Imon keltirishimiz farz bo’lgan Ilohiy Kitoblar
Musulmonlar > Ilohiy Kitoblar > Imon > Kufr > Qur'oni Karim > Qur'onsiz din tushunchasi Tarix: 25 Iyun 2018 Email This Post Email This Post

Aytishlaricha Ilohiy Kitoblar 4 dona ekan va yana 100 ta sahifa ham nozil qilingan emish. Bu haqda Qur’on nima deydi?

Javob: Alloh taolo Qur’oni Karimda bayon qilishiga ko’ra, Odamdan to Muhammad alayhissalomgacha kelgan barcha Nabiylarga Kitob va Hikmat berilgan. Bu haqdagi oyatlar shunday:

وَوَهَبْنَا لَهُ إِسْحَاقَ وَيَعْقُوبَ ۚ كُلًّا هَدَيْنَا ۚ وَنُوحًا هَدَيْنَا مِن قَبْلُ ۖ وَمِن ذُرِّيَّتِهِ دَاوُودَ وَسُلَيْمَانَ وَأَيُّوبَ وَيُوسُفَ وَمُوسَىٰ وَهَارُونَ ۚ وَكَذَٰلِكَ نَجْزِي الْمُحْسِنِينَ   وَزَكَرِيَّا وَيَحْيَىٰ وَعِيسَىٰ وَإِلْيَاسَ ۖ كُلٌّ مِّنَ الصَّالِحِينَ   وَإِسْمَاعِيلَ وَالْيَسَعَ وَيُونُسَ وَلُوطًا ۚ وَكُلًّا فَضَّلْنَا عَلَى الْعَالَمِينَ   وَمِنْ آبَائِهِمْ وَذُرِّيَّاتِهِمْ وَإِخْوَانِهِمْ ۖ وَاجْتَبَيْنَاهُمْ وَهَدَيْنَاهُمْ إِلَىٰ صِرَاطٍ مُّسْتَقِيمٍ   ذَٰلِكَ هُدَى اللَّـهِ يَهْدِي بِهِ مَن يَشَاءُ مِنْ عِبَادِهِ ۚ وَلَوْ أَشْرَكُوا لَحَبِطَ عَنْهُم مَّا كَانُوا يَعْمَلُونَ   أُولَـٰئِكَ الَّذِينَ آتَيْنَاهُمُ الْكِتَابَ وَالْحُكْمَ وَالنُّبُوَّةَ ۚ فَإِن يَكْفُرْ بِهَا هَـٰؤُلَاءِ فَقَدْ وَكَّلْنَا بِهَا قَوْمًا لَّيْسُوا بِهَا بِكَافِرِينَ

“Unga (Ibrohimga farzandlari) Ishoq va Ya’qubni berdik. Bularning barchasini hidoyat qildik. Avvalda Nuhni ham hidoyat qilgan edik. Uning zurriyotidan Dovud, Sulaymon, Ayyub, Yusuf, Muso va Horunni ham. Chiroyli ish qilguvchilarni mana shunday mukofotlaymiz.  Zakariyo, Yahyo, Iso va Ilyosni (ham hidoyat qildik). Barchalari solih qullardandir. Ismoil, al-Yasa’, Yunus va Lutni (ham hidoyat qildik) va barchalarini zamondoshlaridan ustun qildik. Ularning ota-bobolaridan, zurriyotlaridan va birodarlaridan… Ularni ham tanladik va ularni ham to’g’ri yo’lga yo’lladik. Mana shu Allohning yo’li bo‘lib, u bilan bandalaridan to’g’ri yo’lni tanlagan kishilarni yo’lga keltiradi. Agar ular (Nabiylar) Allohga (sherik) shirk qo’shganlarida qilgan ishlari behuda ketgan bo‘lar edi. Ana o‘sha (yuqorida nomi zikr qilingan va ularni aka-ukalari va zurriyotlardan bo’lgan nabiylar) zotlarga Kitob, Hikmat va payg‘ambarlik berganmiz. Bas, agar bu kishilar, bu butun oyatlarni ko’rmaslikka olsalar, Biz ularni, oyatlarni ko’rmaslikka olmaydigan bir qavmning vakolati ostida qilib qo’yamiz.”

Alloh taolo yuqoridagi oyatlarda 20 ga yaqin shaxsni ismini keltirdi va ularni barchasiga Kitob, Hikmat va Nabiylik berganini ochiqcha bayon qilib bedri. Ammo bu va bu kabi oyatlarni ko’rib turib ko’rmaslikka olganlarni oqibati nima bo’lishini, oyatning oxirida, Aloh taolo alohida belgilab aytib o’tmoqda.

Bu oyatga imon keltirmagunimizcha ya’ni butun Anbiyolarga berilgan Kitoblarga ishonmagunimizcha imonimiz komil bo’lmaydi, aksincha Allohning azobiga giriftor bo’lishimiz mumkin.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
179 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Kitob va Hikmat tushunchasi 30.07.2018 306
2 Imon keltirishimiz farz bo’lgan Ilohiy Kitoblar 25.06.2018 179
3 Ahli kitobga muvofiqlashib borayotgan Musulmonlar 12.06.2018 107