Qalbdagi Ilhom (Tariqatchilikka Nazar 20- bo’lim)
Musulmonlar > Hikmat > Qur'on va Musulmonlar > Taqvo Tarix: 12 May 2019 Email This Post Email This Post

Ilhom – Alloh bandalarini qalbida biron narsani paydo qilib qo’yishidir. Sezgi ham mana shu ma’noni ifodalaydi.

Murid: Ilhomga ishonasanmi? Boshqa narsalarga unchalik aloqasi bo’lmasa-da, ilhom degan karomat bor.

Bayindir: Ilhomni borligiga shubha yo’q. Agar Allohni ilhomi bo’lmasa, insonlar taraqqiy eta olmaydilar, rivojlana olmaydilar. Barcha ilmiy-kashfiyotlar va izlanishlar Allohni ilhomi orqali o’rtaga chiqadi. Lekin, ilhom shayxlarga yoki faqatgina musulmonlarga tegishli emas. Kofirlar ham ilhom olishi mumkin.

Ilhom kalimasi Qur’onda bir joyda keladi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَنَفْسٍ وَمَا سَوَّاهَا ﴿٧﴾ فَأَلْهَمَهَا فُجُورَهَا وَتَقْوَاهَا ﴿٨﴾ قَدْ أَفْلَحَ مَن زَكَّاهَا ﴿٩﴾ وَقَدْ خَابَ مَن دَسَّاهَا ﴿١٠

“Nafs (inson vujudi)ga va uni muvozanatli-bejirim yaratilishiga qasamki, U nafsga yomonligini ham yaxshiligini ham ilhom qildi (bildirdi). O’zini pok saqlagan kishi murodiga erishadi. O’zini bulg’agan kishi esa, ziyon ko’radi.”[1] (Shams 91/7-10)

  • Isyonkorlikka ilhom

Isyonkorlik – insonni Allohga, insonlarga yoki o’ziga qarshi noto’g’ri munosabat bildirishi va noto’g’ri muomala qilishidir. Bunday ishga qo’l urayotgan kishini qalbida bezovtalik paydo bo’ladi va o’zini noqulay his qilishni boshlaydi. Bu narsaga yurak siqilishi yoki vijdon azobi deyiladi.

Yusuf alayhissalomni Zulayxodan uzoqlashtirgan burhon Allohni ilhomidir. Bu haqdagi oyat quyidagicha:

وَلَقَدْ هَمَّتْ بِهِ ۖ وَهَمَّ بِهَا لَوْلَا أَن رَّأَىٰ بُرْهَانَ رَبِّهِ ۚ كَذَٰلِكَ لِنَصْرِفَ عَنْهُ السُّوءَ وَالْفَحْشَاءَ ۚ إِنَّهُ مِنْ عِبَادِنَا الْمُخْلَصِينَ

         “Ayol unga intildi. Robbining buhronini ko’rmasa edi, Yusuf ham unga intilgan bo’lardi…” (Yusuf 12/24)

Gunoh inson tabiatiga va xilqatiga zid narsa. Shu sababli, inson aslida hech qanday gunoh qilishni xohlamaydi. Agar gunohga qo’l urmoqchi bo’lsa, Alloh uni qalbiga qiladigan ishini yomon ekanini bildirib-sezdirib qo’yadi. Agar shunga qaramasdan ham gunohga qo’l ursa, uni qalbiga bir siqilish hissi paydo bo’ladi, vijdoni qiynaladi va qilgan ishidan pushaymon bo’lish hissi tug’iladi.

Bu narsa musulmon bo’lmagan kishilarda ha yuz beradi. Nabiyimizga aziyat bergan Abu Jahl, Abu Lahab, Abu Sufyon, Valid b. Mug’iyra, Nadr b. Haris, Umayya b. Halaf va Os b. Voillar bir joyga yig’ildilar va aytdilarki:

Haj mavsumida Arab hay’atlari kelib bizdan Muhammad haqida so’rashmoqda, har birimiz har xil javob beryapmiz. Birimiz telba, boshqa birimiz kohin yana boshqa birimiz esa shoir deb javob beryapmiz. Muhammad haqida berilgan javoblar har xil bo’lganligi sababli, Arablar bu berilgan javoblarni hammasi noto’g’ri degan xulosaga borib qolishmoqda. Kelinglar, Muhammad ga bitta ism berishga kelishib olaylik.

         Orasidan biri “u shoir” dedi. Valid b. Mug’iyra: Men Ubayd b. Al-Abras va Umayya b. Abissaltni sherlarini eshitdim, Muhammadni so’zlari bularni sherlariga o’xshamaydi, dedi.   

Yana biri “u kohindir” dedi. Valid: “Kimga kohin deyiladi?”- deb so’radi. Shunda: “Ba’zan to’g’ri ba’zan yolg’on gapirgan kishiga kohin deyiladi”, deb javob berishganida, Valid ularga: “Muhammad aslo yolg’on gapirmagan”, dedi.

Yana biri “u telba” dedi. Shunda Valid: Kimni telba deyiladi?”, deb so’raganida, ular: “Insonlarni qo’rqitgan kishiga”, deb javob berishganida, Valid ularga: “Shu vaqtgacha Muhammad hech kimni qo’rqitmagan”, dedi.

Keyin, Valid u yerdan turib uyiga ketdi. Shunda hamma Valid b. Mug’iyra dinini o’zgartirdi, deb yubordi. Abu Jahl darhol uni yoniga ketdi va: “Senga nima bo’ldi? Axir Quraysh senga yordam to’pladi. Ular seni tushkunlikka tushib qolib dinini o’zgartirdi, deb o’ylashmoqda!”, dedi. Valid aytdiki: “Meni unga ehtiyojim yo’q, lekin, men Muhammad haqida o’ylandim; u sehrgar bo’lsa kerak deb o’ylayapman. Chunki, sehrgar ota bilan o’g’lini, aka bilan ukani va er bilan xotinni o’rtasini buzib yuboradi.”       

Keyin, unga sehrgar degan laqab qo’yamiz deb kelishdi. Makkada baland ovozda baqirishni boshlashdi. To’planib turgan xalq ham: “Muhammad haqiqatda sehrgardir”, deyishdi. Bu gap xalq orasida tildan-tilga o’tib ancha tarqalib ketdi va bu gap Payg’ambarimizga juda og’ir botdi. Shunda nabiyimiz uyiga qaytib keldi va ustini kiyimi bilan yopib oldi. Mana shu holat quyidagi oyatlar nozil bo’ldi:”[2]

إِنَّهُ فَكَّرَ وَقَدَّرَ ﴿١٨﴾ فَقُتِلَ كَيْفَ قَدَّرَ ﴿١٩﴾ ثُمَّ قُتِلَ كَيْفَ قَدَّرَ ﴿٢٠﴾ ثُمَّ نَظَرَ ﴿٢١﴾ ثُمَّ عَبَسَ وَبَسَرَ ﴿٢٢﴾ ثُمَّ أَدْبَرَ وَاسْتَكْبَرَ ﴿٢٣﴾ فَقَالَ إِنْ هَـٰذَا إِلَّا سِحْرٌ يُؤْثَرُ ﴿٢٤﴾ إِنْ هَـٰذَا إِلَّا قَوْلُ الْبَشَرِ ﴿٢٥

“U o’ylandi va o’lchab-chamaladi. O’lgur! Qanday o’lchab-chamaladi? Ha, o’lgur! Qanday o’lchab-chamaladi? Keyin qaradi. Keyin yuzini burishtirdi va qovog’ini osdi. Keyin yuz o’girdi va katta ketib shunday dedi: “Bu juda borsa naql qilinib kelingan bir sehr bo’ladi. Bu juda borsa bir inson so’zi bo’ladi.” (Muddassir 74/18-25)

Qur’onda aytilgan va Rasululloh hayotida tatbiq qilib o’tgan musulmonlik – inson tabiati va fitratiga yuz-da yuz mos va uyg’un keladi.  Tabiat va borliqlarni yaratgan, ulardagi rivojlanish, o’sib-ulg’ayish, harakatlanish va rivojlanish uchun kerak bo’lgan barcha qonun-qoidalarini ham birga yaratgan Allohdir. Din – o’sha tabiat va borliqlardagi insoniyat uchun kerakli bo’lgan tabiiy qonunlarni Alloh tarafidan yozuv shakliga keltirilgan holatidir. Bu haqda Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

فَأَقِمْ وَجْهَكَ لِلدِّينِ حَنِيفًا ۚ فِطْرَتَ اللَّـهِ الَّتِي فَطَرَ النَّاسَ عَلَيْهَا ۚ لَا تَبْدِيلَ لِخَلْقِ اللَّـهِ ۚ ذَٰلِكَ الدِّينُ الْقَيِّمُ وَلَـٰكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ

“Sen yuzingni to’g’ri mana shu dinga bur; Allohni fitratiga. U insonlarni unga ko’ra yaratgan. Alloh yaratgan narsani o’rnini bosadigan hech narsa yo’q. Mana shu sog’lom dindir. Ammo, insonlarni ko’pchiligi buni bilishmaydi-o’rganishmaydi.” (Rum 30/30)

To’g’ri din Allohni tabiatda yaratgan qonunlarini inson hayotiga mos keladigan qismi bo’lganligi uchun, unga qarshi chiqqan kishi istar-istamas o’zini noqulay his qiladi va hayotida turli muammolarga duch keladi. Buning dalili:

 رُّبَمَا يَوَدُّ الَّذِينَ كَفَرُوا لَوْ كَانُوا مُسْلِمِينَ

“O’zlarini haqdan to’sganlar (kofirlar) goho-goho: “Koshki biz ham Unga taslim bo’lsaydik (musulmon bo’lsaydik), deb qolishadi.” (Hijr 15/2)

Mana shu sababli kofirlar doim shubha va gumon ichida qolib ketishadi:

لَا يَزَالُ بُنْيَانُهُمُ الَّذِي بَنَوْا رِيبَةً فِي قُلُوبِهِمْ إِلَّا أَن تَقَطَّعَ قُلُوبُهُمْ ۗ وَاللَّـهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ

“Ular qurgan bino, qalblari parchalanguncha ichlaridan chiqmagan bir shubha manbasi bo’lishda davom etadi…” (Tavba 9/110)

Bu ham Allohni ularga bergan marhamati hisoblanadi. Kimlardir mana shu sabab aqlini yig’ib oladi va kirgan noto’g’ri yolidan voz kechadi.

