Musulmonlar
Тавбасиз ўлган киши

Тавбасиз ўлган киши

Savol: Tavbasiz o’lgan insonlarning qaysi gunohlarini Alloh kechirmaydi? 

Javob: Alloh Qur’onda tavba qilmagan holda o’lgan kishidan shirk amalini kechirmasligini aytadi. Niso surasining 48 va 116-chi oyatlarida shunday deyiladi:

“Alloh o’ziga sherik qo’shilishini kechirmaydi, kechirimga loyiq bo’lgan kishidan esa, undan boshqa gunohlarni kechiradi. Kimki (Allohga xos bo’lgan xususiyatlarni Allohdan boshqasiga ham nisbat berib uni) Allohga sherik qilsa, u katta bir tuhmat qilgan bo’ladi.”( Niso4/48)

“Alloh o’ziga sherik qo’shilishini kechirmaydi, kechirimga loyiq bo’lgan kishidan esa, shirkdan boshqa gunohlarni kechiradi. Kim Allohga sherik qo’shsa, demak u qattiq adashgan bo’ladi.” (Niso 4/116)