Musulmonlarni cho’ktirgan shirk (Tariqatchilikka Nazar 9- bo’lim)
Musulmonlar > Maqolalar > Shirk Tarix: 12 Aprel 2019 Email This Post Email This Post

MUSULMONLARNI CHO’KTIRGAN SHIRK

Murid: O’tgan yaqin zamonlarda bu yurtda (Turkiyada) yetarlicha diniy ta’lim bo’lmaganligi bois, ba’zi bir domlalar xatoliklarga yo’l qo’yishi mumkin albatta. Bilasizki, 1924- yili shariat olib tashlandi. Inson huquqlariga oid barcha qonunlar G’arbdan olindi. Bir vaqtlar diniy ta’lim berish mutlaqo man etilgan edi. Azonlar turkcha aytildi. Bu kabi misollarni yana davom etish mumkin.

Bayindir: Barcha aybni birovga to’nkang va o’zingiz o’rtadan chiqib keting. Bu naqadar oson ish! Hozir yetmish yil avvalgi shartlar asosida yashayapmizmi? Islom olami Birinchi Dunyo Urushida G’arbga nega yengiladi?

Murid: Bu narsani siyosiy, iqtisodiy va askarlik tomonlama sababi bor. hozir sen buni sababini ham tariqatlarga to’nkayapsanmi?

Bayindir: Buni tariqatlarga to’nkash osonlikcha qochib qolish hisoblanadi. Mag’lubiyatni siyosiy, iqtisodiy va boshqa sabablarini o’z sohasining mutaxassislariga havola qilamiz. Biz bu yerda Qur’onga ergashishni o’rniga, Qur’onni o’zimizga ergashtirish haqida bahs qilaylik.

Qur’onni boshidan oxirigacha zid deb qabul qilingan qanchadan-qancha Payg’ambarimizga nisbat berilgan yolg’on so’zlar musulmonlar ichiga singdirilib qabul qildirib yuborilgan. Mana shu so’z ulardan biri hisoblanadi:

Ishlaringizda nima qilishingizni bilmay qolsangiz, qabrdagi o’liklardan yordam so’ranglar.”[1]

Bu so’zni hadis deb xalq orasida mashhur qilgan kishi Yovuz Sulton Sulaymonni shayxul Islomi Ibn Kamol bo’ladi. Bu bilan kifoyalanib ham qolmagan, bu gapga ishontira olish uchun falsafiy tomonlama izohlashga ham urinib ko’rgan. Shu sababli ham muammo kattalashib ketgan. Bu mavzu O’liklardan yordam so’rash nomli bo’limda tafsilotli bir shaklda tushuntirib o’tildi.

Islom olami Qur’ondan uzoqlashganiga asrlar bo’ldi. Shayxlarga o’xshab mazhab imomlari ham muqaddaslashtirilishni boshlab yuborilgan, ularni so’z va fikrlari Qur’ondan ham ustun qo’yiladigan va Qur’ondan va Sunnatdan avval ularni fikrlariga qaraladigan bo’lib kergan. Birinchi Jahon urushi mag’lubiyatning bir boshlang’ichi emas edi, aksincha, xulosa va natija edi. U mag’lubiyat – o’ziga bo’lgan ishonchini yeb-bitirgan bir jamiyatning mag’lubiyati edi.

Murid: O’ziga ishonish nima degani? Axir musulmon kishi o’ziga emas, Allohga ishonadi.

Bayindir: O’ziga ishonish – ishongan narsalariga suyana olishdir, ishongan narsasini qadrlay olish va asrab qolishdir. o\z imon-e’tiqodi va ishonchiga suyanib tayana olmagan inson qanday qilib musulmon bo’lsin?!

Murid: Bunga bir oz izohlay olasizmi?

Bayindir: Qarang, Muhammad alayhissalom o’zini Allohni elchisi ekanini e’lon qilganida u kishini ustidan kulganlar, jinlarni ta’siriga tushib qolibdi deganlar, sehrgar deganlar, masxara qilganlar va haqorat qilganlar bo’lgan. Agar bu narsalar Payg’ambar alayhissalomni imon-e’tiqodiga bo’lgan ishonchiga ta’sir o’tkaza olganda edi, “Agar bular to’g’ri bo’lsa-chi”, deganda edi, xalq orasiga chiqib hech narsa deya olmas edi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

فَلَعَلَّكَ تَارِكٌ بَعْضَ مَا يُوحَىٰ إِلَيْكَ وَضَائِقٌ بِهِ صَدْرُكَ أَن يَقُولُوا لَوْلَا أُنزِلَ عَلَيْهِ كَنزٌ أَوْ جَاءَ مَعَهُ مَلَكٌ ۚ إِنَّمَا أَنتَ نَذِيرٌ ۚ وَاللَّـهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ وَكِيلٌ ﴿١٢﴾

“Unga bir xazina tushirilsa edi yoki u bilan birga bir farishta bo’lsa edi”, demasinlar deb senga kelgan vahiydan bir qismini ularga o’qimaydigandeksan; bu seni ichingni siqyapti. Holbuki, sen faqatgina bir ogohlantiruvchisan. Har narsaga vakil bo’lgan Allohni O’zidir.” (Hud 11/12)

Unga solat va salom bo’lsin. Payg’ambarimiz o’zi ishongan narsalarga suyana olishi va Allohni elchisi ekani haqida aslo shubhaga tushmasligi uchun nozil bo’lgan oyatlardan biri quyidagicha:

فَذَكِّرْ فَمَا أَنتَ بِنِعْمَتِ رَبِّكَ بِكَاهِنٍ وَلَا مَجْنُونٍ ﴿٢٩﴾ أَمْ يَقُولُونَ شَاعِرٌ نَّتَرَبَّصُ بِهِ رَيْبَ الْمَنُونِ ﴿٣٠﴾ قُلْ تَرَبَّصُوا فَإِنِّي مَعَكُم مِّنَ الْمُتَرَبِّصِينَ ﴿٣١﴾أَمْ تَأْمُرُهُمْ أَحْلَامُهُم بِهَـٰذَا ۚ أَمْ هُمْ قَوْمٌ طَاغُونَ ﴿٣٢﴾ أَمْ يَقُولُونَ تَقَوَّلَهُ ۚ بَل لَّا يُؤْمِنُونَ ﴿٣٣﴾ فَلْيَأْتُوا بِحَدِيثٍ مِّثْلِهِ إِن كَانُوا صَادِقِينَ ﴿٣٤﴾

 “Sen to’g’ri ma’lumot ber (Qur’onni tablig’ qil), Rabbingning ne’mati soyasida sen na bir kohinsan va na jinlarning ta’siri ostidasan.

Ular shunday demoqdami: “U bir shoirdir, uni boshiga nima kelishini kutyapmiz.”  

Aytginki: “Kutinglar, zotan men ham sizlar bilan birga kutayotganlardan biriman.”

Buni ularga o’zlarini aqllari buyuryaptimi? Yoki ular adashgan bir xalqmi?  

Yoki: “Buni o’zi to’qib chiqardi”, deyishmoqdami? Aslida bular ishonishmaydi.   

Agar samimiy bo’lsalar, bunga teng keladigan bir so’z keltirsinlar-chi!” (Tur 52/29-34)

ن ۚ وَالْقَلَمِ وَمَا يَسْطُرُونَ ﴿١﴾ مَا أَنتَ بِنِعْمَةِ رَبِّكَ بِمَجْنُونٍ ﴿٢﴾ وَإِنَّ لَكَ لَأَجْرًا غَيْرَ مَمْنُونٍ ﴿٣﴾ وَإِنَّكَ لَعَلَىٰ خُلُقٍ عَظِيمٍ ﴿٤﴾ فَسَتُبْصِرُ وَيُبْصِرُونَ ﴿٥﴾ بِأَييِّكُمُ الْمَفْتُونُ ﴿٦﴾ إِنَّ رَبَّكَ هُوَ أَعْلَمُ بِمَن ضَلَّ عَن سَبِيلِهِ وَهُوَ أَعْلَمُ بِالْمُهْتَدِينَ ﴿٧﴾ فَلَا تُطِعِ الْمُكَذِّبِينَ ﴿٨﴾ وَدُّوا لَوْ تُدْهِنُ فَيُدْهِنُونَ ﴿٩﴾

Nuun. Qalam va yozganlariga qasam. Sen Rabbing nemati soyasida majnun emassan. Senga bitmas-tugamas ajr bor. Sen rostdan ham ulkan xulq egasisan. Bas, yaqinda sen ham ko’rasan, ular ham ko’radi; kim fitna ichida ekanini.

Albatta, Rabbing Oʻzi, kim Uning yolidan adashganini juda yaxshi biladi va U to’g’ri yo’lga kirganlarni ham biladi. Shunday ekan, yolg’onchilarga bo’yin egma.

