Musulmonlar
Воситачиларга ишониш мушрикнинг асосий ишидир

Воситачиларга ишониш мушрикнинг асосий ишидир

Mushrik Allohni yer yuzi podshohlariga o’xshatib o’zidan uzoqlashtiradi. Podshoh bilan bog’lanmoqchi bo’lgan kishi, unga yaqin deb bilgan boshqa bir shaxsni o’rtalarida vositachi qilib olganidek, mushrik ham Allohga yaqin deb bilgan bir shaxsni vositachi qilib oladi. Hristianlar Isoni Allohning o’g’li deyishi, Makkali mushriklar butlarini Allohning qizlari[1] deyishi, buyuk pirlarining ruhlaridan yordam kutganlar ham ularni Allohning maxsus do’stlari deb bilishi sabablidir.
Mushrik- vositachini ma’naviy bir kuchga ega deb biladi va unga yaqinroq martabada bo’lishi uchun sovg’a-salomlar va qurbonliklar qiladi va obro’-e’tibori oldiga hurmat bilan egiladi. U bilan aloqani mahkam ushlaydiki vositachi ham u bilan Alloh o’rtasini bog’lab tursin. Alloh taolo marhamat qiladi:

وَمِنَ النَّاسِ مَن يَتَّخِذُ مِن دُونِ اللّهِ أَندَاداً يُحِبُّونَهُمْ كَحُبِّ اللّهِ

“Insonlar orasida Allohning yaqinidan nid’larga yopishganlar bor. Ularni Allohni sevgandek sevadilar.” (Baqara 2/165).

Nid’- Allohga yaqin deb bilingani, Alloh bilan sheriklik xususiyatlari bo’lgani va ziddiy narsalarni himoya qilaolishiga ishonilgan hayoliy bir borliqdir.[2] Ular, Alloh ularni xafa qilmashini, kerak bo’lsa Alloh o’zi xohlamagan narsani ham Allohga qabul ettira olishini, ylar bunday kuchni Allohdan olganini, shafoatlari bilan o’zining mansublarini (muridlarini) qutqarib olishiga ishontiradi. Alloh bilan biror xususda sherik bo’laoladigan boshqa bir borliqqa ishonish inson tabiatiga ziddir. Ammo, bunday bir g’oya va ishonchga ko’ra tuzilgan tariyqatlardagi ba’zi manfaatlarga ko’z tikkanlar, o’zlarini bunga ishontirishga majbur qilishadi. Asl maqsadi Alloh bo’lgani e’lon qilingani uchun, o ’zlarini aldagan holda uni birinchi o’ringa Allohni esa ikkinchi o’ringa qo’yishadi. Ular uchun eng katta xavf tug’dirgan narsa Qur’oni Karimni tushunishdir. Tashkilotlarini davom ettirish uchun Qur’onni tushunib-anglash imkoniyatini yo’qqa chiqarib, Qur’onni yo’lini berkitishga urinadilar, (chunki Qur’on ularning xatolari va tuzoqlarini fosh qiluvchi eng katta nurdir) uni harkim ham tushuna olmaydi deb aytadilar, oyatlardagi ma’nolarga pirlaridan so’ramay amal qilish mumkin emasligini tushuntirishadi. Qur’on bilan tafsirni ikkiga ayirib, Qur’onga emas tafsirga qarshi ekanini tushuntirishda davom etishadi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

فَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ افْتَرَى عَلَى اللّهِ كَذِبًا أَوْ كَذَّبَ بِآيَاتِهِ إِنَّهُ لاَ يُفْلِحُ الْمُجْرِمُونَ وَيَعْبُدُونَ مِن دُونِ اللّهِ مَا لاَ يَضُرُّهُمْ وَلاَ يَنفَعُهُمْ وَيَقُولُونَ هَؤُلاء شُفَعَاؤُنَا عِندَ اللّهِ قُلْ أَتُنَبِّئُونَ اللّهَ بِمَا لاَ يَعْلَمُ فِي السَّمَاوَاتِ وَلاَ فِي الأَرْضِ سُبْحَانَهُ وَتَعَالَى عَمَّا يُشْرِكُونَ

“Allohga qarshi yolg’on to’qigandan yoki, Uning oyatlari qarshisida yolg’on gapirgandan ko’ra kattaroq haqsizlikni kim qila oladi? Bu jinoyatga qo’l urganlar maqsadlariga erisholmaydilar. Allohdan oldin shunday narsaga qul bo’lyaptilarki; ularga na foydasi va na zarari tegadi. Aytadilarki: “Bular Alloh huzuridagi bizni shafoatchilarimizdir.” Siz aytingki: “Osmonlaru yerda Alloh bilmagan narsa bor ekan-u sizlar undan habar beryapsilarmi?” Bunday bo’lishi mumkinmi?! Alloh ularning shirkidan uzoqdir.” (Yunus 10/17-18)

Allohning barcha elchilari yolg’iz Allohga qullik qilishga chaqirgan.[3]
Yolg’iz Allohga qul bo’lgan kishi yordamni ham yolg’iz undan so’raydi. Musulmonlar namozlarining har rak’atida shunday deyishadi:

إِيَّاكَ نَعْبُدُ وإِيَّاكَ نَسْتَعِينُ

“Yolg’iz senga qullik qilamiz va yolg’iz sendan yordam so’raymiz.” (Fotiha 1/4)

Alloh taolo marhamat qiladi:

قُلْ إِنِّي نُهِيتُ أَنْ أَعْبُدَ الَّذِينَ تَدْعُونَ مِن دُونِ اللَّهِ لَمَّا جَاءنِيَ الْبَيِّنَاتُ مِن رَّبِّي وَأُمِرْتُ أَنْ أُسْلِمَ لِرَبِّ الْعَالَمِينَ  قُلْ إِنِّي نُهِيتُ أَنْ أَعْبُدَ الَّذِينَ تَدْعُونَ مِن دُونِ اللَّهِ لَمَّا جَاءنِيَ الْبَيِّنَاتُ مِن رَّبِّي وَأُمِرْتُ أَنْ أُسْلِمَ لِرَبِّ الْعَالَمِينَ  هُوَ الَّذِي يُحْيِي وَيُمِيتُ فَإِذَا قَضَى أَمْرًا فَإِنَّمَا يَقُولُ لَهُ كُن فَيَكُونُ  أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ يُجَادِلُونَ فِي آيَاتِ اللَّهِ أَنَّى يُصْرَفُونَ  الَّذِينَ كَذَّبُوا بِالْكِتَابِ وَبِمَا أَرْسَلْنَا بِهِ رُسُلَنَا فَسَوْفَ يَعْلَمُونَ  إِذِ الْأَغْلَالُ فِي أَعْنَاقِهِمْ وَالسَّلَاسِلُ يُسْحَبُونَ  فِي الْحَمِيمِ ثُمَّ فِي النَّارِ يُسْجَرُونَ  ثُمَّ قِيلَ لَهُمْ أَيْنَ مَا كُنتُمْ تُشْرِكُونَ  مِن دُونِ اللَّهِ قَالُوا ضَلُّوا عَنَّا بَل لَّمْ نَكُن نَّدْعُو مِن قَبْلُ شَيْئًا كَذَلِكَ يُضِلُّ اللَّهُ الْكَافِرِينَذَلِكُم بِمَا كُنتُمْ تَفْرَحُونَ فِي الْأَرْضِ بِغَيْرِ الْحَقِّ وَبِمَا كُنتُمْ تَمْرَحُونَادْخُلُوا أَبْوَابَ جَهَنَّمَ خَالِدِينَ فِيهَا فَبِئْسَ مَثْوَى الْمُتَكَبِّرِينَ

“Aytingki: “Alloh bilan orangizga qo’yib yordamga chaqirayotgan narsalarizga qul bo’lishim menga ta’qiqlandi. Bu ta’qiq, menga Robbimdan ochiq oyatlar nozil bo’lgan vaqtda bo’ldi. Men borliqlarning egasiga taslim bo’lish buyrug’ini oldim.”
(Sizni U yaratgan. Avval tuproqdan, song nutfadan,[4] so’ng alaqodan[5] yaratadi; so’ngra sizni bir chaqaloq holida tashqariga chiqaradi-ki, kuch-quvvatli holga kelaolasiz va nihoyat qari kishilarga aylanasizlar. Sizdan kimdur avvalroq o’ladi, kimdur belgilangan bir muddatgacha yashaydi. Balki aqlingizni ishlatarsiz.)
“Jon bergan ham o’ldirgan ham U’dir. U bir ishga qaror bersa, faqat “bo’l” deydi va paydo bo’ladi. Allohning oyatlari qarshisida o’zini haqman deb o’rtaga chiqishga uringanlarni ko’rmeysizmi? Bular, qayerdan dastak olib u holdan bu holga aylantirilmoqda?”[6]
Bular shunday kishilarki, ham kitob qarshisida va ham avvalgi elchilarimizga tushurilganlarimiz qarshisida yolg’on gapiradilar. Ammo bo’ynidagi xalqalar bilan, qaynoq suvlar ichida, zanjirband qilingan holda sudralarkan; orqasidan olov bilan qizdiriladilar. So’ng ularga shunday deyilaldi: “O’sha shirk qo’shganlaringiz qani? Alloh bilan orangizga qo’yib olganlariz bor edi-ku, qani qayerda ular? Ular esa: “Ular bizdan ayrilishdi. Aslida biz avval ham Allohdan boshqasidan yordam istamasdik deyishadi.” Alloh u kofirlarni huddi shu munosabatlari tufayli adashgan deb qabul qiladi.
Boshizga tushgan bu narsalar, yer yuzida haqqingiz bo’lmagan narsalarni zavqini (kayfini surgan) totkaningiz va faxrlanganingiz evazidir. Jahannamning eshiklaridan, u yerdan qaytib aslo chiqmaydigan bo’lib kiringlar! O’zlarini katta tutkanlarning joylari qanday yomon joy!” (Mo’min 40/66-76)

Islomga bir narsalar tiqishtirib, uning musaffoligini buzmay turib vositachilik ishonchini paydo qilib bo’lmaydi. Alloh bilan o’rtaga qo’yiladigan har bir narsa, Alloh bilan aloqani uzadi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَلَقَدْ خَلَقْنَا الْإِنسَانَ وَنَعْلَمُ مَا تُوَسْوِسُ بِهِ نَفْسُهُ وَنَحْنُ أَقْرَبُ إِلَيْهِ مِنْ حَبْلِ الْوَرِيدِ

“Insonni biz yaratdik. Unga uning shohtomiridan ham  (Nerv hujayralarining uchlaridan) yaqinmiz, unga uning ichi nimani visirlaganini ham bilamiz.” (Qof 50/16)

[1]     Tafsiri Tobariy, Najm surasi 19-oyat.

[2]     Ibn Manzur, Lison al-Arab, (nid’) moddasi. Doru Sadir, Bayrut, 3-jl, 420-bet.

[3]     Aloqador oyatlardan bir qanchasi shular: An’om 6/56, Ra’d 13/36, Anbiyo 21/25, Zumar 39/11.

[4]     Ozuqalangan tuhumdan.

[5]     Onaning bachadonida osilib turgan jonli.

[6]     Oyat to’laligicha va keng tushunilsin deb tafsiriy ma’no berdik.