Musulmonlar
Аллоҳга ишонган мушриклар

Аллоҳга ишонган мушриклар

Mushrik- sherik qilish ma’nosini bildiradi. Sheriklik esa eng kami ikki kishi o’rtasida bo’ladi. Mushrik uchun bularning birinchisi doimo Allohdir. Uning mushrik bo’lishi- Allohga xos bo’lgan xususiyatlarni ba’zisiga boshqa bir borliqlar ham ega deb bilishi sabablidir.
Hech kim shirk amalini to’g’ri ekani haqida yetarli bir isbot-dalil keltirolmaydi, ammo Allohga yaqin ekani va ma’naviy yordam beraolishiga ishontirilgan kishilar atrofida katta bir jamo’a paydo bo’ladi. Ularning yonida bo’lganlar, qandaydir bir foyda ko’rishi mumkin. Zotan ularni bu joyga jamlagan narsa ham aynan o’sha manfa’atdir. Bu oyat shunga ishora qilmoqda:

 وَقَالَ إِنَّمَا اتَّخَذْتُم مِّن دُونِ اللَّهِ أَوْثَانًا مَّوَدَّةَ بَيْنِكُمْ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا ثُمَّ يَوْمَ الْقِيَامَةِ يَكْفُرُ بَعْضُكُم بِبَعْضٍ وَيَلْعَنُ بَعْضُكُم بَعْضًا وَمَأْوَاكُمُ النَّارُ وَمَا لَكُم مِّن نَّاصِرِينَ

“(Ibrohim) shunday dedi: “Sizlarni bu butlarga sig’inishingizni sababi; dunyo hayotida o’rtangizda birlik-birodarlik bo’lishi uchundir xolos. Qiyomat kuni esa, biringiz boshqangizni ko’rishni ham xohlamaydi, har biringiz boshqa biringizga tashlanadi. Boradigan joyingiz shu otashdir. Sizga yordam beradigan ham bo’lmaydi.”
(Ankabut 29/25)

Bular, din nomi ostidagi bir manfaatga asoslangan tashkilotga a’zo bo’lib qolganini farqiga bormaydilar. Lekin ertaga qiyomat kuni Allohga qarab shunday deyolmaydi:

أَوْ تَقُولُواْ إِنَّمَا أَشْرَكَ آبَاؤُنَا مِن قَبْلُ وَكُنَّا ذُرِّيَّةً مِّن بَعْدِهِمْ أَفَتُهْلِكُنَا بِمَا فَعَلَ الْمُبْطِلُونَ

“…Avvaldan shirk qilib kelganlar bizlarni ota-bobolarimiz edi, biz ulardan kegin kelgan nasl edik. O’sha botil ishga qo’l urganlarni qilmishini deb bizlarni halok qilasanmi?” ( A’rof 7/173)
Chunki shirkka kirib qolganlar:

   الَّذِينَ يَنقُضُونَ عَهْدَ اللَّهِ مِن بَعْدِ مِيثَاقِهِ وَيَقْطَعُونَ مَا أَمَرَ اللَّهُ بِهِ أَن يُوصَلَ وَيُفْسِدُونَ فِي الأَرْضِ أُولَئِكَ هُمُ الْخَاسِرُونَ

 “Allohga bergan so’zlari aniqlashgandan so’ng uni buzgan, Alloh birlashtirishni buyurgan narsani uzgan va yerda buzg’unchilik qilganlar bor-u, ziyonkorlar aynan ulardir.” (Baqara 2/27)
Bular o’zlarini Alloh bilan aldab ovuntirganlardir. Chunki hammasi Allohga yaqinlashish eng asosiy maqsadi ekanini aytadi. Alloh taolo marhamat qiladi:

أَلَا لِلَّهِ الدِّينُ الْخَالِصُ وَالَّذِينَ اتَّخَذُوا مِن دُونِهِ أَوْلِيَاء مَا نَعْبُدُهُمْ إِلَّا لِيُقَرِّبُونَا إِلَى اللَّهِ

  “Bilinki, Allohning dini xolis dindir. Allohdan avval avliyoga sig’inib olganlar:  «Ular bizni Allohga yanada ko’proq yaqinlashtirsin deb ularga ibodat qilamiz xolos» deyishadi” (Zumar 39/3)

Ularni qo’lida insonlarni Allohga yaqinlashtirish haqida birorta ham dalili yo’q.