Musulmonlar
Ramazon ro’zasiga yolg’onchilik, dilozorlik va so’kinish qanday ta’sir o’tkazadi?

Ramazon ro’zasiga yolg’onchilik, dilozorlik va so’kinish qanday ta’sir o’tkazadi?

Savol: Ro’zador inson birovni so’ksa yoki dilini og’ritadigan haqsiz so’z va haraktni amalga oshirsa ro’zasi buziladimi?

Javob: Agar ro’zador bo’la turib, jaholatdan va yolg’ondan va dil ozorlikdan o’zini tiymagan bo’lsa, demak u kishining tutgan ro’zasi faqatgina kun bo’yi och qolganidan iborat bo’lib qolishi mumkin. Alloh taolo ro’za tutishni farz qilgan oyatida shunday marhamat qiladi:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ كُتِبَ عَلَيْكُمُ الصِّيَامُ كَمَا كُتِبَ عَلَى الَّذِينَ مِن قَبْلِكُمْ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ

“Ey mo‘minlar! Taqvoli bo‘lishingiz (yomonliklardan saqlanishingiz) uchun sizlardan ilgari o‘tganlarga farz qilingani kabi sizlarga ham sanoqli kunlarda ro‘za tutish farz qilindi…”  (Baqara 2/183)

Bu oyatga ko’ra, ro’za tutilishining asosiy sababi gunohlardan saqlanib tiyilish va taqvoga ega bo’lib olishdir.
Payg’ambar alayhissalom bu oyatni ochiqlagan holda shunday dedilar:

“Kimki yolg’on gapirishni, yolg’onga ko’ra ish tutishni va jaholatni tark qilmasa, (bilsinki) Alloh uning yemay ichmay och qolishiga (ro’za tutishiga) muhtoj emasdir.” (Buxoriy 1903)

Yolg’on gaplar orasida eng yomoni g’iybat, chaqimchilik, tuhmat, haqorat va so’kishdir. Bundan tashqari:

“Sizlardan biringiz ro’zador holida tong ottirsa yomon gap gapirmasin va johillik qilmasin. Agar boshqasi uni so’ksa yoki u bilan janjallashmoqchi bo’lsa: “Men ro’zadorman, men ro’zadorman”, deb javob bersin” degan ma’nodagi hadisi ham bor. (Buxoriy 1894, Muslim 1151) Hofiz ibn Hajar bu hadisdagi jaholatni “ baqirib gapirish va dilozorlik” deb ochiqlagan.

Yana bir hadisda: “Qancha-qancha ro’zadorlar borki, ularning tutgan ro’zalari faqatgina ochlik-suvsizlikdan iboratdir. Qancha-qancha qoimlar borki, ularning qiyomi faqatgina uyqudan qolishdan iboratdir.” (Ibn Moja 1690)

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: