Azon aytilganda nima qilish kerak?
Musulmonlar > Fatvolar > Namoz Tarix: 02 Iyun 2019 Email This Post Email This Post

Savol: Azon aytganidan keyin qanday amal qilish kerak?

Javob: Azon – chaqiruv, da’vat degani. Sizni kim nima maqsadda qayerga va nimaga chaqirayotgan bo’lsa, unga javob qaytarib borishingiz kerak bo’lganidek, Islom dinining asosiy ramzlaridan bo’lgan azonni eshitganingizda ham unga munosib va to’g’ri ravishda javob qaytarishingiz, ya’ni Juma namoziga chaqirilganda Juma namoziga, besh vaqt namoz uchun chaqirilganda besh vaqt namozga borishingiz kerak bo’ladi. Sizni hurmat qilib bir joyga da’vat qilib taklif qilgan kishini chaqirig’ini inobatga olmasligingiz, uni pisand qilmagan va mensimaganingizga ishorat qilganidek, Allohni zikriga qilingan chaqiruvga ham ijobat qilmasligingiz ham Allohni va unga chaqirilgan azonni mensimasligingiz bo’ladi.

Azon turli maqsadlarda turli o’rinlarda farqli sabablarga ko’ra aytiladi. Demak, aytilgan azon nima uchun aytilgan bo’lsa, azonni eshitgan musulmon azonga munosib ravishda ish qilishi kerak bo’ladi. Azonga aloqador bo’lgan holatlar quyidagicha:

  • Juma namozi uchun aytilgan azon;

Agar Juma kuni Juma namozi uchun aytilgan azonni nazarda tutib savol bergan bo’lsangiz, javobimiz quyidagicha:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِذَا نُودِيَ لِلصَّلَاةِ مِن يَوْمِ الْجُمُعَةِ فَاسْعَوْا إِلَىٰ ذِكْرِ اللَّـهِ وَذَرُوا الْبَيْعَ ۚ ذَٰلِكُمْ خَيْرٌ لَّكُمْ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ

“Ey Mo’minlar! Juma kungi namoz uchun chaqirilganida (azon aytilganida) Allohni zikriga (namozga) shoshilinglar va savdo-sotiqni to’xtatinglar! Shunday qilishingiz o’zingizga yaxshi, buni bilsangiz albatta.” (juma 62/9) oyatiga ko’ra, Juma kuni Juma namoziga azon aytilganidan keyin, azonni eshitgan har bir musulmon qilayotgan ishini tashlab namozga harakat namozga shoshilishi kerak. Chunki, boshqa namozlardan farqli o’laroq bu Juma namozi o’ziga xos xutbasi bilan ajralib turadi. Oyatda “namozga chaqirilganida” ifodasidan keyin “Allohni zikriga shoshilinglar”, ifodasi Juma kuni ham zikr eshitish va hamda namoz o’qish farz ekaniga dalil bo’ladi. Juma azonini eshitgan musulmon albatta namozdan avval – namozga to’plangan jamoat tushunadigan tilda qilinadigan – xutba va zikrni eshitish uchun shoshilishi kerak bo’ladi.

Imom Abu Dovuddan qilingan rivoyatga ko’ra, Payg’ambar alayhissalom shunday degan ekanlar:

 “Kimki Juma kungi nido (azon)ni eshitib turib namozga kelmasa – ijobat qilmasa, keyingi marta ham azonni eshitib yana kelmasa – ijobat qilmasa, keyin uchinchi marta ham eshitib yana kelmasa – ijobat qilmasa, Alloh taolo uni qalbiga tamg’a urib qo’yadi, natijada uni qalbi munofiqni qalbiga aylanib qoladi.” Sunani Abu Dovud 2/288.

