Qabristonga savob uchun borib, gunoh bilan qaytkanlar (Ruhlardan madad so’rash)
Musulmonlar > Maqolalar > O'liklar > Qabr Tarix: 04 Avgust 2018 Email This Post Email This Post

Har bir ishni o’z qoidasi va o’lchisi bor. Yeb-ichishni ham, kiyinib o’ranishni ham. Huddi shunday diniy ibodatlarni ham qoidasi va chegarasi bor. Har ishda o’z usuli va shartiga ko’ra harakat qilinmas ekan, aslo ko’zlagan maqsadga yetib bo’lmaydi. Masalan, Allohdan savob umidida uning roziligi uchun qilinadigan namoz ibodatini, qoidasiga rioya qilmasdan, chegaradan chiqqan holda – riyo uchun yoki birovdan qo’rqqani uchun yoki unga nisbatan namozhon deb munosabat bildirilishi uchun namoz o’qisa, namozga beriladigan savob o’rniga gunoh, rozilik o’rniga g’azab va azob beriladi. Huddi shunday qabr ziyoratida ham, uning qoidalari va shartlariga rioya qilinmasa, rahmat o’rniga la’nat, mag’firat o’rniga mazammat yog’ilishi mumkin. Qabristonlarda yotgan o’liklardan borib yordam so’rash masalasi haqida bir soxta diniy jamoa rahbari bilan ustozimiz o’rtasida bo’lib o’tkan bir suhbatni taqdim qilmoqchimiz. Suhbat shunday davom etkan:

Tariaqat piri – Siz nima desangiz ham deyavering, biz avliyolarning va shayxlarning ruhlarini Alloh bilan qullar orasida vosita ekaniga ishonamiz. Ularning ruhoniyatlaridan madad kutamiz, yordam so’raymiz.

Ustozimiz – Shunday ham deylik, “إِيَّاكَ نَعۡبُدُ وَإِيَّاكَ نَسۡتَعِينُ ” “iyyaka na’budu va iyyaka nasta’iyn – yolg’iz senga qullik qilamiz, yolg’iz sendan yordam so’raymiz” (Fotiha 1/5) oyati qayerda qoladi? Bu oyatni har bir namozimizda o’qiymiz. Buning sababi nima bo’lishi mumkin?
Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَلَقَدۡ خَلَقۡنَا ٱلۡإِنسَـٰنَ وَنَعۡلَمُ مَا تُوَسۡوِسُ بِهِۦ نَفۡسُهُ ۥ‌ۖ وَنَحۡنُ أَقۡرَبُ إِلَيۡهِ مِنۡ حَبۡلِ ٱلۡوَرِيدِ

“Insonni yaratgan bizmiz. Unga shoxtomiridan ham yaqinmiz, ichi unga nimani visirlaganini ham bilamiz.” (Qof 50/16)
Alloh taolo shoh tomirimizdan ham bizga yaqin bo’lishiga qaraganda, buyuklarning ruhlari qayerda bo’sh joy topib olib, so’ng o’sha joyga kirib olar ekan?

Tariqat piri – Abdulqodir Geyloniy bir she’rlarida buyurdilarki:

“Muridim bo’lsa gar xoh sharqu g’arbda,
Yetarman qayda bo’lsa ham imdodga.”[1] 

Ustozimiz – Bu juda ham ko’plab oyatlarga qarshi bir gap. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

 أَمَّن يُجِيبُ ٱلۡمُضۡطَرَّ إِذَا دَعَاهُ وَيَكۡشِفُ ٱلسُّوٓءَ وَيَجۡعَلُڪُمۡ خُلَفَآءَ ٱلۡأَرۡضِ‌ۗ أَءِلَـٰهٌ۬ مَّعَ ٱللَّهِ‌ۚ قَلِيلاً۬ مَّا تَذَڪَّرُونَ

“Muztar (tor-chorasiz) holda qolgan bir kishi yordam so’raganda, duosiga javob qaytarib muammolarini hal qilgan, sizlarni yer yuzining hokimlari qilgan kim? (O’sha yaxshi bo’lmaydimi?) Alloh bilan birga yana boshqa iloh bormi? Bilimingizni naqadar oz qo’llayapsizlar!”  (Naml 27/62)

Tariqat piri – Sen Abdulqodir Geyloniyga ishonmasang, sen bilan gaplashadigan gapim yo’q.

Ustozimiz – Abdulqodir Geyloniyga ishonish iymonning shartlaridan biri emas, dunyoda ham oxirtatda ham Allohning Kitobidan savolga tutilamiz.

Bu misol va o’rnaklar, Musulmonlar Musulmonlikda qaysi o’lchovda ekanliklarini ochiqcha o’rtaga qo’ymoqda.

[1]     Bu she’r Said Nursining “Siqqai Tasdiqi G’oybi” nomli asarida o’rin olgan. Risolai Nur kulliyotidan. Ehtiyot bo’linglar! Said Nursi, Islom niqobi ostidagi “Nurchi jamoati” nomi bilan soxta diniy jamoat tashkil qilgan mashxur biri hisoblanadi. Uning asarlarining tamomi Qur’oni Karim oyatlariga mutlaqo zitdir. Aksariyat qoida va asoslari Katoliklarning din va me’yor asoslaridan olingan.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
305 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Qabristonga savob uchun borib, gunoh bilan qaytkanlar (Ruhlardan madad so’rash) 04.08.2018 305
2 O’lib bo’lgan kishiga imon talqin qilinadimi? 25.06.2018 126
3 Janozadan keyin qabristonda yoki mayitni uyida qilinadigan ishlar haqida ma’lumot bormi? 25.06.2018 237