Alloh uchun yaxshi ko’rish va Alloh uchun yomon ko’rish nima degani?
Musulmonlar > Fatvolar > G'ayri dinlar > Imon > Qur'on va Musulmonlar Tarix: 25 Iyun 2018 Email This Post Email This Post

Savol: Alloh uchun yaxshi ko’rish va Alloh uchun yomon ko’rish nima degani?

Javob: Hubbu fillah– yaxshi ko’rgan narsasini Alloh uchun yaxshi ko’rish, bug’zu fillah esa, yomon ko’rgan narsasini Alloh uchun yomon ko’rish deganidir. Zero, Alloh uchun seviladigan va Alloh uchun yomon ko’riladigan kishilar bor. Bu haqdagi oyatlar shulardan iborat:

Ey imon keltirganlar! Mo’minlar qolib, kofirlar bilan do’stlashmanglar! Allohga o’zingizga qarshi aniq hujjat bermoqchimisiz?!” (Niso 4/144)

Ey, imon keltirganlar! Yahudiylar va nasroniylar bilan do’stlashmanglar! (Ularning) ba’zilari ba’zilari bilan do’stdirlar. Sizlardan kimki ular bilan do’stlashsa, u albatta ulardan (bo’lib qoladi). Albatta Alloh, zolimlar qavmini hidoyat qilmagay. ” (Moida 5/51)

Ey, ishonib suyanganlar! Sizlardan oldin Kitob berilganlardan diningizni mazax va o’yin qilib olganlar hamda kofirlar bilan do’stlashmanglar. Mo’min bo’lsangiz, Allohdan qo’rqinglar! ” (Moida 5/57)

    “Ey, imon keltirganlar! Agar imondan kufrni yaxshiroq ko’rsalar, ota-onalaringiz va aka-ukalaringizni eng yaqin do’st deb olmanglar! Sizlardan kimki ularni valiy deb bilsa, bas, ana o’shalar o’zlariga haqsizlik qilganlardir. Ayting (ey, Muhammad): “Agar otalaringiz, farzandlaringiz, aka-ukalaringiz, xotinlaringiz, qarindoshlaringiz, mehnat bilan topgan mol-mulklaringiz, kasod bo’lishidan qo’rqqan tijoratingiz va yoqtirgan maskanlaringiz sizlar uchun Alloh va Rasulidan, Uning yo’lidagi jidd-u jahd qilishdan sevimliroq bo’lsa, (unda) Kutinglar; nima bo’lgan taqdirda ham Allohning amri keladi! Alloh yo’ldan chiqqan qavmni to’g’ri yo’lga qabul qilmaydi.” (Tavba 9/23-24) 

“Allohga va oxirat kuniga ishongan qavmni, Alloh va Uning Rasuliga muxoliflik qiluvchilar bilan – garchi ular o’zlarining otalari, yoki o’g’illari, yoki aka-ukalari, yoki qarindoshlari bo’lsalar ham – do’stlashkanini ko’rmaysiz. Aynan o’shalarning dillariga (Alloh) imonni bitib qo’ygandir va ularni o’z (tomon)idan bo’lmish ruh (bir ilm) bilan quvvatlantirgandir. U, ularni – ostidan anhorlar oqib turadigan, ular mangu qoladigan jannatlarga kiritur. Alloh ulardan rozi bo’ladi va ular ham (Allohdan) rozi bo’ladilar. Aynan o’shalar Allohning tarafdoridirlar. Ogoh bo’linglar, albatta Allohning tarafdorigina maqsadlariga erishguvchilardir!” (Mujodala 58/22)

Abu Umomadan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollalohu alayhi va sallam shunday dedilar:
“Kimki Alloh uchun yaxshi ko’rsa, bergan narsasini Alloh uchun bersa, bermagan narsasini Alloh uchun bermasa, imonini kamolotga yetkazgan bo’ladi.” (Abu Dovud, Sunnat 15)

Sahl b. Muoz b. Anas al Juhaniydan rivoyat qilinishiga ko’ra, Rosululloh shunday marhamat qilgan:

“Kimki Alloh uchun bersa va Alloh uchun qarshi chiqsa, Alloh uchun sevib Alloh uchun g’azab qilsa va Alloh uchun nikohlanib uylansa, u kishining imoni kamolotga erishibdi.” (Termiziy, Qiyomat 60)

Anas b. Molikdan rivoyat qilinishicha, Nabiy alayhissalom shunday dedilar:
“Uch xususiyat borki, bular qaysi bir mo’minda bo’lsa, demak u imonining ta’mini his qilibdi:
1. Alloh va Rasulini hammadan ko’ra ko’proq yaxshi ko’rish.
2. Sevgan narsasini Alloh uchun sevish.
3. Alloh uni kufr botqoqligidan qutqarganidan keyin, takroran yana kufrga qaytishni xuddi alangali o’tga qaytganday ayanchli va halokatli deb bilishdir.” (Buxoriy, Imon 9, 14, Ikroh 1, Adab 42, Muslim Imon 67, Termiziy Imon 10 ham murojaat qilishingiz mumkin.)

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
551 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Maxfiy Ilmlar, Ilmi Ladun (Tariqatchilikka Nazar 18- bo’lim) 26.04.2019 175
2 Assalomu alaykum… 03.02.2019 286
3 Qur’onni tushunishda ijtihodning ahamiyati qanday? 16.01.2019 223
4 Isro va Meroj 19.11.2018 447
5 Hayzli ayollarni ro’zasi 01.11.2018 589
6 Qur’onga ko’ra 3 qoidani buzmaguncha hech kimga adovat qilib bo’lmaydi 10.09.2018 308
7 G’ayridinlar o’rtasidagi munosabatlar 18.08.2018 390
8 Qur’ondagi namozga aloqador oyatlar 12.08.2018 267
9 Musulmonga musulmondan boshqasi yaqin va ishonchli do’st bo’la oladimi? 28.07.2018 244
10 Diniy javobgarlik qachon boshlanadi? ​(lotin/кирил)​ 23.07.2018 258
11 Muhammad alayhissalomning ummatiga qoldirgan merosi 22.07.2018 214
12 Qur’onni o’rganish va uni o’rgatish 22.07.2018 198
13 Nafs tarbiyasi uchun halol narsalardan voz kechish shartmi? 21.07.2018 184
14 Diniy idoraning sobiq bosh kotibi bilan olib borilgan suhbat 09.07.2018 440
15 Ikki musulmonning tavhid haqidagi bahsi 29.06.2018 238
16 Musulmonning oiladagi odob-axloqi 29.06.2018 184
17 “Sizlar uchun Rosulullohda o’rnak bordir” oyatni qanday tushunamiz? 26.06.2018 178
18 Qur’onda Musulmonni kimlar bilan birga o’tirishi taqiqlangan ? 26.06.2018 200
19 Din aql ishi emas degan gapga Qur’on nima deydi? 25.06.2018 282
20 Qur’onga ko’ra “avliyo” 25.06.2018 262
21 Alloh uchun yaxshi ko’rish va Alloh uchun yomon ko’rish nima degani? 25.06.2018 551
22 Qur’onni tahrif qilinishi yohud shirkka ochib berilgan eshik 13.06.2018 257
23 Tahoratsiz Qur’on o’qisa bo’ladimi? (Qo’shimcha qilindi) 10.06.2018 883
24 Allohga noto’g’ri tavakkal qilish (To’g’ri deb bilingan xatolarimizdan biri) 09.06.2018 534
25 Dinda firqalanmaslik va bir bo’lib Qur’onni mahkam ushlashlik 09.06.2018 264
26 “Men Musulmonman!” deyish yetmaydimi? 08.06.2018 173
27 Hikmat nima o’zi? 08.06.2018 175