Allohni Ko’rinishi (Tajalli) (Tariqatchilikka Nazar 24- bo’lim)
Musulmonlar > Maqolalar > Tariqat > Tavhid Tarix: 29 May 2019 Email This Post Email This Post

ALLOHNI KO’RINISHI
(Tajalli)[1]

Tajalli – ko’rinish, o’rtaga chiqish degani. Allohni tajalli etishi ham, uni ko’rinishi yoki uning qudrati namoyon bo’lishi degan ma’noni ifodalaydi.

Pir: (Peshonasiga ishora qilib) pirlarni peshonasi oynadir. U yerda Alloh tajalli etadi, ko’rinadi.

Bayindir: Alloh taolo bir insonni peshonasida qanday ko’rinadi? Buni dalili bormi?

Pir: Ha, bor. Alloh taolo shunday degan:

وَلَمَّا جَاءَ مُوسَىٰ لِمِيقَاتِنَا وَكَلَّمَهُ رَبُّهُ قَالَ رَبِّ أَرِنِي أَنْظُرْ إِلَيْكَ ۚ  قَالَ لَنْ تَرَانِي وَلَٰكِنِ انْظُرْ إِلَى الْجَبَلِ فَإِنِ اسْتَقَرَّ مَكَانَهُ فَسَوْفَ تَرَانِي ۚ  فَلَمَّا تَجَلَّىٰ رَبُّهُ لِلْجَبَلِ جَعَلَهُ دَكًّا وَخَرَّ مُوسَىٰ صَعِقًا ۚ  فَلَمَّا أَفَاقَ قَالَ سُبْحَانَكَ تُبْتُ إِلَيْكَ وَأَنَا أَوَّلُ الْمُؤْمِنِينَ

“Muso biz tayinlagan vaqtda kelib, Robbi u bilan gaplashganda: “Robbim! Menga O’zingni ko’rsat, Senga qaray!” dedi. Robbi: “Meni ko’ra olmaysan, lekin mana shu toqqa qara, agar tog’ o’rnida tura olsa, sen ham Meni ko’ra olasan”, dedi. Keyin Robbi u toqqa tajalli qilganida, tog’ni to’zitib tashladi. Muso hushidan ketib yiqildi. O’ziga kelganida: “Senga chin ko’nglimdan bo’yin egaman, Senga yo’naldim, men mo’minlarni avvalgisiman”, dedi.” (A’rof 7/143)

Bu oyatga ko’ra, Alloh bir tog’da ko’rinishi mumkin ekanmi, demak, bir insonda ham ko’rinishi mumkin.

Bayindir: Alloh tog’da (tog’ni ichida) tajallibo’lmadi, ya’ni ko’rinmadi. Balki, toqqa tajalliqildi va tog’ parchalandi. Muso esa hushidan ketdi.

Pir: Xuddi shu kabi tog’ pirni, murid esa Musoni maqomida bo’ladi.[2]

Bayindir: Bu qanaqa dalil keltirish? Bu qanaqa qiyos? Alloh taolo tog’ni ichida ko’rinmadi. Balki, toqqa ko’rindi. Muso Allohni ko’rgani ham yo’q. Alloh taolo bu dunyoda hech bir insonga ko’rinmasligi siz bilan bo’lib o’tgan avvalgi suhbatlarimizda keltirilgan oyatlarda ochiqcha ma’lum bo’lgandi.

Siz o’zingizni toqqa qiyoslayapsizmi? Hech qachon inson toqqa qiyos qilinadimi? Siz tog’ bilan inson o’rtasida qanday o’xshashlik qurayapsiz?

Agar qiyoslashni to’g’ri amalga oshirayotgan bo’lsangiz, oyatda  aytilgan tajallidan keyin tog’ parcha-parcha bo’lib ketganidek, pir ham parcha-parcha bo’lib ketishi kerak.

Pir: Alloh pirlarni himoya qilib saqlab qoladi. Allohni bunga kuchi yetmaydimi?

Bayindir: Yana qayta aytamanki, har narsaga Allohni kuchini dalil qilib keltiravermaydi. Alloh pirlarni saqlab qolishi haqida qanday dalil bor?

Bundan tashqari, Allohni toqqa qilgan tajallisi maxsus bir holat bo’lib, bu narsa g’ayri odati bir voqelik hisoblanadi. Siz payg’ambarga xos o’laroq Alloh tarafidan qilingan tajallini o’zingizga dalil sifatida olishingiz aslo to’g’ri bo’lmaydi.[3] Pirni toqqa, muridni esa Musoga qanday qilib o’xshatganingizga tushunish qiyin!

Murid: Tajalli masalasini nega noto’g’ri talqin qilyapsiz? Bu holat – pirimiz o’zining barcha xatti-harakatlari bilan muridlariga o’rnak bo’lishini bildiradi. Buni shunday tushuning.

Bayindir: Alloh piringizni badaniga kirganiga meni ishontirmoqchimisiz?

Murid: Yo’q. Aslo bunday demoqchi emasman. Pirimiz shunchaki bizga o’rnak ekanini aytmoqchiman, xolos.

Bayindir: O’rnak bo’lishi uchun Alloh piringizni peshonasida ko’rinishi kerakmi?

Pir: Pirning ikki ko’zining orasi fayz bulog’idir. Muridlar pirlariga robita qilayotganida, pirlarini ikki ko’zi orasidagi xayol xazinasi ila pirining ruhoniyatini yuziga va hatto ikki ko’zining orasiga qarab turishi kerak.[4]

Bayindir: Ishni siri mana endi ochildi. Piringizni peshonasida Allohni tajalli etishiga nega bunchalik muhtoj bo’lganingizni endi tushundim. Bitta xatoga qo’l urishingiz natijasida, o’sha xatoyingiz sizlarni yana boshqa xatolarga ham majbur qilib qo’ygan ekan.

Avval robita degan narsani to’qib chiqardingiz. Keyin, robitani qabul qildira olish uchun esa, piringizni peshonasida Allohni tajalli qilishi haqida bir yolg’on to’qib chiqarishingiz kerak edi!

Chunki murid robita qilayotganida pirini ruhoniyatini xayol qilgan holda uning ikki ko’zi orasiga qarab turganini his qilib turadi. Sizlarga ko’ra u yer fayz bulog’idir. Undan keyin keyin piringizni ruhoniyati oldida o’zingizni past tutib unga yolvorasizlar, undan ma’naviy yordam so’rashni boshlaysizlar, uni Alloh bilan o’zingizni o’rtangizga bir vositachi qilib olasizlar.[5]

Sizlar piringizni peshonasini oynaga o’xshatishga va Alloh u yerda ko’rinishiga juda muhtojsizlar, aks holda muridlaringizni bu to’qib chiqargan yolg’oningizga qanday ishontirardingiz!

Ba’zi tasavvuf kitoblardan bundan ham battar holatlarga ko’zimiz tushib qoladi. O’sha kitoblarda Allohning ism va sifatlarining ba’zilari pirlarda ko’ringani aytiladi.[6] Bu narsa bora-bora pirlar go’yo sizlarni orangizda yashayotgan bir iloh degan e’tiqodgacha olib borishi mumkin.

[1] Bu iddao Mahmud Ustao’smono’g’li va jamoati bilan olib borilgan suhbatdan olingan.

[2] Murid pirini oldida jazbaga tushib telba va o’zini bilmas holga tushib qolishi, mana shu shartlanishning oqibati bo’lsa kerak!

[3] Ala xilafil qiyas sodir bo’lgan narsa saira makisun alayh bo’lmaydi. Majalla m. 15.

[4] Ruhul Furqon, 2- j, 79- s.

[5] Qarang: Ruhul Furqon, 2-j, 79- s.

[6] Qarang: Qo’tqu, Tasavvufiy Axloq, 2- j, 184-185 s.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
134 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Allohni Ko’rinishi (Tajalli) (Tariqatchilikka Nazar 24- bo’lim) 29.05.2019 134
2 Shafoat (Tariqatchilikka Nazar 21- bo’lim) 16.05.2019 110
3 Farosat va Sezgi (Tariqatchilikka nazar 19- bo’lim) 08.05.2019 154
4 Mo’jiza va Karomat (Tariqatchlikka Nazar 16- bo’lim) 22.04.2019 202
5 Shayx Himmati va Duo (Tariqatchilikka Nazar Solish 5- bo’lim) 28.03.2019 170
6 Avliyo yordami (Tariqatchilikka Nazar Solish 4- bo’lim) 28.03.2019 177
7 Ikki musulmonning tavhid haqidagi bahsi 29.06.2018 293