Musulmonlar
O’rtakashlik, Vasila va Vosita (Tariqatchilikka Nazar Solish 2- bo’lim )

O’rtakashlik, Vasila va Vosita (Tariqatchilikka Nazar Solish 2- bo’lim )

O’rtakashlik

(Vasila va Tavassul)  

Pir: Sen vasilani qabul qilmayapsan. Vasila haqida dalilimiz bor. Bir ulug’ zotni ko’zlari ko’r bo’lib qoladi, shunda u zot Rasulullohni oldiga keldi va unga duo qilishini so’radi. Rasululloh esa:

Tahorat olib ikki rakaat namoz o’qi va “Ey Rabbim! Elchingni vasila qilib Sendan shifo so’rayapman”, – deb duo qil, dedi.  

U kishi bu duo bilan birgalikda “Ey Rabbim! Elchingni meni haqimdagi shafoatini qabul qil”, – dedi. Bu sahih hadisdir. Agar sen bu hadisni qabul qilmasang, biz ham seni qabul qilmaymiz!

Bayindir: Sizlar buni bir navi mo’jiza deb o’ylayapsiz. Holbuki, Alloh taolo quyidagi oyatda Nabiyimizga mo’jiza bermaganini ta’kidlab aytadi:

وَمَا مَنَعَنَا أَن نُّرْسِلَ بِالْآيَاتِ إِلَّا أَن كَذَّبَ بِهَا الْأَوَّلُونَ ۚ وَآتَيْنَا ثَمُودَ النَّاقَةَ مُبْصِرَةً فَظَلَمُوا بِهَا ۚ وَمَا نُرْسِلُ بِالْآيَاتِ إِلَّا تَخْوِيفًا

“Seni mo’jizalar bilan yuborishimizdan Bizni man qilgan narsa – faqatgina avvalgilar ularni yolg’onga chiqarganlari bo’ldi. Samudga (mo’jiza o’laroq) haqiqatni ko’rsatib beruvchi tuyani berdik, ammo xatoga qo’l urdilar-zulm qildilar. Biz mo’jizalarni faqatgina qo’rqitish uchun yuboramiz.” (Isro 17/59)

Samud qavmi tuyani kesdilar va natijada jazoga giriftor bo’ldilar. Alloh taolo bu haqda shunday deydi:

“Samud qavmi o’z tug’yoni ila uni yolg’onga chiqardi. Vaqtiki, oralaridagi eng badbaxt kishi shoshilib turdi. Shunda ularga Allohning Rasuli: “Allohning tuyasiga va uning suviga tegmanglar”, dedi. Bas, uni yolg’onchiga chiqarishdi va tuyani so’yishdi.  Va U zot bu ishning oqibatidan qo’rqmaydi.” (Sahms 91/11-15)

Yuqorida keltirilgan ochiq-oydin Allohning oyati bo’la turib, ko’plab hadislar to’qib-uydirilib chiqarildi va Nabiyimizning mo’jizalari haqida bayon qilib beruvchi ko’plab kitoblar yozildi. Siz o’qigan hadis ham aynan o’sha to’qib chiqarilgan hadislardan biridir.

Siz aytgan hadisga ko’ra, ko’r bir odam Rasulullohni yoniga kelib: “Allohga duo qilki menga shifo bersin”, – deydi. Rasululloh unga javoban shunday deydi: “Agar xohlasang duo qilaman, xohlasang mana shu ahvolinga sabr qilsang, yana-da yaxshiroq bo’ladi.” Shunda haligi inson “Duo qil”, – deydi.[1]

Yuqoridagi ifodalarga ko’ra, Nabiyimiz duo qilishi bilanoq ko’r kishining ko’zlari ochilishiga ishonchi komil bo’lgan, shunday emasmi? Chunki, hadisda agar xohlasang duo qilaman, gohlasang ko’rligingcha qolasan degan ma’noga urg’u berib o’tilgan. Lekin, Alloh taolo Rasululloh haqida shunday buyurgan:

قُل لَّا أَمْلِكُ لِنَفْسِي نَفْعًا وَلَا ضَرًّا إِلَّا مَا شَاءَ اللَّـهُ

“(Ey Muhammad!) Aytginki: Alloh xohlab yaratmasa, men hatto o’zimga ham biron bir foyda keltirishga yoki zarar yetkazishga kuchim yetmaydi…” (A’rof 7/188)

Quyidagi oyatda ham Rasulullohning istagi bilan biron bir mo’jiza ro’y berishi mumkin emasligini bildiradi:

وَإِن كَانَ كَبُرَ عَلَيْكَ إِعْرَاضُهُمْ فَإِنِ اسْتَطَعْتَ أَن تَبْتَغِيَ نَفَقًا فِي الْأَرْضِ أَوْ سُلَّمًا فِي السَّمَاءِ فَتَأْتِيَهُم بِآيَةٍ ۚ وَلَوْ شَاءَ اللَّـهُ لَجَمَعَهُمْ عَلَى الْهُدَىٰ ۚ فَلَا تَكُونَنَّ مِنَ الْجَاهِلِينَ

“Bularni yuz o’girishlari senga og’ir kelsa, yerda bir tuynuk yoki osmonda bir narvon topishga kuching yetsa; borib bir mo’jiza olib kelarsan…
…Aslo johillardan bo’lma!”
  (An’om 6/35)

(Mo’jiza mavzusini keyinroq davom etamiz.)

Bu oyatlar yuqoridagi hadis uydirma ekanini dalilidir.

Pir: Bu oyat haqida nima deysan? Bu ham tavassulning dalilidir:

وَلَوْ أَنَّهُمْ إِذ ظَّلَمُوا أَنفُسَهُمْ جَاءُوكَ فَاسْتَغْفَرُوا اللَّـهَ وَاسْتَغْفَرَ لَهُمُ الرَّسُولُ لَوَجَدُوا اللَّـهَ تَوَّابًا رَّحِيمًا

“… Agar ular o’zlariga zulm qilib qo’ygan vaqtlarida senga kelsalar va (seni yoningda) Allohdan mag’firat tilasalar edi, sen ham ularni kechirilishi uchun[2] duo qilganingda, ana o’shanda Alloh tavbalrni qabul qiluvchi ekanini va qanchalik marhamatli ekanini ular albatta ko’rishar edi.” (Niso 4/64)

Ular Muhammad alayhissalomni yoniga kelishadi, u esa, Allohdan ularni kechirilishini so’raydi. Aynan mana shu tarzda insonlar ham aziz avliyolarga kelishadi, avliyolar ham Allohdan ularga kelgan insonlarni kechirishini so’raydi. Chunki, avliyo Payg’ambar vorisidir. Nabiylar qilgan ishlarni ular ham bajara oladilar.

Bayindir: Sizlar ham xristianlarga o’xshab gunoh chiqaryapsizlarmi? Sizlar o’qigan oyat tavba va istig’for haqida tushuncha bermoqda. Bilasizki, tavba – qaytish degani. Qilgan gunohidan pushaymon bo’lib qaytib aslo u ishga qo’l urmaslikka qaror bergan kishi tavba qilgan hisoblanadi. Istig’for esa, Allohdan kechirim so’rash degani. Qur’ondagi tavba haqidagi oyatlar gunohga qo’l urgan kishilarga to’g’ridan-to’g’ri yo’naltirilgan. Chunki, bizda gunoh chiqarish marosimi yo’q. Tavba qilish uchun albatta birovni oldiga borishni ham keragi yo’q.

Oyatda keltirilgan kishilar oyatlarga amal qilishni o’rniga Ka’b b. Ashrafni oldiga borishgan. Ular haqidagi oyat quyidagicha:

“Senga nozil bo’lgan kitobga va sendan oldin nozil boʻlgan kitoblarga ishonishganini daʼvo qilayotganlarni ko’rmaysanmi?! Togʻutdan hukm so’rab berishni istashmoqda. Holbuki, unga kufr keltirishga buyurilgandir. Shayton esa, ularni yo’ldan butunlay adashtirishni istamoqda.” (Niso 4/60)

Bular oyatlarga qarshi chiqqanliklari sababli tavba qilishlari va Allohdan kechirim so’rashlari kerak edi! Rasululloh ham ularni kechirishini Allohdan duo qilib so’rashi – ular xato ishdan qaytganini isbotlash degan ma’noni bildiradi.

Sizlar o’qigan oyatning davomi quyidagicha:

وَمَا أَرْسَلْنَا مِن رَّسُولٍ إِلَّا لِيُطَاعَ بِإِذْنِ اللَّـهِ ۚ وَلَوْ أَنَّهُمْ إِذ ظَّلَمُوا أَنفُسَهُمْ جَاءُوكَ فَاسْتَغْفَرُوا اللَّـهَ وَاسْتَغْفَرَ لَهُمُ الرَّسُولُ لَوَجَدُوا اللَّـهَ تَوَّابًا رَّحِيمًا

“Biz qaysiki elchini yuborgan bo’lsak; Bizni iznimiz[3] bilan unga itoat etilsin deya yuborganmiz. Agar ular o’zlariga zulm qilib qo’ygan vaqtlarida senga kelsalar va (seni yoningda) Allohdan mag’firat tilasalar edi, sen ham ularni kechirilishi uchun[4] duo qilganingda, ana o’shanda Alloh tavbalrni qabul qiluvchi ekanini va qanchalik marhamatli ekanini ular albatta ko’rishar edi.” (Niso 4/46)

Shuday qilsalar ular yana takroran Alloh va Rasuliga itoat qilgan bo’lishar edi. Bundan tashqari, har bir musulmon boshqa bir musulmon birodarini gunohlari kechirilishi uchun duo qiladi, bu tabiiy narsa. Alloh taolo Rasulullohga shunday buyurgan:

فَاعْلَمْ أَنَّهُ لَا إِلَـٰهَ إِلَّا اللَّـهُ وَاسْتَغْفِرْ لِذَنبِكَ وَلِلْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ ۗ وَاللَّـهُ يَعْلَمُ مُتَقَلَّبَكُمْ وَمَثْوَاكُمْ

“Bilki, Allohdan boshqa iloh yo’q. O’z gunohing uchun va mo’min erkak va mo’mina ayollarni gunohlari uchun ham mag’firat so’ra. Borib kelib yurgan joyingizni ham turgan joyingizni ham Alloh bilib turaadi.” (Muhammad 47/19)

Pir: Siz nima desangiz ham deyavering, biz baribir Alloh bilan qullari orasida avliyolar va mashoyixi izom hazratlarini[5] ruhlarini vosita ekaniga ishonamiz. Ularni ruhoniyatidan (istemdod) madad so’raymiz, (isteona)[6] yordam so’raymiz.

Bayindir: men sizlarni o’zimga emas, balki Allohni oyatlariga chaqiryapman. Har bir o’qigan namozida “Iyyaka nastaiyn – yolg’iz sendan yordam so’raymiz”, (Fotiha 1/5) – deb Allohga so’z bergan bir musulmon bu so’zga qanday qilib tili borishi mumkin? Hamda yana bir oyatda Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَلَقَدْ خَلَقْنَا الْإِنسَانَ وَنَعْلَمُ مَا تُوَسْوِسُ بِهِ نَفْسُهُ ۖ وَنَحْنُ أَقْرَبُ إِلَيْهِ مِنْ حَبْلِ الْوَرِيدِ

“Insonni Biz yaratdik. Biz unga uni shoh tomiridan ham yaqinmiz. Ichi unga nimani visirlaganini ham bilib turamiz.” (Qof 50/16)

Alloh taolo bizlarga o’zimizni shoh tomirimizdan ham yaqin ekan, endi qanday qilib avliyo deb ta’riflanayotgan insonlarni ruhlari Alloh bilan bizni o’rtamizda bo’sh joy topib o’sha yerga kirib olishar ekan?

Pir: Islom instituti talabasi bo’lgan ikkita qiz o’quvchi meni yonimga kelib aynan mana shu narsa haqida savol berdi.

