Qur’onda barcha narsaning tili  
Musulmonlar > Dunyo imtihoni > E'lonlar > Hikmat Tarix: 19 Dekabr 2018 Email This Post Email This Post

Qur’oni Karim jonli-jonsiz barcha borliqlarni tilidan, his-tuyg’ularidan, ibodatlaridan va ularga yuklatilgan vazifalar haqida xabar beradi. Bu yerda jinlar va farishtalardan boshqa borliqlar haqida tushuncha bergan oyatlarni ko’rib chiqamiz va inson bilan ba’zi jihatlarda qisqa taqqoslash amalga oshiriladi.

  1. OSMONLAR VA YER

Osmonlar va yer butun bir holatidan portlatish natijasida ajratilgan. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

“Kofirlarni ko’rishi kerak emas-mi; osmonlar va yer yaxlit bir butun holatda bo’lgani aniq, Biz uni portlatdik[1] va har bir tirik mavjudotni suvdan yaratdik, hali ham ishonishmaydimi?” (Anbiyo 21/30)

  1. 1. Osmonlar va yerni Allohga so’z berishi

Alloh taolo avval yerni paydo qilib yaratdi va shunday dedi:

“Aytginki: “Yerni ikki kunda yaratgan zotga nisbatan o’xshash xususiyatlar to’qib chiqarib, Uni ko’rmagan-bilmaganga olayotganlar sizlarmisiz? U barcha borliqlarning Egasidir.” Yuqoridan pastga mahkam turuvchi tog’larni joylashtirib yerni (ichini) barakatlantirgan va o’sha yerda har turli ne’matni o’lchovini to’rt kunda belgilab paydo qilib, izlanganlar uchun muvozanatli bir shaklda yoyib qo’ygan Udir. So’ngra tuman holatidagi osmonga yo’naldi, unga va yerga: “Ixtiyoriy yoki majburiy ravishda amrimga kiringlar!” degan edi; har ikkalasi ham: “Ixtiyoriy ravishda amringa kirdik” deb javob berishdi. So’ngra ularni ikki kunda yetti qat samo qilib tayyorladi va har bir samoda o’ziga aloqador bo’lgan buyruqni vahiy qildi. Eng yaqin samoni esa qandillar (yulduzlar) bilan bezadi va muhofaza qildi. Mana shu – doimo ustun va ilmli bo’lmish Allohni qo’ygan o’lchovidir.” (Fussilat 41/9-12)

Samolar o’z vazifalarini bajarib bo’lgach yoriladi va yer yuzi o’zgarib ketadi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

“Osmon yorilganida, Rabbini amriga quloq tutib vazifasini ado qilganida; yer cho’zilib yoyilganida va ichidagilarni tashqariga chiqarib bo’shab qolganda, Rabbiga quloq solib vazifasini ado qilganida (hisob kuni boshlanadi).” (Inshiqoq 84/1-5)

 

1.2 osmonlar va yerni Allohdan buyruq olishi

“Nuh to’fonida; “Ey yer! Suvingni yut! Ey samo o’zingni tut!” deyildi. Suv quridi, ish yakunlandi va kema Judining tepasiga qo’ndi.” (Hud 11/44)

Namrud Ibrohim alayhissalomni o’tga tashlaganda Alloh: “Ey o’t! Ibrohimga nisbatan salqin va zararsiz bo’l!” degan edi va shunday bo’ldi. (Anbiyo 21/69)

 

1.3 Osmonlar va yerni xafa bo’lishi

Yer va osmonlar insonlarni qilayotgan gunoh ishlaridan ta’sirlanadi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

“Rahmon farzand tutdi” deyishdi. Haqiqatda, juda ham bir jirkanch so’z so’zlashdi. Shu sababli, sal bo’lmasa osmonlar parchalanar, yer yorilar va tog’lar cho’kar edi. Bular – faqat-gina “Rahmon farzandi bor” deganliklari uchun bo’lar edi.” (Maryam 19/88-91)

Gunohkorlarni jazolash osmonlar va yerga ta’sir qilmaydi. Buni shu oyatlardan bilib olamiz:

“Biz ulardan ilgari Fir’avn jamiyatini ham imtihon qilganmiz va ularga bir hurmatli elchi kelib shunday degan edi: “Allohni qullarini ,enga topshiringlar, men sizlarga yuborilgan ishonchli bir elchiman.” Aslo Allohga qarshi katta ketmanglar, chunki men sizlarga ochiq bir dalil-mo’jiza bilan keldim. Meni toshbo’ron qilmangiz deb sizlarni ham meni ham Rabbim bo’lmish Allohga sig’indim. Agar menga ishonmasangiz, meni o’z holimga qo’yinglar.” Keyinroq Muso Rabbiga yolvorib: “Bular gunohga botgan bir jamiyatdir” dedi. Alloh Musoga: “Bandalarim bilan tunda yo’lga chiq, ular (Fir’avn va qo’shini) albatta sizlarni izingizga tushishadi. Dengizni qanday bo’lsa shunday tark qil. Chunki, ular g’arq bo’ladigan qo’shindir.” Ular o’zlaridan qancha-qancha bog’larni, chashma-yu buloqlarni, ekinzorlar va so’lim-shinam joylarni qoldirib ketishdi. Bundan tashqari, o’zlari bahramand bo’lib turgan ne’matni qoldirib ketishdi. Shunday qilib, Biz ularni boshqa qavmlarga meros qilib berdik. Shunda Fir’avn va uning qo’shiniga osmon ham yig’lamadi yer ham yig’lamadi. Ularga muhlat ham berilmadi. (Duxon 44/17-29)

 

1.4. Tog’lar va toshlar

Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

“… Chunki, ichidan anhorlar otilib chiqadigan toshlar bor. Yorilib ichidan suv chiqadigan va hattoki, Allohdan qo’rqqanidan joyidan pastga qarab yumalab tushadigan toshlar ham bor.” (Baqara 2/74)

“Bu Qur’onni agar bir toqqa nozil qilganimizda edi, Allohdan qo’rqqanligi tufayli bosh egib parcha-parcha bo’lib ketganini ko’rar eding. Bular – insonlar uchun keltirgan misol-o’rnaklarimizdir; balki fikr yuritarlar.” (Hashr 59/21)

 

  1. QUSHLAR OLAMI

Qushlar uchadigan mavjudotdir. Ucha olganligi tufayli chumolilar ham shu toifaga kiradi. Qush tilini bilgan Sulaymon alayhissalom vositachiligi orqali bizlarga ba’zi ma’lumotlar yetib kelgan. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:    

Sulaymonni jinlar, insonlar va qushlardan tashkil topgan askarlari toʻplanib, tizilib turishdi. Chumolilar vodiyiga kelganlarida, bir chumoli: “Ey chumolilar, inlaringizga kiringlar, Sulaymon va uning askarlari sizlarni bilmasdan ezib yuborishmasin”, dedi.

Sulaymon uning so’zidan kulimsiradi va: “Rabbim, menga va ota-onamga bergan ne’matlaringga nisbatan vazifamni o’z o’rnida ado etishimga va Sen rozi bo’ladigan ishlarni bajarishimga fursat ber. Marhamating bilan meni yaxshilar qatoriga qo’sh.

Sulaymon qushlarni nazoratdan o’tkazdi. “Nimaga Hudhudni ko’rmayapman? Yoki yo’qoldi-mi?” dedi. “Uni aybiga yarasha[9] jazolayman yoki uni kesib yuboraman. Yo bo’lmasa, menga – o’zini haq ekanini ko’rsatadigan bir dalil olib keladi!”

Ko’p o’tmay Hudhud paydo bo’ldi va shunday dedi: “Seni undan to’liq xabaring bo’lmagan narsani men yaxshilab bilib keldim. Senga Saba’dan ishonchli bir xabar olib keldim. U yerda, ehtiyoji uchun kerak bo’lgan har narsa berilgan bir ayolni ko’rdim, ularga hukmronlik qilar edi, kattagina taxti ham bor edi. U va uning xalqi Alloh bilan o’zlari o’rtasiga quyoshni qo’yib unga sajda qilayotganini ko’rdim. Shayton ularni qilmishlarini o’zlariga chiroyli ko’rsatib qo’yibdi va ularni to’g’ri yo’ldan adashtiribdi. Shu sababli, ular hozirda to’g’ri yo’l emaslar.

Aslida, osmonlar va yerda saqlab qo’yilgan narsalarni tashqariga chiqaradigan Allohga sajda qilishmaydimi?! U, yashirgan narsalarini ham, oshkor qilgan narsalarini ham biladi. Alloh- Undan boshqa iloh yo’q, buyuk boshqaruv Arsh egasidir.”

Sulaymon aytdiki: “Ko’ramiz, to’g’ri gapiryapsanmi yoki yolg’onchilardan birimisan? Shu maktubimni olib borib tashla va bir chekada qanday javob berishini kutib tur.”

Hudhud aytganini qildi. Qirolicha aytdiki: “Ey a’yonlar! Menga e’tiborli bir maktub tashlandi. Sulaymondan emish, ‘yaxshiligi cheksiz, ne’mati behisob bo’lmish Allohning nomi bilan’ deb boshlangan. ‘Menga qarshi bosh ko’tarmasdan, taslim bo’lgan holatingizda menga kelinglar’ deyilgan.”

Ey a’yonlar! Bu ishimda menga to’g’ri bir fikr bildiringlar. Sizlar bilan ko’rishmay turib biron ishga qat’iy qaror bermaganman” (Naml 27/17-32)

 

  1. NARSALARNING IBODATI

Jonli va jonsiz barcha narsalar Allohga tasbeh aytishadi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

“Yetti qat samo, yer yuzi va bularni ichidagi har kim Allohga ibodat qiladi. Har narsani chiroyli – go’zal bajargani uchun unga hamd aytmaydigan birorta ham mavjudot yo’q, ammo, sizlar ularni ibodatini farqiga bormaysiz. U muloyimlik bilan muomala qiladi va juda ham kechirimli zotdir. (Isro 17/44)

Qushlar farqli mavjudot bo’lib, ularni tasbeh aytishi bilan birgalikda aqli bor mavjudotlarga o’xshab o’ziga xos salotlari ham bor. Salot – Qur’onda duo va namoz ma’nolarida ko’proq ishlatiladi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

“Hech ko’rmadingizmi, ko’klarda va yerdagi barcha jonzotlar va saf tortib turgan qushlar ham Allohga ibodat qilishadi. Har biri o’zining namozini va ibodatini biladi. Alloh ham ularni qilayotgan ishlarini bilib turadi.” Nur 24/41

 

  1. OXIRATDA YERNI GAPIRISHI

Qiyomat kuni yer gapiradi va o’zidagi ma’lumotlarni o’rtaga qo’yadi.

“Yer o’zini bor kuchi bilan qimirlaganda,

Yer o’z yuklarini ham chiqarib (jonlilar qaytadan tirilib) bo’lganida,

Inson: “Bu yerda nimalar yuz berdi?” deydi.  

O’sha kuni yer o’z xabarini so’zlab beradi.

Chunki, Rabbing unga vahiy qilgandir.” (Zalzala 99/1-5)

 

  1. INSON VA BARCHA ELEMENTLAR

Alloh taolo yer-u ko’kka; “Ixtiyoriy yoki majburiy holda buyrug’imga itoat qilinglar” degan vaqtda, har ikkalasi ham: “Ixtiyoriy ravishda amringa keldik” deyishgan.[2] Lekin, xohlasa ham xohlamasa ham Allohning amridan chiqa olishmas edi. Shu sababli, agar Alloh omonatini osmonlar va yerga yuklaganida edi, unga amal qilish uchun o’zlarini halok qilgudek darajaga olib borib bo’lsa ham Allohni amriga so’zsiz bo’yin egar edi va bunga bor kuchini sarflar edi. Hashr surasidagi oyat aynan shunga ishorat qilmoqda:

“Agar bu Qur’onni bir toqqa nozil qilganimizda edi, Allohdan qo’rqqani tufayli bosh egib parcha-parcha bo’lib ketganini ko’rar eding.” (Hashr 59/21)

Osmonlar va yerni Allohni amriga qarshi kelish kuchi bo’lmaganligi bois, ular ham insonlar kabi imtihon qilinishi mumkinligi haqida xayolimizga ham keltirishimiz mumkin emas. Ammo, inson bundan farqli bir mavjudotdir. Alloh taolo inson haqida shunday buyuradi:

“Unga to’g’ri yo’lni ko’rsatdik; xohlasa vazifasini ado etadi, xohlasa u yo’lni ko’rmagandek bo’lib oladi (kofir bo’ladi)”. (Inson 76/3)

Buyruqqa qarshi chiqish kuchiga ega bo’lmish insonga bir buyruq berilganida, unga nisbatan imtihon holati yuzaga keladi. Chunki, inson osmonlar va yer kabi emas albatta; agar xohlamasa Allohni amriga itoat qilmasligi ham mumkin. Zotan, o’zi xohlamasdan bajargan ishi imon deb ham qabul qilinmaydi, ibodat deb ham qabul qilinmaydi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

“Biz bu omonatni osmonlar-u yerga va tog’larga taklif qildik, lekin ular bu yukni qabul qilishdan tortindi va undan qo’rqib titrashdi. Uni inson qabul qildi, u qattiq xato qildi va u o’zini tuta olmadi.”[3] (Ahzob 33/72)

Oyatdagi johil bilmagan emas, bilimiga ko’ra harakat qilmagan kishidir.[4] Inson aslida zolim va johil emas, lekin u keyinchalik o’zini shu ahvolga olib keldi. Zolim va johil bo’lganda edi, Alloh unga omonatni topshirmagan bo’lar edi. Chunki, Alloh omonatni unga munosib bo’lmaganlarga topshirib qo’ymaydi. U shunday marhamat qiladi:

“Alloh omonatlarni o’z egasiga topshirishingizni buyurdi.”[5]

Kelgusidagi oyat, mavzuni yanada to’liqroq tushunishimizga yordam beradi:

“Alloh, ikkiyuzlamachi erkaklar bilan ikkiyuzlamachi ayollarni, mushrik erkaklar bilan mushrika ayollarni azoblash va mo’min erkaklar bilan mo’mina ayollarni esa, tavbasini qabul qilish uchun shunday qildi. Chunki, Alloh kechirimli, ne’mati behisob zotdir.” (Ahzob 33/73) 

Munofiqlik va mushriklik zolimlik va johillikdir. Inson asl yaratilish fitratini buzmasa bunday ahvolga tushib qolmaydi. Fitrat –mavjudotlarning yaratilishdagi ichki va tashqi ko’rinishi, shakllanishi va o’z yaratilish qonuniga ko’ra o’zgarish qoidalarining butunligidir. Bu qoidalar, Alloh taoloni barcha predmetlar uchun paydo qilib yaratib qo’ygan o’lchovi va predmetlarning ishlash harakatining namunasidir. Insonlar, hayvonlar, osmon, yer, xullas har narsaning yaratilish shakli va harakatlanishi asl yaratilishdagi fitratga asosan bo’ladi. Bu qonunlar va bular bilan paydo bo’lgan borliqlarning har biri Qur’onga ko’ra bir oyat deb hisoblangan. Bu oyatlar bilan Qur’ondagi oyatlar orasida to’liq bir butunlik bordir. Xulosa qilib aytganda, fitratni buzish Alloh taoloni oyatlarini buzish deganidir. Bunday ishga qo’l urganlarni jazosini bir qismini mana shu dunyoning o’zidayoq beradi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

“Insonlarning o’z qilmishlari tufayli quruqlikda va dengizda buzilishlar yuz berdi. Bu narsa – qilmishlarining bir qismini jazosini chekishlari uchundir; balki voz kecharlar.” (Rum 30/41)

 

Prof. Dr. Abdulaziz BAYINDIR.

 

[1] فَتَقْ kalimasiga “portlatdi” deb ma’no berishimizning sababi, bu hodisadan keyin koinot tuman holiga kelib qolishidir.

[2] Fussilat 41/11

[3] إِنَّهُ كَانَ ظَلُومًا جَهُولً oyatidagi كَانَ fe’liga صار ma’nosi berildi.

[4] Johil kalimasining ma’nolaridan biri shunday: فعل الشيء بخلاف ما حقه أن يفعل، سواء اعتقد فيه اعتقادا صحيحا أو فاسدا،

[5] Niso 5/58

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
163 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Qalbdagi Ilhom (Tariqatchilikka Nazar 20- bo’lim) 12.05.2019 36
2 Farosat va Sezgi (Tariqatchilikka nazar 19- bo’lim) 08.05.2019 33
3 Shayxlarga vahiy kelishi (Tariqatchilikka Nazar 14- bo’lim) 20.04.2019 56
4 Rasululloh va uning vazifalari (Tariqatchilikka Nazar 12- bo’lim ) 13.04.2019 65
5 Yaxshi va yomon ruhlar (Tariqatchilikka Nazar 12- bo’lim) 13.04.2019 53
6 Payg’ambarimizning har bir xatti-harakati biz uchun sunnatmi? 07.01.2019 129
7  Qur’onda barcha narsaning tili   19.12.2018 163
8 Qur’onni o’zidan diniy savollarimga javob topa olmayapman 04.12.2018 176
9 Kitob va Hikmat tushunchasi 30.07.2018 306
10 Diniy idoraning sobiq bosh kotibi bilan olib borilgan suhbat 09.07.2018 359
11 Hikmat va Sunnat tushunchalarini buzilishi va yo’qqa chiqarilishi 12.06.2018 144
12 Hikmat va nabiylikdagi harakat 12.06.2018 150
13 Hikmat 08.06.2018 111