Ibodat va Shirk (Tariqatchilikka Nazar 23- bo’lim)
Musulmonlar > E'tiqod > Kufr > Maqolalar > Shirk Tarix: 20 May 2019 Email This Post Email This Post

IBODAT

Pir: Biz o’zimizni xuddi bir iloh deb e’lon qilayotgandek nega bizga bunday muomala qilyapsan? Biz senga bizga ibodat qil demayapmiz-ku!

Bayindir: Menimcha siz hali ibodat nima ekanini va nima qanday ma’noni anglatishini bilmaysiz shekilli! Ayting-chi, murid shayxni oldida qanday turishi kerak?

Pir: menga qara, men senga hozir murid pirini oldida qanday darajada odob saqlab turishi haqida aytib beraman. Keyin ichingda nima bo’lsa gapir! Muridni e’tiqodi shunday bo’lishi kerak:

“Men faqatgina bog’liq bo’lgan pirim bilan o’z maqsadimga erishishim mumkin.”[1]

Muso alayhissalom bilan Hizr alayhissalom qissasida yuz berganidek, pirga e’tiroz bildirish juda katta xato va jirkanch ishdir. E’tirozchini uzri qabul qilinmaydi. E’tiroz sababli o’rtaga tushgan ayriliqni tuzatishni ilojisi yo’q. Bu e’tirozni zarari – muridga piridan oqib kelayotgan fayzni to’xtab qolishidir.

         Muridga lozim bo’lgan shartlardan biri esa, piri aytgan narsalarni hatto ta’vil ham qilmasdan va aslo kechiktirmasdan bajarishdir. Zero, ta’vil va kechiktirish muridni boshiga tushadigan katta muammoga sabab bo’ladi.

         “Piri yoqtirmagan va sevmagan narsalardan uzoq turish ham muridning odoblaridan hisoblanadi.

 Agar piri muridiga biron narsani kunlik vazifa qilib topshirsa, pir u vazifani qoldirmasdan doim bajarib yurishi va qalbiga yaxshilikni ham yomonlikni ham keltirmasligi kerak. Sadoqatli muridning sarmoyasi – piriga bo’lgan sevgisi va bog’liqligi, qaysarlik hassasidan va xilof ish qilish savdosidan voz kechishi va pirini buyruqlari ostida sukunatga erishmog’idir. 

         Tariqatga bo’lgan muhabbati va piriga bo’lgan  bog’liqligi ziyoda bo’lgan murid tariqatda qolishi aniq bo’ladi.”

Bayindir: Ya’ni, murid pirini quli va xizmatkori bo’ladi, shundaymi? Hatto quldan ham battar bog’liq bo’ladi piriga. Chunki, qul ham goho-goho xo’jayiniga e’tiroz bildiradi va qarshi chiqadi. Agar ochiq bir shaklda qarshi chiqmasa ham ichidan g’ummillaydi. Lekin, murid ham tashidan va ham ichidan piriga qul bo’lishi kerak ekan-da a? Pirini amri ostida unini chiqarmasdan vazifalarini ado qilishda davom etsa, tariqatdan quvilmay qolishiga amin bo’ladi shundaymi?!

Pir: Murid pirini tarbiyasi ostida go’yo g’assolni qo’lida yuvilayotgan o’lik kabi bo’lishi kerak. Chunki, piri o’z muridini xohlaganidek harakatlantira olishi va xohlagan tarafiga bura olishi kerak. Aks holda muridini qanday yetishtiradi?

Bayindir: Insonlarni o’ziga qul qilib olgan birorta ham payg’ambar yo’q. Siz aytgan narsalar Qur’onga mutlaqo zid. Alloh taolo shunday buyuradi:

 مَا كَانَ لِبَشَرٍ أَن يُؤْتِيَهُ اللَّـهُ الْكِتَابَ وَالْحُكْمَ وَالنُّبُوَّةَ ثُمَّ يَقُولَ لِلنَّاسِ كُونُوا عِبَادًا لِّي مِن دُونِ اللَّـهِ وَلَـٰكِن كُونُوا رَبَّانِيِّينَ بِمَا كُنتُمْ تُعَلِّمُونَ الْكِتَابَ وَبِمَا كُنتُمْ تَدْرُسُونَ

“Alloh kitob-u hikmat va nabiylik bergan hech bir inson boshqa insonlarga: “Allohni qo’yib menga qullik qilinglar”, deyishga  haqi yo’q. Lekin u: “Kitobni o’qib o’rganishingiz orqali Robbingizga qullik qilinglar”, deydi.” (Oli Imron 3/79)

Siz aytyapsizki: agar muridni piriga biron bir e’tirozi bo’lsa, buni tuzatishni aslo ilojisi yo’q. Bu narsa piriga ibodat qilish bo’lmay yana nima ham bo’lishi mumkin?!

Pir: Xudo haqi, buni nimasi ibodat?

Bayindir: Ha, bu yerda faqatgina ibodat emas, balki isteona/yordam so’rash ham bor! Har kuni eng kamida qirq marta Fotiha surasini o’qib Allohga shunday so’z beryapmiz:

إِيَّاكَ نَعْبُدُ وَإِيَّاكَ نَسْتَعِينُ

“(Allohim!) Faqatgina Senga ibodat qilamiz va faqatgina Sendan yordam so’raymiz.” (Fotiha 1/5)

Ammo, sizni gaplaringiz Allohdan boshqasiga ibodat qilganingiz va yordam so’raganingizni ko’rsatyapti.

Murid: Katta tuhmatga qo’l urdingiz. Besh vaqt namoz o’qigan, kechalari tahajjudga turgan, zikrlar qilib yurgan, Islomga xizmat qilish uchun ko’plab diniy muassasalarni qurilishiga hissa qo’shgan buncha insonga bunday tuhmat qilolmaysiz.

Bayindir: Men sizni Allohni ochiq-oydin oyatlari bilan ogohlantiryapman. Agar ozgina xolis bo’lib meni tushunishga harakat qilsangiz, men sizga katta yaxshilik qilmoqchi bo’layotgan bir do’stingiz ekanimni bilib olardingiz. Siz bu ketishda o’zingizni jahannamdan aslo qutqarib qolomaysiz.

Murid:  Olamda shuncha kofir bor, nega ularga qarshi chiqishni o’rniga, musulmonlarni birlik va barobarlik bo’lishi kerak bo’lgan bu kunlarda nega aynan bizga qarshi chiqyapsiz? Nega biz bilan olishyapsiz? Bunday yaxshi ishlarni amalga oshirib kelayotgan kishilarni yo’qqa chiqarib nimaga erishasiz?

Bayindir: Ruhoniy va monaxlar mol-davlat, oila hayoti va dunyoga bog’lanib qolmaslik va butun umrlarini ibodat bilan o’tkazish uchun buyuk tog’larni izsiz cho’qqilarida joylashgan monastirlarga borib joylashib oladilar. Ammo, modomiki Isoni Allohni o’g’li, Alloh bilan o’zlari orasidagi vositachi deb bilar ekanlar, aslo haq yo’lga kirgan bo’lmaydilar, hidoyatda bo’lmaydilar. Butun umrini ibodatga sarflagan bo’lsalar ham barchasi puch va barbod bo’ladi qoladi.

Imon-e’tiqod juda muhim masala. Agar bir insonni savob daftarida hatto savobni “s” harfi bo’lmasa ham, lekin hayotida shirkka qo’l urmagan holda tavba qilib imoni bilan o’lgan bo’lsa, Alloh u kishini qiyomatda mag’firat qilishi va jannatga kirgizishi mumkin.

إِنَّ اللَّـهَ لَا يَغْفِرُ أَن يُشْرَكَ بِهِ وَيَغْفِرُ مَا دُونَ ذَٰلِكَ لِمَن يَشَاءُ ۚ وَمَن يُشْرِكْ بِاللَّـهِ فَقَدِ افْتَرَىٰ إِثْمًا عَظِيمًا

“Alloh O’ziga sherik qo’shilishini aslo kechirmaydi. Bundan boshqa gunohlarni esa, munosib bo’lgan kishidan kechirib yuboradi…” (Niso 4/48)

Boshqasiga qul bo’lib qolishimizni xohlamagan Alloh Muhammad alayhissalomga shunday vahiy qilgan:

قُلْ أَفَغَيْرَ اللَّهِ تَأْمُرُونِّي أَعْبُدُ أَيُّهَا الْجَاهِلُونَ (64) وَلَقَدْ أُوحِيَ إِلَيْكَ وَإِلَى الَّذِينَ مِنْ قَبْلِكَ لَئِنْ أَشْرَكْتَ لَيَحْبَطَنَّ عَمَلُكَ وَلَتَكُونَنَّ مِنَ الْخَاسِرِينَ (65) بَلِ اللَّهَ فَاعْبُدْ وَكُن مِّنْ الشَّاكِرِينَ (66) وَمَا قَدَرُوا اللَّهَ حَقَّ قَدْرِهِ وَالْأَرْضُ جَمِيعًا قَبْضَتُهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَالسَّماوَاتُ مَطْوِيَّاتٌ بِيَمِينِهِ سُبْحَانَهُ وَتَعَالَى عَمَّا يُشْرِكُونَ (67) وَنُفِخَ فِي الصُّورِ فَصَعِقَ مَن فِي السَّمَاوَاتِ وَمَن فِي الْأَرْضِ إِلَّا مَن شَاء اللَّهُ ثُمَّ نُفِخَ فِيهِ أُخْرَى فَإِذَا هُم قِيَامٌ يَنظُرُونَ (68) وَأَشْرَقَتِ الْأَرْضُ بِنُورِ رَبِّهَا وَوُضِعَ الْكِتَابُ وَجِيءَ بِالنَّبِيِّينَ وَالشُّهَدَاء وَقُضِيَ بَيْنَهُم بِالْحَقِّ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ (69

“Aytginki: “Ey o’zini bilmaslar! Meni Allohdan boshqasiga qullik qilishga buyuryapsizlarmi?!”   

(Ey Muhammad!) Senga ham sendan avvalgi nabilarga ham qat’iy o’laroq mana shu narsa bildirildiki: Agar shirkka tushsang qilgan yaxshiliklaring behuda bo’lib ketadi va o’zing ham ziyon ko’ruvchilardan bo’lib qolasan.

Balki, Allohga qullik qil va vazifasini ado etuvchilardan bo’l.

Allohni kerakli darajada qadrlamadilar. Holbuki, qiyomat kunida yer yuzi boricha Uning bir tutami bo’ladi; osmonlar esa Uning kuchi ila yig’ilgan bo’ladi. U – O’ziga sherik qo’shilganlardan uzoqdir, buyukdir.” (Zumar 39/64-67)

Allohdan boshqasiga qul bo’lmasdan faqatgina Uning O’ziga qul bo’lish – hurriyatning eng yuqori cho’qqisidir.

Muhammad alayhissalom haqida nozil bo’lgan ushbu oyat to’g’risida bir oz to’xtalib o’taylik:

وَإِن كَادُواْ لَيَفْتِنُونَكَ عَنِ الَّذِي أَوْحَيْنَا إِلَيْكَ لِتفْتَرِيَ عَلَيْنَا غَيْرَهُ وَإِذًا لاَّتَّخَذُوكَ خَلِيلاً (73) وَلَوْلاَ أَن ثَبَّتْنَاكَ لَقَدْ كِدتَّ تَرْكَنُ إِلَيْهِمْ شَيْئًا قَلِيلاً (74) إِذاً لَّأَذَقْنَاكَ ضِعْفَ الْحَيَاةِ وَضِعْفَ الْمَمَاتِ ثُمَّ لاَ تَجِدُ لَكَ عَلَيْنَا نَصِيرًا (75

”Boshqa bir narsa to’qib chiqarib Bizga nisbat berarsan, deya senga fitna-muammo keltirib chiqarib, oz qolsa senga vahiy qilgan narsamizdan o’zingni ayirib tashlashar edi. Shunda ular seni do’st qilib olishardi!

Agar seni sobit qadam qilmaganimizda, bir oz bo’lsa-da ularga moyil bo’lib qolishing mumkin edi.

Agar bunday qilganingda, senga hayotni ham o’limni ham ikki barobar jazosini chektirgan bo’lardik. Keyin, Bizga qarshi senga yordam bera oladigan birini topa olmas eding.“ (Isro 17/73-75)

 

SHIRK

Shirk – Allohga oid ba’zi xususiyatlarni boshqa bir borliqda ham bor deb bilib, uni o’sha xususiyatlarda Allohga sherik qilishdir. Bunga ishongan kishi uni Allohga yaqin deb biladi. Allohga uning vositasi orqali ulashish mumkin ekaniga va orzu-istaklarini ulashtira olishiga ishonadi. Allohga bir qirol deb, o’rtadagi vositachini esa qirolni yonidagi bir yordamchisidek munosabat bildiradi.

Murid: Bizni qaysi amalimiz shirk? Biz pirlarga va vositachilarga ibodat qilyapmiz ekanmi? Sen bizga asosan mana shu narsani tushuntirib ber.

Bayindir: Ha, shunday. Sizlarni Allohga yetishtirishiga ishongan pirlaringizga aynan ibodat qilyapsizlar! Ibodat –aytganini so’zsiz bajarish, toat qilish, bo’yin egish va ko’pincha amriga bo’y sunish va chizgan chizig’idan chiqmaslik degan ma’nolarni bildiradi.[2] Turkiy tilli millatlarda bunga qullik qilish deyiladi.

Insonlar kuchi yetadiganlarni o’ziga qul qilib olishga, kuchi yetmaydigan kishilarga esa qul bo’lib olishga yaqindirlar. Avvallari qirollar o’z xalqiga xuddi o’zini qullaridek munosabat bildirishni, aytgan gaplarini xalqiga so’zsiz bajartirishga uringan. Bir kun Fir’avn xalqini to’plab shunday degan:

فَقَالَ أَنَا رَبُّكُمُ الْأَعْلَى

“Menman sizlarni eng oliy robbingiz.” (Noziat 79/24)

Rob – xo’jayin, ega degan ma’nolarni bildiradi. Qulni xo’jayiniga ham rob deyiladi. Allohdan boshqasiga qul bo’lishni rad qilgan kishilar Allohdan boshqa birov ularga rob va xo’jayin bo’lib olishlariga ham rozi bo’lmaydilar.

Qirollar siyosiy va harbiy quchidan foydalanib, boylar mol-davlatidan foydalanib, yana kimlardir dinidan foydalanib insonlarni o’zlariga qul qilib olishni xohlashgan. Dinidan foydalanib bu ishga qo’l urganlar bularni eng yomonlaridir. Chunki, insonlar o’sha dindorlarga qullik qilishni go’yoki Allohga qullik qilishning bir qismi deb biladilar.

Sizlar Alloh bilan birgalikda piringizga ham qullik qilyapsizlar. Robita qilayotgan vaqtingizda uni ruhoniyatiga bo’yin egyapsizlar. Fotiha surasini o’qiyotganda esa: “”Yolg’iz Senga qullik qilamiz” demoqdasizlar!

Murid: Yer yuzida o’ziga qullik qilinishini xohlagan biron-bir pir bormi o’zi?

Bayindir: Yuqoridagi ochiqlamalar yetarli bo’lmadi menimcha! Piriga to’liq bog’lanish, unga robita qilish, qalbi bilan undan yordam so’rash va unga aslo e’tiroz qilmaslik, pirini yonida xuddi o’zini g’assolni qo’lidagi o’likdek his qilish qullikni eng yuqori darajasi emasmi? Bundan ham ortiq qullik bor ekanmi? Allohni talabi – insonlar faqatgina Unga qul bo’lishlari, faqatgina Uning aytganlarini so’zsiz va shartsiz bajarishlari va mana shu shaklda hurriyat va ozodlikni cho’qqisiga ulashishlaridir.

 يَا أَيُّهَا النَّاسُ اعْبُدُواْ رَبَّكُمُ الَّذِي خَلَقَكُمْ وَالَّذِينَ مِن قَبْلِكُمْ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ

“Ey Insonlar! Sizlarni ham sizlardan avvalgilarni ham yaratgan Robbingizga qullik qilinglarki, shoyad, o’zingizni himoya qilib saqlanib qolasizlar.” (Baqara 2/21)

[1] Tasavvufiy Axloq kitobi, 2- j, 247.

[2] IbnManzur, Lisanul Arab.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
124 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Ibodat va Shirk (Tariqatchilikka Nazar 23- bo’lim) 20.05.2019 124
2 Shafoat (Tariqatchilikka Nazar 21- bo’lim) 16.05.2019 110
3 Shayxlarga vahiy kelishi (Tariqatchilikka Nazar 14- bo’lim) 20.04.2019 165
4 Musulmonlarni cho’ktirgan shirk (Tariqatchilikka Nazar 9- bo’lim) 12.04.2019 174
5 Favqulodda kuch manbai (Tariqatchilikka Nazar 7- bo’lim) 30.03.2019 209
6 G’ayri oddiy yo’llar orqali yordam (Tariqatchilikka Nazar Solish 6- bo’lim ) 30.03.2019 158
7 Shayx Himmati va Duo (Tariqatchilikka Nazar Solish 5- bo’lim) 28.03.2019 170
8 Avliyo yordami (Tariqatchilikka Nazar Solish 4- bo’lim) 28.03.2019 177
9 Har bir Musulmon Avliyodir (Tariqatchilikka Nazar 3- bo’lim) 28.03.2019 193
10 O’rtakashlik, Vasila va Vosita (Tariqatchilikka Nazar Solish 2- bo’lim ) 28.03.2019 191
11 Islomga kirgizilmoqchi bo’lgan renkarnatsion (ruh ko’chish) tushunchasi 09.07.2018 316
12 G’oyibona ko’rib-eshitib yordam bera olish yolg’iz Allohga xos 09.07.2018 251
13 Ikki musulmonning tavhid haqidagi bahsi 29.06.2018 293
14 Be namozning qilgan yaxshi ishlari qabul bo’lmaydimi? 18.06.2018 296
15 Qur’onni tahrif qilinishi yohud shirkka ochib berilgan eshik 13.06.2018 302
16 O’likdan yordam so’rash 13.06.2018 243
17 G’oyb haqidagi noto’g’ri tushunchalar (katolik va soxta diniy jamoalardan o’rnaklar) 13.06.2018 235
18 Vasila va vosita qilishdagi noto’g’ri harakatlar 13.06.2018 379
19 Inson so’zini Allohning so’zi bilan tenglashtirish xatosi (Hristianlik va Islomdan o’rnaklar) 12.06.2018 252
20 Dindorlarni Xudolashtirish (Nurchilardagi soxta avliyolik, muridlarini ma’naviy boshqaruv ostiga olishga urinishi) 12.06.2018 284
21 Taoizmga ko’ra vositachilik 11.06.2018 227
22 Katoliklardagi vositachilik e’tiqodi (Barcha soxta diniy jamoatlarda ham bir xil) 11.06.2018 319
23 Vositachilik e’tiqodi 11.06.2018 308
24 Aql shirkni, Qur’on esa aqlsizlikni qabul qilmaydi 11.06.2018 431
25 Vositachi va shirkka kirib qolganlarning qiyomatdagi ahvoli 11.06.2018 214
26 Mushrik o’zini mushrik deb tan olmaydi 11.06.2018 272
27 Mushrik – vositachilarning shafoatiga ishonadi 11.06.2018 226
28 Vositachilarga ishonish mushrikning asosiy ishidir 11.06.2018 220
29 Mushrik ham Allohga ibodat qiladi 11.06.2018 236
30 Allohga ishongan mushriklar 11.06.2018 190
31 Vositachi iloh (xudo) istaganlar 11.06.2018 234
32 O’zlarini tangri qilib olganlar 11.06.2018 218
33 Alloh va elchilarini o’rtasini ajratish 10.06.2018 212
34 Kofirlik va itoatsizlik sababini Allohga to’ngash 09.06.2018 243
35 Shaytonning shirk tuzog’i va unga yetaklovchi yo’llar 09.06.2018 296
36 Kufr va shirk 09.06.2018 348