Musulmonlar
Qur’onda tahajjud namozi haqida aytilganmi?

Qur’onda tahajjud namozi haqida aytilganmi?

Savol: Qur’onda tahajjud namozi haqida aytilganmi?

Javob: Ha, Isro surasi 79- oyatida shunday deyilgan:

 وَمِنَ اللَّيْلِ فَتَهَجَّدْ بِهِ نَافِلَةً لَّكَ عَسَىٰ أَن يَبْعَثَكَ رَبُّكَ مَقَامًا مَّحْمُودًا

“(Ey Muhammad!) Seni o’zinga qo’shimcha vazifa o’laroq, kechaning bir qismida (uyqudan) namozga tur. Balki, Robbing seni juda ham chiroyli bir maqom (qolish mumkin bo’lgan joy)ga (Madinaga) yo’llar.” (Isro 17/79)

Tahajjud – kechasi uyqudan namoz uchun turishdir. Subh sodiq, ya’ni tong shafaqlari birlashishdan avvalgi o’qilgan namozlar tahajjud namoziga kiradi. Undan keyin bamdod namozini vaqti kiradi. 

Tahajjud namozi Rasulullohdan boshqalarga ixtiyoriy ibodat hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda boshqa nofila ibodatlardan o’zgacha xususiyati shundaki, Rasululloh ummatlarini bu namozga juda ham ko’p targ’ib qilgan va qattiq takidlagan.       

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: