina masjidlarga maʼmur bo’lishi kerak.
[907] Bu va bu kabi oyatlarda «Alloh zolimlarni hidoyat qilmaydi» degan hukmlar bor. bu degani – zolim inson to zulmidan tavba qilib, haqqa moyil bo’lib, to’g’ri yo’lni tanlab kirmaguncha, Alloh unday kimsalarni majburan to’g’ri yo’lga solmaydi, degani bo’ladi. Kofir, mushrik, zolim yoki fosiq kishi o’z xatolaridan qaytib hidoyat yoliga kirmoqchi bo’lsa, Alloh albatta unga yo’l ko’rsatadi va hidoyat qiladi. Chunki, bu va bu kabi oyatlarda «Zolimlar tavba qilib hidoyatga kirmoqchi bo’lsa, Alloh ularga qarshi chiqadi» deyilmagan.
[908] Bu oyatdagi valiylik – ularning tutgan kufr yo’lida ularga haqiqiy yoki zohiriy maʼnoda muvofiq ish tutmaslikka, ularni kufrga buyurgan buyruqlariga itoat etmaslikka, toki imonga – imon yo’liga kirmaguncha ularni yo’liga ergashmaslikka va ularni qattiq sevmaslikka yoxud ularga sir aytmaslikka ishorat qilayotgan bo’lishi mumkin.
[909] Hunayn – Makka bilan Toif o’rtasidagi bir vodiy. Hunayn jangi musulmonlar va Havozin qabilasi o’rtasida Makka fath qilinganidan 20 kun o’tib sodir bo’lgan. Hunayn urushi musulmonlar va Havozin qabilasi o’rtasida Makka fath qilinganidan 20 kun o’tgach sodir bo’ldi. Rasululloh Makkaga qilgan safaridagi maqsadini Abu Bakr xorij hammadan yashirgan edi. Makka fathiga kelgan musulmonlar jamoasini Hunayn qabilasi ularga nisbatan ochilgan urush deb o’ylab, musulmonlarga qarshi Sakif ishtirokida katta armiya tuzgan. Makka fath etilgandan keyin vaziyatdan xabardor bo’lgan Payg’ambar alayhissalom katta qo’shin bilan Havozinga qarshi yurish qildi. Ammo jang maydonida ancha oldin joylashgan Havozin qabilasi bu hududning barcha manbalarini o’z foydalariga ishlatgan va urush boshida musulmon armiyasini tarqatib yuborgan. Jami 300 ga yaqin shahid bo’lgan urush musulmonlar foydasiga bo’ldi, Muhammad alayhissalom chekinayotgan qo’shinlarni qayta tuzdi va ikkinchi hujumni amalga oshirdi.
[910] Hudaybiyada ahdlashgan mushriklar ahdnomada belgilangan muddatgacha makkada qolishi mumkin edi. Demak, bu oyatda aytilgan mushriklar o’sha Hudaybiya kelishuvini buzgan mushriklardir. Chunki, (Baqara 2:216) oyatiga ko’ra Makkada kofirlar ham yashab yurishi mumkinligi bildirilgan. Imon va kufrning asosi insonning qalbida yashiringan bo’ladi, u yerga hech kim bosim o’tkaza olmaydi, majbur biron narsaga ishontira olmaydi. Shuning uchun ham Alloh taolo (Baqara 2:256) oyatida «Dinda majburlash yo’q»- deb buyurgan. Bir insonni faqatgina diniy eʼtiqodini deb biron bir yurtdan quvib chiqarish – dindagi eng katta majburlash hisoblanadi.
[911] Yaʼni, ushbu suraning boshida bildirilgan 4 oy ichida yashab qolishi, keyin ular Makkani tark qilishi buyurilgan.
[912] Baʼzilar mana shu oyatlarni asos qilgan holda mushriklar to qiyomatgacha Masjidul-Haromga kirmaydi deb iddao qiladi. Holbuki, aloqador oyatlarning barchasi birgalikda o’qisak, barcha mushriklar emas, balki ahdini buzib mo’minlarga qarshi jang ochgan mushriklar ekani, hamda Masjidul-Haromga emas, balki Makkaga shahriga ekani maʼlum bo’ladi.
[913] Jizya – jazoning farqli turini anglatuvchi masdar bo’lib, «maʼlum bir jazo» degani bo’ladi. O’sha maʼlum jazo qaysi jazo ekanini quyidagi (Muhammad 47:4) oyatidan bilib olamiz. Jangda mag’lub bo’lganini tan olib, o’sha jazoni o’z qo’llari bilan berishi kerak bo’lgan holat – asir tushib taslim bo’lishlaridir. Ularni to’laydigan to’lovlari – bekorga ozod qilinmagan asirlarning to’laydigan fidyalaridir. Anʼanaviy dinda kunimizgacha davom etib kelgan, yaʼni g’ayridinlarning erkaklaridan olinadigan qo’shimcha soliq turi bo’lgan jizyaning hech qanday dalili yo’q.
[914] (Ankabut 29:46) oyatida zulmkor bo’lganlaridan boshqa hech bir ahli kitobga qarshi jang qilmaslikni buyurilgan. Bu oyatda aytilgan g’ayrimuslim dindorlar orasidagi zulmkorlari – bizga qarshi jang boshlaganlar hisoblanadi (Baqara 2:190).
[915] Ahbor yahudiylarning din peshvolari nazarda tutiladi (Moida 5:44), (Moida 5:63). Ruhbon deb Nasroniy diniga mansub bo’lgan din peshvolari nazarda tutiladi (Moida 5:82), (Hadid 57:27). Rohib va ahborlar orasida haqiqiy ulamolari bo’lganidek, o’ziga omonat qilib topshirilgan din va Ilohiy kitobga xiyonat qilganlari ham bor (Tavba 9:31-34).
[916] Allohning so’zidan, Allohning hukmidan ko’ra boshqalarni so’zi va hukmini afzal bilish va ustun ko’rish – o’sha insonlarni o’ziga robb qilib olish deyiladi.
Adiy ibn Hatim aytadi: «Men Rasulullohni yoniga keldim, bo’ynimda oltin xoch bor edi. Rasululloh menga: «Ey Adiy, shu butni tashlab yubor!»- dedi. Keyin Rasulullohdan yuqoridagi oyatni tingladim. Rasululloh aytdiki: «Ular bu (bilimdon va dindor)larga ibodat qilishmagan. Lekin, ular nimani halol desa halol deb, nimani desa deb ketaverishgan. Ularni o’zlariga robb qilib olishlari mana shunday bo’lgan.» (Termiziy, Tafsirul-Qurʼan 10.)
[917] Qurʼon va undagi hukmlarga kim qanchalik qarshi chiqmasin, baribir Alloh uni o’rtaga chiqaradi. Qurʼon va undagi hukmlar mukammal tarzda nozil bo’lib bo’lgan (Moida 5:3). Endi undagi hukmlarni hayotga tatbiq qilish qoldi, xolos (Sof 61:8). O’xshash oyatlar: (Tavba 9:32), (Nuh 71:7).
[918] Qaysi dinning peshvosi yoki bilimdoni bo’lishidan qatʼi nazar, agar u inson oxiratdan ko’ra dunyoni, Allohning hukmidan ko’ra o’z orzu-istaklariga ergashishni afzal bilsa, u o’sha kundan boshlab insonlarning mol-mulkini nohaq yeb ketishni va insonlarni asl haq yo’ldan – Allohning yo’lidan to’sishni boshlaydi. Insonlar o’zlari orasidagi bilimdonlar va dindorlarni ilohlashtirib va ularni muqaddaslashtirib olganidan foydalanib, ulamo va dindorlar insonlarning mol-davlatini har turli botil yo’llar orqali yeb ketishi mumkinligi haqida Alloh taolo bayon qilib qo’ydi.
[919] Chorasiz va faqir insonlar boylardan yordam so’raganida, baxil boylar imkoni bo’la turib miskin va faqirlarga yonboshini qilib, yoki orqasini qilib yuz o’giradi, yoki yuziga tik qarab yordam bermasligini bildirib ketaveradi. Mana shu sababli ham ularga shunday jazo berilsa kerak.
[920] oylar – Zulqaʼda, Zulhijja, Muharram va Rajab oylar.
[921] Oy taqvimi bilan quyosh taqvimi o’rtasida 11 kun farq bor. Shu bois haj mavsumi quyosh taqvimiga ko’ra har yil 11 kun ortga qaytadi. Bu holat Makka aholisining asosiy moddiy va iqtisodiy holatini tikkalab turadigan va tijoratni avj oldiradigan mavsumni doimiy bo’lishiga qarshilik qiladi. Chunki, ko’pchilik insonlar qish fasllarining sovuq kunlarida uzoq haj safariga chiqishga bir necha sabablarga ko’ra ikkilanib qoladi. Aynan mana shu holatni tuzatish uchun Makka ahli qomariy oylarni bir yil Allohning amriga ko’ra, yana bir yil esa o’z manfaatlariga ko’ra tartibga solishga urinishardi. Mana shu xiylaning nomi «nasiyʼ» deyiladi. Quyosh yili oy yili bilan har 33 yilda tenglashadi.
[922] Qalbida kasali bor, o’z tabiiy fitratini buzib o’zini umuman o’zgartirib yuborgan, gunoh ishlarga ham jismonan hamda ruhan o’rganib ko’nikib qolgan va yomon ishlardan zavq oladigan kimsalarga shayton qilayotgan jirkanch ishlarini chiroyli qilib ko’rsatib qo’yadi. Qarang: (Anʼom 6:43), (Anfol 8:48), (Nahl 16:63), (Naml 27:24), (Ankabut 29:38).
[923] Rasulullohga dushmanchilik qilayotgan Makkalik mushriklar Rasulullohni o’ldirishga, daʼvatini to’xtatib qolishga va surgun qilishga kelishib olib, mana shu so’zda birlashishgan edi. Alloh ularning bu so’zini yo’qqa chiqardi. Alloh eng yaxshi tadbir va reja tuzuvchidir. Zotan, Alloh (Soffat 37:171-173) (Mujodala 58:21) oyatlarda O’z elchilarini qutqarib qolishi haqida so’z bergan.
[924] Bu oyat Tabuk g’azotiga bormay musulmonlardan ayrilgan munofiqlar haqida tushgan. (Asbabun-Nuzul lil-Vohidiy, Bayrut.)
[925] Yaʼni, imonini va vatanini himoya qilish uchun qilinadigan jang mo’minlarning zimmasidagi burchi bo’lgani holda, ular jangga chiqmaslik uchun sendan aslo ruxsat so’ramaydi, degan mazmun ifodalaydi.
[926] Bu oyatdagi gunoh – uzrsiz holda jangga chiqmaslikka ruxsat so’rashdir.
[927] Munofiqlar o’zlarini musulmonlar bilan bir safda deb ko’rsatib, ularning orasiga kirib olib, musulmonlar o’rtasida g’iybat, chaqimchilik, fisq-u fasod, qo’rquv va shubha tarqatib fitna qilishga va mo’minlarni muammoga tiqishga urinishadi. Munofiqlarning xarakteri va feʼl-atvori haqida qo’shimcha maʼlumot uchun qarang: (Baqara 2:8, 9, 10-210) va (Munofiqun 63:1-8)
[928] 49-oyatdan boshlab to 60-oyatgacha asosan munofiqlar va ularning xarakter va xiylalari haqida xabar beriladi. Munofiqlarni Jahannamga tushishi asl fitnaga tushishi hisoblanadi. Chunki eng katta qiyinchilik va muammoli hayot tarzi Jahannamda bo’ladi. Fitnaning maʼnolaridan biri — qiynash, muammoga solishdir.
[929] Bu oyatlar munofiqlarning Tabuk janggiga chiqishdan avvalgi holatini bayon qilib beradi. Aynan mana shunday deb jangga chiqmaslikka ruxsat so’ragan shaxs Jadd ibn Qays ekani va bu gapning tagida uchta farqli maʼnolar bo’lganini ham bildirishgan:
- Mengaruxsat bermasang ham bersang ham men baribir jangga bormayman, shuning uchun ham meni shu yerda qolishim uchun ruxsat ber. Ruxsat bermasang ham shu yerda qolsam katta gunohga qo’l urgan bo’laman, meni bu gunohga ishni qilishimga sababchi bo’lma.
- Mengaruxsat ber va meni qiynama. Chunki hozir juda issiq, men esa issiqqa chidolmayman.
- Agarmen urushga borsam, oilam va mol-davlatim zoye bo’ladi. Shu sababli menga ruxsat ber va meni xonavayron bo’lishimga sababchi bo’lma (Tafsir Tobariy, Tafsir Kabir, Anvorut-Tanzil, Tafsir Abu Hayyon Andalusiy).
[930] bu oyatdagi yozib qo’yish deganda ikkita maʼno chiqadi:
- Alloh taolo boshqa oyatlarda Alloh yo’lida mol-u joni bilan jang qiladigan mo’minlarga jannat beraman, deb vaʼda qilgan va u Qurʼonda yozib qo’yilgan (Tavba 9:111), (Sof 61:10-13). Bizga o’lganimizdan keyin mana shu narsa tegadi, degan maʼno ham chiqadi.
- (Hadid 11:22) oyatiga ko’ra, yer yuzida yoki insonning o’z vujudida biron bir hodisa yuz berishidan oldin uni Alloh taolo bir daftarga yozdirib qo’yadi. Demak, Alloh taolo mana shu narsa bo’lsin, deb yozdirganidan keyin bir ish yuzaga chiqadi, ungacha hech narsa sodir bo’lmaydi. Agar Alloh o’sha ishni bo’lishini ravo ko’rmasa va yozdirmasa va «Bo’l» deb buyurmasa hech narsa bo’lmaydi. Demak, bizning harakatimiz va niyatimizga qarab Alloh bizga nimani ravo ko’rib yozsa mana shu narsa bo’ladi, degan maʼno chiqadi. Zotan, har ikkala maʼno ham haq.
[931] Ikki yaxshi oqibatning biri g’alaba va nusrat, ikkinchisi jannatdir. Mo’minlar uchun bu ikki oqibatning har ikkalasi ham yaxshilikdir.
Bu oyatdagi sadaqani baʼzilar zakot deb aytgan bo’lsa, yana boshqalar umumiy xalqdan yig’ilgan xayriya pullar deb aytgan. Sadaqa bilan sadoqat aynan bitta kalimadan turlanadi. Sadaqa – insonni Allohga bo’lgan sadoqatini ko’rsatadi. Ushbu suraning 103- oyatiga ko’ra Rasululloh Madinada yashaydigan mo’minu-munofiqlarning barchasidan sadaqa olgan. Bu – musulmonni Allohga bo’lgan sadoqatini, g’ayri dinni yashab turgan davlatiga bo’lgan sadoqatini ko’rsatadi. Sadaqa va kerakli ishlarga infoq-ehsonlar insonlarning o’ziga kerakli bo’lgan ehtiyojidan ortganidan olinadi (Baqara 2:219).
[933] Faqir – davomli moddiy yordamga muhtoj kimsalarga aytiladi. Masalan, ishga yaroqsiz holdagi har turli nogironligi bor kishilar, boquvchisi yo’q oilalar, moddiy taʼminotdan uzilib qolgan qariyalar va.hk. Miskin – doimiy emas, nimadir sabab bo’lib vaqtinchalik ishsizlikka tushib qolgan yoki o’z moddiy ehtiyojini vaqtinchalik uddasidan chiqa olmayotgan kimsalardir. Bu haqida shunday rivoyat bor: «Miskin – bir bo’lak yoki ikki bo’lak yegulik bilan kifoyalanadigan kishi emas, lekin ehtiyoji bo’la turib uyalganidan yoki birovdan qayta-qayta sadaqa so’ray olmagani uchun hech kimdan yordam so’ramaydigan kishidir.» (Buxoriy, Zakot, 53, Muslim, Zakot, 101, Abu Dovud, Zakot, 23, Nasoiy, Zakot, 78).
[934] Islomga kirsa Islom va musulmonlarga katta foydasi tegishi umid qilingan kimsalarga zakot va sadaqalardan bersa bo’ladi. Chunki, Rasululloh Hunayn jangidan keyin Makkaning zodagonlaridan bo’lmish Safvon ibn Umayyaga bir miqdor mol-davlat bergan. Shunda Safvon: «U mening eng yomon ko’rgan insonim edi, lekin u menga moddiy yordam berishda davom etdi va mening eng sevimli kishimga aylandi.» (Ahmad ibn Hanbal, Musnad, 153).
[935] Bu oyatga ko’ra zakotlar to’rt toifadagi insonlarning shaxsan o’z qo’liga beriladi, yana to’rt xil joylarga sarflanishi uchun alohida vaqf (fond) ochiladi. Hammasi bo’lib sakkiz o’rinda ishlatiladi. To’rt toifa insonni o’z qo’liga berilishi va yana to’rt xil holat bo’yicha kerak bo’lganida sarflanishi uchun fond tashkillashtirilishini oyatdagi «lom» va «fiy» harflari bayon qilib beradi. Oyatni boshidagi to’rt toifa uchun lom harfi, qolgan to’rtta o’rin uchun esa fiy harfi ishlatilgan.
[936] Hamma gapga quloq solaveradi – uzri bo’lsa ham, yoki uzri bo’lmasa ham kechirim so’rab kelgan har kimning uzrini qabul qiladigan, hammani dardini birdek eshitadigan kimsaga aytiladi. Rasulullohning xulqi va odobi juda halim va kechirimli bo’lgani uchun, uzr so’raganlarning asosli uzri bo’lsa ham bo’lmasa ham kechirib yuborgan. Chunki, Rasululloh nafsoniyati uchun birovdan intiqom olmagan (Buxoriy, 3520, Muslim, 2327, Abu Dovud, 4785, Imom Ahmad, 26404). Hatto Rasulullohga nisbatan pastkash deb aytilgan so’z uchun ham javob qaytarmagan (Munofiqun 63:8).
[937] Bir kuni munofiqlar yig’ilib qoladi. Ulardan Julos ibn Suvayd va Vadiyʼa ibn Sobit ham bo’lib, ular Payg’ambar alayhissalom haqida bo’lmag’ur gaplar to’qishib, u kishini haqorat qilib mazax qiladi. Ular orasida Omir ibn Qays deb chaqiriladigan bir bolakay ham bo’ladi. Shunda ular: «Agar Muhammad haq bo’lsa, biz unda eshakdan ham yomon ekanmiz-da», deydi, buni eshitgan bolakayni jahli chiqib: «Allohga qasamki, Muhammad nimaiki degan bo’lsa u haqdir va sizlar eshakdan ham yomonsizlar» deb, Rasulullohni oldiga borib xabar beradi. Rasululloh ularni chaqirtirib, ulardan bu haqda so’raydi, ular «Omir yolg’on gapiryapti» deb qasam ichishadi. Shunda Rasululloh: «Allohim! Yolg’onchini yolg’onidan rostgo’yni rostligi o’rtaga chiqib oshkor bo’lmaguncha bizni ayirmagin», deb duo qiladi. Shunda ular haqida mana shu (61, 62) oyatlar nozil bo’ladi. (Suyutiy, ad-Durr, 3:253. Vohidiy, Asbobi Nuzul) O’shanda munofiqlar Rasululloh haqida «U quloq, kim nima deb borsa hammaga quloq solib eshitaveradi», deyishgani aytiladi. Rasululloh har kimni har qanday dardini va gapiga quloq solib eshitar edi, munofiqlar esa Rasulullohni bu go’zal xislatini ham yomon tarafga burib, u hammaga quloq solib ketaveradigan quloq», deb orqasidan haqoratli gaplar tarqatishar edi. Bunday munofiqlar kunimizda ham uchrab turadi. Insonlarni orqasidan turli-tuman gaplar tarqatishib, keyin isloh vaqtida yoki guvohlar oldida gapidan tonib olishadi va rostgo’ylarni yolg’onchiga chiqarib yuboradi. Bu oyatlar musulmonlar juda ham ehtiyotkor bo’lishlari va siddiqlar bilan birga bo’lishiga dalolat qiladi.
[938] Bir kuni ansor musulmonlar Rasulullohni haqorat qilgan munofiqlarning yoniga borishganida, munofiqlar aslo bu ishga qo’l urmagani haqida Allohga qasam ichishadi. Alloh ularni (unday kimsalarni) yolg’onchi ekanini bildirib qo’ygan. Demak, bu oyat ansor musulmon va ularga yolg’on qasam ichgan munofiqlar haqida nozil bo’lgan. Bu – musulmonlar nihoyatda ziyrak va tadbirli bo’lishi kerakligiga ishorat qiladi.
[939] Bu oyatning sababi nuzuli haqidagi bir rivoyat quyidagicha: Abu Maʼsar va Muhammad ibn Kaʼb va boshqalarning bildirishicha, munofiqlar orasida bir odam shunday dedi: «Ko’rib turibman, oramizda Qurʼonni o’qib-o’rganib u bilan mashg’ul bo’layotganlarning oshqozoni biznikidan ham ishtahali, til tomonlama bizdan ham yolg’onchi va dushman bilan yuzlashishda bizning eng qo’rqoqlarimizdir.» Uning bu so’zlari Rasulullohga yetib bordi va uni chaqirtirdi, Rasululloh uloviga minib yo’lga chiqib ketayotganida munofiq kelib: «Ey Allohning Elchisi! Biz shunchaki hazillashib laqillab turgan edik». dedi. Shunda Payg’ambarimiz ushbu suraning 65 va 66-oyatlarini o’qidi.
[940] Ushbu suraning 71- oyatida mo’minlar ham bir-birining himoyachi do’sti ekani, (Anfol 8:73) oyatida kofirlar ham bir-birining yordamchi do’stlari ekani bildirilgan. Bu oyatda munofiqlar ham bir-birining yordamchilari, munofiqlikda bir-biriga ko’makdosh ekani bildirilgan. Shuning uchun mo’minlar kofirlarni ham, munofiqlarni ham o’zlariga rahbar, yordamchi va eʼtimod qilinadigan shaxs sifatida ko’rmasligi kerak, ularga ishonmaslik kerak.
[941] Allohni unutdilar degani – Allohning neʼmatini unutdi degani. Chunki, to’g’ri maʼnodagi unutish gunoh hisoblanmaydi (Baqara 2:286). Munofiqlar Allohning neʼmatini va unga shukr qilishni unutdi, qilgan ishlariga javoban Alloh ham ularni xuddi unutgandek ahvolga solib qo’ydi. Yaʼni, ular Allohdan tavfiq so’ramadi, Alloh ham ularga tavfiq bermadi. Ixlos so’ramadi, Alloh ham ularga ixlos nasib qilmadi.
[942] Jumlaga mahallan nasb eʼrob berib, taqdiran feʼliy jumla qilib tarjima qilindi.
[943] Mo’minlar dunyoda ham oxiratda ham baxtli yashashga va dunyoda yashar ekan, oxiratligini ham unutmasligi kerak (Baqara 2:201). Dunyodagi imkoniyatlardan oxirat uchun ham nasiba ajratib yashagan solih qullarga Alloh taolo dunyoda ham baxt-farog’at va katta imkoniyat va neʼmatlar berib qo’yadi. Qarang: (Ankabut 29:27).
[944] Qurʼonda Madyan kalimasi 10 yerda kelgan. (Aʼrof 7:85-92), (Hud 11:84), (Ankabut 29:36) oyatlarga ko’ra Shuayb payg’ambar bo’lib yuborilgan xalq yashagan yurtga aytilgan. (Toha 20:40), (Qasos 28:22-28) oyatlarda esa, Muso a. s. Misrdan chiqib ketib uylangan qishloq uchun ham ishlatilgan. (Tavba 9:70), (Haj 22:44) oyatlarda ham shunday kelgan. (Hijr 15:78), (Shuaro 26:176), (Sod 38:13) va (qof 50:14) oyatlarda esa, o’sha yurtni Ashobul-Ayka deb ham aytilgan.
[945] Oyatning so’ngida Alloh O’zining Aziz degan ismini keltirishidan hikmat shuki, yuqoridagi sifat va xislatlarga ega bo’lgan mo’minlarga Alloh O’z izzatidan, g’alabasidan va ustunligidan beradi, degani bo’ladi. Chunki izzat va azizlik Allohga xos, uni faqat unga munosib bo’lgan mo’min qullariga beradi. Agar mo’minlar izzatli va g’olib bo’lmasalar, demak ular aybni o’zlaridan qidirishi va yuqoridagi mo’minlarga xos bo’lgan fazilatlarga ega bo’lgan holda yashashlari kerak bo’ladi.
[946] Yuqoridagi oyatlarda munofiqlarni yomon va jirkanch xislatlarini bayonidan keyin, bu oyatda mo’minlarni go’zal tabiatlari va fazilatlari haqida bayon qilmoqda. Alloh taolo mo’minlarning barchasi shunday bo’lishga buyurgan, ular doim amri maʼruf va nahiy munkar qilib turishi kerak (Oli Imron 3:104). Payg’ambarim alayhissalomdan bu oyatga aloqador shunday rivoyat bor: «Rasululloh: «Mo’min mo’min uchun bir qismi boshqa bir qismini bog’lab mustahkamlab ushlab turadigan bitta bino kabidir», dedi va barmoqlarini birlashtirdi (Buxoriy va Muslim, Abu Musho al-Ashʼariydan). Yana bir hadisda shunday degani aytiladi: «Mo’minlarni bir-biriga bo’lgan samimiy do’stligi va o’zaro yaxshilik qilishlari xuddi bitta vujud kabidir (shunday bo’lishi kerak). Agar o’sha vujuddagi bitta aʼzo (nimadandir) shikoyat qilsa, qolgan barcha aʼzolar u uchun isitma chiqarib bezovta bo’lishda va bedorlikda birlashadi (Buxoriy va Muslim, No’mon ibn Bashirdan).
Bu oyatni yana-da mukammal tushunish uchun (Oli Imron 3:104, 110) oyatlari va izohlariga qarang.
[947] Bu oyatdagi kofir va munofiqlar ushbu suraning boshidan beri tushuntirib kelinayotgan, ayniqsa 68-oyatda bildirilgan munofiq va kofirlardir. mana shularga nisbatan qattiq qo’l bo’lishga buyurilgan.
[948] Ahdiga vafo qilmaslik munofiqlik ekani mana shu oyatdan maʼlum bo’ladi.
[949] Qalbidagi nifoq – munofiqlikda davomli qolib ketish, yoki o’rtalarida o’zaro nafrat va adovat paydo qilib qo’yish bo’lishi ham mumkin. Qarang: (Moida 5:14, 64).
[950] Munofiqlar o’zlari qilgan ehsonlarini faqat maqtanish va riyokorlik uchun qilishgani uchun, qolgan mo’minlarni ham shunday gumon qilib, bular riyo uchun ehson qilyapti, deb gap tarqatishgan. Nimani topsa shuni sadaqa qilgani kelgan mo’minlarni es ustidan kulishgan. Bu holat hozirgi kunimizda ham davom etmoqda.
[951] Alloh yo’ldan chiqqan kimsalarni yo’lga solmaydi, fosiqlikni tanlagan vaqtida haq yo’lga muvaffaq qilmaydi, yoki dunyoda fosiq bo’lib yashagani uchun oxiratda jannat yo’liga yurgizmaydi, degan maʼno chiqadi.
[952] Uzri sababli jangdan ortda qoluvchilar – ayollar, yosh bolalar, bemorlar va yoshi ulug’ keksalardir. Uzrsiz holda jangdan qolib ketadiganlar munofiqlardir.
[953] «Itoatsiz» deb tarjima qilingan so’z «fosiq kalimasining ko’plik shakli bo’lgan «fosiqun»dir. Fosiq — aql va fitratga xilof ich qiluvchi, Allohning buyrug’ini tark qiluvchi, Haq yo’ldan adashib ketuvchi, gunoh (jinoyatga) qo’l uruvchi, Allohning aytganini so’zsiz bajarishdan bosh tortuvchi, Islom shariat taqiqlagan ishni amalga oshiruvchi, degan maʼnolarni bildiradi. (Qarang: Mufradot, Lisan, Muʼjam, Qomus, as-Sihoh, f-s-q moddasi)
[954] Munofiqning oxiratdagi jazosi aniq. Uning dunyodagi azobi – o’zi ich-ichidan ishonmagani va yoqtirmagani holda mo’minlar safida o’z yaqinlariga qarshi janglarda qatnashib turishi, o’zlari xohlamagan va sevmagan insonlarga xayr-ehsonlar qilishi, qalbdan ishonmagani holda musulmonlarga ham jismonan hamda moddiy yordamlar berib turishi va shu kabi Islom ahkomlarini majburan bajarib turishidir.
[955] Bu oyatdagi zaiflar toifasiga yoshi keksayib munkillab qolgan qariyalar, tug’ma nogironligi bo’lgan kimsalar – ko’rlar, cho’loqlar, o’ta nimjon kasalmand kimsalar va shular kabi insonlar kiradi. Bemorlar deganda – vaqtincha bemor bo’lib qolgan shaxslar kiradi.
[956] Yaʼni, ularning «baʼzi xabarlari» deganda, 95-oyatdagi — ular eng zararli insonlar ekani, ular o’zini tuzatmasligi va unday munofiqlarning borar joyi Jahannam ekanini — haqidagi xabar bo’lishi ham, yoki 47-oyatdagi — ular musulmonlar bilan jangga chiqmaydilar, agar chiqsalar ham fitna qilish va muammo tug’dirish uchun chiqishlari haqidagi xabarlari bo’lishi ham mumkin.
[957] Ularning haqni tan olmasligi va munofiqligiga asosan ilmsiz johil ekani sabab bo’lgan. Chunki Imon tasdiq orqali hosil bo’ladi, tasdiq esa faqatgina ilm (idrok) orqali erishiladi.
[958] 97 va 98- oyatlarda Alloh taolo zakotlarini bermay yuradigan munofiqlarni xabarini bildirishi bilan mo’minlarni ham ogohlantirmoqdaki, agar bir mo’min zakotini o’z vaqtida va o’z o’rnida ado qilmasa, u ham ushbu oyatlarda aytib o’tilgan munofiqlarga o’xshab qolishi mumkin. Oyatlarda munofiqlarning yomon xislatlarini zikr qilinishi – musulmonlarni ogohlantirish uchun bo’ladi. Munofiqlar haqidagi oyatlarni o’qiganda, u oyatlardan faqatgina maʼlumot olish uchun emas, balki o’sha munofiqlarni qilgan ishidan uzoq bo’lishi va ularga zid ish tutishi kerakligini ham bilib olib, undan uzoq bo’lish kerak.
[959] Bu va bu kabi oyatlarda keltirilgan rahmat so’zi jannatga ishorat qiladi. Chunki, jannatga kiradigan insonlarga Alloh uni O’zining fazl-u marhamatidan kelib chiqib beradi. Agar Alloh marhamat qilib jannatni bermaganida, hech uni Allohdan majburan yoki talab qilib ololmas edi. Solih mo’minlarni jannatga kirgizishi – Allohning eng katta yaxshiligi va rahmatidan biridir.
[960] 97-oyatda cho’l arablari kofirlik va munofiqlikda juda ham qattiq ekani aytilgan edi, 99- oyatda esa ular orasida imonli va insoflilari ham borligi va ular Allohning mag’firati va rahmatiga musharraf bo’lishi haqida aytilmoqda. Demak, cho’l arablarining hammasi ham badaviy emas.
[961] Bu oyatdagi muhojirlar – Payg’ambar alayhissalom davrida imonini va jonini saqlab qolish uchun Makkadan ko’chib ketgan musulmonlar. Bu oyatdagi Ansorlar – Makkadan ko’chib kelgan musulmonlarni qo’llab-quvvatlab yordam bergan, o’zidagi imkoniyatlardan ularga ham ulashgan musulmonlardir.
[962] Peshqadam deganda Islomga kirishda bo’lishi ham mumkin, muhojirlik yoki ansor bo’lishda bo’lishi ham mumkin.
[963] Alloh taolo Payg’ambar alayhissalomga munofiqlarning baʼzi xislatlarini tanitib qo’ygan. Rasululloh o’sha xislatlari orqali munofiqlarni tanib olar edi. Masalan: Gapirish ohangidan (Muhammad 47:30), namozga erikib zo’rg’alatdan kelishidan (Niso 4:142), yoki yuqoridagi oyatlarda aytilgani kabi, uzri bo’lmagani holda jgndan qolib ketishi orqali. Lekin, bu oyatda yanada ehtiyot bo’lishini bildirib, sen aslo munofiqligini bilmaydigan ustagar munofiqlar bor deb ogohlantirib qo’ymoqda. Hatto Rasululloh o’z yonidagi o’zini sahoba ko’rsatib yurgan insonlarni qaysi biri munofiq ekanini ajrata olmagan bo’lsa, biz bu davrda juda ham ehtiyot bo’lishimiz, ogoh bo’lishimiz kerak.
[964] Munofiqlarni dunyoda ikki marotaba jazolanishi – musulmonlarni ich-ichidan sevmagani, ularni o’ziga dushman deb bilgani holda ularga infoq-ehson qilishga majbur bo’lishi, hamda ich-ichidan ularni o’zlariga do’st deb bilgan kofirlarga qarshi jang qilishi va jang maydonida o’ldirib yuborilishidir. Ular uchun bu juda katta jazo bo’ladi. Ular dunyoda ham oxiratda ham qolgan kofirlarga nisbatan ikki barobar ko’p jazo oladi. Chunki, kofirligi bir gunoh, musulmonlar orasida o’zlarini musulmon ko’rsatib aldab yurishi yana bir gunoh.
[965] Quyidagi oyatlarga ko’ra, bir jamiyatda yashab turgan har bir shaxsdan dini, irqi, millati yoki nasabidan qatʼiy nazar, ularning barchasidan yashab turgan jamiyatiga bo’lgan sadoqatini ifodasi o’laroq sadaqa olinadi: Mo’minlardan: (Tavba 9:71,72,88-92,99,100). Munofiqlardan: (Tavba 9:61-70, 73-83, 93-98, 101). Hamda (Tavba 9:102) oyatda aytib o’tilgani kabi, kofirligini tan olgan insonlardan ham sadaqa olishini buyurilgan. Mo’minlardan olingan sadaqaga zakot deyiladi. Bu – ularning Alloh va rasuliga bo’lgan ishonchini va sadoqatining nishonasi bo’ladi. Rasululloh Madina xalqidan olgan sadaqalari bilan ularning o’zlarining taraqqiyoti va iqtisodiyoti uchun, hamda xalq orasidagi moddiy yordamga muhtoj kimsalarga yordam berish uchun sarf qilgan. Zotan, sadaqalar jamiyatdagi boylardan olinib, avvalo moddiy yordamga muhtoj kimsalarga berilishi kerakligi haqida Ushbu suraning 60- oyatda bayon qilingan.
[966] Baʼzilar bu oyatga “ularning haqqiga duo qil”. Bundan avvalgi va keyingi oyatlarda aytib o’tilgan kimsalar munofiqlar bo’lgani uchun, biz bunday maʼno bermadik. Chunki, minofiqlarning haqqiga duo qilib bo’lmaydi. Rasululloh ularning haqqiga qancha duo qilsa ham foydasi yo’qligi boshqa oyatda bildirib o’tilgan: (Tavba 9:80). «Va solli alayhim – ularga davomli dastak bo’l», deb tarjima qilinishi – arab tili qoidasining talabidir. Qarang: Zajjoj (v. 311) «solat» kalimasining asl o’zak maʼnosi «luzum» uzluksizlik va davomiylikdir… «Namoz — Alloh taolo davomli ado etilishini buyurgan ibodatlardan biri bo’lgani uchun, besh vaqt namozni «salot» deb atagan, deydi Zajjoj (Lisanul-Arab). Solat kalimasiga namoz deb tarjima qilish uchun, bu kalima «iqomat» amri bilan birga yonma-yon kelishi kerak.
[967] Oyatdagi «Elchi» Muhammad a.s. bo’lishi ham mumkin, yoki amallarni yozib turuvchi elchi farishta bo’lishi ham mumkin. Tavba qilgan yoki qilmagan bo’lishidan qatʼiy nazar, inson qilgan ishi baribir kun kelib ochiqqa chiqadi. Ana shunda mo’minlardan kimlardir baribir o’sha ishga guvoh bo’ladi va insonning munofiq yoki samimiy ekani o’rtaga chiqib oshkor bo’ladi. Bu oyat munofiqlar uchun tahdid va ogohlantiruvdir.
[968] Bu oyatda keltirilgan kishilar Ushbu suraning 118-oyatida zikr qilinadigan shaxslar bo’lishi mumkin (Maonil-Qurʼon, Imom Farro).
[969] Bu oyatga ko’ra dinda bo’linish Islom va musulmonlar uchun eng katta zarar ekani o’rtaga chiqmoqda. (Oli Imron 3:103) oyatiga ko’ra esa, dinda bir bo’lish va bo’linmaslik rahmat va buyuk neʼmat ekani bilinmoqda. Shu bois Alloh taolo ko’plab oyatlarda Qurʼonni mahkam ushlanglar va bo’linmanglar, deb buyurgan.
[970] Bu oyat, masjidda Alloh va Rasuliga qarshi bo’lgan insonlarning buyruqlarini kutib o’tirib, aynan ular aytgandek harakat qilishga tayyor turgan munofiq va sotqinlarga ishorat qilmoqda.
[971] Bu oyatga ko’ra, mo’minlarga zarar yetkazilayotgan, masjidlarda o’tirib olib o’zlari ham dinga qarashi faoliyatda bo’lib, hamda boshqalarni ham shunga targ’ib qiladigan, masjidlarda haq va haqiqatlar qolib, botil so’zlar bilan musulmonlarni chalg’itayotgan, mo’minlarni Allohning Kitobida birlashtirishni o’rniga, o’rtasini ayirib tashlayotgan, Alloh va rasuliga qarshi fikr yuritadigan insonlarni u yerda kutib olib, ular nima desa shu ishlarni amalga oshirishga tayyor turgan masjidlar masjidi ziror deyiladi. Unday masjidlarda namoz o’qilmaydi.
[972] Rasululloh Madinaga borganda payg’ambarlik va elchilik faoliyatini asosan Masjidi-Nabaviyda olib borgan.
[973] Bu oyat bir majozdir. Ularning barpo qilgan narsalari qurgan uylari yoki shaxarlari emas, balki o’zlari to’qib olgan dinlari, siyosatlari yoki xom-xayollaridir.
[974] «Hidoyat qilmaydi» degan jumladan «Hidoyat va haq yo’lga majburlab kirgizmaydi» degan maʼno ham chiqadi, «Oxiratda jannat yo’liga yo’llamaydi» degan maʼno ham chiqadi. Chunki, zolimlik qilgani holda tavba qilmay o’lgan kimsalarni Alloh jannatga ravo ko’rmaydi. Eng katta zulm bu shirkdir.
[975] Bu va (Ibrohim 14:40, 41) oyatlari ko’ra Ibrohim alayhissalom ota-onasini haqiga Allohdan mag’firat so’rab duo qilgan. Otasining aniq kofir ekani maʼlum bo’lganidan keyin esa u ishidan voz kechgan. Xuddi shunday, Rasululloh ham baʼzi bir munofiqlarni munofiqligi, musulmon qiyofasidagi mushriklarni mushrik ekani aniq maʼlum bo’lmay turib ham ularga duo qilgan bo’lishi mumkin. Biroq, kimning munofiq ekani va kimning mushrik ekani aniq maʼlum bo’lganidan keyin aynan ularning haqiga duo qilishdan man qilindi.
[976] Mushriklarni haqiga istig’for talab qilib duo qilishni taqiqlagan, oyatni tushirmay turib bilmasdan duo qilib qo’ygan mo’minlarni Alloh taolo adashganlar deb hukm qilmadi. Ammo, kimki taqiqlangan hukm oyatlari nozil bo’lganidan keyin ham o’sha taqiqlarni buzsa va shu ishda oyoq tirab olsa, Alloh taolo ularni adashgan deb hukm qiladi. Bu oyat yana shunga ham ishorat qiladiki, biron bir hukm nasx etilganini yaʼni, uning o’rniga undan yengilroq hukm joriy qilinganini bilmay turib, eski hukmga amal qilib kelganlar – agar qilgan ishlari savobli ish bo’lsa, albatta ajrini oladi, agar gunoh bo’lsa undan javobgar bo’lmaydilar. Lekin, haromni harom ekanini bilganidan keyin bilib turib unga qo’l ursa, aniq gunohkor bo’ladi. Ibodatlarda ham nasx masalasini o’rganganidan keyin albatta yangi va yengil hukmga o’zgartirish kerak. Ramazon kechalarida ayoli bilan qo’shilish va tahorat masalalari bunga yaqqol misol bo’ladi (Baqara 2:187), (Moida 5:6).
[977] Bu oyat, muhojir va ansorlarning Uhud va Hunayn janglarida yoki boshqa vaqt yo’l qo’ygan xatolarini mag’firatiga ishorat qilgan bo’lishi mumkin. Rasulullohni esa, Tabuk jangiga bormaslikka ruxsat bergani uchun, yoki Badrda asir olgani uchun mag’firat qilinganiga ishorat bo’lishi mumkin (Tavba 9:43), (Anfol 8:67).
[978] Samimiy insonlar bilan birga bo’linglar jumlasini quyidagicha tushunish mumkin:
- Allohni sizlardagi haqiga avvalo o’zingiz ham rioya qilinglar va o’sha narsaga vafo qiladigan mo’minlar bilan birga bo’linglar.
- Alloh sizlarni safarga chiqish va Rasululloh bilan birga jang qilish xususida imtihon qilish uchun tushirgan oyatlari xususida taqvo qilinglar, safar va jangga chiqqan mo’minlar bilan birga bo’linglar.
- Alloh va rasuliga (elchiga yuborilgan kitobga) zid ish qilib qo’yishdan avvalo o’zingizni saqlanglar va Alloh va rasuliga (elchiga yuborilgan kitobdagi buyruqqa) bo’ysunadigan mo’minlar bilan birga bo’linglar.
[979] (Sof 61:4).
[980] Yuragida kasali borlar – imon-eʼtiqodida shubha bo’lgan, imoni zaif, imonida taraddud qiladigan va ayniqsa qalban ishonmagani holda, so’zda “Men ham Xudoga ishonganman”, deb aldab yuradigan kimsalardir (Baqara 2:10), (Anfol 8:49), (Ahzob 33:12, 60).
[981] Qalbida Qurʼon oyatlariga nisbatan ishonchsizlik kasali bor kimsalarga har safar biron bir sura yoki oyat tilovat qilinsa, ularda Qurʼonga bo’lgan ishonch ortishini o’rniga, ulardagi qaysarlik, tan olmaslik va mensimaslik feʼli ortaveradi. Chunki, har safar biron bir oyat eshitganida uni tan olmaslik uchun qandaydir yangi bir yolg’on to’qishga va oyatga nisbatan qandaydir noto’g’ri yo’nalish va buzuq fikr yuritishga urinadi. Natijada bu ish ularning asosiy ishi va feʼli-atvoriga aylanib qoladi va borgan sari haq va haqiqatlardan uzoqlashib boraveradi. Ular bu ishidan tavba qilmasa, mana shu holda kofir bo’lib o’lib ketadi. (Baqara 2:10), (Isro 17:82), (Fussilat 41:44) oyatlarga qarashni tavsiya qilamiz.
[982] O’xshash oyatalr: (Aʼrof 7:54), (Hud 11:7), (Furqon 25:59), (Sajda 32:4), (Qof 50:38), (Hadid 57:4).
[983] Arab tilida “shafʼ” degan so’z o’z o’rnida olamlarda yaratilgan maxluqot va mavjudot maʼnosini ham anglatadi. Zero, bu oyatda qiyomat, savob yoki gunoh mavzusi yo’q. Balki, borliqlarni yaratilishi haqida bo’lgani va “shafʼ” kalimasida maxluqot maʼnosi borligi bois, bu oyatdagi “shafiyʼ” kalimasiga “yaratilgan maxluqot” deb maʼno berildi.
[984] Yaʼni, har kim qiyomatda majburan Allohning hukmiga qaytadi, u kunda faqat Allohning aytgani bo’ladi, Uning hukmi ijro qilinadi, hech kim o’zicha bir ishga qo’l ura olmaydi, imtihon hayoti tugagan bo’ladi, mulkdorlik va vaqtinchalik hukmronlik tugaydi, Alloh nima bersa shuni olinadi, nima jazo bersa totiladi, nima neʼmat bersa yashaladi. U kunda faqat Alloh hukm qiladi (G’ofir 40:16).
[985] Quyidagi har ikkala oyatda ham oyga nur taratuvchi deyilgan: (Yunus 10:5), (Nuh 71:16). Shu bois oyga “nur va nur taratuvchi”, deyish mumkin. (Furqon 25:61) oyatdagi (قَمَرًامُّنِيرًا) iborasi ham buni tasdiqlaydi. (Nabaʼ 78:13) da quyoshga “issiqlik va yorug’lik manbai” deyilgani uchun, demak oy yorug’likni quyoshdan oladi. (Furqon 25:61) oyatda oyni botish joylashish nuqtalari (manozili) borligi va u nuqtalar orqali yillarning soni va vaqtlarini bilib olishligi bildirilgan.
[986] G’ofil, g’aflat = (الغفلة) — yetarlicha diqqat eʼtibor bermaslik va beparvolik sababli yuzaga kelgan xatoni anglatadi.
[987] Bu oyat imon amali bilan imon bo’lishiga ishorat qiladi. Chunki, Alloh imon bilan amalni ikkalasini bir-biridan ajratmasdan imon deb nomladi.
[988] (Ahzob 33:44), (Yasin 36:58) oyatlarda Alloh taolo tarafidan jannat ahliga salom yetkazilishi bildirilgan. (Raʼd 13:23, 24), (Nahl 16:32), (Zumar 39:73) oyatlarda jannat ahliga farishtalar tarafidan salom berilishi bildirilgan. (Maryam 19:62), (Voqea 62:56) oyatlarda esa, jannatdagilar ham bir-biriga salom berishi bildirilgan. Bu oyatdagi salom jannatdagilarni bir-biriga beradigan salomidir.
[989] O’xshash oyatlar: (Nahl 16:61), (Fatir 35:45)
[990] Qurʼon kalimasi — bir oraga kelish, birlashish, jamlanish degan maʼnolarni bildiradi. Shu bois Isro surasining 78-oyatidagi وَقُرْآنَ الْفَجْرِ iborasiga “shafaqlarning birlashishi” deb maʼno beriladi. Bitta hukm oyatni ifodalovchi muhkam oyat bilan uni tafsilotlab ochiqlab beradigan mutashobeh oyatlarlar o’sha mavzuga aloqador bo’lgan oyatlar birlashmasi (Qurʼon)dir. qurʼondagi ushbu uslub (oyatlarni bir-birini ochiqlab berishini) yanada farqli izohlar bilan tushunish uchun (Hud 11:1, 2,), (Oli Imron 3:7), (Fussiilat 41:3) oyat va izohlariga qarang.
[991] (Oli Imron 3:84), (Anʼom 6:21,93,144), (Aʼrof 7:37), (Kahf 18:15), (Toha 20:61), (Ankabut 29:68).
[992] O’xshash oyatlar: (Baqara 2:213), (Bayyina 98:4).
[993] Rasulullohdan mo’jiza talab qilganlarga mana shu oyat javob bo’lgan. (Isro 17:59) oyatida Rasulullohga mo’jiza berilmagani va uning sabablari aytilgan. (Ankabut 29:50, 51) oyatlarida, Muhammad alayhissalomga nega mo’jiza berilmagan kabi eʼtiroz bildirganlarga qattiq tanbeh berilgan va mo’jiza o’laroq Allohning kitobi kifoya ekani aytilgan.
[994] Alloh taolo insonlar orasidan baʼzilariga payg’ambarlik va elchilik kabi maxsus vazifalar topshirgani kabi, maloikalar (farishtlar) orasidan ham baʼzilariga maxsus vazifalar topshirgan (Haj 22:75). Amallarni yozib borilishi haqidagi o’xshash oyatlar: (Oli Imron 3:181), (Niso 4:81), (Zuxruf 43:80), (Josiya 45:29), (Qof 50:17), (Infitor 82:10-12).
[995] Sirotul-mustaqim – mana shu dunyoda yashab o’tishimiz kerak bo’lgan to’g’ri yo’ldir. qildan ingichka, qilichdan o’tkir bo’lgan ko’prik — mana shu dunyodagi imon va kufr o’rtasiga qo’yilgan maʼnaviy ko’prikdir. Undan eson-omon o’tib, imon va amali bilan joni uzilgan kishi jannatga kiradi, kufru isyoni bilan o’lgan kishi, dunyo hayotidagi imtihon ko’prigidan o’tolmagan bo’lib, jahannamga kiradi.
[996] O’xshash oyat: “Allohni qo’yib, qiyomatgacha unga javob qaytara olmaydigan kimsalarga duo-iltijo qiladiganlardan ham adashganroq kim bor?! Ular bularning duolaridan bexabardir.” (Ahqof 46:5)
[997] Alloh taolo O’zining yagona yaratuvchi ekaniga, yaratishda ham uni idora qilib boshqarib turishiga ham, qullik qilinishga faqat O’zi haqli ekaniga ham ochiq-oydin dalillar keltirib qo’ydi. Dalil va hujjat bilan keltirilgan narsa albatta haq ekani bayon etildi. Demak, na dalili va na hujjat bo’lmagan narsa doim zalolat va yolg’on bo’ladi.
[998] Qurʼon ilmini egallash – nazmi va lafzini yodlash, maʼnosini tushunish uchun tafakkur va tadabbur qilish bilan bo’ladi. Makka ahlining aksariyati Qurʼonni o’qimay, eshitmay, tadabbur va tafakkur qilmay turib, ko’r-ko’rona unga qarshi chiqishgan. Bir narsani yolg’on yoki rost va haq ekanini bilish uchun avval unga qaraladi, u haqida fikr yuritilib, tadabbur qilinadi. To’satdan bir narsani yolg’on deyish to’g’ri emas.
[999] “Ertayu kech Rabbiga duo qilib, Uning roziligini istaydiganlarni o’zingdan haydama. Ularning zimmasiga sening hisob-kitobing yuklatilmagan. Sening zimmangga ham ularning hisob-kitobi yuklatilmagan. Ularni haydasang, haqsizlik qiluvchi-zolimlardan bo’lib qolasan.” (Anʼom 6:52), (Nur 24:54), (Ankabut 29:18).
[1000] (G’ofir 23:84, 85) va (Anʼom 6:158) oyatlarga suyangan holda, oyatda keltirilgan zamirni ochiqcha Alloh deya tarjima qildik.
[1001] (G’fir surasining 23:84) oyatiga ko’ra, bu oyatdagi zulmni shirk deb izohladik.
[1002] (Hadid 57:22).
[1003] Bir musulmon odam Allohning do’sti bo’la olishi uchun avvalo u mo’minlarni o’ziga eng yaqin do’st deb bilishi va shu g’oya asosida harakat qilisi kerak. Shunda Alloh o’sha insonni O’ziga do’st deb qabul qiladi va Alloh do’stlariga berilgan vaʼdalarga musharraf bo’ladi (Tavba 9:71), (Baqara 2:257).
[1004] Ular Firʼavn va uning xonadoni va zodagon-amaldorlari azobni ko’rmaguncha Alloh va Rasuliga ishonmasligini vahiy orqali bilib olishganidan keyin shunday duo qilishgan.
[1005] Bu oyat Alloh taoloning imon haqidagi o’zgarmas qonuni – (Anʼom 6:125) oyatida keltirilgan “sunnatulloh” ga ishorat qiladi. Imon haqidagi Allohning qonuni quyidagicha:
- Alloh O’ziga yo’nalgan kishini hidoyat qiladi. (Raʼd 13:27), (Sho’ro 43:13)
- Alloh zolimlarni hidoyat qilmaydi. (Baqara 2:258), (Oli Imron 3:86), (Moida 5:51), (Anʼom 6:144), (Tavba 9:19, 109), (Qasos 28:50), (Haqqo 46:10), (Sof 61:7), (Jumʼa 62:5)
- Alloh itoatsiz-fosiqlarni hidoyat qilmaydi. (Moida 5:108), (Tavba 9:24,80), (Sof 61:5), (Munofiqun 63:3)
- Alloh haqni tan olmagan kofirlarni hidoyat qilmaydi. (Baqara 2:264), (Moida 5:67), (Tavba 9:37), (Nahl 16:107)
- O’z ixtiyori bilan yo’ldan ozgan kishilarni Alloh hidoyat qilmaydi. (Nahl 16:37)
- Alloh yolg’onchilarni hidoyat qilmaydi. (Zumar 39:3)
- Alloh haddan oshuvchi kazzoblarni hidoyat qilmaydi. (G’ofir 40:28)
Demak, Allohga intilgan, o’zini tuzatishga harakat qilib, haq va adolat sari intilgan kishi Alloh hidoyat qiladi. To’g’ri yo’lga kirishni istamagan kishini Alloh majburlab hidoyat qilmaydi. Bu oyatlardan shu narsa maʼlum bo’ladiki, hidoyatga erishish uchun Allohning ruxsati – samimiy holatda Allohga yo’nalishdir.
[1006] (Jin 72:18), (Shuaro 26:213) oyatlarga ko’ra “Duoda haddan oshgan” deya izoh berdik.
[1007] Harq – Qurʼonning yana bir nomidir (Baqara 2:91, 109, 119), (Niso 4:170) va boshqa oyatlar.)
[1008] Bu harflarga “hurufi muqattoa” va “hurufut-tanbeh” deyiladi. Qurʼoni Karimning bundan boshqa yana 28 ta surasi mana shunday, yaʼni o’quvchi va eshituvchining diqqatini va fikrini jalb qilish uchun arab tiliga xos bir qoida bilan boshlangan. Hurufi muqattoadan keyin keladigan oyatlar asosan Qurʼonning asl mohiyati, mazmuni va o’zidagi usul va qoidalarni, Qurʼonning nozil bo’lishidagi maqsadi va Payg’ambar alayhissalomning Qurʼonga nisbatan yuklatilgan vazifasi haqida bayon qilib beruvchi oyatlar kelgan. Payg’ambar alayhissalomga bularning maʼnolari haqida hech qanday savol berilmagan. Bu esa, u harflarda turli ilohiy sirlar yashirilmaganini, aksincha ularning maʼno va mohiyati ochiq-ravshan bo’lganini bildiradi. Yaʼni tanbeh harflaridir. Demak, bu harflardan qasd qilingan narsa; bulardan keyin o’qiladigan oyatlarga o’quvchi va eshituvchilarning diqqatini jalb qilishdir. O’zbek tilida bu kabi holatlarda “Diqqat! Diqqat!” kalimasi foydalaniladi.
[1009] Qurʼoni Karim asosan hukm ifodalovchi – muhkam oyatlardan va ularni ochiqlab-tafsirlab beruvchi – mutashobeh oyatlardan iborat (Oli Imron 3:7), (Zumar 39:23) oyatida: “Alloh so’zlarning eng go’zalini – mutashobeh va masoniy qilib yuborgan” deyilgan. Masoniy – ikkitaliklar degani. Demak, bu va bunga o’xshash boshqa oyatlarga ko’ra, Qurʼoni Karim oyatlari muhkam va mutashobeh o’laroq, eng kamida ikkitalik yoki undan ham ko’p bo’lgan bir-biriga bog’liq oyatlar tashkil topgan, hamda Qurʼondagi hukmga mana shu shaklda ega bo’lish mumkin. Muhkam oyatlar masalaning asosini ixcham va aniq ravishda o’rtaga qo’yadi. Mutashobeh otarlar esa, hukm va maʼnoda muhkam oyatga o’xshaydi va ulardagi hukmlarni tafsirlab tushuntirib beradi. 2- oyatda buning sababi ham keltirilgan. Yaʼni “Allohdan boshqasiga qullik qilmasligingiz uchun.” Demak, Qurʼondagi hukmiy oyatlarni insonlar o’zlaricha tafsir qilsalar, uni eshitgan va o’qigan insonlar u tafsiriy hukmni Allohning hukmi deb o’ylaydi va o’sha tafsirga asosan amal qilishni boshlaydi. Natijada, Allohning hukmiga emas, insonlarning hukmiga amal qilgan bo’lib qoladi. Shuning uchun, Qurʼondagi har bir hukmni unga aloqador bo’lgan mutashobeh oyatlar bilan birga o’qib, oyatlar o’rtasidagi bog’liqlikni o’z joyiga keltirib, ana undan keyin u haqida fatvo berish kerak.
[1010] Xushxabar berish va ogohlantirish xususiyati Qurʼonning o’zida ham bor (Fussilat 41:4). Qurʼon uni tushunib o’qigan insonga ichidagilar bilan xushxabar beradi va ogohlantiradi. Mo’minlarni daʼvatni mana shu Qurʼon bilan qilishlari kerak. Eng sof va taʼsirli, haq va haqiqatlar Qurʼonda mujassam. Qurʼonni yetkazish Payg’ambar alayhissalomning vazifasi edi. Payg’ambarning tablig’ ishini davom etkizayotgan mo’minlarga salom bo’lsin!
[1011] Tavba haqida bilish uchun qarang: (Niso 4:17, 18)
[1012] Ajal haqida bilish uchun (Anʼom 6:2) oyati va izohlariga qarang.
[1013] Baʼzi kofirlar Rasulullohning yonidan o’tayotib Qurʼonni eshitmaslik uchun hatto ko’kraklarini burib qayrilib ketishgan.
[1014] Oyatdan “Qayerda yashab qayerda tirilishini ham biladi” degan maʼno ham chiqadi. Sodir bo’layotgan hamma narsa davomli yozib borilmoqda. (Hadid 57:22)
[1015] Dunyoga kelgan har bir aqlli kishi imtihon uchun keladi. Hech kim imtihon qilinmay qolmaydi. (Hud 11:7), (Mulk 67:2).
Dunyo hayoti imtihon bo’lgani uchun (Mulk 67:2), bandalarni hidoyat va zalolatini o’zlarining ixtiyoriga topshirib qo’ygan. Allohning imtihoni bandalarning imtihoni kabi emas. Insonlar kimni nimaga loyiq ekanini bilmagani uchun sinov va imtihon o’tkazadi. Alloh esa, har bir bandani o’zini qanday inson ekanini, qanday mukofot va jazoga loyiq ekanini o’z ixtiyori bilan qilgan ishlari orqali o’zini kim ekanini o’ziga – mo’min yoki kofir, shukr qiluvchi yoki nonko’r ekanini xabarini bildirib qo’yish uchun hayotga keltiradi. Hayot davomida ularga turli musibatlar va insonni o’zini o’zi qilgan ishi bilan bilib olishi va bunga dunyo va oxiratda barcha guvoh bo’lishi uchun imtihonga soladi.
[1016] Musulmon kishi aslo umidsizlikka tushib bo’lmaydi, Allohning rahmatidan noumid bo’lib qolmaydi (Yusuf 12:87), (Zumar 39:53). Umidsizlikning oqibati nonko’rlik va kufrga olib boradi. Namozxon musulmonlar aslo tushkunlikka va jazavaga tushmasliklari kerak (Maorij 70:19-22).
[1017] Bu oyatlarga ko’ra, demak inson o’ta tushkunlikka ham tushib bo’lmaydi, o’ta hursand bo’lib faxrlanib ham bo’lmaydi. Neʼmat berilganida ham Allohga hamd aytib, o’z vazifasida davom etishi kerak, musibat kelganida ham sabr va qanoat qilib, o’z vazifasida davom etishi kerak. Holbuki, mo’mindagi aksariyat holat imtihon uchundir.
[1018] Bunday ahvolga tushib qolib, vahiy qilingan oyatlardan baʼzisini tark qilishini oldini olib, Alloh taolo Rasulullohning qalbini mustahkamlab qo’ygan (Isro 17:74). Agar unday qilmaganida, kofirlar hatto Rasulullohni ham Qurʼon yo’lidan ozdirishga jurʼat qilishgan edi (Yunus 10:15). Shuning uchun ehtiyot bo’lish kerakki, sizni Qurʼondan uzoqlashtirmoqchi bo’layotganlarning o’zlaridan avval o’tib ketgan yetakchilari Rasulullohni ham shunday qilishga uringan. Bunday inson toifasidagi shaytonlardan Allohga sig’inib panoh so’raymiz.
[1019] (Baqara 2:23, 24) oyatlarida ham bu oyatdagi kabi Qurʼonga shubhasi borlarga qarshi tanqid kelgan.
[1020] Alloh dunyo xohlaganga dunyo, oxirat xohlaganga oxirat beraman degan. Lekin, kerakli ishni qilish sharti bor. quruq xohish-istak yoki duo bilan bo’lmaydi. Maqsadga erishish uchun albatta kerakli ishni qilish kerak, harakat qilish kerak (Baqara 2:200-202). Mo’minlar har ikkala dunyo uchun yaxshilik so’rashi kerak. Aslo dunyoda ham kofirlardan ortda qolmaslik kerak. Dunyodagi nasibasini unutmaslik kerak (Qasos 28:77).
[1021] Qilgan ishidan faqat dunyoviy manfaat ko’zlaganlar uchun oxiratda hech qanday nasiba berilmaydi. Ularning nasibasi faqat jahannam bo’ladi (Isro 17:18-21), (Sho’ro 42:20). Bu oyatlar mo’minlarga ham kofirlarga ham tegishli. Mo’min bo’la turib qilgan ishini faqat riyo uchun yoki faqat dunyoviy manfaatni ko’zlab qilgan bo’lsa, uning amaliga dunyoda javob qaytariladi, oxiratda savob berilmaydi. Chunki, Alloh faqat taqvodorlardan qabul qiladi (Moida 5:27).
[1022] Demak, Qurʼon aniq yaratgan Rabbidan kelgan haq kitob ekaniga ishongan va bunga shahodat keltirgan:guvoh bo’lgan kishigina amal qila oladi. Unga to’liq ishonmagan va shahodat keltirolmagan kishi Qurʼonga to’liq amal qilolmaydi, unga ergasha olmaydi. Buning uchun esa Qurʼonni albatta har kim o’zi tushunadigan ona tilida o’qishi kerak. O’xshash oyatlar: )Ahzob 33:4546), (Fath 48:8,9).
[1023] Oxiratda eng katta ziyon qiluvchilardan yana biri – Allohning oyatlarini tan olmagan va Allohga yo’liqishga ishonmagan kimsalardir. Ularning hatto yaxshi-yomon amallari hisob-kitob ham qilinmaydi, barcha ishlari habata bo’lib yo’qqa chiqadi. (Kahf 18:103-106).
[1024] Eng yomon ko’rlik qalbi ko’r bo’lishdir (Haj 22:46). Ular hayvondan ham batta bo’ladi (Aʼrof 7:179), (Furqon 25:44).
[1025] Bunday gaplar Qurayshlik mushriklar tarafidan Payg’ambar alayhissalomga ham aytilgan.
[1026] Oyatdagi yaxshilik – payg’ambarlik, kitob va dinni o’z ichiga oladi. Ularning har biri Allohning rahmatidir.
[1027] Bu oyat birovni majburlab dinga kirgizish yo’qligiga ishorat qiladi. Dinda aslo majburlash yoq (Baqara 2:256), (Kafirun 109:6).
[1028] Qilgan daʼvati va tablig’i uchun pul so’rash qattiq taʼqiqlangan (Yasin 36:21), (Tur 52:40), (Qalam 68:46). Chunki, oxirat ishini dunyo topish uchun qilish katta gunohlar turiga kiradi. Uning qilgan amallari oxiratda habata bo’lib ketadi.
[1029] Qurʼonga ishonmaslik, uning hukmini mensimaslik, uni yolg’onga chiqarish va uni masxara qilish Alloh nazdida katta jinoyatdir.
[1030] Bu va bu kabi buyruqlar taqiq uchun emas, balki tasalli uchun hamda xafagarchiligini yo’qotish uchun bo’ladi. Bu bilan xafa bo’lish yoki qayg’urish ekani bilinmaydi. Payg’ambar alayhissalom qavmining qaysarligi va haqni ta olmasligidan xafa bo’lgan. Shuning uchun bunday oyatlar nozil bo’lgan: (Kahf 18:6), (Shuaro 26:3).
[1031] Kemani qanday yasashni Alloh taolo O’zi o’rgatgan. Oyat shunga ishorat qiladi.
[1032] Bu azobni ular tezroq kelishini talab qilishgan edi (Hud 11:32). Lekin, Alloh har narsaga bir o’lchov qo’yadi. Bu kabi azoblar Alloh aytgan va belgilagan vaqtda sodir bo’ladi.
[1033] Tannur qaynaganida iborasi – yerdan suv favvora bo’lib qaynab chiqqanida, yoki kemaning par qozoni ishga tushganida degan maʼnolarni bildiradi.
[1034] Bu noto’g’ri ishdir deganda – kofirlar bilan birga bo’lib g’arq bo’lgan o’g’ling uchun Allohga iltijo qilishing noto’g’ri ishdir degan maʼno ham chiqadi, hamda u bola noto’g’ri ishning samarasidir degan maʼno ham chiqadi. Tobariy tafsirida suvda g’arq bo’lgan bola Nuh payg’ambarning o’g’li emasligi haqidasgi rivoyatlar keltirgan. (Tahrim 66:10) oyatiga asoslangan holda, Nuhning ayoli Nuhga xiyonat qilgan – degan xulosaga kelgan. Boshqa mufassirlar esa, Nuhning o’g’li munofiq bo’lganini taʼkidlaydi.
[1035] Ushbu suraning 37- oyatida g’arq bo’ladiganlar zolimlar bo’lishi bildirilgan edi. Shuning uchun, g’arq bo’lgan o’g’ling haqida iltijo qilma degan maʼno chiqadi.
[1036] Bu oyatga ko’ra, Nuh alayhisslaomning qavmigina suvga g’arq bo’lgani, suvga g’arq bo’lmagan ulardan boshqa insonlar ham bo’lgani maʼlum bo’ladi. Zotan, avvalgi payg’ambarlar faqatgina o’z qavmiga payg’ambar bo’lib kelgan. Nuh surasida ham to’fon balosi Nuh qavmiga kelgani aytiladi. Bu haqida qo’shimcha maʼlumot Nuh surasaida batafsil bayon qilinadi.
[1037] Payg’ambar alayhissalomga avvalgi payg’ambarlar kabi sabr-bardoshli bo’lishga buyurgan (Ahqof 46:35) va ularning hayotidagi kerakli qissalari bildirib qo’yilgan.
[1038] Allohning har bir qilgan ishi to’g’ridir, haqdir. U aslo bandalarga zulm qilmaydi, insoniyatning o’zi o’ziga zulm qilib oladi.
[1039] Aksariyat oyatlardagi laʼnat kalimasiga azob deya tarjima qilinadi. Chunki, laʼnat azobga sabab bo’ladi, Allohning laʼnatiga duchor bo’lgan kishi azoblanmay qolmaydi.
[1040] “Muayyan belgilab qo’yilgan” deganda aynan ismlari yozib qo’yilgan degan maʼno chiqmaydi. O’sha toshlarni belgilab qo’yilishi, shuncha ogohlantirishga ham quloq solmay Allohga isyon keltirganlarga balo bo’ladi, deb tayinlab qo’yilgan balo toshlari, deb tushuniladi.
[1041] Ushbu oyatdagi “solat” kalimasiga daʼvating, ibodating, imoning, dining yoki namozing deb tarjima qilsa ham bo’ladi (Ibn Atiyya, al-Muharrar al-Vajiz). Zero, bu kalimalarning har biri bir-biriga bog’liqdir va samimiy hamda to’g’ri bir shaklda amalga oshirilgan ibodatlar insonni turli yomonlikalardan qaytaradi (Ankabut 29:45). Ko’pincha kofir kimsalar musulmonlarni o’zini emas, balki Islom dinini masxara qiladilar (Moida 5:57). Shuayb a.s. ning kofir qavmi ham bir maʼnoda uning dinini masxara qilgan bo’lishi mumkin.
[1042] Shuaybni zaifligi ham iqtisodiy juda boy-badavlat bo’lmaganini hamda jismonan zaif bo’lganiga ishorat qilishi mumkin.
[1043] Toshbo’ron agar majoz uchun kelgan bo’lsa, undan o’ldirib yuborish yoki surgun yoxud hamma narsadan mahrum qilib yuborish nazarda tutiladi.
[1044] Insonga nisbatan ishlatilgan azizlik – kuch-quvvatda ustunlikni yoki hurmat-izzatni yoxud oliy nasablikni bildiradi.
[1045] Inson hayotda kimga va kimning ishiga ergashayotganini yaxshilab o’ylanib ko’rishi kerak. Aks holda, dunyoda ergashgan yetakchilari Firʼavn kabi oxiratda jahannamga yetaklab ketishi mumkin.
[1046] Alloh dunyoda ham oxiratda ham hech kimga zulm qilmaydi (Baqara 2:281), (Anʼm 6:160). Har bir millat o’ziga-o’zi zulm qiladi.
[1047] Yaʼni, Alloh ularga bundan ham kattaroq va go’zalroq mukofot bermaguncha shunday davom etadi (faxruddin Rozi va Minor tafsirlari), yoki insoniyat uchun yangi bir davr ochilmaguncha jannat va jahannam ahli o’z holicha qoladi.
[1048] Bu va bundan oldingi oyatdagi istisno munqatiʼ bo’lgani hamda arab tili qoidasiga ko’ra oz narsadan ko’p narsa istisno qilib bo’lmagni bois, oyatdagi istisnoga “ziyoda qilib beradi” deb maʼno berdik. Bu esa Alloh oxir, boqiy va so’ngsiz kabi sifatlarga eka ekanini, bandalar esa faqat abadiylikka ega bo’la olishini hamda Alloh nasib qilsa o’sha abadiyligi yana davom etishini bildiradi. Bandalar aslo Allohning zoti kabi so’ngsiz, o’xiri yo’q, nihoyasiz degan sifatlarga ega emasligini, Alloh nasib qilgancha abadiy yashashini bildiradi. Bu istisno va ziyodalik jahannamdagilarning g’amiga yanada ko’proq va davomli g’am-anduh qo’shadi, jannatdagilarga esa baxt va shodlik ustiga yanada ko’prok shodlik qo’shadi. Qo’shimcha maʼlumot uchun eʼrobul-Qurʼon manbalariga va Imom Farro kabi arab tili olimlarining Maonil-Qurʼon kabi asarlariga murojaat qilsin.
[1049] Allohning ilgari bergan so’zi ushbu suraning 104- oyatida byon qilindi. Yaʼni, qiyomatni qoim qilmay turib Alloh jinoyatchilarni jazolagan bo’lardi.
[1050] Bu buyruq asosan tavhid, dinda firqalanmaslik va Qurʼonga to’liq ishonib amal qilish va boshqalarga ham yetkazib qo’yishdir. Bunga (Sho’ro 42:14), (Fussilat 41:30), (Ahqof 46:13) oyatlar ham ishorat qiladi.
[1051] Bu oyatdagi otash jahannam otashi bo’lishi ham mumkin, yoki mazlumning boshiga tushgan dunyodagi ofat-balo degani bo’lishi ham mumkin. Zolimga qarshi turib, mazlumni yonini olinmasa, o’sha muhitdagi boshqa insonlarga ham zulm navbatma-navbat yetib keladi.
[1052] Bu oyat kundalik besh vaqt farz namozga ishorat qiladi. Kunduzing ikki bo’limi – peshin va asr namoziga ishorat qiladi, kechaning kunduzga yaqin vaqtlari – shom, xufton va bomdod namoziga ishorat qiladi.
[1053] Sabr – har qanday holatda o’z pozitsiyasini o’zgartirmaslik, har qanday holatda ham haq yo’lda davom etish kabi maʼnolarni bildiradi. Oyatga ko’ra, haq yo’lda sabr-bardoshli bo’lish eng go’zal xislatlardan biridir. Alloh haq yo’lda sabr qiluvchilar bilan birgadir (Anfol 8:46).
O’tmishdagi barcha payg’ambarlar sabrli bo’lgan (Anbiyo 21:85). Sabr – mutavoze va itoatgo’y insonlarning fazilatlaridan biridir (Haj 22:34, 35).
[1054] Yaʼni, mana shunday fazilatli ish bo’lmish daʼvat ishini, amri-maʼruf nahiy-munkar amalini bajargan insonlar najot topishgan. Hozirgi kunimizda ham zulm va adolatsizlikdan, behayolik va zo’ravonlikdan insonlarni qaytarmasak, zimmamizdagi bu sharafli ishni bajarmasak, ularga keladigan balo bizga ham tegmay o’tmasligi aniq. Zero, yuqoridagi oyatda zolimlarga yonbosgan kishiga zolimga tegadigan otash unga ham tegmay o’tmasligi bildirilgan.
[1055] Yaʼni, biron bir yurtning barcha aholisi buzg’unchiga aylanib ketganidagina ularni halok qiladi. oralarida millatni to’g’ri yo’lga boshlovchi solih qullar bo’lgan yurtlarni butunlay halok qilib yubormaydi.
[1056] Ixtilof qilish inson tabiatida bor narsa (Baqara 2:30). Lekin, nafsidan ko’ra aql va vijdonini ustun tutganlar haqqa qarshi ixtilof qilmaydi.
[1057] O’xshash oyat: (Niso 4:69).
[1058] Bu harflarga “hurufi muqattoa” va “hurufut-tanbeh” deyiladi. Qurʼoni Karimning bundan boshqa yana 28 ta surasi mana shunday, yaʼni o’quvchi va eshituvchining diqqatini va fikrini jalb qilish uchun arab tiliga xos bir qoida bilan boshlangan. Hurufi muqattoadan keyin keladigan oyatlar asosan Qurʼonning asl mohiyati, mazmuni va o’zidagi usul va qoidalarni, Qurʼonning nozil bo’lishidagi maqsadi va Payg’ambar alayhissalomning Qurʼonga nisbatan yuklatilgan vazifasi haqida bayon qilib beruvchi oyatlar kelgan. Payg’ambar alayhissalomga bularning maʼnolari haqida hech qanday savol berilmagan. Bu esa, u harflarda turli ilohiy sirlar yashirilmaganini, aksincha ularning maʼno va mohiyati ochiq-ravshan bo’lganini bildiradi. Yaʼni tanbeh harflaridir. Demak, bu harflardan qasd qilingan narsa; bulardan keyin o’qiladigan oyatlarga o’quvchi va eshituvchilarning diqqatini jalb qilishdir. O’zbek tilida bu kabi holatlarda “Diqqat! Diqqat!” kalimasi foydalaniladi.
[1059] Qurʼon ilohiy bayonotdir. Unda ilohiy taʼlimot, avvalgilarning qissalari, yaratilish o’tmishi va kelajagi kabi insoniyat uchun asos bo’ladigan muhim masalalar bayon qilingan. Qurʼon o’zi ham ravshan kitobdir, hamda o’zidagi barcha hukmlarni ochiqcha o’rtaga qo’yuvchidir (Nahl 16:89).
[1060] Arab tilida aql yuritish deganda yaxshilab tushinishga ham ishlatiladi. Qarang: (Baqara 2:75).
[1061] “Biz kuchli jamoamiz” deb tarjima qilganlar ham bo’lgan.
[1062] Nasihat – birovni foydasini ko’zlab gapirish yoki shu yo’sinda harakat qilish degani. O’zbek tilida jonkuyarlik ham ayni maʼnoni bildiradi.
[1063] Yaʼqub alayhissalom payg’ambar bo’lishiga qaramay, o’g’li Yusufni ular qayerga va qaysi quduqqa tashlaganini bilmagan. Chunki, g’aybni Allohdan boshqa hech kim bilmaydi. Alloh bildirmaguncha hech bir payg’ambar g’ayb xabaridan xabardor bo’lmagan (Jin 72:27).
[1064] Bu oyatlardan maʼlum bo’ladiki, Yusuf alayhisaslom hatto zindonda turib ham insonlarni tavhidga, Allohning diniga va adolatga chaqirgan, bir kunini ham behuda o’tkazmagan. Bu ham biz musulmonlar uchun ibrat va dars bo’lishi kerak. Har qanday vaziyatda ham insonlarga haqni yetkazish, ularni tavhidga chaqirish va to’g’ri yo’l ko’rsatishimiz kerak.
[1065] Yusuf alayhissalom ilk boshqa qishloq xo’jalik va moliya vaziri bo’lgan. Keyin esa, bosh vazir bo’lgan (Yusuf 12:78, 88).
[1066] Yaʼni, agar uni sizlar bilan birga yuborgan taqdirimda ham, uni sizlarga emas, Allohga ishonib yuboraman, degan maʼno chiqadi.
[1067] Yaʼni, o’g’irlangan buyum kimning yukidan chiqsa, u insonning o’zi jazo sifatida ushlab qolingan.
[1068] Yaʼni, ukasi Binyamin bunday sababga ko’ra Misrda ushlab qolinishini biz qayerdan bilaylik. Shuning uchun senga bergan so’zimizni tutolmadik, degan maʼno chiqadi.
[1069] Yaʼni, Alloh bergan yaxshilikni Undan boshqa hech kim berolmaydi, U qilgan inʼomni boshqasi berolmaydi. Bandani bergani Alloh bergan narsaga hech qachon teng kelmaydi.
[1070] Bu oyatdagi “ahodis” iborasi yo oyatlarga yoki tushlar haqidagi gaplarga ishorat qiladi. Agar oyatlarga ishorat qilsa, Allohning so’zlarini tushuntirib berish ilmiga ega ekaniga dalolat qiladi, agar tushlar haqidagi gaplarga ishorat qilsa, tushlarning taʼbirini bilishiga dalolat qiladi. agar oyatlarni tushuntirishga ishorat qilsa, unga ikkala ilm ham berilgan bo’ladi. Zotan, Alloh O’zi munosib bilgan loyiq quliga ilmu hikmat ham hukmronlik ham berib qo’yadi.
[1071] Bu harflarga “hurufi muqattoa” va “hurufut-tanbeh” deyiladi. Qurʼoni Karimning bundan boshqa yana 28 ta surasi mana shunday, yaʼni o’quvchi va eshituvchining diqqatini va fikrini jalb qilish uchun arab tiliga xos bir qoida bilan boshlangan. Hurufi muqattoadan keyin keladigan oyatlar asosan Qurʼonning asl mohiyati, mazmuni va o’zidagi usul va qoidalarni, Qurʼonning nozil bo’lishidagi maqsadi va Payg’ambar alayhissalomning Qurʼonga nisbatan yuklatilgan vazifasi haqida bayon qilib beruvchi oyatlar kelgan. Payg’ambar alayhissalomga bularning maʼnolari haqida hech qanday savol berilmagan. Bu esa, u harflarda turli ilohiy sirlar yashirilmaganini, aksincha ularning maʼno va mohiyati ochiq-ravshan bo’lganini bildiradi. Yaʼni tanbeh harflaridir. Demak, bu harflardan qasd qilingan narsa; bulardan keyin o’qiladigan oyatlarga o’quvchi va eshituvchilarning diqqatini jalb qilishdir. O’zbek tilida bu kabi holatlarda “Diqqat! Diqqat!” kalimasi foydalaniladi.
[1072] (Anfol 8:32).
[1073] Bu va bu kabi yana boshqa oyatlarda Muhammad alayhissalomga qarshi chiqqan kofirlar u kishining payg’ambar ekaniga dalil bo’ladigan Qurʼondan boshqa dalil berilishini talab qilgani bildirilmoqda. Undaylarga javoban (Ankabut 20:51) oyatda shunda: «Qurʼon kifoya emasmi?! Mazmunida oyat nozil bo’lgan. Undan tashqari. (Isro 17:59) oyati va (Anʼom 6:35) oyati Muhammad alayhissalomga u kishini payg’ambarligiga dalolat qiladigan Qurʼondan boshqa biron bir belgi/alomat berilmaganiga dalolat qiladi.
[1074] Oyatdagi “g’uduvv” va “osol” peshin va asr vaqtiga ishorat qilishi (Aʼrof 7:205) oyatida bildirib o’tilgan. O’sha oyat esa, peshin va asr namozlarini baland ovozda emas, past ovozda o’qilishiga mana shu oyat dalil bo’ladi.
[1075] Bu oyatda Makkalik mushriklarga tahdid qilingan. Chunki, Makka har tarafdan Musulmonlarning qo’liga o’tishni boshlagan. Zotan, Makkalik mushriklarga tahdid qilingan narsalarning bir qismi ham shu bo’ladi.
[1076] Yaʼni, har qanday rejani ko’rib-bilib turuvchi ham, qilingan rejaga qarshi tadbir qilib, yomon rejalarni amalga oshirgan kishilarni jazolash ham Allohga xos.
[1077] Ibrohim surasi, Makkada tushgan, 52 oyatdan iborat. Tushish tartibi 72, yozilish tartibi 14.
[1078] Bu harflarga “hurufi muqattoa” va “hurufut-tanbeh” deyiladi. Qurʼoni Karimning bundan boshqa yana 28 ta surasi mana shunday, yaʼni o’quvchi va eshituvchining diqqatini va fikrini jalb qilish uchun arab tiliga xos bir qoida bilan boshlangan. Hurufi muqattoadan keyin keladigan oyatlar asosan Qurʼonning asl mohiyati, mazmuni va o’zidagi usul va qoidalarni, Qurʼonning nozil bo’lishidagi maqsadi va Payg’ambar alayhissalomning Qurʼonga nisbatan yuklatilgan vazifasi haqida bayon qilib beruvchi oyatlar kelgan. Payg’ambar alayhissalomga bularning maʼnolari haqida hech qanday savol berilmagan. Bu esa, u harflarda turli ilohiy sirlar yashirilmaganini, aksincha ularning maʼno va mohiyati ochiq-ravshan bo’lganini bildiradi. Yaʼni tanbeh harflaridir. Demak, bu harflardan qasd qilingan narsa; bulardan keyin o’qiladigan oyatlarga o’quvchi va eshituvchilarning diqqatini jalb qilishdir. O’zbek tilida bu kabi holatlarda “Diqqat! Diqqat!” kalimasi foydalaniladi.
[1079] Bandalarni hidoyati va zalolatini Alloh emas, bandalarning o’zlari tanlaydi. Bandaning tanlovi va qilgan ishiga qarab, yo hidoyat qiladi yoki adashtiradi.
[1080] Yaxshi daraxtda mustahkam ildiz, o’zini ko’tarib turadigan mustahkam tana va meva bo’ladi.
[1081] Intiqom – qanday jazoga va qanday muomalaga yarasha bo’lsa, shunday jazo berishni bildiradi.
[1082] Hijr surasi, Makkada tushgan, 99 oyat. Tushish tartibi 54, yozilish tartibi 15.
[1083] Bu harflarga “hurufi muqattoa” va “hurufut-tanbeh” deyiladi. Qurʼoni Karimning bundan boshqa yana 28 ta surasi mana shunday, yaʼni o’quvchi va eshituvchining diqqatini va fikrini jalb qilish uchun arab tiliga xos bir qoida bilan boshlangan. Hurufi muqattoadan keyin keladigan oyatlar asosan Qurʼonning asl mohiyati, mazmuni va o’zidagi usul va qoidalarni, Qurʼonning nozil bo’lishidagi maqsadi va Payg’ambar alayhissalomning Qurʼonga nisbatan yuklatilgan vazifasi haqida bayon qilib beruvchi oyatlar kelgan. Payg’ambar alayhissalomga bularning maʼnolari haqida hech qanday savol berilmagan. Bu esa, u harflarda turli ilohiy sirlar yashirilmaganini, aksincha ularning maʼno va mohiyati ochiq-ravshan bo’lganini bildiradi. Yaʼni tanbeh harflaridir. Demak, bu harflardan qasd qilingan narsa; bulardan keyin o’qiladigan oyatlarga o’quvchi va eshituvchilarning diqqatini jalb qilishdir. O’zbek tilida bu kabi holatlarda “Diqqat! Diqqat!” kalimasi foydalaniladi.
[1084] O’xshash oyat: (Mo’minun 23:70), (Qalam 68:51).
[1085] Insonlarga farishtalarni elchi qilib yuborish munosib va to’g’ri ish bo’lmaydi. Yer yuzidagilar inson bo’lgani bois, ularga elchi bo’lib insonlar keladi. Agar yer yuziga insonlar emas, balki farishtalar joylashtirilganida, unda yerga farishtalar elchi bo’lib kelishar edi (Isro 17:95). Demak, insonlarga inson emas, farishtani elchi qilib yuborish hikmatli ish bo’lmaydi.
[1086] Ushbu suraning 6- oyatida Rasulullohga nozil bo’lgan vahiyni zikr deb aytilgan. Demak, zikr – vahiyning to’plami bo’lgan Qurʼonning yana bir nomidir. Noto’g’ri narsa uning oldidan ham ortidan ham kelolmaydi. (U) to’g’ri qaror beruvchi, maqtovga loyiq zot tarafidan tushirilgan (Fussilat 41:42). Bu ham Qurʼonning haq, rostdan ham Allohdan kelganiga va yagona yaratuvchi – Alloh tarafidan muhofaza qilinib kelinayotganiga dalildir.
[1087] Samodagi burjlar va yulduzlarning go’zalligi, ularning osmon bo’ylab tarqalgan va o’ziga xos tarzda joylashgan naqshlari, har bir insonning ko’ziga bir xil tarzda tushavermaydi. Bu ziynatlangan samoni faqat ularning sirlarini chuqur o’rgangan va ilmiy izlanishlarga bag’ishlangan kishilar tomonidan anglash mumkin. Bunday insonlar uchun osmon nafaqat bir joyning yoritilgan bo’shlig’i, balki har bir burjning o’ziga xos turi, harorat va yulduzlarining porlashi, ularning tarixi va ilmiy tahlili bir-birini to’ldirgan murakkab va go’zal bir qarashga aylanishi mumkin. Bu osmon mukammalligining go’zalligini tushunish uchun, faqat o’sha sohada bilim va ilmgacha erishgan, uning tabiati, yaratilishi va joylanishi haqida chuqur maʼlumotga ega bo’lganlar, bu osmonni butun chiroyi va sirlarini o’z ko’zlari bilan ko’rishadi. O’sha paytda ular yulduzlar va burjlarning faqat jismoniy tasvirini emas, balki uning orqasidagi ilmiy va Ilohiy maʼnolarni ham idrok etadilar.
[1088] Har tuli kohin, folbin, baxshi, munajjim shaytondir. Ular o’zlaricha g’aybdan biror narsa eshitganini yoki ko’rganini daʼvo qilib, insonlarni yo’ldan ozdirishga harakat qiladilar. Qo’shimcha maʼlumot uchun (Mulk 65:5) oyat va izohiga qarang. Demak, burjlarga qarab hech bir inson g’aybdan xabar bera olmaydi, burjlardan biror narsa eshitdim, deb daʼvo qilolmaydi. Kim shunday qilishga jurʼat qilsa, endi u shaytondir, malʼundir, unga yaqinda olov tegadi. U olov/azob oxiratda bo’lishi bilan bir qatorda, dunyo hayotida ham uchrashi mumkin.
[1089] Bu oyatdagi sajda xizmatiga kirish, bo’ysunish va hurmat ko’rsatish kabi maʼnolarni anglatadi. Zero, sajda deganda faqat boshni yerga qo’yishgina tushunilmaydi.
[1090] Ixlos – imon-eʼtiqodda faqat Allohga bog’lanish.
[1091] Oyatda “qoddarna” yaʼni lafzan tarjima qilinsa “taqdir qildik” deb aytiladi. Unda u ayol begunoh halok bo’lganmikin, o’z taqdirining qurboni bo’lganmikin degan turli mulohazalarga sabab bo’ladi. Aksincha, u ayolning shaxsan o’zi o’sha taqdirga munosib ish qilgan, payg’ambar bo’lmish eriga xiyonat qilgan va adashgan kofirlar safini tanlagan (Aʼrof 7:83), (Tahrim 66:10). Shunda Alloh taolo uni o’sha safdoshlari bilan birga halok qilishga qaror bergan. Shu tariqa u ayo o’z taqdirini o’zi tanlagan, Alloh esa o’sha taqdirni sodir etishiga qaror bergan.
[1092] Bu so’z Muhammad alayhissalomga nisbatan yoki malaklarni Lut payg’ambarga aytgan so’zlari bo’lishi mumkin.
[1093] Hozirda bu joy Iordaniya davlatida.
[1094] O’xshash oyatlar: (Anʼom 6:73), (Yunus 10:5), (Ibrohim 14:19), (Hahl 16:3), (Ankabut 29:44), (Rum 30:8), (Zumar 39:5), (Duxon 44:39), (Josiya 45:22), (Ahqof 46:3), (Tag’obun 64:3).
[1095] Bu va bu kabi oyatlar kofirlarning xiyla-nayranglariga g’am chekib ichki tuyg’ularini jilovlay olmaydigan darajada g’azablanish yoki undan qattiq taʼsirlanish kabi holatlarga tushib qolmaslik kerakligiga ishorat qiladi. O’xshash oyatlar: (Baqara 2:109), (Zuxruf 43:89), (Nahl 16:127).
[1096] Masoniy — “ikkilik/juftlik” degani. Ikkilik va juftlik deganda ikki xil maʼno va hukm tushuniladi:
1. Muhkam (qisqa, ochiq hukmlar) va mutashobih (ularni tushuntiruvchi o’xshash oyatlar). (Zumar 39:23) oyati ham shunga dalolat qiladi. Bu maʼnoda Qurʼon oyatlari mukammal shaklda juft tizimda keltirilgan.
2. Qurʼondagi ko’plab atamalar bir xil juftlik tizimida keltirilgan. Masalan, “Malak” va “shayton” so’zlari 88-marta, “erkak” va “ayol” 24-marta, “dunyo” va “ohirat” 115-marta takrorlangan. Bu raqamlar tasodif emas — Qurʼonning mukammal juft tizimidan dalolatdir.
Oyatdagi “sabʼa” kalimasi ytti raqamiga ishorat qilishi bilan birgalikda, ko’plik va ortish maʼnosini ham bildiradi.
[1097] Yahudiy va nasroniylar o’zlariga yuborilgan ilohiy kitoblarni ayirib tashlashgan, o’z nafsi va manfaatiga tog’ri keladiganlariga amal qilishib, qolganlarini berkitishgan, hukmini to’xtatmoqchi bo’lishgan. Ular endilikda Qurʼonga ham shunday munosabatda bo’lishga urinmoqda, musulmonlarni Qurʼonga to’liq amal qilishariga qarshilik qilishmoqda.
[1098] Nahl surasi, Makkada nozil bo’lgan, 128 oyatdan iborat, nozil bo’lishi tartibi 70, yozilish tartibi 16.
[1099] Abul-Baqo “alomat” kalimasini taqdirdagi feʼlning mafʼuli qilib tarkim qilgan (Eʼrobul-Qurʼon, Darvish).
[1100] Yaʼni, Islom va musulmonlarga qarshi barpo qilgan tuzimlari o’zlarining boshlariga balo bo’lgan.
[1101] Tog’ut – yovuzlik, zo’ravonlik, haddan oshishlik, jafokashlik, zulm va jabr kabi maʼnolarni anglatadi. Undan tashqari, noto’g’ri din va adolatsiz:mustabid tuzimni o’zini hamda ulardan biriga boshchilik qilayotgan shaxga ham tog’ut deyiladi. Bu haqida qo’shimcha maʼlumot uchun qarang: (Baqara 2:257), (Niso 4:51, 60), (Toha 20:43-45), (Qof 50:27), (Noziat 79:37), (Alaq 96:6).
[1102] Inkorchilardan murod, Muhammadga biron bir (yordamchi) farishta kelsa yoki u bilan birga yana bitta ogohlantiruvchi kelsa bo’lmasmidi» degan kofirlarga tegishli (Maoni az-Zajjoj). (Anʼom 6:8)
[1103] Zikr – barcha samoviy kitoblarning o’rtoq nomidir.
[1104] O’xshash oyatlar: (Yunus 10:12), (Isro 17:67), (Ankabut 29:65), (Rum 30:33), (Luqmon 31:32), (Zumar 39:8), (Sho’ro 42:48).
[1105] O’xshash oyatlar: (Nahl 16:62), (Isro 17:40), (Soffat 37:149-153), (Zuxruf 43:15, 16), (Tur 52:39), (Najm 53:21).
[1106] Kofir va zolimlar dunyoda bir-birining do’stidir. Zolim va kofirlarning esa eng yaqin do’sti tog’utlardir. Bu kabi zulm va kufr asosidagi do’stliklarning barchasi oxiratda dushmanchilikka aylanib qoladi (Zuxruf 43:67). Faqatgina taqvo uzra, yaʼni bir-birini gunohdan saqlash maqsadida, Alloh uchun tutilgan do’stliklar dushmanchilikka aylanmaydi.
[1107] Hayotda boy insonlar o’z boyliklarini qo’l ostidagi insonlarga berib qo’yib, hur va qullikda yoki boy-kambag’allikda ular bilan bir xil bo’lib olmagani kabi, Alloh ham O’z hokimiyatini bandalariga topshirib qo’ymaydi. Aksincha, bandalarga ehtiyoja yarasha mulk, neʼmat va rizq berib turadi.
[1108] (Baqara 2:146), (Anʼom 6:20), (Aʼrof 7:127) oyatlarga ko’ra, ushu oyatdagi neʼmatni Muhammad alayhissalom deb inkorchilarni esa avvalgi ahli-kitoblar deb taʼvil qilganlar ham bo’lgan. Ular Muhammad alayhissalomni payg’ambar ekanini tanib-bilib turib ham, ularning ko’pchiligi tan olmadi.
[1109] O’xshash oyatlar: (Yunus 10:28, 29), (Ibrohim 14:22), (Maryam 19:82), (Furqon 25:18, 19), (Qasos 28:63), (Ankabut 29:25), (Rum 30:13), (Sabaʼ 34:41), (Fotir 35:14), (Ahqof 46:6).
[1110] (Bakara 2:106), (Furkan 25:4–6) Almashtirilgan oyatlar avvalgi ilohiy kitblardagi oyatlar bo’lishi yoki Qurʼondagi bir hujjat va dalilni o’rniga kelgan boshqa dalil bo’lishi ham mumkin.
[1111] Ushbu Ilohiy kitob haqida shubha uyg’otish, musulmonlarning Qurʼonga bo’lgan imoniga taraddud kirgizmoqchi bo’lgan risolat dushmanlari Qurʼon haqida bundan boshqa yana farqli uydirmalarham to’qib chiqarishgan: (Furqon 25:4-5) Bu yolg’onlari bilan ular Jibriyl malakni inkor qilmoqda hamda Qurʼon Allohdan kelgan vahiy ekanini inkor qilmoqda.
[1112] Arab tilida “ajam” deb ikki xil maʼno tushuniladi: Birinchisi, arab tilidan boshqa tillar. Ikkinchisi, fasohatli va adabiy bo’lmagan lahjalar va shevalar. O’zbek tilida ham davlat tili o’zbek tili bo’lgani bilan, kitoblar, adabiyotlar, rasmiy muloqotlar va yozma til fasohatli va adabiy tilda amalga oshiriladi. Farqli shevalar va lahjalar esa faqat xalq orasida og’zaki muloqotlarda ishlatiladi. Shuningdek, Qurʼoni Karim ham arab tilining adabiy tilida, tushunarli va fasohatli shaklda bayoh bo’lgan va shunday yozilgan.
[1113] Alloh taoloning G’ofur va Rahim sifatlarining yonma-yon kelishi, Alloh O’zi munosib bilgan bandasini jahannamdan qutqarib jannatga kirgizishiga dalolat qiladi. Chunki, oxiratdagi mag’firat jahannamdan qutqarishga, rahmat esa jannatga ishorat qiladi.
[1114] Makkaga ahliga, ayna mushriklarga kelgan o’sha azob, avvalgi oyatda aytib o’tilgan ochlik va qo’rquv azobidir. Undan tashqari, Tavba surasiga ko’ra, Makka mushriklari orasida ahdini buzganlari makkadan surgun qilib yuborilishi bildirilgan.