  • Besh vaqt farz namoz uchun aytiladigan azon;

Besh vaqt farz namoz uchun sizni birov namozga chaqirsa yoki ommatan hammani namozga chaqirib muazzin azon aytganida nima qilish va qilmaslik haqida quyidagi oyat bayon qiladi:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَتَّخِذُوا الَّذِينَ اتَّخَذُوا دِينَكُمْ هُزُوًا وَلَعِبًا مِّنَ الَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ مِن قَبْلِكُمْ وَالْكُفَّارَ أَوْلِيَاءَ ۚ وَاتَّقُوا اللَّـهَ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ ﴿٥٧﴾ وَإِذَا نَادَيْتُمْ إِلَى الصَّلَاةِ اتَّخَذُوهَا هُزُوًا وَلَعِبًا ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ قَوْمٌ لَّا يَعْقِلُونَ ﴿٥٨﴾

Ey Mo’minlar! Sizlardan avval ularga kitob berilganlar orasida diningizni hazil-toifa qilib olganlarni va o’zini haqdan to’sganlarni o’zingizga yaqin sirdosh-do’st qilib olmanglar. Allohdan qo’rqinglar, mo’min bo’lsangizlar albatta. Bir-biringizni namozga chaqirganingizda, ular uni hazil-toifaga burib oladilar (unga jiddiy munosabat bildirmaydilar). Bunday bo’lishi –ular aqlini ishlatmaydigan bir qavm ekani sabablidir.” (Moida 5/57-58)

Bu oyatga ko’ra, besh vaqt namoz uchun azon aytilsa yoki shaxsan o’zingizni bir birodaringiz namozga chaqirsa uni jiddiyga olmasdan, hazil toifaga burib unga salbiy munosabat bildirishingiz va namoz uchun bo’lgan chaqiruviga to’g’ri va kerakli shaklda javob bermasligingiz, oyatda keltirilgan ahli kitoblar orasidagi o’zini haqdan to’sib olgan aqlsiz kishilar qatoriga kirib qolishingiz mumkin ekanini bildiradi.

Oyatda qoralangan kishilardan bo’lib qolmaslik uchun, azonni eshitgan har bir musulmon kishi darhol namozga shoshilishi va azonga kerakli ravishda javob qaytarishi kerak bo’ladi.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
206 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Sunnat namozlarni masjidda o’qish yaxshimi yoki uydami? 06.07.2019 163
2 Uzrsiz holda namozlarni yolg’iz o’qisam bo’ladimi? 05.07.2019 168
3 Namozni buzadigan amallar 01.07.2019 179
4 Azon aytilganda nima qilish kerak? 02.06.2019 206
5 Bosh yalang namoz o’qish gunohmi? 19.03.2019 919
6 Masjidga kirganda ikki rakaat namoz o’qimasdan o’tirib bo’lmaydimi? 03.03.2019 733
7 Tahajjud namozi qachon o’qiladi? 03.03.2019 7 945
8 Tashahhuddagi salom va duolarning ma’no va mohiyatlari 13.02.2019 402
9 Namozda niyat tilda bo’ladimi yoki dildami? 11.02.2019 557
10 Namozda hushu qanday bo’ladi? 03.01.2019 358
11 Hamma bilgan o’sha namoz 18.10.2018 407
12 Qur’onda namoz vaqtlari 17.10.2018 1 081
13 Avtobus, poyezd, samolyot va shu kabi ulovlarda namoz oʻqisa boʻladimi? 04.09.2018 342
14 Qur’ondagi namozga aloqador oyatlar 12.08.2018 360
15 Namoz avvalgi ummatlarga ham farz qilinganmidi? 25.06.2018 231
16 Musofir kishi namozlarini 4 rak’at qilib o’qisa bo’ladimi? 18.06.2018 320
17 Ramazon va Qurbon bayramlari farzmi yoki sunnatmi? 18.06.2018 251
18 Be namozning qilgan yaxshi ishlari qabul bo’lmaydimi? 18.06.2018 297
19 Musulmonlarni jahannamga kirishiga asosan nima sabab bo’ladi? 08.06.2018 266
20 Xufton namozining vaqti qachon tugaydi? 08.06.2018 1 084
21 Qur’onda tahajjud namozi haqida aytilganmi? 08.06.2018 1 984
22 Namoz vaqtlari (Qur’onga ko’ra) 08.06.2018 339
23 Jum’a namozi Qur’onda aytilganmi? U ayollarga ham farzmi? 08.06.2018 256
24 Azon haqida Qur’onda aytilganmi? 08.06.2018 278