Musulmonlar
Shahidlar jangi (Tariqatchilikka Nazar 10- bo’lim)

Shahidlar jangi (Tariqatchilikka Nazar 10- bo’lim)

Murid: Janglarda qatnashgan shahidlarni ruhlari haqida nima deysan? Buni hatto dushmanlar ham qabul qilmoqda! Shahidlar o’lmaganiga qaralganda, bu narsalar sodir bo’lishi mumkin emasmi? Alloh taolo shunday buyuradi:

…وَلَا تَقُولُوا لِمَن يُقْتَلُ فِي سَبِيلِ اللَّـهِ أَمْوَاتٌ ۚ بَلْ أَحْيَاءٌ

“Alloh yo’lida o’ldirilganlarga o’liklar demanglar. Ular tirikdirlar… “ (Baqara 2/154)

Bayindir: Oyatni davomni ham o’qiylik:

بَلْ أَحْيَاءٌ وَلَـٰكِن لَّا تَشْعُرُونَ.

“… Ular tirikdirlar, ammo sizla buni tushunib yetmaysizlar.” (Baqara 2/154)

Alloh “tushunib yetmaysizlar”, deyishiga ko’ra, bu haqda gaplashishni o’zi ham noto’g’ri.

Alloh taolo Musulmon armiyasini shahidlar ruhlari bilan emas, balki farishtalar bilan qo’llab quvvatlaydi. Badr jangida shunday bo’lgan:

وَلَقَدْ نَصَرَكُمُ اللَّـهُ بِبَدْرٍ وَأَنتُمْ أَذِلَّةٌ ۖ فَاتَّقُوا اللَّـهَ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ ﴿١٢٣﴾ إِذْ تَقُولُ لِلْمُؤْمِنِينَ أَلَن يَكْفِيَكُمْ أَن يُمِدَّكُمْ رَبُّكُم بِثَلَاثَةِ آلَافٍ مِّنَ الْمَلَائِكَةِ مُنزَلِينَ ﴿١٢٤﴾ بَلَىٰ ۚ إِن تَصْبِرُوا وَتَتَّقُوا وَيَأْتُوكُم مِّن فَوْرِهِمْ هَـٰذَا يُمْدِدْكُمْ رَبُّكُم بِخَمْسَةِ آلَافٍ مِّنَ الْمَلَائِكَةِ مُسَوِّمِينَ ﴿١٢٥﴾ وَمَا جَعَلَهُ اللَّـهُ إِلَّا بُشْرَىٰ لَكُمْ وَلِتَطْمَئِنَّ قُلُوبُكُم بِهِ ۗ وَمَا النَّصْرُ إِلَّا مِنْ عِندِ اللَّـهِ الْعَزِيزِ الْحَكِيمِ ﴿١٢٦﴾

Batahqiq, Badrda oz boʻlsalaringizlar ham, Alloh sizlarga nusrat berdi. Bas, Allohga taqvo qiling, shoyadki shukr qilsangiz.  Mo’minlarga: “Sizga Robbingiz tushirilgan uch ming farishtalar ila madad bermog’i kifoya qilmaydimi?!” deganingni esla! “Ha (kifoya qiladi)! Agar sabr va taqvo qilsangiz, ular shu payt kelib qolsalar ham, Rabbingiz sizga belgili besh ming farishta ila madad beradi”. Alloh buni faqat sizga suyunchilik va qalbingiz taskin topishi uchungina qildi. Aslida, nusrat aziz va hakim Allohning huzuridandir. (Oli Imron 3/123-126)

إِذْ يُوحِي رَبُّكَ إِلَى الْمَلَائِكَةِ أَنِّي مَعَكُمْ فَثَبِّتُوا الَّذِينَ آمَنُوا ۚ سَأُلْقِي فِي قُلُوبِ الَّذِينَ كَفَرُوا الرُّعْبَ فَاضْرِبُوا فَوْقَ الْأَعْنَاقِ وَاضْرِبُوا مِنْهُمْ كُلَّ بَنَانٍ ﴿١٢﴾

“O’shanda Rabbingiz farishtalarga: “Men, albatta, siz bilanman, bas, siz iymon keltirganlarni sobit qiling, tezda kufr keltirganlarning qalblariga qo’rqinch solaman. Bas, bo’yinlar ustidan zarba beringlar va hamma barmoqlariga zarba beringlar”, deb vahiy qilgan edi.” (Anfol 8/12)

Murid: Shahidlarni o’lmaganiga qaralganda, ularni nima qilayotganini hech kim bilmaydimi?

Bayindir: Alloh bu haqda bizga qancha bildirgan bo’lsa shuncha bilishimiz mumkin, xolos. U shunday buyuradi:

وَلَا تَحْسَبَنَّ الَّذِينَ قُتِلُوا فِي سَبِيلِ اللَّـهِ أَمْوَاتًا ۚ بَلْ أَحْيَاءٌ عِندَ رَبِّهِمْ يُرْزَقُونَ ﴿١٦٩﴾ فَرِحِينَ بِمَا آتَاهُمُ اللَّـهُ مِن فَضْلِهِ وَيَسْتَبْشِرُونَ بِالَّذِينَ لَمْ يَلْحَقُوا بِهِم مِّنْ خَلْفِهِمْ أَلَّا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ ﴿١٧٠﴾  يَسْتَبْشِرُونَ بِنِعْمَةٍ مِّنَ اللَّـهِ وَفَضْلٍ وَأَنَّ اللَّـهَ لَا يُضِيعُ أَجْرَ الْمُؤْمِنِينَ ﴿١٧١﴾

“Allohning yo’lida qatl bo’lganlarni o’liklar deb hisoblamanglar. Balki ular tirik, Rabbi huzurida rizqlanmoqdalar. Ular Alloh O’z fazlidan bergan narsalardan xursandlar va hali ortlaridan o’zlariga qo’shilmagan birodarlariga, ularga xavf yo’qligini hamda xafa ham bo’lmasliklarini xushxabarini berishmoqchi. Ular Allohdan bo’lgan ne’mat va fazlning, hamda, Alloh mo’minlarning ajrini zoye qilmasligini xushxabarini berishmoqchi.” (Oli Imron 3/169-171)

Shahidlarni hayotiga aloqador bo’lgan ma’lumotimiz shulardan iborat. Bundan boshqa ular haqida gapiriladigan gaplarning barchasi xom-xayol va uydirmalardir.

 

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: