Shayxlarga vahiy kelishi (Tariqatchilikka Nazar 14- bo’lim)
Musulmonlar > E'tiqod > Hikmat > Imon > Shirk Tarix: 20 Aprel 2019 Email This Post Email This Post

SHAYXLARGA VAHIY

Vahiy – visirlamoq, shivirlamoq va yashirin suhbat olib borish degan ma’nolarni bildiradi. Alloh insonlar orasidan nabiy-payg’ambarlikka loyiq kishilarni tanlab olib, ularga yetkazmoqchi bo’lgan so’zlarini elchi Jabroil farishta orqali vahiy qiladi. Jabroil olib kelgan vahiyni nabiy-payg’ambardan boshqa hech kim eshitolmaydi.

Vahiy ilhom ma’nosida ham keladi. Chunki, ilhom Alloh bizlarni ichimizga bildirib qo’ygan yashirin va oshkora narsalaridir. Uni birovga aytish shart emas. Musulmon ham kofir ham ilhom olib turadi.

Vahiy deganda nabiylarga kelgan vahiy tushuniladi. Muhammad alayhissalom bilan birgalikda payg’ambarlik yakun topganiga ko’ra, vahiy yakun topgan.

Pir: Alloh ba’zi narsalarni shayxlarga vahiy qiladi. Axir, Alloh taolo Musoni onasiga vahiy qilmadimi? Oyatda shunday deyilgan:

وَأَوْحَيْنَا إِلَىٰ أُمِّ مُوسَىٰ أَنْ أَرْضِعِيهِ

“Musoni onasiga shuni vahiy qildik: “Musoni emiz, …” (Qasos 28/7)

Murid: Alloh ariga ham vahiy qilar ekan, nega endi shayxlarga vahiy qilmasin?! U shunday deydi:

وَأَوْحَىٰ رَبُّكَ إِلَى النَّحْلِ أَنِ اتَّخِذِي مِنَ الْجِبَالِ بُيُوتًا وَمِنَ الشَّجَرِ وَمِمَّا يَعْرِشُونَ   ثُمَّ كُلِي مِن كُلِّ الثَّمَرَاتِ فَاسْلُكِي سُبُلَ رَبِّكِ ذُلُلًا ۚ يَخْرُجُ مِن بُطُونِهَا شَرَابٌ مُّخْتَلِفٌ أَلْوَانُهُ فِيهِ شِفَاءٌ لِّلنَّاسِ ۗ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَآيَةً لِّقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ

“Rabbing asalariga shunday vahiy qildi: “Tog’larda, daraxtlarda va insonlar ko’taradigan toklarda uylar tut. Keyin, barcha mevalardan ye va Rabbingni senga oson qilib qo’ygan yo’llardan yurgin…” (Nahl 16/68,69)

Bayindir:  Bu oyatlardagi vahiy, Alloh payg’ambarlariga yuborgan vahiy turidan emas. Bir ariga qilingan vahiyni u boshqa ariga yetkazib berishi yoki tushuntirib berishi kerak emas, chunki, bunday vahiy asalarilarni hammasiga vahiy qilinadi. Vahiyni turlari haqida quyidagi oyatda shunday deyiladi:

وَمَا كَانَ لِبَشَرٍ أَن يُكَلِّمَهُ اللَّـهُ إِلَّا وَحْيًا أَوْ مِن وَرَاءِ حِجَابٍ أَوْ يُرْسِلَ رَسُولًا فَيُوحِيَ بِإِذْنِهِ مَا يَشَاءُ ۚ إِنَّهُ عَلِيٌّ حَكِيمٌ

“Alloh hech bir insonga gapirmaydi, magar vahiy orqali, yoki parda orqasidan gapiradi, yoxud elchi yuboradi va u elchi Allohni ruxsati bilan Alloh xohlagan narsani vahiy qiladi. Shubhasizki, Alloh ulug’dir, to’g’ri qaror beruvchi zotdir.” (Sho’ro 42/51)

Mana bu uch xil vahiydan birinchisi har bir insonda sodir bo’lishi mumkin. Muso alayhissalomni onasi va Maryam onamizga kelgan vahiy mana shudir. Parda orqasida sodir bo’ladigan vahiy ko’pincha tushlar shaklida bo’ladi. Yusuf alayhissalom va qirolni tushidagi sodir bo’lib o’tganidek, ba’zi ma’lumotlar tushda xabar beriladi. Bular uchun musulmon bo’lish shart emas.

Nabiy-payg’ambarlarga kelgan vahiy bulardan uchinchi turdagi vahiydir. Olgan vahiyini qolgan insonlarga yetkazib berish vazifa yuklatilgan nabiylar o’sha vahiyni yana bir o’rtadagi elchi-farishta Jabroildan oladilar. Bu haqda Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

 وَاللَّيْلِ إِذَا عَسْعَسَ ﴿١٧﴾ وَالصُّبْحِ إِذَا تَنَفَّسَ ﴿١٨﴾ إِنَّهُ لَقَوْلُ رَسُولٍ كَرِيمٍ ﴿١٩﴾ ذِي قُوَّةٍ عِندَ ذِي الْعَرْشِ مَكِينٍ ﴿٢٠﴾ مُّطَاعٍ ثَمَّ أَمِينٍ ﴿٢١﴾ وَمَا صَاحِبُكُم بِمَجْنُونٍ ﴿٢٢﴾ وَلَقَدْ رَآهُ بِالْأُفُقِ الْمُبِينِ ﴿٢٣﴾ وَمَا هُوَ عَلَى الْغَيْبِ بِضَنِينٍ ﴿٢٤﴾ وَمَا هُوَ بِقَوْلِ شَيْطَانٍ رَّجِيمٍ ﴿٢٥﴾ فَأَيْنَ تَذْهَبُونَ ﴿٢٦﴾ إِنْ هُوَ إِلَّا ذِكْرٌ لِّلْعَالَمِينَ ﴿٢٧﴾ لِمَن شَاءَ مِنكُمْ أَن يَسْتَقِيمَ ﴿٢٨﴾ وَمَا تَشَاءُونَ إِلَّا أَن يَشَاءَ اللَّـهُ رَبُّ الْعَالَمِينَ ﴿٢٩

“Qorong’ilashib boshlagan kechaga, nafas olib kirib kelgan tongga qasamki, albatta Qur’on hurmatli elchining sozidir. U kuchli, Arsh egasi huzurida martabasi oliy, Itoat qilingan, omonatlidir. Sizning do’stingiz (Muhammad) jinlarni ta’siri ostida emas. U rostdan ham uni (Jabroilni) ochiq-oydin ufqda kordi. Va u gayb ma’lumotini (olgan vahiyini) birovdan saqlamaydi. Bu (Qur’on) toshboron qilingan shaytonning sozi emas. Shunday ekan, qayoqqa ketmoqdasiz?! U (Qur’on) hamma uchun eslatmadir. Sizlardan to’g’rilikni tanlaganlar uchun! Qilgan tanlovingiz, faqatgina borliqlarni Rabbi bo’lmish Alloh ham tanlashi bilangina sodir bo’ladi.” (Takvir 81/17-29)

Tush qat’iy bir ma’lumot ifoda qila olmasligi ham mumkin. Ilhom esa vasvasa bilan aralashib ketishi mumkin. Ammo, nabiy bo’lgan rasulga kelgan vahiy ishonchli va qat’iy bir ma’lumotdir. Shu sababli, bu turdagi vahiyni Jabroil yonidagi farishtalar jamoasi bilan birgalikda olib tushadi.

Nabiylik yakun topdi va vahiy eshigi ham yopildi. Bundan keyin qilinadigan yagona ish, Allohni kitobini va hikmatni tushunib hayotga tatbiq qilib yashashdan iboratdir. Muhammad alayhissalomga kelgan vahiy to qiyomatgacha yetarli ilmga va hikmatga egadir.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
57 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Ibodat va Shirk (Tariqatchilikka Nazar 23- bo’lim) 20.05.2019 10
2 Shafoat (Tariqatchilikka Nazar 21- bo’lim) 16.05.2019 5
3 Shayxlarga vahiy kelishi (Tariqatchilikka Nazar 14- bo’lim) 20.04.2019 57
4 Musulmonlarni cho’ktirgan shirk (Tariqatchilikka Nazar 9- bo’lim) 12.04.2019 48
5 Ruhonilar hayoti, uyqu va o’lim (Tariqatchilikka Nazar 8- bo’lim) 30.03.2019 90
6 Favqulodda kuch manbai (Tariqatchilikka Nazar 7- bo’lim) 30.03.2019 78
7 G’ayri oddiy yo’llar orqali yordam (Tariqatchilikka Nazar Solish 6- bo’lim ) 30.03.2019 57
8 Shayx Himmati va Duo (Tariqatchilikka Nazar Solish 5- bo’lim) 28.03.2019 61
9 Avliyo yordami (Tariqatchilikka Nazar Solish 4- bo’lim) 28.03.2019 58
10 Har bir Musulmon Avliyodir (Tariqatchilikka Nazar 3- bo’lim) 28.03.2019 83
11 O’rtakashlik, Vasila va Vosita (Tariqatchilikka Nazar Solish 2- bo’lim ) 28.03.2019 67
12 Islomga kirgizilmoqchi bo’lgan renkarnatsion (ruh ko’chish) tushunchasi 09.07.2018 189
13 G’oyibona ko’rib-eshitib yordam bera olish yolg’iz Allohga xos 09.07.2018 145
14 Ikki musulmonning tavhid haqidagi bahsi 29.06.2018 173
15 Be namozning qilgan yaxshi ishlari qabul bo’lmaydimi? 18.06.2018 183
16 Qur’onni tahrif qilinishi yohud shirkka ochib berilgan eshik 13.06.2018 189
17 O’likdan yordam so’rash 13.06.2018 141
18 G’oyb haqidagi noto’g’ri tushunchalar (katolik va soxta diniy jamoalardan o’rnaklar) 13.06.2018 137
19 Vasila va vosita qilishdagi noto’g’ri harakatlar 13.06.2018 185
20 Inson so’zini Allohning so’zi bilan tenglashtirish xatosi (Hristianlik va Islomdan o’rnaklar) 12.06.2018 145
21 Dindorlarni Xudolashtirish (Nurchilardagi soxta avliyolik, muridlarini ma’naviy boshqaruv ostiga olishga urinishi) 12.06.2018 157
22 Taoizmga ko’ra vositachilik 11.06.2018 126
23 Katoliklardagi vositachilik e’tiqodi (Barcha soxta diniy jamoatlarda ham bir xil) 11.06.2018 199
24 Vositachilik e’tiqodi 11.06.2018 201
25 Aql shirkni, Qur’on esa aqlsizlikni qabul qilmaydi 11.06.2018 328
26 Vositachi va shirkka kirib qolganlarning qiyomatdagi ahvoli 11.06.2018 118
27 Mushrik o’zini mushrik deb tan olmaydi 11.06.2018 129
28 Mushrik – vositachilarning shafoatiga ishonadi 11.06.2018 119
29 Vositachilarga ishonish mushrikning asosiy ishidir 11.06.2018 142
30 Mushrik ham Allohga ibodat qiladi 11.06.2018 133
31 Allohga ishongan mushriklar 11.06.2018 126
32 Vositachi iloh (xudo) istaganlar 11.06.2018 139
33 O’zlarini tangri qilib olganlar 11.06.2018 116
34 Allohni avfi bilan aldanish 10.06.2018 127
35 Alloh va elchilarini o’rtasini ajratish 10.06.2018 133
36 Kofirlik va itoatsizlik sababini Allohga to’ngash 09.06.2018 131
37 Shaytonning shirk tuzog’i va unga yetaklovchi yo’llar 09.06.2018 185
38 Kufr va shirk 09.06.2018 164