Rasululloh va uning vazifalari (Tariqatchilikka Nazar 12- bo’lim )
Musulmonlar > E'tiqod > Hikmat > Maqolalar > Muhammad alayhissalom Tarix: 13 Aprel 2019 Email This Post Email This Post

Alloh taolo so’ngi nabiyisi bo’lmish Muhammad alayhisalomga shunday degan:

 وَأَرْسَلْنَاكَ لِلنَّاسِ رَسُولًا ۚ وَكَفَىٰ بِاللَّـهِ شَهِيدًا

“… Seni insonlarga elchi qilib yubordik. Guvoh o’laroq Alloh yetar!” (Niso 4/79)

Arab tilida elchilik vazifasi yuklatilgan kishilarga rasul deyiladi.[1] Fiqhiy atamaga ko’ra esa, ishga o’zidan hech narsa qo’shmasdan birovni so’zini boshqasiga olib borib berishga vazifa etilib tayinlangan insonga aytiladi.[2] O’z so’zlarini insonlarga yetkazsin deb vazifa yuklagan qullarini, Allohning rasuli (Rasululloh) deb ataydi. Turkiy tillarda bunga Allohni elchisi deyiladi.

  1. Vazifalari

Alloh O’z elchilarini vazifalarini uch qismga ayirgan:

  • Oyatlarni insonlarga yetkazib tablig’ qilish.

Alloh taolo shunday buyuradi:

فَهَلْ عَلَى الرُّسُلِ إِلَّا الْبَلَاغُ الْمُبِينُ…

“Elchilarga har narsani ochiq-oydin yetkazib berishdan boshqa vazifa yuklatilmagan.” (Nahl 16/35)

يَا أَيُّهَا الرَّسُولُ بَلِّغْ مَا أُنزِلَ إِلَيْكَ مِن رَّبِّكَ ۖ وَإِن لَّمْ تَفْعَلْ فَمَا بَلَّغْتَ رِسَالَتَهُ

“Ey Elchi! Rabbingdan senga nima nozil qilingan bo’lsa, ana o’sha narsani tablig’ qil (yetkaz). Agar yetkazmasang, vazifangni bajarmagan bo’lasan…” (Moida 5/67)

وَمَا أَرْسَلْنَا مِن رَّسُولٍ إِلَّا بِلِسَانِ قَوْمِهِ لِيُبَيِّنَ لَهُمْ

“Biz har bir elchini uning o’z xalqini tilida yubordikki, ularga ochiq-oydin tushuntirib bersinlar…” (Ibrohim 14/4)

وَمَا أَنزَلْنَا عَلَيْكَ الْكِتَابَ إِلَّا لِتُبَيِّنَ لَهُمُ الَّذِي اخْتَلَفُوا فِيهِ ۙ وَهُدًى وَرَحْمَةً لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ

“Senga bu kitobni – ixtilof qilgan narsalarini ochiq-oydin tushuntirib berishing, Allohga ishonib suyangan bir jamiyatuchun bir yo’l ko’rsatuvchi va yaxshilik bo’lsin deb nozil qildik.” (Nahl 16/64)

  •  Buyruqni bajarishi

Alloh taolo shunday buyuradi:

اتَّبِعْ مَا أُوحِيَ إِلَيْكَ مِن رَّبِّكَ ۖ لَا إِلَـٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ وَأَعْرِضْ عَنِ الْمُشْرِكِينَ

“Rabbingdan senga nima vahiy qilingan bo’lsa, ana o’sha narsaga ergash, Undan boshqa iloh yo’q. Mushriklardan esa yuz o’gir.” (An’om 6/106)

  • Xushxabar berishi va ogohlantirishi.

Bu haqda shunday buyuradi:

وَمَا نُرْسِلُ الْمُرْسَلِينَ إِلَّا مُبَشِّرِينَ وَمُنذِرِينَ ۖ فَمَنْ آمَنَ وَأَصْلَحَ فَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ

“Biz elchilarni faqatgina mo’minlarga xushxabar berish va inkor qiluvchilarni ogohlantirish uchun yuboramiz. Kim ularga ishonib suyansa va o’zini tuzatsa, endi ularga qo’rquv ham yo’q, g’amgin ham bo’lmaydilar.” (An’om 6/48)

وَمَا أَرْسَلْنَاكَ إِلَّا كَافَّةً لِّلنَّاسِ بَشِيرًا وَنَذِيرًا وَلَـٰكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ

“Biz seni barcha insoniyatga faqatgina xushxabar beruvchi va ogohlantiruvchi qilib yuborganmiz…” (Saba’ 34/28)

 

        2. Elchini vakolati bo’lmagan holatlar:

 

  • Elchini qo’riqlash va muhofaza qilish vazifasi bo’lmaydi.

Alloh taolo shunday buyuradi:

فَإِنْ أَعْرَضُوا فَمَا أَرْسَلْنَاكَ عَلَيْهِمْ حَفِيظًا ۖ إِنْ عَلَيْكَ إِلَّا الْبَلَاغُ

“Agar yuz o’girsalar o’giraversin; Biz seni ularga qo’riqchi qilib yubormaganmiz. Seni vazifang ochiq-oydin tablig’ qilishdan iborat, xolos. …” (Sho’ro 42/48)

  • Elchini vakillik vazifasi yo’qdir.

Elchilarda na insonlarga qarshi Allohni vakili bo’lishga va na Allohga qarshi insonlarni vakili bo’lishga vakolati bo’lmaydi. Bizni dindagi yagona vakilimiz shunday buyuradi:

وَلَوْ شَاءَ اللَّـهُ مَا أَشْرَكُوا ۗ وَمَا جَعَلْنَاكَ عَلَيْهِمْ حَفِيظًا ۖ وَمَا أَنتَ عَلَيْهِم بِوَكِيلٍ

“(Qullarni imon-e’tiqodini) Alloh tanlasa edi, ular shirkka qo’l urmagan bo’lar edi! Biz seni ularning qo’riqchisi qilib tayinlamadik. Sen ularni tepasida vakil ham emassan.” (An’om 6/107)

 إِنَّمَا أَنتَ نَذِيرٌ ۚ وَاللَّـهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ وَكِيلٌ

“… Sen faqatgina bir ogohlantiruvchisan. Har narsaga vakil bo’lgan yolg’iz Allohdir.” (Hud 11/12)

  • Elchi hech kimni hidoyat qila olmaydi.

Bizni hidoyatga chaqirgan Rabbimiz shunday buyuradi:

“Sen sevgan kishingni hidoyat qila olmaysan;[3] lekin, hidoyatni tanlagan kishini Alloh hidoyat qiladi. Hidoyatga yo’naluvchi kishini Alloh juda yaxshi biladi.” (Qasos 28/56)

Elchi faqatgina insonlarga Qur’ondagi to’g’ri yo’lga chaqiradi va ko’rsatib beradi. Bu haqda Alloh taolo shunday buyuradi:

وَإِنَّكَ لَتَهْدِي إِلَىٰ صِرَاطٍ مُّسْتَقِيمٍ

“… Albatta, sen yagona to’g’ri yo’lga chaqirasan.”[4] (Sho’ro 42/52)

  • Elchi bosim o’tkazmaydi.

Alloh taolo shunday buyuradi:

فَذَكِّرْ إِنَّمَا أَنتَ مُذَكِّرٌ  لَّسْتَ عَلَيْهِم بِمُصَيْطِرٍ

“Sen eslat, sen faqatgina eslatma beruvchisan. Sen ularni ustidan hukmingni o’tkazuvchi emassan.” (Josiya 88/21,22)

  • Elchi birovning ichini bilmaydi.