 Tilyog’lamachilik qilishingni orzu qilishadiki, ular ham tilyog’lamachilik qila olishsin.” (Qalam 68/1-9)

فَاصْبِرْ لِحُكْمِ رَبِّكَ وَلَا تَكُن كَصَاحِبِ الْحُوتِ إِذْ نَادَىٰ وَهُوَ مَكْظُومٌ ﴿٤٨﴾ لَّوْلَا أَن تَدَارَكَهُ نِعْمَةٌ مِّن رَّبِّهِ لَنُبِذَ بِالْعَرَاءِ وَهُوَ مَذْمُومٌ ﴿٤٩﴾ فَاجْتَبَاهُ رَبُّهُ فَجَعَلَهُ مِنَ الصَّالِحِينَ ﴿٥٠﴾ وَإِن يَكَادُ الَّذِينَ كَفَرُوا لَيُزْلِقُونَكَ بِأَبْصَارِهِمْ لَمَّا سَمِعُوا الذِّكْرَ وَيَقُولُونَ إِنَّهُ لَمَجْنُونٌ ﴿٥١﴾ وَمَا هُوَ إِلَّا ذِكْرٌ لِّلْعَالَمِينَ ﴿٥٢﴾

“Rabbingni hukmiga sabr qilgin-da, aslo baliq yutgan Yunus kabi bo’lib qolma; o’shanda  uni nafasi ichiga qaytib ketganida yalinib yolvorgan edi. Agar unga Rabbingdan bir ne’mat yetib bormaganida edi, (baliq bilan birga) bo’sh bir joyga yomon ahvolda tashlab yuborilar edi. Ammo, Rabbing uni tanlab olib, uni yaxshilardan qildi.

Kofirlar Qur’onni eshitgan vaqtida sal qolsa seni ko’zlari bilan ag’darib yuborishar edi! “U jinlarni ta’siri ostiga tushib qolgan”, deyishar edi.       

Aslida, Qur’on har kim uchun to’g’ri ma’lumotdan boshqa narsa emas.” (Qalam 68/48-52)

Bu oyatlar Payg’ambar alayhissalom o’ziga bo’lgan ishonchini yana-da quvvatlantirmoqda. Bu haqda yana ko’plab oyatlar bor. Alloh taolo o’tmishdagi payg’ambarlarni boshiga tushgan og’ir kunlarni haqida xabar berib, Muhammad alayhissalomga tasalli bermoqda. Aks holda bunday bir katta vazifani qanday qilib ado etar edi?

Musulmonlar – tinimsiz o’zgarishlar sodir bo’layotgan va farqli voqeliklar ro’y berayotgan bu zamonda o’zlariga va diniga bo’lgan ishonch va suyanchini mustahkam ushlab qolishlari uchun – Qur’onni tushunib-anglab o’qishga majbur.

Hozirgi kunimizdagi barcha ayb, Qur’onni o’rniga eskidan davom etib kelgan turli  millat va dinlardan tashkil topgan an’anaviy dinga yopishib olgan olimlarda. Agar ular Qur’onni mahkam ushlasalar edi, Payg’ambar alayhissalomning so’z va tatbiqlarini Qur’ondan chiqarilgan hikmat ekanini tushunib yetishgan bo’lar edi.

Murid: Aynan shunday, hikmatga mana biz amal qilyapmiz-da; ilohiy sirlarni, haqiqat ilmini, yaratilish maqsadini, sabablar bilan natijalar orasidagi ilohiy irodani ro’lini kashf etishga harakat qilyapmiz.

Bayindir: Biz bu yerda kashf etgan narsa falsafa yoki tasavvufdagi hikmat emas, Qur’ondan keyingi eng muhim tushuncha bo’lgan hikmat haqida gapiryapman.

Hikmat – Qur’ondan to’g’ri hukm chiqarish uslubi va bir qancha qo’llanma usulidir. Alloh taolo Nuh alayhissalomdan Iso alayhissalomgacha 18 ta nabiyni nomini aytib o’tadi va shunday buyuradi:

“Ularni ota-bobolaridan, zurriyotlaridan va aka-ukalaridan ham tanlab oldik va to’g’ri yo’lni ko’rsatdik.” (An’om 6/87)

Soni 124 mingga yaqin deb rivoyat qilingan[2] nabiylarning har biri, yuqorida aytib o’tilgan o’sha 18 ta nabiyning yo otalari, yo aka-ukalari va yoki zurriyotlaridan kelgan. Keyingi oyatlarda shunday deyilgan:

“Ana o’shalar – Biz ularga Kitob, hukm (hikmat) va nabiylik bergan kishilardir…” (An’om 6/89)

Qur’oni Karimda keltirilgan hikmat nima ekanini quyidagi oyatdan bilib olamiz:

الر ۚ كِتَابٌ أُحْكِمَتْ آيَاتُهُ ثُمَّ فُصِّلَتْ مِن لَّدُنْ حَكِيمٍ خَبِيرٍ ﴿١﴾ أَلَّا تَعْبُدُوا إِلَّا اللَّـهَ ۚ إِنَّنِي لَكُم مِّنْهُ نَذِيرٌ وَبَشِيرٌ ﴿٢﴾