Gunohdan keyin paydo bo’lgan vijdon azobi kishini pushaymonlikka, ilhom esa tavbaga yo’naltiradi. Mana sizga Allohni yaxshiligini kengligi va buyukligi!

 

  • Taqvoga Ilhom

Taqvo – himoyalanish, saqlanish degani. Inson Allohga, insonlarga va o’ziga nisbatan haqsizlik qilib qo’yishidan o’zini saqlay olsa va bunday ishlardan o’zini himoya qila olsa, dunyoda jinoyatchi-gunohkor bo’lishdan, oxiratda esa jahannam azobidan qutuladi. Gunohdan qochishni va savobga intilishni yakuniy natijasi mana shudir. Har bir inson taqvoni lazzatini va rohatini ich-ichidan his qiladi. Mana shu narsa Allohni ilhomi deyiladi. Vabisa b. Ma’bad aytadiki:

“Muhammad alayhissalomga bordim; “Yaxshilik va yomonlik haqida so’ragani keldingmi?” – dedi. Keyin barmoqlarini bir joyga to’plab qo’lini ko’ksiga urdi va uch marta shunday dedi: “Vijdoning bilan maslahat qil, qalbing bilan maslahat qil Vabisa! Yaxshilik – vijdon qabul qilgan narsadir, qalbing qabul qilgan narsadir. Gunoh esa, vijdoningni qiynagan, qalbingda taraddud paydo qilgan narsadir. Xoh insonlar senga fatvo bergan bo’lsinlar, xoh sen qilgan ishni to’g’ri deb bilsinlar!”[3]

Nabiyimizni yana bir so’zi shunday:

“Seni shubhalantirgan narsani tark qil, shubhalantirmagan narsaga o’t. Chunki, to’g’rilik qalbda halovat paydo qiladi; yolg’on esa shubha va taraddud paydo qiladi.”[4]

Qalbga kelgan har narsa shayton vasvasasi bo’lishi ham mumkin. Chunki, shayton “Insonlarni ichiga (qalbiga) vasvasa soladigan” (Nas 114/5) bir borliqdir.

Qalbimizga kelgan vasvasa bilan ilhomni ajrata olishimiz uchun, qalbimizga kelgan har narsani Allohni buyruqlari va taqiqlari tomonidan tekshirib chiqishimiz kerak bo’ladi. Aks holda, ko’plab insonlar kabi o’zini to’g’ri yo’ldaman deb o’ylab, aslida shaytonni yo’liga yurib ketishi va shayton vasvasasini Rahmondan kelgan ilhom deb qabul qilib olishi mumkin. Shayton insonlarni adashtirish uchun to’g’ri yo’lni ustiga o’tirib olishini aslo unutmasligimiz kerak.

Murid: Isyonkorlik va taqvodan boshqa hech qanday ilhom bo’lmaydimi?

Bayindir: Albatta bo’ladi. Alloh insonni qalbiga ko’p narsalarni sezdirib qo’yish mumkin. Bu haqdagi oyatlar vahiy bo’limida aytib o’tildi. U narsa ham mo’min yoki kofir deya ajratilmasdan har bir insonni qalbida yuz berishi mumkin. Shoir va ixtirochilar bunga bir-qancha misollar keltirishi mumkin.

[1] س دسو ديس – so’zlikda bir narsani majburlab kirgizish va bir narsani bosim bilan boshqa narsani ichiga singdirish  degani. (Lisonul Arab) Kimlardir o’zini yomon ishlarni qilishga majbur qilib, ba’zi narsalarga erishishga harakat qiladi. Pok tabiatiga yomon xislatlarni kirgizishni boshlaydi. Oyatlar bunday kishilar xuddi Samud xalqi kabi ziyonga uchrashidan xabar bermoqda.

[2] Kahf surasi 18/25.

[3] Sunani Doraniy, Buyu’ 2.

[4] Termiziy, Qiyomat 60.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
37 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Qalbdagi Ilhom (Tariqatchilikka Nazar 20- bo’lim) 12.05.2019 37
2 Qur’onda Musulmonni kimlar bilan birga o’tirishi taqiqlangan ? 26.06.2018 153
3 Dinimiz narda o’ynashga qanday qaraydi? 25.06.2018 127
4 Qur’onga ko’ra “avliyo” 25.06.2018 194
5 Taqvoning tabaqalari 25.06.2018 98