Aytdilarki: “Alloh bizlarga shoh tomirimizdan ham yaqin ekan, qanday qilib shayxlar biz bilan Allohni o’rtasiga kirishi mumkin?” Men shunday javob berdim: “Sizlar Qur’on o’qiysizlarmi?” “Ha, o’qiymiz”, – deyishdi. “O’sha Qur’onni sizlarga kim o’rgatmoqda?”, desam,  “Qur’on o’qituvchisi” deb javob berishdi. Shunda men: Axir Alloh sizlarga Qur’on o’qituvchisidan ham yaqin emaski? Nega Allohdan emas, o’qituvchidan o’rganyapsiz? Nega Allohga emas, o’qituvchiga bog’lanyapsizlar”, – dedim. Ular: “Ha, tushunarli”, –  deb qaytib ketishdi.

Bayindir: Allohni qanday qilib bir o’qituvchi saviyasiga tushirishingiz mumkin?! Agar birovga biron narsa o’rgatgan kishi u bilan Alloh o’rtasiga kirgan vositachi deb hisoblanadigan bo’lsa, siz va siz kabi milliardlab insonlar bor bir-biriga ta’lim-tarbiya beradigan. Aslida, sizlarni iddaolaringiz mana bu oyatga zid kelmoqda:

اتَّبِعُوا مَا أُنزِلَ إِلَيْكُم مِّن رَّبِّكُمْ وَلَا تَتَّبِعُوا مِن دُونِهِ أَوْلِيَاءَ ۗ قَلِيلًا مَّا تَذَكَّرُونَ

“Rabbingizdan sizlarga nozil qilingan narsaga ergashinglar; Alloh bilan o’rtangizga qo’yib olgan avliyolarga ergashmanglar. Naqadar oz eslatma olyapsizlar.” (A’rof 7/3)

 

Maqolada Pir deb keltirilgan shaxs Istanbullik tariqat shayxi Bayram Ali Qoramustafoo’g’li, Murid deb keltirilgan shaxs esa uning yordamchisi Mahmud Afandi bo’ladi.

Bu maqola bir kitobdan mavzu va bo’limlarga ajratilgan holda taqdim qilindi. Yaqin kunlarda kitobni to’liq shakli ham PDF formatida (bepul yuklab olish mumkin bo’lgan holda) taqdim etiladi, inshaalloh.

[1] Termizizy, Daavot 119, 3578. Bu hadisga Imom Termiziy shunday izoh qoldirgan: “Bu hasan-sahih, g’arib bir hadisdir. Bu hadisni faqatgina bu yo’l orqali bilamiz, Hatmili Abu Ja’far hadisidan.”
Ibn Moja, Iqomatus-solat, 189, 1385. Ahmad B. Hanbal, 4-j, 138.

[2] Oyatning asl ma’nosi: “Rasul ham ularni kechirilishi uchun suo qilsaydi!” hsaklidadir.

[3] Arab tilida iltifot san’ati bor. Ba’zan uchinchi shaxs birinchi shaxs bo’lib, ba’zan esa ikkinchi shaxs bo’lib hisoblanadi. Bu oyatda ham shu qoida bor. Bu qoida Turkiy tillarda mukammal holda qo’llanilmagani sababli, oyatni to’g’ridan-to’g’ri tarjima qildik.

[4] Oyat haqida yuqorida izoh berildi.

[5] Avliyoulloh – Allohni valiy qullari, mashoixi-izom, buyuk shayxlar degan ma’nolarda ishlatiladi.

[6] Istimdod va isteona yordam so’rash ma’nosini bildiradi. Bular avliyo deb bilgan o’liklarni ruhlaridan yordam so’rashmoqda, o’sha ruhlarni va ruhoniyatlarni Alloh bilan o’zlarini o’rtasiga bir vositachi deb qo’yib olishmoqda.  Vositachilarni kim ekani Ruhul-Furqon kitobining 2-j, 86- sahifasida juda ham ochiq bir shaklda bayon qilib o’tilgan.

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: