Qur’onni o’zidan diniy savollarimga javob topa olmayapman
Musulmonlar > E'lonlar > Hikmat > Qur'on va Sunnat butunligi Tarix: 04 Dekabr 2018 Email This Post Email This Post

Savol:

Muhtaram ilm hay’ati, bir muammoni ichiga kirib qolganman. Ba’zan fagat Qur’onni o’zini o’qib, boshqa kitoblarga aslo murojaat qilmaslikka qaror beraman. Ammo, Qur’ondan qanday namoz o’qish kerakligini ham topa olmayman hatto. Bir ishni to’liq bajarishni xohlayman. Shu sababli Qur’onni to’liq yod olishga harakat qildim. Shu sirada hadislarni bir chekadan yodlashga kirishdim-u, lekin keyinchalik buni to’xtatdim. Chunki, hadislar oyatlardek mingta atrofida emas, balki hadislar soni yuz mingga ham borishi mumkin ekan. Yon-atrofimda meni nazorat qilib turadigan va diniy masalalarimda menga qat’iy qaror va fatvo berib turadigan hech kimim yo’q. Oyatlar bilan hadislarni bir-biriga bog’liqlik tarafini tushuntirib berishingizni so’rayman. Ba’zi oyatlarda Qur’onda har narsaga bir o’rnak keltirilgani, Qur’on ochiq-oydin bir kitob ekani, Qur’onda har narsa ochiq-oydin bayon qilingani, diniy mavzular haqida yetarlicha ma’lumot keltirilgani holda, nima uchun men undan o’zimga kerakli masalalarda javob topa olmayman? Bunga qanday izoh berasiz?             

Javob:

Qur’on tabiat kabidir. Tabiat Allohning yaratgan oyatlari bo’lsa, Qur’on elchilari orqali yuborgan oyatlaridir. Bu ikkalasi o’rtasida aslo ziddiyat yo’q. Chunki, ikkalasini ham egasi bitta.

Allohni tabiatga qo’ygan qonunlari Qur’on oyatlarida yana bir bor – insoniyatni foydasi va taraqqiyoti uchun – eslatib keltirilgan. Siz tabiat mevalaridan yeysiz, suvlaridan ichasiz. Bunga sizdan katta kuch ham, har qanday sohadagi mutaxassislik ham talab qilinmaydi. Chunki tabiatda bunday tayyor ne’matlar bor. Lekin, tabiatda tayyor non yo’q. Siz agar non yemoqchi bo’lsangiz, avvalo bug’doy ekkan dehqonga, uni parvarishlab o’stirganga, bug’doyni yanchib un qilgan tegirmonchiga, undan xamr tayyorlab uni tandirda yopib pishirgan novvoyga va uni bozorga olib chiqib sizga sotgan insonga ehtiyojingiz tushadi. Osonlikcha bu tabiat ichra nonga erishib bo’lmaydi. Ammo non tabiatning bir mahsulidir suv va shirindan shakar mevalari kabi. Non va u kabi ko’plab tabiatdagi bor narsalardan tayyorlanadigan ne’matlarni tayyorlash uchun ko’plab o’z ishini ustlari va soha mutaxassislari kerak bo’ladi. Tayyor nonga qarab uni qanday tayyorlanganini bila olmaysiz. Hadislar ham aynan non kabidir. Uni Nabiy alayhissalom tayyorlaganlar. U hadislarni qaysi oyatlarga qarab qanday chiqarib olganini har kim ham bilmaydi va tushunib yetmaydi. Oddiy osh taomini yoki bir shirin pishiriqni tayyor holga keltirish uchun o’z ichini ustalariga ehtiyoj sezilgandek, hadislarni qaysi oyatlardan chiqarib olingan hikmatlar ekanini ham o’z ilmiy sohasining yetuk mutaxassislarigina tushunib yetadilar. Namoz necha rakat ekani va qanday o’qilishi haqida albatta yetarlicha oyatlar bor, ammo bu oyatlarni bir oraga keltirib ularni birgalikda o’qib ulardan hikmat yo’li orqali hukm chiqarish mutaxassis olimlarning qo’lidan keladigan ishdir. Bu ilmga hikmat deyiladi. Har qanday ilmda, muvaffaqiyat va yetuklikka erishish uchun hikmat uslubidan foydalanish kerak.    

 

       

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
176 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Tafsilotlari Bilan Ro’za Ibodati 11.05.2019 52
2 Isro va Meroj (tafsilotlari bilan) 26.03.2019 142
3 Namozda hushu qanday bo’ladi? 03.01.2019 163
4 “Shafoat Yo Rasulalloh” nima degani? 24.12.2018 216
5 Qur’onni tushunishdagi usul va qoidaning ahamiyati 22.12.2018 161
6 Kitob va Sunnatda foiz (kredit) 11.12.2018 155
7 Qur’onni o’zidan diniy savollarimga javob topa olmayapman 04.12.2018 176
8 Ayollarni guvohligi 29.11.2018 155
9 Qur’onda namoz vaqtlari 17.10.2018 639
10 Kitob va Sunnatga ko’ra Haj va qurbonlik 03.08.2018 240