Musulmonlar
Istidroj (Tariqatchilikka Nazar 17- bo’lim)

Istidroj (Tariqatchilikka Nazar 17- bo’lim)

ISTIDROJ

Istidroj – lug’atda bosqich-ma bosqich tushirish yoki chiqarish degani. Atama jihatidan esa, bir insonni orzu qilib kutgan maqsadiga bosqich-ma bosqich yaqinlashtirib, kutilmagan bir falokatga yo’liqtirib yuborish degan ma’noda qo’llaniladi. Inson buni o’z foydasiga bo’lyapti deb o’ylaydi.

Alloh taolo ogohlantirmasdan avval hech bir qulini bu ahvolga solib qo’ymaydi. U shunday marhamat qiladi:

وَمَا كَانَ اللّهُ لِيُضِلَّ قَوْمًا بَعْدَ إِذْ هَدَاهُمْ حَتَّى يُبَيِّنَ لَهُم مَّا يَتَّقُونَ إِنَّ اللّهَ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ

“Alloh bir qavmni yo’lga solgandan so’ng, saqlanishlari kerak bo’lgan narsani ularga ochiq qilib bildirmagunigacha, ularni yo’ldan chiqishini tasdiqlamaydi. Alloh har narsani biladi.” (Tavba 9/115)

Adashganlar – ogohlantirishlarni nazarga ilmagan kishilardir:

فَلَمَّا نَسُوا مَا ذُكِّرُوا بِهِ فَتَحْنَا عَلَيْهِمْ أَبْوَابَ كُلِّ شَيْءٍ حَتَّىٰ إِذَا فَرِحُوا بِمَا أُوتُوا أَخَذْنَاهُم بَغْتَةً فَإِذَا هُم مُّبْلِسُونَ

Ularga eslatilgan vazifalarini unutib qo’yishganida, Biz ularga har narsaning eshiklarini ochib berdik. Oxir-oqibat, o’zlariga berilgan narsalar bilan shod bo’lib turgan vaqtlarida ularga jazoni to’satdan beramiz. Shu bilan ular birdaniga umidsizlashib qoladilar.” (An’om 6/44)

O’sha kishilar qo’llaridagi noz-ne’matlarga qarab, u bilan faxrlanib o’zlarini to’g’ri yo’lda deb o’ylashni o’rniga, ochiq-oydin kelgan Allohni oyatlariga e’tibor berishganida edi, bu holga tushmagan bo’lishardi.

Siz ham atrofingizga to’plangan kishilarga qarab turib: “Agar yo’limiz noto’g’ri bo’lganda edi, buncha inson bizga ergasharmidi?”, deyapsiz. Ko’pchilik ekaniga ishonib qolmaslik kerak. Xitoyli kamunist Lider Mao sizdan ham ko’p inson to’plagan, lekin, bu narsa uni qutqarib qolmagan.

Moddiy imkoniyatlaringizni, sizni tinglaydiganlarni ko’p ekanini va oddiy xalq sizni hurmat qilishini ham o’zingizni to’g’ri yo’lda ekaningizni dalili qilib olyapsiz.

Natijada anchagina yo’ldan chiqib ketyapsiz, shayxingizga ergashganlarni ham  bu dunyoda va hamda oxiratda qutqarib qolishi haqida bong uryapsiz. Hech qayoqqa qochib qutula olmasdan qo’lga tushadigan nuqtangiz aynan shu masaladir.

Sizdan iltimos, o’zingizga keling. Alloh O’z nabiysi Muhammad alayhissalomga buyurgan mana shu amriga bir e’tibor bering:

 قُلْ إِنِّي لَا أَمْلِكُ لَكُمْ ضَرًّا وَلَا رَشَدًا  قُلْ إِنِّي لَن يُجِيرَنِي مِنَ اللَّـهِ أَحَدٌ وَلَنْ أَجِدَ مِن دُونِهِ مُلْتَحَدًا   إِلَّا بَلَاغًا مِّنَ اللَّـهِ وَرِسَالَاتِهِ ۚ

“Ey Muhammad! Aytginki: “Men sizlarga biron zarar bera oladigan va na sizlarni yetishtira oladigan bir kuchga ega emasman. Aytginki: “Meni Allohni azobidan hech kim qutqarib qololmaydi. Undan boshqa sig’inadigan panoh ham topolmayman. Menga aloqador bo’lgan narsa, Allohdan kelgan narsani tablig’ qilishdan iboratdir…” (Jin 72/21-23)

Muhammad alayhissalomni merosxo’ri bo’lish uchun, insonlarga faqatgina Qur’onni tushuntirish kerakligi anq bo’la turib, siz avliyo va mashoyixi izom deb bilgan kishilarni so’zlari va masallarini tushuntirib yuribsiz; Qur’onni ularni so’zlariga moslashga urinyapsiz. Sizni ahvolingizni quyidagi oyat juda yaxshi ochiqlab bermoqda:

وَمَن يَعْشُ عَن ذِكْرِ الرَّحْمَـٰنِ نُقَيِّضْ لَهُ شَيْطَانًا فَهُوَ لَهُ قَرِينٌ وَإِنَّهُمْ  لَيَصُدُّونَهُمْ عَنِ السَّبِيلِ وَيَحْسَبُونَ أَنَّهُم مُّهْتَدُونَ حَتَّىٰ إِذَا جَاءَنَا قَالَ يَا لَيْتَ بَيْنِي وَبَيْنَكَ بُعْدَ الْمَشْرِقَيْنِ فَبِئْسَ الْقَرِينُ…

“Kim Rahmonning Qur’onini tushunarsiz deb, unga xira qarasa, uning boshiga bitta shaytonni o’rab qo’yamiz. Shu bilan bu shayton uning hamrohi bo’ladi. Shaytonlar ularni to’g’ri yo’ldan to’sadi, ular esa, o’zlarini to’g’ri yo’ldamiz deb hisoblaydilar.  U kishi qiyomatda huzurimizga kelganda, hamrohiga qarab: “Koshki sen bilan mening oramda, mashriq bilan mag’rib orasidek ayriliq bo’lganda edi! Sen qanday ham bir yomon hamroh ekansan!” deydi.” (Zuxruf 43/36-38)

Siz ham Qur’on oyatlarini ko’rmagan-bilmaganga olishda davom etyapsiz, lekin, o’zingizni to’g’ri yo’ldagi kishilarni yetakchisiman deb o’ylayapsiz.

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: