Avtobus, poyezd, samolyot va shu kabi ulovlarda namoz oʻqisa boʻladimi?
Musulmonlar > Fatvolar > Namoz Tarix: 04 Sentabr 2018 Email This Post Email This Post

Savol: Avtobus, poyezd, samolyot va shu kabi ulovlarda namoz oʻqisa boʻladimi?

Javob: Poyezd yoki har qanday vosita orqali sayohatga chiqqan boʻlsangiz, namozlarga jiddiy eʼtibor berilishi kerak. Namozni vaqti chiqib ketmasligi uchun, musulmon kishi qoʻlidan kelgancha harakat qilishi kerak. Avtobus yoki poyezd kabi – toʻxtatishga imkoni va huquqi boʻlmagan holatlarda, namoz vaqti chiqib ketish xavfi tugʻilganda namozni oʻsha ketayotgan ot-ulovni ustida ado qiladi Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

فَإِنْ خِفْتُمْ فَرِجَالًا أَوْ رُكْبَانًا ۖ فَإِذَا أَمِنتُمْ فَاذْكُرُوا اللَّـهَ كَمَا عَلَّمَكُم مَّا لَمْ تَكُونُوا تَعْلَمُونَ

Agar qoʻrquv holatida boʻlsangiz, namozni yurib ketayotgan yoki minib ketayotgan holatingizda ado qilinglar. Xotirjam boʻlganingizda esa, bilmagan narsalaringizni sizlarga Alloh oʻrgatganidek Allohni zikr qilinglar. (Baqara 2/239)

Agar yoʻlchilik shartlariga koʻra boʻlsangiz, shom namozidan tashqari barcha 4 rakatlik farz namozlarni 2 rakat qilib oʻqiladi. Har qanday ehtiyoj paytida, yoki hech qanday ehtiyoj boʻlmagan holatda ham, peshin bilan asr namozini va shom bilan xufton namozini birlashtirib oʻqish ham mumkin. Namozni boshlayotganingizda qibla tarafga aniq yoki taxminan buriladi, keyin poyezd yoki avtobus qaysi tarafga burilsa ham burilmasdan namozni qanday boshlagan boʻlsa ana oʻshanday davom etaveradi.

Agar sajda qilishga imkon va iloji boʻlmasa, ruku’ uchun boshni sal quyi egiladi, sajda uchun esa koʻproq eggan holatda namozni davom etaveradi. Chunki Alloh taolo shunday buyurgan:

 لَا يُكَلِّفُ اللَّـهُ نَفْسًا إِلَّا وُسْعَهَا

“Alloh, hech kimni kuchi yetmagan narsaga taklif qilmaydi.” (Baqara 2/286)

Yahyo Shenoʻl, Anas Olimoʻgʻli, Insoniyat tarixidagi oʻsha namoz. Sulaymoniya Foʻndi Nashrlari, Istanbul 2016, 157-158-s.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
281 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Sunnat namozlarni masjidda o’qish yaxshimi yoki uydami? 06.07.2019 101
2 Uzrsiz holda namozlarni yolg’iz o’qisam bo’ladimi? 05.07.2019 100
3 Namozni buzadigan amallar 01.07.2019 117
4 Azon aytilganda nima qilish kerak? 02.06.2019 125
5 Bosh yalang namoz o’qish gunohmi? 19.03.2019 665
6 Masjidga kirganda ikki rakaat namoz o’qimasdan o’tirib bo’lmaydimi? 03.03.2019 492
7 Tahajjud namozi qachon o’qiladi? 03.03.2019 4 328
8 Tashahhuddagi salom va duolarning ma’no va mohiyatlari 13.02.2019 299
9 Namozda niyat tilda bo’ladimi yoki dildami? 11.02.2019 430
10 Namozda hushu qanday bo’ladi? 03.01.2019 261
11 Hamma bilgan o’sha namoz 18.10.2018 333
12 Qur’onda namoz vaqtlari 17.10.2018 930
13 Avtobus, poyezd, samolyot va shu kabi ulovlarda namoz oʻqisa boʻladimi? 04.09.2018 281
14 Qur’ondagi namozga aloqador oyatlar 12.08.2018 265
15 Namoz avvalgi ummatlarga ham farz qilinganmidi? 25.06.2018 199
16 Musofir kishi namozlarini 4 rak’at qilib o’qisa bo’ladimi? 18.06.2018 224
17 Ramazon va Qurbon bayramlari farzmi yoki sunnatmi? 18.06.2018 209
18 Be namozning qilgan yaxshi ishlari qabul bo’lmaydimi? 18.06.2018 246
19 Musulmonlarni jahannamga kirishiga asosan nima sabab bo’ladi? 08.06.2018 214
20 Xufton namozining vaqti qachon tugaydi? 08.06.2018 823
21 Qur’onda tahajjud namozi haqida aytilganmi? 08.06.2018 1 635
22 Namoz vaqtlari (Qur’onga ko’ra) 08.06.2018 246
23 Jum’a namozi Qur’onda aytilganmi? U ayollarga ham farzmi? 08.06.2018 196
24 Azon haqida Qur’onda aytilganmi? 08.06.2018 228