[1115] “Ayt: «Allohning sizga bergan rizqini sizlar va halol qilib olayotganingizni o’ylab ko’rdingizmi?” “Sizlarga Alloh ruxsat berdimi yoki Allohga yolg’on to’nkayapsizlarmi?”- de.» (Yunus 10:59)
[1116] Bu oyatdagi alamli azob Rasululloh keltirgan kitobga va undagi halol-haromga rioya qilmaganlarga tegishli. Qurʼondagi halolni halol deb, haromni deb bilish kerak. Unga o’zicha halol-yoki qo’shish mumkin emas.
[1117] Yahudiylarning haqsizligi va ko’plab insonlarni Allohning yo’lidan to’sgani uchun, ilgari ularga halol qilingan pok narsalarni qilganmiz. Undan man qilingan bo’la turib foiz olishlari va insonlarning mol-mulklarini noto’g’ri (botil) yo’llar orqali yeb ketishlari ham sabab bo’lgan. Oralaridagi kofirlariga alamli azob tayyorlab qo’ydik.
[1118] Johillik – yo bilmasdan, yoki o’zini bosolmasdan degan maʼnolarni bildiradi.
[1119] Bu oyatdagi hikmat – Qurʼondan chiqarilgan tog’ri hukmlar va Qurʼondagi nasihatlardir.
[1120] Muhsin kalimasidan ikkita farqli maʼno chiqadi:
- Birovga moddiy yaxshilik qiluvchi.
- O’z vazifasini yoki qilayotgan yaxshi ishini puxta, chiroyli va maromiga yetkazib bajaruvchi (Lisan, Mufradot).
[1121] Isro surasi, Makkada tushgan, 111 oyatdan iborat. Tushish tartibi 50, yozilish tartibi 17.
[1122] Oyat butunligi iltifot qoidasiga rioya qilingan holda tarjima qilindi.
[1123] Bu oyatdagi Qurʼonni hidoyat qilishiga, “Yo’l ko’rsatadi, chaqiradi, bayon qilib beradi” deb maʼnolar bersa ham bo’ladi. Qurʼon unga ishongan hammaga yo’l ko’rsatadi, lekin unga imon va ishonch bilan yondashish kerak. Unga ishonmagan-zolimlarga faqat ziyon orttiradi.
[1124] Oyatdagi “amr” feʼliga berilgan maʼno uchun qarang: Maonil-Qurʼon, Zajjoj va boshqa maonil-Qurʼon kitoblari.
[1125] (Furqon 25:63).
[1126] (Maryam 19:88-91).
[1127] Ushbu suraning 45 va 46- oyatlariga, hamda (Isro 17:82) oyatga ham qarang. Qurʼon unga imonan yondashgan kimsalarga yo’l ko’rsatadi va u orqali inson zulmatlardan nurga chiqadi. Oxiratga ishonmay turib oladigan, Qurʼonga ishonmaydigan va uni pisand qilmagan va hayotining markaziga qo’ymagan insonlarga faqat ziyon orttiradi.
[1128] Osmonlar va yerni boshqarilishi Arshga bog’liq bo’lgani uchun aynan Arsh aytib o’tildi. Osmonlar va yerning egasi ham, undagi tabiat qonunlarini tuzgan ham Alloh bo’lgani uchun, endi u yaratgan oyu quyoshni yoki dengizlaru bulutlarning doimiy harakatlanib turish tizmini hech kim buzolmaydi, o’zgartirolmaydi.
[1129] (Fussilat 41:11).
[1130] Insonlarga daʼvat qilayotganda ham, birov bilan munozara qilayotganda ham chiroyli gapirish, hatto kimdir yomonlik qilib qo’ysa ham iloji boricha unga chiroyli javob qaytarish Qurʼoniy taʼlim va tavsiyadir (Nahl 16:125), (Mo’minun 23:96), (Fussilat 41:34).
[1131] Zubur – hikmat to’la kitoblar degani (Zajjoj, Maonil Qurʼon). (Oli Imron 3:81) oyatga ko’ra, barcha payg’ambarlarga kitob va hikmat berilgani uchun, bu zubur kalimasiga “hikmat to’la kitoblar”dan boshqa maʼno berib bo’lmaydi. Zubur kalimasi (Nahl 16:43, 44), (Shuaro 26:196), (Fatir 35:25), (Qomar 54:43) oyatlarda ham ayni maʼnoda kelmoqda. Bu zaburlardan biri Dovud alayhissalomga ham berilgan (Niso 4:163), (Isro 17:55). (Anbiyo 21:105) oyatda alif-lom bilan keltirilgan shakli esa, Dovud alayhissalomga berilgan Zaburga ham, boshqa nabiylarga berilgan zaburga ham ishorat qiladi.
[1132] (Naml 27:62).
[1133] Bu oyatdagi ishorat qilingan, Allohni qo’yib yordamga chaqiriladigan va duo qilinadigan shaxslar deganda farishtalarni ham, but-sanamlarni ham, o’lgan insonlarni ham o’z ichiga oladi. Kim yoki nima bo’lishidan qatʼiy nazar, Allohdan boshqasidan maʼnaviy yordam so’ralmaydi. Alloh tarafidan keladigan azobni Uning O’zidan boshqa hech kim to’xtatib qololmaydi.
[1134] Lavhul-Mahfuz Alloh huzuridagi ona – asl kitobdir (Raʼd 13:39), (Zuxruf 43:4). Qurʼon ham unga yozib qo’yilgan (Voqea 56:77, 78).
[1135] Muhammad alayhissalomga Qurʼondan boshqa alomat/nishona berilmagan. Bu haqidagi oyatlar: (Raʼd 13:7), (Hijr 15:14, 15), (Ankabut 29:51), (Anʼom 6:35).
[1136] Yusuf va Muso alayhissalomlar kabi Muhammad alayhissalom ham tushlar ko’rgan va baʼzi bir tushidagi bashoratlar sodir bo’lgan. Isro va meʼroj voqealar ham tushida bo’lganiga bu va boshqa oyatlar dalolat qiladi. Malʼun darax haqidagi o’xshash oyatlar: (Soffat 37:62-64).
[1137] Bu oyatdagi buyruq ko’rinishida kelgan barcha iboralar tahdid iboralaridir. Bu esa, shaytonga qo’yilgan laʼnat tamg’asi davomli va qilgan jinoyatiga ko’ra yana ham ortishiga dalolat qiladi. bu oyatdagi buyruqlar talab iboralari emas.
[1139] (Baqara 2:166), (Ankabut 29:35), (Sabaʼ 34:31) oyatlar bu oyatdagi “imom” kalimasi yo’lboshchi degan maʼnoda ekanini qo’llab-quvvatlaydi. Baʼzilar bu kalimaga “kitob” deya tarjima qilgan. Agar o’sha kalima kitob deb tarjima qilinsa, har bir ummatga berilgan ilohiy kitob nazarda tutilgan bo’ladi. Chunki, har bir ummat o’zi imon keltirgan ilohiy kitobidan javobgarlikka tortiladi. Ummati Muhammad albatta Qurʼondan javobgarlikka tortiladi (Zuxruf 43:44).
[1140] (Toha 20:124-126).
[1141] Bu oyatdagi “maqom” kalimasi agar bu dunyoga aloqador bo’lsa Madina shahri nazarda tutilgan bo’ladi, buni kelgusi oyatda qo’llab-quvvatlaydi. Agar oxiratga aloqador bo’lsa, kechasi turib namoz o’qigani uchun beriladigan alohida bir jannatdagi maqom bo’lishi mumkin . (Kechasi turib nafl namoz o’qiydiganlar uchun beriladigan daraja va savoblar haqida (Sajda 32:16, 17) oyatlarda keltirilgan.)
[1142] Bu kabi “keldi”, “tushdi” kabi kalimalarga taqdiri izofiy va majoziy maʼno beriladigan o’rinlar ko’p keladi. Chunki, keldi deganda o’z oyog’i bilan kelgan narsagina aytilmaydi. Bunga misol: (Fajr 89:22) oyat.
[1143] (Baqara 2:148).
[1144] Berilgan farqli maʼno uchun Faxruddin ar-Roziy tafsiriga qaralsin.
[1145] Kahf surasi, Makkada tushgan, 110 oyat. Tushish tartibi 69, yozilish tartibi 18.
[1146] Ilm feʼliga berilgan maʼno uchun qarang: Faxruddin ar-Roziy, Roziy Tafsiri.
[1147] Qanday uxlatib qo’ygan bo’lsak, shunday uyg’otdik, degan mazmun chiqadi.
[1148] Kelgusidagi oyatdan maʼlum bo’ladiki, bu oyatdagi yillar haqidagi maʼlumot kimlarningdir tahminan aytgan gaplaridir. Shuning uchun, Ibn Masʼud o’z musʼhafida “Qolu – aytdilarki” iborasi bilan yozgan. (Qatodadan naql qilinadi; Tobariy, Zamaxshariy va Roziy.)
[1149] Oyatdagi “Absir va asmiʼ” iboralari maqtashdagi mubolag’ani bildiradi (Ibn Kasir).
[1150] Erta-yu kech yaratgan Egasiga duo qilib, Uning roziligini istaydiganlarni o’zingdan haydama. Ularning zimmasiga sening hisob-kitobing yuklatilmagan. Sening zimmangga ham ularning hisob-kitobi yuklatilmagan. Ularni haydasang, haqsizlik qiluvchi (zolim)lardan bo’lib qolasan. (Anʼom 6:52)
[1151] Insonning imon-eʼtiqodi ham, kufr-u shirki ham o’zi uchun, amallari ham o’zi uchun. (Isro 17:7), (Fussilat 41:46), (Josiya 45:15).
[1152] (Aʼrof 7:50).
[1153] Bu oyatdagi “lekin” istidrok uchundir. Yaʼni, bog’ egasining suhbatdosh do’stining noto’g’ri tushunchasiga qarshi gap gapirishidan oldin do’stiga bildirgan eʼtirozidir.
[1154] (Qoria 101:5), (Muzzammil 73:14), (Naml 27:88).
[1155] Muso ilm olish uchun ortidan yurgan o’sha Alloh tarafidan ilm va topshiriq berilgan banda farishta ekani maʼlum. Chunki, u bilgan narsani hatto Muso alayhissalom ham bilmagan va u qilgan ishlariga Muso eʼtiroz bildirgan.
[1156]Oyatdagi “xoshiynaa” feʼliga “bildik” maʼnosini bersa ham bo’ladi. (Qarang: Faxruddin Roziy.)
[1157] Tilovat — tushuntirib o’qib berish, tushunadigan qilib o’qish, bir mavzuga aloqador oyatlarni ketma-ket o’qish degani.
[1158] Sabab – har qanday ilm yoki kuch orqali maqsadga ulashtiruvchi narsaga aytiladi.
[1159] Agar Zulqornaynning o’zi payg’ambar bo’lmagan bo’lsa, uning yonida bir payg’ambar bo’lishi mumkin. U orqali unga buyruq yetib borgan bo’lishi mumkin. Yoki, Alloh uning qalbiga ilhom solgan bo’lishi ham mumkin.
[1160] “Ularni” deganda barcha insoniyatga yoki aynan Yaʼjuj va Maʼjujlarga ishorat qilgan bo’ladi.
[1161] Maryam surasi, Makkada tushgan, 98 oyatdan iborat. Tushish tartibi 44, yozilish tartibi 19.
[1162] Bu harflarga “hurufi muqattoa” va “hurufut-tanbeh” deyiladi. Qurʼoni Karimning bundan boshqa yana 28 ta surasi mana shunday, yaʼni o’quvchi va eshituvchining diqqatini va fikrini jalb qilish uchun arab tiliga xos bir qoida bilan boshlangan. Hurufi muqattoadan keyin keladigan oyatlar asosan Qurʼonning asl mohiyati, mazmuni va o’zidagi usul va qoidalarni, Qurʼonning nozil bo’lishidagi maqsadi va Payg’ambar alayhissalomning Qurʼonga nisbatan yuklatilgan vazifasi haqida bayon qilib beruvchi oyatlar kelgan. Payg’ambar alayhissalomga bularning maʼnolari haqida hech qanday savol berilmagan. Bu esa, u harflarda turli ilohiy sirlar yashirilmaganini, aksincha ularning maʼno va mohiyati ochiq-ravshan bo’lganini bildiradi. Yaʼni tanbeh harflaridir. Demak, bu harflardan qasd qilingan narsa; bulardan keyin o’qiladigan oyatlarga o’quvchi va eshituvchilarning diqqatini jalb qilishdir. O’zbek tilida bu kabi holatlarda “Diqqat! Diqqat!” kalimasi foydalaniladi.
[1163] Oyatdagi bosh kalimasi sochdan kinoya qilib keltirilgan. Shuning uchun sochimga oq tushdi deb tarjima qilindi.
[1164] Zakariyo alayhissalomning o’zidan keyin uning daʼvatini va dindagi xizmatini davom ettiradigan birini o’rniga qoldirishni istagan. Oyatdagi “valiy” kalimasiga mufassirlar do’st, hamroh, farzand, izdosh kabi maʼno berishgan O’xshash oyatlar: (Oli Imron 3:38), (Anbiyo 21:89, 90).
[1165] Kechasi-yu kunduz deb maʼno berilishining sababi, aynan mana shu qissadan xabar berilgan yana bir oyatda “Uch kun” deb keltirilgan. Vahiy kalimasiga ishorat deb maʼno berilishiga ham o’sha oyat turtki bo’ladi. (Oli Imron 3:41).
[1166] Zakariyo alayhissalom hamma aʼzosi soppa-sog’ bo’la turib, uch kecha-yu uch kunduz gapira olmagani, ayolini homilador bo’lganiga ishorat bo’lgan.
[1167] (Oli Imron 3:41) oyatga asosan bu oyatdagi “vahy” kalimasiga “ishora” deb maʼno berildi.
[1168] Allohning amriga qarshi chiqqan kishiga osiy deyiladi.
[1169] (Oli Imron 3:33, 35), (Tahrim 66:12) oyatlarga ko’ra, Maryam onamiz Imronning qizidir. Maryam onamiz Horun alayhissalomning singlisi bo’lgan (Maryam 19:28). Imron oilasi degan iboralardagi Imron bilan Maryam onamizning otasi bo’lmish Imron orasida 1.800 (bir ming sakkiz yuz) yil borligini bildirgan Imom Zamaxshariy.
[1170] Odam va Iso alayhissalomlar ikkalasi ham otasiz dunyoga kelgan. Odamning onasi zamin bo’lsa, Isoning onasi Maryam bo’lgan. Manashu taraflama Iso qiyomatda qayta tirilish uchun bir ilmdir. (Zuxruf 43:61)
[1171] Oyatdagi “sovm” kalimasi lug’atda yemoq-ichmoq va yoki yurish kabi jismoniy faoliyatlarning birinidan tiyilishga aytiladi (Mufradot). Qurʼoni karimdagi “sovm” kalimasi gaplashmaslik ro’zasi maʼnosida keladi. Yemoq-ichmoq va jinsiy aloqadan tiyilish ro’zasi uchun esa “siyom” kaliamsi ishlatilgan (Baqara 2:183, 187, 196), (Niso 4:92), (Moida 5:89, 95), (Mujodala 58:4).
[1172] Siddiq – Allohni borligi va birligiga ishongan va uni tasdiqlagan hamda o’sha ishonchiga sadoqat bilan hayot kechirgan kishilarga beriladigan sifat va fazilatdir. Bu sifat ummati-Muhammad ichra ilk bor sahoba Abu Bakrga berilgan. (Alloh undan rozi bo’lsin). Qo’shimcha maʼlumot uchun Imom Farro va Imom Zajjoj kabi olimlarning Maonil-Qurʼon asarlariga qaralsin.
[1173] “Bas qilmasang” deganda yo ilohlarimiz haqida gapirishni bas qilmasang, yoki sen keltirgan yangicha imon-eʼtiqoddan voz kechmasang, degan maʼnolar chiqadi.
[1174] Oyatdagi “rojm” kalimasi toshbo’ron qilish, qatl qilish, qattiq haqorat qilish, yurtidan badarg’a qilish, unga barcha narsani cheklab qo’yish va haqiqiy maʼnoda toshbo’ron qilish degan maʼnolar uchun ishlatiladi.
[1175] Ularga berilgan eng yaxshi neʼmat payg’ambarlik va ilohiy kitob bo’lgan.
[1176] (Shuaro 26:84).
[1177] Rasul – elchi degani, nabiy – Allohdan vahiy olgan degani. Vahiy olgan kimsalarga “payg’ambar” deyiladi. Demak, har bir payg’ambar elchi bo’ladi, lekin har bir elchi payg’ambar bo’lmaydi.
[1178] “Najiyya” kalimasiga “Najot” maʼnosi bergan mufassirlar ham bo’lgan (Faxruddin Roziy).
[1179] Baʼzi tafsirlarda bu oyatdagi inson Ubayy ibn xalaf ekani, boshqalarida esa Valid ibn Mug’iyraekani aytiladi. Kim bo’lishidan qatiy nazar, oxiratga ishonmagan inson qattiq adashgan bo’ladi.
[1180] Tiz cho’kish iborasida quyidagicha majoziy maʼnolar ham chiqadi: qudratli kuch oldida o’z ojizligini tan olish, mag’lubiyatni qabul qilish, maxjub bo’lish, insonning izzati sindirilganini, irodasi bo’ysunganini, ojizlik va jazodan qochib qutula olmaslik manzarasi, sharmandalik va uyat. Tiz cho’kish — yuzini yashirish, pushaymonlik yoki sharmandalik belgisi sifatida ham tushuniladi.
[1181] Jahannam atrofida gunohiga yarasha azoblanganidan keyin, shirkka qo’lurmagan kishilarni jahannam ichiga kirib abadiy jahannamlik bo’lishdan saqlab qoladi Alloh. Zero, Alloh shirkni kechirmaydi (Niso 4:48, 116).
[1182] Bu oyatda aytilgan kofir kishi Os ibn Voil yoki Valid ibn Mug’iyra ekani haqida farqli rivoyatlar bor.
[1183] “Azobni uzatib qo’yamiz” deganda, davomli azoblaymiz yoki har bir aytgan kufr so’zi uchun azob qo’shib qo’yamiz, degan maʼnolarni o’z ichiga oladi.
[1184] (Anʼom 6:94).
[1185] (Yunus 10:18), (Hud 11:54).
[1186] Shafoat – Alloh huzurida Alloh tarafidan oqlanishdir. Bu shafoat faqat Allohning O’ziga xos (Zumar 39:44). Bu oyatda ham jinoyatchilar Alloh huzurida Uning shafoatiga loyiq bo’lmaydi, oqlanishga ega bo’lmaydi, degan maʼno chiqadi.
[1187] “Seni tilingda” iborasi arab tilida degani. Zotan, har bir payg’ambarga kelgan vahiy o’z ona tilida kelgan. (Ibrohim 14:4)
[1188] Toha surasi Makkada tushgan, 135 oyatdan iborat. Tushish tartibi 45, yozilish tartibi 20. Sura boshidagi TO! Ha! Haqida bilish uchun (Baqara 2:1) oyatiga qarang.
[1189] Bu harflarga “hurufi muqattoa” va “hurufut-tanbeh” deyiladi. Qurʼoni Karimning bundan boshqa yana 28 ta surasi mana shunday, yaʼni o’quvchi va eshituvchining diqqatini va fikrini jalb qilish uchun arab tiliga xos bir qoida bilan boshlangan. Hurufi muqattoadan keyin keladigan oyatlar asosan Qurʼonning asl mohiyati, mazmuni va o’zidagi usul va qoidalarni, Qurʼonning nozil bo’lishidagi maqsadi va Payg’ambar alayhissalomning Qurʼonga nisbatan yuklatilgan vazifasi haqida bayon qilib beruvchi oyatlar kelgan. Payg’ambar alayhissalomga bularning maʼnolari haqida hech qanday savol berilmagan. Bu esa, u harflarda turli ilohiy sirlar yashirilmaganini, aksincha ularning maʼno va mohiyati ochiq-ravshan bo’lganini bildiradi. Yaʼni tanbeh harflaridir. Demak, bu harflardan qasd qilingan narsa; bulardan keyin o’qiladigan oyatlarga o’quvchi va eshituvchilarning diqqatini jalb qilishdir. O’zbek tilida bu kabi holatlarda “Diqqat! Diqqat!” kalimasi foydalaniladi.
[1190] O’xshash oyatlar: (Toha 20:117, 118), (Kahf 18:6), (Shuaro 26:3), (Fatir 35:8).
[1191] Umumiy olganda Qurʼon karim butun insoniyatga to’g’ri yo’l ko’rsatadigan kitobdir (Baqara 2:185), (Oli Imron 3:4), (Anʼom 6:91). Lekin, Qurʼon faqat unga ishongan va taqvo qilganlarga foyda beradi (Baqara 2:2). Bundan boshqa yana ko’plab oyatlar shunga dalolat qiladi. Taqvodorlik – har bir ish va harakatda javobgarlikni his qilish, hayotga masʼuliyat bilan yondashishdir. . Allohdan andisha qilish va Allohga nisbatan masʼuliyatli bo’lish ham aynan taqvo kalimasining mazmunini o’z ichiga oladi.
[1192] Arsh – (Yusuf 12:100) oyatiga ko’ra arab tilida saltanat boshqaruvchisining maqomiga, sulton yoki podishoh o’tiradigan taxtga aytiladi. Demak, arsh uzradir deganda, boshqaruvchi egalladi, boshqarishni boshladi, degan maʼnolar chiqadi.
[1193] Zikr kalimasi ulug’lamoq, olqishlamoq, sharaflamoq kabi maʼnolarni ham o’z ichiga oladi (Maqoyis, Ibn Foris). Bu va bu kabi oyatlardan maʼlum bo’ladiki, namoz va ro’za tutish ibodatlari avvalgi payg’ambarlar va ularning ummatilariga ham buyurilgan va to o’sha davrlardan musulmonlar bajarib kelgan muhim bir ibodat turidir. Bunga dalolat qiluvchi yana boshqa oyatlar: (Baqara 2:183), (Yusuf 10:87).
[1194] Bu savol bir narsani bilib olish uchun emas, balki, tasdiqlattirish va unga diqqat-eʼtibor qarattirish uchun berilgan savoldir. Bunday savolga “istifhomi-taqririy” deyiladi.
[1195] (Shuaro 26:13), (Qasos 28:34).
[1196] Bu ikkala oyatni “Toki Sening buyrug’ingni ko’pchilik bo’lib bajaraylik, Seni ko’pchilik bo’lib yod etaylik”, shaklida tarjima qilsa ham bo’ladi.
[1197] Bu oyatdagi vahiyni farqli tushunish mumkin: Birinchi taʼvil (tafsir): Bu yerda nazarda tutilayotgan narsa – Muso (alayhissalom)ning onasi ko’rgan tush bo’lib, tush orqali Alloh taolo hazrati Musoning onasining zehniga singdirib qo’ygan. Ikkinchi taʼvil: Qalbga kelgan ilhom bo’lgan. Yaʼni, Alloh taolo O’z rejasini mana shu shaklda bildirib qo’ygan. Ilhom – qalbga bir fikr kelib, u zehnga joylashib qolishi va irodaga ustunlik qilishidir. Uchinchi taʼvil: Balki o’sha davrdagi payg’ambarlardan biriga (masalan, Shuʼayb alayhissalom yoki boshqasiga) bu haqda vahiy qilingan va u payg’ambar Musoning onasiga bu xabarni yetkazgan – bevosita gaplashib yoki maktub orqali orqali. Vahiy haqida qo’shimcha maʼlumot uchun qarang:
[1198] (Qasos 28:7).
[1199] (Shuaro 26:14), (Qasos 28:15, 18, 21, 33).
[1200] Yaʼni, Muso a.s. Allohga, uning diniga xizmat qilishi uchun yetishtirilgan.
[1201] (Zuxruf 43:54).
[1202] Bu yerda “oyat” kalimasi dalil, hujjat, xabar, ibrat, ko’rsatma, kabi farqli maʼno bersa ham bo’ladi. Zero, oyat o’z o’rnida bu maʼnolarning har birini o’z ichiga oladi.
[1203] (Raʼd 13:3), (Nahl 16:15), (Anbiyo 21:31), (Nuh 71:19, 20).
[1204] 63 va 64- oyatdagi iboralar sehrgarlarga tegishli bo’lishi ham mumkin, Firʼavn huzuridagi amaldorlarga tegishli bo’lishi ham mumkin.
[1205] “Rizqi davomlidir” deya tarjima qilingan kalimalarni mahzuf bo’lgan kalimalarning maʼnolarini berib tarjima qildik. Bunga ushbu oyatning 131-oyati dalil bo’ladi. Undan tashqari, 71- oyatda Firʼavn “Shunda, qaysi birimizning azobi qattiq va doimiy ekanini bilib olasizlar”, degani bildirilgan edi. Bu oyat unga javoban aytilgan bo’lishi ham mumkin.
[1206] Yaʼni, jahannam azobidan qutilish uchun o’lib yo’q bo’lib ketmoqchi bo’ladi, lekin o’lolmaydi. Baxtli yashay degani bilan, endi jahannamda baxtli yasholmaydi.
[1207] (G’ofir 40:29).
[1208] Bedana ularga tirik holatida uchib kelgan. Ular uni ovlab tirikchilik qilishgan. Baʼzilar tayyor pishgan bedana tushgan deydi, lekin oyat matni buni inkor qiladi.
[1209] Halol rizqlarda haddan oshishlik – to’ygandan keyin ham yeyish, keragidan ortiqcha yeyish, gunoh ishlarga va unga sabab bo’ladigan joylarga sarflamaslikka ishorat qiladi.
[1210] G’azabga yo’liqish degani, Allohning azobiga giriftor bo’lish deganidir. Tarixda Allohning g’azabiga duchor bo’lganlar orasida halok bo’lmagan hech bir qavm bo’lmagan. Ular o’z qilmishlari va haddan oshishlari sababli halok bo’lgan.
[1211] Isroil xalqi Muso a.s. bilan dengizdan o’tishganidan keyin o’sha yerlarda sanamlarga sig’inadigan bir xalqqa duch kelishgan edi. O’shanda ular Musodan “Bizga ham shunaqa bir iloh tayinlab ber” deb so’rashgan edi. Shunda Muso ularni johil qavm ekanini aytgan (Aʼrof 7:138). Muso a.s. toqqa chiqib ketganidan keyin ularning bunday maʼbudlarga mayli borligini bilgan Somiriy darhol bu fursatdan foydalanib, ularga ovoz chiqaradigan bir buzoq yasab berib, ularni o’sha buzoqqa sig’inishga daʼvat qilgan (Aʼrof 7:148), (Toha 20:88).
[1212] (Aʼrof 7:138), (Baqara 2:155). Ular Ilohni ko’zlari bilan ko’rishni xohlashar edi. Shuning uchun ular Somiriyning yolg’oniga juda osonlik bilan aldanib qolishgan.
[1213] Demak, o’sha davrda Allohning tavhid asosidagi dinidan qaytib, ota-boblarining diniga, yaʼni mushriklikka qaytgan murtadlar ummatdan ajratib qo’yilgan, ko’p narsalardan mahrum qilingan.
[1214] (Toha 20:124), (Isro17:97).
[1215]Baʼzan zamirlar oyatdagi maʼno oqishidan maʼlum bo’lgani uchun, marjeʼsiz ham zamir kelib turadi (Fatir 35:45). Shu sababli, bu oyatdagi zamirni yer deb tarjima qildik.
[1216] Oyatlardan maʼlum bo’ladiki, qiyomatda o’zlarining but-sanamlari, yoki o’zlari ilohlashtirib olgan kimsalari ularni shafoat qilib qutqarib qoladi, deb iddao qilish mushriklar ishidir va ularning eʼtiqodidir (Anʼom 6:94), (Yunus 10:18). Ularga qarshi esa Alloh taolo “Shafoat to’laligicha Allohga xos” degan mazmunda vahiy yuborgan (Zumar 39:44). Demak, musulmonlar qiyomatda Allohdan boshqasini shafoatini kutishlari bu bir mushriklik eʼtiqodidir, xatodir.
[1217] »Oldilaridagini va ortlaridagini» iborasidan »o’tmishini ham kelajagini ham», »Bilgan narsalarini ham, bilmagan narsalarini ham», “yonidagi bor narsalarini ham, qilib o’tgan ishlarini ham” kabi farqli maʼnolar chiqadi. Borliqdagi yaratilgan mavjudotlar Allohning ilmini aslo to’liq qamray olmaydilar.
[1218] Alloh huzuriga solih amallar bilan borgan kimsalar, zulmdan, yaʼni qilmagan ishi uchun jazo berilishidan ham qo’rqmaydi, cho’chimaydi, qilgan yaxshi ishlariga savob berilmay qolishidan ham qo’rqmaydi. Albatta, Alloh adolatli hukm qiladi. Alloh mo’minlarga juda oliyjanobdir, ezgulik ulashuvchidir.
[1219] Bu oyatdagi shoshilma iborasi ushbu suraning 105- oyati bilan birga bog’lanadi. Yaʼni, sendan bir narsa haqida so’rasalar, u haqidagi oyatlar tushmay turib, ular haqida javob berishga shoshilma, degan maʼno chiqadi. Jabroil o’qib berishidan oldin o’zing o’qishga shoshilma, degan maʼno chiqadi degan mufassirlar ham bor. (Qarang: Faxruddin Roziy, Mafotihul-G’ayb.)
[1220] Odam alayhissalomga bog’da taqiqlangan daraxtdan yemasligini buyurgan edi. Lekin Odam unutib qo’ydi va undan isteʼmol qildi. Natijada, yashab turgan Jannatmakon bo’stondan chiqarib yuborildi.
[1221]Sajda kalimasining asl maʼnosi bo’yin egishdir. Keyinchalik bu kalima faqatgina Allohga bo’ysunish va Unga ibodat qilish uchun ishlatiladigan bo’ldi. Sajda ikki xil bo’ladi: 1) Ixtiyoriy sajda (Najm 53:62). Majburiy sajda (Raʼd 13:15), (Mufradot).
[1222]Bu va keyingi oyatlar hamda (Baqara 2:38, 39) oyatlarga ko’ra, Odam alayhissalomga bo’stondan chiqqanidan keyin payg’ambarlik berilgan va unga keyin ilohiy kitob berilgan.
[1223] “Hudan” kalimasiga oyatdagi maʼno oqishiga qarab “kitob” deb tarjima qilinadi. Zotan, kelgusi oyatda o’sha “hudan” iborasi “zikr” bo’lib takrorlangan. Zikr esa, barcha ilohiy kitoblarning o’rtoq nomidir.
[1224] Dunyo hayotda Qurʼonni, uning hukmini, unga amal qilishni unutgan kimsalar, oxiratda eng katta neʼmatlardan mahrum bo’ladilar. Ularning eng birinchi mahrumiyati ko’zlarini ko’r holda tirilishidir. Keyin, jahannamda ham Allohning neʼmatlaridan mahrum bo’lib qoladilar. Zotan, jahannam azob va jazo yurtidir.
[1225] Insonlarning qilgan yaxshi-yomon ishlari uchun asl jazo yoki mukofot qiyomatda beriladi. Ularga berilgan vaʼda qiyomatdir (Qomar 45:46).
[1226] (Nahl 16:62), (Ankabut 29:53), (Fatir 35:45), (Hashr 59:3).
[1227] Bu oyat kunlik besh vaqt farz namozlarga ham, nofila namozlarga ham, tahajjud namoziga ham ishorat qiladi.
[1228] Solat – diniy majburiyatlarning barchasini o’z ichiga oladi. Shular qatori kundalik besh vaqt namozni ham.
[1229] Bu oyatdan, birovga yaxshi ishni buyurishdagi eng foydali va taʼsirli yo’li – avvalo o’zi ham o’sha ishni amalga oshirishi ekani chiqadi hamda, birovga yaxshilik qilishni buyurib, o’zi qilmaslik to’g’ri ish emasligi ham chiqadi.
[1230] “Sendan rizq so’ramayapmiz” iborasi turli maʼnolarni o’z ichiga oladi: Seni Menga qilayotgan ibodatlaring, namoz-u niyozingdan Men hech qanday rizq va manfaat olmayapman, Meni shaʼnim va ulug’ligimga ibodatlaringni hech qanday taʼsiri yo’q; Men sendan ibodatni talab qilyapman, Sendan rizq talab qilmayapman (Zoriyot 51:57).
[1231] Taqvo – masʼuliyatli yondashish, dunyo va oxirat xususida javobgarlikni his qilish, yomonliklardan tiyilish kabi maʼnolarni anglatadi.
[1232] Ahli kitoblardagi Tavrot va Injilda Muhammad alayhissalomning sifatlari yozilgan bo’lgan. Bundan tashqari avvalgi ilohiy kitoblar arab tilida bo’lmagan. Muhammad alayhissalom esa, o’tmishdagi voqealar va avvalgi kitoblardagi hukmlarni eng to’g’ri shaklda (vahiy asosida) aytib bergan. Mana shuning o’zi Muhammad alayhissalom Allohning elchisi ekanini hamda Qurʼon Allohning kitobi ekaniga dalil bo’ladi.
[1233] »Ularni« deganda, ushbu suraning 130-oyatidagi Rasulullohga nisbatan haqoratli va tuhmatlik gap gapirayotgan inkorchilarni ko’rsatadi.
[1234] Anbiyo surasi, Makkada tushgan, 112 oyatdan iborat. Tushish tartibi 73, yozilish tartibi 21.
[1235] Bu va keyingi oyatlardagi sifatlarning barchasi mushriklarga tegishli bo’lgani uchun, aksar mufassirlar bu oyatdagi insonlar deganda mushriklar qasd qilingan deydi. Zero, bunday inson ham kofir ham mushrik bo’ladi.
[1236] O’xshash oyatlar: (Aʼrof 7:185), (Anbiyo 21:97), (Qomar 54:1).
[1237] O’xshash oyatlar: (Isro 17:90-93), (Furqon 25:7, 8), (Ankabut 29:50).
[1238] (Isro 17:59).
[1239] Bu oyat ushbu suraning 3- oyatidagi bildirilgan ularning “Muhammad sizga o’xshagan odam” degan gaplariga eʼtiroziy javob bo’ladi. Chunki, Muhammad alayhissalomni payg’ambar ekanini va u kishiga ilohiy vahiy kelganiga ishonmagan kimsalar, u siz bilan bizga o’xshagan odam-ku, deb inkor qilishgan. Lekin, o’zlari bilganki, avvalgi payg’ambarlar ham inson bo’lgan.
[1240] Bu oyatdagi zikr kalimasiga “sharaf” deb maʼno berganlar ham bor. Agar sharaf deb tarjima qilinsa, bu kitobga amal qilib yashasangiz, dunyo va oxiratda sharafli inson bo’lasiz, degan maʼno chiqadi. O’xshash oyat: (Zuxruf 43:44). Yana boshqalar “maʼlumot” deb talqin qilgan va bu maʼlumot asosan 106-surada keltirgan deydi.
[1241] Maqsadsiz qilingan ishga ham laʼb deyiladi (Mufradot).
[1242] Oyatdagi “lahv” kalimasiga ayol yoki farzand deb maʼno berganlar ham bo’lgan. Lekin bu narsa dalilsiz xoslash turiga kiradi (Qarang: Umdatul-Huffaz). Bundan oldingi oyatlar Alloh bekorchi narsalar bilan mashg’ul bo’lmasligi haqida kelgani uchun, bu oyatdagi “lahv” kalimasiga ham “bekorchi narsa” deb maʼno berdik. Zotan, u kalimaga farzand yoki ayol deb maʼno berganlar, kinoya sifatida ishlatadilar.
[1243] Yahudiylarning baʼzilari Uzayrni Allohning bolasi degan bo’lsa, baʼzi xristianlar Iso Allohning o’g’li dedi, boshqalar esa farishtalarning Allohning qizlari deb iddao qilib, Alloh haqida yolg’on gapirib mushrik bo’ldilar.
[1244]Baʼzilar bu oyatga asoslanib, qiyomat kuni mahsharda farishtalar va baʼzi yaxshi insonlar boshqa gunohkor insonlarni jahannamdan qutqarib qoladi, deb iddao qiladi. Holbuki bu oyatda qiyomatda deb aytilmagan. Bu oyatdagi shafoat mavzusi mana shu hayotga tegishlidir.
[1245] O’xshash oyat: (Nur24:45).
[1246] Oyatda “samoni himoyaviy tom qildik” iborasi keltirilgan. Bu 20- yuz yildagi ilmiy tadqiqotlar bilan tasdiqlangan. Yerni o’rab turgan atmosfera zararli meteoritlar va nurlarni filtrlash orqali dunyodagi tiriklikni saqlab turadi. Bundan tashqari, yana bir qatlam dunyoni halokatli nurlardan himoya qiladi. Bularning barchasi dunyo Alloh taolo tomonidan o’ziga xos tarzda himoya qilinishini ko’rsatadi. Muhimi, bundan 1400-yil muqaddam Qurʼonda “Biz osmonni himoyalangan tom qildik” oyati ila keltirilganidir.
[1247] O’xshash oyat: (Yasin 36:40).
[1248] O’xshash oyatlar: (Oli Imron 3:144), (Zumar 39:30). Bu oyatlar Muhammad a.s. dan avval yashab o’tgan har bir payg’ambar vafot etganiga, shular qatori Iso a.s. ham vafot etganiga dalil bo’ladi.
[1249]Bu oyatdagi zikrga Qurʼon deb maʼno berishimizga (Anʼom 6:33) oyati turtki bo’ldi.
[1250] (Fussilat 41:53).
[1251] (Anʼom 6:31), (Aʼrof 7:187), (Zuxruf 43:66), (Muhammad 47:18).
[1252] (Baqara 2:162), (Oli Imron 3:88).
[1253] Yaʼni, qilmishlarining jazosini chekdilar, qilgan gunohlari boshlariga balo bo’ldi.
[1254] Baʼzi insonlar osmonlar va yerni boshqaruvida qandaydir avliyolar va pirlarni Allohga sherik qilib oladilar, baʼzialr esa qiyomatda bizni shafoat qilib qutqarib qoladi, deb iddao qiladilar va ularga duo qiladilar. Bu iddaolarning barchasi botil ekanini yuqoridagi va mana shu oyat ochiqlab beradi: (Aʼrof 7:197).
[1255] O’sha davrlarda ham Makka hamda boshqa yurtlar asta-sekin musulmonlar tarafidan Islomga daʼvat etilib, fath qilinayotgan edi. Mana shu tomonlama Makka mushriklariga yer yuzi bora-bora tor kelishni boshlagan.
[1256] Haqni qabul qilmaydigan kishilarning qalblari qotib ketadi. Mana shu sababli ular haqni eshitmaslikka urinadi va go’yoki quloqlari kar insondek hech narsa eshitmagandek turaveradi.
[1257] Muso alayhissalomga berilgan ilohiy kitobdagi xususiyatlar, Odam alayhissalomdan to Muhammad alayhissalomgacha kelgan payg’ambarlarga berilgan kitoblarning barchasida bor. Yaʼni, Allohdan kelgan har bir kitob mana shunday xususiyatga ega.
[1258] Muborak so’zi Qurʼon uchun ishlatilganida – ko’p foydali, qutlug’, baxt keltiruvchi maʼnolarni anglatadi.
[1259] Bundan keyingi oyatlar va (Anʼom 6:74-77) oyatlarda aytilgan holatlar Ibrohim a.s. hali balog’at yoshiga yetmay turib haqiqatni izlashni boshlaganini, yoshligidanoq haqqa talpingan va aql-idroki bilan zalolat va razolatni ajrata olishni boshlagan.
[1260]Akif – lug’atda bir narsaga yuzlanish va unga taʼzim qilib mulozamat qilishdir. Eʼtikof – shariatda, Allohning roziligiga yaqinlashish maqsadida masjidda vaqt o’tkazishdir (Mufradot).
[1261]Ibrohim ularga o’zlarining but-sanamlari orqali bir reja tuzgan. Haqni ko’rsatib qo’yish uchun butlaridan foydalangan.
[1262] (Soffat 37:98).
[1263] Ibrohim alayhissalom o’z yurtidan qochib Falastinga hijrat qilib ko’chib kelgan. Lut alayhissalom ham qavmiga balo kelishidan oldin Falastinga qochib chiqqan.
[1264] Bu oyatga ko’ra, insonlarni to’g’ri yo’lga boshlovchi kishi avval o’zi yaxshiliklarni amalga oshirishi kerak. (Qarang: Tafsiri Kashshof)
[1265] “Ibodat” kalimasiga berilgan maʼno uchun Fotiha surasi va izohiga qarang.
[1266] O’xshash oyatlar: (Sho’ro 42:8), (Inson 86:31).
[1267] (Sod 38:36), (Sabaʼ 34:12-14).
[1268] Sod 38:36. Tafsirlarda bu yurt Shom ekani aytiladi.
[1269] O’xshash oyatlar: (Naml 27:17), (Sabaʼ 34:12-14), (Sod 38:37).
[1270] Tafsirlarda aytilishicha, Ayyub alayhissalomning qo’lidagi mol-davlati ketgan, keyin salomatligini yo’qotgan, hatto uning oilasi ham undan uzoqlashib ketgan. Bularning barchasiga sabr qilgan. Baʼzilar u katta gunoh qilgani uchun shunday bo’ldi, deb iddao qilgani uchun, bu tuhmatga bardosh qilolmay, Allohga iltijo qilgan.
[1271] Zunnun – Yunus a.s. ning laqabidir. (Soffat 37:142) (Qalam 68:48) oyatlarda uni katta baliq yutib yuborgani uchun, “sohibi hut” deb ham atalgan.
[1272] Yunus alayhissalom elchilik vazifasini tark qilib, qavmini tashlab chiqib ketgan. Keyinchalik uni dengizda katta baliq yutib yuborgan. Oyatdagi zulmatlar deganda tuning qorong’iligi, dengiz tubi va katta baliq ichi tushuniladi. (Soffat 37:139-148).
[1273] Bu oyatdagi duodan o’lganimdan keyin mening vazifamni davom ettiradigan birini nasib qil, degan maʼno ham chiqadi, men o’lganimdan keyin meni haqimga duo qilib eslab turadigan bir merosxo’r ber degan maʼno ham chiqadi. Bu maʼnolar agar voris kalimasiga o’timli maʼno bersak shunday bo’ladi. Agar o’timsiz maʼno berilsa, “Zotan sen voris/egador bo’lib qoluvchilarning eng yaxshisisan” degan maʼno chiqadi. Zakariyo payg’ambar haqidagi boshqa oyatlar: (Oli Imron 3:37-38), (Anʼom 6:85), (Maryam 19:2-9).
[1274] Oyatdagi “uflash” iborasi qiyos uchun kelgan. Yaʼni, buni insonga ruhni joylash deb tushuniladi. Buni bir aqlli telefonga o’ziga xos programma:dastur joylash kabi tushunsa ham bo’ladi.
[1275] Iso alayhissalomning Odam alayhissalomga o’xshaydi. Ikkalasini ham otasi yo’q, lekin Odamga onazamin onalik qilgan bo’lsa, Iso alayhissalomga Maryam ona onalik qilgan. Odam bilan Isoni dunyoga kelishida Allohning “Bo’l!” degan amri asos bo’lgan, hech qanday erkak kishining faoliyati va sababi bo’lmagan. (Oli Imron 3:47, 59). Yer yuzida insondek mukammal bir borliq yaratilishi ham bir Ilohiy qudtar va cheksiz ilmdan dalolat va belgi bo’lsa, Isoni otasi olamga kelishi ham Ilohiy qudratdan bir dalolatdir.
[1276] Ummat kalimasidan o’z o’rnida din ham nazarda tutiladi (Mufradot). Alloh huzuridagi maqbul din bitta-yu bitta Islom dinidir (Oli Imron 3:19, 85). O’tmishdagi barcha payg’ambarlar va ularning ummatlari bitta dinga mansub bo’lishgan. Yaʼni, Allohdan kelgan Islom diniga mansub bo’lgan. Keyinchalik, ixtiloflar va nizolar keltirib chiqarishib, dinlarini buzib-parchaladilar.
[1277] O’xshash oyatlar: (Baqara 2:213), (Anʼom 6:159), (Hud 11:118), (Mo’minun 23:53), (Rum 30:31, 32),
[1278] Bu oyatga “Biz halok qilgan (shahar-yurt) aholisiga mahrumiyat bo’ldi – ular eski holatiga qayta olmaydilar”, shaklida tarjima qilganlar ham bo’lgan. Lekin, keyingi oyat bilan birgalikda o’qilsa, mavzu qiyomat kuni Alloh huzuriga qaytmasligi imkonsiz ekani haqidaligi ayon bo’ladi.
[1279] Yaʼjuj va maʼjuj deb arab tilida barcha kofir va buzg’unchi insonlar uchun ham ishlatiladi. Qiyomat bo’lganda qayta tirilmaydigan hech kim qolmaydi, hatto Yajuj va Majujlar ham. Shunda barcha insoniyat Rabbi tomon – Uning hukmi tomon mahsharga to’lanib keladilar. O’xshash oyat: (Yasin 36:51)
[1280] Bu oyatni “Jahannamdagilar birovning dardiga quloq solmaydi” deb talqin qilganlar ham bor.
[1281] Bu kishilar katta gunohlarga qo’l urmagan yoki undan tavba qilib qaytgan va o’zini tuzatgan mo’min kishilardir. (Niso 4:31), (Najm 53:32) Alloh taolo mo’minlarning barchasiga jannat vaʼda qilgan. Ularning amallari va ixlosiga qarab jannatda farqli darajalar beradi (Niso 4:95).
[1282] Bu oyatni to’g’ri tushunish uchun quyidagi oyatlar bilan birga o’qishni tavsiya qilamiz: (Yunus 10:4), (Naml 27:64), (Rum 30:11, 27).
[1283] Zabur – hikmat to’la kitob degani (Zajjoj, Maonil-Qurʼon). Maʼlumki barcha payg’ambarga hikmatli kitob berilgan (Oli Imron 3:81). Bu oyatdagi Zabur barcha ilohiy kitoblarga ishorat qiladi (Faxruddin Roziy). Baʼzi sahobalar bu kalimani “Zubur” shaklida o’qishi ham bunga dalil bo’ladi.
[1284] Bu oyatdagi “arz” iborasi oxiratdagi jannatga ishorat qiladi. Zero, (Zumar 39:74) oyatda “arz” iborasi jannat zamini deb keltirilgan. (Mo’minun 23:1, 11) oyatlarda jannatga meros qoluvchi bandalarning sifatlari bayon qilingan.
(Ibrohim 14:52), (Jin 72:23).
[1285] Ibodat – bosh egib itoat qilishdir (Abdulqohir Jurjoniy, Imom Nahhos, Imom Zajjoj), bosh egib buyurilgan ishni qilishdir (Faxruddin ar-Roziy). Buni o’zbek tilida so’zsiz itoat qilish deyiladi. Mana shu oyatga amal qilgan inson o’zini Allohning bandasi ekanini so’z va amal bilan tasdiqlagan bo’ladi. Amalsiz quruq gap bilan ibodat bo’lmaydi. Allohdan boshqa hech kimni aytgani so’zsiz va shartsiz amalga oshirilmaydi. Aks holda, Allohdan boshqasiga qullik boshlanadi.
[1287] Alloh tarafidan yuborilgan elchilarning barchasi insonlarga qilingan Allohning yaxshiligi va marhamatidir. Iso alayhissalom uchun ham bu kabi ibora ishlatilgan (Maryam 19:21). Shuningdek, Alloh tarafidan kelgan har bir ilohiy kitob o’z davrida unga ishongan kishilar uchun Alloh tarafidan kelgan bir yaxshilik bo’lgan (Duxon 44:5, 6). Agar insoniyatning barchasi Qurʼonga ishonsa edi, barchasi Allohning rahmatiga musharraf bo’lardi.
[1288] Haj surasi, Madinada tushgan, 78 oyat. Tushish tartibi 103, yozilish tartibi 22.
[1289] Qiyomat kuni kofirlarga beriladigan azobni agar yosh bolalar ko’rsa, ularning sochlari o’sha zahoti oqarib ketadi (Muzzammil 73:17).
[1290] Alloh haqida ilmsiz talashib-tortishadigan insonlar shaytonga ergashgan bo’lishi bu va 8-oyatda ochiqcha bayon qilindi. Zotan, Alloh haqida bilmagan narsasini gapirish qatʼiy haromdir (Aʼrof 7:33). Shayton insonga Alloh haqida bilmagan narsasini gapirtirishga buyurib, mana shu yo’l orqali ham adashtirib yuboradi (Baqara 2:169). Alloh haqida bilmagan narsasini gapirgan odam, Allohga bo’hton qilgan bo’ladi. Allohga bo’hton qilganlar zolimlardir (Oli Imron 3:93). Unday kimsalar aslo najot topmaydi (Yunus 10:69).
[1291] Yopishqoq qon – bachadonga yopishgan embrionga aytiladi.
[1292] Bu oyatda Alloh taolo ham dunyodagi yartilish jarayonini va oxiratdagi qayta tirilish jarayonini tushuntirib beryapti. Qayta tirilishdan shubha qilgan kishi ilk yaratilishga va o’z yaratilishiga nazar solsin.
[1293] Yaʼni, hosil berishga tayyor bo’ladi.
[1294] Juft-juft deganda, o’simliklardagi erkak va ayoliga ishorat bo’ladi. O’simliklarda ham urug’lanadigani va urug’lanmaydigani bo’ladi. Bunga changlatish deyiladi.
[1295] Bu oyatning dalolati bo’yicha, insonlarni qiyomatda qayta tirilish jarayoni xuddi bir urug’ni yer ostida yetishib unib chiqishi kabi bo’ladi. Buni ochiqlagan yana boshqa oyatlar: (Aʼrof 23:25), (Rum 30:19), Zuxruf 43:1). Insoniyat ilk boshdaqanday yaratilgan bʼlsa, shunday takrorlanadi (Anbiyo 21:104).
[1296] Bu oyatdagi “bo’yin tovlab” iborasi va bunga o’xshash farqli iboralar aslida kinoya sifatida keltiriladi. Yaʼni, haqdan yuz o’girish, haqni tan olmay qaysarlik qilish maʼnolarida keladi. Ushbu surasining 11 va (Oli Imron 3:144) oyatidagi iboralar ham shunday.
[1297] Insonlar qilgan gunohlarni ko’proq qo’llari bilan qilgani uchun oyatda “qo’llaring” iborasi keltirilgan. Bu ibora, qilingan har qanday gunoh va jinoyatni o’z ichiga oladi, xoh qo’l bilan qilsin, xoh til bilan, xoh dil bilan. Bularning barchasiga javobgar bo’ladi.
[1298] Dinlar aro Islom va musulmonlarga eng yomon dushmanchilik qiladiganlar yahudiylar hamda, duo va ibodatlarida Allohga sherik qo’shadigan – mushriklardir (Moida 5:82).
[1299] Baʼzilar bu oyat Muhammad a.s. haqida deb iddao qiladi. Unday emas. Bu oyat ushbu suraning 11-oyatidan boshlab tushuntirilgan ibodatlarda beqaror, boshiga musibat tushsa ibodatdan yuz o’giradigan insonlarga tegishli. Unday insonlar o’zini qiynayotgan masalalasi yuzasidan kerakli barcha choralarni ko’rgan holda yolg’iz Allohga iltijo qilishi kerak. Undan boshqa hech kimga suyanmasligi kerak. Kim Allohga suyanib-tayansa, U unga kifoya qiladi (Taloq 65:3).
[1300] Yuqoridan beri Allohdan boshqasiga duo qiladigan kishilar haqida turli iboralarda oyatlar keldi. Ayniqsa 11-oyatda imon bilan kufr orasida ikkilanib yuradigan kishi haqida oyat keldi. Bu oyat o’sha kishilar orasida to’g’ridan-to’g’ri Allohning O’ziga duo qilsam bo’larmikan yoki bo’lmasmikan, o’rtaga vositachi qo’shaymikan yoki qo’shmaymikan, deb ikkilanayotgan kishilarga, to’g’ridan-to’g’ri Allohning O’ziga duo qilishi aytilyapti.
[1301] Qurʼoni Karimni nozil bo’lish sabablaridan biri, Alloh Qurʼondagi oyatlari ila insonlarni zulmatlardan nurga olib chiqish uchundir (Hadid 57:9). Kimki Qurʼonga ishonsa, uni tushunishga harakat qilsa, unga amal qilsa, ikki dunyosini ham obod qiladi, zulmatlarda qolib ketmaydi.
[1302] (Raʼd 13:27) oyatda ham Alloh hidoyatda yurishni xohlagan va Allohga yo’nalgan bandani hidoyat qilishini bildirgan. Allohga yo’nalgan qulini Alloh hidoyat qilmay qo’ymaydi. Alloh birovni majburan adashtirmaydi, zalolatni tanlagan va o’sha yo’lda yurishga qaror bergan bandasini esa, majburan to’g’ri yo’lda yurgizmaydi. O’xshash oyatlar: (Yunus 10:108), (Isro 17:15).
[1303] Yahudiylik Dovud alayhissalomdan keyin paydo bo’lgan. Dovud a.s Yaʼqub a.s. ning Yahudo nomli o’g’lining naslidan kelgani uchun, ular o’zlarini shunday ataydilar.
[1304] (Maryam 19:12), (Anʼom 6:12) oyatlarning ishoratiga ko’ra, sobiiylar Yahyo a.s. ga tushgan ilohiy kitobga va Ginza nomli kitobga ishongan kishilardir.
[1305] Majusiylar – o’tga sig’inadigan, o’tda ilohiy bir kuch borligiga ishonib, uni muqaddaslashtiradigan kishilardir. Baʼzilar Zardushtiylik dinini majusiylik deb aytgam.
[1306] Ayirib qo’yadi, deganda “Hukm qiladi” degan maʼno ham chiqadi. (Baqara 2:113).
[1307] “Allohning dinidan boshqa (din)ni xohlayapsizlarmi? Axir, osmonlaru yerdagilarning barchasi ixtiyoriy yoki majburiy ravishda Uning diniga:yaratishdagi fitratiga taslim bo’lgan-ku! Sizlar Uning hukmiga chiqarilasizlar.” (Oli Imron 3:83) Osmonlar va yerdagilarning barchasi Allohga sajda qilishi, Alloh yaratgan tabiatda U yaratgan xilqatga ko’ra yashashidir. Allohni tan olmagan kofirlar xohlasa ham xohlamasa ham baribir Alloh yaratgan yerda yashaydi, U yaratgan narsalardan foydalanadi. Yaratuvchini tan olmagani bilan, hech bir kofir o’zini-o’zi yarata olmaydi. Bu narsa bir navi Allohga majburiy sajda qilish bo’ladi.
[1308] Bundan oldingi oyatdan maʼlum bo’ldiki, insoniyat asosan ikkiga bo’linadi; biri Allohga bo’ysunuvchi, yana biri Unga ishonmaydigan, Unga isyon qiladigan taraf. Munofiqlar ham kofirlar qatoridadir.
[1309] (Niso 4:56), (Duxon 44:43-46), (Inson 76:4).
[1310] Kofirlik qilganlarga o’z jinoyatlariga yarasha jahannamda beriladigan azoblar haqidagi o’xshash oyatlar: (Raʼd 13:5), (Sabaʼ 34:33), (G’ofir 40:71), (Haqqo 69:32), (Muzzammil 73:12), (Inson 76:4).
[1311] Jannatda so’rialrda yonboshlagan holda o’tiradilar (Hakf 18:31). Jannatda eson-omonlikda bo’ladialr (Duxon 44:51).
[1312] Eng go’zal so’z Allohning so’zidir, eng go’zal so’z Qurʼondir. (Zumar 39:23). Dunyo hayotidagi eng to’g’ri yol Islomdir. Bu yo’l borliqlarni yaratgan egasi tarafidan buyurilgan yo’ldir. (Oli Imron 3:101), (Anʼom 6:126), (Shuro 42:52, 53)
[1313] Ibrohim alayhissalom Kaʼbaning yoniga joylashganidan keyin, o’sha joylarni pokizaligiga qarab turish vazifasi yuklatilgan. Ibrohim alayhissalom Kaʼbani asosidan boshlab qayta tikkalagan (Baqara 2:127). Kaʼba Odam alayhissalom davrida qurilgan (Oli Imron 3:96). Bu oyatdan maʼlum bo’ladiki, masjidlarda beminnat xizmat qilish payg’ambarga yuklatilgan sharafli vazifalardan biridir.
[1314] Kaʼbaning masʼuliyati Ibrohim va o’g’li Ismoil alayhissalomlarga yuklatilgan (Baqara 2:125). Kaʼbani pok tutish deganda, shirkka olib keluvchi maʼnaviy nopokliklardan hamda, har turli moddiy nopokliklardan poklash degani maʼno chiqadi. Masjidga xizmat qilish eng sharafli ishlardan biri hisoblanadi.
[1315] Bu oyatga ko’ra, Ibrohim alayhissalomdan avval ham haj ibodati bo’lgan. Chunki, bilinmagan va yangitdan boshlanadigan narsaga eʼlon qil deyilmaydi, balki, o’rgat yoki boshla deb aytiladi. Zotan, yer yuzidagi ilk qurilgan ibodat qilinadigan uy Kaʼbadir (Oli Imron 3:96).
[1316] Manfaat deganda, haj safarida yo’ldagi turli tijoratlarni ham, Makkaga borganda ehromga kirishdan avval va ehromdan chiqqanidan keyin qiladigan har turli halol tijoratni ham o’z ichiga oladi. Bundan tashqari Allohning roziligi va mag’firati eng katta maʼnaviy manfaatdir.
[1317] Oyatdagi “tafas” kalimasi haj arkonlariga ishorat qiladi. Abdulloh ibn Abbos va Abdulloh ibn Umar shunday degan. Tay qabilasidan Urva ibn Mudarris, Muzdalifada Rasulullohga yetib oldi va shunday dedi: “Tay tog’idan keldim, ulovim parishon bo’ldi, o’zimni ham qiynadim. Vallohi, tepasiga kelib dam olmagan bironta qum tepaligi qolmadi, men hoji bo’la olamanmi? Rasululloh shunday der edi: «Kimki biz bilan birga shu (tong) namozini o’qisa va avvalroq – kechasi yoki kunduzi Arafotga kelgan bo’lsa, demak u kishi hajini tamomlagan va tafasini yeriga keltirgan bo’ladi.” (Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy, Ahmad, Doramiy, Ibn Moja va Ibn Hibbon rivoyat qilgan.) Tafas – hadisga ko’ra Arafot va Muzdalifadagi to’xtalishdir. “Tafaslarini ado qilsinlar” buyrug’i ularni farz ekanini ko’rsatadi.
[1318] Ehromga kirishdan avval qurbonlik qilaman deb nazr qilgan inson, bu oyatga ko’ra, o’sha nazrini ehromdan chiqqanidan keyin ado etadi. Oyatdagi “atiyq” kalimasi eski, qadimgi, ko’hna, degan maʼnolarni anglatadi.
[1319] Chorva hayvonlar qanday holatlarda bo’lishini bilish uchun qarang: (Baqara 2:173), (Moida 5:3), (Anʼom 6:145), (Nahl 16:115).
[1320] Allohdan boshqasini nomi aytilib, yoki boshqasiga atab so’yilish uchun tikkalab qo’yilgan toshlar yoki boshqa narsalar mana shu oyat hukmiga kiradi. Chunki, yuqoridagi izohda keltirilgan oyatlarning barchasida, go’shti halol bo’lgan hayvonlarni Allohdan boshqasiga atab so’yish ifloslikdir deb aytilgan. But-sanamlarga sig’inish ham, but-sanamlarga atab qurbonlik qilish ham, o’sha go’shtlardan yeyish ham bir xil ishdir.
[1321] Aloqador oyatlar: (Niso 4:48, 116), (Ibrohim 14:18), (Nur 24:39, 40).
[1322] Qurbonlikka so’yaman deb olib borgan hayvonlaridan, toki qurbonlik vaqti kelguncha bemalol sut-qatig’idan bahramand bo’lib turish yoki minib foydalanish mumkin. Keyin, uni Haram hududiga so’yiladi.
[1323]Qurbonlikka mol, qo’y, tuya yoki echki so’yiladi (Anʼom 6:142-144).
[1324] (Zumar 39:45).
[1325] Bu oyatdagi badani yetishgan iborasini Payg’ambar alayhissalom “musinn” deb ifodaqilgan (Muslim, qurbonlik bobi). Yaʼni, sut tishlari tushgan hayvonlar degani. Mana shu oyatda va hadisdan olingan holda, qurbonlikka qo’y va echki bir yoshni, mol ikki yoshni, tuya to’rt yoshni to’ldirgan bo’lishi kerak deb aytilgan.
[1326] Alloh taqvodorlardan:o’z ishini masʼuliyat bilan bajaradiganlardan qabul qiladi (Moida 5:27). Yaʼni, qilayotgan ibodatlarini masʼuliyat bilan bajaraadigan, ibodatiga riyo va shrik kabi xatoliklar aralashtirmaydigan, xolis Alloh uchun qiladigan kishilardan qabul qiladi.
[1327] Bu iboralar Qurbon bayrami namoziga dalolat qiladi. Shuning uchun bayram namozlarida boshqa namozlarga nisbatan “Allohu Akbar” deb aytiladigan takbir ko’proq aytiladi. Namozdan keyin ham xutbada ko’p-ko’p takbir aytiladi. Bayram namozlari quyosh ko’tarilganidan keyin o’qilishiga Toha surasining 59-oyati dalolat qiladi. Bu oyat, avvalgi ummatlarda ham bayram namozi bo’lganiga ishorat qiladi.
[1328] Muhsin kalimasidan ikkita farqli maʼno chiqadi:
- Birovga moddiy yaxshilik qiluvchi.
- O’z vazifasini yoki qilayotgan yaxshi ishini puxta, chiroyli va maromiga yetkazib bajaruvchi (Lisan, Mufradot).
[1329] Alloh taolo yer yuzida vaqti-vqti bilan yomon insonlarning yoonligi va buzg’unchiliklarini yaxshi insonlar orqali bartaraf qilib turadi. Agar bunday qilmaganida edi, yer yuzi fasodga to’lib ketgan bo’lardi, (xristianlarga oid) monastir va cherkovlar, (yahudiylarga oid) havralar va ichida ko’proq Allohning nomi yod etiladigan masjidlar vayron qilib yuborilgan bo’lardi (Baqara 2:251), (Haj 22:40).
[1330] Mo’minlarga faqat dushman tarafidan o’zlariga qarshi jang boshlanganida-gina jang qilishga ruxsat berilgan (Baqara 2:190). Uchta qizil chiziq buzilmaguncha, dini, irqi, millaridan qatʼiy nazar, hech kim bilan jang qilinmaydi. Aksincha, insonlik jihatidan yaxshi va adolatli muomala qilinadi. (Qarang: Mumtahana 60:8,9). Dushman hujum qilganda qanday harakat qilish kerakligi haqida Anfol va Tavba suralarida batafsil bayon qilingan.
[1331] Yaʼni, Alloh yordam beradigan kishilarning sifati mana shunday bo’lishi kerak. Alloh shunday kimsalarga yordam beradi.
[1332] “Nakir(i)” iborasiga “Meni tan olmaslik qanday bo’lar ekan” deb maʼno bergan mufassirlar ham bor. Har ikkalasida ham maʼno buzilmaydi. Zotan Alloh Uni tan olmagan-kofirlarga qarshilik qilib jazolagan.
[1333]Oyatdagi “Biʼr” va “Qasr” kalimalarini “urush” kalimasiga atf qilib maʼno aytganlar ham bor. Bu holatda, “Tashlandiq quduqqa va kimsasiz muhtasham qasrlarga aylanib qoldi” shaklida tarjima qilinadi.
[1334]Ko’rgan va eshitgan narsasidan ibrat olmagan, u haqida tafakkur qilib o’ylanmagan kimsalarga qalbi ko’r deyiladi.
[1335] (Sajda 32:5).
[1336] (Sabaʼ 34:38), (Fussilat 41:40), (Sho’ro 42:35).
[1337] O’tmishdagi har bir payg’ambarga Alloh muqaddas vazifa – Allohning dinini yetkazish vazifasini yuklagan. Ular esa, o’sha vazifani eng chiroyli shaklda amalga oshirishni maqsad qilib, buyuk orzular qurib, uni amalga oshirishga kirishishi bilanoq, insu-jin shaytonlar payg’ambarlarga dushmanlik qilishgan, qo’llaridan kelganicha unga, uning payg’ambarligiga va daʼvatiga to’sqinlik qilishgan. Bunga o’xshash holat hozirda ham davom etmoqda. Baʼzi bir din dushmanlari Allohning dini yoyilishiga qarshi chiqib, Islom va musulmonlarning yo’llariga to’g’onoq bo’lmoqdalar. Musulmonlar bunday holatlarda ortga chekinmagan, taslim bo’lmagan va umidlarini uzmagan holda, yo’llarida davom etishlari kerak. Har qanday holatga bardosh qilib, Allohdan yordam so’rab yo’lda davom etishlari kerak. Allohning dinini yetkazish eng sharafli vazifalardan biridir. Bu ish payg’ambarlardan meros qolgan ishdir.
[1338] (Jin 72:26-28).
[1339] Qiyomatda faqatgina Alloh hukm qilishligi, u kuni Undan boshqa hech kim hukm qilomasligi haqidagi o’xshash oyatlar: (Fotiha 1:4(, (Anʼom 6:73), (Furqon 25:26), (G’ofir 40:16).
[1340]Jon va imon yuzasidan majbur bo’lib o’z yurtidan boshqa yurtga ko’chib ketgan kishiga aytiladi.
[1341]Jinoyatchini jazolashda ham, o’ch olishda ham haddan oshmaslik kerak. Agar birov sizga yomonlik qilgan bo’lsa, uni jazolamoqchi bo’lsangiz, sizga yetkazilgan zarardan ortiqcha zarar kletirmasligingiz kerak (Shuro 42:40), (Baqara 2:194), (Nahl 16:126). Islomda jazo, intiqom, qasos, o’ch olish qonunlari adolat uzra barpo qilingan.
[1342] Kun va tun aylanib turgani kabi, haq bilan botil, zulm bilan adolat har doim davom etib turadi. Shu bilan Alloh bandalarini imtihon qilib turadi. Bir kun haq taraf g’olib kelsa, bir kun nohar taraf g’olib keladi (Oli Imron 3:140). Alloh yer yuzida bir meʼzon qo’ygan (Rahmon 55:7, 8). Yer yuzida adolat ila hukm qilishga buyurgan (Niso 4:58).
[1343] Botil – yaroqsiz, noto’g’ri, nohaq degan maʼnolarni bildiradi. Duo qilib yordam so’ragani va qullik qilgani faqatgina Alloh loyiqdir. Ibodat qilinishga va duo so’ralib yordam talab qilinishga Undan boshqa hech kim loyiq emas.
[1344]Latif – o’z ishini eng nozik masalalarigacha, mayda ikir-chikirlarigacha yaxshi biladigan, degani. Yaʼni, Alloh o’z ishida hech qanday kamchilikka yo’l qo’ymaydi.
[1345]O’tmishdagi ummatlarda ham qurbonlik ibodati borligi ushbu suraning 34-oyatida ham alohida bayon qilingan.
[1346] (Fatir 35:1).
[1347] Jihod – Qurʼon istilohiga ko’ra, kerak bo’lganda dushmanga, kerak bo’lganda nafsga, vaqti kelganda shaytonga, fitna-fasod va zulmga qarshi kurashishdir. Alloh yo’lida olib borilayotgan kurashlarda hech bir malomatchining malomatidan qo’rqmaslik — haqqi ila kurashishning bir ko’rinishidir (Moida 5:54).
[1348] Avvalgi ummatlarga buyurilgan ibodatlarga nisbatan bizga buyurilgan ibodatlar orasida juda katta farq – yengilliklar bor. Masalan: Ramazondagi, namozdagi, tahoratdagi va boshqa ibodat masalalaridagi hukmlarda yengilliklar berdi.
[1349] Alloh taolo O’z Kitobida Allohga ich-ichidan ishonib suyangan va yaxshi ishlar bilan mashg’ul bo’lgan insonlarga juda ham chiroyli nom berib, ularni Qurʼonda ham va avvalgi kitoblarda ham “Musulmonlar” deb atagan. Musulmonman degan bir inson uchun bundan boshqa nomni yoki laqabni o’ziga nisbat berishi mumkin emas. Din nuqtayi nazaridan Alloh nomlagan nom bilan kifoyalansin. Shunda Musulmonlarni bir-biridan ayrib-bo’lib, firqa-firqa qilib, bir-biriga dushman qilib qo’yolmaydilar. Bu kabi yana bir amr: (Oli Imron 3:102)
[1350] Mo’minun surasi, Makkada tushgan, 118 oyatdan iborat. Tushish tartibi 74, yozilish tartibi 23.
[1351] Bu oyatdagi “solat” kalimasi musulmon insonning barcha diniy vazifalarini o’z ichiga oladi. Kundalik besh vaqt namoz ham ular orasidandir. Yaʼni, har bir musulmon kishi dinda biror bir amal qilayotganida kamtarlik qilgan va o’sha amaliga hurmat ko’rsatgan holda masʼuliyat bilan ado etishi kerak.
[1352] Lag’v – eʼtibor berishga arzimaydigan narsaga aytiladi. Insonning dunyo va oxiratiga foydasi yo’q narsalaning barchasiga lag’v deyiladi.
[1353] Arab tilida zakot kalimasining asl maʼnolaridan biri, Allohning barakasi tufayli bir narsani ortishidir. Mol-davlatidan miskin-bechoralarga infoq-ehson qilgan odamning mol-davlati Allohning barakasi ila yanada ortgani va mol-davlatidagi kambag’allarning haqqi chiqib ketib poklangani sababli, ehson va sadaqa berishga ham zakot deb no’m berilgan. Yana bir maʼnosi, maʼnan poklanishdir. Inson o’zini ham moddiy hamda maʼnaviy yomonliklardan pok saqlab yurishi sababli, dunyoda ham oxiratda ham saodatga sazovor bo’ladi. Buning uchun u bu yo’ldagi kerakli ishlarni amalga oshiri kerak (Mufradot). Quyidagi oyatlar shunda dalolat qiladi: (Niso 4:49), (Tavba 9:103), (Maryam 19:13, 19), (Aʼla 87:14), (Shams 91:9). Nafsni poklash “Allohdan boshqa iloh yo’q” deb, o’zini shirk iflosligidan qutqarishdir (Tafsir ar-Roziy). Boshqa bir qancha mufassirlar bu oyatga Islomdagi muayyan ibodat bo’lmish zakotni beruvchilar shaklida tarjima qilgan.
[1354] Arab tilidagi “azvaj” kalimasi ham erkak kishiga ham ayol kishga ham ishlatiladi. Yaʼni, bu oyatni o’qiyotgan kishi agar ayol kishi bo’lsa o’z erini tushunadi, agar o’qiyotgan kishi erkak kishi bo’lsa, bu oyatdan o’z ayolini tushunadi. “ma malakat aymanuhum” iborasi esa, jagnda musulmonlarga asir tushib, keyin o’sha yerda musulmonlarga turmushga chiqqan ayollar tushuniladi. Hur yoki asira bo’lishdan qatʼiy nazar, hech bir ayol kishi biilan nikohsiz jinsiy aloqaga kirib bo’lmaydi (Niso 4:3), (Nur 24:32, 33).
[1355] Er-xotin o’rtasida avrat joylari haqida hech qanday malomat bo’lmaydi.
[1356] Halol-haromni Alloh belgilaydi. Kim bir halolni harom, yoki haromni halol desa haddan oshgan bo’ladi.
[1357] (Kahf 18:107). Firdavs — turli noz-neʼmatlarga to’la, keng bo’ston degani (Kashshof).
[1358] Insonnning ilk yaratilishi loydan bo’lgani uchun, to qiyomatgacha har bir insonning yegulik rizqi suv va tuproq aralashgan loydan chiqadi. Bu rizqni insondan boshqa jonivorlar uchun ham rizq qilib bergan.
[1359] (Sajda 32:8).
[1360] Insonni yaratilishi avval loydan bo’lgan. Keyin uning nasli urug’lantirilgan tuxum (sperma)dan yaratilgan. (Qarang: (Sajda 32:7, 8)
[1361] Inson dunyodan o’tganidan keyin to qiyomatda qayta tirilgunga qadar tirilmaydi, qabrda azoblanish uchun vaqtinchalik tirilmaydi. O’lik inson hech narsadan xabar ololmaydi. Chunki, o’rtada barzax (to’siq) bo’ladi (Muʼminun 23:10). Azob yoki mukofot ham qiyomatda bo’ladi.
[1362] Oyatdagi “yo’l” kalimasiga osmonlar, falak deb maʼno berganlar ham bor. Baʼzilar buni osmonga ko’tariladigan yo’l deb maʼno bergan. “sabʼ” kalimasi baʼzan 7 sanog’iga, baʼzan ko’plik maʼnosida ishlatiladi (Lisanul-Arab).
[1363] Alloh taolo yaratgan narsalarini bilmasdan yaratmagan. Har bir yaratgan narsasini O’z ilmiga asosan yaratgan. Buncha narsani yaratgan zot albatta ularni qayta yaratishga ham kuchi yetadi.
[1364] (Zumar 39:21).
[1365] “Suvni ketkazish” deganda, dnegiz va daryolarda bir yerdan boshqa yerga oqib ketishi, parlanib yana samoga yuksalib chiqib ketishi, yerga singib ketishi kabi suv haqidagi barcha qonunlar belgilab qo’yilgan degan maʼnolar chiqadi. Alloh hamma narsaga bir qonun o’lchab qo’ygan. Yerga muayyan bir miqdorda suv tushadi, keyin o’sha miqdordagi suv yerga singib ketadi va samoga parlanib ketadi.
[1366] Sino tog’ deganda – mevali daraxtlar unib chiqadigan tog’larga (Muqotil tafsiri), go’zal tog’larga (Suyutiy va Ibn Atiyya tafsirlari, Qatoda r.adan rivoyat qilingan) aytiladi (Lisan). Baʼzilar, buni muayyan bitta tog’ deb aytgan.
[1367] Insonlar ekib undirmasa ham, ishlov bermasa ham, Alloh taolo insonlar uchun tog’u toshlardan daraxtlar va turli foydafi o’simliklar undirib qo’yadi. U daraxtlardan yegulik va taomlarga qo’shiladigan yog’lar va boshqa mahsulotlar bo’ladi. Bu esa Allohning eng buyuk ilmi va tabiatdagi qonunlaridan biridir. Uzum va xurmo bog’larni insonlar o’z qo’lalri bilan yetshtiradi. Tog’u toshlarda esa, inson qo’li tegmasa ham, yoqqan yomg’ororqali turli mevali daraxtlar unib chiqadi.
[1368] Chorva hayvon deganda asosan qo’y, echki, mol va tuya kiradi. (Anʼom 6:143, 144)
[1369] Millati, irqi, jinsi, dini yoki nasabidan qatʼiy nazar, insoniyat boshqa mavjudotlardan ko’ra mana shu taraflama fazilatli va mukarram qilib yaratilgan. Mavjudotlar orasida faqatgina inson o’zidan boshqa narsalarni ustida o’zi ham minib yuradi, yuklarini ham tashib yuradi. Bu esa Allohning katta mehribonligidir.
[1370] “Tannur qaynaganidan keyin” degani, keman harakatlanganidan keyin, degani.
[1371] (Hud 11:40).
[1372] U yerlarda Nuh qavmidan keyin Od va Hud qavmi vujudga kelgan.
[1373] Bularga Hud a.s. elchi bo’lib kelgan.
[1374] Alloh farovonlik bergan bandalarning ko’plari o’z davridagi payg’ambarlar, halol va yaxshi insonlarga dushmanlik qilib kelgan. Ular ko’proq aishatparastlar bo’lgan.
[1375] Baʼzi insonlar Allohni yaratuvchi ekaniga ishonsa-da, oxiratga ishonmaydiganlari ham bor. Bular ateistlarning farqli guruhlaridir. Bunday insonlar o’lgandan keyin ruhi badanidan chiqib, yana boshqa bir badanga kirib hayotni davom ettiradi, deb iddao qiladi. Buni renkarnatsion (ruh ko’chishi) deb ataladi. Baʼzi bir tariqatlarda ham shunday noto’g’ri tushuncha bor. Baʼzilar esa, shu dunyoda yashab, shu dunyoda o’lamiz, boshqa hayot yo’q demoqchi ham bo’lishgan. O’xshash oyatlar: (Anʼom 6:29), (Josiya 45:24).
[1376] Oyatdagi “haq” kalimasidan “O’zlari loyiq bo’lgan”, “haqiqiy” va “adolatli” degan maʼnolar tushuniladi. Har ikkala maʼnoda ham, Alloh ularga zulm qilmagani tushuniladi.
[1377] Hud payg’ambardan keyin u yerlarda Solih, Lut va Shuayb payg’ambarlarning qavmlari yashagan (Tafsiri Nasafiy).
[1378] Alloh bandalarga muhlat beradi. U muhlat ichida agar ular zulmni bas qilmasa, buzg’unchilikdan voz kechmasa, o’zini isloh qilmasa, ularga belgilangan ajal kelib, ularning barchasini halok qiladi. Biron bir jamiyatga halok bo’lish ajali kelgan bo’lsa, endi ular o’z ajalini bir kunga ham kechiktira olmaydi (Aʼrof 7:34), (Yunus 10:49), (Nahl 16:61).
[1379] Firʼavn va uning yetakchi odamlari o’z qavmini va Banu Isroil qavmini o’ziga qul qilib olgan, yer yuzida buzg’unchilik qiladigan tuzim bunyod qilgan edi (Yunus 10:83), (Qasos 68:4).
[1380] Muso alayhissalomga Firʼavn halok bo’lganidan keyin kitob berilgan. Payg’ambarlar vafotidan keyin ummatlari yana adashib ktmasligi uchun, Alloh taolo payg’ambarlarga kitob yuborgan. Shu tariqa, Allohning dini davom etib keladi.
[1381] Maryam ona va Iso payg’ambar ikkalasini Ilohiy qudrat va Ilohiy ilmdan dalolat va belgi ekani haqida qo’shimcha maʼlumot uchun qarang: (Maryam 19:16-25), (Anbiyo 21:91).
[1382] Ko’pchilik mufassirlarga ko’ra, bu oyatda xitob Muhammad alayhissalomga, lekin buyruq uning barcha ummatlariga tegishli, deb aytgan. Kelgusidagi oyat aynan mana shu maʼnoga ishorat qiladi.
[1383] “Pokiza narsalar” deganda, asli halol bo’lsa-da, aynimagan, yaroqlilik muddati tugab, xususiyati o’zgarmagan, degan maʼnolarni bildiradi. Bunga bir misol; sigirning suti halol bo’lgani bilan, uni issiq kunlarda 3-4 kun quyosh nuri ostida saqlab tursa, xususiyati buzilib ayniydi va ichgan insonni kasal qiladi. Undan tashqari, asli umumiy halol bo’lsa-da, tabiati tortmagan, isteʼmol qilsa salomatligiga salbiy taʼsir qiladigan yeguliklardan isteʼmol qilmaslik tavsiya qilingan.
[1384] Barcha payg’ambarlar yakka xudolikka daʼvat qiluvchi Islom dini bilan kelgan. Demak, har bir payg’ambarning ummati bitta dinga mansub ummat bo’lgan, bitta ummat bo’lgan.
[1385] Allohning dini yagona Islomdir. Barcha payg’ambarlarga Islom dinini buyurgan. Har bir ilohiy kitobdagi din Islom bo’lgan. unyodagi barcha dindorlarning asl manbai aslida bittadir – ilohiy dindir. Shunday bo’lishiga qaramay, avvalgi ilohiy kitoblarni ichidagi ibora va matnlarini o’zgartirishib, har birini farqli dinlarga mansub kitoblar holiga keltirib yubordilar. Insonlarga Tavrotdagi din yahudilik dini, Injildagi din xristialik dini deb tushuntirdilar. Natijada, aslida bitta dinga mansub bo’lgan ummatlar farqli guruhlarga bo’linib ketgan. Buning sabablaridan biri, o’z qo’llari bilan yozgan kitoblariga turli diniy yagililar kiritib, ularni ham ilohiy hukm darajasiga olib chiqqani bo’lgan (Baqara 2:79). Holbuki, ilohiy kitoblar bir-birini tasdiqlaydigan, yagona Islomni tushuntirib beradigan dinning manbai edi. Qurʼoni Karim ham Islom dining manbaidir.
[1386] (Anʼom 6:159), (Anbiyo 21:93), (Rum 30:32),
[1387] Musulmon odam qilgan har bir yaxshiligini ichida qo’rquv bo’lgan holda qilsa, yana ham mukammal bo’ladi. yaʼni, Alloh bu qilgan yaxshiligimni qabul qilarmikin, samimiy holatda qilyapmanmikin, Alloh buyurganidek bajaryapmanmikin,- deb amalga oshirsa, qilayotgan ishini yana ham mukammal bajarishga va masʼuliyat bilan ado etishga kirishadi.
[1388] Kitob deganda Qurʼon tushulishi ham mumkin, oxiratda o’rtaga qo’yiladigan kitob tushunilishi ham mumkin. (Yunus 10:61), (Toha 20:52), (Sabaʼ 34:3), (Hadid 57:22), (Josiya 45:28, 29).
[1389] Yaʼni, din ishidagi birlik ishini jamoat va mazhablarga bo’lib yuborganlarning bundan boshqa yana turli yomon ishlari ham bor. Avval birlik ishini buzdilar, endi asl maqsadlariga erishish uchun qiladigan ishlari bor. dindagi birlik ishini buzganlarning ahvoli qanchalik yomon ekani, mana shu oyatlardan ayon bo’lmoqda.
[1390] Demak, baʼzi insonlar boshiga bir balo kelmaguncha, jinoyatidan qaytmaydi, o’zini xatokor ekanini tan olmaydi.
[1391] Bu oyatni (Fussilat 41:26) oyat bilan birga o’qilsa yana ham tushunarli bo’ladi.
[1392] Makkaliklarning ajdodlariga ham elchi sifatida o’z oralaridan Ibrohim va Ismoil alayhissalomlar kelgan. Ularga ham endi yana o’z oralaridan elchi bo’lib Muhammad alayhissalom keldi. Zotan, avvalgi elchilar keltirgan din ham Islom dini – tavhid dini bo’lgan.
[1393] (Anbiyo 21:22).
[1394] (Soffat 37:167-170) oyatlariga ko’ra, bu oyatdagi zikr Qurʼon kitobga ishorat qiladi. insonga kerakli eng to’g’ri maʼlumotlar Qurʼonda mujassam, unga amal qilib, hayotiga tatbiq qilsa dunyo va oxiratda sharafli bo’ladi. Shuning uchun ham Qurʼonga zikr deb ataladi.
[1395] Bu oyatdagi zarar maʼnaviy zararni ham, moddiy zararni ham o’z ichiga oladi. Maʼnaviy zararga misol: Anfol 8:22-23. Bunday insonlarga hidoyatni majburan singdirib qo’yilsa ham, qaysarligi uchun baribir tog’ri yo’ldan chiqib ketishgan bo’lar edi.
[1396] Rivoyatlarga ko’ra, Makka ahli Payg’ambar alayhissalomga nisbatan qo’pol ravishda qarshi chiqishni boshlagan vaqtlarda, Makka ahliga qahatchilik va ocharchilik kabi turli balo-musibatlar kelgani aytiladi. Shunday bo’ls ham, mushrik va kofirlar tavba qilmagan, yo’lga kelmagan.
[1397] Gunoh va jinoyatda davom etaverish oqibatida insonni qalbi qorayib ketadi, shayton unga o’z ishlarini chiroyli ko’rsatib qo’yadi. Natijada, boshiga tushgan turli balo-ofatlar va har qanday nasihatdan ham foydalanmay qo’yadi. (Anʼom 6:43)
[1398] Ikrima (r.a.) bu oyatdagi azob eshigi jahannamdagi holat deb aytgan (Eʼrobul-Qurʼon, an-Nahhos).
[1399] Kofirlarga tahdid qilingan aozbni Payg’ambar alayhissalomga ko’rsatilsa ham, ko’rsatilmasa ham, payg’ambarimizning vazifalari faqatgina yetkazib qo’yish bo’lgan, xolos. Ularning hisob-kitobi Allohga oid (Raʼd 13:40). Payg’ambar alayhissalom ularning orasida ekani hamda ular Allohdan mag’firat so’rab turgan vaqtida, Alloh kofir va mushriklarni balo-ofat ila azoblamaydi. U shunday o’lchov qo’ygan (Anfol 8:33). Din dushmanlarining qilmishlaridan Alloh bexabar emas, aksincha, ularga beriladigan azobni belgilangan vaqtgacha kechiktirib turibdi, xolos (Ibrohim 14:42).
[1400] Yomonlikni yaxshilik bilan bartaraf qilish deganda, so’z va harakatlardagi haqoratlar, tuhmatlar, mazax va istehzolar, g’iybat va bo’htonlar va shu kabi har turli odobsizlik va kamsitishlar nazarda tutiladi. Oyatdagi yomonliklar deganda, joniga va moliga qasd qilish kabi katta va qaltis jinoyatlar nazarda tutilmagan. Chunki, unday holatlarga qarshi himoya qilish buyurilgan.
[1401] Musulmon odam atrofiga o’zi tanigan-tanimagan, obro’li-obro’siz, kuchli-kuchsiz shaytonlar to’planib qolishidan, o’zi bilmagan holda shaytonlarga do’st bo’lib qolishidan, ularga qo’shilib qolishidan Alohga iltijo qilib panoh so’rab turishi kerak.
[1402] O’lgan inson to qiyomatgacha tiriklarlardan maʼlumot olomaydi, titiklar orasiga qaytolmaydi, qo’shilolmaydi.
[1403] Qiyomat kuni hisob-kitob vaqtida nasl-nasab birovga foyda bermaydi. Kimningdir farzandi yoki yaqin qarindoshi bo’lishlik hech kimga asqatmaydi. Qarindosh-urug’lar bir-biridan hol-ahvol so’ramaydi.
[1404] Sabr – aql va shariat taqozo qilgan narsalarni qilish xususida o’zini tutib turishdir (Mufradot).
[1405] Oxirat hayotiga nisbatan dunyo hayoti juda ham oz hisoblanadi.
[1406] Alloh taolo bandalariga Undan boshqa hech kimni iloh qilib olmaslikka buyurgan (Isro 17:22, 39), (Zoriyat 51:51). Biroq, mushriklar Undan boshqa kimlarnidir – o’zlarining buzuq tushunchalariga asoslanib ilohlik darajasiga ko’tarib, ularga duo-iltijolar qilib yuradi. Bu oyatga ko’ra, Allohdan boshqasiga duoiltijo qiladiganlar ham mushrik, hamda kofirdir.
[1407] Nur surasi, Madinada tushgan, 64 oyatdan iborat. Tushish tartibi 102, yozilish tartibi 24.
[1408]Oyatlardagi “tushirdik” iborasidan, Allohga biron bir taraf nisbat berish kelib chiqmaydi. Chunki, Qurʼon oyatlari to’g’ridan to’g’ri Allohdan kelmaydi. Oyatlarni Jabroil farishta Lavhul-Mahfuzdan olib keltiradi, shuning uchun tushirdi deb keltirilgan. Undan tashqari, arab tilidagi “inzol” kalimasidan ato etdik, berdik degan maʼnolar ham chiqadi.
[1409]Arab tilidagi “tazakkaro” feliga baʼzan eslatma olish, eslash, eslatmaga rioya qilish kabi farqli maʼnolar ishlatiladi (Raʼd 11:19), (Fatir 35:37), (Zoriyat 79:35), (Fajr 89:23).
[1410]Bayyinat – bir-birini ochiqlab beradigan, ravshan, tushunarli, degan maʼnolarda keladi. Ibn Kasir bu iborani tafsir kitobida “tushunib amal qilsinlar” shaklida ochiqlab keltirgan (Duxon 44:59).
[1411] Oyatda keltirilgan “jalda” iborasi suyaklariga taʼsir qilmaydigan darajada insonni terisiga nima bilandir urishga aytiladi.
[1412]Qo’limizdagi Tavrot va Injilda zinoning jazosi toshbo’ron qilib o’ldirish shaklida keltirilgan. Madinada Musulmonlar bilan shartnoma tuzgan yahudiy qabilalari o’z diniga ko’ra yashashda davom etishgani sababli, ularga beriladigan jazoni o’zlarining kitoblaridan oldgan. Shuning uchun, Madina davrida zino qilgan kishilarga toshbo’ron jazosi berilgani haqida ham rivoyatlar bor. Qurʼonda esa, avvalgi hukm zino qilgan ayollarni uy qamog’i, zino qilgan erkakni esa toki o’zini tuzatgunga qadar ranjitadigan so’zlar bilan ozor berish bilan belgilangan (Niso 4:15, 16). Keyin, ushbu – (Nur 24:2) oyati bilan zino qilgan erkak va ayolga yuz martadan qamchilash hukmi berildi. Buni Qurʼon ilmida nasx deyiladi. Nasx uchun (Baqara 2:106) oyati va izohiga qarang.
[1413]Zino qilgan yigitga qiz berish, yoki zinoga qo’l urgan qizni kelin qilib olish aslo mumkin emas. Lekin, qilgan ishidan tavba qilib qaytgan va o’zini tutgan bo’lsa bu boshqa. Chunki, nikohning bitta sharti erkak ham ayol ham nomusli bo’lishi shart. (Niso 4:24-25), (Nur 24:26)
[1414]Islomda faqat ayollarga qilingan tuhmat uchun to’rtta guvoh talab qilinadi. Bundan boshqa o’rinlarda to’rtta guvoh sharti yo’q. Erkak kishini zino qilganini isbotlash uchun esa, ikkita guvoh yoki ekspert xulosasi ham kifoya qiladi. (Yusuf 12:26) Alloh taolo ayollarni qanchalik himoya qilagnini va qadrlaganini bu oyatlardan bilib olsa bo’ladi. Alloh taolo ayollarni muhofaza qilgan (Niso 4:34).
[1415]Ayollarga zinoda tuhmat qilgan erkakni guvohligi qabul qilinishi uchun, faqat tavbasiningn o’zi yetarli bo’lmaydi, balki, kelgusi hayotini tuzatishligi, qaytib boshqa birovga zino va fahshda ayblamasligi ham kerak. Oyat shunga dalolat qiladi. Alloh, imkon borida tavba qilib o’zini tuzatganlarni gunohini kechirib yuboradi. Inson har doim Allohdan kechirim so’rab, qilgan gunohlaridan tavba qilib yurishi kerak.
[1416] Bu oyatda keltirilgan azob ushbu suraning 2- oyatdiagi 100 qamchi urish jazosiga ishorat qiladi. Oilali bo’la turib zino qilgan kishilarni toshbo’ron qilish haqidagi rivoyatlar agar rostdan ham Rasulullohga oid bo’lsa, unda o’sha hodisalar bu oyatlar nozil bo’lishidan oldin ijro etilgani, keyin, bu oyat nozil bo’lganidan keyin zinoga beriladigan jazo 100 qamchiga o’zgartirilgani o’rtaga chiqadi.
[1417]Oyatdagi “usba” kalimasi 10 dan 40 gacha bo’lgan bir to’daga ishorat qiladi (Tafsiri Nasafiy va Saolibiy).
[1418]Farxuddin Rozi Muqotildan bu iborada taqdim va taʼxir bor ekanini keltirgan.
[1419]Bu oyatdagi “g’ofilot” iborasidan fahsh ishlarni xayoliga ham keltirmaydigan, fahsh so’z va harakatlardan bexabar, qalblari fahsh narsalardan uzoq degan maʼnolar chiqadi. Oysha onamiz haqida yolg’on va tuhmat gap tarqatilgani sababli, bu oyat nozil bo’lgan.
[1420]Alloh taoloni bandalariga bo’lgan laʼnati – oxiratda azobga giriftor bo’lish, dunyoda esa Allohning rahmati va yordamidan mahrum bo’lish degani. Bir insondan boshqa bir insonga qilingan laʼnat – bad duodir, qarg’ishdir (Murfadot).
[1421] (Fussilat 41:20, 21).
[1422]Bu oyatdagi “xobis – razil:nopok” iborasi razil so’z va harakatlarga ishorat qiladi (Ibn Abbosdan, Saolibiy va Ibn Kasir tafsiri, Imom Farro, Maonil-Qurʼon). Bu haqidagi rivoyatlarni bilish uchun Suyutiy tafsiriga qarang.
[1423]Bu oyatdagi yaxshi insonlar deganda Oysha onamiz va Sofvon r.a. nazarda tutilgani aytiladi. Chunki, munofiqlar ular haqida tuhmat yushtirib, Oysha onamizni zinoda ayblashgan. Alloh taolo bularni aslo zinoga aloqasi yo’qligini, aslida bu gap-so’zlar quruq tuhmat va bo’ston ekanini bayon qilib oyatlar tushirdi. Suraning 4-oyatidan boshlab bu haqidagi hukmlar zikr qilinmoqda.
[1424] (Nur 24:58, 59).
[1425]Arab tilidagi “tazakkaro” feliga baʼzan eslatma olish, eslash, eslatmaga rioya qilish kabi farqli maʼnolar ishlatiladi (Raʼd 11:19), (Fatir 35:37), (Zoriyat 79:35), (Fajr 89:23).
[1426]Karvonsaroylar, mehmonxonalar, hammomlar, savdo-sotiq majmualari va shu kabi insonlarga xizmat ko’rsatish uchun barpo qilingan binolar shu oyat hukmiga kiradi.
[1427] O’xshash oyatlar: (Muʼminun 23:5-7), (Ahzob 33:35), (Maorij 70:21, 29).
[1428]Alloh ko’zlardagi farqli boqishlarni ham, dillardagi maqsadlarni ham biladi (G’ofir 40:19).
[1429]Ayol kishini tashqarida ochiq yurishiga ruxsat berilgan joylari – yuzi, qo’l va oyoq kaftlari.
[1430]Arab mintaqalari odatda issiq bo’lgani uchun, ayollarni ko’ylaklarining yoqalari juda keng bo’lgan. ro’molalrini esa orqalaridan o’rab yurgan. Shu sababli bo’yin va ko’kraklari ochilib qolishiga sabab bo’lgan. Bu oyat bilan, ayollar begona erkaklar bo’ladigan jamoat joylarida boshlari bilan birga bo’inlari va ko’kraklarini ham to’sib yurishlari buyurilgan.
[1431]Allohning mag’firati ham kengdir (Baqara 2:115), ibodatlarga keng imkon beradi (Baqara 2:261), Uning fazli – oliyjanobligi ham kengdir (Oli Imron 3:73). Allohning ilmida, qudratida, yaratishida, xohishida imkoniyatlar cheklanmagan. Unga hech kim cheklov qo’yolmaydi.
[1432]Bu oyat qo’l ostidagi asira ayollar bilan nikohsiz jinsiy munosabatda bo’lish mumkin emasligini bildiradi. Chunki, 32-oyatda, erkak va ayol asirlarni uylantirish kerakligi buyurildi. Bu oyatda esa, uylanishga imkoni bo’lmasa, iffatini saqlashi buyurildi. Nikohsiz holdagi jinsiy munosabatning har turi iffatsizlik hisoblanadi va bu haromdir (Baqara 2:221), (Niso 4:3,25), (Muʼminun 23:6).
[1433]Bu oyatdagi yaxshilik iborasidan salohiyat, iqtidor, foyda, manfaat kabi maʼnolar tushuniladi. Yaʼni, asirlarni uylanishida o’zlariga foyda bo’ladigan bo’lsa, ularga ruxsat berish kerakligi aytilgan.
[1434]Asirlarga yordam berishda Rasululloh o’rnak bo’lganlar. Banu Mstaliq janggida asirga tushganlar orasidan Juvayriya ayol ham bor edi. U Sobit ibn qays qo’l ostida edi. Joriya onamiz Soobit bilan shartnoma tuzgan miqdordagi pulni Rasulullohdan olib berdi va o’zi Rasulullohga turmushga chiqdi. Buni eshitgan sahobalar, Banu Mustaliqda qo’lga tushgan asirlarini ozod qilib yuborishgan (Abu Dovud rivoyatidan muxtasar).
[1435]Oyatdagi “tahassun” kalimasiga “turmush qurishni” xohlagan deb maʼno berilsa, “agar yosh joriyalaringiz yoki qizlaringiz turmushga chiqishni xohlasalar, ko’proq qalin olish maqsadida ularni turmushga chiqishdan ushlab qolib, natijada biron bir nojo’ya xatti-harakat qilib qo’yishlariga sababchi bo’lib qolmanglar”, degan mazmun hosil bo’ladi.
[1436]Bo’yiga yetib tengi chiqqanidan keyin har qanday qizni turmushga uzatish kerak. Aks holda, qizlarni nojo’ya xatti-harakatiga ota-onalarining o’zlari sababchi bo’lib qoladi.
[1437]Nur – ko’rishga yordam beradigan tarqoq ziyodir (Mufradot), ko’zga ko’rinadigan oydinlikdir (Saolib). Nur kalimasi baʼzan majozan ishlatiladi. Masalan; nurli inson, nurli kitob, nurli hayot deb aytiladi. (Shuaro 26:11) oyatida “Allohga o’xshagan hech narsa yo’q” deb bildirilgani uchun, Allohni zotiga nur yoki ziyo deb taʼrif berilmaydi. Zero, nurni ham zulmatni ham Allohning O’zi paydo qilgan (Anʼom 6:1). Demak, bu oyatga ikki xil maʼno berish mumkin: “Osmonlar va yerni Alloh O’z ilmi va qudrati bilan oydinlatib beradi” deb maʼno beriladi. Yoki, agar bu oyatni (Moida 5:15), (Sho’ro 26:42, 52), (Baqara 2:252), (Anʼom 6:122) oyatlar bilan birga o’qisak, bu oyatdagi nur kalimasidan imon va hidoyat tushunilib, “Osmonlar va yerdagilarni hidoyat qiluvchi faqat Allohdir” degan maʼno chiqadi. Ushbu suraning 40-oyati ham bu maʼnoni qo’llab-quvvatlaydi.
[1438]Mashriqqa ham mag’ribga ham mansub bo’lmagan deganda, faqat sharqqa yoki faqat g’arbga qarab turadigan emas, balki kungaboqar kabi quyoshga qarab harakatlanaadigan degan maʼno chiqadi, yoki faqat bir joydan o’smasdan, turli joylardan o’sadigan degan maʼno chiqadi. Baʼzi mufassirlar, buning maʼnosi, u nurning manbasi dunyoga aloqador emas, balki u Ilohiy bir nurdir deb taʼvil qilishgan.
[1439]Nur ustiga yana bir nur deganda, avvalgi nur insonning aqli va qalbiga, ikkinchi nur esa Qurʼon bo’lishi mumkin. Insonning aqli va qalbi hayotdagi qorong’ulik va muammolarni daf etib, hayotiga yorug’lik kiritishda asosiy manba hisoblanadi. Unga yordam va dalda sifatida yana bir nur – Qurʼon nozil qildi (Moida 5:15). Endi Qurʼon to qiyomatgacha butun insoniyat uchun hayotlarini yoritib beradigann nur bo’lib qoladi. Undan foydalanish uchun esa, albatta unga ishonish va hayotiga tatbiq qilish kerak. Unga ishonsa-yu, lekin amal qilmasa, xuddi lampani borligi biladiyu, lekin undan foydalanmay, qorong’ulik va zulmatda yashayotgan odamga o’xshab qoladi.
[1440]Insonlarni maʼnaviy oydinlatuvchi nur Qurʼondir. Qurʼonning yana bir nomi Nurdir.
[1441] Izn kalimasiga baʼzan amr va buyruq deya maʼno beriladi.
[1442]Uch tuqtaga “O’sha nur shunday uylarda bo’ladi” deb, yoki “shunday uylarda mard insonlar ibodat qiladilar” deb, keyingi oyat bilan birga maʼno aytsa ham bo’ladi.
[1443]Qiyomat kunidan qo’rqish – qiyomat kuni uni ziyoniga hukm qilinishidan qo’rqish va unga qarshi chora ko’rib yashashdir.
[1444] (Nahl 16:96, 97), (Ankabut 29:7), (Zumar 39:33-35).
[1445]Sarob suvga tashna insonga hech qanday foyda bermagani kabi, kofirlarning qilgan amali ham oxiratda o’zlariga hech qanday foyda bermaydi. Aksincha, qilgan gunohlariga yarasha jazosini oladi.
[1446]Kofirlik qilib turib olganlarning jaholati va zalolatini, huddi qorong’uliklarda qolib ketib o’z qo’lini ham ko’rolmay qolgan insonga o’xshatildi. Dengiz ichida kemada ketayotgan isnon agar bunday ahvolga tushib qolsa, bu to’lqin va bulutlar hamda zulmatlar bartaraf bo’lmasa, inson aslo yo’lini topolmay qoladi, manziliga yetolmay qoladi. Kofirlar o’zlarini shunday zulmatlarga solib qo’yadi. Agar ular Alloh va Rasuliga ishonsa edi, Alloh ularni zulmatlardan nurga olib chiqar edi (Baqara 2:257).
[1447] (Isro 17:44). (Anʼom 6:38).
[1448]“Haraakatlantiradi” kalimasini o’rniga “Yerdan osmon sari chiqaradi” deb maʼno berganlar ham bo’lgan.
[1449]Yer yuzida doim bir qonun asosida kecha bilan kunduzni almashib turishi o’z-o’zidan bo’lmaydi. Bu qonunni qo’ygan cheksiz kuch egasi bor. Buni boshqarib tutuvchi egasi bor,deb aql yuritgan va buni anglab yetishga harakat qilgan kishi, tabiatni yaratib boshqarib turgan egasi borligini va U zot yagona ekanini ongli ravishda bilib oladi. Buning uchun inson tabiatga ham tafakkur va tadabbur nazari bilan qarashi kerak. Musulmonlar tabiatdagi ilmlarni o’zlashtirgani sari taraqqiyot va rivojlanish yuksalgani sari, Allohning ilmi va qudratini ham ko’proq tanishga erishadilar.
[1450]Bu oyatdagi «mubayyinat-مبينات» kalimasini yetti qiroat olimlari orasida Hafsdan boshqa qorilar “mufassalat” shaklida o’qigan. Bu holatda, Alloh tarafidan o’chiqlab berilgan, tushuntirib berilgan oyatlar degan maʼno chiqadi. Agar “mubayyinat” shaklida o;qilsa, bir-birini ochiqlab beradigan, tushuntirib beradigan oyatlar degan maʼno chqiadi.
[1451]Rasul kalimasi avvalo elchi orqali yubrilgan maktubga yoki elchining o’ziga ishorat qiladi. Oyatda ham Allohga hamda Rasuliga chaqirilgan. Lekin hukm qilish feʼli birlikni ko’rsatadi. Endi, Alloh hukm qiladimi yoki Rasulmi degan savol tug’iladi. Javob shu: hukm qo’ygan zot Allohdir, Uning hukmlari Qurʼonda jamlangan, Muhammad alayhissalom u bilan hukm qiladi. Natijada, hukm qilgan kishi Muhammad alayhissalom emas, Allohning O’zi, yaʼni Uning kitobi bo’ladi. Payg’ambar alayhissalomdan boshlab to qiyomatgacha kim Qurʼon bilan hukm qilsa, demak u inson Allohning hukmi bilan hukm qilgan bo’ladi. Bu oyatga ko’ra, Qurʼonga itoatsizlik bir navi munofiqlik, mukammal mo’min-musulmon bo’lmaslik hisoblanadi.
[1452]Hukm qilish uchun Alloh va Rasuliga (Qurʼondagi hukmga) chaqirilganida, o’zini musulmon ko’rsatgan kishilar baʼzi sabablrga ko’ra itoat qilmay bosh tortadilar. Kimlardir qalbida marazi borligidan, kimlardir shubha qilganidan va kimlardir Alloh va Rassuli nohaq hukm qiladi deb qo’rqqanidan kelmay turib oladi. Ular ayni zolim kimsalardir.
[1453]Agar so’zida turmasa, amal qilmasa, kerakli ishni o’z o’rnida bajarmasa, hech qanday qasamni ahamiyati yo’qligi va keraksizligini bildiradi. Islom faqat so’zdagi iddaodan iborat emas, amal talab qiladi, fidokorlik talab qiladi. Jannat chin mo’minlarning uchun, soxtakorlar uchun emas.
[1454]Hech bir elchi va payg’ambar boshqalarni dinga amal qilishga majbur qilmagan. Payg’ambarlarda majburlas vakolati bo’lmagan. Allohga itoatsizlik qilganlardan ular javobgar bo’lmagan. Ulardan Allohning O’zi hisob so’raydi (Raʼd 13:40), (G’oshiya 88:22).
[1455]Islom va musulmonlar hukmronlik qilgan yurtlar vaqati-vaqti bilan ularning qo’lidan chiqib ketgan. Bunga esa, o’zlarining kofirligi sabab bo’lgan. Shu tariqa, ular o’zlariga o’zlari zulm qilgan bo’ladi. Allohning bu vaʼdasi to qiyomatgacha davom etadi. chunki U O’z dinini barcha dinlar ustidan hokim qilish uchun Elchsii Muhammad alayhissalomni Qurʼon ila yuborgan (Tavba 9:33), (Fath 48:28), (Sof 61:9).
[1456]Oriyatli degani, o’sha vaqtlarda avrat joylaringiz ochilib qolishi ehtimoli ko’proq bo’lgan vaqtlardir degani bo’ladi. O’chilib qolsa or qiladigan tana aʼzolariga avrat deyiladi.
[1457]Ayni suraning 33-oyatida, nikohga imkoni bo’lmagan yohlar iffatli yurishlari kerakligi bildirilgan edi. Bu oyatda yoshi ulg’ayib qolgan ayolalrga ham shunday tavsita qilinmoqda.
[1458]Qatoda (r.a.) “bir-biringizga” shaklida tafsir qilgan (Tafsiri Tobariy). Zotan, (Baqara 2:84) oyatidagi “anfusikum” iborasi “bir-biringizni”shaklida tarjima qilinadi. Agar uyda hech kim bo’lmasa, o’ziga Allohdan duo va tilak tilab kiradi. Bu hadislarda “Assalamu alayna va ala ibadillahis-solihin” shaklida kelgan.
[1459] Elchi, yani Muhammad alayhissalomning daʼvati Qurʼon bo’lgan. U kishining asosiy suhbati Qurʼon bilan bo’lgan. U kishi Qurʼon bilan ogohlantirgan (Anbiyo 21:45). Demak, kimki Qurʼondan yuz o’girsa ayni damda Rasulullohdan ham yuz o’girgan bo’ladi.
[1460]Bu oyatdagi fitna kaliamsidan tashvish, muammo kabi maʼnolar tushuniladi. Rasululloh Alloh buyurgan biron bir ishga chaqirganida, uni itoat qilmasdan, unga qarshi chiqqanlarning boshiga balo kelishi yoki juda ham og’ir azob kelishi mumkinligi bildirib o’tildi.
[1461]Oyatda ikkinchi shaxsdan uchinchi shaxsga ko’chish holati arab tilida iltifot deyiladi. Ushbu oyatdagi iltifot qoidasi tarjimada olinmadi.
[1462] Furqon surasi, Makka tushgan, 77 oyat. Tushish tartibi 42, yozilish tartibi 25. Suraning nomi bo’lgan “Furqon” kalimasi – haqni nohaqdan ajratib beruvchi degan maʼnoni bildiradi.
[1463]Insonlarni Islom va imonga chaqirish Allohning kitobi orqali bo’lish kerak. Chunki, Rasululloh ham shunday qilgan (Anbiyo 21:45).
[1464]Furqon – haq bilan nohaqni ajratib beradigan sifatdir. Bu sifat avvalgi ilohiy kitoblarda ham bo’lgan (Baqara 2:53), (Anbiyo 21:48). Bu Qurʼonning ham o’zgarmas sifatidir. Haq bilan nohaqni ajratib beradigan xislat taqvodor mo’min bandalarda ham bo’ladi (Anfol 8:29). Alloh ularga mana shunday qobiiyat va fazilat ato etib qo’yadi.
[1465]Alloh taolo yaratgan hamma narsasiga o’lchov belgilagan (Qomar 54:49), (Aʼla 87:1-3).
[1466]Makkalik mushriklar farishta tushib yonida yurishini va u bilan birga ogohlantiruvchi bo’lib yurishini talab qilishgan. O’xshash oyatlar: (Anʼom 6:8), (Hijr 15:7), (Muʼminun 23:24), (Fussilat 41:14), (Zuxruf 43:53). O’zlari kabi isnon o’g’li insonga Allohdan vahiy kelishi ularga ionchsiz bir ish bo’lib tuyilgan. Chunki, Makka mushriklari hatto o’z qo’llari bilan yasab olgan but-sanamlariniham muqaddaslashtirib ilohiylashtirib yuborgan.
[1467]Makkalik mushriklar Rasulullohdan o’zini haq payg’ambar ekaniga dalillar/alomatlar talab qilishgan. Biroq Qurʼondan boshqa alomat/belgi berilmagan. Ular quyidagi oyaatlarda bayon qilingan: (Anʼom 6:7,8), (Yunus 10:15,16,20), (Hud 11:12), (Raʼd 13:27), (Hijr 15:7, 14, 15), (Isro 17:59, 90-93), (Anbiyo 21:5) (Furqon 25:4, 5, 21), (Ankabut 29:50, 51), (Zuxruf 43:53).
[1468]Jahannamdagi azob turlari va u azoblar davomli bo’lgani uchun, har saraf azobga yo’liqqanlarida o’zlarini halok bo’lib ketishini xohlab qoladilar. Hatto, jahannam xizmatchisiga ham nido qiladialr (Zuxruf 43:77).
[1469]Ibodatda, duoda va itoatda Allohga boshqalarni sherik qilib, ularga sig’inayotgan kimsalar qiyomatda o’sha sig’inayotgan soxta ilohlarini o’zlariga shafoatchi – oqlab qoluvchi deb iddao qiladilar. Ularga mana shu maqsadda itoat qiladi (Yunus 10:18). Lekin ular qiyomatda o’zlariga sig’inib itoat qilgan kimsalaridan uzoq qoladi (Anʼom 6:96).
[1470]Shirk, ibodat va zalolat mavzusidagi oyatlarda keltirilgan “valiy-avliyo” kalimalari “maʼbudlar”, “ilohlar” “arboblar” shaklida tafsir qilinadi. (Muqotil ibn Sulaymon va Ismoil Nisoburiy kitoblariga qarang.) Agar oyatdagi “avliyo” kalimasini yaqin do’st maʼnosida olinsa, “Biz hech kimni bizni Senga yaqinlashtiruvchilar deb qabul qilmaymiz” yoki, “Biz hech kim tarafidan Sendan ko’ra yaqin do’st:xoja qilib olinishga haqli emasmiz” degan mano chiqadi. Shirk masalasida aynan “valiy-yaqin” kalimasi keltirilganining hikmati shuki, ko’pchilik mushriklar Allohdan boshqalariga duoyu iltijo qiladiganlar yoki nomiga atab qurbonliklar qiladigan kishilar, o’sha kimsalar ularga qiyomatda o’zlariga qutqaruvchi bo’ladi deb, yoki Allohga bizni yaqinlashtiradi (Zumar 39:3) degan noto’g’ri maqsadda qiladilar. Bu kabi oyatlar, Alloh ila orasiga tushadigan hech kim yo’qligiga, bunday maqsadda Allohdan boshqasiga duo qilish, sig’inish, yolvorish kabi ishlarning barchasi noto’g’ri ekaniga ishorat qiladi.
[1471] (Anbiyo 21:24). Barcha ilohiy kitoblarning o’rtoq nomi zikrdir. Zikr kalimasidagi alif-lom jins uchun ishlatilgan bo’lib, barcha zikrlarni degan maʼno chiqadi. Yaʼni, har bir ummat o’z payg’ambari olib kelgan ilohiy kitobni unutib yuborishgan.
[1472] O’xshash oyat: (Sabaʼ 34:40, 41).
[1473]Yaʼni, ozlarini yolg’onchi ekanini ham rad etolmaydi, o’zlariga hukm qilingan azobni ham rad etolmaydilar.
[1474](Ahzob 33:67).
[1475]Abdulloh, Abu Zar, Ammor va Bilol (r.a.) musulmon bo’lishganida, johil mushriklar tarafidan ularga qattiq sinovlar kelgan, aziyatlar, kamsitilishlar, moliga va joniga suiqasdlar uyushtirilgan. Shunda ham ular sabr-bardosh bilan yo’lida davom etdilar.
[1476]Arab tilidagi “rijo” kalimasi “umid qilish” degan maʼno bilan birgalikda “qo’rqish,” “andisha qilish” kabi maʼnolarni ham anglatadi (Mufradot, Lisan).
[1477]Yaʼni, mushriklarning qilgan ishlari yo’qqa chiqadi, hech qanday foyda bermaydi.
[1478]Baʼzi mufassirlar oyatdagi “maqiyla” iborasini “kunduzi uxlab orom oladigan vaqtdagi maxsus bir joy” deb aytishgan. Hamda, jannat va jahannam ahli ham maʼlum vaqt uxlaydi, degan. (Qarang: Maonil-Qurʼon, an-Nahhos, Tafsirul-vasit, Sayyid Tantoviy)
[1479] (Takvir 81:11), (Inshiqoq 84:1), (Infitor 82:1), (Anbiyo 21:104), (Ibrohim 14:48). Oyatlarda osmon qiyomat kuni farqli ahvolga kelishi aytiladi. Bu, oyatlar o’rtasidagi ixtilof yoki ziddiyatni keltirib chiqarmaydi, balki, qiyomatni boshlanishi, o’rtasi va oxirida osmon farqli holatlarga kelishini bildiradi.
[1480]Qiyomatda Allohdan boshqa hech kim hech kimga, hech narsaga hukm qilolmaydi.
[1481]Bu oyat Uqba ibn Abu Muiyt voqeasidan keyin tushgan bo’lsa-da, uning hukmi, qaysidir do’stining raʼyiga qarab elchi-Muhammad alayhissalom keltirgan Qurʼondan yuz o’girgan barcha zolimlarga tegishli bo’ladi. Bu haqida yana boshqa bir oyatlar: (Ahzob 33:67), (Ankabut 29:25).
[1482]Abu Hurayradan shunday rivoyat qilishicha, Payg’ambar alayhissalom shunday degan: “Kishi o’zining yaqin do’stining diniga ko’ra bo’ladi, shuning uchun sizlardan biringiz kim bilan yaqin do’st bo’lganiga qarasin.” (Abu Dovud, Termiziy, va Imom Ahmad rivoyat qilgan.)
[1483] Payg’ambar alayhissalomdan shunday rivoyat bor: “… O’sha kuni sahobalarimdan bir qanchasi chap tarafga (jahannam tarafiga) olinadi. Shunda men: «Bular mening sahobalarim-ku! Bular mening sahobalarim-ku!”, deyman. Menga javoban: “Sen bularni ortda qoldirganingdan (vafot qilganingdan) buyon bular kofirlik qilib (Islomdan) ortga qaytib ketishda to’xtamadi”, deyiladi. So’ngra, men solih banda (Iso alayhissalom) aytganidek: Men ular bilan (dunyo hayotida) birga ekanimda, ularga guvoh edim… Sen g’olib va ustun zotsan, to’g’ri qaror beruvchisan», degan gapigacha (Moida 5:117, 118) oyatlar)», aytaman.» (Buxoriy, Payg’ambarlar).
[1484]O’tmishdagi har bir payg’ambarni dushmani bo’lgan. Bu Rasulullohga tasalliy bo’ladigan oyatlardan biridir.
[1485]Alloh ko’rsatgan yo’lidan yursak, Uning O’zi bizga yordam beradi.
[1486] (Isro 17:106).
[1487]Bu oyatdagi “rotl” tushuntirib berish, tafsir qilib berish, tushuntirib o’qish kabi manolarda ham keladi (Ibn Kasir).
[1488]Horun alayhissalom ham elchi-payg’ambar bo’lgan (Toha 20:47), (Maryam 19:53). Daʼvat ishlarida Muso alayhissalomga yordam berib yurgan.
[1489] Oyatdagi “F” harfi “tafsiliyya” bo’lgani uchun, oyatga (oyatlarni inkor qilishdan qaytmagach» deb izoh berilishi kerak.
[1490] (Anʼom 6:27-31).
[1491]Yaʼni, sen unday insonni himoya ham qilolmaysan, uni qilgan ishidan javobgar ham emassan, unday insonni majburan imon-islomga ham kirgiza olmaysan, u senga qilgan ishidan hisobot ham topshirmaydi. Balki, har kim o’zi uchun javob beradi. (Anʼom 6:52), (Nur 24:54)
[1492]Oyatdagi “azollu” kalimasiga “gumroh” deb maʼno berildi. Chunki, “gumroh” kalimasi ham yo’ldan adashganini, hamda uni kamsitilganini bildiradigan so’zdir.
[1493]Soya quyoshni taʼqib qilib turishi uning dalilidir.
[1494]Oyatdagi soyani qisqarishi ikki xil maʼnoga ishorat qiladi;
- Quyosh botishi arafasida soyani yo’qolib borishi.
- Qiyomatda quyosh soya bermaydigan darajaga kelib qolishi.
[1495] Muhammad alayhissalom to qiyomatgacha barchaga payg’ambar bo’lib kelgan (Anʼom 6:19), (Aʼrof 7:158), (Hud 11:17), (Sabaʼ 34:28). Avvallari esa har bir qavmga ogohlantiruvchi kelgan (Mulk 67:8, 9).
[1496]Abdulloh ibn Abbos (r.a.)ga ko’ra bu oyatdagi “huva” ishorati Qurʼonga dalolat qiladi (Tafsiri Tobariy, Tafsiri Bayzoviy).
[1497]Qurʼon orqali kurash olib borish – Qurʼonni tushuntirib yetkazishga qattiq bel bog’lash, Qurʼonni yetkazishda qo’lidan kelganicha fidokorlik qilishdir. Bu oyat Makka davrining 5-6- yillarida nozil bo’lgani uchun, Qurʼon bilan jihod qilish degani, qo’liga qurol olib jang qilish degani emas, balki, Qurʼon bilan – ochiq hujjat bilan jaholat va zalolatga qarshi maʼrifat yoyish va haqni chiroyli uslubda tanitishga ishorat qilgan bo’ladi.
[1498] (Nahl 16:72), (Rum 30:21).
[1499] (Anfol 8:73).
[1500] (Tur 52:40), (Qalam 68:46).
[1501]Osmonlar va yer yaratilmay turib, biz hisoblayotgan yillar va kunlar hisobi bo’lmagani uchun, bu oyatdagi kun kalimasiga “davr” deb maʼno berdik.
[1502] Oyatdagi oxirgi jumaga “Sen u (Rahmondan) – Xabardor bo’lgan zotdan so’ra” shaklida maʼno bersa ham bo’ladi.
[1503] (Yunus 10:5).
[1504]“Tabaroka” sifatiga “barcha yaxshilikarning manbai” deb maʼno bersa ham bo’ladi.
[1505] (Baqara 2:264), (Oli Imron 3:190), (Yunus 10:6), (Muʼminun 23:80).
[1506]“Salom” deganda tinchlik bilan hal qiladialr, janjal chiqmaydigan shaklda muomala qiladilar, joohilona gaplashmaydilar, haqorat qilmaydilar degan maʼnolar chiqadi. Demak, mo’min kishi janjallashmaslikni taklif qiladi, masalani tinchlik bilan hal qilishni xohlaydi, juda bo’lmasa “salomat bo’linglar!” deb qo’ya qoladi. Johilga johilona javob qaytarilmaydi.
[1507] Ibodat, zikr, Qurʼon o’qish, istig’for (kechirim) so’rash, namoz o’qish maqsadida tunni bedor o’tkazish haqidagi o’xshash oyatlar: (Oli Imron 3:17, 113), (Isro 17:79), (Toha 20:130), (Cajda 32:16), (Zumar 39:9), (Qof 50:39), (Zoriyot 51:17, 18), (Muzzammil 73:2-4, 20), (Inson 76:26).
[1508]Haqli ravishdagi qatl qasosda, jang maydonida va terrorizmga oid o’ta og’ir jinoyatlarda. Aloqador oyatlar uchun qarang: (Baqara 2:178), (Muhammad 47:4), (Moida 5:33).
[1510]Qiyomatda ikki barobar ko’p azob beriladiganlar o’zi ham adashib, yana boshqalarni ham to’g’ri yo’ldan adashtirgan insonlarga tegishli bo’ladi (Ankabut 29:13).
[1511]Yomonliklarni yaxshiliklarga almashtirib qo’yishi dunyoga tegishli bo’lishi ham mumkin, oxiratga ham. Dunyoga tegishli bo’lsa, kufr-u isyonini imon-u amallarga almashtirib qo’yishi va bunga imkon berishi bo’ladi. Oxiratga tegishli bo’lsa, unda dunyoda qilgan yomon ishlarini yaxshiliklarga almashtirib qo’yishi bo’ladi. Bunday kishilar qiyomatda amal daftarida yomonlikni o’rniga yaxshilik yozib qo’yilganini ko’rishi haqida bir qancha rivoyatlar bor. biz Allohdan har ikkalasini ham so’rab qolamiz. Dunyoda ham o’z qo’llarimiz bilan yaxshiliklar qilib o’tishga, oxiratda ham tavba qilolmay qolgan gunoh ishlarimizni yaxshiliklarga almashtirib qo’yishini ham so’rab qolamiz. Hammamizga tavba-i nasuh nasib qilsin Robbimiz. O’xshash oyat (Naml 27:10).
[1512] Oyatdagi “shahodatuz-zur” iborasini kuy-qo’shiq ijro etilayotgan joy, shirk, yolg’on guvohlik, Qurʼon oyatlariga nisbatan noto’g’ri munosabat bildirilayotgan majlis, har qanday behuda ishlar, yomonlikka targ’ib qiladigan kengashlar, sarxush qiluvchi ichimliklar qo’yilgan ziyofat va shu kabi har qanday yomon ishlar sodir etilayotgan makonlar deb tafsir qilishgan mufassirlar. Undan tashqari, yolg’on guvohlik bermaydilar, degan maʼno ham chiqadi.
[1513]Demak, Qurʼon o’qilganida, tushuntirilganida uni anglashga harakat qilish kerak, anglagan narsasiga amal qilishga harakat qilish kerak. Qurʼon oyatlari tushuntirilayotganida musulmon inson oyatlarga qanday munosabat bildirish kerakligi quyidagi oyatlarda keltirilgan: (Tavba 9:124), (Maryam 19:58), (Sajda 32:15).
[1514](Ankabut 29:58), (Sabaʼ34:37), (Zumar 39:20).
[1515](Yunus 10:10), (Ibrohim 14:23), (Ahzob 33:44).
[1516]Yaʼni, agar Alloh sizlarni Islomga daʼvat qilmasa, sizga payg’ambar yubormasa, sizlarga Islomga amal qilishni buyurmasa degan maʼno chiqadi.
[1517] Shuaro surasi, makkada tushgan, 227 oyat. Tushish tartibi 47, yozilish tartibi 26.
[1518] Bu harflarga “hurufi muqattoa” va “hurufut-tanbeh” deyiladi. Qurʼoni Karimning bundan boshqa yana 28 ta surasi mana shunday, yaʼni o’quvchi va eshituvchining diqqatini va fikrini jalb qilish uchun arab tiliga xos bir qoida bilan boshlangan. Hurufi muqattoadan keyin keladigan oyatlar asosan Qurʼonning asl mohiyati, mazmuni va o’zidagi usul va qoidalarni, Qurʼonning nozil bo’lishidagi maqsadi va Payg’ambar alayhissalomning Qurʼonga nisbatan yuklatilgan vazifasi haqida bayon qilib beruvchi oyatlar kelgan. Payg’ambar alayhissalomga bularning maʼnolari haqida hech qanday savol berilmagan. Bu esa, u harflarda turli ilohiy sirlar yashirilmaganini, aksincha ularning maʼno va mohiyati ochiq-ravshan bo’lganini bildiradi. Yaʼni tanbeh harflaridir. Demak, bu harflardan qasd qilingan narsa; bulardan keyin o’qiladigan oyatlarga o’quvchi va eshituvchilarning diqqatini jalb qilishdir. O’zbek tilida bu kabi holatlarda “Diqqat! Diqqat!” kalimasi foydalaniladi.
[1519] Insonlar tushinib amal qilishlari, tafakkur qilishlari, eslatma olishlari, aql yuritishlari, u orqali hidoyatga kirishlari uchun Alloh taolo Qurʼonni juda tushunarli shaklda ochiqlab bergan (Baqara 2:219,221,242,266), (Oli Imron 3:103). Bu sirli kitob emas, aksincha, ilm va maʼlumot olmoqchi bo’lganlar uchun ham, uqib amal qiladiganlar uchun ham ochiq-oydin va tushunarli kitobdir.
[1520] Muhammad alayhissalom qavmi Qurʼonga ishonmagani uchun qattiq afsus chekkani va o’zini qiyin ahvolga solib qo’ygani (Kahf 18:6) oyatida ham bildirib o’tilgan. Shu sababli, bu oyat izohiga ham “Qurʼonga imon keltirmayotgani sababli” deb maʼno berdik. Zotan, makka mushriklari asosan Muhammad alayhissalomga kelgan ilohiy vahiyga – Qurʼonga ishonishmagan edi. Demak, insonlarning kofirligi sababli bir musulmon inson ich-etini yeb tushkunlikka tush,aslik kerak, o’zini yeb bitirmaslik kerak (Fatir 35:8). Har kim o’zi uchun javob beradi. lekin, iloji boricha nasihat qilib yetkazish kerak.
[1521] Bu oyat Rasululloh (a.s.) qavmini mo’min bo’lishini qanchalik xohlaganini, ularga qanchalik ichi og’rigani va imonni ilinganini bildiradi. Undan tashqari, o’zingni bunchalik qiynama degan maʼno chiqadi. (Fatir 35:8) oyatda ham ochiqcha bu ishdan qaytragan. O’xshash oyatlar: (Kahf 18:6), (Fatir 35:8).
[1522] Imon-eʼtiqod insoning o’z ixtiyoriga bog’liq narsa bo’lgani uchun, Alloh hech kimni mo’min bo’lishga majbur qilmaydi. Dunyoni imtihon ekani mana shunda. Avvalgi payg’ambarlarga berilgan alomatlar va ogohlantiruvchi belgilar ham kofirlarni majburan mo’min bo’lishi uchun yuborilmagan. Aksincha, payg’ambarlarni haq ekanini ko’rsatish uchun berilgan. Endi qiyomatgacha Muhammad alayhissalomning haq payg’ambar ekanining dalili sifatida davom etadigan dalil Qurʼondir.
[1523] Makka mushriklarining ko’pi Qurʼon eshitganida o’ynashib, mensimasdan eshitar, unga ishonmasdan tinglar edilar. Natijada ko’plari zolimlarga aylnadilar (Anbiyo 21:2).
[1524] (Hijr 15:19), (Luqmon 31:10).
[1525] Yaʼni, tabiatga juda mukammal qonun qo’ygan va shu qonun asosida yaratgan bir yaratuvc borligiga, tabiarni o’sha yaratuvchi boshqarib turganiga dalil va hujjat bor.
[1526] Oyatdagi “hamza” hol uchun deya tarjima qilindi. Bu tarkib uchun qarang: Imom Zamaxshariy, Tafsiri Kashshof.
[1527] Muso a.s. avval elchilik vazifasini yetarlicha bajara olamanmikin deb, muborak vazifani birodari Horunga berilishiniistadi. Lekin, Alloh Muso a.s. ham Horun a.s. ham birgalikda Allohning elchisi bo’lib borishin tayinladi. (Shuaro 26:12-16), (Toha 20:9-36), (Furqon 25:35)
[1528] Muso alayhissalom payg’ambar bo’lishidan oldin shaharda bir insonni o’ldirib qo’ygan edi (Qasos 28:15-21)
[1529] Alloh taolo Musoga va Horunga hech kim zarar yetkaza olmasligini, chunki ularda Firʼavnning sehrgarlariga qarshi dalillari va ilmi bo’lgan. Zero, ular sehrgarlarning sehrlaridan g’olib kelishgan (Qasos 28:35).
[1531] Bu iborani “Seni xuddi o’z bolamizdek tarbiya qildik” kabi tarjima qilsa ham bo’ladi.
[1532] Agar kofir kalimasiga nonko’rlik deb maʼno berilsa, Muso a.s.ning qilgan ishlari va aytgann gaplarini Firʼavn o’ziga nisbatan nonko’rlik deb qabul qilgani tushuniladi. Agar kofir kalimasini ma;naviy koflrik deb tarjima qilinsa, Firʼavn go’yoki o’zini iloh deb daʼvo qilgani hamda o’zining ham boshqa sohta ilohlari borligini iddao qilgani uchun (Aʼrof 7:127), (Noziot 79:24), Muso a.s.ga qarab, “sen menga va ilohlarimizga kofir bo’lding”, degan bo’ladi.
[1533] Muso (a.s.) o’zini o’ldirishga buyurilgani haqidagi gaplarni eshitganidan keyin Madyanga qochib ketgan (Qasos 28:15-17, 33).
[1534] Payg’ambarlarga payg’ambar bo’lishidan oldin ilm, to’g’ri tushunchaga ega bo’lish, to’g’ri qaror bera olish qobiliyati beriladi. Aqli, fahmi va tushunchasi ravon bo’lgan holatda ularga Alloh vahiy yuboradi. Ibrohima.a.s. ham payg’ambar bo’lishidan oldin ko’plab izlanishlar olib borgan, ko’p- ko’p mulohaza qilgan. Muhammad a.s. ham payg’ambar bo’lishidan oldin jaholatdan bezib Hiro g’origa kirib fikr yuritar va o’zi bilgan – Ibrohim va Ismoil a.s.olib kelgan dinga ibodat qilardi. O’xshash oyat: (Qasos 28:14).
[1535] Haq va haqiqat qarshisida hujjat keltira olmay qolgan insonlar ko’pincha bahs jarayonida darhol haqoratlashga, tuhmat qilishga o’tib oladi. Bu ishlar Firʼavn va unga o’xshagan mutakabbir insonlarning odatidir. Bu kabi haqoratlar ko’plab payg’ambarlar qatori so’ngi payg’ambar Muhammad a.s. ga ham kofirlar tarafidan nisbat berilgan (Hijr 15:6).
[1536] O’xshash oyatlar: (Aʼrof 7:107, 108), (Naml 27:10-12), (Toha 20:22), (Qasos 28:31).
[1537] O’xshash oyatlar: (Aʼrof 7:107, 108), (Toha 20:22).
[1538] (Aʼrof 7:109) oyatidan, Firʼavnni yonidagi amaldorlari ham Musoni sehrgar deyishgani maʼlum bo’ladi. bu esa, ham Firʼavnni hamda saroydagi amaldorlarni qiyin ahvolga tushib qolganiga ishorat qiladi. shuning uchun, ular Musoni sehrgar deb tuhmat qilishdan boshqasiga yaramay qolishgan.
[1539] Sehrgarlar qachon va qayerda to’planishi Muso alayhissalom belgilagan edi. U kun ziynatlanish, yaʼni bayram kunining choshgoh vaqti edi (Toha 20:59).
[1540] O’xshash oyatlar: (Arʼrof 7:109-112), (Toha 20:57-60).
[1541] Bu oyatdagi “Rabb” kalimasi avvalgi 47-oyatdagi “Rabb” kalimasidan badal yoki atfi-bayon bo’lgani uchun, bu oyatni boshiga “Aniqrog’i” yoki “yaʼni” deb boshlash kerak. Aks holda, bu jumla yangi – mustaqil jumlaga aylanib qoladi.
[1542] Shunday bo’lgan ibora Firʼavn va unga ergashganlarni oz yurtlarini tashlab chiqib ketishi va natijada barchasi halok bo’lishi mana shunday bo’lgan degan zehndagi maʼnolarga ishorat qiladi.
[1543] Meros – hech qanday shartnomasiz biron bir mulkni sizga o’tkazib berilishidir (Mufradot).
[1544] Yaʼni, dengizni sohildan uzoqlashib ayrilishida va katta tog’dek bo’lib turishida Muso (a.s.)ni haqiqiy payg’ambar ekaniga dalolat qiladigan alomat bor edi. Agar aql yuritib, ortidan quvlashni o’rniga tavba qilib, Musoni payg’ambar ekaniga ishonsa edi, balki tavbalari qabul bo’lar va mo’min bo’lganlari halok bo’lmagan bo’lardi. Zotan, Firʼavn aynan cho’kib ketayotganida tavba qilib imon keltirgan, lekin o’lim asnosida tavba qilgani uchun Alloh uni imonini qabul qilmagan. (Niso 4:18), (Yunus 10:91).
[1545] Oyatdagi “nazollu” iborasiga “kun bo’yi” deb maʼno bersa ham bo’ladi.
[1546] (Fatir 35:14).
[1547] Botil tushunchadagi insonlarning ko’pligi, eskidan davom etib kelgani hech narsani hal qilmaydi. Ibrohim a.s.dan mushriklar jamoasi ko’p edi, hamda bu mushriklik tushunchasi eski davrlardan davom etib kelgan edi. shunday bo’lsa-da, Ibrohim a.s. ularga eʼtibor bermadi, haq va haqiqatni yetkazishda, botilga qarshi chiqishda davom etdi.
[1548] Bu oyatdan ikki xil maʼno chiqadi;
- “(Modomiki but-sanamlarga ibodat qilar ekansiz) sizlar ham, ota-bobolaringiz ham men uchun dushmandir. Men o’zimga faqat Olamlarning yaratgan Egasi – Allohni do’st tutaman.”
- “Olamlarni yaratgan Egasi – Allohga ibodat qilgan insonlargina men uchun dushman emas.”
[1549] Yaʼni, menga rizqni Aloh beradi, osmondan yomg’ir yog’dirib, u orqali yerdan rizq undirib beradi, degani bo’ladi (Baqara 2:22), (Hud 11:6).
[1550] Ibrohim a.s. o’z davridan boshqlab to qiyomatgacha yaxshi nom bilan tillarda doston bo’lib qoladigan bo’ldi. Endi Qurʼonda uning ismi va sadoqati qiyomatgacha davomli saqlanib qoladi. Alloh taolo uni kelajak avlodlarga chiroyli o’rnak qilib qoldridi (Soffat 37:108). Hatto ,payg’ambarimiz Muhammad a.s.ga va mo’minlarga ham Ibrohim a.s. millatiga ergashoshni buyurdi (Oli Imron 3:95), (Nahl 16:123).
[1551] (Baqara 2:123), (Moida 5:36), (Muʼminun 23:101), (Luqmon 31:33), (Maorij 70:11), (Abasa 80:34),
[1552] Salomat qalb – imonli, shirk va nifoqdan xoli bo’lgan qalbdir. Kasal qalb – unda kufr va nifoq bo’lgan qalbdir (Baqara 2:8-10). Riyo, hasad, gina, nafrat kabi maʼnaviy kasalliklar ham qalb kasalligi hisoblanadi. Qalb buzilishi bilan barcha aʼzolar buzila boshlaydi. Shuning uchun, inson qalbini, vijdonini sof ushlab qolishga urinishi kerak. Ibrohim alayhissalom qalbi toza inson bo’lgan edi (Soffat 37:84).
[1553] Gunoh deganda eng avvalo Allohga ishonmaslik va shirk turadi. Taqvo deganda ham, avvalo kofirlik va mushriklikdan saqlanib, sof imon bilan yashaganlar kiradi. Inson qancha gunohdan saqlangani sari, undagi taqvo ortib boradi.
[1554] (Qof 50:31), (Takvir 81:13).
[1555] Allohga shirk keltirib ibodat va iltijo qilinayotgan soxta ilohlar na o’ziga sig’inganlarni ham, o’zlarini ham qutqara olmaydi (Aʼrof 7:191, 192). Qiyomatda jahannamga hukm qilinganidan keyin, hech kim na o’zini va na boshqasini jahannamdan qutqarib qololmaydi.
[1556] (Naml 27:90).
[1557] Insonlarni to’g’ri yo’ldan ozdirishga uringan har kim Iblisning izdoshlaridir, uning askarlaridir.
[1558] (Aʼrof 7:38), (Sabaʼ 34:31-33), (Sod 38:61).
[1559] Shafoat – qo’llab-quvvatlash, tarafini olish, yordam berish, oqlash kabi maʼnolarni bildiradi. Baʼzi mushriklar farishtalarni o’zlariga shafoatchi bo’ladi deb ishonar edi (Yunus 10:18). lekin jahannam ahliga hech kim shafoat qilolmaydi (Muddassir 74:48).
[1560] Yaʼni, Ibrohim a.s. qissasida tavhid va Rububiyatga ibrat olmoqchilar uchun ibrat bor. lekin, Ibrohim a.s.ning qavmining ko’pchiligi unga ishonmagan.
[1562] Makka mushriklari ham Ammor ibn Yosir, Suhayb va Bilol r.a.lar haqida shunday deyishgan.
[1563] “Toshbo’ron” deganda jismonan tosh bilan urilish bilan bir qatorda, barcha imkoniyatlardan mahrum qilinish, quvilish, uzoqlashtirish degan maʼnolar ham ifodalaydi.
[1564] (Aʼrof 7:89).
[1565] (Qomar 54:27-29).
[1566] Samud xalqi tuyani oldirganidan keyin uch kun yashagan, so’ngra halok bo’lishgan (Hud 11:64, 65).
[1567] (Aʼrof 7:91).
[1568] (Hud 11:82), (Zoriyot 51:33).
[1569] Alloh azoblayman deb hukm qilgan qulini hech kim azobdan qutqarib qololmaydi, hech kim Allohning azobiga qarshi chiqa olmaydi.
[1570] Yaxshilik qilinishga munosib bandalariga Alloh doim yaxshilik qiladi.
[1571] Mana shu 192-oyatdan to 196-oyatgacha Qurʼon haqida batafsil maʼlumot berilgan. Bu maʼlumotni zehnlarga joylab olish kerak.
[1572] Oyatdagi qalb kalimasi jismoniy bir organga emas, ilm, ong, anglash, eslab qolish kabi maʼnaviy aql va zehnga ishorat qiladi. (Qof 50:37). Baʼzi qalblar bor, lekin ular tushunmaydi, anglamaydi, idrok qilmaydi (Aʼrof 7:179). Oyatlar Rasulullohning qulog’iga emas, aynan qalbiga:zehniga tushgani ham aynan shunga ishorat qiladi. Yaʼni, Rasulullohga vahiy tushayotganida oyatlarning barchasini tushunib, aqli yetib qabul qilib olgan.
[1573] Allohning dini faqat bitta din – Islomdir (Oli Imron 3:19). Qurʼonda bildirilgan tavhid asoslari avvalgi barcha ilohiy kitoblarda ham keltirilgan. Aloqador oyatlar: (Anʼom 6:90), (Nahl 16:118), (Fussilat 41:43).
[1574] Ajam – arab tilidan boshqa tilda gaplashadigan odamga aytiladi. Ajam deb, o’z ona tilini to’g’ri – fasohatli gapira olmaydigan kishiga aytiladi (Maonil-Qurʼon, an-Nahhos, Maonil-Qurʼon va iʼrobuhu, az-Zajjoj, Mafotihul-G’ayb, Faxruddin ar-Roziy, Madrikut-Tanzil, Imom Nasafiy). Shuning uchun bu oyatga “Arab tilida fasohati gapira olmaydigan arab kishiga nozil qilsak”, degan maʼno berildi. Ilohiy kitoblar har bir Payg’ambarning o’z qavmining tilida tushadi, bu Ilohiy qonundir (Ibrohim 14:4).
[1575] (Hijr 15:12). Ko’pchilik kofirlar Qurʼon ilohiy kitob ekanini biladi, uni oqib ko’radi, tushinadi, lekin, undagi buyruqlar uning nafsiga og’ir kelganidan keyin, dunyo hayotini oxirat hayotidan ustun ko’rgani sababli, o’z orzularini ALlohning buyruqlaridan ustun ko’rgani sababli bira to’la jinoyatchi kofirga aylanib qoladi. Unday kimsalar, toki azobni ko’rmagunicha to’liq imon keltirmaydilar.
[1576] (Isro 17:15), (Qasos 28:59).
[1577] Nazala so’zi rozi bo’lishlik, ko’nishlik, hukmni qabul qilish degan maʼnolarni ham anglatadi (Al-Qomus).
[1578] Shaytonsifat insonlar agar Qurʼonga xolis quloq solganida edi, oqibatlari jahannam bo’lmagan bo’lardi. O’xshash oyatlar: (Mulk 67:10). Yovuz insonlar o’zlarini Qurʼonga quloq solishdan, unga amal qilib, dunyo va oxirat saodatiga musharraf bo’lishdan o’zlarini o’zlari mahrum qildilar.
[1579] (Anbiyo 21:45), (Muddassir 74:1, 2).
[1580] Arab tilida “qanot yozish”, “qanotini past tutish” deganda ko’makdosh bo’lish, yordam berish, kamtarlik qilish, yaxshilik qilish kabi maʼnolar tushuniladi.
[1581] Bu oyatga ko’ra, qilayotgan gunohlari sababli qarindosh-urug’lardan voz kechilmaydi, ulardan yuz o’girib sila-i rahmni to’xtatmaydi. Balki, ularning qilgan ishlaridan uzoq turiladi, ularni imon-Islomga, yaxshilikka, tavba va islohga chaqiriladi. Imoningiz sababli sizga ochiqcha dushmanlik qilmagunga qadar, hech kim bilan adovatlashib bo’lmaydi.
[1582] (Muzzammil 73:2, 20).
[1583] Nazala so’zi rozi bo’lishlik, ko’nishlik, hukmni qabul qilish degan maʼnolarni ham anglatadi (Al-Qomus). Nazala feʼli faqat yuqoridan pastga tushish degan maʼno bilan chegaralanmagan.
[1584] Imom Nasafiy Zajjojdan bir naql qiladi: Bir shoir aslida bo’lmagan narsa bilan (kimnidir) maqtasa yoki hajv qilsa, xalq o’shani yaxshi ko’rib ergashib ketaversa, demak ular yo’ldan ozgan kishilardir.
[1585] Oyatda keltirilgan “haym” kalimasi maqtash, yomonlash va boshqa holatlarda mubolag’aga berilib ketish, g’uluvga kirib ketish bilan misol qilib keltiriladi (Mufradot).
[1586] Naml surasi, Makkada tushgan, 93 oyat. Tushish tartibi 48, yozilish tartibi 27.
[1587] Bu harflarga “hurufi muqattoa” va “hurufut-tanbeh” deyiladi. Qurʼoni Karimning bundan boshqa yana 28 ta surasi mana shunday, yaʼni o’quvchi va eshituvchining diqqatini va fikrini jalb qilish uchun arab tiliga xos bir qoida bilan boshlangan. Hurufi muqattoadan keyin keladigan oyatlar asosan Qurʼonning asl mohiyati, mazmuni va o’zidagi usul va qoidalarni, Qurʼonning nozil bo’lishidagi maqsadi va Payg’ambar alayhissalomning Qurʼonga nisbatan yuklatilgan vazifasi haqida bayon qilib beruvchi oyatlar kelgan. Payg’ambar alayhissalomga bularning maʼnolari haqida hech qanday savol berilmagan. Bu esa, u harflarda turli ilohiy sirlar yashirilmaganini, aksincha ularning maʼno va mohiyati ochiq-ravshan bo’lganini bildiradi. Yaʼni tanbeh harflaridir. Demak, bu harflardan qasd qilingan narsa; bulardan keyin o’qiladigan oyatlarga o’quvchi va eshituvchilarning diqqatini jalb qilishdir. O’zbek tilida bu kabi holatlarda “Diqqat! Diqqat!” kalimasi foydalaniladi.
[1588]“Huda” kalimasi daʼvat qiluvchi, chaqiruvchi maʼnolarida ham keladi. (Raʼd 13:7) oyati aynan shunga dalolat qiladi.
[1589]Bu oyatga ko’ra, Alloh talab qilgandek mo’min bo’lish uchun ham imon hamda amal bo’lishi kerak. Ana shunda avvalgi oyatda bildirilganidek xushxabarga – jannatag munosib bo’ladi.
[1590]Kofirlarga shayton amallarini chiroyli ko’rsatib qo’yadi, Alloh unga fursat beradi (Anʼom 6:43), (Nahl 16:63).
[1591]O’shanda oila bilan Tuvo vodiysi yonidan o’tib ketayotgan bo’ladi. (Toha 20:12), (Noziot 79:12).
[1592]Yaʼni, bundan keyin Men bilan muloqot vaqtida qo’rqma, omondasan, deb tafsir qilinadi.
[1593] O’xshash oyatlar: (Toha 20:82).
[1594] (Toha 20:22), (Qasos 28:31, 32).
[1595] (Isro 17:101), (Aʼʼrof 7:133).
[1596] (Oli Imron 3:106).
[1597] Voris deganda ikki xil maʼno anglashiladi: Biri o’lganidan yoki yo’q bo’lib ketganidan keyin o’rnini egallash (Maryam 19:40), yoki doimiy egalik qilish huquqiga ega bo’lish degan maʼno anglashiladi (Zuxruf 43:72). O’zbek tilida ko’chma maʼnoda o’tmishdan, ota-bobolardan meros qolgan moddiy va madaniy boyliklarga egalik qiluvchilar, ularning ish-larini davom eggiruvchilar uchun ham voris hamda merosxo’rlar deb aytiladi.
[1598] Arab tilida “har narsa” deganda baʼzan “ko’p narsa” tushuniladi. Bu oyatdagi “har narsa” iborasi ular so’ragan har narsa bo’lishi yoki avvalgi payg’ambarlarga berilgan har narsa bo’lishi mumkin.
[1599] Bu oyatlardagi chumolilar haqiqiy bo’lishi ham mumkin, majoziy maʼnoda bo’lishi ham mumkin.
[1600] Alloh taolo Sulaymon alayhissalomga maxsus ilm va hikmat bergan, shamolalrdan to’g’ri foydalanishni bilgan va shu yo’l orqali kemalarni juda qulay boshqargan. Shu qatori ushbu suraning 16-oyatida Sulaymon alayhissalomga qushlar tili ham o’rgatlgani aytilgan edi. Demak, qushlardan ham jang vaqtida va boshqa holatlarda ham foydalanish ilmini bergan. Sulaymon alayhissalom hayoti haqida Qurʼondan boshqa kitoblarda ham maʼlumotlar beriladi.
[1601] O’xshash oyatlar: (Sabaʼ 34:15).
[1602] Sulaymon Payg’ambar miloddan avvalgi 970-931-yillarda yashagani aytiladi Tanah va Eski Ahdda. Bu oyatlarda keltirilgan malikaning nomi tafsirlarda Bilqis, deb keladi. Sabaʼ aslida Nir qavmning nomi bo’lgani ham aytiladi.
[1603] Qurʼondagi “sabil” kalimasi Allohning yo’liga, “Kitob” kalimasi Allohning Kitobiga ishorat qiladi.
- Yaʼni, qushlar orqali xabar almashuvini yo’lga qo’ygan. Havo hujumiga ham “qushlar armiyasi” deyilishi
[1605] Karim sifati Allohga nisbatan ishlatilganida, Allohning neʼmat berishi va yaxshilik qilishini chiroyli ekaniga dalolat qiluvchi ism, deb bilinadi. Agar inson uchun ishlatilsa, uning xulq-atvori va unda ko’rinib turgan maqtovga loyiq ishlarining nomi, deb aytiladi (Mufradot).
orqali hujum bera oladigan qandaydir
qurol yoki birorta ilmiy kashfiyot qilgan bo’lishi mumkin.
[1607] Arab tilida “har narsa” deganda baʼzan “ko’p narsa” tushuniladi. Bu
oyatdagi “har narsa” iborasi ular so’ragan har narsa bo’lishi yoki avvalgi payg’ambarl
arga berilgan har narsa bo’lishi mumkin.
[1609] Bu oyatlardagi chumolilar haqiqiy bo’lishi ham mumkin, majoziy maʼnoda bo’lishi ham mumkin. [1609] Sulaymon alayhissalomning askarlari nafaqat piyodalar bo’lgan. Balki, otliqlari ham bo’lgan. O’sha davrlardan boshlab manjaliqlar ixtiro qilinish boshlangan. Uzoq masofadan manjaliqdan otilgan toshlarni ilk ko’rgan, lekin manjaliqni ko’rmagan insonlar o’sha toshlarni qush
lar otdi, qushlar askari, havo janchilari, deb o’ylashgan bo’lishi katta ehtimolni keltirib chiqaradi.
Hozirda havo hujumidan foydalanad
igan qurollar bor, ularga “silah at-toyr”, deyiladi. Sulaymon (a.s.) harbiy kuchlari orasida o’ziga xos havo hujumidan foydalanadigan qurollari, o’q
otar kamonchilar, otliq askarlar bo’lgan. Zero unga Alloh taolo juda katta ilm va hikmat bergan. Shamollardan to’g’ri foydalanishni bilgan va shu yo’l orqali kemalarni juda qulay boshqargan. Oyatdagi tayr, ins va jinlarga majoziy maʼno b
erilsa – piyoda, otliq, havo hujumidan foydalanuvchi qurolli kuchlari, o’z qabilasidan va boshqa begonalar tarafidan olingan askarlari degrning shukri, yaʼni neʼmatga munosib ravishqa munosabat bildirish. Shuning uchun maʼno oqishiga qarab, baʼzan qadriga yetmaydi, yoki burchini bajarmaydi, yoki shukr qilmaydi deb tarjima qilinadi.
[1616] (Hadid 57:22) , (Qof 50:18).
[1617]Haqni eshitishdan yuz o’girgan va haqni tan olmagan insonlarni Alloh Qurʼonning baʼzi oyatlarida kar, ko’r va soqov deb atagan. O’liklarni eshitmasligi haqidagi yana bir oyat: (Fotir 35:11).
[1618]Alloh taolo tarafidan kofirlar uchun tahdid qilib berilgan so’z shu oyatlarda aytilgan: (Hud 11:119), (Sajda 32:13).
[1619] (Maryam 19:68, 69).
[1620]Bu savol iborani aynan ziddini ifodalaydi. Yaʼni, payg’ambarlarga yuborilgan vahiylar Mening oyatlarim ekanini bilib turib ham, uni yolg’onga chiqaringiz, degan maʼno chiqadi. Buni tag maʼno deyiladi.
[1621]Qiyomatda yolg’onchilar gapira olmay qoladi (Mursalat 77:34, 35).
[1622]Bu istisno 89- oyatda keltirilgan.
[1623]Unga deganda, Allohnig hisob-kitobiga, Uning hukmiga deb tushuniladi.
[1624]Bu kishilar katta gunohlarga qo’l urmagan yoki undan tavba qilib qaytgan va o’zini tuzatgan mo’min kishilardir. (Niso 4:31), (Najm 53:32) unday kimsalar dunyo hayotida ikkala dunyoda ham chiroyli hayot so’raydigan va shunga munosib bo’ladigan ishlar bilan mashg’ul bo’lgan kimsalardir. (Baqara 2:201, 202).
[1625] Qasos surasi, Makkada tushgan, 88 oyat. Tushish tartibi 49, yozilish tartibi 28.
[1626] Bu harflarga “hurufi muqattoa” va “hurufut-tanbeh” deyiladi. Qurʼoni Karimning bundan boshqa yana 28 ta surasi mana shunday, yaʼni o’quvchi va eshituvchining diqqatini va fikrini jalb qilish uchun arab tiliga xos bir qoida bilan boshlangan. Hurufi muqattoadan keyin keladigan oyatlar asosan Qurʼonning asl mohiyati, mazmuni va o’zidagi usul va qoidalarni, Qurʼonning nozil bo’lishidagi maqsadi va Payg’ambar alayhissalomning Qurʼonga nisbatan yuklatilgan vazifasi haqida bayon qilib beruvchi oyatlar kelgan. Payg’ambar alayhissalomga bularning maʼnolari haqida hech qanday savol berilmagan. Bu esa, u harflarda turli ilohiy sirlar yashirilmaganini, aksincha ularning maʼno va mohiyati ochiq-ravshan bo’lganini bildiradi. Yaʼni tanbeh harflaridir. Demak, bu harflardan qasd qilingan narsa; bulardan keyin o’qiladigan oyatlarga o’quvchi va eshituvchilarning diqqatini jalb qilishdir. O’zbek tilida bu kabi holatlarda “Diqqat! Diqqat!” kalimasi foydalaniladi.
[1627]Oyatda «نتلو — tilovat qilib beryapmiz» iborasi bor. Tilovat — eslatma berish va u orqali to’g’ri yo’lga solish maqsadida tushuntirib o’qib berishdir (Sayyid Tantoviy). Maʼnosini tushunib o’qishga ham tilovat deyiladi (Mufradot).
[1628]Firʼabn o’z yurtidagi xalqni ikki qismga ajratib yuborgan. O’z millatiga mansub bo’lgan kishilarni erkin qo’yar, Isroil Avlodlarini (yevreylarni) esa oyatda keltirilgan azoblar bilan azoblar edi. Bu esa, uning millatchi ekaniga dalolat qiladi. Firʼavn va Banu ISroil haqidagi o’xshash oyatlar: (Baqara 2:49), (Aʼrof 7:127, 141), (Ibrohim 14:6), (G’ofir 40:25).
[1629] (Shuaro 26:52-59).
[1630]Vahiy kalimasi payg’ambarlarga nisbatan ishlatilsa – Allohdan elchi-farishta orqali haviy:xabar olishga aytiladi. Boshqa holatlarda esa, to’g’ri tush ko’rish, zehniga singib qolish, qalbiga ilhom kelish, kabi maʼnolarni anglatadi. Muso alayhissalomning onasi payg’ambar bo’lmagani uchun (Yusuf 10:109), (Nahl 16:43), bu oyatdagi vahiyga keyingi maʼnolar beriladi. Lekin, ulardan aynan qaysi biri orqali bu buyruq bildirilgani bizga maʼlum emas. Uni bilishdan masʼul emasmiz. (Qo’shimcha maʼlumot uchun qarang: Mafotihul-G’ayb.) Baʼzilar, o’sha davrda Shuayb (a.s.) payg’ambar edi. Balki unga Alloh elchi farishta orqali vahiy qilgan bo’lsa, u Musoning onasiga elchi yuborib bildirgan bo’lishi ham mumkin, deb taʼvil qiladi.
[1631]Sandiqqa solib tashlangani (Toha 20:39) oyatida bayon qilingan.Alloh taolo baʼzan tushlarda ham baʼzi narsalarni bildirib qo’yadi (Yusuf 12:4, 5, 43, 49). Demak, Alloh taolo bandalariga baʼzan to’g’ri ishlarni ko’ngliga solib bildirib qo’yadi, o’zining hikmati orqali yo’l ko’rsatib qo’yadi.
[1632] Bu oyatdagi «lom-ل» “Lomi oqibat” va Lomu sayrura» dir. Yaʼni, “oqibatda” deb maʼno beriladi.
[1633](Ahqof 33:15).
[1634]Muhsin kalimasidan ikkita farqli maʼno chiqadi:
- Birovga moddiy yaxshilik qiluvchi.
- O’z vazifasini yoki qilayotgan yaxshi ishini puxta, chiroyli va maromiga yetkazib bajaruvchi (Lisan, Mufradot).
[1636]Gapga Allohni vakil qilish – ishining natijasini Allohdan kutish va Unga tavakkal qilishdir.
[1637]Muso alayhissalom oilasiga nisbatan “Turin turinglar” deya ko’plik uchun ishlatiladigan kalima ishlatgan, hamda oyat boshida Muso a.s. ning ayoli emas, “oilasi” deb keltirildi. Bu esa, o’shanda Muso alayhissalomning yonida uning bolalari ham bo’lganini bildiradi.
[1638]Allohdan vahiy olgan payg’ambarlarga hech qanday xavf-xatar va g’amginlik bo’lmaydi. O’sha vaqtdan boshlab Muso ham payg’ambar bo’lgan.
[1639] (Toha 20:42-48) oyatlarda Muso Firʼavnga Allohdan qanday oyat bilan kelgani bayon qilingan.
[1640]Firʼavn va unga o’xshagan yovuz yetakchilar, o’zlarining ortidan gunohga botib ergashib yurgan tobelarini jahannam azobidan qutqarib qololmaydi.
[1641]Demak, qiyomatgacha Firʼavn va unga ergashganlarni insonlar laʼnatlashda davom etadi.
[1642] (Moida 5:19).
[1645]Yaʼni, avvalgi ilohiy kitobga ega bo’lgan kishilar, agar o’zlaridagi kitobni yaxshi bilsa va unga ishonsa, o’sha kitoblarni tasdiqlagan so’ngi ilohiy kitob – Qurʼonga ham ishonishlari kerak bo’ladi.
[1646]Kimki Allohga yo’nalsa, ana shu kimsalarni Alloh ham hidoyat qiladi.
[1647] (Anʼom 6:94).
[1648]Alloh taolo yo’qdan bor qilib yaratishda O’zi tanlagan va xohlaganini yaratadi. Hech bir insonga o’z onasidan erkak yoki ayol bo’lib tug’ilishni tanlash ixtiyori berilmagan. Mavjudotni yaratishda Alloh O’zi munosib bilgan va O’zi xohlagan shaklda yaratadi. Yaratilishda hech kimni va hech narsani tanlash ixtiyori yo’q. Yaratganidan keyin esa, bandalari ixtiyor qilgan narsalaridan ham O’zi xohlaganini yaratadi. Yaʼni, banda nimani xohlasa uning barcha xohishi amalga oshmaydi. Baʼzi mufassirlar kimni payg’ambar bo’lish yoki bo’lmasligi haqida ixtiyor yo’q, deb taʼvil qilishgan va bu oyatni (Zuxruf 43:11) oyatiga javob sifatida nozil bo’lgan deb tafsir qilishgan. Vaqf qoidasidagi qarashlarga ko’ra, bu oyatni quyidagicha farqli tarjima qilganlar ham bo’lgan: “Robbing O’zi tanlaganini yaratadi. Ularning tanlash haqqi bo’lgan narsalardan ham tanlab oladi.”
[1649] (Baqara 2:277), (Oli Imron 3:29, 119), (Hud 11:5), (Nahl 16:23), (Haml 27:25,74).
[1650]Allohga oxiratda ham olqish va maqtov aytiladi. (Fatir 35:34), (Zumar 39:74), (Yunus 10:10).
[1651]Mahsharda Allohning hukmi o’tadi, kimni jannatga hukm qilsa jannatga, kimni jahannamga hukm qilsa jahannamga kiradi.
[1652]Kech bilan kunduz davomli almashib turadigan qilib qo’yilishi, Alloh taoloning insoniyatga qilgan marhamatidir. Agar buni to’xtatib qo’ysa, Undan boshqa hech kim kecha bilan kunduz almashishini yo’lga sololmaydi.
[1653]Bu oyat arab tilidagi laff va nashr qoidasiga ko’ra tarjima qilindi.
[1654] (Yunus 10:67), (G’ofir 40:61), (Nabaʼ 78:10).
[1655]Qiyomatda har bir ummatdan guvohlar keltiriladi. (Baqara 2:144), (Niso 4:41), (Nahl 16:84, 89).
[1656](Oli Imron 3:24), (Anʼom 6:22-24, 138), (Aʼrof 7:53), (Ankabut 29:13), (Ahqof 33:28).
[1657]Azob va halokatga loyiq bo’lib qolganida, ularni halok qilishdan oldin ulardan so’rab o’tirilmaydi. Chunki Alloh hamma narsani biladi. Oxiratda ham gunohni qilganmisan yoki qilmaganmisan, deb savol berilmaydi. Aksincha, ularni o’zlariga o’zlarini gunoh qildirish va aybini bo’yniga qo’yish uchun hisob-kitob qilinadi. Zotan, qilgan ishlarining barchasi amal daftarlariga yozib qo’yilgan bo’ladi (Qof 50:17,18). Yer yuzida sodir bo’layotgan hamma narsa aniq yozib boriladi (Anʼom 6:59).
[1658] Oxiratni unutib, faqat dunyo xohlagan kimsalarga, dunoda nasibasi berilsa-da, oxiratda ularga hech qanday yaxshilikdan hissa bo’lmaydi (Hud 11:15, 16), (Isro 17:18-20). Mo’min-musulmonlar Alloh taolodan dunyoda ham oxiratda ham yaxshi yashashni so’rashlari kerak (Baqara 2:200-202). Dunyoni oxiratdan ustun qo’yishlik kofirlikka yetaklaydi. Chunki, kufrga asosan dunyoga bo’lgan muhabbat sabab bo’ladi (Ibrohim 14:2, 3), (Nahl 16:106, 107).
[1659](Ankabut 29:40).
[1660]Yaʼni, Allohning azobi kelganida uni na mol-davlati, na tarafdorlari qutqarib qololmadi, unga hech kim yordam bermadi. Qorun va unga o’xshagan dunyoparast, zo’ravon va kofir kimsalar, o’zlarining mol-davlati va bolalarining ko’pligi sababli, hech qanday azobga giriftor bo’lmaymiz, deb o’ylaydi (Cabaʼ 34:35, 36). Ular o’zlariga berilgan imkoniyatlar Alloh tarafidan beilganini, uni xohlagan vaqt yana olib qo’yishini unutib qo’yishadi.
[1661] (Isro 17:30), (Ankabut 29:62), (Rum 31:37), (Sabaʼ 34:36).
[1662]Qurʼonni farz qildi deganda, unga shubhasiz ishonishni, amal qilishni va boshqalarga ham yetkazishni farz qildi, degani bo’ladi. Kimki Rasulullohga (sunnatga) ergashmoqchi bo’lsa, Qurʼonga amal qilishi kerak.
[1663]Qurʼon Muhammad alayhissalomning o’z istagi bilan nozil bo’lmagan. Balki, uni Alloh O’z ixtiyori va tanlovi asosida nozil qildi, uni yetkazishni va unga avvalo o’zi amal qilishni Muhammad alayhissalomga farz qildi.
[1664] Allohga nisbatan ishlatilgan “yuz” iborasi Uning zotiga ishorat qiladi.
[1665] Bu harflarga “hurufi muqattoa” va “hurufut-tanbeh” deyiladi. Qurʼoni Karimning bundan boshqa yana 28 ta surasi mana shunday, yaʼni o’quvchi va eshituvchining diqqatini va fikrini jalb qilish uchun arab tiliga xos bir qoida bilan boshlangan. Hurufi muqattoadan keyin keladigan oyatlar asosan Qurʼonning asl mohiyati, mazmuni va o’zidagi usul va qoidalarni, Qurʼonning nozil bo’lishidagi maqsadi va Payg’ambar alayhissalomning Qurʼonga nisbatan yuklatilgan vazifasi haqida bayon qilib beruvchi oyatlar kelgan. Payg’ambar alayhissalomga bularning maʼnolari haqida hech qanday savol berilmagan. Bu esa, u harflarda turli ilohiy sirlar yashirilmaganini, aksincha ularning maʼno va mohiyati ochiq-ravshan bo’lganini bildiradi. Yaʼni tanbeh harflaridir. Demak, bu harflardan qasd qilingan narsa; bulardan keyin o’qiladigan oyatlarga o’quvchi va eshituvchilarning diqqatini jalb qilishdir. O’zbek tilida bu kabi holatlarda “Diqqat! Diqqat!” kalimasi foydalaniladi.
[1666] Fitna kalimasi Qurʼonda so’z oqishiga qarab farqli maʼnolarda keladi; Imtihon (Aʼrof 7:155), Aldov (Aʼrof 7:27), jahannam azobi (Zoriyat 51:10-14), jang (Baqara 2:216).
[1667] Baʼzi insonlar Allohga yuzaki ibodat qiladi. Alloh ularni kim va qanday inson ekanini o’rtaga chiqarib beradi (Haj 22:11) Alloh kimnidir yaxshi narsa bilan, kimnidir yomon narsa bilan sinovdan o’tkazadi (Anbiyo 21:35).
[1668] Yangi jumla boshida kelgan «أم» harfi munqotiʼ bo’lib, “balki” maʼnosida tanbeh uchun keladi.
[1669] Jihod – so’zlikda jiddi-jahd, tirishqoqlik degan maʼnolarda keladi. Qurʼonda jihod – Shayton, dushman yoki o’z orzu-istaklariga qarshi olib borilgan har qanday jiddiy faoliyatning umumiy nomidir (Mufradot). Jihod kalimasiga faqatgina maʼno oqishiga qarab “jang qilish” deb tarjima qilinadi. Bu oyatdagi jihod – Islom dini uchun qo’lidan kelganida fidokorlik qilish, yaxshi ishlarda tirishqoqlik qilish, kerak bo’lsa, bostirib kelgan dushmanga qarshi imoni va vatani uchun jang qilish kabi ishlarni o’z ichiga oladi.
[1670] (Fussilat 41:46), (Josiya 45:15).
[1671] Ushbu oyatda o’zbek tiliga tarjima qilganda “yil” maʼnosini bildiruvchi ikkita kalima ishlatilgan. Demak, ularning har biri alohida bir narsaga urg’u berishni talab qiladigan ikki xil yilga ishorat qiladi. Arab tilida «سنة» va «عام» “Sana” va “Om” kalimalari “Yil” maʼnosida kelsa-da, “Sana” kalimasi salbiy va qiyin o’tkazilgan yillar uchun, “Om” kalimasi esa, ijobiy va yaxshi o’tkazilgan yil uchun ishlatiladi. Nuh (a.s.) ga nisbatan ishlatilgan 950-yil, uning qavmi orasida qolgan uzoq vaqti ularning ziyoniga ishlaganiga va hidoyatga kirgan insonlar juda ham kam ekaniga ishorat qiladi. Yaʼni, Nuh (a.s.) qavmi orasida yashagan muddatning juda ko’p qismi qiyinchilikda o’tganini bildiradi. Bu esa, qavmiga balo tilab qilgan duosiga nima sabab bo’lganiga ishorat qiladi. Baʼzi mufassirlar, bu oyatdagi 950-yil majoziy qo’llamda kelgan bo’lib, Nuh alayhissalom umrining juda ham ko’p qismini qavmini daʼvat qilish bilan o’tkazganini bildiradi, deb tafsir qilishgan.
[1672] “Buni” deganda yo kema yoki o’sha hodisa nazarda tutiladi. Hozirda xalqaro tadqiqotlar natijasida o’rtaga chiqayotgan avvalgi zamonlardagi suv toshqini asoratlari mana shunga ishorat qilsa kerak.
[1674] (Ibrohim 21:51-70).
[1675] Bu haqida qo’shimcha maʼlumot uchun (Hijr 58:15), (Zoriyat 51:32) oyatlarga qarang. Lut alayhissalomning ayoli kofir bo’lgan. Shuning uchun u najot topolmay halok bo’lgan (Tahrim 66:10).
[1676] “Mustabsir” – ko’rgan narsasi haqida aql yuritib, uni haq yoki nohaq ekanini ajratib oladigan darajada aql sohibi degani. Demak, ularda aql bo’lgani bilan, haq yo’lda yurmadilar, elchilarga ishonmadilar, Allohning yo’lida yurmadilar. Natijada, elchilarga ishonmagan insonlardan boshqa barchasi halok bo’ldi.
[1677] Allohdan boshqa birovni o’ziga himoyachi va idora etib turuvchi do’st tutib olganlar qattiq adashgan bo’ladi. Chunki, hayotni va o’limni ham, rizqni ham beradigan Allohdir. O’rgimchak ini uni na issiqdan, na sovuqdan va na bir falokatdan saqlab qololmagani kabi, Allohdan boshqalarga sig’inib panoh so’raganlar, o’zlariga Allohdan keladigan hech narsani to’sib qololmaydi. Allohdan boshqasiga ishonib qolib, biron bir nojo’ya xatti-harakat qilib qo’yishdan, biron bir jinoyatga qo’l urib qo’yishdan ehtiyot bo’laylik. Bu oyat Allohdan boshqalarga duo qilib yordam so’raydigan va Undan boshqa soxta ilohlarga iltijo qiladiganlar kishilarga qattiq ogohlantiruv bo’ladi.
[1678] Har bir soha va fanni o’z bilimdoni va olimi bo’ladi. Hayvonot va hasharotlar olamini ham o’ziga xos ilmi va hikmati bor. bu oyatda keltirilgan urg’ochi o’rgimchak bilan erkak o’rgimchakni aynan o’sha soha vakilidan boshqa insonlar ajrata olmaydi ham, tushunmaydi ham. Demak, Allohning oyatlarini haq ekani va bu bir ilohiy xabar ekaniga kimki ishonmayotgan bo’lsa, bu oyatda keltirilgan misol ustida izlansin va qarasin-chi, inni o’rgimchakning qaysi biri to’qir ekan?!
Undan tashqari, shirkka kirib qolganlarning amali va eʼtiqodi o’rgimchakning nimjon inidan ham zaif va yaroqsiz ekani xabar berilmoqda. Bu esa, mushriklarning amallari puch ekanini bildiradi.
[1679] Bu oyatni baʼzi mufassirlar “Qurʼon tilovat qilib namozni puxta ado et” shaklida tafsir qilishgan.
[1680] Bular deganda, Muhammad alayhissalom vahiy olgan davrlarda qo’llarida ilohiy kitobi bo’lmagan Makka mushriklariga ishorat qiladi.
[1681] Botil ahli deb ushbu suraning 52-oyatida keltirilgan – botil-asossiz narsalarga ishonadigan johil kimsalarga aytiladi.
[1682] Bu oyatdagi ilm (Aʼrof 7:52) oyatida bildirilgan – oyatlarni oyatlar bilan ochiqlash ilmidir. U ilm Hud surasining ilk oyatlarida bayon qilingan.
[1683] Bu oyat, Allohga ibodat qilishdan man etilgan yoki, Allohdan boshqasiga ham ibodat qilishga majbur qilinayotgan yurtdan chiqib, boshqa eʼtiqod erkinligi berilgan yurtga ko’chib borish kerakligini bildiradi. Bu haqida (Niso 4:97-99) oyatlaridan batafsil bayon qilingan.
[1684] Yaʼni, kim qanday rizqqa munosib ekanini ham, kim munosib emasligini ham biladi.
[1685] Bu oyat, Allohning dini tavhid ekanini ko’rsatadi. Dinda xolislik – Allohga na duoda qilishda, na ibodat qilishda Unga hech narsani sherik qilmaslikdir.
[1686] Muhsin kalimasidan ikkita farqli maʼno chiqadi:
- Birovga moddiy yaxshilik qiluvchi.
- O’z vazifasini yoki qilayotgan yaxshi ishini puxta, chiroyli va maromiga yetkazib bajaruvchi (Lisan, Mufradot).
[1687] Alloh muhsinlarga yordami, hidoyati, bashorati bilan yaqindir. Alloh muhsin bandalarini yordamsiz qoldirmaydi.
[1688] Rum surasi, Makkada tushgan 60 oyat. Tushish tartibi 84, yozilish tartibi 30.
[1689] Bu harflarga “hurufi muqattoa” va “hurufut-tanbeh” deyiladi. Qurʼoni Karimning bundan boshqa yana 28 ta surasi mana shunday, yaʼni o’quvchi va eshituvchining diqqatini va fikrini jalb qilish uchun arab tiliga xos bir qoida bilan boshlangan. Hurufi muqattoadan keyin keladigan oyatlar asosan Qurʼonning asl mohiyati, mazmuni va o’zidagi usul va qoidalarni, Qurʼonning nozil bo’lishidagi maqsadi va Payg’ambar alayhissalomning Qurʼonga nisbatan yuklatilgan vazifasi haqida bayon qilib beruvchi oyatlar kelgan. Payg’ambar alayhissalomga bularning maʼnolari haqida hech qanday savol berilmagan. Bu esa, u harflarda turli ilohiy sirlar yashirilmaganini, aksincha ularning maʼno va mohiyati ochiq-ravshan bo’lganini bildiradi. Yaʼni tanbeh harflaridir. Demak, bu harflardan qasd qilingan narsa; bulardan keyin o’qiladigan oyatlarga o’quvchi va eshituvchilarning diqqatini jalb qilishdir. O’zbek tilida bu kabi holatlarda “Diqqat! Diqqat!” kalimasi foydalaniladi.
[1690] “Adnal-arz” iborasiga “dunyoning eng past qismida” deb maʼno bergan tafsirchilar ham bo’lgan. Chunki, o’sha jang O’likdengiz bilan hozirgi Isroil davlati o’rtasida sodir bo’lgan. Har ikkala maʼno ham to’g’ri va bir-birini qo’llab-quvvatlaydi va yanada ochiqlab beradi.
[1691] Qiyomatda har bir mushrik o’z but-sanamini inkor qiladi. uydurib chiqarilgan va Allohga baʼzi xususiyat va sifatlarda tenglashtirib olingan soxta shafoatchi va soxta ilohlar ham o’zlariga ishongan tobeʼlarini inkor qiladi va bir-birlarini laʼnatlaydi. (Ankabut 29:25).
[1692] Qiyomat kuni insoniyat ikkiga bo’linadi; bir qismi jannatga, yana bir qismi jahannamga joylashtiriladi. Uchinchi qism bo’lmaydi. (Sho’ro 42:7)
[1694] (Haj 22:71).
[1695] “Allohning yaratishida o’zgarish bo’lmaydi”, deb tarjima qilganlar ham bor.
[1696] Oyatdagi “farroqu” iborasini “faaroqu” deb o’qiganlar va shunga ko’ra tafsir qilganlar bor. Yaʼni, “dinidan ayrilgan” deb tarjima qilganlar ham bo’lgan.
[1697] Allohning dinidan uzoqlashib, o’zlari to’qib olgan tushuncha va qonunlarni o’zlariga din qilib olgan yoki, Allohning diniga boshqa narsalar qo’shib olib, uni o’zlariga din qilib olgan toifalarning har biri o’zining noto’g’ri yo’nalishi haq deb bilib, o’zlarini xursand qilib yashaydilar. Allohning haq dini Qurʼondagi dindir, Muhammad alayhissalom olib kelgan dindir. Qurʼonga zid bo’lgan narsa Allohning dini emas. Islom dinida asl manba va mezon Qurʼondir.
[1698] Makka mushriklari o’zlarini mushrik ekanini tan olmas edi, but-sanamlarga iltijo qilishini Allohga yaqinlik vositasi deb bilishar, o’zlareining moddiy va maʼnaviy uydirma ilohlarini o’zlariga shafoatchi (oqlovchi) bo’ladi deb hisoblashar edi (Zumar 39:3), (Yunus 10:18). Qurʼon ularning bu qilmishlari shirk ekanini aytib turadigan aniq va haq kitobdir.
[1699] Baʼzan oyatlardagi “haq” kalimasiga “ehtiyoj” deb maʼno beriladi. (Hud 11:79) oyatida ham aynan shu maʼno keltirilgan. Qarang: (Hud 11:79).
[1700] Oyatdagi “ataytum min zakat” iborasiga “sudxo’rlikdan saqlanib pokiza holatda bergan qarzingiz” shklida tarjima qilinsa ham bo’ladi. Chunki, zakot kalimasining maʼnolaridan biri poklik, halollik, to’g’rilik va soflikdir. Sudxo’rlikdan tiyilib, halol holatda berilgan qarzga ham zakot deyilsa bo’ladi.
[1701] (Aʼrof 7:30), (Oli Imron 3:106).
[1702] Luqmon surasi, Makkada tushgan, 34 oyatdan iborat. Tushish tartibi 57, yozilish tartibi 31.
[1703] Bu harflarga “hurufi muqattoa” va “hurufut-tanbeh” deyiladi. Qurʼoni Karimning bundan boshqa yana 28 ta surasi mana shunday, yaʼni o’quvchi va eshituvchining diqqatini va fikrini jalb qilish uchun arab tiliga xos bir qoida bilan boshlangan. Hurufi muqattoadan keyin keladigan oyatlar asosan Qurʼonning asl mohiyati, mazmuni va o’zidagi usul va qoidalarni, Qurʼonning nozil bo’lishidagi maqsadi va Payg’ambar alayhissalomning Qurʼonga nisbatan yuklatilgan vazifasi haqida bayon qilib beruvchi oyatlar kelgan. Payg’ambar alayhissalomga bularning maʼnolari haqida hech qanday savol berilmagan. Bu esa, u harflarda turli ilohiy sirlar yashirilmaganini, aksincha ularning maʼno va mohiyati ochiq-ravshan bo’lganini bildiradi. Yaʼni tanbeh harflaridir. Demak, bu harflardan qasd qilingan narsa; bulardan keyin o’qiladigan oyatlarga o’quvchi va eshituvchilarning diqqatini jalb qilishdir. O’zbek tilida bu kabi holatlarda “Diqqat! Diqqat!” kalimasi foydalaniladi.
[1704]Eng katta zulm Allohga shirk qo’shishdir. Har qanday haqsizlikka ham zulm deyiladi.
[1705]Dunyo neʼmatlari juda oz va o’tkinchidir (Niso 4:77). Alloh taolo mo’minni ham kofirni ham dunyoda vaqtinchalik noz-neʼmatlardan bahramand qilib turadi.
[1706]Ilk tafsirchilar bu oyatdagi “Allohning so’zlari” ni Allohning ilmidir, deb tafsir qilgan. (Qarang: Maonil-Qurʼan, an-Nahhos, )
[1707]Har – bir narsani to’g’ri ekaniga va haqiqiy ekaniga ishorat qiladi. Alloh haqiqatda ham bordir, U haqiqiy ilohdir, undan boshqa yordamga chaqiriladigan yoki ibodat qilinadigan soxta iloh va maʼbudlar yolg’on va botildir, aslida yo’qdir, to’qib chiqarilgandir.
[1708] Sajda surasi, Makkada tushgan, 30 oyat. Tushish tartibi 75, yozilish tartibi 32.
[1709] Bu harflarga “hurufi muqattoa” va “hurufut-tanbeh” deyiladi. Qurʼoni Karimning bundan boshqa yana 28 ta surasi mana shunday, yaʼni o’quvchi va eshituvchining diqqatini va fikrini jalb qilish uchun arab tiliga xos bir qoida bilan boshlangan. Hurufi muqattoadan keyin keladigan oyatlar asosan Qurʼonning asl mohiyati, mazmuni va o’zidagi usul va qoidalarni, Qurʼonning nozil bo’lishidagi maqsadi va Payg’ambar alayhissalomning Qurʼonga nisbatan yuklatilgan vazifasi haqida bayon qilib beruvchi oyatlar kelgan. Payg’ambar alayhissalomga bularning maʼnolari haqida hech qanday savol berilmagan. Bu esa, u harflarda turli ilohiy sirlar yashirilmaganini, aksincha ularning maʼno va mohiyati ochiq-ravshan bo’lganini bildiradi. Yaʼni tanbeh harflaridir. Demak, bu harflardan qasd qilingan narsa; bulardan keyin o’qiladigan oyatlarga o’quvchi va eshituvchilarning diqqatini jalb qilishdir. O’zbek tilida bu kabi holatlarda “Diqqat! Diqqat!” kalimasi foydalaniladi.
[1710] Ajdodlariga payg’ambar kelgan bo’lsa-da, lekin shaxsan o’zlari o’sha payg’ambarga berilgan kitob haqida gapirib ogohlantiruvchi birini ko’rmagan bo’lsa, ular ham shu oyatdagi ogohlantiruvchi kelmagan kishilar toifasiga kiradi. Buni (Moida 5:19) ochiqlab beradi.
[1711] Qiyomatgacha sodir bo’lgan ishlar yozib boriladi. Keyin, qiyomat kuni ularning hisob-kitobi Allohga havola qilinadi.
[1712] Insoniyatning otasi hisoblangan Odam alayhissalomdan tortib to qiyomatgacha yashab o’tadigan har bir insonga ruh puflanadi. Bur insoniy dasturdir. Insonni boshqa borliqlardan ajratib turadigan narsa ham shu ruh bo’ladi. ruh orqali inson eshitib anglash, ko’rib ajrata olish qobiliyatiga hamda vijdonga ega bo’ladi.
[1713] Badandan ruhni ayrilishiga vafot deyiladi, tirik badanni tamomiy harakatdan to’xtashiga mavt – o’lim deyiladi.
[1714] Bu oyatga ko’ra har bir insonni o’ziga tayinlab qo’yilgan farishtasi bo’ladi. zotan, jon oluvchi farishta bitta bo’lmasligi haqida (Nahl 16:28-32) oyatlarda bayon qilingan. Sahih hadislarda ham jon oluvchi farishta “Malakul-mavt” bo’lib keladi. Azroil degan nom va jon oluvchi farishta faqat bitta bo’ladi, degan gap na Qurʼonda va na sahih hadislarda kelmagan. (Zumar 39:42)
[1715] Bu oyatdan ikki xil maʼno va hukm chiqadi.
1) Oyatlar o’qilayotgan vaqtda yonboshlab yotgan bo’lsa, yonboshlagan holatidan turib oyatlarga hurmat ko’rsatib o’tirib oladi, agar oyatda jannat vasfi kelsa jannatni so’rab, agar jahannam vasfi kelsa jahannamdan panoh so’rab duo qiladi, agar zakot, sadaqa, infoq-ehson haqidagi oyatlar eshitsa, darhol Alloh yo’lida infoq-ehson qiladi.
2) (Isro 17:79) va (Zoriyat 51:2) oyatlariga ko’ra esa, tunda tahajjudga turuvchilar, degan maʼno ham chiqadi. Eng afzali, har ikkala maʼno va hukmga ham amal qilishdir.
[1716] O’tmishdagi ko’plab qavm va qabilalarga turli bal-ofatlar va musibatlar kelgan. Ularning baʼzilari ogohlantirish uchun bo’lsa, baʼzilari jazolash uchun kelgan. Firʼavn va uning xonadoniga ham qon, ocharchilik kabi ogohlantirish uchun azoblar kelgan. Demak, insoniyat haddan oshayotgan davrda Alloh baʼzi kimsalarga dunyo azobini tottirib qo’yadi. Bunday vaqtlarda inson avvalo o’zini, qolaversa butun insoniyatni tavbaga va islohga daʼvat qilishi kerak. Alloh bizni bunday azoblardan O’zi saqlasin.
[1717] Qiyomatda kim haq kim nohaq ekanini bildirib, yaxshi bilan yomonni o’rtasini ajratib qo’yadi. Lekin, dunyoda Allohning kitobi bo’la turib, bitta dinga mansub bo’lishlariga qaramay, dinini bo’lib-parchalab, firqalarga bo’linib, o’zaro tinimsiz ixtiloflar chiqarib, har bir mazhab va firqa o’zini haq deb, boshqalarni esa nohaq deb yurgani uchun qiymatda Allohga javob beradi. Aslida, musulmonlar bitta kitob uzra birlashishlari kerak edi. Alloh shunga buyurgan (Oli Imron 3:103).
[1718] Ahzob surasi, Madinada tushgan, 73 oyat. Tóshish tartibi 90, yozilish tartibi 33.
[1719] Zihor – erkak kishi o’z ayoli bilan yaqinlik qilmaslik maqsadida, ayoliga “Sen onamning beli kabisan” yoki shu kabi ioralar ishlatishidir. Buning hukmi haqida (Mujodalar 58:3-4) oyatlarda bayon qilingan.
[1720] Anfol surasining 8-oyatida, meros masalasida diniy birodarlik, imon-eʼtiqod yoki muhojirlik emas, balki qarindosh-urug’chilik asos ekani bayon qilingan. Shunday bo’lsa-da, qarindoshchiligi bo’lmagan diniy birodarlariga moddiy yordam berish albatta mumkin ekani ushbu oyatdan maʼlum bo’lmoqda.
[1721] Baʼzi tafsirchilar bu oyatdagi mustahkam so’z Allohga shirk keltirmasliklari haqidagi vahiy deb aytishgan (Zumar 39:65). Baʼzilar esa, payg’ambarlarni o’ziga vahiy qilingan narsani to’liq yetkazishligi haqida so’z olgan, deb taʼvil qilishadi.
[1722] Qiyomatda Alloh payg’ambarlarda ularga qavmi qanday javob qaytargani va qanday munosabatda bo’lgani haqida so’raydi (Moida 5:109).
[1723] Bu voqea hijratning 5 yili sodir bo’lgan deb aytiladi. Bu jang “Xandak g’azoti”, “Ahzob kuni”, deb nomlanadi. O’shanda Islom va musulmonlarga qarshi turli qabilalardan guruh-guruh jangchilar kelgan. Ular: Quraysh, G’atafon, Qurayza va Naziyr qabilalari.
[1724] Yasrib Madina shahrining eski nomi.
[1725] Bu oyatdagi fitna – Islomdan qaytib, Islomga va musulmonlarga qarshi jang qilish fitnasidir. Kelgusidagi oyatlar shunga dalolat qiladi.
[1727] Bu oyatlardan maʼlum bo’ladiki, inson Islomdan qaytib kofir bo’lsa, uni barcha ishlari bekor bo’lib ketadi, munofiqlik ila qilgan ishlari ham yo’qqa chiqib ketadi, foyda bermaydi. Alloh hammamizga sabot, sadoqat va ixlos nasib qilsin.
[1728] Qurʼonni kim ko’p tushunib o’qisa, o’sha kishi Allohni ko’p zikr qilgan bo’ladi. Chunki Qurʼonning tamomi zikrdir. Undagi oyatlarni albatta tushunib o’qish kerak.
[1729] Imom Zajjoj, Imom Farro va boshqalar bu oyatda keltirilgan kofirlar Abu Sufyon va uning askarlari, deb aytishgan.
[1730] Bu oyatga berilgan maʼno uchun Tobariy tafsiriga, Buzziy va Qunbulni Ibn Kasirdan hamda, Durriy va Susiyni Abu Amrdan qilgan Qurʼon rivoyatlariga qarang.
[1731] Bu oyatdagi mo’min erkak va mo’mina ayol avvalo Rasulullohga va Zaynab onamizga tegishli bo’ladi. Undan keyin barcha mo’min va mo’minalarga tegishli.
[1733] O’sha vaqtlarda Zayd ayoli Zaynab bilan ajrashmoqchi edi. Zayd ayoli bilan ajrashadigan bo’lsa, Alloh uni Rasulullohni o’ziga nikohlab qo’yishidan qo’rqardi. Chunki, quyidagi oyatga ko’ra, Rasululloh Islomdagi har bir masalada insoniyatga o’rnak bo’lishi kerakligi bildirilgan:
“Sizlar uchun – Allohdan va oxirat kunidan (yaxshi) umidi borlar, hamda Allohni ko’p zikr qiladigan[10] (Qurʼonni tushunib ko’p o’qiydigan)lar uchun Allohning elchisida go’zal o’rnak bor.” (Ahzob 33:21)
Muhammad alayhissalomni andisha qilishiga sabab bo’lgan o’rnaklik – boqib olgan o’g’li Zayd xotini Zaynabni taloq ilganidan keyin o’ziga nikohlab qo’yilishi bilan bu narsani joiz ekani haqidagi o’rnakligi edi. O’sha davrlarda boqib olgan o’g’li bilan o’z farzandi bir xil deb qabul qilingani uchun, o’gay kelini bilan uylanish qabul qilinmas edi. Lekin, Madinada nozil bo’lgan shu oyat boqib olgan farzand aslo o’z bolasi kabi bo’lmasligini bayon qilgan:
“Alloh bir kishining qalbida ikkita qalb yaratmagan, zihor[11] qilgan ayollaringizni sizlarning onalaringiz qilib qo’ymagan, boqib olgan bolalaringizni o’z farzandingiz qilmagan. Bular og’zingizdagi (quruq) gaplaringizdir. Alloh esa haqni aytadi va (to’g’ri) yo’lni ko’rsatadi. Ularni o’z otalarini nomi bilan chaqiring, Alloh nazdida to’g’risi mana shu. Agar otalarini bilmasangiz ular diniy birodarlaringizdir. Yurakdan qasd qilib qilmagan bo’lsangiz, xato qilib qo’l urgan narsangizda sizga gunoh yo’q. Aloh (gunoh-u jazoni) kechirib yuboruvchidir, mehribondir.” (Ahzob 33:4,5)
Kelgusidagi oyatda esa, faqatgina o’z bolalarining taloq qilgan ayollari bilan nikohlanish taqiqlangan ekani o’rtaga chiqadi:
“O’z pushtingizdan bo’lgan o’g’lilaringizning (ajrashgan) xotinlari bilan nikohlanishingiz… qilingan.” (Niso 4:23)
Payg’ambar alayhissalom o’zi boqib olgan o’g’li Zaydga xotini Zaynab bilan ajrashmasligini taʼkidlab buyurdi, lekin Zayd bunga quloq solmadi. Keyinchalik, Rasululloh andisha qilgan narsasi ro’yobga oshdi – aynan Allohning O’zi unga Zaynabni nikohlatib qo’ydi. Buni yuqorida kelgan oyatning mana shu iboralaridan o’rganamiz:
“Zayd xotini bilan aloqasini uzganida, seni unga uylantirib qo’ydik. Mo’minlarning boqib olgan bolalari (taloq qilib) xotinlaridan aloqalarini uzganidan keyin, ularga nikohlanish masalasida hech qanday muammo bo’lmasligi uchun shunday qildik. Allohning amri bajarildi.” (Ahzob 33:37)
Bu nikohni Zaynab onamiz ham xohlamas edi. Ammo, Alloh taolo quyidagi oyatni nozil qilib, bu nikohga na Payg’ambar alayhissalomni va na Zaynab onamizni eʼtirozi bo’lmasligi kerakligini haqida hukm qilgan:
“Alloh va Rasuli (yaʼni Kitobi) bir ishni qarorlashtirganida, imon keltirgan erkak va ayolni o’z ishlarida tanlash haqqi bo’lmaydi. Kim Alloh va Rasuliga (yaʼni Kitobiga) qarshi chiqsa, ochiqcha adashgan bo’ladi.” (Ahzob 33:36)
“Alloh va Rasuli (yaʼni Kitobi) bir ishni qarorlashtirganida” degan iborani to’g’ri tushunish kerak. Rasul kalimasining birinchi maʼnosi – birovga yuborilgan xabar, ikkinchi maʼnosi – o’sha xabarni olib kelgan elchidir[12]. Elchining vazifasi esa, o’ziga omonat qilib topshirilgan narsaga o’zidan hech narsa qo’shmasdan uni kerakli kishilarga to’liq yetkazib berishdir[13]. Insonlar Alloh bilan to’g’ridan-to’g’ri gaplasha olmagani uchun, O’zining buyruqlarini faqatgina elchilar orqali yuboradi va insonlar ularni elchilardan o’rganadi. Demak, rasul Islomda ikkinchi bir manba emas, aksincha, Allohning so’zlarini bizga yetkazib bergan elchidir. Qurʼondagi «Rasululloh – رسول اللّه» iborasi asosan oyatlarga ishorat qiladi. O’sha a oyatlarga avvalo Muhammad alayhissalomning o’zi amal qilishi kerak bo’lgan (Ahzob 33:1,2).
Barcha bu oyatlarning natijasi o’laroq, yuqoridagi Alloh va rasuliga itoat qilish kerak degan mazmundagi oyatning ilk muxotobi Muhammad alayhissalom va Zaynabdir.
Payg’ambarimiz ham, Zaynab onamiz ham Allohning amriga so’zsiz itoat qilishib, Alloh buyurgan nikohni qabul qilishganini kelgusidagi oyatdan bilib olamiz:
“Allohning amri (buyrug’i) bajarildi.” (Ahzob 33:37)
[1734] Asrandi bolasi Zayd r.a. ayoli Zaynabni taloq qilganidan keyin, Allohning ruxsatini amalda ijro qilib, bu ishda gunoh va malomat yo’qligini ko’rsatib, ummatiga namuna bo’lishi uchun, Allohning amriga ko’ra Zaynabga uylanishida u kishiga hech qanday malomat va ayb bo’lmagan, bo’lmaydi ham.
[1735] O’tmishdagi payg’ambarlar haqidagi bu oyati bilan Alloh taolo Muhammad alayhissalomga ham eslatma beryaptiki, sen ham o’shalar kabi Allohdan boshqasidan andisha qilmasliging, Allohdan boshqasidan qo’rqmasliging kerak deb, lafzan muzoriy bo’lsa-da, maʼnan buyruq shaklida bir oyat nozil qilgan.
[1736] Bu oyatga ko’ra, Muhammad a.s. Allohdan vahiy orqali kitob va hikmat olgan payg’ambarlarning eng so’nggisidir, endi payg’ambar kelmaydi. Lekin, Allohning oyatlarini boshqalarga yetkazadigan, tablig’ va daʼvat qilib xalqqa Qurʼonni yetkazadigan kishilar kelib turadi. Ular ham bir navi Allohning kitobiga elchilik qilayotgan bo’ladi.
[1737] Allohni ko’p eslash, avvalo Uning so’zlari yozilgan Qurʼonni tushunib o’qish orqali bo’ladi.
[1738] (Sho’ro 42:22).
[1739] Nikohlanganidan keyin ayoli bilan qovushmay turib ajrashib ketgan erlar, ayoliga belgilangan mahrning yarmini beradi (Baqara 2:237).
[1740] Ayollarni almashtirish deganda, birini taloq qilib boshqasiga uylanishni yoki, biri vafot etganida o’rniga boshqasini nikohlanishni anglatadi.
[1741] Ayollari deganda o’z jinsidan bo’lgan ayollar tushuniladi. Bu ibora mavsuf sifatiga izofa qilingan deb aytiladi.
[1742] Bu oyatda aytib o’tilganlar haqida gunoh yo’qligi aynan uylariga iznsiz kirishlik haqidadir. Buni (Nur 24:31, 58, 59) oyatlar ochiqlab beradi. Bu oyatlar bir-birini ochiqlab beradi.
[1743] Alloh va malaklarning salavoti mo’minlarni zulmatlardan nurga olib chiqishi ekani ushbu suraning 43-oyatida bayon qilindi. Allohning payg’ambarga qilgan salavoti – unga vahiy yuborib, uni zulmatlardan nurga, muammolardan farovonlikka olib tushi, to’g’ri yo’l ko’rsatishi va unga doimo maʼnan yordam berib turishidir. Dushman xiylasidan xabardor qilishi, munofiqlarning kirdikorlaridan darak berishi, o’tmishdagi payg’ambarlar boshiga tushgan og’ir kunlarni eslatib, bu holatga sabr qilsa albatta muvaffaqiyat va g’alabaga erishishi eslatib turishi, jang maydonlarida yordam berishi, bularning barchasi Allohni payg’ambarga qilgan salavotidir, ko’mak va yordamidir. Mo’minlar ham doim payg’ambar alayhissalomni borida ham yo’g’ida ham tarafini olishi, ko’mak berishi, qo’llab-quvvatlashi, unga yuklatilgan daʼvat va tablig’ vazifasiga yordam berib davom ettirishi kerak.
[1744] Salavot kalimasini tub maʼnosi – bir narsani orqasida turib berish va uni tashlab qo’ymaslikdir (Lisan). Bu kalimaga ushbu oyatga “ko’mak” deb maʼno berish eng to’g’ri yo’l bo’ladi. Buni esa ushbu suraning 43-oyati, (Tavba 9:99, 103), (Baqara 2:157) oyatlar ochiqlab beradi.
[1745] Payg’ambarga toliq taslimiyat ko’rsatish qanday bo’lishini (Niso 4:65) oyati ko’rsatib beradi.
[1746] Allohni ranjitish iborasi majoziy maʼnoda kelgan. Chunki, haqiqiy maʼnoda hech kim Allohga ozor yetkazib ranjitolmaydi. Baʼzi yahudiylar Alloh baxil, dedi (Moida 5:64), baʼzilari Alloh muhtoj, dedi (Oli Imron 3:181), boshqalari esa Uzayr Allohning o’g’li, degan bo’lsa, baʼzi nasroniylar Masih Allohning o’g’li, dedi (Tavba 9:30). Bu iboralar ila Alloh shaʼniga noloyiq gaplar aytishgan. Bularning bu qilmishlari Allohni ranjitish deya ifodalangan. Rasulullohga yetkazilgan aziyatlar esa hamma maʼlum. U kishini sehrgar, majnun, Qurʼonni o’zi to’qib olgan, shoir va shu kabi tuhmatlar bilan haqorat qilishgan. Rasululloh shaʼniga noloyiq xatti-harakatlari Rasulullohni ranjitish deb ifodalangan. Kelgusi oyatda, Alloh va Rasulidan tashqari, mo’minlarni ham ranjitadigan kimsalarga tahdid oyatlari keltiriladi.
[1747] Oyatdagi jilbob kalimasidan ham tashqi kiyim, hamda katta ro’mol degan maʼno chiqadi (Lisan). Bu oyatga aynan katta ro’mol deb maʼno berilishining sababi, oyatdagi “yudniyna” iborasi katta ro’molga nisbatan ishlatiladi.
[1748] Kattalarimiz deganda yoshi ulug’lar yoki ilmli kishilar tushuniladi. Demak, Alloh va Rasuliga osiy bo’ladigan ishda na kattalarga va na boshliqlarga itoat etilmaydi.
[1749] Osim qiroatidan boshqa barcha mashhur olti qiroatning barchasida “kabiyron” o’rniga “kasiyron” kelgan. Shunga ko’ra tarjima qilindi.
[1750] (Toha 20:88).
[1751] Hamlul-omonat iborasiga berilgan maʼno uchun qarang: Imom Nasafiy va Kashshof, Imom Zamaxshariy.
[1752] Osmonlar va yer hech qachon Allohning amriga qarshi chiqmaydi. Qarang: (Fussilat 41:11).
[1753] Sabaʼ surasi, Makkada tushgan, 54 oyatdan iborat. Tushish tartibi 58, yozilish tartibi 34.
[1754]Sof vijdon va aql bilan tafakkur qilgan inson osmonlarni kimdir boshqarib turganini biladi. Shuning uchun, undan biror narsa yerga qulab tushmayapti ham, bir-biriga urilib ketmayapti ham. Agar qilaman deganida, Alloh bu ishni qilgan bo’lardi.
[1755]Bu oyatdagi fazl maxsus ilmga ishorat qilishi mumkin. Chunki, boshqa bir oyatda Dovud va Sulaymon (a.s.) ga maxsus ilm berilgani aytilgan (Naml 27:15).
[1756] Oyatdagi tog’lar va qushlar va temir majoziy maʼnoda kelgan bo’lishi ham mumkin. Yaʼni, kuch-qudratli bahaybat insonlar, qushlardek uzoq masofalarda borib choparlik qilishga usta insonlar hazrati dovudga xizmat qilgan bo’lishi mumkin.
[1757] Sulaymon alayhissalom uchun inson yerda yurib bir oyda boradigan va qaytishi ham bir oyga teng keladigan masofani kemalarda bir kunda bosib o’tish ilmi va imkoniyati berilgani aytilmoqda. Tarixiy manbalarda ham Sulaymon alayhissalom dengizlarda katta-katta savdo-sotiq flotlar tashkil qilgani aytiladi. Hozirda ham quruqlikda 2-3 oyda boriladigan manzillarga dengiz orqali kerak bo’lsa 1-2 kunda yetib borish mumkin. Bu ham Robbimizning neʼmatlaridan biridir.
[1758] Qurʼondagi maʼlumotlar va boshqa tarixiy manbalarga ko’ra, Sulaymon (a.s.) katta saltanat, mustahkam davlat va kuchli siyosat barpo qilgan va o’zidan mana shu narsani qoldirgan edi. Uning amrida farqli qabilalardan kelgan mohir ustalar, ular orasida jinoyatchilar, yovuzlar va odamlarni adashtiruvchilari ham bo’lgan. Ularga jazo sifatida og’ir mehnatlar qildirgan. Uning vafotidan keyin davlatni Roboam nomli o’g’li boshqargan. Biroq, qisqa vaqt ichida katta xatolarga qo’l urib, otasidan qolgan katta saltanat va kuchli davlatni parchalanishiga va kuchsizlanishiga olib kelgan. Buning oqibatida Sulaymon alayhissalomning saltanati Isroil va Yahudo nomi bilan ikkiga bo’linib, parchalanib ketgan. Shuning bilan Sulaymon alayhissalom vafot etgan, yaʼni uning siyosati va o’zidan qoldirgan siyosiy kuch-qudrati yo’q bo’lgan. Mana shunday voqealar sodir bo’lishi oqibatida, Sulaymon alayhissalom tashkil qilgan katta saltanat hududida og’ir mehnat qilayotgan odamlar Sulaymon alayhissalomning vafot etgani va buning oqibati davlat parchalanganini, hatto kuchsiz va zaif holga kelib, uning kuchli siyosati va buyruqlari yo’q bo’lganidan xabardor bo’lishgan. Bu siyosiy o’zgarishlar hukmdorligi ostidagi hududlardan vaqtincha sir saqlanib kelingan bo’lishi mumkin. Ushbu oyatlarni hayotiy voqealar va Qurʼon butunligida tafsir va talqin qilmasak, “minsaat” kalimasiga yog’ochdan yasalgan hassa, “dobba al-arz” kalimasiga qandaydir hasharot yoki hayvon deb maʼno berilsa, Sulaymon alayhissalomning hayoti va undan keyingi voqealar ertakka aylanib qoladi. Dobbat al-arz bilan bir novdani yeb yiqitadigan hayvonga o’xshatib, katta saltanatni yeb bitirgan va qulatgan o’g’liga ishorat qilingan deb majoziy maʼnoda tushunishimiz kerak. Undan tashqari, bir insonning o’lganidan keyin 1-2 kun ichida kafanlab dafn qilinmasa, badanning chirishi oqibatida atrof-muhitga turli yuqimli kasalliklar tarqala boshlaydi. Bu esa, Sulaymon alayhissalomning o’lik holatdagi jasadi hassasiga suyangan holda taxtida uzoq vaqt qolib ketgan, degan talqinlarni inkor qiladi.
[1759]Dehqonchilik va bog’dorchilik mahsulotlarini boshqa davlatlarga borishiga to’sqinlik qilish, bu boradagi imkoniyatlarni cheklash, boshqalarga qiyinchilik tug’dirib, faqat o’zi uchun imkoniyat yaratish juda yomon oqibatlarga — o’sha yurtni halokatiga sabab bo’lishi haqida bilish uchun 15-19 oyatlariga qarang. Yurtlar aro bunday mahsulotlarni almashuvi xalqqa katta foyda keltiradi.
[1760]Iblisni insonlar haqidagi rejasi va gumoni haqida bilish uchun qarang: (Aʼrof 7:16, 17), (Hijr 15:39, 40), (Sod 38:82-85).
[1761]Iblis hech qachon hech kimga na qurol, na o’q otish, na majburlash yoki shu kabi holatlar bilan bosim o’tkaza olmagan,bundan keyin ham o’tkaza olmaydi. Lekin, insonlar uning vasvasasiga – aldoviga aldanib qoldi, xolos.
[1762] Oyatdagi «عند – inda» kalimasiga berilgan maʼno uchun (Baqara 2:255) oyatva izohiga qarang.
[1763]Bu oyatdagi vaʼda – insonlar qilgan yaxshi-yomon ishlari uchun savob yoki jazo oladigan hisob kuni haqidagi vaʼdadir (Ibroxim 14:22, 23).
[1764] Bu oyatdagi jinlar kalimasi insonlarni yo’ldash adashtiruvchi rahnamolarga ishorat qiladi. Yaʼni, kofir va mushriklar adashtiruvchi shaytoniy rahbarlari buyrug’iga bo’ysungani uchun, xuddi ularni o’ziga ibodat qilgandek bayon qilinmoqda. (Maryam 19:44) oyatida ham, shaytonning amriga quloq solish holati, uning o’ziga ibodat qilish deb bayon qilingan. (Baqara 2:14) oyatida unday adashtiruvchi rahnamolarni “shaytonlar” deb atagan. Bu oyatda esa “jin” deb keltirilgan. Mahshardagi hisob-kitobga aloqador yana baʼzi oyatlar: (Yunus 10:28,29), (Ibrohim 14:22), (Nahl 16:86), (Maryam 19:82), (Furqon 25:19), (Qasos 28:63), (Ankabut 29:25), (Rum 30:13), (Fatir 35:14), (Ahqof 46:6).
[1765](Yasin 36:1-6).
[1766]Bu oyatdan, avvalgi ummatlarga berilgan baʼzi bir imkoniyatlar Makkaliklarga berilmagani bilinadi.
[1767]Botil eʼtiqod va tushunchalar haq kelishi bilan tarqab ketadi, mag’lub bo’ladi (Isro 17:82), (Anbiyo 21:18).
[1768]Osmonlar va yerda yashirilgan barcha narsani, kelajak va o’tmishni, ko’ringan va ko’rinmagan, bilingan va bilinmagan hamma narsani biladi.
[1769]Bu oyatdagi haq kalimasiga Qurʼonga ishorat qiladi. Chunki, barcha haqiqatlarni Qurʼon o’rtaga qo’ydi, barcha haqiqatni bayon qilib berdi, noto’g’ri eʼtiqod va dinlarni botil ekanini fosh qildi.
[1770](Anbiyo 21:18).
[1771]Allohni bandasiga yaqinligi haqidagi yana bir oyat (Baqara 2:186).
[1772] Yovuz insonlar dunyoda o’limi kelib qolganini bilib qolganida ham, oxiratda jahannamga hukm qilinganida ham pushaymon bo’lib, koshki Allohning elchilariga va ular keltirgan Allohning oyatlariga ishonsak va unga amal qilsak edi, deb qoladilar. Bu haqidagi yana boshqa oyatlar: (Anʼom 6:27), (Yunus 10:90, 91).
[1773] Oyatdagi uzoq yerdan iborasi yetib bo’lmas, imkoni yo’q, ulashishni iloji bo’lmagan holatga ishorat qiladi. yaʼni, o’limi kelib qolgan insonning ham, qiyomatda qayta tirilgan insonning ham tavbasi va imoni qabul bo’lmaydi, buni ularga foydasi yo’q, degani bo’ladi.
[1774] Fotir surasi, makkada tushgan 45 oyatdan iborat. Tushish tartibi 43, yozilish tartibi 35.
[1775] Alloh nomi bilan aldash turli xil bo’ladi. Masalan; Alloh vaʼda qilmagan narsalarni vaʼda qilib, dinda bo’lmagan ishlarni o’rtaga qo’yishi, Alloh buyurmagan ishlarni dindan deb vasvasa qilib, natijada uni muhim va asl ishlardan chalg’itib qo’yishi, Qurʼonda keltirilmagan duo va ibodatlar bilan aldab, uni qilsang yoki buni o’qisang faloncha gunohing kechiriladi, kabi yolg’on tushuncha va vaʼdalar bilan aldab qo’yishi mumkin. Bu yo’l bilan Allohga ishongan bandalarni yo’ldan ozdirishga urinishlar bo’ladi.
[1776] Insonning ham jinning ham shaytoni bo’ladi (Anʼom 6:112), (Nos 114:4-6). Musulmon doim bunday shaytonlardan ehtiyot bo’lishi kerak.
[1777] (Yasin 36:40).
[1778] Yaʼni, seni ogohlantirishing faqat o’shanday kimsalarga kor qiladi, ana shular seni ogohlantirishingdan foydalandi, degan bo’ladi.
[1779] Zabur – hikmat to’la kitob degani (az-Zajjoj). Oyatdagi “Zubur” kalimasi “Zabur” kalimasining ko’plik shaklidir. Zabur avvalgi ilohiy kitoblarning sifatdosh nomidir. Oyatdan maʼlum bo’ladiki, Zabur kitob faqatgina Dovud alayhissalomga berilgan bitta kitob emas.
[1780] Oson va to’g’ro tushunilishi uchun, arab tilidagi iltifot sanʼati tarjimada olinmadi. Shu sababli, uchinchi shaxsdan birinchi shaxsga o’tish olinmagan.
[1781] Meros kalimasi bu kabi oyatlarda “ato etamiz”, “nasib qilamiz” “qoldiramiz” kabi maʼnolarda keladi (Tamtoviy va ibn Atiyya). Rasulullohning vafotidan keyin Qurʼon uning ummatlariga meros bo’lib qoldirilishi, endi bu kitobdan ummati javobgar bo’ladi degani bo’ladi (Zuxruf 43:44). Bu oyatni kelgusidagi oyat bilan birga o’qisak, jannatga merosxo’r bo’lish uchun avvalo Qurʼonga merosxo’r bo’lish kerakligi o’rtaga chiqadi. Bu degani, Qurʼonga ishonib amal qilish va boshqalarga ham yetkazishdir. Qurʼoni Karim Muhammad alayhissalomdan ummatiga qolgan merosdir. Chin ummat bo’lish uchun Qurʼonni mahkam ushlashi kerak. Aks holda, o’ziga o’zi zulm qilgan zolimlardan bo’lib qoladi. Endi ilohiy maktub bo’lmish Qurʼonni butun insoniyatga yetkazish Islom ummatining sharafli vazifasidir.
[1782] (Voqea 56:10-27).
[1783] Bu oyatdan maʼlum bo’ladiki, Allohdan boshqa hech kim osmonda biror narsa yarata olmaydi, yerda ham biron bir jonli yarata olmaydi, osmondan kitob ham tushira olmaydi. Allohdan boshqasiga duo-iltijo qilayotganlar aniq adashgan zolimlardir.
[1784] (Anʼom 6:157), (Zumar 39:57-59).
[1785] Hamma uchun belgilangan muddat qiyomatdir. U kuni hamma o’z qilmishidan Allohga javob beradi, va qilmishiga yarasha jazo yoki mukofot oladi. O’xshash oyat: (Nahl 16:61).
[1786] Yasin surasi, Makkada tushgan, 83 oyatdan iborat.
[1787] Bu harflarga “hurufi muqattoa” va “hurufut-tanbeh” deyiladi. Qurʼoni Karimning bundan boshqa yana 28 ta surasi mana shunday, yaʼni o’quvchi va eshituvchining diqqatini va fikrini jalb qilish uchun arab tiliga xos bir qoida bilan boshlangan. Hurufi muqattoadan keyin keladigan oyatlar asosan Qurʼonning asl mohiyati, mazmuni va o’zidagi usul va qoidalarni, Qurʼonning nozil bo’lishidagi maqsadi va Payg’ambar alayhissalomning Qurʼonga nisbatan yuklatilgan vazifasi haqida bayon qilib beruvchi oyatlar kelgan. Payg’ambar alayhissalomga bularning maʼnolari haqida hech qanday savol berilmagan. Bu esa, u harflarda turli ilohiy sirlar yashirilmaganini, aksincha ularning maʼno va mohiyati ochiq-ravshan bo’lganini bildiradi. Yaʼni tanbeh harflaridir. Demak, bu harflardan qasd qilingan narsa; bulardan keyin o’qiladigan oyatlarga o’quvchi va eshituvchilarning diqqatini jalb qilishdir. O’zbek tilida bu kabi holatlarda “Diqqat! Diqqat!” kalimasi foydalaniladi.
[1788]Bu oyatga berilishi mumkin bo’lgan farqli maʼnolar uchun Faxruddin ar-Roziy tafsiriga qarang.
[1789]Qiyomatda kofirlarga haqiqiy maʼnoda kishan taqiladi (G’ofir 40:70-77). Bu oyat dunyoga ham oxiratga ham tegishli bo’lishi mumkin. Qurʼon oyatlari orasida kelajak
zamon uchun baʼzan o’tgan zamon feʼli ishlatiladi. Bunga yana bir misol (Yasin 36:51) oyat.
[1790]Qiyomat kuni ko’zlar qotib qoladi (Ibrohim 14:42). Baʼzi tafsirchilar 8 va 9-oyatlarni istiora- tamsiliyya qilib, “Go’yoki Alloh ularni atayin g’o’dayib yuradigan qilib qo’ygandek, haqni ko’rolmaydigan qilib qo’ygandek…” shaklida taʼvil va tafsir qilgan.
[1791]Qurʼondagi ko’p maʼlumotlar Payg’ambar alayhissalomga vahiy qilinishdan oldin insoniyat uchun g’ayb hisoblangan. Alloh bildirmoqchi bo’lgan g’aybni vahiy orqali bildiradi (Oli Imron 3:44).
[1792]Qurʼon faqat Allohdan qo’rqadigan va Qurʼonga ergashadigan mo’minlarga foyda beradi (Zoriyat 51:55).
[1793]Inson o’lganidan keyin ham unga savob yoki gunoh yozilib turadi. O’zidan qoldirgan foydali ilm, masjid-madrasa yoki, shu kabi insonlarga foydasi tegib turadigan yo’l, ko’prik qurib ketsa, o’lganidan keyin ham unga yozilib turadi. O’zidan keyin davom etib turadigan yomonlik qoldirgan bo’lsa ham shunday. (Qiyomat 75:13) oyati ham shunday ishorat qiladi.
[1794]Bu kitob Lavhul-Mahfuzga yoki, har bir insonning qilgan amali yoziladigan kitobga ishorat qiladi. Qiyomatda har kim o’z kitobi bilan keladi (Isro 17:71).
[1795]Tafsirlarda bu qishloq Antakiya ekani va u elchilar Iso alayhissalom tarafidan yuborilgan elchilar ekani aytiladi.
[1796]Qalbi Allohga bo’lgan ishonch bilan to’lib-toshgan va bu bilan xotirjam bo’lgan insonlarga o’lim onidan “Jannatga kir”, deyiladi. Alloh yo’lida o’ldirilgan yoki shu yo’lda jon bergan kishiga beriladigan ajr-u mukofot, u yig’a oladigan barcha narsadan ko’ra yaxshiroq bo’ladi (Oli Imron 3:157).
[1797]“O’chib qoldi” iborasi majozan keltirilgan katta alanga bilan yonayotgan otash o’chganida o’chib kulga aylanganidek, davri-davron surib hayotdan bahramand bo’lib yashayotgan kofirlarning hayoti ham o’chib qoldi, halok bo’lishdi.
[1798]Qiyomat qoim bo’lishi dahshatli ovoz bilan boshlanadi.
[1799]Yaʼni, qiyomat qoim bo’lganida, har kim o’z ishi ustida qolib vafot etadi. Bozor va ko’chalardagi insonlar uylariga qaytib borishga ham, birovga biron bir vasiyatda bo’lishga ham ulgurmay qoladi. Chunki, qiyomat kutilmaganda – to’satdan keladi.
[1800]O’lgan inson chirib turoqqa aralashib ketadi. Qiyomatda yana o’sha tuproqdan ajralib chiqadi.
[1801]Bu pushaymonlikni kofirlar aytadi. Mo’minlar esa Allohga hamd aytadi. “Alloh sizlarni qayta tirilishga chaqiradigan kun, Unga hamd ila chaqirig’iga javob berasiz va dunyoda juda oz muddat qoldim deb o’ylab qolasiz.” (Isro 17:52)
[1802] Yaxshilarning mukofoti jannat, yomonlarning jazosi esa jahannamdir. Demak, Alloh bandalarini o’z amaliga yarasha munosib jazo yoki mukofot beradi.
[1803]Salom va salomat so’zlari ko’ringan va ko’rinmagan har qanday buzilishdan (aynib o’zgarishdan) xoli bo’lishga aytiladi (Mufradot).
[1804]Shaytonga ibodat qilish – Allohning amrini ikkinchi o’ringa, shaytonni aytganini birinchi o’ringa qo’yish bo’ladi, o’ziga Allohdan ko’ra shaytonni yaqin tutish bo’ladi. Allohni emas, shaytonni yo’liga yurgan bo’ladi.
[1805] Oyatni “O’zini oqlashu chun bir og’iz ham gap gapira olmaydi”, deb tushunsa ham bo’ladi.
[1806]Bu oyatdan ham majoz, hamda haqiqiy maʼno chiqadi. Majoziy maʼnosi; agar insonlarga bir narsani ko’rib haq va nohaqni ajrata olish qobiliyati berilmaganida edi, haqni qanday qilib ko’rib ajrata olishar edi, degan maʼno chiqadi. Demak, ham vujudidagi va qalb ko’zi ochiq bo’lar turib, nega haqni ko’rmaydilar?! Haqiqiy maʼnosi esa, agar insonni ko’zsiz yaratganimizda, ular yo’lda yurish uchun qanday ko’rardilar?, degan maʼno chiqadi. Vujudimizdagi ko’zimizni ochgan Robbimizdan, aqlimiz va qalbimizdagi ko’zimizni ham ochib qo’yishini so’rab qolamiz. Alloh qalb ko’zimizni ham vujudimizdagi ko’zimizni ham ko’r qilmasin.
[1807]Inson keksa yoshga kirgani sayin, xuddi yosh bolalardek ham jismoniy hamda ruhiy tomonlama zaiflashib qoladi. Ko’plab imkoniyatlari cheklanib qoladi.
[1808]Makka mushriklari Rasulullohni haqorat qilib, shoir, Qurʼonni o’zi to’qib olgan, sehrlanib qolgan, majnun, deb tuhmat qilishgan. (Anbiyo 21:5), (Soffat 37:36)
[1809]Allohni kofirlarga nisbatan aytgan so’zi nima ekani ushbu oyatlarda aytib o’tilgan: (Hud 11:119), (Cajda 32:13). Alloh kofirlarni jahannamga to’ldiraman, degan. Jahannamga esa, ogohlantirmay turib kirgizmaydi. Demak, kimnidir jannatga va kimnidir jahannamga kirishi uchun, ularni nimaga loyiq ekanini o’zlariga bildirib qo’yish uchun ogohlantiruvchi kitob va elchilar yuboradi. Demak, kimni jahannamga, kimni jannatga kirishi Qurʼon bilan ajratiladi. Muhammad alayhissalom payg’ambar bo’lib kelganidan keyin, kimga Qurʼon yetib borgan bo’lsa-yu, lekin unga ishonmasa, unga amal qilmay nonko’rlik qilsa, u o’zini jahannamga kirishiga sababchi bo’ladi.
[1810]Alloh taoloning “O’z qo’llarimiz bilan” degani – Bizdan boshqasini qo’lidan kelmaydi, bunga faqat Men egaman, degani bo’ladi. Chunki, yo’qdan bor qilib bir narsa yaratish Allohdan boshqa hech kimni qo’lidan kelmaydi. Allohga nisbatan berilgan qo’l Uning kuch-qudratiga, ilmi va irodasiga ishorat qiladi.
[1811]Hayvonlarni kerak bo’lganida minib, kerak bo’lganida so’yib yeyish uchun odamzodga bo’ysundirib bergan Alloh barcha chiroyli maqtovga loyiqdir, barcha chiroyli maqtovga faqat Unga xosdir. Uning har bir ishi chiroylidir.
[1812]“Ibrohim shunday dedi: «Alloh ila orangizga qo’yib, sizlarga hech narsada foyda ham zarar ham keltira olmaydigan narsalarga ibodat qilyapsizlarmi?! Sizlardan ham, Alloh ila orangizga qo’yib ibodat qilayotgan narsalaringizdan ham to’ydim! Nahot aql yuritmasanglar!” Ular: “Uni kuydirib, ilohlaringizga yordam beringlar! Agar qilsangiz (shunday qilinglar) dedilar.” (Anbiyo 21:66-68). Mushriklar o’zlari bilmagan holda Islom va musulmonlarga qarshi o’zlarining uydirma ilohlarining qullari va askarlari bo’lib qoladilar.
[1813] Soffat surasi, Makkada tushgan, 182 oyatdan iborat. Tushish tartibi 56, yozilish tartibi 37.
[1814] (Maorij 70:40).
[1815] Samoni Malai Aʼlo, yerni Malai Asfal deyiladi. Ming yillardan beri insonlarni aldab kelayotgan, jamiyatlar boshiga falokatlar kelishiga sabab bo’layotgan kohinlaru folbinlar, munajjimlaru baxshilar o’zlaaricha samodan maʼlumotlar olganini, go’yoki samodan ilohiy xabarlar olayotganini daʼvo qilib kelishadi. Bunday insonlar payg’ambarlarning dushmanlaridir. Bu oyatlar o’shanday shaytonlashgan insonlarni yolg’onchi ekanini maʼlum qiladi. Ular samodan hech narsa eshitmaydi, hech qanday ilohiy sirdan boxabar bo’lolmaydi. Oyatda malaklar gaplashadigan majlis mavzusi bo’lmasada, ayrim tafsrichilar bu oyatdagi Malai Aʼloni malaklar majlisi deb talqin qilishadi. Bunday taʼvilni qabul qilishimiz – kohin va folbinlarning daʼvolarini tasdiqlashimiz bo’ladi, Alloh saqlasin! Oyat umumiy samoga ishorat qilgan. Yaʼni, osmonning hech qayeridan ular maʼlumot olmayapti, birovni eshitmayapti.
[1816] Yaʼni, kim kohinlik va folbinlik qilsa, uni dunyoda ham maʼnaviy yoki moddiy otash ortiga tushsin, oxiratda ham alangali otashdan qutilmasin, degani bo’ladi.
[1817] Insonni jahannamga kirishiga sabab bo’ladigan eng katta zulm shirkdir.
[1818] Demak, insonlar boshqalarni o’zlariga ishontirib ergashtirish uchun ularga yaxshi ko’rinib, ishonchli ko’rinib keladi. Shuning uchun, dindan gapirayotgan insonni shakliga yoki mashhur ekaniga emas, balki gapirgan gapini hujjati va daliliga qarash kerak. Aks holda qiyomatda qattiq pushaymonlikka tushib qolish hech gap emas.
[1819] Jannatdagi ichimliklarda zarar, bemazalik, yutumsizlik, bosh og’rig’i, sarxushlik bo’lmaydi. O’xshash oyatlar: (Tur 52:23), (Voqea 56:25), (Nabaʼ 78:35).
[1820] Hurlarni tuxumga o’xshatilishi, ularning rangi oqlikda, xuddi suvda qaynatilib pishirilgan tuxum qanday oppoq bo’lsa, ularning rangi ham shunga o’xshash degani bo’ladi. Yashirilgan, degani esa, hali hanuz ularga qo’l tegmagan, ularga xojasidan boshqalarining nazari tushmaganiga ishorat qiladi. Ular faqat o’z xojalariga xizmat qiladi.
[1821] (Isro 17:60) oyatida, bunga ishorat qilingan oyat bor. Unda bu daraxtni laʼnatlangan daraxt deb keltirilgan. Yaʼni, undan faqatgina laʼnatlangan kimsalar yeydi, degani bo’ladi.
[1822] Fitna kalimasining maʼnosi jumladagi mazmunga qarab o’zgarib turadi. Masalan; (Aʼrof 7:155) oyatda imtihon, (Aʼrof 7:27) oyatda aldov, (Zoriyot 51:10-14) oyatda jahannam azobi, (Baqara 2:216) oyatda jang maʼnosida kelgan.
[1823] Arab tilida yovvoyi daraxtga va uzoqdan shakli odamga o’xshaydigan daraxtga hamda xunuk boshli ilonga ham “shaytonlarning boshlari” deb aytiladi. Ayrim mufassirlar bu daraxtni makka bilan yaman o’rtasida o’sadigan daraxt deb aytishgan.
[1824] Nuh qavmidan faqatgina uning avlodlari va izdoshlari omon qolgan. Qurʼonda nomi kelgan aksariyat payg’ambarlar Nuh a.s. naslidan kelgan (Anʼom 6:84), (Maryam 19:58), (Hadid 57:26).
[1825] Muhsin kalimasidan ikkita farqli maʼno chiqadi:
- Birovga moddiy yaxshilik qiluvchi.
- O’z vazifasini yoki qilayotgan yaxshi ishini puxta, chiroyli va maromiga yetkazib bajaruvchi (Lisan, Mufradot).
[1826] Salomat qalb deb, shirkdan xoli bo’lgan yoki qalb kasalliklaridan xoli qalb degani bo’ladi.
[1827] Ibrohim alayhissalom butga sig’inganlarni emas, avvalo o’sha butlarni sindirib yo’q qilishni boshladi. Bu esa, jinoyat qilgan shaxsni jazolashdan oldin, avvalo o’sha jinoyatga sabab bo’ladigan narsani yo’q qilish kerakligiga ishorat qiladi. Demak, insonlarni gunohdan qaytarish bilan birgalikda, gunohga sabab bo’ladigan narsani yo’q qilish ham kerakligini bildiradi.
[1828] (Anbiyo 21:69).
[1829] Alloh taolo Ibrohimni qattiq imtihon qildi – uni uzoq yillar kutib, Allohdan iltijolar qilib tilab olgan sevimli farzandini qurbonlik qilishga buyurdi. Ibrohim bu imtihondan juda chiroyli holatda o’tib oldi. Bu va bunga o’xshash matonati va fazilatlari sababli unga to qiyomatga tillarda doston bo’ladigan hurmat-u izzat, shonli xotira nasib qildi, olamlar ichra unga salom bo’lsin, dedi (Soffat 37:109). Ibrohim alayhissalomning bu qatʼiyati, Allohning amriga qanday so’zsiz taslim bo’lishi (Baqara 2:231), shirkdan qanday uzoqlashish kerakligi, haqda mystahkam turishi biz ummatlarga ibrat bo’lishi kerak. Biz Ibrohim millatidan ekanimizni unutmaylik. Mana shu oyatlar farzand neʼmati uchun aqiyqa qilib qurbonlik qilishga ham umumiy maʼnodagi fazilatli qurbonlik ibodatiga ham ishorat qiladi.
[1830] “Baʼl” kalimasini tafsirchilar turli taʼvil qilishgan. Uni o’sha davr tilidagi sanam, but, yoki ulardan ham avval o’tgan qaysidir shaxsning nomi yoki laqabi kabi taʼvillar keltirishgan. Nima bo’lgan taqdirda ham, Allohni qo’yib Undan boshqa hech kim va hech narsaga duo qilinmaydi. Allohdan boshqasiga sig’inish qanchalik shirk (tavbasiz kechirilmaydigan gunoh) bo’lsa, Allohdan boshqasiga duo qilib iltijo qilish ham shunchalik shirkdir.
[1831] (Aʼrof 7:83, 84), (Hud 11:77-81).
[1832] Bu oyatdagi “hut” kalimasiga “katta g’am-anduh, qattiq muammo” deb tarjima qilsa ham bo’ladi. Bu maʼnoga ko’ra, Yunus payg’ambar endi dengizga uloqtirib yuborilaman shekili, bundan qutilish yo’q, deb o’zini o’zi malomat qilib g’amga botgan holatida Allohga iltijo qilgan, xatolari uchun Allohdan kechirim so’ragan. Shunda, Allohning amri bilan kemadagilar va Yunus payg’ambar to’fondan qutilib qolgan va birovni kemadan uloqtirishga hojat qolmagan.
[1833] O’xshash oyatlar: (Anbiyo 21:87).
[1834] Oyatdagi “yuz ming hatto undan ham ko’p” iborasi Allohga nisbatan noaniqlikni emas, balki, ularga qarab qanchaligini tahmin qiladigan kishiga ko’rinadigan sondan xabar berilgan. Bu esa, Yunus alayhissalomga ishongan ummati boshqa o’zidan avvalgi payg’ambarlarga nisbatan ancha ko’p ekanini bildiradi. Qo’shimcha maʼlumot uchun Zamaxshariy tafsiriga qarang.
[1835] (Yunus 10:98) oyatiga ko’ra, Yunus alayhissalomga to’liq imon keltirgan qavm o’zining avvalgi qavmidir. Ular gunohlaridan tavba qilib, o’zini tuzatishgan va halok bo’lishdan qutulib qolishgan.
[1836] Yunus payg’ambar haqida qo’shimcha maʼlumot uchun qarang: (Yunus 10:98), (Anbiyo 21:87, 88), (Qalam 68:48-50).
[1837] Alloh osmonlar, yer va farishtalarni yaratayotganida hech kimni guvoh qilmagan (Kahf 18:51). Farishtalarni qiz deb iddao qiladigan kishilarning yolg’on gaplari yozib qo’yiladi va ulardan bu haqida so’roq qilinadi (Zuxruf 43:19).
[1838] Bu oyatga “Allohning samimiy bandalari (Allohga bo’hton qilishdan) mustasno”, deb tarjima qilsa ham bo’ladi.
[1839] Jahannamga kiradigan kimsalar kim ekani (Hijr 15:42, 43) oyatlarda bayon qilingan.
[1840] Allohning vaʼdasi haqdir. Biroq, unga erishish uchun unga munosib bo’lish, unga harakat qilish va xato qilmagan holda yo’lida davom etish kerak. Shunda Alloh mo’minlarga yordam beradi (Oli Imron 3:146, 148). Kimki Allohga, yaʼni Allohning diniga yordam bersa, Alloh ham unga yordam beradi (Muhammad 47:7). Alloh yordam berib qo’yganidan keyin, u insonlarni hech kim yenga olmaydi (Oli Imron 3:160).
[1841] Sod surasi, Makkada tushgan, 88 oyatdan iborat. Tushish tartibi 38, yozilish tartibi 38.
[1842] Bu harflarga “hurufi muqattoa” va “hurufut-tanbeh” deyiladi. Qurʼoni Karimning bundan boshqa yana 28 ta surasi mana shunday, yaʼni o’quvchi va eshituvchining diqqatini va fikrini jalb qilish uchun arab tiliga xos bir qoida bilan boshlangan. Hurufi muqattoadan keyin keladigan oyatlar asosan Qurʼonning asl mohiyati, mazmuni va o’zidagi usul va qoidalarni, Qurʼonning nozil bo’lishidagi maqsadi va Payg’ambar alayhissalomning Qurʼonga nisbatan yuklatilgan vazifasi haqida bayon qilib beruvchi oyatlar kelgan. Payg’ambar alayhissalomga bularning maʼnolari haqida hech qanday savol berilmagan. Bu esa, u harflarda turli ilohiy sirlar yashirilmaganini, aksincha ularning maʼno va mohiyati ochiq-ravshan bo’lganini bildiradi. Yaʼni tanbeh harflaridir. Demak, bu harflardan qasd qilingan narsa; bulardan keyin o’qiladigan oyatlarga o’quvchi va eshituvchilarning diqqatini jalb qilishdir. O’zbek tilida bu kabi holatlarda “Diqqat! Diqqat!” kalimasi foydalaniladi.
[1844] Bu voqea Muhammad alayhissalom yonlarida sodir bo’lgani, u kishi bilan Makka mushriklari bahs qilgani, keyin ular Rasulullohdan talab qilgan narsalariga qatʼiy rad javob olganidan keyin, u kishining huzuridan ayrilib ketishgani rivoyatlarda keltirilgan.
[1845] Bu oyatlarni (Furqon 25:42) va (Mutoffifun 83:32) bilan birga o’qilsa, oyatlar bir-birini ochiqlab beradi, shunda ular to’liq tushuniladi. Mushriklar tarafidan payg’ambar alayhissalomga qarshi chiqish holatlari avvalgi payg’ambarlarda ham uchragan. Ular aslida, payg’ambarlarga emas, ular keltirgan haq din – tavhidga qarshi chiqishgan. Bunday nohaqliklar hozirda ham davom etmoqda.
[1846] Inson kunlar kelib samoga eltuvchi yo’llar orqali yerdan uzoq masofadagi samoga yuksala olishi mana shu oyatdan, hamda (Hijr 15:14, 15), (Muʼminun 23:17) oyatlardan maʼlum bo’lgan. Yaʼni, inson bir yo’lini va ilmini kashf qilib, samoga yuksala olsa ham, u yerga chiqqani bilan na osmondan vahiy tushira olmaydi, na yomg’ir yog’dirolmaydi, na samoda turib osmonlar va yerni boshqarolmaydi.
[1847] Alloh ila oralariga boshqalarni qo’shib duo-yu iltijo yoki taʼzim qilib bosh egadigan kimsalar, o’sha narsalarning tayyor lashkarlariga aylanib qoladi. Lekin ular Allohning dushmani sifatida yer oladi. Allohning dushmanlari esa albatta mag’lub bo’lishga mahkumdir. Aloqador oyatlar: (Yasin 36:75), (Mulk 65:20), (Duxon 44:24).
[1848] Oyatdagi qoziqlar iborasiga “tog’lardek baland binolari” deb maʼno bersa ham bo’ladi. chunki, Alloh taolo boshqa oyatlarda tog’larni avtod – qoziq (ustun) qilganini bildirgan (Nabaʼ 78:7). Zotan, o’tmishdagi Firʼavnlar davridan qolgan xuddi yerga qoziq qilib sanchib qo’ygandek uzun inshootlari va tog’lardek baland binolari (piramidalar) bor.
[1849] O’tmishdagi din dushmanlari ham, Muhammad alayhissalom davridagi mushrik va kofirlar ham, undan keyin kelgan din dushmanlari ham, hozirgi davrdagilar ham o’ladigan jazosidan oldin faqatgina qichqiriqni kutadi, yaʼni qayta tirilish uchun chalinadigan sur ovozini kutadi. Undan keyin hamma narsa ayon bo’ladi.
[1850] Quyosh ko’tarilib, yer yuzini isitishni boshlagan vaqtga o’qilgan ixtiyoriy namozga “Ishroq namozi” yoki “Zuxo namozi” deyiladi.
[1851] Aslida osmonlar, yer va ular orasidagi borliq mavjudotning barchasi Allohniulug’laydi, Allohning buyrug’ini bajaradi. Lekin insonlar ularning tasbehini tushunmaydi (Isro 17:44).
[1852] Zakariyo alayhissalomni ham ibodatxonada maxsus xonasi bo’lgan (Maryam 19:11).
[1853] Dovud alayhissalom hukm berishda shoshilgan edi. Ikkala tarafni ham to’liq eshitmay turib, menga zulm qildi degan gapini o’zidan-la hukm chiqarib adashgan edi. Shuning uchun Allohdan kechirim so’rab-tavba qildi. Baʼzi mufassirlar u holatni shunday izohlaydi: Balki to’qson to’qqizta qo’yi bor inson birodarining qo’yini o’zining qo’ylariga qo’shishidan maqsadi yaxshi bo’lgan bo’lishi ham mumkin edi. Masalan, bitta qo’y bilan ovora bo’lib, boshqa ishlardan mashg’ul bo’lishni o’rniga, uni mening qo’ylarimga qo’shib qo’ysang, mening podam bilan birga yuraveradi, degan maʼnoda aytgan bo’lishi ham mumkin. Yana boshqa mufassirlar bu ikkalasi Alloh taolo tarafidan yuborilgan ikkita farishta bo’lgan deb ham aytadi.
[1854] (Niso 4:58).
[1855] Berilgan maʼno va izoh uchun qarang: Iʼrobul-Qurʼon, liddarvish.
[1856] Qurʼoni Karimni muborakligi shundaki, kimki unga ishonsa, unga amal qilsa va uni mahkam ushlab u bilan hamnafas bo’lib yashasa, dunyo va oxiratda sharafli inson bo’ladi, hayoti yaxshilikka to’ladi, insonlar orasida uning o’zi ham muborak insonga aylanadi.
[1857] “Taxtiga jasad tashlab” deganda majoziy maʼno bo’lishi ham mumkin. Yaʼni, hukmronligi nihoyasiga yetadigan bir holatga duchor qildik yoki davlati qo’lidan ketayotganini ko’rsatdik kabi maʼnolarda ishlatilgan bo’lishi ham mumkin. Jasad kalimasi (Aʼrof 7:148), va (Toha 20:88) oyatlarda ham ishlatilgan. Holbuki, bu oyatlardagi jasad (Somiriy yasagan jasad) aynan tirik hayvonning jasadi emasdi.
[1858] Sulaymon alayhissalom amrida begona qabilalardan kelgan mohir ustalar, odamlarni yo’lda atashtirib yurgan shaytonsifat insonlar, yovuz odamlar ham mehnat qilgan. O’xshash oyatlar: (Sabaʼ 34:12-13). Bu va bu kabi oyatlarga ko’zga ko’rinmas, xayolotdagi uchar jinlar deb taʼvil qilish katta xatodir.
[1859] “Oyog’ingni bos” iborasi majozan keltirilgan bo’lib, sog’ayishga o’zing ham harakat qil, izlan, intil, boshla, kabi farqli maʼnolarni bildirishi mumkin. Chunki, oyatdagi “urkuz” iborasi ko’p maʼnoli so’zdir. Oyatda ham cho’miladigan hamda ichiladigan suv haqida bayon qilindi. Baʼzi tafsirchilar Ayyub alayhissalom ham tana hamda ichki aʼzolari bilan bemor bo’lganini, cho’milish orqali badani, Alloh ko’rsatgan suvni ichish orqali ichki aʼzolaridagi kasalligi tuzalganini aytgan.
[1860] Bu oyatlardan maʼlum bo’ladiki, Ayyub alayhissalom bemor bo’lib yotib qolganida, unga o’zi harakat qilishi kerakligi, intilib shifo izlashi kerakligi, uning dardiga davo o’simliklar orasida ekani, o’sha o’simliklar qo’shilgan yoki qo’shilmagan qandaydir maxsus suv bilan cho’milishi va undan ichishi kerakligi buyurilgan. Mana shunda u noumidlikka tushib gunohga botmasligi aytilgan.
[1861] Bu oyatni tarkibida to’rt xil ko’rish bor. Shuning uchun, oyatga farqli maʼno berish mumkin. Baʼzilar, “Axlasna” feʼliga “xosladik” deb maʼno bergan. Har ikka maʼno dam ularni maqtash bildirilgani uchun, har ikkala maʼno ham noto’g’ri bo’lmaydi.
[1862] Bu oyatda keltirilgan hurlar jannatdagi har bir erkak va ayol uchun beriladi. Ular faqat xizmatkor qilib beriladi, xotin qilib emas. Baʼzilar zavj kalimasining turli va asl maʼnosini bilmagani sababli, baʼzi oyatlarga noto’g’ri maʼno berish oqibatida, hurlarni jannatda erkaklarga xotin qilib beradi, deb daʼvo qilishgan.
[1863] (Aʼrof 7:38), (Ahzob 33:30, 68).
[1864] Odam alayhissalom haqida (Baqara 2:30) oyatida ham aytib o’tilgan. Lekin, u yerda Odamni yerdagi faoliyati haqida bayon qilingan. Bu oyatda esa, Odamni nimadan yaratilgani bildirildi. O’xshash oyatlar: (Hijr 15:28-31).
[1865] Bu ibora ruh moddiy bir jismdan iborat narsa emasligini bildiradi. Chunki, inson jasadi loydan tashkil topdi, loy ostidagi yaratilish shakli tamomlangandan keyingina unga ruh kirgizilgani hamda, ruh uning ichida birgalikda yaratilmasdan, unga uflanish orqali kirgizilgani shunga dalolat qiladi.
[1866] Hamma narsani Alloh taolo yaratgan (Anʼom 6:102), (Raʼd 13:62), (G’ofir 40:62). Shunday bo’lishiga qaramay, bu oyatda Odam alayhissalomni yaratilishi haqida so’z borar ekan, uni Alloh taolo O’z qo’llarim bilan yaratgan deb ifoda qildi. Bu esa, Odam alayhissalomga hurmat ko’rsatilishini bildiradi. Umumiy narsalar orasida bir narsani xossatan keltirishi taʼzim va hurmat uchun ishlatiladi, ayniqsa o’sha narsa Alloh taoloning ismiga izofa qilinganida. Bunga yana boshqa misol: Baytulloh – Allohning uyi. Bu iborada ham Kaʼbaga hurmat jihatidan shunday deyiladi.
[1867] Yaʼni, kim Qurʼonga amal qilsa o’zi uchun amal qilgan bo’ladi, kim unga ishonmasa, yoki ishonib turib ham unga amal qilmasa, unday kimsalar ham o’zi uchun ishonmagan va amal qilmagan bo’ladi.
[1868] Zumar surasi, Makkada tushgan, 75 oyat. Tushish tartibi 59, yozilish tartibi 39.
[1869] Bu va 5-oyatdagi “haq” kalimasi “botil” kalimasining ziddi bo’lib, “to’g’ri maqsadda” degan maʼnolarni ham bildiradi.
[1870]Allohdan boshqasiga duo qiladiganlar, ibodat qiladiganlar, qiyomatda bizni qutqarib qoladi deb iddao qiladilar. Aslida, ular o’zlariga ham boshqalarga ham yordami tegmaydigan kimsalarga iltijo qilayotgan bo’ladi. O’xshash oyat: (Yunus 10:18).
[1872]Yaʼni, agar bandalari yaratgan Egasi bo’lmish Allohning amriga qarshi chiqsalar, ularga kerakli jazoni berishga qodirdir, unga bu jazoni berishda hech kim qarshilik qilolmaydi. Shu bilan bir qatorda Alloh juda kechirimlidir – imkoni borida tavba qilganlarni gunoh va jazosidan o’tib kechirib yuborishga ham qodirdir. Uning afvi va mag’firati cheksizdir.
[1873]Odam va Havvo yaratilgan nafs urug’lantirilgan tuxumdir. Fasih Arabchada “zavj” kalimasini muannasi yo’q. Ayol erkak kishining jufti, erkak ham ayolning juftidir. Odam ham Havvo ham bitta narsadan, yaʼni urug’lantirilgan tuxumdan yaratilgan. (Inson 76:2) oyatda “Biz rostdan ham insonni urug’lantirilgan ko’p aralashmali tuxumdan yaratdik.” deb keltirilgan. Bu oyatda esa, “Ey insonlar! Sizlarni bitta nafsdan yaratgan Rabbingizdan taqvo qilinglar!” deb buyurilganiga ko’ra, agar ikkala oyatni birgalikda o’qiydigan bo’lsak, “Ey insonlar! Hammangizni (sizlarni ham juftlaringizni ham) ko’p aralashmali urug’lantirilgan tuxumdan yaratgan Rabbingizga nisbatan gunoh qilishdan tiyilib-saqlaninglar!” degan maʼno chiqadi. Mana shu sababli, insonni yaratilishiga bog’liq qilib keltirilgan oyatlardagi nafs kalimasiga ko’proq “urug’lantirilgan tuxum” deb tarjima qildik. Yaratilishga bog’liq bo’lmagan holatlarda esa, nafs kalimasiga jumladagi maʼno oqishiga qarab baʼzan badan, baʼzan ruh va baʼzan badan bilan ruhni birlashgan holati deb tarjima qildik.
[1874] (Anʼom 6:143, 144).
[1875]Insonlarning Allohning diniga kirishi, Uning buyruqlarini bajarishi, taqiqlaridan saqlanishi Allohga hech qanday foyda yoki zarar keltirmaydi. Insonning qilgan har bir o’z foydasi yoki zarariga bo’ladi. Alloh bandalarining qilgan ishlariga ehtiyoji yo’q (Yunus 10:108).
[1876]Alloh tarafidan buyurilgan din faqat Islomdir (Oli Imron 3:19). Alloh Islomdan boshqa dinni qabul qilmaydi (Oli Imron 3:85).
[1877]Baʼzi kofir kimsalar mo’minlarni yo’ldan ozdirish uchun, bizga ergashsang gunohing uchun biz javob beramiz deydilar (Ankabut 69:12). Bu oyatda esa, qiyomatda hech kim boshqa birov uchun javob bera olmasligini bildirib qo’ymoqda. Qiyomatda har kim o’zini qutqarib qolish bilan ovora bo’ladi, har kimga o’z qilmishing mukofoti yoki jazosi to’liq qilib beriladi, hech kimga haqsizlik qilinmaydi (Nahl 16:111).
[1878]Alloh taolo dinga kirishni majburiy qilmagan. Har bir insonda jannatga tushish imkoni va ixtiyori bo’lgani kabi, jahannamga tushish imkoni va ixtiyori bor. Bu oyatda keltirilgani kabi, Kafirun surasida ham, (Kahf 18:29) oyatida ham diniy erkinlik berilgani aytilgan. Bu esa, hech kim dini sababli jazolanmasligi, faqatgina qilingan jinoyatga yarasha jazo berilishini ko’rsatadi.
[1880]Buzuqlik, zulm, yolg’on va fasod aralashmagan yagona to’g’ri din Allohning dini – Islomdir (Zumar 39:3).
[1881]Jamiyatda musulmonlar boshqa din vakillariga nisbatan yaxshilik qilishda ilg’or va doim oldinda bo’lishga buyurilgan (Oli Imron 3:133). Islom va musulmonlar mana shu shaklda boshqa din vakillariga yoki dinsiz insonlarga hayotda go’zal o’rnak va namuna bo’ladilar Ular insonlarni yaxshilikka chaqirib, yomonliklardan qaytaradilar (Oli Imron 3:110). Hatto, musulmonlar o’zaro ham yaxshiliklarda ildamlik ko’rsatishi aytilgan (Moida 5:48).
[1882] (Tahrim 66:6) oyatda mo’minlar nafaqat o’zlarini, balki oila-aʼzolarini ham jahannamdan saqlab qolishga harakat qilishi kerakligi bayon qilingan. Mushriklar o’zlarini jahannamga o’tin qilish bilan bir qatorda, oila-aʼzolarini ham jahannamda o’zlariga sherik qilishga chaqiradilar (Baqara 2:221).
[1883] Tog’ut – yovuzlik, zo’ravonlik, haddan oshishlik, jafokashlik, zulm va jabr kabi maʼnolarni anglatadi. Undan tashqari, noto’g’ri din va adolatsiz:mustabid tuzimni o’zini hamda ulardan biriga boshchilik qilayotgan shaxga ham tog’ut deyiladi. Bu haqida qo’shimcha maʼlumot uchun qarang: (Baqara 2:257), (Niso 4:51, 60), (Toha 20:43-45), (Qof 50:27), (Noziot 79:37), (Alaq 96:6).
[1884] Qurʼon oyatlariga ko’ra quyidagi sifatlardan biriga ega bo’lib, haddan oshganlarga tog’ut deyiladi:
- Kufr yo’lini Islom va musulmonlarning yo’lidan ko’ra to’g’ri deydiganlar.
- Insonlarni qattiq zalolatga yetaklayotgan shayton sifat insonlar. (Baqara 2:257), (Niso 4:51,60)
- Insonlarni yo’ldan adashtirishga bel bog’lagan insonlarni ham, shaytonni ham tog’ut deyiladi.
[1885] (Mo’minun 23:68), (Qasos 28:51), (Haqqo 69:40), (Takvir 81:19) hamda (Toriq 86:13) oyatlarga ko’ra, oyatdagi “al-qovl” Allohdan kelgan Ilohiy so’z deb tarjima qilindi. Oyatdagfi “ahsanah” iborasini esa, (Aʼrof 7:145) oyatga asosan “chiroyli shaklda” deb tarjima qildik. Qurʼonga chiroyli shaklda amal qilish uchun, (Oli Imron 3:7) oyatni yaxshilab tushunib olish kerak. Aks holda, Qurʼonga to’laligicha emas, balki o’z nafsiga to’g’ri keladigan mutashobeh oyatlargagina amal qiladigan bo’lib qoladi.
[1886]Oyatning davomi ham, (Niso 24:174) oyati va (Aʼrof 7:157) ham bu oyatdagi nur Qurʼon ekanini ko’rsatadi.
[1887]Mutashobeh – o’zaro o’xshash maʼnoli oyatlar degani. Masoniy – kitobdagi mavzuni ikki taraflama ochiqlab beradigan, har masalani foyda va zararini ham aytib o’tadigan, eng kamida bir mavzu ikki marta takrorlanadigan degani.
[1889]Qurʼoni Karimda farqli soxalarga oid misollar keltirilgan. O’sha misol va o’rnaklarni tafakkur va tadabbur qilgan har kim o’ziga kerakli ibrat olishi mumkin, lekin ulardan o’sha soxa vakillari va o’sha fan mutaxassislari to’liq maʼlumot oladilar, ular to’liq tushinib yetadilar. Masalan: urg’ochi o’rgimchak misoli (Ankabut 41:43), chivin haqida (Haj 22:73), osmonlar, yer va ular orasidagi yaratilgan narsalar, kun bilan tunni almashib turishi (Baqara 2:164).
[1890] (Kahf 18:1).
[1891]Bu oyatda tavhid asosida faqat Allohga qullik qiluvchi xolis musulmon odam bilan, turli ixtilofli yo’llarga, farqli mazhablarga, soxta tariqatlarga ergashib ketib, Allohning sof diniga emas, insonlar to’qib chiqargan ixtilofli dinlarga amal ilib ergashadigan odamning misoli keltirilgan.
[1892] (Oli Imron 3:185), (Anbiyo 21:34, 35), (Ankabut 29:57).
[1893] Ushbu oyat nozil bo’lganida Zubayr ibn Avom: “Ey Allohning elchisi! Dunyoda oramizda bo’lib o’tganlardan keyin ham (qiyomatda) bizga xusumat yana takrorlanadimi?”, dedi. Rasululloh alayhissalom: “Ha, unda ish qattiq bo’ladi”, deb javob berdi (Termiziy rivoyati). Abdulloh ibn Umar: “Bu oyat nozil bo’ldi, biroq nima haqida ekanini bilmas edik. «Kim bilan xusumatlashamiz? Biz bilan ahli kitob orasida xusumat bo’lmasa, u holda kimlar bilan xusumatlashamiz?”, deganmiz. Toki fitna kelgach, Abdulloh ibn Umar: “Rabbimiz vaʼda qilgan narsa shu ekan, shu haqida xusumatlashamiz”, dedi (Ibn Kasir, Ibn Adiy Hatimdan). Baʼzi sahobalardan rivoyat qilinishicha, ushbu oyat nozil bo’lganida ular: Axir biz birodar bo’lsak, qanday qilib (qiyomatda) xusumatlashamiz?», deyishgan. Vaqtiki Usmon r.a. zulm va adovat ila o’ldirilganida, o’sha oyat ular uchun nozil bo’lganini va u haqida xusumat qilishlarini bilib olishgan. Yana bir rivoyatda, “Toki, har bir haqdorga o’zining haqqi olib beriladi”, iborasi bilan keltirilgan.
[1894]Agar katta gunohlardan banda o’zini tiyib yursa, Alloh taolo uning qolgan gunohlarini o’chirib yuboradi (Niso 4:31). Banda modomiki chiroyli amallar qilib yurar ekan, uning kichik gunohlari kechirilib turadi (Hud 11:114).
[1895]Alloh taolo har kimning qilmishin ko’rib bilib turadi. Hech bir jinoyatchi jinoyatini Undan yashira olmaydi. Agar tavba qilmasa, zolimlar, kofirlar, jinoyatchilar, shayton va shaytonlashib ketgan insonlarning barchasi o’zlariga munosib bo’lgan jazoni albatta oladilar. Alloh har kimga kerakli va munosib bo’lgan jazoni berishga qodirdir. Undan hech kim qochib qutulolmaydi. Kimlargadir jazoni shu dunyoda berishni boshlaydi, kimlarnidir oxiratda jazolaydi.
[1896]Bu va bu kabi oyatlar jamiyatda din erkinligi borligini, har kim o’zi xohlagan diniga eʼtiqod qilishi mumkinligi,jamiyatda o’rnatilgan qonun-qoidalarni buzmaguncha, birovga zulm qilmaguncha, nohaqlik qilmaguncha birovni faqatgina dini sababli jazoga tortish mumkin emasligini bildiradi. O’xshash oyatlar: (Kafirun 109:1-6), (Baqara 2:256), (Yunus 10:108). Kelgusidagi oyat ham shunga ishorat qiladi.
[1897]Shafoat haqidagi barcha oyatlar mana shu oyat mezoniga ko’ra tushunilishi kerak. Shafoat haqidagi asl oyat mana shudir. Allohdan boshqasidan shafoat kutish bir navi mushriklik hisoblanadi.
[1898] (Isro 17:46).
[1899]Alloh taolo o’tmishda ham payg’ambarlar orqali yuborgan ilohiy kitoblari bilan O’z hukmini keltirib qo’ygan (Baqara 2:213), (Moida 5:44). Hozir ham musulmonlar qo’lida ilohiy hukmlarni o’rtaga qo’yadigan, ixtiloflarga barham beradigan kitob – Qurʼon bor (Niso 4:105), (Zumar 39:3), (Mumtahina 60:10). Alloh taolo qiyomatda ham insonlar orasida O’zi hukm qiladi (Niso 4:141).
[1900]Bunga o’tmishdagi Qorun qissasi bir misoldir (Qasos 28:76-82).
[1901] (Qasos 28:82).
[1902]Ushbu oyat hamda (Furqon 25:68-71) oyatlari, banda tavba qilib Islomga kirishidan oldin har qanday gunohga qo’l urgan bo’lishidan qatʼiy nazar, agar tavbasi va Islomga kirgani samimiy bo’lsa, uning tavbasi qabul bo’lishi va uni ham Alloh O’z jannatiga musharraf qilishi mumkin ekani bildirilgan. Inson hech qachon Allohning rahmatidan umid uzmasligi kerak.
[1903] Muso alayhissalomning qavmi undan o’zlari uchun turli ilohlar tashkillashtirib ber deganlarida, Muso alayhissalom ham ularni johillar deb atagan edi (Aʼrof 7:138).
[1904]Alloh taolo O’z so’zlarini arab tilida nozil qildi. Demak, Alloh O’z qudrati va hokimiyatini tanitish uchun insonlar tushunadigan arab tilida – inson tilida tushirdi va misollarni insonlar tushunadigan holda bayon qildi. Allohga nisbatan ishlatilgan qo’l, hovuch, ko’z kabi sifatlar insonlar tushunishi uchun ishlatilgan majoziy bayonlardir. Bu arab tili adabiyotiga xos bo’lgan iltifot, majoz va kinoya sanʼati deyiladi. Alloh taolo bir ishni qilishi uchun albatta uni o’z qo’lida ushlashi yoki yoniga kelishi shart emas, u “Bo’l” deb buyursa bas, darhol sodir bo’la boshlaydi (Nahl 16:40), (Yasin 36:82). Bu oyatdagi kabi majoziy so’zlar baʼzan o’zbek tilida ham ishlatiladi. Masalan, “Seni joning meni qo’limda” iborasi ishlatiladi. Bu degani, seni o’ldirish yoki o’ldirmaslik mening ixtiyorimda degan maʼnoni bildiradi. Bu bilan u o’zining qudrati va irodasi qarshi tarafdagi kishidan ko’ra kuchli ekanini bildiradi.
[1905] (Anʼom 6:91), (Haj 22:74).
[1906]Qiyomatda har kim o’z amallarini ko’radi (Kahf 18:49). Hisob-kitobga har kim o’z amal daftari ila keltiriladi (Isro 17:71). Mahsharda har kim o’z kitobi o’qiydi, unga o’sha kitobi hisob-kitob qilishga kifoya qiladi (Isro 17:14).
[1907] Alloh taolo jahannamni kofirlik qilgan inson va jinlar bilan to’ldiraman, deb so’z bergan (Aʼrof 7:18), (Sod 38:85). Bu oyatdan maʼlum bo’ladiki, bir qavmga payg’ambar va elchi kelishining o’zi o’sha qavmni halokatdan saqlab qolishga kifoya qilmas ekan. Aksincha, o’sha payg’ambar keltirgan narsaga ishonib amal qilish, unga ergashish bilangina inson o’zini jahannamdan qutqarib qolishi kerak ekan. Agar imon va Islomda bo’lmagan bir kishini jahannamdan qutqarib qolishni imkoni bo’lganida, yuqoridagi oyatda keltirilgan jahannam ahlini o’z payg’ambarlari qutqarib qolgan bo’lardi.
[1908] (Aʼrof 7:43).
[1909] G’ofir surasi, Makkada tushgan, 85 oyat. Tushish tartibi 60, yozilish tartibi 40. Suraning yana bir nomi “Muʼmin”dir.
[1910] Bu harflarga “hurufi muqattoa” va “hurufut-tanbeh” deyiladi. Qurʼoni Karimning bundan boshqa yana 28 ta surasi mana shunday, yaʼni o’quvchi va eshituvchining diqqatini va fikrini jalb qilish uchun arab tiliga xos bir qoida bilan boshlangan. Hurufi muqattoadan keyin keladigan oyatlar asosan Qurʼonning asl mohiyati, mazmuni va o’zidagi usul va qoidalarni, Qurʼonning nozil bo’lishidagi maqsadi va Payg’ambar alayhissalomning Qurʼonga nisbatan yuklatilgan vazifasi haqida bayon qilib beruvchi oyatlar kelgan. Payg’ambar alayhissalomga bularning maʼnolari haqida hech qanday savol berilmagan. Bu esa, u harflarda turli ilohiy sirlar yashirilmaganini, aksincha ularning maʼno va mohiyati ochiq-ravshan bo’lganini bildiradi. Yaʼni tanbeh harflaridir. Demak, bu harflardan qasd qilingan narsa; bulardan keyin o’qiladigan oyatlarga o’quvchi va eshituvchilarning diqqatini jalb qilishdir. O’zbek tilida bu kabi holatlarda “Diqqat! Diqqat!” kalimasi foydalaniladi.
[1911] Ushlashga deganda, o’ldirishga, surgun qilish, barcha narsadan mahrum qilish, haqoratlab, faoliyatiga chek qo’yish, masxaralab obro’sini to’kish kabi salbiy maʼnolar tushuniladi. Bu kabi qabih ishlar o’tmishda ham bo’lgan, yaxshi-solih insonlarga to’g’anoq bo’layotganlar hozir ham bu ishlarini davom ettirmoqda.
[1912] O’zlariga kelgan payg’ambarlar va elchilarga ishonmay, ularni tan olmay kofirlik qilib hamda, ularga dushmanchilik qilgani uchun ularni dunyoda ham azobga giriftor qildi. Endi ularning borar joyi albatta jahannam bo’ladi. Chunki, Alloh kofirlarning joyi jahannamdir degan (Oli Imron 3:12).
[1913] Bu oyatda ikki xil farishtalar bayon qilindi – arshni ko’tarib turuvchilar va uning atrofidagilar. Uning atrofidagi farishtalar haqidagi yana bir oyat (Zumar 39:75) da keltirildi. (Haqqo 69:17) oyatda esa, qiyomat kuni farishtalar arsh atrofiga yig’ilgan bo’ladi, arshni sakkizta farishta ko’tarib turadi deyilgan. Bu oyatlar dalil bo’ladiki, Alloh taolo arshda emas. Chunki, arshni farishtalar ko’tarib turadi deyildi. Demak, arsh ko’tarib turishga muhtoj (Qo’shimcha maʼlumot uchun “Tafsir ar-Roziy”ga qarang.) Alloh esa hech narsaga muhtoj emas. Bundan maʼlum bo’ladiki, arsh – farishtalar Allohning hukmlarini oladigan boshqaruv joyidir. Barcha farishtalar buyruqlarni o’sha yerdan oladi, vahiy ham arshdan olinadi, osmonlar va yer ham arshdan boshqariladi. Xulosa qilib aytganda, Alloh taolo ishni arsh orqali boshqaradi (Yunus 10:3).
[1914] (Baqara 2:28) oyatida, inson hayotga kelmay turib ham o’lik ekani aytilgan. Insonlar dunyo kelmay turib, otalarining bellarida o’lik holatda edi. Bu – birinchi o’lim hisoblanadi. Qachonki onalarining bachadonlarida to’rt oylik bo’lganida, Alloh ularga insoniy ruh berib, ularga hayot baxsh etadi. Qabrga kirgan holati esa, ikkinchi marta o’lik holati hisoblanadi.
[1915] Jahannamga tushishning asosiy sabablaridan biri Allohni borligini bilmaslik emas, Unga sherik qo’shish ekani maʼlum bo’ldi. Baʼzilar Allohning O’ziga imon keltirolmaydi. Faqat Allohga ibodat qilish kerak, faqat Allohga duo qilish kerak deyilsa, yuz o’girib qochib ketadilar (Isro 17:46). Baʼzilar esa, tahvidga daʼvat qilinganida yuraklari siqilib ketadi (Zumar 39:45).
[1916] Osmondan rizq berilishi – osmondan yomg’ir yog’dirib, u orqali yerdan bizlarga rizq bo’ladigan narsalar undirib berishidir (Baqara 2:22).
[1917] Allohga yo’nalgan kishi elatma oladi. Allohga yo’nalgan kishi hidoyat topadi (Shuʼro 42:13).
[1918] O’xshash oyatlar: (Nahl 16:2), (Shuʼro 42:52), (Mujodala 58:22), (Qadr 97:4). Ruh kalimasi Qurʼonda ko’p joylarda Ilohiy vahiy maʼnosida ishlatigan: (Nahl 16:2)
[1919] Dunyoning so’ngi vaqtlari yaqinlashib qoldi (Qomar 54:1). U vaqtni qachon ekanini Allohdan boshqasi oshkor qilolmaydi (Najm 53:58). Qiyomat kutilmaganda to’satdan keladi (Aʼrof 7:187).
[1920] Allohga na osmonlarda va na yerda hech narsa maxfiy qolmaydi (Oli Imron 3:5).
[1921] Qurʼonda keltirilgan “qazo” kalimasi jumladagi maʼno oqishiga qarab farqli maʼnolarda keladi. Masalan; ushbu 20-oyatda va (Isro 17:23) hamda (Ahzob 33:36) oyatlarda “buyuradi”, “qaror beradi”, “hukm qiladi” degan maʼnolarda kelgan. (Isro 17:4) oyatda esa “vahiy qildik” maʼnosida kelgan. (Fussilat 41:12) oyatda “yaratadi” degan maʼnoda kelgan.
[1923] O’tmishdagi kofir va zolim jamoalar boshiga kelgan balo-musibatlar natijasida hammasi dod-faryod solib qolgan. Shuning uchun u kunni “dod-faryod”, “nolayi fig’on” kuni deb keltirilgan.
[1924] O’tmishdagi barcha payg’ambarlarning dushmanlari bo’lib, ular keltirgan oyatlarga qarshi botil ila kurash olib borishgan (G’ofir 40:5). Allohning oyatlarini amaldan to’xtatishga uringanlarning barchasi jahannam ahlidir (Haj 22:51), (Sabaʼ 34:5, 38).
[1925] Qurʼonga qarshi chiqayotgan, Qurʼon hukmini amaldan qoldirishga urinayotganlarga qarshi mo’minlar qattiq g’azabli, qahrli bo’lishlari vojibdir.
[1926] O’sha minora pishirilgan loydan (g’ishtdan) yasalgan (Qasos 28:38).
[1927] O’xshash oyatlar: (Anʼom 6:160), (Yunus 10:27).
[1928] Baʼzi tafsirchilar bu oyatdagi azobni ro’baro’ bo’lishi faqat Firʼavn va uning xonadoniga tegishli deydi. Holbuki, (Ahqof 46:20) oyatida, jahannam otashi barcha kofirlarga taqdim etilishi aytilgan. Nafaqat bu oyatda, balki Qurʼoni Karimda qabr azobiga aloqador birorta kalima ham, qabr azobi haqida mavzu ham yo’q. Aksincha, kofirlar va munofiqlarga dunyoda va oxiratda azob beriladi deyilgan (Oli Imron 3:56), (Tavba 9:74), (Raʼd 13:34), (Fussilat 41:16). Qabrda azob emas, hatto hayot ham yo’q. Qabrdan turgan kishilar qabrda hayot kechirgani, unda azoblangani yoki rohatlanib yotganini emas, balki, dunyoda juda ham oz fursat qolganini eslaydi, xolos (Yunus 10:45), (Rum 30:55), (Naziat 79:46). Agar qabrda hayot bo’lganida edi, insonlar qabrdan turib: “Bizni uzoq uyquga ketgan joyimizdan kim uyg’otdi?” (Yasin 36:51) demas edi.
[1929] 45-oyatdagi yomon azob iborasi 46-oyatda otash iborasi bilan ochiqlandi. 46-oyat oxirida esa qattiq azob deb keltirildi. 49-oyatda esa, otash, jahannam va azob kalimalari bitta jumlada jamlanib keltirildi. Bularning barchasi, azob jahannamda berilgani va u yerda asosan otash ila azob berilgani uchun, baʼzan jahannam kalimasi o’rniga ham, azob so’zining o’rniga ham otash so’zi ishlatilgan. Shuning uchun, oyatlar yanada osonroq tushunilsin deb, maʼno oqishiga qarab, otash-النار kalimasiga azob yoki jahannam deb mano berdik.
[1930] (Ibrohim 14:21), (Sabaʼ 34:31, 33).
[1931] «النار — otash» kalimasi baʼzan azob, baʼzan jahannam va baʼzan o’t-olov maʼnolarda keladi.
[1932] Mo’minlar o’z maqsadlari yo’lida barcha mashaqqat va aziyatlarga sabr qilib, o’z yo’llarida davom etsalar, shunda Alloh albatta yordam beradi (Baqara 2:214), (Anʼom 6:34). Allohga – Allohning diniga yordam berganlarga Alloh bu ishlarida albatta yordam beradi (Haj 22:40), (Muhammad 47:7).
[1933] Baʼzi bir insonlar osmonlar va yerni Alloh yaratgan ekaniga ishonadi-yu, lekin, inson o’lganidan keyin yana qayta yaratishiga ishonmaydi. Ularga qarshi javoban bu oyat va (Yasin 36:77-83) oyatlari hujjat bo’ladi.
[1935] Oyat matnida “soat” deb keltirilgan kalima aynan qiyomatning o’ziga ishorat qiladi. (Aʼrof 7:187) oyatda “uning vaqti” yaʼni soatning vaqti deb keltirilgan ibora bor. Bu esa, soat deganda aynan qiyomat sodir bo’lishi deganidir. (Rum 30:12, 14), (Luqmon 25:34) oyatlarda ham soat iborasi aynan qiyomatga ishora qiladi.
[1936] (Baqara 2:186, 200-202) oyatlar bilan birga o’qilisa yanada tushunarli bo’ladi.
[1937] Muhammad alayhissalom Allohdan ochiq-oydin oyatlar kelganida ularga ishonib mo’min bo’lgan, undagi buyruqlarga taslim bo’lib musulmon bo’lgan.
[1938] (Haj 22:5).
[1939] Alloh yo’ldan chiqqan fosiqlarni, kofirlarni, yolg’onchilarni adashtirib qo’yadi. Yaʼni, adashgan holatiga tashlab qo’yadi (Baqara 2:26).
[1940] Jahanamni yettita eshigi bor (Hijr 15:44).
[1941] Sabr haqidagi o’xshash oyatlar: (Kahf 18:28), (Hahl 16:127), (Rum 30:60), (Muzzammil 73:10).
[1942] Insoniyatga Alloh tarafidan yuborilgan elchilar faqatgina Qurʼonda nomi keltirilganlar degan tushuncha noto’g’ri ekani bu oyat hamda (Niso 4:164) oyatidan maʼlum bo’ladi. Biroq, ularning aniq sonini Alloh biladi.
[1943] Yerdagi barcha mavjudot insoniyat uchun yaratilgan (Baqara 2:29). Osmonlardagi va yerdagi narslar isnoniyat xizmatiga shay qilib yaratilgan (Josiya 45:13). Lekin, ko’p insonlar buni shukrini qilmaydi, tushunmaydi, anglamaydi, tan olmaydi.
[1944] Insonlar chorva hayvonlardan olinadigan sut va boshqa mahsulotlar bilan ham rizqlantirib qo’yilgan (Muʼminun 23:21, 22). Bu Allohning insoniyatga qilgan buyuk oliyjanobligidir.
[1945] Allohning azobi kelganida, zolim va kofirlarga o’zlarining mol-davlati, obro’-eʼtibori aslo asqotmaydi. Bunga yana bir misol (Ibrohim 14:18) oyatda keltirilgan.
[1946] Insonga o’lim, balo-ofat kelgan vaqtdagi na iymoni, na tavbasi va na amali foyda bermaydi. Bunga yana bir oyatdan misol: (Yunus 10:90-91).
[1947] Fussilat surasi, Makkada tushgan, 54 oyatdan iborat. Tushish tartibi 61, yozilish tartibi 41.
[1948] Bu harflarga “hurufi muqattoa” va “hurufut-tanbeh” deyiladi. Qurʼoni Karimning bundan boshqa yana 28 ta surasi mana shunday, yaʼni o’quvchi va eshituvchining diqqatini va fikrini jalb qilish uchun arab tiliga xos bir qoida bilan boshlangan. Hurufi muqattoadan keyin keladigan oyatlar asosan Qurʼonning asl mohiyati, mazmuni va o’zidagi usul va qoidalarni, Qurʼonning nozil bo’lishidagi maqsadi va Payg’ambar alayhissalomning Qurʼonga nisbatan yuklatilgan vazifasi haqida bayon qilib beruvchi oyatlar kelgan. Payg’ambar alayhissalomga bularning maʼnolari haqida hech qanday savol berilmagan. Bu esa, u harflarda turli ilohiy sirlar yashirilmaganini, aksincha ularning maʼno va mohiyati ochiq-ravshan bo’lganini bildiradi. Yaʼni tanbeh harflaridir. Demak, bu harflardan qasd qilingan narsa; bulardan keyin o’qiladigan oyatlarga o’quvchi va eshituvchilarning diqqatini jalb qilishdir. O’zbek tilida bu kabi holatlarda “Diqqat! Diqqat!” kalimasi foydalaniladi.
[1949] (Shuaro 26:192), (Zumar 39:1), (Josiya 45:2),
[1950] Qurʼon insonning hayotiga nur, muammolariga yechim, ruhiga dalda, imoniga ziyodalik bo’lishi uchun, avvalo unga ishonish va amal qilish kerak. Aks holda, arab tilini suv qilib ichib yuborgan bo’lsa ham, yoki o’zi arab bo’lsa ham Qurʼon foyda bermaydi, unga hech narsani ochiqlab bermaydi. Bunga o’sha davrdagi Abu Lahab va Valid ibn Mug’ira kabi insonlar misol bo’ladi.
[1951] “Arabcha Qurʼon” o’rniga “Tushunarli Qurʼon” deb tarjima qilinsa ham bo’ladi. Chunki, “arab” kalimasi aslida tushunarli, fasohatli, ochiq-oydin kabi maʼnolarni ham bildiradi. Arab xalqlarining tillari o’sha davrda tushunarli va aniq bo’lgani uchun ular bu nomni olgan bo’lishi kerak (Maqoyis). Qurʼon arab tilida tushirildi deganining yana bir hikmati, inson tilida tushirildi degani bo’ladi. Arab tili ham xuddi boshqa tillar kabi inson tilidir, insonlar gaplashadigan tildir.
[1952] Arab tilida zakot kalimasining bir maʼnosi – mol-mulkidan ehtiyojmandlarga berib o’zini va molini poklashdir. Yana bir maʼnosi esa o’zini maʼnan har turli buzuqliklardan, nifoq, shirk va kufriy eʼtiqod va tushunchalardan pok tutishdir. Inson o’zini ham moddiy hamda maʼnaviy yomonliklardan pok saqlab yurishi sababli, dunyoda ham oxiratda ham maqtalib yurishga sazovor bo’ladi. Buning uchun u bu yo’ldagi kerakli ishlarni amalga oshirishi kerak bo’ladi (Mufradot). Quyidagi oyatlar shunda dalolat qiladi: (Niso 4:49), (Tavba 9:103), (Maryam 19:13, 19), (Aʼla 87:14), (Shams 91:9). Nafsni poklash “Allohdan boshqa iloh yo’q” deb, o’zini shirk iflosligidan qutqarishdir (Tafsir ar-Roziy). Bundan tashqari, mol-davlatdan ajratib beriladigan zakot amali Madina davrida farz bo’lgani, bu oyat mushrik va kofirlar haqida ekani oyatdagi zakot kalimasi nafsni shirk va kufrdan poklash haqida ekaniga dalolat qiladi. Bu haqida qo’shimcha maʼlumot uchun Tobariy tafsiriga qarang.
[1953] Yerning ichidagi narsalar, ustidagi jonzotlar va insonlar bemalol yura olishi, turgan joylaridan qo’zg’alib ketmasligi uchun, yerda tepadan ichiga tortib turadigan kuchli bosimlar paydo qilgan (Nahl 16:15), (Anbiyo 21:31). Yer silkinib ketmasligi uchun, pastdan yuqoriga o’sib chiqadigan tog’lar ham paydo qilingan (Mursalat 77:27).
[1954] Alloh bir ishni sodir bo’lishiga hukm qilsa, unga “Bo’l!” desa kifoya, o’sha narsa o’z-o’zidan Allohning ilm va qudrati ila sodir bo’la boshlaydi. Biron bir xatti-harakatni keragi bo’lmaydi (Baqara 2:117), (Oli Imron 3:47), (Maryam 19:35), (G’ofir 40:68).
[1955] Javobgarlikni his qilgan inson har qanday yomonlik va xatodan o’zini saqlab qolishga harakat qiladi. Masʼuliyatni his qilish – insondagi eng yuksak fazilatlardan biridir.
[1956] Allohning dushmanlari asosan shulardan iborat: Allohga, farishtalarga, elchi-payg’ambarlarga ishonmagan kofirlar (Baqara 2:98), Islom va musulmonlarga qarshi jang ochgan zolimlar (Anfol 8:60), Allohga sherik qo’shadigan mushriklar (Tavba 9:114), Firʼavn va unga ergashganlar (Toha 20:39), Qurʼonga qarshi chiqqanlar (Fussilat 41:26-28), Muhammad alayhissalomga va mo’minlarga dushmanlik qilgan va haqni tan olmagan zolimlar (Mumtahana 60:1), ikkiyuzlamachi-munofiqlar (Munafiqun 63:14).
[1957] Inson qulog’i bilan eshitgan, ko’zi bilan ko’rgan va qalbi bilan tushungan (yomon narsasidan) javobgarlikka tortiladi (Isro 17:36). Tuhmatchi va bo’htonchilarning tillari, qo’l va oyoqlari kun kelib guvohlik beradi (Nur 24:24). Qiyomatda baʼzi kofirlarga gapirishga izn berilmaydi. Ularning qo’l-oyoqlari guvohlik beradi (Yasin 36:65).
[1958] Bu oyatda bildirilgani kabi, kofir va zolimlarga qiyomat kuni uzr aytishga ham izn berilmaydi, rozilik tilashiga ham izn berilmaydi (Nahl 16:84), (Rum 30:57). Ular endi jahannam azobidan chiqarilmaydi, rozilik talablari inobatga olinmaydi (Josiya 45:35).
[1959] Allohning zikri bo’lmish Qurʼondan yuz o’girgan, eʼtiborsiz bo’lgan insonlar asta-sekin o’zlari bilmagan holda shaytonlashib qoladi, o’zlari adashgani yetmaganidek, boshqalarni ham yo’ldan ozdirishni boshlaydi. Aloqador va o’xshash oyatlar: (Zuxruf 43:32), (Aʼrof 7:27), (Shuaro 26:221-223).
[1960] Maʼlumki, Qurʼoni Karim juda mo’jizakor va taʼsirli kitob. Uning samimiy holatda eshitgan va uni tushungan odam, bu albatta ilohiy kitob ekanini anglab yetadi va Allohga – Uning hukmiga taslim bo’ladi. Shuning sababli, musulmonlarning soni ko’payib taraqqiy etmasligi, Islom rivojlanmasligi, Islom va musulmonlardan kofirlar ustun kelishi uchun, kofirlar nafaqat boshqalarni, balki bir-biriga ham Qurʼonni eshitmaslikka buyurar edi. Qurʼon o’qilayotganida uni eshittirmaslikka, eshitilsa ham tushunilmaslikka harakat qilishar edi. Kofirlar bu ishlari bilan go’yoki Allohning nurini og’izlari bilan so’ndirmoqchi bo’lishar edi (Tavba 9:23), (Soff 61:8). Baʼzi kofir kimsalar esa, Qurʼon tilovatiga qarshi chiqib, qorilarga ochiqchasiga tashlanib qolishiga ham oz qoladi (Haj 22:72). Islomning ona manba kitobi Qurʼondir. Qurʼon musulmonlarning tilidan, dilidan, zehnidan va hayotidan qanchalik uzaygan sari, insoniyatdan Islom shunchalik uzoqlashib ketadi. Qurʼonga xizmat qilish – Alloh yo’lidagi fidokorlikning eng ulug’ va sharafli ishlaridan biridir. Alloh bizga ham shunday xizmat nasib qilsin.
[1961] O’xshash oyatlar: (Aʼrof 7:38, 39), (Ahzob 33:67, 68) (Sod 38:61).
[1962] Farishtalar bunday mo’minlarga bu oyatda aytilgan va u kabi chiroyli so’zlarni jon olish vaqtida va qiyomatda qayta tirilganida ham aytadilar: (Nahl 16:31, 32).
[1963] Daʼvat ishi eng sharafli ishdir. Insonlarni yaxshilikka buyurib, yomonliklardan qaytarishda ilm yoki hujjat kerak emas. Lyekin, Allohga chaqirganda hujjat-dalil asosida chaqirish kerak. Payg’ambar alayhissalomning va yonidagi mo’minlarning daʼvat uslubi mana shunday bo’lgan (Yusuf 12:108). Allohning yo’liga daʼvat qilishda albatta hikmat bilan, chiroyli vaʼz-nasihat bilan chaqirish kerak. Alloh shunga buyurgan (Nahl 16:125). Payg’ambar alayhissalomning ibratli sifatlaridan biri, daʼvat qiluvchi ekanidir (Ahzob 33:45,46). Payg’ambar yo’lida yuraman deganlar, uning daʼvat yo’liga ham ergashishlari kerak, insonlarni Allohning yo’liga daʼvat qilishi kerak.
[1964] (Muʼminun 23:96), (Qasos 28:54).
[1965] Bundan oldingi oyat ham, bu oyatning mazmuni ham sajda haqida bo’lgani uchun, tasbeh so’ziga sajda deb maʼno bersa ham bo’ladi. Buni maʼnosi (Raʼd 13:15), (Nahl 16:49), (Haj 22:18) oyatlar qo’llab quvvatlaydi. Yaʼni, barcha narsani yaratgan Alloh baʼzi bir insonlarning sajdasiga muhtoj emas. Agar barchani o’ziga majburan sajda qildirishni xohlasa, bunga albatta qodir edi. Lekin, insonlarni imtihon uchun yaratdi. Insonlarning toat-ibodatlari ularning o’zi uchun, o’z foydasi uchun bo’ladi. Alloh hech narsaga muhtoj emas.
[1966] Bu oyatni (Haj 22:5) oyati batafsil ochiqlab beradi.
[1967] Oyatlarga nisbatan qing’ir ish deganda, maʼnolarini boshqa tomonga burish, Uni va undagi hukmlarni yolg’onga chiqarish, unga ishonmaslik, oyatlarda keltirilgan haqiqatdan yiroqlashish kabi ko’plab salbiy munosabatlar tushuniladi.
[1968] “Aziz kitob” deganda, hurmatli, sharafli, unga qarshi chiqqanlarning unga kuchi yetmaydigan degan maʼnolarni anglatadi.
[1969] Qurʼonga yolg’on gaplar, bo’hton uydirmalar, soxta iboralar, keraksiz jumlalar kirgizilmaydi, bunga hech kimni kuchi yetmaydi. Agar Qurʼon Allohdan boshqasining kitobi bo’lganida, unda ko’plab ixtiloflar bo’lardi (Niso 4:82). Qurʼonni Allohning O’zi muhofaza qilib qoladi (Hijr 15:9). Oldidan ham ortidan ham degani, hech bir jihatdan degani.
[1970] Ajam – arab bo’lmagan millatlarga aytiladi. Aʼjam – xoh arab bo’lsin, xoh boshqa millatga mansub bo’lsin, fasohat bilan gapira olmaydigan kishilarga aytiladi (Saolib Tafsiri, Mufradot so’zligi). O’xshash oyat: (Shuaro 26:198,199).
[1971] Qurʼon qalbdagi barcha maʼnaviy kasalliklarga shifodir (Yunus 10:57).
[1972] (Isro 17:46, 47).
[1973] Qurʼonga ishonmagan kimsalar, unga samimiy quloq solmagani uchun, ularning bu ishlari haqiqatni ko’rishdan ko’r bo’lishgacha olib keladi. Ular asl haqiqatni ko’rolmay qoladilar. Unday insonlarni Alloh taolo ko’zlari ko’rsa ham “ko’rlar” dedi, tillari burro ham “soqovlar” dedi, quloqlari eshitsa ham “karlar” dedi (Baqara 2:18, 171). Chunki, ilohiy kitobga ishonmagani, samimiy eshitmagani, o’qimagani, tafakkur va tadabbur qilmagani,, undagi maʼnolar haqida o’ylanmagani, haq bilan botilni ajratishga urinmagani uchun, ularni hayvonlarga o’xshatgan (Aʼrof 7:179), (Furqon 25:44).
[1974] (Hud 11:110).
[1975] Har kimning qilmishi o’zi uchun. Kim nima qilsa o’ziga qiladi. birov uchun birov javobgarlikka tortilmaydi. Bu dunyoga har kim imtihon uchun kelgan. Mangu va abadiy hayotda har kim o’zini qanday yashashga haqli ekanini o’z tanlovi va qilmishi bilan dunyoda yashab ko’rib, o’zini bilib olgani yaratiladi. Alloh bandalarini mana shunday imtihon qiladi. bu haqidagi o’xshash oyatlar: (Baqara 2:134, 141, 272, 286), (Anʼom 6:52, 164), (Isro 17:13-15), (Luqmon 31:33), (Fotir 35:18), (Zumar 39:7).
[1977] (Aʼrof 7:37).
[1978] Baʼzilar bu oyat Utba ibn Rabiyʼa haqida tushgan desa, boshqalar Valid ibn Mug’iyra haqida tushgan deydi. Musulmon inson mana shu 49-50 oyatlarda keltirilgan salbiy sifatlardan saqlanishi kerak. Allohdan umidini uzmasligi, qiyomatga bo’lgan ishonchini susaytirmasligi kerak.
[1979] Qurʼondagi “aroaytum” iborasi, “ayta olasizmi?”, “Ko’rdingizmi?”, “O’ylab ko’rsangiz-chi!”, “ayting-chi”, “nima deb o’ylaysiz?”, kabi maʼnolarda keladi. Bunday ibora Qurʼonda ko’plik shaklida 14 yerda keladi.
[1980] Oyatdagi “ofoqi” kalimasidan ham ufqlar hamda yon-atroflari degan maʼno chiqadi. Agar ufqlar degan maʼnoni olsak, kelajakda insoniyat falakiyot ilmini o’rganishi oqibatida falakiyotga oid Qurʼondagi maʼlumotlarning barchasi haq ekanini ilmiy asos bilan o’rganishadi va buning natijada, bu Qurʼon yagona yaratuvchining kitobi ekani ochiqcha maʼlum bo’ladi degan maʼno chiqadi. Agar “yon-atfor” degan maʼnoni olsak, Makkaning atrofidagi turli shahar-qishloqlarning Islom va musulmonlar tarafidan fath etilishi, Allohning dini oliy bo’lishi natijasida, Qurʼonda bashorat berilgan xushxabarlar amalga oshib, Qurʼon va undagi maʼlumotlar haq ekani ayon bo’ladi, degan maʼno chiqadi. Bu iboraning uchinchi taʼvili: O’tmishdagi halok bo’lgan qabilalarning Qurʼondagi xabarlari yaqin zamonlarda tarixshunos olimlar va arxeoliklar tarafidan kashf qilinganida, ular haqidagi maʼlumotlar Qurʼonda kelganini ko’rgan olimlar va ularga ishongan insonlar, bu kitob haqiqiy Ilohiy kitob ekanini aniq fakt orqali o’rganishadi degani bo’ladi. Qurʼonning mo’jizakor, qisqa bir ibora bilan ko’plab maʼnolarga ega bo’lishi mana shu ibora bilan ham o’z tasdiqini topgan. Chunki, hozirga kelib yuqoridagi barcha holatlar birin-ketin o’rtaga chiqmoqda. Oyatdagi “o’zlaridagi oyat-belgilarimizni” maʼnosidagi ikkinchi jumlaning tafsiriy mazmuni shuki: inson ona qornida qanday shakllanishi, sperma qachon go’sht bo’lishi, keyin unga suyak qoplanishi, qachon ruh kirishi va shu kabi barcha maʼlumotlar Qurʼonda keltirilgan. Bu maʼlumotlar endigi asrlarda olimlar tomonidan o’rganilmoqda. Bu maʼlumotar Qurʼondagi maʼlumotlar bilan yuzda-yuz to’g’ri kelmoqda. Shu sababli ham ko’pchilik yetuk tibbiyot va meditsina olimlari Qurʼondagi mo’jizaviy maʼlumotlarni ko’rib Islomga kirib kelmoqda.
[1981] Sho’ro surasi, Makkada tushgan, 53 oyatdan iborat. Tushish tartibi 62, yozilish tartibi 42.
[1982] Bu harflarga “hurufi muqattoa” va “hurufut-tanbeh” deyiladi. Qurʼoni Karimning bundan boshqa yana 28 ta surasi mana shunday, yaʼni o’quvchi va eshituvchining diqqatini va fikrini jalb qilish uchun arab tiliga xos bir qoida bilan boshlangan. Hurufi muqattoadan keyin keladigan oyatlar asosan Qurʼonning asl mohiyati, mazmuni va o’zidagi usul va qoidalarni, Qurʼonning nozil bo’lishidagi maqsadi va Payg’ambar alayhissalomning Qurʼonga nisbatan yuklatilgan vazifasi haqida bayon qilib beruvchi oyatlar kelgan. Payg’ambar alayhissalomga bularning maʼnolari haqida hech qanday savol berilmagan. Bu esa, u harflarda turli ilohiy sirlar yashirilmaganini, aksincha ularning maʼno va mohiyati ochiq-ravshan bo’lganini bildiradi. Yaʼni tanbeh harflaridir. Demak, bu harflardan qasd qilingan narsa; bulardan keyin o’qiladigan oyatlarga o’quvchi va eshituvchilarning diqqatini jalb qilishdir. O’zbek tilida bu kabi holatlarda “Diqqat! Diqqat!” kalimasi foydalaniladi.
[1983] Bu oyatdan avvalgi payg’ambarlarga ham elchi farishta Jabroil orqali vahiy yuborgani hamda, o’sha vahiy orqali dinning barcha hukmlari yetkazilgani maʼlum bo’ladi. O’xshash oyat: (Niso 4:163).
[1984] Osmonlardagi farishtalar Allohni ulug’lab olqish aytib turadi. Yerdagi baʼzi nonko’r insonlar esa, Allohga noloyiq so’zlar to’qib chiqarib, Uni shaʼniga yarashmagan turli sifatlar nisbat beradi. ularning so’zlarini og’irligidan osmonlar yorilay deb turadi (Maryam 19:90, 91).
[1985] Farishtalar yer yuzidagi barcha insonlarni emas, Allohga ishongan, gunohlaridan tavba qilgan va Allohning yo’lida yurgan bandalarning haqiga duo qiladi (G’ofir 40:7).
[1986] Meni Allohga yaqinlashtiradi deb yoki, menga qiyomatda shafoatchi bo’ladi deb ishonib, baʼzi kimsalarga qulluq qilish shirkning bir turidir. Unday kimsalarni, Alloh bilan o’zini o’rtasiga yana boshqa kimsalarni iloh qilib olgan bo’ladi (Zumar 39:3, 43).
[1987] Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom hech bir kofirdan javobgar emas. U kishining vazifasi o’ziga tushgan ilohiy buyruqni yetkazib qo’yish xolos. Bandalarning imonga kelgan yoki kelmaganida u kishi javobgar bo’lmaydi (Moida 5:99), (Sho’ro 42:48). Birovni imonga majburlash vakolati berilmagan (G’oshiya 88:22).
[1988] Payg’ambar alayhissalom Allohdan olib kelgan imon, amal ixlos, ibodat va boshqa har qanday hukmlarga xilof ish qilganlarning hukmini – jazosini Allohning o’zi beradi. Ularga Muhammad alayhissalom o’z shaxsiyatidan kelib chiqib hukm berolmaydi. Alloh nima desa shu.
[1989] Alloh osmonlar va yerni bo’linish qonunida yaratgan. Bu qonun hozirda ham davom etmoqda. Insonning yaratilishi ham, tabiatdagi narsalarni yaratilib jonlanishi ham urug’i yorilib ichidan chiqishi orqali jonlanadi. Osmonlar va yer yo’qlikdan portlash va bo’linish qonuniga asosan yaratilgani uchun, undagi narsalar ham hozirda shunday davom etmoqda.
[1990] Allohning zotiga hech qanday misol, o’xshashlik, qiyos keltirib bo’lmaydi. Bu qatʼiy taqiqlangan (Nahl 16:74). Unga teng keladigan hech kim, hech narsa yo’q (Ixlos 112:4). Insonlar Uning qudrati, ilmi, yaratgan narsalari va boshqaruvi haqida o’ylanishi va izlanishi kerak. Uning zoti haqida tafakkur qilinmaydi. Uning zotiga hech kimning aqli yetmaydi. Yaratilgan narsalarning aqli faqat yaratilgan narsalarga yetadi, yaratganga emas.
[1991] Osmonlar va yerning xazinalari ham (Munafiqun 63:7), hamma narsaning hukmronligi ham (Muʼmin 23:8), (Yasin 36:83), maxfiy narsalarning ilmi ham (Anʼom 6:59) faqat Allohga tegishli. Agar munosib bilsa, osmonlar va yerdagi rizqlarni yo’q qilib yuborishi mumkin.
[1992] Alloh Undan hidoyat so’ragan bandasini hidoyat qiladi, hidoyatga muvaffaq qiladi. Undan hidoyat talab qilmasa, so’ramasa, Alloh uni hidoyatga yo’llamaydi, muvaffaq qilmaydi. Alloh taolo hidoyatni, hidoyatga loyiq bo’ladigan bandaga o’lchab belgilab qo’yadi. To’g’ri yo’lni qo’yib, zalolatni tanlagan bandasiga esa, zalolatni yozib qo’yadi.
[1993] (Baqara 2:213), (Oli Imron 3:19), (Yunus 10:93), (Hud 11:110), (Fussilat 41:45).
[1996] Oramizda hujjat yo’q deganda ikki xil narsa tushuniladi. 1) Men o’zim iddao qilib, sizlarni ham daʼvat qilgan narsaga kerakli barcha hujjat-dalilni keltirib bo’ldim. Endi hujjat talab qilishni mazmuni qolmadi, degan maʼno ham chiqadi. 2) Sizlar bilan meni o’rtamda dalil talab qilishni, xusumat qilishni keragi yo’q. meni vazifam yetkazib qo’yish, xolos. Men o’z ishimni bajardim, degan maʼno ham chiqadi.
[1997] Haq kalimasi kitob kalimasi bilan yonma-yon kelganida, haqiqatni o’z ichiga olgan kitob deb tarjima qilinadi. Chunki, kitobdagi xabarlar, buyruq va taqiqlar, unda bashorat berilgan jannat va ogohlantirilgan jahannam haq va haqiqatdir.
[1998] Insonlar hayotini to’g’ri bir shaklda davom ettirishi uchun, Alloh taolo o’tmishdagi barcha Payg’ambar alayhissalomlarga kitob bilan birgalikda adolat mezonini ham tushirgan (Hadid 57:25). Alloh yer yuzida adolat mezonini o’rnatdi va uni buzilmasligini talab qildi (Rohman 55:7,8). Alloh bandalarini har bir ishda avvalo o’zlari adolatli bo’lishiga va boshqalar o’rtasida ham adolat o’rnatishga buyurdi (Nahl 16:90), (Niso 4:135). Biron bir qavmga bo’lgan adovatimiz, ularga nisbatan adolatsizlik qilib qo’yishimizga yo’l qo’ymasligi kerak (Moida 5:8). Musulmonlar har bir ishni o’z egasiga topshirishlari hamda, hukm qilayotganida adolat ila hukm qilishlari kerak (Niso 4:58). Adolatsizlik bo’lgan joyda zulm avj oladi. Islom doimo mazlumning yonini olib, zolimga qarshi turadi. Adolatsizlik ila zolimlik qilayotgan kishilarning tarafini olish – dunyo va oxirat hayotini o’tga tashlash bo’ladi. Musulmonlar aslo zolim va zulm tarafini olmasligi kerak (Hud 11:113). Beriladigan jazo qilingan yomonlikdan ortib ketmasligi kerak (Sho’ro 42:40). Musulmonlarga nisbatan haqsizlik — adolatsizlik qilinganida, ular bir-biriga yordam berishlari kerak (Sho’ro 42:39). Diniy erkinlik berilmasligi, insonlarni masjidlardan to’sish, masjidlarni xarobaga aylantirish eng katta zulm – adolatsizlik hisoblanadi (Baqara 2:114). Imom Termiziy rivoyatida shunday hadis keltirilgan: “Ey Kaʼb, mendan keyin keladigan (zolim) amirlardan senga Allohdan panoh so’rayman. Kimki ularning eshigiga kelib, ularni yolg’onini tasdiqlasa va ularni zulmiga yordam bersa, u mendan emas, men ham undan emasman…”
[1999] Qiyomatni qachon sodir bo’lishi hatto Payg’ambar alayhissalomga ham bildirilmagan (Aʼrof 7:187).
[2000] Qiyomatga ishonmagan kimsalar, qiyomatni va payg’ambarimizni mazax qilib: “Agar rostgo’y bo’lsang qani qiyomatni keltir” deyishgan (Yunus 10:48), (Anbiyo 21:38), (Naml 27:71).
[2001] Arab tilida “buʼd” kalimasidan uzoqlik, aniqlik va halok maʼnolari tushuniladi (Maqoyis, Ibn Kasir). (Hud 11:95) oyatda ham aynan halok bo’lish maʼnosida kelgan.
[2002] Yaʼni, kimki qilayotgan xayrli ishlarini xolis Alloh uchun qilsa, amalga oshirayotgan xayrli ishlarida muvaffaqiyatlar beramiz, yo’llarini ochib beramiz, imkoniyatlar beramiz. Agar amallarini dunyoda mol-davlat, obro’-eʼtibor, mansab va amal topish uchun qilgan bo’lsa, dunyoda unga nimadir beramiz, lekin qilgan ishi uchun oxiratda savob yo’q, degani bo’ladi.
[2003] Alloh taolo mo’min, yahudiy, sobiyin, nasroniy majusiy va mushriklar orasini qiyomat kuni ajratib hukm qilaman deb so’z bergan (Haj 22:17), (Sajda 32.25). Agar hisob-kitob qiyomatga qolmaganida, ularga darhol hukm o’qilgan va jazo ijro etilgan bo’lardi.
[2004] Imom Ahmad, Tobariy va Hokim rivoyat qilgan hadisda ham, bu oyatdagi sevgi va yaqinlik Allohga bo’lgan yaqinlik va sevgi ekani aytilgan. Hadis matni quyidagicha: “Men sizlarga yetkazgan ochiq-oydin oyat-dalillar va hidoyat evaziga, sizlardan haq (ajr) so’ramayman. Men sizlardan faqatgina Allohni sevishingizni va Unga itoat qilish natijasida, Unga yaqin bo’lishingizni istayman.” Payg’ambar alayhissalom insonlarni o’ziga chaqirmagan, balki hammani Allohga daʼvat qilgan, Uning diniga chaqirgan. Shuning uchun bu oyatdagi sevgi va yaqinlikni Payg’ambar alayhissalomning shaxsiga emas, Allohga oid deb tarjima qildik. Jumladagi mavzu kimga va nimaga qaratilgan bo’lsa, sevgi ham o’shanga qaratilgan bo’lishi kerak. Buni ochiqlab bergan o’xshash oyat: (Furqon 25:57).
[2005] Bu oyatni (Furqon 25:68-71) oyatlari bilan birgalikda o’qisak, juda ham ochiq-oydin mazmun hosil bo’ladi. Yaʼni, noto’g’ri yo’lidan qaytib tavba qilgan kishi bitta yaxshilik qilgan bo’ladi. Endi, Alloh u bandani tavba qilgani uchun, nafaqat tavba qilgan deb bitta yaxshilik yozadi, balki, o’tmishdagi barcha gunohlarini savoblarga almashtirib qo’yadi. Shu bilan, Alloh bandasining bitta yaxshiligiga yana boshqa bir yaxshilik qo’shib qo’ygan bo’ladi.
[2006] Bundan boshqa oyatlarda ham, kofir va mushriklar Payg’ambar alayhissalom haqida bo’lmag’ur gaplar tarqatib, u kishini shaʼniga noloyiq gaplar tarqatgani xabari keltirilgan: (Yunus 10:38), (Hud 11:13), (Nahl 16:101), (Anbiyo 21:5).
[2007] Mushriklarni Payg’ambar alayhissalom haqida turli tuhmatlar qildilar. Hatto, Muhammad Allohga yolg’on to’qiyapti dedilar. Alloh esa, ularning botil gaplarini bu va boshqa oyatlar bilan yo’qqa chiqarib, asl haqiqatni o’rtaga chiqardi. Ilohiy mo’jizaga to’la bo’lgan bu muqaddas va muborak kitob, to qiyomatgacha, yolg’onchi va tuhmatchilaring botil so’z va harakatlarini mana shu shaklda yo’qqa chiqarib, asl haqiqatni o’rtaga qo’yishda davom etadi. Bundan o’n to’rt asr oldin yagona yaratuvchi – Allohning so’ngi haq kitobi keldi, barcha botil narsalar yo’q bo’ldi.
[2008] Inzol kalimasi baʼzan tushirmoq maʼnosida keladi, baʼzan esa, yo bevosita samodan rizq tushirish yoki, rizqqa sabab bo’lgan narsani uchun ishlatiladi. Alloh bandalariga neʼmat tushirdi deganda, ularga neʼmat berdi deb tushuniladi (Basoir, Feruzobodiy, Umdatul-Huffoz, Halabiy).
[2009] Alloh taolo qaysi bandasiga agar rizqini mo’l-ko’l qilib berib qo’ysa, hadidan oshib ketishini bilib, ularga maʼlum bir miqdorda beradi. Bu esa Uning marhamatidir. Firʼavn ham o’zidagi katta imkoniyatlar va buyuk saltanatga ega bo’lgani uchun, o’zini ilohlik darajasiga ko’tarib olgan. Lekin, baʼzilar bunday bo’lmaydi. Qanchalik boy-badavlat bo’lishiga qaramay, har bir berilgan imkoniyat va neʼmatni qadrlab, rizqining shukrini o’z vaqtida ado etib turadi. Unday bandalariga Alloh baʼzan mo’l-ko’l va ko’p rizq beradi, baʼzan esa mutlaqo behisob rizq beradi (Raʼd 13:26), (Isro 17:30), (Sabaʼ 34:36). Lekin, inson unga loyiq va tayyor bo’lishi kerak, o’zi ham harakat qilishi kerak (Baqara 2:200-202).
[2010] (Rum 30:48, 49).
[2011] Bu oyatdagi rahmat – o’lgan yerni jonlantiradigan, bandalarga umid beradigan o’sha uzoq vaqt kutilgan yomg’ir bo’lishi ham mumkin yoki, yomg’irdan keyingi charaqlab chiqadigan quyosh bo’lishi ham mumkin yoxud, ikkalasidan keyin yerdan chiqadigan bandalarning rizqi bo’lishi ham mumkin. Rahmat deganda bularning barchasini o’z ichiga oladi.
[2012] Insonlar yo’liqqan kasallik, faqirlik, muvaffaqiyatsizlik, mag’lubiyat, zulm ostida qolish va shu kabi turli balo va musibatlarga o’zlarining qilgan gunohlar va qo’l urgani xatolari sabab bo’ladi. Yana, Alloh bandalarning har bir qilgan xato va gunohi uchun jazolamaydi. Agar har bir qilingan xato uchun jazolaganida, yer yuzida tirik mavjudot qolmagan bo’lardi (Fatir 35:45). Insonlarning xato va gunohlari sababli yer yuzidagi quruqlik va dengizlarda tabiatdagi buzilishlar sodir bo’lib turadi (Rum 30:41) va insonlar qilmishlarining jazosini chekib turadi.
[2013] Gunoh qilsa boshiga balo yuborish qonunini qo’ygan ham Alloh, tavba qilsa baloni daf etib yordam berishga vaʼda bergan ham Alloh. Bundan hech kim qochib qutulolmaydi.
[2014] Har bir musulmonda mana shu ikki sifat doim bo’lishi kerak – sabr va shukr. Og’ir kunlarda ham sabr ila vazifalarini ado etishda davom etib, yengil kunlarda ham burchlarini bajarib yurish kerak.
[2015] Dunyo berilgan mol-davlat, bola-chaqa, qarindosh-urug’lar, imkoniyatlar, bularning barchasi dunyoda qolib ketadi. Oxiratdan beriladigan narsalar abadiy – mangu qoladi. Hech kim dunyodan oxiratda imon va amaldan boshqa narsa olib ketolmaydi.
[2016] G’azablanganda kechirib yuboradiganlar quyidagi oyatda, jahlini bosib, insonlarni har bir xatosi uchun jazolamaydigan kishilar deb taʼriflangan (Oli Imron 3:134).
[2017] Islomdagi adolat mezonining eng ustuvor namunasi mana shu oyat hisoblanadi. Birovga jazo belgilashda, qilingan yomonlikdan ortib ketmasligi, kimki orttirib yuborsa zolim hisoblanishi belgilab qo’yilgan. Islom zulm va zolimga qarshi, mazlum va haqiqat tarafidadir.
[2018] Yo’l yo’q deganda, azoblashga, malolat qilishga va itob qilishga yo’l yo’q deyiladi (Imom Nasafiy).
[2019] Islomda aslo zulmni yoni olinmaydi, zolimga yordam va marhamat qilinmaydi, Islom mazlumlar tarafidadir, haqiqat va adolat tarafidadir. Insonlarning mol-mulkiga tajovuz qilish, nohaq qon to’kish, uy-joylarini talon-taroj qilish, insonlarga jabru sitam yetkazish, bularning barchasi zulm va tajovuzkorlikdir. Ularga har doim qarshi chiqish, bunday kishilarga imkon bermaslik, haqiqat va adolat o’rnatilishiga harakat qilish kerak.
[2020] Agar kuchi yetsa, moddiy va jismoniy zarar yetkazgan kishidan o’z haqini olishda hech qanday yomonlik va malomat yo’q, bunga Islomda ruxsat berilgan. Agar kuchi yetmasa, birov unga haqini olishda yordam bermasa, haqini talab qilmasdan sabr qilsa va haqidan kechib yuborsa, yoki kuchi yetgan taqdirda ham sabr qilib, kechirib yuborsa, unday kimsalarni malomat qilishga hech kimni haqi yoq. Lekin, bunday qilish qatʼiyatli insonlarni qo’lidan keladigan ishdir. Moddiy va jismoniy haqsizliklarda shunday muomala qilinadi. Maʼnaviy yetkaziladigan aziyatlarda esa, sabr qilish, gunoh ish qilishdan saqlanib taqvo qilish, qarshilik ko’rsatib haqorat etish va aziyat yetkazishdan ko’ra yaxshiroqdir (Oli Imron 3:186).
[2021] (Qiyomat 75:10-13).
[2022] Lut alayhissalomga qizlar, Ibrohim alayhissalomga o’g’illar, Muhammad alayhissalomga ham o’g’il hamda qizlar bergan. Yahyo alayhissalomning esa farzandi bo’lmagan (Saolibiy tafsiri).
[2023] Bandalarning qilgan barcha ishlari Allohga qaytadi. Ularga Allohning O’zi jazo yoki mukofot beradi.
[2024] Zuxruf surasi, Makkada tushgan 89 oyatdan iborat. Tushish tartibi 63, yozilish tartibi 43.
[2025] Bu harflarga “hurufi muqattoa” va “hurufut-tanbeh” deyiladi. Qurʼoni Karimning bundan boshqa yana 28 ta surasi mana shunday, yaʼni o’quvchi va eshituvchining diqqatini va fikrini jalb qilish uchun arab tiliga xos bir qoida bilan boshlangan. Hurufi muqattoadan keyin keladigan oyatlar asosan Qurʼonning asl mohiyati, mazmuni va o’zidagi usul va qoidalarni, Qurʼonning nozil bo’lishidagi maqsadi va Payg’ambar alayhissalomning Qurʼonga nisbatan yuklatilgan vazifasi haqida bayon qilib beruvchi oyatlar kelgan. Payg’ambar alayhissalomga bularning maʼnolari haqida hech qanday savol berilmagan. Bu esa, u harflarda turli ilohiy sirlar yashirilmaganini, aksincha ularning maʼno va mohiyati ochiq-ravshan bo’lganini bildiradi. Yaʼni tanbeh harflaridir. Demak, bu harflardan qasd qilingan narsa; bulardan keyin o’qiladigan oyatlarga o’quvchi va eshituvchilarning diqqatini jalb qilishdir. O’zbek tilida bu kabi holatlarda “Diqqat! Diqqat!” kalimasi foydalaniladi.
[2026] Aql – maʼlumotni qabul qilishga tayyor bo’lgan (insondagi) kuchga ham aytiladi va o’sha kuch orqali erishilgan maʼlumotning o’ziga ham aytiladi. (Ankabut 29:43) oyatdagi aql aynan ikkinchi xil aqlga – uqib-o’rganib erishilgan, insonni to’g’ri yo’lga soladigan aqlga ishorat qiladi. Alloh taolo Qurʼonda kofirlar uchun ishlatgan “aqlsizlar” iborasi, tabiiy aql emas, ikkinchi xil aqlga, yaʼni tushunishga harakat qilmaslikka ishorat qiladi. (Baqara 2:171) buning bir misolidir (Mufradot). O’zbek tilidagi “uqib-o’rganish” degan ibora, aql kalimasidan hosil bo’ladigan o’sha ikkinchi maʼnoni anglatadi. Shuning uchun oyatga shunday maʼno berdik.
[2027] “Arabcha Qurʼon” o’rniga “Tushunarli Qurʼon” deb tarjima qilinsa ham bo’ladi. Chunki, “arab” kalimasi aslida tushunarli, fasohatli, ochiq-oydin kabi maʼnolarni ham bildiradi. Arab xalqlarining tillari o’sha davrda tushunarli va aniq bo’lgani uchun ular bu nomni olgan bo’lishi kerak (Maqoyis). Qurʼon arab tilida tushirildi deganining yana bir hikmati, inson tilida tushirildi degani bo’ladi. Arab tili ham xuddi boshqa tillar kabi inson tilidir, insonlar gaplashadigan tildir. O’xshash oyatlar: (Yusuf 12:2), (Fussilat 41:3, 44).
[2028] Ona kitob lavhul-Mahfuzdir (Buruj 85:21, 22), (Voqea 56:76,80), (Abasa 80:1, 16).
[2029] Hakim sifati Qurʼonga nisbatan ishlatilganida deganda ikki xil maʼno chiqadi:
1) oyatlari hukm ifodalaydigan (Hud 11:1).
2) Ichidagi hukmlar to’g’ri degani. Chunki, to’g’ri berilgan hukm va qarorga hikmat deyiladi.
[2030] (G’ofir 40:21).
[2031] (Toha 20:53).
[2032] (Nahl 16:8), (Yasin 36:42), (G’ofir 50:79).
[2033] Allohga qaytamiz deganda, o’lganimizdan keyin yana qaytib tirilib, yaratgan Egamizni huzuriga hisob-kitob bergani boramiz, degan maʼno ham chiqadi, hamda, biz nima qilsak ham, har bir ishimizda Allohga qaytamiz, degan maʼno ham chiqadi.
[2034] (Nahl 16:56-58).
[2035] Arab tilidagi «jaʼala-جعل» feʼliga jumladagi maʼno oqishiga qarab, “hukm qildi”, “aytdi”, sifatladi, “hisobladi” kabi farqli maʼnolar berilishi mumkin.
[2036] Mushriklar o’zlarga imtihon uchun bergan muhlati va hayotlari davomidagi ixtiyoriy imkoniyatlarini Allohning O’ziga qarshi dalil qilmoqchi bo’ladir. Yaʼni, go’yoki mushriklarning azaliy qadariga majbur mushrik bo’ladilar deb yozib qo’yilgandek, o’z gunohlarini Allohga to’nkamoqchi bo’lishadi. Avvalgi va keyingi buzuq eʼtiqoddagi odamlar shunday iddao qiladi va yolg’on gapiradi (Anʼom 6:148), (Nahl 16:35). Unday kimsalar qiyomatda ham yolg’on gapirishga urinib, o’zlarining zalolatini Allohga to’nkamoqchi bo’ladi va: «Agar Alloh bizni majburan hidoyat qilganida, biz ham boshqalarni hidoyatga boshlar edik degan mazmunda bahonalar qiladilar (Ibrohim 14:21). Holbuki, Alloh insonlarga haq bilan nohaqni ajratishga aql, elchilar orqali ilm va ogohlantiruv, tanlash uchun ixtiyor berib qo’ygan. Endi, hech kim o’z isyoni va kufrini boshqalarga to’nkay olmaydi.
[2037] Arab tilidagi خرض — x-r-s moddasidan turagan bu kalima gumon va taxminga asoslanib gapirish, yolg’on gapirish, ilmiy asossiz gapirish, ko’rmagan narsasini gapirish degan maʼnolarni ifodalaydi (Mufradot). “Oldi-qochdi gap gapirish” bu maʼnolarning barchasini o’z ichiga oladi.
[2038] (Rum 30:35).
[2039] Qo’lida na bir ilohiy kitobi va na u haqida ilmi bo’lmagan holda, ota-bobolaridan qolgan diniy tushuncha va eʼtiqodga ko’r-ko’rona ergashib ketish qanchalik xatarli ekani mana shu oyatlardan maʼlum bo’lmoqda.
[2040] Bu oyatlar, Muhammad alayhissalomdan avvalgi payg’ambarlarning inkorchi va maishatparast ummatlari ham, qo’llarida dalillar bilan kelgan o’zlarining payg’ambariga ishonishni o’rniga, hech qanday dalil-hujjatsiz ota-bobolarining diniy eʼtiqodiga taqlid qilib ketganliklari maʼlum bo’ladi. Bu oyatlar Muhammad alayhissalomga tasalli bo’lgan.
[2041] (Anʼom 6:75-79).
[2042] Ibrohim a.s.dan boqiy qolgan o’sha kalima “La ilaha illalloh” kalimasi deb keltirgan ko’plab mufassirlar. To qiyomatgacha insonlarni o’sha tavhidga chaqirish davom etadi. Barcha insonlar o’sha so’z ustida birlashishi kerak. Shunda, yer yuzidagi diniy fasod va ixtiloflar bartaraf bo’ladi.
[2043] (Oli Imron 3:187), (Nahl 16:44, 64).
[2044] Bu oyatdagi rahmat so’zi payg’ambarlik bilan birgalikda boshqa barcha dunyoviy va uxraviy neʼmat va yaxshiliklarni o’z ichiga qoladi. Allohning dunyodagi rahmati – imon va yaxshi ishlarga muvaffaq qilib qo’yishidir. Oxiratdagi rahmati – mangu va o’limsiz holda qolinadigan jannat bog’laridir.
[2045] Kofirlarga berilgan dunyoviy imkoniyatlarni ko’rib, mo’minlar ham kofirlikka qaytib ketish xavfi bo’lmaganida, Allohning O’zi kofirlarga juda ham ko’p imkoniyat va neʼmatlar berib qo’ygan bo’lar edi. Demak, kofirlarga berilgan imkoniyatlar ularni dunyodagi nasibasidan bahramand bo’lishiga yo’l qo’yib berishidir. Ularga oxiratda jannatdan nasiba bo’lmaydi. Bu degani, dunyoda kenglik va farovonlikda yashab bo’lmaydi degani emas, balki, dunyoga aldanib, imonidan ayrilib qolmaslikka urg’u berilmoqda. Dunyodagi zeb-ziynatlarni aslida Alloh qilmagan (Aʼrof 7:32).
[2046] (Aʼrof 7:27), (Maryam 19:83), (Shuaro 26:221, 222), (Fussilat 41:25).
[2047] Qurʼondan yuz o’girgan, undagi hukmlar va nasihatlarga rioya qilmaydigan, Qurʼondagi hujjatlarga nisbatan yetarlicha eʼtibor bermaydigan kimsalar, har naqadar o’zlarini haq yo’ldamiz deb iddao qilsalar-da, ular aslida adashgan kimsalar ekani maʼlum bo’ldi. Ular o’zlarini to’g’ri yo’ldamiz deb ishonib qolishiga sabab – shaytoniy do’stlari ularga har bir qilgan ishini chiroyli qilib ko’rsatib qo’yadi, har bir ishini maqtab, olqishlab turadi. Aslida ular shaytonlarga do’st bo’lib olgan bo’ladi. Shu sababli o’zidan ketib hovliqib yuraveradi (Anʼom 6:43), (Aʼrof 7:30), (Anfol 8:48), (Kahf 18:104), (Nahl 16:63).
[2048] Bir xil gunoh sababli jahannamga kirganlar, u yerda bir-biriga bad duolar qiladi, ortiqcha azoblar tilaydi. Jahannamga tushishida bir-birini ayblaydi (Aʼrof 7:38). Yetakchilariga ergashib jahannamga tushgan zolimlar yetakchilariga arz qilib, biz sizlarga ergashgan edik, endi azobdan bir hissa bo’lsa ham olmaysizlarmi?, deydi (G’ofir 40:47).
[2049] Eshitish va ko’rish qobiliyati bo’lsa-da, biroq unga haqiqatni eshitish va ko’rishda foyda bermasa, unday kishiga ham ko’r va kar deb aytiladi (Ibn Atiyya). Imonga quloq solmagan va imonni ko’rmagan odamga ham ko’r deyiladi (Muqotil).
[2050] (Oli Imron 3:103), (Anʼom 6:106), (Aʼrof 7:3), (Yunus 10:15, 109), (Ahzob 33:2), (Zumar 39:55), (Zuxruf 43:43), (Josiya 45:18), (Ahqof 46:9).
[2051] Bu oyatdagi qavm kalimasiga ummat deganlar ham bo’lgan, Rasulullohga ergashgan mo’minlar deganlar ham bo’lgan. zikr kalimasiga esa, shon-sharaf deb maʼno berganlar ham bo’lgan. Qurʼon unga ishonib amal qilgan kishini sharaflanishiga sabab bo’ladi. Uning uchun esa, unga ishonib amal qilish kerak. Lekin, unga ishonmasa, ishonsa-yu, amal qilmasa, bilsinki bu haqida oxiratda javobgarlikka tortiladi. O’xshash oyat: (Anbiyo 21:10).
[2052] (Aʼrof 7:133), (Sajda 32:21).
[2053] (Aʼrof 7:134).
[2054] Makkaliklar ham Muhammad a.s. dan farishta kelishini talab qilishgan (Hijr 15:6), (Furqon 25:7). Biroq, agar farishta ko’rinsa, ularning hukmi o’qilgan, halok etilgan bo’lardi (Anʼom 6:8).
[2055] Ko’z oldilaridagi ikkita haq payg’ambarga ishonmasdan, mo’jizalarini tafakkur qilmasdan, aqlini ishlatmasdan, Firʼavnni aldov va xiylalariga ishonib, zulmiga rozi bo’lib, u bilan birga zulmda davom etgan barchasi unga ergashib dengizda halok bo’ldi. Bu oyatlarda aqlli kishilar uchun ibrat oladigan hodisalar bor.
[2056] Intiqom so’zi Alloh taolo uchun ishlatilgan barcha oyatlarda, zolimlar va jinoyatchilarga munosib jazo berish degan maʼnoda keladi. Yaʼni, Alloh ularning gunohlari uchun ularga munosib jazo berishini, jinoyatlari javobsiz qolmasligi va yovuzliklari jazodan xoli bo’lmasligi bildirgan. Bu intiqom kalimasi Alloh uchun ishlatilganida, qasos oldi yoki o’ch oldi deb bo’lmaydi. Chunki, hech kim Allohga zarar keltirolmaydi. Qasos va o’ch olish esa, keltirilgan zararga nisbatan beriladigan jazo degani. O’xshash oyatlar: (Oli Imron 3:34), (Moida 5:95), (Aʼrof 7:136), (Ibrohim 14:47), (Hijr 15:79), (Rum 30:47), (Zumar 39:37), (Zuxruf 4:25, 41, 55), (Duxon 44:16).
[2057] Makkaliklar bilardiki, Iso payg’ambardan keyin kelgan nasroniylarning baʼzilari, keyinchalik Injilga ilova qilib kirgizilgan iboralardagi ixtiloflar sababli, Isoni ALlohnin o’g’li deb, uni o’zlariga iloh qilib olishgan. Makkaliklar xristianlarning mana shu qilmishlarini Muhammad a.s.ga misol qilib keltirib, ular Allohning o’g’li deb iddao qilayotgan Iso yaxshiroqmi yoki bining ilohlarmi? Holbuki, biz ilohlarni Allohning o’g’li demaymiz. Biz faqat bular bizni Allohga yaqinlashtirsin deb ularga duo-iltijolar va ibodatlar qilamiz (Zumar 39:3), ularga atab qurbonliklar qilamiz deyishgan (Anʼom 6:121).
[2058] Iso alayhissalomga berilgan eng ulug’ neʼmat payg’ambarlikdir. Undan boshqa neʼmatlar ham berilgan.
[2059] Alloh taolo yerdagi hayot kechirishni va unda biri ketib o’rnini yana inson zoti kelib boshqarishini insoniyatga bergan (Baqara 2:30). Yer yuzidagi barcha narsani insonlarning xizmatiga bergan, ularni insonlar uchun yaratgan (Baqara 2:29).
[2060] Bu oyat Muhammad (a.s.) orqali yuborilgan Qurʼon qiyomatning alomati ekaniga ishorat qiladi. Bu oyatda Hazrati Isoning yana dunyoga kelishi haqida hech qanday gap yo’q. Agar shunday bo’lganida “menga ergashinglar” emas, «unga/Isoga ergashinglar» deyilgan bo’lardi. Suraning boshidan beri asosiy mavzu — Qurʼonning haqiqat ekanidir. Shuning uchun oyatdagi “hu” (u) olmoshini Hazrati Isoga emas, balki Qurʼon va Hazrati Muhammad (s.a.v.) ga qaratish to’g’ri bo’ladi. Ko’pchilik tafsirchilar Isoga bog’lasa ham, oyatda Isoning Qiyomatda kelishi haqida hech qanday ishora yo’q. Agar olmoshni Isoga bog’lasak ham, asosiy xabar va urg’u — Iso iloh emas, Allohning bandasi ekanligi va to’g’ri yo’l — Hazrati Muhammad (s.a.v.) ga ergashish ekanidir.
[2061] Oyatlardagi “Menga ergashinglar” deganda, men Rabbimdan keltirgan narsaga (Qurʼonga) ergashinglar degan maʼno chiqadi (Tafsirul-Vasit, Tantoviy). Bu oyatni Iso alayhissalom qiyomatdan oldin qaytib turilib kelishiga aloqador hech qanday bog’liqligi yo’q. agar unday bo’lganida, oyatda “menga ergashinglar” deb emas, Iso kelganida unga ergashasizlar deyilgan bo’lmasmidi?! Holbuki, qiyomatning alomatlari kelib bo’lgan (Muhammad 47:18). Buxoriy keltirgan rivoyatda shunday hadi bor: “Men qiyomat bilan birga mana shu ikkalasi kabi (yonma-yon) yuborildim.” Mana bu deb o’rta va ko’rsatkich barmoqlariga ishorat qilgan. Bundan tashqari, oyatdagi “u” zamirdan murod Muhammad alayhissalom deganlar ham bo’lgan (Tafsiri Saolibiy, ). Zotan u kishi so’ngi payg’ambardir (Ahzob 33:40).
[2062] Mujohid r.a. bu oyatda keltirilgan ixtilof – Tavrotdagi baʼzi iboralarni o’zgartirilganligi haqidagi ixtilofdir degan (Tafsiri Suyutiy). Qurʼoni karim ham o’zidan avvalgi ilohiy kitoblarni tasdiqlaydigan, ularni nazorat qiladigan kitobdir. Undagi o’zgartirilgan joylarini bayon qiladi, yashirilgan joylari bo’lsa oshkor qiladigan kitobdir (Moida 5:48).
[2063] Iso alayhissalomga Tavrot ilmi berilgan va o’ziga Injil kitobi berilgan (Mida 5:110). Unga ishonganlar Injilga amal qilishlari kerak edi.
[2064] Baʼzilar Iso va Onasi Maryamni iloh qilib olgan (Oli Imron 3:55). Baʼzilar uni biz o’ldirdik dedi (Niso 4:157). Hozirda esa, Hozirga kelib, Injilning iboralari o’zgartirilgani va unga baʼzi ilovalar qo’shib qo’yilgani sababli, undagi maʼlumotlar bir-biriga zid keladi. Bir joyda Iso o’lgan desa, boshqa joyda uchib ketgan deyiladi, yana boshqa joyda o’lib qabridan qaytib turilib chiqqan deyiladi. Qurʼon bu ixtiloflarga barham berib, uni hech kim suiqasd qilib o’ldirmagani, u o’z ajali bilan o’lganini maʼlum qiladi.
[2065] Bu oyatga ko’ra, endi nasroniylar kutayotgan Iso kelmaydi. Endi faqat to’satdan qiyomat keladi.
[2066] Taqvo – masʼuliyat uzra do’stlashganlar qiyomatda bir-biriga dushman bo’lmas ekan. Bundan boshqa sifat bilan aloqador bo’lgan har qanday do’stlik oxiratda adovatga aylanar ekan.
[2067] Bu oyatlardan maʼlum bo’ladiki, taqvodor bo’lish uchun avvalo Qurʼonga, undagi oyatlarga shubhasiz ishonish hamda unga – undagi hukmlarga taslim bo’lish kerak.
[2068] Arab tilida juft degan ikki xil maʼno tushuniladi:
1) Oiladagi o’rtog’i:
2) U bilan bir xil hayot kechirgan kishi yoki bir ishda sheriklik qilgan kishi. Bunga (Soffat 37:22) oyat dalil bo’ladi.
[2069] Jannat ahliga yosh va o’zgarmaydigan xizmatkorlar xizmat qiladi (Tur 52:24), (Voqea 56:17), (Inson 76:19).
[2070] Insonlarga dunyoda muhlat beriladi, elchilar yuboriladi, ogohlantiruvchilar yetkaziladi, aql va vijdon beriladi, qalbiga ilhom yetkaziladi. Shunda ham jinoyatda davom etaversa, yaratgan Allohni tan olmay unga qarshi chiqaversa, bunday holatda inson o’ziga o’zi zulm qilgan bo’ladi, o’ziga loyiq oqibatga erishgan bo’ladi. Zotan, inson mangu hayotda qanday hayot kechirishga loyiq ekanini o’zi bilib olishi uchun, dunyo hayotida yashab ko’radi, keyin oxiratda beriladigan hayotdan norozi bo’lishga haqqi qolmaydi. Bu dunyo hayotida kim qanday ekanini yashab ko’rsatib qo’ymoqda.
[2071] Jahannamdagilar o’lishiga ruxsat berilmaydi, o’zlari xohlasalar ham o’lolmaydilar (Fatir 35:36).
[2072] (Infitor 82:10-12).
[2073] Allohni hukmi osmonlarda ham o’tadi (Mulk 67:16-17). Unga osmonlar va yerda hech narsa maxfiy qolmaydi (Oli Imron 3:5), (Yunus 11:61), (Ibrohim 14:38), (Anbiyo 21:4), (Haj 22:70). Osmonlardagi va yerdagi hech kim Uning hukmidan qochib qutulolmaydi (Ankabut 29:22).
[2074] Makka mushriklari o’zlari sig’inadigan but-sanamlarini qiyomatda bizga shafoat qiladi deb ishonar edi (Yunus 10:18). Shuning uchun ularga duo-iltijolar qilardi. Baʼzilari esa, farishtalarni Allohning qizlari der edi (Nahl 16:52). Biroq, Alloh ruxsat bermagan farishtalar hech kimni oqlashga haqli emasligi bildirilgan (Anbiyo 21:28). Shafoat haqidagi oyatlar mana shu oyatlar bilan birgalikda o’qilsa, yana ham tushunarli bo’ladi: (Zumar 39:44), (Najm 53:26). Mahshar kuni hech kim hech kimni shafoat qilmaydi, bunda shubha yo’q (Baqara 2:254), (Infitor 82:19).
[2075] Oyatdagi “qiylihi” iborasida tafsir va eʼrob ulamolari farqli vajhlar keltirgan. Biz ular orasida Imom Zamaxshariyning ko’rishini olib tarjima qildik. Oyatning zohiriy maʼnosi va kelgusidagi oyat shunga dalolat qiladi.
[2076] Mushriklarning johilona haqoratlari, aziyatlari va tuhmatlariga qarshi musulmonlar ham ularga johillik bilan javob qaytarmasligi kerakligi mana shu oyatdan maʼlum bo’ladi. bu oyat hukmi toki musulmonlarga qarshi ochiq jang boshlanmagunga qadar davom etgan. Makkaliklar musulmonlarga qarshi ochiq jang eʼlon qilganida, musulmonlarga himoya uchun dushmanga qarshi jang qilish amri berilgan (Baqara 2:190).
[2077] Duxon surasi Makkada tushgan, 59 oyatdan iborat. Tushish tartibi 64, yozilish tartibi 44.
[2078] Bu harflarga “hurufi muqattoa” va “hurufut-tanbeh” deyiladi. Qurʼoni Karimning bundan boshqa yana 28 ta surasi mana shunday, yaʼni o’quvchi va eshituvchining diqqatini va fikrini jalb qilish uchun arab tiliga xos bir qoida bilan boshlangan. Hurufi muqattoadan keyin keladigan oyatlar asosan Qurʼonning asl mohiyati, mazmuni va o’zidagi usul va qoidalarni, Qurʼonning nozil bo’lishidagi maqsadi va Payg’ambar alayhissalomning Qurʼonga nisbatan yuklatilgan vazifasi haqida bayon qilib beruvchi oyatlar kelgan. Payg’ambar alayhissalomga bularning maʼnolari haqida hech qanday savol berilmagan. Bu esa, u harflarda turli ilohiy sirlar yashirilmaganini, aksincha ularning maʼno va mohiyati ochiq-ravshan bo’lganini bildiradi. Yaʼni tanbeh harflaridir. Demak, bu harflardan qasd qilingan narsa; bulardan keyin o’qiladigan oyatlarga o’quvchi va eshituvchilarning diqqatini jalb qilishdir. O’zbek tilida bu kabi holatlarda “Diqqat! Diqqat!” kalimasi foydalaniladi.
[2079] Qurʼoni Karimning o’zi ham to’liq tushunarli va ochiq-oydin kitob, ichidagi hukmlar, taʼlimotlar, tavsiya va buyruqlar ham aniq-ravshan bayon qilingan. Ichida mujmallik yoki tushunarsizlik yo’q. uni Allohdan kelgani ham aniq. Bunda shubha ham yo’q. shubha qilganlar bo’lsa bu bilan bir xil kitob keltirib ko’rsinlar!
[2080] Bu kecha Qadr kechasidir. U kechada Qurʼon tushish boshlangan, u kechada Allohning osmonlar va yerga aloqador buyruqlari farishtalar orasida ajrim qilinadi. Farishtalar barcha buyruq va vazifalarini arshdan oladi (Yunus 12:103), (Raʼd 13:2), (Sajda 32:5).
[2081] Bu oyat Allohning buyruqlarini olib tushadigan farishtalarni ham, Allohdan payg’ambarlarga vahiy keltiradigan farishtalarni ham o’z ichiga oladi (Fatir 35:1).
[2082] Oyatdagi Rabb kalimasiga Qolun, Varhs, Bazziy, Qunbul, Durriy va Susiy qiroatlariga ko’ra maʼno berdik.
[2083] Abdulloh ibn Abbos bu tutunni ko’rganini, o’shanda juda qattiq ocharchilik kelganini aytgan (Saolibiy va Ibn Kasir). Aloqador oyat: (Yunus 10:46), (Raʼd 13:40).
[2084] (Nahl 16:103), (Furqon 25:4).
[2085] (Zuxruf 43:41, 42).
[2086] (Toha 20:47).
[2087] Arab tilidagi r-j-m moddasidan turlangan kalimalardan toshbo’ron qilish yoki quvib solish degan maʼno chiqadi.
[2088] O’xshash oyatlar: (Toha 20:77), (Shuaro 26:52-63).
[2089] (Shuaro 26:57-59).
[2090] Biron bir qavmni halok bo’lishiga qaror berilganidan keyin, agar ajali yetib kelgan bo’lsa, hech kimga muhlat berilmaydi. Ajal vaqti kelganidan keyingi tavba va amallarning foydasi bo’lmaydi.
[2091] Olamin kalimasi insonlarga nisbatan ishlatilganida asosan zamondoshlari, bir davrda yashagan kishilar, atrofdagilar degan maʼnolarda ishlatiladi. Butun olamlardan degan maʼno bu kabi oyatlarda berilmaydi. Qo’shimcha maʼlumot uchun Ibn Kasir va Tantoviy tafsirlariga qarang.
[2092] Bir vaqtlar Alloh taolo Isroil avlodlarini zamondoshlaridan fazilatli qilib qo’ygan (Baqara 2:47-122).
[2093] (Yunus 10:48), (Naml 27:71), (Josiya 45:25),
[2094] Avvalgi Misr hukmronlariga Firʼavn deyilgani kabi, Yaman qirollariga ham Tubbaʼ deyilgan. O’sha qirollar orasida mana shu oyatda keltirilgan Qirol musulmon bo’lgani, biroq qavmi kofir bo’lgani uchun halok etilgani aytiladi (Suyutiy Tafsiri).
[2095] Bu oyat inkorchi va maishatparastlarga qavmlarga tahdid va ogohlantiruvdir. Agar Allohdan qo’rqmay jinoyat va zulmlarini davom ettiraversa, o’zlaridan katta qavmlarni halok qilib yuborilganidek, ularni ham halok qilib yuborish mumkinligini bildirib qo’yilgan.
[2096] (Oli Imron 3:191), (Anbiyo 21:16).
[2097] Haq deganda, bir ishning natijasida uni qilgan kishi maqtaladigan narsadir. Botil esa, o’sha ishi uchun yomonlanadigan narsadir. Borliqlarni yaratgan Allohga olqishu maqtovlar bo’lsin! U hamma narsani go’zal va mukammal yaratgan.
[2098] Ularning ko’pi deganda, butun insoniyatning ko’pi yoki Makkaliklarning ko’pi degan maʼno tushuniladi.
[2099] (Soffat 37:21), (Mursalat 77:13,14,37), (Nabaʼ 78:17).
[2100] Bu oyatdagi “mavlo” kalimasi yaqin do’st, himoya qiluvchi, qarindosh kabi maʼnolarni o’z ichiga oladi. Yaʼni, hech kim hech kimga yordam berolmaydi (Baqara 2:48,123), (Anʼom 6:164), (Isro 17:15), (Luqmon 31:33), (Fotir 35:18), (Zumar 39:7), (Zuxruf 43:67), (Najm 53:38), (Mumtahina 60:3), (Maorij 70:10), (Abasa 80:34-37). Faqatgina Alloh marhamat qilgan bandalarga yordam beriladi.
[2101] (Isro 17:60), (Soffat 37:62).
[2102] (Kahf 18:30, 31).
[2103] Arab tilidagi “zavvaja” iborasi baʼzi o’rinlarda uylantirib qo’yish va nikohlab berish maʼnosida (Ahzob 33:37), baʼzi o’rinlarda esa, qo’shib qo’yish, qo’shib berish, juft-juft qilib berish degan maʼnolarda ishlatiladi (Sho’ro 42:50), (Takvir 81:7). Bu kabi ayol suratidagi xizmatkorlar jannatda xotinlik uchun berilmaydi. Bular jannatdagi erkaklarga ham ayollarga ham xizmatkor sifatida va hamroh sifatida beriladi. Qurʼoni Karimning hech bir oyatida, hurlar erkak kishilarga xotin qilib beriladi degan joyi yoq. Hurlar haqidagi o’xshash oyatlar: (Soffat 37:48), (Tur 52:20), (Rohman 55:56, 72), (Boqea 56:22).
[2104] Xotirjam deganda shu narsalar tushuniladi: jannat mevalari tugab qolmaydi, bundan xavotir olmaydilar, Jannatda ularga biron bir musibat yetmaydi, bunga amin bo’ladilar (Aʼrof 7:49), ularga jannatda berilgan xizmatkorlar va noz-neʼmatlar ham ular bilan birga mangu qoladi (Voqea 56:17), (Inson 75:19).
[2105] Bu oyatdagi “mavt – o’lim” kalimasiga, baʼzi mufassirlar (Anʼom 6:60), (Zumar 39:42) oyatlarni dalil qilib, uyqu deb maʼno berishgan. Arab tili so’zligida ham baʼzan shu maʼnoda qo’llaniladi (Mufradot). Agar bu maʼnoni olsak, jannatda ham uxlab dam olish bor degan maʼno chiqadi. Oyat matni bu maʼnoni ham qo’llab quvvatlaydi.
[2106] Arab tilidagi “tazakkaro” feliga baʼzan eslatma olish, eslash, nasihat olish, eslatmaga rioya qilish kabi farqli maʼnolar ishlatiladi (Raʼd 11:19), (Fatir 35:37), (Zoriyat 79:35), (Fajr 89:23). Ibn Kasir bu iborani tafsir kitobida “tushunib amal qilsinlar” shaklida ochiqlab keltirgan.
[2107] Qulaylashtirdik deganda, o’qishni va tushunishni oson qilib qo’ydik degani bo’ladi. Chunki, Qurʼon ochiq-oydin va tafsilotli kitobdir (Hijr 15:1), (Yasin 36:69), (Hud 11:1), (Fussilat 41:3). Qurʼon tushunarsiz degan odam Qurʼonga nisbatan yolg’on gapirgan bo’ladi va o’zini johil ekanini namoyon qilgan bo’ladi. Allohmi rost so’zlovchi yoki gunohkor insoni?! Alloh rost so’zlovchidir (Oli Imron 3:95). Oʼxshash oyatlar: (Maryam 19:97), (Qamar 54:17, 22, 32, 40).
[2108] Bu oyat Muhammad alayhissalomga vaʼda, kofirlarga esa tahdiddir. Payg’ambar alayhissalom o’ziga berilgan nusrat va bashoratlarni kutadi, kofirlar esa o’zlariga tahdid qilingan azoblarni kutadi.
[2109] Josiya surasi, Makkada tushgan, 37 oyatdan iborat. Tushish tartibi 65, yozilish tartibi 45.
[2110] Bu harflarga “hurufi muqattoa” va “hurufut-tanbeh” deyiladi. Qurʼoni Karimning bundan boshqa yana 28 ta surasi mana shunday, yaʼni o’quvchi va eshituvchining diqqatini va fikrini jalb qilish uchun arab tiliga xos bir qoida bilan boshlangan. Hurufi muqattoadan keyin keladigan oyatlar asosan Qurʼonning asl mohiyati, mazmuni va o’zidagi usul va qoidalarni, Qurʼonning nozil bo’lishidagi maqsadi va Payg’ambar alayhissalomning Qurʼonga nisbatan yuklatilgan vazifasi haqida bayon qilib beruvchi oyatlar kelgan. Payg’ambar alayhissalomga bularning maʼnolari haqida hech qanday savol berilmagan. Bu esa, u harflarda turli ilohiy sirlar yashirilmaganini, aksincha ularning maʼno va mohiyati ochiq-ravshan bo’lganini bildiradi. Yaʼni tanbeh harflaridir. Demak, bu harflardan qasd qilingan narsa; bulardan keyin o’qiladigan oyatlarga o’quvchi va eshituvchilarning diqqatini jalb qilishdir. O’zbek tilida bu kabi holatlarda “Diqqat! Diqqat!” kalimasi foydalaniladi.
[2111] Tabiat Allohning yaratgan oyatlaridir, Qurʼon esa nozil qilgan oyatlari. Har ikkalasini ham egasi yagona Alloh bo’lgani uchun, u ikkalasi o’rtasidagi qonunlarda nomunosiblik va ziddiyat yo’q. tabiatni o’rgangan inson ham Qurʼonni o’rgangan inson ham Allohning yaratuvchi va yagona zot ekanini anglab yetadi. Tabiat ilmini o’rgangan inson ham Allohning ilmidan O’zi munosib bilgancha nasiba olgan bo’ladi (Baqara 2:255).
[2112] 3,4 va 5-oyatlar so’ngida “ishonuvchi”, “qatʼiy ishonuvchi” va “uqib-o’rganuvchi” shaklida farqli iboralar keltirildi. 3- oyatda ishonuvchilar dedi. Demak, osmonlar va yerni borligining o’zi, uni yaratuvchisi borligiga dalolat qiladi. yaratuvchiga ishonmoqchi bo’lganlarga uchun dalil sifatida yer va osmon yetarli dalildir. 2-oyatda qatʼiy ishonuvchilar dedi. Demak, inson o’zini yaratilishiga nazar solib, o’zidagi yaratilish qonunlarini tafakkur va tadabbur qilsa, yer yuzidagi tirik mavjudotlarni yaratilishini, ularni buyuk bir kuch va qonun asosida hayot kechirayotganini, ularni kimdir boshqarib turganini, bu narsalarning yaratilishi behuda emas, balki katta bir haq maqsadda yaratilgani haqida fikr qilsa, Allohga bo’lgan imon-ishonchi ziyoda bo’ladi, imonida qatʼiyat va sabot hosil bo’ladi. Allohga bo’lgan imonini mustahkamlash uchun dalil sifatida buning o’zi kifoya qiladi. 5-oyatda uqib o’rganadiganlar deb keltirdi. Demak, bir inson Alloh tabiat va undagi narsalarni O’z ilmi va qudrati asosida yaratganini ilmiy asosda bilmoqchi bo’lganlarga, mana shu tabiatda sodir bo’layotgan narsalar ustida izlanish olib borishi, unga ilmiy dalil-isbot sifatida kifoya qiladi. mana shu uchta oyatni yaxshilab tushunib aql yuritadigan insonlarning imonlari va ilmlari ziyoda bo’ladi. zero, osmonlaru yer va ulardagi narsalar haqida tafakkur qilish, har bir aqlli mo’minning maʼnaviy ozuqasi va imonining jilovidir (Oli Imron 3:190, 191).
[2113] (Baqara 2:164).
[2114] Oyatdagi “bil-haqq” iborasi jumladagi yo foildan yoki mafʼuldan hol bo’ladi. Shuning uchun, “haqli ravishda” yoki “haqiqatlarni o’z ichiga olgan kitob” deb tarjima qilsa ham bo’ladi.
[2115] Barcha borliqlarni yaratgan Egasining so’zlariga ishonmasalar, yana qanday so’zga ishonadi kofirlar?! Allohning so’zlari turganida, uni qo’yib yana kimning so’ziga imon keltiradi bu zolimlar?! So’zlarning eng go’zali va eng ishonchligi Allohning so’zlari emasmi?! Albatta, eng go’zal so’z Allohning so’zidir (Zumar 39:23).
[2117] (Aʼrof 7:3, 30), (Kahf 18:102), (Ankabut 29:51), (Zumar 39:3), (Sho’ro 42:9,46), (Ahqof 46:32).
[2118] Kofirlik deganda tan olmaslik, ishonmaslik, inkor qilish degan maʼnolar chiqadi.
[2119] (Nahl 16:14), (Fotir 35:12).
[2120] Allohning kunlari deganda, Allohni mo’minlarga vaʼda qilgan kunlari, kofirlarga tahdid qilib oogohlantirgan kunlari degan maʼno tushuniladi.
[2121] Oyatda biron bir shaxsga nisbatan qilingan jinoyat, tajovuz, zulm yoki shu kabi huquqbuzarlik holatlari aytilmagani, hamda kelgusidagi oyatda har bir insonni qilgan yaxshi yoki yomon ishi o’zining foydasi yoki zarariga ekani keltirilganidan kelib chiqib, bu oyatdagi mag’firat so’ziga “parvo qilmaslik” deb maʼno berdik. Buni ulardan yuz o’girishlik deb tushunsa ham bo’ladi. Zero buni boshqa bir ibora bilan ochiqlab keltirilgan oyatlar bor: (Anʼom 6:106), (Hijr 15:94).
[2122] Isroil Yaʼqub payg’ambarning laqabidir. Isroil avlodlari deganda u kishining zurriyodi tushuniladi. Yaʼqub alayhissalomdan keyin to Iso alayhissalomgacha ular orasidan juda ham ko’plab payg’ambarlar kelgan, ularga kitoblar berilgan. Har bir payg’ambar kelgan davrda u va uning ummatlari o’z davridagi insonlardan afzal bo’lgan. bunga o’sha payg’ambarlar va ularga berilgan ilohiy kitoblar bo’lgan. Yusuf, Dovud, Sulaymon, Muso, Horun, Zakariyo, Yahyo va Iso alayhissalomlar aynan Isroil avlodidan kelgan payg’ambarlardir.
[2123] Bu oyatdagi hukm kalimasidan hikmat, yaʼni to’g’ri hukm chiqara olish qobiliyati, dinni tushunish salohiyati va iqtidori degan maʼnolar tushuniladi.
[2124] Ixtilof – har kim o’z holatida yoki so’zida boshqasining yo’lidan alohida boshqa bir yo’l tutishidir (Mufradot). Bitta dindagi insonlarning ixtilofi nizo, ziddiyat, muxoliflik, qarama-qarshilik, ittifoq qilmaslik kabi maʼnolarda keladi. Jonsiz narsalardagi ixtilof esa, rangi, navi, tusi va shaklidagi farqlilikni anglatadi yoki almashuvini bildiradi. Masalan, ixtiloful-layli van-nahori deganda, kecha bilan kunduzni almashib turishi tushuniladi. Shuning uchun, ixtilof kalimasiga jumladagi maʼno oqishiga qarab maʼno beriladi. Bu oyatdagi ixtilof – dindagi aniq hujjati bor narsaga qarshi harakat qilish, bitta dinda bo’la turib, bir-biriga qarshi chiqish degan maʼnolarni anglatadi.
[2125] Shariat – so’zlikda suvga olib boradigan yo’l degani. Suv inson hayoti uchun eng zaruriy moddadir, tiriklikning ajralmas bir bo’lagidir. Suv hayotni to’g’ri va davomli bo’lishida asosiy va katta ahamiyatga ega bo’lgani uchun, ilohiy shariat ham shunday bo’ladi. mana shu boqishdan kelib chiqib, shariat istilohiy maʼnoda inson hayoti tinch va farovon ravishda davom etish yo’lini ko’rsatib beradigan, insoniyat uchun axloqiy va amaliy hayot tizimini ko’rsatib beradigan “qonun”, “huquq”, “diniy va dunyoviy nizom”, “hayotiy buyruqlar”, degan maʼnolarni anglatadi.
[2126] Payg’ambar alayhissalomning shariati Qurʼondir. U kishi Qurʼonga amal qilishi buyurilgan (Anʼom 6:50, 106), (Aʼrof 7:203), (Yunus 10:15, 109), (Ahzob 33:2), (Ahqof 46:9).
[2127] Bilmaydiganlarda deganda faqatgina bilimsiz kishilarga emas, balki bilgan narsasiga amal qilmaydigan yoki bilgan narsasi haqida tafakkur qilmaydigan kishilar uchun ham ishlatiladi. Chunki, avvalgi oyatlarda o’zlariga ilm kelganidan keyin ham ixtilof qilganlar haqida bayon qilindi. Demak, ixtilof, nizo va jaholatning sababi faqat ilmsizlik emas, hasad, kibr va qaysarlik ham sabab bo’ladi.
[2128] Kimki Allohning kitobi Qurʼon va undagi aniq hujjat bo’la turib, zolimlarning orzu-havaslariga ergashsa, shu qilmishi uchun agar Alloh unga bir musibat yuborsa, o’sha zolimlar unga hech qanday yordam berolmaydi, hech narsada asqatmaydi. Shariatga amal qilmagan – zolimlar bir-birining do’stlaridir. Alloh taqvodorlarga do’stdir.
[2129] Basoir kalimasi “ko’rsatmalar” degan maʼnoni ham anglatadi. O’xshash oyat: (Aʼrof 7:203)
[2130] Ilm asosida deganda ikki xil maʼno chiqadi: Alloh u isnonni aslo hidoyatga kelishni xohlamayatganini bilib adashtirdi degan maʼno yoki, Alloh unga haq bilan botilni bildirib qo’yganidan keyin adashtirdi degan maʼno chiqadi. Yaʼni, Alloh hech kimni o’ziga bildirmay adashtirmaydi. Zalolatni tanlagan bandasiga zalolat yo’lini ochib beradi.
[2131] (Maryam 19:68-72).
[2132] (Isro 17:13, 14).
[2133] Bu oyatda Allohga nisbatan ishlatilgan arab tilidagi “nasiya” iborasiga “eʼtiborsiz qoldirish” deb maʼno berdik. Yaʼni, xuddi unutilgandek muomala qilamiz degani bo’ladi. Bu bir kinoya uchun ishlatilgan. Asl maʼnosi unutish bo’ladi. Allohga nisbatan unutish kalimasi ishlatilmaydi. Chunki U unutmaydi (Maryam 19:64), (Toha 20:52, 126), (Aʼrof 7:51), (Tavba 9:67), (Cajda 32:14), (Hashar 59:19).
[2134] Rozi qildirish talab qilinmaydi deganda, tavba imkoni ham, ortga qaytish imkoni ham, yaxshi ish qilib olish imkoni ham berilmaydi. Yaʼni, Allohni rozi qilishga imkon berilmaydi.
[2135] Ahqof surasi, Makkada tushgan, 35 oyatdan iborat. Tushish tartibi 66, yozilish tartibi 46.
[2136] Bu harflarga “hurufi muqattoa” va “hurufut-tanbeh” deyiladi. Qurʼoni Karimning bundan boshqa yana 28 ta surasi mana shunday, yaʼni o’quvchi va eshituvchining diqqatini va fikrini jalb qilish uchun arab tiliga xos bir qoida bilan boshlangan. Hurufi muqattoadan keyin keladigan oyatlar asosan Qurʼonning asl mohiyati, mazmuni va o’zidagi usul va qoidalarni, Qurʼonning nozil bo’lishidagi maqsadi va Payg’ambar alayhissalomning Qurʼonga nisbatan yuklatilgan vazifasi haqida bayon qilib beruvchi oyatlar kelgan. Payg’ambar alayhissalomga bularning maʼnolari haqida hech qanday savol berilmagan. Bu esa, u harflarda turli ilohiy sirlar yashirilmaganini, aksincha ularning maʼno va mohiyati ochiq-ravshan bo’lganini bildiradi. Yaʼni tanbeh harflaridir. Demak, bu harflardan qasd qilingan narsa; bulardan keyin o’qiladigan oyatlarga o’quvchi va eshituvchilarning diqqatini jalb qilishdir. O’zbek tilida bu kabi holatlarda “Diqqat! Diqqat!” kalimasi foydalaniladi.
[2137] Oyatdagi haq kalimasiga “to’g’ri maqsadda” yaratdik deb maʼno bersa ham bo’ladi. yaʼni, behudaga, bekordan-bekor yaratmagan.
[2138] (Fotir 35:40).
[2139] Meni Allohga yaqinlashtiradi deb yoki, qiyomatda menga shafoatchi bo’ladi deb yoki, Allohning sifatlaridan biri unda ham bor, shuning uchun duomda uni ham zikr qilsam duom qabul bo’ladi deb duo va iltijolarida nomlarini zikr qilayotgan kimsalari, duo qilayotganlarga javob qaytarib yordam berish tugul, hatto ularning duolaridan ham g’ofildir, bexabardir. Allohni qo’yib iltijo qilingan kimsalar o’zlariga iltijo qilganlarni tan olmaydi (Yunus 10:29).
[2140] 5-oyatda Allohdan boshqasiga yoki Alloh bilan o’zini o’rtasiga qo’yib kimgadir duo qilgan kishining duosini, 6-oyatda ibodat deb keltirdi. Demak, Allohdan boshqasiga duo qilish, o’sha kishiga ibodat qilgandek katta gunoh bo’ladi. buni shirk deb ataladi. Insonlar aslida boshlariga bir musibat kelib qolsa darhol Allohga iltijo qilib qoladi (Anʼom 6:14).
[2141] Risolat davrida bo’lganidek hozirgi kunimizda ham banu Isroil/yahudiylar orasidan bir-qancha ilmliklari Qurʼondagi vaʼda va tahdidlar, payg’ambarlar tarixi, Yaratgan zot O’zini tanitishi kabi asosiy masalalarda aynan bir xil ekaniga shohid bo’lib, imon keltirmoqda va Qurʼon haq kitob ekanini tasdiqlamoqda. Yahudiy va boshqa din mansublari orasidagi ilmsizlar esa mutaassiblik va mutakabbirlik ila kofirlik qilmoqda. Aslida odamlar har bir masalada o’sha ishning mutaxassisiga va o’sha ishni yaxshi biladigan ilmli kishiga itoat qilishlari kerak bo’ladi. Xuddiki tishi og’rigan kishi tish shifokorining ilmu hikmati va tajribasiga, bino qurmoqchi bo’lgan kishi uy quruvchi ustaning ilmu hikmati va tajribasiga itoat qilishi kerak. Aks holda, tishi tuzalishni o’rniga battar yomonlashadi, uyi uzoqqa bormay qulab tushadi. Yusuf payg’ambar bilan saroydagi ayol o’rtasidagi voqeaga ham bir bilimli va tafakkurli inson guvohlik qilib, masalaga oydinlik kiritgan edi (Yusuf 12:26).
[2142] Ilohiy kitobni rahbar va rahmat bo’lishi uchun, unga ishonish va amal qilish kerak. Ishonmagan yoki unga amal qilmaganlarga esa, u faqat ziyon orttiradi (Isro 17:82).
[2143] Har bir payg’ambarning kitobi, payg’ambar o’z qavmiga yaxshilab ochiqlab berishi uchun, uning o’z ona tilida tushunarli holatda tushirilgan (Ibrohim 14:4). Demak, avvalgi ilohiy kitoblar arab tilidan boshqa tillarda tushirilgan.
[2144] Mo’minlar oxirat hayotida aslo qo’rqmay va g’amga tushmay yashaydi (Zuxruf 43:68), (Aʼrof 7:49). Ularning joni uzilayotganida ham qo’rqmaydilar va g’amga tushmaydilar (Fussilat 41:30).
[2145] Bu buyruq to Odam alayhissalom zurriyodidan boshlangan. Bu oyat, inson o’zining yoshi qirqqa borgacha, ota-onalik hissini, uning mashaqqatini, bolani tarbiyalab o’stirish qanday qiyin va masʼuliyatli ekanini anglab, keyin o’z ota-onasiga yana ham shafqatli va marhamatli bo’lib qolishini eslatadi. Bundan tashqari, farzandning yoshi qirqqa to’ldi degani, uning ota-onasi anchagina yoshi ulg’ayib qolganini bildiradi. Dema, bunday yoshdagi ota-onalarga imkon boricha marhamat qilish, xizmatiga shay bo’lish va doimo haqlariga duo qilish kerak (Ibrohim 14:41), (Nuh 71:28). Ota-onaga yaxshilik qilish haqidagi o’xshash oyatlar: (Baqara 2:83), (Niso 4:36), (Anʼom 6:151), (Isro 17:2, 24), (Maryam 19:14, 32), (Ankabut 29:8), (Luqmon 31:114).
[2146] Ibrohim va Ismoil alayhissalomlar ham kelajak zurriyodi haqqiga shunday duo qilishgan: (Baqara 2:128).
[2147] Alloh shunday vaʼda qilgan: “Sizlarga taqiqlangan gunohlarning kattalaridan saqlansangiz, sizlardan (boshqa) gunohlaringizni yo’q qilib yuboramiz va sizlarni hurmatli bir joyga joylaymiz.” (Niso 4:31)
[2148] Bu oyatdagi yo’ldan chiqishlik kofirlikka ishorat qiladi. Buni yana bir oyatda ochiqlab berilgan: (Ahqof 46:34)
[2149] Ahqof vodiysi haqida farqli qarashar bor. Kimdir uni Ummonga yaqin bir joy degan, kimdir Yaman tuproqlari degan.
[2150] Ilohiy xabarga taslim bo’lmay, ota-bobolarining dinlaridan voz kechishni xohlamagan ko’plab kofir kimsalar, taqlidiy yo’ldan aqliy yo’lga o’tolmay jaholatda qolib ketgan. O’xshash oyatlar: (Aʼrof 7:70), (Yunus 10:78).
[2151] Inson qachonki aql yuritsa, tafakkur qilsa va samimiy bo’lsa manfaatli ilm hosil bo’ladi. Qaysarlik inson boshiga balo keltiradi. Ular Allohning oyatlariga qaysarlik qilishgani, uni inkor qilishgani 26-oyatda keltiriladi.
[2152] Arab tilida “nafar” kalimasi uchdan o’ngacha, baʼzan o’ndan qirqqacha bo’lgan bir kichik jamoaga ishorat qiladi. O’xshash oyatlar: (Kahf 18:34), (Jin 72:1, 2)
[2153] Oyatda kelgan «yaʼya — “يعي kalimasi nochor ahvolga tushmagan, tushkunlikka tushmagan, charchamagan kabi maʼnolarni anglatadi. O’xshash oyatlar: (Luqmon 31:28), (Qof 50:15, 38), (Voqea 56:62)
[2154] (Yunus 10:45), (Toha 10:20, 103), (Muʼminun 23:112-114), (Rum 3055), (Noziot 79:46).
[2155] Muhammad surasi, Madinada tushgan, 38 oyatdan iborat. Tushish tartibi 95, yozilish tartibi 47.
[2156]Allohning yo’lidan to’sish deganda, insonlarni Ilomga kirishiga qarshi chiqish, Islomni keng yoyilishiga qarshi chiqish, Islomga amal qilishga qarshi chiqish kabi maʼnolar tushuniladi.
[2157]O’zini mo’minman deb iddao qilsa-yu, lekin Alloh va Rasuliga, Qurʼonga va undagi hukmlarga qarshi chiqsa, yoki mo’minman desa-yu, insonlarni Allohning dinidan – islomdan to’ssa, unga qarshilik qilsa, u insonning qilgan amallari bekor bo’lib ketadi, hech qanday mukofot ololmaydi.
[2158]Jang yakuniga yetmay turib asir olish (Anfol 8:67, 68) oyatlarida ham taqiqlangan. Uhud janggida Rasululloh aytib tursa ham, musulmonlar bu oyatlarga amal qilish kerakligini unutib qo’yishgan. Natijada, Allohdan qattiq ogohlantirish olishgan.
[2159]Bu oyat va (Anfol 8:67) oyat, Islom joriyalik va qullikka qarshi ekani, insoniyatdan qullik va joriyalikni yo’q qilish kerakligiga ishorat qiladi. Chunki, jangda qo’lga olingan erkak yoki ayol asirlarni yo to’lovsiz holda yoki fidya olish orqali ozod qilib yuborilishi kerakligi bildirib o’tilmoqda.
[2160] (Anfol 8:57).
[2161]Yetti qiroat orasida bu oyatdagi “qutilu” iborasini “qotalu” shaklida o’qiganlar ham bor. Bunda maʼno “Alloh yo’lida jang qilganlarning amallari” shaklida bo’ladi. Zero, Alloh yo’lida jang qilib, jangdan omon chiqsa ham, yoki vafot etib shahid bo’lsa ham, unday kimsalarning amallari aslo zoye bo’lmaydi.
[2162]Alloh chin mo’minlarga yordam beradi. (Haj 22:40), (Rum 30:47), (G’ofir 40:51).
[2163]Yaʼni, dinda mustahkam pozitsiyada turishga imkon beradi, jangda g’olib kelishda yordam beradi, oxiratda savol-javobdan o’tishda yordam beradi. buning uchun Allohning diniga qo’lidan kelganicha yordam berish kerak. Dinni yoyishga, Allohning so’zlarini oliy qilishga hissa qo’shish kerak.
[2164]Qurʼonni yoqtirmaslik kufr ostonasidir. Kofirlik ana shundan boshlanadi. Yana bir eshigi dunyo hayotini oxirat hayotidan ustun qo’yishdir (Ibrohim 14:3), (Nahl 16:107).
[2165]Qurʼoni Karimda bu oyatning boshida keltirilgan “afalam yasiyru” iborasi yetti marta: (Yusuf 12:109), (Haj 22:46), (Rum 30:9), (Fotir 35:44), (G’ofir 40:21, 82) va ushbu surada keltirilgan. Bu kalimadan uch xil maʼno chiqadi:
- Agar sayr qilganlarida, ularning avvalgi kofirlarning boshiga qanday kunlar tushganini ko’rishgan bo’lardi.
- Sayr qilib, avvalgi kofirlarning boshiga qanday kunlar tushganini ko’rsinlar.
- Axir sayr qilib, avvalgi kofirlarning boshiga qanday kunlar tushganini ko’rdlar-ku! Yaʼni, tavsiya, buyruq va xabar maʼnosida keladi.
[2166]Makkaliklardan oldin o’sha mintaqalarda yashagan Od, Samud va Nuh alayhissalom qavmi mutlaqo halok bo’lib ketgan.
[2167]Kofirlar boshida balo kelganida, ularni hech kim qutqarib qololmaydi, yordam berolmaydi.
[2168]O’tmishdagi kofir qavmlarni halok etilgani haqidagi o’xshash oyatlar: (Rum 30:9), (Fotir 35:44), (G’ofir 40:21, 82), (Zuxruf 43:8), (Qof 50:36).
[2169]Qurʼondagi haqqa ergashgan kishi bilan, undan ko’r bo’lib olgan kishi bir xil bo’lmaydi. Jannat ahli bilan jahannam ahli bir xil bo’lmaydi (Raʼd 13:19), (Hashr 59:29).
[2170]Jannat sharobi haqidagi yana bir oyat: (Soffat 37:47).
[2171]Qurʼon ilmi berilgan sahobalardan eng mashhurlari Abdulloh ibn masʼuddir (Muqotil va Suyutiy).
[2172]Ular kofirlik qilib turib olishgani uchun, Qurʼonni avvalgilarning afsonalari degani uchun, Qurʼondan yuz o’girib qochishgani uchun, hamda o’zlarini shunday ekanini tan olishgani uchun, Alloh ularga tamg’a urib qo’yadi (Baqara 2:6, 7), (Anʼom 6:25), (Isro 17:46), (Kahf 18:57), (Fussilat 41:5). Endi, to tavba qilmaguncha hidoyatga musharraf bo’lmaydilar, tamg’adan qutulolmaydilar.
[2173]Muhammad alayhissalomdan tortib barcha sahobalar avvalo Qurʼonga va undagi oyatlarga imon keltirib mo’min bo’ldilar, unga taslim bo’lib, uni hayotlariga tatbiq qilib musulmon bo’ldilar (Baqara 2:286). Endi, to qiyomatgacha keladigan insonlarga musulmonlar Qurʼon bilan daʼvat qilishlari kerak.
[2174]Qurʼon unga ishongan mo’minlarning imonini ziyoda qiladi (Anfol 8:2), (Tavba 9:124). Qurʼonga ishonmagan, taslim bo’lmagan yoki unga amal qilishni xohlamagan kishilarning esa nafratini va kofirligini ziyoda qiladi (Isro 17:41, 46)
[2175]Bu va bunga o’xshash oyatlarning dalolat qilishicha, qiymat to’satdan keladi. Uni qachon kelishini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi. Zero, uning alomatlari kelib bo’ldi. Muhammad alayhissalomning so’ngi payg’ambar bo’lib kelishi buning yorqin misolidir. O’xshash oyatlar: Anʼom 6:31,47), (Arof 7:187), (Yusuf 12:107), (Anbiyo 21:40), (Haj 22:55), (Shuaro 26:202), (Ankabut 29:53), (Zumar 39:55), (Zuxruf 43:66).
[2176]O’limi kelib qolgan insonning hamda boshiga balo kelib halok bo’layotgan insoniing tavbasi qabul bo’lmagani uchun (Niso 4:18), (Anʼom 6:158), (Yunus 10:90), qiyomat boshlanganidan keyin hech kimning tavbasi qabul bo’lmaydi.
[2177]Bu va boshqa oyatlardagi kabi “bil” amri, bilgan narsangda mahkam tur kabi subut va qarorlilikni anglatadi.
[2178] (G’ofir 40:55), (Nasr 110:3).
[2179]Avvalgi ummatlarda ham jangdan bosh tortganlari bo’lgan: (Baqara 2:246).
[2180]Jang haqidagi oyatlar nozil bo’lganida, qalblarida marazi bor – munofiqlar turli bahonalar qilib, axir jang buzg’unchilk-ku, ikki tarafdagi qarindoshlarning bir-biriga qarshi chiqishi bo’lib qoladi-ku, kabi vajhlar keltirishgan edi. Alloh tolo munofiqlarning asl yuzini fosh etib, jang qilmagan taqdirda ham, ularo’zlari yashab turgan yurtlarida buzg’unchiliklar qilish orzusida ekanini, shaxsiy manfaatlari yo’lida qarindosh-urug’chilik rishtalariga ham rioya qilmasliklarini bildirib qo’ymoqda. Risolatdan keyingi ilk jang musulmonlarning Makkadagi talon-taroj qilingan mol-davlatlarini qaytib olish maqsadidagi safari sababli sodir bo’lgan. Aslida, Makka mushriklari jangni birinchi boshlashgan.
[2181]Qulog’i bo’laturib haqni eshitmasa, ko’zi bo’laturib haqni ko’rmasa, unday kimsalar maʼnan kar va ko’r hisoblanadi.
[2182] (Niso 4:82), (Muʼminun 23:68), (Sod 38:29).
[2183]Baʼzi imoni zaif insonlar ertaga bu ishimdan qaytaman, shundan keyin tavba qilaman, bundan keyinn o’zimni tuzataman deb, shaytonni vasvasasiga uchrab, yolg’on va asossiz muhlatga ishonib qoladi. Zero, inson qachon o’lishini bilmaydi. Shuning uchun, tavba imkoni kelmay qolishi mumkinligini unutmasligi kerak. Hoziroq tavba qilib, o’zini tuzatishi kerak.
[2184]Bu oyatlar musulmonlar orasida o’zlarini musulmon qilib ko’rsatgan, lekin Islom va musulmonlarni tarafini olishi hamda yordam berishi kerak bo’lgan vaqtlarda Islom va musulmonlarni emas, balki Islomgni yomon ko’radigan kimsalarning tarafini oladigan va ularga har bir buyrug’iga bo’lmasa-da, ayrim buyruqlariga itoat qiladigan munofiqlar haqida nozil bo’lgan.
[2185]Alloh haqida yolg’on gapirgan, Allohdan boshqasiga ibodat va duo qiladigan, kofirlik qilgan, zolimlik qilgan insonlarni farishtalar jonlarini olayotganida juda qattiq muomala qiladi (Anʼom 6:93), (Aʼrof 7:37), (Anfol 8:50), (Nahl 16:28). Alloh va Rasuliga ishonib, hayotda yaxshi inson bo’lib yashaganlarning jonlarini olayotganida esa, eng chiroyli shaklda muomala qiladi (Nahl 16:32).
[2186]Agar munofiqlarning sirlari bu dunyoda fosh bo’lmasa, oxiratda baribir fosh bo’ladi va qalblaridagi nafratlari va nifoqlari uchun ham Allohga javob beradi (Baqara 2:284), (Toriq 86:9), (Odiyat 100:10).
[2187]Munofiqlar haqni dangal aytolmaydi, gap gapirganida ham insonlar qiynalib tushunadigan qilib gapiradi, turli maʼnolarga burib olsa bo’ladigan qilib gapiradi.
[2188]Jihod – dushmanni, shaytonni yoki o’z orzu-istaklariga qarshi chiqib, Allohning buyruqlarini bajarish uchun qilingan har qanday faoliyatdir (Mufradot.) Shuning uchun, oyat mazmuni dushmanga qarshi jang haqida bo’lsa jihod kalimasiga jang deb, agar boshqa har qanday fidokorlik talab qiladigan masala bo’lsa Alloh yo’lida kurashish yoki Alloh yo’lida fidokorlik qilish deb tarjima qilinadi.
[2189]Bu oyat, Allohning dinidan boshqalarni to’sganlarni ham, o’zini to’sgan kishini ham o’z ichiga oladi. Yaʼni, birovni dindan qaytarish ham, o’zini dinga amal qilmasligi ham bir xil gunoh.
[2190] Musulmon bo’la turib insonlarni Islomdan Islomga amal qilishdan to’ssa, Rasululloh tutgan yo’lga qarshi bo’lsa, unday kimsalarning so’zda musulmon ekani eʼtiborga olinmaydi; Alloh ularning amallarini bekor qilib yuboradi. Chunki, endi ular imondan keyin yana kufr sari ortga qaytayotgan murtadlar bo’ladi. Bu oyatlar Muhammad alayhissalomdan oldin avvalgi ilohiy kitoblarga imon keltirgan ahli kitoblarga ham, Muhammad alayhissalom kelganidan keyin o’zini musulmon deb hisoblaydigan kishilarga ham tegishli.
[2191]Bu oyat ham, Alloh va rasuliga itoatsizlik bir navi kofirlik va murtadlik ekanini bildiradi. Chunki, musulmonning amali imondan kufrga qaytsa habata bo’ladi. unday kimsalarga murtad deyiladi. Kofirlikka faqatgina ishonmaslik sabab bo’lmaydi, itoatsizlik ham katta sababdir. Laʼnati Iblis Allohga ham ishongan, oxiratga ham ishongan, farishtalar ham ishongan. Lekin itoatdan bosh tortgani va itoatdan o’zini ustun tutib, tuli bahonalar qilgani uchun kofir bo’lgan (Baqara 2:34). Shayton hatto kofir bo’lib la
Natlanganidan keyin ham Allohga ishonmay qo’ymagan, oxiratga bo’lgan ishonchidan ham ayrilmagan (Aʼrof 7:4).
[2192]Imon va Islom neʼmatiga nonko’rlik qilish ham, Allohni yagona iloh ekanini tan olmaslik ham kufrdir.
[2193] Vatanni dushman hujumidan himoya qilayotgan muqaddas jang vaqtida, agar sulh (urushni to’xtatish va tinchlikni saqlab qolish) taklif qilinsa, musulmonlar o’z shaʼni va manfaatlarini aslo pastga urmay, adolat va izzat yo’lida sobitqadam bo’lib, kelishuvda yuksak maqsad va qadriyatlarini mustahkam saqlab qolishi kerak. Jangda yenga olmayotgan dushman, kelishuv shartnomalarida ustun kelib, siyosiy tomondan yengib qo’ymasligi kerak.
[2194]Agar bu dunyoda oxirat uchun ham kerakli amallarni qilib qolinmasa, bu yashab o’tkizgan hayoti bekorchi o’yin-kulgudangina iborat bo’lib qoladi. Natijada, oxiratda yaxshilik va mukofotdan hech qanday nasiba ololmaydi.
[2195]Allohning rahmati mana bu oyatda yana bir bor namoyon bo’ladiki, Alloh yo’lida hamma mol-kulkingizni sarflaysiz desa ham bo’lardi. Lekin, musulmonlarga bunday mashaqqatli buyruq qilmadi.
[2196]Agar musulmonlar o’z vaqtida o’z harbiy mudofaasi uchun moddiy yordamlar bermasalar, vaqti kelib dushman hujum qilganida, mudofasi kuchsiz bo’lgani sababli mag’lub bo’lsa, ana o’shanda qilgan baxilliklari o’zlarining boshiga balo bo’lganini anglab yetadilar. Shuning uchun, oyatda Alloh muhtoj emas, sizlar o’zingiz muhtojsiz deb marhamat qilmoqda. Musulmonlar Alloh yo’lida insfoq-ehson qilishlari bilan ham dunyosini, hamda oxiratini obod qiladilar. Alloh O’zining kitobini to’g’ri anglashimizni, unga amal qilishimizni va boshqalarga ham yetkazishimizni nasib qilsin.
[2197] Fath surasi, Madinada tushgan, 29 oyatdan iborat. Tushish tartibi 111, yozilish tartibi 48.
[2198] Hudaybiyadagi sulh musulmonlarning foydasiga bo’lgan. Bu sura nozil bo’lganidan ikki yo’l o’tib Makkaning fath nasib bo’ldi. Hudaybidagi sulh sababli ikki yil mobaynida ko’plab insonlar Islomga kirdi, jang uchun tayyorgarliklar ko’rildi, Makka ahli Islomga qarshi chiqa olmaydigan darajada kuch to’plashga imkon yaratildi. Bu oyatlar Rasulullohga Makka mushriklari ustidan g’alaba qozonishga bir bashorat bo’lgan. O’shanda Rasululloh juda xursand bo’lgan.
[2199] Islom hukmlarining tamomlanib berilishi, Rasulullohga berilgan eng katta neʼmatlardan biri bo’lgan (Moida 5:3).
[2200] To’g’ri yo’l deb umumiy yoki xos bir holatga aytiladi. Agar umumiy bo’lsa Islom dinida sobit qolishga muvaffaq qilish deb tushuniladi. Agar xos bir holat bo’lsa, dushman bilan bo’ladigan jangdagi to’g’ri uslubga ishorat qiladi. Musulmonlar Badrda dushmanga qarshi g’olib kelganidan keyin, dushman ortidan quvib bormasdan, g’animat va asir olishga kirishgan. O’sha ortidan borib Makkani fath qilish imkonlari bor edi. Dushman bilan bo’ladigan jangdagi eng to’g’ri yo’l mana shu edi. Biroq, o’shanda g’animat va asir olish bilan kifoyalanib qolingan. Shu sababli ularga tanbeh beruvchi oyatlar nozil bo’lgan (Anfol 8:67-68). Musulmonlar jangda dushman ustidan g’olib kelganida keyin, qaytib musulmonlarga qarshi jang qila olmaydigan holga keltirishi kerak edi. Bu sura nozil bo’lishi bilan, Badrdagi xatoni tuzatish imkonini berishiga bashorat qildi. Yaʼni, jangda qilinishi kerak bo’lgan eng to’g’ri yo’lga muvaffaq qiladi.
[2201] Imon ziyoda bo’lishiga dalolat qiluvchi o’xshash boshqa oyatlar: (Oli Imron 3:173), (Anfol 8:2), (Tavba 9:124), (Kahf 18:13), (Maryam 19:76), (Haj 22:54), (Ahzob 33:22), (Muhammad 47:17), (Muddassir 74:31).
[2202] Allohning diniga qarshi dushmanlik qilayotganlarni va yer yuzida buzg’unchilik qilib zulm qilayotganlarni agar Alloh halok qilmoqchi bo’lsa, samoviy ofat yuborib, yoki yerda biron birmusibat keltirib halok qila oladi. Lekin, baʼzan musulmonlarni imtihon qilish uchun, yer yuzida insonlar tarafidan adolat o’rnatilishi uchun, zolimlarga dars bo’lishi va boshqa bir qancha hikmatlar sababli, Alloh musulmonlarga kerakli o’rinlarda jang qilishga va Islom va musulmonlarning dushmanlarini o’z qo’llari bilan halok qilishga buyuradi.
[2203] Rasululloh dunyoda ham ummatiga guvoh bo’lgan (Haj 22:78), oxiratda ham guvoh bo’ladi (Niso 4:41).
[2204] Muhammad alayhissalom butun insoniyatga kifoya qiladigan darajada elchi qilib yuborilgan (Sabaʼ 34:28). U kishiga yuborilgan Qurʼon va undagi Allohning dini yer yuziga yoyilgan sari, u kishining zimmasidagi vazifasi davom etayotgan bo’ladi. Chunki, endi u kishining daʼvat ishini ummatlari davom ettirmoqda.
[2205] (Moida 5:12), (Aʼrof 7:157).
[2206] O’shanda qasamyod ichgan sahobalar jangda dushmanga qarshi bor kuchlari bilan jang qilishga, har qanday holatda ham jangda sabr qilishga, jangdan qochmaslikka, toki vafot etgunga qadar sodiq qolishga qasamyod qilishgan.
[2207] Hudaybiya yili (hijratning oltinchi yili) Payg’ambar alayhissalom ziyorat maqsadida Makkaga safarga chiqmoqchi bo’lgan. Shunda, Quraysh qabilasidan qo’rqishganidan, Madina atrofida yashovchi arablar va ko’chmanchilar u kishi bilan birga safarga chiqishdan qochishgan. Rasululloh Makka safaridan maqsadi jang emas, balki ziyorat ekanini bildirib qo’yish uchun, o’zi bilan birga Kaʼbada so’ygani qurbonlik hayvonlar olgan. O’shanda, o’sha ortda qolib ketgan kimsalar safar tayyorgarligini kechiktirib qolib ketishgan. Ular Payg’ambar alayhissalomni Quraysh, Saqif, Kinona qabilalari va Makka atrofidagi qabilalardan iborat katta dushmanga duch keladi deb bilishgan. Shu bois ularga Rasululloh bilan birga safarga chiqishga zaif imonlari yo’l qo’ymagan. Natijada, Rasulullohdan keyin ortda qolib o’tirib olib: “Muhammad va sahobalari bu safardan aslo qaytmaydi” degan. Shunda, Alloh taolo Rasululloh Makkadan Madinaga qaytmay turib, o’sha munofiqlarning soxta uzrlarini va yolg’onlarini mana shu oyatlari bilan bildirib qo’ygan (Imom Tobariy va Saʼlabiy).
[2208] Bunday voqealar, munofiqlarning xiyonatlari, kazzoblarning yolg’onlari kunimizda ham uchrab turadi. Islom va musulmonlar bilan bir safda bo’lish kerak bo’lgan vaqtlarda turli bahonalar qilib o’zini olib qochadigan, turli bahonalar qilib, keraksiz vajhlar to’qib chiqaradigan munofiqlar har doim bo’ladi. Chunki, dunyo bor ekan, nafs bilan shayton ham bo’ladi. Rasulullohning safari jang uchun emasligini bilsalar ham, buni Rasululloh ochiq-oydin bayon qilgan bolsa ham, baribir turli gumonlarga ergashib, Rasulullohning safidan ayrilib olishgan.
[2209] Haybar jangi olti 629-yili sodir bo’lgan. Musulmonlar Makkadan kelgan dushmanga qarshi Madina atforida qazilgan xandaq (chuqur) bo’yida jang qilayotganida, Madina ichidagi yahudiylar ichkaridan turib Musulmonlarga qarshi chiqishgan.holbuki, ular musulmonlar bilan shartnoma tuzgan edi. Allohning yordami ila Xandaq jangida musulmonlar g’olib bo’ldi. So’ngra, Madinaga ichidagi xiyonat qilgan yahudiylarning Banu Nazir qabilasini qurshovga olishgan. Buni Haybar jangi deyiladi.
[2211] Alloh taolo (Tavba 9:83) oyatida, Hudaybiyaga bormas orqada qolib o’tirib olgan munofiqlar haqida, endi ular musulmonlar bilan birga jangga chiqmaydilar deb buyurgan edi. Rasululloh ularga o’sha buyruqni sabab qilib, ularni g’animat olgani birga borishga taqiqlaganini, oyatlarni tushunmagani sababli, Rasulullohning xatti-harakatini hasadga yo’ygan.
[2212] Oyatda keltirilgan o’sha kuchli qavm Fors va Rum, Musaylamaning qavmi Banu Haniyfa ekani aytilgan. Banu Haniyfa bilan Abu Bakr (Alloh undan rozi bo’lsin) jang qilgan, Fors va Rum bilan Umar (Alloh undan rozi bo’lsin) jang qilgan.
[2213] Kimlar jangga chiqmaslikda uzrli ekani ayon o’ldi. Lekin, uzri bo’lsa ham jangga chiqsa, gunohkor bo’lmaydi. Aksincha, unga ham albatta savob bo’ladi. Ummu Maktum (Alloh undan rozi bo’lsin) baʼzi janglarda Islom bayrog’ini ushlab turish uchun musulmonlar bilan birga jangga chiqqani rivoyat qilingan (Nasoiy rivoyatida shu maʼnoda rivoyat bor).
[2214] 628-yili musulmonlar Makkaga ziyoratga ketayotganida, Makka ahli ularni haramga kirgizmasligini va umra ziyoratiga ruxsat bermasligini bildirgan. Shunda Hudaybiya hududida 1. 400 (bir ming to’rt yuz) atrofidagi musulmonlar Rasulullohga sadoqatli bo’lishga qasamyod (bayʼat) qilishgan. Bu qasamyod daraxt ostida bo’lgani uchun, o’sha daraxtga tarixda “shajaratur-rizvon” deb kelingan. Chunki, o’shanda shu oyatlar nozil bo’lgan.
[2215] Hudaybiya sulhidan keyingi birinchi o’lja Madinadagi yahudiylardan olingan o’lja bo’lgan. Chunki, Payg’ambar alayhissalom musulmonlar bilan Makkaga ketishganida, yahudiylar endi musulmonlar qayta olmaydi deb, Madinada tuzilgan shartnomani buzib, Islom va musulmonlarga qarshi faoliyat boshlagan. buzishgan.
[2216] Rasululloh va sahobalar umra qilgani chiqa bu safarida o’zlari bilan birga jang uchu qurol-yaroq olmagan. Bundan foydalanib musulmonlarni qriib tashlamoqchi bo’lib, Makkadan qurolli askarlar kelgan. Lekin, Allohning izni ila musulmonlar tega olmagan. O’shanda Makkaliklar bilan musulmonlar o’rtasida sulh tuzilgan. Bu sulh juda ko’pchilik insonlarni Islomga kirishiga sabab bo’lgan.
[2217] O’shanda musulmonlarning baʼzilari umra qila olishmagani, o’n yil davomida Makkaliklar jang qilmaslikka sulh tuzilganidan xafa bo’lishgan. Lekin, bu sababli ko’plab insonlarni Islomga kirganini hamda boshqa katta muvaffaqiyatlarni ko’rib Hudaybiyadagi ish eng to’g’ri ish bo’lganini eʼtirof qilishgan.
[2218] (Ahzob 33:38, 62), (Fotir 35:43), (G’ofir 40:85).
[2219] Hudaybiyada hech qanday jang, qon to’kish yoki hujum bo’lmagan.
[2220] Rasululloh Hudaybiya sulhidan avval tush ko’rgan edi. lekin, Rasululloh va musulmonlar o’sha (hijriy oltinchi) yili Makkaga kira olmay, daraxt ostidan qasamyod qilib, qaytib kelishgan. Kelasi yili umraga borib, Makkada uch kun bo’lib qaytishgan. Bu oyatda bashorat berilgan g’alaba yo Hudaybiyaga yoki Haybarga ishorat qiladi.
[2221] Alloh nazdidagi yagona din Islomdir (Oli Imron 3:19, 83, 85). Islom barcha dinlardan ustun bo’ladi (Tavba 9:33), (Sof 61:9).
[2222] Baʼzan Qurʼon o’z nomi bilan emas, “huda”, “rahmat”, “nur” va shu kabi fazilatli nomlar va go’zal sifatlar bilan aytiladi. Bu oyatda ham “huda” kalimasi Qurʼonga ishorat qiladi.
[2223] Mehribon deganda bir-birini hurmat qiladigan, yaxshilik qiladigan, shafqat qiladigan, yaxshiliklarda bir-biriga yordam beradigan, tarafini oladigan kabi maʼnolar anglashiladi. Bir-biriga bo’lgan mehribonchilikning bitta namunasini (Hashr 59:9) oyatida ko’rishingiz mumkin.
[2224] Dunyodagi alomatlari peshonadagi dog’ emas, balki, ularning shaxsiyati, xatti-harakati, pozitsiyasi va odob-axloqidir (Tobariy). Zero, haqqoniy ado etilgan namoz o’z egasini har turli fahsh va yomon ishlardan qaytarib qo’yadi (Ankabut 29:45). Unday xolis mo’minlarning yuzida qiyomatda ham nur bo’ladi (Oli Imron 3:106), (Hadid 57:12). Peshonasini yerga qattiq bosgan holda sajda qilib, peshonasida dog’ (alomat) paydo qilib oladiganlarni Imom Zamaxshariy qattiq qoralagan va u ish nifoq alomati degan.
[2225] Ulardan deganda Hudaybiya sulhida qatnashgan musulmonlarga ham, Makkadan kelgan dushman tarafidagi insonlarga ham ishorat qilgan bo’lishi mumkin. Chunki, Hudaybiyada mushriklar safida bo’lgan, lekin keyinchalik Islomga kirgan juda ko’plab sahobalaar bo’lgan. Islom va musulmonlarga yetkazilgan shuncha ziyon va adovatdan keyin ham agar tavba qilsalar, Alloh ularnng tavbasini qabul qilishini va kechirishini vaʼda qilgan bo’lishi mumkin. Agar faqat musulomlarga ishorat qilsa, toki vafot etguncha imon va amalda sobit qolgan mo’minlarga bashorat qilingan bo’ladi. Zero, imondan keyingi kufr barcha amallarni habata qilib yuboradi. Alloh tavbalarimzini qabul qilsin, gunohlarimizni kechirsin. So’ngi nafasimizgacha musulmon holda qolishga nasib qilsin.
[2226] Hujurot surasi, Madinada tushgan, 18 oyatdan iborat. Tushish tartibi 106, yozilish tartibi 49.
[2227] Bu va bu kabi oyatlardagi “Alloh va Rasuli” iboralariga “kitobiga” yaʼni, Alloh tarafidan elchisi Muhammad alayhissalomga yuborilgan Qurʼonga itoat qilinglar» degan maʼno bersa ham bo’ladi. (Ahzob 33:36) oyat ham bunga bir misol. Zero, rasul kaliamsi elchiga orqali yuborilgan narsaga yoki elchining oziga ishorat qiladi.
[2228] Bu oyat Alloh va Rasulining buyruqlariga qarshi chiqishdan, Kitob va Sunnatda bo’lmagan narsalarni din deb Islomga kirgizishdan, Alloh va Rasuliga bir ishga buyurmay turib harakatga kirishdan, Alloh va Rasuli buyurgan vaqtdan avval qilishdan qaytarmoqda. Shu bois, Haj, Ro’za, qurbonlik kabi vaqti belgilab qo’yilgan ibodatlarni o’z vaqtidan oldin amalga oshirib bo’lmaydi. Alloh va Rasulining so’zi turganida, unga qarshi hech kimning so’zi o’tmaydi.
[2229] Rasulullohning yonida u kishini hurmat qilmasdan baland ovozda gapirish gunoh ekani maʼlum bo’ldi. Chunki, bu odobsizlik, mensimaslik hisoblanadi. Allohning bandasi va Elchisi bo’lgan Muhammad alayhissalomga bo’lgan odobsizlik va hurmatsizlik shunchalik bo’lsa, Allohning kitobiga bo’lgan eʼtiborsizlik va hurmatsizlik qanchalik katta gunoh ekanini tasavvur qilish qiyin. Musulmonlar nafaqat Rasulullohga nisbatan, balki insonlar bilan muomala qilayotganda ham doim hush muomala bo’lishi kerak. Baqirib gapirish eshakni hangrashiga o’xshatilgan (Luqmon 31:19). Baʼzi mufassirlar bu oyatda Rasulullohning ismini aytmasdan chaqiringlar deb taʼvil qilishgan. Yaʼni, “Rasululloh”, Nabiyyulloh» deb chaqirish kerak deb aytishgan.
[2230] Bu oyatlardan keyin Abu Bakr va Umar (r.a.)lar Rasululloh bilan gaplashayotganida, xuddi sir aytayotgandek past ovozda gaplashadigan bo’lib qolishgani rivoyat qilinadi (Ibn Hajar asqaloniy, Bazzor, haysamiy rivoyatlari).
[2231] Mag’firat – Alloh bandasini azobdan saqlab qolishidir (Mufradot). Demak, mag’firat sozi gunoh so’zi bilan birga kelsa, gunohlarni kechirilishi deb tushuniladi,
[2232] Bu oyat Payg’ambar alayhissalomga qanday muomala qilish kerakligini bildirish bilan bir qatorda, musulmonlar bir-biri bilan ham chiroyli, malol kelmaydigan, bezovta qilmaydigan shaklda muomala qilish kerakligini bildirib qo’ymoqda. Bu Islom qanchalik buyuk odob-axloq va madaniyat o’rgatadigan din ekanini namoyon qiladi.
[2233] Bu oyatga ko’ra, axloqsiz kishi keltirgan gapga asoslanib hukm qilib bo’lmaydi, ishonib bo’lmaydi. O’sha xabar qachon aniqlashtirilsa, shunda eʼtibor qilinadi, hukm qilinadi. “Musulmonni so’kish fosiqlikdir, uni o’ldirish esa kofirlikdir” (Buxoriy, Muslim, Termiziy,, Nasoiy, Ibn Moja va Ahmad rivoyat qilgan). Musulmonlarni haqorat qiladigan, so’kadigan kishilarning aytgan gaplari va keltirgan xabarlari aniqlanmay turib olinmaydi, eʼtibor qilinmaydi. Chunki, unday kishilarga fosiq deyiladi. Ular qachon bu ishidan tavba qilsa, o’zini tuzatsa va aslo bu ishga qaytmasa, ana shunda fosiqlik tamg’asidan xalos bo’ladi. Bunday kishilarning guvohligi ham olinmaydi. Bu oyat nozil bo’lganida Payg’ambar alayhissalom: “Vazminlik (chidamlilik) Allohdan, shoshilish esa shaytondandir.” degani rivoyat qilingan (Termiziy rivoyati). Bu oyat axloqsiz kishi keltirgan xabarga asoslanib hukm qilishdan avval, u aytgan narsani aniqlashtirishga buyuradi. Zero, insonning eshitgan va ko’rgan narsasi masʼuliyat va javobgarlik talab qiladi (Isro 17:36).
[2234] Abu Saiyd al-Xudriy (r.a.) aytadi: “Bu oyatda bayon qilin gan kishi o’ziga vahiy qilingan sizlarning payg’ambaringiz va sizlarning ummatlaringizning eng yaxshilaridir. Agar Rasululloh o’sha eng yaxshi ummatga ergashsa ummat muammoga tushib qolsa, bugun sizlarning ahvolingiz qanday bo’ladi?” (Termiziy rivoyati). Yaʼni, ummatga taalluqli ishlarda avvalo Alloh va rasuliga qaytiladi. Kitob va Sunnat turganda kim bo’lishidan qatʼiy nazar, ko’pchilikka qarab ergashilmaydi (Niso 4:59).
[2235] (Aʼla 87:14), (Shams 91:8, 9).
[2236] Ikkita musulmonni urishib qolishi ham shu oyat hukmiga kiradi. Ijtimoiy hayotda tinchlik va totuvlikni taʼminlash uchun Payg’ambar alayhissalom shunday marhamat qilganlar: “Musulmon – boshqa musulmonlar uning qo’lidan tilidan salomat bo’lgan kishidir”. Yana boshqa farqli rivoyatlarda: “Mo’min – boshqa insonlar unga moli va jonini ishonib topshirgan kishidir” kabi farqli iboralarda kelgan (Buxoriy, Muslim va boshqa roviylar tarafidan keltirilgan).
[2237] Allohning amriga deganda Allohning kitobidagi hukmiga degan maʼno chiqadi. Zero bu haqida ko’plab rivoyatlar bor. Qarang: Jaloliddin Suyutiy ad-Durrul-Mansur, Ibn Jarir Ibn Munzir va Ibn Mardaviyyalarning Ibn Abbosdan qilgan rivoyati hamda Muqotil tafsiri. Ikkita musulmon o’rtasida Qurʼon bilan hukm qilinadi va Qurʼon bilan isloh qilinadi.
[2238] Bir inson Islomga kirganidan keyin uni hayudiy, nasroniy,kofir deb chaqirib bo’lmaydi. Shuningdek, tavba qilgan musulmonni ham fosiq, gunohkor, osiy deb chaqirib bo’lmaydi. Bu oyat Islomga kirgan bazi bir erkak va ayol sahobalarni musulmon bo’lganidan keyin ham “ey yahudiy” yoki “ey yahudiyning bolasi” kabi avvalgi sifatlari bilan chaqirayotgan kishilar haqida tushgan deganlar ham bor. Zotan, birovning otasi, bolasi yoki xotiniga nisbat berib ayblab bo’lmaydi. Ibrohim alayhissalomning otasi mushrik edi, Nuh va Lut alayhissalomlarning ayollari xiyonatchi edi, Nuh alayhissalomning o’g’li kofir edi.
[2239] Gumonning yomon oqibatlari va halokatlari haqidagi oyatlar: (Oli Imron 3:154), (Yunus 10:36), (Fussilat 41:22), (Qasos 28:39), (Fath 48:6), (Hashr 59:2), (Jin 72:7).
[2240] Gumon – aniq maʼlumotga ega bo’lmagan tushuncha va fikrdir. Josuslik – inson boshqalardan yashirgan narsasini ochishga urinishdir. G’iybat – insonni yuziga aytilmaydigan so’zni orqasidan gapirishdir. Orqadan yomonlash aynan g’iybatdir. Bu xoh so’z bilan, xoh kinoya bilan yoxud ishorat yo’li bilan bo’lsa ham baribir. Bu uch taqiq musulmonlarning ijtimoiy hayotidagi birlik-birodarlik va ittifoqiga putur yetkazadigan eng xatarli ishlardir. Bu ishlarga munkar (Islomda taqiqlangan ishlar) deyiladi. Bir musulmon biron joyda bunday ishga qo’l urilayotganini ko’rsa, qo’li bilan yoki tili bilan qaytarishi kerak. Ichida norozi bo’lib turishi Allohga bo’lgan imonini zaif ekanini ko’rsatadi. G’iybat shunchalik xatarli ishki, agar aytgan gapi rost bo’lsa g’iybat, agar yolg’on bo’lsa tuhmat bo’ladi.
[2241] Madinada Islom va musulmonlarning zafar qozonayotganini va Madinada hukmronlikni qo’lga olganini ko’rib, o’zlarini musulmon ko’rsatish uchun “Biz ham mo’min bo’ldik” deyishgan. Holbuki, ular majbur bo’lganidan taslim bo’lishgan edi. demak, faqat so’z bilan mo’minman degani bilan chin mo’min bo’lolmaydi. Qachonki Alloh va Rasuliga itoat qilsa, shunda amallari sababli qalbiga imon joylashadi.
[2242] Men mo’minman degan so’zning o’zi din emasligi, amalsiz quruq gap behuda ekani mana shu oyatdan yaqqol ko’rinib turibdi.
[2243] Minnat – qilgan yaxshiliklarini sanab o’tish, aytib berish va shu yo’l orqali go’yoki qarshisidagi odamni qarzdordek qilib qo’yishga aytiladi. Insondan insonga qilingan minnat shunday bo’ladi. Lekin, minnat kaliamsi Allohga nisbatan ishlatilganida, ko’plab yaxshiliklar qilgani, ko’plab neʼmatlar bergani anglashiladi. Cho’l arablaridan baʼzilari musulmon bo’lganini aytib, Rasulullohga minnat qilishoqchi bo’lgan. Aslida, hech kim na musulmon bo’lganini na musulmon bo’lishiga sababchi bo’lganini minnat qilishiga haqqi yo’q. Imon Allohning izni bilan erishiladigan narsadir. Alloh O’zi munosib bilgan bandasiga imon beradi. Bizga imon neʼmatini bergan Allohga olqishu maqtovlar bo’lsin!
[2244] Qof surasi, Makkada tushgan, 45 oyatdan iborat. Tushish tartibi 34, yozilish tartibi 50.
[2246]Ontning davomi oyatda keltirilmagan. Chunki, uchinchi oyatdan ontning davomi “Qiyomatda insonlar albatta qaytib tiriladilar” mazmunida bo’ladi. Buni arab tilida balog’at ilmi deyiladi.
[2247]Baʼzi kofirlar Rasulullohni sehrlanib qolgan dedi, kimlardir uning o’zi sehrgar degan (Yunus 10:2), yana boshqa kofirlar Rasulullohni yolg’onchi degan, ko’pgina ilohlarni bitta ilohga almashtirar ekanmi? – deyishgan (Sod 38:4).
[2248]Yaʼni, haqiqatdan uzoq, bo’lishi mumkin emas, aql bovar qilmas kabi qattiq inkor qiluvchi iboradir. Kofirlarning baʼzilari qayta tirilishni inkor qilishgan.
[2249]Bu iboralar inson vafotidan keyin mutlaqo chirib yo’q bo’lib ketmasligi, jasaddan nimadir saqlanib qolishiga ishorat qiladi.
[2250]Alloh huzuridagi kitobda borliqlarni yaratilishiga oid barcha ilm, tabiat qonunlari, qiyomat vaqti va boshqa Allohning O’zigina biladigan ilm yozilgan (Tavba 9:36), (Yunus 10:61), (Hud 11:6), (Toha 20:52), (Haj 22:70), (Naml 27:75), (Rum 30:56), (Sabaʼ 34:3), (Voqea 56:78).
[2251]Haq – Qurʼon va undagi maʼlumotlar haq, Muhammad alayhissalom haq payg’ambar, u kishi olib kelgan Qurʼondagi din haq. bularning barchasi haqdir.
[2252]Bu oyat tabiat ilmi yoki fazoviy ilmlarni o’rganish mumkin emas degan iddaolarga qarshi dalil bo’ladi. Tabiatni va borliqni tanigani sari insonlar Allohning qudrati va cheksiz ilmini O’zi izn bergan miqdorda o’rganayotgan bo’ladi.
[2253]Barakatli yomg’ir deganda, ko’plab yaxshiliklarga sababchi bo’ladigan, ko’p neʼmatlarga vosita bo’ladigan, unda ko’plab foyda va yaxshiliklar bor deb tushuniladi.
[2254]Qiyomatda qayta tirilish haqidagi o’xshash oyatlar: (Aʼrof 7:25), (Toha 20:55), (Haj 22:6), (Rum 30:19), (Fotir 35:9), (Zuxruf 43:11), (Qof 50:42), (Nuh 71:18).
[2255] (Furqon 25:38) oyatda ham quduq egalari haqida aytib o’tilgan. Risolatdan uch yuz yillar ilgari paydo bo’lgan Ross yurti ham bor. Lekin, oyat u shaharga ishorat qilmaydi.
[2256]Aykaliklarga Shuayb alayhissalom ham Allohning elchisi bo’lib borgan (Shuaro 26:176).
[2257]Alloh bandalariga yaqindir – qayerdan turib duo qilsa ham eshitadi (Baqara 2:186), insonning qalbidan o’tkazgan narsalarini ham biladi (Anfol 8:24), Alloh bizga ilmi, qudrati, yordami bilan yaqin, biz Uning zotiga aqlimiz yetmaydi, Uning zotini idrok qilolmaymiz (Voqea 56:85). Alloh taolo ilmi ila har yerda hozir-u nozirdir (Mujodala 58:7). Bu oyat o’zidan kyeyingi oyat bilan birga o’qib tushuniladigan bo’lsa, bu oyatdagi yaqinlik farishtalarga nisbatan ishlatilganini ko’radi. Chunki, Qurʼoni Karimda shunday oyatlar borki, buyruq Allohga tegishli bo’lib, lekin feʼl farishtalarga tegishli bo’ladi, shunday o’rinlarda Qurʼonda “Biz” degan ibora ishlatiladi. Bunga bir misol: (Hijr 15:9) oyatida “Zikrni Biz tushirdik” mazmun ifodalangan. Yaʼni, Muhammad alayhissalomga vahiyni Allohning O’zi olib tushmagan, vahiyni farishtalar olib tushgan. Lekin, o’sha holatda Alloh taolo «»Biz» kalimasini ishlatgan. Yaʼni, Allohning amri va irodasiga ko’ra, farishtalar olib tushgan. Shuningdek, Allohning amri va qonuniga ko’ra, amallarni yozib turuvchi farishtalar insonga nerv uchlaridan ham yaqindir, degan maʼno ham chiqadi.
[2258]Har kimning aytgan gaplari va qilgan ishlari yozib qo’yilib, qiyomatda kitob shaklida o’ziga taqdim qilinadi va o’ziga o’qitiladi (Isro 17:13, 14). Insonning har bir xatti-harakati ham yozib qo’yiladi (Oli Imron 3:181), (Niso 4:81), (Yunus 10:21), (Kahf 18:49).
[2259] Uyg’oqlikdagi insonga o’lim oni kelganida albatta o’lim sakaroti keladi. Rasulullohga (s.a.v) vafot oni kelganida shunday degani aytiladi: U zotga o’lim yetib kelganida, yuzidan terini artar va shunday der edilar: “Subhanalloh! Albatta o’limning ham behush qiladigan og’riqlari (sakarot) bor.”
[2260] Har bir inson mahsharga ikkita farishta bilan birga boradi. Biri uni yetaklab borsa, yana biri dunyo hayotida uning qilgan amallariga guvoh bo’lgan farishtasi boradi. Zero dunyoda har bir insonga hafaza farishtasi bo’ladi (Anʼom 6:61).
[2261] Insonlar dunyoda ko’p narsalarga eʼtiborsiz qaraydi, ko’rgan narsalariga ahamiyat qilmaydi. Fikr qilib o’ylanmaydi. Lekin, oxiratda har narsaga juda eʼtibor bilan qaraydigan bo’lib qoladi. Agar dunyoda ham haqiqatlarga diqqat-eʼtibor bilan ahamiyat berib qaraganida, ko’rlik qilmaganida, oxiratda qiyin ahvolga tushib qolmagan bo’lardi. Dunyoda ko’rlik qilganlar oxiratda albatta jazosini chekadilar (Anʼom 6:104), (Isro 17:72).
[2262]Gunohda bir-biriga sherik bo’lganlar hisob-kitobda ham bir to’p bo’lib olib kelinib, har biri alohida javob beradi. Shunda, yonidagi sherigini sotib, o’ziga kafil qilmoqchi bo’ladi va tortishishni boshlaydi. 27-oyatda buning tafsiloti keltiriladi.
[2263]Haqni bilib turib ham tan olmaydigan, haqqa qarshi botil bilan qarshilik qiladigan kishilarga inodchi deyiladi (Ibn Kasir, Tantoviy).
[2264]Allohning zikridan – Qurʼondan yuz o’girganlarga inson va jin toifasidagi shaytonlar hamroh qilib qo’yiladi, oxiratda bir-biridan nafrat qiladi va azobda sherik bo’ladi (Zuxruf 43:39). Shuningdek, jahannam azobiga tushishga sabab bo’ladigan gunohlarda sherik bo’lganlar jahannamda ham birga azoblanadilar.
[2265]Ilk inson yaratilganidan to Muhammad alayhissalomgacha yashab o’tgan har bir ummatda Allohni tanitadigan, qiyomatdan ogohlantiradigan ogohlantiruvchilar o’tgan (Fotir 35:24). Shuning uchun qiyomatda hech kimdan uzr qabul qilinmaydi (Rum 30:57), (Josiya 45:35).
[2266]Mahshar kuni kimga jahannam hukmi berilgan bo’lsa u albatta jahannamga kiradi, kimga jannat hukmi berilgan bo’lsa, u ham aniq jannatga kiradi. Allohning qarori o’zgarmaydi. Qarorni o’zgartirishga sabab ham qolmaydi. Chunki, U eng adolatli hukm qiluvchi zotdir. Shu bois, mahsharda meni kimdir qutqarib qoladi deyish hom xayoldir. Allohning hukmidan hech kim hech kimni qutqarib qololmaydi.
[2267] (Hud 11:119) oyatda Alloh taolo jahannamni inson va jin toifasidagi yovuzlar bilan to’ldiraman, deb buyurgan.
[2268] Uzoq emas deganda ikki xil maʼno anglashiladi: 1. Qiyomatda jannat mo’minlarga juda yaqin joyga keltiriladi. 2. Taqvodorlar uchun jannatga kirishga oz qoldi, uzoq emas, juda yaqin. Birinchi maʼno taʼkidni, ikkinchi maʼno bashoratni ifodalaydi. Zero har ikkalasi ham to’g’ri. Chunki, (Zumar 39:73) oyatda taqvodorlar jannatga yetaklab olib boriladi deyilgan. Bu narsa jannat qiyomatda mahsharga yaqin joyga keltirishiga dalolat qiladi. Jahannam esa jinoyatchilar tomon yaqinlashtiriladi (Shuaro 26:91), (Noziot 79:36).
[2269] O’xshash oyatlar: (Anbiyo 21:103), (Fussilat 41:30).
[2270] Bu oyatdagi g’ayb kalimasi Allohni, jannat va jahannamni, farishtalarni ko’rmasa ham Allohdan qo’rqadigan, hamda inson o’z yolg’iz qolganida ham, uni boshqa insonlar ko’rmaydigan yolg’iz holatida ham Allohdan qo’rqadigan kabi ikki xil maʼnoga dalolat qiladi. haqiqiy imon mana shudir. Qalb faqat Allohga bog’langani sababli, u o’z ibodatlarini Allohdan boshqasiga ko’rsatish uchun qilmaydi. Dilidan Allohdan boshqasiga o’rin qolmaydi. (Yasin 36:11), (Mulk 67:12)
[2271]Jannatda yana qanday neʼmatlar borligini to’liq hech bir inson bilmaydi. Uni Alloh biladi. Jannatda ko’z ko’rmagan, quloq eshitmagan neʼmatlar bo’ladi (sajda 32:17).
[2272] Bu va bunga o’xshash oyatlarga ko’ra, hozirgi kundagi imkoniyat va texnologiyalar yordamida ham aynan o’shalar bilan bir xil qurishni imkoni bo’lmagan tarxiy binolar, piramidalar va boshqa tarixiy inshootlarni bu va bunga o’xshash oyatarda keltirilgan yuqori darajada kuchli insonlar qurgan. Hech qanday samoviy kuchlar qurmagan. O’xshash oyatlar: (Rum 30:9), (Fotir 35:44), (G’ofir 40:21), (Fussilat41:15).
[2273]Bu va bunga o’xshash tafsiliy oyatlardagi «av-او» harfiba «vov-واو» maʼnosi beriladi (Abdulqohir Jurjoniy tafsiri).
[2274]Mushohada – zehnini bir joyga jamlash, eʼtibor berish, fikr yuritish, diqqat-eʼtibor berish kabi maʼnolarni anglatadi. Maʼnolarini uqmasdan, yoki eʼtiborsiz eshitilgan Qurʼon oyatlaridan eslatma olish va nasihat olish bo’lmaydi. Qurʼonni qachon tushunib o’qisa yoki tushunib eshitsa va unga salomat qalb ila kirishsa, unga taslim bo’lsa, shunda Qurʼon unga shifo va rahnamo bo’ladi.
[2275]Oyatdagi kun iborasi davrga ishorat qiladi. bu insonlar hisoblaydigan kun emas. chunki, biz oy va kunlarni quyosh va oy harakatiga qarab belgilaymiz. Zero oy va quyosh osmonlar va yerdan oldin bo’lmagan, balki birgalikda yaratilgan (Aʼrof 7:54).
[2276]Alloh uchun ilk yaratish ham, o’lgandan keyin qiyomatda ikkinchi marotaba yaratish ham bir xil bo’ladi. hech qanday qiyinchilik bo’lmaydi (Luqmon 31:28).
[2277]Sajdalar deganda asosan farz namozlaridagi sajdalarga ishorat bo’ladi. Namozdagi tilovat, rukuʼ va sajdalar tugaganidan keyin, namozdan chiqishdan oldin tahiyyot, duo va zikrlar o’qish mana shu oyatdan olingani maʼlum bo’ladi. Zero, Muhammad alayhissalomning ibodatlardagi xatti-harakatlarining barchasi Qurʼon oyatlaridan chiqarilgan to’g’ri hukmlar va hikmatlardir.
[2278]Quloq sol deganda oyatlarga quloq sol, eʼtiborsiz kishilar kabi bo’lma degan maʼno ham chiqadi. Hamda, kutib tur degan maʼno ham chiqadi.
[2279] (Isro 17:52) oyatida chaqiradi iborasida kelgani uchun tushunarli qilib “chaqiradi” shaklida tarjima qilindi.
[2280]Insonlar qabrlaridan xuddi chigirtka inidan qo’zg’algandek qo’zg’alib chiqadilar (Qomar 54:7).
[2281]Soʼngi iboraga “Qurʼonni yetkaz” deb tarjima qilsa ham bo’ladi. Qurʼonni yetkaz deganda uni tablig’ qilish, tushuntirish, undagi ogohlantiruvlarni eslatish, Qurʼondagi buyruq va taqiqlar bilan nasihat qilish, tushuntirib berish kabi maʼnolar tushuniladi. Payg’ambar alayhissalomning vazifasi yetkazish bo’lgan. U kishi birovni dinga majbur qilmagan. Qurʼon bizga zulmatlarda nur, yo’lda rahnamo, amallarda imom, hayotda yo’lboshchi va dastur bo’lishini Allohdan so’rab qolamiz.
[2282] Zoriyot surasi, Makkada tushgan, 60 oyatdan iborat. Tushish tartibi 67, yozilish tartibi 51.
[2283] Suraning boshidagi to’rt oyat vahiy yoki balo olib keluvchi, hamda yomg’ir va boshqa rizqlarni taqsimlanishida vazifalangan farishtalarga ishorat qiladi.
[2284]Yaʼni, sarhisob bo’ladigan qiyomat kuni albatta bo’ladi. Qiyomat kunining yana bir nomi “din kunidir”. Din – jazo, hisob-kitob, qarshiligini olish, odat kabi maʼnolarni anglatadi.
[2285]Makkalik kofir va mushriklar Qurʼon haqida, Payg’ambar alayhissalom haqida turli bo’lar-bo’lmas gaplar gapirgan. Kimlardir Qurʼonni to’qib chiqarilgan, uni Muhammadga boshqa bir odam o’rgatgan kabi yolg’on va bo’htonlar uyushtirgan. Yana kimlardir Rasulullohni majnun, sehrgar, kohin deb haqorat qilgan va yolg’onlar to’qigan. Bularning bir aytgan gapi ikkinchisiga qarshi bo’lgan.yaʼni, o’zlarining gaplari o’zlariga qarshi bo’lgan. chunki, agar Rasulullohni majnun desalar, bunday mo’jizakor Qurʼonni majnun inson o’zi to’qib aytolmaydi, agar uni o’zi to’qib olgan desa, avval Rasululloh o’zlarini orasida qirq yil yashab biron bir avvalgi ilohiy kitoblarni o’qib yod olmagan. Bu Qurʼon Allohning kitobi ekani, bu aynan Muhammad alayhissalomga nozil bo’lgani har tomonlama haqdir.
[2286] Yaʼni, Qurʼonga nisbatan yolg’on munosabat bildirgan kishi, imondan mutlaqo burib qo’yiladi. Qurʼondan adashgan kishi birato’la haq yo’ldan adashtirib qo’yiladi.
[2287] O’xshash oyatlar (Yunus 10:48), (Qiyomat 75:5). Qiyomatga ishonmagan yoki Rasulullohni mazax qilmoqchi bo’lganlar u kishidan “agar rost gapirayotgan bo’lsang, qani aytchi, qiyomat o’zi qachon bo’ladi? ” deb savollar berar edi. Qiyomatning vaqtini Allohdan boshqa hech kim, hatto Rasululloh ham bilmasligini o’rganib olishib (Noziot 79:42-44), atayin shunday savol berishar edi.
[2288] Mag’firat – gunohi uchun kechirim so’rash, jahannamdan qutulishni tilashdir. O’xshash oyatlar: (li Imron 3:17), (Isro 17:79), (Toha 20:130), (Furqon 25:64), (Sajda 32:16), (Qof 50:39), (Tur 52:49), (Muzzammil 73:2-4, 20), (Inson 76:26).
[2289] Zakot, ushr, silai-rahm va shu kabi moliyaviy ibodatlar haqidagi boshqa oyatlar: (Anʼom 6:141), (Tavba 9:20, 103), (Isro 17:26), (Rum 30:38), (Hadid 57:18), (Maorij 70:24).
[2290] Bir inson yaratuvchini tanimoqchi va bilmoqchi bo’lsa, u yerga qarab tafakkur va tadabbur qilsa, yoki o’zining yaratilishiga qarab tafakkur qilsa, yaratgan zot borligini, Uning ilmi va qudratini tanishga va o’rganishga mana shu narsa kifoya qiladi.
[2291] (G’ofir 40:13) oyatda yomg’ir rizq deb keltirilgan. Chunki, yerdan unib chiqadigan narsalar osmondan yog’adigan qor va yomg’ir orqali chiqadi. Rizq va boshqa vaʼda qilingan narsalarni samoda ekani, ular haqidagi hukm va qarorlar samoda degani bo’ladi.
[2292] Inon gapirayotgan gapini aynan o’zi gapirganiga qanchalik ishonsa, Qurʼon Allohning kitobi ekaniga ham shunchalik ishonishi kerak.
[2293] Farishtalarni tanimagani sababli ulardan qo’rqqan (Hijr 15:5, 53).
[2294] (Hud 11:71-73).
[2295] Yaʼni, Lut alayhissalom payg’ambar bo’lib yuborilgan, buzuqlik qiluvchi qavmga yuborilgan.
[2296] O’sha halok bo’lgan Lut qavmining qoldiqlari hozirgacha saqlanib qolgan. U yer hozirgi Iordaniya davlatida joylashgan.
[2297] (Yunus 10:90-92).
[2298] Solih a.s. o’zining Samud xalqiga payg’ambar bo’lib yuborilgach (Aʼrof 7:73), (Hud 11:61), Solih a.s. haq payg’ambar ekani sifatida unga bitta urg’ochi tuya berilgan. Lekin, o’sha tuya ogohlantiuv bo’lgan. Xalqiga tuyaga aslo yomonlik qilinmaslik kerakligi haqida qattiq ogohlantirish berilgan. Biroq, xalqi orasidagi zolimlar tuyani o’ldirishgan, qolganlar ham bu ishga qarshi chiqishmagan. Bundan tashqari, xalqi Solih a.s.ni o’ldirmoqchi ham bo’lishgan (Naml 27:49). Biroq, Alloh Solih a.s.ni qutqarib qolib, zolim xalqni halok qilib yuborgan (Naml 27:50-53), (Qomar 54:23-29). Bu xalq Shimoliy-g’arbiy Arabistonda joylashgan.
[2299]Ayd – katta kuch, quvvat degani (Mufradot). Bu kalima Qurʼonda ko’pincha feʼl shaklida ishlatiladi (Moida 5:110), (Oli Imron 3:13)
[2300] Ushbu oyatda koinot kengayib borayotganligi haqidagi ilmiy haqiqat to’g’risida ajoyib xabar berilgan.
[2301] Insoniyat hayot kechirishi uchun kerakli barcha narsa yerda muhayyo qilib qo’yilgan, hamma narsa o’z meʼyoriga solib qo’yilgan. Belgilangan miqdorda, o’z vaqtida yomg’ir yog’adi, o’z vaqtida to’xtaydi. Yerdagi tortish kuchi sababli insonlar yerda muqarrar yura oladi. Lekin, insonlarning o’z qilmishlari sababli goh-gohida yer yuzda va dengizlarda tabiatdagi buzilishlar sodir bo’ladi. Bu tabiiy hodisalar baʼzan insonlarning gunohlaridan baʼzilarini totish uchun bo’ladi (Rum 30:41).
[2302] Yaʼni, yolg’izlik faqat Allohga xos, Uning o’xshashi,misli, tengi, sherigi va jufti yo’q. Yaratilgan narsaning jufti va ziddi bor. Lekin yaratuvchining jufti yo’qdir. Ushbu oyatdagi “juft” tushunchasi keng maʼnoda ishlatiladi va ko’plab olimlar buni tabiatdagi ikkilik yoki qarama-qarshilik sifatida talqin qilishadi. Ilm-fan nuqtai-nazaridan bu tushunchani quyidagi yo’nalishlarda qiyosiy tarzda ko’rib chiqish mumkin:
1.Biologiyadagi juftlik. Jinsiy ko’payish: hayvonlar va o’simliklarning ko’p turlari,erkak va urg’ochi sifatida juft shaklida (o’rnatilgan tizimli ravishda) ko’payadi. Bu ginetik hilma-xillikni taʼminlaydi. Masalan, DNKning o’zi ikki zanjirli tuzilishga ega bo’lib, bu juftlikning biologik asosidir. Hujayra bo’linishi: hujayralar ichidagi xromosomalar juft-juft bo’lib keladi (diploid organizmlarda). Bu juftlik hayotning davom etishi uchun muhimdir. Simmetriya: ko’p tirik mavjudotlarda (masalan, odamlar, hayvonlar) ikki tomonlama simmetriya (bilateral simmetriya) mavjud. Yaʼni, tananing o’ng va chap qismlari bir-biriga o’xshashi.
- Fizikadagi juftlik – zarrachalar fizikasi: kvant fizikasida modda va antimodda (masalan, elektron va pozitron) juft sifatida paydo bo’ladi. Bu juftlik koinotning asosiy tuzimida muvozanatni taʼminlaydi. Kuchlarning qarama-qarshiligi:tabiatda hamma narsa qarama-qarshi kuchlar orqali mutanosib ravishda ishlaydi. Masalan: musbat va manfiy zaryadlar (elektromagnitizmda) yoki tortishish va itarish kuchi. Ikki tomonlama simmetriya: koinotdagi ko’p jarayonlar (masalan, energiyaning va materiya o’zaro aylanishi) juftlik prinsipi asosida tushuntiriladi.
3.Kimyodagi juftlik–malekulyar tuzilish: ko’p kimyoviy birikmalar ikki yoki undan ortiq elementlarning juftlashuvi orqali hosil bo’ladi. Masalan, suv malekulasi ikki vadarod va bir kislarod atomidan iborat. Valentlik elektronlar: atomlar kimyoviy bog’lanishda juft elektronlar orqali barqarorlikka erishadi.
4.Matematika va mantiqdagi juftlik. Matematikada ko’p tushunchalar juftlik asosida tushuntiriladi: musbat/manfiy, juft-toq, yig’indi-ayirma. Bu tushunchalar tabiatdagi muvozanat tizimini mavjudligini ifodalaydi.Mantiqda ikkilik tizimi zamonaviy texnologiyalarning asosini tashkil qiladi.
5.Falsafiy va metafizik talqin. Oyatdagi juft tushunchasi faqat moddiy dunyoga emas, balki ruhiy va falsafiy maʼnolarga ham ishora qiladi. Masalan, yaxshilik va yomonlik, nur va zulmat, erkak va ayol, kabi qarama-qarshiliklar hayotning muvozanatini taʼminlaydi. Ilm-fan nuqtai-nazaridan, bu juftlik koinotdagi muvozanat va tartibni anglatadi, bu esa koinotning dizayn sifatida tushunilishiga olib keladi. Ilm-fan va dinning uygunligi oyatda keltirilgan juft tushunchasi tabiatdagi ikkilik va muvozanatning ilmiy kashfiyotlari bilan mos keladi. Ilm-fan tabiatdagi bu tartibini tushuntiradi. Bu tartib orqali Allohning yaratish qudratini va cheksiz ilmini ko’rish mumkin. Masalan, koinotdagi modda va antimodda juftligi yoki biologiyadagi erkak-urg’ochi tizimi bu oyatning keng maʼnoda ilmiy asoslarini ko’rsatadi. Bu mavzuga aloqador o’xshash oyatlar: (Yasin 36:36), (Zuxruf 43:12), (Qof 50:7).
[2303] Yuqoridagi oyatlarda halokatga uchragan ko’plab zolim va fosiq qavmlar qissalari keltirildi. Zolimlarning birortasi ham halokat kelganidan keyin qutulib qololmagan. Shuning uchun, balo-ofat kelishidan oldin banda Allohga – Allohning diniga, ibodatiga, tavhidiga qochib olish kerak. Aks holda, gunohlari tufayli ofat kelganidan keyin qochish bo’lmaydi.
[2304] Avvalo bir insonga Qurʼonda, imondan, Islomdan gapiriladi, yetkaziladi, ogohlantiriladi. Biroq, quloq solmasa, gunohlardan qaytib tavba qilmasa, unday kishidan yuz o’girish kerak, parvo qilmaslik kerak. Haqni qabul qilmay oyoq tirab turgan insonga vaqt ajratib asablarni buzishning, vaqtni zoye qilishning foydasi yo’q. Payg’ambar alayhissalom ham insonlarga boricha yetkazib qo’ygan, qabul qilmagan odamlardan ulardan yuz o’girgan.
[2305] Rasululloh insonlarga Qurʼon bilan nasihat qilgan, u bilan ogohlantirgan (Qof 50:45). Shuning uchun, u kishiga ergashgan mo’minlar ham shunday qilishi kerak. Mana shu amal sunnat amaldir.
[2306] Qurʼondan ogohlantirish mo’minlarga foyda berishligi, Qurʼondan yuz o’girgan, uni qabul qilmay oyoq tirab turib olgan kofirlarga esa foyda bermasligi haqidagi o’xshash oyatlar: (Baqara 2:6), (Aʼrof 7:164), (Yasin 36:10), (Mursalat 77:5, 6), (Aʼla 87:9).
[2307] Jinu-ins va insu-jin iboralari haqida qo’shimcha aʼlumot uchun (Anʼom 6:100) oyatning izohiga qarang.
[2308] Allohni bandalaridan talab qilgan narsasi faqat tavhid asosidagi xolis ibodatdir. Alloh bizdan shuni xohlaydi. Bizning ibodatlarimizdan Allohga hech qanday foyda yo’q. qilayotgan ibodatlarimiz o’zimiz uchundir.
[2309] Har qanday tirik jonzotning rizqi Allohga tegishli (Hud 11:6). Chunki, tabiatni u yaratgan, unga qonun-qoida o’rnatgan, yomg’irni ham U yog’diradi, yerni ham U jonlantiradi. Alloh rizqni to’xtatib qo’ysa, Undan boshqa hech kim yer yuziga rizq paydo qilolmaydi.
[2310] O’xshash oyatlar: (Niso 4:85), (Hud 11:113). Bu oyatlarga ko’ra, kimki bir zolimga yordam bersa, uning tarafdori va ittifoqdoshi bo’lsa, zulmni u o’z qo’li bilan qilmagan bo’lsada, yordam bergan zolim bilan bir xil azobga giriftor bo’ladi, Alloh nazdida bir xil gunohkor va jinoyatchi bo’ladi.
[2311] Tur surasi, Makkada tushgan, 49 oyatdan iborat. Tushish tartibi 76, yozilish tartibi 52.
[2312] Yaʼni osmonga (Anbiyo 21:32)
[2313] 1-oyatda Muso a.s. vahiy olgan Tur tog’iga, 2 va 3-oyatda Qurʼonga, 4-oyatda Kaʼba (yoki farishtalar vahiy oladigan buyuk maqom)ga, 5-oyatda samoga, 6-oyatda Firʼavn va askarlari halok bo’lgan dengizga ont ichildi. Bular insoniyat hayotida eng katta ahamiyatga ega bo’lgan narsalardir.
[2314] Tog’lar avvaliga joydan qo’zg’alib ketadi, keyin titilgan yunga o’xshab parchalanib ketadi (Maorij 70:9), (Qoria 101:5).
[2315] Jahannamga asosan Alloh va oxiratga ishonmagan, shubha qilgan kimsalar tushadi. Jahannam asosan ana shunday kimsalarga tayyorlangan (Yasin 36:63-64), (Soffat 37:21), (Duxon 44:50), (Rahmon 55:43).
[2316] Arab tilidagi “zavvaja” iborasi baʼzi o’rinlarda uylantirib qo’yish va nikohlab berish maʼnosida (Ahzob 33:37), baʼzi o’rinlarda esa, qo’shib qo’yish, qo’shib berish, juft-juft qilib berish degan maʼnolarda ishlatiladi (Sho’ro 42:50), (Takvir 81:7). Bu kabi ayol suratidagi xizmatkorlar jannatda xotinlik uchun berilmaydi. Bular jannatdagi erkaklarga ham ayollarga ham xizmatkor sifatida va hamroh sifatida beriladi. Qurʼoni Karimning hech bir oyatida, hurlar erkak kishilarga xotin qilib beriladi degan joyi yoq. Hurlar haqidagi o’xshash oyatlar: (Soffat 37:48), (Tur 52:20), (Rohman 55:56, 72), (Voqea 56:22).
[2317] Bu oyatga ko’ra, imonli solih bandalar jannatda o’zlariga imon bilan ergashgan zurriyotlari bilan birga qolishga dalolat qiladi. O’xshash oyatlar: (Raʼd 13:23), (G’ofir 40:8), (Inshiqoq 84:8).
[2318] (Muddassir 74:38).
[2319] Janatdagi sharoblarda sarxushlik boh og’rig’i ham, mast bo’lib qolish ham bo’lmaydi (Soffat 37:47). Jannatdagilar bir-biridan behuda gap-sozʼlar, yomonliklar va yolg’on gap eshitmaydi. Faqat yaxshigap eshitadilar (Voqea 56:25), (Nabaʼ 78:35).
[2320] Xizmatkor yigitlar haqidagi o’xshash oyatlar: (Voqea 56:23), (Inson 76:19).
[2321] Bu oyat ikkita maʼnoni o’z ichiga oladi:
- Biz dunyodada oila-aʼzolarimiz orasida Allohning azobidan qo’rqadigan kimsalar edik.
- Biz dunyoda oilamiz haqida o’ylab azobdan qo’rqar edik. Zero Alloh taolo mo’minlarga o’z oila-aʼzoalrini ham jahannamdan saqlab qolish choralarini ko’rishikka buyurgan (Tahrim 66:2).
[2322] Jahannamdan saqlanib jannatga kirgizilgan inson eng katta muvaffaqiyatga erishgan bo’ladi (Oli Imron 3:185).
[2323] Payg’ambar alayhissalom asosan insonlarni Qurʼon bilan ogohlantirgan, u bilan nasihat qilgan. U kishi shunga buyurilgan (Qof 50:45). Biz ummatlari ham shunday qilishimiz kerak.
[2324] Kohin – gaybdan xabar berishini iddao qiladigan odam. Majnun – aqli zaiflashib qolib, nima deyotganini bilmaydigan odam. Kimlardir Rasulullohni majnun degan (Hijr 15:6), kimlardir yolg’onchi va unda jinnnilik bor degan (Sabaʼ 34:8). Rasulullohga nisbatan bunday bo’hton va haqoratlar ko’p bo’lgan. lekin, u kishi daʼvatini va talig’ini to’xtatmagan. Zero, oyat shunga buyuradi. Qurʼonni yetkazayotgan insonlar ham odamlarning gaplariga parvo qilmasliklari kerak, eʼtibor bermasdan Qurʼonni tushuntirishda, yetkazishda davom etish kerak. Mana shu yo’l Rasululloh yurgan yo’ldir, mana shu sunnati nabaviyyadir.
[2325] Kofirlar Muhammad alayhissalomga biron bir baxtsiz hodisa yuz berib vafot etishini kutishgan. Mana shunda u kishiga ergashgan kimsalar yana eski dinlariga qaytib ketadi deb o’ylashgan. Holbuki, Rasulullohdan keyin u kishiga vahiy bo’lib kelgan iloihiy kitob to qiyomatgacha saqlanib qoladi. U mo’minlarning dasturi va yo’lboshchisiz sifatida doim qoladi. Muhammad a.s. vafot etgani bilan, Qurʼon yo’qolmaydi.
[2326] Qurʼonni Muhammad alayhissalom to’qib chiqargan emas. agar u kishi Qurʼonda bo’lmagan biron bir so’zni Qurʼondan deb qo’shib aytganida, u kishiga Alloh taolo tarafidan o’lim jazosi berilgan bo’lardi (Haqqo 69:44).
[2327] Kimki Qurʼon Allohning kitobi emas, u inson tarafidan to’qilgan yoki inson tarafidan Muhammad alayhissalomga o’rgatilgan so’z desa, Qurʼondagi biron bir sura bilan bir xil sura keltirib ko’rsin, yoki boshqa bir Qurʼon kelttirib ko’rsin (Baqara 2:23), (Yunus 10:37,38), (Hud 11:13), (Isro 17:88), (qasos 28:49). Aslo bunday qilolmaydi.
[2328] Xazinalar deganda g’ayb ilmi, rizq, cheksiz imkoniyat degan maʼnolar tushuniladi. Osmonlar va yerdagi hamma narsa Allohnikidir, ularni U boshqaradi.
[2329] Har qanday inson – u kim bo’lishidan qatʼiy nazar Alloh yaratgan tabiatdagi narsalarga muhtojdir, undagi qonunlarga amal qilishga majburdir. Alloh yaratgan yerda yashaydi, Alloh yaratgan havodan nafas oladi va hk. Yaʼni, hech kim Allohdan behojat emas. Hech kim Allohning imkoniyatlariga ega emas.
[2330] (Nahl 16:57), (Soffat 37:109), (Zuxruf 43:16), (Najm 53:21, 22).
[2331] (Anʼom 6:90), (Sho’ro 42:23).
[2332] Osmonlar va yerda insonlardan yashiringan ko’plab ilmlar bor. Ulardan baʼzilarini Alloh bildirganicha insonlar izlanib ixtiro qilishlari mumkin (Baqara 2:255).
[2333] Islom va musulmonlarga xiyla qilganlar aslida o’zlari shaytonning xiylasiga tushib qolgan bo’ladilar. Qilgan xiylalarining, yomon rejalarining oqibati o’zlarining boshlariga balo bo’ladi. Din dushmanlari vaqti-vaqti bilan dinga qarshi reja tuzishi mumkin. Lekin, Alloh eng yaxshi reja tuzuvchidir (Oli Imron 3:54).
[2334] Alloh va Rasuliga yoki Qurʼonga ishonmayman deb turib olgan inson baribir ishonmaydi. Agar boshiga osmon parchasi tushib ketsa ham, osmonga chiqib tushsa ham (Hijr 15:14,5). Chunki, qaysarligidan tavba qilmaguncha, ulardagi muhr va parda ko’tarilmaydi. Yaʼni, ishonmaydigan odam qanday isbot-dalil ko’rsa ham baribir ishonmaydi. O’xshash oyatlar: (Anʼom 6:7, 25, 109, 111), (Aʼrof 7:146), (Yunus 10:96-97), (Hijr 15:13-15), (Isro 17:92, 93), (Sabaʼ 34:31), (Qomar 54:2).
[2335] Allohning hukmiga sabr-bardosh qil deganda, Qurʼonni yetkazish vazifangni nima bo’lishidan qatʼiy nazar davom et, seni yolg’onchiga chiqarishlariga, tuhmat va bo’htonlariga sabr qil, senga yetkazilayotgan aziyatlarga chida, kabi umumiy maʼno chiqadi.
[2336] Qurʼoni Karimda “tasbeh” buyrug’i biron bir vaqtga aloqador bo’lib kelganida Allohni poklab ulug’lashga ishorat qiladi. Bu oyatdagi tungi tasbeh (Isro 17:79) oyatdagi tahajjud namoziga, yulduzlar botkandagi tasbeh Bamdod namozidan avval o’qiladigan ikki rakat ixtiyoriy namozga ishorat qiladi. Avvalgi oyatda “turganingda” ifodasini bu oyat tunda uyqudan turganingda va tongdan oldin uyg’onganingda deb ochiqlab bermoqda.
[2337]Najm surasi, Makkada tushgan, 62 oyatdan iborat. Tushish tartibi 23 yozilish tartibi 53.
[2338]Bu oyatni arab tili jihatidan so’zma-so’z tarjima qilinsa “botayotgan yulduzga” kabi maʼno chiqadi. Lekin, ko’plab mufassir olimlarning, ayniqsa Imom Aʼmashni Mujohiddan, u esa sahoba Abdulloh Ibn Abbosdan qilgan rivoyatiga ko’ra, kelgusi oyatlardagi maʼno va mazmun oqishi bu oyatdagi yulduz Qurʼon oyatlariga dalolat qiladi. Yulduzlar, sahrodagi insonlarga yo’l ko’rsatgani kabi, Qurʼon oyatlari ham chorasiz qolgan har qanday kishiga to’g’ri yo’l ko’rsatadi. Ibn Kasir bu maʼnoga dalil sifatida voqea 56:75-80 oyatlarini keltirgan.
[2339]Bu oyatdagi urg’u vahiy va Qurʼondir. Zero, kelgusi oyatlar bunga dalolat qiladi. (Muqotil Ibn Sulaymon, Imom Farro, Imom Zamaxshariy va boshqa tafsir va maʼnoni va g’aribul-Qurʼon kitoblarga qarang.)
[2340]Madinada Rasulullohga kelgan vahiyni Ubay ibn Kaʼb yozar edi. U kishi yo’qligida Zayd ibn Sobit yozardi (Tobariy va Ibn Abdulbarr va Ibnul-Asir tarixlari). Rasululloh vahiy kotiblariga qaysi oyatni qaysi suraga va qaysi joyiga yozish kerakligini ham aytib turardi (Ahmad ibn Hanbal, Musnad, Abu Dovud, Sunan, Hokim, Mustadrak, Bayhaqiy, Sunanul-Kubro). Zero, Rasululloh: “Menga jabroila.s. keldi va: «Innalloha yaʼmuru bilʼadli…” oyatini shu suraning shu joyiga qo’ydirishimni aytdi», degan so’zlari bizgacha yetib kelgan (Ahmad ibn Hanbal, Musnad, Suyutiy, Durrul-Mansur).
[2341] Bu oyatdagi arabcha “av” yaʼni “yoki” degan ibora Allohga nisbatan ishlatilganida “aslida”, “hattoki” kabi maʼnolar beriladi. Chunki, U hamma narsaning o’lchovini ham, miqdorini ham biladi (Imom Zamaxshariy). Chunki arab tilida bu kabi iboralar xabar beruvchining nazdida undan kam miqdorda emasligi taʼkidlash uchun ishlatiladi. Demak, bu o’rinlarda “hatto” deb tarjima qilinadi (Ibn Kasir). Shunday maʼno beriladigan o’xshash oyatlar (Baqara 2:74), (Niso 4:77), (Soffat 37, 147).
[2342]Yaʼni, Jabroilni ikkinchi marta ko’rgan vaqtda boshqa tarafga toymadi ham, ko’rgan narsasini haqiqatdan ko’rgan, ko’zlar adashmagan, ko’rgan narsasini yolg’onga chiqarmadi ham. Ayni suraning 11-oyatida ham buni ochiqlab bergan oyat o’tdi. Rasulullohning ko’zlari ko’rgan narsani uning qalbi ham tasdiqladi, ko’zlari ko’rgan narsasida adashmadi.
[2343]Baʼzi mushriklar farishtalarni ayol kishi deb taʼriflab, ularni Allohning qizlari deb iddao qilishgan (Nahl 16:57). Boshqalari esa qiyomatda bizga shafoatchi boladi deb shafoatda Allohga sherik qilgan o’sha but-sanamlari-ga ayol kishilarning nomlarini qo’yib olishgan. Yaʼni, ilohlikka nisbat berayotganlari o’sha sanamlarga ayollikni nisbat berishgan, lekin o’zlari qiz farzand ko’rsalar, yuzi “qorayib” tushkunlikka tushib qolgan (Nahl 16:58), (Zuxruf 43:17).
[2344]Hozirgi davrda ham baʼzi kimsalar “falonchi avliyo meni o’lar vaqtimda imonimni saqlab qoladi” deb, baʼzilari esa “qiyomatda menga shafoatchi bo’lib, jahannamdan qutqarib qoladi”, deb, o’zlari yoki ota-bobolari tarafidan to’qib olingan turli nomlar bilan nomlangan shaxslarga sig’inib qolmoqda. O’sha muqaddaslashtirilgan soxta nomlar “Qutb”, “Avtod”, “Nuqabo”, G’ovs» kabi nomlardir. Bunday nom yoki laqab bilan laqablangani bilan hech bir inson ilohiylashib qolmaydi. Alloh taolo bunday mushriklik tushunchasini oqlaydigan birorta ham hujjat tushirmagan (Aʼrof 7:71), (Yusuf 12:40).
[2345]Mushriklar o’zlari sig’inayotgan but-sanamlarini dunyoda Allohga yaqinlashtiradi (Zumar 39:3) va oxiratda bizga shafoat qiladi deb (Yunus 10:18) iddao qilishar edi. bu oyatlardan o’sha narsalar mutlaqo noto’g’ri ekani maʼlum bo’lmoqda. Zero, kelgusi oyatda faqatgina Alloh izn bergan farishtalar insonni oqlashi mumkin ekani maʼlum bo’lmoqda. Demak, inson dunyoda bir narsaga erishishni xohlasa ham Allohdan so’rasin, oxiratda biror narsaga erishmoqchi bo’lsa ham Allohdan so’rasin. Inson o’zicha chiqarib olgan tushunchalariga asoslanib hukm chiqarib bo’lmaydi.
[2346] Shafoat/oqlash to’laligicha Allohga tegishli (Zumar 39:44). Shafoat kalimasi malaklarga nisbatan ishlatilganida “Malaklarni Allohning O’zi rozi bo’lgan va izn bergan mo’min bandalari uchun Allohdan istig’for so’rashi” deb tushuniladi. Buni ochiqlab beruvchi oyatlar: (Mo’min 40:7), (Sho’ro 42:5). Qiyomatda hukm yolg’iz Allohnikidir. U hukmiga hech kimni sherik qilmaydi (Fotiha 1:4), (Kahf 18:26), (G’ofir 40:16). Eng hurmatli farishtalar ham faqatgina Alloh rozi bo’lgan mo’min bandalarni qo’llab-quvvatlaydi (Anbiyo 21:26-28). Farishtalarning va mo’minlarning bir-biriga bo’ladigan shafoati – bir-biriga qilgan duolaridir (Qarang: Imom Zajjoj va Imom Nahhos, Baqara 2:255 oyat maʼoniysi). Zero, farishtalar mo’minlar haqiga duo qilib, ular uchun Allohdan mag’firat tilab turadilar (G’ofir 40:7), (Sho’ro 42:5). Ularning bu shafoati esa, faqat Alloh rozi bo’lgan bandalarga foyda beradi. Mo’minlar ham bir-birining haqiga duo qilib turishi kerak (Hashr 59:10), musulmonlar Rasulullohni ham har tomonlama qo’llab-quvvatlab turishi va unga samimiy yondashishi shartdir (Ahzob 33:56).
[2347] O’xshash oyatlar: (Zuxruf 43:19).
[2348] Dunyo insonlarning ko’pi gumon va taxminga ergashadi va shu asosida hayot kechiradi (Anʼom 6:116).
[2349]Qurʼonni tushuntirib berayotganida yoki Qurʼonni daʼvat qilayotganida undan yuz o’girgan kishiga hadeb takrorlayvermaydi. Chunki, Qurʼonni eslatish unga ishongan kimsalarga foyda beradi (Zoriyot 51:55).
[2350] Katta gunohlardan saqlanib yashaydigan insonlar haqida o’xshash oyatlar: (Niso 4:31), (Sho’ro 42:37).
[2351]O’xshash oyatlar: (Niso 4:49), (Nur 24:21). Yaʼni, hali hanuz qiyomat kelmay turib, hisob-kitob qilinmay turib hech kim o’zini oqlashi mumkin emas. Kimni qanday amal qilganini, kim amalini xolis yoki noxolis qilganini Alloh biladi va shunga qarab uni yo oqlaydi yoki badnom qiladi.
[2353]Bu va (Qiyomat 75:31, 32) oyatlar Valid Ibn Mug’ira haqida tushgani aytilsa-da, bu oyat toki qiyomatgacha kim Qurʼondan yuz o’girsa va moddiy yaxshilik qilishdan bosh tortsa, unday kishilarning barchasiga tahdid va ogohlantiruv bo’lib qolaveradi.
[2354]Ibrohim va Muso payg’ambarlarga kitob berilgan. Lekin bu oyatda u ikkalasining kitobini ham “sahifalar” deb nomlangan. Bu esa, Ibrohimga bir-qancha sahifalargina emas, balki Muso kabi unga ham to’liq bir kitob berilgani maʼlum bo’ladi. Ibrohim va Muso payg’ambarlarga berilgan kitoblar haqidagi oyatlar: (Baqara 2:136), (Oli Imron 3:8), (Anʼom 6:83-89).
[2355]Yaʼni, mabodo gunohida sherik yoki atayin sababchi bo’lib qolmasa hech kim birovning gunohi uchun jazolanmaydi. Inson o’tmishdagi insonlarning ishlaridan javobgar bo’lmaydi (Baqara 2:134), insonning qilgan yaxshiligi ham o’ziga, qilgan yomonligi ham o’ziga (Baqara 2:286), birov uchun birov hisob bermaydi (Anʼom 6:52), mahsharda na ota bolasiga, na bola otasiga biron narsa qilishga asqatmaydi (Luqmon 31:33), gunohkor kishining eng yaqinlari bo’lsa ham, gunohkorning zarracha gunohini zimmasiga olmaydi (Fatir 35:18), (Mumtahina 60:3). Yana boshqa o’xshash oyatlar: (Zumar 39:7), (Fussilat 41:46), (Josiya 45:15).
[2356] Arab tilidagi “manaa” kalimasining asl maʼnolaridan biri “o’lchov qo’yish”, “o’lchovini belgilash”dir (Maqoyis). Demak, insonning o’lchovi urug’lanib pushtga aylanayotgan vaqtda belgilanadi. (Zamaxshariy, Ibn Atiyya va Shavkoniy tafsirlariga qarang.)
[2357]Aqna – mol-davlatini saqlab qolish imkoniyatiga ega bo’lgan kishiga aytiladi. Bu imkoniyatni insonga albatta Alloh beradi.
[2358]Sheʼro – tunda samoda juda ham porlab ko’rinadigan Sirius yulduzidir. Xuzo’a qabilasining baʼzi insonlari o’sha yulduzga sig’inishgani rivoyat qilinadi. Aslida ibodat va iltijo qilishga yolg’iz Alloh haqli ekani mana shu shaklda bildirib o’tilmoqda. Yaʼni, qullik yaratilganga emas, yaratganga bo’lishi kerak.
[2359]Lut qavmining yurti ostin-ustun qilingan va boshlariga toshlar yog’ilgan (Hijr 15:74).
[2360] O’xshash oyatlar: (Aʼrof 7:187),
[2361] O’xshash oyatlar: (Muʼminun 23:110).
[2362] Qamar surasi, Makkada tushgan, 55 oyatdan iborat. Tushish tartibi 37, yozilish tartibi 54.
[2363] (Isro 17:59) oyatida Muhammad alayhissalomga o’zini haq payg’ambar ekaniga Qurʼonʼondan boshqa dalil/alomat berilmagani aytilgan. (Ankabut 29:51) oyatda esa, insonlarga dalil/alomat sifatida Qurʼon kifoya qilishi kerakligi bildirilgan. Bu (Muhammad alayhissalomning haq payg’ambar ekanining dalillari/alomatlari) haqidagi oyatlarga zid rivoyatlarga asoslangan ayrim insonlar, bu oyatni Rasululloh (s.a.v.)ning mo’jizasi sifatida qabul qiladi. Lekin, bu oyatda oy bo’linishi mo’jiza deb keltirilmagan. Undan tashqari, arab tilida, kelajak zamonda aniq sodiq bo’ladigan narsalar haqida bayon qilinganida, ko’pincha o’tmish zamon uchun ishlatiladigan feʼl qo’llaniladi. Masalan, (Moida 5:116), (Zumar 39:68-74). Undan tashqari, qiyomatga ishorat qiluvchi oyatlar ichidan joy olgan feʼllar ko’pincha o’tmish zamon shaklida keladi, lekin ularga kelajak zamon maʼnosi beriladi. Bunga (Anʼom 6:168), (Moida 5:119) oyatlari misol bo’ladi. Zero, kelgusidagi oyatda kofirlarga alomatlar/dalillar ko’rsatilsa ham baribir imon keltirmasligi bildirilgan. Undan tashqari, arab tilida “inshaqqo al-qomar” so’zi “ishlar ayon bo’ladi”, hamma narsa o’rtaga chiqadi» kabi maʼnolarda ham ishlatiladi. Agar oyatga shu keyingi maʼnoni beradigan bo’lsak, “qiyomat vaqti yaqinlashib qoldi, shunda hamma ishlar o’rtaga qo’yiladi/hamma narsa ayon bo’ladi” degan maʼno chiqadi. Baʼzilar, oydagi bir-qancha kichik yorilmalarni mana shu oyatning ishorati deb tafsir qiladi. Bu taʼvilni biz ham qabul qilamiz. Zero, oyda bir-qancha kichik-kichik yoriqlar bor. Lekin, oy o’rtasidan ikkiga bo’linib, keyin yana yamab qo’yilgan , degan taʼvillarni qabul qilmaymiz.
[2364] O’xshash oyatlar: (Hijr 15:14,15).
[2365] O’xshash oyatlar: (Shuqaro 26:112).
[2366] O’xshash oyatlar: (Hud 11:37-40).
[2367] O’xshash oyatlar: (Hud 11:37), (Muʼminun 23:27).
[2368] Samud xalqiga hazrati Solih payg’ambar va elchi etib yuborilgan (Aʼrof 7:73).
[2369] Oyatdagi “suur” kalimasiga “azob” deb maʼno berganlar ham bo’lgan (Imom Zajjoj).
[2370] O’xshash oyatlar: (Shuaro 26:154-157).
[2371] O’xshash oyatlar: (Aʼrof 7:77), (Hud 11:65), (Shuaro 26:157), (Shams 91:14).
[2372] Lut payg’ambar va u kishining tarafdorlarini azobdan qutqarib qolinishi, xalqning boshqa jinoyatchi qismi esa halok bo’lishi Allohning yaxshiligidir. O’z vazifasini to’g’ri bajarib yuruvchi bandalarini Alloh qutqarib qoladi, yer yuzidan halok qilib yo’qotib yubormaydi.
[2373] Makka mushriklari ilk marotaba Badr jangida mo’minlardan qo’rqib, mag’lub bo’lgan holda qochishgan.
[2374] Bu oyatdagi jinoyatchilar avvalgi oyatlarda tahdid qilingan, yaqinda musulmonlar tarafidan mag’lub bo’lib, ortga qarab qochishi bildirilgan Makkalik kofirlardir. Yaʼni, agar ular kofirligida davom etsalar, zalolatdan va ahmoqlikdan chiqa olmaydilar, adashgan holda o’ladilar.
[2375] Jahannam deb tarjima qilingan kalima “Saqor”dir. U ham jahannamning nomlaridan biridir. O’zbek tilida aniq va ravshan tushuniishi uchun, tarjimada o’zbek tilida ko’p ishlatilgan “jahannam” so’zini oldik.
[2376] Qadar – o’lchov va meʼyor degani. Alloh har bir narsani o’ziga xos o’lchovi, vazifasi, qonuniyati bilan yaratgan. Yaratilgan mavjudotlarning fitratlariga Alloh tarafidan joylangan qadar – Allohning qudratini namoyon qiluvchi alomat va sifatlardir. Quyoshga quyoshlik o’lchovi va qonunini joylagan, oyga oylik, yerga yerlik, qushlarga qushlik, baliqlarqa baliqlik, tog’larga tog’lik, bulutlarga bulutlik qilish qonuni va meʼyorini joylagan. O’xshash oyatlar: (Furqon 25:2), (Raʼd 13:8), (Hijr 15:21), (Aʼlo 87:3).
[2377] Aloh taolo biror narsani bo’lishini iroda qilsa, “Bo’l” deydi va o’sha narsa paydo bo’lishni boshlaydi (Baqara 2:117), (Oli Imron 3:47, 59), (Anʼom 6:73), (Nahl 16:40), (Maryam 19:35), (Yasin 36:82), (G’ofir 40:68).
[2378] Insonlarning aytayotgan gaplari va qilayotgan ishlarining barchasi o’ziga tegishli bo’lgan amal daftariga yozib qo’yiladi va oxiratda uning o’ziga ko’rsatiladi va o’sha kitobida yozilgan qilmishlariga ko’ra adolat ila hisob-kitob qilinadi. O’xshash oyatlar: (Oli Imron 3:181), (Niso 4:81), (Yunus 10:21), (Isro 17:13), (Kahf 18:49), (Maryam 19:79), (Anbiyo 21:94), (Yasin 36:12), (Zuxruf 43:80), (Josiya 45:29), (Qof 50:18), (Infitor 82:10-12).
[2379] (Yunus 10:2).
[2380] Rahmon surasi, Madinada tushgan, 78 oyatdan iborat. Tushish tartibi 97, yozilish tartibi 55. (Baʼzi olimlar Makkada tushgan deydi).
[2381] Muhammad alayhissalomning payg’ambar ekaniga ishonmagan baʼzi kimsalar u kishiga Qurʼonni bir inson o’rgatdi (Nahl 16:103), deb bo’hton qilishgan, baʼzilari esa Qurʼonni Muhammadning o’zi to’qib oldi (Furqon 25:4) degan, yana boshqalari “Rahmonga sajda qilinglar (Furqon 25:60)” oyati tushganida, “Rahmon nima o’zi” deb mazax qilishgan. Bu oyat o’shanday kofir kishilarning bo’hton va yolg’onlariga javob bo’ladigan shaklda, hamda boshqa dalillarni ham o’z ichiga olgan holda nozil bo’lgan. Qurʼonda baʼzi narsalar Allohga nisbat beriladi. Lekin, o’sha ish Allohning amri va ko’rsatmasi bilan bo’layotgani sababli shunday yoziladi va aytiladi. Aslida, o’sha ishni boshqa biri qilayotgan bo’ladi. Masala; Qurʼonni Muhammad a.s.ga Jabroil farishta olib tushdi va u o’rgatdi (Najm 53:5), (Baqara 2:23, 99). Bu holatlar o’sha narsalar Allohning amri va irodasi bilan bo’layotganiga ishorat qiladi.
[2382] Inson deganda ilk yaratilgan inson Odam a.s. ham tushuniladi, barcha insoniyat ham tushuniladi. Shuningdek, (Iqro 96:4,5) oyatlarida ham avvalo Odam a.s. tushuniladi.
[2383] Oy ham quyosh ham belgilangan hisob bo’yicha falakda davomli aylanib turadi, toki qiyomatgacha o’z o’qidan chiqib ketmaydi. Alloh taolo ularni maʼlum bir o’lchov va qonun bilan yaratgan (Yasin 36:40), (Anʼom 6:96), (Qomar 54:49). Quyosh bilan oy doim takroriy aylanib turgani uchun, insonlar oy, kun va yil hisoblarini mana shu oy va quyosh harakatiga qarab belgilaydi. Buni ham Alloh taolo belgilab bergan va o’rgatgan (Isro 17:12).
[2384] O’xshash oyat: (Haj 22:18). Koinotdagi yulduzlar va yerdagi o’simliklarning sajda qilishi deganda, ularning Alloh yaratgan xususiyatga va Allohning yaratish qonuniga muvofiq harakatlanishi tushuniladi. Chunki, (Nahl 16:48) oyatda soyasi bor mavjudotning soyasini farqli taraflarga burilib turishini ularning sajdasi deb bayon qilingan. Undan tashqari, ularning tasbehlari ham bor, biroq insonlar uni tushunmaydi (Isro 17:44).
[2385] O’xshash oyatlar: (Raʼd 13:2), (Luqmon 31:10).
[2386] (Hadid 57:25) oyatiga ko’ra mezon adolatdir, adolat bilan hukm qilishdir. Koinot Alloh qo’ygan adolat ila barqaror turganidek, yer yuzi ham adolat ila qaror topadi. Adolatsizlik bor joyda tinchlik ham, barqarorlik ham bo’lmaydi.
[2387] O’xshash oyatlar: (Isro 17:35).
[2388] Yer yuzidagi narsalar insoniyat uchun yaratilgan (Baqara 2:29).
[2389] Rayhon deganda shirin hidli o’simliklar, isteʼmol qilinadigan donli mahsulotlar hamda umumiy maʼnoda rizq ham tushuniladi.
[2390] Inson zoti o’ziga berilgan ilohiy neʼmatlarni ko’p-ko’p eslab turishi kerak (Aʼrof 7:69). Bu ham najot topib qolishiga sabab bo’ladi, insonni nonko’rlikdan saqlanib qolishiga sabab bo’ladi.
[2391] Surada bu kalima 31-marta keltirilgan. Ilk 8 tasi Allohni O’zining yaratuvchi ekanini bildirgan oyatlardan keyin, keyingi 7 tasi jahannamga aloqador oyatlardan keyin, keyingi 8 tasi jannat haqidagi oyatlardan keyin, oxirgi 8 tasi jannatning farqli martabalari haqidagi oyatlardan keyin keltirilgan. Demak, jahannamdan saqlanib qolib, jannatga kirish uchun, avvalgi sakkiztalik mavzularda keltirilgan Rububiyatga (borliqlarni yaratuvchisi Alloh ekaniga) ishonish va Uning buyruqlarini bajarish kerak.
[2392] O’xshash oyatlar: (Hijr 15:26, 28, 33).
[2393] Baʼzi oyatlarda birlik iborasi bilan, yaʼni mashriq va mag’ribning yaratgan Egasidir, shaklida keladi (Baqara 2:115, 142, 177, 258). Bu oyatdagi ikkilik iborasi quyosh va oyning botishi va chiqishiga ishorat qilgan bo’lishi mumkin. Quyosh va oyni yaratgan ham, ularga botish va chiqish qonunlarini qo’ygan ham Allohdir.
[2394] Sho’r suvli dengiz bilan shirin suvli dengiz bir-biriga aralashmay oqadi. Alloh mana shunday qonun qo’ygan. Aks holda, yer yuzida hayot bir tekisda davom etmagan va yerdagi tirik jonzotlar qirilib ketgan bo’lardi. O’xshash oyatlar: (Furqon 25:53), (Naml 27:61).
[2395] Suvlarni orasi bo’linib, ustida turli kemalar suza oladigan qilib yaratgan ham Allohdir. Insonlar uchun bu buyuk imkoniyatni ham u bergan. Bu ham ulug’ neʼmatdir.
[2396] Bu oyatdagi hamda (Qasos 28:88) oyatda Allohga nisbat berilgan “vajh-yuz” iborasiga “O’zi” yoki “zoti” deb tarjima qilinadi. (Kahf 18:28), (Inson 76:9) oyatlarda ham shunday maʼnoda kelgan.
[2397] Boqiy qoladi deganda zotida o’zgarish bo’lmaydi, yo’q bo’lmaydi va o’lmaydi, degan maʼno chiqadi. Agar bu oyatni (G’ofir 40:16) oyat bilan birga o’qiydigan bo’lsak, oyatdagi “vajh-yuz” deganda Allohning hukmdorligi va sultonligi boqiy qoladi, Undan boshqa har kimni hukmronligi tugaydi degan maʼno ham chiqishi mumkin.
[2400] Alloh taolo osmonlar va yerni yaratganidan keyin, ularni boshqarishga o’tdi (Yunus 10:3, 31), (Raʼd 13:2), (Sajda 32:5). Alloh bu ishini aslo tashlab qo’ymaydi, aslo nazoratidan qoldirmaydi, hech narsa Uning eʼtiboridan va ilmidan tashqarida qolmaydi. Alloh qiyomatgacha O’zi xohlagan narsasini yaratib turadi (Nahl 16:8).
[2401] Vaqt ajratamiz deganda, hozir vaqti yo’q degani emas, hozir boshqa narsa bilan band degani ham emas. Qiyomatda, har kimning kattayu kichik qilmishiga alohida eʼtibor beriladi va har bir amali inobatga olinadi, degani bo’ladi.
[2402] Hozirda bu holatni astronomiya fanida Galaktik tumanlik deyiladi. Bu narsa bir yoki bir necha qo’shni qaynoq yulduzlarning ultrabinafsha nurlanishi taʼsirida porlab ko’rinadi. Lekin, qiyomatda samo to’laligicha insonlarga mana shunday, yaʼni rang-barang qizil holatda ko’rinadi.
[2403] Chunki, hamma narsa yozib qo’yilgan bo’ladi. Qilgan ishlarini har kim o’z amal daftarida yozilgan holda ko’radi (Kahf 18:49), (Isro 17:14).
[2404] Mahsharda kimnidir yuzi qaro bo’ladi (Zumar 39:60), kimnidir ko’zi chaqchayib qolgan bo’ladi (Toha 20:102), kimdir ko’r holatda tiriltilgan bo’ladi (Toha 20:124-127). Jinoyatchilar yana shunga o’xshash alomat bilan tiriladilar.
[2405] (Alaq 96:15, 16).
[2406] Bu ikkita jannat asosan o’ng taraf egalariga beriladi (Voqea 56:27-40).
[2407] “Fanan” deb aslida daraxtning shox va novdalariga aytiladi. Lekin, bu oyatdan novdali va shoxli daraxtlar tushuniladi. Chunki, daraxtsiz novdaning o’zi bo’lmaydi.
[2408] (Muhammad 47:15).
[2409] Yaʼni, jannat mevalaridan isteʼmol qilish uchun uzoq joylarga borilmaydi, yashayotgan joylariga, yonboshlab yotgan so’rilari va to’shaklariga yaqin joyda pishib turadi.
[2410] Jannat ahliga xizmat qiladigan erkak qiyofasidagi g’ilmonlar va ayol qiyofasidagi xizmatkor hurlar xizmat qilishda birin-ketin xizmatga shay bo’lib turishi bildirilmoqda. Chiroyda esa, ko’zni quvnatadigan darajada bo’lishi bildirilmoqda. Marjon donalari taqinchoq sifatida ipga qanday birin-ketin chizilgan bo’lsa, ular ham tartib-intizom bilan xizmat qiladi.
[2411] Dunyoda yaxshilik qilgan kishilarning mukofoti oxiratda albatta yaxshilik bo’ladi, hamda qilgan ishlaridan ortig’i bilan mukofotlanadi. O’xshash oyat: (Yunus 10:26). Insonlar ham o’zlariga qilingan yaxshilikka albatta yaxshilik bilan javob qaytarishlari kerak. Bu oyat umumiylikni ifoda qiladi.
[2412] Suvni o’ziga xos yoqimli ovoz bilan, ohista oqib turishiga « –نضخ nadx” deyiladi. Bundan tezroq va kuchliroq oqadigan suvlarga « جرى – jaro» deyiladi.
[2413] Dunyo hayotida yaxshiliklarda ildamlik qilganlarga, oxiratda ham eng yaxshi va eng chiroyli mukofotlar beriladi. Shu oyatga ko’ra “xoyrot” kalimasiga eng yaxshi narsalar deb maʼno berdik.
[2414] Tegmagan deganda, ular hanuz boshqalarga xizmat qilmagan, ularni na inson, na bir boshqa jonzot ko’rmagan, degani bo’ladi.
[2415] Voqea surasi, Makkada tushgan, 96 oyatdan iborat. Tushish tartibi 46, yozilish tartibi 56.
[2416] Yomonlar jahannamga uloqtirilib xor qilinadi, yaxshilar jannatga ko’tarilib hurmat qilinadi.
[2417] Har bir ummatda yaxshiliklarda ildamlik qiladigan peshqadamlari bo’ladi. O’ng taraf egalari deganda, (Isro 17:71), (Haqqo 69:19), (Inshiqoq 84:7) oyatlariga ko’ra, mahshar kuni amal daftarini o’ng tarafidan oladigan kishilardir. O’ng taraf egalari bo’lish uchun avvalo (Balad 90:11-18) oyatlarga amal qilish kerak.
[2418] Bu maqomga erishish uchun qo’yilgan asosiy shartlar uchun qarang: (Muʼminun 23:57-61), (Hadid 57:21).
[2419] Bu sifat Tur 52:24 oyatda jannatda xizmat qiladigan g’ilmonlar uchun ham aytib o’tilgan.
[2420] Jannatdagi martaba va maqomlar, berilgan neʼmatlar o’zlarining qilgan amallari evaziga mukofot qilib beriladi. Jahannamdagi azoblar ham u yerdagi yomonlarning qilgan yomonliklari evaziga jazo qilib beriladi. Aloqador baʼzi oyatlar: (Baqara 2:10), (Anʼom 6:70, 127), (Aʼrof 7:9), (Tavba 9:95), (Cajda 32:19). Yaxshilarni Jannatda mangu qolishi Allohning oliyjanobligi va marhamatidir, yomonlarni jahannamda mangu qolishi esa Uning adolatidir. Chunki, yomonlar shunga loyiqdir. Adolat – kim nimaga loyiq va haqli bo’lsa, unga o’z haqini va loyiq bo’lgan narsasini berishdir. Bir so’z bilan aytganda; hamma narsani o’z o’rniga qo’yishdir.
[2421] Bu oyatdagi “salom-salom” iborasi birin-ketin aytiladigan salomatlik tilaklari, hamda o’zaro ikki tomonlama bir-biriga bildiriladigan eson-omonlik tilaklari ekanini bildiradi. Jannatdagilar farqli duo va tasbehlar aytadi (Yunus 10:10). Lekin o’zaro muomala qilayotganida bir-biriga ozor yetkazmaydigan, gunohga sabab bo’ladigan so’zlar aytmaydilar. Chunki, jannat ahlining qalblaridan har turli g’arazliklar olib tashlanib, pok holatda kiradilar (Raʼd 13:43), Hijr 15:47). Jannatdagilarga farishtalar ham eson-omonlik tilaydi (Raʼd 13:24).
[2422] Mana shu suradagi taʼriflarga qarab, ko’pchilik olimlar jannatga kiradigan peshqadamlar va muqarrab bandalardan ko’ra, bu oyatda keltirilgan o’ng taraf egalarining maqom va martabalari pastroq bo’ladi, deb aytishgan.
[2423] Maxdud – tikansiz degani. Baʼzi mufassirlar tikanlari o’rniga meva beradigan deb taʼvil qiladi. Sidr deb soya beradigan daraxtga ham, buta va butazorlarga ham aytiladi. Shu bilan bir qatorda, Sidr deganda mevasi gilosga o’xshaydigan, mevasi sariq rangli, lekin mazasiz va yeganda qorinni to’ydirmaydigan mevali daraxt ham tushuniladi. Mevalari bemaza, tikoni ko’p bo’lgani sababli, (Sabaʼ 34:16) oyatda salbiy maʼnoda keltirilgan. Lekin, jannatda uning ziddi o’laroq, tikansiz, salqin berib turadigan, mevalari mukammal holatda shirin bo’ladi.
[2424] Jannatdagi anhor suvlari aslo aynimaydi. Chunki, ular doim oqib turadi (Muhammad 47:15).
[2425] Ularni deganda avvalgi oyatlarda keltirilgan hurlarga ishorat qilishi ham mumkin, yoki jannat ahliga berilishi bayon qilingan neʼmatlarga ishorat qilishi ham mumkin. Biz bu va kelgusi oyatlarni hurlarga ishorat qilgan holda tarjima qildik. Chunki, “atrob” kalimasi (Sod 38:52) oyatda aynan xizmatkor hurlar uchun “tengqur” maʼnosida ishlatilgan. Agar ikkinchi ehtimolga ko’ra tarjima qilinsa, “abkar”, “urub” va “atrob” kalimalariga maʼno oqishiga qarab bir oz farqli maʼno berish ham mumkin edi. o’sha kalimalarning farzli maʼnolari uchun qarang: Mufradot, Lisanul-Arab, Maqoyisu-lug’a.
[2426] Jannatdagi g’ilmon xizmatkorlar yosh yigitlar qiyofasida bo’lganidek, qasr va saroylar ichida xizmat qiladigan ayol qiyofasidagi xizmatkor hurlar ham yosh qizlar qiyofasida bo’ladi.
[2427] Adashgan deganda tavhiddan adashgani, yolg’onchi deganda Alloh va Rasuliga hamda oxiratga nisbatan yolg’on munosabat bildirgani tushuniladi. bu oyat o’sha davrda Makkalik mushriklarga xitob bo’lgan. hozir esa, aynan ularning yo’lidan davom etayotgan barcha mushriklarga xitob bo’ladi.
[2428] O’xshash oyatlar: (Soffat 37:62-66), (Isro 17:60).
[2429] Oyatda to’ydirasiz emas, to’ldirasiz shaklida keltirilgan. Zero, Zaqqum daraxti qorinni to’ydirmaydi, ochlikni ketkazmaydi.
[2430] Tuyalarda suvga tashnalik kasali bor. O’shanda ular ichgan suvidan chanqog’i bosilmagani sababli, yo bo’kkuncha, yoki o’lguncha ishadi. Jahannam ahli o’lmagani bilan, lekin xuddi o’lib qolayotgandek tashna holda qaynoq suv ichadilar.
[2431] Ilk boshqa koinotni Alloh yaratganiga ishongan inson, oxiratda yana qaytadan yarata olishiga ham ishonadi va buni tasdiqlaydi. Yaratuvchini tan olmagan kishi, oxiratda qayta tirilishga ham ishonmaydi. Demak, inson o’zini o’zi emas, balki uni yaratuvchisi Alloh ekaniga ishonganidan keyin, oxiratga ham qatʼiy ishonishi kera emasmi?!
[2432] Yaʼni, Alloh qilaman degan ishda hech kim unga qarshi chiqolmaydi, Allohning ishlariga birov xalaqit qilolmaydi.
[2433] Insonlar qiyomatda oxirat hayotiga mos ravishda, yaʼni davomiylikka monan bir sifatda, ana shunday xilqatda yaratiladi.
[2434] Osmondagi bulutlardan yog’ayotgan yomg’ir suvlari ichgani ham dehqonchilik qilgani ham yaroqlidir. Agar sho’r bo’lib yoqqanida yer yuzidagi jonzotlar qirilib ketgan bo’lardi.
[2435] Insoniyat daraxtdan va olovdan shunchalik ko’p o’rinlarda foydalanadiki, hatto uni birma-bir sanab taʼriflab chiqish ham qiyin.
[2436] Yaʼni, Robbingni ulug’lab esla, Uni ulug’ va buuk ekanini eʼtirof qilib yod et, unga tasbeh aaytib ibodat qil, degan maʼnolar chiqadi. Shu oyat amriga ko’ra namozda rukuʼga borilganda “Subhana Robbiyal-Azim” deyiladi. Yaʼni, Ulug’ Robbim pok va oliydir. O’xshash oyatlar: (Voqea 56:96), (Haqqo 69:52).
[2437] Oyatdagi «لا – laa» harfiga manfiy maʼno bersak, Qurʼonga qarshi chiqayotgan insonlarga eʼtiroz sifatida “Yoqʼ!” degan maʼno chiqadi. Agar zoida bo’lsa, unga maʼno aytilmaydi.
[2438] (Najm 53:1).
[2439] (Buruj 85:22).
[2440] Qurʼonni halol-pok kishilardan boshqasi mahkam ushlay olmasligining, unga to’liq amal qilolmasining sababi shuki, Qurʼon faqat halollikka, adolatga, to’g’rilikka, haqiqat va yaxshilikka buyuradi. Zolim, adolatsiz, jabrkash, zararkunanda va axloqsiz kishilar Qurʼonga amal qilishi uchun o’sha moddiy va maʼnaviy buzuqlik va axloqsizliklardan o’zini poklashi va tuzatishi kerak, hamda shaxsiy manfaatlarini adolat va haqiqatdan ustun tutmasligi kerak. Ana shundagina Allohning haq kitobini mahkam ushlashi va unga amal qilishi oson va muvaffaqiyatli bo’ladi. Bu oyatdan tahoratsiz Qurʼon ushlab bo’lmaydi degan hukm chiqmaydi, bu oyatni u gapga aloqasi yo’q. Chunki, oyatda “nopoklar ushlamasin”, “tahoratsizlar qo’lini tekkizmasin”, deyilmagan. Zero, Qurʼon deganda sahifalarga siyohlar bilan bitilgan musʼhaflar emas, uning hukmi nazarda tutiladi. Agar tahoratsiz Qurʼon kitobni ushlash mumkin bo’lmaganida, tahoratsiz holda yoddan ham o’qib bo’lmas edi. Tahoratsiz Qurʼon kitobni ushlab bo’lmaydi, deguvchilar mana shu joyda chalkashib qoladi. Chunki, ular Ilohiy risolat va undagi hukmlarni emas, faqatgina sahifa va siyohlarni hurmat qilayotgan bo’lib qoladi. Qurʼon o’qishdan oldin tahorat olishga buyurgan oyat yo’q. Balki, undan oldin quvilgan shaytonning yomonligidan Allohga sig’ingan holda, yaʼni “auvzu billahi minash-shaytonir-rojim”, yoki “astaiyzu billahi minash-shaytonir-rojim” deyish buyurilgan (Nahl 16:98).
Qurʼon o’qishidan oldin qo’li toza bo’lishligi kifoyadir. Bu esa — Allohning shiorlarini hurmat qilishga kiradi.
[2441] Yaʼni, soxtakorlik, munofiqlik, tashqaridan ishongandek ko’rsatib, amal qiladigan o’rinlarda silliqqina boshqa yo’lga burilib ketish degani. Demak, Qurʼon ishonganidan keyin uning har bir hukmiga ishonish va unga amal qilish kerak.
[2442] Bu oyatga “Rizqingizni yolg’onga chiqaryapsizlarmi?!” shaklida tarjima qilganlar ham bo’lgan. birinchi maʼnodan “Maqsadlaringizga yolg’on orqali yetishyapsizlarmi?!” degan mazmun chiqadi, ikkinchi maʼnodan “Allohdan kelayotgan rizqni boshqasidan deb, o’sha rizqingiz haqida yolg’on gapiryapsizlarmi?!” degan mazmun chiqadi. Zero, har ikkala holat ham Islomda taqiqlangan. Rizq Allohdan, yolg’on esa gunoh.
[2443] Yaʼni, bir insonning ajali kelib, joni chiqishi arafasida halqumiga kelib qolganida, shu holatni ko’rib-bilib turib ham, yonidagilar unga hech qanday yordam berolmaydi, o’limdan saqlab qololmaydi. Hatto, insonning o’zi ham o’ziga yordam berolmaydi.
[2444] Oyatda “Men unga yaqinman” shaklida emas, “Biz unga yaqinmiz” shaklida kelgani uchun, bu oyatdagi ko’rmaysizlar» ifodasini “jon olayotgan farishtalarimizni ko’rmaysizlar” deb tushunish kerak (Anʼom 6:51-62). Zero, jonni shaxsan Allohning O’zi emas, u buyruq bergan jon oluvchi farishtalar oladi. Alloh taolo bandalarini bilib turishi, ko’rib turishi bilan, qudrati va yordami bilan yaqindir. O’xshash oyatlar: (Baqara 2:186), (Anfol 8:24), (Hud 11:61), (Qof 50:16), (Mujodala 58:7).
[2445] Yaʼni, har bir inson Allohning yaratishdagi qonunlariga tobedir, Uning tabiatdagi qonunlariga bo’ysundirilgandir. Ajali kelganida o’lish ham Allohning o’zgarmas qonunidir. Bunga har kim bo’ysundirilgan. Bunga bo’ysunmaydigan hech kim yo’q. agar birov Men Alloh yaratgan tabiat qonunlariga bo’ysunmas odamman desa, o’layotgan jonni qutqarib qolsin-chi!
[2446]Allohga yaqin bandalar, deganda ushbu suraning boshlarida keltirilgan peshqadam-muqarrab bandalar tushuniladi.
[2447] Rayhon deganda shirin hidli o’simliklar, isteʼmol qilinadigan donli mahsulotlar hamda umumiy maʼnoda rizq ham tushuniladi.
[2448] O’xshash oyatlar: (Raʼd 13:24), (Hijr 15:46).
[2449] Yaʼni, Robbingni ulug’lab esla, Uni ulug’ va buuk ekanini eʼtirof qilib yod et, unga tasbeh aaytib ibodat qil, degan maʼnolar chiqadi. Shu oyat amriga ko’ra namozda rukuʼga borilganda “Subhana Robbiyal-Azim” deyiladi. Yaʼni, Ulug’ Robbim pok va oliydir. O’xshash oyatlar: (Voqea 56:74), (Haqqo 69:52).
[2450] Hadid surasi, Madinada tushgan, 29 oyatdan iborat. Tushish tartibi 94, yozilish tartibi 57. Hadid deb temir moddasiga aytiladi. Bu so’z Qurʼonda 6 ta oyatda kelgan.
[2451] O’xshash oyatlar: (Isro 17:44).
[2452] Yaratilish va o’limning qonunlarini Alloh belgilagan. Shuning uchun, tug’dirish va o’ldirishga boshqa bir inson sabab bo’lsa ham, inson jonini farishtalar olsa ham, baribir bu ishlarning haqiqati, yaʼni o’ldirish va tiriltirish Allohga nisbat beriladi.
[2453] Alloh Avvaldir, yaʼni Undan avval bor bo’lgan narsa yo’q, O’zidan boshqa nimaiki mavjud bo’lsa, ularning barchasini Uning O’zi vujudga keltirgan, U uchun boshlanish yoq. U Oxirdir, yaʼni U uchun yakun va nihoya yo’q, hamma narsa halok bo’lgan taqdirda ham, Uning zoti abadiy va mangu qoladi (Rahmon 55:26). Bu to’rttala sifat faqatgina Alloh taologa xosdir. Undan boshqa mavjudot bu xususiyatlarga ega bo’lolmaydi.
[2454] Oshkor deganda, Uning borligi, birligi, ilmi, qudrati va boshqa sifat va ishlari har yerda oshkordir, har bir narsadan Uning borligi o’rganib olsa bo’ladi, deb tushuniladi. Pinhondir deganda, Uning zotini qanday va qanaqa ekanini hech kim bilmaydi, hech imning ilmi Uning zotini idrok etolmaydi. Aksincha, har qanday maxfiy va pinhon narsani U biladi va ko’radi, hamda to’liq xabardorbir, deb tushuniladi.
[2455] O’xshash oyatlar: (Aʼrof 7:54), (Yunus 10:3), (Raʼd 3:2), (Toha 20:5), (Furqon 25:59), (Sajda 32:4), (Qof 50:38). Bu oyatlar Alloh taolo hamma narsani yaratib bo’lganidan keyin, endi ularni tartibga solishni boshlaganini, mutlaq hokimiyatni egallaganini, hamma narsani boshqarib turishini bildiradi. Zero, oyat maʼnolarining oqishlari shunga dalolat qiladi.
[2456] Agar oyatdagi «مع- maʼa» kalimasiga birinchi maʼnosi berilsa, Alloh sizlarni ko’rib turadi, bilib turadi, to’liq xabardor bo’lib turadi, qayerda va qanday holatda bo’lsanglar ham, Undan maxfiy qolmaysizlar, ishingizni ko’rib, gapingizni eshitib turadi, deb tushuniladi. bunga o’xshash oyat: Mujodala 58:7. Agar oyatdagi «مع – maʼa» kalimasiga yordam maʼnosi berilsa, modomiki sizlar Allohga itoatda bo’lsanglar,qayerda va qanday sharoitda bo’lsanglar ham, U sizlarga yordam beradi, degani bo’ladi. bu kabi iboralar o’zbek tilida ham ishlatiladi. Masalan: Men bir do’stimga: “Men sen bilanman”, desam, men seni tarafingni olaman, senga yordam beraman, seni yolg’iz tashlab qo’ymayman, demoqchi bo’lgan bo’laman. Bu oyatlardan mana shunday maʼnolar ham chiqadi. Buni arab tilida balog’at, fasohat, majoz ilmi deyiladi. O’zbek tilida esa tag maʼno, ko’chma maʼno deb ataladi.
[2457] Oyat mazmuni Alloh hamma narsani bilib turishi va amallarni ko’rib turishi haqida bo’lgani uchun, Alloh sizlar bilan birgadir, deganda, U O’z ilmi bilan birgadir, ko’rib turishi bilan birgadir degan maʼno chiqadi.
[2458] Sahobalarning bergan so’zlari haqidagi oyat: (Moida 5:7). Har bir musulmon Allohga mana shunday (eshitdik va itoat qildik, deb) so’z berishi va o’sha so’zida turishi kerak (Baqara 2:286).
[2459] O’xshash oyatlar: (Baqara 2:257), (Moida 5:16), (Ibrohim 14:1), (Ahzob 33:43), (Taloq 65:11). Ilohiy kitoblarning barchasi insonlarni zulmdan adolatga, muammoli hayotdan farovon va tinch hayotga chiqarish uchun, zulmatlardan nurga yetaklash uchun nozil bo’lgan. Shu qatortda so’ngi ilohiy kitob bo’lmish Qurʼon ham.
[2460] Bu oyatning hukmi qiyomatgacha davom etadi. Yaʼni, Islom va musulmonlar moddiy va jismoniy yordamga muhtoj bo’lgan vaqtda infoq-ehson qilgan va Alloh yo’lida (imonini va vatanini himoya qilib) jang qilgan kishilar, g’alabadan va yengilllik kelganidan keyin jang qilgan kishilardan ustun bo’ladi. Shu bilan bir qatorda, agar o’sha insonlar to so’ngi nafasigacha musulmon bo’lgan holda yashab o’tsalar, Alloh ularning barchasiga jannatni bashorat bermoqda. Alloh yo’lidagi fidokorliklarning maqom martabalari o’sha vaziyatga qarab belgilangani sababli, ularga beriladigan jannatdagi martabalari ham farqli bo’ladi.
[2461] Qarz – qarshiligi kutiladigan narsa degani. Mukofotini faqatgina Allohdan kutib qilingan moddiy yaxshiliklarga “qarzi-hasana” deyiladi. Insonlarni infoq-ehsonga yanada qiziqtirish hamda, ularga osonroq tushinishlari uchun, bu va bu kabi baʼzi bir oyatlarda moddiy yaxshilik “Allohga qarz berish” shaklida keltirilgan. O’xshash oyatlar: (Baqara 2:245), (Moida 5:12), (Xadid 57:18), (Tag’obun 64:17), (Muzzammil 73:20).
[2462] Ushbu fazilatga ega bo’ladigan mo’minlarni taʼrifi ushbu suraning 19-oyatida keltirilgan.
[2463] Kim jahannamga kirishdan qutilib qolgan bo’lsa, demak u kishi eng katta kutilishga musharraf bo’lgan bo’ladi (Oli Imron 3:185). Bu qutilishga erishish uchun Alloh va Rasuliga (Qurʼonga) itoat qilish kerak (Ahzob 33:71).
[2464] Fitnaga tashlash deganda, munofiqlik qilish tushuniladi. Kutib turdinglar deganda, qachon Islom va musulmonlarga g’alaba va muvaffaqiyat kelsa, keyin birgalikda harakat qilamiz, keyin ular bilan birga bir safda bo’lamiz deb, mana shu holatda kutib o’tiraverdingiz, degan maʼno tushuniladi (Niso 4:141).
[2465] Baʼzi bir munofiqlar va qalbida marazi bor soxtakorlar Islom va musulmonlar boshiga og’ir kunlar tushganida, Alloh va Rasulidan shubhalanib qolishgan (Ahzob 33:12). Bunday holat kunimizda ham baʼzi “musulmonlar” tarafidan ham sodir bo’lib turibdi. Oqibatda, ozgina imtihon yoki biron bir musibat ortidan imonidan kufrga, amalidan isyonga qaytib ketmoqda. Alloh bizlarni imonda sodiq, amalda xolis, imtihonlarda sabrli va hikmatli qilsin (Amin).
[2466] Aldoqchi shayton insonlarni ko’pincha Alloh bilan, yaʼni Alloh nomidan yolg’on narsalar vasvasa qilib, Alloh vaʼda qimagan narsalarni keltirib, Islomda yo’q bo’lgan amallarni Islomdan deb aldab qo’yadi (Luqmon 31:33), (Fatir 35:5). Bundan juda ehtiyot bo’lishimiz kerak. Dinga amal qilishda quruq gaplarga, xomxayollarga, afsona va to’qima narsalarga emas, Allohning kitobiga, Rasulining bizga o’rnak bo’lib Qurʼonga amal qilib yashab bergan eng chiroyli namuna bo’lib qoldirgan yo’liga ergashishimiz kerak.
[2467] Bu oyat mo’min-musulmonlarga qattiq eslatma va ogohlantirishdir. Demak, mo’minlar Qurʼonga va undgi buyruq va ko’rsatmalarga qattiq rioya qilishlari, unga qattiq ehtirom ko’rsatishlari, so’zsiz itoat qilishlari kerak bo’ladi. Aks holda, qalblar qatib, to’g’ri yo’ldan chiqib, fosiq kimsalarga aylanib qolish mumkin.
[2468] O’lik yer tirilishi va yana hosil beradigan bo’lib jonlanishi uchun Alloh yog’diradigan yomg’irga muhtoj bo’lganidek, qatib ketgan va o’lgan qalb tirilib uyg’onishi uchun ham Alloh nozil qilgan Qurʼonga muhtoj bo’ladi. Qatib ketgan qalb bilan o’lik yer haqidagi oyatlarni yonma-yon kelishida albatta hikmat bor.
[2469] Alloh yo’lida kerakli holatlarda moddiy yordami bilan sadoqat ko’rsatiladigan o’rinlarga “sadaqa” deyiladi. Zero, Alloh buyurgan o’rinlarda sadaqa berish, imoniga bo’lgan sadoqatini ko’rsatish bo’ladi. Shuning uchun, zakot kalimasi ham baʼzi o’rinlarda “sadaqa” deb nomlangan (Baqara 2:276), (Tavba 9:60). Alloh uchun xolis sadaqa qilish Allohga chiroyli qarz berishdir.
[2470] O’xshash oyat: (Hadid 57:12).
[2471] Agar oxirat hayoti uchun foydali ishlar bilan mashg’ul bo’lib qolinmasa, bu hayotning ahvoli bir martalik yomg’ir yog’ishi ortidan oz fursatga o’simlik chiroyli o’sib, keyin qurib o’tinga aylanib, chirib ketadigan narsaning ahvoli bilan bir xil bo’ladi. Yaʼni, oxirati uchun amal qilib qolmasa, o’lar vaqtida yonida hech narsa qolmaydi, erishgan narsalarining barchasi yo’q bo’lib ketadi, oxiratda dunyodagi narsalarining birortasidan ham foydalana olmaydi. Oxiratda faqatgina sof imon va xolis amal foyda beradi. Dunyoning o’tkinchi va qadrsiz ekanini ochiqlab bergan o’xshash oyatlar: (Yunus 10:24), (Kahf 17:25), (Zumar 39:21).
[2472] Musibat kalimasi umumiy maʼnoda kelganida, tabiatda sodir bo’layotgan har qanday yaxshi yoki yomon narsa uchun ishlatiladi (Niso 4:79). Oyatga mana shunga ko’ra maʼno berdik. Kelgusidagi oyat ham shuni tasdiqlaydi.
[2473] Demak, tabiatda sodir bo’layotgan yaxshi-yomon ishlar Alloh yaratgan tabiat qonunlariga asosan sodir bo’layotgan bo’ladi (Tag’obun 64:11) va o’sha narsalarning qonuni (Allohning O’ziga maʼlum bo’lgan) kitobga yozib qo’yilgan bo’ladi. Qo’shimcha maʼlumot uchun qarang: (Tavba 9:51) va izohi.
[2474] Yaʼni, insonning qilgan yaxshiligi o’zi uchun, o’z oxirati uchun. Insonning qilgan yaxshiligiga Allohning aslo ehtiyoji yo’q. Aslida, hammamiz Allohga muhtojmiz (Fatir 35:15), (Muhammad 47:18).
[2475] Insonlar o’rtasida hukm qilinganda adolat bilan hukm qilish kerak (Niso 4:58), agar yaqinlarimizning ziyoniga bo’lsa ham, haqda va adolatda turishimiz va adolat o’rnatishimiz kerak (Niso 4:135), (Aʼom 6:152), biron bir qavmga bo’lgan nafratimiz ularga nisbatan adolatsizlik qilib qo’yishga undab qo’ymasligi kerak (Moida 5:8), guvohlikka ham asosan adolatli kishilar o’tadi (Moida 5:106), (Taloq 65:2), Qurʼon oyatlari va undagi hukmlarning barchasi adolatlidir (Anʼom 6:106), adolat talab qiladigan va adolat bilan hukm qiladigan insonlar har bir davrda bo’ladi (Aʼrof 7:159, 181), payg’ambarlar va payg’ambarlikka dushman bo’lgan kimsalar o’z davridagi adolatli isnonlarga ham dushman bo’ladi (Oli Imron 3:21), Alloh taolo adolatli bo’lishga buyuradi (Nahl 16:90), Rasululloh ham insonlar o’rtasida adolat o’rtanishga buyurilgan (Sho’ro 42: 15), (Aʼrof 7:29), ikkita musulmon toifa bir-birilan urishib qolsa ham, o’rtalari adolat ila tuzatib qo’yilishi kerak (Hujuro 4:9).
