Faqir kim?
Musulmonlar > Fatvolar > Nafaqa > Savol-javoblar > Zakot Tarix: 11 Iyun 2019 Email This Post Email This Post

Qur’onda kelgan “faqir” bilan Turkiy tillarda qo’llaniladigan faqir kalimasi bir xil ma’no ifodalaydimi?

Savol: Zakot berilishi kerak bo’lgan kishilar sarasiga kiruvchi “faqir” kim? Kimlarga faqir deyiladi?

Javob: Faqir “F-q-r” o’zagidan kelgan va “ehtiyoj sezilgan”, degan ma’noni bildiruvchi “faqru” kalimasining sifat holi bo’lgan “faqir” – boyning  ziddi bo’lgan ma’noni ifodalovchi bir atamadir.[1] Faqir kalimasi Arab tilida “umurtqa, bel suyagi”, degan ma’nolarni bildiruvchi “faqor” kalimasidan turlangan bo’lishi ehtimoli ham bor. Agar shu ma’noni beradigan bo’lsak, umurtqa suyagi singan inson kabi moddiy va jismoniy ehtiyojlarda doimo boshqalarga ehtiyoji tushib turganligi sababli, ishlarini yurgiza olmayotgan barcha zaif insonlarga mana shu atama qo’llanilmoqda.[2]

Faqir kalimasi birlik va ko’plik shakllarida jami bo’lib Qur’onda 13 ta oyatda kelgan. Bu oyatlarni ko’proq qismida faqir kalimasi boyni zid ma’nosini bildiruvchi bo’lib kelgan. Faqir kalimasi ikki marta Makkada nozil bo’lgan suralarda[3] va ko’proq Madinada nozil bo’lgan suralarda[4] kelgan. Moddiy va jismoniy yordam berish va ko’mak berishga aloqador bo’lgan oyatlar asosan Madinada nozil bo’lgan va bu oyatlarda ma’lum vasflarga urg’u berilgan holda faqir kalimasiga yangicha bir ma’no yuklangani ko’rilmoqda.

Baqara surasining 73-oyatida shunday buyurilgan:

“(Qiladigan yaxshiliklaringiz) O’zini Alloh yo’liga bag’ishlagan va mana shu sababli yer yuzida mol-davlat yig’ish uchun kezib yurolmaydigan faqirlar uchun bo’lsin. Bilmaganlar ularni – or-u iffatlari sababli – boy deb o’ylaydilar. Sen ularni simolaridan tanib olasan. Chunki ular yuzsizlik qilib so’rashmaydi. Qilgan har bir yaxshiligingizni Alloh aniq bilib turadi.” 

Hashr surasining 8-oyatida esa:

“(Alloh bergan bu g’animat mollar) yurtlaridan va mol-mulklaridan uzoqlashtirib yuborilgan, Allohdan bir lutf va rozilik tilagan, Allohni diniga va payg’ambariga ko’maklashgan faqir muhojirlarga bo’lsin. To’g’ri bo’lganlar mana shulardir”, ifodalari yer olgan.     

Shu sababli, oyatlarda faqir kalimasiga berilgan ma’no va mazmunni lug’atlarda aytilgan ma’nolardan farqli o’laroq quyidagi ta’rif ostida o’rtaga qo’yishimiz mumkin:

Faqir – O’zini Allohni yo’liga bag’ishlagan va kerak bo’lsa bu yo’lda hijrat qilgan, kundalik ehtiyojini ta’minlash uchun fursati bo’lmagan va shu bilan birga o’z ehtiyojini boshqalarga aytmagan, ko’rinishidan boy deb gumon qilinadigan (faqirligi bilinmaydigan) kishidir.   

Alloh taolo Qur’onda zakot beriladiganlar orasida faqirlar birinchida keltirilgan. Ba’zi olimlarga ko’ra, o’zi harakat qilib pul topishga kuchi ketsa-da, shaxsiy ibodatlarini ado etish uchun insonlardan uzoqroq bir joyga joylashib olib ibodat qilayotgan kishiga zakot berilmaydi. Lekin, o’zini foydali ilm olishga taslim qilgan kishiga zakot beriladi.[5] Shu sababli, kunimizda ilm tahsil qilish, Islomni yoyib-tarqatish kabi oliy maqsadlar bilan mashg’ul bo’lib qolib, o’zini maishiy hayotini ta’minlashga vaqt ajrata olmagan va bu bilan mashg’ul bo’lishga fursat topa olmagan kishilarni maishiy ehtiyojlarini ta’minlay olishi uchun zakot ularga birinchi o’rinda berilishi kerak.[6]

 

MANBA: Baytulloh Aqtash, Qur’onga Ko’ra Zakot Sarflanadigan O’rinlar, Istanbul Universiteti SBE, Ist. 2013, 62-69-s.

[1] Ibn Manzur, Lisanul Arab, “f-q-r” md., Qohira, 5-j, 3444-s.

[2] Ibn Manzur, Liasul Arab, “f-q-r” md., 5-j, 3445-s; az-Zabibiy, Tajul Arus, “f-q-r” md., Quvayt 2011, 13-j, 337-s.

[3] Qarang: Fatir 35/15; Qasos 28/24.

[4] Qarang: Baqara 2/268, 271, 273; Oli Imron 3/181; Niso 4/6., 135; Tavba 9/60; Haj 22/28; Nur 24/32; Muhammad 47/38; Hashr 59/8.

[5] Qarang: Abul Hasan Ali b. Sulaymon b. Ahmad al-Mardaviy, al-Insaf fi Ma’rifatir-Rojihi minal-Xilaf, 1-32, Hikr lit-tibaati van-Nashr vat-Tavzi’ val-I’lan, 1995, 7-j, 210-s; Qarzoviy, Fiqsuz Zakat, 379-s.

[6] Qarzoviy, Fiqhuz Zakot, 379-s.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
51 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Faqir kim? 11.06.2019 51
2 Tijorat mollaridan zakot berishga dalil bormi?   09.01.2019 172
3 Miskin kim? 25.06.2018 302
4 Avvalgi ummatlarga ham zakot farz qilinganmi? 18.06.2018 86
5 Ota-onasi va farzandlariga nega zakot berib bo’lmaydi? 18.06.2018 115