Musulmonlar
Vositachi va shirkka kirib qolganlarning qiyomatdagi ahvoli

Vositachi va shirkka kirib qolganlarning qiyomatdagi ahvoli

Alloh taolo marhamat qiladi:
“Ularni hammasini to’plagan kun, mushriklarga shunday deymiz:

   وَيَوْمَ نَحْشُرُهُمْ جَمِيعًا ثُمَّ نَقُولُ لِلَّذِينَ أَشْرَكُواْ مَكَانَكُمْ أَنتُمْ وَشُرَكَآؤُكُمْ فَزَيَّلْنَا بَيْنَهُمْ وَقَالَ شُرَكَآؤُهُم مَّا كُنتُمْ إِيَّانَا تَعْبُدُونَ

فَكَفَى بِاللّهِ شَهِيدًا بَيْنَنَا وَبَيْنَكُمْ إِن كُنَّا عَنْ عِبَادَتِكُمْ لَغَافِلِينَ

“Joylaringizni egallanglar! Sizlar ham sheriklaringiz ham.” Endi o’rtalarini ayiramiz. Sheriklari shunday deyishadi: “Sizlar bizga sig’inmas edinglar! Sizlar bilan bizni oramizda guvohlikka Alloh yetar. Sizlar bizga sig’inganizni farqiga ham bormagan edik.” (Yunus 10/28-29)

وَاتَّخَذُوا مِن دُونِ اللَّهِ آلِهَةً لِّيَكُونُوا لَهُمْ عِزًّا   كَلَّا سَيَكْفُرُونَ بِعِبَادَتِهِمْ وَيَكُونُونَ عَلَيْهِمْ ضِدًّا

“Ozlariga dastakchi bo’lishi uchun Allohdan oldin birqancha tangrilarga yopishdilar. Aslo bunday bo’lmaydi. Ular bularning qilgan qulliklarini tan olmaydilar va bularga qarshi chiqadilar.” (Maryam 19/81-82)
Ma’lumki, qiyomat kuni jazo va mukofotlar taqdim etiladigan kundir. Bu narsa esa imtihondan kim qanday o’tkaniqa qarab beriladigan Allohning adolatli ishidir. Dunyo hayotida insonlar va jinlar imtihondan o’tiladi va ular hisob itob qilinadi. Toshlar va devorlar yoki sanamlar qayta tirilmaydi, chunki ular dunyo hayotida ham tirik tirik mavjudotlar qatorida bo’lmagan, demak ular na mukofot va na jazo oladi. Oyatlarda aytilganlar – insonlar toifasiga kirguvchi – qiyomatta bizni qutqarib oladi deb e’tiqod qilingan soxta pirlar va soxta avliyolardir. Endi shu narsa ma’lum bo’ldiki, qiyomat kunida bizga shafoatchi va qutqaruvchi bo’ladi deb e’tiqod qilib, xizmatini qilib, quldek amridan chiqolmagan soxta pirlar, o’zlarini muritlarini qiyomatda tan olmaydilar.

 

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: