Islomiy Libos (Tariqatchilikka Nazar 25- bo’lim)
Musulmonlar > Maqolalar > Odob-axloq > Tariqat Tarix: 29 May 2019 Email This Post Email This Post

KIYIM-KECHAK

Murid: Sen menga oyat va hadisdan gapiryapsan-u, lekin, kiyib yurgan kiyiming g’ayridinlarni kiyimidan farqi yo’q. Egningda uzun yaktak ham boshingda sallang ham yo’q. Bunga nima deb javob berasan?

Bayindir: Muhammad alayhissalomni zamonida musulmonlar bilan musulmon bo’lmaganlarni kiyinishida hech qanday farq bo’lmagan. Islom diniga yangi kirgan hech bir musulmonga kiyinish modelini almashtirish buyurilmagan. Hech bir mazhabda erkak va ayollar uchun belgilab qo’yilgan kiyim modeli yo’q. Islomda belgilangan narsa avrat joylarni berkitishdir, xolos.

Ba’zi kiyimlar maxsus formalarga aylanib qolgan. Bunga harbiylar yoki tibbiyot sohasidagilarni maxsus kiyimlari misol bo’lishi mumkin. Agar bir kiyim modeli kofirlik ramziga aylanib qolgan bo’lsa-gina, ana shunda o’sha kiyim modelini kiyib bo’lmaydi. Askarlar yoki boshqa soha vakillarini maxsus formalari vaqt-vaqti bilan o’zgarib turganidek, g’ayridinlarga xos bo’lgan formalar ham o’zgarib turishi mumkin. Ba’zi bir fiqh kitoblarda ana shu ramziy kiyimlarga aloqador bir qancha hukmlar bor.

Ramziy kiyim albatta qandaydir bir ehtiyoj tufayli paydo bo’ladi. islom davlatlarida yashaydigan g’ayridinlar sarxush qiluvchi moddalar iste’mol qilishi, to’ng’iz go’shti yeyishi va to’ng’iz boqishi mumkin. Sarxush qiluvchi modda iste’mol qilayotgan kishi agar musulmon ekanini bilib qolsangiz, unga qilayotgan ishi noto’g’ri ekanini bildirib o’tasiz. Agar parvo qilmaydigan bo’lsa, uni darhol aybdor sifatida tutib mahkamaga topshirasiz. Lekin, o’sha kishi xristian bo’lsa unga Islomni tushuntirishingiz mumkin-u, ammo uni mahkamaga arz qilib topshira olmaysiz! O’zidan boshqa hech kimga ziyon yetkazmayotgan gunoh ishda g’ayridinlarni jinoyatchi deb jazolay olmaysiz.

Islom davlatlarida biron bir tushunarsiz holat yuz bermasin, deb g’ayridinlar uchun maxsus bosh kiyimlar yoki maxsus shakl va modellarda alohida ajralib turadigan kiyimlar joriy qilishgan. Agar ana shunday holatda agar bir musulmon kishi o’shanday g’ayridinlar uchun maxsus tikilgan ramziy kiyimlarni kiyib yursa, demak u musulmonlarni aldagan bo’ladi. Kunimizda ma’muriy organlar kiyimini, jamoatchilik tartibini saqlovchi o’rganlar yoki davlat xavfsizlik xizmati organlarining maxsus kiyimlarini oddiy fuqarolardan biri kiyim o’zini o’sha o’rgan xodimlaridek tanitib yurishi qanday taqiqlangan bo’lsa, o’zi musulmon bo’la turib, g’ayridinlar uchun maxsus tikilgan ramziy kiyimlarni bir musulmon kishi iyib yurishi ham shar’an taqiqlanadi. Fiqh kitoblarda g’ayridinlar uchun maxsus ramziy kiyimlar haqidagi hukmlar faqatgina shu kabi holatlarga aloqadordir.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
153 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Islomiy Libos (Tariqatchilikka Nazar 25- bo’lim) 29.05.2019 153
2 Allohni Ko’rinishi (Tajalli) (Tariqatchilikka Nazar 24- bo’lim) 29.05.2019 86
3 Robita (Tariqatchilikka Nazar 22- bo’lim) 16.05.2019 99