Ota-onasi qilgan gunohning kasri (kasofati) bolasiga uradimi?
Musulmonlar > Fatvolar > Oila hayoti Tarix: 25 Iyun 2018 Email This Post Email This Post

Savol: Xalq orasida shunday gaplar bor: “Ota-onasi qilgan ba’zi gunohlar evaziga ularning yosh go’daklari jazolanadi, otani qilgan gunohi bolaga uradi, yoki: “Xotin kishining gunohi erining ishlarini yurishishiga ta’sir qiladi.” Bu haqda Alloh nima degan?

Javob: Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday marhamat qiladi:

“وَلَا تَكْسِبُ كُلُّ نَفْسٍ إِلَّا عَلَيْهَا ۚ وَلَا تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ أُخْرَىٰ ۚ”

“Har kim o’z qilmishidan chekadi. Birov birovning gunohini javobgarligini olmaydi.” (Hamma o’zi uchun javob beradi) (An’om 6/164)

أَمْ لَمْ يُنَبَّأْ بِمَا فِي صُحُفِ مُوسَىٰ  وَإِبْرَاهِيمَ الَّذِي وَفَّىٰ  أَلَّا تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ أُخْرَىٰ  وَأَن لَّيْسَ لِلْإِنسَانِ إِلَّا مَا سَعَىٰ  وَأَنَّ سَعْيَهُ سَوْفَ يُرَىٰ  ثُمَّ يُجْزَاهُ الْجَزَاءَ الْأَوْفَىٰ  وَأَنَّ إِلَىٰ رَبِّكَ الْمُنتَهَىٰ  وَأَنَّهُ هُوَ أَضْحَكَ وَأَبْكَىٰ  وَأَنَّهُ هُوَ أَمَاتَ وَأَحْيَا

“Yoki unga Musoning va (ahdiga) vafodor zot bo‘lgan Ibrohimning sahifalaridagi so‘zlar xabari berilmaganmidi?! Hech bir ko‘targuvchi (ya’ni gunohkor jon) o‘zga jonning yukini (ya’ni gunohini) ko‘tarmas! Inson uchun faqat o‘zi qilgan harakatigina bo‘lur (ya’ni o‘zgalarning qilgan yaxshi amallaridan unga biron foyda yetmas). Uning qilgan sa’y-harakati esa yaqinda (Qiyomat kunida) ko‘rinur. So‘ngra u (o‘sha sa’y-harakati uchun) to‘la-to‘kis jazo-mukofot olur. Albatta oxirgi chegara yolg‘iz Robbingiz oldiga (bormoqlik)dir. Albatta kuldirgan ham, yig‘latgan ham Uning O’zidir. Albatta o‘ldirgan ham, tiriltirgan ham Uning O’zidir.” (Najm 53/36-44)

مَّنِ اهْتَدَىٰ فَإِنَّمَا يَهْتَدِي لِنَفْسِهِ ۖ وَمَن ضَلَّ فَإِنَّمَا يَضِلُّ عَلَيْهَا ۚ وَلَا تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ أُخْرَىٰ ۗ وَمَا كُنَّا مُعَذِّبِينَ حَتَّىٰ نَبْعَثَ رَسُولًا

“Kim to’g’ri yo’lda yursa, u o‘zi uchun yurar. Kim to’g’ri yo’ldan chiqsa, u ham o‘z ziyoniga chiqadi. Hech kim boshqa birovning yukini (gunohini) ko‘tarmaydi. Biz, elchi (oyatlarimizni yetkazib, oogohlantirguvchi) jo’natmay turib azoblaguvchi emasmiz.” (Isro 17/15)

Oz bo’lsada oyatlar haqida tafakkur qilgan va o’z fitradidan kelib chiqib to’g’ri mulohaza qilgan odam, bu oyatlardan to’g’ri va kerakli hukm chiqarib oladi.

Bolalar otalarining gunohlaridan emas, balki bolaga bo’lgan e’tiborsizliklaridan tortishi mumkin. Xuddi shunday, erlar ham ayollarining beparvoliklari va mas’uliyatsizliklaridan tortishi mumkin, xolos.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
246 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Ayolimga: “Ey malagim”, qizimga esa: “Farishtaginam”, desam bo’lmaydimi? 20.07.2019 197
2 Biz sun’iy yo’l orqali bolaga ega bo‘lishni xohlaymiz. 19.07.2019 141
3 Ayol o’z ixtiyori bilan eridan ajrashi 10.07.2019 319
4 Yashirincha nikoh hisobga o’tadimi? 09.07.2019 246
5 Aslida halol bo’lgan bir ishni farqli shakllarda amalga oshirsam bo’ladimi? 20.06.2019 148
6 Homiladorlikda er-xotinlik aloqasi 11.05.2019 757
7 Nikohi buziladimi? 28.02.2019 378
8 Chaqaloqlarni albatta ikki yil to’liq emizish Allohni amrimi? 28.02.2019 361
9 Hz. Alini nechta ayoli bo’lgan? Nasli kimlardan davom etgan? 18.02.2019 308
10 Таҳоратсиз ҳолда бола эмизиш мумкинми? 10.09.2018 203
11 Никоҳда эътибор берилиши керак бўлган энг муҳим жиҳатлар 10.09.2018 323
12 Qur’on va Sunnatda yoshlarni nikohlash bormi? 13.08.2018 808
13 Qur’on va Sunnatga ko’ra taloq 09.08.2018 4 002
14 Ayol kishiga qo’l ko’tarishga kim ruxsat berdi? 22.07.2018 756
15 Ota-onasi qilgan gunohning kasri (kasofati) bolasiga uradimi? 25.06.2018 246
16 Musulmonlar oila qurishdan oldin nimalarga e’tibor berishlari kerak 09.06.2018 295