Musulmonlar
Аллоҳ таоло қиёмат куни Муҳаммад алайҳиссалом ва унинг умматидан Қуръон ҳақида саволга тутади

Аллоҳ таоло қиёмат куни Муҳаммад алайҳиссалом ва унинг умматидан Қуръон ҳақида саволга тутади

Savol: Musulmonlar qiyomatda qaysi kitobdan javobgarlikka tortiladi? 

Javob: Albatta Allohning Kitobi Qur’ondan savolga tutiladilar. Bu haqda Alloh taolo Muhammad alayhissalomni ham shaxsan ogohlantirgan. Bu haqdagi oyat shu:

“(Ey insonlar) Sizlarga Parvardigoringizdan nozil qilingan narsaga Qur’onga ergashinglar, undan boshqa «do‘stlarga» ergashmanglar! Kamdan-kam pandnasihat olursizlar. (A’rof 7/3)

“Bas, siz o‘zingizga vahiy qilingan Qur’onni mahkam ushlang! Albatta, siz to‘g‘ri yo‘ldasiz. Albatta u (Qur’on) siz uchun ham, qavmingiz-ummatingiz uchun ham aniq ma’lumotli eslatmadir. Yaqinda (Qiyomatda bu haqda) so’ralasizlar.” (Zuhruf 43/43-44)