Ramazon ro’zasini qasddan yeb-ichib buzgan kishi nima qiladi?
Musulmonlar > Fatvolar > Imon va Tavba > Ramazon Tarix: 02 Aprel 2019 Email This Post Email This Post

Savol: Eshitishimcha, Ramazonda ro’zasini qasddan ochib yuborgan kishi, o’sha kunni o’rniga bir kun qazo va 60 kun kafforat ro’za tutib bermas ekan. Aksincha, balki u inson bu qilgan katta gunohi uchun qaytib qilmaslik sharti bilan tavba qilishi va Allohdan bu qilgan gunohiga kechirim so’rashi kerak ekan. Shu narsa to’g’rimi?

Javob: Siz eshitgan narsa haqiqatga eng muvofiq va eng to’g’ri narsa. Chunki, Alloh taolo ibodatlar uchun maxsus vaqtlar belgilab bergan. Har bir ibodat uchun belgilab berilgan maxsus vaqtlari bo’lib, o’z vaqtida ado etilgan ibodat to’g’ri hisoblanadi. Ramazon oyining ro’zasi ham ana o’sha maxsus vaqt bilan belgilab qo’yilgan ibodatlardan biri hisoblanadi. Bu haqda Alloh taolo shunday buyuradi:

فَمَنْ شَهِدَ مِنْكُمُ الشَّهْرَ فَلْيَصُمْهُ

“Sizlardan kimki o’sha oyda (Ramazon oyida) yashasa, bas, u oyni ro’zasini tutsin. …”

Ramazon oyidan boshqa oylarda tutilgan ro’za, aslo Ramazon oyining ro’zasi deb qabul qilinmaydi. Bu hukmda musofir va kasal mustasno bo’ladi. Chunki, ularga Alloh taoloning O’zi Ramazon oyida bemor yoki safarda bo’lsa, tuta olmagan kunlarning o’rniga boshqa oylarda tutib berish sharti bilan mana shu shaklda ruxsat bergan:

وَمَنْ كَانَ مَرِيضًا أَوْ عَلَى سَفَرٍ فَعِدَّةٌ مِنْ أَيَّامٍ أُخَرَ

“Kimki bemor yoki safarda bo’lsa, sanog’ini boshqa kunlarda tutadi.”

Oyatning davomida bu ruxsatning sababini bayon qilib shunday buyuradi:

يُرِيدُ اللَّهُ بِكُمُ الْيُسْرَ وَلَا يُرِيدُ بِكُمُ الْعُسْرَ وَلِتُكْمِلُوا الْعِدَّةَ وَلِتُكَبِّرُوا اللَّهَ عَلَى مَا هَدَاكُمْ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ

“Alloh sizlarga yengillik bo’lishni xohlaydi, og’irlik bo’lishni xohlamaydi. Buni – Sanog’ini to’ldirishingiz va sizlarni bu yo’lga hidoyat qilgani uchun Allohni ulug’lashingiz uchun shunday qildi. Shoyad vazifalaringizni ado etarsizlar.” (Baqara 2/185)

Ramazon oyida qasddan ro’zasini ochib yuborish kasal yoki musofirlik turkumiga kirmaydi. Buni aslo kasal va musofirlikka qiyos qilib bo’lmaydi. Shunday ekan, Ramazonda ro’zasini qasddan buzgan kishi qazosini tutib beradi degan gap, asossiz va bo’sh gap deyiladi.

Rasulullohdan yuqoridagi oyatga muvofiq bo’lgan mana shu hadis rivoyat qilinadi:

Ramazonni bir kun ro’zasini ruxsatsiz va kasalsiz ochib yuborgan kishi, bir umr ro’za tutib o’tsa ham Ramazon ro’zasini qazosini ado eta olmaydi.”[1]

Shunchalik ochiq va ravshan oyat va hadislar bo’la turib, Ramazonda qasddan ro’zasini buzgan kishi qazosini tutib berishi haqida ijmo bor deb iddao qilganlar ham bor. Bulardan biri Imom Bag’oviy bo’lib, u shunday deydi:
“Ulamolar, Ramazon ro’zasini qasddan buzgan kishilar kun-ma kun qazosini tutib berishi kerakligi haqida ijmo qilishgan.”[2]   

Imom Bag’oviy ijmo deb iddao qilayotgan o’sha ijmo’ni Qur’on ham hadis ham qo’llab quvvatlamaydi. Yuqorida aytib o’tilganidek, o’rtasida juda ham katta farq bo’lgan ikk masalada bir-biriga qiyos qilinib bir xil hukm yuritilmaydi. Chunki, ro’zasini qasddan buzgan kishiga kasal va musofir insonni o’xshatib bo’lmaydi. Sababi hammaga ma’lum.

Ro’zani qasddan buzgan kishi qazosini va kafforatini tutib berishi kerak deb fatvo berilishining sababi, balki uni jazolash va tarbiyalash bo’lsa-chi, – deganlarga javobimiz: Bu ham to’g’ri bo’lmaydi. Chunki, Alloh taolo ro’zani qasddan buzgan kishiga hech qanday diniy jazo tayinlamagan. Alloh taolo ro’zani qasddan buzgan kishi haqida aytib o’tishni va unga beriladigan jazoni Qur’onda aytib o’tishni unutib qoldirgan deyish to’g’ri bo’lmaganidek, diniy jihatdan Alloh jazo tayinlamagan ishlarda insonlar o’zlaricha jazo chiqarib olishlari ham to’g’ri bo’lmaydi. Chunki, وَمَا كَانَ رَبُّكَ نَسِيًّا  –  “Rabbing unutuvchi emas.” (Maryam 19/64)

Ro’zani qasddan buzgan kishi qazosini tutib beradi deb fatvo berish, ro’zani buzgan insonning gunohini yengillatib berish deb hisob qilinadi. Bunga sabab, qazosini tutib bersam gunohidan qutulaman ekan deb o’ylaydi. Aslida esa, umr bo’yi tutgan nafl va qazo ro’zasi, bir kunli Ramazon ro’zani o’rnini bosolmaydi. Hammaga ma’lumki, qasddan qilingan katta gunohlar, nafl ibodatlar bilan kechirilmaydi, faqatgina tavba-tazarru bilangina kechiriladi.

Kimki ro’zasini qasddan buzsa, endi u insonga qaytib qilmaslik sharti bilan tavba qilishi kerak bo’ladi. Bu tavba esa, qilgan gunohiga Allohdan afv va mag’firat so’rashi va qaytib bu ishga qo’l urmasligi va solih ishlarda bardavom bo’lishi natijasida paydo bo’ladi. Agar shunday qilsa, Alloh taolo afv va mag’firatga munosib bilsa uni gunohini kechirib yuboradi.

Katta gunohga qo’l urgan kishilar haqidagi Alloh taoloning hukmi quyidagicha:

 “Magar kim tavba qilsa, Allohga ishonsa va yaxshi ishlarni amalga oshirsa, bas, Alloh ana o’sha kishilarning o’tmishdagi qilgan gunohlarini savoblarga almashtirib qo’yadi. Alloh mag’firat qiluvchi, ne’mati behisob zotdir.” (Furqon 25/70)

 

    Jamol Najm 

Bu maqola Ro’zanı yeb yoki ichib ochgan kishi haqida edi. Kelgusida, Ramazon oyida kunduzi ayoli bilan jinsiy aloqa qilgan kishi haqida suhbat bo’lib o’tadi, inshaalloh.

[1] Termiziy 723, Nasoiy, Kubro 3279, Tahoviy, Mushkilul-Osor 11523, Bag’oviy 1753, Is’hoq b. Rohuviyya 274.

[2] Sharhus-Sunna 6/290.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
206 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Alloh Belgilab Qo’ygan Chegaralarni Buzilishi va Buni Ro’zadagi Misoli 30.06.2019 59
2 E’tikof 25.05.2019 93
3 Ramazonda soch oldirsa bo’ladimi? 25.05.2019 121
4 Ramazon oyida xatna qildirsa bo’ladimi? 15.05.2019 101
5 Tafsilotlari Bilan Ro’za Ibodati 11.05.2019 108
6 Ramazon oyida ayoli bilan jinsiy aloqa qilish mumkinmi? 03.05.2019 4 422
7 Ramazon ro’zasini qasddan yeb-ichib buzgan kishi nima qiladi? 02.04.2019 206
8 Nafl (ixtiyoriy) ro’zani qanday amallar buzadi? 13.02.2019 238
9 Ramazon ro’zasini nimalar buzadi? 25.08.2018 303
10 Ramazon ro’zasi avvalgi ummatlarga ham farz qilinganmidi? 25.06.2018 143
11 Ramazon oyida, yo’lchi va bemorlar ham ro’za tutishi mumkinmi? 25.06.2018 141
12 Ramazon fidyasini kimlar beradi? 25.06.2018 140
13 Ramazon fidyasining miqdori qancha? 25.06.2018 138
14 Ramazon oyi kechalarida o’z ayoli bilan jinsiy aloqa qilish mumkinmi? 25.06.2018 3 557
15 Ramazon fidyasini qachon ado qilish kerak? 25.06.2018 132
16 Ramazon va Qurbon bayramlari farzmi yoki sunnatmi? 18.06.2018 185
17 Ramazon ro’zasiga yolg’onchilik, dilozorlik va so’kinish qanday ta’sir o’tkazadi? 09.06.2018 258