Diniy jamoa tashkil qilish (Said Nursining soxta xususiyatlari)
Musulmonlar > Din > Firqalanish > Hristianlik Tarix: 09 Iyul 2018 Email This Post Email This Post

a) Said Nursiga Nisbat Berilgan Soxta Xususiyatlar 

Ko’plab tariqatlarda yer olgan Nuri Muhammadiy va Haqiqati Muhammadiyya e’tiqodi Nurchilarda ham bor. Said Nursi o’zini Haqiqati Muhammadiyyaning timsoli ekanini bildiradi. Unga ko’ra, Risolai Nurning asl manba’i va asosi Nuri Muhammadiydir.  Uning o’zi esa, o’sha risolalarning haqiqati va ma’naviy shaxsiyatidir. Buning ma’nosi – o’zini Nuri Muhammadiyya ya’ni Haqiqati Muhammadiyyaning timsoli ekanini bildirishdir. Risolai Nurlarda bu kabi xususiyatlarni Said Nursida jamlanganini bildiruvchi ifodalar bor.

b) Said Nursini birlik maqomida ekani haqidagi iddaosi

Alloh bilan Haqiqati Muhammadiyya bir narsaning old va orqa tarafi ekani deb hisoblanganligi uchun, Haqiqati Muhammadiyyani tamsil qilingan kishini, “Birlik” maqomida deb qabul qilinadi. Said Nursi shu so’zlari bilan o’zini bu maqomda ekanini bildiradi:

“Aytishni hayolimga ham keltirmagan bir sirni sizlarga aytishga majbur bo’ldim. U shulardan iborat:

Risolai Nurning ma’naviy shaxsiyati va uni tamsil qilgan xos shogirdlarining ma’naviy shaxsiyatlari “Fard – yagona, yolg’iz bo’lishlik” maqomi bilan sharaflantirilgani uchun, endi ularning tepasida na bir ulkaning qutbini va zamonning buyuk bir qismini Hijozga olib borgan Qutbi Azamini hokimiyati Bo’lmaydi. Bu sababdan, hatto Qutbi Azamni tasarrufi ostiga kirishga ham majbur emaslar. Har davrda bo’lgan ikki imomdek – uni tanishga majbur emaslar. Men eskidan Risolai Nurni ma’naviy shaxsiyatini (o’zimni), o’sha imomlardan biri deb o’ylardim. Endi tushunib yetdimki – Govsi Azam, qutb, va g’ovs ham fardiyat-birlik maqomida ekani tufayli, oxir zamonda shogirtlari bog’langan Risolai Nurnig o’sha fardiyat-birlik maqomi bilan sharaflangan ekanlar. Yashirishga munosib bo’lgan bu buyuk sirga ko’ra, Makkai Mukarramada umuman kutilmagan bir voqea yuz berib, Qutbi Azamdan Risolai Nurga qarshi bir etiroz kelsa, Risolai Nur shogirdlari aslo taraddudga tushmasligi kerak, o’sha muborak Qutbi Azamning e’tirozini shunchaki bir iltifot va salom tariqasida qabul qilishlari, e’tiboriga loyiq bo’lish uchun uni e’tiroz etishiga sabab bo’lgan masalalarini chiroyli yo’l bilan ochiqlab berib, uni qo’llarini o’pishlari kerak.”

Qutb – Tariqatlarga ko’ra eng katta avliyo deb bilingan shaxsdir. Tariqatlarga ko’ra u shaxs, eranlarning boshi va Allohning izni bilan koinotni boshqaruvchi shaxsdir.

Qutbdan keyingi maqomda turuvchi ikki kishiga “imomoni” deyishadi. Bulardan biriga “imomi yamin”, boshqa biriga “imomi yasir” nomi beriladi. Imomi yamin (o’ng tomondagi imom) qutbning hukmlariga ega deb, imomi yasir (chap tarafdagi imom) esa qutbning haqiqatiga mazhar deb bilishadi. Ya’ni, bittasi qutbning qarorlarini, boshqasi esa haqiqiy yo’nalishini biladi deyishadi. Qutb vafot qilishi bilanoq o’rniga imomi yasar o’tiradi. Qutb bilan birgalikda ikki imom uchligi hosil bo’ladi. Yuqorida aytib o’tilganidek Said Nursi avvallari ozini bu imomlardan biri deb gumon qilgan.

Qutblar bittadan ko’payib ketsa, bosh Qutbga Qutbul Aqtob deyiladi.  Unga sig’inganlarni qutqarib qolishiga ishonishgani uchun, unga G’ovs yoki G’ovsi Azam deyishadi. Said Nursi ham o’zini G’ovsi Azam deb tanitgan.

Bunday e’tiqodga mansub bo’lganlarga ko’ra Qutb, -Haqiqati Muhammadiyya unda namoyon bo’lgan shaxsdir. Hasan Fayzining Said Nursiga “ Juda porloq qasida” deb yozgan shu she’ri quyidagi ma’nolarni o’z ichiga oladi:

    “Chunki sensan bu zamonda olamlarga rahmat bo’lgan (Muhammad)ning namoyondasi,
Chunki sensan endi gunohlarga shafoat etuvchi Muhammadning vorisi.
    Gunohkorlarni senga bo’lgan ushbudir bir nolasi:
Yordam ayla bizga ey yordam istaganlarning yordamchisi!
Ey olamlarga rahmat bo’lgan Muhammadning oydinligi, Nurning elchisi!” 

Bu maqomning Qutbul irshod va Qutbul Vujud nomli ikki xil turi bor. Ularga ko’ra Qutbul Irshod Nabilik tizimining ichki tuzilishini, Qutbul Vujud esa Haqiqati Muhammadiyyaning ichki tuzilishini timsolidirlar.  Qutbul irshod haqida yuqorida Imomi Rabboniyning gaplari aytib o’tildi. Qutbul Vujudga kelsak, u har davrda faqat bir dona bo’lishi mumkinligi aytiladi. Said Nursi huddi shu birlik maqomiga o’zini munosib ko’rgan. O’zini bu maqomda deb da’vo qilgani uchun Risolai Nurning shogirdlarini yoniga olgan bo’ladi.

Ikki Imomdan so’ng dunyoning to’rt tarafini boshqarib turishi da’vo qilingan Avtodi Arbaiyn,  undan ham past tabaqada yetti iqlimni boshqarib turgan Yettilar (Abdol, Axyor) va xalqqa yordam etib turishi da’vo qilingan Qirqlar (Nujabo) va insonlarni nazorat qilib turadi deb da’vo qilingann Uchyuzlar (Nuqabo) bor ekanini qabul qilishadi. Saidi Nursiga ko’ra, yer yuzini boshqarib turganlarning eng kattasining maqomi, Risolai Nurning shogirdlariniong maqomidan ancha pastdadir.

Shu bois ular, Qutb Azamning hukmi ostiga kirishga majbur emaslar. Chunki u Qutbning o’zi Risolai Nurni to’la bilmas. Bunday bir Qutb Risolai Nurga etiroz bildirishi taajjubli hol emas. Risolai Nurning shogirdlari bunday e’tirozdan taraddudga tushmasliklari kerak, u muborak Qutbni e’tirozini shunchaki bir iltifot va salom tariqasida qabul qilish kerak, e’tiborini qozonish uchun uning e’tiroziga sabab bo’lgan masalalarni izohlab ochiqlab berishlari va qo’llaridan o’pishlari kerak.

Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَمِنَ النَّاسِ مَن يَتَّخِذُ مِن دُونِ اللّهِ أَندَاداً يُحِبُّونَهُمْ كَحُبِّ اللّهِ وَالَّذِينَ آمَنُواْ أَشَدُّ حُبًّا لِّلّهِ وَلَوْ يَرَى الَّذِينَ ظَلَمُواْ إِذْ يَرَوْنَ الْعَذَابَ أَنَّ الْقُوَّةَ لِلّهِ جَمِيعاً وَأَنَّ اللّهَ شَدِيدُ الْعَذَابِ   إِذْ تَبَرَّأَ الَّذِينَ اتُّبِعُواْ مِنَ الَّذِينَ اتَّبَعُواْ وَرَأَوُاْ الْعَذَابَ وَتَقَطَّعَتْ بِهِمُ الأَسْبَابُ      وَقَالَ الَّذِينَ اتَّبَعُواْ لَوْ أَنَّ لَنَا كَرَّةً فَنَتَبَرَّأَ مِنْهُمْ كَمَا تَبَرَّؤُواْ مِنَّا كَذَلِكَ يُرِيهِمُ اللّهُ أَعْمَالَهُمْ حَسَرَاتٍ عَلَيْهِمْ وَمَا هُم بِخَارِجِينَ مِنَ النَّارِ

“Insonlarni ichidan kimlardir Allohdan avval, Unga o’xshash deb gumon qilgan narsalariga osiladilar. Ularni Allohni sevgandek sevadilar. Mo’minlarning Allohga bo’lgan sevgisi kuchlidir. Bu xatoga qo’l urganlar, butun kuch-qudrat Allohga xos ekanini va Allohning azobi juda ham qattiq ekanini, qaniydi u azobni ko’radigan kungidek ko’ra olsalar edi.

U kunda, yetakchi deb ergashilgan kishilar, o’zlariga ergashganlardan ayrilib uzoqlashadilar. Endi u azobni ko’rdilar va o’rtalaridagi butun munosabatlar uzildi.

Ularga ergashganlar shunday deyishadi: “Qaniydi – bizda yana bir fursat bo’lganda edi, ular bizdan uzoqlashgani kabi bizlar ham dunyoda ulardan shunday uzoqlasharmidik!” Alloh ularning qilmishlarini, o’zlarini ich-etini yeydigan qilib ko’rsatadi. Endi ular u otashdan chiqmaydilar.” (Baqara 2/166-167)

Prof. Dr. Abdulaziz Bayindır, Qur’on Nuri Ostida Vositachilik va Shirk Kitobi, Soxta Jamoatlarni Yuzaga Kelishi bo’limidan.

 

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
256 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Iso alayhissalom dunyoga qaytib keladimi? 10.09.2018 827
2 Soxta dindorlik 09.07.2018 292
3 Soxta Iso-Masihlik 09.07.2018 338
4 G’oyibona ko’rib-eshitib yordam bera olish yolg’iz Allohga xos 09.07.2018 252
5 Diniy jamoa tashkil qilish (Said Nursining soxta xususiyatlari) 09.07.2018 256
6 Islom niqobi ostida soxta jamoat-firqa tashkil qilish 09.07.2018 201
7 O’likdan yordam so’rash 13.06.2018 243
8 Ahli kitobga muvofiqlashib borayotgan Musulmonlar 12.06.2018 202
9 Katoliklardagi vositachilik e’tiqodi (Barcha soxta diniy jamoatlarda ham bir xil) 11.06.2018 320