Robita (Tariqatchilikka Nazar 22- bo’lim)
Musulmonlar > E'tiqod > Maqolalar > Tariqat Tarix: 16 May 2019 Email This Post Email This Post

Bayindir: Sizlarni yana robitangiz ham bor!

Pir: Ha. Robita – bir murid piri komilini ruhoniyati bilan birgalikda uning suratini qalbining ko’z o’ngiga keltirib xayol qilishi va qalbi bilan piridan yordam so’rashidir[1]

Bayindir: Ya’ni, murid pirini yuksaklarda ko’radi, uni bir-qancha vakolatlarga ega ekanini tushunadi, o’zini esa past tabaqada deb biladi. Keyin pirini xayoliga keltirib undan yordam so’raydi. Buni pirini yonida bajarmaydi shunday emasmi?

Pir: To’g’ri. Menga qara, bu ishga biz asos solmadik. Shayx Xolid Bag’dodiy hazratlari Risolai Xolidiyyasida shunday degan:

Robitani eng yuqori martabasi – ikki ko’z orasida bo’lgan xayol xazinasi bilan pirining  ruhoniyati yuziga hatto ikki ko’zining orasiga qarashdir. Zero, u joy fayz bulog’idir. Undan keyin piriga nisbatan o’zini past bilib, eng yuqori darajada tavoze ko’rsatgan holda piriga yolvorib va pirini Alloh bilan o’zi orasiga vasila qilib, pirining ruhoniyatini xayol xazinasiga kirib u yerdan qalbiga va undan-da ichkariga asta-asta piridan unga fayz kirib kelayotganini xayol qilib, pirini o’z nafsidan ham kechib yuborguncha xayol ko’zidan uzoqlashtirmaslik degani.

Bayindir: Oh, Allohim! Qani menga ayting-chi, nimaga asoslanib bunday deyapsiz.

Pir: Buni dalili bor. Abu Bakr (Alloh undan rozi bo’lishini so’raymiz) qazoyi hojat[2] uchun Payg’ambar alayhissalomdan xoli bir joy topa olmagani sababli, bu holatni Payg’ambar alayhissalomga arz qiladi. Payg’ambarimiz esa unga ruxsat berdi.

Bayindir: Demak, siz aytmoqchisizki; hazrati Abu Bakr xojathonada hojat uchun o’tirganida Rasulullohni ruhoniyati bilan birgalikda uning suratini qalb ko’zi o’ngiga keltirgan holda xayol surib Rasulullohdan yordam so’ragan, shundaymi?!

Pir: Yo’q. Hazrati Abu Bakr hatto hojatxonada o’tirgan vaqtida ham Muhammad alayhissalomni o’ylab xayol qilib o’tirar edi.

Bayindir: Juda ham yaxshi ko’rgan kishisining xayoli insonni ko’z o’ngidan ketmaydi. Shoir sevgilisi haqida: “Kunduz xayolimda, tunda tushimda” deydi. Hazrati Abu Bakr ham Rasulullohni juda yaxshi ko’rgani uchun, hatto xojathonada ham uni xayolidan chiqara olmagan bo’lishi mumkin. Lekin, siz aytgan robita bilan buni nima aloqasi bor?

Siz robita vaqtida pirining ruhoniyati muridining yoniga keladi deb iddao qilyapsiz. Pirining ruhoniyati muridini yoniga qayerdan kelib qoladiki, muridi undan yordam so’rasin?

Pir: Ruhoniyat kelishi va ko’rinishi haqida dalilimiz bor! Yusuf surasida shunday deyilgan:

وَلَقَدْ هَمَّتْ بِهِ ۖ  وَهَمَّ بِهَا لَوْلَا أَن رَّأَىٰ بُرْهَانَ رَبِّهِ ۚ  كَذَٰلِكَ لِنَصْرِفَ عَنْهُ السُّوءَ وَالْفَحْشَاءَ ۚ  إِنَّهُ مِنْ عِبَادِنَا الْمُخْلَصِينَ

“(Yusuf alayhissalom beixtiyor, qo’lidan kelmasdan) unga (Zulayhoga) moyil bo’ldi. Robbining buhronini (dalilini) ko’rmaganda edi, (o’sha moyilligiga ko’ra harakat qilishi mumkin edi)…” (Yusuf 12/24) 

Bu oyatni tafsirida ko’pchilik  mufassirlar Alloh do’stlarini tasarruf va madadini, kuchi va yordamini ochiqlab berishgan. Mufassirlardan Kashshof to’g’ri ko’rishdan ayrilgan va Mo’tazila[3] ko’rishi bilan vasflangani bo’lsa ham, Yaqub alahyissalomni ruhoniyati hayratdan barmoqlarini tishlagan holda Yusuf alayhissalomga ko’ringan holda: “U ayoldan saqlan”, deganini ochiqlab bergan.[4]

Bayindir: siz rostdan ham o’sha Kashshof tafsirini o’qigan bo’lganingizda edi, bu gaplarni gapirmagan bo’lardingiz. Yusuf surasini 24- oyatida Zulayhoni Yusuf alayhissalom bilan birga bo’lish uchun qilgan ishlarini bayon qilinayotganda shunday deyilgan:

وَلَقَدْ هَمَّتْ بِهِ ۖ  وَهَمَّ بِهَا لَوْلَا أَن رَّأَىٰ بُرْهَانَ رَبِّهِ

“Ayol unga intildi. Robbining buhronini ko’rmaganda edi, Yusuf ham intilgan bo’lardi…” (Yusuf 12/24)

Tafsiri Kashshofda burhon kalimasining to’g’ri ma’no aytilganidan keyin shunday davom etilgan:

“Yusuf alayhissalom “Hoy, ayolga yaqinlashma!” degan bir ovoz eshitdi, lekin parvo qilmadi. Ikkinchi marta ham eshitdi, parvo e’tibor bermadi. Uchinchi marta eshitdi, ilgariladi. Yaqub alayhissalomni barmoqlarini tishlab turgan holda ko’rganida-gina ta’sirlandi…

Tafsiri Kashshofda bu gapni aytganlarga nisbatan shunday javob berilgan:

”Bu va bu kabi narsalar xurofotchi-adashgan kishilarni to’qib chiqarib olgan gaplaridir. Alloh taologa va Payg’ambarlariga tuhmat qilish bularni diniga aylanib qolibdi…”[5]

Oyat haqida bir oz tafakkur qilinsa siz aytgan narsa aynan mana shu Yusuf surasining boshqa oyatlariga ham zid ekani ma’lum bo’ladi. bir oyat quyidagicha:

وَتَوَلَّىٰ عَنْهُمْ وَقَالَ يَا أَسَفَىٰ عَلَىٰ يُوسُفَ وَابْيَضَّتْ عَيْنَاهُ مِنَ الْحُزْنِ فَهُوَ كَظِيمٌ

“Yaqub ulardan yuz o’girib: “Voh Yusufim voh!”, dedi. G’amdan ko’zlariga oq tushdi. U alamini ichiga yutuvchi edi.” (Yusuf 12/84)

Bu voqea Yusuf Misrga kelgan akalaridan Bunyaminni olib qo’yganidan keyin sodir bo’lgan. Agar Yaqub Bunyaminni Yusuf olib qo’yganini bilganida bunday g’amgin ahvolga tusharmidi? Ko’zlariga oq tushadigan darajada g’am chekarmidi?

Sizga tavsiyam; bu voqelikni o’zingizga robitani dalili qilib olib, o’zingizni yana-da qiyin ahvolga solib qo’ymang.

Pir: Samarqandlik pir Ubaydulloh al-Axror hazratlari “Sodiqlar bilan birga bo’linglar” (Tavba 9/119) oyatini tafsrida shunday degan:

         Shubhasizki, sodiqlar bilan birga bolish – ham suratda hamda ma’noda ular bilan birga bo’lishdir. Keyin esa ma’naviy barobarlikni robita va huzur deb tafsir qilgan ekanki, bu narsa o’z ahliga (tasavvuf ahliga) ma’lum bo’lgan mashru’ bir ishdir.[6]

Bayindir: Surat va ma’noda sodiqlar, ya’ni samimiy-durust insonlar bilan barobar bo’lish degan gapdan nima tushunyapsiz? Bir inson bilan barobar bo’lish – ham uni yonida qolish, hamda u bilan bir xil tuyg’u va tushunchalar almashish degan ma’noni bildiradi. Yonida bo’lsangiz-u, lekin u bilan bir xil fikr va tushunchaga bormayotgan bo’lsangiz, demak siz u bilan barobar emassiz, bu to’liq barobarlik emas. Bir xil fikr va tushunchaga ega bo’lgan kishini yonidan o’rin olmasangiz bunda ham u bilan barobar bo’lgan hisoblanmaysiz. Bu oyatda bayon qilingan narsa mana shudir. Buni siz aytgan robitaga nima aloqasi bor?

