Avliyo yordami (Tariqatchilikka Nazar Solish 4- bo’lim)
Musulmonlar > E'tiqod > Maqolalar > Shirk > Tavhid Tarix: 28 Mart 2019 Email This Post Email This Post

AVLIYONI YORDAMI

Xalq orasida hurmatga sazovor bir inson orqali dinni suiiste’mol qilib foydalanmoqchi bo’lganlar, uni Alloh bilan insonlar orasiga joylashtirib, bir tomondan Allohga va boshqa bir tomondan esa insonlarga xos bo’lgan xususiyatlari borligini ovoza qilishni boshlashadi, u kishini insonlarni Allohga yaqinlashtiruvchi va vositachi deb tanita boshlaydi va uni Alloh bilan insonlar o’rtasidagi bir vositachi iloh darajasigacha olib chiqadi. Xristianlar ham Iso alayhissalomni Allohni o’g’li, Makka mushriklari but-sanamlarini Allohni qizlari[1], o’zlari ulug’ deb bilgan kishilarni esa Allohni maxsus sevimli qullari deb bilishlari ham aynan shunday boshlangan. Bunday kishilar Allohni bir qirolga o’xshatishga urinishadi va Unga o’rtadagi vositachi insonlar orqaligina ulashib bo’lishini ovoza qilishadi. Bunga ishongan kishilar esa, ularga shox tomirlaridan ham yaqin bo’lgan Allohga o’rtada vositachilar qo’yib Allohga mushrik bo’lib qolganini bilmay ham qolishadi. Keyin esa, o’sha vositachini atrofida yangidan-yangi dinlar, boshqacha e’tiqod va diniy ekspluatatsiya o’rtaga chiqadi.

Pir: Abdulqodir Geyloniy hazratlari bir she’rida shunday deganlar:

مُريدي إذا ماكان شرقاً ومغرباً

أغيثُه إذا ما صار ي أيِّ بلدةٍ

Muridim bo’lsa gar xoh sharq-u g’arbda,

Yetarman qay yurtda bo’lsa ham imdodga.[2]

Bayindir: demak, sizlar Abdulqodirni Allohni o’rniga qo’yib olibsizlar. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

أَمَّن يُجِيبُ الْمُضْطَرَّ إِذَا دَعَاهُ وَيَكْشِفُ السُّوءَ وَيَجْعَلُكُمْ خُلَفَاءَ الْأَرْضِ ۗ أَإِلَـٰهٌ مَّعَ اللَّـهِ ۚ قَلِيلًا مَّا تَذَكَّرُونَ ﴿٦٢﴾

Qiyin ahvolga tushib qolgan biri yordam istaganida unga javob qaytarib undan muammoni olib tashlagan, sizlarni yer yuzining hukmronlari qilib qo’ygan kim? Alloh bilan birga yana boshqa bir iloh bormi? Bilimingizdan naqadar oz foydalanyapsiz.!” (Naml 27/62)

Boshingizga bir mushkul ish tushib qolganda sizlarga yordam berishi uchun Abdulqodirga duo qilayotgan bo’lsangiz, demakki, sizlar uchun Alloh ikkinchi o’rinda ekan.

Pir: Abdulqodirga ishonmaydigan bo’lsang, endi bizni sen bilan gaplashadigan gapimiz yo’q.

Bayindir: Abdulqodirga ishonish imonning nechanchi sharti? Menimcha, bu va bu kabi insonlar haqida aksariyat ma’lumotlar uydirma gaplar. O’qib bergan she’ringiz ham ana shunday uydirilgan narsa. Allohni payg’ambari nomidan yolg’on-uydirma hadis to’qib chiqarganlar, nima uchun Abdulqodir nomidan she’r to’qib chiqarmasinlar?

Agar hozir Abdulqodirni o’zi yonimga kelib mana shu she’r meni sherim deb aytib bersa ham, bunda men bilmagan nimadir bor shekilli deb taraddudga tushmasdan uni o’zini ham rad qilgan bo’lar edim. Chunki, biz musulmonlar Abdulqodirdan emas, Allohni kitobi bo’lmish Qur’ondan hisob-kitob qilinamiz.

[1] Tafsir at-Tobariy, Bayrut 1512/1992, 11-j, 519- sahifa, Najm 19- oyat.

[2] Bu she’r Nurchi tariqatining lideri Said Nursini Siqqai Tasdiqi Qolbi nomli asarida keltirilgan. 2-j, 2083- sahifa.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
131 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Allohni Ko’rinishi (Tajalli) (Tariqatchilikka Nazar 24- bo’lim) 29.05.2019 86
2 Shafoat (Tariqatchilikka Nazar 21- bo’lim) 16.05.2019 69
3 Farosat va Sezgi (Tariqatchilikka nazar 19- bo’lim) 08.05.2019 102
4 Mo’jiza va Karomat (Tariqatchlikka Nazar 16- bo’lim) 22.04.2019 149
5 Shayx Himmati va Duo (Tariqatchilikka Nazar Solish 5- bo’lim) 28.03.2019 127
6 Avliyo yordami (Tariqatchilikka Nazar Solish 4- bo’lim) 28.03.2019 131
7 Ikki musulmonning tavhid haqidagi bahsi 29.06.2018 237