Hikmat nima o’zi?
Musulmonlar > Fatvolar > Hikmat > Qur'on va Musulmonlar Tarix: 08 Iyun 2018 Email This Post Email This Post

Hikmat – “To’g’ri hukm berish”, “to’g’ri qaror qabul qila olish”, “Qur’ondan to’g’ri hukm chiqara olish ilmi”, “to’g’ri hukmning o’zi”, degan ma’nolarni ifodalaydi. Hikmat – arab tilidagi hukm o’zagidan turlangan kalimadir.

Odamdan atodan to Muhammad alayhissalomgacha bo’lgan barcha Nabiylarga (solavatullohi alayhim ajmain) Kitob va Hikmat berilgan. Hikmat – Kitobdan to’g’ri hukm chiqarish usuli va hamda chiqarilgan to’g’ri hukmdir. Payg’ambarlar u usulni rosullik sifati orqali o’rgatadilar. Chunki hikmatning butun qoidalari ularga berilgan Kitobning ichida mavjuddir. Ibrohim alayhissalom Ka’bani qayta tiklaganidan so’ng Makka xalqi haqida shunday duo qilgan:

رَبَّنَا وَابْعَثْ فِيهِمْ رَسُولاً مِّنْهُمْ يَتْلُو عَلَيْهِمْ آيَاتِكَ وَيُعَلِّمُهُمُ الْكِتَابَ وَالْحِكْمَةَ وَيُزَكِّيهِمْ إِنَّكَ أَنتَ العَزِيزُ الحَكِيمُ

“Robbimiz! Bularga o’zlarining oralaridan Sening oyatlaringni o’qiydigan, Kitob va Hıkmatnı o’rgatadigan va bularni kelishtiradigan bir elchi chiqar. Kuchli bo’lgan Sensan, to’g’ri qaror beruvchi Sensan.” (Baqara 2/129)

Ibrohim alayhissalomning duosini qabul bo’lganini ko’rsatgan oyatlardan bittasi shu:

لَقَدْ مَنَّ اللّهُ عَلَى الْمُؤمِنِينَ إِذْ بَعَثَ فِيهِمْ رَسُولاً مِّنْ أَنفُسِهِمْ يَتْلُو عَلَيْهِمْ آيَاتِهِ وَيُزَكِّيهِمْ وَيُعَلِّمُهُمُ الْكِتَابَ وَالْحِكْمَةَ وَإِن كَانُواْ مِن قَبْلُ لَفِي ضَلالٍ مُّبِينٍ

“Alloh mo’minlarga yaxshilik qildi, chunki ularga o’zlarining ichidan – ularga oyatlarini o’qiydigan, ularni kelishtiradigan (rivojlantiradigan), Kitob va Hikmatni o’rgatadigan – bir elchi yubordi. Ular avvallari ochiq bir zalolat ichida edi.” (Oli Imron 3/164)

Payg’ambarlar o’z ummatlariga Hikmatni rosullik sifatiga ko’ra o’rgatishi bir tablig’ ekanini[1] va oyatlardan joy olganini ko’rsatadi. Tablig’da xato bo’lmaydi, ammo uni uyg’unlatishda xato bo’lishi mumkin. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

إِنَّا أَنزَلْنَا إِلَيْكَ الْكِتَابَ بِالْحَقِّ لِتَحْكُمَ بَيْنَ النَّاسِ بِمَا أَرَاكَ اللّهُ وَلاَ تَكُن لِّلْخَآئِنِينَ خَصِيمًا

“Senga bu Kitobni tamomiyla haq qilib tushurdikki, insonlar orasida Alloh ko’rsatgan usulda hukm qilasan. Aslo xoinlarning himoyachisi bo’lma.” (Niso 4/105)

“Aslo xoinlarning himoyachisi bo’lma” deb Nabiy alayhissalomni ogohlantirishi hikmat dasturida xatolik yuz berishi mumkinligini ko’rsatadi. Shu sababli, Payg’ambarimizning hayotida sodir bo’lgan xatosini ko’rsatib o’tilgan birorta ham oyatda “rosul” kalimasi qo’llanilmagan, balki “nabiy “kalimasi bilan keltirilgan. Badr Jangiga aloqador oyatlarni bunga misol tariqasida keltirish mumkin.
[1]     Hikmatga aloqador bo’lgan qo’shimcha ma’lumotlarni ushbu link orqali ko’rishingiz mumkin.

Hikmat va Sunnat tushunchalarini buzilishi va yo’qqa chiqarilishi

Kitob va Hikmat tushunchasi

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
131 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Maxfiy Ilmlar, Ilmi Ladun (Tariqatchilikka Nazar 18- bo’lim) 26.04.2019 120
2 Assalomu alaykum… 03.02.2019 218
3 Qur’onni tushunishda ijtihodning ahamiyati qanday? 16.01.2019 161
4 Isro va Meroj 19.11.2018 372
5 Hayzli ayollarni ro’zasi 01.11.2018 321
6 Qur’onga ko’ra 3 qoidani buzmaguncha hech kimga adovat qilib bo’lmaydi 10.09.2018 247
7 G’ayridinlar o’rtasidagi munosabatlar 18.08.2018 337
8 Qur’ondagi namozga aloqador oyatlar 12.08.2018 224
9 Musulmonga musulmondan boshqasi yaqin va ishonchli do’st bo’la oladimi? 28.07.2018 197
10 Diniy javobgarlik qachon boshlanadi? ​(lotin/кирил)​ 23.07.2018 214
11 Muhammad alayhissalomning ummatiga qoldirgan merosi 22.07.2018 179
12 Qur’onni o’rganish va uni o’rgatish 22.07.2018 164
13 Nafs tarbiyasi uchun halol narsalardan voz kechish kerakmi? 21.07.2018 151
14 Diniy idoraning sobiq bosh kotibi bilan olib borilgan suhbat 09.07.2018 393
15 Ikki musulmonning tavhid haqidagi bahsi 29.06.2018 192
16 Musulmonning oiladagi odob-axloqi 29.06.2018 149
17 “Sizlar uchun Rosulullohda o’rnak bordir” oyatni qanday tushunamiz? 26.06.2018 142
18 Qur’onda Musulmonni kimlar bilan birga o’tirishi taqiqlangan ? 26.06.2018 169
19 Din aql ishi emas degan gapga Qur’on nima deydi? 25.06.2018 241
20 Qur’onga ko’ra “avliyo” 25.06.2018 216
21 Alloh uchun yaxshi ko’rish va Alloh uchun yomon ko’rish nima degani? 25.06.2018 419
22 Qur’onni tahrif qilinishi yohud shirkka ochib berilgan eshik 13.06.2018 211
23 Tahoratsiz Qur’on o’qisa bo’ladimi? (Qo’shimcha qilindi) 10.06.2018 677
24 Allohga noto’g’ri tavakkal qilish (To’g’ri deb bilingan xatolarimizdan biri) 09.06.2018 479
25 Dinda firqalanmaslik va bir bo’lib Qur’onni mahkam ushlashlik 09.06.2018 218
26 “Men Musulmonman!” deyish yetmaydimi? 08.06.2018 146
27 Hikmat nima o’zi? 08.06.2018 131