Ba’zi pirlar muridlariga o’z rasmlarini tarqatadi va robita qilayotganida o’sha rasmga qarab turishni tayinlaydi. Siz ham shunday qilasizmi?

Murid: Bizda bunday narsa yo’q. Payg’ambar alayhissalom rasmni taqiqlagan.

Bayindir: Agar Payg’ambar alayhissalom taqiqlamaganda shunday qilarmidingiz?

Pir: Balki shunday qilardik. Chunki, rasmga qarab turish pirini o’z qalb ko’zi o’ngiga keltirib xayol qilishdan oson. Shunda u pirini suratini bosh ko’zi bilan ko’rgan bo’ladi.

Bayindir: Agar dinimizda haykal taqiqlanmasa piringizni haykalini ham yasagan bo’lardingiz, shunday emasmi?

Pir: Lekin haykal man etilgan.

Bayindir: Man qilinmagan deb faraz qilib ko’ring.

Pir: Balki haykalini ham yasardik. Har bir muridni uyida balki pirini haykali bo’lishi ham mumkin edi.

Bayindir: Unday bo’lsa har bir murid pirini butini ro’parasiga kelib unga robita qilar va uning ruhoniyatidan ma’naviy yordam so’rar edi. Unga nisbatan o’zini haqir ko’rib, eng yuksak darajada haykalga tavoze ko’rsatib unga yolvorar edi. Zotan, butga sig’inadiganlarni ishi bundan boshqa narsa emas. O’rtadan haykalni olib tashlab o’rniga pirini xayolini olib kelgan bilan nima o’zgaradi? Butga sig’inganlar ham zotan tosh yoki yog’ochdan biron narsa talab qilishmaydi, balki uni tamsil qilib olingan borliqning ruhoniyatidan yordam so’rashadi.

Siz ta’riflagan robitaga faqatgina mana shu oyat dalil bo’lishi mumkin:

أَلَا لِلَّـهِ الدِّينُ الْخَالِصُ ۚ وَالَّذِينَ اتَّخَذُوا مِن دُونِهِ أَوْلِيَاءَ مَا نَعْبُدُهُمْ إِلَّا لِيُقَرِّبُونَا إِلَى اللَّـهِ زُلْفَىٰ إِنَّ اللَّـهَ يَحْكُمُ بَيْنَهُمْ فِي مَا هُمْ فِيهِ يَخْتَلِفُونَ ۗ إِنَّ اللَّـهَ لَا يَهْدِي مَنْ هُوَ كَاذِبٌ كَفَّارٌ

“Bilingki, Allohning dini xolis dindir. Allohdan avval avliyolarga osilib olganlar aytadilarki: “Bu avliyolarga qullik qilishimizni sababi, bizlarni Allohga yana-da ko’proq yaqinlashtirishlari uchundir.” Ular ixtilofga tushgan har xususida Allohni O’zi ularni orasida hukm qiladi. O’zini haqdan to’sib olaveradigan bir yolg’onchini Alloh aslo O’z yo’liga qabul qilmaydi.” (Zumar 39/3)

Bu oyat Qur’onda shirkni asl holatini tanitib bergan oyatdir.

[1] Ruhul Furqon, 2-j, 64- s.

[2] Hojatxona ishini bajarish.

[3] Mo’tazila – bir kalom mazhabidir. Vosil b. Ato va tarfdorlari tarafidan asos solingan. Insonni o’z qo’li bilan amalga oshirayotgan ish harakatlarni yaratuvchisi insonni o’zi, Alloh bunday ishlarni birovga majburlab qildirmaydi, demak bu ishni yaratuvchisi insonni o’zidir, deb e’tiqod qiladilar. Boshqa e’tiqod mazhablaridan bir qancha o’rinda farqli ko’rishlari bor.

[4] Ruhul Furqon, 2- j, 65-66- s.

[5] Imom Zamaxshariy, al-Kashshof, 1-j, 467- s.

[6] Ruhul Furqon, 2- j, 66- s.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
99 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Islomiy Libos (Tariqatchilikka Nazar 25- bo’lim) 29.05.2019 152
2 Allohni Ko’rinishi (Tajalli) (Tariqatchilikka Nazar 24- bo’lim) 29.05.2019 86
3 Robita (Tariqatchilikka Nazar 22- bo’lim) 16.05.2019 99