Musulmonlar
Хуфтон намозининг вақти қачон тугайди?

Хуфтон намозининг вақти қачон тугайди?

Savol: Xufton namozining vaqti Qur’on va Sunnatga ko’ra qachon tugaydi?

Javob: Qur’onga ko’ra, Quyosh botgandan so’ng paydo bo’ladigan ilk qizil shafaq va undan so’ng yoyiladigan oq shafaq yo’qolib, tun zim-zimiston bo’lgan vaqtda tugaydi va undan so’ng kecha namozi va tahajjud namozining vaqti kiradi. Aloqador oyat shunday:

أَقِمِ الصَّلَاةَ لِدُلُوكِ الشَّمْسِ إِلَىٰ غَسَقِ اللَّيْلِ وَقُرْآنَ الْفَجْرِ

“Quyosh og‘ishidan to tun qorong‘usigacha va (tongdagi) shafaq nurlari birlashgan vaqtda namozni to‘kis ado qiling. Albatta shafaq nurlarining birlashishi ko’zga ko’riladi.” (Isro 17 /78)

4 mazhabning katta olimlari ham xufton namozining vaqti tun qop-qorong’u bo’lib, shafaqlar g’oyib bo’lganda tugaydi deyishgan. Shu bilan bir qatorda, Muhammad alayhissalom xufton namozini saharga yaqin o’qiganligi yoki buni tavsiya qilganligi haqida bironta ham hadis keltirilmagan.

Bu haqda qo’shimcha ma’lumotga quyidagi link orqali ega bo’lishingiz mumkin:

 http://www.musulmonlar.com/?p=3147