Musulmonlar
Мушрик ҳам Аллоҳга ибодат қилади

Мушрик ҳам Аллоҳга ибодат қилади

Haj va umra Ibrohim alayhissalom davridan boshlangan. Arafot tog’ida qolish haj ibodatining asosiy bo’limidir. Ammo Makkalik mushriklar, Fil voqeasidan so’ng o’zlarini muqaddas va buyuk shaxslar ekaniga ishonib olganliklari tufayli Arafotga chiqmay qo’ydilar. Arafot, “Hill” degan Makka chegaralaridan tashqaridadir. aualr shunday deyishar edi: “Biz Ibrohimning o’g’illarimiz, hurmatli bir qavmmiz, Ka’baning nazoratchisi va Makkaliklarmiz. Arablar orasida bizga teng keladigani yo’q. Hech kim bizning muqaddas zaminimizdek bir zaminga ega emas. Biz haqimizda aytilgan gaplar hech bir arab qabillari haqida aytilmagan. Shunday ekan, hech bir makonga Haramga qilgan hurmatni munosib ko’rmaymiz, aks holda arablarning bizga bo’lgan hurmati ozayib boradi.”[1]
Kelgusidagi oyattda Arafaotdan bo’shab va Mash’ari- Harom (Muzdalifa) yonida namoz o’qish va Allohni eslash vazifasi, istisno qilinmasdan butun hojilarga buyurilgani, Makkaliklar avvaldan qilib kelingan amallari noto’g’ri ekanini bildirmoqda:

فَإِذَا أَفَضْتُم مِّنْ عَرَفَاتٍ فَاذْكُرُواْ اللّهَ عِندَ الْمَشْعَرِ الْحَرَامِ وَاذْكُرُوهُ كَمَا هَدَاكُمْ وَإِن كُنتُم مِّن قَبْلِهِ لَمِنَ الضَّآلِّينَ

“… Arafotdan bo’shab tushganingizda, Mash’aril Harom[2] yonida Allohni eslang. U sizlarga qanday ko’rsatgan bo’lsa shunday zikr qiling. To’g’risi, bundan avval xatolar ichida edingiz.” (Baqara 2/ 198)
Haj mavsumi haqida o’zgartirish kiritilmaganini shu oyatdan bilib olamiz:

الْحَجُّ أَشْهُرٌ مَّعْلُومَاتٌ فَمَن فَرَضَ فِيهِنَّ الْحَجَّ فَلاَ رَفَثَ وَلاَ فُسُوقَ وَلاَ جِدَالَ فِي الْحَجِّ

“Haj ma’lum oylarda bo’ladi. Kimki u oylarda haj ibodatini boshlasa, endi haj qilishi jarayonida juftiga yaqinlashishi, yo’ldan chiqishi va urushish degan narsa bo’lmaydi. …” (Baqara 2/197)[3]
Yuqorida aytib o’tilganidek mushriklar hojilarga suv tarqatishi va Masjid al-Haromni ibodat uchun ochib qo’yishi kabi ishlari bilan faxrlanishar edi. Ka’baning atrofidagi butlardan ma’naviy yordam kutganlar va ularda Allohning yordami timsolini tasavvur qilganlar shunday deyishar edi: “Biz bularga ibodat qilishimizni sababi, bizn i Allohga yaqinlashtirsin deb xolos.”
[1]     Ibn Hishom, Sirot an-Nabiy,1-jl, 216.

[2]     Shi’or bilan mash’arning o’zagi bitta.Biri masdari mimi, boshqasi esa sha’a fe’lining masdari. Bu oyat- Muzdalifa shaoirdan ya’ni hajning farzlaridan ekanini bildiradi. Oyatnig oxiridagi: “Bundan oldin xatolar ichida edingiz” ifodasi, Makkaliklar avval u yerga chiqishmaganini bildiradi. Chunki ular o’zlarini Allohning xos qullarimiz de bilishar edi va Haj mavsumida Arafot va Muzdalifaga ham chiqma edilar.