Alloh taolo shunday buyuradi:

وَمِمَّنْ حَوْلَكُم مِّنَ الْأَعْرَابِ مُنَافِقُونَ ۖ وَمِنْ أَهْلِ الْمَدِينَةِ ۖ مَرَدُوا عَلَى النِّفَاقِ لَا تَعْلَمُهُمْ ۖ نَحْنُ نَعْلَمُهُمْ ۚ سَنُعَذِّبُهُم مَّرَّتَيْنِ ثُمَّ يُرَدُّونَ إِلَىٰ عَذَابٍ عَظِيمٍ

“Yon-atrofingizdagi cho’l Arablaridan va Madina xalqidan munofiqlikka usta kishilar bor. Ularni sen bilmaysan, Biz bilamiz. Ularni ikki marotaba azoblaymiz. Keyingi safar katta bir azobga qaytariladilar.” (Tavba 9/101)

  • Elchi g’aybni bilmaydi.

Elchi faqatgina Alloh Qur’onda bildirgan narsalarni biladi. Alloh taolo shunday buyuradi:

قُل لَّا أَقُولُ لَكُمْ عِندِي خَزَائِنُ اللَّـهِ وَلَا أَعْلَمُ الْغَيْبَ وَلَا أَقُولُ لَكُمْ إِنِّي مَلَكٌ ۖ إِنْ أَتَّبِعُ إِلَّا مَا يُوحَىٰ إِلَيَّ ۚ قُلْ هَلْ يَسْتَوِي الْأَعْمَىٰ وَالْبَصِيرُ ۚ أَفَلَا تَتَفَكَّرُونَ

“(Ey Muhammad) Aytginki: Sizlarga “Allohning xazinalari yonimdadir demayapman. G’aybni ham bilmayman. Sizlarga “men bir malakman” ham demayapman. Menga nima vahiy qilinsa, men o’shanga ergashaman. Aytginki, ko’radigan bilan ko’r teng bo’ladimi? Hech ham tushunmaysizlarmi?” (An’om 6/50)

قُل لَّا أَمْلِكُ لِنَفْسِي نَفْعًا وَلَا ضَرًّا إِلَّا مَا شَاءَ اللَّـهُ ۚ وَلَوْ كُنتُ أَعْلَمُ الْغَيْبَ لَاسْتَكْثَرْتُ مِنَ الْخَيْرِ وَمَا مَسَّنِيَ السُّوءُ ۚ إِنْ أَنَا إِلَّا نَذِيرٌ وَبَشِيرٌ لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ

“Ey Muhammad! Aytginki: “Agar Alloh shartlarini paydo qilmasa, men hatto o’zimga ham biron bir foyda yoki zarar yetkazishga kuchim yetmaydi. Agar g’aybni bilganimda edi, mol-mulkni/yaxshilikni ko’paytirib olgan bo’lar edim va menga biron yomonlik ham yetmasdi. Men faqat imon keltiradigan bir jamiyat uchun ogohlantiruvchi va xushxabar beruvchiman, xolos.” (A’rof 7/188)

Allohdan vahiy olgan elchilarning ahvoli mana shunday bo’lsa, qolgan insonlar qanday holatda bo’lishi mumkin?

[1] Mufradot.

[2] Majalla m.1450.

[3] Ya’ni, sevgan insoningni qalbida hidoyat paydo qilib qo’ya olmaysan.

[4] Hidoyat – chaqirmoq, dalolat qilmoq, yetaklamoq, boshlamoq degan ma’nolarni bildiradi. (Umdatul Huffoz)

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
189 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Rasululloh va uning vazifalari (Tariqatchilikka Nazar 12- bo’lim ) 13.04.2019 189
2 “Sizlar uchun Rosulullohda o’rnak bordir” oyatni qanday tushunamiz? 26.06.2018 211
3 Yahudilar Muhammad alayhissalomni Allohning Elchisi ekanini bilisharmidi? 08.06.2018 107
4 Qur’onni o’zgartirishga Rasulullohni vakolati va haqqi bo’lganmi? 08.06.2018 231