Mushrik o’zini mushrik deb tan olmaydi
Musulmonlar > Maqolalar > Shaytonning tuzog'lari > Shirk Tarix: 11 Iyun 2018 Email This Post Email This Post

Mushriklar – asl maqsadlari Allohga yaqin bo’lish ekanini aytadilar. Allohga yaqin deb bilgan ba’zi borliqlarga vositachilik va shafoatchilik vazifalarini nisbat berishi shu sabablidir. Bunga ko’ra hech narsani Allohga to’liq sherik qilmadik deb o’ylaydilar. Alloh taolo marhamat qiladi:

وَيَوْمَ نَحْشُرُهُمْ جَمِيعًا ثُمَّ نَقُولُ لِلَّذِينَ أَشْرَكُواْ أَيْنَ شُرَكَآؤُكُمُ الَّذِينَ كُنتُمْ تَزْعُمُونَ  ثُمَّ لَمْ تَكُن فِتْنَتُهُمْ إِلاَّ أَن قَالُواْ وَاللّهِ رَبِّنَا مَا كُنَّا مُشْرِكِين   انظُرْ كَيْفَ كَذَبُواْ عَلَى أَنفُسِهِمْ وَضَلَّ عَنْهُم مَّا كَانُواْ يَفْتَرُونَ

“Bir kun ularni hammasini (mahshar yeriga ) to’playmiz, so’ng shirkka tushganlarga shunday deymiz: “Hayolan tasavvur qilgan sheriklaringiz qayerda?”
Ularni tashvishga solgan narsa shu gaplari bo’ladi: “Egamiz bo’lmish Allohga qasam ichamizki; bizlar mushrik emasmiz.”
Qaragin, o’zlariga qarshi qanday yolg’on gapirishyapti? Sherik deb to’qib olgan narsalari yo’qolib ketadi.” (An’om 6/22-24)

Mushriklar bunday nomunosib harakatlarini dunyoda ham ko’z-ko’z qilishadi. Makkalik mushriklar Ka’bani tavof qilganda aytadigan shu gaplari ham ularni bemaza ishlaridan habar beradi. “Buyur Allohim, buyur. Sening aslo sheriging yo’qdir. Yolg’iz bir sheriging bor,[1] u ham bo’lsa; undagi barcha vakolat va hokimiyatining egasi Sensan.”[2]
Muslim, haj,3,22-1185

Mushriklarning miyyalari kirdi-chiqdi bo’ladi. “U sherikning va butun vakolatlarning egasi Allohdir” deyish bilan o’zlarini qutqarib qolamiz deb o’ylaydi. Qutbi zamon, g’ovs, avtod vh kz nomlar ostida yordamiga umidvor bo’lgan kishilariga, g’oyri tabiiy layoqatlarga vakolatli deb bilgan tariyqatlar ham shundaydir. Ular ham bu vakolatni Alloh berganini aytishi bilan ishlari hamrdan qil sug’irgandek hal bo’ladi deb o’ylaydilar.
Har bir inson o’zini dindor deb biladi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

    فَرِيقًا هَدَى وَفَرِيقًا حَقَّ عَلَيْهِمُ الضَّلاَلَةُ إِنَّهُمُ اتَّخَذُوا الشَّيَاطِينَ أَوْلِيَاء مِن دُونِ اللّهِ وَيَحْسَبُونَ أَنَّهُم مُّهْتَدُونَ

“(Insonlar ikkiga ayriladi) Alloh bir qismini yo’liga qabul qiladi. Bir qismi esa zalolatga munoosib bo’ladi. Adashganlar- o’zlariga Allohdan ham yaqinroq deb bilgan shaytonlarga yopishadilar, lekin o’zlarini to’g’ri yo’ldamiz deb o’ylaydilar.” (A’rof 7/30)

Demak, hamma ham o’zini dindorman deydi va to’g’ri yo’ldaman deb hisoblar ekan. Eng asosiysi esa Alloh ham uni to’g’ri yo’lda deb bilishdir. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَمَن يَعْشُ عَن ذِكْرِ الرَّحْمَنِ نُقَيِّضْ لَهُ شَيْطَانًا فَهُوَ لَهُ قَرِينٌ  وَإِنَّهُمْ لَيَصُدُّونَهُمْ عَنِ السَّبِيلِ وَيَحْسَبُونَ أَنَّهُم مُّهْتَدُونَ

“Kimki, Rahmonning Zikriga (Qur’onga) bepisand-xira qarasa, boshiga bir shayton o’rab qo’yamiz; u, uning yaqin do’sti bo’ladi. Shaytonlar bu kabilarni yo’ldan adashtiradilar-u ammo, ular o’zlarini to’g’ri yo’ldamiz deb o’ylaydilar.” ( Zuxruf 43/36-37)

وَإِذَا حُشِرَ النَّاسُ كَانُوا لَهُمْ أَعْدَاء وَكَانُوا بِعِبَادَتِهِمْ كَافِرِينَ

“U insonlar bir joyga yig’ilgan kun, bular ularga dushman bo’ladi; ularga qullik qilganligini qabul qilmaydilar.” (Ahqof46/6)

وَيَوْمَ تَقُومُ السَّاعَةُ يُبْلِسُ الْمُجْرِمُونَ  وَلَمْ يَكُن لَّهُم مِّن شُرَكَائِهِمْ شُفَعَاء وَكَانُوا بِشُرَكَائِهِمْ كَافِرِينَ
“O’sha kun kelganda gunohkor-jinoyatchilarning umidlari uziladi. Sheriklari orasidan shafoatchilari ham chiqmaydi. Zotan sheriklarini tanimaganga-ko’rmaganga ovoladilar.” ( Rum 30/12-13)
[1]     Ka’baning atrofidagi har bir but alohida bir qabilaga tegishli edi.Shu bois har bir mushrikni o’zini buti bo’lgan.

[2]     Muslim, Haj,3, 22-1185.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
272 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Ibodat va Shirk (Tariqatchilikka Nazar 23- bo’lim) 20.05.2019 123
2 Shafoat (Tariqatchilikka Nazar 21- bo’lim) 16.05.2019 110
3 Shayxlarga vahiy kelishi (Tariqatchilikka Nazar 14- bo’lim) 20.04.2019 165
4 Musulmonlarni cho’ktirgan shirk (Tariqatchilikka Nazar 9- bo’lim) 12.04.2019 174
5 Favqulodda kuch manbai (Tariqatchilikka Nazar 7- bo’lim) 30.03.2019 209
6 G’ayri oddiy yo’llar orqali yordam (Tariqatchilikka Nazar Solish 6- bo’lim ) 30.03.2019 158
7 Shayx Himmati va Duo (Tariqatchilikka Nazar Solish 5- bo’lim) 28.03.2019 170
8 Avliyo yordami (Tariqatchilikka Nazar Solish 4- bo’lim) 28.03.2019 177
9 Har bir Musulmon Avliyodir (Tariqatchilikka Nazar 3- bo’lim) 28.03.2019 192
10 O’rtakashlik, Vasila va Vosita (Tariqatchilikka Nazar Solish 2- bo’lim ) 28.03.2019 191
11 Islomga kirgizilmoqchi bo’lgan renkarnatsion (ruh ko’chish) tushunchasi 09.07.2018 316
12 G’oyibona ko’rib-eshitib yordam bera olish yolg’iz Allohga xos 09.07.2018 251
13 Ikki musulmonning tavhid haqidagi bahsi 29.06.2018 293
14 Be namozning qilgan yaxshi ishlari qabul bo’lmaydimi? 18.06.2018 296
15 Qur’onni tahrif qilinishi yohud shirkka ochib berilgan eshik 13.06.2018 302
16 O’likdan yordam so’rash 13.06.2018 242
17 G’oyb haqidagi noto’g’ri tushunchalar (katolik va soxta diniy jamoalardan o’rnaklar) 13.06.2018 235
18 Vasila va vosita qilishdagi noto’g’ri harakatlar 13.06.2018 378
19 Inson so’zini Allohning so’zi bilan tenglashtirish xatosi (Hristianlik va Islomdan o’rnaklar) 12.06.2018 251
20 Dindorlarni Xudolashtirish (Nurchilardagi soxta avliyolik, muridlarini ma’naviy boshqaruv ostiga olishga urinishi) 12.06.2018 284
21 Taoizmga ko’ra vositachilik 11.06.2018 226
22 Katoliklardagi vositachilik e’tiqodi (Barcha soxta diniy jamoatlarda ham bir xil) 11.06.2018 318
23 Vositachilik e’tiqodi 11.06.2018 308
24 Aql shirkni, Qur’on esa aqlsizlikni qabul qilmaydi 11.06.2018 430
25 Vositachi va shirkka kirib qolganlarning qiyomatdagi ahvoli 11.06.2018 213
26 Mushrik o’zini mushrik deb tan olmaydi 11.06.2018 272
27 Mushrik – vositachilarning shafoatiga ishonadi 11.06.2018 225
28 Vositachilarga ishonish mushrikning asosiy ishidir 11.06.2018 220
29 Mushrik ham Allohga ibodat qiladi 11.06.2018 235
30 Allohga ishongan mushriklar 11.06.2018 190
31 Vositachi iloh (xudo) istaganlar 11.06.2018 234
32 O’zlarini tangri qilib olganlar 11.06.2018 218
33 Alloh va elchilarini o’rtasini ajratish 10.06.2018 211
34 Kofirlik va itoatsizlik sababini Allohga to’ngash 09.06.2018 243
35 Shaytonning shirk tuzog’i va unga yetaklovchi yo’llar 09.06.2018 296
36 Kufr va shirk 09.06.2018 348