Homilador ayollarni iddasi
Musulmonlar > Fatvolar > Savol-javoblar > Taloq Tarix: 19 Mart 2019 Email This Post Email This Post

Savol: Homilador ayolning iddasi qachon tugaydi?

Javob: Taloq surasining 4- oyatiga ko’ra, homilador ayollarning iddasi qornidagi farzandini dunyoga keltirganida tugaydi. Ana o’sha vaqtgacha u ayol erining uyidan chiqmaydi. Agar ayol o’z ixtiyori bilan erining uyidan chiqib ketgan bo’lsa, ayol Allohga osiy bo’ladi, agar eri ayolini majburlab uyidan chiqarib yuborsa, eri Allohga osiy bo’lgan hisoblanadi. Iddasi tugamaguncha ayol erini uyidan chiqmasligi va chiqarilmasligi taloq masalasidagi Allohni chizgan chizig’i va belgilab bergan qonun-qoidasi hisoblanadi.

Farzand tug’ilmay turib agar er bilan ayol yana birga hayotini davom ettirib ketishni xohlasalar, ularni o’rtasidagi taloq/ajrashish jarayoni oxiriga yetmagan bo’ladi va nikoh qilmasdan avvalgidek hayotini davom ettirib ketishlari mumkin bo’ladi.

Agar idda ichida haqiqatda har ikkala taraf ajrashishga qaror bergan bo’lsa, chiroyli bir shaklda, ayolga berilgan mahr  va boshqa narsalarni qaytib olmasdan, hech kimga zulm va adolatsizlik qilmasdan ajrashishlari kerak bo’ladi. Agar idda tugaganidan keyin yana oilani davom ettirishga qaror berishgan bo’lsa, qaytadan nikoh o’qiladi va ularni o’rtasida birinchi taloq sodir bo’lgan bo’ladi.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
269 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Ayol o’z ixtiyori bilan eridan ajrashi 10.07.2019 319
2 Homilador ayollarni iddasi 19.03.2019 269
3 Guvohsiz taloq hisobga o’tadimi? 01.03.2019 352