Musulmonlar
Динда фирқаланмаслик ва бир бўлиб Қуръонни маҳкам ушлашлик

Динда фирқаланмаслик ва бир бўлиб Қуръонни маҳкам ушлашлик

Savol: Musulmonlar bo’linib-bo’linib, firqa-firqa bo’lib ketmasliklari va bir tanu bir jon va dindor aka-uka bo’lib yashashlari uchun nima qilishi kerak?

Javob:
Bu haqda Alloh taolo shunday buyurgan:

وَاعْتَصِمُوا بِحَبْلِ اللَّـهِ جَمِيعًا وَلَا تَفَرَّقُوا ۚوَاذْكُرُوا نِعْمَتَ اللَّـهِ عَلَيْكُمْ إِذْ كُنتُمْ أَعْدَاءً فَأَلَّفَ بَيْنَ قُلُوبِكُمْ فَأَصْبَحْتُم بِنِعْمَتِهِ إِخْوَانًا وَكُنتُمْ عَلَىٰ شَفَا حُفْرَةٍ مِّنَ النَّارِ فَأَنقَذَكُم مِّنْهَا ۗ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ اللَّـهُ لَكُمْ آيَاتِهِ لَعَلَّكُمْ تَهْتَدُونَ

“Va barchangiz Allohning Qur’oniga¹ bog‘laningiz va bo‘linmangiz! Hamda Allohning sizlarga bergan ne’matini eslang: bir-biringizga dushman bo‘lgan paytlaringizda dillaringizni oshno qilib qo‘ydi-yu, sizlar Uning ne’mati sabab birodarlarga aylandingiz. Va do‘zax chohining yoqasida turgan edingiz, sizlarni undan xalos qildi. Haq yo‘lni topishingiz uchun Alloh sizlarga o‘z oyatlarini mana shunday bayon qiladi.” (Oli Imron 3/103)

وَلَا تَكُونُوا كَالَّذِينَ تَفَرَّقُوا وَاخْتَلَفُوا مِن بَعْدِ مَا جَاءَهُمُ الْبَيِّنَاتُ ۚ وَأُولَـٰئِكَ لَهُمْ عَذَابٌ عَظِيمٌ

“Aniq hujjatlar kelganidan keyin bo‘linib ketgan va bir-birlari bilan ixtilof qilib, talashib-tortishgan kimsalar kabi bo‘lmangiz! Ana undaylar uchun ulug‘azob bordir. (Oli Imron 3/105)

وَأَنَّ هَـٰذَا صِرَاطِي مُسْتَقِيمًا فَاتَّبِعُوهُ ۖ وَلَا تَتَّبِعُوا السُّبُلَ فَتَفَرَّقَ بِكُمْ عَن سَبِيلِهِ ۚذَٰلِكُمْ وَصَّاكُم بِهِ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ

“Albatta, mana shu Mening To‘g‘ri Yo‘limdir. Bas, shu yo‘lga ergashinglar! (Boshqa) yo‘llarga ergashmanglar-ki, ular sizlarni Uning yo‘lidan uzib qo‘yadi. Shoyad taqvo qilsangiz, deb sizlarni mana shu narsalarga buyurdi.” (An’om 6/153)

¹ Niso 4/174-175 oyatlari va boshqa aloqador oyatlarga asosan, yanada tushunarli bo’lsin va ochiqcha bayon qilinsin deb “Allohning Qur’oniga” deb tafsiriy ma’no berdik.