Musulmonlar

Yel tahoratni buzadimi?

 Savol: Yel tahoratni buzadimi?

Javob: Ha, albatta buzadi. Moida surasi 6- oyatdagi Allohni ko’rsatmasiga ko’ra, hojatdan kelgan kishi albatta namoz uchun tahorat olishi shart. Tahorat olmasdan namozga turish Allohni amriga itoatsizlik hisoblanadi. Yel kelishi ham tahoratxonaga aloqador ishlardan hisoblanib, u kishi ham namoz uchun albatta tahorat olishi kerak. Tahoratni buzuvchi narsalar haqida mazhablar orasida ixtiloflar bor. lekin, biz ixtilofi bo’lmagan, kitob va sunnatdan dalili bo’lgan qismlarini aytib o’tamiz. Moida surasining 6- oyatidagi “g’oit” kalimasi hojatini chiqaradigan a’zodan kinoyadir. Demak, o’sha a’zolarning birontasidan nimaiki chiqsa tahorat buziladi.

Oldi va orqa tomondan chiqqan har qanday narsa tahoratni buzadi. Orqadan kelgan narsa xoh og’iri bo’lsin xoh yel, oldidan kelgani xoh bavl bo’lsin xoh maziy yoki vadiy bo’lsin bu narsalardan qaysi biri old yoki orqa tomondan chiqadigan bo’lsa, har holatda tahorat buziladi. Uyquga tolgan kishi orqadan yel kelganini, yoki oldidan bavl yoki vadiy kelganini farqiga bormaydigan darajada qattiq uxlab qolgan bo’lsa ham turganidan keyin tahorat olishi kerak. Aslida, uyquni o’zi tahoratni buzmaydi.

Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan ikki hadisga ko’ra, Ibn Tamiymni amakisi Rasulullohga o’zini namozdagi xavotiridan shikoyat qiladi, shunda Rasululloh alayhissalom unga: “Toki (yelni) ovozini eshitmaguningcha yoki hidi kelmagunicha namozingdan ayrilma” – deb buyurgan ekan. Bu hodisa boshqa bir hadisda ham aynan mana shu hukmni ifodalagan holda keltirilgan.

Namozda ovoz chiqarib yuborgan kishini tahorati buziladi deb keltirilgan hadis juda ham zaif hisoblanadi. Hazrati Aliga (Unga Allohni roziligini so’raymiz) nisbat berilib keltirilgan “og’zini to’ldirib qusish tahoratni buzadi” degan gap esa yolg’on hadis. U hazrati Aliga qilingan iftirodir.

Old tomondan shahvat va ehtirossiz oqib chiqqan har qanday suyuqlik tahoratni buzadi. Shahvat bilan chiqqani esa g’uslni buzadi.

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: