Musulmonlar
Аллоҳнинг ёрдами қачон. . . ?

Аллоҳнинг ёрдами қачон. . . ?

Savol: Muhammad alayhissalom va ummati, qachon Allohning yordamidan mahrum bo’lib qolishi mumkin edi? Bu haqda Qur’on xabar berganmi?

Javob: Ha, bu haqda Baqara 129-oyatda bayon qilingan:

“Ularni dinlariga muvofiq yashamaguningizcha Yahudisi ham Hristiani ham aslo sizdan mamnun bo’lmaydi. Aytingki: “To’g’ri yo’l – Alloh ko’rsatgan yo’ldir.” Senga bu ma’lumot keltirilganidan keyin, ularning orzu-istaklariga ergashsang (muvofiq ish tutsang), Allohni senga bo’lgan na bir valiyligini (do’stligini) va na bir yordamini ko’rasan.” (Baqara 2/120)

Hozirgi kundagi Musulmonlar, nega Allohning yordami kelmayapti deb savol so’rashlariga, mana shu oyat javob bo’ladi. Allohning Kitobidan uzoqlashib, boshqa yo’llarga kirib ketib, yana uyalmasdan Allohdan yordam kutish mumkinmi?! Agar bunday ishga hatto Muhammad alayhissalom qo’l urganlarida, unga nisbatan qanday javob berilishi oyatda bayon qilindi.