Iso alayhissalom dunyoga qaytib keladimi?
Musulmonlar > Hristianlik > Imon > Ne imeet kategorii Tarix: 10 Sentabr 2018 Email This Post Email This Post

Savol: Qiyomatga yaqin bir vaqtda Iso alayhissalom dunyoga qaytadan keladi degan gaplar bor. Agar kelsa osmondan tushadimi yoki boshqa inson boʻlib tugʻiladimi?

Javob: Qurʼoni Karimga koʻra Iso alayhissalom vafot etgan, tirik emas. Alloh uni ham boshqa vahiy olgan kishilar kabi vafot ettirgan. Aloqador oyatlar shunday:

إِذْ قَالَ اللَّـهُ يَا عِيسَىٰ إِنِّي مُتَوَفِّيكَ وَرَافِعُكَ إِلَيَّ وَمُطَهِّرُكَ مِنَ الَّذِينَ كَفَرُوا وَجَاعِلُ الَّذِينَ اتَّبَعُوكَ فَوْقَ الَّذِينَ كَفَرُوا إِلَىٰ يَوْمِ الْقِيَامَةِ ۖ ثُمَّ إِلَيَّ مَرْجِعُكُمْ فَأَحْكُمُ بَيْنَكُمْ فِيمَا كُنتُمْ فِيهِ تَخْتَلِفُونَ

“Bir kun Alloh Isoga shunday dedi: Ey Iso , seni joningni olaman va seni oʻzimga yuksaltiraman, shunday qilib seni inkor qilganlardan qutqarib qolaman va senga ergashganlarni qiyomatgacha kofirlardan ustun qilaman. Soʻngra qaytishingiz Menga boʻladi. Ana oʻshanda ixtilofga tushgan narsalaringizda orangizda Men hukm beraman.“ (Oli Imron 3/55)

وَإِذْ قَالَ اللَّـهُ يَا عِيسَى ابْنَ مَرْيَمَ أَأَنتَ قُلْتَ لِلنَّاسِ اتَّخِذُونِي وَأُمِّيَ إِلَـٰهَيْنِ مِن دُونِ اللَّـهِ ۖ قَالَ سُبْحَانَكَ مَا يَكُونُ لِي أَنْ أَقُولَ مَا لَيْسَ لِي بِحَقٍّ ۚ إِن كُنتُ قُلْتُهُ فَقَدْ عَلِمْتَهُ ۚ تَعْلَمُ مَا فِي نَفْسِي وَلَا أَعْلَمُ مَا فِي نَفْسِكَ ۚ إِنَّكَ أَنتَ عَلَّامُ الْغُيُوبِ ﴿١١٦﴾ مَا قُلْتُ لَهُمْ إِلَّا مَا أَمَرْتَنِي بِهِ أَنِ اعْبُدُوا اللَّـهَ رَبِّي وَرَبَّكُمْ ۚ وَكُنتُ عَلَيْهِمْ شَهِيدًا مَّا دُمْتُ فِيهِمْ ۖ فَلَمَّا تَوَفَّيْتَنِي كُنتَ أَنتَ الرَّقِيبَ عَلَيْهِمْ ۚ وَأَنتَ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ شَهِيدٌ ﴿١١٧﴾ إِن تُعَذِّبْهُمْ فَإِنَّهُمْ عِبَادُكَ ۖ وَإِن تَغْفِرْ لَهُمْ فَإِنَّكَ أَنتَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ ﴿١١٨﴾

“Bir kun Alloh shunday deydi: Ey Maryam oʻgʻli Iso, insonlarga: “Meni va onamni Alloh bilan oʻrtangizdagi ikkita Xudo qilib olinglar“ degan senmisan?“ (Iso shunday deydi:)“Senga boʻyin egaman. Haqqim boʻlmagan narsani gapirish menga emas. Agar unday degan boʻlsam, zotan Sen oʻzing bilib turgansan. Sen meni ichimdagini ham bilasan, men Sendagini bilmayman. Gʻoyiblarni bilishing shubhasizdir. Men ularga faqatgina: “Meni va sizlarni Egangiz boʻlmish Allohga qullik qilinglar“ deb ayt degan buyrugʻingdan boshqa narsa demaganman. “ Men ularni oralarida boʻlgan vaqtimda ularga shohid-guvoh edim. Meni jonimni olganingdan keyin ularni koʻrib-bilib guvoh boʻlib turuvchi Sen oʻzing boʻlding. Sen har narsani toʻgʻrisini biluvchisan. Agar ularni azoblasang, zotan ular Seni qullaring. Agar kechirsang, Sen har narsadan gʻolib-ustun ekaning, har ishda toʻgʻri hukm-qaror berishing rostdir.“ (Moida 5/117)

Boshqa oyatda esa Alloh, Iso alayhissalomni Yahudiylardan qutqarib qolganini bildiradi. Chunki, Yahudiylar uni xochga mixlamoqchi boʻlishgan edi.

وَقَوْلِهِمْ إِنَّا قَتَلْنَا الْمَسِيحَ عِيسَى ابْنَ مَرْيَمَ رَسُولَ اللَّـهِ وَمَا قَتَلُوهُ وَمَا صَلَبُوهُ وَلَـٰكِن شُبِّهَ لَهُمْ ۚ وَإِنَّ الَّذِينَ اخْتَلَفُوا فِيهِ لَفِي شَكٍّ مِّنْهُ ۚ مَا لَهُم بِهِ مِنْ عِلْمٍ إِلَّا اتِّبَاعَ الظَّنِّ ۚ وَمَا قَتَلُوهُ يَقِينًا ﴿١٥٧﴾ بَل رَّفَعَهُ اللَّـهُ إِلَيْهِ ۚ وَكَانَ اللَّـهُ عَزِيزًا حَكِيمًا

“Va Allohning Elchisi Maryam oʻgʻli Isoni oʻldirdik deganliklari tufayli… Holbuki ular uni oʻldirmadi ham, xochga ham osishmadi. Lekin ularga (yaʼni qotillarga oʻldirilgan shaxs) Isoga oʻxshatib koʻrsatildi. U haqda ixtilofga tushganlar, shu sababli butunlay qarorsizlik ichidadirlar. Ularda gumondan boshqa biron-bir maʼlumot yoʻqdir va uni ular oʻldirmagani aniqdir. Aksincha, Alloh uni Oʻz huzuriga yuksaltirdi. Alloh har narsadan gʻolib-ustundir, toʻgʻri qaror beruvchidir.“ (Niso 4/157-158)

Islom dini olimlarining koʻpchiligi bu oyatdagi “Alloh uni oʻz huzuriga yuksaltirdi” ifodasigagina eʼtibor bergan holda, Iso alayhissalom tirik degan xulosaga kelishgan. Ularga koʻra, Alloh uni maʼnaviy samolardagi mavqega yuksaltirgan emish, qiyomatdan avval dunyoga qaytadan kelar emish. Holbuki, avvalgi ilk ikki oyatda, Alloh Isoni vafot etganini ochiq-oydin tushuntirib qilmoqda. Bundan tashqari, “seni oʻz huzurimga yuksaltiraman” jumlasi, “seni joningni olaman” ifodasidan keyin keltirilgan. Jumla shunday: “seni joningni olaman va seni oʻzimga yuksaltiraman”.

Yuqoridagi oyatdan maʼlum boʻldiki, Alloh taolo Iso alayhissalomni ajali kelganida, uni jonini olgan va ruhini samoga yuksaltirgan.

Iso alayhissalom dunyoga qaytadan keladi deb bildirgan hadislar oʻrtaga qoʻyilgan. Ulardan bittasi shunday:

Ruhim qudrat qoʻlida boʻlgan Allohga qasamki, Maryamning oʻgʻli Iso, adolatli bir hukmron boʻlib orangizga tushadi, xochni sindiradi, toʻngʻizni oʻldiradi, jizyani toʻxtatadi, Islomdan boshqa narsani qabul qilmaydi. Faqatgina bitta sajda – dunyo va undagi barcha narsalardan yaxshiroq boʻladi.” (Buxoriy, Anbiyo 50. Muslim, Imon 71. Termiziy, Fitan 54)

Agar eʼtibor beriladigan boʻlsa, Iso alayhissalom dunyoga qaytib kelib qiladigan xochni sindirish, toʻngʻizni oʻldirish, jizyani toʻxtatish va yer yuzidagi barcha insonlarni musulmon qilish kabi ishlarning birontasi ham Qurʼoni Karimda yoʻqdir. Shu bilan bir qatorda, hech qaysi vahiy olgan kishining, Elchining – insonlarni kuch bilan majburlab dinga kirgizish degan vakolati ham majburiyati ham boʻlmagan, bunday huquqi ham boʻlmagan.Ularning vazifalari faqatgina Allohdan kelgan oyatlarni yetkazishlik boʻlgan xolos. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

مَّا عَلَى الرَّسُولِ إِلَّا الْبَلَاغُ

“Elchiga yuklatilgan narsa(vazifa), faqatgina tablig’dir (yetkazishdir).” (Moida 5/99)

وَلَوْ شَاءَ رَبُّكَ لَآمَنَ مَن فِي الْأَرْضِ كُلُّهُمْ جَمِيعًا ۚ أَفَأَنتَ تُكْرِهُ النَّاسَ حَتَّىٰ يَكُونُوا مُؤْمِنِينَ

“Agar Egang xohlaganda edi, yer yuzidagi insonlarning barchasi albatta iymon keltirgan boʻlar edilar. Insonlar to moʻmin boʻlguncha majbur qiladigan senmisan?” (Yunus 10/99)

لَا إِكْرَاهَ فِي الدِّينِ ۖ قَد تَّبَيَّنَ الرُّشْدُ مِنَ الْغَيِّ ۚ فَمَن يَكْفُرْ بِالطَّاغُوتِ وَيُؤْمِن بِاللَّـهِ فَقَدِ اسْتَمْسَكَ بِالْعُرْوَةِ الْوُثْقَىٰ لَا انفِصَامَ لَهَا ۗ وَاللَّـهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ

“Dinda majburlash boʻlmaydi[1]. Endi toʻgʻrilik egrilikdan ajralib chiqdi. Kimki haddan oshgan-yaramaslarni tan olmasdan Allohga ishonib suyansa[2], mustahkam tutgich-dastani ushlagan boʻladi, uni uzilishi imkonsizdir. Alloh, eshituvchidir, biluvchidir.” (Baqara 2/256)

Koʻpchilik Islom dini olimlari, bu hadislar faqatgina mashhur oltita hadis kitobida kelganini yetarli deb bilishgan. Bu kabi hadislarni sanadlari (kelish yoli) sogʻlom boʻlsa-da, ammo matnlari Qurʼoni Karim oyatlariga mutlaqo zid kelmoqda. Chunki Alloh, Qurʼoni Karimda – vahiy olgan kishilar va elchilar faqatgina ogohlantiruvchi va hush xabar beruvchi ekanini bildirgan:

إِنْ أَنتَ إِلَّا نَذِيرٌ ﴿٢٣﴾ إِنَّا أَرْسَلْنَاكَ بِالْحَقِّ بَشِيرًا وَنَذِيرًا ۚ وَإِن مِّنْ أُمَّةٍ إِلَّا خَلَا فِيهَا نَذِيرٌ

“Sen faqatgina ogoh qiluvchisan. Bu haqiqatni sen bilan birga yubordikki, hush xabar berasan va ogohlantirasan. Har ummatning tarixida mutlaqo bir ogohlantiruvchi boʻlgan” (Fatir 35/23-24)

فَإِنْ أَعْرَضُوا فَمَا أَرْسَلْنَاكَ عَلَيْهِمْ حَفِيظًا ۖ إِنْ عَلَيْكَ إِلَّا الْبَلَاغُ

“Agar ular yuz oʻgirsalar, bas, Biz seni ularga qoʻriqchi qilib yuborganimiz yoʻq. Seni vazifang, faqatgina tabligʻ/yetkazishdir.” (Shoʻro 42/48)

وَلَوْ شَاءَ رَبُّكَ لَآمَنَ مَن فِي الْأَرْضِ كُلُّهُمْ جَمِيعًا ۚ أَفَأَنتَ تُكْرِهُ النَّاسَ حَتَّىٰ يَكُونُوا مُؤْمِنِينَ

“Agar Rabbing xohlaganda edi, yer yuzidagi insonlarning barchasi albatta iymon keltirgan boʻlar edilar. Insonlar to moʻmin boʻlgunigacha majbur qiladigan senmisan?” (Yunus 10/99)

Qiyomatdan avval Iso alayhissalomning qaytib kelishiga ishonish, hatto eʼtiqod masalasi darajasigacha kirgizilgan. Holbuki, buni iddao qilgan olimlar, ohod hadislar eʼtiqod masalalarini hal qila olmaydi deyishadi. Isoni kelishini bildirgan hadislarning barchasi ohod xabarlardir.

Xulosa qilib shuni aytamizki, musulmonlar “ana endi, mana endi Iso keladi, dunyoni qutqaradi” shaklidagi orzu umidlaridan voz kechishlari va oʻzlarini bor kuchlari, ilmi va madaniyati, fahm-farosati bilan dunyo va oxirati uchun harakat qilishlari kerak boʻladi. Chunki Alloh taolo shunday buyurgan:

إِنَّ اللَّـهَ لَا يُغَيِّرُ مَا بِقَوْمٍ حَتَّىٰ يُغَيِّرُوا مَا بِأَنفُسِهِمْ

“Bir xalq, to oʻzlarini ichidagi narsani oʻzgartirmagunicha, Alloh – u xalqqa bergan narsasini oʻzgartirmaydi.” (Raʼd 13/11)

وَأَن لَّيْسَ لِلْإِنسَانِ إِلَّا مَا سَعَىٰ

“Bilinsinki, Inson uchun oʻz qilmishidan boshqa bir narsa yoʻq.” (Najm 53/39)

 

    Prof. Dr. Abdulaziz Bayindir. Sulaymoniya Vaqfi.

Bu haqda koʻproq maʼlumotga ega boʻlmoqchi boʻlganlar, quyidagi Arab tilidagi saytimizning linkiga murojaat qilishlari mumkin:

عقيدة نزول المسيح في آخر الزمان http://www.hablullah.com/?p=1288, http://www.hablullah.com/?p=1351

[1] Dinning asli va oʻzagi iymon-ishonchdir. Iymon-ishonchni asosi esa, uni ich-ichidan qabul qilish, yaʼni qalb bilan tasdiqlashdir. Qalbdagi tasdiqni insonning oʻzi va Alloh biladi faqat. Qalb insonning eng ozod va hur boʻlgan joyidir. Shu sababli, hech kim birovni biron narsaga ishontirishga va iymon keltirishiga kuch bilan majburlay olmaydi. Chunki birovni qalbini ochib, zoʻrlab biron narsani kirgizib qoʻya olmaydi. Diniy vazifalar ham kuch bilan bajarilmaydi, chunki ibodatlar uchun niyat kerak, niyat esa qalbdan qilinadi. Qalbdan-chin yurakdan qilinmagan ibodat ham qabul boʻlmaydi. Birovga biron narsani majburlab niyat qildira olinmasligi sababli, birovga majburlab ibodat ham qildirib boʻlmaydi.

[2] Yoʻldan chiqqanlarga boʻyin egmaydi.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
627 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Himoyalangan: oyatlar 01.04.2019 116
2 Iso alayhissalom dunyoga qaytib keladimi? 10.09.2018 627
3 Xalqni adolatga va yaxshilikka tashviq qilguvchilar bor muddatcha, u xalq halokatga uchramaydi. 05.08.2018 121