Kufr va shirk
Musulmonlar > Imon > Shirk Tarix: 09 Iyun 2018 Email This Post Email This Post

Kufr – yopish, to’sish va ko’rmaganga olish degan manolarni bildiradi. Unga nisbatan qilingan yaxshiliklarni ko’rmaganga olgan kishini kofir deyiladi. O’zbeklar esa bunday kishini nonko’r deyishadi. Allohning borligi ochiq bir haqiqat bo’lsa-da, ko’pchilik insonlar  buni hisobga olmay, o’z hayotlarini beparvolik bilan davom etkazadilar.
Kofir va mushrik kalimalari, bitta narsaning ikkita farqli tarafini ko’rsatadi. Ya’ni, har bir kofir mushrik va har bir mushrik kofirdir. Oyati  Karima:

لَمْ يَكُنِ الَّذِينَ كَفَرُوا مِنْ أَهْلِ الْكِتَابِ وَالْمُشْرِكِينَ مُنفَكِّينَ حَتَّى تَأْتِيَهُمُ الْبَيِّنَةُ   رَسُولٌ مِّنَ اللَّهِ يَتْلُو صُحُفًا مُّطَهَّرَةً فِيهَا كُتُبٌ قَيِّمَةٌ

“Ahli kitobdan bo’lgan kofirlar ( O’zini haqiattan berkitgan) va mushriklar,[1] ularga to ochiq haqiqat kelmaguncha hal bo’lmadilar. Allohni keltirgan toptoza sahifalarini o’qiguvchi, u – Allohning Elchisidir. U sahifalarda kesin va to’g’ri hukumlar bordur. (Bayyina 98/1-3)

Ahli kitobdan kofir bo’lmaganlar bordur ammo, mushriklarning hammasi kofir hisoblanadi. Bunga aloqador oyatlarning ba’zisi shundaydir:

لَيْسُواْ سَوَاء مِّنْ أَهْلِ الْكِتَابِ أُمَّةٌ قَآئِمَةٌ يَتْلُونَ آيَاتِ اللّهِ آنَاء اللَّيْلِ وَهُمْ يَسْجُدُونَ يُؤْمِنُونَ بِاللّهِ وَالْيَوْمِ الآخِرِ وَيَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنكَرِ وَيُسَارِعُونَ فِي الْخَيْرَاتِ وَأُوْلَئِكَ مِنَ الصَّالِحِينَ

“Ularning barchasi bir xil emas. Kitob ahli orasida tik turgan bir jamoa ham bor-ki, kechaning ma’lum vaqtlarida, Allohning oyatlarini o’qiydi va unga bo’yin egadilar. Bular – Allohga va oxirat kuniga ishongan, ma’rufga mos kelgan narsaga buyurgan, yomonliklarga qarshi turgan va yaxshi ishlarda kim’ozarlik qilganlardir. Yaxshilar – mana shulardir. Ularning qilgan yaxshiliklarining hech biri ko’zdan qochirilmaydi. Alloh  taqvodorlarni (tortingan, andisha etgan, saqlangan kishilar) kimlar ekanini biladi.” (Oli Imron 3/113-115)

Ahli kitobning kofirlarini ayni damda mushrik ham bo’lganligini ko’rsatuvchi oyatlar bor. Alloh Taolo shunday marhamat qiladi:

اتَّخَذُواْ أَحْبَارَهُمْ وَرُهْبَانَهُمْ أَرْبَابًا مِّن دُونِ اللّهِ وَالْمَسِيحَ ابْنَ مَرْيَمَ وَمَا أُمِرُواْ إِلاَّ لِيَعْبُدُواْ إِلَهًا وَاحِدًا لاَّ إِلَهَ إِلاَّ هُوَ سُبْحَانَهُ عَمَّا يُشْرِكُونَ

“Bilimdonlarini, dindorlarini va Maryam o’g’li Masihni Allohdan oldin (Allohni o’rniga, Allohni qo’yib) bir-bir  Rob qilib oldilar. Holbuki ularga berilgan buyruq, faqatgina yagona bir Tangriga qullik etmoqlari edi. Undan boshqa tangri yo’qdir. Alloh ularning shirkidan uzoqdir.” (Tavba 9/13)
Har bir qavm va qabilaning tarixida bir elchisi bo’lgan. Alloh Taolo shunday buyuradi :

إِنَّا أَرْسَلْنَاكَ بِالْحَقِّ بَشِيرًا وَنَذِيرًا وَإِن مِّنْ أُمَّةٍ إِلَّا خلَا فِيهَا نَذِيرٌ

“Bu haqiqatni siz bilan birga jo’nattik-ki, hushxabarlar berasiz va ogohlantirishda bo’lasiz. Har ummatning tarixida mutlaqo bir ogohlantiruvchi bo’lgan.”(Fatir 35/24)
Makkalilarning tarixida Allohning Elchilari Ibrohim va Ismoil alayhimussalomlar bor edi. Qurayshliklar, o’zlarini Ibrohim Payg’ambarning naslidan ekani bilan faxrlanishar,[2] undan qolgan haj va umra ibodatlarini doimiy ado qilib kelardilar. Ammo, qo’llarida bunga oit bir kitob bo’lmagani uchun, ular ahli kitob emasdilar. Yahudilarda esa, Muso alayhissalom bilan birgalikda bir qancha Payg’ambar va Tavrot bor edi. Hristianlarda Iso alayhissalom va Injil bor edi. Shu sababli ular ahli kitob edilar.
Tavrot va Injil avvalgi asl holicha saqlab qolinmagan. Ammo, asosiy mavzularda Qur’on bilan bir hil hukmlari bor. Shu sababli Qur’on, ularni o’sha asosiy mavzuda birlashishga chaqiradi. Alloh Taolo shunday marhamat qiladi:

قُلْ يَا أَهْلَ الْكِتَابِ تَعَالَوْاْ إِلَى كَلَمَةٍ سَوَاء بَيْنَنَا وَبَيْنَكُمْ أَلاَّ نَعْبُدَ إِلاَّ اللّهَ وَلاَ نُشْرِكَ بِهِ شَيْئًا وَلاَ يَتَّخِذَ بَعْضُنَا بَعْضاً أَرْبَابًا مِّن دُونِ اللّهِ فَإِن تَوَلَّوْاْ فَقُولُواْ اشْهَدُواْ بِأَنَّا مُسْلِمُونَ

“Aytinki: “Ey kitob ahli! Siz uchun ham biz uchun ham to’g’ri bo’lgan so’zga keling; Allohdan boshqasiga qul bo’lmaylik. Unga biror narsani sherik qilmaylik. Hech birimiz Allohdan boshqa birini rob qilib olmasin.”Agar yuz o’girishsa aytingki: “Guvoh bo’linglar, biz albatta unga (Allohga) taslim bo’lganlarmiz.”(Oli Imron 3/64)
Makkali mushriklarga va qo’llarida asar bo’lmaganlarga, aqli va bilimlarini qo’llanishga chaqirilgan.
Alloh taolo marhamat qiladi:

وَهَذَا صِرَاطُ رَبِّكَ مُسْتَقِيمًا قَدْ فَصَّلْنَا الآيَاتِ لِقَوْمٍ يَذَّكَّرُونَ

“Bu – Robbingning to’ppa-to’’g’ri yo’lidir. Biz bu oyatlarni, bilimini to’g’ri qo’llanadigan bir qavm uchun batafsil ochiqlab berganmiz.”  (An’om 6/126)

وَمَن يُشَاقِقِ الرَّسُولَ مِن بَعْدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُ الْهُدَى وَيَتَّبِعْ غَيْرَ سَبِيلِ الْمُؤْمِنِينَ نُوَلِّهِ مَا تَوَلَّى وَنُصْلِهِ جَهَنَّمَ وَسَاءتْ مَصِيرًا

“To’g’ri yo’l unga op-ochiq bo’lib bilinganidan kegin ham, kim bu Elchidan ayrilib va mo’minlarning yo’lidan boshqa yo’lga kirsa, uni burilgan yo’lida qoldiramiz va jahannamga joylaymiz. Qanday yomon ahvolga tushushdir bu!” (Niso 4/115)
Yahudi va Hristianlarning qo’llarida Tavrot va Injilni bor bo’lishi, ularni shirkka tushishiga to’siq bo’lolmadi. Muhim bo’lgan narsa, birorta Ilohiy kitobga ega bo’lish emas, balki unga amal qilish va unga ko’ra yashashdir. Qo’llarida Qur’on bo’la turib, hatto uni yodlagan va u haqda ilmi bo’lgan qancha Musulmonlar ham, shirkka kirib qolganligini ko’ryapmiz.
Allohga to’liq ishonish, shartsiz va so’ssiz bo’yin egish bu – imonning shunday bir shartiki, u shart bo’lmasa imon bo’lmaydi. Ammo insonlarning ko’pchiligi, Allohga nisbatan ba’zi shartlarni ilgari suradilar, ya’ni, Allohning amrlari u insonni o’zini shartlariga mos kelsagina Allohning aytganini bajaradi. Kimdur shartlarni o’zi belgilaydi va kimlardir buzilgan bir dinni yoki tariqat deb nomlangan bir tashkilotni ilgari surulgan shartlarni o’zlariga moslab oladilar. O’zini yoki boshqa birini, Allohga shart qo’yish saviyasiga teng deb bilgan kishi, uni o’sha masalada Allohga teng deb bilgan va tangri qilib olgan bo’ladi. Bunday insonlar, og’ir va qiyin ahvolga tushgan vaqtlarida, barcha shartlarini unutadilar va samimiy bo’lib Allohga yuzlanadilar. Alloh Taolo shunday marhamat qiladi:

وَإِذَا مَسَّكُمُ الْضُّرُّ فِي الْبَحْرِ ضَلَّ مَن تَدْعُونَ إِلاَّ إِيَّاهُ فَلَمَّا نَجَّاكُمْ إِلَى الْبَرِّ أَعْرَضْتُمْ وَكَانَ الإِنْسَانُ كَفُورًا

”Dengizda boshingizga tashvish tushganda, chaqirganlariz yo’q bo’lib yolg’iz Alloh qoladi. Sizni qutqarib, quruqlikka chiqarishi bilanoq  (Allohdan) yuz o’girasizlar. Inson juda nonko’rdir.”(Isro 17/67)

[1]     Oyatdagi al-mushrikiyn kalimasi, bizga ko’ra al-mushrikun bo’lib; “allaziyna” kalimasiga atf qilingan.Matnda majrur o’qilishini sababi mujovarot tufaylidir.

[2]     Ibn Hishom, Sirot an-Nabiy, M. Muhyiddin Abdulhamidning tahqiqiga ko’ra, Bayrut, 1401/1981, 1 -jl, 216.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
296 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Ibodat va Shirk (Tariqatchilikka Nazar 23- bo’lim) 20.05.2019 78
2 Shafoat (Tariqatchilikka Nazar 21- bo’lim) 16.05.2019 71
3 Shayxlarga vahiy kelishi (Tariqatchilikka Nazar 14- bo’lim) 20.04.2019 116
4 Musulmonlarni cho’ktirgan shirk (Tariqatchilikka Nazar 9- bo’lim) 12.04.2019 116
5 Favqulodda kuch manbai (Tariqatchilikka Nazar 7- bo’lim) 30.03.2019 156
6 G’ayri oddiy yo’llar orqali yordam (Tariqatchilikka Nazar Solish 6- bo’lim ) 30.03.2019 115
7 Shayx Himmati va Duo (Tariqatchilikka Nazar Solish 5- bo’lim) 28.03.2019 129
8 Avliyo yordami (Tariqatchilikka Nazar Solish 4- bo’lim) 28.03.2019 133
9 Har bir Musulmon Avliyodir (Tariqatchilikka Nazar 3- bo’lim) 28.03.2019 140
10 O’rtakashlik, Vasila va Vosita (Tariqatchilikka Nazar Solish 2- bo’lim ) 28.03.2019 138
11 Islomga kirgizilmoqchi bo’lgan renkarnatsion (ruh ko’chish) tushunchasi 09.07.2018 262
12 G’oyibona ko’rib-eshitib yordam bera olish yolg’iz Allohga xos 09.07.2018 198
13 Ikki musulmonning tavhid haqidagi bahsi 29.06.2018 239
14 Be namozning qilgan yaxshi ishlari qabul bo’lmaydimi? 18.06.2018 248
15 Qur’onni tahrif qilinishi yohud shirkka ochib berilgan eshik 13.06.2018 258
16 O’likdan yordam so’rash 13.06.2018 200
17 G’oyb haqidagi noto’g’ri tushunchalar (katolik va soxta diniy jamoalardan o’rnaklar) 13.06.2018 192
18 Vasila va vosita qilishdagi noto’g’ri harakatlar 13.06.2018 265
19 Inson so’zini Allohning so’zi bilan tenglashtirish xatosi (Hristianlik va Islomdan o’rnaklar) 12.06.2018 210
20 Dindorlarni Xudolashtirish (Nurchilardagi soxta avliyolik, muridlarini ma’naviy boshqaruv ostiga olishga urinishi) 12.06.2018 228
21 Taoizmga ko’ra vositachilik 11.06.2018 182
22 Katoliklardagi vositachilik e’tiqodi (Barcha soxta diniy jamoatlarda ham bir xil) 11.06.2018 256
23 Vositachilik e’tiqodi 11.06.2018 259
24 Aql shirkni, Qur’on esa aqlsizlikni qabul qilmaydi 11.06.2018 391
25 Vositachi va shirkka kirib qolganlarning qiyomatdagi ahvoli 11.06.2018 177
26 Mushrik o’zini mushrik deb tan olmaydi 11.06.2018 194
27 Mushrik – vositachilarning shafoatiga ishonadi 11.06.2018 180
28 Vositachilarga ishonish mushrikning asosiy ishidir 11.06.2018 188
29 Mushrik ham Allohga ibodat qiladi 11.06.2018 204
30 Allohga ishongan mushriklar 11.06.2018 163
31 Vositachi iloh (xudo) istaganlar 11.06.2018 196
32 O’zlarini tangri qilib olganlar 11.06.2018 171
33 Alloh va elchilarini o’rtasini ajratish 10.06.2018 182
34 Kofirlik va itoatsizlik sababini Allohga to’ngash 09.06.2018 188
35 Shaytonning shirk tuzog’i va unga yetaklovchi yo’llar 09.06.2018 256
36 Kufr va shirk 09.06.2018 296