Alif, Lam, Ro. Bu – oyatlari muhkam qilingan, so’ngra, hakim bo’lmish va har narsani ich tarafidan ham xabardor bo’lgan Alloh tarafidan ochiqlab berilgan bir kitobdir. Buning sababi, Allohdan boshqasiga qullik qilib qo’ymasligingiz uchundir. Men esa, undagi narsalar bilan sizlarni ogohlantiruvchi va hush xabar beruvchiman, xolos.” (Hud 11/1-2)

Demak, hikmat – Allohni ochiqlamaliga ulashish uslubidir. Qur’onda ko’rsatilgan ana o’sha uslubga amal qilinmasa, birovni oshiqlamalarini Allohni ochiqlamasi deb o’ylab ibodat va amallarda to’g’ri yo’ldan chiqib qolishimiz mumkin.

 

[1] Ruhul Furqon Tafsiri, j. II, s. 82.

[2] Ahmad b. Hanbal, Musned j. V, s. 266, Istanbul-1982.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
142 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Ibodat va Shirk (Tariqatchilikka Nazar 23- bo’lim) 20.05.2019 96
2 Shafoat (Tariqatchilikka Nazar 21- bo’lim) 16.05.2019 87
3 Shayxlarga vahiy kelishi (Tariqatchilikka Nazar 14- bo’lim) 20.04.2019 137
4 Musulmonlarni cho’ktirgan shirk (Tariqatchilikka Nazar 9- bo’lim) 12.04.2019 142
5 Favqulodda kuch manbai (Tariqatchilikka Nazar 7- bo’lim) 30.03.2019 179
6 G’ayri oddiy yo’llar orqali yordam (Tariqatchilikka Nazar Solish 6- bo’lim ) 30.03.2019 140
7 Shayx Himmati va Duo (Tariqatchilikka Nazar Solish 5- bo’lim) 28.03.2019 148
8 Avliyo yordami (Tariqatchilikka Nazar Solish 4- bo’lim) 28.03.2019 156
9 Har bir Musulmon Avliyodir (Tariqatchilikka Nazar 3- bo’lim) 28.03.2019 162
10 O’rtakashlik, Vasila va Vosita (Tariqatchilikka Nazar Solish 2- bo’lim ) 28.03.2019 162
11 Islomga kirgizilmoqchi bo’lgan renkarnatsion (ruh ko’chish) tushunchasi 09.07.2018 290
12 G’oyibona ko’rib-eshitib yordam bera olish yolg’iz Allohga xos 09.07.2018 220
13 Ikki musulmonning tavhid haqidagi bahsi 29.06.2018 266
14 Be namozning qilgan yaxshi ishlari qabul bo’lmaydimi? 18.06.2018 272
15 Qur’onni tahrif qilinishi yohud shirkka ochib berilgan eshik 13.06.2018 284
16 O’likdan yordam so’rash 13.06.2018 220
17 G’oyb haqidagi noto’g’ri tushunchalar (katolik va soxta diniy jamoalardan o’rnaklar) 13.06.2018 214
18 Vasila va vosita qilishdagi noto’g’ri harakatlar 13.06.2018 318
19 Inson so’zini Allohning so’zi bilan tenglashtirish xatosi (Hristianlik va Islomdan o’rnaklar) 12.06.2018 230
20 Dindorlarni Xudolashtirish (Nurchilardagi soxta avliyolik, muridlarini ma’naviy boshqaruv ostiga olishga urinishi) 12.06.2018 258
21 Taoizmga ko’ra vositachilik 11.06.2018 205
22 Katoliklardagi vositachilik e’tiqodi (Barcha soxta diniy jamoatlarda ham bir xil) 11.06.2018 285
23 Vositachilik e’tiqodi 11.06.2018 280
24 Aql shirkni, Qur’on esa aqlsizlikni qabul qilmaydi 11.06.2018 409
25 Vositachi va shirkka kirib qolganlarning qiyomatdagi ahvoli 11.06.2018 196
26 Mushrik o’zini mushrik deb tan olmaydi 11.06.2018 238
27 Mushrik – vositachilarning shafoatiga ishonadi 11.06.2018 201
28 Vositachilarga ishonish mushrikning asosiy ishidir 11.06.2018 206
29 Mushrik ham Allohga ibodat qiladi 11.06.2018 223
30 Allohga ishongan mushriklar 11.06.2018 177
31 Vositachi iloh (xudo) istaganlar 11.06.2018 213
32 O’zlarini tangri qilib olganlar 11.06.2018 197
33 Alloh va elchilarini o’rtasini ajratish 10.06.2018 193
34 Kofirlik va itoatsizlik sababini Allohga to’ngash 09.06.2018 203
35 Shaytonning shirk tuzog’i va unga yetaklovchi yo’llar 09.06.2018 275
36 Kufr va shirk 09.06.2018 320