[2476] Bu va bu kabi oyatlardagi “Allohning bilishi” degan maʼno anglatuvchi kalimalar, aslida “Allohning bildirib qo’yishi” yoki “belgilab qo’yishi” shaklida tarjima qilinadi. Chunki, Alloh hamma narsani biladi (Baqara 2:29(, (Anʼom 6:73). Zero, (Oli Imron 3:140) oyatidagi yonma-yon keltirilgan oyatlar mana shu maʼnoni tasdiqlaydi. O’xshash oyatlar: (Baqara 2:143), (Oli Imron 3:142, 146, 167), (Moida 5:94), (Tavb 9:16), (Kahf 18:12), (Ankabut 29:3, 11), (Saba ʼ34:21), (Muhammad 47:31).
[2477] Demak, payg’ambarning nasli bo’lish hech narsani hal qilmaydi. Insonni hidoyatga yoki zalolatga ketishi o’zining ixtiyorida va Allohning iznidadir. Insonning tanloviga qarab Alloh hidoyat yoki zalolat beradi. Qiyomatda hech bir payg’ambar, agar farzandi yoki biron bir zurriyodi kufrda o’lgan bo’lsa, uni jahannamdan qutqarib qololmaydi. U kunda har kim o’zi uchun javob beradi.
[2478] Islom rohibikka, dunyodan kechib uzlat qilishga, odamlardan ajralib yolg’iz yashashlikka, turmushsiz yashashga buyurmaydi. Islom o’rtahol bo’lib yashashga buyuradi. Yaʼni, na dunyodan kechib yuboriladi, na dunyoda o’ta mehr qo’yiladi. Musulmonlar dunyo uchun ham, oxirat uchun ham harakat qiladilar va buni Allohdan ham so’rab qoladilar (Baqara 2:221).
[2479] Agar g’ayridinlardan kimki Muhammad a.s.ga va Qurʼonga ishonsa, ularga ikki barobar savob beriladi. Biri o’z payg’ambariga ishongani uchun, ikkinchisi keyingi payg’ambar Muhammad a.s.ga ishongani uchun (Qasos 28 :52-54).
[2480] Mahshardagi mo’minlarning nuri haqida ushbu suraning 12-oyatida bayon qilindi.
[2481] Demak, savobni, mukofotni, oxiratdagi maqom va martabani, jannatni faqat Alloh beradi, kimga nima berishni U belgilaydi. Inson insonga savob yoki jannat berolmaydi. Bularning barchasi Allohning ixtiyorida. Yaxshi va yomon narsalarning barchasini U O’z qonuniga ko’ra belgilaydi.
[2482] Mujodala surasi, Madinada tushgan, 22 oyat. Tushish tartibi 105, yozilish tartibi 58.
[2483] Rivoyat qilinishicha, Qurʼon nozil bo’lishidan oldin arablar orasida agar xotinlarini zihor qilsa, shu bo’yi u ayol eri abadiy bo’lib qoladi degan tushuncha bo’lgan. Bir kuni Xavla degan ayolni eri Avs zihor qiladi, u ayol Rasulullohga borib yechim so’raydi, berilgan javobga qanoat qilmay yana takror-takror savol beradi. Rasulullohdan bir xil javob olganidan keyin, dardini Allohga aytib ojizona ahvolidan Allohga shikoyat qiladi va so’ngra mana shu oyatlar nozil bo’ladi (Imom Ibn Hajar, Haysamiy, Zahabiy, Ibn Kasir Ibn Abi hatimdan rivoyat qilib keltirgan).
[2484] Zihor – bir erkak kishi o’z ayoliga: “Sen menga onamning beli kabisan” deb, ayoli bilan qaytib jinsiy munosabatda bo’lmaslikka qaror berishidir.
[2485] Bu jumlaga uch xil maʼno berish mumkin:
1) Alloh va Rasuliga ishonganingiz uchun bu yengillik berildi.
2) Alloh va Rasuliga ishonganingiz uchun bu buyruq berildi.
3) Alloh va Rasuliga bo’lgan ishonchingiz ortishi uchun bu xabar bildirili.
[2486] O’xshash oyatlar: (Anʼfol 8:13), (Hashr 59:4).
[2487] O’xshash oyatlar: (Isro 17:47), (Toha 20:62), (Niso 4:114), (Tabna 9:78), (Anbiyo 21:3), (Zuxruf 43:8), (Mujodala 58:7-8, 10, 12, 13).
[2488] Bu va bu kabi oyatlar Alloh taolo hamma narsaga guvoh bo’lishi va hamma narsani bilishi va eshitishiga dalolat qiladi. yaʼni, insonlar o’zaro maxfiy sir aytib yashirin suhbat qilayotgan bo’lsa ham, Alloh ularning so’zlarini eshitib turadi, ularni ko’rib-bilib turadi. Oyatdan mana shu maʼno chiqadi. Chunki, arab tilida «معي – birga» deganda aynan o’zi yonida turgani tushunilmaydi. Yordami u bilan birga degan, yoki undan doim xabardor bo’lib turadi, degan maʼnolarni anglatadi. Buni xos va om shakli bo’ladi.
[2489] Oisha onamizdan rivoyat qilinadi: “Baʼzi bir yahudiy kishilar rasulullohning yoniga kirishib: «As-samu alayka — senga o’lim bo’lsin” ey Abul-Qosim», dedi. Shunda Rasululloh: “Va alaykum – sizlarga ham” dedi. Oisha onamiz esa: Sizlarga ham o’lim bo’lsin, szilarga Alloh laʼnat qilsin va sizlarga g’azab qilsin», dedi. Shunda Rasululloh: “Fahsh so’zlovchini ham, fahsh bilan javob qaytaruvchini ham yoqtirmaydi”, dedi. Men: “Ularni nima deyotganini eshitmadingizmi?”,dedim. Rasululloh: “men ham ularga: «Sizlarga ham” deganimni sen eshitmadingmi?», dedi. Mana shu orada ushbu oyat nozil bo’ldi» (Imom buxoriy va Muslim rivoyati).
[2490] Alloh taolo elchilariga va payg’ambariga “Salom” deya tahiyyot yuboradi (Naml 27:59, Soffat 37:181).
[2491] O’xshash oyatlar: (Niso 4:114).
[2492] Shayton ham, Islom va musulmonlarning ziyoniga uyushtirilgan maxfiy suhbat ham Allohning iznisiz hech kimga hech qanday zarar keltirolmaydi. Shuning uchun, bir mo’min hadeb atrofida tarqalayotgan turli-tuman gap-so’zlarga parvo qilmasligi, shubha-gumonlarga kirishib ketmasligi kerak va Allohga suyanib-tayanishi kerak. Aks holda, boshlagan ishidan, ko’zladan maqsadidan ortda qolib ketishi va o’ziga ruhiy taʼsir o’tib qolishiga sababchi bo’lib qolishi mumkin.
[2493] Abdulloh ibn Umar Rasulullohdan shunday rivoyat qiladi: “Agar uch kishi bo’lsangiz, uchinchi kishini ruxsatisiz ikki kishi maxfiy suhbat qilmasin (pichirlab gaplashmasin). Chunki, bu uni g’am-tashvishga solib qo’yadi” (Imom Muslim rivoyati. Farqli lafzlarda Buxoriydan ham rivoyat bor).
[2494] Majlislarda birov uchun o’rnidan turib joy bo’shatish haqida farqli rivoyatlar bor. ular orasidan mana shu oyatga mos kelgani olinadi. Yaʼni, yangi kelganlar uchun majsliga qo’shilishiga imkon yaratiladi va kerak bo’lsa ular uchun joy bo’shatib o’rnidan turiladi. Chunki, Jumʼa kuni Rasulullohning suhbatiga kelgan baʼzi kishilar uchun, Rasululloh boshqa sahobalarni o’rnidan turgazib yuborganligi haqida rivoyatlar bor. Ular orasida faqatgina badr jangida qatnashgan sahobalarni turgazmagan.
[2495] Alloh taolo O’zining hikmatiga ko’ra, Rasululloh bilan yolg’iz holda gaplashmoqchi bo’lganlarga suhbat oldidan kambag’ va bechoralarga sadaqa berib, keyin Rasululloh bilan suhbat qlishga buyurgan. Sadaqa bergani imkoni bo’lmagan kishilar esa malomat qilinmagan. Lekin, kelgusi oyatda, imkoni bo’la turib sadaqa berishdan tortingan sahobalarga ogohlantirish berilgan. Baʼzilar sadaqa berish oyati keyingi oyat bilan nasx bo’ldi deydi. Unday emas, chunki, nasx bo’lishi uchun, “sadaqa bermanglar”, yoki “berishni bas qilinglar” shaklida ochiq va aniq ibora bo’lishi kerak. Bu oyatlarda esa, subhat oldidan sadaqa berishdan qaytariq yo’q.
[2496] Bu oyatda tanqid qilingan kishilar, o’zlarini musulmon ko’rsatib, aslida Islom va musulmonlarning ziyoniga g’ayridinlar bilan hamkorlik qilgan va muslmonlardan ko’ra g’ayridinlar bilan yaqin do’st bo’lib olgan munofiqlardir.
[2497] O’xshash oyat: (Niso 4:143).
[2498] Yaʼni, munofiqlar davomli bir tarafda turmadyi. Kim g’olib va ustun kelsa, o’sha tarafga o’tib olaveradi. Rasulullohning davrida ham o’zlarini musulmon ko’rsatgan yahudiy yoki aʼrobiy munofiqlar (Tavba 9:101) juda ko’p yolg’on qasam ichishgan va qasamlarini o’zlariga qalqon qilib olgan. Ulardan baʼzilari o’zini musulmon ko’rsatib, insonlarni Allohning yo’lidan to’sishga uringan. () Munofiqlarning qasamlari haqidagi baʼzi oyatlar: (Niso 4:62, 143), (Tavba 9:42, 56, 62, 74, 95, 96).
[2499] Qiyomatda kofirlar xor bo’ladi, mo’minlar ulardan aziz va ustun bo’ladi (Baqara 2:212).
[2500] Elchilariga beriladigan g’alabani O’ziga ham nisbat berilishi, payg’ambarlarning hurmatini, ular qiladigan janglar, fidokorlik va harakatlarning barchasi Alloh uchun qilinadi. Shuning uchun ham, payg’ambarlarga beriladigan nusrat va g’alabani O’ziga ham nisbat berib keltirgan. Endi, Alloh va Rasulllarining g’olib bo’lishi ikki xil maʼnoda bo’ladi. ularnign hujjat va dalilalrining g’olib kelishi yoki payg’ambar qatnashgan hech bir jang mag’lubiyatga uchramasligi. Uhud jangida musulmonlar toqqa qochib chiqqan bo’lsalar-da, aslida ular g’olib kelishgan. O’sha jang Islom va musulmonlarning katta foyasiga hal bo’lgan. mavzuga aloqador o’xshash oyatlar: (G’ofir 40:51), (Soffat 37:173).
[2501] O’xshash oyatlar: (Tavba 9:23-24), (Mumtahina 60:1).
[2502] Ruh kalimasiga Qurʼon deb tarjima qilindi. Chunki, payg’ambarlarga vahiy yo’li orqali yuborilgan ilohiy xabarga ham ruh deyiladi. (Nahl 16:2), (G’ofir 40:15), (Sho’ro 52:50).
[2503] Oxiratda Allohning rozi bo’lishi – bandasining qilgan amallarini qabul qilib, unga mukofot berishidir. Bandaning Allohdan rozi bo’lishi, o’ziga berilgan ajru mukofotlarni sevib qabul qilishidir. Jannatdagi mo’minlarning barchasi Allohdan rozi bo’ladi. O’xshash oyatlar: (Moida 5:119), (Tavba 9:100), (Bayyina 98:8). Alloh barchamizdan rozi bo’lsin, imonu amallarimizni xolis qilsin.
[2504]Bu oyatda surgun qilingani bildirilgan g’ayridinlar Madinadagi Banu Nazir qabilasidagi yahudiylar ekani aytiladi.
[2505] Allohni ruxsatisiz hech narsa bo’lmaydi. (Anʼom 6:59), (Hadid 57:22).
[2506] Alloh insonni qalbi bilan insonni o’zini orasiga kira oladi. (Anfol 8:24).
[2507] Yurtlari va uylariga qaytib kelishidan umidlarini uzib qo’yishgani bois shunday qilishadi.
[2508] Bu narsa Allohning avvaldan qo’llab keladigan qonunidir. Kimki Alloh va Rosuliga qarshi jang qilsa, u albatta mag’lub bo’lishga mahkumdir. (Ahzob 33:62), (Fath 48:22,23).
[2509] Yaʼni, kimlarningdir yahudiylarga tegishli xurmo daraxtini kesgani ham, kimlar esa kesmaganligi ham, bularning barchasi Allohning amriga ko’ra bo’ldi. Chunki, Alloh ularga qarshi jang qilishni buyurgan. Jang asnosida esa, dushmanni yengish uchun turli rejalar qo’llaniladi va qalblariga qo’rquv solish uchun, turli tadbirlar qilinadi. Zero, oyat davomida “Alloh itoatsiz fosiqlarni xorlash uchun qildi” mazmuni keltirilgan. Demak, bu ishlar Alloh tarafidan buyurilgan. Bunda musulmonlarning aybi yo’q. Rivoyatlarga ko’ra, o’sha vaqtda daraxtlari kesilayotganini ko’rgan yahudiylar, “buni ham sizlarga Alloh buyuridmi?” mazmunda haqoratomus so’zlar aytishgan. Shunda, mana bu oyat nozil bo’lgan, deyiladi.
[2510] Fayʼ — Islom va Musulmonlarga dushman bo’lgan taraf jangsiz chekinganidan keyin ulardan qo’lga kiritilgan o’ljalardir. Jangsiz qo’lga kiritilgan o’ljalar bilan jang qilib qo’lga kiritilgan g’animatlarni bo’lib-tarqatishda farq bor. Fayʼlar 7-oyatda aytilganidek, jamoat mulki uchun belgilangan odamlarga taraqtiladi, g’animatlarning shartlari va tarqatilishi esa umuman bohqachadir. Qarang: Anfol 8:41.
[2511]Allohni unutish deganda, Uning oyatlarini, oyatlardagi hukmlarini unutish tushuniladi. Buni unutgan inson, o’z oqibatini ham unutib qo’yadi. Oxir-oqibat qiyomatda xokisor bo’ladi va fosiq kimsalar bilan birga bo’ladi. O’xshash oyatlar: (Aʼrof 7:51), (Tavba 9:67), (Toha 20:126), (Sajda 32:14), (Josiya 45:34).
[2512]Al-Musavvir = (المصور) maxsus shakl belgilovchi degani. Bu shakl harkim ajratib bilib oladigan holatda bo’lishi mumkinligidek, maʼlum bir shaxslar tarafidan ajratib bilib olishi mumkin bo’lgan holatda bo’lishi ham mumkin (Mufradot). Insonlarning barmoq uchlaridagi farqli shakllarni ham U beradi.
[2513]Mumtahina surasi, Madinaga tushgan, 13 oyat. Tushish tartibi 91, yozilish tartibi 60.
[2514]Yaʼni, Madinadagi musulmonlar Makakdan Allohning roziligini istab, Alloh yo’lida kurashish uchun chiqishgan.
[2515] O’xshash oyatlar: (Baqara 2:109).
[2516]Yaʼni, Alloh taolo kim kimning qarindoshi ekaniga, kim kimning farzandi ekaniga qaramaydi, balki kim nima va qanday ishlarni amalga oshirayotganiga qaraydi. Alloh shunga qarab hukm qiladi. Chunki jannatdagi ajr-mukofotlar qilingan amalla evaziga beriladi, qarindosh-urug’lari yoki ota-ona va bolalari kim ekaniga qarab emas.
[2517]Fitnalangan deganda ikki xil maʼno tushuniladi:
1) Kofirlarni bizni ustimizdan g’olib va hukmron qilib qo’ymaki, bu narsa ularning kufru maʼsiyatiga sabab bo’ladi.
2) Kofirlarni bizga g’olib qilib qo’ymaki, ular bizga muammo va musibatlar keltiradi. O’xshash oyat: (Yunus 10:85-86).
[2518]Mana shu oyat mazmunida Rasulullohdan bir hikmatli so’zbor: “Sevganingni maʼlum bir o’lchida sevki, bir kuni sevmaslikka majbur bo’lib qolishing mumkin. Sevmagan insoningni ham maʼlum bir o’lchida sevmaki, bir kun uni sevishing kerak bo’lib qolar.” (Hadis mazmunan keltirildi, Termiziy, Birr, 59)
[2519]Yaʼni, har bir ishda chegaradan chiqib ketmaslik kerak. Har bir ishni meʼyorida bajarish kerak. Zero, do’stlik va dushmanlik meʼyorini ham Alloh belgilaydi.
[2520]Yaʼni, o’z dushmani bilan do’stlashgan inson ham o’ziga, ham boshqa mo’min-musulmolarga zulm qilgan bo’ladi.
[2521]Mana shu oyat nozil bo’lganida Umar r.a. ikkita ayolini o’z ixtiyoriga tashlab qo’yadi. Ular bu fursatdan foydalanib, darhol Makkaga qaytib ketadi. Keyinchalik, ulardan biri Abu Sufyon bilan, yana biri Saffon ibn Umayya bilan turmush quradi (Buxoriy, Shurut, 15). Bu oyatdan shu hikmat chiqadiki, hech bir erkak kishi ayoli agar g’ayridin bo’lsa, uni Islomga majbur qilolmaydi, agar ajrashmoqchi bo’lsa, majburan nikohida ushlab qololmaydi.
[2522] Bu oyatlar Hudaybiyadagi kelishuvdan keyin tushgani aytiladi. Demak, kelishuvdan keyin hech bir mo’mina ayol garchi eri qaytishini talab qilsa ham, Makkaga qaytarib yuborilmagan. Lekin, o’z ixtiyori bilan qaytishni xohlasa, unday ayollar ushlab qolinmagan. Sulhd esa, erkak va ayolllar Makkaga qaytarilishi taʼkidlangan edi (Saolabiy).
[2523]Allohga va oxiratga ishonmaydigan kofirlar qabrdagilarni qaytib turilishidan umid qilmaydi (Isro 17:49-98). Oyatda mana shunga urg’u berilmoqda. Demak, baʼzi bir g’ayridin insonlar oxiratda o’zlariga yaxshi oqibat bo’lishidan mutlaqo umidini uzgan. Unday insonlar oxiratni o’ylab ish qilmagani , faqatgina dunyoligini ko’zlab ish qilgani uchun, unday insonlar bilan do’stlashib bo’lmaydi. Mo’minlar esa, qabrdagi o’liklarning barchasi keyingi hayotda albatta tirilib chiqadi deb ishonadi.
[2524]Sof surasi, Madinada tushgan, 14 oyat. Tushish tartibi 109, yozilish tartibi 61.
[2525] Islomga degani — Allohga, Allohning buyruqlariga shartsiz va qaytsiz taslim bo’lishga degani. Chunki taslim bo’lishga Islom deyiladi, taslim bo’lgan kishiga esa muslim deyiladi. Muso va Iso alayhimussalomlarni o’z xalqiga qilgan daʼvatini anglatgan oyatdan keyin-la bu oyatni kelishi shuni anglatadiki; barcha payg’ambarlar tablig’ qilgan din — Allohga taslim bo’lish dinidir. Bu munosabatga Arab tilida Islom deyiladi.
[2526] Nur Qurʼondir (Niso 4:174). Nur va yorug’likka og’izda uflash bilan qarshi chiqib bo’lmaydi, bu aniq. Biroq, shunday bo’lsa-da, nurga va uni atrofga yoyilishi va insonlar u nurdan foydalana olmasligi uchun endi boshqa chora va harakatga o’tadilar, yaʼni o’sha nur haqida og’izlari bilan yomon gaplar, tuhmatlar, g’iybatlar va bo’htonalar aytishadiki, maqsadlari insonlar u nurga nur deb emas, bir zulmat va qarong’ulik kabi nazar solsinlar. Nurni tarqalishiga qarshi chiqish uchun avvalo o’sha nur bo’lgan Allohning kitobini atrofga yoyayotgan va insonlarga o’sha nurni tushuntirayotgan insonlarga qarshi chiqadilar, o’sha insonlar haqida yolg’on va bo’htonlar tarqatadilar. Ana shunda insonlar u ilmli kishidan afsalalari soviy boshlaydi va nurdan, haqdan va Allohning kitobidan uzoqlashib qolaveradilar. Lekin ularning qilgan reja va tadbirlari va makr-xiylalariga qarshi Alloh ham bir tadbir va reja tayyorlab qo’yadi. Allohning rejasi va tadbiri ustundir, U doimo g’olibdir. Allohning nuri qiyomatgacha o’chmaydi.
[2527] Oyatdagi «متم = mutimmu» kalimasining maʼnosi — nihoyasiga yetkazish, oxirigacha borishda boshqasiga ehtiyoj tushmaslik, nihoyasiga yetkazish, degan maʼnolarni bildiradi. (Mufradot, Lisan)
[2528] Bu oyatda ism sifatiga izofa qilingan bo’lib, bunday holatlarda mavsuf-sifat (الدين الحق) qilib maʼno beriladi. (Qarang: Saʼlab, al-Kashf val-Bayan), (Tavba 9:28) tafsiri.
[2529]Bu dunyoda ulkan neʼmatlar va muvaffaqiyatlarga erishish uchun, kerakli barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish kerakligi mana shu oyatdan ravshan ayon bo’lmoqda. Kerakli ishni qilmasdan, faqat duo bilan kifoyalanishlik Islomda yo’q. Holbuki, bu oyat avvalo Rasulullohga va yonidagi sahobalarga tegishli bo’lgan. Ular esa, duolari ijobat va Allohga eng yaqin bandalar bo’lgan. Aql-idrokli kishilar uchun Allohning oyatlarida ibrat va dars bor.
[2530]Juma surasi, Madinada tushgan, 11 oyat. Tushish tartibi 110, yozilish tartibi 62.
[2531] Bu oyatdagi “ummiylar” kalimasi Makkaliklar degan maʼnoni bildiradi. Qurʼonda ummiy kalimasini uch xil maʼno va taʼrifi bor:
- Ularga kitob berilmagan kishilar (Oli Imron 3:20),
- O’zlari imon keltirgan kitobni ichidagilardan bexabar kishilar (Baqara 2:78),
- Makkalik kishilar.
So’ngi payg’ambar Ismoil alayhissalomning naslidan kelishi va Makkadan chiqishi Injilda yozib qo’yilgani uchun (Aʼrof 7:157-158), (Injil:Matta 21, 42-44) Qurʼonda u haqida aytilgan ummiy kalimasi Makkalik degan maʼnoni bildiradi. Ummiylar haqida yana boshqa maʼlumot uchun Baqara 78- oyat va uni izohiga qarang.
[2532]Tilovat – oyatlarni tushunib o’qish, tushuntirib berish, mavzuga aloqador oyatlarni ketma-ket o’qish, degan maʼnolarni bildiradi.
[2533]Muhammada.s. butun yer yuziga, to qiyomatgacha elchi qilib yuborilgan. O’xshash oyatlar: (Niso 4:79), (Anʼom 6:19), (Aʼrof 7:158), (Anbiyo 21:107), (Sabaʼ 34:28), (Sho’ro 42:7).
[2534]Yaʼni, ular mehnatini qiladilaru, biroqB rohatini ko’rmaydilar. Oxiratda rohat-farog’at ko’rish uchun ilm va bilimning o’zi yetarli emas, unga amal qilish ham shartdir.
[2535]Alloh taolo bandalarning qalbidagi tuyg’ularini ham biladi. Shu sababli, bir banda bir ishni qilish yoki qilmasligini oldindan biladi.
[2536]Rasululloh hayotidagi ilk Juma namozini hijratning 5-kuni, Banu Salim qabilasining masjidida, uzun bir xutba bilan o’qigan.
[2537]Bu oyatda keltirilgan Allohning zikri Juma kungi xutbaga ishorat qiladi (Ahkomul-Qurʼon, Jassos). Shuning uchun, xutbada albatta Allohning oyatlari o’qib tushuntirilishi kerak. Allohni zikr qilish deganda Uni ulug’lash, sharaflash, Uning O’ziga xos sifatlarini yod etish, buyruqlarini eslash, Qurʼon o’qish kabi farqli islar tushiniladi.
[2538]Bu buyruq erkak uchun ham ayol uchun ham birxil. Bu oyatda muslim va muslimalar ajratilmagan.
[2539]Munafiqun surasi, Madinada tushgan, 11 oyat. Tushish tartibi 104, yozilish tartibi 63.
[2540]Munofiq-yolg’onchilar o’zlarini musulmon qilib ko’rsatish uchun Alloh va Rasuliga ishonishini, hamda shahodat keltirishganini aytishadi. Ularni aytgan gaplariga oyatda qasam deyildi. Chunki, qasam bir narsani taʼkitlab quvvatlash uchun ishlatiladi. Ular o’zlarini musulmon qilib ko’rsatish va musulmonlarni bunga ishontira olish uchun qasam ham ichishadi.
[2541] “Soddun” kalimasi baʼzan o’zi bir narsadan qaytishni, baʼzan esa birovni qaytarishni ifodaqiladi. O’xshash oyat: (Mujodala 58:16).
[2542] O’xshash oyatlar: (Baqara 2:8-9,10), (Tavba 9:77, 107), (Mujodala 58:14, 18).
[2543]Gunohlari sababli qalblari muhrlanib qoladiganlar haqida o’xshash oyatlar: (Baqara 2:7, 88), (Niso 4:155), (Aʼrof 7:100, 101), (Tavba 9:87, 93), (Yunus 10:74), (Nahl 16:108), (Rum 30:59), (G’ofir 40:35), (Muhammad 47:16).
[2544] O’xshash oyatlar: (Niso 4:89), (Baqara 2:11, 12).
[2545] Munofiqlar bir yerga suyanmasdan turolmaydi. Na u tarafga na bu tarafga to’liq o’tmaganligi bois, hech narsaga to’liq ishona olmay, tayana olmay o’rtada o’zlarini kuchsiz hisoblab qolib ketishadi va har on yengilishi mumkin.
[2546]O’xshash oyatlar: (Niso 4:61).
[2547]Bu gapni munofiqlar Banu Mustaliq janggida aytagni rivoyat qilinadi.
[2548]Bu sura Abdullohb. Ubayb. Salul va uning do’st va tarafdorlari sababli Banu Mustaliq jangidan keyin tushgan. Bunga aloqador rivoyatlar quyidagicha: Zaydb. Arqamdan shular rivoyat qilingan: Bir jangda edim. Abdullohb. Ubayni eshitib qoldim, u shunday der edi: “Allohning Elchisini yonidagilarga sadaqa bermanglar, shunda ular tarqab ketishadi. Uni yonidan qaytib boraylikda, kuchli:aziz insonlar kuchsiz:xor insonlarni u yerdan chiqarib yuboradi.” Buni eshitib darhol amakimga aytdim, u esa Nabiy alayhissalomga aytgan ekan, meni chaqirtirdi. Men bo’lib o’tganlarni barini aytib berdim. Shunda Nabiy alayhissalom Ubayb. Kaʼb va uni do’stlariga xabar yuborib chaqirtirdi. Ular kelib aslo bunday demaganmiz, deb qasam ichdilar. Shundan keyin Nabiy alayhissalom meni yolg’on va ularni rost gapirdi, deb qabul qildi. O’shanda shunaqa xafa bo’ldimki, hayotimda hech qachon unchalik xafa bo’lmagan edim. Uyimga borib o’tirdim. Amakim menga: “Nima uchun Rasulullohni oldida yolg’onchi bo’lib qoladigan va u kishini xafa qiladigan bunday ishga qo’l urding, deb meni jerkiy boshladi. Ana o’shanda Alloh taolo Munofiqlar haqidagi ushbu surani tushirdi. Shunda Rasululloh menga odam yuborib meni yoniga chaqaritirib: «Alloh taolo seni oqladi ey Zayd!”, dedi. (Buxoriy, Munofiqun surasining tafsiri.)
Termiziyning bu haqidagi rivoyati yanada kengroq keltirilgan: Zayd b. Arqam shunday rivoyat qiladi: “Rasululloh bilan birga jang qildim. Oramizda badavilardan ham bir jamoa bor edi. Suvga qarab shoshardik. Badavilar bizdan ilgarilab ketdi. Oralaridan bir badaviy o’z sheriklaridan ham o’tib ketdi. Suvga yetib olib bir xovuz yasadb, atrofini toshlar bilan o’rar, ustini salqib qilib turish uchun yopib turar va do’stlarini kutib turar edi. Ansorlardan biri tuyasini sug’orish uchun tayorlab o’sha badaviyni yoniga bordi, lekin Ansorga izn bermadi. Shunda haligi Ansor achchig’idan xovuzni atrofini buzib yubordi. Buni ko’rgan badaviy xassasini olib Ansorni boshiga urib jarohat yetkazdi. Ansor esa o’sha zahoti Abdulloh b. Ubayga xabar berdi. Ansor unga yaqin do’st edi. Buni eshiitgan Abdulloh b. Ubayni jahli chiqdi va badaviylarni nazarda tutib shunday dedi: «Rasulullohni yonidagilarga hech narsa bermanglar. Shunda uni yonidagilar tarqalib ketishadi.” Chunki badaviylar ovqat vaqtida Rasulullohni yoniga kelishar edi. Abdulloh aytdiki: “badaviylar tarqalib ketishganidan keyingina Muhammadni ovaqtini olib boringlar. Uni yonida kim qolgan bo’lsa uni o’shalar bilan birga yesin.” Undan keyin shunday dedi: “Xali biz madinaga qaytib boraylik-da, aziz:kuchli bo’lgan mana biz o’sha pastkash:kuchsiz bo’lgan kimsalarni chiqarib yuboramiz.”
Zayd aytadiki: “Ular bu haqda gaplashishayotganida men Rasulullohni markabini ortida ketayotgan edim. Abdulloh b. Ubayni bu gaplarini eshitib qolib-la buni amakimga xabar berdim, u Rasulullohga borib aytdi, Rasululloh esa Ubayni chaqirtirdiib so’ragan edi, aytgan gapini tan olmay inkor qildi. Shunda Rasululloh uni to’g’ri so’z meni esa yolg’onchi deb o’yladi. Amakim kelib: «Rasulullohni va musulmonlarni xafa qilishdan va o’zingni yolg’onchiga chiqarishdan nima foyda ko’rding?” dedi. men shunday bir og’ir vaziyatga tushib qoldimki, u holat birovni boshiga tushmagan.
Rasululloh bilan birga ketayotgan edik, men xijolatdan yuzimni yerga qaratib ketayotgandim. Rasululloh qulog’imdan cho’zdi va yuzimga qarab tabassum qildi. Buni o’rniga menga dunyodagi barcha baxtni bersalar ham qabul qilmagan bo’lar edim. Bir ozdan keyin Abu bakr kelib: “Rasululoh nima dedi?” deb so’radi. Men: »Hech narsa demadi, faqatgina zulog’imdan cho’zib, yuzimga qarab kuldi» deb javob berdim. Shunda Abu Bakr: “Xush xabar”, dedi. Orqasidan Umar kelib, u ham Abu Bakr so’ragan narsani so’radi, unga ham o’sha javob berdim. Shunday qilib tong ham otdi. Shunda Rasululloh Munofiqun surasini o’qidi. (Termiziy, Tafsirul Qurʼan, Munofiqun surasi, 3313-hadis.)
[2549]Bu oyatdagi Allohning zikri iborasi Allohning buyruqlariga ishorat qiladi. Oyatning davomi shunga dalolat qiladi.
[2550] Har bir insonda ikkita nafs bor; biri ruhi, ikkinchisi badani. Ona bachadonida ozuqalantirilgan urug’dan yaratilib shakl berilgan badanga ruh berilishi insonning barcha aʼzolariga shakl berilib bo’lganidan keyingina amalga oshiriladi. Ana shunday keyin u eshitib tushuna oladigan, ko’rib payqay oladigan va ko’ngizldan his qilib farqlay oladigan o’zgacha bir borliq holiga keladi (Mo’minun 23:12-14) va (Sajda 32:7-9).
Ruh badandan xuddi bir bino kabi foydalanadi. Badan uyquga ketganida ruh binodan foydalana olish imkoniyatidan cheklanib qoladi. Yurak urushi to’xtab o’lgan badan esa, ruh uchun xuddi yiqilib vayron bo’lgan uy kabi bo’lib qoladi va ruh qaytib unga kirib faoliyat ko’rsata olmaydi. Bu oyatlar o’lgan bir usulmon haqida bayon qilmoqda. O’lim oni kelgan hech kimga yaxshi amal qilib olishi uchun qo’shimcha vaqt berilmaydi. Endi o’lgan badandan chiqib ketgan ruh u badanga ikkinchi marta Surga uflanganidan keyingina qaytadi. (Takvir 81:7)
[2551] Tag’obun surasi, Madinada tushgan, 18 oyat. Tushish tartibi 108, yozilish tartibi 64.
[2552] Bu oyatdan, Alloh taolo insonni yaratganidan keyin, kofir yoki mo’min bo’lish isini bandaning o’z ixtiyoriga tashlab qo’yishi, keyin, ularning qilmishlarini ko’rib turishi maʼlum bo’lmoqda. Zero, jannat va jahannam shuning uchun yaratilgan. Dunyo imtihon dunyosidir. Mo’min yoki kofir bo’lish ixtiyori bandaning o’ziga tegishi ekani haqidagi o’xshash oyatlar: (Kahf 18:29), (Zumar 39:7), (Muzzammli 73:19), (Muddassir 74:54-56), (Inson 76:3, 29, 30), (Takvir 81:27-29).
[2553] O’xshash oyatlar: (Oli Imron 3:6), (G’ofir 40:64), (Infitor 82:7, 8).
[2554] Baʼzi insonlar gunohlarining jazosini ham dunyoda, ham oxiratda totadi.
[2555] Yaʼni, tarixdagi zolim va kofir jamoalar qilgan gunohlari sababli halok bo’lib ketishgan. Alloh ularni na hayotda qolishiga va na yaxshi ishlar qilishiga muhtoj emas edi. Ularning yaxshi yashashlari o’zlari uchun foyda edi. Zulm va zo’ravonliklari, kufru maʼsiyatlari sababli, ALloh ularni halok qildi. Oxiratda ham gunohlariga yarasha jazolari bor.
[2556] Oyatning davomi insonlar u kuni yo jannatga kirib muvaffaqiyatga erishishi yoki, jahannamga tushib hamma yaxshiliklardan mahrum bo’lib yo’qotishi va ziyon ko’rishi bildirilmoqda. Demak, oyatdagi “tag’obun” kalimasi “oldi-berdi” “foyda-ziyon”. “yo’qotish va erishish” degan maʼnolarni anglatadi. Lug’at tomonlama bunga ishorat qilmasa-da, bu va keyingi oyatlar mazmuni shunga dalolat qiladi. Dunyo bir bozor kabidir. Unga kelgan yo foyda ko’radi, yo zarar. o’sha foyda yoki zararini ko’rishi oxiratda bilinadi. Bu haqidagi o’chash oyatlar: (Baqara 2:207), (Tavba 9:111), (Oli Imron 3:77).
[2557] Bu oyatdan maʼlum bo’ladiki, insonning qalbiga hidoyat kirishi uchun, avvalo insonning o’zi intilishi, Allohga ishonishi va shu yo’lni tanlashi kerak. Zero, Alloh bandalari orasidan kim Unga yo’nalsa, aynan o’shalarni hidoyat qiladi (Raʼd 13:27), (Sho’ro 42:13). Insonlar orasida faqat haqqa yo’nalgan kishilargina nasihat oladi (G’ofir 40:13).
[2558] Yaʼni, bu dunyoda erishilgan mol-davlatlar, farzandlar, bularning bari imtihon uchundir, vaqtinchalikdir. Asl neʼmat va baxt jannatda bo’ladi. Demak, bu dunyodagi neʼmatlar va imkoniyatlar bilan faxrlanib bo’lmaydi. Aksincha, oxiratdagi asl mukofotga, baxt-saodatga erishish uchun, kelgusi oyatda keltirilgan ko’rsatmalarga amal qilib yashash kerak.
[2559] Taloq surasi, Madinada tushgan, 12 oyat. Tushish tartibi 99, yozilish tartibi: 65.
[2560] Iddasi uchun degani, ayollarni shariatga ko’ra ajrashishlari uchun belgilangan vaqtida degani (G’aribul-Qurʼon, Zayniddin Qosim Hanafiy). Yaʼni, idda kutishni boshlay oladigan qilib, odat tugaganidan keyin, yaqinlik qilmasan ajrashish kerak.
[2561] Yaʼni, agar ayol fahsh ish qilgani sababli eri undan ajrashgan bo’lsa, unday ayol erining uyida idda saqlab o’tirmaydi. Demak, fahsh sababli emas, boshqa sababli ajrashgan ayolalrni erlarining uyidan iddalarini kuttirmay chiqarib yuborish, u ayollarga fahsh ishga qo’l urgan ayollarga qilinadigan muomala qilingan bo’ladi. Shuning uchun, bu xusuda Allohga taqvo qilinglar, deb taʼkidlab qo’yildi.
[2562] Idda kutishning hikmatlaridan biri, agar er-xotin arzimagan sabablarga ko’ra ajrashmoqchi bo’lgan bo’lsa, idda ichida balki o’sha sabablar bartaraf bo’lar, muammolar yechilar, balki o’zaro mehr-muhabbat hissi paydo bo’lar. Mana shuning uchun ham, ajrashmoqchi bo’lgan oilaga er va xotin tarafidan ikkita hakam (yarashtirish komissiyasi) tayinlab yuboriladi (Niso 4:135).
[2563] Maʼruf deb, chiroyli va yaxshi ekani aql yoki shariat (Qurʼon) orqali o’rganiladigan har bir narsaga aytiladi (Mufradot). Qurʼondagi maʼruf kalimasi, Alloh buyurgan va belgilab qo’ygan ishlarga aytiladi. Qurʼondagi har bir buyruq maʼruf hisoblanadi. Insonlarning hayotidagihar bir chiroyli so’z va harakatlarga ham maʼruf deyiladi.
[2564] Mana shu oyatga ko’ra, taloq ishini guvohlarsiz amalga oshirilmasligini ko’rsatadi. Guvohlar erkak kishi bo’lishi ham ayol kishi bo’lishi ham mumkin.
[2565] Hamma narsani o’lchovi va sharti bo’lganidek, oiladagi ajrashish masalasining ham o’lchov va shartlari bor. Bu oyatlarda ko’rsatilgan narsalar taloqning o’lchov va shartidir. Bular Allohning taloq masalasiga qo’ygan qonun-qoidasidir.
[2566] Yaʼni, har qanday bir sababga ko’ra odati kechikib qolgan va ajrashish qarori berilgan kundan eʼtiboran uch oy muddat ichida odat ko’rmagan ayollar.
[2567] Yaʼni, avvalgi oyatda ko’rsatilgan, erining uyida idda kutayotgan ayollarga beriladigan maxsus nafaqa. Demak, er boy bo’lsa, uyida idda kutayotgan ayolga keng sharoit qilib berishi kerak. Buni taloq qilganman deb, sharoitini qiyin qilib bo’lmaydi.
[2568] O’xshash oyatlar: (Inshiroh 94:5-6).
[2569] Tilovat — oyatlarni tushunib o’qish, tushuntirib berish, mavzuga aloqador oyatlarni ketma-ket o’qish degan maʼnolarni bildiradi.
[2570] Tahrim surasi, Madinada tushgan, 12 oyat. Tushish tartibi 107, yozilish tartibi 66.
[2571] Bu oyatda zikr qilingan ayol Moriya onamiz ekani aytiladi. Rosululloh Moriya onamizni “Sen menga haromsan, sen bilan qo’shilmayman”, deb, Rasululloh o’ziga qilgani, bunga esa Oisha va Hafsa onalarimiz sababchi bo’lgani aytiladi.
[2572] Alloh halol qilgan narsani hech kim, hatto payg’ambarlar ham qilolmaydi, U qilgan narsani hech kim halol qilolmaydi. O’xshash oyat: (Aʼrof 7:32, 33).
[2573] (Baqara 2:226). Mana shu oyatdan kelib chiqib, Rasuullohdan quyidagilarni aytgani rivoyat qilinadi: «Gunohga qasam ichganning qasami qasam emas. Qarindosh-urug’chilikni buzishga ichilgan qasam qasam emas.» (Abu Dovud, Taloq 7, Hadis No 2191) “Bir masalada qasam ichib, keyin undan boshqa narsani yaxshiroq deb bilsang, qasamingni buz, kafforatini ber va yaxshi deb bilgan ishingga kirish!” Buxoriy, Aymon 1.)
[2574] Bu xitob Oisha va Hafsa onamizga xitob qilingani aytiladi (Imom Nasoiy, Voidiy, Sahihi Asbobi Nuzul, Ibn Hajar Asqaloniy, Fathul-Boriy) Ular Rasululloh Moriya onamozni o’ziga qilib olishiga sabab boladigan ishlarni amalga oshirgani aytiladi.
[2575] Tepasida deganda ust tarafida emas, uni boshqaradigan deb tushuniladi. O’xshash oyatlar: (Anʼom 6:61), (Nahl 16:50), (Maryam 19:64), (Anbiyo 21:17).
[2576] Dunyoda kofirlik qilib o’lgan kishilarga oxiratda hech qanday uzb qolmaydi. uzr so’rashga imkon ham berilmaydi. O’xshash oyatlar: (Hahl 16:84), (Rum 30:57), (G’ofir 40:52), (Josiya 45:35).
[2577] Ushbu oyatdagi munofiq va kofirlar uchun qarang: (Tavba 9:68, 73) va izohlari.
[2578] Oyat matni o’tgan zamonga dalolat qiluvchi feʼl bilan keltirilgan bo’lsa-da, kelajakda bo’lishi aniq bo’lgani uchun, baʼzi o’rinlarda o’tmish zamon feʼli qo’llaniladi. Xali hanuz jahannamga birov kirmagani uchun, bu oyatga ham kelajak maʼno berildi.
[2579] Osiyo ona katta hukmroning ayoli bo’llishiga, dunyodagi eng hashamatli uylardan biriga ega bo’lishiga, qo’l ostida turli xizmatkorlar va dunyoviy katta imkoniyatlarga ega bo’lishiga qaramasdan, ulardan ko’ra jannatda bir dona uyni afzal ko’rib, Firʼavn va uning kifridan hamda, unga ergashgan zolimlarning haqsizliklaridan qutilmoqchi bo’lgan bu ayol, to qiyomatgacha muslima ayollarga eng go’zal namuna, o’rnak va ibrat bo’lib qoladi. Demak, imonga kirish uchun albatta otasi yoki onasi musulmon bo’lishi, yoki Islomiy muhitda yashashi shart emas. Musulmon inson dunyoning har bir yerida musulmon bo’lib yashay oladi. Undan tashqari, bir ayol payg’ambarning xotini bo’lishi, uni kufrdan saqlab qoladi, yoki jahannamdan saqlab qoladi degani bo’lmaydi. Imon ham amal ham insonning o’zi uchun. Qiyomatda ham hamma o’zi uchun javob beradi. Firʼavn ayoli haqidagi yana bir oyat: (Qasos 28:9).
[2580] O’xshash oyatlar: (Oli Imron 3:45), (Anbiyo 21:91), (Muʼminun 23:50).
[2581] Mulk surasi, Makkada tushgan, 30 oyat. Tushish tartibi 77, yozilish tartibi 67.
[2582] Yaʼni, podshohlik va hukmronligi O’z ixtiyoridadir, birovni yordamiga muhtoj bo’lmas, birovga podshohlikni meros qilmasdan, birovdan yordam so’ramasdan O’z qudrati bilan podshohlik qilib turadigan yagona zot Allohdir.
[2583] Inson hayotga kelishidan oldin u uzra juda uzoq vaqt o’tib ketgan bo’ladi (Inson 76:1). Insonni dunyoga kelishi uchun kerakli moddalar bor edi, lekin uni o’zi bo’lmagan. Inson keyinchalik yaratiladi va qattiq imtihondan o’tkaziladi. Keyin o’ladi va uni shakllanib turishiga sabab bo’lgan moddalar yana tuproqqa aylanib ketadi. Imtihonini natijasini ko’rish uchun tuproqdan qayta tiriltiriladi. Shunday qilib, har bir insonni boshidan ikkita o’lim va ikkita hayot o’tadi va qaytib o’lmaydi (Mo’minun 40:11) va (Baqara 2:28). Avval o’limni keyin esa hayotni yaratilishi shuni ifoda qiladi.
[2584] “Rojm” kalimasiga berilgan maʼno uchun o’xshash oyat: Kahf 18:22. Buyuk mufassir Faxruddin Roziyning ham bu oyatga bolgan ikkinchi qarashi ham shunday. Yulduzlarga qarab fol ochuvchi kohin va folbinlar shayton va yovuz insonlar ekani, ularning daʼvolari yolg’on va soxta ekaniga ushbu oyat dalolat qiladi.
[2585] “U erga tashlanganlarida, ular alanga bilan tarqab ketayotgan issiq havoning shovqinini eshitadilar.” shaklida ham tarjima qilganlar bo’lgan. (Maqoyis z-f-r moddasi)
[2586] Oyatdagi “g’oyibona” iborasi ikkita maʼnoni o’z ichiga oladi:
1) Allohni, Allohni beradigan jazo (jahannam)ni va beradigan mukofot (jannat)ni ko’rmasalar ham qo’rqadilar,
2) Insonlar ko’rmaydigan xoli joyda o’zlari yolg’iz qolgan vaziyatlarda ham Allohdan qo’rqadi.
[2587] Mag’firat — Alloh bandaning gunohlarini kechirib, uni jahannamdan qutqarib qolishidir.
[2588] Bu oyatdagi “fis-sama” iborasi Allohning zoti qayerda ekanini bildirish uchun emas, baʼlki, Uning hukmi osmonda ham so’zsiz o’tishiga ishorat qilish, Uning shaʼnini ulug’lash uchun keltirilgan. (Zuxruf 43:84) oyatdagi “Fil-arz« iborasidga «Alloh yerda” deb tarjima qilinmaganidek, “Fis-sama” iborasiga ham “Alloh osmonda” deb tarjima qilinmaydi. Balki, Osmonda ham yerda ham bir xil ilohlik qiladigan, hukmi osmonda ham yerda ham bir xil o’tadigan, osmonni ham yerni ham boshqarib turadigan, degan maʼno beriladi.
[2589] O’xshash oyatlar: (Nahl 16:79), (Nur 24:41).
[2590] Allohdan keladigan baloni Allohning O’zidan boshqa hech kim daf etolmaydi, Allohning azobiga duchor bo’lgan kishiga Allohdan boshqa hech kim yordam berolmaydi.
[2591] Uyg’oq bo’la turib ham aldanib qolishga g’uru deyiladi (Mufradot). Hozirda unday kimsalarni “Ko’zi ochiq ko’r” deyiladi. Yaʼni, uyg’oq, ko’i ochiq bo’lsalar ham, shayton yoki shaytonlshgan insonlar ularni aldab qo’yadi. Baʼzan, o’z orzu-istaklari, dunyoga bo’lgan muhabbatlari va nafslari o’lzarini alda qo’yadi.
[2592] Osmondan tushayotgan yomg’ir suvi, quyosh nuri, esib turgan shamol, havo va. hk. inssonni tirik qolishi uchun kerakli bo’lgan narsalarni agar Alloh bermay to’xtatib qo’ysa, ularni Allohdan boshqa hech kim o’rniga qaytra olmaydi ham, berolmaydi ham.
[2593] O’xshash oyatlar: (Isro 17:41, 46), (Furqon 25:60), (Fotir 35:42).
[2594] O’xshash oyatlar: (Yunus 10:48), (Isro 17:51), (Anbiyo 21:38), (Naml 27:71), (Sajda 32:28), (Sabaʼ 34:29), (Yasin 36:48).
[2595] Qiyomat ilmi faqat Allohga tegishli ekani, uni Allohdan boshqa hech kim bilmasligi haqidagi o’xshash oyatlar: (Aʼrof 7:187), (Toha 20:15), (Anbiyo 21:109), (Luqmon 31:34), (Ahzob 33:63).
[2596] Allohdan birovga yaxshilik yoki azob kelsa, uni ALlohning o’zidan boshqa hech kim bartaraf qilolmaydi. Bu haqidagi o’xshash oyatlar: (Ahzob 33:17), (Fotir 35:2), (Zumar 39:38).
[2597] Muayyan suv deganda ko’zdagi suv ham, yer yuzidagi suv ham tusuniladi. Har ikkalasi ham Allohning amri bilan turadi.
[2598] Allohga va oxiratga ishonmaydigan insonlarga daʼvat qilayotkanda, mana shu surani tushuntirib o’qib berishlik tavsiya qilinadi. Allohning bergan savollariga o’zlarida javob qidirshiga turtki bo’lishimiz kerak. Yetkazish bizdan, hidoyat Allohdan. Alloh, hidoyatga loyiq insonni hidoyat qiladi.
[2599] Qalam surasi, Makkada tushgan, 52 oyat. Tushish tartibi 2, yozilish tartibi 68.
[2600] Bu harflarga “hurufi muqattoa” va “hurufut-tanbeh” deyiladi. Batafsil maʼlumot uchun (Baqara 2:1) oyat izohiga qarang.
[2601] Payg’ambarlar Alloh bilan bandalari o’rtasidagi elchilari hisoblangani kabi, qalam ham so’z bilan muxotob o’rtasidagi bir vositadir. Aytilgan gap kun kelib insonlarning yodidan ko’tarilishi mumkin, lekin, yozib qo’yilgan narsa unutilmaydi. Shuning uchun ham, yozuv quroli va u bilan yozilgan narsalar inson hayotida katta ahamiyatga ega. Zero, Alloh bunga qasam ishlatmoqda. Bu oyatda Allohdan kelgan vahiyni satr-satr qilib chiroyli yoza oladigan kishilar yozib qo’yishi kerakligiga ham ishorat qiladi. Bu oyat ilk nozil bo’lgan oyatlar sirasga kiradi.
[2602] Makka mushriklari Rasulullohga ilk vahiy tushgan vaqtlarda, u kishini majnun der edilar (Hijr 15:16). Ushbu oyat hamda (Tur 52:29) oyatda Rasulullohda hech qanday majnunlik yo’qligi, aslida u kishiga tuhmat va haqorat yog’dirayotganlarning o’zlari adashgan ekani maʼlum qilinmoqda. Muhammad a.s. payg’ambar bo’lishidan oldin Makkaliklar u kishiga “al-Amin — ishonchli” kishi deb yurganlar, vahydan keyin “majnun” deganliklari qanchalik ham xato va aqlsizlik ekanini bildirib yana bir qancha oyatlar tushgan: (Aʼrof 7:184), (Sabaʼ 34:46), (Takvir 81:22).
[2603] Oyisha onamizdan Rasulullohning xulqi haqida so’ralganida “Uning xulqi Qurʼon edi” deb javob bergani aytiladi (Ahmad ibn Hanbal, Musnad, Adabul-Mufrad, Imom Buxoriy).
[2604] Zaniim – aslida bir narsani boshqa bir narsaga bog’lash, aloqador qilish degani. Keyinchalik birovni farzandi deb bilingan kimsalarga ham arablar zanim deyishadi. lekin, bir insonni nomashruʼ ish sababli dunyoga kelishi — uni o’z ixtiyoridagi ish ham emas, u ishda u gunoxkor va aybdor ham emas. Alloh taolo birovni gunohi sababli o’sha gunoxga aloqasiz bo’lgan boshqa birini jazolamaydi. (Najm 53:38-41) Mana shu sababli ham oyatdagi “zanim” kalimasiga keyinchalik birovni bolasi bo’lib olgan nasabi tayinsiz bir inson deb tarjima qilib bo’lmaydi. Bu kalima yomonlik qilishda, baxillikda va behurmatchilik qilishda tanilib ketgan, dushmanchilik qilishda juda haddan oshib ketadigan kishi (Lisan) va shunga o’xshash maʼnolarda ham qo’llaniladi. Turkiy tillarda hech kim bilan maslahat qilmasdan o’z bilganini qiladigan va hech kimni mensimaydigan kishiga “o’zidan ketib qolgan” yoki “nobakor” deyilgani bois, biz aynan mana shu kalimalarni afzal deb bildik.
[2605] “Alloh nasib qilsa” ham demagan, yoki hosilni bemalol uzib olishdan boshqa narsani xayoliga ham keltirishmagan bo’lishlari mumkin.
[2606] Soriym – “mevalari uzib olingan” va “qop-qora ahvolga kelib qolgan” degan maʼnolarni bildiradi. Oyatni davomida ular bu bog’dan ko’ra yaxshiroq bir bog’ni Allohdan umid qilib qolganliklari bildirilgani bois, bu kalimaga mevalari uzib olingan holga kelib qoldi deb maʼno bera olmadik chunki mevalari uzib olingan bog’ yanagi yili yana qaytadan meva berishi mumkin, biroq yonib kul bo’lgan yoki sovuq urib qurib qorayib ketgan bog’ning daraxtlari qaytib meva bermasligi aniq. Demak kelgusi oyatlardan xulosa chiqarib bu oyatga yuqoridagi maʼnoni afzal deb bildik.
[2607] Agar bu oyatdagi “tasbeh” kalimasiga ulug’lash va tasbeh aytish deb maʼno berilsa, ushbu suraning 18-oyatida bildirilgani kabi, ular Alloh nasib qilsa, Alloh ravo ko’rsa, demagani, balki, hosilni aniq yig’ib-terib olamiz, deyishgani tushuniladi. Unday bo’lsa, Alloh nasib qilsa, Alloh ravo ko’rsa, deb bir ish boshlash ham Allohni ulug’lash, Unga tasbeh aytish hisoblanadi. Leikn, “tasbeh” kalimasiga “Allohning amriga itoat qilish” deb maʼno bersa ham bo’ladi.
[2608] Bular — o’rtaga vositachilar qo’ygan va o’sha vositachilari ularni Allohni huzurida qutqarib qolishiga ishongan kimsalardir. O’zlariga nisbatan ularni Allohga yaqin deb bilishardi. Bunga o’xshash yana bir oyat shunday: (Fatir 35:40)
[2609] “Boldir shimariladi” degan so’z — o’sha kungi ahvol nihoyatda jiddiy tus olishini bildiradi. Bu bir kinoyaviy jumladir. Insonlar bion bir jiddiy ishga qo’l urishdan oldin ikki yengini shimarib oladi, agar ish yanada jiddiylashib kletsa ikkala poychasini ham shimalab oladi.
[2610] O’xshash oyatlar: (Yusuf 10:104), (Muʼminun 23:72), (Tur 52:40).
[2611] O’xshash oyat: (Soffat 37:142), (Anbiyo 21:87).
[2612] Haqqo surasi, Makkada tushgan, 52 oyat. Tushish tartibi 78, yozilish tartib 69.
[2613] Haqqo degan so’z qiyomatning ismlaridan biri bo’lib, kofirlar inkor qilgan narsa amalga oshadigan vaqt, amalga oshishi haq va rost bo’luvchi, g’olib keluvchi, haqlar o’z egalariga olib beriladigan vaqt, amalga oshishi majbur bo’lgan, har kim o’z qilmisha yarasha jazolanioshga loyiq bo’lgan kun, haqiqatlar o’rtaga chiqariladigan kun, Allohning vaʼda va vaʼidlari o’rtaga chiqadigan haq kun va baʼzi kimsalar jahannamga va baʼzi kimsalar jannnatga kirshi tayinlanadigan kun degan maʼnolarni ifodalayli.
[2614] O’xshash oyatlar: (Zoriyot 51:41-45).
[2615] Bu oyatga ko’ra, ularning nasllaridan hozirda tirik qolganlari yo’q. Ular yashab o’tgan shahar va yurtlar esa ibrat uchun saqlab qolingan (Ankabut 29:38). Ular haqidagi o’xshash oyatlar: (Fussilat 41:16), (Qomar 54:19, 20).
[2616] Allohning elchisi deganda avvalo elchi orqali yuborilgan buyruqlar, shu bilan birga o’sha elchining o’zi ham tushuniladi.
[2617] O’xshash oyatlar: (Hud 11:120), (Yusuf 12:111), (Toha 20:99), (Qof 50:37), (Noziot 79:26).
[2618] Yaʼni, Ilk payg’ambar Odam a.s.dan beri to Muhammad a.s.gacha bo’lgan barcha payg’ambarlar ogohlantirib kelgan, hamma narsa o’rtaga qo’yiladigan, hech kim jazo yoki mukofotsiz qolmaydigan, sirlar fosh bo’ladigan kun va o’sha kundagi hodisalar ana shu kuni sodir bo’ladi.
[2619] Yaʼni, o’zini tutolmay qoladi, mezoni buziladi, quyosh o’ralib, yulduzlar to’kilib ketadi.
[2620] O’xshash oyatlar: (Zumar 39:75), (G’ofir 40:7).
[2621] Qiyomatda har qanday sirlar fosh bo’ladi (Toriq 86:9). Alloh munosib bilib, kechirgan bandalarining gunohlari bundan mustasno bo’lishi umid qilinadi. Chunki, Alloh munosib bilgan bandasining yomonliklarini to’sib-berkitib qo’yishga vaʼda bergan (Niso 4:31), (Ankabut 29:7). Bu fazilatga ega bo’lish uchun, o’sha vaʼda berilagn oyatlarga amal qilish kerak.
[2622] Yaʼni, dunyo hayoti tugaganidan keyin, qayta tirilmasam edi, deb qoladi.
[2623] Ziro — barmoq uchidan tirsakgacha bo’lgan uzunlikni bildiradi.
[2624] Bu oyatdagi “xato” ushbu surada zikr qilingan Od va Samud xalqi qo’l urgan hamda, 9-oyatda bildirilgan Firʼavn va uning qavmi qo’l urgan xatodir. Yaʼni, Alloh va Rasuliga hamda, oxiratga ishonmasdan, ularni yolg’onga chiqargan kimsalardir.
[2625] Oyatdagi elchi iborasi Jabroil farishtaga ishorat qiladi. (Takvir 81:19, 20) oyatlar ham shunga dalolat qiladi. Baʼzi bir kofirlar Qurʼon oyatlarini Muhammad a.s.ga boshqa insonlar o’rgatdi deb, boshqalari esa, uni o’zi to’qib oldi deb tuhmat qilishgan (Furqon 25:4). Yana boshqalari nima deb tuhmat qilingani kelgusidagi oyatlardan ayon bo’ladi. Yaʼni, Qurʼon Muhammad alayissalomga faqat elchi jabroil farishta orqali o’rgatilgani bildirilmoqda.
[2626] Bu oyatlardan maʼlum bo’ladiki, Muhammad alayhissalom Qurʼonda qilingan narsani aslo halol demagan, halol qilingan narsani esa aslo demagan, Qurʼonda yo’q narsani ibodat deb kirgizmagan, Qurʼonga o’zidan hech narsa qo’shmagan. Bu haqidagi o’xshash oyatlar: (Yunus 10:59, 60), (Nahl 16:116, 117), (Tahrim 66:1).
[2627] Yaʼni, kofirlarni Qurʼonga ishonmasligi oxiratd o’zlariga hasrat bo’ladi.
[2628] 70. Maorij surasi, Makkada tushgan, 44 oyat.Tushish tartibi 79, yozilish tartibi 70.
[2629] U vaqtda quyoshning harakati to’xtatilib bo’ligani, yulduzlar to’kilgani, oy tizimdan chiqqani sababli, u kunni hisobi bu quyosh hisobi bo’yicha bo’lmaydi. Osmonlar va yerdagi har bir farishta Alloh huzuriga ko’tariladi. Chunki, osmonlar va yerda ularning vazifasi tugagan bo’ladi. Yana bir masala, oyatdagi “Allohga yuksaladi” deganda Allohga makon nisbat berilmaydi. Balki, Allohning amriga qaytariladi, deb tushuniladi. Zero, har bir ishning oxiri Allohga qaytariladi (Hud 11:123).
[2630] Yaʼni, har bir farishta yaratilganidan keyin osmonlar va yerdagi vazifalariga tarqlishinidan oldin, o’ziga tegishli buyruqni qayerdan olgan bo’lsalar, hammasi yana qaytib o’sha yerga yuksalishi tushuniladi, deydi mufasssirlar. Oyatdagi Ruh Jabroil farishtaga ishorat qiladi. Zero, u farishtalar orasida alohida hurmat va etiborga loyiqdir. Shu sababli, bundan boshqa oyatlarda ham farishtalar yonida alohida ismi aytilib keladi (Baqara 2:98). Yana boshqa oyatlarda Jabroil farishta “Ruhul-Qudus” deya nomlangan (Baqara 2:87, 253), (Moida 5:110), (Nahl 16:102).
[2631] O’xshash oyatlar: (Luqmon 31:33), (Fotir 35:18), (Duxon 44:41).
[2632] Oyatdagi “musolliyn” iborasiga (Ahzob 33:56) oyatga asoslangan holda “Payg’ambarga yordam beruvchilar” yoki «»payg’ambar izdoshlari» deb maʼno bersa ham bo’ladi. Zero, (Anfol 8:62), (Tavba 9:103), (Ahzob 33:43) oyatlardagi “Solla-yusolli” iboralariga ham “kerakli yordamni berish, ko’mak berish” kabi maʼnolar beriladi. “Diniy vazifalarini ado etuvchilar” deganda avvalgi maʼno va sifatni ham o’z ichiga oladi. Payg’ambar alayhissalom tirikligida u kishiga ergashib, u kishiga yuklatilgan – Qurʼonni insoniyatga yetkazish vazifasiga ko’makdosh bo’lish, dinni yoyilishiga hissa qo’shish, Qurʼonni imkon qadar yer-yuziga yoyish, payg’ambarni himoya qilish kabi sifatlarga ega bo’lganlarga “musolliyn” deyiladi. Payg’ambarga salavotni bajo keltirish mana shudir. Hozir ham kimki mana shunday fidokorlik qilayotgan bo’lsa, Alloh tarafidan uning zimmasiga yuklatilgan payg’ambarga salavotni bajo keltirish ishini ado etayotgan bo’ladi. Aks holda, Ahzob surasidagi salavot amrini bajarmagan bo’ladi.
[2633] Kimda kim Allohning azobiga munosib bo’ladiga bir ish qilgan bo’lsa va Alloh unga o’sha azobni beraman deb qaror qilgan bo’lsa, endi u Allohni azobidan aslo qutilib qololmaydi.
[2634] Majburiyat ostida ushlab turilgan ayollalrga asira deyiladi. Hur ayollar hech qachon majburiyat ostida ushlab turilmaydi. barcha savdo aloqalari va shartnomalar o’zaro kelishilgan holda amalga oshiriladi. (Niso 4:29).
[2635] Yaʼni, jannatga kirgani arziydigan hech qanday amal qilmasdan, imon va amalsiz, jannatga munosib bo’lmasdan ham unga kirmoqchi bo’lyapsizlarmi, degani bo’ladi.
[2636] Yaʼni, har bir inson agar hayotda imon va amali bilan yashab o’lsa, ana shular jannatga kiradi deb hukm qilgan ALloh. Kofirlarning baʼzilari esa, hech qanday amalsiz va imonsiz ham jannatga kiramiz deb iddao qiladi. Zero, ular ham boshqa insonlar kabi bir tomchi suvdan yaratilgan, ularni boshqalardan ortiqcha joyi yo’q, yaratilishi ham bir xil. Demak, ularga ham hamma insonlar kabi bir xl hukm qilinadi; Allohga ishonib yaxshi yashasa, oxiratda jannatga munosib bo’ladi, ishonmasdan yomnliklar qilib yashasa, jahannamga munosib bo’ladi va unga kirib abadiy qoladi.
[2637] Nuh surasi,Makkadda tushgan, 28 oyat. Tushish tartibi 71, yozilish tartibi ham 71.
[2638] Inson tavba qilib Allohga ibodat qilgani sababli u bilan Alloh o’rtasidagi baʼzi gunohlari kechiriladi.Insonlar bilan o’rtasida sodir etilgan jinoyatlari kechirilishi uchun, birovga qilgan haqsizliklarini tuzatishi kerak. Chunki, tavbaning isloh degan sharti bor (Oli Imron 3:89), (Niso 4:142).
[2639] Ajal masalasida qo’shimcha maʼlumot uchun (Anʼom 6:2) oyatga va izohiga qarang.
[2640] Insoniyatning otasi, ilk yaratilgan inson yaʼni Odam alayhissalom yerdan yaratilgan (Sajda 32:7), (Sod 38:71). Bu oyatda u qanday yaratilgani bayon qiliinmoqda. O’xshash oyatlar. (Hud 11:61), (Najm 53:32).
[2641] Demak, qiyomatda qayta tirilishdan oldin barcha insonlarning jasadlari mutlaqo tuproqqa qorishib ketadi, insonning suyaklaridan asar ham qolmaydi. Shundan keyin, yana sof tuproqdan barcha insonlarni qayta yaatadi. Insonilarni qiyomatda qayta tirilishi xuddi Odam atoning ilk yaratilishi kabi bo’ladi (Anbiyo 21:104).
[2642] Zalolat kalimasiga baʼzan muvaffaqiyatsizlik, ishlarini yurushmasligi, maqsadiga erisha olmaslik kabi maʼnolar ham beriladi. Demak, Nuh alayhissalom o’z qavmiga maʼnaviy zalolat tilamagan. Balki, o’ziga qarshi tuzgan salbiy rejalari hamda, qurgan tuzoqlari amalga oshmasligini, ular o’z maqsadlariga yeta olmasligini tilagan bo’lishi mumkin.
[2643] Arab tilidagi “valad:tavallada” feʼlidan bola tug’ish yoki bir ishni paydo qilish degan ikkita farqli maʼno chiqadi. Agar bu oyatdagi “yalid” feʼlida “tug’ish” deb maʼno berilgan taqdirda ham, undan bir bolani dunyoga keltirishdan boshqa maʼno chiqmaydi degani emas. Chunki, hatto o’zbek tilida ham “tug’di:tug’adi” so’zi ko’chma maʼnoda bir narsani ko’payishi va shu kabi boshqa maʼnolarga ham dalolat qiladi.
[2644] Uyimga mo’min bo’lib kirgan deganda, o’z oila-aʼzolari orasidan faqatgina mo’minlarni haqqiga duo qilgan bo’laid. Oilamdagi kofirlardan boshqalarni degandan ko’ra, oilamdagi mo’minlarni deb fasohat bilan duo qilgan. Chunki, uning ayoli va bir o’g’li kofir bo’lib o’lgan (Hud 11:35-47), (Tahrim 66:1). Bir payg’ambarning o’g’li, otasi, yoki ayoli bo’lishi uni mo’min bo’lishiga, oxiratda najot topib jannatga kirishga kifoya qilmaydi. Chunki, imon va ama har kimning o’zi uchun beriladigan neʼmatdir. Barcha payg’ambarlarning vazifasi faqat yetkazib qo’yish bo’lgan, xolos. Ularga ergashgan ummatlarning ham vazifasi faqat yetkazish. Hidoyat Allohdan.
[2645] Nuh alayhissalom bu duoni (Hud 11:36, 37) oyatda bildirilgan vahiy kelganidan keyin duo qilgani maʼlum bo’ladi. Nuh payg’ambar haqida qo’shimcha maʼlumot uchun qarang: (Hud 11:25,47).
[2646] Jin surasi, Makkada tushgan, 28 oyat. tushish tartibi 40, yozilish tartibi 72.
[2647] (Ahqof 46:29-32) oyatlar bu xodisani bir qismini bayon qiladi hamda, jinlar, yaʼni Rasulullohga notanish va begona bo’lgan kishilar Tavrotdan ham xabari borligi bildiriladi.
[2648] رشد – yetuklik, kamolot, balogat, ham aqlan ham jismonan yetuklik.
[2649] O’zi ham haq yo’ldan ozgan, insonlarni ham yo’ldan adashtiradigan, Islomga tosh otadigan odamlarga ko’pincha “sufahau – ahmoqlar” deiladi. Aloqador oyatlar: (Baqara 2:12), (Baqara 2:130), (Baqara 2:142), (Aʼrof 7:155). Tarixdan maʼlumki, har bir xalqni adashtiruvchi ahmoqlari, yo’ldan ozdiruvchi shaytonlari bo’ladi. Mufo payg’ambar davridagi Somiriy, Iso payg’ambardan keyingi Pavlus, Muhammad (a.s.) davridagi Abu Lahab kabi.
[2650] Odamzot yanidagi insonlarni yaxshi tanimagani, bilmagani, faqat rost gapiradi deb o’ylagani uchun osongina aldanib qoladi. Insonlar imon va amal masalasida birovni eshitayotganida albatta aql tarozisiga solishi, isbot-dalil so’rashi, izlanishi va aniqlashi kerak. Aks holda, o’zi, oilasiga va jamiyatiga moddiy va maʼnaviy zarar keltirishi turgan gap.
[2651] Mo’l-ko’l suv ila sug’orish keng rizqdan kinoyadir.
[2652] Qurʼondan yuz o’girgan, unga beparvolik qilgan kimsalar uchun qilingan ilohiy tahdid uchun o’xshash oyatlar uchun qarang: (Toha 20:124), (Zuxruf 43:36), (Muddassir 74:17).
[2653] Maʼlumki, yahudiy va hristianlar o’zlarining ibodatxonalariga kirishganida Allohga shirk keltirib, Undan boshqasiga iltijo qiladi, boshqalarni o’zlariga shafoatchi deb qabul qiladi, boshqalarga duo qiladi. Alloh taolo Muhammad alayhissalomni bu ishlarning barchasidan man etdi. Aynan masjidlarda shirk amalidan alohida takidlab qaytarilishi, o’sha eng katta gunohni aynan xolis Allohga ibodat va iltijo qilinadigan joylarda amalga oshirilishi gunohni yana ham kattalashib ketishi va oqibati yana ham xatarli bo’lishiga ishorat qiladi. Masjidlarda Allohdan boshqasiga ham duo qilinishi xuddi, adolat o’rnatilsin deb barpo qilingan joylarda zulm qilinayotgan, jinoyatga qarshi kurashilsin, deb tashkil qilingan joylarda jinoyat sodir etilayotgan ahvollarga o’xshaydi.
[2654] (Fajr 89:14) oyatida Alloh taoloning O’zi barchani narsani kuzatib turuvchi ekani bayon qilingan. Ushbu (Jin 72:27) oyatdagi “yasluku” feʼlining folili ham Allohdir. Yaʼni, Alloh taolo qaysidir elchiga vahiy orqali risolat yuborga bo’lsa, endi o’sha elchi/payg’ambar risolatni to’g’ri yetkazishini, to’g’ri yozdirishini, tablig’ini, unga amal qilish yoki qilmayotganini, xulosa qilib aytganda payg’ambarni elchilik vazifasini to’liq nazorat qilib turadi, mabodo elchi xatoga qo’l urish ehtimoli bo’lsa, Alloh ogohlantiradi (Moida 5:67), (Isro 17:73-75), (Haqqo 69:44-48).
[2655] Muzzammil surasi, Makkada tushgan, 20 oyat. Tushish tartibi 3, yozilish tartibi 73.
[2656] Tartil — lug’atda tushuntirib berishdir. Ibn Abbos ham bu oyatdagi tartilni tushuntirib berishdir, degan (Lisan). Yana boshqa mufassirlar esa “tushuntirib o’qish, tushunarli qilib o’qish, tushunib o’qish, dona-dona o’qish” kabi farqli ammo o’xshash maʼnolar berishgan. Demak, bu oyatlarda buyurilgan tungi bedorlik asosan Qurʼonni sahobalarga o’rgatishlik, ularga Qurʼonni tushuntirib berishlikka ishorat qiladi. Zero, ushbu suraning 20-oyati bunga dalil bo’ladi. Bundan esa, kechalari Rasululloh sahobalariga Qurʼondan taʼlim bergani, undagi oyatlar va ularning hukmlarini tushuntirib bergani ayon bo’ladi. Oyat matni faqat Rasulullohga xitoban birlik shaklida kelsa-da, bu va bu kabi oyatlar butun ummatga tegishli bo’lib ham ishlatiladi. Bunga Taloq surasining ilk oyati misol bo’ladi. Oyatdan olinadigan hikmat shuki, kechalari imkon boricha birgalashib Qurʼon darslari tashkil qilish kerak. Qurʼonni o’rgatish va tushuntirish kerak.
[2657] Eng chiroyli ismlar:xususiyatlar Allohga xos. Allohni u ismlar bilan chaqiringlar. Allohning ismlari haqida haddan oshayotganlardan voz kechinglar. Ularga yaqinda qilmishlarini jazosi beriladi (Aʼrof 7:180).
[2658] O’xshash oyatlar: (Qalam 68:44), (Muddassir 74:14).
[2659] Maʼlumki, voyaga yetmagan bolalar din ishlaridan javobgar emas. Demak, ularga kofir deyilmaydi. Qiyomat esa kofirlar uchun dahshatli, og’ir va qo’rqinchli bo’ladi (Muddassir 74:9, 10). Demak, oyatdagi ibora haqiqiy maʼnoda emas, balki, Faxruddin Roziy aytganidek, u kunning dahshatini o’xshatishdir. Yaʼni, ko’chma maʼnodagi so’zdir.
[2660] Ushbu suraning boshida tundan qancha vaqtini bedorlikda o’tkazishni belgilagan edi. Keyinchalik, o’sha o’lchoviga yengillik qilib, yana farqli o’lchov qo’ymoqda.
[2661] Suradagi maʼno butunligini saqlab qolish uchun »ma-tayassaro» iborasidagi dagi “ma” harfiga feʼlga masdar va vaqt maʼnosini olgan bog’lovchi (mavsul) deb berish kerak. Unga “o’zingizga qulay vaqtda” deb tarjima qilishimizni sababi shu.
[2662] Muddassir surasi, Makkada tushgan, 56 oyat. Tushish tartibi 4, yozilish tartibi 74.
[2663] Daʼvat avvalo o’z yaqinlaridan, oilasidan boshlanadi (Shuaro 26:214), (Ibrohim 14:44).
[2664] Namozdagi “Allohu Akbar” deb aytiladigan takbir shu oyat hukmidan olingani deydiganlar ham bor. “Allohu Akbar” iborasidan ismi tafzil va sifat shaklida ikki xil maʼno chiqadi:
1) “Alloh eng ulug’ zotdir”.
2) “Alloh yagona buyuk zotdir:buyuklikta tengi yo’q zotdir”. Allohu Akbar degan inson, yaratgan Egasining buyukligini eʼtirof qilgan va uni eʼlon qilgan bo’ladi.
[2665] Bu oyatda ham kiyimlarini hamda, o’zini pok saqlash kerakligiga ishorat qiladi. Baʼzi mufassirlar “kiyimlaringni” deb, baʼzilar “nafsingni” va boshqalar esa har ikkala maʼnoni ham o’z ichiga oladi deb tafsir qilishgan. Biz tarjima qilgan shakl barchasini yaʼni, ham kiyimlarini hamda o’zini pok saqlashga ishorat qiladi. Kelgusidagi oyat ham bu maʼnoni qo’llab-quvvatlaydi.
[2666] Inson qilayotgan yaxshi ishlarini ko’p ishlar qilyapman deb o’ylab qolsa, asta-sekin ehtirosga, keyinchalik o’zidan ajablanishga o’rganib qoladi. Shuning uchun, qilgan yaxshi ishlarini unutishga odatlanishga, o’tmishdagi gunohlari bo’lsa, ularni eslab yana ham ko’proq tavba qilib, yaxshiliklarni ko’paytirishga harakat qilish kerak.
[2667] Qiyomatning dahshati faqat kofirlarni mayus qiladi va u kun kofirlarga qiyin bo’ladi (Furqon 25:25), (Qalam 68:35-43).
[2668] Bu oyat Valid ibn Mug’ira (Abu Abdu Shams al-Valid ibn al-Mug’ira ibn Abdulloh ibn al-Mahzumiy v. 1:622) haqida tushgani aytiladi. U, payg’ambarimiz va Islomni asosiy dushmanlaridan biri bo’lgan.
[2669] Valid Ibn Mug’iyraning 10 dan ortiq farzandi borligi aytiladi. Ular orasidan 3 ta farzandi: Xolid ibn Valid, Hishom ibn Valid va Imora ibn Valid musulmon bo’lgan (Saoilibiy).
[2670] Oyatdagi “suʼud” kalimasiga mufassirlardan Mujohid va Qatoda azobli mashaqqat va rohati yo’q azob, deb maʼno berishgan (Ibn Kasir).
[2671] (Toha 20:74) oyatda jahannam “jahannam undagi jinoyatchilarni yashatib na chiroyli yashatmaydi, na yo’q qilib yubormaydi” mazmunda taʼriflab keltirilgan.
[2672] Bu oyatdagi 19 soni, kelgusidagi oyatda zikr qilingan malaklarning soni ekani aytiladi.
[2673] Bu oyat va (Kahf 18:29) oyatlar imon va kufr bandaning irodasig havola qilinganini bildiradi.
[2674] O’ng taraf egalari haqidagi o’xshash oyatlar: (Boqea 56:27, 38, 90, 91), (Haqqo 69:19), (Inshiqoq 74:39).
[2675] Oyatdagi “musolliyn” iborasiga (Ahzob 33:56) oyatga asoslangan holda “Payg’ambarga yordam beruvchilar” deb maʼno berdik. Zero, (Anfol 8:62), (Tavba 9:103), (Ahzob 33:43) oyatlardagi “Solla-yusolli” iboralariga ham “kerakli yordamni berish, ko’mak berish” kabi maʼnolar beriladi. Payg’ambar alayhissalom tirikligida u kishiga ergashib, u kishiga yuklatilgan – Qurʼonni insoniyatga yetkazish vazifasiga ko’makdosh bo’lish, dinni yoyilishiga hissa qo’shish, Qurʼonni imkon qadar yer-yuziga yoyish, payg’ambarni himoya qilish kabi sifatlarga ega bo’lganlarga “musolliyn” deyiladi. Payg’ambarga salavotni bajo keltirish mana shudir. Hozir ham kimki mana shunday fidokorlik qilayotgan bo’lsa, Alloh tarafidan uning zimmasiga yuklatilgan payg’ambarga salavotni bajo keltirish ishini ado etayotgan bo’ladi. Aks holda, Ahzob surasidagi salavot amrini bajarmagan bo’ladi.
[2676] Qiyomat kuni hisob-kitob vaqtida hech qanday shafoat yo’q (Baqara 2:48, 123, 254). Shafoat mazvusi uchun qarang: (Zumar 39:44), (Zuxruf 43:86). Tavhidda bo’lmagan insonlar qiyomatda o’zlarini Allohning hukmi va jazosidan qutqarib qoladi, bizni tarafimizni oladi, deb o’ylab yurgan baʼzi kimsalari bo’ladi. Alloh huzurida bizni shafoatchimiz bo’ladi deb eʼtiqod qiladi (Yunus 10:18). Aslida unday shafoatchilar bo’lmaydi. Bu oyatda keltirilgan shafoatchilar aynan ular iddao qilgan shafoatchilardir. Aslida unday shafoatchilar yo’q.
[2677] (Juma 62:5) oyatda ilohiy kitobdan yuz o’girgan, unga amal qilmagan ahli kitoblarni ham Alloh taolo eshaklarga o’xshatgan. Bu kabi tahdid va ogohlantirishlar boshqa jinoyatchilar uchun ishlatilmagan, faqatgina Qurʼonʼondan yuz o’girgan kishilar uchun ishlatilgan. Qurʼondan yuz o’girish juda ham katta gunohdir. Chunki, u Allohning to qiyomatgacha hidoyat va nur, dalil va rahbar, mo’jiza va rahnamo bo’lgan yagona kitobidir.
[2678] Baʼzi bir insonlarning qaysarlik qilib gunohga botib ketishlari, Islom yo’lidan ko’ra kufr yo’lini afzal ko’rganliklari sababli, Alloh ularning qalblarini, quloq va ko’zlarini muhrlab qo’yadi. Ana shundan keyin ularga nasihat kor qilmaydi. Bu haqidagi baʼzi oyatlar: (Baqara 2:6,7), (Josiya 45:23). O’xshash oyat: (Takvir 81:29)
[2679] Yaʼni, Alloh qilayotgan ishlarida aslo xato qilmaydi, zulm qilmaydi, haqsizlik qilmaydi. Har ishni hikmat bialn qiladi. U shunday zotdir.
[2680] Qiyomat surasi, Makkada tushgan, 40 oyat. Tushish tartibi 31, yozilish tartibi 75.
[2681] Oyat boshidagi «لا – la» iborasiga farqli maʼno bersa bo’ladi. Masalan:
1) Rad javob sifatida.
2) Silai-majoz sifatida.
3) Takid sifatida.
4) Isboti qasam sifatida. Demak, oyatga yo mushriklarning iddaolariga rad sifatida “Yo’q!” deb, yoki jumlaning kelgusi iborasiga takid uchun “Haqiqatda” deb maʼno berish kerak. Qo’shimcha maʼlumot uchun Maoniy, Eʼrob, Majoz kitoblariga murojaat qilinadi.
[2682] Oyatdagi o’zini malomat qiluvchi kishi deb keltirilgan shaxs oxiratda nadomat qilib qoladigan kishidir. Chunki, sura qiyomat haqida boshlandi. Qiyomatda kofirlar qattiq nadomat qilib, ko’p pushaymonlar qilib qoladi (Furqon 25:27, 28), (Haqqo 69:25), (Nabaʼ 78:40), (Fajr 89:24).
[2683] Oyatdagi «»yafjuro» feʼliga “yolg’onlaydi” deb maʼno berildi. Buni Aliy ibn Abu Tolha Abdulloh ibn Abbosdan rivoyat qilgan (Ibn Kasir). Baʼzan yolg’onchiga ham fojir deyiladi (Mufradot).
[2684] O’xshash oyatlar: (Takvir 81:1), (Zumar 39:69)
[2685] O’xshash oyatlar: (Kahf 18:4, 49), (Isro 17:14, 15).
[2686] Insonni hisob-kitob qilishga uning o’zi kifoyadir, barcha ishlari amal darfatida yozilgan bo’ladi, o’zining aʼzolari o’ziga guvohlik beradi: (Isro 17:13, 14), (Nur 24:24).
[2687] 16-19 oyatlardan avvalgi va keyingi oyatlar ham mahshardagi jinoyatchilar haqidagi oyatlar bo’lgani uchun, bu oyatda xabar berilgan narsalar ham oxiratga tegishli ekani maʼlum bo’ladi. Demak, qiyomatda hisob-kitob vaqtida o’zini oqlash uchun kofirlarga imkon berilmaydi, hatto tilingni ham qimirlatma deyiladi, qilib o’tgan ishlariyu, qilmay qodirgan ishlarining barchasi o’qib beriladi, uning qilmishlari nega, qachon va qanday holatda amalga oshirilgani batafsil ochiqlab beriladi. So’ngra, unga o’qilgan hukmga qatʼiy rioya qilinishi kerakligi aytiladi.
[2688] O’xshash oyatlar: (Kahf 18:48, 49)
[2689] Oyatlarning boshida «kallaa – yo’q!» iborasi bilan boshlanishi, baʼzi o’rinlarda o’sha oyatda aytiladigan ishlardan voz kechishga, unday qilmaslikka ogohlantiruv va tahdid bo’ladi.
[2690] “Qarab turadi” deganda Rabbining hukmiga, beradigan neʼatlari va fazliga qarab turadi, kutib intizor bo’lib turadi, degan maʼno chiqadi. Ko’p mufassirlar Robbining o’ziga qaraydi, deb taʼvil qilishgan. Lekin, bu taʼvil qiyomat, hisob-kitob, jannat va Allohning rahmati haqidagi boshqa oyatlarga zid kelib qoladi. Robbiga qaraydi, yoki Robbiga boradi, deganda albatta Uning zoti tushunilmaydi. Chunki, (Baqara 2:156) oyatda “robbimizga qaytamiz”, Anʼom 6:38 oyatda “Robbiga to’planadilar”, (Anʼom 6:164) oyatda “Qaytishingiz Robbingizgadir”, (Kahf 18:87) oyatda “Robbiga qaytariladi”, deyilgan. Lekin, bularning birortasida ham Allohning zoti nazarda tutilmaydi. Balki, Uning hukmi va qarori nazarda tutiladi. Bu arab tili va boshqa tilalrda ishlatiladigan qoidalardir. Bulardan boshqa yana yuzlarcha oyat bor. Demak, bu oyatni ham Allohning zoti deb tushunilmasligi kerak. Sahobalardan Abdulloh ibn Umar va Ikrima r.a lar va Mujohid bu oyatni “Robbining savobiga va amriga muntazir bo’lib turadilar”, deb tushuntirishgan (Movardiy). Zero, oyatning matni ham Allohni ko’rishga dalolat qilmaydi. Chunki, (Naml 27:35) oyatda ham “Nazirotun” kalimasi “kutib turish” manosida, (Baqara 2:280) oyatdagi “nazirotun” kalimasiga ham “kutib turish” deya maʼno beriladi. Bu kabi boshqa oyatlar ham bor. Bularning barchasi ham ko’zi bilan ko’rish deb maʼno berish to’g’ri bo’lmaydi. Zero, arab tilida “nazaro” feʼliga o’z o’rnida “intizor” maʼnosi beriladi (Mufradot). Shuni ham takidlab aytish kerakki, bu narsa imon va amal shartlariga kirmagani, bu oyatdagi xabarlar mo’minlarga bashorat, kofirlarga tahdid bo’ladigan oyatlar bo’lgani sababli, oyatni boricha qabul qilish. Bu haqida bahs-munozaraga kirish sababli, o’rtaga nizo’ tushib qolmasligi kerak.
[2691] Bu oyatni so’zma-so’z tarjimasi “boldiri boldiriga chalmashkanida” shaklida bo’ladi. Turki tilli millatlarda bu gap “oyoqlari chalmashib ketganida” deb aytiladi.
[2692] O’xshash oyat: (Mutoffifin 83:31).
[2693] Bu oyatdagi iboralar “Azob senga loyiqdir!” shaklida tarjima qilinsa ham bo’ladi. Har ikkala maʼnoda ham, kofir insonga laʼnat kabi ibora ishlatilgan bo’ladi.
[2694] Yaʼni, dunyoda unga buyruq va taqiqlar qo’yilmasdan, imtihon qilinmasdan, o’lganidan keyin ham qayta tiriltirmasdan, oxiratda ham hisob-kitob qilinib, amaliga ko’ra jannat yoki jahannamga tashlanmaydi, deb o’ylayaptimi, degan maʼno chiqadi. Alloh taolo hech narsaga bekordan-bekor yaratmagan (Sod 38:27).
[2695] O’xshash oyatlar: (Haj 22:5), (Muʼminun 23:13, 14), (G’ofir 40:67).
[2696] “Xolaqo” feʼlining o’zak holatidagi asl maʼnosi — to’g’ri shakl berishdir. (Mufradot)
[2697] Bu oyatga ko’ra, bachadondagi bolani o’g’il yoki qiz ekani otaning belidan ajragan spermadan olinishi maʼlum bo’ladi.
[2698] Inson surasi, Madinada tushgan, 31 oyat. Tushish tartibi 98, yozilish tartibi 76. Baʼzi mufassirlar bu suraning oyat mazmunlariga qarab, uni Makkada tushgan suralar qatoriga qo’shgan.
[2699] Demak, inson yaratilishidan oldin u hech narsa bo’lmaydi yaʼni, yo’q bo’ladi. Yo’q narsa haqida aytilmaydi, esga olinmaydi. Insoning yaratilishi onaning bachadoniga tushganidan keyin boshlanishiga kelgusi oyatlar va (Oli Imron 3:6) oyati dalil bo’ladi. Bu oyatdan, azal haqidagi turli tushunchalar asossiz ekani maʼlum bo’ladi.
[2700] Basiyrat — ong bilan ko’rish, aql bilan ko’rish, zehn va idrok bilan ko’rish, bir ishni orqa tarafini ham ko’rish, degan maʼnolarni bildiradi. O’ziga berilgan basirat va ongdan foydalanmagan insonlarni Alloh yomon ko’radi. Qarang: (Aʼrof 7:79), (Furqon 25:44).
[2701] Kimni kofir yoki kimni mo’min bo’lishini Alloh belgilamagan. Balki, insonning o’z ixtiyoriga qo’yib bergan. Zero, 2- oyatda insonni imtihon uchun yaratilgani maʼlum bo’ldi. Bu va (Kahf 18:29), (Tag’obun 64:2) oyatlar ham, mo’minlik yoki kofirlikni tanlash bandaning ixtiyorida ekaniga dalolat qiladi.
[2702] O’xshash oyatlar: (Haj 22:23), (Fotir 35:33).
[2703] Demak, jannatdg harorat juda mo’tadil bo’ladi, inson isib ham ketmaydi, sovuq qotib ham qolmaydi.
[2704] U xizmatlarni jannatda maxsus ular uchun yaratilgan g’ilmonlar bajaradi (Tur 52:24), (Rahon 55:44), (Voqea 56:17).
[2705] Vildan — Yosh xizmatkor yigit. Jannatda hurlar va vildonlar insonlarni xizmatiga berib qo’yiladi.
[2706] Jannatda ayol qiyofasidagi xizmatkor ayollarga “yashiringan marvarid” (Voqea 56:22-24), erkak qiyofasidagi xizmatkorlarga esa “sochilgan marvaridlar” deb taʼrif berilgan.
[2707] Demak, jannatdagi neʼmatlar, maqom martabalar bandalarning o’z qilmishlari va saʼy-harakatlariga qarab beriladi.
[2708] Bu oyatdan kelib chiqib, Rasulullohni o’zimizga o’rnak qilgan holda, birov bizni gunohga yoki nonko’rlikka chorlaganida, ularga aslo quloq solmasligimiz, aytganini qilmasligimiz, rozi bo’lmasligimiz kerak. Mo’min-musulmon banda, doim yaxshiliklar va shukr sari qadam bosadi. har qanday jinoyat va noshukrlikdan qochadi.
[2709] O’xshash oyatlar: (Qiyomt 75:20), (Aʼlo 87:16).
[2710] Bu oyatdan ikki xil maʼno chiqadi:
1) Agar Alloh ravo ko’rsa, insoniyatdan baʼzialri halok qilib, o’rniga ularga o’xshash qavmlarni egallatib qo’yadi.
2) Alloh O’z munosib bilgan vaqtda, insonlarni qayta tiriltirib, ularni badanlarini boshqacha qilib yaratadi. Har ikkala maʼno ham to’g’ri.
[2711] O’xshash oyatlar: (Muddassir 74:56), (Takvir 81:29). Alloh ham, Rasuli ham insonlarni mana shu yo’lni tanlashini xohlagan (Furqon 25:57). Kimki Allohning roziligiga, jannatiga olib boruvchi yo’lni tanlasa, u Alloh xohlagan yo’lni tanlagan bo’ladi (Muzzammil 73:19). Alloh bandalarini kofir bo’lib ketishini xohlamaydi (Zumar 39:7). Demak,kim kufr yo’lini tanlasa, u Alloh xohlamagan, rozi bo’lmagan yo’lni tanlagan bo’ladi. Kim Islom yo’lini tanlasa, u Alloh xohlagan va bandalariga tanlab rozi bo’lgan yo’lni xohlagan bo’ladi. Mo’minlarning Islom yo’lini xohlashi va uni tanlashi, Allohning amri va irodasiga ko’ra bo’ladi.
[2712] Mursalat surasi, Makkada tushgan, 50 oyat. Tushish tartibi 33, yozilish tartibi 77.
[2713] Musulmonlarni har biriga mana shunday vazifa yuklatilgan, ammo ularni hammasi ham bunday qilmaydi. Bu haqdagi oyat: (Aʼrof 7:199).
[2714] Bu haqidagi yana bir oyat: (Oli Imron 3:13).
[2715] O’xshash oyatlar: (Anfol 8:29).
[2716] Ilk besh oyat mufassirlar tarafidan malaklar yoki shamollar deya farqli va ixtilofli taʼvil qilingan. Bizga ko’ra, bu oyatlar vahiyga hamda o’sha vahiyni tablig’ qiluvchi, yetkazuvchi, o’rgatuvchi va shu yo’lga bel bog’lagan fidokor insonlar haqida kelgan. Qurʼon insonlarga nozil bo’lganligi tufayli, bu qasam ichilgan sifatlar insonlarning sifatlari bo’lishi kerakki, har kim o’ziga kerakli darsni olsin. Shunga ko’ra, oyatdagi sifatlarga erkak kishini ham ayol kishini ham o’z ichiga oluvchi an-nufus kalimaning sifatlari shaklida tarjima qildik.
[2717]Alloh taolo Qurʼonni nozil qilishi asosan ikki sababga ko’ra bo’ladi:
1) Allohdan bandalariga uzrni keltirib qo’yish uchun. Yaʼni, qiyomatda jahannamga hukm qilingan bandalar: Bizga ham kitob yuborsang bo’lmsamidi? Shunda biz ham yaxshi inson bo’lar edik, deb bahona va yolg’on vajhlar keltirmasliklari uchun tushurilgan. Insonlarga elchilar yuborilganidan keyin, ularda Allohga qarshi hech qanday hujjati qolmaydi (Niso 4:165). 2) Qurʼon barchaga ogohlantirish bo’lib tushgan (Najm 53:56). Undan tashqari, Qurʼonni boshqalarga yetkazadigan insonlarda ham, Biz insonlarni ogohlantirganmiz, ularga yetkazganmiz, deyishlari uchun, ularni Alloh huzurida o’zlarini oqlash uchun uzrlari bo’ladi (Aʼrof 7:164, 165).
[2718] O’xshash oyatlar: (Toha 20:105, 106).
[2719] O’xshash oyatlar: Aʼrof 7:6. Mahsharda elchilar ham, ularga elchi yuborilgan kishilar ham albatta savol-javob qilinadi. Lekin, yuqoridagi oyatga ko’ra, payg’ambarlar alohida savol-javob qilinadi. Bunga Iso payg’ambar misol bo’ladi: (Moida 5:116-119).
[2720] Oyatdagi قَرَارٍ مَكٖينٍ = qorori-makin — unga joylashtirilgan narsani sog’lom va mustahkam holda ushlab turadigan joyga aytiladi. Bu maʼno uchun qarang: (Mo’minun 23:13) oyati va izohi.
[2721] Insonni bichimi, erkak-yoki ayol ekani, rangi-ro’yi va butun xususiyatlari onasini qornidaligida belgilanadi (Oli Imron 3:6).
[2722] Yerda shunday xususiyat borki, ustida qancha inson yashab o’tgan bo’lsa, ularni barchasini yana qaytarin o’z ichiga sig’dira oladi. Yer insonni tirigini ham o’ligini ham o’z qo’yniga oladi.
[2723] O’xshash oyatlar: (Raʼd 13:3), (Hijr 15:19), (Nahl 16:15), (Anbiyo 21:31), (Naml 27:61), (Luqmon 31:10), (Fussilat 41:10), (Qof 50:7).
[2724] Bu maʼno uchun Zamaxsharini kashshof nomli tafsiriga qarang.
[2725] Agar جِمَالَتٌ so’zi جمالات shaklida o’qilsa, baland ko’priklarni va yelkanli kemalarni arqoni degan maʼnoni ham ifodalaydi. Zamaxshariy.
[2726] Bu oyatlarni Rasululloh o’z davridagi kofirlarga xitoban aytgani aniq. Bu kabi iborani Hud payg’ambar ham o’z qavmiga aytgan edi (Hud 11:54, 55). Shu bilan bir qatorda, bu iboralar oxiratda ham kofirlarga nisbatan Alloh tarafidan aytilishi mumkin.
[2727] Insonlarni dunyo va oxirat hayotida baxtli-saodatli, tinch va osuda yashashi uchun kerakli eng adolatli va to’g’ri qonunlar bitilgan eng ishonchli kitob qo’limizdagi Qurʼon kitobidir. Uni qo’yib insonlar yana qanday kitoblar va undagi so’zlarga ishonib hayot kechirmoqdalar?! Maʼlumot uchun qo’shimcha oyatlarga qarang: (Aʼrof 7:185), (Yunus 10:32), (Josiya 45:6).
[2728] Nabaʼ surasi, Makkada tushgan, 40 oyat. Tushish tartibi 80, yozilish tartibi 78.
[2729] (Sod 38:67-68) oyatlarda Qurʼoni Karim buyuk xabar deya keltirilgan. Demak, bu oyatdagi buyuk xabar Qurʼonga va unda keltirilgan xabarlarga ishorat qiladi. Muhammad a.s. payg’ambar bo’lib kelishi Makkaliklar va boshqa arab xalqlari uchun juda katta xabar va o’zgarish bo’lgan. Ular bir-biridan bu haqida so’rab-surishtiradigan bo’lib qolishgan. Bu oyatlar aynan Makkada sodir bo’layotgan o’sha hodisalardan xabar bermoqda.
[2730] Yaʼni, Qurʼonga va undagi xabarlarga ishonmayotgan kimsalar, u va undagi xabarlar albatta Allohdan kelgan vahiylar ekanini, undagi xabarlar haq ekanini yaqinda bilib olishadi. Buni kimdir bu dunyoda biladi, kimdir oxiratda biladi (Anʼom 6:30).
[2731]Insonlar yerdan boshqa sayyoralarda yerda yurganidek yurolmaydi, yerda yashaganidek yasholmaydi. Chunki, boshqa sayyoralar insoniyat yashashi uchun yaratilmagan. Beshikka belangan bola undan tushib ketmasdan, bemalol qolgani kabi, insonlar ham yerda bemalol yuradilar, uxlaydilar va undan tashqariga chiqib ketmasdan bemalol yashaydilar. Yerda maʼlum bir tortish kuchi bo’lgani saabli, yer mana shu vazifani bajarib turadi.
[2732]Yaʼni, erkak va ayol qilib yaratildi. Bu oyat shunga ishorat qiladi. Undan tashqari, ruh bilan badanni birlashishiga ham arab tilida “zuvvija” feʼli ishlatiladi (Takvir 81:7).
[2733]Oyatdagi “subat” kalimasi sokinlik, istirohat, uzilish, tinchlanish kabi farqli, ammoa bir-biriga o’xshash maʼnolarni anglatadi. Inson uyquga ketganida ham vujudi dam oladi, ruhi tinchlanadi, sezish organlari susayadi. Bu esa, insondagi ham jismoniy hamda ruhiy charchoqqa malham bo’ladi.
[2734] “Labasa” feʼlidan avvalo “qorong’u qilish” degan maʼno chiqadi.
[2735]Insonni haqiqiy dam olishi va istirohat qilishi tundagi uyqu bilan bo’ladi (Yunus 10:67), (G’ofir 40:61). Kunduzi esa tirikchilik uchun mehnat qiladi. Shu sababli, kunduzgi uyqu hech qachon tungi uyquni o’rnini bosolmaydi. Tunda qilingan mehnat ham, kunduzi qilingan mehnat kabi bo’lmaydi.
[2736]O’xshash oyatlar: (Baqara 2:29), (Isro 17:44), (Muʼminun 23:17, 86), (Fussilat 41:12), (Taloq 65:12), (Mulk 67:3), (Nuh 71:15).
[2737] (Nuh 71:16) oyatga ko’ra, bu oyatdagi siroj quyoshga dalolat qiladi. quyoshga berilgan “vahhoj” sifati issiqlik manbaiga ham, yoruqlik manbaiga ham aytiladi. Zero, quyoshda har ikkalasi bor.
[2738]U kunda osmon oq bulutlar bilan yoriladi va malaklar to’p-to’p bo’lib tushiriladi (Furqon 25:25), (Infitor 82:1). Osmon yaratilishidan avval tuman holatida edi (Fussilat 41:11). Qiyomatda yer va osmon o’zgartiriladi (Ibrohim 14:48).
[2739]Yuqorida bildirilgan jazolar mana shu kabi yolg’onchi kofirlarga beriladi.
[2740] (Duxon 44:34-50) oyatlarda jahannamga kirganlar ham “Azobni totinglar!” deyilishi bildirilgan.
[2741] Bu oyatga «Yuqori saviyada xizmat ko’rsatadigan tengqur xizmatkorlar» deb maʼno berganlar ham bor. Lekin bu tarjima maʼno oqishiga mos kelmaydi. Chunki, o’zidan oldingi oyatda uzumzor bog’lar haqida, keyingi oyatda esa ichimliklarga to’ldirilgan qadahlar haqida kelgan.
[2742] Qiyomat kuni mahsharga faqatgina jannat yoki jahannamga kiradigan kishilar to’planadi (Anʼom 6:130). Ulardan boshqasi so’roq-savol qilinmaydi.
[2743]Alloh izn bermagan kishi qiyomatda bir og’iz ham gapirolmaydi (Hud 11:105).
[2744]Qiyomat kunini haq kun deya nomlanishi u kunning kelishi aniq va shubhasiz ekanini hamd, u kunda beriladigan hukmlarning barchasi haq ekanini bildiradi.
[2745] Naziat surasi, Makkada tushgan, 46 oyat. Tushish tartibi 81, yozilish tartibi 79.
[2746] Ilk 5 oyatdagi ilk kalimalar zehndagi nasf (kishilar -نفوس «kalimasiga sifat deb tarjima qilingan.
[2747] Al-Ayn n-sh-t moddasi.
[2748] Ikkinchi silkinishdan so’ng yer ostidagi o’liklar yer ustiga chiqadi. Oyat shunga ishorat qiladi. O’xshash oyat: (Zuho 99:1-3).
[2749] O’xshash oyatlar: (Voqea 56:4-7), (Muzzammil 73:11-14).
[2750] O’xshash oyatlar: (Yasin 36:51, 52).
[2751] O’xshash oyatlar: (Maryam 19:52), (Toha 20:12).
[2752] Hashr — insonlarni bir joyga to’plash, xalqni bir joyga jamlash, hammani yig’ish, degan maʼnolarni bildiradi. Bu jumlada mafʼul ko’rsatilmagani sababli, Firʼavn gapirganida eshitadigan darajadagi miqdorda inson yig’ilganini, ular orasida Muso alayhissalom bo’lmaganini inobatga olgan holda, Firʼavn o’zining xos odamlari, maslahatchilari, sehrgarlari va boshqa ayonlarini yig’ib majlis o’tkazgani va ularni Musoga qarshi ish olib borishga va o’z siyosatini kuchaytirishga tashviq qilish maqsadida o’z saroyida anjuman o’tkazdi deb tarjima qildik.
[2753] Aslida, Osmonlarni va yerni yaratish insonlarni yaratishdan qiyinroq ish (G’ofir 40:57). Lekin, Alloh uchun hech qanday qiyinlik va muammo bo’lmaydi. Chunki, Alloh: “Bo’l!” desa, darxol o’sha narsa paydo bo’lishni boshlaydi (Yasin 36:82).
[2754] Oyatdagi “ag’tosha” feʼlining o’zagi bo’lgan “al-g’otsh” so’zi ko’z qamashmasi degan maʼnoni bildiradi. Qamashgan ko’z uchun har narsa alomatsiz, belgisiz bo’lib ko’rinadi. Qayerga ketayotgani bilmaydigan darajada yo’li g’oyib bo’lgan cho’lga «mafazatun g’atsho = مفَازةٌ غَطْشى» deyiladi. (Lisanul Arab, g’tʼsh moddasi). Tun deyish uchun albatta qorong’u bo’lish shart emas. Shu sababli baʼzi mintaqalarda yoruq kechalar o’rtaga chiqadi.
[2755] Yettinchi oyatda osmonlar va yer olti kunda yaratilgani bildirilgan. Quyidagi oyatlarda esa, yer ikki kunda yaratilgani, oziq-ovqat o’lchovlarini yerga joylashtirish ishi yana ikki kun davom etgani, qolgan ikki kunda esa osmonlar yaratilgani bildirilgan (Fussilat 41:9-12)
[2756] Jahannamning eshiklari bo’ladi. U faqat jahannamga kiradigan va undagi azobni ko’radiganlar uchun ochiladi (Nahl 16:29), (Zumar 39:72), (G’ofir 40:76).
[2757] Havoyi nafsning quli bo’lib olisning yomon oqibatlari haqidagi o’xshash oyatlar: (Kahf 18:28), (Toha 20:16), (Sho’ro 42:42-44), (Qasos 28:50), (Josiya 45:23).
[2758] (Mo’minun 23:113) Zuho deb, quyosh ko’tarilib, isitishni boshlagan vaqtdagi choshgoh vaqtiga aytiladi. Oyatdagi “zuhaha” iborasidagi “ho” zamiri 29- oyatdagidek samoga qaytadi. Demak, samoning zuhosi kunduzdir (Lisabul Arab moddasi).
[2759] Abasa surasi, Makkada tushgan, 42 oyat. Tushish tartibi 24, yozilish tartibi 80.
[2760] 1-2 oyatlar Rasulullohga ishorat qilgan bo’lishi ham, Valid ibn Mug’iyraga ishorat qilgan bo’lishi ham mumkin. (Muddassir 74:23, 24) oyatlarida aynan Rasulullohning yonidan yuz o’girib ketgan kishi Valid ibn Mug’iyra ekani bayon qilingan edi. Bu oyatni o’sha oyat bilan bog’lasak, demak, bu oyatdagi aftini burishtirgan va yuz o’girgan kishi o’sha mutakabbir Valid ibn Mug’iyra bo’lishi mumkin. Undan tashqari, oyat ikkinchi shaxsga emas, uchunchi shaxsga qarata xitob qilingan. Bu ham ushbu tarjimani qo’llab-quvvatlaydi. Demak, Rasulullohning yoniga ko’r inson (Abdulloh ibn Ummu Maktum) kelib qo’shilgani sababli, u yerda o’tirgan Valid ibn Mug’iyra ko’r inson bilan bir davrada o’tirishdan or qilib, kibrlanib, aftini burishtirgan va Rasulullohning suhbatidan yuz o’girgan bo’lishi mumkin. Boshqa ko’plab tafsirlarda rivoyatlarga asoslangan holda aftini burishtirgan va yuz o’girgan shaxs Muhammad a.s. deb taʼvil qilinadi. Unday bo’lsa, Rasululloh odam ajratadigan, mutakabbir, daʼvatt asnosida ojizlarni ikkinchi o’ringa qo’yib, kofir va mutakabbir zodagonlarni birinchi o’ringa qo’yadigan shaxsga aylanib qoladi. Rasulullohda bunday xulq-atvor bo’lmagan. U kishining xulqi juda go’zal bo’lgan (Qalam 68:4).
[2761] Bu oyat, insonlarni Islomga daʼvat qilishda shaxslarni tanlab daʼvat qilishni, boy-kambag’al, sog’lom yoki bemor deya daʼvat asnosida birovni ajratib qo’yishlikni qoralaydi.
[2762] Alloh taolo Payg’ambarimizga bunday muomala va xatti-harakatlarni taʼqiqlab qo’ygan va shunday degan: “So’raguvchiga qo’pollik qilma!” (Zuha 93:10). Ey Muhammad! Rabbining roziligini istab ertay-u kech Unga duo qiladiganlarni o’zingdan uzoqlashtirma! Ularni hech bir hisobi sendan olinmaydi. Seni ham hech bir hisobing ulardan olinmaydi. Aksi bo’lganda, ularni uzoqlashtirgan bo’lar eding. Agar ularni o’zingdan uzoqlashtirsang, haqsizlik qiluvchi zolimlardan bo’lib qolasan.» (Anʼom 6:52)
[2763] O’xshash oyatlar: (Muzzammil 73:19), (Muddassir 74:54, 55), (Inson 76:29), (Nabaʼ 78:39), (Takvir 81:27, 28).
[2764] Inson mukarram bir borliq bo’lgani bois, u uchun tutilgan daftar ham mukarramdir va o’zgacha xususiyatga egadir.
[2765] Bu oyatdagi o’lchov insonning erkak yoki ayolligini, rangi-ro’yini, dnkasini, shaklini va ajali musammosini belgilashga ishorat qiladi. Mana shu narsaarni inson tug;ilishidan oldin onasining qornida ekanida ham, tug’ilganidan keyin ham o’zgirtira olmaydi. Undan boshqa ishlar uning o’z ixtiyoriga topshirib qo’yiladi. Kelgusi oyat ham buning yaqqol dalilidir.
[2766] Bu oyatdagi yo’l abadiy qutilish yo’li bo’lgan jannat yo’liga ishorat qilishi mumkin. Chunki, Alloh taolo bandalarini abadiy saodatga erishishi uchun ularga aql, farosat, idrok, iroda berdi. Undan tashqari, oralaridan elchilar tanlab olib, ularga to’g’ri yo’lni ko’rsatadigan oyat-ko’rsatmalar yubordi. Mana shu shaklda ALloh bandaga haq bilan botil yo’lni yaqqol ko’rsatib bergan bo’ladi (Balad 90:10).
[2767] 38- oyatga ko’ra, oxiratda yuzi qaro, jinoyatchi bo’lgan kimsalar yaqinlaridan qochadi. (Maorij 70:11-14) oyatlari ham shunga ishorat qiladi. Gunohdan saqlangan kimsalarning do’stligi va yaqinligi saqlanib qolinadi (Zuxruf 43:67).
[2768] Takvir surasi, Makkada tushgan, 29 oyat. Tushish tartibi 7, yozilish tartibi 81.
[2769] Salla o’rash uchun arat tilida “kuvviro” feʼli ishlatiladi. Demak, qiyomatda quyosh juda tez aylanib ketadi, yoki tortish kuchi orqali atrofiga boshqa sayyoralarni o’rab oladi. Zero, (Qiyomat 75:9) oyatda quyosh bilan oy birlashtiriladi, deb keltirilgan.
[2770] Arablar 10 oylik homila tuyaga “usharo” deydi. Bu oyatdagi al-isharu kalimasiga ham ko’p tafsirchilar 10 oylik homilador tuyalar deb maʼno berishgan. Qiyomatda 10 oylik homila tuyani ahamiyati yo’q. Shu sababli biz bu kalimaga “muosharat”, yaʼni birgalikda yashash, deb maʼno berdik. Zero, qiyomatda hech kim bir-biriga ota-bola, quda-anda bo’lib qolmaydi.
[2771] Qurʼonda insonning ruhiga ham badaniga ham nafs deyiladi. Qiyomatda barchaning ruhi o’z badaniga birlashtiriladi. Bu holat yer ostidagi badan ruh qabul ilishga tayyor bo’lganidan keyin amalga oshiriladi (Sajda 32:5-6).
[2772] Qiz farzand ko’rsa ranjiydigan, Allohning neʼmatiga shukr qilmaydigannonko’r kimsalar haqida boshqa o’xshash oyatlar: (Nahl 16:58, 59), (Zuxruf 43:17).
[2773] Jannaat qiyomatda yerga yaqinlashtiriladi. O’xshash oyatlar: (Anbiyo 21:104), (Najm 53:14, 15).
[2774] Oyatga “Nuri so’nib, qora tuynukka aylanib ketgan yulduzlar” deb tarjima qilsa ham bo’ladi.
[2775] “Elchining so’zi” degani elchi olib kelgan so’z, degani bo’ladi. Oyatdagi elchi iborasi Jabroil farishtaga ishorat qiladi. (Takvir 81:19, 20) oyatlar ham shunga dalolat qiladi. Baʼzi bir kofirlar Qurʼon oyatlarini Muhammad a.s.ga boshqa insonlar o’rgatdi deb, boshqalari esa, uni o’zi to’qib oldi deb tuhmat qilishgan (Furqon 25:4). Yana boshqalari nima deb tuhmat qilingani kelgusidagi oyatlardan ayon bo’ladi. Yaʼni, Qurʼon Muhammad alayissalomga faqat elchi jabroil farishta orqali o’rgatilgani bildirilmoqda.
[2776] Majnun emas, deganda ikki xil maʼno chiqadi:
1) Yovuz va shaytonsifat insonlar taʼsiriga tushib qolmagan. 2) Aqlini yo’qotib telba bo’lib qolmagan. Rasululloh bunday holatga also tushib qolmagan.
[2777] Arab tilida “roaa” feʼli ko’z bilan ko’rish, tushida ko’rish, kabi maʼnola bilan birgalikda idrok etish, aqlan qabul qilish, kabi maʼnolarni ham anglatadi. “Ufq” kalimasi esa fikr va ong kabi maʼnolarni anglatadi. Bu oyatlar Arsululloh Allohdan kelgan vahyni qanday qabul qilib olganini bayon qiladi, vahyni qabul qilishda chalg’imagani, sof idrokva salomat qal ila qabul qilib olganini bildiradi. Kelusi yatlarda esa, uydirilgan, to’qilgan va adashtirish uchun ijod qilingan so’zlar emasligin bildiradi.
[2778] O’xshash oyatlar: (Muzzammil 73:19), (Muddassir 74:5, 55), (Inson 76:29), (Habaʼ 78:39), (Abasa 80:11, 12).
[2779] O’xshash oyatlar: (Muddassir 74:56), (Inson 76:30).
[2780] Infitor surasi, makkada tushgan, 19 oyat. Tushish tartibi 82, yozilish tartibi 82.
[2781] O’xshash oyatlar: (Nabaʼ 78:19), (Maorij 70:8), (Rahmon 55:37).
[2782]Insonlar yerdan qayta yaratilib chiqarilishidan oldin yer suv ostida qoladi. Shundan so’ng, Odam alayhissalom yaratilgan muhit yaʼni, shilimshiq va chiritib tayyorlangan loy muhiti paydo bo’ladi. O’liklarni badanlaridan qolgan va ularni barcha xususiyatlari mujassam bo’lgan zarralari xuddi ekin maydoniga sepilgan urug’lardek bo’linib, asta-sekin rivojlanishi va qaytadan yaratilish boshlanadi. Qo’shimcha maʼlumot uchun qarang: (Maorij 70:4) va davomi, (Qof 50:4), (Luqmon 31:28), (Aʼrof 7:129).
[2783] Yaʼni, qabrdagi o’liklar qaytadan yaratilib yer yuziga chiqarilganida.
[2784] Shaʼa = شاء feʼlining o’zagi — “narsani paydo qilish”, “bor qilish”, maʼnolarini bildiruvchi «shayʼ = شيء = narsa»dir. (Mufradot). Alloh biron narsani paydo qilib bor qilishi — O’zi qo’ygan qonun-qoida va o’lchovlariga ko’ra kerakli qilib qo’ygan narsalarni qilishi bilan hosil bo’ladi.
Alloh taoloni Bariʼ sifati bo’lib, har bir yaragtan narsasini farqli yaratadi, degan maʼnoni bildiradi. [2 *] Alloh “ri one” unvoniga ega; har biri boshqacha narsalarni yaratadi. Shuning uchun har bir kishining tuzilishi boshqalardan farq qiladi.
[2785] Din so’zi bilan dayn so’zi maʼno jihatidan ham harflari bilan ham bir-biriga juda yaqin va bog’liq. Chunki, din — kim nimaga haqli bo’lsa ana o’sha ishni qilishi va o’z haqqiga ega bo’lishidir. Dayn esa — kim mukofotga haqli bo’lsa mukofot, jazoga loyiq bo’lsa jazo olishi degan maʼnolarni bildiradi. Qiyomatda kimga nima munosib ekanini faqat Alloh hal qiladi.
[2786] Bu oyatga “Biroq, tepangizda (siz haqingizdagi maʼlumotlarni) ehtiyotkorlik bilan saqlab qoluvchilar bor.” deb maʼno bersa ham bo’ladi.
… (Raʼd 13:11)
[2787] Insonni ikki tarafidagi farishtalar insonlarni qilgan ishlarnii bilib turishadi. Qalbidagi narsani esa Allohdan boshqa hech kim bilmaydi. Chunki g’aybni faqat Alloh biladi. … (Qof 50:18)
[2788] Sarhisob kunda yolg’iz hukmron ham Allohning o’zi, podishoh ham o’zi, hukm beruvchi ham o’zi, shafoat egasi ham o’zi (Fotiha 1:4), (Baqara 2:254), (Luqmon 31:33), (Fatir 35:18), (Zumar 39:44).
[2789] Mutoffifin surasi, Makkada tushgan, 36 oyat. Tushish tartibi 86, yozilish tartibi 83.
[2790] Bu oyatdagi birlik shaxsga ko’plik maʼno berilishining sababi, kelgusi oyatda u kishiga ko’plik zamir kelganidir.
[2791] Yaʼni, qilmishlari sababli vijdonsizlashib boravergan. vijdonini yeb bitiradigan yomon xislat qalbiga o’rnashib olgan va asta-sekin uni qalbini-vijdonini kemirib boradi. Agar tavba qilib qaytmasa, Jahim azobiga giriftor bo’lishi aniq.
[2792] Rabbidan to’silib qolishi deganda, Allohni ko’rishdan to;siladi, degan maʼno chiqmaydi. Hamda, bu holat jannat yoi jahannamda emas, mahshar maydonidagi holatga aloqador oyatdir. Allohni ko’rish haqidagi iddaolar esa, bu holat jannatda sodir bo’lishi haqida aytiladi. Zero, Allohning zotini inson also ko’ra olmasligi haqidagi oyat hammaga maʼlum (Anʼom 6:103). Bu oyatdagi mahrumlik, Alloh taoloni bandalariga beradigan oxiratdagi barcha yaxshiliklaridan – mag’firayidan, jannatidan, roziligdan, avfi va rahmatidan mahrum bo’lishidir.
[2793] Demak, Naiym jannatidagi abrorla ichadigan ichimlik ichilganidan keyin, u o’zidan misk taʼmi, hidi va asorati qoldiradi. Dunyodagi sharoblar kabi ozidan badbo’y hid, yoqimsiz taʼm qoldirmaydi.
[2794] Agar bu oyat avvalgi oyatdan hol shaklida tarjima qilinsa, jahannamda azoblanayotgan kofir kimsalarni jannatdagi mo’minlar taxt ustida o’tirganida ko’rishi mumkin ekani maʼlum bo’ladi.
[2795] Demak, har qanday jinoyatga aynan o’ziga o’xshash jazo bilan jazolantiriladi. Islom va musulmonlarning ustidan kunganlaga, o’zlarini masxaxra qilininadigan azob bilan azob beriladi.
[2796] Inshiqoq surasi, Makkada tushgan, 25 oyat, Tushish tartibi 83, yozilish tartibi 84.
[2797] O’xshash oyat: (Toha 20:105-107). Mana shu shaklda yer uzatilgan va kattaytirilgna bo’ladi.
[2798] 2- oyatni 1- oyatga javob qilib tarjima qilganimizdek, 5- oyatni ham 3- va 4- oyatlarga javob qilib tarjima qildik va oyat boshida «و = vov» harfi ziyoda deb bildik. (Maolimut-Tanzil, BAG’OVIY)
[2799] O’xshash oyatlar: (Furqon 25:12, 13).
[2800] Sajda – egilish va o’zini past bilishdir (Mufradot). Bo’yin egish deganda, sajda qilishni ham, hukmiga bosh egib itoat qilishni ham bildiradi.
[2801] , Buruj surasi, Makkada tushgan, 22 oyat. Tushish tartibi 27, yozilish tartibi 85.
[2802] Burj — Arab tilida ko’shk va qalʼa manosini bildiradi (Maqooyis). Burjlar — osmonda chiroyli ko’shklar va qalʼalar kabi ko’ringan yulduzlar jamlanmasidir. O’xshash oyatlar (Hijr 15:16), (Anbiyo 21:61).
[2803] Shohid -guvoh bo’luvchi va ko’ruvchi, mashhud — guvoh bo’lingan va ko’rilgan degan maʼnolarni ifodalaydi. Bu ikkalasidan murod aynan mana shu suranng 4, 5, 6, 7, va 8- oyatlarida aytib o’tilgan azob-u qiynoqqa solingan mo’minlar va ularni qiynalishini tomosha qilib qarab turgan zolimlar bo’lishi mumkin. Yoki, balog’at yoshiga yetib ichki va tashqi hayotidan atroflicha ko’rib o’rganib o’zini yaratgan va boshqarib turadigan egasi (rabbisi) bor ekani haqida ichidan o’z-o’ziga guvoh bo’lgan kishilar va guvohlik keltirilgan Alloh iroda qilingan bo’lishi ham mumkin. Aloqador va o’xshash oyatlar: (Aʼrof 7:172-174)
[2804] Bu oyatdagi chuqur egalari bo’lgan kofir va zolimlar, hamda ularning qo’l ostida azoblangan mo’minlar aynan kimlar ekani haqida oyatda bayon qilinmagan. Bu haqidagi rivoyatlar esa farqli. Shu bois, biz ham muayyan bir rivoyatni olmadik. Oyatdagi hikmat bir maʼnoda Islom ummamtiga tasalli, yana bir maʼnoda ibratdir va sabrga targ’ibdir. Tarixda qaysidir yurtda Islom va musulonlarning dushmanlari bo’lgan kofir va zolimlar musulmonlarni olovli chuqurga tashlab yoqib o’ldirgan. Alloh ularni laʼnatladi. Demak, musulmon kishining boshiga mana shunday og’ir ahvol tushgan taqdirda ham, imonidan voz kechmasdan sabr qilishi, dunyoligini oxiratidan ustun tutmasdan, Allohga va oxiratga bo’lgan ishonchida sustkashlik qilmasligi kerak.
[2805] Mo’minlarni qanday qiynagan bo’lsa, ularga ham jahannamda ana shunday azob-u qiynoq bor. Chunki, oxiratda har kimga o’z qilmishiga yarasha jazo yoki mukofot beriladi (Oli Imron 3:25), (Zumar 39:70).
[2806] O’xshash oyatlar: (Yunus 10:4).
[2807] Yaʼni, Alloh taolo birovning xohishiga qarab ish qilmaydi. Uni hech kim hech qachon biror narsaga majbur qilolmaydi. Hamma narsani O’z xohish-irodasi asosida qiladi.
[2808] Solih alayhisslom elchi bo’lib kelgan Samud xalqi tog’-u toshlari, bog’-u rog’lari, chaymai-buloqlari, ekin maydonlari va xurmozozlari bor yurtda yashardi (Shuqaro 26:147, 148). Ularning qoyalarni o’yib barpo qilgan uylari va tekkis yerlarga qurgan saroylari bo’lgan. (Aʼrof 7:74), (Hijr 15:82), (Shuaro 26:149), (Fajr 89:9). Solih alayhissalom olib kelgan oyatlar va ko’rsatgan tuya mo’jizasi ularni qanoatlantirgan edi, lekin unga ishonishi va olib kelgan diniy hukmlar ularning shaxsiy manfaatlaariga to’g’ri kelmagani uchun unga ishonishmagan. Firʼavn va xonadoni ham huddi shunday edi. (Naml 27:13, 14)
[2809] Payg’ambarimiz Muhammad a.s.ni yolg’onchiga chiqarganlar aslida u kishiga nozil bo’lgan Qurʼonni yolg’onlamoqchi bo’lishgan (Anʼom 6:33). Payg’ambarga bo’lgan imon Allohning kitobi bo’lmish Qurʼoni Karimga bo’lgan imon bilan chambarchas bog’liqdir.
[2810] Qurʼon Ilohiy qudrat ila to qiyomatgacha muhofaza qilinadigan lavhalarda/kitoblarda saqlanib turiladi». Bunga ishorat qilgan oyat: (Hijr 15:9). Lavh — jinsi, rangi, shakli, hajmi va turi qanday bo’lishidan qatʼiy nazar, unga biror narsa yozib saqlab qolish uchun maxsus tayyorlangan har narsaga lavha deyiladi. Zamonaviy tehnologiyalar uchun maxsus tayyorlangan chip, disk, plastik karta va shu kabi har qanday maʼlumotni o’zida saqlab qoladigan xususiyatga ega bo’lgan jihozga lavha deyiladi.
[2811] O’xshash oyatlar: (Anʼom 6:61), (Raʼd 13:11), (Infitor 82:10).
[2812] O’xshash oyatlar: (Layl 92:5-7).
[2813] G’oshiya surasi, Makkada tushgan, 26 oyat. Tushish tartibi 68, yozilih tartibi 88.
[2814] “G’oshiya” qiyomat nomlaridan biridir.
[2815] Bu dunyoda Allohga hurmat ko’rsatmagan, Unga bo’yib egib sajda qilmagan, Alloh uchun harakat qilmagan kofir kimsalar, oxiratda oyoqlari va bo’yinlariga temir kishanlar taqilib sudralgani uchun (Raʼd 13:5), (G’ofir 40:71), toliqqan va charchagan ahvolda bo’ladi, bu dunyoda o’z ixtiyori bilan Allohga taʼzim qilmagan kimsalar oxiratda majburan boshlari egdiriladi va mana shu ahvolda jahannamga uloqtiriladi.
[2816] Bu dunyoning o’zida ham ikki xil buloqqa guvoh bo’lamiz. Biri shirin va chanqoq qondiradigan sovuq, biri esa, sho’r va kuydiradigan darajada issiq bo’ladi. Alloh taolo bizni jannatdagi chashmalardan sug’orishini, jahannamdagi qaynoq buloqlardan saqlashini yolvorib so’rab qolamiz.
[2817] Mufassir Ibn Kasir taʼkidlaganidek, bu oyatdagi nakra – isbot maʼnosidagi nakra bo’lib, buloq jinsini ifodalaydi, bu bilan bitta buloq qasd tushunilmaydi. Yaʼni, u jannatda turli-tuman buloqlar oqib turadi.
[2818] Arab tili mutaxassisi al-Mubarrad bu oyatdagi ibl kalimasiga “katta bulut to’planmasi” deb tarjima qilgan. (Shavkoniy, Fathul Qodiyr). “Al-Qomus”da ham, “ibl” deb tuya karvonidek ko’ringan yomg’ir yuklanib kelayotgan bulutlarga aytilishi bildirilgan. Bu oyatning ortidan osmon, tog’-u toshlar va yer-yuzi haqida zikr qilingani uchun, biz ham mana shu tarjimani oldik. Qo’shimcha maʼlumot uchun fil surasidagi abobil kamisani izohiga qarang (Fil 105:3). Yaʼni, aslida o’zi qo’lda ushlab bo’lmas, juda ham yengil shaboda bilan ham tarqalib ketadigan bulutlarga bir ibrat nazari bilan qaramaydilarmi? U bulutlardan juda am ko’p va juda ham og’ir miqdordagi suv to’planib undan yerga tushadi. Bu oyatda eʼtiborni tortgan bir jihat shuki, bulutlarni yaratilishi, ularni qanday xususiyatlarga ega ekani, qanday qilib o’zi yengil va muallaq turgan bulutlar juda katta miqdordagi suvni o’zida ushlab turganiga eʼtibor berish va bu xususda ilmiy izlanishlar olib borishga turtki bo’ladi.
[2819] Fajr surasi, Makkada tushgan, 30 oyat. Tushish tartibi 10, yozilish tartibi 89.
[2820] Tun uch qismga, kunduz ikki qismga bo’linadi. Birinchisi saharlik vaqti bo’lib, buni “fajri kozib” deyiladi. Chunki, o’sha vaqt tong yorishishni boshlagandek ko’rinadi-da, keyin yana osmon qorong’ulashib qoladi. Bir oz vaqtdan o’tib haqiqiy tong yorishishi boshlanadi va o’sha vaqt sahargi duo-iltijo:bamdod vaqti kiradi (Zoriyot 51:18).
[2821] Bu oyatdagi o’nta kecha Ramazon oyining o’nta kechasiga ishorat qiladi. Chunki (Baqara 2:187) oyatda Ramazon oyida masjidlarda eʼtikof o’tirish haqida aytilgan. Qadr kechasi aynan mana shu o’n kundan birida bo’ladi.
[2822] Oyatdagi o’n kecha haqida maʼlumot olmoqchi bo’lsangiz, (Qadr 97: 5), (Duxon 44:1-6), (Baqara 2:185) oyatlarga oyatlarga va ularni izohlariga qarang.
[2823] Od xalqiga Hud a.s. Hud alayhissalom payg’ambar qilib yuborilgan. O’sha xalqqa berilgan jazo quyidagi oyatlarda bayon qilingan: (Hud 11:58-60), (Shuaro 26:129), (Fussilat 41:13-16), (Ahqof 46:21-26), (Zoriyot 51:41, 42), (Qomar 54:18-21) (Alhaqqo 69:6-8).
[2824] Bu xalqga hazrati Solih payg’ambar elchi qilib yuborilgan. Uning kofir xalqiga berilgan jazo quyidagi oyatlarda bayon qilingan: (Aʼrof 7:73-79), (Hud 11:61-68), (Shuaro 26:141-159), (Naml 27:45-53), (Fussilat 41:17, 18), (Zoriyot 51:43-45), (Qomar 54:23-31), (Alhaqqo 695) (Shams 91:11-15).
[2825] Xalq kalimasi
[2826] Turos – maʼno jihatidan bir insondan boshqa bir insonqa qoldirilgan mol-mulk maʼnosini bildirganidek, Alloh taolo tarafidan bandalariga berilgan yer osti va yer usti har qanday boyliklar va mol-mulklar hamda yerlaning barchasini o’z ichiga oladi. Merosni Alloh taqsimlagandek ajratmasdan, boshqalarning haqini o’z haqiga qo’shib yeb ketganlarga qattiq ogohlantiruvdir bu oyat. Qarang: Mufradot, Lisan, Maoniy va boshqa arabtili so’liklari.
[2827] Demak, jannatga Alloh rozi bo’lgan bandalar kiradi va o’sha bandalar ham Alloh bergan jannatdan rozi va mamnun bo’ladi.
[2828] Alloh va Rasuliga bo’ysunib yashagan insonlar qiyomatda Allohning suyukli bandalari (payg’ambarlar, siddiqlar, shahidlar va solihlar) bilan birga bo’ladi (Niso 4:69).
[2829] Balad surasi, Makkada tushgan, 20 oyat. Tushish tartibi 35, yozilish tartibi 90.
[2830] Lisanul Arab so’zligi va (Baqara 2:233), (Ixlos 112:3) oyatiga ko’ra “volid” kalimasiga ota-ona deb maʼno berdik.
[2831] Inson dunyo va oxirat ishlarini uddasidan chiqadigan, dunyo va oxirati uchun ko’ksini talqon qila oladigan iqtidorda yaratilgan.
[2832] Har bir inson qaysi yo’l to’g’ri va qaysi yo’l noto’g’ri ekanini o’z bilimi va vijdoni orqali bilib oladi va buni tushunib yetadi. To’g’ri yo’lda yurganida qalbi rohatlanishni, noto’g’ri yo’lda yurganda esa vijdoni qiylanishni boshlaydi. Mana shu sababli, zalolat yo’li ham hidoyat yo’li ham oydek ravshandir. Endi, u ikki yo’lning qay birida yurishni uning o’zi tanlaydi.
[2833] Shams surasi, Makkada tushgan, 15 oyat. Tushish tartibi 26, yozilish tartibi 91.
[2834] Ilhom – Alloh taolo bandalarni qalbiga biron narsani sezdirib, bildirib qo’yishidir. Aloqador va o’xshash oyatlar: (Aʼrof 7:172), (Rum 30:30), (Hujurot 49:7).
[2835] O’xshash oyatlar: (Aʼrof7:74).
[2836] O’xshash oyatlar: (Shuaro 26:141-159), (Qomar 54:23-31).
[2837] (Hud 11:66-68). Bu oyatdan shunday ibrat olinadi; bir millat ichida butun xalqni isyon va g’alayonga tashviq qiladigan, natijada boshlariga balo kelishiga sababchi bo’ladigan notavon kimsalar ham uchrab turadi. Unday kimsalarga also ergashib bo’lmaydi. Aks holda, butun xalqning boshiga balo kelishi mumkin. Aslida, barcha insonlar bir-birini yaxshilikka buyurib, yomonliklardan qaytarishi kerak (Oli Imron 3:103). Mana shunda jamiyat tinch, osuda va farovon hayot kechiradi.Mana shunday xalq baxtli yashaydi.
[2838] Oyatdagi zamir 12-oyatdagi “ashqo-ha”kalimasi bilan bog’lanib, tafsiriy tarjima qilindi.
[2839] Zuho surasi, Makkada tushgan, 11 oyat. Tushish tartibi 11, yozilish tartibi 93.
[2840] “Saja” (سَجَى) osudalashmoq, sokinlashmoq degani. Hanuz tun qorong’usi qoplamagan va zim-ziyo bo’lmagan tunga “laylatun sajiya” deyiladi. (al-Ayn). Baʼzi bir quyoshsiz o’tadigan kunduzlarning yop-yorug’ kechalarida xufton vaqti kirgani mana ishoratlar orqali bilinadi.
[2841] Bu oyatdagi “oxirat” kalimasiga oxirat hayoti deb maʼno bersa ham bo’ladi, yoki payg’ambarligining so’ngi davrlari deb maʼno bersa ham bo’ladi. Chunkki, bu sura ilk risolat davrlarida tushgan. U davrlarda esa Muhammad alayhissalom va u kishiga ishonib ergashgan oz sonly musulmonlar uchun qiyin kechgan. Kofir va mushriklar tarafidan taziyqlar, qarshiliklar va isyonlar ko’p bo’lgan.
[2842] Payg’ambarimizni bu holatini (Sho’ro 42:51-53) oyati ko’rsatib bergan.
[2843] Rasululloh yetimlikda ulg’ayganligi sababli u kishi yetimlikka qanday ekanini yaxshi bilgan. Shu bois, Alloh taolo yetimlarga also qattiqqo’llik qilmaslikka, jerkimaslikka buyurmoqda.
[2844] O’zini muhtojligini boshqalarga aytib, ulardan narsa so’raguvchi kishiga “soil” deyiladi. Bu oyat maʼnaviy narsa so’ragan kishini ham, moddiy narsa so’ragan kishini ham o’z ichiga olishi mumkin.
[2845] Alloh tarafidan Rasulullohga berilgan eng buyuk neʼmat payg’ambarlik, Qurʼonni berilishi va hidoyat neʼmatidir. Ushbu surada aytib o’tilgan ishlar ham Allohning neʼmatidir. Oyat, inson o’zidagi neʼmatlarni eʼtirof etishi va uni tan olib Allohning inʼomi ekanini aytib turishi kerakligini bildirmoqda.
[2846] Inshirohsurasi, Makkadatushgan, 8 oyatdaniborat. Tushish tartibi 12, yozilish tartibi 94.
[2847]Bag’rini yoki qalbini keng qilib qo’yish deganda, insonning qalbi, zehni, vijdoni va ongidan, haq va haqiqatni ko’rish va qabul qilishga, imon va lutfi ilohiyni qabul qilishga, Allohdan kelgan vahiy va payg’ambarlikni qabul qilishga to’sqinlik qiladigan har qanday maʼnaviy to’siqlar, shubhalar, eʼtiroz va tushunmovchiliklarni olib tashlanishiga aytiladi. Payg’ambar alayhissalom o’ziga kelgan ilk vahiyni qabul qilishda, unga ishonishda, hayotiga tatbiq qilish va uni boshqalarga yetkazishda aslo taraddud qilmasi, qiynalmaadi va ortga qaytmadi. Zotan, Alloh qaysi bandasini hidoyatga muvaffaq qilmoqchi bo’lsa, uni qalbini Ilomga keng qilib ochib qo’yadi (Anʼom 6:125).
[2848]Arab tilida “vizr” deb og’ir yukka hamda gunohlarga ishlatiladi. Bunga (Anʼom 6:164), (Isro 17:15), (Toha 20:100) va boshqa oyatlar dalila bo’ladi. Dunyoda to’g’ri yo’lda yurmagnninsonlar gunoh yukini o’z zimmasiga olgan bo’ladi va oxiratda bundan javobgar bo’ladi. Payg’ambar alayhissalom Makka aholisi shirk va adolatsizlikka botib ketgani uchun, ulardan bezor bo’lib, Ramazon oylari va boshqa oylarda Hiro g’origa chiqib ketardi. U kishi haq yo’lni izlar edi. Agar hidoyatga musharraf bo’lmasa, oxiratda gunoh yukini ko’tarishdan qo’rqar edi. (Zuho 93:3-8) oyatlarida bildirilganidek, to’g’ri yo’lni topolmay izlab yurganida, Alloh u kishini hidoyat qildi, yolg’iz tashlab qo’ymadi. U kishini “belini bukayotgan og’ir yuk” o’sha tashvish edi.
[2849]Payg’ambar alayhissalom ummatlariga o’z jonlaridan ham avvalda, birinchi o’rinda turadi (Ahzob 33:6), Insonlar oralarida Rasulullohni hakam qilmaguncha chin mo’min bo’lmaydi (Niso 4:65), Mo’minlar u kishini oldida baland ovozda gaplashishdan uning ohangidan o’z ohanglarini baland qilib yuborishdan man etildilar (Hujurot 49:2), bron bir inson Allohga ishonsa-yu, lekin Muhammad alayhissalom Allohning elchisi va payg’ambari ekaniga ishonmasa, imonimukammal bo’lmaydigan qilib qo’ydi (Fath 49:29), u Allohning so’ngi payg’ambari bo’ldi (Ahzob 33:40), uning xulqi go’zal deb ataldi (Qalam 68:4), Allohga va oxiratga ishongan insonlar uchun unda eng go’zal ibrat va namuna borligi, shu sababli unga ergashish kerakligi aytildi (Ahzob 33:21), (Moida 5:81). Bulardan boshqa yana ko’plab rasulullohning shaʼni va qadri yuksakligiga dalolat qiladigan oyatlar bor.
[2850]Agar “usr-qiyinchilik”kalimasidagi alif-lom jins uchun bo’lsa “har qanday qiyinchilik ortidan ikki barobar yengillik bo’ladi”, degan maʼno beriladi. Agar alif lom taʼrif uchun bo’lsa “Sendagi qiyinchilikka ikki barobar qulaylik bilan yordam beriladi”, degan maʼno beriladi. Arab tilidagi “maʼa”kalimasi ham birgalikda hamda nusrat va yordam maʼnolarni ifoda qiladi.
[2851]Bu oyatda keltirilgan birinchi qulaylik Payg’ambar alayhissalomni belini bukkan yukni olib tashlanishi – u kishiga vahiy kelib, to’g’ri yo’lga boslanishidir. Ikkinchi qulaylik esa, qadr-qiymatini yuksalishidir. Chunki qulaylikni ziddi bo’lgan qiyinchilik alif-lom bilan keltirilgan bo’lib, oyatni boshida aytib o’tilgan qiyinchilikka ishorat qiladi. Bu oyat nozil bo’lganida Payg’ambarimiz shu xushxabarni aytgani rivoyat qilingan: “Bitta qiyinchilik ikkita qulaylikni aslo yenga olmaydi.” (Tobariy). Bundan shu narsa maʼlum bo’ladiki, Rasululloh o’ziga risolat kelishidan oldin maʼnan qiynalib yurgan.
[2852] Bu so’ngi ikki oyat quyidagicha izohlanishi mumkin: “Ey Muhammad! Biron bir kerakli dunyo ishidan bo’shaganingda, bekor qolmasdan, vaqtingni bo’sh o’tkazmasdan darhol ibodat qilishga kirish, ibodatga kirganda ham dunyo ishidan butkul xayolingni uz, niyating, ixlosing va butun fikr-u xayoling yolg’iz Alloh uchun bo’lsin.” Mana shu oyatni hukmiga ko’ra Payg’ambar alayhissalomdan: “Taom hozir bo’lganda ibodat qilinmaydi…” (Muslim, 560) va “Namoz bilan kechki taom bir vaqtda kelib qolsa, avval kechki taomni boshla” (Buxoriy, 5465) mazmundagi gaplarni aytgan.
[2853]Tin surasi, Makkada tushgan, 8 oyatdan iborat. Tushish tartibi 28, yozilish tartibi 95.
[2854] Tin va Zaytun kalimalari Nuh, Ibrohim va Iso payg’ambarlarlar vahiy olgan falastindagi ikkita tog’dir (Saolibiy va Tantoviy tafsirlari). Baʼzilar bu ikkalasini Quddusdagi ikkita masjid – Baytul-Maqdis va Hakf egalarining masjidi degan. Baʼzilar oddiy anjir va zaytun mevalari degan. Sinin tog’i – Muso payg’ambar vahiy olgan tog’dir. Bu tog’ni Sino tog’i ham deyiladi (Muʼmunin 23:20), (Tobariy tafsiri). Omon yurt esa Makkadir. Alloh taolo uchta oyatda o’tmishdagi payg’ambarlar vahiy olgan uchta tog’ni zikr qilib, ortidan Makkani zikr qildi. Muhammad alayhissalom ilk vahiyni Makkadagi Hiro g’orida olgan. Bu joylar insoniyat uchun eng muhim joylar hisoblanadi. Chunki, o’sha yerlarda butun borliqni yaratgan Egasi – Alloh bilan insoniyat o’rtasida aloqa o’rnatildi, insoniyatga hayot yo’llarini ko’rsatadigan ilohiy dastur – qo’llanmalar nozil bo’ldi. U joylar albatta qadrli va muborak joylardir.
[2855]Arab tilidagi “radd” kalimasi, bir narsaning aynan o’zini bir joyga qaytishi va o’zgarishi yoki, uning bir ahvoldan boshqa bir ahvolga o’zgarishi uchun ham ishlatiladi (Umdatul-Huffoz, (Anʼom 6:28), (Oli Imron 3:149) oyatlar tarjimasi).
[2856]Inson agar hayotda uni yaratgan Allohga va o’z davridagi payg’ambar va unga yuborilgan ilohiy kitobga ishonsa va unga amal qilib hayot kechirsa edi, yaratilishdagi shakli-shamoyili go’zal bo’lganidek, oqibati, oxiratda boradigan joyi ham go’zal va chiroyli bo’lardi. Biiroq, baʼzi nonko’r kimsalar Allohga va Uning payg’ambarlari va kitoblari ishonmay, o’zini yomon ahvolga solib qo’yadi. Unday kimsalarning baʼzilari dunyoning o’zidayoq rasvo holatga tushib qoladi, oxiratda ham jazosini ko’radi. Baʼzilar esa, dunyoda yaxshi yashab qolishi mumkin, biroq oxiratda jahannamning eng yomon joyiga borib tushishi muqarrar.
[2857] Islom adolat dinidir, haqiqat dinidir (Niso 4:58, 138), (Anʼom 6:110, 152), (Nahl 16:90), (Sho’ro 42:15), (Hujurot 49:9).
[2858] Alaq surasi, 19 oyatdan iborat, Makkada tushgan. Tushish tartibi 1, yozilish tartibi 96.
[2859] Bu suradagi ilk 5 oyat o’tmishdagi barcha mufassirlar va Islom tarixchilari tarafidan Muhammad alayhissalomga ilk nozil bo’lgan oyatlar deb qabul qilingan. Ushbu oyatda Qurʼon oyatlarini Alloh tarafidan kelganiga imon keltirib, Qurʼon o’qiyotganda ham, boshqalarga o’qib berayotganda ham Qurʼon Alloh nomidan ekanini his qilgan holda o’qishga ishora va buyruq bor. Zero, Alloh nomidan deb boshlangan so’zda Allohning so’zidan boshqa so’z aralashgan bo’lishi mumkin emas. Shu bois, Qurʼon suralaridan boshqa hech qanday hadis va rivoyatlar boshida “Bismilloh – Alloh nomidan”, deb boshlanmaydi. Chunki, hadislar Rasulullohning so’zlari bo’ladi, Qurʼon esa Allohning so’zlari.
[2860] O’xshash oyat: (Baqara 2:31) Bu oyatda «Alloh Odamga borliqlarni ismini – xususiyatini o’rgatdi» dedi. Bu oyatda esa, qalam bilan o’rgatganini aytmoqda. Demak, yozuv-chizuvni o’rgangan inson Odam, uni o’rgatgan esa Allohdir. Shu tariqa insonilar ichra ilm-taraqqiyot yozuv-chizuv ilmi orqali rivojlangan va shakllangan.
[2861] Oyatdagi “solla” iborasiga “namoz o’qiyotganida, diniy vazifalarini bajarayotganida” shaklida tarjima qilsa ham bo’ladi.
[2862]Bu oyat insonlarni ibodatdan, dindan to’sayotgan barcha uchun tahdiddir. Insonlarni Allohning dinidan to’sayotgan kishilar oxir-oqibat Allohdan qanday jazo olishini unutmasin. Insonlarni masjidlardan to’sish ham zulmdir (Baqara 2:114).
[2863] “Zaboniya”so’zi lug’atda hozirgi tilda “politsiya, zobit, xizmatkor” maʼnolarini anglatuvchi “shurta, zibniyya” degan maʼnolarni anglatadi (Madorikut Tanzil). Balog’at va usul ulamolarining aksariyati bu oyatga o’xshash boshqa oyatlarni birlashtirgan holda zaboniyaga jahannam xizmatkorlari, deb maʼno bergan va bunga quyidagi oyatlarni dalil qilib keltirgan: (Zuxruf 43:77), (G’ofir 40:49, 50). O’xshash oyatlar: (Rahmon 55:41), (Qalam 68:12).
[2864] Alloh bandalarga ularning shohtomiridan ham yaqin bo’lgani uchun, oyatga “Allohning roziligiga yaqinlash”, deb maʼno berdik.
[2865] Qadr surasi, Makkada nozil bo’lgan, 5 oyatdan iborat, tushish tartibi 25, yozilish tartibi 25.
[2866] Qadr kechasi Duxon 46:1-6 oyatlarda batafsil bayon qilingan. Fajr surasining avvalidagi oyatlar ham aynan ramazon oyining oxirgi o’n kunlik kechasiga va Qadr kechasiga ishorat qilayotgan bo’lishi mumkin. O’sha kechada malaklarga vazifa taqsimoti o’tkaziladi va ularning har biri Allohdan uyruq olib, vazifa yeriga borish uchun Arshdan ayriladi. Rasulullohga vahiy keltirish vazifasi ham shuning uchun o’sha kechasi boshlangan. Ruh Qurʼoni Karimda 20 joyda keltirilgan bo’lib, juda ham keng qamrovli maʼlumotlar ifodalaydi. Bu suradagi ruh buyruq kalimasi bilan birga keltirilgan. Mana shu shaklda keltirilgan yana uchta oyat bor. Ilk oyat quyidagicha: “Sendan ruh haqidagi so’rasahadi. Ayt: «Ruh Rabbimning amridir. Sizlarga ilmdan bir oz berilgan.” (Isro 17:85) oyatida bizga berilgan bir oz ilm nima ekani haqida shunday buyurilgan: “…Ular Allohni bilimidan Uning O’zi imkon bergandan ortiqcha hech narsani qamray olmaydilar…” (Baqara 2: 255), (Kahf 18:109)
Qadr kechasi Jabroil alayhissalom Muhammad alayhissalomga olib kelgani ham Allohni amrlaridan bo’lgan bir ruh, yaʼni Qurʼon oyatlari edi (Sho’ro 42:52).
Allohni amri bo’lgan ruhnig bir qismi Alloh nozil qilgan kitoblardir. Buni ikkinchi oyatdan bilib olamiz: (Nahl 16:2). U ruh bilan inson maʼnavaiy qo’shimcha kuchga ega bo’ladi, o’zini kuchli hiz qilishni va o’zini Allohga to’liq ishonib-topshirishga o’ta boshlaydi. Bunday kishilarning xususiyatlari haqida quyidagi oyatdan bilib olamiz: (Mujodala 58:22)
Barcha bu oyatlardan shu narsa maʼlum bo’ladiki, “amr” kalimasi bilan keltirilgan ruh – o’sha amrning ichidagi narsalari hisoblanadi. Qadr kechasida tushurilgan amrlardan birini o’z ichiga olgan narsa Qurʼon oyatlari ekaniga qaraganda, (Qadr 97:4) oyatining maʼnosi shunday bo’ladi: «تَنَزَّلُ الْمَلَائِكَةُ وَ (معهم) الرُّوحُ فِيهَا بِإِذْنِ رَبِّهِم مِّن كُلِّ أَمْرٍ = U kechada malaklar o’sha ruh (amr) bo’lgan holda Rabbining izni ila har bir amr uchun tushadilar.»
Payg’ambar alayhissalom har yili Ramazonning oxirgi o’n kunligida masjidda eʼtikofda o’tirgan. Fajr surasidagi 10 kecha Ramazondagi eʼtikof kechalariga ishorat qilishi mumkin.
[2867] Bu jumla nakra ism bilan boshlangani sababli, tong yerini oqarishi Makka yoki Madina bilan xoslanmaganini, balki dunyoning qaysi davlatida bo’lishidan qatʼiy nazar, qayerda qachon Qadr kechasi boshlanib tugashi va qayerda tong yeri qachon oqarishini farqi yo’qligiga ishorat qiladi. Agar maʼrifa ism bilan keltirilganida yoki Makka yo Madinada tong yeri oqarguncha deb keltirilganida, dunyoning boshqa yerlaridagi davlatlarda Qadr kechalar nazarda tutilmagan va farqli vaqtlarda tun boshlanib umuman farqli vaqtlarda tong oqaradigan joylarga aloqasiz bo’lib qolgan bo’lar edi.
[2868] Bayyina surasi, Madinada tushgan, 8 oyat, tushish tartibi 100, yozilish tartibi 98.
[2869] Ahli kitob – O’zlari amal qiladigan dinining kitobi haqida maʼlumotga ega bo’lgan kishilar. Utul kitab – Ularga ilohiy kitob yuborilgan millat va xalqlardir.
[2870] Bular risolatdan avval ham yo’ldan adashgan kimsalar edi, risolatdan keyin ham hatto aynan ularning o’ziga Allohning elchisi oyatlarni tilovat qilib berganida ham haqni tan olmadilar, mushrik shirkidan, kofir kufridan ayrilmadi va o’z yashash tarzini o’zgartirib ayrilmadi. Shuning uchun ham suraning oxirgi oyatida ular endi jahannam aholisi bo’lishi haqida bildirib qo’yilgan.
[2871] تلو – talvun, tilovat – tushunib o’qish, tafakkur bilan o’qish, o’qigan narsasiga amal qilish, ergashish degan maʼnolarni ifodalaydi (Mufradt va Maqoyis تلو moddasi).
[2872] Allohning kitobini – unga hech narsa qo’shmasdan va ayirmasdan boshqalarga tushuntirib yetkazib beradigan har bir musulmon kishi Qurʼonni tablig’ qiluvchi deb ataladi va u inson Rasululllohning davomchisi va Allohning elchisining elchisi hisoblanadi. Chunki, endi u inson Rasulullohning vazifasi bo’lgan tablig’ ishini o’z zimmasiga olgan va shu ishda davom etayotgan bo’ladi. Nabiylik, yaʼni payg’ambarlik va vahiy olish yakunlangan, endi hech kimga Allohdan vahiy kelmaydi, hech kim payg’ambar bo’lmaydi, lekin Muhammad alayhissalomga kelgan vahiyni tablig’ qilib insonlarga yetkazish ishi qiyomatgacha davom etadi. Alloh sizu bizni shunday insonlar qatoriga yozsin.
[2873] Har qanday qog’oz va sahifalarga yozilgan narsaga arab tilida kitob deyiladi (Mufradot). Bu oyatda o’sha sahifalarning ichidagi narsalar bayon qilinganligi hamda urg’u shunga qaratilgani uchun, kitob kalimasiga hukm deb maʼno berildi.
[2874] (Baqara 2:213). O’zlariga ilohiy kitob berilgan baʼzi nasorolar risolat kelganidan keyin o’z xatolarini tan oldilar, Islomga kirdilar, Muhammad alayhissalomga va Qurʼonga ishondilar (Moida 5:83-85).
[2875] Allohdan boshqasining so’zi va hukmi qo’shilgan din xolis din bo’lmaydi. Shu sababli, Alloh taolo O’zining sof Islom dinini mukammal bir shaklda Qurʼoni Karimda bayon qilib berdi, uni O’zi batafsil tafsirlab berdi va bunga bir uslub qo’ydi. O’zi belgilab qo’ygan uslub va qoidalardan boshqa yo’llar bilan tafsirlanishini va hukm olinishini katta gunohlar qatoriga qo’shib qo’ydi va bu ishga qo’l urganlarni o’zini Allohni o’rniga qo’yib olgan bo’lishiga ishorat qilib o’tdi (Hud 11:1, 2).
[2876] (Sho’ro 42:13, 14).
[2877] Zalzala surasi, Madinada tushgan, 8 oyatdan iborat, tushish tartibi 93, yozilish tartibi 99.
[2878] Yaʼni, yer ostidagi o’liklar qaytadan tirilib chiqqanida. (Sho’ro 42:29), (Anʼom 6:38).
[2879] Yer qiyomat kuni, mahsharda jahannamliklarni jahannamga kirgizilishi arafasida tilga kiradi va gapiradi.( Qarang: (Naml 27:82, 85), (Sajda 32:12, 13), (Qof 50:29).
[2880] Vahiy kalimasi faqatgina elchi-farishta vositasida payg’ambarga Allohdan ilohiy so’z olib kelishnigina bildirmaydi, balki, bildirib qo’yish, qalbiga ilhom solib qo’yish, buyurish va ishora qilish degan maʼnolarda ham ishlatiladi. (Nahl 16:68, 69), (Maryam 19:11), (Toha 20:38).
[2881] Qiyomat kuni kitob o’rtaga qo’yiladi. O’shanda har kim o’z qilgan yaxshi-yomon ishlarini birma-bir ko’rib chiqadi. (Kahf 18:49)
[2882] Odiyat surasi, Makkada tushgan, 11 oyat. Tushish tartibi 14, yozilish tartibi 100.
[2883] Bular yaxshi ishlarda qolganlarga o’rnak bo’lib ildamlik qiluvchilar hamda haq va haqqat sari yo’lboshchilik qiluvchilardir. Birinchi oyatda taqdiriy “nufus” kalimasi foil bo’lgan. Oyatdagi “Advun” bir narsadan o’tib ketishni, oshib o’tishni, to’xtashi kerak bo’lgan joyda to’xtatmaslikni bildiradi (Maqoyis). Baʼzan bu kalimaga chegara va to’siqlardan o’tgan deb aytiladi. «ضَبْحً» esa, o’tinlarni uchuni yoqish degani (Maqoyis). Mashʼala mana shunday hosil bo’ladi. Bu oyatdan, qorong’ulikda qolib ketgan insonlarni yorug’lik sari olib chiquvchi, yo’lini yo’qotganlarga yo’l ko’rsatuvchi degan ko’chma va majoziy maʼnolar ham chiqadi.
[2884] «أغارَ» Ketma-ket, qadamma-qadam tez-tez harakatga kirishishgan degan (As-Sihoh).
[2885] Mana shu oyatgacha Alloh taolo 5 oyatda qasam ichgan. Allohning biron narsaga qasam ichishi – o’sha narsaga urg’u berish va uni katta ahamiyatga egaligini eslatib o’tishidir. Oyatga mana shunga qarab maʼno berdik. Chunki, Alloh insonlar kabi o’z gapiga boshqalarni ishontirishga muhtoj bo’lganligi uchun qasam ichmaydi. Bunga Uning aslo ehtiyoji yo’q. Agar ishontiraman deganida edi, majburan hammani O’z kalomiga ishontirib qo’ygan bo’lardi.
[2886] Bu oyatga (Toriq 86:9) oyatiga ko’ra maʼno berdik. Chunki bu ikkala oyat bir-birini ochiqlab beradi.
[2887] Oyatdagi (خَبِير) kalimasiga “muxbir” maʼnosi berildi (Mufradot). Bu oyatni (Qiyomat 75:13) oyat tafsirlab beradi: “ U Kunda insonga (dunyodaligida) qilib o’tgan va kechiktirib (bajararmay qoldirgan barcha) narsalarning xabari beriladi.”
[2888] Qoria surasi, Makkada tushgan, 11 0yat. Tushish tartibi 30, yozilish tartibi 101. Qoria qiyomatning sifatlaridan biri hisoblanadi. Ushbu sura ham o’sha qiyomatning nomi bilan nomlangan.
[2889] Qoria – Gumburlatib eshit qoqqan, eshikni urgan va uruvchi ofat va balo maʼosida ham keladi.
Bu gumburlash qayta yaratilgan insonlarni yerdan qaytib chiqishi uchun chalinadigan surdir, yaʼni uyg’onish va turish suridir.
[2890] U kunda kofirlar yer ostidagi inidan chiqib kelayotgand chigirtkalardek chiqib kelishadi. Qarang: (Qomar 54:6-8)
[2891] Mezon – balans, hisob-kitob degan maʼnolarni bildiradi. U kunda har kimning hisob-kitobi hayotida qilib o’tgan ishlari yozib qo’yilgan amal daftariga qarab qilinadi (Isro 17:13, 14).
[2892] 102. Takasur surasi , Makkada tushgan, 8 oyat.
[2893] Bu oyatdan ikki farqli maʼno chiqadi.
- O’lib qabrlaringizga kirguningizgacha;
- Yaqinlaringizni qabrlarini ziyorat qilib, ularni qabrini sanamaguningizgacha. Oyatning matni ikkinchi maʼnoni dastaklaydi. Bu haqida farqli rivoyatlar bor. Agar oyatga 2-maʼno berilsa, qabrlarni ziyoratiga borib turishda katta manfaat borligi o’rtaga chiqadi.
[2894] Bu oyatdagi “unday emas” ifodasining maʼnosidan “bunday qilmanglar”, degan maʼno chiqadi. Chunki, haqiqiy baxt-saodat mol-dunyoning, bola-chaqaning, yoki tarafdorlarning ko’pligi bilan qo’lga kiritilmaydi, asl qo’lga kiritilishi kerak bo’lgan neʼmatlar oxirat neʼmatlaridir. Shuning uchun, dunyo neʼmatlarini qo’lga kiritaman deb, oxirat neʼmatlarini qo’ldan chiqarib yubormaslik va dunyoni oxiratdan afzal bilmaslik kerak.
[2895] Bunday insonlar o’lim onidan shunday deb qoladi: “Ulardan (noto’g’ri yo’lda bo’lganlardan) biriga o’lim kelganida shunday deydi: «Rabbim! Meni orqaga qaytaring. Ortda qoldirgan hayotimda endi balki yaxshi ishlarni amalga oshirarman.” Yo’q, aslo! Bu uni aytadigan quruq gapi, xolos. Oldilarida qaytadan tiriladigan kunlarigacha bir to’siq bor.» (Mo’minun 23:99, 100), (Aʼrof 7:53)
[2896] Yaʼni, mol-mulk, bola-chaqa va tarafdorlarni ko’pligi bilan faxrlanib yurishingiz to’g’ri emas, shu sababli bu yo’lingizdan qaytinglar.
[2897] Soffat surasining 97-oyatida “jahim” kalimasi dunyodagi alangali o’choqqa (o’tga) ishlatilgani uchun, biz shu maʼnoni oldik.
[2898] Baʼzi innsonlar har turli holatlarda men undan kam qilmayman, men bunday nima kamim bor kabi noto’g’ri tushunchalar bilan o’zlarini shirin va osuda hayotlarini jahannamga aylantirib olishadi. Natijada o’la-o’lguncha birovlardan qarzga botgan, muammolari hal bo’lmagan holda yashaydi. Agar kim o’zarga ish qilishni bas qilsalar edi, har qanday ishlari osongina, ortiqcha isrofgarchiliklar va maqtanchoqliklarsiz amalga oshgan bo’lardi.
[2899] Asr surasi Makkada tushgan, 3 oyat. Tushish tartibi 13, yozilish tartibi 103.
[2900] Asr – Zamon, vaqt o’tishi, davr, kunu tunni aylanib turishidir. (Qarang: Tobariy tafsiri; Ibn Kasir tafsiri; Bag’oviy tafsir, (Asr 103:3).
[2901] Insonlarni qasam ichishi gapiga boshqalarni ishontirish va shubhaga o’rin qo’ldirmaslik uchun bo’ladi. Lekin, Alloh bunga muhtoj emas. Suralarning boshidagi qasamlar – qasam ichilgan narsa juda ham muhim masala ekanini, unga jiddiy maʼnoda qaralishi kerakligini bildirib qo’yish va shu bilan bir qatorda, o’sha qasam ichilgan narsaga insonlar katta eʼtibor berishi kerakligiga ishora qiladi. Bunga aynan mana shu “Asr” surasi misoldir. Surani bir-butun holicha o’qib tushunish kerak.
[2902] Allohga ishongan holda amali solih qilmagan, boshqalarni ham haq-Qurʼonga chaqirib, ularga Qurʼonni tavsiya qilmagan va shu yo’lda sabr-bardoshga ham chaqirmaganlarning o’tkazgan har bir kuni ziyondir.
[2903] Oyatdagi “haq” kalimasi haq va haqiqatlarning barchasini o’z ichiga oladi. Baʼzilar “haq” kalimasiga “Qurʼon” deb maʼno bergan (Qarang: Asr surasi tafsiri; Tafsiri Jomeul Bayon, Ibn Jarir at-Tobariy; Aljamiu Liahkamil Qurʼoan, Alqurtubiy; Maolimut Tanzil, al-Bag’oviy.)
[2904] Oyatdagi Imon bilan amalni orasini ajratmadik. Chunki imondan ko’zda tutilgan natijaga amalsiz, amaldan ko’zda tutilgan natijaga ham imonsiz erishib bo’lmaydi. Imonni lazzatiga va imondan ko’zda tutilgan natijaga erishish uchun albatta imoni taqozo qilgan ishlarni amalga oshirishi kerak. Insonni amal qilishdan maqsadi dunyo manfaatlariga erishish uchun emas, balki o’sha ishni imoni taqozo qilgani, yaʼni Alloh taolo buyurgani sababli qilishi kerak.
[2905] Humaza surasi , Makkada nozil bo’lan, 9 oyatdan iborat, tushish tartibi 32, yozilish tartibi 104.
[2906] Allohni oxiratda beradijan jazosi, jinoyatchini dunyo hayotida qilgan jinoyatiga bog’liq bo’ladi va Alloh hech kimga hech qachon haqsizlik qilmaydi. insonlarning oilaviy masalalaridan, shaxsiy hayotlaridan, yaratilishdagi tabiatidan va boshqa holatlarda uni aralashishga haqqi bo’lmagan jihatlarda ayb axtarib, kamiga uni bohqalarga aytib yuradigan kimsalar, dunyoda o’sha g’iybat qilingan kimsaning qalbiga juda katta ozor yrtkazgan boladi. Shu sababli ham, Alloh taolo unday kimsalarga aynana yuraklarini og’ritardigan azob bilan azoblaydi.
[2907] 105. Fil surasi, Makkada tushgan, 5 oyat. Tushish tartibi 19, yozilish tartibi 105.
[2908] Oyatdagi طَيْر (toyr) ko’plik maʼnosini ham o’zida mujassam qiluvchi birlik ism bo’lib, uni birlik shakli طائر (toir)dir. Taraflari bor bo’lib havoda uchub (suzib) yurgan har jismga toir deyiladi. (Mufradot) ikki qanoti bilan uchgan qushlar ham toirdir. (Anʼom 6:38) Qushlar degan maʼnoni ham ifodalaydigan طَيْر= toyr kalimasi agar alif lom bilan kelgan bo’lsa, u kalimaga qushlar degan maʼno beriladi. Bu oyatdagi toyr kalimasi alif-lomsizdir. Chunki bu oyatdagi toyr kalimasidan qushlar emas, balki vulqondan hosil bo’lgan qora bulutlar nazarda tutilgan. أبابيل = abobil – ketma-ket, to’p-to’p degani. (al-Ayn) Bu jumlaga “orqama-orqa kelgan bulutlar” degan maʼno ham berish mumkin (Lisanul Arab).
أبابيل = abobil – ibl kalimasining o’zagidan turlangan bo’lib; uyum-uyum, og’ir-og’ir va qamrov degan maʼnolarni anglatadi (Maqoyisul Lug’a). Mana shu uchta maʼnoni o’z ichiga olgan tuya podasiga ham ibl deyiladi.
ابل = ibl – “yomg’ir yuklangan bulutlar” degan maʼnoda ham keltiriladi (al-Qomus). Arab tili olimlaridan al-Mubarrid “Ibl qanday yaratilganiga hech eʼtibor qilmaydilarmi?” (G’oshiya 99:17) oyatidagi iblga: “katta-katta bulut to’plami” deb maʼno bergan (Shavkoniy, Fathul Qodiyr).
[2909] سِجِّيلٍ = sijjil – olovda qizdirilgan loy degani. Bu so’z Fors tilidan Arab tiliga o’tgan. Sijjil vulqon portlashi natijasida halok bo’lgan Lut qavmini tepasiga ham yoqqan. Aloqador oyatlardan bir qismi: (Hijr 15:68-77), (Zoriyot 51:31-34). Vulqon va undan otilib chiqqan mayda quyqum zarralar jahannamni eslatgani va o’zi ham jahannamga qisman bo’lsa-da o’xshagani sababli, sijjil kalimasiga “jahannamda qizdirib tayorlangan mayda toshlar” deb tarjima qilganlar ham bo’lgan.
[2910] “Asf” – don va urug’ni ustki po’stlog’iga aytiladi (Maqoyis). Alloh Asʼhobi Filni ichi yeb bitirilgan qobug’ kabi ichi bo’sh qilib qo’ygan (Lisanul Arab). Demak, lava jasadlarni ichini yoqib tashlagan va tashqi qismini xuddi kuygan toshdek qilib qo’ygan.
Bu oyatga ko’ra, agar وادي النار = vodi an-norʼda qazilmalar olib borib tekshiruvlar o’tkazilsa, o’sha vaqtda halok bo’lgan askarlar va fillarni jasadlari va qoldiqlari qotib qolgan va ichi bo’sh holda topilishi mimkin. Bu vodiy Muzdalifa bilan Mino orasida. Vodiyni ikki tarafiga eʼtibor bilan qaragan har kim u yerda vulqon otilib chiqqanini izlarini ochiq-oydin ko’rishi mumkin.
[2911] Quraysh surasi, Makkada tushgan, 4 oyat, tushish tartibi, 29, yozilish tartibi 106.
[2912] Qurʼonda baʼzan Isroil avlodiga:yevrey millati va ajdodiga qilingan yaxshiliklar va ularga berilgan imkoniyatlar haqida so’z ochiladi, boshqalarga berilmagan imkoniyatlar haqida bayon qilinadi va o’sha neʼmatlarga shukr qilish hamda uni qadrlab, o’sha neʼmatlarni bergan Allohgagina qullik:xizmat qilishga buyuriladi. Bu surada (Makka ahliga u yerdagi Kaʼba tufayli omonlik va katta savdo imkoniyatlari) va bundan oldingi surada muborak va muqaddas Kaʼba barpo qilingan Makkada istiqomat qiluvchi Quraysh qabilasiga berilgan imkoniyat va buyuk neʼmatlar (Makka va unda joylashgan Kaʼbaga qilingan Fil voqeasidagi hujmni bartaraf qilinishi) zikr qilinib, endi ular hech bo’lmasa mana shu neʼmatlarni yodda tutgan va shukr qilgan holda yolg’iz Allohga qullik qilishi kerakligi bildirilmoqda.
[2913] Qurayshliklar qishda Yaman va Habashistonga, yozda esa Suriya va Osiyogacha bo’lgan tijorat safari bilan shug’ullanardi. Quraysh qabilasi Kaʼbani xizmatchilari bo’lgani uchun, arab millatlari orasida ular eng hurmatli qabila hisoblangan. Shu bois, qishin-yozin o’zlari xohlagan joyga tijoriy safar qilish imkoniga ega bo’lishgan.
[2914] Ibrohim alayhissalom o’zidan keyingi avlodi uchun duo qilib, Kaʼba atrofida yashaydigan zurriyodlarini och-nahor qolmasligini, turli noz-neʼmatlar bilan rizqlanib turishini, Kaʼba atrofi tinch-omon bir shahar bo’lishini Allohdan duo qilib so’rab qolgan. Mana shuning uchun ham Kaʼba tinch joy hisoblanadi. (Baqara 2: 126), (Ankabut 29:67) oyatida ham, Kaʼbani hurmatidan Alloh taolo Kʼaba atrofida yashaydiganlarni (Qurayshni) eson-omonda qilib qo’yganini bildirgan. (Ankabut 29:67).
[2915] Maun surasi, Makkada tushgan, 3 oyat. Tushish tartibi 15, yozilish tartibi 108.
[2916] Agar alif-lomni izofadan evaz qilib tarjima qilinsa “din kunini” yaʼni, qiyomat kunini yolg’onga chiqarganlar deb tarjima qilinadi (Muddassir 74:46), (Mutoffifiyn 73:11). Agar alif-lom aniqlik uchun ishlatilgan bo’lsa “Allohning dinini” yolg’onlagan deya tarjima qilinadi. Din haqida yolg’on gapiradigan va Allohni dinidan ko’ra ota-bobolaridan anʼana bo’lib davom etib kelgan dinni afzal ko’radiganlar haqida maʼlumot olish uchun qarang: (Zuxruf 43:23-25)
[2917] Qurʼoni Karimda yetimlarga aloqador oyatlar 20 dan ortiq. Jamiyatda yetim ko’paytirmaslik, Islom dinida yetimlarni otaliqqa olish, ularga yaxshilik qilish, tarbiyalab o’stirish, mol-mulklarini ehtiyot qilib muhofaza qilib, balog’at yoshiga yetib o’zlarini o’zlari boshqara oladigan saviyaga yetganida qaytarib berish, hamda ularga aslo qattiq va dag’allik bilan muomala qilmaslik kerakligi haqida juda ko’p va muhim topshiriqlar berilgan. Mana shu sababli, bu oyatda yetimlarni jerkib ranjitadigan kishilarni go’yoki bu Islom dinini va undagi hukmlarni yolg’onga chiqargandek katta gunohga qo’l urayotganiga o’xshatib taqiq qilgan. Yetimlarga nisbatan qilinadigan yaxshiliklar va muomalalar haqida ko’proq maʼlumotga ega bo’lish uchun qarang: (Anʼom 6:152), (Isro 17:34), (Kahf 18:82), (Inson 76:8), (Fajr 89:17), (Balad 90:15), (Zuho 93:6, 9), (Baqara 2:83, 177, 215, 220), (Niso 4:2, 3, 8, 10, 36, 127), (Anfol 8:41), (Hashr 59:70).
[2918] (Anfol 8:35) oyatda Allohning sof diniga qarshi chiqadigan kofir va mushriklarning duo-iltijolari va o’zlaricga bajarib yurgan ibodatlari va o’zlari qoralanib keltirilgan. Bu oyatda ham Allohning sof diniga qarshi chiqib, o’zlari va ota-bobolari tomonidan to’qib chiqarilgan dinga asoslangan turli shirk va kufr hamda riyo to’la ibodatlar va ularning sohiblari qoralanmoqda. Chunki, din xolis Allohga bo’lishi kerak, Allohga xolis ibodat qilish kerak.
[2919] (Hud 11:87) oyatdagidek bu oyatdagi “solat” kalimasiga “din” deb maʼno bersa to’g’ri bo’ladi. Chunki, ushbu suraning birinchi oyati din haqida keldi. Agar bu oyatdagi “solat” kalimasini “namoz” degan maʼno bilan chegaralab qo’ysak, tavhid, ixlos, taqvo, halollik va poklik kabi dinning yana boshqa asosiy ustun va arkonlari mavzudan chetda qolib ketadi. Din deb tarjima qilinsa esa, dinda buyurilgan barcha narsa — imon, ixlos, taqvo, amal va boshqa barcha vazifalar bir kalimada mujassam bo’ladi. Oyatdagi «عن- an» kalimasiga «فى- fiy» maʼnosi bersa ham bo’ladi. Unda oyat quyidagicha tarjima qilinadi: «Dinida:diniy vazifalarini bajarishda xatokor:eʼtiborsiz kishilardir.«
[2920] Duo-iltijolari hamda diniy vazifalarini boshqalar ko’rsin deb, erikib, sidqi dildan baharmaydigan kimsalar unofiq ekani quyidagi oyatlarda bayon qilingan (Niso 4:142), (Tavba 9:54),
[2921] Kavsar surasi, Makkada tushgan, 3 oyat.
[2922] Payg’ambar alayhissalomga berilgan va unda ko’plab yaxshiliklar mujassam bo’lgan narsa bu – Qurʼondir. Alloh taolo shunday marhamat qiladi: “Bu kitobni senga – har narsani ochiqlab berishi; bir rahbar, bir ikrom va to’liq taslimiyat ko’rsatganlarga xushxabar berishi uchun nozil qildik.” (Nahl 16:89) Agar biz ham Qurʼonga amal qilsak bizga ham ko’plab yaxshiliklar berilgan bo’ladi.
[2923] Nahr — ko’ks va ko’krak maʼnosini bildiradi (Lisanul Arab). Namozda oyoqda tik turgan kishiga ham «nahr qildi — قد نحر» deyiladi (al-Ayn). Bu oyatdagi nahr amriga farqli maʼno berishgan. Farro: “ko’ksing bilan qiblaga yuzlan”, Zajjoj: “bayram kungi ibodatni qil”, namozingda chap qo’lingni o’ng qo’ling bilan tut», Ibnul-Hoim va Ibn Qutayba: “qurbonlik kes”, “takbir aytayotib qo’lingni ko’ksingga ko’tar”, kabi farqli maʼnolar berishgan va bu haqidagi farqli rivoyatlarni keltirishgan. Biz bu manʼnolardan “Alloh yo’lida o’zingni qurbon qil” degan maʼno oldik.
Baʼzi tafsirchilar qurbonlik kes deb taʼvil qilishgan. Holbuki, qurbonlik haqidagi oyatlarning birortasida ham nahr kalimasi ishlatilmagan, bu sura Makkada tushgan, holbuki Payg’ambar alayhissalom Makkada qurbonlik qilgani haqida birorta ham rivoyat yo’q, aksincha Madinada qurbonlik qilganlar. Bu esa, bu oyat qurbonlik kesish haqida emasligiga dalolat qiladi. Rivoyatlarga kelsak, bu haqidagi bir-biriga zid hadislar juda ko’p, hatto tafsir kitoblarning o’zida ham.
[2924] Kimki bu suraning 2-oyatiga amal qilib Alloh yo’lida fidokorlik qilsa uning dushmanlari oxir-oqibat yengiladi va besamar qoladi.
[2925] Kafirun surasi, Makkada tushgan, 6 oyat. Tushish tartibi 18, yozilish tartibi 109.
[2926] Musulmon kishini diniy tomonlama amal qiladigan dasturi asosan Qurʼon bo’lishi kerak. Qurʼonni qo’yib, unga zid bo’lgan narsalarga amal qilayotgan va Qurʼonni ikkinchi o’ringa qo’yib olgan kimsalarni yo’liga ergashmasligi kerak. Islomda asosiy manba Qurʼondir. Rasululloh bizga o’sha o’ziga vahiy qilingan kitobni hayotiga tatbiq qilib, tirik Qurʼon sifatida yashab o’tib, bizga go’zal namuna va o’rnak bo’lib o’tgan.
[2927] Bu oyat va Baqara surasining 256-oyatiga ko’ra, birovni dinga kirgizishga ham, dindagi amallarni bajarishga ham majbur qilib bo’lmaydi. Har kimning qilgan ishi, eʼtiqodi, amali va yashash tarzi o’zi uchun bo’ladi va bunga o’zi javob beradi (Anʼom 6:94). Yaxshilik qilsa ham o’zi uchun, yomonlik qilsa ham o’zi uchun (Baqara 2:286). Lekin adolat asosidagi ijtimoiy qonun-qoidalar va inson huquqiga doir daxlsizlik va tartiblarga dini, irqi, millati va jinsidan qatʼiy nazar barcha birdek amal qilishi kerak. Chunki Alloh taolo Qurʼoni Karimda 21 o’rinda tartib buzarlik, bezorilik, tajovuzkorlik, ijtimoiy tartib-qoidalarga rioya qilmasliklarni fasod ekanini, hamda fasodchilarni Alloh yoqtirmasligini bildirgan (Baqara 2:205).
[2928] Nasr surasi, Madinada tushgan, 3 oyat. Tushish tartibi 114, yozilish tartibi 110. Bu sura tegishli oyatlar bilan birgalikda o’qilganda, hech kim gunohlardan himoya qilinib qolinmagani, tavbani qachon va qay tarzda amalga oshirilishi kerakligi haqida Muhammad alayhissalom misol qilib keltirilgani o’rtaga chiqadi. Gunoh ishni kim bo’lishidan qatʼiy nazar, agar u gunohdan qaytib o’zini tuzatmasa va yomon natijalarni qo’lidan kelganicha tuzatib yaxshilamasa, u inson tavba qilgan hisoblanmaydi. Uni qilgan ishi – quruq gap bilan tavba qildim, degani bo’ladi, xolos. O’xshash va aloqador oyatlar: (G’ofir 40:55), (Muhammad 47:19), (Fath 48:2).
[2929] Bu yordam (Fath 48:1-3, 27) oyatlarida Alloh tarafidan berilgan g’alaba ila kafolatlangan yordamdir. Ana o’sha yordam natijasi o’laroq, ko’ngil eshiklarini Islomga ochilishiga sabab bo’lgan Makkaning g’alabasi keldi. Shu bois Makkani g’alabasiga “Fath” deb nom berildi.
[2930] Mag’firat – gunohlar kechirilishi va jahannamdan qutulib qolishdir.
[2931] Masad surasi, Makkada tushgan, 3 oyat. Tushish tartibi 6, yozilish tartibi 111. Ushbu surani yaxshi va mukammal tushunish uchun bundan avval nozil bo’lgan Muzzammil va Muddassir suralarini ham birgalikda o’qish kerak. Chunki bu sura, o’zidan avvalgi navbatda tushgan sura va oyatlarga qarshi chiqqan, oyatlarni qabul qilmagan, Rasululloh va yonidagi mo’minlarga aziyat yetkazgan, Alloh va Rasuliga qarshi bosh qoldirib kofir bo’lgan (oyatlarga qarshi chiqqan) Makkalik erkak va ayol kofirlar haqida tushgan.
[2932] Abu Lahab Muhammad alayhissalomning amakisi edi. Rasulullohning Ummu Gulsum va Ruqiya nomli ikki qizi Abu Lahabning ikki o’g’li – Utba va Utayba bilan nikohlanishgan. Rasululloh insonlarni Qurʼonga chaqirishni boshlashi bilanoq oralari buzildi va o’g’illari Rasulullohni qizlari bilan ajrashdi. Ushbu sura Abu Lahab va uning ayoli Rasulimiz Muhammad alayhissalomga katta muammo va tashvishlar keltirib chiqarganini bildirmoqda. Ularni Rasulullohga yetkazgan aziyatlari qanchalik katta bo’lmasin, baribir Allohning tavba eshiklari ularning vafotigacha ochiq edi. Bu haqda Rasulimiz shunday degan: “Alloh qulining tavbasini (insonni) joni halqumiga kelgunga (o’limi aniq bo’lgunga) qadar qabul qiladi.” (Termiziy, Daavot 98; Ibn Moja, Zuhd 30; Ahmad ibn Hanbal, 2:132, 153.) Tavba haqidagi oyatlar (Niso 4:17, 18) oyatlarida keltirilgan. Abu Lahab va uning ayoli Rasulullohga yomonlik qilgani rost, lekin Firʼavn va uning honadoni Muso alayhissalom va Isroil o’g’illariga nisbatan qilgan yomonligichalik emas. Firʼavn va uning xonadonida ham tavba qilib imonga kirish imkoni bor edi, lekin unday qilmadilar. Firʼavn haqida Alloh taolo nima deganini bilish uchun qarang: (Yunus 10:90-92) Bu hukm Abu Lahab va ayoliga ham tegishli ekanida shubha yo’q. Lekin, Ibn Abbosga oid ekani iddao qilingan bir rivoyat bilan oyatga qarshi chiqilgan holda – Ushbu sura Abu Lahab va ayoli tirikligidayoq nozil bo’lgan deyiladi. Rivoyat quyidagicha:
Ibn Abbos roziyallohu anhu rivoyat qiladilar:
“O’zingizning yaqin qarindoshlaringizni ogohlantiring” (Shuaro 26:214) degan oyat nozil bo’lganda Rasululloh Safo tog’i ustiga chiqib, Quraysh qabilasidagi urug’larga “Yey Baniy Fihr, ey Baniy Adiy!” deb nido qildi, hamma jamlandi, o’zi kelishga qodir bo’lmagan kishilar ersa, “Borib kelchi, nima gap ekan” deb (o’rniga boshqa) odam jo’natdi. Abu Lahab va Qurayshning kattalari ham kelishdi. Rasululloh: “Nima deysizlar, agar men sizlarga «Mana bu vodiyda dushman otliqlari bostirib kelishga shaylanib turibdi” deb xabar bersam, sizlar menga ishonasizlarmi?»—dedi. Ko’pchilik: “Ha, chunki biror marta ham sizdan rostdan bo’lak gap eshitmaganmiz!” — deyishdi. Rasululloh alayhis-solatu vas-salom: “Shunday ekan, men sizlarni kelgusida bo’ladigan qattiq azobdan ogohlantiraman”,— dedi. Abu Lahab: “Sen halok va barbod bo’lgil, shuning uchun bizlarni jamladingmi?” — deb masxara qildi. Shunda “Abu Lahabning ikki qo’li quridi, moli va kasb qilgan narsasi uni bundan qutultira olmadi…” degan sura nozil bo’ldi.» (Buxoriy, Tafsir111)
Bu voqea kimningdir to’qib chiqargan uydirma va yolg’onidir. Iddao qilingan voqeaga yagona guvoh Ibn Abbosdir. Ibn Abbos esa, o’sha iddao qilingan voqeadan taqriban o’n yil o’tib tug’ilgan. Agar o’shanda Ibn Abbos tirik bo’lganida ham, guvohlar ko’p bo’lardi. Holbuki, bu voqea Ibn Abbosdan boshqa hech kim tomonidan rivoyat qilinmagan.
Rivoyatning ikkinchi (haqiqatga to’g’ri kelmagan) tarafi shuki, “O’zingizning yaqin qarindoshlaringizni ogohlantiring” (Shuaro 26:214) degan oyat Makkada tushgan. Makkada esa Nabiyimizning eng yaqin qarindoshlari Quraysh qabilasi emas, balki Quraysh orasidagi Hoshimiylarning Abdulmuttalib o’g’illaridir. Agar Rasululloh eng yaqinlarini chaqirganida edi, faqatgina o’shalarni chaqirardi. Bundan tashqari, “Sen halok va barbod bo’lgil”, degan gapni Abu Lahab aytgan bo’lib, Rasulullohga undan boshqa hech qanday qarshilik va aziyat yetkazmagan bo’lsa, ushbu sura faqatgina uning shu aytgan gapi uchungina nozil bo’lgan bo’lsa, uning ayolida nima gunoh?! Holbuki surada uning ayoli ham keltirilgan. Demak, bu yerda boshqa bir sabab bor. Zotan, bunday bir daʼvat va chaqiruv ortidan “Tabbat” surasi nozil bo’lmaydi. Chunki Alloh taolo har bir insonga daʼvatni tushunib, anglay olishi va u haqda fikr yuritib xulosa chiqarishi va bir qarorga kelishi uchun muhlat va fursat beradi. Bu haqdagi oyatlar shular: (Yunus 10:11), (Nahl 16:61), (Fotir 35:45)
Demak, ushbu Tabbat surasi Abu Lahab va uning ayolini o’limidan oldin tushgan bo’lishi – ham suraning matniga, hamda qurʼonning ko’plab oyatlariga ziddir.
[2933] Arab tili va Tafsir olimi al-Farro (v. 207:822) تَبَّتْ يَدَا أَبِي لَهَبٍ = “Abu Lahabni qo’llari qurisin!” jumlasini badduo, وَتَبَّ= “zotan o’zi ham qurib bo’ldi” jumlasini esa xabar jumla ekanini bildirgan (Iʼjazul Bayon). Ikkinchi jumlani xabar jumlasi bo’lishi – bu sura Abu Lahabni o’limidan keyin nozil bo’lganini dalilidir.
[2934] Ixlos Surasi, Makkada tushgan, 4 oyat. Tushish tartibi 22, yozilish tartibi 112. Suraning nomi mana shu suradagi tavhiddan olingan. Yaʼni, insonlar Allohning zoti va feʼlida Unga hech kimni sherik qilmasligi, Uning O’zigagina ibodat qilishi va Unga to’g’ri maʼnoda ishonib-suyanishi kerakligiga ishorat qiluvchi oyatlarga xolislik ko’rsatishi kerakligi haqidagi oyatlar mazmunidan olingan. Islomdagi sof imon-eʼtiqod tavhidni, tavhid esa ixlos va samimiyatni talab qiladi.
[2935] Allohni behojat ekani va qolgan barcha mavjudot unga muhtoj ekani haqida yana bir oyat: (Rohman 55:29).
[2936] “Tug’dirmagan” va “tug’ilmagan” deganda, Alloh birovning otasi ham, bolasi ham emasligini ifoda qiladi. Demak, Alloh birovning otasi ham emas, birovning bolasi ham emas. Alloh ilohlik, saltanat, mulk va hukmronlik, ilm va qudratni birovdan meros qilib olmagan ham, birovga meros qilib qoldirmaydi ham. U O’z zotiy va feʼliy sifatlarida yolg’izdir.
Injilga keyinchalik xristianlarning o’zlari tarafidan ilova qilib to’qib kirgizilgan baʼzi bir eʼtiqodlarini xato va yolg’on ekanini ham mana shu oyat tafsiloti bilan ochiqlab bermoqda. Yaʼni, baʼzi bir xristianlar: “Ota xudo, bola xudo”- desa, yana boshqalari: “Xudo Maryamning o’g’li Isodir”, deyishadi. Bu suradagi oyatlar o’sha gaplarning barcasi yolg’on va buzuq ekaniga dalolat qiladi. Buni yana (Niso 4:171), (Moida 5:17, 72, 73) oyatlar ham ochiqlab beradi.
[2937] Falaq Surasi, Makkada tushgan, 5 oyat. Tushish tartibi 20, yozilish tartibi 113.
[2938] Falaq – bo’lmoq, yormoq, parchalamoq, portlatmoq yoki bo’lingan va yorilgan degan maʼnolarni bildiradi. Bo’lmoq va yormoq Allohning yaratishdagi qonun-qoidasidir. Biologiya fanida bunga mitoz va mayoz yorilishi deyiladi. Aloqador oyat: (Anʼom 6:95).
[2939] Oyatdagi “ma xolaqo” kalimalariga masdariyya maʼno berildi.
[2940] Ko’pchilik bu oyatni “qorong’u kechaning yomonligidan” va shunga o’xshash manʼno berib tarjima qiladi. Biz bu tarjimani nomunosib deb bildik. Chunki, Alloh tunni jismonan va ruhan dam olish vositasi qilib yaratgan, ko’p oyatlarda kechaning fazilatlarini sanab o’tgan. Kechaning o’zida hech qanday yomonlik yo’q. Eski anʼanaviy tarjima sababli insonlarning ongiga tun go’yoki bir yovuzlik va baxtsizlik ramzi sifatida kirib qolgan va insonlarga qo’rquv uyg’otib qo’ygan. Aslida qo’rqish kerak bo’lgan narsa – (kechasi bo’ladimi yo kunduzimi farqi yo’q) jahli aqlini yengib qo’yib, nima deyotganini va nima qilayotganini bilmay qolib biron bir yomonlikka qo’l urib qo’yishdan Allohga sig’inishdir. Chunki, jahl chiqqanda u aqldan ustun kelib qoladi va aqlni yengib qo’yadi. Shunda inson o’zirodasini yo’qotib turli yomonliklar va boshiga balo keltiradigan ishlarga qo’ urib qo’yadi. Biz aynan mana shu narsadan Allohga sig’inib panoh so’rashimiz kerak.
[2941] “Aloqalarga” deya tarjima qilingan kalima “uqda” kalimasining ko’plik shakli bo’lgan uqod =الْعُقَد kalimasi bo’lib; sog’lom va ishonchli holatda tuzilgan har qanday aloqa va kelishuvni bildiradi. Er-xotinni bog’lab turgan kelishuvga “uqdatun-nikah”, oldi-sotdi aloqasiga «uqdatul-bayʼ», har qanday foydali aloqalarga “al-uqda” deyiladi (al-Ayn).
[2942] An-Naffasaat kalimasiga an-nufusun-naffasaat deya maʼno berildi. “Nafas” deb og’izdan chiqqan biron narsaga aytiladi (Maqoyis). Insonlar orasidagi do’stlik, quda-andachilik, er-xotinlik, savdoda sheriklik va boshqa turli holatlardagi o’zaro kelishib olingan aloqalar birovlarning arzimagan ikki og’iz yolg’on gaplari bilan buzilib ketishi va samimiy aloqalar salbiy oqibatlarga burilib ketishi mumkin. Bunday buzg’unchilikka qo’l urganlar, odatda yolg’on gapiradilar. Bu kabi insonlarni aniq bilmaganimiz va insonlarni hammasini ham yaxshi taniy olmaganimiz sababli, ana shunday insonlarni yomonligidan Allohga sig’inib panoh so’rashimiz va ularning yomonliklaridan qochishimiz kerak. Mavzuga aloqador oyatlardan biri shunday: (Qalam 68:8-13)
Insonlar o’rtasidagi aloqalarga buzg’unchilik va sovuqchilik tushiradigan kishilarning eng yomonlari to’g’ri narsani noto’g’ri joyda gapirib voqelikdan farqli bir holatni keltirib chiqarishga urinadiganlaridir. Turkiy tillarda bunga “sehrlab qo’ydi, so’z bilan sehrladi”, deyiladi. Sehr – bir narsani asl holidan boshqacha qilib ko’rsatib berish, farqli shaklda tasvirlab berish, aldash va xiyla qilishdir (Lisanul Arab). Qo’pol qilib aytganda «yedirib qo’yish»ga ham sehr deyiladi. Firʼavn tarafdorlari tomonidan Muso alayhissalomga qarshi tashkillashtirilgan va Alloh taolo tarafidan “katta sehr” deya taʼriflangan narsa ham ana shunday bir xiyla edi. Aloqador oyat shunday: (Aʼrof 7:103-120)
[2943] Bu ikkala Falaq va Nos suralarining boshida kelgan “ayt” degan buyruq jumlasi – bu suralarni inson hayoti davomida o’qib Allohdan panoh so’rab yurish kerakligiga va taʼlimiga ham ishorat qiladi.
[2944] Oyatdagi jinu-ins – o’zlari ham yo’ldan adashgan, boshqalarni ham adashtirishga bel bog’lagan insonlarga ishorat qiladi. (Hud 11:119) hamda (Sajda 32:13) oyatlarida ham “jinnat va an-nos” iborasi aynan mana shu maʼnoda kelgan. Yʼani, hidoyatdan benasib, jahannamga giriftor bo’ladigan ishlar bilan hayotini o’tkazadigan kishilardir. Bunday insonlar hatto payg’ambarlarni ham yo’ldan adashtirishga harakat qilib turadi (Anʼom 6:112), (Isro 17:73-74). Shu bois, ushbu so’ngi ikki surani tunu kun o’qib Allohga sig’inib panoh so’rash, turli yomonlik va yovuzliklardan saqlanib yurish kerak bo’ladi. Alloh bu imtihon dunyoda pok yashab o’tishni nasib qilsin, bilib-bilmay qilgan hatolarimizni kechirsin, ilmimizni ziyoda qilsin, dunyo va oxiratda yaxshiliklar bilan siylasin, yaxshilarga hamroh, yomonlardan uzoq qilsin. O’zining muborak kitobini to’g’ri tushunishni, unga amal qilishni hamda boshqalarga ham yetkazishni nasib qilsin.
Inshaalloh, ushbu tafsir ustida imkon qadar izlanish olib boriladi va izohlar yuklab boriladi.




