Musulmonlar
Қуръонни ўзгартиришга Расулуллоҳни ваколати ва ҳаққи бўлганми?

Қуръонни ўзгартиришга Расулуллоҳни ваколати ва ҳаққи бўлганми?

Savol: Muhammad alayhissalom Qur’on oyatlaridan birontasini o’zgartirishi yoki, uning hukmini o’zgartirishi yoki, Qur’onda bo’lmagan bironta yangi diniy hukm paydo qilishi mumkinmidi? Bunga uni haqqi bormidi?

Javob: Aslo yo’q. Bu haqda Alloh taolo u kishini qattiq ogohlantirgan. Bu haqdagi oyatlar quyidagicha:

وَإِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ آيَاتُنَا بَيِّنَاتٍ ۙ قَالَ الَّذِينَ لَا يَرْجُونَ لِقَاءَنَا ائْتِ بِقُرْآنٍ غَيْرِ هَـٰذَا أَوْ بَدِّلْهُ ۚ قُلْ مَا يَكُونُ لِي أَنْ أُبَدِّلَهُ مِن تِلْقَاءِ نَفْسِي ۖ إِنْ أَتَّبِعُ إِلَّا مَا يُوحَىٰ إِلَيَّ ۖ إِنِّي أَخَافُ إِنْ عَصَيْتُ رَبِّي عَذَابَ يَوْمٍ عَظِيمٍ 

“Qachon ularga  Bizning ochiq ravshan oyatlarimiz tilovat qilinsa, Bizga ro‘baro‘ bo‘lishni umid qilmaydigan kimsalar: “Bu Qur’ondan boshqa bir Qur’on keltirgin yoki buni o‘zgartirgin”, dedilar. Ayting: “O’zboshimchalik qilib uni o’zgartirishga meni haqqim yo’q. Men faqat o‘zimga vahiy qilingan oyatlargagina ergashaman. Chunki, men agar Rabbimga isyon qilsam, ulug‘ Kunning azobidan qo‘rqaman.  (Yunus 10/15)

فَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ افْتَرَىٰ عَلَى اللَّـهِ كَذِبًا أَوْ كَذَّبَ بِآيَاتِهِ ۚ إِنَّهُ لَا يُفْلِحُ الْمُجْرِمُونَ 

“Axir Alloh sha’niga bo‘hton qilgan yoki, Uning oyatlarini yolg‘on degan kimsadan ham zolimroq kim bor?! Albatta, unday jinoyatchilarni najot topmasligi aniq.” (Yunus 10/17)

وَلَوْ تَقَوَّلَ عَلَيْنَا بَعْضَ الْأَقَاوِيلِ ﴿٤٤ لَأَخَذْنَا مِنْهُ بِالْيَمِينِ ﴿٤٥ ثُمَّ لَقَطَعْنَا مِنْهُ الْوَتِينَ ﴿٤٦ فَمَا مِنكُم مِّنْ أَحَدٍ عَنْهُ حَاجِزِينَ﴿٤٧

“Agar Muhammad, biz haqimizda ba’zi gaplarni  uydirib gapirganda edi, uni qattiq ushlar edik, so’ngra shoxtomirini uzib tashlar edik. Oralaringizdan hech kim uni qutqarib qololmas edi.” (Haqqo 69/44-47)

Alloh taoloni bu qadar ochiq va keskin oyatlari bo’la turib, din haqida va Qur’on haqida haddan oshishlik Qur’onni yolg’onga chiqarib, Muahammad alayhissalomni esa ilohlashtirishga urinish bo’lib qoladi.