Musulmonlar
Нафл (ихтиёрий) рўзани қандай амаллар бузади?

Нафл (ихтиёрий) рўзани қандай амаллар бузади?

Savol: Ramazon oyidan boshqa oylarda ham Alloh uchun ixtiyoriy ro’za tutishga odat qilmoqchiman. Shu nafl ro’zani ham ramazon ro’zasini buzgan narsalar buzadimi, yoki hukmi farqlimi?

Javob: Ramazon ro’zasini uchta narsa buzadi, bular: Yeyish, ichish va ayoli bilan jinsiy munosabatda bo’lish. Bu uch narsadan deb hisoblanmagan hech narsa ro’zani buzmaydi. Bu haqda Alloh taolo Baqara surasi 187- oyatida shunday marhamat qiladi:

أُحِلَّ لَكُمْ لَيْلَةَ الصِّيَامِ الرَّفَثُ إِلَىٰ نِسَائِكُمْ ۚ هُنَّ لِبَاسٌ لَّكُمْ وَأَنتُمْ لِبَاسٌ لَّهُنَّ ۗ عَلِمَ اللَّـهُ أَنَّكُمْ كُنتُمْ تَخْتَانُونَ أَنفُسَكُمْ فَتَابَ عَلَيْكُمْ وَعَفَا عَنكُمْ ۖ فَالْآنَ بَاشِرُوهُنَّ وَابْتَغُوا مَا كَتَبَ اللَّـهُ لَكُمْ ۚ وَكُلُوا وَاشْرَبُوا حَتَّىٰ يَتَبَيَّنَ لَكُمُ الْخَيْطُ الْأَبْيَضُ مِنَ الْخَيْطِ الْأَسْوَدِ مِنَ الْفَجْرِ ۖ ثُمَّ أَتِمُّوا الصِّيَامَ إِلَى اللَّيْلِ ۚ وَلَا تُبَاشِرُوهُنَّ وَأَنتُمْ عَاكِفُونَ فِي الْمَسَاجِدِ ۗ تِلْكَ حُدُودُ اللَّـهِ فَلَا تَقْرَبُوهَا ۗ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ اللَّـهُ آيَاتِهِ لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَتَّقُونَ

“Sizlarga ro‘za kechasida xotinlaringizga qo‘shilish halol qilindi. Alloh sizlar o‘zlaringga xiyonat qilayotganlaringni bilib, tavbalaringizni qabul qildi va sizlarni afv etdi. Endi ular bilan (ro‘za kechalarida ham) qovushaveringlar va Alloh sizlar uchun yozgan narsani (farzandni) talab qilinglar! To tongdan oq ip qora ipdan ajraladigan vaqtgacha yeb ichaveringlar. So‘ngra kechgacha ro‘zani benuqson qilib tutinglar! Masjidlarda e’tikofda bo‘lgan chog‘ingizda ular bilan qo‘shilmang! Bular Allohning chegaralaridir. Bas, ularga yaqinlashmanglar! Odamlar harom ishlardan saqlanishlari uchun Alloh o‘z oyatlarini mana shunday ochiq-ravshan bayon qilib bermoqda.” (Baqara 2/187)

Ko’rinib turganidek, Ramazonda ro’zali insonlarga kunduzi to shom vaqtigacha yeyish, ichish va ayoli bilan jinsiy aloqa qilish taqiqlangan. Ana o’sha uch taqiqdan birontasiga qasddan qo’l urgan inson ro’zasini buzgan hisoblanadi. Bu ishlar ixtiyoriy ro’zalarga ham taalluqli. Farz namoz uchun olingan tahoratni nima amal buzsa, nafl namoz uchun olingan tahoratni ham aynan o’sha narsalar buzadi. Yeb-ichish va jinsiy aloqa turiga kirmaydigan, ya’ni, qilgan ishlari na yeb-ichish va na jinsiy aloqa deb hisoblanmaydigan ishlar ro’zani buzmaydi.