Musulmonlar
Vositachi iloh (xudo) istaganlar

Vositachi iloh (xudo) istaganlar

Ba’zi insonlar, Alloh bilan o’zlari orasida vositachilik qiladi deb bilgan narsalarga sig’inishni boshlaydi. Aslida esa, bu shunchaki xom hayoldir. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

إِنَّا أَنزَلْنَا إِلَيْكَ الْكِتَابَ بِالْحَقِّ فَاعْبُدِ اللَّهَ مُخْلِصًا لَّهُ الدِّينَ

“Bu kitobni senga tamomiyla ro’yi-rost (to’g’ri-haq) qilib tushurdik. Shunday ekan, bu dinga hech narsa qo’shmasdan Allohga qullik qil.” (Zumar 39/2)
Inson o’z dinini toza va sof holda saqlab qolishi faqatgina Qur’onga amal qilishi bilangina bo’ladi. Bunday yashash – dinidan foydalangan holda dunyolik topish orzusida bo’lmagan kishilarning qo’lidan keladi.  Ular dinni tablig’ qilgan vaqtlarida, muxotoblariga butun elchilar nima degan bo’lsa ular ham huddi shunday deyishadi:

 قُل لاَّ أَسْأَلُكُمْ عَلَيْهِ أَجْرًا إِنْ هُوَ إِلاَّ ذِكْرَى لِلْعَالَمِينَ

“… Men Qur’onni tablig’i evaziga sizlardan hech narsa kutmayman (umit qilmayman). U, hamma uchun eslatmadir (maslahat) xolos.” (An’om 6/90)

Dindan foydalangan holda, mol-dunyoga ega bo’lmoqchi bo’lganlar dinni o’zlariga moslashtirishga urinadilar. Bunday ishni faqatgina u din haqida yetarli ma’lumotga ega bo’lganlar qila oladi. Ularning mo’ljal va maqsadlari to’g’ri yo’lda bo’lganlardir.
Hamma qatori, to’g’ri yo’lga kirgan insonlarni ham orzu-istaklari va kelajak haqida oz bo’lsada xavotirlari bo’ladi. Yolg’onchi tuzoqchilar asl o’yinlarini aynan shu yerda o’ynaydilar. Din buyuklariga Allohga xos bo’lgan ba’zi xususiyatlarni yuklaydilar, ularning vositasi orqali so’ralgan istaklar qabul bo’lishini va oxiratta shafoatlaridan manfaatdor bo’lishiga ishontirish uchun qayta-qayta takrorlaydilar. Allohning kitobini ham bunga ko’ra yo’rimlaydi va qilayotgan ishlariga qarshi bo’lgan oyatlarni boshqa ma’noga burib yuboradilar.
Olamdan o’tib ketgan o’sha buyuklarni, ularga bog’langan shaxslarni himoya qiluvchi deb tushuntirishadi, keyinroq esa biz o’sha buyuklarning vakillarimiz, biz ham ulardek sizlarni bu dunyoda ham oxiratda ham qutqarib qolamiz deb ishontira boshlaydilar. Bu ishga layoqatli va salohiyatli ekanligini ko’rsatish uchun esa, boshqa musulmonlardan farqli kiyinadilar, boshqacha gaplashadilar va boshqacha harakatlar bilan ajrab turishga urinadilar. Buyuklarga bog’langan ekani haqida yanada ishonchliroq bo’lishi uchun, hayoliy afsona va to’qima ertaklar bilan insonlarni fikrini jalb qiladilar va shu yo’l orqali o’zlarini yanada ishonchli va kuchli his qila boshlaydilar.
Aqlini ishlatgan kishi, buni bir o’yin ekanini tushunib oladi ammo, afsuski ko’pchilik insonlar bundan ta’sirlanadilar. Bunday kimsalar boshlang’ichda aqllari bilan hissiyotlari o’rtasida biroz tafovut-qarama-qarshilik sezadi. So’ngra hissiyotlari kuchlilik qilib tuzoqqa tushadi qoladi. Asta sekin hayoti davomida, eng kichik bir tasodifni ham tuzoqchilarning karomati deb o’ylaydi, natijada ularga qul va mute’ bo’lib oladi. Bularning barchasi bu o’yinni farqiga borganligi sababli huddi bir jinoyatda hammasi sherik bo’lgandek bir-birlarini ayblarini ko’rmaganga oladilar va qilgan harbir ishlarini to’g’ri deb bilib jipslashib boraveradilar.
Allohga yo’nalgan har bir inson bunday tuzoqlar bilan yuzlashadi albatta. Bunday kishilar aksar holatta o’ta hissiyotli bo’ladilar. Ularning tuyg’ulari, atrofiga yoyilgan xurofot bombardimoni bilan birlashib qolsa, ularni bu tuzoqqa tushishlari yanada osonlashadi. Bunday bir diniy harakat nasldan naslga qoldirilar ekan, dinga qo’shilgan xato va bid’atlar yanada ko’payib boraveradi, natijada Allohning dinidan uzoq ammo uni suiistemol qilgan katta bir jamoat o’rtaga chiqadi.
   

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: