Tashahhuddagi salom va duolarning ma’no va mohiyatlari
Musulmonlar > E'lonlar > Hikmatli Hadislar > Namoz Tarix: 13 Fevral 2019 Email This Post Email This Post

Savol: Namozda o’qiladigan tashahhud haqida ma’lumot bera olasizmi?

Javob: Tahiyyotning mazmun-mohiyati, tarixi va ma’nolari haqida sizlarga quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Farz va boshqa nofila namozlarning har ikki rakaatidan keyin o’tirib Allohni zikr qilish va unga so’z bilan qullik qilish uchun tahiyyot…, Allohumma Solli ala…, Allohumma barik ala…, Robbana atinalar o’qiladi. Bu tahiyyot, salavot va duolarni bizga Rasululloh tavsiya qilib qoldirgan. Ular va ularni ma’nolari quyidagicha:

1. Tashahhud

التحيات لله والصلوات و الطيبات، السلام عليك أيها النبي ورحمة الله وبركاته، السلام علينا وعلى عباد الله الصالحين، أشهد أن لا إله إلا الله وأشهد أن محمدا عبده ورسوله

Attahiyyatu lillahi vassolavatu vattoyyibat. Assalamu alayka ayyuhannabiyyu va rohmatullohi va barokatuh. Assalamu alayna va ala ‘ibadillahis-solihiyn. Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rosuluh.”

Ma’nosi:

“So’z, badan va mol-mulk bilan qilinadigan ibodatlarning barchasi Allohga xos. Ey Nabiy![1] (Rasulullohni vafotidan keyin Oyisha onamiz o’rgatgan tahiyyot salomi “Assalamu alan-Nabiy…-Payg’ambarga salom bo’lsin va…”)[2] Senga Salom va Allohning rahmat va barakoti bo’lsin. Salom bizga ham va Allohni yaxshi bandalariga ham bo’lsin. Men guvohlik beramanki, Allohdan boshqa hech qanday iloh yo’qdir. Men yana guvohlik beramanki, Muhammad Allohning bandasi va elchisidir.

2. Allohumma solli

اللهم صل على محمد وعلى آل محمد كما صليت على إبراهيم وعلى آل إبراهيم إنك حميد مجيد

  Ma’nosi:

“Ey Alloh! Muhammadga va uning oila-a’zolariga yaxshilik qil/qo’llab-quvvatla. Xuddi Ibrohim va uning oila-a’zolariga yaxshilik qilganingdek/qo’llab-quvvatlaganingdek. Sen maqtovga loyiqsan, Ulug’san!”

3. Allohumma barik

اللهم بارك على محمد وعلى آل محمد كما باركت على إبراهيم وعلى آل إبراهيم إنك حميد مجيد

Ma’nosi:

“Ey Alloh! Muhammadga va uning oila-a’zolariga barakot[3] bergin. Xuddi Ibrohimga va uning oila-a’zolariga barakot berganing kabi. Sen maqtovga loyiqsan, Ulug’san.

4. Robbana atina

رَبَّنَا آتِنَا فِي الدُّنْيَا حَسَنَةً وَفِي الْآخِرَةِ حَسَنَةً وَقِنَا عَذَابَ النَّارِ

Robbana atina fiddunya hasanah, va fil-axiroti hasah, va qina azaban-nar.”

Ma’nosi:

 “Robbimiz! Bizlarga dunyoda ham yaxshilik ato et, oxiratda ham yaxshilik ato et. Bizni do’zax azobidan saqla.”

Aloqador hadislar:

 عن عطاء بن أبي رباح: أنَّ الصحابةَ كانوا يقولون والنبيُّ ﷺ حيٌّ: السلامُ عليك أيُّها النبيُّ، فلمَّا مات قالوا: السلامُ على النبيُّ ورحمةُ اللهِ وبركاتُه، السلامُ علينا وعلى عبادِ اللهِ الصالحينَ، أشهدُ أنْ لا إلَه إلَّا اللهُ، وأشهدُ أنَّ محمدًا عبْدُه ورسولُه

Ato b. Rabohdan: Rasululloh tirikligida sahobalar: “Assalamu alayka ayyuhan-Nabiy-Ey Payg’ambar senga salom bo’lsin”, deyishar edi, Rasululloh vafot etganidan boshlab: “Assalamu alan-Nabiy-Payg’ambarga salom bo’lsin”, deya boshlashdi.[4]

السلامُ على النبيِّ ورحمةُ اللهِ وبركاتُه، السلامُ علينا وعلى عبادِ اللهِ الصالحينَ، أشهدُ أنْ لا إلَه إلَّا اللهُ، وأشهدُ أنَّ محمدًا عبْدُه ورسولُه…

“…Payg’ambarga salom bo’lsin…”[5]

Rasulullohni vafotidan keyin tashahhudda aynan mana shu shaklda salom berilishi haqida bulardan boshqa yana Ibn Umardan qilingan ko’plab rivoyatlar bor.

 

Anas Olimo’g’li, Abdulaziz Beshto’g’raq.  

[1] Bu mashhur tahiyyot – Rasululloh hayotlik davrida orqasida jamoat bo’lib namoz o’qiyotgan sahobalar namozda bir-birlarini ismini aytib salom berayotganini Rasululloh eshitib qoladi, shunda ularga menga ham salom aytib va o’zingiz va siz kabi barcha mo’minlarga ommaviy bir marta salom aytsangiz kifoya – degan ma’noda o’rgatgan tahiyyot hisoblanadi. Rasulullohni vafotidan keyin esa, Oyisha onamiz (Alloh undan rozi bo’lishini so’raymiz) mo’minlarga tahiyyotni o’rgatar ekanlar, duo maqsadida salom beriladigan joyig kelganda “ السلامُ عليك أيُّها النبيُّ  Assalamu alayka ayyuhan-Nabiy”ni o’rniga السلامُ على النبيِّ = Assalamu alan-Nabiy…” shaklidagi salomni o’rgatishda davom etganlar. Chunki, Rasululloh tirikligida orqasida turib unga salom beradigan sahobalar Rasulullohni ko’rib turardi, Rasululloh ham ularni ko’rib turar va bergan salomlarini eshitib turar edi. Shu sababli “Assalamu alayka ayyuhan-Nabiy…” ya’ni “Senga salom bo’lsin ey Nabiy”, deb o’rgatar edi. Rasulullohni vafotidan keyin Oyisha onamiz o’rgatgan salomning ma’nosi esa “Assalamu alan-Nabiy…-Nabiy-Payg’ambarga salom bo’lsin” – degan ma’noni bildiradi. Chunki, endi Rasululloh mo’minlarni yonida emas, aytgan salomlarini, duolarini eshitmaydi. Lekin, har ikkala shakldagi salom bilan salom aytsa bo’ladi, faqat bir sharti bilan; hozir namozimdagi Rasulullohga berayotgan salomimni va uni haqqiga qilayotgan duoyimni Rasululloh eshitib turibdi, ko’rib turibdi degan tushunchadan va bunday e’tiqoddan uzoq bo’lgan holda aytish mumkin. Aks holda, har qanday uzoq masofadan eshita olishlik, har qanday turli tilda aytilgan salom va duolarni bir xil tushuna olishlik kabi faqatgina Allohning zoti ilohiysiga loyiq bo’lgan ba’zi bir ilohiy sifatlarni Rasulullohga nisbat berib qo’yilgan hisoblanadi. Bu esa, shirkdan boshqa hech qanday narsani ifoda qilmaydi. Butun qilib o’tilgan savobli ishlarni esa, faqatgina shirk amali barbod qilib yo’qqa chiqarib yuboradi. Shuni unutmaylikki, o’tmishdagi barcha Payg’ambarlar kabi Muhammad alayhissalom ham vafot etdi, undan avval ham ne-ne payg’ambarlar keldi-yu ketdi. U hozir uzoq masofadan o’nlab yuzlab turli tillarda berilayotgan salom-u duolarni bir vaqtni ichida ham eshitib, ham tushunib va ham ko’rib tura olish qobiliyatiga aslo ega emas, chunki, u ham bir insondir, faqatgina unga Allohdan vahiy kelgan muborak insondir.

[2] Doraqutniy Ibn Mas’uddan rivoyati 1338. Ibn Adiyni Mujohiddan rivoyati 2/393.  Qoziy Abu Shayba va Imom Bayhaqiy rivoyati va Imom Buxoriyni 1144.

[3] Baraka – qilingan ishlardagi yaxshiligi ko’pligini, hayotdagi yashab o’tgan vaqt ichidagi ishlarini aksariyati yxshilikka dalolat qilishini bildiradi. Baraka – biron narsadagi yaxshilik va foydalarni ko’p ekaniga ishorat qiladi, son jihatdan ko’p ekaniga emas.

[4] Ibn Hajar Asqaloniy, Fathul Boriy Sharhul-Buxoriy, 2/366.

[5] Hazrat Abu Bakrning o’g’li Qosim Oyisha onamiz o’rgatgan tashahhudi haqidagi rivoyati, bu hadisni Imom Bayhaqiy Sunanda 2/144, Imom Molik Muvattoda 1/91, Imom Shofeiy Favoidda 1015 raqamlardagi hadislarida keltirganlar.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
191 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Bosh yalang namoz o’qish gunohmi? 19.03.2019 289
2 Masjidga kirganda ikki rakaat namoz o’qimasdan o’tirib bo’lmaydimi? 03.03.2019 208
3 Tahajjud namozi qachon o’qiladi? 03.03.2019 496
4 Tashahhuddagi salom va duolarning ma’no va mohiyatlari 13.02.2019 191
5 Namozda niyat tilda bo’ladimi yoki dildami? 11.02.2019 227
6 Namozda hushu qanday bo’ladi? 03.01.2019 163
7 Hamma bilgan o’sha namoz 18.10.2018 251
8 Qur’onda namoz vaqtlari 17.10.2018 640
9 Avtobus, poyezd, samolyot va shu kabi ulovlarda namoz oʻqisa boʻladimi? 04.09.2018 183
10 Qur’ondagi namozga aloqador oyatlar 12.08.2018 195
11 Namoz avvalgi ummatlarga ham farz qilinganmidi? 25.06.2018 126
12 Musofir kishi namozlarini 4 rak’at qilib o’qisa bo’ladimi? 18.06.2018 146
13 Ramazon va Qurbon bayramlari farzmi yoki sunnatmi? 18.06.2018 143
14 Be namozning qilgan yaxshi ishlari qabul bo’lmaydimi? 18.06.2018 183
15 Musulmonlarni jahannamga kirishiga asosan nima sabab bo’ladi? 08.06.2018 146
16 Xufton namozining vaqti qachon tugaydi? 08.06.2018 442
17 Azon 08.06.2018 123
18 Qur’onda tahajjud namozi haqida aytilganmi? 08.06.2018 841
19 Namoz vaqtlari (Qur’onga ko’ra) 08.06.2018 153
20 Jum’a namozi Qur’onda aytilganmi? U ayollarga ham farzmi? 08.06.2018 121
21 Azon haqida Qur’onda aytilganmi? 08.06.2018 139