Musulmonlar

Yashirin nikoh hisobga o’tadimi?

Savol: Men bir qiz bilan tanishib qoldim. Moddiy tomondan sharoiti ancha og‘ir ekan. Men u qiz bilan nikohlanishga ahd qildim. Lekin bu nikohdan meni ota-onamni hozircha xabari bo‘lmaydi. U qiz ham hozircha birovga aytishni xohlamayapti. Chunki men hozir institutda u qiz esa kollejda o‘qiydi. Oilalarimizga aytganimiz bilan bizga ruxsat berishmaydi. Mana shu holatda nikohlanib olishimizga Qur’on va Sunnatda nima deyilgan? Eshitishimcha Hanafiy mazhabida nikohning sharti ikkita guvoh bo‘lsa va qiz bilan yigit rozi bo‘lsa shu yetarli emish. Bunga nima deysiz?

Javob: Nikoh – erkak bilan ayolni ota-onasi, yaqin kishilari va valiylarini nazorati ostida o‘tkaziladigan katta bir diniy marosim va xalqga e’lon qilinishi kerak bo‘lgan ikki tomonlama tuzilgan bir kelishuvdir. Nikoh aslo yashirincha va nazoratsiz holda amalga oshirilmaydi. Oyisha onamizdan qilingan rivoyatga ko‘ra Payg‘ambar alayhissalom bu haqda shunday deganlar:

“Qaysi bir ayol valisini roziligisiz nikohlansa, uni nikohi botildir! (hisobga o‘tmaydi)” (Buxoriy, Nikoh 16)

Abu Musodan qilingan rivoyatga ko‘ra Payg‘ambar alayhissalom shunday deganlar:

“Valiysiz nikoh bo‘lmaydi.” (Termiziy, Nikoh 14; Abu Dovud, Nikoh 20)

Uylanmoqchi bo‘lgan qiz agar-chi o‘zini qo‘l ostidagi asira qiz bo‘lsa ham, uni oilasidan ruxsat olmasdan unga nikohlanib olishdan Alloh taolo Qur’oni Karimdagi Niso surasining 24 va 25- oyatlarida taqiqlab qo‘ygan. Demak, oilasidan yashirincha nikohlanish Allohni amriga mutlaqo zid.

Qizni nikohi uchun albatta qizdan javobgar yaqinlarini roziligi shartdir. Nikohga valiyni shart qilib belgilanishi – amalga oshiriladigan nikohni nazorat ostida olib borilishiga ishorat qiladi. Bu nazoratni amalga oshiradigan kishilar avvalo qizni oilasidir. Qizni oilasi kuyovni surishtiradi, agar munosib ko‘rsa nikohga ruxsat beradi. Mana shu narsa nikohni eng asosiy shartidir.

Birovga aytmasdan masjidga borib bir imom va ikki tanish-notanish ikki insonni guvoh qilib nikohlanib olish diniy jihatdan maqbul ko‘rilgan ish emas. Bu bilan nikoh amalga oshgan hisoblanmaydi. Bunday nikoh hisobga o‘tmaydi. Faqat bu ishni pul orqali amalga oshiradigan ba’zi bir o‘zini ilmliman deb tanitgan kishilar-gina sizni pulingizni olish maqsadida amalga oshirishi mumkin va bunday nikohni hisobga o‘tadi deb fatvo berishi mumkin. Bularga qarshi diqqat-e’tiborli bo‘lishni tavsiya qilib qolamiz.

Oilasidan yashirincha bir qizni nikohlab olayotgan va nikohlab qo‘yayotgan kishilar ertaga o‘zini qizi ham ko‘chadan nari birovga aytmasdan 16-17 yoshida yashirincha nikohdan o‘tib olib, oilasidan yashirincha birov bilan yashab yurishini bir ko‘z oldiga keltirib ko‘rsinlar.

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: