Nafs tarbiyasi uchun halol narsalardan voz kechish shartmi?
Musulmonlar > Fatvolar > Qur'on va Musulmonlar Tarix: 21 Iyul 2018 Email This Post Email This Post

“Savol: Ba’zi kitoblarda nafs tarbiyasi haqida so’z borganda, juda oz uxlash, eng oxirgi darajada/minimum ovqatlanish, o’zini xok-sor ko’rsatadigan kiyimlarni kiyib yurish haqida o’qib qolaman, bu haqda Qur’on nima degan?

Javob: Bizlar har bir masalada kimdan o’rnak oishimiz juda ochiq va aniq bo’lgan bir kishi bor, u ham bo’lsa Allohning Elchisi Muhammad alayhissalomdir. Alloh taolo shunday buyuradi:

لَّقَدْ كَانَ لَكُمْ فِي رَسُولِ اللَّـهِ أُسْوَةٌ حَسَنَةٌ لِّمَن كَانَ يَرْجُو اللَّـهَ وَالْيَوْمَ الْآخِرَ وَذَكَرَ اللَّـهَ كَثِيرًا

 “Ey mo’minlar! Qasamki, sizlar uchun Allohga va oxirat kuniga yuzma-yuz kelishga ishonganlar va Allohni ko’p zikr qilganlar uchun Rasulullohda juda chiroyli o’rnak bor.” (Ahzob 33/21)

O’z-o’zidan biror narsani halol yoki harom qilish masalasida Alloh taolo Muhammad alayhissalomni qanday ogohlantirganini kelgusi oyatdan bilib olamiz:

يَا أَيُّهَا النَّبِيُّ لِمَ تُحَرِّمُ مَا أَحَلَّ اللَّـهُ لَكَ ۖ تَبْتَغِي مَرْضَاتَ أَزْوَاجِكَ ۚ وَاللَّـهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ

 “Ey Nabiy! Ayollaringni rizosini ko’zda tutib, Allohni senga halol qilgan narsasini nega harom qilmoqdasan? Alloh ko’p kechirimli va yaxshiligi cheksizdir.” (Tahrim 66/1)

Biz mo’minlarga esa, Alloh taolo shunday buyuradi:

“Ey Allohga ishonib suyanganlar! Alloh sizlarga halol qilgan yaxshi va pokiza bo’lgan narsalarni harom qilib olmanglar va haddan oshmanglar. Alloh haddan oshganlarni yoqtirmaydi.” (Moida 5/87)

يَا بَنِي آدَمَ خُذُوا زِينَتَكُمْ عِندَ كُلِّ مَسْجِدٍ وَكُلُوا وَاشْرَبُوا وَلَا تُسْرِفُوا ۚ إِنَّهُ لَا يُحِبُّ الْمُسْرِفِينَ ﴿٣١﴾ قُلْ مَنْ حَرَّمَ زِينَةَ اللَّـهِ الَّتِي أَخْرَجَ لِعِبَادِهِ وَالطَّيِّبَاتِ مِنَ الرِّزْقِ ۚ قُلْ هِيَ لِلَّذِينَ آمَنُوا فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا خَالِصَةً يَوْمَ الْقِيَامَةِ ۗ كَذَٰلِكَ نُفَصِّلُ الْآيَاتِ لِقَوْمٍ يَعْلَمُونَ ﴿٣٢﴾ قُلْ إِنَّمَا حَرَّمَ رَبِّيَ الْفَوَاحِشَ مَا ظَهَرَ مِنْهَا وَمَا بَطَنَ وَالْإِثْمَ وَالْبَغْيَ بِغَيْرِ الْحَقِّ وَأَن تُشْرِكُوا بِاللَّـهِ مَا لَمْ يُنَزِّلْ بِهِ سُلْطَانًا وَأَن تَقُولُوا عَلَى اللَّـهِ مَا لَا تَعْلَمُونَ

 “Ey Odam o’g’illari! Har safar sajda yeriga borgan vaqtingizda, sizlarga yarashgan/tashqi kiyimlaringizni kiyinglar. Yeb-ichinglar, ammo meyoridan oshirmanglar. Alloh meyoridan oshirib yuboruvchilarni yoqtirmaydi.

Aytginki: “Alloh O’z qullari uchun paydo qilgan ziynatni/tashqi kiyimni, toza va lazzatli rizqlarni kim harom qildi? Aytginki: “Bular dunyoda asosan mo’minlar uchundir, oxirat kunida esa faqatgina ularga tegishli bo’ladi.” Bilimli bir qavm uchun oyatlarimizni shunday qilib ochiqlab beramiz.

Aytginki: “Robbim faqatgina shularni harom qildi: Xoh ochiqcha xoh yashirin bo’lsin har qanday fahsh ishni, ism/gunohni, haqsiz tajovuzni, Alloh haqida biron bir ma’lumot kelmagan narsani Unga shirk qo’shishingizni va Alloh haqida bilmagan narsangizni gapirishni.” (A’rof 7/31-33)

Bu oyatlardan shu narsa ma’lum bo’ladiki, yon-atrofimizdagi kishilardan kim nima deganiga va nima qilganiga emas, balki, Alloh bizdan nima qilishimizni va qanday qilishimizni talab qilganiga e’tibor berishimiz kerak. Buni esa, Allohni bizga yuborgan Kitobi va Allohning elchisining hikmat yo’li orqali uni bizga tushuntirib bergan hikmat yo’li orqali o’rganib olamiz.

Xoh nafs tarbiyasi bo’lsin, xoh jismoniy tarbiya bo’lsin, xoh ruhiy va xoh ma’naviy tarbiya bo’lsin albatta Alloh halol qilib bergan rizq-ro’zidan voz kechish shart emas, halol va pokiza narsalardan foydalangan holda har qanday kamolotga erishish mumkin. Lekin, Alloh uchun o’zidagi ne’mat va imkoniyatlarni bir ozini Alloh uchun sarflash savobdan xoli bo’lmaydi. Masalan, muboh bo’lgan uyqusini bir qismidan voz kechib tahajjud namoziga turishi, halol va pok bo’lgan qo’lidagi rizqlardan yeb turishni sahardan kechgacha to’ztatib turib nafl ro’zalar tutish nur ustiga a’lo nur bo’ladi. Bundan halol narsalardan mutlaqo voz kechish degan narsa chiqmaydi.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
219 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Maxfiy Ilmlar, Ilmi Ladun (Tariqatchilikka Nazar 18- bo’lim) 26.04.2019 240
2 Assalomu alaykum… 03.02.2019 372
3 Qur’onni tushunishda ijtihodning ahamiyati qanday? 16.01.2019 298
4 Isro va Meroj 19.11.2018 546
5 Hayzli ayollarni ro’zasi 01.11.2018 679
6 Qur’onga ko’ra 3 qoidani buzmaguncha hech kimga adovat qilib bo’lmaydi 10.09.2018 391
7 G’ayridinlar o’rtasidagi munosabatlar 18.08.2018 499
8 Qur’ondagi namozga aloqador oyatlar 12.08.2018 361
9 Musulmonga musulmondan boshqasi yaqin va ishonchli do’st bo’la oladimi? 28.07.2018 304
10 Diniy javobgarlik qachon boshlanadi? ​(lotin/кирил)​ 23.07.2018 308
11 Muhammad alayhissalomning ummatiga qoldirgan merosi 22.07.2018 267
12 Qur’onni o’rganish va uni o’rgatish 22.07.2018 244
13 Nafs tarbiyasi uchun halol narsalardan voz kechish shartmi? 21.07.2018 219
14 Ikki musulmonning tavhid haqidagi bahsi 29.06.2018 294
15 Musulmonning oiladagi odob-axloqi 29.06.2018 219
16 “Sizlar uchun Rosulullohda o’rnak bordir” oyatni qanday tushunamiz? 26.06.2018 211
17 Qur’onda Musulmonni kimlar bilan birga o’tirishi taqiqlangan ? 26.06.2018 228
18 Din aql ishi emas degan gapga Qur’on nima deydi? 25.06.2018 341
19 Qur’onga ko’ra “avliyo” 25.06.2018 315
20 Alloh uchun yaxshi ko’rish va Alloh uchun yomon ko’rish nima degani? 25.06.2018 707
21 Qur’onni tahrif qilinishi yohud shirkka ochib berilgan eshik 13.06.2018 304
22 Tahoratsiz Qur’on o’qisa bo’ladimi? (Qo’shimcha qilindi) 10.06.2018 1 200
23 Allohga noto’g’ri tavakkal qilish (To’g’ri deb bilingan xatolarimizdan biri) 09.06.2018 599
24 Dinda firqalanmaslik va bir bo’lib Qur’onni mahkam ushlashlik 09.06.2018 323
25 “Men Musulmonman!” deyish yetmaydimi? 08.06.2018 213
26 Hikmat nima o’zi? 08.06.2018 270