Musulmonlar
Мушрик ўзини мушрик деб тан олмайди

Мушрик ўзини мушрик деб тан олмайди

Mushriklar – asl maqsadlari Allohga yaqin bo’lish ekanini aytadilar. Allohga yaqin deb bilgan ba’zi borliqlarga vositachilik va shafoatchilik vazifalarini nisbat berishi shu sabablidir. Bunga ko’ra hech narsani Allohga to’liq sherik qilmadik deb o’ylaydilar. Alloh taolo marhamat qiladi:

وَيَوْمَ نَحْشُرُهُمْ جَمِيعًا ثُمَّ نَقُولُ لِلَّذِينَ أَشْرَكُواْ أَيْنَ شُرَكَآؤُكُمُ الَّذِينَ كُنتُمْ تَزْعُمُونَ  ثُمَّ لَمْ تَكُن فِتْنَتُهُمْ إِلاَّ أَن قَالُواْ وَاللّهِ رَبِّنَا مَا كُنَّا مُشْرِكِين   انظُرْ كَيْفَ كَذَبُواْ عَلَى أَنفُسِهِمْ وَضَلَّ عَنْهُم مَّا كَانُواْ يَفْتَرُونَ

“Bir kun ularni hammasini (mahshar yeriga ) to’playmiz, so’ng shirkka tushganlarga shunday deymiz: “Hayolan tasavvur qilgan sheriklaringiz qayerda?”
Ularni tashvishga solgan narsa shu gaplari bo’ladi: “Egamiz bo’lmish Allohga qasam ichamizki; bizlar mushrik emasmiz.”
Qaragin, o’zlariga qarshi qanday yolg’on gapirishyapti? Sherik deb to’qib olgan narsalari yo’qolib ketadi.” (An’om 6/22-24)

Mushriklar bunday nomunosib harakatlarini dunyoda ham ko’z-ko’z qilishadi. Makkalik mushriklar Ka’bani tavof qilganda aytadigan shu gaplari ham ularni bemaza ishlaridan habar beradi. “Buyur Allohim, buyur. Sening aslo sheriging yo’qdir. Yolg’iz bir sheriging bor,[1] u ham bo’lsa; undagi barcha vakolat va hokimiyatining egasi Sensan.”[2]
Muslim, haj,3,22-1185

Mushriklarning miyyalari kirdi-chiqdi bo’ladi. “U sherikning va butun vakolatlarning egasi Allohdir” deyish bilan o’zlarini qutqarib qolamiz deb o’ylaydi. Qutbi zamon, g’ovs, avtod vh kz nomlar ostida yordamiga umidvor bo’lgan kishilariga, g’oyri tabiiy layoqatlarga vakolatli deb bilgan tariyqatlar ham shundaydir. Ular ham bu vakolatni Alloh berganini aytishi bilan ishlari hamrdan qil sug’irgandek hal bo’ladi deb o’ylaydilar.
Har bir inson o’zini dindor deb biladi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

    فَرِيقًا هَدَى وَفَرِيقًا حَقَّ عَلَيْهِمُ الضَّلاَلَةُ إِنَّهُمُ اتَّخَذُوا الشَّيَاطِينَ أَوْلِيَاء مِن دُونِ اللّهِ وَيَحْسَبُونَ أَنَّهُم مُّهْتَدُونَ

“(Insonlar ikkiga ayriladi) Alloh bir qismini yo’liga qabul qiladi. Bir qismi esa zalolatga munoosib bo’ladi. Adashganlar- o’zlariga Allohdan ham yaqinroq deb bilgan shaytonlarga yopishadilar, lekin o’zlarini to’g’ri yo’ldamiz deb o’ylaydilar.” (A’rof 7/30)

Demak, hamma ham o’zini dindorman deydi va to’g’ri yo’ldaman deb hisoblar ekan. Eng asosiysi esa Alloh ham uni to’g’ri yo’lda deb bilishdir. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَمَن يَعْشُ عَن ذِكْرِ الرَّحْمَنِ نُقَيِّضْ لَهُ شَيْطَانًا فَهُوَ لَهُ قَرِينٌ  وَإِنَّهُمْ لَيَصُدُّونَهُمْ عَنِ السَّبِيلِ وَيَحْسَبُونَ أَنَّهُم مُّهْتَدُونَ

“Kimki, Rahmonning Zikriga (Qur’onga) bepisand-xira qarasa, boshiga bir shayton o’rab qo’yamiz; u, uning yaqin do’sti bo’ladi. Shaytonlar bu kabilarni yo’ldan adashtiradilar-u ammo, ular o’zlarini to’g’ri yo’ldamiz deb o’ylaydilar.” ( Zuxruf 43/36-37)

وَإِذَا حُشِرَ النَّاسُ كَانُوا لَهُمْ أَعْدَاء وَكَانُوا بِعِبَادَتِهِمْ كَافِرِينَ

“U insonlar bir joyga yig’ilgan kun, bular ularga dushman bo’ladi; ularga qullik qilganligini qabul qilmaydilar.” (Ahqof46/6)

وَيَوْمَ تَقُومُ السَّاعَةُ يُبْلِسُ الْمُجْرِمُونَ  وَلَمْ يَكُن لَّهُم مِّن شُرَكَائِهِمْ شُفَعَاء وَكَانُوا بِشُرَكَائِهِمْ كَافِرِينَ
“O’sha kun kelganda gunohkor-jinoyatchilarning umidlari uziladi. Sheriklari orasidan shafoatchilari ham chiqmaydi. Zotan sheriklarini tanimaganga-ko’rmaganga ovoladilar.” ( Rum 30/12-13)
[1]     Ka’baning atrofidagi har bir but alohida bir qabilaga tegishli edi.Shu bois har bir mushrikni o’zini buti bo’lgan.

[2]     Muslim, Haj,3, 22-1185.